90
ANIQ VA TABIIY FANLAR METODIKASI KAFEDRASI BIOLOGIYA FANIDAN AMALIY MASHG’ULOTLAR VA LABORATORIYA ISHLARINI O’TKAZISH TEXNOLOGIYASI moduli bo‘yicha O‘ Q U V –U S L U B I Y M A J M U A O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI SURXONDARYO VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI TERMIZ -2020

O‘ Q U V –U S L U B I Y M A J M U A · Ijtimoiy modullar 14 9,72 10 4 6 0 4 8 6 0 0 1. talim va tarbiya sohasidagi O`zbekiston Respublikasining davlat siyosati 8 6 2 4 2. etishning

  • Upload
    others

  • View
    19

  • Download
    0

Embed Size (px)

Citation preview

  • 1

    CURXONDARYO VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYY

    TERMIZ -2020

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

    XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

    SURXONDARYO VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA

    ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI

    ANIQ VA TABIIY FANLAR METODIKASI KAFEDRASI

    BIOLOGIYA FANIDAN AMALIY

    MASHG’ULOTLAR VA LABORATORIYA

    ISHLARINI O’TKAZISH TEXNOLOGIYASI moduli bo‘yicha

    O‘ Q U V –U S L U B I Y M A J M U A

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

    XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

    SURXONDARYO VILOYATI XALQ TA’LIMI

    XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING

    MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI

    TERMIZ -2020

  • 2

  • 3

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

    XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

    SURXONDARYO VILOYATI XALQ TA’LIMI HODIMLARINI

    QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI

    OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI

    ANIQ VA TABIIY FANLAR METODIKASI KAFEDRASI

    “BIOLOGIYA FANIDAN AMALIY

    MASHG’ULOTLAR VA LABORATORIYA

    ISHLARINI O’TKAZISH TEXNOLOGIYASI” moduli bo‘yicha

    O‘ Q U V –U S L U B I Y M A J M U A

    TERMIZ -2020

    Malaka toifa

    yo‘nalishi:

    biologiya fani o‘qituvchilari

    Tinglovchilar

    kontingenti:

    umumiy o‘rta ta’lim maktablari, ta’lim

    DTS asosida olib borilayotgan imkoniyati

    cheklangan bolalar ixtisoslashtirilgan

    maktablari, maktab-internatlari va

    imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning

    uyida yakka tartibda ta’lim beruvchi

    biologiya fani o‘qituvchilari

  • 4

    Mаzkur majmua Хаlq tа’limi 2020 yil 3 yanvаrdаgi 2-sоn buyrug’i bilаn

    tаsdiqlаngаn tаyanch o’quv rejаlаri hamda 2020 yil 3 yanvardagi 2-sonli buyrug’i

    bilan tasdiqlangan o’quv dasturlari asosida ishlab chiqilgan o’quv reja va

    dasturlariga muvofiq yaratildi.

    Tuzuvchilar: S.Raxmatova- Surxondaryo viloyati xalq ta’limi

    xodimlarini qatra tayyorlash va ularning

    malakasini oshirish hududiy markazi “Aniq va

    tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi katta

    o’qituvchisi

    Taqrizchi: A.Xurramov- Termiz Davlat Universiteti

    “Tabiiy fanlar” fakul’teti dekani, biologiya fanlari

    doktori

    O`quv-uslubiy majmua Surxondaryo viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta

    tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazining 2020 yil 5

    yanvardagi 1-sonli qarori bilan tasdiqlangan.

  • 5

    3.2 MODUL

    MUNDARIJA

    I. ISHCHI DASTUR ............................................................................................. 7

    II. MODULNI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN

    INTERFAOL TA’LIM METODLARI .......................................................... 11

    III. AMALIY MASHG‘ULOT MATERIALLARI ............................................. 21

    IV. GLOSSARIY ............................................................................................... 65

    V. ADABIYOTLAR RO‘YXATI ................................................................... 66

  • 6

    KIRISH

    Mazkur majmua O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil

    7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha

    Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni, 2018 yil

    5 sentyabrdagi “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy

    etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3931-sonli Qarori, shuningdek O‘zbekiston

    Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta

    maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi

    187-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi

    “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish

    konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-conli farmonida belgilangan

    ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda tuzilgan bo‘lib, u zamonaviy

    talablar asosida fan o‘qituvchilari malakasini oshirish jarayonlarining mazmunini

    takomillashtirish hamda ularning kasbiy kompetentligini oshirishni nazarda tutadi.

    Majmua mazmuni O‘zbekiston Respublikasining ta’lim-tarbiya sohasidagi

    davlat siyosati, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning huquqiy-me’yoriy

    hujjatlari,pedagogning kasbiy kompetentligi va mahorati, ta’lim-tarbiya jarayoniga

    psixologik yondashuv, o‘quv jarayonida axborot-kommunikatsiya

    texnologiyalarini qo‘llash, amaliy xorijiy til, biologiya fanini o‘qitishda

    innovatsion yondashuvlar, biologiya fanini o‘qitish metodikasi o‘quv jarayonini

    tashkil etishning zamonaviy usullarini o‘z ichiga oladi va ular bo‘yicha tegishli

    yangi bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirishga

    yo‘naltirilgan.

    Majmua doirasida berilayotgan mavzular xalq ta’limi tizimi pedagog

    kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish mazmuni, sifati va ularning

    tayyorgarligiga qo‘yiladigan malaka talablari va o‘quv rejasi asosida

    shakllantirilgan bo‘lib, biologiya fani o‘qituvchilarini zamonaviy ta’lim va

    innovatsiya texnologiyalari, ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanish, axborot-

    kommunikatsiya texnologiyalarini o‘quv jarayoniga keng tatbiq etish darajasini

    oshirish hisobiga ularning kasb mahorati va o‘quv-uslubiy faoliyatini sifatli tashkil

    etish kompetensiyalarini muntazam yuksaltirishni nazarda tutadi.

    “Amaliy mashg‘ulotlar va laboratoriya ishlarini o‘tkazish texnologiyasi”

    modulining o’quv-uslubiy majmuasi biologiya fani o’qituvchilari malakasini

    oshirish modulning o’quv dasturi asosida tuzilgan bo’lib, u biologiya fani

    o’qituvchilariga o’qitishning zamonaviy metodlari mazmuni va mohiyatini ochib

    beradi.

  • 7

    TAYANCH O‘QUV REJASI

    № O`quv modullari

    Um

    um

    iy s

    oa

    t

    %

    J

    am

    i a

    ud

    ito

    riy

    a

    soa

    ti

    Jumladan

    Mu

    sta

    qil

    ta

    `lim

    Haftalar bo`yicha soatlar

    taqsimoti

    M

    a’r

    uza

    am

    ali

    y

    ma

    shg

    ’ulo

    t

    Ko

    `ch

    ma

    ma

    shg

    `ulo

    t

    1 -

    hafta

    2 -

    hafta

    3 -

    hafta

    4 -

    hafta

    Kunlar bo`yicha soatlar

    taqsimoti

    36 36 36 36

    i

    I Ijtimoiy modullar 14 9,72 10 4 6 0 4 8 6 0 0

    1. O`zbekiston Respublikasining

    ta’lim va tarbiya sohasidagi

    davlat siyosati

    8

    6 2 4

    2 4 4

    2. Ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil

    etishning huquqiy-me’yoriy

    asoslari

    6

    4 2 2

    2 4 2

    II Umumkasbiy modullar 46 31,94 40 6 34 0 6 20 16 10 0

    1. Pedagogning kasbiy

    kompitentligi va mahorati 14 12 2 10

    2 6 4 4

    2. Ta’lim-tarbiya jarayoniga

    psixologik yondashuv 10 8 2 6 2 4 4 2

    3. O’quv jarayonida axborot -

    komunikatsiya texnologiyalarini

    qo’llash

    14 12 2 10 2 6 4 4

    4. Amaliy xorijiy til 8 8 8 4 4

    III Mutaxassislik modullari 78 54,17 70 10 54 6 8 8 14 26 30

    1. Biologiya fanini o’qitishda

    innovatsion yondashuvlar 22 18 4 14 4 4 4 8 6

    2. Biologiya fanini o`qitish

    metodikasi 50 46 6 34 6 4 4 10 18 18

    3. Biologiya fanidan amaliy

    mashg’ulotlar va laboratoriya

    ishlarini o’tkazish texnologiyasi

    6 6 6 6

    IV Ta’lim muassasasi

    ixtiyoridagi soatlar 6 5,55 6 2 4 6

    Jami: 144 100 126 22 98 6 18 36 36 36 36

  • 8

  • 9

    ISHCHI DASTUR

  • 10

    Modulning maqsadi va vazifalari

    Modulning maqsadi: umumiy o‘rta ta’lim maktablari biologiya fani

    o‘qituvchilari biologiya fani boyicha laboratoriya mashg’ulotlariga qo’yilgan

    zamonaviy talablarni, fan kabineti va laboratoriya xonasini tegishli o’quv-

    laboratoriya anjomlari bilan jihozlash bo’yicha mey’orni va laboratoriya

    mashg’ulotlarini tashkil etishni, biologiya fanini o‘qitish shakllarini

    kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan

    iborat.

    Modulning vazifalari: o‘qituvchilarning biologiya fanini o‘qitishda

    o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirish uchun laboratoriya va amaliy

    mag’ulotlarni qo‘llash haqidagi bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish;

    biologiya darslarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish ko‘nikmalarini

    rivojlantirish.

    Biologiya fani o’qituvchilari:

    1. Mazkur kursni muvafaqqiyatli tugatgan tinglovchi quyidagilarni

    bilishi zarur:

    - -umumiy o’rta ta’lim davlat ta’lim standarti (umumiy qoidalar), shuningdek,

    biologiya fani bo’yicha laboratoriya mashg’ulotlariga qo’yilgan zamonaviy

    talablarni;

    -fan kabineti va laboratoriya xonasini tegishli o’quv-laboratoriya anjomlari

    bilan jihozlash bo’yicha talablarini;

    - belgilangan sanitariya-gigiyena normalari va texnika xavfsizlik qoidalarini;

    - laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish va o’tkazishni;

    - laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazishda mahalliy materiallardan

    foydalanishni;

    - laboratoriya mashg’ulotlarini baholash va nazorat qilishni;

    2. Quyidagi ko’nikmalarga ega bo’lishi lozim:

    - Umumiy o’rta ta’lim davlat ta’lim standarti (umumiy qoidalar), shuningdek,

    o’qitilayotgan predmet bo’yicha o’quv dasturi asosida laboratoriya ishlarini

    o’tkazish;

  • 11

    - o’quvchilarning laboratoriya mashg’ulotlari o’tkazish jarayonida egallagan

    bilim, ko’nikma, malakalarini baholash;

    - laboratoriya mashg’ulotlarini kuzatish, tahlil qilish.

    3. Quyidagi malakalarni egallagan bo’lishi shart:

    -fan kabineti va laboratoriya xonasini tegishli o’quv-laboratoriya anjomlari

    bilan jihozlash bo’yicha talablarni bajara olish;

    -ta’lim jarayoni sifatini oshirish va o’quvchilarning o’quv ehtiyojlarini

    qondirish maqsadida AKTning turli vositalaridan laboratoriya va amaliy

    mashg’ulotlarni o’tkazish jarayonida qo’llash;

    -fanni o’qitishda iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash;

    -belgilangan texnika xavfsizlik qoidalari va sanitariya-gigiyena normalariga

    rioya qilish;

    4. Quyidagi kompetensiyalarni egallagan bo’lishi shart:

    -o’zini-o’zi rivojlantirish, o’z ustida ishlash kompetentligi ko’rsatkichlari:

    - ilg’or pedagogik texnologiyalardan kasbiy faoliyatda foydalanish;

    - zamonaviy talablar darajasida darslarni tashkil qilish va o’tkazish.

    Mas’uliyat va moslashuvchanlik kompetensiyasi

    - turli xil yangi vazifalar va mas’uliyatlarni qabul qila olish;

    - o’ziga, jamoada va hamjamiyat miqyosida mas’uliyatli bo’lish;

    -o’quvchilarning muvaffaqiyatli o’zlashtirishini nazorat qilish mas’uliyatini

    o’z zimmasiga olish.

    Modulning o‘quv rejadagi boshqa modullar bilan bog‘liqligi va

    uzviyligi

    Mazkur modul mazmuni o‘quv rejadagi “Pedagogning kasbiy kompetentligi

    va mahorati”, “O’quv jarayonida axborot-kommunikasiya texnologiyalarini

    qo‘llash”, bloklari, “Biologiya fanini o‘qitishda innovatsion yondashuvlar” va

    “Biologiya o’qitish metodikasi” moduli bilan uzviy bog‘langan holda

    pedagoglarning kasbiy pedagogik tayyorgarlik darajasini orttirishga xizmat qiladi

  • 12

    Modulning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi

    Mazkur modul “O‘zbekiston Respublikasining ta’lim va tarbiya sohasidagi

    davlat siyosati”, “Ta’lim-tarbiya jarayoniga psixologik yondoshuv” va “O’quv

    jarayonida axborot-kommunikasiya texnologiyalarini qo‘llash” va “Biologiya

    o’qitish metodikasi” bloklaridan keyin o‘rganiladi. Unda yuqoridagi bloklarda

    o‘rganilgan mazmun yo‘nalishlari va uslubiy jihatlarini biologiya faniga tatbiq

    etish imkoniyatlari ochib beriladi.

    Modulning ta’limdagi o‘rni

    Amaliy mashg’ulotlarda tinglovchilar o’quv bloklari doirasidagi ijodiy

    topshiriqlar, keyslar, o’quv loyihalari, texnologik jarayonlar bilan bog’liq vaziyatli

    masalalar asosida amaliy ishlarni bajaradilar.

    Amaliy mashg’ulotlar zamonaviy ta’lim uslublari va innovatsion

    texnologiyalarga asoslangan holda o’tkaziladi. Bundan tashqari, mustaqil holda

    o’quv va ilmiy adabiyotlardan, elektron resurslardan, tarqatma materiallardan

    foydalanish tavsiya etiladi.

  • 13

    3.3. Biologiya fanidan laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazish

    texnologiyasi bloki bo’yicha soatlar taqsimoti

    № Modul mavzulari

    Ha

    mm

    asi

    Ja

    mi

    o‘q

    uv

    yu

    kla

    ma

    si

    Jumladan

    Mu

    sta

    qil

    ta

    ’lim

    Naza

    riy

    Am

    ali

    y

    Ko

    ‘ch

    ma

    ma

    shg

    ’ulo

    t

    1. Fan kabineti va laboratoriya xonasida

    tegishli o’quv-laboratoriya anjomlari bilan

    ishlash. fan kabineti va laboratoriya

    xonasiga tegishli hujjatlarni yuritish.

    2 2

    2

    2

    2

    2. Sinflar kesimida biologiya fanidan

    laboratoriya ishlarini o’tkazish metodikasi.

    AKTning turli vositalaridan laboratoriya

    mashg’ulotlarni o’tkazish jarayonida

    foydalanish

    4

    4

    4

    4

    4

    Jami 6

    6

    6

    6

    6

    AMALIY MASHG‘ULOTLAR MAZMUNI

    1-mavzu: Fan kabineti va laboratoriya xonasida tegishli o’quv-

    laboratoriya anjomlari bilan ishlash. fan kabineti va laboratoriya xonasiga

    tegishli hujjatlarni yuritish.(2 soat)

    Biologiya fanidan o‘quv-laboratoriya jihozlarini saqlash va ulardan samarali

    foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma tahlili. Biologiya o‘quv xonasi va laboratoriya

    xonalarining jihozlash hamda biologiya faniga tegishli me’yoriy hujjatlari bilan

    tanishsish. Belgilangan texnika xavfsizlik qoidalari va sanitariya-gigiena

    normalariga rioya qilish. Biologiya fanidan o‘quv-laboratoriya jihozlarini saqlash

    va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma tahlili.

  • 14

    2-mavzu: Sinflar kesimida biologiya fanidan laboratoriya ishlarini

    o’tkazish metodikasi AKTning turli vositalaridan laboratoriya .

    mashg’ulotlarni o’tkazish jarayonida foydalanish.(4 soat)

    Biologiya fanidan 5-11 sinflar kesimida laboratriya mashg‘ulotlarini

    o‘tkazish. Fanlar kesimida laboratoriya ishlarini bajarish, tajriba o‘tkazish.

    Vaqtinchalik mikropreparatlar tayyorlash. Biologiya fanidan tayyorlangan virtual

    va virual laboratoriyalar bilan tanishtirish. O‘quv filmlari va electron darsliklar

    bilan ishlash metodikasini o‘rganish. Biologiya fanidan laboratoriya

    mashg‘ulotlarini o‘tkazishda zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qo‘llash.

    Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar

    Amaliy mashg‘ulotlarda tinglovchilar o‘quv bloklari doirasidagi ijodiy

    topshiriqlar, keyslar, o‘quv loyihalari, texnologik jaraѐnlar bilan bog‘liq vaziyatli

    masalalar asosida amaliy ishlarni bajaradilar.

    Amaliy mashg‘ulotlar zamonaviy ta’lim uslublari va innovatsion

    texnologiyalarga asoslangan holda o‘tkaziladi. Bundan tashqari, mustaqil holda

    o‘quv va ilmiy adabiѐtlardan, elektron resurslardan, tarqatma materiallardan

    foydalanish tavsiya etiladi.

  • 15

    MODULNI O‘QITISHDA

    FOYDALANILADIGAN INTERFAOL TA’LIM

    METODLARI

  • 16

    “Swot-tahlil” metodi

    Metodning maqsadi: mavjud nazariy bilimlar va amaliy tajribalarni tahlil

    qilish, taqqoslash orqali muammoni hal etish yo‘llarini topishga, bilimlarni

    mustahkamlash, takrorlash, baholashga, mustaqil, tanqidiy fikrlash, nostandart

    tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladi.

    Namuna: Rivojlantiruvchi ta’lim yondashuvlarining tahlilini

    ushbu jadvalga tushiring

    S Rivojlantiruvchi ta’lim yondashuvlarining kuchli tomonlari

    W Rivojlantiruvchi ta’lim yondashuvlarining kuchsiz tomonlari

    O Rivojlantiruvchi ta’lim yondashuvlarining imkoniyatlari

    T Rivojlantiruvchi ta’lim yondashuvlarining to`siqlari

    S- (strength)

    W- (weakness)

    O- (opportunity)

    T- (threat)

    Kuchli tomonlari

    Zaif, kuchsiz tomonlari

    Imkoniyatlari

    To`siqlar

  • 17

    “Keys-stadi" metodi

    «Keys-stadi» - inglizcha so‘z bo‘lib, («sase» - aniq vaziyat, hodisa, «study» -

    o‘rganmoq, tahlil qilmoq) aniq vaziyatlarni o‘rganish, tahlil qilish asosida

    o‘qitishni amalga oshirishga qaratilgan metod hisoblanadi. Keysda vaziyat sifatida

    ochiq axborotlardan yoki aniq voqea-hodisadan tahlil uchun foydalanish mumkin.

    Mazkur metod muammoli ta’lim metodidan farkli ravishda real vaziyatlarni

    o‘rganish asosida aniq qarorlar qabul qilishga asoslanadi. Agar u o‘quv jarayonida

    ma’lum bir maqsadga erishish yo‘li sifatida qo‘llanilsa, metod xarakteriga ega

    bo‘ladi, biror bir jarayonni tadqiq etishda bosqichma- bosqich, ma’lum bir algoritm

    asosida amalga oshirilsa, texnologik jihatni o‘zida aks ettiradi.

    “Keys stadi"metodini amalga oshirish bosqichlari

    “Keys-stadi” metodining o ‘ziga xos xususiyatlari:

    Ish bosqichlari Faoliyat shakli va mazmuni

    1-bosqich: Keys va uning

    axborot ta’minoti bilan

    tanishtirish

    yakka tartibdagi audio-vizual ish;

    keys bilan tanishish (matnli, audio yoki

    media shaklda);

    axborotni umumlashtirish;

    axborot tahlili • 2-bosqich: Keysni

    aniqlashtirish va o‘quv

    topshirig‘ini belgilash

    individual va guruhda i shlash;

    muammolarning dolzarblik ierarxiyasini

    aniqlash;

    asosiy muammoli vaziyatni belgilash 3-bosqich:Keysdagi asosiy

    muammoni tahlil etish orqali

    o‘quv topshirig‘ining yechimini

    izlash, hal etish yo‘llarini ishlab

    Chinich

    individual va guruhda ishlash;

    muqobil yechim yo‘llarini ishlab chiqish;

    har bir yechimning imkoniyatlari va

    to‘siqlarni tahlil qilish; 4-bosqich:Keys yechimini

    shakllantirish va asoslash,

    taqdimot.

    yakka va guruhda ishlash;

    muqobil variantlarni amalda qo‘llash

    imkoniyatlarini asoslash;

    ijodiy-loyiha taqdimotini tayyorlash;

    yakuniy xulosa va vaziyat yechimining

    amaliy aspektlarini yoritish;

  • 18

    -izlanishga doir faoliyatning mavjud bo‘lishi;

    -jamoaviy va guruhlarda o‘qitish;

    -individul, guruhli va jamoaviy ish shakllari integratsiyasi;

    -xilma-xil o‘quv loyihalarini ishlab chiqish;

    -muvaffaqiyatga erishish uchun ta’lim oluvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini

    rag‘batlantirish;

    -keys harakatlari o‘z ichiga quyidagilar savollar bo‘yicha faoliyatni qamrab

    oladi: kim? (who?), qachon? (when?), qaerda? (where?), nima uchun? (why?),

    qanday?/ qanaqa? (how?), nima? (natija) (what?).

    Keys. 10-11 sinf darsligining sizga taqdim etilgan bitta mavzusi materiallari

    bo‘yicha keys topshirig‘ini tuzing. Bu keys asosida o‘tiladigan dars loyihasini

    yarating, taqdimot tayyorlang va uni namoyish eting.

    “FSMU” metodi

    Metodning maqsadi: Mazkur metod ishtirokchilardagi umumiy fikrlardan

    xususiy xulosalar chiqarish, taqqoslash, qiyoslash orqali axborotni o‘zlashtirish,

    xulosalash, shuningdek, mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga

    xizmat qiladi. Mazkur metoddan mavzuni mustahkamlashda, o‘tilgan mavzuni

    so‘rashda, uyga vazifa berishda hamda amaliy mashg‘ulot natijalarini tahlil etishda

    foydalanish tavsiya etiladi.

    Metodni amalga oshirish tartibi:

    -qatnashchilarga mavzuga oid bo‘lgan yakuniy xulosa yoki g‘oya taklif

    etiladi;

    - har bir ishtirokchiga FSMU metodining bosqichlari yozilgan qog‘ozlarni

    tarqatiladi:

  • 19

    Ishtirokchilarning munosabatlari individual yoki guruhiy tartibda

    taqdimot qilinadi. FSMU tahlili qatnashchilarda kasbiy-nazariy bilimlarni amaliy

    mashqlar va mavjud tajribalar asosida tezroq va muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishiga

    asos bo‘ladi.

    Namuna:

    Fikr: Zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish ta’lim

    samaradorligini oshiradi.

    Topshiriq: Mazkur fikrga nisbatan munosabatingizni FSMU orqali tahlil

    qiling.

    “Tushunchalar tahlili” metodi

    Metodning maqsadi: mazkur metod o‘quvchilar yoki qatnashchilarni

    mavzu buyicha tayanch tushunchalarni o‘zlashtirish darajasini aniqlash, o‘z

    bilimlarini mustaqil ravishda tekshirish, baholash, shuningdek, yangi mavzu

    buyicha dastlabki bilimlar darajasini tashxis qilish maqsadida qo‘llaniladi.

    Metodni amalga oshirish tartibi:

    ishtirokchilar mashg‘ulot qoidalari bilan tanishtiriladi; ta’lim oluvchilarga

    mavzuga tegishli bo‘lgan so‘zlar, tushunchalar nomi tushirilgan tarqatmalar

    beriladi (individual yoki guruhli tartibda);

    F

    S

    M

    U

    Fikringizni bayon eting

    Fikringizni bayoniga sabab

    ko`rsating

    Ko`rsatgan sababingizni isbotlab,

    misol keltiring

    Fikringizni umumlashtiring

  • 20

    ta’lim oluvchilar mazkur tushunchalar qanday ma’noni anglatishi, qachon,

    qanday holatlarda qo‘llanilishi haqida yozma ma’lumot beradilar;

    belgilangan vaqt yakuniga etgach, o‘qituvchi berilgan tushunchalarning

    to‘g‘ri va to‘liq izohini o‘qib eshittiradi yoki slayd orqali namoyish etadi;

    har bir ishtirokchi berilgan to‘g‘ri javoblar bilan o‘zining shaxsiy

    munosabatini taqqoslaydi, farqdarini aniqlaydi va o‘z bilim darajasini tekshirib,

    baholaydi.

    Namuna: “Moduldagi tayanch tushunchalar tahlili”

    Tushunchalar Sizningcha, bu

    tushuncha qanday ma’noni

    anglatadi?

    Qo‘shimcha

    ma’lumot

    Izoh: Ikkinchi ustunga qatnashchilar tomonidan fikr bildiriladi. Mazkur

    tushunchalar haqida qo‘shimcha ma’lumot glossariyda keltirilgan.

    “Aqliy hujum” metodi

    Mazkur metod biror muammo bo‘yicha ta’lim oluvchilar tomonidan

    bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to‘plab, ular orqali ma’lum bir yechimga

    kelinadigan metoddir. “Aqliy hujum” metodining yozma va og‘zaki shakllari

    mavjud. Og‘zaki shaklida ta’lim beruvchi tomonidan berilgan savolga ta’lim

    oluvchilarning har biri o‘z fikrini og‘zaki bildiradi. Ta’lim oluvchilar o‘z

    javoblarini aniq va qisqa tarzda bayon etadilar. YOzma shaklda berilgan savolga

    ta’lim oluvchilar o‘z javoblarini qog‘oz kartochkalariga qisqa va barchaga

    ko‘rinarli tarzda yozadilar. Javoblar doskaga (magnitlar yordamida) yoki

    «pinbord» doskasiga mahkamlanadi.“Aqliy hujum” metodining yozma shaklida

    javoblarni ma’lum belgilar bo‘yicha guruhlab chiqish imkoniyati mavjuddir.

  • 21

    Ushbu metod to‘g‘ri qo‘llanilganda shaxsni erkin, ijodiy fikrlashga o‘rgatishga

    imkon yaratiladi.

    “Aqliy hujum” metodidan foydalanilganda ta’lim oluvchilarning barchasini

    jalb etish mumkin bo‘ladi, jumladan, ta’lim oluvchilarda muloqot qilish va

    munozara olib borish madaniyati shakllanadi. Ularda o‘z fikrini faqat og‘zaki

    emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish

    ko‘nikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baholanmasligi turli g‘oyalar

    shakllanishiga olib keladi. Bu metod ta’lim oluvchilarda ijodiy tafakkurni

    rivojlantirish uchun xizmat qiladi.

    “Aqliy hujum” metodi ta’lim beruvchi tomonidan qo‘yilgan maqsadga

    qarab amalga oshiriladi:

    1.Ta’lim oluvchilarning boshlang‘ich bilimlarini aniqlash maqsad qilib

    qo‘yilganda, bu metod darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi.

    2.Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bog‘lash maqsad

    qilib qo‘yilganda yangi mavzuga o‘tish qismida amalga oshiriladi.

    3.O‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qo‘yilganda mavzudan

    so‘ng, darsning mustahkamlash qismida amalga oshiriladi.

    “Aqliy hujum” metodini qo‘llashdagi asosiy qoidalar:

    1.Bildirilgan fikr-g‘oyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi.

    2.Bildirilgan har qanday fikr-g‘oyalar, ular hatto to‘g‘ri bo‘lmasa ham

    inobatga olinadi.

    3.Har bir ta’lim oluvchi qatnashishi shart.

    Quyida “Aqliy hujum” metodining tuzilmasi keltirilgan:

    muammoli savol beriladi;

    fikr va g‘oyalar eshitiladi va jamlab boriladi;

    fikr va g‘oyalar guruhlanadi;

    aniq va to‘g‘ri javob tanlab olinadi;

    “Aqliy hujum” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:

    1.Ta’lim oluvchilarga savol tashlanadi va ularga shu savol bo‘yicha o‘z

    javoblarini (fikr, g‘oya va mulohaza) bildirishlari so‘raladi;

  • 22

    2.Ta’lim oluvchilar savol bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishadi;

    3.Ta’lim oluvchilarning fikr-g‘oyalari rangli qog‘ozlarga yoki doskaga

    to‘planadi;

    4.Fikr-g‘oyalar ma’lum belgilar bo‘yicha guruhlanadi;

    5.Yuqorida qo‘yilgan savolga aniq va to‘g‘rijavob tanlab olinadi.

    “Aqliy hujum” metodining afzalliklari:

    -natijalar baholanmasligi ta’lim oluvchilarda turli fikr- g‘oyalarning

    shakllanishiga olib keladi;

    -ta’lim oluvchilarning barchasi ishtirok etadi;

    -fikr-g‘oyalar vizuallashtirilib boriladi;

    -ta’lim oluvchilarning boshlang‘ich bilimlarini tekshirib ko‘rish imkoniyati

    mavjud;

    -ta’lim oluvchilarda mavzuga qiziqish uyg‘onadi.

    “Aqliy hujum” metodining kamchiliklari:

    -ta’lim beruvchi tomonidan savolni to‘g‘ri qo‘ya olmaslik;

    ta’lim beruvchidan yuqori darajada eshitish qobiliyatining talab etilishi.

    “Kichik guruhlarda ishlash” metodi

    Mazkur metod ta’lim oluvchilarni faollashtirish maqsadida ularni kichik

    guruhlarga ajratgan holda o‘quv materialini o‘rganish yoki berilgan topshiriqni

    bajarishga qaratilgan. Ushbu metod qo‘llanilganda ta’lim oluvchi kichik

    guruhlarda ishlab, darsda faol ishtirok etishi, boshlovchi rolida bo‘lish, bir-biridan

    o‘rganish va turli nuqtai-nazarlarni qadrlash imkoniga ega bo‘ladi.

    “Kichik guruhlarda ishlash” metodi qo‘llanilganda ta’lim beruvchi vaqtni

    tejash imkoniyatiga ega bo‘ladi, chunki ta’lim beruvchi bir vaqtning o‘zida barcha

    ta’lim oluvchilarni mavzuga jalb eta oladi va baholay oladi.

    “Kichik guruhlarda ishlash” metodining bosqichlari quyidagilardan

    iborat:

    1.Faoliyat yo‘nalishi aniqlanadi. Mavzu bo‘yicha bir-biriga bog‘liq bo‘lgan

    masalalar belgilanadi;

  • 23

    2.Kichik guruhlar belgilanadi. Ta’lim oluvchilar guruhlarga 3-6 nafardan

    bo‘linishlari mumkin;

    3.Kichik guruhlar topshiriqni bajarishga kirishadilar;

    4.Ta’lim beruvchi tomonidan aniq ko‘rsatmalar beriladi va yo‘naltirib

    turiladi;

    5.Kichik guruhlar taqdimot qiladilar;

    6.Bajarilgan topshiriqlar muhokama va tahlil qilinadi;

    7.Kichik guruhlar baholanadi.

    «Kichik guruhlarda ishlash» metodining afzalligi: o‘qitish mazmunini

    yaxshi o‘zlashtirilishiga olib keladi; muloqotga kirishish ko‘nikmasining

    takomillashishiga olib keladi; vaqtni tejash imkoniyati mavjud; barcha ta’lim

    oluvchilar jalb etiladi; o‘z-o‘zini va guruhlararo baholash imkoniyati mavjud

    bo‘ladi.

    «Kichik guruhlarda ishlash» metodining kamchiliklari: ba’zi kichik

    guruhlarda kuchsiz ta’lim oluvchilar bo‘lganligi sababli kuchli ta’lim

    oluvchilarning ham past baho olish ehtimoli bor;

    barcha ta’lim oluvchilarni nazorat qilish imkoniyati past bo‘ladi; guruhlararo

    o‘zaro salbiy raqobatlar paydo bo‘lib qolishi mumkin; guruh ichida o‘zaro nizo

    paydo bo‘lishi mumkin.

    “Bahs-munozara” metodi

    Mazkur metod biror mavzu bo‘yicha ta’lim oluvchilar bilan o‘zaro bahs, fikr

    almashinuvi ko‘rinishiga ega bo‘ladi.

    Har qanday mavzu va muammolar mavjud bilimlar va tajribalar asosida

    muhokama qilinishi nazarda tutilganda ushbu metoddan foydalanish mumkin.

    Bahs-munozarani boshqarib borish vazifasini ta’lim oluvchilardan biriga topshirish

    yoki ta’lim beruvchining o‘zi olib borishi mumkin. Bahs-munozarani erkin holatda

    olib borish va har bir ta’lim oluvchini munozaraga jalb etishga harakat qilish

    lozim. Ushbu metod qo‘llanilgan vaqtda ta’lim oluvchilar orasida paydo

    bo‘ladigan nizolarni darhol bartaraf etishga harakat qilish kerak.

  • 24

    “Bahs-munozara” metodini o‘tkazishda quyidagi qoidalarga amal qilish

    kerak:

    - barcha ta’lim oluvchilar ishtirok etishi uchun imkoniyat yaratish;

    - “o‘ng qo‘l” qoidasi (qo‘lini ko‘tarib, ruxsat olgandan so‘ng so‘zlash)ga

    rioya qilish;

    - fikr-g‘oyalarni tinglash madaniyati;

    - bildirilgan fikr-g‘oyalarning takrorlanmasligi;

    - bir-birlariga o‘zaro hurmat.

    “Bahs-munozara” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:

    1.Ta’lim beruvchi munozara mavzusini tanlaydi va shunga doir savollar

    ishlab chiqadi.

    2.Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarga muammo bo‘yicha savol beradi va

    ularni munozaraga taklif etadi.

    3.Ta’lim beruvchi berilgan savolga bildirilgan javoblarni, ya’ni turli g‘oya va

    fikrlarni yozib boradi yoki bu vazifani bajarish uchun ta’lim oluvchilardan birini

    kotib etib tayinlaydi. Bu bosqichda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarga o‘z

    fikrlarini erkin bildirishlariga sharoit yaratib beradi.

    4.Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilar bilan birgalikda bildirilgan fikr va

    g‘oyalarni guruhlarga ajratadi, umumlashtiradi va tahlil qiladi.

    5.Tahlil natijasida qo‘yilgan muammoning eng maqbul yechimi tanlanadi.

    “Muammoli vaziyat” metodi

    Mazkur metod ta’lim oluvchilarda muammoli vaziyatlarning sabab va

    oqibatlarini tahlil qilish hamda ularning yechimini topish bo‘yicha ko‘nikmalarini

    shakllantirishga qaratilgandir.

    “Muammoli vaziyat” metodi uchun tanlangan muammoning murakkabligi

    ta’lim oluvchilarning bilim darajasiga mos kelishi kerak. Ular qo‘yilgan

    muammoning yechimini topishga qodir bo‘lishlari kerak, aks holda yechimni topa

    olmagach, ta’lim oluvchilarning qiziqishlari so‘nishiga, o‘zlariga bo‘lgan

    ishonchlarining yo‘qolishiga olib keladi. «Muammoli vaziyat» metodi

  • 25

    qo‘llanilganda ta’lim oluvchilar mustaqil fikr yuritish, muammoning sabab va

    oqibatlarini tahlil qilish, uning yechimini topishni o‘rganadilar.

    “Muammoli vaziyat” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:

    1.Ta’lim beruvchi mavzu bo‘yicha muammoli vaziyatni tanlaydi, maqsad va

    vazifalarni aniqlaydi. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarga muammoni bayon

    qiladi.

    2.Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni topshiriqning maqsad, vazifalari va

    shartlari bilan tanishtiradi.

    3.Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni kichik guruhlarga ajratadi.

    4.Kichik guruhlar berilgan muammoli vaziyatni o‘rganadilar. Muammoning

    kelib chiqish sabablarini aniqlaydilar va har bir guruh taqdimot qiladi. Barcha

    taqdimotlardan so‘ng bir xil fikrlar jamlanadi.

    5.Bu bosqichda berilgan vaqt mobaynida muammoning oqibatlari to‘g‘risida

    fikr-mulohazalarini taqdimot qiladilar. Taqdimotdan so‘ng bir xil fikrlar jamlanadi.

    6.Muammoni echishning turli imkoniyatlarini muhokama qiladilar, ularni

    tahlil qiladilar. Muammoli vaziyatni yechish yo‘llarini ishlab chiqadilar.

    7.Kichik guruhlar muammoli vaziyatning yechimi bo‘yicha taqdimot qiladilar

    va o‘z variantlarini taklif etadilar.

    8.Barcha taqdimotdan so‘ng bir xil yechimlar jamlanadi. Guruh ta’lim

    beruvchi bilan birgalikda muammoli vaziyatni echish yo‘llarining eng maqbul

    variantlarini tanlab oladi.

    “Loyiha” metodi

    Bu ta’lim oluvchilarning individual yoki guruhlarda belgilangan vaqt

    davomida, belgilangan mavzu bo‘yicha axborot yig‘ish, tadqiqot o‘tkazish va

    amalga oshirish ishlarini olib borishidir. Bu metodda ta’lim oluvchilar

    rejalashtirish, qaror qabul qilish, amalga oshirish, tekshirish va xulosa chiqarish,

    natijalarni baholash jarayonlarida ishtirok etadilar. Loyihani ishlab chiqish yakka

    tartibda yoki guruh bilan bo‘lishi mumkin, lekin har bir loyiha o‘quv guruhining

    birgalikdagi faoliyatining muvofiqlashtirilgan natijasidir.

  • 26

    Loyiha o‘rganishga xizmat qilittti, nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq etish,

    ta’lim oluvchilar tomonidan mustaqil rejalashtirish, tashkillashtirish va amalga

    oshirish imkoniyatini yarata oladigan bo‘lishi kerak.

    “Loyiha” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:

    1.Pedagog loyiha ishi bo‘yicha topshiriqlarni ishlab chiqadi. Ta’lim

    oluvchilar mustaqil ravishda darslik, sxemalar, tarqatma materiallar asosida

    topshiriqqa oid ma’lumotlarni yig‘adilar.

    2.Ta’lim oluvchilar mustaqil ravishda ish rejasini ishlab chiqadilar. Ish

    rejasida ta’lim oluvchilar ish bosqichlarini, ularga ajratilgan vaqt va texnologik

    ketma-ketlikni, material, asbob-uskunalarni rejalashtirishlari lozim.

    3.Kichik guruhlar ish rejalarini taqdimot qiladilar. Ta’lim oluvchilar ish

    rejasiga asosan topshiriqni bajarish bo‘yicha qaror qabul qiladilar. Ta’lim

    oluvchilar pedagog bilan birgalikda qabul qilingan qarorlar bo‘yicha erishiladigan

    natijalarni muhokama qilishadi. Bunda har xil qarorlar taqqoslanib, eng maqbul

    variant tanlab olinadi. Pedagog ta’lim oluvchilar bilan birgalikda “Baholash

    varaqasi”ni ishlab chiqadi.

    4.Ta’lim oluvchilar topshiriqni ish rejasi asosida mustaqil ravishda amalga

    oshiradilar. Ular individual yoki kichik guruhlarda ishlashlari mumkin.

  • 27

    AMALIY MASHG`ULOT

    MATERIALLARI

  • 28

    1-MAVZU: FAN KABINETI VA LABORATORIYA XONASIDA

    TEGISHLI O’QUV-LABORATORIYA ANJOMLARI BILAN ISHLASH.

    FAN KABINETI VA LABORATORIYA XONASIGA TEGISHLI

    HUJJATLARNI YURITISH.

    (2 SOAT AMALIY MASHG`ULOT )

    DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI

    Darsning

    maqsadi:

    Tinglovchilar biologiya fan kabineti va laboratoriya

    xonasida tegishli o‘quv-laboratoriya anjomlari bilan ishlash,

    fan kabineti va laboratoriya xonasiga tegishli hujjatlarni

    yuritish hamda texnik xavfsizlik qoidalari bilan tanishadilar.

    .

    REJA:

    1.Fan kabineti va laboratoriya xonasida tegishli o‘quv-

    laboratoriya anjomlari bilan ishlash

    2. Fan kabineti va laboratoriya xonasiga tegishli

    hujjatlarni yuritishni o`rganish

    3.Laboratoriya xonasini jihozlash tartibi bilan tanishish

    4.Texnika xavfsizlik qoidalari bilan tanishish

    Dars turi Amaliy mashg`ulot

    Dars

    bosqichlari va dars

    taqsimoti

    80 daqiqa.

    I. Tashkiliy qism – 5 daqiqa.

    II. Mavzuga doir suhbat matni – 10 daqiqa.

    III.Yangi mavzu bayoni – 60 daqiqa.

    IV. Darsga yakun yasash – 5 daqiqa.

    O‘quv

    jarayonining

    mazmuni:

    Metod: savol-javob, kichik guruhlarda o`qitish,

    hamkorlikda o`qitish

    Forma: jamoada, guruhlarda.

    Jihoz: AKT vositalari, dars ishlanmasi namuna,

    marker, rangli qalamlar, qog‘oz.

    Usul: og‘zaki, yozma, ko‘rgazmali taqdimot.

    Baholash: reyting tizimida.

    Uyga vazifa Keyingi o‘tiladigan dars mavzusiga tayyorlanish.

    Mavzuga doir adabiyotlar bilan tanishish

    Biologiya fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish metodikasi

    Ishdan maqsad: Tinglovchilarning biologiya fanidan laboratoriya

    mashg‘ulotlarini o‘tkazish, vaqtinchalik mikropreparatlar tayyorlash, biologiya

  • 29

    o‘quv-laboratoriya xonalaridagi o‘quv jihozlari va o‘quv- laboratoriya asbob-

    uskunalarini saqlash va ulardan samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish.

    Bajarilishi lozim:

    1. Biologiya o‘quv-laboratoriya jihozlarini saqlash va ulardan samarali

    foydalanish yuzasidan yo‘riqnoma bilan tanishish, uni tahlil qilish.

    Umumta’lim maktablarining biologiya o‘quv-laboratoriya xonasi

    1. Biologiya o‘quv - laboratoriya xonasidagi o‘quv jihozlari va o‘quv-

    laboratoriya asbob-uskunalarini joylashish tartibi:

    O‘quv-laboratoriya xonasi texnik hujjatlarining moslik sertifikati va

    sanitariya - gigiena sertifikati bo‘lgan, Davlat me’yorlariga mos maxsus mebellar

    komplekti bilan jihozlangan bo‘lishi shart.

    Xonada: o‘qituvchi ish joyini tashkil etuvchi; o‘quvchi ish joyini tashkil

    etuvchi; o‘quv-ko‘rgazmali qurollarni va o‘quv-laboratoriya asbob- uskunalarini

    saqlash imkonini beruvchi; texnik vositalarini saqlovchi mebel va jihozlar bo‘lishi

    lozim.

    Biologiya o‘quv-laboratoriya xonasi uchun berilgan shkaflar (4 ta) xonaning

    orqa tomoniga joylashtiriladi, unga kolleksiyalar to‘plami, o‘quv - ko‘rgazmali

    qurollar, darsliklar va o‘quv metodik adabiyotlar, o‘quvchilar tomonidan

    tayyorlangan materiallar qo‘yiladi. 2 ta maxsus shkaf laboratoriya xonasiga

    joylashtiriladi va unda zararsiz bo‘lgan kimyoviy moddalar, laboratoriya va amaliy

    mashg‘ulotlarda foydalaniladigan asbob- uskunalar saqlanadi.

    O‘quv-laboratoriya xonasining doskaga qarama-qarshi tomonidagi devorga

    biologiya fanining rivojlanishiga hissa qo‘shgan yirik olimlar portreti (3-5 ta)

    ularning faoliyatiga doir qisqacha ta’rif berilgan holda ilinishi tavsiya etiladi.

    2. Biologiya o‘quv-laboratoriya xonasiga mas’ul o‘qituvchi va laborantga

    qo‘yilgan talablar:

    2.1. Ta’lim muassasasi rahbarining buyrug‘i bilan har bir biologiya o‘quv-

    laboratoriya xonasi uchun olingan mebel, jihoz va o‘quv laboratoriya asbob -

    uskunalarining saqlanishi, soz holda tutilishi va ulardan samarali foydalanish

    uchun javobgar shaxs etib tayinlanadi.

  • 30

    2.2. Biologiya o‘quv-laboratoriya xonasi bo‘yicha belgilangan me’yoriy

    hujjatlarga asosan umumta’lim maktabiga (ro‘yxatlarda) etkazib berilgan hamda

    mavjud jihozlar va o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalarini maktabning ichki

    buyrug‘i bilan 1-shakldagi kirim-chiqim dalolatnomasi asosida qabul qilib oladi:

    1-shakl

    Dalolatnoma namunasi

    T/r Mahsulot

    nomi

    Qayd

    raqami

    Izoh

    2.4. O‘quv-laboratoriya xonasidagi jihozlarning (kimyoviy reaktivlar,

    o‘simliklar urug‘lari to‘plamlari) hisobini olib borish, o‘rnini qayta to‘ldirish

    uchun mas’uldir (Mazkur belgilangan talablar asosida).

    2.5. Biologiya xonasiga ajratilgan barcha mebel, jihozlar va laboratoriya

    asbob-uskunalarini tartib bilan raqamlanishini (inventar raqami) ta’minlaydi.

    Maktab rahbari

    Maktabning xo‘jalik bo‘yicha

    direktor o‘rinbosari

    Imzo F.I.SH

    Ota-onalar vakili Imzo F.I.SH

    Biologiya fani o‘qituvchisi Imzo F.I.SH

    Biologiya fani bo‘yicha laborant Imzo F.I.SH

    Imzo F.I.SH

    Biologiya o ‘quv-laboartoriya xonasidagi barcha mebel, jihoz va o‘quv-

    laboratoriya asbob- uskunalaridan samarali foydalanish, saqlash, ularni to ‘g ‘ri

    joylashtirish va qayta to ‘ldirishga biologiya fani o ‘qituvchisi va laborant

    jabogardirlar.

  • 31

    2.6. O‘qituvchi va laborant biologiya o‘quv-laboratoriya xonasi uchun

    ajratilgan o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalarini texnik pasporti asosida doimiy

    ishchi holatiga keltirish uchun mas’uldirlar.

    2.7. O‘qituvchi va o‘quvchilar amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini

    bajarish jarayonida oq yoki ko‘k rangdagi xalatda bo‘lishlari talab etiladi.

    2.8. O‘qituvchi va laborant tomonidan amaliy laboratoriya

    mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish uchun biologiya o‘quv -

    laboratoriya xonasida oq yoki ko‘k rangdagi xalat doimiy ravishda tayyor bo‘lishi

    lozim.

    2.9. Laborantning biologiya o‘quv - laboratoriya xonasida xalatsiz yurishi

    va o‘qituvchining amaliy mashg‘ulotlarni xalatsiz o‘tkazishi qat’iyan man etiladi.

    2.10. Jihozlar, o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, kimyoviy moddalar

    nomlari yozilgan ma’lumotlar daftari tutadi va unga sinf xonadagi barcha

    jihozlarning nomlarini inventar raqamlari bilan mos holda tartib asosida yozadi

    hamda shu ro‘yxat asosida nazorat olib boradi.

    2.11. Daftar uch qismdan iborat bo ‘ladi:

    1- qism: Mebel va jihozlar (plakatlar, ko‘rgazmali va proeksion materiallar,

    barelef modellar va boshqalar);

    2- qism: o‘quv laboratoriya asbob-uskunalari;

    1 va 2-qismlar uchun 4-shakldagi jadval asosida yuritiladi.

    3- qism kimyoviy moddalar;

    4- qism 2-shakldagi jadval asosida olib boriladi.

    2.12. O‘quv-laboratoriya va laboratoriya xonasida mavjud mebel, jihozlar va

    o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari va kimyoviy moddalar 3-shakldagi sinf

    2-shakl

    T

    /R

    Jihoz nomi Zarurati Buyurtma

    berilgan sana

    Buyurtmaning kim

    tomonidan qabul

    nilinCTanliai

  • 32

    F.I.SH imzo

    pasporti asosida ro‘yxatini tuzadi va uning nusxasini sinf xonasi eshigining yon

    tarafiga ilib qo‘yiladi.

    3-shakl

    Maktab rahbari

    Fan xonasidagi jihozlarga mas’ul imzo F.I.SH

    Laborant xonasidagi jihozlarga ma’sul

    2.4. Har haftada biologiya o‘quv-laboratoriya xonasidagi va laboratoriya

    xonasidagi mavjud jihozlarni ko‘zdan kechiradi (inventarizatsiyadan o‘tkazadi) va

    nosoz holga kelib qolgan jihozlar va ularni ta’mirlash bo‘yicha maktabning

    xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosariga 4-shakldagi dalolatnoma asosida

    yozma ravishda ma’lumotnoma taqdim etib boradi.

    Sinf pasporti

    T/r Mahsulot nomi O‘lchov birligi Soni Qayd raqami

    (inven.

    raqami)

    Sinf xonadagi jihozlar holati bo‘yicha dalolatnoma

    T/r Mahsulot

    nomi

    Ulchov

    birligi

    Soni Qayd

    raqami

    (inven.

    raqami)

    Holati

    (yaroqli,

    ta’mirtalab,

    yaroqsiz)

    Sababi

    Topshirdi: Fan xonasidagi

    jihozlarga mas’ul

    Topshirdi: Laboratoriya

    xonasida jihozlarga mas’ul

    imzo F.I.SH

    imzo F.I.SH

  • 33

    Qabul qildi:maktab direktorining Xojalik ishlari oyicha

    director orinbosari: imzo F.I.SH.

    2.5. Har haftada o‘quv-laboratoriya xonasidagi mavjud kimyoviy moddalarni

    ko‘zdan kechiradi (inventarizatsiyadan o‘tkazadi) ishlatish muddati

    tugayotganlarini o‘rnini to‘ldirish bo‘yicha maktabning xo‘jalik ishlari bo‘yicha

    direktor o‘rinbosariga 5-shakldagi dalolatnoma asosida yozma ravishda

    ma’lumotnoma taqdim etib boradi.

    2.6. Kimyoviy moddalarni ishlatilgan muddati bo‘yicha hisob-kitob ishlarini

    olib borish 5-ilovada keltirilgan tavsiyaga asosan olib boriladi.

    5-shakl

    Laboratoriya xonasidagi kimyoviy moddalarni ishtatilishi boyicha dalolatnoma

    Т/r Mahsulot Olchov Qayd Amaliy Amaliy Jami

    nomi birligi raqami mashg'ulot mashg'ulot

    sarfi

    (invent.ra soati sarfi

    qami)

    2.7. O'qituvchi tomonidan laborantga taqvimiy mavzuiy reja asosida

    tashkil etiladigan har bir darsdan oldin kerakli jihozlar, asbob- uskunalar va

    kimyoviy moddalar ro‘yxatini nomma-nom yozma ravishda beradi.

    2.8. Laborant ushbu ro‘yxat asosida dars jarayonida foydaniladigan

    jihozlar, asbob-uskunalar va kimyoviy moddalarni tayyorlaydi.

    2.9. Mashg‘ulot tugagandan so‘ng laborant tomonidan sinf xonasi va

    Fan xonasidagi jihozlarga

    mas’ul

    imzo F.I.SH Topshirdi: Laboratoriya xonasidagi

    jihozlarga mas’ul

    Qabul qildi: Maktab direktorining xo‘jalik

    ishlari bo‘yicha director

    o`rinsosari

    imzo F.I.SH

    Tops

    hirdi:

  • 34

    laboratoriya asbob-uskunalari tartibga solinadi, shisha idishlar belgilangan talablar

    asosida yuviladi va quritish moslamasiga joylashtiriladi. SHisha idishlar

    qurigandan so‘ng tartib bilan shkaflarga taxlab qo‘yiladi.

    2.10. O‘qituvchi va laborantdan o‘quv-laboratoriya jihozlari, asbob-

    uskunalari va kimyoviy moddalardan samarali foydalanishda ularning texnik

    pasportlari va amaldagi me’yoriy talablarga qat’iy rioya etishlari talab etiladi.

    3. Biologiya o‘quv-laboratoriya xonalaridagi o‘quv jihozlari va o‘quv-

    laboratoriya asbob-uskunalaridan samarali foydalanish va ularni saqlashga qo‘yilgan

    talablar:

    3.1. Biologiya faniga taaluqli bo‘lgan o‘quv reja va dasturga muvofiq

    mavjud jihozlardan foydalangan holda nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil

    etish;

    3.2. Biologiya o‘quv-laboratoriya xonasiga etkazilgan va mavjud barcha

    jihozlardan o‘quv dasturi asosida belgilangan mavzu bo‘yicha amaliy va

    laboratoriya mashg‘ulotlarini jihozlardan optimal foydalanilgan holda tashkil etish

    talab etiladi.

    3.3. O‘quv-laboratoriya xonasini amaliy mashg‘ulot o‘tkazilganda 2-3

    marta havosini almashtirish kerak. Zaharli, uchuvchan moddalar bilan ishlab

    bo‘lgandan so‘ng tezlikda idishlar og‘zi tiqinlar bilan zich berkitilishi va parafinlab

    qo‘yilishi lozim.

    3.4. Quruq moddalar solingan idishlar shkaf tokchalariga faqat og‘zi

    berkitilgan holda qo‘yiladi. O‘quv-laboratoriya jihozlari - shisha idishlar, asboblar

    shunday joylashtirish kerakki, har bir jihoz o‘quv yili davomida reja asosida

    foydalanish muddatini e’tiborga olingan holda saqlanadi.

    3.5. SHisha va polipropilen idishlar (kolbalar, stakanlar, o‘lchov

    menzurkalari,), katta-kichikligiga, turi hamda ishlatish ketma-ketligi va olib turish,

    foydalanish uchun qulay bo‘lgan holda doimiy aniq joyda joylattttirilittti talab

    etiladi.

    3.6. Suyuq, uchuvchan moddalar, konsentrlangan kislotalar va eritmalarni

    quruq moddalar bilan bir tokchada saqlat mumkin emas.

  • 35

    3.7. O‘quv-laboratoriya xonasida yonuvchan moddalar ko‘p miqdorda

    saqlat mumkin emas.

    3.8. O‘quv-laboratoriya xonasi uchun ajratilgan barelef modellar qutidan

    chiqarilib, quti ustiga va barelef modelning orqa qismiga inventar raqamlari

    qo‘yiladi va mashg‘ulotlar vaqtida foydalanilgandan so‘ng tegishli raqamlangan

    qutisida (tik holatda) saqlanadi.

    3.9. Namoyish stoli pastki qismi tokchasida kundalik dars davomida zarur

    bo‘ladigan buyumlar (filtr va oddiy qog‘ozlar, qisqichlar, qaychi, va boshqalar)

    tartib bilan joylashtiriladi.

    3.10. Ko‘rgazmali qurollarni saqlashda proeksion ko‘rgazmali slaydlar,

    elektron darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv-laboratoriya xonasining salqin

    joyida saqlanadi. Yoz vaqtida (ta’tilda) ularni namligi o‘zgarmas holda bir

    me’yorda turuvchi metall qutilarda saqlanadi.

    3.11. Mavjud jihozlardan samarali foydalanish va ularni saqlash holatini

    ta’lim muassasasining pedagogik kengashida o‘quv yilida kamida bir marta

    atroflicha muhokama qilish va samarali foydalanish bo‘yicha berilgan takliflarni

    inobatga olish.

    3.12. Mas’uliyatsizlik tufayli xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yib, mebel va

    jihozlarining ishlash muddatlarining qisqarishiga, qismlarining ishdan chiqishga

    olib kelgan javobgar shaxslarga nisbatan o‘rnatilgan tartibda ma’muriy va

    intizomiy choralar ko‘riladi.

    3.13. Biologiya xonasidagi o‘qituvchi, laborant va o‘quvchilar stollari,

    stullari, shkaflar va boshqa turdagi jihozlarni qirilishi chizilishi kabi holatlari va

    uning tozaligi uchun o‘qituvchi, o‘quvchining ota-onasi, o‘quvchi hamda ta’lim

    muassasining rahbariyati shaxsan javobgar hisoblanadi.

    Umumta’lim maktablarining biologiya o‘quv-laboratoriya xonalaridagi

    o‘quv-laboratoriya jihozlaridan samarali va to‘g‘ri foydalanishni tashkil etish

    maqsadida Respublika ta’lim markazi va tegishli idoralar mutaxassislari

    tomonidan ishlab chiqilgan metodik qo‘llanmadan foydalanish tavsiya etiladi.

    O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi

  • 36

    vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi. Ta’lim muassasalaridagi mebel,

    o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, sport anjomlari va

    boshqa inventarlardan samarali foydalanish hamda ularni saqlash to‘g‘risida

    yo‘riqnoma (qo‘llanma), Toshkent, 2010.

    UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARIGA AJRATILGAN

    O‘QUV-LABORATORIYA JIHOZLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH

    VA ULARNI SAQLASH BO‘YICHA

    NIZOM

    Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun,

    «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» hamda O‘zbekiston Respublikasi

    Prezidentining «2004-2009 yillarida Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat

    umummilliy dasturi to‘g‘risida»gi 2004 yil 21 maydagi PF-3431-sonli Farmoni,

    Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 9 iyuldagi «2004-2009 yillarda Maktab ta’limni

    rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari

    to‘g‘risida»gi 321-sonli qarori asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga

    ajratilgan o‘quv-laboratoriya jihozlaridan samarali foydalanish va ularni saqlash

    tizimini yaratish, bu borada umumta’lim maktablari o‘qituvchilari va

    rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.

    Ushbu Nizom umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quv-laboratoriya

    jihozlaridan samarali foydalanish va ularni saqlash tizimi tartiblarini

    shakllantirib xodimlari va moddiy javobgar shaxslar ma’suliyatini belgilaydi.

    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida jihozlangan fan xonalari, o‘qitishning

    texnikaviy vositalari foydalanadigan mashg‘ulotlarning sifatini oshirishga, ta’lim

    jarayonini takomillashtirishga, o‘quvchining malaka va ko‘nikmalarini

    shakllantirishda ta’lim jarayoni sub’ektlari vazifalarini belgilash uchun me’yoriy

    xujjat bo‘lib xizmat qiladi.

    O‘quv-laboratoriya jihozlaridan foydalanish va ularni saqlashni tashkil

    etish tartibi

  • 37

    Ta’lim muassasalarining rahbarlari jihozlarni qabul qilib olishda yuk qabul

    qilib olishning amaldagi qoidalariga qat’iy rioya qilishlari lozim.

    Ta’lim muassasalarining rahbarlari buyrug‘i bilan har bir fan xonasi,

    laboratoriya, o‘quv ishlab chiqarish ustaxonalari, o‘quv-tajriba xo‘jaligi uchun

    olingan jihozlar va texnikalarning saqlanishi, soz holda tutilishi uchun javobgar

    shaxslar tayinlanadi.

    Fan xona jihozlari maxsus ajratilgan joylarda, o‘quv dasturining tegishli

    bo‘limlariga mos ravishda, ularning og‘irliklari hamda o‘lchamlarini

    e’tiborga olgan holda joylashtiriladi va saqlanadi.

    Jihozlarni saqlash joylari tartib bilan raqamlanadi va u erda saqlanayotgan

    jihozlar nomlari yozilgan ma’lumotlar daftarida belgilanadi. Qutilarda

    saqlanayotgan jihozlarning ro‘yxati yozilgan yorliqlari quti tashqarisiga

    yopishtiriladi.

    Fan xonasi, laboratoriya, o‘quv ustaxonalarida mavjud o‘quv jihozlaridan

    mashg‘ulotlarga tayyorlanishda qulaylikni yaratish maqsadida kartoteka tashkil

    qilinadi.

    Fan xonasi (kabinet) mudiri, fan o‘qituvchisi va to‘garak, fakulptativ

    mashg‘ulotlarni o‘tkazadigan o‘qituvchi xonani, laboratoriya va o‘quv

    ustaxonalarini jihozlash bo‘yicha mas’ul hisoblanadilar. Fan xonasi (kabinet)

    mudiri rahbarligida xonada mashg‘ulot o‘tkazadigan o‘qituvchilar bilan xonani

    jihozlashning istiqbol, yillik rejasi va o‘z kuchlari bilan jihozlashning ish

    taqsimotlari amalga oshiriladi. Xonaga biriktirilgan o‘quv guruhlari bilan

    birgalikda jihozlarning tozaligi, sozligi va saqlanishi bo‘yicha ish olib boradi va

    har chorakda inventarizatsiya qiladi. Xonada texnika, yong‘in va o‘quvchilarning

    xayotiy xavfsizligining ta’minlanishiga, gigienik talablarning bajarilishiga, mavjud

    jihoz va materiallardan tejamkorlik bilan foydalanishga va o‘quvchilarni ham

    tejamkorlikka o‘rgatishga mas’uldir.

    To‘garak va fakultativ mashg‘ulotlar fan xonasi, laboratoriya, o‘quv

    ustaxonalarida o‘tkazilganda, mashg‘ulot vaqtida jihozlarning saqlanishi

    mashg‘ulotni o‘tadigann pedagog zimmasiga yuklatiladi.

  • 38

    Laborant laboratoriya xonasidagi o‘quv jihozlarining saqlanishi va

    foydalanish uchun javobgardir. Laborant jihozlardan foydalanish tizimini, ularni

    saqlash va texnik xizmat ko‘rsatish qoidalarini bilishi hamda barcha jihozlarni soz,

    ishlatishga shay holatda tutishga ma’sul.

    Fan o‘qituvchisi va laborant elektr toki, gaz va qizdiruvchi asbob-uskunalar

    hamda kimyoviy reaksiyalar bilan ishlashning texnikaviy xavfsizlik qoidalarini,

    baxtsizlik hodisalarida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni bilishi hamda

    uskunalarni soz saqlanishi uchun ma’suldirlar.

    Ta’lim muassasasining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari fan xonalari

    (kabinet) mudirlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi, kabinetlardan sinfdan

    tashqari, to‘garak va fakulptativ mashg‘ulotlar uchun to‘g‘ri foydalanishni nazorat

    qilib boradi.

    Barcha fan xonalari, laboratoriyalarning jihozlari va ularning ishga yaroqlilik

    holati ta’lim muassasasining Pasportida o‘rnatilgan tartibda qayd etib boriladi.

    O‘quv-laboratoriya jihozlarini saqlashni nazorat qilish tartibi

    Fan xonalarida jihozlarning saqlanishi, maqsadli foydalanish ustidan qat’iy

    nazorat o‘rnatish hamda o‘qituvchi, laborantlarning jihozlardan foydalanish

    bo‘yicha malaka oshirish ehtiyojini o‘rganish va ta’minlash ta’lim muassasasining

    direktor o‘rinbosari tomonidan amalga oshiriladi.

    Biologiya xonasiga qo’yiladigan xavfsizlik va gigiena talablari:

    Biologiya o’quv xonasini jihozlash va uni yil davomida boyitib borishni

    hisobga olish, undan foydalanish uchun har doim tayyor holda turishini ta’minlash

    asosiy vazifalaridan biridir.

    Biologiya o’quv fani asosan tirik organizmlar to’g`risida bilim beruvchi fan.

    Biologiya o’quv fanini DTS talablari asosida o’qitish, tirik organizmlar ustida

    ko’rgazmali va amaliy usullarni qo’llash asosida mashg`ulotlar o’tkazishga imkon

    beradigan moddiy bazani tashkil etishni talab etadi. Biologiya xonasi 2ta: dars olib

    boriladigan xona, laboratoriya ishlari olib boriladigan, zarur jihozlar, asboblar,

    jismlar, jadvallar saqlanadigan, “tirik tabiat burchagi” xonasidan iborat bo’ladi.

  • 39

    O’quv va laboratoriya xonalari kerakli asboblar bilan jihozlangan maxsus

    xonalarda tashkil qilinadi. O’quv xonasi jihozlanganda fanining mazmunini to’liq

    qamrab olgan bo’lishi kerak. Kabinet old tomonida doska, o’ng tomonida

    televizor, chap tomoniga kompyuter qo’yiladi. Doskaning chap tomoniga o’simlik

    va hayvon xujayrasi stend yoki modeli o’ng tomonida organik olam rivojlanish

    evolyustiyasi, oyna tomoniga xonagullari, orqa tomoniga biologiyaning bo’limlari

    bo’yicha shkaflar va bu shkaflarga har bir bo’limga tegishli bo’lgan jihozlar

    qo’yish kerak. Shkafning tepa tomoniga biologiya faniga katta xissa qo’shgan

    olimlar jumladan, E.P.Karovin, I.A.Raykova, T.Z.Zohidov, A.A.Muzaffarov,

    Yo.X.To’raqulov, B.O.Toshmuhammedov, J.A.Musaev, A.Abdullaev kabilarning

    portretlari qo’yiladi. Fan xonasi jihozlari alohida har bir biologiya fani talablariga

    javob beradigan muayan tizimda joylashtirilishi lozim. Tajriba o’tkazish uchun

    mo’ljallangan asboblar so’ngi fan texnika yutuqlari darajasida bo’lishi, texnik

    estetikasi, xavfsizlik texnikasi, mehnat gigienasi talablariga javob berishi lozim.

    Shu sababli o’quv va laboratoriya xonalari o’quv asbob uskunalaridan

    foydalanishda zarur bo’lgan umumiy talablar mavjud.

    1.Pedagogik talablar:

    O’quv va laboratoriya xonalari, undagi jihozlar hamda vositalar darsda

    o’rganiladigan mavzu mazmunini yoritishga, o’quvchilarning ob’ektlarning

    tuzilishini to’liq tasavvur etishlariga yo’naltirilishi bilimlarni yodda saqlash va

    amaliyotda qo’llashga yordam berishi, biologik ta’lim jarayonida ko’rgazmaviylik

    prinstipini amalga oshirish, shuningdek ilg`or pedagogik va axborot texnikalarini

    qo’llash orqali o’quvchilarning biologiya fani asoslarini puxta o’zalshtirishlari

    uchun, o’kuv va amaliy ko’nikmalarini tarkib toptirishi, ularni mustaqil hayotga

    tayyorlash va kasb tanlashlariga yordam berishi lozim.

    Xonadagi o’quv jihozlarining barchasi ta’limning texnikaviy vositalari va

    mehnat gigienasi hamda xavfsizlik texnikasi talablariga javob berishi lozim. O’quv

    xonasida texnik vositalari (asboblar)ni ishlatish va saqlash qoidalarini eslatib

    turuvchi (eslatmalar) bo’lishi kerak. Xavfsizlik texnikasi va gigiena talablariga

    to’liq rioya qilish baxtsiz xodisalarni hamda turli kasalliklarni oldini olishning

  • 40

    ishonchli garovidir.

    3.Estetik talablar:

    Xonaga qo’yilgan har bir jihoz, shuningdek, ularning elementlari va umumiy

    ko’rinishi go’zalllik qonuniyatlariga javob berishi, o’quvchilarning badiiy didini

    tarbiyalashi o’quvchida ham, o’qituvchida ham qoniqish xissini hosil qilishi kerak.

    Xonadagi ko’rgazmali manbalar:

    Optik asboblar – biologiya darslarida ko’proq optik asboblar, ya’ni mikroskop

    va lupadan foydalaniladi. Ular ko’zimizga ko’rinmaydigan xayvonot va o’simliklar

    organizmning anatomo – morfologik, shuningdek, mikroorganizmlarning

    tuzilishini o’rganish uchun foydalaniladi.

    Biologiya darslarida foydalaniladigan ko’rgazmali qurollar tabiiy va tasviriy

    qurollarga bo’linadi.

    Tabiiy preparatlashtirilgan qurollarga: botanikadan – gerbariylar, gerbariy

    tablistalari va amaliy ishlar uchun quritilgan o’simlik uning organlaridan

    tayyorlangan tarqatma materillar kiradi;

    zoologiyadan – xasharotlar kollekstiyalari va umurtqasiz xayvonlar tiplarining

    fiksastiya qilingan vakillari, xayvonlarning rivojlanishini ko’rsatuvchi xo’l

    preparatlar, umurtqalilarning har xil sistematik gruppa vakillarining tulup

    (chuchela) va skeletlari, tarqatma material – xayvonlarning ayrim qismlari,

    baliqlarning suyaklari, tangachalari, qushlarning patlari va boshqalar; odam

    anatomiyasi, fiziologiyasi va gigienasidan – odam skeleti, ayrim suyaklari

    mikropreparatlar va boshqalar kiradi.

    Tasviriy ko’rgazmali qurollar: har bir kurs bo’yicha tablistalar va rasmlar;

    odam anatomiyasi, fiziologiya va gigienasi kursi uchun qismlarga ajratiladigan

    odam gavdasi va mulyaji va ayrim organlar sistemalari; umumiy biologiya kursi

    uchun maymun kalla suyaklari va miyasining mulyajlari diapozitivlar va

    mikropreparatlar kiradi. Jadvallar – o’quv jadvallarni saqlashga alohida ahamiyat

    berilishi lozim. Jadvallarni shkafdagi sim ilgaklarga osilgan holda saqlash qulay.

    Biologiya xonasining barcha jihozlari dars davomida tajriba, amaliy ish kuzatishlar

    o’tkazishda, jadvallar, video filmlar, diapozitlarni o’z vaqtida namoyish qilishga,

  • 41

    amaliy ishlarda material va asboblarni tarqatish hamda yig`ib olishga moslashgan

    bo’lishi kerak. O’quv qurollarni muayan tizimda saqlash ularni darsda foydalanish

    uchun tez topish va tayyorlashga imkon beradi. Biologiya xonasida barcha

    buyumlarni to’g`ri va chiroyli joylashganligi o’quvchilarda estetik tuyg`ularni

    tarbiyalashga yordam beradi.

    LABORATORIYA MASHG`ULOTLARINI O`TKAZISHDAGI

    TEXNIKA HAVFSIZLIK QOIDALARI

    1. Ish bajarish tartibini puxta o’zlashtirmasdan va tajriba o’tkazish uchun

    asboblarning to’g’ri yig’ilganligiga ishonch hosil qilmasdan tajribani boshlamaslik

    kerak.

    2. Moddalarni bevosita hidlash, ushlash, ta'mini totish mutlaqo mumkin

    emas.

    3. Tajriba davomida termometr sinib qolsa, undagi simobni maxsus usullar

    bilan tezda yig’ishtirib olish va simob to’kilgan joyga oltingugurt sepish kerak.

    4. Yonuvchan va uchuvchan moddalami tajriba stolida ortiqcha miqdorda

    saqlamaslik, ularni elektr plita va ochiq alanga manbasidan uzoqda saqlash kerak.

    5. Qizdirish maqsadida imkon boricha usti berk isitgich asboblaridan

    foydalanish lozim.

    6. Yong’in chiqqan taqdirda avvalo, o’t chiqishiga sabab bo’lgan manba

    o’chiriladi, so’ngra qum sepiladi yoki yopqich yopiladi. Alanganing yoyilish xavfi

    bo’lsa o’t o’chirgichdan foydalanish kerak.

    7. Probirka va boshqa shisha idishlarni ehtiyotlik bilan qizdirish va bunda

    ularning og’zi odam ishiamayotgan tomonga qaratilgan bo’lishi kerak.

    8. Kislota va ishqorlar eritmalarini qizdirishda himoya vositalarini kiyib

    olish, maxsus ko’zoynak taqib olish zarur.

    9. Reaksiya olib borilayotgan va qizdirilayotgan idishlarga engashib qarash

    mumkin emas.

    10. Kislotalarni suyultirishda kislotani oz-ozdan idish devori bo’ylab suvga

    quyish kerak.

    11. Konsentrlangan kislota va ishqorlarni kimyoviy pipetka bilan o’lchash

    man etiladi. Ularni faqat tomizgich yordamida o’lchab olish lozim.

    12. Kislotalar saqlanadigan idishlarni to’kilmaydigan va sachramaydigan qilib

    ushlash kerak.

  • 42

    13. Portlovchi aralashma hosil qilish xavfi bor moddalar bilan ishlashda alohi-

    da ehtiyot choralarini ko’rish lozim.

    14. Ehtiyotsizlik kiyim-kechaklarga, ko’zga, teriga zarar va jarohat yetkazishi

    mumkin. Shuning uchun nojo’ya harakatlar qilmaslik, moddalar bilan

    hazillashmaslik lozim.

    15. Tajribalar tugagach, gaz, elektr va suv tarmoqlarini berkitish, asboblarni

    o’chirish kerak.

    16. Ish joyining doimo toza va ozoda saqlanishini ta'minlash lozim.

  • 43

    2-MAVZU: SINFLAR KESIMIDA BIOLOGIYA FANIDAN

    LABORATORIYA ISHLARINI O’TKAZISH METODIKASI AKTNING

    TURLI VOSITALARIDAN LABORATORIYA MASHG’ULOTLARNI

    O’TKAZISH JARAYONIDA FOYDALANISH

    (2-soat amaliy mashg`ulot)

    DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI

    Darsning

    maqsadi:

    Tinglovchilar sinflar kesimida biologiya fanidan

    laboratoriya mashg`ulotlarining soni va o‘tkazish

    metodikasi bilan tanishadilar.

    .

    REJA:

    1.5-6 sinf botanika fanidan laboratoriya mashg`ulotlarini

    bajarish metodikasi bilan tanishish

    2.7-sinf zoologiya fanidan laboratoriya mashg`ulotlarini

    bajarish metodikasi bilan tanishish

    3.8-9 sinf biologiya fanidan laboratoriya mashg`ulotlarini

    bajarish metodikasi bilan tanishish

    4.10-11 sinf biologiya fanidan laboratoriya

    mashg`ulotlarini bajarish metodikasi bilan tanishish

    5. Aktning turli vositalaridan laboratoriya va amaliy

    mashg‘ulotlarni o‘tkazish jarayonida foydalanish.

    Dars turi Amaliy mashg`ulot

    Dars

    bosqichlari va dars

    taqsimoti

    80 daqiqa.

    I. Tashkiliy qism – 5 daqiqa.

    II. Mavzuga doir suhbat matni – 10 daqiqa.

    III.Yangi mavzu bayoni – 60 daqiqa.

    IV. Darsga yakun yasash – 5 daqiqa.

    O‘quv

    jarayonining

    mazmuni:

    Metod: savol-javob, kichik guruhlarda o`qitish,

    hamkorlikda o`qitish

    Forma: jamoada, guruhlarda.

    Jihoz: AKT vositalari, dars ishlanmasi namuna,

    marker, rangli qalamlar, qog‘oz.

    Usul: og‘zaki, yozma, ko‘rgazmali taqdimot.

    Baholash: reyting tizimida.

    Uyga vazifa Keyingi o‘tiladigan dars mavzusiga tayyorlanish.

    Mavzuga doir adabiyotlar bilan tanishish

  • 44

    1.Biologiya laboratoriya mashg’ulotlarining maqsadi, vazifalari,

    ta’lim- tarbiya jarayonida tutgan o’rni

    Amaldagi DTS va o`quv dasturiga muvofiq holda 5 - 11-sinflar uchun

    biologiya fanidan laboratoriya mashg`uloti (43 ta) va ekskursiyalar (5 ta)

    belgilangan.

    Laboratoriya va amaliy mashg`ulotlar - yangi mavzuni o`rganish, kuzatish,

    tabiiy obyektlar namunasida tadqiqot uslublaridan keng foydalanib, ularni dars

    jarayonida tatbiq etishni ko`zda tutadi.

    Biologiya fani maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, ta'lim jarayonini

    quyidagi tashkiliy shakllarda o`tkazish ko`zda tutiladi:

    • Dars an’anaviy ta'lim jarayonining eng dinamik, barcha jihatlardan

    muqobil va asosiy tashkiliy shaklidir. Darsning asosiy ko`rsatkichlari: o`qituvchi-

    ta'lim berish texnologiyalari; o`quvchi-bilim darajasi, o`zlashtirish; davlat ta'lim

    standarti - darslik; o`quv xonasi - ko`rgazmali qurollar; dars jadvali - ta'lim

    jarayoniga ajratilgan (cheklangan 45 daqiqa) vaqt. Darsga qatnashish -

    majburiydir.

    • Kuzatish - hodisa va obyektni tabiiy sharoitda kuzatish. Kuzatish jarayoni

    o`quvchilardan ziyraklikni talab etadi.

    • Namoyishli tajriba - o`tilgan mavzu, olingan nazariy bilimlarni tajribada

    tasdiqlash va ko`rsatish maqsadida o`quv-laboratoriya sharoitida o`qituvchi (yoki

    maxsus tayyorgarlik ko`rgan assistent) tomonidan namoyish etiladigan tajriba.

    • Amaliy ish - o`quvchilar egallagan bilimlarga asoslangan holda muayyan

    mehnat malaka-ko`nikmalarini talab etuvchi topshiriq (xona o`simliklarini

    ko`paytirish, urug`larni undirish). Yakka tartibda yoki bir guruh o`quvchilar bilan

    bajarilishi mumkin. Amaliy ish sinfdan tashqari vaqtda ham o`tkazilishi mumkin

    (uy sharoitida pichan ivitmasini tayyorlab kelish, ipak qurtini parvarish qilish).

    • Amaliy mashg`ulot - o`qituvchi rahbarligida va uning hamkorligida

    bajariladi. Mashg`ulot bir nechta tashkiliy qismlarga boiinadi. Amaliy

    mashg'ulotni darsga qiyoslash mumkin.

  • 45

    • Laboratoriya ishi - maxsus jihozlangan o`quv-laboratoriya xonasida tashkil

    etilib, o`qituvchi ishning maqsadini tushuntiradi va o`quvchilarni topshiriqni

    bajarish algoritmi (tartibi) bilan tanishtiradi. Laboratoriya ishida bajarilishi lozim

    bo`lgan amallar aniq o`rnatilgan tartibda bajarilishi talab etiladi.

    • Laboratoriya mashg`uloti - maxsus jihozlangan o`quv-laboratoriya

    xonasida tashkil etilib, o`quvchilar egallagan bilimlarini aniqlashtirish, uni

    tajribaviy uslubda isbotlash, tushunchalarini mustahkamlash, o`quv-laboratoriya

    jihozlari bilan ishlashda amaliy malaka va ko`nikmalarni shakllantirish maqsadida

    o`tkaziladi. Mashg`ulot bir nechta tarkibiy qismlardan iborat bo`lib, unda bir

    vaqtning o`zida bir nechta laboratoriya ishi o`tkazilishi mumkin (pichan

    bakteriyasi tayoqchasi va urug` tukchalarini

    mikroskopda ko`rish).

    • Ekskursiya - tabiiy sharoitda biron-bir obyekt, tabiiy hodisani o`rganish

    imkoniyatini yaratuvchi tashkiliy-pedagogik jarayon. Ekskursiya sinfdan

    tashqarida o`tkaziladi, cf tkazilish vaqti bilan cheklanmagan, o*quvchilar tarkibi

    o`zgarishi (sinflardan terma qilib olingan) ham mumkin

    • Eksperiment - sinov, tajriba, ilmiy-tadqiqot metodlaridan biri bo`lib,

    pirovard

    natijada ilmiy bashorat o`z isbotini topishi lozim. Eksperiment muayyan tartibda

    muntazam qayd etilib borilishini talab etadi.

    Laboratoriya va amaliy mashg"ulotlarga tayyorgarlik ko'rilar ekan, biologiya

    laboratoriya xonasining sanitariya-gigiyenik holatiga e'tibor berilishi lozim: havo

    almashinuvi, ozodaligi va boshqalar.

    Biologiya fanidan laboratoriya va amaliy mashg`ulotlarni o`tkazishga zarur

    bo’lgan asbob hamda jihozlar yuvilgan va quritilgan bo`lishi zarur. Tajriba

    maqsadi va vazifasiga qarab, o`quvchilar soniga mos ravishda zaruriy asbob va

    jihozlar tayyorlanadi. Bunda, laborant-assistent uslubiy qo`llanmada ko`rsatilgan

    laboratoriya jihozlarini belgilangan miqdorlarda taqsimlab, muayyan tartibda

    tayyorlab qo`yadi.

    Har bir jihozning o`z o`rni bo`lishi lozim. Laboratoriya mashg`ulotlari

  • 46

    o`tkazib bo’lingandan so`ng, barcha jihozlar joy-joyiga qo`yilishi kerak. Bu

    qoidani o`quvchilarga singdirib borish kerak va u odat tusiga kirishiga erishish

    lozim.

    Darsda o'qituvchi tomonidan tayyorlangan yo`riqnomalar, tavsiya va

    topshiriqli varaqalar ishlatilishi mumkin. Odatda ularda ishning maqsadi

    mujassamlanadi hamda tarkibiga ishni bajarish rejasi va topshiriqlar kiritiladi.

    Bunday varaqalar o`quvchilarda qo`yilga'" riasalalarni mustaqil yechish, biologik

    tajribalarni qadamba-qadam amalga oshirish malakalarini rivojlantiradi. Mazkur

    topshiriq varaqalari bilan ishlash jarayonida o`quvchilarning ilmiy-tadqiqotchiligi,

    faolligi rivojlanib, ortib boradi.

    Laboratoriya va atnaliy mashg`ulotlar samaradorligini oshirish maqsadida

    o`quvchilarni kichik guruhlarga b lish, har biriga alohida vazifalar berish. olingan

    natijalarning himoyasini tashkil qilish mumkin. Hamkorlikda amalga oshirilgan ish

    esa - o`quvchilarning faolligini oshiradi, darsda olingan bilimlarni yanada

    mustahkamlaydi.

    Laboratoriya va amaliy mashg`ulotlarda yangi materialni kuzatish, tabiiy

    obyektlardan keng foydalanish uslubini tatbiq etish ko`zda tutiladi. Bunday darslar

    real bilimlarni to`plash, amaliy malaka va ko`nikmalarni shakllantirish maqsadida

    o`tkaziladi.

    Biologiya darslarida o`quvchilar bajarayotgan amaliy laboratoriya tajribalari

    ta'lim-tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Mustaqil bajariladigan laboratoriya tajribalari

    o`quvchilarning bilim-malakalarni ongli ravishda o`zlashtirishga, fikrlash

    faoliyati va biologiya faniga boigan qiziqishlarini rivojlantirishga, mehnat

    malakalarini o`stirishga, kuzatuvchanlik qobiliyatini oshirishga, borliqni to`g`ri

    idrok etishni shakllantirishga o`zining ta'sirini ko`rsatadi.

    Laboratoriya va amaliy mashg`ulotlarni tashkil qilishda va o`tkazishda

    quyidagi rejadan foydalanish mumkin:

    - o`tilgan materialni takrorlash(suhbat, savol-javob);

    - laboratoriya va amaliy mashg`ulot maqsadi va vazifasini tushuntirish;

  • 47

    - o`quv jihozlari bilan ishlash qoidalarini eslatish;

    - ish tartibini tushuntirish;

    - belgilangan laboratoriya va amaliy mashg`ulotni amalga oshirish;

    - laboratoriya va amaliy mashg`ulot natijalarini qayd qilish;

    - laboratoriya va amaliy mashg`ulot natijalarini himoyalash;

    - laboratoriya va amaliy mashg`ulotni yakunlash;

    - yakuniy savol-javob o`tkazish;

    - o`quvchilarni reyting tizimida baholash.

    Biologiya darslarida laboratoriya mashg’ulotlarini tashkil etish

    Biologiya o‘quv dasturida o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilimlarini

    mustahkamlash, ularni amaliyotga qo‘llash orqali biologik, amaliy va o‘quv

    mehnati ko‘nikmalarini tarkib toptirish maqsadida laboratoriya mashg‘ulotlari

    kiritilgan.

    O‘qituvchi laboratoriya mashg‘ulotlarini talab darajasida o‘tkazish uchun:

    1. Laboratoriya mashg‘ulotlarining didaktik maqsadini aniqlashi;

    2. Laboratoriya mashg‘uloti uchun zarur bo‘ladigan jihozlarni tayyorlashi;

    3. Laboratoriya mashg‘ulotida o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish

    yo‘llarini belgalashi va shu asosda mashg‘ulotning borishini loyihalashi;

    4. O‘quvchilarning tajriba va kuzatish o‘tkazish jarayonida zarur bo‘ladigan

    topshiriqlar uchun ko‘rsatmalar tayyorlashi;

    5. Laboratoriya mashg‘uloti topshiriqlari bo‘yicha o‘quvchilar

    tomonidan tayyorlanadigan axborotni rasmiylashtirish yo‘llarini aniqlashi lozim.

    6. Laboratoriya mashg‘ulotining borishi va olingan natijalarni tahlil

    qilishi, zarur hollarda tegishli o‘zgartarishlar kiritishi lozim.

    Biologiya o‘quv dasturidan o‘quvchilarning o‘quv va amaliy

    mehnat ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida amaliy mashg‘ulotlar ham

    o‘rin olgan. O‘qituvchi mazkur amaliy mashg‘ulotlarning samaradorligini oshirish

    maqsadida quyidagilarga e’tiborini qaratishi lozim:

  • 48

    • O‘quv dasturidan o‘rin olgan amaliy mashg‘ulotlarni istiqbol va taqvim-

    mavzuli rejadagi va ta’lim-tarbiya jarayonida tutgan o‘rnini aniqlashi;

    • Amaliy mashg‘ulotlarining didaktik maqsadini aniqlashi;

    • Amaliy mashg‘ulotini o‘tkazish uchun zarur bo‘ladigan

    jihozlarni tayyorlashi;

    • Amaliy mashg‘ulotda o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish

    yo‘llarini belgilashi va shu asosda mashg‘ulotning borishini loyihalashi;

    • O‘quvchilarning tajriba va kuzatish o‘tkazish jarayonida zarur bo‘ladigan

    topshiriqlar uchun ko‘rsatmalar tayyorlashi;

    • Amaliy mashg‘ulotning borishi va olingan natijalarni tahlil qilishi, zarur

    hollarda tegishli o‘zgartirishlar kiritishi lozim. Xulosa qilib aytganda, biologiya

    o‘qituvchisi o‘quv yili boshida o‘quv fanini o‘qitishni rejali va tizimli amalga

    oshirish maqsadida istiqbol reja tuzishi, unda fanlararo bog‘lanishlar, ekskursiya va

    sinfdan tashqari ishlarni belgilashi, shu asosda mavzuli-takvim reja tuzishi zarur.

    Mazkur mavzuli-taqvim rejada dars, darsdan tashqari ishlar, laboratoriya va amaliy

    mashg‘ulotlarni belgilashi, dars va mashg‘ulotlarni talab darajasida tashkil etishi

    va o‘tkazishiga erishishi lozim.

    Umumta’lim maktablarining biologiya darslarida o‘quv-laboratoriya

    jihozlaridan foydalanishni tashkil etish tartibi

    Mavjud jihozlardan samarali foydalanishda o‘quv ishlari bo‘yicha direktor

    o‘rinbosari boshchiligida fan xonasi mudiri, fan o‘qituvchilarini majburiyatlari va

    vazifalari:

    - o‘quv reja va dasturga muvofiq mavjud jihozlardan foydalangan holda

    amaliy, laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish;

    - yangi informatsion texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish;

    - jihozlardan foydalanishning texnikaviy xavfsizlik chora-tadbirlarini ishlab

    chiqish va amalga oshirish;

    - byudjetdan tashqari mablag‘ topish maqsadida o‘quv jarayonini to‘liq

  • 49

    ta’minlagan holda mavjud jihozlardan foydalanib, xizmat ko‘rsatishni yo‘lga

    qo‘yish choralarini ko‘rish.

    Mavjud jihozlardan samarali foydalanish va ularni saqlash holatini ta’lim

    muassasasining pedagogik kengashida o‘quv yilida kamida bir marta muhokama

    qilinadi.

    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining tajriba xo‘jaliklarida ishlatish uchun

    berilgan qishloq xo‘jaligi texnikalaridan birinchi navbatda o‘quv maqsadlarida

    foydalanilishga ta’lim muassasalari rahbari shaxsan mas’uldir.

    Fan xonalari jihozlaridan maqsadli foydalanish va ularning saqlanishini

    samarali tashkil etgan fan xonasi (kabinet) mudiri, fan o‘qituvchisi va

    o‘quvchilarni rag‘batlantirish masalasi ta’lim muassasa rahbariyati tomonidan

    yarim yillik va o‘quv yili yakuni bo‘yicha ko‘rib chiqiladi.

    Biologiya fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish metodikasi

    Ishdan maqsad: Tinglovchilarning biologiya fanidan laboratoriya

    mashg‘ulotlarini o‘tkazish, vaqtinchalik mikropreparatlar tayyorlash, biologiya

    o‘quv-laboratoriya xonalaridagi o‘quv jihozlari va o‘quv- laboratoriya asbob-

    uskunalarini saqlash va ulardan samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish.

    Bajarilishi lozim:

    2. Biologiya o‘quv-laboratoriya jihozlarini saqlash va ulardan samarali

    foydalanish yuzasidan yo‘riqnoma bilan tanishish, uni tahlil qilish.

    3. Vaqtinchalik mikropreparatlar tayyorlash.

    4. “Odam va uning salomatligi” fanidan “Nafas bilan chiqadigan

    havodagi karbonat angidridni aniqlashga oid tajriba qo‘yish” mavzusidagi

    laboratoriya ishini bajarish.

    1. Biologiya (Sitologiya va genetika asoslari) fanidan “Amilazaning

    kraxmalga ta’siri” mavzusidagi laboratoriya ishini bajarish.

    2. “Turning morfologik mezonini aniqlash” mavzusidagi laboratoriya

    ishini bajarish.

    3. Tinglovchilar baj argan ishi yuzasidan taqdimot tayyorlaydilar.

  • 50

    SINFLARDA BIOLOGIYA FANIDAN LABORATORIYA

    MASHG`ULOTI O`TKAZISH METODIKASI

    5-SINF BOTANIKA

    1-LABORATORIYA MASHG`ULOTI

    Mavzu: Gulli o`simliklarning organlari bilan tanishish.

    Maqsad: Gulli o`simliklarning vegetativ (ildiz,poya,barg) va generativ

    (gul,urug` va meva) organlarining tuzilishi, joylashishi va ularning o`ziga xos

    tuzilishi va vazifalari bilan tanishtirish.

    Jihozlar:o`quv-laboratoriya mikroskopi,lupa,preparoval to`plam

    (pinset,skalpel.preporaval nina),filtr qog`ozi,gerbariy va tirik o`simlik namunalari.

    Mashg`ulotni bajarish tartibi

    1.O`simlikning vegetative organlari: ildiz, poya, barglar topiladi va o`rganiladi.

    2.O`simlikning generativ organlari: gul, urug` va mevasi topiladi va o`rganiladi.

    3.Gulning tuzilishi kuzatiladi.

    4.Urug`ning tuzilishi o`rganiladi.

    5.Mevaning tuzilishi o`rganiladi.

    6.Jadvallar to`ldiriladi:

    Gulli o`simliklarning solishtirma tavsifi

    O`simlik nomlari Hayotiy

    shakli

    O`simliklar organlari

    Olma daraxt Ildiz, poya, barg, gul, meva, urug`

    Anor buta Ildiz, poya, barg, gul, meva, urug`

    Shuvoq yarim buta Ilidz, poya,barg, gul, meva, urug`

    Ajriq ko`p yillik Ildiz, poya, barg, gul, meva, urug`

    Sabzi ikki yillik Ildiz, poya, barg, gul, meva, urug`

    Pomidor bir yillik Ildiz, poya, barg, gul, meva, urug`

    Gulli o`simliklar organlari va vazifasi

    O`simlik organlari Vazifasi

    Ildiz Oziqlantiradi

    Poya Oziq moddani to`playdi

    Barg Nafas oladi,organik modda hosil qiladi

    Gul Jinsiy ko`payadi

    Meva Urug`ni himoyalaydi va tarqatadi.

    Urug` Ko`payish

  • 51

    Xulosa:

    Gulli o`simliklarning vegetativ organlariga ildiz, poya, barg va generativ

    organlariga gul,meva,urug` kiradi. Gul gulkosacha, gultoj,changchi,urug`chidan

    tashkil topgan.Urug` po`st, urug`palla va murtakdan tashkil topgan. Meva po`st,et

    va mag`izdan tashkil topgan.Gulli o`simliklarning vegetativ organlaridan ildiz oziq

    moddalarni tuproqdan so`rib olib yer ustki qismga uzatadi. Poya ildiz bilan barg

    orasida moddalar harakatini ta`milaydi va oziq moddalarni to`playdi. Barg

    organik modda hosil qiluvchi, suvni bug`latuvchi va nafas oluvchi organ. Gul

    yopiq urug`li o`simliklarning jinsiy ko`payish organi. Meva urug`ni himoyalaydi

    va tarqatishga yordam beradi.Urug` ko`payuvchi organ.

    Nazorat uchun savollar

    1.Gulli o`simliklarning vegetativ va generativ orgalariga misol keltiring va

    ularning vazifalari haqida ma`lumot bering.

    2.Gul o`simliklarda qanday vazifani bajaradi?

    3.Urug` va mevaning tuzilishiga ta`rif bering.

    Uyga vazifa: Birinchi laboratoriya mashg`ulotini o`rganish.

    Rasm:

    6-SINF BIOLOGIYA (BOTANIKA)

    3-LABORATORIYA MASHG'ULOTI

    Mavzu: Barglarning tashqi tuzilishini o’rganish.

    Maqsad: O’simlik barglarining tashqi tuzilishini shakli va qirrasi tuzilishini

    raqamlanishini bir-biri bilan taqqoslab o’rganish. Qaysi sinfga va oilaga kirishini

    ham o’rganish. Mavzuga doir hayotiy ko’nikmalarni shakllantirish.

  • 52

    Jihozlar: Gerbariylar, tirik o’simliklardan namunalar, (o’rik, bug’doy,

    akatsiya, soxta kashtan, atirgul) xona o’simliklari.

    Ishni bajarish tartibi:

    1.Bandli va bandsiz barglar tuzilishi bilan tanishiladi.

    2.Barglarning tomirlanish turlari bilan lupa yordamida tanishiladi.

    3.Oddiy va murakkab barglar bilan tanishiladi.

    4.Chetlari butun, o’yilgan, barg plastinkasi ikki-uch karra qirqilgan

    o’simliklar bilan tanishiladi.

    5.Barg plastinkasining bir nechta turi chiziladi .

    6.Bargning asosiy qismlari belgilanadi.

    Jadval-1

    T

    t/r

    O’simlik

    nomi

    Barg turi Tomirlanish Shakli Qirrasi

    1

    1

    O’rik oddiy patsimon yuraksimon tishli

    2

    2

    Bug’doy oddiy parallel qalami tekis

    3

    3

    G`oza oddiy panjasimon o`yilgan tekis

    4

    4

    Soxta

    kashtan

    murakkab to’rsimon panjasimon tishli

    5

    5.

    Atirgul murakkab to’rsimon ovalsimon tishli

    Rasm: Bargning xillari chiziladi

  • 53

    Mashg’ulot natijalari va yakuniy xulosa.

    1.Barg- o’simlikning muhim biologik jarayonlar asosida organic moddalar

    hosil qiluvchi suvni bug’latuvchi va nafas oluvchi asosiy vegetativ organi. Barg

    asosan ikki qismdan : barg yaprog’i (plastinkasi) va barg bandidan tashkil topgan

    .Ayrim o’simliklar barg bandining pastki qismida yon bargchalar bo’ladi. Ba’zi

    o’simliklarning bargi bandsiz bo’ladi. Bunday burglar bandsiz (o’troq ) barg

    deyiladi.Barglar poyaga yoki novdaga, odatda, barg bandi bilan birikadi. Bandsiz

    burglar poyaga yaprog’ining pastki qismi bilan birikadi. Bandli barglarga: olma,

    o’rik, nok, terak, yong’oq, anjir, tok, bodring, qovun kabilar; bandsiz barglarga

    lola, piyoz, shirach, gulsafsar, bug’doy, makkajo’xori, arpa, sholi kabi o’simliklar

    kiradi.

    2.Ko’pchilik o’simliklarning bargi va bargchalari aniq ko’rinib turadigan va

    ko’z bilan ko’rib bo’lmaydigan tomirlari bo’ladi.Tomirlar barg bandidan bargga

    o’tib shoxlanadi.Shu tomirlar tufayli barg mustahkam bo’ladi.Ikki palllali

    o’simliklarning bargi to’rsimon tomirlangan. Ularni ayniqsa, terak, chinor, olma,

    o’rik,nok, yalpiz, g’o’za kabi o’simliklar bargida yaxshi ko’rish mumkin. Bunday

    tomirlanish to’rsimon tomirlanish deb aataladi. Bir pallali o’simliklardan bug’doy,

    arpa, makkajo’xori, oqjo’xori, g’umay va boshqalar bargaining tomiri burglar

    chetiga parallel yoki yoysimon joylashgan. Bunday tomirlanish parallel yoki

    yoysimon tomirlanish deb ataladi.

    3.Yuksak o’simliklarning bargi tuzulishiga ko’ra oddiy va murakkab

    bo’ladi.Barg bandida bitta barg joylashsa, bunday barg oddiy barg deb ataladi.

    Bularga olma, nok, o’rik, shaftoli, tut, tok, go’za, terak, rovoch, yantoq kabilarning

    bargi kiradi. Bitta barg bandida bir nechta bargchalar joylashgan bo’lsa, bunday

    burglar murakkab barglar deyiladi.Murakkab bargli o’simliklarga shirinmiya, beda,

    soxta kashtan, yong’oq, jiyda, na’matak, qulupnay, loviya, no’xat, yeryong’oq

    kabilar kiradi.

    Xulosa: Barg ikki qismdan:barg yaprog`i va barg bandidan tashkil

    topgan.barglar bandli va bandsiz bo`ladi. Barglar oddiy va murakkab, shakli

    turlicha bo’ladi. Barg- o’simlikning muhim biologik jarayonlar asosida organik

  • 54

    moddalar hosil qiluvchi, suvni bug’latuvchi va nafas oluvchi asosiy vegetativ

    organi hisoblanadi.

    7-SINF BIOLOGIYA (ZOOLOGIYA)

    1-LABORATORIYA MASHG`ULOTI

    Mavzu:Tufelkaning tuzilishi.Harakatlanishi va ta’sirlanishini o`rganish.

    Maqsad:Infuzoriya tufelkani