11

FITOTERAPIYA · 2019-10-27 · dorivor o simliklar tasnifi, fitopreparatlarni yaratilishi, dozalanishi va boshqalar o rin olgan. Xususiy masalalar qismida esa dorivor o sim-liklar

  • Upload
    others

  • View
    49

  • Download
    0

Embed Size (px)

Citation preview

Page 1: FITOTERAPIYA · 2019-10-27 · dorivor o simliklar tasnifi, fitopreparatlarni yaratilishi, dozalanishi va boshqalar o rin olgan. Xususiy masalalar qismida esa dorivor o sim-liklar
Page 2: FITOTERAPIYA · 2019-10-27 · dorivor o simliklar tasnifi, fitopreparatlarni yaratilishi, dozalanishi va boshqalar o rin olgan. Xususiy masalalar qismida esa dorivor o sim-liklar

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

FITOTERAPIYA

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan

TOSHKENT – 2013

Page 3: FITOTERAPIYA · 2019-10-27 · dorivor o simliklar tasnifi, fitopreparatlarni yaratilishi, dozalanishi va boshqalar o rin olgan. Xususiy masalalar qismida esa dorivor o sim-liklar

  2

UO‘К: 58(075)

КBК 28.5 F-15

F-15 Fitoterapiya. –T.: «Fan va texnologiya», 2013, 336 bet.

ISBN 978–9943–10–972–8 Mazkur darslik qabul qilingan o‘quv dasturi bo‘yicha yozilgan

bo‘lib, Toshkent farmotsevtika instituti talabalari uchun mo‘ljallangan. Darslik Toshkent Farmatsevtika institutining farmokologiya va klinik farmatsiya kafedrasi xodimlari tomonidan yaratilgan. U ikki–umumiy va xususiy qismdan iborat. Fitoterapiyaning umumiy masalalari fan tarixi, dorivor o‘simliklar tasnifi, fitopreparatlarni yaratilishi, dozalanishi va boshqalar o‘rin olgan. Xususiy masalalar qismida esa dorivor o‘sim-liklar va ulardan olingan farmokologik faol moddalar saqlagan fitopre-paratlarning kimyoviy tarkibi, farmodinamikasi va turli kasalliklarda ishlatilishi to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Fitoyig‘malarga misollar keltirilgan. Darslikda sobiq ittifoqda, shu jumladan, asosan, Markaziy Osiyo va ayniqsa, O‘zbekistonda o‘sadigan va o‘stiriladigan shifobaxsh o‘simliklar va ularning ko‘pchiligini rasmlari, dorivor o‘simliklarning o‘zbekcha, ruscha-lotinca nomlarining ko‘rsatgichlari ham berilgan.

UO‘К: 58(075)

КBК 28.5ya721

Mualliflar: M.Maxsumov, X.Aliyev, S.Saidov, Sh. Maxsumov

Taqrizchilar: X.M. Komilov – f.f.d., professor;

I.R. Mavlyanov – t.f.d., professor; O‘.P. Pratov – b.f.d., professor.

ISBN 978–9943–10–972–8

© M.Maxsumov va boshq., 2013. © «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2013.

Page 4: FITOTERAPIYA · 2019-10-27 · dorivor o simliklar tasnifi, fitopreparatlarni yaratilishi, dozalanishi va boshqalar o rin olgan. Xususiy masalalar qismida esa dorivor o sim-liklar

  3

SO‘Z BOSHI

Ma’lumki, o‘simlik dunyosi inson sog‘ligini saqlashda asosiy

vositalardan biri sifatida unga xizmat qilib kelmoqda. Odamlar o‘simlik mevasi, o‘ti, ildizi, po‘stlog‘i va boshqa qismlarini yig‘ib turli xastaliklarda ishlatib kelganlar. Xalq tabobatida shifobaxsh o‘simlmklardan foydalanish o‘zining boy tarixiga ega. Hozirgi paytda bemorlarni davolashning bir turi sifatida fitoterapiya o‘z o‘rnini topdi, tan olindi va rasmiy ravishda qabul qilingan.

Ayniqsa, XXI asrning boshlanishi va hozirgacha bemorlarni shifobaxsh o‘simliklar bilan davolashga qiziqish ancha yuqori. Statistika bo‘yicha turli davlatlarda shifokorlar tomonidan tavsiya etilayotgan dori vositalarining 20 – 60% ni dorivor o‘simliklarning preparatlari tashkil etadi.

Shifobaxsh o‘simliklar va ularni ishlatish to‘g‘risida juda ko‘p turli risolalar, ma’lumotnomalar, kitoblar nashr etilgan. Lekin bulardan to‘liq foydalanish shifokorlar va provizorlar uchun ancha murakkablik tug‘diradi. Shuning bilan birga, fitoterapiya alohida fan sifatida malaka oshirish institutlari va fakultetlari, shu jumladan, Toshkent farmatseftika instituti klinik farmatsiya yo‘nalishi bo‘yi-cha o‘quv rejasiga kiritilishi ushbu o‘quv adabiyotini yaratish zaruriyatini tug‘dirdi.

Darslik qabul qilingan dastur asosida tuzilgan bo‘lib, ikki qismdan – fitoterapiyaning umumiy va xususiy masalalaridan iborat.

Umumiy qismida dorivor o‘simliklardan tayyorlangan va ajratib olingan biologik faol moddalar preparatlarini ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan umumiy masalalar (dozalanishi, ishlatish yo‘llari, ta’sir turlari, dori shakllari va boshqalar). Xususiy bo‘limda turli kasalliklarda ishlatiladigan dorivor o‘simsliklar va ularning fitopre-paratlari to‘g‘risida ma’lumot berilgan.

Shu jumladan, dorivor o‘simliklarning kimyoviy tarkibi, farma-kologik xossalari, ulardan tayyorlangan va olingan fitopreparat-larning ishlatilishi bo‘yicha ma’lumot keltirilgan. Bundan tashqari, fitopreparatlar qo‘llanadigan kasalliklar to‘g‘risida ham qisqacha

Page 5: FITOTERAPIYA · 2019-10-27 · dorivor o simliklar tasnifi, fitopreparatlarni yaratilishi, dozalanishi va boshqalar o rin olgan. Xususiy masalalar qismida esa dorivor o sim-liklar

  4

so‘z yuritilgan. Turli kasalliklarda ishlatiladigan fitoyig‘malar ham o‘rin olgan.

Darslikning yaratilishida bir qator adabiyotlardan (X.X.Xol-matov, S.Ya.Sokolov, B.A.Samura va b.) foydalanildi.

O‘quv adabiyoti Toshkent farmatsevtika instituti klinik far-matsiya yo‘nalishining talabalari, malaka oshirish fakulteti tinglov-chilari uchun ham foydali bo‘lishi mumkin.

Darslik kamchiliklardan xoli emas. Bu to‘g‘rida fikr-muloha-zalaringizni kutib qolamiz.

Mualliflar.

Page 6: FITOTERAPIYA · 2019-10-27 · dorivor o simliklar tasnifi, fitopreparatlarni yaratilishi, dozalanishi va boshqalar o rin olgan. Xususiy masalalar qismida esa dorivor o sim-liklar

  5

FITOTERAPIYA FANI, VAZIFALARI

Fitoterapiya so‘zi bemorlarni dorivor o‘simliklar bilan

davolashni anglatadi. Fitoterapiya bemorlarni davolashda va kasallikning oldini

olishda alohida yoki qo‘shimcha davo turi sifatida keng qo‘llanib kelinayapti. Chunki uning boy tarixi va xalq tabobatida keng ishlatilishi buni taqozo etadi.

Davo ko‘rsatishning turi sifatida fitoterapiyaning asosiy vazifalari quyidagicha:

1. Biologik faol o‘simliklarni topish va o‘rganish. 2. O‘simliklarni fitokimyoviy o‘rganish va biologik faol

moddalarni ajratish. 3. O‘simliklarni va ularning tarkibidagi biologik faol

moddalarni farmakologik ta’sirini va xavfsizligini tekshirish. 4. Dorivor o‘simliklardan ajratib olingan va ularning o‘zidan

tayorlangan preparatlarning farmakodinamikasini va farmakokineti-kasini o‘rganish.

5. Eksperimental tekshiruvdan o‘tgan shifobaxsh fitopre-paratlarni tibbiyot amaliyotiga tadbiq etish.

Bulardan tashqari fitoterapiya fitopreparatlarning dozalanishi, ishlatish tartibi, yuborish yo‘li va boshqa masalalar bilan ham shug‘ullanadi. Shu jumladan, fitopreparatlarni qanday kasalliklarda berilishi yoki man etilishi, tarkibida bir necha o‘simliklar saqlangan (ulardan ajratib olingan biologik faol moddalarni saqlagan preparatlarni ham) preparatlarni tayyorlashda, ularning bir-biriga nisbatan kimyoviy va farmakologik mosligi, fitopreparatlarning nojo‘ya ta’siri va boshqalarni o‘rganish fitoterapiyaga tegishlidir.

Кo‘pincha fitoyigmalar quyidagi 4 guruh dorivor o‘simlik-lardan tashkil topadi:

1. Asosiy ta’sir etuvchi o‘simlik. 2. Qo‘shimcha ta’sir etuvchi o‘simlik. 3. Preparatga ta’m va yoqimli hid beruvchi o‘simlik. 4. Nojo‘ya ta’sirni bartaraf etuvchilar.

Page 7: FITOTERAPIYA · 2019-10-27 · dorivor o simliklar tasnifi, fitopreparatlarni yaratilishi, dozalanishi va boshqalar o rin olgan. Xususiy masalalar qismida esa dorivor o sim-liklar

  6

Ayrim hollarda yig‘madagi bir o‘simlikning o‘zi asosiy hisob-lanishi bilan birga ta’m va xid berishi mumkin. Masalan, yalpizning barglari, tinchlantiruvchi va spazmolitik ta’sir etishi bilan birga hid va ta’m beruvchi o‘simlik sifatida ishlatilishi mumkin.

Dorivor o‘simliklarning shifobaxsh ta’siri ularning tarkibidagi biologik faol moddalarga bog‘liq. Bu moddalarning kimyoviy tuzilishi turlicha bo‘lib, har xil farmakologik ta’sirga ega bo‘lishi mumkin. Shuning uchun dorivor o‘simliklardan tayorlangan preparatlarning ta’siri tarkibidagi faol moddalar yig‘indisidan kelib chiqadi. Bunday ta’sir etuvchi faol moddalarning miqdori har xil va o‘zgaruvchan bo‘ladi. Lekin o‘simlikning qaerda o‘sganligidan qatiy nazar umuman olganda ularning sifat tomonidan tarkibi kam o‘zgaruvchan bo‘ladi (o‘simlik o‘sish davri, sezon, yig‘ib olish vaqti, saqlash va boshqalarga ham katta ahamiyatli). O‘simlik tarkibidagi biologik faol moddalar birinchi va ikkinchi jarayonda hosil bo‘ladi. Birinchi jarayonda sintez bo‘ladiganlarga oqsillar, lipidlar, karbon suvlar, fermentlar va vitaminlar, ikkinchisiga esa alkaloidlar, glikozidlar, fenol birikmalari, efir moylari, oshlovchi moddalar, pektinlar, kumarinlar, fitonsidlar va boshqalar kiradi. Bulardan tashqari, o‘simliklarda erkin holda (70-90%) suv ham bo‘ladi. Fitoyig‘malarda, ko‘proq hollarda alkaloidlar, glikozidlar, efir moylari va boshqa asosiy ta’sir etuvchilar ro‘lini bajaradi. Flavonoidlar, vitaminlar, oshlovchilar va boshqalar esa qo‘shimcha ta’sir hisoblanadi. O‘simliklar tarkibida bulardan tashqari biologik faol – farmakologik indifferent moddalar bo‘lishi mumkin.

Shunday qilib, fitoyig‘ma preparatlarning shifobaxsh ta’siri tar-kibidagi biologik faol moddalardan kelib chiqadi. Ulardagi asosiy ta’sir etuvchi moddalarni (alkaloidlar, glikozidlar, kumarinlar va boshqalar) ta’siri esa kompleks ravishda bo‘la olmay, spetsifin hisoblanadi. Masalan, yurak glikozidlaridan digoksin, digitoksin, rauvolfiya o‘simligidan rezerpin, aymalin, bellodonnadan olingan atropin preparati va boshqalar.

Fitoterapiyada dorivor o‘simliklardan tayyorlangan va ulardan ajratib olingan biologik faol moddali preparatlar turli dori shaklida tayyorlanadi va tayyor holda chiqariladi: damlama, qaynatma, nastoyka, quruq va suyuq ekstrakt. O‘simlikdan ajratib olingan

Page 8: FITOTERAPIYA · 2019-10-27 · dorivor o simliklar tasnifi, fitopreparatlarni yaratilishi, dozalanishi va boshqalar o rin olgan. Xususiy masalalar qismida esa dorivor o sim-liklar

  7

biologik faol moddalarni saqlagan preparatlar esa tabletka, eritma, in’eksiya uchun ampulida va boshqa dori shaklida chiqariladi.

Fitopreparatlarning shifobaxsh ta’siri ko‘p tomondan ularning dori shakliga ham bog‘likdir. Shuning uchun fitopreparatlarni tayyorlashda davlat farmakopeyasi bo‘yicha dori shakllari tayyor-lanadi va boshqa preparatlar singari har tomonlama farmakologik va toksikologik tomonidan o‘rganiladi. Кeyin esa tegishli davlat muassasasi ruxsati bilan klinik tekshiruvdan o‘tadi.

Fitoterapiyaning qisqacha tarixi

Turli o‘simliklardan davo sifatida foydalanish juda qadim

zamonlardan ma’lum. Ibtidoiy davrda odamlar atrof-muhitdagi o‘simliklardan faqat oziq-ovqat uchun emas, balki ularning bezararligidan davo etish maqsadida turli shikastlanishlarda, xastalanishlarda qo‘llaganlar. O‘simliklarning bunday xususiyatlari og‘izdan-og‘izga o‘tib, keyinchalik yozuv paydo bo‘lishi bilan ular to‘g‘risidagi ta’lumotlar yozib qoldirilgan. Bunga misol qilib eramizdan ancha oldin qoldirilgan Ebers papirusi, sopolga yozilgan ma’lumotlarni keltirish mumkin. Tarix shuni ko‘rsatadiki, Osiyoning markazida va janubida joylashgan qator davlatlarda (Misr, Xindiston, Xitoy, Tibet va boshqalar) qadim zamondan bemorlarni shifobaxsh o‘simliklar bilan keng miqyosida samarali davo qilib kelingan. Buni tasdiqi sifatida «Jashur-veda» («Hayot haqidagi Fan»), «Djudshi» («Shifobaxsh dori darmonlar mohiyati») kabi qo‘lyozmalarni keltirish mumkin. Fitoterapiya tarixida ayniqsa, Abu Bakr Muhammad ibn Zakiriya ar-Roziy, abu Rayhon Beruniy, Ismoil al Jurjoniy, Abu Ali ibn Sino va boshqalarning xissasi salmoqlidir. Bulardan Abu Ali ibn Sinoning «Tib qonunlari» asari olamshumul ahamiyatga sazovordir.

Ibn Sino 980-yilning 16-avgustida Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog‘ida tavallud topgan va 1037-yili Xamodonda vafot etgan. Uning maqbarasi ustida 12 ustundan iborat gumbaz qad ko‘tarib turadi. Bu ibn Sino tomonidan o‘sha davrdagi 12 fan yo‘nalishini mukammal egallagani to‘g‘risida xabar beradi.

Ibn Sino tibbiyotga bag‘ishlangan 55 ta asar yozgan. Shu jumladan, «Tib qonunlari» 5 qismdan iborat. Кitobning ikkinchi

Page 9: FITOTERAPIYA · 2019-10-27 · dorivor o simliklar tasnifi, fitopreparatlarni yaratilishi, dozalanishi va boshqalar o rin olgan. Xususiy masalalar qismida esa dorivor o sim-liklar

  8

qismida dorivor moddalarni – 811 ta o‘sha davrdagi o‘simliklarni shifobaxsh xususiyatlari keltirilgan. Bu o‘simliklarni 105 tasi hozirgi zamon tabobatining amaliyotida qo‘llanadi.

Ibn Sinoning «Tib qonunlari»da qayd etilgan dorivor o‘sim-liklar, ularning ishlatilishi va qo‘llash usullari alohida ahamiyatga ega. Chunki ibn Sino o‘zigacha o‘tgan tabiblarning tajribalarini sinchiklab o‘rganib, ularni yanada mukammallashtirgan, ularga yangi muolajalar qo‘shib, o‘sha davrdagi xalq tabobatida ishlatib kelingan dorivor o‘simliklar va mevalarning tibbiyotdagi ahami-yatini har tomonlama ochib bergan. Shuning uchun ham ibn Sino merosini o‘rganish, u ishlatgan dori vositalarini ilmiy va nazariy tomondan asoslab berish va hozirgi zamon tibbiyot amaliyotiga tadbiq etish farmakologlar, fitoterapevtlar va provizorlarning davr talabidan kelib chiqqan muhim vazifalari qatoriga kiradi.

Yuqorida keltirilgan mulohaza va fikrlarni inobatga olib va ularni amalga oshirishda Respublikamiz Prezidenti tomonidan 1999-yil 6-yanvarda qabul qilingan «Ibn Sino xalqaro jamg‘armasini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi Farmoni katta rol o‘ynaydi.

Ushbu farmonda jumladan, «Ibn Sinoning ijobiy merosini» chuqur o‘rganish ishlarini tashkil etish, buyuk olim asarlarini tartibga solish va ularni nashr etishga ko‘maklashish va ibn Sinoning tibbiy va ilmiy-ma’naviy merosiga oid tadqiqotlar olib borish, olimlarning bu boradagi ilmiy faoliyatini rag‘batlantirish hamda tibbiyot va dorishunoslik sohasidagi eng yaxshi ishlar uchun ibn Sino nomidagi mukofot ta’sis etish, iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari ko‘tarilgan. Ushbu farmon o‘zining ijobiy natijalarini berayapti.

XVII-XIX asrlarga kelib, kimyo fanining rivojlanishi natijasida sintez yo‘li bilan olinadigan dori preparatlari yaratishga imkon ochib berdi. Shu sababdan dorivor o‘simliklarga qiziqish kamaydi. Sun’iy yo‘l bilan olingan dori preparatlarini davo effekti samarali bo‘lsada, ular organizm uchun yod bo‘lgani uchun turli asoratlarni, nojo‘ya holatlarni keltirib chiqarish ayon bo‘lib qoldi. Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, bemorlarning 2,5-5% ni shunday dori moddalari keltirib chiqargan turli asoratlar tashkil etadi.

Page 10: FITOTERAPIYA · 2019-10-27 · dorivor o simliklar tasnifi, fitopreparatlarni yaratilishi, dozalanishi va boshqalar o rin olgan. Xususiy masalalar qismida esa dorivor o sim-liklar

  9

Bu borada shifobaxsh o‘simliklarning xujayra tuzilishi va tarkibidagi kimyoviy moddalar odam tanasi metobolitlariga yaqin turadi. Shu sababli fitopreparatlarning ko‘pchiligi bemor uchun zaharsiz yoki salbiy ta’siri juda kam.

XXI-asrni boshlanishida dorivor o‘simliklarga bo‘lgan qiziqish ancha oshdi.

Respublikamizda shifobaxsh o‘simliklarni o‘rganish va ama-liyotga tadbiq etishda yoki fitoterapiyani rivoj topishida farmako-loglardan I.I.Markelov, N.N.Кompasev, I.К.Кomilov va boshqalar-ning xissasi kattadir.

O‘zbekiston shifobaxsh giyohlarga boy diyor. Respubli-kamizda 4000 dan ortiq yovvoyi o‘simliklar o‘sadi. Shulardan faqatgina 100 dan ko‘prog‘i tibbiyot amaliyotida ishlatiladi. Xalq tabobatida esa hududimiz o‘simliklaridan 600 ga yaqini dorivor hisoblanadi va ishlatiladi. Bu degan so‘z respublikamizda o‘sadigan va o‘stiriladigan shifobaxsh o‘simliklar soni juda ko‘p va ular yangi dori-darmonlar fitopreparatlar yaratishda bitmas-tuganmas manba hisoblanadi.

Bu borada bir qator respublikamiz olimlari samarali, ilmiy va amaliy ishlar olib borishyapti. Ayniqsa, Respublikamizda dorivor giyohlarni har tomonlama o‘rganish va ulardan biologik faol moddalarni olish va tibbiyot amaliyotida tatbiq etishda akademik S.Yu.Yunusov nomidagi u boshqargan O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi qoshidagi O‘simlik moddalari kimyosi ilmiy tekshirish instituti olimlarining bu sohada ilmiy, nazariy, amaliy ishlari kimyo va tibbiyot olamida mashhurdir. Bular qatoriga farmakologlardan I.К.Кomilov, M.B.Sultonov va ularning bir qator shogirdlarini (U.B.Zakirov, S.S.Azizova, X.U.Aliyev va boshqalarni) keltirish mumkin. Ushbu institutda parpi (akonit) o‘simligidan olingan alkaloid sanaluvchi aritmiya kasalligida samarali bo‘lgan allapinin preparati ko‘p xorijiy mamlakat olimlari (vrachlar, kimyogarlar, dorishunoslar) tomonidan tan olindi va tibbiyot amaliyotida keng miqyosida ishlatib kelinyapti. Shuni qayd etish lozimki, ushbu dori preparatini yaratishda (kimyogarlar, farmakologlar, ishlab chiqarish xodimlari) va ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishda o‘z xissasini qo‘shgan institut xodimlaridan bir guruhi 2007-yili fan va texnika

Page 11: FITOTERAPIYA · 2019-10-27 · dorivor o simliklar tasnifi, fitopreparatlarni yaratilishi, dozalanishi va boshqalar o rin olgan. Xususiy masalalar qismida esa dorivor o sim-liklar

Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasi https://kitobxon.com/oz/asar/8 saytida.

Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версияси https://kitobxon.com/uz/asar/8 сайтида.

Это был ознакомительный отрывок. Полную версию можно найти на сайтеhttps://kitobxon.com/ru/asar/8