52

Click here to load reader

Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan oilalar bilan ishlashda

Embed Size (px)

Citation preview

Page 1: Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan oilalar bilan ishlashda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI

A K A D E M I YA

R. RAXMANOV, A. MURODOV, S. XO‘JAQULOV

IJTIMOIY JIHATDAN XAVFLI AHVOLDA BO‘LGAN OILALAR BILAN ISHLASHDA PROFILAKTIKA

INSPEKTORLARI VA FUQAROLARNING O‘ZINI O‘ZI BOSHQARISH ORGANLARI HUZURIDAGI JAMOAT

TUZILMALARINING O‘ZARO HAMKORLIGI

O‘quv qo‘llanma

TOSHKENT – 2014

Page 2: Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan oilalar bilan ishlashda

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining Tahririyat-noshirlik hay’atida ma’qullangan

M a s ’ u l m u h a r r i r :

yuridik fanlar doktori, professor I. Ismailov

T a q r i z c h i l a r : yuridik fanlar nomzodi, dotsent I.A. Sottiyev;

O‘zbekiston Respublikasi IIV HOOBB bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik M. Parmonov

R-27

Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan oilalar bilan ishlashda profilaktika inspektorlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzuridagi jamoat tuzilmalarining o‘zaro hamkorligi: O‘quv qo‘llanma / R. Raxmanov, A. Murodov, S. Xo‘jaqulov. – O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2014. – 52 b.

Mazkur qo‘llanmada ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan oilalar

tushunchasi, ularning ijtimoiy xavfi, profilaktika inspektorlarining bu kabi oilalar bilan ishlashda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzuridagi jamoat tuzilmalari bilan hamkorligini tashkil etishning huquqiy asoslari ilmiy tahlil asosida yoritilgan.

Qo‘llanma Ichki ishlar vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalarining tinglovchi va kursantlari, tadqiqotchilar, shuningdek ichki ishlar organlarining profilaktika xizmatlarida ishlayotgan amaliyot xodimlariga mo‘ljallangan.

BBK 67.99(5U)8ya73

© O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2014.

Page 3: Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan oilalar bilan ishlashda

3

SO‘ZBOSHI

Mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik yangilanishning bugungi bosqichidagi eng muhim yo‘nalishlardan biri – bu qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs huquqi va manfaat-larini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallashtirishdan iboratdir1.

Mazkur jarayon mamlakatimiz mustaqillikka erishgach ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va boshqa sohalarda keng qamrovli, tizimli va bosqichma-bosqich amalga oshirilgan islohotlarda o‘z ifodasini topadi. Ushbu islohotlar natijasida jamiyatda oila institutining o‘rni va nufuzini yuksaltirish hamda shaxs hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza etishga qaratilgan ishlar davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab olindi. Jumladan, oilani jamiyatning ravnaq topishidagi tutgan o‘rni va ishtirokini yanada oshirish, oilalarning huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy manfaatlarini va faro-vonligini yaxshilash, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kuchay-tirish hamda izchil ta’minlash, oilaga g‘amxo‘rlik qilish, yoshlarni oila qurishga tayyorlash, yosh oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kam ta’minlangan oilalarga hukumatimiz tomonidan moddiy va ma’naviy jihatdan yordam berish tizimini takomillashtirish bugungi kundagi eng ustuvor va dolzarb masalalardan biriga aylandi.

Xususan, mamlakatimizda 2012-yil «Mustahkam oila» yili, 2013-yil «Obod turmush» yili, 2014-yil «Sog‘lom bola» yili deb e’lon qilinganligi bevosita oilalarning jamiyatdagi nufuzini yuksaltirish hamda qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan e’tiborning namunasidir. Zero, «oila sog‘lom ekan – jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan – mamlakat barqarordir»2. Shu bois mamlakatimizda oilaga, uning jamiyatdagi o‘rni va rolini mustahkamlashga, milliy qadriyat-

1 Qarang: Каримов И.А. Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни

янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси. –Т., 2010. – B. 15.

2 Qarang: Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. –Т., 2008. – B. 58.

Page 4: Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan oilalar bilan ishlashda

4

larimizni avaylab-asrash hamda kelgusi avlodlarga yetkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bizga ma’lumki, har qanday huquqbuzarlik va salbiy illatlarning tomiri oilada shakllanadi. O‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra, oila shaxsni ijtimoiy hayotga tayyorlash, ma’naviy va axloqiy tarbiyalash, shaxslar bilan bo‘ladigan ijtimoiy munosabatlar jarayonida o‘zini tutish kabi insoniy xususiyatlarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Agar oilada qanchalik inoqlik, bir-birini tushunish kabi xislatlar mavjud bo‘lsa, u oiladan ma’naviy barkamol insonlar yetishib chiqadi. Insoniyat tarixi shuni ko‘rsatadiki, qaysi jamiyatda, millatda, oilada, ota-onaga, bolalarga bo‘lgan hurmat ko‘rsatuvchi urf-odatlar mavjud bo‘lsa, shu yerda jinoyatchilik darajasi pastdir1.

Jinoyatlarning kelib chiqish sabablari va unga olib kelgan shart-sharoitlar o‘rganib chiqilganida qonunga yoki qonun ijrosiga putur yetkazadigan, unga rioya qilishga to‘sqinlik qiladigan omillarni oilalardan izlash lozimligini ko‘rsatdi. Zotan, har qanday huquqbuzarlikning kelib chiqishida oiladagi nosog‘lom ijtimoiy-ruhiy muhit muhim rol o‘ynaydi.

Hozirda shaxsga qarshi qaratilgan jinoyatlarning 60 foizi oila - turmush sharoitlariga to‘g‘ri kelmoqda. Xususan, oiladagi jinoiy zo‘ravonlik oqibatida qasddan odam o‘ldirish; o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish; qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish; qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish; qasddan badanga yengil shikast yetkazish; qiynash; o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish; nomusga tegish; jinsiy ehtiyojini zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish; ayolni jinsiy aloqa qilishga majbur qilish; ayolni erga tegishga majbur qilish yoki to‘sqinlik qilish; zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish; haqorat qilish; bezorilik va boshqa shu kabi jinoiy xatti-harakatlar sodir etilmoqda.

Hayot tajribasi va kuzatishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, bir tuzumdan ikkinchisiga o‘tish davrida jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, madaniy, maishiy va boshqa sohalaridagi obyektiv qiyinchiliklar oila-turmush munosabatlari doirasida zo‘ravonlik bilan jinoyatlarning sodir etilishini taqozo etadi. Buning asosiy sabablari ijtimoiy hayotdagi yangidan-yangi determinantlarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Oiladagi jinoiy zo‘ravonliklarning oldini olish, birinchidan, jamiyatda

1 Qarang: Криминология: Дарслик.–Т., 1996. –B. 196–97.

Page 5: Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan oilalar bilan ishlashda

5

mavjud salbiy illatlarning, shu jumladan, oiladagi ma’naviy-ruhiy muhitni sog‘lomlashtirish, uning sodir etilishini taqozo etuvchi sabab va sharoitlarini aniqlash, ikkinchidan, o‘rganilgan sabab va sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy va tashkiliy sohalarda kompleks umumijtimoiy va maxsus kriminologik tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishni talab qiladi. Mazkur talab bevosita profilaktika inspektorlari zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi.

Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb bayrami munosabati bilan yo‘llagan tabrigida profilaktika inspektorlarining malakasi va professional mahoratini oshirish g‘oyat muhim vazifalar-dan biri ekanligiga to‘xtalib: «Yuksak professionalizm, xushmuoma-lalik, odamlar orasiga kirib borish, yoshlar qalbiga yo‘l topa bilish, oila va maktab o‘rtasida mustahkam aloqa o‘rnatish – har bir profilaktika inspektorining asosiy xususiyatlari bo‘lmog‘i darkor»1ligini ta’kidla-gan. Profilaktika inspektorlarining bu kabi xususiyatlarga ega bo‘lishi ular oldiga qo‘yilgan vazifalarning muvaffaqiyatli ado etilishini kafolatlovchi muhim omil sanaladi. Profilaktika inspektorlarining bu boradagi faoliyatini tashkil etishda albatta, jamoatchilik institutlarining o‘rni va roli beqiyosdir.

Shu tariqa ijtimoiy xavfli ahvolda bo‘lgan oilalar bilan ishlashda profilaktika inspektorlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzuridagi jamoat tuzilmalari ko‘z o‘ngimizda maxsus subyekt sifatida gavdalanadi. Natijada ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan oilalar bilan ishlashda profilaktika inspektorlari va fuqarolar-ning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzuridagi jamoat tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni samarali tashkil etish lozimligi ham mantiqan, ham mazmunan, ham davr talabi bilan asoslantiriladi.

Aynan shu kabi talab va ehtiyojlarning mavjudligi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzuridagi jamoat tuzilmalarining faoliyatini tartibga solib turuvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish zaruratini keltirib chiqardi. Natijada 2013-yil 15-martda O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi qonuni yangi tahrirda qabul qilingan bo‘lsa, 2013-yil 7-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 274-

Page 6: Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan oilalar bilan ishlashda

6

sonli qarori bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qoshi-da tashkil etilgan to‘qqizta komissiya, shular jumlasidan, yarashtirish, ma’rifat va ma’naviyat masalalari, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlar bilan ishlash, voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari bo‘yicha komissiyalarning Namunaviy nizomlari, shuningdek «Fuqarolar yig‘inining «Mahalla posboni» jamoatchilik tuzilmasi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi 2014-yil 4-mart 47-sonli qarori bilan fuqarolar yig‘inining «Mahalla posboni» jamoatchilik tuzilmasi to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlandi.

Yangi tahrirda tasdiqlangan ushbu nizomlarda jamoat tuzilmalari faoliyatining umumiy qoidalari, jamoat tuzilmalari a’zolarining funksiya va vazifalari, huquq va majburiyatlari qaytadan belgilandi.

Qo‘llanmada ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan oilalar bilan ishlashda profilaktika inspektorlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzuridagi jamoat tuzilmalar o‘rtasidagi hamkor-likka oid masalalar, shuningdek bu borada profilaktika inspektorlari tomonidan amalga oshiriladigan vazifalarning qisqacha mazmuni yoritilgan.

O‘ylaymizki, qo‘llanma tinglovchi va kursantlar, tadqiqotchilar, shuningdek ichki ishlar organlarining profilaktika xizmatlarida ish-layotgan amaliyot xodimlarining ushbu mavzuga doir bilim va ko‘nik-malarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Page 7: Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan oilalar bilan ishlashda

7

I bob. IJTIMOIY JIHATDAN XAVFLI AHVOLDA BO‘LGAN OILALARNING IJTIMOIY-HUQUQIY TAVSIFI

1.1. «Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda

bo‘lgan oila» tushunchasi O‘zbek xalqining mentaliteti, urf-odatlari va qadriyatlaridan

ma’lumki, oila azal-azaldan millatimiz ustuni, davlat siyosatining asosi sanalib kelingan. Hattoki buyuk sarkarda Amir Temur ham farzandlar tarbiyasiga, ularning oila qurishi masalasiga davlat siyosati darajasida o‘z e’tiborini qaratganlar. Biroq har qanday zamonda va makonda jamiyatga qarshi fikrlaydigan, o‘rnatilgan axloq-odob normalariga zid qilmishlar sodir etadigan kimsalar uchraydi. Bunday kimsalar esa o‘z-o‘zidan ma’lum, bir oilada tarbiya ko‘rgan yoki oila boshqaruviga va farzand tarbiyasiga mas’ul bo‘lgan. O‘zbek xalqida bir maqol bor «Qush uyasida ko‘rganini qiladi». Demakki, bu kabi oilalarda o‘rtacha uch yoki to‘rt nafar farzand unib-o‘ssa, kelajakda uch yoki to‘rtta oila farzandlarining tarbiyasi va oilaviy muhiti aynan ularning qo‘lida bo‘ladi. Shu bois bu masalaga xalqimiz qadimdan jiddiy e’tibor berib, farzand tarbiyasiga nafaqat ota-ona, balki yetti mahalla ahli mas’ulligiga alohida urg‘u berishgan. Ammo ayni paytda so‘z jinoyat sodir etishga moyil yoki salbiy xulq-atvorga ega farzand, boshqacha aytganda ijtimoiy xavfli ahvolda bo‘lgan voyaga yetmagan haqida emas, balki ijtimoiy xavfli ahvolda bo‘lgan oila xususida yuritilmoqda.

Ayni paytda farzand tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi va ijtimoiy salbiy muhitga ega oilalarga nisbatan turlicha ta’riflar va qarashlar mavjud. Chunonchi, «janjalkash oila», «nizoli oila», « ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan oila» kabi tushunchalarning ishlatilishi shular jumlasidandir.

Ma’lumki, barcha shaxslar birinchi tarbiyani oilada oladi va jamiyatga mustaqil qadamni oila orqali qo‘yadi. Oiladagi muhit sog‘lom bo‘lsa, u yerda tarbiyalanayotgan voyaga yetmaganlar tarbiyasi to‘g‘ri tashkil etilgan, xulq-atvori va ta’lim olish jarayoni nazorat ostiga olingan bo‘ladi. Bunday oilalarda ota-ona va oilaning boshqa a’zolari tomonidan g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar qilish, voyaga

Page 8: Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan oilalar bilan ishlashda

8

yetmaganlarni turli g‘ayriijtimoiy illatlarga jalb etish kabi salbiy harakatlar sodir etilmaydi. Chunki, bu toifadagi oilalar jamiyat uchun xavf-xatar keltiradigan farzandlarni tarbiya qilmaydi.

Biroq, jamiyatda shunday oilalar ham borki ular jamiyat hayoti uchun keltirayotgan salbiy oqibatlarni tasavvur etish ham, juda qiyin. Bunday oilalar «ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan oila» deb e’tirof etilib, alohida toifadagi oila hisoblanadi.

Garchi «ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan oila» tushun-chasi mazmun-mohiyati bilan keng ma’noga ega bo‘lsa-da, ammo noto‘liq bo‘lgan va ba’zan huquqbuzarliklar sodir etilib turiluvchi oilalarni ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan oila deb e’tirof etish noto‘g‘ridir. Negaki, O‘zbekiston Respublikasining «Voyaga yetma-ganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida»gi 2010-yil 29-sentabr qonunining 3-moddasida ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan oila tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: «ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan oila – ota-ona yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslar voyaga yetmaganlarni ta’min-lash, tarbiyalash va ularga ta’lim berish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlayotgan yoki lozim darajada bajarmayotgan yoxud ularning xulq-atvoriga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan yoki ular bilan shafqatsiz muomalada bo‘layotgan oila»1.

Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan oilada yashovchi er-xotin o‘rtasida vujudga keladigan nizolarning kriminologik va psixologik xususiyatlari, oqibatlari hamda o‘ziga xos jihatlari bevosita boshqa nizolardan tubdan farq qiladi. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, oilaning ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolga kelishiga oilada nosog‘lom turmush tarzini yuritish, oila a’zolari o‘rtasida samimiy munosabatlarning mavjud emasligi, erkakning o‘z manfaatini ayollar manfaatidan ustun qo‘yishi kabi holatlar birmuncha ko‘proq kuzatiladi. Bunday holatlar oilada shaxs huquqlari poymol bo‘lishiga olib keladi.

Ta’kidlash joizki, fuqarolar oilaviy munosabatlardan kelib chiqib huquqlarni o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etadilar. Oila a’zolarining o‘z huquqlarini amalga oshirishlari hamda o‘z majburiyatlarini bajarishlari

1 Ўзбекистон Республикасининг «Вояга етмаганлар ўртасида назорат-

сизлик ва ҳуқуқбузарликларнинг профилактикаси тўғрисида»ги 2010 йил 29 сентябрь қонуни // Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. –2010. –39-сон.–341-м.

Page 9: Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan oilalar bilan ishlashda

9

oilaning boshqa a’zolari va o‘zga shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini buzmasligi shart1. Zero, har qanday huquqbuzarlikning sodir etilishida shaxsning konstitutsiyaviy huquq va erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati poymol etilgan bo‘ladi. Bu ayrim huquqiy ongi va madaniyat darajasi rivojlanmagan shaxslar ma’lum sabablarga ko‘ra, o‘z huquq va erkinligini himoya qilish u yoqda tursin, ularni bilish va anglashga ham qodir emasligidan dalolat beradi.

Aytish joizki, har qanday voqea-hodisaning, shu jumladan, jinoyatlarning sodir etilishida ma’lum faktorlarning, ya’ni omillarning ta’sir etishi ma’lum oqibatning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Ushbu tadqiq etilayotgan hodisani vujudga keltiruvchi bir qator kriminogen omillarning ta’siri oilada shaxslar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar jarayonida yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan oilada nizolar, xususan er-xotin o‘rtasidagi nizolar, ziddiyatlar sodir etiladi. Jumladan, ayrim tadqiqotlarda ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan oilada er-xotin o‘rtasidagi nizo, kelishmovchilik, janjallarning vujudga kelishini taqozo etuvchi kriminogen omillar hamda uning oiladagi nosog‘lom ijtimoiy-ruhiy muhit bilan chambarchas bog‘liq ekanligi atroflicha tadqiq qilinadi.

Tadqiqot jarayonida o‘tkazilgan so‘rovnomada ichki ishlar organlari xodimlarining «Oiladagi zo‘ravonlikning sodir etilishiga olib kelgan nizolarning sabablari nima?», degan savolga 17,4 foizi oilada erkak kishining spirtli ichimlikka ruju qo‘yganligi, 15,8 foizi er va xotin o‘rtasidagi psixologik kelishmovchilik, 8,4 foizi oila a’zolarining burch va vazifalarini bajarmasligi, 12,1 foizi oiladagi moddiy yetishmovchilik va qiyinchiliklar, 10,2 foizi oila a’zolarining bir-birini mensimasligi, hurmat qilmasligi, kamsitishi, haqorat qilishi, 13,6 foizi xotinning jinsiy zaifligi yoki erga xiyonatkorligi, 4,1 foizi erning jinsiy zaifligi yoki xotiniga xiyonat qilishi, 9,0 foizi oilada erkak kishining o‘z hukmronligini o‘rnatishga intilishi, 3,1 foiz oilada ayol kishining o‘z hukmronligini o‘rnatishga intilishi, 6,3 foiz holatda esa qaynona va kelin o‘rtasidagi kelishmovchilik sabab bo‘lishini aytishgan.

Shuningdek, oilada jinoiy zo‘ravonlik sodir etganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga

1 Qarang: Фуқаролик ва оила ҳуқуқи: Маърузалар курси / Ж.Т.

Холмўминов, С.Н. Норматов, Н.А. Қўлдошев. – Т., 2008. – B.481.

Page 10: Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan oilalar bilan ishlashda

10

asosan jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslarning sud arxividagi jinoyat ishi yig‘majildlarini o‘rganish jarayonida shu holat aniqlandiki, oilada nizoning kelib chiqishida 21,3 foiz mastlik, 10,1 foiz yetishmovchilik, 13,2 foiz kelishmovchilik, 7,4 foiz mensimaslik, 16,8 foiz janjal, 10,3 foiz rashk yoki xiyonat, 9,7 foiz adovat, 6,1 foiz mol-mulk talashish, 5,1 foiz haqorat qilish sabab bo‘lganligi aniqlandi.

Shuni ta’kidlash joizki, oila-turmush munosabatlari har doim ham bir tekisda silliq, risoladagiday kechavermaydi. Uy-ro‘zg‘or yumush-larini bajarish, er-xotin va oila a’zolarining burchi, ota-onaning farzandlar oldidagi majburiyati hamda farzandlarning kattalar oldidagi burchlarini ado etish jarayonida shaxsiy manfaatlar to‘qnashadi. Ayrim hollarda ularning fikr va qarashlaridagi ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar, kelishmovchilik va anglashilmovchiliklar shaxslararo nizolar tarzida namoyon bo‘lib, oiladagi jinoiy zo‘ravonlikni keltirib chiqaradi.

Psixolog Charlz Likson nizolar va ularni keltirib chiqaruvchi omillar to‘g‘risida o‘z fikr va mulohazasini bildirib, nizoning inson ruhiyatiga salbiy ta’siriga «nizo bu hayot normasi», deb yozadi. U ko‘p yillik advokatlik va amaliyotchi psixologlik tajribasidan kelib chiqqan holda, oilaviy nizolar xususida o‘z fikrlarini bayon etadi. Uning fikricha, oilaviy nizo ma’lum ma’noda shaxs taraqqiyotini boshlab beruvchi ilk nuqtadir. Shu bois, bunday nizolar pozitiv nuqtai nazardan baholanishi mumkinligi, ushbu nizo yuz berayotgan jarayonda er-xotin va bolalarning unga nisbatan munosabati hamisha salbiy bo‘lishini ta’kidlaydi1.

Oilada er-xotin o‘rtasidagi nizolarni bolalar o‘rtasidagi hamda ota-onalar bilan farzandlar orasidagi kelishmovchiliklardan farq qilishini alohida e’tirof etish lozim2. Er-xotin o‘rtasidagi nizolar asosan jinsga oid tafovutlarning borligi, doimiy hukmronlik yoki zo‘ravon-likka intilish hislarining mavjudligidan kelib chiqadi. Bu holat oilada tarbiyalanayotgan farzandlar ongi va tasavvuriga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, inson xulq-atvorining shakllanishi ko‘p jihatdan oiladagi muhit ta’siriga bog‘liq bo‘lib, oiladagi bolalarning

1 Qarang: Ликсон Ч. Конфликт. Семь шагов к миру. – СПб., 1997.

– С. 17; Кадирова А.Т. Ўсмирларда оилавий низолар тўғрисида ижтимоий тасаввурларнинг шаклланиши: Псих. фан. номз. ... дис. –Т., 2007. – B. 20.

2 O‘sha joyda.

Page 11: Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan oilalar bilan ishlashda

11

kattalarga taqlid qilishi asosida rivojlanib boradi. Shu nuqtai nazardan, oiladagi jinoiy zo‘ravonlikning mavjudligi, ya’ni ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan farzandlarga nisbatan jismoniy, ruhiy, jinsiy va boshqa shaklda sodir etilayotgan zo‘ravonliklar sharoitida o‘sayotgan bolalar tarbiyaga befarq bo‘lib qoladi, maktab ishlariga qiziqmaydi, aksincha zo‘ravonlik holatlari aks ettirilgan filmlarni qiziqib tomosha qiladilar va bunday filmlarning qahramonlariga o‘xshashga taqlid qiladilar.

Agar oilada g‘ayriijtimoiy nosog‘lom muhit mavjud bo‘lsa, u yerda salbiy xususiyatlarning shakllanish ehtimoli ancha yuqori bo‘ladi. Oiladagi ma’naviy-pedagogik zaiflikning yana bir ko‘rinishi undagi nosog‘lom ma’naviy-ruhiy muhit, g‘ayritabiiy munosabatlar, nizolar, janjallar, kelishmovchiliklar, qo‘pollikning mavjudligi, birlik-ning, bir-biriga g‘amxo‘rlikning yo‘qligi1 shaxsda g‘ayriijtimoiy salbiy xususiyatlarning shakllanishini ta’minlovchi omil sanaladi.

Shaxsda g‘ayriijtimoiy xususiyatlarning shakllanishiga oiladagi muhit o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bu shundan dalolat beradiki, nosog‘lom oilada yashovchi shaxslar deyarli boshqalarga qaraganda o‘zini tutishi va xulq-atvori bilan ajralib turadi. Bu, o‘z navbatida, oilada jinoiy zo‘ravonlik sodir etilishini ta’minlovchi kriminogen vaziyatlarni keltirib chiqaradi.

Tadqiqot davomida o‘tkazilgan so‘rovnomada ishtirok etgan ichki ishlar organlarining profilaktika xizmati xodimlari «Siz xizmat qilayotgan hududda oiladagi jinoiy zo‘ravonlik asosan qaysi oilalarda sodir etilmoqda?», degan savolga 32,4 foiz ichki ishlar idoralari ro‘yxatiga olingan janjalkash oila, 23,1 foiz spirtli ichimlik iste’mol qiluvchi, 12,6 foiz kam ta’minlangan, 5,7 foiz o‘ziga to‘q bo‘lgan, 8,2 foiz giyohvandlik moddasini iste’mol qiluvchi, 13,8 foiz muqaddam sudlanganlar, 4,2 foiz ota-ona o‘gay bo‘lgan oilalarda sodir etilishini aytishgan. Ushbu savolga profilaktika xizmati bilan hamkorlikda faoliyat olib boruvchi jamoat tuzilmalari a’zolarining 26,5 foizi ro‘yxatga olingan janjalkash oila, 29,8 foiz muqaddam sudlanganlar, 25,5 foizi spirtli ichimlik iste’mol qiluvchilar, 8,9 foiz ota-onasi o‘gay bo‘lgan, 6,4 foiz oilasi qayta qurilganlar, 2,9 foizi esa kam ta’minlangan oilalarda sodir etilishini ta’kidlashgan.

1 Qarang: Криминология: Дарслик. –Т., 1996. – B. 144.

Page 12: Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan oilalar bilan ishlashda

12

Jinoiy ishlarni o‘rganish chog‘ida ushbu jinoyatlarning sodir etilishiga turtki bergan zo‘ravonlikning motivini tahlil qilish shuni ko‘rsatmoqdaki, 27,6 foiz hammaning oldida o‘zini nimaga qodir ekanligini ko‘rsatish, 13,4 foiz o‘ch olish, 21,6 foiz qo‘rqitib bo‘ysundirish, 17,4 foiz rashk, 11,3 foiz mol-mulkka ega bo‘lish, 8,7 foiz jabrlanuvchidan qutilish maqsadi shaxsning xulq-atvorida g‘ayriijtimoiy salbiy xususiyatlar shakllanishiga olib kelgan.

Kriminologik adabiyotlarda ko‘rsatilishicha, shaxsga qarshi jinoyatlarning 60 foizdan ortig‘i maishiy motiv asosida1 oiladagi jinoiy zo‘ravonlik natijasida sodir etilgan. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, ushbu zo‘ravonliklar sodir etilishiga oila a’zolari o‘rtasidagi uzoq davom etgan kelishmovchilik va nizolar ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Oila-turmush doirasidagi nizo va kelishmovchiliklar oqibatida sodir etilgan jinoyatlar o‘rganilganida shaxs hayoti va sog‘lig‘iga qarshi sodir etilgan jinoyatlar sabablarining asosiy qismi oiladagi kelishmovchilik va murosasizlikning oqibati ekanligi aniqlandi.

Ta’kidlash kerakki, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan oila ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifadagi oilalarga nisbatan ko‘proq e’tiborni, tarbiyaviy-profilaktik nazoratni, qolaversa maxsus ijtimoiy-huquqiy himoyani talab qiladi. Chunki, bu toifadagi oilalarni nazoratsiz, qarovsiz va e’tibordan chetda qoldirish bevosita ushbu oilalarda tarbiyalanayotgan voyaga yetmaganlarni jinoyat yo‘liga kirib ketishiga olib keladi.

Shu o‘rinda ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan voyaga yetmaganlar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tish joiz. Chunki ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan oilalarda yashovchi voyaga yetma-ganlar ko‘pincha huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘ladi.

Oiladagi nosog‘lom vaziyatlar va tashqi muhit voyaga yetmagan-larning shaxsiga nihoyatda tez ta’sir qiladi, bunday ta’sir qilish natijasida voyaga yetmaganlarda jamiyatga zid salbiy xislatlar shakllanib boradi.

Kriminogen omillarga kelganda, ularda mavjud bo‘lgan xulq-atvor va ular asosida shakllanadigan qoliplar (stereotiplar) faqatgina bevosita salbiy ta’sirlar bilan emas, balki ko‘p hollarda, voyaga yetmagan shaxsning nomaqbul turmush sharoiti va tarbiyasi ijtimoiy nazoratning susaytirilganligi; kriminogen vaziyatga o‘z vaqtida e’tibor berilmaganligi; tarbiyachilar tomonidan bu shaxslarning shaxsiyatidagi ijtimoiy-psixologik

1 Qarang: Криминология: Учебник. – Алматы, 2006. –С. 348.

Page 13: Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan oilalar bilan ishlashda

13

va individual xususiyatlar yetarlicha hisobga olinmaganligi, shuningdek tarbiyani qiyinlashtiruvchi hollarga bog‘liq bo‘ladi1.

Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining ijtimoiy-psixologik asoslari allaqachon shakllanib ulgurgan individual qarashlar va tasavvurlar yoki ma’naviy sifatlarning ishlanmaganligi, yuzaga kelgan murakkab vaziyatni to‘g‘ri baholay olmaslik, o‘z xatti-harakatini ijtimoiy zaruriyat talablari bilan o‘lchay olmaslik layoqati hisoblanadi2.

Voyaga yetmaganlar huquqbuzarligining kriminologik xususiyat-larini quyidagicha tushuntirish mumkin. Voyaga yetmagan yoshda inson shaxsi shakllanadigan davr hisoblanadi. Ushbu bosqichda shaxs nihoyatda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Voyaga yetmaganlarda o‘zini nazorat qilish yetarlicha rivojlanmaganligi, bunday hodisalar natijasida yuzaga keladigan «ijtimoiy turg‘unlik» tufayli jamiyatga moslashuv nuqsonlari g‘ayriijtimoiy qilmishlar ko‘rinishida nisbatan oson namoyon bo‘ladi, ba’zan esa barqaror xulq-atvor sifatida mustahkamlanadi, vaqt o‘tgan sari tuzalishi qiyin bo‘lib boradi. Inson o‘z hayotidagi eng jiddiy qarorlarni, masalan, kasb tanlash, oila qurish va shu kabilarni aynan mana shu yoshda, ya’ni o‘zining hayot tajribasi eng kam bo‘lgan yoshda qabul qiladi, agar u o‘zi qabul qilgan qarorini keyinchalik muvaffaqiyatsiz deb baholaydigan bo‘lsa, u holda ishonchsizlik uning xulq-atvoriga nihoyatda yomon ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan oilalar bilan tarbiyaviy profilaktik ishlarni tashkil etishda oilada er-xotin va farzandlarning tarbiyasi, o‘zini tutishi, xulq-atvori kabi xususiyatlarini inobatga olish kerak. Tarbiyasi og‘ir o‘smir o‘z qilmishlarini tashqi ta’sir ostida amalga oshiradi. Uning xatti-harakatlarida o‘zgaruvchanlik va muhitga bog‘liqlik mavjuddir.

1.2. Oilani ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolga olib keluvchi omillar

Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan oila shaxsning ma’naviy

shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday oilalardagi salbiy jarayonlar nafaqat oilada tarbiyalanayotgan voyaga yetmaganlarga, balki jamiyat uchun o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi. Bu borada

1 Криминология. – М., 1995. – С. 255–298. 2 Сахаров А.Б. Правонарушения подкостка и закона. – М., 1967. – С.

43–44.

Page 14: Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan oilalar bilan ishlashda

14

huquqshunos professorlar Z. Zaripov va I. Ismailovlar shunday deydi: «Oila shaxsning ma’naviy shakllanishida cheksiz, hatto noyob, hech bir boshqa muhitda bo‘lmagan imkoniyatlarga egadir»1.

Darhaqiqat, oiladagi nosog‘lom ijtimoiy-ruhiy muhit sabablarini o‘rganish borasida turli davrlardan boshlab har xil soha mutaxassislari tomonidan qator tadqiqotlar olib borilgan. Bu muammoga bag‘ishlangan ilmiy izlanishlar esa, asosan har bir millat mentaliteti, o‘sha jamiyatda ustuvor bo‘lgan oilaviy qadriyatlar, urf-odatlar va marosimlar doirasida turli tadqiqotlarning predmeti bo‘lib kelgan. Zero, oilada tarbiyalanayotgan farzandlarning jismonan va ruhan sog‘lom voyaga yetishlarida bevosita oila a’zolari o‘rtasidagi sog‘lom ijtimoiy munosabatlarning xarakteriga bog‘liq.

Ta’kidlash joizki, oilaning shaxs ma’naviy shakllanishidagi kriminologik ahamiyati shundaki, inson shaxsining poydevori shu joyda quriladi. Inson o‘zini o‘rab olgan dunyo haqidagi dastlabki bilimni, axloq normalari haqidagi dastlabki tasavvurni, birinchi tarbiyaviy saboqni oilada oladi, shaxs sifatida esa dastlabki qadamni oilada qo‘yadi. Shuning uchun inson tarbiyasi u tug‘ilgan kundan boshlanmog‘i lozim2. Chunki oila bolaga muayyan g‘oyaviy-siyosiy qarashlar asoslarini singdiradi, bola oilada axloq normalarini bilib oladi va ularni o‘zlashtiradi, undagi dastlabki ko‘nikmalar va xulq-atvor namunalari oilada shakllanadi3 hamda bolaning xarakterini, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar – yaxshilik va ezgulik, olijanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir4. Zero, «hech kim onadan jinoyatchi bo‘lib tug‘ilmaydi. Jinoyatchilik nomaqbul ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy muhitda-gina ildiz otishi mumkin»5.

Shunday ekan, tarbiyaning asosiy o‘zagiga oilada poydevor qo‘yiladi va bu tarbiya uning butun umri davomida berilgan boshqa ta’lim tarbiyaga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Tadqiqotchi M. Yo‘ldoshevning

1 Зарипов З., Исмаилов И. Криминология: Дарслик. –Т., 1996. – B. 141. 2 Криминология: Дарслик. –Т.,1996. – Б.140; Исмаилов И. Жиноятчи-

ликда уюшганлик: назария ва амалиёт. –Т. 2005. – B. 97. 3 Оила маънавияти: Ўқув қўлланма / О.Б. Ота-Мирзаев., М.Х. Ғаниева.,

Н. Латипова. ва бошқ. –Т., 2007. – B. 9. 4 Каримов И.А. Юксак маънавият ─ енгилмас куч. ─ Т., 2008. – B. 52. 5 Каримов И.А. Бунёдкорлик йўлидан.Т.4. –Т., 1996. – B. 147.

Page 15: Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan oilalar bilan ishlashda

15

fikricha, « tarbiyadan gap ochishdan ilgari oila va undagi ruhiy muhit haqida so‘z yuritish lozim bo‘ladi»1.

Darhaqiqat, oiladagi muhit shaxsning shakllanishida o‘zining ijobiy yoki salbiy ta’sirini ko‘rsatadi. Buni ortiqcha izohlashga hojat yo‘q. Chunki hayotning sinovlari buni yaqqol ko‘rsatib turibdi. Oiladagi nosog‘lom ijtimoiy-ruhiy muhit nafaqat oilada tarbiyalanayot-gan farzandlarning, balki oila a’zolarining axloqqa zid xatti-harakatlar sodir etishiga va ular o‘rtasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar jarayoniga ta’sir etadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, qonunbuzarlik sodir qilgan voyaga yetmaganlarning 42–45 foizi ota-onasi ichkilikbozlikka berilgan, muntazam ravishda janjal va nizolar kelib chiqadigan nosog‘lom oilalarda yashaydi2.

Shuningdek, o‘tkazilgan ayrim tadqiqotlarda qayd etilishicha, «Ota-onalar tomonidan zulm ko‘rsatilgan bolalar va o‘smirlar» dasturi asosida ishlayotgan bir guruh amerikalik psixiatrlar tomonidan 76 ta zolim ota-onalar shaxsi o‘rganilib chiqilganda ularning faqat 7 foizi ruhiy sog‘lom bo‘lib qolganlari, ya’ni 25 foizi ichkilikbozlar, 68 foizi esa jamiyatga zid turmush tarzi yurituvchi shaxslar ekanligi aniqlangan3. Hayot tajribasi va kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, nafaqat oilada sodir etiladigan har qanday g‘ayriijtimoiy salbiy oqibatlar, balki har qanday jinoyatlar sodir etilishida oiladagi muhitning ta’siri katta bo‘ladi. Ayniqsa, ota-onaning salbiy ma’naviy axloqi oila muhiti va farzandlar tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatadi.

Ta’kidlash joizki, ijtimoiy shart-sharoitning jinoiy xulq-atvor bilan aloqasi murakkab xususiyat kasb etadi4. Ba’zi hollarda bunday xulq-atvor jinoyatning sodir etilishiga olib keladi.

Bunday nosog‘lom oilalardagi muhitning ta’siri u yerda o‘sib kelayotgan voyaga yetmaganlar tarbiyasiga tahdid soluvchi xavf desak mubolag‘a bo‘lmas. Chunki har qanday jinoyatning ijtimoiy xavfi Ch.

1 Йўлдошев М. Оилада руҳий муҳит ва унинг тарбияга таъсири. –Т.,

2004. – B. 5. 2 Исмаилов И. Вояга етмаганлар жиноятчилигига қарши кураш

чоралари ҳақида // Мустақил Ўзбекистон: фалсафа ва ҳуқуқ фанларининг долзарб муаммолари. –Т., 1994. –B. 275.

3 Клевцова Н.А.Убийства детей, совершаемые в семье // Российский следователь. –2009. – №13. –С. 16–17.

4 Абдурасулова Қ.Р. Профилактика – тарбиявий чора-тадбирлар асоси // Воla va zamon. –2008. – №14. – B. 24.

Page 16: Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan oilalar bilan ishlashda

16

Bekkariyaning mashhur «Jinoyat va jazo» asarida ta’kidlanganidek, millatga yetkazgan zarari bilan belgilanadi. Ya’ni, jinoyatning ijtimoiy xavfi faqat muayyan shaxsga yoki boshqa bir obyektga yetkazilgan moddiy yoki ma’naviy zarar bilan emas, balki butun jamiyatga ta’sir qiladigan salbiy oqibatlari bilan o‘lchanishi lozim. Oila hayotiga zo‘ravonlikning, ayniqsa, uning jinoiy ko‘rinishlarining kirib kelishi oila tarbiyasining axloqiy, insonparvarlik asoslarini buzadi, bolalar qarovsizligi va nazoratsizligini kuchaytiradi, voyaga yetmaganlarning spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari iste’mol qilishga, fohishabozlikka va jinoiy faoliyatga jalb etilishini faollashtiradi.

Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, oilada zo‘ravonlikning sodir etilishini taqozo etuvchi va uni ta’minlovchi kriminogen omillar bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, oiladagi nosog‘lom turmush tarzi oqibatida vujudga kelgan salbiy odatlarning oqibatidir. Ma’lumki, inson shaxs sifatida oilada shakllanadi, ijtimoiylashuv jarayonida oila individga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi uning muayyan ijtimoiy qiyofasini shakllantirishi lozim1. Oiladagi muhit shaxsning shakllanishida o‘zining ta’sirini o‘tkazishi bilan birga unda ma’naviy-axloqiy fazilat va xususiyatlarning rivojlanish jarayonini ta’minlaydi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki, oila o‘zining tarbiya qilish, ishontirish va jazolash, g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarning oldini olish tizimiga ega.

Q. R. Abdurasulova ta’kidlaganidek, insonning his-tuyg‘ulari va fikrlari, aqliy va ma’naviy xususiyatlari uning rivojlanish va yashash sharoitlari bilan belgilanadi. Shuningdek, jinoyatlarning kelib chiqish sabablari va unga olib kelgan shart-sharoitlarni o‘rganish natijasida qonunga yoki qonun ijrosiga putur yetkazadigan, unga rioya qilishga to‘sqinlik qiladigan omillarni oilalardan izlash lozimligi yanada yaqqol namoyon bo‘lishini bildiradi2. Zotan, har qanday huquqbuzarlikning kelib chiqishida oiladagi nosog‘lom ijtimoiy-ruhiy muhit muhim rol o‘ynaydi.

Rus kriminolog olimi Yu. M. Antonyanning ta’kidlashicha, nosog‘lom oilalarda jinoyatchilar har tomonlama sog‘lom oilalarga

1 Хўжаниёзов Т. Оила тарихи ва ҳуқуқ. –Т., 2006. – B. 252. 2 Абдурасулова Қ.Р. Жиноятнинг махсус субъекти: Ўқув қўлланма. –Т.,

2005. – B. 124.

Page 17: Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan oilalar bilan ishlashda

17

nisbatan 9–10 marta ko‘p yetishib chiqadi1. Bunday oilalardagi nosog‘lom muhitning ta’siri oilada, oila a’zolarining o‘rtasida janjal, kelishmovchiliklarning yoki shaxsda g‘ayriijtimoiy xususiyatlarning shakllanishini taqozo etadi. Shaxsda tajovuzkorlikning shakllanishi oila ichidagi ziddiyatlar (urush-janjallar, mojarolar), zo‘ravonliklarga «o‘rganish», zo‘ravonlik bilan jinoiy xulq-atvor borasida ibrat ko‘rsa-tish (ichkilikbozlik, shafqatsizlik), oiladagi zo‘ravonlik omillariga qarshilik ko‘rsatmaslik va boshqalarga olib keladi2.

Kriminologik nuqtai nazardan qaraganda, oiladagi nosog‘lom ijtimoiy-ruhiy muhit kriminogen vaziyatlarni keltirib chiqaradi. Xususan, tadqiqot davomida o‘rganilgan jinoiy ishlar tahliliga ko‘ra 42 foiz jinoyat sodir etgan shaxslarning oilasida nosog‘lom muhit hukmron bo‘lgan, 27 foiz oiladagi shaxslar o‘rtasida adovatning mavjud bo‘lganligi va faqatgina 14 foiz holatda bu jinoyatlar tasodifiy sodir etilganligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu oilalarda nosog‘lom muhit oqibatida yuzaga kelgan nizo yoki adovatning jinoiy yo‘l bilan hal etilishi natijasida oiladagi jinoiy zo‘ravonlik jinoyatlari sodir etilgan. Bu shundan dalolat beradiki, bu oilalarda nosog‘lom ijtimoiy-ruhiy muhitning hukmron ekanligi, shaxslar o‘rtasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarning samimiy emasligi, ayniqsa, kelishmovchilik va janjallar ularning kundalik oila-turmush jarayonida odatiy holga aylangan. Holbuki, ushbu zo‘ravonliklarni sodir etgan shaxslarning oilasidagi muhit sog‘lom bo‘lmagan.

Bu masalaga professor M. X. Rustambayev o‘zining munosabatini bildirib, zo‘ravonlik jinoyatlarining sodir etilishida ayblanuvchi shaxs yashab turgan ijtimoiy muhit va yashash turmush tarzi ham muhim o‘rin tutadi3. Chunki oiladagi nosog‘lom vaziyat, urush janjal, oila a’zolari o‘rtasidagi g‘ayriijtimoiy munosabatlar va boshqa noqulay sharoitlar shaxs ma’naviy salbiy shakllanishining asosiy manbai bo‘lib hisoblanadi.

Professor I. Ismailov esa jinoyatchi shaxslarning 50 foizidan ortig‘i to‘liqsiz oilada o‘sganligini, 32 foizi esa ularning oilasi «nosog‘lom oila»lar qatoriga kirishini ta’kidlaydi4. Zero, nosog‘lom

1 Антонян Ю.М. Социальная среда и формирование личности преступ-

ника. – М., 1975. – С.45. 2 Шестаков Д.А. Семейная криминология. –СПб, 1995. – С. 122. 3 Qarang: Криминология: Дарслик. –Т., 2006. – B. 317. 4 Qarang:Исмаилов И. Жиноятчиликда уюшганлик: назария ва амалиёт

муаммолари. –Т., 2005. – B. 77.

Page 18: Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan oilalar bilan ishlashda

18

ijtimoiy-ruhiy muhitdagi shaxsning turmush tarzi yoki shunday holatda namoyon bo‘luvchi «salbiy harakatlari» muayyan jinoyatlarning sodir etilishiga olib keladi. Bu, o‘z navbatida, shaxsning ongini buzadi, bu sohadagi ijtimoiy va ma’naviy qadriyatlarni o‘zgartiradi, ma’naviy qiziqish va ehtiyojlar doirasini toraytiradi1.

Ta’kidlash joizki, oilada sodir etiladigan jinoyatlar o‘ziga xos sabablarga ega ekanligi bilan boshqa jinoyatlardan ajralib turadi. Har qanday jinoyat va huquqbuzarlikning vujudga kelishida bevosita oiladagi muhitning ta’siri muhim ahamiyat kasb etadi. Holbuki, oilada shaxsning ma’naviyati, dunyoqarashi, ongi, tasavvuri, insoniy qadriyatlari va uning xatti-harakatlarining motivatsiyasi shakllanadi.

Tahlillar shuni ko‘rcatmoqdaki, hozirgi kunda oilada sodir etilayotgan zo‘ravonliklarning asosiy qismi muntazam ravishda ichkilikbozlikka ruju qo‘ygan shaxslar va ishsizlar tomonidan sodir etilmoqda. Bunday noxush holatlarga chek qo‘yish, to‘g‘rirog‘i ularning oldini olish uchun, avvalambor, oila mustahkamligi va barqarorligiga uning to‘liq va mukammal bo‘lishiga erishish va oilada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish lozim. Zero, oiladagi sog‘lom ma’naviy muhit odamiylik, insonparvarlik munosabatlari oilada tarbiyalanayotgan farzandlarning ijtimoiy-ruhiy xususiyatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatib oila mustahkamligini ta’minlashga xizmat qiladi.

M. Bo‘riyeva ta’kidlaganidek, oila mustahkamligi birinchi navbatda oila muhitiga bog‘liq. Oila muhiti asosini birinchi navbatda oilaning yadrosi bo‘lmish er-xotin munosabatlari tashkil etadi2. Oilada er-xotin o‘rtasidagi munosabatlar bola tarbiyasida muhim o‘rin egallaydi. Shu bois bolaning kamolotga yetishishida ota-onaning bu ishga mas’ul ekanligi xalqaro va milliy qonunchilikda belgilab qo‘yilgan. Xususan, «Bola huquqlari to‘g‘risida»gi konvensiyaning muqaddimasida «bolaning shaxsi, sog‘lom va har tomonlama uyg‘unlashgan holda kamoloti uchun u oila g‘amxo‘rligida, baxt, mehr-muhabbat va ongni tushunish vaziyatida o‘sishi zarurligi»3, e’tirof etilgan. Bu borada Prezident I.A. Karimov ta’kidlaganidek,

1 Исмаилов И. Уюшган жиноий тузилмалар фаолиятининг олдини

олишни назарий ва ташкилий-ҳуқуқий таъминлаш: Юрид.фан.номз. ... дис. автореф. –Т., 2005. – B. 24.

2 Qarang: Бўриева М. Оила ва унинг вазифалари. –Т., 1998. – B. 7–8. 3 Бола ҳуқуқлари тўғрисидаги конвенция ва унинг Факултатив

протоколлари. –Т., 2009. – B. 12.

Page 19: Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan oilalar bilan ishlashda

19

«bolalarimizning qalbida go‘zallik va ezgulikka intilishni kuchaytirish va shu asosda jamiyatimizning madaniy saviyasini oshirish biz uchun ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi»1.

Oilada nosog‘lom turmush tarzining shakllanishida oiladagi shaxslar o‘rtasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarning o‘rni kattadir. Ushbu munosabatlar shaxsda ijobiy xususiyatlarni shakllanti-rishi mumkin.

Bizningcha, oiladagi nosog‘lom muhitning shakllanish shart-sharoiti uning quyidagilar bilan chambarchas bog‘liqligida namoyon bo‘ladi:

– oila muhitiga tashqi salbiy omillarning ta’sir etishi; – qarindosh-urug‘lar o‘rtasida mehr-oqibat tuyg‘ularining yo‘qligi; – oilada oila a’zolarining spirtli ichimlik, giyohvandlik vositalari

yoki tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishga odatlanganlik; – oila a’zolarining o‘rtasida doimiy janjal va kelishmovchiliklar-

ning mavjudligi va h.k. Nomaqbul turmush sharoitlari ta’sirida yuzaga kelgan shaxsning

salbiy axloqiy-ruhiy xususiyatlari va tashqi obyektiv holatlarning o‘zaro ta’siri jinoiy xulq-atvorni vujudga keltirishi mumkin bo‘lib, bunda salbiy axloqiy-ruhiy xususiyatlar hal qiluvchi rol o‘ynaydi2. Salbiy axloqiy xususiyatlar shaxsni jinoyat sodir etishiga ko‘makla-shuvchi va unga shart-sharoit yaratuvchi muhim omil hisoblanadi. Masalan, 1976-yilda tug‘ilgan fuqaro M. turmush o‘rtog‘i J. tomonidan doimiy ravishda zulmkorlik ko‘rsatilib haqoratlanib kelingan. Ushbu nosog‘lom salbiy axloqiy xususiyatlar natijasida kelib chiqqan o‘zaro kelishmovchilik tufayli fuqaro M. oshxona pichog‘i bilan qurollanib turmush o‘rtog‘i J.ning ko‘krak qismiga jismoniy kuch ishlatish orqali pichoq bilan og‘ir tan jarohati yetkazgan3.

Fikrimizcha, nosog‘lom oiladagi ijtimoiy-ruhiy muhit ta’siri ostida zo‘ravonlik quyidagi kriminogen nizoli holatlarda aks etadi:

1 Qarang: Каримов И.А. Ватанимизнинг босқичма-босқич ва барқарор

ривожланишини таъминлаш – бизнинг олий мақсадимиз. Т.17. –Т., 2009. – B. 55.

2 Бабаяров М.А. Ёшларни ҳуқуқий тарбиялаш муаммолари // Мустақил-лик йилларида юридик фан ва амалиётнинг ривожланиши: Илмий-назарий конференция материаллари. – Т., 2002. – B. 49–51.

3 Qarang: Жиноят ишлари бўйича Наманган шаҳар суди архивининг 1/271-сонли жиноят иши.

Page 20: Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan oilalar bilan ishlashda

20

– uzoq davom etgan va kuchli nizoning jinoyatchi shaxs tashab-busi bilan hal etilishida;

– jabrlanuvchining nizo keltirib chiqaruvchi xatti-harakati natija-sida;

– jinoyatchi va jabrlanuvchining axloqsiz hayot tarzi oqibatida; – jabrlanuvchining huquqqa xilof qilmishi tufayli to‘satdan

vujudga kelgan stress holati oqibatida; – jinoyatchi shaxsning ichki shaxsiy nizosini hal etish jarayonida. Ma’lumki, inson hayoti davomida o‘zini o‘rab turgan ijtimoiy

muhitning ta’siri ostida bo‘ladi. Shu bois uning shakllanishi jarayonida ma’lum kriminogen faktorlar unga ijobiy yoki salbiy ta’sir qiladi.

Jumladan, oiladagi muhitning salbiy ta’siri voyaga yetmagan yoshlarning mavjud munosabatlarga o‘ta ta’sirchan bo‘lishi oqibatida jinoiy ishlar sodir etish ehtimoli bilan xarakterlidir.

Shu bois oilada shaxsning salbiy shakllanishini ta’minlovchi axloqqa zid omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:

– biologik (nasldan-naslga o‘tuvchi xususiyatlar); – oiladagi ma’naviy-ruhiy muhitning zaifligi; – oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar; – axloqqa zid xatti-harakatlar; – oiladagi shaxslar o‘rtasida g‘ayriijtimoiy munosabatlar mavjud-

ligi; – doimiy ravishda nizo, janjal va kelishmovchilikning mavjudligi; – oilada ota-onaning yoki boshqalarning g‘ayriijtimoiy qarashlari; – oilada tarbiyaning yo‘qligi; – milliy qadriyat va an’analarga hurmatsizlik bilan munosabatda

bo‘lish kabilar. Darhaqiqat, bunday oilalardagi salbiy nosog‘lom muhitning

ta’siri oilaviy ajrimlarning ko‘payishi, bolalar tarbiyasida kamchiliklar, shaxslararo o‘zaro munosabatlar zamirida turli xil nizo va mojarolarni keltirib chiqaradi. Holbuki, qachonki oilada osoyishtalik va bir-birini tushunish, er-xotin va bolalar o‘rtasidagi tenglik va o‘zaro bir-birini hurmat qilish hukmron bo‘lsa, buni tabiatning durdonasi deya izohlasak to‘g‘ri bo‘ladi.

Kriminolog olimlarning ta’kidlashicha, oiladagi muhitga xos shart-sharoitlar orasida bevosita oilada shaxs shakllanadigan muhit alohida o‘rin tutadi. Masalan, rus kriminolog olimi Yu. M. Antonyan oiladagi zo‘ravonlikning sababini – ota-onaning farzandga mehr

Page 21: Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan oilalar bilan ishlashda

21

qo‘ymaganligi, ularning tarbiyasiga e’tiborsizligi bilan izohlaydi. Muallifning fikricha, shaxsning bolalikda mehr-muruvvatdan mahrum qilinishi uning ruhiyatida bezovtalik, qo‘rqinch, nafrat kabi hissiyotlarni shakllantiradi. Bu hissiyotlar ongsiz ravishda qayd etib boriladi va murosasiz xulq-atvorning, jumladan, uning eng ashaddiy ko‘rinishi oilada zo‘ravonlikning shakllanishiga olib keladi1. Buning asosiy sababi oiladagi nosog‘lom ijtimoiy-ruhiy muhitning oqibatidir.

Aslida, oilada ota yoki onaning o‘z farzandiga bemehrligi, e’tiborsizligi yoki nazoratsizligi zo‘ravonlikning bir ko‘rinishidir. Nazoratsiz qolganlik bevosita salbiy muhit bilan qo‘shilib, jinoiy xulqni vujudga keltiradi. Natijada voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyatlar sodir etiladi.

Oilada jinoiy zo‘ravonlikning sodir etilishini ta’minlovchi nosog‘lom ijtimoiy-ruhiy muhit jamiyat hayotining barcha sohalarida mavjud bo‘lib, birinchidan, ular bir-biri bilan u yoki bu darajada bevosita yoki bilvosita bog‘liqligini ta’minlovchi vosita biri ikkinchisini yoki ikkinchisi birini ta’sir etishiga olib keladi; ikkinchidan, bu omillar birinchi navbatda shaxsning ongi va ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi hamda unda salbiy ma’naviy-ruhiy xususiyat-larning shakllanishiga ta’sir qiladi; uchinchidan, bu omillar jamiyatda shaxsga salbiy ta’sir etuvchi manbalarni shakllantiradi; to‘rtinchidan, oiladagi salbiy ijtimoiy-ruhiy muhit ta’sirida shaxsda shakllangan dunyoqarash jamiyatda vujudga kelgan ijtimoiy-ruhiy muhit bilan aloqada shaxsning u yoki bu yo‘lni tanlashini taqozo etadi.

Bizningcha, oilada sog‘lom va ma’naviy-ruhiy muhitni shakllantirish har bir ota-onaning burchi bo‘lmog‘i darkor. Chunki oilada tarbiya-lanayotgan bolaga ota yoki onaning salbiy xatti-harakati o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bu masala yuzasidan mashhur pedagog A. S. Makarenko ta’kidlaganidek: «Bizning bolalarimiz oila orqali jamiyatga kirib keladi»2.

Mamlakatimizda «Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishi ham bejiz emas. Chunki, voyaga yetma-ganlar huquqlarini himoya qilish davlat siyosatining asosiy

1 Qarang: Антонян Ю.М. Причины преступного поведения. – М., 1992.

– С. 114. 2 Qarang: Сатарова М. Вояга етмаганларнинг жиноятчилиги муаммо-

лари: Ўқув қўлланма. – Т.,1999. – B. 34; А.С. Макаренко Общие условия семейного воспитания. – М., 1957. –С. 353.

Page 22: Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan oilalar bilan ishlashda

22

yo‘nalishlaridan biri ekanligini isbotlab berdi. Ushbu qonunga asosan davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: bolaning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish; bolaning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik; bolaning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish; bolalarning jismoniy, intellektual, ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ko‘maklashish; bolada huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish; bolalarning ijtimoiy ko‘nikmasiga, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarni kamaytirishga ko‘maklashish1. Shunday ekan, oilada sog‘lom va ma’naviy-ruhiy muhitni shakllantirish har bir ota-onaning burchi bo‘lmog‘i darkor. Chunki, oilada tarbiyalanayotgan bolaga ota yoki onaning salbiy xatti-harakati o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

Oiladagi ijobiy muhit bolaning ham fiziologik, ham ruhiy ehtiyojlarini qondirishi lozim. Ular oilada qancha to‘liq qondirilgan bo‘lsa, shaxsda kelajakka deviant xulq-atvorning shakllanish ehtimoli shuncha kam bo‘ladi2. Bolaning xarakterini, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar – yaxshilik va ezgulik, olijanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir3.

Q. R. Abdurasulova shaxsda salbiy xususiyatlar shakllanishiga olib keluvchi oiladagi noto‘g‘ri ma’naviy va axloqiy tarbiya berishning bir qancha obyektiv va subyektiv holatlar bilan belgilanishini tavsiflab uning eng ko‘p tarqalgan quyidagi obyektiv omillar qatoriga kirishini ta’kidlaydi: a) oiladagi moddiy qiyinchiliklar; b) ota-onaning ish yoki ro‘zg‘or yumushlari bilan qattiq bandligi. Bu bolalarni nazorat qilishni obyektiv tarzda qiyinlashtiradi; d) oila to‘liq emasligi (ota yoki onaning yo‘qligi); e) ota-ona ma’lumot darajasining pastligi, pedagogik bi-limlarning yo‘qligi; f) oilada konfliktli vaziyatning mavjudligi4.

1 Qarang: Ўзбекистон Республикасининг “Бола ҳуқуқлари кафолатлари

тўғрисида”ги 2008 йил 5 январь қонуни // Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлис палаталарининг ахборотномаси. – 2008. – №1. –1-м.

2 Қорахўжаева М.Х. Ёшларни баркамол инсон қилиб тарбиялашда бой маънавий меросимиздан фойдаланиш // Соғлом турмуш тарзини шакллан-тиришнинг илмий-услубий асослари: Илмий-амалий ва услубий конференция материаллари. –Т., 2007. – B.75–78.

3 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т., 2008. – B. 52. 4 Криминология: Дарслик / Масъул муҳаррир: ю.ф.д., проф. М.Ҳ.

Рустамбоев. – Т., 2008. – B. 71.

Page 23: Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan oilalar bilan ishlashda

23

Oila tarbiyasidagi pedagogik kamchiliklar ijtimoiy-psixologik va kriminologik sohada batafsil tahlil qilinadi. Xususan, bolalarni tegishli darajada tarbiyalay olmaydigan muayyan turdagi oilalarni ajratib ko‘rsatilishida turlicha yondashuvlar uchraydi. Bolalarini tarbiyalashni bilmaydigan, tarbiyalash bilan shug‘ullanmaydigan yoki obyektiv sabablarga ko‘ra ularni to‘g‘ri ta’minlay olmaydigan oilalar ajratib ko‘rsatiladi1. Bunda asosan ota-onaning oilada nosog‘lom turmush tarzini vujudga kelishida asosiy sababchi deb ta’kidlash mumkin.

Latviyalik olim I. E. Klotniyeks «Oiladagi psixologiya» kitobida oiladagi nosog‘lom muhit oqibatida yuzaga keladigan nizolar orasidan, bolaning ko‘z o‘ngida va uning ishtirokida ro‘y beradigan nizolar xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirgan. Uning fikricha: «Oilaviy janjallar, nizolar salbiy emotsional reaksiyalarni keltirib chiqaradi va oiladagi psixologik muhitni buzadi»2. Biroq nafaqat oiladagi nizo yoki janjal, balki oila a’zolarining boshqa salbiy xatti-harakatlari ham shaxsga ma’lum darajada psixologik ta’sir etish orqali oiladagi muhitning buzilishiga sabab bo‘lib xizmat qiladi.

Bu borada Abu Nasr Farobiy quyidagicha ta’kidlagan: «Odamlarga nisbatan ularni birlashtiruvchi boshlang‘ich asosiy kuch insoniylikdir. Shuning uchun ham, odamlar insoniyat turkumiga kirganliklari tufayli o‘zaro inoq tinchlikda yashamoqlari lozim»3. Axloqiy ma’naviy-tarbiyaning maqsadi shaxsda axloqiy fazilatlarni hosil qilish va rivojlantirish, yaxshi xulq-atvor hamda ijobiy xatti-harakatlar, ko‘nikma va odatlarni vujudga keltirishdan iborat.

Chexiyalik olima M. K. Fyugnerova «Bolaning axloqiy tarbiyasi» maqolasida er-xotinning bola ko‘z o‘ngidagi obro‘-e’tibori nima-larga bog‘liq ekanligi borasida «to‘g‘ri tarbiya ota-onaning obro‘-e’tiborisiz ro‘y bermaydi»4 – deb ta’kidlaydi.

1 Антонян Ю.М. Социальная среда и формирование личности

преступника. – М., 1975. – С.37–106. Бабаева М.М. Причины преступности меры борьбы с ней. – М., 1974. –С.29–35; Сахаров А. Правонарушения подростка и закон. – М.,1987. – С.60–103.

2 Клотниекс И.Э. Психология в семье. – М., 1991. – С 30–31. 3 Абу Наср Фаробий. Фозил одамлар шаҳри. –Т., 1993. –B. 187. 4 М. К. Фюгнерова. – В кн.: Хрестоматия ко этике и ксихологии

сеймейной жизни. Учеб. кос. / Сост. И.В. Гребенников, Л.В. Ковинько. – М., 1986. – С. 261–271.

Page 24: Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan oilalar bilan ishlashda

24

Taniqli o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy ta’kidlaganidek, «Tarbiya bizlar uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir»1. Shunday ekan, oilada ma’naviy-ruhiy muhitni sog‘lomlashtirishning eng asosiy yo‘nalishlaridan biri bu tarbiya masalasidir. Shu bois, ota-ona tomonidan oilada tarbiyalanayot-gan farzandlarni yoshligidan boshlab ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega qilib tarbiyalashga alohida ahamiyat berish kerak. Bu esa, o‘z navbatida, oilada oila a’zolarining o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatib, shaxsda jamiyatga nisbatan g‘ayriijtimoiy xulq-atvor va munosabatlarning shakllanishining oldini olishni ta’minlaydi.

Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, zo‘ravonlik sodir etiladigan oilalarda nosog‘lom ijtimoiy-ruhiy muhit hukmron bo‘lgan. Ushbu zo‘ravonliklarning sodir etilishini ta’minlovchi sabablar yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan kriminogen omillar hisoblanadi. Ya’ni, oilada sog‘lom muhitning yo‘qligi, bunday oilalarda ota-onaning farzand tarbiyasiga e’tiborsizligi, bemehrligi, oila a’zolari o‘rtasida samimiy-likning yo‘qligi, oilaning noto‘liqligi kabi nosog‘lom muhit.

Shu bois oilada ma’naviy-ruhiy muhitni sog‘lomlashtirish uchun uni oziqlantiruvchi salbiy omillarni aniqlash, bartaraf etish hamda doimo tinchlik va totuvlikning hukmron bo‘lishiga, buning uchun er va xotin o‘zlarining vazifa va burchlarini to‘liq ado etib borishlariga, shuningdek voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbu-zarliklarni oldini olishga erishish talab etiladi.

Darhaqiqat, Prezident I. A. Karimov ta’kidlaganidek:«Oilada, maktabda, mehnat jamoasida, mahallada olib boriladigan axloqiy tarbiya, jamoatchilik fikrining kuchi, ommaviy axborot vositalari, ruhoniylarning e’tibori obro‘-e’tibori – hamma-hammasi odamlarimiz-da qonun buzilishi bilan bog‘liq har qanday xatti-harakatlarga nisbatan barqaror qarshilikni shakllantirishga qaratilmog‘i lozim»2. Chunki qonun jamiyatda umumijtimoiy munosabat-larni tartibga solishning, tartib-intizomni, huquqiy tartibotni ta’minlashning muhim vositasi hisoblanadi»3.

1 А. Авлоний. Туркий гулистон ёхуд ахлоқ. –Т., 1992. –B. 14. 2 Каримов И.А. Хавфсизлик ва барқарор тараққиёт йўлида. Т. 6. –Т.,

1998. –B. 98. 3 Саидов А.Х., Кўчимов Ш.Н. Қонунчилик техникаси асослари. –Т, 2001.

–B. 9.

Page 25: Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan oilalar bilan ishlashda

25

Yuqoridagilardan kelib chiqib, oilada shaxsning ma’naviy-ruhiy shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy-ruhiy muhitni sog‘lomlashtirish borasida quyidagi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:

– oiladagi ijtimoiy-ruhiy muhitni sog‘lomlashtirishga qaratilgan (tarbiyaviy ta’sir choralariga ega bo‘lgan) dasturlar ishlab chiqish va uni amalga oshirish;

– oilada doimiy janjallarni sodir etuvchi janjalkash shaxslarning turmush tarzi, qarashlari va jinoiy muhitni targ‘ib qiluvchi muhitni o‘zgartirish maqsadida tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan profilaktik suhbatlar rejasini ishlab chiqish va uni amalga oshirishni jadallash-tirish;

– bugungi kundagi mavjud muammolarni bartaraf etish borasida «oiladagi ijtimoiy-ruhiy muhitni sog‘lomlashtirish»ga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va uni ijtimoiy hayotga joriy etish;

– oilada axloqqa va qonunga zid xatti-harakatlardan tiyib turadigan qadriyatlarni tiklash, saqlash va rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni yanada kuchaytirish;

– doimiy ravishda «sog‘lom ijtimoiy-ruhiy muhit»ni targ‘ibot va tashviqot qilish;

– shaxsning ma’naviy-ruhiy shakllanishiga ta’sir qiluvchi krimi-nologik ahamiyatga molik voqea-hodisalarni bartaraf etish, zararsizlan-tirish va ularning yo‘liga to‘siqlar qo‘yishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jumladan mahalla tizimi hamda nodavlat notijorat tashkilotlarining imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish;

– bolalarni tarbiyalash borasidagi majburiyatlarni bajarmaganlik uchun ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning mas’u-liyatini oshirish;

– shaxsga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi manbalarni aniqlash, ularni tahliliy o‘rganish, zararsizlantirish va uning oldini olishga qaratilgan choralar ishlab chiqish;

– bolalar va yoshlarni ijtimoiy-axloqiy tarbiyalash sohasidagi faoliyatini tartibga soluvchi qonun va boshqa normativ hujjatlarning ijrosini ta’minlash mexanizmini ishlab chiqish.

Page 26: Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan oilalar bilan ishlashda

26

II bob. IJTIMOIY JIHATDAN XAVFLI AHVOLDA BO‘LGAN OILALAR BILAN ISHLASHDA PROFILAKTIKA

INSPEKTORLARI VA FUQAROLARNING O‘ZINI O‘ZI BOSHQARISH ORGANLARI HUZURIDAGI JAMOAT

TUZILMALARINING O‘ZARO HAMKORLIGI

2.1. Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan oilalar bilan ishlashda profilaktika inspektorlari va fuqarolarning

o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzuridagi jamoat tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikning huquqiy tavsifi

Oilada sodir etiladigan huquqbuzarliklarni oldini olish subyektlari

tizimida profilaktika inspektorlari alohida o‘rin egallaydi. Profilaktika inspektorlarining fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzuri-dagi jamoat tuzilmalari bilan oila-turmush sohasidagi huquqbuzar-liklarni oldini olish, aniqlash, umumiy va yakka tartibda profilaktika tashkil etish hamda olib borish faoliyatida hamkorlikni tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi.

Ma’lumki, profilaktika inspektorlarining ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan oilalarni aniqlash, oila-turmush doirasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarni oldini olish, hisobga olish, tegishli jazo choralarini qo‘llash hamda ular bilan yakka tartibdagi tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan ishlarni amalga oshirishda bir qator jamoat tuzilmalari bilan tasdiqlangan reja asosida hamkorlikni amalga oshiradi. Xususan, militsiya tayanch punktlarida profilaktika inspektor-lari bilan bir binoda faoliyat ko‘rsatishi belgilab berilgan quyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzuridagi jamoat tuzilmalari mavjud:

1) Fuqarolar yig‘ini; 2) Diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yi-

cha maslahatchilar; 3) Mahalla jamoat posboni; 4) Yarashtirish komissiyalari. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida fuqarolarning

o‘zini o‘zi boshqarishi ilk bor konstitutsiyaviy tuzumning asosi sifatida mustahkamlandi va ularni saylash tartibi, faoliyatini tashkil etish

Page 27: Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan oilalar bilan ishlashda

27

hamda vakolat doirasi qonun bilan belgilandi. Birinchi marta konstitutsiya darajasida mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal qilish borasidagi mustaqil faoliyat huquqiy jihatdan mustahkamlandi.

Bugungi kunda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari zimmasiga avval davlat organlari amalga oshirib kelgan ko‘pgina vazifalar yuklatildi.

Prezident I.A. Karimov o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari to‘qqizinchi sessiyasida so‘zlagan nutqida:«Nima bo‘lsa ham qiladigan barcha ishlarimiz xalqimizni birlashtirishga, bir yoqadan bosh chiqarishga, hamkorlik, hamjihatlikka olib kelishi kerak», – deya bejiz ta’kidla-magan.

Hozirgi kunda mahallalarda faoliyat ko‘rsatayotgan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari fuqarolarning og‘irini yengil qilish, kam ta’minlangan oilalarga moddiy va ma’naviy jihatdan yordam ko‘rsatish, nosog‘lom oilalarni aniqlash va ular bilan yakka tartibdagi tarbiyaviy ahamiyatga molik ishlarni olib borish kabi bir qator ijobiy ishlarni amalga oshirmoqda.

Ma’lumki, jamiyatda jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurash va uning oldini olish – huquqni muhofaza qilish idoralari zimmasiga yuklatilgan. Mazkur vazifalarni amalga oshirish davlat va nodavlat tashkilotlar, jamoat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ishtirok etishini talab etadi. Holbuki, « jinoyatchilikka qarshi kurash qachonki u keng ijtimoiy asosda, unga barcha davlat va jamoatchilik mexanizmlarini faol jalb qilgan holda amalga oshirilgandagina samarali bo‘lishi mumkin»1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ta’biri bilan aytganda, «salbiy hodisalarning barchasi, jumladan, jinoyatchilik ham ma’naviy qashshoqlik, ma’rifiy kemtiklik sharoitida vujudga keladi. Ana shu xulosadan kelib chiqib aytish mumkinki, qonunbuzarlikning oldini olish, tartibbuzarlikka qarshi kurashni kuchaytirish, hozirgi iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish davrida qonun ustuvorligini ta’minlash faqat huquqni muhofaza qilish idoralarinigina emas, balki har bir rahbarning, mahallaning, jamoatchilikning ham muhim

1 Бабаев М.М. Пути совершенствования мер по предупреждению

преступности. – М., 1989. – С. 29.

Page 28: Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan oilalar bilan ishlashda

28

vazifasiga aylanishi kerak»1. Zero, jinoyatchilikka qarshi kurash va ularning oldini olishda jamoatchilikdan olingan ma’lumotlar shubha uyg‘otmaydi.

Zotan, «kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish davlatimizning markaziy va yuqori boshqaruv organlari vakolatlarini bosqichma-bosqich quyi tizimga, shu jumladan, o‘zini o‘zi boshqarish tuzilma-lariga o‘tkazishni talab qiladi»2.

Davlat va jamiyat boshqaruvida keng jamoatchilikning ishtiroki: birinchidan, nodavlat notijorat tashkilotlarning davlat tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishi; ikkinchidan, jamoat nazoratini amalga oshirish; uchinchidan, davlat organlarining ayrim vakolatlarini nodavlat notijorat tashkilotlar va o‘zini o‘zi boshqarish organlariga asta-sekin o‘tkazib borish; to‘rtinchidan, jamiyat a’zolarining ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish orqali ta’minlanadi3.

Aytish joizki, kuchli fuqarolik jamiyatida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘rni muhim hisoblanadi. Respubli-kamizda «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi qonun bilan o‘zini o‘zi boshqarishning yaxlit tizimi yaratilgan. Mamlakatimizda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishning milliy modeli bevosita demokratiya instituti sifatida tan olingan bo‘lib, uning huquqiy maqomi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasida qat’iy belgilab qo‘yildi. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurishning asosiy vazifalardan biri etib, fuqarolik jamiyati barpo etish, yuksak darajada uyushgan, batartib munosabatlar tizimiga tayangan holda o‘zini o‘zi boshqarish mexanizmlari tashkil etildi. Bu mexanizm-larni jamoat tashkilotlari tashkil etadi. Shunisi e’tiborliki, dunyoning kamdan-kam mamlakatida uchraydigan bunday ijtimoiy tuzilma o‘zining demokratligi va izchil boshqaruvga asoslanganligi bilan ajralib turadi. Ya’ni, bu organlar joylarda bir qator ijtimoiy himoya, iqtisodiy masalalar, madaniy-ma’rifiy soha, atrof-muhit himoyasiga oid davlat zimmasida bo‘lgan ko‘plab masalalarni ishonarli ado etib kelmoqdalar.

1 Каримов И.А. Янгича фикрлаш давр талаби. Т. 5. –Т., 1997. – B. 205. 2 Каримов И.А. Ислоҳотлар жараёни ортга қайтмайди // Халқ сўзи.

– 2002. – 5 апр. 3 Тошев Б. Нодавлат нотижорат ташкилотлари ва бошқа жамоат

тузилмалари фаолиятини такомиллаштиришнинг долзарб масалалари // Ҳуқуқ–Право–Law. – 2002. – № 4. – B. 54–56.

Page 29: Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan oilalar bilan ishlashda

29

Ta’kidlash joizki, oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarning oldini olish, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan oilalarni aniqlash, ularga tegishli choralar ko‘rishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘rni beqiyos. Xususan, ular oilada sodir etiladigan huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha: o‘z hududlarida yashovchi noqobil va janjalkash oilalarni aniqlash, undagi ijtimoiy ruhiy muhitni sog‘lomlashtirish; ular tomonidan jinoyat sodir etilmasligini oldini olish; noqobil oilalarda yashovchi salbiy xulq-atvorga ega bo‘lgan shaxslarda jamiyatga nisbatan ijobiy dunyoqarashni shakllantirish va ular tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olishni ta’minlash bilan bog‘liq boshqa masalalarni ko‘rib chiqish huquqiga egalar.

Profilaktika inspektorlari ijtimoiy jihatdan xavfli ahvoldagi oilalar bilan ishlashda jamoat tuzilmalari bilan o‘zaro hamkorlikda faoliyat olib boradilar. Xususan, ular o‘zaro hamkorlikda noqobil oilalarni o‘z vaqtida aniqlash, oilada oila a’zolari o‘rtasida buzilgan munosabatlarni tiklash, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar xulq-atvorini jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish, farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanmaydigan ota-onalarni aniqlash, ular bilan tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan profilaktik suhbatlar olib borish, voyaga yetmaganlar nazoratsiz qolishining oldini olishga doir jamoatchilik ishlarini tashkil etish, ota-onasining qaramog‘isiz qolgan bolalarni tegishli davlat muassasalariga joylashtirish, oilaviy janjalkashlarni aniqlash va ular bilan profilaktik ishlarni tashkil etish, muqaddam sudlangan shaxslarning faoliyatini nazorat qilish, jinoyatlarning sabab va sharoitlarini aniqlash hamda ularni bartaraf qilishga doir qator tadbirlarni amalga oshiradilar.

Profilaktika inspektorlarining jamoat tuzilmalari bilan hamkorli-gining samarali tashkil etilishi: birinchidan, bu jarayonda ishtirok etuvchi subyektlarning bu sohadagi vakolatlari amaldagi qonunlarda qanchalik aniq belgilanganiga; ikkinchidan, ularning bu yo‘nalishdagi faoliyati uchun huquqiy asos qanchalik darajada ishlab chiqilganiga; uchinchidan, ular o‘rtasidagi hamkorlikni tashkil etishning huquqiy mexanizmi qanday darajadaligiga; to‘rtinchidan, ushbu hamkorlikni tashkil etuvchi kadrlarning tayyorgarligiga bog‘liq.

So‘nggi paytlarda profilaktika inspektorlarining jamoatchilik bilan hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etish va uni takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda ichki ishlar

Page 30: Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan oilalar bilan ishlashda

30

organlarining profilaktika xizmati bilan jamoatchilik o‘rtasida tizimli hamkorlikni keng yo‘lga qo‘yish maqsadida militsiya tayanch punktlarini fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan bir binoda joylashtirish masalasiga alohida ahamiyat berilmoqda.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mahalla qo‘mita-larida yarashtirish komissiyalari tomonidan oilada huquqbuzarliklarni bartaraf qilish, er-xotin o‘rtasida buzilgan munosabatlarni ko‘rib chiqish, ularni yarashtirish borasidagi ishlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish huzuridagi yarashtirish komissiyalarida ko‘rib chiqilayot-ganligi o‘zining samarasini bermoqda. Ushbu hamkorliklar natijasida o‘tgan yillar mobaynida qanchadan qancha oilaviy mojarolar, ajralishlar, nizoli holatlar, janjallar kabi masalalar ko‘rib chiqilib ularni muhokama qilish natijasida oilalardagi notinchliklarga barham berilmoqda. Misol uchun, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzuridagi yarashtirish komissiyalari tomonidan 2012-yilga qaraganda 2013-yilda ichki ishlar idoralarining profilaktik ro‘yxatiga janjalkash oila sifatida ro‘yxatga olingan oilalar 12,5 foiz, muhokama asosida notinchliklarga barham berilgan oilalar 14,6 foiz, janjalkash oila sifatida ko‘rib chiqilgan hujjatlar 12,7 foizni tashkil etgan. Bu komissiya mahalla va oilalarda osoyishtalikni ta’minlash, ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirish, ichkilikbozlik va giyohvandlikka ruju qo‘yganlarni, oila-turmush doirasida muntazam huquqbuzarliklar sodir etuvchi1, shuningdek oilada sodir etilishi mumkin bo‘lgan zo‘ravon-liklarni oldini olish, zararsizlantirish va uni bartaraf etish buyicha profilaktika inspektorlariga yaqindan yordam bermoqdalar.

Shu bois fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzuri-dagi yarashtirish komissiyalarining oiladagi jinoiy zo‘ravonliklarning oldini olishdagi faoliyati quyidagicha tashkil etilishi lozim: birinchidan, oilaviy janjallar oqibatida yuzaga kelgan er-xotin, aka-uka, opa-singil, ota-ona va farzand, qaynona va kelin, qo‘ni-qo‘shnilar o‘rtasidagi buzilgan munosabatlarni tiklash choralarini ko‘rish; ikkinchidan, har bir aniqlangan oila-turmush munosabatlari doirasidagi janjallar bo‘yicha qonuniy choralar ko‘rilishini ta’minlash; uchinchi-dan, oilaviy janjallar sabablarini aniqlaydi va ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish; to‘rtinchidan, oilada

1 Ахмедов Д. Фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органларининг

конституциявий ривожланиши // Давлат ва ҳуқуқ. –2002. – №4. – B. 15.

Page 31: Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan oilalar bilan ishlashda

31

milliy qadriyatlarimizga zid holda axloq-odob doirasida nojo‘ya xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yayotgan shaxslarni, ayniqsa, ayollarni aniqlash va ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rishda fuqarolar yig‘inlariga ko‘maklashish; beshinchidan, ichki ishlar organlarining hisobida turgan, ayniqsa, ilgari sudlangan, oilada va turmushda muntazam ravishda huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yuvchi shaxslar bilan profilaktik ish olib borishda ishtirok etadi. Zarur hollarda ularning xulq-atvori va turmush tarzini o‘z majlislarida muhokama qilish.

Jamiyatda sog‘lom avlodni tarbiyalashga munosib hissa qo‘shish, fuqarolarni oila va mahallada tinch-osoyishta hamda hamjihatlikda yashashlarini ta’minlash, turli oilaviy kelishmovchilik va nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishda mahallaning o‘rni beqiyosdir. Zero, Prezident I.A. Karimov ta’kidlaga-nidek: «Mahallaning ahamiyati va o‘rni haqida gapirganda, insonning, oilaning ma’naviy olami, undan xabardor bo‘lish, uni anglash, bu ruhiy dunyoga qo‘pollik bilan aralashmasdan, uning ijobiy asosda shaklla-nishiga noziklik bilan ta’sir o‘tkazishda, o‘ylaymanki, mahalladek idoraga teng keladigan boshqa biron-bir vosita yo‘q»1. Hozirgi kunda o‘zini o‘zi boshqarishning xalqimiz an’analari va qadriyatlariga xos bo‘lgan usuli – mahallalar tizimi katta nufuzga ega bo‘lib bormoqda.

Ta’kidlash joizki, profilaktika inspektorlarining oilada sodir etiladigan jinoiy zo‘ravonliklarning oldini olish faoliyatini samarali tashkil etishda huquqbuzarliklar sodir etuvchi janjalkash shaxslar va noqobil oilalarni aniqlashga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va uni samarali amalga oshirishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, mahalla jamoat posboni, xotin-qizlar qo‘mitasi raislari, diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo‘yicha maslahatchilar, yarashtirish komissiyalarining oldiga aniq vazifa va topshiriqlar berilishi kerak. Ayniqsa, profilaktika inspektorlarining ushbu vazifa va topshiriqlarni o‘z vaqtida nazorat qilishi hamda jamoat tuzilma a’zolari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar qabul qilishi ishning sifatli va to‘liq bajarilishini ta’minlaydi.

Fikrimizcha, mahalla, qishloqlargacha o‘zini o‘zi boshqarishi, mustaqil bo‘lishi zarur. Faqat bu beboshlik, bo‘ysunmaslik degani emas. Har qanday rahbar, har qanday kengash va har qanday mustaqil kishi xalq oldida, yurt oldida mas’ul va javobgardir. Zero, Prezident

1 Халқ сўзи. –2002. – 6 дек.

Page 32: Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan oilalar bilan ishlashda

32

I.A. Karimov ta’kidlaganidek, «...o‘zini o‘zi boshqarish organlari – mahalla, mahalla qo‘mitalari va qishloq fuqarolar yig‘inlarining roli hamda vakolatlarini amalda kengaytirish lozim»1.

Ta’kidlash kerakki, bugungi kunda viloyat, tuman, shahar va eng chekka qishloqlargacha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organ-larining faoliyati tashkil etilgan bo‘lib, ular bevosita militsiya tayanch punktlarida profilaktika inspektorlari bilan birgalikda o‘z xizmat faoliyatini samarali amalga oshirib bormoqda.

Davlat va jamiyat boshqaruvi tizimida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi mahalliy ahamiyatga molik masalalarni mustaqil hal qilishda quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:

– xalq hokimiyatchiligini mustahkamlaydi; – unitarizm prinsipini amalga oshirilishida yordam beradi; – fuqarolik jamiyati va uning institutlarini integratsiyasiga yor-

damlashadi; – davlatda siyosiy munosabatlarni barqarorlashtiradi; – aholining asosiy hayot sharoitlari va manfaatlarini ta’minlashda

yordam beradi. Davlat fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishining tashkil etilishi va

faoliyatining konstitutsiyaviy prinsiplarini amalga oshirilishida mahal-liy ahamiyatga molik barcha masalalarni mustaqil hal etishda, bevosita demokratiyaning shakl va institutlarining rivojlanishida zarur huquqiy shart-sharoitlar yaratib beradi.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi sohasidagi davlat siyosati O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, xalqaro shartnomalar, umume’tirof etilgan prinsiplar va xalqaro huquq normalariga asosla-nadi. Bu davlat siyosati O‘zbekiston Respublikasining fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi sohasidagi qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarida o‘z ifodasini topgan.

O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqa-rishini rivojlantirish sohasida davlat siyosatining vazifalari va prinsiplari, uning birlamchi yo‘nalishlari va maqsadlari to‘g‘risidagi tasavvurlarning bir butun tizimini mustahkamlaydigan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishini rivojlanishi sohasidagi hamda ularni amalga oshirish mexanizmi to‘g‘risidagi davlat siyosatining asosiy qoidalari

1 Каримов И. Ўзбекистон демократик тараққиётнинг янги босқичида. –

Т., 2005. – B. 27.

Page 33: Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan oilalar bilan ishlashda

33

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi 1998-yil 23-aprel PF 1987-sonli farmonida1 va boshqa farmonlarda belgilangan.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi mamlakatning birdamligini ta’minlaydigan muhim mexanizm bo‘lib, xalq hokimiyatchiligini mustahkamlaydi, odamlarning hayoti uchun zaruriy sharoit-sharoitni yaratib, siyosiy tizim va obod turmush tarzini barqarorlashtiradi.

O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida»gi 2004-yil 29-aprel, «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi 2013-yil 15-mart yangi tahrirdagi qonunlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Fuqarolarning o‘zini o‘zi bosh-qarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2013-yil 7-oktabr 274-sonli hamda «Fuqarolar yig‘ini-ning «Mahalla posboni» jamoatchilik tuzilmasi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi 2014-yil 4-mart 47-sonli qarorlari talablari asosida profilaktika inspektori jamoat tuzilmalari bilan quyidagi yo‘nalishlardagi ishlarni amalga oshiradilar:

– militsiya hisobida turgan, ayniqsa, ilgari sudlangan, oilada va turmushda muntazam ravishda huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yuvchi shaxs-lar bilan profilaktik ish olib borishda ishtirok etadi. Zarur hollarda ularning xulq-atvori va turmush tarzini o‘z majlislarida muhokama qiladi;

– turmush o‘rtog‘i, farzandlari yoki keksa ota-onasi bilan munta-zam ravishda notinch yashayotgan hamda oila-turmush munosabatlari doirasida huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslarni aniqlash maqsadida har bir oilaning turmush tarzi va muhitini chuqur o‘rganib boradi;

– hududdagi kam ta’minlangan oilalarni aniqlaydi, ularga o‘z daromadlarini oshirish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatadi, qo‘shimcha vaqtbay yoki ishbay, shuningdek uy sharoitida ishlash, hunar o‘rganish, kasanachilik bilan shug‘ullanish bo‘yicha imkoniyatlar yaratish choralarini ko‘radi. Bunday oilalarga belgilangan tartibda ijtimoiy hamda moddiy yordam ko‘rsatilishi to‘g‘risida takliflar kiritadi;

– milliy qadriyatlarimizga zid holda axloq-odob doirasida nojo‘ya xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yayotgan shaxslarni, ayniqsa, ayollarni

1 Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармонлари. Т. 4. –

Т.,2000. – B. 221–222.

Page 34: Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan oilalar bilan ishlashda

34

aniqlash va ularga nisbatan tegishli chora-tadbirlarni ko‘rishda fuqarolar yig‘inlariga faol ko‘maklashadi;

– oilaviy janjallar oqibatida yuzaga kelgan er-xotin, aka-uka, opa-singil, ota-ona va farzand, qaynona va kelin, qo‘ni-qo‘shnilar o‘rtasidagi buzilgan munosabatlarni tiklash choralarini ko‘radi;

– har bir aniqlangan oila-turmush munosabatlari doirasidagi janjallar bo‘yicha qonuniy choralar ko‘rilishini ta’minlaydi;

– oilaviy janjallarning sabablarini aniqlaydi va ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

– spirtli ichimliklarga ashaddiy ruju qo‘ygan va giyohvandlik kasaliga mubtalo bo‘lgan shaxslarni aniqlab, zarur hollarda ularni belgilangan tartibda majburiy davolanishga yuborish choralarini ko‘radi;

– hududdagi namunali oilalar, ularda farzandlar tarbiyasi, er-xotinlar hamda farzandlar orasidagi munosabatlar bo‘yicha ommalash-tirishga arzigulik masalalar to‘g‘risida mahalliy matbuotda maqolalar va televideniyeda turkum ko‘rsatuvlar tashkil etadi;

– yarashtirish komissiyalari hududda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib-tashviq qilish maqsadida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida bo‘ladigan tadbirlarda, yig‘ilishlarda ishtirok etadi va ularda ichkilikbozlik hamda giyohvandlikning oilaviy nizolarning asosiy sabablaridan biri ekanligi, oilalarning to‘kisligi ularning tinch-totuvligiga bog‘liq ekanligi to‘g‘risida chiqishlar qiladi;

– to‘y, ma’rakani va ular oldidan hamda ulardan keyin o‘tkazi-ladigan boshqa tadbirlarni ortiqcha dabdabalarsiz o‘tkazish, ortiqcha sarf-xarajatlar oila turmushida salbiy iz qoldirishi, oilalardagi ijtimoiy-ruhiy muhitning buzilishiga olib kelishi mumkinligi to‘g‘risida aholi orasida tushuntirish ishlari olib boradi;

– mahallalarda, ko‘chalarda va boshqa jamoat joylarida spirtli ichimliklarni, giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish hollarining oldini oladi. Inson qadr-qimmatini tahqirlab ko‘chalarda mast holda yuruvchi shaxslarga jamoatchilik ta’sirini o‘tkazish maqsadida ularni oila a’zolari, mahalla faollari ishtirokida muhokama qilish choralarini ko‘radi.

Profilaktika inspektorlari oila-turmush doirasida sodir etilgan huquqbuzarlik bo‘yicha fuqarolar tomonidan ariza, shikoyat va xabar kelib tushganda mazkur xabarni militsiya tayanch punktidagi fuqarolar-ning murojaatlarini qayd etish kitobiga qayd etib, huquqbuzarlik sodir

Page 35: Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan oilalar bilan ishlashda

35

etilgan xonadonga mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchi, mahalla jamoat posboni bilan birgalikda boradi va quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

– huquqbuzarlik sodir etilgan joyga zudlik bilan yetib boradi, janjal natijasida qasddan badanga tan jarohati yetkazish yoki boshqa jinoyatlarning sodir etilmasligi bo‘yicha kerakli choralar ko‘radi;

– sodir etilgan janjal natijasida jabrlangan shaxsga yordam ko‘rsatadi hamda janjalning kelib chiqish sabab va sharoitlari, oilada er-xotin o‘rtasida mavjud bo‘lgan muammo, nizoning kelib chiqishini yuzaga keltirgan omillarni aniqlaydi;

– ushbu huquqbuzarlik oldin ham er-xotin o‘rtasida sodir etilgan yoki etilmaganligi, ular o‘rtasida oldindan adovat yoki ziddiyatlar mavjud ekanligini aniqlash maqsadida oila a’zolari va qo‘ni-qo‘shnilar bilan suhbatlashadi;

– ushbu janjallar oilaning barbod bo‘lishiga olib kelishi, oilani asrash, uning mustahkamligini ta’minlashda er-xotinning o‘zaro hamjihatlikda bamaslahat ish ko‘rishlari, oilada mavjud bo‘lgan muammolarning birgalikdagi yechimini topishga harakat qilishlari haqida tushuntiradi;

– er-xotin o‘rtasidagi janjal oilada tarbiyalanayotgan farzandlar-ning tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, ya’ni ularning ta’lim olishida bir qator muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligi tushuntiriladi;

– er-xotin o‘rtasida buzilgan ijtimoiy munosabatlarni tiklash, ularni murosaga keltirish bo‘yicha jamoat tuzilmasi a’zolari bilan birgalikda kerakli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

– er va xotin bilan yakka tartibda ular o‘rtasida mavjud muam-molar, huquqbuzarlikning kelib chiqishiga olib kelgan holatlar, ularni tartibga chaqirish haqida tarbiyaviy ahamiyatga molik suhbat o‘tkazadi;

– huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni militsiya tayanch punktiga olib kelib, unga sodir etgan huquqbuzarligi bo‘yicha amaldagi qonunlar asosida tegishli chora ko‘rilishini ta’minlaydi;

– oilada erkakning spirtli ichimlik iste’mol qilishga ruju qo‘yganligi, ichimlik iste’mol qilsa qanday ahvolga tushishi, o‘zini qanday tutishi hamda oila a’zolariga qanday munosabatda bo‘lishi haqida so‘rab, bo‘lib o‘tgan janjalga aniqlik kiritadi;

Page 36: Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan oilalar bilan ishlashda

36

– huquqbuzarni militsiya tayanch punktiga olib kelib, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, «mahalla posboni» jamoat tuzilmasi sardori, diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchi, yarashtirish komissiyasi a’zolari ishtirokida huquqbuzar-ga bundan buyon bunday nojo‘ya harakatlar sodir etmaslik, takroran xuddi shunday huquqbuzarlik sodir etadigan bo‘lsa uni ichki ishlar organlarining «Muntazam ravishda oila-turmush doirasida huquqbu-zarlik sodir etuvchi shaxs» sifatida profilaktik hisobga olinishi haqida ogohlantiradi.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzuridagi jamoat tuzilmalarining hamkorligi asosida ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan oilalar bilan ishlashda profilaktika inspektorlari-ning vazifalari quyidagilardan iborat:

– xizmat hududida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va ularni keltirib chiqa-ruvchi sabab sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha ichki ishlar organla-rining boshqa xizmatlari hamda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni tashkil etadi;

– xizmat hududidagi ko‘ngilochar maskanlar, internet klublar, videotekalar, kinoteatrlar, teatrlar, dam olish maskanlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni MTPga kelgan ichki ishlar organlarining boshqa xizmat-lari xodimlariga tushuntirib, ularga xizmat yo‘nalishlarini belgilab beradi;

– MTPda ma’muriy nazoratda turuvchilar, muqaddam sudlangan-lar, jazoni ijro etish muassasalaridan shartli ozod etilganlar hamda jinoyat sodir etishga moyil shaxslar bilan yakka tartibdagi profilaktik ishlarni tashkil etadi;

– xizmat hududida spirtli ichimliklar bilan savdo qiluvchi do‘konlarning faoliyatini nazorat qiladi;

– xizmat hududida kriminogen vaziyat o‘zgarib, holat taqozo etganida patrul-post xizmati naryadlarini maqsadga muvofiq joylashti-rish, ulardan unumli foydalanish yuzasidan takliflar kiritadi, zarur hollarda tuman, shahar ichki ishlar idorasi rahbariyati ruxsati bilan, ular yo‘qligida navbatchilik qismi navbatchisi bilan kelishgan holda ma’muriy hududdagi patrul-post xizmati naryadlarining harakatlarini boshqaradi;

– fuqarolarning huquq va erkinliklarini turli jinoiy tajovuzlardan himoya qiladi;

Page 37: Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan oilalar bilan ishlashda

37

– jinoyat sodir etishga moyil shaxslarni aniqlaydi va ular bilan belgilangan tartibda profilaktik ishlarni tashkil qiladi;

– xizmat hududi mahalla (mavze, turarjoylar)dagi tezkor vaziyatning chuqur tahlilini olib boradi;

– huqubuzarliklarning dastlabki bosqichidanoq oldini oladi, sodir etilish sabablarini, shart-sharoitlarini aniqlaydi va ularni bartaraf etish choralarini ko‘radi;

– xizmat hududida kecha-yu kunduz uzluksiz jamoat tartibini saqlaydi va uni ta’minlaydi;

– ichki ishlar idoralari hisobida turgan shaxslar bilan o‘rnatilgan tartibda profilaktik suhbatlar olib boradi;

– militsiya tayanch punkti xizmat hududida harakat qilayotgan patrul-post va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash xizmati xodimlari faoliyati ustidan rahbarlikni olib boradi;

– oila-turmush doirasidagi huqubuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlarni samarali tashkil etish maqsadida aholining huquqiy ongi va madaniyatini shakllantirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazadi;

– sodir etilgan jinoyatlarni fosh etishda, qidiruvdagi, sud va tergovdan qochib yurgan jinoyatchilarni ushlashda hamda bedarak yo‘qolganlarni aniqlashda faol ishtirok etadi;

– jinoyatchilikka qarshi kurash borasida ichki ishlar idoralari xodimlari o‘rtasidagi hamkorlikni tashkil qiladi;

– spirtli ichimlik iste’mol qiluvchi voyaga yetmagan huquqbu-zarlar bilan yakka tartibda profilaktik tarbiyaviy ishlar olib boradi va ularni hisobga oladi;

– ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan o‘z vakolati doirasida ma’muriy bayonnoma tuzib javobgarlikka tortadi;

– oila-turmush doirasida sodir etilgan huquqbuzarliklarni va nizoli oilalarni yarashtirish komissiyasida ko‘rib chiqib oiladagi kelishmovchilik va ziddiyatlarni bartaraf etish bo‘yicha kerakli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

– oila-turmush doirasida muntazam huquqbuzarlik sodir etuvchi shaxslarni aniqlaydi ularni profilaktik hisobga oladi;

– farzand tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni aniqlaydi va ularni profilaktik hisobga olish choralarini ko‘radi;

– oila-turmush doirasida muntazam huquqbuzarlik sodir etuvchi shaxs sifatida profilaktik hisobga olingan shaxslar bilan yakka

Page 38: Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan oilalar bilan ishlashda

38

tartibdagi tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan profilaktik ishlarni amalga oshiradi;

– oila-turmush doirasida sodir etilgan huquqbuzarlik haqida xabar kelib tushganda MTPda yuritiladigan fuqarolarning murojaatlarini qayd etish kitobiga qayd etadi va huquqbuzarlik sodir etilgan joyga yetib boradi;

– oila-turmush doirasida sodir etilgan jinoyat haqida navbatchilik qismiga xabar beradi hamda tezkor-tergov guruhi yetib kelgunga qadar jinoyat izlari, daliliy ashyolar hamda jinoyat sodir etgan shaxslarni ushlab turish, jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatish choralarini ko‘radi;

– oila-turmush doirasida huquqbuzarlik yoki jinoyat sodir etib jazoni ijro etish muassasalarida muddatni o‘tab qaytgan shaxslarning turmush tarzi, oilaviy ahvoli haqida qo‘ni-qo‘shnilar va mahalladan kerakli ma’lumotlarni to‘playdi;

– MTPda ma’muriy nazoratda turuvchilar, muqaddam sudlangan, jazoni ijro etish muassasalaridan shartli ozod etilganlar, jinoyat sodir etishga moyil shaxslar bilan yakka tartibdagi profilaktik ishlarni tashkil etadi.

2.2. Profilaktika inspektorlarining yarashtirish komissiyalari bilan hamkorligi

Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan oilalar bilan ishlashda yarashtirish komissiyalari quyidagi vazifalarni amalga oshirishlari talab etiladi:

– oilaviy nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, yosh avlodni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini milliy va ma’naviy qadriyatlarimizga tayangan holda keng targ‘ib etish orqali ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga ko‘maklashish;

– fuqarolarning oilada va mahallalarda tinch-osoyishta hamda hamjihatlikda yashashlarini ta’minlash, oilaviy kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan hal etish hamda oilada sog‘lom turmush tarzini shakllantirish;

– yarashtirish komissiyalariga fuqarolar yig‘ini oqsoqollari yoki ularning o‘rinbosarlari raislik qiladilar.

– nikohdan ajralishlar va oilalarning barbod bo‘lishiga imkon boricha yo‘l qo‘ymaslik, bu borada ilg‘or tajribalardan foydalanish;

– fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan bo‘ladigan tadbirlarda, yig‘ilishlarda ichkilikbozlik, giyohvandlik, zaharvandlik-

Page 39: Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan oilalar bilan ishlashda

39

ning oiladagi kelishmovchilik va nizolarning kelib chiqishida asosiy sabab ekanligi to‘g‘risida chiqishlar qilishi;

– hududdagi namunaviy oilalar, ularda farzandlar tarbiyasi, er-xotin hamda farzandlar o‘rtasidagi munosabatlar haqida mahalliy matbuotda maqolalar chop etilishini va televideniyeda ko‘rsatuvlar namoyish qilinishini tashkil etish;

– to‘y, maraka va boshqa tadbirlarni ortiqcha dabdabalarsiz o‘tkazish, ortiqcha sarf-xarajatlar bevosita oila turmushida iz qoldirishi, oilalardagi ijtimoiy-ruhiy muhitning buzilishiga olib kelishi mumkin-ligi to‘g‘risida aholi orasida tushuntirish ishlari olib borish;

– mahallalarda, ko‘chalarda va boshqa jamoat joylarida spirtli ichimliklarni, giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish hollarining oldini olish, shuningdek inson qadr-qimmatini tahqirlab ko‘chalarda mast holda yuruvchi shaxslarga jamoatchilik ta’sirini o‘tkazish maqsadida ularni oila a’zolari, mahalla faollari ishtirokida muhokama qilish choralarini ko‘rish;

– spirtli ichimliklarga ashaddiy ruju qo‘ygan va giyohvandlik kasaliga mubtalo bo‘lgan shaxslarni aniqlab, zarur hollarda ularni belgilangan tartibda majburiy davolanishga yuborish choralarini ko‘rish;

– militsiya tayanch punktida hisobda turgan, ayniqsa, ilgari sudlangan, oila-turmush doirasida muntazam ravishda huquqbuzar-liklarga yo‘l qo‘yuvchi shaxslar bilan profilaktik ishlar olib borishda ishtirok etish, zarur hollarda ularni xulq-atvori va turmush tarzini o‘z majlislarida muhokama qilish;

– jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarning oilalariga o‘z vaqtida qaytishini nazorat qilish;

– muntazam turmush o‘rtog‘i, farzandlari va ota-onasi bilan janjal qilib, notinch yashayotgan hamda oila-turmush doirasida huquqbuzar-lik sodir etishga moyil shaxslarni aniqlash maqsadida har bir oilaning turmush tarzi va muhitini chuqur o‘rganib borish;

– hududdagi kam ta’minlangan oilalarni aniqlash; – xotin-qizlar manfaatlarini himoya qilish, ularni ijtimoiy hayotda

oilada, ma’naviy-axloqiy, shuningdek ruhiy muhitini shakllantirish-dagi, yosh avlodni tarbiyalash ishidagi mavqeini oshirishga qaratilgan keng qamrovli ishlarni amalga oshirish;

– milliy qadriyatlarimizga zid axloq-odob doirasida nojo‘ya xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yayotgan shaxslarni, ayniqsa, ayollarni aniqlash

Page 40: Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan oilalar bilan ishlashda

40

va ularga nisbatan tegishli chora-tadbirlarni ko‘rishda fuqarolar yig‘inlariga faol ko‘maklashish;

– oilaviy janjallar oqibatida yuzaga kelgan er-xotin, aka-uka, opa-singil, ota-ona va farzand, qaynona va kelin, qo‘ni-qo‘shnilar o‘rtasidagi buzilgan munosabatlarni tiklash choralarini ko‘rish;

– har bir aniqlangan oila-turmush doirasidagi janjallar bo‘yicha qonuniy choralar ko‘rilishini ta’minlash;

– oilaviy janjallar sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;

– ma’muriy hududdagi oilalarda nizolarni aniqlash, voyaga yetmaganlar va yoshlar tarbiyasi bilan shug‘ullanmaydigan oilalar, ayniqsa, voyaga yetmaganlarning turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishi, ichkilikbozlik hamda giyohvandlik illatlariga berilishi oldini olish;

– oilalarda sodir etiladigan huquqbuzarliklarning asosiy sababla-rini aniqlash, ushbu oiladagi ma’naviy muhit barqarorligi va oilaning sog‘lomligi, jamiyat mustahkamligi hamda mamlakat barqarorligi bilan uzviy bog‘liqligini fuqarolarga tushuntirish va yig‘ilishlarda muhoka-ma etib borish;

– oiladagi nizo va kelishmovchiliklar hamda ajralishlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini tashkil etish va amalga oshirish;

– er-xotin, qaynona va kelin, yaqin qarindoshlar, qo‘ni-qo‘shnilar o‘rtasidagi nizolarni bartaraf etish, buzilgan munosabatlarni tiklashga doir amaliy choralar ko‘rish;

– milliy qadriyatlarimizga zid muntazam ravishda notinch yashayotgan, qo‘ni-qo‘shnichilik munosabatlari hamda mahalladagi osoyishtalikning buzilishiga sababchi bo‘layotgan oilalarni, turli nojo‘ya xatti-harakatlarning oldini olish maqsadida oilalarning turmush tarzi va muhitini o‘rganib, ma’naviy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga barham berish chora-tadbirlari amalga oshirilishini tashkil etish;

– alkogol va tamaki mahsulotlarini, giyohvandlik vositalarini iste’mol qilishning zarari to‘g‘risidagi bilimlarni targ‘ib qilishga doir profilaktika tadbirlarini amalga oshirish;

– ichki ishlar organlarining profilaktik hisobida turgan, ayniqsa, ilgari sudlangan, oilada va turmushda muntazam ravishda huquqbuzar-liklarga yo‘l qo‘yuvchi, turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolgan shaxslar bilan profilaktika ishlari olib borishda ishtirok etish;

Page 41: Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan oilalar bilan ishlashda

41

– jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarning ijtimoiy hayotda o‘z o‘rinlarini topishlariga ko‘maklashish;

– namunali oilalar, ularda farzand tarbiyasi, oila a’zolari o‘rtasi-dagi ibratli munosabatlarni ommalashtirish;

– to‘ylar va boshqa marosimlarni ixcham, keng aholi manfaatla-rini, milliy qadriyatlarimiz va ibratli an’analarimizni hisobga olgan holda o‘tkazishni aholi o‘rtasida targ‘ib qilish va bu boradagi ijobiy tajribalarni ommalashtirish.

Oilada er-xotin o‘rtasida nizo kelib chiqqanda uni bartaraf etish yo‘llari. Profilaktika inspektori oilada er-xotin o‘rtasida nizo kelib chiqqanda mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchi, mahalla jamoat posboni, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi bilan birgalikda quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

– oilada er-xotin o‘rtasida mavjud bo‘lgan muammolar hamda oiladagi muhitni o‘rganib, nizoni yuzaga keltirgan omillarni aniqlaydi;

– ushbu huquqbuzarlik oldin ham er-xotin o‘rtasida sodir etilgan yoki etilmaganligini, ularning o‘rtasida oldindan adovat yoki ziddiyat mavjud yoki mavjud emasligini o‘rganib chiqadi;

– oilada yashovchi shaxslarning turmush tarzi, oila muhitiga ta’sir etuvchi salbiy ta’sirlar manbalarini aniqlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘radi;

– oiladagi nizo, kelishmovchilik va janjalning kelib chiqish sabab va sharoitlarini aniqlab, ularni bartaraf etishga doir chora-tadbirlarni belgilaydi;

– ushbu janjallar oilaning barbod bo‘lishiga olib kelishi, oilani asrash, uning mustahkamligini ta’minlashda er-xotin o‘zaro hamjihat, bamaslahat ish ko‘rishlari, oilada mavjud bo‘lgan muammolarning birgalikda yechimini topishga harakat qilishlarini tushuntiradi;

– er-xotin o‘rtasidagi janjallar oilada tarbiyalanayotgan farzandlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, ya’ni ularning ta’lim olishida bir qator muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligi haqida tushuntiradi;

– oilada er-xotin o‘rtasida rashk yoki xiyonatning mavjud yoki mavjud emasligini aniqlaydi;

– oila hayotiga er yoki xotining otasi yoki onasi aralashuvi, ularni ta’sir ko‘rsatishi kabi holatlarni o‘rganadi;

– ayolga nisbatan befarqlik, uni tushunmaslik, unga salbiy munosabatda bo‘lish, xo‘rlash, kamsitish, haqorat va tuhmat qilish kabi holatlarni aniqlaydi;

Page 42: Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan oilalar bilan ishlashda

42

– erkakning xotiniga nisbatan zo‘rlik ishlatishi, jabr-zulm qilishi mavjud bo‘lsa, ularni aniqlab, bartaraf etish choralarini ko‘radi;

– ular o‘rtasida buzilgan ijtimoiy munosabatlarni tiklash, ularni murosaga keltirish choralarini ko‘radi;

– er va xotin bilan yakka tartibda ular o‘rtasida mavjud muammolar, huquqbuzarlikning kelib chiqishiga olib kelgan holatlar haqida ularni tartibga chaqirish bo‘yicha tarbiyaviy ahamiyatga molik suhbatlar o‘tkazadi, shuningdek yana shunday huquqbuzarlikka yo‘l qo‘yadigan bo‘lishsa, amaldagi qonunlar asosida ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rilishi mumkinligi haqida ogohlantiradi.

Oilada qaynona-kelin o‘rtasida nizo kelib chiqqanda uni bartaraf etish yo‘llari. Profilaktika inspektori oilada kelin va qaynona o‘rtasida nizo kelib chiqqanda mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, diniy-ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchi, mahalla jamoat posboni, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi bilan birgalikda quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

– huquqbuzarlik sodir etilgan xonadonga borib, nizoni bartaraf etish choralarini ko‘radi;

– oiladagi mavjud muammo va kamchiliklar, muhit, qaynona-kelin hamda oila a’zolarining kelinga nisbatan munosabatini o‘rganadi;

– oldin ham qaynona-kelin o‘rtasida nizo bo‘lgan yoki bo‘lmaganligi, ular o‘rtasida adovat va ziddiyatning bor yoki yo‘qligini aniqlaydi, agar oilada shunday nizo va janjallar yana sodir etiladigan bo‘lsa, oila barbod bo‘lishi, farzandlar qarovsiz va nazoratsiz qolib ketishi mumkinligini tushuntiradi;

– janjalning kelib chiqish sabab va sharoitlarini aniqlaydi va qaynona-kelin o‘rtasida buzilgan munosabatlarni tiklash, salbiy holat-larni bartaraf etishga doir chora-tadbirlarni ko‘radi;

– oilada kelinga nisbatan turmush o‘rtog‘i va oila a’zolarining munosabatini o‘rganadi;

– kelinning ota-onasi, qarindosh-urug‘larning oilaviy hayotga aralashuvi kabi holatlarni o‘rganadi;

– oilada kelinga nisbatan munosabat, uning ehtiyojlari bilan qiziqish, uy-ro‘zg‘or yumushlarini bajarishda unga yordam berish, uni tushunish hamda oilaning boshqa a’zolari tomonidan kelinga nisbatan tazyiq yoki zo‘ravonliklar bor yoki yo‘qligini aniqlaydi;

– kelinga haddan tashqari ko‘p topshiriqlar berish, qo‘lidan kelmaydigan yoki jismoniy imkoniyati yetishmaydigan ishlarni buyurish holatlari bor-yo‘qligini o‘rganadi;

Page 43: Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan oilalar bilan ishlashda

43

– agarda qaynonaning kelinga nisbatan zo‘rlik ishlatishi, jabr-zulm qilishi mavjud bo‘lsa, uni bartaraf etish bo‘yicha yakka tartibda suhbat o‘tkazadi;

– ular o‘rtasida buzilgan ijtimoiy munosabatlarni tiklash, ularni murosaga keltirish choralarini ko‘radi;

– takroran shunday holatlar sodir etilsa, unda ichki ishlar organ-larining profilaktik hisobiga olinishi mumkinligi haqida ogohlantiradi.

2.3. Profilaktika inspektorlarining fuqarolar

yig‘inlari bilan hamkorligi

Profilaktika inspektorlari ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan oilalar bilan ishlashda fuqarolar yig‘ini bilan hamkorlikda quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

– fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy maqsadi ma’muriy hududdagi ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan oilalarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, ma’rifiy jihatdan amaliy yordam ko‘rsatish;

– oilalardagi muammolarni milliy va ma’naviy qadriyatlar, urf-odatlar va an’analardan kelib chiqqan holda hal qilish, ularning huquqiy madaniyati va ijtimoiy faolligini oshirish, ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash;

– fuqarolar yig‘ini kengashi va fuqarolar yig‘ini raisi ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan oilalar bilan ishlash bo‘yicha komis-siyalar faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash;

– xizmat ko‘rsatish hududidagi oilalardagi ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rish;

– o‘zaro hamkorlikda noqobil oilalarni o‘z vaqtida aniqlash, oilada oila a’zolari o‘rtasida buzilgan munosabatlarni tiklash, huquqbu-zarlik sodir etgan shaxslar xulq-atvorini jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish;

– farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanmaydigan ota-onalarni aniq-lash, ular bilan tarbiyaviy ahamiyatga molik profilaktik suhbatlar olib borish;

– voyaga yetmaganlar nazoratsiz qolishining oldini olishga doir jamoatchilik ishlarini tashkil etish, ota-onasining qaramog‘isiz qolgan bolalarni tegishli davlat muassasalariga joylashtirish, oilaviy janjal-kashlarni aniqlash va ular bilan profilaktik ishlarni tashkil etish;

Page 44: Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan oilalar bilan ishlashda

44

– muqaddam sudlangan shaxslarning turmush tarzini nazorat qilish, ular tomonidan jinoyatlar sodir etilmasligini oldini olish bo‘yicha tadbirlarni ko‘rish;

– oilaviy janjallar oqibatida yuzaga kelgan er-xotin, aka-uka, opa-singil, ota-ona va farzand, qaynona va kelin, qo‘ni-qo‘shnilar o‘rtasidagi buzilgan munosabatlarni tiklash choralarini ko‘rish;

– har bir aniqlangan oila-turmush munosabatlari doirasidagi janjallar bo‘yicha qonuniy choralar ko‘rilishini ta’minlash bo‘yicha yarashtirish komissiyalariga taqdimnomalar kiritish;

– oilaviy janjallar sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish;

– oilada milliy qadriyatlarimizga zid holda axloq-odob doirasida nojo‘ya xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yayotgan shaxslarni, ayniqsa, ayol-larni aniqlash va ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rishda fuqarolar yig‘inlariga ko‘maklashish;

– ichki ishlar organlarining hisobida turgan, ayniqsa, ilgari sudlangan, oilada va turmushda muntazam ravishda huquqbuzarlik-larga yo‘l qo‘yuvchi shaxslar bilan profilaktik ish olib borishda ishtirok etadi. Zarur hollarda ularning xulq-atvori va turmush tarzini o‘z majlislarida muhokama qilish;

– hududda yashovchi oilalarning oilaviy tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, rivojlantirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish;

– ma’muriy hududda yashovchi oilalarning milliy qadriyatlarimiz va an’analarimiz asosida to‘y va boshqa marosimlarni o‘tkazish yuzasidan tegishli tavsiyalar berish;

– aholining ijtimoiy nochor qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi, ushbu maqsadda markaz-lashtirilgan tarzda ajratiladigan davlat mablag‘laridan qonun hujjatla-rida belgilangan tartibda maqsadli va samarali foydalanilishini ta’minlash;

– har chorakda fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning masla-hatchilari, hududdagi ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan oilalar bilan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha yarashtirish komissiyasi hamda «Mahalla posboni» jamoatchilik tuzilmasi rahbari, fuqarolar yig‘inining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisining hisobotlarini eshitish;

– ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, tegishli hududni obodon-lashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va sanitariya jihatdan tozalash, kam

Page 45: Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan oilalar bilan ishlashda

45

ta’minlangan oilalarga ularning uylari va kvartiralarini ta’mirlashda, shuningdek kommunal xizmatlar haqini to‘lashda yordam ko‘rsatish uchun ixtiyoriylik asosida jismoniy shaxslardan mablag‘ yig‘ish, yuridik shaxslarning mablag‘laridan shartnoma asosida foydalanish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;

– spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni iste’mol qilishning oldini olish choralarini ko‘rish;

– kam ta’minlangan oilalarning, yetim bolalarning, ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning maishiy sharoitlarini yaxshilash to‘g‘risida tegishli davlat organlariga takliflar kiritish;

– mas’ul kotib, diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchi, harbiy hisobni yuritish bo‘yicha xodimning faoliyatini muvofiqlashtirish;

– fuqarolarni qabul qilishni amalga oshiradi, ularning arizalari, takliflari va shikoyatlarini ko‘rib chiqish;

– fuqarolarga ularning oilaviy va mulkiy ahvoli to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar hamda hujjatlar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar berilishini ta’minlash;

– ma’muriy-hududiy birliklar, mahallalarning chegaralarini o‘zgartirish, mahallalar, ko‘chalar, maydonlar va boshqa obyektlarga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish haqida tegishli tumanlar, shaharlar davlat organlariga iltimosnomalar kiritish.

2.4. Profilaktika inspektorlarining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha

maslahatchilar bilan hamkorligi

Profilaktika inspektorlarining oila-turmush munosabatlari doirasi-da sodir etiladigan huquqbuzarliklarning oldini olish, oilalardagi ma’naviy-ruhiy muhitni yaxshilash, huquqbuzar shaxslar bilan tarbiya-viy ahamiyatga molik profilaktik ishlarni olib borishda diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchi bilan hamkorlik qiladilar. Ushbu hamkorlik quyidagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi:

– fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzuridagi yarashtirish komissiyasi bilan hamkorlikda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasidagi tadbirlarda ishtirok etish;

– kam ta’minlangan yosh oilalarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, yolg‘iz yashovchi qariyalarga moddiy va ma’naviy

Page 46: Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan oilalar bilan ishlashda

46

yordamlar ko‘rsatishni tashkil etish va g‘amxo‘rlik qilish ishlarida ishtirok etish;

– oilalarda, qo‘ni-qo‘shnilar o‘rtasida yuzaga kelgan o‘zaro kelishmovchiliklarni mahalla faollari bilan birgalikda ko‘rib chiqib, bartaraf etish choralarini ko‘rish;

– mahallada uy boshlig‘i, yo‘lak boshlig‘i, ko‘cha boshlig‘i va boshqa jamoatchilik vakillarining faoliyatini tashkil etishdagi ishlarda bevosita tashabbuskorlik ko‘rsatish;

– yoshlarni oila qurishga tayyorlash, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash va kam ta’minlangan oilalarga amaliy yordam ko‘rsatish;

– muntazam oila-turmush doirasida huquqbuzarlik sodir etuvchi shaxslarni aniqlash;

– farzand tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ota-onalar hamda tarbiyasi og‘ir voyaga yetmaganlarni aniqlash;

– oilada sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhitni shakllantirish hamda yosh avlodni tarbiyalash borasidagi ishlarni tashkil etish;

– mahallada, oilalarda, o‘quv muassasalarida xotin-qizlar o‘rtasi-da oilani mustahkamlashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari va uchrashuvlarni o‘tkazish;

– nosog‘lom oila sifatida ichki ishlar organlarining profilaktik hisobiga olingan oilalar bilan yakka tartibdagi ishlarni amalga oshirish;

– barkamol avlodni tarbiyalash, ularni diniy ekstremizm va aqida-parastlik mafkurasidan himoya qilish uchun zarur bo‘lgan ma’naviy-axloqiy muhitni barpo qilish borasidagi ishlarni amalga oshirish;

– mahallada oilaviy nizolarni bartaraf etish, boquvchisiz, yolg‘iz qolgan ayollarni himoyalash, otasiz yoki onasiz qolgan bolalar tarbiyasini nazorat qilish ishlarini birgalikda olib borish;

– mahalla xotin-qizlarining kayfiyati, ahvoli, va ularning muam-molarini o‘rganish va uning yechimini topish, amaliy yordam ko‘rsatish;

– xotin-qizlar orasida o‘z joniga qasd qilish holatlarining oldini olishga qaratilgan ishlarda ishtirok etish;

– xotin-qizlar o‘rtasida noqonuniy ravishda diniy targ‘ibot ishlari-ning olib borilishiga qarshi kurash borasidagi tadbirlarni birgalikda o‘tkazib boradi;

– oilaviy janjalkashlarni aniqlash va ular bilan profilaktik ishlarni amalga oshirish;

Page 47: Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan oilalar bilan ishlashda

47

– oilaviy janjallar oqibatida er-xotin o‘rtasidagi yuzaga kelgan kelishmovchilik va ixtiloflarni bartaraf etish, ularni murosaga keltirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish;

– nosog‘lom oilalardagi ma’naviy-ruhiy muhitni sog‘lomlashtirish hamda jamiyatga zid turmush tarzi kechiruvchi shaxslarni aniqlash;

– oiladagi jinoiy zo‘ravonliklardan aziyat chekuvchilarni aniqlash hamda ularga ta’sir o‘tkazuvchi shaxslar haqidagi ma’lumotlarni zudlik bilan ichki ishlar organlariga yetkazishni ta’minlash;

– oilaning buzilishiga olib keladigan sabablarni o‘rganish orqali oilani mustahkamlash, undagi o‘zaro munosabatlar barqarorligini ta’minlash;

– oilani mustahkamlashga qaratilgan ishlarni tashkil etish; – oiladagi jinoiy zo‘ravonlikning oldini olishning samarali

vositasi sifatida zo‘ravonlikning salbiy oqibatlari haqida targ‘ibot-tashviqot profilaktik suhbatlarini o‘tkazib borish;

– oiladagi ajralishlarni oldini olish borasida o‘ziga biriktirilgan hududda tarbiyaviy-profilaktik tushuntirish ishlarini olib borish;

– oilada voyaga yetmaganlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ota-onalarni aniqlash, ularning qarovsizligi va nazoratsizligining oldini olishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;

– oiladagi nosog‘lom muhitning sabab va sharoitlarini aniqlash hamda ularni bartaraf qilish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish;

– oilada sog‘lom ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularni «ommaviy madaniyat»ning salbiy illatlari ta’siridan himoyalash;

– diniy ekstremizm, diniy aqidaparastlik va missionerlikning kelib chiqish sabablarini o‘rganish, ularning salbiy oqibatlarini tushun-tirish, shuningdek ularning oldini olish, aholini hushyorlik va ogohlik-ka da’vat etishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

– milliy istiqlol g‘oyasining asosiy tushunchalari va ma’naviyat targ‘ibotiga oid vakolatli davlat organlari qarorlarini ijtimoiy hayotga tatbiq etishda faol qatnashish;

– ma’naviyat va ma’rifat ishlarini zamon talablari asosida tashkil etish, aholining mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangilanish jarayonlariga daxldorlik hissini oshirishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini amalga oshirish;

– ota-onalarning yosh avlodni tarbiyalash bo‘yicha huquqiy, ma’naviy-axloqiy va fiziologik bilimlarini oshirish maqsadida fuqaro-

Page 48: Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan oilalar bilan ishlashda

48

lar yig‘ini huzurida tashkil etilgan «Ota-onalar universitetlari» faoliyatiga ko‘maklashish;

– ma’naviy hayot, milliy ong va qadriyatlar, e’tiqod va tafakkur, ko‘p asrlik urf-odat va an’analarni asrab-avaylash, ma’naviy olamni yuksaltirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;

– milliy g‘oya va uning uzviy tarkibiy qismlari hisoblangan komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik kabi tamoyillarning mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish;

– milliy urf-odatlar va ularning zamirida mujassam bo‘lgan mehr-oqibat, insonni ulug‘lash, tinch va osoyishta hayot, do‘stlik va totuvlikni qadrlash, turli muammolarni birgalashib hal qilish kabi ibratli qadriyatlarning mohiyati va ahamiyatini targ‘ib etish;

– fuqarolar yig‘ini hududida ma’naviy asoslarni mustahkamlash, an’ana va urf-odatlarimizni asrab-avaylash, ma’naviy-ma’rifiy, mada-niy va tarbiyaviy tadbirlarni amalga oshirilishiga ko‘maklashish;

– ommaviy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbirlarni va boshqa tadbirlarni o‘tkazishda davlat organlariga ko‘maklashish;

– sog‘lom ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, fuqarolar ongida yurtga sadoqat, madaniy merosimizga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirish, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularni «ommaviy madaniyat»ning salbiy illatlari ta’siridan himoyalash, umumbashariy va milliy bayramlarni aholi o‘rtasida yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha qabul qilingan ma’naviy-ma’rifiy dasturlar ijrosini fuqarolar yig‘ini hududida ta’minlash;

– ro‘yxatdan o‘tmagan diniy tashkilotlar faoliyatining oldini olish, fuqarolarning diniy e’tiqod erkinligi huquqlariga rioya etilishini ta’minlash, diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish, vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi bilan bog‘liq boshqa masalalar bo‘yicha fuqarolar yig‘ini kengashiga ko‘maklashish;

– mamlakatimizda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, keng ko‘lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati hamda ularning jamiyatimiz taraqqiyoti va fuqarolar ijtimoiy hayotidagi ahamiyatini ochib berishga qaratilgan ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy va huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish;

– tarbiyaga oid masalalar yuzasidan ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilishda fuqarolar yig‘ini kengashiga ko‘maklashish.

Page 49: Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan oilalar bilan ishlashda

49

2.5. Profilaktika inspektorlarining mahalla posboni bilan hamkorligi

Posbonlar mahalla bilan bog‘liq barcha ma’lumotlarni bilishlari va zarur hollarda ularni ichki ishlar va tegishli idoralarga berishlari lozim.

Buning uchun esa ular mahallani besh qo‘ldek bilishlari kerak. Shu maqsadda posbonlar mahalla faollari va profilaktika inspektorlari bilan birga mahalladagi tezkor vaziyatni, unda yashaydigan har bir fuqaroning shaxsini, turmush tarzini, moddiy sharoiti va ma’naviy qiyofasini, daromad manbaini, ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashini, aloqa-larini, oiladagilar va tevarak-atrofdagilar bilan munosabatlarini hamda shaxsni tavsiflovchi barcha xususiyatlarini va mahallani ta’riflovchi barcha ma’lumotlarni o‘rganib chiqishi lozim.

Mahalla posbonlari profilaktika inspektorlari bilan sodir etilishi mumkin bo‘lgan turli ko‘rinishdagi huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sodir etilish sabablari, shart-sharoitlarini aniqlash va bartaraf etish borasida hamkorlik qiladilar. Ushbu hamkorlik quyidagilardan iborat:

– ma’muriy hududda kecha-yu kunduz jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini ta’minlaydi;

– oila-turmush doirasida huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni aniqlab, ular bilan belgilangan tartibda profilaktik-ogohlantiruv ishlarini birgalikda olib boradi;

– nosog‘lom oila sifatida hisobda turgan shaxslar bilan yakka va umumiy tartibdagi profilaktik tadbirlarni amalga oshiradi;

– fuqarolar va muassasalar, tashkilotlarda oila-turmush doirasida-gi jinoyatlar, ularning salbiy oqibatlari mavzuidagi davra suhbatlarda ishtirok etadi;

– huquqbuzarliklarning oldini olish va aholining huquqiy madaniya-tini yuksaltirishda huquq-tartibot organlariga yaqindan ko‘maklashadi;

– oila-turmush doirasida sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish va aniqlashda ishtirok etadi;

– oila – turmush doirasidagi huquqbuzarliklarning oldini olishda ichki ishlar idoralari bilan fuqarolarning jamoat uyushmalari o‘rtasi-dagi hamkorlikni tashkil etadi;

– hududdagi ijtimoiy-siyosiy va kriminogen vaziyatni barqaror-lashtirish bo‘yicha profilaktika inspektorlari va mahalla faollari bilan hamkorlikdagi tadbirlarda muntazam ravishda ishtirok etadi;

Page 50: Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan oilalar bilan ishlashda

50

– hududda oila-turmush doirasida jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarni aniqlaydi va bu haqda profilaktika inspektorlariga ma’lum qiladi;

– mahallada fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashda jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikni tashkil qiladi;

– profilaktika inspektorlari tomonidan har oyda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida o‘tkaziladigan hisobot yig‘ilishlarida ishtirok etib, oila-turmush doirasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha takliflar kiritadi;

– ma’muriy hududda spirtli ichimliklarga ruju qo‘ygan va giyohvandlik yoki psixotrop moddalarini iste’mol qiluvchi shaxslarni aniqlash jarayonidagi hamkorlikda ishtirok etadi;

– «xavfli guruh»ga mansub bo‘lgan shaxslarning turmush tarzi va xulq-atvorini doimiy ravishda kuzatib boradi;

– ma’muriy hududdagi kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olishda ishtirok etadi;

– mahalla hududida maqsadsiz yurgan shaxsi noaniq, ayniqsa, jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar, jinoyat sodir etib qidiruvda bo‘lgan jinoyatchi shaxslarni aniqlashda ishtirok etadi;

– muntazam oila-turmush sohasida janjal sodir etuvchi oilalarni, ayniqsa, oilada muntazam ravishda huquqbuzarlik va janjal sodir etuvchi shaxslarni aniqlaydi;

– xizmat hududida yashovchi fuqarolardan huquqbuzarlik sodir etmasligi yoki sodir etayotgan huquqbuzarligini to‘xtatishni talab qilganda jamiyatga nisbatan bepisandlik bilan xatti-harakatini davom ettirsa tartibbuzar shaxsni profilaktika inspektorining xizmat xonasiga olib keladi;

– mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolar o‘rtasida targ‘ibot-tushuntirish ishlarini olib boradi va huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarni aniqlaydi;

– oila-turmush munosabatlari doirasida muntazam ravishda huquqbuzarlik sodir etuvchi shaxs sifatida profilaktik hisobda turuvchi-larning xulq-atvori, turmush tarzini alohida nazoratga oladi;

– oila-turmush doirasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish hamda oilada ma’naviy-ruhiy muhitni sog‘lomlashtirish uchun oilada sodir etilgan nizo va janjallarni mahallada muhokama etish jarayonida ishtirok etadi.

Page 51: Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan oilalar bilan ishlashda

51

M U N D A R I J A

SO‘ZBOSHI …………………………………………………………………….3

I bob. IJTIMOIY JIHATDAN XAVFLI AHVOLDA BO‘LGAN

OILALARNING IJTIMOIY-HUQUQIY TAVSIFI 1.1. «Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan oila» tushunchasi………………...7 1.2. Oilani ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolga olib keluvchi omillar………………13

II bob.

IJTIMOIY JIHATDAN XAVFLI AHVOLDA BO‘LGAN OILALAR BILAN ISHLASHDA PROFILAKTIKA INSPEKTORLARI

VA FUQAROLARNING O‘ZINI O‘ZI BOSHQARISH ORGANLARI HUZURIDAGI JAMOAT TUZILMALARINING

O‘ZARO HAMKORLIGI 2.1. Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan oilalar bilan ishlashda profilaktika inspektorlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzuridagi jamoat tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikning huquqiy tavsifi…………………..26 2.2. Profilaktika inspektorlarining yarashtirish komissiyalari bilan hamkorligi………………………………………………….38 2.3. Profilaktika inspektorlarining fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorligi……….43 2.4. Profilaktika inspektorlarining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilar bilan hamkorligi…………………...45 2.5. Profilaktika inspektorlarining mahalla posboni bilan hamkorligi…………..49

Page 52: Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan oilalar bilan ishlashda

52

Raxmanov Rasul Narzullayevich, Murodov Alisher Sharofxonovich,

Xo‘jaqulov Siyovush Baxtiyorovich

IJTIMOIY JIHATDAN XAVFLI AHVOLDA BO‘LGAN OILALAR BILAN ISHLASHDA PROFILAKTIKA INSPEKTORLARI VA

FUQAROLARNING O‘ZINI O‘ZI BOSHQARISH ORGANLARI HUZURIDAGI JAMOAT TUZILMALARINING O‘ZARO

HAMKORLIGI

O‘quv qo‘llanma

Muharrir B. Ergashev Texnik muharrir D. Hamidullayev

Bosishga ruxsat berildi 02.04.2014-y. Nashriyot-hisob tabag‘i 3,3. Adadi 30. Buyurtma №.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi

100197, Toshkent sh., Intizor ko‘chasi, 68