12
Ma’ruza 1 1-Mavzu. Materiallar qarshiligi va qurilish mexanikasi faniga kirish Reja: 1.Materiallar qarshiligi va qurilish mexanikasi fanining mohiyati, maqsadi va uning vazifalari. 2.Materiallar qarshiligi va qurilish mexanikasi fanining masalalari. 3.Materiallar qarshiligi va qurilish mexanikasi fanining qisqacha rivojlanish tarixi. Tayanch iboralar: inshootlar va konstruksiyalarning mustahkamligi, bikrligi va ustuvorligi, inshootlar statikasi va dinamikasi, tashqi yuklar, ichki zo‘riqish kuchlari, qurilish mexanikasining asosiy vazifalari, qurilish mexanikasi fanining masalalari, qurilish mexanikasi fanining qisqacha rivojlanish tarixi.

0D¶UX]D - staff.tiiame.uz

  • Upload
    others

  • View
    10

  • Download
    0

Embed Size (px)

Citation preview

Ma’ruza 1

1-Mavzu. Materiallar qarshiligi va qurilish mexanikasi faniga kirish

Reja:

1.Materiallar qarshiligi va qurilish mexanikasi fanining mohiyati,

maqsadi va uning vazifalari.

2.Materiallar qarshiligi va qurilish mexanikasi fanining masalalari.

3.Materiallar qarshiligi va qurilish mexanikasi fanining qisqacha

rivojlanish tarixi.

Tayanch iboralar: inshootlar va konstruksiyalarning mustahkamligi,

bikrligi va ustuvorligi, inshootlar statikasi va dinamikasi, tashqi

yuklar, ichki zo‘riqish kuchlari, qurilish mexanikasining asosiy

vazifalari, qurilish mexanikasi fanining masalalari, qurilish

mexanikasi fanining qisqacha rivojlanish tarixi.

1. Qurilish mexanikasi fanining mohiyati, maqsadi va uning vazifalari.

Qurilish mexanikasi muhandislik fanlarining asosi bo‘lib, u quruvchi

muhandislarga inshoot va uning elementlarini tejamli, mustahkam, chidamli va

muqobil shakllarini topib loyihalash va qurishni o‘rgatadigan fandir.

Demak, qurilish mexanikasi inshootlar va konstruksiyalarning

mustahkamligi, bikrligi va ustuvorligini hisoblash usullari to‘g‘risidagi fandir.

Yangi loyihalanayotgan inshootlarni mustahkamlikka hisoblashdan maqsad,

ularni tashqi kuchlarga chidamli bo‘lishini ta’minlashdan iboratdir.

Inshootlarning tashqi yuklar ta’siridan hosil bo‘ladigan katta ko‘chishlarining

oldini olish va har xil tebranishlar ta’siriga chidamliligini oshirish hamda ulardan

mo‘‘tadil foydalanishini ta’minlash maqsadida bikrlikka hisoblanadi.

Ustuvorlikka hisoblash deganda, inshootlarni tashqi yuklar ta’sirida

deformatsiyalangandan keyingi muvozanat holatini saqlash tushuniladi.

Inshootlarni tashqi yuklarga hisoblashda qurilish mexanikasi fani matematika,

fizika, nazariy mexanika, materiallar qarshiligi va elastiklik nazariyasi fanlariga

tayangan holda ish qo‘radi. Qurilish mexanikasini puxta o‘zlashtirishni o‘z oldiga

maqsad qilib qo‘ygan talaba yuqoridagi fanlarni chuqur o‘zlashtirishi lozim.

Demak, qurilish mexanikasining asosiy vazifalaridan

biri – inshootlarda tashqi yuklardan hosil bo‘ladigan ichki

zo‘riqish kuch-lari(MX, QX, NX)ni aniqlashdan iboratdir.

Inshoot va uning elementla-rida tashqi yuklar ta’siridan

hosil bo‘ladigan salqilik, ko‘chish, chekli kuch miqdorini

aniqlash, tebranish amplitudalari va vaqtini aniqlash kabi

masalalar ham qurilish mexanikasining vazifalariga kiradi.

mехаnikаsi

mаtеmаtikа

qurilish

kоnstruksiyalаri

qurilish mаshinаlаri

binоlаr vа injеnеrlik kоnstruksiyalаri

mutахаssis

mоdеli

Qurilish mехаnikаsi fаnining mаsаlаlаri vа uning bоshqа umuminjеnеlik fаnlаri bilаn bоg'liqligi

fizikа nаzаriy

mехаnikа

sistеmаlаr

tаhlili

infоrmаtikа

vа hisоblаsh

tехnikаsi

mаtеriаllаr

qаrshiligi

elаstiklik vа

plаstiklik nаzаriyasi

guvеr to'g'оni vа qurilаyotgаn ko'prikning юqоridаn оlingаn surаti. Аrizоnа.

Wembley Stadium Glasgow’s Clyde Arc

2. Qurilish mexanikasi fanining masalalari.

Keng ma’noda qurilish mexanikasi quyidagi fanlarni o‘z ichiga oladi:

nazariy mexanika, materiallar qarshiligi, elastiklik nazariyasi, plastiklik

nazariyasi, polzuchest (sirg‘alish) nazariyasi. Tor ma’noda qurilish

mexanikasi, sterjenli sistemalarning qurilish mexanikasi, plastina va

qobiqlar qurilish mexanikasi kabi fanlarni o‘z ichiga oladi.

Materiallar qarshiligi asosan inshoot qismlari yoki elementlari-ning

taqribiy hisoblari bilan shug‘ullanadi. Qurilish mexanikasi (tor ma’noda)

materiallar qarshiligidan farqli ravishda inshootlarning (qismlar va

elementlar majmuasi) taqribiy hisoblari bilan shug‘ullanadi. Elastiklik

nazariyasida esa yuqoridagidan farqli o‘laroq, masalalar qat’iy va aniq

echilishi talab etiladi.

3. Qurilish mexanikasi fanining qisqacha rivojlanish tarixi.

Qurilish mexanikasi fanining dastlabki rivojlanish davrida

mustaqil fan bo‘lmay, umumiy mexanikaning tarkibiy qismlaridan

biri sifatida rivojlangan. Mexanika fanining nazariy asoslari

dastlab qadimgi Yunoniston va Misrda paydo bo‘lgan. Mexanika

so‘zini ilmiy atama sifatida fanga birinchi bo‘lib kiritgan olim,

eramizdan 384-322 yillar ilgari yashab o‘tgan Yunonistonlik

mashhur faylasuf Aristotel (Arastu) hisoblanadi. Mexanikaning

xilma-xil masalalarini hal ztishda qadimgi zamon olimlaridan

Arximed, Geron, Platon, Ptolomey va boshqalarning xizmatlari

benihoya kattadir.

Sharq mamlakatlarida mexanika fani IX asrdan boshlab

rivojlana boshladi. Qadimgi Yunon olimlarining asarlarini ijodiy

o‘rganib, mashhur vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino o‘zining

«Donishnoma» asarida yuklarni ko‘taradigan uskunalar haqida

fikrlarni aytadi. Al Xorazmiy «Fanlar kaliti» asarida mexanika

fani to‘g‘risida g‘oyalarni ilgari suradi. SHarqning mashhur

olimlaridan Abu Rayhon Beruniy, Abu Abdulloh al Xorazmiy,

Umar Xayyom, Forobiy va boshqalar mexanika fanining

rivojlanishida munosib hissa qo‘shganlar.

Qurilish mexanikasi fanini rivojlanishiga o‘zbekistonlik olimlardan

akademiklar M. T. O‘rozboev, X. A. Rahmatullin, V. Q. Qobulov, T. R. Rashidov, T.

SH. SHirinqulov va boshqalar o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar. Akademik

M. T. O‘rozboev o‘zbek mexaniklarining otasi hisoblanib, inshootlar seysmik

mustahkamligi nazariyasini yaratilishida munosib hissa qo‘shgan va birinchi bo‘lib

o‘zbek tilida nazariy mexanika va materiallar qarshiligi kurslaridan o‘zbek tilida

darslik yaratgan. Akademik X. A. Rahmatullin elastik va elastik-plastik muhitlarda

to‘lqin tarqalishini dinamik nazariyalarini yaratib, Moskva Davlat Universiteti

talabalariga dars bergan. O‘zbekistonda kibernitikaning taraqqiyotiga munosib hissa

qo‘shgan akademik olim V. Q. Qobulov, yaxlit muhitlar mexanikasini algoritmlash,

avtomatik boshqaruv sistemasini yaratishda, inshootlarni hisoblashda EHMdan

foydalanish sohasida samarali ishlar olib borgan. Akademik T. R. Rashidov er osti

inshootlari seysmik mustahkamligi nazariyasini yaratishda ulkan ishlarni amalga

oshirgan. Akademik T. SH. SHirinqulovning zamin va poydevorlar sohasida olib

borgan ilmiy tadqiqot ishlari ko‘p davlatlarda tan olingan.

Ma’ruzani mustaxkamlash uchun savollar.

1. Qurilish mexanikasi fani nimani o‘rganadi?

2. Inshootlarni mustahkamlikka hisoblashdan maqsad nima?

3. Inshootlarni bikrlikka hisoblashdan maqsad nima?

4. Inshootlarni ustuvorlikka hisoblashdan maqsad nima?

5. Inshootlar statikasi va inshootlar dinamikasi deganda nimani tushunasiz?

6. Qanday tashqi yuklarni va ichki zo‘riqish kuchlarini bilasiz?

7. Qurilish mexanikasining fanining asosiy vazifalari nimalardan iborat?

8. Qurilish mexanikasi fani qanday masalalarni o‘rganadi?

9. Qurilish mexanikasi fanini qisqacha rivojlanish tarixini ayting?

10. Qurilish mexanikasi fanini rivojlanishida hissa qo‘shgan o‘zbek

olimlarini ayting?