205
1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI SURXONDARYO VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI MATEMATIKA FANINI O`QITISH METODIKASI MODULI BO`YICHA O`QUV-USLUBIY MAJMUA Malaka oshirish yo`nalishi: Tinglovchilar kontingenti: matematika fani o`qituvchilari umumiy o`rta ta’lim maktablarining matematika fani o`qituvchilari Termiz - 2020

MATEMATIKA FANINI O`QITISH METODIKASI O`QUV-USLUBIY … · 2020. 3. 20. · Matematika fanidan ta’lim samaradorligi va sifatini baholash bo`yicha yo`riqlar. Matematikadan testlarni

  • Upload
    others

  • View
    63

  • Download
    0

Embed Size (px)

Citation preview

  • 1

    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

    XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

    SURXONDARYO VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA

    TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY

    MARKAZI

    MATEMATIKA FANINI O`QITISH

    METODIKASI

    MODULI BO`YICHA

    O`QUV-USLUBIY MAJMUA

    Malaka oshirish

    yo`nalishi:

    Tinglovchilar kontingenti:

    matematika fani o`qituvchilari

    umumiy o`rta ta’lim

    maktablarining matematika fani

    o`qituvchilari

    Termiz - 2020

  • 2

    Mazkur o`quv-uslubiy majmua Xalq ta’limi vazirligining 20___-yil _____

    _________dagi ____-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan matematika fani

    o`qituvchilari malakasini oshirish yo`nalishi o`quv rejasi va dasturi asosida

    tayyorlandi.

    Tuzuvchi: O.B.Berdiyeva - Surxondaryo viloyati XTXQT va UMOHM

    “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi mudiri, pedagogika

    fanlari nomzodi.

    M.Mirsaburov - Surxondaryo viloyati XTXQT va UMOHM

    “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi professori, fizika-

    matematika fanlari doktori.

    Taqrizchi: I.Allakov - Termiz davlat universiteti “Algebra va

    geometriya” kafedrasi mudiri, fizika-matematika fanlari doktori,

    professor.

    O`quv-uslubiy majmua Surxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta

    tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi Ilmiy Kengashining

    20___- yil ______________dagi ______- sonli qarori bilan ma’qullangan va

    nashrga tavsiya etilgan.

  • 3

    M U N D A R I J A

    I. Ishchi dasturi .................................................................................................... 4

    II. Modulni o`qitishda foydalaniladigan interfaol ta’lim metodlari. .................. 19

    III. Nazariy mashg`ulotlar materiallari ................................................................32

    IV. Amaliy mashg`ulotlar materiallar………………………………………...57

    V. Mustaqil ta’lim mavzulari ......................................................................... 173

    VI. Glossariy ...................................................................................................... 184

    VII.Adabiyotlar ro`yxati......................................................................................192

  • 4

    3.2

    MODUL

    ISHCHI DASTUR

  • 5

    K I R I SH

    «Ta’lim to`g`risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida»gi

    O`zbekiston Respublikasi qonunlariga, 2017-2021-yillarga mo`ljallangan

    “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar

    strategiyasi”, 2018 yil 5 sentyabrdagi “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi

    tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3931-sonli Qarori,

    shuningdek O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6

    apreldagi “Umumiy o`rta va o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim

    standartlarini tasdiqlash to`g`risida”gi 187-sonli Qarori, O`zbekiston Respublikasi

    Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi “O`zbekiston Respublikasi xalq ta’limi

    tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to`g`risidagi”gi PF-

    5712-sonli Farmoni, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev

    huzurida 2019 yil 23-avgust kuni kengaytirilgan tarzda o`tkazilgan 34-sonli

    yig`ilishda belgilangan ustuvor vazifalar hamda O`zbekiston Respublikasi Xalq

    ta’limi vazirining 2019 yil 28-dekabrdagi “Umumiy o`rta ta’lim maktablarida

    variativ o`quv rejalarni tajriba-sinovdan o`tkazish to`g`risida”gi 405-sonli buyrug`i

    mazmunidan kelib chiqqan holda, ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini

    ta’minlash, ta’limning zamonaviy metodologiyasini yaratish hamda ular asosida

    pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mazmunini

    yanada takomillashtirishni taqozo etadi.

    Mamlakatimizda kompetentsiyaviy yondashuvga asoslangan yangi davlat

    ta’lim standartlarini joriy etilishi o`rta maktab o`qituvchilari zimmasiga qator

    dolzarb vazifalarni ko`ndalang qilib qo`ymoqda. Shu bilan birga, 2017-2018-o`quv

    yilidan maktablarda 11 yillik o`rta ta’limning joriy etilishi ham o`z navbatida

    o`qituvchilarning malaka oshirishga bo`lgan yangi ehtiyojlarni keltirib chiqardi.

    Ayni paytda vujudga kelgan shart-sharoitlar va o`qituvchilarning yuqoridagi

    keltirilgan ehtiyojlari malaka oshirishning shakli, mazmuni va uni amalga oshirish

    mexanizmlarini qayta ko`rib chiqishni va bu jarayonga tegishli o`zgartirishlarni

    kiritishni taqozo etmoqda. Xususan, shu kunlarda yuqoridagi ehtiyojlardan va ular

    oldida ko`ndalang turgan muammolardan kelib chiqqan holda, matematika fani

    o`qituvchilarining malakasini oshirish mazmuni va shakllarini takomillashtirish

    zarurati paydo bo`ldi.

    “Matematika fanini o`qitish metodikasi” modulining ishchi o`quv dasturi

    matematika fani o`qituvchilari malakasini oshirish kursining o`quv dasturi asosida

    tuzilgan bo`lib, u matematika fani o`qituvchilariga o`qitishning zamonaviy

    metodlari mazmuni va mohiyatini ochib beradi.

  • 6

    Modulning maqsadi va vazifalari

    Modulning maqsadi:

    umumiy o`rta ta’lim maktablari matematika fani o`qituvchilarining

    zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalari va maqbul metodlardan

    foydalanish kompetentsiyalarini rivojlantirishdan iborat.

    Modulning vazifalari:

    - matematika fani o`qituvchilarining zamonaviy pedagogik texnologiyalari va metodlar haqidagi bilim, ko`nikma va malakalarini rivojlantirish;

    - matematika fani o`qituvchilarida dars jarayonida samarali metodlarni qo`llash ko`nikmalarini shakllantirish.

    Modul bo`yicha tinglovchilarning bilim, ko`nikma, malaka va

    kompetentsiyalariga qo`yiladigan talablar:

    Matematika o`qituvchilari:

    1. Mazkur kursni muvafaqqiyatli tugatgan tinglovchi quyidagilarni

    bilishi zarur:

    - matematika fanini o`qitishning o`ziga xos xususiyatlari va o`qitish metodlarini;

    - matematika fanidan o`quvchilar bilim, ko`nikma, malaka va kompetentsiyalarini baholash va nazorat turlarini;

    - matematika fanidan dars ishlanmalarini ishlab chiqishga qo`yilgan zamonaviy talablarni;

    - matematika fanini o`qitishda iqtidorli o`quvchilar bilan ishlash metodlarini.

    2. Quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishi lozim:

    - matematika fanini o`qitishning zamonaviy metodlarini qo`llay olish; - zamonaviy talablar asosida matematika fanidan dars ishlanmasini ishlab

    chiqish;

    - matematika fanidan o`quvchilar bilim, ko`nikma, malaka va kompetentsiyalarini baholash va nazorat topshiriqlarini tuzish;

    - matematika darslarini kuzatish, tahlil qilish va baholash.

    3. Quyidagi malakalarni egallagan bo`lishi shart:

    - matematika fanidan ochiq darslarni o`tkazish va ularni tahlil qilish;

    - matematika fanidan sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilish;

    - matematika fanini o`qitishda iqtidorli o`quvchilar bilan ishlash;

    - matematika darslarida buyuk ajdodlarimiz ilmiy merosidan foydalanish.

    4. Quyidagi kompetentsiyalarni egallagan bo`lishi shart:

    O`zini-o`zi rivojlantirish, o`z ustida ishlash kompetentligi

    ko`rsatkichlari:

    - ilg`or pedagogik texnologiyalardan kasbiy faoliyatda foydalanish;

  • 7

    - zamonaviy talablar darajasida matematika darslarini tashkil qilish va o`tkazish.

    Mas’uliyat va moslashuvchanlik kompetentsiyasi

    - turli xil yangi vazifalar va mas’uliyatlarni qabul qila olish;

    - o`ziga, jamoada va hamjamiyat miqyosida mas’uliyatli bo`lish;

    - o`ziga va ta’lim muassasasi xodimlariga nisbatan yuqori marra va

    standartlarni belgilash va ularga erishish;

    - matematika fanidan o`quvchilarning muvaffaqiyatli o`zlashtirishini nazorat

    qilish mas’uliyatini o`z zimmasiga olish.

    Modulni tashkil etish va o`tkazish bo`yicha tavsiyalar

    Matematika fanini o`qitish metodikasi modulidan mashg`ulotlar nazariy va

    amaliy shaklda olib boriladi.

    Nazariy mashg`ulotlarda matematika fanidan yaratilgan o`quv-uslubiy

    majmualar tarkibi, dars ishlanmalariga qo`yilgan talablar, matematikaning o`ziga

    xos xususiyatlari va uni o`qitish metodikasi haqida ma’lumotlar beriladi.

    Amaliy mashg`ulotlarda dars ishlanmalarini tuzish, o`quvchilar bilimini

    baholash, sinfdan tashqari ishlar, darslarni kuzatish va tahlil qilish o`rgatiladi.

    Mashg`ulotlarda texnik vositalardan, ekspress-so`rovlar, test so`rovlari,

    aqliy hujum, guruhli fikrlash, kichik guruhlar bilan ishlash va boshqa interaktiv

    ta’lim usullaridan foydalanish nazarda tutiladi.

    Modulning o`quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog`liqligi va uzviyligi

    Modul mazmuni o`quv rejadagi “Ta’lim jarayonida axborot kommunikatsiya

    texnologiyalarini qo`llash”, “Matematika fanini o`qitishda innovatsion

    yondashuvlar” o`quv modullari bilan uzviy bog`langan holda pedagoglarning

    kasbiy pedagogik tayyorgarlik darajasini orttirishga xizmat qiladi.

    Modulning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi

    Mazkur modul “Ijtimoiy modullar”, “Umumkasbiy fanlar” dan keyin yoki

    birgalikda o`rganiladi. Unda yuqoridagi bloklarda o`rganilgan mazmun

    yo`nalishlari va uslubiy jihatlarini matematika faniga tatbiq etish imkoniyatlari

    ochib beriladi.

    Modulning ta’limdagi o`rni

    Tinglovchilarni matematika fanini o`qitishning zamonaviy texnologiya va

    metodlari bilan tanishtirish hamda amalda qo`llash ko`nikmalarini shakllantirish

    orqali ta’lim samaradorligini ta’minlashdan iborat.

  • 8

    Modul bo`yicha soatlar taqsimoti

    № Modul mavzulari

    Ham

    mas

    i

    Jam

    i o

    `qu

    v

    yukla

    mas

    i

    Jumladan

    Must

    aqil

    ta’

    lim

    Naz

    ariy

    Am

    aliy

    Ko`c

    hm

    a

    mas

    hg`u

    lot

    1.

    Matematika fani bo`yicha joriy

    etilgan yangi DTS, o`quv dasturlari

    va o`quv-uslubiy majmualarining

    tahlili

    2 2 2

    2. Dars ishlanmalarni ishlab chiqishga

    qo`yilgan talablar

    6 4 4 2

    3.

    Matematika fani mazmunining

    o`ziga xosligi. Aksiomatik

    yondashuv.

    2 2 2

    4.

    Matematika fanini o`qitishning

    zamonaviy texnologiyalari va

    metodlari

    4 4 4

    5.

    Matematika fanini o`qitishda ilmiy

    izlanish va tadqiqot metodlaridan

    foydalanish. STEAM texnolo-

    giyalarida foydalaniladigan metod-

    lar.

    4 4 4

    6.

    O`quvchilarda kasbiy kompeten-

    siyalarni shakllantirishda fanlararo

    integratsiya. O`quvchilarni ongli

    ravishda kasb tanlashga yo`naltirish.

    2 2 2

    7.

    O`quvchilarning matematika fanidan

    o`zlashtirgan bilim, ko`nikma va

    kompetentsiyalarini baholash va

    monitoringini yuritish.

    4 4 2 2

  • 9

    NAZARIY MASHG`ULOTLAR MAZMUNI

    1-mavzu: Matematika fani bo`yicha joriy etilgan yangi DTS, o`quv

    dasturlari va o`quv uslubiy majmualarining tahlili (2 soat ma’ruza).

    Matematika fanidan DTS. Umumiy o`rta ta’lim maktablari o`quvchilarining

    matematika fanidan tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan talablar. Davlat ta’lim

    standartlarini sinflar bo`yicha mutanosib taqsimlash asoslari. Matematika fanidan

    umumiy o`rta ta’lim dasturi mazmuni, mohiyati va tahlili. Matematika fanidan

    yaratilgan yangi o`quv uslubiy majmualar, o`qitishning turli texnik-didaktik

    vositalari, mavjud darsliklar, o`quv qo`llanmalari, o`quv-metodik adabiyotlar va

    tahlili.

    2-Mavzu: O`quvchilarning matematika fanidan o`zlashtirgan bilim,

    ko`nikma va kompetentsiyalarini baholash va monitoringini yuritish. PISA

    tajribasi. (2 soat ma’ruza).

    8.

    Matematika fanidan sinfdan va

    maktabdan tashqari ishlarni tashkil

    qilish va o`tkazish yo`llari

    2 2 2

    9. Matematika darslarida buyuk ajdod-

    larimiz ilmiy me’rosidan foydalanish

    2 2 2

    10.

    Matematikadan nostandart va

    murakkab masalalarni yechish

    metodikasi.10-11-snf darsliklarida

    berilgan murakkab misol va

    masalalarni yechish metodikasi

    8 8 8

    11.

    Matematika fanidan Xalqaro

    baholash dasturiga asoslangan

    topshiriqlarni tuzish va yechish

    metodikasi

    6 6 6

    12. Ehtimollar nazariyasi elementlarini

    o`qitish metodikasi

    4 4 4

    13. Matematika darslarini kuzatish va

    tahlil qilish

    10 8 2 - 6 2

    Jami 56 52 6 40 6 4

  • 10

    O`quvchilarning matematika fanidan o`zlashtirgan bilim, ko`nikma va

    kompetentsiyalarni baholashga qo`yiladigan talablar. Baholashning asosiy usullari

    va tamoyillari. O`quvchining o`quv faoliyatini baholashning metodlari.

    O`quvchilarning matematika fanidan o`zlashtirgan bilim va ko`nikmalarini hamda

    tayanch va fanga oid kompetentsiyalarini aniqlash bo`yicha joriy, oraliq va

    yakuniy nazoratni tashkil qilish. Matematika fanidan yozma nazorat ishlarini tuzish

    va o`tkazish bo`yicha metodik tavsiyalar. Nazorat ishlarini baholash mezonlari.

    Nazorat ishi natijalari tahlili va xatolar ustida ishlash darslarini tashkil qilish.

    O`quvchining o`quv faoliyati monitoringini olib borish mezonlari.

    Matematika fanidan ta’lim samaradorligi va sifatini baholash bo`yicha yo`riqlar.

    Matematikadan testlarni tuzishga qo`yilgan talablar va ularning turlari. Test

    topshiriqlari va uning asosiy shakllari: 1) ochiq javobli, 2) yopiq javobli, 3) bitta

    tanlov javobli, 4) ko`p tanlov javobli, 5) kombinatsiyalashgan, 6) mos qo`yish, 5)

    tushirib qoldirilgan so`z(lar)ni to`ldirish, 5) tushirib qoldirilgan son(lar)ni to`ldirish

    kabi test topshiriqlari. Test topshiriqlarini tuzish metodikasi. Matematika fanidan

    ishlab chiqiladigan test topshiriqlariga qo`yiladiladigan asosiy talablar. Matematika

    fanidan tuzilgan test topshiriqlarini yechish bo`yicha yo`l-yo`riqlar. Ekspress–

    testlarni o`tkazish bo`yicha tavsiyalar. O`quvchilar o`zlashtirgan bilim va

    ko`nikmalarini baholashning zamonaviy dasturiy vositalari.

    3-Mavzu: Matematika darslarini kuzatish va tahlil qilish (2 soat ma’ruza).

    Maktabda dars kuzatish va tahlil qilishning o`quv jarayonidagi o`rni,

    ahamiyati va uning tiplari. Darsni kuzatish va tahlil (ilmiy, metodik, didaktik.

    umumpedagogik va umumpsixologik) qilish tartibi, rejasi va joriylanishi.

    O`qituvchining darsga kasbiy tayyorgarligi: darsni tashkil qilish va o`tkazish.

    Pedagogik ijodkorlik. Darslarga kirish va ularni tahlil qilish texnikasi. Dars

    kuzatuvchilarning vazifalari va ularga qo`yiladigan talablar. Matematikadan ochiq

    darslarni kuzatish, ilg`or pedagogik tajribalarini o`rganish, muhokama qilish va

    baholash.

    Matematika darslarini kuzatishdan ko`zlangan maqsadlar. Ochiq,

    ko`rgazmali, namunaviy, hisobot darslari va ularga qo`yilgan talablar asosida

    darsni tahlil qilish.

    Darsni baholash mezonlari: 1) o`qituvchining darsga tayyorgarligi tahlili

    (dars ishlanmasi, taqvim-mavzu reja, o`quv dasturi, darslik, dars taqdimoti,

    ko`rgazmali qurollar, tarqatma materiallar va h.k.larni oldindan hozirlab

    qo`yilganligi), 2) dars mazmuni tahlili (dars maqsadining to`g`ri belgilanganligi,

    mavzuning boshqa fanlar bilan bog`langanligi, dars mavzusini mustahkamlash

    uchun berilgan topshiriqlarning to`g`ri tanlanganligi, o`qituvchining o`z fanini

    qanchalik mukammal bilishi), 3) darsning uslubiy tahlili (o`qitishning turli

    usullaridan to`g`ri va o`rnida foydalanganligi, darsning interfaollik darajasi

    (o`quvchilarni faollashtiradigan guruhlarda yoki mustaqil ishlashiga sharoitning

  • 11

    qanchalik yaratilganligi), dars vaqtining to`g`ri taqsimlanganligi, o`quvchilarning

    darsdagi guruhiy yoki mustaqil ishining to`g`ri tashkil qilinganligi, o`quv

    materiallarining tabaqalashtirilganlik darajasi (yaxshi va qiyin o`zlashtiradigan

    o`quvchilarga munosabat), 4) o`qituvchining pedagogik mahorati tahlili

    (o`qituvchining dars mavzusini ravon tilda tushuntira olishi, o`qituvchining darsda

    o`zini dadil tuta olishi, motivatsiya (o`quvchilarni ta’lim olishga undash) va uni

    rag`batlantirib borishi, dars davomida ijodiy, ta’limiy muhitni yarata olganligi,

    darsga oid ko`rgazmali qurollar, jihozlar va asboblardan o`rnida foydalanganligi,

    o`quvchilarning faolligi), 5) darsda darslik va boshqa qo`shimcha o`quv

    materiallaridan foydalanish tahlili (darsda darslikdan samarali foydalanish darajasi,

    qo`shimcha o`quv materiallaridan foydalanish darajasi), 6) darsda AKT va

    ta’limning boshqa vositalaridan foydalanish tahlili (o`qituvchining proektor,

    multimediya va boshqa texnik vositalardan foydalana olish darajasi, o`qituvchining

    tayyorlagan taqdimot sifati yoki o`quv doskasidan samarali foydalana olishi,

    taqdimot sifati yoki mavzu asosiy momentlarining doskaga yozib borilishi), 7)

    darsda yaratilgan ta’limiy muhit va munosabatlar tahlili (o`qituvchining

    o`quvchilarga nisbatan munosabati: xushmuamalaligi, til topa olishi,

    o`quvchilarning bir-birlariga nisbatan munosabati: o`zaro yordam, hurmat,

    hamjihatlik, o`quvchilarning o`qituvchiga nisbatan munosabati: hurmat, intizom,

    eshitish), 8) Baholash va darsga yakun yasash tahlili (o`quvchilarning dars

    davomida bilim va ko`nikmalarining to`g`ri baholab borilishi, baholash

    topshiriqlarining dars maqsadidan kelib-chiqib tuzilganligi, dars oxirida darsga

    yakun qilinishi, refleksiya) asosida matematika darsini kuzatish va uni didaktik

    (ta’limiy) va uslubiy tahlil qilish.

    AMALIY MASHG`ULOTLAR MAZMUNI

    1-mavzu: Dars ishlanmalarni ishlab chiqishga qo`yilgan talablar (4 soat amaliy mashg`ulot).

    Matematika darsi va unga qo`yilgan kompetentsiyaviy yondashuvga

    asoslangan zamonaviy talablar, didaktik, psixologik va metodik talablar. Dars

    shakllari: 1) individual (o`qituvchining har bir o`quvchi bilan yakka tartibda

    ishlashi), 2) frontal (o`qituvchining butun sinf bilan bir tomonlama ishlashi), 3)

    guruhiy (4-6 kishilik guruhlarda o`quvchilarning ishlashi), 4) jamoaviy (sinf

    o`quvchilarining bitta jamoa bo`lib ishlashi). Dars turlari: 1) yangi mavzuni

    o`zlashtirish darsi, 2) o`zlashtirilgan bilim va ko`nikmalarni mustahkamlash darsi,

    3) o`zlashtirilgan bilim va ko`nikmalarni takrorlash darsi, 4) o`zlashtirilgan bilim

    va ko`nikmalarni tizimga solish va umumiylashtirish darsi, 5) o`zlashtirilgan bilim

    va ko`nikmalarni nazorat va baholash darsi, 6) aralash (kompleks) dars. Har bir

    dars turlariga mos kelgan dars bosqichlari. Darsning motivatsiya (yangi mavzuga

    qiziqtirish) bosqichi va uning ta’lim jarayonidagi ahamiyati. Darsning refleksiya

    (o`quvchilarning dars davomidagi o`z faoliyatini tahlil qilishi va baholashi)

    bosqichi va uni o`tkazish bo`yicha tavsiyalar.

  • 12

    Dars ishlanmasi – o`qituvchi ijodkorligini aniqlovchi omil. Dars rejasi -

    darsni pedagogik, didaktik va uslubiy jihatdan rejalashtiruvchi, loyihalashtiruvchi

    hujjat. Dars ishlanmalarini yaratish bo`yicha uslubiy tavsiyalar. Dars

    ishlanmasining tuzilmasi: 1) dars mavzusi, 2) dars maqsadlari, 3) dars natijalari, 4)

    darsda foydalaniladigan ma’lumot manbalari, o`quv uslubiy adabiyotlar va

    elektron resurslar, 5) darsda ishlatiladigan zarur texnik vositalar va jihozlar, 6) dars

    shakli, 7) dars turi, 8) dars metodlari, 9) dars bosqichlari va vaqt taqsimoti, 10)

    dars borishining qisqacha tafsiloti.

    Darsning tafsilotlarini bayon qilish ketma-ketligi: 1) tashkiliy qism, 2) yangi

    mavzuni boshlashga hozirlik (yangi mavzu bilan bog`liq o`tgan dars mavzularini

    takrorlash; yangi mavzuni o`tishdan oldin o`quvchilarning bu mavzuga oid bilim

    darajalarini aniqlash va baholash; yangi dars maqsadini tushuntirish), 3) yangi

    mavzuni yoritish (dars materiallarini kichik–kichik bo`laklarga bo`lib, ketma–ket

    ma’lum uzviylikda va mantiqiy bog`liqlikda ko`rgazmali tarzda hamda turli

    o`qitish uslublaridan foydalangan holda berish), 4) yangi mavzuni mustahkamlash

    (olingan nazariy bilimlarni aniq misollarga qo`llab va turli topshiriqlarni bajarib,

    o`quvchilarda mavzuga oid amaliy ko`nikmalar hosil qilish), 5) darsga yakun

    yasash va baholash (darsning maqsadini yana bir bor eslatish va unga qanchalik

    erishilganlikni o`quvchilar bilan birgalikda aniqlash, darsning asosiy lahzalarini

    esga olish, o`quvchilarning mavzu bo`yicha savollarga javobini tinglash hamda

    darsda faol qatnashgan o`quvchilarni baholash, refleksiya (o`quvchilarning dars

    davomidagi o`z faoliyatini tahlil qilishi va baholashi), 6) uyga vazifa (o`tilgan

    mavzu bo`yicha bilim, malaka va ko`nikmalarni yanada mustahlamlashga, kelgusi

    dars uchun hozirlik ko`rishga qaratilgan mustaqil bajariladigan savol, mashq va

    topshiriqlar majmuasi) va baholash (baholash uchun beriladigan savol va

    topshiriqlar aynan dars maqsadidan kelib chiqqan, mavzuni o`zlashtirishga

    erishilgan yoki erishilmaganligini aniqlashdan iborat bo`lishi lozim)

    Dars maqsadi va natijalarining o`zaro mutanosibligini ta’minlash.

    Darsning 1) ta’limiy, 2) tarbiyaviy va 3) rivojlantiruvchi maqsadlari va

    ularning davlat ta’lim standartlari, tayanch va fanga oid kompetentsiyalar bilan

    bog`liqligi. Dars maqsadlarini ifodalashga quyiladigan talablar: 1) real, 2) erishsa

    bo`ladigan, 3) aniq (konkret) va 4) erishganlik darajasini o`lchasa (baholasa)

    bo`ladigan. Dars maqsadlarini to`g`ri va aniq ifodalash bo`yicha tavsiyalar. Dars

    maqsadi va natijalarining o`zaro mutanosibligini ta’minlash. Motivatsiya va

    refleksiya.

    2-Mavzu: Matematika fani mazmunining o`ziga xosligi. Aksiomatik

    yondoshuv. (2 soat amaliy).

    Matematika fani mazmunining o`ziga xosligi. Maktab matematika kursida

    tayanch tushunchalar va munosabatlar, aksiomalar va teoremalar, masala va

    misollar, qoidalar va formulalar, algoritmlar va qonunlar. Matematik tushuncha va

  • 13

    uning ta’rifi. Matematik tushunchalarni ta’riflash usullari: 1) konkret–induktiv, 2)

    abstrakt-deduktiv.

    Maktab geometriya kursining aksiomatik tuzilishi. Geometriyaning

    boshlang`ich (tayanch) tushunchalari va ular orasidagi munosabatlar tavsifi.

    Aksiomalar va teoremalar. Teorema va isbot. Teoremalarning tuzilishi: teorema

    sharti va xulosasi. Zaruriy va yetarli shartlar. Teoremaning turlari. Xossalar va

    alomatlar. Geometriyada teoremalarini isbotlash metodlari: 1) geometrik

    almashtirishlar metodlari (uchburchaklarning tenglik yoki o`xshashligi

    alomatlariga, geometrik shakllar yuzasi xossalariga va hokazolarga asoslangan

    metodlar), 2) teskarisini faraz qilib isbotlash metodi, 3) algebraik metodlar, 4)

    vektorlar metodi, 5) koordinatalar metodi va boshqalar.

    3-Mavzu: Matematika fanini o`rganishning zamonaviy texnologiyalari

    va metodlari (4 soat amaliy mashg`ulot).

    Matematikani o`qitishning zamonaviy ta’lim texnologiyalari va metodlari:

    izohli-ko`rgazmali, namoyish, kitob bilan ishlash, reproduktiv, evristik (o`quv

    kashfiyoti), muammoli vaziyat, tadqiqot, loyihalar metodi, muayyan vaziyatlarni

    o`rganish (keys-stadi) metodi, maruza, hikoya, og`zaki yo`lyo`riq berish,

    tushuntirish, suhbat metodlari, amaliy mashg`ulot, laboratoriya ishi. Ta’lim

    metodlarini tanlash bo`yicha tavsiyalar.

    4-Mavzu: Matematika fanini o`qitishda ilmiy izlanish va tadqiqot

    metodlaridan foydalanish. STEAM texnologiyalari. (4 soat amaliy mashg`ulot).

    Matematika fanini o`rganish metodlari. Matematika fanini o`qitishda ilmiy

    izlanish va tadqiqot metodlari (kuzatish, tajriba, taqqoslash, analogiya, analiz va

    sintez, umumlashtirish, abstraktsiyalash, konkretlashtirish va klassifikatsiyalash).

    Xulosa chiqarish metodlari, induksiya, deduksiya va analitik metodlar. Chala

    induksiya, to`la induksiya va matematik induksiya metodlari. STEAM

    texnologiyalarida foydalaniladigan metodlar.

    5-Mavzu: O`quvchilarda kompetentsiyalarni shakllantirishda fanlararo

    integratsiya.O`quvchilarni ongli ravishda kasb tanlashga yo`naltirish. (2 soat

    amaliy mashg`ulot).

    Matematika fanining boshqa fanlar bilan uzviy bog`liqligi. Matematika bilan

    biologiya, geografiya, ximiya, fizika, informatika, chizmachilik, iqtisodiy bilim

    asoslari va boshqa umumta’lim fanlari orasidagi bog`lanishlarga doir misollar.

    Matematika fanini o`qitishda fanlar integrasiyasidan foydalanish orqali

    o`quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirish.O`quvchilarni ongli ravishda kasb

    tanlashga yo`naltirish.

    6-Mavzu: O`quvchilarning matematika fanidan o`zlashtirgan bilim,

    ko`nikma va kompetentsiyalarini baholash va monitoringini yuritish. PISA

    tajribasi. (2 soat amaliy mashg`ulot).

  • 14

    O`quvchilarning matematika fanidan o`zlashtirgan bilim, ko`nikma va

    kompetentsiyalarni baholashga qo`yiladigan talablar. Baholashning asosiy usullari

    va tamoyillari. O`quvchining o`quv faoliyatini baholashning metodlari.

    O`quvchilarning matematika fanidan o`zlashtirgan bilim va ko`nikmalarini hamda

    tayanch va fanga oid kompetentsiyalarini aniqlash bo`yicha joriy, oraliq va

    yakuniy nazoratni tashkil qilish. Matematika fanidan yozma nazorat ishlarini tuzish

    va o`tkazish bo`yicha metodik tavsiyalar. Nazorat ishlarini baholash mezonlari.

    Nazorat ishi natijalari tahlili va xatolar ustida ishlash darslarini tashkil qilish.

    O`quvchining o`quv faoliyati monitoringini olib borish mezonlari.

    Matematika fanidan ta’lim samaradorligi va sifatini baholash bo`yicha yo`riqlar.

    Matematikadan testlarni tuzishga qo`yilgan talablar va ularning turlari. Test

    topshiriqlari va uning asosiy shakllari: 1) ochiq javobli, 2) yopiq javobli, 3) bitta

    tanlov javobli, 4) ko`p tanlov javobli, 5) kombinatsiyalashgan, 6) mos qo`yish, 5)

    tushirib qoldirilgan so`z(lar)ni to`ldirish, 5) tushirib qoldirilgan son(lar)ni to`ldirish

    kabi test topshiriqlari. Test topshiriqlarini tuzish metodikasi. Matematika fanidan

    ishlab chiqiladigan test topshiriqlariga qo`yiladiladigan asosiy talablar. Matematika

    fanidan tuzilgan test topshiriqlarini yechish bo`yicha yo`l-yo`riqlar. Ekspress–

    testlarni o`tkazish bo`yicha tavsiyalar. O`quvchilar o`zlashtirgan bilim va

    ko`nikmalarini baholashning zamonaviy dasturiy vositalari.

    7-Mavzu: Matematika fanidan sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni

    tashkil qilish va o`tkazish yo`llari (2 soat amaliy mashg`ulot).

    Matematika fanidan sinfdan va maktabdan tashqari mashg`ulotlar: 1)

    matematika to`garaklari, 2) matematika kechalari, 3) matematik olimlar bilan

    uchrashuvlar, 4) matematika musobaqalari, 5) olimpiadalar, 6) “Bilimlar

    bellashuvi” tanlovi, 7) matematik jang, 8) matematika viktorinalari, 9) matematik

    eskursiyalar, 10) matematik insholar, 11) maktab matematika matbuotini tashkil

    qilish, 12) matematika tarixi va 13) mashhur matematik olimlarning ijodiga

    bag`ishlangan kechalarni tashkil qilish metodikasi.

    Iqtidorli o`quvchilarni aniqlash, saralash va ularga tabaqalashgan ta’lim

    berish yo`llari, shakllari va usullari, ularni fanlar bo`yicha o`tkaziladigan

    olimpiadalarga tayyorlash metodikasi. O`.R.V.M.sining “ O`zbekiston

    Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o`rta ta’lim muassasalarida

    pullik ta’lim xizmatlarini ko`rsatish tartibi to`g`risidaginizomini tasdiqlash

    haqidagi” 2019 yil 22 apreldagi 343-son qarori .2019 yi 3- may PQ-4306 “

    Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlarni tayyorlashning uzluksiz

    tizimini tashkil etish chora tadbirlari to`g`risida ”

    Vertual matematik tanlovlar va masofaviy ta’lim internet resurslari.

    Matematikadan xalqaro “Kenguru” tanlovi (www. mathkang.ru). Respublikamizda

    tashkil qilingan www.cobo.uz saytidagi onlayn tanlov. “Kvant” (Rossiya),

    “Matematika, fizika va informatika” ilmiy ommabop jurnallari sahidalarida.

    http://www.cobo.uz/http://www.cobo.uz/

  • 15

    8-Mavzu: Matematika darslarida buyuk ajdodlarimiz ilmiy me’rosidan

    foydalanish (2 soat amaliy mashg`ulot).

    O`rta Osiyolik matematika fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo`shgan olimlar:

    Abu Abdullox al–Xorazmiy (783–850), Abu Rayxon Beruniy (973– 1048), Abu

    Ali Ibn Sino (980–1037), Abu Nasr Farobiy (873–950), Umar Xayyom (1048–

    1131), Nasriddin Tusiy (1201–1274), Abul Vafo (940–998), Mirzo Ulug`bek

    (1394–1449), Qozizoda Rumiy (1360–1447), G`iyosiddin Jamshid Koshiy (1385–

    1457), Muxammad Ali Qushchi (1402–1474) va boshqalar ijodidan foydalanish

    bo`yicha umumiy ko`rsatmalar.

    Ibn Sino ijodidan matematika darslarida foydalanish («Ash-Shifo»

    kitobidagi natural sonlar ustida bajarilgan arifmetik amallarni va kvadratga

    ko`tarish amalining to`g`riligini 9 yordamida tekshirish usulini o`ylab topgan, (a ±

    b)2 = a2 ± 2ab +b2 formulani geometrik isbotlagan).

    Al-Xorazmiy ijodidan matematika darslarida foydalanish (hozirgi zamon

    o`nlik sanoq sistemasini kashf etdi, natural sonlar ustida to`rt arifmetik amallar

    bajarish algoritmini fanga kiritdi, kvadrat tenglamalarni yechish usullarini kashf

    etdi, "Ziji" ("Astronomiya") kitobida sinuslar va tengenslar javalini katta aniqlikda

    keltiradi).

    Umar Hayyom ijodidan matematika darslarida foydalanish (Nyuton binom

    yoyilmasining umumiy formulasini kashf etgan, kubik tenglamalarni yechishning

    geometrik nazariyasini rivojlantirgan, geometriyada parallellik aksiomasiga oid

    muammo bo`yicha chuqur izlanishlarni olib borgan va uni hal qilishga juda yaqin

    kelgan).

    Nasriddin Al-Tusiyning (Azarbayjon hududida 1201-1274 yillarda yashab

    ijod qilgan) ijodidan matematika darslarida foydalanish (trigonometriya sohasida

    xizmati katta bo`lgan, uchburchaklarning barcha hollarini tahlil qilgan, ixtiyoriy

    uchburchaklarni yechishning eng qiyin hollariga to`xtab o`tgan, so`ngra sferik

    trigonometriya asoslari, jumladan sferik uchburchaklarni yechish usullarini tizimli

    bayon qilgan, bu asar trigonometriyani astronomiyadan ajratdi va trigonometriya

    alohida fan sifatida rivojlantirdi, N’yuton binomi yoyilmasini istalgan n natural

    son uchun isbotlangan).

    Abu Rayhon Beruniy ijodidan matematika darslarida foydalanish

    ("Geodeziya" va "Ma’sud" qonunlari asarlarda astronomiya, geografiya,

    trigonometriyaga oid juda ko`p ma’lumotlar keltirilgan, xususan, ichki chizilgan

    muntazam ko`pburchaklar (3, 4, 5, 6, 8, 10 burchaklar) ning tomonlarini hisoblash

    va ularni yasash usullari keltirgan, vatarlar bilan ularni tortib turuvchi yoylar

    orasidagi bog`lanishga oid teoremalar, ikkilangan burchak sinusi, yarim burchak

    sinusi haqidagi teoremalarni va ixtiyoriy burchaklar uchun kosinuslar teoremasini

    isbotlagan, sinuslar va tangenslar jadvalini tuzgan va bunda chiziqli va kvadratik

    interpolyatsiyalash metodlaridan foydalanishni ko`rsatgan, π soni uchun 3,1417

    qiymatni topgan).

  • 16

    Mirzo Ulug`bek ijodidan matematika darslarida foydalanish (trigonometrik

    jadvallari 10 ta o`nli xona aniqligida hisoblangan, uning sinus va kosinuslar

    jadvallari minut oraliq bilan tuzilgan, “Zij” kitobida bir gradusning sinusini

    hisoblash uchun alohida risola yozgan).

    G`iyosiddin Jamshid Al-Koshiy (XIV–XV asrda yashagan) ijodidan

    matematika darslarida foydalanish (“Aylana haqida risola” kitobida π sonini 17 ta

    xona o`nli raqamigacha aniqlikda topgan, 1 ning sinusini hisoblangan, eng katta

    aniqlikda trigonometrik jadval tuzgan, Nyuton binomi formulasini undan avval

    n=9 bo`lgandagi binomial koeffitsentlarni hisoblagan).

    Abbos Ibn Muhammad Ibn Kasr Al-Farg`oniy (buyuk astronom, matematik

    va geogrof) ijodidan matematika darslarida foydalanish ("Asturlob yasash haqida"

    nomli asarida sferik proeksiya haqida va uning xossalarini bayon qilgan).

    9-Mavzu: Matematikadan nostandart va murakkab masalalarni

    yechish metodikasi. 10-11- sinf darsliklaridagi murakkab mavzularni o`qitish

    metodikasi (8 soat amaliy mashg`ulot).

    Matematikdan nostandart va murakkab masalalarni yechish metodikasi.

    Harfli ifodalar bilan raqamlar orasidagi bog`lanish.

    Natural sonlarni ixtiyoriy natural darajaga ko`targanda natijadagi sonning

    oxirgi xonasiga bog`liq masala va misollar. Matematikani o`qitishda qiziqarli

    masalalardan foydalanish; Kvadrat tenglamaga keltirib yechiladigan tenglamalar,

    mantiqiy bog`lovchilar va kvantorlar yordamida qurilgan murakkabroq

    mulohazaning inkorini ifodalash, to`g`ri fikr yuritish (argumentatsiya) qonunlarini

    ma’nosini tushunish. Ko`p yoqli figuralar, ularning sirtlari, hajmlari.

    Ko`pyoqlarning sirti va hajmlarini hisoblashga oid misollar. Aylanma jismlar,

    ularning sirtlari va hajmlari. Fazoviy figuralarning o`zaro kombinatsiyasiga doir

    masalalar. Trigonometrik tengsizliklarni isbotlash. Trigonometrik

    funksiyalarning grafiklarini yasash. Trigonometrik tenglamalar va ularni yechish

    usullari Teskari trigonometrik funksiyalar va ularning xossalari, grafiklari.

    10-Mavzu: Matematika fanidan Xalqaro baholash dasturiga

    asoslangan topshiriqlarni tuzish metodikasi (6 soat amaliy)

    Milliy o`quv dasturlarini hamda baholash mezonlarini Xalqaro baholash

    dasturlari me’yorlari va baholashlari bilan taqqoslash, milliy standartlarni

    shakllantirish, Xalqaro baholash dasturiga muvofiq topshiriqlarni tuzish mezonlari,

    milliy talablarga javob beruvchi topshiriqlarni o`quv dasturlari va darsliklarga

    kiritish, testlarni ishlab chiqishda baholashning ishonchliligini ishlab chiqish,

    tanqid qilish, tahlil qilish hamda o`quvchilarning o`qish, matematika, tabiiy fanlar

    yo`nalishidagi egallagan bilim ko`nikmalaridan hayot faoliyatida uchraydigan

    vaziyatlarga tadbiq etilishiga qo`yilgan talab va mezonlar.

  • 17

    11-Mavzu: Ehtimollar nazariyasi elementlarini o`qitish metodikasi (2

    soat ma’ruza 2-soat amaliy)

    Ehtimollar nazariyasi predmeti haqida. Qisqacha tarixiy ma’lumotlar.

    Elementar hodisalar tushunchasi. Tasodifiy hodisalar. Tasodifiy hodisalar ustida

    amallar (to`plamlar nazariyasi bilan bog`liq holda).

    Diskret ehtimollik fazosi va ehtimolliklar taqsimoti. Ehtimollikning klassik

    ta’rifi. Ba’zi klassik sxemalar. Ehtimollikning eng sodda xossalari.

    Ehtimollikning statistik ta’rifi. Ehtimollikning geometrik ta’rifi. Uchrashuv

    haqidagi masala.Ehtimollikning xossalari.

    KO`CHMA MASHG`ULOT MAZMUNI

    1-Mavzu: Matematika darslarini kuzatish va tahlil qilish (6 soat ko`chma mashg`ulot).

    Maktabda dars kuzatish va tahlil qilishning o`quv jarayonidagi o`rni,

    ahamiyati va uning tiplari. Darsni kuzatish va tahlil (ilmiy, metodik, didaktik.

    umumpedagogik va umumpsixologik) qilish tartibi, rejasi va joriylanishi.

    O`qituvchining darsga kasbiy tayyorgarligi: darsni tashkil qilish va o`tkazish.

    Pedagogik ijodkorlik. Darslarga kirish va ularni tahlil qilish texnikasi. Dars

    kuzatuvchilarning vazifalari va ularga qo`yiladigan talablar. Matematikadan ochiq

    darslarni kuzatish, ilg`or pedagogik tajribalarini o`rganish, muhokama qilish va

    baholash.

    Matematika darslarini kuzatishdan ko`zlangan maqsadlar. Ochiq,

    ko`rgazmali, namunaviy, hisobot darslari va ularga qo`yilgan talablar asosida

    darsni tahlil qilish.

    Darsni baholash mezonlari: 1) o`qituvchining darsga tayyorgarligi tahlili

    (dars ishlanmasi, taqvim-mavzu reja, o`quv dasturi, darslik, dars taqdimoti,

    ko`rgazmali qurollar, tarqatma materiallar va h.k.larni oldindan hozirlab

    qo`yilganligi), 2) dars mazmuni tahlili (dars maqsadining to`g`ri belgilanganligi,

    mavzuning boshqa fanlar bilan bog`langanligi, dars mavzusini mustahkamlash

    uchun berilgan topshiriqlarning to`g`ri tanlanganligi, o`qituvchining o`z fanini

    qanchalik mukammal bilishi), 3) darsning uslubiy tahlili (o`qitishning turli

    usullaridan to`g`ri va o`rnida foydalanganligi, darsning interfaollik darajasi

    (o`quvchilarni faollashtiradigan guruhlarda yoki mustaqil ishlashiga sharoitning

    qanchalik yaratilganligi), dars vaqtining to`g`ri taqsimlanganligi, o`quvchilarning

    darsdagi guruhiy yoki mustaqil ishining to`g`ri tashkil qilinganligi, o`quv

    materiallarining tabaqalashtirilganlik darajasi (yaxshi va qiyin o`zlashtiradigan

    o`quvchilarga munosabat), 4) o`qituvchining pedagogik mahorati tahlili

    (o`qituvchining dars mavzusini ravon tilda tushuntira olishi, o`qituvchining darsda

    o`zini dadil tuta olishi, motivatsiya (o`quvchilarni ta’lim olishga undash) va uni

    rag`batlantirib borishi, dars davomida ijodiy, ta’limiy muhitni yarata olganligi,

  • 18

    darsga oid ko`rgazmali qurollar, jihozlar va asboblardan o`rnida foydalanganligi,

    o`quvchilarning faolligi), 5) darsda darslik va boshqa qo`shimcha o`quv

    materiallaridan foydalanish tahlili (darsda darslikdan samarali foydalanish darajasi,

    qo`shimcha o`quv materiallaridan foydalanish darajasi), 6) darsda AKT va

    ta’limning boshqa vositalaridan foydalanish tahlili (o`qituvchining proektor,

    multimediya va boshqa texnik vositalardan foydalana olish darajasi, o`qituvchining

    tayyorlagan taqdimot sifati yoki o`quv doskasidan samarali foydalana olishi,

    taqdimot sifati yoki mavzu asosiy momentlarining doskaga yozib borilishi), 7)

    darsda yaratilgan ta’limiy muhit va munosabatlar tahlili (o`qituvchining

    o`quvchilarga nisbatan munosabati: xushmuamalaligi, til topa olishi,

    o`quvchilarning bir-birlariga nisbatan munosabati: o`zaro yordam, hurmat,

    hamjihatlik, o`quvchilarning o`qituvchiga nisbatan munosabati: hurmat, intizom,

    eshitish), 8) Baholash va darsga yakun yasash tahlili (o`quvchilarning dars

    davomida bilim va ko`nikmalarining to`g`ri baholab borilishi, baholash

    topshiriqlarining dars maqsadidan kelib-chiqib tuzilganligi, dars oxirida darsga

    yakun qilinishi, refleksiya) asosida matematika darsini kuzatish va uni didaktik

    (ta’limiy) va uslubiy tahlil qilish.

    O`QITISH SHAKLLARI

    Mazkur modul bo`yicha quyidagi o`qitish shakllaridan foydalaniladi:

    - ma’ruzalar, amaliy mashg`ulotlar (ma’lumotlar va texnologiyalarni anglab olish, aqliy qiziqishni rivojlantirish, nazariy bilimlarni mustahkamlash);

    - davra suhbatlari (ko`rilayotgan topshiriqlar yechimlari bo`yicha taklif berish qobiliyatini oshirish, eshitish, idrok qilish va mantiqiy xulosalar chiqarish);

    - bahs va munozaralar (topshiriqlar yechimi bo`yicha dalillar va asosli argumentlarni taqdim qilish, eshitish va muammolar yechimini topish qobiliyatini

    rivojlantirish).

    KO`CHMA AMALIY MASHG`ULOT

    “Matematika fanini o`qitish metodikasi” moduli doirasida “Matematika

    darslarini kuzatish va tahlil qilish” mavzusi bo`yicha 6 soatlik ko`chma amaliy

    mashg`ulot matematika fanidan tayanch umumiy o`rta ta’lim maktablarida ochiq

    darslarni kuzatish va tahlil qilish yoki tajriba almashish maqsadida o`tkaziladi.

    Unda o`tkazilgan darslarni tegishli mezonlar asosida tahlil qilish orqali

    o`qituvchilarning ilg`or pedagogik tajribalarini o`rganishi tashkil etiladi. Bu

    jarayonga ko`chma mashg`ulot tashkil qilingan maktab o`qituvchilarini jalb etish,

    ularning darslarini tahlil qilish orqali ularga metodik yordam ko`rsatish ham

    ko`zda tutiladi. Mashg`ulot natijasi sifatida ochiq darsni kuzatish va tahlil qilish

    varag`i to`ldiriladi va malaka ishiga ilova qilinadi.

  • 19

    3.2 MODUL

    MODULNI O`QITISHDA

    FOYDALANILADIGAN INTERFAOL

    TA’LIM METODLARI

  • 20

    “SWOT-tahlil” metodi.

    Metodning maqsadi: mavjud nazariy bilimlar va amaliy tajribalarni tahlil

    qilish, taqqoslash orqali muammoni hal etish yo`llarni topishga, bilimlarni

    mustahkamlash, takrorlash, baholashga, mustaqil, tanqidiy fikrlashni, nostandart

    tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladi.

    Namuna: Muammoli ta’lim yondashuvlarining SWOT tahlilini ushbu

    jadvalga tushiring.

    S Muammoli ta’lim yondashuvlarining

    kuchli tomonlari

    W Muammoli ta’lim yondashuvlarining

    kuchsiz tomonlari

    O Muammoli ta’lim yondashuvlarining

    imkoniyatlari (ichki)

    T Muammoli ta’lim yondashuvlarini

    amalda qo`llashdagi to`siqlar (tashqi)

    “Keys-stadi” metodi

    «Keys-stadi» - inglizcha so`z bo`lib, («case» – aniq vaziyat, hodisa, «study»

    – o`rganmoq, tahlil qilmoq) aniq vaziyatlarni o`rganish, tahlil qilish asosida

    o`qitishni amalga oshirishga qaratilgan metod hisoblanadi. Keysda ochiq

    axborotlardan yoki aniq voqea-hodisadan vaziyat sifatida tahlil uchun foydalanish

    mumkin.

    • kuchli tomonlari S – ( strength )

    • zaif, kuchsiz tomonlari W – ) ( weakness

    • imkoniyatlari O – ( opportunit y )

    • To'siqlar T – ( t h reat)

  • 21

    Mazkur metod muammoli ta’lim metodidan farqli ravishda real vaziyatlarni

    o`rganish asosida aniq qarorlar qabul qilishga asoslanadi. Agar u o`quv jarayonida

    ma’lum bir maqsadga erishish yo`li sifatida qo`llanilsa, metod xarakteriga ega

    bo`ladi, biror bir jarayonni tadqiq etishda bosqichmabosqich, ma’lum bir algoritm

    asosida amalga oshirilsa, texnologik jihatni o`zida aks ettiradi

    “Keys metodi” metodini amalga oshirish bosqichlari

    Ish bosqichlari Faoliyat shakli va mazmuni

    1-bosqich: Keys va uning

    axborot ta’minoti bilan

    tanishtirish

    yakka tartibdagi audio-vizual ish;

    keys bilan tanishish (matnli, audio yoki media

    shaklda);

    axborotni umumlashtirish;

    axborot tahlili;

    muammolarni aniqlash

    2-bosqich: Keysni

    aniqlashtirish va o`quv

    topshirig`ni belgilash

    individual va guruhda ishlash;

    muammolarni dolzarblik ierarxiyasini aniqlash;

    asosiy muammoli vaziyatni belgilash

    3-bosqich: Keysdagi asosiy

    muammoni tahlil etish orqali

    o`quv topshirig`ining yechimini

    izlash, hal etish yo`llarini ishlab

    chiqish

    individual va guruhda ishlash;

    muqobil yechim yo`llarini ishlab chiqish;

    har bir yechimning imkoniyatlari va to`siqlarni

    tahlil qilish;

    muqobil yechimlarni tanlash

    4-bosqich: Keys yechimini

    shakllantirish va asoslash,

    taqdimot.

    yakka va guruhda ishlash;

    muqobil variantlarni amalda qo`llash

    imkoniyatlarini asoslash;

    ijodiy-loyiha taqdimotini tayyorlash;

    yakuniy xulosa va vaziyat yechimining amaliy

    aspektlarini yoritish

    “Keys-stadi” metodining o`ziga xos xususiyatlari

    - Izlanishga doir faoliyatning mavjud bo`lishi.

    - Jamoaviy va guruhlarda o`qitish.

    - Individul, guruhli va jamoaviy ish shakllari integratsiyasi.

  • 22

    - Xilma-xil o`quv loyihalarini ishlab chiqish.

    - Muvaffaqiyatga erishish uchun ta’lim oluvchilarning o`quv-bilish

    faoliyatini rag`batlantirish

    Keys harakatlari o`z ichiga quyidagilar savollar bo`yicha faoliyatni

    qamrab oladi:

    - Kim? (Who?)

    - Qachon? (When?)

    - Qaerda? (Where?)

    - Nima uchun? (Why?)

    - Qanday?/Qanaqa? (How?)

    - Nima? (natija) (What?).

    Keys. 5-sinf darsligining sizga taqdim etilgan bitta mavzusi materiallari

    bo`yicha keys topshirig`ini tuzing; bu keys asosida o`tiladigan darsni

    loyihalashtiring; u bo`yicha taqdimot tayyorlang va uni namoyish eting. «FSMU» metodi

    Metodning maqsadi: Mazkur metod ishtirokchilardagi umumiy fikrlardan

    xususiy xulosalar chiqarish, taqqoslash, qiyoslash orqali axborotni o`zlashtirish,

    xulosalash, shuningdek, mustaqil ijodiy fikrlash ko`nikmalarini shakllantirishga

    xizmat qiladi. Mazkur metoddan ma’ruza mashg`ulotlarida, mustahkamlashda,

    o`tilgan mavzuni so`rashda, uyga vazifa berishda hamda amaliy mashg`ulot

    natijalarini tahlil etishda foydalanish tavsiya etiladi.

    Metodni amalga oshirish tartibi:

    - qatnashchilarga mavzuga oid bo`lgan yakuniy xulosa yoki g`oya taklif etiladi;

    - har bir ishtirokchiga FSMU metodining bosqichlari yozilgan qog`ozlarni tarqatiladi:

    • fikringizni bayon eting F

    • fikringizni bayoniga sabab

    ko’rsating S

    • ko’rsatgan sababingizni

    isbotlab misol keltiring М

    • fikringizni umumlashtiring U

  • 23

    - ishtirokchilarning munosabatlari individual yoki guruhiy tartibda taqdimot qilinadi.

    FSMU tahlili qatnashchilarda kasbiy-nazariy bilimlarni amaliy mashqlar va

    mavjud tajribalar asosida tezroq va muvaffaqiyatli o`zlashtirilishiga asos bo`ladi.

    Namuna.

    Fikr: PISA va TIMSS qiyosiy xalqaro tadqiqotlar natijalari mamlakatimizda

    matematika fanini o`qitish tizimini tahlil qilish va takomillashtirishni taqozo etadi.

    Topshiriq: Mazkur fikrga nisbatan munosabatingizni FSMU orqali tahlil

    qiling.

    “Tushunchalar tahlili” metodi

    Metodning maqsadi: mazkur metod o`quvchilar yoki qatnashchilarni

    mavzu buyicha tayanch tushunchalarni o`zlashtirish darajasini aniqlash, o`z

    bilimlarini mustaqil ravishda tekshirish, baholash, shuningdek, yangi mavzu

    buyicha dastlabki bilimlar darajasini tashxis qilish maqsadida qo`llaniladi. Metodni

    amalga oshirish tartibi:

    • ishtirokchilar mashg`ulot qoidalari bilan tanishtiriladi;

    • o`quvchilarga mavzuga yoki bobga tegishli bo`lgan so`zlar, tushunchalar nomi tushirilgan tarqatmalar beriladi ( individual yoki guruhli

    tartibda);

    • o`quvchilar mazkur tushunchalar qanday ma’no anglatishi, qachon, qanday holatlarda qo`llanilishi haqida yozma ma’lumot beradilar;

    • belgilangan vaqt yakuniga yetgach o`qituvchi berilgan tushunchalarning to`g`ri va to`liq izohini o`qib eshittiradi yoki slayd orqali

    namoyish etadi;

    • har bir ishtirokchi berilgan to`g`ri javoblar bilan o`zining shaxsiy munosabatini taqqoslaydi, farqlarini aniqlaydi va o`z bilim darajasini tekshirib,

    baholaydi.

    Namuna: “Moduldagi tayanch tushunchalar tahlili”

    Tushunchalar Sizningcha bu tushuncha qanday ma’noni

    anglatadi?

    Qo`shimcha

    ma’lumot

  • 24

    Izoh: Ikkinchi ustunchaga qatnashchilar tomonidan fikr bildiriladi. Mazkur

    tushunchalar haqida qo`shimcha ma’lumot glossariyda keltirilgan.

    “Venn diagrammasi” metodi

    Venn diagrammasi - grafik ko`rinishda bo`lib, olingan natijalarni

    umumlashtirib, ulardan bir butun xulosa chiqarishga, ikki va undan ortiq

    predmetlarni (ko`rinish, fakt, tushuncha) taqqoslash, tahlil qilish va o`rganishda

    qo`llaniladi. Diagramma ikki va undan ortiq aylanani kesishmasidan hosil bo`ladi.

    Metodning maqsadi: Bu metod grafik tasvir orqali o`qitishni tashkil etish

    shakli bo`lib, u ikkita o`zaro kesishgan aylana tasviri orqali ifodalanadi. Mazkur

    metod turli tushunchalar, asoslar, tasavurlarning analiz va sintezini ikki aspekt

    orqali ko`rib chiqish, ularning umumiy va farqlovchi jihatlarini aniqlash,

    taqqoslash imkonini beradi.

    Metodni amalga oshirish tartibi:

    • ishtirokchilar ikki kishidan iborat juftliklarga birlashtiriladilar va ularga

    ko`rib chiqilayotgan tushuncha yoki asosning o`ziga xos, farqli jihatlarini (yoki

    aksi) doiralar ichiga yozib chiqish taklif etiladi;

    • navbatdagi bosqichda ishtirokchilar to`rt kishidan iborat kichik guruhlarga

    birlashtiriladi va har bir juftlik o`z tahlili bilan guruh a’zolarini tanishtiradilar;

    • juftliklarning tahlili eshitilgach, ular birgalashib, ko`rib chiqilayotgan

    muammo yohud tushunchalarning umumiy jihatlarini (yoki farqini) izlab topadilar,

    umumlashtiradilar va doirachalarning kesishgan qismiga yozadilar.

    Namuna: PISA va TIMSS xalqaro tadqiqotlar natijalarini qiyosiy tahlil

    qiling.

    “Kichik guruhlarda ishlash” metodi

  • 25

    Kichik guruhlarda ishlash orqali o`rganish - ma’lum muammoning

    yechimini topishga va o`quvchilar faolligini oshirishga qaratilgan darsdagi ijodiy

    hamkorlikdagi ish. Bosqichlari: guruhlarga bo`lish, muammoni guruhlarda

    muxokama qilish, muammoning yechimlari taqdimoti, xulosalash.

    Kichik guruhlarda hamkorlikda o`qitish

    Bu yondashuvda kichik guruhlar 4 ta o`quvchidan tashkil topadi. O`qituvchi

    avval mavzuni tushuntiradi, so`ngra o`quvchilarning mustaqil ishlari tashkil etiladi.

    O`quvchilarga berilgan o`quv topshiriqlari 4 qismga ajratilib, har bir o`quvchi

    topshiriqning ma’lum qismini bajaradi. Topshiriq yakunida har bir o`quvchi o`zi

    bajargan qism yuzasidan fikr yuritib, o`rtoqlarini o`qitadi, so`ngra guruh a’zolari

    tomonidan topshiriq yuzasidan umumiy xulosa chiqariladi. O`qituvchi har bir

    kichik guruh axborotini tinglaydi va test savollari yordamida bilimlarni nazorat

    qilib baholaydi.

    O`quvchilarning kichik guruhlardagi o`quv faoliyati o`yin (turnir,

    musobaqa) shaklida, individual tarzda ham tashkil etilishi mumkin.

    Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish

    Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish metodi 1976-yili Tel-Aviv

    universiteti professori Sh.Sharan tomonidan ishlab chiqilgan. Bu metodda ko`proq

    o`quvchilarning mustaqil va ijodiy ishiga e’tibor qaratiladi.

    O`quvchilar alohida-alohida yoki 6 kishilik kichik guruhlarda ijodiy izlanish

    olib boradilar. Ijodiy izlanish kichik guruhlarda tashkil etilganda darsda o`rganish

    lozim bo`lgan o`quv materiali kichik qismlarga ajratiladi. Keyin bu qismlar

    yuzasidan topshiriqlar har bir o`quvchiga taqsimlanadi. Shunday qilib, har bir

    o`quvchi umumiy topshiriqning bajarilishiga o`z hissasini qo`shadi. Kichik

    guruhlarda topshiriq yuzasidan munozara o`tkaziladi. Guruh a’zolari birgalikda

    ma’ruza tayyorlaydi va sinf o`quvchilari o`rtasida o`z ijodiy izlanishlari natijasini

    e’lon qiladi. Kichik guruhlar o`rtasida o`tkazilgan o`quv bahsi, munozara

    o`quvchilar jamoasining hamkorlikda bajargan mustaqil faoliyatining natijasi,

    yakuni sanaladi. Hamkorlikda ishlash natijasida qo`lga kiritilgan muvaffaqiyatlar

    sinf jamoasining har bir o`quvchining muntazam va faol aqliy mehnat qilishiga,

    kichik guruhlarni, umuman sinf jamoasini jipslashtirishga, avval o`zlashtirilgan

    bilim, ko`nikma va malakalarni yangi kutilmagan vaziyatlarda qo`llanib, yangi

    bilimlarning o`zlashtirishiga bog`liq bo`ladi.

    “Muammoli ta’lim” metodi

  • 26

    Ta’lim jarayonida o`quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish hamda

    ularning intellektual imkoniyatlaridan yuqori darajada foydalanish quyidagi

    umumiy omillarga bog`liq bo`ladi:

    - o`rganilayotgan mavzu yuzasidan muammoli savollar tizimi tuzish;

    - qo`yilgan muammoli savollar tizimi asosida suhbat metodi orqali

    tushuntiriladigan mavzu materiallarini o`rgatish va uning tub mohiyatini ochib

    berish;

    - muammoli savol asosida izlanish xarakteridagi o`quv vazifalarini qo`yish.

    Yuqoridagi bosqichlar asosida o`quv materiali tushuntiriladiganda

    o`quvchilar o`zlari darrov tushunib yetmaydigan fakt va tushunchalarga duch

    keladilar. Natijada o`rganilayotgan mavzu materiali bilan o`quvchilar orasida

    muammoli vaziyat hosil bo`ladi.

    Muammoli vaziyatning roli va ahamiyatini aniqlash o`quvchilarning aktiv

    fikrlash faoliyatini psixologik, pedagogik qonuniyatlarini hisobga olish asosida

    o`quv jarayonini qayta qurish muammoli ta’limning asosiy g`oyasini belgilab

    beradi. Muammoli vaziyatlarni hal qilish asosida hosil qilingan dars jarayoni

    muammoli ta’lim deyiladi.

    Muammoli ta’limda o`qituvchi faoliyati shundan iboratki, u zarur hollarda

    eng murakkab tushunchalar mazmunni tushuntira borib o`rganilayotgan mavzu

    materiali bilan o`quvchilar orasidagi muntazam ravishda muammoli vaziyatlar

    vujudga keltiriladi, o`quvchilarni faktlardan xabardor qiladi, natijada o`quvchilar

    bu faktlarni analiz qilish asosida mustaqil ravishda xulosa chiqaradilar va

    umumlashtiradilar.

    “Evristik ta’lim” metodi.

    Evristika degan so`zning ma’nosi savol javobga asosan “topaman”

    demakdir. Evristik metod bilan o`qitish maktablarda asosan XIX asr boshlaridan

    boshlab qo`llanila boshladi.

    Mashg`ulotlar qiziqarli bo`lishi uchun, bu mashg`ulotlardagi har bir masala

    yoki topshiriq so`zma-so`z quruq yodlash uchun emas, balki ularning oliy

    faoliyatlarini ishga soladigan xarakteri bo`lishi kerak. Amerikalik olim D. Poya

    evristik ta’lim metodi to`g`risida shunday degan edi. Evristikani maqsadi

    yangiliklarga olib boruvchi metod va qoidalarni izlash demakdir. U evristik metod

    mohiyatini quyidagidek izchillikda tuzilgan reja orqali amalga oshirishni tavsiya

    qiladi:

    - masalaning quyilishini tushunish;

    - masalaning yechish rejaini tuzish;

  • 27

    - tuzilgan rejani amalga oshirish;

    - orqaga nazar tashlash (hosil qilingan yechimni tekshirish).

    Bu rejani amalga oshirish jarayonida o`qituvchilar quyidagi savollarga javob

    topadilar:

    - Masalada nima noma’lum?

    - Masalada nimalar ma’lum?

    - Masalaning sharti nimalardan iborat?

    - Ilgari shunga o`xshagan masalalar yechilganmi?

    - Agar shunga o`xshagan masalalar yechilgan bo`lsa, undan foydalanib

    qo`yilayotgan masalani yecha oladimi?

    Albatta yuqoridagi reja-sxema o`quvchilarning ijodiy fikrlash

    faoliyatilarni shakllantiradi, ammo bu reja-sxema o`quvchilarning ijodiy

    qobiliyatlarini shakllantiruvchi birdan bir yo`l bo`la olmaydi.

    “Aqliy hujum” metodi - umumiy muammo bo`yicha o`quvchilarni ijodiy

    ishga, o`zaro muloqotga chorlash. Bosqichlari: muammoli vaziyatni keltirib

    chiqarish; uning yechimini topish uchun o`quvchilarni jalb qilish; turli yechimlar

    taqdimotini eshitish; yechimlarni solishtirish va tanlash; xulosalash.

    “Mustaqil ishlash” metodi - vaqti-vaqti bilan o`tkazib turiladigan,

    o`quvchilarning mustaqil o`rganish, darslik bilan ishlash va mustaqil amaliy

    faoliyat bilan shug`ullanish ko`nikmalarini shakllantiradigan, har bir o`quvchiga

    alohida yoki umumiy tarzda tashkil qilinadigan topshiriqni bajartirish;

    o`quvchilarning amaliy faoliyatiga aralashmay, tashqaridan teskari aloqa- muloqot

    yordamida yo`naltirib boshqarish va nazorat qilish.

    “Juftlikda ishlash” metodi - biror mavzu bo`yicha yonma-yon o`tirgan

    o`quvchilarni o`zaro muloqotga chorlash; o`zaro fikr almashish va ularni

    ba’zilarini tinglash.

    “Bahs-munozara” metodi

    Metod quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: o`qituvchi munozara

    mavzusini tanlaydi va o`quvchilarni munozaraga taklif etadi; o`qituvchi

    o`quvchilarga muammo bo`yicha «aqliy hujum» o`tkazishga chorlaydi va uni

    o`tkazish tartibini belgilaydi; o`qituvchi «Aqliy hujum» vaqtida bildirilgan turli

    g`oya va fikrlarni yozib boradi yoki bu ishni bajarish uchun o`quvchilardan birini

    kotib etib tayinlaydi hamda bu bosqichda o`qituvchi o`quvchilarga o`z fikrlarini

    bildirishlariga sharoit yaratib beradi; o`qituvchi o`quvchilar bilan birgalikda,

    ikkinchi bosqichda «aqliy hujum» davomida bildirilgan fikr va g`oyalarni

    guruhlarga ajratadi, umumlashtiradi va ularni tahlil qiladi. Tahlil natijasida

    qo`yilgan muammoning eng maqbul yechimi tanlanadi.

  • 28

  • 29

    “Tadqiqot” metodi

    Tadqiqot usuli o`zlashtirish darajasining eng yuqori cho`qisi hisoblanadi. Bu

    usul bilan dars o`tilganda o`quvchilar olgan bilimlari asosida hali o`rganilmagan

    kichik bir masala ustida yakka yoki birgalashib izlanish olib borishadi, masala

    yechimiga doir keltirilgan taxminni izlab topilgan dalillar asosida to`g`ri yoki

    noto`g`riligini tekshirishadi va isbotlashadi.

    Bosqichlari:

    - darsda hammaga qiziqish uyg`otadigan biror ob’ektning xossasini aniqlash

    yoki u haqidagi masalani qo`yish;

    - uni o`rganish, tadqiq qilish uchun ma’lumotlar to`plash;

    - muammo yoki masalaning yechishga oid taxminlar, bashoratlar qilish;

    - har bir bashoratning qanchalik to`g`riligini to`plangan ma’lumotlar asosida

    tahlil qilish va isbotlash;

    - xulosa chiqarish;

    - sinf oldida taqdimot qilish.

    “Klaster” metodi

    Klaster metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo`lib, u

    ta’lim oluvchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu) lar xususida erkin, ochiq o`ylash

    va fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur

    metod turli xil g`oyalar o`rtasidagi aloqalar fikrlash imkoniyatini beruvchi

    tuzilmani aniqlashni talab etadi. Ushbu metod muayyan mavzuning ta’lim

    oluvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o`zlashtirilguniga qadar fikrlash

    faoliyatining bir maromda bo`lishini ta’minlashga hizmat qiladi.

    «Klaster» metodidan foydalanish tavsifi:

    1-bosqich. Nimaniki o`ylagan bo`lsangiz, shuni qog`ozga yozing.

    Fikringizni sifati to`g`risida o`ylab o`tirmay, ularni shunchaki yozib boring.

    2-bosqich. Yozuvingizning orfografiyasi yoki boshqa jihatlariga e’tibor

    bermang.

    3-bosqich. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetmaguncha, yozishdan

    to`xtamang. Agar ma’lum muddat biror-bir g`oyani o`ylay olmasangiz, u holda

    qog`ozga biror narsaning rasmini chiza boshlang. Bu harakatni yangi g`oya

    tug`ilgunga qadar davom ettiring.

    4-bosqich. Muayyan tushuncha doirasida imkon qadar ko`proq yangi g`oyalarni

    ilgari surish hamda mazkur g`oyalar o`rtasidagi o`zaro aloqadorlik va bog`liqlikni

  • 30

    ko`rsatishga harakat qiling. G`oyalar yig`indisining sifati va ular o`rtasidagi

    aloqalarni ko`rsatishni cheklamang.

    Ta’lim metodlarini samarali qo`llash mezonlari

    Metodlar Qaysi

    vazifalarn i

    yechishda bu

    metod

    samaraliroq?

    Qanday o`quv

    materiali

    mazmuni uchun

    bu metod

    qulay?

    O`quvchilar-

    ning qanday

    xususiyatlari

    uchun bu

    metodni

    qo`llash foydali?

    Bu metodni

    qo`llash uchun

    o`qituvchi

    qanday

    hislatlarga ega

    bo`lishi kerak?

    Og`zaki bayon

    metodi

    Nazariy

    bilimlarni

    shakllantiri sh

    uchun

    O`quv materiali asosan nazariy

    va axborot

    ko`rinishida

    bo`lgan holda

    O`quvchilar o`quv

    materialinin g

    og`zaki bayonini

    o`zlashtirishga

    tayyor bo`lganda

    O`qituvchi bu

    metodni boshqa

    metodlardan

    ko`ra yaxshiroq

    egallagan holatda

    Ko`rgazma li

    metod

    O`quvchilarda

    kuzatuvchanli

    kni

    rivojlantirish va

    o`rganiladiga n

    masalalarga

    bo`lgan diqqatni

    oshirish uchun

    O`quv materiali

    mazmunini

    ko`zgazmali

    vositalar bilan

    gavdalantirish

    mumkin bo`lgan

    holatlarda

    O`quvchilar

    uchun

    ko`rgazmali

    vositalar yetarli

    bo`lganda

    O`qituvchi qo`l

    ostida barcha

    ko`rgazmali

    vositalar yetarli

    bo`lganda yoki

    ularni o`zi

    mustaqil

    tayyorlay

    olganida

    Reproduk-tiv

    (o`zlashti-

    rilgan

    bilimlarni

    qayta bayon

    qilish)

    Bilim va

    ko`nikmalarni

    shaklllantir ish

    uchun

    O`quv materiali mazmuni yoki

    o`ta

    murakkab

    yoki juda

    sodda

    bo`lgan

    holda

    O`quvchilar bu

    mavzuni

    muammoli qilib

    o`rganishga hali

    tayyor emas

    O`qituvchining

    bu mavzuni

    muammoli qilib

    o`rgatishga vaqti

    yo`q bo`lgan

    holda

  • 31

    Tadqiqot-

    izlanish

    Mustaqil

    fikrlash,

    tadqiqot olib

    borish va

    masalaga ijodiy

    yondashuv

    ko`nikmalarini

    rivojlantir ish

    uchun

    O`quv materiali

    mazmuni o`rtacha

    murakkablikda

    bo`lganda

    O`quvchilar

    mazkur mavzuni

    muammoli tarzda

    o`rganishga

    tayyor bo`lgan

    hollarda

    O`qituvchi

    izlanish metodini

    yaxshi egallagan

    va mavzuni

    muammoli

    o`rganish uchun

    yetarli vaqtga

    ega bo`lganda

    Amaliy Amaliy

    ko`nikma va

    malakalarni

    rivojlantir ish

    uchun

    O`quv materiali

    mazmuni amaliy

    mashqlar, tajriba

    o`tkazish va turli

    amaliy faoliyatli

    topshiriqlarni

    bajarishni talab

    qilsa

    O`quvchilar

    mazkur mavzu

    bo`yicha amaliy

    topshiriqlarni

    bajarishga tayyor

    bo`lsa

    O`qituvchi

    amaliy

    mashg`ulotlarni

    o`tkazish uchun

    yetarlicha o`quv

    va didaktik

    materiallar,

    mashqlar

    to`plami va

    o`quv

    qo`llanmalariga

    ega bo`lsa

    Mustaqil

    ishlash

    metodlari

    O`quv

    faoliyatida

    mustaqil ishlash

    ko`nikmalari-ni

    shakllan-tirish

    va ularni

    rivojlantir

    ish uchun

    O`quv materiali

    mustaqil

    o`rganish

    uchun

    imkoniyatini

    bersa

    O`quvchilar

    mazkur mavzu

    bo`yicha

    mustaqil

    ishlashga tayyor

    bo`lsa

    O`qituvchi

    mustaqil ishlarni

    tashkil qilish

    bo`yicha

    yetarlicha

    o`quv va didaktik

    materiallar ega

    bo`lsa

    Induktiv Umumlashtir

    ish va induktiv

    xulosa chiqarish

    ko`nikmalarini

    rivojlantirish

    uchun

    O`quv materiali

    darslikda induktiv

    tarzda berilgvn

    yoki uni induktiv

    tarzda bayon

    qilish samarali

    bo`lgan holda

    O`quvchilar

    induktiv xulosa

    chiqarishni

    yaxshi bilib,

    deduktiv xulosa

    chiqarishga

    qiynalayotgan

    bo`lsalar

    O`qituvchi

    ta’limning

    induktiv

    metodlaridan

    yaxshi xabardor

    bo`lsa

  • 32

    Deduktiv Tahlil qilish va

    deduktiv xulosa

    chiqa-rish

    ko`nikma-larini

    rivojlantirish

    uchun

    O`quv materiali

    darslikda

    deduktiv tarzda

    berilgan yoki uni

    deduktiv tarzda

    bayon qilish

    samarali bo`lgan

    holda

    O`quvchilar

    deduktiv fikr

    yuritish va xulosa

    chiqarishga

    tayyor bo`zlsalar

    O`qituvchi

    ta’limning

    deduktiv

    metodlaridan

    yaxshi xabardor

    bo`lsa

  • 33

    3.2 MODUL

    NAZARIY MASHG`ULOT

    MATERIALLARI

  • 34

    1-MAVZU: MATEMATIKA FANI BO`YICHA JORIY ETILGAN YANGI

    DTS, O`QUV DASTURLARI VA O`QUV USLUBIY MAJMUALARI

    TAHLILI

    (2 soat ma’ruza)

    Reja:

    1. Matematika fanidan DTS. Matematika fanidan umumiy o`rta ta’lim

    maktablari o`quvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan talablar.

    2. Matematika fanidan yaratilgan yangi o`quv uslubiy majmualar tahlili.

    Tayanch iboralar:

    Davlat ta’lim standarti, o`quvchilar tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan

    talablar, o`quv dasturi, taqvim mavzuiy reja, o`quv uslubiy majmua, o`qitishning

    texnik vositalari, darslik, o`quv qo`llanma, o`quvuslubiy qo`llanma, multimediali ilova.

    1. Matematika fanidan DTS. Matematika fanidan umumiy o`rta ta’lim

    maktablari o`quvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan talablar.

    Kompetentsiyaviy yondashuv nuqtai nazaridan qaralganda, ta’lim jarayoning

    mohiyati - o`quvchilarning turli hayotiy vaziyatlarda, kundalik turmushda vujudga

    keladigan muammolarni avval o`zlashtirgan bilim, ko`nikmalari va tajribalari

    asosida hal qilish layoqatlarini (qobiliyatlarini) rivojlantirishdan iborat bo`ladi. Bu

    esa o`z navbatida o`quvchilarga nafaqat bilim, ko`nikma va malakalarni berish,

    balki ularni kundalik turmushda, hayotiy vaziyatlarida qo`llay olish layoqatlarini

    (kompetentsiyalarlarni) shakllantirishni ko`zda tutadi. Boshqacha qilib aytganda,

    kompetentsiyalar davlat va jamiyatning ta’lim tizimi oldiga qo`ygan ijtimoiy

    buyurtmasi hisoblanadi. Kompetentsiyaviy yondashuvning asosiy maqsadi ta’lim

    muassasasi bitiruvchisining ijtimoiy hayotga moslashishiga yordam berishdan

    iborat. Shu nuqtai nazardan, kompetentsiyaviy yondashuv ta’lim tizimi oldida

    turgan shu kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi.

    Mazkur dolzarb muammoni hal qilish, ya’ni ma’naviy barkamol va

    intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalash, ta’lim tizimini sifat va mazmun

    jihatdan yanada takomillashtirish, mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-

    iqtisodiy islohotlar,rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg`or tajribalari hamda

    ilm-fan, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga

    asoslangan holda tashkil etish maqsadida, Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2017 yil

    6 aprelda “Umumiy o`rta va o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim

    standartlari” tasdiqlandi. Unga ko`ra, barcha umumta’lim fanlari bo`yicha davlat

    ta’lim standartlari, o`quv dastur va rejalari kompetentsiyaviy yondashuv asosida

    yangilandi.

  • 35

    Umumiy o`rta ta’lim tizimi mohiyatidan kelib chiqib, ta’lim muassasasi

    bitiruvchisi egallashi lozim bo`lgan quyidagi tayanch kompetentsiyalar (TK)

    ajratib ko`rsatildi:

    TK1. Kommunikativ kompetentsiyalar;

    TK2. Axborot bilan ishlash kompetentsiyalari;

    TK3. O`zini-o`zi rivojlantirish kompetentsiyalari;

    TK4. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyalari;

    TK5. Milliy va umummadaniy kompetentsiyalar;

    TK6. Matematik savodxonlik, fan va texnika yutuqlaridan xabardor bo`lish hamda

    foydalanish kompetentsiyalari.

    Kommunikativ kompetentsiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda

    birorta xorijiy tilda o`zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala

    madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada

    samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

    Axborotlar bilan ishlash kompetentsiyasi — mediamanbalardan zarur

    mahlumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan

    samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini tahminlashni, media madaniyatga

    ega bo`lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

    O`zini o`zi rivojlantirish kompetentsiyasi — doimiy ravishda o`z-o`zini

    jismoniy, mahnaviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish,

    hayot davomida mustaqil o`qib-o`rganish, kognitivlik ko`nikmalarini va hayotiy

    tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o`z xatti-harakatini muqobil

    baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko`nikmalarini egallashni nazarda

    tutadi.

    Ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasi — jamiyatda bo`layotgan voqea,

    hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o`zining

    fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik

    munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo`lish layoqatlarini

    shakllantirishni nazarda tutadi.

    Milliy va umummadaniy kompetentsiya — vatanga sadoqatli, insonlarga

    mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga ehtiqodli bo`lish, badiiy

    va sanhat asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog`lom

    turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

    Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo`lish

    hamda foydalanish kompetentsiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda

    shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli

    diagramma, chizma va modelg`larni o`qiy olish, inson mehnatini

    yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib

  • 36

    keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini

    shakllantirishni nazarda tutadi.

    Mazkur tayanch kompetentsiyalari bilan bir qatorda har bir umumta’lim fani

    bo`yicha ham kompetentsiyalar (FK) ham ishlab chiqilgan bo`lib, ularni

    aniqlashtirishda har bir fanning maqsad va vazifalaridan kelib chiqildi. Xususan,

    matematika fani bo`yicha umumiy (FK1) va kognitiv (FK2) kompetentsiyalar

    ajratib ko`rsatildi.

    Ma’lumki, matematika fani - abstrakt fan. Uning mazmuni boshidan

    oxirigacha inson tasavvurining va mantiqiy tafakkurining mahsulidan iborat.

    Fanning bunday abstrakt tuzilishi, o`zini-o`zi boyitib borishi, ya’ni yangidan-yangi

    matematik tushunchalar va ularning xossalarini ma’lum xossalardan hosil qila

    olish imkoniyati qadimdan insonning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat

    qilib kelgan. Xatto matematik masalalarni yechish musobaqalari o`tmishda inson

    aqlini peshlash vositasi bo`lgan. Shundan kelib chiqadigan bo`lsak, matematika

    fanining eng asosiy vazifasi aynan o`quvchilarni o`ylashga, to`g`ri mantiqiy

    fikrlashga va mushohada yuritishga o`rgatishdan iborat ekanligi oydinlashadi.

    Hech qaysi fan matematika fanichalik o`quvchilarni o`ylashga va fikrlashga

    majbur qila olmaydi. Matematika darslarida turli tuman masala, muammo va

    jumboqlarini yechish orqali o`quvchilar to`g`ri fikr yuritish, mantiqiy fikrlashni

    o`rganadilar. Insonning mantiqiy fikrlay olish layoqati (qobiliyati yoki

    kompetentsiyasi) uning eng muhim hayotiy ehtiyojlaridan biri hisoblanadi. Inson

    miyasi “ishlash”dan to`xtar ekan, uning hayvondan farqi qolmaydi. Xullas, bir

    faylasuf ta’biri bilan aytganda, “Matematika - aql gimnastikasidir”. Yoshlik

    chog`idan turli-tuman matematik masalalarni yechish orqali o`quvchilar hayotiy

    muammolarni yechishga va turmushda uchraydigan muammoli vaziyatlarida

    to`g`ri qarorlar qabul qilishga tayyorgarlik ko`radilar. Bu holatda hamma

    matematik masalalar ham bevosita hayotiy muammolar haqida bo`lishi shart emas.

    Har qanday matematik masala ham o`quvchini o`ylashga majbur qiladi. Turli

    abstrakt formulalar yordamida hisob kitoblarni, algebraik almashtirishlarni to`g`ri

    bajarish, ayniqsa teoremalarni isbotlash, ya’ni ma’lum dalillar asosida uning to`g`ri

    ekanligini asoslash mantiqiy fikrlashga doir eng muhim amaliyotlardan

    hisoblanadi.

    Shunday ekan, o`rta umumiy ta’lim tizimida matematika fanining,

    matematikani o`qitishning eng asosiy vazifasi o`quvchilarda mantiqiy fikrlash,

    to`g`ri mushohada yuritish layoqatlarini (kompetentsiyalarini) tarkib toptirishdan

    iborat bo`lmog`i lozim. Fanga oid umumiy kompetentsiyalar matematika fanidan

    o`quvchilar bilishi va uddalashi lozim bo`lgan nazariy bilim va amaliy

    ko`nikmalarni, fanga oid kongitiv kompetentsiyalar aynan yuqorida zikr etilgan

    mantiqiy fikrlash, o`qib-o`rganish va fan bo`yicha o`zlashtirilgan bilim va

    ko`nikmalarni amaliyotda qo`llash bo`yicha talablarini umumiy holda belgilaydi.

    FK1. Matematika fani bo`yicha umumiy kompetentsiyalar

  • 37

    Fan bo`yicha umumiy kompetentsiyalarni o`z navbatida matematika

    fanining quyidagi bo`limlari bo`yicha taqsimlab qarash maqsadga muvofiq bo`ladi:

    Sonlar va amallar; Algebra; Geometriya; O`lchashlar; Ma’lumotlar bilan ishlash.

    Maktab bitiruvchilari matematikadan quyidagi umumiy kompetentsiyalarga

    ega bo`lishi lozim: Sonlar va amallar

    - Sonlar haqida tushunchaga ega bo`lish, ularni tasvirlash usullarini va sanoq sistemalarini bilish, sonlar o`rtasida munosabatlarni o`rnatish va tushunish;

    Matematik amallar mohiyatini bilish va ular o`rtasidagi munosabatlarni tushunish;

    - Sonlar ustida hisoblashlarni qiyinchiliklarsiz bajarish, natijaga tegishli baho berish va uni chamalash;

    Algebra

    - Qonuniyatlar, munosabatlar va funksiyalar mohiyatini tushunish;

    - Algebraik belgilar yordamida matematik vaziyatlar va tasdiqlarni ifodalash va tahlil qilish;

    - Miqdoriy munosabatlarni tushunish va ularni ifodalash uchun matematik modellardan foydalanish;

    - Tabiat va jamiyatdagi hodisalar va turli vaziyatlardagi miqdoriy o`zgarishlarni tahlil qilish.

    Geometriya

    - Yassi va fazoviy geometrik shakllarning xususiyatlari va xossalarini tahlil qilish, geometrik munosabatlar haqida matematik fikrni rivojlantirish;

    - Koordinatalar sistemasi va boshqa tasvirlash tizimlarida fazoviy munosabatlarni tasvirlash va ularning geometrik o`rnini aniqlash;

    - Matematik vaziyatlarni tahlil qilishda simmetriya va shakl almashtirishlardan foydalanish;

    - Masalalarni yechishda geometrik modellashtirish, fazoviy mushohada va vizuallashtirish usullaridan foydalanish. O`lchashlar

    - turli ob’ektlarning o`lchanadigan elementlarini, o`lchov birliklarini bilish, o`lchov tizimlari va jarayonlarining mohiyatini tushunish;

    - o`lchash jarayonida mos o`lchov usullari, o`quv qurollari, o`lchov asboblari va formulalaridan foydalanish,

    Ma’lumotlar bilan ishlash

    - Masalani yechish uchun zarur ma’lumotlarni aniqlash, yig`ish va ularga ishlov berish;

    - Ma’lumotlarni tahlil qilish uchun mos statistik ishlov berish usullarini tanlash va qo`llash;

  • 38

    - Ma’lumotlar asosida tegishli xulosa va bashoratlarni ishlab chiqish va ularni baholash;

    - Asosiy ehtimollar nazariyasi tushunchalarini tushunish va ulardan foydalanish.

    FK2. Matematika fani bo`yicha kognitiv kompetentsiyalar

    Matematika fani bo`yicha kognitiv kompetentsiyalarni o`z navbatida

    quyidagi o`quv harakatlari bo`yicha ajratish maqsadga muvofiq bo`ladi: Masala

    yechish; Asoslash va isbotlash; Muloqot; Munosabatlar; Tasvirlash.

    Maktab bitiruvchilari matematikadan quyidagi kognitiv kompetentsiyalarga

    ega bo`lishlari lozim:

    Masala yechish

    - Masalani (muammoni) yechish orqali yangi matematik bilimlarni hosil qilish va ularni o`zlashtirish;

    - Matematika va boshqa fanlardagi o`quv masalalari hamda kundalik turmushda duch kelinadigan muammolarni yechish;

    - Masalani yechish uchun turli xil yechish usullarini qo`llash va ularni moslashtirish;

    - Masalani matematik yechish jarayonini kuzatish va tahlil qilish. Asoslash va isbotlash

    - Asoslash va isbot matematikaning asosiy jihatlari ekanligini tushunish;

    - Matematik taxminlarni tuzish va tadqiq qilish;

    - Matematik asoslash, isbotlash va ularni baholash;

    - Mushohada yuritish turlari, isbot usullarini tanlash va qo`llash. Muloqot

    - O`qituvchi, tengdoshlar va boshqalar bilan matematika tilida aniq fikr almashish;

    - Boshqalarning matematik fikrlarini tahlil qilish va baholash;

    - Matematik fikrni aniq ifodalash uchun matematika tilidan foydalanish;

    Munosabatlar

    - Matematik tushunchalar orasidagi aloqalarni tanib olish va ulardan foydalanish;

    - Yaxlit matematik tushunchani hosil qilish uchun matematik tushunchalarni birlashtirish yoki birini ikkinchisining ustiga qurish,

    - Kundalik turmushdagi vaziyatlarda va boshqa fanlarda matematikani qo`llash;

    Tasvirlash

    - Matematik tasdiqni turli shakl va ko`rinishlarda tasvirlash va ulardan foydalanish;

    - Masalani yechish uchun tegishli matematik tasvirlash usulini tanlash va bir ko`rinishdan ikinchi ko`rinishga o`tkazish;

  • 39

    - Tabiat va jamiyatdagi hodisa va jarayonlarni tushuntirish hamda modellashtirish uchun turli matematik tasvirlash usullaridan foydalanish.

    Matematika fani bo`yicha mazkur kompetentsiyalar o`quvchining

    matematika fanidan boshlang`ich maktabning 1- sinfidan boshlab, toki 11sinfni

    bitirgunga qadar egallashi kerak bo`lgan asosiy kompetentsiyalardan iborat. Har

    bir kompetentsiya talabi boshlang`ich, o`rta umumiy ta’lim muassasalari uchun

    alohida-alohida aniqlashtiriladi hamda ularning o`zi ham asosiy va

    chuqurlashtirilgan darajalarga bo`linadi.

    Shuningdek, har bir ta’lim tizimi uchun mazkur kompetentsiyalar talablari

    sinflar (kurslar) bo`yicha, bo`limlar bo`yicha, so`ng har bir mavzu bo`yicha va

    nihoyat har bir dars bo`yicha aniqlashtiriladi, ya’ni konkret mayda talablar

    ko`rinishida bayon etiladi. Shu tariqa, mazkur kompetentsiyalar har bir darsga

    uning turli maqsadlari ko`rinishida kirib boradi.

    Ta’lim

    bosqichi Bitiruvchilar

    Standart

    darajasi Daraja nomlanishi

    Umumiy

    o`rta ta’lim

    Umumta’lim maktabla-

    rining boshlang`ich 4-sinf

    bitiruvchilari A1

    Matematika fanini

    o`rganishning

    boshlang`ich darajasi

    Matematika fani chuqur

    o`rganiladigan ixtisoslash-

    tirilgan umumta’lim

    muassasalarining boshlan-

    g`ich 4-sinf bitiruvchilari

    A1+

    Matematika fanini

    o`rganishning kuchay-

    tirilgan boshlang`ich

    darajasi

    Umumta’lim maktabla-

    rining 9-sinf bitiruvchilari A2

    Matematika fanini

    o`rganishning tayanch

    darajasi

    Matematika fani chuqur

    o`rganiladigan ixtisoslashti-

    rilgan umumta’lim muassa-

    salarining 9-sinf

    bitiruvchilari

    A2+

    Matematika fanini

    o`rganishning kuchay-

    tirilgan tayanch

    darajasi

    O`rta

    maxsus,

    kasb-hunar

    Matematika faniga chuqur-

    lashtirilmagan o`rta

    maxsus, kasb-hunar ta’limi

    muassa-salari

    B1

    Matematika fanini

    o`rganishning umumiy

    darajasi

  • 40

    ta’limi Matematika faniga chuqur-

    lashtirilgan o`rta maxsus,

    kasb-hunar ta’limi

    muassasalari

    B1+

    Matematika fanini

    o`rganishning

    kuchaytirilgan umumiy

    darajasi

    2. Umumta’lim fanlaridan o`quv-metodik majmualarning yangi avlodi

    O`quv-metodik majmua — darslik, mashq daftari, o`qituvchi uchun metodik

    qo`llanma, darsliklarning multimediali ilovasidan iborat majmua.

    Darslik — davlat ta’lim standartlariga muvofiq o`quv dasturi asosida

    didaktik, metodik, pedagogik-psixologik, estetik va gigienik talablarga javob

    beradigan, o`quv fanining mavzulari to`liq yoritilgan, uning asoslari mukammal

    o`zlashtirilishiga qaratilgan, o`quv fanining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan

    holda ta’lim oluvchilarning yoshi va psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan

    holda ishlab chiqiladigan, nazariy ma’lumotlardan tashqari amaliy-tajriba va sinov

    mashqlarini qamrab olgan kitob shaklidagi o`quv nashri.

    Mashq daftari — darslikning tarkibiy qismi hisoblanadigan, davlat ta’lim

    standartlariga muvofiq o`quvchilar tomonidan egallangan bilim va ko`nikmalarni

    mustahkamlash hamda o`quv fanining mavzulariga mos ravishda ishlab chiqilgan,

    mantiq va tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan (krossvordlar, boshqotirmalar,

    mantiqiy fikrlashga undovchi topshiriqlar va hokazo) topshiriqlardan iborat

    bo`lgan didaktik vosita.

    O`qituvchi uchun metodik qo`llanma — darslikdagi har bir mavzuni

    samarali o`qitish metodikasi, qo`shimcha sinov topshiriqlari va o`qituvchining

    darsni qiziqarli tashkil etishiga oid boshqa metodik ko`rsatmalar berilgan, har bir

    darsning maqsadi, darsda foydalaniladigan vositalar va ulardan foydalanish

    usullari, darsning mazmuni, amaliy mashg`ulotlar, qo`shimcha topshiriqlar va

    boshqalar haqida metodik ko`rsatmalar aniq bayon qilingan kitob shaklidagi o`quv

    nashri.

    Darsliklarning multimediali ilovalari - axborot-kommunikatsiya

    texnologiyalari yordamida o`quv faniga oid materiallarni davlat ta’lim standarti va

    o`quv dasturiga mos ravishda yorita oladigan, o`quv fanini samarali

    o`zlashtirishga, o`quvchilarning mustaqil ta’lim olishiga ko`maklashuvchi hamda

    video, ovoz, animatsiya, jadval, matn va lug`atlarni o`z ichiga olgan, bilimlarni

    nazoratdan o`tkazish va mustahkamlashga yo`naltirilgan, o`quv fanining asosiy

    mazmunini boyitadigan qo`shimcha materialga ega bo`lgan yoki shu kabi

    manbalarga murojaatlarni o`z ichiga olgan interaktiv elektron axborot-ta’lim

    resursi.

  • 41

    O`quv-metodik majmualar davlat ta’lim standartlari, o`quv reja va

    dasturlariga muvofiq, didaktik, metodik, pedagogik-psixologik, estetik va gigienik

    talablar asosida ishlab chiqilgan darslik, mashq daftari, o`qituvchi uchun metodik

    qo`llanma va darslikning multimediali ilovalarini o`z ichiga oladi.

    2-MAVZU: O`QUVCHILARNING MATEMATIKA FANIDAN

    O`ZLASHTIRGAN BILIM, KO`NIKMA VA KOMPETENSIYALARINI

    BAHOLASH VA MONITORINGINI YURITISH.

    (2 soat ma’ruza)

    Reja:

    1. O`quvchilarning matematika fanidan o`zlashtirgan bilim, ko`nikma va kompetentsiyalarni baholashga qo`yiladigan talablar. Baholashning asosiy

    usullari va tamoyillari. O`quvchining o`quv faoliyatini baholashning metodlari.

    2. O`quvchining o`quv faoliyati monitoringini olib borish mezonlari. Matematika fanidan ta’lim samaradorligi va sifatini baholash bo`yicha

    yo`riqlar.

    3. Matematikadan testlarni tuzishga qo`yilgan talablar va ularning turlari. Test topshiriqlari va uning asosiy shakllari: Test topshiriqlarini tuzish metodikasi.

    4. Amaliy mashg`ulot

    Tayanch iboralar:

    Bilim, ko`nikma, malaka, kompetentsiya, baholash, nazorat, joriy nazorat,

    oraliq nazorat, bosqichli nazorat, yakuniy nazorat, mezonga asoslangan

    baholash, me’yorga asoslangan baholash, monitoring, baholash metodlari,

    baholash tamoyillari, ta’lim samaradorligi, ta’lim sifati, test, test topshiriqlari,

    test shakllari.

    1. O`quv jarayonida nazorat turlari

    Baholash va uning ahamiyati. Ta’lim oluvchilar tomonidan o`quv materiallari

    o`zlashtirilganligini, ko`nikma va malakalar hosil bo`lganligini tekshirish va

    baholash ta’lim jarayonining zarur tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu faqat o`qitish

    natijalarini nazorat qilish emas, balki o`quv jarayonining turli bosqichlarida

    ta’lim oluvchilarning bilish faoliyatiga rahbarlik qilish hamdir.

    O`zbekiston Respublikasi XTVning 2017 yil 17 oktyabrdagi 330-sonli “Davlat

    ta’lim standarti bo`yicha umumiy o`rta ta’limning malaka talablarini o`quvchilar

    tomonidan o`zlashtirilishi darajasini va ularning bilimlari sifatini nazorat qilish

    bo`yicha baholovchi mezonlarini tajriba-sinovdan o`tkazish to`g`risida”

    bo`yrug`i va uning asosidagi reyting tizimi Muvaqqat Nizomi tasdiqlandi.

  • 42

    O`quvchilarnig ta’lim tayyorgarligi darajasini baholashning reyting tizimi

    quyidagi nazorat turlari orqali amalga oshiriladi:

    Reyting tizimining nazorat turlari va ularni amalga oshirish O`quvchilarning bilim saviyasi va o`zlashtirish darajasining Davlat ta’lim

    standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlarini o`tkazish

    nazarda tutiladi:

    joriy nazorat — so`rovlar, kollokviumlar, seminarlar, kontrol ishlar, testlar

    tarzida o`quvchilarning bilimlari, ko`nikma va malakalari muntazam nazorat

    qilinadi; oraliq nazorat — chorak tamom bo`lganda va o`quv dasturining tegishli

    bo`limi tugallangandan keyin o`quvchilarning bilimlari, ko`nikma va

    malakalarini baholash uchun amalga oshiriladi. U imtihonlar, testlar, sinovlar va

    malakaga doir ishlar shaklida o`tkaziladi. Ushbu nazoratda foydalaniladigan

    materiallar o`quv fani o`qituvchisi tomonidan tayyorlanadi.

    Oraliq nazoratda nazorat ishlarining miqdori va mavzulari o`quv dasturiga

    asoslangan mavzuiy rejada belgilanadi hamda muddati va shakli ko`rsatiladi;

    bosqichli nazorat — o`quv yili tamom bo`lgandan keyin imtihonlar, test

    sinovlari, sinovlar shaklida amalga oshiriladi. Uning asosida reyting aniqlanadi

    va o`quvchini navbatdagi sinfga o`tkazish to`g`risida qaror qabul qilinadi.

    Bosqichli nazorat materiallari namunalari O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi

    vazirligining Respublika ta’lim markazi tomonidan tayyorlanadi. Nazorat ishlari

    materiallari namunalariga ijodiy yondashgan holda o`quv fani o`qituvchilari

    bosqichli nazorat materiallariga o`zgartirishlar kiritishi va ularni uslubiy

    birlashmalar muhokamasidan o`tkazib, joriy etishlari mumkin;

    Yakuniy nazorat — o`qish (9- va 11-sinf) tugallangandan keyin davlat

    attestatsiyasi shaklida o`tkaziladi.

    2. O`quvchilarni baholash shakllari

    Baholash - ta’lim jarayonining ma’lum bosqichida o`quv

    maqsadlariga erishilganlik darajasini oldindan belgilangan mezonlar asosida

    o`lchash, natijalarni aniqlash va tahlil qilishdan iborat jarayondir.

    Bilimlarni tekshirish va baholashning ta’limiy ahamiyati shundan iboratki,

    bunda o`quv materialining o`zlashtirilganligi haqida ta’lim beruvchi ham, ta’lim

    oluvchi ham muayyan ma’lumotga ega bo`ladi. Baholash natijasida, ta’lim

    beruvchi uchun ta’lim oluvchilarning nimani bilishi va nimani

    tushunmayotganligi, qaysi material yaxshi o`zlashtirilganu, qaysi biri hali yetarli

    darajada o`zlashtirilmaganligi yoki umuman o`zlashtirilmaganligi ma’lum

    bo`ladi. Bu ta’lim oluvchining bilish faoliyatini tas