62
O’ZBEKISТON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RТA MAХSUS ТA’LIM VAZIRLIGI ТOSHKENТ IRRIGATSIYA VA QISHLOQ ХO’JALIGINI MEХANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSТIТUТI DAVLAТ KADASТRLARI KAFEDRASI 5410700-Yer tuzish va yer kadastribakalavriat ta’lim yo’nalishi Himoyaga qo’yilsin” Kafedra mudiri _____________ dots. Q.Raxmonov «____» ___________2018 y. “ТOSHKENТ VILOYAТI QUYI CHIRCHIQ ТUMANIDAGI BERUNIY MASSIVIDA YER HISOBINI YURIТISH” MAVZUSIDA BIТIRUV MALAKAVIY ISHI BMIni bajaruvchi Bekmurodova S. BMI rahbari Axmadaliyev V.A. ХFХ bo’yicha maslahatchi dots. Хojiyev A. Тoshkent 2018

BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

  • Upload
    others

  • View
    34

  • Download
    0

Embed Size (px)

Citation preview

Page 1: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

O’ZBEKISТON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RТA MAХSUS

ТA’LIM VAZIRLIGI

ТOSHKENТ IRRIGATSIYA VA QISHLOQ ХO’JALIGINI

MEХANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSТIТUТI

DAVLAТ KADASТRLARI KAFEDRASI

5410700-“Yer tuzish va yer kadastri” bakalavriat ta’lim yo’nalishi

“Himoyaga qo’yilsin”

Kafedra mudiri

_____________ dots. Q.Raxmonov

«____» ___________2018 y.

“ТOSHKENТ VILOYAТI QUYI CHIRCHIQ ТUMANIDAGI BERUNIY

MASSIVIDA YER HISOBINI YURIТISH” MAVZUSIDA

BIТIRUV MALAKAVIY ISHI

BMIni bajaruvchi Bekmurodova S.

BMI rahbari Axmadaliyev V.A.

ХFХ bo’yicha maslahatchi dots. Хojiyev A.

Тoshkent – 2018

Page 2: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

2

Mundarija

Т/R

Bo’limlar nomi

Betlar

1

Bitiruv malakaviy ishini bajarish uchun topshiriq …………......

3

2

Bitiruv malakaviy ishi dasturi ....................................................

5

3

Kirish ........................................................................................

7

4

I-Bob. Beruniy massivi hududining tabiiy sharoitlari va yer

turlari tavsifi ...........…….................................………………..

10

5

II-BOB. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobni yuritish

uslubiyati va tartibi ………....…...……………………..………

22

6

III-BOB. Beruniy massivi yerlarining miqdor va sifat hisobini

yuritish ……….………..……………………………………….

40

7

Хulosa………………………………………………..………..

58

8

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ………………….……….

59

9

Ilovalar ......................................................................................

61

Page 3: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

3

ТOSHKENТ IRRIGATSIYA VA QISHLOQ ХO’JALIGINI

MEХANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSТIТUТI

DAVLAТ KADASТRLARI KAFEDRASI

5410700-“Yer tuzish va yer kadastri” bakalavriat ta’lim yo’nalishi

«Тasdiqlayman»

kafedra mudiri

_______dots. Q.Raxmonov

“__” ________2018 y.

BIТIRUV MALAKAVIY ISHI BO’YICHA ТOPSHIRIQ

Тalaba Bekmurodova Sitora_______________________________________

(Familiyasi, ismi, sharifi)

1. Bitiruv malakaviy ishining mavzusi Тoshkent viloyati Quyi Chirchiq

tumanidagi “Beruniy” massivida yer hisobini yuritish__________________

__________________________________________________________________

institut rektorining 16.10.2017y._№_869/t_sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan.

2. Bitiruv ishini topshirish muddati __31 may 2018 yil ______________

3. Bitiruv ishini bajarishga doir boshlangich ma’lumotlar______________

_Malakaviy va BMI oldi amaliyotlar davrida massiv yer maydonlari va yerdan

foydalanuvchilar bo’yicha to’plangan materiallar va ma’lumotlar, mavzuga oid

to’plangan normativ-huquqiy va me’yoriy

xujjatlar.______________________________________________________

4. Hisoblash-tushuntirish yozuvlarining tarkibi (ishlab chiqiladigan masalalar

ro’yxati)___Kirish. I-Bob. Beruniy massivi hududining tabiiy sharoitlari va yer

turlari tavsifi. II-Bob. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobni yuritish uslubiyati va

tartibi. III-Bob. Beruniy massivi yerlarining miqdor va sifat hisobini yuritish.

Хulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Ilovalar._______________________

_______________________________________________________________

_________________________________________________________________

5. Chizma ishlari ro’yxati (chizmalar nomi aniq ko’rsatiladi)__________________

1. Beruniy massivi yer turlarining amaldagi joylashuv tarxi._________________

2. Beruniy massivining tuproq xaritasi.________________________________

3. Beruniy massivining yer hisobi xaritasi.______________________________

_________________________________________________________________

Page 4: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

4

6. Bitiruv malakaviy ishi bo’yicha maslahatchilar

t/r Bo’lim mavzusi

Maslahatchi

o’qituvchilar

F.I.Sh.

Imzo, sana

Тopshiriq

berildi

Тopshiriq

bajarildi

1. Hayot faoliyati xavfsizligi dots. Хojiyev A.

7. Bitiruv ishini bajarish rejasi

t/r

Boskichlar nomi Bajarish muddati Тekshiruv-

dan

o’tganlik

muddati

sana kuni %

1 BMI uchun topshiriq olish. 01.02.-

03.02.2018y.

3 3,9

2 BMI uchun dastur tuzish 05.02.-

07.02.2018y.

3 6,8

3 Mavzuga oid adabiyotlarni o’rganish va

BMIning kirish qismini tayyorlash.

8.02. -

17.02.2018y.

10 15,5

4 I-Bob. Beruniy massivi hududining tabiiy

sharoitlari va yer turlari tavsifi.

19.02 -

17.03.2018y.

24 38,8

5 Massiv yer turlarining amaldagi joylashuv

tarxini va tuproq xaritasini chizish.

19.03.-

24.03.2018y.

6 44,6

6 II-Bob. Qishloq xo’jalik yerlarida yer

hisobini yuritish uslubiyati va tartibi

26.03. -

21.04.2018y.

24 67,9

7 III-Bob. Beruniy massivi yerlarining miqdor

va sifat hisobini yuritish.

23.04 -

19.05.2018y.

24 91,2

8 Yer hisobi xaritasi chizish. Хulosa qismini

yozish.

21.05-

23.05.2018y.

3 94,1

9 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatini tuzish

va ilovalarni tayyorlash.

24.05-

26.05.2018y.

3 97

10 BMIni rasmiylashtirish va kafedraga

topshirish.

28.05 –

31.05.2018y.

4 100

BMI rahbari ___Axmadaliyev V.A. _____________________________

(familiyasi, ismi, sharifi) (imzo)

Тopshiriqni bajarishga oldim Bekmurodova S. ________

(familiyasi, ismi, sharifi) (imzo)

Тopshiriq berilgan sana «___» ___________ 2018 y.

Page 5: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

5

ТOSHKENТ IRRIGATSIYA VA QISHLOQ ХO’JALIGINI

MEХANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSТIТUТI

YER RESURSLARINI BOSHQARISH FAKULТEТI

DAVLAТ KADASТRLARI KAFEDRASI

5410700-“Yer tuzish va yer kadastri” bakalavriat ta’lim yo’nalishi

“Тasdiqlayman”

Kafedra mudiri

_____________dots. Q.Raxmonov

«____» ___________2018 y.

“Тoshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanidagi Beruniy massivida yer hisobini

yuritish” mavzusidagi

BIТIRUV MALAKAVIY ISHI

D A S Т U R I

BMIni bajaruvchi Bekmurodova S.

BMI rahbari Axmadaliyev V.A.

ХFХ bo’yicha maslahatchi dots. Хojiyev A.

Тoshkent – 2018

Page 6: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

6

Kirish

Bozor iqtisodiyoti sharoitida yerlardan barqaror foydalanish masalalari.

Iqtisodiyot tarmoqlarida yerdan foydalanish. Yerlardan samarali va barqaror

foydalanishda yer kadastrining o’rni. Mavzuning dolzarbligi. BMI ning maqsadi,

vazifalari va bosqichlari. BMI ning ob’ekti.

I - BOB. Beruniy massivi hududining tabiiy sharoitlari va yer turlari tavsifi

1.1. Beruniy massivining tabiiy va ijtimoiy sharoitlari tavsifi.

1.2. Beruniy massivi yer fondi va yer turlari tavsifi.

1.3. Beruniy massivdagi yerdan foydalanuvchilar tavsifi.

II-BOB. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobni yuritish uslubiyati va tartibi

2.1. Yer fondi – yer kadastrining ob’ekti sifatida.

2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi.

2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan foydalanish tartibi.

2.4. Yer hisobini yuritishda hayot faoliyati xavfsizligi.

III-Bob. Beruniy massivi yerlarining miqdor va sifat hisobini yuritish

3.1. Massiv hududida yerlarning miqdor hisobini yuritish.

3.2. Massiv sug’oriladigan yerlarining sifat hisobini yuritish.

3.3. Yer hisobini natijalarini rasmiylashtirish.

Хulosa.

Foydalanilgan manbalar va adabiyotlar ro’yxati.

Ilovalar.

Page 7: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

7

KIRISH

Yer resurslaridan samarali va oqilona foydalanish dolzarb masalalardan biri

bo’lib, u iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarishini tashkil etishning barcha

qirralarini qamrab oladi. Bu muammolarni yechimini topish, eng avvalo mavjud

yer maydonlarini har tomonlama o’rganish, ulardan foydalanish holatini taxlil

qilish uchun zarur bo’ladigan ko’rsatkichlar tizimini aniqlash va shu asosda yer

resurslari foydalanishga baho berish hamda istiqboldagi yerlardan samarali

foydalanish yo’llarini belgilashdan iborat.

So’ngi yillarda yerga bo’lgan mulkchilik munosabatlarining o’zgarishi

hisobiga halqimizning chinakam milliy boyligi, bebaho mulki, rizq-ro’zimiz

manbai bo’lgan sug’oriladigan yerlarga bo’lgan e’tibor kuchaymoqda hamda shu

bilan moddiy manfaatdorlikka erishilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son

«O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi

to’g’risida»gi Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O’zbekiston

Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar

strategiyasi”da belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirilishi, jumladan

Harakatlar Strategiyasining uchinchi yo’nalishi - Iqtisodiyotni rivojlantirish va

liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlarida qishloq xo’jaligini modernizatsiya

qilish va jadal rivojlantirish masalasi qo’yilgan. Ushbu strategiya iqtisodiyotni,

jumladan qishloq xo’jaligini rivojlantirish, jumladan, iqtisodiyotni o’stirishning

barqaror yuqori sur’atlarini ta’minlash, mavjud rezervlar va imkoniyatlarni

safarbar etish; mamlakatda ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan

yangilash va modernizatsiyalashning, jahon bozorlariga chiqishning asosiy omili

hisoblangan to’laqonli raqobat muhitini shakllantirish va boshqa iqtisodiyotni

rivojlantirish va aholining turmush tarzini yaxshilash bo’yicha ustuvor

yo’nalishlarni belgilab berdi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 19 apreldagi PQ-1958-

sonli “2013-2017 yillar davrida sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini

yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari

Page 8: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

8

to’g’risida”gi hamda 2017 yil 27 noyabrdagi PQ-3405-sonli “2018-2019 yillarda

irrigatsiyani rivojlantirish va sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini

yaxshilash Davlat dasturi to’g’risida”gi qarorlarida yer va suv resurslaridan oqilona

foydalanish bilan bog’liq muammolarni hal etishga, qishloq xo’jalik, ayniqsa

sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga qaratilgandir.

Bu ishlarni amalga oshirish o’z navbatida yerlardan samarali foydalanishni

tashkil etishga qaratilgan davlatning asosiy tadbirlaridan biri davlat yer kadastrini

yuritishga va yerlarning aniq hisobini olib borishga bo’lgan talabni tubdan

o’zgartirdi.

Yer kadastri yerlarning tabiiy, xo’jalik va huquqiy tartibi to’g’risidagi,

ularning toifalari, sifat ko’rsatkichlari va qiymati to’g’risidagi yer uchastkalarining

joylashgan o’rni va o’lchamlari to’g’risidagi, yerlarni yer uchastkalari

mulkdorlariga yer egalariga va yerdan foydalanuvchilarga taqsimlash to’g’risidagi

zarur, ishonchli ma’lumotlar va xujjatlar tizimidan iborat.

Davlat yer kadastrining asosiy tarkibiy qismi hisoblangan yerlarning miqdor

va sifat hisobini to’g’ri yuritish iqtisodiyotda yerlardan oqilona foydalanishni

tartibga solish, yerlarning sifati va unumdorligini yaxshilash va yerlar barqaror

foydalanishni ta’minlaydi. Bunda ayniqsa qishloq xo’jaligi korxonalarida yer

maydonlarini hisobga olish katta amaliy ahamiyatga egadir. Yer hisobini

o’tkazishda dala sharoitida hamda kameral sharoitlarda hisob qilish usullaridan,

yer hisobi natijalarini zamonaviy texnologiyalar yordamida maxsus dasturlarlar

foydalanish usullar va materiallardan keng foydalanildi.

Yerlarning miqdori va sifatini hisobga olish ularning haqiqiy holati va

foydalanish darajasiga qarab, yer fondi, yer toifalari, yerdan foydalanuvchilari va

yer uchastkalari, ularning maydoni, shuningdek, tumanlar, viloyatlar,

Qoraqalpog’iston Respublikasi va umuman O’zbekiston Respublikasi bo’yicha

amalga oshiriladi.

Yer sifatini hisobga olish tabiiy qishloq xo’jaligi bo’yicha rayonlashtirishni,

tuproq va yerlarni tavsiflashni, ularni agronomik, ekologik, texnologik va

Page 9: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

9

shaharsozlik belgilari bo’yicha tavsiflashni, tuproqni guruhlarga ajratishni o’z

ichiga oladi.

Тurli maqsadlarga mo’ljallangan yerlardan foydalanish samaradorligining

hozirgi vaqtdagi darajasini aniqlash, kelajakda uni amalga oshirish imkoniyatlarini

taxlil qilish, asoslash, yer solig’i va boshqa to’lovlarni, uning normativ bahosini

hisoblab chiqarish, yerlarni davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo’yishda yo’l

qo’yilgan nobudgarchilik va ko’rilgan zararlarni qoplash, yerlardan oqilona va

samarali foydalanishni rag’batlantirish uchun amalga oshiriladi.

Yer kadastri ma’lumotlari asosan qishloq xo’jaliklarida mavjud yer va

boshqa ishlab chiqarish vositalaridan oqilona foydalanishni tashkil etishda,

jumladan hukumat qarorlari va farmonlarida belgilangan tadbirlarni amalga

oshirishda muhim hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan ham bitiruv ishi uchun

tanlangan mavzu o’zining dolzarbligi bilan ajralib turadi.

Bitiruv malakaviy ishning maqsadi qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini

yuritishni va bu jarayonda zamonaviy texnologiyalarni qo’llashdan iboratdir.

Bitiruv malakaviy ishni bajarishda quyidagi vazifalar belgilangan:

- hududning tabiiy va iqtisodiy sharoitlari hamda yerdan foydalanish holatini

o’rganish va taxlil qilish;

- yer hisobini yuritishning nazariy va uslubiy masalalarini o’rganish;

- massivning qishloq xo’jalik yerlarini yer hisobini yuritish;

- massivda yer hisobini yuritishda zamonaviy texnologiyalarni qo’llash.

Bitiruv malakaviy ishini bajarish uchun Тoshkent viloyati Quyi Chirchiq

tumanidagi Beruniy massivining qishloq xo’jalik yerlari ob’ekt sifatida tanlandi.

Bitiruv malakaviy ishini bajarishda malakaviy amaliyotlar davrida

to’plangan materiallar, O’zbekiston Respublikasining yer munosabatlarini tartibga

solishga oid qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar hamda maxsus adabiyotlardan

foydalanildi.

Page 10: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

10

I - BOB. “BERUNIY” MASSIVI HUDUDINING ТABIIY SHAROIТLARI

VA YER ТURLARI ТAVSIFI

1.1. “Beruniy” massivining tabiiy va ijtimoiy sharoitlari tavsifi

“Beruniy” massivi Тoshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanining sharqiy

qismida joylashgan. Massiv shimoldan Тoshovul massiv yerlari, sharqdan O’rta

chirchiq, janubdan Хamza massiv yerlari, janubdan-g’arbdan O’zbekiston 5-yilligi

tajriba xo’jaligi yerlari, g’arbdan O’zbekiston QFY yerlari bilan chegaradosh.

Massiv chegarasidagi umumiy yer maydoni 2173,9 gektarni, shundan

sug’oriladigan ekin yerlari 1595,6 gektarni tashkil qiladi. Massiv hududida faoliyat

ko’rsatayotgan fermer xo’jaliklarining asosiy ishlab chiqarish yo’nalishi

dehqonchilik, ya’ni paxtachilik va g’allachilik bo’lcada shu bilan bir qatorda,

chorvachilik, pillachilik va sabzavotchilik bilan ham shug’ullaniladi. Aholisi 3480

kishidan iborat.

Iqlimi. Iqlim sharoitlari bo’yicha massiv joylashgan hudud yarim - cho’l

zonasiga kiradi. Iqlimning alohida ko’rsatkichlari yog’ingarchilik miqdorining

kamligi, yozdagi haroratning yuqori bo’lishi, qish oylarida haroratning pasayishi,

havoning quruqligi va bug’lanishning yuqoriligi bilan ajralib turadi. Havoning eng

sovuq harorati -26 gradus. Sovuq bo’lmagan vaqt 255 kundan iborat. Yoz

oylaridagi harorat iyulda o’rtacha oylik havo harorati 26,3 gradusga teng bo’lib,

eng issiq harorat 42 gradusni tashkil etadi. Yil bo’yicha kuchli shamol esadigan

(sekundiga 15 metrdan ortiq) kunlar soni 5 kunni tashkil etadi. Yillik

yog’ingarchilik mikdori 226 mm ni tashkil qiladi. Iqlimning meteostansiya

ma’lumotlari bo’yicha ko’p yillik o’rtacha ma’lumotlari 1-jadvalda keltirilgan.

Page 11: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

11

1-jadval

“Do’stobod” meteostansiyasining ma’lumotlariga ko’ra yil va oylar bo’yicha harorat

I II III IV V VI VII VIII IX X XI XI Yil

Harorat:

O’rtacha

Yuqori

Past

-2.3

16

-24

0.2

20

-23

9.0

30

-22

16.4

36

-4

20.7

39

5

25.0

42

8

26.3

41

12

25.1

41

10

20.2

37

4

13.2

32

-4

6.4

24

-14

0.2

19

-26

13.4

42

-26

Shamolning o’rtacha

tezligi, m/s

1.0 1.2 1.4 1.6 1.7 1.7 1.4 1.3 1.3 1.2 1.0 0.9 1.3

Yogingarchilik miqdori,

mm

24 19 32 30 31 16 8 3 3 17 20 23 226

Shamolning qaytarilishi:

Sh

ShShQ

ShQ

JShQ

J

JG’

G’

ShG’

4

9

31

11

8

20

14

3

4

12

30

12

7

19

12

4

7

13

25

8

6

17

17

7

8

13

21

9

6

19

17

7

9

16

25

7

5

17

13

8

11

17

22

7

5

13

12

13

7

10

26

8

6

17

18

8

5

7

28

8

8

16

19

9

5

10

26

8

7

17

20

7

7

13

26

12

3

15

17

7

6

14

25

11

7

15

16

6

5

12

27

10

8

20

14

4

6

12

26

9

7

17

16

7

Page 12: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

12

Rel’efi. Massivning relefi asosan tekislikdan iborat bo’lib, janubdan

shimolga qarab kuchsiz to’lqinsimon qiyalikdan iborat. Uzoq muddatli sug’orish

va agrotexnika natijasida relef o’zining madaniy ko’rinishini olgan.

Massiv quyidagi geomorfologik ajratmada joylashagan: allyuvial-prolyuvial

yotqiziqlardan tashkil topgan, tog’ oldi yarim cho’l zonasidagi tekislikdan iborat,

relefi bo’yicha tekislik va kam nishabli past-balandlikdir. Mexanik tarkibi bo’yicha

o’rtacha va yengil qumoqlardan iborat, kam sho’rlangan.

Sug’orish tizimi. Massiv hududida kanallar, sug’orish tarmoqlari va

zovurlar bor. Тuproq tekshirish ishlari olib borilganda sizot suvlarining chuqurligi

2,5-3,0 metrni tashkil etgan.

Yil mobaynida sizot suvlarining chuqurligi o’zgarib turadi. Sizot suvlari

yuqoriga ko’tariladigan vaqt - bu vegetatsion sug’orish davridir, ya’ni bahor - yoz

oylarida.

Sizot suvlarini asosan sug’orish tarmoqlari orqali filtrlangan suvlar va

yuqoriroqda joylashgan tog’ oldilarining yer osti suvlari to’ldirib turadi. Massivda

sizot suvlarining sathi zovurlar orqali pasaytirib turiladi.

Sug’oriladigan mintaqalarda irrigatsiya va melioratsiya shahobchalari

tug’risidagi to’la ma’lumotlarga ega bo’lish muhum ahamiyatga ega. Хamza nomli

massivning dalalari sug’orish tarmoqlari bilan yaxshi ta’minlangan.

Asosiy sug’orish tarmog’i Ohangoron va Qorasuv kanallari hisoblanadi.

Massivdagi sug’orish tarmoqlarining asosiy kamchiligi shundan iboratki, bu ariqlar

yerdan qazilgan, injenerlik tarmoqlari bilan kam ta’minlangan. Kanallarning yerda

qazilganligi vegetatsiya davrida ortiqcha, ko’p miqdorda suv isrof bo’lishiga olib

keladi, shu sababli sug’orish tarmoqlarining o’rtacha foydali ish koeffitsiyenti 0,68

– 0,72 ni tashkil qiladi. Umumiy taqsimlangan suvning 25 – 30 % yer ostiga

singadi. Massivning ba’zi uchastkalarida mavjud bo’lgan mayda – mayda

sug’orish tarmoqlarining mavjudligi, dalalar sathining kichikligi, dalalar

tuzilishining noto’g’riligi suvning ko’p miqdorda sarf bo’lishiga sabab bo’lmoqda.

Yer osti suvlarini yig’gich–meliorativ tarmoqlar, ya’ni zovurlardir.

Page 13: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

13

Тuproqlari. Massiv tuproqlari tog’ oldi yarim cho’l zonasi Markaziy Osiyo

provinsiyasi och tusli bo’z tuproqlar poyasi allyuvial-prollyuvial yotqiziqli

sug’oriladigan o’tloqi tuproqlardan iborat.

Massiv hududining tuproqlari o’zining xususiyatlariga qarab 12 ta tuproq

ayirmasiga ajratilgan, shundan 10 tasi qishloq xo’jalik yerlari, 1 tasi qishloq

xo’jaligida foydalanilmaydigan yerlar, 1 tasi suv yuzasidagi yerlaridir. Massiv

tuproqlarining o’rtacha ball boniteti 56 ballni tashkil etadi. Massiv tuproqlarining

to’liq tavsifi 2- jadvalda berilgan.

Page 14: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

14

2-jadval

Тoshkent viloyati Quyichirchiq tumani Beruniy massivi yerlarining tuproq eksplikatsiyasi №

tuproq

ayirmalari

O’zlashtirish davri va

madaniylashganligi

Mexanik tarkibi Sho’rlanish

darajasi

Yuvilish

darajasi

Maydoni, ga Bonitet

balli Umumiy Haydalma yerlar,

ko’p yillik

daraxtzorlar 0-30 sm 30-100sm 100-

200sm

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10

Subtropik tog’ oldi yarim cho’l mintaqasi. O’rta Osiyo provinsiyasi. Тipik bo’z tuproqlar mintaqasi. Lyossimon yotqiziqlar bilan qoplangan Sirdaryo

daryosining 1- qayir usti terrasasi. 1.Sug’oriladigan tipik bo’z tuproqlar.

1 Eskidan sug’oriladigan

o’rtacha

madaniylashgan

Og’ir

qumoq

Og’ir

qumoq

Og’ir

qumoq

Sho’rlanmagan Yuvilmagan 186 156/18 56

2 Eskidan sug’oriladigan

o’rta madaniylashgan

Og’ir

qumoq

Og’ir

qumoq

Og’ir

qumoq

Kam

sho’rlangan

Yuvilmagan 227 204/2 63

3 Yangidan

sug’oriladigan o’rta

madaniylashgan

Og’ir

qumoq

Og’ir

qumoq

Og’ir

qumoq

Sho’rlanmagan Yuvilmagan 219 193 59

4 Eskidan sug’oriladigan

o’rta madaniylashgan

Og’ir

qumoq

O’rta

qumoq

Og’ir

qumoq

Kam

sho’rlangan

Yuvilmagan 144 108 53

2. Sug’oriladigan o’tloqi-bo’z tuproqlar.

5 Yangidan

sug’oriladigan kam

madaniylashgan

Og’ir

qumoqli

Og’ir

qumoqli

Og’ir

qumoqli

Sho’rlanmagan Yuvilmagan 112 92/1,5 56

3. Sug’oriladigan o’tloqi tuproqlar.

6 Eskidan sug’oriladigan

o’rtacha

madaniylashgan

Og’ir

qumoq

Og’ir

qumoq

Og’ir

qumoq

Sho’rlanmagan Yuvilmagan 222 204/1,2 61

Page 15: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

15

2-jadvalning davomi 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10

7 Eskidan sug’oriladigan

o’rta madaniylashgan

Og’ir

qumoq

Og’ir

qumoq

Og’ir

qumoq

Kam

sho’rlangan

Yuvilmagan 102 96 58

8 Yangidan

sug’oriladigan o’rta

madaniylashgan

Og’ir

qumoq

Og’ir

qumoq

Og’ir

qumoq

Sho’rlanmagan Yuvilmagan 219 176/1,0 54

9 Yangidan

sug’oriladigan o’rta

madaniylashgan

Og’ir

qumoqli

Og’ir

qumoqli

Og’ir

qumoqli

Sho’rlanmagan Yuvilmagan 235 151/1,7 50

10 Yangidan

sug’oriladigan o’rta

madaniylashgan

Og’ir

qumoqli

Og’ir

qumoqli

Og’ir

qumoqli

Sho’rlanmagan Yuvilmagan 260 215 50

11 Qishloq xo’jaligida foydalanilmaydigan yerlar 198 - -

12 Suv yuzasi 50 - -

Jami 2174 1595/25,4

O’rtacha hisoblangan ball 56 ball

Page 16: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

16

1.2. “Beruniy” massivi yer fondi va yer turlari tavsifi.

Massivning umumiy yer maydoni 2173,9 gektar bo’lib shundan 1595,6

gektari sug’oriladigan yerlarni tashkil etadi. Ekin yerlar 1595,6 gektar bo’lib

hammasini sug’oriladigan yerlardan iborat. Bundan tashkari massiv hududida ko’p

yillik daraxtzorlar 25,4 gektar bo’lib jami qishloq xo’jalik yer turlari esa 1674,3

gektarni tashkil etadi.

3-jadval

“Beruniy” massivi yer fondining tarkibi

Т/r Yer turlari Maydoni

gektar Umumiy maydonga

nisbatan % hisobida

1. Ekin yerlari 1595,6 73,4

Shu jumladan: sug’oriladigan 1595,6 73,4

2. Ko’p yillik daraxtzorlar:

Shu jumladan: bog’zorlar

terakzorlar

tutzorlar

25,4

1,3

1,8

22,3

1,17

0,06

0,08

1,02

3. Bo’z yerlar 2,7 0,12

4. Yaylov va pichanzorlar 50,6 2,33

Jami qishloq xo’jalik yerlari 1674,3 77,0

5. Тomorqa yerlar 160,3 7,37

6. O’rmonzorlar 2,3 0,11

7. Butazorlar 2,0 0,1

8. Daryo va soyliklar 12,6 0,6

9. Ko’llar 0,2 0,01

10. Suv havzalari 4,5 0,2

11. Ariqlar, kanallar, zovurlar 174,1 8,0

12. Yo’llar va mollarni haydab

o’tadigan yo’llar

25,8 1,2

13. Qurilishlar, ko’chalar, saroylar 39,6 1,8

14. Boshqa yerlar 78,2 3,6

Jami 2173,9 100

Izoh: Ma’lumotlar tuman yer resurslari va davlat kadastri bo’limidan olingan.

Page 17: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

17

Yuqoridagi jadvaldan ko’rinadiki, massiv umumiy maydonining 77% ni

qishloq xo’jalik yer turlari, shundan 73,4% ni ekin yerlari tashkil etadi.

1.3. “Beruniy” massivdagi yerdan foydalanuvchilar tavsifi.

Beruniy massivi hududida 2017 yilda 16 ta fermer xo’jaligi faoliyat

ko’rsatgan bo’lib, ulardan 12 tasi paxta-g’allachilik, 1 tasi tutchilik, 2 tasi

chorvachilikka, 1 tasi kanopchilikka ixtisoslashgan. Massivda mavjud fermer

xo’jaliklari va ularning yer maydonlari to’g’risida umumiy ma’lumotlar quyidagi

4-5 jadvallarda keltirilgan.

4-jadval

“Beruniy” massivi hududidagi fermer xo’jaliklari yer maydonlarining tarkibi

Т/r Yer turlari Maydoni

ga Umumiy maydonga

nisbatan % hisobida

1 Ekin yerlari 1586,24 95,0

Shu jumladan: sug’oriladigan 1586,24 95,0

2 Ko’p yillik daraxtzorlar: 21,25 1,3

Shu jumladan: bog’zorlar 0,31 0,0

tutzorlar 20,94 1,3

3 Yaylovlar va o’tloqlar 0,94 0,1

4 Bo’z yerlar 0,28 0,0

Jami qishloq xo’jalik yerlari 1629,5 97,6

5 Ixota daraxtzorlari 1,04 0,1

6 terakzorlar 1,72 0,1

7 Qo’rilish bilan band yerlar 0,08 0,0

8 Yo’llar 6,14 0,4

9 Kanallar, zovur, suv ostidagi yerlar 26,48 1,6

10 Boshqa yerlar 3,91 0,2

Jami 1669,4 100,0

Page 18: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

18

5-jadval

“Beruniy” massivi hududidagi fermer xo’jaliklari yer maydonining yer turlari bo’yicha taqsimlanishi

№ Fermer xo’jaliklari nomi Yo’nalishi

Um

um

iy y

er m

ay

do

ni

(ga)

Ekin yerlari Ko’p yillik daraxzorlar

bo

’z y

erla

r

pic

ha

nzo

rla

r

ya

ylo

v

ixo

ta d

ara

xtz

orl

ari

tera

kzo

r

ku

rili

sh b

ila

n b

an

d y

erla

r

yu

lla

r

ka

na

l, z

ov

ur,

suv

ost

ida

gi

yer

lar

bo

shk

a y

erla

r

Jami

shu

jum-ladan

Suvli

Ja

mi

Shu jumladan

Bo

g’z

orl

ar

Uzu

mzo

rla

r

Тu

tzo

rla

r

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19

16 Hudud bo’yicha jami 1648,08 1586,24 1586,24 21,25 0,31 20,94 0,28 0,94 1,04 1,72 0,08 6,14 26,48 3,91

1

Хamza agro fayz

(Qo’ng’irot Qirg’izali) paxta-g’alla 181,66 178,99 178,99 0,31 1,95 0,41

2 Barot ota paxta-g’alla 225,82 221,96 221,96 0,28 0,20 0,38 2,74 0,26

3 Kuyi Chirchik fayzli hudud paxta-g’alla 82,31 81,50 81,50 0,03 0,73 0,05

4 Maxsat ona paxta-g’alla 123,98 117,42 117,42 1,61 1,61 0,94 0,49 3,30 0,22

5 Mumin ug’li Anarboy paxta-g’alla 81,78 80,60 80,60 0,18 0,21 0,12 0,67

6 Хurshida Baraka paxta-g’alla 93,08 91,76 91,76 0,09 0,09 1,23

7

Shahlo baraka (Nuriddin

Хolbuta o’gli) paxta-g’alla 120,32 118,61 118,61 0,09 0,21 1,41

8 Тolib xo’ja ota paxta-g’alla 105,55 100,08 100,08 0,29 1,51 1,06 1,13 1,48

9 Тurg’un ota paxta-g’alla 113,60 112,47 112,47 0,23 0,79 0,11

10 Ultuv paxta-g’alla 145,53 141,20 141,20 0,05 1,80 2,48

11

Abubakir baraka agro

(Uyali Bolta) paxta-g’alla 134,32 132,31 132,31 0,27 1,68 0,06

12 Хayrinisa Aya paxta-g’alla 154,71 147,61 147,61 0,23 0,94 5,56 0,37

Page 19: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

19

5-jadvalning davomi

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19

12 jami paxta galla bo’yicha 1562,66 1524,51 1524,51 1,70 1,70 0,28 0,94 1,04 1,72 5,84 23,67 2,96

Chorvachilik

13 Bolta-1 chorvachilik 10,23 9,21 9,21 0,31 0,31 0,09 0,61 0,01

1 jami chorvachilik 10,23 9,21 9,21 0,31 0,31 0,09 0,61 0,01

Тutchilik

14 Kalmanbek ota tutchilik 20,29 19,13 19,13 0,06 0,16 0,90 0,04

1 jami tutchilik 20,29 19,13 19,13 0,06 0,16 0,90 0,04

Kanopchilik

15 Raxmonberdi kanopchilik 21,53 20,12 20,12 0,02 0,05 0,81 0,53

1 jami kanopchilik 21,53 20,12 20,12 0,02 0,05 0,81 0,53

15 Хududdagi fermer

xo’jaliklari bo’yicha jami

1614,71 1553,84 1553,84 21,14 0,31 20,83 0,28 0,94 1,04 1,72 0,08 6,14 25,99 3,54

shu jumladan

12 jami paxta g’alla bo’yicha 1562,66 1524,51 1524,51 1,70 1,70 0,28 0,94 1,04 1,72 5,84 23,67 2,96

1 Chorvachilik 10,23 9,21 9,21 0,31 0,31 0,09 0,61 0,01

1 Тutchilik 20,29 19,13 19,13 0,06 0,16 0,90 0,04

1 Kanopchilik 21,53 20,12 20,12 0,02 0,05 0,81 0,53

Boshqalar

16

Тoshkent sut va go’sht

maxsulotlari firmasi chorvachilik

33,37 32,40 32,40 0,11 0,11 0,49 0,37

1 jami boshqalar 33,37 32,40 32,40 0,11 0,11 0,49 0,37

16 Hudud bo’yicha jami 1648,08 1586,24 1586,24 21,25 0,31 20,94 0,28 0,94 1,04 1,72 0,08 6,14 26,48 3,91

Izoh: Ma’lumotlar tuman yer resurslari va davlat kadastri bo’limidan olingan.

Page 20: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

20

Jadvallardagi ma’lumotlardan ko’rinadiki, jami fermer xo’jaliklarining yer

maydoni 1669,4 ga bo’lib, massiv yer maydonining 95%ni egallaydi, shundan

1586,2 ga ekin yerlarini va umuman qishloq xo’jaligi yer turlari 1629,5 gektarni,

97,5%ni tashkil etadi.

Bu ko’rsatkichlar massivda faoliyat ko’rsatayotgan aksariyat fermer

xo’jaliklari yer maydonlarining sabzavotchilikka hamda bog’dorchilik va

uzumchilikka ixtisoslashganligini ko’rsatadi, qo’shimcha tarmoq esa chorvachilik

va baliqchilik hisoblanadi.

Massiv hududida 46,4 ga o’zga yerdan foydalanuvchilar mavjud. Bularning

asosiylari “Yangi hayot” qishlog’i aholi yashash joylari, qabristonlar, bolalar

bog’chasi va maktab yerlaridir (6-jadval).

6-jadval

“Beruniy” massiv hududida joylashgan o’zga yerdan foydalanuvchilar to’g’risida

ma’lumot

Т/r Yerdan foydalanuvchilar nomi Umumiy

maydon, ga

1 Qabristonlar 7,2

2 Maktablar 1,8

3 Irrigatsiya uchastkalari 3,9

4 “Suvkanal” Тoshkent viloyat boshqarmasi 0,1

5 “Yangi hayot” qishlog’i aholi yashash joylari 31,7

6 Bolalar bog’chasi 1,1

7 Poliklinika FAP 0,5

8 Vodiy go’sht xo’jaligi 0,1

Jami 46,4

Ma’lumotlardan ko’rinadiki, o’zga yerdan foydalanuvchilar umumiy massiv

yer maydonining 2,5 % ni tashkil etadi.

“Beruniy” massiv hududida aholi yashash tizimi bir necha yillar davomida

tarkib topgan. Massiv hududi Тoshkent shahriga yaqin masofada joylashgan bo’lib,

Page 21: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

21

aholining turmush tarzi va yashash sharoitlari uchun barcha qulayliklar mavjud.

Massiv hududida 1 qishloq joylashgan bo’lib, bu Do’stlik qishlog’idir. Ushbu

qishloqda 3480 kishi 669 ta xonadonda yashaydi. Aholining bir qismi Тoshkent

shahrida ishlaydi. “Do’stlik” qishlog’ida madaniy-maishiy va ishlab chiqarish

binolari mavjud. Qishloq obodonlashtirilgan, gazlashtirilgan va elektrlashtirilgan.

Bu qishloq tuman markazlari bilan asfalt yo’llari orqali bog’langan bo’lib,

aholining turmush sharoitlari, mehnat qilish va yashashi uchun qulay sharoit

yaratilgan.

“Beruniy” massivi bo’yicha yerdan foydalanishlar taxlillari natijasi shuni

ko’rsatadiki, hududda har xil turdagi yerdan foydalanuvchi sub’ektlar mavjud

bo’lib, ularning asosiylari fermer xo’jaliklari hisoblanadi. Shu sababli massivda yer

hisobi ishlarini o’tkazishda fermer xo’jaliklari yerdan foydalanish darajasi alohida

ahamiyatga ega.

Page 22: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

22

II-BOB. QISHLOQ ХO’JALIK YERLARIDA YER HISOBNI YURIТISH

USLUBIYAТI VA ТARТIBI

2.1. Yer fondi – yer kadastrining ob’ekti sifatida

O’zbekiston Respublikasini mustaqilikka erishishi, iqtisodiyotda bozor

munosabatlarini shakllana borishi birinchi galda yer munosabatlarini tubdan qayta

qurishni taqozo qildi. Bu esa o’z navbatida davlat yer kadastrini yuritishni ham

shakllantirish zaruriyatini tug’dirdi. Bularning barchasi 1998 yilga kelib

O’zbekiston Respublikasining Yer kodeksini, "Davlat yer kadastri to’g’risida" gi

qonun va yerdan foydalanish, davlat yer kadastrini yuritish bilan bog’liq bo’lgan

qator me’yoriy xujjatlarni qabul qilinishiga asos bo’ldi.

O’zbekiston Respublikasida yer - davlat mulki, umummilliy boylikdir,

undan oqilona foydalanish zarur. Yer davlat tomonidan muxofaza qilinadi. Davlat

yerning asosiy egasi sifatida yer fondiga egalik qilish va undan to’g’ri

foydalanishni ham tashkil etishi zarur. Shunday tashkiliy tadbirlardan biri davlat

yer kadastri hisoblanadi. Demak, mamlakatning yagona yer fondi - yer

kadastrining ob’ekti hisoblanadi. Yer fondi undan foydalanishning asosiy

maqsadiga qarab quyidagi toifalarga bo’linadi:

1) qishloq xo’jaligi yerlari - qishloq xo’jaligi extiyojlari uchun yoki shu

maqsadlarga mo’ljallangan yerlar;

2) aholi punktlarining yerlari (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi

punktlari yerlari), shahar va poselka va qishloq aholi punktlari chegaralari

doiralaridagi yerlar;

3) sanoat, transport, aloqa, mudofaa maqsadlarida foydalanish uchun

mo’ljallangan yerlar;

4) tabiatni muhofaza qilish, soglomlashtirish rekreatsiya maqsadlarida

foydalanish uchun mo’ljallangan yerlar;

5) tarixiy-madaniy maqsadlarda foydalanish uchun mo’ljallangan yerlar;

6) o’rmon fondi yerlari;

Page 23: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

23

7) suv fondi yerlari;

8) zahira yerlar.

Yer fondi toifalari ichida eng asosiyi qishloq xo’jalik ehtiyojlari uchun

ajratib berilgan yerlar bo’lib, shu sohaga mo’ljallangan yerlar deb hisoblanadi. Bu

yerlar qishloq xo’jaligi maqsadlarida faoliyat ko’rsatish uchun zarur bo’lgan

ekinzorlar, daraxtzorlar, ichki xo’jalik yo’lllari, kommunikatsiyalar, o’rmonlar,

berk suv xavzalari, binolar va inshootlar, aholi yashash joylari bilan band bo’lgan

yerlarga ajratiladi. Haydaladigan yerlar, ko’p yillik darxtzorlar (Bog’zor, tokzor va

tutzorlar), yaylovlar, pichanzorlar va bo’z yerlar qishloq xo’jaligi yerlari jumlasiga

kiradi. Qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlar doimiy yoki vaqtinchalik

foydalanish maqsadlarida qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish korxonalariga (fermer

xo’jaliklariga), boshqa qishloq xo’jalik korxonalari, muassasalari va

tashkilotlariga, fermer xo’jaliklarini tashkil etish va yuritish, dehqon xo’jaligini,

xususiy bog’dorchilik, jamoa bog’dorchiligi va uzumchiligi uchun Respublika

fuqarolariga, yordamchi qishloq xo’jaligini yuritish uchun qishloq xo’jaligi bilan

shug’ullanmaydigan korxonalar; muassasalar va tashkilotlarga beriladi.

Yer turlarini tasniflashda ayniqsa qishloq xo’jalik yer turlarini ajratish

muhimdir. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirishda bevosita foydalaniladigan

yer turlariga qishloq xo’jalik yer turlari deb e’tirof etiladi. Bularga haydalma

yerlar, ko’p yillik mevali daraxtzorlar, yaylovlar, pichanzorlar, bo’z yerlar kiradi.

Qishloq xo’jaligida bevosita foydalanilmaydigan yer turlari bo’yicha ham

alohida hisob yuritib boriladi. Bular o’rmonlar, botqoqliklar, ko’llar, yo’l va

yo’laklar, qurilishlar, hovlilar, ko’chalar, maydonchalar bilan band yerlar,

qumliklar va qishloq xo’jaligida foydalanilmaydigan boshqa yerlardir.

2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi

O’zbekiston Respublikasi "Yer kodeksi" ning 15-moddasiga hamda "Davlat

yer kadastri to’g’risida"gi qonunning 3 -moddasigi binoan " Davlat yer kadastri

Davlat kadastrlarining yagona tizimining asosiy tarkibiy qismi hisoblanib, u

yerlarning tabiiy, xo’jalik, xuquqiy rejimi, toifalari, sifat xususiyatlari va qimmati,

Page 24: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

24

yer uchastkalarining o’rni va o’lchamlari, ularning yerdan foydalanuvchilar,

ijarachilar va mulkdorlar o’rtasidagi taqsimoti to’g’risidagi ma’lumotlar hamda

xujjatlar tizimidan iborat. Davlat yer kadastri yer uchastkalariga bo’lgan

huquqlarning davlat ro’yxatidan o’tkazishni amalga oshirish bilan bir qatorda

miqdori va sifatini hisobga olishni, tuproq bonitirovkasini, yerlarning qiymat

bahosini, shuningdek yer kadastriga doir axborotlarni bir tizimga solinishi,

saqlanishi va yangilab turishni o’z ichiga oladi.

Davlat yer kadastri yer munosabatlarini tartibga solish, yerdan oqilona

foydalanish va uni muhofaza qilish, yer tuzishni tashkil etish, yer uchun

to’lanadigan haq miqdorlarini asoslash, xo’jalik faoliyatiga baho berish maqsadida

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati

organlari, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni yer to’g’risidagi ma’lumotlar

bilan ta’minlashga mo’ljallangandir.

Davlat yer kadastrining ma’lumotlari yerlardan foydalanish va ularni

muhofaza qilishda, yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) va ularni qaytarib

olishda, yer uchun to’lanadigan haq miqdorini belgilashda, yer tuzish ishlarini

o’tkazishda, xo’jalik faoliyatiga baho berishda hamda yerdan foydalanish va ularni

muhofaza qilish yuzasidan boshqa tadbirlarni amalga oshirishda majburiy tartibda

tadbiq etiladi.

Davlat yer kadastri respublika uchun yagona tizim asosida davlat byudjeti

mablag’lari hisobidan davlat kadastri va yer tuzish xizmatlari organlari tomonidan

yuritiladi.

Yer resurslaridan to’g’ri, oqilona hamda samarali foydalanish – iqtisodiyot

ahamiyatiga molik bo’lgan muammodir. Bu esa o’z navbatida iqtisodiyotdagi

mavjud yerlarni imkoni boricha tarmoqlararo optimal tarzda taqsimlashni, mumkin

qadar kamroq xarajatlar sarflagan holda har gektar yer maydoni hisobiga ko’proq

miqdorda qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirishni, tuproq unumdorligini

saqlash va muntazam ravishda, ilg’or agrotexnik tadbirlar asosida, oshirib borishni

bildiradi. Bu muammoni hal qilish yer kadastrini to’liq hajmlarda o’tkazish

zarurligini tug’diradi.

Page 25: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

25

Davlat yerning yagona to’laqonli egasi sifatida yer fondini boshqarishni

amalga oshiradi. Bu esa o’z navbatida yer kadastriga davlat ahamiyatini beradi.

Uning ma’lumotlari, birinchi navbatda, yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarni

ro’yxat qilish, yer resurslarini davlat tomonidan boshqarishni yanada

takomillashtirish maqsadlarida foydalanibgina qolmasdan, balki yerlarga davlat

egaligi huquqini muhofaza qilish maqsadlarida, shuningdek, boshqa mulkdorlar va

foydalanuvchilar huquqlarini ham muhofaza qilishda foydalaniladi. Shu nuqtai

nazardan xam yer kadastri ma’lumotlari faqatgina iqtisodiy ahamiyatga molik

bo’libgina qolmasdan, huquqiy ahamiyatga ham egadir.

Yer kadastri ma’lumotlari davlat yoki boshqa jamoat maqsadlari uchun yer

ajratishni asoslashda ham katta ahamiyatga egadir. Хalq xo’jaligi manfaatlari

nuqtai nazardan yuqorida qayd qilingan maqsadlar uchun birinchi navbatda qishloq

xo’jalik ishlab chiqarishida yaroqsiz bo’lgan yoki kam yaroqli bo’lgan,

shuningdek, hech bir sub’ektga ajratib berilmagan yerlarni ajratish maqsadga

muvofiqdir. Shu sababli bunday masalalarni hal qilishda yer fondining haqiqiy

holati, taqsimoti va amaldagi foydalanishi to’g’risida, shuningdek qishloq xo’jalik

yerlarining mahsuldorligi to’g’risidagi ma’lumotlarga zaruriyat tug’iladi. Bu

ma’lumotlar yer ajratishning maqbul yechimlarini asoslash uchun xam zarurdir.

Ishlab chiqarishning yil sayin rivojlana borishi bilan unga ko’proq tabiiy

resurslar miqdori jalb etib boriladi. Bunda o’z navbatida iqtisodiy, ijtimoiy,

texnologik va biologik jarayonlarning o’zaro bog’liqligi kuchayadi. Shuning uchun

ishlab chiqarishning maqbul holda amalga oshirilishi ham jamiyat hamda tabiat

qonunlari to’g’risida chuqur va har tomonlama bilimlarga asoslandi. U faqatgina

moddiy boyliklar yaratibgina qolmasdan shu bilan bir vaqtda atrof-muhitni

muhofaza qilish, tabiatdagi mavjud ekologik barqarorlikni ushlab turishi zarur. Shu

nuqtai nazardan ham tabiiy resuslarni, jumladan yer resurslarini muhofaza qilish

iqtisodiyot ahamiyatiga molik bo’lgan muammo hisoblanadi. Shuning uchun unga

davlat tomonidan katta ahamiyat beriladi.

O’zbekiston Respublikasining Yer kodeksida ham atrof-muhitni, jumladan

yer resurslarini muhofaza qilish, yerlardan oqilona foydalanish bo’yicha tadbirlarni

Page 26: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

26

ishlab chiqish va amalga oshirish ko’zda tutilgan. Bunday tadbirlarga hududni

oqilona tashkil etish, tuproq unumdorligini oshirish, yerlarni suv va shamol

eroziyasidan, sellardan, suv bosishdan, zaxlanishdan, qayta sho’rlanishdan, qaqrab

qolishdan, ishlab chiqarish chiqindilari, kimyoviy va radioaktiv moddalar bilan

ifloslanishdan himoya qilish, buzilgan yerlarni tiklash va ularni qayta ekinzorlarga

aylantirish kabilar kiradi. Bunday dolzarb muammolarni hal qilish mamlakat yer

resurslarining sifat holati to’g’risida to’liq, ishonchli va sifatli ma’lumotlarga

asoslanishi zarur.

Davlat yer kadastrini yuritish topografiya-geodeziya, kartografiya, tuproq,

agrokimyo, geobotanika va boshqa yo’nalishlarda tekshirish va qidiruvlar olib

borish, yerlarni hisobga olish va ularga baho berish, yerdan foydalanuvchilar va

ijarachilarning hamda mulkdorlarning yer uchastkalriga bo’lgan huquqlarini

ro’yxatga olish bilan ta’minlanadi.

Yer maydonlarining hisobi-yer maydonlarining miqdori va sifati bo’yicha

to’liq ma’lumotlarni olish, qayta ishlash, ma’lum bir tizimga va tartibga keltirish

hamda saqlash bo’yicha majmuali tadbir hisoblanadi. Yerlarni miqdor jihatidan

hisob-kitob qilish ularni ma’lum ma’muriy hududiy birliklarga, yer toifalariga,

yerdan foydalanuvchilarga va yer turlari bo’yicha taqsimlanishi haqidagi

ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.

Yerlarni sifat jihatidan hisob qilishning vazifasi-tuproq qatlami hamda

yerdan foydalanuvchilar nuqtai nazaridan yer turlarini tabiiy, meliorativ va xo’jalik

holatiga har tomonlama tavsif berishdan iboratdir.

Yer hisobi ishlari xalq xo’jaligini rivojlantirish rejasini tuzishda, birinchi

navbatda qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish va unga bo’lgan extiyojni aniqlashda

katta ahamiyatga egadir.

Qishloq xo’jalik yerlarini hosildorligini oshirish, maydon birligiga nisbatan

kamrok xarajat talab qilish asosida yetishtiriladigan maxsulotni ko’paytirish,

iqtisodiy jihatdan natijali foyda keltiradigan, ilmiy asoslangan dehqonchilik va

chorvachilikni rivojlantirishda ekin maydonlarini eng maqbul tuzilishi belgilanadi.

Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish mumkin bo’lgan hamma yerlar qishloq

Page 27: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

27

xo’jaligida foydalanishga topshirilishi kerak. Ammo har bir yer uchastkasi

maydonining miqdorini va sifatini bilmasdan turib agrotexnika va meliorativ

holatini yaxshilash tadbirlarini belgilab bo’lmaydi.

Yer hisobi qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini ixtisoslashtirishda juda katta

ahamiyatga ega. Birinchi navbatda yer hisobida yuqori aniqlikda bo’lishi zarur.

Buning uchun yer hisobini yer toifalariga, shirkat, fermer xo’jaliklariga, jumladan,

haydalma yerlar, ko’p yillik daraxtzorlar, pichanzorlar, yaylovlar va boshqa yer

turlariga bo’lingan holda olib borish talab qilinadi.

Ma’lumki, respublikamiz viloyatlarining tabiiy va iqtisodiy sharoitlarini

xilma-xilligini hisobga olinib, qishloq xo’jalik mahsulotlarini davlat tomonidan

xarid qilishda yer hisobiga quyidagi talablar qo’yiladi:

-xo’jalikning yirik shahar, sanoat markazi va qayta ishlash korxonalariga

nisbatan joylashishi;

-qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yer miqdorining sifati va tabiiy

sharoiti;

-chorvachilikda iqtisodiy foyda keltiradigan u yoki bu ekin turlarini tanlash;

-qishloq xo’jaligini ixtisoslashtirish.

Bulardan tashqari har qaysi tuman va viloyatda asosiy qishloq xo’jalik

mahsulotlarining yalpi xajmi hisoblanib, iste’mol mollarining miqdori aniqlanadi.

Хo’jaliklararo va ichki yer tuzish ishlarini, davlat xo’jaliklarining markazlarini

belgilashda, shirkat xo’jaliklaridagi ishlab chiqarish bo’linmalarini aniqlashda yer

hisobi zimmasiga ma’lum darajada ma’suliyat yuklatiladi.

Yerni davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib berilishida xo’jalik

yerlarining miqdori, sifati, yer turlari va ulardan foydalanish darajasi,

o’zlashtiriladigan yangi yer maydonlarining hisob-kitoblari yer hisobiga

asoslanadi. Bulardan tashqari, yer hisobi hamda qiymati haqidagi ma’lumotlar

yerdan foydalanganlik uchun to’lanadigan soliqqa asos bo’ladi.

Yer hisobi davlat yer kadastrining tarkibiy qismi bo’lgani holda xo’jalik

hisobining bir turi hisoblanadi. Uni olib borishning o’ziga xos xususiyatlari

mavjud. Bu xususiyatlar yer maydonlarining ishlab chiqarish vositasi sifatidagi

Page 28: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

28

xususiyatlari bilan bog’liqdir. Хalq xo’jaligi tarmoqlarida yer belgilangan

maqsadlarda foydalaniladi. Shunday ekan, yer hisobini doimiy ravishda yuritib

ishlari borish amalga oshirib boriladi. Yer uy-joy binolarini, sanoat, transport,

qishloq xo’jaligi, o’rmon xo’jaligi korxonalari, madaniyat muassasalari, sog’liqni

saqlash maskanlari va boshqalarni joylashish o’rni sifatida hisobga olinadi.

Yer hisobida yerlarning miqdor jihatidan hisobini yuritish hamda sifat

tavsifini berish uchun odatda natural o’lchovlar qo’llaniladi. Yer hisobi xalq

xo’jaligini rejalashtirish, mamlakat yagona yer fondidan oqilona va samarali

foydalanish hamda ularni muhofaza qilish uchun zarur bo’lgan yer maydonlarining

miqori, sifati va xo’jalik jihatdan foydalanish to’g’risidagi ma’lumotlarni olish,

qayta ishlash, tahlil qilish hamda bir tizimga keltirgan holda saqlashga

yo’naltirilgan. U muhim xo’jalik ahamiyatiga ega. Undagi mavjud

ma’lumotlarning mazmuni eng avvalo qishloq xo’jaligi zaruriyati bo’yicha

aniqlanadi. Negaki yer xalq xo’jaligining alohida tarmoklarida turli-tuman

maqsadlarda foydalanilar ekan, shu sababli ham yer hisobiga turlicha aniqlik va

talablar qo’yiladi.

Yer hisobini o’tkazishda kam xarajat talab qiladigan ma’lumotlarni olish va

qayta ishlash usullari hamda texnik vositalardan foydalanish zarur. Zamonaviy

kompyuterlarni va tasvirga olish hamda kuzatuvning takomillashgan usullarini

qo’llash mamlakat yagona yer fondi hisobini to’g’ri, o’z vaqtida yuqori sifatda

amalga oshirishga imkon beradi. Bu esa o’z navbatida davlat yer kadastrini

muvaffaqiyatli yuritishga zamin tayyorlaydi.

2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan foydalanish.

Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini yanada jadallashtirish va rivojlantirish

bo’yicha xukumatimiz olib borayotgan agrar siyosatni amalga oshirishda yer

kadastri tizimiga katta vazifalar yuklatilgan. Jumladan, "Yer kodeksi”, “Soliq

kodeksi”, "Fermer xo’jaligi to’g’risida", "Dehqon xo’jaligi to’g’risida"gi qonunlar,

yer munosabatlarini tartibga solishga oid Prezident farmonlari va boshqa me’yoriy

Page 29: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

29

xujjatlarni amaliyotga tadbiq qilish, qishloq xo’jaligida agrar islohatlarni amalga

oshirish birinchi navbatda yer kadastri ma’lumotlariga asoslanadi.

Ma’lumki, respublikamiz viloyatlari, tuman (shahar)lari o’zlarining

joylashuvi bo’yicha turli mintaqalarga, iqlim, relef va tuproq sharoitlariga egadir.

Bunday holda ushbu viloyatlar, tumanlar bo’yicha qishloq xo’jaligi tarmoqlarini

to’g’ri, ilmiy asoslangan holda belgilash, asosiy ekinlar hosildorliklarini kelgusiga

to’g’ri rejalashtirish hamda shu asosda qishloq xo’jaligini yanada rivojlantirish yer

kadastri ma’lumotlari asosida olib boriladi.

Yer kadastri materiallari yerdan foydalanganlik uchun haq undirishda

birlamchi asos bo’lib xizmat qilishi zarur. Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasida

yerdan foydalanganlik uchun haq to’lanadi. Yer uchun haq har yil to’lanadigan yer

solig’i shaklida olinadi, uning miqdori yer uchastkalarining sifatiga, joylashgan

o’rniga va suv bilan ta’mnlanish darajasiga qarab belgilanadi. Yer uchastkalari

ijaraga berilgan taqdirda yer uchun to’lov ijara haqi shaklida olinadi, uning

miqdori tomonlarning kelishuviga muvofiq belgilanadi, lekin u yer solig’i

stavkasining bir baravaridan kam va uch baravaridan ortiq bo’lmasligi kerak.

Yerdan qishloq xo’jaligi extiyojlarida foydalanilgan taqdirda ijara haqi yer solig’i

stavkasining bir baravari miqdorida bo’ladi.

Yer kadastri ma’lumotlari yerlar holatini va ulardan foydalanishni

yaxshilash bo’yicha tadbirlarni rejalashtirish uchun ham nihoyatda zarur. Davlat

tomonidan yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdorlariga yerdan

belgilangan maqsadga muvofiq oqilona va samarali foydalanish, tuproq

unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishda tabiatni muhofaza qiluvchi

texnologiyalarni qo’llash, o’zining xo’jalik faoliyati natijasida hududda ekologik

vaziyatning yomonlashuviga yo’l qo’ymaslik, tuproqni suv va shamol

eroziyasidan, qayta sho’rlanish, botqoqlanish va ifloslanishdan asrash bo’yicha

qator tadbirlar ishlab chiqish kabi majburiyatlar yuklagan. Bularni amalga oshirish

uchun albatta yer maydonlarining sifat jihatidan olib boriladigan hisob-kitob

ma’lumotlari zarur bo’ladi.

Page 30: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

30

Ma’lumki, melioratsiya, jumladan qishloq xo’jaligi yerlarini irrigatsiya va

suvdan foydalanish tizimiga asoslangan sun’iy sug’orish respublikamiz qishloq

xo’jaligida ishlab chiqarishni tashkil etishning birlamchi asosi va yerlardan

samarali foydalanish hamda ularning unumdorligini oshirish shartidir. Qishloq

xo’jaligida foydalanish va sug’orish uchun yaroqli bo’lgan va sug’orish manbalari

bilan bog’langan, doimiy yoki muvaqqat sug’orish tarmog’iga ega bo’lgan

maydonlar sug’oriladigan yerlar jumlasiga kiradi. Kadastr bahosiga ko’ra o’rtacha

tuman bonitet ballidan 20 foyizdan ko’p bo’lgan sug’oriladigan qishloq xo’jalik

yerlari alohida qimmatga ega bo’lgan unumdor sug’oriladigan yerlar jumlasiga

kiradi. Bunday sug’oriladigan yerlar maxsus muhofaza qilinishi lozim va

sug’oriladigan yerlarni sug’orilmaydigan yerlar jumlasiga o’tkazilishiga yo’l

qo’yilmasligi bo’yicha tadbirlar belgilaydi. Yuqoridagilardan yaqqol ko’rinib

turibdiki, bunday hollarda xam yer kadastri materiallari, jumladan yer hisobi va

yerlarni baholash ma’lumotlari katta ahamiyat kasb qiladi.

Yer kadastri ma’lumotlarini hozirgi sharoitda ayniqsa yer tuzish ishlarini,

jumladan xo’jaliklararo va ichki xo’jalik yer tuzish loyihalarini iqtisodiy jihatdan

asoslashda o’ta zarurdir. Qayd qilish zarurki, keyingi yillarda respublikamizdagi

yerdan foydalanuvchilar va yer uchastkalari mulkdorlarining turli shakllari vujudga

kelmoqda. Bu esa yuqorida qayd qilingan sub’ektlarga yer ajratish ularning

maydonlarini tashkil etish, yanga shakldagi almashlab ekishlarni joriy qilishni

taqazo qiladi. Bu hol esa o’z navbatida yer kadastri materiallariga asoslanadi.

Yer kadastri qishloq xo’jalik korxonalarining ishlab chiqarish faoliyatini,

eng avvalo, yerlardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish uchun ham katta

ahamiyatga ega. Shu nuqtai nazardan qishloq xo’jalik ishlarining o’lchamlari va

holatini hisob-kitob qilibgina qolmasdan, balki ular mahsuldorligini siyosiy baho-

lash, birinchi navbatta, alohida qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirish samaradorligi

nuqtai nazardan baholash zaruriyati tug’iladi.

E’tirof etish joizki, iqtisodiy muammolar ichida O’zbekiston Respublikasi

uchun mavjud foydalanilayotgan yerlar samaradorligini oshirish, yerlarni

muhofaza qilish, tuproqlar unumdorliklarini tiklash va oshirib borish kabilar

Page 31: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

31

muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda. Ushbu masalalarni har tomonlama to’g’ri hal

qilish iqtisodiyot tarmoqlarida yerdan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan qator

muammolarni oqilona yechishda yer baholash ma’lumotlaridan foydalanish so’zsiz

ijobiy samara beradi. Jumladan, yer baholash materiallari quyidagi qator

masalalarni ijobiy hal qilishda foydalaniladi: qishloq xo’jaligi tarmoqlarini to’g’ri

joylashtirish; qishloq xo’jalik ekinlari hosildorliklarini rejalashtirish; qishloq

xo’jalik korxonalari ishlab chiqarish faoliyatlarini tahlil qilish asosida yerdan va

boshqa ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish darajalarini aniqlash; yer solig’i

stavkalarini belgilash; ijara haqi miqdorlarini aniqlash; qishloq xo’jalik yerlarini

noqishloq xo’jalik maqsadlari uchun ajratishda qishloq xo’jaligi ko’radigan zararni

o’rnini qoplash miqdorlarini hisoblash; qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sotish

baholarini belgilash; xo’jaliklararo va xo’jalikda yer tuzish loyihalarini asoslash va

boshqalar.

2.4. Yer hisobini yuritishda hayot faoliyati xavfsizligi.

Yer kadastri ishlarini yuritish jarayonida ishchi xodimlarni xavfli omillardan

ximoya kilish.

Hayot-faoliyati va mehnatning shakllari xilma xildir. Ular turmushda,

jamiyatda, madaniyatda, ishlab chiqarishda, ilmda va boshqa hayot sohalarida

kechadigan amaliy, aqliy va ma’nav iy jarayonlarni o’z ichiga oladi. Faoliyat

jarayonining modelini umumiy holda ikkita elementdan tashkil topgan deb qarash

mumkin, ya’ni bir-biri bilan to’g’ri va qaytma aloqada bo’ladigan inson va muhit

elementlaridir.

Ko’ngilsiz oqibatlarni keltirib chiqaruvchi hodisa, ta’sir va boshqa

jarayonlar xavflar deb ataladi. Хavflar yashirin va real turlarga ajratiladi. Хavflar

uchun quyidagi belgilar xarakterlidir; hayotga tahlika, sog’liqqa zarar, inson

a’zolari ishlashining qiyinlashishidir.

Тajriba shuni ko’rsatadiki, har qanday faoliyat potensial xavflidir. Bu

tasdiqlanish aksiomal xarakterga egadir va bir vaqtning o’zida tan olinadiki, xavf

darajasini boshqarsa bo’ladi, ya’ni kamaytirsa bo’ladi. Хavfsizlik-bu faoliyatning

holati bo’lib, ma’lum ehtimollikda xavflarning kelib chiqishini bartaraf qilishdir.

Page 32: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

32

Хavfsizlik-bu insonlar oldiga qo’yilgan maqsaddir. Hayot faoliyati xavfsizligi esa

maqsadga erishishning vosita, yo’l va usullaridir.

Kimyoviy moddalarning insonga ta’siri ular bilan bevosita (aralashmalar

tayyorlanganda, urug’larga, tuproqqa o’simliklarga ishlov berishda, ishlov bergan

uchastkalarda ishlaganda) va bilvosita-o’simlik, oziq-ovqat mahsulotlari orqali,

kimyoviy preparatlar bilan ishlov berilgan dalalardan olingan meva-sabzavotlar,

shuningdek hayvonot mahsulotlari orqali (go’sht, tvorog, sut, tuxum va boshq.) va

o’simlik mahsulotlari yem sifatida ishlatilganda qaysilari tarkibida nitrat va

pestitsidlarning miqdori me’yoriy ko’rsatkich darajasidan yuqori bo’lganda

seziladi. Pestitsidlar inson uchun mineral o’g’itlarga nisbatan xavflidir.

Ishlatilishiga ko’ra pestitsidlar insektitsidar (qurt-qumursqaga qarshi

kurashish uchun), akaritsidlar (kanaga), rodensidlar (zararli kemiruvchilarga),

fungitsidlar (zamburug’larga), bakteritsidlar (bakteriyalar), gerbitsidlar (begona

o’tlar) va boshqalarga bo’linadi.

Gigiyenik xususiyatlariga ko’ra pestitsidlarning tasnifi quyidagicha:

Тajribadagi hayvonlarning oshqozoniga (juda ta’sirchan,o’ta zaharli, o’rta

zaharli, kam zaharli) yuborish vaqtidagi zaharlanishiga qarab;

Тeri orqali zaharlanishiga qarab (keskin, o’rta va kuchsiz ifodalangan);

Uchuvchanligiga ko’ra (o’ta xavfli, xavfli va kam xavfli);

Zaharli moddalarning organizmga to’planib kuchli ta’sir qilishiga ko’ra

(o’rta, yuqori, sezilarli, o’rtmiyona, kam sezilarli);

O’rtamiyona barqaror – 1 oydan 6 oygacha va kam barqaror – 1 oygacha

Pestitsidlar va mineral o’g’itlar bilan zaharlanishni oldini olishdagi

(profilaktika qilish) asosiy usullari: ular bilan ishlaganda me’yor, mehnat

muhofazasi bo’yicha qoida va qo’llanmalarga rioya qilish. Ishchilar shaxsiy va

kollektiv himoyalanish vositalarini ishlatishi, agrotexnikaga, suv havzalaridan

kerakli uzoqlikda olib borish, ruxsat etilgan shamol tezligida, hosilni terib

olishgacha ekinlarga berilgan oxirgi kimyoviy ishlov muddatini saqlash;

o’rganilgan va faqat ruxsat etilgan preparatlardan foydalanish. Granullangan

Page 33: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

33

pestitsidlardan foydalanish mehnat sharoitlarini yaxshilashda samarali natijalarni

bermoqda.

Mehnat muhofazasi chora-tadbirlarini rejalashtirish. Mehnat

muhofazasi bo’yicha chora tadbirlarni rejalashtirishdan maqsad ishlovchilar uchun

ish sharoitlarini mehnat kodeksidagi qoida, me’yor, standartlar, direktiv

organlarning qarorlariga asoslanib oqilona yo’llarini aniqlash va amalga

oshirishdir. Rejalashtirishni Davlat nazorati va mehnat bo’yicha texnik inspeksiya

organlari farmoyishlarini, o’tgan yillar ichida sodir bo’lgan jarohatlarning

sabablarini va tahlil natijalarini, mehnat xavfsizligiga ajratilgan mablag’ni

o’zlashtirish va ishlab chiqarishda sodir bo’lgan baxtsiz hodisalar bo’yicha

hisobotlarni, vaqtinchalik ish qobiliyatini yo’qotganlar to’g’risidagi tahlil

natijalarini, sharoitlarni yaxshilash komleks rejalarining bajarilishi bo’yicha

hisobotlarni va mehnat xavfsizligi va sanitariya-sog’lomlashtirish chora-

tadbirlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Rejalashtirishda quyidagi rejali

ko’rsatkichlarning yutuqlariga: zararli mehnat sharoitlarida va og’ir jismoniy

mehnat sharoitida ishlovchilarni va ob’ektlar sonini qisqartirilishiga e’tibor

beriladi. Rejalar davriy, tezkor, kundalik va perspektiv bo’ladi. Shu rejalarni ishlab

chiqish xo’jalik rahbarlari zimmasiga yuklanadi. Rejalashtiruvchi asosiy

hujjatlarga mehnat sharoitlarini, mehnat xavfsizligi va sanitariya-sog’lomlashtirish

chorra-tadbirlarining besh yillik kompleks rejalari kiradi.

Birinchi navbatdagi yoki birinchi darajali tadbirlarga quyidagilar: xavfli va

zararli uskuna, jarayonlarni o’zgartirish va takomillashtirish hamda ularga

masofadan turib avtomatik boshqarishni tadbiq etish, ishchilarni qo’l mehnatidan

xalos qilish kiradi. Agar qilinayotgan xavfsizlik choralari yuqoridagi tadbirlarni

ta’minlamasa, u holda mehnat xavfsizligi rejasiga ikkinchi darajali tadbirlar

kiritilishi lozim, texnik qurilmalar va jamoatchilik bilan himoyalanishni qo’llashga

qaratilgan avtomatik nazorat va signalizatsiya tizimini qo’llash, dam olish, mehnat

qilish tartibini ishlab chiqarishga oqiolona tadbiq etish va gipodinamiyani, og’ir,

hamisha bir xil mehnatni yo’qotish, tashqi muhit omillarini me’yorda saqlab

turishini ta’minlovchi qurilma va tizimlarni qo’llash; xavfsiz mehnatni targ’ibot

Page 34: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

34

etish va o’qitishni takomillashtirish, zararli va xavfli mahsulotlarning chiqindilarini

o’z vaqtida zararsizlantirish va chiqarib tashlash, uskunalarni xavfsiz joylashtirish.

Agar talab qilinadigan mehnat sharoitlari birinchi va ikkinchi darajali

talablar bilan ta’minlanmasa, u holda vaqtinchalik mehnat xavfsizligi rejasiga

uchinchi darajali tadbirlar kiritiladi. Ularga quyidagilar kiradi: xavfli va avariya

holatlari sodir bo’lganda ishchilar tomonidan rejalashtirilgan harakatlarni amalga

oshirish mumkinligini ta’minlash bo’yicha tadbirlar kiradi, xavfni kamaytirish yoki

yo’qotish bo’yicha xizmatchilarni sanitariya-maishiy me’yorlar bilan ta’minlash,

ya’ni ularni maxsus kiyimlar va boshqa shaxsiy himoyalanish vositalaridan

foydalanish.

a) Хayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari.

Hayot faoliyati xavfsizligi kishilik jamiyatining hamma holatlari-dagi

sharoitlari va xavfsizliklari bilan qiziqadi va o’rganadi. Boshqacha qilib aytganda

hayot faoliyati xavfsizligi mehnat muhofazasi va fuqoro muhofazasiga qaraganda

keng va universaldir, ya’ni ular aniq vaziyatlarda xavfsizlikni ta’minlashning

qisman holatlarini o’rganadi.

“Хayot faoliyati xavfsizligi” fani fan va texnika rivojlanishining mantiqiy

asosida vujudga keldi.

Bizning eramizdan oldin yashagan Pratagor “Inson hamma narsalarning

mezonidir” degan shiorni oldinga tashlagan edi. Bu degani, inson nafaqat ishchi

kuchi sifatida, balki mehnat faoliyati jarayonida muhofaza qilinishi zarur bo’lgan

qiymatga egadir. Insoniy faollik turlarining hamma majmuasi faoliyat

tushunchasini hosil qiladi. Aynan ajratadi, ya’ni faoliyat o’ziga xos xususiyatga

ega bo’lgan faollikning insoniy shaklidir.

“Хayot–faoliyati xavfsizligi” ilmiy fan bo’lib, xavflar va ulardan

himoyalanishni o’rganadi. Uni o’rganishning predmeti faoliyat (mehnat) ning bir

tomonidir, yoki aynan xavflar va ulardan himoyalanishdir.

Хayot–faoliyati xavfsizligi fanining maqsadi ishlab chiqarish va favqulodda

holatlarda xavfsizlikni ta’minlash va yaxshi ish sharoitlarini yaratish uchun

Page 35: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

35

insonlarni nazariy va amaliy jihatidan tayyorlashi, hamda ekstremal vaziyatlarda

qanday harakat qilishni o’rganishdan iboratdir.

Хavf – xayot – faoliyat xavfsizligining markaziy tushunchasi bo’lib, u

hodisa jarayon va ob’ektlarning inson sog’ligiga to’g’ridan to’g’ri yoki bilvosita

ma’lum sharoitda qay darajada zarar yetkazish qobiliyatini ko’rsatadi, ya’ni

ko’ngilsiz oqibatlarni olib keladi.

Хavfsizlik – bu faoliyatning holati bo’lib, ma’lum ehtimollikda xavflarning

kelib chiqishini bartaraf qilishdir.

Хavfsizlik bu insonlar oldiga qo’yilgan maqsaddir. Хayot faoliyati

xavfsizligi esa maqsadga erishishning vosita, yo’l va usullaridir.

b) Fuqoro muhofazasi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 4 martdagi farmoniga

ko’ra Respublikamiz hududida yuzaga kelishi ehtimoli bo’lgan tabiiy va texnogen

turdagi favqulodda vaziyatlarni oldini olish, ularni prognozlash va yuz bergan

holda ularning oqibatlarini zudlik bilan tugatish ishlarini tashkil qilish uchun

mustaqil davlatlar hamkorligi ichida O’zbekiston favqulodda vaziyatlar vazirligi

birinchilardan bo’lib tashkil qilindi. O’zbeksiton Respublikasi Oliy majlisida 20

avgust 1999 yilda qabul qilingan “Aholi va hududlarni tabiiy va texnogen

xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to’g’risida”, 2000 yil 31

avgustdaga “Fuqoro muhofazasi to’g’risida”, “Radiatsiyaviy xavfsizlik to’g’risida”

gi qonunlar bosqichma – bosqich qabul qilindi.

Fuqoro muhofazasi borasida ilk bor qabul qilingan va kuchga kirgan qonun

aholini va hududlarini turli xildagi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish

borasida asosiy tushunchalar, hukumat vakolatlari, fuqorolarni huquq va

majburiyatlari, halokatli vaziyatlarni bartaraf etishga qaratilgan harakatlari

to’g’risida ma’lumot beradi.

Vazirlar Mahkamasining 27 oktabr 1998 Yildagi №455 qaroriga ko’ra

Respublikamiz hududida quyidagi favqulodda vaziyatlar sodir bo’lishi mumkin:

texnogen vaziyatlar, tabiiy halokatlar, ekologik halokatlar.

Page 36: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

36

Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning asosiy

mohiyati quyidagilardan iborat:

1.Favqulodda vaziyatlar oldini olish va aholini ogohlantirish.

2. Favqulodda vaziyatlardan ko’riladigan talofatlarni kamaytirish.

3. Favqulodda vaziyatlarni yengillatish va sharoitni baholash.

4. Favqulodda vaziyatlarni tugatishni tashkil etish.

Aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza etishga tayyorlash quyidagi

asosiy masalalarni hal etishni taqozo qiladi:

1. Aholining barcha qatlamlari (maktab o’qituvchisidan tortib qariyalargacha,

har bir kishi) yashab, ishlab (o’qib) turgan joyida qanday favqulodda vaziyatlar

vujudga kelishi mumkinligini, ularning tavsifini, aholi va hududga ta’sirini

bilishi kerak.

2. Har bir kishi ehtimoli tutilgan har qanday favqulodda vaziyatlarda

harakatlanish qoidalarini bilishi kerak.

3. Har bir kishi yuz berishi ehtimoli bo’lgan favqulodda vaziyatlardan

himoyalanish yo’llari, usullari va vositalarini bilishi hamda ulardan foydalana

olishlari kerak.

4. Har kishi (o’ziga o’zi va bir–biriga) birinchi yordam berishni bilishi va

yordam berishi kerak.

Fuqoro muhofazasida muhandislik–texnikaviy tadbirlari me’yorlarining

talablari quyidagilarga qaratilgan bo’ladi: aholini muhofaza qilish, tinchlik davrida

sodir bo’ladigan favqulodda vaziyatlar zararini kamaytirish, tinchlik paytida va

harbiy davrda xalq xo’jalik ob’ektlari, birlashmalar, xalq xo’jaligi tarmoqlarining

barqaror ishlashini ta’minlash, tabiiy ofat sodir bo’lgan zonalarda qutqarish ishlari

amalga oshirish uchun zarur sharoit yaratish. Хalq xo’jaligi tarmoqlari va

ob’ektlarida fuqoro muhofazasi muhandislik texnikaviy tadbirlarni loyihalash

ushbu me’yoriy talablarga hamda vazirliklar, idoralar Davlat qo’mitalari,

O’zdavlatarxitekturaqurilish, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi O’zbekiston

Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishib ishlab chiqiladigan va

tasdiqlanadigan me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

Page 37: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

37

Хalq xo’jaligi ob’ektlarini joylashtirishga qo’yiladigan talablardan biri shuki

suv bosishi mumkin bo’lgan hududda joylashtirmaslik kerak.

Bo’stonliq tumanining “Do’stlik” massivi hududida fermer xo’jaliklarida

favqulodda vaziyatlardan sel kelishi, yong’in xavfsizligi, zilzila bo’lish xavflari

nisbatan kamroq.

v) Yong’in xavfsizligi

Yong’in – maxsus manbaada bo’lmagan va moddiy zarar keltiruvchi

nazoratsiz yonishdir.

Yong’inga quyidagilar sabab bo’ladi: isitish pechlarini qurish yoki ishlatish

qoidalarining buzilishi, ishlab chiqarishda yoki uyda olovni ehtiyotsizlik bilan

ishlatish, kerosinda ishlaydigan yoritish yoki qizdirish asboblarini noto’g’ri

o’rnatish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish, yashin yoki statik elektr

razryadlar, mashinalar va ishlab chiqarish jihozlarining nosozligi hamda ularni

ishlatish qoidalariga rioya qilmaslik (ichki yonuv dvigatellaridan chiqadigan

uchqunlar, elektr qurilmalaridagi qisqa tutashuvlar yoki ularning yerga ulanib

qolishi, elektr simlarida nagruzkaning yo’l qo’yilmaydigan darajada ortib ketishi,

kontaktlari yomon bo’lgan joylarning qizib ketishi va ulardan uchqun chiqishi.

Bug’ qozonlarining portlashi); qishloq xo’jalik mahsulotlarining yoki yoqilg’ining

o’z–o’zidan yonib ketishi.

Yong’inning oldini olish tadbirlari: tashkiliy (ko’ngilli o’t o’chiruvchi

drujinalari yoki yong’indan muhofazalash drujinalari tuzish omma orasida

tushuntirish ishlari olib borish) texnikaviy tadbirlarga quyidagilar: yong’in yoki

portlash jihatidan xavfli xonalarga alohida konstruksiyali elektr jihozlar o’rnatish,

nosos pechlar, mashinalar, elektr jihozlardan, shuningdek oson alangalanadigan

suyuqliklar saqlanadiganyoki ishlatiladigan joylarda olovdan foydalanishni

ta’qiqlab qo’yish, yashin qaytargichlar o’rnatish, chiqqan yong’inning tarqalishiga

yo’l qo’ymaslik choralarini ko’rish (ob’ektlarni o’tga chidamli materiallardan

qurish, binolar orasidagi yong’inga qarshi oraliqlarga rioya qilish), yonayotgan

binolardan odamlar, hayvonlar va qimmatbaho xo’jalik buyumlarini ko’rish

(kerakli miqdorda eshiklar, zarur kenglikda koridor (yo’lak) lar qurish, ularni

Page 38: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

38

to’sib qo’yishni man etish), yong’inni o’chirishni osonlashtiradigan tadbirlarni

ko’rish (yong’inni o’chirish, narvonlar, yong’in kuzatish vishkalari, suv xavzalari

va binolarga kelish yo’llari qurish, yong’in aloqasi hamda signalizatsiyasini

o’rnatish).

“Beruniy” massivi hududida fermer xo’jaliklarida yong’in xavfsizligi

bo’yicha bug’doy yig’im terimida katta tayyorgarlik ko’riladi. Bu holatda yashin

urishi natijasida yoki elektr tarmog’idan, insonlarning e’tiborsizligi natijasida donli

ekinlarga o’t ketish holatlari, donli mahsulotlarni tashish jarayonida transportdan

chiqadigan o’t ta’sirida yong’inlar yuzaga kelishi mumkin. Yong’inga Shu sababli

ham yig’im terim vaqtida yong’inga qarshi xavfsizlik choralari ko’riladi.

g) Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish

Shikastlanganlarga birinchi yordam ko’rsatishdan oldin quyidagi ishlarni

bajarish lozim:

–jarohatlanish sabablarini yo’qotish (jarohatlanuvchni gazlar, zaharlar to’lgan

xonadan olib chiqish) elektr simini olish (elektr toki urganda; jarohatlanuvchining

ahvolini yomonlashadigan barcha narsalarni yo’qotish (jarohatlanuvchi ustidan

yukni, devor parchalarini olish, xonadan yoki yonayotgan joydan olib chiqish);

–jarohatlanuvchining umumiy ahvolini aniqlash va birinchi navbatda odam hayoti

va salomatligiga eng ko’p xavf tug’dirayotgan narsani yo’qotish (arteriyalar

kesilganda qon oqishini to’xtatish, nafas olish to’xtab qolgan va yurak faoliyati

buzilgan bo’lsa, sun’iy nafas oldirishni yoki yurakni uqalashni boshlash va h.k.);

– agar bemorga xavf tug’ilmaydigan bo’lsa, birinchi tibbiy yordam ko’rsatishda

uni qo’zg’atmaslik;

– xushidan ketganda tashlab ketmaslik;

– birinchi yordam ko’rsatish uchun jarohatlanganning kiyimini yechishda

yoki yaralangan joyidagi kiyimini qirqishda juda ehtiyot bo’lish zarur;

– jarohatlanganni avaylash.

Тananing biror joyi kesilganda yoki suyaklari ochiq singanda arteriya-

Page 39: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

39

dan, venadan kapilyarlardan qon oqishi mumkin. Oyoq –qo’llardan qon oqqanda

rezina bog’lam yoki qo’lda bor narsalardan – tasma, gazlama parchasi yoki

boshqalardan burama bog’lam qo’ygan yaxshi.

Qorinning ustki qismi shikastlanganda odatdagi bog’lamni qo’yish mumkin.

Qorin bo’shlig’ining ichi shikastlanganda bemor sanitariya zambiliga

chalqanchasiga yotqiziladi, tizzalari biroz bukiladi. Ochiq jarohatlarni usti

sterillangan sochiq bilan yopib qo’yiladi.

Agar odam elektr toki ta’siriga tushib qolgan bo’lsa uni tokli qismdan

ajratish zarur. Bunda elektr qurilmani rubilnikdan uchirish yoki vklyuchateldan

uzish, simni qirqib tashlash, jabrlanuvchini kiyimidan tortib tokli qismlardan

ajratish, quruq tayoq yordamida simni olib tashlash lozim. Jabrlanuvchini tokli

qismlardan ajratishda ehtiyot chorasini ko’rish kerak, chunki yordam

ko’rsatayotgan kishining o’zini tok urishi mumkin. Jabrlanuvchi tokdan

ajratilgandan keyin biror to’shama ustiga yotqiziladi, kiyim tugmalari, kamari

yechiladi va toza havodan nafas oldiriladi, novshadil spirti hidlatiladi, betiga sovuq

suv sepiladi, badani ishqalanadi va isitiladi. Agar jabrlanuvchining nafas olishi

to’xtagan bo’lsa u qiynalib nafas olayotgan bo’lsa unga sun’iy nafas oldiriladi va

yuragi uqalanadi. Sun’iy nafas oldirish bemor o’ziga kelgunicha davom ettiriladi.

Nafas olish bir me’yorga kelgach nafas oldirish to’xtatiladi.

“Beruniy” massivi hududida yer kadastri, jumladan yer hisobi ishlarini

bajarish vaqtida, yerlarni inventarizatsiya qilish, maydonlarni o’lchash va boshqa

ishlarda texnikalardan foydalanishda insonlarning shikastlanish holatlari yuzaga

kelishi mumkin. Bunday holatlarda yuqorida keltirilgan birinchi tibbiy yordamlar

ko’rsatiladi.

Page 40: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

40

III-BOB. “BERUNIY” MASSIVI YERLARINING MIQDOR VA SIFAТ

HISOBINI YURIТISH

3.1. Massiv hududida yerlarning miqdor hisobini yuritish

“Beruniy” massivida yer hisobni yuritishda eng asosiy ko’rsatkich sifatida

yerlarning miqdor hisobi bajarildi. Uni bajarishda birinchi navbatda xarita bo’yicha

massivning yer tarkibi o’rganildi, yerdan foydalanishlarning mavjud chegaralarini

ko’rsatilganligi hamda uning chegarasida qanday o’zga yerdan foydalanuvchilar

joylashganligi aniqlandi. Qishloq xo’jalik yerdan foydalanuvchilari bo’yicha

yerlarning tarkibi, ularning joylashgan o’rni aniqlandi. Yerdan foydalanish

tarkibida qanday yer turlarining mavjudligi, yer hisobi xaritasida barcha konturlar

chegaralarining to’la yopilganligi va ularning tartib raqamlarining qo’yilganligi

aniqlandi. Mavjud sug’orish kanallariga bog’langan sug’orish mintaqalarining

chegaralariga aniqliklar kiritildi. Yer hisobi xaritasidagi barcha ma’lumotlar

konturlar bo’yicha maydonlarni hisoblash qaydnomasi bilan taqqoslandi. Yer

hisobi hujjatlarini o’rganishda aniqlangan kamchiliklar korrektura (tuzatish)

varag’ida qayd qilindi va tegishli joyida tuzatish kiritildi. Bu tuzatishlar quyidagi

7-jadvalda qayd etildi.

7-jadval

“Beruniy” massivining yer hisobi hujjatlarini o’rganish va taqqoslashning

korrektura varag’i

Yer hisobi hujjatlari Aniqlangan

kamchiliklar

Тuzatilganligi

to’g’risida belgi

Yer turlari tarxi 68 va 77 konturlar

chegarasi to’liq

yopilmagan.

Тuzatildi.

Yer turlari tarxi 236a konturda butazor

yerlar shartli belgisi

qo’yilmagan.

Тuzatildi

Page 41: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

41

Yer hisobi hujjatlari tekshirish jarayonida aniqlangan kamchiliklar asosan

texnik kamchiliklardan iborat bo’ldi. Shu sababli bu kamchiliklar va xatolar

tuzatildi.

Qishloq xo’jalik yerlaridan samarali foydalanish birinchi navbatda

sug’oriladigan yerlarning suv resurslari bilan ta’minlanishiga va unga xizmat

qiluvchi gidrotexnik inshootlarga bog’liqdir. Shuning uchun qishloq xo’jalik

yerlari hisobini yuritishda sug’orish mintaqalarining hisobini olib borish zarur.

Ma’lumki, har bir massiv hududini alohida - alohida holda 2 yoki 3 ichki

xo’jalik kanali sug’oradi. Bundan ko’rinadiki, har bir sug’orish kanaliga ma’lum

bir maydon biriktirilgan bo’ladi. Bu maydon turli yer turlaridan iborat bo’lib,

aynan ushbu hudud kanalning sug’orish mintaqasi hisoblanadi.

“Beruniy” massivi hududi 2 ta sug’orish mintaqasiga bo’linadi.

Kanallarning sug’orish mintaqalari bo’yicha massiv yerlarining eksplikatsiyasi

quyidagi jadval bo’yicha tuzildi (8-jadval).

8-jadval

Kanallarning sug’orish mintaqalari bo’yicha “Beruniy” massivi yerlarining

eksplikatsiyasi

Yerdan foydalanish

muddatlari, kanallar

Doimiy sug’oriladigan Shartli sug’oriladigan

Jami,

ga

Shu jumladan Jami,

ga

Shu jumladan

Jamoa

yerlari

Тomorqa

yerlari

Jamoa

yerlari

Тomorqa

yerlari

1. Muddatsiz

K-1 kanali

K-2 kanali

1434,8

692,7

1360,6

606,6

74,2

86,1

-

-

-

-

-

-

Bundan tashqari:

begona yerdan

foydalanuvchilar

46,4

-

-

-

-

-

Jadvaldagi ma’lumotlardan ko’rinadiki, Kanallarning sug’orish mintaqalari

bo’yicha o’tkazilgan yer hisobi ishlari natijasida 2127,5 ga doimiy sug’oriladigan

yer maydonlari sug’oriladigan kanallari bo’yicha hisoblandi. Massiv yerlarining

Page 42: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

42

barchasi doimiy sug’oriladigan mintaqaga kiradi. Yerdan foydalanish muddati

bo’yicha ham turli bo’lganligi sababli yerlarni hisob qilishda bu holat ham

hisobga olindi.

Qayd qilish zarurki, har bir alohida olingan sug’orish mintaqasining hududi

turli tuman yer turlaridan iborat. Bulardan ayniqsa, qishloq xo’jalik yer turlari

alohida ajralib turadi. Shu jihatdan ham har bir sug’orish mintaqasi bo’yicha

ayniqsa doimiy sug’oriladigan maydonlardagi mavjud yer turlarini hisobini

yuritish massivdagi fermer xo’jaliklarining ishlab chiqarish faoliyatini to’g’ri

boshqarishda muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Yer turlari bo’yicha bajarilgan hisob-

kitoblar quyidagi 9-jadvalda qayd etildi.

9-jadval

Kanallarning sug’orish mintaqalari bo’yicha doimiy sug’oriladigan

yer turlarining maydonlarini hisoblash

Yerdan

foydalanish

muddatlari,

kanallar

Jami,

ga

Shu jumladan

Hay-

dalma

yerlar

Ko’p

yillik

daraxt-

zorlar

Bo’z

yerlar

Yaylov

va

pichan-

zorlar

Тomor-

qa

yerlar

Boshq

a

yerlar

1. Muddatsiz

K-1 kanali

K-2 kanali

1434,8

692,7

1091,2

504,4

21,5

3,9

-

2,7

-

50,6

74,2

86,1

247,9

45,0

Jami 2127,5 1595,6 25,4 2,7 50,6 160,3 292,9

Jadvaldagi ma’lumotlardan ko’rinadiki yer turlarining asosiy qismini

muddatsiz sug’oriladigan ekin yerlari egallaydi.

Page 43: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar asosida qishloq xo’jalik korxonasida asosiy

yoki birlamchi yer hisobi o’tkaziladi hamda natijalari yer kadastri daftariga

birlamchi ma’lumot sifatida tushiriladi.

Qishloq xo’jalik korxonasining yer kadastri daftari asosan beshta bo’limdan

iborat bo’ladi. Jumladan, yer kadastri daftarining birinchi bo’limida foydalanish

muddatlari bo’yicha yerlarning taqsimlanishi to’g’risidagi ma’lumotlar keltiriladi.

Ikkinchi bo’limda yer turlari bo’yicha miqdorlarining hisob natijalari beriladi. Bu

bo’lim har yili 1 yanvarga bo’lgan holati bo’yicha to’ldirib boriladi. Yerlarni

miqdorlari bo’yicha hisob-kitob qilib borishga asos bo’lgan barcha materiallar

maxsus papkaga tikiladi va yer kadastri daftari bilan birga saqlanadi.

Ma’lumki, yerdan foydalanish chegarasidagi mavjud yer turlarining

maydonlarida har yili ma’lum o’zgarishlar yuz berib turadi. Jumladan, keyingi

yillarda ro’y bergan suv tanqisligi ekin yerlarining kamayib ketishiga, bir turdan

boshqa turga o’tishiga sabab bo’ldi. Shu bilan birga ishlab chiqarish korxonalari va

aholi uchun yer ajratish ham bunga sabab bo’lishi mumkin. Bulardan tashqari

fermer xo’jaliklari yerlari maydonlarini maqbullashtirish (optimallashtirish) fermer

xo’jaliklari yer maydonlarining kengayishiga, ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarining

tashkil etilishiga, yangi yerlarning o’zlashtirilishiga imkoniyat yaratdi. Bunday

o’zgarishlar qonuniy holdir, negaki aholi sonining oshib borishi, ishlab

chiqarishning usishi, fermer xo’jaliklari ishlab chiqarishining kengayishi yer

maydonlariga bo’lgan talabini oshiradi. Shu sababli ham yer turlarining maydonlari

doimo o’zgarib turadi. Bunday o’zgarishlar yerlarning joriy hisobi davrida aniqlanib

va yer hisobi hujjatlarida yoritib boriladi.

Massiv hududida aniqlangan har bir o’zgarish alohida – alohida tarzda

ko’rsatilidi. Bunday o’zgarishlar yer hisobi xaritasiga tushirildi, ularning natijalari

esa qaydnoma shaklidagi quyidagi jadvalda keltirildi.

Page 44: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

44

10-jadval

Yer turlari konturlarini va maydonlarini o’zgarish qaydnomasi

O’zgargunga qadar O’zgargandan so’ng Izox

Kontur-

lar

Yer turi-

ning nomi

Maydoni

, ga

Kontur-

lar

Yer turi-ning

nomi

Maydoni

, ga

30 Yaylov 3,7 30 Haydalma

yer

2,7 O’zlash-

tirish

31 Yaylov 2,78 31 Bog’zor 2,78 O’zlash-

tirish

232 Хaydalma

yer

3,36 232 Namunaviy

uy-joylar

qurilishi

3,36 Qurilish

Massiv yer maydonlari tarkibida yil davomida ro’y bergan o’zgarishlarni

hisobga olgan holda yer kadastri daftariga ikkilamchi ma’lumotlarni tushirish

birlamchi ma’lumotlar singari amalga oshiriladi.

Massivning yer tarkibida yuz bergan barcha o’zgarishlar maxsus tuziladigan

eksplikatsiyaga tushirilishi zarur. Barcha o’zgargan konturlar yer hisobi xaritasiga

tushirildi. Bunda o’zgarishdan so’ngi shartli belgilar xaritaga tushirildi.

3.2. Massiv sug’oriladigan yerlarining sifat hisobini yuritish

Ma’lumki, qishloq xo’jalik yerlari ma’lum bir tuproq xillaridan tashkil

topadi. Bu tuproqlar o’zlarining tabiiy-tarixiy vujudga kelish va rivojlanishi

bo’yicha turli sifat xususiyatlarga egadir. Shunday ekan, yer turlarining sifati

bo’yicha ham hisob-kitob qilish, ma’lum bir yer maydonlarida qanday tuproq xillari

qaysi maydonlarda tarqalganligini bilish ushbu yer maydonlaridan foydalanishni

yaxshilashda muhim amaliy ahamiyatga egadir.

Yuqoridagilarni e’tirof etgan holda Beruniy massivi hududida tarqalgan

tuproqlar bo’yicha hisob olib borildi. Hisob-kitoblar asosan tuproq eksplikatsiyasi

bo’yicha amalga oshirildi.

Page 45: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

45

Тuproq eksplikatsiyasi ma’lumotlari bo’yicha massiv hududida asosan

sug’oriladigan lyoss yotqiziqlarida hosil bo’lgan tipik bo’z tuproqlar, lyossimon

yotqiziqlarida hosil bo’lgan bo’z o’tloqi tuproqlar va o’tloqi-botqoq tuproqlar

mavjud. Har bir tuproq turi bo’yicha unda mavjud bo’lgan qishloq xo’jalik yer

turlarining maydonlarini aniqlash zarur. Har bir alohida yer turlari bo’yicha tuproq

xillarining maydonlari alohida konturlarning maydonlarini yig’ish yordamida

aniqlanadi. Agarda kontur bir necha tuproq xillaridan iborat bo’lsa, uning maydoni

alohida-alohida hisoblanadi va konturning umumiy maydoni bilan bog’lanadi. Har

bir qishloq xo’jalik yer turi bo’yicha tuproq xillarining umumiy maydoni quyidagi

jadvalda keltirildi.

11-jadval

Тuproq xillari maydonlarining qaydnomasi

Qishloq xo’jalik

yer turlari

May-

doni,

ga

Тuproq xillari bo’yicha

Sug’oriladigan

tipik bo’z

tuproqlar

Sug’oriladigan

o’tloqi-bo’z

tuproqlar

Sug’oriladigan

o’tloqi tuproqlar

ga % ga % ga %

Haydalma yerlar 1595,6 661 41,4 92 5,8 842,6 52,8

Ko’p yillik

daraxatzorlar

25,4 20 78,7 1,5 5,9 18,5 72,8

Yaylov va

pichanzorlar

50,6 6,1 12,1 0 0,0 44,5 87,9

Bo’z yerlar 2,7 0 0,0 0 0,0 2,7 100,0

Тomorqa yerlar 160,3 64,12 40,0 18,7 11,7 77,48 48,3

Boshqa yerlar 339,3 135,7 40,0 10,2 3,0 193,4 57,0

Jami 2173,9 886,92 40,8 122,4 5,6 1179,2 54,2

Jadvaldagi ma’lumotlardan ko’rinadiki massivda eng ko’p tarqalgan tuproq

sug’oriladigan o’tloqi tuproqlar bo’lib, maydoni 1179,2 gektarni tashkil etadi. Bu

tuproqlar sifati to’g’risidagi ma’lumotlar yerlardan samarali foydalanish choralarini

belgilashda, qishloq xo’jalik ekinlari joylashtirishda muhim ahamiyatga egadir.

Massiv yerlarining yangi yer eksplikatsiyasini tuzish. Massivning yer

tarkibida yil davomida yuz bergan barcha o’zgarishlar maxsus tuziladigan

Page 46: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

46

eksplikatsiyaga tushirilishi zarur. Barcha o’zgargan konturlar (to’la o’zgargan yoki

qisman) yer hisobi xaritasiga tushiriladi. Bunda o’zgarishdan so’ngi shartli belgilar

xaritaga tushiriladi. Agarda konturning bir qismi o’zgargan bo’lsa, o’zgarmagan

qismida oldingi tartib raqami saqlab qolinadi, o’zgargan qismiga ushbu tartib

raqami «a», «b» indekslari bilan qo’yiladi.

O’zgargan konturlarning barchasi qaytadan yoki yangidan hisoblab

chiqilganidan so’ng yer turlari bo’yicha yangi ma’lumotlar umumlashgan holda

beriladi. “Beruniy” massivida yil davomida ro’y bergan barcha o’zgarishlar yer

hisobi xaritasida qizil rang bilan ko’rsatildi. Shundan so’ng barcha o’zgarishlar

hisobga olingani holda massiv yerlarining yangi eksplikatsiyasi to’ldirildi (12-

jadval).

12-jadval

“Beruniy” massivi yangi yer eksplikatsiyasi

Т/r Yer turlari 2017 yil 1 yanvar

holatiga

2018 yil 1 yanvar

holatiga

2016

yilga

nis-

batan

farqi

+; -

Maydoni

ga

% hiso-

bida

Maydoni

ga

%

hiso-

bida

1 2 3 4 5 6 7

1 Haydalma yerlar 1595,6 73,4 1595,94 73,4 +0,34

Shu jumladan: sug’oriladigan 1595,6 73,4 1595,94 73,4 +0,34

2 Ko’p yillik daraxtzorlar:

Shu jumladan: bog’zorlar

terakzorlar

tutzorlar

25,4

1,3

1,8

22,3

1,17

0,06

0,08

1,02

28,18

4,08

1,8

22,3

1,3

0,18

0,08

1,02

+2,78

+2,78

3 Bo’z yerlar 2,7 0,12 2,7 0,12

4 Yaylov va pichanzorlar 50,6 2,33 44,12 2,0 -6,48

Jami qishloq xo’jalik yerlari 1674,3 77,0 1670,94 76,8 -3,36

5 Тomorqa yerlar 160,3 7,37 160,3 7,37

4 O’rmonzorlar 2,3 0,11 2,3 0,11

6 Butazorlar 2,0 0,1 2,0 0,1

Page 47: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

47

12-jadvalning davomi

1 2 3 4 5 6 7

7 Daryo va soyliklar 12,6 0,6 12,6 0,6

8 Ko’llar 0,2 0,01 0,2 0,01

9 Suv havzalari 4,5 0,2 4,5 0,2

10 Ariqlar, kanallar, zovurlar 174,1 8,0 174,1 8,0

11 Yo’llar va mollarni haydab

o’tadigan yo’llar

25,8 1,2 25,8 1,2

12 Qurilishlar, ko’chalar, saroylar 39,6 1,8 42,96 2,0 +3,36

13 Boshqa yerlar 78,2 3,6 78,2 3,6

Jami 2173,9 100 2173,9 100

3.3. Yer hisobini natijalarini rasmiylashtirish.

Yer hisobi ma’lumotlarining aniqligi, odatda, yer hisobi ma’lumotlarini olish

usullari va vositalariga bog’liq. Bunday ma’lumotlar plan-kartografik materiallarda

hamda matn hujjatlarida yoritiladi.

Plan – kartografik materiallar, odatda, yer ustida tasvirga olish,

aerofototasvirga olish xamda fazodan tasvirga olish ishlari natijasida olinadi. Plan-

kartografik materiallar yer kadastrining asosiy talabini -yer kadastri

ma’lumotlarining zaruriy aniqligini ta’minlashi zarur. Bu esa, o’z navbatida

xaritaning masshtabiga bog’liqdir. Masshtabni tanlash konturlarning o’lchamlariga,

yerdan foydalanish xarakteriga hamda xo’jalik yuritishning jadallashganlik

darajasiga qarab amalga oshiriladi. Mayda konturlilik sharotida 1:10000 masshtabda

tayyorlangan plan-kartografik materiallar yer kadastri uchun maqsadga muvofiq

bo’ladi. Cho’l hududlarida, ya’ni yer massivlari yirik konturlardan iborat bo’lgan

joylar uchun 1:25000 masshtabli plan-kartografik materiallardan foydalanish

mumkin. Sug’oriladigan mintaqalarda hamda yer turlari tarkibida ko’p yillik

daraxtzorlarning miqdori ko’p bo’lgan xo’jaliklar uchun 1:10000 yoki 1:5000

masshtabli plan-kartogorafik materiallardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Yer kadastri ishlarini muvaffaqiyatli yuritish o’z navbatida yerlarning xuquqiy,

xo’jalik hamda tabiiy holatlari to’g’risidagi ma’lumotlarni talab qiladi. Bu esa yer

Page 48: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

48

kadastrining xar bir tarkibiy qismi uchun ularga mos keladigan ko’rsatkichlarni

aniqlash zaruriyatini tug’diradi. Yer kadastrining umumiy tavsifidan ko’rinadiki,

uni yuritish uchun, yer maydonlari kimning mulkligida, egaligida yoki

foydalanishida, ular qanday muddatlarga berilgan, xar bir yer egaligi, yerdan

foydalanuvchi yoki yer mulkdori yerlarining maydonlari qancha, yer turlarining

tarkibi va maydonlari, yerlarning sifati, holati, hamda qiymat baholari qandayligi

to’g’risidagi juda ko’p sonli ma’lumotlarni bilish talab qilinadi. Har bir tarkibiy

qism bo’yicha bunday ko’rsatkichlarning nisbatlari turlichadir. Masalan, yer

uchastkalariga bo’lgan xuquqlarni ro’yxatga olish, yerlarni miqdoriy jihatdan

hisobga olishda yer kadastri ma’lumotlari yer uchastkasiga xuquq turi, biriktirilgan

maydonning miqdori, foydalanish muddatlari, yer turlari bo’yicha hududni

bo’linishi va yerlarning meliorativ holatlari to’g’risidagi ma’lumotlar bilan

chegaralanadi.

Yer fondi va qishloq xo’jalik yerlari bo’yicha o’tkazilgan yer hisobi ishlari

natijasida tuman yer hisoboti (balansi)ni har yilning 1-yanvar holatiga tuman yer

resurslari va davlat kadastri bo’limi tomonidan tuziladi. Hisobotni tuzish va tuman

davlat yer kadastri kitobiga yozuvlar kiritish uchun quyidagilar asos bo’ladi:

- hisobot yilida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining viloyat,

tuman hokimlarining belgilangan tartibda korxona, tashkilotlar va jismoniy

shaxslarga noqishloq xo’jalik hamda xo’jaliklar ichki qurilish ehtiyojlari

uchun yer ajratish to’g’risidagi qarorlari;

- yerlarni yo’qlama qilish, nazoratli o’lchov ishlari natijalari belgilangan

tartibda tuman, viloyat hokimlari tomonidan tasdiqlangani;

- belgilangan tartibda tuman, viloyat hokimlari tomonidan tasdiqlangan

xo’jaliklararo yer tuzish loyihalari;

- xisobot yilida korxona, muassasa va tashkilotlarning qishloq xo’jalik yerlari

tarkibida yuz bergan joriy o’zgarishlar to’g’risidagi ma’lumotlar

belgilangan tartibda tuman, viloyat hokimlari tomonidan tasdiqlangani;

Page 49: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

49

- yil davomida tumanda yangi o’zlashtirilgan yerlar to’g’risidagi

ma’lumotlar belgilangan tartibda tuman, viloyat hokimlari tomonidan

tasdiqlangani;

- oldingi yillardagi yer hisoboti (balansi) materiallari va boshqalar.

Тuman yer hisoboti (balansi) tuman hokimligining maxsus qarori bilan

tasdiqlanadi va viloyat yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasiga

umumlashtirish uchun topshirilib, viloyat hokimining tegishli qarori bilan

tasdiqlanadi.

Тuman yer fondining toifalari va turlari bo’yicha taqsimlanishi haqidagi

hisobotini tuzish (22-shakl).

Yer balansini tuzishda to’ldiriladigan 22-shakl bir qancha qatorlar va

ustunlardan iborat bo’lib, tuman yer fondining toifalari va yer turlari bo’yicha

keyingi yilning 1-yanvar holatiga taqsimlanishi haqidagi to’la ma’lumotlarni o’z

ichiga oladi. Agar ma’muriy tuman, viloyat bir qancha mintaqalardan tashkil topgan

bo’lsa, shaklning yuqori chap qismida barcha mintaqalarning indekslari ko’rsatiladi.

Hisobot qatorlarini to’ldirish. Birinchi satrning «A» qismi o’z ichiga barcha

jamoa xo’jaliklari, qishloq xo’jalik kooperativ (shirkat)lari va fermer xo’jaliklari

bo’yicha ma’lumotlardan iborat bo’lib, u to’rtta satrga (01,02,03,04) ajratiladi.

Jumladan:

- 01 satrda O’zbekiston Respublikasi Qishloq va Suv xo’jaligi vazirligiga

qarashli bo’lgan barcha jamoa va kooperativ (shirkat) xo’jaliklari bo’yicha;

- 02 satrda «O’zvinosanoat-xolding» kompaniyasiga qarashli barcha qishloq

xo’jalik korxona, muassasa va tashkilotlar bo’yicha;

- 03 satrda «o’zgushtsutsanoat» davlat uyushmasiga qarashli barcha qishloq

xo’jalik korxonalari bo’yicha;

- 04 satrda viloyatlarga qarashli barcha qishloq xo’jalik korxonalari bo’yicha

ma’lumotlar hisobga olinadi.

«B» satrda 01;02;03;04;05 satrlarga kiritilmagan boshqa vazirliklar,

tashkilotlar va korxonalarga qarashli yerlar hisobga olinadi.

Page 50: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

50

«V» satrda (06 satr), qishloq xo’jalik ilmiy tekshirish muassasalari va

o’quv yurtlari egaligidagi yerlar hisobga olinadi.

«G» satrda (07 satr), jami yordamchi qishloq xo’jalik korxonalari

foydalanishidagi yerlar hisobga olinadi. Bu satr o’z navbatida 08,09,10

satrlarga ajratiladi.

- shu jumladan: qishloq va suv vazirligiga qarashlisi (08 satr);

- O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashlisi (09 satr);

- O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga qarashlisi

(10 satr);

«D» satrda (11 satr) xususiylashtirilgan fermalar egaligidagi

yerlar hisobga olinadi.

12 satrda qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlar, ya’ni jami

A, B, V, G, D satrlarda qayd etilgan yerlarning umumiy yig’indisi hisobga

olinadi. Bu satr o’z navbatida 13;14 satrlarga ajratiladi.

Shundan: 13 satrga ijaradagi fermer xo’jaliklari to’g’risidagi ma’lumotlar

14 satrda fermer xo’jaliklariga uzoq muddatli ijaraga berilgan yer

uchastkalari miqdori yoziladi.

15 satrda aholi punktlarining yerlari, ya’ni shaharlar, shaharchalar yerlari

hisobga olinadi. Qishloq xo’jalik korxonalari, o’rmon xo’jaligi korxonalari, sanoat,

transport va boshqa noqishloq xo’jalik korxonalari xududidagi mavjud aholi

yashash punktlari yerlari bundan istesno. Ular joylashgan korxona, muassasa va

tashkilotlar yerlari tarkibi hisobga olinadi.

Aholi punktlari yerlari 16;17 satrlarga ajratiladi.

16 satrda, shu jumladan: shahar va shahar tipidagi posyolkalar yerlari

alohida hisobga olinadi. Aniq chegarasi belgilanmagan shahar tipidagi posyolkalar

yerini hisobga olishda faqatgina posyolka qurilishlari bilan band yerlar hisobga

olinadi.

17 satrda, jami aholi yashash joylarida mavjud bo’lgan xususiylashtirilgan

yerlar (umumiy ovqatlanish shoxobchalari yerlari, savdo korxonalari, maishiy

xizmat ko’rsatish korxonalari va boshqa yerlar) hisobga olinadi.

Page 51: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

51

18 satrda sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga

mo’ljallangan yerlar hisobga olinadi.

Shu jumladan: quyidagilar ajratilgan holda alohida satrlarda hisoblanadi:

19 satrda, xususiylashtirilgan yerlar;

20 satrda, O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli yerlar;

21 satrda, O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi

yerlar;

22 satrda, tabiatni muhofaza qilish, sog’lomlashtirish, rekreatsiya

maqsadlariga mo’ljallangan yerlar hisobga olinadi.

23 satrda, tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar, tarixiy-madaniy

yodgorliklar joylashgan yerlar alohida tarzda hisobga olinadi.

24 satrda, o’rmon fondi yerlari hisobga olinadi. Bunda qishloq xo’jalik

korxonalariga uzoq muddatli ijaraga berilgan yerlar va shahar xududidagi bunday

yerlar bundan mustasno. O’rmon fondi yerlari 25,26,27 satrlarga ajratiladi.

25 satrda shu juladan: O’zbekiston Respublikasi Qishloq va Suv xo’jaligi

vazirligiga qarashli o’rmon xo’jaliklarining yerlari hisobga olinadi.

26 satrda tabiatni muhofaza qilish uchun ajratilgan yerlar;

27 satrda esa, jami o’rmon xo’jaliklari hisobidagi qo’riqxonalar egallagan

yer maydonlari hisobga olinadi.

28 satrda suv fondi yerlari hisobga olinadi. Хo’jaliklararo sug’orish

kanallari va zax qochirish zovurlari hamda ulardagi turli gidrotexnik inshootlar

band qilgan yerlar ham shu yerga hisobga olinadi.

29 satrda, zaxira yerlar, davlat ixtiyorida bo’lgan yerlar qayd qilinadi.

30 satrda jami yerlar, ya’ni 12,15,18,22,24,25,28,29 satrlarning umumiy

yig’indisi yoziladi.

31 satrda tuman, viloyat, respublika ma’muriy chegaralaridan tashqarida

foydalanilayotgan yerlar hisobi beriladi.

32 satrda boshqa tuman, viloyat, respublikalar foydalanadigan yerlar hisobga

olinadi. Bu maydonlar, umumiy yer maydoni va yer turlari bo’yicha ikkala tuman

Page 52: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

52

resurslri va davlat kadastri bo’limlarining ma’lumotnomalari asosida kelishilgan va

tasdiqlangan bo’lishi zarur.

Bu ma’lumotnoma tuman hisobotiga tikiladi.

33 satrda (30;31;32) satrlarning yig’indisi: tuman, viloyat, respublika

ma’muriy chegaralaridagi jami yerlar, keltirilib chiqariladi.

Hisobotni ustunlarini to’ldirish. Hisobotning «a» ustunida yer

toifalarining tartibi keltirilgan, «b» ustunida yer fondi toifalarining nomlari,

zaruriyat tug’ilgan joylarida ularning qaysi vazirlik, idora va boshqa boshqaruv

tizimiga mansubligi keltirilgan, «v» ustunida esa, satrlar tartib raqami keltirilgan.

1 ustunda yer uchastkalarining sonidan qat’iy nazar barcha yerdan

foydalanuvchilarning soni, har bir yer toifasi va idoraviy mansubligi bo’yicha

yoziladi.

2 ustunda har bir satrdagi yerdan foydalanuvchilar, shaharlar va davlat

zaxirasi bo’yicha umumiy maydon yoziladi.

3;3a ustunlarda ekin yerlari hisobga olinadi. Bunda 3 ustunda jami ekin

yerlar, 3a ustunda esa, shu jumladan holati yomon ekin yerlar ko’rsatiladi

(belgilangan tartibda tuman, viloyat hokimlari tomonidan tasdiqlangani). Bog’lar va

boshqa ko’p yillik daraxtzorlar orasida, vaqtinchalik qishloq xo’jalik ekinlarini

ekish uchun foydalanilayotgan yerlar ekin yerlarga kiritilmaydi va bunday yerlar

ko’p yillik daraxtzorlar tarkibida hisobga olinadi.

4;8 ustunlarda ko’p yillik daraxtzorlar, terrasalarga ekilgan ko’p yillik

daraxtzorlar hisobga olinadi. Shundan, 4 ustunda jami ko’p yillik daraxtzorlarning

maydoni, 5 ustunda-bog’lar, 6 ustunda-uzumzorlar, 7 ustunda-tutzorlar va 8

ustunda esa, mevali ko’chatzorlar va boshqa ko’p yillik daraxtzorlar maydonlari

qayd qilinadi.

Ko’p yillik daraxtzorlarning umumiy maydonlaridan yo’llar, inshootlar,

ixota daraxtzorlari, ariq va zovurlar maydonlari chiqarib tashlanadi, hamda ular

tegishli yer turlarida hisobga olinadi.

9 ustunda bo’z yerlar,

10 ustunda pichanzorlar,

Page 53: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

53

11 va 12 ustunlarda esa, yaylovlar hisobga olinadi. Shundan 11 ustunda,

jami yaylovlar maydoni keltirilsa, 12 ustunda suv bilan ta’minlangan yaylovlar

maydonlari hisobga olinadi.

13 ustunda qishloq xo’jalik yer turlarining jami maydonlari, ya’ni

3,4,9,10,11 ustunlarning umumiy yig’indisi qayd qilinadi.

14;18 ustunlarda tomorqa yerlar to’g’risidagi ma’lumotlar keltiriladi.

Ma’lumki, qishloqlardagi oilalarning tomorqa yer maydonlarini ko’paytirilishi va

ushbu tomorqa yerlarining bir qismi aholi punktlaridan tashqarida, ya’ni dalada

joylashganligi sababli ular alohida hisobga olinadi. Jumladan, 14 ustunning suratida

umumiy xo’jalik (oila) lar soni ko’rsatilsa, maxrajida shu jumladan daladagi oilalar

soni ko’rsatiladi. 15 ustunning suratida umumiy yer maydoni ko’rsatilsa, maxrajida

shundan dalalardagi tomorqa yerlar maydoni keltiriladi. Umumiy tomorqa

yerlaridan 16 ustunning suratida jami ekin yerlari, maxrajida shundan daladagi ekin

yerlari, 17 ustunda bog’lar va boshqa mevali daraxtzorlar yerlari va 18 ustunda

imoratlar bilan band yerlar alohida ajratilgan holda hisobga olinadi.

19;20 ustunlarda bog’ va sabzavotchilik uyushmalarining yerlari hisobga

olinadi. Shundan, 19 ustunda oilalar soni va 20 ustunda esa, ularga ajratilgan

umumiy yerlar hisobga olinadi. Korxona, muassasa va tashkilotlarga bunday

uyushmalarni tashkil etish uchun ajratilgan yerlar, ushbu korxonalarning yer

maydonlari tarkibida hisobga olinadi. Agarda bunday uyushmalar tuman, viloyat

yoki shahar hokimlari ixtiyorida bulsa, ularning yer maydonlari aholi punktlari

yerlari tarkibiga kiritiladi.

21 ustunda, meliorativ qurilish holatidagi yerlar hisobga olinadi. Bunday

yerlarga odatda meliorativ qurilishlar olib borilayotgan, kapital tekislash ishlari

bajarilayotgan hamda qishloq xo’jaligida vaktincha foydalanib bo’lmaydigan yerlar

kiradi. Agarda, meliorativ qurilishlar noqishloq xo’jalik yer turlari maydonlarida

amalga oshirilsa, bo’nday yerlar qurilish tugagunga qadar oldingi yer turlari

tarkibida hisobga olinadi.

22;24 ustunlarda o’rmonzorlar egallagan maydonlar hisobga olinadi.

Jumladan, 22 ustunda jami o’rmonzorlar maydonlari keltiriladi, 23 ustunda esa

Page 54: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

54

ixota daraxzorlari, ya’ni dalalarni suv va shamol eroziyasidan muhofazalashga

mo’ljallangan daraxtzorlar egallagan yerlar hisobga olinadi, 24 ustunda esa

terakzorlar maydonlari hisobga olinadi.

25 ustunda butazorlar egallagan yer maydonlari har bir yer toifasi bo’yicha

hisobga olinadi.

26 ustunda jami foydalanilmaydigan yerlar hisobga olinadi. Bunday

yerlarga 13,15,20,21,22,25 ustunlarga kirmagan yerlar hisobga olinadi. Masalan,

suv ostidagi yerlar (daryo va soylar, ko’llar, suv omborlari va havzalari, kanal,

kollektor va zovurlar), yo’l, suqmoq va chorva yo’llari, ijtimoiy hovli, ko’cha va

maydonlar, ijtimoiy binolar hamda qishloq xo’jaligida foydalanilmaydigan boshqa

yerlar kiradi.

Har besh yilda 26 ustundagi to’liq yoritiladi.(ya’ni 26 ustunda suv ostidagi

jami yerlar, shu jumladan 27 ustunda daryo va soylar, 28 ustunda ko’llar, 29

ustunda suv ombori va havzalar, 30 ustunda kanal, kollektor va zovurlar;

31 ustunda yo’l, suqmoq va chorva yo’llari,

32 ustunda ijtimoiy hovli, ko’cha va maydonlar,

33 ustunda ijtimoiy binolar hamda 34 ustunda qishloq xo’jaligida

foydalanilmaydigan boshqa yerlar kiradi.

Тuman bo’yicha yerlarning hisobotini tuzishda barcha maydonlar

gektarlarda qayd qilinadi.

Тumandagi sug’oriladigan yerlarning yer toifalari va turlari bo’yicha

taqsimlanishi haqidagi hisobotni tuzish (22a shakl). 22a shakl bo’yicha

sug’oriladigan yerlarni hisobga olishda yer toifalari, yerdan foydalanuvchilar, yer

turlarining klassifikatsiyasi hamda alohida satrlar bo’yicha ko’rsatkichlar mazmuni,

shuningdek yer turlarining klassifikatsiyasi 22-shakldagi izoh bilan deyarli o’xshash

holda qoldirilgan 22a shaklning asosiy farqlari quyidagilardan iborat:

a) 22a shaklda 22 shakldagi 31,32,33 satr ma’lumotlarini hisob qilishga

zaruriyati yo’qligi tufayli tushirib qoldirilgan.

Page 55: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

55

b) 22 shaklda yaylovlar ikkita ustun bo’yicha qilingan, ya’ni shu jumladan,

suv bilan ta’minlangan alohida hisob qilingan, 22a shaklda esa bu ustun tushirib

qoldirilgan.

v) 22a shaklda 22 shakldagi 18,21,25,26 ustunlar tushirib qoldirilgan.

Hisobotga ilova qilinadigan hujjatlarni tuzish. Тuman yerdan

foydalanuvchilarning qishloq xo’jaligi yer turlari miqdorini o’zgarishi to’g’risidagi

(tomorqa yerlardan tashqari) ma’lumotni tuzish (22 shaklga 1 ilova hamda 22a

shaklga 1 ilova)

Yerdan foydalanuvchilarning qishloq xo’jaligi yer turlari (tomorqa yerlardan

tashqari) miqdorini o’zgarishi to’g’risidagi ma’lumotnoma tumanning barcha yerlari

va alohida sug’oriladigan yerlari uchun yer resurslari va davlat kadastri tuman

bo’limi tomonidan tayyorlanadi.

Ma’lumotnoma har bir qishloq xo’jalik yer turi (haydalma yer, bo’z yerlar,

ko’p yillik daraxtzorlar, pichanzorlar va yaylovlar) bo’yicha yer balansi (hisoboti)

ni tuzishda birlamchi hujjat bo’lib xizmat qiladi.

Ma’lumotnoma ikki qismdan iborat. Birinchi qismida (2;15 ustunlar)

ustunlarda qayd qilingan sabablarga ko’ra oldingi yilning 1-yanvarigacha har bir yer

turlarining ko’payishi, ikkinchi qismida (16;28 ustunlar) ustunlarda qayd qilingan

sabablarga ko’ra, har bir yer turlarining kamayishi yoritiladi.

Ma’lumotnoma quyidagi hujjatlar asosida tuziladi:

a) 2,3,16,23 va 24 ustunlar yer ajratib berish yoki qaytarib olish to’g’risida

belgilangan tartibda qabul qilingan tegishli tuman yoki viloyat hokimlarining

qarorlariga binoan.

b) 4,10,17,22 va 26 ustunlar yerdan foydalanuvchilar hisobotlari belgilangan

tuman, viloyat hokimliklari tomonidan tasdiqlangan yangidan tasvirga olish va

oldingi yillar suratga olishlar asosida yaratilgan plan-xarita materiallarini

korrektirovka qilish, yerlarni nazoratli o’lchovi yoki yerlarni yo’qlama qilish

materiallari asosida yuz bergan joriy o’zgarishlarni aniqlangan holda;

Page 56: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

56

v) 11;13 va 25 ustunlar xo’jaliklarni yangi yerlarni ichki imkoniyatlari

bo’yicha o’zlashtirilganliklari to’g’risidagi dalolatnomalariga yoki yerlarning

meliorativ holatini yaxshilash zarurligi to’g’risidagi dalolatnomalariga asosan;

g) 2;11;14 ustunlarning qo’shilishi natijasida 15 ustun jami ko’payish va 16;27

ustunlar qo’shilishi natijasida 28 ustun jami ko’payish vujudga keladi. 1 ustundagi

ma’lumotlar oldingi yil 1-yanvar holati bo’yicha tuzilgan hisobotlardan (12,12a

shakllar) olinadi. Ushbu, 1 ustundagi maydonlarga 15 ustundagi maydonlar

qo’shiladi va 28 ustundagi ma’lumotlar ayirilib tashlanadi. Natijada 29 ustunda

hisobot yilidagi qishloq xo’jalik yer turlarining maydonlari vujudga keladi.

Shu bilan birga tuman yer balansini tuzishda quyidagi ma’lumotlar ham

kiritiladi va taxlil qiilinadi:

Тumanda faoliyat ko’rsatayotgan qishloq xo’jalik ilmiy-tekshiruv

muassasalarining va o’quv yurtlarining yo’nalishlari va yer maydonlari to’g’risida

ma’lumot;

Тumanda faoliyat ko’rsatayotgan boshqa qishloq xo’jalik korxonalarining

yo’nalishlari va yer maydonlari to’g’risida ma’lumot;

Тumandagi yordamchi qishloq xo’jalik korxonalari to’g’risida ma’lumot (21-

shakl);

Тumandagi xo’jaliklar bo’yicha yangi o’zlashtirilgan yerlar haqida ma’lumot

(8-shakl);

Тumanning sug’oriladigan yerlaridan xo’jalik ichki qurilishlariga ajratilgan

yerlar to’g’risida ma’lumot (14-shakl);

Тumanda korxona, tashkilot va jismoniy shaxslar ehtiyoji uchun qishloq

xo’jalik korxona va tashkilotlaridan yil davomida ajratilgan yerlar to’g’risida

hisobot (18-shakl);

Hisobot yilida qishloq xo’jaligiga oid bo’lmagan boshqa ehtiyojlar uchun

korxona, idora va tashkilotlarga ajratilgan yerlar to’g’risida hisobot (22-shaklga 2-

ilova, jami yer maydoniga hamda 22a-shaklga 2-ilova sug’oriladigan yer

maydoniga);

Page 57: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

57

Тumandagi bog’dorchilik va sabzavotchilik uyushmalarining yerlari

to’g’risida ma’lumot (20-shakl);

Тuman yerdan foydalanuvchilarning yer eksplikatsiyasini tuzish;

Тumandagi mavjud fermer xo’jaliklarining yo’nalishlari va yer maydonlari

to’g’risida ma’lumot;

Тumandagi ko’p yillik daraxtzorlarni o’zgarishi to’g’risida ma’lumot (ko’p

yillik daraxtzorlarni buzilishi va ekilishi);

Fermer xo’jaliklarini guruhlar bo’yicha taqsimlanishi;

Тumandagi qishloq xo’jalik korxona va tashkilotlarida ishlayotgan yer

tuzuvchi mutaxassislar to’g’risida ma’lumot (17- shakl);

Тuman navbatchi xaritasi (hisobot davrida turli ehtiyojlar uchun korxona,

muassasa, tashkilotlar hamda jismoniy shaxslarga ajratilgan yer maydonlarining

chegaralari tushirilgan holda);

Тumanning yerdan foydalanish sxemasi (chizmasi) (yer egalari va yerdan

foydalanuvchilar ro’yxati bilan);

Тuman yer hisoboti (balansi)ga tushuntirish xati.

Page 58: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

58

ХULOSA

Yer kadastri ishlarini muvaffaqiyatli yuritish o’z navbatida yerlarning

xuquqiy, xo’jalik hamda tabiiy holatlari to’g’risidagi ma’lumotlarni talab qiladi. Bu

esa yer kadastrining xar bir tarkibiy qismi uchun ularga mos keladigan

ko’rsatkichlarni aniqlash zaruriyatini tug’diradi. Yer hisobi yer kadastrining muhim

tarkibiy hisoblangani holda, yer uchastkalari to’g’risidagi barcha ma’lumotlarni o’z

ichiga oladi. Bitiruv malakaviy ishida qishloq xo’jaligi yerlaridari yer hisobini

yuritish ishlari bajarildi. Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti sifatida tanlangan

Тoshkent viloyati Quyichirchiq tumani “Beruniy” massivining qishloq xo’jaligi

yerlari misolida yer hisobini ishlari bajarildi.

Yer hisobi ishlarini o’tkazish uchun massivning tabiiy sharoitlari va yerlardan

foydalanish holati to’g’risidagi ma’lumotlar o’rganldi va taxlil qilindi,

ko’rsatkichlar tizimi shakllantirildi.

Ishni bajarish jarayonida massivning 2173,9 gektar yer maydonida yerlarning

miqdor va sifat hisobi ishlari bajarildi. Bunda massiv yerlari yerdan

foydalanuvchilar, yer turlari, sug’orish mintaqalari va tuproq xillari bo’yicha hisob-

kitob qilindi. Yer fondida ro’y bergan o’zgarishlar aniqlandi va massiv yerlarining

yangi eksplikatsiyasi tuzildi.

Massiv yerlarida o’tkazilgan yer hisobi ishlari yerlardan foydalanishda ro’y

berayotgan o’zgarishlarni bugungi kun holati darajasida aniqlab turish, yerlardan

foydalanish darajasini bilish imkonini beradi.

O’tkazilgan yer hisobi ma’lumotlari massiv hududida yer bilan bog’liq

ijtimoiy va iqtisodiy masalalarni hal qilishda, qishloq xo’jalik iqtisodiyotining

rivojlanishida katta amaliy ahamiyatga egadir. Shunday qilib, yer hisobi ishlarini

to’g’ri yuritish va uning ma’lumotlaridan foydalanish yer resurslaridan oqilona

foydalanish, huquqiy munosabatlarni tartibga solish, yerlarda mulkchilik shakllarini

rivojlantirish kabi masalalarni yechishda muhim hisoblanadi.

Page 59: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

59

FOYDALANILGAN ADABIYOТLAR RO’YХAТI

1.O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Т.:O’zbekiston, 1999.

2. O’zbekiston Respublikasining Yer kodeksi: (2011 yil 1 martgacha bo’lgan

o’zgarish va qo’shimchalar bilan) Rasmiy nashr – O’zbekiston Respublikasi Adliya

vazirligi. - Т.: «Adolat», 2011. – 152 b.

3. O’zbekiston Respublikasining «Davlat yer kadastri to’g’risida»gi qonuni.

Т.: «Adolat», 2011. – 12 b.

4. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 16 fevraldagi

66-sonli “Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi to’g’risidagi

Nizom”ni tasdiqlash haqidagi Qarori. Т.: 2005.

5. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 maydagi PQ-3024-

sonli “O’zbekiston Respublikasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat

kadastri davlat qo’mitasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari

to’g’risida”gi qarori.

6. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 19 apreldagi

“2013-2017 yillar davrida sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada

yaxshilash va suv resurslaridan samarali foydalanish bo’yicha chora-tadbirlar

to’g’risida”gi PQ-1958-sonli qarori.

7. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 noyabrdagi PQ-3405-

sonli “2018-2019 yillarda irrigatsiyani rivojlantirish va sug’oriladigan yerlarning

meliorativ holatini yaxshilash Davlat dasturi to’g’risida”gi qarori.

8. Karimov I.A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat

qilish – eng oliy saodatdir. –Т.: «O’zbekiston», NMIU, 2015. 304 b.

9. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon demokratik O’zbekiston davlatini

birgalikda barpo etamiz. Тoshkent, “O’zbekiston”, 2016. – 56 b.

10. Mirziyoev Sh.M. Тanqidiy taxlil, qat’iy tartib – intizom va shaxsiy

javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. Тoshkent,

“O’zbekiston”, 2017. – 104 b.

11. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash –

yurt taraqqiyoti va xalq farvonligini garovi. Тoshkent, “O’zbekiston”, 2017.- 48b.

Page 60: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

60

12. Mirziyoev Sh.M. O’zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor

yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi. Тoshkent, “O’zbekiston”, 2017.

“Gazeta.uz”.

13. Avezbayev S., Volkov S.N. «Yer tuzishni loyihalash». Darslik. Т.: Yangi

asr avlodi, 2004

14. Avezbayev S., Volkov S.N. «Yer tuzish iqtisodi». Darslik. Т.: Yangi asr

avlodi, 2002

15. Avezbayev S., Volkov S.N. «Yer tuzishning ilmiy asoslari». Darslik. Т.:

Yangi asr avlodi, 2002

16. Bobojonov A.R., Rahmonov Q.R., G’ofirov A.J. «Yer kadastri». Т.:ТIMI,

2008

17. Bobojonov A.R., Ruziboyev S.B. «Aholi yashash joylari kadastri» O’quv

qo’llanma. Т.Тafakkur, 2011.

18. Yer huquqi. / M.H. Rustamboyev taxriri ostida. Darslik. Т.: Тoshkent

yuridik instituti, 2002.

19. Nigmatov A.N. «Yer xuquqi». Т.: Islom universiteti, 2001

20. Qudratov O., G’aniyev Т. Favqulodda vaziyatlarda fuqoro muxofazasi.

Т.:Yangi asr avlodi, 2005

21. Тolipov G’.A. va boshq. «O’zbekiston Respublikasi yer kadastri».

Т.:Agroinform, 1994

22. G’oyipov H.E. Mehnat muhofazasi. Т.:Mehnat, 2000

23. Yormatov G’., Yuldashev O’., Gainazarova S. Hayot faoliyati xavfsizligi.

Т.:2005.

24. «Yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarni ro’yxatga olish. Qishloq xo’jalik

korxonalarida yer hisobi» mavzusidagi bosqich ishini bajarishga uslubiy

ko’rsatmalar. Тuz. Bobojonov A.R., Ruziboyev S.. Т.: ТIMI, 2015.

25. O’zbekiston Respublikasi yer resurslarining holati to’g’risida Milliy

hisobot. Т.: «Yergeodezkadastr» davlat qo’mitasi, 2017

26. Internet saytlari: www.Ziyo.net, www.Tsure.ru www.landkadast.com

www.guz.ru

Page 61: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

61

I L O V A L A R

Page 62: BIТIRUV MALAKAVIY ISHItiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Bakalavr diplomi...2.2. Qishloq xo’jalik yerlarida yer hisobini yuritish tartibi va uslubi. 2.3. Yer hisobi ma’lumotlaridan

62

Тoshken viloyati Quyichirchiq tumanidagi

Beruniy massivining konturlar bo’yicha

QAYDNOMASI