48
Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til va adabiyot ta’limi»dan olindi, deb izohlanishi shart. Jurnalda nashr etilgan maqolalarda muallifarning tahririyat nuqtayi nazariga muvofiq kelmaydigan fikr-mulohazalari bosilishi mumkin. Tahririyatga kelgan qo‘lyozmalar taqriz qilin- maydi va muallifga qaytarilmaydi. Bosmaxonaga 21.06.2018-yilda topshiril- di. Ofset usulida chop etildi. Qog‘oz bichimi 60x84 1 / 8 . Shartli bosma tabog‘i 6,0. «Times» garniturasi. 10, 11 kegl. «SANO-STANDART» MСHJ bosmaxonasida chop etildi. Manzil: Toshkent sh. Olmazor tum., Shiroq ko‘chasi 100. Buyurtma № 17-661. Adadi 11700 nusxa. Bahosi kelishilgan narxda. Tahririyat manzili: 100011, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 30-uy. Telefon: (0 371) 244-04-18, 244-04-15, 244-20-63, 244-26-89. e-mail: [email protected] veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligida 2014-yil 19-dekabrda 0055-raqam bilan qayta ro‘yxatga olingan. 2018-yil. 6-son. 1991-yildan chiqa boshlagan Bosh muharrir: Bahodir JOVLIYEV Tahrir hay’ati: Ulug‘bek INOYATOV Nizomiddin MAHMUDOV Kadirbay BEKTURDIYEV Nargiza RAHMONQULOVA Mamatqul JO‘RAYEV Maqsudjon YO‘LDOSHYEV Sirojiddin SAYYID Jabbor ESHONQULOV Abdurahim NOSIROV Lutfulla JO‘RAYEV (bosh muharrir o‘rinbosari) Shahnoza JO‘RAYEVA Jamoatchilik kengashi: Muhammadjon ALIYEV Ergesh ABDUVALITOV Manzura DADAXO‘JAYEVA Lutfullо JO‘RAYEV Ehson TURDIQULOV Valijon QODIROV Sahifalovchilar: Akmal FARMONOV Gulnoza VALIYEVA Nashr uchun mas’ul: Dono XO‘JAYEVA Yuliya MUSURMANOVA O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining FILOLOGIYA va PEDAGOGIKA fanlari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrdir. jurnali MUNDARIJA DOLZARB MAVZU Abdurahim Nosirov. O‘quvchining kundaligidagi baho ............................................................................. 3 Nilufar Abduraxmonova, Jasur Isroilov, San’at Matlatipov. O‘zbek tili lotin alifbosi uchun klaviatura yoki “unicode” masalasi ..................................................................................................... 6 AKADEMIKLAR SUHBATI Nilufar Namozova. Adib, olim, fan arbobi ................................................................................................... 8 TA‘TIL BILMAS SABOQLAR Dilorom Ergasheva. Kitob – bebaho xazina ...................................................................................... 11 ILG‘OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR Shohida Nishonova. Tovushlar jilvasi ................................................................................................. 12 Zulfiya Pardaуeva. “Aqliy hujum” – fikrlash omili ................................................................................ 14 Mohigul Fozilova. Qiziqarli topshiriqlar .............................................................................................. 15 METODIK TAVSIYA Nosirjon Uluqov. Lingvistik kompetentlikni shakllantirish omillari ........................................................ 16 Shoira Normatova. Adabiyot darslari samaradorligini oshirishda o‘yin texnologiyalari ...................... 18 Surayyo Shermuhamedova. Ta’lim tizimini innovatsion texnologiyalar asosida isloh qilish ........... 20 Husniddin Suyunov, Gulhayo Jo‘rayeva. Adabiy ta’limda savol va topshiriqlar ustida ishlash tamoyillari ........................................................................................................................ 21 Hilola Suyunova. O‘quvchilarni ijodiy fikrlashga o‘rgatish ................................................................... 23 Zumradkhon Teshaboeva. Problems of developing sociolinguistic competence of EFL teachers .. 24 ADABIY TAQVIM Qozoqboy Yo‘ldosh. Manqurtlikning jono‘rtar tasviri .......................................................................... 26 TAHLIL Akram Hamdamov, Obidjon Karimov. Abdulla Oripovning “Munojotni tinglab” she’ridagi o‘ziga xos mo‘jiza haqida ..................................................................................... .................30 Elmurod Nasrullayev. G‘afur G‘ulom talqinida Navoiyning lirik timsoli ............................................... 32 Nozima Qozoqova. Murojaat birliklarining funksional-pragmatik xususiyatlari ..................................... 34 TARJIMASHUNOSLIK Bashorat Bahriddinova. “Olam mening nigohimda” ........................................................................... 35 TADQIQOTLAR Dilnavoz Yusupova. Mumtoz adabiyotda mutalavvun hodisasi va ritmik urg‘u ................................. 36 Sanobar Kamolova. Atoqli otlar oldida determinativlar qo‘llanishining o‘ziga xos semantik xususiyatlari ..................................................................................................................... 38 Nilufar Dilmurodova. Adabiyotda psixologik va estetik talqin ............................................................ 39 Saodat Kambarova. Mutolaaga qiziqtirishga doir bir usul xususida .................................................. 42 Jamila Asqarova. Ertaklarni nomlashning o‘ziga xosligi ..................................................................... 45 Qodirjon Mo‘ydinov. Sud nutqida ayrim terminlarning qo‘llanishi ...................................................... 47 АКТУАЛЬНОЕ СЛОВО ДНЯ Гулноза Юсупова. Формирование гуманистических ценностных ориентаций у учащихся старших классов.................................................................................................................. 1 МЕТОДИКА. ОПЫТ Махмуджон Рахимов. Повторенье – мать ученья ............................................................................. 4 Максуда Нажмиддинова. Как прекрасен и велик русский, близкий всем язык!............................ 6 Тамара Хатамова. Погода ..................................................................................................................... 8 Лариса Ким. Безличные предложения ............................................................................................... 10 ИЗ ОПЫТА ПРЕПОДАВАТЕЛЯ Анаргул Калдибекова, Инесса Морхова. Роль современного преподавателя в образовании........................................................................... 12 Саида Султанова. Методическое обеспечение профессиональной направленности студентов языковых вузов .................................................................................................................... 14 Шахноза Холматова. Особенности креативного мышления студентов в процессе обучения .. 15 Феруза Джураева. Самостоятельная работа студентов – важный фактор в изучении иностранных языков .......................................................................................................... 17 ИСПОЛЬЗУЙТЕ ЭТИ МАТЕРИАЛЫ Гулчехра Саримсакова. Коммуникативная направленность учебного диалога........................... 19 Азиза Бедилова. Эффективное формирование системы ценностей на материале пословиц и поговорок................................................................................................... 20 Нодира Гафурова. Важность дистанционного обучения в современном образовании.............. 22 Мархабо Эрназарова. Перевод как один из способов обучения .................................................. 24 НАУЧНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ Ёркинжон Одилов, Феруза Мусаева. Лингвокультурный подход к изучению узбекских диалектов .............................................................................................................................. 26 МЫСЛИ ВСЛУХ Садбарг Жумаева. Изменение отношения студентов к расширению своего фразеологического запаса .................................................................................................................... 29 ВНЕКЛАССНОЕ МЕРОПРИЯТИЕ Люба Ашурова. Светлое имя – Пушкин .......................................................................................... 30 П р и л о ж е н и е

2018-yil. 6-son. - Til va adabiyot ta’limitilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/... · biyot namunalari ham oromgoh kutubxonalaridan joy oldi. Muxlisa DO‘STMUHAMEDOVA

  • Upload
    others

  • View
    47

  • Download
    0

Embed Size (px)

Citation preview

Page 1: 2018-yil. 6-son. - Til va adabiyot ta’limitilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/... · biyot namunalari ham oromgoh kutubxonalaridan joy oldi. Muxlisa DO‘STMUHAMEDOVA

Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til va ada biyot ta’limi»dan olindi, deb izohlanishi shart.

Jur­nalda­nashr­etilgan­maqolalarda­mual­lif­arning­tahririyat­ nuqtayi­ nazariga­ muvofiq­ kelmaydigan­fikr-mulohazalari­bosilishi­mum­kin.­

Tahririyatga­ kelgan­ qo‘lyozmalar­ taqriz­ qilin-maydi va muallifga qaytarilmaydi.

Bosmaxonaga 21.06.2018-yilda topshi ril-di. Ofset usulida chop etildi. Qog‘oz bichimi 60x841/8. Shartli bosma tabog‘i 6,0. «Times» garniturasi. 10, 11 kegl. «SANO-STANDART» MСHJ bos ma xona sida chop etildi.

Manzil: Toshkent sh. Olmazor tum., Shiroq ko‘chasi 100. Buyurtma № 17-661. Adadi 11700 nusxa. Bahosi kelishilgan narxda.

Tahririyat manzili:100011, Toshkent shahri, Navoiy­ko‘chasi,­30-uy.­

Telefon:­(0­371)­244-04-18,­244-04-15,­244-20-63,­244-26-89.­e-mail:­[email protected]­veb-sayt:­www.tilvaadabiyot.uz

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligida 2014-yil 19-dekabrda

0055-raqam bilan qayta ro‘yxatga olingan.

2018-yil. 6-son.

1991-yildan chiqa boshlagan

Bosh muharrir: Bahodir JOVLIYEV

Tahrir hay’ati:Ulug‘bek INOYATOV

Nizomiddin MAHMUDOVKadirbay BEKTURDIYEV

Nargiza RAHMONQULOVAMamatqul JO‘RAYEV

Maqsudjon YO‘LDOSHYEVSirojiddin SAYYID

Jabbor ESHONQULOVAbdurahim NOSIROV

Lutfulla JO‘RAYEV(bosh muharrir o‘rinbosari)

Shahnoza JO‘RAYEVAJamoatchilik kengashi:

Muhammadjon ALIYEVErgesh ABDUVALITOV

Manzura DADAXO‘JAYEVALutfullо JO‘RAYEV

Ehson TURDIQULOVValijon QODIROVSahifalovchilar:

Akmal FARMONOVGulnoza VALIYEVA

Nashr uchun mas’ul:Dono XO‘JAYEVA

Yuliya MUSURMANOVA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining FILOLOGIYA va PEDAGOGIKA fanlari bo‘yicha doktorlik

dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrdir.jurnali

MUNDARIJADOLZARB MAVZU

Abdurahim Nosirov. O‘quvchining kundaligidagi baho ............................................................................. 3Nilufar Abduraxmonova, Jasur Isroilov, San’at Matlatipov. O‘zbek tili lotin alifbosi uchun klaviatura yoki “unicode” masalasi ..................................................................................................... 6

AKADEMIKLAR SUHBATINilufar Namozova. Adib, olim, fan arbobi ................................................................................................... 8

TA‘TIL BILMAS SABOQLARDilorom Ergasheva. Kitob – bebaho xazina ...................................................................................... 11

ILG‘OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARShohida Nishonova. Tovushlar jilvasi ................................................................................................. 12Zulfiya Pardaуeva. “Aqliy hujum” – fikrlash omili ................................................................................ 14Mohigul Fozilova. Qiziqarli topshiriqlar .............................................................................................. 15

METODIK TAVSIYANosirjon Uluqov. Lingvistik kompetentlikni shakllantirish omillari ........................................................ 16Shoira Normatova. Adabiyot darslari samaradorligini oshirishda o‘yin texnologiyalari ...................... 18Surayyo Shermuhamedova. Ta’lim tizimini innovatsion texnologiyalar asosida isloh qilish ........... 20Husniddin Suyunov, Gulhayo Jo‘rayeva. Adabiy ta’limda savol va topshiriqlar ustida ishlash tamoyillari ........................................................................................................................ 21Hilola Suyunova. O‘quvchilarni ijodiy fikrlashga o‘rgatish ................................................................... 23Zumradkhon Teshaboeva. Problems of developing sociolinguistic competence of EFL teachers .. 24

ADABIY TAQVIMQozoqboy Yo‘ldosh. Manqurtlikning jono‘rtar tasviri .......................................................................... 26

TAHLILAkram Hamdamov, Obidjon Karimov. Abdulla Oripovning “Munojotni tinglab” she’ridagi o‘ziga xos mo‘jiza haqida ..................................................................................... .................30Elmurod Nasrullayev. G‘afur G‘ulom talqinida Navoiyning lirik timsoli ............................................... 32Nozima Qozoqova. Murojaat birliklarining funksional-pragmatik xususiyatlari ..................................... 34

TARJIMASHUNOSLIKBashorat Bahriddinova. “Olam mening nigohimda” ........................................................................... 35

TADQIQOTLARDilnavoz Yusupova. Mumtoz adabiyotda mutalavvun hodisasi va ritmik urg‘u ................................. 36Sanobar Kamolova. Atoqli otlar oldida determinativlar qo‘llanishining o‘ziga xos semantik xususiyatlari ..................................................................................................................... 38Nilufar Dilmurodova. Adabiyotda psixologik va estetik talqin ............................................................ 39Saodat Kambarova. Mutolaaga qiziqtirishga doir bir usul xususida .................................................. 42Jamila Asqarova. Ertaklarni nomlashning o‘ziga xosligi ..................................................................... 45Qodirjon Mo‘ydinov. Sud nutqida ayrim terminlarning qo‘llanishi ...................................................... 47

АКТУАЛЬНОЕ СЛОВО ДНЯГулноза Юсупова. Формирование гуманистических ценностных ориентаций у учащихся старших классов .................................................................................................................. 1

МЕТОДИКА. ОПЫТМахмуджон Рахимов. Повторенье – мать ученья ............................................................................. 4Максуда Нажмиддинова. Как прекрасен и велик русский, близкий всем язык! ............................ 6Тамара Хатамова. Погода ..................................................................................................................... 8Лариса Ким. Безличные предложения ............................................................................................... 10

ИЗ ОПЫТА ПРЕПОДАВАТЕЛЯАнаргул Калдибекова, Инесса Морхова. Роль современного преподавателя в образовании........................................................................... 12Саида Султанова. Методическое обеспечение профессиональной направленности студентов языковых вузов .................................................................................................................... 14Шахноза Холматова. Особенности креативного мышления студентов в процессе обучения .. 15Феруза Джураева. Самостоятельная работа студентов – важный фактор в изучении иностранных языков .......................................................................................................... 17

ИСПОЛЬЗУЙТЕ ЭТИ МАТЕРИАЛЫГулчехра Саримсакова. Коммуникативная направленность учебного диалога ........................... 19Азиза Бедилова. Эффективное формирование системы ценностей на материале пословиц и поговорок ................................................................................................... 20Нодира Гафурова. Важность дистанционного обучения в современном образовании .............. 22Мархабо Эрназарова. Перевод как один из способов обучения .................................................. 24

НАУЧНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯЁркинжон Одилов, Феруза Мусаева. Лингвокультурный подход к изучению узбекских диалектов .............................................................................................................................. 26

МЫСЛИ ВСЛУХСадбарг Жумаева. Изменение отношения студентов к расширению своего фразеологического запаса .................................................................................................................... 29

ВНЕКЛАССНОЕ МЕРОПРИЯТИЕЛюба Ашурова. Светлое имя – Пушкин .......................................................................................... 30

П р и л о ж е н и е

Page 2: 2018-yil. 6-son. - Til va adabiyot ta’limitilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/... · biyot namunalari ham oromgoh kutubxonalaridan joy oldi. Muxlisa DO‘STMUHAMEDOVA

2 e-mail: [email protected]

Mana navbatdagi o‘quv yili nihoyasiga yetib, o‘quv-chilar yozgi ta’tilni boshlab yuborishdi. Bu davrda ham-ma bolaning ham tog‘ va tog‘oldi hududlarida, o‘z uyi-dan ancha olisda joylashgan oromgohda dam olish imkoniyati yo‘q.

Maktab darslaridan toliqqan o‘quvchilarni yozgi sog‘lomlashtirish jarayoniga jalb etish, ularning maz-munli dam olishini ta’minlash bo‘yicha Xalq ta’limi va-zirligi muhim chora-tadbirlar rejasini belgiladi. “Orom-gohlarda ta’lim-tarbiyaviy ishlarni tashkil etish, ularni malakali pedagog va yetakchilar bilan ta’minlash” yu-zasidan “Yoz—2018” shtabi tashkil etildi. Unga ko‘ra, rahbar, pedagog xodimlar hamda to‘garak murabbiy-lari uchun har bir yo‘nalish bo‘yicha 5 nomdagi uslubiy qo‘llanma tayyorlanib, jami 2200 nusxada chop etildi. Dam olish maskanining ma’naviyat va ma’rifat xonasini jihozlash bo‘yicha tavsiyalar Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi xodimlari tomonidan takomillashtirildi.

Aytish mumkinki, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi bilan hamkorlikda joriy mavsum-da 194 ta statsionar oromgoh faoliyat ko‘rsatadi. Ularda 153189 nafar va 978 ta kunduzgi oromgohda 148400 nafar bolani sog‘lomlashtirish rejalashtirilgan bo‘lib, bu jarayonga jami 29 611 nafar pedagog xodimni jalb etish mo‘ljallangan. Bunga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi yetakchilari ham biriktirilgan.

Shuningdek, “O‘quvchilarning yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etish konsepsiyasi”ga muvofiq joriy yilda qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmayotgan bar-cha umumta’lim va maktabdan tashqari ta’lim muas-sasalarida madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari 15 iyun-dan 15 avgustgacha haftaning dushanba-juma kunlari muntazam o‘tkazilishi belgilandi.

Ta’tilda o‘quvchilarning xorijiy tillarni o‘rganish masala-siga ham katta e’tibor qaratilgan. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 420 nafar chet tili mutaxassisli-gi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar ro‘yxati oromgohlar kesi mida shakllantirilgani bunga zamin yaratadi. Umum-ta’lim maktablariga yetkazib berilayotgan “Yoshlar kutub-xonasi” rukni ostida nashr etilgan 11 nomdagi badiiy ada-biyot namunalari ham oromgoh kutubxonalaridan joy oldi.

Muxlisa DO‘STMUHAMEDOVA tayyorladi.

ENG ILG‘OR VA IJODKOR O‘QITUVCHILAR ANIQLANDI

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan an’anaviy tarzda so-hadagi eng fidoyi, yangilikka intiluvchi va tashabbuskor o‘qituvchilarni aniqlash maq sadida o‘tkaziladigan “Yil-ning eng yaxshi fan o‘qituvchisi – 2018” tanlovi joriy yil-da bir qator o‘zgarishlar bilan yangicha tarzda o‘tkazildi. Tanlovning respublika bosqichi 11 ta hududda o‘tkazilib, 13 ta o‘quv fanidan jami 197 nafar ishtirokchi 4 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdi. Jumladan, dars ishlanmasi va taqdimot, ishtirokchining oxirgi uch yil davomida erish-gan yutuqlari (o‘quvchisining respublika va xalqaro tan-lovlardagi muvaffaqiyati), dars mashg‘uloti hamda on-layn test-sinovlari kabi shartlar bo‘yicha bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tanlov davomida aniqlangan ilg‘or tajri-ba, o‘qitishning muqobil metodlari va texnologiyalari Respublika ta’lim markazi mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, tajriba-sinovdan o‘tkazilib, respublika miqyo-sida joriy etilishi ko‘zda tutildi.

YOZNI MAROQLI O‘TKAZAMIZ!SAMARQANDDAGI XALQARO OLIMPIADA G‘OLIBLARI ANIQLANDI

Shu yilning 19–23-iyun kunlari Samarqandda umumiy o‘rta ta’lim maktabla rining 10–11-sinf o‘quvchi-lari o‘rtasida fizika va astronomiya fanlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek no-

midagi xalqaro olimpiada o‘tkazildi.Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev

tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur nufuz li xalqa-ro tanlovda O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Yaponiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmanistondan vakillar ishtirok etdi. Ilk bor tashkil etilgan xalqaro olimpiada-da ushbu mamlakatlardan 45 nafar iste’dodli o‘quvchi fizika va astronomiya fanlari bo‘yicha o‘z bilimini sinov-dan o‘tkazdi.

24-iyun kuni xalqaro olimpiada g‘olib va sovrindorlari aniqlandi. Astronomiya fanidan qirg‘izistonlik Anarbekov Iriskeldi oltin medalni qo‘lga kiritdi. Qozog‘iston vakili Amankul Janibek kumush medalga, hamyurtimiz Bo-zorqulov Do‘stmamat va yana bir qozog‘istonlik o‘quv-chi Kenes Erjan bronza medalga sazovor bo‘lishdi.

Fizika fanidan O‘zbekiston jamoasi a’zosi Umidjon Hafizov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Tinichbekov Temur (Qirg‘iziston), Amangeldi Islam (Qozog‘iston) hamda o‘zbekistonlik Hasanov Otabek va Nosirov Abdurah-mon kumush medalga; turkmanistonlik Xodjamurodov Meylis, qozog‘istonlik Telman Erasil, Namugambetova Madina, qirg‘izistonlik Sidiqov Ernazar hamda hamyur t- larimiz Roziqov Soliboy, Halimov Bobur bronza me-daliga munosib deb topildi. G‘oliblar tashkiliy qo‘mita tomonidan tantanali ravishda taqdirlandi.

Page 3: 2018-yil. 6-son. - Til va adabiyot ta’limitilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/... · biyot namunalari ham oromgoh kutubxonalaridan joy oldi. Muxlisa DO‘STMUHAMEDOVA

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 3

Фарзандингиз­ мактабда­ “5”­ баҳога­ ўқийди.­Математика,­табиий­фанлар,­чет­тиллардан­ҳам­ўзлаштириши­аъло.­Бу­—­яхши,­албатта.­Аммо,­табиий­савол­туғилади:­ушбу­олинаётган­баллар­ўқувчининг­ эртанги­ келажагини­ нечоғлиқ­ кафо-латлайди?­Қолаверса,­кундалик­дафтардаги­маз-кур­“рақам”­ўқувчининг­эгаллаган­билимига­қанча-лик­мос?­Зеро,­ўқитувчи­ҳар­куни­синфдаги­30­на-фар­ўқувчини­баҳоларкан,­объектив­ва­субъектив­омиллар­таъсирига­тушиши­табиий.­ Қолаверса,­мактабни­физика­фанидан­аълога­битирган­ўқув-чи­келгусида­зарурат­сабаб­уйдаги­оддий­дазмол­ёки­радиони­тузатишига­тўғри­келса,­ўша­баҳоси­(билими)­асқатиб,­муаммони­ҳал­қила­оладими?­

Ушбу­саволга,­афсуски,­аксарият­ҳолатда­ижо-бий­ жавоб­ олишимиз­ амримаҳол.­ Чунки­ кўпинча­мактабда­ олган­ баҳоларимиз­фақат­ назарий­ би-лимларни­ ёд­ олиб­ сўзамоллик­ билан­такрорлага-нимиз­учун­қўйилгани­бугун­сир­эмас.­Қизиқ-да,­бун-да­бир­хулоса­билан­ўзимизни­ҳам,­муаллимни­ҳам­айблаб­бўлмайди.­Чунки­унинг­замирида­амалдаги­ўқитиш­жараёнида­амалий­билим,­кўникмадан­кўра­назарий­ қарашларга­ устуворлик­ берилгани­ сези-либ­қолади­гоҳида.­

Ёш­ авлод­ таълим-тарбияси,­ ўқитувчи­ меҳна-тининг­ мураккаб,­ ўз­ навбатида,­ нозик­ жиҳатла-ри­ҳам­шунда­аслида.­Мазкур­масалага­­объектив­ечим­топиш­ мақсадида­ Халқ­таълими­ вазирлиги­томонидан­ кўплаб­ халқаро­ тажрибалар­ ўргани-либ,­амалиётга­татбиқ­этилмоқда.­

PISA — қандай дастур?PISA – ўқувчиларнинг таълимий ютуқлари-

ни ба ҳолаш бўйича халқаро дастур (инглизча – Programme for International Student Assessment (бундан буён PISA)) дунёнинг барча давлатларида 15 ёшли ўқувчиларнинг (ўқиш, математика, табиий фанлар бўйича) саводхонлигини баҳолаш ва би-лимларини амалиётда қўллай олиш даражасини баҳоловчи тест.

Мазкур дастур 1997 йилда ишлаб чиқилган бўлиб, 2000 йилда биринчи маротаба амалиётда қўлланган. Дастурнинг тестлари халқаро Иқтисодий ҳамкорлик ва ривожлантириш ташкилоти (инглизча – Organisation for Economic Cooperation and Development (OECD)) томонидан консорциумда етакчи халқаро ил-

Абдураҳим НОСИРОВ,Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирлиги умумий ўрта таълим мактаблари ўқув-методик жараёнини ривожлантириш бош бошқармаси бошлиғи, филология фанлари доктори

ЎҚУВЧИНИНГ КУНДАЛИГИДАГИ БАҲО

у фарзандимиз келажаги ва мамлакат тараққиётига нечоғлиқ дахлдор?

мий ташкилот ва миллий марказлар иштирокида ишлаб чиқилади. Консорциум Австралия педагогик тадқиқотчилар бирлашмаси (ACER), Нидерландия Миллий Педагогик Ўлчовлар (CITO) институти кўма-гида бошқарилади. АҚШнинг Педагогик Тест Хизмати (ETS), Япония Таълим тизимидаги Миллий тадқиқот-лар институти (NIER), АҚШнинг Вестат (WESTAT) ва дунёдаги бошқа нуфузли таълим ташкилотлари ҳам-корлигида олиб борилади.

PISA – тадқиқотлар мониторинги бўлиб, у тур-ли давлатлар таълим тизимидаги ўзгаришларни аниқлаш ҳамда солиштиришга ёрдам беради ва таълимдаги стратегик ечимларни самарали баҳо-лаб беради. Эътиборлиси шундаки, хорижий дав-латлар томонидан бирор мамлакатга халқаро инвес тицияларнинг киритилишида айни мамлакат-нинг ижтимоий-иқтисодий ривожланиши, истиқболи-га устувор аҳамият қаратилиши баробарида мактаб ўқувчиларининг билим даражаси – PISA натижала-ри ҳам инобатга олиниши бежиз эмас. Бинобарин, мамлакатдаги интеллектуал салоҳият инсон омили, бўлғуси мутахассис кадрлар сифатида ёшлар камо-лотига бевосита боғлиқ.

Шу маънода мазкур тадқиқотлар натижаси барча давлатларда жуда катта иштиёқ билан ўрганилади. Ушбу кузатишни дунё жамоатчилигининг Олимпиада ўйинлари натижаларига қизиқиши билан ҳам тенг-лаштириш мумкин. Зеро, Иқтисодий ҳамкорлик ва ривожлантириш ташкилотининг 2010 йилги ҳисобо-ти таҳлилларига кўра PISA бўйича мамлакат ўқувчи-лари баҳосининг 50 баллга ошиши ушбу давлатнинг ҳар йиллик иқтисодий кўрсаткичи 1 фоизга ўсаётга-нини англатиши ҳам ҳақиқат.

Синовлар қайси фанлардан ўтади?PISAда ўқувчиларнинг билим сифати мониторин-

ги 3 та асосий йўналиш бўйича: ўқиш саводхонли-ги, математик саводхонлик, табиий фанлар са-водхонлиги бўйича ўтказилади.

2000–2009 йиллар натижасига кўра Шарқий Осиё давлатларида энг яхши кўрсаткич Хитой,

Dolzarbmavzu

Page 4: 2018-yil. 6-son. - Til va adabiyot ta’limitilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/... · biyot namunalari ham oromgoh kutubxonalaridan joy oldi. Muxlisa DO‘STMUHAMEDOVA

4 e-mail: [email protected]

Dolzarb mavzu

Корея, Сингапур ва Япония давлатларида қайд этилган. Европада эса биринчи ўнталик лидерлари Финляндия ва Голландия давлатлари бўлган.

2000 йилда тестда 32 давлатдан 265 минг на-фардан ортиқ ўқувчи иштирок этган бўлса, 2012 йилда 65 давлатнинг икки карра кўп ўқувчилари билими синовдан ўтказилган. Бунда тестларнинг 3 дан 2 қисми ўқиш ва ўқиганини тушунишга доир билимларни ўрганиш мақсадига қаратилгани аҳамиятлидир.

Дарҳақиқат, PISA тестлари ҳар 3 йилда ўтка-зилиб, унда иштирок этадиган давлатлар сони ортиб бормоқда. 2015 йилда ушбу тестлар-да 72 та давлат ўқувчилари қатнашиб, ўқиш, математика, табиий фанлар саводхонли-ги бўйича Сингапур 1-ўринни, Гонконг (Хитой) 2-ўринни, табиий фанлар саводхонлиги бўйи-ча Япония 2-ўринни, Эстония 3-ўринни, Россия Федерацияси ўқувчилари умумий кўрсаткичда 23-ўринни эгаллаган.

Бу умумий таълимни такомиллаштириш учун мазкур тадқиқотнинг муҳимлигини эътироф этган давлатлар сони ортаётганлигидан далолатдир.

Ўзбекистон учун PISA нега керак?Ҳозирги кунда миллий инновацион тизимни

ривож лантириш ҳамда инновацион салоҳиятни та-комиллаштириш мамлакат иқтисодий ўсишининг энг муҳим омиллари ҳисобланмоқда. Шунинг учун маз-кур омилларни тадқиқ этиш муаммолари дунёнинг кўплаб давлатлари ва халқаро ташкилотлар учун долзарб. Шу муносабат билан инновацион ривожла-ниш даражасини тезкор ва ишончли таҳлил қилишга мўлжалланган баҳолаш тизими мавжудлиги катта аҳамиятга эга. Бундай баҳолаш тизимлари сифатида обрўли халқаро ташкилотлар томонидан яратилган халқаро рейтинг тизимлари қўлланилмоқда.

Шулардан энг машҳур рейтинг тизими INSEAD бизнес-мактаби, Корнел университети ва Жаҳон ин-теллектуал мулк ташкилоти томонидан қўлланила-ётган Глобал инновацион индексдир.

Глобал инновацион индекс (бундан буён ГИИ) инновацион фаолият бўйича энг муҳим ахборотлар манбаи ҳамда маъмурий ташкилотлар учун фойда-ли назорат воситаси сифатида дунё миқёсида эъти-роф қилинган. Мазкур индекс иқтисодий жиҳатдан ривожланган, шунингдек, бозор иқтисодиёти энди шаклланаётган давлатларда қўлланилиши ҳамда инновацияларга кенг ёндашиши боис эътиборга лойиқ.

Ўзбекистон Республикаси инновацион ривож-ланиш вазирлиги баёнотига биноан мамлакати-миз ГИИ тадқиқотларида иштирок этиши лозим. Бу инвесторларда ҳар қандай давлатга, жумладан, Ўзбекистонга ҳам инвестиция киритилиши, юқори технологик ишлаб чиқариш, глобал меҳнат хизмат-лари бозорида рақобатбардош кадрлар тайёрлани-шига ишончни шакллантиради. Чунки мамлакатнинг иқтисодий-ижтимоий тараққиёти бевосита таълим сифати, аҳоли фаровонлигининг ошгани бароба-рида ёш мутахассис кадрларнинг интеллектуал са-лоҳиятидан дарак беради.

ГИИ “Инсон капитали ва тадқиқотлар” гуруҳининг маълумотлари таҳлили, Иқтисодий ҳамкорлик ва ривожланиш ташкилоти (ОЕСD)нинг Халқаро ўқув-чиларни баҳолаш дастури (PISA) доирасида олин-ган кўрсаткичларга эътибор қаратиш лозим.

PISA дастури — Ўзбекистонда!Бугунги кунда Ўзбекистон Республикаси Халқ

таълими вазирлиги ЮНИСЕФ билан ҳамкорликда PISA талаблари асосида умумий ўрта таълимнинг давлат таълим стандартлари ва ўқув дастурларини такомиллаштириш устида иш олиб бормоқда.

Жумладан, ЎзР ВМнинг 2017 йил 6 апрелдаги 187-сон қарори билан тасдиқланган Давлат таъ-лим стандартлари, ўқув режа ва ўқув дастурлари (биринчи навбатда математика, физика, биология, она тили ва адабиёт) халқаро экспертлар – Анна Голубева (Эстония), Натия Джохадзе (Грузия), Александр Сокол (Латвия) томонидан кўриб чиқил-ди, уларнинг хулоса ва тавсиялари олинди ҳамда шу асосда давлат таълим стандартлари, ўқув режа ва ўқув дастурларининг дастлабки такомиллаштирил-ган лойиҳалари ишлаб чиқилди. Грузия ва Эстония давлатларидан ташриф буюрган экспертлар, Олий ва ўрта махсус таълим муассасалари, халқ таълими тизими мутахассислари билан ҳамкорликда ўқувчи-ларда шакллантирилиши лозим бўлган таянч ком-петенциялар кўриб чиқилди ва улар интеграция қи-линиб, 6 тадан 4 тага туширилди.

Бугунги кунда ДТС ва ўқув дастурлари (матема-тика, биология, физика) лойиҳалари халқаро экс-пертлар иштирокида такомиллаштирилмоқда.

Таҳлиллар жараёнида фанлараро ва синфлар-аро такрор бўлган компетенциялар аниқланиб, 19 фаннинг 50 дан ортиқ компетенциялари 6 та фан йўналишлари бўйича умумлаштирилиб, 14 тага кел-тирилди.

Халқаро баҳолаш синовлари қандай натижаларни кафолатлайди?

Албатта, мазкур саволнинг жавоби барча учун қи-зиқарли бўлиши табиий. Бинобарин, амалдаги баҳо-лаш мезонлари ҳам даврлар синовидан ўтган тизим сифатида ўз ижобий сифатларини кўрсатгани аниқ. Аммо бугунги таълим жараёнидаги янгиланишлар, табиийки, унинг сифат самарадорлигини баҳолаш ҳамда халқаро стандартлар асосида белгилаш та-лабини қўйиши равшан.

Шу нуқтаи назардан Халқаро баҳолаш синовла-ри, энг аввало, таълим тизимидаги ўзгаришларни аниқлаш, ўқувчиларнинг саводхонлик даражасини холисона баҳолаш ва халқаро миқёсда солиштириш имконини яратиши билан аҳамиятлидир. Шунингдек, маълум муддатда узлуксиз ўтказилиб бориладиган тестлар вақт ўтиши билан ўқувчилар билимидаги ўзгаришлар тенденциясини тавсифловчи миқдорий кўрсаткичларни аниқлаб, тафовутларни бартараф этиш бўйича тегишли чоралар кўришни ҳам талаб этади. Бу эса таълим сифатига бевосита салбий таъсир кўрсатувчи омиллар ва ўқувчиларга сифат-ли таълим бериш учун умумтаълим мактабларида яратилган шарт-шароитларни баҳолаш юзасидан ҳам миқдорий кўрсаткичларни аниқлаш имкони-ни беради. Эътиборлиси, ушбу жараёнда мактаб

Page 5: 2018-yil. 6-son. - Til va adabiyot ta’limitilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/... · biyot namunalari ham oromgoh kutubxonalaridan joy oldi. Muxlisa DO‘STMUHAMEDOVA

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 5

Dolzarb mavzu

ўқувчиларининг саводхонлиги ҳамда билимларини амалиётда қўллаш қобилиятини ривожлантириш борасида давлат ва нодавлат ташкилотлари ҳамда ота-оналарнинг ҳамкорлигини мувофиқлаштириш-ни ҳам таҳлил этиш имконияти юзага келади. Энг муҳими, ушбу баҳолаш тизими асосида ўқувчилар билимидаги ўзгаришлар мамлакат иқтисодий ва ижтимоий ўсиш кўрсаткичларининг ҳам ошаётгани-дан далолат беради.

Пировардида, мамлакатимиз узлуксиз таълим тизимини халқаро стандартлар асосида ислоҳ қи-лишга имкониятлар кенгайиб, таълим муассасала-ри ўртасида соғлом рақобат муҳити ривожлантири-лишига эришилади.

Масъулият ва навбатдаги вазифа нималардан иборат?

Ҳар бир янгилик амалиётга татбиқ этилар экан, у ўзига хос муаммоларнинг ечимини талаб этиши айни ҳақиқат. Шу маънода халқаро баҳолаш синов-ларининг жорий этилиши ҳам таълим тизими масъ-ул лари олдига кўплаб янги вазифалар қўймоқда.

Биринчидан, халқаро тадқиқотлар натижаларига асосланган ҳолда она тили, математика ва табиий фанларнинг амалдаги Давлат таълим стандартла-ри, ўқув дастурлари ва ўқув адабиётлари мазму-нига ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш долзарб ва кечиктириб бўлмас вазифа ҳисобланади. Бу эса юқоридаги фанлардан PISA баҳолаш дастури йўна-лишида миллий саволлар базасини яратиш ва ўқув дастурларига интеграция қилиш заруриятини ҳам юзага келтириши табиий.

PISA баҳолаш дастури йўналишидаги саволлар сингдирилган ўқув дастурлари асосида қўшимча ме-тодик қўлланма, адабиётлар яратиш ва амалиётга жорий этиш эса навбатдаги вазифа бўлиб, бу йўна-лишдаги қўшимча адабиётларнинг кўплиги ўқувчи-лар билим ҳамда кўникмаларининг доимий кенга-йиб боришини таъминлайди.

Она тили, математика ва табиий фанларни ўқи-тиш шакллари, методлари ва технологияларини ян-гилаш ва ўқитувчиларнинг бу борадаги билими ва тайёргарлигини кучайтириш бўйича малака ошириш курсларини ташкил этиш ҳам долзарб аҳамиятга эга. Зотан, умумий ўрта таълим мактаблари ўқувчи-ларини синовларга замонавий билим ва илғор таж-рибага эга муаллимлар тайёрлайди.

Табиийки, мавжуд шароит ва имкониятларни ҳи-собга олган ҳолда PISA баҳолаш дастури асосида ўқувчилар саводхонлигини баҳолашнинг миллий тизимини яратиш ҳамда амалий кўникмалар шакл-лантирилишини баҳолашга қаратилган синовларни тизимли равишда ўтказиб бориш йўналишида ҳам талай муаммолар ўз ечимини топиши муҳим аҳами-ятга эга.

Бу борада юртимиз таълим муассасаларининг юксак интеллектуал ижодий салоҳиятга эга бўлган педагог ва илмий кадрларини ривожланган давлат-ларнинг етакчи таълим ва илмий муассасаларида малакасини ошириш ва стажировка ўташини таш-кил этиш, Иқтисодий ҳамкорлик ва ривожлантириш ташкилотига аъзо давлатлардаги нуфузли таълим

ва илмий марказлар, халқаро ҳамда хорижий таш-килотлар билан ҳамкорлик алоқаларини йўлга қў-йиш катта аҳамият касб этади.

Шу орқали Раҳбар ва педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва малакасини ошириш тармоқ марказла-рининг ўқув жараёнларига юқори малакали хорижий олимлар, ўқитувчи ва мутахассисларни жалб қилиш имконияти кенгайиб, ўзаро тажрибалар алмашину-вига зарур шароитлар яратилади.

Албатта, мазкур вазифалар ўқувчиларнинг она тили, математика ва табиий фанлардан PISA халқаро баҳолаш дастурига намунали тайёргарлик кўриш лари, мустақил таълим олишлари учун етарли шарт-шароит яратишда мустаҳкам пойдевор бўлиб хизмат қилади. Натижада бугун камолга етаётган ёшларимизнинг мазкур тестлардаги юқори баҳола-ри уларнинг интеллектуал салоҳияти ҳамда мамла-кат истиқболининг янада нурли бўлишига ишончи-мизни мустаҳкамлаши шубҳасиз.

Шу ўринда математика ва физика фанларидан тайёрланган PISA, TIIMMS тести ҳамда анъанавий Очиқ ва Ёпиқ тест саволларидан намуналарни кел-тиришни лозим топдик.

Ҳозирда биринчи бор оммавий тест ва баҳолаш жараёнига янги турдаги топшириқлар киритилган. Яъни тест саволлари ўқувчидан янги объектни тадқиқ этувчи интерфаол муаммолар, вирту-ал мосламалар (МР3 – плеер, кондиционер) ва объек тив қонуниятларга асосланган жавобларни талаб этади.

Қуйида PISA, TIMMS тестидан (математика, физика фани мисолида) намуна келтирамиз:

1. Расмда цилиндрнинг тузилиши тасвирланган. 1 рақами билан нима белгиланган?

А ) Цилиндр ясовчисиB) Цилиндр асосиC) Цилиндр ён сиртиD) Цилиндр ўқи

2. Сонларни қўшишга доир ёзувда ҳарфлар би-лан қандай рақамлар белгиланган?

A) A=9, B=5, D=6, E=7, F=1, G=0, H=8, O=2 B) A=9, B=5, D=6, E=7, F=1, G=7, H=8, O=3 C) A=9, B=5, D=6, E=7, F=1, G=0, H=8, O=4 D) A=9, B=5, D=6, E=7, F=1, G=0, H=7, O=5

PISA, TIMMS тести (физика фани мисолида)1. Расмда кўрсатилган шам устига шиша идиш

ёпилди ва маълум вақтдан кейин шам ўчиб қолди. Нега?

А)­Шиша­идишнинг­ичи­қизиб­кетди­­­­­­­­­­­­­­­­­­B)­Шиша­идишнинг­ичи­совиб­кетдиC) Шиша идишнинг ичида ҳаво қолмади D)­Бундай­бўлиши­мумкин­эмас

1

2

3

Page 6: 2018-yil. 6-son. - Til va adabiyot ta’limitilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/... · biyot namunalari ham oromgoh kutubxonalaridan joy oldi. Muxlisa DO‘STMUHAMEDOVA

6 e-mail: [email protected]

Dolzarb mavzu

O‘zbek tili lotin alifbosida 29 ta harf bor. U boshqa lo-tin alifbolaridan farqli xususi-yatlarga ega. Bu alifbodagi 5

harfning, ya’ni o‘, g‘, sh, ch, ng harflarning ikkita harf yoki belgilardan tashkil topganligidadir. Afsuski, bu xu-susiyat ko‘pincha imlo qoidalari buzilishiga olib keladi. Bugunga qadar deyarli barcha yozishmalarda o‘ va g‘ harflardagi ‘ (apostrof) o‘rniga ’ (tutuq belgisi)ni ishlatib kelganmiz.

Turkiy tillar alifbolarini ko‘zdan kechirib bu tovushlar Ö,­Ğ,­Ş,­Ç harflari bilan belgilanganligiga amin bo‘lish mumkin. Bir tomondan, bu harflar imloda uchraydigan xatolar va yozuvlarni kamaytirib, tushunarliroq va aniqroq qilsa, ikkinchi tomondan, klaviaturalarni stan-dartlashtirish muammosini keltirib chiqaradi.

Hozirda ko‘plab kompyuter klaviaturalaridan foyda-lanib asosiy o‘zbek harflarini qiynalmasdan terishimiz mumkin, lekin O‘, G‘ va ’ (tutuq belgisi) bundan mustas-no. Odatda, so‘zning o‘rtasida o‘ yoki g‘ harfidan foyda-lanmoqchi bo‘lsak, <‘> belgisi o‘rniga <’> ni ishlatamiz. Yana bir muammo: biz ushbu harflarni terganimizda kompyuter ularni bitta belgi sifatida qabul qilmaydi. Bu harflar xato terilganiga deyarli hech kim e’tibor ham ber-maydi. Buni esa imlo xatolarni tekshiruvchi aniq vosita (dastur) yo‘qligi bilan izohlash mumkin.

Masalan: “She’riyat inson ruhiyatini tetiklashtiruvchi tabiat in’omi bo`lib, bu in`omni har kim ham yaratishga qodir emas. Bunga katta iste`dod, qobiliyat va chuqur bilim talab etiladi. Sizning e`tiboringizga havola etilayot-gan ushbu she`rlar yuqorida sanab o`tilganlar mah-sulidir”.

Bu yerda (`) belgisi ham o‘ va g‘ uchun, ham tutuq belgisi o‘rniga ishlatilmoqda. Bu muammoning yechimi standart o‘zbek klaviaturasini ishlab chiqishdir (1-rasm). Standart klaviaturani yaratishda bizga yuqoridagi bel-gilarning “Unicode”da mavjud emasligi qator murakkab-liklarni keltirib chiqaradi. Quyida bir nechta usulda bu muammolarni hal qilish variantlarini taklif qilmoqchimiz.

Standart klaviaturada qo‘sh belgili harflarni maxsus dastur yordamida o‘zbek tilida ishlatilmaydigan tugmalariga bog‘lab qo‘yish orqali hal qilish mumkin.1 Bunda sh harfi uchun w tugmasi tanlanadi. Yuqoridagi 5 ta harflarni hosil qilish uchun “Unicode”dagi quyidagi belgilar ishlatildi:

HarfKichik harf

uchun ishlatilgan “Unicode”

Katta harf uchun ishlatilgan “Unicode”

sh U+0073, U+0068 U+0053, U+0068

ch U+0063, U+0068 U+0043, U+0068

ng U+006e, U+0067 U+004e, U+0067

o‘ U+006f, U+2018 U+004f, U+2018

g‘ U+0067, U+2018 U+0047, U+2018

’ U+2019 U+2019

Ushbu klaviaturani kompyuterimizga o‘rnatib ishlatganimizda belgilarni kiritish osonlashadi, lekin yagona muammo – kompyuter yuqoridagilarni bitta belgi sifatida qabul qilmaydi.

Ma’lumki, biz rasmiy hujjatlar uchun Times New Roman shriftini ishlatamiz. Aynan ushbu shrift turini o‘zgartirgan holda yangi shrift turini hosil qilishimiz mumkin. FontLab dasturidan foydalangan holda yangi shrift turini yaratdik.2 Unda o‘zbek tilida kam ishlatiladigan w harfini sh, c harfini ch, = belgisini ng, \ belgisini o‘, ` belgisini g‘ harflari bilan almashtirdik. Lekin bu usulning eng katta kamchiligi shundaki, biz yaratgan shrift orqali yozilgan matnni boshqa shrift turiga o‘tkazadigan bo‘lsak, almashtirilgan belgilar oldingi holatiga qaytib qoladi. Demak, bu usuldan tor doirada foydalanishimiz mumkin bo‘ladi.

Nilufar ABDURAXMONOVA,Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘qituvchisi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori;

Jasur ISROILOV, Namangan davlat universiteti;

San’at MATLATIPOV,O‘zbekiston Milliy universiteti magistri

O‘ZBEK TILI LOTIN ALIFBOSI UCHUN KLAVIATURA YOKI“UNICODE” MASALASI

1-расм. Taklif qilinayotgan standart o‘zbek klaviaturasi.

2-rasm.

Page 7: 2018-yil. 6-son. - Til va adabiyot ta’limitilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/... · biyot namunalari ham oromgoh kutubxonalaridan joy oldi. Muxlisa DO‘STMUHAMEDOVA

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 7

Dolzarb mavzu

2-rasm. Biz tayyorlagan shriftda yozilgan matn. Eng maqbul variant bu “Unicode”ga yangi belgilar

kiritish uchun tavsiya berish va qo‘shish. Yuqoridagi belgilar uchun “Unicode”da maxsus kod mavjud bo‘lsa, xatosiz yozish imkoniyati tug‘iladi. “Unicode”dan max-sus belgi olishdan ko‘zlangan asosiy maqsad orfografik xatoliklarni tekshirayotganda yozilgan matn o‘zbek tili-da yozilganligini avtomatik holatda aniqlab olishi uchun zamin yaratishdir. Biz yozayotgan matnda, albatta, yuqoridagi belgilarni ishlatamiz. Ingliz klaviaturasidan foydalanganimiz uchun o‘zbekcha matnni matn muhar-riri dasturlari ingliz tilida yozilgan matndek qabul qiladi va imlo xatolarini avtomatik tekshirmaydi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, “Unicode” uchun yangi bel-gi qo‘shish kamida bir yil vaqtni oladi. Misol uchun, Rossiya rubl (₽) belgisini kiritish uchun 3 oy, yoqish tug-malarini (

Foydalanilgan adabiyotlar:1. Choudhury, R., K.Kashyap, and N.Deb, 2016. A survey on the different approaches of context sensitive spell-checking. International Journal of Engineering

Science and Computing, 6(6):6872–6873.2. Fierman W., 1992. Language planning and national development: the Uzbek experience. Berlin, Germany; New York, USA: Mouton de Gruyter.

Gupta, N. and P. Mathur, 2012. Spell checking techniques in NLP: A survey. International Journal of Advanced Research in Computer Science and Software Engineering, 2(12):217–221.

3. Li, X., J.Tracey, S.Grimes and S.Strassel, 2016. Uzbek-English and Turkish-English Morpheme Alignment Corpora. In Proceedings of LREC 2016. pages 2925–2930.

4. Singh, S.P., A.Kumar, L.Singh, M.Bhargava, K.Goyal, and B.Sharma, 2016. Frequency based spell checking and rule-based grammar checking. In Proc. of International Conference on Electrical, Electronics, and Optimization Techniques (ICEEOT). IEEE.

2 yil vaqt ketgan. “Unicode”ga yangi belgi qo‘shish uchun quyidagi minimum talablarni bajarish kerak:

1) qo‘shilayotgan belgi hamma uchun umumiy va to‘g‘ri bo‘lishi;

2) ulardan foydalanish uchun isbot va dalillar kelti-rilishi;

3) mualliflik huquqi bo‘yicha cheklovlar bo‘lishi;4) “unicode” ishchi guruhi qo‘shilayotgan belgilarni

foydali deb hisoblashi.“Unicode” bizning so‘rovimizni qabul qilgan bo‘lib,

hozirgi kunda ularga bir necha variantdagi shrift turlarini taqdim etishga tayyorlanmoqdamiz. Misol uchun:

Uz_Font.ttf“Unicode”dan biz 5 ta belgi uchun yangi kod olgani-

mizdan keyin yuqorida keltirib o‘tgan 2 ta yechimimizni ham yangi kodlar bilan to‘g‘rilab qo‘yamiz.

Standart o‘zbek alifbosini yaratishning AKT jihatidan afzalliklari ko‘p. O‘zbekcha so‘zlarni “Office” dastu-rida tartiblasak, u ingliz tili alifbosi tartibida joylashadi. Bunga yana asosiy sabab o‘zbek tilining o‘z mashina tili uchun yagona kodga ega bo‘lgan tizimi yaratilmaganli-gidir. Masalan, quyidagi so‘zlarni tahlil qilsak:

Tartiblanmagan so‘zlar

“Office” dasturida tartiblanishi

O‘zbek alifbosi asosida tartiblanishi

chiroyli 1. baho 1. bahojo‘ja 2. chiroyli 3. daryobaho 3. daryo 4. jo‘jasuv 4. jo‘ja 5. suvdaryo 5. o‘quvchi 6. o‘quvchi o‘quvchi 6. suv 2. chiroyli

Ko‘rinib turibdiki, “Microsoft office word” dasturi ingliz tiliga mo‘ljallangan. Bu yerda o‘zbek alifbosidagi ayrim grafemalar mavjud emas; o‘, g‘, ch harflari xuddi ingliz tili harflari singari quyidagicha qabul qilinadi: o‘–>o, g‘–>g, ch –>c.

va ) kiritish uchun esa

“Unicode” kompyuter lingvistikasi va leksikografi-yasida ham muhim. O‘zbek tilining morfoanalizatori uchun so‘zlarning morfem tahlili yoki statistikasida alif-bomizdagi harfiy birikmalar noqulaylik tug‘diradi. Bunda harfiy birikmalardan voz kechmagan holda ularni yago-na grafema tarzida qabul qilish uchun “Unicode” olinsa, muammoning yechimi topilgan bo‘ladi, chunki sh, ch, ng harflariga ingliz tilidan olingan ikkita harf deb qa-ralmaydi. O‘zbek tilining milliy alifbosi uchun yagona mashina kodi olinsa, kompyuter o‘zbekcha matnni tahlil qilayotganda bunday harfiy birikmalarni bitta harf sifati-da qabul qiladi.

Matnni ovozlashtirish masalasida ham biz tavsiya qilayotgan “Unicode” yordam berishi mumkin. Xususan, ng (si+ngil) va­n+g­(un-ga) ko‘rinishdagi harfiy ketma-ketlik uchragan paytda klaviaturaning maxsus belgilari orqali foydalanuvchi ng harfi kelganda bitta klavishni bosadi, biror so‘z n bilan tugagan, g bilan boshlangan hollarda alohida harflar terilaveradi.

O‘zbek alifbosi uchun “Unicode”ni olish ayrim imloviy xatoliklarni bartaraf etadi. Masalan, so‘zlarda [’] va [‘] belgilari yanglish qo‘llanadi. Chunki o‘, g‘ harflarini bosib yuqoridagi belgini ifodalash uchun klaviaturada ortiqcha harakat bajariladi, ya’ni probel-apostrof-<-(strelka)-backspace­ (o‘chirish) klavishi bosiladi. Ko‘p norozilikka sabab bo‘lgan holat mana shunda ko‘rinadi, nazarimizda. Shu bois agar o‘, g‘ harflari uchun ‘ ajralmas holatda yagona “Unicode” deb qabul qilinsa, imlodagi xatoliklar bartaraf etiladi.

Mustaqillikdan so‘ng millionlab adadda lotin yozuvidagi adabiyotlar chop etildi. AKTdan unumli foydalanmay turib boshqa alifboni joriy etishning quyidagi kamchiliklari kuzatiladi:

– adabiyotlarni qayta nashr etish uchun ortiqcha mablag‘ sarflanadi;

– 1993-yildan buyon lotin alifbosida savodi chiqqan avlod uchun yana chalkashliklar kelib chiqadi, bu esa lotin alifbosining keng ommaviylashuviga to‘sqinlik qiladi.

Butun dunyo lingvistikasi endilikda 29 harfdan iborat bo‘lgan alifboni o‘zbek alifbosi sifatida tan oldi. Boshqa tildan o‘zlashtirilishi mumkin bo‘gan ayrim harflar milliy g‘ururga ta’sir etishi mumkin.

Agar “Unicode” masalasi hal etilmasa, o‘zbek tilining Internetdagi maqomi o‘zgarishsiz qolaveradi.

Xullas, o‘zbek tilidagi 5 ta qo‘sh belgilarni “Unicode”ga kiritib, ular uchun yangi kod olsak, o‘zbek tili axborot texnologiyalari qurilmalari o‘z o‘rniga, shriftiga ega bo‘ladi. Unda nafaqat imlo xatolarning oldi olinadi, balki u orfografik xatolarni tekshirishda, tarjimon dasturlardagi matn tilini avtomatik aniqlash tizimi uchun ham yaxshi bo‘ladi. Bu standartning kelajakda imlo xatolarini kamaytirish, yozuvda o‘zbek tilidan kengroq foydalanishga yo‘l ochishiga ishonamiz.

, , ,

Page 8: 2018-yil. 6-son. - Til va adabiyot ta’limitilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/... · biyot namunalari ham oromgoh kutubxonalaridan joy oldi. Muxlisa DO‘STMUHAMEDOVA

8 e-mail: [email protected]

– Устоз, суҳбатларингиздан бирида: “Уйи­мизга одамлар китоб ўқиш учун келарди...”, – дегансиз. Мана шундай маърифатли муҳитда улғайган бола бир кун келиб шоир ёки академик бўлади, албатта, дейишса, ҳеч ким ажабланмаса керак. Бироқ ҳар қандай муҳитда ҳам илм, маъ-рифат излаб завқ билан қилинган меҳнат ва эзгу мақсад йўлидаги изчил интилиш ўз мевасини бериши ҳам бор гап. Илм ва ижоднинг ўзингизга аён сир­синоатлари, доимий иш тартибингизда-ги ибрат олса арзигулик жиҳатлар ва яна ҳаётда олдингизга қўйган мақсадларингизга эришиш йўлида Сизга кўмак ва рағбат берган омиллар ҳақида гапириб берсангиз.

– Бизнинг уйимизда мўъжазгина кутубхона бўл-ган. Юқоридаги сўзларни эҳтимол суҳбатдошим эшитар-эшитмай ёзиб юборгандир. Қолаверса, 30-йилларда шаклланган ўзбек зиёлилари жамият ҳаётининг қайси соҳасида хизмат қилган бўлмасин-лар, адабиётдан, театрдан, мусиқадан айро яшаш-маган. Улар марказий ва маҳаллий газета-журнал-ларга обуна бўлибгина қолмай, бу нашрларнинг би-рор ҳарфини ҳам қолдирмай ўқишган.

Ўша йилларда қайси ёзувчи янги асари билан эл оғзига тушса, шу асарни топиб ўқимаган бирор-та зиёли бўлмаган. Ҳозирги Ўзбек миллий академик театри (аввалги Ҳамза номидаги театр)нинг ҳар бир спектакли премьераси Тошкент зиёлиларининг бир-бири билан учрашиб, гурунглашиб турадиган ўзига хос анжумани бўлган. Улар севимли хонанда-ларнинг янги қўшиқлари, машҳур ўзбек, рус ҳатто

АДИБ, ОЛИМ, ФАН АРБОБИ

Европа бастакорларининг асарлари ёзилган лаппа-клардан таралган куй ва қўшиқларни тинглаб ҳордиқ ёзишган. Ёзги таътил ойларида эса Тошкент вилоя-тининг Чимён, Бурчмулла сингари гўшаларига оила-лари билан чиқиб, 5–10 кун ижара хонадонда яшаб, жаннатмонанд юртимиз табиати ва унинг неъматла-ридан баҳраманд бўлганлар.

Отамнинг кутубхоналарини турли дарсликлар, “Занимательная физика”, “Занимательная астроно-мия” сингари илмий-оммабоп китоблардан ташқа-ри А.Қодирийнинг “Ўткан кунлар”, “Меҳробдан чаён”, Ойбекнинг “Қутлуғ қон”, “Навоий”, М.Мамат-қулизоданинг “Хўп-хўпнома”, С.Айнийнинг “Бухоро жаллодлари”, “Дохунда”, “Қуллар” сингари ўзбек, озарбайжон, татар, рус, француз ёзувчилари-нинг бадиий асарлари безаб турган. Ўтган асрнинг 50-йилларида ўзбек адабиёти бўйича дарслик ва мажмуаларнинг янги авлодини яратишга киришил-ганда адабиётшунос ва педагоглар шу китоблардан фойдаланишган. (Ёдимда, дадам бу китобларни улардан қайтиб ололмай, хуноб бўлиб юрганлар.)

Мен шундай муҳитда улғайганим учун болали-гимда дадамга ўхшаб, сочни ён томонга тараб, даз-молланган кийим кийиб, дафтар-китобларимни тоза тутиб, муайян тартиб-режимда яшашга одатлан-ганман. Хотирам ҳали ортиқча ахборот билан тў-либ-тошмагани учун ҳар қандай шеърни бир ўқишда ёдлаб олардим.

Уйимиздаги китобларнинг аксари араб ва лотин ёзувида бўлгани учун дадамнинг яқин дўстларидан бири Лутфулла Муродов (таниқли журналист, ношир

Атоқли­ адабиётшунос­ олим­ ва­ адиб,­ филоло-гия­ фанлари­ доктори,­ «Эл-юрт­ ҳурмати»­ ордени­соҳиби,­ Беруний­ мукофоти­ лауреати,­ Ўзбекистон­Республикаси­фан­арбоби,­Ўзбекистон­Республикаси­Фанлар­ академияси­ ҳақиқий­ аъзоси­ Наим КАРИМОВнинг­ кенг­ қамровли­ илмий-ижодий­фаоли-яти­ ўтган­ аср­ маърифатпарварлик­ адабиётидан­то­бугунги­ кун­адабиётигача­бўлган­даврни­қамраб­олади.­ Адибнинг­ Чўлпон,­ Ойбек,­ Ҳамид­ Олимжон,­Шайхзода,­ Миртемир,­ Усмон­ Носирга­ бағишланган­маърифий-биографик­ роман­ ва­ қиссалари;­ Ойбек,­Ҳамид­Олимжон,­Ғафур­Ғулом,­Ҳамза­Ҳакимзода­асар-лари­ кўпжилдликларини­ яратишдаги­ жонбозлиги;­мустамлакачилик­даври­қурбонлари­хотирасини­аба-дийлаштириш­йўлидаги­хизматлари;­адабиёт­дарс-ликларини­яратиш­борасида­халқ­таълими­соҳасига­қўшган­ҳиссаси;­жаҳон­адабиётининг­етук­намоянда-лари­ ижодига­ бағишланган­ илмий-оммабоп­ мақола-лари...­–­буларнинг­барчаси­катта­мактаб.­Қуйидаги­суҳбатимиз­академик­ҳаёти­ва­фаолиятининг­айрим­қирралари­хусусида­бўлди.­

Akademiklar suhbati

Page 9: 2018-yil. 6-son. - Til va adabiyot ta’limitilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/... · biyot namunalari ham oromgoh kutubxonalaridan joy oldi. Muxlisa DO‘STMUHAMEDOVA

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 9

Akademiklar suhbatiва таржимон) бош муҳаррири бўлган ЎзДавнашрга бориб (нашриёт ҳозирги “Зарафшон” ресторанининг рўпарасида эди), ўзбек тилидаги янги китоблар-ни олиб келиб ўқир, рус тили ўқитувчим Елизавета Васильевнанинг таклифи билан унинг уйига бориб, рус ёзувчиларининг асарларини мутолаа қилардим. Дадам хизмат қилган Маориф нозирлигида яхшиги-на кутубхона бўлган. 50-йилларда шу кутубхона ди-ректори Людмила Дмитриевнанинг илтифоти билан рус ва жаҳон ёзувчилари кўп жилдлик асарларига обуна бўлиб, жаҳон адабиёти дурдоналари билан танишишга интилганман...

Мени ёшлик йилларимда қуршаган шундай муҳит кейинчалик ҳам давом этди. Бахтимга, Фанлар ака-демиясининг Тил ва адабиёт институтига ишга кел-ганимда, бу ерда Иззат Султон, Воҳид Зоҳидов, Ҳоди Зариф, Порсо Шамсиев сингари забардаст олимлар, Абдуқодир Ҳайитметов, Суйима Ғаниева, Нинель Владимирова, Машҳура Султонова сингари уларнинг ажойиб издошлари бор экан, менга ана шу латиф ижодий муҳитда ишлаш, улар меҳридан баҳраманд бўлган ҳолда улғайиш бахти насиб этган.

Шу институтда иш бошлаган йилларимда ер юзининг олтидан бирини эгаллаган заминда яшаган халқларни қон қақшатган сталинизм ҳам секин-ас-та жон бера бошлаган эди. Буни сезган олимлар билан сезмаган олимлар ўртасида кечган мафку-равий курашга гувоҳ бўлиш биз учун катта мактаб бўлди. Абдулла Қодирий, Фитрат, Чўлпон сингари зиёлилар манглайидан “халқ душмани” тамғасининг олиб ташланиши биздаги ҳаёт, ҳаттоки, илмий жаб-ҳадаги ҳаёт ҳам курашдан иборат, деган фикрни мустаҳкамлади. Биз доно устозлар изидан бориб, адабиётдаги, илмий тил билан айтганда, ижобий тамойилларни қўллаб-қувватлаш, бадиий асар ва тадқиқотлардаги вульгар социологизм кўринишла-рига қарши курашиш, бадиийлик ва инсонсеварлик деган икки дарёдан сув ичган асарларни тарғиб ва тадқиқ этишни ўзимизнинг бурчимиз деб билдик.

– Халқимизнинг беш буюк шоири Чўлпон, Ойбек, Шайхзода, Миртемир, Усмон Носир ҳақи-даги китобларингиз кўпчиликда катта қизиқиш уйғотган эди. Усмон Носир ҳақидаги ҳақиқат-ни юзага чиқариш учун олис юртга бориб, ар-хивларни ўрганганингиз, Ойбек асарларининг 20 жилдини тайёрлашда йиллаб адиб архиви-да ишлаганингиздан хабаримиз бор. Чўлпон, Шайхзода, Миртемир ҳақидаги маърифий­био-график романларингиз катта илм ва ижодий меҳнатнинг маҳсули. Бу асарларингизда атоқ-ли адибларга улкан меҳрингиз балқиб туради. Уларнинг порлоқ сиймоси, шахсларида Сиз эъ-тиқод қўйган фазилатлар, ижодий меросидаги ибратли жиҳатлар ҳақида гапириб берсангиз.

– Мен Усмон Носирнинг асосий “жиноий-архив иши” унинг сўнгги кунлари кечган Кемерово вилоя-ти Ички ишлар бўлими архивида бўлгани учун Томь дарёси бўйидаги шу шаҳарга борганман. Усмон Носирнинг Тошкентда қамоққа олинган кунидан

вафотига қадар бўлган қарийб барча “ҳақиқатлар” унинг шу ердаги “Дело”сида кўз ёшларини тўкиб турибди. Аммо имкон бўлса, Магаданга ҳам бориб, Элбек, Усмон Носир сингари юзлаб ажойиб ватан-дошларимизнинг муборак изларини ахтарган бўлар-дим.

Сиз номларини тилга олган ёзувчилар Аллоҳ иродаси билан дунёга бир келиб кетадиган пай-ғамбарсифат кишилардир. Уларнинг бирортаси ўз манфаати, нафсининг қули бўлмаган. Дастурхони шоҳона бўлмаган. Чўлпон сўнгги тийинини ҳам ғари-бу ғураболар фойдасига инъом қилган. Унинг бошқа ҳамкасблари ҳам ижодий меҳнатлари учун олган қалам ҳақини дўст-ёрларига, шогирдларига улашиб яшашган. Шундай кишиларнинг кўнглида бирор ғу-бор бўладими, айтинг?! Ҳа, уларнинг ҳаммаси буюк истеъдод эгалари. Истеъдодларини тўла-тўкис халққа бағишлаган кишилар. Қисқаси, улар буюк ижодкор ва буюк инсон бўлишган. Мен бу улуғ ижод-корларнинг асарларини ўқиганимда, улар юрагида-ги юксак ва покиза туйғулар бу асарларнинг ҳар бир сатридан отилиб тургандек бўлади.

Биласизми, Мақсуд Шайхзода вафот этганида давлат томонидан берилган таъзияномада бундай сўзлар ёзилган эди: “Совет давлати М.Шайхзоданинг ўзбек адабиётини ривожлантириш йўлида қилган хизматларини муносиб баҳолади. У “1941–1945 йиллардаги меҳнати учун” медали билан тақдир-ланди”. Мен ўша давлатнинг Шайхзодани шундай медаль билангина тақдирлаганини ҳам, ҳатто шу таъзия сўзларини ҳам буюк шоир хотирасига нисба-тан ҳақорат деб биламан.

Кўкраги бирорта нишон кўрмаган ёзувчиларни кўз олдимга келтирганимда ҳозирги ёзувчиларнинг аксар қисми мартаба ва мукофот гадолари бўлиб кўринади.

– Адабиёт дарсликларининг муаллифлари-дан бири сифатида халқ таълими соҳасига ҳам ўз ҳиссангизни қўшиб келяпсиз. Ўтган аср бош­ларида миллатимизнинг тараққийпарвар зиё-лилари томонидан яратилган адабиёт дарслик­ларидан яхши хабардорсиз. Бугунги дарслик­лар, дейлик, бир асрдан кейин қандай мазмун, мундарижа касб этади, қайси ижодкорларнинг асарлари ўқиб­ўрганишга лойиқ кўрилади, деб ўйлайсиз?

– Ўтган асрнинг 90-йилларида ўрта ва олий ўқув юртлари учун янги дарсликлар авлодини яратиш масаласи кўтарилганда, бу ишга тажрибали педагог-лар билан бирга таниқли тарихчи, адабиётшунос, математик, географ ва ҳ.к. олимлар ҳам жалб этил-ган. Билишимча, энг билимдон, энг виждонли киши-лар эди улар.

Тайёрланган дарсликларнинг биринчи авлоди чоп этилганидан сўнг нашриётлар киссаси қаппайиб қолди. Дарсликларнинг маълум бир муддатларда қайта босилиб туриши нашриётлар учун бирдан-бир бойиш манбаи бўлди. Шундан кейин нашриётлар ўртасида кескин кураш бошланди. Уларнинг ҳар

Page 10: 2018-yil. 6-son. - Til va adabiyot ta’limitilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/... · biyot namunalari ham oromgoh kutubxonalaridan joy oldi. Muxlisa DO‘STMUHAMEDOVA

10 e-mail: [email protected]

Akademiklar suhbatiбири турли фанлар бўйича ўзларига яқин муал-лифларни тўплаб, нашриёт раҳбарини, албатта, му-аллифлар қаторига киритиб, бошқалар томонидан ишлаб чиқилган дастур ва намуна-дарслик асосида “ўз” дарсликларини “яратиб”, танловга қўйдилар. Масъул ташкилотлардан тузилган ҳакамлар эса нашриётларнинг сахийлиги ва муаллифлар гуруҳи раҳбарининг мавқеига қараб у ёки бу нашриётда тайёрланган дарсликларга ғолиблик ёрлиғини бер-дилар. Бу билан айрим ўринларда янги тарихий давр талабларига тўла жавоб бермайдиган дарс-ликларнинг ҳам ўқувчилар қўлига тушишига сабаб бўлиб қолинди.

ХХ асрнинг 60–80-йиллари ва мустақиллик-нинг дастлабки давридаги мактаб, маориф тизими фан ва маданиятнинг энг сўнгги ютуқлари асосида ишлаб чиқилган ҳамда апробациядан ўтган дунёда-ги энг илғор тизим эди. Шу тизимнинг самараси бўл-ган ўқув қўлланмалари ва дарсликлар ҳам даврнинг илғор, маърифатли ва маданиятли авлодларининг шаклланишига ҳалол хизмат қилган.

Аммо ҳозир биз мутлақо бошқа тарихий даврда яшамоқдамиз. Бинобарин, ўрта ва олий ўқув юрт-лари дарсликларини ҳам шу янги давр талаблари асосида яратиш тақозо этилади. Хусусан, адабиёт фани дарсликларида ўзбек адабиётидан ташқари, жаҳон адабиёти тарихи ва ҳозирги жаҳон адабий жараёни ҳақида ҳам тасаввур берувчи материал-лар (буюк ёзувчиларнинг ижодий биографиялари, энг муҳим асарлари, уларнинг бадиий-эстетик таҳ-лили, шу асар ёки асарлардан олинган лавҳалар ҳамда унинг аҳамияти ҳақидаги замондошларининг фикрлари) берилиши талаб этилади. Ўрта таълим мактаб ларининг 5–11-синфларида таълим олган ўқувчилар дастлаб ўзбек ва жаҳон болалар адаби-ёти, кейин ўзбек ва жаҳон адабиётининг турли давр-лари ва машҳур намояндалари ижоди билан тани-шишлари ва шу ҳақда ёрқин тасаввурга эга бўлиш-лари тақозо этилади. Бу дарсликлар камида 5 йил ўзгартирилмаган ҳолда акадан-укага, опадан-син-гилга ўтиб, стабил дарслик сифатида ўқувчиларга хизмат қилиши лозим.

– Ўзингиз хизмат қилаётган “Қатағон қурбон-лари хотираси музейи”да бугунги кунда амалга оширилаётган ишлар ҳақида ҳам гапириб бер-сангиз. Бу борада мутахассислар олдида яна қандай муҳим вазифалар турибди?

– “Қатағон қурбонлари хотираси” музейи яқинда Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳу-зуридаги давлат музейига айланди ва ҳозирги кунда ҳурматли Президентимиз Шавкат Мирзиёевнинг та-шаббуси билан мамлакатимизнинг 14 та вилоятида музей филиаллари барпо этилмоқда. Маълумки, чор ва совет давлатининг мустамлакачилик ҳамда қатағончилик сиёсати фақат республикамиз пойтах-тида эмас, балки олис шаҳар ва қишлоқларда ҳам олиб борилган. Турли шаҳар ва қишлоқларда му-стамлакачилик зулмига қарши кўтарилган қўзғолон-лар чор қўшинлари томонидан бостирилиб, минглаб

ватандошларимиз дорга осиб ўлдирилган, минглаб ватандошларимиз иқлими совуқ ўлкаларга сургун қилинган. 1917–1919 йиллардаги инқилобий тала- тўплар, 20–30-йиллардаги фуқаролар уруши, “қу-лоқлаштириш” ва жамоалаштириш компаниялари даврида юз минглаб ватандошларимиз қатл этилиб, бадарға қилинган. 1937–1938 йилларда-чи? “Пахта иши” авж олган йилларда-чи?..

Хуллас, шу масалаларнинг ёшларга вилоятлар мисолида ҳам кўрсатилиши уларда халқимизнинг яқин тарихи тўғрисида муайян тасаввурларнинг шакл ланиши ва уларнинг ватанпарварлик руҳида тарбияланишига, мустабид тузум даврида азоб-уқу-бат чекиб яшаган ва қатағон қилинган аждодлари-миз хотирасига ҳурмат руҳида тарбияланишига ёр-дам беради. Бундан ташқари, музейда ҳар йили му-стабид тузум даврида қатағон қилинган атоқли фан ва маданият арбобларига бағишланган илмий анжу-манлар ўтказилиб, шу анжуманлар материаллари китоб ва мақолалар тарзида эълон қилиниб келади. Бундан ташқари, музей илмий ходимлари 1937–1938 йиллардаги “Катта қирғин” энциклопедия сини яратиш устида ҳам жадал суръат билан иш олиб бормоқдалар.

Мен хизмат қилаётган яна бир муассаса – Алишер Навоий номидаги Ўзбек тили, адабиёти ва фольклори институтининг “ХХ аср адабиёти ва ҳозирги адабий жараён” бўлимида эса 50 жилдлик “Ўзбек адабиёти дурдоналари” лойиҳасини амалга ошириш устида иш олиб борилмоқда. Бу лойиҳага кирган ҳар бир асар, масалан, “Ўткан кунлар” рома-нининг мўътабар матнидан ташқари муаллифнинг ҳаёти ва ижоди ҳақидаги мақола, асардаги тарихий воқеалар ва шахсларга, шунингдек, асарда учраган киши, жой, қуш, ўсимлик, асбоб-анжом, либос, таом номларига изоҳлар берилади.

– Журналимиз анъанавий саволи: Сизга бир соатлик адабиёт дарсини ўтиб бериш таклиф қи-линса, қайси мавзуда ва қай усулда дарс ўтган бўлардингиз?

– Менинг бир неча севимли ёзувчиларим бор. Булар: Абдулҳамид Чўлпон, Усмон Носир, Мусо Тошмуҳаммад ўғли Ойбек, Мақсуд Шайхзода, Ғафур Ғулом, Ҳамид Олимжон, Миртемир, Эркин Воҳидов... Шулардан Чўлпон ёки Ойбекни танлаган бўлардим. Аввал уларнинг овозларини эшиттир-ган, сўнг ўқувчиларда “шу тобда директор хонасида ўтирган”, дарс сўнггида “синфга кириб келиши мум-кин бўлган” ёзувчининг ҳаёти ва ижоди ҳақида суҳ-бат бошлаган, суҳбатдан кейин шу ёзувчига бағиш-ланган кино ёки телефильмни кўрсатган, уларнинг саволларига жавоб берган ва уларда шу ёзувчига нисбатан, албатта, меҳр уйғотишга интилган бўлар-дим.

– Мазмунли ва қизиқарли суҳбатингиз учун ташаккур!

Нилуфар НАМОЗОВА суҳбатлашди.

Page 11: 2018-yil. 6-son. - Til va adabiyot ta’limitilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/... · biyot namunalari ham oromgoh kutubxonalaridan joy oldi. Muxlisa DO‘STMUHAMEDOVA

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 11

Mashg‘ulotning mavzusi: Tasavvur qilish usulida matn yaratish.

Mashg‘ulotning maqsadi:a) ta’limiy maqsad: o‘quvchilarda o‘zbek tilidagi

matnlarni tinglab tasavvur qilish ko‘nikmasini hosil qilish;

b) tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, og‘zaki nutqni o‘stirish, so‘z boyligini oshirish;

d) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning husnixatini takomillashtirish, mustaqil fikrlashga o‘rgatish.

Mashg‘ulotda foydalaniladigan mashq va usullar: “Kutubxona”, “Sirli sandiq”, “Kim chaqqon?”, “Mo‘jizalar maydoni”.

Mashg‘ulotda foydalaniladigan jihozlar: darslik, “Kutubxonada” rasmi, yangi kitoblar.

Mashg‘ulotning borishi: Dastlab o‘quvchilar 2 guruhga bo‘linishadi:

“Kitobxon”, “Bilimdon”. So‘ng guruhlarga “Kutubxona” rasmi beriladi va

uni o‘z guruhlarida muhokama qilish so‘raladi. Keyin guruhlardan bittadan o‘quvchi chiqib, “Kutubxonada” rasmi asosida dialog-suhbat o‘tkazishi kerak bo‘ladi. O‘qituvchi ulardan qo‘shimcha savollar ham so‘rashi mumkin. Masalan:

1. Bolalar shoirlaridan kimlarni bilasiz? “Bilimdon” guruhi: T.Adashboyev, Z.Diyor,

Q.Muhammadiy. 2. Qaysi jurnal bolalar uchun mo‘ljallangan? “Kitobxon” guruhi: “G‘uncha”, “Gulxan”.3. Qanday kitoblarni o‘qigansiz?“Bilimdon” guruhi: Badiiy asarlar, hikoyalar,

ertaklar.4. Qaysi badiiy asarlarni sevib o‘qiysiz? “Kitobxon” guruhi: “Sariq devni minib”, “Yovvoyi

echkilar”.5. Uyda qanday kitoblaringiz bor?“Bilimdon” guruhi: “Oltin tulpor qissasi”,

“Mittivoyimmisan, mittivoymisan?”, “Baxshi bola – yax-shi bola”.

6. Sizga qanday kitob sovg‘a qilishlarini xohlardingiz? “Kitobxon” guruhi: Xudoyberdi To‘xtaboyevning

kitoblarini.Eng chiroyli va mukammal javob bergan guruh g‘olib

hisoblanadi.Guruhlar rag‘batlantirilgach, “Sirli sandiq” usulidan

foydalaniladi. Bunda o‘quvchilar kartondan yasalgan

Dilorom ERGASHEVA,Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanidagi10-umumiy o‘rta ta’lim maktabiningo‘zbek tili fani o‘qituvchisi

KITOB – BEBAHO XAZINA(Boshlang‘ich sinf rus guruhlarida o‘zbek tili fanidan

to‘garaklar uchun)

sirli sandiq ichidagi topishmoqlarga javob berishi kerak bo‘lad. Masalan:

Sandiq­to‘la­pista-bodom,­Ochib ko‘r, bo‘lsang odam.Xosiyati­ko‘p,­olam-olam,Terib ol uni har dam.“Kitobxon” guruhi: Kitob.Qo‘l bilan ekiladi, Ko‘z bilan teriladi, Og‘iz bilan o‘riladi.“Bilimdon” guruhi: Yozuv. Rangi har xil, Nomi bir xil.“Kitobxon” guruhi: Rangli qalamlar.Tili po‘lat shovvoz,So‘zlay olmas beqog‘oz.“Bilimdon” guruhi: Ruchka.Olmasang yarim nafas,Yo‘ldan o‘tgani qo‘ymas.“Kitobxon” guruhi: Vergul.Tim qora kichkina xol,To‘xtatar yo‘lda darhol.“Bilimdon” guruhi: Nuqta.O‘quvchilar rag‘batlantiriladi. So‘ng doskada ushbu

hikmatli gaplar ko‘rsatiladi.

Doskada yangi, notanish so‘zlar lug‘ati ko‘rsatiladi va matnlardagi hikmatli gaplar ma’nosi tushuntiriladi:ko‘ngil­–­душа, сердце­­­­­­­­­­­gultoj­–­венчик obi­hayot­–­“живая вода”­­­­­­­orzu­–­мечта, надежда mash’al­–­маяк­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­shubhasiz­–­несомненно

So‘ng o‘qituvchi kitob haqidagi she’rni o‘qib beradi:Kitob mening do‘stimsan,To‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatgan,Hayotimga mazmunsan, Dilbar navo o‘rgatgan.Yolg‘iz qolsam, sen – sirdosh,Goho ertak aytasan. Ba’zida bo‘lib dildosh,G‘amdan xalos etasan.

Har ko‘ngilning orzusi, ul erur obi hayot,Qadrini bilgan kishiga, shubhasiz, jondir kitob.

Alisher Navoiy

Kitob – ko‘ngillarning gultoji. U ezgu maqsadlar sari yetaklovchi mash’al, beminnat ustoz, eng yaqin sirdoshdir.

Ta’til bilmas saboqlar

Page 12: 2018-yil. 6-son. - Til va adabiyot ta’limitilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/... · biyot namunalari ham oromgoh kutubxonalaridan joy oldi. Muxlisa DO‘STMUHAMEDOVA

12 e-mail: [email protected]

Ta’til bilmas saboqlar

Maktabda ustozimsan, Menga berding madad, qo‘l.Qo‘shiq aytsam, sozimsan,Ocharsan ko‘nglimga yo‘l.Agar umrim oxirlab,Sochlarimga tushsa oq.Yuzing o‘pgum varaqlab,Sendan olurman saboq.Kitob – sen menga o‘rtoq,Sen-la umrim yosharar.Yurtim bo‘ylab qanot qoq,Sen bilan millat yashar.

So‘ng kitob so‘ziga qofiyadosh so‘zlarni aytish bo‘yicha bahri-bayt o‘tkaziladi.

“Kitobxon” guruhi: Kitob – oftob. “Bilimdon” guruhi: Kitob – noyob.“Kitobxon” guruhi: Kitob – xitob. “Bilimdon” guruhi: Kitob – savob.O‘quvchilar rag‘batlantirilgach, “Kim chaqqon?”

usuli qo‘llaniladi. Bunda “Kitobxon” guruhi yozuv-chilarni, “Bilimdon” guruhi shoirlarni aytishi kerak bo‘ladi.

“Kitobxon” guruhi: “Bilimdon” guruhi:1. H.Nazir 2. E.Malik 3. Z.Hasanova 4. X.Imomberdiyev 5. N.Toshpo‘lat 6. O‘.Usmonov 7. O‘.Hoshimov 8. X.To‘xtaboyev

O‘qituvchi shoirlik va yozuvchilikning bir-biridan farqini izohlab beradi. Buyuk allomalar hayotidan misollar keltiradi. So‘ng “Kitob” mavzusida kichik diktant yozdiradi.

O‘quvchilar yozgan diktantlarini o‘zaro tekshiradilar, yozuvlarini solishtiradilar.

Keyin guruhlar doskada quyidagi harflarni husnixat-da yozib ko‘rsatishadi:

e, k, n, r, o‘, a, d, s, b, q. So‘ng “Mo‘jizalar maydoni” o‘yini o‘tkaziladi.

Bunda o‘quvchilar kitob haqidagi o‘zbek maqollarini ruschaga tarjima qilishi kerak bo‘ladi. Masalan: Kitob – bilim manbayi – Книга – источник знаний.

Kitob – misoli oftob – Книга – свет дающая.Mashg‘ulot so‘nggida g‘olib guruh aniqlanadi, faol

o‘quvchilar rag‘batlantiriladi. Uyga vazifa: “Tasavvuringizdagi shoir yoki yozuvchi”,

“Tasavvuringizdagi she’r yoki asar” mavzularidan birini tanlab, fikr-mulohaza yozib kelish.

KITOBKitob­ –­ beminnat­ ustoz.­ Kitob­ –­ insonning­ erkin­

fikrlashi,­ dunyoqarashining­ kengayishi,­ aqlan­ yetuk­bo‘lishi, ma’naviyatining shakllanishida asosiy o‘rin-ni egallaydi. Kitob o‘qigan insonning aqli charxlanib, ma’naviyati boyiydi.

Kitob­–­ajdodlarning­avlodlarga­buyuk­merosi­ham-dir.

Kitob­–­tafakkur­qanotidir.

Shohida NISHONOVA, Namangan shahridagi

43-umumiy o‘rta ta’lim maktabiningona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi

TOVUSHLAR JILVASI

Ona tili fanini o‘qitishda darslikdagi ma’lumotlar bilangina cheklanish ma’lum ma’noda o‘quvchini zeriktirib qo‘yadi. Shuning uchun bugungi kun pedagogi turli usullar orqali o‘quvchini mavzuga jalb etishi va Davlat ta’lim standartida ko‘zlangan maqsadga erishishi lozim. Quyida 5-sinf ona tili fanini o‘qitishda foydalanish mumkin bo‘lgan bir nechta fonetik o‘yinlarni hukmingizga havola qilamiz.

“Yosh tadqiqotchi”Ushbu o‘yindan o‘tilgan mavzuni mustahkamlashda

foydalanish mumkin. Bunda sinf ikki guruhga ajratilib, birinchi guruh, masalan, “Unli tovush”, ikkinchi guruh “Undosh tovush” deb nomlanadi. Har bir dars uchun guruhlar nomi va sardorining o‘zgarishi o‘quvchilarda liderlikka intilishni oshiradi. Har ikki guruhga alohida topshiriq beriladi. Masalan, undosh tovushlarning ovoz va shovqin ishtirokiga ko‘ra turlari yuzasidan birinchi guruh “Jarangli undoshlar va ularning o‘ziga xos jihatlari”, ikkinchi guruh “Jarangsiz undoshlarning o‘ziga xos jihatlari” mavzusida ma’ruza tayyorlaydi. Bunga

5–10 daqiqa vaqt ajratiladi. Guruh a’zolari ichidan bitta asosiy, bitta qo‘shimcha ma’ruzachi tayinlanadi.

Bu ma’ruzachilar guruhga berilgan topshiriq bo‘yicha mavzuni bayon qiladi. Asosiy ma’ruzachi yo‘l qo‘ygan kamchilikni qo‘shimcha ma’ruzachi to‘ldiradi. Raqib guruh savollar bilan murojaat etishi mumkin. Keyin ikkinchi guruh ma’ruza qiladi, birinchi guruh savollar beradi. O‘yin shu tarzda davom etadi.

O‘yindan ko‘zlangan maqsad, o‘quvchilar ma’lumot-larni topish, tahlil qilishda kitobdan foydalanish layoqa-tiga ega bo‘ladilar.

1. Alisher Navoiy 2. Q.Muhammadiy3. Sh.Sa’dulla 4. Z.Diyor5. U.Abduazimova 6. K.Turdiyeva 7. Qambar ota8. T.Adashboyev

Ilg‘or pedagogik texnologiyalar

Page 13: 2018-yil. 6-son. - Til va adabiyot ta’limitilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/... · biyot namunalari ham oromgoh kutubxonalaridan joy oldi. Muxlisa DO‘STMUHAMEDOVA

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 13

Ilg‘or pedagogik texnologiyalar

“Kim tezkor?” Mazkur o‘yin unli va undosh tovushlarga bag‘ishlan-

gan mashg‘ulotda qo‘llaniladi. Jihozlar: 1. Qizil va yashil rangli yulduzcha yoki moychechak

shaklidagi kartochkalar.2. 5 ta fonetik topshiriq yozilgan plakat. 3. 1–5 raqamlari yozilgan qog‘oz bo‘laklari.O‘yin avvalida har bir o‘quvchi stol ustidagi qizil va

yashil rangli “moychechak”lardan birini tanlaydi. Qizil kartochka tanlaganlar bir guruh, yashil kartochka tan-laganlar ham bir guruh bo‘lib, sinf ikki guruhga ajraladi. O‘qituvchi 1–5 raqamlari yozilgan qog‘oz bo‘laklarini qutichaga solib, stol ustiga qo‘yadi.

Quyidagi 5 ta topshiriq yozilgan plakat doskaga osib qo‘yiladi. O‘quvchilar qutidagi raqamlardan birini tanlashi va shu raqam ostidagi fonetik topshiriqni bajarishi kerak:

1-fonetik topshiriq. Tarkibida faqat jarangli undosh ishtirok etgan 10 ta so‘z yozing.

2-fonetik topshiriq. “X” undoshi ishtirok etgan 10 ta so‘z yozing.

3­fonetik topshiriq. “O” unlisi “A” tarzida talaffuz qilinishiga 10 ta so‘zni misol qilib keltiring.

4-fonetik topshiriq. Bo‘g‘iz undoshi ishtirok etgan 10 ta so‘z yozing.

5-fonetik topshiriq. Tutuq belgisi qo‘yilganda unli cho‘ziq talaffuz qilinishiga 10 ta so‘z yozing.

“Izquvar o‘quvchi”Ushbu o‘yinda ham o‘quvchilar guruhlarda faoliyat

olib boradi. Sinf doskasiga o‘qituvchi bir nechta unli tovushlari tushirib qoldirilgan so‘zlar yozilgan kartochkalarni ilib qo‘yadi. Masalan, z...ra, q...tiq, ...smon, q...yiq. Stolda esa bir nechta unli harflar yozilgan kichik kartochkalar turadi. Har bir guruhdan tayinlangan izquvar o‘quvchi so‘zda yetishmayotgan harfni topib, so‘z hosil qilgach, qolgan guruh a’zolari mazkur harf haqidagi ma’lumotlarni aytadilar va guruh uchun bir ballga ega bo‘ladilar. Boshqa guruhlarda variantlar bo‘lsa, ko‘rib chiqiladi va izohlanadi.

“Ikkita to‘g‘ri, bitta xato”Bu o‘yinda sinf ikki guruhga bo‘linadi.Mazkur o‘yin unli va undosh tovushlar haqida olin-

gan bilimni mustahkamlash uchun ishlatilishi mumkin. O‘qituvchi birinchi guruhga 2 ta unli, 1 ta undosh to-vush bilan boshlanuvchi, ikkinchi guruhga esa 2 ta un-dosh,1 ta unli bilan boshlanuvchi uchta so‘z berib, ular-dan qay biri xato ekanligini topishni so‘raydi. Masalan:

Ona, aka, gul – ushbu uchtalikdan “gul” undosh bilan boshlanganini o‘quvchi bilishi kerak.

Maktab, muallim, ana – mazkur uchtalikdan “ana” so‘zi unli bilan boshlanganini, “maktab” va “muallim” ro‘yxatdagi ikkita to‘g‘ri so‘z ekanini o‘quvchi tushuna olishi lozim.

“Juftini tanla”Ushbu o‘yinda o‘qituvchi ikkita daraxt shaklidan

ko‘rgazma sifatida foydalanadi. Daraxtga ilingan jarangli undoshlar o‘quvchilarga ko‘rinib turadi. Ikkinchi daraxtdagi jarangsiz undoshlar esa yashiringan bo‘ladi. O‘quvchilar jarangsiz undoshlardan istalgan birini olib, uni jarangli jufti yoniga ilib, izohlaydi. Masalan, “p” jarangsiz undosh, hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra lab-lab, portlovchi tovush sanaladi. “B” esa uning jarangli juftidir.

Javob to‘liq bo‘lgandagina, o‘quvchi rag‘batlantiriladi. Agar javob topilmasa, o‘quvchiga jarima beriladi.

Mazkur o‘yin o‘quvchilarni topqirlikka va olgan bilimlarini og‘zaki bayon qila olishga o‘rgatib, ularda axborotlar bilan ishlay olish layoqatining shakllanishiga yordam beradi.

“Davom ettir”Bunda o‘qituvchi o‘quvchilarga ochiq yoki yopiq

bo‘g‘inli so‘zlardan bir bo‘g‘inni beradi. O‘quvchilar ushbu bo‘g‘inga mos bo‘g‘in qo‘shib, so‘z hosil qilishlari kerak bo‘ladi, masalan:

a) bo-, bo‘-, ji-, no-, sa-, gi-, za-, bi-...Bunda o‘quvchilar “bo”ni quyidagicha davom

ettirishlari mumkin: bobo, bola, Bosit, Boqi, Botir, boxabar, bokira.

tan-, bek-, tir-, mak-, hukm-....Bunda “tan”ni tanbeh, tandir, tansiq, tantana, tanga,

tanbal deb davom ettirishlari mumkin.O‘qituvchi birinchi guruh tomonidan hosil qilingan

so‘z boshqa guruh tomonidan takrorlanmasligiga e’tibor berishi va o‘quvchilarni ham shunga yo‘naltirishi lozim. Eng asosiysi, o‘quvchilar bo‘g‘inni davom ettirishda xotirasida mavjud lug‘at boyligiga murojaat qiladi va nutqini ana shu so‘zlar bilan boyitishga erishadi.

“Tovushlar jilvasi”Mazkur o‘yinda o‘quvchilar kichik guruhlarga

ajratilib, musobaqa sharti belgilanadi. O‘yin shartiga ko‘ra o‘quvchilar jarangli (yoki jarangsiz) tovushlardan boshlanuvchi va shu tovush bilan tugagan so‘zga misol topishlari kerak bo‘ladi.

Birinchi guruh bitta tovush aytadi, ikkinchi guruh vakili zudlik bilan shu tovushga mos so‘z topadi. Bu topshiriq doira bo‘ylab turgan guruh vakillari tomonidan ketma-ket davom ettiriladi. Masalan, “b” tovushi aytilishi bilan ikkinchi guruh vakili “bob” so‘zini aytadi. Keyingi o‘rinda guruhlar almashadi.

O‘yin shartini quyidagicha o‘zgartirish ham mumkin. Berilgan tovushga har ikki tomondan o‘qilsa ham bir xil so‘z chiqadigan so‘z aytish kerak. Masalan, kiyik, non, dod, shosh, tut va h.k.

Ushbu o‘yinda qaysi guruh ko‘p so‘z topsa, g‘olib bo‘ladi.

Mazkur o‘yin o‘quvchilarda og‘zaki savodxonlik bilan bir qatorda so‘z tanlash va ularni mavzuga mos tarzda tushuntirib berish qobiliyatini shakllantiradi.

Page 14: 2018-yil. 6-son. - Til va adabiyot ta’limitilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/... · biyot namunalari ham oromgoh kutubxonalaridan joy oldi. Muxlisa DO‘STMUHAMEDOVA

14 e-mail: [email protected]

Ilg‘or pedagogik texnologiyalar

Oliy o‘quv yurtlarida gumanitar yo‘nalishda ta’lim olayotgan talabalar uchun adabiyot va adabiyotshunos-likka oid fanlar maxsus fan sifatida o‘rganiladi. Ushbu fanlarni keng va to‘laqonli o‘rganishning asosiy omilla-ridan biri ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy qilish bo‘lib, bundan kutilgan maqsad talabalarni ta’lim jarayoniga faol va ongli jalb etishdir.

Asosiy innovatsion usullardan biri “Aqliy hujum” hisoblanadi. “Aqliy hujum” usuli va termini amerikalik olim A.F.Osborn tomonidan tavsiya qilingan. Hozirgi kunda uning bir necha qo‘llanish usuli ishlab chiqilgan bo‘lib, undan maqsad g‘oyalarni yig‘ish, muammoli masalalar yuzasidan har tomonlama fikr almashishdir.

Mazkur usulning asosiy tamoyili va qoidasi – ishtirokchilar taklif qilgan g‘oyani umuman tanqid qilmaslik, turli hazil, e’tirozlarni rag‘batlantirish, ularni fikrlashga undash. Ushbu usulni muvaffaqiyatli amalga oshirish bahs-munozarani olib borayotgan o‘qituvchiga bog‘liq bo‘lib, u munozarani to‘g‘ri tomonga yo‘naltirib borishi lozim.

“Aqliy hujum”ning davomiyligi 15 daqiqadan bir soatgacha davom etishi mumkin. So‘ng g‘oyalar yig‘ib olinadi va ular ichidan eng ma’qullari tanlanadi.

“Adabiyot nazariyasi” filologiya yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalarga mutaxassislik fani sifatida o‘qitiladi. Ushbu fan bo‘yicha “Badiiy asarda sujet va kompozitsiya” mavzusini o‘rganishda “Aqliy hujum” usulidan foydalanib, uni quyidagi bosqichlarda bajarish mumkin:

1-bosqich – kichik guruhlarni shakllantirish;2-bosqich – muammoli masalaning dastlabki ko‘ri-

nishini shakllantirish;3-bosqich – “Aqliy hujum” qoidalariga ko‘ra g‘oyalar-

ni yig‘ish;4-bosqich – g‘oyalarni tizimlashtirish va tasniflash;5-bosqich – g‘oyalarni amalga oshirish imkoniyatla-

rini ko‘rib chiqish;6-bosqich – tanqidiy fikrlarni baholash. “Aqliy hujum” usulining nomidan ma’lumki, aql vo-

sitasida bitta muammo yechimiga “hujum” uyushtirila-di. Hamma birgalikda bir hodisaga yoki bir muammo-ga fikrini qaratsa, shu muammoning yechimini topish yengillashadi. Agar muammoni yechish og‘irroq bo‘lsa, hujumni ketma-ket uyushtirish mumkin. Talabalar o‘za-ro bir-biriga aqliy hujum qilmay, birgalikda bitta muam-moga hujum qiladilar. Shunga ko‘r, biz qo‘llayotgan dars jarayonida sujet turlarini aniqlash qiyinroq bo‘lgan-

Zulfiya PARDAУEVA,filologiya fanlari doktori,

A.Qodiriy nomidagi JDPI rus tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri

“AQLIY HUJUM” – FIKRLASH OMILI

ligi sababli talabalar mashg‘ulotga “Adabiyotshunoslik asoslari” (D.Quronov, 2004) darsligi, “Adabiyot nazari-yasi” (I.Sultonov, 1982), “O‘zbek romani poetikasi” (Z.Pardayeva, 2003) o‘quv qo‘llanmalari yordamida tayyorlanishi mumkin.

Mavzuni yoritishda turli xil sujet tuzilishiga ega bo‘lgan badiiy asarlardan ham foydalanish mumkin. Masalan: A.Qodiriyning “O‘tkan kunlar”, G.G.Markesning “Yol-g‘izlikning yuz yili”, T.Murodning “Otamdan qolgan da-lalar” romanlarini tahlilga jalb etish mumkin.

Talabalar o‘rgangan sujet turlaridan kelib chiqib, kichik guruhlarni “Xronikal sujet”, “Konsentrik sujet”, “Retrospektiv sujet” va “Assotsiativ sujet” deb nomlasa bo‘ladi.

So‘ng guruhlar oldiga quyidagicha muammo qo‘yiladi: “Mazkur asarlarda qo‘llangan sujet turlarini aniqlang”.

Muammo yechimi haqida barcha ishtirokchilar o‘z fikrini bildiradilar. Bu bosqichda hech kim o‘zganing g‘oyalariga hujum qilmaydi yoki munosabat bildirmaydi. Bunday usul vositasida o‘nlab yangi g‘oyalarni yuzaga chiqarish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bunda har bir talaba quyidagi talablarni bajarishi lozim:

– turli fikrlar bildirishda faol bo‘lish;– ilgari surilgan g‘oyalarni tanqid ostiga olmaslik; – muammo yechimidan uzoqroq g‘oyalarni ham

qo‘llab-quvvatlash;– barcha g‘oyalar (farazlar)ni yozma qayd etish.Navbatdagi bosqichda muammoning yechimiga

yaqin bo‘lgan 5–6 asosiy g‘oya tanlab olinib, baholanadi. “Aqliy hujum” usuli qo‘llanilishiga ko‘ra universal

bo‘lib, o‘quv materiallarini tezkor o‘zlashtirish, faol va keng doirada fikr yuritishga imkon yaratadi. “Aqliy hujum” uchun adabiyotshunoslikka oid har qanday muammoni olish mumkin, masalan: roman mavzusidan kelib chiqib, roman janrining yuzaga kelishi, usullarning shakllanish mohiyati, realistik tamoyillarning shakllanishi va hokazolar.

Keyingi bosqichda talabalarga “kompozitsiya” bo‘yicha muammo qo‘yilib, ular 2–5 daqiqa ichida uning yechimi haqida o‘z fikrlarini bildirishi kerak bo‘ladi. Bu bosqichda ham hech kim o‘zgalarning g‘oyalariga hujum qilmaydi yoki munosabat bildirmaydi. Hamma o‘z fikrini aytib bo‘lganidan keyingina bahs-munozara olib borish mumkin. Bir kishi aytilgan fikrlarni doskaga yozib turadi.

Page 15: 2018-yil. 6-son. - Til va adabiyot ta’limitilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/... · biyot namunalari ham oromgoh kutubxonalaridan joy oldi. Muxlisa DO‘STMUHAMEDOVA

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 15

Ilg‘or pedagogik texnologiyalar

Masalan: 1. “Otamdan qolgan dalalar” romani sujeti va kom-

pozitsiyasi tarkibida bir necha turkumlar mavjud. 2. Roman tuzilishini ikki mantiqiy bog‘langan

“Jamoliddin va Aqrab tarixi” va “Dehqonqul tarixi” deb o‘rganish mumkin.

3. Roman g‘oyasi istilo mohiyatini ochib berishi lozim, shu sababli voqealar yozuvchi tomonidan tanlab olingan. Bu sujet turi konsentrik deb yuritiladi.

4. Romanda juda go‘zal peyzaj san’ati berilgan: da-lalarning uyquga ketishi, bahorda ularning uyg‘onishi, qishdagi, kuzdagi dalalarning holati.

Bu bosqich tugagandan keyin yozuvlar tahrir qilinib, muhokama etiladi. Talabalardan taklif va sharhlar kelib tushmasa, o‘qituvchi ularning faol ishtirokini ta’minlashi lozim.

Ko‘rib o‘tganimizdek, talabalar “Aqliy hujum” usu-li yordamida qisqa vaqt ichida “Badiiy asarda sujet va kompozitsiya” mavzusi bo‘yicha keng bilim olishadi.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, aqliy hujum nafaqat inson ongini, balki uning hissiy-irodaviy sifat-

larini ham harakatga keltirib, materialni o‘zlashtirish va fanga bo‘lgan qiziqishini oshiradi.

Eslatma:“Aqliy hujum”ni o‘tkazish qoidalari:1. “G‘oyalarni ilgari surish”da hech qanday baho

beruvchi fikrlarga yo‘l qo‘yilmaydi (agar biz g‘oyalar-ga baho bersak, talabalar yangi g‘oyalarni ilgari surish o‘rniga e’tiborini g‘oyalarni himoya qilishga qaratadi).

2. Barchani ko‘proq g‘oyalarni “yig‘ish”ga rag‘batlan-tirish lozim. Eng g‘aroyib g‘oyalar ilgari suriladi.

3. G‘oyalar qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi. 4. Barcha ishtirokchilar bir-birining g‘oyalarini rivoj-

lantirishlari va o‘zgartirishlari lozim. Auditoriyada quyidagi mazmundagi plakatni osib

qo‘yish mumkin:Qoidalar

1. Miyangizga kelgan fikrni aytishingiz mumkin.2. Boshqa odamlarning fikrini tanqid va muhokama

qilmang.3. Boshqalar aytgan g‘oyani takrorlashga uyalmang.4. Birovning g‘oyasini kengaytirish rag‘batlantiriladi.

Mantiqiy va erkin fikrlovchi, dunyoqarashi keng, ijodiy va badiiy tafakkurga ega shaxsni kamol toptirish ona tili va adabiyot fanining bosh maqsadidir. Mana shu maqsadni amalga oshirish uchun ona tili darslarida o‘quvchilarni mustaqil va ijodiy fikrlash, lug‘atlardan to‘g‘ri foydalanish, o‘z fikrini nutq sharoitiga mos ravishda turli shaklda ifodalay olishga o‘rgatishda turfa topshiriqlardan foydalanish ham ko‘zlangan natijani beradi. Quyida ona tili darslarida qo‘llash mumkin bo‘lgan ayrim topshiriqlar tavsiya qilinadi.

1-topshiriq1 dan 10 gacha bo‘lgan sonlardan bir harfni

o‘zgartirib so‘zlar yasang.Bir­–­bor,­bur,­ber...Ikki­–­ukki...Uch­–­o‘ch,­ich,­och...To‘rt­–­tort,­turt,­tort­(fe’l),­mo‘rt...Besh­–­bosh,­bo‘sh,­bel,­bet,­bek...Olti­–­oldi...Yetti­–­yetdi...O‘n­–­un,­on,­in,­o‘t...

2-topshiriqChapdan o‘ngga ham, o‘ngdan chapga ham bir xil

o‘qiladigan so‘zlar toping.Aka, non, arra, kek, alla, ana, katak...

3­topshiriqChapdan o‘qilganda boshqa ma’no, o‘ngdan

o‘qilganda boshqa ma’no beruvchi so‘zlarni toping.

Mohigul FOZILOVA,Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi

179-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi

QIZIQARLI TOPSHIRIQLAR

Ahad­–­daha,­mis­–­sim,­omma­–­ammo,­nok­–­kon...4-topshiriq

Nuqtalar o‘rniga faqat bitta harf yozish sharti bilan yangi so‘z hosil qiling.

...il, ...il, ...ol, ...ol, ...ul, ...ul (bil, dil, lol, qol, gul, kul).5-topshiriq

O‘quvchilarga rangli rasmlar ko‘rsatiladi. Ular rasmlarga sarlavha qo‘yib, ularni sharhlab berishadi.

6-topshiriqHar bir guruhga 3 tadan so‘z beriladi, o‘quvchilar

mana shu uchala so‘zni bir gapda qo‘llashlari kerak bo‘ladi. Masalan: quyosh, tosh, qalam.

Haqiqiy shoirning qalamidan to‘kilgan so‘zlar quyosh misol tosh qalblarni ham eritadi.

Demak, o‘qituvchi har bir darsni o‘ziga xos ijod mahsuli sifatida o‘quvchiga taqdim etmog‘i, ularni mana shu jarayonning faol, zukko ishtirokchilariga aylantirmog‘i lozim. Zero, ona tiliga bo‘lgan muhabbat mana shu xalqqa, Vatanga bo‘lgan muhabbatdir.

Page 16: 2018-yil. 6-son. - Til va adabiyot ta’limitilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/... · biyot namunalari ham oromgoh kutubxonalaridan joy oldi. Muxlisa DO‘STMUHAMEDOVA

16 e-mail: [email protected]

Hozirgi kunda til o‘qitishda kompetentlik, kompeten-siyaviy terminlari faol qo‘llanmoqda. Kadrlar, jumladan, har qanday yosh kadr kasbiy kompetentlikka ega bo‘li-shi lozim. Bu – zamon talabi. Bo‘lajak pedagog, ayniq-sa, filolog-o‘qituvchi uchun kasbiy layoqatlilikning bir qirrasi lingvistik kompetentlikdir. Shu ma’noda har bir mutaxassis, bo‘lajak filolog-pedagog kasbiy kompetent-lik doirasida lingvistik kompetentlikka ega bo‘lishi lozim.

Asli lingvistik kompetentlik nima? Buni yanada soddaroq qilib, mutaxassis til bilimining mukammalligi va yetukligi desa ham bo‘ladi.

Bizningcha, lingvistik kompetentlik, umuman, quyidagilardan tarkib topadi:

1) o‘z fikrini ona tilida ravon, tushunarli, aniq va lo‘nda ifodalay olish; 2) adabiy tilda so‘zlash; 3) imloviy, ishoraviy va uslubiy xatolarsiz yoza olish; 4) davlat tilida ish hujjatlarini yurita olish; 5) xorijiy tillarni bilish va hokazo.

Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng xalqimiz ma’naviy hayotidagi boshqa ko‘plab muammolar qatori til masalasi ham kun tartibidagi dolzarb vazifaga aylandi. Ayniqsa, ona tilimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va nufuzini yuksaltirish, mamlakatimizning jahon kommunikatsiya tizimiga integratsiyalashuvini ta’minlash, farzandlarimiz uchun chet tillar, axborot texnologiyalarini har tomonlama puxta egallash borasida qulay imkoniyatlar yaratish kabi bir-biridan muhim vazifalar kun tartibiga qo‘yildi va bu jarayonlar bugun ham izchillik bilan amalga oshirilmoqda.

O‘tkir Hoshimov yozganidek, “Qancha ko‘p tilni bil-sangiz, shuncha yaxshi. Biroq odam ona tilida tafakkur qiladi, ona tilida tush ko‘radi, ona tilida yig‘laydi... O‘limi oldidan onasini ona tilida yo‘qlaydi...”1. Anglashiladiki, ona tili – insonning mavjudligi asosi, tamal toshi. Inson ona tilisi bilan tirik. Shu bois maktab, akademik litsey va kollej o‘quvchisida, oliy o‘quv yurti talabasida lingvis-tik kompetentlikni shakllantirish, avvalo, ona tilining muqaddas-u mo‘tabarligini, aziz-u mukarramligini uqti-rishdan boshlanmog‘i va uni ta’lim oluvchining yosh xu-susiyatiga ko‘ra rivojlantirib borilmog‘i kerak. Ta’kidlash joizki, universitet va pedagogika institutlarining nafaqat filologiya, balki barcha yo‘nalishlarida kasbiy kompe-tentlikning uzviy qismi sifatida lingvistik kompetentlikka xos malaka va ko‘nikmalarni tarbiyalashga alohida e’ti-bor qaratish lozim.

Lingvistik kompetentlikni shakllantirishda qator pedagogik texnologiyalar, innovatsion vositalar bilan bir qatorda darslik va o‘quv qo‘llanmalari ham muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, talabalarni lug‘at bilan ishlashga o‘rgatish til ta’limining muhim bosqichlaridan biridir. Bu jarayonda o‘quv lug‘atlari bilan ishlash

Nosirjon ULUQOV,Namangan davlat universiteti professori,

filologiya fanlari doktori

LINGVISTIK KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISH OMILLARI

quyidagi ta’limiy va didaktik ahamiyatlarga ega bo‘ladi:1. Nazariy bilimlar doirasini boyitish va kengaytirish-

ga xizmat qiladi. 2. Nazariy bilimlarning amaliy jihatdan mustahkam-

lanishini ta’minlaydi.3. Mustaqil ishlash ko‘nikma va malakalarining rivoj-

lanishiga asos bo‘ladi.4. Mustaqil mutolaa qilish, ayrim masalalarni mus-

taqil o‘zlashtirishda qo‘shimcha manba vazifasini baja-radi.

5. So‘z boyligini orttiradi.6.Terminlarning muqobillari, variantlari va sinonimla-

rini hamda tarixiy-etimologik manbalarini, mazmun-mo-hiyatini mukammal o‘zlashtirish imkonini beradi.

7. Darslik va o‘quv qo‘llanmalaridagi ayrim bo‘sh-liqlarni ilmiy jihatdan to‘ldiradi.

Maktablar uchun o‘quv lug‘atlari yaratish borasida mustaqillik yillarida samarali ishlar amalga oshirildi. So‘nggi yillarda umumta’lim maktablari uchun “Bolalar ensiklopediyasi”, T.Nafasov, V.Nafasovalarning “O‘zbek tilining talaffuzdosh so‘zlari o‘quv izohli lug‘ati” (T.: Yangi asr avlodi, 2007), “O‘zbek tili toponimlarining o‘quv izohli lug‘ati” (T.: Yangi asr avlodi, 2007), X.Norxo‘jayevaning “O‘zbek tilining eskirgan so‘zlar o‘quv lug‘ati” (T.: Yangi asr avlodi, 2009), B.Mengliyev, O.Boymatova, M.Xudoyberdiyevalarning “O‘zbek tili iboralari o‘quv lug‘ati” (T.:Yangi asr avlodi, 2009), B.Mengliyev, B.Bahriddinovalarning “O‘zbek tilining so‘z tarkibi o’quv lug‘ati” (T.: Yangi asr avlodi, 2009) kabi lug‘atlari yaratildi va ulardan amalda foydalanilmoqda. Galdagi vazifalardan biri xorijiy mamlakatlar tajribalariga tayangan holda oliy o‘quv yurti talabalari uchun ham turli o‘quv lug‘atlari, xususan, ensiklopedik va terminologik o‘quv lug‘atlari yaratish hisoblanadi.

Masalan, filolog talabalar uchun jahon tillari leksikografiyasi an’analari va yuksak tajribalardan foydalangan holda “Yosh filolog” ensiklopedik o‘quv lug‘atini yaratish va uning mazmun-mundarijasini belgilashda quyidagilarga e’tibor qaratish mumkin:

– O‘zbekiston Respublikasining til va adabiyot-ni rivojlantirish borasidagi siyosati, jumladan, o‘zbek tilshunosligi va adabiyotshunosligining mustaqillik yil-laridagi taraqqiyoti hamda yutuqlarini atroflicha yoritish;

– turkiyshunoslik, xususan, o‘zbek tilshunosligi va adabiyotshunosligining shakllanish manbalari hamda omillari tahlilini berish;

– tilshunoslik va adabiyotshunoslikka oid terminlar-ning tarixiy-etimologik manbalari, ma’no mundarijasi, qo‘llanish xususiyatlarini ochib berish;

– jahon filologiyasi yutuqlari va uning turkologiya-da, xususan, o‘zbek tilshunosligi va adabiyotshunosligi

Metodiktavsiya

Page 17: 2018-yil. 6-son. - Til va adabiyot ta’limitilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/... · biyot namunalari ham oromgoh kutubxonalaridan joy oldi. Muxlisa DO‘STMUHAMEDOVA

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 17

Metodik tavsiya

taraqqiyoti hamda takomilidagi o‘rni, ahamiyatiga keng o‘rin ajratish;

– jahon adabiyoti, jumladan, o‘zbek shoir va yozuv-chilarining ijodiy faoliyatini mukammal, muxtasar yori-tish;

– tilshunos va adabiyotshunos olimlarning ilmiy faoli-yati, soha taraqqiyotidagi xizmatlarini batafsil izohlash va boshqalar.

Albatta, “Yosh filolog” ensiklopedik o‘quv lug‘ati o‘quv adabiyotlari sirasini boyitish barobarida yuqorida qayd etilgan vazifalarni bajarishda ham muhim manba bo‘ladi.

Ensiklopedik va lingvistik lug‘atlar bilan ishlash masalasiga alohida e’tibor qaratish lingvistik kompetentlikni rivojlantirish omillaridan biridir. Oliy o‘quv yurtlari, ayniqsa, filologiya yo‘nalishi talabalarini nafaqat mutaxassislikka, balki boshqa fanlarga doir darslarda ham 12 jildlik “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” (T.: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2000–2006), 5 jildlik “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” (T.: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2006–2008), Shavkat Rahmatullayev tomonidan yaratilgan ilk “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati” (T.: Universitet, 2000) kabi lug‘atlardan foydalanishi yaxshi samara beradi.

Yozuv, imlo – ilmning yarmi, ya’ni husnixat bilan im-loviy va ishoraviy xatolarsiz yozish kishining mukammal ilmga ega ekanligidan darak berish barobarida lingvis-tik kompetentligining asosiy belgisi hamdir.

Yozma nutq, odatda, imlo qoidalariga asoslanadi. Tildagi mavjud so‘zlar, iboralar, nomlar va boshqa birliklar hukumat tomonidan tasdiqlangan imlo qoidalari, ularga asoslanib tuzilgan imlo lug‘atlari asosida yozilishi shart. Buni talabalarga uqtirish va o‘rgatish zarur.

Hozirda ikki – kirill va lotin alifbolariga asoslangan o‘zbek yozuvlari amalda qo‘llanmoqda. Kirill alifbosiga asoslangan o‘zbek yozuvini qo‘llashda 1956-yil 7-aprelda tasdiqlangan “O‘zbek orfografiyasining asosiy qoidalari”ga, lotin alifbosiga asoslangan yangi o‘zbek yozuvida 1995-yil 24-avgustda tasdiqlangan ”O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari”ga amal qilinishi kerak. Matbuot, televideniye va ko‘cha reklama yozuvlarida kuzatilayotganidek, har ikki yozuvga oid imlo qoidalarini qorishtirish yaramaydi. Ular o‘z tamoyillari, qonun-qoidalari bilan bir-biridan keskin farqlanadi.

To‘g‘ri, hozirga qadar lotin alifbosiga asoslangan yangi o‘zbek yozuviga doir yirik imlo lug‘atiga ehtiyoj bor edi. Quvonch bilan aytish joizki, bu vazifa mutaxas-sislar tomonidan uddalandi. 2013-yilda “Akademnashr” nashriyoti tomonidan filologiya fanlari doktori, professor N.Mahmudov tahriri ostida filologiya fanlari doktori, pro-fessor E.Begmatov va filologiya fanlari nomzodi, kat-ta ilmiy xodim A.Madvaliyev tomonidan tuzilgan yangi “O‘zbek tilining imlo lug‘ati” kirill va lotin yozuvlarida alohida-alohida kitob holida nashr etildi.

O‘zbek tilining katta hajmdagi mazkur imlo lug‘atining har birida 85000 dan ortiq so‘z va so‘z shaklning to‘g‘ri

imloviy shakli berilgan bo‘lib, ular so‘zlikining boyligi; imlosi qiyin va munozarali hozirga qadar turli sabablar bilan imlo lug‘atlariga kiritilmay kelinayotgan so‘zlar ham qamrab olinganligi; nashr etilgan va etilayotgan boshqa izohli, ensiklopedik, terminologik lug‘atlarning ijobiy imloviy tajribalari hisobga olinganligi; keyingi o‘ttiz yil davomida o‘zbek tili imlosi amaliyotida yuz bergan, ko‘pchilik tomonidan ma’qul deb topilayotgan ijobiy imloviy o‘zgarishlarga e’tibor berilganligi; mustaqillik davrida o‘zbek tiliga kirib kelgan yangi so‘z va terminlar yozilish shaklini ilmiy-imloviy baholangani bilan ahamiyatga molikdir.

Hozirda oliy o‘quv yurtlari, jumladan, filologiya yo‘nalishi talabalarining imlo savodxonligi talab darajasida deb bo‘lmaydi. Ularning imlo savodxonligini ko‘tarishda ham imlo lug‘atlari bilan ishlash, hatto ko‘rsatilgan lug‘atni ularning dars stolida turadigan asosiy adabiyotlar darajasiga ko‘tarish kerak.

Lingvistik kompetentlikning yana bir qirrasi notiqlik mahoratini egallashdir. 2000-yillarning boshida baka-lavriatning “O‘qituvchilar tayyorlash va pedagogika fani” bilim sohasi talabalari uchun “O‘qituvchi nutqi madaniyati” fani kiritildi. N.Mahmudov tomonidan ilk bor “O‘qituvchi nutqi madaniyati” nomli darslik yaratil-di. Mazkur darslikda nutq madaniyatining nazariy va amaliy masalalari, xususan, nutq madaniyati, nutqning to‘g‘riligi, aniqligi, mantiqiyligi, sofligi, boyligi, jo‘yaliligi, ifodaliligi sodda, ravon, ta’sirchan usulda bayon etilgan.2 Biroq universitetlarda ana shu fanning o‘qitilishi uchun o‘quv soatlari ajratilmay qoldi. Bizningcha, bakalavri-atning barcha pedagogika yo‘nalishlarida “Mutaxassis nutqi madaniyati” fanini o‘quv dasturiga kiritish va o‘qi-tish lozim. Bu faqat va faqat ijobiy natija beradi.

Har qanday nazariy bilimlarning mukammalligi amaliy mashg‘ulotlarga bog‘liq. Bizningcha, amaliy va seminar mashg‘ulotlarining DTS talablari darajasida o‘tilishi darslik hamda qo‘llanmalarga bog‘liq. Tayanch oliy o‘quv yurtlari tomonidan tayyorlangan namunaviy o‘quv dasturlarida amaliy va seminar mashg‘ulotlar uchun umumiy mavzular tavsiya etiladi, ammo ularning mazmun-mundarijasi ko‘rsatilmaydi, adabiyotlar ro‘yxatida amaliy va seminar mashg‘ulotlariga doir adabiyotlar deyarli kuzatilmaydi. Ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda oliy o‘quv yurtlarining filologik ta’lim yo‘nalishlari uchun viloyatlarda yaratilgan ayrim uslubiy qo‘llanmalarni e’tiborga olmaganda, amaliy va seminar mashg‘ulotlari uchun maxsus o‘quv qo‘llanmalari yaratilgani yo‘q. Kelgusida filologik ta’lim yo‘nalishlari uchun, ayniqsa, “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”, “Tilshunoslik nazariyasi” kabi mutaxassislik fanlaridan amaliy va seminar mashg‘ulotlariga mo‘ljallangan maxsus o‘quv qo‘llanmalar yaratish bo‘yicha tanlovlar o‘tkazish, eng yaxshilarini ko‘p nusxada nashr qilib, o‘quv jarayoniga joriy etish dolzarb vazifalardan biridir.

1O‘.Hoshimov. Daftar hoshiyasidagi bitiklar. Т.: Sharq, 2009. 39-bet.2N.Mahmudov. O‘qituvchi nutqi madaniyati. Т.: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007. 180-bet.

Page 18: 2018-yil. 6-son. - Til va adabiyot ta’limitilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/... · biyot namunalari ham oromgoh kutubxonalaridan joy oldi. Muxlisa DO‘STMUHAMEDOVA

18 e-mail: [email protected]

Metodik tavsiya

Ta’lim sifatini oshirishga ko‘maklashuvchi asosiy shakl va metodlar ichida o‘yin texnologiyasi muhim o‘rin tutadi. “Pedagogik­ ta’lim­ vositalarining­ eng­qadimiyla-ridan bo‘lgan o‘yin hozirgi vaqtda o‘ziga xos rivojlanish davrini boshdan kechirmoqda. Bugungi kunda o‘yinga qiziqishning­ ortishi­ sababi­ nimada?­Bir­ tomondan,­ bu­pedagogik­nazariya­va­amaliyotning­taraqqiyoti,­muam-moli ta’limning keng tarqalishi bilan bog‘liq bo‘lsa, bosh-qa jihatdan har tomonlama faol shaxsni shakllantirishga bo‘lgan­ijtimoiy­va­iqtisodiy­talabning­natijasidir”1.

Bolalarni darslik va o‘quv dasturidan chetga chiqma-gan holda qanday qilib badiiy asarni to‘liq o‘qib chi-qishga undash (ko‘pincha vaqt tig‘iz bo‘lgan bugungi vaziyatda kitobning hajmi o‘quvchini cho‘chitadi), ular-da so‘z san’atiga mehr, kitob o‘qishga ishtiyoq uyg‘otish mumkin? Mazkur vaziyatda, albatta, avvalo, mustaqil ta’limga murojaat qilinadi.

Maktab adabiyot ta’limida mutolaa mustaqil ishning eng maqbul va samarali shakllaridan biridir. An’anaviy ta’limda “sinfdan tashqari o‘qish” nomi bilan ushbu usuldan uzoq vaqt davomida foydalanib kelingan, bi roq u ko‘pincha nomigagina o‘tkazilgan, 5 balli baholash tizimida uning o‘rni sezilarli bo‘lmagan va unga qo‘yi-ladigan talab ham shunga yarasha bo‘lgan.

Mustaqil ta’lim jarayonini takomillashtirish, o‘quv-chilar faolligini oshirish uchun unga yangi unsurlar qo‘shish, jumladan, o‘yin texnologiyalarini qo‘llash maq-sadga muvofiqdir. Bu jarayon ikki bosqichda tashkil etiladi. Birinchi bosqichda bilim darajasi va imkoni-yatlaridan kelib chiqib, yuqori sinflarda o‘zbek adabiyoti namoyandalaridan ikkitasining asari sinfdan tashqari

Shoira NORMATOVA,Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti o‘zbek va

rus tillari kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi

ADABIYOT DARSLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA O‘YIN TEXNOLOGIYALARI

o‘qish uchun topshiriladi. Masalan, Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani va G‘afur G‘ulomning “Shum bola” qissasi. O‘quvchi odatdagidek, sinfdan tashqari mutolaa ta-lablariga ko‘ra asarni to‘liq o‘qib chiqishi va tafsilotlari bilan so‘zlab berishi lozim. Bunda o‘quvchi ning so‘z boyligi, nutqining ravonli-gi, badiiy asarni tushunish, badiiy so‘zni his qilish qobiliyati kabilar tekshiriladi. Albatta, o‘quv chi asarni mustaqil ravishda qay da-rajada to‘liq o‘qigani va tushunganini sinfda 30–40 ta o‘quv chi bo‘lgani holda bittalab so‘roqlash yo‘li bilan aniqlash ancha vaqt talab qiladi va buning imkoni yo‘q. Mutolaa sinovini boshqa usullar: asar asosida test o‘tkazish yoki insho asosida ham amalga oshirish mumkin. Bulardan tashqari o‘yin metodlaridan bahs (disput) texnologiyasi-

ni qo‘llash ham samarali natija beradi. Buning uchun muammoli savol o‘rtaga tashlanadi. Masalan, “Shum bola” qissasi qahramoni xarakteridagi ba’zi “qusurlar”, chunonchi, yolg‘onchilik (Sariboyni aldashi, Omonga yolg‘on gapirishi), “zararkunandalik” (eshakni so‘yib qo‘yishi), shumlik (Hoji boboning takyaxonasidagi “portlash”) kabilarga o‘quvchilar o‘z munosabatini bildi-rishi so‘raladi. Yoki “O‘tkan kunlar” romanida Otabek xarakteridagi ba’zi ojizliklar (ota-ona orzusiga qarshi bora olmaslik, Zaynabga munosabati)ga e’tibor qarati-ladi. Muammo shunday qo‘yilishi lozimki, asarni to‘liq o‘qimasdan uni hal qilish imkoni bo‘lmasin.

O‘qituvchi bahsni tashkil qilishdan oldin yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishi, bahs madaniyati shartlari: ortiqcha ehtiros-ga berilmaslik, qarshi tomon nuqtayi nazarini hurmat qilish, fikrni dalillash, asoslash, detallarga e’tibor be-rish, mantiqiylik zarurligini tushuntirishi lozim. Bahs darsi shunday tashkil qilinganda xilma-xil fikrlar ilgari suriladi, o‘quvchilarga o‘z qarashini bildirishi va himoya qilishi uchun to‘liq erkinlik beriladi. O‘qituvchi kuzatadi, tinglaydi, to‘g‘ri va noto‘g‘ri deb topgan nuqtayi nazarlar, nutqdagi yutuq va nuqsonlarni qayd qilib boradi. Bahs yakunida o‘z xulosasini aytadi.

Bundan tashqari bahs mavzusi oldindan ma’lum qilinishi kerak. O‘quvchilarni asar personajlari xarak-teri va qilmishlaridagi muammoli jihatlarni oqlovchilar, qoralovchilar hamda ekspertlarga bo‘lish ham mumkin. Har uchala tomon o‘z mulohazalarini bildiradi, dalillar, tafsilotlar, misollar, tahlillar yordamida qahramonning ma’lum vaziyatdagi harakatlarini qoralaydi yoki ularni xuddi shunday yo‘l bilan oqlaydi. Ekspertlar esa (ular

Page 19: 2018-yil. 6-son. - Til va adabiyot ta’limitilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/... · biyot namunalari ham oromgoh kutubxonalaridan joy oldi. Muxlisa DO‘STMUHAMEDOVA

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 19

Metodik tavsiya

3-4 kishidan ortmagani ma’qul, shuningdek, fanni yax-shi bilishi bilan ajralib turuvchi o‘quvchilar bo‘lishi ke-rak) har ikki tomonning qarashlariga munosabat bildi-rib, qaysi tomonning fikrlari asosli ekanligini aniqlaydi. O‘qituvchi o‘zini xolis tutib, faqat kuzatuvchi rolida bo‘la-di. Biroq pirovardida asosiy hukm – xulosa chiqarish va ekspertlar ishiga baho berish vazifasini o‘qituvchining o‘zi bajaradi.

Ikkinchi bosqichda o‘yin texnologiyalari ko‘ri-nishlaridan biri – teatrlashtirilgan sahna namoyishidan foydalanishni tavsiya etamiz. Sahnalashtirish – o‘qitish jarayoni uchun yangilik emas, zero, an’anaviy ta’limda ham mashhur asarlardan parchalar namoyish qilingan. Biroq mazkur usulga o‘quv-tarbiya vositasi deb emas, ko‘proq ko‘ngil ochish, ma’naviy-madaniy tadbirlar ba-diiy qismining unsuri sifatida qaralgan.

Zamonaviy ta’lim shakllaridan biri sifatida teatrlash-tirish texnologiyasining maqsad va vazifa doirasi an-cha kengayib, endilikda u o‘z oldiga didaktik, rivojlan-tiruvchilik hamda tarbiyaviy maqsadlarni qo‘yadi, dars sifatini oshirish vositasiga aylanadi. U quyidagicha amalga oshiriladi: sinfda o‘quvchilar kichik guruhlar-ga bo‘linadi (4–6 kishilik) va o‘qigan asarlari bo‘yicha istalgan lavhadan sahna ko‘rinishi tayyorlab, namoyish qiladi. Har bir jamoaga bu borada to‘la erkinlik berila-di. Guruh ichida o‘quvchilar mustaqil ravishda epizodni tanlaydi, ssenariy tuzadi va rollarni taqsimlaydi. Ushbu jarayon tamo mila sir tutiladi va o‘qituvchining vazifasi o‘quvchilarga mustaqil ish xarakterini to‘g‘ri tushuntirish va yo‘naltirish, unga qo‘yiladigan talablar, baholash me-zonlaridan xabardor qilish, shuningdek, maslahat be-rishdan iborat bo‘ladi.

Ssenariy muallifi, rol ijrochilari, texnik vositalar uchun javobgarlar tayinlanadi. Teatrlashtirish uchun lavha tan-lashda tajribada ikki xil yondashuv kuzatildi. Birinchisi – asar asosida suratga olingan filmga tayanish, undagi aktyorlar ijrosiga taqlid qilish va eng mashhur epizod-larni sahnalashtirish. Buning uchun ko‘pincha “O‘tkan kunlar” filmidagi “Kutilmagan baxt” bobi talqini yoki Kumushning turmush o‘rtog‘i va otasini ozod qilishi (filmning birinchi variantidagi kitobdan farqlanuvchi), “Shum bola”dan parcha sahnalashtirilganda esa qahra-monning Sariboyni aldashi yoki tandirga tushib qolishi (filmdagi eng kulgiga boy lavhalar) epizodlari tanlanadi.

Ikkinchi xil yondashuvda esa kutilmagan, ba’zan un-cha e’tibor berilmagan epizodlarga murojaat qilinadi va mustaqil ravishda ssenariy yaratiladi.

Har ikki usulning o‘z afzalliklari bor, masalan, tayyor namoyishga taqlidan sahna qo‘yilganda, aktyorlik mahoratini o‘rganish, personaj ruhiyatini berish, xat-ti-harakatlar, dekoratsiya, liboslar tanlash bir qadar oson va silliq kechadi. Maktablarda sahna namoyishi paytida o‘quvchilarning mohir aktyorlarga taqlidida alohida iqti-dorlarini namoyish qilgan paytlari ko‘p kuzatilgan.

Mustaqil ravishda ssenariy yaratganda esa ijodiy fikrlash va o‘ziga xos yondashuv, vaziyatni o‘z nigohi orqali tasavvur qilish, obrazlarni o‘zi tushunganicha talqin qilish, libos, voqelik modelini o‘zicha yaratish yetakchilik qiladi. Ikkinchi yo‘l, asosan, asarga tayanil-gani uchun biroz mushkullik tug‘diradi, lekin amaliyotda u birinchisidan ko‘ra ko‘proq samara keltirgan holatlar ko‘p bo‘lgan. Notanish lavhani quyidagicha sahnalash-tirish mumkin: bir o‘quvchi muallif nomidan so‘zlaydi, ya’ni vaziyatga izoh beradi, tomoshabinni sahnaga tayyorlaydi, rol ijrochilari esa to‘laligicha asar qahra-monlaridek so‘zlaydi, harakat qiladi va bu adabiyot bilan birga til darslari uchun ham juda muhim. Avvalo, mazkur vaziyatda badiiy asar matni to‘liq saqlanadi, qolaversa, ijrochilar obrazni aktyorlarga taqlid qilishdan ko‘ra ko‘proq o‘z tasavvurlariga asosan gavdalantira-di. Odatda, asarning asosiy g‘oyasidan chekinilmagan bu kabi ijodiy talqinlar tomoshabinda yaxshi taassurot qoldiradi.

O‘qituvchi baholash mezonlari va rag‘batlantirish usullarini ham rejalashtirib qo‘yishi kerak. Buning uchun guruh ishi va uning ichidagi o‘quvchilarning alohida ishtiroki, faolligi, mahorati, ijodkorlik darajasiga beriladi-gan baholar belgilab olinadi va e’lon qilinadi.

Mutolaa va sahna namoyishi quyidagi maqsadlarga xizmat qiladi:

1. Didaktik maqsad: adabiyot san’atning alohida o‘ziga xos turi ekanligi, obrazliligi, shartliligi, cheksiz imkoniyatlari xususida o‘quvchining tasavvuri boyiydi; u personaj, sujet, portret, peyzaj singari adabiyotshunos-lik atamalari mohiyatini bilib oladi, uning so‘z boyligi ortadi, sinonimlar, iboralar, arxaik va tarixiy so‘zlarni tushu nish va to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmasi shakllanadi.

2. Rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarda faol-lik oshadi, o‘z ishiga sidqidildan kirishish, jamoaviylik, birdamlik, yaxshi ma’nodagi raqobat ruhi (boshqa gu-ruhlardan qolishmaslik, sahnada qoyilmaqom rol ijro etish ishtiyoqi) uyg‘onadi. Bahs texnologiyasi ko‘magi-da esa muammoga o‘z nuqtayi nazaridan qarash, mus-taqil fikrlash, tanqidiy yondashish rivojlantiriladi.

3. Tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarga o‘yin jaray-onida insonga xos ezgu xislatlarni qadrlash, sevgi, vafodorlik, ota-onaga muhabbat, xalqparvarlik kabi his-tuyg‘ular singdiriladi. Odamlarni e’zozlash, ular qalbini tushu nish, tuyg‘ularini hurmat qilish, hayotga muhabbat va uni qadr lash xislatlari shakllantiriladi.

Keyingi paytda kitobga, mutolaaga qiziqishning susayganligi jiddiy xavotirlarga sabab bo‘layotgani, bu davlat siyosati darajasidagi muammoga aylangani barchaga ma’lum. Biz qo‘llagan o‘yin texnologiyalari o‘quvchilarda kitobga, badiiy asarga havas va muhab-bat tuyg‘usini uyg‘otishda yaxshi samara beradi, deb o‘ylaymiz.

1Михайленко Т.М. Игровые технологии как вид педагогических технологий // Педагогика: традиции и инновации: материа лы Междунар. науч. конф. (г. Челябинск, октябрь 2011 г.). Т. I. – Челябинск: Два комсомольца, 2011. С. 141.

Page 20: 2018-yil. 6-son. - Til va adabiyot ta’limitilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/... · biyot namunalari ham oromgoh kutubxonalaridan joy oldi. Muxlisa DO‘STMUHAMEDOVA

20 e-mail: [email protected]

Metodik tavsiya

Ta’limda muvaffaqiyatga erishish mamlakatni rivojlantirishda asosiy omil hisoblanadi, chunki bu jarayon yuqori malakali, keng bilim va tafakkurga ega mutaxassislarni talab etadi. Innovatsiyalar zamirida yetuk tafakkur va bilim yotadi. Shuni anglagan holda, avvalo, ta’lim tizimining o‘zini innovatsion yangilash maqsadga muvofiq.

Ta’limda innovatsiyalar quyidagi komponentlar bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lib, o‘quv jarayonining samaradorligi aynan ular bilan belgilanadi:

1. Multimediali o‘quv materiallari. Ular o‘quvchi-ga zamonaviy kommunikatsiya vositalari yordamida yetkaziladi. Bunda o‘quvchi faqat fanga oid bilimlarnigi-na o‘zlashtirib qolmasdan, balki o‘zining aqliy va ijodiy salohiyatini ham zamonaviy hayot faoliyatiga muvofiq tarzda rivojlantirib boradi.

2. Zamonaviy o‘qitish uslublari aqliy va ijodiy salohiyatni shakllantiruvchi faol metodlar bo‘lib, o‘quv-chining darsni shunchaki passiv tarzda qabul qilishiga yo‘l qo‘ymaydi va qiziqtirish orqali o‘zaro hamkorlikda ishlash, birgalikda harakat qilishga o‘rgatadi, faollikka yo‘naltiradi. Bunday zamonaviy metodlarda qisqa vaqt ichida o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini oshiruvchi, o‘quv-chilarning to‘laqonli ishtirokini ta’minlovchi turli tex-nologiyalardan foydalaniladi.

3. Masofaviy ta’lim shakli. Bu ta’lim shakli o‘qitish-ning zamonaviy infratuzilmasi bo‘lib, o‘z ichiga axborot, texnologik, tashkiliy hamda aloqa almashinuvi kabi komponentlarni jamlaydi. Ular masofaviy texnika vosi-talaridan samarali foydalanish imkonini beradi. Bunday ta’lim shakli, ayniqsa, inkluziv ta’limda muhim ahami-yatga ega. Jismoniy imkoniyatlari cheklangan o‘quvchi-lar maxsus kompyuter dasturlari asosida to‘laqonli bilim olish imkoniga ega bo‘ladilar.

Hozirgi kunda maktab ta’limi va oliy o‘quv muassa-salarida turli pedagogik innovatsiyalardan foydalanish tavsiya etiladi. Ularni ikki guruhga ajratish mumkin: 1) o‘quv texnologiyalari; 2) tarbiyaviy texnologiyalar.

Asosiy o‘quv texnologiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin:

1. Fanlarni o‘qitishda axborot-aloqa texnologi-yalari. Texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish, turli fan yo‘nalishlarini informatika bilan integratsiyalash, ya’ni bir-birini to‘ldirgan holda malakaviy bilim berishni nazarda tutadi. Bunda o‘quvchida asta-sekinlik bilan bilimlarni axborot tarzida oson qabul qilish ko‘nikmasi rivojlanadi. Natijada olingan bilim xotirada tez saqlanib qoladi.

2. Elektron darsliklar. Elektron darsliklar oddiy darsliklardan farqli o‘laroq, o‘z ichiga to‘liq axborotni, animatsiyali, o‘yinli, qiziqarli mashg‘ulotlarni qamrab

Surayyo SHERMUHAMEDOVA, Toshkent moliya instituti katta o‘qituvchisi

TA’LIM TIZIMINI INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA ISLOH QILISH

oladi, o‘zlashtirishni osonlashtiradi va ko‘rgazmalilikni ta’minlaydi. Natijada qo‘shimcha axborot izlashga ortiq-cha vaqt sarf bo‘lmaydi.

3. Multimedia vositalari o‘quv materialini yengil va samarali o‘zlashtirishga qaratilib, bunda musiqa va animatsiyadan foydalaniladi. Bu o‘quvchiga ruhiy-emo-tsional ta’sir o‘tkazadi va uning mavzu mohiyatiga tez kirib borishiga, matn ma’no-mazmunini oson tushu-nishiga yordam beradi.

4. Maxsus jihozlangan xonalarda lingafon texni-kasining mavjudligi chet tilidagi alohida so‘z va iboralar-ni to‘g‘ri eshitish va talaffuz qilish imkonini beradi. Bu til ko‘nikmalarining shakllanishi, nutqning to‘g‘ri va tez ilg‘ab olinishiga ko‘maklashadi hamda ravon gapira o lish, gapning ma’no-mohiyatini anglash malakasining paydo bo‘lishiga sharoit yaratadi. Bunday innovatsion texnologiyani qo‘llash ta’lim sifatini sezilarli oshirish va hayotiy ehtiyoj bo‘lgan nutqning to‘g‘ri shakllanishiga xizmat qiladi.

Ta’lim texnologiyalari asosida ilmiy-texnik salohiyat va aql-idrok tamoyillari muhim rol o‘ynasa, tarbiyaviy texnologiyalar zamirida madaniy, ma’naviy, axloqiy qad riyatlar ustunlik qiladi. Ma’naviy tarbiya aqliy faoliyat bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ta’lim jarayonidan ajratilma-gan holda olib boriladi va ta’limni innovatsion rivojlan-tirishda muhim rol o‘ynaydi. Tarbiyaviy texnologiyalar zamonaviy o‘qitishning ajralmas qismi sifatida o‘quv-chida shaxsga xos xususiyatlarni tarbiyalashga xizmat qiladi, gumanistik dunyoqarashni shakllantiradi. Milliy an’analarga asoslangan ommaviy-madaniy tadbirlar-da qatnashish, muzeylarga sayohat, teatr, kino, mu-siqa, rasmlar ko‘rgazmasi, bolalar ijodiyoti markazlari, umuman, san’atning barcha turlari, milliy an’analar, urf-odatlar va qadriyatlardan saboq olish tarbiyaviy tex-nologiyalarning asosini tashkil etadi. Ularni olinajak ilm bilan yonma-yon hayotga tatbiq etish har tomonlama yetuk kadrlarni tayyorlashga va demakki, jamiyatni, har bir sohani rivojlantirishga xizmat qiladi.

Innovatsiyalar ham o‘quv jarayonini, ham uning uzviy bo‘lagi bo‘lgan tarbiyaviy jarayonni maqbul va qulay usulda o‘zlashtirish mexanizmini yaratadi. O‘quvchi belgilangan vaqt mobaynida qiziqish va ijodiy erkinlik ostida ishlashi, izlanishi mumkin bo‘ladi. Maqsad o‘quvchini individual shakllantirish, o‘z-o‘zini rivojlantirishga qaratiladi.

Innovatsion texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etishda ba’zi to‘siqlarni bartaraf qilish lozim. Bunday to‘siqlar yangicha yondashuvlarni qabul qilmaydi va o‘quvchining imkoniyatlarini cheklab qo‘yadi. Bular ko‘pincha quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

Page 21: 2018-yil. 6-son. - Til va adabiyot ta’limitilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/... · biyot namunalari ham oromgoh kutubxonalaridan joy oldi. Muxlisa DO‘STMUHAMEDOVA

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 21

Metodik tavsiya

1. Ijod to‘sig‘i. Bunda eski dasturlar asosida ishlash-ga ko‘nikkan o‘qituvchi nimanidir o‘zgartirish, bilimlarini to‘ldirish, o‘z ustida ishlash va o‘z-o‘zini rivojlanti rishni xohlamaydi. U ta’lim tizimidagi har qanday o‘zgarishni ichki qarshilik bilan qabul qilib, unga yot unsur sifatida qaraydi.

2. Ichki qo‘rquv. O‘z qolipidan chiqib keta olmaslik, mavjud bilimlarini rivojlantirishni xohlamaslik, boshqalar oldida noqulay yoki kulgili vaziyatga tushib qolishdan qo‘rqish hissi o‘qituvchining noodatiy pedagogik qaror qabul qilish va turli metodlarni qo‘llashdan voz kechishi-ga olib keladi.

3. Shaxsiy qo‘rquv. O‘ziga ishonmaslik, o‘z qobili-yati va kuchini baholay olmaslik, ya’ni o‘z-o‘zini past ba-holash, fikrlarini ochiq ayta olmaslik natijasida ko‘pchilik o‘qituvchilar har qanday o‘zgarishga iloji boricha qattiq qarshilik ko‘rsatishadi.

4. Biryoqlama fikrlash. Eski qonun-qoidalarga tayanib ish ko‘ruvchi pedagoglar o‘z fikrini eng to‘g‘ri, shak-shubhasiz, qayta ko‘rib chiqilmaydigan, muhoka-ma qilinmaydigan tarzda haqqoniy deb hisoblashadi.

Ular yangi bilimlar, malakalarni o‘zlashtirishga intilish-maydi va zamonaviy ta’lim muassasalaridagi o‘zgarish-lar, yangiliklarga ijobiy qaramaydi.

Xulosa o‘rnida aytish kerakki, zamonga hamnafas tarzda kirib kelayotgan va ilm-fan hamda texnikaning ilg‘or tendensiyalarini o‘zida aks ettirayotgan, ularning yanada taraqqiy etishi, jamiyat hayotiga yanada ko‘proq hissa qo‘shishini ta’minlayotgan innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni har qanday sohaga joriy etishni, avva-lo, kishilarning, jamoatchilikning, qolaversa, shu soha mutaxassisining nafaqat ilmiy bilish salohiyati, bal-ki ruhiy-ma’naviy tarbiyasi bilan ham amalga oshirish juda muhim. Chunki har qanday zamonda ilm, tafak-kur ruhiy-ma’naviy qonuniyatlar bilan egiz tarzda rivoj-lanib kelgan. Qachonki inson ongi yangiliklarni odatiy tarzda qabul qilishga tayyor bo‘lsa, u innovatsiyalarni hech qanday aks ta’sirlarsiz qarshi oladi. Buning uchun yosh avlodni zamonaviy ilg‘or tajribalar asosida o‘qitish, ularni barkamol shaxs sifatida kamol toptirish lozim. Bu esa ta’lim tizimi oldiga qo‘yilgan eng mas’uliyatli vazifa bo‘lib qolaveradi.

Adab iyo t o‘qitish meto-dikasida ta’-

limning ma’naviy-axloqiy, adabiy-estetik tamoyilla-riga keng murojaat qilinadi. Zero, hozirgi kungacha yaratilgan badiiy adabiyot namunalari insonni olam jumboqlari-yu ko‘ngil kengliklarini teran anglash orqali ma’naviy-axloqiy kamolot sari yetaklaydi. Qolaversa, badiiy asarlarni adabiyot predmeti doirasida o‘rganib, berilgan matnlarni adabiyot nazariyasi asosida tahlil etish, adabiy ta’lim jarayonida uyushtiriladigan mustaqil ishlarni bajarish o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashi-ni o‘stirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, nutqini boyitishga yordam beradi. Ko‘rinadiki, adabiyot o‘qitish metodikasi didaktika bilan uzviy aloqador.

Husniddin SUYUNOV,Navoiy davlat pedagogika instituti O‘zbek adabiyoti kafedrasi mudiri,

pedagogika fanlari nomzodi,Gulhayo JO‘RAYEVA,

Navoiy davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti

III bosqich talabasi

ADABIY TA’LIMDA SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

USTIDA ISHLASH TAMOYILLARI

Maktabda o‘qitiladigan barcha o‘quv predmetlari uchun umumiy bo‘lgan didaktik tamoyillar nazariy bilim-lar bilan amaliyotning uzviy aloqada bo‘lishini, mavzu-lar, boblar va hatto o‘quv predmetlari orasida o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlaydi. Mazkur tamoyillarning bir qis-mi o‘quvchi faoliyatiga tegishli bo‘lsa, ikkinchi qismi o‘qituv chilarga daxldor. Masalan, o‘quvchilar darsda faollik, izchillik tamoyillariga amal qilishsa, ilmiylik, dars-ni tashkil etishdagi ko‘rgazmalilik, o‘tiladigan mavzu mazmuniga mos metod tanlash, innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalaridan, dasturlashtirilgan ta’lim (kompyuterlar dasturi)dan, shuningdek, qo‘shimcha o‘quv adabiyotlari va mahalliy, tarixiy manbalardan foy-dalanish kabi masalalar bevosita o‘qituvchining kasbiy pedagogik faoliyatida o‘z aksini topadi.

Page 22: 2018-yil. 6-son. - Til va adabiyot ta’limitilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/... · biyot namunalari ham oromgoh kutubxonalaridan joy oldi. Muxlisa DO‘STMUHAMEDOVA

22 e-mail: [email protected]

Metodik tavsiya

Ilmiylik tamoyilini qo‘llash orqali o‘quvchilarga ho-zirgi adabiyotshunoslikda o‘z tasdig‘ini topgan, ilmiy ji-hatdan isbotlangan ma’lumotlar beriladi. O‘qituvchi fan-ning eng so‘nggi yutuqlari asosida darslikdagi barcha mavzularni o‘zaro bog‘liqlikda izohlaydi. Masalan, ada-biyot darslarida ertaklar mavzusi o‘rganilganda o‘quv-chilar ertaklarning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risidagi nazariy ma’lumotlar bilan ham tanishadilar. Shu mavzu havola etilgan bobdan so‘ng berilgan savol va top-shiriqlar asosida o‘rganilgan materiallar umumlashtiril-sa hamda to‘ldirilsa, yangi didaktik manbalar o‘quvchi-lar o‘zlashtirgan bilimlarni boyitish va mustahkamlash-ga xizmat qiladi.

5-sinf “Adabiyot” darsligidagi1 “Ertaklar haqida”, “Ruboiy haqida”, “Hadis haqida”, “Maqol va topishmoqlar haqida”, “Masal haqida”, “She’r haqida”, “Sayohatnoma haqida” kabi nazariy materiallarni ilmiy lik tamoyili asosi-da o‘rganish ulardan oldin o‘rganilgan badiiy asarlarning janriy xususiyatlari bilan uyg‘unlashtirilgan holatda olib boriladi. Shu tariqa o‘quvchilarga adabiyotshunoslikdan dastlabki nazariy ma’lumotlar beriladi. Bu esa shu yosh-dagi o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashi, adabiy-estetik tafakkuri, mantiqiy fikrlash malakasini shakllantirishga yordam beradi. Taniqli psixolog E.G‘oziyevning fikricha, ayni shu yoshdagi “...­o‘quvchilar­uchun­mustaqil­bilim­olish,­ijodiy­fikr­yuri­tish,­o‘zini­o‘zi­boshqarish,­anglash,­baholashga keng imkoniyat yaratiladi. O‘smirlik yoshi-da kattalik holatiga yetish jarayoni sodir bo‘ladi. Bular, avvalo, ta’lim jarayonida ro‘y beradi: yangi axborot-lar, ma’lumotlarni bayon qilish shakli, uslubi va usul-lari o‘smirlarni qoniqtirmay qo‘yadi. O‘smir endi zarur o‘rinlarni mantiqiy xotira va tafakkurga suyangan holda o‘zlashtirishga­harakat­qiladi”2.

Ma’lumki, nazariy ma’lumotlar o‘quvchilarning “Adabiyot nazariyasi” bo‘yicha egallashi kerak bo‘lgan bilimlar silsilasini tashkil etadi.

Oliy o‘quv yurtiga kiruvchi abituriyentlarning test topshiriqlariga bergan javoblari tahlili shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilarning adabiy-nazariy tushunchalarni dastur talablari doirasida o‘zlashtirish darajasi hamon past-ligicha qolmoqda. Bu hol mazkur muammoga maktab ta’limida jiddiy e’tibor qaratishni taqozo etadi.

Mazkur muammoni ijobiy hal etishni faqat darsliklar-da nazariy ma’lumotlarning berilishi bilangina izohlash to‘g‘ri bo‘lmaydi. Chunki har bir badiiy asar tahlilini nazariy tushunchalarsiz uyushtirib bo‘lmaydi. Ayni shu holat asar tahliliga doir savol va topshiriqlarga hamisha izchil va ijodiy yondashish zaruriyatini yuzaga keltiradi.

Umumdidaktik tamoyillarning yadrosini tashkil etuv-chi ilmiylik tamoyili o‘quvchilarga faqat adabiyot darsla-ridagina adabiyotshunoslikka doir nazariy ma’lumotlar-ni o‘rganish tarzida amalga oshirilmasdan, balki badiiy asarlar mazmunidagi ilmiy haqiqatlarni aniqlash, ularda aks etgan tarixiy sanalar va boshqa manbalarni qiyos-

lab o‘rganishda ham qo‘l keladi. Badiiy asarlarda xalq hayotining turli qirralari: udumlari, an’analari, turmush tarzi badiiy so‘z va obrazlar vositasida ifodalanar ekan, ularning ma’no xususiyatlari, obrazliligi har qanday asarga ilmiy jihatdan yondashishni taqozo qiladi.

9-sinfda “Alpomish”3 dostonini o‘rganishda o‘quv-chi xalq dostonlarining ilmiy tasnifi, xalq og‘zaki ijodiga mansub asarlardagi an’anaviy ifoda unsurlari, doston-da tilga olingan qo‘ng‘irot urug‘iga mansub aholining Surxondaryo viloyatida istiqomat qilishi, uning etnik tarkibi, hududiy va demografik xususiyatlari, shuning-dek, qo‘ng‘irot urug‘ining respublikamizdagi boshqa hududlar, masalan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan bog‘liq etnonimik xususiyatini ham o‘zlashtira boradi.

Mazkur dostonni o‘rganishga bag‘ishlangan dars ja-rayonida o‘quvchi asar bilan tanishish va uni tahlil qi lish orqali toponimiya, etnografiya, lingvistika va boshqa fanlarga aloqador dastlabki ilmiy tushunchalarni ham egallaydi.

“Alpomish” dostonida “ming qadamdan tanga pulni” o‘q-yoy yordamida urish musobaqasi tasviri vositasida o‘quvchilarga qadim zamonlardayoq tanga pullarning mavjudligi xususida ilmiy tushunchalar beriladi.

Demak, o‘quvchilarning ilmiy tafakkurini darsliklar-dagi adabiyotshunoslikka oid nazariy ma’lumotlar bi-lan birga fanlararo bog‘lanish orqali ham shakllantirish mumkin.

O‘quvchilarga darslikdagi boblar va boblararo muta-nosiblikni ta’minlovchi savol va topshiriqlar berilishi ba-diiy asarlar tahlilida, albatta, markaziy o‘rinlardan birini egallashi zarur. Darslikka tahliliy badiiy materiallar bilan nazariy ma’lumotlar orasidagi bog‘liqlikni aniqlash ham-da adabiy janrlarning qiyosiy tahlilini amalga oshirishga qaratilgan savol va topshiriqlar kiritish ham maqsadga muvofiq.

O‘qituvchi darslik asosida badiiy asar tahliliga doir savol va topshiriqlar tuzishda quyidagilarga e’tibor qa-ratishi zarur:

1. Adabiy badiiy (nazariy) matnning murakkablik da-rajasi.

2. O‘rganilayotgan matn hajmi.3. O‘quvchilarning yosh xususiyatlari, bilim saviyasi,

turmush tajribasi.4. O‘rganiladigan mavzuga dastur bo‘yicha ajratil-

gan o‘quv soati.Ta’lim tizimida u yoki bu o‘quv predmetini chuqur

o‘rganish, o‘tilgan mavzularni atroflicha o‘zlashtirishda savol va topshiriqlar g‘oyat muhim didaktik vazifani ba-jaradi. Badiiy adabiyotning so‘z san’ati sifatidagi o‘ziga xos xususiyatlarini o‘quvchilar teran idrok etishla riga eri-shish savol va topshiriqlarning ilmiylik, mantiqiy izchil-lik, uzviylik, tizimlilik tamoyillari asosida yaratilishiga, o‘qituvchi va o‘quvchilarning tayyorgarligi darajasiga, hamkorlik aloqalarining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishiga bog‘liq.

1S.Ahmedov, B.Qosimov, R.Qo‘chqorov, Sh.Rizayev. Adabiyot. 5-sinf uchun darslik. T.: Sharq, 2015. 3–68-betlar.2E.G‘oziyev. Psixologiya. Т.: O‘qituvchi, 1994. 133-134-betlar.3Q. Yo‘ldoshev va boshq. Adabiyot. 9-sinf uchun darslik. T.: Yangiyo‘l poligraf servis, 2014. 8-bet.

Page 23: 2018-yil. 6-son. - Til va adabiyot ta’limitilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/... · biyot namunalari ham oromgoh kutubxonalaridan joy oldi. Muxlisa DO‘STMUHAMEDOVA

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 23

Metodik tavsiya

O‘quvchilarning mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini muntazam rivojlantirib borish dars mashg‘ulotlariga qo‘yiladigan talab va vazifalardan biridir. Mazkur jarayonda o‘qituvchi dars mashg‘ulotlarini to‘g‘ri tashkil etishi, til o‘rgatishga oid savol-topshiriqlar tizimini ishlab chiqishi, o‘quvchilarda til o‘rganishga bo‘lgan ko‘nikma va malakalarni shakllantirishi lozim bo‘ladi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, ayrim o‘qituvchilar til o‘rgatish jarayonida darsliklarda berilgan matn bilan qanday ishlash kerakligini yetarlicha bilmaydilar. Ular o‘quv matnini faqatgina yod oldirish, deb biladilar, xolos. Aslida esa, o‘qishdan maqsad – o‘quv matnida keltirilgan ma’lumotlar bilan tanishish, matn mohiyatini tushunish, unga nisbatan ijodiy yondashuvdan iborat. Bu o‘rinda o‘qituvchining vazifasi – o‘quvchilarni to‘g‘ri qo‘yilgan topshiriq hamda savollar orqali matnni tushunish hamda mustaqil, ijodiy fikrlashga undash. Masalan, yangi ma’lumotlar bilan tanishishga mo‘ljallangan o‘quv matni bilan ishlashda quyidagi topshiriqlardan foydalanish mumkin:

1. Berilgan matn mazmuni bilan tanishib chiqing va unda ko‘rsatilgan asosiy g‘oyaga e’tibor qarating. Matn muallifi qanday g‘oyani asos qilib olgan?

2. Matnda keltirilgan ma’lumotlar siz uchun qanday ahamiyatga ega?

3. Matn yuzasidan qanday savollaringiz bor?Agar o‘qituvchi o‘quvchiga yuqoridagi kabi

yo‘naltiruvchi topshiriqlarni berib borsa, o‘quvchi til o‘rganishning maqsadini to‘liq tushungan holda o‘zlashtiradi.

Matn tarjimasi bilan ishlashga qaratilgan dars mashg‘ulotida esa, o‘quvchilarga matn yoki abzasning asosiy go‘yasini aniqlash, matn mavzusi asosida klaster tuzish, mavzu mohiyatini grafik usulda yoritish, matn ichidagi tayanch so‘z va iboralarni taqdimot usulida ko‘rsatish, so‘zlar xilma-xilligi yuzasidan jadvallar tuzish kabi ijodiy faoliyatni shakllantiruvchi mashqlarni bajartirish tavsiya etiladi. Bunday usullar orqali o‘quvchilar tilni tizimli o‘zlashtirish hamda keltirilgan ma’lumotlarning asosiylarini ikkinchi darajali ma’lumotlardan farqlay olishga erishadilar.

Til o‘rganishning yana bir zamonaviy usullaridan biri o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritishga undovchi tafakkurni shakllantirish. Bunda o‘qituvchi tomonidan bir nechta o‘yin-topshiriqlardan iborat mashg‘ulotlar

Hilola SUYUNOVA, Navoiy davlat pedagogika instituti Fakultetlararo chet tillar kafedrasi

ingliz tili fani o‘qituvchisi

O‘QUVCHILARNI IJODIY FIKRLASHGA O‘RGATISH

tayyorlanadi va dars jarayoniga tatbiq etiladi. Masalan: “Continue with your idea” (Fikring bilan davom et) o‘yinida dars mazmuniga bog‘liq, masalan, “Spring” mavzusini tanlab, quyidagi o‘yinni tashkil etish mumkin:

1-o‘quvchi: Spring is coming with joy.2-o‘quvchi: The ground is green and trees are in

blossom.3-o‘quvchi: Farmers begin to plant…

tarzida yuqoridagi fikrlarni davom ettirishadi. Shu tariqa o‘quvchilardan mavzu doirasida bir-birini takrorlamagan holda mantiqiy izchillikda fikr bildirish talab etiladi. Bu usul o‘quvchilarni til o‘rganishga bo‘lgan tezkor mushohadaga undaydi va so‘z boyligining ortishiga ijobiy ta’sir etadi.

“Who is adroit?” o‘yinida o‘quvchilar juftlikda ishlaydilar va berilgan sxemalar asosida gaplar tuzadilar. Har bir o‘quvchi o‘zi tanlagan kartochkasi asosida gap tuzishi shart. Oldin o‘quvchilar bir-birlarini baholaydilar, so‘ngra o‘qituvchi o‘quvchilarning ishlarini baholaydi. Namuna:

S V preposition the park.

Do S V Prep University -----Day?

Simultaneous jigsaw reading. Matn ikkiga bo‘linib, ikkitadan o‘quvchiga juftlikda ishlash uchun beriladi. O‘quvchilar o‘z matnini ovoz chiqarib o‘qiydilar va bir vaqtning o‘zida boshqa o‘quvchining o‘qiganini eshitadilar. Ularga har bir gapdan keyin biroz tanaffus qilib o‘qish buyuriladi. Mashq yakunida ulardan matnning ikkinchi qismi, ya’ni eshitgan qismini bayon qilish so‘raladi. Bu mashq o‘quvchilarning fikrlash, eslab qolish qobiliyatini o‘stiradi.

Dealing with distraction. O‘quvchilar juftlikda ishlaydilar, 1-o‘quvchiga qisqa matnni ovoz chiqarmay o‘qish buyuriladi va bunga vaqt beriladi. Bu paytda 2-o‘quvchi 1-o‘quvchiga o‘qiyotgan matniga oid bo‘lmagan chalg‘ituvchi umumiy savollar beradi. 1-o‘quvchi savollarga “mmm, yeah” deb yoki boshini qimirlatib javob qaytaradi. Shunda 2-o‘quvchi darhol matnga oid savollar beradi va bu bilan 1-o‘quvchining matnni qanchalik tushunib, eslab qolgani tekshiriladi. Bunday usullar o‘quvchilarni tez fikrlashga, topqirlikka o‘rgatish barobarida ularning intellektual salohiyatlarini shakllantiradi.

Page 24: 2018-yil. 6-son. - Til va adabiyot ta’limitilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/... · biyot namunalari ham oromgoh kutubxonalaridan joy oldi. Muxlisa DO‘STMUHAMEDOVA

24 e-mail: [email protected]

Metodik tavsiya

World processes of globalization, which have covered all aspects of modern society, require rethinking long-term objectives of vocational education. Future specialists’ communicative culture in the process of interaction with foreign colleagues in the framework of international cooperation is particularly important in developing a peaceful world. Modern skilled person must be ready to cooperate and communicate with representatives of other countries to exchange professionally relevant information and experience, to be an active participant of intercultural communication. Obviously, the essential tool to establish and maintain such contacts is a foreign language.

However, learning a foreign language is a rather complicated process that requires the concentration of considerable time and effort. This is primarily due to the fact that language knowledge is not transmitted directly from teacher/ lecturer to student, as previously thought, but is obtained through the process of personality-relevant activities. Certainly, only knowledge, without certain skills and competence of their usage, does not solve the problem of future specialists’ training for the real situations of intercultural communication.

The importance of highly qualified teacher training and foreign language teaching was highlighted by President of Uzbekistan Islam Karimov in his speech during the Opening Ceremony of the International Conference “The training of educated and intellectually developed generation as one of the most important conditions for the stable development and modernization of the country” in February, 2012. In this regard, a lot of different measures have been taken in order to raise the professional level of foreign language teachers in the Republic. In spite of this, some of the problems are more difficult to solve than others. One of them is the sociolinguistic competence of foreign language teachers, which they should possess as the main channels of foreign language and culture acquisition.

Zumradkhon TESHABOEVA,Tashkent Chemistry and Technology

Institute, teacher

PROBLEMS OF DEVELOPING SOCIOLINGUISTIC COMPETENCE OF EFL TEACHERS

Sociolinguistic competence (SLC) is a part of communi-cative language competence. Communicative language com-petence consists of linguistic, sociolinguistic and pragmatic competences. According to the “Common European Framework of Reference for Languages: Learning, Teaching, Assessment”, SLC refers to the sociocultur-al conditions of language use: “Through its sensitivity to social conventions (rules of politeness, norms governing relations be-tween generations, sexes, class-es and social groups, linguistic codification of certain fundamen-tal rituals in the functioning of a community), the sociolinguistic component strictly affects all lan-guage communication between representatives of different cul-tures, even though participants may often be unaware of its influ-ence” [1].

SLC is a multifaceted and multi-layered notion, which presupposes knowledge of language spea-kers to communicate appropriately in all of the social, cultural, and pragmatic aspects of the conversation. It becomes even more complicated because of the division of SLC into two categories: appropriateness of form (pragmalinguistics) and appropriateness of meaning (socio-pragmatics) [2, 16]. For non-na-tive speakers it is difficult to control the speech from these two regards. We may sometimes speak cor-rectly in form, but not appropriately in meaning and vice versa.

Thus, SLC influences greatly the communication process between representatives of different cul-tures. Teachers of foreign languages (FL) are those channels through which learners get knowledge about SLC in the process of learning a foreign lan-guage. The goal of teaching a foreign language is to develop communicative language competence of the learners in the target language (TL). We cannot develop the communicative competence without de-veloping sociolinguistic competence of the learners.

If we want our learners to have well-developed

Page 25: 2018-yil. 6-son. - Til va adabiyot ta’limitilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/... · biyot namunalari ham oromgoh kutubxonalaridan joy oldi. Muxlisa DO‘STMUHAMEDOVA

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 25

Metodik tavsiya

SLC, we should, first of all, make sure if our FL teach-ers have it. It is relevant to mention that very often, unfortunately, our FL teachers do not have appropri-ate level of SLC of the target language. If teachers do not have it, the acquisition of SLC for learners be-comes even twice more difficult.

E. Mede and K. Dikilitas in their article “Teaching and Learning SLC: Teacher’s Critical Perceptions” reported on the study they had conducted at Turkish schools and universities. The researchers studied the problem of developing SLC, they interviewed 35 native and 35 non-native EL teachers. The authors state that “classroom environment may not be an appropriate context where SLC can be developed due to several reasons unique to any learning experience in an EFL context such as non-authenticity of the content of the materials”. After analyzing the questionnaires for non-native EL teachers regarding their SLC level, the following themes were pointed out: lack of awareness, lack of exposure to the target culture, a teacher belief and the curriculum [2, 24].

It is relevant to discuss each of the themes. By awareness teachers mean that very often teachers do not know about SLC because of lack of training. The lack of exposure to the target culture means lack of communication with native speakers and absence of visiting/living in the TL countries. The teacher beliefs theme identifies the existing knowledge teachers already have in their heads, which they do not want to change. By telling curriculum teachers named different reasons related to the school programs.

Some educators mistakenly believe that visiting or living in a TL country will develop their SLC greatly. This is not completely true and scientific research proves it too. C.A. Mizne summarizes the study of “King and Silver” about the effect of immersion on SLC, in which they come to conclusion that “the length of stay in a second language environment is beneficial for acquiring SLC but insufficient and time consuming” [3, 9]. This study shows that sending FL teachers to the TL countries for Professional Development courses is not enough for developing their SLC.

We propose the following recommendations for developing SLC of the FL teachers of Uzbekistan. At the moment in the curriculums of the institutes and universities that train future FL teachers in Uzbekistan there is no subject of Sociolinguistics. We believe that this brings to the lack of knowledge about Sociolinguistics in general and SLC in particular. It would be better if this subject is included into the curriculums. Similarly, the topics of “Sociolinguistics”, “Sociolinguistic competence”, “Sociolinguistics in the

multicultural classrooms” should be introduced to the students of all levels (I - IV courses) in the course of different subjects, e.g., Methodology, Country Study, DIC (Developing Intercultural Competence), Pedagogic and other subjects into the pre sented teacher training curriculums.

Another reason of the lack of SLC of FL teachers is when they go to different training and re training courses, there is again a lack of the topics mentioned above in the curriculums of those programs. In the result, pre-service and in-service FL teachers do not get enough knowledge and/or training about SLC. And it becomes a vicious cycle: teachers do not know about SLC, and as a result they cannot transfer it to their learners appropriately. FL teachers usually have this knowledge intuitively, but, we believe, it must be explicitly discussed while teacher-training process.

Thus, we recommend including the following topics into the subjects of pre-service and in-service teacher training curriculums:

Speech act; Speech event (participants, channel place, time,

purpose); Speech styles (intimate, casual, formal, frozen); Sociolinguistic issues in FL classroom; SLC of a FL teacher; Professional competence of a FL teacher; FL teacher’s voice, talk, speech; Multicultural classroom.There is also another problem – lack of standard SLC

tests. This issue has not been studied appropriately yet. As a result, due to the lack of SLC tests, it is hard to check if a person actually has it or not. This is still an issue for future scientific researches.

Possessing cultural, socio linguistic knowledge about language use assumes a higher level of linguistic competence. Unfortunately, sometimes some of the teachers are not competent enough in a foreign language. Maybe we should be stricter and require from the FL teachers Certificates of their language proficiency, such as IELTS. Because sometimes we may meet FL teachers who can hardly speak the TL, let alone possessing SLC.

One of the key recommendations for the issue is raising the teachers’ awareness about the SLC importance. This should be done through explicit instruction during teacher-training process.

Thus, we believe that EFL teachers should get a better training on what is Sociolinguistics, what is SLC itself. Then, they need a better understanding of ways/strategies on how to apply this knowledge into their teaching.

REFERENCES1. Common European Framework of Reference for Languages: Learning, Teaching, Assessment. Available online:­www.сое.

int/t/dg4/linguistic/Source/Framework_EN.pdf.2. B. Mede & K. Dikilitas (December 2015) Teaching and learning sociolinguistic competence: teachers’ critical perceptions.

Participatory Educational Research (PER), Vol. 2(3). Available on-line­http://www.partedres.com/archieve/issue_2_3/2-per_l­5-2­9_volume_2­_issue_3­jpage_l­4_31.pdf.

3. Mizne, Claire Ann. Teaching sociolinguistic competence in the ESL classroom (1997). Senior Thesis Project. 1993-2002. http://www.trace.tennessee.edu/utk_interstpl!20.

Page 26: 2018-yil. 6-son. - Til va adabiyot ta’limitilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/... · biyot namunalari ham oromgoh kutubxonalaridan joy oldi. Muxlisa DO‘STMUHAMEDOVA

26 e-mail: [email protected]

Badiiy ifoda jozibasi va estetik tafakkur qudrati ji-hatidan dunyo adabiyotining eng yuksak talablari dara-jasida ijod qilgan yozuvchi Chingiz Aytmatovning asar-larida odamning odamiyligini ta’minlaydigan sezimlar, inson ruhiyatini tozartirib, uni ezgulikka undaydigan ma’naviy omillar betakror yo‘sinda ta’sirli ifoda etila-di. O‘z bitiklari bilan ochun estetik tafakkuriga yangilik kiritgan daho adib inson ruhiyatining shu vaqtga qa-dar tadqiq etilmagan qatlamlarini tengsiz bir mahorat ila ko‘rsatib berdi. Barimiz ko‘rib yurgan makon va za-mondagi oddiy odamlarning kundalik yumush hamda odatiy munosabatlari zamiridagi umuminsoniy qadri-yatlarni ko‘rsata olgani uchun ham adibning asarlari dunyoviy miqyosga ko‘tariladi.

Chingiz Aytmatov o‘z asarlarida muammo ko‘tarmaydi, balki odamning o‘zi eng buyuk va hech qachon to‘la hal etilmaydigan muammo ekanidan kelib chiqib qalam suradi. Yozuvchining barcha asarlarida odamni muayyan xatti-harakatlar sari yo‘naltirgan axloqiy-ma’naviy asoslarni anglashga urinish aks etadi. Adib nafaqat ezgu amallar egasi bo‘lgan odamlarni, balki yovuz kimsalarning-da ichki olamini tushinishga intiladi. Shuning uchun uning bir oddiy odamlar haqida yozganlari insonning buyukligi yoki yovuzligi haqidagi kutilmagan simfoniya bo‘lib yangrayveradi. Aytmatovning asarlari qahramonlari oddiy kishilar, lekin ular orasida birorta ham tasodifiy odam uchramaydi.

“Asrga tatigulik kun” romani Chingiz Aytmatov ijodida ham, o‘qirmanlar hayotida ham alohida ahamiyatga ega bitik bo‘ldi. Adib asarga X asrda yashab o‘tgan Grigor Narekatsining: “Bu kitob tanimdir mening, Bu so‘z jonimdir mening”, – degan so‘zlarini bekorga epigraf qilib keltirmagandi. Asar g‘oyat ko‘pqatlamli imo-ishoralarga boy bo‘lgani uchun ham uning teran tagma’nolariga, birdaniga tushunib yetish oson

Qozoqboy YO‘LDOSH, pedagogika fanlari doktori, professor

MANQURTLIKNING JONO‘RTAR TASVIRI

(Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligiga)

bo‘lmaydigan tarzda shifrlangan tiliga alohida e’tibor qaratilishi lozim. Shundagina uni bir qadar anglab yetish mumkin bo‘ladi. Romanda odam deb atalmish murakkab yaratiqning haqiqiy qimmati nimada ekani turli taqdirli kishilar hayoti tasviri orqali ko‘rsatilgan. Unda o‘zining etnik tomirini biladigan, bugunning kechadan kelib chiqishini anglaydigan, Yaratgandan qo‘rqib, bandasidan uyalgani sabab o‘z xatti-harakatlarini taftish etadigan odamlardangina ezgulik kelishi aks ettirilgan.

Estetik tafakkuri milliy va ochun folkloridan oziqlangan har qanday rivoyat zamirida chuqur ma’no ko‘ra oladigan yozuvchi “Asrga tatigulik kun” asarida uchta rivoyatdan foydalanadi. Bu rivoyatlarning birortasi ham shunchaki badiiy ekzotika yoki sujetni qiziqarli qilish uchun kiritilmagan. Ularning har biri zilday og‘ir badiiy-estetik yuk tashiydi. Ushbu maqolada asardagi birgina Nayman ona va manqurt o‘g‘il haqidagi rivoyatdan keltirib chiqarish mumkin bo‘lgan ijtimoiy-falsafiy va badiiy-estetik ma’nolar ifodasiga to‘xtab o‘tiladi.

Hamonki, so‘z manqurtlik tushunchasi haqida borar ekan, oldin ushbu so‘zning kelib chiqishi va ma’nosi to‘g‘risida fikr yuritsak durust bo‘ladi. Ozarbayjonlik olima Ulviya Husaynovaning “Об этимологии слова манкурт”1 maqolasi shu muammo yechimiga bag‘ishlangan. Olima turli ilmiy adabiyotlarga tayanib, “manqurt” so‘zi “aqlsiz, esi yo‘q” ma’nosidagi qadimgi turkiy munquldan kelib chiqqan bo‘lishi mumkinligini taxmin qiladi2. Shuningdek, manbalarda mo‘g‘il tilida “nodon, aqlsiz” ma’nosidagi “manguu” shakli va “tentak bo‘ldi, aqldan ozdi” anglamidagi “manguurax” ko‘rinishi borligini ham qayd etadi. Ulviyaning “manqurt” leks emasi qadimgi turkiy tilda “bel bog‘lamoq, shaylanmoq” ma’nolarida qo‘llaniladigan “man” hamda “quritilgan” anglamidagi “qurut” so‘zlari qo‘shiluvidan yuzaga kelgan3 degan gipotezasida ham mantiq yo‘q emas.

Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” ki-tobida turkiy “munduz” so‘zi “aqlsiz,­ laqma” ma’nola-rini bildirishi ko‘rsatilgan. “Devon...”da ushbu so‘zning ma’nosiga misol tariqasida “Нэчә мундуз эрсә эш эзгұ, Нэчә эгрі эрсә жол эзгұ”4 (Qancha aqlsiz bo‘lsa-da­ yo‘ldosh­ yaxshi,­ Qancha­ egri­ bo‘lsa-da­ yo‘l­yaxshi) maqoli keltiriladi. Shuningdek, ushbu kitob-da eski turkiyda “munduz” so‘zi o‘zagiga qo‘shimcha qo‘shish orqali “aljiradi,­ aqldan­ ozdi”­ ma’nosini ang-

Adabiy taqvim

Page 27: 2018-yil. 6-son. - Til va adabiyot ta’limitilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/... · biyot namunalari ham oromgoh kutubxonalaridan joy oldi. Muxlisa DO‘STMUHAMEDOVA

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 27

Adabiy taqvim

latuvchi “mundi”5 fe’li yasalishi ham ko‘rsatiladi. Tildagi ushbu holatlar kishi-da, balki, “manqurt” leksemasi “mun” o‘zagiga “qurt” so‘zini qo‘shish yo‘li bilan hosil qilingan va fonetik o‘zgarish-ga uchrab “munqurt” “manqurt”ga aylangandir, degan fikr paydo qiladi.

“Manqurt” leksemasi etimologiyasini turkiy til qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda o‘zgacha yo‘sinda talqin etishga ham muayyan asoslar bor. Bu so‘zning qarluq va o‘g‘iz lahjalarida I shaxsni anglatuvchi “man” va ko‘pchilik turkiy tillar uchun yaqin bo‘lgan “qotirilgan,­quritilgan­ma’nosidagi” “qurut” so‘zlari qo‘shiluvidan paydo bo‘lgani ehtimolini ham inkor qilib bo‘lmaydi. Zero, bu so‘z shaxsligi, odamligi quritilgan kimsani anglatishga xizmat qiladi. Hozirgi qirg‘iz tilida qo‘l-oyoqsiz mayib ma’nosini anglatuvchi munju so‘zi bor. O‘zbek tilida esa qo‘li yoki oyog‘i yoxud birvarakayiga qo‘l va oyog‘i ham yo‘q, ayni vaqtda esi ham butun bo‘lmagan kishilarga nisbatan “mo‘ndik”, “mertik” so‘zlari ishlatiladiki, bu misollar “manqurt” so‘zining turkiy tillarda chuqur ildizga ega bo‘lganidan dalolat beradi.

Chingiz Aytmatov Muxtor Shaxanov bilan qilgan suhbatlaridan iborat “Cho‘qqida qolgan ovchining ohi-zori” asarida bolaligida qirg‘izlarning yarashiqsiz qiliq qilgan kimsaga: “Sen manqurtmisan nima balo?” – deganlarini ko‘p eshitganini qayd etadi. Shuningdek, ushbu asarda mashhur manaschi oqin Soyaqboy Qoralayev qirg‘iz-qalmoq urushi davrida olingan asirlarni manqurtga aylantirishday yaramas odat bo‘lgani va uning mexanizmi borasida so‘zlab berganini, bunga “Manas”dan ham misollar keltirganini yozadi.6

E’tibor qaratilishi kerak bo‘lgan yana bir muhim jihat shundaki, Aytmatovning romani yaratilishidan oltmish besh yil burun o‘zbek jadidlarining otasi Mahmudxo‘ja Behbudiy “Oyna” jurnalining 1915-yilgi 22-, 23-, 25-, 26- sonlarida e’lon qilgan “Sart so‘zi majhuldir” maqolasida: “Qabilasining ismini va yetti otasining otini bilmayturgonlarni qul – marquq derlar”, – deb yozgan edi.7 Ko‘rinadiki, Behbudiy ishlatgan “marquq” so‘zi ham shakli, ham ma’nosiga ko‘ra Aytmatov qo‘llagan so‘zning o‘zginasini anglatadi. Bu dalillar “manqurt” leksemasi yozuvchi tomonidan o‘ylab chiqarilmagan, balki turkiy tilning qadim qatlamlaridan kovlab topilgan, degan to‘xtamga kelishga asos beradi.

Yozuvchi romanda odamni uning lavozimi ham, boyligi ham, kuchi ham emas, balki ajdodlardan o‘tib kelayotgan ezgu qadriyatlarni saqlab qolib, ularga amal qilishi ulug‘lanishini o‘ta ta’sirli yo‘sinda aks ettiradi. Yozuvchi “O‘zim haqimda qaydlar” maqolasida: “Bizning­ ovulimizda­ yetti­ otasini­ bilish­ odatiga­ qat’iy­rioya qilinardi. Shu sababdan o‘zimizdan oldin o‘tgan

yetti ajdodimizni bilish muqaddas burch ekanligi bolalikdanoq ongimizga singdirilardi. Odatda, ovul qariyalari­bu­borada­o‘g‘il­bolalarni:­“Qani­aytchi,­botir,­kimlarning­avlodidansan?­Otang­kim?­Otangning­ota-bobolari­kimlar?­Nima­ish­bilan­shug‘ullanishgan?”­kabi­savollar bilan sinashardi. Agar bola bu savollarga javob berolmasa,­uning­ota-onasi­qattiq­ izza­qilinardi”,–­deb­yozadi.8 Bu iqror Aytmatov har bir odamning shaxs sifatida shakllanishida o‘z o‘tmishini bilishining katta o‘rni borligiga uzoq bolaligidan e’tibor berib kelganini bildiradi.

Kishida insoniy sifatlarni yuzaga keltirish, unga o‘zligini tanitishda ona tilining ulkan ahamiyatga egaligi to‘g‘risida adib: “Bolalikda­shuurga­singdirilgan­ona tiligina... insonda milliy g‘ururning ilk kurtaklarini uyg‘otishi­...mumkin”, – deb yozadi. 1972-yilda qilingan bu iqror keyinroq yaratilgan “Asrga tatigulik kun” romanining asl mohiyatini belgilash hamda bu asar zamiridagi ma’noni anglab yetishda muhim ochqich vazifasini bajaradi. Ch.Aytmatov shaxsiyatidagi ana shu asl tuyg‘ular manqurt Jo‘lomon fojiasini, uning turli davrlardagi qiyofadoshlari bo‘lmish: revizor, mayor Tansiqboyev, leytenant Tansiqboyev, Sobitjon singari kimsalarning ma’naviy-ruhiy qashshoqligi hamda bu ma’naviy g‘ariblikning buzg‘unchi qudratini butun ko‘lami bilan ko‘rsatish imkonini beradi. Asarda bir qator timsollar tasviri orqali kechagi kuniga bog‘lanmagan odam ertangi kunini o‘ylay olmasligi sabab faqat buguni bilan yashashga mahkum ekani ko‘rsatilgan. O‘tmish va kelajakdan uzilganlik, ya’ni ma’naviy tomirlarning qirqilishi odam ruhiyatidagi yovuzliklardan qaytaruvchi axloqiy to‘siqning yo‘qolganini bildiradi. Bunday kimsalar uchun o‘z manfaatidan yuksak qadriyat, muqaddas tushuncha bo‘lmaydi.

Zamonaviy manqurt Sobitjon o‘z milliy tomiridan uzilgani uchun ham bu ochunda omonat yashaydi, u kechagi kunni bilmagani va suymaganidek, ertangi kunni yaxshi ko‘rishga ham qodir emas. Faqat

Page 28: 2018-yil. 6-son. - Til va adabiyot ta’limitilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/... · biyot namunalari ham oromgoh kutubxonalaridan joy oldi. Muxlisa DO‘STMUHAMEDOVA

28 e-mail: [email protected]

Adabiy taqvim

bugunidan iborat bu kimsa, Edilboy daroz aytganidek, “...o‘zi­o‘ziniki­bo‘lmay­qolgan” nusxaga aylangan.

Ch.Aytmatov inson ruhiyatining ulkan bilimdoni sifatida manqurt afsonasida qatnashgan har bir timsolning ko‘ngil kechinmalarini eng mayda tebranishlariga qadar aniq tasvirlaydi. Nayman onaning chegarasiz dard-u alami ifodalangan rivoyat tasvirida yozuvchi asosiy e’tiborni asar qahramonlarining ruhiy kechinmalarini aks ettirishga qaratadi. Bu hol, umuman, manqurtlik, xususan, Nayman ona fojiasining butun ko‘lamini tuyish imkonini beradi.

Oldin eri, so‘ng o‘g‘lidan ham ajralgan bo‘lsa-da, odamni odam qilib turadigan ma’naviy sifatlar: odamiyligi, g‘ururi, azaliy udumlarga hurmatini saqlab qola bilgan Nayman ona shaxsiyatidagi butunlik asarda ishonarli ko‘rsatilgan. Romanda onaning ruhiy holatidagi ichki dinamikaning tadrijiy bosqichlari ulkan mahorat bilan tasvirlanadi. Chunonchi, afsona boshlarida ona tuyg‘ulari “Sayyoh­ savdogarlar­...Sario‘zakda uchragan yosh manqurt haqida gap ochib Nayman onaning o‘rtangan yuragini battar o‘rtab, yarasiga tuz sepishganini ...payqashmagan edi. Ona qandaydir falokatni sezib, yuragi orqasiga tortib ketdi. O‘sha­manqurt­mening­o‘g‘lim­bo‘lib­chiqsa-ya,­degan­hadik­borgan­sari­kuchayib,­uning­aql-u­hushini,­butun­vujudini tobora chuqurroq, tobora kuchliroq chirmab ola boshladi. O‘sha manqurtni izlab topib, o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, uning ...o‘g‘li emasligiga ishonch hosil qilmaguncha­ ko‘ngli­ tinchimasligiga­ ko‘zi­ yetgan­ edi”­tarzida berilgan. Ushbu ifodalardagi nozik nuqtalarda onaning yuragini o‘rtagan alamlar zalvori aks etgan. Bu tasvirda odam ruhiyati, sezimlari g‘oyat o‘zgaruvchan ekani ko‘rsatilgan. Unda o‘g‘lining yo qahramonlarcha halok bo‘lgani, yoki yov o‘qidan o‘lib, o‘ligi dalada qolgani, yoxud manqurt holiga tushirilgan bo‘lishi mumkinligiday uch ehtimolning har birini ham o‘yiga keltirishdan qo‘rqayotgan, ayni vaqtda bor haqiqatni bilmaguncha tinchiy olmaydigan sho‘rlik ona holati tengsiz mahorat bilan tasvirlangan.

Asarda Nayman onaning o‘ylari, ko‘ngil hola-ti tinimsiz o‘zgarib turishi g‘oyat ishonarli ko‘rsatiladi. Romanda onaning goh: “O‘g‘limni­tirik­ko‘rsam,­manqurt­bo‘lsa ham, aqldan ozib hech nimani eslay olmaydigan merov bo‘lib qolgan bo‘lsa ham mayli. O‘g‘limning, ish-qilib,­joni­omon­bo‘lsa­bas”,­–­deb o‘ylashi, gohida esa “...o‘g‘limning­o‘rniga­ovsar­va­majruh­bir­kimsaga­duch­kelib­qolsam,­holim­ne­kechadi?”­– deya ko‘ngli vayron bo‘lishi, yana bir zumdan keyin: “...nima­ bo‘lsa­ ham,­biron kimsaning emas, balki o‘zining dilbandini topish ishtiyoqi­ona­qalbini­chulg‘ab­olgan”ligi tasvirlanadi.

Yozuvchi onaning o‘zi izlab yurgan tuyalar uyurini ko‘rgandagi ruhiy holatini cheksiz mahorat bilan aks ettiradi: “Uyurni­ izlab­ topganidan­ quvonchi­ichiga sig‘may, nafasi bo‘g‘ziga tiqildi. Ammo shu zahotiyoq manqurt qilib qo‘yilgan o‘g‘lini ko‘rishni eslab, qo‘rqqanidan a’zoyi badani muzlab ketdi. So‘ng

yuragi yana quvonchga to‘ldi va shu bilan ne ahvolga tushganini­o‘zi­ham­anglamay­qoldi”. Kichkinagina shu tasvirda onaning tinimsiz o‘zgarib turgan ruhiy dunyosi ustalik bilan tabiiy aks ettirilgan. Onaning tuyg‘ulari kiprikdagi yoshday omonatligi, salgina harakat uning hissiyot olamini ostin-ustun qilib yuborishga qodirligi o‘ta ta’sirli ifoda qilingan.

Nayman onaning manqurt bolasini topgandan keyin-gi holati ham romanda tengsiz ustalik bilan haqqoniy chizilgan: yovqur tabiatli bu ayolning o‘z bolasini shu holicha taqdir hukmiga tashlab qo‘yishi mumkin emas-di. Shuning uchun ham ayolning nima qilib bo‘lsa-da, o‘g‘li tabiatini o‘zgartirishga, uning xotirasini jonlantirish-ga urinib qilgan jonsarak harakatlarida hayotiy haqiqat va xarakter mantig‘i yaqqol ko‘zga tashlanadi. Onaning o‘g‘lini o‘zi bilan olib ketishga urinishi manzaralarida in-soniy fojianing avj nuqtalari ta’sirli tasvirlangan.

Romanda manqurt o‘g‘il tabiati onaning adadsiz fojiasi orqali aks ettiriladi. Sababki, o‘zining ahvoli ayanchli ekanini bilgan odamgina iztirob chekadi, holatidagi fojiani anglamagan kimsa uchun esa har qanday iztirob o‘z ma’nosini yo‘qotadi. Onaning cheksiz iztiroblari va ruhiy qiynoqlarini ko‘rsatish nafaqat jismi, balki tuyg‘ulari ham qul qilinib, muhabbat, nafrat singari sezimlardan mahrum etilgan, o‘tmish deb atalguvchi tengsiz ma’naviy buloq bilan bog‘lab turadigan tomir bo‘lmish xotirasidan judo qilingan Jo‘lomonning qiyofasiz qiyofasini etni junjiktirar darajada aniq tasavvur qilish imkonini bergan. Shaxsligidan ajratilgan g‘arib Jo‘lomon obrazining o‘zi orqali buni ko‘rsatish mumkin emasdi. Asardagi: “Biroq­ onaning­ kelgani­unga go‘yo har doim yonida yurganday, zarracha ta’sir qilmadi. U hatto onadan kimsan, nega yig‘layapsan, deb so‘ramadi ham. Ma’lum lahzalardan so‘ng onaning qo‘lini yelkasidan surib tashlab, ustida yuk bor tuyasini yetaklagancha­odimlab­ketdi...” yo‘sinida aks ettirilgan holatning butun ruhiy-emotsional yuki manqurt o‘g‘li ahvolini kuzatib turishdan o‘zga chorasi yo‘q ona yelkasini qanday bosayotgani real tasvirlangan.

Asarda onaning o‘yi, xatti-harakati, gap-so‘zi, ruhiyatidagi har bir o‘zgarish mantiqiy asosga ega holda ko‘rsatilgan. Shuning uchun ham Nayman onaning: “Yerdan­mahrum­etish­mumkin,­mol-dunyodan­mahrum­etish mumkin, hatto insonni yashashdan mahrum etish ham mumkin. Biroq odamni xotirasidan mahrum etishni kim­ o‘ylab­ topdi­ ekan?!­ Yo­ rabbiy,­ agar­ olamda­ bor­bo‘lsang, bandalaringga bunday yovuzlikni qanday ravo­ko‘rding?­Yer­yuzida­usiz­ham­yovuzlik­kammidi?”­tarzidagi nolasida zarracha sun’iylik yo‘q. O‘g‘lining tirik murdaligini ko‘rgan ona fojiasining butun ko‘lami: “Men­bo‘tasi­o‘lgan­bo‘z­moya,­Tulubin­kelib­ iskagan”­satrlarida bor dahshati bilan yaqqol namoyon bo‘lgan. Bu satrlarda bo‘tasi o‘lgan ona tuyaning terisiga somon tiqilgan bolasini sog‘inib iskashi aks etadi.

Romanda Nayman onaning manqurt o‘g‘lini ko‘rgandan keyingi to‘xtami uning ruhiy olamiga

Page 29: 2018-yil. 6-son. - Til va adabiyot ta’limitilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/... · biyot namunalari ham oromgoh kutubxonalaridan joy oldi. Muxlisa DO‘STMUHAMEDOVA

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 29

Adabiy taqvim

muvofiq ishonarli aks ettirilgan:­“O‘g‘lini­qullikda­tashlab­ketmay, bir amallab birga olib ketishga qaror qildi ona. O‘g‘li manqurt bo‘lsa ham mayli, hech nimani tushunib, anglab yetmasa ham mayli, kimsasiz cho‘lda, jungjanglarning tuyasini boqib xor bo‘lib yurganidan ko‘ra o‘z uyida, o‘z odamlari orasida yashagani yaxshi emasmi?­ Ona­ qalbi­ shuni­ istardi.­ Boshqalar­ taqdirga­tan berib ketishi mumkin bo‘lgan holga ona sira ham ko‘na olmasdi. U o‘z qoni va jonini, ko‘z qorachig‘ini qullikda­ qoldirib­ ketishni­ sira-sira­ istamasdi”.­Chindan ham ona boshqacha yo‘l tutolmasdi: bolasi qanday ahvoldaligidan qat’i nazar, uning farzandi edi va undan voz kecholmasdi.

Nayman onaning so‘nggi holati tasviri o‘quvchiga ona tuygan sezimlarni tuyish, uning tuyg‘ularini ko‘nglidan kechirish, ruhiy holatini o‘z ruhiyatiga ko‘chirish imkonini beradi: “Botayotgan­ quyosh­ shu’lalari­ qo‘sh­ o‘rkach­o‘rtasida o‘tirib olgan ona qiyofasini baralla ko‘rsatardi. U jiddiy tusda, yuzlarining qoni qochgan holda hushyor tortib, xavotirlanib o‘tirardi. Sochlari oqarib ketgan, manglayini­ ajin­ bosgan,­ g‘am-g‘ussali­ ko‘zlariga­ esa­Sario‘zak­ xuftoni­ singari­ g‘am-tashvish­ cho‘kkan­ edi”.­Shu o‘rinlarda hayotining ma’nosi bo‘lmish yolg‘iz o‘g‘li manqurtga aylantirilgani sabab ham tani, ham ruhi ezilib tamom bo‘lgan onaning abgor holati butun dahshati bilan ifoda etilgan.

Manqurt afsonasi tasvirini berar ekan, yozuvchi odamni manqurtga aylantirgan jungjanglarga bo‘lgan nafratini bekitmaydi, tuyg‘usini o‘quvchiga-da yuq-tirishga urinadi. Muallif romandagi revizor, mayor Tansiqboyev, leytenant Tansiqboyev va Sobitjonga o‘xshash ezgu qadriyatlarni e’zozlash, odam ko‘ngli-ni anglashdan yiroq manqurttabiat, hissiz kimsalarni yetishtirgan sharoitga bo‘lgan nafratini ham jo‘shqin ifoda etadi. Yozuvchining romanda aks etgan qaynoq sezimlari, otashin tuyg‘ulari asarning pafosi darajasiga ko‘tarilgani uchun ham kishini o‘ziga ergashtiradi, uni muvozanatdan chiqarib, muayyan ma’naviy-axloqiy pozitsiyani tanlashga yo‘naltiradi.

Zotan, manqurtlik biror odamning shaxsiy fojiasi emas. Chunki manqurt bo‘lib tug‘ilmaydilar, balki manqurt qilinadilar. Romanda odamday mukarram yaratiqni manqurtga aylantirishdan qaytmaydigan, har qanday buyruqni o‘ylab o‘tirmay bajarishga tayyor zombilardan iborat bo‘lishini istaydigan tuzumga nafrat aks etgan. Chingiz Aytmatov “Asrga tatigulik kun”

romanidagi manqurt afsonasi orqali butun insoniyatni, ayniqsa, turkiy xalqlarni ogohlantirib, ularni tarixning qonli saboqlaridan to‘g‘ri xulosa chiqarishga chaqiradi.

Turkiy uluslarning eng qadim davrlardan to bugunga qadar boshqalar qolib, bir-biri bilan yovlashib kelayotganini kuzatgan kishi manqurtlik turkiylar uchun suyak suradigan genotip illat emasmikin, degan o‘yga keladi. Qadim toshbitiklarda turkiy bahodirlar ko‘rsatgan qahramonliklar o‘chmaydigan qilib o‘yib yozilgani bilan masrur bo‘lamiz. Lekin bobolar kimga qarshi bo‘lgan jang-u jadallarda qahramonlik ko‘rsatganini o‘ylab ko‘rmaymiz. Fojiali tomoni shundaki, toshbitiklarda qirg‘iz, uyg‘ur, tatar, o‘g‘iz, to‘qqiz o‘g‘iz, so‘g‘d, qarluq kabi turkiy urug‘-qabilalar o‘zaro jang-u jadallar qilgani aks etgan.

Kulteginning: “Ey­ turk­ xalqi,­ g‘oyat­ ishonuvchan-san.­ Samimiydan­ nosamimiyni­ ajratmaysan.­ O‘shan-dayliging uchun tarbiyat qilgan xoqoningning so‘zini olmayin har qayerga ketding, u yerlarda butunlay g‘oyib bo‘lding,­nom-nishonsiz­ketding...­Turkning­endigi­xalqi,­beklari!­Uy,­dunyogagina­qaraydigan,­ko‘ziga­faqat­mol-mulk­ko‘rinadigan­beklar,­sizlar­–­gumrohsiz­lar!”­– de-gan iddaosi bugun ham o‘z dol zarbligini yo‘qotmagan.

Bitiktoshlardagi qaydlar turkiy qavmlarning ko‘proq o‘zlari bilan yovlashganiga tonig‘liq qiladi, Chingiz Aytmatovning “Oq kema” qissasida qirg‘izlarni Boyko‘l bo‘ylaridan Issiqko‘l qirg‘oqlariga quvg‘in qilgan yov ham aslida judayam begona bo‘lmagan. Insoniyatning yovuzlik tajribasini manqurtlikday o‘xshashi yo‘q jinoyat bilan boyitgan jungjanglarni ham turkiy xalqlarga tamomila yot deb bo‘lmaydi. Bir-biri bilan yovlashishday qonli an’ana bugun ham unutilmagani achinarlidir. Bizning kunlarimizda ham o‘zbeklarning axsika turklari bilan, qirg‘izlarning o‘zbeklar bilan yovlashishlari, eng yomoni, bundan millat oydinlari tashvishga tushib, yoqa yirtmayotganliklarini zamonaviy manqurtlikning ko‘rinishi deyish mumkin.

Manqurt afsonasi vositasida Aytmatov har bir ulus jahon ayvonida o‘z o‘rniga ega xalq o‘laroq mavjud bo‘lishi uchun o‘z tarixi, o‘tmishi, ma’naviy ildizlarini bilishi kerakligini, aks holda u ertangi kunidan mahrum bo‘lishi mumkinligini o‘ta ishonarli aks ettirgan. Bu afsona, umuman, bashariyatni, xususan, turkiy uluslarni o‘z o‘tmishi va ezgu ma’naviy qadriyatlarini o‘zlashtirib olish orqali birlashishga chorlaydi.

1У.Гусейнова. Об этимологии слова манкурт // Баку университетиниң хабарлари, 2006. №2. С. 181–185.2Древнетюркский словарь. Ленинград: “Наука”, 1969. С. 349.3Монгольско-русский словарь. Москва: ГИС, 1957. С. 235.4Mahmud Koshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. 1-tom. Т.: Fan, 1960. 426-bet.5Mahmud Koshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. 2-tom. T.: Fan, 1961. 38-bet.6Ч.Айтматов, М.Шаханов. Плач охотника над пропастью. Ч.Айтматов. Полное собрание сочинений в восьми томах. Том 6. Алматы. “БТА БАНК”, 2008. C. 378–380.7M.Behbudiy. Tanlangan asarlar. T.: Ma’naviyat, 1997. 173-bet.8Ч.Айтматов. Полное собрание сочинений в восьми томах. Том 8. Алматы. “БТА БАНК”, 2008. C. 222.

Page 30: 2018-yil. 6-son. - Til va adabiyot ta’limitilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/... · biyot namunalari ham oromgoh kutubxonalaridan joy oldi. Muxlisa DO‘STMUHAMEDOVA

30 e-mail: [email protected]

Mohir so‘z san’atkori Abdulla Oripovning ona tilimiz imkoniyatlaridan foydalanish mahorati katta ibrat maktabiga aylangan. Shoir o‘z ijodida xalq jonli tilining hikmatli so‘z va iboralariga mehr va mas’uliyat bilan yondashadi, tilimiz go‘zalligi bilan faxrlanadi. Uni asrash zarurligini, undan ijodiy foydalanishni qayta-qayta uqtiradi. “Ona tilimizning ipakday tovlanishi, go‘zal ritmikasi, boy aslahaxonasi bor. Har qanday shaklni qo‘llaganda ham, ana shu xazinadan foydalanish kerak. Foydalanish uchun esa bilish kerak, bilish uchun bolalikdan til boyliklaridan bahramand bo‘lib borish lozim... Tilimizning boyligi hech qayoqqa ketmagan, o‘z qo‘limizda mavjud”1. Shoir ijodini kuzatar ekanmiz, ana shunday ijodiy tajribaga suyanganini darhol payqaymiz. Adabiyotshunos olim H.Umurov “badiiy asar tili xalq tili (jonli til, adabiy til)ga asoslanganligi sabab unda xalqchillik ruhi doimo ustun turishi”2ni ta’kidlaydi.

Abdulla Oripov she’rlarida ham jonli xalq tiliga xos hikmatli ifodalar, go‘zal iboralar, lutflar, hazil va qochiriqlarning o‘z o‘rnida, me’yorida ishlatilishi ularning xalqona ruhi va yuksak badiiyatini ta’minlagan. Xalq og‘zaki ijodida (yor-yor, alla, o‘lan, lapar kabi) xalq tilida mavjud bo‘lgan frazeologik birliklar, badiiy san’atlar, ayniqsa fikr, so‘z takrori natijasida go‘zal manzaralar, o‘ziga xos poetik olam vujudga keladi. Xalq dardini, xalq tilini va ruhini teran anglagan ijodkorlar asarlarida ana shu xususiyat yetakchilik qiladi. Abdulla Oripov she’riyatida ham oddiy so‘zlarning takror qo‘llanilishi (takrir san’ati) shoir uslubiga xoslikni yuzaga keltiradi.

Shu bois “O‘zbekiston”, “Sen bahorni sog‘inmadingmi?”, “Nay”, “Birinchi muhabbatim”, “Inson”, “Munojot”ni tinglab” kabi o‘nlab she’rlari so‘z san’atining yuksak namunalari sanaladi. Ularning alohida bandlari haqida ham, hatto ayrim misralari borasida ham bemalol ilmiy mulohaza yuritish mumkin.

Shu ma’noda tadqiqotchi M. Xoliyorov3 shoirning “Munojot”ni tinglab” she’ri oxirgi bandini ajratib olib, mustaqil she’r sifatida tahlil etgani bejiz emas. Hatto bu to‘rtlikka shartli ravishda “G‘am” deb sarlavha ham qo‘ygan (biz ham uni shunday ataymiz). Gap Abdulla Oripov ijodida keng qo‘llaniladigan g‘am so‘zi ustida borayotgani bois mazkur maqolaga nisbatan munosabat bildirish lozim ko‘rinadi. Maqola muallifi gapni uzoqdan boshlaydi. U, avvalo, “g‘am” so‘zining semantik mohiyati, tildagi o‘rnini belgilab olishni ma’qul ko‘radi: “Hayot”­ so‘zi­ ongimizga­ sig‘adigan­ eng­ katta­qamrovli­ so‘zlardan­ sanaladi.­ U­ “g‘am”­ va­ “shodlik”­kabi ikki qutbga bo‘linadigan tushunchalarni o‘z ichiga oladi,­ “g‘am”­ va­ “shodlik”­ tushunchalari­ she’riyatning­

Akram HAMDAMOV, Qarshi davlat universiteti katta

o‘qituvchisi, filologiya fanlari nomzodi;Obidjon KARIMOV,

Namangan davlat universiteti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi

ABDULLA ORIPOVNING “MUNOJOTNI TINGLAB” SHE’RIDAGI O‘ZIGA XOS MO‘JIZA HAQIDA

deyarli barcha mavzularini qamrab oladi. Shoir qaysi mavzuda­ asar­ yaratmasin,­ u­ yo­ “g‘am”­ yoki­ “shodlik”­tushunchalari bilan aloqador bo‘lib chiqadi. Yo shodlik tuyg‘ularini­uyg‘otadi­yoki­g‘amgin­kayfiyat­yaratadi.

“G‘am”­she’rining­qamrov­ko‘lami­ana­shu­darajada­ulkan. Agar ijtimoiy hayotda shodlikka nisbatan g‘am tug‘diruvchi omillarning ko‘proq uchrashini ham nazarga oladigan bo‘lsak, she’rning qamrov ko‘lamini anglab yetishga tasavvurimiz ojizlik qilib qoladi”4. Shundan keyin tadqiqotchi “g‘am” tushunchasining evolutsiyasini chizib beradi. Tadqiqotchi dastlab “g‘am”ning qiyofasi musiqiy shaklda hosil bo‘lganligi haqida ma’lumot beradi.

Insoniyat tarixan azob-uqubatlarga to‘la og‘ir hayot kechirib kelgan. Bu mashaqqatlardan tug‘ilgan g‘am-alamning obrazi dastavval musiqiy shaklda o‘z ifodasini topa boshlagan. G‘amgin kuylar yaratilgan, g‘amgin qo‘shiqlar to‘qilgan. Xalq orasidan mohir ijrochilar ham yetishib chiqa boshlagan. San’atkorlar g‘amgin kuy va qo‘shiqlarni avloddan avlodga yetkazib, eski kuylarga yangicha sayqal bergan. Shunday qilib, asta-sekin g‘amning musiqiy qiyofasi shakllana boshlagan. G‘amgin kuy va qo‘shiqlar asrlar sinovidan o‘tib, musiqiy haqiqat darajasiga ko‘tarila boshlagan. Shundan so‘ng olim “G‘am” she’rining yuzaga kelishi haqida fikr yuritadi. Bu fikrlarda she’r mazmuni teran ochilgan.

Musiqiy haqiqatga aylangan ana shunday kuylardan birini tinglab o‘tirgan damda yosh shoir Abdulla Oripovni chuqur ijodiy xayol o‘z og‘ushiga oladi. Ajdodlarning mashaqqatga to‘la o‘tmishi uning ko‘z oldidan bir-bir o‘ta boshlaydi. Bu tarixiy silsilani unga g‘amgin kuy o‘z tilida so‘zlab bera boshlaydi. Shoir ongida g‘amning badiiy qiyofasi shakllana boshlaydi. Tuyg‘ulari asta-sekin ichki bir nidoga aylanib, shoir qalbidan sirqirab oqib chiqadi:

Eshilib, to‘lg‘anib ingranadi kuy,Asrlar g‘amini so‘ylar munojot.Kuyi shunday bo‘lsa, g‘amning o‘zigaQanday chiday olgan ekan odamzod!

Adabiyot tarixi hali bunday mo‘jizani uchratmagan, shoir ham o‘z asarining badiiy qimmatini hali to‘la anglab yetmagan edi.

“Abdulla­o‘zining­“G‘am”­she’rida­ham­badiiy­haqiqat­yaratgan, ham geniallik darajasigacha ko‘tarila olgan. Yana­buning­ustiga,­ birdaniga­bir-biriga­o‘xshamagan­uchta mustaqil sohaga xos bo‘lgan mukammallikka ham erishgan:

­1)­badiiy­mukammallik;­ 2) ilmiy mukammallik;

Tahlil

Page 31: 2018-yil. 6-son. - Til va adabiyot ta’limitilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/... · biyot namunalari ham oromgoh kutubxonalaridan joy oldi. Muxlisa DO‘STMUHAMEDOVA

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 31

Tahlil

3) mantiqiy mukammallik.Bu mukammalliklar badiiy asar uchun zaruriy

shart sanaladigan kompozitsion mukammallik degan umumiy o‘lchamni ham keltirib chiqaradi. Kompozitsion mukammallik harbiy istehkom qurilmasiga o‘xshaydi. Undagi unsurlarni o‘zgartirish ham, almashtirish ham, ko‘paytirish ham, kamaytirish ham mumkin emas. “G‘am”ning­ kompozitsion­ tuzilishi­ ham­ ana­ shunday­harbiy qal’aning aynan o‘zginasi”5.

Mustahkamlik qurilishda ishlatiladigan ashyolarning sifatiga ham bog‘liq. “G‘am” she’ri kuyning harakatdagi tasviri bilan boshlanadi: eshilib, to‘lg‘anib so‘zlari chidab bo‘lmas darajada azob chekayotgan inson holatining tipik belgisi, yorqin ifodasi sifatida namoyon bo‘ladi. Azobning kuchini bundan oshirib ifodalay oladigan ma’nodor so‘zlarni topish mushkul. Ana shunday eng yuqori o‘lchamli belgilarga ega harakatni ifodalayotgan ingranadi so‘zi ham eng og‘ir azob chekayotgan odam ovozining ifodasi. Ana shunday eng kuchli so‘zlar tizmasidan tarkib topgan insoniy azobning belgilari g‘am so‘zining badiiy qiyofasiga ham aynan mos bo‘lib tushgan. Shuningdek, badiiy ta’sir samarasini oshiradigan eng ma’qul tasviriy usul ham tanlangan: “Kuyi­ shunday­ bo‘lsa,­ g‘amning­o‘ziga­ qanday­ chiday­ olgan­ ekan­ odamzod”. Demak, yuzlab kuy va qo‘shiqlarda o‘z ifodasini topgan musiqiy haqiqat bittagina to‘rt satrlik she’r bilan badiiy haqiqatga aylantirilgan.

Abdulla Qahhor “O‘tmishdan ertaklar” qissasiga ushbu she’rni epigraf qilib olgani bejiz emas. Aslida mazmunida insoniy azob-uqubatlar aks etgan har qanday yirik badiiy asarga mazkur satrlarni epigraf qilsa bo‘ladi.

Ma’lumki, hayot haqiqatini badiiy haqiqatga aylan-tirish istagi va intilishi badiiy asarlarni yuzaga keltiradi. “G‘am” she’ri esa musiqiy haqiqatni badiiy haqiqatga aylantirish yo‘li bilan yaratilgan. Musiqiy san’atdan so‘z san’atiga aylantirilgan. Badiiy asarlarda g‘amni tug‘di-ruvchi voqea-hodisalar yoki g‘amgin holatlar tasvirla-nadi, g‘amning o‘zi emas. G‘am voqelik emas, voqe-likning hosilasi. G‘am azob-uqubatlar yig‘indisi emas, azob-uqubatlar mohiyatining yig‘indisi. G‘amning o‘zini tasvirlash mumkin bo‘lmagani uchun ham uning badiiy portreti yaratilgan. Bu – yagona to‘g‘ri yo‘l edi.

“G‘am” she’ridagi milliy ruh unda ishlatilgan jonli xalq tiliga xos bo‘lgan eshilib, to‘lg‘anib, ingranadi kabi inson holatiga xos belgilarni ifodalovchi so‘zlarning kuy so‘ziga ham aynan mos kelishida namoyon bo‘ladi. Shu bois adabiyotshunos olim Suvon Meli “o‘zaro­aloqalar­natijasida so‘zlarning, binobarin, butun kontekstning ma’no quvvati oshib, jozibadorlik kashf etadi. Badiiylik ko‘p jihatdan so‘zlarning shunday harakatchanligiga bog‘liq. Badiiyat sehriga cho‘lg‘angan so‘zlar ko‘zga sirli ko‘rinib, mazmuni g‘amgin yoxud quvnoq bo‘lishidan

qat’i nazar, kishiga allaqanday quvonch bag‘ishlaydi. Bunday asar bilan uchrashuv xuddi sevimli kishi bilan muloqotdek­tansiq,­huzurbaxsh­bo‘ladi”6, deb bu holatni alohida ta’kidlaydi.

“G‘am” she’rining badiiy qimmatini oshiruvchi shunday badiiy vosita qo‘llanganki (“Kuyi­ shunday­bo‘lsa, g‘amning o‘ziga qanday chiday olgan ekan odamzod”), undagi falsafiy savol xalq aforistikasi (maqol, matal, hikmatli so‘zlar)dagi “hazili­ shu­ bo‘lsa,­chini­ qanday­ bo‘lar­ ekan” kabi badiiy vositalarga juda o‘xshab ketadi. Bu esa, o‘z navbatida, she’r xalqchilligini yanada oshiradi. Shu o‘rinda akademik Naim Karimovning so‘zning she’rdagi o‘rni haqidagi quyidagi fikrini keltirish joiz: “She’r o‘ziga xos organizm bo‘lsa, so‘z uning hujayrasidir. Organizm tirik bo‘lishi uchun uning har bir hujayrasi sog‘lom bo‘lishi va nafas olib turishi lozim bo‘lganidek, har bir so‘z ham she’rga, uning qalbi bo‘lgan obrazga o‘z qonini berib turishi va uni harakatga keltirib turishi kerak”7.

Badiiy til masalalari bilan bog‘liq bu fikrlar Abdulla Oripovning milliy ruhda yozilgan she’rlari uchun ham to‘liq mos keladi. Shoir she’rlarining xalq orasida keng tarqalish sabablaridan biri ham ana shu til boyliklaridan mohirona foydalana olganligidadir. Umuman olganda, “G‘am” she’ridagi badiiy tafakkur tarzi xalqona hikmatga yo‘g‘rilgani bilan nufuzli.

Abdulla Oripov she’riyatini xalq ruhining milliy til bilan munosabati nuqtayi nazaridan tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, bu masala shoir she’riyatida ikki yo‘sinda namoyon bo‘ladi.

Birinchidan, shoir she’rlarida til, milliy til va milliy ruh munosabati, inson qalbi va nutqi yaxlit uyg‘unlikda badiiy shakllarda bayon qilinadi. Shoir she’rlarining zamondoshlari qalbidan o‘rin olishi va kelajakda yashab qolish sabablaridan biri ham, albatta, shu omil bilan izohlanadi.

Ikkinchidan, shoir o‘z she’rlarida bu ijodiy tamoyilga amal qilib, o‘zbekona ruhni milliy til vositasida go‘zal ifoda etadi. Shoir she’riyatida til, ruh yaxlit idrok etilishi bilan birga ona tili ulug‘lanadi. O‘zga tillarga ham hurmat yuksak darajada bo‘lib, buning ibtidosi, albatta, ona tiliga hurmat ekanligi e’tirof etiladi. Shoir she’riy asarlari orqali bu ehtiromni ko‘rsatdi. Shu bilan birga Abdulla Oripov tillar orasida ijtimoiy tengsizlik hukm surgan mustabid tuzum davrida ona tili xususida maxsus she’r yozib, milliy tilning ijtimoiy mavqeyi himoyachilaridan biri sifatida maydonga chiqdi.

Xullas, Abdulla Oripov she’riyati tilini o‘rganish bir necha aspektlarda olib borilishi mumkin va ularning har birida ijodkorning betakror poetik idroki, so‘z qo‘llash mahorati namoyon bo‘ladi. Shoirning chuqur falsafiy ruh, salmoqdor xalqona badiiy idrok uyg‘un bo‘lgan she’riyatida so‘z qo‘llashining yuksak nutqiy mahorati yaqqol ko‘rinadi.

1А. Oripov. Ehtiyoj farzandi. Т., 1988. 142-bet.2H. Umurov. Adabiyot nazariyasi. Т.: Sharq, 2002. 148-bet.3M. Xoliyorov. Badiiy portret // ”O‘zbek tili va adabiyoti” jurnali, 1991-yil. 3-son, 12-bet.4O‘sha manba, o‘sha bet.5O‘sha manba. 13-bet.6S.Meliyev. Kontekstda so‘z dinamikasi // “O‘zbek tili va adabiyoti” журнали. 1983. 4-son, 50-bet.7N.Karimov. Hamid Olimjon poetik mahoratining ba’zi masalalari. Filol.fanlari nomzodi diss. Т., 1962. 20-bet.

Page 32: 2018-yil. 6-son. - Til va adabiyot ta’limitilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/... · biyot namunalari ham oromgoh kutubxonalaridan joy oldi. Muxlisa DO‘STMUHAMEDOVA

32 e-mail: [email protected]

Tahlil

O‘zbek adabiy tili va adabiyoti taraqqiyotida muhim o‘rin tutgan, o‘z asarlari bilan tilimizning boy imkoniyatlarini amalda isbotlagan buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning badiiy timsoliga shoir va yozuvchilar qayta-qayta murojaat qilib kelishgan.

XX asr o‘zbek she’riyatida Navoiyning lirik siymosi tasvirlangan qator she’rlar yuzaga keldi. Ularda Navoiy xalq uchun ezgu ishlarni amalga oshirgan buyuk siymo sifatida aks ettirildi.

Alisher Navoiy tavalludining 500 yilligi munosabati bilan buyuk shoirning qator asarlari o‘zbek, rus va boshqa tillarda nashr qilingan edi. Gazeta va jurnallarda uning muayyan asari tahliliga doir ko‘plab ilmiy maqolalar, uning dahosiga bag‘ishlangan badiiy asarlar chop etilgan edi. Jumladan, akademik shoir G‘afur G‘ulom bu tantanani nishonlashga tayyorgarlik qizg‘in ketayotgan bir paytda “Farhod va Shirin” dostonini hozirgi tilga tabdil qildi va mutafakkir shoir asarlarini xalqqa yanada yaqinlashtirishga katta hissa qo‘shdi. 1941-yilda Ikkinchi jahon urushi boshlanishi sababli Navoiy yubileyini nishonlash keyinroqqa – 1948-yilga surildi.

G‘afur G‘ulom 1948-yilda yozgan “Alisher” nomli she’rida Navoiy dahosini buyuk tarixiy shaxs sifatida butun ulug‘vorligi bilan ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ladi. Bunda shoir badiiy tasvir vositalaridan ustalik bilan foydalanadi:

To‘fon, quyunlarda yakka-yu yolg‘iz, Monolit, granit haykalday mag‘rur,Temurbek davlatin so‘nggi chog‘ida Sarkash-u barhayot, bo‘ysunmas shuur –Daraxshon yulduzlar sari o‘kirgan, Bo‘ynida zanjir-u, qalbi ozod sher,

Elmurod NASRULLAYEV, Jizzax davlat pedagogika instituti katta o‘qituvchisi

G‘AFUR G‘ULOM TALQINIDA NAVOIYNING LIRIK TIMSOLI

Insoniy muhabbat mehri-la vafo,Erk-u baxt timsoli ulug‘ Alisher.Bu ikki bandni badiiy-estetik maz-

mun-mohiyat nuqtayi nazaridan tahlil qilib chiqamiz. Birinchi banddagi­ “To‘fon,­quyunlarda­ yakka-yu­ yolg‘iz,­ Monolit,­granit­ haykalday­ mag‘rur” misralarida shoir tashbeh ‒ o‘xshatish san’atidan foy-dalanib, hayot zarbalariga metinday bar-dosh bergan inson (Navoiy)ning betakror timsolini yaratgan bo‘lsa, “Daraxshon­yulduz lar sari o‘kirgan, Bo‘ynida zan-jir-u,­ qal­bi­ ozod­sher” misralarida porloq yulduz lar ‒ xalq farovonligi va tinchligi yo‘lida buyuk ishlarni ko‘zlab, shu maq-sad yo‘lida ulkan orzularga ega inson-ning lirik siymosini sifatlash (daraxshon yulduzlar) va tazod (bo‘ynida zanjir-u,

qalbi ozod) san’atlari vositasida yorqin tasvirlay olgan. Bunda Navoiy mo‘yqalamiga mansub deb hisoblanadi-gan “Zanjirband sher” rasmi nomini istiora orqali kel-tiradi, shuningdek, bu istiorada yashirin talmeh san’ati mohirona qo‘llangan.

G‘.G‘ulom Navoiydek buyuk mutafakkirning lirik siymosini yaratar ekan, uning timsolini shoir yashagan davr bilan qarama-qarshi qo‘yadi. Navoiy yashagan davr uning ezgu maqsadlarini butunligicha amalga oshirishga imkon bermaydi:

Tirik odamlarga nasiba bo‘lgan Hayotiy farog‘at, jahoniy alam;Birisi ozgina erkalab o‘tib,Birisi bir umr ta’qib qilsa ham.

Bu bandning ikkinchi satridagi “hayotiy­ farog‘at”, “jahoniy­ alam” so‘z birikmalari ma’no jihatidan o‘zaro qarama-qarshi bo‘lib, tazod san’atining betakror na-munasi sifatida she’rning badiiy qimmatini oshirishga xizmat qiladi. Bandning keyingi satrlaridagi “ozgina”­– “bir­umr”,“erkalab” ‒ “ta’qib­qilsa”­so‘zlari shoirning ba-diiy maqsadiga muvofiq ravishda o‘zaro zidlikni yuzaga keltirib, Navoiy dahosining bir butun timsolini aks etti-rishga xizmat qiladi.

Bunday qarama-qarshilikka asoslangan tasvir usuli she’rning keyingi bandida ham qo‘llangan:

Hirot tongotarin tasavvur qilib,Yigitlik umringning kamolin ko‘rdim. Qarigan chog‘laring qaro shomida Xuroson o‘lkasin zavolin ko‘rdim.

Darhaqiqat, og‘zaki adabiyotda ham, yozma adabiyotda ham, inson umrining yigitlik davri tongotarga, qariligi shomga qiyoslanadi. Shoir mana shu tashbehdan unumli foydalangan holda, “kamol”­–­

Page 33: 2018-yil. 6-son. - Til va adabiyot ta’limitilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/... · biyot namunalari ham oromgoh kutubxonalaridan joy oldi. Muxlisa DO‘STMUHAMEDOVA

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 33

Tahlil

“zavol” so‘zlari orqali qarama-qarshilikni yanada oshirib, Navoiy hayotini nazarda tutar ekan, uning siymosini to‘laligicha tasvirlashga harakat qilgan.

Navoiyning o‘lmas ijodiy merosi nafaqat o‘zbek, balki jahon adabiyotining bebaho durdonalari safidan joy olgan. Shoir buni sifatlash usuli orqali shunday tasvirlaydi:

Zavolni bilmagan porloq ijoding Ma’rifat mulkida bitmas xazina!Insoniy kamolot katta yo‘lida Bir poya yuksakroq oltindan zina.

Banddagi porloq ijod, bitmas xazina, insoniy kamolot, katta yo‘l, bir poya yuksak, yuksak xazina, oltindan zina kabi so‘z birikmalaridagi sifatlovchilar she’rning badiiyligini oshirish bilan birga shoir Navoiy lirik timsolini o‘quvchi ko‘z o‘ngida yanada ulug‘vor gavdalantirishga erishgan.

Xalq o‘z ichidan chiqqan yetuk kishilarni besh yuz emas, hatto ming yillar o‘tsa ham chin dildan beg‘araz farzand deb ataydi. Zero, “o‘tmishdan­ besh­ yuz­ yil­tarixchi­uchun­sinchiklab­qaralsa­–­kuni­kechadek”dir.

Shoir keyingi bandlarda Navoiyni o‘zbek ulusining “otaxon shoiri”, “qadrli ustod” deb ataydi. Har bir oshiq ko‘ngil Navoiydan minnatdor, chunki ular Navoiy g‘azalini kuyga solish bilan “ma’shuqalar dil xonasini obod” etadilar.

Xalqning Navoiyga ehtiromini shoir shunday ta’riflaydi:

Biror shohbaytingni yoddosh tutmagan Kattadir, kichikdir, bizda kishi yo‘q,Oltin baldoqdagi nefrit ko‘z kabi Asaring biz uchun bo‘ldi qorachug‘.

Bu bandda shoir butun bir xalqni soddagina qilib, xalqona usulda “kattadir, kichikdir” so‘zlari orqali tasvirlagan, bu so‘zlar o‘z navbatida tazod san’atini yuzaga keltirgan. Banddagi “oltin­baldoq”,­ “nefrit­ko‘z”­kabi sifatlash unsurlari she’rning mukammalligiga xizmat qilgan.

Shoir she’rda talmeh san’atidan ham unumli foydalangan. Fanda “tarix otasi” deb nom olgan Herodotning nomini she’rda keltirish orqali Navoiydek buyuk zotni voyaga yetkazgan ulug‘vor xalqning azaldan tarixda mashhurligini, bunga Herodot ham guvoh ekanligini ta’kidlaydi:

Ulug‘vor xalqimiz tarixda mashhur,Guvohlik berolur bunga Herodot.

She’rning quyidagi bandida shoir Navoiy dahosini o‘quvchi ko‘z o‘ngida bor ulug‘vorligi, viqori bilan tasvirlay olgan:

Alisher Mushtariy yulduzi kabiO‘zbek osmonida balqigan chog‘i,Yana bir muhtaram o‘g‘il ko‘rganday,Kattaroq ochildi olam quchog‘i.

Bandda shoir “yana­bir­muhtaram­o‘g‘il­ko‘rganday,­kattaroq­ ochildi­ olam­ quchog‘i” misralari orqali jonlantirishning tashxis (olam quchog‘i) san’atidan mohirona foydalangan.

G‘afur G‘ulom ushbu she’rida yana bir badiiy tasvir usulidan foydalanadiki, unga alohida to‘xtalmaslikning iloji yo‘q. She’r quyidagi band bilan boshlanadi:

Yuksak tog‘ oralab o‘kirgan sherning Na’rasiga tengdir aksi sadosiBesh yuz yil yangradi tog‘day Vatanda Ulug‘ Alisherning asriy nidosi.

Mumtoz she’riyatimizda g‘azal matla’si (birinchi bayti)ning maqta’ (oxirgi bayt)da aynan takrorlanishi natijasida rad­ ul-matla’­ ‒­ matla’ni­ qaytarish­ san’ati yuzaga keladi. G‘afur G‘ulom o‘zining “Alisher” she’rini yuqoridagi birinchi bandni aynan keltirish bilan yakunlaydi. Bu bilan shoirni barmoq vazni yetakchilik qilgan zamonaviy she’riyatda yangilik yaratgan novator shoir deb ayta olamiz. Shuningdek, bu takror Navoiy siymosining naqadar buyukligini o‘quvchiga chuqurroq yetkazishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:1. N.Mallayev. O‘zbek adabiyoti tarixi. 1-kitob. T.: O‘qituvchi, 1976. 374-bet.2. B.To‘xliyev va boshqalar. Adabiyot. Majmua. III kitob (Akademik litseylarning uchinchi bosqich o‘quvchilari uchun). T.,

2015. 193–195-betlar.3. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 1-jild. T.: O‘zME davlat ilmiy nashriyoti, 2000. 668-bet.4. N.Karimov. XX asr adabiyoti manzaralari. 1-kitob. T.: O‘zbekiston , 2008. 6-bet.

Page 34: 2018-yil. 6-son. - Til va adabiyot ta’limitilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/... · biyot namunalari ham oromgoh kutubxonalaridan joy oldi. Muxlisa DO‘STMUHAMEDOVA

34 e-mail: [email protected]

Tahlil

Murojaat birliklari gapni shaklan va mazmunan murak-kablashtiruvchi vosita bo‘lib, appelyativ vazifadan tashqari poetik, estetik hamda pragmatik vazifalarni bajarishi mum-kin. Negaki, murojaat birliklari, asosan, obyektga nisbatan subyektiv baholashni ifo dalaydi. Ular subyekt va obyekt o‘rtasidagi munosabatning o‘zaro muvofiq yoki nomuvofiq ekanligini ham ko‘rsatib turadi.

Nutq ishtirokchisi bo‘lgan tinglovchining tanish yoki notanishligiga ko‘ra murojaat birliklari tanish adresat yo-xud notanish adresat presuppozitsiyasini namoyon eta-di. Tanish adresatga nisbatan qarindoshlikni bildiruv chi so‘zlar, atoqli otlar, yaqin munosabatni ifodalovchi turdosh otlar, amal-mansab otlari, hurmat ifodasi bor so‘zlar qo‘lla-nadi, notanish adresatga nisbatan esa qarindoshlikni bildi-ruvchi muayyan so‘zlar ishlatiladi.

Pragmatikaning asosiy tushunchalaridan biri bo‘lgan nutqiy akt mazmunining tarkib topishi va voqe lanishi so‘zlovchining muloqot maqsadi hamda istagi bilan bog‘liq. Aynan muloqot maqsadi asosida so‘zlovchi nutq uchun zarur til birliklarini tanlaydi. Bu o‘rinda muro jaat birliklari ham turli nutqiy vaziyatlarda so‘zlovchi va tinglovchi o‘rta-sidagi munosabatlarni oydinlashtirib, bir qator pragma-tik vazifalarni bajaradi. Jumladan, “iltimos” mazmunidagi nutqiy parchada murojaat obyektini ifodalovchi so‘z oldidan jon so‘zi qo‘llanadi, muloqot maqsadini ochiq ifoda etadi:

− Jon o‘rtoq, xo‘jayiningga aytib, meni bir amallab qo‘ychivonlikka olsang-chi...1

Ma’lumki, undov so‘zlar ham so‘zlovchining kommu-nikativ maqsadidan kelib chiqib, turli subyektiv munosa-batlarni namoyon etadi. Undov so‘zlarning bunday vazi-fa bajarishi murojaat birliklari tarkibida kelganda yanada yorqinroq voqelanadi. Xususan, “buyruq” mazmunida-gi nutqiy parchada laqabini aytish, hoy, hey undovlarini qo‘llash ko‘p kuzatiladi:

– Kal! − deyishi bilan: − Labbay, mullaka, choymi, chilimmi? − deyardi...

“Minnatdorlik”, “erkalash” mazmunidagi nutqiy akt-larda balli, barakalla, yasha, qoyil undov so‘zlari keng qo‘llanadi:

− Ishqilib, hech kim ko‘rmadimi, balli, o‘g‘lim, balli, bo‘tam.

Ha, balli, azamat, necha kundan buyon ko‘zim uchib, yo‘lpashsha aylanib yurgan edi.

“G‘azab”, “nafrat”, “achchiqlanish”, “norozilik” sin gari mazmuniy munosabatlarni voqelantirish uchun esa salbiy pragmatik semali leksemalardan foydalaniladi:

− Voy ablah­ey, pochchangning qumrisini nima qil-ding?

Ma’lumki, o‘zbek tili sohiblari o‘ziga notanish bo‘lgan tinglovchilarga ham uning yoshidan kelib chiqib, xola, opa, singil, uka, aka, amaki, tog‘a kabi qon-qarindoshlik

Nozima QOZOQOVA,Namangan davlat universiteti

tadqiqotchisi

MUROJAAT BIRLIKLARINING FUNKSIONAL-PRAGMATIK XUSUSIYATLARI

atamalaridan foydalanaveradi. Qarindoshlikni bildiruvchi bu kabi so‘zlar so‘zlovchidan kichik yoshdagi tinglovchiga nisbatan qo‘llanganda “o‘zaro yaqin olish, “g‘amxo‘rlik qi-lish” pragmatik semalarini anglatadi:

− Omon, uka, o‘rtog‘ing bilan ikkoving kechi bilan qo‘ylarni haydashib, ertalab Ko‘kterakning bozoriga yetkazib bora qolinglar.

− Voqea bunday bo‘lgan edi, uka, − deb Sulton kis-savur gapirib ketdi. Mazkur jumlalarning har ikkisida ham, asli da, begona bo‘lgan kishilarga nisbatan uka so‘zini qo‘llash orqali “o‘ziga yaqin olish pragmatik semasi ifoda-langan.

Bola leksemasi “hali voyaga yetmagan”, “yosh”, “yangi tug‘ilgan”, “bolalarcha ish tutadigan” kabi semalarga ega bo‘lib, kattalarning yoshlarga murojaatida egalik qo‘shim-chasi bilan qo‘llanganda ham yuqoridagidek munosa-batlarni aks ettiradi:

– Himm. Otang aylansin, bolam, mana shu nonni ko‘tarib eltib bermaysanmi?

Egalik qo‘shimchasisiz qo‘llanganda “ogohlantirish”, “norozilik” yoki “mensimaslik” ma’nolari ifodalanishi mum-kin:

− Hay-hay, bola, og‘zingga qarab gapir, to‘riq qashqa o‘ldi, dedingmi?

So‘zlovchi tinglovchiga ta’sir etish, o‘ziga nisbatan ijobiy munosabatni paydo qilish uchun “alqash”, “sharaf-lash”, “xushomad qilish” ma’no ifodasi aylanay, o‘rgilay, baraka topkur, onang o‘rgilsin kabi bo‘lgan birliklardan ham foydalanadi.

–­Hoy,­aylanay­uka,­−­dedi,­−­menga­qaragin,­kimsan­axir o‘zing...

Mazkur jumlada aylanay undovi orqali tinglovchiga ijo-biy munosabatda ekanlik ifodalangan.

Salbiy munosabatni ifodalash uchun esa “kamsitish”, “haqoratlash” ma’no ifodalari bo‘lgan birliklardan foydala-niladi yoki bu jumladagi murojaat shakli orqali qahramon-ning madaniylik saviyasi ochib beriladi:

– Hoy, sen, haromilar, bu yerda nima qilib yurib-sanlar?

Ayrim nutqiy vaziyatlarda so‘zlovchining tinglovchiga munosabati talabidan kelib chiqib, ijobiy baholi so‘z salbiy, salbiy baholi so‘z ijobiy baholarda ham namoyon bo‘ladi. Masalan, mulla so‘zi “o‘qimishli”, “ma’lumotli” kishi ma’no-larini anglatadi. Nutqiy vaziyat taqozosi bilan “pi ching, ke-satiq” ma’nolarini ham ifodalaydi va salbiy bahoda namo-yon bo‘ladi:

–­ Mulla­ Omonboy,­ shahardagi­ qo‘shchi-qo‘lonchi,­sayis,­ miroxo‘r,­ boy-u­ boyonlar,­ oshna-og‘aynilaringizga­xat-patingiz­yo‘qmi...­

Xullas, o‘zbek tilidagi ko‘plab murojaat birliklari muayyan nutqiy vaziyat talabi bilan subyektiv modallik va bahoni ifodalab, pragmatik ahamiyatga ega bo‘ladi.

1N.Ahmedova. O‘zbeк tili murojaat birliklari. T., 2009, 39-bet.

Page 35: 2018-yil. 6-son. - Til va adabiyot ta’limitilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/... · biyot namunalari ham oromgoh kutubxonalaridan joy oldi. Muxlisa DO‘STMUHAMEDOVA

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 35

Yosh avlodning sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishida maktabgacha ta’limning roli muhim. Bu sohada mamlakatimizda bir qator islohotlar olib borilmoqda. Mamlakatimiz rahbarining 2017-yil 30-sentyabrda “Maktab-gacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida ilg‘or xorijiy tajribalarni hisobga olgan holda maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob o‘qishga qiziqishni uyg‘otuvchi o‘quv-metodik, didaktik materiallar bilan ta’minlash asosiy vazifalar qilib belgilandi.

Shu ma’noda O‘zbekistonda jahonning ko‘pgina taraqqiy etgan davlatlari tajribasi asosida ta’lim oluvchilarning yoshi, dunyoqarashi, milliy qadriyatlari, yashash joyi va boshqa jihatlarini hisobga olgan holda turli mavzuviy o‘quv lug‘atlarini yaratish, ularni talab darajasida nashr etilishini ta’minlash asosiy vazifalardan hisoblanadi.

MTM tarbiyalanuvchilarining tafakkurini o‘stirish, nutq boyligini oshirish, muloqot madaniyatini egallashi uchun lingvodidaktik vositalar va ular ustida ishlash samaradorligini ta’minlash maqsadida Qarshi davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasida “Mening birinchi lug‘atim” nomi ostida lingvodidaktik lug‘atlar tayyorlanmoqda.

Jumladan, 1000 ta so‘z va so‘z birikmasi izohiga bag‘ishlangan “Olam mening nigohimda. O‘quv izohli lug‘at” 5–7-yoshli bolalarga mo‘ljallangan. Unda bolaning nutqida faol va kam ishlatiladigan leksik vositalar, ya’ni kiyim-kechak nomlari, sabzavotlar, mevalar, uy hayvonlari, transport vositalari, o‘yinchoqlar va boshqa so‘zlar izohi berilib, u bola nutqining mukammallashib borishi – so‘z boyligini oshirish, nutqida barcha so‘z turkumlaridan foydalanish, o‘zbek tiliga mansub va boshqa tillardan o‘zlashgan, bevosita tanish, notanish so‘zlar ma’nosini tushunish va ulardan amalda o‘rinli foydalanish ko‘nikmasini o‘stirish uchun xizmat qiladi.

Besh-yetti yoshli bolaning nutq boyligi u tarbiyalanayotgan ijtimoiy qurshov, kattalarning munosabati, tarbiyaviy ta’sirdan kelib chiqib 5-6 ming atrofida bo‘lishi mumkin. Bola nutqida deyarli o‘ziga tanish bo‘lgan so‘zlarni ishlatadi. Biroq ko‘p ma’noli, shakldosh, ma’nodosh, zid ma’noli so‘zlar, shuningdek, o‘zlashma so‘zlar ma’nosini to‘la tushunavermaydi. Shu sababli uning birinchi izohli lug‘ati o‘z va o‘zlashma qatlamga mansub so‘zlarnigina qamrab oladi. Boshqa izohli lug‘atlardan ushbu so‘zlik sodda va tushunarliligi, qamrovi bilan farqlanadi.

Mazkur lug‘atdan MTMda mutolaa va muloqot mashg‘ulotlarida foydalanish mumkin. Mashg‘ulotning asosiy maqsadi ta’lim oluvchida tinglash (kattalar tomonidan bolaning yoshi, psixologik xususiyatlariga mos keladigan matnlar – she’r, ertak, hikoyani o‘qib eshittirish), eshitganini dialogik, monologik shakllarda qayta gapirib berish, notanish so‘zlar ma’nosini anglash, o‘zaro mulohaza, muhokama, munozara, shuningdek, o‘z fikrini muhofaza qilishga o‘rgatishdan (muammoli vaziyatlarni yuzaga keltirgan holda) iborat.

Bolaning shaxs sifatida kamolotga yetishi – psixik rivojla-nishi, ijtimoiy moslashishi, tafakkurining o‘sishida nutqning

Bashorat BAHRIDDINOVA,Qarshi DU o‘zbek tilshunosligikafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi

“OLAM MENING NIGOHIMDA”

benuqson, to‘g‘ri, ravon va boy bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. So‘zamol, nutqi to‘g‘ri va ravon bolada yoshligidayoq mustaqil fikrlash, o‘rni kelganda o‘z fikrini himoya qila o lish, mulohaza yuritish qobiliyati shakllansa, nutqida nuqson bo‘lgan yoxud so‘z zaxirasi sayoz bolalarda, aksincha, tortin-choqlik, odamovilik, fikrini erkin bayon qila olmaslik kabi sifat-lar rivojlanadi.

“O‘zbek tilida to‘g‘ri gapirishga o‘rganamiz. To‘g‘ri talaffuz o‘quv lug‘ati” 5–7 yosh atrofidagi bolalar nutqida uchraydigan, talaffuzida muammo tug‘dirishi mumkin bo‘lgan 100 ga yaqin so‘zni qamrab oladi.

Bola nutqida metatezaning (nutqda tovushlarning o‘rin al-mashinuvi) o‘ziga xos ko‘rinishlari kuzatiladi: dayro (daryo), aynalmoq (aylanmoq), o‘shxaydi (o‘xshaydi), dashxat (dahshat), cho‘pon (chopon) kabi. To‘g‘ri talaffuz o‘quv lug‘ati bolaning eshitish qobiliyati va nutq apparati artikulyatsiya-si – til, lab, jag‘, tish harakatini rivojlantirish, tildagi barcha tovushlarni to‘g‘ri va aniq talaffuz qilish, o‘z va o‘zlashma so‘zlarga urg‘uni to‘g‘ri qo‘yish ko‘nikmasini o‘stirish, shuning-dek, madaniy nutq malakasini tarbiyalash – ovozni me’yor-da ushlash, shoshmasdan ohista gapirish, mimika, qo‘l-oyoq harakatini tartibga solishda muhim rol o‘ynaydi.

Yosh bolalar nutqida so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xatolik ko‘p kuzatiladi. Ayniqsa, talaffuzi yaqin, o‘zi boshqa-boshqa so‘zlarni nutqda o‘rnini almashtirib qo‘llash, masalan, yondash-yondosh (Yaxshiga yondashmoq. Maktabga yondosh hovli), archmoq-artmoq­ (kartoshkani­ archmoq,­changni­ artmoq),­ qism-qisim,­ azim-azm,­ ariq-oriq,­ xol-hol,­shoh-shox kabi paronimlar, variantdosh so‘zlar – dubletlar (boladek-boladay,­ajdaho-ajdarho,­podsho-podshoh,­kabutar-kaptar,­ shabada-shabboda)ni ishlatishda muammoga duch keladi. Bu xatolikka bola nutqiy faoliyatining dastlabki davrlarida barham berilmasa, u katta bo‘lganda boshqa shakllarda rivojlanib boraveradi.

Maktabgacha ta’lim uchun yaratilayotgan “So‘zni to‘g‘ri qo‘llashga o‘rganamiz. O‘zbek tilining talaffuzdosh so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati” bilan ishlash bolaning uzluksiz ta’limning keyingi bo‘g‘inlarida so‘z qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolikka yo‘l qo‘ymaslikka o‘rgatadi.

Umuman olganda, maktabgacha ta’limda muloqot madaniyati bilan bog‘liq mashg‘ulotlarni tashkil etishda me’yoriy o‘quv lug‘atlaridan foydalanish bola nutqida aytilishi va yozilishi bir xil bo‘lgan shakldosh so‘zlar ma’nosini tushu-nish (ot – hayvon, ot – harakat, ot – nom; o‘t – o‘simlik, o‘t – harakat), talaffuzi va yozilishi yaqin bo‘lgan so‘zlarni farqlash va o‘rnida qo‘llash (asir-asr,­yod-yot,­qarz-qars), ma’nodosh so‘zlardan muvofiqini ishlatish (yuz, bet, aft, bashara, chehra) bola nutqida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan fonetik, orfografik, grammatik va mantiqiy xatolarni bartaraf etishda muhim rol o‘ynaydi. Bolaning nutqiy akt jarayonida kommunikativ maq-sad, vaziyat taqozosidan kelib chiqib, lug‘atida mavjud so‘z va jumlalardan mosini tanlay bilish, salomlashish, hol-ahvol, uzr so‘rash, xayrlashish kabi nutqiy odat undovlaridan foyda-lanish, kelasi, hozirgi, o‘tgan zamon shakllarini to‘g‘ri qo‘llash (kecha­aytaman,­erta­berdim-ku) gap bo‘laklarining me’yoriy joylashuvi, morfologik vositalarni (-ni/-ning,­-ga/-da kabi keli-shik shakllari) to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmasi shakllanadi.

(Maktabgacha ta’lim uchun o‘quv lug‘atlari)

Qo‘shimchamaterial

Page 36: 2018-yil. 6-son. - Til va adabiyot ta’limitilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/... · biyot namunalari ham oromgoh kutubxonalaridan joy oldi. Muxlisa DO‘STMUHAMEDOVA

36 e-mail: [email protected]

Aruz vazni ming yillik mumtoz adabiyotimizda keng istifoda etilgan she’r tizimidir. “Arab filologiyasining otasi” Xalil ibn Ahmad (715 – 786) tomonidan yaratilgan bu ta’limot keyinchalik fors-tojik va turkiy she’riyatning yetakchi she’riy o‘lchoviga aylandi. Forsiy aruz nazariyotchilari Shams Qays Roziyning “Al-mo‘jam”, Nasiruddin Tusiyning “Me’yor ul-ash’or”, Sayfiy Buxoriyning “Aruzi Sayfiy”, Atoulloh Husayniyning “Badoye’ us-sanoye”, Abdurahmon Jomiyning “Risolai aruz”, turkiy tilda yaratilgan Shayx Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog‘a”, Alisher Navoiyning “Mezon ul-avzon”, Zahiriddin Muhammad Boburning “Risolai aruz” asarlarida aruzning nazariy asoslari bayon qilinishi bilan birga mazkur ilmda san’at darajasiga ko‘tarilgan istilohlar borasida ham so‘z boradi. Ana shunday istilohlardan biri mutalavvun hodisasidir. Mutalavvun (talavvun, zulbuhur) arabcha so‘z bo‘lib, “rang-barang”, “turlanuvchi” ma’nolarini ifodalaydi. Istiloh sifatida she’rni bir necha vaznda o‘qish san’ati nazarda tutiladi. Bunga bayt tarkibidagi unlilarni cho‘zib yoki qisqa talaffuz etish, hijolarni ajratib yoki qo‘shib o‘qish orqali erishiladi. Ushbu san’at haqidagi nisbatan to‘liqroq ma’lumot Atoulloh Husayniyning “Badoye’ us-sanoye’” asarida keltirilgan. Asarda mazkur san’at talavvun deb nomlanib, uning zulbahrayn (baytni 2 xil bahrda o‘qish) va zulbuhur (baytni bir necha bahrlar doirasida o‘qish) kabi turlari keltiriladi. Xususan, olim zulbuhur haqida ma’lumot berib:

Rux-i tu lola-yi ahmar, xat-i tu sunbuli rayhon,Tan-i tu g‘ayrat-i gulho, qad-i tu ravnaq-i bo‘ston, –

baytini keltiradi va uni uch bahr doirasiga solish uchun uch xil tarzda o‘qish zarurligini ta’kidlaydi: “Agar­bu­baytni­ g‘oyatta­yengil­ o‘qisalar,­ ramal-i­ maxbun-i­ musabbag‘­ bahridin­ ikki­qatla fa’ilotun fa’ilotun fa’ilotun fa’iliyyon vaznida bo‘lur. Agar g‘oyatta­og‘ir­o‘qisalar,­hazaj-i­musabbag‘­bahridin­ ikki­qatla­mafo’iylun mafo’iylun mafo’iylun mafo’iylun vazni bo‘lur. Agar o‘rtacha,­ na­ g‘oyatta­ yengil-u­ va­ na­ g‘oyatta­ og‘ir­ o‘qisalar,­mujtass-i­maxbun-i­musabbag‘­bahridin­ ikki­qatla­mafo’iylun­fa’ilotun­mafo’iylun­fa’iliyyon­vaznida­bo‘lur”1.

Ushbu parchada g‘oyatda yengil o‘qish deyilganda birinchi

Dilnavoz YUSUPOVA,filologiya fanlari nomzodi

MUMTOZ ADABIYOTDA MUTALAVVUN HODISASI VA RITMIK URG‘U

ruknni ikki qisqa hijo bilan boshlash (qisqa hijo urg‘usiz o‘qiladi), g‘oyatda og‘ir o‘qish deyilganda faqat birinchi hijo qisqa, qolganlari cho‘ziq hamda o‘rtacha o‘qish deyilganda birinchi va uchinchi ruknning ikkinchi hijosini, ikkinchi va to‘rtinchi ruknning to‘rtinchi hijosini urg‘uli o‘qish nazarda tutilgan. Aynan shu tarzda o‘qilsagina uch xil bahr haqida fikr yuritish mumkin bo‘ladi.

Rashididdin Vatvotning “Hadoyiq us-sehr fi daqoyiq ush-she’r” asarida ma’lumot berilishicha, Ahmad Manshuriy Samarqandiyning “Kanz ul-g‘aroyib” (“Ajoyibotlar xazinasi”) asaridagi har bir baytni uch vaznda o‘qish mumkin. Shuningdek, fors-tojik klassiklari Sa’diy Sheroziy, Hofiz Sheroziy, Sayido Nasafiy, Abdurahmon Jomiylarning ba’zi g‘azallari ikki bahr doirasida yozilgan.2

Mutalavvun hodisasi epik poeziya uchun ham xos bo‘lib, aruzshunos olim U.Toirovning ma’lumot berishicha, Kotibiy Turshiziyning “Majma’ ul-bahrayn” va Am’aq Buxoriyning “Yusuf va Zulayho” dostonlarini boshdan oxiriga qadar ikki bahrda: ramali musaddasi mahzuf va sari’i musaddasi matviyi makshuf vaznlarida o‘qish mumkin bo‘lgan, hatto mazkur dostonlarning ba’zi baytlari 3–4 vaznga ham solib o‘qilgan.3

Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonini ham uning asosiy she’riy o‘lchovi – sari’i musaddasi matviyi makshuf vaznidan tashqari ramali musaddasi mahzuf vazniga solib o‘qish ham mumkin. Dostondagi ayrim o‘rinlar, xususan:

Mastliq uyqusi chu aylab hujum,Borcha o‘lukdek o‘tib ul xayli shum...Ochibon elga sitam abvobini,Qilg‘ali paydo tarab asbobini, –

baytlari ramali musaddasi mahzuf vazniga ham mos keladi.4 Bobur ham “Risolai aruz” asarida mutalavvun san’ati

haqida gapirib, o‘zining:Qoshig‘a borg‘ali ko‘ngul o‘ziga kelmadi netay,Yuzini ko‘rgali ko‘zum ko‘ziga ilmadi ul oy, –baytini keltiradi va ushbu baytni aruz tizimidagi barcha

bahrlarga moslab o‘qish mumkinligini aytadi.5

Annotatsiya. Mazkur maqola mumtoz adabiyotdagi mutalavvun hodisasi va ritmik urg‘uning o‘zaro munosabati masalasiga bag‘ishlangan. Mutalavvun hodisasining mohiyati, uning aruz ilmidagi o‘rni, ushbu san’at asosida yaratilgan asarlarga to‘xtalib, mutalavvunning urg‘u bilan bog‘liq hodisa ekanligiga diqqat qaratilgan. Maqolada leksik (so‘z) urg‘u va ritmik (rukn) urg‘ularning o‘zaro farqli tushunchaligi, aruziy matnda rukn urg‘usi ustuvorligi, mumtoz asarlar misolida dalillanadi.

Kalit so‘zlar: аruz,­ mutalavvun,­zulbahrayn, zulbuhur, sari’i musaddasi matviyi makshuf, ramali musaddasi mahzuf, ramali musammani maxbun, leksik urg‘u, ritmik urg‘u, mutaqorib.

Аннотация. Настоящая­статья­посвящена­ взаимоотношению­ му-талаввун­и­ритмического­ударения­в­классической­литературе.­Автор­уделяет­ особое­ внимание­ сути­этого­явления,­его­месту­в­науке­об­арузе­и­произведениям,­созданным­в­этом­направлении.­Также­в­статье­подчеркивается,­что­лексическое­и­ритмическое­ударения­отличаются­друг­от­друга:­ритмическое­ударе-ние­доминирует­в­тексте­аруза.

Ключевые слова: аруз,­ мута-лаввун,­ зулбехрейн,­ зулбухур,­ са-риъи­ мусаддаси­ матвийи­ макшуф,­рамали­ мусаддаси­ махзуф,­ рамали­мусаммани­махбун,­лексическое­уда-рение,­ ритмическое­ ударение,­ му-такориб.­

Annotation. This article deals with the relationship between the phenome-non of mutallavun and rhythmic stress in the classical literature. The author pays important attention to the essence of the phenomenon of mutallavun, its place in the science of aruz and works created. In the article based on the clas-sical literature stated that lexical (word) and rhythmic stress are differentiated concepts: rhythmic stress is dominant in the aruz text.

Key words: аruz,­ mutalavun,­ zul-bakhrayn, zulbukhur, sari’i musaddasi matviyi makshuf, ramali musaddasi makhzuf, ramali musammani makhbun, lexics stress, rhythmic stress, mutako-rib.

Tadqiqotlar

Page 37: 2018-yil. 6-son. - Til va adabiyot ta’limitilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/... · biyot namunalari ham oromgoh kutubxonalaridan joy oldi. Muxlisa DO‘STMUHAMEDOVA

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 37

Tadqiqotlar

Yuqorida keltirilgan fikrlar mutalavvun san’atining urg‘u bilan bog‘liq hodisa ekanligini ko‘rsatadi. Agar bu hodisaning aruz ilmi bilan bog‘liqligi nazarda tutilsa, aruz tizimining ham urg‘u asosidagi ta’limot ekanligi oydinlashadi. Chunki mutalavvun asosida yaratilgan bayt tarkibidagi hijolar urg‘u asosida o‘qilsagina bir necha vazn haqida fikr yuritish mumkin bo‘ladi.

Shu o‘rinda aruziy matnda yetakchi bo‘lgan rukn urg‘usini so‘z (leksik) urg‘usidan farqlash zarurligini ta’kidlamoqchimiz. Ma’lumki, gap qurilishida har bir mustaqil so‘z urg‘u oladi va bu leksik urg‘u deb yuritiladi. Aruziy matnda esa misra birligi sifatida so‘z emas, rukn qabul qilinganligi uchun unda so‘z urg‘usi o‘z hukmronligini yo‘qotib, rukn urg‘usi yetakchi o‘ringa chiqadi, so‘z urg‘usi matndan tashqaridagina yetakchilik qiladi. Shunga ko‘ra baytda nechta rukn bo‘lsa, shuncha urg‘u bo‘ladi. Aruzdagi urg‘u faqat cho‘ziq hijo bilan bog‘liq, qisqa hijo hech qachon urg‘u olmaydi.

Arab aruzi bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan olim E.Talabovning ishlarida mutalavvun hodisasiga maxsus to‘xtalib o‘tilmagan bo‘lsa-da, aruz tizimida urg‘uning o‘rni bilan bog‘liq masalalar tadqiq qilingan. Olimning fikricha: “Arabiy­ aruzda­ bo‘g‘inlarning miqdor munosabatlari bilan birga urg‘ularning, yana ham to‘g‘rirog‘i, urg‘uli bo‘g‘inlarning simmetriyasi­ mavjud­ va­ u­ ritm­ yaratishda­ belgilovchidir”6. Ya’ni aruziy matnda urg‘u ritmni yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan shu xulosani aruzdan foydalanuvchi boshqa xalqlar, xususan, fors-tojik va turkiy adabiyot vakillari she’riyati haqida ham bildirish mumkin.

“Aruziy­ matnda­ so‘z­ urg‘usi­ (leksik­ urg‘u)­ bilan­ ritm­urg‘usi­(prosodik­urg‘u)­mutobiq­emas­–­ularda­o‘zaro­moslik­yo‘q. Ahyonda uchrab turadigan mutobiqlik sof tasodifdir. Bayt­ tarkibidagi­ so‘z­ ruknlar­ tasarrufida­ o‘z­ shakl­ va­ urg‘u­mustaqilligini batamom yo‘qotadi, u misradagi qolip va uning prosodik­ urg‘usi­ maromiga­ bo‘ysundiriladi­ –­ mahv­ etiladi”.­(25-bet)

Alisher Navoiyning “G‘aroyib us-sig‘ar” devonidan olingan g‘azali matla’sini so‘z va rukn urg‘ulari asosida ko‘rib chiqsak. Dastavval so‘z urg‘usi olgan hijolarni belgilaymiz:

Meni mеn istagаn o‘z suhbatig‘а arjumаnd etmаs,Meni istаr kishining suhbatin ko‘nglum pisаnd etmаs.Endi aynan shu baytni rukn urg‘usi asosida ko‘rib chiqamiz: Meni men is/ tagan o‘z suh/batig‘a аr/jumand etmаs,Meni istаr/ kishining suh/batin ko‘nglum/ pisand etmаs. Qiyos:Leksik urg‘uli hijolar:1 misrada: 2, 3, 6, 7, 11, 14, 16.2 misrada: 2, 4, 7, 10, 12, 14, 16.Rukn urg‘usini olgan hijolar:1 misrada: 4, 8, 12, 16.2 misrada: 4, 8, 12, 16.Ushbu misoldan ma’lum bo‘ladiki, leksik urg‘u asosida

tahlil qilingan matnda rukn urg‘usi asosidagi matndan farqli ravishda hijolar orasida o‘zaro simmetriya yo‘q va ular tartibsiz joylashgan. Shu ma’noda aruziy matnda rukn urg‘usi yetakchi, degan fikr o‘z tasdig‘ini topyapti. Urg‘ular miqdorining tengligi

va muayyan tartibga ega bo‘lishi esa o‘ziga xos ritmning vujudga kelishini ta’minlagan.

Endi Bobur risolasida keltirilgan, mutalavvun san’ati asosida yozilgan baytni tahlil qilamiz. Ushbu baytni rajaz bahrining rajazi musammani matviyi maxbun vazniga moslab o‘qisak, urg‘u quyidagi hijolarga tushadi:

Qоshig‘a bor | g‘ali ko‘ngul | o‘ziga kel | madi netay,Yuzini ko‘r | gali ko‘zum | kuziga il | madi ul oy, Muftailun mafоilun muftailun mafоilun Endi yana shu baytni ramal bahrining ramali musammani

maxbun vazniga moslab o‘qib ko‘ramiz: Qoshig‘a bоr | g‘ali ko‘ngul |o‘ziga kеl | madi netаyYuzini ko‘r | gali ko‘zum | ko‘ziga il | madi ul оy Failotun failotun failotun failotunYuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, bir bayt turli bahrlar

doirasida o‘qib ko‘rilganda, urg‘uning o‘rni o‘zgaradi. “Bahr tizimida biror o‘rinda hijolarning yangi munosabati yuzaga kelsa, u urg‘uga ham ta’sir o‘tkazishi mumkin: urg‘u ko‘chadi, ritm o‘zgaradi. Va, aksincha, urg‘u ko‘chirilsa, hijolarda yangicha munosabat paydo bo‘ladi... yangi tarmoq, yangi bahr yaratiladi” (25-bet).

I.V.Stebleva “Qutadg‘u bilig” vazni va O‘rxun – Enasoy yodgorliklaridagi misralar o‘lchovini solishtirish jarayonida Yusuf Xos Hojib dostonidagi she’riy o‘lchov – mutaqorib bahrida urg‘ular quyidagi o‘rinlarda kelishini ta’kidlaydi:

V – – |V – – | V – – | V – .7

Ma’lumki, “Qutadg‘u bilig” dostonida qo‘llanilgan mutaqorib bahri asli fors-tojik adabiyoti, aniqrog‘i, Firdavsiyning “Shohnoma” dostonidan olingan. “Shohnoma” dostoni mavzusiga ko‘ra jangnoma doston hisoblanib, unda janglar tasviri salmoqli o‘rin egallaydi. Doston uchun tanlangan she’riy o‘lchov mazkur mavzuga har tomonlama mos bo‘lib, ruknlarning 3 hijodan tarkib topishi, bandlarning epik poeziyadagi boshqa she’riy o‘lchovlardan farqli o‘laroq musaddas emas, balki musamman ruknlardan iboratligi va yuqorida keltirilganidek, eng ko‘p rukn urg‘usiga egalilik (bir baytda 8 ta) ritmning shiddatli ohang kasb etishiga olib keldi, bu holat esa mutaqoribning jangnoma va qahramonlik yo‘nalishidagi dostonlar vazniga aylanishiga sabab bo‘ldi. “Aruz “jangnoma”larga maxsus ishlang‘an tayyor vazn “mutaqoribi musammani maqsur” vaznidir. Fors adabiyotida Rudaki(y)da boshlanib, Unsuri(y), Firdavsi(y), Nizomi(y) kabi bir ko‘b shoirlar jangnomalarni shu vaznda yozdilar. Bizning adabiyotda ham, masalan, Navoiyning “Iskandarnoma”sida bu vazn urush maydonlarig‘a munosib bir ohang beradir” 8.

Yuqoridagilardan ma’lum bo‘ladiki, aruz tizimi urg‘u bilan bog‘liq she’riy o‘lchov bo‘lib, unda rukn urg‘usi yetakchilik qiladi va bunday urg‘u ritm yaratishga xizmat qilganligi uchun uni ritmik urg‘u deb atash mumkin. Mumtoz aruzshunoslikda, garchi urg‘u alohida hodisa sifatida ta’kidlanmagan bo‘lsa ham, mutalavvun hodisasining aruzga doir manbalarda qayd etilishi ritmik urg‘uning aruzshunoslik tarixida muayyan o‘ringa ega ekanligini va mumtoz aruzshunoslarimizning aruzni urg‘u bilan bog‘liq holda talqin qilganliklarini ko‘rsatadi.

1Atoulloh Husayniy. Badoye’ us-sanoye ∕ Forschadan A.Rustamov tarjimasi. T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1981. 87-bet.2Rashididdin Vatvot. Hadoyiq us-sehr fi daqoyiq ush-she’r. Dushanbe.: Irfon, 1987. 105-bet.3U.Toirov. Farhangi istilohoti aro‘zi Acham. Dushanbe.: Maorif, 1991. 285 – 286-betlar.4Alisher Navoiy. Hayrat ul-abror. TAT. 10 jildlik. 5-jild. T.: 2011. 225-bet.5Zahiriddin Muhammad Bobur. Muxtasar / Nashrga tayyorlovchi S.Hasanov. T.: Fan, 1971. 44-bet.6E.Talabov. Arab she’riyatida aruz tizimi: Filol. fan. dok. diss. …avtoref. Т., 2004. 28-bet. (Keyingi misollar ham shu manbadan olingan bo‘lib, sahifasi qavs ichida ko‘rsatilgan).7И.В.Стеблева. О проникновении арабо-персидских метров в тюркоязычную поэзию // Проблемы теории литературы и эстетики в странах Востока. М.: Наука, 1964. С. 301.8А.Fitrat. Muhammad Solih. Tanlangan asarlar. 2-jild. Т.: Ma’naviyat, 2000. 81-bet.

Page 38: 2018-yil. 6-son. - Til va adabiyot ta’limitilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/... · biyot namunalari ham oromgoh kutubxonalaridan joy oldi. Muxlisa DO‘STMUHAMEDOVA

38 e-mail: [email protected]

Tadqiqotlar

Atoqli ot semantikasi, ya’ni mazmun ko‘lami masalasi, olimlarning ta’kidlashlaricha, tilshunoslikdagi o‘ta murakkab masalalardan bo‘lib, tadqiqot ishlarida turlicha, hatto bir-birini rad etuvchi tushunchalarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Bir guruh olimlar atoqli otlar o‘z ma’nosini yo‘qotgan, deb tasdiqlasa, boshqalari ularning ma’nosi to‘la mazmunga ega emas yoki turdosh nomlarga nisbatan boshqa informativ rejada yotadi, deb hisoblaydilar. Uchinchi guruh olimlar esa atoqli otlarda turdosh otlardagidan ham ko‘proq mazmun borligini qayd etadilar. Atoqli otlarning nominativ funksiyalari to‘g‘risida ham har xil fikrlarni uchratish mumkin. Masalan, «Языковая номинация (Общие вопросы)1» ilmiy ishlar to‘plamidan olingan mana bu ikki fikrni qiyoslab ko‘raylik: «atoqli otlar» predmetlarni aslo tavsiflamaydi, ular to‘g‘risida haqiqiy yoki soxta biror narsa aytmaydi, biroq ayni paytda, «atoqli ot yagona predmetga qaratilganligidan, uning mazmuni shu predmetda ajratib bo‘lmaydigan xossalarning hamma majmuasiga mos keladi». Yuqorida keltirilgan fikrlardan atoqli ot semantikasi va nominativ funksiyasi o‘rtasidagi o‘zaro nisbat o‘ta murakkab xarakterga ega bo‘lishini anglab olish mumkin. Bu masalani o‘rganishning boshqa imkonlari ham mavjudmi? Nazarimizda, atoqli ot mazmun ko‘lamini shakllantirishga xizmat qiladigan asosiy til vositalaridan biri sifatida determinativlarning (determinativ atamasini rus tilshunosi, filologiya fanlari doktori Vladimir Grigoryevich Gak qo‘llagan) diskursiv qo‘llanishini o‘rganish va tahlil etish ana shunday imkoniyatlardan biridir. Misollarimiz tahlili shundan dalolat beradiki, fransuz tilidagi har qanday atoqli ot bir determinativ bilan qo‘llanishi mumkin va bu determinativ o‘rnida 1) artikllar – le,­la,­les;­un,­une,­des;­du,­de­la; 2) egalik sifatlari – mon, ton, son va boshqalar; 3) ko‘rsatish sifatlari – ce, cet, cette, ces tez-tez uchrab turadi.

1). L’illustre Gobseck, le maître des­ Patmas, des Cisonnets, des Werbrusts, des Kelleis et des Nucinsens (Balzac). Au dire du grand Nucingen, le Napoléon de la

Sanobar KAMOLOVA,Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Tillar”

kafedrasi fransuz tili o‘qituvchisi, mustaqil tadqiqotchi

ATOQLI OTLAR OLDIDA DETERMINATIVLAR QO‘LLANISHINING O‘ZIGA XOS SEMANTIK XUSUSIYATLARI

Annotatsiya. Mazkur maqolada fransuz atoqli otlari oldida determina-tivlarning ishlatilishi va ularning o‘ziga xos semantik xususiyatlari bayon etil-gan. Atoqli ot mustaqil ma’noga ega bo‘lib, determinativsiz qo‘llana olsa ham, ko‘p hollarda u determinativlarn-ing hamma toifalari bilan bog‘lana olishi mumkin.

Kalit so‘zlar: Atoqli otlar, semanti-ka, nominativ, affektiv, diskursiv, refer-ent, informativ, konseptual, determina-tiv,­аntonomaziya.

Аннотация. В­ этой­ статье­ об-суждается­ использование­ детер-минативов­ во­ ­ французском­ языке­перед­именами­­собственными­и­их­специфические­семантические­осо-бенности.­ Хотя­ имя­ собственное­имеет­ независимое­ значение­ и­мо-жет­ использоваться­ без­ детерми-нантов,­в­большинстве­случаев­онo­может­ ассоциироваться­ со­ всеми­категориями­детерминативов.

Ключевые слова: имя­ соб-ственное,­ семантика,­ номинатив-ный,­ аффективный,­ дискурсивный,­референтный,­ информативный,­концептуальный,­ определяющий,­антономазия.

Annotation. This article discusses the use of determinatives of French proper­nouns­and­their­specific­seman-tic features. Although, the proper noun has an independent meaning and can be used without determinatives, in most cases it can be associated with all cate-gories of determinants.

Key words: proper noun, seman-tics, nominative, affective, discursive, reference, informative, conceptual, de-fining,­аntonomasia.

finance... (Balzac). J’ai lu chez un conteur de fables/ Qu’un second Rodilard, L’Alexandre des chats,/ L’Attila,­le­féau­des­rats,/­Rendait­ces­derniers­misérables­(...)­Ce­chat­extermina-teur,/ Vrai Cerbère, était craint une lieue à la ronde. (La Fontaine) La vie secrète d’un Chevreuse les intriguait plus que celle d’un­Potin, celle d’un académicien plus que celle d’un­jockey,­à­moins­que­Potin­et­jockey­ne­franchissent­cette­barrière qui sépare la tragédie de la comédie, ils étaient les Rtwines de notre époque (Giraudoux, Bella).

Atoqli otlarga xos semantik xususiyatlar barcha keltirilgan qo‘lyozmalarda uzviy bog‘langan. Atoqli ot bunday vaziyatlarda ot guruhining u yoki bu darajada kengaygan bosh so‘zini hosil qiladi. Bu shuni anglatadiki, atoqli ot bilan qo‘llanadigan determinativlar turdosh otdan oldin qo‘llangan paytdagidek aynan bir xil qiymatga va bir xil ma’noga ega bo‘ladilar.

Boshqa qo‘lyozmalarda aniq artiklning birlik shakli referentning alohida obrazini tanlashga yoki yaratishga ham yordam berishi mumkin: yo uning tipik tavsifini ko‘rsatadi («tabiiy aniqlovchi»); yo shaxsni holatlaridan birida taqdim etadi; yo antonomaziya (Antonomaziya – metamorfizmning o‘ziga xos xususiyati (yunoncha)) usulida shaxsga boshqaning ajoyib belgilarini (xislatlarini) o‘tkazib qo‘yadi. Atoqli ot mazmunini bu usulda rang-barang ma’nolar bilan boyitishda, tabiiyki, qo‘shimcha vositalar ham ishtirok etadi. Atoqli ot oldida sifatlovchi yoki undan keyin predlog yoki aniqlovchilarning kelishi: le sage Ulysse, / le vaillant Diomède, Ajax l’impétueux (La Fontaine). C’est ainsi que Roland épousa la­belle­Aude­(V.­Hugo).­le­vieux­Paris­n’est­plus­(Baudelaire).­Le jeune Victor Hugo était royaliste légitimiste. Un d’eux [un cierge] voyant la terre au feu durcie / Vaincre l’effort des ans, il­ eut­ la­ même­ envie;­ Et,­ nouvel­ Empérfocle­ aux­ fammes­condamné,­/­Par­sa­propre­et­pure­folie,­/­Il­se­lança­dedans­[...]­L’Empédocle­de­cire­au­brasier­se­fondit­(La­Fontaine).

Page 39: 2018-yil. 6-son. - Til va adabiyot ta’limitilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/... · biyot namunalari ham oromgoh kutubxonalaridan joy oldi. Muxlisa DO‘STMUHAMEDOVA

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 39

Tadqiqotlar

Ism oldida qo‘llanilgan aniq artikl ism mazmuniga arxaik yoki ma’lum bir regionga xoslik ma’nolarini kiritishi mumkin, ot nomlari oldida kelganda esa, u, aksariyat hollarda, qo‘shiqchi ayollarga nisbatan ishlatiladi: T’en fais pas, la Marie, t’es jolie (chanson)­–­La­Collas.

Aniq artiklning ko‘plik shakli qo‘llangan matnlarda har xil semantik o‘zgarishlar kuzatiladi. Bunday matnlarda atoqli otlarning alohida referentlaridan har biriga bog‘langan yagonalik yoki aynan shu nomga ega bo‘lgan shaxslarning jamini ko‘rib chiqish maqsadida boshqalarga qo‘llaniladigan obrazni olish maqsadida ko‘paytiriladi. Bu holat metaforik qo‘llanishlarga yo‘l ochadi: Tous­les­Confient­sont­des­localités­qui­se­ trouvent­au­confuent­de­deux­cours­d’eau. (Hamma aholi punktlari shu nom bilan ataladi). Les Chateaubriands ont habité Combourg (Shatobrian oilasi). Les Chateaubriands ont chanté la beauté des ruines (Shatobrian bilan bir xil tavsifga ega bo‘lgan mualliflar, shu jumladan, Shatobrianning o‘zi ham). Les Chateaubriands d’aujourd’hui (Shatobrianga o‘xshash zamonaviy mualliflar).

Turlicha semantik nozikliklar noaniq artikl vositasida ham atoqli ot semantikasiga olib kirilishi mumkin: J’ai connu un Dupont autrefois (un porteur non autrement déterminé du nom propre). Un poétique des ruines devait être illustré par un Chateaubriand (u kabi aynan bir xil tavsifga ega bo‘lgan yozuvchi, ya’ni uning o‘zi). En­ haut­ les­ Keller,­ les­ du­ Tillet­(...);­un­peu­plus­bas,­les­Palma,­les­Cigonnet,­les­Gobseck;­encore­ plus­ bas,­ les­ Sabanon,­ les­ Chaboisseau­ (...);­ puis,­enfin,­après­ le­Mont-de-Piété­ (...)­un Cérizet­ !­ (Balzac)­ (Un­Cérizet, bu – obrazini bergan tipning vakili sifatida qaralgan Cérizet o‘zi) // se trouvera toujours un Chateaubriand pour enchanter ses contemporains (umumiy tarzda, ammo boshqa davrdagi aynan bir xil tavsiflarga ega muallif). Noaniq artikl

atoqli ot referentining alohida (masalan, vaqtga yoki sifatga oid) qattiq iltimosini bo‘lib qo‘yishi mumkin: Je suis entré dans un­Paris­désert.­-­Jai­rencontré­hier­un­Gaston­très­excité­par­son succès.

Partitiv artikl atoqli ot semantikasiga metonimik ma’no olib kiradi:

1) Mahsulot yoki shu nomdagi shaxsning tipik o‘zini tutishi: Hier,­ j’ai­ écoulé­ du­Bach­ -­ J’aime­ beaucoup­ lire­ du­Simenon.­Ça,­ c’est­ bien­ du­Colette­ –­Cette­ façon­de­ faire,­c’est dit Gaston tout craché.

2) Egalik determinativi ko‘pincha muloqot shaxsiga, asosan, birinchi shaxsga nisbatan affektiv, alohida pragmatik munosabat ma’nosini yoki ikkinchi shaxsga nisbatan ba’zan yengilroq peyorativ ma’noni qo‘shadi: Mon­Pierre­–­Mon­petit­Pierre­–­Mon­cher­Pierre­–­Ta­Marie­–­Ta­chère­Marie.­Sa­Béatrice­–­Sa­chère­Béatrice.­Tu­as­vu­Albert?­–­Ah!­oui,­je­l’ai­vu­ton­Albert!­Ah!­Ton­Paris,­tu­n­‘as­que­ce­mot­à­la­bouche!

3) Atoqli ot oldida ko‘rsatish determinativining qo‘llanishi biror paradoksal va ortiqcha narsa ma’nosini beradi; shu tarzda gapni buzib ko‘rsatmasdan keraksiz narsani doimo tushirib qoldirish mumkin bo‘ladi. Uning ortiqchasi sifatida paydo bo‘ladi va bu holat hatto uning undov gaplarda qo‘llanishiga rag‘bat hosil qiladi: Quel génie que ce Chateaubriand

Ah!­Ce­Raymond,­quel­farceur!­C’est­ainsi­que­j’ai­perdu­toute­ une­ journée­ de­ma­ vie­ à­ La­Corogne,­ cet­Escurial­ à­rebours,­où­Picasso,­ce­Philippe­II­de­la­peinture­moderne­a­reçu­le­sacre­de­son­père­qui­abdiquait­(Cendrars).

Xulosa qilib aytish kerakki, atoqli ot mustaqil ma’noga ega bo‘lib, determinativsiz qo‘llana olsa ham, ko‘p hollarda u determinativlarning hamma toifalari bilan bog‘lana olishi mumkin. Bu determinativlar atoqli otlarning mazmun ko‘lamini shakllantirishga xizmat qiladigan asosiy grammatik vositalar sifatida yuzaga chiqadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:1. Языковая номинация (Общие вопросы). М., 1977. 2. Van de Velde D. et Flaux, N. Les noms propres: nature et détermination. Lexique, . éds, (2000). P-79 3. Дзякович Е. В. Пунктуация в свете проблем культуры общения // Хорошая речь. Саратов, 2001. C. 36-48.4. Leon P. Phonetisme et prononciations du français. 1992. P-2455. Le Petit Larousse. Paris, 1995.6. Thimmonier R. Le système graphique du français. Paris, 1967. P- 367

Nilufar DILMURODOVA,Toshkent moliya instituti

katta o‘qituvchisi

ADABIYOTDA PSIXOLOGIK VA ESTETIK TALQIN

Annotatsiya. Maqolada zamon va makon mohiyati, kechagi kun bilan bugungi­ kunni­ bog‘lovchi­ ijtimoiy-falsafiy­ muvozanatni­ aniqlash,­ bu­muvozanat qimmatini ko‘ngil ilmiga intilish­barobarida­badiiy-estetik­nuqtayi­nazaridan talqin etish va umumlashma xulosalar chiqarish adib estetik konsepsiyasi hamda pozitsiyasining bosh maqsadi ekanligi xususida so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar: o‘zbek milliy adabiyoti, arxitektonika,­dialektika,­ ­badiiy-estetik­tafakkur, badiiy konsepsiya, psixologik dramatizm, jamiyat va shaxs, ramziylik.

Annotation. The article states that aesthetic conception and main objective of­ writer’s­ position­ is­ the­ definition­ of­essence of time and space, social and philosophical balance connecting yesterday with today, analysed and generalized conclusions of this balance value from artistic and aesthetic point of view together with pursuance of the science of soul.

Key words: Uzbek national literature, architectonics, dialectics, artistic and aesthetic thinking, artistic concept, psychological drama, society and personality, symbolism.

Аннотация. В­ статье­ говорится­о­ том,­ что­ эстетической­ концепцией­и­ главной­ задачей­ позиции­ писателя­являе­тся­ определение­ сути­ времени­и­ пространства,­ социально-философ-ского­ баланса,­ соединяющего­ вчераш-ний­ день­ с­ сегодняшним,­ приводятся­анализ­ и­ обобщенные­ выводы­ этого­балансового­значения­с­художественно-эстетичес­кой­ точки­ зрения­ наряду­ со­стремлением­к­науке­о­душе.­

Ключевые слова: узбекская­ нацио-нальная­ литература,­ архитектоника,­диалектика,­ художественно-эстетиче-ское­ мышление,­ художественная­ кон-цепция,­ психологический­ драматизм,­общество­и­личность,­символичность.

Page 40: 2018-yil. 6-son. - Til va adabiyot ta’limitilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/... · biyot namunalari ham oromgoh kutubxonalaridan joy oldi. Muxlisa DO‘STMUHAMEDOVA

40 e-mail: [email protected]

Tadqiqotlar

Ma’lumki, dialektika qonunlariga ko‘ra jamiyat va shaxs tushunchalari aloqadorlikda amal qiladi, shunday ekan, jamiyat va shaxs faoliyatini tadqiq etuvchi so‘z san’ati ham ijtimoiylik zaminidan uzilib ketolmasligi zaruriyatdir. Chinakam so‘z san’ati, avvalo, jamiyat va hayot, inson – ijodkor shaxsi, tafakkur va ko‘ngil ilmi, badiiy mahorat, malaka va iste’dod hamkorligi natijasida tug‘iladi; ijtimoiylik bilan individual unsurlar birdamligini yoqlab, keng ma’nodagi badiiy-estetik va falsafiy-estetik manfaatni mo‘ljallaydi.

Ijtimoiylik mazmun-mohiyatining ijodkor shaxsi va badiiy ijodga ta’siri haqida R.Uellek va O.Uorren o‘rtaga tashlagan mulohazalar bizni masala mohiyatiga yanada yaqinlashtiradi. Badiiy adabiyot, ular ta’biricha, tildan ifoda vositasida foydalanadigan ijtimoiy yo‘nalishdagi jamoaviy kuch tomonidan bunyod etiladigan ijod hosilasidir. U tabiatan majoziylik va shakl kabi adabiy omillarga ega bo‘lgani uchun ham ijtimoiylikka mansub hisoblanadi.

Darhaqiqat, asarning badiiy qiyofasi va badiiy-estetik ahamiyatini ijtimoiylik qirralarini ochadigan badiiy-estetik mazmun va mohiyat salmog‘isiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ayni paytda ijodkor shaxsi so‘z san’ati xususiyati bilan ijtimoiylik xususiyati o‘rtasida ko‘prik o‘rnatuvchi badiiy-estetik masalalar mohiyatini ro‘yobga chiqaruvchi yetakchi vosita hisoblanadi. Muhimi, muayyan asarda yaratilgan badiiy borliq real borliq bilan munosabatda bo‘ladi, demak, badiiy reallik orqali ifoda etilayotgan g‘oyalar tizimi hayotimiz mazmuniga uyg‘un mafkura bilan aloqaga kirishadi.

Shuni unutmaslik lozimki, mafkura zamirida jamlangan g‘oyalar tizimiga estetik mas’uliyatni unutgan holda ergashmoq ijodkor qalbidagi cho‘g‘ni so‘ndiradi, shunday hol ro‘y bermasligi uchun ijodkor so‘z san’ati qiyofasini belgilovchi estetik idealini muayyan asari poetik mag‘ziga ongli ravishda tatbiq etishi lozim. Bunday intilish bo‘lgan taqdirdagina nasriy asarda jamiyat va shaxs munosabatlari, jamiyat hayoti, shaxs ruhiyatida mavjud bo‘lgan turli ziddiyatli va uyg‘un holatlar san’atkorona yo‘sinda haqqoniy yoritiladi.

Muayyan asarni hayotiy konflikt, oqim, maslak va g‘oyalar tizimidan ajratmaydigan, aksincha, ular bilan biriktirib yuboradigan sog‘lom amaliy haqiqat, xayrixohlik va muhabbat hissiyoti hozirgi adabiy jarayonda faol ishtirok etayotgan yozuvchilar Xurshid Do‘stmuhammad, Abduqayum Yo‘ldosh, Salomat Vafo, Nazar Eshonqul, Zulfiya Qurolboy qizi, Isajon Sulton, Bahodir Qobul ijodini nurlantirib turadigan estetik tamoyillar asosini tashkil etadi.

Badiiy tafakkurni yangilash yo‘lida samarali izlanayotgan adib Xurshid Do‘stmuhammad ijodi jamiyat va shaxs psixologiyasini, bu har ikkala tushuncha mujassam etgan falsafiy-ma’rifiy ma’nolar salmog‘ini keng qamrab olish xususiyati bilan xarakterlanadi. Yozuvchi, ayniqsa, tarixni harakatga keltirgan, bugungi ijtimoiy taraqqiyotga asos solgan kurashchan insonlar shaxsiyati, e’tiqodiga alohida urg‘u beradi, ularning murakkab ruhiy olami, qalbiga nazar tashlaydi.

Ijtimoiy pafos, ma’naviy-ma’rifiy o‘zgarish, e’tiqod va ilm-u hikmat bobida yangilanish, takomillashish mohiyati adib qalamiga mansub falsafiylikka moyil ko‘pgina hikoyalar, qissalar, xususan, “Bozor” va “Donishmand Sizif” romanlari sujeti hamda mazmunidan ko‘rinib turadi.

Sirasini aytganda, ularda jamiyat hayotining tub ma’rifiy va axloqiy masalalari, tartib-intizomni boshqaruvchi turli voqelik va ziddiyatlar umumlashtirilib, badiiy-estetik va falsafiy qarashlar bilan boyitilgan holda tasvirlanadi.

Hayotiy va badiiy haqiqat mezonlariga suyangan adib ezgulik va yovuzlik tushunchalari mohiyatini bevosita jamiyat va inson psixologiyasi mohiyati bilan uzviylikda chog‘ishtiradi, shu jarayonda turli dolzarb adabiy-estetik xulosalar chiqaradi. Jamiyat va inson psixologiyasi o‘zaro muvofiq kelishini tahlil qilarkan, bu muvofiqlik mavjud ijtimoiy jabhalar jadal taraqqiy etishini, ma’naviy-axloqiy va ma’rifiy fazilatlar keng yoyilishini ta’minlovchi alohida omil ekanini o‘ziga xos badiiy bo‘yoqlarda tasvirlaydi.

Zamon va makon mohiyati, kechagi kun bilan bugungi kunni bog‘lovchi ijtimoiy-falsafiy muvozanatni aniqlash, bu muvozanat qimmatini badiiy-estetik nuqtayi nazardan talqin etish va umumlashma xulosalar chiqarish adib estetik konsepsiyasi hamda pozitsiyasining bosh maqsadi sirasiga kiradi. Adib konsepsiyasi va pozitsiyasining bosh maqsadi faqat adolat, ezgulik qudratini shunchaki ulug‘lash-u yovuzlik, jaholatni qoralash emas, avvalo, ushbu tushunchalar mag‘ziga yetish, ular botini va zuhuridagi ijtimoiy hamda badiiy-estetik falsafani poetik so‘z orqali qalb boyligiga aylantirishdan iboratdir.

Ana shu xayrli urinish samarasi o‘laroq adib “Bozor” romani uchun xos badiiy-estetik tafakkur maydonida behad muhim zuhuriy va botiniy konfliktlar tizimini yaratadi, aniqrog‘i, bir tomondan ezgulik bo‘g‘inlari bo‘lgan go‘zallik, halollik, rostgo‘ylik, pok vijdon, imon-e’tiqod, sabr-u bardosh, matonat, fidokorlik va sadoqat kabi fazilatlar, ikkinchi tomondan, yovuzlik bo‘g‘inlari hisoblangan jaholat, xudbinlik, razolat, xiyonat, e’tiqodsizlik, badnafslik, yolg‘on va firib singari illatlarni o‘sha tizimni mustahkamlash uchun jalb etadi. Ana shunda ular, muhimi, jamiyat, inson shaxsi va e’tiqodi mohiyatiga tegishli ramziy kuchlar sifatida ko‘rinadi va o‘zaro murosasiz jangga otlanadi. Ezgulik bo‘g‘inlari xaloskorlik, sadoqat va yaxshilik qudratini mujassam etgan xayrixoh kuchlar, yovuzlik bo‘g‘inlari tutqunlik, xiyonat va halokatga mahkum etuvchi mudhish kuchlar tarzida harakatlanadi.

Adib ezgulik va yovuzlik kuchlari o‘rtasida kechadigan ziddiyatlarning muttasil keskinlashuvi, makon va zamon taqozosiga ko‘ra, jamiyat va inson psixologiyasi muvozanati o‘zgarishi – axloqqa zid turli g‘ayritabiiy hodisalarni keltirib chiqaradigan ma’naviy illatlar ildiz otishi bilan uzviy bog‘liq ekanligiga ishora qiladi.

Yozuvchi talqinicha, jamiyat va katta-kichik jamoalar hayotida jaholat va qalloblik, xudbinlik va yulg‘ichlik, badnafslik va firibgarlik, to‘rachilik va amalparastlikning avjga minishi turli toifadagi shaxslar psixologiyasini o‘zgartiradi, uzoq cho‘ziladigan va o‘ng‘ay tuyula boshlagan ma’naviy ta’sirni muntazam his etayotgan shaxs oxir-oqibat boshqacha – o‘zi uchun qulay turmush yo‘lini tanlash, tirikchiligini o‘z fe’l-u atvori, ruhiyati va ehtiyojiga moslab qurishni istab qoladi.

Ana shunday murakkab psixologizm uning “So‘roq”, “Zilzila”, “Oromkursi”, “Hayy, Gulshod, Gulish!..”, “Kuza” kabi qissalari badiiy qurilishida ham yaqqol kuzatiladi. Xususan, “So‘roq” markazida turuvchi Bozor qiyofasida xudbinlik yakunida fojiaviy ijtimoiy xulosa bo‘rttirib ifodalangani bilan, ayniqsa, e’tiborlidir. Falsafiy mazmunga

Page 41: 2018-yil. 6-son. - Til va adabiyot ta’limitilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/... · biyot namunalari ham oromgoh kutubxonalaridan joy oldi. Muxlisa DO‘STMUHAMEDOVA

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 41

Tadqiqotlar

ega ushbu xulosa qissa zimmasiga yuklangan badiiy-estetik vazifa salmog‘ini har jihatdan oshiradi va keskin psixologik to‘qnashuvlar jarayonida ezgulik va yovuzlik kuchlari o‘rtasidagi arosatda dovdirab qolgan Bozor ramziy obrazga aylanadi. Och qornim – tinch qulog‘im qabilida erkin o‘ynab-kulib yurgan yigit uylanishi va odam quriganday Aminvoy guppi yo‘rig‘iga uchishi ruhiy qiynoqlarining boshlanishi sifatida ko‘rsatiladi.

To‘satdan bo‘lgan o‘zgarish sababli Bozor o‘z taqdirini jamiyat – hayot timsoli bo‘lgan paxta zavodi bilan bog‘laydi, bu yerda chuqur ildiz otgan yulg‘ichlik kayfiyatini sezgach, yana ham ayricha holatga tushadi, zero ko‘ngliga oralagan g‘ashlik dahshati butun borlig‘ini chulg‘aydi. Samoviy kelgindilar bilan uchrashib, ular yog‘dirgan so‘roqlar mag‘zini chaqadi-yu, nafs o‘pqoniga yiqilganini anglaydi. Bozor bilan birga kitobxon ham nafs balosini his etadi, bu pinhon ko‘rgilik ezgulikning eng xavfli dushmani ekaniga imon keltiradi.

Nafsini qondirish g‘amida yo‘ldan toya boshlagan Bozor qaysidir jihatdan “Oromkursi” qissasidagi Ko‘klam obraziga o‘xshaydi, faqat Bozor anchayin mardligi, ochiqligi va mehnatkashligi, boshiga tushayotgan musibat negizini ertaroq ilg‘ashi – o‘zligi va e’tiqodi, oriyati va erki singari insoniy fazilatlarini qutqarib qola olgani bilan undan farq qiladi.

Muhimi shundaki, adib Ko‘klam psixologik evrilishlarini hayotiy omillar bilan puxta asoslab bergani kabi, Bozor ko‘ngli va ruhiyatida bo‘layotgan o‘zgarishlar sababini ham tahlil etishni unutmaydi. Bozor botini va zuhuri hal qiluvchi damlarda, asosan, majoziy detallar yordamida ochiladi. Masalan, xayolini band qilgan va har jihatdan qudratli bo‘lib tuyulgan tut daraxti bilan bog‘liq tasvir, ayniqsa, teran badiiy-estetik ahamiyatga molikdir.

Inson qismati, yaxshilik va yomonlik, poklik va e’tiqod, aqliy va vijdoniy so‘qirlik bilan bog‘liq sonsiz savollar Bozorda ma’naviy poklanish ehtiyojini uyg‘otadi, shunga yarasha, jon-jahdi bilan ko‘ngil imkoniyatlarini qidiradi. Oxir-oqibat xokisorlik va qat’iyat timsoli bo‘lgan tutga intilarkan, uning panohida o‘zini erkin, ozod, baxtiyor ko‘rishni orzu qiladi. Ammo beqarorlik ko‘chasiga mo‘ralagani sababli istagini tut xushlamaydi, undan o‘zini olib qochib, yuksaklarga ko‘tariladi va shu jarayonda ildizi yo‘qligi ma’lum bo‘ladi.

Qissadagi kichik tut voqeasi tasviri Bozor taqdiriga yondosh kelgan nafs hodisasining, avvalombor, jamiyatda beqarorlikni vujudga keltiruvchi jaholat, ya’ni e’tiqod va imon, sadoqat va mehr-u vafo ildizidan mosuvolik oqibati ekanligiga ishoradir.

Bozor kabi ma’naviy tanazzul girdobiga tushib qolgan Ko‘klam xarakteri va psixologiyasi ifodasi “Oromkursi” qissasi badiiy-estetik qurilishi mehvariga evrilganligi kuzatiladi. Qissa sujeti, badiiy-estetik va falsafiy mushohadalari doirasida jamiyat va shaxs faoliyati uyg‘unligi masalasi o‘rtaga qo‘yiladi.

Ko‘klam aql-idroki va ko‘nglini chulg‘agan amalparastlik

mayli hayotiy va badiiy haqiqat taqozo etuvchi estetik holat ekanligi jonli tarzda ishonarli tasvirlanadi. Ruhiy evrilish zamini mustahkam va hasratli bo‘lgani uchun Ko‘klam ma’naviy fojeasi afsus-nadomat uyg‘otadi, kitobxon nafs timsoliga aylangan oromkursiga nafrat nigohi bilan qaray boshlaydi.

Insonga xos mansabparastlik jamiyat psixologiyasining amaldagi ko‘rinishi ekanini kashf etgan Ko‘klam dilida asta-sekin ezgulik maysasi nish uradi, shuningdek, o‘z shuurida ayricha evrilish kechadi va xayolini necha “...yillardan keyin odamzod qavmi orasida oromkursini sevish kasalligi tarqasa nima bo‘ladi?.. Kursi deb odamlar odamlardan bezib ketsa, kursidan orom topish ilinjida bola otasining, ota xotinining bahridan o‘tsa, yoppasiga shunday bo‘lsa!” (174-bet.) tarzidagi halokatdan ogoh etuvchi falsafiy mushohadalar chulg‘aydi. Ko‘klamni muqarrar o‘lim sari yetaklagan omil, avvalo, jamiyat psixologiyasi, qolaversa, dilini qamragan o‘tkir ruhiy tebranishlar bilan mushtarakdir.

Nazarda tutilayotgan optimizm mohiyati shundan iboratki, inson hayoti mazmuni va ma’naviy go‘zalligi asosini amal-martaba, moddiy boylik va tamagirlik emas, avvalo, haqiqiy komillik asosi hisoblangan vijdoniy uyg‘oqlik, imon-e’tiqod butunligi, adolatpeshalik, xokisorlik va tozalik kabi ma’naviy-ma’rifiy boylik belgilaydi, tiriklik, shubhasiz, shu boylik sharofati bilan zavqlidir.

Badiiy-g‘oyaviy jihatdan “So‘roq” va “Oromkursi” bilan bellashadigan “Hayy, Gulshod, Gulish!..” qissasi mazmunida esa or-nomus, nafsoniyat va g‘urur bebaho mulk – noyob javohir bilan teng boylik ekanligi xususidagi falsafiy-estetik qarashlar ustivor: oriyat va oriyatsizlik – jamiyat va shaxs psixologiyasini teran ifodalovchi, jamiyat va inson o‘rtasida mavjud ijtimoiy munosabatlar miqyosini belgilovchi muhim omil tarzida talqin qilinadi.

Eng muhimi, qissada nafs keltirib chiqaradigan ko‘ngil fojiasi o‘quvchini befarq qoldirmaydigan keskin psixologik dramatizm asosida yoritiladi,

Qissa arxitektonikasida shahvoniy nafs psixologiyasi yovuzlikning boshqa barcha tarmoqlari, jumladan, razillik va firib, yolg‘on va hiyla bilan bitim tuzgan xudbinlik va hasadgo‘ylik mohiyati talqinlari bilan yaxlitlikda gavdalanadi. Natijada yetakchi obrazlar – shahvoniy nafs bois o‘zligini yo‘qotgan Ashur, nomusidan ayrilgan Gulshod ko‘ngli xurujlari teran ochiladi va bu ruhiy evrilishlar ijtimoiy muhit psixologiyasini yaqqol ifodalaydi.

Demak, yozuvchi Xurshid Do‘stmuhammad mazkur asarlari vositasida jamiyat va shaxs psixologiyasi qatlamlarini badiiy asoslab, o‘rtaga qo‘yayotgan estetik ideali va konsepsiyasi zamiriga o‘ta muhim va nozik falsafiy ma’nolarni joylashga erishgan; ayni paytda insonni ma’naviy-ma’rifiy kamolotga yetkazuvchi xislatlarni himoyalab, ijtimoiy muhitda beqaror psixologiya tug‘diruvchi yovuzlik balosiga qarshi isyon ko‘targan hamda adolat va haqiqat, e’tiqod va poklik tarafida muqim turish muqaddas burch ekanini uqtirganligi bilan kitobxon e’tiborini o‘ziga jalb qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Р.Уэллек, О.Уоррен. Теория литературы. М.: Прогресс, 1978. С. 107–110. 2. Xurshid Do‘stmuhammad. Jajman. Qissalar va hikoyalar. T.: Sharq, 1995. 174-bet.

Page 42: 2018-yil. 6-son. - Til va adabiyot ta’limitilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/... · biyot namunalari ham oromgoh kutubxonalaridan joy oldi. Muxlisa DO‘STMUHAMEDOVA

42 e-mail: [email protected]

Tadqiqotlar

O‘quvchilarda badiiy asar mutolaasiga qiziqish uyg‘otish adabiyot o‘qitish metodikasi, pedagogika va psixologiyaning mushtarak muammosi sifatida soha xodimlarini ko‘pdan buyon qiziqtirib keladi. Ko‘p yillik ilmiy-pedagogik faoliyatimiz davomida yuzaga kelgan ushbu maqolada muammoning yechimini uch bosqichli savol va topshiriqlar tizimi misolida topishga harakat qildik. Binobarin, savol va topshiriqlar badiiy asarning tasvir obyekti, matn tarkibini mazmunli ochish vositasi bo‘lib, u o‘quvchilarni obrazlilikni tasavvur etish va kitob bilan hayot o‘rtasidagi aloqadorlik xususida mushohada yuritishga undaydi.

Savol va topshiriqlar o‘quvchini fikrlash jarayoniga olib kiradi. Agar o‘quvchi fikrlash jarayonida nafaqat kitobiy, balki hayotiy kuzatishlari, shaxsiy tajribalariga tayanib mulohaza yuritsa, bu uning aqliy faoliyatini yanada faollashtiradi, tafakkurini o‘stiradi.

Savol va topshiriqlar nafaqat umumiy mavzu, balki asosiy g‘oya, ma’lum fikr va ma’no jihatidan uzviy bog‘liq bo‘lgani ma’qul. Yangi materialni o‘rganish, mustahkamlash va umumlashtirish jarayonida beriladigan savol va topshiriqlar o‘quvchilarning bilim darajasini oshirishga yordam beradi. Bilimni baholashda esa javobning to‘liq va to‘g‘riligi, o‘rganilgan materialni tushunish darajasi hamda axborotning mantiqiy izchilligi hisobga olinishi zarur.

O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi sohasida savol va topshiriqlar ustida ishlash muammolari bir qator metodist olimlar izlanishlarida tadqiq etilgan. Jumladan, M.Mirqosimova tomonidan turli janrdagi asarlar tahlilida darslikda keltirilgan savol-topshiriqlar badiiy asarning shakl unsurlari bilan mazmun yaxlitligini uyg‘un holda tushunishga qaratilishi nuqtayi nazaridan o‘rganilsa1, Q.Husanboyevaning ilmiy izlanishlarida uy vazifalarini so‘rashning asosiy quroli sifatida izohlanadi.2

Professor R.Niyozmetovaning tadqiqot ishida esa savol-topshiriqlarning matnga nisbatan joylashtirilishiga

Saodat KAMBAROVA,Alisher Navoiy nomidagi

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘qituvchisi

MUTOLAAGA QIZIQTIRISHGA DOIR BIR USUL XUSUSIDA

Annotatsiya. Maqolada­ o‘quv-chilarni kitob o‘qishga qiziqtirish, badiiy asar mazmunini tushunib yetish, mus-taqil xulosa chiqarish, muammoli vazi-yatlar yechimini topishga yo‘naltiruvchi savol va topshiriqlarning mutolaaga rag‘batni oshirishi hamda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishdagi o‘rni yoritilgan.

Kalit so‘zlar: mustaqil mutolaa, savol va topshiriqlar, o‘qishdan oldingi savol va topshiriqlar, o‘qish davomidagi savol va topshiriqlar, o‘qishdan keyingi savol va topshiriqlar.

Аннотация. В­ статье показа-на­ заинтересованность­ учащихся­в­ чтении,­ осмыслении­ содержания­художественного­произведения,­по-вышении­ мотивации­ ­ к­ чтению,­ к­вопросам­и­заданиям,­направленным­на­ решение­ проблемных­ ситуаций,­а­ также­ формирование­ культуры­чтения.

Ключевые слова: самостоя-тельное­ чтение, вопросы­ и­ зада-ния,­ задаваемые­ перед­ чтением,­вопросы­ и­ задания,­ задаваемые­ в­процессе­ чтения,­ вопросы­ и­ зада-ния,­задаваемые­после­чтения.

Annotation. The article shows the students’ interest in reading, understanding the content of work of art, increasing the motivation for reading, questions and tasks aimed at solving problem situations, and forming a reading culture.

Keywords: independent reading, questions and tasks, asked before the reading, questions and tasks asked in the process of reading, questions asked after reading the job.

ko‘ra o‘qishgacha va o‘qishdan keyingi ikki turi, shuning-dek, o‘qituvchi va o‘quvchilar hamkorligida adabiy asarni o‘qib-o‘rganishlari mobaynida ko‘rsatadigan faoliyatiga bog‘liq holda tuzilishiga e’tibor beriladi.3

Amaldagi ba’zi darsliklarda yozuvchi hayoti haqida so‘zlab berish, ijodkorning qaysi asarlarini bilishi mazmunidagi savol-topshiriqlar bugungi kunda o‘quvchilarni tahlilga yo‘llash, nazariy bilimlarni amalda qo‘llash layoqatlarini shakllantirish, mutolaaga qiziqtirishdan ko‘ra ma’lumotlarni shunchaki yodda saqlab qolish, matnni qayta hikoya qilib berish kabi hollarga sabab bo‘lmoqda. Bu borada mualliflar darslik yaratish jarayonida adabiy ta’limga oid tadqiqot ishlarida ilgari surilgan g‘oya va tavsiyalarga ham tayanishsa muammolar ma’lum darajada bartaraf etiladi, deb o‘ylaymiz.

Badiiy asar yuzasidan tuziladigan savol va topshiriqlarga qo‘yiladigan metodik talablar H.Suyunovning nomzodlik dissertatsiyasida alohida tahlilga tortilgan bo‘lib, o‘quvchining mustaqil va ijodiy tafakkuri, xotirasini rivojlantirish, asarning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlarini o‘rganish, so‘z ma’nosini izohlash asosida nutqni o‘stirish, yozuvchi hayoti va ijodiga doir ma’lumotlarni o‘zlashtirish hamda qahramonlar xarakterini tahlil qilishiga ko‘ra turkumlanadi.4

Rivojlangan xorij davlatlarida masalaga qay darajada yondashilganini o‘rganganimizda ayon bo‘ldiki, Yevropa va AQSH davlatlari o‘qitish tizimida savol-topshiriqlar joylashish o‘rniga ko‘ra o‘zgacharoq: asarni o‘qish davomida (matn ichida) ta’kid va murojaatlar tarzida kelishi, shuningdek, o‘quvchi diqqatini jalb etadigan ko‘rinishlarda joylashtirilishi bilan farqlanadi.

Darslik va majmualardan o‘rin olgan savol va topshiriqlar qurilishi shaklan bir necha bosqichda, mazmunan esa adabiyotning san’at sifatidagi o‘rnini belgilash, yozuvchi uslubi individualligini tekshirish, muayyan adib ijodi tadqiqotchilarini o‘rganish, tanqidiy fikrlashga yo‘naltirish,

Page 43: 2018-yil. 6-son. - Til va adabiyot ta’limitilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/... · biyot namunalari ham oromgoh kutubxonalaridan joy oldi. Muxlisa DO‘STMUHAMEDOVA

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 43

Tadqiqotlar

asarda davr ruhining aks etishi, faol o‘qish strategiyalari, o‘quvchilar fantaziyasi hamda egallagan hayotiy tajribalari kabi omillarga tayanib tuzilishi; dizayni zamon va makon nuqtayi nazaridan: asarning yaratilish tarixi, mazmuniga oid shaxs, predmet yoki me’moriy obidalar tasvirlarining keltirilishi, turli o‘lcham va rangdagi shriftlarda, hoshiyadan tashqarida berilishi bilan noan’anaviylik kasb etadi (xususan, “MC Dougal Littell Literature. World literature”.5)

Rossiyalik metodist olimlar S.Zinin, E.Zinin, N.Belyayeva, V.Medvedev, T.Davidova, V.Pugach, Z.Smelkova, O.Suxarina, E.Karsalova amalda matn tahlilining bir qator samarali usullarini taklif etadilar. Bular – namunaviy rejalar, modul-asoslar va “tayanch” materiallar. S.A.Zininning fikricha, tahlilni qadamma-qadam izchil tarzda amalga oshirishga yordam beradigan “tayanch” materiallar maqsadi metodik xilma-xil va ayni paytda yagona, ya’ni o‘quvchilarning analitik iqtidori va ijodiy salohiyat oshirishga qaratiladi. Bu turdagi tahlil modeli vazifalarning asosiy qismi materialga savollar shaklida berilishidadir.6

Ko‘rinadiki, savol-topshiriqlar o‘quvchini mutolaaga qiziqtirishi, fikrlashga undashi, kontekstni tushunishga tayyorlashi, tahlilga yo‘naltirishi, sintez, baho berish, mavzuni boshqa fanlar, eng muhimi, hayotga bog‘lay olishi nuqtayi nazaridan ham samaralidir.

O‘quvchilarning kitobxonlik ko‘nikmalarini kichik maktab yoshidan boshlab shakllantirishga doir optimal va rag‘batlantiruvchi texnologiyalarni tasniflar ekan, professor N.Egamberdiyeva matn ustida ishlash jarayonini o‘qishgacha, o‘qish davomida va o‘qishdan keyin uch bosqichda tashkil etish ijobiy samara berishiga alohida urg‘u qaratadi.7 Binobarin, o‘qituvchi o‘quvchi faoliyatini aniq yo‘nalishga solishi, nazariy tushunchalarni amalda qo‘llay olishini ko‘zda tutishi barobarida matn bilan ishlashga oid savol va topshiriqlarni quyidagicha rejalashtirishi maqsadga muvofiq:

– o‘qishdan oldin (asarga qiziqish uyg‘otish, matn mavzusi haqida mushohada yuritishga yo‘naltirish, kontekstni tushunishga tayyorlash);

– o‘qish davomida (bilish, tushunish, tahlil qilish, asarning muhim o‘rinlariga ahamiyat qaratish, so‘z ma’nosi ustida ishlash);

– o‘qishdan keyin (sintez, qo‘llash, baho berish, mustaqil ishlash).

O‘quvchilarni badiiy asarlarni tushunishga tayyorlash strategiyalari xususidagi izlanishlarida tadqiqotchi K.Jalilov o‘z fikrlarini Vilyam Grabe, Robert Slavin, Richard Bich, Janet Allen kabi g‘arblik uslubchi olimlarning qarashlariga tayanib asoslashga harakat qilgani kuzatiladi. Jumladan, “Kognitiv nazariya yutuqlarini hisobga olgan holda adabiyot darslarida badiiy matn bilan ishlash va matnni tushunishga yordam berish maqsadida ishlab chiqilgan strategiyalardan biri matnni o‘qishdan oldin o‘quvchida mavjud bo‘lgan sxemani faollashtirishdir. Sxemani faolashtirishning bir qancha yo‘llari mavjud: o‘quvchi oldiga aniq maqsadlar qo‘yish, o‘qiladigan asarning mohiyatiga bog‘liq savollar berish, matnni tushunishga yordam beradigan bilimlarni yodga olish, matndagi tushunilishi qiyin so‘zlarni oldindan o‘rgatish”8.

Bu borada yo‘naltiruvchi savol va topshiriqlarning muallif kechinmalarini chuqur idrok etish, fikrni muayyan izchillikda ifodalash va asoslashga imkon berishini ta’kidlash mumkin. Quyida badiiy asarda qo‘yilgan asosiy masala mohiyatini ochish maqsadi nazarda tutilgan savol-

topshiriqlar tizimiga misollar keltiramiz. 1-namuna (6–7-sinflarda N.Norqobilovning “Oqbo‘yin”

qissasini mustaqil o‘qib-o‘rganishga doir savol va topshiriqlar).

Asarni o‘qishdan oldingi savol va topshiriqlar1. Qadrli o‘quvchi, xonadoningizda jonivorlardan

birortasi parvarish qilinsa kerak. Hayvonlarning o‘ziga xos dunyosi haqida nima deya olasiz?

2. Dala-yu dasht, o‘rmon, tog‘-u toshlarda yashovchi hayvonlarning ham o‘ziga xos hududi va u yerda qat’iy tartib mavjudligi haqida nimalarni eshitgansiz? Shu haqda so‘zlab bering.

3. Begona jonzotlar o‘zlarini bahaybat va kuchli deb tasavvur qilishi uchun ba’zi hayvonlar daraxtlarga maxsus belgi qoldirishi haqida o‘qiganmisiz? Agar biror joyda o‘shanday “ishoralar”ga ko‘zingiz tushgan bo‘lsa, ularni do‘stlaringizga tasvirlab bering.

4. Hayvonlarga tegishli “maxsus belgi”, “shaxsiy mulk” haqidagi lavha va ma’lumotlar kimlarning qaysi asarlari yoki filmlarida uchraydi?

5. Biror marta bo‘lsa ham xayolingizdan hayvonlar ham o‘z qondoshlarini tanirmikan, degan fikr o‘tganmi?

6. Hayvonlardagi o‘zaro munosabatlar haqida nima deya olasiz? Qaysi hayvonlarni bir-biriga yaqin “do‘st” yoki “dushman” deyish mumkin?

7. Qissani o‘qish davomida Oqbo‘yinning xatti-harakatlari siz bilan sevimli jonivorlaringiz o‘rtasida bo‘lib o‘tgan qaysidir voqealarni yodga solsa, shu kabi lavhalarni belgilab, mutolaa kundaligingizga qayd etib boring.

Asarni o‘qish davomidagi savol va topshiriqlar(Qissadan parcha asosida)

“... Ko‘p o‘tmay muyulishda Yoldor ko‘rindi. Ortidan bo‘y-bastiga qarab yana to‘rtta sherigi qator kelardi. Aftidan, qorinlari xiyla to‘q, shekilli, qadam olishlari lanjroq, hatto uzoq-yaqindan eshitilayotgan hamjinslarining uvlashlariga ham ko‘pda e’tibor berishmasdi. Saf oxirida kelayotgan jussasi kichikroq bo‘rining nimadandir betoqatlanishini hisobga olmaganda, to‘da tinch va sokin vaziyatda olg‘a siljirdi.

Ammo pistirmaga yetmish-sakson odim qolganda Yoldor kutilmaganda sergak tortdi. To‘xtadi. Cho‘nqaydi. Tumshug‘ini ko‘kka cho‘zib iskalandi. O‘tgan kuni Oqbo‘yinni almoq qilgan suyagi buzuq bo‘ri unga baqamti kelgach, ikkisi nima haqdadir uzoq kengashdilar.

...Aziz o‘quvchi, yirtqichlar nima haqida maslahatla shib kengashganini­ fahmladingizmi?­ Voqealarni­ diqqat­ bilan­kuzatishda davom eting.

...So‘ngra shamolda vahimali shovullayotgan yulg‘unzorga tikilganicha turib qolishdi. Ularning nimadandir hadik olgani aniq edi.

Yirtqichlar tabiatan juda bardoshli bo‘lishadi. Ana shu xususiyatlari tufayligina ular, ko‘pincha, hayotlarini xavf-xatardan asrab qolishadi. Ozgina shoshqaloqlik yoki ehtiyotsizlik hamisha o‘lim bilan tugaydi. Yoldor ko‘ngil bezovtaligini aniq idrok etolmagani uchun ham sabr qilishga qaror qilgandi. Bu yerda aql-idrokidan ham ko‘ra sabr-toqat ko‘proq ish beradi. Yulg‘unzorda mabodo ovchi bekingan bo‘lsa, baribir o‘zini bildirib qo‘yadi. Yoldor buni ko‘p sinagan. Agar it bo‘lsa, gar shunga jur’ati yetsa, hademay irillagancha yugurib chiqadi. Qo‘pol bu jonivorlar kutishdan ko‘ra qutqu solishni afzal bilishadi. Ammo Yoldor bu gal adashgandi. Adashgani shundaki, u Olaparni xayolidan chiqargandi. Yulg‘unzor Olaparga emas, Oqbo‘yinga yaqinligi tufayli hatto hurishga erinadigan

Page 44: 2018-yil. 6-son. - Til va adabiyot ta’limitilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/... · biyot namunalari ham oromgoh kutubxonalaridan joy oldi. Muxlisa DO‘STMUHAMEDOVA

44 e-mail: [email protected]

Tadqiqotlar

Olaparning bu yerga kelishini tasavvurga sig‘dirolmasdi. To‘g‘ri, u bekorga vaqt yo‘qotmay, yulg‘unzorni aylanib

o‘tishi ham mumkin edi. Unda ko‘ngliga shubha solgan xatar jumboqligicha qolib, keyin yuragi g‘ash tortib yuradi. Bundan tashqari yana o‘tib-qaytishi bor. Agar xavfni bugun aniqlamas ekan, ertaga bu yerlarga qadam bosmoqni o‘ylamasa ham bo‘ladi.

...Aziz o‘quvchi, jamoani boshqarish hayvonlarda qanday­xususiyatlarni­talab­qilar­ekan?­

...Chunki bir xavflangan joydan ikkinchi bor o‘tishda hadik va qo‘rquvdan bo‘ri zoti xiyla et tashlaydi. Baxtga qarshi shamol ham uning zarariga ishlamoqda edi”9.

– Muhtaram o‘quvchi, mana, mutolaani ham yakuniga yetkazdingiz. Albatta, sevimli qahramoningizga aylangan Oqbo‘yinning halokati sizni quvontirmadi. Karim poda-chining fojiasiga ham achindingiz, shundaymi? Endi esa sir-asrorlarga to‘la hayvonot olamining qaysi jihatlarini kashf qilganingizni sinamoq uchun sizga ba’zi savollarni beramiz.

Asarni o‘qishdan keyingi savol va topshiriqlar1. Inson va tabiat o‘rtasidagi muvozanat buzilgan yerda

qanday illatlar qalqib chiqadi? 2. Siz hayotda Karim podachiga o‘xshash biror kimsaga

duch kelganmisiz? Agar shunday bo‘lsa, ular qaysi jihatlari bilan o‘xshashliklarini solishtiring.

3. Juftga sodiqlikda ba’zi insonlar bo‘ri, ayiq, sher kabi yirtqichlardan o‘rnak olsa arziydi, qabilidagi fikrlarni qay darajada to‘g‘ri deb bilasiz?

4. Jon berayotganda Karim podachining xayolidan nimalar o‘tgan bo‘lishi mumkin? Qilgan yovuzliklaridan afsuslanishmi yoki buning aksi?

5. Siz yashayotgan hududda hadaha qamchi, dov, oqquray kabi so‘zlar qanday ma’noni anglatadi?

6. Sizningcha, asar boshqacha yakun topishi mumkinmidi?

Topshiriq: Karim podachining mahobatli jonzotni o‘ldirishga ko‘zi qiymay fikridan qaytishi yoki kuchugining halok bo‘lganini eshitgan Rasulning ahvolini tasvirlab hikoya tuzing.

2-namuna (8–9-sinf o‘quvchilariga mustaqil mutolaa uchun tavsiya qilish mumkin bo‘lgan Shavkat Rahmonning “Iqror” she’rini o‘rganishga oid savol va topshiriqlar).

Asarni o‘qishdan oldingi savol va topshiriqlar1. Bolalikni beg‘uborlik, yoshlikni orzular fasli deyishadi.

Siz uni qanday ranglarda ko‘rasiz? 2. Bolaligingizdagi sho‘xliklaringizni bir eslang-a! Bilib-

bilmay qilgan “ayb”laringizni bo‘yningizga olish oson kechganmi?

3. Siz iqror bo‘lishni qanday tushunasiz? Bu qilingan nojo‘ya ishning ko‘pchilik oldida tan olinishimi yoki o‘zgalarni e’tirof etishmi?

4. Har bir insonning tug‘ilgan burjiga mos ramziy daraxti bo‘lishi haqida eshitganmisiz?

5. Badiiy adabiyotda daraxt obrazi qanday ma’no anglatishidan xabaringiz bormi?

6. Quyidagi she’rda “yashil shajar” iborasining qo‘llanilishiga alohida e’tibor qarating. Lug‘atlardan “shajar” so‘zining ma’nosini toping.

O‘qish davomidagi savol va topshiriqlarIqror

Rubobiy she’r yozsam…

Shu o‘rinda sizni bir muddatga to‘xtatishimizga to‘g‘ri keladi.­ Aytingchi,­ sizga­ “rubobiy­ she’r”­ jumlasi­ tanishmi­

yoki­bu­haqda­ilk­bora­eshityapsizmi?­Sizningcha,­rubobiy­she’r­ o‘zi­ nima?­ Undan­ taraladigan­ ohangni­ xayolan­eshitishga harakat qilib ko‘ring.

Qaytsam bir nafas…hamisha musaffo chashmani ko‘rsam,qoraygan cho‘qqilar qoriga qarab,bir nafas xayolchan o‘smirga do‘nsam.

Banddagi­ kayfiyat­ sizga­ ham­ yuqdimi?­ Olis­ bolalikni­qo‘msagan shoir ruhiyatidagi qanday kechinmalarni tuyganday­ bo‘ldingiz?­ Lahzalik­ bo‘lsa-da­ o‘tmishga­qaytishdan­ne­naf?

Voh, o‘shal lahzalar…o‘tdimi butkulgunafsha atirli tansiq tuyg‘ular.

Sizningcha,­ tuyg‘uning­ ham­ bo‘y-ifori­ bo‘ladimi?­Gunafsha­atirli­tansiq­tuyg‘ular­nimaning­aksi?­

Sahargi bog‘larni uyg‘otgan bulbul,oylarning nurlarin elagan suvlar.

Oy nurlarining suvdagi mavjlanishi… Sokin kechalarda suv bo‘yida o‘tirib, she’rdagi kabi manzarani kuzatganmisiz?­

Yashil shajar edim…Qandoq sog‘indim…Ko‘zimni yashnatsa rubobiy ranglar.Qaysi bir dunyoda buncha og‘rindim,Dilimni qaritdi besamar janglar.

Rubobiy­ranglar­tashbehini­so‘z­bilan­ta’rifay­olasizmi?­So‘nggi misralarda ta’kidlanganidek, bu qanday jang ediki, dil­ozor­topsa?­

Men jangchi emasdim,men shoir edim,nihoyat, shoirdan ko‘ra zobitman,har nafas musulmon millatim dedim,nafsiga kuyganlar keldi oqibat.

Jangchilikdan tonib, shoirlikni tan olish, so‘ngra zobitlikni­ e’tirof­ etishni­ qanday­ tushunish­ mumkin?­ Bu­o‘rinda­ “nafsiga­ kuyganlar”­ deyilganda­ kimlar­ nazarda­tutilmoqda?

Haromni xush ko‘rgan maslakfurushlar zig‘irday himmatin qilganda minnat,yaproqday sarg‘ordim buyuk urushdamusulmon yo‘q edi,yo‘q edi millat.

Bu­qanday­“buyuk­urush”ki,­unda­tirik­bir­vujud­go‘yo­yaproq­kabi­qiyofa­kasb­etsa?­

Bas, qushlar sayrog‘i, Yaproqlari mo‘lyashil shajar kabi turay mushakkal,ilhomim haqida so‘ylasinlar xo‘b,zaharli tilimdan to‘kilsin shakkar.

Hamisha­“navqiron­daraxt”­kabi­turish­ishtiyoqi­kimlarga­xos?­

Rubobiy sabolar, ruhimdan esing,Qaytadan uyg‘onsin ilohiy tug‘yon.Voh, yalang shoxlarim qilichday keskir,Bir yaproq qolmaptir shivirlayturg‘on.10

Page 45: 2018-yil. 6-son. - Til va adabiyot ta’limitilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/... · biyot namunalari ham oromgoh kutubxonalaridan joy oldi. Muxlisa DO‘STMUHAMEDOVA

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 45

Tadqiqotlar

“Qilichday­ keskir­ yalang‘och­ shoxlar”­ mag‘zini­chaqishga­urining.­ “Bir­yaproq­qolmaptir­shivirlayturg‘on”­ifodasida mujassam ma’noga munosabat bildiring. Ruhdan esgan rubobiy sabolarni xayolan tasavvur qilib ko‘ring.

O‘qishdan keyingi savol va topshiriqlar1. “Rubobiy she’r” yozish ishqi kitobxonni muallif tabia-

tining qaysi jihatlaridan ogoh etadi? 2. “Hamisha musaffo chashmani ko‘rsam, qoraygan

cho‘qqilar qoriga qarab...” satrlaridagi tasviriy vosita vazi-fasiga to‘xtaling.

3. “Voh, o‘shal lahzalar…” deganida lirik qahramon o‘z umrining qaysi damlarini entikib eslaydi? “Voh” so‘zining qo‘llanilishi kitobxonga qanday kayfiyatni yuqtiradi?

4. “Ilhomim haqida so‘ylasinlar xo‘b, zaharli tilimdan to‘kilsin shakkar” misralarining muallif tabiati yoki ijodiga aloqasi bormi?

5. Zaharli tildan qanday qilib shirinlik to‘kilishi mumkin? Muallif bu o‘rinda qanday she’riy san’atni qo‘llagan?

6. “Rubobiy sabolar, ruhimdan esing, Qaytadan uyg‘on-sin ilohiy tug‘yon” murojaatida aks etgan tuyg‘ular tiniqligi haqida fikr yuriting.

7. Lirik qahramon iqrori sababini angladingizmi? 8. Rubobiy she’r ohangini o‘zbek xalqining qaysi kuy-

qo‘shig‘iga qiyoslagan bo‘lar edingiz? Xulosa qilish mumkinki, kitobxonlik madaniyatini shakl-

lantirishga doir savol va topshiriqlar adabiyotda mazmun va shakl birligi, badiiy obraz xususiyatlari, asar yaxlitli-gi, mavzu va g‘oya yuzasidan mantiqiy fikrlashga, eng muhimi, mutolaa qilinganlar asosida hayotiy xulosalar chiqarishga zamin yaratadi.

1М.Мirqosimova. O‘quvchilarda adabiy tahlil malakasini shakllantirish va takomillashtirish usullari. Ped. fan. dok. diss… avtoreferati. T., 1995. 13-bet.2Q.Husanboyeva. Adabiyot – ma’naviyat va mustaqil fikr shakllantirish omili. T.: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashri-yoti, 2009. 222-bet.3R.Niyozmetova. Uzluksiz ta’lim tizimida o‘zbek adabiyotini o‘rganish metodikasi. T.: Fan, 2007. 149-bet.4H.Suyunov. Adabiyot darslarida o‘quvchilarni savol-topshiriqlar ustida ishlashga o‘rgatish usullari. Ped. fan. nom. diss... Т., 2004. 8-bet.5Applebee Arthur N. et al. MC Dougal Littеll Literaturell. World literature. Holt Ms Dougal, USA, 2008. 1615 p.6В.А.Чалмаев, С.А.Зинин. Русская литература ХХ века (11-й кл.) При изучении предмета на базовом и профильном уровнях. Профиль-ное обучение. Изд 2. М., С. 11–12.7Н.Эгамбердиева. Технологии формирования читательских умений у младших школьников // “Adabiyot fanini zamonaviy o‘qitish masalalari” Respublika ilmiy-nazariy konferensiyasi materiallari to‘plami. T.: Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU, 2017. 8–13-betlar.8K.Jalilov. Navoiy asarlarini tushunishga tayyorlash strategiyalari. Alisher Navoiy va XXI asr // Respublika ilmiy-nazariy anjumani materiallari to‘plami, T., 2017. 235-bet.9N.Norqobilov. Tog‘dagi yolg‘iz odam. T.: O‘zbekiston, 2011. 106–107-betlar.10Shavkat Rahmon. Abadiyat oralab. She’rlar. Т.: Movarounnahr, 2012. 366–367-betlar.

Dunyoda har bir narsaning o‘z oti, atab qo‘yilgan ismi bo‘ladi. Ana shu nom uning kelajakdagi taqdir yo‘llarida muhim ahamiyat kasb etishi ham rost. Xoh tirik jonzot bo‘lsin, xoh narsa-buyum yoki voqea-hodisa, hatto ijodiy tafak-kur mahsullari ham o‘z ismi atrofida harakatlanadi, taniladi. Adash, otdosh deganda bir xil nomdagi shaxslar yoki narsa buyumlar tushunilsa-da, ammo ko‘rinish va mohiyat har xil-ligicha qolaveradi.

Bunday hodisa xalq og‘zaki ijodi asarlarida ham ko‘zga

Jamila ASQAROVA, O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori

instituti doktoranti

ERTAKLARNI NOMLASHNING O‘ZIGA XOSLIGI Annotatsiya. Ushbu maqolada

folklor asarlari, xususan, ertaklarni nomlashdagi ba’zi bir chalkashliklar “Uch­ og‘a-ini­ botirlar”­ ertagi­ misolida­o‘rganilgan.­ Ertaklarni­ tadqiq­ qilishda­ularning nomiga alohida e’tibor berish va bitta nomdagi turli ertaklarni bir xil asar deb tushunmaslik zarurligi ta’kid-langan.

Kalit so‘zlar: ertak,­ “Uch­ og‘a-ini­botirlar”,­nom,­variant,­ertakchi.

Аннотация: B­этой­статье­рас-сматриваются­фольклорные­произ-ведения,­особенно­сказки,­на­приме-ре­“Уч­оға-ини­ботирлар”.­В­исследо-вании­говорится,­что­следует­уде-лять­особое­внимание­их­названию,­а­также­тому,­что­под­одним­и­тем­же­названием­могут­быть­­расска-заны­разные­сказки.

Ключевые слова: сказка,­ “Уч­оға-ини­ ботирлар”,­ название,­ ва-риант,­сказoчник.

Annotation: This article examines the folklore works, especially the fairy tales,­ in­ the­example­of­ ­ “Uch­og‘a-ini­botirlar”.­ In­ the­study­of­ the­ tales,­ it­ is­pointеd­ out­ that­ particular­ attention­should be paid to their name and not think that one tale with same names must be understood as the different work.

Key words: tale,­Uch­og‘a-ini­botir-lar, title, variant, narrator.

tashlanadi. Xususan, ertak janrida bir nom ostida ikki-uch xil ertaklar uchraydiki, beixtiyor hammasini bitta asar yoki uning turli variantlari deb tushunish mumkin. O‘zbek xalq ertaklari-ni tadqiq qilish jarayonida atalishi o‘xshash, ammo sujeti va mazmuni har xil bo‘lgan namunalarga duch keldik. Ushbu ho-latni “Uch og‘a-ini botirlar” ertagi misolida kuzatishimiz mum-kin.

XX asrda xalqimiz orasida mashhur bo‘lgan va mumtoz ertak maqomini olgan “Uch og‘a-ini botirlar” ertagi ham o‘z

Page 46: 2018-yil. 6-son. - Til va adabiyot ta’limitilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/... · biyot namunalari ham oromgoh kutubxonalaridan joy oldi. Muxlisa DO‘STMUHAMEDOVA

46 e-mail: [email protected]

Tadqiqotlar

ismi belgilab qo‘ygan “taqdir” yo‘lidan mustasno emas. Ushbu maqolada To‘ra Mirzayevning “Hodi Zarif suhbatlari” nomli ki-tobida Hodi Zarifovning “Uch og‘a-ini botirlar” ertagi haqidagi quyidagi fikrlari keltirilgan: “Uch­og‘a-ini­botirlar”­keyingi­30­yil­davomida bir necha bor nashr etilishi bilan xalq orasida keng tarqaldi va mumtoz ertaklarimizdan biriga aylandi. Xalqimiz uni shu holida to‘la qabul qildi. Mening nazarimda, juda kat-ta­ hofiza­ quvvatiga­ ega­ bo‘lgan­ Hamro­ bibidan­ eshitganla-rini­Po‘latjon­domla­ to‘la­ saqlay­olgan­va­ertakning­qadimiy­asoslari­bizgacha­yetib­kelgan.­Buning­ustiga­N.P.Ostroumov­rus­ tilida­ e’lon­ qilgan­ “Uch­ og‘a-ini­ shahzodalar”­ ertagining­originali yo‘q, boshqa tuzukroq variantlar ham yozib olinma-gan.­Shunday­ekan,­ertakning­Po‘latjon­domla­yozib­bergan­Hamro­bibi­variantining­ahamiyati­hech­mahal­kamaymaydi”1. Bu fikrlarga asoslanib, mumtoz asar “Uch og‘a-ini botirlar” er-tagi hamda N.P.Ostroumovning rus tilida e’lon qilgan “Uch og‘a-ini shahzodalar” ertagini o‘zaro qiyoslab, bu masalaga oydinlik kiritishni maqsad qilib oldik.

Hodi Zarif domla yuqoridagi mulohazani qo‘qonlik Po‘latjon Qayumovning 1939-yilda o‘sha paytdagi Til va ada biyot insti-tutining direktori Sotti Husaynga yo‘llagan xatiga asoslanib aytgan edi. Folklorshunos To‘ra Mirzayev 1967-yilda Buyuk Karimov haqida materiallar to‘plash jarayonida O‘zbekiston Fanlar akademiyasining folklor arxivida ikkita xatga duch kelganligini, ulardan biri G‘ozi Olim Yunusov tomonidan 1927-yili qo‘qonlik muallim Po‘latjon Qayumovga, ikkinchi-si Po‘latjon Qayumov tomonidan Sotti Husaynga yo‘llangan maktub ekanligini yozadi. G‘ozi Olim Yunusov o‘z xatida “Uch og‘a-ini botirlar” ertagini yuborgani uchun Po‘latjon domlaga minnatdorlik bildirib, bundan keyin folklor asarlarini yozib ol-ganda sheva xususiyatlarini saqlashga alohida e’tibor berish-ni maslahat bergan. Po‘latjon domla esa o‘z xatida ertakning maktab darsligiga kiritilganida uning nomi ko‘rsatilmagani adolatsizlik bo‘lganini, ertakni 1905-yili Hamro bibidan esh-itgani asosida keyinchalik yozib chiqqanini, aslida ertakning nomi “Uch og‘a-ini shahzodalar” bo‘lganini aytadi2. Ayni shu o‘rinda “Uch og‘a-ini botirlar” ertagi Po‘latjon domla aytga-nidek, aslida “Uch og‘a-ini shahzodalar” bo‘lganligining qayd etilishi ham muhim ahamiyatga ega. Maktubdagi mulohazalar tufayli H.Zarif domla N.P.Ostroumov chop etgan ertakni yod-ga olishiga sabab bo‘lgan, deb taxmin etishimizga asos bo‘la-di. Po‘latjon domlaning mualliflik talabi masalasi folklorshunos Sh.Turdimov tomonidan alohida o‘rganilganligi sababli bu masalaga ortiqcha to‘xtalmadik.3

Shu o‘rinda N.P.Ostroumovning “Сарты. Этнографические материалы” kitobining “Сказка сартов” bo‘limidagi “Uch-og‘a-ini shahzodalar” (“Три брата царевичи”)4 ertagi haqida fikr bildirsak. Ostroumov ushbu ertakni etnografik materiallar to‘plab yurgan vaqtida Toshkent gimnaziyasining 6-sinf o‘quvchisi samarqandlik Abdurahmon Farhatiydan yozib olgan. Shundan kelib chiqib aytish mum-kinki, Ostroumov ertakni harf tanigan, savodli odamdan eshi-tib yozgan. Bu o‘z navbatida, asarga ma’lum o‘zgartirishlar kiritilgan degan xulosani beradi. Shu o‘rinda H.Zarif domla-ning: “Ertaklarni nashrga tayyorlash jarayonida uning matni-ga o‘rinsiz qo‘l urishlar kuzatilmoqda. Buni oqlash maqsadida

keyingi paytlarda “tahrir qilib nashrga tayyorlovchi” iborasi qo‘llanilmoqda. Xalq ijodining tahriri qanday, uning prinsiplari nimalardan iborat? Bular haqida hech narsa deyilmaydi... Bundan keyin folklorga har qanday “qalam urishlar”, g‘ayriil-miy “tahrir”, o‘rinsiz “o‘zgartishlar” kiritishga chek qo‘yish, uni soxtalashtirishga yo‘l bermaslik zarur”5, – deb kuyinchaklik bilan aytgan fikrlari masalaning qanchalik muhim ekanligini aniq namoyon etadi.

Ostroumov yozib qoldirgan “Uch og‘a-ini shahzodalar” er-tagi P.Qayumov qayta yozib bergan Hamro bibi varianti bi-lan solishtirilganda, mazmun va sujet jihatdan hech qanday o‘xshashlik topilmadi. Po‘latjon domla aytganidek, ertakning avvalgi nomi “Uch og‘a-ini shahzodalar” bo‘lgan taqdirda ham uni Ostroumov “shahzodalar”i bilan bir xil deb bo‘lmaydi, faqat nomlarigina o‘xshash, xolos. Ostroumovning “Uch og‘a-ini shahzodalar”ini bugun xalq orasida mashhur “Uch og‘a-ini botirlar” ertagining varianti deb aytish xato bo‘ladi. Faqat er-tak ichidagi kiritma naql “To‘ti” hikoyasigina bu namunalarni o‘zaro bog‘lab turadi.

Asli to‘qimdo‘zlik bilan shug‘ullanganligiga qaramay, yuz-lab ertaklarni yodida saqlay olgan professional xalq ertakchisi Hamro bibi ertagi Po‘latjon domlaning adabiy sayqal berishi-ga qaramay, o‘zida qadimiy asoslarni saqlab qolganligi uchun ham ertak an’analariga xos uyg‘un ko‘rinishga ega. Shu sa-babli ham ayni variant xalq orasida keng ommalashgan.

Buyuk Karimov tomonidan 1937-yilda nashrga tayyor-langan ilk o‘zbek ertaklari to‘plamida keltirilgan “Uch og‘a-ini botirlar”6 ertagi Po‘latjon Qayumov yozib olgan Hamro bibi varianti bo‘lib chiqmoqda. Ammo to‘plamda ertak qachon va kim tomonidan yozib olingani haqida ma’lumot berilmagan. Shundan keyin bu ertak turli ertak nashrlari va o‘quv dars-liklaridan o‘rin olib o‘zbek xalqining mumtoz ertagi sifatida shuhrat topdi.

O‘zbek xalq ertaklari orasida Nurali Nurmat o‘g‘li reper-tuaridagi “Uch taxminchi”7 ertagi har jihatdan Ostroumovning “Uch og‘ayni shahzodalar” ertagi bilan juda yaqin keladi va ularni variant sifatida baholash o‘rinli. Bu ertaklarni o‘zaro so-lishtirib tadqiq etish alohida mavzudir.

Yuqoridagi fikrlardan shunday xulosa qilish mumkinki, xalq ertaklarini o‘rganishda ularning nomlariga e’tiborli bo‘lish, ustozlarning fikrlarini yanada kengroq tadqiq etish va ularni isbotlash bugungi kundagi dolzarb muammolardan biridir. Endigi ertakchilik rivojida o‘quvchilarga ertakni yetkazib be-rishda asosiy bo‘g‘in hisoblangan nashriyotlar bu masalaga jiddiy yondashishlari talab etiladi. Chunki mustabid tuzum paytida kommunistik g‘oya barcha asarlarga ta’sir etgani singari ertaklarimizni ham chetlab o‘tmagan. “Dostonchi yoki ertakchi asar kuylayotgan davr, sharoit va auditoriyaga qa-rab, ijro etib yurgan doston yoki ertagiga o‘zgarishlar kiritadi. Shu tariqa, o‘sha ertak o‘zgara boradi”8. Iqtibosdan ko‘rinib turibdiki, davr va sharoitga bo‘ysunish ertaklarning yashab qolish shakllaridan biri bo‘lgan. Endigi maqsad esa ularning asl holatini aniqlash, tiklash va xalq orasiga yoyishdir. Bu kabi masalalar tadqiqotchilar oldiga dolzarb va muhim vazifalarni qo‘yadi.

1Т.Mirzayev. Hodi Zarif suhbatlari. Т.: ShAMS-ASA, 2013. 40-bet.2O‘sha manba, o‘sha bet.3Sh.Turdimov. Hikmat xazinasi. Т.: O‘zbekiston, 2016. 258-bet.4Остроумов Н.П. Сарты. Этнографические материалы. 1896. 2-е издание. C 36.5Т.Mirzayev. Hodi Zarif suhbatlari. Т.: ShAMS-ASA, 2013. 38-bet.6O‘zbek xalq ertaklari. Т., 1937. 15-bet.7Luqmoni hakim. Т., 1990. 61-bet.8K.Imomov, T.Mirzayev, B.Sarimsoqov, O.Safarov. O‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi. Т.: O‘qituvchi, 1990. 192-bet.

Page 47: 2018-yil. 6-son. - Til va adabiyot ta’limitilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/... · biyot namunalari ham oromgoh kutubxonalaridan joy oldi. Muxlisa DO‘STMUHAMEDOVA

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 47

Tadqiqotlar

Mamlakatimiz hayotida sodir bo‘layotgan ulkan o‘zgarishlar tilimizda ham o‘z lisoniy ifodasini topmoq-da. Xususan, yurtimizda amalga oshirilgan sud islo-hotlari natijasi o‘laroq o‘zbek tilida sud nutqi leksikasi shakl landi. Bugungi kunda ushbu leksikani har tomon-lama tadqiq etish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Hozirda o‘zbek adabiy tilining lug‘aviy va termi-nologik me’yorlari ancha tartibga solindi. Ular imlo va izohli lug‘atlarda o‘z aksini topgan bo‘lsa-da, yuridik terminlarning adabiy me’yorga solingan mukammal lug‘atlari hali yaratilmagan. Ma’lumki, yuridik termin-lar (o‘zbek yuridik tilining ichki xususiyatlarini hisobga olmasdan) rus tilidan so‘zma-so‘z tarjima qilingan. Bu esa yuridik tilga qo‘yiladigan aniqlik, mantiqiylik, qisqa-lik, soddalik, rasmiylik kabi talablarga to‘liq javob ber-maydi. Ayniqsa, jinoyat huquqi, fuqarolik huquqiga oid terminlar tizimida hamon bir tushuncha uchun ikki yoki undan ortiq leksik birliklar qo‘llanilmoqda.1 Lug‘atlarda ba’zan rus tilidagi bir termin o‘zbek tilida bir nechta leksik birlik bilan berilmoqda. Masalan, sud nutqi leksi-kasidagi ruscha показание tushunchasini ifodalash uchun ishlatiladigan ko‘rsatuv, ko‘rsatma, ko‘rgazma singari so‘zlarda xuddi shunday anglashil movchilikni kuzatish mumkin. Masalan: В­ качестве­ свидетеля­для­ дачи­ показаний­ может­ быть­ вызвано­ любое­лицо,­которому­могут­быть­известны­какие-либо­обстоятельства,­ подлежащие­ установлению­по­ уголовному­делу (УПК РУ. Глава 6. Статья 65). – Jinoyat ishi bo‘yicha aniqlanishi lozim bo‘lgan biror holatni bilishi mumkin bo‘lgan har qanday shaxs guvoh sifatida ko‘rsatuv berish uchun chaqirilishi mumkin. (O‘zR JPK. 6-bob. 65-modda); ...давать­ показания­на­родном­языке­(УПК РУ. Глава 6. Статья 66) … – o‘z ona tilida ko‘rsatuvlar berish... (O‘zR JPK. 6-bob. 66-modda); оглашение­показаний­свидетелей (ГПК РУ. Глава 22. Статья 232); guvohlarning ko‘rsatuvla-rini o‘qib eshittirish (O‘zR FPK. 22-bob. 232-modda).

Qodirjon MO‘YDINOV, Nizomiy nomidagi TDPU Tillar va nutq madaniyati

kafedrasi katta o‘qituvchisi

SUD NUTQIDA AYRIM TERMINLARNING QO‘LLANISHI

Annotatsiya. Maqolada yuridik til va terminlarini o‘zbek adabiy tili me’yor-lariga­ muvofiqlashtirish­ haqida­ so‘z­yuritilgan­ bo‘lib,­ misollar­ asosida­ yori-tilgan.

Kalit so‘zlar: yuridik til, fundamen-tal fanlar, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, ko‘rsatma, ko‘rsatuv, ko‘rgazma, sud islohotlari, terminologik me’yor, advokat, prokuror.

Аннотация. В­ статье­ обсуж-дается­ тема­ координации­ норм­юридического­ языка­ и­ терминоло-гии­ с­ нормами­ узбекского­ литера-турного­языка,­а­также­рассматри-ваются­ вопросы­ приведения­ их­ в­порядок,­проблемы­и­вопросы­в­дан-ном­направлении­разьясняются­при­помощи­примеров.

Ключевые слова: юридический­язык,­ фундаментальные­ науки,­ ин-формационно-коммуникационые­тех­­но­логии,­ показание,­ судебные­реформы,­ терминологические­ нор-мы,­адвокат,­прокурор.

Annotation. In this article the theme of corresponding and giving on order to the juridical language and terminol-ogy according to the characteristics of Uzbek literary language is revealed as well as the problems and issues on this way are given and suitable solutions are exampled.

Key words: juridical language, fundamental sciences, communication and information technologies, indica-tion, broadcast, exhibition, court re-forms, terminological norm, advocate (lawyer), public prosecutor.

Yuqoridagi misollardan ko‘rinib turibdiki, ruscha показание so‘zi O‘zR JPК va O‘zR FPKda ko‘rsatuv so‘zi bilan ifodalanyapti.

Показание so‘zi Ruscha-o‘zbekcha lug‘atda ko‘rsatish,­aytish;­2.­guvohlik­berish,­so‘roq­berish­tarzi-da tarjima qilingan2.

Ko‘rsatuv, ko‘rsatma, ko‘rgazma so‘zlari O‘zbek tilining izohli lug‘atida quyidagicha berilgan:

Ko‘rsatma 1. Qanday harakat qilish, ishlash lozim-ligini ko‘rsatuvchi yo‘l-yo‘riq; qo‘llanma. U qog‘ozdagi ko‘rsatmadan chekinishni intizomni qo‘pol ravishda buzish, deb hisoblaydi. S.Karomatov. So‘nggi barxan.3

Ko‘rsatma 2 huq. Tergov-sud jarayonlarida biror ahamiyatli holat haqida shaxs (guvoh va b.)ning bergan ma’lumoti; dalil. Guvohlarning ko‘rsatmasidan ma’lum-ki, bahslashayotgan ovozlar marhumlarga tegishli emas. “Fan va turmush”4.

Ko‘rsatuv 1. Kinofilm, televideniye kabilar orqali namoyish qilish, berish. Yangi yil ko‘rsatuvlarini tomo-sha qildik.5

Ko‘rsatuv 2 ayn. ko‘rsatma 26. Masalan: Bu esa uning dastlabki tergovda va sud tergovida bergan ko‘rsatuvlarining naqadar to‘g‘riligini tasdiqlaydi.7

Ma’lum bo‘ldiki, ko‘rsatuv 2 ga berilgan izoh aynan ko‘rsatma 2 ga berilgan izohning o‘zi. Ayni vaqt-da, ko‘rsatma 2 dagi dalil ma’nosi (semasi) ko‘rsatuv so‘zidagi dalil ifodasiga nisbatan kuchli, aniq va to‘liq.

Ko‘rgazma 1. Ko‘rish, tomosha qilish uchun qo‘yil-gan narsalar va shu narsalar qo‘yilgan joy. Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi. Ko‘rgazma eksponatlari.8

Ko‘rgazma 2 ayn. ko‘rsatma. O‘zbekiston Fanlar akademiyasining­prezidiumi­akademiyada­nashr­etila-digan­ “Axborotlar”,­ “O‘zbek­ tili­ va­ adabiyoti”,­ “Fan­ va­turmush”­ jurnallari­ tahrir­ hay’atlariga­ shu­ jurnallarning­yubileyga bag‘ishlab maxsus sonini chiqarish to‘g‘risida ko‘rgazma berdi. “O‘TA”9.

Bu o‘rinda ko‘rinadiki, ko‘rsatma so‘zidagi dalil-isbot­

Page 48: 2018-yil. 6-son. - Til va adabiyot ta’limitilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/... · biyot namunalari ham oromgoh kutubxonalaridan joy oldi. Muxlisa DO‘STMUHAMEDOVA

48 e-mail: [email protected]

Tadqiqotlar

ma’nosi mutlaqo ifodalanmagan. Lekin shunga qara-may ba’zi o‘rinlarda ayni shu so‘z показание tushun-chasini ifodalash uchun ishlatilgan. Masalan: “Shundan­ham ko‘rinadiki, sudlanuvchi o‘z xohishi bilan emas, balki tashqaridan berilayotgan ta’sir natijasida ko‘rgaz-ma­bergan”­(gazetadan).

Shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, sud-huquq tizimida ko‘rsatma so‘zi ko‘pincha qanday harakat qilish yoki harakat qilmaslik, ishlash lozimligini ko‘rsatuvchi yo‘l-yo‘riq ma’nosida qo‘llanishi bois показание­tushun-chasini ifodalash uchun ko‘rsatuv so‘zi faol ishlatiladi. Demak, umumiste’moldagi ko‘rsatuv so‘zining birinchi ma’nosi televideniye orqali namoyish etiladigan ko‘rsa-tuv sifatida tushunilsa, sud-huquq sohasida, asosan, uning показание tushunchasini ifodalovchi semasi yetakchilik qiladi. Shuning uchun ham M.Mirhamidov va S.Hasanovlar ko‘rsatuv termini “so‘roq”, ya’ni “gu-vohning bergan guvohligi, aybdor yoki gumon qilinayot-gan shaxs ning bergan so‘rog‘i”, deb ishlatishni ma’qul-lagan.10

Sud nutqida faol ishlatiladigan advokat termi-ni o‘rnida ba’zan himoyachi va oqlovchi so‘zlari ham qo‘llanmoqda. Demak, ushbu so‘zlar advokat termini bilan semantik munosabatga kirishib, sinonimik qatorni hosil qilmoqda. Shunday ekan, sinonimik munosabat-da bo‘lgan ushbu lisoniy birliklar orasidagi umumiylik va har biriga xos xususiylik nimada, degan savolning qo‘yilishi o‘rinli.

Himoya so‘ziga -chi so‘z yasovchi qo‘shimchasini qo‘shish bilan hosil bo‘lgan himoyachi so‘zi quyidagi ma’nolarni ifodalaydi: 1. Qo‘llab-quvvatlovchi, yordam beruvchi; homiy, biror xavf-xatardan saqlovchi, mudo-faa qiluvchi. Masalan: Olamda uning yagona himoya-chisi­–­eri,­birdan­bir­orzusi­–­anor­edi,­birdaniga­har­ikkisi ham yo‘qqa chiqdi (A.Qahhor). 2. Yuridik: sud-da ayblanuvchining manfaatini yoqlovchi, uni himoya qiluv chi. Demak, himoyachi leksemasining semantik komponentlari quyidagilar:

1. Shaxs. 2. Homiy. 3. Sport o‘yinlarida jamoasini himoya qiluvchi. 4. Ayblanuvchini himoya qiluvchi advokat. Oqlovchi (oq+lo+v+chi) yasama so‘zi esa quyidagi

izohlarga ega: 1. Oqlamoq­ –­ fe’l. Shaxs oti: uy oqlovchi, sholi

oqlovchi. 2. Sudda biror kishi yoki tarafni himoya qiluvchi

yurist, advokat. Oqlovchi leksemasi quyidagi semantik komponentlardan tashkil topadi:

1. Shaxs.

2. Bo‘yoqchi. 3. Ayblanuvchini oqlovchi – advokat. Hozirda oqlovchi so‘zi advokat termini o‘rnida ish-

latilmoqda. Masalan, yuridik fanlar doktori Gulchehra Matkarimovaning “Oqlovchilik – ko‘hna ilm” nomli ma-qolasida “oqlovchi, himoyachi so‘zlari advokat tushun-chasini ifodalaydi”, deyiladi.11 Biroq yuqoridagi izohlar-dan ko‘rinib turibdiki, oqlovchi, himoyachi so‘zlari ad-vokat termini o‘rnini to‘la ifodalay olmaydi. Ushbu so‘zlar ma’lum nutqiy vaziyatlardagina faollashadi. Shunga ko‘ra sud nutqi jarayonida advokat terminini qo‘llash maqsadga muvofiq.

Xuddi shunday fikrlarni prokuror termini haqida ham aytish mumkin. Mazkur terminga sinonim sifatida qo‘llanilayotgan qoralovchi, ayblovchi so‘zlari ham ta-labga javob bermaydi. Shuningdek, ularning ma’nosi tahlil qilinganida sud jarayonida aynan prokuror ter-minidan foydalanish mumkinligi ma’lum bo‘ladi, chunki xuddi oqlovchi so‘zidagi kabi qoralovchi so‘zida ham masalaning mohiyati to‘liq ifodalanmaydi.12

Sud nutqida malakalamoq fe’lidan ham faol foyda-laniladi. Bu fe’l “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da qayd etilmagan. Uni yuristlar ruscha квалифицировать fe’liga moslashtirishgan. Bizningcha, malakalamoq fe’li-ning o‘rniga kvalifikatsiya­qilish birikmasini qo‘llash joiz. Amaldagi bo‘lgan jinoyat­ kvalifikatsiyasi­ termini ning ma’nosi sinchiklab o‘rganilsa, bunga ishonch hosil qi-lish mumkin: “Jinoyat kvalifikatsiyasi. Amalga oshirilgan jinoiy xatti-harakat uchun jinoyat qonunida ko‘zda tutil-gan moddani (jazo chorasini) to‘g‘ri qo‘llash maqsadida shu jinoiy harakatning u yoki bu jinoyat tarkibi belgilari-ga muvofiqligini aniqlash” (O‘TIL, 2-t., 34-b.).

Malaka so‘zining izohli lug‘atda keltirilgan ma’no-sida esa bunday sema mavjud emas. Qiyoslang: T.Sobirovning­ harakatlarini­ O‘zR­ JKning­ 109-mod-da­ 2-qism­ yoki­ 106-modda­ bilan­ malakalashingizni­so‘rayman­↔­T.Sobirovning­harakatlarini­O‘zR­JKning­109-modda­2-qism­yoki­106-modda­bilan­kvalifikatsiya­qilishingizni so‘rayman.

Bundan ko‘rinadiki, sud-huquq tizimida bunday bahs talab so‘zlar juda ko‘p va ular o‘z yechimini kut-moqda. Sud nutqi o‘ta jiddiy xarakterga ega bo‘lganligi, unda badiiy tasvir vositalaridan deyarli foydalanilmasli-gi tufayli sud nutqi leksikasining badiiy-uslubiy xususi-yatlarini maxsus tekshirib bo‘lmaydi, chunki bu borada material juda kam.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, sud nutqida oqlovchi, himoyachi, qoralovchi, ayblovchi, malaka-lamoq kabi so‘zlarning o‘rniga advokat,­prokuror,­kvali-fikatsiya­ qilmoq­ kabi terminlarni qo‘llash maqsadga muvofiq.

1K.Nazarov, S.Usmonov, Q.Tohirov. Yuristning nutq madaniyati. T., 2003. 29-bet.2Ruscha-o‘zbekcha lug‘at. T., 1972. 361-bet.3O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Besh jildlik. 2-jild. T., 2006. 471-bet.4O‘sha lug‘at. 471-bet.5O‘sha lug‘at. 472-bet.6O‘sha lug‘at. 472-bet.7O‘zbekiston advokatlarining himoya nutqlari. T., 2006. 39-bet.8O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Besh jildlik. 2-jild. T., 2006. 466-bet.9O‘sha lug‘at. 466-bet.10M.Mirhamidov, S.Hasanov. Yuridik til va huquqshunos nutqi. T., 2004. 46-bet.11G.Matkarimova. Oqlovchilik – ko‘hna ilm // “Davlat va huquq” jurnali, 2004. 3-son, 19–24-betlar.12O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 3-tom. T., 2007. 313-bet.