10

Click here to load reader

O zbek xalq dostonlarin.ziyouz.com/books/uzbek_xalq_ogzaki_ijodi/Rahmatulla...Beklik aslliging qani, Nima bo'lding yurib-yurib. Qushnochlik bastlarning ishi, Qushnoch bo'lmas senday

Embed Size (px)

Citation preview

Page 1: O zbek xalq dostonlarin.ziyouz.com/books/uzbek_xalq_ogzaki_ijodi/Rahmatulla...Beklik aslliging qani, Nima bo'lding yurib-yurib. Qushnochlik bastlarning ishi, Qushnoch bo'lmas senday

" J O O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYAS1 ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TIL VA ADABIYOT INSTITUTI

O zbek xalq dostonlari

"SHARQ" NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI BOSH TAHRIRIYATI

TOSHKENT — 2006

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 2: O zbek xalq dostonlarin.ziyouz.com/books/uzbek_xalq_ogzaki_ijodi/Rahmatulla...Beklik aslliging qani, Nima bo'lding yurib-yurib. Qushnochlik bastlarning ishi, Qushnoch bo'lmas senday

Q 96

Aytuvchi: Rahmatulla shoir Yusuf o'g'll

Nashrga tayyorlovchilar:

To'ra Mirzayev va Zubayda Husainova

T a h r i r h a y ' a t i: Omonulla Yunusov (hay'at raisi), Ahror Ahmedov (hay'at raisi o rin-

bosari), Mamatqul Jo'rayev, Erkin Malikov (hay'at kotibi), To'ra Mirzayev, Abiir Musoqulov, Muhammadali Qo'shmoqov, Shomirza

Turdimov, Ibodulla Shoymardonov

R a s s o m: Temur Sa'dullayev

Go'ro'g'li: O'zbek xalq dostonlari / Aytuvchi Rahmatulla shoir Yusuf o'g'li; Tahrir hay'ati: O. Yunusov, A. Ahmedov, M. Jo'rayev va boshq./ Rassom T. Sa'dulla. — T.: Sharq, 2006. - 448 b.

"Go'ro'g'l i" turkumi dostonlari yuzga yaqin xilma-xil mazmundagi asarlami o4zida bir-lashtirgan ulkan silsiladir. Xalq baxshilari bu turkumga kiruvchi dostonlarni sevib kuylab kel-ganlar. Ushbu jildga Rahmatulla shoir Yusuf o'g'l idan yozib olingan 27 doston kiritildi. Ularda afsonaviy xalq qahramonining tug'ilishi, uning bahodirona yoshligi, jasoratlarga toMa hayoti, ozodlik oMkasi — Chambil shahrining bunyod etilishi, asrandi farzandlar— Hasanxon va Avazxonlarning Chambilga keltirilishi, ularning bahodirliklari turli-tuman sarguzashtli voqealar girdobida tasvirlanadi. Dostonlar qahramon va sevimli yor sadoqati, ota-ona va farzand burchi, birodarlik va do'stlik, ona yurtga muhabbat masalalaridan bahs etadi. Har bir doston badiiy mukammalligi va jozibadorligi bilan kitobxonni o'z iga jalb eta oladi.

BBK 82.3(5U)

© "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati, 2006.

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 3: O zbek xalq dostonlarin.ziyouz.com/books/uzbek_xalq_ogzaki_ijodi/Rahmatulla...Beklik aslliging qani, Nima bo'lding yurib-yurib. Qushnochlik bastlarning ishi, Qushnoch bo'lmas senday

51S151S151515151S15151S1515151SIS151515151SIS151 I 515151515151515151515151515151515151515151

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 4: O zbek xalq dostonlarin.ziyouz.com/books/uzbek_xalq_ogzaki_ijodi/Rahmatulla...Beklik aslliging qani, Nima bo'lding yurib-yurib. Qushnochlik bastlarning ishi, Qushnoch bo'lmas senday

o'ro'g'libek har zamon tog'asinikiga bir kelib, boshqa vaqtlari o'z mastlik mashg'ulotida G'irotini minib yurar edi. O'ziga o'zi: "Mening Chambil shahrim qayerdan bo'lar ekan", — deb maslahat qilib

yurar edi. Taka bilan Yovmitning o'rtasida Xo'jatov degan qirsimon tog'chaning etagida bir changigan bel bo'lib, bu yog'i Urganch, u yog'i Xunxorgacha edi. Bir kun Go'ro'g'libek bir karvon yo'li bor joyga borib qolib qarasa, belning yo'qorisida Xo'jatovdan bir ozroq suv oqib, bir yayponlikdan o'tib, qumga singib yotibdi. Go'ro'g'libek: "Chambil shahrimni shu yerdan qilib olsam bo'lar ekan", — deb shu yerda bir do'lananing tagini o'zicha maskan qilib, yo'lning yoqasidan bir chortoq qildirib olib, har zamonda kel-ganida shu chortoqning tagida oti va o'zi yomg'iidan, qoidan saqlanib, yo'ldan o'tgan karvonlarni, sav-dogarlarni tutib olib: "Qani, turkman elining xoni Go'ro'g'libekka zakotlaringni to'langlar", — deydigan bo'ldi. Agar savdogarlar zakot bermasa, urib, tortib oladigan bo'ldi. Bir xil savdogarlar Go'ro'g'libekni o'g'ri, deb bilsa, yana bir xillari Ahmad sardorning bu erka o'sgan jiyani emish, deydi, tag'i bir xil sav-dogarlar bir tentakolish bola, deydi. Ishqilib, har nima bo'lsa ham, savdogarlar Go'ro'g'libekdan hazar qilib: "Shu chortoqli Changli beldan haligi o'g'ri ko'rmay eson-omon o'tib ketsak, bo'lar edi", — deyishar edi. Shuytib, tez orada bu yer Chortoqli Chambil deb ataldi.

Ahmad sardor Go'ro'g'lining bu ishlarini eshitsa ham, eshitmamishga solib yurar edi. Nega dcsangiz, Ahmad sardor qachon bo'lsa ham Go'ro'g'libek jiyanini o'zining o'rniga turkmanga sardor bo'ladi, deb o'ylar edi. Ko'klam bo'lgandan keyin Go'ro'g'libek Xo'jatovdan tushib, yayponlikdan o'tib, qumga sin-gayotgan suvga bir bog' qilmoqchi bo'lib, o'tkinchi savdogarlarni ishlatib, yayponning atrofini devor qildirib, Urganchdan, Xunxordan turli xil mevalarning ko'chatini buyurib keltirgizib, yer yuzidagi har xil bog' gullaridan ham ko'chat keltirgizibdi. Bir yog'ini daraxtzor chorbog', bir yog'ini chamanzor gulbog' qildiribdi. Hamma nihollarini pol taxlashib, joy-joyiga ektirdi. Chorbog'ning o'rtasidan bir katta sarhovuz ham qazdirib, atrofini shosupa qildirdi. Undan keyin Chortoqqa yaqin yo'lning labidan chir aylanib kela-man deguncha to'rt ming qadamlik qilib Chambil qo'rg'onini soldirdi. Qo'rg'onning ichini o'zi uchun hovli soldirib, hovlisining ichidan to'shanchi jihozga to'lg'izdirdi. Bularning hammasini savdogarlar zakot o'rniga yo o'zlari, yo bo'lmasa, mardikor solib qilib berar edi. Ahmad sardor o'zicha, Go'ro'g'libek o'zicha shu yerdan hovli qilib olayotir. "Endi buni uylantirish bo'ynimga qarz. Qani so'rab ko'ray, Go'ro'g'libek jiyanim nima der ekan", — deb bir kun Ahmad sardor Go'ro'g'libekni yo'lda ko'rib qolib: "Jiyanim, endi javob bersang, men seni uylantirib qo'ysam", — deb Go'ro'g'libekka qarab, shu so'zni aytdi:

Hali ko'z ochmagan bir bo'z bolasan, To'lishmagan, aql-esdan chalasan, Shu turkmanda kimga mayl qilasan, Aytgin, qaysi boyning qizin olasan?

Shahlo ko'z, mehrli fala qizlari, Boldan totli og'izdagi so'zlari, Oyga o'xshar to'la-to'kis yuzlari, Keng yag'rinli, zo'r boldirli o'zlari.

Sanamlar zulfini silab taraydi, Kimning qizi xohishingga yaraydi, Bilayin deb sendan tog'ang so'raydi, Ayt-chi, qaysi boyning qizin olasan?

Yovmitning qizlari qiyiq qosh bo'lar, Zo'r bilakli, qad-qomatli xush bo'lar, Bundaylarga baxtli yigit duch bo'lar, Ayt-chi, qaysi boyning qizin olasan?

Suluv qizlar ko'pdir turkman elida, Boshida qasaba, po'ta belida. Oltin-kumush uzuklari qo'lida, Moyday erir senday yigit yo'lida, Ayt-chi, qaysi boyning qizin olasan?

Ko'klangning qizlari balandbo'y bo'lar, Rafiori uchquday, suluv ro'y bo'lar, Baxti ravshan yigitlarga to'y bo'lar, Ayt-chi, qaysi boyning qizin olasan?

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 5: O zbek xalq dostonlarin.ziyouz.com/books/uzbek_xalq_ogzaki_ijodi/Rahmatulla...Beklik aslliging qani, Nima bo'lding yurib-yurib. Qushnochlik bastlarning ishi, Qushnoch bo'lmas senday

Choshka betda uch ming uyli ersari, Behshtning huriday bar bir qizlari, Qirg'iyday chaqqondir, qoshi raftori, Ayt-chi, qaysi boyning qizin olasan?

Turkman elda ko'p bo'ladi eliboy, Turkmanning qizlari usta, qo'li boy,

Jamoli barq urar to'lib misli oy, Ayt-chi, qaysi boyning qizin olasan?

Otim Ahmad Turkman elning sardori, Qayoqqa moyil etar ko'ngling bahori. Kimga ishqibozsan, kimning xushtori, Ayt-chi, qaysi boyning qizin olasan?

Ana shunda Go'ro'g'libek Ahmad sardor tog'asidan bu so'zlarni eshitib, ozroq qizishib, tog'asiga qarab, bir so'z dedi:

Tog'a, menga qiz tanlama Turkmandan, Men saylagan jonon yo'qdir elingda, Yunus, Misqol pari deydi ularni, Olib bergin, agar bo'lsa qo'lingda.

Uzoq tog' tagjda bir bor ko'rganman, Ko'rib turib jonu dilim berganman, Narigi oshuvda bir kech turganman, Olib ber ularni, bo'lsa qo'lingda.

Har biri xo'blikda jannat lolasi, Oltindan, kumushdan sochin tolasi,

Tenglashmas ko'rkiga inson bolasi, Olib ber ulardan, bo'lsa qo'lingda.

Sochlari sumbuldir, tishlari gavhar, Ko'zlari cho'lpondir, lablari shakar, Farishta yo jannat huridir magar, Ko'nglim shunday qo'sha parivash istar, Olib ber ularni, bo'lsa qo'lingda.

Go'ro'g'li bo'ylarin bir marta ko'rdi, Ulardan G'irko'kning daragin so'rdi, Menga shular suyish sirni bildirdi, Olib ber ularni, bo'lsa qo'lingda.

Go'ro'g'libekning bu so'zini Ahmad sardor eshitib: "Jiyanimning bu so'zlari xuddi arqam mor1 ushla-ganlarning so'ziga o'xshab ketadi. Maboda bu har yerlarda yurib, jin-ajinani ko'rib, aqlini, hushini ularga berib, qushnoch bo'lay, deb qoldimikan. Muqarrar shunday bo'lsa kerak. Men bunga nasihat qilib, buni bu yo'ldan qaytaray", — deb Go'ro'g'libekka qarab, bir necha joy dan timsol keltirib, bir so'z dedi:

Xo'ja tog'dan karvon o'tar, Oxir manziliga yetar, O'ylaringning bari xatar, Behudaga aqling ehar.

Pari deysan, uning nima, Ko'rganning hasratin yema, Farishta deb har kimsaga, Bu gaplaring hargiz dema.

Yunus, Misqol kimlar o'zi, So'zlaringning bormi tuzi, BaTzi vaqtlar g'alat ketib, Chalkashar odamning ko'zi.

Tag'i biror mortu ko'rib, Yo ketdimi hushing urib. Beklik aslliging qani, Nima bo'lding yurib-yurib.

Qushnochlik bastlarning ishi, Qushnoch bo'lmas senday kishi, Bu so'zlarni hech kim aytmas, Bo'lib turib aqli-hushi.

So'z aytadi Ahmad Sardor, Picha qip yur o'zing hushyor, Nasihatim ol, Go'ro'g'li, Aytib yurma yana takror.

Ahmad sardorning Go'ro'g'libekka: "Qushnoch bo'lib qolibsan", — degan so'zlari xush kemasa ham, "katta odam", — deb indamay tog'asining oldidan tez o'tib ketdi. Shundan keyin Go'ro'g'libek: "Chambil shahrim bo'lsa, qoshimda o'zimdan boshqa hech kim bo'lmasa, qanday qilib Chambil shahrim bo'lar ekan", — deb o'ylaydigan bo'lib qoldi. Savdogarlar Go'ro'g'libek qurgan Chambil qo'rg'onining nomiga Chortoqli Changbelni almashtirib, endi Chortoqli Chambil deydigan bo'ldilar. Shunday qilib,

11 Obchipor ilon. I : I : I : I ; I : I : I : I : I : I : I : I 3 ; X X I . 1 : 1 3 ;

53 fio

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 6: O zbek xalq dostonlarin.ziyouz.com/books/uzbek_xalq_ogzaki_ijodi/Rahmatulla...Beklik aslliging qani, Nima bo'lding yurib-yurib. Qushnochlik bastlarning ishi, Qushnoch bo'lmas senday

Go'ro'g'libekning bu makoni olti oydan keyin Chortoqli Chambil deb ataldi. Bu yerdagi o'zgarish, voqealar turkman ellariga yoyilgan edi. Kunlardan bir kun Xoldor degan yigit o'zi bilan yana to'qqiz yi-gitni olib, Chortoqli Chambilga kelib, Go'ro'g'libek bilan gaplashib qoldi. Shunda Go'ro'g'libek Xoldordan hoi so'rab, bir so'z dedi:

Turlinamo so'z keladi tilimga, Senday odam kam-kam tushar qo'limga, Qay elatdan kelding Chambilbelimga, Parvoz aylab bunda qaydan kelasan?

O'sgan eling Urganjimi, Turkmandan, Nechun buyon chiqib kelding vatandan, Parvoz urib qanday bog'u chamandan, Qanot qoqib bunda qaydan kelasan?

Tarzingga qarayman lochin kelbatli, Turxingga qarayman yo'lbars sifatli, Sendaylar men uchun qadr-qimmatli, Parvoz aylab bunda qaydan kelasan?

Yolg'iz otning changi chiqmas, dim bo'lar, Nomardlaring sag-magasga1 yem bo'lar, Birga kelgan yo'ldoshlaring kim bo'lar, Parvoz aylab bunda qaydan kelasan?

Oshibdirsan Xo'jatovning belidan, Yo qochdingmi mo'g'ullarning qo'lidan, Keldingmi Yomong'ishlovning elidan, Parvoz aylab bunda qaydan kelasan?

Go'ro'g'li holingni bir-bir so'raydi, Har na bo'lsa hojatingga yaraydi, Bu chortoqli Chambil menga qaraydi, Parvoz aylab bunda qaydan kelasan?

Shunda Xoldorbek Go'ro'g'libekka qarab, o'z holini bildirib, bir so'z dedi:

Men emasman bir kelgindi begona, Boshimizga savdo soldi zamona, Do'stlarimman kezib-kezib har yona, Ovozang eshitib bunda kelaman.

Indamagan bechoraga tegmadim, Sababsiz birovning qonin to'kmadim, Xunxor zolim oldi Turkman elini, Xohlamadim, unga bo'yin egmadim, Ovozang eshitib bunda kelaman.

Yoronlarim bilan yurardim qochib, Tag'i sahrolarda ko'ngilni ochib,

Shikorlar aylashib, har kech may ichib, Ovozang eshitib, bunda kelaman.

Bir kecha tushimda menga tur, dedi, Turkmanning xoniga bundan bor, dedi, Borib turib Go'ro'g'lini ko'r, dedi, Ovozang eshitib bunda kelaman.

Xoldorbek bir senga tobe bo'ladi, Seni shu Turkmanda podsho biladi, Ne buyursang, buyurganing qiladi, Bashorat orqali bunda kelaman.

Go'ro'g'libek Xoldorbekdan bu so'zni eshitib, qayta boshdan quchoqlashib ko'rishdi. Xoldorbek bilan birga kelgan to'qqiz yigit bilan ham ko'rishib, shu yerda Go'ro'g'libek Xoldorbek bilan aka-uka kirishib, shuytib, bular ham chambillik bo'ldilar. Ahmad sardor: " Go'ro'g'libek Chortoqli Chambilda bir to'da o'g'rilarni o'ziga jo'ra qilib olibdi", — deb eshitibdi. "Ana bu erka o'sganning oqibati, oxiri jiyanimning nimalar qilishini bilmay qoldim. Men buni o'rnimga sardor bo'ladi, deb yursam, bu qip-qizil o'g'ri bo'lib ketami deyman", — deb ko'p xafa bo'ldi. Endi Go'ro'g'libekdan eshiting.

Go'ro'g'libek ko'nglida: "Shu Chortoqli Chambil shahrim bo'lsa", — deb o'tgan-ketganlarga hovli-haram soldirar edi. O'n yigitning xotini borlari Chambilga ko'chib kelib, solingan hovlilarning birini egal-lab olar edi. Bo'ydoqlari bo'lsa, Go'ro'g'libekning mehmonxonasida yotar edi. Go'ro'g'libek ko'nglida Chortoqli Chambilda xonlik qilmoqchi edi. Shuytib, hali Go'ro'g'libek uchun juda ko'p odam kerak edi. Chortoqli Chambilda bo'lsa, Xoldorbekning yigitlaridan va ularning ba'zilarining xotini, bola-chaqalaridan boshqa hech kim yo'q edi.

Bir kun Go'ro'g'libek navkar izlab, Turkman atrofini aylanib kelmakchi bo'lib, Chambildan chiqib

1 It va pashshalarga.

i x i x i x x i x c x x a j :. c A i . . x i x m

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 7: O zbek xalq dostonlarin.ziyouz.com/books/uzbek_xalq_ogzaki_ijodi/Rahmatulla...Beklik aslliging qani, Nima bo'lding yurib-yurib. Qushnochlik bastlarning ishi, Qushnoch bo'lmas senday

ketish oldidan Xoldorbekka yigitlari bilan shu Chambilda Go'ro'g'libekning o'rnida turishini tayinlab, bir necha joydan timsol keltirib, shu so'zlarni aytdi:

Yigitlik chog'imda xurram bo'layin, Xurramlikda yayrab-yayrab kulayin, Men qaytguncha, Chambilda tur, Xoldorbek, Turkman elatlarin ko'rib kelayin.

Chambilbelning chir atrofi el bo'lar, Turkmanga yov qizilboshday qui bo'lar, Xoldor begim, senga so'zim shul bo'lar, Men kelgancha, qarab turgin Chambilga.

Har begona odam bunda kelmasin, Kelib siru asrorimiz bilmasin, Go'ro'g'libek Chambilbelin qurdi, deb Tag'i g'ayri yurtga xabar qilmasin, Men kelgancha, qarab turgin Chambilga.

Chambilbelga navkar kerak, el kerak, Bir necha navqiron, g'o'chchoq ul kerak, Mayxonaga soqi, kosagul kerak, Men kelgancha, qarab turgin Chambilga.

Hizr bilan Badbaxt tog'in ko'zlayin, Uzoqlarga G'irko'kimni xezlayin, Chambilning xoniman, navkar izlayin, Men kelgancha, qarab turgin Chambilga.

Go'ro'g'li sollanib sayrona chiqsin, Borishinda bo'rilarga yo'liqsin, Olg'ir bo'rilardan qizilbosh qo'rqsin, Men kelgancha, qarab turgin Chambilga.

Bu so'zni aytib, Chambilni va Chambilda bo'layotgan tashvishlarni Go'ro'g'libek Xoldorbekka top-shirib, G'irko'kka minib, Xo'jatovdan oshib, uzoq yo'llarga tushib, otiga qamchini bosib, yovmitdan taka-ga, takadan sariga, saridan ko'klangga aylanib, Turkmanning qancha ellarini ko'zdan kechirib, yurib-yurib, oxiri Badbaxt tog'ining kunchiqar tarafidagi bir shaxobchasidan borib qolib, "Qani, qizilboshning yurtiga ham bir qarab ko'ray-chi", — deb toqqa chiqib bora bersin. Endi gapni marhum Jig'alibekning o'g'li Ravshan ko'rning Qirq yigitlaridan eshiting.

O'sha Ravshan ko'r qizilboshga asir bo'lib ketganda, Jig'alibekni qizilboshlar o'ldirganda, qirq yigit-lari har tarafga qochib, tarqalib ketgan edi. Xunxorshohning buyrug'i bilan Turkmanga Ahmadbek sardor qilib tayinlanib, Ahmadbek Yovmitga ham bek bo'lib, Takaga Og'abek Zamon, Ko'klangga Safo o'g'li Chaqqon, Ersariga Mamarahim polvon bek bo'lib, hamma beklar zokot, ushurlarini Ahmad sardorga jam-lab berib, Ahmad sardor va o'ziga qarashli uch bekdan yig'ilgan xirojni har yili Xunxorshohga yuborib tu-radigan bo'lgandan keyin qirq yigit to'planib, Xunxorga qaram bo'lishni xohlamay, tog'larda qochib yurar edi. Bularning ismlari: Safarboy, Dalliboy, Solliboy, Tolliboy, Serma, Qirma, Mirtik, Sertik, Mutal, Butal, ey, qaysi birini aytay, bari zo'r birday. Bular shu Badbaxt tog'ining shaxobchasida bir kavakda maishatla-rini qilib, nash'asini yeb, chilimini chekib, ikkovini bir do'ngda qorovul qilib qo'yib o'tirgan edi. Bularning koru bori Xunxordan bitta-yarim savdogar shu yerlarga kelib qolsa, talab olar edi. Ammo o'tkinchi turk-man bo'lsa, pusinib qola berar edilar. Bir pilla Turkman tomondan toqqa tarmashib bir ko'k otli chiqib kela berdi. Qirq yigit qorovullaridan biri yigitning yaqinlab kelayotganini eshitib: "Bu yigit o'g'rimikan, to'g'rimikan. Agar o'g'ri-qochqinchi bo'lsa, buni o'zlarimizga qo'shib olishimiz kerak", — deb maslahat-lashib, gazadan Go'ro'g'libekning oldini o'rab chiqib: "To'xta, yaxshi yigit, ayt, o'g'rimisan, to'g'risan-mi", — deb so'radilar. Shunda Go'ro'g'libek achchig'lanib: "Men o'g'ri ham emasman, to'g'ri ham emas-man. Men sizlar bilan kurashmakka talab solib kelgan polvonman", — deb qirq yigitga qarab, mo'ylovini burab, uzangiga oyog'ini tirab, bir so'z dedi:

Qizilboshmi, turkmansanmi bilmayman, Kim bo'lsang ham pisand-nazar qilmayman, Men ul aytgan qo'rqog'ingdan bo'lmayman, Sizni bilib, kurashay, deb kelganman.

Bilaman, sizdirsiz ola ko'z kazzob, O'g'rilikdan kun ko'rgan makoni xarob,

Netasan, turkmanman, kimligim so'rab, Hammangizman kurashay, deb kelganman.

G'irko'kimni tog'u toshda yelganman, Menman yigitlarga talab qilganman, Shu vaqtlar bir ajab toshib to'lganman, Polvon bo'lsa, kurashay, deb kelganman.

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 8: O zbek xalq dostonlarin.ziyouz.com/books/uzbek_xalq_ogzaki_ijodi/Rahmatulla...Beklik aslliging qani, Nima bo'lding yurib-yurib. Qushnochlik bastlarning ishi, Qushnoch bo'lmas senday

Badbaxtingday tog' porimas ko'zimga, Hech kim tiklab boqa bilmas yuzimga, Arslon tushsa nobud bo'lar izimga, Talabgorman, kurashay, deb kelganman.

Qattiq toshlar talqon bo'lar zo'rimga, Talasharman nomusimga, orimga,

Olib ketay Chambilbelday shahrimga, Shundaylarman tanishay, deb kelganman.

Go'ro'g'lining G'irko'k xonazoti bor, Manglayida qirq chiltonning oti bor, Xo'jatovda Chambil degan yurti bor, Shu yurtga borg'uvchi izlab kelganman.

Qirq yigit Go'ro'g'libekning bu so'zlarini eshitib, Go'ro'g'libekning qay tusli yigit ekanligiga aqllari yetishmay, nima bo'lsa ham bir kurashib, kuch sinashib, ko'rishmak kerak bo'lib qoldi, deyishib, qirq yigit-ning polvontob birovi Go'ro'g'libek bilan kurashib, agar Go'ro'g'libek yiqilsa-ku yaxshi, agar yiqibnasa, Go'ro'g'libekning oyog'idan boshqalari chalib solib tortib yubormoqchi bo'lishib, shibirlashib, Safarboy degani maydonga chiqib: "Go'ro'g'li, kurashsang, otingdan tush", — deb maydonda qo'l ko'tarib, aylanib turibdi.

Shunda Go'ro'g'libekka qarab, bir so'z dedi:

G'o'ch bilakli botir bo'lsang, Go'ro'g'li, kel, olishali. Daryoday bo'p toshib tursang, Go'ro'g'li, kel, olishali.

Yo'lbars bo'lsang, shoshirayin, Daryo bo'lsang toshirayin, Seni shardan1 tushirayin, Kel, Go'ro'g'li, olishali.

Menam o'zim nomdor polvon, So'z aytaman alvon-alvon, Bo'lsang agar mardi maydon, Kel, Go'ro'g'li, olishali.

Ko'rsatay senga kuchimni, Dushmandan oldim o'chimni, Olmos bilgin qo'llarimni, Kel, Go'ro'g'li, olishali.

Ko'rganman turkman ullarin, Barin tutganman qo'llarin. Mayib etganman bellarin, Kel, Go'ro'g'li, olishali.

Tuya bo'lsang, cho'ktirayin, Biya bo'lsang, bo'ktirayin, Seni yiqib, tik turayin, Kel, Go'ro'g'li, olishali.

Bulut bo'lsang, endirayin, Dustuman qip do'ndirayin, Shuytib ko'nglim tindirayin, Kel, Go'ro'g'li, olishali.

Safarboy der, misli Rustam, To'lib-toshar, bilgin, hardam, Kuching to'pla, bo'lma beg'am, Kel, Go'ro'g'li, olishali.

Go'ro'g'li Safarboy polvonning bu so'zini eshitib, G'irotidan irg'ib tushib, darrov G'irko'k otini bir bodomchaga ildirib, kela solib Safarboy polvonni tutib, yerga ko'tarib bir urdi. Qirq yigitlar chalim ham sola olmay qolib, shaddalik qilib, har qaysi har yoqdan Go'ro'g'libekka hujum qila berdi. Go'ro'g'libek ham kelgan qirq yigitni silkib otib, sulatib tashlay berdi. Shuytib, qirq yigit qatoriga birovi cholqorta, birovi yonbosh, birovi dustuman ayqashib qoldi. Shunda Safarboy Go'ro'g'liga qarab, mo'ylovini burab, o'rnidan turib, qo'lini biqiniga tirab: "Ey, barakalla Go'ro'g'li, kuchingga qoyil bo'ldim. O'zim ham senday botir yigitdan bir yiqilsam, deb orzu qilib yurar edim. Endi ko'nglimda armonim qolmadi", — deb bu so'zni aytdi:

Barakalla, sher yurakli g'o'ch yigit, Seni ko'rdim, hech armonim qolmadi, Bir umrga edi shu bir istagim, Yuzing ko'rdim, hech armonim qolmadi.

Tilar edim bir polvonni xudodan, Yiqilsam na armon senday barnodan, Parvoz aylab kelding qanday xonadan, Seni ko'rdim, hech armonim qolmadi.

1 Shar, sharr — yomonlik, gunoh. Bu yerda manmanlik ma'nosida.

O M O O M O O M O c a K X ^ f i O O M O G a 56 .*. m T T u r

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 9: O zbek xalq dostonlarin.ziyouz.com/books/uzbek_xalq_ogzaki_ijodi/Rahmatulla...Beklik aslliging qani, Nima bo'lding yurib-yurib. Qushnochlik bastlarning ishi, Qushnoch bo'lmas senday

Doim bir zo'rini ko'rsam, der edim, Erlarning sherini ko'rsam, der edim, Sendaylarga jonim bersam, der edim, Yuzing ko'rdim, hech armonim qolmadi.

Tizmadan tirkovli tog'larning toshi, Har jafoga ko'ngan odamning boshi, Og'angning oshibdi qirq beshdan yoshi, Seni ko'rdim, hech armonim qolmadi.

Kurash tushib menga ko'rsatding zo'rni, Kurashingdan ko'nglim oldi huzurni, Uchratmadim o'zing kabi jasurni, Yuzing ko'rdim, hech armonim qolmadi.

Tilagim, doimo oldingda bo'lsam, Qo'limdan kelgancha xizmating qilsam, Safarboy der agar o'l desang, o'lsam, Seni ko'rdim, hech armonim qolmadi.

— Barakalla uka, turkmandan senday botir o'g'lon chiqsa, kelib kurashib meni yiqsa, deb yurar edim. Kel, endi tanishayin. Sen turkmanning qaysi urug'idan bo'lasan. Kimning avlodidansan, — deb Safarboy Go'ro'g'libekka qarab bir so'z deyayotir. Boshqa qirq yigitlar bo'lsa, qo'rqib, o'rinlaridan turib, nar-yoqlarda taysallab yuribdi. Safarboy polvonning Go'ro'g'libekka qarab aytayotgan so'zi:

Aslim turkman, elim turkman, ukajon, Sen ham turkman bo'lsang, qaydin bo'lasan, Kim yaxshi, kim yomon — barin bilaman, Aytgin, turkman bo'lsang, qaydan bo'lasan?

Takami, Yovmitmi, Ko'klangmi, Sari, Qay yerda o'sgandir ko'ngling bahori, Qirq ming uyli bizning turkman ellari, Aytgin, turkman bo'lsang, qaydin bo'lasan?

Mingan otim tog'u toshga yelaman, Men ham asli turkmanlardan bo'laman,

Kimni aytsang, tusmol bilan bilaman, Aytgin, turkman bo'lsang, qaydin bo'lasan?

Bahorda ochilgan bog'ning gulisan, Balki u sayroqi bulbul tilisan, Turkman elda qaysi bekning ulisan, Aytgin, turkman bo'lsang, qaydin bo'lasan?

Takabburlar bino qo'yar o'ziga, O'zidan boshqani ilmas ko'ziga, Javob bergin Safarboyning so'ziga, Aytgin, turkman bo'lsang, qaydin bo'lasan?

Bu so'zni Go'ro'g'libek Safarboydan eshitib, ko'nglida: "Qani, bularga bir asli-zotimni aytay-chi, nima qilar ekan. "Tusi yaxshidan to'nkalma", degan. Bular bari tusi yaxshi yigitlar ekan. Menga foydasi teksa ham ajab emas", — deb bir necha joydan timsol keltirib, Safarboyga qarab, bir so'z dedi:

Aslimni so'rasang, o'zim xonzoda, Turkmanda avlodim asl-ozoda, Keldim bunda shikor aylab orada, Shikordan bo'lgay, deb baxtim kushoda.

Sizday g'o'chchoqlarni izlab kelaman, Maqsadim, murodim ko'zlab kelaman, G'irko'kimni bunda g'izlab kelaman, Qay yerda do'st bo'lsa so'zlab kelaman.

Yovmitda Ravshanbek, o'zi xon o'g'li, Xon o'g'li bo'lsa-da, siynasi dog'li, Zolimdan jafolar ko'rgan na chog'li, Xunxorning jabridan ko'zlari dog'li.

Bahorda ochilgan bog'ning lolasi, Aytay senga hech qolmasin chalasi, Men bo'laman shu Ravshanning bolasi, Yuragining payvandi, ko'ngil qalasi.

Gajdum, Hasanbeklar Xunxor elida. Qolib ketgan ekan uning qo'lida, Shular tog'am, men Ravshan ko'r uli-da, Qurbon bo'lgan ozodlikning yo'lida.

Hilol enam meni go'rda tuqqandir, Shuytib otim Go'ro'g'libek bo'lgandir, Ravshan otam Xunxor zolim qo'lidan Yovmit bozoriga qochib kelgandir.

Birga kelib Gajdum tog'am o'lgandir, Otam yolg'iz darvish bo'lib qolgandir, Men Xunxordan chiqib Yovmit kelgan so'ng, Bir quchoqlab Ravshan otam o'lgandir, Go'ro'g'li undan kay yetim qolgandir.

Keyin bordim Ahmad sardor qo'liga, Bekbachcha bo'p yurdim turkman eliga, Tog'am yorin Rayhon arab ob qochib, Ahmad sardor tugun oldi diliga.

www.ziyouz.com kutubxonasi

Page 10: O zbek xalq dostonlarin.ziyouz.com/books/uzbek_xalq_ogzaki_ijodi/Rahmatulla...Beklik aslliging qani, Nima bo'lding yurib-yurib. Qushnochlik bastlarning ishi, Qushnoch bo'lmas senday

Ulug' dedim, ostonaga bosh urdim, Qizilboshning ko'kragiga tosh urdim, Rayhon arab qochib ketdi bachchag'ar, Uni quvlab Qiziljardan oshirdim.

Yoshim yigirmada, otim Go'ro'g'li, Xo'jatovda Chambil degan shahrim bor.

Ot choptirsam, uchar qushdan o'taman, Osmonda lochinni quvib yetaman, Agar do'st bo'p ergashsanglar, jo'ralar, Baringni Chambilga olib ketaman.

Qahr aylasam, dushmanlarga zahrim bor, Kim do'st bo'lsa, quvonchim bor, bahrim bor,

Asli Qirq yigit turkmanda bo'layotgan barcha voqealardan xabardor edi. Bu so'zni Go'ro'g'libekdan eshitib: "Sen shu Ravshanbek o'lgandan keyin Ahmad sardornikida yurgan, Rayhon arabni baytal minib quvgan, Xo'jatog'idan Chambil qo'rg'onini qurgan Go'ro'g'libekmisan?" — deb Go'ro'g'libek bilan Safarboy quchoqlashib ko'rishib qolib, qirq yigitlarning hammasi birin-birin Go'ro'g'libek bilan ko'rishib, Ravshanbek begimizning o'g'li ekansan, deb tanishib, bari bir maydon tog'da choy ichib, nasha qilib, chilim chekib, gurunglashib, undan keyin bari maslahat qilib: "Endi bir qizilboshning galasiga dorib ketay-lik", — deyishibdi. Shunda turkmanlar daljoq, deb Badbaxt tog'idan nar yoqqa enib, Xunxorning bir qo'rg'oniga hujum qilib, ko'p qizilboshlarni o'ldirib, qancha ot-u anjom, yov-yaroq, mol-u mato o'lja olib, Chambilga muzaffar bo'lib qaytdilar, Xoldorbek o'n yigit bilan peshvoz chiqib, Go'ro'g'libek va Qirq yigitlar bilan ko'rishib, bari Go'ro'g'libekning mayxonasiga tushib, kayf-safoni qilibdilar. Qirq yigitlarning bari Chambilga joylashib olgandan keyin Go'ro'g'libek Ahmad sardor tog'asiga odam yuboribdi. "Endi bojini Xunxorga to'lamasin. Menga to'lasin. Endi men turkmanning xonidirman", — deb xabar qildirdi.

Ahmad sardor bu xabarni eshitib, kayfi uchib: "Bu Go'ro'g'libek jiyanimning o'g'ri, kazzob bilan oshno bo'lib, orttirgan tentakligiga qarang. Xunxorday zo'r shahanshohga ko'ndalang bo'lar emish-u, hali Go'ro'g'libek jiyanim Xunxorning mingdan bir bo'lak qo'shinini ko'rgani yo'q. Buning endigi da'vosiga qarang. Xuddi inining og'zidan turib hurpaygan qurqultoyga o'xshaydi", — deb xabarchiga: "Go'ro'g'libekka borib ayt. Go'ro'g'libek mening jigarim. Lekin men Xunxorshohdan qo'rqaman. Agar Go'ro'g'libek elga xon bo'lsa, turkmanga qalqon bo'lsa, hech bo'lmasa, oyog'ining tagida Xunxorning mingdan bir bo'lagi talqon bo'lsa, undan keyin men Go'ro'g'libekni xon deb bilaman. Bo'lmasa, Go'ro'g'libek o'ziga Go'ro'g'libek. Men bo'lsa, Xunxorga vakil odamman. Achchig'im kelsa, Xunxorshohga bildirib, ko'p esda yo'q ishlarni qildirib qo'yishim hech gap emas. Ana Go'ro'g'libekka javob," — deb kelgan xabarchini qaytarib yubordi. Go'ro'g'libek tog'asining bu gaplariga chivincha ham parvo qilmay, ha, deb Chambilni obod qildirta berdi. Chambilning qibla tarafidan bulturgi Chortoq o'rnidan shunday kashtali g'ishtdan ishlatib, qiblaga qaragan qilib, uzunligi ming qadam ayvon, ayvonning ko'tarma supasi o'n qadam baland, peshayvondan Chambilning ichki hovlilariga o'tadigan eshiklar qildirdi. Chortoq o'rnida shu peshayvonni Chortoq deb qo'ydi. Chambilga atrofdan faqir-po'staklar ham ko'chib keldi. Chambilda Yovmit bozorining ikkinchi kuni bozor ham bo'ladigan bo'lib qoldi.

Shunday qilib, Chortoqli Chambil kundan kunga obodlashib borar edi. Lekin Go'ro'g'libekning har kungi xarajati ko'p bo'lib ketdi. Go'ro'g'libek Qirq yigitlari bilan gohida xarajatdan zoriqib qolar edi. Kunlardan bir kun Qirq yigit nashaning ustidan yegani bir tuyur qand ham, bir bo'lak go'sht ham topmay qolib, oxiri maslahatlashib, Ahmad sardorning mollarini zakot hisobiga, sirtidan yuz ellik qo'y, deb, yuz ellik qo'ydan har kuni bittadan olib kelib yey bermakchi bo'libdi. Qirma deganni qo'yga yuboribdi.

— Agar Ahmad sardorning cho'poni: "Qo'y bermayman, deb taqashovlik qilsa, javobini Go'ro'g'libek beradi", deb bir qo'yni olib kela ber, — deb tayinlab yubordilar. Qirman borib Ahmad sardorning qo'yla-ridan bir qo'yni tutib, otiga o'ngarib, cho'poniga javobini Go'ro'g'li beradi, deb, olib qayta berdi. Cho'pon borib Ahmad Sardorga: "Go'ro'g'lining odami kelib bir qo'y olib ketdi, javobini sizga o'zi berar emish",— dedi. Ahmad sardor kun sayin intizomlashib, birlashib borayotgan Go'ro'g'libekning yigitlarining avzog'idan qo'rqar edi. Cho'poniga: "Go'ro'g'libekning odami kelsa, indama. Qancha qo'y olib ketganini hisoblab yura ber. O'zim bir kun borib Go'ro'g'libek bilan hisoblasharman", — deb qo'ydi.

rx^^xzaz^x-*::*:*:*:*-:*-* r, r Q

www.ziyouz.com kutubxonasi