Upload
others
View
9
Download
0
Embed Size (px)
Citation preview
■
MELIORATIV
GIDROGEOLOGIYA
O 'zh ek iston R esp ub lik asi V azirlar M ah k am asi huzu rid agi G id rom eteoro log iya xizm ati m arkazi
G id rom eteoro log iya ilm iy-teksh irish institu ti
O 'zb ek iston R esp ub lik asi o liy va o ‘rta m axsus ta ’lim V azir lig i Q ish loq va suv x o ‘ja lig i V azir lig i
G ‘. U. Yusupov, D. A. Quvvatov
MELIORATIV GIDROGEOLOGIYA
fanidan o‘quv qo‘llanma
Toshkent - 2015
UO'T 627.133(075.8)
T aq rizch iia r TIM 1 qoshidagi «ISM ITI» yetakchi ilmiy xodim , texnika fanlari doktori M. A. Yakubov, texnika fanlari doktori, dotsent X. I. Shukrullayev
U shbu o 'q u v q o 'llanm a «Suv resurslari va suvdan foydalanish», «Suv xo 'jalig i va m elioratsiya», «Ekologiya va atrof-m uhit m uhofazasi», «Sug'orilad igan yerlarda m eliorativ tizim » bakalavr yo 'nalish lari va «G idrom elioralsiya», «M elioratsiya, rekultivatsiya va yerlar m uhofazasi», «M elioratsiya va sug 'o rm a dehqonchilik» va «G idrom eliorativ tizim lardan foydalanish» m agistratura m utaxassisliklarida ta ’lim olayotgan talabalar uchun m o'ljallangan va m avjud o 'quv rejalari va fan dasturlariga m oslab yozilgan.
Ushbu o 'q u v qo 'llanm a sug 'orilad igan va sug 'o rishga yaroqli, zaxi qochiriladigan yerlarning m eliorativ holatini belgilovchi sizot suvlari va aeratsiya m intaqasiga joylashgan osm a sizot suvlari rejimi va balansini, ularni bashorat qilishni. sizot suvlari oqimlari va qatlam larining gidrodinam ik ko 'rsatk ichlarin i, gidrogeologik-m eliorativ tum anlarga va geofiltratsion sxem alarga bo 'lishn i. m elioratsiya qilinayotgan m aydonlarda rivojlanadigan g idrogeologik-m eliorativ jarayonlarning tabiatini va ularni boshqarishning tam oyillarini, gidrom eliorativ tiz im lam ing loyihalarini tuzish uchun o 'tkazilad igan ilm iy-tadqiqot ishlari usullarini va m elioratsiya qilinayotgan yerlarda olib boriladigan kom pleks gidrogeologik kuzatuvlarni (m eliorativ m onitoring) o 'tkaz ish m asalalarini o'z. tarkibiga oladi.
© G*. U. Yusupov, D. A. Quvvatov© T o sh k en t irrigatsiya va m elioratsiya instituti, 2015 y.© G idrom eteorologiya ilm iy-tekshirish instituti (G M ITI), 2015 y.
2
Данное учебное пособие предназначено для студентов бакалавриата иЛучнюшихся но направлениям «Водные ресурсы и их использование», «Водное «и к И и н о и мелиорация», «Этология и охрана окружающей среды»,
Mi'tMopiiTHHHMe системы на орошаемых землях» и для магистров по ч и н и » lu io c n i «Гидромелиорация», «Мелиорация, рекультивация и охрана п хн и .» , «М елиорация и орошаемое земледелие», «Эксплуатация ниромслиоративны х систем», и составлено в соответствии с действующими I >1«0НММИ планами программами дисциплин.
Д анное учебное пособие включает в себя режим и баланс грунтовых вод и I рунГоаых вод зон аэрации как фактора определяю щ ею мелиоративное состояние ирнншгМЫХ и осуш аемых земель, их прогнозирование, потоки грунтовых вод и их mi фолмнимичсскис показатели, гидрогеолого-мелиоративнос районирование и |и и |ц | к . I рационную схематизацию, природу i идрогсолого-мелиоративных H ftilincoit, принципы их управления, методы научно исследовательских работ по imtiMIMO проектов гидромелиоративных систем, комплексные i нлрш tuiloi ические наблюдения, проводимые на орошаемых >емлях 1М» щорагнипый мониторинг) и другие вопросы
D ili is handbook intend lor Bachelor Science students on specialization “ Water (••ним» t*4 anti its using", “W ater economy and melioration”. "M eliorative systems on »Hi"tli'il liiliil" and Гот M aster Science students on specialization "H ydrom elioration", M illoiiilinn, recultivation and land protection", "M elioration and irrigated
Ugllillhute", '‘Exploitation o f hydromeliorative systems" and com pile in conform ity to кш НпЦ lludy plans and programs on disciplines.
In the handbook took up the ground and top water, as factor determ ining the ItWlliiiiillv* conditions o f irrigated and drained lands, them regime, balance, and Itiii'i m l, ground water flow and them hydrodynamics indices, hydrogeological and HWlliHitllvc division into districts and geofiltration schcmatization, natural features o f lnilni||«iilnglcal and meliorative processes, methods and principles o f its management, htilioiMnlOglciil and meliorative observations carried out on irrigated lands ЦмоиНоИнц) and other questions.
I3
So‘zboshi
O‘zbekiston respublikasida gidrogeologiya fanining rivojlanishi tog‘ kon
sanoatining, gidrotexnik, temir yo‘llar, kommunal qurilish va boshqa xalq
xo‘jaligi tarmoqlariing ehtiyojlari bilan bog‘liq va ularning orasida qishloq
xo‘jaligi gidrotexnik melioratsiyasining vazifalari alohida o‘rin tutadi.
Qadimdan sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va
yangidan o‘zlashtirilgan yerlardagi meliorativ holatni yomonlashuvini oldini
olish, qishloq xo‘jalik ekinlaridan barqaror yuqori hosil olish uchun va
melioratsiyaga sarflanadigan kapital mablag‘larning samaradorligini oshirishga
asos bo‘lib xizmat qiladi.
Bu ulkan vazifalarni bajarish uchun xizmat qiladigan mutaxassis
gidromelioratorni tayyorlashda, qishloq xo‘jaligi gidrotexnik melioratsiyasi
fanining tabiiy asoslaridan biri bo‘lgan «Meliorativ gidrogeologiya» fanining
ahamiyati juda kattadir.
«Meliorativ gidrogeologiya» fani gidrogeologiya fanining amaliy sohasi
bo‘lib, bu fan yer osti suvlarini sug‘oriladigan va sug‘orishga yaroqli yerlarning
meliorativ holatini baholashdagi rolini, qishloq xo‘jaligi ekinlaridan progressiv
ravishda yuqori hosil olishni ta’minlaydigan turli meliorativ tadbirlarni asoslash
uchun o‘rganadi. Shu munosabat bilan meliorativ gidrogeologiya fanining
asosiy ob’ekti bo‘lib yer yuziga yaqin joylashgan yer osti sizot va osma sizot
suvlari, aeratsiya mintaqasi tuproqlari va jinslari, meliorativ tadbirlar va
inshootlar ta’siri doirasida kechadigan gidrogeologik jarayonlar xizmat qiladi.
Asosiy ob’ekt yer yuzidan birinchi uchraydigan sizot va osma sizot
suvlari bo‘lganligi uchun ular tuproqda kechadigan tuproq hosil qiluvchi
jarayonlarda faol qatnashadi. Sug‘orish natijasida yer yuziga ko‘tarilgan suvlar
o‘zi bilan kapillyarlar orqali tuzlarni yer yuziga ko‘taradi (tashiydi) va
bug‘lanish natijasida sug‘oriladigan yerlarni qayta sho‘rlanishiga olib keladi.
Respublikamizdagi sug‘oriladigan yerlarning ko’pgina qismi sho‘rlanishga
uchragan va sizot suvlarining yotish chuqurligi 3,0 metrdan yaqin joylashgan.
Bunday holatning asosiy sababchisi noto‘g‘ri sug‘orish (suv quyish va sug‘orish
me’yorlari oshirilgan, irrigatsion tizimlardan qoniqarsiz foydalanish va b.)
4
hisoblanadi. Yerlarni meliorativ holatini yaxshilash agrotexnik va ekspluatatsion
tadbirlar hamda gidrotexnik melioratsiya yordamida sizot suvlari sathini
pasaytirish orqali amalga oshiriladi.
O‘quv qo‘llanmasi - melioratsiya qilinadigan maydonlarda tarqalgan sizot
suvlari va ularni yerlarning meliorativ holatiga ta’siriga, kechadigan
gidrogeologik-meliorativ jarayonlar va ularni tavsifiga, sug‘orishga yaroqli
yerlarni tumanlarga bo‘lish va geofiltratsion sxemalar tuzish tamoyillariga, sizot
suvlari rejimi xususiyatlari va balansiga, sug‘oriladigan yerlarda amalga
oshiriladigan bashoratlar o‘tkazishning mazmuni va vazifalariga, sug‘oriladigan
va zaxi qochiriladigan yerlarda o‘tkaziladigan meliorativ nazorat (monitoring)
o‘tkazish qoidalariga va irrigatsion tizimlar loyihalarini asoslash uchun
o‘tkaziladigan qidiruv tadqiqot ishlari tarkibi va mazmuniga bag‘ishlanadi.
Qo‘llanmani yaratishga bo‘lgan ehtiyoj shundan tug‘ildiki, birinchidan
talabalar uchun o‘zbek tilida yozilgan birorta adabiyot mavjud emasligi,
tasdiqlangan dastur asosida yaratilgan darslik yoki qo‘llanmaning yo‘qligi,
mavjudlari esa zamon talabiga to‘liq javob bermasligi va boshqalar sabab bo‘ldi.
Mualliflar qo‘llanmani tayyorlashda imkoni boricha mavzuni kengroq va
to‘liqroq yoritishga xarakat qildi, chunki bunda talabani chuqur bilim olishiga va
keng fikrlashiga erishiladi.
Mualliflar o'quv qo’llanmasini tayyorlashda O‘rta Osiyo xususan
O’zbekistonda yashab faoliyat ko‘rsatgan gidrogeolog olimlar M.M. Krilov,
M.A.Shmidt, D.M.Kats, N.A.Kenesarin, N.M.Reshetkina, N.N.Xodjiboev,
B.Ya.Neyman va boshqalarning ilmiy monografiyalari, darsliklari va
maqolalaridan keng, to’liq foydalandi va ko’p sohada etakchilikka da’vo
qilmaydi.
5
Kirish
Yuqori malakali, puxta bilimli hozirgi zamon talablariga javob bera
oladigan va gidromelioratsiya shahobchalarini sifatli loyihalashtirish, qurish va
ekspluatatsiya qilish vazifalari bilan shug‘ullanadigan mutaxassis-melioratorlar
tayyorlash sohasida tabiiy fanlar turkumiga kirgan meliorativ gidrogeologiya
fani alohida o‘rin tutadi.
Meliorativ gidrogeologiya fanining mazmuni, vazifalari va sohalari
to’g’risida to’g’ri tushuncha va tasavvurga ega bo’lish uchun, ayrim mulliflar
tomonidan berilgan ta’riflarga e’tiborni qaratamiz.
M.M.Krilov (1951 y). Meliorativ gidrogeologiya - gidrogeologiya
fanining amaliy sohasi bo‘lib, bu fan yer osti suvlarini, sug‘oriladigan va
sug‘orishga yaroqli yerlarning meliorativ holatini baholashdagi rolini, qishloq
xo‘jaligi ekinlaridan progressiv ravishda yuqori hosil olishni ta’minlash uchun
o‘tkaziladigan turli meliorativ tadbirlarni asoslash maqsadida o‘rganadi.
N.A.Kenesarin N.N.Xodjibaev (1964 y) Meliorativ gidrogeologiya -
gidrogeologiya fanining sohasi sifatida, turli tabiiy sharoitlarda tarqalgan yer
osti suvlarining shakllanishini o‘rganadi va shakllanish qonuniyatlarini ochib
beradi va bular asosida yerlarni hosildorligini oshirish uchun gidrogeologik
sharoitni sog‘lomlashtirish usullarini ishlab chiqadi.
D.M.Kats (1988 y): Meliorativ gidrogeologiya-gidrogeologiya fanining
amaliy sohasi bo‘lib, melioratsiya qilinayotgan va qilinishi mumkin bo‘lgan
yerlarning gidrogeologik sharoitini o‘rganish, unda sodir bo‘ladigan
o‘zgarishlarni oldindan aytib berish (bashorat qilish) va baholash vazifalarini,
hamda gidromelioratsiya shahobchalarini ekspluatatsiya qilish jarayonida bu
sharoitlarni o‘zgarishini nazorat qilib turish vazifalarini o‘z ichiga oladi.
Bu ta’riflarga qo‘shimcha sifatida Meliorativ gidrogeologiya: a) yer osti
suvlarini faqat sug‘oriladigan yerlardagina o‘rganmay, balki zaxi qochiriladigan
yerlarda ham o‘rganadi; b) faqat sizot suvlarinigina o‘rganmay, aeratsiya
mintaqasiga joylashgan osma sizot suvlarini ham o‘rganadi.
Ta’riflardan quyidagicha xulosa kelib chiqadi: Gidrogeolog-
melioratorning asosiy o‘rganish-tekshirish ob’ekti bo‘lib yer osti (sizot va osma
6
sizot) suvlari hisoblanadi, asosiy usuli yer osti suvlarining gidravlik
ko‘rsatgichlariga va kimyoviy tarkibiga turlicha tadbirlar bilan ta’sir o‘tkazish
hisoblanadi. Qishloq ho‘jalik ekinlarining hosildorligini oshirish esa asosiy
maqsadi hisoblanadi.
Meliorativ gidrogeologiya predmeti o‘quv fani sifatida 1953 yili Toshkent
davlat universitetida, 1954 yili Moskva davlat universitetida o‘qitilib boshlandi.
Qishloq ho‘jaligi oliy o‘quv yurtlarida “Meliorativ gidrogeologiya” 1978
yili birinchi marta TIIIMSXning Gidromelioratsiya fakultetida o‘qitila
boshlandi. Bu ishning tashabbuskori geologiya-mineralogiya fanlari doktori
professor Mirzaev S.Sh. hisoblanadi. Mirzaev S.Sh. va Neyman B.Ya.lar
tomonidan o‘quv dasturi tuzildi va so‘ngra mamlakatning boshqa qishloq
ho‘jaligi oliy o‘quv yurtlariga ularning iltimosiga ko‘ra yuborildi.
Meliorativ gidrogeologiya predmetini o‘quv rejasiga kiritilishiga ehtiyoj
nima uchun tug‘ildi yoki paydo bo‘ldi?
1. Meliorativ gidrogeologiya fani oxirgi yillarda mustaqil fan yo‘nalishi
sifatida mukammal shakllandi;
2. Irrigatsion qurilishning keng ko‘lamda olib borilishi va ularni
ekspluatatsiyasi gidrogeologik qidiruv-tadqiqot ishlarining hajmiga, sifatiga,
maxsusligiga bo‘lgan talabni, ehtiyojni ortib borishiga sabab bo‘ldi. Vaqt o‘tishi
bilan o‘zlashtirilayotgan yerlarning tabiiy-gidrogeologik sharoitlari yomonlashib
bordi. Melioratsiya yuqori balandliklardan tekisliklarga tushib bordi. Oz
hajmdagi qidiruv-tadqiqot ishlari natijasida asoslangan loyihalar bilan
o‘zlashtirilgan yerlarda tez orada yerlarning meliorativ holati yomonlashib
bordi. Shuning uchun maxsus gidrogeologik qidiruv-tadqiqot ishlariga bo‘lgan
talab ortdi.
3. Sug‘orib ekiladigan maydonlarning 65% i, em-xashak yig‘iladigan
yerlarning 50% i, yaylovlarning 93% i arid iqlimli regionlarda joylashgan va bu
yerlarda katta mablag‘ talab qiluvchi gidrotexnik melioratsiya ishlarini o‘tkazish
talab qilinadi. Bunday yerlarda odatda hosil olish, sug‘orish va yaylovlarni suv
bilan ta’minlash ishlari bilan bog‘liq.
7
Demak MDH maydonining ko‘p qismida barqaror yuqori hosil olish
uchun asosan gidrotexnik qishloq ho‘jalik melioratsiyasi qo‘llanilishi lozim.
Agar sizot suvlarini yer yuziga yaqin joylashganligi va ularni tuproqlarni namlik
va tuz rejimidagi asosiy ishtirokini hisobga olsak gidrotexnik melioratsiyaning
ahamiyati va uni asoslash uchun olib boriladigan gidrogeologik tadqiqot
ishlarining ahamiyati ayniqsa ortadi. Ma’lumki meliorativ gidrogeologiyaning
asosiy o‘rganish ob’ekti sizot suvlaridir. Masalan 1985 yilgi ma’lumotlarga
ko‘ra (vegetatsiya davri uchun) 19,8 mln.ga sug‘oriladigan yerlardan 9,0 mln.ga
da sizot suvlarining chuqurligi 3,0 metrdan kichik, shu yerlarning 4,5 mln.ga
qismida sizot suvlarining chuqurligi 2,0 metrdan kichik. Gumid iqlimli
mintaqalarda zaxi qochirilgan yerlarning taxminan 60-70% maydoni sizot
suvlaridan pastda joylashgan bosimli suvlar hisobiga ozuqalanadi. Bu esa sizot
suvlarini yer yuziga juda yaqin joylashganligini ko‘rsatadi.
Demak, ekin maydonlarining asosiy qismida sizot suvlari tuproq
qatlamidagi suv va tuz rejimini belgilab beradi.
Gidrotexnik melioratsiyaning qo‘llanilishi yerlarning gidrogeologik
sharoitlari bilan belgilanadi va o‘z navbatida gidrogeologik sharoitga ta’sir
ko‘rsatadi. Bu jihatdan meliorativ gidrogeologiyaning ilmiy, nazariy va amaliy
mazmuni quyidagilardan tashkil topadi:
- sizot suvlari rejimini bashorat qilish va boshqarish uchun ilmiy asos
sifatida yer osti suvlarining shakllanish nazariyasini melioratsiya ta’sirini
o‘zgargan sharoit uchun ishlab chiqish;
- yangi va ishlab turgan gidromeliorativ tizimlarni rekonstruksiya qilish
loyihalarini gidrogeologik jihatdan asoslash uchun meliorativ-gidrogeologik
qidiruv ishlarining mavjud usullarini takomillashtirish va yangi usullarini ishlab
chiqish;
- gidrogeologik bashorat qilish ishlari usullarini takomillashtirish;
- sug‘oriladigan va zaxi qochirilgan yerlarda gidrogeologik-meliorativ
nazorat qilish usullarini takomillashtirish va tashkil qilish.
Bu mazmundan kelib chiqib meliorativ gidrogeologiya ikki qismga
bo‘linadi: 1) regional meliorativ gidrogeologiya - melioratsiya qilinayotgan
8
maydonlarning gidrogeologik sharoitini va bu sharoitlarni melioratsiya
ta’siridan o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganadi; 2) maxsus meliorativ
gidrogeologiya - yangi melioratsiya shaxobchalarini loyiha qilish, ishlab turgan
melioratsiya shaxobchalarini rekonstruksiya va ekspluatatsiya qilish bilan
bog‘liq bo‘lgan gidrogeologik, meliorativ tadqiqot o‘tkazish va bashorat qilish
usullarini ishlab chiqadi;
Ma’lumki O‘rta Osiyo respublikalari yerlarining ko‘pgina maydonlari
(Farg‘ona vodiysi, Mirzacho‘l, Buxoro, Qorako‘l vohasi va Qarshi cho‘li) qayta
sho‘rlanishga uchragan. Sug‘orish maydonlarining ortishi bilan yerlarning qayta
sho‘rlanishi keskin tus oladi, chunki yerlar o‘zlashtirilishi bilan sizot suvlari
sathi yuzasidan suvlarning kapillyar ko‘tarilishi natijasida tuzlarning tuproq
qatlamiga harakati va u yerda yig‘ilishi sodir bo‘ladi, qayta sho‘rlanish ro‘y
beradi. Bu hodisa sug‘orish va sho‘r yuvish me’yorlarining kattaligi, sug‘orish
kanallaridan filtratsiyaga sarf bo‘ladigan suvlar miqdorining kattaligi, turli
xildagi zax qochirish shaxobchalarining qoniqarsiz ishlashi va boshqa
ekspluatatsion-xo‘jalik kamchiliklari bilan bog‘liq.
Shu munosabat bilan, qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori hosil olishni
ta’minlaydigan tadbirlar tizimini ishlab chiqish melioratsiyaning asosiy
vazifasiga kiradi va shu meliorativ tadbirlarni gidrogeologik jihatdan asoslash
esa meliorativ gidrogeologiyaning asosiy mazmunini tashkil qiladi.
Meliorativ gidrogeologiyaning hozirgi kundagi quyidagi vazifalarini
ko‘rsatish mumkin:
1. O‘zlashtirilgan va kelajakda o‘zlashtiriladigan katta maydonlarni
gidrogeologik va meliorativ jihatdan tumanlarga bo‘lish;
2. Meliorativ nazorat xizmatini to‘g‘ri tashkil qilish va gidrogeologik
ma’lumotlarni to‘laqonli to‘plash va qayta ishlab chiqish maqsadida sizot
suvlari rejimini o‘rganish va rejimlarning genetik turlarini aniqlash;
3. Meliorativ tadbirlarni asoslash, baholash va gidrogeologik bashoratni
o‘tkazish uchun o‘zlashtirilgan va kelajakda o‘zlashtiriladigan yerlarning suv va
suv-tuz balansini o‘rganish;
9
4. Meliorativ tadbirlar tarkibida sug‘orish ishlarini loyiha qilish va
me’yorga solish uchun kerak bo‘lgan sizot suvlari rejimini bashorat qilish
usullarini ishlab chiqish;
5. Qayta sho‘rlanish va botqoqlanishga qarshi olib boriladigan, hamda yer
osti suvlarini sug‘orish maqsadlarida ishlatish muammolari bilan bog‘liq bo‘lgan
ayrim amaliy tadbirlarni gidrogeologik jihatdan asoslash.
Yuqorida va avvalroq ko‘rsatilgan vazifalarni bajarish uchun meliorativ
gidrogeologiya quyidagi usullardan foydalanadi:
a) loyihalashtirilayotgan meliorativ tadbirlarning xarakteri bilan
belgilanadigan muammolarni hal qilishga yo‘naltirilgan, dala sharoitida olib
boriladigan qidiruv-tadqiqot ishlari;
b) sug‘oriladigan va zaxi qochiriladigan yerlarda, sug‘orish va zax
qochirish jarayonini tasvir qiladigan sharoitda gidrogeologik ko‘rsatkichlarni
sizot suvlarini infiltratsion suvlar hisobiga ozuqa olishini baholash uchun suv va
tuzni harakat qilish jarayonlarini o‘rganish;
c) gidromelioratsiya shaxobchalarini loyiha qilish jarayonida amalga
oshiriladigan yer osti va zovur suvlarining sathini va kimyoviy tarkibini regional
va lokal bashorat qilish.
Meliorativ gidrogeologiya o‘z tadqiqot usullaridan tashqari boshqa
yo‘nalishlarda regional gidrogeologiya, yer osti suvlari dinamikasi,
gidrogeokimyo, meliorativ tuproqshunoslik, gidrotexnik melioratsiya va boshqa
fanlarda qo‘llaniladigan tadqiqot usullaridan ham keng foydalanadi.
Meliorativ tadbirlarni gidrogeologik jihatdan asoslash bir nechta
bosqichlarda olib boriladi:
1. Melioratsiya ob’ektlarini sug‘orishga qadar mavjud bo‘lgan tabiiy
gidrogeologik sharoitini o‘rganish va unga baho berish;
2. Eng optimal loyiha echimlarini qabul qilish maqsadida injener-
meliorator bilan hamkorlikda gidrogeologik sharoitni loyihalashtirilayotgan
melioratsiya ta’siridan o‘zgarishi bashoratini tuzib chiqish;
3. Meliorator bilan hamkorlikda zovur va boshqa meliorativ tadbirlarning
loyihasini tuzish;
10
4. Qulay gidrogeologik sharoit mavjud bo‘lganda yer osti suvlarini
ishlatish uchun suv yig‘uvchi inshootlarni hisoblab chiqish;
5. Yerlarni meliorativ holatini nazorat qilib turish uchun melioratsiya
shaxobchalarini ekspluatatsiya qilinishi jarayonida, gidrogeologik kuzatuv
ishlarini olib borish, hamda loyihada qabul qilingan echimlarni xaqqoniyligini
aniqlash va kerak bo‘lsa ularga tuzatishlar kiritish uchun kuzatuv ishlarini olib
borish.
Melioratsiyani gidrogeologik asoslashning barcha bosqichlarida geologik
muhitning juda muhim qismi bo‘lgan suv va yer resurslarini muxofaza qilish
masalalari echib boriladi.
MDH hududida meliorativ gidrogeologiyaning rivojlanishini uch davrga
bo‘lib o‘rganish mumkin:
Birinchi davr. Bu davr 30-yillardan 40-chi yillarning o‘rtasigacha davom etadi.
Bu davrda yirik regionlar O‘rta Osiyo, Kavkaz, Povolje kabi yirik hududlar
uchun regional meliorativ gidrogeologiya bo‘yicha dastlabki ma’lumotlar
to‘plandi. Bu vaqt davomida meliorativ gidrogeologiya yo‘nalishiga asos
solinadi. Bu davr mobaynida Mirzacho‘l va Qarshi cho‘lida, Markaziy
Farg‘onada, Chu vodiysida, Samarqand va Kitob-Shaxrisabz pasttekisligida,
Buxoro, Murg‘ob vohalarida gidrogeologik tadqiqot ishlari olib borildi.
Ikkinchi davr. Bu davr 1940 yil o‘rtalaridan 1966 yilgacha davom etadi va
“Meliorativ gidrogeologiya” gidrogeologiya fanining mustaqil amaliy qismi
sifatida shakllanadi. 1945 yilda birinchi marta M.A.Shmidt tomonidan
“Meliorativ gidrogeologiya” atamasi taklif qilindi.
Bu davr mobaynida yerlarni sug‘orish va zax qochirish ishlarining
rivojlanishi bilan gidrogeologik tadqiqot ishlarining ko‘lami kengaydi. O‘rta
Osiyoda, Kavkaz ortida sug‘oriladigan maydonlarda sizot suvlarining rejimi va
balansini o‘rganish ishlari tashkil qilindi. Bu davr uchun xarakterlisi shu
bo‘ldiki, MDHning cho‘l zonasida sug‘orish maydonlari ortib bordi, bu esa
cho‘l mintaqalarida meliorativ gidrogeologiyaning rivojlanishiga imkon yaratdi
(Janubiy Ukraina, Markaziy Qoratuproq viloyatlari, Shimoliy Kavkaz va boshqa
11
hududlar). Bu davrda suv xo‘jalik tadbirlari ta’sirida sizot suvlari rejimi va
balansini bashorat qilishning gidrodinamik asoslari ishlab chiqildi.
Uchinchi davr. Meliorativ gidrogeologiya fani rivojlanishining bu davri 1966
yildan boshlanib to shu kunlargacha davom etadi. Bu davrda juda keng
ko‘lamda meliorativ qurilish ishlari olib borildi. Masalan 1986 yillarga kelib
melioratsiya qilingan yerlarning maydoni 34 mln. gektarga etdi. 1985 yil
boshigacha 192,3 mln.ga yaylovlar suv bilan ta’minlandi (umumiy may donning
67,5%). Bu yaylovlarda 52000 quduq ekspluatatsiya qilinmoqda, 55 ming shaxta
quduqlari ishga tushurildi, 19 ming kilometrli yaylov suv quvurlari
ishlatilmoqda.
Ko‘p miqdorda eski sug‘orish va zax qochirish shaxobchalari qayta qurila
boshlandi. Gumid iqlimli mintaqada purkab sug‘orish kengayib bordi va yopiq
zovur qo‘llanildi. Suv xo‘jaligi tashkilotlarida gidrogeologik va meliorativ
nazorat xizmati tashkil qilindi.
Meliorativ tizimlarning katta qismi o‘z texnik darajasi bo‘yicha eskirgan
va samaradorligi etarli darajada emas, ayniqsa suv resurslaridan unumli
foydalanish nuqtai nazaridan. Xozirgi kunda 1/3m sug‘orish maydonidagi
mavjud sug‘orish tizimlarida rekonstruksiya talab qilinmoqda. Ariq iqlimli
viloyatlarda, ko‘p hollarda suvdan foydalanish tizimi va sug‘orish tartibi,
tartibga keltirilmagan va uning oqibatida optimal sug‘orish meyorlari ortib
ketadi va ularning oqibatida suv resurslaridan etarli darajada samarasiz
foydalaniladi. Bu esa yerlarni meliorativ holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Sug‘oriladigan yer maydonlarining asosiy qismi (>60%) gorizontal va
vertikal zovurlarni qoniqarsiz ishlaganligi uchun yomon ahvolda va uning
sababi sug‘orish sababidan sizot suvlarining ko‘tarilishi xisoblanadi.
Yuqorida qayd qilingan muammolarni xisobga olib, sug‘orish
melioratsiyasini rivojlantirish uchun nafaqat meliorativ qurilish belgilanishi
kerak, balki mavjud meliorativ tizimlarning rekonstruksiyasi va ular texnikaviy
jixatdan takomillashtirilishi kerak. Shu bilan bog‘liq holda zamonaviy
meliorativ gidrogeologiyaning asosiy vazifalarini yerlarni meliorativ holatini
nazorat qilish hamda gidrogeologik tadqiqotlarning usullarini ishlab chiqish
12
hisoblanadi. Bular esa rekonstruksiya bo‘yicha injenerlik tadbirlarini asoslashga
yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bu sohadagi tadqiqotlarning mustaqil yo‘nalishi bo‘lib
meliorativ holat bo‘yicha axborot banki yaratish va suv resurslaridan unumli
foydalanish hisoblanadi. Bu esa muxim masalani hal qiluvchi - suv xo‘jaligi
tizimini idora qilishning asosi hisoblanadi.
Ko‘p xollarda gidromelioratsiyada yo‘l qo‘yiladigan kamchiliklar va
xatoliklar, tabiiy meliorativ jarayonlarni uslubiy tahlili xisoblanadi. Bu
jarayonlarni o‘rganishda asosiy e’tibor melioratsiya qilinayotgan yerlarning suv-
tuz rejimini o‘rganishga, suv xo‘jaligi ishlarini tashkil qilishga qaratiladi.
Meliorativ holatni to‘g‘ri boshqarish uchun faqat tabiiy jarayonlarni tabiiy-ilmiy
taxliliga asoslanish kerak. Suv - tuz rejimini shakllanishida asosiy rolni yer osti
suvlari o‘ynaganligi uchun, gidromelioratsiya rivojlanishidagi krizisli holatlarni
oldini olish meliorativ gidrogeologiyaning asosiy vazifalariga kiradi.
Melioratsiyaning o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun turli
mazmundagi ma’lumotlar olish maqsadida gidrogeologik tadqiqot ishlarining
dasturlari kengaytirildi. Bu ma’lumotlar sug‘oriladigan va zaxi qochirilgan
yerlarda, atrof-muhitni muxofaza qilishni hisobga olgan holda yer osti suvlari
rejimini bashorat qilish kerak edi.
MDHda suv xo‘jaligi tizimida har qanday loyiha yoki loyiha oldi ishlari
gidrogeologik bashoratsiz qurilmasligi qonunlashtirildi.
Bu davrda aeratsiya mintaqasi jinslarida suv va tuzning harakati
jarayonini yoritadigan nazariy va dala-tadqiqot ishlari rivojlandi. Geofiltratsion
sxemalashtirish usullari ishlab chiqildi. Zamonaviy hisoblash texnikasidan
foydalanib sug‘oriladigan va zaxi qochiriladigan yerlarda sizot suvlari rejimini
bashorat qilish usullari ishlab chiqildi.
Meliorativ gidrogeologik muammolarni ishlab chiqishda O‘zbekistonlik
ko‘p gidrogeologlar katta hissa qo‘shdilar: M.M.Krilov, M.A. Shmidt,
B.M.Georgievskiy, N.A.Kenesarin, D.M.Kats, N.M.Reshetkina, N.N.Xodjibaev
va boshqalar.
Meliorativ gidrogeologiya fani talabalarning “Geologiya va
gidrogeologiya asoslari”, “Meliorativ tuproqshunoslik”, “Meliorativ
13
dehqonchilik” fanlaridan olgan bilimlariga asoslanadi. O‘z navbatida bu fandan
“Qishloq xo‘jaligi gidrotexnik melioratsiyasi”, “Sug‘orish va zax qochirish
tizimlarini ekspluatatsiya qilish”, “Gidrotexnik inshootlar” fanlarini o‘zlashtirish
jarayonida foydalanadilar.
14
I-bob
Sug‘oriladigan maydonlarning umumiy gidrogeologik sharoitlari.
I.1. Melioratsiya qilinadigan yerlar gidrogeologik sharoitining omillari va
ko‘rsatkichlari
MDH hududidagi sug‘oriladigan va zaxi qochiriladigan yerlarning
gidrogeologik sharoiti turli-tumanligi bilan xarakterlanadi. Bu sharoitni yangi
meliorativ tizimlarni loyiha qilish uchun va ekspluatatsiya qilinayotgan
meliorativ tizimlarni qayta qurish loyihasini tuzish uchun o‘rganish, tuproq
meliorativ sharoiti bilan bir qatorda juda muhimdir, chunki bu ikki sharoit
melioratsiyaning prinsipal sxemasi va usulini belgilaydi.
Gidrogeologik qidiruv va tadqiqot ishlarining asosiy vazifalari
quyidagilardir: melioratsiya ob’ekti gidrogeologik sharoitini o‘rganish,
melioratsiya ta’siridan gidrogeologik sharoitning o‘zgarishini oldindan aytib
berish (bashorat), gidrogeologik hisoblarni bajarish - sug‘orish kanallaridan va
suv quyishdan filtratsiyaga yo‘qotiladigan suv miqdorini hisoblash, sizot
suvlarining ko‘tarilishini va sun’iy zovurlarni hisoblash, sug‘orish uchun yer osti
suvlarini tortib oladigan suv yig‘uvchi inshootlarni hisoblash va boshqalar.
Yerlarni melioratsiya qilish nuqtai nazaridan, sug‘orish va zax qochirish
ob’ektlari gidrogeologik sharoitlarining omillari va ko‘rsatgichlariga quyidagilar
kiradi:
- iqlim sharoitlari;
- geologik tuzilish, geomorfologik sharoit, relef va boshqalarga bog‘liq
bo‘lgan yerlarning tabiiy drenalanganligi;
- aeratsiya mintaqasi jinslarining litologik tarkibi, filtratsion sig‘im va boshqa
ko‘rsatkichlari, uning namlik va tuz rejimi;
- sizot suvlarining yotish chuqurligi, minerallashuvi, rejimi, balansi va suvga
to‘yingan mintaqaning barcha ko‘rsatkichlari;
- umumiy gidrokimyoviy sharoiti.
15
I.1-a. Iqlim sharoitlari
MDHni melioratsiya qilinayotgan yerlari quyidagi tabiiy iqlim
mintaqalarida joylashgan: tayga, o‘rmon, o‘rmon-cho‘l, cho‘l, yarim sahrolar,
sahro va subtropiklar. Juda oz hajmda meliorativ ishlar tundra mintaqasida ham
olib boriladi.
Atmosfera yog‘inlarining o‘rtacha ko‘p yillik bug‘lanuvchanlikka nisbati
(suv yuzasidan bug‘lanish) asosida turli namlanish viloyatlari ajratiladi.
Iqlim mintaqalari va viloyatlari - kenglik mintaqalari bo‘yicha namoyon
bo‘ladi. Lekin tuproq melioratsiyasi, iqlimning, tuproqning, o‘simlikning, sizot
suvlarining vertikal mintaqalarida namoyon bo‘lgan maydonlarida ham keng
rivojlanadi. Vertikal mintaqalarni O‘rta Osiyo, Kavkaz ortining tog‘ oldi va
tog‘lik hududlarida ko‘rish mumkin. Bu regionlar tog‘ oldi, yarim sahrolarda
och rangdagi sog‘ tuproqlarni mavjudligi bilan xarakterli. Yerlarni ko‘tarilib
borishi bilan ular “tipik sog‘ tuproqlar” bilan almashinadi, bular esa “to‘q”
rangdagi sog‘ tuproqlar bilan almashinadi. Tabiiy sharoitda (sug‘orishgacha)
sog‘ tuproq tarqalgan yerlarda sizot suvlari katta chuqurlikda joylashadi. Ular
avtomorf tuproqlar qatoriga kiradi va yuqori potensial hosildorlikka ega va
sug‘orish ishlarida keng qo‘llaniladi. Sug‘orish natijasida sizot suvlari
ko‘tariladi va sog‘ tuproqlarda suv - tuz rejimining o‘zgarishiga olib keladi.
Tog‘ oldi tumanlarida kulrang- jigarrang tuproqlar ham tarqalgan bo‘ladi.
Turlicha namlangan viloyatlar bir-birlaridan havoning harorati, yog‘inlar
miqdori va bug‘lanuvchanlikning keskin farq qilishi bilan ajralib turadi. Sahro
va yarim sahro mintaqalarida gruntlar deyarli muzlamaganligi uchun infiltratsiya
jarayoni yil bo‘yi (davomida) sodir bo‘lishi mumkin. Yog‘inlarning asosiy qismi
(70-80 % gacha) noyabr-mart oylarida (novegetatsiya) yog‘adi. Yarim sahro
mntaqalarida namgarchilik ko‘p yillari yog‘inlarning yillik yig‘indisi, o‘rtacha
ko‘p yillik me’yordan (normadan) 2-2,5 barobar ortadi. Sahro mintaqalarida
meteorologik sharoitning yillik o‘zgarishlari kuchsiz ifodalangan.
Cho‘l rayonlarida infiltratsiya gruntlar muzlagan davrlarda sodir
bo‘lmaydi. Yog‘inlar yil fasllari bo‘yicha deyarli bir tekis bo‘lingan. Cho‘l
hududlari uchun meteorologik omillarning katta yillik o‘zgarishlari xarakterlidir,
16
chunonchi namgarchilik va qurg‘oqchillik yillarining almashinib turishi va
boshqalar.
Namgarchilik serob viloyatlarining iqlim ko‘rsatkichlari (darajalarini),
namgarchilik etarli bo‘lmagan va namgarchilik oz bo‘lgan mintaqalarnikidan
katta farq qiladi. Havoning harorati va yog‘inlarda ham farq katta. Masalan
Priamure va Primoreda yerlar 2-3 metrgacha muzlaydi. May oylarida faqat
yuqori 0,5 metrlik qatlam eriydi. Iyul, avgustda ham muzlagan tuproqlar 1,5
2,0m gacha chuqurlikda uchraydi. Bu hodisa infiltratsiyani qiyinlashtiradi, zovur
qurishga halaqit beradi, kollektor nishablarini deformatsiyasiga olib keladi,
yopiq drenajlarni ishlashini yomonlashtiradi.
Yog‘inlar miqdorining yil davomida taqsimlanishi turlicha. Yil fasllari
bo‘yicha ular bir tekis bo‘lishi mumkin, lekin issiq yarim yillikda yoz yog‘inlari
ko‘p bo‘ladi. Masalan, Poles’eda yillik yog‘inning 23-27 % sovuq davrlarga
to‘g‘ri keladi, musson iqlimli sharoitda noyabrdan-martgacha 10-15 % i,
yog‘inning 85-90% issiq davrlarga to‘g‘ri keladi, vaholanki maksimum iyul,
avgustga to‘g‘ri keladi.
Meteorologik elementlarni yillik o‘zgarishi, ayniqsa atmosfera
yog‘inlarining, meteorologik omillarning o‘zgaruvchanligi bilan, tuproqlarni
vaqti-vaqti bilan qo‘shimcha namlash ehtiyoji tug‘iladi. Bunga ehtiyoj faqat
Polese, Pribaltika, Priamur’e, Primoredagina tug‘ilmay, Kolxida past tekisligada
ham tug‘iladi, ya’ni o‘rtacha yog‘in 2000 mm bo‘lgan nam subtropik
mintaqalarda ham.
Xulosa: Iqlim sharoitining turli-tumanligi yer usti suvlarida, sizot
suvlarida va tuproq qatlamlarida tuz yig‘ilish jarayonlarining turlicha
intensivligini belgilaydi. Yog‘in miqdorining kamayishi va bug‘lanuvchanlikni
ortishi bilan tuz yig‘ilish (to‘planishi) o‘rmon mintaqasidan sahro mintaqasi
tomon o‘sib boradi.
I.1-b.Yerlarning tabiiy drenalanganligi.
Tabiiy drenalanganlikning ko‘rsatkichi bo‘lib sizot suvlarining ma’lum bir
maydondan, ma’lum bir vaqt ichida oqib chiqib ketadigan potensial yer osti suvi
oqimining miqdori xizmat qiladi. O‘lchov birligi mm/m yoki m3/gayil.
17
Massivning tabiiy drenalanganligi uning geologik strukturasi sharoiti,
relefi, sizot suvlarining tabiiy va sun’iy yer yuzasi suvi oqimlari va havzalari
bilan bog‘langanligi, bosimli suvlar bilan bog‘langanligi bilan belgilanadi.
Geologik tuzilishning umumiy xarakteri bo‘yicha quyidagi geofiltratsion
sxemalarni ajratish mumkin: 1) bir qatlamli (bir qavatli va ikki qavatli); 2) ikki
qatlamli; 3) ko‘p qatlamli; 4) qatlamsiz yoki suv to‘sar qatlamli. Geofiltratsion
sxemalarni tuzish va qatlamlarning miqdoriy ko‘rsatkichlariga tavsif berish
uchun, quyidagi miqdoriy ko‘rsatkichlardan foydalanish mumkin.
Filtratsion xossalar. Gorizontal zovurlarning ishlash sharoitini hisobga
olish nuqtai nazaridan: qulay sharoit - Kf> 0,5 m/kun, oraliq, o‘rtacha sharoit
Kf=0,1-0,5 m/kun, noqulay sharoit Kf< 0,1 m/kunli sharoitlarga bo’linadi. (V.M.
Shestakov bo‘yicha) Filtratsiya koeffitsienti 0,1 m/kundan kichik bo‘lgan
gruntlardagi zovurlarning ishini tahlil qilish asosida ularni quyidagi guruhlarga
bo‘lish mumkin: 0,1-0,01 m/kun past singdiruvchanlik, 0,01-0,001 m/kun o‘ta
past singdiruvchanlik; 0,001 m/kundan kichik - haddan ziyod past suv
singdiruvchanlik, ya’ni bunday jinslarda zovurlarning ishlash sharoiti juda og‘ir
bo‘ladi. Bu bilan bir qatorda gruntlarning suv singdiruvchanligi kamayib borishi
bilan sug‘orish kanallaridan filtratsiyaga bo‘ladigan yo‘qotilish qisqarib boradi.
Vertikal zovurlarning va yer osti suvlari ekspluatatsiya qilinayotgan suv
yig‘uvchi inshootlarning ish samarasini baholash uchun va umumiy
gidrogeologik sharoitni baholash uchun kerak bo‘ladigan asosiy
ko‘rsatkichlardan biri yotqiziqlarning suv o‘tkazuvchanligidir. Qatlamlarning bir
qavatli yoki ko‘p qavatli sxemasini baholashda suvni yaxshi singdiruvchi
qatlamning suv o‘tkazuvchanligini quyidagi gradatsiyalarda baholanadi: T<100
m2/kun (noqulay sharoit); 100-200; 200-500; 500-1000; >1000 m2/kun.
Suv o‘tkazuvchanlik ortib borishi bilan suv yig‘uvchi quduqning ish
sharoiti va vertikal zovurning samaradorligi yaxshilanib boradi.
Geofiltratsion sxemalarning ahamiyatli omili - sizot suvlaridan pastda
joylashgan qatlamlararo suv gorizontlari bilan bog‘liqlikning mavjudligi va
xarakteri hisoblanadi. Bu xususda quyidagilarni ajratish mumkin: 1) sizot
suvlarining shakllanish tumanlari; 2) sizot suvlarining va bosimli yoki
18
subbosimli yagona suvli komplekslarning shakllanish tumanlari. Pezometrik
sath, sizot suvlari sathidan yuqorida joylashganda, va bosimli suvlardan sizot
suvlariga suv tik oqib (sizib) o‘tish mavjud bo‘lganda, yer maydonlarini
quyidagicha ajratish maqsadga muvofiqdir: 100 mm/yil gacha - kuchsiz bosimli
ozuqalanish; 100-200 mm/yil - o‘rtacha; 200-300 mm/yil kuchli bosimli
ozuqalanish va >300 mm/yil o‘ta kuchli bosimli ozuqalanish sodir bo‘ladigan
yer maydonlari.
Tabiiy drenalanganlik ko‘rsatib o‘tilgan omillarga hamda geofiltratsion
oqimlarning chegaraviy sharoitlari turiga bog‘liq.
Yerlarni tabiiy drenalanganligi darajasi bo‘yicha sug‘orish hisobga
olinganda qator gidrodinamik mintaqalarga bo‘linadi. Bu mintaqalarda sizot
suvlarini irrigatsion ozuqalanish miqdori bilan taqqoslab (solishtirib) aniqlangan
sizot suvlari oqimining turlicha oqib chiqib ketadigan miqdori bilan
xarakterlanadi.
Suv balansini o‘rganish tadqiqotlari asosida sahro va yarim sahro
mintaqalarida joylashgan sug‘oriladigan yerlarda sug‘orish tizimlarining mavjud
foydali ish koeffitsientida va yer yuzidan oqizib sug‘orishda - sizot suvlarining
irrigatsion ozuqalanishi o‘rtacha 300-400 mm/yil ni tashkil qiladi.
Cho‘l tumanlarida yerlar yomg‘irlatib, purkab sug‘orilsa irrigatsion ozuqa
olish kichik lekin atmosfera yog‘inlari bilan birgalikda 100-150 mm/yildan
ortishi mumkin. DDA-100 M sug‘orish mashinalari qo‘llanilsa 200-250
mm/yilga etishi mumkin.
Bulardan kelib chiqib tabiiy drenalanganlik bo‘yicha quyidagi 5 mintaqa
aniqlangan (1-jadval):
1) tabiiy intensiv drenalangan yerlar, yer osti suvi oqimining potensial
oqib chiqib ketish miqdori 500 mm/yildan katta, ya’ni har qanday iqlim
sharoitida irrigatsion ozuqalanishdan katta, xamda sug‘orishning har qanday
usuli va texnikasi qo‘llanilsa;
2) drenalangan yerlar - yer osti suvi oqimini oqib chiqib ketish miqdori
300-500 mm/yilni tashkil qiladi, taxminan sahro va yarim sahro tumanlarida
19
sizot suvlarini irrigatsion ozuqa olish miqdoriga teng keladi, cho‘l mintaqalarida
esa ozuqa olish miqdoridan ortiq bo‘ladi;
3) kuchsiz drenalangan yerlar - oqimning oqib chiqib ketish miqdori
150-300 mm/yilni tashkil qilgan, ya’ni irrigatsion ozuqa olish miqdoridan (sahro
va yarim sahro tumanlarida) kichik va cho‘l mintaqalarida ozuqalanishning
yuqori darajasiga to‘g‘ri keladi;
4) o‘ta kuchsiz drenalangan yerlar - sizot suvi oqimining oqib chiqish
miqdori 50 - 150 mm/yilni tashkil qiladi, ya’ni sahro va yarim sahro
tumanlarida irrigatsion ozuqalanishdan ancha kichik va cho‘l sharoitlarida sizot
suvlari ozuqalanishining pastki darajasiga taxminan yaqin bo‘ladi;
5) amaliy jihatdan oqimsiz - (oqmaydigan) amaliy jihatdan
drenalanmaydigan yerlar - oqib chiqib ketish 50 mm/yil dan kichik, ya’ni har
qanday iqlim sharoitlarida sizot suvlarining irrigatsion ozuqalanish miqdoridan
juda kichik.
Sizot suvlari kichik chuqurliklarda yotgan sharoitda, yer osti suvi oqimi
chiqib ketishi kamayib borishi bilan bug‘lanishga va transpiratsiyaga bo‘ladigan
suv sarfi ortadi, va bu esa sizot suvlarining minerallashuvi ortishiga va aeratsiya
mintaqasi tuproq va jinslarida tuz yig‘ilishiga olib keladi.
Sug‘oriladigan yerlar, hamma tabiiy drenalanganlik mintaqalarida
joylashgan bo‘lishi mumkin. Lekin mavjud va kelajakda sug‘oriladigan
yerlarning 20% intensiv drenalangan yerlarga joylashgan va bu yerlarda sizot
suvlari doimo chuqurda yotganligi uchun sun’iy drenalash talab qilinmaydi.
Tabiiy drenalangan yerlar ham shuncha % maydonni egallaydi va sizot suvlari
doimo chuchuk, bu yerda zovur tuproqlarning botqoqlanishiga qarshi kerak
bo‘lishi mumkin.
20
1.1-jadval
Sizot suvlarining gidrodinamik mintaqalari.
Mintaqalar Mintaqalar tavsifiSizot suvlari
oqimlari turlariYer osti suvi
oqimining qiymati, mm/yil
Sizot suvlarining asosiy
minerallashganlig i, g/l
Sizot suvlarini asosiy yotish chuqurligi, m
Sizot suvlarining tuproq hosil bo‘lish
jarayonidagi axamiyati
Geomorfologiksharoit
1. Kuchli (jadal) drenalangan
yerlar
Turli tezlikda xarakatlanuvchi sizot suvlarining
chuqur joylashgan oqimlari
Gilli yotqiziqlarda 100-300 dan
500-700 shagal jinslarida
Barcha iqlim sharoitlarida o‘ta
chuchuk va chuchuk
>50-10 (tabiiy sharoitda va
sug‘oriladigan yerlarda)
Ishtirok etmaydi, tuproqlar avtomorf
Tog‘ oldi shleyflari va tashilish konuslarining yuqori qismlari; chuqur
o‘yilgan tog‘oldi tekisliklari va allyuvial
tekisliklar, baland daryo oldi zinalari, gili
tuproqlardan tashkil topadi.2. Drenalangan
yerlar>100-200 mm/kun
tezlikda xarakat qiluvchi sizot suvlari oqimi
300-500 Barcha iqlim sharoitlarida o‘ta
chuchuk va chuchuk
Turli xil sug‘oriladigan
yerlarda 0-4, 5 m; gumid viloyatlarda
3 metrdan chuqurroq
Sizot suvlari yer yuziga yaqin joylashganda tuproqlarnibotqoqlanishiga olib keladi.
Allyuvial terrasalar, tashilish konuslarida yer osti suvlarini yer yuziga chiqishi; kichik yopqich
qatlamli gili tuproqlar bilan shag‘allardan tashkil
topadi.3. Kuchsiz
drenalangan yerlar.
Tezligi 25-100 mm/kun bo‘lgan
sekinlashgan sizot suvlari oqimlari
150-300 Gumid iqlimli sharoitda
chuchuk, arid iqlimli sharoitda
kuchsiz minyerallashgan
Turlicha, sug‘oriladigan
yerlarda 0 dan 3, 4 gacha; gumid
viloyatlarida 1,5-3 m.
Yer yuziga yaqin joylashganda
tuproqlar botqoqlanadi; arid iqlimli sharoitda
kuchsiz sho‘rlanadi.
O‘rta va pastki daryo terrasalari; tashilish
konusining o‘rta qismlari.Qalinligi 5-10 m gacha
gilli tuproq bo‘lgan qumli shag‘alli jinslardan iborat.
4. O ‘ta kuchsiz drenalangan
yerlar.
Tezligi 5-25 mm/kun bo‘lgan o‘ta sekinlashgan
sizot suvlari oqimlari
50-150 Gumid iqlimli sharoitda chuchuk
va arid iqlimli sharoitda
minerallashganlig i ko‘tarilgan
Turli xil sug‘oriladigan
yerlarda 0 dan 2-3 m gacha; gumid
viloyatlarda <1,01,5 m.
Yer yuziga yaqin joylashganda
tuproqlar botqoqlanadi; arid
iqlimli yerlarda tuproqlar sho‘rlaydi.
Keng daryo terrasalari, suvayirgich tekisliklar,
o‘yilmagan tog‘oldi tekisliklari, daryolarni
subaeral deltalari, tashilish konuslarining cheka
21
suvlar, minerallashganlik cho‘l mintaqasida
sahroga tomon ortib boradi.
qismlari, konus oralig‘i pastliklari, ko‘l, ko‘l-
muzlik va morena yassi tekisliklari; qum yoki qum-
gilli jinslar tagida yotgan qalin gili tuproqlardan
tashkil topadi.5. Oqimsiz yerlar Sizot suvlari
havzasi, tezligi <5 mm/kun
<50 Gumid iqlimli sharoitda chuchuk
va arid iqlimli sharoitda
minerallashganlig i ko‘tarilgan
suvlar, minerallashganlik cho‘l mintaqasida
sahroga tomon ortib boradi.
Turli xil sug‘oriladigan
yerlarda 0 dan 1-3 m gacha; gumid
viloyatlarda <0,51,0 m.
Yer yuziga yaqin joylashganda
tuproqlar botqoqlanadi; arid
iqlimli yerlarda tuproqlar sho‘rlaydi.
Daryolarni xozirgi zamon va qadimgi dengiz oldi deltalari, denegiz oldi pastliklari, daryolarni
subaeral deltalari, yassi suv ayirg‘ich tekisliklari
morena va ko‘l-muzlik tekisliklari; mayda qumlar,
gilli-qumli yotqiziqlar tagida yotgan gilli
tuproqlar va gillardan tashkil topadi.
22
Keyingi 3 ta gidrodinamik mintaqalar ya’ni past tabiiy drenalangan yerlar,
mavjud va kelajakda sug‘oriladigan yerlarning - 60% ini egallaydi. Bu
mintaqalarda zovurlar ayni vaqtda (hozirgi zamonda) yoki kelajakda qayta
sho‘rlanish, botqoqlanish, sho‘rxoklanish bilan kurashish uchun zarur.
Yirik (katta) sug‘orish vohalari bir necha gidrodinamik mintaqalarga
joylashishi mumkin. Ammo voha bir xil darajada drenalangan yerlarda ham
joylashishi mumkin.
Agar tagida suvni yaxshi singdiruvchi yotqiziqlar yotgan (joylashgan),
suvni oz o‘tkazuvchi yopqich qatlam katta qalinlikda bo‘lsa (10-15 m.dan katta
bo‘lsa), unda bu qatlamning tabiiy drenalanganligini alohida baholash lozim.
Bu yopqich qatlamning tabiiy drenalanganligi, uning filtratsion
xususiyatlariga, yaxshi suv singdiruvchi qatlamning (yopqich ostida yotgan) suv
o‘tkazuvchanligiga (T) va yer osti suvlarining ikkala qatlamdagi sathlari
nisbatiga bog‘liq.
Bu nisbat vaqt birligida o‘zgarib turishi mumkin va bu esa yopqich
qatlamning drenalanish darajasini oshirishi yoki kamaytirishi mumkin. (bu holat
bashoratda hisobga olinishi kerak)
Turlicha tabiiy drenalanganlik bilan xarakterlanadigan sug‘orish
massivlaridan farqli, zax qochirish talab qilinadigan o‘ta namlangan tuproqlar
tarqalgan tumanlar, faqat past drenalangan mintaqalarda joylashadi. Gumid
iqlimli mintaqada tabiiy drenalanganlikning asosiy ko‘rsatkichi - fasliy, yillik,
ko‘p yillik o‘zgarishlar hisobga olingan sizot suvlarining yotish chuqurligidir.
I.1.-v. Aeratsiya mintaqasi xususiyatlari
Aeratsiya mintaqasining litologik tarkibi, qalinligi, xususiyatlari
meliorativ qurilish olib borilayotgan tumanlarda keng miqyosda o‘zgarib turadi.
Sug‘oriladigan tumanlarda aeratsiya mintaqasi turli tarkibdagi yotqiziqlar
qatlamlaridan tashkil topadi.
Aeratsiya mintaqasining qalinligi «0» noldan (sug‘orishgacha) bir necha
yuz metrgacha o‘zgarib boradi. Sug‘orish bu mintaqaning qalinligini
kamaytiradi. Aeratsiya mintaqasining sho‘rlanganlik darajasi va xarakteri keng
23
miqyosda o‘zgarib turadi. Aeratsiya mintaqasi jinslarining sho‘rlanganligi va
litologik tarkibi iqlim omillari bilan birgalikda, mintaqaga xos bo‘lgan suv va
tuz xarakati qonuniyatlarini belgilaydi.
Zaxi qochiriladigan yerlarda aeratsiya mintaqasining qalinligi “0” noldan
bir necha o‘n santimetrlargacha bo‘ladi. Aeratsiya mintaqasining litologik
tarkibi turli-tumandir. Mintaqa mineral gruntlar va torfli jinslardan (torfyanik)
tashkil topadi. Zax qochirish aeratsiya mintaqasini qalinligini oshiradi.
I.1-g. Sizot suvlarining yotish chuqurligi, minerallashganligi,
rejimi va balansi
Iqlim va gidrogeologik sharoitlarning kompleks ta’sirlaridan sizot
suvlarining minerallashganligi o‘ta chuchukdan nomokopgacha o‘zgarib turadi
(200-300 g/l). Sizot suvlarining yotishi keng diapozonda o‘zgarib turadi. Sizot
suvlarining yotish chuqurligi, minerallashuvi va kimyoviy tarkibi, fasliy, yillik
va ko‘p yillik o‘zgarishlarga uchraydi. Sizot suvlarining rejimi va balansi, tabiiy
va xo‘jalik omillari ta’sirida shakllanadi.
I.1-d. Umumiy gidrogeokimyoviy sharoitlar.
Har bir iqlim va gidrodinamik mintaqalar doirasida (chegarasida) tabiiy
gidrokimyoviy sharoitni murakkablashtiradigan yoki o‘zgartiradigan bir yoki bir
necha lokal omillar bo‘lishi mumkin. Bu omillarga quyidagilar kiradi:
1) tog‘ jinslari va sizot suvlarining hozirgi vaqtda sho‘rlanganligi va
qoldiq dengiz sho‘rlanishi;
2) tarkibida tuz bo‘lgan tub tog‘ jinslari, denudatsiya jarayonlari
(parchalanishi, buzilishi, tashilishi, yotqizilishi) va uning maxsulotlarini
to‘planishi;
3) sizot suvlarini bosimli yuqori minerallashgan suvlar bilan qo‘shimcha
ozuqalanishi;
4) tuproqlarni soda bilan sho‘rlanishiga olib keladigan sizot suvlarining
yuqori ishqoriyligi;
5) balchiqli vulqonlar va muz-gumbaz tektonikasi.
24
Geokimyoviy sharoitning murakkabligi sizot suvlarida, suv joylashgan
qatlamlarda va aeratsiya mintaqasi jinslarida tuz zahiralarining ortishida o‘zini
namoyon qiladi va yerlarni melioratsiya qilishni murakkablashtiradi.
Ko‘rib chiqilgan gidrokimyoviy sharoitda minerallashganligi va
ishqoriyligi yuqori bo‘lgan sizot suvlari har qanday iqlim mintaqalarida
shakllanishi mumkin. Ammo juda ko‘p miqdorda tuz yig‘ilishi (to‘planishi)
hududning murakkab gidrokimyo sharoiti va iqlimning arid ekanligi bilan
bog‘liq.
I.2. Sug‘oriladigan yerlarning gidrogeologik sharoiti guruhlari.
Sug‘oriladigan va zaxi qochiriladigan yerlarda gidrogeologik sharoitning
turli tumanligi, meliorativ tizimlarni loyixa qilishda va ekspluatatsiya qilishda
meliorativ tadbirlarni tabaqalashtirishni zarurligini ko‘rsatadi.
Turli gidrogeologik-meliorativ sharoitli maydonlarni bir-biridan ajratish
uchun turlarga bo‘lish va gidrogeologik-meliorativ tumanlashtirish usullari
qo‘llaniladi. Bu turdagi ishlar, o‘z tarkibiga tajriba-filtratsion ishlarni, yer osti
suvlari rejimi va balansi, filtratsiyani matematik modellashtirish, statistik
hisoblarni oladigan gidrogeologik s’yomka asosida bajariladi.
Gidrogeologik sharoitlar turi deganda tabiiy sharoitda yer osti suvlarini
shakllanish sharoiti va qonuniyatlarini xarakterlaydigan, kutilayotgan
melioratsiya ta’sirini va zaruriy tadbirlar tarkibini qulay gidrogeologik sharoitni
ta’minlaydigan kompleks ko‘rsatkichlarni tushunmoq lozim.
Gidrogeologik sharoitni murakkablik darajasi sug‘oriladigan tumanlarda
to‘rtta guruhga bo‘linadilar:
1. Nisbatan oddiy sharoitli tumanlar;
2. O‘rtacha murakkab sharoitli tumanlar;
3. Murakkab sharoitli tumanlar;
4. O‘ta murakkab sharoitli tumanlar.
Orogen guruhdagi sug‘oriladigan tumanlar gidrogeologik sharoitning
murakkabgacha o‘zgarib turadi. Ular suv o‘tkazmas qatlamning katta
chuqurlikda yotishi bilan va to‘rtlamchi yotqiziqlarni tarkibida suvni yaxshi
25
o‘tkazuvchi mayda va yirik shag‘al (galka va graviy) jinslari mavjudiligi
xaraktelanadi.
Platforma guruhidagi sug‘oriladigan tumanlar, odatda o‘rtacha
murakkablik, murakkab va o‘ta murakkab sharoitlar va regional suv o‘tkazmas
qatlamlarni kichik chuqurlikda yotishi bilan xarakterlanadi. To‘rtlamchi
yotqiziqlar tarkibida mayda va yirik shag‘alli jinslar bo‘lmaydi.
Nisbatan oddiy gidrogeologik sharoitli tumanlarda sizot suvlari barqaror
katta chuqurlikda chuchuk sizot suvlari shakllanadi. Bu tumanlar sizot suvlarini
ozuqalanish viloyatida joylashgan va jadal tabiiy drenalanganlik bilan
farqlanadi. Yer osti suvi oqimi, sizot suvlari balansidagi kirim qismi bilan
to‘ldiriladi. Sizot suvlarini bug‘lanishi va transpiratsiyasi deyarlik yo‘q. Bu oqib
chiqib ketishda tuproqlarda avtomorf rejim ta’minlash, tuproqlar sho‘rlanmagan
va barqaror yaxshi meliorativ sharoitli yerlar bo’ladi. Sun’iy zovurlar talab
qilinmaydi va sug‘orish uchun qulay sharoitlar hosil bo’ladi. Birinchi guruhga
mansub tumanlarga tabiiy drenalangan yerlar ham kiradi. Bosimli ozuqalanishga
ega bo‘lmagan va sizot suvlari kuchli oqib chiqishiga bog‘liqligiga qaramay
sizot suvlari barqaror chuchuk bo’ladi. Bunga jadal oqib chiqib ketish sharoitida
tuproqlardagi tuzlar yaxshi yuviladi.
Yer osti suvlari yer yuziga yaqin joylashganligi uchun, o‘simliklar o‘z
extiyojini sizot suvlari xisobiga to‘ldiradi.
Sug‘orma dehqonchilik uchun juda qulay bo‘lgan bunday sharoitda sulfat-
kalsiy va karbonot - magniy sho‘rlanishi kuzatiladi. Ma’lum sharoitli kesimda
«shox», «arzik» qatlamchalari hosil bo‘ladi, ularni ustida sug‘orishda osma sizot
suvlari to‘planadi va kollektor-zovur qurilshini qiyinlashtiradi.
Chuchuk sizot suvlari tarqalgan va yer yuziga yaqin joylashgan
hududlarda sizot suvlari rejimini kichik chuqurlikdagi kollektor-zovur tizimlari
bilan boshqariladi. Tuproqlarni botqoqlanishi yo‘qoladi va yaxshi meliorativ
holat ta’minlanadi. Bunda chuchuk sizot suvlarini sug‘orishga ishlatsa bo‘ladi.
Bu suvlar kollektorlarda to‘planadi va olib ishlatiladi.
26
O‘rtacha murakkablik sharoitidagi tumanlarga tabiiy drenalangan,
kuchsiz, o‘rtacha va kuchli, chuchuk bosimli suvlardan ozuqalanadigan kuchli
intensiv zovur talab qilinadigan yerlar kiradi. Ikkinchi guruhga, sizot suvlari
minerallashgan, tuproqlar kuchsiz sho‘rlangan, tabiiy kuchsiz drenalangan
tumanlar kiradi.
Murakkab gidrogeologik sharoitli tumanlar sug‘orish tumanlarida keng
tarqalgan. Ularga quyidagilar tegishlidir:
- sizot suvlarini bosimli suvlar bilan ozuqalanishi yo‘q yoki bosimli suvlar
bilan kuchsiz va o‘rtacha ozuqa oladigan o‘ta kuchsiz drenalangan yerlar;
- yer osti suvlarini tashilish konusi chekkalarida intensiv yer yuziga
chiqadigan mintaqalari, sizot suvlari kuchli va o‘ta kuchli bosimli suvlardan
ozuqa oladi;
- amalda yer osti suvlari oqmaydigan yerlar. Bosimli suvlar hisobiga
ozuqa olish bo‘lmaydi yoki kuchsiz bosimli ozuqa oladi.
Bu guruhga mansub tumanlarda sho‘r yer osti suvlarini boshqarish,
tuproqlarni sho‘rlanishiga qarshi, jadal zovurlar qurish bilan amalga oshiriladi.
O‘ta murakkab gidrogeologik sharoitli tumanlar o‘z tarkibiga:
- oqimsiz yerlar-qatlamsiz, amalda suv o‘tkazmas;
- o‘ta kuchsiz drenalangan yerlar, ikki qavatli yoki ko‘p qavatli qatlamlar, o‘rta
yoki kuchli bosimli suvlar bilan ozuqalanadi.
- o‘ta kuchsiz drenalgan va oqimsiz yerlar, ikki qavatli yoki ko‘p qavatli
qatlamlar, murakkab gidrokimyo sharoitida joylashgan yerlar.
Bu guruhga mansub tumanlarda sho‘rlanish bilan kurash kuchli zovurlar
qurish yo‘li bilan olib boriladi. Sho‘r yuvishda kimyoviy meliorantlar
qo‘llaniladi. Agar oddiy gidrogeologik sharoitda, sizot suvlari katta chuqurlikda
yotganda zovurlar qurishda xarajat bo‘lmaydi, ammo oxirgi gurdagi tumanlarda
1 ga sug‘oriladigan yerlarda 2-3 ming so‘m kapital mablag‘ zovur qurishga
sarflanadi.
27
Nazorat savollari
1. Yerlarni gidrogeologik-meliorativ sharoiti tushunchasi?
2. Iqlim yerlarni gidrogeologik-meliorativ sharoitiga qanday ta’sir o‘tkazadi?
3. Tabiiy drenalanganlik nima, uning o‘lchov birligi?
4. Tabiiy drenalanganlikni qanday omillarini bilasiz?
5. Gidrodinamik mintaqalarning nomi va ko‘rsatkichlari?
6. Gidrodinamik mintaqalar bir-birlaridan qanday belgilariga qarab farq qiladi?
7. Gidrogeologik sharoitga sizot suvlarining minerallashganligi, yotish
chuqurligi va rejimining ta’siri?
8. Gidrokimyoviy sharoit deganda nimani tushunasiz?
Atama va iboralar: sug‘orish, zax qochirish, gidrogeologik sharoit, iqlim
sharoitlari, yerlarni tabiiy zovurlar bilan ta’minlanganligi, filtratsion xossalar,
aeratsiya mintaqasi, sizot suvlari chuqurligi, minerallashganligi, rejimi, balansi,
gidrokimyoviy sharoiti.
II-bob
Sug‘oriladigan yerlarda tarqalgan sizot va osma sizot suvlari.
II.1. Umumiy tushunchalar
Sizot suvlari (O.K.Lange, 1950) yer yuzasidan birinchi suv o‘tkazmas
qatlam ustida joylashgan, doimiy, bosimsiz, yerkin yuzaga ega bo‘lgan yer osti
suvlari hisoblanadi. Shu sababli bunday suvlar sug‘orish maydonlarida keng
tarqalgan va ular asosiy sug‘orish maydonlarida yer yuziga yaqin joylashgan.
Ular turli minerallanganlik va kimyoviy tarkibga ega. Bunday suvlar tuproq
qatlamida sodir bo‘ladigan jarayonlarda faol qatnashadi va jarayonlarning
(ularning chuqurligi va minerallashganligi) yo‘nalishini belgilab beradi. Sizot
suvlari sathini va minerallashganligini yerlarni sho‘rlanganlik darajasi bilan
bog‘liqligini Buxoro viloyati (jadvallar 1, 2) misolida ko‘rib chiqamiz.
Jadvalda sizot suvlari sathi va minerallashganlik bilan yerlarning
sho‘rlanganlik darajasini bog‘liqligi yaqqol ko‘rinib turibdi. Shu sababli yerlarni
28
sho‘rlanganlik darajasi bo‘yicha meliorativ holati baholanganda sizot suvlari
sathi va minerallashganligi asosiy ko‘rsatkich qilib qabul qilingan.
Sug‘orish maydonlarida yerlarni meliorativ holatini baholashdagi sizot
suvlarining ayrim jihatlarini ko‘rib chiqamiz.
29
2.1-jadval
Sug‘oriladigan yerlarning 2006 yil 1 yanvar holatidagi kadastr ma’lumotlari. (Buxoro viloyati)
Tumanlarnomi
Yillar Sug‘orila-digan
yerlarningumumiymaydoni
(minggektar)
Shu jumladan yer holatiyaxshi qoni-
qarliqoniqar-
sizShundan Zaxkash va
zovur tarmoqlarini
qurish va qayta tiklasl
Zaxkash va zovur tarmoqla
rini tozalash
■>ho‘rlanga n yerlarni
kapital yuvish
Kimyoviy
melioratsiya
Sizot suvlarinin
g sathi bo‘yicha
Tuproqsho‘rlanganlig
ibo‘yich
a
Sizot suvi yaqin va tuproq.
sho‘rlan. bo‘yicha
Buxoro 2004 30,0 2,1 24,0 3,9 1,9 0,9 1,1 1,9 1,1 0,9 -2005 30,2 1,6 26,0 2,6 0,9 0,9 0,8 1,1 0,6 0,9 -
Vobkent 2004 21,6 1,0 18,8 1,8 0,5 0,5 0,8 0,5 0,8 0,5 -2005 21.6 1.5 19.3 0.8 0.5 0.3 0.2 0.1 0.5 -
Jondor 2004 32,8 1,6 25,9 5,3 3,3 0,7 1,3 3,0 1,6 0,7 -2005 33,0 1,1 25,5 6,4 4,1 0,7 1,6 2,1 1,7 2,3 -
Kogon 2004 18,2 2,6 11,1 4,5 2,3 0,5 1,7 2,3 1,7 0,5 -2005 18,5 2,5 11,1 4,9 2,6 0,5 1,8 2,6 1,8 2,6 -
Olot 2004 21,4 0,7 11,6 9,1 4,5 0,6 4,0 4,5 4,0 0,6 -2005 21,4 0,9 10,8 9,7 4,5 0,6 4,6 4,2 4,9 0,6 -
Peshku 2004 22,6 2,7 18,1 1,8 0,7 0,4 0,7 0,7 0,7 0,4 -2005 22,6 1,9 18,5 2,2 0,9 0,6 0,7 0,9 0,7 0,6 -
Romitan 2004 27,6 1,8 23,1 2,7 1,1 0,9 0,7 1,1 0,7 0,9 -2005 27,6 1,9 18,9 6,8 4,9 1,0 0,9 2,9 2,9 1,0 -
SHofirkon 2004 28,3 1,7 22,1 4,5 2,2 0,6 1,7 2,0 1,9 0,6 -2005 28,3 2,4 21,0 4,9 1,8 0,6 2,5 1,8 2,5 0,6 -
Korakul 2004 25,0 2,7 11,7 10,6 5,1 0,7 4,8 5,0 4,9 0,7 -2005 25,1 1,6 14,2 9,3 3,4 0,7 5,2 3,4 5,2 0,7 -
Korovul-bozor
2004 19,3 2,9 15,4 1,0 0,4 0,6 0,4 0,6 -2005 19,3 3,0 14,9 1,4 0,5 0,8 0,1 0,1 0,8 0,5 -
Gijduvon 2004 26,9 3,1 18,6 5,2 3,1 0,6 1,5 3,1 1,5 0,6 -2005 27,0 3,5 20,1 3,4 1,7 0,6 1,1 1,4 1,4 0,6 -
Viloyatbo‘yicha
2004 273,7 22,9 200,4 50,4 25,1 7,0 18,3 24,5 18,9 7,0 -2005 274,6 21,9 200,3 52,4 25,3 7,5 19,6 20,7 24,5 7,2 -
30
Sug‘oriladigan yerlarning sizot suvlari sathi chuqurligi va sho‘rlanish darajasi bo‘yicha 2005 yil 1 iyul holatidagi
2.2-jadval
maydonlar taqsimoti. (Buxoro viloyati)
Tumanlarnomi
Yil-lar
( з
ug
yg
k ) o
ri n
l. Kuzatiladigan
maydon(gek)
Sizot suvlari sathini chuqurligi bo‘yicha maydon taqsimoti
Sizot suvlarining sho‘rlanganlik darajasi bo‘yicha maydon taqsimoti
0-0,1m
1-1,5m
1,5-2,0m
2,0-3,0m
3,0-5,0m
>5.0m
0-1,0g/l
1-3,0g/l
3,0-5,0g/l
5-10,0g/l
>10,0g/l
Buxoro 2004 29985 29985 - - 2794 25202 1989 - - 28904 1025 56 -2005 30008 30008 - - 3663 25346 999 - 17 26969 2767 255 -
Vobkent 2004 21121 21121 - - 952 12007 8162 - - 16643 4313 165 -2005 21555 21555 - 10 812 13334 7368 31 - 15100 6455 - -
Jondor 2004 32832 32832 - 620 3286 28188 738 - - 29655 3065 112 -2005 32832 32832 - 649 5303 26189 691 - - 24899 7584 349 -
Kogon 2004 18252 18252 94 1118 6404 9763 798 75 - 7615 6159 3707 7712005 18238 18238 13 3443 4628 9603 544 7 - 11779 4631 1828 -
Olot 2004 21334 21334 205 2739 12763 5468 159 - - 13372 6664 1312 862005 21403 21403 332 4201 11324 5328 218 - 36 6050 8615 6667 35
Peshku 2004 22617 22617 - - 1838 15501 5278 - - 14568 7958 91 -2005 22617 22617 - - 944 18117 3556 - - 21682 935 - -
Romitan 2004 27570 27570 - - 2910 24160 500 - - 23413 4044 113 -2005 27570 27570 - - 1469 25974 127 - - 24216 3334 20 -
Shofir-kon
2004 28286 28286 - 862 7473 13973 5978 - - 20459 7752 75 -2005 28274 28274 28 2202 6427 15453 4164 - 19 13899 14006 350 -
Korakul 2004 24998 24998 140 5833 10607 8143 275 - 30 8963 9942 5338 7252005 25002 25002 605 7947 11393 4947 110 - 365 14751 8381 1505 -
K-Bozor 2004 19765 19765 - - 68 18144 1553 - - 102 5694 13400 5692005 19331 19331 - 18 1307 17109 897 - - 7541 9757 2033 -
G‘ijduvon
2004 26920 26920 83 1159 7393 17384 901 - - 3875 22300 745 -2005 26920 26920 62 3135 5432 17595 696 - - 15060 11725 135 -
Jami 2004 273680 273680 522 12331 56488 177933 26331 75 30 167469 78916 25114 21512005 273750 273750 1040 21605 52705 178995 19370 38 437 181946 78190 13142 35
31
II.2. Sizot suvlari sathi va aeratsiya mintaqasining litologik tarkibi
Aeratsiya mintaqasida sizot suvlari yuzasidan yuqoriga bo‘ladigan va
yerlar sug‘orilganda pastga bo‘ladigan xarakat (jarayonlar) yo‘nalishi aeratsiya
mintaqasi tog‘ jinslarining litologik tarkibi va sizot suvlari sathi chuqurligi bilan
belgilanadi. Jarayonlarga kapillyar ko‘tarilish balandligi, namligi, tezligi, sathni
holati infiltratsiya jarayonini yo’nalishi, sizot suvlarining ozuqalantirish miqdori
va boshqalar kiradi.
Sizot suvlari sathi va aeratsiya mintaqasini litologik tarkibi bilan bog‘liq
o‘zgarishlarni, litologik kesimni va uning xususiyatlarini tahlil qilish lozimligi
maqsadga muvofiqdir.
g) d) e)
1-rasm. Sizot suvlari va aeratsiya mintaqasi tuzilishi orasidagi
munosabatlar.
32
II.3.Sizot suvlarining geografik tarqalishi
Sizot suvlari katta geografik va mahalliy kengliklarda tarqalgan va o‘ziga
xos sharoitlarda joylashgan.
Mintaqalar qonuniyati bo‘yicha sizot suvlari shimoliy mintaqalardan
janubiy mintaqalar tomon o‘zgarib boradi, ya’ni chuqurligi va
minerallashganligi ortib boradi. O‘zbekiston hududi (sug‘orish maydonlari)
yarim sahro va yarim sahro tabiiy mintaqalariga joylashgan. Bu mintaqalarda
tabiiy sharoitda yog‘ingarchilikning ozligi va bug‘lanishning kuchliligi
(kattaligi) hisobiga, sizot suvlarining minerallashganligi yuqori (sho‘r) va
tuproqlar kuchli sho‘rlangan, ya’ni meliorativ holat yomon. Shuning uchun
bunday yerlarni o‘zlashtirish murakkab kompleksli meliorativ tadbirlar
qo‘llashni talab qiladi.
Mintaqalar qonuniyatiga bo‘ysunmaydigan sizot suvlari daryo vodiylari
tekisliklarida tarqalgan. Bu tekisliklarda sizot suvlari turli minyerallashganligi
va chuqurlikga ega, o‘zgaruvchan bo‘ladi.
Regional mintaqalardan tashqari sizot suvlari oqimlari gidrodinamik
mintaqalar qonuniyatiga bo‘ysunib tarqaladi. Bunda har bir sizot suvi oqimi
oqim yo‘nalishi bo‘ylab tabiiy drenalangan 5 ta gidrodinamik mintaqaga
bo‘linadi. Birinchi mintaqadan beshinchi mintaqa tomon sizot suvlarining sathi
va nishabligi kamayib boradi, minerallashganligi ortib boradi. Mintaqalarning
tabiiy drenalanganligi yerlarni relefi, litologik tarkibi, tuzilishi va boshqalar
bilan bog‘liq. Oqim sarfi mintaqadan mintaqaga kamayib boradi va 5-nchi
mintaqada harakat deyarli bo‘lmay qoladi. O‘zbekistonning sug‘orish
maydonlari mana shu mintaqalarning hammasida tarqalgan va ularning har
birida meliorativ tadbirlarning yo‘nalishi va gidrogeologik sharoiti turlicha
(kuchli drenalangan yerlar - >5000 m3/yilga, drenalangan yerlar - 3000-5000
m3/yil-ga, kuchsiz drenalangan yerlar - 1500-3000 m3/yilga, o‘ta kuchsiz
drenalangan yerlar - 500-1500 m3/yilga, oqimsiz yerlar - <500 m3/yilga).
33
II.4. Irrigatsion sizot suvlari
O‘zbekiston sharoitida, sug‘oriladigan yerlarda gidrogeologik sharoit
keskin o‘zgarishlarga uchragan. Tabiiy jaryonlar o‘rnini sun’iy, xo‘jalik faoliyati
bilan bog‘liq jarayonlar egallaydi.
Sizot suvlari atmosfera yog‘inlari, yer usti oqar suvlari (daryolar), yer osti
suvlari oqimlari, irrigatsion suvlar, sho‘r yuvish suvlari, bosimsiz sizot
suvlaridan pastda joylashgan bosimli suvlardan kelib qo‘shiladigan suvlar
hisobiga ozuqa oladi. Sug‘orish maydonlarida sizot suvlarining ozuqa olishida
irrigatsion suvlar va pastdagi bosimli suvlar katta rol o‘ynaydi.
Sug‘orishdan bo‘ladigan infiltratsiya hisobiga sizot suvlarining ustida
infiltratsion suvlar to‘planadi. Ularni irrigatsion sizot suvlari deb yuritiladi. Yoki
chet el adabiyotida «marginal suvlar» deb aytiladi. Asosiy ularni hosil bo‘lish
sharoiti-sun’iy yoki xo‘jalik faoliyatlari hisoblanadi.
Irrigatsion sizot suvlari, xususan sizot suvlaridan faqat hosil bo‘lishi bilan
emas, balki xarakati bilan farq qiladi. Ular sizot suvlari yuzasida yotadi va
ularga bosim bilan ta’sir qiladi. Ular infiltratsiya bo‘layotgan yerlarda sizot
suvlari sathini ko‘taradi va pastga qarab tik harakat hosil qiladi. Bu ikki xil
suvlar minerallashganligi bilan bir-biridan farq qiladi. Xususan sizot suvlarini
minerallashganligi yuqori bo‘lsa, irrigatsion-sizot sizot suvlarining
minerallashganligi past darajada bo‘ladi. Sizot suvlari yuzasida
minerallashganligi past bo‘lgan yerlarda ko‘p vaqtlarda (hollarda) chuchuk, turli
qalinlikka ega bo‘lgan irrigatsion-sizot suvlari hosil bo‘ladi. Ular sug‘orish
dalalari ostida va kanallar atrofida hosil bo‘ladi. Irrigatsion sizot suvlarini
sug‘orish dalasi ostida hosil bo‘lishini ijobiy omil sifatida qaralishi mumkin.
Birinchidan, agar sug‘orish dalalari ostida minerallashganligi past irrigatsion-
sizot suvlari hosil bo‘lsa, sug‘oriladigan tuproqlarda sho‘rlanish jarayoni deyarli
kechmaydi, tuzi yuviladi va qulay meliorativ holat vujudga keladi. Ikkinchidan,
hosil bo‘lgan minerallashganligi past irrigatsion-sizot suvlari, suv tanqis yillari
sug‘orish suvlarining qo‘shimcha manbai bo‘lib hisoblanishi mumkin.
Uchinchidan, ayrim hollarda minerallashganligi yuqori suvlar hosil bo’lishi
34
mumkin, va ular yerlarni qayta sho’rlanishiga sababchi bo’ladi. Ayniqsa bunday
suvlar tabiiy drenalanganlik darajasi past bo‘lgan yerlarda hosil bo‘ladi va
tarqaladi. Olib borilgan tadqiqotlar asosida (Nuradilov A.2005) O‘zbekistonning
sug‘oriladigan maydonlari ostida 24,32 km3 irrigatsion-sizot suvlari zaxiralari
mavjudligi aniqlandi. Ulardan minerallashganligi 0-1,0 g/l bo’lgan suvlar-
0,6234 km3, minerallashganligi 1-3,0 g/l bo’lgan suvlar - 15,93 km3,
minerallashganligi 3-5,0 g/l bo’lgan suvlar 4,4 km3, minerallashganligi 5-10 g/l
bo’lgan suvlar 2,8 km3 va minerallashganligi 10-20 g/l bo’lgan suvlar 0,6 km3
irrigatsion-sizot suvlari mavjud. Jami 24,3 km3 zaxiradan iborat. Irrigatsion-
sizot suvlarining bu zaxiralari sug‘orish suvlarining qo‘shimcha manbai sifatida
sug‘orish suvi manbai sifatida muvaffaqiyat bilan qo‘llanilishi (ishlatilishi)
mumkin va sug‘orish suvlaridagi etishmovchilikni to‘ldirishi mumkin.
Bu suvlarning yana bir ijobiy jihati shundaki, bu suvlarning hosil bo‘lishi
inson tomonidan bemalol boshqarilishi mumkin va sizot suvlari
minerallashganlik darajasini boshqarish uchun muhim vosita bo‘lib xizmat
qiladi.
Irrigatsion-sizot suvlari hosil bo‘lishini har doim ham ijobiy hodisa deb
bo‘lmaydi. Ayrim hollarda, sug‘orish ta’sirida irrigatsion-sizot suvlarini hosil
bo‘lishi, pastki chuqurliklarda to‘plangan (mavjud bo‘lgan) suvda yaxshi
eriydigan tuzlarni yer yuziga qarab harakat qilishiga olib keladi va tuproqlarda
kayta sho‘rlanishni paydo bo‘lishiga olib keladi. Masalan, Mirzacho‘lda,
sug‘orish natijasida sizot suvlari sathi katta miqdorga ko‘tarildi va avvallari
hosildor bo‘lgan yerlar sho‘rlanishga uchradi.
V.A.Kovda va boshqa tadqiqotchilarning ma’lumotlariga qaraganda,
yangi sug‘orish tizimlari barpo qilingan yerlarda sizot suvlari sathi 0,5-1,5 m/yil
tezlikda ko‘tariladi, va ayniqsa birinchi yillari ko‘tarilish tezligi va balandligi
katta bo‘ladi.
Yuqoriga qarab xarakatlanuvchi yuqori minerallashgan xususan sizot
suvlari, yer yuzasining pastqam yerlarida joylashgan va sho‘rlangan tuproqlarni
hosil qiladi. Relefning baland yerlarida, tuzlar katta chuqurlikda, kapillyar
35
hoshiyaning tepa qismida to‘planadi. Sug‘orish suvlarining filtratsiyaga
samarasiz yo‘qotilishi natijasida, xususan sizot suvlari ustiga irrigatsion-sizot
suvlari to‘planadi (yopiladi). Sizot suvlari yuzasi yer yuziga yaqinlashadi.
Suvlar bilan birga, avval chuqurlikda joylashgan tuzlar ham xarakat qiladi va
irrigatsion-sizot suvlarida erib, aralashadi. Natijada yuqori hosildor tuproqlar
sho‘rlanadi va meliorativ-gidrogeologik tadbirga ehtiyoj paydo bo‘ladi.
Yangi, irrigatsion-sizot suvlari hosil bo‘lishi vaqtida, qishloq xo‘jaligi
uchun noqulay sharoit-bu ularning barqaror emasligidadir. Irrigatsion-sizot
suvlari xususan sizot suvlarini bosadi va bosimlar farqi hisobiga pastga qarab
harakat qiladi va xususan sizot suvlarini pastga va yon atrofga tarqalishiga
(bosilib kirishiga) olib keladi. Faqat, irrigatsion-sizot suvlarini muntazam
ravishda, sug‘orish suvlarining samarasiz yo‘qotilish hisobiga to‘ldirilib
borilishi, ularni yuzasini yer yuziga yaqin bo‘lishini ta’minlab turadi. Sug‘orish
suvlarini samarasiz yo‘qotishga kamayishi yoki to‘liq yo‘qotilmasligi
irrigatsion-sizot suvlari yuzasini pasayishiga olib keladi, noqulay gidrogeologik
sharoitni o‘zgarishiga, ularni yaxshilanishiga olib keladi.
Irrigatsion-sizot suvlari rejimining ko‘rsatib o‘tilgan xususiyatlari,
barqaror emasligi va irrigatsion xo‘jalik omillari bilan bog‘liqligi, sizot suvlari
rejimini agronomik, agrotexnik va ekspluatatsion-sug‘orish usullari bilan
boshqarishda foydalaniladi.
Xususan sizot suvlari sathini tabiiy sharoitda, yer yuziga yaqin joylashgan
sharoitlarda, irrigatsion-sizot suvlarini sun’iy yo‘l bilan hosil qilish foydali
bo‘lishi mumkin. Irrigatsion-sizot suvlari yordamida, sho‘r, xususan sizot
suvlarining yuqori gorizontini chuchuklashtirishi mumkin va shu bilan
tuproqlarni sho‘rlanishini oldini olish mumkin.
Ma’lumki, qurg‘oqchil tumanlarda kuchli sho‘rlangan sizot suvlari
tarqalgan, muntazam faoliyat ko‘rsatuvchi kanallar atrofida chuchuk sizot
suvlari mintaqasi (linza) hosil bo‘ladi. Kanallardan bo‘ladigan muntazam
infiltratsiya natijasida xususan sizot suvlari ustida, doimo ozuqlantirib
turiladigan irrigatsion-sizot suvlari muntazam hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan
36
irrigatsion-sizot suvlari Xorazm, Buxoro, Mirzacho‘l, Qashqadaryo va boshqa
viloyatlarda aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashda ishlatiladi.
Sug‘orish me’yorlari kichik va suv quyish muddatlari katta (uzoq) bo‘lgan
sharoitda, irrigatsion-sizot suvlari to‘liqligicha bug‘lanishga sarf bo‘lib ulguradi
va oqibatda sho‘r xususan sizot suvlarini tuproqdan ajratmaydi va sho‘rlanishni
oldi olinmaydi. Ammo sug‘orishni shunday tashkil qilish mumkinki, dalalarda
xususan sizot suvlari ustida irrigatsion sizot suvlari qatlamini doimo ushlab
turish mumkin. Xususan sizot suvlarini chuchuklashtiradigan sug‘orish rejimini
ishlab chiqish meliorativ gidrogeologiyaning vazifalaridan biriga kiradi
(melioratsiya).
Infiltratsion suvlar to‘g‘risida gap ketganda, sug‘orish maydonlarida,
sug‘orish dalalari va kanallardan bo‘ladigan yo‘qotilish (irrigatsion ozuqalanish)
natijasida yiliga o‘rtacha infiltratsion ozuqa 300-400 mm ni tashkil qilishini
eslatib o‘tish lozim.
Agar sizot suvlarini atmosfera yog‘inlari hisobiga ozuqalanishini ko‘rib
chiqmoqchi bo‘lsak, bu mintaqada sizot suvlari juda oz miqdorda ozuqa oladi.
Bu hodisa yog‘ingarchilikning miqdori bilan, fasllar bo‘yicha taqsimlanishi
bilan, bug‘lanish bilan va aeratsiya mintaqasining qalinligi va aeratsiya
mintaqasining filtratsion xususiyatlari bilan bog‘liq. Masalan, Qoraqum
sahrosida, qumli kesimda, sizot suvlari chuqurligi 3,0 metr bo‘lganda, sizot
suvlari yiliga 6,8 mm ozuqa oladi. Gilli tuproqlarda infiltratsion ozuqa keskin
kamayadi. Buxoro viloyatida (D.M.Kats) gilli gruntlarda infiltratsion ozuqa
sizot suvlari 1,5 metr bo‘lganda deyarli to‘xtaydi.
II.5.Sizot suvlarini bosimli suvlardan ozuqa olishi
Sizot suvlarini ozuqa olish bilan bog‘liq o‘zgarishlarda, bosimsiz sizot
suvlaridan pastda joylashgan bosimli suvlarning ahamiyati juda kattadir.
Bunda, tashilish konusining shag‘alli qismi tomonidan kelayotgan
shag‘alli yagona suvli qatlam, tekislikka o‘tishi bilan, bir necha qavatlarga
bo‘linadi va qavatlarda bosim paydo bo‘ladi. Qatlamlar orasidagi munosabat,
37
bosimlarning (sathlarning) farqi hisobiga, murakkab ko‘rinishda o‘zgarib turadi.
Bu yerda bir necha holni kuzatish mumkin (2-rasm).
Birinchi holda, bosimli suvlarning pezometrik sathi bosimsiz sizot
suvlarining sathiga nisbatan balandda joylashadi. Bu yerda bosimli suvlardan
bosimsiz sizot suvlariga katta miqdorda (Mirzachul sharoitida 4-5 ming m3/ga)
suv qo‘shiladi. Ularga qo‘shimcha sug‘orish maydonlarida, infiltratsion suvlar
(300-400 mm) kelib qo‘shilsa, sizot suvlari sathi katta miqdorga o‘zgaradi
(ko‘tariladi) va sath yer yuziga yaqinlashadi. Agar chuchuk suvlar bo‘lsa
tuproqlar botqoqlanadi, sho‘r suvlar bo‘lsa tuproqlar qayta sho‘rlaydi.
Natijada yerlarning meliorativ holati yomonlashadi. Bunday yerlarni
meliorativ holatini yaxshilash uchun yopqich qatlamga qurilgan gorizontal
zovurlarning quvvati etmaydi. Sizot suvlari sathi biroz pasayadi, lekin uning
o‘rnini pastdagi bosimli suvlardan kelayotgan katta miqdordagi suv to‘ldiradi.
Sathlar orasidagi farq ortib borgani sari, bosimli suvlardan kelayotgan
suvlarning miqdori ortib boradi. Bunday og‘ir yerlarda meliorativ holatni
yaxshilash uchun bosimli bir necha qatlamda yoki bir qatlamda vertikal zovurlar
quriladi va bosimli suvlarning pezometrik sathi bosimsiz suvlarning sathidan bir
muncha pasaytiriladi, kamida sathlar tenglashtiriladi. Bunday gidravlik
munosabatda bosimsiz sizot suvlaridan bosimli gorizontlarga suv sizib o‘tadi, va
unga bog‘liq sizot suvlarining sathi ham pasayadi. SHo‘rlanishning oldi olinadi.
Bunday sharoitda, yerlar sug‘orilsa, sug‘orishga berilgan suv, ham tuproqdagi
tuzni yuvib boradi, hamda o‘simlikni ozuqalantiradi. Sug‘orish dalasida
sug‘orishning sho‘r yuvish rejimi barpo qilinadi. Yerlarning meliorativ holati
yaxshilanib boradi.
Ikkinchi holda bosimli suvlarning pezometrik sathi, bosimsiz suvlarning
sathidan pastda joylashadi. Bu holda bosimsiz suvlardan bosimli suvlarga suv
sizib o‘tadi. Sizot suvlari sarflanadi. Bu yerlarda sizot suvlari sathining
ko‘tarilishi unchalik katta bo‘lmaydi. Sizot suvlarining minerallashganligi
kamayib boradi. Bunday erlarning meliorativ holati qoniqarli holatda bo‘ladi.
Sug‘orish natijasida sizot suvlarining sathi ko‘tarilsa pastki bosimli qatlamga
38
suv o‘tishi kuchayadi. Sizot suvlari sathini optimal pasaytirish uchun, pastdagi
bosimli qavatlarga vertikal zovurlar quriladi va pezometrik sath pasaytiriladi.
Bosimli qatlamga yuqoridagi bosimsiz qatlamdan suvning o‘tish miqdori ortib
boradi. Bunday yerlarning meliorativ holati yaxshi bo‘ladi va sug‘orishning
sho‘r yuvish rejimi hukm suradi. Dalaga suv qo‘yilsa ham bu jarayon
sathlarning farqi hisobiga tezlashadi.
Uchinchi holda, sizot suvlarining bosimsiz sathi bosimli suvlarning
pezometrik sathi bilan bir xil balandlikda joylashadi. Agar kesimdagi jins
qavatlari bir-biriga yaqin filtratsion ko‘rsatkichlarga ega bo‘lsa kesimni yagona
bir qatlamli tizim deb qabul qilsa bo‘ladi. Agar qavatlarda bosim bo‘lsayu,
ularning balandligi bosimsiz suvlarniki bilan barobar bo‘lsa qavatlar orasidagi
gidravlik munosabat o‘zgaruvchan bo‘ladi ya’ni suvlar xarakatining yo‘nalishi
o‘zgarib turadi.
Agar bunday dala sug‘orilsa infiltratsion suvlar hisobiga sizot suvlarining
sathi ko‘tariladi, ikkinchi hol qaytariladi va bosimsiz suvlardan bosimli suvlarga
suv sizib o‘tadi. Bu yerda barcha jarayonlar va sharoit ikkinchi holdagidek sodir
bo‘ladi. Tuproqlarning tuzi yuviladi va meliorativ holat yaxshilanadi.
Agar sug‘orish dalasida gorizontal zovurlar qurilgan bo‘lsa, sizot
suvlarining zovurlarga drenalanishi natijasida bosimsiz sizot suvlarining sathi
pasayadi va bosimli suvlarning sathi balandligi ko‘tarilib qoladi. Bu yerda
birinchi holat ro‘y beradi. Yerlar sho‘rlanadi, botqoqlanadi va meliorativ holat
yomonlashadi.
II.6. Sizot suvlarini sarflanishi
Sug‘orish va zax qochirish maydonlarida tarqalgan sizot suvlari yer osti
suvlari oqimlari ko‘rinishida bug‘lanish va transpiratsiya, kollektor-zovur
tizimlariga drenalanish va boshqa ko‘rinishlarda sarflanadi. Sarflanishning har
bir turi sizot suvlari qaysi gidrogeologik mintaqaga joylashganligiga qarab turli
ko‘rinishda va miqdorda sodir bo‘ladi.
Arid iqlimli mintaqalarda joylashgan sizot suvlari balansida sarflanishning
asosiy qismi bug‘lanish va transpiratsiyadan iborat bo‘ladi.
39
Ozuqa olish va tranzit mintaqasida sizot suvlari asosan 5-10 metrdan
pastda joylashganligi sababli bu mintaqada amaliy jihatdan bug‘lanish katta
bo‘lmaydi, tuproqlar va sizot suvlari sho‘rlanmaydi. Toza va chuchuk bo’ladi.
Sizot suvlari sathiga sezilarli ta’sir o‘tkazmaydi. Faqat o‘tish mintaqasida
bug‘lanish birmuncha yuqori bo‘ladi va yerlar qisman botqoqlanishi mumkin.
Meliorativ holat yerlar tabiiy zovurlar bilan yaxshi ta’minlanganligi uchun
yaxshi.
Sizot suvlari oqimlarining sarflanish mintaqasida ularning chuqurligi 2-3
metrda va undan kichik bo‘lganligi sababli balans sarf qismining asosini
bug‘lanish tashkil qiladi. Vertikal suv almashinuv gorizontal suv
almashinuvidan kuchli. O‘zbekiston hududida tarqalgan sizot suvlari oqimlarini
balansini o‘rganish natijasi shuni ko‘rsatadiki, ozuqaolish va tranzit
mintaqasidan sarflanish mintaqasiga o‘tadigan oqim sarfining 75-95% i
bug‘lanishga sarf bo‘ladi. Shu sababli tuproqlar o‘ta sho‘rlangan va sizot
suvlarining yuqori qismi ham sho‘r. Agar yerlar sug‘orilsa sizot suvlarining
sathi yanada ko‘tariladi. Bug‘lanish esa ortadi. Meliorativ holati juda og‘ir. Bu
yerlarda to‘liq kompleksli meliorativ tadbirlar o‘tkazmasdan turib hosil olib
bo‘lmaydi. Chunki bug‘lanish, tuproqlarda kuchli sho‘rlanishga olib keladi.
Sizot suvlari oqimlarining qayta pasayish va yoyilish mintaqasida tabiiy
sharoitda sizot suvlari aksariyat katta chuqurlikda joylashgan, suvlar kuchli
minerallashgan. Shuning uchun tuproq-gruntlar asriy bug‘lanish ta’sirida katta
miqdorda va chuqur sho‘rlagan. Lekin sizot suvlari, sug‘orish boshlanishi bilan
bir necha yildan so‘ng yer yuziga yaqinlashib qoladi va bug‘lanish asosiy
sarflanish jarayoniga aylanadi, yerlar sho‘rlaydi, suvlarning minerallashganligi
yuqori bo‘ladi, meliorativ holat yomonlashadi.
Bug‘lanish, umuman olganda sizot suvlari yuzasining yotish chuqurligi,
minerallashganligi va harorati bilan bog‘liq. Chuqurlik ortishi bilan bug‘lanish
miqdori kamayib boradi. Iqlim sharoiti, sizot suvlarining chuqurligi, aeratsiya
mintaqasi jinslarining kapillyar xossasi, o‘simlik qobig‘ining xarakteri,
sug‘orish me’yorining miqdori va sizot suvlarining minerallashganligi bilan
40
bog‘liq ravishda, sizot suvlari yuzasidan bug‘lanish va umumiy bug‘lanish katta
miqdorga o‘zgarib turadi.
Umumiy bug‘lanish, o‘simliklar transpiratsiyasi, sizot suvlari yuzasidan
fizik bug‘lanish, yog‘gan yog‘inlarning bug‘lanishi va sug‘orish suvlarining
bug‘lanishidan tashkil topadi. Sug‘orilmaydigan yerlarda sizot suvlari yuzasidan
bo‘ladigan bug‘lanishning, umumiy bug‘lanishdagi hissasi sizot suvlari yotish
chuqurligi ortib borishi bilan keskin kamayadi. Sug‘oriladigan yerlarda,
vegetatsiya davrida, agar ildiz rivojlanadigan mintaqada doimiy namlik ushlab
turilsa, sizot suvlarini bug‘lanish hissasi, umumiy bug‘lanishda chuqurlik bilan
bog‘liq emas yoki kuchsiz bog‘liq.
2-rasm. Buxoro voxasida sizot suvlarini
bug’lanishini yotish chuqurligi bilan
bog’liqligi.1- tuproq yuzasidan va ikki yillik lyusernadan
sizot suvlarining bug’lanishga sarfi;2- xuddi shunday paxta o’simligidan;3- o’simlik qobig’i bo’lmagan va
sug’orilmaydigan tuproqlar yuzasidan sizot suvlarining bug’lanishi.
Sizot suvlarining aeratsiya mintaqasiga sarfi, sahro va yarim sahrolarda,
o‘simlik ildizi katta chuqurliklarga etib boradi va transpiratsiyaga sarf bo‘ladi.
Masalan, beda 4-6 metr chuqurlikda sizot suvlaridan ozuqa oladi.
Paxta dalalarida, sizot suvlarining aeratsiya mintaqasiga sarfi, sizot suvlari
chuqurligi 2,5-3,0 metrdan pastda bo‘lganda katta miqdorga pasayadi.
Sizot suvlarining minerallashganligi ortishi bilan aeratsiya mintaqasiga
o‘tadigan suv kamayib boradi.
Masalan, Buxoro viloyatida, sizot suvlarining chuqurligi 1,0 metr
bo‘lganda bug‘lanish 629 mm ni, 2,0 metrda - 265 mm ni tashkil qilgan.
41
II.7. Sizot suvlari va KZT (kollektor-zovur tizimlari)
Sug‘orish va zax qochirish maydonlarida boshqa omillar bilan bir qatorda
kollektor-zovur tizimlari ham sizot suvlari sathi va minerallashganligiga sezilarli
ta’sir o‘tkazadi. Sizot suvlarini kollektor-zovur tizimlariga drenalanishi
natijasida ularning chuqurligi yer yuziga yaqin bo‘ladi. Zovurlar o‘rtasida sizot
suvlari sathi baland joylashgan bo‘ladi.
Sizot suvlarining rejimi zovurlar o‘rtasida har bir suv quyishdan so‘ng
ko‘tariladi, undan so‘ng pasayadi va sug‘orish rejimi bilan bog‘liq. Amplituda
o‘rtada kattaroq va zovurlar atrofida kichikroq bo‘ladi.
Zovurlar ta’sirida, sizot suvlarining pasayishi tezligi gorizontal zovurlar
atrofida 5-7 sm/kun, vertikal zovurlar atrofida 15-20 sm/kun va zovurlarsiz
yerlarda 2-3 sm/kun dan oshmaydi.
Zovurlar ma’lum sug‘orish rejimida sizot suvlarining minerallashganligini
pasaytiradi. Sug‘orish dalasida mikromintaqalarni kuzatish mumkin, ya’ni
kanallardan zovurlar tomon minerallashganlik kamayib boradi va ma’lum
vaqtdan so‘ng dala ostida chuchuk suv qavati hosil bo‘ladi (irrigatsion-sizot
suvlari).
II.8. Sizot suvlari va o‘simliklar
Sizot suvlari bilan o‘simlik qobig‘i o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik turli xil
ko‘rinishda amalga oshadi. Sizot suvlari kapillyar g‘ovaklar orqali tuproqning
ildiz tizimi rivojlangan chuqurligiga etib boradi va uni ozuqlantiradi. Bu ijobiy
omil hisoblanadi.
Agar sizot suvlari yer yuziga yaqin joylashgan bo‘lsa, tuproqdagi
g‘ovaklar suvga to‘ladi, ular havoni o‘tkazmaydi va natijada o‘simlikning
rivojlanishi susayadi yoki o‘ladi, yoki hosildorlik kamayadi.
Bu salbiy omil hisoblanadi. Tajribalarga ko‘ra sizot suvlarining chuqurligi
hosildorlikda o‘z aksini topadi. Kuchli minerallashgan suvlar tuproqlarni
sho‘rlantiradi. V.A.Kovdani ma’lumotlariga ko‘ra, sizot suvlarining chegaraviy
yo‘l qo‘yib bo‘ladigan minerallashganligi 1-3 g/l.
42
V.V.Fedorov sizot suvlari minerallashuvi bilan tuproqni sho‘rlanish
darajasi o‘rtasida bog‘lanishni aniqlagan. Agar sizot suvlari sathi qanchalik yer
yuziga yaqin bo‘lsa, minerallashgan sizot suvlarining tuproqdagi zararli
tuzlarning miqdoriga ta’siri katta, ya’ni qishloq xo‘jalik ekinlarining
hosildorligiga ham ta’sir qiladi. Masalan, Mirzacho‘l sharoitida eng yuqori hosil
sizot suvlari sathi 4,2-4,4 m bo‘lganida, eng past hosil 2,5-3,6 m chuqurlikda
olingan (shartli deb qabul qilish kerak).
II.9. Osma sizot suvlari va ularni yerlarni meliorativ holatiga ta’siri
Osma sizot suvlari sug‘orish maydonlarida biror-bir qonuniyatga
bo‘ysunmay tarqaladi, va dalalarda turli kattalikdagi maydonchalarning
meliorativ holatini buzadi. Qayta sho‘rlanish sodir bo‘ladi. Lekin osma sizot
suvlari dalaning hamma yerida, hamma ekinlar ekilganda ham hosil
bo‘lavermaydi. Osma sizot suvlari hosil bo‘lishi uchun aeratsiya mintaqasida
kichik qalinlikdagi tarqalish maydoni chegaralangan, suvni yomon o‘tkazadigan
yoki o‘tkazmaydigan gilli qatlamchalar bo‘lishi shart. Ikkinchidan sug‘orishdan
shimilayotgan suvning miqdori (W) qatlamchaning filtratsiya koeffitsientidan
katta bo‘lishi kerak (W>K).
Mavzu so‘nggida sizot suvlari va osma sizot suvlari yuzasidan yuqorida
bo‘ladigan asosiy jarayonlarning xarakteriga e’tibor qaratamiz. Bu jarayonlar
aeratsiya mintaqasida sodir bo‘ladigan, infiltratsiya va bug‘lanishdan iborat. Bu
jarayonlarni xarakteri avvalo sizot suvlarining chuqurligi va undan yuqorida
joylashgan jinslarning litologik tarkibi va xususiyatlari bilan belgilanadi.
Bug‘lanish jarayoni kapillyar ko‘tarilish hoshiyasidan yuz beradi. U tog‘
jinlari tarkibiga bog‘liq va sizot suvlari yuzasining o‘zgarishi bilan o‘zgaradi.
Sizot suvlari yuzasidan aeratsiya mintaqasiga turli miqdorda suv ko‘tariladi va
bu jarayon quyidagicha. Bir xil tuzilishli gruntlarda sizot suvlari bilan tutashgan
kapillyar hoshiyaning pastki qismida suv barcha kapillyarlarda bo‘ladi.
Yuqoriga faqat juda kichik kapillyarlar suvni ko‘tarishi va ushlab turish
qobiliyatiga ega (gruntning namligi kamayadi va g‘ovaklardagi havoning
miqdori oshadi). Tabiatda kapillyar ko‘tarilish balandligi 3-3,5 metrdan
43
oshmaydi (gilli gruntlarda), chunki mikroagregatlar orasida yirik kapillyarlar
joylashgan va suvni yuqori ko‘tarishga qodir emas. Keyingi ko‘tarilish
gruntlarning mikroagregatlari ichida joylashgan juda kichik g‘ovaklarda sodir
bo‘lishi mumkin. Ko‘tarilish bir mikroagregatdan ikkinchi mikroagregatga
o‘tishida uzilib qolishi, harakat to‘xtashi mumkin.
Gruntlar qatlam-qatlam, qatlamli tuzilishda yotganlarida, ayniqsa gillar
bilan qumlar almashinib joylashganda kapillyar ko‘tarilish balandligi, oddiy gill
va suglinoklarga nisbatan juda kichik bo‘ladi. Kapillyar ko‘tarilish tezligi
boshlang‘ich davrda katta bo‘lishi mumkin. Grunt zarralarining diametri
kichiklashgan sari maksimal chegaraviy holatga etish vaqtida ortib boradi,
masalan 400-500 kun gilli gruntlar uchun. Kapillyar ko‘tarilish balandligi
harorat va minerallashganligi bilan bog‘liq. Harorat ortib borsa, kapillyar
ko‘tarilish balandligi kamayib boradi.
Kapillyar ko‘tarilish tezligi, eritmaning konsentratsiyasi ortishi bilan
kamayib boradi, konsentratsiya bir xil bo‘lsa u tuzlarning xarakteri bilan bog‘liq.
Kapillyar ko‘tarilish balandligi o‘rta zarrali qumlarda - 0,15-0,35 m;
mayda zarrali qumlarda - 0,35-1,0 m; qumoq tuproqlarda - 1,0-1,5 m;
suglinoklar - 3-4,0 metrgacha bo‘lishi mumkin.
P.S.Kossovich (1911) ma’lumotlariga ko‘ra gillarda maksimal kapillyar
ko‘tarilish balandligi 8,0 metrlarga, lyosslarda 4,0 metrlarga (ikki yilda)
ko‘tarilishi mumkin.
Demak, bug‘lanish sizot suvlari yuzasidan sodir bo‘lmaydi, balki
kapillyar hoshiya yuzasidan sodir bo‘ladi. Shu sababli zovurlarda sizot suvlar
sathini pasaytirayotganda, faqat sizot suvlari chuqurligiga emas, balki uning
tepasida hosil bo‘lgan kapillyar hoshiyaning chuqurligiga e’tibor qaratish kerak.
Nazorat savollari.
1. Nima uchun sug‘orish dalalarida sizot suvlariga katta e’tibor qaratiladi?
2. Sizot suvlari xaqida tushunchalar?
3. Sizot suvlarining sathi, minerallashganligi va meliorativ holatlar orasida
qanday bog‘liqliklar bor?
44
4. Sizot suvlari sathi aeratsiya mintaqasining litologik tarkibiga nisbatan
qanday joylashishi mumkin?
5. Sizot suvlari qanday mintaqalar qonuniyatlariga bog‘liq ravishda tarqaladi?
6. Sizot suvlari sug‘orish dalalarida qanday infiltratsiya bo‘ladilar?
7. Sizot suvlari sathi va minerallashganligi tuproqlarga qanday ta’sir
o‘tkazadi?
8. Irrigatsion-sizot suvlari va ularni hosil bo‘lishi va ahamiyati?
9. Irrigatsion-sizot suvlari va ularni yerlarni meliorativ holati bilan bog‘liqligi
qanday?
10. Sizot suvlarini, pastdagi bosimli suvlar bilan bog‘liqligi, ahamiyati va
ta’siri qanday?
11. Sizot suvlari yuzasidan bug‘lanish qanday sodir bo‘ladi, ahamiyati qanday?
12. Aeratsiya mintaqasida suvlarning xarakati qanday rivojlanadi?
13. Sizot suvlariga kollektor-zovur tizimlarining ta’ siri?
14. Sizot suvlari va o‘simliklar?
15. Osma sizot suvlari, hosil bo‘lishi, tarqalishi va o‘rganishning ahamiyati?
16. Kapillyar ko‘tarilish balandligini sizot suvlari yuzasi bilan bog‘liqligi?
Atama va iboralar: aeratsiya mintaqasi, tuproq suvlari, osma sizot suvlari, sizot
suvlari, yerlarni meliorativ holati, sizot suvlari sathi va minerallashganligi,
litologik tarkib, tabiiy mintaqalar, irrigatsion ozuqa, qatlamlarni bosimli suvlar
xisobiga ozuqa olishi, sizot suvlarining chuqurligi, tuproqlarni sho‘rlanganligi,
infiltratsion ozuqa.
45
III-bob
Sug‘oriladigan yerlarda gidrogeologik-meliorativ jarayonlarning o‘zigaxosligi.
III.1.Umumiy tushunchalar va ta’riflar
Gidrogeologik jarayon, tabiatda suvning aylanma harakatining bir qismi
bo‘lib, yer osti suvlarining shu zanjir ichida, ozuqa olishidan, oqim sifatidagi
tranzit harakatidan, sarflanishidan, qayta pasayishi va yoyilib ketishidan tashkil
topadi, hamda bu jarayon yer osti suvlarini tog‘ jinslari, atmosfera, gidrosfera,
tuproq qatlami va biosfera bilan bo‘lgan o‘zaro ta’sirda sodir bo‘ladigan
miqdoriy va sifat o‘zgarishlarini o‘z ichiga oladi.
Sug‘oriladigan tumanlarda tabiatda tarixan shakllangan gidrogeologik
jarayonlar keskin o‘zgarishlarga uchraydi. Buzilgan gidrogeologik jarayonning
xarakteri va yo‘nalishi sug‘oriladigan maydonlarda asosan kishilarning ho‘jalik
faoliyati bilan bog‘liq va deyarlik u bilan boshqariladi. Gidrogeologik jarayonni
turli meliorativ tadbirlar bilan foydali yo‘nalishda boshqarish qishloq ho‘jaligi
melioratsiyasining asosiy vazifasidan iborat bo‘lsa, shu jarayonning o‘zini,
uning tabiatini va ularni o‘zgarish qonuniyatlarini meliorativ tadbirlarni
gidrogeologik jihatdan asoslash vositasi sifatida o‘rganish meliorativ
gidrogeologiyaning vazifasiga kiradi.
Gidrogeologik jarayonni to‘liqroq tushunish uchun tabiatda suvning
aylanma harakatini tasavvur qilaylik. Gidrogeologik jarayon tabiatda suvning
aylanma harakati zanjiridagi bir halqadir.
Tog‘lik tumanlardagi daryo havzalarida atmosfera yog‘inlarining asosiy
qismi yer usti suvi oqimlarini hosil qiladi, uning bir qismi esa yoriqlarga
joylashgan yer osti suvlarini ozuqalantirishga sarf bo‘ladi. Hosil bo‘lgan yer osti
suvlari tog‘ vodiylarida, tog‘ oldi soyliklarida yer yuziga buloq ko‘rinishida
chiqadi va yer usti suvi oqimlarini qo‘shimcha ozuqlantiradi.
Tog‘ daryolari tog‘dan chiqish yerlarida yer osti suvlaridan yillik sarfining
31% (Zarafshon), 28% (Angren)ini oladi. Yildan yilga yer osti suvlaridan turli
maqsadlar uchun foydalanish ortib boradi va sizot suvlariga yer usti oqimidan
ko‘p miqdorda daryo suvlari qo‘shilib boradi.
46
Tog‘ oldi tekisliklarida va tog‘ oralig‘i pasttekisliklarida atmosfera
yog‘inlarining miqdori keskin kamayadi va yer osti va usti oqimlarini hosil
bo‘lishida ularni hissasi keskin qisqaradi. Bu yerlarda bug‘lanishga sarf bo‘lish
ortadi. Shu bilan bir qatorda tashilish konusining shag‘allardan iborat qismidagi
yer usti suvi oqimlari, yer osti suvlarini asosiy ozuqlantiruvchi manba bo‘lib
qoladi.
O‘rta Osiyo tekisliklarida, ayniqsa daryo deltalarida (Amudaryo, Sirdaryo,
Ili, Chu va boshqalar) atmosfera yog‘inlarining 80% idan ortiqrog‘i
bug‘lanishga sarf bo‘ladi, qolgan qismi esa yer osti suvlarini ozuqalantirishga
ketadi. Yer osti suvlarining asosiy zaxiralari yer usti suvi oqimlarining
infiltratsiyasi hisobiga to‘planadi.
O‘rta Osiyoning sug‘oriladigan hududlarida, atmosfera yog‘inlarining
sizot suvlarini ozuqlantirishdagi hissasi juda oz va u yerda sug‘orish suvlari
asosiy rolni o‘ynaydi. Balansning sarf qismida bug‘lanish asosiy o‘rin tutadi. Bu
bilan vohalarning tuz muvozanatini musbatligini (tuz to‘planish balansi) va
tuproqlar qayta sho‘rlanish tendensiyasiga ega ekanligini tushuntirish mumkin.
Bu jarayonni to‘liq tasavvur qilish uchun O‘rta Osiyoning shartli sxematik
geologik-gidrogeologik qirqimini chizib, unda gidrogeologik mintaqalarning
chegarasini o‘tkazamiz va jarayonni tahlil qilishga harakat qilamiz.
Sizot suvlari deyarlik hamma yerda ozuqa olganligi va doimo harakatda
bo‘lganligi, har doim va hamma yerda sarf bo‘lishi mumkinligi uchun, ozuqa
olish maydoni qilib asosiy ozuqalanish jarayoni kechadigan maydon qabul
qilinadi, oqim oqish (tranzit) maydoni qilib gidrogeologik jarayonning asosiy
omili bo‘lib - oqim oqish jarayoni sodir bo‘ladigan maydon qabul qilinadi;
sarflanish viloyati qilib - asosiy jarayon sizot suvlari sarf bo‘ladigan maydon
qabul qilinadi. (N.N.Xodjiboev 1982).
Bizningcha bunday: ozuqa olish va tranzit mintaqasi bilan sarflanish
mintaqasi orasidagi chegarani gilli jinslar bilan qumli shag‘allar bir-biriga
kirishgan va suvli qatlamda bosim paydo bo‘la boshlagan chegarada o‘tkaziladi.
Sarflanish mintaqasi bilan qayta pasayish va yoyilish mintaqasi orasidagi
47
chegarani gilli jinslar qirqimida qumli, shag‘alli jins qatlamchalari linzalari
to‘liq yo‘qolgan yerda, yoki bosim to‘liq yo‘q bo‘lgan yerda, yoki qirqimda
yagona sath mavjud bo‘lgan yerdan o‘tkaziladi. qayta pasayish va yoyilish
mintaqasida qirqim faqat gilli jinslardan tashkil topadi. Ayrim yerlarda (daryo
vodiylarida) qumli-gilli jinslar tarqalgan.
III.2. Gidrogeologik jarayonni belgilab beruvchi tabiiy omillar
Gidrogeologik jarayon to‘g‘risida to‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lish uchun
(uning mohiyatini anglab etish uchun) jarayonni belgilovchi tabiiy omillarni-
iqlim, rel’ef, geologik-litologik tuzilishni va boshqalarni ko‘rib chiqamiz.
I. Iqlim sharoiti.
O‘zbekiston hududi arid iqlimli mintaqada joylashgan va bu iqlimning
quyidagi o‘ziga xos belgilari bor:
a) iqlim - issiq iqlimlar guruhiga kiradi, eng sovuq oy yanvar oyining
izotermasi -3 0 dan pastga tushmaydi. Havoning o‘rtacha harorati respublikaning
shimoliy qismida +140,+150, janubiy qismida +170,+180 ni tashkil qiladi.
b) iqlimi keskin kontinental, harorat yil mobaynida va kun mobaynida
keskin miqdorga o‘zgaradi.
v) iqlim o‘ta quruq, yog‘inning miqdori yiliga 200-300 mm dan (tog‘
oldilarida), 150-200 mm (janubiy sahrolarda) gacha o‘zgarib turadi,
bug‘lanuvchilik esa yiliga 1400-2400 mm, shamol doimo kuchli esib turadi va
havoga qum, chang zarralarini ko‘taradi, hamda sho‘rhok yerlardan tuzlarni
havoga ko‘taradi, tashiydi; chang to‘zonlari va qum bo‘ronlari yiliga 50 kundan
ortiq davom etadi. O‘zbekiston janubida oyda 2-3 marta 15-20 soat davomida
kuchli bo‘ron (afg‘on shamoli) esadi.
g) yilning qurg‘okchilik va namgarchilik davrlari keskin farq bilan
almashinib turadi; qish ayniqsa baxor juda qisqa va namgarchilik juda ko‘p, yozi
uzun va umuman bulutsiz, juda issiq deyarli yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
Iqlimning bu ko‘rsatilgan xususiyatlari yer osti suvlari oqimlarining
kamsuvligini, oqim xarakati sharoiti va suv almashinuvining o‘ta qiyinligini va
48
bu sharoitlar sizot suvlarida va tuproqlarda tuz yig‘ilishiga sabab bo‘lishini
ko‘rsatadi.
Quyida biz geomorfologik sharoit bilan bog‘liq respublikaning maydoni
uchun hosil bo‘lgan omillarni ko‘rib chiqamiz:
II. Tog‘ oldi tekisliklarida cho‘kindi tog‘ jinslari, jins hosil qiluvchi uch
xil geologik jarayon natijasida hosil bo‘ladi va shakllanadi:
a) Yirik daryolar (Amudaryo, Sirdaryo, Qashqadaryo, Zarafshon) ning
qadimiy va zamonaviy vodiylarida sodir bo‘ladigan allyuvial yotqiziq
(cho ‘ kindi) yotqizish j arayonlari.
b) Kichik daryolar (Sangzor, Zominsuv, Sheroboddaryo, Sox) ning
tashilish konusi yotqiziqlari to‘planish jarayonlari uchun hos bo‘lgan allyuvial-
prolyuvial jarayonlar;
c) Past tog‘liklarning shleyflarini (adirlarini) va fasliy (vaqtincha) harakat
qiluvchi oqimlarning kichik tashilish konuslarini, keng lyoss tekisliklarini hosil
qiluvchi prolyuvial - delyuvial jarayonlar.
Allyuvial yotqiziqlarning qalinligi 60 - 100 metrga etadi. Bu yotqiziqlar
qirqimi 2 qavatga ajratiladi, yuqori qavat asosan qumoq tuproq, gilli tuproqdan
tashkil topgan. Qisman gill va kum qatlamchalari ham mavjud. Qalinligi 3 - 20
metr (deltalarda) dan 50 - 70 m (Amudaryo, Sirdaryo) orasida bo‘ladi.
Pastki qavat asosan mayda qumlardan tortib to yirik zarrali qumlargacha
bo‘ladi. Qalinligi 5 - 20 metrdan 30 - 70 metrgacha bo‘ladi.
49
X
3-rasm. Arid iqlimli mintaqada joylashgan sug‘oriladigan yer massivlarining
litologik tuzilishi.
I-Allyuvial tekislikslar: a-Sirdaryo daryosining qadimgi vodiysi, b-Qashqadaryo
daryosining deltasi II-Allyuvial prolyuvial tekisliklar: kichik daryolarning tashilish konuslari
(Sangzor, Zominsuv, SHyerobod daryolari). III-Prolyuvial-delyuvial tekisliklar - past
tog‘liklar shleyflari, kichik vaqtincha oqar suvlarning tashilish konuslari. 1-shag‘allar, 2-
qumlar, 3-gilli va qumoq tuproqlar, qum va gill qatlamchalari bilan, 4-lyoss va lyossimon
jinslar, 5-og‘ir gilli tuproqlar va gillar, 6-qumli gillar bilan to‘ldirilgan qirrali shag‘allar
(rn,eben), 7-qumtoshlar, alevrolitlar, 8-eol qumlari. O.T, S, QT-ozuqa olish va tranzit,
sarflanish, qayta pasayish va yoyilish mintaqalari.
Allyuvial-prolyuvial yotqiziqlar yirik tashilish konuslarini tashkil qiladi
va tog‘lik yerlardan konusning chekka qismiga tomon yig‘ilgan yotqiziqlar aniq
saralanib maydalanib boradi. Konusning yuqori qismlarida katta qalinlikga
ega bo‘lgan shag‘al, qirrali tosh jinslaridan tashkil topadi, qisman qirqimda qum,
qumoq tuproq, gilli tuproq qatlamchalari, linzalari uchraydi. Konusning
markaziy qismida qalin yirik shag‘al qatlamlari 2 - 3 ta qavatlarga bo‘linadi va
50
asta-sekin qumlar bilan almashinib boradi. Yopqich gilli jinslarning qalinligi bir
necha 10 metrlarga etadi.
Konusning chekka qismlarida qum qatlamlari qalinligi qisqarib boradi
(yo‘qolib boradi), yoki “til” linza ko‘rinishida saqlanib koladi.
Delyuvial - prolyuvial yotqiziqlari bilan yirik lyoss (sog‘ tuproq)
tekisliklari (Ko‘korol, Lomakino platosi, Qarnabcho‘l, Qiziriqdaryo)
to‘ldirilgan. Ularning qalinligi 100-200 metrgacha etadi va qumoq tuproq, gilli
tuproqdan tashkil topadi. Kesimning 20 metr chuqurligidan pastda qalinligi 3-5
metrgacha qumli va chaqiq qirrali toshli jins qatlamlari uchraydi (3-rasm).
III. Ko‘rilayotgan maydonning yana bir o‘ziga xosligi shundan iboratki
allyuvial-delta tekisliklarining chekka qismlarida yoki ularning allyuvial-
prolyuvial tekisliklar bilan tutashgan joylarda yirik rel’efda cho‘ziq shakl
ko‘rinishida bo‘lgan cho‘ziqligi bir necha 10 km larga etadigan chuqurliklar,
pastliklar, botiqliklar mavjud. Masalan: Qashqadaryo deltasining chekka
qismida Sho‘rsoy, Mirzacho‘lni Qizilqum bilan tutashgan yerida Arnasoy
joylashgan. Bu pastliklarning tag qismi tekis, chuqurligi 10 metr va daryoning
faoliyati ko‘rinib turadi.
Allyuvial tekisliklar bilan allyuvial-prolyuvial tekisliklar tutashgan
yerdagi pastliklarni deyarli relefi aniq ifodalanmagan, nishabligi 0,01 gacha
bo‘ladi. Bu chuqurliklar, gidrogeologik nuqtai nazaridan yer osti va yer usti suvi
oqimlari uchun mahalliy oqim yig‘iladigan havza xizmatini o‘taydi va yerlar
meliorativ jihatdan o‘ta noqulay sharoitga ega.
IV. Kichik daryolarning tashilish konusi va vaqtincha harakat qiladigan
oqimlar mintaqalari tutashgan yerlarida katta maydonlarni egallagan konus
oralig‘idagi yerlari mavjud. Konus oralig‘ida joylashgan yerlar suv
o‘tkazuvchanligi juda kichik bo‘lgan gilli jinslardan tashkil topgan. Konus
oralig‘i kengliklarini qiyaligi katta (0,007 gacha) bo‘lishiga qaramay yer osti
suvlari oqimi murakkab sharoitda xarakatlanadi va agar yerlar sug‘orilsa qisman
meliorativ tadbirlar o‘tkazish talab qilinadi.
51
V. Ko‘rib chiqilgan barcha massivlarning chekkalarida, chegaralarida, eol
yotqiziqlari tarqalgan. Bular 30 metr chuqurlikgacha uchraydigan eol qumlaridir
va ular Mirzacho‘l bilan Qizilqum chegarasida, Sherobodning chekkasida,
Qarshi cho‘lining chekkasida uchraydi.
Qumlar suvni yomon o‘tkazuvchi gilli jinslar orasida - ayniqsa yer yuziga
yaqin joylashganda maxaliy oqimni drenalashga qulay sharoit yaratadi va
melioratsiya qilingan vaqtda zovurlarni ishini engillashtiradi.
Ko‘rib chiqilgan tekisliklarda joylashgan yer osti suvi oqimlarida,
ozuqlanish mintaqasidan to sarf bo‘lish mintaqasi yo‘nalishi tomon ma’lum
qonuniyatlar kuzatiladi.
Masalan, tog‘ oldi qiya tekisliklarida, tashilish konusining yuqori
qismlarida, chuchuk va sho‘rroq oqimlarning ozuqa olish va tranzit oqib o‘tish
mintaqasi joylashgan. Yerlar yaxshi drenalangan, yer osti oqimi xarakati
ta’minlangan, yer osti suvi doimi 10 m.dan chuqur va yerlarning tuproq
sharoitiga amaliy jihatdan ta’sir ko‘rsatmaydi. Suv o‘tkazuvchanligi qiymati bir
necha yuzdan to 1000 m2/kun, oqim qiyaligi katta (0,01-0,004), rel’ef yaxshi
o‘yilganligi sababli sug‘orish vaqtida infiltratsion suvlarining pastki yerlarga
oqib chiqib ketishini ta’minlaydi, shuning uchun faqat tranzit mintaqasining
pastki va o‘rta qismlarida zax bosishi mumkin, boshqa qismlarida esa suvning
sathini sun’iy pasaytirish talab qilinmaydi.
Tashilish konusining markaziy va chekka qismlarida suvli jinslarning suv
o‘tkazuvchanligi (T), shag‘al qatlamlarining qalinligi qisqarib boradi va ularni
qumli - gilli qatlamlar bilan almashinishi hisobiga, yer osti suvi oqimi bir necha
qavatlarga bo‘linib ketadi, vertikal oqim katta bosimga ega bo‘lib qoladi va ko‘p
yerlarda yer osti suvlari bug‘lanish hisobiga sarflanadi. Bu mintaqada tik suv
almashinuv gorizontal suv almashinuviga nisbatan ancha kuchli, sizot suvi sathi
doimo yer yuziga yaqin, ya’ni 3 metrgacha bo‘ladi, minerallashganligi yuqori
(5-50 g/l), tarkibi sulfatli va xlorli - sulfatli turga kiradi. Bu yerlarda sug‘orish
ishlarini olib borishdan avval, yerlarga yaxob berilishi, sho‘r yuvilishi va zovur
tizimi qurilishi lozim. Tuproqlari gidromorf.
52
Va nihoyat tashilish konusining chekka qismlarida va tekis allyuvial,
allyuvial - delta tekisliklarida uchinchi mintaqa, sho‘r, sulfat - xloridli sizot
suvlarining qayta pasayishi va tarqalib ketish (yoyilib ketishi) mintaqasi
joylashadi. Bu mintaqada sizot suvlari turg‘un (harakatsiz) xususiyatga ega, va
bu tabiiy sharoitda bu mintaqaga juda oz kichik oqim oqib kirib keladi (yuqori
mintaqadan) va u oz miqdordagi grunt ichidan bo‘ladigan bug‘lanish hisobiga va
qumli sahrolarga yer osti oqimi ko‘rinishida chiqib ketadi yoki yirik daryo
vodiylariga yoki qo‘shni yerlarga joylashgan pastliklarga oqib chiqadi.
Aytib o‘tilganlarga istisno tariqasida shuni aytish mumkinki, daryo
deltalarida, daryo bo‘ylab uzun-cho‘ziq baland rel’efli to‘qaylar joylashgan va u
yerlar yer osti suvlarini chuchuk va sho‘rroq yer usti suvlari bilan ta’minlaydi.
Bu mintaqada katta massivlar o‘zlashtirilsa infiltratsion suvlar asosan
sizot suvlarini sathini ko‘tarishga sarf bo‘ladi va kapillyar mintaqa sathi tuproq
qatlamiga etishi bilan tuproqlarni qayta sho‘rlanishi va botqoqlanishi jadal
rivojlanadi.
Sizot suvlari oqimidagi har bir mintaqani to‘liqroq tushunib etish uchun
ularni gidrodinamik ko‘rsatkichlarini, sizot suvlari balansining asosiy qismlarini
va uni rejim bilan bog‘langanligini yoritamiz va bu mintaqalarda yer
o‘zlashtirilsa ularni meliorativ ahamiyatiga baho beramiz.
III.3. Sizot suvlari oqimlarining ozuqa olish va tranzit mintaqasi
a) Tashilish konusining yuqori va markaziy qismiga joylashgan, tog‘ oldi
qiya tekisliklaridan iborat, qiyaligi 0.005 dan katta;
b) Geofiltratsion tuzilishi bir qatlamli, bosim hosil bo‘lishi uchun hech
qanday imkoniyat ham, sharoit ham mavjud emas;
c) Yer osti suvi oqimi harakati ta’minlangan Qkr=Qsarf yer osti suvlari
chuqurligi 5 m dan katta, yerlar sug‘orilsa o‘zgarishi mumkin.
d) Rejim turi odatda oqim rejimiga mansub, yerlar sug‘orilsa infiltratsion-
oqim rejimiga o‘tadi. Suvlar chuchuk, gidrokarbonatli, tuproq sho‘rlagan emas.
e) Tashilish konusining yuqori va markaziy qismiga joylashgan, oqim radial
- yoyiluvchan, kengligi va qalinligi yuqoridan pastga qarab ortib boradi.
53
Yuqoridan pastga suvli qatlam jinslarining suv o‘tkazuvchanligi va qiyaligi
kamayib boradi, shuning uchun pastga qarab oqim bo‘yicha suv tiralib oqadi
(ko‘tarilib boradi) va suv sathi yer yuziga yaqinlashadi;
f) Mintaqaning pastki chegarasi oqim fronti bo‘yicha sezilarli darajada bosim
va sarflanish boshlangan kesimdan boshlanadi;
j) Tabiiy rejimi yer osti suvlarini ozuqlantiruvchi yer usti suvi oqimlariga
bog‘liq va ozgina kechikib uni qaytaradi. Sathning yillik amplitudasi kichik
konuslarda 3 - 5 metr, yirik konuslarda bir metrgacha o‘zgaradi va konuslarning
suv sig‘imi bilan bog‘liq.
Agar yerlar sug‘orilsa:
a) infiltratsion sug‘orish suvlari hisobiga oqim sarfi ortadi.
b) tranzit mintaqasining ko‘p qismida, sizot suvlarining infiltratsion ozuqa
olish sarfi, oqimning suv o‘tkazish imkoniyatidan ortiq bo‘ladi. Bu esa yer osti
suvi sathini tiralib oqishiga, ko‘tarilishiga olib keladi;
c) sathning ko‘tarilishi natijasida tranzit mintaqasining bir qismini (chegara
va o‘tish hududlarida) zax bosadi va botqoqlanish ro‘y beradi, hamda sizot
suvlarini tik ozuqlanishi kuchayadi va pastki sarflanish mintaqasida intensiv
sho‘rlanish ro‘y beradi.
Shu munosabat bilan melioratorlar qo‘yidagilarni aniqlab olishlari kerak:
a) sug‘orish munosabati bilan zax bosish chegaralarini ;
b) tranzit mintaqasida suv sathi ko‘tarilishi munosabati bilan sarflanish
mintaqasi sizot suvlari oqimi qancha ko‘shimcha ozuqlanganligini aniqlash
kerak.
Tranzit mintaqasida ko‘p yerlarni zax bossa ham tuproq tuzsiz, suvlar
chuchuk bo‘lganligi uchun qayta sho‘rlanish katta maydonlarda rivojlanmaydi.
Bu yerlarda botqoqlanish va tuproqda “lugovoy” jarayon sodir bo‘ladi. Ammo
pastki mintaqada sizot suvlarining ozuqlanishi ortadi va natijada kuchli
bug‘lanish hisobiga tuproq-gruntlarni qayta sho‘rlanishi ro‘y beradi va yer osti
suvlarining bosimi ortadi.
Kurash usullari:
54
Ozuqa olish va tranzit hamda sarflanish mintaqalari chegarasida tik zovur
quduqlari qazilib, undan infiltratsion ozuqa olish miqdoriga teng miqdordagi
suvni tutib, olib tashlash lozim, imkoni bo‘lsa tabiiy oqim sarfidan ham qo‘shib
tortib olish lozim.
X Qzov= X Winf. (1)
Bu mintaqada asosan mukammal sug‘orish tizimi yaratilsa yerlardan
yuqori hosil olsa bo‘ladi, yoki kichik hajmda zax qochirish shaxobchalari
chegara tumanlarida qurilsa kifoya qiladi.
III.4. Sizot suvlari oqimlarining sarflanish mintakasi
a) tashilish konusining chekka qismiga, qiya tekisliklarga joylashgan,
nishabligi 0,001-0,005;
b) sho‘r sizot suvlarining tabiiy va yerlar sug‘orilgandagi sathi barqaror yer
yuziga yaqin (3 metrgacha, gohida 5 metrgacha);
c) geofiltratsion tuzilishi murakkab, ikki va ko‘p qatlamli tizim- suvni
yomon o‘tkazuvchi yopqich va ajratuvchi qatlamlari bilan, suvli qatlamlarning
suv o‘tkazuvchanligi yuqori (T>100 m2/kun), suvlar odatda sho‘rroq, ayrim
vaqtda chuchuk.
d) sulfatli, sulfat-xloridli, bosimli suvlarning pezometrik sathi sizot
suvlarining bosimsiz sathidan doimo yuqori, umumiy va mahalliy oqimning
harakati murakkab sharoitda tik suv almashinuv gorizontal suv almashinuvidan
ancha yuqori, ya’ni bu mintaqada bug‘lanishga sarf bo‘layotgan suv sarfi
bosimli suvdan kelayotgan suv miqdori bilan to‘ldirilib turiladi. Bu yerlar
shuning uchun o‘ta sho‘rxok, hayotsiz, meliorativ sharoiti juda og‘ir yerlar
hisoblanadi. Agar masalaga chuqurroq qaralsa bu mintaqaga kirgan yer osti
suvining 75-95 % i bug‘lanishga sarf bo‘ladi, va taxminan 10 % i keyingi
mintaqaga oqib o‘tadi;
e) sizot suvlarining rejimi tipik bug‘lanish, yerlar sug‘orilgandan so‘ng
infiltratsion - bug‘lanish rejimiga aylanadi;
55
f) sarflanish mintaqasi bilan qayta pasayish va tarqalish mintaqasi orasidagi
chegarani, oqim yo‘nalishi bo‘yicha qumli - shag‘alli qatlamlar to‘liq yo‘qolgan
yerdan yoki suvli qatlamda bosim yo‘qolgan kesimli yerdan o‘tkaziladi,
chegaradan boshlab sizot suvining sathi 5,0 m dan pasayib boradi va oqim
xarakati o‘ta turg‘un holatga o‘tadi.
j) bu mintaqada tabiiy holatda sizot suvlari balansi ta’minlangan. Bu
mintaqada balansning asosiy elementlari bug‘lanish va tik bosimli oqimning
oqib kelgan mikdori bilan belgilanadi.
U=2.210-3(1 -Z/2,9), m3/kunm 2 (2)
q = khAh/mh, m3/kunm 2 (3)
Shunday qilib bu mintaqaning meliorativ sharoiti meliorativ jihatdan juda
og‘ir noqulay, yaroqsiz va murakkab.
Bu mintaqada joylashgan yerlarda oldindan zovur tizimlari qurmasdan,
sug‘orib yuqori hosil olib bo‘lmaydi. Zovur sizot suvlariga qo‘shiladigan
infiltratsion suvning miqdorini olib tashlashga va tabiiy sharoitda bug‘lanishga
sarf bo‘ladigan suv sarfini olib tashlashga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak, ya’ni
Qzov = W + Utah (4)
Demak mintaqa yuqorisidagi chegarada tik zovur qatorlari bilan
bug‘lanish mikdoriga teng miqdordagi suvni tutib qolish kerak, hamda butun
mintaqa maydonida yakka yoki to‘da vertikal quduqlar qurib (sizgichni
shag‘alli, qumli jinslarga joylashtirib) infiltratsion ozuqani olib tashlash kerak.
Melioratsiyani vazifasi:
a) sizot suvini pasaytirib, yerni sho‘rini yuvish. Sathni quritish me’yorigacha
pasaytirish kerak, kapillyar mintaqa yer yuziga etib bormasin.
b) bosimli suvlarning sathi sizot suvi sathigacha yoki undan ham
pasaytirilishi kerak.
56
III.5.Sizot suvlari oqimlarining qayta pasayish va yoyilib ketishi mintaqasi
a) mintaqaning rel’efi yassi, o‘yilmagan tekislikdan iborat, yer usti suvi
oqimi hosil bo‘lmaydi, qiyaligi i<0,001. (Sirdaryo va Amudaryo deltalari)
b) sizot suvlari sho‘r - nomokopgacha, sulfat - xloridli tarkibga ega.
c) sizot suvlari sathi o‘zgaruvchan, aksariyat chuqur joylashadi. Sug‘orish
boshlanganidan bir necha yildan so‘ng doimo yer yuziga yaqin keladi;
d) geofiltratsion tuzilishi oddiy - bir necha xil jinslar almashinuvidan iborat,
bir qatlamli tizim va ikki qatlamli tizimi(yirik daryo vodiylari va deltalarida)
kuzatiladi. (yopqich va ajratuvchi qatlamlar bilan);
e) yer osti suvi oqimlari bu mintaqada bosimsiz;
f) sizot suvlari sathi tabiiy sharoitda juda barqaror, amplitudasi 0.3 metrdan
ortmaydi;
j) mintaqa uchun sizot suvlari oqimi xarakati o‘ta qiyinlashgan sharoit
xarakterlidir.
h) yerlar bu mintaqada kuchli va katta chuqurlikgacha sho‘rlangan, shuning
uchun sug‘orish vaqtida sizot suvlarining kapillyar hoshiyasi yer yuziga etishi
bilan tuproqlar, gruntlar qayta sho‘rlana boshlaydi. Bu hodisani tizimli zovur
qurib infiltratsion ozuqlanish suvlarini sug‘orish dalasidan chiqarib tashlab,
oldini olish mumkin.
k) bir qatlamli tizimda - ya’ni tashilish konusining eng chekka qismida, suv
o‘tkazuvchanligi 30 m2/kun, qatlam qalinligi 100 metrlargacha bo‘lgan yerlarda
faqat yotiq zovur qo‘llash mumkin, T=50-100 m2/kun bo‘lgan yerlarda ham
yotiq, ham tik zovur qo‘llash mumkin.
l) Sug‘orish ishlari olib borilsa, yer tekis, sizot suvi o‘ta qiyin sharoitda
xarakat qilganligi uchun atrof mintaqalarga deyarli ta’sir ko‘rsatmaydi va
infiltratsiyaga ketgan suv asosan sizot suvlari zahirasini to‘ldirishga ya’ni sizot
suvini ko‘tarishga sarf bo‘ladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, tarixan tabiatda shakllangan tabiiy
gidrogeologik jarayon, kishilarni suv xo‘jaligi faoliyati ta’sirida keskin
57
o‘zgarishlarga uchraydi va qonuniy ravishda gidrogeologik jarayonning
yo‘nalishi o‘zgarib turadi.
Nazorat savollari.
1. Gidrogeologik-meliorativ jarayon tushunchasi?
2. Gidrogeologik jarayonga ta’sir etuvchi omillar nimalardan iborat?
3. Iqlim omili gidrogeologik jarayonga qanday ta’sir etadi?
4. Relef omili gidrogeologik jarayonga qanday ta’sir etadi?
5. Geologik (kesim) omili gidrogeologik jarayonga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
6. Gidrogeologik jarayonning mohiyati qanday va u qanday gidrogeologik
mintaqalarga ajratiladi?
7. Ozuqa olish va tranzit mintaqasiga qisqa tavsif bering?
8. Ozuqa olish va tranzit mintaqasida yerlar sug‘orilsa qanday gidrogeologik
masalalar yechiladi?
9. Sarflanish mintaqasiga qisqacha tavsif bering.
10. Sarflanish mintaqasida yerlar sug‘orilsa qanday gidrogeologik masalalar
yechiladi?
11. Sarflanish mintaqasida sizot suvlari necha foizi bug‘lanishga sarf bo‘ladi?
12. Qayta pasayish va tarqalish mintaqasiga qisqacha tavsif bering?
13. Qayta pasayish va tarqalish mintaqasida yerlar sug‘orilsa, qanday
gidrogeologik masalalar yechiladi?
14. Tabiiy drenalanganlik darajasi bo‘yicha mintaqalar qanday bo‘linishi
mumkin?
15. Sarflanish mintaqasida nima sababdan vertikal suv almashinuv gorizontal
suv almashinuvidan katta?
16. Agar yerlar sug‘orilsa har bir mintaqada qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi?
Atama va ihoralar: gidrogeologik jarayon, belgilovchi omillar, geomorfologik,
geologik jarayonlar, iqlim omillari, arid iqlim, ozuqa olish va tranzit, sarflanish,
qayta pasayish, gidrodinamik tavsif va chegaralar, mintaqalar, geofiltratsion
tuzilish, rejim, infiltratsiya, ozuqa olish, sarflanish, bosim paydo bo‘lishi, yakka
sath, zovurlar, gidrodinamik mintaqalar.
58
IV-bob.
Melioratsiya qilinayotgan maydonlarda tarqalgan sizot suvlarining rejimi
xususiyatlari.
IV.1. Tabiiy rejimlar.
Sizot suvlarining rejimi deb, ularni sathini, kimyoviy va gaz taribini,
xaroratini, tezligi va boshqa elementlarini, ma’lum bir vaqt ichida turli tabiiy va
xo‘jalik omillari ta’siri ostida bo‘ladigan qonuny o‘zgarishlariga aytamiz. Sizot
suvlarining tabiiy rejimlari tabiiy omillar ta’sirida shakllanadilar va turli xil
turlarga bo‘linadilar. Tabiiy omillar ta’sirida shakllangan sizot suvlari rejimi,
sug‘orish maydonlarida olib borilayotgan faoliyat ta’sirida keskin o‘zgarishlarga
uchraydi va uning ta’siri keng miqyosda bo‘lganligi sababli inson faoliyati bilan
boshqariladi.
Sizot suvlarining tabiiy rejimlari genetik belgilarga, ta’sir etuvchi
omillarga qarab shartli ravishda iqlim, gidrologik, yer osti suvi oqimi va
kompleks rejimlarga bo‘linadi:
- iqlim rejimlari asosan meteorologik omillarning o‘zgarishi bilan belgilanadi;
- gidrologik rejimlar asosan daryolarning suvliligini o‘zgarishi bilan belgilanadi;
- yer osti suvi oqimi rejimi atrofdagi yerlardan va pastki qatlamlardan tik xarakat
qiladigan bosimli suvlarning ta’siri bilan bog‘liq;
- kompleks yoki aralash rejimlar - bu turdagi rejimlar yuqorida qayd qilingan
barcha omillarni summar ta’siri ostida shakllanadi.
Iqlim rejimlari. Iq lim omillariga atmosfera yog‘inlari va haroratning
o‘zgarishi kiradi. Bu omillar ta’sirida iqlim o‘zgarishi qonuniyatlariga bog‘liq
ravishda, o‘ziga xos sizot suvlarining sathi va minerallashganligi o‘zgarib turadi.
Sizot suvlari rejimining gidrologik turiga ko‘ra o‘zgarishlar asosan
daryolarning ta’siri bilan bog‘liq va sizot suvlari sathini fasliy va ko‘p yillik
o‘zgarishlarini belgilab beradi. Gidrologik rejimlar quyidagi turlarga
bo‘linadilar:
1) ozuqa olish - daryo sizot suvlarini ozuqalantiruvchi manba bo‘lib
xizmat qiladi. Bu hodisa tog‘ oldi tumanlari uchun xosdir, u yerda sizot suvlari
59
chuqurda yotadi va daryodan bo‘ladigan filtratsiya yerkin karakterga ega
bo‘ladi. Sizot suvlarini daryolardan ozuqa olishi daryolarning quyi oqimida xam
kuzatiladi. Qayirlarda va zamonaviy deltalarda bahorda suv toshganida rejimni
ozuqa olish turi shakllanadi;
2) tiralib oqish rejimi - suv kam fasllarda daryo atroflarida erlarni
drenalaydi, suv toshgan davrlarda esa daryo atrofidagi yerlardagi suv sathini
ko‘tarilishiga olib keladi.
Yer osti suv oqimi rejimi. Atrofdan yer osti suvi oqimi ko‘rinishidan
keladigan oqim sarfining o‘zgarishi bilan bog‘liq. Bu turdagi rejimlar sizot
suvlari va suv bosimli yagona suvli qatlam komplekslari shakllanadigan
hududlar uchun xosdir.
Kompleks yoki aralash rejimlar. Yuqorida qayd qilingan rejim hosil
qiluvchi birnechta omillar bilan bog‘liq, masalan, iqlim, gidrologik, yer osti suvi
oqimi va boshqalar.
IV.2.Buzilgan rejimlar.
Sug‘oriladigan va zaxi qochiriladigan yerlarda tarqalgan sizot suvlari
rejimining shakllanishi tabiiy sharoit va o‘tkazilayotgan meliorativ tadbirlar
bilan bog‘liq. Sizot suvlarini o‘ziga xosligi, ularni yotish chuqurligini,
haroratini, minerallashganligini, kimyoviy tarkibi va boshqa xususiyatlarini yil
mobaynida, yillar davomida va ko‘p yillar davomida o‘zgaruvchanligidir. Sizot
suvlari sathining kun mobaynida suvsevar o‘simliklar qobig‘i ostida o‘zgarib
turishi ham bizga ma’lum.
Sizot suvlari sathining fasliy o‘zgarish amplitudasi bir necha o‘n
santimetrdan 10-15 metrlargacha va undan ortiq miqdorga o‘zgarib turadi, va
bu hodisa shag‘allardan tashkil topgan tog‘oldi hududlarida va ayniqsa allyuvial
sizot suvlari oqimlarida kuzatiladi. Sizot suvlari sathining ko‘p yillik o‘zgarish
amplitudasi, fasliy o‘zgarish amplitudasidan ancha katta bo‘ladi.
O‘rta Osiyoda, yangi yerlarda sug‘orish suvlaridan bo‘ladigan filtratsiya
ta’sirida sizot suvlarining sathi 50-60 metr chuqurlikdan 2-3 metr yer
yuzasigacha ko‘tarilganligi misollari mavjud.
60
Sizot suvlarining kimyoviy tarkibi va minerallashganligi xam katta
o‘zgarishlarga uchraydi. SHundan kelib chiqqan holda, tuproqning suv va
issiqlik rejimining shakllanishida sizot suvlarining ahamiyati katta ekanligi
tushunarli bo‘lib qoladi.
Sizot suvlari rejimini o‘zgarishining asosiy sababi ularning balansini
o‘zgarishi hisoblanadi. Melioratsiya qilinayotgan yerlarda bu o‘zgarishlar turli
xil tabiiy sharoitlarda va o‘tkazilayotgan melioratsiya tadbirlarining turli xil
texnik darajasida, gidromeliorativ tizimlarni ekspluatatsiya qilish sifatida bu
o‘zgarishlar turlicha namoyon bo‘ladi. Shu bilan bog‘liq holda, sizot suvlari
rejimida bo‘ladigan qonuniyatlarni ochib berish uchun, melioratsiya ta’siri
ostida bo‘ladigan o‘zgarishlarni bashorat qilish uchun, sizot suvlari balansi
xaqida bilimlarga ega bo‘lish zarur (G.N.Kamenskiy, O.K.Lange, M.A. Shmidt,
M.M.Krilov, N.A.Kenesarin).
Sizot suvlari rejimiga hal qiluvchi ta’sirni yerlarning tabiiy
drenalanganligi ko‘rsatadi. Masalan: Kuchli drenalangan hududlarda iqlimga
bog‘liq bo‘lmagan holda, ko‘pincha chuchuk yoki kuchsiz minerallashgan
suvlar shakllanadi. Ularni ozuqa olishi miqdori (pitanie) to‘liqligicha yoki ko‘p
jihatdan, chiqib ketayotgan yer osti suvi oqimi sarfi bilan muvozanatda bo‘ladi.
Bunday rejimlar O‘zbekistonning tog‘oldi hududlariga xos. Bunday sharoitlarda
tuproqlar sho‘rlangan emas va sho‘r yuvish ishlari talab qilinmaydi.
Novegetatsiya davrida dalaga suv berilmaydi yoki oz hajmda amalga oshiriladi.
Sug‘orish tizimiga beriladigan suvning asosiy qismi vegetatsiya davrida,
uning maksimal miqdori iyul-avgust oylariga, o‘simlik ko‘p suv talab qiladigan
davrda beriladi.
Sizot suvlari sathining o‘zgarishi dalaga suv berish bilan sinxron ravishda
2-3 metrli amplituda bilan sodir bo‘ladi. Sathning eng yuqori holati iyul-avgust
oylarida kuzatiladi. Sathlarning pasayishi novegetatsiya davrida tinmay tushib
boradi va mart-aprel oylarida minimum holatini egallaydi. Fasliy amplitudaning
eng katta qiymati daryolar tashilish konusining eng yuqori (cho‘qqi) qismiga,
61
sizot suvlarining ozuqa olish viloyatiga to‘g‘ri keladi. Uning qiymati 5-10
metrga etishi mumkin.
Sizot suvlarining minerallashganligi, kimyoviy tarkibi rejimi uncha katta
bo‘lmagan o‘zgarishlar bilan xarakterlanadi. Sathning fasliy ko‘tarilishida ko‘p
hollarda minerallashuvning pasayishi kuzatiladi.
Har qanday sharoitda, yerlarda sug‘orishni boshlanishi, sizot suvlari
sathini ko‘tarilishiga olib keladi. Sizot suvlari sathining ko‘tarilishi ortib
boradigan oqim sarfi, sizot suvlarini kuchayib boradigan ozuqalanishini o‘rnini
to‘ldirmaydi. Bundan so‘ng ko‘tarilib borayotgan sizot suvlarining sathi,
barqaror rejim bilan o‘rin almashadi.
Sizot suvlarini irrigatsion ozuqa olishi asosiy manba bo‘lganligi uchun u
quyidagilardan tashkil topadi:
- yerli o‘zanlarda joylashtirilgan turli tartibdagi sug‘orish kanallardan bo‘ladigan
filtratsiya;
- vegetatsiya, nam saqlash, sho‘r yuvish va boshqa sug‘orish ishlari vaqtida
dalalarga beriladigan suvlar infiltratsiyasi;
- turli sabablarga ko‘ra sug‘orish massividan yo‘qotish (tashlash)
ta’minlanmagan tashlanma sug‘orish suvlari infiltratsiyasi;
Sug‘orish jarayoni ta’siri umumiy xolda quyidagilarda o‘zini namoyon
qilishi mumkin:
- aeratsiya mintaqasi jinslarining namligi ortib boradi;
- irrigatsion suvlar hisobiga sizot suvlarini qo‘shimcha ozuqalanishi vujudga
keladi.
Sug‘orish usuli va suv quyish texnikasi, dalaga suv berish miqdori,
aeratsiya mintaqasini litologik tarkibi va qalinligi, iqlim sharoiti va boshqalarga
bog‘liq ravshda irrigatsion ozuqa olish yiliga birnecha o‘ndan to bir necha yuz
ming millimetrgacha o‘zgarib turadi va o‘rtacha saxro va yarim saxro
tumanlarda, o‘rtacha 300 - 400 mm ni tashkil qiladi;
- sug‘orish suvlari bilan aeratsiya mintaqasiga va sizot suvlariga katta miqdorda
tuzlar qo‘shiladi;
62
- past darajada tabiiy drenalangan tumanlarda sizot suvlarining sathi mintaqasiga
sizot suvlarining sarfi oshadi (ortadi), bu esa sun’iy zovurlar etarli bo‘lmagan
sharoitda tuproqlarda va sizot suvlarida tuz to‘planishiga olib keladi;
- zovur tizimlari qurilsa sizot suvlarini oqib chiqib ketishi kuchayadi va ma’lum
drenalanganlik darajasida va ma’lum sug‘orish rejimida (tartibida), sug‘orish
aeratsiya mintaqasida va sizot suvlarida tuzlarni kamaytirishga qodir, xamda
sizot suvlari sathini pasaytiradi;
- sug‘orish uchun yer osti suvlaridan olib ishlatish, ularni sathini pasaytiradi va
pastda suvli gorizontlar bilan o‘zaro bog‘liqlikni (bog‘lanishni) o‘zgartiradi,
jumladan yer usti suvlari bilan xam.
IV.3. Sizot suvlari rejimini genetik turlari.
Irrigatsion-xo‘jalik, texnogen omillarning sizot suvlari rejimiga ta’siri
sizot suvlari tabiiy rejimlarini keskin o‘zgarishiga olib keladi va sug‘oriladigan
yerlarda texnogen (irrigatsion) rejimlarni shakllanishini belgilaydi. Bu rejimlar
quyidagi genetik guruhlar, turlar, sinflar, ko‘rinishlar va xillar (raznovidnost)ga
bo‘linadi (D.M.Kats bo‘yicha).
Rejim guruhlari sizot suvlarini ozuqalantirish manbalarining miqdoriy
nisbatiga qarab ajratiladi. Quyidagi guruhlar bo‘lishi mumkin:
- aynan irrigatsion va irrigatsion (sahro va yarim sahro mintaqalarida
joylashgan ko‘pchilik sug‘orish maydonlari uchun xarakterli) rejimlar,
ko‘pyillik rejim to‘liqligicha irrigatsion xo‘jalik omillari bilan belgilanadi;
- atmosfera yog‘inlarining ahamiyati ko‘paygan irrigatsion rejimlar (cho‘l
mintaqasi); ko‘p yillik rejim irrigatsion-xo‘jalik omillari va atmosfera
yog‘inlarining dinamikasi bilan belgilanadi;
- daryo suvlarining filtratsiyasi ko‘paygan irrigatsion rejimlar (daryolar
tashilish konuslarining eng yuqori qismi va b.); ko‘pyillik rejim irrigatsion-
xo‘jalik omillari va daryolarni suvliligining o‘zgarishi bilan belgilanadi;
- yer osti suvi oqimini hissasi kuchaygan irrigatsion rejimlar (daryolarning
tashilish konuslarida yer osti suvlarining yer yuziga sizib chiqadigan mintaqasi
va tog‘ tog‘oldi shleyflari chekkalari, daryolarning yuqori terrasalari va
63
boshqalar); ko‘p yillik rejim irrigatsion-xo‘jalik omillariga va kirib keladigan
yer osti suvlari oqimi sarfiga bog‘liq;
- aralash yoki kompleks rejimlar, ozuqalantiruvchi manbalarning
taxminan bir xil nisbatlari bilan xarakterlanadi; turli iqlim, geomorfologik va
gidrogeologik sharoitlarda uchraydi; sizot suvlarining ko‘p yillik rejimi
irrigatsion-xo‘jalik va boshqa omillar bilan bog‘liq.
Sug‘oriladigan maydonlarda sizot suvlarining ko‘p yillik rejimini
belgilovchi irrigatsion-xo‘jalik omillariga - sug‘orishga beriladigan suv
me’yorining dinamikasi, sug‘orish tizimlarining foydali ish koeffitsienti (FIK),
yerdan foydalanish koeffitsienti, kollektor-zovur tizimining rivojlanishi,
sug‘orish usullari va sug‘orish texnikasining o‘zgarishi va boshqalar kiradi.
Rejim turlariga quyidagilar kiradi: tabiiy kuchli drenalangan mintaqalarda
- katta chuqurlikda joylashgan sizot suvlari oqimlari; drenalangan mintaqalarda
- katta tezlikda xarakat qiladigan sizot suvlari oqimlari; kuchsiz drenalangan
mintaqalarda - sekinlashgan sizot suvlari oqimlari; o‘ta kuchsiz drenalangan
mintaqalarda - o‘ta sekin xarakat qiladigan sizot suvlari oqimlari va oqimsiz
(oqim xarakat qilmaydigan) mintaqada - sizot suvlari havzasi rejimi turlari.
Sizot suvlari rejimi sinflarini, va ularning miqdoriy ko‘rsatkichlari
bo‘yicha ajratish ishlab - chiqarish sharoitida kollektor - zovur tizimlarini
samarali ishlashini tahlil qilish asosida amalga oshiriladi.
64
Sizot suvlarining texnogen (irrigatsion) rejimlari sinflari
(D.M.Kats.)
4.1-jadval
№ Rejimlar (sinflar) Zovur suvi oqimining sizot suvlarini
infiltratsion ozuqalanish miqdoriga nisbati %
Suv berishga %
1 Sun’iy drenalanmagan yerlar 0 0
2 Sun’iy kuchsiz drenalangan yerlar
0-35 0-15
3 Sun’iy o‘rtacha drenalangan yerlar
35-70 15-30
4 Sun’iy kuchli drenalangan yerlar >70 >30
Sinflar, faqat past darajada tabiiy drenalangan yerlarda ajratiladi, ya’ni
sun’iy drenalashga muhtoj bo‘lgan maydonlarda ajratiladi.
Birinchi sinfdan to‘rtinchi sinfgacha sizot suvlarining minerallashganligi
kamayib boradi va boshqa sharoitlarning tengligida suv-tuz balansi strukturasi
yaxshilanib boradi (4-jadval)
Rejim ko‘rinishlari mahalliy irrigatsion xo‘jalik omillarini hisobga olib
ajratiladi (kanallarning ta’sir mintaqalari, sug‘oriladigan maydonlar,
sug‘orilmaydigan maydonlar va boshqalar).
Rejim xillari - irrigatsion xo‘jalik omillarini aniqlashtirib belgilanadi,
masalan, sug‘oriladigan ekinlarning xarakteri va boshqalar.
Sug‘orish ishlari bilan bog‘liq texnogen rejimlar orasida, irrigatsion
rejimlardan tashqari, suv omborlari ta’siri mintaqasidagi sizot suvlari uchun xos
bo‘lgan, suv oluvchi ekspluatatsion quduqlar atrofidagi va bir necha texnogen va
tabiiy omillar ta’sirida shakllanadigan kompleks rejimlarni ajratish mumkin.
Yuqorida qayd qilingan, gidrogeologik jarayonlarning miqdoriy
ko‘rsatkichlarini aks ettiruvchi D.M.Katsning miqdoriy tasnifnomasidan
tashqari, sizot suvlari rejimida bo‘ladigan sifat o‘zgarishlarini aks ettiradigan
M.M.Krilovning sifat genetik tasnifnomasini keltiramiz. M.M.Krilov
65
sug‘oriladigan maydonlar uchun O‘zbekistonning har bir gidrogeologik-
meliorativ viloyati uchun rejim shakllanishining 5 turini ajratadi.
1) infiltratsion - bug‘lanish rejimi. Bu turdagi rejim amalda yer osti
suvlari oqimi xarakatlanmaydigan yerlar uchun xos. Sizot suvlari balansida
infiltratsiya va bug‘lanish hal qiluvchi ahamiyatga ega, ayrim vaqt da katta
chuqurlikdagi bosimli suvlardan o‘tadigan (kiradigan) suvlar ta’sir ko‘rsatadi;
2) infiltratsion - oqim rejimi. Bu turdagi rejim infiltratsiya va jadal (kuchli
xarakatlanadigan) yer osti suvi oqimi bilan bog‘liq;
3) infiltratsion rejim. Bunda sizot suvlari sathi yildan-yilga ko‘tarilib
borishi bilan xarakterlanadigan infiltratsiyaning hissasi asosiy ahamiyatga ega
bo‘ladi;
4) Oqim rejimi, asosan yer osti suvi oqimi bilan bog‘liq;
5) Aralash rejimlar.
Infiltratsion-bug‘lanish turida rejim, sizot suvlari balansida, infiltratsiya
va bug‘lanish jarayonlari asosiy rol o‘ynaydi. Sizot suvlari sathining yuqori
holati bahor oylarida va vegetatsiya davrining boshlarida kuzatiladi. Sathning
pasayishi bug‘lanish ta’sirida yoz oyida boshlanadi. Sizot suvlarining past sathi
yilning oxiri yoki boshiga tug‘ri keladi.
Sizot suvlarining bu turdagi rejimiga tog‘ oralig‘i pastliklarining o‘rta
pasaygan yerlari (Mirzacho‘l, Farg‘ona pastligi va b.), delta viloyatlari va yirik
daryolarning quyi oqimida joylashgan past-tekisliklarda (Xorazm, Qorako‘l,
Qashqadaryo vohalari) tarqalgan rejimlar kiradi.
Daryolarning quyi qismida (sizot suvlarining yoyilish mintaqasi) yerdan
foydalanish koeffitsienti yuqori bo‘lgan yerlarda sizot suvlarining yuqori sathi
deyarli butun vegetatsiya davri davomida kuzatiladi. Buxoro vohasida sizot
suvlari sathining o‘zgarishiga hududning sun’iy drenalanganligi, va hatto
kuchsiz (ta’minlanmagan) bo‘lsa ham yer osti suvi oqimi ta’sir o‘tkazadi.
Tog‘ oralig‘i pastliklarida joylashgan sug‘oriladigan maydonlarda sizot
suvlari sathining o‘zgarishi egri chizig‘i holatiga, pastda joylashgan bosimli
suvlardan bo‘ladigan gidrostatik bosim, tuzatuvchi ta’sir o‘tkazadi. Shunga
66
bog‘liq ravishda ko‘tarilish birmuncha oldin oktyabr-noyabr oylarida
boshlanadi. Bu vaqtda, tuproqlarni kuzda yoki bahorda sho‘rini yuvishdan
tashqari, atmosfera yog‘inlari sug‘orish suvlarini ozuqalantirishda
qatnashmaydi.
Infiltratsion oqim turidagi rejim tog‘ oralig‘i pasttekisliklari va tog‘oldi
tekisliklari uchun xosdir: a) tashilish konuslarining shag‘alli qismi; b) daryolar
bilan drenalanadigan sizot suvlari uncha chuqur bo‘lmagan daryolarning baland
terrasalari uchun.
Tashilish konuslarida, yer osti suvi oqimlari doimiy va vaqtincha xarakat
qiladigan oqimlarning yirik bo‘lakli yotqiziqlariga joylashgan oqimlar, yer usti
suvlarining infiltratsiyasi va qisman tog‘oldi mintaqalarida yog‘adigan
atmosfera yog‘inlari hisobiga ozuqa oladi. Ammo yer usti suvi oqimi rejimi
iqlim bilan bog‘liq (ozuqalantiruvchi) bo‘lganligi uchun, sizot suvlari sathining
o‘zgarish jadalligi tog‘ va tog‘oldi mintaqalaridagi iqlim omillari bilan
belgilanadi (asosan atmosfera yog‘inlari va havo harorati). Mazkur turdagi
rejimning oldingi turdagi rejimdan farqi shundan iborat. SHu vaqtning o‘zida,
rejimning infiltratsion-bug‘lanish turida iqlim, sizot suvlari sathining fasliy
o‘zgarishida salbiy (-) omil sifatida (yozgi va kuzgi) namoyon bo‘ladi, bu yerda
(II-tur) esa iqlim sizot suvlari sathining ijobiy (+) o‘zgarishlari bilan bog‘liq. Bu
turdagi rejimning ikkinchi, muhim farqi shundan iboratki, bu yerda yer osti suvi
oqimi (stok) sizot suvlari balansining sarf qismida hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Sizot suvlari rejimining yaratuvchi omil sifatida yerlarning litologik tuzilishi va
relefi, qisqasi tabiiy drenalanganlik sharoiti alohida keskin namoyon bo‘ladi.
Sizot suvlari sathi yer yuziga yaqin joylarda, sug‘orish ishlari fasliy rejim
grafigini anchagina murakkablashtiradi, ammo asosiy omillarni ahamiyatini
pasaytirmaydi.
Tashilish konusining cho‘qqi qismidan pasayib borilgani sari, sizot suvlari
sathining maksimumi, oqim yo‘lining uzunligiga bog‘liq ozuqa olishning
maksimumi bilan solishtirilganda, qonuniy kechikib borishi kuzatiladi. Bunda
67
sath o‘zgarishini daryoni ozuqalantiruvchi yer usti suvi oqimi rejimi bilan
bog‘liqligi juda aniq ifodalangan.
Meliorativ nuqtai nazaridan bu hududlaming yerlari juda yaxshi
meliorativ holatda joylashgan. Yer osti suvlari oqimlarini ta’minl anganligi sizot
suvlari sathini katta ko‘tarilishlariga yo‘l qo‘ymaydi, va shu bilan tuproqlarning
sho‘rlanishini ham.
Infiltratsion rejimlar. Sizot suvlari chuqur joylashgan yangidan
sug‘oriladigan yerlarda o‘ziga xos rejim shakllanadi. Yer osti suvi oqimi
ta’minlanganligi oqibatida, tog‘ oralig‘i pastliklarida va past-tekisliklarda sizot
suvlari yildan-yilga to‘xtovsiz ko‘tarilib boradi. Ularning zahiralari yirik
irrigatsion kanallardan bo‘ladigan infiltratsiyaga yo‘qotilish hisobiga to‘lib
boradi. Sug‘orish suvlari va atmosfera yog‘inlari va sizot suvlarining bug‘lanishi
bunday sharoitlarda amalda sodir bo‘lmaydi.
Yer yuzidan chuqurligi, m
v VsГ'1'4'"4
/1 /
/ ^ t ■ i i
~ —
/J Л4i
*
iiл Л f
i f( ! K
-> J 4 f„/W /jУp*
t&/ bfiy
i i i ____i— i— i— J3 —
_____i___i____i___ .Hi___i____i____
i___/
____i____t_ _ _ j—
ш ж в с m v i K ш w z m v r i z u i v i x т п ж к№ 4й m s ,5 1S86C, №7й 1968b, Ж 9й
4-rasm. Mirzacho‘lni janubiy-g‘arbiy qismida joylashgan yangidan
sug‘orilayotgan yerlarda sizot suvlari sathi irrigatsion rejimlarining asosiy
turlari.
68
Sizot suvlarining ijobiy balansi infiltratsiya va kuchsiz (ta’minlanmagan)
yer osti suvi oqimi bilan belgilanadi. Sizot suvlari yuzasining o‘zgarishi egri
chizig‘i grafigi tekis ko‘tarilish xarakteriga ega, va ko‘tarilish jadalligi (shiddati)
ko‘p sabablarga bog‘liq, ayniqsa aeratsiya mintaqasining litologik tuzilishiga,
sizot suvlari sathining birlamchi (sug‘orishgacha) bo‘lgan chuqurligiga,
irrigatsion kanallarning o‘lchamlariga va ulardagi yer usti suvlari rejimiga
bog‘liq. Bu turdagi rejim barqaror emas, chunki sizot suvlari kritik chuqurlikka
(2,5-3,0 m) ko‘tarilish jarayonida bug‘lana boshlaydi, va infiltratsion rejim turi
infiltratsion-bug‘lanish turiga aylanadi. Masalan Mirzacho‘lning janubiy
qismida Janubiy Mirzacho‘l kanali ikki yil ishlab boshlaganidan so‘ng, sizot
suvlari kanaldan 4 kilometr masofada 16 metr chuqurlikdan 5 metrgacha
ko‘tarildi.
Sug‘orishning birinchi yili sizot suvlari yerlarni meliorativ holatiga ta’sir
qilmaydi, ammo vaqt o‘tishi bilan ularning ta’siri (ahamiyati) asosiyga aylanadi.
SHunday qilib avvaldan sizot suvlarini ko‘tarilishiga qarshi faoliyat yuritadigan,
choralar ko‘rish zarur.
Oqim rejimi. Bu tur rejim, sizot suvlari chuqur joylashgan sharoitlarda,
asosan yer osti suvi oqimidan ozuqa olishi hisobiga shakllanadi. Sizot suvlari
bug‘lanishga deyarli sarflanmaydi. Bunday rejimlar lyoss jinslaridan tashkil
topgan baland relefli drenalangan terrasalarda yoki Orol atrofi deltalarining
sug‘orilmaydigan chekka qismlarida tarqalgan. Ammo, daryolarni quyi oqimida
joylashgan past tekisliklaridagi va tog‘ oralig‘i pasttekisliklaridagi rejimlar bir-
birlaridan katta farq qiladi. Xususan, daryolarni baland terrasalaridagi va tog‘
oralig‘i pastliklaridagi sizot suvlari uchun kuzgi maksimum va bahorgi
minimum xarakterlidir. Bu esa ma’lum darajada, bu suvlarning rejimini,
daryolar tashilish konusining shag‘alli qismi sizot suvlari rejimi bilan
yaqinlashtiradi.
Aralash rejimlar. Tog‘ oralig‘i pastliklarida ushbu tur quyidagi
sharoitlarda tarqalgan:
69
a) tashilish konuslarining sizot suvlari yuza joylashgan va sizot suvlari yer
yuziga chiqqan yerlari (vbiklinivanie) mintaqalarida;
b) qumli-shag‘alli jinslardan tashkil topgan yosh daryo vodiylari
hududida;
v) sizot suvlari yer yuziga yaqin joylashgan prolyuvial tekislik
kengliklarida;
g) ikki xil rejim xarakterli bo‘lgan tashilish konuslarining chekka
qismlarida va yer osti suvlarining yer yuziga chiqqan mintaqalarida.
Tashilish konusi shag‘alli qismining chegarasida, yer osti suvlari kuchli
yer yuziga chiqadigan hollarda, rejim 2-turga yaqin, undan uzoqlashgan joylarda
(suv kuchsiz yer yuziga chiqadigan joylarda) yer osti suvi oqimi bilan birgalikda
bug‘lanishning ta’siri namoyon bo‘ladi, va bu rejim 1-nchi turga yaqin bo‘ladi.
Kuzgi ko‘tarilish chuqur bosimli cuv gorizontlaridan keladigan vertikal
kirim bilan bog‘liq. Yozgi pasayish esa bug‘lanish va yer osti oqimi bilan
belgilanadi. Vaholanki, qulay yer yuzi oqimini to‘liq ta’minlaydigan
gipsometrik sharoitga qaramay, sizot suvlarining xarakati qiyinlashgan (yer osti
suvi oqimi ta’minlangan emas) bo‘ladi. Shuning uchun tuproqlarni sho‘rlanishi
bilan kurash usullari agrotexnik tadbirlarga va zovur orqali sizot suvlarini sun’iy
yo‘l bilan chiqarib tashlashga asoslanishi kerak.
Bu yerda sizot suvlari, kuchsiz minerallashgan va sug‘orish suvlarining
qo‘shimcha resurslari manbai bo‘lib xizmat qiladi, va shuning uchun ularni
hisobini olish suv balansi tadqiqotlar kompleksining asosiy vazifalariga kiradi.
Yosh daryo terrasalarida, qayirlarda va birinchi qayir usti terrasalarida
shakllanadigan sizot suvlari rejimi sug‘orish ta’sirida keskin o‘zgarishlarga
uchragan. Sizot suvlari rejimi grafigi yer osti suvi oqimi yaxshi ifodalangan
miqyosda (fon), balansning kirim va sarf qismining murakkab nisbatlari bilan
yuzaga kelgan haddan tashqari o‘zgaruvchanlik bilan xarakterlanadi. Sathning
o‘zgarish amplitudasi uchun kichik (0,5-0,6 m) qiymatlar xarakterlidir. Yer osti
suvi oqimi, qisman yer usti suviga aylanadi. Daryo suvlari gorizontining yilning
70
birinchi yarmida pasayishi, yer osti suvlarini daryo o‘zaniga quyilishiga
(drenalanishiga) olib keladi.
Asosiy meliorativ tadbirlar, sizot suvlarini tabiiy oqimini yaxshilashga
yordam berishi kerak, va u kollektor-zovurlarni texnik holatini yaxshilab
(tozalab) turish bilan ta’minlanadi.
Yer osti suvi oqimi, jadal bug‘lanish va tik xarakatlanish miqyosida
(fonida) shakllanadigan sizot suvlari rejimi, qumli-gilli yotqiziqlardan tashkil
topgan prolyuvial tekisliklarga xosdir.
Sizot suvlari sathi rejimini o‘zgarishi yoki bir maksimum (mart-aprel)
so‘ngra pasayish (avgust-sentyabr)yoki ikki maksimum (mart-aprelda (katta) va
avgust sentyabrda (kichikroq amplituda) bilan xarakterlanadi. Ikkinchi
maksimum qisman sug‘orish suvlari, qisman yer osti suvi oqimi bilan yuzaga
keladi. Bu yerda sizib pastdan keladigan bosimli yer osti suvi oqimi katta
ahamiyatga ega.
Sizot suvlari balansida yer osti suvlari oqimining ishtirok etuvchi hissasi
unchalik katta emas. Ammo joylashgan pastliklardan keladigan yer osti suvi
oqimining ahamiyati pasayganda, uning ahamiyati, agrotexnik tadbirlar, yerlarni
meliorativ holatini yaxshilovchi asosiy tadbirlar sifatida qaraladi. Pastdan
ko‘tarilgan bosimli suv oqimi sharoitida ayniqsa chuqur tik zovur qurish samara
beradi.
Sug‘orish massivlarining chekka qismlarida va uning bilan chegaradosh
qo‘riq yerlarda shakllanadigan rejim sizot suvlari sathini pasayishi bilan
xarakterlanadi va delta viloyatlarining o‘rta qismida (Qoraqalpog‘istonning
shimoliy yerlari, Buxoro vohasining shimoliy chekka qismlari) va tog‘ oralig‘i
pastliklarida joylashgan pasaygan chuqurliklardagi sug‘orish massivlarining
chekka qismlarida (Mirzacho‘l) tarqaladi.
Melioratorlar sizot suvlari rejimining quyidagi uch turini ajratadilar:
1. Avtomorf rejimlar; sizot suvlari chuqurligi >5,0 m
2. Gidromorf rejimlar, sizot suvlari chuqurligi 2-3,0 m;
3. Aralash rejimlar, sizot suvlari chuqurligi 3-5,0 m.
71
Avtomorf rejimlarda sizot suvlari sathi yuzasidan yuqorida joylashgan kapillyar
xoshiya balandligi, o‘simlik ildiz tizimidan pastda joylashgan. Masalan,
paxtaning ildiz tizimi taxminan 70-80 santimetrda joylashgan. Arid iqlimli
mintaqalarda bu chuqurlik yer yuzidan 3-5,0 metrda joylashadi. Bunday
sharoitda sizot suvlari paxtaning hosildorligiga va yerlarning unumdorligiga
hech qanday ta’sir o‘tkazmaydi.
Gidromorf rejimlarda sizot suvlarining kapillyar xoshiyasi balandligi yer
yuzida joylashgan yoki ildiz tizimi joylashgan mintaqada joylashgan. Bunda
sizot suvlari chuqurligi 3-5 metrda joylashadi. Gidromorf rejimlar ikki xil
bo‘ladi:
a) Qulay gidromorf rejimlar;
b) Noqulay gidromorf rejimlar.
Noqulay gidromorf rejimlarda sizot suvlari sho‘r bo‘ladi va yerlar
sho‘rlanadi, sho‘rxok yerlar hosil bo‘ladi.
Qulay gidromorf rejimlarda - sizot suvlari chuchuk bo‘ladi. Bu yerda ikki
holat bo‘lishi mumkin:
a) chuchuk sizot suvlari yer yuziga yaqin joylashadi va natijada yerlar
botqoqlanadi. Bunday sharoitda o‘simliklarni o‘sishi sekinlashadi, havo
almashinuvi qiyinlashadi, va sizot suvlari sathini o‘simlik ildizi tizimi sathidan
0,5-0,7 metrga pasaytirish zarur.
b) bu holat, sizot suvlari sathi o‘simlik ildiz tizimi chuqurligidan ozgina
chuqurroq (Chirchiq daryosi terrasalari mintaqasi). Qulay meliorativ holat barpo
qilish uchun sizot suvlari sathi kichik xajmdagi kollektor va zovurlar bilan
ozgina pasaytirilishi lozim. Bunday yerlar meliorativ holati jihatidan juda yaxshi
yerlar hisoblanadi. O‘zbekistonda bunday yerlar umumiy sug‘orilayotgan
maydonlarning 4-5 % ini tashkil qiladi.
IV.4. Tabiiy intensiv (kuchli) drenalangan va drenalangan sug‘orish
tumanlarida tarqalgan sizot suvlarining rejimi.
Bunday yerlarda iqlimga bog‘liq ravishda chuchuk yoki kuchsiz
minerallashgan sizot suvlari shakllanadi. Bu yerlarda ozuqalanishga qo‘shilgan
72
suvlar chiqib ketayotgan yer osti suvlari oqimi (ottok) bilan tenglashadi. Bunday
rejim turlari asosan O‘rta Osiyo, Qozog‘iston, Shimoliy Kavkazning tog‘ oldi
tumanlarida tarqalgan rejimlar uchun xarakterlidir. Bunday sharoitda tuproqlar
sho‘rlangan emas (chuchuk) va sho‘r yuvish talab qilinmaydi. Bu mintaqaga
vegetatsiya davridan boshqa davrlarda dalalarga suv berilmaydi, berilsa ham
juda oz beriladi.
Asosan suvlar dalaga vegetatsiya davrida, maksimal miqdori iyul-avgust
oylarida (o‘simlik talabi katta bo‘lgan davrlarda) beriladi. Sizot suvlari
rejimining fasliy o‘zgarishi dalaga suv berish bilan sinxron ravishda,
(amplitudasi 2-3 m) sodir bo‘ladi. Eng baland holati iyul-avgustga to‘g‘ri keladi.
Keyingi davrlarda sizot suvlari sathi doimo pasayib boradi. Pastki holati mart-
aprelga to‘g‘ri keladi.
Fasliy amplitudaning eng katta qiymati daryolar tashilish konusining
yuqori qismi atrofiga taaluqlidir va 5-10 metrga etadi.
Sizot suvlarining minerallashganligi va kimyoviy tarkibi rejimi ozgina
(kuchsiz) o‘zgarishlar bilan xarakterlanadi. Sathlar-fasllarda ko‘tarilganda
minerallashganligi pasayadi.
Sug‘orish ishlari boshlanganda, boshqa sharoitlardagi kabi, sizot
suvlarining sathini ko‘tarilishiga olib keladi. Ko‘tarilish sizot suvlarining
ko‘tarilishi, bosim gradienti - kuchaygan ozuqa olish bilan tenglashgan
davrgacha davom etadi. So‘ngra progressiv ko‘tarilish - «barqaror» rejim bilan
almashinadi.
Suv xo‘jaligi ishlari, xususan sug‘orish, tog‘ oldilarida, ya’ni sizot
suvlarining ozuqalanish viloyatlarida - bu mintaqa yerlarining meliorativ
holatiga ta’sir etmaydi, lekin pastki mintaqasida joylashgan sug‘oriladigan va
sug‘orilmaydigan yerlarga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa sizot suvlari balansi
qo‘shni gidrogeologik viloyatlarda juda yaqin bog‘liqligini ko‘rsatadi.
Tog‘ oldi hududlari uchun asosiy ozuqa olish omili bo‘lib - daryo
o‘zanlaridan bo‘ladigan filtratsion yo‘qotishlar, xo‘jaliklararo, xo‘jalik
maydonidagi sug‘orish kanallaridan filtratsiyaga sarf bo‘ladigan
73
(yo‘qotiladigan) suvlar xizmat qiladi. Sizot suvlari chuqur joylashganligi
sababli, sizot suvlari bug‘lanishga va transpiratsiyaga sarf bo‘lmaydi.
iHo iop — г 1,0
5-rasm. Turli darajada tabiiy drenalangan
sug‘oriladigan maydonlardagi sizot suvlari
sathining fasliy o‘zgarishi rejimi:
Tumanlar: 1-jadal tabiiy drenalangan yerlar; 2-
tabiiy drenalangan yerlar; 3-kuchsiz tabiiy
drenalangan yerlar; 4-o‘ta kuchsiz tabiiy
drenalangan yerlar; 5-amalda (umuman)
drenalanmagan yerlar.
Balansning asosiy sarf qismi - quyi mintaqaga yer osti suvi oqimining
chiqishidir (agar suv tortib olishni hisobga olinmasa).
Yer osti suvlarini yer yuziga sizib chiqish mintaqasida balansning asosiy kirim
qismi - kirib kelgan yer osti suv oqimi; asosiy sarf qismi esa - yer osti
suvlarining yer yuziga turli ko‘rinishda chiqishi va bug‘lanishi, qisman tranzit
mintaqasiga oqib o‘tish va kollektor-zovur oqimiga sarf bo‘lish qismi
hisoblanadi.
Tranzit mintaqasida balansning asosiy qismlari - daryo, kanal suvlaridan
filtratsion yo‘qotilish, bug‘lanish, daryolar va kollektor-zovurlarga
qo‘shilishidir.
74
Ozuqa olish va yer yuziga sizib chiqish viloyatlaridagi balansni bilish
faqat sizot suvlarini bashorat qilish uchun emas balki ularni sug‘orishda
foydalanish uchun ham kerak.
IV.5. Kuchsiz tabiiy drenalangan, sahro va yarim sahrolarda joylashgan
sug‘orish tumanlari sizot suvlari rejimi
Bu guruh tumanlariga - kuchsiz drenalangan va amaliy jihatdan
drenalanmagan (oqimsiz) sug‘orish yerlari kiradi. Sahro va yarim sahrolarning
iqlim xususiyatlari (bog‘liq) sababli - bu hududlarda sizot suvlari balansining
asosiy xususiyati - sizot suvlarining aeratsiya mintaqasiga sarfi, yer osti suvi
oqimi sarfidan kattaligidadir. Ikkkinchi xususiyati - sizot suvlarini atmosfera
yog‘inlari hisobiga ozuqalanishi, sizot suvlarini aeratsiya mintaqasiga sarf
bo‘lishiga nisbatan juda kichikligidadir.
Shuning uchun bunday sharoitlarda turli darajada minerallashgan sizot
suvlari shakllanadi.
Sizot suvlarini aeratsiya mintaqasiga sarfi deb - aeratsiya mintaqasining
suv zahirasini to‘ldirishga, o‘simlik orqali transpiratsiyaga sarf bo‘lgan va yer
yuzasidan bug‘lanishga sarf bo‘ladigan suvlarning miqdorlariga aytiladi.
Sarfning o‘lchov birligi mm/kun, sm/kun yoki mm, m3/ga oyda, vegetatsiya
davrida, bir yilda.
Sizot suvlarini atmosfera yog‘inlari hisobiga ozuqlanishini absolyut
miqdorlarda baholash qabul qilingan. Nisbiy baholash uchun yog‘inlarning
infiltratsiya koeffitsientidan foydalaniladi. Infiltratsion koeffitsient, yoqqan
yog‘in miqdorining, sizot suvi sathigacha shimilib etib borgan qismiga
(miqdoriga) bo‘lgan nisbatiga teng. Uning o‘lchov birligi birlik qismlarda yoki
foizlarda hisoblanadi. Bu koeffitsientni dalada kuzatish orqali (lizimetr) ya’ni
sug‘orishga berilgan suv miqdoriga nisbati orqali, hamda yog‘in va sug‘orishga
berilgan suvlar yig‘indisiga nisbatiga qarab aniqlash maqsadga muvofiqdir.
Tabiiy sharoitda sizot suvlari, past drenalangan yerlarda, turli chuqurlikda
yotadi.
75
Katta chuqurlikda yotganda sug‘orish boshlangandan so‘ng turli tezlikda
sath ko‘tarila boshlaydi (sug‘orish usuli, suv quyish texnikasi, sug‘orish
me’yorlari, sizot suvlarining chuqurligi, aeratsiya mintaqasining filtratsion va
sig‘im xossasiga bog‘liq ravishda). Bu tezlik birinchi yillarda yiliga bir necha
santimetr yoki o‘nlab santimetrdan (sug‘orish kanallaridan uzoqda, yoki
antifiltratsion tadbir o‘tkazilgan kanallar bo‘lsa) to 2-3 metrgacha ko‘tariladi
(betonlanmagan kanal atrofida).
Ko‘rilayotgan tabiiy sharoitlarda, tabiiy jadal (kuchli) drenalangan
yerlarga nisbatan farqli sizot suvlari yer yuziga 1-3 metrdan yaqin ko‘tariladi.
Bu chuqurliklarda sizot suvlarining aeratsiya mintaqasiga sarf bo‘lishi keskin
ortadi va sizot suvlarining infiltratsion ozuqa olishi ortib boradi. So‘ngra sizot
suvlari sathining to‘xtovsiz ko‘tarilib borishi «barqaror» rejim bilan
almashinadi. Sizot suvlarini tuproq hosil qiluvchi jarayonlardagi ishtiroki keskin
faollashadi (kuchayib boradi).
IV.6. Sizot suvlarining infiltratsion ozuqalanishi va aeratsiya mintaqasiga
sarflanishining umumiy qonuniyatlari.
Sizot suvlarining infiltratsion ozuqalanishi, atmosfera yog‘inlari va
irrigatsion suvlar hisobiga sodir bo‘ladi. Bu ko‘rsatkich tuproq yuzasiga tushgan
suv miqdori bilan va uni yilning fasllarida taqsimlanishi bilan, bug‘lanish bilan
va aeratsiya mintaqasining filtratsion xususiyatlari, qalinligi bilan ko‘proq
bog‘liq.
Gruntlarning qumli xarakteri infiltratsiyaga sababchi bo‘ladi. Masalan,
Qoraqumda qumli jinslarda, aeratsiya mintaqasi 3 metrdan yuqori bo‘lganda,
sizot suvlariga atmosfera yog‘inlari hisobiga bir yilda 6,8 mm/yil tezlikda suv
yig‘iladi.
Gilli tuproqli gruntlarda atmosfera yog‘inlari hisobiga sizot suvlarining
infiltratsion ozuqa olishi keskin kamayib ketadi. Buxoroda o‘rnatilgan-
lizimetrda gilli tuproqlarda 1,5 metr chuqurlikda sizot suvlarida infiltratsion
ozuqa kuzatilmaydi.
76
Sizot suvlarining yog‘inlar hisobiga infiltratsion ozuqalanishi, sizot
suvlarining tuproq yuzasidan (yer yuzidan) bug‘lanishiga nisbatan juda
kichikdir. Agar uni sizot suvlarining summar bug‘lanishga sarfi va tabiiy
o‘simliklar bilan transpiratsiya qilinishi sarfi bilan taqqoslansa undan ham
kichik bo‘ladi. D.M.Katsning ma’lumotlari bo‘yicha bu qiymatlar Buxoroda
sizot suvlari 1,0 m da - 629 mm, 2,0 m.da - 265 mm yilni tashkil qiladi.
Sahro hudulariga joylashgan sug‘oriladigan yerlarda, gilli tuproqlarda,
aeratsiya mintaqasining namligi yuqoriroq bo‘lganligi uchun, atmosfera
yog‘inlarining sizot suvigacha infiltratsiyasi birmuncha ortadi. Ammo irrigatsion
ozuqalanishga solishtirilganda juda kichik miqdorni tashkil qiladi.
Sug‘orish suvlarining infil’tratsiya koeffitsienti bunday yerlarda (Buxoro)
o‘rtacha 39% (27-49%)ni tashkil qiladi.
Yog‘inlar va sug‘orish suvlarining infiltratsiyasi sharoiti vegetatsiya va
tashqari davrda bir-biridan farq qiladi. Bu sharoitlar vegetatsiya davridan
tashqari davrda qulayroq kechadi, chunki bug‘lanishni kamayishi bilan namlik
(tuproqdagi) ortadi, to‘yinish kamchilligi kamayadi - bu esa namlikning sizib
kirishiga imkon yaratadi va infiltratsiya koeffitsienti ko‘tariladi.
Vegetatsiya davrida aeratsiya mintaqasida o‘zgacha issiqlik va namlik
rejimi bo‘lganligi uchun infiltratsiya koeffitsienti kamayadi, lekin sizot
suvlarining irrigatsion ozuqalanishi yerlar sug‘orilganda katta miqdorda saqlanib
qoladi va har bir suv quyishdan so‘ng sizot suvlari ko‘tariladi.
Sizot suvlarining aeratsiya mintaqasiga sarflanishi quyidagi omillarga
bog‘liq:
- iqlimga, ya’ni umumiy bug‘lanuvchanlikni belgilaydi;
- sizot suvlarining yotish chuqurligiga, ya’ni chuqurlik ortishi bilan
sarflanish ortadi;
- aeratsiya mintaqasi jinslarining kapillyarlik xossasiga bog‘liq,
sarflanish engil tuproqdan og‘ir tuproqqa tomon ortib boradi;
- o‘simlik qatlamining xarakteriga ya’ni ularni namni talab qilishi
ehtiyojiga ko‘ra;
77
- sug‘orish me’yorining qiymatiga, sug‘orish me’yorining ortishi sizot
suvlarining sarflanishini kamayishga olib keladi;
- sizot suvlarining minerallanish darajasiga.
Sug‘oriladigan maydonlarda sizot suvlarining bug‘lanishi va summar
bug‘lanish yuqoridagi omillarga bog‘liq ravishda katta miqdorga o‘zgarib turadi.
Yig‘indi (summar) bug‘lanish - o‘simliklar transpiratsiyasi, sizot
suvlarining fizik bug‘lanishi, aeratsiya mintaqasidagi namlikning bug‘lanishi,
yog‘inlarning bug‘lanishi va sug‘orish suvlarining bug‘lanishi yig‘indilaridan
tashkil topadi.
Sug‘orilmaydigan (qo‘riq) erlarda sizot suvlarining bug‘lanishi chuqurlik
ortishi bilan kamayib boradi.
Sug‘orilmaydigan yerlarda va vegetatsiya davrida, suv quyish yo‘li bilan
ildiz rivojlangan qatlamlarda tuproqda optimal namlikni doimo ushlab turilsa,
sizot suvlarini yig‘indi bug‘lanishdagi hissasi, sizot suvining yotish chuqurligi
bilan bog‘liq emas yoki juda kuchsiz bog‘liq.
Sizot suvlarining aeratsiya mintaqasiga sarflanishi sahro hududlarida,
aeratsiya mintaqasining qalinligi juda katta bo‘lganda ham kuzatiladi. Tabiiy
sharoitda ko‘p o‘simliklarning ildizi 15-20 metrga etishi mumkin va sizot
suvlaridan ozuqalanadi. Sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi ekinlaridan beda suvni
transpiratsiyaga ko‘p sarf qiladi. 2-3 yillik beda 5-6 m da yotgan sizot suvlaridan
ozuqalanadi. Agar sizot suvlari 0,5 metrda joylashsa bug‘lanish miqdori
bug‘lanuvchanlikka yaqin kelib qoladi.
Paxta va boshqa ekinlarda sizot suvlarining sarflanishi chuqurlik 2,5-3,0
metr chuqurlikdan ortishi bilan katta miqdorga kamayadi. Bunda sarflanishning
chuqurlikka bog‘liqligi grafikda giperbola shaklida bo‘ladi. Yarim sahrolarda
sarflanish birmuncha kichik, lekin sahro mintaqasiga o‘xshash sarflanish yil
bo‘yi davom etadi.
D.M.Kats gilli tuproq-gruntlari sharoiti vegetatsiya davri uchun, sizot
suvlarini sarflanishini - aeratsiya mintaqasining qalinligiga, o‘simlik
qobig‘ining xarakteriga va boshqalarga bog‘liqligini aniqladi.
78
U K(5)hп
U - sizot suvlarini aeratsiya mintaqasiga sarflanishi, mm; h - sizot suvlari
sathining chuqurligi; K va n - doimiy koeffitsientlar.
Sizot suvlarining, paxta dalasining umumiy suv iste’mol qilishdagi
hissasini ishtirokini baholash uchun S.F.Averyanov quyidagi formulani taklif
qildi.h
wcc = W (1 п (6)H кр
Ws.s. - sizot suvlari bilan ozuqalanish v m3/ga;
W - bug‘lanuvchanlik - m3/ga;
Nkr - bug‘lanish sezilarli darajada boshlanadigan sizot suvlarining kritik
chuqurligi, m;
h - sizot suvlarining vegetatsiya davridagi chuqurligi, m;
n - tuproqlarning kapillyarlik xossasi va iqlim sharoiti bilan bog‘liq
koeffitsienti.
Sizot suvlarining aeratsiya mintaqasiga sarflanishi - qishloq xo‘jalik
ekinlari bor yerlarda sizot suvlarining minerallashganligi bilan bog‘liq.
Sarflanish minerallashganlik ortishi bilan kamayadi va o‘simliklarga yomon
ta’sir ko‘rsatadi, va bu sizot suvlarining yopishqoqligi ortishi bilan kamayadi.
Paxta dalasida sizot suvlarining aeratsiya mintaqasiga sarflanishi
minerallashganlik 4-7 g/l bo‘lgandan boshlab kamayadi. Keskin kamayish 12 g/l
dan boshlanadi.
Yarim sahrolarda sizot suvlarining atmosfera yog‘inlari bilan ozuqalanishi
infiltratsiya koeffitsienti sahro mintaqalariga nisbatan ortadi. Aeratsiya
mintaqasining qalinligi ortishi bilan infiltratsiya kamayib boradi.
Atmosfera yog‘inlari sizot suvlari sathiga etib bormasa ham, sizot
suvlarini bug‘lanishga va transpiratsiyaga sarfini kamaytiradi.
Sizot suvlari infiltratsiyasi sizot suvlari chuqurligi ortishi bilan kamayib
boradi.
79
Aeratsiya mintaqasi chuqurligi ortishi bilan (>4-5m) sug‘orish suvlarining
infiltratsiyasi miqdori va infiltratsiya koeffitsienti o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi.
Bu sizot suvlarini aeratsiya mintaqasiga sarflanishi uning qalinligi 4-5m dan
oshganda keskin kamayishi bilan bog‘liq, chunki aeratsiya mintaqasidan
o‘tayotgan suv o‘z xarakatini o‘sha sarfda davom ettiradi. Bu holni vertikal
drenajni hisoblashda e’tiborga olish kerak. Faqat yangi o‘zlashtirilgan yerlarda,
birinchi yillari sizot suvlari chuqurda joylashganda aeratsiya mintaqasini suvga
to‘yintiradi, va shuning uchun infiltratsion namlik oqimining sarfi chuqurlik
ortishi bilan kamayib boradi.
Yarim sahrolarda joylashgan sug‘orish massivlarida, yog‘inlarni ozgina
ortishi, sizot suvlari bilan ozuqalantirilishi sahrodagiga nisbatan kattaroq
bo‘lganligiga qaramay - u yerlarda irrigatsion suvlar sizot suvlarini
ozuqalantirishda asosiy rolni o‘naydi.
Namlik serob yillari yarim sahrolarda yog‘in 400-500 mm ga etadi va
infiltratsion ozuqalanish sizot suvlari yaqin yerlarda sizot suvlarini ko‘tarilishiga
sabab bo‘ladi. Bunga qarshi kurashish uchun - kanallarni kechroq ochish va suv
quyish sonini qisqartirish kerak.
IV.7. Yer osti suvi oqimining kirimi va oqib chiqishi.
Sizot suvlarining oqib chiqishi turli tabiiy drenalangan mintaqalarda
turlicha bo‘ladi.
Sizot suvlarining oqib kirishi miqdori va uning balansning kirim
qismidagi ahamiyati keng miqyosda o‘zgarib turadi va umumiy gidrogeologik
sharoit va xo‘jalik omillariga bog‘liq. Oqib kirgan oqimning hissasi sun’iy zovur
qurilgan yerda o‘sib boradi. Yer osti suvi oqimi kirib kelishi, xususan bosimli
ozuqalanish - vaqt birligi ichida o‘zgarib turadi va yer osti suvlarining
ozuqalanish viloyatidagi holati bilan, sarf bo‘lish viloyatidagi ko‘tarilish
(tiralish) bilan, zovurning rivojlanishi bilan, yer osti suvlarining ekspluatatsiyasi
va boshqa suv xo‘jaligi ishlarining o‘tkazilishiga bog‘liq.
Zovur suvlari oqimi. Kollektor - zovur shahobchalaridan yoki vertikal
zovur quduqlaridan olinadigan (chiqarib tashlanadigan, tortiladigan) sizot
80
suvlarining (sizot suvlari chuqur bo‘lmagan sug‘oriladigan yerlarda) hajmi, ko‘p
omillarga bog‘liq va katta miqdorda o‘zgarib turadi.
O‘rtacha yillik zovur suvi oqimi moduli yuzdan bir (0,01) qismdan bir
necha l/s.gacha o‘zgarib turadi. Sizot suvlarining bosimli suvlar hisobiga
intensiv ozuqa oladigan yerlarida modul qiymati katta bo‘ladi.
MDH ning sug‘orish tumanlarida zovur tizimining rivojlanishi bilan zovur
suvlarining (oqimining) suv va tuz rejimdagi ahamiyati to‘xtovsiz o‘sib
borayapti. Sizot suvlarining ozuqalanish manbalari va balansning sarf qismlari
orasidagi o‘zaro ta’sir, sizot suvlarining fasliy, yillik, ko‘p yillik balansi
dinamikasini belgilaydi. Bular esa sizot suvlarining sath rejimi,
minerallashganlik rejimi, kimyoviy tarkibi rejimining xususiyatlarini o‘ziga
xosligini ifoda qiladi.
IV.8. Sizot suvlari sathi rejimining xususiyatlari.
Sug‘oriladigan yerlarning past darajada tabiiy drenalanganligi ularni
sho‘rlanganligini belgilaydi. Bu irrigatsion - xo‘jalik tadbirlarini maxsusligini,
ya’ni vegetatsiya davridan tashqarida dalaga sho‘r yuvish uchun suv yuborish
kerakliligini, yerlarni suniy ravishda drenalashni belgilaydi.
Tabiiy va xo‘jalik omillari birgalikda (balans dinamikasi bilan bog‘liq
bo‘lgan) sizot suvlari sathi rejimining quyidagi asosiy xususiyatlarini belgilab
beradi.
Avvalo kuchsiz yer osti suvi chiqib ketish rejimi ta’siridan novegetatsiya
davrida sizot suvlarining bug‘lanishi keskin kamayadi va transpiratsiyaga
bo‘ladigan sarf to‘xtaydi, sizot suvlari sathi 2,5-3,5 m dan pastga tushmaydi (tik
zovur bo‘lmagan yerlarda). Bu chuqurlik bug‘lanish jadal ta’sir ko‘rsatadigan
mintaqaga (poyas)ga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun oktyabr-noyabr oylarida
kuchsiz tabiiy drenalangan sug‘orish tumanlarida 2,5-3,5 metrli yerlar ko‘p
uchraydi. Bundan farqli intensiv drenalangan yerlarda esa sizot suvlari
sathining pasayishi novegetatsiya davrining mobaynida davom etadi.
Agar kanallar yopiq bo‘lsa va sizot suvlarining bosimli suvlar hisobiga
ozuqa olishi bo‘lmasa, bu chuqurlik butun novegetatsiya davrida ham saqlanib
81
qolishi mumkin Agar noyabr-dekabr yoki fevral-mart oylarida yerlarda
yerlarning sho‘rini yuvish uchun kanallar ochilsa sizot suvlarining sathi
ko‘tariladi. Bu ko‘tarilish vegetatsion suv quyishdan oldin «pastlashish» bilan
almashinishi mumkin yoki vegetatsion suv quyish ta’siridan sizot suvlarining
ko‘tarilish fazasi bilan qo‘shilib ketadi.
Odatda vegetatsiya davri mobaynida har bir suv quyish sizot suvlari
sathini ko‘tarilishiga olib keladi. Suv quyish tugagandan so‘ng bug‘lanish
natijasida va sizot suvlari do‘ngligining sug‘orilmaydigan maydonlarga oqib
ketishi natijasida suv sathi pasayadi. Sathning fasliy o‘zgarish amplitudasi
ko‘pincha 1,5-2,5 m oralig‘ida o‘zgarib turadi. Yuqori holat asosan yirik
sug‘orish kanallari mintaqasi, (yerda qazilgan), zovurlarning oralig‘i o‘rta qismi
yerlari uchun xarakterlidir. Zovurlar yaqinida amplituda minimal bo‘ladi.
Sun’iy zovur sizot suvlari rejimiga katta ta’sir ko‘rsatadi. U sizot suvlari
sathini suv quyishdan so‘ng 5-7 sm tezlikda pasayishini tezlashtiradi, vertikal
zovur bor yerlarda esa 15-20 sm tezlikda pasaytiradi. Shu sababli sun’iy
drenalangan yerlarda sizot suvlari chuqurroq joylashadi. Zovursiz sharoitda
sathning pasayish tezligi 2-3 sm/kundan ortmaydi.
Zovurlar ma’lum sug‘orish rejimida suv almashinuvini faollashtiradi va
sizot suvlari minerallashganligini pasayishini ta’minlaydi.
Misol. Vaxsh daryosi vodiysida sizot suvlari holati sug‘orishgacha
bo‘lgan dalaga suv berish (bilan bog‘liq ravishda) ta’sirida vegetatsiya davri
mobaynida baland holatda turadi. Sizot suvlari butun vegetatsiya davrida,
sug’orishga berilgan suv bilan bog’liq yuqori holatda bo’ladi. Bo‘linuvchi
kanaldan uzoqlashilgan sari «o‘zgarish amplitudasi» kamayib borishi aniq
ko‘rinib turadi.
Sizot suvlari sathining ko‘p yillik o‘zgarishi (sug‘oriladigan yerlarda) past
tabiiy drenalangan tumanlarda, avvalo sug‘orishga berilgan suv miqdorining
o‘zgaruvchanligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Nisbatan dalaga bir xil suv berilsa yoki u
kuchaytirilsa sizot suvlarini ko‘p yillik chuqurligi oz o‘zgaradi. Masalan
82
Xorazm voxasida maksimal va minimal sathlar 0,5-2,4 metr chegaradan
tashqariga chiqmaydi.
Irrigatsion-xo‘jalik omillari faqat sizot suvlari sathiga katta ta’sir
ko‘rsatmay, balki sizot suvlari bilan bog‘langan sub. bosimli va bosimli suvli
gorizontlarga ham ta’sir ko‘rsatadi. Bu holatni Mirzacho‘lning shimoliy sharqiy
qismida va Farg‘ona vodiysining g‘arbiy qismi misolida ko‘rish mumkin.
Mirzacho‘lda bosimli suvlarning p’ezometrik sathi sizot suvlari sathidan
balandda joylashadi, bu esa sizot suvlarini bosimli suvlar hisobiga
ozuqalanishini ta’minlaydi. Ikkala (bosimsiz va pezometrik) sath ham sinxron
(barobar) o‘zgaradi, va bu esa sizot suvlari va bosimli suvlarning yagona suvli
kompleks sifatida shakllanishini ko‘rsatadi. Misol: 60-yillarning o‘rtalarida
yerlarning meliorativ holatini yaxshilash uchun vertikal zovur qurila boshlandi.
Natijada bosimli suvlarning pezometrik sathi va sizot suvlarining bosimsiz
sathini pasayishiga olib keldi. Bu esa zovur ta’siri jarayonida (na fone drenaja)
sho‘r yuvish va irrigatsion suv quyish natijasida tuproq qatalamlaridagi tuzlarni
yuvilishiga olib keldi.
Misol: Paxta-Orol xo'jaligida yopqich qatlamning qalinligi 15-25 m.
Vertikal zovur qurilgunga qadar (1961-1964) bu qatlamga bosimli suvlardan
137-594 m3/ga yiliga suv va 4,1-7,0 t/ga yil tuz kelib qo‘shilardi. Qurilgan
vertikal zovur, bosimli suvlarning pezometrik sathini sizot suvi sathidan
pasaytiradi, va sizot suvlaridan bosimli suvlarga oqib o‘tishni (peretok)
ta’minlaydi. 1965-1969 yillarda bosimli suvlarga oqib o‘tgan suv miqdori 1803
3481 m3/ga yilni, tuz miqdori esa 6,8-2,0 t/ga yilni tashkil qildi. Bu esa tuz
miqdori qatlamining sho‘rini sezilarli darajada yuvilishiga imkon tug‘dirdi va
yer ustidan sug‘orish usulida purkab sug‘orish (yomg‘ir qilib) usuliga o‘tishga
imkon berdi.
1957 yilda Qayroqqum suv ombori to‘ldirilishga boshlandi. Daryo vodiysi
yer osti suvlari uchun zovur rolini o‘tar edi. Suv ombori bosimsiz va bosimli
yagona suvli komplekslarni yo‘liga to‘siq hosil qildi (tiraldi). Natijada bosimli
suvli gorizontlarning pezometrik sathi va ular bilan ozuqalanadigan bosimsiz
83
sizot suvlarining sathi sinxron ko‘tarilishi ro‘y berdi. Yerlarning meliorativ
holati yomonlashdi, va ularni yaxshilash uchun jadal zovur qurilishi va sho‘r
yuvish kerak bo‘ldi.
O‘z o‘zidan ravshanki, sizot va bosimli suvlarning yagona kompleksi
shakllangan yerlarda gidrogeologik bashoratlar - ikkala, bir - biri bilan
bog‘langan suvli gorizontlarini o‘z ichiga olishi lozim.
IV.9. Sizot suvlari minerallashganligi va kimyoviy tarkibi
rejimining xususiyatlari.
Kuchsiz (nizkiy) tabiiy drenalangan yerlarni o‘zlashtirganda sizot suvlari
gidrokimyoviy rejimining shakllanishi, asosan sug‘orish natijasida suvga
to‘yingan aeratsiya mintaqasi va ularning gorizontlari tarkibidagi suvda eruvchi
tuzlarning birlamchi tuz zahirasi va tarkibiga bog‘liq.
Sizot suvi sathidan yuqorida joylashgan jinslarning tuz rejimi va
gidrokimyoviy rejimi sizib o‘tayotgan infiltratsion suvlarning hajmiga ham
bog‘liq.
Sizot suvlari va aeratsiya mintaqasi jinslari tuz rejimining o‘zaro bog‘liq
(o‘zaro bog‘langan) bo‘lgan shakllanish jarayoni 3 ta fazada sodir bo‘lishi
mumkin (Parfenova N.I.).
Birinchi bosqich - sizot suvlarining ko‘tarilishi aeratsiya mintaqasi
jinslari tarkibidagi birlamchi miqdordagi tuzlarning faol (aktiv) ta’siri bilan
xarakterlidir. Yerish va kation almashinish reaksiyalari sizot suvlari sathi
ko‘tarilish mintaqasidagi va chuqur joylashgan suvli qatlamlarning
minerallashganligini ko‘tarilishiga olib keladi.
Birinchi bosqichda sizot suvlari minerallashganligining ortishi asosan
tuzlarning yuvilishi va almashinuv reaksiyalari bilan bog‘liq.
Aeratsiya mintaqasi jinslarining tuz rejimi sizot suvlarining kimyoviy
tarkibi bilan bog‘liq emas va u jarayon infiltratsiya tezligi summar
bug‘lanishning nisbati bilan (sootnosheniem) belgilanadi.
Sizot suvlari chuqur joylashganda ular tuproq hosil qilish jarayonida
qatnashmaydi, qayta sho‘rlanish jarayoni sodir bo‘lmaydi. Lekin tuz yig‘ilgan
84
gorizontlar (1,0-1,5 m dan yer yuziga yaqin) yer yuziga yaqin joylashganda,
ayrim yerlarda tuzlarning bir qismi sug‘orish davrining oxiriga kelib tuproq
gorizonti tomon xarakatlanishi mumkin. Tuproq qatlami bir tekis tuzli kompleks
hosil qilganda, sug‘orishning birinchi yillarida yuqoridagi 2 metrli qatlamdan
tuzlar yuvilib ketadi.
Ikkinchi bosqichda (sizot suvlari sathi ko‘tarilganidan va nisbatan
stabillashgandan so‘ng) sizot suvlarining kimyoviy tarkibi aeratsiya mintaqasi
jinslarining tuz rejimiga faol ta’sir etadi va u yerdagi tuz rejimi tuproqni
birlamchi turiga va sho‘rlanish darajasiga bog‘liq emas. Tuz rejimi infiltratsiya
tezligi va sizot suvlarining summar bug‘lanish nisbati bilan belgilanadi.
Sug‘orish massivlarida sizot suvlari baland joylashsa (1-2 m) va minerallashuvi
yuqori bo‘lsa aeratsiya mintaqasi jinslarida tuz yig‘iladi (turlari-xlorid-sulfatli,
kation tarkibida magniy va natriy ionlari ko‘p). Yarim sahro va sahro iqlimli
sharoitlarda tuz yig‘ilish jadalligi juda katta. Bir faslda sho‘rlanmagan tuproqlar
kuchli sho‘rlangan tuproqlarga aylanadi.
Tog‘ jinslari minerallarini nurash ta’sirida parchalanishida va biologik
komponentlarning ta’sirida tog‘ jinslarining almashinuv kompleksida kalsiy va
magniy ushlanib qoladi (yig‘iladi), natriy ionlari esa g‘ovak eritmalarida
to‘planadi (sababi tuproqlar bilan kalsiy ioni o‘rtasida tanlab sorbsiyalanish yuz
beradi). Natriy ionlarining eritmalarda to‘planishi soda hosil bo‘lishiga olib
keladi.
Organik moddalar bilan boy tuproqlarda chuchuk sug‘orish suvlarining
infiltratsiyasi ta’sirida sodali g‘ovakli eritmalar hosil bo‘ladi, bu
desulfazatizatsiya jarayoni bilan bog‘liq.
Dengiz oldi pasttekisliklarida, tog‘ oldi tekisliklarida, tashilish
konuslarida ikkilamchi sodali sho‘rlanish, kalsiy ioni bilan chuchuk sug‘orish
suvlari infiltratsiyasi jarayonida, natriy ionini jinslar yutuvchi kompleksidan
siqib chiqarilishi bilan bog‘liq va u kalsiy bikarbonati bilan reaksiyaga kirishadi.
Tabiiy va irrigatsion omillar kompleksi ta’sirida sizot suvlari kimyoviy
85
tarkibining rejimi shakllanadi. Bu omillarning har birini ta’siri vaqt birligi ichida
o‘zgarib turadi.
Sizot suvlari minerllashganligining va kimyoviy tarkibining sug‘orish
davridagi qonuniy o‘zgarishlari birnechta bosqichlarda namoyon bo‘ladi. Sizot
suvlari kimyoviy tarkibining o‘zgarishi aeratsiya mintaqasi jinslarining tuz
rejimi bilan juda yaqin bog‘langan.
Kuchsiz drenalangan va amaliy jihatdan oqim xarakatlanmaydigan
aeratsiya mintaqasi jinslari kuchli sho‘rlangan gidrogeologik mintaqalarda,
birinchi sug‘oriladigan yillarda sizot suvlari minerallashganligining ortishi va
ularning sathini ko‘tarilishi kuzatiladi.
Ikkinchi bosqichda aeratsiya mintaqasidagi engil eruvchi tuzlarning asosiy
miqdori eritmaga o‘tgandan so‘ng, sizot suvlarining minerallashganligi
pasayadi, chuchuk suvlar bilan aralashuvi boshlanadi va tuzlarning filtratsion
oqim bilan konvektiv xarakati erish jarayonidan ustun turadi.
Uchinchi bosqich, agar sizot suvlari sathi uzoq davr yer yuziga yaqin
(<1,5 m) joylashgan bo‘lsa, ularning minerallashganligi bug‘lanish ta’sirida
ortadi; tuzlar aeratsiya mintaqasi jinslari g‘ovaklari eritmasida to‘planayotganda
sug‘orish suvlarining ta’siridan sizot suvlariga qo‘shiladi.
Sizot suvlari minerallashganligining so‘nggi (keyingi) pasayishi faqat
sun’iy zovur yordamida amalga oshishi mumkin va filtratsion oqim bilan
tuzlarning konvektiv tashilish tezligi ortadi (4-bosqich). So‘ngra gidrokimyoviy
rejimda nisbatan muvozanat boshlanishi mumkin. Uchinchi muvozanat ayrim
vaqtlarda, sizot suvlari tezligi juda kichik bo‘lgan sharoitda birinchidan keyin
ham boshlanishi mumkin. Ikkinchi bosqichda - minerallashganligining
pasayishi - tuproqlar sho‘rlamagan yerlarda, - dastlabki sug‘orish yillaridan
boshlab rivojlanadi.
Past tabiiy drenalangan sug‘oriladigan yerlardagi sizot suvlari
minerallashganligi va kimyoviy tarkibining o‘zgarishi, sug‘orish kanallari,
kollektorlar (zovurlar) hamda ularning ta’sir mintaqasidan tashqaridagi yerlarda
86
- o‘ziga xos qator xususiyatlarga ega, ya’ni sizot suvlari rejimining turli xillari
shakllanadilar.
Misol: (Vaxsh vodiysi) Taqsimlovchi kanal atrofida (kanal - mahalliy
ozuqa berish manbai) sizot suvlari 3-4 metr chuqurlikda joylashgan yerlarda 1-2
g/l minerallashgan. 5-6 g/l lik suvlar kollektor atrofida intensiv bug‘lanishga va
transpiratsiyaga sarf bo‘ladigan yerlarda uchraydi. CHunki suvlar 1,5-2,0 metr
chuqurlikda yotadi. Tuzlar tarkibida natriy va magniy sulfati ko‘p.
Minerallashganlik darajasi o‘rtacha holati kanal va kollektor o‘rtasidagi sizot
suvlari o‘rtacha minerallashgan bo‘ladi.
Shunday qilib, ozuqa olish, harakatlanish va sarflanish bilan bog‘langan
(bu jarayonlar irrigatsion - xo‘jalik omillari bilan bog‘liq) sizot suvlari
minerallashganligi kimyoviy tarkibning mikromintaqalari bilan aniq
ifodalangan.
Minerallashganlikni qatlam bo‘yicha kuzatish shuni ko‘rsatadiki,
sug‘orish ta’sirida zovur, o‘simliklar va iqlim omillari ta’sirida sizot suvlarining
minerallashganligi va kimyoviy tarkibi yil davomida o‘zgaradi, vaholanki bu
o‘zgarishlar butun qalinligi 10 metrgacha bo‘lgan gill tuproqli yopqich qatlam
chegarasida ro‘y beradi (kuzatiladi).
Sizot suvlari qish va bahor davrlarida sho‘r yuvish tufayli bug‘lanish va
transpiratsiyaga, sarf bo‘lish kuchsiz bo‘lgan sharoitda, eng past minerallashgan
bo‘ladi.
Minerallashganlik vegetatsiya davrining oxiriga kelib, kuzga kelib, suv
quyish kamaygan davrda, sizot suvlarining bug‘lanishi davom etayotgan paytga
kelib o‘sib boradi.
Yopqich qatlam ostida yotgan shag‘al qatlamlariga joylashgan sizot
suvlarining minerallashganligi 1-1,5 g/l, fasliy va ko‘p yillik o‘zgarishlar esa
juda kuchsiz ifodalangan (oz miqdorda o‘zgaradi).
Ko‘rsatilgan ma’lumotlar, hamda boshqa vohalar bo‘yicha olib borilgan
kuzatuv ma’lumotlari, gorizontal zovur bilan drenalangan sug‘oriladigan
yerlardagi minerallashganlikning fasliy o‘zgarishi, zovur chuqurligidan 3-5
87
marta katta chuqurlikda sodir bo‘lishini ko‘rsatadi. Ko‘p yillar ichida
sug‘orishning va zovurning ta’siri katta bo‘ladi. Vertikal zovur ishlayotgan
yerlarda uning sizot suvlari kimyoviy tarkibiga bo‘lgan ta’siri o‘sib boradi.
IV.10. Sizot suvlari rejimini boshqarish tamoyillari
Sug‘oriladigan yerlarda tuproq qatlamida qulay suv, tuz va havo
almashinuvi rejimini barpo qilish yoki ta’minlash, sizot suvlarining qulay
yotish chuqurligini yoki minerallashuv rejimini boshqarish yoki ta’minlash
uchun lozim.
Meliorativ tadbirlarni loyihalash uchun sizot suvlarining optimal rejimini
bilish talab qilinadi.
Zax qochirish tizimlari va boshqa meliorativ ishlariga kam mablag‘ sarf
qilinadigan va sug‘orish suvlari minimal sarflanadigan sharoitni, tuproqlarda,
barqaror yuqori hosil olinishini, qulay suv, havo va tuz rejimini ta’minlaydigan
rejimlarni sizot suvlarining optimal rejimi deb tushuniladi.
Normal agrotexnika tadbirlari o‘tkaziladigan sharoitda optimal suv va tuz
rejimi sizot suvlari quyidagi chuqurliklarda joylashganda barpo qilinishi
mumkin:
1. Sizot suvlari chuqurliklari barqaror katta chuqurlikda joylashgan (>5-
10,0 m) yerlar uchun avtomorf tuproq qatlamlari xarakterlidir. Bu holda
sug‘orishga ishlatiladigan suv sarfi yarim gidromorf va gidromorf tumanlarga
nisbatan katta bo‘lishi mumkin, lekin, zax qochirish tizimlari qurishga yerlar
tabiiy kuchli drenalangan yerlarda qilinadigan sarf-xarajatlar yuqori bo‘lmaydi.
2. Barqaror chuchuk sizot suvlari chuqurligi 1,5-2,0 m bo‘lgan va tabiiy
drenalangan har qanday tabiiy sharoitlarda optimal rejim barpo qilinishi
mumkin. Sug‘orish suvlari sarfi oz bo‘ladi, lekin shu bilan bir qatorda
botqoqlanishning oldini oladigan ozgina zovur tizimlari kerak bo‘ladi.
3. Gidromorf va yarim gidromorf tuproqlar tarqalgan tumanlarda
minerallashgan sizot suvlarining yotish chuqurligi «kritik chuqurlikdan» kichik
bo‘lmagan sharoitda (kritik chuqurlik, iqlim sharoiti, aeratsiya mintaqasidagi
tuproq va jinslarning kapillyarlik xossalari, sug‘orish me’yorlari qiymatiga
88
bog‘liq), bu chuqurlik meliorativ tadbirlar kompleksi va zovurlar bilan
ta’minlangan sharoida optimal rejim yaratilishi mumkin.
Yuqorida aytib o‘tilgan holatlar hisobga olinsa sizot suvlari rejimini
boshqarish tamoyillari quyidagicha bo‘ladi:
1. Sizot suvlari rejimini boshqarish loyihalari mavjud va bashorat
sharoitlari uchun suv va tuz balansi natijalariga asoslanishi kerak (umumiy,
aeratsiya mintaqasi va sizot suvlari balanslari). Balansni va unga mos tushadigan
rejim turlarini bilish meliorativ tadbirlar yo‘nalishini aniqlashga imkon beradi,
ya’ni optimal rejimga erishish uchun balansning qaysi tarkibiy qismiga ta’sir
etish mumkinligi aniqlanadi.
2. Sizot suvlari rejimini boshqarish gidrogeologik sharoitning to‘liq
tavsifiga, sizot suvlar rejimi, suv va tuz balansi ma’lumotlariga asoslanishi
lozim.
3. Sizot suvlari optimal rejimini barpo qilish, olib boriladigan umumiy
meliorativ tadbirlar kompleksi tarkibiga kiradi. Sug‘orish suvlarini iqtisod qilish
va ulardan mukammal foydalanish maqsadida o‘tkaziladigan tadbirlar, boshqa
chora-tadbirlar kompleksi bilan birgalikda o‘tkazilishi kerak.
4. Barcha tabiiy mintaqalarda kerak bo‘lgan sun’iy zax qochirish
tizimlarini loyiha qilish texnikaviy-iqtisodiy taqqoslash asosida olib boriladi.
Sizot suvlari rejimiga bog‘liq ravishda, zovurlar turli usullar bilan quriladi.
5. Yer osti suvlarini yer usti suvlari bilan qo‘shib sug‘orishga ishlatish
kam suvli sug‘orish tizimlarini suv bilan ta’minlashning ortishiga imkon beradi.
Bunda sizot suvlarining sathi pasayadi, irrigatsion ozuqalanish kamayadi, zax
qochirish tizimlariga bo‘lgan yuk kamayadi, hatto zovurlarni qurish ehtiyoji
yo‘qolishi mumkin.
6. Sizot suvlarining rejimini boshqarish tadbirlari rejim bashoratlariga
asoslanadi, gidrogeologik sharoit va gidromeliorativ tizimlarning xarakteri to‘liq
hisobga olinadi.
89
7. Meliorativ tizimlardan foydalanish vaqtida sizot suvlarining rejimi,
dalalarga suv berilishi va zovurlarning ishlashi ustidan doimiy nazorat o‘tkazish
lozim.
8. Sizot suvlarini zovurlar bilan chiqarib tashlash ehtiyoji tub
melioratsiyaga erishilgandan so‘ng ham saqlanib qoladi (tuproqlarda tuzlar
yuvilib bo‘lganidan so‘ng hamda sizot suvlarining mineral ashganligi
kamaytirilgandan so‘ng ham).
Meliorativ rejim tuproqlarning barqaror qulay suv va tuz rejimini,
sug‘orish suvlari minimal miqdorda sarflanganda va zovur moduli minimal
bo‘lganda ta’minlanishi lozim.
Nazorat savollari.
1. Sizot suvlari rejimi sug‘oriladigan maydonlarda qanday o‘zgaradi?
2. Sug‘oriladigan maydonlarda sizot suvlari rejimlarining miqdoriy
tasnifnomalari (D.M.Kats bo‘yicha) va ularga tavsif bering.
3. Sug‘oriladigan maydonlarda sizot suvlari rejimlarining sifat tavsifnomasi
(M.M. Krilov bo‘yicha) va ularga tavsif bering.
4. Melioratorlar sizot suvlarini tuproq hosil qiluvchi jarayonlardagi ishtiroki
bo‘yicha qanday rejim turlariga ajratadi va ularga tushuncha bering?
5. Tabiiy intensiv drenalangan va drenalangan sug‘orish maydonlarida
tarqalgan sizot suvlari rejimi qanday bo‘ladi?
6. Tabiiy kuchsiz drenalangan sahro va yarim sahrolardagi sug‘orish
maydonlarida tarqalgan sizot suvlari rejimi qanday o‘zgarishlarga uchraydi?
7. Sizot suvlari qanday qonuniyatlarga bo‘ysunib infiltratsion ozuqa oladi (W)
va sarflanadi?
8. Sizot suvlari sathi rejimini alohida xususiyatlari qanday?
9. Sizot suvlarining minerallashganligi va kimyoviy tarkibi qanday
qonuniyatlarga bo‘ysunib o‘zgaradi va bosqichlari?
10.Sizot suvlari optimal rejimi nima va uni o‘rganishning ahamiyati?
11. Sizot suvlarini boshqarish tamoyillari deganda nimani tushunasiz va u necha
tamoyildan iborat?
90
Atama va iboralar: sizot suvlari rejimi, sath, kimyoviy va gaz tarkibi, sarfi,
shakllantiruvchi omillar, geologik, gidrologik, iqlim, biologik, xo‘jalik,
amplituda, tabiiy rejimlar, texnogen rejimlar, genetik turlari, guruhlari, sinflari,
tabiiy zovurlar bilan ta’minlanganligi, infiltratsion, bug‘lanish, oqim,
tekisliklari, tog‘ oralig‘i tekisligi, tashilish konuslari, qayir, terrasalar, avtomorf,
gidromorf, aralash tavsif, tabiiy mintaqalardagi rejim, bug‘lanish, infiltratsiya,
boshqarish tamoyillari, optimal rejim, suv, tuz va havo rejimi.
V - bob.
Melioratsiya qilinadigan maydonlarda suv balansi.
V.1. Umumiy tushunchalar.
Biror bir hududda tarqalgan sizot suvlarining balansi haqidagi tasavvur,
ma’lum bir vaqt mobaynida sizot suvlariga kelib qo‘shilgan suvlar miqdori va
shu hududdan sarf bo‘lgan suvlar miqdori o‘rtasidagi miqdoriy munosabatni
taqqoslash asosida paydo bo‘ladi.
Sizot suvlari balansi va suv-tuz balansi, sizot suvlarining ozuqalanish
manbalarini va sarflanish yo‘llarini miqdoriy baholash, suvda eriydigan tuzlarni
qo‘shilish manbalarini va ularning xarakatini, to‘planishini baholashga imkon
beradi. Balans ma’lumotlarisiz sug‘oriladigan yerlarni meliorativ holatini
to‘laqonli tahlil qilish mumkin emas. Suv-tuz balansi sug‘oriladigan
maydonlarda tarqalgan sizot suvlari rejimini boshqarish va bashorat qilish uchun
ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Balansning tarkibiy qismlarini bilish, birinchidan sizot suvlarining sathi
va minerallashganligining o‘zgarish sabablarini aniqlashga, ikkinchidan sizot
suvlari rejimini bashorat qilishga, uchinchidan sug‘oriladigan maydonlarda
qulay tuproq hosil bo‘lish jarayonlarini barpo qilish uchun meliorativ
tadbirlarning yo‘nalishini aniqlashga imkon beradi. Mavjud va loyihaviy
sharoitlarda yer osti suvlari balansi xaqidagi bilimlar, yer osti suvlari zahiralarini
baholash uchun va suv xo‘jaligi qurilishi ta’sirida bo‘ladigan o‘zgarishlarni
bashorat qilish uchun ham zarur.
91
Balans tadqiqotlari ayniqsa sun’iy zovurlarni loyiha qilish uchun katta
ahamiyatga ega. Masalan, sug‘orish maydonlaridan chiqarib tashlanadigan
kollektor-zovur suvlarining miqdorini aniqlash uchun, ko‘rilayotgan ob’ektga
yaqin sharoitda ishlayotgan kollektor-zovur tarmoqlarini ishlashini o‘rganish
zarur, agar bunday imkoniyat bo‘lmasa, hududning suv balansi natijalari tahlil
qilinadi.
V.2. Sizot suvlari balansini o‘rganish.
Biror bir hududning sizot suvlari balansi haqidagi tasavvurlar, sizot
suvlarining ma’lum vaqt ichida ozuqa olishi va sarflanishi orasidagi farqni
taqqoslashdan kelib chiqadi. Agar sizot suvlarining rejimi gidrogeologik
jarayonning tashqi tomonini - uning shaklini ifodalasa, balans esa uning ichki
mazmunini (miqdoriy o‘zgarishlarni) yoritadi. Shuning uchun suv va suv-tuz
balansini o‘rganishni nafaqat sizot suvlari rejimi qonuniyatlarini to‘g‘ri
tushunish vositasi sifatida qaralmay, balki uni bashorat qilish vositasi sifatida
ko‘rib chiqilmog‘i lozim. Sizot suvlari rejimini bashorat qilish esa,
sug‘oriladigan yerlarni asoslangan holda loyihalashtirish uchun ham asos bo‘lib
xizmat qiladi.
Suv balansi dinamikasini hisobga olish, (xususan sizot suvlari balansini)
sug‘oriladigan yerlarda yo‘l qo‘yiladigan kamchiliklarni aniqlashga, sug‘orish
rejimini to‘g‘ri loyihalashga, sizot suvlari rejimini boshqarish bo‘yicha zaruriy
tadbirlarni darajasi va xarakterini aniqlashga, sug‘oriladigan yerlarning
meliorativ holati nazoratini doimiy (muntazam) amalga oshirishga imkon beradi.
Shu sababli sug‘oriladigan va zaxi qochiriladigan yerlarda meliorativ tadbirlarni
amalga oshirish va inshootlar qurish loyixalarini asoslash uchun suv balansi
tadqiqotlari asosiy vazifa (ish) sifatida amalga oshiriladi.
Amaliyotda uch xil balans o‘rganiladi:
1. Aeratsiya mintaqasi balansi;
2. Sizot suvlari balansi;
3. Umumiy suv balansi.
92
Suv balansini o‘rganishni turli xil sharoitlarda va ma’lum bir maqsadlarni
ko‘zlab amalga oshirish uchun o‘tkaziladi.
Yangi sug‘orish masssivlarida:
- sug‘orish rejimini asoslash uchun;
- mavjud holat va bashorat holati uchun umumiy suv va tuz balansini, hamda
aeratsiya mintaqasi balansini tuzish uchun;
- sizot suvlari sathi va mineralashganligini hamda kollektor-zovur suvlari
mineralashganligi rejimini bashorat qilish uchun;
- kollektor va zovurlarni hisoblash uchun;
- sizot suvlarini ekspluatatsion zahiralarini hisoblash uchun.
Gidromeliorativ tizimlarni ekspluatatsiya va rekonstruksiya qilishda:
- sizot suvlari sathi va mineralashganligining fasliy, yillik va ko‘p yillik
o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganish uchun;
- sug‘orilayotgan yerlarning meliorativ holatini yomonlashib borish sabablarini
aniqlash uchun;
- yerlarning meliorativ holatiga baho berish asosida, sizot suvlari rejimini idora
qilish uchun o‘tkaziladigan tezkor ekspluatatsion tadbirlarni asoslash uchun;
- mavjud kollektor-zovur tizimining samaradorligini aniqlash uchun;
- gidromeliorativ tizimlar rekonstruksiyasi ta’sirida o‘zgaradigan sizot suvlari
rejimi, zovur suvlari rejimi, mineralashganligini bashorat qilish uchun;
- gidromeliorativ tizimlarni yerlarni meliorativ holatini yaxshilash maqsadida
rekonstruksiya qilish munosabati bilan bog‘liq bo‘lgan gidrotexnik va boshqa
meliorativ tadbirlarni loyihalashtirish uchun.
Balansni hisoblash uchun hududiy belgilariga qarab - regional, mintaqaviy,
mahalliy, xo‘jalik maydoni va almashlab ekish massivi balanslari ajratiladi.
1. Regional balans - ayrim gidrogeologik viloyatlarni o‘z ichiga oladi.
(daryo havzasi, daryoning tashilish konusi va boshqalar);
2. Mintaqaviy balans - gidrogeologik (gidrodinamik) mintaqalarni o‘z
ichiga oladi. Masalan; yer osti suvlarini ozuqalanish, tranzit, sarflanish
mintaqalari.
93
Yirik meliorativ qurish tumanlarida birnechta gidrogeologik mintaqalar
joylashishi mumkin va suv, suv-tuz balansini o‘rganish talab qilinadi;
3. Mahalliy (lokal) balans ayrim sug‘orish va zax qochirish tizimin
xarakterlaydi. Agar u gidrogeologik sharoiti bo‘yicha bir xil bo‘lmasa va katta
maydonni egallasa, balansni o‘rganish va baholashni alohida gidrogeologik
tumanlar bo‘yicha tabaqalashtirmoq lozim;
4. Xo‘jalik balansi ayrim xo‘jalik hududidagi sizot suvlarini xarakterlaydi.
Aslida hudud gidrogeologik sharoiti bo‘yicha bir xil;
5. Almashlab ekish massivi balansi. Maydoni 500-600 ga. Balans
o‘rganiladigan eng kichik birlik. Xo‘jalik balansi kabi meliorativ tizimlarni
ekspluatatsiya qilish jarayonida o‘rganiladi.
Mavjud usullar yordamida balans o‘rganishning aniqlik darajasi +20%
dan iborat. Balansni hisoblash muddatlari qilib oy, vegetatsiya davri,
novegetatsiya davri, yil qabul qilingan. Bunda hisoblash davrining muddati ortib
borishi bilan balans hisoblashlaridagi xatolik darajasi kamayib boradi.
Balansni o‘rganish uchun tadqiqot maydoni tanlab olinadi. Tanlab olingan
maydonlar katta hududning (yoki massivning) o‘rtacha suv xo‘jaligi va
gidrogeologik sharoitini aks ettirishi lozim. Bu yerda balans o‘rganish
maydonlarining chegaralarini o‘tkazish katta ahamiyatga ega. Chegaralar
ma’muriy, gidrogeologik va tizimlar chegaralari orqali o‘tkazilishi mumkin.
Balans o‘rganish quyidagi tarkibdagi shaxobchalarda o‘tkaziladi:
1. Balans o‘rganish stansiyalari. Stansiyalar 200-300 ming. ga. maydonga
xizmat ko‘rsatadi. Stansiyalar tarkibida maydonlar, maydonchalar va postlar
joylashtiriladi.
2. Balans o‘rganish maydoni. Maydon 100-500 gektardan iborat.
Maydonda balansning barcha tarkibiy qismlari postlar yordamida aniqlanadi.
3. Balans o‘rganish maydonchalari. Maydonchada balansning ikki yoki
undan ortiq tarkibiy qismlari aniqlanadi.
4. Postlar. Postlarda balansning bir tarkibiy qismi aniqlanadi.
94
Balans o‘rganish maydonlari tog‘oldi tekisliklari va tashilish konuslarida,
shu geomorfologik elementlarining yuqori, o‘rta va chekka qismlarida
joylashtiriladi. Allyuvial tekisliklaming asosiy terrasalarida, deltalarida - ularni
yuqori, markaziy va chekka qismlarida joylashtiriladi. Qadimgi va hozirgi
dengiz oldi deltalari maydonida; daryo atrofida, daryo oralig‘i massivlarida,
qadimiy daryo oqib o‘tgan yerlarda va delta chekkalarida joylashtiriladi.
6-rasm. Suv balansi tarkibiy qismlari sxemasi
(S.F. Averyanov bo’yicha).
Balans o‘rganish shahobchalarida balansning elementlari aniqlanib yoki
hisoblanib chiqilgandan so‘ng quyidagi balans turlari tenglamalaridan
foydalanib uning natijalari hisoblanadi:
Umumiy suv balansi
AW = B + П+ П+ А - С - (U + TP) - О (7)
Aeratsiya mintaqasi balansi
AWm = ОР - А - ( 1 - а)ФК - (U + ТР ) - C ± 4 (8)
95
Sizot suvlari balansi
AWCU3 = П - О+ аФк - Д + д . (9)
Bu yerda:
AW - hisoblash davrida suv zahiralarini o‘zgarishi;
V - balans maydoniga keltirilgan suv;
П - balans maydoniga keltirilgan yer usti suvlari;
P - balans maydoniga kiradigan yer osti suvi oqimi sarfi;
A - atmosfera yog‘inlari;
S - summar (yig‘indi) tashlama suvlar (yer osti va usti suvlaridan);
U+Tr - bug‘lanish va transpiratsiya;
O - balans maydonidan chiqib ketadigan yer osti suvlari;
OR - ichki xo‘jalik tarmoqlaridan dalaga beriladigan suv me’yori (sug‘orish
me’yori);
FK - turli xil darajadagi kanallardan filtratsiyaga yo‘qotiladigan suvlar
(magistral kanallar, ariqlar, jo ‘yaklar va boshqalar);
a - sizot suvlarini ozuqlantirishga ketgan suvlar xissasi;
(1-a) - bu hissasidan aeratsiya mintaqasini ozuqlantirish ketgan qismi;
с - dalalar yuzasidan tashlanadigan suvlar;
+ q - sizot suvlarini ostki qatlamlardan ozuqa olishi yoki sizot suvlarini ostki
qatlamlarga sizib o‘tishi;
D r - zovur oqimi sarfi.
Past darajada tabiiy drenalangan minerallashgan sizot suvlari shakllangan
va tuproqlar sho‘rlangan sug‘oriladigan yerlar uchun tuz balanslarini o’rganish
lozim: umumiy, aeratsiya mintaqasi jinslari va sizot suvlari. Buning uchun suv
balansining elementlaridan tashqari yer usti, osti va zovur suvlarining
minerallashganligini, aeratsiya mintaqasidagi tog‘ jinslaridagi tuzlar miqdorini
va boshqalarni xisoblash davrining boshlanishi va oxiri uchun aniqlash zarur.
Tuz balansining asosiy kirim qismlari bo‘lib, sug‘orish suvlari bilan
dalaga keltirilgan tuzlar va kanallardan yo‘qotiladigan suvlar bilan keladigan
96
tuzlar xizmat qiladi. Ayrim gidrokimyo va gidrogeologik sharoitlarda yerlarning
tuz balansida minerallashgan yer osti suvlarining kirimi axamiyatli rol o‘ynaydi.
Yangidan o‘zlashtirilgan, sizot suvlari katta chuqurlikda va aeratsiya
mintaqasida tuz zaxirasi katta bo‘lgan sharoitda, sizot suvlari balansi uchun,
ularni sathi ko‘tarilganda, sizot suvlari bilan tuzlarni yuvilishi katta axamiyatga
ega. Shunday qilib sizot suvlari tuz balansi, suv balansiga o‘xshash, aeratsiya
mintaqasining tuz balansi bilan yaqin bog‘liqlikda yotadi. Tuz balansining sarf
qismida asosiy rolni zovur suvlari bilan chiqarilayotgan miqdor egallaydi va u
zovur tizimi rivojlanishi bilan ortib boradi.
Suv va tuz balansi aloxida tanlab olingan uchastkalarda o‘rganiladi, va
olingan natijalar sharoitni xiobga olib ekstrapolyasiya qilinadi. Bu maqsad
uchun xozircha sifat ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi: geomorfologik,
gidrogeologik va suv xo‘jaligi. Ma’lumki, olingan natijalarni qo‘llash uchun,
ma’lum hududlarga tarqatish uchun miqdoriy ko‘rsatgichlar tizimini ishlab
chiqish zarur.
Tuz balansining tenglamalari quyidagi ko‘rinishga egadirlar.
1. Umumiy tuz balansi tenglamasi:
sy - sy = sy+sy+sy+sy+sy - sy - sy - sy ( 1 0 )
Bu yerda
sy - yer usti suvlari, xavzalari, aeratsiya mintaqasi va yer osti suvlari (suv
o‘tkazmas qatlamgacha)dagi dastlabki tuz zaxiralari (t/ga);
s y - xuddi shuning o‘zi, faqat tajriba oxiridagi zaxiralar;
sy -atmosfera yog‘inlari bilan tuzlarni qo‘shilishi (kelib qo‘shilishi);
s y -sug‘orish suvlari bilan tuzlarni kelib qo‘shilishi;
sy - yer osti suvi oqimi bilan tuzlarni kelib qo‘shilishi (gorizontal va vertikal
yo‘nalishda);
sy - shamol bilan tuzlarni kelib qo‘shilishi;
s y - o‘g‘itlar bilan tuz qo‘shilishi;
sy - yer osti suvi oqimi bilan tuzlarni oqib chiqib ketshi;
97
sy - zovur suvlari bilan tuzlarni chiqib ketishi;
s y - o‘simlik hosili bilan chiqadigan tuzlar.
s y , s y , sy va sy qiymatlarini ko‘p sug‘orish massivlarida xisobga olmasa xam
bo‘ladi.
Yer usti oqimlari va xavzalardagi tuz zaxiralrini xisoblash uchun quyidagi
formuladan foydalaniladi:
s = sa + s (11)
Bu yerda s a -aeratsiya mintaqasidagi tuzlar zaxirasi quyidagicha:n
10° ^ a l phi (12)i=1
bu yerda: a t - qatlamni sho‘rlanganligi, %;
p i - quruq gruntning xajmiy massasi;
hi - jins qatlamining qalinligi, m.
formulada S - yer osti suvlaridagi tuz zaxirasi quyidagiga teng.n
10£ a,,nh (13)i=0,1
Bu yerda - a - qatlamdagi suvli gorizontning minerallashganligi, g/l;
n1 - tog‘ jinsining birlik qismdagi faol g‘ovakligi;
h) - suvli gorizontning qalinligi, m va a) - minerallashganlik bilan.
Suvni kirib kelish manbalarini va tuzni olib chiqib ketish yo‘llarini
aniqlash uchun formulaning o‘ng qismidan foydalaniladi.
Tuz balansini qilish uchun tenglama S2 ga nisbatan yechiladi va keyingi
formula topiladi Sa va S2 qismlariga ajratiladi.
Suv o‘tkazmas qatlam katta chuqurlikda yotgan xolda, uning pastki
chegarasi sizot suvlari minerallashganligi oz o‘zgaradigan chuqurlikdan
o‘tkaziladi. Bu chuqurlik ko‘p tumanlarda 8-10 metrdan oshmaydi.
Tuz balansini soddalashtirilgan tenglamasi quyidagi ko‘rinishga ega.
sy - sy = s; - sy + sn (14)
98
Bu tenglamadagi belgilar Sn - ning qiymati, sizot suvlarini qatlam
bo‘ylab minerallashganligini pezometrik yo‘l bilan o‘rganish orqali
aniqlanadigan tuz almashinuvini tashkil qiladi.
Aeratsiya mintaqasi tuz balansining tenglamasi.
Sa - Sa = Sa + Sa + Sa + Sa + Sa - Sa - Sa (15)
Bu yerda Sa - formuladan aniqlanadigan aeratsiya mintaqasining boshlang‘ich
dastlabki tuz zaxirasi;
S? - xuddi shunday, oxirgisi;
S? - atmosfera yog‘inlari bilan tuzni kelib qo‘shilishi ( S' );
S? - kanallardan filtratsiya va sug‘orish suvlari bilan kelib qo‘shiladigan tuzlar
( S' );
Sa - shamol bilan kelib qo‘shiladigan tuzlar (S' );
S? - o‘g‘itlar bilan qo‘shiladigan tuzlar ( S' );
Sa - suvga to‘yingan qatlamdan bug‘lanish qo‘shilgan tuzlar;
Sa - shimilayotgan yog‘inlar bilan va sug‘orish suvlari bilan sizot suvlariga
tuzlarni olib chiqib ketishi (sizot suvlari tuz balansi tenglamasidagi Sa + S42 ga
teng);
Sa - o‘simlik hosili bilan olib chiqiladigan tuzlar ( S' ).
Aeratsiya mintaqasi tuz balansini bashorat qilish uchun tenglama Sa ga nisbatan
yechiladi. Sizot suvlari tuz balansini xisoblash uchun Sa ni qiymatini aniqlash
lozim. Sa - Sa larni farqini bilsak qiyin aniqlanadi. Sa ni topish mumkin.
Sizot suvlari tuz balansi tenglamasi:
S2C - Sс = Se3 + SI + SI - Sc6 - S' - Sa ± S' (16)
Bu yerda S' - yer osti suvlaridagi tuzlarning dastlabki zaxirasi;
S' - xuddi yuqoridagini o‘zi, oxirgisi;
S' - shimilayotgan atmosfera yog‘inlari bilan qo‘shiladigan tuzlar miqdori;
SI - shimilayotgan suvlari bilan qo‘shilishi;
Sa - yer osti suvlari oqimi bilan qo‘shiladigan tuzlar miqdori (S' );
99
s c6 - sizot suvlarini transpiratsiyasi va bug‘lanishida aeratsiya mintaqasiga
tuzlarning tashilishi, ( s y );
sc - sovur suvi oqimi bilan tuzlarni olib chiqib ketilishi ( s y );
sy - sizot suvlariga erish natijasida tuzlarni qo‘shilishi (+) yoki tuzlarni qattiq
fazaga o‘tishi (-).
Sizot suvlari tuz balansini bashorat qilish uchun ( sc) ga nisbatan
yechiladi. Agar sc - sc farqi ma’lum bo‘lsa sc+ sc yig‘indisini nazorat qilish
mumkin. Ko‘rib chiqilgan tuz balansi tenglamalari oddiy ya’ni
soddalashtirilgan. Xususan sorbsiya va desorbsiya jarayonlari, sug‘orish uchun
yer osti suvlaridan olinganda tuzlarni chiqarilishi, yer osti suvlarini sun’iy
to‘ldirilganda tuzlarni qo‘shilishi hisobga olinmagan.
Tuz balansini o‘rganish umumiy suv balansi, aeratsiya mintaqasi suvlari
balansi va sizot suvlari balansi materiallariga asoslanadi. Sun’iy zovur
miqyosida (fonida) tuz balansini o‘rganish katta ahamiyatga ega va alohida
qiziqish o’yg‘otadi. Ular zovurlarni sho‘r yuvish samaradorligini baholashga
imkon beradi. Xarakterli (asosiy) maydonchalarda sug‘orish suvlarining
minerallashganligi ustidan nazorat oyiga 1 marta, zovur suvlarini
minerallashganligi oyiga 1-3 marta olib boriladi, sho‘r yuvish vaqtida o‘lchash
ko‘paytiriladi.
Zovurlarga bo‘ladigan yukni (ishni) aniqlashda kanallardan bo‘ladigan
filtratsion yo‘qotishlarva sug‘orish vaqtida sizot suvlarini infiltratsion
ozuqalanishi katta axamiyatga ega.
Yuqorida keltirilgan suv balansi tenglamalaridan tashqari, sizot suvlarini
hisoblashda, sizot suvlari qatlamlariga sathlarning farqi hisobiga pastda
joylashgan bosimli suvlardan kelib qo‘shiladigan yoki pastki qatlamlarga sizib
o‘tadigan sizot suvlarining miqdorini aniqlash katta ahamiyatga ega.
100
7 -rasm. Sizot suvlari va bosimli suv qatlamlari orasidagi gidravlik
munosabatlar sxemasi
(17)
Bu holda vertikal oqim balansining quyidagi tenglamasidan foydalaniladi:
W _ Ah + Kb ( h - H \V At u ̂ mb )
Bu yerda:
W - infiltratsion ozuqlanish miqdori;
Ah - sizot suvlari sathini ko‘tarilishi;
Kb - yopqich qatlamni filtratsiya koeffitsienti;
u - qatlamning suv berish qobiliyati;
mb yopqich qatlam qalinligi, m;
At - vegetatsiya davri;
h - bosimsiz sizot suvlarining mutloq balandligi;
101
H - bosimli suvlarning mutloq balandligi.
Barcha elementlarning o‘lchov birliklari m3/m2 yil qilib qabul qilingan.
Bu tenglamadan foydalanib, balans hisoblanayotgan suvli qatlam bilan
bosimli suvli qatlam o‘rtasidagi miqdoriy munosabatni aniqlash mumkin.
Bunday hisoblardan, suvli qatlamlar o‘rtasidagi gidravlik munosabat turli
xil bo‘lganda, vertikal zovurlarga bo‘ladigan yukni aniqlashda keng
foydalaniladi.
Chunki tog‘oldi tekisliklarida bosimli suvlarning sathi balandligi,
bosimsiz suvlarnikidan aksariyat balanddir. Shu sababli bosimsiz suvlarga,
pastdan bosimli suvlardan katta hajmda suv sizib o‘tadi va vertikal zovurlarning
ishiga katta ta’sir ko‘rsatadi, qiyinlashtiradi. Masalan, Mirzacho‘lda pastdagi
bosimli suvlardan yuqoridagi bosimsiz suvlarga 4-5 ming m3/ga suv kelib
qo‘shiladi, Markaziy Farg‘onada esa bu miqdor birnecha barobar kattadir.
Bu hisoblar, vertikal zovurlarni ishlash rejimini tayinlashda keng
qo‘llaniladi.
V.3 Balans o‘rganish maydonchalarini tanlash va tadqiqotlarining
umumiy tamoyillari.
Melioratsiya masalalalrini yechish uchun xo‘jalik, sug‘orish tizimi,
gidrogeologik regionlar hududining suv-tuz balansini bilish zarur. Shu
maqsadda bu maydonchalarning o‘zida ma’lum kuzatuvlar olib boriladi,
balansning ayrim elementlarini hamda umumiy suv balansi va sizot suvlari
balansi elementlarining o‘zaro bog‘liqligi aniq tadqiq qilinadi. Shu yerning
o‘zida to‘liq balans ham o‘rganiladi.
Suv-tuz balansi sho‘rlanishga va botqoqlanishga uchragan, mavjud yoki
bashorat qilinadigan sharoit uchun qadimdan sug‘orilayotgan va sug‘orish
loyihalashtirilayotgan massivlarda o‘rganiladi. Balans tadqiqotlarini loyiha
qilish uchun quyidagi xaritalarga va hujjatlarga ega bo‘lishimiz zarur:
geomorfologik-litologik, sug‘orish kanallarini joylashishi, sug‘orish maydonlari
va ekinlar tarkibi, tuproq, sizot suvlarini yotish chuqurligi va gidroizogips,
bosimli suvlarning pezoizogips, o‘rganilayotgan hududning gidrogeologik
102
tumanlarga bo‘lish xaritalari, hamda yer osti suvlari rejimi xaqida ma’lumotlar
va gidrogeologik kesimlar bo‘lishi kerak.
Balans o‘rganish hududlari chegaralarini tanlash masalasi juda muhim.
Xo‘jalik hududi uchun bu masala nisbatan oson yechiladi. Sug‘orish tizimlari va
gidrogeologik regionlar uchun quyidagilarni tavsiya qilish mumkin. Yer osti
suvlarini ozuqa olish, xarakatlanish (tranzit) va sarflanish viloyatlaridagi rejimi
va balansi o‘zaro bog‘liq. Shuning uchun, yer osti suvlari rejimini va undan
foydalanishni boshqarish bo‘yicha o‘tkaziladigan meliorativ tadbirlar yagona
rejim asosida har bir viloyat uchun ishlab chiqilishi va o‘tkazilishi maqsadga
muvofiqdir. Birinchi navbatda bu tog‘oldi tekisliklariga, tashilish konuslariga,
tog‘oldi pastliklariga tegishlidir. Bunday hududlarda tadqiqotlar, avvalo har bir
viloyatning balansini yoritishi zarur. Masalan, tashilish konuslarining yuqori
shag‘alli, yer osti suvlarini yer yuziga sizib chiqadigan, minerallashgan sizot
suvlarining yer yuziga yaqin joylashgan va konus oralig‘i pastliklari mintaqalari
qismlari uchun alohida tavsiya zarur.
Tog‘oldi pastliklarida, terrasali vodiy turidagi relefli yerlarda balans
o‘rganilish chegaralari turli yoshdagi terrasalar chegarasiga va ularning ichida
relefning turli elementlariga (balandlik joylar, qadimgi o‘zan pastliklari, terrasa
zinalariga tegib turgan yerlar va boshqalar) moslashtiriladi.
Bir tabiiy gidrogeologik sharoitli yerlarda balans chegaralari, qadimgi va
dengizoldi allyuvial tekisliklarda, subaeral deltalarda ham tog‘ oralig‘i
pasttekisliklarida ham hal qiluvchi ahamiyat kasb etadigan irrigatsion-xo‘jalik
omillariga bog‘liq ravishda tanlanadi. Bu vohalar past darajada tabiiy
drenalanganligi bilan xarakterlanadi va bu sharoitda sizot suvlarining yotish
chuqurligi, yer osti suvi oqimi kirishi va chiqishi, ularning minerallashganligi
hududning irrigatsion (kanallar, EFK, sun’iy zovurlar va b.) xususiyatlari bilan
uzviy bog‘liqdir. Bunday sharoitlarda balans maydoni chegaralari sizot suvlarini
yotish chuqurligi va minerallashganligiga bog‘liq belgilanadi. Bir xil irrigatsion-
xo‘jalik sharoitlarida balans chegarasini o‘rganilayotgan sug‘orish tizimi
maydoni bilan ham moslashtirish mumkin.
103
Keyinchalik ozuqa olish, xarakatlanish (tranzit) va sarflanish viloyatlari
balans konturlari bilan bo‘linadi. Ular geologo-litologik tuzilish bo‘yicha
bo‘linadigan tumanlarga mos keladi. Bunday yondoshuv tuman zovurlarini
hisoblash sxemasini belgilaydi va uning chegarasida aniqlangan balans,
sho‘rlanish darajasi, yotqiziqlarni, suv sizuvchanligi va qabul qilingan kritik
chuqurliklari bilan birgalikda drenalanganlikning zaruriy muddatini belgilab
beradi.
Gidrometrik shahobchalarni shunday joylashtirish kerakki, unda har bir
tabiiy tuman uchun balans o‘rganishning imkoni bo‘lsin. Balans ishlarining
vazifasi va gidrogeologik sharoitga bog‘liq holda, suv o‘tkazmas qatlam chuqur
yotmagan bo‘lsa to‘liq qatlamni suv balansi o‘rganiladi yoki yaxshi o‘tkazuvchi
jinslar bilan chegaralansa, mayda zarrali yopqich qatlamlardagi balans
o‘rganiladi.
Kuchli minerallashgan sizot suvlari va tuzlarning katta zahirasi joylashgan
yopqich qatlamlarning balansini o‘rganish, zovurlarni loyiha qilish bilan bog‘liq
tuz balansini baholash uchun juda muhimdir.
Qadimdan sug‘oriladigan tumanlarda va yangi sug‘orish massivlarida
balans tadqiqotlarini o‘tkazishda xo‘jalik tarkibidagi maxsus va regional kuzatuv
quduqlaridan foydalaniladi.
O‘rganilayotgan maydonga nisbatan, tadqiqot natijalari reprezentativ
bo‘lsin uchun maydonchalar suv-tuz balansi strukturasi, geologo-litologik
kesimi, filtratsion xususiyatlari, sizot suvlarini tuproq hosil qilish jarayonlaridagi
ishtiroki, irrigatsion-xo‘jalik sharoiti bo‘yicha o‘xshash bo‘lishi kerak.
Maydonchalarni tanlashda, ular atrof hududlardan yer osti va usti suvlari
oqimi bo‘yicha alohida joylashishi kerak, ya’ni ular sug‘orish kanallari va
zovurlar bilan chegaralanishi kerak. Maydonchaga 2-3 ga yerda 1-dona kuzatuv
qudug‘i joylashtiriladi. Pezometrik, termik va gidrokimyo kuzatuv quduqlari
jihozlanadi.
Sug‘orish va zovur kanallari gidrometrik post bilan jihozlanadi va
maydonda instrumental bog‘lanadi.
104
Agar meteostansiya uzoqda joylashgan bo‘lsa meteorologik elementlar va
aeratsiya mintaqasi tuproq va gruntlarining namlik va issiqlik rejimi ustidan
kuzatuvlar olib boriladi. Maydonchada har yili yerlarni xo‘jalik maqsadlarida
foydalanish va har oyda sizot suvlarini yotish chuqurligi va gidroizogips xaritasi
tuziladi. Agar sizot suvlari minerallashgan bo‘lsa, vegetatsiya davrining
boshlanishida va oxirida sizot suvlarining minerallashganligini ko‘rsatuvchi
xaritalar tuziladi.
V.4. Aeratsiya mintaqasi gruntlarini suvli-fizik xossalarini o‘rganish.
Sizot suvlarining rejimi va balansi bo‘yicha dala tadqiqotlari
boshlanguniga qadar tuproq-gruntlarning suvli fizik xossalari xaqidagi adabiy va
fond materiallari tartibga keltiriladi. Ayrim xususiyatlarini aniqlash murakkab
va katta mablag‘ talab qilganligi uchun masalan, filtratsiya koeffitsienti, bu
ma’lumotlarni qo‘shni, gidrogeologik sharoiti o‘xshash tumanlar bo‘yicha
to‘plash maqsadga muvofiqdir.
Sizot suvlari balansini hisoblash va ularni o‘zgarishini bashorat qilish
uchun tuproq va gruntlarning quyidagi xususiyatlari aniqlanadi: 1) Suvli
jinslarni va aeratsiya mintaqasi jinslarining filtratsiya koeffitsienti hamda suvli
qatlamning sath uzatish koeffitsienti; 2 ) sizot suvlari sathi o‘zgarib turadigan
mintaqa gruntlarining to‘liq namlik sig‘imi va g‘ovakligi; 3) aeratsiya mintaqasi
tuproq-gruntlarining chegaraviy, dala yoki eng kichik namlik sig‘imi va suv
berish qobiliyati; 4) aeratsiya mintaqasi tuproq-gruntlarining tabiiy namligi va
to‘yinish kamchilligi; 5)aeratsiya mintaqasining butun kesimi uchun tabiiy
strukturadagi tuproq-gruntlarining skeletini hajmiy og‘irligi; 6) sizot suvlari
sathi o‘zgaradigan doirada aeratsiya mintaqasi kesimining maksimal molekulyar
namlik sig‘imi; 7) suvli qatlam va aeratsiya mintaqasi tuproq-gruntlarining
xarakterli turlari uchun mexanik tarkib va solishtirma og‘irlik; 8) gruntlarning
kapillyarlik qobiliyatlari.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda, tuproq-gruntlardagi tuzlarning umumiy
miqdori, xlor ioni va zararli tuzlar NaCl, MgCb, MgSO4, N 2SO4 aniqlanadi.
105
Yer usti, sug‘orish, zovur va yer osti suvlaridan quruq cho‘kmaning
miqdori Eh, pH, organik moddalarning miqdori, chirindi (gumus), ionlar Sa2+,
Mg2+, Na+, CO3 2-, HCO3-, SO42-, Cl-, NO3, NO2, NH4, PO4, hamda xlororganik
pestitsidlar tahlil qilinadi.
Balansni hisoblashda sizot, sug‘orish va zovur suvlarining
minerallashganligi ma’lum uslub bo‘yicha o‘rganib boriladi.
V.5. Suv balansi ayrim elementlarini aniqlash.
V.5.1.Yer usti suvlari oqimining sarfi va sizot suvlarini infiltratsion
ozuqa olishi
Ko‘rsatib o‘tilgan kuzatuvlar barcha sug‘orish massivlarida va tajriba
maydonchalarida olib boriladi. Tajriba maydonchalarida turli tartibdagi
kanallardan filtratsiyaga yo‘qotiladigan suv sarfini, sizot suvlarida bo‘ladigan
infiltratsion ozuqa olish miqdori bilan bogTiqligini, dalalarda sug‘orish
suvlaridan va atmosfera yog‘inlaridan turli xil fasllarda, aeratsiya mintaqasini
qalinligi va litologik tarkibli sharoitlarda bo‘ladigan infiltratsiyasini aniqlanadi.
Bunday bog‘liqliklarga ega bo‘lgan holda, turli darajadagi kanallarning sarfini,
ularni FIKini, dalaga beriladigan suvning me’yorini bilgan holda, bizni
qiziqtirayotgan massivda tarqalgan sizot suvlarining ozuqa olish miqdorini
hisoblash mumkin.
Tabiiy daryo suvi oqimini hisobga olish uchun hududga kirib keladigan,
chiqib ketadigan suv sarfini aniqlash uchun gidrometrik postlarni to‘g‘ri
joylashtirish kerak. Shu maqsadda yer osti suvlari va daryo o‘rtasidagi gidravlik
bog‘lanish aniq (jiddiy) o‘rganiladi. Gidrometrik postlar, yer osti suvlarini
daryolardan ozuqa olishi joyi, unga quyilishi bilan almashinadigan mintaqa
chegaralarida joylashtiriladi. Bunday stvorlar daryo vodiysining geomorfologik
sharoiti va geologik tuzilishini daryo suvi gorizonti bilan bogTanganligini
gidroizogips va izop’ez xaritalarini tahlil qilish orqali tanlanadi.
Sug‘orish kanallari sarfini o‘lchashda, dalaga beriladigan suvni va undan
yo‘qotilishni aniqlik darajasi 2-3 % dan kam bo‘lmasligi kerak.
106
Kanallarda sarfni hisobga olishda aniqlikni oshirish uchun postlarni
avtomatik o‘zi yozar sath o‘lchovchi va sarf o‘lchovchi, oqim o‘lchovchi
qurilmalar bilan jihozlash zarur.
Gidrometrik usulda aniqlangan yo‘qotishlar shimilishdan, suv yuzasidan
bo‘ladigan bug‘lanishdan va texnik yo‘qotishlardan tashkil topadi. Bunda suv
yuzasidan bo‘ladigan bug‘lanish odatda 1,5-2,5 % dan oshmaydi. Agar texnik
yo‘qotishlar nolga teng bo‘lsa, umumiy yo‘qotishlarning asosiy qismi
shimilishga sarf bo‘ladi.
Kollektor-zovur suvlari oqimini suv tushirg‘ich (vodosliv) bilan
o‘lchanadi. Yirik kollektorlarda reykali postlar o‘rnatiladi. Oqimni hisobga
olishda sizot suvi oqimi bilan yer usti tashlama (oqova) suvini alohida ajratib
hisobga olish talab qilinadi. Bu usul zovur suvi oqimini sizot suvlari chuqurligi
bilan bog‘liqligidan foydalanishga asoslanadi (I.A. Engulatov 1965). Bunda
chuqurlikni, filtratsiya koeffitsientini va zovur ko‘rsatkichlarini bilgan holda,
ma’lum formulalar yordamida umumiy zovur suvi oqimidan, tashlama (oqova)
suviga to‘g‘ri keladigan hissasini ajratib olish mumkin.
2 7
8-rasm. Sizot suvlari sathini bir xil balandlikda ushlab turish qurilmasi bo‘lgan
lizimetr.
1-suv quyiladigan naycha; 2-kuzatuv naychasi; 3-qumli shag‘alli sizgich; 4-Mariotta idishi; 5-
suv quyiladigan bochka; 6-sizot suvlari sathigacha shimilgan suvni o‘lchash idishi; 7-
strukturasi buzilmagan grunt namunasi;
107
Sizot suvlarini yog‘in suvlari bilan ozuqalanishini lizimetrlarda va sathni
o‘zgarishini, yog‘inlar yog‘ayotgan vaqtda tahlil qilish orqali aniqlash mumkin.
Lizimetr usuli atmosfera yog‘inlari infiltratsiyasini yog‘in yoqqanidan
so‘ng, lizimetrga to‘plangan suvni quyib o‘lchashga asoslangan. Shunday qilib,
sizot suvlari har xil chuqurlikda joylashganda atmosfera yog‘inlarining
infiltratsiyasini, tuproq-grunt turli mexanik tarkibda va o‘simlik qobig‘ida
bo‘lgandagi miqdori aniqlanadi.
Ikkinchi usul sizot suvlari rejimini e’tiborga olishga asoslangan.
Krilov M.M. (1959) infiltratsion ozuqalanishni, umuman oqimsiz
hududlarda quyidagi bog‘liqlikdan foydalanib aniqlashni tavsiya qiladi:
Xf = Щг (Pm ~®n (18)
bu yerda: X f - sizot suvlari sathigacha yog‘inlarning infiltratsiyasi;
Ahfe - yog‘inlarning infiltratsiyasi natijasida sizot suvlari sathini
ko‘tarilishi;
- pn) - gruntning to‘yinish kamchilligi.
N.N.Bindiman (1960) atmosfera yog‘inlarining infiltratsiyasini, yer osti
suvi oqimi chiqishini hisobga olib, aniqlashni tavsiya qildi.
W = V Ah- ^ z , (19)365
bu yerda: W- infiltratsiya miqdori, m3/kun;
ц - to‘yinish kamchilligi, hajm birligida;
Ah - bahor davrida sizot suvlari sathining kuzatilgan ko‘tarilishi,
Az- suv qatlami bo‘yicha yer osti suvi oqimi chiqishi hisobiga, sizot
suvlari sathining pasaygan miqdori, m.
Az ning qiymatini sizot suvlari sathining o‘zgarishi grafigidan aniqlanadi.
108
9-rasm. Infiltratsion ozuqa olishni grafik usulida aniqlash.
«to» vaqti ichida sathning pasayish chizig‘i, sizot suvlarining ko‘tarilish
vaqtiga teng, va uni sath maksimum holatiga mos kelgan nuqtagacha
ekstrapolyasiya qilinadi. Qiymati esa uzunlikning «А, V» qismi bilan
ifodalanadi.
Sizot suvlari tabiiy o‘ta kuchsiz drenalangan tumanlarda, bosimli suvlar
bo‘lmagan sharoitlarda, sizot suvlari infiltratsion ozuqalanishini aniqlashda,
zovur suvi oqimining o‘lchangan qiymatidan foydalansa bo‘ladi.
Sug‘orish maydonlarida infiltratsion ozuqa olish miqdorini quyidagicha
aniqlash mumkin. Bir vaqtda sug‘orilayotgan 10-20 gektarli xaritada bir necha
gektarli maydoncha tanlanadi.
Maydoncha kamida 6 ta kuzatuv quduqlari bilan jihozlanadi. Sizot suvlari
sathini o‘zgarishini har kuni o‘lchab borib sug‘orish ta’sirida ko‘tarilgan
suvning balandligi o‘lchanadi. Bu ma’lumotga ega bo‘lgandan so‘ng va
gruntlarning namligini kuzatib borib (to‘yinish kamchilligi) sizot suvlari
sathigacha etib borgan infiltratsion suvning qiymatini aniqlash mumkin.
109
V.5.2. Yer osti suvlari oqimlarining balans konturiga kirishi va chiqishi
Sug‘orish massivlariga yer osti suvlari oqimlarining kirishi, qatlam
bo‘yicha va tik xarakat qiladigan oqim ko‘rinishida sodir bo‘ladi. Sizot
suvlarining sug‘orish maydonlaridan chiqishi ham xuddi shunday yo‘nalgan
bo‘ladi. Asosiy usul A.Darsi tomonidan aniqlangan
Q = K ■W ■ I •Q . ;. (20), (21) q = к ■ m ■ i.
bog‘liqlik formulasidir.
Yer osti suvlarining kirishi va chiqishini aniqlash uchun yerlarning
geologik tuzilishi va yotqiziqlarning filtratsion xususiyatlari xaqida ma’lumotlar
va gidroizogips xaritasi bo‘lishi lozim. Agar massivning gidrogeologik sharoiti
bir xil bo‘lsa, hisoblash kesimlari gidroizogips chizig‘i bo‘ylab sug‘orish
massivining yuqori va pastki chegarasida joylashtiriladi. Agar massiv turli xil
tuzilishga ega bo‘lsa, kirim va chiqish sarflari har bir gidrogeologik tuman yoki
maydoncha uchun alohida hisoblanadi.
Sizot suvlari minerallashganligi keskin o‘zgarishlarga uchragan bo‘lsa,
gidroizogipslarni suvni solishtirma og‘irligini o‘zgarganligini hisobga olib
o‘tkaziladi. Bunday xaritalarni tahlil qilish sizot suvlarini kirishi va chiqishi
(sarflanishi) nisbatlari bilan farq qiladigan ozuqa olish, xarakatlanish (tranzit) va
sarflanish viloyatlarini ajratishga imkon beradi.
Tik suv almashinuv asosiy bo‘lgan, ikki qatlamli yoki ko‘p qatlamli
bo‘lgan tizimlarda, pastdagi bosimli suvlaridan keladigan suv miqdorini
hisoblash uchun, bosimsiz sizot suvlari va bosimli suvlar ustidan o‘tkazilgan
rejim kuzatuvlari natijalaridan foydalanish mumkin:
110
kq kq
10-rasm. Tik suv almashinuv tasviri.
Sizot suvlariga bosimli suvlardan bo‘ladigan kirim quyidagi formuladan
foydalanib aniqlanadi:
H - hq = 10000^ --- ,m
bu yerda: q - kirim, m3/kun;
Kv- yopqich qatlamni vertikal bo‘yicha filtratsiya koeffitsienti;
h- sizot suvlari sathi balandligi;
N- bosimli qatlamni pezometrik sathi, m;
mv- yopqich qatlamni suvga to‘yingan qismining qalinligi.
V.5.3. Bug‘lanish va transpiratsiyaga sarf bo‘ladigan suvlar
Sizot suvlari balansining sarflanish qismida bug‘lanish va transpiratsiya
muhim rol o‘ynaydi. Quyida biz tabiiy sharoitda namlikni bug‘lanish va
traspiratsiyaga sarf bo‘lish jarayonini qisqacha ko‘rib chiqamiz.
Sizot suvlari sathi ko‘p yillar mobaynida yil mobaynida tik yo‘nalishda
o‘zgarib turadi. Sath bahor oylarida yer yuziga yaqinlashadi va uning maksimal
holati mart-aprel oylarida kuzatiladi va har yili dekabr oyidan pasayib boradi;
111
dekabr, ayrim vaqtda noyabr oylaridan boshlab yana ko‘tarilib boradi.
Vegetatsiya davrida sug‘orish dalalarida sizot suvlarining sathi keskin o‘zgaradi.
Shuning uchun, sizot suvlarining sathi o‘zgarishi bilan aeratsiya mintaqasida
namlikni qayta taqsimlanishi boshlanadi.
Shunday qilib namlikning bug‘lanishi va transpiratsiyaga sarflanishi,
uzluksiz jarayon va aeratsiya mintaqasida bo‘ladigan sifat va miqdor
o‘zgarishlari ko‘rinishida sodir bo‘ladi.
Bug‘lanish maxsus bug‘lantiruvchi qurilmada quyidagicha sodir bo‘ladi.
Aeratsiya mintaqasidan bug‘lanish sizot suvlarining turli rejimida va balans
qatlamida, turli namlik (suv) almashinuv rejimida sodir bo‘ladi. Ayrim vaqtda
bu jarayon sizot suvlarini aeratsiya mintaqasiga pastdan kelishi bilan va
aeratsiya mintaqasidagi namlik kapillyar ko‘tarilishi bilan bog‘liq. Vaqti-vaqti
bilan bug‘lanishda namlikni pastga (teskari) xarakati, ya’ni kapillyar va
aeratsiya mintaqasidan pastga xarakati bo‘ladi. Bug‘lanish jarayonida namlikni
yuqoriga ham, pastga ham xarakat qilmaydigan davrlari bo‘ladi.
Tavsiya etilgan bug‘lantiruvchi qurilmalar bug‘lanishning barcha
ko‘rsatilgan variantlarini (balans qatlamidagi suv almashinuvni) hisobga oladi
va uning qiymatini miqdoriy aniqlashga imkon beradi.
1. sizot suvlari sathi gorizontal (barqaror) holatda bo‘lganda, ya’ni
bug‘lanish va transpiratsiyaga sarf bo‘lgan namlikning barcha miqdorlari, balans
qatlamiga pastdan, chuqur bosimli gorizontlardan kelib qo‘shiladigan suv
miqdori bilan to‘ldiriladi;
2. sizot suvlarining gorizonti pasayganda va pastdan sizib kelayotgan yoki
pastga sizib chiqib ketayotgan holat bo‘lmasa;
3. bug‘lanishga va transpiratsiyaga yo‘qotiladigan qiymatdan yuqori
bo‘lganda sizot suvlarining sathi katta miqdorga pasayganda;
4. sizot suvlari gorizonti ko‘tarilganda.
Mutaxassislar tomonidan shu jarayonni aks ettiruvchi bug‘lantiruvchi
qurilmalarning bir necha xil konstruksiyalari tavsiya qilingan.
112
V.6. Sizot suvlari balansi natijalari tahlili.
Olingan natijalarga ko‘ra suv balansining ikki xili ajratiladi.
1. Muvozanati tiklangan balans. £ к = £ С Bu yerda £ к balansning kirim
qismlari yig‘indisi, £ c esa balansning sarf qismi yig‘indisi hisoblanadi. Agar
natija bo‘yicha muvozanati tiklangan balans bo‘lsa, sug‘oriladigan yerlarda
yaxshi meliorativ holat yoki salbiy meliorativ holat barpo qilinishi mumkin.
Agar sarflanishning asosiy miqdori sizot suvlari yuzasidan bug‘lanish orqali
amalga oshsa tuproqlarda tuz to‘planishi yoki namlik darajasi ortib ketishi
botqoqlanishi mumkin. Sarflanishning asosiy qismi sizot suvlarini zovurlarga
drenalanishi orqali amalga oshsa yerlarda ijobiy meliorativ holat vujudga keladi,
ya’ni tuproqlarning tuzi yuviladi va sizot suvlari sathi pasayadi.
2. Muvozanati tiklanmagan balans. Bunda ikki xil natija ijobiy hamda
salbiy balans bo‘lishi mumkin. Agar balansning kirim qismlari yig‘indisi ( £ к )
sarf bo‘lish qismidan (£ c ) katta bo‘lsa, ( £ К > £ c ) sizot suvlarining sathi
ko‘tariladi, sizot suvlari minerallashgan bo‘lsa bug‘lanish xisobiga tuproqlarda
tuz to‘planadi va sizot suvlari chuchuk bo‘lsa tuproqlarning namligi ortadi va
tuproqlar botqoqlanadi. Agar balansning kirim qismlari yig‘indisi ( £ К ) sarf
bo‘lish qismidan ( £ С ) kichik bo‘lsa ( £ К < £ С ) sizot suvlari sathi pasayadi,
tuproqlarda tuz yuvilish jarayoni kechadi va sug‘orishni tuz yuvish rejimi barpo
qilinadi va yerlarni meliorativ holati yaxshilanib boradi.
Balans tadqiqotlarini o‘tkazishdan avval maydonning relef va geologo -
litologik sharoitini, tuproq va gruntlarning mexanik tarkibi, namligi, solishtirma
og‘irlig‘i, g‘ovakligi, suv sizuvchanligi, suv sig‘imi va suv o‘tkazuvchanligi
o‘rganiladi.
Balans tadqiqotlari maydonining sharoiti loyihalashtirilgan massiv
sharoitining loyixaviy suv xo‘jaligi sharoitini takrorlashi shart.
Tadqiqot mobaynida suv balansini tarkibiy qismlari aniqlanadi. Bunda
ayrim tarkibiy qismlar tajriba (o‘lchash) orqali, ayrimlari hisoblash yordamida
aniqlanadi. Aniqlanadigan tarkibiy qismlarga - zovur suvlari oqimi sarfi,
113
bug‘lanish, transpiratsiya, kanallardan va dalalardan bo‘ladigan infiltratsiya,
hisoblanadigan tarkibiy qismlarga yer osti suvi oqimi sarfi, qatlamlar o‘rtasida
gidravlik munosabat, bug‘lanish, transpiratsiya va boshqalar kiradi.
Nazorat savollari.
1. Suv balansi tushunchasi, ta’riflar.
2. Suv balansini o‘rganishning maqsad va vazifalari.
3. Qanday balanslar hisoblanadi? Ularning mazmuni.
4. Balansning tarkibiy qismlarini tushuntiring.
5. Balans maydoni qanday tanlanadi?
6. Balans konturi chegaralari qanday bo‘ladi?
7. Balans o‘rganish maydonlarida qanday kuzatuv shaxobchalari jihozlanadi?
8. Balans o‘rganish maydonida tuproq-gruntlarning qanday suvli-fizik xossalari
aniqlanadi?
9. Balans o‘rganish maydonida sizot suvlari oqimlarining sarfi qanday
aniqlanadi?
10.Balans o‘rganish maydonida sizot suvlarini infiltratsion ozuqa olishi (W)
qanday aniqlanadi?
11.Balans o‘rganish maydonida sizot suvlari yuzasidan bo‘ladigan bug‘lanish va
transpiratsiya qanday aniqlanadi?
12. Balans tadqiqotlari natijalari bo‘yicha balansning turlari va ularning mohiyati
nimada?
Atama va iboralar: sizot suvlari balansi, umumiy balans, aeratsiya mintaqasi
balansi, lokal, regional balans, suv-tuz balansi, vertikal oqim balansi, tajriba
maydoni, balans o‘rganish shaxobchalari, muvozanati tiklangan va tiklanmagan
balans, balans o‘rganish maydonlari, balansni tarkibiy qismlari, suvli-fizik
xossalar.
114
Vl-bob
Sug‘oriladigan yerlarni gidrogeologik-meliorativ tumanlarga bo‘lish
tamoyillari va geofiltratsion sxemalarni tuzish.
VI.1. Gidrogeologik-meliorativ tumanlarga bo‘lish tarixi
Barcha gidrogeologik-tadqiqot ishlari (loyihalarni, tadbirlarni asoslash
uchun) natijasida to‘plangan dala va labarotoriya materiallari ma’lum bir
tartibga keltiriladi, tahlil qilinadi va sintez qilinadi. Ilmiy amaliy xulosalar,
tartib, tahlil va sintezlarning asosiy mahsuli bo‘lib turli mazmundagi geologik va
gidrogeologik xaritalar xizmat qiladi. Ularning eng asosiy turi gidrogeologik-
meliorativ tumanlarga bo‘lish xaritasidir.
Ma’lumki gidrogeologik-meliorativ sharoitni belgilovchi asosiy omil sizot
suvlaridir. Yer sharoitining turli-tumanligi, murakkabligi, maydon bo‘ylab
keskin o‘zgaruvchanligi, shular bilan bir vaqtda fizik-geografik sharoitning
o‘zgaruvchanligi, sizot suvlari hayotidagi butun o‘zgarishlarni (gidrogeologik
jarayonni) belgilab beradi va gidrogeologik jarayonning xarakteri va
yo‘nalishini tasavvur qilishga imkon beradi. Bu jarayonning o‘zgarish
qonuniyatlarini anglab etish uni melioratsiya maqsadlarida to‘g‘ri boshqarishga
imkoniyat beradi.
SHuning uchun melioratsiya maqsadlarida bajarilgan har qanday
gidrogeologik tumanlashtirish, meliorativ-gidrogeologik tumanlashti-rishdir.
SHuning uchun meliorativ-gidrogeologik tumanlarga bo‘lish bitta yoki ikkita
belgiga qarab tasvirlamay, unda yer osti suvlarini atrof muhit bilan chambarchas
bog‘langan holda tasvirlash lozim, ya’ni gidrogeologik jarayon xaritada tasvir
(aks) ettirilishi kerak. Faqat shu holdagina sintez orqali gidrogeologik jarayonga
xar tomonlama miqdoriy va sifatli baho berish mumkin va uning qonuniyatlarini
o‘rganish, bashorat qilish turli meliorativ tadbirlarni asoslash vositasi bo‘lib
xizmat qiladi.
Gidrogeologik tumanlashtirishni umumiy rivojlanish tarixiga to‘liq
to‘xtalib o‘tirmay, biz gidrogeologik-meliorativ tumanlashtirish tarixidan
qisqacha ma’lumot beramiz.
115
Sizot suvlaridan, yerlarning meliorativ holatini ko‘rsatuvchi asosiy omil
sifatida birinchi marta M.A.Shmidt 1936 yilda foydalandi va sug‘oriladigan
yerlarni gidrogeologik-meliorativ toifalarga bo‘ldi:
1. Sizot suvlari barqaror chuqur joylashgan tumanlar, sizot suvlari tuproq
hosil qiluvchi jarayonlarda ishtirok etmaydi va yerlarning meliorativ holatini
o‘zgarishiga ta’sir o‘tkazmaydi. Bu tumanlarning sharoiti katta chuqurlikda
joylashgan yer osti oqimlarining harakati barqaror ta’minlanganligi bilan
xarakterlanadi.
2. Sizot suvlari doimo barqaror yer yuziga yaqin joylashgan tumanlar,
ya’ni sizot suvlari tuproq hosil qiluvchi jarayonlarda asosiy omil sifatida ishtirok
etadi va aksariyat yerlarni meliorativ holatiga salbiy ta’sir o‘tkazadi. Sizot
suvlari chuchuk bo‘lsa tuproqlar botqoqlanadi yoki kuchsiz tuz yig‘ilishi
mumkin, sizot suvlarining minerallashganligi kuchli bo‘lsa yerlar kuchli
sho‘rlanadi.
3. Sizot suvlarining yotish chuqurligi barqaror bo‘lmagan tumanlar,
tabiiy va xo‘jalik omillarining birgalikdagi ta’siri bilan bog‘liq bo‘lgan, ya’ni
sizot suvlarini tuproq hosil qiluvchi jarayonlardagi ishtiroki o‘zgaruvchan,
hamda yerlarning meliorativ holatiga ta’siri ham turlicha. Bu hol sug‘oriladigan
yerlar tabiiy drenalangan sharoitda, qo‘riq yerlarda esa u yerlar o‘zlashtirilganda
kuzatiladi.
4. Yerlar relefining past-balandligi bilan bog‘liq bo‘lgan sizot suvlarining
chuqurligi turlicha bo‘lgan tumanlar. Bu chuqurliklar vaqt birligi ichida doimiy
bo‘ladi.
Bu bilan M.A.Shmidt sizot suvlarini, yerlarni meliorativ holatidagi
axamiyatini aniqlab berdi, chunki sizot suvlari yotish chuqurliklariga bog‘liq
ravishda yerlarni meliorativ holatini belgilashda turlicha ishtirok etadi.
So‘ngra bu tamoyillar asosida (1944-1946) M.A.Shmidt va
A.I.Shevchenko O‘zbekiston misolida birinchi marta meliorativ-gidrogeologik
tumanlashtirish xaritasini tuzishdan bajarildi. Xaritalarda ko‘rsatilgan yer
116
toifalari, geomorfologik, geologik, gidrogeologik sharoitlarni hisobga olish
asosida ajratib ko‘rsatildi.
Keyingi yillarda bu ko‘rsatkich turli tartibdagi taksonomik birlik sifatida
deyarlik barcha tadqiqotchilar tomonidan foydalanildi (Krilov M.M. 1956, Geyns
V.A.1950, Shevchenko A.I. 1952, Kats D.M.1952 va boshq.)
VI.2. Gidrogeologik-meliorativ tumanlarga bo‘lish tamoyillari
Meliorativ-gidrogeologik tumanlarga bo’lish tamoyillarini to’liq tushunish
uchun gidrogeolog olimlar tomonidan bu masalaga berilgan ta’riflar va
tumanlarga bo’lish vazifalari bilan tanishamiz.
Meliorativ-gidrogeologik tumanlarga bo‘lish deb, sizot suvlarini
sug‘oriladigan dehqonchilik talablariga javob beradigan tarzda tumanlarga
bo‘lishga aytiladi, chunki sizot suvlari yerlarni meliorativ holatida asosiy rol
o‘ynaydi. Krilov M.M.(1969 yil).
Meliorativ-gidrogeologik tumanlarga bo‘lish deb, yerlarning meliorativ
holatini belgilab beradigan gidrogeologik jarayonning sifat va miqdoriy
ko‘rsatkichlarini regional asosda tasvirlaydigan xaritaga aytiladi Xodjibaev N.N.
Neyman B.Ya. (1982 yil).
Meliorativ-gidrogeologik tumanlarga bo‘lish gidrogeologik qidiruv va
tadqiqot vaqtida olingan ma’lumotlardan bir butun xulosa chiqarishga imkon
beradi va meliorativ tadbirlarni loyihalash va yer osti suvlari rejimini bashorat
qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi Kats D.M. (1964 yil).
Meliorativ-gidrogeologik tumanlarga bo‘lishning vazifasi, loyiha
qilinayotgan yoki rekonstruksiya qilinayotgan hudud maydonida bir xil turdagi
gidrogeologik sharoitga ega bo‘lgan tumanlarga ajratishdan iborat.
Gidrogeologik sharoit yerlar melioratsiyasini prinsipial sxemasini va usullarini
belgilab berganligi uchun, ajratilgan gidrogeologik sharoit bir xil turli bo‘lgan
tumanlarda o‘tkaziladigan meliorativ tadbirlarning tarkibi ham bir turlidir.
Krilov M.M (1964 yil). O‘rta Osiyo hududini bir-biridan yer osti suvlari
oqimini shakllanish sharoiti va sizot suvlarini sarflanishi sharoiti bilan keskin
117
farq qiladigan, geologik struktura va orografik sharoitiga ko‘ra 2 ta guruh
vohalarga ajratadi:
a) yer osti suvi oqimi ta’minlangan va asosiy daryoga drenalanadigan
sug‘orish tumanlari;
b) yer osti suvi oqimi ta’minlanmagan, sizot suvlari yer usti suvlari
hisobiga ozuqa oladigan sug‘orish tumanlari.
Geologik struktura, orografiya va iqlimni hisobga olib yuqorida
ko‘rsatilgan vohalarni ikki gidrogeologik-meliorativ tumanga bo‘linadi:
1) tik mintaqa qonuniyatlariga bo‘ysunadigan yer osti suvlari
tarqalgan tog‘lik viloyatlar;
2) kenglik mintaqalari bo‘yicha tarqalgan sizot suvlari bo‘lgan
pasttekislik viloyatlar.
Mintaqalar, yer osti oqimining intensivligi yoki ta’minlanganligi, hamda
umumiy tuz balansining yo‘nalishi bo‘yicha mintaqalarga ajratiladi:
A - yer osti suvi umumiy oqimi va tuzlar yuvilishi jadal bo‘lgan mintaqa
(doimo ta’minlangan);
B - umumiy yer osti suvi oqimi qiyinlashgan va tuzlar tuproqlarda va
sizot suvlarida qisman to‘planadigan mintaqa;
V - umumiy yer osti suvi oqimi harakati o‘ta qiyinlashgan va tuproqlarda
sizot suvlarida tuz yig‘iladigan mintaqa;
Tumanlarga ajratishda yer osti suvlarining chuqurligi bo‘yicha
M.A.Shmidtning 4 ta toifasidan foydalaniladi.
Kichik tumanlar sizot suvlarini ozuqalantiruvchi manba bo‘yicha:
A) sug‘orish suvlarining infiltratsiyasi;
B) daryo va tashlama suvlarining infiltratsiyasi;
Maydonlar mahalliy yer osti suvi oqimining intensivligi yoki uning
mavjudligi bo‘yicha:
A) ta’minlangan mahalliy yer osti suvi oqimi;
B) introzonal erish sizot suvlari;
118
D.M. Kats tamoyiliga asosan: 6.1-jadval
O‘lka va kichik o‘lkalar Geostruktura sharoiti va iqlimning kenglik va va vertikal zonalligi
Mintaqalar Geologik tuzilish, gemorfologik va relef sharoiti bilan belgilanadigan tabiiy drenalanganlik darajasi
Viloyatlar Yer osti suvlari xarakteri (sizot suvlari, sizot va sub- bosimli suvlarning yagona suvli komplekslari)
Kichik viloyatlar
Sizot suvlari sathining, pastda joylashgan qatlamlararo suvli gorizont sathi bilan munosabati, bir qatlamdan ikkinchi qatlamga oqib o‘tish va uning yo‘nalishi.
TumanlarGeologik tuzilish, litologik tarkib, gidrodinamik ko‘rsatgich va boshqalar bilan belgilanadigan geofiltratsion sxema.
Kichik tumanlar Sizot suvlari balansi uning tarkibiy qismlari dinamikasi
Mavzelar
Gidrogeokimyoviy sxema - sizot suvlarining va birinchi qatlamlararo suvli gorizontning minerallashganligi va kimyoviy tarkibi, aeratsiya mintaqasi jinslaridagi tuzlarning xarakteri va mintaqasi, tuz epyuralari, gidrokimyo ko‘rsatgichlar, aeratsiya mintaqasining va yer osti suvlarining turli rejimi.
Dalalar Sizot suvlarining yotish chuqurligi va rejimi.
D.M. Kats (1964 yil) tumanlarga bo‘lish konsepsiyasida birinchi bo‘lib
miqdoriy ko‘rsatkichlardan hamda geofiltratsion sxemalashtirish, sizot suvlari
balansi, gidrokimyoviy sharoit ko‘rsatkichlaridan ham foydalangan. Bu holda
tumanlarga bo‘lish xaritasi sizot suvlari rejimini bashorat qilishni va meliorativ
sxemalarni loyihalashtirishni ta’minlaydi.
N.N. Xodjiboev (1970 yil) tamoyili O‘rta Osiyoda keng qo‘llaniladi va
uni sizot suvlari oqimlarini ajratish asosida tumanlarga bo‘lish deb yuritiladi
(qabul qilingan).
119
6.2-jadval
O‘lka
Viloyat Viloyat bo‘lagi Tuman Mintaqa Mavze
Sizot suvlari havzasi tiplari
Ayrimoqimlar
Gidrogeologikjarayonbosqichlari
Yerlarning umumiy va mahalliy drenalanganligi
Geosin-klinalo‘lkalar
1.manfiy tuz balansli havzalar2. musbat tuz
balansli havzalar
1. tog‘litumanlardagi oqim guruhlari2. Tog‘lar oralig‘idagi pasttekislikdagi oqim guruhlari3. tog‘ oldi tekisliklaridagi oqim guruhlari
Ayrimoqimlar
Gidrogeologikjarayonbosqichlari
Umumiy va mahalliydrenalanganlik va sizot suvlari chuqurligi
Platfor-malio‘lkalar
3. musbat tuz balansi havzalar
4. subaeral deltalardagi guruh oqimlari5. dengizoldi deltalaridagi guruh oqimlari
Bu tamoyilga asosan kichik masshtabli tumanlarga bo‘lishning eng yuqori
taksonomik birligi qilib, sizot suvlari va subbosimli xavzalar, ya’ni viloyatlarga
bo‘linadi. Viloyatlar hududida oqim guruhini xisobga olib viloyat bo‘laklari,
aloxida oqimni xisobga olib tumanlarga bo‘linadi. Har bir oqim chegarasida
gidrogeologik jarayonning bosqichlarini miqdoriy tavsifiga qarab tuman
qismlari yoki mintaqalarga, ular o‘z navbatida umumiy va mahalliy
drenalanganligiga qarab uchastkalarga va sizot suvlarini chuqurligiga qarab
yerlar gidrogeologik-meliorativ toifalarga (M.A.Shmidt va M.M. Krilov
bo‘yicha) bo‘linadi.
Kichik masshtabli tumanlarga bo‘lish jarayoni uchastkalarni umumiy
gidrogeologik meliorativ baholash va zovurlarni loyixa qilish, qurish bo‘yicha
tavsiyalarni berish bilan tugallanadi.
Bu kichik masshtabdagi tumanlarga bo‘lish tamoyili hisoblanadi.
Yirik masshtabli tumanlarga bo‘lish ham shu taksonomik sxema bo‘yicha olib
boriladi. Odatda yirik masshtabli tumanlarga bo‘lish massivlarda kichik
viloyatni (oqim guruhlarini) yoki tumanlarni alohida oqimlarga bo‘lishdan
120
boshlanadi va gidrogeologik sharoitga va loyihalashtirishning ehtiyojiga qarab
umumiy drenalanganlik, mahalliy yer osti suvi oqimi sharoiti, sizot suvlarini
minerallashganligi, aeratsiya mintaqasining erkin suv sig‘imi,
umumiylashtirilgan filtratsion tuzilish, balans strukturasi va sizot suvlari rejimi
kabi ko‘rsatkichlar tasvirlanadi.
Tayinlanish maqsadlari bo‘yicha va gidrogeologik sharoitning
murakkabligiga qarab gidrogeologik-meliorativ tumanlarga bo‘lish turli
masshtablarda olib boriladi.
1) 1:500000 va 1:1000000 masshtablarida tumanlarga bo‘lish, yer va suv
resurslaridan kompleks foydalanish sxemasini ishlab chiqish uchun o‘tkaziladi.
2) 1:50000 va 1:200000 masshtablarida tumanlarga bo‘lish general reja
sxemasini ishlab chiqish uchun bajariladi.
3) 1:50000 va 1:25000 masshtablarida tumanlarga bo‘lish konkret
loyihalashtirish uchun bajariladi.
Tumanlarga bo‘lish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, xatto katta masshtabdagi
aniq xaritalarda ham zovur yoki bashorat uchun kerak bo‘lgan to‘liq ma’lumotni
ko‘rsatib bo‘lmaydi.
Shuning uchun texnikaviy, texnikaviy-ish loyihasini gidrogeologik
jihatdan asoslash uchun ikkita yirik masshtabli gidrogeologik-meliorativ va
geofiltratsion xarita tuzilishi kerak. Geofiltratsion tuzilish xaritasida barcha
turdagi zovurlarni aniq hisoblash uchun kerak bo‘lgan suvli kompleksning
filtratsion tuzilishi tasvirlanadi.
Shunday qilib, kichik masshtabli gidrogeologik-meliorativ tumanlarga
bo‘lish tartiblari zovurlarning loyixalarini genplan, sxema va TIB bosqichida
gidrogeologik asoslash o‘tkaziladi, texnik va texnik ishchi bosqichida
gidrogeolgik asoslash ikkita yirik masshtabli gidrogeologik-meliorativ va
geofiltratsion tuzilish xaritalariga asoslanadi.
121
VI.3. Geofiltratsion tuzilish xaritasini tuzish tamoyillari
Bu tipdagi haritalar birinchi marta 1966 yilda “Sredazgiprovodxlopok”
(hozirgi “O‘zdavsuvloyiha”) instituti mutaxassislari (Ignatikov N.M. Neyman
B.YA.) tomonidan tuzila boshlandi. Geofiltratsion sxema tuzishining nazariy
asoslari V.M.Shestakov A.M.Soyfer tomonidan yaratilgan. Hozirgi vaqtda
sug‘orish massivlarining har bir xo‘jaligi uchun geofiltratsion sxema tuziladi.
Avvaliga sxema tuzish uchun lozim bo‘lgan atamalar bilan tanishib chiqamiz.
1. Geofiltratsion tasvir xaritasi - deb xaritada melioratsiya qilinayotgan
maydonda, ehtiyoj bo‘lsa atrof maydonlarda ham, xaritada (rejada) bir xil turli
geofiltratsion qirqimni va chegaraviy sharoitlarni ajratadigan haritalarga aytiladi.
2. Bir xil turdagi geofiltratsion qirqim - umumiylashtirilgan litologik
qirqim bo‘lib, unda meliorativ tizimlar faol ta’sir o‘tkazadigan chuqurlikgacha
tarqalgan tog‘ jinslariga gidrogeologik ko‘rsatgichlarining miqdoriy
xarakteristikasi berilgan.
3. Sxemalashtirish tamoyili. Rejada shunday geofiltratsion tizimlar
ajratilishi lozimki, ular uchun nazariy echim mavjud bo‘lishi kerak yoki ularni
modellashtirish imkoniyati mavjud bo‘lsin.
Geofiltratsion sxemalashtirishni geofiltratsion xaritada tasvirlash qulaydir,
chunki aniq injenerlik echimini asoslash uchun sug‘orish massivining asosiy
geofiltratsion tuzilishi qonuniyatlarini aks ettiradi.
Zovur turini tanlash va ta’sir samarasini belgilovchi asosiy gidrogeologik
omil - bu qirqimda suvni yaxshi o‘tkazuvchi qatlamlarning mavjudligidir.
Shuning uchun geofiltratsion xaritasini tuzishda eng avval sug‘orish massivida
bir xil turli suvli qatlamlar tarqalgan maydonlar aniqlanishi kerak, chunki xarita
tuzishda eng yirik taksonomik birlik qilib suvli qatlamlar tizimlari qabul
qilinadi.
Geofiltratsion sxema xaritasini (tumanlarga bo’lish) tuzish zovurlarni
turini tanlash uchun, xaritada oqim chegaralari, meliorativ tizimlarni ta’sir
chuqurliklari, aeratsiya mintaqasi va ulardagi ko’rsatkichlar, infiltratsiya bilan
bog’liq jarayonlar, dalalardan bo’ladigan infiltratsion sarflar, qatlamdan
122
qatlamga suv sizib o’tish sarflari, suv o’tkazmas qatlam chuqurligi, turi va
axamiyati, oqim chegaralari, turlari va shartlari, va geofiltratsion qirqim turlari
(qatlam bo’yicha), yopqich qatlamlar, sathlar nisbati va boshqa ko’rsatkichlar
tavsiflanadi.
Oqimning rejadagi yuqori va pastki chegarasi topografik asosdan
foydalanib o‘tkaziladi. Yon tomondagi chegaralari esa gidroizogips xaritasi va
o‘rganilayotgan massivning geomorfologik - litologik tahlili asosida
(yordamida) aniqlanadi.
Oqim qalinligining chegarasi regional va mahalliy suv o‘tkazmas
qatlamning tomidan (ustidan) o‘tkaziladi. Agar kesimda suv o‘tkazmas qatlam
(qavat) bo‘lmasa, amalda meliorativ tizim ta’sir etadigan chuqurlikdan shartli
ravishda o‘tkaziladi. Bu esa asosan tog‘ jinslarini litologik tarkibiga, suv
o‘tkazuvchanligiga zovurlarning turi va ko‘rsatgichiga bog‘liq. A.M.Soyfer
(1975) bo‘yicha gidrodinamik ta’sir gorizontal zovurlarda zovurlar oralig‘ining
uchdan birining yarmiga teng, vertikal zovurlarda quduqning 1,5-2 barobar
chuqurligiga teng.
O‘rta Osiyo sharoitida keng tarqlgan gruntlar uchun gorizontal zovurlarda
gidrodinamik ta’sir quyidagi chuqurliklarga tarqaladi: engil gruntlarda (changli
qumlar, qumloq tuproqlar Kf=0,5-2,0 m/kun) - 50-100 m; o‘rta gruntlarda
(Kf=0,5-1,0 m/kun bo‘lgan engil, o‘rta va changli tuproqlarda) - 30-50 m; og‘ir
gruntlarda (Kf=0,1 m/kundan kichik bo‘lgan og‘ir gilli tuproq va gillarda) - 10
30 m.
Gidrogeologik meliorativ hisoblarni olib borishda suv o‘tkazmas
qatlamlarni baholash juda muhimdir va uni baholash bo‘yicha aniq kriteriylar
(mezonlar) mavjud emas.
Meliorativ masalalarni yechish uchun suv o‘ikazmas qatlamlarga,
shunday suv o‘tkazmas qatlamlar kiritiladiki, u orqali pastdagi bosimli suvlardan
yuqoriga yoki yuqoridagi sizot suvlaridan pastki qatlamga oqib (sizib) o‘tadigan
sizot suvlarining miqdori, sug‘orish massivining suv balansida katta ahamiyat
kasb etmaydi.
123
Shunday qilib, bu qiymatni oddiy irrigatsion-meliorativ tizimlarni oddiy
filtratsion hisoblarida hisobga olmasa ham bo‘ladi.
Ko‘rinib turibdiki, bunday o‘rtacha filtratsion ko‘rsatgichlar bo‘yicha suv
o‘tkazmas qatlamlarni unifitsirovanniy kriteriylarini berish mumkin emas,
mmasalan, Kf, «m» qalinlikdagi qatlamning qarshiligi, Ф = — , «m» qalinlikdagiк ф
ajratuvchi qatlam orqali «Т» suv o‘tkazuvchanlikli qatlamga oqib (sizib) o‘tish
ko‘rsatgichi:
Т Т •m (23)к ф
Bu parametrlarni o‘zgaruvchan qiymatlar bilan solishtirish lozim:
sug‘orish suvlaridan bo‘ladigan infiltratsion ozuqa «W» va bosimli qatlamni
p’ezometrik sathi bilan bosimsiz sizot suvi sathi orasidagi farq.
Agar W>Kf - bo‘lganda infiltratsion suvlar suv o‘tkazmas qatlam ustida
to‘planadi va u yuziga yaqin joylashgan tuproqlarni botqoqlikga aylantiradi va
sho‘rlantiradi, qishloq xo‘jalik ishlarini olib borishni qiyinlashtiradi va tuproq
qatlamini namligini oshiradi. Shubhasiz bir xil suvni yomon o‘tkazuvchi jinsni,
W turli qiymatlarda bo‘lganda va turli xil rejimda yerlar sug‘orilganda
gidrogeolog-meliorator turlicha baholashi mumkin. Masalan, Kf = 0,001 m/kun
bo‘lgan jinsli paxta dalasi ostida, agar W = (1,2^1,5)-10-3 m/kun bo‘lganda tog‘
jinsini suv o‘tkazmas, bog‘-uzumzor ostida W = (0,2^0,4) • 10-3 m/kun bo‘lsa suv
o‘tkazuvchan deb qabul qilish mumkin.
Pastki qatlamdan tepaga tik (qk) yoki pastga tik (qs) xarakat qiladigan va
ajratuvchi suvni kuchsiz o‘tkazadigan qatlam orqali sizib o‘tadigan qiymatlarni
amaliy jixatdan baholash uchun ularni «W» qiymati bilan taqqoslanadi va bu esa
balansning kirim qismining asosini tashkil qiladi va zovurlarga bo‘lgan asosiy
yukni belgilaydi.
q = W+ qk; (24)
q = W - qs; (25)
124
O‘zbekistonni yangidan sug‘oriladigan massivlarida o‘tkaziladigan balanc
tadqiqotlariga asoslanib, agar qk, qs ning miqdori 0,2W dan oshganda meliorativ
hisoblarda foydalanish mumkin, yoki uning axamiyati bor. Unda ajratuvchi
qatlamning suv o‘tkazmaslik kriteriysi (mezoni) qilib quyidagi sharoitni qabul
qilsa bo‘ladi:
qk(s) < 0,2 W (26)
Arid iqlimli O‘rta Osiyoda joylashgan paxta ekiladigan xo‘jaliklarda,
sug‘orishni sho‘r yuvish rejimida, kritik chuqurlik 2 - 2,8 m bo‘lganda W ning
miqdori sug‘orish me’yorining 15-25% ini tashkil qiladi va III-V gidromodul
tumanlarda yiliga 6000 - 10000 m3/ga dan iborat. Bunda yiliga W = 900^2500
m3/ga yoki W = (0,3^1,0)10-3 m/kun ni tashkil qiladi va suvni oz o‘tkazuvchi
qatlamlarni suv o‘tkazmas qatlami (qk(s)) sifatida baholash uchun Darsi
formulasidan foydalaniladi:
qk(s)= ------ K a (27)m a
O‘rta Osiyo sharoitida subbosimli sizot suvlari oqimlarida (ma) ajratuvchi
qatlamning qalinligi 5 - 50 m, ayrim vaqtlarda 100 metrgacha Ka esa 10-2 - 10-4
m/kunni tashkil qiladi. Bosimli suv sathining bosimsiz suv sathiga nisbatan
balandligi (Ah) sarflanish mintaqasida 0,5 - 5,0 m ni, ayrim щaroitlarda 10
metrgacha qiymatni tashkil qiladi.
Turli xildagi meliorativ masalalarni yechish uchun yotish sharoiti
bo‘yicha tog‘ jinslarini uch xil suv o‘tkazmas qatlamlarga bo‘linadi: regional,
mahalliy (lokal) va suv o‘tkazmas qatlamchalar.
Regional suv o‘tkazmas qatlamlarga sizot suvlari oqimi guruhlari va
aloxida oqimlar komplekslari ostida tarqalgan tog‘ jinslarini (asosan to‘rtlamchi,
qisman pastki to‘rtlamchi davr) kiritish mumkin. Bunday suv o‘tkazmas
qatlamlar melioratsiya qilinayotgan massivdan katta maydonda chetga chiqqan
bo‘ladi (qamrab oladi). O‘rta Osiyoning arid iqlimli mintaqsida bir necha yuz
metrli kontinental qumli - gilli qizil rangli jinslardan tashkil topadi (alevrolit,
qumtosh, gill).
125
Masalan, Markaziy Farg‘ona, Qarshi cho‘li, Surxon - Sherobod hududida
tarqalgan molass fatsiyasi, ya’ni poleozoyni qoyali cho‘kindi jinslari (slanetslar,
ohaktoshlar, qumtoshlar) barcha tog‘ oralig‘idagi botiqliklarda, quyi va o‘rta
to‘rtlamchi davrda hosil bo‘lgan va tarqalgan og‘ir gili tuproqlar, gillar va tosh
lyosslardan va tog‘ oldi tekisliklarida va subaeral deltalar hududida tarqalgan.
Mahalliy suv o‘tkazmas qatlam loyiha qilinayotgan massiv maydonidan
kichik alohida oqim maydonining bir qismidan iborat maydonni egallaydi va
to‘rtlamchi davr yotqiziqlaridan tashkil topadi. Ular odatda delyuvial va ko‘llar
faoliyati natijasida hosil bo‘lgan 20^ 100m chuqurlikda tarqalgan og‘ir gilli
tuproq va gillardan iborat. Yirik daryosining subaeral deltalarida (Amudaryo,
Sirdaryo, Zarafshon), mahalliy (kichik) suv o‘tkazmas gillar va og‘ir gilli
tuproqlardan allyuvial yo‘l bilan hosil bo‘lganlar.
Suv o‘tkazmas qatlamchalar - aeratsiya mintaqasi yopqich qatlamlar
tarkibida qalinligi 10 metrgacha qalinlikda tarqalgan, osma sizot suvlarini hosil
bo‘lish sharoitini belgilaydi va suv o‘tkazmas qatlamchalar 3-5 metr chuqurlikda
yotgan bo‘lsa, zovurlarni joylashtirish chuqurligida joylashgan bo‘lsa meliorativ
tayyorgarlik ishlariga xalaqit beradi. Bu hodisa tashilish konusining eng chekka
qismlarida sizot suvlari oqimlarining sarflanish va qayta pasayish mintaqalarida,
subaeral deltalarda (qum, qumoq tuproq, gilli tuproq, gillar almashinuvi)
uchraydi. Bunday uchastkalarda zich joylashgan gorizontal zovurlar quriladi va
ayrim xollarda aralash zovur kuchaytirgich bilan quriladi.
Oqimlarning keyingi asosiy ko‘rsatkichlariga ularning gidrodinamik
chegaralari kiradi. Ikki xil toifadagi chegaralar ajratiladi.
1. doimiy sarf bilan;
2. doimiy bosim bilan.
Tabiiy sharoitda chegaralarni aniqlashda (sug‘orishsiz) oqimlarning
tarxdagi shakli va ularni tabiiy ozuqa olish sharoitini hisobga olish zarur. Arid
iqlimli mintaqada, tog‘lik hududdan oqib keladigan yer usti suvlari hosil qilgan
tashilish konuslarining allyuvial-prolyuvial yotqiziqlariga joylashgan radial
yoyiluvchan oqimlar, kichik va qo‘shilgan tashilish konuslarida, delyuvial
126
yotqiziqlarga, vod iy larn ing allyuvial yo tq iziq lariga v a daryolarning subaeral
deltalariga jo y lash g an - parallel oqim larga b o ‘linadi.
O zuqalanish v a tranzit m intaqasi chegaralari k o ‘p ho llarda q o ‘shilib
ketgan b o ‘ladi. Shuning uchun bu b irlashgan m intaqaning suv sarfi oqim
y o ‘nalish i b o ‘y icha b irm uncha ortadi.
e
11-rasm. R adial yoy iluvchan oqim tasviri
a-oqim tarxi; b-I-II chizig‘i bo‘yicha kesim; aylana ichidagi sonlar: 1-oqimning yon va pastki
chegaralari; 2-gidroizogipslar; 3-oqim fronti bo‘ylab kesimlar, yuqorisi - B 1, T1, i1; pastkisi -
B2, T2, i2; 4-tranzit va sarflanish mintaqasining chegarasi; 5-shag‘allar va qumlar; 6-qumoq va
gili tuproqlar; 7-sizot suvlari sathi; 8-bosimli qatlamning p’ezometrik sathi.
Sarfning doim iylig ini sarflanish m intaqasidan yuqorida, oqim ning
bosim siz qism ida, k o ‘tarilm agan qism ida, b irnech ta kesim larda tekshirish
tavsiya etiladi.
Sarfni aniqlash yuqoridagi sxem adagi kabi quyidagi b o g ‘liq lik lar b o ‘y icha
aniqlanadi.
0! = q B ( 28 ) & = q2 B2 (29)
Ч1 = Tih (30) q2 = T2h (31)
127
Birinchi toifadagi chegarada agar sarflar teng bo‘lsa, quyidagilarga ega
bo‘lamiz:
Q=Q2; t • i,•b , = r2•i2•b , (32)
b- = - B (33)i 2 —1B 1
Oxirgi sharoitga rioya qilish, birinchi toifadagi chegarani aniqlash uchun
etarli darajadagi aniqlikni mavjudligini ko‘rsatadi.
Tabiiy sharoitda (sug‘orishsiz) ikkinchi toifadagi chegaralar oqim
sarflanish mintaqasining yuqori qismida joylashadi yoki daryolarning sathi
balandligi bo‘yicha (Amudaryo, Sirdaryo), yer osti suvlari oqimi daryolar bilan
tutashgan yerdan o‘tkaziladi. Irrigatsion-meliorativ qurilishda doimiy bosimli
chegaralar sun’iy ravishda barpo qilinadi. Bularga yirik irrigatsion kanallar, suv
tashlaydigan inshootlar va suv omborlari kiradi. Bu inshootlar odatda
oqimlarning yuqori qismiga joylashtiriladi va suvli kompleksni ochilishini
darajasi bo‘yicha nomukammalligi, tagini loyqa bosganligi bilan bog‘liq bo‘lgan
qarshilikka ega.
Irrigatsion-meliorativ tizimlarni hisoblashda, kanallar va suv
omborlaridan suvni yo‘qotilishi, sizot suvlari sathini ko‘tarilishi, barcha turdagi
kollektor-zovur tizimlari asosida bo‘ladigan qarshiliklarni hisobga olish birinchi
darajali ahamiyatga ega.
£ n.d.ni aniqlashning bir usuli kanal, suv ombori va kollektor-zovur
tizimlari ta’sirida barpo qilingan, oqimning deformatsiyaga uchragan qismida,
bir yo‘nalish bo‘yicha joylashtirilgan quduqlarda suv sathini bir vaqtda o‘lchash
yo‘li bilan topiladi.
Masalan, Janubiy Mirzacho‘l kanali sarfi 350 m3/s va gruntlarning
filtratsiya koeffitsienti 0,1-1 m/kun, sizot suvi sathi ustidagi bosim 6 metrgacha
bo‘lganda £ n.d =10-15,0 m, Mirzacho‘l kollektori sarfi 100,0 m3/s., xuddi
shunday gruntlarda va kollektor sizot suvlari sathidan 6 m chuqurlikgacha
128
joylashtirilganda X„.d=20-70 m, chuqurligi 5-6 metr va bosimi 3,0 metrgacha
bo‘lgan xo‘jaliklararo kollektorlarda, £ n.d =50-120 metrni tashkil qiladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan chegaraviy sharoitlardan tashqari uchinchi va
to‘rtinchi toifadagi chegaraviy sharoitlar ham bo‘ladi.
Uchinchi toifadagi chegaraviy sharoit bosimlar farqi hisobiga sarfning chiziqli
bog‘liqligini ifodalaydi va gidravlik bog‘langan qatlamlar sharoitida maydon
bo‘ylab ozuqalanish yoki sarflanish jarayonida sodir bo‘ladi.
Ikki xil suv sizuvchanligi notekis bo‘lgan suvli gorizontlarning tutashgan
yerlarida to‘rtinchi toifadagi chegaraviy sharoit bo‘ladi. Bunda oqimlar
uzilmaydi va tutashgan yerlarda, elementar kesimlarda, chegaralarda, bosim va
sarf teng bo‘ladi.
12-rasm. Kanal va kollektorlar o‘zanining qarshiligini grafik usulda aniqlash.
Hozirgi vaqtda hisoblash va modellashtirish imkoniyati bo‘lgan 4 sxema
yoki tizim ajratiladi.
1) Bir suvli qatlamli.
a) Bir qavatli. Bu hol juda kam uchraydi, linzalar, qatlamchalar bo‘ladi.
b) Ikki qavatli. Bunday qirqim tashilish konusining yuqori qismida, baland
terassalarda uchraydi hamda, bosimli va bosimsiz bo‘ladi. Bir qavatdan
ikkinchisiga oqib o‘tadigan suvni (yuqoridan pastga). quyidagi formula orqali
Ahaniqlanadi: q = ± K rm
(34)
129
Bu qulay tizim - chunki yopqich qatlam ichida suvni yaxshi o‘tkazuvchi
qatlam bor. Oqib o‘tish hollarini ko‘rib chiqamiz:
SSS>BSPS
SSS<BSPS
SSS=BSPS
13-rasm. Geofiltratsion kesimlar.
I-bir qatlamli, (bir va ikki qavatli); II- ikki qatlamli, (yopqich qatlamli va
yopqich qatlamsiz), III- ko‘p qatlamli, IV - qatlamsiz.
2) Ikki suvli qatlamli sxema.
A) yopqich qavatsiz. B) yopqich qavatli. Bosimli yoki bosimsiz tizim bo‘ladi.
Agar ikkinchi qatlam bosimli bo‘lsa, sizot suvlarini idora qilishga yordam
beradi. Oqib o‘tish sarfini hisoblanadi:
Ahq = ± к , — ; (35)
130
3) Ko‘pqatlamli sxema.
A) yopqich qavatsiz B) yopqich qavatli.
Bu sistema bosimli va bosimsiz, yopqichli va yopqichsiz bo‘ladi. Odatda
meliorativ sistemalarni amaliy hisoblari uchun ko‘p qatlamli sistemalar, 2 yoki 3
qatlamli sistemaga keltiriladi. Chunki bular uchun aniq echim mavjud.
4) qatlamsiz sxema. Bu sxemada qum, shag‘al va boshqa suvli qatlamlar
bo‘lmaydi.
a) bir xil jinsli qirqim. b) bir necha xil qavat-qavat jinsli qirqim. Bu
sxemada yerlarning meliorativ holatini yaxshilash juda murakkab.
V.M.Shestakov Kf ga qarab, engil, o‘rta va og‘ir qirqimlar ajratgan. Sistema
bosimsiz.
Arid mintaqada joylashgan oqimlarda sathlar orasida uch xil nisbat
bo‘lishi mumkin:
Birinchi - pezometrik sath sizot suvi sathidan balnd (Ah - ijobiy qiymat);
Ikkinchi - pezometrik sath sizot suvi sathiga teng (Ah - nolga yaqin);
Uchinchi - pezometrik sath sizot suvi sathidan pastda (Ah - salbiy
qiymat);
Birinchi holat (nisbat) barcha sizot suvi oqimlarining sarflanish
mintaqalarida uchraydi, ya’ni sizot suvlarini bug‘lanishga va yer yuziga chiqib
sarflanadigan qismi, birinchi subbosimli gorizorntdan keladigan tik oqim bilan
to‘ldiriladi. U o‘z navbatida tranzit mintaqasidan va pastda joylashgan vertikal
oqimdan keladigan suvlar ozuqa oladi.
Bunday oqimning balansi strukturasi
Qk=Qc+Qch (36)
Bu zonada oqim sarfi (Qc) yuqori mintaqadan keladigan suv miqdorining
75-95 % ini (Qk) tashkil qiladi.
Ikkinchi ko‘rinish tabiiy holatda barcha katta pasayish va tarqalish
mintaqasida uchraydi (Amudaryo, Sirdaryo, Qarshi cho‘lini birinchi navbati,
Mirzacho‘lning markaziy massivi). Bu joylarda sizot suvlarining chuqurligi
sug‘orishga qadar 5-10 m da yotgan edi.
131
Bu mintaqalarda oqim turg‘un xarakterga ega, sizot suvi yuzasidan
bo‘ladigan juda kichik bug‘lanish pastdan vertikal yo‘nalishda keladigan suv
bilan to‘ldirib turiladi. Sizot suvi sathi 5,0 metrdan oshganda bug‘lanish yil iga
100 m3/ga teng yoki 3-10-5 m3/kun m2 ga teng. Bunday vertikal oqib (sizib)
o‘tish, yopqich qatlam qalinligi bir necha o‘n metr va filtratsiya koeffitsienti 1
m/kun ga teng bo‘lganda, Ah bir necha millimetrga teng bo‘lganda sodir bo‘ladi.
Uchinchi hol - tabiiy drenalangan yerlarda, yopqich qatlam eroziya bilan
yuvilib ketgan joyda va suvli qatlam ochilib qolgan joyda uchraydi. Bu holda
infiltratsion sizot suvlari drenalangan qatlamga sizib o‘tadi, ya’ni vertikal zovur
ishlayotgan sharoit qaytariladi. Bunga o‘xshash hodisa qadimgi tashilish
konuslarida «kesilgan» oqimlarda uchraydi. Misol, Sirdaryoni o‘ng
qirg‘og‘idagi oqimlarda, o‘rta oqimdagi Bayavut-Farxod massivini ko‘rsatish
mumkin.
Demak geofiltratsion xaritalarda to‘rtta sxemaning rejadagi chegarasi
ajratiladi. Buning asosida qaysi tipdagi zovurni qo‘llash mumkinligi to‘g‘risida
xulosaga kelinadi. Masalan aniq ifodalangan suvli qatlamlar keng tarqalgan
bo‘lsa sistematik zovurlarni qo‘llash taklif qilinadi, yoki suvli qatlamlar 2 yoki 3
dona bo‘lsa vertikal zovur quduqlarining sizgichini joylashtirishning bir necha
variantlari ko‘rib chiqilishi maqsadga muvofiqdir.
Qatlamsiz sxema mavjud yerlarda odatda gorizontal zovur yaxshi samara
beradi, suv o‘tkazmas tizimda esa zovurni qo‘llashni imkoniyati yo‘qligi
ma’lum.
Suvli qatlam tizimlari xaritada ko‘rsatilgandan so‘ng, gorizontal zovur
ishlashi samarasiga ta’sir qiluvchi yopqich yotqiziqlarning suv o‘tkazish
xususiyatlari tasvirlanadi.
Xarita tuzish tamoyillarini asoslashda avvalo yopqich qatlamlarning
qalinligi va suv o‘tkazuvchanligi gorizontal zovur ishlashi samarasiga ta’sirini
tahlil qilib chiqish lozim. Bu ta’sir asosan gorizontal zovurning gidrodinamik
nomukammalligida ko‘rinadi. Chunki gorizontal zovurlar orasidagi masofa
yopqich jinslarni suv o‘tkazuvchanligiga, qisman ularning qalinligiga bog‘liq .
132
Shuning uchun xaritada tasvir qilinadigan yopqich qatlamning ko‘rsatgichi
bo‘lib zovurning osti sathidan pastda joylashgan jinslarning suv
o‘tkazuvchanligi hisoblanadi.
Zovurning samaradorligi nuqtai nazaridan, suv o‘tkazuvchanligi bo‘yicha
yopqich qatlamlarning uch turi ajratiladi.
6.3-jadval.
Filtratsiyakoeffitsienti,
m/kun<0,1 0,1-0,5 >0,5
Xarakterli jinslarOg‘ir gilli
tuproqlar va gillar Engil gilli tuproqlar va o‘rta
Qumoq tuproq va qumlar
Gorizontal zovurni qo‘llash sharoitlari
Qulay bo‘lmagan sharoit O‘rtacha sharoit Qulay sharoit
14-rasm. Gorizontal zovurlarni qo‘llash sharoiti bo‘yicha yopqich qatlamlarni
xaritasini tuzish.
1-razvedka quduqlari, 2 - yopqich qatlamlar bo‘lmagan va yer yuzida qumli qatlam tarqalgan
viloyat.
Noqulay sharoitda zovur samara bermaydi, oraliq sharoitda turlicha
zovurni qo‘llashni hisoblab asoslash talab etiladi, qulay sharoitda gorizontal
zovur qo‘llash odatda afzaldir.
133
Bunday sharoitlarni aniqlash uchun yer yuzidan 3-4 metr chuqurlik uchun
kesim xaritasi, ya’ni zovurning chuqurligiga to‘g‘ri keladigan xarita tuzish lozim
va bu xaritada gorizontal zovur qo‘llanadigan turli sharoitni aks ettiradigan tog‘
jinslari tarqalgan mintaqalar ajratilishi kerak. Hamda xaritada yopqich qatlam
yo‘q bo‘lgan yoki zovur uni to‘liq kesib o‘tadigan sharoitlar ajratib ko‘rsatilishi
kerak. Bu xaritada yana zovur chuqurligidan yuqorida va pastda joylashgan
yopqich qatlam to‘g‘risida ham tasavvur berishi kerak. Ayniqsa shu
chuqurlikdan yuqorida yaxshi suv o‘tkazuvchi jinslarni, pastda yomon
o‘tkazuvchi jinslarni ham ko‘rsatish kerak. Bu qavatlar zovur ish sharoitini
yaxshilaydi yoki yomonlashtiradi. shularga asosan xaritalarda yopqich qatlamni
tuzilishini aks ettiradigan «namunaviy sharoitlar» ajratish taklif qilinadi.
Yopqich qatlam tuzilishining gorizontal zovur qo‘llanilishi sharoiti
bo‘yicha tipik shartli tasviri infiltratsion suvlarning shimilish sharoitini baholash
uchun yopqich qatlamlar orasida suvni o‘ta yomon o‘tkazuvchi (0,01 -0,001
m/kun) qavatlarni tarqalganligi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lmoq kerak,
chunki tuproq qatlamida bunday gorizontlarni mavjudligi, bunday yerlarni
sug‘orishni murakkablashtiradi, qirqimning pastki qismida bo‘lsa vertikal zovur
qo‘llashni qiyinlashtiradi.
Geofiltratsion tuzilish va yopqich qatlam tuzilish, haritasiga asoslanib,
zovurlarning qo‘llash sharoitlari xaritasini tuzish mumkin. Ajratilgan mintaqalar
kichik bo‘lishi mumkin - meliorativ ho‘jalik maydoniga nisbatan.
Shuning uchun loyiha tuzishda zovurni shunday variantini loyiha qilish
kerakki, u massivning tuzilishiga, xususiyatlari talabiga javob bersin va shu
bilan bir qatorda meliorativ ho‘jalik maydonida bir turdagi zovur bo‘lsin - bu
ekspluatatsiya uchun qulay bo‘ladi.
134
15-rasm. Gorizontal zovurlarni qo‘llash sharoiti bo‘yicha yopqich qatlamlarning
tuzilishi sxemasi.
A-qulay, B-o‘rta (oraliq), V-noqulay (1-qumoq tuproq), 2-engil va o‘rta gili tuproqlar, 3-og‘ir
gilli tuproqlar va gillar, 4-zovur asosi sathi.
135
Geofiltratsion sxemalashtirish xaritasida suvli qatlamlarning chegarasi
ularning qalinligiga qarab o‘tkaziladi.
Qatlam deb suv o‘tkazuvchanligi 20 m2/kundan ortiq bo‘lgan suvli
qavatga aytiladi. “T” bo‘yicha suvli qatlamlar quyidagilarga bo‘linadi. 20-50 m,
50-100 m, 100-200 m, 200-300 m, 300-500 m, 500-1000 m, >1000 m.
Yopqich qatlam qalinligi 2 metrdan ortiq bo‘lganda hisobga olinadi
(Mb>2,0 m), chunki arid iqlimli sharoitda sizot suvlari chuqurligi 2,0 metrdan
yuqori bo‘lganda xarorat unga katta ta’sir o‘tkazadi. Qalinligi bo‘yicha
quyidagilar qabul qilingan: 2-3 m, 3-5 m, 5-10 m, 10-20 m, 20-30 m, 30-50 m,
50-100 m, >100 m.
Ajratib turuvchi qavat. Agar Kr<0,01 m/kun, Mr>5,0 m bo‘lsa ajratib
turuvchi qavat deb qabul qilinadi. Ikkala suvli qatlamda sath bir xil balandlikda
bo‘lsa ajratuvchi hisoblanmaydi.
Suv o‘tkazmas qatlam yuzasi izoliniyalari ham haritaga tushiriladi. Faol
mintaqaning chuqurligi gorizontal zovurga 2 zovur orasidagi masofaning 1/3
qismiga teng, vertikal zovurda skvajinaning 1,5-2,0 hissa chuqurligiga teng,
ya’ni geofiltratsion qirqim shu chuqurlikgacha tuziladi.
Nazorat savollari.
1. Masalaning tarixi qanday?
2. Gidrogeologik-meliorativ tumanlarga bo‘lish deganda nimani tushunasiz?
3. Taksonomik birliklar nima?
4. Haritalarning ta’rifi?
5. Qanday gidrogeologik-meliorativ tamoyillarni bilasiz?
6. Professor N.N.Xodjiboevni sizot suvlari oqimlari tamoyili?
7. Xaritalarning masshtablari?
8. Geofiltratsion tasvir xaritasi tushunchasi?
9. Geofiltratsion qirqim tushunchasi?
10. Sxemalashtirish tamoyillari?
11. Suv o’tkazmas qatlamlar tushunchasi?
12.Qatlamdan qatlamga suvni sizib o’tish formulasi?
136
13.Yopqich qaatlamlar tushunchasi?
14. Oqim chegaralari?
15.Bir qatlamli geofiltratsion tizim?
16. Ikki qatlamli geofiltratsion tizim?
17.Uch yoki ko’p qatlamli geofiltratsion geofiltratsion tizim?
18.Qatlamsiz geofiltratsion tizim?
19.Ajratib turuvchi qatlam tushunchasi?
20.Yopqich qatlam tushunchasi?
Atama va iboralar: gidrogeologik-meliorativ tumanlar, birliklar, gidrogeologik
jarayonlar, geologik struktura, orografiya, iqlim, viloyat, tuman, mintaqa,
mavze, geofiltratsion qirqim, geofiltratsion sxema, geofiltratsion xarita tuzish
tamoyillari, yopqich qatlam, qatlam, ajratib turuvchi qatlam.
VII-bob
Sug‘oriladigan yerlarda gidrogeologik-meliorativ bashoratlarning
vazifalari va usullari.
VII.1. Gidrogeologik-meliorativ bashoratlar, tushunchalar va turlari
Gidrogeologik-meliorativ bashoratlar deganda, melioratsiya qilinayotgan
hududda yoki uning atrofida loyiha qilinayotgan irrigatsion-meliorativ tadbirlar
ta’sirida, yerlarning meliorativ holatiga, inshootlarning mustahkamligiga va
ishlash sharoitiga bo‘ladigan ahamiyatli ta’sirlar natijasida gidrogeologik
jarayonning ko‘rsatkichlarini miqdoriy va sifat o‘zgarishlarini avvaldan aytib
berish tushuniladi.
Melioratsiyaning hozirgi davrdagi rivojlanishi darajasini yerlarda amalga
oshirilayotgan gidrogeologik-meliorativ ishlar ko‘rsatadi. Bundan tashqari
ishlab turgan sug‘orish tizimlarida qayta ta’mirlash va texnik
mukammallashtirish keng miqyosda olib borilyapti. Ayrim havzalarda sug‘orish
uchun yer osti suvdaridan foydalanilayapti. Bu omillar barcha sug‘oriladigan
yerlardagi yer osti va usti suvlari rejimiga, tuproqlarning suv-tuz rejimiga katta
ta’sir o‘tkazadi. Shu munosabat bilan gidrogeologik bashoratlar o‘tkazish katta
ahamiyat kasb etadi.
137
Sug‘oriladigan maydonlarda meliorativ tadbirlar o‘tkazishdan asosiy
maqsad tuproqlarni sho‘rlanishiga yo‘l qo‘ymaslik va qishloq xo‘jalik
ekinlaridan barqaror yuqori hosil olishni ta’minlash uchun sizot suvlarining
optimal rejimini aniqlashdan iboratdir.
Bashoratlarni o‘tkazish uchun quyidagi birlamchi ma’lumotlarni
tayyorlash lozim:
a) yerlarning geomorfologik-geologik va gidrogeologik sharoitlarini
tavsiflash va tahlil qilish;
b) gidrometeorologik va gidrologik sharoitlarni tavsiflash va ularni tahlil
qilish (atmosfera yog‘inlari, bug‘lanish, oqimlar va boshqalar);
c) suv xo‘jaligi va meliorativ sharoitlarga tavsif berish va ularning tahlili
(oqovalarni va oqimlarni boshqarish, tuproq sharoitlari, gidromeliorativ
inshootlar, suv qo‘yish rejimi, meliorativ holat va boshqalar);
d) bashorat o‘tkazilguncha bo‘lgan davr uchun sizot suvlari rejimi va
balansining o‘ziga xosligi (sizot suvlarining sathi va ularning tabiiy va sun’iy
omillar bilan bog‘liqligi, sizot suvlari balansi elementlari va ularni vaqt ichida
o‘zgarishi va b.);
e) bashorat qilish usullarini tanlash;
Melioratsiya ehtiyoji uchun o‘tkaziladigan bashoratlar vaqt birligi ichida
quyidagilarga bo‘linadi:
a) qisqa muddatli - 10 kundan 1,5 oygacha , ta’minlanganlik 85-95%;
b) fasliy - 1,5 oydan 1 yilgacha, ta’minlanganlik 70-80%;
c) uzoq muddatli - 1 yildan 3 yilgacha, ta’minlanganlik 60-70%.
Bashoratlar oldiga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqqan holda va maydon
belgisiga qarab regional va lokal (mahalliy) bashoratlarga bo‘linadi.
Regional bashoratlar, daryo havzasini va asosiy gidrogeologik
mintaqalarni o‘z ichiga oladi va yerlarni sug‘orish uchun bosh reja sxemalari va
suv resurslaridan mukammal foydalanish uchun havza sxemalarini o‘z ichiga
oladi.
138
Lokal bashoratlar melioratsiya qilinayotgan massiv hududi doirasida
bo‘ladigan o‘zgarishlar uchun tuziladi. Lokal (mahalliy) bashoratlar, yer osti
suvlari rejimi, tuproqlarni suv va tuz rejimi, sug‘orish tizimlarining texnik
loyihasi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Lokal bashoratlar aniq sug‘oriladigan
massiv va uning chegarasi uchun tuziladi. U yirik masshtabli s’yomka negizida
va regional bashoratlar asosida o‘tkaziladi.
Avvaldan o‘zlashtirilgan yerlarda asosan ekspluatatsion bashoratlar
o‘tkaziladi. Tayanch va xo‘jaliklar hududida joylashgan kuzatuv quduqlarida
o‘tkazilgan kuzatuv ekspluatatsion bashoratlarni tuzishga va ularni
haqqoniyligini baholashga imkon beradi. Uning natijasida loyiha echimlarini
tekshirish, xususan qurilish muddatlarini va zovur ko‘rsatkichlarini aniqlash
uchun kerak bo‘ladi. Bashoratlarning to‘g‘riligi sizot suvlarining amaldagi
ko‘tarilish tezligi, yotish chuqurligi, minerallashganligi, kimyoviy tarkibi
bashorat natijalariga taqqoslanib baholanadi.
Meliorativ holat ko‘rsatkichlarining amaldagi holatini, bashorat
natijalariga nisbatan o‘zgarganligini, ekilgan ekinlarning amaldagi tarkibi,
sug‘orish rejimi, rejadagi suv berilishi, sug‘orish tizimining foydali ish
koeffitsienti, zovurlarning parametri, ularning texnikaviy holati, ekspluatatsiya
sifati va boshqalar taqqoslab tahlil qilinadi. Hamda gidrogeologik hisoblarda
ishlatiladigan ko‘rsatkichlar ham sistemalarni ekspluatatsiya qilish davrida rejim
kuzatuv natijalaridan foydalanib aniqlangan ko‘rsatkichlar bilan taqqoslanadi.
Bashorat qilingan umumiy suv balansi, sizot suvlari balansi, tuz balansini
amaldagi natijalar bilan solishtirish katta ahamiyatga ega.
Agar tahlil natijalariga ko‘ra yerlarning meliorativ holati yomonlashuvi
xavfi borligi aniqlansa, unda aniqlangan sabablarga muvofiq ekspluatatsion,
qurilish va boshqa meliorativ tadbirlar belgilanadi. Lozim bo‘lsa bu ishga loyiha
institutlari jalb qilinadi. Yerlarni meliorativ holati kadastrini tuzishda yerlarni
meliorativ holati bo‘yicha toifaga bo‘linadi: “yaxshi, qoniqarli, qoniqarsiz,
yomonlashuv xavfi bor yerlar”.
139
Bashoratni tekshirish faqat sug‘oriladigan maydonlar uchun bajarilmay,
balki atrofdagi (adir) yerlar va aholi punktlari ham qo‘shib tekshiriladi.
Gidromeliorativ tizimlarni ekspluatatsiya qilishda atrofdagi yerlar
sug‘orilsa eskidan sug‘orilayotgan yerlarda yer osti suvlarini kelishi bilan
bog‘liq (podzemniy pritok) sizot suvlarining ko‘tarilish xavfi tug‘iladi.
Tizimlarning foydali ish koeffitsienti ko‘tarilsa yoki sizot suvlari sug‘orishda
foydalanilsa, yer osti suvlarining kelishi kamayadi, sizot suvlari sathi pasayadi
va sug‘orish me’yorlarini ko‘paytirish talab qilinadi. Bularga ko‘ra eskidan
sug‘orilayotgan yerlarda gidrogeologik bashoratlar qilish ehtiyoji tug‘iladi. Bu
bashoratlar yangi loyihalar tarkibiga kiritiladi.
Qayd qilingan bashoratlar bir necha yillik davrni o‘z ichiga oladi.
Bu bashoratlardan tashqari gidromeliorativ tizimlarni ekspluatatsiya
qilishda sizot suvlari rejimining fasliy yoki yil ichidagi bashoratlari ham kerak
bo‘ladi.
Fasliy bashoratlar 1 oydan bir necha oygacha bo‘lgan muddatni o‘z ichiga
oladi. Bunda quyidagi ma’lumotlar ko‘rib chiqiladi:
1. Sizot suvlari sathining bahor fasli uchun bashorati. U ekinlarning
tarkibini tuzatish, joylashtirish va ekish sharoitni baholash uchun kerak. Bundan
tashqari, sizot suvlari paxtaning unish davrida tuproqlarning tuz rejimiga ta’sir
ko‘rsatadi. Bu holda sizot suvlari sathining bahorgi bashorati, vegetatsiya
davrigacha bo‘lgan sathi, sho‘r yuvishga berilayotgan suv, sug‘orish, yog‘inlarni
va havoning harorati hisobga olinadi. Bashoratlar tayanch va xo‘jalik
hududidagi kuzatuv shaxobchalaridan foydalanib tuziladi.
2. Sizot suvlarining yotish chuqurligi bashorati. U sug‘orish rejimini
tuzatish hamda yerlarning meliorativ holatini baholash uchun kerak. Birlamchi
bo‘lib vegetatsiya davrigacha sizot suvlarining chuqurligi olinadi, bundan
tashqari korrelyasion bog‘lanishni hisoblash uchun rejadagi sug‘orish
me’yorlari, qo‘shilayotgan atmosfera yog‘inlari miqdori va havoning harorati
qo‘shiladi. Bashoratda foydalanilgan qiymatdan yog‘inlar miqdori va suv berish
(vodopodacha) miqdori farq qilsa unga o‘zgartirishlar kiritiladi va tuzatishlar
140
sizot suvlari rejimini asl holatini hisobga olib amalga oshiriladi. Bashoratlar
tayanch va xo‘jaliklar hududida joylashgan kuzatuv quduqlari bo‘yicha
bajariladi.
3. Vegetatsiya davridan tashqaridagi davr uchun bashoratlar. Bu
bashoratlar sho‘r yuvishni (boshqa suv quyishlarni) o‘tkazish muddatlarini va
me’yorlarini aniqlash uchun kerak. Korrelyasion bog‘lanishlarni hisoblash
uchun birlamchi ma’lumot bo‘lib vegetatsiya davri oxiridagi sizot suvlari sathi
chuqurligi xizmat qiladi. Hamda irrigatsion-xo‘jalik va meteorologik omillardan
ham foydalaniladi.
Minerallashgan sizot suvlari shakllangan hududlar uchun sathlar
bashoratidan tashqari, minerallashganlikning fasliy va yillik bashoratlari
tuziladi.
Yillik va fasliy (miqdoriy) bashoratlar uchun ma’lumotlar etishmasa sifat
bashoratlari bajariladi. Sifat bashoratlarining asosiy vazifasi yerlarning
meliorativ holatining o‘zgarish tendensiyasini aniqlashdan iborat bo‘ladi.
Ekspluatatsion sifat bashoratlari bir necha bosqichda bajariladi:
a) sug‘orish tizimi hududining gidrogeologik-meliorativ va tuproq
sharoitini, hozirgi sharoitni aniq tahlil qilish;
b) bu sharoitni belgilaydigan tabiiy va texnogen omillarga baho berish
(meteorologik, sug‘orishga suv berish va sug‘orish suvining sifati, zovurlarning
holati, umumiy suv-tuz balansi va sizot suvlari balansining strukturasi, xususan
yer osti suvlarining kirishi va chiqishi, agrotexnika va b.) va yaqin yillarda
ularni o‘zgarish tendensiyasini aniqlash;
c) zovurlar bilan sizot suvlarining sathi, kimyoviy tarkibi va tuproqlarning
suv-tuz rejimini boshqarilganlik darajasini (zaregulirovannost) hamda sug‘orish
rejimi va kimyoviy melioratsiya bilan olinadigan hosil va uning barqarorligini
hisobga olish;
d) sizot suvlari rejimini va tuproqlarning suv-tuz rejimini belgilaydigan
omillarning o‘zgarish tendensiyasini aniqlash asosida sifat bashoratini tuzish.
141
Bashorat xo‘jalik bo‘yicha, agar ma’lumotlar etarli bo‘lsa almashlab ekish
massivlari bo‘yicha tuziladi.
Bashoratlar gidrogeologik va tuproq iqlim sharoitini e’tiborga olgan holda
o‘zgarishi mumkin.
Masalan, sahro va yarim sahro mintaqasida, chuchuk va kuchsiz
minerallashgan (1-2 g/l) sizot suvlari tarqalgan, drenalangan yerlarda sug‘orish
suvining sifati yaxshi bo‘lsa, faqat suvning sathi bashorat qilinadi. Bashorat
sizot suvlari sathining oldingi va ko‘p yillik o‘zgarishlarini tahlil qilish asosida
bajariladi. Sun’iy drenalangan yerlarda zovurlar tizimining texnik holati va
ko‘rsatkichlari hisobga olinadi. Sizot suvlari rejimi tuproqlarning botqoqlanish
holatini oldini oladigan tadbirlarning qanchalik ishonchliligi nuqtai nazaridan
baholanadi va “subirrigatsiya”ning maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq
emasligi aniqlanadi.
Kuchsiz tabiiy drenalangan massivlarda bashoratning ob’ektlari sizot
suvlarining sathi va minerallashganligi, tuproqlarning suv-tuz rejimi
hisoblanadi. Sizot suvlari rejimining o‘zgarish tendensiyasi oldingi yillardagi
rejimni tahlil qilish asosida, tuproqlarning tuz rejimini esa tuz s’yomkalari
ma’lumotlarini va suv-tuz maydonchalarida olib borilgan kuzatuvlarni
taqqoslash orqali aniqlanadi. Bunda, sug‘orish suvlari sifatining o‘zgarishi,
zovurlarning texnik holati, texnogen omillarning o‘zgarishi hisobga olinadi. Bu
omillar birgalikda yerlarning meliorativ holatini o‘zgartiruvchi asosiy sabab
sifatida, sizot suvlari balansini va tuproqlarning suv-tuz balansini o‘zgarishini
tavsiflashi lozim.
Bashoratlar faqat turli xil ko‘rsatkichlarning o‘zgarish tendensiyasini va
ularni keltirib chiqaruvchi omillarning o‘zgarishini aniqlashdan iborat bo‘lmay,
balki tuproqlarda barqaror qulay meliorativ holatga yerishish uchun bu omillarni
boshqarish bo‘yicha tavsiflar bilan tugallanishi lozim. Sifat bashoratlarining
aniqligini gidrogeologik-meliorativ xizmati nazorat qiladi va tuzatib boradi.
142
VII.2. Sug‘oriladigan yerlarda gidrogeologik bashoratlarning
umumiy vazifalari va usullari
Irrigatsion-meliorativ tadbirlar loyihalarini asoslash uchun o‘tkaziladigan
barcha gidrogeologik qidiruv-tadqiqotlarining yakunlovchi (oxirgi) vazifasi,
ko‘p mutaxassislar e’tiborini qaratadigan-gidrogeologik bashoratlar hisoblanadi.
Sug‘oriladigan yerlarni meliorativ holatidagi o‘zgarishlarni
xarakterlaydigan va bashorat qilinadigan gidrogeologik jarayonning asosiy
ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiradi:
1. Sizot suvlari oqimlarining ozuqa olish va tranzit, sarflanish va qayta
pasayish va yoyilish mintaqalarida gidrodinamik chegaralarning, ozuqa olish va
sarflanish sharoitlarining o‘zgarishi;
2. Sug‘oriladigan yerlarni umumiy va mahalliy drenalanganligi (tabiiy
zovurlar bilan ta’minlanganligi) sharoitining o‘zgarishlari;
3. Sizot suvlari sathi, kimyoviy tarkibi, rejimi va balansini o‘rganish.
Melioratorlar 4-turdagi bashoratlarni amalga oshiradilar:
I-tur. Meliorativ tizimlar qayta ta’mirlanadigan va rekonstruksiya
qilinadigan qadimdan sug‘oriladigan yerlardagi bashoratlar. Masalan,
Mirzacho‘lni qadimdan sug‘oriladigan mintaqasi. Kanallar beton qoplamasi
bilan qoplanmagan edi - qoplandi, yangi zovur va kollektor qurildi.
II-tur. Yangidan sug‘oriladigan va zaxi qochiriladigan yerlardagi
bashoratlar. Bashoratning vazifalari - loyiha qilinayotgan sug‘orish tizimi
ishlab boshlaganidan so‘ng sizot suvlari rejimini o‘zgarishi;
III-tur. Zax qochirish tizimi talab qilinmaydigan, sug‘orish ishlari loyiha
qilinadigan yerlardagi bashoratlar.
Vazifa - qo‘shni hududlarda bo‘ladigan o‘zgarishlarni baholash. Qo‘shni
hududlarda joylashgan sug‘orish maydonlarida qaysi ko‘rsatkichlarning keskin
o‘zgarganligi;
IV-tur. Zax qochirish tizimlari yerlar bir necha yillar sug‘orilgandan so‘ng
talab qilinadigan, yangidan sug‘oriladigan yerlardagi bashoratlar.
143
Vazifa: Sizot suvlari sathi qancha vaqtdan so‘ng kritik chuqurlikgacha
ko‘tariladi va tuproqlarda qayta sho‘rlanishni oldini oladigan zovurlar kerak
bo‘lishi vaqti aniqlanadi.
Yuqorida ko‘rsatilishicha, gidrogeologlar, melioratorlar qadimdan
sug‘oriladigan yerlarda ekspluatatsiya qilinayotgan tizimlarni qayta ta’mirlash
loyihasi tuzilgandan so‘ng va yangi massivlarni o‘zlashtirgandan so‘ng sodir
bo‘ladigan o‘zgarishlarni bashorat qilish vazifalari bilan shug‘ullanadilar.
Birinchi holda loyiha tuzuvchi qayta ta’mirlash tizimi joylashgan
massivda barqaror, qulay (yaxshi) meliorativ holat barpo qilish uchun hamda
qo‘shni yerlarda zovur tizimining ishlash sharoitini imkoni boricha
engillashtirish uchun meliorativ tizimlar yaratishga intiladi.
Ikkinchi holda, yangidan sug‘oriladigan massivda loyiha talab qilgan
yaxshi meliorativ sharoitni barpo qilishni va shu massivni qo‘shni hududlarga
salbiy ta’sirini hamda yangi sug‘orish massivlarida joylashgan fuqaro va sanoat
ob’ektiga bo‘lgan salbiy ta’sirlarini to‘liq yo‘qotishga erishishga xarakat
qilinadi.
Meliorativ qurilish uchun injenerlik qidiruv ishlari amaliyotida
bashoratning to‘rt xil usullari qo‘llaniladi:
1. Xarakatdagi ob’ekt bilan o‘xshashligi usuli (analogiya usuli);
2. Balans natijalarini tahlil qilish usuli;
3. Analitik hisoblash usuli;
4. Modelga solish usuli;
I. Analogiya usuli oxirgi yillargacha tan olinmagan. Ammo o‘xshash
(analog) ob’ekt etarli darajada asoslangan holda tanlab olinsa, ishonchli usul deb
qabul qilsa bo‘ladi. Oxirgi yillarda analogiya usuli «Qurilish me’yorlari va
qoidalari»da qonunlashtirilgan.
O‘xshashlik mezonlari: tanlab olingan o‘xshash ob’ektning gidrogeologik
va meliorativ sharoiti, hamda suv xo‘jaligi faoliyati bo‘yicha yaqin bo‘lishi
lozim. Gidrogeologik-meliorativ sharoitning ko‘rsatkichlari:
144
a. O‘xshash ob’ekt bir xil gidrogeologik mintaqada joylashgan bo‘lishi
kerak;
b. Yerlarni geofiltratsion tuzilishi yaqin bo‘lishi va gidrogeologik
ko‘rsatkichlar bir xil tartibda bo‘lishi;
c. Suv xo‘jaligi faoliyati bo‘yicha o‘xshash, ya’ni o‘xshash sug‘orish va
zovur-kollektor tizimi;
d. O‘xshash sug‘orish rejimi;
e. O‘xshash yerdan foydalanish koeffitsienti;
f. Imkoni boricha o‘xshash, hududni tashkil qilinishi.
2) Balans usuli.
Bu usulda suv balansining kirim va sarf bo‘lish elementlari (tarkibiy
qismlarini) tahlil qilinadi va uning asosida bashorat qilinadi.
3)Analitik hisoblash usuli asosida gidrodinamikaning tenglamalarini
yechishdan foydalaniladi..
4) Modellashtirish usuli. Bu usul yer osti suvlarini tog‘ jinislari g‘ovaklari
va yoriqlaridagi harakati bilan gidravlik, elektrik o‘xshashlikdan foydalanib
modellar (qurilmalar) yaratiladi.
VII.3. Sizot suvlari oqimlarining ozuqa olish va tranzit mintaqasida
sug’orishni loyihalash uchun o’tkaziladigan bashoratlar.
Markaziy Osiyoda bunday yerlarni o‘zlashtirish imkoniyati yirik nasos
stansiyalari qurilishi boshlanganidan so‘ng paydo bo‘ldi. (Masalan Qarshi
cho‘lining yuqori qismi, Jizzax cho‘lining yuqori qismi, Ko‘korol massivi,
Tojikistondagi Dalvarzin sug‘orish tizimi va boshqalar).
Bu mintaqada tabiiy sizot suvlari oqimlari kamsuvli va yerlarning
sug‘orilishi bilan gidrogeologik jarayonning barcha ko‘rsatkichlarini keskin
o‘zgartirib yuboradi va hatto o‘zgarishlar yangi sug‘orish massivlaridan
tashqarida joylashgan qadimdan sug‘orilayotgan keng maydonlarni ham qamrab
oladi.
145
Bu mintaqada bashorat masalalarini qo‘yish va yechishda uch holni
ko‘rish mumkin:
1. Quyida joylashgan mintaqada, sug‘oriladigan yerlarda sanoat-fuqaro
ob’ektlari yo‘q va yaqin kelajakda bo‘lmaydi;
2. Quyida joylashgan mintaqada yerlar o‘zlashtirilgan va sanoat-fuqaro
ob’ektlarini mavjud;
3. Quyida joylashgan mintaqada yerlarni o‘zlashtirish va sanoat-fuqaro
ob’ektlarini qurish mo‘ljallangan.
Birinchi holda irrigatsion-meliorativ tadbirlarni loyihalashtirish uchun
to‘rt xil turdagi bashorat masalalarini yechish etarli bo‘ladi:
a) Sug‘orish infiltratsion suvlari bilan qo‘shimcha ozuqalanish ta’sirida sizot
suvlari oqimlari fronti bo‘yicha sath ko‘tarilishining chegarasini aniqlash;
b) Yerlarni tabiiy relefi o‘yilganligi bilan bog‘liq, loyiha sharoiti uchun, yer
osti suvlari oqimining mahalliy drenalanganlik sharoitini baholash;
v) Tranzit mintaqasining, yer osti suvlari ko‘tarilgan qismida oqimning
qo‘shimcha ozuqalanish miqdorini aniqlash;
g) Tranzit mintaqasining yer osti suvlari ko‘tarilgan qismida, yerlarning
meliorativ holatiga bo‘ladigan ta’sirni oldini oladigan zovurlar tizimini tavsiya
qilish va hisoblash.
Birinchi masalani ko‘p hollarda, tekis relefli va oddiy filtratsion tuzilishli
yerlarda gidrodinamikaning barqaror va barqaror bo‘lmagan rejimi sharoiti
uchun tavsiya qilingan tenglamalari yordamida aniq yechish mumkin.
Ko‘tarilish chegaralari qilib sizot suvlari ko‘tarilgan sathi yer yuzasidan 2 metr
chuqurlikda bo‘lgan qismidan (nuqtasidan) o‘tkaziladi. Shu ko‘tarilish
chegarasidan (2metrdan) quyida joylashgan yerlarda, yerlarni zax bosishini va
qayta sho‘rlanishini oldini oladigan zax qochirish tadbirlarini o‘tkazish talab
qilinadi.
Taxminiy hisoblar uchun quyidagi chekinishlar bilan Darsi formulasidan
foydalanish mumkin:
146
a) Sug‘orish vaqtida sizot suvlarining yuzasi yer yuziga parallel
ko‘tariladi va bosimsiz oqimning eng yuqori gradienti yer yuzasi nishabligidan
katta bo‘lmaydi.
b) Infiltratsion ozuqa (W) berishning muddati (miqdori), oqim
uzunligining hammasi uchun bir tekis davom etadi.
v) Ko‘tarilish balandligining (podpor) eng yuqori chegarasi, sizot
suvlarining infiltratsion ozuqalanish hisobiga barpo qilingan qo‘shimcha oqim
sarfi, yerlarning nishabi, qiyaligiga teng bo‘lgan eng yuqori gradientlarda
kesimning suv o‘tkazish qobiliyatiga teng kesimlarda (chegaralarida) aniqlanadi.
16-rasm. Oqimni ko‘tarilishini hisoblash sxemasi.
q = к ■ mi; (38) q = W ■ l; (39)
к ■ mi = W ■ l (40) l = к m i (41)W
Ikkinchi masala - yerlarni mahalliy drenalanganligi sharoitini baholashga
(qayta baholashga) bag‘ishlanadi.
O‘rta Osiyoning arid iqlimli mintaqasida sizot suvlari oqimlarining ozuqa
olish va tranzit mintaqasi, yirik soylarning tashilish konuslarida tarqalgan
allyuvial-prolyuvial qumli-shag‘alli jinslardan tashkil topgan tog‘ oldi, qiya va
tekis tekisliklarini egallaydi, va tekisliklarni o‘rab turgan tog‘ inshootlaridan
tashib keltirilgan delyuvial-prolyuvial lyoss tog‘ jinslaridan tashkil topadi.
147
Yirik tashilish konuslari odatda soyliklar bilan juda oz o‘yilgan,
yuqoridan pastga qarab kengayib boradigan tekisliklarni hosil qiladi. O‘nlab va
yuzlab kilometr kvadrat maydonlarni egallagan bu tekisliklar yakka vaqtincha
harakat qiluvchi, chuqurligi 1-3 metrdan chuqur bo‘lmagan soylar bilan kesilgan
va ular 3 metrdan pastda joylashgan sizot suvlari uchun sezilarli darajada zovur
vazifasini o‘tamaydi. Bunday yerlarni o‘zlashtirishda soy suvlari, sel omborlari
bilan to‘siladi va o‘zanlar tekislanadi. Shuning uchun bunday yerlar
o‘zlashtirilganda yerlarni mahalliy drenalanganligini o‘zgarishi bo‘yicha
bashorat masalalari yechilmaydi.
Delyuvial-prolyuvial lyoss tekisliklari barcha maydonlarda, yangi tektonik
harakatlar ta’sirida hosil bo‘lgan jarliklar bilan kesilgan. Ularning chuqurligi
odatda 5-20 m, ayrim joylarda 30,0 metrga boradi. Suv ayirg‘ichlarning kengligi
0,5 kilometrdan 3-5 kilometrga o‘zgaradi. Tabiiy sharoitda bunday kesilgan
tekisliklar mahalliy zovurlar bilan to‘liq ta’minlangan, sizot suvlari oqimlari
tarxda yassi va jarliklar bilan buzilmagan.
Bunday yerlarda bashoratlar suv ayirg‘ichlarni infiltratsion ozuqa olishini
loyiha sharoiti uchun drenalanganligini miqdoriy baholashdan iborat bo‘ladi.
Odatda bunday baholash D.M.Katsning tasnifnomasidan foydalanib amalga
oshiriladi. Bu tasnifnomada sug’oriladigan yerlarni tabiiy drenalanganlik
darajasi bo‘yicha 5-toifaga bo‘lingan: o‘ta kuchli drenalangan yerlar, chiqib
ketadigan sizot suvlari oqimi sarfi 5000 m3/yil.gektar dan yuqori qiymatni
tashkil qiladi; drenalangan yerlar chiqib ketadigan sizot suvlari oqimi sarfi 3000
5000 m3/yil. gektar, kuchsiz drenalangan yerlar, chiqib ketadigan sizot suvlari
oqimi sarfi 1500-3000 m3/yil ga, o‘ta kuchsiz drenalangan yerlar, chiqib
ketadigan sizot suvlari oqimi sarfi 500-1500 m3/yilga va oqimsiz, havza yerlar,
chiqib ketadigan sizot suvi oqimi sarfi 500 m3/yil.gektardan iborat.
Uchinchi masala ozuqa olish va tranzit mintaqasida tarqalgan sizot suvlari
oqimlarining qo‘shimcha ozuqa olishini aniqlash bo‘yicha bashoratlardan iborat.
Arid iqlimli mintaqada, sizot suvlari barcha oqimlarining, sug‘orish
suvlari bilan infiltratsion ozuqalanishidan hosil bo‘ladigan oqimlarning sarfi, bu
148
oqimlarning tabiiy sarfidan anchagina yuqori, shuning uchun mintaqaning
ko‘tarilgan qismidagi oqimning qo‘shimcha ozuqalanishi, ko‘tarilgan qismidagi
suv sarfi bilan oqimning tabiiy suv sarfi orasidagi hisoblangan farq bo‘yicha
aniqlanadi.
To‘rtinchi bashorat masalasi - quyi hududlarda joylashgan yerlarning
meliorativ holatiga suv sathi ko‘tarilishining oldini oladigan zovurlar tizimlarini
hisoblash va tavsiyalar berishdan iborat.
Tajribalarga ko‘ra, oqimning qo‘shimcha hosil bo‘lgan qismini va imkoni
bo‘lsa tabiiy oqimning ham bir qismini qo‘shib, bir yoki ikki qator
joylashtirilgan vertikal quduqlar (zovurlar) bilan tutib qolish yaxshi samara
beradi.
Tutib qoluvchi zovurlar (chuqurligi 10 metrgacha) yoki chuqurligi 20-30
metrlik zovurlar bilan ozuqa olish va tranzit mintaqasida suvli qatlamlarni
qalinligi katta bo‘lganligi uchun qo‘yilgan masalani hal qilib bo‘lmaydi. Bu
yerda vertikal zovurlarning - chuqurligi, ular orasidagi masofa, sarf va yer osti
suvi sathining pasayishi aniqlanadi.
Yer osti suvlari oqimlarini tutib (to‘sib) qolish loyihalarini ishlab
chiqishda nafaqat zovur quduqlarining meliorativ ta’sirini ko‘rib chiqish kerak
balki zovur suvlarini sug‘orishga ishlatish imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqish
kerak chunki sizot suvlari bu mintaqada chuchuk, ayrim hollarda sho‘rroq
bo‘ladi.
Ikkinchi hol. Bu holda yuqorida qayd qilingan to‘rt turdagi mahalliy
bashorat masalalariga qo‘shimcha ikkita o‘zaro bog‘liq regional bashorat
masalalarini yechish talab qilinadi: quyida joylashgan sarflanish mintaqasidagi
sizot suvlari oqimlarining o‘zgarish dinamikasini baholash va qadimdan
sug‘orilayotgan yerlarning meliorativ holatiga ko‘tarilishning ta’sirini oldini
oladigan zovurlar tizimini hisoblash tavsiyalari ishlab chiqish.
Tranzit mintaqasidan sarflanish mintaqasiga o‘tish qismining
murakkabligi (qatlamlanishlar, sathlarning har-xilligi, sarflar, qatlamchalarning
o‘zaro aloqasi) sizot suvlarini qo‘shimcha ozuqalanishi ta’sirida oqimlar
149
dinamikasini o‘rganish masalalarini yechish mumkin emasligini ko‘rsatadi.
Buning uchun sizot suvlari oqimi dinamikasini tahlil qilishda, bashorat
qilishning balans usulidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Uchinchi holda yuqorida ko‘rib chiqilgan barcha bashorat masalalari
yechiladi, ammo birlamchi ma’lumotlar, oddiy (oz hajmdagi) qidiruv
materiallari bo‘yicha qabul qilinadi, chunki quyida joylashgan yerlarda
melioratsiyaga sarflanadigan xarajatlar, yangi meliorativ tizim loyihalari
xarajatlari yig‘indisiga kiritilmaydi.
VII.4. Sizot suvlari oqimlarining sarflanish mintaqasida sug‘orishni
loyihalash uchun o‘tkaziladigan bashoratlar
Bu mintaqada, mavjud va kelajakda amalga oshiriladigan suv xo‘jaligi
faoliyatlariga bog‘liq ravishda, bashorat masalalarini yechishning 5 holati
(sluchay) bo‘lishi mumkin.
Birinchi - oqimning yuqori qismida, tranzit mintaqasida sug‘orish yaqin
kelajakda rejalashtirilmaydi; ikkinchi - tranzit mintaqasi sug‘orilayapti;
uchinchi - tranzit mintaqasi kelajakda sug‘orilishi rejalashtirilgan; to‘rtinchi -
quyida joylashgan qayta pasayish va yoyilish mintaqasida sug‘orish
belgilanmagan; beshinchi - qayta pasayish va yoyilish mintaqasida yaqin
kelajakda sug‘orish ishlari belgilangan.
Ayrim vaqtlarda yangi sug‘oriladigan massivlarda va irrigatsion-
meliorativ tizimlarda rekonstruksiya qilinadigan 100 ming gektarli yerlarda
“Sxema” va “TIA” bosqichlarda turli xil regional bashorat masalalarini
yechishga to‘g‘ri keladi.
Birinchi xol, tabiiy sharoitda tranzit mintaqasidan o‘tayotgan sizot suvlari
oqimi sarfining 75-95% bug‘lanishga sarflanadi, ozgina qismi quyidagi qayta
pasayish va yoyilish mintaqasiga va yer yuziga drenalanishga sarf bo‘ladi. Bu
yerda oqimning bug‘lanishga sarf bo‘ladigan qismining miqdorini aniqlash va
sug‘orish belgilangan yerlarda qulay meliorativ holatni ta’minlaydigan samarali
tadbirlar ishlab chiqish bo‘yicha mahalliy bashoratlar bajariladi. Sarflanish
mintaqasida qulay (yaxshi) meliorativ holatni ta’minlash uchun, sug‘orish
150
vaqtida vujudga keladigan bosimli suvlardan bo‘ladigan ozuqalanishni yo‘qotish
va zovurlar tizimini qurish yo‘li bilan sizot suvlariga bo‘ladigan infiltratsion
ozuqalanishni olib tashlab bu holatiga erishiladi. Ko‘p hollarda sizot suvlarini
ozuqalantiruvchi ko‘p bosimli suvlar, bo‘lingan alohida-alohida qatlamchalar
(linzalar) ko‘rinishida 10-20 metrdan pastda yotganligi uchun, ularni yotiq
(gorizontal) zovurlar bilan pasaytirish yuqori samara bermaydi. Ularni, tranzit
mintaqasi va sarflanish mintaqasi chegarasida (sug‘oriladigan massivning yuqori
chegarasida) qator joylashtirilgan vertikal zovurlar bilan, suv gorizonti
maydonda to‘liq tarqalgan, suv o‘tkazuvchanlik yuqori va suv sathi yer yuziga
yaqin joylashgan yerda tutib qolish maqsadga muvofiqdir. Bunda zovur
qatorlarining uzunligi sug‘orish massivlarining kengligidan katta bo‘lishi kerak,
bu esa tashqaridan keladigan suvlarning miqdorini aniqlashga imkon beradi.
Ikkinchi holda, birinchi holda yechilgan mahalliy bashorat masalalari
yechiladi. Ammo sarflanish mintaqasida, sug‘orishga mo‘ljallangan yerlar
odatda yuqoridan keladigan kuchli infiltratsion oqim hisobiga zax bosgan
bo‘ladi. Bosimli suvlarni pezometrik (bosimli) sathi yer yuzidan 5-10 metr
yuqorida, yer sho‘rlangan va botqoqlangan bo‘ladi. Ammo zovur tizimlarini
qurilishi sizot suvlari sathini tezda pasayishiga olib keladi va yerlarda sho‘r
yuvish tadbirlari o‘tkazilgandan so‘ng yerlar hosildor bo‘lib qoladi.
Uchinchi holda, xuddi ikkinchi holdagidek sizot suvlari oqimi sarfining
ko‘payishini ko‘rsatuvchi mahalliy bashorat soddalashtirilgan holda o‘tkaziladi.
Chunki kelajakda bunday oqim barpo qilinadi, va uni tranzit mintaqasida loyiha
qilingan sug‘orish rejimi sharoitiga moslab, balans usulidan foydalanib,
taxminan aniqlanadi.
To‘rtinchi va beshinchi holda regional balans bajarilmaydi, chunki tranzit
mintaqasida olib boriladigan sug‘orish ishlari, qayta pasayish va yoyilish
mintaqasida tarqalgan sizot suvlari oqimlarining dinamikasiga va suv-tuz
balansiga sezilarli ta’sir o‘tkazmaydi.
Bunday sharoitda, loyihalashtirilgan sug‘orish rejimida, sizot suvlari
balansi strukturasini tahlil qilish bilan chegaralansa etarli bo‘ladi.
151
VII.5. Sizot suvlari oqimlarining qayta pasayish va yoyilish mintaqasida
sug‘orishni loyihalash uchun o‘tkaziladigan bashoratlar
Bu mintaqada yerlarni sug‘orish vaqtida geofiltratsion tuzilishning o‘ziga
xosligi bilan bog‘liq masalalarni yechishning, ikki holatini farqlash mumkin:
geofiltratsion kesim qatlamsiz va geofiltratsion kesim bir ikki qatlamli, suvni
yomon o‘tkazuvchi yopqich qatlami bilan.
Birinchi hol, vaqtincha harakat qiluvchi yer usti oqimlari faoliyatidan
hosil bo‘lgan tashilish konuslarining chekka qismlarida joylashgan tog‘oldi yassi
tekisliklarida keng tarqalgan.
Sug‘orish vaqtida tabiiy sharoit o‘zgarmaydi va amalda oqim
harakatlanmaydi; infiltratsion suvlar aeratsiya mintaqasi gruntlarini
to‘yintirishga va sizot suvlari sathini ko‘tarilishiga sarflanadi; sizot suvlari sathi
«kritik» chuqurlikkacha ko‘tarilganda tuproq-gruntlarning qayta sho‘rlanishi
jarayoni rivojlanadi. Shuning uchun, lokal bashoratning asosiy vazifasiga loyiha
qilinayotgan sug‘orish massivi sizot suvlar rejimi o‘zgarishini baholash kiradi,
ya’ni sug‘orish boshlanganidan necha yildan so‘ng sizot suvlari kritik
chuqurlikkacha ko‘tariladi va ularning minerallashganligi qanday bo‘ladi.
Bunday masalani yechilishi kollektor-zovur tizimlari qurilishi muddati va
navbatini asoslashga va istiqboldagi sug‘orish rejimini aniqlashtirishga imkon
beradi.
Shu bilan bog‘liq ravishda infiltratsion suvlarning aeratsiya mintaqasi
orqali shimilib o‘tishi ko‘p omillarga, tarkibiga, gruntlarni yotish sharoitiga,
ularni suvli-fizik xossalariga, strukturasi va teksturasining o‘ziga xosligiga
bog‘liq. Masalan, lyoss jinslarida suvlarning harakati asosan makrog‘ovaklar
orqali amalga oshadi va yomg‘ir ko‘rinishida sizot suvi sathi yuziga tushadi,
qatlamli gilli gruntlarda ular suvga to‘liq to‘yinganidan so‘ng harakatlanadi,
suvni kuchsiz (oz) o‘tkazuvchi gillarda, gilli tuproqlarda, alevritlarda sahro
o‘simliklari hosil qilgan uzun (chuqur), eskidan mavjud bo‘lgan yoriqlar orqali
amalga oshadi. Xarakatlarning turlari hatta kichik massivlarda ham turli-tuman
152
bo‘ladi va uni tasavvur qilish o‘ta murakkabdir. Bu turdagi bashorat masalalarini
yechish soddalashtirilib, balans usulida yechiladi.
Bunda, taklif qilinayotgan echimga ko‘ra, infiltratsiyaga sarflanayotgan
sug‘orish suvlari aeratsiya mintaqasida 2-3 metrga etganidan so‘ng bug‘lanishga
sarflanmay qo‘yadi va sizot suvlari sathini ko‘tarilishga sarflanadi. U holda,
suvlarni aeratsiya mintaqasi orqali sodir bo‘ladigan barcha harakat turlarida,
tabiiy holatdan «kritik» chuqurlikkacha sizot suvlari sathining ko‘tarilishi uchun
aeratsiya mintaqasi bo‘sh sig‘imini suv bilan to‘ldirish talab qilinadi. Bu
sig‘imning qiymatini (hajmini) birnecha tayanch shurflarda dala tadqiqotlari
o‘tkazib etarli darajadagi aniqlikda topish mumkin. Sig‘im, gruntning g‘ovakligi
va uning hajmiy namligi o‘rtasidagi farqga barobardir.
Ikkinchi hol bo‘yicha bashorat masalalarini yechish, arid iqlimli
mintaqalarda joylashgan daryolarning barcha subaeral deltalarida keng
tarqalgan. Sizot suvlari bosimsiz, ularning sathi 5,0 metrdan katta chuqurlikda
joylashgan, ayrim joylarda, yopqich qatlamning ostidagi birinchi qumli suvli
gorizontda 50 metr chuqurlikkacha joylashgan.
Ushbu mintaqada yer osti suvlari oqimining sarfi va suv o‘tkazish
qobiliyati juda kichik, ya’ni bir kilometr kenglikdagi oqimning sarfi 2 l/sdan
oshmaydi. Shuning uchun birnecha yuz ming gektar yerlar to‘liq sug‘orilganda,
yer osti suvi oqimining umumiy sarfini, sizot suvlarini infiltratsion ozuqa olish
miqdori bilan solishtirganda juda kichikdir. Bu holda sizot suvlari rejimi
o‘zgarishini bashorat qilish “Sxema” va “TIA” bosqichini asoslash uchun
masalani soddalashtirib balans usulida yechish mumkin.
Ammo texnikaviy va texnikaviy-ishchi loyihalarini asoslash uchun
o‘tkazilgan aniq tadqiqotlarda, 50 ming gektargacha bo‘lgan massivlarda,
sug‘orish masssividan qo‘riq yerlarga chiqib ketadigan yer osti suvi oqimi
sarfini va bu yerlardagi mavjud ob’ektlarni suv bosishini hisobga olish zarur,
ya’ni sug‘orish massivida va uning atrofida sun’iy zovurlar loyihasini asoslash
uchun asos bo‘laoladigan massivning tabiiy drenalanganligi miqdorini baholash
zarur.
153
Nazorat savollari.
1. Gidrogeologik bashoratlar tushunchasi va zaruriyati.
2. Gidrogeologik bashoratlarni bajarish uchun qanday ma’lumotlar kerak
bo‘ladi?
3. Gidrogeologik bashoratlarning vaqt birligi ichidagi va maydon belgisi
bo‘yicha turlari.
4. Gidrogeologik jarayonning qanday ko‘rsatkichlari bashorat qilinadi?
5. Melioratsiyada gidrogeologik bashoratlarning qanday turlari o‘tkaziladi?
6. Gidrogeologik bashoratlarni o‘tkazish usullari?
7. Sizot suvlari oqimlarining mintaqalarida bashorat masalalarini qo‘yish va
yechish uchun qanday hollar hisobga olinadi?
8. Sizot suvlari oqimlarining ozuqa olish va tranzit mintaqasida, sug‘oriladigan
yerlarda qanday bashorat masalalari qo‘yiladi va yechiladi? Qanday
ko‘rsatkichlar bashorat qilinadi?
9. Sizot suvlari oqimlarining sarflanish mintaqasida sug‘oriladigan yerlarda,
qanday bashorat masalalari qo‘yiladi va yechiladi? Qanday ko‘rsatkichlar
bashorat qilinadi?
10.Sizot suvlari oqimlarining qayta pasayish va yoyilish mintaqasida,
sug‘oriladigan yerlarda, qanday bashorat masalalari qo‘yiladi? Qanday
ko‘rsatkichlar bashorat qilinadi?
11.Ekspluatatsion bashoratlar nima va uning turlari, nimalar bashorat qilinadi?
Atama va iboralar: gidrogeologik bashoratlar, qisqa muddatli, fasliy, uzoq
muddatli, regional, lokal, sath, kimyoviy tarkib, rejim, balans, analogiya, balans,
tabiiy zovurlar bilan ta’minlanganlik, analitik, modellashtirish, tabiiy
mintaqalardagi vazifalari, gidrogeologik sharoitlar.
154
VIII-bob
Kollektor-zovur tizimlarini asoslashning gidrogeologik tamoyillari.
VIII.1. Sug‘orish va zax qochirish melioratsiyasidan umumiy ma’lumotlar
VIII.1-a. Umumiy tushunchalar
O‘zbekiston sharoitida ayrim sug‘oriladigan yerlarning yomon meliorativ
holati asosan ularni qayta sho‘rlanganligi, qisman esa botqoqlanganligi bilan
bog‘liq. Bu hodisalar bilan kurash, asosan irrigatsion tizimlardan to‘g‘ri
foydalanish va qishloq xo‘jaligi ekinlaridan barqaror yuqori hosil olish sharoitini
yaratishdan iborat.
Bunday tumanlarda gidrogeologik tadqiqotlarning asosiy vazifasi -
sho‘rlanish va botqoqlanish jarayonlarini oldini olishga yoki yo‘qotishga
qaratilgan tadbirlarni asoslashdan iborat.
Hozirgi zamon amaliyotida meliorativ tadbirlarni o‘z xarakteri bo‘yicha
ikkita guruhga bo‘lish mumkin:
1) ekspluatatsion-agrotexnik;
2) gidrotexnik.
Birinchi guruhdagi tadbirlar odatda oldini oluvchi (ogohlantiruvchi) chora
sifatida qo‘llaniladi. Bularga tuproqga o‘z vaqtida yuqori sifatli qayta ishlov,
dalalarni tekislash, almashlab ekish, qishloq xo‘jalik ekinlarini to‘g‘ri
joylashtirish, irrigatsion kanallar atrofida daraxt ekish, rejali sug‘orish rejimi,
xususan o‘simliklarni suvga bo‘lgan ehtiyojini hisobga olib sug‘orishni
me’yorlash, kanallarda antifiltratsion qoplamalar yordamida filtratsiyaga qarshi
kurashish, novegetatsiya davrida irrigatsion tizimlarni berkitish va boshqalar
kiradi.
Gidrotexnik melioratsiya tadbirlari, zovur tizimlari qurish orqali, sizot
suvlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etishdan va ortiqcha sizot suvlarini daladan
chiqarib tashlashdan iborat. Zovur tizimlari yordamida sizot suvlarini sun’iy yo‘l
bilan chiqarib tashlash, nafaqat tuproqlarni sho‘rlanishini va botqoqlanishini
oldini oluvchi vosita sifatida xizmat qiladi, balki bu ishlar sho‘r yuvish bilan
birgalikda olib borilsa yerlarni sho‘rini yuvishning yagona vositasi hisoblanadi.
155
Qishloq xo‘jaligining bugungi darajasida yerlarni sho‘rlanish yoki
botqoqlanishdan muxofaza qilish agrotexnik, ekspluatatsion tashkiliy va zarur
bo‘lsa gidrotexnik tadbirlar kompleksi yordamida amalga oshiriladi. Agar ayrim
sug‘orish tumanlari butunligicha yoki qisman sun’iy zovurlar qurilishiga ehtiyoji
bo‘lmasa, unda sizot suvlari oqimsiz (oqmaydigan) yoki ular oqim xarakati bilan
ta’minlanmagan yaxlit o‘zlashtirilgan hududlarda, meliorativ tadbirlar yanada
kompleksli yoki har tomonlama bo‘lishi kerak. Shu nuqtai nazardan sug‘orma
dehqonchilikda, tabiiy gidrogeologik sharoitni hisobga olish, sug‘orishni
o‘tkazish va tashkil qilishning asosiy sharoitlaridan biridir. Gidrogeologik-
meliorativ tumanlarga bo‘lish esa agromeliorativ tumanlarga bo‘lishning asosi
sifatida meliorativ maqsadlarda o‘tkaziladigan gidrogeologik tadqiqotlarning
birinchi navbatdagi vazifasi hisoblanadi.
VIII.1-b. Sug‘orish rejimi.
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishning asosiy optimal rejimi mezoni
(sug‘orish, suv quyish me’yorlari, sug‘orish davrlari oralig‘ining uzunligi,
sug‘orish texnikasi va soni) bo‘lib, sug‘orish dalasining suv balansi hisoblanadi.
U dalaga suv olishning to‘g‘riligini, ekinning ehtiyojiga va tuproqni xossasiga
javob beradigan, ortiqcha oqovasiz va sizot suvlaridan qo‘shimcha ozuqa
olmasdan, suvlarni me’yor bo‘yicha foydalanishni nazorat qilishga imkon
beradi.
Sizot suvlarini infiltratsion ozuqa olishini maksimal darajada qisqartirish,
faol tuproq qatlamining chegaraviy dala namlik sig‘imigacha suv bilan to‘yinish
kamchilligidan oshmaydigan sug‘orish me’yori orqali amalga oshiriladi.
Sug‘orish dalasining suv va suv-tuz balansi ustidan muntazam kuzatuvi,
suv berish (suv quyish me’yori va suv quyish muddatlari) rejimini aniqlashga
imkon beradi. Bu esa o‘simlik o‘sish davrida o‘simlik o‘zlashtiradigan suv
miqdori bilan gidrogeologik sharoit bilan bog‘liq tuproqning namlik rejimi
dinamikasidan kelib chiqadi.
Ko‘p hollarda sizot suvlarini infiltratsion sug‘orish suvlari bilan
ozuqlanishini oldini olish mumkin emas. Odatda yerdan foydalanish
156
koeffitsienti katta bo‘lgan gilli tuproqli sug‘orish tumanlarida sizot suvlari sathi
kapillyar ko‘tarilish balandligiga yaqin yoki kichik va bu bilan kapillyar
«tashlama»ni tushuntirish mumkin. Shuning uchun, hatto sug‘orish me’yorlari
juda kichik bo‘lganda ham sizot suvlari sathini ko‘tarilishiga olib keladi va
ko‘tarilish, sizot suvlari yer yuzasiga qancha yaqin bo‘lsa shunchalik ko‘pga
ko‘tariladi.
VIII.1-v. Sho‘rlangan tuproqlarni yuvish.
Sho‘rlangan tuproqlarni sug‘orish amaliyotida tuproq qatlamidan
o‘simliklar o‘sishi uchun zararli tuzlarni ortiqchasini chiqarib tashlash
maqsadida muntazam ravishda sho‘r yuvish sug‘orishlarini amalga oshirish
zaruriyati paydo bo‘ladi. Bu tuzlar ichida eng zararlisi natriyning xlorli va
sernokisliy tuzlaridir.
Ko‘p hollarda, tuproqni ildiz rivojlanadigan qatlamida, vegetatsiya
davrining oxirida va undan keyin, sizot suvlari mintaqasidan tuproq-
gruntlarining kapillyarlari bo‘yicha tuz ko‘tariladi va tuproqlarda to‘planadi.
Sho‘r yuvish me’yorlarini aniqlashda nafaqat yuvilayotgan tuproq
qatlamining to‘yinish kamchilligini chegaraviy dala namlik sig‘imigacha
hisobga olinadi balki gruntlarning chuqur gorizontiga tuzlarni tashish uchun
kerak bo‘ladigan qo‘shimcha suv miqdorini ham hisobga olinadi. (S.S.S. yer
yuziga yaqin joylashganda).
Gidrogeologik-meliorativ nuqtai nazardan sho‘r yuvish sug‘orishlarining
muddatlari, sizot suvlarining minimal sathi davri bilan (bir vaqtda) mos tushishi
kerak (masalan, tog‘ oralig‘i pastliklarining markaziy qismlarida ko‘pincha
kuzda, past tekisliklarda - bahorda).
Sho‘r yuvishni qo‘llash bilan xo‘jalik tadbirlarini to‘g‘ri tashkil qilishning
mezoni bo‘lib sho‘ri yuvilayotgan yerning va u bilan chegaradosh yerlarning
shunday balansi xizmat qiladiki, bunda sizot suvlari sathi vegetatsiya davrining
boshlanishida ma’lum chegaradan balandga ko‘tarilmasin va tuproqlarni qayta
sho‘rlanishiga olib kelmasin (restavratsiya). Shuning uchun, sho‘r yuvishni talab
qiladigan hududlarda rejimni bashorat qilish maqsadida sizot suvlarining
157
taxminiy (veroyatniy) balansi dinamikasini tahlil qilish, sho‘r yuvish tadbirlarini
baholashning ishonchli vositasi hisoblanadi.
Yuqoridagi tadbirlar bilan bir qatorda, muhim xo‘jalik va tashkiliy
tadbirlarga, irrigatsion tizimlar atrofida daraxtlar ekish katta ahamiyatga ega.
Ular balans kirim qismining irrigatsion kanallardan bo‘lgan yo‘qotishlaridan
bo‘lgan ayrim elementlarini pasaytiradi. Sizot suvlari yer yuziga yaqin
joylashgan ko‘pgina sug‘oriladigan tumanlarda, ularning ozuqa olishida yer usti
suvi oqimining ozuqa olishdagi hissasi, umumiy kirimning 80 % idan oshadi.
SHu bilan bir qatorda sug‘orish kanallari atrofida ekilgan daraxtlar vegetatsiya
davrida sizot suvlari sathi yuzasining kanallar tomon pasayishiga olib keladi.
Masalan, 15 yoshdagi daraxtlar apreldan oktyabrgacha, tol-92 m3, terak-83 m3,
tut daraxti-66 m3, jiyda-24 m3, turanga-12 m3 namlikni transpiratsiyaga
sarflaydi.
Daraxtlarni melioratsiya uchun ahamiyatini sizot suvlari rejimi ustidan
kuzatib oson aniqlash mumkin.
VIII.1-g. Gidrotexnik melioratsiyalar.
Gidrotexnik melioratsiyalar turli xildagi zovur inshootlaridan iborat
bo‘lib, ekspluatatsion tadbirlar, sizot suvlari sathini pasaytirish uchun yoki uni
ko‘tarilishini oldini olish uchun etarli bo‘lmagan hollardagina qo‘llaniladi.
Ya’ni, tuproqlarni sho‘rlanishini va botqoqlanishini yo‘q qilishga (oldini
olishga) espluatatsion tadbirlar qodir emas. Shunday qilib, birinchi holda zovur
tizimlarini qurilishi sizot suvlarini ichki oqimini engillashtiradigan yordamchi
tadbir sifatida qo‘llaniladi, boshqa holda yerlarni sho‘rlanishiga va
botqoqlanishiga qarshi kurashda sizot suvlari rejimini sun’iy boshqaradigan
asosiy vosita (yer osti suvi oqimi yo‘qligida, ayniqsa sizot suvlari oqimi doimiy
bo‘lganda) hisoblanadi. Oxirgi hol, albatta agrotexnik va ekspluatatsion tadbirlar
kompleksini qo‘llashni inkor qilmaydi. Aksincha meliorativ amaliyot va fan,
zovurlar bilan birgalikda agrotexnika va ekspluatatsion tadbirlarni barobar olib
borishni talab qiladi.
158
Ichki, yer osti suvi oqimini kuchaytiradigan qo‘shimcha tadbir sifatida
qo‘llaniladigan zovurlar sug‘oriladigan hududlarning shunday joylarida
qo‘llanilishi lozimki, u yerda kuchsiz yer osti suvi oqimi sizot suvlari sathi
chuqurligini boshqarishni ta’minlamaydi. Bu chuqurlikdan yuqorida yerlarning
progressiv ravishda sho‘rlanishi boshlanadi. Melioratsiya amaliyotida bu
chuqurlikni kritik chuqurlik deyiladi. U ko‘pgina regional va mahalliy
ahamiyatga ega bo‘lgan omillar bilan bog‘liq. Birinchisiga iqlim omillari, suvni
bug‘lanish shiddatini belgilaydigan harorat va havoning namligi kiradi.
Ikkinchilariga, kapillyar ko‘tarilish balandligi bilan bog‘liq bo‘lgan aeratsiya
mintaqasining litologik tuzilishi va granulometrik tarkibi kiradi. Sizot suvlarini
minerallashganligi va kimyoviy tarkibi ham muhim ahamiyatga ega.
Kritik chuqurlik quyidagi sharoitlarda katta bo‘lishi mumkin.
a) aeratsiya mintaqasining litolik tuzilishi birxil va tuproq-gruntlarda
chang, ayniqsa gill zarralari ko‘p bo‘lsa;
b) suvning kapillyar ko‘tarilish balandligi yuqori bo‘lsa;
c) sizot suvlarining minerallashganligi katta bo‘lsa;
d) yerlarni drenalanganligi yomon bo‘lsa.
Gidrogeologik-meliorativ nuqtai nazardan kritik chuqurlik, shunday tuz-
suv balansiga bog‘liq aniqlanadiki, unda o‘simliklarning ildiz tizimi yuqori
minerallashgan sizot suvlaridan ozuqa olishi sodir bo‘lmaydi. Bu yerdan kritik
chuqurlik tushunchasini aniqlashtiradigan uchta holat kelib chiqadi:
1) kritik chuqurlik deganda, shunday mahalliy (bitovoy), ko‘pincha
yuqori minerallashgan sizot suvlarini nazarda tutish kerakki, u ustida
to‘planadigan chuchuk sug‘orish suvi qatlami bilan buzilmagan;
2) u meliorativ tadbirlar tizimi bilan boshqarilishi mumkin;
3) kritik chuqurlik doimiy qiymat (miqdor) emas va bir tuman ichida
tabiiy va xo‘jalik omillari ta’sirida o‘zgarib turadi.
Bir xil tuzilishli (qatlamlanmagan) aeratsiya mintaqasi tuproq-gruntlarida
kritik chuqurlik qiymati bo‘yicha, yuqori minerallashgan sizot suvlarining
kuchli bug‘lanishi oqibatida kapillyar ko‘tarilish balandligiga yaqin.
159
Tuproqqa chuqur ishlov berish (maydalash), tuproqni chuqur
gorizontidagi kapillyarlarni buzish, bug‘lanishni va tuz olib chiqishni (vinos)
keskin pasaytiradi, va shuning uchun kritik chuqurlikni kamaytirishni muhim
vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Qatlamlangan yotqiziqlarda, ayniqsa qum va gill
qatlamlanganda (almashganda) va u yana kapillyarlarni buzilishi natijasida
keskin kamayishi mumkin.
Teng sharoitlarda kritik chuqurlik chuchuk suvlar uchun (1 g/l gacha),
sho‘r suvlarga nisbatan kichik.
Kritik chuqurlikni meliorativ tadbirlar tizimi bilan boshqarish mumkin.
Tuproqqa ishlov berishdan tashqari, ularni tarkibiga sug‘orish rejimini
(sug‘orish va yerlarni sho‘rini yuvish) va sizot suvlarini oqib chiqishini
ta’minlaydigan sizot suvlarini drenalash kiradi.
Agro va gidrotexnik meliorativ tadbirlarni kompleks qo‘llash qishloq
xo‘jalik ekinlaridan yuqori hosil olishni ta’minlaydi, sug‘orish vaqtida sizot
suvlari sathi vaqtincha ko‘tariladi, ammo faqat zovur tizimi yaxshi ishlayotgan
sharoitda.
Ko‘p hollarda O‘zbekiston sharoiti uchun kritik chuqurlik 2-3 metr
oralig‘ida o‘zgarishi mumkin. U to‘g‘risidagi to‘g‘ri tasavvur, sug‘oriladigan va
sug‘orilmaydigan, sho‘rlangan yerlarda olib boriladigan muntazam tadqiqotlar
asosida tug‘ilishi mumkin. Bu tadqiqotlar sizot suvlarining rejimi va tuproqlarni
tuz balansi ustidan olib boriladigan kuzatuvlardan iborat bo‘ladi.
Zovurlar, ko‘shimcha tadbir sifatida tog‘ oralig‘i pastliklarining markaziy
qismida, daryolar tashilish konusining o‘rta va quyi qismlarida, daryoning
asosiy terrasalari yaqinida, va rel’efdagi mahalliy pastliklarning pastki qismida,
yer osti suvi oqimi xarakati ta’minlanmagan yerlarda qo‘llanilishi mumkin.
Daryo vodiylarining quyi qismida, yer osti suvi oqimi ta’minlanmagan yerlarda
qo‘llanilishi mumkin.
Daryo vodiylarining quyi qismida va deltalarda, huddi shunday joylar,
eski o‘zanlar bo‘ylab cho‘zilgan oqimsiz pastliklarning qiyaliklarida uchraydi.
160
Tuproqlarni sho‘rlanishiga qarshi kurashda, asosiy chora sifatida
kollektor-zovurlar, tuproqlarda va sizot suvlarida barqaror ijobiy tuz balansini
keltirib chiqaradigan, sizot suvlari asosan bug‘lanishga sarf bo‘ladigan
sharoitlarda zarurdir. Tog‘ oralig‘i botiqliklarida bunday uchastkalarga og‘ir
suglinok va gillardan tashkil topgan konus oralig‘i chuqurliklari, tashilish
konuslari va daryo terrasalarining oqimsiz chekka qismlari, delta viloyatlarida
esa mahalliy pastliklarning o‘rta qismlari yoki vohalarning chekka qismlari
kiradi.
Tashilish konuslarining o‘rta qismlarida (sizot suvlari yer yuziga yaqin va
ular qisman yer yuziga chiqadigan joylar) tuproqlarni botqoqlanishi munosabati
bilan bog‘liq zovurlarni ahamiyati birmuncha o‘ziga xosdir. Gap shundaki,
gidrogeologik sharoitni o‘ziga xosligiga bog‘liq ravishda chuchuk sizot suvlari,
yuqori bosimli katta chuqurlikda yotmagan qatlamlararo suvli gorizontlarning
ta’siri ostida bo‘ladi. Tashilish konuslari shag‘alli qismining chegarasidan
pastda, shag‘allarning tomi asta-sekin suglinok va supes (qum qatlamchalari
bo‘lgan) qatlamlari ostiga kirib boradi, va shag‘allarda kichik sizot suvlari
oqimlarida katta ko‘tarilish barpo qilinadi. SHu munosabat bilan oqim yuzasi
yer yuzasiga yaqinlashib boradi va sizot suvlari shag‘alli qismining pastki
chegarasida qisman yer yuzasiga sizib chiqadi (viklinivanie). Ammo odatdagi
gravitatsion suv yer yuziga sizib chiqish bilan bir qatorda, gilli qatlamlar ostida
gidrostatik bosim rivojlanadi. Uning ta’siri ostida, shu yopilgan qatlam orqali
sizot suvi o‘tadigan suvlarning tik sizib o‘tadigan oqimi (vosxodyaщie toki)
paydo bo‘ladi. Yer yuziga sizib chiqishning oxirgi shakli (viklinivanie)
botqoqlanishga asosiy sabab bo‘ladi, va uning jadalligi yopqich qatlamning
qalinligi va pezometrik sathning balandligi bilan belgilanadi.
Yer yuziga sizib chiqishning bosimli - gidrostatik xarakteri bilan
tuproqlar yuzasining (5-10 sm) kuchsiz sho‘rlanishini tushuntirish mumkin.
Bosimli (vosxodyaщiy) suv oqimlari bilan bo‘ladigan botqoqlanish
xaqida, mavjud zovur (gorizontal) tizimining umuman ta’sir qilmay qo‘yishi
guvohlik beradi.
161
Chuqurligi 1-1,2 metrgacha bo‘lgan zovur tizimi bo‘lgan bir tumanda,
zovurlar botqoqlanishni umuman yo‘qotmagan va zovur nishabining yuqori
qismidan suv sizib chiqayotganligi kuzatilgan.
Shunga ko‘ra, samarali drenalashni faqat asosiy suvli shag‘alli qatlamdagi
bosimni pasaytirish orqali amalga oshirish mumkin, masalan zovur va
kollektorlarda yordamchi quduqlarni joylashtirish (kavlash) orqali
(kombinirovanniy drenaj).
Bunday sharoitda 20-40 metrli vertikal zovurlarni oqim fronti bo‘ylab
joylashtirib, masofalarini 300-400 metr qilib, unday quduqlardan suv tortib
olishni qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Quduqlarni chuqurligi va ular orasidagi
masofani aniqlash maxsus tadqiqotlarga asoslanishi kerak.
VIII.2. Vertikal zovurlarni loyihalash
VIII.2-a Vertikal zovurlarni loyihalashning gidrogeologik asoslari
O‘zbekistonnning ko‘pgina sug‘orish tumanlarida sizot suvlari rejimini
sun’iy idora qilish uchun qo‘llaniladigan gorizontal zovurlar tuproqlarni
sho‘rlanish va botqoqlanishi bilan kurashda, katta ijobiy rol o‘ynaydi. Ammo bu
usul jiddiy kamchiliklarga ega va texnika va melioratsiya fanining hozirgi
zamondagi darajasiga to‘liq javob bermaydi, va ko‘p hollarda, yerlarda
sho‘rlanishni va uni keltirib chiqaruvchi hodisalarni to‘liq bartaraf qilmaydi.
Gorizontal zovurlarning quyidagi kamchiliklari mavjud:
a) tog‘ oldi botiqliklarida keng tarqalgan bosimli suvli gorizontlar
tomonidan vujudga keladigan bosimni yo‘qotishga (pasaytirishga) gorizontal
zovurlar qodir emas, va shu sababli zovurlarning samaradorligini anchaga
pasaytiradi;
b) ochiq gorizontal kollektor-zovur tizimlari nishabini o‘t bosadi,
gidrodinamik bosim ta’sirida nishablar oqib tushadi, suffoziya ro‘y beradi va
oqibatda nishablarni mustahkamligi yo‘qoladi. Amaliyotda esa ularni tozalash
va chuqurlashtirish uchun ko‘p vaqt va vosita sarf bo‘ladi.
v) yerlarni foydali maydonining 15-20% ni egallaydi va qishloq xo‘jalik
ishlarini mexanizatsiyalashtirishga xalaqit beradi;
162
g) kollektor-zovur tizimlari ko‘pincha majburan oqova sug‘orish suvlarini
chiqarib tashlash uchun ishlatiladi, va ayrim holllarda sizot suvlarini
ozuqalantiruvchi manbaga aylanib qoladi.
60-nchi yillardan boshlab gidrotexnik melioratsiyaning samarali vositasi
sifatida vertikal zovurlarga e’tibor kuchaydi.
Vertikal zovurlar-quvurli quduqlar tizimidan sizot suvlarini tortib
oladigan (chuqurligi 60-100 metrgacha), maydonda bir tekis joylashtirilgan,
sizot suvlari sathining katta miqdorga pasaytiradigan, ya’ni sug‘oriladigan
yerlarning suv-tuz balansini tubdan o‘zgartiradigan va bularning natijasida
yerlarning qayta sho‘rlanishini yo‘qotadigan hamda sho‘rlangan yerlarni tuzdan
barqaror yuvilishini ta’minlaydigan zax qochirish tizimidir. Nisbatan murakkab
bo‘lmagan texnik xizmatda unga sarflanadigan mablag‘, gorizontal zovurnikidan
bir necha marta kam.
Hammasidan tashqari vertikal zovurlarning afzalligi shundan iboratki,
ko‘p hollarda, sho‘r sizot suvlari ostidagi, chuchuk bosimli suvlarni sug‘orish
suvlarining qo‘shimcha manbai sifatida muvaffaqiyat bilan ishlatish mumkin.
Buni muhimligi shundaki, daryolar sizot suvlaridan ozuqa olayotgan sharoitda,
vertikal zovurlar ishlab turgan vaqtda daryolar katta maydonda ozuqalantirish
maydoniga aylanib qoladi.
VIII.2-b Geologik sharoitlar.
Vertikal zovurlar hardoim ham iqtisodiy samara beradigan va texnik
jihatdan maqsadga muvofiq emas. Sizot suvlari gorizonti qalinligi kichik
bo‘lgan (10-15 metrgacha) va ayniqsa qatlam suvni kuchsiz o‘tkazadigan
gruntlardan iborat bo‘lsa, vertikal zovurlar samara bermaydi, depression
voronkaning rivojlanishi, uni diametri, quduqlarda ishchi suv sathining pasayishi
(6-7 metrdan past) imkoniyati bilan chegaralangan. Shuning uchun mel davri
suv o‘tkazmas qatlamlari ustida joylashgan kichik qalinlikdagi to‘rtlamchi davr,
bo‘shoq jinslari tarqalgan maydonlarni vertikal zovurlar qo‘llaniladigan
maydonlar doirasidan chiqarib tashlash kerak. Bunga o‘xshash sharoitlar, daryo
tizimlarining pasttekisliklari uchun xarakterlidir (Amudaryo, Sirdaryo,
163
Zarafshon), ayrim hollarda bunday sharoit tub tog‘ jinslari yer yuziga yaqin
joylashgan yerlarda uchraydi.
Vertikal zovurlarni qo‘llash uchun litologik jihatdan, mayda zarrali,
ayniqsa bir xil suglinkali, chuqurligi 10-15 metrgacha bo‘lgan qatlamlar ostida
joylashgan katta qalinlikdagi qumlar yoki qumli-shag‘alli suvga to‘yingan
jinslar qulaydir.
Yopqich qatlam katta qalinlikda bo‘lgan sharoitda ekspluatatsion
quduqlarda suv sathini katta miqdorga pasaytirish talab qilinadi va yopqich
yotqiziqlardagi qatlamlanganlik esa, zovur samarasini pasaytiradi. Quduqlarni
drenalash samarasini, qobiliyatini oshirishda sizgichning konstruksiyasi katta
ahamiyatga ega va bularni ichida shag‘alli sizgichlar ko‘proq samara beradi.
Hududning geologik tuzilishining xilma-xilligi, sizot suvlari sathining
maydondagi pasayishiga, chuqurda joylashgan suvli gorizontlar tomonidan
gidrostatik bosimning katta yoki kichik ta’siridan iborat bo‘ladi. Ayniqsa tog‘
oralig‘i botiqliklarida rivojlangan suvlarning tik xarakati, sizot suvlari yuzasi
depressiya voronkasining normal rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, shuning uchun
ekspluatatsion quduqlarni qurishda, uning bilan bosimli suvli gorizontlarni
ochish kerak va suv tortib olish vaqtida undagi gidrostatik bosimni pasaytirish
kerak. Aslida masala, sizot suvlari sathining maydonda pasayishiga qarshilik
qiladigan asosiy to‘siqni yo‘qotib, depression pezometrik yuzalarni barpo
qilishdan iboratdir. Bosimli qatlamlararo gorizontgacha etkazilmagan quduqlar,
tik bosim bilan pastdan kelayotgan suvlarning tuzatuvchi (korrektirovshiy) ligi
oqibatida, faqat quduqga yaqin maydonlarda sizot suvlari sathini pasaytiradi.
Bosimli gorizontlar tomonidan keladigan suvning kirib kelishi ko‘p miqdorlarga
o‘zgarib turadi, hatto bir tog‘ oralig‘i botiqligida ham.
Tekislik hududlari uchun (daryolarning quyi oqimlari va deltalari) bosimli
suvli gorizontlarning tuzatuvchilik (korrektiruyuщiy) ahamiyati xarakterli emas,
chunki bosimli suvli gorizontlar tub (mezo-kaynozoy va paleozoy) tog‘
jinslariga joylashgan. Ularda, qatlamlararo suvlarning qisman sezilarli
sarflanishi (razgruzka) faqat tub tog‘ jinslarini yopib turuvchi suvni yomon
164
o‘tkazuvchi qatlamlar ochilganda yoki ular bo‘lmagan joylarda amalga
oshirilishi mumkin. Shuning uchun tog‘ oralig‘i botiqliklarida sizot suvlari
sathini maydon bo‘ylab pasayishi katta ekspluatatsion sarf bilan (quduqdan
olinadigan suv sarfi) bog‘liq va tekislik hududlaridagi daryolarning quyi
oqimidagi tekisliklarga nisbatan katta miqdordagi energiya sarfi bilan bog‘liq.
Yuqorida aytib o‘tilganlarga quyidagilarni qo‘shish mumkin, tog‘ oralig‘i
botiqliklarida hamma yerda, daryo vodiylarining quyi oqimlarida kichik
maydonlarda (lokal) suvlarning minerallashganligi pasayib boradi va ularni
sug‘orish uchun muvaffaqiyat bilan ishlatsa bo‘ladi. Ayniqsa yuqori sifatli
suvlar, yirik donali (shag‘alli, qumli) jinslarga joylashgan tog‘ oralig‘i
botiqlarining bosimli qatlamlararo suvlarida kuzatiladi.
VIII.2-v Ekspluatatsion quduqlarning konstruksiyasi.
Vertikal zovurlarning asosiy samarasi quduqlardan katta miqdorda suv
tortib olishga erishishdir. Tog‘ oralig‘i botiqliklarida u alohida ahamiyatga ega,
chunki sizot suvlarini katta maydonda pasaytirishga erishish, faqat chuqur
gorizontda joylashgan suvli qatlamdagi gidrostatik bosimni pasaytirish orqali
amalga oshiriladi. Bu gorizontlar ko‘pincha yuqori suv berish qobiliyatiga
egadirlar va talab qilinadigan samaraga erishish uchun quduqning sarfini 100 l/s
gacha va undan ortiqgacha etkazish kerak. Umuman geologik va litologik
sharoitga bog‘liq ravishda quduqlarning sarfi keskin o‘zgarishi mumkin va 40 -
50 l/s dan kam bo‘lmasligi kerak.
Vertikal zovurlarni loyiha qilishda muhim jihatlardan biri quduqning
sarfini (Q) aniqlash bilan bir qatorda ularni ta’sir radiusini (R) aniqlash
hisoblanadi yoki sizot suvlari sathining kutilayotgan pasayishini aniqlashdan
iboratdir.
Gidravlik jihatdan, ma’lum bir pasaytirishdagi quduqning ta’sir radiusi
barqaror harakatda, suvli qatlamlarning gidrogeologik (suvli-fizik) xossalariga
bog‘liq va u aniq qiymatdir. Odatda ta’sir radiusi quduqdan tajribaviy suv tortib
olish yo‘li bilan aniqlanadi. Jiddiyroq aytganda, quduqlarga bo‘lgan barqaror
xarakat infiltratsiya va bug‘lanish o‘zaro tenglashganda va suv tortib olish
165
vaqtida quduqni oziqlantirishga ketadigan sizot suvlari sarfi atrofdan keladigan
yer osti suvi oqimi bilan yoki chuqurda joylashgan suvli jinslar gorizontlaridan
keladigan suvlar bilan to‘ldirilib turadi.5 4 5 2 1
17-rasm. Vertikal zovur qudug’ining konstruksiyasi
(N.M. Reshetkina va X.I Yakubov bo’yicha 1978-yil).
1- konduktorni mustaxkamlash uchun beton plitasi; 2-konduktor; 3-quduqda suv sathini
o’lchash uchun quvur; 4- sizgich skeletining teshiksiz qismi; 5-sizgichning teshilgan qismi; 6-
sizgich kolonkasini yo’naltiruvchi qurilma; 7-mayda shag’al to’kmasi; 8-quvur tashqarisidagi
pezometr.
Agar sharoit «ideal» deb qabul qilinsa, quduqning ta’sir radiusini,
tenglashgan yoki muvozanati tiklangan sizot suvlari balansidagi ta’sir radiusi
deyiladi. Xaqiqatdan ham, ayniqsa quduqlardan uzoq muddat suv tortib olingan
sharoitda, zovurning ta’sir doirasida, sizot suvlarinin ozuqa olishi va sarflanishi
notekis bo‘lganligi sababli quduq tomoniga bo‘ladigan xarakat barqaror emas.
166
Bu notekislikdan va balansning belgisiga quduqning ta’sir radiusi bog‘liq
bo‘ladi, sizot suvlari balansining musbat (+) belgisida ta’sir radiusi kamayadi,
manfiy belgisida (-) ta’sir radiusi oshib boradi. Ammo, sizot suvlari sathining
pasayishi jarayonida (manfiy balansda) drenalanayotgan uchastkada balansning
kirim va sarf qismlari nisbati o‘zgaradi. Bu hodisa, qisqa muddatli muvozanati
tiklangan balansga olib kelishi mumkin. Bunda ekspluatatsion quduqlarning
ta’sir radiusi sizot suvlari sathining yangi holatiga olib keladi.
Zovur ta’sirida sizot suvlari sathining o‘rtacha o‘zgarishi (kamayishi) teng
bo‘ladi:
n qt ф Юф
bu yerda q - quduqlarning suv sarfi, m3/kun;
Ah = n - * - (44)ф Юф
m - drenalanayotgan uchastkaning maydoni, m2;
Ф - suv berish qobiliyati;
t - zovurni ishlash vaqti, kun.
n = xf + f + f n - (w - w) - Z1 (hisoblash davri uchun qatlamni “m”
metrdagi qalinligi).
Amaliyotda vertikal zovurlarning hisobi ma’lum bir tartibda amalga
oshiriladi:
l.Sizot suvlari balansini tahlili asosida, loyiha qilinayotgan sug‘orish
rejimini hisobga olib, hududdan chiqarib tashlanishi zarur bo‘lgan suv hajmi
(W) aniqlanadi. Gorizontal zovurlar kabi, “W” hududni zovursiz sug‘orish
sharoiti uchun sizot suvlari rejimi bashorati grafigidan foydalanib aniqlanadi.
2. Bu suvlarni chiqarib tashlash uchun kerak bo‘lgan vaqt (T) aniqlanadi.
Sizot suvlari balansi dinamikasi notekis bo‘lganligi uchun vertikal zovurning
sarfi o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. Masalan, oylar bo‘yicha turli intensivlikda
(sarfda). Natijada, quduqlardan har bir oy uchun o‘rtacha olinadigan sarf
aniqlashtiriladi.
167
3. Q idiruv v a ta jriba ishlari asosida, suvli qatlam larning qalinligi, suv
berish qobiliyati v a filtratsiya koeffitsienti, tu rli xil geo logik-lito logik va
gidrogeologik sharoitlar uchun quduqlarn ing sarfi aniqlanadi.
4. T alab qilinadigan quduqlar soni v a ularni m aydonga joy lash tirish
belgilanadi. Y er osti suvi oqim i am alda b o ‘lm agan sharoitda (W2-W1=0) sizot
suvlari sathini m aydonda pasayish in i barpo q ilish uchun, quduqlar butun
m aydon b o ‘ylab b ir tek is joylash tirilad i. Sizot suvi oqim ini tu tib qolish
zaruriyati b o ‘lgan ho lda (m asalan, tash ilish konusin ing o ‘rta qism ida, yerlarni
bo tqoqlanish jarayon in i keltirib ch iqaradigan sizot suvlarini yer yuziga sizib
chiqadigan m intaqasida) quduqlar m a’lu m b ir y o ‘nalish b o ‘yicha, yer osti oqim i
y o ‘nalish iga tik gidroizogips xaritasidan foydalanib joylash tirilad i.
Q uduqlarni m aydonga joy lash tirgan ho latda zarur b o ‘lgan quduqlar soni
N = W (45)qT
tenglam asidan aniqlanadi, bu yerda q-b ir dona quduqning sarfi.
A m m o, boshqa tom ondan
N ■ (46)
bu yerda a -sizot suvlari sathini m aydonda pasayish in ing loyixa q ilinayotgan
m aydoni;
R -b ir dona quduqning ta ’sir radiusi;
SH uning uchun
W = a (47) qT жК
B u teng lam ada q v a R n o m a’lum. Q uduqning ta ’sir radiusi ta jribaviy suv
tortib o lish tajribasi asosida, yoki h isoblash y o ‘li b ilan aniqlanadi.
A niq langan ta ’sir radiusi “R ” qiym atin i teng lam aga q o ‘yib b ir dona
quduqni sarfini aniqlaym iz
q = ^ W (48) aT
so ‘ngra zarur b o ‘lgan quduqning soni aniqlanadi.
168
N = W ( 4 9 )Tq
V e r t ik a l z o v u r la r n i h is o b la s h d a s iz g ic h n in g k o n s t r u k s iy a s in i t a n la s h g a
k a tta e ’ t ib o r b e r ila d i.
Y i r i k d o n a li ( y i r i k v a m a y d a s h a g ‘ a l l i ) j i n s l a r d a q o ‘ l la n i la d ig a n e n g o d d iy
s iz g ic h p e r f o r a t s iy a ( t e s h ik la r ) q i l in g a n m u s t a h k a m lo v c h i q u v u r d a n ib o r a t v a u
q u d u q n in g p a s t k i q is m ig a t u s h ir ila d i. T e s h ik l a r y u m a lo q y o k i t o ‘ r t b u r c h a k
t e s h ik s h a k l id a q i l in a d i. T o ‘ r t b u r c h a k t e s h ik l i s iz g ic h la r n in g g ‘ o v a k l i g i 45% ,
y u m a lo q la r i e s a 20% g a c h a e t k a z il is h i m u m k in . T e s h ik l a r s h a x m a t t a r t ib id a
jo y la s h t ir i la d i.
S u v l i q u m la r d a s iz g ic h p e r f o r a t s iy a q i l in g a n q u v u r g a o ‘ r a lg a n m is s
s im la r id a n ib o r a t b o ‘ la d i. P e r f o r a t s iy a q i l in g a n q u v u r u s t ig a f i lt r a t s io n la t u n t o ‘ r i
o ‘ ra la d i. S iz g ic h is h c h i q is m d a n y a ’ n i p e r f o r a t s iy a q i l in g a n q u v u r t o ‘ r b i la n
o ‘ r a lg a n q is m i, t in d ir g ic h d a n u n g a s u v t o rt ib o l is h v a q t id a s iz g ic h d a n o ‘ t a d ig a n
g r u n t z a r r a la r i c h o ‘ k a d ig a n q is m i v a s iz g ic h n in g u s t k i q is m i. S iz g ic h n in g is h c h i
q is m i u z u n l i g i 1 0 m e t rg a c h a , a y r im v a q t d a u n d a n k a t t a ro q b o ‘ la d i.
S iz g ic h n in g is h c h i q is m i A . N . K o s t y a k o v n i n g q u y id a g i f o r m u la s id a n
a n iq la n is h i m u m k in .
l = c - ^ - ( 50 )d0v0
b u y e r d a s = 1 ,0 -1 ,6 ; i ^0 - z a r r a la r n i y i r i k l i g i b i la n b o g ‘ l i q b o ‘ lg a n q u d u q g a
s u v n in g k i r i s h t e z lig i; q u v u r la r d a g i t e s h ik la r n in g o ‘ lc h a m i 1 0 - 2 0 m m , t o ‘ r n i
t e s h ik la r i q u m z a r r a s in in g k a t t a lig ig a b o g ‘ liq .
S iz g ic h n in g d ia m e t r i ndmv01 = Q b o ‘ y i c h a k o ‘ r i l a d i v a b u y e r d a
d = - ^ , ( 51 )7 m \ l
b u y e rd a , Q - q u d u q n in g h is o b la n g a n d e b it i,
m - s iz g ic h n in g g ‘ o v a k l ig i,
30 - q u d u q g a s u v n in g k i r i s h t e z lig i,
l - s iz g ic h n in g is h c h i q is m i u z u n lig i.
169
Quvurning tashqi yuzasidagi suvning tezligi quyidagi formula orqali
aniqlanadi:
^ = k-/p (52)
bu yerda k-filtratsiya koeffitsienti;
/„„ -kritik nishablik.■ кр
1 —Zixyardt bo‘yicha / ^ = — ==, va shunga muvofiq 3n = - — m/sek.15л/ К 15
Quvurning g‘ovakligi quyidagi formula orqali topiladi:
m = - ^ - (53)2ж • r-l
bu yerda f -barcha teshiklar yuzasi.
Eslatib o‘tish lozimki, loyiha qilinayotgan sarf qanchalik katta va suvli
jinslarning suv o‘tkazuvchanligi qanchalik kichik bo‘lsa, sizgichning uzunligi
shunchalik uzun bo‘ladi.
Sizgichning diametri S.K.Abramovning quyidagi formulasidan
aniqlanadi.
d = 7 6 5 0 -^ (54)l • и
bu yerda d-sizgichning tashqi diametri, mm,
Q-quduqning sarfi, m3/soat,
/-sizgichning ishchi qismi uzunligi,
и -yo‘l qo‘yilgan kirish filtratsiyasi tezligi (m/kun),
и = 653\[К formuladan aniqlanadi,
K-suvli jinslarning filtratsiya koeffitsienti, m/kun.
Mayda qumli, qumli jinslarda qo‘llaniladigan metall sizgichlardan
tashqari oxirgi vaqtda shag‘alli sizgichlar keng qo‘llanilmoqda. SHag‘alli
sizgichlarni yaratishning ikki xil usuli mavjud.
1. Mustahkamlovchi quvur bilan jihozlangan burg‘ilash qudug‘iga, kichik
diametrdagi perforatsiya qilingan quvur tushiriladi. So‘ngra mustahkamlovchi
quvur bilan perforatsiya qilingan oraliqqa kichik-kichik hissa qilib shag‘al
170
to‘kiladi. So‘ngra har bir hissa shag‘al to‘kilganidan so‘ng mustahkamlovchi
quvur asta-sekin tebratib ko‘tarilib boradi. Bu jarayon suvli gorizontning to‘liq
qalinligi shag‘al bilan to‘ldirilgunga qadar davom etdiriladi.
2. Pastki qismi perforatsiya (teshilgan) qilingan quvur bilan
mustahkamlangan, burg‘ilash qudug‘idan kuchli (katta sarf bilan) suv tortib
olinadi. Natijada burg‘ilash qudug‘i atrofida, kritik tezlikdan katta bo‘lgan,
suvning tezligi barpo qilinadi va quduq atrofida yerlarni cho‘kishiga sabab
bo‘ladi. Agar quduq atrofida shurf ochib unga shag‘al to‘ldirilsa, unda shag‘al
asta-sekin cho‘kadi, quduqdan suv tortib olinayotgan paytdagi qumning o‘rnini
to‘ldiradi. SHag‘al to‘kib borilishi davomida uning ustiga shag‘alning yangi-
yangi hissalari to‘ldirib (to‘kib) boriladi va bu jarayon quduq atrofini to‘liq
shag‘al o‘rab olgunicha davom etdiriladi. Bu usul mayda zarrali qumli suvli
qatlamlarda yaxshi samara beradi.
Zovur qurilmalarida ishlatiladigan jihozlarning yana bir asosiysi, suvlarni
tortib olishni ta’minlaydigan nasoslar hisoblanadi. Suv tortib olish uchun
erliftlar, parrakli va turbinali, sarfi 250 l/sekundgacha bo‘lgan nasoslar
qo‘llaniladi.
Vertikal zovur quduqlari tarmoqlari chiziqli qator tizimlari yoki parallel
qator quduqlar ko‘rinishida yer osti suvi oqimini tutib qolish uchun
joylashtirilishi mumkin. Masalan, bunday quduqlar tog‘ oralig‘i botiqliklarida
asosiy daryo bo‘ylab joylashtirilsa, quduqlar drenalash vazifalaridan tashqari
ozuqalantirish manbalariga aylanib qoladi.
Quduqlar maydonda ma’lum bir darajada bir tekis joylashtirilishi
mumkin, bunda quduqlar sizot suvlarini infiltratsion ozuqa olish miqdorini va
pastda joylashgan bosimli gorizontlardan keladigan suvlardan bo‘ladigan ozuqa
olishning, muvozanatini ta’minlaydi.
Va nihoyat, vertikal zovurlar ayrim tanlab olingan hududlarning
uchastkalarida qo‘llanilishi mumkin. (Masalan, daryolarning pastki terrasalarida,
sug‘orish massivining mahalliy pastliklarida, yoki vertikal zovurni gorizontal
zovur bilan birgalikda).
171
Vertikal zovurlar loyihasini asoslash va gidrogeologik-meliorativ
tumanlarga bo‘lish xaritalarida aks ettirilgan gidrogeologik sharoitdan tashqari,
yuqorida joylashgan 100-120 metrli yotqiziqlarning litologik tuzilishini yoki
regional suv o‘tkazmas qatlamgacha bo‘lgan kesimni o‘rganish kerak. Bu
ma’lumotlar quduqlarning konstruksiyasini va sizgichni tanlashda namunaviy
litologik kesimlarni belgilashga imkon beradi. Bundan tashqari, quduqlarda
ekspluatatsiya qilinadigan qatlamlarning parametrlarini tajribaviy yo‘l bilan
aniqlanadi. Qatlamlangan yotqiziqlar uchun suvli qatlamlarni ajratuvchi
qatlamchalarning suv o‘tkazuvchanligi, gidravlik bog‘langanligi, asosiy suvli
gorizontlarni yopib turuvchi yopqich qatlamlarni suv o‘tkazish qobiliyati xaqida
ma’lumotlar bo‘lishi kerak. Asosiy ekspluatatsion qatlamlar orasidagi bosimlar
nisbatini, bir qatlamdan ikkinchi qatlamga oqib o‘tadigan suvlar miqdorini
baholashni muntazam ravishda kuzatuvlar yordamida aniqlash kerak.
VIII.3. Gorizontal zovurlarni loyihalashni gidrogeologik tamoyillari
O‘zbekistonning sug‘oriladigan va sug‘orish loyihalashtirilayotgan
yerlarida zovur tizimlarini qurish, sug‘orma dehqonchilikni jadal
rivojlantirishning asosiy omillaridan biriga aylandi.
Shu munosabat bilan gidrogeologik meliorativ tadqiqotlarning
vazifalariga quyidagilar kiradi:
1) ma’lum yerdan foydalanish koeffitsientida (EFK) zovur-kollektor
tizimlarini zarurligi xaqida qaror qabul qilish;
2) zovur-kollektor tizimiga bo‘ladigan yukni gidrogeologik asoslash,
ya’ni zovur-kollektor tizimini hisoblash uchun zarur bo‘lgan asosiy hisoblash
ko‘rsatkichlarini aniqlash.
Masalaning birinchi qismi hududning sizot suvlari balansi dinamikasini
loyihaviy sharoit uchun, tahlil qilish yo‘li bilan yechiladi, natijada
sug‘oriladigan zovursiz sharoit uchun, sizot suvlari sathining taxminiy
(veroyatniy) o‘rta o‘zgarish qonuniyati (grafigi) aniqlanadi.
Tog‘ oralig‘i botiqliklarida sizot suvlari oqimi avvaldan bo‘lmagan yoki
amaliy ahamiyati bo‘lmagan sug‘orish maydonlarida, sizot suvlari faqat
172
bug‘lanish va transpiratsiya yo‘li bilan sarflanadi. Yirik daryolarning quyi
qismlarida ham balansning sarf qismi bug‘lanish bilan bog‘liq. Shu bilan bir
qatorda bu ikki hudud o‘rtasidagi asosiy farq shundaki, tog‘ oralig‘i
botiqliklarida balansning asosiy qismida pastki bosimli qatlamlardan tik xarakat
qiladigan suvlarning ahamiyati katta, past tekisliklarda esa bu element yo‘q yoki
juda kam hollarda uchrashi mumkin.
Shunday qilib bunday tumanlarda o‘rtacha loyihaviy zovur modulini
aniqlashda, avvalo umumiy suv zahiralari va sizot suvlari zaxiralarini
to‘ldirilishi, asosan bug‘lanish bilan muvozanatlashganda, zovursiz sharoitda
zaxiralarning yil ichidagi o‘zgarishini aniqlash zarur. Balans dinamikasida
xarakatdagi muvozanat holati, bo‘lishi mumkin, agar sizot suvlari kritik sathdan
yuqorida yotgan sharoitda va u zovur modulini aniqlashda mezon bo‘lib xizmat
qiladi. Masalan, Mirzacho‘l sharoitida sizot suvlarini yillik kirimi va sarfi
(bug‘lanish) o‘rtasidagi bu muvozanat, minimum davrida ularni yuzasi 2 metrda
yotganida paydo bo‘ladi.
Amudaryoning quyi oqimida Chimboy irrigatsion tizimida EFK ni 0,87 ga
ko‘tarish belgilangan, muvozanat minimal chuqurlik 1 , 2 m bo‘lganda va
maksimal chuqurlik 0 , 2 m bo‘lganda boshlanadi.
Yuqoridagi aytilgan fikrlarga qo‘shimcha qilib quyidagilarni aytish
mumkin:
Zovurlarni turini va uning faoliyati samaradorligini belgilovchi asosiy
gidrogeologik omil bo‘lib geologik kesimda, suvni yaxshi o‘tkazuvchi
qatlamlarning mavjudligidir. Shu sababli birinchi navbatda sug‘orish maydonida
suvli qatlamlarning tizimini turini ajratib olish zarur (bir qatlamli, ikki qatlamli,
ko‘p qatlamli va qatlamsiz). Bunga qarab taxminan zovurlarni qanday turini
tanlashni aniqlab olish mumkin. Masalan, aniq ifodalangan suvli qatlamlarda,
zovurlarni loyihalashda tizimli vertikal zovurlarning variantlari ko‘rilishi
mumkin. Ikki va undan ko‘p suvli qatlamlar bo‘lsa vertikal zovur quduqlariga
sizgichni joylashtirishni birnecha variantlari ko‘rib chiqiladi. Agar kesim
qatlamsiz bo‘lsa bunday yerlarda faqat gorizontal zovurlar samara berishi
173
mumkin. Agar kesim suv o‘tkazmas bo‘lsa, bunday yerlarda zovurlarni qo‘llab
bo‘lmaydi. Buning uchun geofiltratsion tuzilish xaritalari asosiy hujjat
hisoblanadi. Aniq sharoitlarda kesimlarda suvli komplekslar ichida suvni yaxshi
o‘tkazuvchi kichik qalinlikdagi qatlamchalar uchrashi mumkin va ular
zovurlarni hisoblashda hisobga olinadi.
Ikkinchi navbatda gorizontal zovurlarni samarali qo‘llash sharoitini
belgilaydigan yopqich qatlamlarga e’tibor qaratiladi. Bu yerda yopqich
qatlamlarning qalinligiga va suv o‘tkazuvchanligini tahlil qilish kerak. Chunki
ular gorizontal zovurlarni samara berishiga asosiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu asosan
gorizontal zovurlarning gidrodinamik nomukammalligida o‘zini ko‘rsatadi.
Zovurlar orasidagi masofa asosan yopqich qatlamlarni suv o‘tkazuvchanligi va
qisman esa uning qalinligi bilan bog‘liq. Va loyihalashtirishda gorizontal zovur
joylashtirilgan tubining suv o‘tkazuvchanligini hisobga olish kerak (rasm...).
Hisoblarga ko‘ra bunday sharoitning uchxil turi bo‘lishi mumkin.
Gorizontal zovurlarni qo‘llash sharoiti bo‘yicha yopqich qatlamlarni
bo‘linishi.
6.4-jadval.
Filtratsiya koeffitsienti K, m/kun
<0 , 1 0,1-0,5 >0,5
Tog‘ jinslarining xarakterli litologik turi
og‘ir suglinoklar va
gillar
engil va o‘rta suglinoklar
supeslar va qumlar
Gorizontal zovurlarni qo‘llash sharoitlari
noqulay sharoit o‘rtachasharoit
qulay sharoit
Noqulay sharoitda gorizontal zovurlar samara bermaydi, o‘rtacha
sharoitda zovurlarning turli shaklini hisoblar bilan asoslash kerak va qulay
sharoitda gorizontal drenaj yaxshi samara beradi.
Maydonda gorizontal zovurlarni ishlatish sharoiti bo‘yicha joylashtirish
uchun 3-4 m chuqurlikli kesma xarita tuziladi va unda sharoitni
oydinlashtiruvchi barcha belgilar ko‘rsatiladi.
174
Infiltratsion suvlarni shimilishi to‘g‘risida to‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lish
uchun yopqich qatlamlar kesimida suvni o‘ta past darajada o‘tkazadigan (0 ,0 1
0 , 0 0 1 m/kun) qatlamchalarni mavjudligini tekshirib chiqish kerak, chunki ular
sug‘orish ishlarini qiyinlashtiradi. Agar bunday qatlamchalar yopqich
qatlamning pastki qismida uchrasa vertikal zovurlarni qo‘llashni qiyinlashtiradi.
Asosiy qatlamlarni va yopqich qatlamlarni hisobga olib, qaysi maydonda
qanday zovurlar qurilishi va qaysi maydonlar zovursiz o‘zlashtirilishi
aniqlanadi.
Shuning uchun sug‘orish maydonlarida zovurlar tizimining shunday turini
tanlash kerakki, birinchidan massivning filtratsion tuzilishi xususiyatlarini
qoniqtirsin va ikkinchidan bir meliorativ xo‘jalik hududida bir xil turdagi zovur
joylashtirilsin, ekspluatatsiya qilish uchun qulay bo‘lsin.
Masalan, maydonda keng tarqalgan engil yopqich yotqiziqli qatlamlar
keng tarqalgan bo‘lsa gorizontal zovurlarni tavsiya qilish mumkin, lekin
kesimda past yoki o‘rtacha suv o‘tkazuvchi jinslar uchrasa, gorizontal zovurga
qo‘shimcha, shu maydonlarda kuchaytiruvchi quduqlar (aralash zovurlar)
tavsiya qilinadi.
Shuni aytib o‘tish lozimki, gorizontal zovurlar orasidagi yopqich
qatlamlarning tuzilishi ularning samarasiga ta’sir o‘tkazmaydi, chunki Kf
infiltratsiya “W” jadalligidan katta bo‘lsa, sug‘orishda infiltratsiyaga tik
ketayotgan suvning bosimini yo‘qotishi unchalik katta bo‘lmaydi. Shuning
uchun yopqich qatlamlarning tuzilishi faqat zovurlar yo‘nalishi bo‘yicha hisobga
olinishi lozim.
Nazorat savollari.
1. Gidrogeologik asoslash deganda nimani tushunasiz?
2. Ekspluatatsion agrotexnik tadbirlar?
3. Gidrotexnik melioratsiya nima?
4. Qaysi vaqtda zovurlar qo‘shimcha tadbir sifatida qo‘llaniladi?
5. Kaysi vaqtda zovurlar asosiy meliorativ tadbir sifatida qo‘llaniladi?
6 . Sizot suvlarining “kritik” chuqurligi va u nimalarga bog‘liq?
175
7. Gidrotexnik melioratsiyalar uchun suv balansining ahamiyati?
8. Gorizontal zovurlar qanday geologik-gidrogeologik sharoitlarda qo‘llaniladi?
9. Vertikal zovurlar qanday geologik-gidrogeologik sharoitlarda qo‘llaniladi?
10.Vertikal zovurlar qanday joylashtiriladi?
11.Vertikal zovurlar qanday ishlaydi?
12. Vertikal zovurlarning qanday hisoblash ko‘rsatkichlari aniqlanadi?
13.Shag‘alli sizgichlar qanday aniqlanadi?
14. Gorizontal zovurlarni qanday ko‘rsatkichlari hisoblanadi?
15.Vertikal zovurlar qanday ishlaydi?
Atama va iboralar: meliorativ tadbirlar, gidrotexnik melioratsiya, sug‘orish
rejimi, sho‘rlangan tuproqlarni yuvish, gidrogeologik asoslash, kritik chuqurlik,
gorizontal zovurlar, vertikal zovurlar, gidrogeologik sharoit, qidiruv ishlari,
hisoblash, loyiha, ishlash prinsipi.
IX-bob
Sug‘oriladigan yerlarning gidrogeologik-meliorativ holati ustidan nazorat
o‘tkazish tamoyillari va usullari (monitoring)
IX.1. Gidrogeologik-meliorativ monitoringning mazmuni, tamoyillari,
rivojlanish tarixi va vazifalari
1) Gidromeliorativ tizimlardan foydalanishda sizot suvlarining rejimi va
balansi, tuproqlarning sho‘rlanganligi, sug‘orish va zovur suvlarining
minerallashganligi, aholi yashaydigan joylarning (punktlarning) zax bosishi va
melioratsiya qilinayotgan maydonlarda bo‘ladigan injener-geologik hodisa va
jarayonlar ustidan olib boriladigan gidrogeologik-meliorativ kuzatuvlar katta rol
o‘ynaydi. Bu kuzatuvlarning majburiyligining sababi shundan iboratki
sug‘oriladigan maydonlarda iqlim va gidrologik omillar, tuproq va
gidrogeologik sharoitlar texnogen omillar ta’sirida doimo o‘zgarib turadi.
Umumiy tasavvurlarga ko‘ra tabiiy jarayonlarning monitoringi deb
bashorat qilish va boshqarish vazifalari bilan bog‘liq bo‘lgan maqsadli (biron-bir
maqsadni bajarishga yo‘naltirilgan) kuzatuvlar tizimi tushuniladi (uslubiy va
176
tashkiliy jihatdan) yoki gidrogeologik-meliorativ kuzatuvlar kompleksi qisqacha
monitoring deyiladi.
Gidrogeologik-meliorativ monitoring o‘z tarkibiga yer osti suvlarining
rejimi va balansi, tuproqlarning suv-tuz rejimi, injener-geologik hodisalar
ustidan olib boriladigan kuzatuvlarni hamda bu jarayonlarni bashorat qilishni va
yerlarning yaxshi (ijobiy) gidrogeologik-meliorativ sharoitini saqlash yoki unga
erishish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga qamrab oladigan axborotlarni,
hisobotlarni tuzishni o‘z ichiga oladi.
Gidromeliorativ tizimlarda yer osti suvlarining monitoring ishlarini tashkil
qilish ehtiyoji yerlarning meliorativ sharoitini yomonlashuvi bilan (qishloq
xo‘jalik ekinlari hosildorligining pasayishi) yoki atrofdagi yerlarning ekologik
holati hamda suv resurlaridan nomukammal (samarasiz) foydalanish bilan
belgilanadi. Har bir holda gidrogeologik - meliorativ monitoring tayinlanishi
maqsadidan kelib chiqib, o‘ziga xos xususiyatga egadir.
Yerlarning meliorativ holatini baholash kriteriysi (me’zoni)ning asosida
tuproq-meliorativ sharoitini o‘rganish yotadi.
Tuproqning holati, uning unumdorligi, nihoyat oqibatda qishloq xo‘jalik
ekinlarini o‘stirish uchun optimal (eng qulay) sharoit yaratish uchun, milliy
boyligimiz bo‘lgan tuproqni saqlash va undan kelajakda qishloq xo‘jalik ishlab
chiqarishida foydalanish uchun yo‘naltirilgan barcha intilishlarimizning
samarasini ko‘rsatadi. Shuning uchun gidrogeologik sharoit tuproqlarning
holatiga ta’sir etish nuqtai nazardan ko‘rilmog‘i lozim.
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, yerlarning meliorativ holatini
o‘rganganda, tuproq meliorativ sharoitiga prinsipial baho berishdan kelib
chiqish maqsadga muvofiqdir. Uning asosida esa qo‘shimcha meliorativ ishlarni
o‘tkazish ehtiyoji va turlari (mazmuni) xaqida qarorlar (echimlar) qabul qilinadi.
Shunday qilib monitoringning vazifasi qayta ta’mirlash ob’ektlarini
asoslash va tanlash, maxsus tadqiqotlar qo‘yish uchun «buzilgan»
gidromeliorativ tizimlarni va yerlarning meliorativ holatini yomonlashuviga olib
keluvchi asosiy sabablarni aniqlashdan iborat.
177
Yerlarni tuproq-meliorativ holatini yomonlashuvi odatda tuproqlarning
zax bosishi va sho‘rlanishi bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli, gidrogeologik
tadqiqotlarning vazifasi sizot suvlarining suv va tuz balansini hamda sizot suvi
oqimlarining va aeratsiya mintaqasini asoslashdan iborat bo‘ladi. Bunday
tadqiqotlarning birinchi bosqichida gidrogeologik sharoitning tuzilishini xaritaga
tushirish va turlarga bo‘lish, aeratsiya mintaqasini zax bosishi va
sho‘rlanganligi, sizot suvlarining rejimi tahlil qilinadi. Bular esa o‘z navbatida
yerlarni zax bosishi sabablarini aniqlash uchun o‘tkaziladigan gidrogeologik
tadqiqotlarni asoslash uchun xizmat qiladi (masalan, meliorativ drenajni
samaradorligini baholash uchun).
Atrof-muhitni muhofaza qilish masalalarini yechish uchun avvalo
muhofaza ob’ektlari, ularni gidrogeologik sharoit bilan bog‘liq holati va
meliorativ tadbirlar ta’sirida o‘zgargan sharoitlari aniqlanadi.
Suv resurslaridan oqilona foydalanish uchun qadimgi sug‘orish tizimlari
qayta ta’mirlanadi va ko‘p hajmda suv yo‘qotishning oldi olinadi. Bu holda
gidrogeologik tadqiqotlar vazifasiga kanallardan olinadigan va suv
omborlaridan bo‘ladigan filtratsion yo‘qotilishni o‘rganish, sug‘orish dalalarida
infiltratsion yo‘qotilishni o‘rganish, sug‘orish dalalarida infiltratsion
yo‘qotilishni baholash, meliorativ drenaj ishining samaradorligini va
parametrlarini aniqlash, yer osti suvlaridan sug‘orishda foydalanish uchun
gidrokimyoviy rejimni tahlil qilish kiradi.
O‘zbekistonda gidrogeologik rejim-kuzatuv ishlari 1927-1929 yillardan
boshlab (bir necha) o‘nta kuzatuv punktida-Chirchiq-Ohangaron vodiysida,
Mirzacho‘lda, Farg‘ona vodiysida, Buxoro vohasida, Zarafshon va Qashqadaryo
vohasida, Xorazm vohasida va Surxondaryoda, ayrim loyiha, qidiruv va ilmiy-
tadqiqot institutlarida olib borildi.
1932-1934 yillarda Gidrogeologik stansiyalar tashkil qilindi va ular turli
yillarda turlicha nomlar bilan ataldi.
Bu davrlardagi kuzatuvlarda asosiy e’tibor yer osti suvlarining shakllanish
sharoitlarini, asosiy gidrogeologik tumanlardagi yer osti suvlari rejimini
178
o‘rganishga, yer osti suvlaridan foydalanish masalalariga, yer osti suvlari
balansini o‘rganishga, qisman yer osti suvlarini melioratsiya maqsadlari uchun
o‘rganish, suv ta’minoti va boshqa maqsadlarni o‘rganishga qaratildi.
1950 yilda O‘zbekiston yer osti suvlarining balansini o‘rganish uchastka
(maydoncha)lari tashkil qilindi. Tashkil qilingan stansiyalar balans
uchastkalarining kompleksi bo‘lib, ularning tarkibiga meteorologiya,
gidrometriya, tuproq-gruntlarni fizik xossalarini o‘rganish, sizot suvlarining
kimyoviy tarkibi va boshqa masalalarni o‘rganish kiradi.
1940 yillardan boshlab gidrogeologik qidiruv va tadqiqot ishlarining
vazifalari sug‘orma dehqonchilikning ehtiyojlarini (talablarini) qondirishga
qaratildi.
Gidrogeologik stansiyalar va balans uchastkalari bilan bir qatorda
melioratsiya ishlarining rivojlanishi va qishloq xo‘jalik tajriba stansiyalari
Mirzacho‘lda (SOYuZNIXI, Oltin O‘rda, 1928 yildan), Farg‘ona vodiysida
(Fedchenko, 1929 yildan) qurilib kompleks kuzatuv va tadqiqot ishlari olib
borildi.
1940-1960 yillarda bajarilgan kuzatuv natijalari umumlashtirib borildi
(M,A.Shmidt, M.A.Krilov, N.A.Kenesarin, D.M.Kats, A.F.Slyadnev va b.),
rejimlari buzilgan hududlar uchun (ya’ni irrigatsion o‘zlashtirilgan yerlar) katta
ahamiyatga ega bo‘lgan nazariy va amaliy xulosalar chiqarildi.
Suv xo‘jaligi vazirligining tashkilotlarida 1950-1970 yillarda sizot suvlari
rejimi, tuproqlarning suv-tuz rejimi va sug‘oriladigan yerlarning gidrogeologik-
meliorativ holatining o‘zgarishi ustidan kuzatuvlarni viloyat suv xo‘jaligi
boshqarmasi tarkibidagi «Meliorativ tizimlar boshqarmasi» xizmati olib bordi.
1960 yillardan so‘ng keng miqyosda olib borilgan o‘zlashtirish ishlarining salbiy
ta’siri keng maydonlarda o‘zini namoyon qila boshladi. Ayniqsa 1981 yilda
O‘zbekiston Respublikasi «Suv xo‘jaligi vazirligi» buyrug‘i bilan (I. Jo‘rabekov,
buyruq №1393; 27.07.1981 y.) viloyat melioratsiya boshqarmasi asosida viloyat
gidrogeologik meliorativ ekspedetsiyalari tashkil qilingandan so‘ng kuzatuv va
tadqiqotlar to‘liq mazmun va tartibda tashkil qilindi.
179
Yerlarning meliorativ holati ustidan nazorat olib borish, tabiiy meliorativ
holatning o‘zgarishini baholash va bashorat qilish, sug‘oriladigan yerlardan
samarali foydalanishni ta’minlaydigan tadbirlarni ishlab chiqish, xo‘jaliklararo
kollektor-zovur tizimlarini va yopiq gorizontal zovurlarni ekspluatatsiya qilish
va boshqa ko‘pgina ishlarni bajarish tashkil qilingan gidrogeologik-meliorativ
ekspedetsiyalarning asosiy vazifasi qilib belgilandi.
Bu vazifalarni bajaradigan mutaxassislar tarkibiga melioratorlar,
gidrogeologlar, tuproqshunoslar va gidrometrlar kiritildi.
Rejim kuzatuvlarining vazifalari quyidagilardan iborat:
- yerlarning meliorativ holatini nazorat qilish;
- sizot suvlari va bosimli gorizontlarning sathi, harorati, minerallashganligi,
kimyoviy tarkibi, rejimlarning o‘zgarishini fasliy, yillik va ko‘p yillik
o‘zgarishini xarakterini aniqlash;
- yer osti suvlari balansini hisoblash va gidrodinamik parametrlarini
aniqlash;
- yer osti suvlarini rejimini baщorat qilish;
- kompleks meliorativ tadbirlar bilan solishtirish yo‘li orqali gidrogeologik
bashoratlar va meliorativ hisoblarning ishonchliligini baholash, agar katta
farq bo‘lsa sababini aniqlash va tahlil qilish;
- ekspluatatsion, agrotexnik, gidrotexnik va meliorativ tadbirlarni asoslash
bo‘yicha amaliy masalalarni yechish.
Kuzatuvlar tarkibi:
- sizot suvlarining sathi, harorati, minerallashganligi, kimyoviy tarkibi
ustidan kuzatuvlar;
- bosimli suvli gorizontlarning pezometrik sathi, harorati,
minerallashganligi va kimyoviy tarkibi ustidan kuzatuvlar;
- tabiiy va irrigatsion kuzatuv xo‘jalik omillari ustida kuzatuvlar olib
borish, hisobga olish va tahlil qilish.
Yechiladigan masalalarning xususiyatiga (xarakteri) ko‘ra kuzatuv
punktlari quyidagi 4 guruhga bo‘linadi:
180
a) geologiya vazirligi tashkilotlari tasarrufidagi davlat regional quduqlari
shaxobchalari;
b) suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi melioratsiya xizmatining tayanch
kuzatuv quduqlari shaxobchalari;
v) xo‘jalik hududida joylashgan kuzatuv shaxobchalari;
g) maxsus masalalarni yechish uchun turli xil muddatlarda qurilgan turli
tashkilotlarning vaqtinchalik kuzatuv shaxobchalari.
Kuzatuv quduqlarining vazifalari.
Regional kuzatuv quduqlar shaxobchalari:
a) sug‘oriladigan va zaxi qochiriladigan massivlarda, asosiy gidrogeologik
tumanlarda tarqalgan sizot suvlarining mintaqaviy qonuniyatlarini o‘rganish;
b) xuddi yuqoridagidek sizot suvlarining mintaqaviy balansini o‘rganish;
c) tabiiy sharoitda va melioratsiya qilinayotgan yerlarda sizot suvlarining
ko‘p yillik rejimini qayd qilish;
d) sizot suvlarining tabiiy va texnogen rejimlarining mintaqaviy bashorati;
e) sizot suvlari sifatini, kamayib ketishini va ifloslanishini muxofaza
qilishni nazorat qilish.
Tayanch shaxobchalarining kuzatuv quduqlari:
a) almashlab ekish massivlarida sug‘orish kanallarining, kollektor-zovur
tizimlarining sizot suvlari va birinchi qatlamlararo gorizontlar suvlari rejimiga
ta’sirini kuzatish;
b) sug‘oriladigan va zaxi qochiriladigan tuproqlarning, melioratsiya
qilinayotgan tuproqlarning suv va tuz rejimini bilan o‘zaro bog‘liqligi ustidan
kuzatuvlar olib borishdan maqsad yerlarning meliorativ holatini baholash
kriteriylarini aniqlashdir;
c) sug‘oriladigan va zaxi qochiriladigan hududlarda joylashgan aholi
yashaydigan joylarda va atrof yerlarda sizot suvlari rejimini qayd qilish.
Xo‘jaliklar hududida joylashgan kuzatuv quduqlari shaxobchalari.
181
Almashlab ekish massivlari va ayrim dalalarning yirik masshtabli sizot
suvlarining yotish chuqurligi va gidroizogips xaritasi quyidagi maqsadlar uchun
tuziladi:
a) qishloq xo‘jalik ekinlarini joylashtirish va sug‘orish rejimlarini
rejalashtirish uchun;
b) sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini nazorat qilish uchun;
c) meliorativ tadbirlarni rejalashtirish va ularning samaradorligini
baxolash uchun;
d) sizot suvlari rejimini bashoratlash va balanslar hisobini asoslash uchun.
Turli tashkilotlarning vaqtinchalik kuzatuv quduqlar shaxobchalari:
a) turli xil muddatlarda o‘tkazilgan gidrogeologik va tuproq-meliorativ
kuzatuvlarini bir xil vaqt (muddat)ga keltirish;
b) gidrogeologik ko‘rsatkichlarni aniqlash;
c) tuproqlarni sho‘rlantiruvchi sizot suvlarining kritik rejimini aniqlash
uchun vaqtinchalik kuzatuvlar olib boriladi;
d) xo‘jalikning ayrim qismlarida sizot suvlarining ko‘tarilishi,
tuproqlarning sho‘rlanishi va botqoqlanish sabablarini aniqlash uchun
vaqtinchalik kuzatuvlar olib boriladi;
e) melioratsiyaning turli xildagi masalalarini yechish uchun kanallarning,
zovur va kollektorlarning sizot suvlari rejimiga ta’sirini aniqlash;
f) sizot suvlari rejimini bashoratlash.
IX .2. Regional kuzatuv quduqlarini joylashtirish.
Kuzatuv shaxobchalari sug‘oriladigan maydonlarni, suv omborlarini,
daryolarni, magistral kanallarni, kollektorlarni va suv tortib oluvchi inshootlarni
hisobga olgan holda o‘rta va yirik masshtabli gidrogeologik tumanlarga bo‘lish
xaritalariga asoslanib joylashtiriladi. Ularni shunday joylashtirish kerakki,
kenglik va vertikal iqlim mintaqalarida tarqalgan sizot suvlari rejimining
qonuniyatlarini yoritish imkoniyati bo‘lsin. Joylashtirishda yerlarni tabiiy
zovurlar bilan ta’minlanganligini (gidrodinamik mintaqalar), sizot suvlarining
182
pastdagi bosimli suvli gorizontlar bilan bog‘lanish xususiyatini hisobga olish
kerak. Bir quduq bir necha 10 km2 maydonda joylashtirilishi mumkin.
IX.3. Tayanch kuzatuv quduqlarini joylashtirish
Suv xo‘jaligi vazirligi tashkilotlarining tayanch quduqlari tizimi barcha
gidrodinamik mintaqalarda joylashtiriladi. Kuzatuv quduqlari yerlarning
gidrogeologik, tuproq va irrigatsion-xo‘jalik sharoitlarini hisobga olgan holda
maydonda yakka nuqtalar ko‘rinishida va ma’lum yo‘nalishlar bo‘yicha
joylashtiriladi. Tayanch quduqlarini joylashtirishni loyihalash uchun yerlarning
gidrogeologik va tuproq meliorativ xaritalari bo‘lishi lozim.
Yakka holda maydonda joylashtiriladigan quduqlar har bir almashlab
ekish massivining rejimini yoritishi lozim. Ularning maydoni 200-300 ga dan
500-600 ga gacha o‘zgaradi.
Bir xil sharoitli massivlarda (tuproqning sho‘rlanish turi, tagidagi
jinslarning litologik tarkibi, sizot suvlarining chuqurligi va minerallashganligi)
bir massivga bir dona, sharoit o‘zgaruvchan (murakkab) bo‘lgan massivlarda 2-4
dona bo‘lishi mumkin. Quduqlar massivning o‘rta qismiga, kanallar va
kollektorlardan uzoqda, zovurlar bo‘lsa ularning o‘rtasida joylashtiriladi.
Tayanch quduqlarini yo‘nalish bo‘yicha joylashtirishda yer osti suvlari
oqimlarining shakllanish viloyatidan sarflanish viloyati tomon rejimda bo‘lgan
o‘zgarishlarni kuzatish (aniqlash) zaruriyatidan kelib chiqqan holda
joylashtiriladi, imkoni boricha har gidrogeologik mintaqaga 1 dona, oraliqlari 1
2 km bo‘lishi kerak.
Ikki qavatli qatlamlarda kuzatuv quduqlari ajratuvchi qatlamlardan
yuqorida va pastda joylashtiriladi. Agar yo‘nalish kanallarni (suv omborlarini)
yoki havzalarni kesib o‘tsa ularda gidrometrik postlar o‘rnatiladi, kuzatuv
quduqlari orasidagi masofa qisqaradi. Quduqlarni yo‘nalish bo‘yicha
joylashtirishda sun’iy chegaralar ham hisobga olinadi (kanallar, suv omborlari,
kollektorlar, vertikal zovur qatorlari). Bog‘lanishni o‘rganish uchun kanallarning
ikki tomoniga 4 tadan kuzatuv quduqlari to‘dasini joylashtirish kerak.
183
Yirik kollektorlar atrofida quduqlar taxminan 1; 5; 10; 50; 100; 200; 500;
1000; m va h.k. masofalarda joylashtiriladi.
Pastdagi 15-20,0 m chuqurlikdagi bosimli suvlardan ozuqa oladigan sizot
suvlari tarqalgan tumanlarda kuzatuv punktlari bir-biridan 1,0 m masofada
joylashtirilgan 2 yarusli pezometrlardan iborat bo‘ladi. Yuqoridagi quduqda
yopqich qatlamdagi sizot suvlarini rejimi kuzatiladi. Uning sizgichi (filtr) sizot
suvi sathidan 1-3 m pastda joylashtiriladi. Bu chuqurlik sug‘orish maydonidagi
suvlarning rejimi amplitudasiga bog‘liq. Quduqning chuqurligi bosimli suvli
gorizont tomidan 2-3 m pastda bo‘lishi kerak.
Loyiha qilinayotgan, kuchsiz drenalangan, sizot suvi chuqurligi katta
bo‘lgan yerlarda tayanch qudug‘i atrofida 4-5 m li qo‘shimcha quduq sizot
suvlarining yuqori qatlamida minerallashganligi o‘zgarishini o‘rganish uchun
quriladi. Bunday sharoitda aeratsiya mintaqasida suvni yomon o‘tkazadigan
yoki o‘tkazmaydigan qatlamlar bo‘lsa, ularning ustiga osma sizot suvini hosil
bo‘lishini kuzatib borish uchun kichik chuqurlikda kuzatuv quduqlari
joylashtiriladi. Tayanch quduqlarining yo‘nalishlarining sonini tanlashda,
o‘tkazishda, gidrogeologik mintaqalami, geomorfologik (relef) elementlarni,
geologik tuzilishni, gidrogeologik sharoitni, sug‘orish tizimining maydonini, yer
osti suvlari oqimlarining yo‘nalishini va bos hqalarni hisobga olish kerak.
18-rasm. Turli geomorfologik sharoitlarda joylashgan sug‘orish sug‘orish maydonlarida tayanch quduqlarini joylashtirish sxemasi.
184
8.1. Tashilish konusi. 1-yer osti suvlarini ozuqa olish mintaqasi; 2-yer osti suvlarini sarflanish
mintaqasi, 3-qayta pasayish mintaqasi. I-II, II-II - vohani kesuvchi tayanch quduqlari
yo‘nalishlari.
8.2. Allyuvial terrasalar. 1,2,3 - turli yoshdagi terrasalar, I-I, II-II, III-III - daryoning yuqori,
o‘rta va quyi qismidagi quduqlarni yo‘nalishlari.
8.3. Subaeral delta. I-I- magistral kanallar, 2-2 - magistral kanallardagi tayanch quduqlari
yo‘nalishlari,
1Ж 1 -subaeral deltani o‘rab turuvchi sahro-cho‘l kengliklari.
8.4. Xozirgi zamon dengizoldi deltalari. I-I, II-II - vohani kesuvchi tayanch quduqlari
yo‘nalishlari, I-I - magistral kanallarni kesuvchi tayanch quduqlari yo‘nalishi.
-deltani o‘rab turuvchi sahro-cho‘l kengliklari.
8.5. Tog‘oldi tekisligi. I-I - tog‘oldi tekisligini tashkil qiluvchi tashilish konuslari, 2-konus
oralig‘i pastliklari, I-I, II-II, III-III - vohani kesuvchi tayanch quduqlari yo‘nalishlari
8.6. Suv ayirg‘ich massiv. 1-suv ayirg‘ich massiv, 2-suv ayirg‘ich massivlar ichiga qo‘yilgan
allyuvial terrasalar, 3-magistral kanallar, I-I, II-II, III-III - sug‘oriladigan suvayirg‘ich
massivni kesuvchi tayanch quduqlari yo‘nalishlari.
8.7. Qadimgi dengizoldi deltalari. I-I, II-II, III-III - vohani kesuvchi tayanch quduqlari
yo‘nalishlari, 1- magistral kanal, IIIII - delta tekisligi yonida joylashgan sahro cho‘l
kengliklari.
IX.4. Xo‘jaliklar hududida joylashgan kuzatuv quduqlarini joylashtirish
Bu kuzatuv quduqlari tayanch quduqlar bilan birgalikda (ularni hisobga
olib) loyiha bo‘yicha, massivning yoki xo‘jalikning gidrogeologik, tuproq -
meliorativ va irrigatsion-xo‘jalik sharoitlarini tahlil qilish asosida joylashtiriladi.
Uning uchun aniq masshtabli gidrogeologik va tuproq-meliorativ s’yomka
natijalaridan foydalaniladi.
Odatda quduqlarni, masshtabi 1:10000 lik yerdan foydalanish xaritasida
(u yerda almashlab ekish massivi, sug‘orish va kollektor-zovur tizimi tushirilgan
bo‘ladi) belgilanadi. Quduq joylashtiriladigan joyni aeratsiya mintaqasining
geologik-litologik tuzilishini, sizot suvlarini chuqurligini, minerallashganligini,
tuproq qatlamini xarakterini, sho‘rlanganligini hisobga olib tanlanadi. Pastda
joylashgan bosimli suvlar ham hisobga olinadi. Sharoitlarni hisobga olib
taxminan 100 ga maydonga 1-2 dona quduq jihozlanadi. Quduqlarni,
sug‘oriladigan yerlarda sug‘orish kanallarini, kollektorlarni va zovurlarni sizot
185
suvlariga ta’sirini tavsiflash imkoni bo‘ladigan qilib joylashtiriladi (qisman
sug‘orilmaydigan yerlarda ham). Quduqlar xo‘jalik maydonlarida iloji boricha
bir tekis joylashtiriladi. Xo‘jalik hududida joylashtirilgan quduqlardan va
tayanch quduqlaridan oligan ma’lumotlar, 1:50000 -1:25000 masshtabdagi sizot
suvlarining yotish chuqurligi va minerallashganlik xaritalarini tuzishni etarli
ma’lumotlar bilan ta’minlashi kerak.
Kuzatuv quduqlari xo‘jalik hududida bir tekis yoki yo‘nalishlar bo‘yicha
joylashtiriladi. Birinchi tur quduqlar yirik masshtabli xaritalarni tuzishga va
yerlarni meliorativ holatini tezkor kuzatib turishga imkon bersa, ikkinchisi esa
sizot suvlarini kanallar va zovurlar bilan aloqasini aniqlashga imkon beradi.
IX.5. Vaqtinchalik kuzatuv quduqlarini joylashtirish
Bunday quduqlar sug‘oriladigan va uning atrofidagi yerlarda meliorativ,
suv ta’minoti, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalarini yechish uchun turli
tashkilotlar tomonidan o‘rnatiladi.
19-rasm. Tayanch va xo‘jalik hududida quduqlarni joylashtirish sxemasi.
a-almashlab ekish massivi yuzadan sug‘orish; b-dala, yer ustidan sug‘orish usuli; v-dala,
DDA-100 M yomg‘irlatib sug‘orish mashinasi bilan; g-yomg‘irlatib turuvchi «Fregat»
agregatlarining guruh bo‘lib ishlashi.
------ sug‘orish kanallari;
186
------ kollektorlar, zovurlar
• -- - tayanch quduqlar
O - xo‘jalik ichidagi quduqlar
Vaqtinchalik kuzatuv quduqlari Suv xo‘jaligi vazirligining tashkilotlari,
loyiha institutlari va ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan o‘rnatiladi.
Quduqlarni joylashtirish, kuzatuv davrlari va ma’lumotlarini qayta ishlash
ko‘rsatilgan (kerakli) masalalarni yechish uchun qabul qilingan usullarda olib
boriladi.
IX 6. Quduqlarni kavlash va jihozlash
Quduqlarni kavlash (burg‘ulash) o‘ziyurar stanoklar UGB-50 m, LBU-
50, SBUDM-150 yordamida amalga oshiriladi. Burg‘ilash vaqtida va so‘ngra
kuzatuvlar sath o‘lchovchi gidrogeologik ruletka, elektr sath o‘lchovchi va
avtomatik ravishda sath o‘lchovchi qurilmalar yordamida olib boriladi.
Rejim quduqlarini kavlashda, geologik kesim va kimyoviy tahlilga
olinadigan namunalar hujjatlashtiriladi. Jihozlangan quduqlar sizot suvlari rejimi
ustidan to‘liq hajmdagi (turdagi) kuzatuvlarni ta’minlashi lozim.
Mustahkamlovchi quvurlar metalldan, asbotsementdan, plastmassadan
yoki sopoldan ishlangan bo‘ladi. Diametri 89; 127; 146 mm li bo‘ladi.
Sizgichlar uchun material va konstruksiya suvli qatlamning litologiyasiga qarab
tanlanadi. Sizgichning uzunligi 1-2 m, pezometrniki 0,5-1,0 m, tindirgich
uzunligi 1,0-1,5 m bo‘ladi.
Sizgich o‘rnatilgan chuqurlikdan yuqorisi, ya’ni quvur bilan quduq devori
orasidagi bo‘shliq sementlanadi yoki gill bilan shibbalanadi. Quduqning og‘zi
atrofidagi maydoncha 0,2-0,3 m chuqurlikda sementlanadi. Quduqlarni
buzilishdan saqlash uchun quduq og‘ziga diametri va balandligi 0,5-1,0 m
bo‘lgan temir beton halqa o‘rnatiladi. Hamma quduqlar qulflar (qopqoqlar) bilan
yopiladi. Qavatli (yarusli) pezometrlarni jihozlashda sizgichlar izolyasiyasini
saqlash, loyqa bosmasligini ta’minlash kerak. Quduqlar bir yilda bir marta
nivelirovka qilinadi.
187
IX.7. Kuzatuvlarni o‘tkazish.
Tayanch quduqlari yordamida kuzatuvlarni olib borish muddatlari, sizot
suvlari rejimining asosiy xususiyatlari, uning shakllanish qonuniyatlari va
chuqurlik bo‘yicha minerallashganligini, qatlamlar bo‘yicha, o‘zgarish
qonuniyatlari regional quduqlarda o‘rganilganligini hisobga olib belgilanadi.
Shuning uchun tayanch kuzatuv quduqlarining vazifasi yerlarni meliorativ
holatini nazorat qilish bilan chegaralanadi. Shuning uchun ko‘pgina
sug‘oriladigan tumanlarda sizot suvlarining chuqurligi 5-7m dan yaqin bo‘lgan
yerlarda, sizot suvlarining sathi va bosimi, suvlarning pezometrik sathi 1 oyda 3
marta o‘lchash bilan chegaralanadi. Kuzatuv oyning 1-nchi, 11-nchi va 26-
kunlarida o‘tkaziladi. Harorat maxsus jihozlangan quduqlarda bir oyda bir marta
oyning 1-nchi kunida o‘tkaziladi.
Minerallashganlik yuqori hamda ishqoriyligi ko‘tarilgan sizot suvlarining
namunalari (minerallashganlik darajasidan qat’iy nazar) yiliga 2 marta
vegetatsiya boshlanishidan oldin (1 aprel) va vegetatsiya tugagandan so‘ng
olinadi. kapital sho‘r yuvish (promivka) o‘tkaziladigan sho‘rlangan yerlarda
qo‘shicha namunalar olinishi mumkin.
Namunalardan quruq cho‘kma, SO3, NSO3, SO4, Cl, Ca, Mg, (Na+K) va
ishqoriyligi yuqori bo‘lsa ph aniqlanadi.
Barqaror chuchuk suvlar shakllangan tumanlarda, ya’ni tabiiy zovurlar
bilan ta’minlangan yerlarda namunalar 2-3 yilda 1 marta olinadi va asosan
suvlarni sifatini «subirrigatsiya» uchun, baholash uchun olib boriladi.
Namunalar maxsus qurilmalar yordamida kuzatuv qudug‘idagi suv hajmining 2
3 barobarini tortib tashlab olinadi.
Past darajada tabiiy drenalangan, sizot suvining chuqurligi 10-12 metrdan
katta bo‘lgan yangi o‘zlashtirilgan yerlarda sath va harorat har oyning 1-nchi
kunida, tahlil uchun namuna esa yiliga 1 marta o‘lchanadi. Sizot suvlari sathi
sug‘orish ta’sirida ko‘tarilib borgan sari (chuqurlik 10 m dan kichik) o‘lchashlar
muddati tezlashadi, muddatlar kichik chuqurlikdagi kabi olib boriladi.
188
Xo‘jaliklar hududida joylashgan quduqlarda kuzatuvlar 1 oyda bir marta
o‘lchanadi. Meliorativ sharoit murakkablashgan holda sizot suvlarini ko‘tarilishi
ta’sirida (masalan, sug‘orishdan oldingi davr, vegetatsiya davrining o‘rtasida,
yerlarni sho‘rini yuvishdan oldin va b.) kuzatuvlar vaqti qisqartiriladi. Bu
yerlarda qo‘shimcha quduqlar qazilishi ehtiyoji tug‘ilishi mumkin.
Sizot suvlarining yotish chuqurligi va minerallashganligini aniq
masshtabli xaritasi quyidagi masalalarni yechishda foydalaniladi:
- yerlarning meliorativ holatini nazorat qilish;
- tuproqning tuz va suv rejimiga bo‘lgan talabini hisobga olib qishloq xo‘jalik
ekinlarini joylashtirish;
- qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orish rejimini tuzish va aniqlashtirish,
sug‘orish tizimlarini ochish muddatlarini rejalashtirish, profilaktik suv
quyishlarni rejalashtirish;
- suv va tuz balansini hisoblash;
- meliorativ tadbirlarning samaradorligini baholash;
- gidrogeologik-meliorativ bashoratlash va hisobotlarning ishonchliligini
tekshirish va ehtiyoj bo‘lsa qo‘shimcha meliorativ tadbirlarni rejalashtirish.
Xo‘jaliklar hududidagi va tayanch quduqlar bo‘yicha yuqorida
ko‘rsatilgan vazifalarni bajarish uchun olib borilgan kuzatuvlar tuproq
melioratsiyasi muvaffaqiyatli tugaganidan so‘ng ham davom ettiriladi.
IX .8. Sug‘orish va kollektor-zovur suvlari sifati ustidan olib
boriladigan kuzatuvlar.
Sug‘orish suvlarining kimyoviy tarkibi ustidan olib boriladigan kuzatuvlar
suvlarning sifati yaxshi bo‘lsa 1 yilda 1 marta, minerallashganligi ko‘tarilgan
bo‘lsa yoki ioniy tarkibi salbiy (neblagopriyatniy) bo‘lsa bir yilda 2-3 marta,
sho‘r yuvish davrida esa bir oyda 3-4 marta olinadi.
Sizot suvlari o‘g‘itlar, pestitsidlar, ularni buzilgan parchalanganlari bilan
ifloslangan yerlarda kuzatuvlar quduqlar yo‘nalishi bo‘yicha, oqim yo‘nalishi
bo‘yicha namunalar olinadi. Namunalar vegetatsiya davrida bir oyda bir marta
va yilning boshqa vaqtida kvartalda bir marta olinadi. Yer osti va yer usti
189
suvlarining ifloslanganligi ustidan kuzatuvlar o‘tkazganda tarkibida azotli
o‘g‘itlarga va xlororganik pestitsidlarga (DDT va GXSG) alohida e’tibor
beriladi. Ifloslanganlik darajasi quyidagicha baholanadi: shartli toza, tarkibida
toksikant izlari bor, PDK dan katta va chegaraviy mumkin bo‘lgan
konsentratsiyadan kichik. Xronologik grafiklardan ifloslanish rejimi aniqlanadi
(barqaror, fasliy yoki vaqti-vaqti bilan). Ifloslanish sabablari va ularning
manbalari aniqlanadi.
Yer usti, sug‘orish, zovur va yer osti suvlari namunalaridan quruq
cho‘kma, Eh, pH, organik moddalarning miqdori, chirindi, Sa2+, Mg2+, Na+,
CO32, HCO3-, SO42, Cl, NO3, NO2,NH4 , PO4 hamda xlororganik pestitsidlar
aniqlanadi.
IX.9. Kuzatuv ma’lumotlarini qayta ishlash va tahlil qilish
Sizot suvlari rejimi ustidan olib boriladigan kuzatuv ma’lumotlari axborot
va hisobotlar tuzish uchun tezkor ravishda qayta ishlanadi.
Ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonida yer usti va sizot suvlari sathi,
harorati va minerallashganligi ma’lumotlari uchun jadvallar tuziladi va tahlil
qilinadi, kuzatuv punktlarining pasporti, jurnali, tayanch va xo‘jalik hududida
joylashgan punktlar uchun kataloglar tayyorlanadi.
Bir vaqtning o‘zida sizot suvlari rejimini shakllantiruvchi asosiy omillar-
tabiiy omillar (iqlim, gidrologik va b.) va irrigatsion xo‘jalik omillari (tizimlarni
F.I.K.i, sug‘orish usuli va texnikasi, ekinlarning tarkiblari, E.F.K., sug‘orishga
berilgan suvlar, zovur turlari, zovur moduli qiymati, suv ta’minoti va sug‘orish
uchun olinadigan yer osti suvlari va b.) uchun jadvallar tuziladi.
Tayanch shaxobchalari bo‘yicha olingan kuzatuvlarni qayta ishlash o‘z
tarkibiga yer osti suvlarining sathini, haroratini va mineralashganligini
o‘zgarishini aks ettiruvchi xronologik grafiklarni tuzishni oladi.
Grafiklarda sizot suvining sathi, gidrogeologik kesimlar, joylashgan yer
tarxi, tabiiy va irrigatsion-xo‘jalik omillari, daryolar, kanallar va boshqalarni
sarfi va sathining o‘zgarishi ustma-ust tushirilib ko‘rsatiladi. Bu grafiklarga
190
asoslanib sizot suvlari rejimining o‘zgarishi, har bir rejimning hosil qiluvchi
(shakllantiruvchi) omil bilan bog‘liqligi, bog‘lanish qonuniyatlari tahlil qilinadi.
Tayanch quduqlaridan foydalanib gidrogeologik kesimlar tuziladi.
Kesimlarda sizot suvlari, daryo, kanal va kollektorlardagi suv sathining o‘rtacha
oylik minimal va maksimal holatlari ko‘rsatiladi. Taqqoslash qulay bo‘lishi
uchun sizot suvlari qatlamining bir necha yillar uchun holatlari aks ettiriladi.
Ayrim tumanlar uchun agar yer osti oqimi boshqarilgan bo‘lsa va sizot
suvlari ozuqalanish manbalaridagi o‘zgarishni summar holida aks ettirsa, u
holda sizot suvlarini ozuqa olishini umumlashtirsa bo‘ladi.
Agar ma’lumotlar etarli bo‘lsa, sizot suvlari sathi chizmasi
minerallashganlik va kimyoviy tarkibi ma’lumotlari grafigi bilan ustma-ust
tushiriladi.
To‘da (kust) kuzatuv quduqlari uchun yer osti suvlari sathi grafiklari bir
varaqqa chiziladi. Sathlar mutloq yoki nisbiy balandliklarda tushiriladi, chunki
bunday grafiklar bosimli va bosimsiz suvlar orasida bog‘lanishni aniqlashga
imkon beradi.
Sug‘oriladigan yerlarda tarqalgan sizot suvlari rejimining grafiklarini
tuzish va tahlil qilish bilan bir qatorda, sug‘orilmaydigan atrofdagi xuddi
shunday geomorfologik sharoitda tarqalgan sizot suvlari uchun ham rejim
grafiklari tuziladi va tahlil qilinadi.
Tayanch tizimlaridan farqli xo‘jaliklar hududida joylashgan quduqlar
bo‘yicha xronologik grafiklar tuzilmaydi, qayta ishlash sizot suvlarining yotish
chuqurligi va mineralashganlik xaritasini tuzish bilan chegaralanadi. Bunday
xaritalar turli davrlar uchun tuziladi. Bu xaritalarda gidroizogips chiziqlari ham
chiziladi. Chuqurlik xaritalarida >0,5 m; 0,5-1,0 m; 1,0-1,5 m; 1,5-2,0 m; 2,0
3,0 m; 3,0-5,0 m; va <5,0 m.dan kichik chuqurliklar ko‘rsatiladi.
Mineralashganlik xaritalarda <1,0 g/l; 1-3 g/l; 3/5 g/l; 5-10 g/l; 10-15 g/l
va 15 gr/l.dan katta gradatsiyalar bo‘yicha ko‘rsatiladi.
So‘ngra bu xaritalardan planimetriya yordamida chuqurligi va
minerallashganligi turli xil bo‘lgan maydonlar o‘lchab hisoblab chiqiladi.
191
Olingan natijalarni jadvalga joylashtiriladi va natijalarni taqqoslash uchun
boshqa ma’lumotlar ham kiritiladi. Agar ma’lumotlar etarli bo‘lsa, taqqoslash
qator yillar uchun amalga oshiriladi.
Sug‘orish va sug‘orish-ta’minlash tizimi doirasida chuqurligi va
minerallashganligi har xil bo‘lgan maydonlar uchun alohida tavsif beriladi.
Sug‘oriladigan maydon ichida sun’iy zovurlar qurilgan yoki qurilmagan
maydonlarni ajratish maqsadga muvofiqdir.
Melioratsiya sharoiti murakkab almashlab ekish mavzelarida, agar bu
holat sizot suvlarining ko‘tarilishi, minerallashganligi ortishi, tuproqning
sho‘rlanishi ta’siriga bog‘liq bo‘lsa, u holda yirik masshtabli (1:10000, 1:5000)
sizot suvlarining yotish chuqurligi, minerallashganligi va tuproqlarning
sho‘rlanishi xaritalari tuziladi. Bu maqsad uchun vaqtinchalik quduqlar qazilib
bir marta sath o‘lchanadi, kimyoviy analiz uchun tuproqning tuz tarkibi
namunasi olinadi. Bunday xaritalar gidrogeologik sharoitni, tuproqlarning
sho‘rlanganligini, sug‘orish kanallari, kollektorlar va zovurlar ta’siri mintaqasini
aniq tasvirlaydi. Ular agrotexnik tadbirlar kompleksini o‘tkazishga imkon beradi
(ekish muddatlari, sug‘orish va suv yuvish rejimi, o‘g‘it solish miqdori). Bunday
aniq xaritalar zovurlarning texnik holatini yaxshilash va rivojlantirish
tadbirlarini belgilashga imkon beradi.
IX.10. Axborot va xisobotlarni tuzish
Axborotlar bahorgi ekish oldi uchun, vegetatsiya davrining o‘rtasi va oxiri
uchun tuziladi. Sho‘rlangan yerlarda axborotlar sho‘r yuvish sonini va
me’yorini aniqlash uchun, sho‘r yuvishni boshlanish vaqtida tuziladi.
Axborotlarda tabiiy va irrigatsion-xo‘jalik omillariga, sug‘orish va zovur
suvlariga baho beriladi. Dalaga amalda berilgan suv sarfi bilan rejadagisini
taqqoslash, zovur suvlarining xajmini baholash uchun katta ahamiyatga ega.
Sizot suvlari rejimi va uning o‘zgarish tendensiyasini va tuproqlarni
botqoqlanish va sho‘rlanish sharoitini tavsifi bayon qilinadi.
Ekish ishlarini o‘tkazish jarayonini, sug‘orish rejimini, qayta sho‘rlanish
xavfini hisobga olib yerlarning meliorativ holatiga baho beriladi.
192
Yerlarning meliorativ holatini aniqlashda, uning yomonlashishini keltirib
chiqaruvchi sabablar va yaxshilash sabablari ko‘rsatiladi.
Quyidagi sabablarga ko‘ra yerlarning meliorativ sharoiti yomonlashadi:
- sug‘orish kanallaridan ko‘p miqdorda suv yo‘qotilishi;
- rejasiz katta hajmda suv berish;
- eskidan va yangidan sug‘oriladigan qo‘shni yerlardan yer osti suvlarini
kelishini ko‘payishi;
- zovur tizimlarining qoniqarsiz texnik holati;
- yer osti va usti suvlarining soylarga, pastliklarga oqib ketishining
kamayishi va to‘xtashi;
- sholi sug‘orish tizimlarining atrofdagi sug‘orish mavzelariga salbiy
ta’siri;
- sho‘r yuvish rejimining buzilishi (me’yorlari, muddatlari, yerlarni
tayyorlash);
- atmosfera yog‘inlarining ko‘p yog‘ishi, daryolarda suvning ko‘payishi.
Yerlarning meliorativ holati qoniqarsiz bo‘lsa, uni xo‘jalik miqyosida
baholanadi.
Axborotlar xo‘jaliklarga, sug‘orish tizimi boshqarmasiga, qishloq
xo‘jaligi boshqarmasiga yuboriladi. Axborotlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
- tezkor ma’lumotlar;
- oylik axborotlar;
- kvartal axborotlar;
- fasliy hisobotlar;
- sizot suvlarining yotish chuqurligi, minerallashganligi va gidroizogips
xaritalari;
- yillik texnik hisobotlar;
- tematik ishlar hisobotlari;
- yer usti suvlarining sifati to‘g‘risidagi byulleten;
- gidrogeologik-meliorativ ishlarning loyihasi va smetasi;
- o‘n kunlik tezkor axborolar.
193
Hisobotlarni tuzish.
Kuzatuv ma’lumotlarini tezkor tahlil qilish asosida yillik hisobot kelgusi
fevral oyidan kechiktirmay tuziladi.
Hisobot matni quyidagi boblardan iborat bo‘ladi:
- kirish (bajarilgan ishlarning tarkibi va hajmi);
- meteorologik va gidrologik sharoitlarning qisqacha yillik tavsifi;
- irrigatsion-xo‘jalik sharoitlarning tavsifi:
- yer osti suvlari rejimining tavsifi;
- tuproq qatlamining sho‘rlanganligi va suv-tuz rejimi kuzatuvlari natijalari;
- yerlarning meliorativ holatini baholash va ehtiyoj tug‘ilsa sug‘orish
massivlarining yomonlashuv sabablarini tahlil qilish;
- zax qochirish tizimlarining va meliorativ tadbirlarning samaradorligini
baholash;
- tuproq eroziyasi va ularning suvli-fizik xossalarining o‘zgarishi ustidan olib
borilgan kuzatuvlar natijasi;
- sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha xulosalar
va takliflar.
Jadval ko‘rinishida quyidagi ma’lumotlar keltirilgan bo‘lishi lozim:
- yillik meteorologik va gidrologik sharoitlarni o‘rtacha ko‘p yillik
ma’lumotlar bilan taqqoslash;
- rejadagi va amaldagi yig‘indi suvlarni berish va sug‘orish me’yorlari;
- yig‘indi va solishtirma (m3/ga) zovur oqimi va zovur oqimi moduli (oylar
bo‘yicha, yil uchun);
- zovur suvlarining minerallashganligi va tuzning yuvilish miqdori (oylar
bo‘yicha, yil uchun);
- sug‘orish tizimlari hududi, xo‘jaliklar va almashlab ekish massivlari uchun
oylik, umumiy suv-tuz va sizot suvlari balansi;
- joriy yil va oldingi yillar uchun sizot suvlari chuqurligi bo‘yicha vegetatsiya
davrining boshlanishi va oxiri uchun maydonlarning taqsimlanish jadvali;
- sizot suvlarining minerallashganligi uchun;
194
- turli darajada sho‘rlangan yerlarning maydonlarini ko‘rsatuvchi jadval;
- turli meliorativ holatdagi yerlarning maydonini ko‘rsatuvchi jadval;
Hisobotlar qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga, sug‘orish tizimlari
boshqarmasiga, tumanning qishloq xo‘jalik bo‘limiga va ilmiy-tadqiqot
institutlariga yuboriladi.
Melioratsiya xizmatining ma’lumotlari meliorativ tizimlarni qayta qurish
(rekonstruksiya) loyihalarini asoslashda va boshqa masalalarni yechishda
ishlatiladi.
IX.11. Axborotlarni qayta ishlashning axborotlashtirilgan tizimi.
Yer osti va yer usti suvlari rejimi, aeratsiya mintaqasi jinslarining suv-tuz
rejimi, dalaga suv berish (vodopodacha) va zovurlarni ishlash rejimi ustidan olib
boriladigan kuzatuvlar ma’lumotlarini qayta ishlash usullarini takomillashtirish
ma’lumotlarini to‘plash, saqlash va qayta ishlashning avtomatlashtirilgan
axborot-qidiruv tizimini barpo qilish asosida olib boriladi. Bu masalalarni hal
qilish, yer osti suvlari rejimini, tuproqlarni suv-tuz rejimini, meliorativ
tadbirlarni tezkor va uzoq muddatli bashoratlarini tadbiq qilish bilan bog‘liq.
Suv xo‘jaligi vazirligi tizimida ma’lumotlarni to‘plash, saqlash va qayta
ishlashning mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan tizimi ishlab
chiqilishi kerak: ya’ni axborot olish, hisobdan o‘tkazish, uzatish, to‘plash,
nazorat, qidiruv, statistik usulda qayta ishlash, ko‘paytirish, xaritalar, grafiklar,
jadvallarni tuzish va bosmadan chiqarish, bashoratlarni, zovurlarning
ko‘rsatkichlarini va meliorativ tadbirlarni hisoblash.
Ma’lumotlarni qayta ishlashning avtomatlashtirilgan tizimi, zamonaviy
matematik usullarni, hisoblash texnikasini, umumlashtirilgan axborot bazasi va
tizimini qo‘llashga asoslanishi kerak.
Qayta ishlashning avtomatlashtirlgan tizimini ishlab chiqish va tadbiq
qilish uchun tizimni ishlash tamoyilini, kuzatuv natijalarini perfokartaga va
perfolentaga yozish usullarini, dastur bilan ta’minlanganligi, ma’lumotlarni
qayta ishlashni yorituvchi maxsus uslubiy qo‘llanmalar tuzishni talab qiladi:
195
Ma’lumotlarni birlamchi qayta ishlash kuzatuvlarning turlari bo‘yicha olib
borilishi kerak (yer osti suvlari, yer usti suvlari, aeratsiya mintaqasi jinslarining
suv-tuz rejimi).
Avtomatlashtirilgan axborot-qidiruv tizimini ishga tushirish meliorativ
nazorat xizmatini samarali qiladi, qayta ishlash muddatlarini qisqartiradi,
ma’lumotlarni aniqligini va ishonchliligini oshiradi, hisobot hujjatlarini
unifikatsiya qiladi, murakkab qayta ishlash va bashorat qilish, amaliy tavsiya
berish yo‘li bilan meliorativ nazorat xizmati ishining samaradorligini oshiradi.
Gidrogeologik-meliorativ ekspedetsiyalariga Hisoblash markazlari (HM) va
Avtomatlashtirilgan tizim boshqarmalari (ATB) biriktiriladi.
HM va ATB bilan birgalikda texnologik sxemalar tanlanadi, ma’lumotlar
hajmi va turi aniqlanadi. Kadrlar va texnikaviy baza tayyorlanadi.
Ekspedetsiyalarda unifikatsiya qilingan dala daftarchalari tayyorlanadi va
mashina tiliga (perfokartaga va perfolentaga) o‘tkaziladi.
IX .12. Kuzatuv ma’lumotlaridan gidromeliorativ tizimlarni qayta qurish
(rekonstruksiya)da foydalanish.
Rekonstruksiya loyihalarini asoslash, xususan yerlarning meliorativ
holatini yaxshilash uchun gidrogeologik-meliorativ xizmat ma’lumotlari katta
ahamiyatga egadir.
Kuzatuvlar to‘g‘ri tashkil qilinganda va to‘liq hajmda olib borilganda,
meliorativ xizmat ma’lumotlari quyidagilarni hal qilishga imkon beradi:
- sug‘oriladigan va atrofdagi yerlarning hozirgi kundagi gidrogeologik va
injener-geologik sharoitini tavsiflash;
- sizot suvlari rejimi va balans natijalarini tahlil qilish asosida yerlarning
meliorativ holatining yomonlashuvi sabablarini va salbiy injener-geologik
hodisalarning rivojlanishini aniqlash;
- sizot suvlarining infiltratsion ozuqalanishini tarkibiy qismlarga bo‘lish va
bug‘lanish hamda transpiratsiyani baholash zarur;
- suv bilan ta’minlashga va tekislashga muhtoj maydonlarni aniqlash;
196
- kompleks rekonstruksiya loyihasini tuzish uchun kerak bo‘ladigan
gidrogeologik ko‘rsatkichlarni aniqlash;
- mavjud zovur va sho‘r yuvishning va boshqa meliorativ tadbirlarning
samaradorligini baholash, sizot suvlari rejimi bilan tuproqlarning suv-tuz
rejimini bog‘langanligini o‘rganish asosida optimal meliorativ rejimlarni
aniqlash, sug‘orish va zovur suvlarining sifatini baholash va kelajakda
o‘zgarishi bashorat qilish;
- yer osti suvlarini sug‘orish uchun ishlatishning imkoniyati va tajribalarini
tavsiflash;
- mavjud gidromeliorativ tizimlar va sug‘orishning atrof-muhitning tabiiy
sharoitiga ta’sirini baholash;
- tuproqshunos, gidromeliorator-loyihachi bilan birgalikda gidromeliorativ
tizimlarning rekonstruksiyasini va sug‘orishni rivojlanishini, yerlarni
gidrogeologik, tuproq-meliorativ va injener-geologik sharoitiga ta’sirini
bashorat qilish.
Bu ma’lumotlar loyihada sug‘orish, zovurlar va boshqa texnogen
omillarning tabiiy sharoitga ta’sirini hisobga olishga imkon beradi.
Injener-geologik jarayonlar ustidan olib borilgan kuzatuv
ma’lumotlarining tahlili, rekonstruksiya loyihasida muhofaza tadbirlarini ishlab
chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Natijada jarayon va hodisalarning
ko‘lami, tezligi, irrigatsion eroziya, karst, suffoziya, cho‘kish, surilishlarning
namoyon bo‘ladigan joylari, ularni keltirib chiqaruvchi sabablar aniqlanadi.
Melioratsiya xizmati, kuzatuv ma’lumotlari rekonstruksiya loyihalarini
asoslash uchun etarli bo‘lmagan hollarda gidrogeologik va injener-geologik
sharoitlarni o‘rganish davom ettiriladi va kompleks gidrogeologik, injener-
geologik s’yomka o‘tkaziladi.
Nazorat savollari.
1. Gidrogeologik monitoringni vazifalari qanday?
2. Kuzatuvlar tarkibiga nimalar kiradi?
3. Kuzatuv punktlari nechta xil bo‘ladi va qanday?
197
4. Regional kuzatuv quduqlari bo‘yicha kuzatuvlarining vazifalari va ular
qanday joylashtiriladi?
5. Xo‘jaliklar hududida joylashgan quduqlari vazifalari?
6. Vaqtinchalik quduqlar va kuzatuvlar nima maqsadda quriladi va o‘tkaziladi?
7. Tayanch kuzatuv quduqlari qanday joylashtiriladi va kuzatuvlar qanday
o‘tkaziladi?
8. Xo‘jaliklar hududida joylashgan kuzatuv quduqlari qanday joylashtiriladi va
kuzatuvlar qanday o‘tkaziladi?
9. Kuzatuv ma’lumotlaridan foydalanib qanday xaritalar va chizmalar tuziladi?
10. Kuzatuv ma’lumotlaridan foydalanib qanday axborotlar, xisobotlar tuziladi?
Xisobotlar taxlili.
Atama va iboralar: gidrogeologik-meliorativ monitoring, yerlarni meliorativ
holati, kompleks kuzatuvlar, regional, xo‘jaliklar hududida, vaqtincha kuzatuv
shaxobchalari, joylashtirish tamoyillari, kuzatuv olib borish tamoyillari,
burg‘ulash quduqlari, meliorativ nazorat, suv namunalari, sizot suvlari sathi va
minerallashganligi, ma’lumotlarni qayta ishlash, xaritalar, kesimlar, taxlil,
axborotlar, hisobotlar, tizimlarni rekonstruksiyasi.
X-bob
Meliorativ tizimlar loyihalarini gidrogeologik va injener-geologik
asoslashning tamoyillari.
X.1. Qidiruv tadqiqot ishlarida loyiha tuzishning turli bosqichlardagi
vazifalari.
Yerlarni sug‘orish, zaxini qochirish va suv bilan ta’minlash loyihalarini
tuzish uchun yerlarning geologik tuzilishi, gidrogeologik va injener-geologik
sharoiti to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘lish lozim.
Tadqiqot (qidiruv) ishlari injener-gidrotexnik tomonidan berilgan
texnikaviy topshiriqdan boshlanadi. Bu topshiriqda qurilish me’yorlari va
qoidalarining talabalariga ko‘ra quyidagilar ko‘rsatiladi:
198
1) Loyihalashtirish bosqichi, massiv yoki injenerlik inshooti joylashgan
yerni va qidiruv maydonining chegaralari;
2) Injenerlik inshootining maydonda joylashtirish tasviri va ko‘rsatkichlari
(bir necha variantlarda, inshooot elementlarininng o‘lchamlari, zaminning
chuqurligi, inshoot og‘irligining ta’sir kuchi);
3) Maxsus o‘rganilishi lozim bo‘lgan tadqiqot masalalari (lyoss
jinslaridagi cho‘kish hodisasi, maydonni zax bosishi, ularni butun maydon yoki
kichik maydonlarda o‘zgarishini bashorat qilish va boshqalar);
4) Qidiruv va tadqiqot ishlarining bajarilish muddatlari.
Meliorativ tadbirlar loyihasini tuzish ikki bosqichda olib boriladi:
1. Loyiha, ishchi loyihasi;
2. Ishchi hujjatlari
Loyiha, ishchi loyihasi bosqichining vazifasi qabul qilingan variantdagi
meliorativ tizim inshootlari, ishlab chiqilgan konstruktiv elementlar va
meliorativ tadbirlar, gidrogeologik va injener-geologik jihatidan asoslanadi.
Meliorativ tizimlarni qayta qurish loyihasini asoslash uchun qidiruv
ishlari loyiha tuzishda hisobga olinishi shart bo‘lgan gidrogeologik va injener-
geologik sharoitlarning o‘zgarishi yoritiladi.
Qidiruv ishlari jarayonida quyidagi dala ishlari o‘tkaziladi:
a) Kompleks injener-geologik s’yomka, masshtabi 1:50000;
b) Sug‘orish massivlarida quriladigan zax qochirish tizimlarini asoslash
va bashorat qilish uchun maxsus gidrogeologik va injener-geologik tadqiqot
ishlari;
c) Loyiha qilinadigan inshootlar maydonida, yo‘nalishli injener-geologik
qidiruv ishlari olib borish.
Ishchi hujjatlari bosqichida qidiruv ishlarining vazifasi asosan tajriba
ishlari va maxsus tadqiqot ishlaridan iborat bo‘ladi, bu esa qurilish ishlarini
tashkil qilish sharoitini aniqlashtirish va yangi texnikani qo‘llash asosida
qurilishning ilg‘or usullarini tanlashga imkon beradi.
199
X.2. Sug‘orish va zax qochirish maydonlari loyihasini asoslash.
Sug‘orish maydonlari loyihasini asoslash uchun 1:50000 masshtabdagi
kompleks injener-geologik s’yomka o‘tkaziladi. Injener-geologik s’yomka
o‘tkazish uchun 1:10000 dan katta bo‘lmagan masshtabdagi topografik asosdan
foydalaniladi. S’yomka o‘tkaziladigan maydonning kattaligi sug‘orish
massivining maydoniga nisbatan 1,3 barobargacha katta bo‘lishi kerak.
S’yomka tarkibida olib borilgan gidrogeologik va injener-geologik
tadqiqot ishlari, meliorativ tadbirlar va inshootlar konstruksiyasini asoslash
uchun etarli hajmda o‘tkaziladi. Bu tadqiqot ishlarining hajmini aniqlash uchun,
arxiv va ilmiy adabiyotlardan olingan ma’lumotlarga asoslanib tuzilgan
yerlarning litologik tuzilishi, o‘rganilayotgan qatlamning gidrogeologik sharoiti
va grunt xossalarining o‘zgaruvchanligini ko‘rsatuvchi sxematizatsiya o‘tkazish
kerak.
S’yomka bajarilishi vaqtida yer kavlash va boshqa murakkab, katta
mablag‘ sarf bo‘ladigan ishlarning hajmini qisqartirish uchun sug‘orish
massivlarida geofizik tadqiqot ishlari o‘tkazilishi lozim.
Rejim kuzatuv ishlarida olib borish uchun Geologiya va Suv va qishloq
xo‘jalik vazirliklari tashkilotlari tomonidan qurilgan regional rejim kuzatuv
shaxobchalaridan foydalaniladi, hamda gidrogeologik sharoitning
murakkabligiga bog‘liq ravishda 1 km2 sug‘orish maydonida 0,3-0,5 dona
kuzatuv shaxobchalari quriladi.
Meliorativ zovurlar loyihasini asoslash uchun sizot suvlarini past bosimli
suvli qatlamdan ozuqalanishini, sizot suvlarini hosil bo‘lishi va shakllanishi
hamda yopqich qatlamning tuzilishi o‘rganilishi lozim. Shular bilan bir qatorda
turli litologik tarkibdagi gruntlarning filtratsion xususiyatlari, aeratsiya
mintaqasi jinslarining tuz tarkibini o‘rganish hamda sug‘orish massivining tabiiy
zovurlar bilan ta’minlanganligini baholash talab qilinadi.
Sizot suvlarining hosil bo‘lishi va shakllanishi maxsus tanlangan tajriba
maydonlarida o‘rganiladi. Tajriba maydonchasining kattaligi 2-5 gektar bo‘lishi
mumkin va tajriba 1-2 yil davom etdiriladi. Tajriba maydonchasining aeratsiya
200
mintaqasida tarqalgan turli litologik tarkibdagi jinslarning suv o‘tkazuvchanligi
to‘liq o‘rganiladi, sug‘orish davrida infiltratsiyaga sarf bo‘ladigan suv miqdori
aniqlanadi va filtratsion hisoblash sxemasi asoslanadi.
Sug‘orish massivida olib borilgan gidrogeologik tadqiqot ishlari natijasida
quyidagi ma’lumotlar aniqlangan bo‘lishi lozim:
a) yer osti suvlarining ozuqalanishi va sarflanishining miqdoriy jihatdan
baholanishi;
b) sizot suvlarining yer usti suvlari bilan bog‘liq bo‘lgan tabiiy rejimi;
c) suvli qatlamlarning gidrogeologik va gidrokimyoviy ko‘rsatkichlari;
d) sug‘orish massivi filtratsion sxemasining gidrodinamik chegaralari,
hududning tabiiy zovurlar bilan ta’minlanganligi;
e) ekspluatatsiya qilinayotgan gidrotexnik inshootlarning yer osti suvlari
rejimiga bo‘lgan lokal ta’siri.
Zax qochirish maydonlari loyihasini asoslash uchun gidrogeologik va
injener-geologik qidiruv ishlari jarayonida quyidagilar o‘rganib chiqiladi:
a) geomorfologik sharoit; daryo vodiysining tuzilishi, terrasalari va relef
maydonining botqoqlanishga bo‘lgan ta’siri;
b) hududning geologik tuzilishi, tog‘ jinslarining litologik tarkibi,
ularning lokal va regional suv o‘tkazmas qatlamgacha bo‘lgan chuqurlikda
tarqalishi va yotish sharoiti;
c) suvli gorizontlarning yotish chuqurligi va tarqalishi, ularning o‘zaro va
yer usti suvlari bilan gidravlik bog‘lanishi, sizot suvlarining rejimi va balansi,
sizot va yer usti suvlarining kimyoviy tarkibi va uni zovurlarning kimyoviy
kolmatatsiyasiga bo‘lgan ta’siri, massivning geofiltratsion sxemasi va
gidrogeologik ko‘rsatkichlarining qiymatlari;
d) fizik-geologik jarayonlarning tarqalishi va tavsifi;
e) gruntlarning fizik-mexanik xossalari;
f) loyiha tuzilayotgan ob’ektga o‘xshash sharoitda ekspluatatsiya
qilinayotgan meliorativ tizimlarning ishlashi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va
ularning atrofidagi maydonlarning gidrogeologik sharoitiga bo‘lgan ta’siri.
201
Sug‘orish massivida zax qochirish tadbirlarining loyihasi uchun bu yerda
ham 1:50000 masshtabda kompleks injener-geologik s’yomka o‘tkaziladi.
Agar zaxi qochiriladigan hududda zovurlarning ishini og‘irlashtiradigan
bosimli yer osti suvlari mavjud bo‘lsa, qo‘shimcha qidiruv ishlari o‘tkazilib,
sizot suvlarining bosimli suvlar hisobiga ozuqalanishi o‘rganiladi.
S’yomka o‘tkazish maydonining kattaligi zax qochirish maydonlari
ixcham joylashganda (yonma-yon joylashganda) loyiha qilinayotgan massivga
nisbatan 2,5 barobarga katta bo‘lishi mumkin. Faqat s’yomka o‘tkaziladigan
maydon chegaralari, gidrolinamik chegaralar bilan mos bo‘lishi lozim.
Burg‘ilash quduqlari maydonda bir tekis yoki ma’lum bir yo‘nalish
bo‘yicha joylashtirilishi va har bir relef elementida, (yonbag‘ir, terrasa, suv
ayirg‘ichda va boshqalar) joylashtirilgan bo‘lishi kerak.
Yo‘nalishlar oralig‘idagi masofa 1-2 kilometrdan ortmasligi, quduqlar
orasidagi masofa esa yerlarning relefi va litologik tuzilishining
o‘zgaruvchanligiga bog‘liq ravishda 0,3-0,8 kilometrda joylashtirilishi kerak.
Burg‘ilash quduqlarining chuqurligi o‘rtacha 15 metrdan ortmasligi va
quduqlarning uchdan bir qismi tarxda keng tarqalgan birinchi suv o‘tkazmas
qatlamgacha qazilishi lozim. Ayrim quduqlar agar ehtiyoj tug‘ilsa, sizot suvlari
bilan bosimli suvlar orasidagi bog‘liqlikni aniqlash uchun katta chuqurlikkacha
qazilishi mumkin.
Zax qochirish tizimida og‘ir gruntlar (gilli tuproqlar, og‘ir qumoq
tuproqlar) suv o‘tkazmas qatlamlar ustida joylashgan bo‘lsa, chuqurligi 5
metrgacha bo‘lgan burg‘ilash quduqlari qazilib, litologik tarkib o‘rganiladi.
To‘da quduqlardan tajribaviy suv tortib olish har 3 km2da 1-2 tadan
bo‘lishi kerak. Asosiy burg‘ilash quduqlari har 1 metrdan grunt namunalari va
barcha qazilgan quduqlardan esa, yer osti suvining kimyoviy tarkibini o‘rganish
uchun suv namunasi olinadi.
O‘tkazilgan kompleks injener-geologik, gidrogeologik va tuproq-
meliorativ qidiruv-tadqiqot ishlari asosida maydon gidrogeologik-meliorativ
jihatidan tumanlarga bo‘linadi. Bu bilan bir qatorda sizot suvlarini, tuproqlarni
202
suv bilan ozuqalanishi va botqoqlanish sharoitiga baho beriladi, zax
qochirishning samara beradigan usullari tavsiya qilinadi.
X.3. Injenerlik inshootlari loyihasini gidrogeologik va injener-
geologik jixatdan asoslash
Loyiha qilinadigan injenerlik inshootini injener-geologik nuqtai nazardan
asoslash uchun (to‘gon maydoni va nasos stansiyasi uchun) 1:5000
masshtabdagi s’yomka tarkibida geofizik, yer qazish, burg‘ilash, geotexnik va
filtratsion tajriba ishlari bo‘lgan qidiruv ishlari hamda tog‘ jinslarining fizik-
mexanik, petrografik, kimyoviy tarkiblarini aniqlash ishlari va maxsus tadqiqot
ishlari bajariladi.
Burg‘ilash quduqlarining chuqurligi inshootlar joylashgan yerlarning
geologik tuzilishi qonuniyatlarini, injener-geologik va gidrogeologik sharoitlarni
aniqlashni hisobga olgan holda va inshoot zamini gruntlarining fizik-mexanik
xususiyatlariga baho berish maqsadlariga muvofiq tayinlanadi.
Burg‘ilash quduqlari to‘g‘onnning o‘qi bo‘yicha ham yuqori va pastki
b’efda to‘g‘ondan 100-200 metr uzoqlikda to‘g‘on o‘qiga parallel ravishda
joylashtiriladi. Quduqlar injener-geologik sharoitning murakkabligiga,
to‘g‘onnning balandligiga bog‘liq ravishda 20-100 metr chuqurliklarda va bir-
birlaridan 40-150 metr masofada qaziladi.
To‘g‘on o‘qidan tashqari, qidiruv quduqlari bilan loyiha qilinayotgan
beton inshootlari (tashlama, baliq o‘tkazuvchi qurilma va boshqalar) joylashgan
maydonchalar ham yoritiladi. Qidiruv quduqlari qurilish ishlarini tashkil
qilishga halaqit beruvchi yoki inshoootlarning ish jarayoniga salbiy ta’sir
ko‘rsatuvchi salbiy injener-geologik jarayon uchrashi mumkin bo‘lgan
chuqurlikkacha qazilishi lozim.
Injener-geologik sharoiti murakkab yerlarda shurf va burg‘ilash
quduqlaridan tashqari qidiruv shtolnyalari va shaxtalari qaziladi.
Gruntlarning fizik-mexanik xossalari laboratoriya va dala usullari
yordamida o‘rganiladi. Tajribalarning hajmi inshootning murakkabligiga
bog‘liq. Lyossimon gruntlarni o‘rganish uchun tomonlari cho‘kuvchan
203
qatlamlar qadinligining 0,5-1 qismiga teng o‘lchamli kotlovanlarda tajribaviy
suv quyish tajribasini o‘tkazish nazarda tutiladi.
Dala va laboratoriya ishlarining tarkibi va hajmi ob’ektning aniq injener -
geologik sharoitiga qarab belgilanadi.
To‘g‘on uchastkasi va boshqa inshoot maydonchalarida olib boriladigan
gidrogeologik tadqiqot ishlari quyidagi masalalarni yechish uchun dastlabki
ma’lumotlar bilan ta’minlaydi:
a) qurilish kotlovanlariga quyiladigan yer osti suvining sarfini baholash va
yer osti suvi sathini pasaytirish uchun samarali tadbirlar tanlash uchun;
b) inshoot zaminida va pastki b’efida vujudga keladigan filtratsion
bosimni baholash uchun;
c) inshoot asosida, inshoot atrofiga va atrofdagi soyliklarga filtratsiyaga
sarf bo‘ladigan suvlarning miqdorini hisoblash va filtratsiyaga qarshi chora-
tadbirlarni loyiha qilish uchun;
d) suv ombori atrofida yer osti suvlarining rejimini va o‘zgarish
chegaralarini aniqlash uchun;
e) yer osti suvlarining agressivligini aniqlash uchun.
Kanal terassasining hisobga olgan holda 1-3 dona qidiruv quduqlari
joylashtirilishi kerak. Quduqlarning chuqurligi kanal ostidan 3-5 metr
chuqurlikgacha, har bir geomorfologik elementda regional yoki kichik
maydonda tarqalgan suv to‘sar qatlamgacha (lekin 30 metrdan ortiq bo‘lmagan
chuqurlikgacha) qaziladi. Agar ayrim uchastkalarda yumshoq, bo‘shoq jinslar
tarqalgan bo‘lsa, burg‘ilash quduqlari tub yoki mustahkam jinslarga 2 metrdan
ortiqroq chuqurlashtiriladi.
Qidiruv quduqlarini terassa bo‘ylab joylashtirish uchun s’yomka
natijasida tuzilgan injener-geologik tumanlarga bo‘lish xaritasidan foydalaniladi.
Terrasa tog‘ yonbag‘irlarini, soylarni, temir va avtomobil yo‘llarini kesib
o‘tgan yerlarda terassa o‘qi bo‘ylab yoki ko‘ndalang kesim bo‘ylab qo‘shimcha
3-5 ta burg‘i qudug‘i qaziladi.
204
Kanal va kollektor terassalarida olib borilgan qidiruv ishlari natijasida
quyidagilar aniqlangan bo‘lishi kerak:
a) terassaning geologik-litologik tuzilishi, tog‘ jinslarining filtratsion
ko‘rsatkichlari, ularning sho‘rlanganligi va gips bilan tuzlanganligi;
b) yer osti suvlarining yotish chuqurligi, kimyoviy tarkibi, agressivligi va
rejimi (tabiiy sharoitdagi va loyiha sharoiti uchun sath bashorati);
v) terassaning maxsus injenerlik tadbirlarini nazarda tutishni talab
qiladigan salbiy injener-geologik sharoitli joylari;
g) inshoot konstruksiyasiga ta’sir ko‘rsatadigan, gruntlarning holati va
xususiyati ko‘rsatkichlari;
d) qurilish va ekspluatatsiya davrida inshoot zaminidagi gruntlarga va
kotlovan yonbag‘irlarining mustahkamligiga ta’sir ko‘rsatadigan filtratsion
bosimning ta’siri;
e) filtratsiyaga yo‘qotiladigan suvning miqdori va atrof hududlardagi zax
bosishi mumkin bo‘lgan mintaqalar maydoni.
Nasos stansiyasi quriladigan maydonlarda burg‘ilash quduqlarining soni
3-5 dona bo‘lishi va ularning chuqurligi tog‘ jinslarining fizik-mexanik
xususiyatini laboratoriyada o‘rganish uchun monolit va namunalar olinadi.
Suv qabul qiluvchi havza (avankamera) quriladigan maydonchalarda 8
metr chuqurlikda 3 dona quduq, to‘suvchi inshoot asosida 5-7 metr chuqurlikda
3 dona quduq qazilishi kerak.
Qirg‘oqni mustahkamlovchi inshootlarda quduqlarning chuqurligi daryo
yoki suv havzasining erozion chuqurligigacha qazilishi kerak.
Alohida dastur asosida bajariladigan maxsus tadqiqot ishlariga
quyidagilar kiradi:
EHM va AHM yordamida gidrogeologik ko‘rsatkichlarni hamda
ob’ektning filtratsion sxemasini aniqlash;
- gruntlarning oquvchanligi, suffoziya, karst, cho‘kish, surilish va
ko‘pchish hodisalarini o‘rganish;
- geofizik usullar yordamida gruntlarning korrozion aktivligini aniqlash.
205
To‘g‘on va ko‘tarma qurish uchun kerakli tabiiy qurilish materiallarini
qurilish maydonidan 2-5 kilometrdan uzoq bo‘lmagan yerlarda qidirib topish
lozim.
Ishchi hujjatlari bosqichida tajriba va maxsus tadqiqot ishlari, qurilish
ishlarini tashkil qilish sharoitini aniqlab olish va yangi texikani qo‘llash asosida
qurilishning ilg‘or usullarini aniqlash uchun o‘tkaziladi.
Qidiruv ishlarining bu bosqichida, to‘liq va ishonchli injener-geologik
ma’lumot olishga imkon beradigan va tog‘ jinslarining fizik-mexanik
xususiyatlarini tabiiy holatda o‘rganishga ochiq qurilish kotlovanlarini yaratish
katta ahamiyat kasb etadi.
Loyiha tuzishning qidiruv ishlari jarayonida amalga oshiriladigan
qo‘shimcha tadbirlarni ishlab chiqish uchun masalani to‘g‘ri, sifatli hal qilishga
imkon beradigan geologik-qidiruv ishlarining barcha usul va turlaridan
foydalaniladi (dala va laboratoriya tadqiqot ishlari, rejim kuzatuv ishlari va
boshqlalar).
Tajriba ishlari va maxsus tadqiqotlar quyidagilardan iborat bo‘ladi:
a) tajriba yo‘li bilan suvi sathini pastlashtirish va suvini chiqarib tashlash;
b) tajribaviy kotlovanlar kavlash;
v) to‘g‘on tanasini tajriba yotqizib tiklash;
g) tajriba uchun beton qoziqlarini va shpuntlarni qoqish;
d) cho‘kuvchan gruntlarni tajribaviy namlash.
Maxsus tadqiqotlar va tajriba ishlarining tarkibi va hajmi qidiruv ishlari
dasturida asoslangan bo‘lishi lozim.
Tajriba ishlari va maxsus tadqiqotlar imkoni boricha ishlab chiqarish
sharoitiga yaqin sharoitlarda o‘tkazilishi kerak va ular ular oddiy tadqiqot
usullari injener-geologik sharoitni to‘g‘ri baholash uchun ishonarli ma’lumot
bilan ta’minlay ololmaydigan hollarda o‘tkaziladi.
Qo‘yilgan masalalarni hal qilish uchun quyidagi tajriba-tadqiqot ishlari
o‘tkaziladi:
206
a) qurilish kotlovanlaridan suvni chiqarib tashlashni va yer osti suvi
sathini pasaytirish chuqurligini aniqlash uchun hamda zovur va filtratsiyaga
qarshi ishlatiladigan qurilmalarning ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun tajribaviy
suv tortib olish va chiqarib tashlash tashkil qilinadi. Tajriba ishlarini qurilish
kotlovanlari chegarasida qurilgan maydonlarda o‘tkazish kerak.
Tajriba quduqlari ishlab chiqarish sharoitidagi singari qurilgan va
jihozlangan bo‘lishi kerak.
b) qurilish kotlovanlarini qazishda quyidagilar aniqlanadi:
- qiyalikning optimal qiymati;
- loyiha bo‘yicha qurilgan qiyalik holatini kuzatib borish;
- inshoot zamini ochilgandan so‘ng, gruntlarni kuzatish (filtratsion
bosim qiymati, nurash tezligi, gruntlarning ko‘pchishi);
- tajriba kotlovanlarida olib borilgan tadqiqot ishlarining hajmi
tekshirilayotgan maydonning gidrogeologik va injener-geologik sharoitini o‘ziga
xosligiga bog‘liqligi loyiha tuzuvchi bo‘lim bilan birgalikda ishlab chiqilishi
kerak;
- o‘z ko‘rsatkichlari bilan alohida farq qiladigan gruntlarning
xususiyatini tajriba yo‘li bilan tekshirish va to‘g‘on, ko‘tarma tanasiga yaroqli
ekanligini aniqlash kerak;
- gruntning karerdagi zichligiga nisbatan ko‘tarmadagi gruntning
zichligi va pishiqligini keskin oshirish lozim;
- o‘ziga xos ishlab chiqarish sharoitini va gruntlarning zichlash
usullarini aniqlash lozim.
Tajriba uchun ko‘targan ko‘tarmaga yotqizilgan gruntlarni tekshirish
natijasida loyihada qabul qilinadigan gruntning zichlik ko‘rsatkichi aniqlanadi.
Ishchi hujjatlari bosqichida avval o‘tkazilgan yer osti suvlarining sathi va
kimyoviy rejimini o‘rganish ishlari davom ettiriladi. Bunda kuzatuv quduqlari
soni qurilish kotlovanlari hisobiga ortadi. Kuzatuv ishlarining aniqligi ortishi
lozim, chunki qurilish davrida yer osti suvlarining sathi va kimyoviy tarkibi
keskin o‘zgarishi mumkin.
207
Qidiruv va tadqiqot gidrogeologik ishlari quyidagi mazmundagi
texnikaviy hisobot tuzish bilan yakunlanadi va bu hisobot irrigatsion-meliorativ
tadbirlar loyihasini gidrogeologik va injener-geologik jihatdan asoslashga
xizmat qiladi.
Kirish.
I. Umumiy ma’lumotlar.
Geologik va gidrogeologik sharoitning o‘rganilganligi;
Umumiy geologik tuzilishi;
Geomorfologik va fizik-geologik sharoitlar;
II. Meliorativ massivning gidrogeologik sharoiti:
Gidrogeologik sharoitlarning o‘ziga xosligi;
Gidrogeologik ko‘rsatkichlar, filtratsion hisoblash sxemasi;
Yer osti suvlarining suv ta’minoti va sug‘orish uchun ishlatilishi;
Gidrogeologik sharoitning o‘zgarishini bashorat qilish;
Gidrogeologik-meliorativ tumanlarga bo‘lish.
III. Loyihalashtirilayotgan inshoot maydonlarining injener-geologik sharoiti.
Gruntlarning tarkibi va xususiyatlari;
Injener-geologik jarayonlar dinamikasini bashorat qilish;
Injener-geologik elementlar va gruntlarni hisoblash ko‘rsatkichlari.
Tabiiy qurilish materiallari.
Xulosalar.
Hisobotga xulosa va quyidagi grafik ma’lumotlari kiritiladi:
- aniq ma’lumotlar xaritasi;
- to‘rtlamchi davr yotqiziqlari xaritasi;
- geomorfologik sharoit xaritasi;
- gidrogeologik xarita;
- yer osti suvlarining ekspluatatsion zaxiralari xaritasi;
- geologo-genetik komplekslar xaritasi va kesimlar;
- yer osti suvlarining yotish chuqurligi, minerallashganligi va kimyoviy
tarkibi xaritasi;
208
- gidroizogips, gidroizopez, suv o‘tkazuvchanliklar, suvli
gorizontlarning qalinligini sintez qiluvchi-gidrodinamik harita;
- gidrogeologo-meliorativ tumanlarga bo‘lish haritasi va uning
eksplikatsiyasi.
X.4. Qidiruv tadqiqot ishlarining vazifalari
Qidiruv tadqiqot ishlarining tarkibi va vazifalari quyidagilardan iborat:
- Qidiruv-tadqiqot ishlari olib borilgan hududning geologik,
gidrogeologik, injener-geologik ishlar ma’lumotlarini yig‘ish, tahlil qilish,
o‘rganish va tartibga keltirish;
- Dala ishlari maydonining geologik tuzilishini, tog‘ jinslarining tarkibi
va xususiyatlarini o‘rganish;
- Hududning tektonik va geomorfologik sharoitini o‘rganish;
- Sizot suvlarining kimyoviy tarkibini va tog‘ jinslarining
sho‘rlanganligini o‘rganish;
Ilgari o‘tkazilgan qidiruv ishlari natijalarini o‘rganish hududiy geologik
fondlarda, Suv va qishloq xo‘jalik vazirligining joylardagi tashkilotlarida hamda
turli idoralarga qarashli loyiha tashkilotlarida olib boriladi. Bu ishlar jarayonida
yerlarning topografik, geologik, gidrogeologik, injener-geologik,
geomorfologik, geobotanik va tuproq xaritalariga e’tibor beriladi va ko‘chirib
olinadi. Hudud iqtisodi, fizik-geografik sharoiti (relefi, gidrografiyasi,
gidrologiyasi, o‘simlik dunyosi, tuproqlari) to‘g‘risida ham ma’lumotlar
to‘planadi.
Hududda tarqalgan suvli gorizontlarning hisoblash ko‘rsatkichlari va tog‘
jinslarining injener-geologik xususiyatlari to‘g‘risida dastlabki xulosalar
chiqarish uchun ichimlik suv manbalarini qidirish, foydali qazilma konlari
shaxtalarini quritish, turli inshootlar uchun olib borilgan qidiruv ishlari
natijalarini ko‘rsatuvchi hisobotlar, qimmatli ma’lumotlar beradi.
Ekspluatatsiya qilinayotgan sug‘orish tizimlarining ish rejimi to‘g‘risidagi
ma’lumotlar qidiruv-tadqiqot ishlarining asosiy yo‘nalishini belgilab beradi.
SHuning uchun sug‘orish tizimlarini qurish va ekspluatatsiya qilish to‘g‘risidagi
209
gidrogeologik va injener-geologik ma’lumotlar diqqat e’tibor bilan tartibga
keltirilishi lozim.
Asosiy kartografik ma’lumotlar ko‘chirib olinadi, hisobotlar esa har
tomonlama to‘liq bayon qilinadi. Geologik kesimlar, quduqlar, buloqlar,
laboratoriya ishlarining natijalari, maxsus aniq xaritaga tushiriladi va maxsus
kataloglar tuzilib, umumlashtirilgan jadvallarga yoziladi.
Geodinamik, gidrogeologik jarayon va hodisalarni yorituvchi
ma’lumotlarni to‘plashda cho‘kish hodisasiga, tuproqlarning sho‘rlanishiga,
karst, surilish, sel hodisalariga va injener-geologik sharoitga salbiy ta’sir etuvchi
seysmik hodisalarga hamda bularning salbiy ta’siriga qarshi qo‘llaniladigan
chora va tadbir usullarining samaradorligini ko‘rsatuvchi ma’lumotlarga asosiy
e’tibor qaratiladi va o‘rganiladi.
Olib borilgan ishlar natijasida geologik, gidrogeologik, injener-geologik
xaritalar va kesimlar tuziladi, yer osti suvlarining chuqurligi, minerallashganligi,
kimyoviy tarkibi va tog‘ jinslarining injener-geologik xususiyatlari to‘g‘risidagi
ma’lumotlar umumlashtiriladi. Bu esa hudud tabiiy sharoitining murakkabligiga
to‘g‘ri baho berishga va tadqiqot ishlarining mazmuni va hajmini to‘g‘ri
tanlashga imkon beradi.
Dala ishlari marshrutli tadqiqot yordamida geofizik, burg‘ilash, tajriba va
boshqa ishlar bilan birgalikda olib boriladi. Natijada loyihalashtirilayotgan
meliorativ tizim ta’sir o‘tkazadigan chuqurlikkacha bo‘lgan mintaqada tarqalgan
tog‘ jinsi komplekslarining gidrogeologik va injener-geologik tavsifi yoritiladi.
Dala ishlari jarayonida tog‘ jinslarining tarqalishi, qalinligi, yotish
sharoiti, petrografik tarkibi, suvga to‘yinganligi, struktura va teksturasi
o‘rganiladi. Bu tadqiqotlar tog‘ jinslari zarralarining ichki mexanik bog‘lanishi,
ularning suvda erish qobiliyati, nurashga qarshiligi, qiyalik va yonbag‘irlardagi
turg‘unligi, injener-geologik xossalari kabi umumiy sifat ko‘rsatkichlari bilan
to‘ldiriladi.
Tog‘ jinslari umumiy xususiyatiga to‘liq baho berish uchun quruq iqlimli
mintaqalarda tog‘ jinslarining tuz tarkibiga, cho‘kuvchanligiga,
210
sho‘rlanganligiga, suv o‘tkazuvchanligiga va suvlar ta’siridan erishi
xususiyatiga alohida e’tibor beriladi.
Ko‘rsatib o‘tilgan ko‘rsatkichlar turli usullar bilan aniqlanishi mumkin.
Masalan, tog‘ jinslarining zichligi va mustahkamligi qiyaliklarining shakliga
qarab, suvga chidamliligi jarlikning shakliga, cho‘kuvchanligi lyoss jinslari
tarqalgan yerlarda cho‘kib hosil bo‘lgan chuqurliklariga qarab, yoki gillardagi
karst o‘pqonlariga qarab o‘rganilishi mumkin.
Dala kuzatuv ishlaridan tashqari bu ko‘rsatkichlarni laboratoriya
sharoitida o‘tkaziladigan tadqiqotlar yordamida ham aniqlanadi.
O‘zbekiston sharoitida keng tarqalgan lyoss va lyossimon jinslarning
cho‘kuvchanligini, ularni hosil bo‘lish sharoiti, yoshi, geomorfologik sharoitiga,
iqlimiga va yer osti suvining chuqurligiga qarab aniqlash mumkin. Masalan,
prolyuvial va eol lyosslari o‘ta cho‘kuvchan, delyuvial, delyuvial-prolyuvial
jinslar kuchsiz cho‘kuvchan bo‘ladilar.
Qurilish kotlovanlarini kuzatish orqali tog‘ jinslarining xususiyatlari
to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar olinishi mumkin.
Hududning tektonik sharoitini o‘rganishga gidrogeologik va injener-
geologik syomka jarayonida katta e’tibor beriladi. Bu yerda asosiy e’tiborni tog‘
jinslari komplekslarining tektonik harakat ta’siridan buzilganligiga, yorilganlik
va nuraganlik darajasiga va tektonik strukturalarning hozirgi zamon geologik
jarayonlari bilan bog‘liqligiga qaratiladi.
Tektonik strukturalarning shakli, elementi va ularni tog‘ jinslarning suvga
to‘ldirilganligiga ta’siri o‘rganiladi. Bu ishlar jarayonida tektonik harakatlar
ta’siridan buzilgan mintaqadagi tog‘ jinslari tarkibiga, mintaqalarning katta
kichikligiga, qalinligiga, bunday mintaqalarga turli relef shakllarining
joylashishiga (jarliklar, daryo vodiylari), buloqlarning qiyalik yerlarida sodir
bo‘lishiga, karst hosil bo‘lish jarayonining faolligiga, suffoziya hodisasining bu
mintaqa bilan bog‘liqligiga katta e’tibor beriladi.
Tog‘ jinslari massivlarining yorilganlik darajasini, mustahkamligini,
suvga to‘yinganligini, suv o‘tkazuvchanligini o‘rganish shu hududda
211
melioratsiya ishlari olib borilganda ularni holatini o‘zgarishini bashorat qilish
uchun zarur.
Geomorfologik tadqiqot ishlari natijasida turli turdagi releflarning
tarqalish qonuniyatlarini va ularning rivojlanish dinamikasini o‘rganish va
yerlarning geologik tuzilishi va injener-geologik sharoit bilan bog‘liqligi
aniqlanadi.
Yerlarning relefini o‘rganish jarayonida daryo vodiylariga katta e’tibor
beriladi va vodiyning shakli, terrasalarni kengligi, balandligi, mezororelef
hamda vodiyda tarqalgan geologik jarayonlar va hodisalar o‘rganiladi.
Daryo terrasalarining geologik tuzilishini o‘rganish vaqtida daryo
yotqiziqlarining tarkibi, tuzilishi, qalinligi va hosil bo‘lish sharoiti, irrigatsion
yotqiziqlarining tarkibi, tuzilishi, qalinligi va hosil bo‘lish sharoiti, irrigatsion
yotqiziqlarga alohida e’tibor beriladi.
Daryo vodiysi yonbag‘irlarini o‘rganish vaqtida ularning relefi qiyaligi va
ularning tog‘ jinslariga bog‘liqligi, turg‘unlik holati va ularning xarakteri
o‘rganiladi.
Hozirgi zamon geologik va injener-geologik jarayon va hodisalarni
o‘rganish vaqtida bu jarayonlar tarqalgan, rivojlangan hududning tabiiiy
geologik sharoiti, ularni keltirib chiqaruvchi sabablar, jarayonlar dinamikasi,
ularning o‘lchamlari va elementlariga tavsif beriladi.
Cho‘kish va suffoziya jarayonlari tarqalgan yerlarda ularning tarqalish
shakllari, turlari va o‘lchamlari, faol rivojlanadigan davrlari, kimyoviy, fizik va
meteorologik omillarning ahamiyatiga tavsif beriladi.
Sho‘rlanish rivojlangan hududlarda sho‘rlangan tog‘ jinslarining tarkibi,
qalinligi, sho‘rlanishning turi va xarakteri yer usti suvlarining mavjudligi, ularni
ozuqalanish manbai va rejimi o‘rganiladi.
Yonbag‘ir va qiyaliklarda gravitatsion deformatsiyalar tarqalgan bo‘lsa,
deformatsiyalar va qiyaliklarning tikligi hamda abraziyaning ta’siri o‘rganiladi.
212
Sel hodisalari tarqalgan hududlar uchun suv yig‘iladigan havzalar va
soylar o‘zanining xarakteri, qiyaligi, sellar o‘tadigan davrlar (aholidan so‘rab
olinadi) to‘g‘risida ma’lumot beriladi.
Jarlik va daryo eroziyasi faol rivojlangan joylarda hududning o‘yilganligi,
o‘yilgan yerlarning chuqurligi, jarlik va daryo yonbag‘irlarining xarakteri va
ularni buzuvchi jarayonlar, jarliklarning rivojlangan tezligi, soyliklarning rejimi,
eroziyaga qarshi qo‘llanilayotgan chora va tadbirlar o‘rganiladi.
Deflyasiya hodisasi mavjud bo‘lgan yerlarda - qumlarning tarkibi,
relefning shakli, harakatlanishi, yer osti suvlarining mavjudligi va ularning
yotish chuqurligi hamda qumlarni mustahkamlash uchun qo‘llanilayotgan
choralarga tavsif beriladi.
Karstlar tarqalgan yerlarda karstlangan jinslarning qalinligi, ularning suv
bilan to‘yinganligi, yorilganligi va g‘ovakligi, tarqalish maydonining chegaralari
va chuqurligi, yer usti va osti suvlari bilan bog‘liqligi yoritiladi.
Ayniqsa, bu masala meliorativ tadbirlar qo‘llanilayotgan maydonlarda,
gidrotexnik inshootlar qurilayotgan va ekspluatatsiya qilinayotgan joylarda katta
ahamiyat kasb etadi.
Bu masalani yechish uchun tadqiqot ishlari jarayonida meliorativ tizim
qurishda va ekspluatatsiya qilish vaqtida duch kelinadigan turli qiyinchiliklar va
buzilishlar, ishlab turgan zovur tizimlarining holati va salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi
injener-geologik hodisalar to‘g‘risida ma’lumotlar yig‘ilishi lozim.
Gidrogeologik sharoitni o‘rganish jarayonida yer osti suvlarining yotish
chuqurligi, yer osti suvi oqimining harakati, minerallashganligi, kimyoviy
tarkibi, rejimi, suvli tog‘ jinslari xossalarining tarxda va vertikal kesimda
o‘zgarish qonuniyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar olinishi lozim.
Bu masalalarni hal qilish uchun barcha tabiiy va sun’iy yer osti suvi
chiqqan punktlar o‘rganiladi, yer osti suvlaridan kimyoviy tahlil uchun
namunalar olinadi, yer osti suvlari sathlari va harorati o‘rganiladi va turli
chuqurliklarda burg‘ilash quduqlari qazilib suv tortib olish tajribalari o‘tkaziladi
hamda tog‘ jinslarining filtratsion ko‘rsatkichlari aniqlanadi.
213
Burg‘ilash quduqlarining chuqurligiga bog‘liq ravishda turli xildagi
tajribalar o‘tkaziladi va gidrogeologik masalalar yechiladi. Chuqurligi 300-500
metr bo‘lgan burg‘ilash quduqlarida ochilgan barcha suvli gorizontlar ayniqsa,
regional suv o‘tkazmas qatlamdan pastda joylashgan suvli qatlamlar
gidrogeologik jihatidan tekshiriladi. Chuqurligi 50-150 metrli burg‘ilash
quduqlarida yer yuzidan to birinchi suv o‘tkazmas qatlamgacha bo‘lgan barcha
suvli qatlamlarda har 5-10 metr chuqurliklarda gidrogeologik tadqiqot ishlari
o‘tkaziladi. U quduqlarda yer osti suvlarining statik sathi o‘lchanadi, suv
namunalari olinadi va tog‘ jinslarining filtratsion xususiyatlari aniqlanadi.
Chuqurliklari 10-20 metrdan 20-50 metrgacha bo‘lgan burg‘ilash
quduqlarida sizot suvlarining paydo bo‘lishi va sathi kuzatiladi, yer osti
suvlarining minerallashganligi va kimyoviy tarkibini o‘rganish uchun bir dona
suv namunasi olinadi, suvlarning harorati o‘lchanadi va tog‘ jinslarining
filtratsion xususiyatlari aniqlanadi.
Suvli qatlamlarning filtratsion xususiyatlarini aniqlash tajribaviy suv
tortib olish va tezkor usullar yordamida aniqlanadi. Tajribaviy suv tortib olish
ishlari odatda tik drenaj qurish yoki yer osti suvlaridan sug‘orish va ichimlik
suvi ta’minotida foydalanish mo‘ljallanayotgan xarakterli maydonlarda
o‘tkaziladi.
Aeratsiya mintaqasi tog‘ jinslarining filtratsion xususiyatlarini o‘rganish
vazifasiga alohida e’tibor berilishi lozim.
Qidiruv-tadqiqot ishlari jarayonida asosiy gidrologik sharoitni o‘rganish
uchun daryo oqimining rejimi, umumiy minerallashganligi, kimyoviy tarkibi,
harorati ustidan nazorat o‘rnatiladi. Qurg‘oqchil iqlimli viloyatlarda rejim
kuzatuv ishlari yirik sug‘orish kanallari va zovurlarida ham qo‘shib olib
boriladi.
Yer usti va osti suvlari rejimlari ustidan olib boriladigan kuzatuvlar bir
yildan qisqa bo‘lmasligi kerak. Agar hududda doimiy kuzatuv shaxobchalari
(kuzatuv quduqlari) va balans maydonchalari mavjud bo‘lsa, vaqtinchalik
kuzatuv shaxobchalari (quduqlari) tashkil qilishga ehtiyoj qolmaydi.
214
Yer usti suvlarining faoliyatiga injener-geologik jihatdan baho berish
uchun maydonlarni suv bosish davrlarini aniqlash, yer usti suvlarining yerlarni
botqoqlikka aylantirishidagi va sho‘rlantirishdagi ishtirokini aniqlash va eroziya,
abraziya hodisalarini vujudga kelish imkoniyatini aniqlash lozim.
Yer osti suvlari va tog‘ jinslari tarkibidagi tuzlarning miqdori, tarkibi va
ularning tarqalish qonuniyatlarini o‘rganish, gidrogeologik jarayonning
o‘zgarishini gidrokimyoviy nuqtai nazardan o‘rganish usuligina bo‘lmay, balki
melioratsiyaning asosiy o‘rganish ob’ekti sifatida ahamiyatga egadir.
Bu esa tadqiqot ishlarini murakkablashtiradi, chunki aeratsiya mintaqasi
tog‘ jinslaridagi tuz rejimi o‘zgarishining o‘rganilish masalasini oldinga qo‘yadi.
Tuz rejimi esa doimo meliorativ tadbirlarning faol ta’siri doirasida bo‘ladi.
Shuning uchun qidiruv ishlari vaqtida aeratsiya va suvga to‘yingan mintaqalar
jins va suvlardan namunalar olish, tuz zahiralarini hisoblash va tuzlarning
harakatlanish dinamikasini aniqlash, hisobga olingan holda o‘tkaziladi.
Bu mazmundagi vazifalarni o‘tkazish uchun quyidagi tadqiqot ishlari
bajariladi:
1. Kompleks gidrogeologik va injener-geologik s’yomka;
2. Burg‘ilash va boshqa usullar yordamida geologik qidiruv ishlari olib
borish;
3. Geofizikaviy tadqiqot ishlari;
4. Dalada olib boriladigan tajriba va tadqiqot ishlari;
5. Muntazam olib boriladigan tadqiqot ishlari;
6. Laboratoriya ishlari.
Bu ishlarni bajarish uchun maxsus qurilish me’yorlari va qoidalaridan
keng foydalaniladi.
Nazorat savollari:
1. Tadqiqot ishlari dastlab nimadan boshlanadi?
2. Meliorativ tadbirlar loyihasini tuzish qanday bosqichlarda olib boriladi?
3. Qidiruv ishlari jarayonida qanday dala ishlari o‘tkaziladi?
215
4. Sug‘orish massivida olib borilgan gidrogeologik tadqiqot ishlari natijasida
qanday ma’lumotlar aniqlangan bo‘lishi kerak?
5. Zax qochrish maydonlari loyihasini asoslash uchun gidrogeologik va injener-
geologik qidiruv ishlari jarayonida nimalar o‘rganiladi?
6. Loyiha qilinadigan injenerlik inshootini injener-geologik nuqtai-nazardan
asoslash uchun qanday tadqiqot ishlari bajariladi?
7. To‘g‘on uchastkasi va boshqa inshoot maydonchalarida olib boriladigan
gidrogeologik tadqiqot ishlarini olib borish dastlab qanday ma’lumotlar bilan
ta’minlanadi?
8. Kanal va kollektor terassalarida olib boriladigan qidiruv ishlari natijasida
nimalar aniqlanadi?
9. Qidiruv va tadqiqot ishlarining tarkibi va vazifalari nimalardan iborat?
10. Qidiruv va tadqiqot gidrogeologik ishlarining hisoboti qanday mazmunda
tuziladi?
Atama va iboralar: loyiha bosqichlari, texnikaviy topshiriq, sug‘orish va zax
qochirish maydonlari, gidrogeologik qidiruv va tadqiqotlar, s’emka, sharoitlar,
masshtablar, injenerlik inshootlari, dala ishlari, maxsus tajriba ishlari,
tadqiqotlar tarkibi, hisobotlar.
216
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
1) Бочевер Ф.М., Гармонов И.В., Лебедев А.В., Шестаков В.М. “Основы
гидрогеологических расчетов” М.Недра, 1965, 368стр.
2) Владимиров А.Г. Мелиоративная гидрогеология, 1960.
3) Кац Д.М., И.С.Пашковский “Мелиоративная гидрогеология” Москва,
ВО “Агропромизация” 1988.
4) Кац Д.М “Влияние орошения в грунтовые воды” М.Колос, 1976,
271стр.
5) Крылов М.М. “Основы мелиоративной гидрогеологии Узбекистана”. 2
е изд, Ташкент, 1977, 248стр.
6) Кац Д.М “Контроль режима грунтовых вод на орошаемых землях”
Москва, Издателство “Колос”, 1967.
7) Кенесарин Н.А. Формирование режима грунтовых вод орошаемых
районов. Ташкент, Издателство “Фан” Узбекистан 1959.
8) Шестаков В.М., Пашковский И.С., Сойфер А.М. “Гидрогеологи-ческие
исследования на орашаемых территориях. Л.Недра” 1982.
9) Yusupov G.U., Xolbaev B.M. “Geologiya va gidrogeologiya asoslari”
Toshkent, Yangi asr avlodi.2003 y.
10)Yusupov G.U., Xolbaev B.M. “Geologiya va gidrogeologiya asoslari”
Toshkent Yangi asr avlodi. 2-nashri.2005y.
11)YusupovG.U. “Meliorativ gidrogeologiya” fanidan amaliy mashg‘ulotlarni
bajarish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma. Toshkent, 2006 yil, 47 bet.
12)Yusupov G‘.U. Meliorativ gidrogeologiya fanidan leksiyalar kursi, 2007
Toshkent, TIMI, 158 bet.
13)Н.Н.Ходжибаев, Б.Я.Нейман “Гидрогеологическое обоснование
ирригационно-мелиоративных мероприятий” Ташкент, Издательство
“Фан” 1982, 130 бет.
217
Mundarija
So‘zboshi............................................................................................................... 4
K irish..................................................................................................................... 6
I-bob. Sug‘oriladigan maydonlarning umumiy gidrogeologik sharoitlari ... 15
1.1. Melioratsiya qilinadigan yerlar gidrogeologik sharoitining omillari
va ko‘rsatkichlari................................................................................... 15
1.1-a. Iqlim sharoitlari..................................................................................... 16
1.1-b. Yerlarning tabiiy drenalanganligi........................................................ 17
1.1.-v. Aeratsiya mintaqasi xususiyatlari....................................................... 23
1.1-g. Sizot suvlarining yotish chuqurligi, minerallashganligi,
rejimi va balansi.................................................................................... 24
1.1-d. Umumiy gidrogeokimyoviy sharoitlar................................................ 24
1.2. Sug‘oriladigan yerlarning gidrogeologik sharoiti guruhlari............. 25
II-bob. Sug‘oriladigan yerlarda tarqalgan sizot va osma sizot suvlari........... 28
11.1. Umumiy tushunchalar........................................................................... 28
11.2. Sizot suvlari sathi va aeratsiya mintaqasining litologik tarkibi........ 32
11.3. Sizot suvlarining geografik tarqalishi.................................................. 33
11.4. Irrigatsion sizot suvlari.......................................................................... 34
11.5. Sizot suvlarini bosimli suvlardan ozuqa olishi.................................... 37
11.6. Sizot suvlarini sarflanishi..................................................................... 39
11.7. Sizot suvlari va KZT (kollektor zovur tizimlari)................................ 42
11.8. Sizot suvlari va o‘simliklar.................................................................. 43
11.9. Osma sizot suvlari va ularni yerlarni meliorativ holatiga ta’s ir i....... 43
III-bob Sug‘oriladigan yerlarda gidrogeologik-meliorativ jarayonlarning
o‘ziga xosligi.......................................................................................... 46
111.1. Umumiy tushunchalar va ta’riflar..................................................... 46
111.2. Gidrogeologik jarayonni belgilab beruvchi tabiiy omillar............... 48
111.3. Sizot suvlari oqimlarining ozuqa olish va tranzit mintaqasi........... 53
111.4. Sizot suvlari oqimlarining sarflanish mintaqasi................................. 55
111.5. Sizot suvlari oqimlarining qayta pasayish va yoyilib ketishi mintaqasi 57
218
IV-bob Melioratsiya qilinayotgan maydonlarda tarqalgan sizot suvlarining
rejimi xususiyatlari ....59
IV.1. Tabiiy rejimlar ....59
IV.2. Buzilgan rejimlar................................................................................... ....60
IV.3. Sizot suvlari rejimini genetik turlari.........................................................63
IV.4. Tabiiy intensiv (kuchli) drenalangan va drenalangan sug‘orish
tumanlarida tarqalgan sizot suvlarining rejim i.................................. ......72
IV.5. Kuchsiz tabiiy drenalangan, sahro va yarim sahrolarda joylashgan
sug‘orish tumanlari sizot suvlari rejim i....................................................75
IV.6. Sizot suvlarining infiltratsion ozuqalanishi va aeratsiya mintaqasiga
sarflanishining umumiy qonuniyatlari......................................................76
IV.7. Yer osti suvi oqimining kirimi va oqib chiqishi................................. .....80
IV.8. Sizot suvlari sathi rejimining xususiyatlari........................................ ......81
IV.9. Sizot suvlari minerallashganligi va kimyoviy tarkibi
rejimining xususiyatlari.............................................................................84
IV.10. Sizot suvlari rejimini boshqarish tamoyillari .... 88
V-bob Melioratsiya qilinadigan maydonlarda suv balansi ...... 91
V.1. Umumiy tushunchalar ..... 91
V.2. Sizot suvlari balansini o‘rganish ..... 92
V.3. Balans o‘rganish maydonchalarini tanlash va tadqiqotlarining
umumiy tamoyillari............................................................................... .... 102
V.4. Aeratsiya mintaqasi gruntlarini suvli-fizik xossalarini o‘rganish ..... 105
V.5. Suv balansi ayrim elementlarini aniqlash ......106
V.5.1. Yer usti suvlari oqimining sarfi va sizot suvlarini infiltratsion ozuqa
olishi...................................................................................................... ..... 106
V.5.2. Yer osti suvlari oqimlarining balans konturiga kirishi va chiqishi ... 110
V.5.3. Bug‘lanish va transpiratsiyaga sarf bo‘ladigan suvlar............................ 111
V.6. Sizot suvlari balansi natijalari tahlili................................................... .....113
VI-bob Sug‘oriladigan yerlarni gidrogeologik-meliorativ tumanlarga bo‘lish
tamoyillari va geofiltratsion sxemalarni tuzish ..... 115
219
VI.1. Gidrogeologik-meliorativ tumanlarga bo ‘lish tarix i............................... 115
VI.2. Gidrogeologik-meliorativ tumanlarga bo‘lish tamoyillari................. ....117
VI.3. Geofiltratsion tuzilish xaritasini tuzish tamoyillari .....122
VII-bob Sug‘oriladigan yerlarda gidrogeologik-meliorativ bashoratlarning
vazifalari va usullari .... 137
VII.1. Gidrogeologik-meliorativ bashoratlar, tushunchalar va turlari ......137
VII.2. Sug‘oriladigan yerlarda gidrogeologik bashoratlarning umumiy
vazifalari va usullari............................................................................ ......143
VII.3. Sizot suvlari oqimlarining ozuqa olish va tranzit mintaqasida
sug’orishni loyixalash uchun o’tkaziladigan bashoratlar................. ......145
VII.4. Sizot suvlari oqimlarining sarflanish mintaqasida sug‘orishni
loyihalash uchun o‘tkaziladigan bashoratlar...................................... .....150
VII.5. Sizot suvlari oqimlarining qayta pasayish va yoyilish mintaqasida
sug‘orishni loyihalash uchun o‘tkaziladigan bashoratlar ......152
VIII-bob Kollektor-zovur tizimlarini asoslashning gidrogeologik tamoyillari... 155
VIII.1. Sug‘orish va zax qochirish melioratsiyasidan umumiy ma’lumotlar.. 155
VIII.1a Umumiy tushunchalar........................................................................... ....155
VIII.1b Sug‘orish rejim i..................................................................................... ....156
VIII.1v Sho‘rlangan tuproqlarni yuvish.......................................................... ......157
VIII.1g Gidrotexnik melioratsiyalar................................................................ .... 158
VIII.2. Vertikal zovurlarni loyihalash.............................................................. ....162
VIII.2a Vertikal zovurlarni loyihalashning gidrogeologik asoslari................ ....162
VIII.2b Geologik sharoitlar................................................................................ ....163
VIII.2v Ekspluatatsion quduqlarning konstruksiyasi..................................... ......165
VIII.3. Gorizontal zovurlarni loyihalashni gidrogeologik tamoyillari ....172
IX-bob Sug‘oriladigan yerlarning gidrogeologik-meliorativ holati ustidan
nazorat o‘tkazish tamoyillari va usullari (monitoring)....................... ....176
IX.1. Gidrogeologik-meliorativ monitoringning mazmuni, tamoyillari,
rivojlanish tarixi va vazifalari........................................................... ....... 176
IX.2. Regional kuzatuv quduqlarini joylashtirish........................................ .... 182
220
IX.3. Tayanch kuzatuv quduqlarini j oylashtirish........................................ 183
IX .4. Xo‘jaliklar hududida joylashgan kuzatuv quduqlarini joylashtirish... 185
IX .5. Vaqtinchalik kuzatuv quduqlarini joylashtirish................................ 186
IX. 6. Quduqlarni kavlash va jihozlash.......................................................... 187
IX.7. Kuzatuvlarni o‘tkazish.......................................................................... 188
IX.8. Sug‘orish va kollektor-zovur suvlari sifati ustidan olib boriladigan
kuzatuvlar.............................................................................................. 189
IX.9. Kuzatuv ma’lumotlarini qayta ishlash va tahlil qilish..................... 190
IX.10. Axborot va xisobotlarni tuzish............................................................. 192
IX.11. Axborotlarni qayta ishlashning axborotlashtirilgan tizim i............... 195
IX.12. Kuzatuv ma’lumotlaridan gidromeliorativ tizimlarni qayta qurish
(rekonstruksiya)da foydalanish............................................................ 196
X-bob. Meliorativ tizimlar loyihalarini gidrogeologik va injener-geologik
asoslashning tamoyillari .................................................................. 198
X.1. Qidiruv tadqiqot ishlarida loyiha tuzishning turli bosqichlardagi
vazifalari............................................................................................... 198
X.2. Sug‘orish va zax qochirish maydonlari loyihasini asoslash............. 200
X.3. Injenerlik inshootlari loyihasini gidrogeologik va injener-geologik
jixatdan asoslash................................................................................. 203
X.4. Qidiruv tadqiqot ishlarining vazifalari................................................ 209
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati..................................................................... 217
221
Предисловие
Введение..........................................................................................................................4
Глава-I. Общее гидрогеологическое условия орошаемых земель................. ...15
1.1. Факторы и показатели гидрогеолого-мелиоративных условий
мелиоруемых земель............................................................................... ...15
!1-а. Климатические условия.......................................................................... ...16
I.1-6. Естественная дренированность орошаемых земель..............................17
1.1. -в. Особенности зоны аэрации........................................................................23
11-г. Глубина залегания, минерализация, режим и баланс грунтовых вод 24
11-д. Общие гдрохимические условия........................................................... ...24
1.2. Группы гидрогеологических условий.....................................................25
Глава-II. Грунтовые воды и верховодка распространённые на орошаемых
землях....................................................................................................... .... 28
11.1. Общие понятия ...........................................................................................28
11.2. Литология и грунтовые воды ................................................................. ..32
11.3. Географическое распространение грунтовых вод .................................33
11.4. Ирригационно-грунтовые воды ............................................................. ..34
11.5. Питания безнапорных грунтовых вод субнапорными водами....... .... 37
11.6. Расходование грунтовых вод ....................................................................39
11.7. Грунтовые воды и коллекторно-дренажных сеть .............................. ..42
11.8. Грунтовые воды и растения......................................................................43
11.9. Верховодка и их влияние на мелиоративное состояние орошаемых
земель ........................................................................................................ ..43
Г лава-III. Особенности гидрогеолого-мелиоративного процесса на
орошаемых землях.......................................................................................46
111.1. Общие понятия и определения............................................................. ... 46
111.2. Факторы определяющие особенности мелиоративного процесса ... 48
111.3. Зона питания и транзита потоков грунтовых в о д ............................... ..53
111.4. Зона расходования потоков грунтовых вод ....................................... ...55
111.5. Зона вторичного погружения и расходования потоков грунтовых
222
в о д .............................................................................................................. ... 57
Глава-IV Особенности режима грунтовых вод распространённых на
мелиорируемых земель........................................................................... ...59
IV.1. Естественные режимы............................................................................. ...59
IV.2. Нарушенные режими............................................................................... ...60
IV.3. Г енетические типы режима грунтовых в о д ........................................ ...63
IV.4. Особенности режима грунтовых вод на интенсивно дренирванных
и дренированных землях............................................................................72
IV.5. Особенности режима грунтовых вод на слабодренированных
землях......................................................................................................... ..75
IV.6. Инфильтрационное питания и расходование грунтовых вод в зону
аэрации...................................................................................................... ....76
IV.7. Приток и отток грунтовых груновых в о д ...............................................80
IV.8. Особенности уровенного режима грунтовых во д ................................. 81
IV.9. Особенности минерализации и химического состава режима
грунтовых в о д ..............................................................................................84
IV.10. Принципы управления режимом грунтовых в о д ............................... ... 88
Глава-V. Водный баланс мелиорируемых земель..................................................91
V.1. Общие понятия......................................................................................... ...91
V.2. Изучение баланса грунтовых в о д .............................................................92
V.3. Выбор балансового участка и общие принципы исследований...... ... 102
V.4. Изучение водно-физических свойств грунтов зоны аэрации........... ....105
V.5. Определение составных частей баланса грунтовых вод...................... 106
V.5.1. Расход потока поверхностных вод и определение
инфильтрационного питания грунтовых в о д ...................................... ...106
V.5.2. Приток и отток грунтовых вод в балансовый контур....................... ... 110
V.5.3. Испарение и транспирация воды .......................................................... ..111
V.6. Анализ результатов баланса грунтовых в о д ....................................... ...113
Глава-VI Гидрогеолого-мелиоративное районирование орошаемых земель и
геофильтрационная схематизация........................................................ ...115
223
VI.1. История развития принципов гидрогеолого-мелиоративного
районирования......................................................................................... ....115
VI.2. Принципы гидрогеолого-мелиоративного районирования.............. ... 117
VI.3. Принципы построения карт геофильтрационного строения............ ... 122
Глава-VII Задачи и методы гидрогеолого-мелиоративных прогнозов на
орошаемых землях................................................................................... ...137
VII.1. Г идрогеолого-мелиоративные прогнозы, понятия и их виды.......... ....137
VII.2. Общие задачи гидрогеологических прогнозов, и методы их на
орошаемых землях................................................................................... ...143
VII.3. Гидрогеолого-мелиоративные прогнозы в зонах питания и
транзита потоков грунтовых в о д ........................................................... ...145
VII.4. Гидрогеолого-мелиоративные прогнозы в зонах расходования
потоков грунтовых в о д ...............................................................................150
VII.5. Гидрогеолого-мелиоративные прогнозы в зоне вторичного
погружения и рассеивания потоков грунтовых вод............................... 152
Глава-VIII Гидрогеологические принципы обоснования проектирования
коллекторно-дренажных систем........................................................... ....155
VIII.1. Общие понятия об оросительных и осушительных мелиорациях.. 155
'УШ.1-а. Общие понятия ...155
VIII.1-6. Режим орошения...................................................................................... ... 156
УШ.1-в. Промывка засолённых земель............................................................... ....157
VIII.1-r. Гидротехнические мелиорации.................................................................158
VIII.2. Проектирование вертикального дренажа............................................ ... 162
VIII.2-а Гидрогеологические обоснования вертикального дренажа............. ....162
VIII.2-6 Геологическое условия............................................................................ ...163
УШ.2-в Конструкции эксплуатационных скважин......................................... .... 165
VIII.3. Гидрогеологические принципы обоснования проектов
горизонтальных дрен................................................................................ ...172
Глава-IX Контроль за гидрогеолого-мелиоративным состоянием
орошаемых земель и методы наблюдений (мониторинг)................. ...176
224
IX.1. Содержание и принципы гидрогеолого-мелиоративного
мониторинга, история развития и задачи.................................................176
IX.2. Размещение регионалных наблюдательных скважин......................... ...182
IX.3. Размещение опорных наблюдательных пунктов................................ ...183
IX .4. Размещение внутрихозяйственных наблюдательных скважин........ ..185
IX .5. Размещение временных наблюдательных скважин ... 186
IX. 6. Бурение и оборудование наблюдательных скважин........................... ...186
IX.7. Проведение наблюдений.............................................................................188
IX.8. Наблюдения проводимые на коллекторно-дренажными и
оросительными водамы............................................................................ ...189
IX.9. Обработка результатов режимных наблюдений и анализ их
результатов................................................................................................. ...190
IX.10. Составление сообщений и отчетов........................................................ ...192
IX.11. Автоматизированные системы обработки результатов наблюдений 195
IX.12. Использование результатов режимных наблюдений в
переустройтве гидромелиоративных систем....................................... ...196
Глава-X Гидрогеологические и инженерно-геологические принципы
обоснования мелиоративных систем ......................................................198
X.1. Задачи проектно-изыскательских работ в различных стадиях
проектирования........................................................................................ ...198
X.2. Гидрогеологическое и инженерно-геологическое обоснование
проектов орошаемых и осушаемых земель......................................... ...200
X.3. Гидрогеологические и инженерно-геологические обоснование
проектов инженерных сооружений....................................................... ..203
X.4. Содержание изыскательско-исследовательских работ.........................209
Литература.................................................................................................................. ....217
225
Content
Introduction ........................................................................................................ ...4
Chapter I. The total hydrogeological condition of irrigated lands............... ..... 15
1.1. Factors and indices of hydrogeological and meliorative
conditions of meliorative lands .................................................. . 15
1.1.a. Climate................................................................................................16
1.1.b. Natural drain of irrigated lands...................................................... ... 17
1.1.c. Features of aeration zone............................................................... ....23
1.1.d. The bedding deep, mineralization, regime and balance of ground
w ater....................................................................................................24
1.1.e. The total hydrochemistry conditions............................................ .... 24
1.2. Groups of hydrogeological conditions.......................................... ...25
Chapter II. Ground and top water distributed on irrigated lands................ ..... 28
11.1. The total consepts........................................................................... ...28
11.2. Lithology and ground w ater.......................................................... ...32
11.3. Geographic distribution of ground w ater.......................................33
11.4. Irrigated ground water ..................................................................... 34
11.5. The nutrition of pressureless ground water by subpressure
w ater.................................................................................................37
11.6. Ground water expenditure........................................................... ...39
11.7. Ground water and drainage systems...............................................42
11.8. Ground water and plants............................................................. ....43
11.9. Top water and its impact on meliorative conditions of irrigated
lands..................................................................................................43
Chapter III. Features of hydrogeological meliorative process on irrigated
lands..................................................................................................46
111.1. The total concepts and determinations..................................... .....46
111.2. Factors determining the meliorative process features............. .....48
111.3. Nutrition and transit zone of ground water flow ...........................53
111.4. The zone of ground water expenditure...................................... ....55
226
III.5. The zone of secondary immersion and expenditure of ground
w ater.................................................................................................57
Chapter IV. Features of ground water regime on irrigated lands................ ......59
IV.1. Natural regim e.............................................................................. ....59
IV.2. Disturbed regime ....................................................................... .......60
IV.3. Genetic types of ground water regim e....................................... ....63
IV.4. Features of ground water regime on intensive drain and drain
lands..................................................................................................72
IV.5. Features of ground water regime on weak-drain lands............ .... 75
IV.6. Infiltration nutrition and expenditure of ground water in
aeration zone................................................................................ ....76
IV.7. Inflow and outflow of ground w ater......................................... .....80
IV.8. Features of level ground water regim e...................................... ....81
IV.9. Features of mineralization and chemical content of ground
water regim e................................................................................ .... 84
IV.10. Principles of ground water regime management........................... 88
Chapter V. Water balance of meliorative lands..................................................91
V.1. The total concepts............................................................................ 91
V.2. The study of ground water balance.................................................92
V.3. The choice of balance site and total principles of researches ... 102
V.4. The study of water-physical properties of soil in aeration zone.. 105
V.5. The determination of ground water balance component......... ......106
V.5.1. Surface water expenditure and determine of ground water
infiltration nutrition......................................................................... 106
V.5.2. Inflow and outflow of ground water in balance outline.......... ..... 110
V.5.3. Evaporation and transpiration of w ater...................................... ... 111
V.6. The analysis of ground water balance........................................ ....113
Chapter VI. The hydrogeological meliorative division into districts of
irrigated lands and geofiltration schematization....................... ....115
VI.1. The history of development of hydrogeological meliorative
227
division into districts....................................................................... 115
VI.2. Principles of hydrogeological meliorative division into
districts......................................................................................... ....117
VI.3. Principles of construction of geofiltration structure m aps...... ......122
Chapter VII. Objects and methods of hydrogeological meliorative forecasts
on irrigated lands......................................................................... ....137
VII.1. Hydrogeological meliorative forecasts, concepts and its types .. 137
VII.2. Total objects and methods of hydrogeological meliorative
forecasts on irrigated lands.......................................................... ...143
VII.3. Hydrogeological meliorative forecasts in nutrition and transit
zone of ground w ater.......................................................................145
VII.4. Hydrogeological meliorative forecasts in expenditure zone of
ground w ater................................................................................ ....150
VII.5. Hydrogeological meliorative forecasts in zone of secondary
immersion and expenditure of ground w ater............................. ....152
Chapter VIII. Hydrogeological principles of basing of drainage system
design................................................................................................155
VIII.1. Total concepts about irrigated and drain melioration............. ......155
VIII.1.a. T otal concepts.................................................................................. 155
VIII.1.b. Irrigated regime............................................................................ ... 156
VIII.1.c. The leaching of salinity lands.................................................... .....157
VIII.1.d. Hydrotechnical melioration........................................................ .... 158
VIII.2. Vertical drainage designing............................................................ 162
VIII2.a. Hydrogeological basis of vertical drainage....................................162
VIII.2.b. Geological conditions................................................................. ....163
VIII.2.c. Exploitation well constructions...................................................... 165
VIII.3. Hydrogeological principles of basing of horizontal drains...... .... 172
Chapter IX. The control of hydrogeological meliorative conditions of
irrigated lands and observation methods (monitoring)............ .....176
IX.1. The content and principles of hydrogeological meliorative
228
monitoring, the history of development and objects................ ....176
IX.2. Sitting of regional observation w ells......................................... ....182
IX.3. Sitting of base observation points.................................................. 183
IX.4. Sitting of intrafarm observation w ells....................................... ....185
IX.5. Sitting of temporary observation w ells...................................... ... 186
IX.6. Drilling and equipment of observation w ells............................. ...187
IX.7. Carry out the observations.......................................................... ....188
IX.8. Observation carried out to drainage and irrigated w ater......... ..... 189
IX.9. The treatment of results of regime observations and analysis of
its results....................................................................................... ...190
IX.10. The compiling of communications and reports.............................192
IX.11. Automatic systems for treatment of observation results...............195
IX.12. The using of regime observation results in reconstruction of
hydromeliorative systems............................................................ ...196
Chapter X. Hydrogeological and engineer-geological principles of basing of
meliorative systems..................................................................... ... 198
X.1. Objects of design-prospecting works on different stage of
designing...................................................................................... ....198
X.2. Hydrogeological and engineer-geological basing of projects on
irrigated and drain lands.............................................................. ...200
X.3. Hydrogeological and engineer-geological basing of engineer
construction projects........................................................................203
X.4. The content of prospecting-research w orks............................... ....209
Literature ......................................................................................................... ...217
229