131
Loyiha O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI M.M.Mamasiddiqov Sh.M.Masadikov D.Yu.Xabibullaev N.A.Azizov I.M.Salimova Hakamlik muhokamasi (o‘quv qo‘llanma) TOSHKENT 2016

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

  • Upload
    others

  • View
    45

  • Download
    0

Embed Size (px)

Citation preview

Page 1: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

Loyiha

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI

M.M.Mamasiddiqov

Sh.M.Masadikov

D.Yu.Xabibullaev

N.A.Azizov

I.M.Salimova

Hakamlik muhokamasi (o‘quv qo‘llanma)

TOSHKENT – 2016

Page 2: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

2

2

HAKAMLIK MUHOKAMASI

Hakamlik muhokamasi / O‘quv qo‘llanma. Mualliflar

jamoasi. – Toshkent: TDYuU, 2016. - 131 bet.

Mualliflar:

yu.f.d., prof. M.M.Mamasiddiqov – IV, VI, VII-boblar;

yu.f.n., dotsent D.Yu.Xabibullaev – I -bob;

yu.f.n. Sh.Masadikov –VIII-bob;

o‘qituvchi N.A.Azizov - II- bob;

o‘qituvchi I.M.Salimova - III, V– boblar.

Taqrizchilar:

A.E.Djurayev – O‘zbekiston Hakamlik sudlari Assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi

Q.N.Raximov – O‘zbekiston Hakamlik sudlari Assotsiatsiyasi a`zolar bilan ishlash

boshqarmasi boshligi

I.R.Rustambekov – Toshkent davlat yuridik universiteti “Xalqaro xususiy (tijorat) huquq”

kafedrasi mudiri, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.

Ushbu o‘quv qo‘llanmada hakamlik sudi va hakamlik muhokamasi tushunchasi, turlari, ular

tomonidan hal etiladigan nizolar, hakamlik bitimii, nizolarni hakamlik sudida hal etish bilan bog‘liq

xarajatlar, hakamlik muhokamasi jarayoni, hakamlik sudining hujjatlari va hal qiluv qarorlarini ijro

qilish, nizolarni hal qilishning muqobil usullari sifatida mediatsiya va uning hakamlik

muhokamasidan farqli jihatlari bilan bog‘liq masalalar, shuningdek, har bir mavzuga oid nazorat

savollari, kazuslar, asosiy tushunchalar o‘rin olgan.

O‘quv qo‘llanma magistratura talabalari, ilmiy tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar,

hakamlik sudi sudyalari, shuningdek keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

© Mualliflar jamoasi.

© Toshkent davlat yuridik universiteti, 2016 yil

Page 3: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

3

3

HAKAMLIK MUHOKAMASI

MUNDARIJA

Kirish...........................................................................................................4

Asosiy tushuncha va atamalar..................................................................6

1-bob. Hakamlik sudi va hakamlik muhokamasi tushunchasi va

ahamiyati………………………………………………………………....8

2-bob. Hakamlik sudlari tomonidan hal etiladigan nizolar. Hakamlik

muhokamasi taraflari ………………………………...…………………26

3-bob. Hakamlik bitimi …………………………………………………34

4-bob.Hakamlik sudining tarkibi.........................................................42

5-bob. Nizolarni hakamlik sudida hal etish bilan bog‘liq

xarajatlar.............................................................................................50

6-bob.Hakamlik muhokamasi jarayoni................................................59

7-bob. Hakamlik sudining hujjatlari va hakamlik sudlarining hal qiluv

qarorlarini ijro qilish ……………………………………………….…..72

8-bob. Nizolarni hal qilishning muqobil usuli sifatida mediatsiya va uning

hakamlik muhokamasidan farqli jihatlari...........................................103

Foydalanishga tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati ….....................144

Page 4: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

4

4

HAKAMLIK MUHOKAMASI

KIRISH

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlarining

muhim bir yo‘nalishi, o‘z navbatida yuqori malakali, raqobatbardosh,

zamonaviy xalqaro standartlarga javob bera oladigan yuridik kadrlarni

tayyorlash, talabalarning nazariy bilimlarini amaliy jihatdan

mustahkamlash, o‘tilayotgan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarning sifat va

samaradorligini yanada oshirish, professor-o‘qituvchilarning malakasini

oshirish tizimini yanada yaxshilash, talabalarda mustaqil protsessual

hujjatlar yaratish ko‘nikmasini hosil qilish va shu orqali sohaga oid qonun

hujjatlarini takomillashtirish, olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini

yanada kuchaytirish, eng muhimi nazariyotchi olimlar va soha

mutaxassislari bilan hamkorlikda talabalar uchun zamonaviy, yangi avlod

uchun mo‘ljallangan o‘quv adabiyotlari tayyorlashni taqozo etadi.

Shu ma’noda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 28

iyundagi “Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish

chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” PQ–1990-sonli Qarorida belgilangan

ustuvor vazifalardan kelib chiqib, “Hakamlik muhokamasi va mediatsiya”

modulidan tayyorlangan “Hakamlik muhokamasi” nomli o‘quv

qo‘llanmasi magistrantlarda nizoni hakamlik sudida hal etishning o‘ziga

xos xususiyatlari haqida asosiy tushuncha, ko‘nikma va bilimlar hosil

qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, mazkur qo‘llanma hozirgi

zamon talablaridan kelib chiqib, talabalar tomonidan sohaga oid nazariya

va amaliyot materiallarini tizimli ravishda va o‘z vaqtida o‘zlashtirilishini

tashkil va tahlil etish, talabalarda mustaqil ishlash ko‘nikmasini

rivojlantirishga xizmat qiladi.

Mazkur o‘quv qo‘llanmada hakamlik sudlari tushunchasi, turlari, ular

tomonidan hal etiladigan nizolar, hakamlik bitimi va da’vo talablari,

nizolarni hakamlik sudida hal etish bilan bog‘liq xarajatlar, hakamlik

muhokamasi jarayoni, nizolarni hal qilishning muqobil usullari

tushunchasi va turlari, hakamlik sudining hujjatlari va hakamlik

sudlarining hal qiluv qarorlarini ijro qilish bilan bog‘liq masalalar,

shuningdek har bir mavzuga oid nazorat savollari, kazuslar, asosiy

tushunchalar o‘rin olgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil

28 iyundagi “Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish

chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” PQ–1990-sonli Qarorini amalga oshirish

bo‘yicha tadbirlar rejasining 16-bandiga muvofiq tasdiqlangan “Huquqiy

fanlar va predmetlar bo‘yicha yangi avlod darsliklari va o‘quv

Page 5: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

5

5

HAKAMLIK MUHOKAMASI

qo‘llanmalarini tayyorlash Kompleks dasturi” asosida tayyorlangan

“Hakamlik muhokamasi” nomli o‘quv qo‘llanmasi ayni paytda

magistraturada ta’lim olayotgan magistrantlar uchun ushbu modul

bo‘yicha tushuncha, bilim va amaliy ko‘nikma hosil qilishda muhim o‘rin

egallaydi.

Page 6: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

6

6

HAKAMLIK MUHOKAMASI

Asosiy tushuncha va atamalar

Vakolatli sud - O‘zbekiston Respublikasining Xo‘jalik protsessual

kodeksida yoki O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual

kodeksida belgilangan sudlovga tegishlilikka muvofiq xo‘jalik sudi yoki

fuqarolik ishlari bo‘yicha sud.

Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudining qoidalari - doimiy

faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudining nizomi va reglamenti.

Hakamlik bitimi - taraflarning nizoni hakamlik sudiga hal qilish

uchun topshirish haqidagi kelishuvi.

Hakamlik bitimi taraflari - hakamlik bitimi tuzgan yuridik va

jismoniy shaxslar.

Hakamlik muhokamasi - nizoni hakamlik sudida hal etish jarayoni.

Hakamlik muhokamasi taraflari - o‘z huquq va manfaatlarini

himoya qilish uchun hakamlik sudiga da’vo taqdim etgan yuridik va

jismoniy shaxslar (da’vogarlar), shuningdek o‘ziga nisbatan da’vo taqdim

etilgan shaxslar (javobgarlar).

Hakamlik muhokamasi qoidalari - hakamlik sudida nizoni hal

etishni tartibga soluvchi, hakamlik sudiga murojaat qilish, hakamlik

sudyalarini saylash (tayinlash) qoidalarini va hakamlik muhokamasi tartib-

taomilini o‘z ichiga oluvchi normalar.

Hakamlik sudi (doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi yoki

muvaqqat hakamlik sudi) - fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib

chiquvchi nizolarni, shu jumladan tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida

vujudga keluvchi xo‘jalik nizolarini hal etuvchi nodavlat organ.

Hakamlik sudyasi - hakamlik sudida nizoni hal etish uchun hakamlik

bitimi taraflari tomonidan saylangan yoki belgilangan tartibda tayinlangan

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi.

Hakamlik sudlari tomonidan hal etiladigan nizolar - bevosita

hakamlik sudlari tomonidan hal etilishi mumkin bo‘lgan, qonun bilan

ularning vakolat doirasida hal etiladigan nizolar tushuniladi.

Hakamlik yig‘imi - hakamlik sudiga ko‘rib chiqish uchun taqdim

etilgan har bir da’vodan undiriladigan va hakamlik sudining faoliyati bilan

bog‘liq bo‘lgan umumiy xarajatlarni qoplash uchun ishlatiladigan

yig‘im(to‘lov).

Nizolarni muqobil hal etish (NMH) – davlatning odil sudlov

tizimidan tashqarida nizolarni hal etishning uslub va usullari.

Muzokara – bu nizolashuvchi taraflarning nizoni uchinchi shaxsga

murojaat qilmasdan o‘zlari hal etishlari.

Page 7: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

7

7

HAKAMLIK MUHOKAMASI

Yarashtiruv – bu taraflarni xolisga murojaat qilgan holda nizoni hal

etish taomilidir. Bunda xolis taraflarga maslahat va nizoni echimi bo‘yicha

takliflar berishi mumkin.

Mediatsiya – bu taraflar o‘rtasidagi nizoni xolis mediator yordamida

hal etish usuli bo‘lib, unda qaror qabul qilish huquqiga ega bo‘lmagan

mediator taraflarga o‘zaro maqbul bitimga erishishga ko‘maklashadi.

Xolis baholash – taraflar ish holatini baholab berish uchun xolisga

topshirishlari. Bunda xolisning baholashi majburiy hisoblanmaydi.

Mustaqil ekspert xulosasi – nizo predmeti bo‘yicha maxsus bilimga

ega bo‘lgan mutaxassis ishtirokidagi nizoni hal etish usuli. Ekspert ishni

o‘rganib chiqib xulosa beradi va u taraflarning kelishuviga asosan

bajarilishi majburiy qilib belgilanishi mumkin.

Talabnoma tartibi – shartnoma majburiyatlarini bajarmagan yoki

lozim darajada bajarmagan tarafga talabnoma yuborish orqali nizoni

sudgacha hal etish usuli.

Med-arb (mediatsiya – arbitraj) – xolis yordamida nizoni hal etish

usuli bo‘lib, agar taraflar kelishuvga kela olmasalar majburiy arbitraj

qarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon.

Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega bo‘lgan

qaror qabul qilinishi bilan tugaydigan jarayon.

Nizolarni onlayn tartibida hal etish (NOH) – bu nizolarni axborot

texnologiyalaridan foydalanib, odatda Internet orqali masofadan turib hal

etish.

Page 8: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

8

8

HAKAMLIK MUHOKAMASI

1-BOB. HAKAMLIK SUDI VA HAKAMLIK MUHOKAMASI

TUSHUNCHASI VA AHAMIYATI

1. Hakamlik sudlari tashkil etilishining tarixi

Fuqarolik munosabatlarining ishtirokchilari o‘rtasida ko‘pincha tez

va malakali hal qilishni talab qiladigan mojaroli vaziyatlar vujudga keladi.

Bunday vazifani mustaqil hakamlik tekshirish instituti bajarishi mumkin.

Hakamlik sudlari iqtisodiy nizolarni hal qiladigan va davlat tizimiga

kirmaydigan maxsus organdir. Hokimiyat vakolatlari berilgan sudlardan

farqli ravishda hakamlik sudlari odil sudlovni amalga oshirmaydi.

Hakamlik sudida ko‘rish inson tabiatining o‘zidan kelib chiqqan, chunki

inson psixologiyasiga ko‘ra har qanday nizoda fikrini qadrlaydigan obro‘li,

mustaqil shaxsga murojaat qilishga intiladi.

“Hakamlik sudi” atamasi umumiy ma’noda hakamlik (arbitraj)

sudlarini xorijiy element ishtirokidagi nizolarni ko‘radigan hakamlik

(arbitraj) sudi hisoblangan halqaro tijorat arbitrajidan farqlash kerak.

Hakamlik sudining roli davlat sudlariga qarama-qarshilik emas, balki

nizolarni hal qilishning o‘zgacha, yangi usulini taklif qilishdir, binobarin

hakamlik sudlarini tashkil etishdan maqsad qandaydir yangi huquqiy

tizimni shakllantirish deb o‘ylash xato bo‘lur edi. Mustaqil sudlarning

davlat tizimidagi sudlardan farqi sifatida birinchi navbatda Hakamlik

sudida nizoni ko‘rib chiqish ishtirokchilari protsessual va moddiy huquq

normalarini tanlashdagi erkinligini aytish lozim.

Taraflar uchun nizolarni ko‘rib chiqish hakamlik shaklining muhit

omili kelishuv bitimiga erishishdir. Bu qoida hakamlik sudlarining

reglamentlarida asosiy maqsadlardan biri sifatida tez-tez ta’kidlanadi,

shuningdek hakamlik sudlarining qarori ustidan shikoyat qilinmasligidir.

Jahon tajribasidan ma’lumki, nizolarni hakamlik sudida ko‘rish

tadbirkorlar o‘rtasida chiqadigan mojaroli vaziyatlarni bartaraf etishning

eng ta’sirchan usullaridan biridir.

Hakamlik sudini barpo etishning ijobiy samarasini aniqlash uchun

uning ustivor jihatlarini aniqlash lozim.

Page 9: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

9

9

HAKAMLIK MUHOKAMASI

Hakamlik sudini yuridik shaxslar-birjalar, tadbirkorlar palatalari,

savdo palatalari, banklar, yuristlar, buxgalterlar uyushmalari, tadbirkorlar

va iste’molchilarning jamoat birlashmalari, o‘zga yuridik shaxslar va

birlashmalar huzurida tuzilma shaklida barpo etish maqsadga muvofiqdir.

Bunday hollarda hakamlik sudini tashkil etish va faoliyatini ta’minlash

harajatlarini yuridik shaxs bo‘lgan organ o‘z zimmasiga oladi, hakamlik

sudi esa bevosita nizolarni ko‘rish bilan shug‘ullanadi.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari huzurida hakamlik sudlari

tuzilishi mumkin emas, bunday holatda hakamlik sudlovi mustaqilligi

prinsipi buziladi, chunki davlatning mansabdor shaxslari sud qaror qabul

qilishiga ta’sir o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Hakamlik sudlari

bunday sudlarni tuzishdan va ularning faoliyatidan manfaatdor tuzilmalar

o‘rtasida imzolangan bitim asosida tuziladi.

Hakamlik sudlarini tuzish va ularning faoliyati to‘g‘risida bitimni

imzolash bilan bir vaqtda ularning faoliyatini tartibga soladigan asosiy

hujjatlar: Hakamlik sudi to‘g‘risidagi Qonun, Hakamlik sudining

reglamenti. hakamlik yig‘imlari va harajatlari to‘g‘risidagi nizom,

Hakamlik sudlari faoliyatining eng

muhim ko‘rsatkichlari quyidagilar:

Nizolarni tez va

samarali hal qilinish

Nizolashuvchi taraflarning

mablag‘larini tejalishii

Nizolarni tez va samarali hal qilinishi Ijobiy sud amaliyoti barpo bo‘lishi va

qonunni qo‘llashning zarur pretsendent

(namuna)lari paydo bo‘lishi

Ma'lum sohada uni rivojlantirish maqsadida qonunlarni qo‘llash

amaliyotining asosiy muammolarini

ko‘rish imkoniyati

Professional birlashma tomonidan uning nopok ishtirokchilariga ta'sir o‘tkazish

vositalari yordamida qarorlarni majburiy ijro ettirishning qo‘shimcha imkoniyatlari

Nizolarni hal etishda ishtirok etishga

yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish imkoniyati

Page 10: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

10

10

HAKAMLIK MUHOKAMASI

Hakamlik sudini boshqarish organlari to‘g‘risidagi nizom, Hakamlik

sudyalariga haq to‘lash to‘g‘risidagi nizom va boshqalar tasdiqlanadi.

Hakamlik sudini barpo etishga qaror qilgan yuridik shaxs yoki

shaxslar guruxi qanday tashkiliy-huquqiy shaklda mavjudligidan qat’iy

nazar, uning nizolarni hal etishga doir faoliyati hamisha notijoriy faoliyati

bo‘ladiki, chunki bunday faoliyatning asosiy maqsadi foyda olish emas,

balki buzilgan yoki e’tiroz bildirilgan huquqlarni himoya qilishdir. Shu

sababga ko‘ra nizolarni hal qilish bo‘yicha hakamlik sudlarining faoliyati

bilan bog‘liq daromadlar tijorat faoliyati natijasida olingan daromad

hisoblanmaydi va soliqqa tortish ob’ekti bo‘la olmaydi.

Hakamlik muhokamasi tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-

quvvatlashning ta’sirchan usullaridan biri hisoblanadi. Chunki uning ish

yuritish tamoyillari tadbirkorlik sub’ektlari manfaatlariga to‘la mos keladi.

Darhaqiqat, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar va

yuridik shaxslar uchun hakamlik sudlarining muhim va afzallik jihatlari

shundan iboratki, ushbu toifadagi sud ishlarini yuritishda tadbirkorlarning

manfaatlariga mos keladigan tadbirkorlik huquqiy munosabatlarning

o‘ziga xos xususiyatlari, masalan, tijorat sirlarini oshkor qilmaslikni

ta’minlash, ish yuritishning yopiq tarzda olib borilishi, hakamlik

sudlarining hal qiluv qarorlarining qoida bo‘yicha e’lon qilinmasligi

kabilarga alohida e’tibor beriladi, shuningdek, hakamlik sudlarida ish

ko‘rish ushbu protsess davomida taraflarning tortishuvi tamoyilini to‘liq

ta’minlash uchun sog‘lom muhit yaratilganligi bilan ham ahamiyatlidir.

Hakamlik sudlarining muhim jihatlaridan yana biri ish ko‘rishning qisqa

muddatlarda amalga oshirilishi hisoblanadi, hakamlik sudida nizoni hal

qilish bilan bog‘liq xarajatlar nizolarni xo‘jalik sudlarida ko‘rish va hal

etish uchun ketadigan sud xarajatlaridan bir necha bor kamligi ham

tadbirkorlarning manfaatlariga xizmat qiladi.

2. O‘zbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi

Qonunining mazmun mohiyati

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 10

martdagi PQ–24-sonli “Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash,

mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalash maqsad va vazifalarini

amalga oshirish Dasturi to‘g‘risida”gi Qarori bilan tasdiqlangan “Sud-

huquq tizimini isloh qilish va yanada erkinlashtirishga qaratilgan

islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish Konsepsiyasi” da

sho‘rolar davridan qolgan eski illatlardan to‘la xolos bo‘lish va

Page 11: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

11

11

HAKAMLIK MUHOKAMASI

tadbirkorlik, tijorat va xususiy sektorga nisbatan munosabatlarni tubdan

o‘zgartirish, ularni manfaatlari himoyasini ta’minlash, qonuniy huquqlari

poymol qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik, ular uchun qulay huquqiy zamin,

imtiyoz va kafolatlar tizimini yaratish ustuvor yo‘nalishlarni amalga

oshirish vazifalari belgilangan. Darhaqiqat, mulkchilikning turli

shakllariga asoslangan erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida islohotlarni

chuqurlashtirish va iqtisodiyotni tobora erkinlashtirish sohasidagi

islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish, tadbirkorlik

sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularni huquqiy himoya qilish

tizimini yanada takomillashtirish masalalariga Birinchi Prezidentimiz

I.A.Karimov tomonidan alohida e’tibor berib kelinayotganligini ta’kidlash

o‘rinlidir.

Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 14

iyundagi PF–3619-sonli “Tadbirkorlik sub’ektlarini huquqiy himoya qilish

tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi

Farmonining qabul qilinishi tadbirkorlik sub’ektlarining huquq va qonuniy

manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Farmonda tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasidagi xo‘jalik nizolari xo‘jalik sudi

bilan bir qatorda hakamlik sudlari tomonidan ham ko‘rib chiqilishi hamda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Oliy

xo‘jalik sudi va Savdo-sanoat palatasi bir oy muddatda belgilangan

tartibda O‘zbekiston Respublikasi “Hakamlik sudi to‘g‘risida” Qonun

loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga

kiritishi va bunda tadbirkorlik sub’ektlari hamda birlashmalarining o‘zlari

tomonidan hakamlar sudi tashkil etilishi nazarda tutilishi belgilab qo‘yildi.

“Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi O‘zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tashabbusi bilan 2005 yil 11 avgustda

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritilib, mazkur qonun loyihasi bir

necha bor qizg‘in muhokamalardan o‘tgach, Qonunchilik palatasi

tomonidan 2006 yil 8 fevralda qabul qilindi va Oliy Majlis Senatining

2006 yil 25 avgustda bo‘lib o‘tgan ettinchi yalpi majlisida ma’qullanib,

2006 yil 16 oktyabrda e’lon qilindi. Qonun 2007 yil 1 yanvardan e’tiboran

kuchga kirdi.

Ta’kidlash joizki, yuzaga kelgan nizolarni hal etishning alternativ

(muqobil) usullarini rivojlantirish mamlakatda fuqarolar va yuridik

shaxslarning buzilgan huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning

samarali tizimini yaratish uchun zarur bo‘lgan shartlardan biri sifatida

e’tirof etilmoqda. Fuqaroviy-huquqiy nizolarni hal etishning demokratik,

muqobil shakllaridan biri sifatida hakamlik muhokamasiga alohida e’tibor

Page 12: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

12

12

HAKAMLIK MUHOKAMASI

berib kelinayotganligi yuqoridagi omillar bilan belgilanadi. Chunki

huquqiy munosabat sub’ektlari o‘rtasida yuz bergan nizolarni hal etishning

taraqqiy etgan usullaridan biri sifatida hakamlik sudlari imkoniyatidan

foydalanish tadbirkorlik sub’ektlari uchun qator qulayliklar yaratadi.

Darhaqiqat, hakamlik sudlari nizolarni hal etishda davlat sudlariga

nisbatan muqobil shakldir. Xo‘jalik sudlaridan farqli ravishda hakamlik

sudlari odil sudlovni amalga oshiruvchi davlat organi (vakolatli sud) emas,

balki taraflarning kelishuviga asosan tashkil etilgan sud tarzida namoyon

bo‘ladi. Taraflar nizoni ko‘rib chiqish uchun o‘zlari ixtiyoriy ravishda

tanlagan sub’ektga bo‘lgan ishonchlari hakamlik sudlari faoliyatining

asosiy omilidir.

Hakamlik sudlarida nizolarni ko‘rish va hal etishni O‘zbekiston

Respublikasining qonunchiligi uchun yangilik deb hisoblash unchalik

to‘g‘ri bo‘lmaydi. Chunki hozirgi vaqtda O‘zbekistonda nizolarni

hakamlik sudlarida muhokama qilish imkoniyatini beruvchi bir qator

qonun hujjatlari amal qilib kelmoqda. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 10-moddasiga muvofiq,

“Fuqarolik huquqlari protsessual qonunlar yoki shartnomada belgilab qo‘yilganidek, ishlar qaysi

sudga taalluqli bo‘lishiga qarab, sud, xo‘jalik sudi yoki xolislar sudi (bundan keyin - sud)

tomonidan himoya qilinadi”. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual

kodeksining “Nizolarni hal etishni hakamlar sudiga topshirish” deb nomlangan 25-moddasida

“Fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan yoki kelib chiqishi mumkin bo‘lgan hamda

xo‘jalik sudiga taalluqli bo‘lgan nizo taraflarning kelishuviga binoan, xo‘jalik sudi qaror

chiqargunga qadar hakamlar sudiga ko‘rish uchun topshirilishi mumkin”ligi to‘g‘risidagi qoida

mavjud. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining bir qator moddalarida ham

(masalan, 100, 152) hakamlar sudi to‘g‘risida normalar mustahkamlangan. Undan tashqari,

O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi

Qonuniga muvofiq, hakamlar sudining qarorlari majburiy ijro etilishi lozimligi belgilangan. Lekin

shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, yuqorida qayd etilgan O‘zbekiston Respublikasining qonun

hujjatlari nizolarni hakamlik sudi muhokamasiga o‘tkazish va ularning qarorlarini ijro etish tartibini

qisman belgilaydi xolos, unda nizolarni hakamlik sudlarida ko‘rish va hal etish, sud qarorlarini ijro

etishning puxta va mukammal mexanizmi nazarda tutilmagan.

O‘zbekiston Respublikasining “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi

Qonuni 9 bob va 59 moddadan iborat.

Qonunning 5-bobi “Hakamlik muhokamasi”ga oid bo‘lib, mazkur

bobda hakamlik sudining vakolati, hakamlik muhokamasi qoidalarini

belgilash, hakamlik muhokamasi o‘tkaziladigan joy, hakamlik

muhokamasining tili, hakamlik muhokamasi ma’lumotlarining oshkor

qilinmasligi, da’vo arizasi, da’vo arizasi yuzasidan yozma fikr, qarshi

da’vo, da’voni ta’minlash choralarini ko‘rish, dalillarni taqdim etish,

hujjatlarni va boshqa materiallarni yuborish, hakamlik muhokamasi

taraflarining hakamlik sudi majlisida ishtirok etishi, hakamlik sudi

majlisining bayonnomasi, hakamlik muhokamasi taraflarining hujjatlar va

Page 13: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

13

13

HAKAMLIK MUHOKAMASI

boshqa materiallarni taqdim etmaganligi yoki hakamlik muhokamasi

taraflarining hakamlik sudi majlisiga kelmaganligi oqibatlari yoritilgan.

Qonunning boshqa boblarida hakamlik sudi tomonidan hal qiluv

qarorining qabul qilinishi, hakamlik sudi hal qiluv qarorining shakli va

mazmuni, qo‘shimcha hal qiluv qarori, hal qiluv qarorini tushuntirish,

yozuvdagi xatolarni va arifmetik xatolarni tuzatish, hakamlik sudining

ajrimi, hakamlik muhokamasini tugatish, hakamlik sudining hal qiluv

qarori yuzasidan vakolatli sudda nizolashish, hakamlik sudining hal qiluv

qarorini bekor qilish asoslari, hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor

qilish oqibatlari,hakamlik sudining hal qiluv qarorini ixtiyoriy ijro etish,

hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish, ijro varaqasi

berish to‘g‘risidagi ariza, ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib

chiqish tartibi, ijro varaqasi berishni rad etish asoslari, hakamlik sudi hal

qiluv qarorining qaytarma ijrosi yoritib berilgan.

“Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonunda xalqaro huquqni ustunligi

to‘liq e’tirof etilgan bo‘lib, unga ko‘ra, agar O‘zbekiston Respublikasining

xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining hakamlik sudlari

to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar

belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.

3. Hakamlik sudlari faoliyatining asosiy prinsiplari

O‘zbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonunning

4-moddasida hakamlik sudlari faoliyatining asosiy prinsiplari

mustahkamlangan. Ular quyidagilar:

mustaqillik

hakamlik muhokamasi ma'lumotlarining oshkor

qilinmasligi

qonuniylik

hakamlik sudyalarining xolisligi

dispozitivlik

диспозитивлик hakamlik muhokamasi taraflarining tortishuvi va

teng huquqliligi

Page 14: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

14

14

HAKAMLIK MUHOKAMASI

Hakamlik sudlari faoliyatining asosiy prinsiplari O‘zbekiston

Respublikasining “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonuni mazmuniga

singdirilgan asosiy ko‘rsatmalar sifatida, odatda hakamlik muhokamasi

taraflari xatti-harakatlarini maqsadli yo‘naltirish, tartibli amalga oshirish,

ish bo‘yicha ob’ektiv haqiqatni aniqlash, qonuniy, adolatli va

asoslantirilgan qaror chiqarish vazifalariga xizmat qiladi.

Qonuniylik prinsipi. Hakamlik sudlari ham o‘z faoliyatini

O‘zbekiston Respublikasining “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonuni va

boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga asosan olib boradi. Qonuniylik

prinsipi amaldagi qonun hujjatlari va umumiy qabul qilingan amal qilish

asoslaridan kelib chiqqan holda hakamlik sudlarini sud ishining umumiy

prinsiplariga rioya qilishga majbur etadi.

Mustaqillik prinsipi. Hakamlik sudining sudyasi ham ishni ko‘rib

chiqishda mustaqil hisoblanadi. bu erda sudyaning shaxsiy

xususiyatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Uni sudya etib

saylagan shaxsga nisbatan xolis va mustaqil bo‘la oladimi, bunga zarracha

shubha bo‘lganida o‘z nomzodini o‘zi rad qila oladimi. Ba’zi prinsiplar

maxsus me’yoriy hujjatlarda qayd etilmagan, shunga qaramasdan

hakamlik sudyalari tomonidan qo‘llanilishi shart, chunki umummajburiy

huquq normalaridan kelib chiqadi. Masalan, qonun va sud oldida tenglik

prinsipi konstitutsion asoslardan kelib chiqadi.

Hakamlik muhokamasi ma’lumotlarining oshkor qilinmasligi

prinsipi. Mazkur prinsip ham hakamlik muhokamasi taraflarini huquq va

manfaatlarini himoya qilish maqsadini ko‘zlaydi. Hakamlik muhokamasi

haqidagi ma’lumotlarning oshkor etilishi faqatgina taraflar roziligi bilan

amalga oshiriladi. ro‘y berishi mumkin. Oshkor qilinmaslikni hakamlik

muhokamasining prinsipi deb tan olinishi taraflarga ularning nizolari

ko‘rilishi ochiq yoki yopiq tarzda bo‘lishini mustaqil aniqlash huquqini

qayd etadi.

O‘zbekiston Respublikasining “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi

qonuni 28-moddasiga ko‘ra, hakamlik sudyasi hakamlik muhokamasi

davomida o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan ma’lumotlarni hakamlik

muhokamasi taraflari yoki ularning huquqiy vorislari roziligisiz oshkor

qilishga haqli emas.

Hakamlik sudyasi hakamlik muhokamasi davomida o‘ziga ma’lum

bo‘lib qolgan ma’lumotlar haqida guvoh sifatida so‘roq qilinishi mumkin

emas.

Hakamlik sudyalarining xolisligi prinsipi. Hakamlik sudyalari

ishlarni ko‘rib chiqishda xolis bo‘lish talab etiladi. Chunki ushbu prinsip

Page 15: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

15

15

HAKAMLIK MUHOKAMASI

ham hakamlik sudyalarini qonuniy, asosli va adolatli qaror chiqarilishini

amalda ta’minlaydi.

Dispozitivlik prinsipi hakamlik sud ishlarini yuritishni harakatga

keltiruvchi, ularga rahbarlik vazifasini bajaruvchi prinsipdir. Ushbu

prinsipiga muvofiq, hakamlik muhokamasi taraflari tashabbuslari ta’siri

ostida qo‘zg‘atiladi, rivojlantiriladi, o‘zgartiriladi va o‘z xohishiga ko‘ra

tugatiladi.

Dispozitivlik prinsipi mazmunini hakamlik muhokamasi taraflarini

da’vo qo‘zg‘atish, da’vodan voz kechish, da’voni tan olish, kelishuvga

erishish, hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish yoki hakamlik sudi

hal qiluv qarorini majburiy ijroga qaratish haqida ariza berish tashkil etadi.

Mazkur prinsip yana taraflarga hakamlik sudi sudyalarini tanlashda ham

namoyon bo‘ladi.

Hakamlik muhokamasi taraflarining tortishuvi prinsipi.

Hakamlik muhokamasida tortishuvchilik butun protsess davomida

taraflarning huquqiy baxslashuvi shaklida ro‘y berishida ifodalanadi.

Taraflar o‘z talab va e’tirozlarni isbotlash uchun sudga dalillar taqdim

etadilar va tushuntirishlar beradilar. Tortishuvchilik prinsipi shundan

iboratki, taraflar asos sifatida keltirayotgan dalillar doirasini o‘zlari

belgilaydilar. Tortishuvlik prinsipiga muvofiq har bir taraf o‘z talab va

e’tirozlariga asos qilib keltirayotgan holatlarni isbotlashi kerak. Taraflar

tortishuvi orqali ob’ektiv haqiqat aniqlanadi. Chunki tortishuvchilik

prinsipi sudga ishni to‘g‘ri hal qilish uchun zarur bo‘lgan ishonchli

darajada imkon beradi.

Taraflarning teng huquqliligi prinsipi bir tomondan, ularning

protsessual huquqlarining to‘liqligini, ikkinchi tomondan, protsessda

taraflarning holati hakamlik sudiga nisbatan tengligini ifoda etadi.

Taraflarning teng huquqliligi prinsipini teng protsessual imkoniyatlar

prinsipi sifatida tushunish lozim. U nafaqat protsessual huquqlar, balki

protsessual majburiyatlarda ham namoyon bo‘ladi. Aynan shu prinsipga

asosan bir tarafga ruxsat etilmagan barcha narsalar, ikkinchi tarafga ham

man etilgan, bir tarafga yuklatilgan majburiyatlar ikkinchi tarafga ham

yuklatiladi.

4. Hakamlik sudlarini tashkil etish qoidalari

Hakamlik sudlarini tashkil etish mexanizmi umumiy yurisdiksiya

sudlaridan farqlanadi. Binobarin, hakamlik sudlari qandaydir bir tizimni

tashkil etmaydi va bir-biriga bo‘ysunmaydi, aniqrog‘i, davlat sud tizimiga

kirmaydi hamda nizolarni ko‘rib chiqish va hal qilishning “davlat

Page 16: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

16

16

HAKAMLIK MUHOKAMASI

sudlari”ga nisbatan muqobil shakli hisoblanadi. Qonunning “Hakamlik

sudlarini tashkil etish” deb nomlangan 5-moddasida davlat hokimiyati va

boshqaruv organlari hakamlik sudlarini tashkil etishi hamda hakamlik

bitimi taraflari bo‘lishi mumkin emasligini to‘g‘ridan-to‘g‘ri belgilab

qo‘yilishi ham uning davlat sudlaridan mustaqil ravishda faoliyat

ko‘rsatishini kafolatlaydi.

O‘zbekiston Respublikasida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi va muvaqqat

hakamlik sudlari tashkil etilishi mumkin. Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi

hakamlik sudlari yuridik shaxslar tomonidan tashkil etilib, ularning

huzurida o‘z faoliyatini amalga oshiradi. Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi

hakamlik sudi tashkil etgan yuridik shaxs uning tashkil etilganligi

to‘g‘risidagi hujjatlar nusxalarini hakamlik sudi joylashgan erdagi adliya

organiga yuborishi belgilangan. Yuridik shaxs doimiy faoliyat

ko‘rsatuvchi hakamlik sudini tashkil etish haqida qaror qabul qilganida,

doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudining qoidalarini, ya’ni nizomi

va reglamentini, shuningdek hakamlik sudyalari ro‘yxatini tasdiqlaganida

doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi tashkil etilgan deb hisoblanadi.

Shu bilan birga doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi o‘z nomi

yozilgan blanka va yumaloq muhrga, O‘zbekiston Respublikasi hududida

hisob-kitob varaqlari, valyuta hisobvaraqlariga hamda boshqa bank

hisobvaraqlariga ega bo‘lishi mumkin.

Darhaqiqat, xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, doimiy faoliyat

ko‘rsatuvchi hakamlik sudlari savdo palatalari, birjalar, tadbirkorlar va

iste’molchilarning jamoat birlashmalari, boshqa tashkilotlar-yuridik

shaxslar, ularning birlashmalari, uyushmalari, ittifoqlari tomonidan tashkil

etilishi mumkin va ushbu tashkilotlar qoshida faoliyat ko‘rsatadi.

Muvaqqat hakamlik sudlari esa yuridik shaxslar tomonidan emas,

balki hakamlik bitimi taraflari o‘rtasida kelib chiqqan muayyan nizoni hal

etish uchun taraflarning o‘z tashabbusi bilan tashkil etilib, nizo ko‘rib

chiqilganidan keyin o‘z faoliyatini tugatadi. Muvaqqat hakamlik sudi

tashkil etilganida hakamlik bitimi nusxasi va muvaqqat hakamlik sudi

tashkil etilganligi to‘g‘risidagi xabarnoma mazkur sud joylashgan erdagi

adliya organlariga hakamlik muhokamasi boshlanguniga qadar yuborilishi

qonunda o‘z ifodasini topgan.

Shuningdek, Qonunda adliya organlari zimmasiga doimiy faoliyat

ko‘rsatuvchi hakamlik sudlari hisobini ro‘yxatdan o‘tkazish va muvaqqat

hakamlik sudlarini hisobga olish vazifasi ham yuklatilgan. Shu bois

doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudlari hisobi ro‘yxatdan

o‘tkazilishi, muvaqqat hakamlik sudlari esa faqat hisobga olinishi zarur.

Page 17: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

17

17

HAKAMLIK MUHOKAMASI

Aniqlik kiritish maqsadida Qonunda doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi

hakamlik sudlarini tashkil etish va faoliyatini tugatish, muvaqqat hakamlik

sudlarini tashkil etish to‘g‘risidagi, shuningdek doimiy faoliyat

ko‘rsatuvchi hakamlik sudlari tarkibiga kiruvchi hakamlik sudyalari

haqidagi axborot O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan

tizimlashtirilishi hamda “O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari

to‘plami”da e’lon qilinishi bevosita nazarda tutilgan.

Aytish kerakki, hakamlik sudlari tomonidan ish ko‘rish doirasining

birmuncha cheklanganligi ularning umumiy yurisdiksiya sudlaridan farq

qiluvchi yana bir jihatlaridan hisoblanadi. Masalan, Qonunda hakamlik sudlari faqat fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib

chiqadigan nizolarni, shu jumladan tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida vujudga keluvchi xo‘jalik

nizolarini hal etishi qat’iy belgilab qo‘yilgan va ular ma’muriy, oila va mehnatga oid huquqiy

munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni, shuningdek qonunlarda nazarda tutilgan boshqa

nizolarni ko‘rishga vakolatli bo‘lmaydilar. Lekin shunday bo‘lsada, hakamlik sudlari tomonidan

ko‘rib, hal etilishi lozim bo‘lgan ishlar, umuman olganda, ko‘pchilikni tashkil etadi va bu o‘z

navbatida, hozirgi vaqtda ish hajmi juda ko‘p bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar va xo‘jalik

sudlarining yuklamalarini kamaytirishga va ko‘rilayotgan ishlarning sifatini yanada oshirishga

xizmat qiladi.

5. Hakamlik sudining turlari

Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi yuridik shaxs tomonidan

tashkil etilishi mumkin va uning huzurida faoliyat ko‘rsatadi. Doimiy

faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi yuridik shaxs doimiy faoliyat

ko‘rsatuvchi hakamlik sudini tashkil etish haqida qaror qabul qilganida,

doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudining qoidalarini va hakamlik

sudyalari ro‘yxatini tasdiqlaganida tashkil etilgan deb hisoblanadi. Doimiy

faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudini tashkil etgan yuridik shaxs uning

tashkil etilganligi to‘g‘risidagi hujjatlar nusxalarini hakamlik sudi

joylashgan erdagi adliya organiga yuboradi.

Hakamlik sudining turlari

Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi

Muvaqqat hakamlik sudi

Page 18: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

18

18

HAKAMLIK MUHOKAMASI

Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi o‘z nomi yozilgan blanka

va yumaloq muhrga, O‘zbekiston Respublikasi hududida hisob-kitob

varaqlari, valyuta hisobvaraqlariga hamda boshqa bank hisobvaraqlariga

ega bo‘lishi mumkin.

Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi faoliyatini tugatish tartibi

doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudining qoidalari bilan belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi

Qonunning 7-moddasiga ko‘ra, muvaqqat hakamlik sudi hakamlik bitimi

taraflari o‘rtasida kelib chiqqan muayyan nizoni hal etish uchun ular

tomonidan tashkil etilib, nizo ko‘rib chiqilganidan keyin muvaqqat

hakamlik sudi o‘z faoliyatini tugatadi. Hakamlik sudida raislik qiluvchi

(nizo hay’atda ko‘rib chiqilayotganda) yoxud hakamlik sudyasi (nizo

yakka tartibda ko‘rib chiqilayotganda) hakamlik bitimi nusxasini va

muvaqqat hakamlik sudi tashkil etilganligi to‘g‘risidagi xabarnomani

mazkur sud joylashgan erdagi adliya organiga hakamlik muhokamasi

boshlanguniga qadar yuboradi.

Muvaqqat hakamlik sudini tashkil etish tartibi hakamlik bitimi

taraflari tomonidan ushbu Qonunga muvofiq belgilanadi.

Mavaqqat hakamlik sudi o‘ziga xos xususiyatlari bilan doimiy

faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudlaridan ajralib turadi. Masalan, hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish bo‘yicha vakoltali sudga ariza

berilganida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudining hal qiluv qarori nusxasi mazkur

hakamlik sudining raisi tomonidan tasdiqlanadi, muvaqqat hakamlik sudi hal qiluv qarorining

nusxasidagi hakamlik sudyasining imzosi notarial tartibda tasdiqlanishi kerak.

6. Hakamlik sudlari hisobini yuritish

O‘zbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari to‘g‘risda”gi

Qonunning 8-moddasiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya

vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tegishli

hududlarda doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudlari hisobini

ro‘yxatdan o‘tkazishni va muvaqqat hakamlik sudlarini hisobga olishni

amalga oshiradilar. Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudlarini

tashkil etish va faoliyatini tugatish, muvaqqat hakamlik sudlarini tashkil

etish to‘g‘risidagi, shuningdek doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik

sudlari tarkibiga kiruvchi hakamlik sudyalari haqidagi axborot

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tizimlashtiriladi

hamda "O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari to‘plami"da e’lon

qilinadi. Hakamlik sudlari hisobini yuritish tartibi O‘zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan Nizom bilan belgilanadi.

Page 19: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

19

19

HAKAMLIK MUHOKAMASI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil

30 oktyabrdagi 235-son qarori bilan “Hakamlik sudlari hisobini yuritish

tartibi to‘g‘risida Nizom” tasdiqlangan.

Mazkur nizomga asosan, doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik

sudlari hisobini ro‘yxatdan o‘tkazish hakamlik sudi maqomini va uning

vakolatlarini rasmiy tasdiqlash usuli hisoblanadi, Doimiy faoliyat

ko‘rsatuvchi hakamlik sudlari kitobiga hakamlik sudi to‘g‘risidagi

ma’lumotlarni kiritish va hisobini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida

guvohnoma berish orqali amalga oshiriladi.

Muvaqqat hakamlik sudlarini hisobga olish muvaqqat hakamlik sudi

maqomini va vakolatlarini rasmiy hisobga olish usuli hisoblanadi,

Muvaqqat hakamlik sudlari reestriga hakamlik sudi to‘g‘risidagi

ma’lumotlarni kiritish va ularga hisobga olinganligi to‘g‘risida xabarnoma

yuborish orqali amalga oshiriladi.

Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudlari hisobini ro‘yxatdan

o‘tkazishda va muvaqqat hakamlik sudlarini hisobga olishda hakamlik

sudini tashkil etishning maqsadga muvofiqligi ko‘rib chiqilmaydi, uning

faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudlari hisobini ro‘yxatdan

o‘tkazish va muvaqqat hakamlik sudlarini hisobga olishni amalga oshirish

uchun to‘lovlar undirilmaydi.

Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi tashkil etgan yuridik

shaxs uning hisobini ro‘yxatdan o‘tkazishni amalga oshirish uchun doimiy

faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul

qilingan kundan boshlab o‘n ish kuni mobaynida hakamlik sudining

joylashgan joyi bo‘yicha ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakl

bo‘yicha adliya organiga ariza yuboradi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova

qilinadi:

doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi tashkil qilgan yuridik

shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning

notarius tomonidan tasdiqlangan nusxasi;

yuridik shaxsning vakolatli organi tomonidan doimiy faoliyat

ko‘rsatuvchi hakamlik sudi tashkil etish to‘g‘risida qabul qilingan qarori

nusxasi;

yuridik shaxsning vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan doimiy

faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi nizomi va ish tartibi nusxasi;

hakamlik sudyalari ro‘yxati;

hakamlik sudyalari pasportlarining nusxalari;

Page 20: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

20

20

HAKAMLIK MUHOKAMASI

hakamlik sudyalari diplomlarining (oliy yuridik ma’lumoti

bo‘lganda) notarius tomonidan tasdiqlangan nusxalari. Hakamlik sudlari

hisobini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun kamida bitta hakamlik sudyasining

oliy yuridik ma’lumoti bo‘lishi kerak;

hakamlik sudyalari mehnat daftarchalarining (mavjud bo‘lganda)

notarius tomonidan tasdiqlangan nusxalari.

Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi tashkil etgan yuridik

shaxs taqdim qilingan hujjatlarning ishonchliligi va qonun hujjatlariga

muvofiqligi uchun javob beradi.

Taqdim qilingan hujjatlarga asosan adliya organi belgilangan tartibda

hakamlik sudyalari ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarning "Hakamlik sudlari

to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasida

nazarda tutilgan talablarga muvofiqligini o‘rganib chiqadi.

Hakamlik sudyalari ro‘yxatiga kiritilgan shaxslar ko‘rsatib o‘tilgan

talablarga muvofiq bo‘lgan taqdirda adliya organi doimiy faoliyat

ko‘rsatuvchi hakamlik sudi hisobini ro‘yxatdan o‘tkazishni amalga

oshiradi. Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi hisobini ro‘yxatdan

o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumotlar ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq

shakl bo‘yicha Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudlari reestriga

kiritiladi.

Taqdim qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqish va doimiy faoliyat

ko‘rsatuvchi hakamlik sudi hisobini ro‘yxatdan o‘tkazish o‘n besh kundan

oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi.

Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi hisobini ro‘yxatdan

o‘tkazishni amalga oshirish to‘g‘risida tegishli adliya organi Doimiy

faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudlari reestriga ma’lumotlar kiritilgan

kundan boshlab uch ish kuni mobaynida arizachiga hakamlik sudi hisobi

ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma beradi. Hakamlik sudi

hisobini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma shakli O‘zbekiston

Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.

Hakamlik sudyalari ro‘yxatiga kiritilgan shaxslar belgilangan

talablarga muvofiq bo‘lmagan yoki arizachi tomonidan zarur darajada

rasmiylashtirilmagan yoxud to‘liq bo‘lmagan hujjatlar taqdim qilingan

taqdirda adliya organi aniqlangan kamchiliklarni va arizachi tegishli

hujjatlarni taqdim qilishi mumkin bo‘lgan muddatni ko‘rsatgan holda

arizachiga xabarnoma yuboradi.

Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi faoliyati tugatilgan,

shuningdek doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi nizomiga yoki ish

tartibiga o‘zgartirishlar yoki qo‘shimchalar kiritilgan taqdirda yuridik

Page 21: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

21

21

HAKAMLIK MUHOKAMASI

shaxs o‘n ish kuni mobaynida adliya organiga tegishli hujjatlarni taqdim

etadi. Adliya organi barcha zarur hujjatlar taqdim qilingan kundan boshlab

uch ish kuni mobaynida Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudlari

reestriga tegishli yozuvni kiritadi.

Muvaqqat hakamlik sudlari hisobini amalga oshirish uchun muvaqqat

hakamlik sudining raislik qiluvchisi (nizo hay’atda ko‘rib chiqilayotganda)

yoxud hakamlik sudyasi (nizo yakka ko‘rib chiqilayotganda) hakamlik

muhokamasi boshlangunga qadar hakamlik sudi joylashgan joydagi adliya

organiga ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha xabarnoma

yuboradi.

Xabarnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

hakamlik bitimi nusxasi;

hakamlik sudyalari ro‘yxati (nizo hay’atda ko‘rib chiqilayotganda);

hakamlik sudyalari pasportlari nusxalari;

hakamlik sudyalari diplomlarining (oliy yuridik ma’lumoti

bo‘lganda) notarius tomonidan tasdiqlangan nusxalari. Hisobga olish

uchun kamida bitta hakamlik sudyasining oliy yuridik ma’lumoti bo‘lishi

kerak;

hakamlik sudyalari mehnat daftarchalarining (mavjud bo‘lganda)

notarius tomonidan tasdiqlangan nusxalari.

Adliya organi taqdim qilingan hujjatlarga asosan belgilangan tartibda

hakamlik sudyalari ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarning "Hakamlik sudlari

to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasida

nazarda tutilgan talablarga muvofiqligini o‘rganib chiqadi.

Hakamlik sudyalari ro‘yxatiga kiritilgan shaxslar ko‘rsatib o‘tilgan

talablarga muvofiq bo‘lgan taqdirda adliya organi muvaqqat hakamlik

sudini hisobga olishni amalga oshiradi. Muvaqqat hakamlik sudini hisobga

olish to‘g‘risidagi ma’lumotlar ushbu Nizom 4-ilovasiga muvofiq shakl

bo‘yicha Muvaqqat hakamlik sudlari reestriga kiritiladi.

Taqdim qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqish va muvaqqat hakamlik

sudini hisobga olish besh kundan oshmaydigan muddatda amalga

oshiriladi.

Muvaqqat hakamlik sudini hisobga olish to‘g‘risida tegishli adliya

organi Muvaqqat hakamlik sudlari reestriga ma’lumotlar kiritilgan kundan

boshlab uch ish kuni mobaynida arizachiga va hakamlik bitimi

tomonlariga yozma xabarnoma yuboradi.

Hakamlik sudyalari belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmagan yoki

zarur darajada rasmiylashtirilmagan yoxud to‘liq bo‘lmagan hujjatlar

taqdim qilingan taqdirda adliya organi aniqlangan kamchiliklarni va

Page 22: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

22

22

HAKAMLIK MUHOKAMASI

arizachi tegishli hujjatlarni taqdim qilishi mumkin bo‘lgan muddatni

ko‘rsatgan holda arizachiga xabarnoma yuboradi.

Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008

yil 30 oktabrdagi 235-son qarori bilan “Hakamlik sudlari hisobini yuritish

tartibi to‘g‘risida Nizom” dagi doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi

hisobini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida ariza shaklini keltirib o‘tsak.

(hakamlik sudi hisobini ro‘yxatdan o‘tkazishni

amalga oshiruvchi adliya organi nomi)

Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik

sudi hisobini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida

ARIZA

________________________________________________________________ (doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi tashkil etgan yuridik shaxsning to‘liq nomi, davlat tilida)

_______________________________________________________ huzurida

doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi hisobini ro‘yxatdan o‘tkazishingizni so‘rayman.

Pochta manzili: _________________________________________________

Pochta indeksi: ________________ Bog‘lanish telefoni: ______________

Taqdim qilinayotgan hujjatlar:

doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi tashkil qilgan yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan

o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning notarius tomonidan tasdiqlangan nusxasi;

yuridik shaxsning vakolatli organi tomonidan doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi

tashkil etish to‘g‘risida qabul qilingan qarori nusxasi;

yuridik shaxsning vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi

hakamlik sudi nizomi va ish tartibi nusxasi;

hakamlik sudyalari ro‘yxati;

hakamlik sudyalari pasportlarining nusxalari;

hakamlik sudyalari diplomlarining (oliy yuridik ma’lumoti bo‘lganda) notarius tomonidan

tasdiqlangan nusxalari;

hakamlik sudyalari mehnat daftarchalarining (mavjud bo‘lganda) notarius tomonidan

tasdiqlangan nusxalari.

Men taqdim qilingan hujjatlardagi ma’lumotlarning ishonchliligini va qonun hujjatlariga

muvofiqligini tasdiqlayman.

(to‘ldirilgan sanasi va vaqti) (vakolatli shaxs - arizachi imzosi)

(qabul qilingan sanasi va vaqti) (adliya organi mas’ul xodimining imzosi)

Page 23: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

23

23

HAKAMLIK MUHOKAMASI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil

30 oktabrdagi 235-son qarori bilan “Hakamlik sudlari hisobini yuritish

tartibi to‘g‘risida Nizom” ga ilova sifatida tasdiqlangan muvaqqat

hakamlik sudini hisobga olishni amalga oshirish to‘g‘risida xabarnoma

namunasini keltirib o‘tamiz.

(hakamlik sudi hisobini ro‘yxatdan o‘tkazishni

amalga oshiruvchi adliya organining nomi)

Muvaqqat hakamlik sudini hisobga

olishni amalga oshirish to‘g‘risida

XABARNOMA

Sizga shu to‘g‘rida xabar qilamizki, _______________________________

________________________________________________________________

va

________________________________________________________________ (hakamlik bitimi tomonlarining davlat tilidagi to‘liq nomi)

________________________________________________________________

o‘rtasidagi nizoni hal qilish uchun ________________________________ (tashkil etilgan sanasi)

muvaqqat hakamlik sudi tashkil etildi.

Muvaqqat hakamlik sudi joylashgan joy: _________________________

Taqdim qilinayotgan hujjatlar:

hakamlik bitimi nusxasi;

hakamlik sudyalari ro‘yxati (nizo hay’atda ko‘rilayotganda);

hakamlik sudyalari pasportlari nusxalari;

hakamlik sudyalari diplomlarining (oliy yuridik ma’lumoti bo‘lganda) notarius tomonidan

tasdiqlangan nusxalari;

hakamlik sudyalari mehnat daftarchalarining (mavjud bo‘lganda) notarius tomonidan

tasdiqlangan nusxalari.

(to‘ldirilgan sanasi va vaqti) (hakamlik sudi tarkibiga raislik qiluvchining

yoki hakamlik sudyasining imzosi)

(qabul qilingan sanasi va vaqti) (adliya organi mas’ul xodimining imzosi)

7. Hakamlik sudlarining Reglamenti va Nizomi

Hakamlik sudlari o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi “Hakamlik

sudlari to‘g‘risida”gi Qonuni, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar,

Page 24: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

24

24

HAKAMLIK MUHOKAMASI

Reglament va tegishli nizomlarga muvofiq amalga oshiradi. Masalan,

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Hakamlik sudi

mustaqil doimiy faoliyat yurituvchi hakamlik sudi hisoblanib, O‘zbekiston

Respublikasi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonuni, boshqa me’yoriy-

huquqiy hujjatlar, Hakamlik sudi to‘g‘risidagi Nizom, O‘zbekiston

Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Hakamlik sudining

Reglamenti va Reglamentning ajralmas qismi hisoblangan Hakamlik

sudida taraflarning hakamlik yig‘imi, xarajatlari va chiqimlari to‘g‘risidagi

Nizomga muvofiq faoliyat olib boradi. Mazkur Reglamentda

ko‘rsatilishicha, hakamlik muhokamasi qoidalari, Hakamlik sudi

vakolatiga tegishli arizalarni ko‘rib chiqish va nizolarni hal etish tartibi,

shuningdek hakamlik ish yuritish tartibini belgilovchi asosiy hujjat

hisoblanadi. Mazkur Reglament 4-bo‘limdan tashkil topib, 1-bo‘lim.

Umumiy qoidalar (1-11 moddalar), 2-bo‘lim. Hakamlik sudining

faoliyatini tashkil qilish (12-15 moddalar), 3-bo‘lim. Hakamlik

muhokamasi (16-32 moddalar), 4-bo‘lim. Hakamlik sudining hal qiluv

qarori (33-40 moddalar) deb nomlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil

30 oktabrdagi 235-son qarori bilan “Hakamlik sudlari hisobini yuritish

tartibi to‘g‘risida Nizom” tasdiqlangan. Mazkur nizomga asosan doimiy

faoliyat ko‘rsatuvchi va mavaqqat hakamlik sudlari hisobini ro‘yxatdan

o‘tkazish tartibi amalga oshiriladi.

NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:

1. O‘zbekiston Respublikasining “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi

Qonunining mazmun mohiyatini tushuntiring?

2. Hakamlik muhokamasining afzalliklari va salbiy jihatlarini

tushuntiring?

3. Hakamlik sudlari faoliyatining asosiy prinsiplari bilan fuqarolik va

xo‘jalik protsessual huquqi prinsiplarini o‘xshash va faqrli jihatlarini

tushuntiring?

4. Hakamlik sudining Reglamentining aniq standarlarini yaratish va

amaliyotda hakamlik sudlari uchun uning shakliga rioya qilishni majburiy

qilib qo‘yish asosli bo‘ladimi?

5. Hakamlik sudining nizomini barcha hakamlik sudlari uchun standart

qilib belgilash lozim! Ushbu fikrga munosabatingiz?

Page 25: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

25

25

HAKAMLIK MUHOKAMASI

KAZUSLAR

1-kazus

“Yuksalish”XK hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilishni

so‘rab vakolatli sudga murojaat qilgan. O‘zining da’vo talabini asoslab

hakamlik sudi nizo ko‘rib chiqilishda hakamlik muhokamasida ma’lum

bo‘lib qolgan xolatlar bo‘yicha tijorat siri hisoblangan ma’lumotlar oshkor

qilib yuborilganligini bildirib o‘tadi. Vakolatli sud mazkur da’vo arizasini

ish yurituvga qabul qiladi.

Savol:

1. Vaziyatga huquqiy baho bering.

2. Hakamlik muhokamasida ma’lumotlarni oshkor qilinmasligi

prinsipini mazmun-mohiyatini tushuntiring.

2-kazus

“Samo” MChJ o‘zi bilan shartnoma tuzuvchi barcha mijozlari bilan

shartnoma shartlari asosida nizo kelib chiqqanida O‘zbekiston Savdo

sanoat palatasi huzuridagi doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi Hakamlik sudiga

murojaat qilish belgilab qo‘yilgan. Jamiyat mijozi A. bilan nizo kelib

chiqdi. “Samo” MChJ mazkur nizoni ko‘rib chiqish uchun shartnoma

shartlariga asosan hakamlik sudiga murojaat qildi. Javobgar A mazkur

nizo bo‘yicha hakamlik sudida nizo ko‘rib chiqilishiga qarshi ekanligini

mazkur nizo ho‘jalik sudida ko‘rilishi lozimligini so‘rab hakamlik sudiga

ariza berdi. Biroq, hakamlik sudi mazkur arizani e’tiborga olmasdan

da’vogarning da’vo talablariga ko‘ra nizoni hal qilib hal qiluv qarori

chiqardi.

Savol:

1. Vaziyatga huquqiy baho bering.

2. Hakamlik sudi mazkur nizoni ko‘rib chiqilishida qanday xatoliklarga

yo‘l qo‘yilgan?

Page 26: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

26

26

HAKAMLIK MUHOKAMASI

2-BOB. HAKAMLIK SUDLARI TOMONIDAN HAL ETILADIGAN

NIZOLAR. HAKAMLIK MUHOKAMASI TARAFLARI

1. Hakamlik sudlari tomonidan hal etiladigan nizolar tushunchasi

va turlari.

Hakamlik sudlari tomonidan hal etiladigan nizolar deganda

bevosita hakamlik sudlari tomonidan hal etilishi mumkin bo‘lgan, qonun

bilan ularning vakolat doirasida hal etiladigan nizolar tushuniladi.

Hakamlik sudlari vakolatiga fuqarolik va xo‘jalik nizolarini hal etish

belgilangan.

Hakamlik sudlari ma’muriy, oila va mehnat huquqiy

munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni, shuningdek qonunda nazarda

tutilgan boshqa nizolarni hal etmaydi.

Jumladan, oilaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan

quyidagi nizolar hakamlik sudlari tomonidan hal etilishi mumkin emas:

Aliment undirish to‘g‘risidagi ishlar;

Nikohni tugatilishi bilan bog‘liq ishlar;

Nikohni haqiqiy emas deb topish;

Ota-onalik huquqini cheklash, mahrum qilish va tiklash

to‘g‘risidagi ishlar;

Nikoh shartnomasidan kelib chiqadigan nizolar;

Hakamlik sudlari

tomonidan hal

etiladigan nizolar

Fuqarolik huquqiy

munosabatlardan kelib

chiqadigan nizolar

Tadbirkorlik subyektlari

o’rtasida vujudga keladigan

xo’jalik nizolari

Page 27: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

27

27

HAKAMLIK MUHOKAMASI

Farzandlikka olish;

Qon-qarindoshlik, bolalarning nasl-nasabini belgilash bilan bog‘liq

nizolar;

Shuningdek, mehnat nizolari hakamlik sudlari tomonidan hal etilishi

mumkin emas. Mehnat nizolari mehnat nizolari komissiyalari yoki sud

tomonidan ko‘rib hal etiladi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat

kodeksining 269-moddasiga asosan quyidagi mehnat huquqiy

munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bevosita tuman (shahar)

sudlarida ko‘rilishi lozim:

1) agar xodimning ish joyida mehnat nizolari komissiyasi tuzilmagan

bo‘lsa;

2) ular mehnat shartnomasini bekor qilish asoslaridan qat’i nazar,

ishga tiklash to‘g‘risida, mehnat shartnomasini bekor qilish vaqti va

asoslari ta’rifini o‘zgartirish to‘g‘risida, majburiy progul yoki kam haq

to‘lanadigan ishni bajargan vaqt uchun haq to‘lashga doir bo‘lsa;

3) ular xodim tomonidan ish beruvchiga etkazilgan zararning

to‘lanishi haqida bo‘lsa;

4) ular mehnat vazifalarini bajarayotganda xodimning sog‘lig‘iga

shikast etkazilgani oqibatidagi zararni (shu jumladan ma’naviy zararni)

yoki uning mol-mulkiga etkazilgan zararni ish beruvchi tomonidan

to‘lanishi haqida bo‘lsa;

5) ular ushbu Kodeks 78-moddasining ikkinchi qismida nazarda

tutilgan hollarda ishga qabul qilish rad etilganligi haqida bo‘lsa;

6) ular ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning

boshqa vakillik organi bilan oldindan kelishib hal etilgan masalalar

yuzasidan kelib chiqqan bo‘lsa.

Qonunda nazarda tutilgan boshqa nizolar deganda, qonun bilan

boshqa organlar vakolatiga kiritilgan nizolar tushuniladi. Fuqarolik

protsessual kodeksi, Xo‘jalik protsessual kodeksi bilan belgilangan nizolar

bo‘lishi mumkin. Jumladan, Fuqarolik protsessual kodeksi 279-moddasiga

asosan alohida tartibda yuritiladigan quyidagi nizolar bevosita fuqarolik

sudlariga taaalluqlidir:

1) yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi

ishlar;

2) bolani farzandlikka olish to‘g‘risidagi ishlar;

3) fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish va fuqaroni o‘lgan deb e’lon

qilish to‘g‘risidagi ishlar;

4) fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz

deb topish to‘g‘risidagi ishlar;

Page 28: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

28

28

HAKAMLIK MUHOKAMASI

5) shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish

to‘g‘risidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish

to‘g‘risidagi ishlar;

6) shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining

ixtisoslashtirilgan bo‘limiga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish to‘g‘risidagi

yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi

ishlar;

7) mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish to‘g‘risidagi ishlar;

8) taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yo‘qolgan taqdirda, ular

bo‘yicha huquqlarni tiklash to‘g‘risidagi ishlar (chaqirib ish yuritish).

Xo‘jalik protsessual kodeksi 23-moddasiga asosan bevosita xo‘jalik

sudlari vakolatiga taalluqli ishlar quyidagilar:

1) iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar, yuridik shaxs tuzmagan holda

tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yakka tartibdagi tadbirkor

maqomini qonunda belgilangan tarzda olgan fuqarolar o‘rtasidagi

fuqaroviy, ma’muriy va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan

nizolarga doir ishlar;

2) iqtisodiyot sohasida tashkilotlar va fuqarolarning huquqlari vujudga

kelishi, o‘zgarishi yoki bekor bo‘lishi uchun ahamiyatga ega bo‘lgan

faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ishlar;

3) tashkilotlar va fuqarolarning bankrotligi to‘g‘risidagi ishlar.

4) ishtirokchilar o‘rtasida, ishtirokchilar bilan xo‘jalik shirkatlari va

jamiyatlari o‘rtasida, shu jumladan aksiyadorlar o‘rtasida, aksiyador bilan

aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari

faoliyatidan kelib chiqadigan nizolarga doir ishlar, bundan mehnatga oid

nizolar mustasno.

Xo‘jalik sudiga shuningdek yakka tartibdagi tadbirkor maqomini

yo‘qotgan fuqarolar ishtirokidagi nizolarga doir ishlar, agar tegishli

talablar ularning avvalgi tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqsa, taalluqlidir.

Qonun bilan xo‘jalik sudiga taalluqli ishlar jumlasiga boshqa ishlar

ham kiritilishi mumkin.

Xo‘jalik sudi o‘ziga taalluqli ishlarni, agar O‘zbekiston

Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan

bo‘lmasa, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston

Respublikasi tashkilotlari va fuqarolari, shuningdek chet el tashkilotlari,

chet el investitsiyalari ishtirokidagi tashkilotlar, xalqaro tashkilotlar, chet

el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirokida ko‘radi.

O‘zaro bog‘liq bo‘lib, ba’zilari xo‘jalik sudiga, boshqalari esa

umumiy yurisdiksiya sudiga taalluqli bo‘lgan bir necha talab

Page 29: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

29

29

HAKAMLIK MUHOKAMASI

birlashtirilgan taqdirda, hamma talablar umumiy yurisdiksiya sudida

ko‘rilishi kerak.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual

kodeksining 24 moddasiga asosan xo‘jalik sudi tomonidan quyidagi

nizolar hal etiladi:

1) tuzilishi qonunda nazarda tutilgan shartnoma yuzasidan chiqqan

kelishmovchiliklar yoki shartnoma yuzasidan chiqqan bo‘lib, hal etish

uchun xo‘jalik sudiga topshirish haqida taraflar o‘zaro kelishgan ixtiloflar;

2) shartnoma shartlarini o‘zgartirish yoki shartnomani bekor qilish

haqidagi nizolar;

3) mulk huquqini tan olish to‘g‘risidagi nizolar;

4) majburiyatlar bajarilmaganligi yoki tegishli darajada

bajarilmaganligi to‘g‘risidagi nizolar;

5) mulkdor yoki mulkning boshqa qonuniy egasi tomonidan mol-

mulkni boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olish to‘g‘risidagi

nizolar;

6) mulkdorning yoki mol-mulkning boshqa qonuniy egasining

huquqlari egalik qilishdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda

buzilganligi to‘g‘risidagi nizolar;

7) etkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi nizolar;

8) sha’n, qadr-qimmat va ishchanlik obro‘sini himoya qilish

to‘g‘risidagi nizolar;

9) davlat organlari va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining

qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan, tashkilotlar va fuqarolarning

huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan

hujjatlarini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi

nizolar;

10) undirish so‘zsiz (akseptsiz) tartibda amalga oshiriladigan ijro

hujjatini yoki boshqa hujjatni ijro etilishi mumkin emas deb topish

to‘g‘risidagi nizolar;

11) davlat ro‘yxatiga olishni rad etganlik yoki belgilangan muddatda

davlat ro‘yxatiga olishdan bosh tortganlik ustidan berilgan shikoyat;

12) agar qonunda so‘zsiz (akseptsiz) tartibda jarima undirilishi

nazarda tutilmagan bo‘lsa, nazorat qiluvchi organlar tomonidan

tashkilotlar va fuqarolardan jarimalar undirish to‘g‘risidagi nizolar;

13) nazorat qiluvchi organlar tomonidan qonun hujjatlarining

talablarini buzgan holda so‘zsiz (akseptsiz) tartibda hisobdan chiqarilgan

pul mablag‘larini byudjetdan qaytarish to‘g‘risidagi nizolar.

Page 30: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

30

30

HAKAMLIK MUHOKAMASI

2. Hakamlik muhokamasi taraflari

Hakamlik muhokamasi deganda nizoni hakamlik sudida hal etish

jarayoni tushuniladi.

Hakamlik muhokamasi taraflari deganda o‘z huquq va

manfaatlarini himoya qilish uchun hakamlik sudiga da’vo taqdim etgan

yuridik va jismoniy shaxslar (da’vogarlar), shuningdek o‘ziga nisbatan

da’vo taqdim etilgan shaxslar (javobgarlar) tushuniladi.

Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari hakamlik bitimi taraflari

bo‘lishi mumkin emas.

3. Nizolar hal etilayotganda va hal qiluv qarorlari qabul

qilinayotganda hakamlik sudi tomonidan qo‘llaniladigan normalar

O‘zbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonunning

10-moddasiga asosan hakamlik sudlari nizolarni O‘zbekiston Respublikasi

qonun hujjatlariga asosan hal qilishi belgilangan. Hakamlik sudlarining

fuqarolik huquqiy munosabatlardan, shuningdek tadbirkorlik subektlari

o‘rtasida vujudga keladigan xo‘jalik nizolarini hal qilish vakolatiga ega

ekanligidan kelib chiqqan holda, ushbu sohani tartibga soluvchi qonun

hujjatlarini qo‘llagan holda nizoni hal qilishi to‘g‘risida xulosaga

kelishimiz mumkin.

Bundan tashqari, nizolarni hal etishda shartnoma shartlari va ish

muomalasi odatlari ham muhim ahamiyatga ega. Shartnoma shartlari

Fuqarolik kodeksining 359-moddasiga asosan tegishli turdagi shartnomalar

uchun ishlab chiqilgan namunaviy shartlardan, agar namunaviy shartlarga

havola qilinmagan hollarda bunday namunaviy shartlar taraflarning

munosabatlariga ish muomalasi odatlari sifatida qo‘llanilishi mumkin.

Shuningdek, hakamlik sudi shartnoma shartlari mazmunini Fuqarolik

kodeksining 363-moddasi talablariga rioya qilgan holda aniqlaydi:

Page 31: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

31

31

HAKAMLIK MUHOKAMASI

Agar hakamlik bitimi taraflarining munosabatlari qonun hujjatlari

yoki hakamlik bitimi taraflarining kelishuvi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri

tartibga solinmagan bo‘lsa va bu munosabatlarga nisbatan qo‘llaniladigan

ish muomalasi odati mavjud bo‘lmasa, hakamlik sudi shunga o‘xshash

munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlari normalarini qo‘llaydi

(qonun o‘xshashligi), mazkur hollarda qonun o‘xshashligidan foydalanish

imkoniyati bo‘lmagan taqdirda esa hakamlik bitimi taraflarining huquq va

majburiyatlari qonun hujjatlarining mazmunidan (huquq o‘xshashligi)

hamda halollik, oqillik va adolat talablaridan kelib chiqqan holda

belgilanadi.

Shartnoma shartlarini sharhlashda sud tomonidan undagi so‘z va

iboralarning asl ma'nosi inobatga olinadi. Shartnoma shartining asl

ma'nosi uning aniq emasligi holatida boshqa shartlar bilan

taqqoslash orqali va shartnomaning umumiy ma'nosi orqali

o‘rnatiladi.

Shartnoma maqsadiga asosan taraflarning haqiqiy erki aniqlanishi

lozim. Bunda barcha tegishli holatlar inobatga olinadi, shu

jumladan, shartnomadan oldin bo‘lgan muzokaralar va xat

yozishuvlar, taraflar o‘zaro munosabatlarida bo‘lib o‘tgan tajriba,

ish muomalasi odatlari, taraflarning keyingi o‘zini tutishlari ham.

• Qonun analogiyasi huquqda qonun yoki qonunosti hujjatlari bilan to‘g‘ridan

to‘g‘ri nazarda tutilmagan, huquqiy tartibga solishni talab

qiluvchi ijtimoiy munosabatlarga nisbatan o‘xshash

munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalarni

qo‘llashdir.

Page 32: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

32

32

HAKAMLIK MUHOKAMASI

NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:

1. Hakamlik sudlari tomonidan hal etiladigan nizolarning o‘ziga xos

xususiyatlarini ko‘rsating?

2. Hakamlik sudlari tomonidan hal etilishi mumkin bo‘lmagan nizolar

doirasini tahlil qiling.

3. Hakamlik sudlari tomonidan nizolarni hal qilishda halqaro shartnoma

normalari qo‘llaniladimi? Javobingizni asoslantiring!

4. Qonun analogiyasi va huquq analogiyasini qo‘llagan holda hakamlik

sudlari tomonidan hal etiladigan nizolarni tahlil eting.

KAZUSLAR

1-kazus

Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro

varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza bilan fuqaro F.Ismatov sudga murojaat

qildi. Sud tomonidan ariza ko‘rib chiqilib, hakamlik sudi tomonidan ko‘rib

chiqilgan nizo qonunga muvofiq hakamlik muhokamasining predmeti

bo‘lmaganligi sababli, hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro

etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqardi.

Savol:

1. Vaziyatga huquqiy baho bering.

2. Ushbu ishlar bo‘yicha arizaning sudlovliligi qanday?

• Huquq analogiyasi

huquqda muayyan ijtimoiy munosabatlarni tartibga

soluvchi normalar mavjud bo‘lmasa , bu holda huquqning

tegishli huquq tarmog‘i va huquq institutini tartibga

solishning umumiy asoslari va va umumiy prinsiplariga

ko‘rib iqish va hal etishdir.

Page 33: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

33

33

HAKAMLIK MUHOKAMASI

3. Sudning harakatlari to‘g‘rimi va qanday protsessual hujjat

qabul qilishi kerak edi.

2-kazus

Yakka tadbirkor F va “Binokor” MChJ o‘rtasida nizo kelib

chiqqan. Mazkur nizo hakamlik sudi tomonidan ko‘rib chiqilib hal qiluv

qarori qabul qilingan. Hakamlik sudining hal qiluv qarori ixtiyoriy ijro

etilmagach da’vogar vakolatli sudga ijro varaqa berilishini so‘rab murojaat

qilgan. Vakolatli sud tomonidan ariza qabul qilinishida hakamlik sudiga

nizoni ko‘rib chiqish uchun topshirish bo‘yicha hakamlik bitimi mavjud

emasligi aniqlandi. Taraflardan mazkur holat bo‘yicha tushuntirish

so‘ralganida ular nizoni hakamlik sudida ko‘rib chiqish uchun og‘zaki

kelishuvga erishganligini ma’lum qilgan?

Savol:

1. Vaziyatga huquqiy baho bering.

2. Mazkur nizoni ko‘rib chiqqan hakamlik sudining harakatlari

qonuniymi?

Page 34: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

34

34

HAKAMLIK MUHOKAMASI

3-BOB. HAKAMLIK BITIMI

1. Nizoni hakamlik sudining hal qiluviga topshirish

Nizoning hakamlik sudining hal qiluviga topshirilishining asosiy

sharti – hakamlik bitimining mavjudligi bilan belgilanadi. Ya’ni, hakamlik

bitimining mavjudligi taraflarga hakamlik sudlariga murojaat qilish

huquqini vujudga keltiradi.

Hakamlik bitimi deganda taraflarning nizoni hakamlik sudiga hal

qilish uchun topshirish haqidagi kelishuvi tushuniladi.

Hakamlik bitimi taraflarning erk-irodasi, xohishini o‘zida ifoda etib,

ixtiyoriy tartibda shartnomaning sharti sifatida yoki alohida hakamlik

bitimi sifatida rasmiylashtiriladi.

Shuningdek, hakamlik bitimi taraflarga ular o‘rtasida yuzaga kelgan

yoki kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarni, o‘zlari tanlagan

hakamlik sudlari tomonidan ko‘rib hal qilish imkoniyatini beradi. Shu

bilan birgalikda, hakamlik bitimi taraflar uchun majburiy xarakterga ega

bo‘lib, taraflar nizoni hakamlik sudiga topshirishdan bosh tortishga haqli

bo‘lmaydi. Biroq, taraflarning ixtiyoriy roziligi bo‘lgan taqdirda hakamlik

bitimi bekor qilinishi va huquqiy munosabat turidan kelib chiqqan holda

nizo fuqarolik yoki xo‘jalik sudlari tomonidan, yoxud boshqa davlat

organlari tomonidan hal etilishi mumkin.

Hakamlik bitimi shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan

nizolar bilan birgalikda, shartnomaviy tusda bo‘lmagan munosabatlardan

ham kelib chiqadigan nizolarni hal etishni nazarda tutadi. Bunga misol

sifatida delikt majburiyatlarini va asossiz boylik orttirishdan kelib

chiqadigan majburiyatlarni keltirish mumkin. Ushbu holatda hakamlik

bitimi shartnoma sharti sifatida emas, balki majburiyatlar vujudga

kelgandan so‘ng alohida bitim sifatida rasiylashtiriladi.

Qonun fuqarolik yoki xo‘jalik sudlari tomonidan ish ko‘rilayotganda,

taraflar hal qiluv qarori chiqqunga qadar nizoni hakamlik sudi hal qiluviga

topshirish to‘g‘risida hakamlik bitimini tuzishiga yo‘l qo‘yadi. Juladan,

O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining 25-moddasida

fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan yoki kelib chiqishi

mumkin bo‘lgan hamda xo‘jalik sudiga taalluqli bo‘lgan nizo taraflarning

kelishuviga binoan, xo‘jalik sudi qaror chiqargunga qadar hakamlik sudiga

ko‘rish uchun topshirilishi mumkinligi to‘g‘risidagi norma

mustahkamlangan. Bunda taraflarning kelishuvi deganda Qonunning

12-moddasida nazarda tutilgan hakamlik bitimi tushuniladi.

Page 35: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

35

35

HAKAMLIK MUHOKAMASI

Agar taraflarning nizoni hakamlik sudiga ko‘rish uchun topshirish

to‘g‘risidagi kelishuvi mavjud bo‘lib, hakamlik sudiga murojaat qilish

imkoniyati yo‘qolmagan bo‘lsa va agar ishning xo‘jalik sudida ko‘rilishiga

qarshi bo‘lgan javobgar birinchi arizasidan kechiktirmay nizoni mazmunan

hal etishni hakamlik sudiga topshirish to‘g‘risida iltimosnoma bilan

murojaat qilsa, xo‘jalik sudi da’voni ko‘rmasdan qoldiradi.

Bunda “birinchi ariza” deganda javobgarning hal qiluv qarori qabul

qilinguniga qadar nizo mohiyati bo‘yicha bayon qilgan yozma yoki

og‘zaki fikrini tushunish lozim.

Agar fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqqan nizo

yuzasidan fuqarolik sud ishi yuritilayotgan bo‘lib, taraflar sudning hal

qiluv qarori chiqqunga qadar nizoni hal qilish uchun hakamlik sudiga

topshirish to‘g‘risida hakamlik bitimi tuzsalar, fuqarolik sudi O‘zbekiston

Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 100-moddasi 6-bandiga

asosan ish yuritishni tugatadi. Sud tomonidan ish yuritishni tugatish

to‘g‘risidagi ajrim chiqarilib, ish materiallari taraflar iltimosnomasiga

binoan ular ko‘rsatgan hakamlik sudiga jo‘natiladi.

2. Hakamlik bitimining shakli va mazmuni

Hakamlik bitimi yozma shaklda tuziladi.

Hakamlik bitimi, agar u hakamlik bitimi taraflari tomonidan

imzolangan hujjatda ifodalangan bo‘lsa yoki bunday bitimni qayd etishni

HAKAMLIK BITIMI

Shartnomaning tarkibiy qismi

bo’lgan shartnoma sharti sifatida

rasmiylashtirilishi mumkin.

Alohida bitim tarzida

rasmiylashtirilishi mumkin.

Page 36: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

36

36

HAKAMLIK MUHOKAMASI

ta’minlovchi elektron yoxud boshqa aloqa vositalaridan foydalanilgan

holda xatlar yoki xabarlar almashish yo‘li bilan tuzilgan bo‘lsa, yozma

shaklda tuzilgan hisoblanadi.

Hakamlik bitimi yuqorida belgilangan yozma shaklga rioya qilinmagan

holda rasmiylashtirilgan taqdirda, hakamlik bitimi haqiqiy emas deb

hisoblanadi.

Hakamlik bitimi mazmuniga aniq talablar mavjud emas, ammo uning

matnida taraflarning nizoni hakamlik sudiga topshirish haqidagi erki

bildirishlari aks etilishi shart.

Hakamlik bitimida hakamlik bitimi taraflari o‘rtasida kelib chiqqan

yoki kelib chiqishi mumkin bo‘lgan barcha yoxud ayrim nizolar hakamlik

sudida ko‘rib chiqilishi kerakligi haqidagi qoida, shuningdek agar nizo

doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi hal qiluviga topshiriladigan

bo‘lsa, mazkur hakamlik sudining nomi ko‘rsatilishi lozim.

Bundan tashqari, hakamlik bitimida hakamlik sudyalarining soni,

hakamlik muhokamasi o‘tkaziladigan joy va til, hakamlik

muhokamasining qo‘llaniladigan qoidalari, nizoni ko‘rib chiqish muddati

haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi mumkin.

Agar hakamlik bitimida taraflar o‘rtasida kelib chiqqan yoki kelib

chiqishi mumkin bo‘lgan barcha nizolar hakamlik sudida ko‘rib chiqilishi

kerakligi haqidagi qoida ko‘rsatilgan bo‘lsa, hakamlik kelishuvini haqiqiy

emasligi haqidagi nizo ham hakamlik sudida ko‘rib chikiladi.

Agar hakamlik bitimida xakamlik bitimi taraflari o‘rtasida kelib

chiqqan yoki kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ma’lum bir nizolar hakamlik

sudida ko‘rib chiqilishi kerakligi haqidagi qoida ko‘rsatilgan bo‘lib, ularda

hakamlik bitimi ustidan nizolashish masalasi ko‘rsatilgan bo‘lmasa,

hakamlik kelishuvini haqiqiy emasligi haqidagi nizo xo‘jalik sudida

ko‘rilishi lozim1.

Hakamlik bitimi mazmuniga qo‘yilgan talablarga rioya qilmaslik

hakamlik bitimini haqiqiy emas deb topishga asos bo‘lib xizmat qiladi.

Agar hakamlik bitimi shartnomaning sharti sifatida rasmiylashtirilgan

bo‘lsa, uning mazmunida hakamlik muhokamasi taraflari o‘rtasida

kelgusida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nizolar hakamlik sudi tomonidan

ko‘rib hal etilishi to‘g‘risidagi qoida mustahkamlanadi. Shuningdek, nizo

muvaqqat yoki doimiy faoliyat yurituvchi hakamlik sudi tomonidan ko‘rib

hal etilishi, agar nizo doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi hal

1 Ўзбекистон Республикаси Олий хўжалик суди Пленумининг 2012 йил 15 июндаги “Хўжалик судлари

томонидан ҳакамлик судининг ҳал қилув қарорини бекор қилиш ҳамда ҳакамлик судининг ҳал қилув қарорини

мажбурий ижро этиш учун ижро варақасини бериш тўғрисидаги ишларни кўришда қонун ҳужжатларини

қўллашнинг айрим масалалари ҳақида”ги 238 сонли Қарори.

Page 37: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

37

37

HAKAMLIK MUHOKAMASI

qiluviga topshiriladigan bo‘lsa, mazkur hakamlik sudining nomi ham

ko‘rsatilishi lozim.

Agar taraflar hakamlik bitimini shartnomaning sharti sifatida

rasmiylashtirmagan bo‘lsalar, nizo kelib chiqqandan so‘ng shartnomaga

tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritib, hakamlik bitimini

shartnomaning sharti sifatida kiritishlari mumkin. Shuningdek,

shartnomadan tashqari, alohida hakamlik bitimi sifatida

rasmiylashtirishlari mumkin.

Shartnoma shartidan tashqari, alohida bitim sifatida rasmiylashtirilgan

hakamlik bitimi mazmunida quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim:

Hakamlik bitimi tuzilayotgan joyi va sanasi;

hakamlik bitimi taraflari (familiyasi, ismi, otasining ismi va

yashash joyi), agar taraflar tashkilot bo‘lsa nomi va joylashgan

joyi);

hakamlik bitimi taraflari o‘rtasida kelib chiqqan yoki kelib

chiqishi mumkin bo‘lgan barcha yoxud ayrim nizolar hakamlik

sudida ko‘rib chiqilishi kerakligi haqidagi qoida;

agar nizo doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi hal qiluviga

topshiriladigan bo‘lsa, mazkur hakamlik sudining nomi va

joylashgan manzili;

hakamlik sudining tarkibi;

xakamlik muhokamasi tili.

nizoni hal qilish muddati.

Hakamlik sudi tomonidan qo‘llaniladigan qoidalar.

Quyida nizoni hakamlik sudida ko‘rish haqidagi bitim namunasi

keltirilgan2:

Nizoni hakamlik sudida ko‘rish haqidagi

BITIM

Toshkent sh. 10 sentabr, 2007 y.

Nizom asosida faoliyat ko‘rsatuvchi “Yulduz” mas’uliyati cheklangan

jamiyat ushbu jamiyat direktori Isaev M.A. nomidan bir tarafdan va Nizom

asosida faoliyat ko‘rsatuvchi “Vatan” YOpiq turdagi aksiyadorlik jamiyati ushbu

jamiyat Boshqarmasi Raisi Asqarov I.S. nomidan ikkinchi tarafdan (quyida

“Taraflar” deb berilgan) qo‘yidagi shartlar bo‘yicha ushbu bitimni tuzdilar:

2 Ўзбекистон Республикасининг “Ҳакамлик судлари тўғрисидаги” Қонунига шарҳ.

Page 38: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

38

38

HAKAMLIK MUHOKAMASI

1. Taraflar o‘rtalarida 28/45-sonli 2007 yil 10 sentabrda tuzilgan oldi-sotdi

shartnomasidan (matnda “Shartnoma” deb berilgan) kelib chiqishi mumkin

bo‘lgan yoki u bilan bog‘liq bo‘lgan barcha nizo va qarama-qarshiliklarni

muzokaralar orqali hal etish erklarini tasdiqlaydilar.

2. Shartnomadan kelib chiqadigan yoki u bilan bog‘liq holda, shu jumladan,

shartnoma uning bajarilmaganligi yoki bekor qilinishiga Taraflar tomonidan

muzokaralar orqali tartibga solinmagan nizo, anglashilmovchiliklar yoki talablar

Huquqiy muammolarni o‘rganish markazi qoshidagi (Toshkent sh.) Hakamlik

sudida mazkur Shartnoma imzolangan kunida amaldagi uning Reglamentiga

binoan yakuniy hal qilinishi lozim.

3. Hakamlik muhokamasi uch nafar hakamlik sudyalari tomonidan amalga

oshiriladi. Huquqiy muammolarni o‘rganish markazi qoshidagi Hakamlik sudi

shaxsiy tarkibi uning Reglamentida qayd etilgan tartibda, Markaz tomonidan

tasdiqlangan hakamlik sudyalari ro‘yxatida ko‘rsatiladi.

4. Hakamlik muhokamasini o‘tkazish joyi O‘zbekiston, Toshkent shahri deb

tanlanadi.

5. Huquqiy muammolarni o‘rganish markazi qoshidagi Hakamlik sudiga

murojaat etishdan avvalgi nizolarni hal etishning dastlabki (pretenziya bildirish)

tartibiga rioya etish Taraflar uchun majburiy hisoblanmaydi.

6. Taraflar Huquqiy muammolarni o‘rganish markazi qoshidagi Hakamlik

sudida ish ko‘rilishi rus va o‘zbek tillarida olib borilishini e’tiborga oladilar va

hakamlik muhokamasi tili sifatida o‘zbek tilini tanlaydilar.

7. Taraflar Huquqiy muammolarni o‘rganish markazi qoshidagi Hakamlik

sudi hal qiluv qarori ular uchun yakuniy bo‘lishini tan oladilar va Huquqiy

muammolarni o‘rganish Markazi qoshidagi Hakamlik sudi hal qiluv qarori va

Reglamentida aniqlangan tartibga rioya qilgan holda bunday hal qiluv qarorini

unda ko‘rsatilgan muddatda bajarish majburiyatini oladilar.

8. Nizoni Huquqiy muammolarni o‘rganish markazi qoshidagi Hakamlik

sudiga ko‘rib chiqish uchun topshirish haqidagi ushbu bitim Taraflar tomonidan

ixtiyoriy tarzda tuzilgan. Ushbu bitim yuridik jihatdan mustaqil va

Shartnomaning boshqa shartlariga tobe emas. Shartnomaning bekor qilinishi

(haqiqiy emasligi) qonunga ko‘ra ushbu bitimning bekor qilinishini keltirib

chiqarmaydi.

Taraflar muhr va imzolari

Page 39: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

39

39

HAKAMLIK MUHOKAMASI

3. Shartnomaning sharti sifatida rasmiylashtirilgan hakamlik

bitimi va alohida bitim sifatida rasmiylashtirilgan hakamlik

bitimidan farqi.

4. Hakamlik bitimini haqiqiy emas deb topish asoslari.

Hakamlik bitimiga umumiy asoslarda O‘zbekiston Respublikasi

Fuqarolik kodeksi 9 bobi, 101-128 moddalarida mustahkamlangan

bitimlarga oid normalar tatbiq etiladi. Demak, bitimga qo‘yilgan talablar

va uni haqiqiy emas deb topish asoslari umumiy asoslarda hakamlik

bitimiga ham qo‘llaniladi.

Hakamlik bitimi: qonun talab qiladigan shaklga rioya qilmagan holda tuzilgan bo‘lsa;

qonun hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lmagan holda tuzilgan bo‘lsa;

o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxs tomonidan tuzilgan bo‘lsa;

o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga etmagan shaxs tomonidan

tuzilgan bo‘lsa;

muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomonidan tuzilgan bo‘lsa;

muomala layoqati cheklangan fuqaro tomonidan tuzilgan bo‘lsa;

o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan

fuqaro tomonidan tuzilgan bo‘lsa;

yanglishish ta’sirida tuzilgan bo‘lsa;

aldash, zo‘rlik, qo‘rqitish, bir taraf vakilining ikkinchi taraf bilan yomon niyatda kelishishi

yoki og‘ir holatlar yuz berishi ta’sirida tuzilgan bo‘lsa;

qalbaki va ko‘zbo‘yamachilik uchun tuzilgan bo‘lsa;

yuridik shaxs huquqiy layoqatidan tashqariga chiqqan holda tuzilgan bo‘lsa haqiqiy

emas deb topiladi.

Shartnoma sharti va alohida

hakamlik bitimi sifatida

rasmiylashtirilgan hakamlik

bitimi farqli jihatlari

Shartnomaning sharti sifatida

rasmiylashtiriladi.

Nizo kelib chiqqunga qadar

shartnomani tuzish vaqtida shartnoma

sharti sifatida kiritiladi.

Shartnoma shartida faqatgina

kelib chiqishi mumkin bo’lgan

nizohakamlik sudi tomonidan hal

qilinishi tushuniladi.

Alohida bitim sifatida

rasmiylashtiriladi.

Nizo kelib chiqqandan so’ng,

taraflar tomonidan tuziladi.

Hakamlik sudi tarkibi, ishni

ko’rish muddati, tili, joyi to’g’risida

qoidalar mavjud bo’ladi.

Page 40: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

40

40

HAKAMLIK MUHOKAMASI

O‘zbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonunning

12-moddasiga asosan hakamlik bitimi shakliga qo‘yilgan talablarga,

shuningdek 13-moddasiga asosan hakamlik bitimining mazmuniga

qo‘yilgan talablarga rioya qilmaslik hakamlik bitimining haqiqiy

emasligiga olib keladi.

O‘zbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi

qonunining 24-moddasi birinchi qismi shartnoma sharti sifatida

rasmiylashtirilgan hakamlik bitimini shartnomaning boshqa shartlariga

bog‘liq bo‘lmagan bitim sifatida ko‘rib chiqilishi lozimligini belgilaydi.

Nizoni hakamlik sudi tomonidan hal qilinishi to‘g‘risidagi shartni qamrab

olgan shartnomaning haqiqiy emasligi hakamlik bitimining haqiqiy

emasligi to‘g‘risidagi xulosasi ushbu shartning qonunga binoan haqiqiy

emas deb topilishiga olib kelmaydi.

Agar hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik bitimi haqiqiy

emasligi oqibatida bekor qilingan bo‘lsa, mazkur nizo bundan buyon

hakamlik sudida ko‘rib chiqilishi mumkin emas.

NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:

1. Nizoni hakamlik sudining hal qiluviga topshirish tartibini

tushuntiring.

2. Hakamlik bitimiga qo‘yilgan talablarni tahlil qiling.

3. Hakamlik bitimini haqiqiy emas dep topish asoslarini tahlil qiling.

4. Berilgan hakamlik bitimi namunasi asosida hakamlik bitimi

loyihasini shakllantiring.

KAZUSLAR

1-kazus

Tarbirkor S.Eshmatov va F.Jasurov o‘rtasida shartnoma shartlari

yuzasidan nizo kelib chiqdi. Shartnoma shartlarida nizoni hakamlik

sudinig muhokamasiga topshirish to‘g‘risida kelishuv mavjud emasligi

sababli taraflar o‘rtasida hakamlik bitimi tuzildi. Hakamlik bitimida

taraflar o‘rtasida kelib chiqqan yoki kelib chiqishi mumkin bo‘lgan barcha

nizolar hakamlik sudida ko‘rib chiqilishi kerakligi haqidagi qoida

ko‘rsatildi. Hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilinishi bilan

Page 41: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

41

41

HAKAMLIK MUHOKAMASI

javobgar da’vosi bilan hakamlik kelishuvini haqiqiy emas deb topish

bo‘yicha nizo kelib chiqdi.

Savol:

1. Vaziyatga huquqiy baho bering.

2. Mazkur nizoni qaysi sud tomonidan ko‘rib chiqiladi?

3. Hakamlik bitimida ko‘rsatib o‘tiladigan holatlarni tahlil eting?

2-kazus

“Rinat”FX va tadbirkor S.Solievlar o‘rtasida mahsulot etkazib berish

shartnomasi shartlari asosida kelib chiqqan nizo bo‘yicha hakamlik bitimi

tuzilib, hakamlik sudiga da’vo arizasi taqdim etilgan. Hakamlik sudi da’vo

arizasini da’vogar tarafning advokati tomonidan imzolanganligini biroq,

arizaga ilova qilingan hujjatlarga advokatning ishonchnomasi ilova

qilinmaganligini bilan asoslab da’vo arizasini da’vogarga qaytaradi.

Da’vogar “Rinat”FX mazkur nizo bo‘yicha ho‘jalik sudiga murojaat qilib,

da’vo talablarini asoslash bilan birga ilgari taraflar o‘rtasida tuzilgan

hakamlik bitimi o‘z kuchini yo‘qotganligini ta’kidlaydi.

Savol:

1. Vaziyatga huquqiy baho bering.

2. Mazkur nizo bo‘yicha hakamlik bitimining bekor bo‘lishi

asoslimi? Fikringizni asoslantiring.

3. Hakamlik bitimida belgilanadigan holatlarni tushuntiring?

Page 42: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

42

42

HAKAMLIK MUHOKAMASI

4-BOB. HAKAMLIK SUDINING TARKIBI

1. Hakamlik sudyasiga qo‘yiladigan talablar “Hakamlik sudlari

to‘g‘risida”gi Qonunning 14–

moddasiga ko‘ra, yigirma besh

yoshdan kichik bo‘lmagan,

nizoning xolis hal qilinishini

ta’minlashga qodir bo‘lgan,

nizoning pirovard natijasidan

bevosita yoki bilvosita

manfaatdor bo‘lmagan, hakamlik

bitimi taraflaridan mustaqil

bo‘lgan va hakamlik sudyasi majburiyatlarini bajarishga rozilik bergan

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hakamlik sudyasi etib saylanishi

(tayinlanishi) mumkin. Nizoni yakka tartibda hal qiluvchi hakamlik

sudyasi oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. Nizo hay’atda hal

qilinayotganda hakamlik sudi tarkibining raisi oliy yuridik ma’lumotga ega

bo‘lishi kerak.

2. Hakamlik sudyasi bo‘la olmaydigan shaxslar

3

Hakamlik sudyasiga ko‘yiladigan talablar

· yigirma besh yoshdan kichik bo‘lmasligi kerak;

· nizoning xolis hal qilinishini ta'minlashga qodir

bo‘lishi kerak;

· nizoning pirovard natijasidan bevosita yoki

bilvosita manfaatdor bo‘lmasligi kerak;

· hakamlik bitimi taraflaridan mustaqil bo‘lishi

kerak;

· hakamlik sudyasi majburiyatlarini bajarishga

rozilik bergan bo‘lishi kerak;

· O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi kerak.

“Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasiga ko‘ra,

quyidagilar hakamlik sudyasi bo‘lishi mumkin emas:

· muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb

topilganligi to‘g‘risida sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori

mavjud bo‘lgan shaxs;

· sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki

sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs;

· o‘z kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi

uchun sudya, advokat, notarius, tergovchi, prokuror yoki huquqni

muhofaza qiluvchi organlarning boshqa xodimi sifatidagi vakolati

qonunda belgilangan tartibda tugatilgan shaxs;

· qonunda belgilangan mansab maqomiga muvofiq hakamlik sudyasi

etib saylanishi (tayinlanishi) mumkin bo‘lmagan shaxs.

Page 43: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

43

43

HAKAMLIK MUHOKAMASI

3.Hakamlik sudyalarining ro‘yxatini shakllantirish qoidasi

“Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonunning 15–moddasi taraflar

faqatgina sudni tashkil etgan yuridik shaxs tomonidan tasdiqlangan

hakamlar ro‘yxatidagi hakamlik sudyalarini tanlashlari mumkinligini

ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi

Qonunning ushbu normasi taraflarga hakamlik sudyalarini o‘z xohishlariga

ko‘ra ro‘yxatdan yoki ushbu sudning hakamlik sudyalari ro‘yxatida

bo‘lmagan har qanday boshqa shaxsni tanlash imkonini beruvchi

YUNSITRAL Namunaviy Qonun holatidan tubdan farq qiladi. Shuning

uchun hakamlik sudini tashkil etuvchi yuridik shaxs hakamlik sudyalari

ro‘yxatini tuzishda unga turli mutaxassislarni kiritishi maqsadga muvofiq

bo‘ladi.

Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudida hakamlik sudyalari

mazkur hakamlik sudini tashkil etgan yuridik shaxs tomonidan

tasdiqlangan hakamlik sudyalari ro‘yxatiga kiritilgan sudyalar orasidan

saylanadi (tayinlanadi). Agar hakamlik bitimi tarafi hakamlik bitimi

boshqa tarafining hakamlik sudyasini (hakamlik sudyalarini) saylash

haqidagi iltimosini olgan paytdan e’tiboran o‘n besh kun ichida hakamlik

sudyasini (hakamlik sudyalarini) saylamasa yoki hakamlik bitimining

taraflari hakamlik sudyasini tanlash to‘g‘risida kelisha olmasalar (nizo

hakamlik sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqilayotganda) yoxud

agar hakamlik sudyalari raislik qiluvchi hakamlik sudyasini tayinlash

to‘g‘risida o‘zlari saylangan paytdan e’tiboran o‘n besh kun ichida kelisha

olmasalar, ularni tayinlash doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudining

raisi tomonidan hakamlik bitimi taraflaridan birining iltimosiga binoan o‘n

kun muddatda amalga oshiriladi.

Muvaqqat hakamlik sudini shakllantirishda taraflar hakamlik sudyalari

ro‘yxati bilan cheklanmasdan, sudyalarni o‘z ixtiyorlariga ko‘ra tanlash

imkoniyatiga ega bo‘ladilar va mazkur sudni shakllantirish xuddi doimiy

faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudidagi tartibda amalga oshiriladi.

Muvaqqat hakamlik sudida hakamlik sudyalari hakamlik bitimi taraflari

tomonidan saylanadi. Agar hakamlik bitimi tarafi hakamlik bitimi boshqa

tarafining hakamlik sudyasini (hakamlik sudyalarini) saylash haqidagi

iltimosini olgan paytdan e’tiboran o‘n besh kun ichida hakamlik sudyasini

(hakamlik sudyalarini) saylamasa yoki hakamlik bitimining taraflari

hakamlik sudyasini tanlash to‘g‘risida kelisha olmasalar (nizo hakamlik

sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqilayotganda) yoxud agar

hakamlik sudyalari raislik qiluvchi hakamlik sudyasini tayinlash

to‘g‘risida o‘zlari saylangan paytdan e’tiboran o‘n besh kun ichida kelisha

Page 44: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

44

44

HAKAMLIK MUHOKAMASI

olmasalar, nizo hal qilish uchun vakolatli sudga topshiriladi. Bunda

hakamlik bitimining amal qilishi tugatiladi.

“Hakamlik sudlari to‘g‘risidagi” Qonunning 15-moddasiga binoan

taraflar muvaqqat hakamlik sudini shakllantirish tartib-taomilini o‘zaro

kelishib oladilar. Biroq, agar taraflar muvaqqat hakamlik sudini

shakllantirishning tartibini o‘zlari o‘rnatishga qaror qilsalar, unda

hakamlik bitimida taraflar muvaqqat hakamlik sudi tarkibini

shakllantirishning shunday tartibini kelishishlari lozimki, u nizoni

mazmuniga ko‘ra aynan hakamlik sudida hal qilishga imkon bersin, chunki

bu tartibdagi har qanday xato hakamlik bitimining bekor qilinishiga olib

keladi.

Agarda muvaqqat hakamlik sudi taraflari sudyani (sudyalarni) tanlay

olmasalar yoki tanlangan sudyalar raislik qiluvchi sudyani tanlay

olmasalar, nizo vakolatli (davlat) sudga (bunday hollarda sudyani doimiy

faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi Raisi tayinlaydigan doimiy faoliyat

ko‘rsatuvchi hakamlik sudi tartib-taomilidan farq mavjud) topshiriladi.

Shu bilan birga muvaqqat hakamlik sudida ishni ko‘rishdan avval o‘z

ichiga bino, kotib, tarjimon xizmatlari va boshqalar bilan ta’minlashni

zimmasiga oluvchi muvaqqat hakamlik sudi ma’muriyati masalasini

kelishib olishga e’tibor qaratish lozim.

Hakamlik sudi sudyasini taraflar o‘zaro kelishib tanlashlari muhim

ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham hakamlik sudida ish

qo‘zg‘atilishi haqidagi ajrimning nusxalari hakamlik bitimining taraflariga

yuborilishi jarayonida javobgarga ajrim nusxasi bilan da’vo arizasi va

unga ilova qilingan hujjatlarning nusxalari hamda hakamlik sudyalarning

ro‘yxati va tegishli hakamlik sudi Reglamenti yuborilishi talab etiladi.

Mazkur hujjatlarning nusxalarini olgandan keyin javobgar o‘n besh

kunlik muddat ichida Hakamlik sudiga da’vogar tomonidan hakamlik

sudyasi nomzodini taklif qilgan xabarnomaga javob berishi shart va bu

javobda quyidagilarni ko‘rsatishi lozim:

- nizo hakamlik sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib

chiqilayotganda da’vogar taklif qilgan hakamlik sudyasining nomzodiga

roziligi yoki noroziligi (agarda javobgar norozi bo‘lsa javobda javobgar

tomonidan taklif qilinayotgan hakamlik sudyasining ismi va sharifi

ko‘rsatiladi);

- nizo hay’atda ko‘rib chiqilayotganda javobgar tomonidan taklif

qilinayotgan hakamlik sudyasining ismi va sharifi.

Page 45: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

45

45

HAKAMLIK MUHOKAMASI

4. Hakamlik sudyasini rad qilish tartibi

Hakamlik muhokamasi taraflarining muhim huquqlaridan biri

hakamlik sudi sudyasini rad etish hisoblanadi.

Sudyalarning mustaqil bo‘lishi sudlov jarayoni oldidagi vazifalarni

bajarishning muhim shartidir. Qonunchilikka so‘zsiz va qat’iy amal

qilingandagina sudyalarning chinakam mustaqilligiga erishish mumkin. Bu

esa, o‘z navbatida hakamlik sudidan har bir holatda moddiy va protsessual

huquqning tegishli normalariga aniq amal qilishni talab etadi. Hakamlik

sudining sudyalari iqtisodiy sohada yuz beradigan nizolarni va boshqa

ishlarni hal etishda qonunni aniq va to‘g‘ri bajarishlari, biror kimsaning,

shu jumladan taraflarning undovi bilan qaror chiqarmasliklari lozim.

O‘zining xolisligi yoki mustaqilligi xususida o‘zida biror shubha tug‘ilsa,

sudya o‘zini sudya sifatida rad etishi va buning sabablarini ko‘rsatishi

mumkin. Nizo bo‘yicha qatnashayotgan shaxslar ham, sudyaning xolis

emasligi haqida ma’lum shubhalar tug‘ilgan bo‘lsa, muhokama

jarayonining har qanday bosqichida sudyani rad etishlari mumkin.

“Hakamlik sudlari to‘g‘risidagi” Qonunning 16-moddasiga binoan,

ushbu Qonunning 14-moddasida nazarda tutilgan talablarga rioya

etilmagan hollarda, hakamlik muhokamasi taraflari hakamlik sudyasini rad

qilish haqida arz qilishlari mumkin. Ushbu Qonunning 14-moddasida

ko‘rsatilgan hakamlik sudyasiga talablar bitim taraflari tomonidan

o‘rnatilgan sudyalarning ma’lumot va malakasi, sudyalarning taraflardan

mustaqilligi, nizoni xolis hal etishni ta’minlashga qodirligi, ishning hal

etilishidan bilvosita yoki bevosita manfaatdorligi yo‘qligiga va

boshqalarga daxldordir. Bunda nizoning xolis hal etilishini ta’minlashda

shubha masalan, agar hakamlik sudyasi sud ishida ishtirok etayotgan shaxs

yoki uning vakilining qarindoshi bo‘lganida yuzaga kelishi mumkin.

Qarindoshlik odatda bir shaxsning boshqa shaxsdan yoki turli shaxslarning

umumiy ajdoddan hamda nikoh va oila aloqalariga asoslangan odamlar

orasidagi aloqa sifatida aniqlanadi. Qarindoshlarga farzandlar, ota-ona,

bolani asrab oluvchi, asrab olingan, tug‘ishgan aka-uka va opa-singil,

buvalar, buvilar, nabiralar, er va xotin, amaki va tog‘a, amma va xola,

o‘gay ona, o‘gay ota, hamda er va xotinning qayd etilgan qarindoshlari

kiradi. Ushbu o‘rinda shuni alohida ta’kidlash kerakki, qarindoshlik fakti

o‘z-o‘zidan rad etishga asos bo‘la olmaydi. Ushbu asos bo‘yicha rad qilish

talabi qarindoshlik nizoni xolis tarzda hal etilishiga imkon bermasa,

bilvosita yoki bevosita manfaatdorlik yoki taraflardan biriga tobelik

mavjudligini aniqlangan holda qondirilishi mumkin va qondirilishi shart.

Bilvosita yoki bevosita manfaatdorlik yoki sudyaning xolisligiga shubha

Page 46: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

46

46

HAKAMLIK MUHOKAMASI

tug‘diruvchi boshqa holatlarning mavjudligi masalan, sudyaning nizo

tarafi yoki uning vakilidan mehnat, tashkiliy yoki boshqacha tobelik

mavjudligini anglatadi. Hakamlik muhokamasi taraflar ishonchiga

asoslanganini hisobga olgan holda sudyaning xolisligiga bo‘lgan har

qanday shubha rad qilish arizasini beruvchi foydasiga hal etilishi kerak.

Hakamlik sudi sudyasini rad qilish uchun yana bir muhim asos

“Hakamlik sudlari to‘g‘risidagi” Qonun, doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi

hakamlik sudi qoidalari yoki taraflar bitimi tomonidan o‘rnatilgan uning

malakasiga bo‘lgan talablarga rioya etmaslik hisoblanadi. Masalan,

“Hakamlik sudlari to‘g‘risidagi” Qonunda belgilangan talablarga nisbatan

ko‘pgina hakamlik sudlari tomonidan hakamlik sudyasi malakasiga

qat’iyroq talablar o‘rnatilgan. Bu holatda hakamlik sudyasi malakasi

hakamlik sudi Qoidalari yoki taraflar talablariga mos kelmasligi

“Hakamlik sudlari to‘g‘risidagi” Qonunning 14-moddasi uchinchi qismiga

binoan sudyani rad qilish uchun asos bo‘la oladi.

Hakamlik muhokamasi tarafi saylangan (tayinlangan) yoki

saylanishida ishtirok etgan hakamlik sudyasining rad qilinishi uchun asos

bo‘luvchi holatlar rad qilinayotgan hakamlik sudyasi saylanganidan

(tayinlanganidan) keyin o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan taqdirdagina uni rad

qilish haqida arz qilishlari mumkin.

Hakamlik sudyasini rad qilish haqidagi yozma asoslangan ariza

hakamlik muhokamasining tarafi tomonidan Hakamlik sudining birinchi

muhokamasigacha taqdim etilishi shart. Hakamlik sudyasini rad qilish

haqidagi ariza Hakamlik sudining birinchi muhokamasidan keyin taqdim

etilgan holda faqat sud tarkibi tomonidan arizaning kechiktirilish sabablari

uzrli deb topilsa, u ko‘rib chiqilishi mumkin.

Agarda, hakamlik muhokamasi paytida hakamlik sudyasining rad

qilinishi uchun asos bo‘luvchi hollatlar paydo bo‘lsa, hakamlik sudyasi bu

haqda Hakamlik sudiga va hakamlik muhokamasining taraflariga xabar

qilib va o‘zini o‘zi rad qilish haqida arz qilishi shart. Rad qilinishi talab

etilayotgan hakamlik sudyasi rad qilish haqidagi masala ko‘rib

chiqilguniga qadar o‘z tushuntirishlarini berishga haqli bo‘ladi.

Agar rad qilinishi talab etilayotgan hakamlik sudyasi o‘zini o‘zi rad

qilmasa yoki hakamlik muhokamasining boshqa tarafi hakamlik sudyasini

rad qilishga rozi bo‘lmasa, hakamlik sudyasini rad qilish haqidagi masala

hakamlik sudi tarkibiga kiruvchi boshqa hakamlik sudyalari tomonidan hal

etiladi. Rad qilishni yoqlab va unga qarshi berilgan ovozlar soni teng

bo‘lib qolsa, hakamlik sudyasi rad qilingan hisoblanadi. Hakamlik

sudining butun tarkibini rad qilish haqidagi masalalar shu hakamlik sudi

Page 47: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

47

47

HAKAMLIK MUHOKAMASI

tarkibi tomonidan oddiy ko‘pchilik ovoz bilan, nizoni yakka tartibda

ko‘radigan hakamlik sudyasini rad qilish to‘g‘risidagi masalalar esa shu

hakamlik sudyasining o‘zi tomonidan hal etiladi. Rad qilish masalasini

ko‘rish natijalari bo‘yicha nizoni ko‘rib chiqayotgan hakamlik sudi tarkibi

tomonidan ajrim chiqariladi.

Hakamlik sudyasini rad qilish haqidagi ariza shu arizachi tomonidan

va bundan oldin ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha qayta taqdim etilishi

mumkin emas.

5. Hakamlik sudyasining vakolatlarini tugatish

O‘zbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi

Qonunning 18-moddasiga binoan, hakamlik sudyasining vakolatlari

hakamlik muhokamasi taraflarining kelishuviga binoan, ushbu Qonunning

14, 16 va 17-moddalariga muvofiq hakamlik sudyasining o‘zini o‘zi rad

qilishi yoki rad qilinishi munosabati bilan, shuningdek hakamlik sudyasi

vafot etgan taqdirda tugatilishi mumkin.

Hakamlik sudyasining

vakolatlari muayyan nizo bo‘yicha

hal qiluv qarori qabul qilinganidan

keyin tugatiladi. Ushbu Qonunning

40, 41 va 42-moddalarida nazarda

tutilgan hollarda hakamlik

sudyasining vakolatlari tiklanadi,

ko‘rsatilgan moddalarda nazarda

tutilgan harakatlar amalga

oshirilganidan so‘ng tugatiladi.

6. Hakamlik sudyasini almashtirish tartibi

O‘zbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonunning

19-moddasiga ko‘ra, hakamlik sudyasining vakolatlari tugatilgan taqdirda,

boshqa hakamlik sudyasi almashtirilayotgan hakamlik sudyasi

saylanayotganda (tayinlanayotganda) qo‘llanilgan qoidalarga muvofiq

saylanadi (tayinlanadi). Hakamlik hay’ati Raisi, yakka sudya yoki sudya

ish muhokamasida qatnasha olmagan taqdirda qonun ularni almashtirish

tartibini belgilaydi. Sudyalarni almashtirish sud ajrimiga asosan amalga

Mazkur normalarni o‘rganadigan bo‘lsak,

ya'ni quyidagi qo‘shimcha harakatlar

amalga oshirilgan hollarda:

- qo‘shimcha hal qiluv qarori;

- hal qiluv qaroriga tushuntirish;

- yozuvdagi xatolarni va arifmetik xatolarni

tuzatish natijasida hakamlik sudyasining

vakolatlari tiklanadi va nazarda tutilgan

harakatlar amalga oshirilganidan so‘ng

tugatiladi.

Page 48: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

48

48

HAKAMLIK MUHOKAMASI

oshiriladi. Ajrimda sudya nima sababdan sud jarayonida qatnasha

olmasligi, uni almashtirish tartibi, shuningdek taraflarning yangi sudyalar

nomzodlari haqidagi fikr-mulohazalarini ko‘rsatish lozim. Agar taraflar

yangi tayinlanadigan sudya haqida bir fikrga kelisha olmasa, u holda

sudyani almashtirish haqidagi masala Hakamlik sudi Raisi tomonidan hal

etiladi.

NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:

1. Hakamlik sudining sudyalarga qo‘yilgan talablarni qayta ko‘rib

chiqish lozim! Ushbu fikrga munosabatingiz?

2. Hakamlik muhokamasi hakamlik sudining hay’at tarkibi tomonidan

o‘tkazilayotganda hakamlik bitimining har bir tarafi hakamlik

sudyalarini qanday miqdorda saylaydi?

3. Hakamlik sudyasini rad qilish asoslari va tartibini tahlil eting?

4. Hakamlik sudyasining vakolatlarini tugatish asoslarini tahlil eting?

KAZUSLAR

1-kazus

“Ziyo-Plyus”MChJ va fuqaro N o‘rtasida shartnoma shartlari asosida

kelib chiqqan nizo bo‘yicha Hakamlik sudiga murojaat qilindi. Hakamlik

sudining sud majlisi tayinlangan vaqtda hakamlik muhokamasida

qatnashayotgan sudya javobgar tarafning ikkinchi darajali qarindoshligi

ma’lum bo‘lib qoldi. Da’vogar mazkur holat bo‘yicha sudga ariza kiritib,

hakamlik sudyasini rad etilishini so‘radi. Biroq, sud raisi hakamlik

sudyasining qarindoshlik darajasi ikkinchi darajali ekanligini inobatga olib

saylangan tarkibda nizoni ko‘rib hal qiluv qarori chiqardi.

Savol:

1. Vaziyatga huquqiy baho bering.

2. Hakamlik sudining mazkur hal qiluv qarori qonuniymi?

3. Hakamlik sudi sudyasini rad qilish tartibi qanday?

2-kazus

Hakamlik sudini saylashda da’vogar tomonidan ikkita nomzod

ko‘rsatildi javobgar tomonidan ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan nomzod esa

bitta. Javobgar ikkita nomzod ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qilganida

sudyalarni saylash faqatgina xayatni shakllantirish uchun kerakligini bu

hakamlik muhokamasiga ta’sir ko‘rsatmasligini, uning ustiga xakamlik

Page 49: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

49

49

HAKAMLIK MUHOKAMASI

sudida nomzod bo‘lishi mumkin bo‘lgan sudyalar yo‘qligini vaj qilib

iltimosnomasini rad etiladi.

Savol:

1. Vaziyatga huquqiy baho bering.

2. Hakamlik sudining sudyalarini shakllantirish tartibi qanday?

3. Sudyalarni saylash tartibini tushuntiring?

Page 50: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

50

50

HAKAMLIK MUHOKAMASI

5-BOB. NIZOLARNI HAKAMLIK SUDIDA HAL ETISH BILAN

BOG‘LIQ XARAJATLAR

1. Nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan bog‘liq xarajatlar

tarkibi

O‘zbekiston Respublikasining “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi

Qonunning 20-moddasiga asosan, nizoni hakamlik sudida hal qilish

bilan bog‘liq xarajatlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

hakamlik sudyalarining gonorari;

hakamlik muhokamasini tashkiliy, moddiy jihatdan va boshqacha

tarzda ta’minlash xarajatlari;

hakamlik sudyalarining hakamlik muhokamasida ishtirok etishi bilan

bog‘liq xarajatlari, shu jumladan, nizoni ko‘rib chiqish joyiga borib kelish

uchun to‘lanadigan yo‘l haqi xarajatlari;

hakamlik sudyalarining yozma va ashyoviy dalillarni mazkur dalillar

turgan joyda ko‘zdan kechirish hamda tekshirish bilan bog‘liq xarajatlari;

ekspertlar va tarjimonlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan summalar;

guvohlar tomonidan sarflangan xarajatlar;

hakamlik sudining hal qiluv qarori taraflardan qaysi birining foydasiga

chiqarilgan bo‘lsa, o‘sha taraf vakilining xizmatlari haqini to‘lash

xarajatlari;

hakamlik sudi tomonidan belgilanadigan boshqa xarajatlar.

Hakamlik sudi xarajatlari miqdori nizo doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi

yoki muvaqqat hakamlik sudi tomonidan hal etilayotganligiga qarab

turlicha belgilanadi.

Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi Qoidalarida nizoni

hakamlik sudida hal qilish bilan bog‘liq xarajatlar taraflar zimmasiga

yuklatilgan bo‘lmasa, bu xarajatlar hakamlik tushumi summasiga kiritiladi.

O‘z navbatida hakamlik tushumi summasi doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi

hakamlik sudi muasssislari tomonidan belgilanadi. Bundan tashqari,

doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi Qoidalarida hakamlik

tushumidan tashqari, taraflar to‘lashi kerak bo‘lgan xarajatlar ro‘yxati

alohida ko‘rsatilishi lozim. Chunki, hakamlik tushumida oldindan nizoni

hal qilish bilan bog‘liq xarajatlar to‘liq ko‘rsatilmasligi mumkin.

Shuningdek, doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi Qoidalarida

hakamlik tushumiga izoh berish va hakamlik tushumi summasiga

kiritiladigan xarajatlar ro‘yxati ham ko‘rsatilishi lozim. Doimiy faoliyat

ko‘rsatuvchi hakamlik sudlarida hakamlik tushumi summasiga hakamlik

Page 51: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

51

51

HAKAMLIK MUHOKAMASI

sudyalari gonorarlarini to‘lash va hakamlik muhokamasini tashkiliy,

moddiy va boshqa tarzda ta’minlash bo‘yicha xarajatlar kiritiladi.

Hakamlik sudi belgilaydigan boshqa xarajatlarni taraflar qo‘shimcha

tarzda to‘laydilar.

Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudidan farqli ravishda,

muvaqqat hakamlik sudida nizoni hal qilish bilan bog‘liq xarajatlar

hakamlik bitimida kelishilgan bo‘lishi yoxud taraflar o‘rtasida hal etiladi.

Nizoni O‘zbekiston Respublikasi hakamlik sudlarida hal qilish bilan

bog‘liq xarajatlar so‘mda to‘lanadi. Da’vo talablarining ayrimlari milliy

valyutada, ayrimlari esa chet el valyutasida arz qilinganda ham xarajatlar

milliy valyuta(so‘m)da to‘lanadi. Chet el valyutalarini so‘mga hisoblash

tartibi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan

kurs asosida amalga oshiriladi.

Hakamlik muhokamasini tashkiliy, moddiy jihatdan va boshqacha

tarzda ta’minlash xarajatlari deganda, sud binosi ijaraga olish bilan bog‘liq

xarajatlar, hakamlik sudi faoliyatini moddiy texnik jihatdan ta’minlash

bilan bog‘liq xarajatlar nazarda tutiladi.

Hakamlik sudyalarining hakamlik muhokamasida ishtirok etishi bilan

bog‘liq xarajatlari doirasi keng bo‘lib, ularga xakamlik sudyalarining

xizmat safari bilan bog‘liq xarajatlar (yo‘l xarajatlari, ovqatlanish,

mexmonxonada turish), joyga chiqib yozma va ashyoviy dalillarni

ko‘zdan kechirish hamda tekshirish bilan bog‘liq xarajatlarni o‘z ichiga

oladi.

Bundan tashqari, ish holatlaridan kelib chiqqan holda ekspert va

tarjimon, guvohlar jalb qilingan bo‘lsa, ularga to‘lanishi lozim bo‘lgan

xarajatlar ham hakamlik sudida nizoni hal qilish bilan bog‘liq xarajatlar

tarkibiga kiradi.

Shuningdek, O‘zR “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonunning 20

moddasi birinchi qismida belgilangan xarajatlarni to‘lashi hakamlik

muhokamasi qoidalarida belgilanmagan bo‘lsa, bunday xarajatlar

hakamlik sudi xarajatlari tarkibiga kiritiladi.

2. Hakamlik yig‘imi, miqdori va to‘lash tartibi

Hakamlik sudiga murojaat etganlik uchun hakamlik yig‘imi to‘lanadi.

Hakamlik yig‘imi deganda hakamlik sudiga ko‘rib chiqish uchun taqdim

etilgan har bir da’vodan undiriladigan va hakamlik sudining faoliyati bilan

bog‘liq bo‘lgan umumiy xarajatlarni qoplash uchun ishlatiladigan

yig‘im(to‘lov) tushuniladi.

Page 52: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

52

52

HAKAMLIK MUHOKAMASI

Hakamlik yig‘imiga quyidagilar kiradi:

hakamlik sudyalariga beriladigan gonorarlar;

hakamlik sudi xodimlariga beriladigan ish haqi va gonorarlar;

hakamlik muhokamasining tashkiliy xarajatlariga kiruvchi bino uchun

ijara haqi, yozuv qurollari, aloqa xizmati xarajatlari;

hakamlik muhokomasi bilan bog‘liq bo‘lmagan hakamlik sudining

moddiy-texnik ta’minoti xarajatlari.

Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudida hakamlik yig‘imining

mikdori hakamlik sudi tomonidan o‘rnatiladi. Muvaqqat hakamlik sudida

hakamlik yig‘imining mikdori taraflar tomonidan belgilanadi.

Hakamlik yig‘imi da’vo bahosiga nisbatan foizlarda belgilanadi.

Bunda da’vo bahosini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Da’voning bahosi quyidagicha aniqlanadi:

- pul mablag‘larini undirish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha -

undiriladigan summaga qarab;

- mol-mulkni talab qilib olish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha - shu

mol-mulkning qiymatiga qarab;

- huquqiy munosabatlarni haqiqiy deb topish yoki o‘zgartirish

to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha - da’vo arizasi taqdim etilayotgan paytda

huquqiy munosabatlar predmetining qiymatiga qarab.

Bir necha talablardan iborat bo‘lgan da’volarda har bir talabning

summasi alohida belgilanadi va umumiy da’vo bahosiga qo‘shiladi.

Da’voning bahosi da’vogar tomonidan ko‘rsatilmagan yoki noto‘g‘ri

ko‘rsatilgan taqdirda u hakamlik sudi tomonidan belgilanadi

“O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi

Hakamlik sudida taraflarning hakamlik yig‘imi, xarajatlari va chiqimlari

to‘g‘risida”gi Nizomning 4-moddasida hakamlik yig‘imi miqdori

ko‘rsatilgan bo‘lib, hakamlik yig‘imining miqdori da’vo summasidan

1 %, lekin eng kam ish haqining 3 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda

belgilanadi. Nomulkiy tusdagi da’volar yuzasidan taqdim etilgan da’vo

arizalari bo‘yicha da’vo bahosini aniqlash imkoni mavjud bo‘lmagan

taqdirda hakamlik yig‘imi eng kam ish haqining 10 barobari miqdorida

belgilanadi.

Hakamlik yig‘imi milliy valyutada, lozim topilganda da’vo bahosi

ko‘rsatilgan chet el valyutasida to‘lanadi. Taraflar hakamlik yig‘imini

da’vo arizasining bahosi chet el valyutada belgilangan taqdirda ham milliy

valyutada hakamlik yig‘imi to‘lanayotgan paytdagi O‘zbekiston

Respublikasi Markaziy banki tomonidan muayyan valyutaga nisbatan

belgilangan kurs bo‘yicha to‘lashga haqli.

Page 53: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

53

53

HAKAMLIK MUHOKAMASI

Hakamlik sudiga murojaat qilayotganda, da’vogar da’vo arizasini

taqdim etishdan oldin hakamlik sudi hisob raqamiga hakamlik yig‘imini

to‘laydi. Agarda hakamlik yig‘imi to‘lanmasa, hakamlik sudi da’voni

ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risida ajrim chiqarishi mumkin.

Hakamlik sudi hisob raqamiga pul mablag‘lari kelib tushishi bilan

hakamlik yig‘imi to‘langan hisoblanadi.

Qarshi da’vo taqdim etishda ham hakamlik yig‘imi to‘lashning

umumiy qoidalari tatbiq etiladi.

3. Hakamlik yig‘imi miqdorini ko‘paytirish, kamaytirish, to‘lash

muddatini kechiktirish yoki uzaytirish va qaytarish tartibi

Hakamlik yig‘imi miqdori taraflarning iltimosiga binoan

ko‘paytirilishi, kamaytirilishi, shuningdek to‘lash muddati kechiktirilishi

yoki uzaytirilishi mumkin. Bundan tashqari hakamlik yig‘imi hakamlik

sudi tomonidan qytarilishi mumkin.

Hakamlik yig‘imi miqdorini ko‘paytirish, kamaytirish, to‘lash

muddatini kechiktirish, uzaytirish yoki qaytarish tartibi O‘zbekiston

Respublikasi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga

solinmagan.

Doimiy faoliyat yurituvchi hakamlik sudlarida hakamlik yig‘imi

miqdorini ko‘paytirish, kamaytirish, to‘lash muddatini kechiktirish,

uzaytirish yoki qaytarish tartibi hakamlik sudining Relamenti, Nizomlari

bilan tartibga solinadi. Muvaqqat hakamlik sudida esa taraflar tomonidan

kelishiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Hakamlik

sudida taraflarning hakamlik yig‘imi, xarajatlari va chiqimlari to‘g‘risida

Nizomga asosan hakamlik yig‘imi miqdorini ko‘paytirish, kamaytirish,

to‘lash muddatini kechiktirish, uzaytirish yoki qaytarish tartibini ko‘rib

chiqamiz:

Da’vo talablari oshirilganda hakamlik yig‘imining etmagan summasi

da’vo bahosi ko‘paytirilishiga mufoviq da’vogar tomonidan, da’vo

talablarini oshirish to‘g‘risida ariza berilgunga qadar to‘lanadi. Agar bu

to‘lov amalga oshirilmasa hakamlik sudi qo‘shimcha da’vo talablarini

ko‘rib chiqmaslik haqida ajrim chiqarishi mumkin.

Ishning murakkabligi, vaqt sarflanilishi va hakamlik muhokamasi

bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlarning ahamiyatli oshirilishini

inobatga olib, hakamlik sudi Raisi yoki uning o‘rinbosarining ajrimi

asosida hakamlik yig‘imi miqdori ko‘paytirilishi mumkin.

Page 54: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

54

54

HAKAMLIK MUHOKAMASI

Hakamlik yig‘imi miqdori quyidagi holatlarda kamaytiriladi:

- 25 % ga - nizo hakamlik sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib

chiqilsa (lekin hakamlik yig‘imi miqdori eng kam ish haqining 2

baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda bo‘lishi shart);

- 25 % ga - ish muhokamasi hal qiluv qarori qabul qilinmasdan

tugatilgan bo‘lsa;

- 50 % ga - taraflar nizoni kelishuv bitimi bilan hal qilganligi

natijasida hakamlik sudi tarkibining birinchi majlisiga qadar da’vogar

da’voni chaqirib olsa yoki boshqa holatlarda taraflar tomonidan nizoning

hakamlik sudida hal qilinishini rad etish to‘g‘risidagi arizasi hakamlik sudi

tarkibining birinchi majlisiga qadar hakamlik sudiga topshirilsa.

Istisno hollarda ish holatlaridan kelib chiqqan holda hakamlik sudi

raisi yoki uning o‘rinbosari ajrimiga asosan hakamlik yig‘imi 25 % gacha

kamaytirilishi mumkin.

Istisno hollarda ish holatlaridan kelib chiqqan holda hakamlik sudi

raisi yoki uning o‘rinbosarining ajrimiga asosan hakamlik yig‘imini to‘lash

muddati kechiktirilishi yoki uzaytirilishi mumkin. Hakamlik yig‘imini

to‘lash muddati kechiktirilgan yoki uzaytirilgan taqdirda hakamlik

yig‘imining miqdori hakamlik sudi tomonidan hal qiluv qarori qabul

qilingunga qadar to‘liq to‘lanmagan bo‘lsa, hakamlik yig‘imining

to‘lanmagan qismi mazkur Nizomning 12-moddasiga muvofiq hakamlik

muhokamasi taraflari o‘rtasida taqsimlanadi va taraflar tomonidan

ixtiyoriy ravishda to‘lanmagan taqdirda hakamlik sudi qarorini ijro etish

vaqtida birinchi o‘rinda undiriladi va hakamlik sudining qaroriga ushbu

haqda yozuv kiritiladi.

Agar hakamlik muhokamasi hakamlik sudiga topshirilgan nizoni hal

qilish uchun hakamlik sudining vakolati bo‘lmaganligi to‘g‘risidagi

ajrimiga asosan tugatilgan yoki ayni bir hakamlik muhokamasi taraflari

o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha

kelib chiqqan nizo yuzasidan vakolatli sudning yoki hakamlik sudining

qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud bo‘lsa, da’vogarga

to‘langan hakamlik yig‘imining barcha summasi hakamlik sudi tomonidan

qilingan xarajatlar summasi ushlab qolingan holda qaytariladi va hakamlik

sudining ajrimiga ushbu haqda yozuv kiritiladi.

Da’vo bahosi kamaytirilganda hakamlik yig‘imi qaytarilmaydi.

Page 55: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

55

55

HAKAMLIK MUHOKAMASI

4. Hakamlik sudyalari gonorarining miqdori

“Gonorar” so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, “honorarium” –

“xizmatlar uchun to‘lov” ma’nosini anglatadi.

Hakamlik sudlarining turlaridan kelib chiqqan holda hakamlik

sudyalariga to‘lanadigan gonorar miqdori turlicha belgilanadi.

Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudida hakamlik sudyalari

gonorarining miqdori hakamlik sudi tarkibi tomonidan hakamlik

sudyalarining doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudining qoidalarida

nazarda tutilgan hakamlik sudyalari gonorarlari shkalasiga muvofiq

belgilanadi. Agar bunday shkala mavjud bo‘lmasa gonorarning miqdori

da’voning bahosi, nizoning murakkablik darajasi, hakamlik sudyalari

hakamlik muhokamasi uchun sarflagan vaqt va gonorar miqdoriga ta’sir

ko‘rsatuvchi boshqa holatlar asosida belgilanadi. O‘zbekiston Savdo-

sanoat palatasi Toshkent shahar boshqarmasi huzuridagi hakamlik

sudi sudyalariga belgilangan gonorar shkalasi quyidagicha

belgilangan3:

Ganorar miqdori (hakamlik yig‘imi summasi foiz nisbati)

Ish yakka tartibda ko‘rib chiqayotgan hakamlik sudyasiga 35 (o‘ttiz besh) %

Ish sudyalar tarkibida ko‘rilganda: 3 nafar sudya 5 nafar sudya 7 nafar sudya

Raislik qiluvchi sudyaga

Ma’ruzachi sudya(lar)ga

Muhokamada qatnashuvchi sudya(lar)ga

20 (yigirma) %

15 (o‘n besh) %

10 (o‘n) %

15 (o‘n besh) %

9 (to‘qqiz) %

7 (etti) %

12 (o‘n ikki) %

8 (sakkiz) %

5 (besh) %

Muvaqqat hakamlik sudida esa hakamlik sudyalari gonorarining

miqdori hakamlik muhokamasi taraflarining o‘zaro kelishuvi bo‘yicha

yoki hakamlik sudi tomonidan belgilanishi mumkin. Hakamlik sudi

tomonidan hakamlik sudyalari gonorari belgilanganda da’voning bahosi,

nizoning murakkablik darajasi, hakamlik sudyalari tomonidan hakamlik

muhokamasi uchun sarflangan vaqt, gonorar miqdoriga ta’sir ko‘rsatuvchi

boshqa holatlar inobatga olinadi.

Hakamlik sudyasining gonoraridan O‘zbekiston Respublikasi Soliq

kodeksining VI bo‘limiga muvofiq daromad solig‘i olinadi.

3 Ўзбекистон Савдо-саноат палатаси тошкент шаҳар бошқармаси ҳузуридаги ҳакамлик судида тарафларнинг

ҳакамлик йиғими, харажатлари ва чиқимлари тўғрисидаги Низом // Ўзбекистон Савдо-саноат палатаси

тошкент шаҳар бошқармаси умумий йиғилишиниг 20 феврал 2013 йилдаги 25-сонли баённомаси билан

тасдиқланган.

Page 56: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

56

56

HAKAMLIK MUHOKAMASI

5. Nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan bog‘liq xarajatlarni

taqsimlash.

O‘zR “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasida

nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan bog‘liq xarajatlarni taqsimlash

tartibi belgilangan. Unga muvofiq, harajatlarni taqsimlash hakamlik

sudyasi tomonidan hal etiladi. Bunda hakamlik sudyasi tomonidan taraflar

o‘rtasida xarajatlarni taqsimlash bo‘yicha kelishuvga erishilganligiga

etibor beriladi. Agar taraflar o‘rtasida harajatlarni taqsimlash bo‘yicha

kelishuv mavjud bo‘lmasa, nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan

bog‘liq xarajatlar da’vo talablarining qanoatlantirilgan yoki rad etilgan

qismiga muvofiq ravishda taqsimlanadi.

Hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan

qaysi birining foydasiga chiqarilgan bo‘lsa, o‘sha tarafning vakili

xizmatlariga haq to‘lash bo‘yicha xarajatlar, shuningdek nizoni hakamlik

sudida hal qilish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar, agar qilingan xarajatlarni

qoplash haqidagi talab hakamlik muhokamasi paytida bildirilgan va

hakamlik sudi tomonidan qanoatlantirilgan bo‘lsa, hakamlik sudining hal

qiluv qaroriga muvofiq hakamlik muhokamasining boshqa tarafiga

yuklanishi mumkin.

Nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan bog‘liq xarajatlarning

taqsimlanishi hakamlik sudining hal qiluv qarorida yoki ajrimida

ko‘rsatiladi.

6. Nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan bog‘liq xarajatlarni

bo‘nak tarzida qoplash

Amaliyot tahlillari shuni ko‘rsatadiki, odatda nizoni hakamlik sudida

hal qilish bilan bog‘liq xarajatlar da’vo arizasi taqdim etilganda to‘lanadi.

Biroq ushbu to‘lovlar to‘lanmagan taqdirda, hakamlik sudi nizo ko‘rib

chiqilguniga qadar da’vogarga nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan

bog‘liq xarajatlarni bo‘nak tarzida qoplashni yuklashi mumkin. Agar bu

to‘lov da’vo arizasi berilgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida amalga

oshirilmasa, hakamlik sudi da’voni ko‘rmasdan qoldirishga haqli. Qonun

hakamlik sudiga ushbu to‘lovlar to‘lanmagan taqdirda ishni ko‘rish yoki

ko‘rmaslik masalasini ixtiyoriy hal etish huquqini beradi. Bunda hakamlik

sudi da’vogarning hakamlik sudida hal qilish bilan bog‘liq xarajatlarni

to‘lash qobiliyatiga ega deb hisoblasa ishni ko‘rishni davom ettirishi

mumkin. Hakamlik muhokamasi taraflari nizoni hakamlik sudida hal qilish

Page 57: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

57

57

HAKAMLIK MUHOKAMASI

bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lashdan bo‘yin tovlagan holatlarda fuqarolik

yoki xo‘jalik sudlari tomonidan berilgan ijro varaqalari asosida maburiy

tartibda undiriladi.

Amaliyot tahlillari shuni ko‘rsatadiki, odatda nizoni hakamlik sudida

hal qilish bilan bog‘liq xarajatlar da’vo arizasi taqdim etilganda to‘lanadi.

NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:

1. Qaysi asoslarda hakamlik sudyalari uchun gonorar shkalasi

tuzilishini tahlil qiling.

2. Nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan bog‘liq xarajatlar turlarini

tushuntiring.

3. Hakamlik yig‘imi miqdorini ko‘paytirish, kamaytirish, to‘lash

muddatini kechiktirish yoki uzaytirish va qaytarish tartibini tushuntiring.

4. Nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan bog‘liq xarajatlarni bo‘nak

tarzida qoplash ahamiyatini tushuntiring.

KAZUSLAR

1 kazus

Tadbirkor V va tadbirkor S lar o‘rtasida shartnoma shartlari asosida

kelib chiqqan nizo bo‘yicha hakamlik sudiga da’vo arizasi taqdim etilgan.

Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudining binosi kapital

ta’mirlanayotganligi sababli nizoni ko‘rish uchun hakamlik sudi tadbirkor

S ning joylashgan binosida vaqtincha foydalanib, nizoni ko‘rib chiqib hal

qiluv qarori chiqaradi. Da’vogar V hakamlik sudining hal qiluv qaroridan

norozi bo‘lib, hakamlik sudi javobgar Sning joylashgan binosida vaqtincha

foydalanib unga moddiy bog‘langan deb hisoblab S manfaatida chiqarilgan

hal qiluv qarorini noqonuniy hisoblashni so‘raydi.

Savol:

1. Vaziyatga huquqiy baho bering.

2. Mazkur nizo bo‘yicha Vning talablari qonuniymi?

3. Hakamlik muxokamasi o‘tkaziladigan joy qanday belgilanadi?

Page 58: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

58

58

HAKAMLIK MUHOKAMASI

4. Hakamlik sudining binosidan tashqarida o‘tkazilishi bilan

bog‘liq harajatlar qaysi tarafga yuklanadi.

2-kazus

“Rinat”FX va tadbirkor S.Solievlar o‘rtasida mahsulot etkazib berish

shartnomasi shartlari asosida kelib chiqqan nizo bo‘yicha hakamlik bitimi

tuzilib, hakamlik sudiga da’vo arizasi taqdim etilgan. Hakamlik sudi da’vo

arizasini da’vogar tarafning advokati tomonidan imzolanganligini biroq,

arizaga ilova qilingan hujjatlarga advokatning ishonchnomasi ilova

qilinmaganligini bilan asoslab da’vo arizasini da’vogarga qaytaradi.

Da’vogar “Rinat”FX mazkur nizo bo‘yicha ho‘jalik sudiga murojaat qilib,

da’vo talablarini asoslash bilan birga ilgari taraflar o‘rtasida tuzilgan

hakamlik bitimi o‘z kuchini yo‘qotganligini ta’kidlaydi.

Savol:

1. Vaziyatga huquqiy baho bering.

2. Mazkur nizo bo‘yicha hakamlik bitimining bekor bo‘lishi

asoslimi? Fikringizni asoslantiring.

3. Hakamlik bitimida belgilanadigan holatlarni tushuntiring?

Page 59: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

59

59

HAKAMLIK MUHOKAMASI

6-BOB. HAKAMLIK MUHOKAMASI JARAYONI

1. Hakamlik jarayoni (muhokamasi) tushunchasi. Hakamlik

muhokamasi qoidalarini belgilash. Hakamlik muhokamasi

o‘tkaziladigan joy. Hakamlik muhokamasining har bir tarafiga o‘z nuqtai nazarini bayon

etishi hamda o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilishi uchun teng

imkoniyatlar berilishi kerak.

Hakamlik muhokamasi, agar hakamlik muhokamasi taraflari

boshqacha shartlashmagan bo‘lsalar, hakamlik muhokamasi taraflari yoki

ularning vakillari ishtirokida amalga oshiriladi.

Hakamlik muhokamasi taraflariga hakamlik sudi majlisining vaqti va

joyi haqida oldindan xabarnoma yuborilishi yoki topshirilishi lozim.

Hakamlik muhokamasi taraflaridan biri hakamlik sudiga taqdim etadigan

barcha hujjatlarning va boshqa materiallarning nusxalari, agar hakamlik

muhokamasi taraflari boshqacha shartlashmagan bo‘lsalar, hakamlik sudi

tomonidan hakamlik muhokamasining boshqa tarafiga topshirilishi kerak.

Hakamlik sudi o‘z hal qiluv qarori uchun asos qilib oladigan ekspert

xulosalari hakamlik sudi tomonidan hakamlik muhokamasi taraflariga

topshirilishi kerak.

Hujjatlar va boshqa materiallar, agar hakamlik muhokamasi taraflari

boshqacha shartlashmagan bo‘lsalar, ularning o‘zlari ko‘rsatgan, hakamlik

muhokamasi taraflari bo‘lgan yuridik shaxsning oxirgi ma’lum bo‘lgan

joylashgan eri (pochta manzili) yoki jismoniy shaxsning oxirgi ma’lum

bo‘lgan yashash joyi bo‘yicha topshirilganligi ma’lum qilinadigan

buyurtma xat bilan yoxud ko‘rsatilgan hujjatlar hamda materiallar etkazib

berilganligi qayd etilishini nazarda tutuvchi boshqacha usul orqali

yuboriladi. Hujjatlar va boshqa materiallar ular etkazib berilgan kunda

qabul qilib olingan hisoblanadi.

Agar hakamlik muhokamasi taraflari boshqacha shartlashmagan

bo‘lsalar, hakamlik sudi nizoni yopiq majlisda ko‘rib chiqadi.

Hujjatlar va boshqa materiallarni taqdim etmaganlik yoki hakamlik

sudi majlisining vaqti hamda joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor

qilingan hakamlik muhokamasi taraflari yoxud ular vakillarining hakamlik

sudi majlisiga kelmaganligi, agar hujjatlar va boshqa materiallar taqdim

etilmaganligining yoki hakamlik muhokamasi taraflari yoxud ular

vakillarining hakamlik sudi majlisiga kelmaganligining sababi hakamlik

sudi tomonidan uzrsiz deb topilsa, hakamlik muhokamasiga va hakamlik

sudi tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinishiga monelik qilmaydi.

Page 60: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

60

60

HAKAMLIK MUHOKAMASI

Javobgarning da’voga qarshi e’tirozlar taqdim etmaganligi da’vogar

talablarining tan olinishi sifatida qaralmasligi kerak.

Hakamlik sudi o‘z hal qiluviga topshirilgan nizoni, shu jumladan

hakamlik bitimi yo‘qligi yoki haqiqiy emasligi sababli hakamlik

muhokamasi taraflaridan biri hakamlik muhokamasiga qarshi e’tiroz

bildirgan hollarda nizoni ko‘rib chiqishga vakolati borligi yoxud yo‘qligi

haqidagi masalani mustaqil ravishda hal etadi. Shu maqsadda shartnoma

sharti tarzida rasmiylashtirilgan hakamlik bitimi shartnomaning boshqa

shartlariga bog‘liq bo‘lmagan bitim sifatida ko‘rib chiqilishi kerak.

Hakamlik sudining shartni qamrab olgan shartnomaning haqiqiy emasligi

to‘g‘risidagi xulosasi ushbu shartning qonunga binoan haqiqiy emas deb

topilishiga olib kelmaydi.

Nizo hakamlik sudi tomonidan mazmunan ko‘rib chiqilguniga qadar

hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudida o‘z hal qiluviga topshirilgan

nizoni ko‘rib chiqishga vakolat yo‘qligi haqida arz qilishga haqli.

Agar ko‘rib chiqilishi hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoxud

qonunga yoki doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudining qoidalariga

muvofiq hakamlik muhokamasi predmeti bo‘la olmaydigan masala

hakamlik muhokamasi davomida hakamlik muhokamasi predmetiga

aylansa, hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudi o‘z vakolatidan

chetga chiqqanligi haqida arz qilishga haqli.

Hakamlik sudi hakamlik muhokamasi tarafi tomonidan berilgan

arizasini ko‘rib chiqishi shart. Arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha

ajrim chiqariladi.

Agar hakamlik sudi o‘z vakolati haqidagi masalani ko‘rib

chiqayotganda nizoni ko‘rib chiqishga hakamlik sudida vakolat yo‘qligi

to‘g‘risida ajrim chiqarsa, hakamlik sudi nizoni mazmunan ko‘rib chiqishi

mumkin emas.

Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi, agar hakamlik

muhokamasi taraflari hakamlik muhokamasining boshqa qoidalari

qo‘llanilishi to‘g‘risida shartlashmagan bo‘lsalar, hakamlik muhokamasini

doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudining qoidalariga muvofiq

amalga oshiradi.

Muvaqqat hakamlik sudi hakamlik muhokamasini hakamlik

muhokamasi taraflari tomonidan kelishilgan qoidalarga muvofiq amalga

oshiradi. Ushbu qoidalar “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi qonun

talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.

Hakamlik muhokamasining hakamlik muhokamasi taraflari

tomonidan kelishilmagan, doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudining

Page 61: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

61

61

HAKAMLIK MUHOKAMASI

qoidalari va “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi qonun bilan belgilanmagan

qismida hakamlik muhokamasi qoidalari hakamlik sudi tomonidan

belgilanadi.

Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudida hakamlik muhokamasi

o‘tkaziladigan joy doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudining

qoidalariga muvofiq belgilanadi.

Muvaqqat hakamlik sudida hakamlik muhokamasi o‘tkaziladigan joy

hakamlik muhokamasi taraflarining kelishuvi bilan belgilanadi. Bunday

kelishuv bo‘lmagan taqdirda, hakamlik muhokamasi o‘tkaziladigan joy

nizo holatlaridan kelib chiqqan holda hakamlik sudining o‘zi tomonidan

belgilanadi.

2. Hakamlik muhokamasining tili

Hakamlik bitimi tuzilgan til (tillar) taraflar tomonidan shu tilni

(tillarni) hakamlik muhokamasining tili sifatida qo‘llanilishi haqida

kelishuvi deb hisoblanadi.

Hakamlik bitimining taraflari hakamlik muhokamasini hakamlik bitimi

tilidan farq qilayotgan boshqa tilda (tillarda) olib borilishi haqida

kelishishi mumkin.

Hakamlik muhokamasi tilidan farq qilayotgan boshqa tilda bo‘lgan

hujjatlar va boshqa materiallarni taqdim qilayotgan hakamlik muhokamasi

tarafi ularning tarjimasini ta’minlaydi. Hakamlik sudi hakamlik

muhokamasi taraflaridan hujjatlar va boshqa materiallar hakamlik

muhokamasi tiliga tarjima qilinishini talab qilishi mumkin.

Agar hakamlik muhokamasining tarafi ish ko‘rib chiqqilayotgan tilni

bilmasa, Hakamlik sudi ishni og‘zaki eshitish vaqtida hakamlik

muhomasining tarafi hisobiga va iltimosiga binoan uni tarjimon xizmati

bilan ta’minlashi mumkin.

3. Hakamlik sudiga da’vo arizasi taqdim etish qoidalari

Shartnomaviy munosabatlarga kirishgan yuridik va jismoniy shaxslar

o‘rtasida nizo kelib chiqqanida taraflar nizoni hal qilish uchun tegishli

sudlarga murojaat qiladilar. Agar nizolashuvchi taraflar o‘rtasida tuzilgan

shartnomada hakamlik bitimi mavjud

bo‘lsa, taraflar da’vo arizasi bilan

tegishi hakamlik sudiga murojaat

qiladilar.

Da'vo arizasi - buzilgan yoki buzilganligi

nizolashilayotgan hukukning yoki qonun

bilan muxofazalangan manfaatni himoya

qilish talabi aks etgan xujjatdir.

Page 62: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

62

62

HAKAMLIK MUHOKAMASI

Da’vo arizasi buzilgan qonuniy hukuk va manfaatlarini tiklashni

so‘rab, qonun bilan belgilangan tartibda sudga taqdim etilgan murojaat

hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, da’vo arizasida o‘z huquqini

himoya qilish maqsadida hakamlik sudiga murojaat qilgan manfaatdor

shaxsning xohish-istagi bayon etiladi. Da’vo arizasi bu hakamlik sudining

buzilgan hukukni yoki manfaatni ximoyalashga karatilgan faoliyatini

boshlash uchun hukukiy vositadir.

Tadbirkorlik sub’ektlari da’vo ariza bilan hakamlik sudiga murojaat

qilish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari

to‘g‘risida”gi Qonunining 29 moddasida nazarda tutilgan, qator talablarga

rioya qilishlari shart :

1) Tadbirkorlik sub’ekti tomonidan hakamlik sudiga da’vo arizasi

kiritilayotgan sana. Mazkur talab, protsessual axamiyatga ega bo‘lib,

qonunchilikda belgilangan muddatlarning ko‘pchiligi da’vo arizasi takdim

etilgan kundan boshlanadi yoki tugatiladi.

2) Hakamlik muhokamasi taraflari bo‘lgan yuridik shaxslarning nomi

va joylashgan joyi (pochta manzili), jismoniy shaxslarning familiyasi, ismi,

otasining ismi, yashash joyi. Taraflarning manzillarini ko‘rsatish hakamlik

muhokamasi davomida xujjatlar almashinuvi uchun juda muhim

axamiyatga ega.

3) Da’vogarning talablari. Da’vo arizasida da’vogarning da’vo

talablari aniq va ravshan ko‘rsatilishi kerak. Masalan, da’vo arizasida

“shartnoma bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan pulni undirib berishingizni

so‘rayman” deb yozish maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. Buning o‘rniga

“2000 yil 3 sentyabr kunida tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha 2 mln

so‘m asosiy qarz va 200 ming so‘m penya undirib berishingizni

so‘rayman” deyilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

4) Da’vogarning talablariga asos bo‘lgan holatlar. Bunda

da’vogarning da’vo qo‘zg‘atishiga sabab bo‘lgan xolatlar sanab o‘tiladi.

Masalan, “tuzilgan shartnoma buyicha sotuvchi (da’vogar) o‘z

majburiyatlarini to‘lik va o‘z vaktida bajarganligiga qaramasdan javobgar

shu paytgacha shartnoma qiymatini to‘lamasdan kelmokda”. Bundan

tashqari, da’vogar da’vo arizasida o‘zining talablari qaysi qonunga va

qonunchilikning qaysi hujjatlariga asoslanganligini ko‘rsatib o‘tishi lozim.

5) Da’vogarning da’vo talablarini tasdiqlovchi dalillar. Bunga

taraflar o‘rtasida tuzilgan shartnomalar, bank to‘lov topshiriknomalari,

schyot fakturalar va boshqalar kirishi mumkin. Masalan, javobgarga da’vo

Page 63: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

63

63

HAKAMLIK MUHOKAMASI

arizasining nusxasi yuborilganligi to‘g‘risida dalil bo‘lib pochta

xizmatining kvitansiyasi bo‘lishi mumkin.

6) Da’vo bahosi. Da’vogar tomonidan arz qilingan da’vo talablarning

kiymati. Masalan shartnoma qiymati 15 mln. so‘m va shartnomani

kechiktirib bajarganlik uchun 3 mln so‘m undirilishi talab qilinayotgan

bo‘lsa da’vo bahosi 18 mln. so‘mni tashkil qiladi.

7) Da’vo arizasiga ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati. Da’vo

talablarini tasdiqlovchi barcha dalillar da’vo arizasiga ilova qilinishi kerak.

Bundan tashkari, agarda da’vo arizasi vakil tomonidan imzolanayotgan

bo‘lsa, vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinishi

kerak.

Da’vo arizasiga quyidagi xujjatlar ilova qilinadi:

Hakamlik bitimi yoki hakamlik shartini o‘z ichiga olgan shartnomaning nusxasi;

da’vo talablarini tasdiqlovchi hujjatlar (shartnoma, to‘lov topshiriqnomalari, schet-

fakturalar, ekspertiza aktlari va boshqalar);

hakamlik yig‘imi to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar (to‘lov topshiriknomasi yoki

kvitansiya);

hakamlik sudyasining da’vogar tomonidan tanlanishi to‘g‘risida xabar (hakamlik sudi va

javobgarga yo‘llanma).

Hakamlik sudiga murojaat qilganlik uchun hakamlik yig‘imi to‘lanadi.

Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudida hakamlik yig‘imining

mikdori hakamlik sudi tomonidan o‘rnatiladi. Muvaqqat hakamlik sudida

hakamlik yig‘imining mikdori taraflar tomonidan belgilanadi. O‘zbekiston

Respublikasi Savdo-sanoat palatasi xuzuridagi hakamlik sudida hakamlik

yig‘imi da’vo bahosining 1 foizi mikdorida (lekin eng kam oylik ish

haqining 3 barobaridan kam bo‘lmasligi kerak) belgilangan. Bundan

tashqari, agarda taraflar nizo hakamlik sudyasi tomonidan yaqqa tartibda

ko‘rib chiqilishiga kelishgan bo‘lsalar unda hakamlik yig‘imi, 25 foizga

qisqaradi (lekin eng kam oylik ish haqining 2 barobaridan kam bo‘lmasligi

kerak). Hakamlik yig‘imi haqida barcha to‘liq ma’lumotlarni O‘zbekiston

Respublikasi Savdo-sanoat palatasining joylardagi xududiy

boshqarmalaridan va Hakamlik sudlaridan olishingiz mumkin.

Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish lozimki, doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi

hakamlik sudining Reglamenti bilan da’vo arizasiga qo‘yilgan talablarga

rioya qilmaganlik uchun, da’vo arizasini qaytarish qabul qilishni rad qilish

nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin. Masalan O‘zbekiston Respublikasi

Savdo-sanoat palatasi xuzuridagi hakamlik sudi Reglamentining 19-

Page 64: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

64

64

HAKAMLIK MUHOKAMASI

moddasiga ko‘ra da’vo arizasiga qo‘yilgan talablarga rioya qilmaslik da’vo

arizasini ko‘rmasdan qoldirish uchun asos bo‘ladi.

4. Hakamlik sudiga taqdim etilgan da’voni ta’minlash

choralarini ko‘rish

O‘zbekiston Respublikasining “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonuni

32-moddasiga binoan, agar da’voni ta’minlash choralarini ko‘rmaslik

hakamlik sudining hal qiluv qarori ijrosini qiyinlashtirishi yoki uni bajarib

bo‘lmaydigan qilib qo‘yishi mumkin bo‘lsa, da’voni ta’minlashga yo‘l

qo‘yiladi.

Hakamlik sudida ko‘rib chiqilayotgan da’voni ta’minlash haqidagi

ariza hakamlik muhokamasi tarafi

tomonidan hakamlik sudi joylashgan

erdagi yoxud javobgar joylashgan

erdagi yoki yashaydigan joydagi

yoinki javobgarning mol-mulki

turgan joydagi vakolatli sudga

beriladi.

Da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi arizaga da’voning hakamlik sudiga

taqdim etilganligini isbotlovchi dalillar ilova qilinadi.

Hakamlik sudida ko‘rib chiqilayotgan da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi

arizani vakolatli sud tomonidan ko‘rib chiqish hamda da’voni ta’minlash

yoxud uni ta’minlashni rad etish haqida ajrim chiqarish O‘zbekiston

Respublikasining Xo‘jalik protsessual kodeksida yoki O‘zbekiston

Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan tartibda

amalga oshiriladi.

Hakamlik sudining da’vo talablarini qanoatlantirishni rad etish

haqidagi hal qiluv qarori da’voni ta’minlash choralari vakolatli sud

tomonidan bekor qilinishi uchun asos bo‘ladi.

Amaldagi protsessual qonunchilikka ko‘ra quyidagi da’voni

ta’minlash choralari mavjud:

1) javobgarga tegishli bo‘lgan mol-mulk yoki pul mablag‘larini xatlab

qo‘yish;

2) javobgarga muayyan harakatlarni qilishni taqiqlash;

3) boshqa shaxslarga nizo predmetiga aloqador bo‘lgan muayyan

harakatlarni qilishni taqiqlash;

Da'voni ta'minlash choralari - bu

agar hakamlik sudi tomonidan qabul

qilingan qarorning ijrosi qiyinlashi yoki

ijro qilinishi mumkin bo‘lmay qolishi

mumkin bo‘lgan hollarda vaklotli sud

tomonidan qabul qilinadigan choralardir.

Page 65: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

65

65

HAKAMLIK MUHOKAMASI

4) da’vogar nizolashayotgan, undirish so‘zsiz (akseptsiz) tartibda

amalga oshiriladigan ijro hujjati yoki boshqa hujjat bo‘yicha

undirishni to‘xtatib turish.

5. Hakamlik jarayonida dalillar

Hakamlik muhokamasining har bir tarafi o‘z da’vo talablari va da’voga

qarshi e’tirozlarining asosi sifatida ko‘rsatayotgan holatlarni isbotlab

berishi kerak. Hakamlik sudi, agar u taqdim etilgan dalillarni etarli emas

deb topsa, hakamlik muhokamasi taraflariga qo‘shimcha dalillar taqdim

etishni taklif qilishga haqli.

Hakamlik sudi ishda mavjud bo‘lgan dalillarni har taraflama, to‘liq,

ob’ektiv va bevosita o‘rganish asosida o‘zining ichki ishonchi bo‘yicha

baholaydi.

Dalillarni tekshirish Hakamlik sudi tarkibi tomonidan belgilangan

tartibda amalga oshiriladi.

6. Hakamlik jarayonining taraflari va ishda ishtirok etuvchi

boshqa shaxslar

O‘zbekiston Respublikasining “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi

Qonuni 35-moddasida ko‘rsatilishicha, Hakamlik muhokamasining har bir

tarafiga o‘z nuqtai nazarini bayon etishi hamda o‘z huquq va manfaatlarini

himoya qilishi uchun teng imkoniyatlar berilishi kerak.

Hakamlik muhokamasi, agar hakamlik muhokamasi taraflari

boshqacha shartlashmagan bo‘lsalar, hakamlik muhokamasi taraflari yoki

ularning vakillari ishtirokida amalga oshiriladi.

Hakamlik muhokamasi taraflariga hakamlik sudi majlisining vaqti va

joyi haqida oldindan xabarnoma yuborilishi yoki topshirilishi lozim.

Hakamlik muhokamasi taraflaridan biri hakamlik sudiga taqdim

etadigan barcha hujjatlarning va boshqa materiallarning nusxalari, agar

hakamlik muhokamasi taraflari boshqacha shartlashmagan bo‘lsalar,

hakamlik sudi tomonidan hakamlik muhokamasining boshqa tarafiga

topshirilishi kerak. Hakamlik sudi o‘z hal qiluv qarori uchun asos qilib

oladigan ekspert xulosalari hakamlik sudi tomonidan hakamlik

muhokamasi taraflariga topshirilishi kerak.

Hujjatlar va boshqa materiallar, agar hakamlik muhokamasi taraflari

boshqacha shartlashmagan bo‘lsalar, ularning o‘zlari ko‘rsatgan, hakamlik

muhokamasi taraflari bo‘lgan yuridik shaxsning oxirgi ma’lum bo‘lgan

Page 66: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

66

66

HAKAMLIK MUHOKAMASI

joylashgan eri (pochta manzili) yoki jismoniy shaxsning oxirgi ma’lum

bo‘lgan yashash joyi bo‘yicha topshirilganligi ma’lum qilinadigan

buyurtma xat bilan yoxud ko‘rsatilgan hujjatlar hamda materiallar etkazib

berilganligi qayd etilishini nazarda tutuvchi boshqacha usul orqali

yuboriladi. Hujjatlar va boshqa materiallar ular etkazib berilgan kunda

qabul qilib olingan hisoblanadi.

Agar hakamlik muhokamasi taraflari boshqacha shartlashmagan

bo‘lsalar, hakamlik sudi nizoni yopiq majlisda ko‘rib chiqadi.

Hujjatlar va boshqa materiallarni taqdim etmaganlik yoki hakamlik

sudi majlisining vaqti hamda joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor

qilingan hakamlik muhokamasi taraflari yoxud ular vakillarining hakamlik

sudi majlisiga kelmaganligi, agar hujjatlar va boshqa materiallar taqdim

etilmaganligining yoki hakamlik muhokamasi taraflari yoxud ular

vakillarining hakamlik sudi majlisiga kelmaganligining sababi hakamlik

sudi tomonidan uzrsiz deb topilsa, hakamlik muhokamasiga va hakamlik

sudi tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinishiga monelik qilmaydi.

Javobgarning da’voga qarshi e’tirozlar taqdim etmaganligi da’vogar

talablarining tan olinishi sifatida qaralmasligi kerak.

7. Hakamlik sudining majlisi

Hakamlik sudining majlisi uch bosqichdan iborat:

1. Tayyorlov bosqichi;

2. Ishni mohiyatiga qarab ko‘rib chiqish;

3. Ish yuzasidan qaror qabul qilish.

Bu bosqichlarning har biri sud muhokamasida o‘z vazifasi, mazmuni,

o‘ziga xos o‘rniga ega bo‘lib, muayyan masalalar turkumini hal etishga

mo‘ljallangan. Qayd etilgan barcha bosqichlar ma’lum darajada mustaqil

bo‘lsa ham bir-birlari bilan chambarchas bog‘langan va izchil ravishda

amalga oshiriladi. Chunonchi, hakamlik muhokamasining tayyorlov

bosqichida masalaning mohiyatiga ko‘ra ushbu majlisda ko‘rib chiqish

uchun zarur shart-sharoit bor yo‘qligi aniqlanadi.

Ishning mohiyatiga qarab ko‘rib chiqish bosqichida quyidagi vazifalar

hal qilinishi lozim:

Da’vo talablarini va da’voga bo‘lgan e’tirozlarini aniqlash;

Ishni kelishuv asosida hal etish imkoniyatlarini izlab ko‘rish; nizoni

hal etish uchun imkoniyatlarni izlab ko‘rish; nizoni hal etish uchun zarur

bo‘lgan holatlarni aniqlash maqsadida ish yuzasidan to‘plangan isbot-

dalillarni to‘la va ob’ektiv ravishda o‘rganib chiqish. Sud majlisining

Page 67: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

67

67

HAKAMLIK MUHOKAMASI

yakunlovchi bosqichida sud ishni mohiyatiga ko‘ra hal qiladi, alohida

xonada qaror chiqaradi va bu qarorni sud majlisi zalida e’lon qiladi.

Majlisning tayyorlov bosqichini o‘tkazishda quyidagi tartib mavjud:

a) sud majlisini ochish;

b) hakamlik sudlov jarayoni qatnashchilari kelgan-kelmaganligini tekshirish;

v) sud hay’ati tarkibini e’lon qilish va rad qilish huquqini tushuntirish;

g) guvohlarni sud majlisi zalidan chiqarib yuborish;

d) ishni ko‘rib chiqish jarayonida qatnashayotgan shaxslarga ularning huquq va burchlarini

tushuntirish.

Taraflar taqdim etilayotgan isbot-dalillar asosida o‘z mulohazalarini

bayon etishligi va og‘zaki munozalarni o‘tkazish maqsadida ish yuzasidan

og‘zaki eshitish tartibi amalga oshiriladi va u odatda yopiq eshiklar

vaziyatida o‘tkaziladi. Lekin Hakamlik sudi hay’atining ruxsati va

taraflarning roziligi bilan bu jarayonda hakamlik muhokamasida

qatnashayotgan shaxslar ham hozir bo‘lishi mumkin.

Taraflar Hakamlik sudida bevosita, ya’ni qonunchilikda yoki ta’sis

hujjatlarida berilgan vakolatlar doirasida harakat qiluvchi o‘z organlari

orqali yoxud taraflar o‘z hohishi bilan belgilangan va zarur vakolatlarga

ega bo‘lgan vakillari orqali ish olib borishlari mumkin.

Tayyorlov bosqichida Rais ba’zi protsessual harakatlarni amalga

oshirishi lozim. Chunonchi, Hakamlik sudi sud muhokamasiga kirishar

ekan, ishni ko‘rishda qatnashayotgan va majlisga kelmagan shaxslar

hakamlik muhokamasi qaerda va qachon o‘tishi haqida Qonun talablariga

rioya qilingan holda xabardor qilinganmi yoki yo‘qmi shuni aniqlashi

lozim.

Ajrim ta’sis hujjatlarida qayd etilgan manzil bo‘yicha da’vo arizasida

ko‘rsatilgan pochta manziliga yuborilgan bo‘lsa, nizoda qatnashayotgan

shaxslar xabardor qilingan hisoblanadi. Agar manzil o‘zgarganligi sababli

ajrim etib bormagan bo‘lsa, qonunga ko‘ra u egasiga topshirilgan

hisoblanadi. Agar ajrim javobgarga etkazib berilmay, javobgar ushbu

manzildan ketganligi haqida pochta idorasining belgisi bilan qaytarilgan,

ish matnlaridan esa uning manzilini aniqlash imkoniyati bo‘lmasa,

Hakamlik sudi da’vogarga javobgarning manzili to‘g‘risida hujjatlar

asosida tasdiqlangan ma’lumotlar berishni taklif qiladi.

Ayni bir paytda hakamlik majlisi qachon va qaerda o‘tishi haqida

tegishli tarzda xabardor qilingan bo‘lishiga qaramay, biror tarafning

majlisga kelmasligi muhokamani o‘tkazmaslik uchun sabab bo‘lmaydi,

lekin uzrli sabablarga ko‘ra majlisga kelolmagan taraf muhokama

tugashidan oldin uni qoldirishni talab qilishi mumkin.

Page 68: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

68

68

HAKAMLIK MUHOKAMASI

O‘z navbatida taraflardan biri ish muhokamasida o‘zi qatnashmagan

holda uni o‘tkazaverishni talab qilishi mumkin. Muhokamada ishtirok

etayotgan shaxslardan birortasi majlisga kelmagan va unga chaqiriq

qog‘ozi topshirilganligi haqida ma’lumot bo‘lmasa, Hakamlik sudi nizo

muhokamasini boshqa vaqtga ko‘chirishi lozim. Agar bu shaxslar o‘z

vaqtida xabardor qilingan, lekin sud uzrli sabablarga ko‘ra majlisga

kelmagan bo‘lsa, sud muhokamani boshqa vaqtga ko‘chirishga yoki uni

davom ettirishga haqlidir. Bu haqda ajrim chiqarilishi lozim.

Guvohlar yoki espertlar Hakamlik sudiga kelmagan taqdirda

Hakamlik sudi muhokamada qatnashayotgan shaxslardan bularsiz ishni

ko‘rib chiqish mumkin yoki mumkin emasligi haqidagi fikrlarni eshitadi.

Hakamlik sudi muhokamasida ishtirok etayotgan shaxslar hamda

mansabdor shaxslar va ularning vakillarining shaxsiyati hujjatlar asosida

aniqlanadi.

Ana shu harakatlar sodir etilgandan so‘ng raislik qiluvchi sud

hay’atini e’lon qiladi, muhokamada ekspert, tarjimon sifatida kimlar

qatnashayotganini ma’lum qiladi va unda ishtirok etayotgan shaxslarga rad

berish huquqiga ega ekanliklarini tushuntiradi.

Raislik qiluvchi sudning ushbu hay’ati (yakka sudya) ishtirokida

nizoni ko‘rib chiqishga qaror qilgach, jarayonda qatnashayotgan shaxslar

va ularning vakillariga ularning reglamentda belgilangan protsessual

huquqlari va burchlari haqida tushuntirish beradi.

Hakamlik sudining tarkibi hal qiluv qarorini chiqarishi bilan

hakamlik muhokamasi tugatiladi.

8. Hakamlik sudi majlisining bayonnomasi

Hakamlik sudida, agar hakamlik bitimi taraflari boshqacha shartlashmagan

bo‘lsalar, bayonnoma yuritiladi. Bayonnoma hakamlik sudi kotibi

tomonidan rasmiylashtiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Hakamlik sudining

Reglamentini 27-moddasida ko‘rsatilishicha, hakamlik sudida, agar hakamlik bitimi taraflari

boshqacha shartlashmagan bo‘lsalar, bayonnoma yuritiladi.

Bayonnomada quyidagilar ko‘rsatilishi belgilangan:

- hakamlik sudining nomi, ishning raqami;

- sud majlisi joyi;

- nizolashayotgan taraflar va ular vakillarining nomi;

- taraflar ishtiroki haqida ma’lumotnoma;

- sudyalarning, ekspertlarning, guvohlarning, tarjimonlar va sud majlisining- boshqa

ishtirokchilarining ismi va familiyasi;

- sud majlisining qisqacha tavsifi;

Page 69: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

69

69

HAKAMLIK MUHOKAMASI

- taraflarning talablari va taraflarning boshqa muhim mulohazalari;

- sud majlisini keyinga qoldirish yoki ishni tugatishning asoslari;

- sudyalarning imzolari ko‘rsatilishi kerak.

Bayonnoma Hakamlik sudi kotibiyatining xodimi, Hakamlik sudining

Raisi yoki uning o‘rinbosari tomonidan jalb qilingan boshqa shaxs

tomonidan yuritiladi.

Hakamlik muhokamasi taraflari bayonnoma bilan tanishish huquqiga

ega.

9. Hakamlik muhokamasini tugatish

O‘zbekiston

Respublikasi

“Hakamlik

sudlari

to‘g‘risida”gi

Qonunning

44-moddasiga

muvofiq,

hakamlik sudi

quyidagi

hollarda

hakamlik

muhokamasini

tugatadi:

1) hakamlik sudi o‘z hal qiluviga topshirilgan nizoni ko‘rib

chiqish uchun hakamlik sudi vakolatga ega emasligi to‘g‘risida

ajrim chiqarsa;

2) da’vogar o‘zining da’vo talabidan voz kechsa va javobgar

hakamlik muhokamasini tugatishga qarshi e’tiroz bildirmasa;

3) hakamlik muhokamasi taraflari hakamlik muhokamasini

tugatish to‘g‘risida kelishuvga erishsa;

4) hakamlik muhokamasi taraflari kelishuv bitimi tuzsa va u

hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan tasdiqlansa;

5) hakamlik muhokamasi tarafi bo‘lgan yuridik shaxs qonun

hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilgan bo‘lsa;

6) hakamlik muhokamasi tarafi bo‘lgan jismoniy shaxs vafot

etgan bo‘lsa yoki vafot etgan deb e’lon qilingan bo‘lsa yoxud

bedarak yo‘qolgan deb topilgan bo‘lsa va huquqiy vorisdan

hakamlik muhokamasini davom ettirish to‘g‘risida ariza

tushmasa;

7) ayni bir hakamlik muhokamasi taraflari o‘rtasidagi, ayni bir

predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha kelib chiqqan

nizo yuzasidan vakolatli sudning yoki hakamlik sudining qonuniy

kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud bo‘lsa.

Ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan asos

bo‘yicha tugatilgan hakamlik muhokamasiga doir nizo tugatilgan hakamlik

muhokamasi taraflaridan biri tomonidan vakolatli sudga topshirilishi mumkin.

NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:

1. Hakamlik sudida ko‘rib chiqilayotgan da’voni ta’minlash choralari

hakamlik muhokamasi tarafining da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi

arizasi qaysi joyda joylashgan sudga beriladi?

Page 70: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

70

70

HAKAMLIK MUHOKAMASI

2. Hakamlik sudiga beriladigan da’vo arizasini rasmiylashtirish tartibini

tushuntiring?

3. Hakamlik sudi majlisining bayonnomasi mazmuni va

rasmiylashtirish tartibini tushuntiring?

4. Hakamlik muhokamasini tugatish asoslarini tahlil eting?

KAZUSLAR

1-kazus

Tadbirkor S.Umarov hakamlik sudiga da’vo arizasi taqdim etgan.

Da’vogar da’vo arizasi bilan birga da’voni ta’minlash to‘g‘risida

iltimosnoma kiritib, javobgarning egaligida mavjud bo‘lgan mol-

mulklarning sud tomonidan nizo ko‘rib chiqilgunga qadar uni xatlab

qo‘yilishi lozimligini ko‘rsatib o‘tgan. Hakamlik sudi da’voni ta’minlash

choralarini qo‘llash to‘g‘risida ajrim chiqargan. Javobgar hakamlik

sudining mazkur ajrimi ustidan vakolatli sudga shikoyat kiritdi. Vakolatli

sud arizani ish yurituvga qabul qilib arizani ko‘rib chiqish uchun sud

majlisi tayinladi.

Savol:

1. Vaziyatga huquqiy baho bering.

2. Hakamlik sudining da’voni ta’minlash to‘g‘rsidagi ajrimi

ustidan shikoyat qilish tartibini tushuntiring?

3. Da’voni ta’minlash bilan dalilni ta’minlash o‘rtasidagi

farqlarni tushuntiring?

2-kazus

Tadbirkor V.Soliev va tadbirkor S.Jumanovlar o‘rtasida shartnoma

shartlari asosida kelib chiqqan nizo bo‘yicha hakamlik sudiga da’vo arizasi

taqdim etilgan. Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudining binosi

kapital ta’mirlanayotganligi sababli nizoni ko‘rish uchun hakamlik sudi

tadbirkor S.Jumanovning joylashgan binosida vaqtincha foydalanib, nizoni

ko‘rib chiqib hal qiluv qarori chiqaradi. Da’vogar V.Soliev hakamlik

sudining hal qiluv qaroridan norozi bo‘lib, hakamlik sudi javobgar

S.Jumanovning joylashgan binosida vaqtincha foydalanib unga moddiy

bog‘langan deb hisoblab S.Jumanov manfaatida chiqarilgan hal qiluv

qarorini noqonuniy hisoblashni so‘raydi.

Savol:

Page 71: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

71

71

HAKAMLIK MUHOKAMASI

5. Vaziyatga huquqiy baho bering.

6. Hakamlik muhokamasi o‘tkaziladigan joy qanday belgilanadi?

7. Hakamlik sudining binosidan tashqarida o‘tkazilishi bilan

bog‘liq harajatlar qaysi tarafga yuklanadi?

Page 72: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

72

72

HAKAMLIK MUHOKAMASI

7-BOB. HAKAMLIK SUDINING HUJJATLARI VA

HAKAMLIK SUDLARINING HAL QILUV QARORLARINI

IJRO QILISH

1. Hakamlik sudi hujjatlarining turlari

Hakamlik nizolarini ko‘rish va hal qilishda hakamlik sudining

mulohaza va xulosalari muayyan protsessual shaklda belgilangan tartibda

chiqariladigan sud qarorlari shaklida ifoda etiladi.

Hakamlik nizolari bo‘yicha hal etiladigan masalalarga ko‘ra

hakamlik sudi qarorlari ikki turga:

- hal qiluv qarorlari;

- ajrimlarga bo‘linadi.

2. Hakamlik sudi hal qiluv qarorining shakli va mazmuni

Hakamlik sudining ishni mazmunan hal qiladigan qaroriga hal qiluv

qarori deb aytiladi.

Hakamlik sudining hal qiluv qarori bu - da’vogarning javobgarga

nisbatan bildirgan da’vo talabini mazmun mohiyatiga ko‘ra hal etuvchi va

hakamlik muhokamasi taraflarining buzilgan yoki nizolashilayotgan

huquqlarini himoya qilishga qaratilgan sud hujjati hisoblanadi.

Hakamlik sudining hal qiluv qarori aniq va ravshan ifodalangan

quyidagi to‘rt qismdan iborat bo‘ladi:

- kirish qismi;

- bayon qismi;

- asoslantiruvchi qismi;

- xulosa qismi.

Hakamlik sudi qarorining har bir qismi o‘zining matniga ega bo‘lib,

ular yaxlitlikda hakamlik sudining qarorini ifoda qiladi.

Hakamlik sudi hal qiluv qarorining kirish qismida:

- hal qiluv qarori qabul qilingan sana;

- hakamlik muhokamasi o‘tkazilgan joy;

- hakamlik sudining tarkibi;

- hakamlik muhokamasining taraflari bo‘lgan yuridik shaxslarning nomi va

joylashgan eri (pochta manzili), jismoniy shaxslarning familiyasi, ismi, otasining

ismi, yashash joyi, hakamlik muhokamasi taraflari vakillarining vakolatlari

ko‘rsatilgan holda familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatiladi.

Page 73: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

73

73

HAKAMLIK MUHOKAMASI

Hakamlik sudi hal qiluv qarorining bayon qismida:

- hakamlik sudi vakolatlarining asoslari;

- da’vogarning talablari va javobgarning e’tirozlari, shuningdek ularning iltimosnomalari

ko‘rsatiladi.

Hakamlik sudi hal qiluv qarorining bayon qismi ishning aniq holat-

lariga ko‘ra ancha keng hajmli bo‘ladi. Mazkur qismda taraflar va boshqa

shaxslar ish holatlarini qanday bayon qilgan bo‘lsalar shunday tuziladi.

Da’vogarning talabi va ularning asoslari bayon etiladi. Bayon qismida

da’vogar talablarini o‘zgartirishi: da’vo predmetini, da’vo asosini o‘zgar-

irishi, da’vodan to‘liq yoki qisman voz kechishi, da’vo talablarini

qisqartirishi yoki ko‘paytirishi aks etmog‘i lozim. Bu ma’lumotlar

qanoatlantirish kerak bo‘lgan da’vo predmetini aniqlashda kerak bo‘ladi.

Sud o‘zgartirilgan talablar yuzasidan qaror chiqarishi lozim. Shuningdek,

da’vogar o‘zining da’vo talabidan voz kechsa va javobgar hakamlik

muhokamasini tugatishga qarshi e’tiroz bildirmasa hakamlik sudi

hakamlik muhokamasini tugatish haqida ajrim qabul qiladi. Hal qiluv

qarorining bayon qilish qismida javobgarning da’voga nisbatan

munosabati, ya’ni da’voni to‘liq tan oladimi yoki qismanmi, o‘zining

asosli rad etishlari keltiriladi. Hal qiluv qarorining bayon qilish qismida

taraflar va boshqa ishda ishtirok etayotgan shaxslarning protsessual

ahamiyat kasb etuvchi arzlari ham ko‘rsatilishi lozim.

Hakamlik sudi hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida:

- hakamlik sudi tomonidan aniqlangan nizo holatlari;

- hakamlik sudining ushbu holatlar to‘g‘risidagi xulosalariga asos bo‘lgan dalillar;

- hal qiluv qarorini qabul qilishda hakamlik sudi amal qilgan normalar ko‘rsatiladi.

Hakamlik sudi qiluv qarorining asoslantirish qismida ishning hakamlik

sudi tomonidan aniqlangan holatlari va keltirilgan dalillar to‘g‘risidagi

xulosalari, da’voni qanoatlantirish yoki rad qilish uchun bo‘lgan asoslar,

hakamlik sudi amal qilgan qonunlar, boshqa qo‘llanilgan qonun osti

hujjatlar ko‘rsatilmog‘i lozim. Mazkur qismda sud taraflar topshirgan

hujjatlarni, sud majlisida aniqlangan faktlarni tahlil qilib, taraflar

o‘rtasidagi munosabatlar to‘g‘risida chiqarilgan xulosa va taraflar

o‘rtasidagi munosabatlarga berilgan yuridik bahoni ko‘rsatishi lozim.

Boshqacha aytganda, sud hal qiluv qarorining asoslantirish qismida

dalillarga baho beradi, qanday faktlarni aniqlangan deb hisoblanganini va

da’vogarning qanday talablari yoki javobgarning qanday e’tirozlarini

to‘g‘ri deb topganini va qanday qonunlarga binoan to‘g‘ri deb

Page 74: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

74

74

HAKAMLIK MUHOKAMASI

hisoblaganini ko‘rsatishga haqlidir. Qolaversa, mazkur qismda ish holatlari

sud tomonidan qanday belgilangan bo‘lsa, shunday yoziladi, ish bo‘yicha

dalillar tahlil qilinadi, ish bo‘yicha qo‘llaniladigan moddiy huquq

normalari aniqlab olinadi va ularning izohi beriladi.

Ta’kidlash kerakki, sud o‘z xulosalarini sud muhokamasida

o‘rganilgan ish holatlari va ushbu holatlar to‘g‘risidagi xulosalariga asos

bo‘lgan dalillar bilan asoslaydi. Agar javobgar da’voni to‘liq tan olsa va bu

qonunga zid bo‘lmasa, hech kimning qonuniy manfaatlarini buzmasa, sud

tan olishni tasdiqlash bilan cheklanadi. Aks holda esa, da’voni tan olish

sud tomonidan tasdiqlanmaydi. Shuningdek, agar taraflar o‘zaro ishni

kelishuv bitimi asosida tugallashni istasalar va bu qonun hujjatlariga zid

bo‘lmasa hamda boshqa shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini

buzmasa, hakamlik sudi hakamlik muhokamasi taraflarining

iltimosnomasiga binoan kelishuv bitimini tasdiqlaydi. Kelishuv bitimini

tasdiqlash to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilar ekan, hakamlik sudi o‘z

hal qiluv qarorining asoslantirish qismida yuqoridagi holatlarni ko‘rsatib

o‘tishi lozim.

Hakamlik sudi hal qiluv qarorining xulosa qismida:

- arz qilingan har bir da’vo talabini qanoatlantirish yoki qanoat-lantirishni rad etish

to‘g‘risida xulosalar;

- nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan bog‘liq xarajatlar summasi, mazkur

xarajatlarning hakamlik muhokamasi taraflari o‘rtasida taqsimlanishi;

- zarur hollarda esa, qabul qilingan hal qiluv qarorini ijro etish muddati va tartibi

ko‘rsatiladi.

Hal qiluv qarori qabul qilinganidan so‘ng o‘n kun ichida hakamlik

muhokamasining har bir tarafiga hal qiluv qarori topshirilishi yoki

yuborilishi kerak.

Hal qiluv qarorining xulosa qismida talablarni arz qilingan har bir

da’vo talabini qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risidagi

sudning xulosasi, sud xarajatlarining taqsimlanishi, zarur hollarda esa,

qabul qilingan hal qiluv qarorini ijro etish muddati va tartibi ko‘rsatiladi.

Umumiy yurisdiksiya sudlarining hal qiluv qaroridan farqli ravishda

hakamlik sudining hal qiluv qarorida qaror ustidan appelyasiya yoki

kassatsiya tartibida shikoyat qilish tartibi bayon qilinmaydi. Biroq

hakamlik sudining hal qiluv qarorida hakamlik muhokamasi tarafi

hakamlik sudining hal qiluv qarorini olgan kundan e’tiboran o‘ttiz kun

ichida vakolatli sudga ushbu hal qiluv qarorini bekor qilishni so‘rab ariza

Page 75: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

75

75

HAKAMLIK MUHOKAMASI

berish yo‘li bilan hakamlik sudining hal qiluv qarori yuzasidan

nizolashishi mumkinligi ko‘rsatilishi lozim.

Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, hakamlik sudi tomonidan

chiqariladigan hal qiluv qarorlari tuzilishi va tarkibiy qismi bilan vakolatli

sudlar qabul qiladigan hal qiluv qarorlariga o‘xshab ketadi.

Biroq hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlari vakolatli sudlar tomonidan qabul

qilinadigan sud hal qaluv qarorlaridan quyidagi farqlari bilan ajralib turadi:

Birinchidan, vakolatli sud (O‘zbekiston Respublikasining Xo‘jalik protsessual kodeksida

yoki O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan sudlovga

tegishlilikka muvofiq xo‘jalik sudi yoki fuqarolik ishlari bo‘yicha sud) tomonidan qabul

qilinadigan hal qiluv qarorlari odil sudlov hujjati hisoblanadi. Shuning uchun ham sud hal qiluv

qarorini O‘zbekiston Respublikasi nomidan chiqaradi va u albatta majburiy ijro qilinishi talab

etiladi. Hakamlik sudining hal qiluv qarori umumiy yurisdiksiya sudlarining hal qiluv qarorlari

kabi bajarilishi barcha uchun majbur bo‘lgan hujjat hisoblanmaydi.

Ikkinchidan, hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan paytdan e’tiboran kuchga

kiradi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning hal qiluv qarori, agar uning ustidan shikoyat

berilmagan yoki protest keltirilmagan bo‘lsa, apellyatsiya shikoyati berish va protest keltirish

muddati o‘tganidan keyin qonuniy kuchga kiradi (FPKning 217-moddasi). Xo‘jalik sudining hal

qiluv qarori qabul qilingandan keyin bir oylik muddat o‘tgach kuchga kiradi. O‘zbekiston

Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan paytdan kuchga kiradi.

Apellyatsiya shikoyati berilgan taqdirda hal qiluv qarori, agar u bekor qilinmasa, apellyatsiya

instansiyasi qaror chiqargan paytdan qonuniy kuchga kiradi (XPKning 146-moddasi).

Uchinchidan, agar kelishuv bitimi qonun hujjatlariga zid bo‘lmasa hamda boshqa

shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzmasa, hakamlik sudi hakamlik muhokamasi

taraflarining iltimosnomasiga binoan kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risida hal qiluv qarori

qabul qiladi. Kelishuv bitimining mazmuni hakamlik sudining hal qiluv qarorida bayon qilinadi.

Vakolatli sudlarda esa taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi va

shu ajrim bilan ish yuritishni ham tugatadi.

To‘rtinchidan, hakamlik sudi hal qiluv qarorining faqat xulosa qismini e’lon qilishga

haqli. Vakolatli sudlarda sudning hal qiluv qarori ish ko‘rib bo‘linganidan so‘ng darhol

chiqariladi va to‘liq e’lon qilinadi. Faqat, alohida hollarda juda murakkab ishlar yuzasidangina

asoslantirilgan hal qiluv qarorini tayyorlash ko‘pi bilan uch kunga kechiktirilishi mumkin. Lekin

hal qiluv qarorining xulosa qismini sud ishni ko‘rish tamomlangan majlisning o‘zidayoq e’lon

qilishi kerak. Ayni bir vaqtda sud ishda ishtirok etuvchi shaxslar asoslantirilgan hal qiluv qarori

bilan qachon tanishib chiqishlari mumkinligini e’lon qiladi.

Beshinchidan, hakamlik sudining qarorlarini majburiy ijro etish yuzasidan vakolatli

sudlar tomonidan beriladigan ijro varaqalari ijro hujjati bo‘lib hisoblanadi. Bu esa hakamlik sudi

hal qiluv qarorining majburiy ijrosi davlat sudi tomonidan uning tan olinish tartib-taomilisiz

amalga oshirilishi mumkin emasligini ko‘rsatadi. Vakolatli sudlar o‘zlari qabul qiladigan hal

qiluv qarorlari asosida beradigan ijro varaqalari ijro hujjati hisoblanadi.

Oltinchidan, hakamlik sudi hal qiluv qarori apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida

qayta ko‘rib chiqilmaydi. Hakamlik sudining hal qiluv qarori uni bekor qilishni so‘rab vakolatli

sudga ariza berish yo‘li bilan nizolashishi mumkin.

Hakamlik sudi hal qiluv qarorining mohiyati, avvalo uning moddiy-huquqiy

munosabatlarga ta’sirida namoyon bo‘lib, moddiy-huquqiy (huquqiy munosabatning mavjud

yoki mavjud emasligi, uning o‘zgarishi) munosabat sub’ektlarining o‘zaro munosabatlarini

tasdiqlaydi, ular o‘rtasidagi nizoga barham beradi, qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarni

moneliksiz amalga oshirish imkoniyatini yaratadi va shu orqali ularni himoya qiladi.

Page 76: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

76

76

HAKAMLIK MUHOKAMASI

Hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining hal qiluv qarorini

olganidan so‘ng hal qiluv qarorini tushuntirib berish to‘g‘risidagi ariza

bilan o‘n kun ichida aynan o‘sha hakamlik sudiga bu haqda hakamlik

muhokamasining boshqa tarafini xabardor qilgan holda murojaat etishga

haqli bo‘ladi. Nizoni hal qilgan hakamlik sudi tarkibi hal qiluv qarorini

tushuntirib berish to‘g‘risidagi ariza olingan kundan e’tiboran o‘n kun

ichida uni ko‘rib chiqishi kerak. Hakamlik sudi o‘zi qabul qilgan hal qiluv

qarorini uning mazmunini o‘zgartirmagan holda tushuntirib berishga haqli.

Tegishli arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha hakamlik sudi hal qiluv

qarorining tarkibiy qismi bo‘lgan hal qiluv qarorini tushuntirish to‘g‘risida

ajrim chiqariladi.

Hal qiluv qarorini chiqargan hakamlik sudining o‘zi hal qiluv qarorini

bekor qilishga yoki o‘zgartirishga haqli bo‘lmaydi. Biroq, nizo bo‘yicha

hal qiluv qarori qabul qilgan hakamlik sudi yozuvda yo‘l qo‘yilgan

xatolarni va arifmetik xatolarni hakamlik muhokamasi tarafining arizasiga

ko‘ra tuzatishga haqli bo‘ladi. Yozuvda yo‘l qo‘yilgan xatolarni va

arifmetik xatolarni tuzatish to‘g‘risidagi arizani nizoni hal qilgan hakamlik

sudi tarkibi ariza olingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida ko‘rib chiqishi

kerak.

Tegishli arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha hakamlik sudi hal

qiluv qarorining tarkibiy qismi bo‘lgan yozuvdagi xatolarni va arifmetik

xatolarni tuzatish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.

3. Hakamlik sudining ajrimi

Hakamlik sudining ajrimlari hal qiluv qarorlaridan farqli ravishda, sud

muhokamasi davrida turli protsessual masalalar yuzasida chiqariladi.

Yuqorida ta’kidlanganidek, hakamlik sudining ishni mazmunan hal

qiladigan qaroriga hal qiluv qarori, deb aytilsa, ishni mazmunan hal

qilmaydigan qaroriga esa ajrim, deb ataladi. Sud ajrimi hakamlik sudi

tomonidan ayrim xususiy masalalar yuzasidan chiqariladigan qaror

hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining “Hakamlik sudlari to‘g‘ri-

sida”gi Qonunining 43-moddasiga ko‘ra, hakamlik sudi nizoning

mazmuniga daxl qilmaydigan masalalar yuzasidan ajrim chiqaradi.

Shuning uchun ham vakolatli sudlar tomonidan chiqariladigan ajrimlardan

farqli ravishda hakamlik sudining ajrimi ustidan shikoyat qilinishi mumkin

emas. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual

kodeksining 346-moddasiga ko‘ra, birinchi instansiya sudining ajrimlari

Page 77: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

77

77

HAKAMLIK MUHOKAMASI

ustidan sud tomonidan ajrim topshirilgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida

taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar apellyatsiya instansiyasi

sudiga sudning hal qiluv qaroridan alohida shikoyat berishlari, prokuror

esa, protest keltirishi mumkin. Darhaqiqat, hakamlik sudlarining yuqori

turuvchi instansiyasi mavjud bo‘lmaydi va uning ajrimlari ustidan

apellyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida shikoyat berilmaydi, protest

keltirilmaydi.

Hakamlik sudi ish bo‘yicha yuqorida nazarda tutilmagan boshqa

xususiy masalalar yuzasidan ham ajrim chiqarish vakolatiga ega

hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasining “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi

Qonundan farqli ravishda O‘zbekiston Respublikasining Xo‘jalik

protsessual kodeksida qaysi hollarda xo‘jalik sudi o‘z ajrimini chiqarishi

mumkinligi alohida moddada bayon etib berilgan. Masalan, XPKning 151-

moddasiga ko‘ra, xo‘jalik sudi ish ko‘rishni keyinga qoldirganda, ish

yuritishni to‘xtatib turganda, tugatganda, da’voni ko‘rmasdan qoldirganda,

Hakamlik sudlari tomonidan quyidagi mazmundagi ajrimlar

chiqariladi:

nizoni hal qilishga hakamlik sudi vakolatli emasligi to‘g‘risida, shuningdek

hakamlik sudi tomonidan vakolatdan chetga chiqish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib

chiqish natijasi bo‘yicha (Qonunning 24-moddasi)

nizoni hakamlik sudida hal etish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni taqsimlash

to‘g‘risida (Qonunning 22-moddasi)

nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan bog‘liq xarajatlarni bo‘nak sifatida to‘lash

to‘g‘risidagi talab bajarilmagan hollarda da'voni ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risida

(Qonunning 23-moddasi)

qo‘shimcha hal qiluv qarori qabul qilish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirishni rad

etish haqida (Qonunning 40-moddasi)

hal qiluv qarorini tushuntirish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha

(Qonunning 41-moddasi)

yozuvdagi kamchiliklar va arifmetik xatolarni tuzatish to‘g‘risida (Qonunning 42-

moddasi)

nizoni hal qilishga hakamlik sudi vakolatli emasligi tufayli hakamlik muhokamasini

tugatish to‘g‘risida (Qonunning 44-moddasi)

Page 78: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

78

78

HAKAMLIK MUHOKAMASI

shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda alohida

hujjat tariqasida ajrim chiqaradi.

Umumiy qoidaga muvofiq, sud ajrimlari quyidagi ikki turga ajratiladi:

- sud tomonidan alohida xonada (maslahatxonada) chiqariladigan ajrim;

- murakkab bo‘lmagan masalalarni hal etish maqsadida o‘z joyida chiqariladigan ajrim.

Hakamlik sudi tomonidan alohida xonada (maslahatxonada)

chiqariladigan ajrimlarda hakamlik sudi hal qiluv qaroriga bo‘lgan

talablardek kirish, bayon, asoslantiruvchi va xulosa qismlaridan iborat

bo‘lishi talab etiladi. Ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston Respublikasi

Xo‘jalik protsessual kodeksi va Fuqarolik protsessual kodeksidan farqli

ravishda “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonunda hakamlik sudining

ajrimida nimalar ko‘rsatilishi bayon etilmagan.

Biroq, vakolatli sudlarda yuzaga kelgan amaliyotga ko‘ra hamda umumiy qoidaga muvofiq,

fikrimizcha, hakamlik sudi tomonidan alohida xonada (maslahatxonada) chiqariladigan ajrimlarda

quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:

1) ajrimning chiqarilgan vaqt va joy;

2) sudning nomi, sudyaning familiyasi (sud tarkibi);

3) hakamlik muhokamasining talablari;

4) nizo predmeti va ajrim bilan hal qilinayotgan masalaning mohiyati;

5) sudning xulosasiga olib kelgan asoslar va sud qo‘llagan qonunlar;

6) sudning hal etilayotgan masala yuzasidan xulosasi.

Bu turdagi ajrimni qabul qilish uchun hakamlik sudi alohida xonaga

(maslahatxonaga) chiqib ketishi, u erda ushbu ajrim bo‘yicha barcha

masalalarni muhokama qilishi, uni yozma shaklda bayon qilishi, ishda

qatnashuvchi barcha sudyalar tomonidan imzolanishi va so‘ngra uni sud

majlisida e’lon qilishi lozim. Hakamlik sudi hal qiluv qarori singari, ajrim

qabul qilgan ko‘pchilik hakamlik sudyalari tomonidan imzolanadi, ajrimda

sudyalarning imzosi bo‘lmasligi ushbu hujjatning qonuniy kuchga ega

emasligini anglatadi.

Hakamlik sudi ajrimining navbatdagi turi murakkab bo‘lmagan

masalalarni hal etish maqsadida o‘z joyida chiqariladigan ajrimlar

hisoblanib, u o‘zining chiqarish asoslari, rasmiylashtirish tartibi bilan

alohida xonada (maslahatxonada) chiqariladigan ajrimlardan farqlanadi.

Masalan, hakamlik sudi sud majlisida ishni ko‘rayotganida hakamlik

muhokamasi davomida hal etilishini talab qiladigan murakkab bo‘lmagan

masalalarni hal etish maqsadida alohida hujjat tariqasida

rasmiylashtirmasdan ajrim chiqarishga ham haqli bo‘ladi. Ajrimda u qaysi

masala bo‘yicha chiqarilayotgani, hakamlik sudi o‘z xulosasini

Page 79: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

79

79

HAKAMLIK MUHOKAMASI

chiqarishiga olib kelgan sabablar hamda ko‘rib chiqilayotgan masala

bo‘yicha xulosa ko‘rsatiladi. Ajrim og‘zaki e’lon qilinadi va sud

majlisining bayonnomasiga yozib qo‘yiladi. Shu o‘rinda ta’kidlash

kerakki, hakamlik sudida, agar hakamlik bitimi taraflari boshqacha

shartlashmagan bo‘lsalar, bayonnoma yuritiladi (“Hakamlik sudlari

to‘g‘risida”gi Qonunning 36-moddasi).

Hakamlik sudi ajrimi ustidan vakolatli sudlarga shikoyat qilinmasligi

tufayli, alohida sud hujjati ko‘rinishida ajrimni chiqarish doimiy faoliyat

ko‘rsatuvchi hakamlik sudining Qoidalari bilan ko‘rib chiqiladi. Aks holda

qabul qilinadigan hujjatning mazmunidan kelib chiqib, nizolarni hal

etishda qabul qilinadigan ajrimning shaklini hakamlik sudining o‘zi

tanlaydi.

Vakolatli sud (O‘zbekiston Respublikasining Xo‘jalik protsessual

kodeksida yoki O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual

kodeksida belgilangan sudlovga tegishlilikka muvofiq xo‘jalik sudi yoki

fuqarolik ishlari bo‘yicha sud)lardan farqli ravishda hakamlik sudlari

nodavlat sudlari bo‘lganliklari sababli ushbu sudlar tomonidan xususiy

ajrimlar chiqarilmaydi.

Xususiy ajrimlar boshqa ajrimlardan o‘zining maqsad va mazmun

jihatdan farq qiladi. Sud fuqarolik ishini ko‘rish davomida ayrim

mansabdor shaxslar yoki fuqarolar tomonidan qonuniylik va huquq tartibot

buzilganligini yoki tashkilotlarning ishlaridagi jiddiy kamchiliklar mavjud

ekanligini aniqlasa, xususiy ajrim (qaror) chiqarib, uni tegishli organlar

yoki mansabdor shaxslarga yuboradi. Bu shaxslar esa o‘z navbatida,

xususiy ajrim yuzasidan o‘zlari ko‘rgan choralar to‘g‘risida sudga ushbu

ajrim nusxasini olgan kundan e’tiboran bir oylik muddat ichida xabar

qilishlari lozim. Xususiy ajrimlar sudning boshqa ajrimlari kabi

rasmiylashtirilsada, lekin o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi.

Xususiy ajrimlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri u qonunchilikning

buzilishi va nizolarning yuzaga kelishini oldini olish masalalari yuzasidan

chiqarilib, sud organlarining fuqarolik ishlarini mazmunan ko‘rib, hal

qilish davomida qonunchilikning buzilishini oldini olish bo‘yicha

protsessual qonunchilikda mustahkamlab qo‘yilgan vazifalarini amalga

oshirishning muhim protsessual vositalaridan biri sifatida e’tirof etiladi.

Chunki sud organlari fuqarolik ishlari yuzasidan odil sudlovni amalga

oshirish bilan bir qatorda muayyan ish yuzasidan huquqbuzarlikni oldini

olish choralarini ko‘rish imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar va bu esa

xususiy ajrim chiqarish orqali ro‘yobga chiqadi.

Page 80: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

80

80

HAKAMLIK MUHOKAMASI

4. Qo‘shimcha hal qiluv qarori

Hakamlik sudi ishni hal qilganda o‘zining hal qiluv qarorida

da’vogarning barcha savollariga to‘la javob berishi kerak. Sud asosli deb

topilgan talablarni qondirishi va asossiz talablarni rad qilishi lozim. Ammo

biror bir sababga ko‘ra hal qiluv qarori to‘liq bo‘lmasa, ya’ni bu qarorda

da’vogarning barcha talablariga javob bo‘lmasa, hakamlik muhokamasi

taraflari qo‘shimcha qaror chiqarishni suddan so‘ray oladilar.

“Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonunning 40-moddasiga muvofiq,

taraflardan biri hakamlik sudining hal qiluv qarorini olganidan so‘ng, agar

hakamlik muhokamasi taraflari boshqacha shartlashmagan bo‘lsalar,

hakamlik muhokamasi davomida arz qilingan va ko‘rib chiqilgan, ammo

qabul qilingan hal qiluv qarorida o‘z aksini topmagan da’vo talablari

bo‘yicha qo‘shimcha hal qiluv qarori qabul qilishni talab qilishlari

mumkin. Hakamlik muhokamasi taraflari qo‘shimcha hal qiluv qarori

qabul qilish to‘g‘risidagi ariza bilan o‘n kun ichida aynan o‘sha hakamlik

sudiga bu haqda boshqa tarafni xabardor qilgan holda murojaat etadilar.

O‘z navbatida, nizoni hal qilgan hakamlik sudi tarkibi qo‘shimcha hal

qiluv qarori qabul qilish to‘g‘risidagi arizani olgan kundan e’tiboran o‘n

kun ichida uni ko‘rib chiqadi. Shu o‘rinda bir misolni keltirish joiz.

Hakamlik sudi asosiy hal qiluv qarorini qabul qilish bilan bir qatorda

etkazib berilmagan tovar qismi uchun pul mablag‘larini qaytarish borasida

pul vositalaridan foydalanganlik uchun yillik foiz undirish to‘g‘risida

da’vogarning talabini ko‘rib chiqmagan va bu haqda asosiy hal qiluv

qarorida xulosa bermagan. YOki bo‘lmasa, agar hakamlik sudi da’vogarga

mulkni undirish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilgan bo‘lib, lekin

ushbu mulkning aniq ro‘yxatini ko‘rsatmagan bo‘lsa, qo‘shimcha hal qiluv

qarori chiqarish uchun zaruriyat paydo bo‘ladi.

Qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib

chiqish “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonunning 34-moddasi va 35-

moddasining uchinchi qismi qoidalariga rioya etilgan holda hakamlik sudi

majlisida amalga oshiriladi. Unga ko‘ra, hakamlik muhokamasi

taraflaridan biri qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish masalasini hal

etish uchun hakamlik sudiga taqdim etadigan barcha hujjatlarning va

boshqa material-larning nusxalari, agar hakamlik muhokamasi taraflari

boshqacha shart-lashmagan bo‘lsalar, hakamlik sudi tomonidan hakamlik

muhokamasining boshqa tarafiga topshiradi. Hakamlik sudi o‘z hal qiluv

qarori uchun asos qilib oladigan ekspert xulosalari hakamlik sudi

tomonidan hakamlik muhokamasi taraflariga topshiriladi. Hakamlik

muhokamasining har bir tarafiga o‘z nuqtai nazarini bayon etishi hamda

Page 81: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

81

81

HAKAMLIK MUHOKAMASI

o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilishi uchun teng imkoniyatlar

berilishi kerak.

Qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib

chiqish hakamlik muhokamasi taraflari yoki ularning vakillari ishtirokida

amalga oshiriladi. Hakamlik muhokamasi taraflariga hakamlik sudi

majlisining vaqti va joyi haqida oldindan xabarnoma yuborilishi yoki

topshirilishi lozim. Agar hakamlik muhokamasi taraflari boshqacha

shartlashmagan bo‘lsalar, hakamlik sudi qo‘shimcha hal qiluv qarorini

qabul qilish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqishni yopiq majlisda ko‘rib

chiqadi.

Qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib

chiqish natijalari bo‘yicha hakamlik sudi hal qiluv qarorining tarkibiy

qismi bo‘lgan qo‘shimcha hal qiluv qarori qabul qilinadi yoki qo‘shimcha

hal qiluv qarori qabul qilish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirishni rad etish

haqida ajrim chiqariladi.

Qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish borasida ham vakolatli sudlar bilan hakamlik

sudlari o‘rtasida o‘ziga xos farqlar mavjud.

Birinchi farq qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish asoslarida namoyon bo‘ladi.

FPKning 214-moddasiga ko‘ra, ish bo‘yicha hal qiluv qarori chiqargan sud ishda ishtirok

etayotgan shaxslarning arizalariga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan quyidagi hollarda qo‘shimcha

hal qiluv qarori chiqarishi mumkin:

1) huquq to‘g‘risidagi masalani hal qilib, undiriladigan summa miqdorini, topshirilishi

lozim bo‘lgan mulkni yoki javobgar bajarishi lozim bo‘lgan harakatlarni ko‘rsatmagan bo‘lsa;

2) arz qilingan talablarning birortasi bo‘yicha ishda ishtirok etuvchi shaxslar dalillar

keltirgan va tushuntirishlar bergan bo‘lsalar-u, lekin bu xususda hal qiluv qarori chiqarilmagan

bo‘lsa;

3) hal qiluv qarorida sud xarajatlarini taqsimlash ko‘rsatilmagan bo‘lsa.

XPKning 149-moddasiga ko‘ra, hal qiluv qarorini qabul qilgan xo‘jalik sudi quyidagi

hollarda qo‘shimcha hal qiluv qarori qabul qiladi:

1) ishda ishtirok etuvchi shaxslar dalillar taqdim etgan biron-bir talab bo‘yicha hal qiluv

qarori qabul qilinmagan bo‘lsa;

2) sud huquq masalasini hal qilib, undiriladigan summa miqdorini, berilishi lozim bo‘lgan

mol-mulkni yoki javobgar bajarishi shart bo‘lgan harakatlarni ko‘rsatmagan bo‘lsa;

3) sud xarajatlari to‘g‘risidagi masala hal qilinmagan bo‘lsa.

Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, vakolatli sudlar tomonidan qo‘shimcha hal

qiluv qarorini chiqarish uchun asoslar deyarli bir xil. Biroq, hakamlik sudlarida hakamlik

muhokamasi davomida arz qilingan va ko‘rib chiqilgan, ammo qabul qilingan hal qiluv qarorida

o‘z aksini topmagan da’vo talablari bo‘yicha qo‘shimcha hal qiluv qarorini chiqarilishi

mumkinligi ko‘rsatilgan, xolos. Binobarin, fikrimizcha, hal qiluv qarorini qabul qilishda tushirib

qoldirilgan holatlarni to‘g‘rilash maqsadida, manfaatdor taraf quyidagi hollarda ham

qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish to‘g‘risidagi ariza bilan hakamlik sudiga murojaat

qilish huquqiga ega bo‘lishi lozim:

- arz qilingan talablarning birortasi bo‘yicha ishda ishtirok etuvchi shaxslar dalillar

keltirgan va tushuntirishlar bergan bo‘lsalar-u, lekin bu xususda hal qiluv qarori chiqarilmagan

bo‘lsa;

- hal qiluv qarorida sud xarajatlarini taqsimlash ko‘rsatilmagan bo‘lsa.

Page 82: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

82

82

HAKAMLIK MUHOKAMASI

Ikkinchi farq: “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, qo‘shimcha hal qiluv

qarorini chiqarish to‘g‘risidagi ariza bilan faqat hakamlik muhokamasi taraflari, ya’ni da’vogar

yoki javobgar murojaat qilishi mumkin bo‘ladi. Boshqa shaxslar, shu jumladan, hakamlik

muhokamasida ishtirok etgan uchinchi shaxslar ham bunday huquqqa ega bo‘lmaydilar.

Shuningdek, umumiy yurisdiksiya sudlaridan farqli ravishda ishni ko‘rib chiqqan hakamlik

sudining o‘zi ham qo‘shimcha hal qiluv qarori qabul qilish haqida masalani hal qilishga

vakolatli emas. Masalan, FPKning 214-moddasiga ko‘ra, sud o‘z tashabbusi bilan ham

qo‘shimcha hal qiluv qarori qabul qilish haqida masalani hal qilish vakolatiga ega bo‘ladi.

Uchinchi farq: hakamlik sudining qo‘shimcha hal qiluv qarori qabul qilish to‘g‘risidagi

arizani qanoatlantirishni rad etish haqidagi ajrimi ustidan shikoyat qilinmaydi. Biroq umumiy

yurisdiksiya sudlarining qo‘shimcha hal qiluv qarori chiqarish to‘g‘risidagi talabni rad etish

haqidagi ajrimi ustidan xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest keltirilishi mumkin.

Undan tashqari, qo‘shimcha hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi

hamda unga nisbatan protest keltirilishi mumkin.

To‘rtinchi farq: nizoni hal etishda hakamlik sudi tomonidan qabul qilingan hal qiluv

qarorining to‘liq emasligi hal qiluv qarorida yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchilik hisoblanadi.

Shuning uchun “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonun ushbu hal qiluv qarorini qabul qilgan

sud orqali bunday kamchiliklarni to‘g‘rilash imkonini beradi. O‘z navbatida, bunday kamchilik-

larning hal qiluv qarorini qabul qilgan sud orqali emas, balki vakolatli sudlar tomonidan bartaraf

etilishi hakamlik muhokamasi taraflari uchun bir qator muammolarni, sarsongarchiliklarni

keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, hakamlik sudi tomonidan o‘z hal qiluv qarorlarini o‘ziga xos

tarzda tuzatish institutining aynan hakamlik muhokamasi tizimida muhimligi shundan iboratki,

umumiy yurisdiksiya sudlaridan farqli ravishda hakamlik sudi hal qiluv qarorlarini apellyatsiya,

kassatsiya yoki nazorat tartibida qayta ko‘rish instituti mavjud emas.

5. Hakamlik sudining hal qiluv qarori yuzasidan nizolashish

Ma’lumki, hakamlik sudlari qandaydir bir tizimni tashkil etmaydi va

bir-biriga bo‘ysunmaydi, hakamlik sudining yuqori turuvchi instansiyasi

mavjud emas. Lekin “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonunning 46-

moddasiga ko‘ra, hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining hal qiluv

qarorini olgan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida vakolatli sudga ushbu

hal qiluv qarorini bekor qilishni so‘rab ariza berish yo‘li bilan hakamlik

sudining hal qiluv qarori yuzasidan nizolashishi mumkinligi nazarda

tutilgan.

Ushbu o‘rinda ta’kidlash joizki, “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi

Qonunda hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bog‘liq ishlarni yuritish

tartibi belgilanmagan. Chunki vakolatli davlat sudlarining hakamlik

sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ishlarni yuritish tartibi

boshqa qonun hujjatlari bilan, xususan O‘zbekiston Respublikasining

Fuqarolik protsessual va Xo‘jalik protsessual kodeksi bilan tartibga

solinadi. Shuning uchun ham amalda hakamlik sudlarining samarali

faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, ushbu sudga murojaat qilgan shaxslarning

huquq va qonuniy manfaatlarini to‘laqonli himoya qilish hamda hakamlik

Page 83: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

83

83

HAKAMLIK MUHOKAMASI

sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ishlarni yuritish

tartibini belgilash maqsadida ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va

o‘zgartish kiritish talab etilar edi. Aynan O‘zbekiston Respublikasi Oliy

Majlisi Senatining 2007 yil 29 iyundagi X yalpi majlisida ma’qullangan

“Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul

qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun

hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuni

yuqoridagi maqsad va vazifalarni amalga oshirishni nazarda tutadi.

Mazkur Qonunning 3-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining

Fuqarolik protsessual kodeksi uch bob va o‘n uch moddadan iborat

bo‘lgan “Hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bog‘liq ishlarni

yuritish” deb nomlangan 5-kichik bo‘lim bilan to‘ldirildi.

“Hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bog‘liq ishlarni yuritish”

deb nomlangan 5-kichik bo‘limning 352-bobi “Hakamlik sudining hal

qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ishlarni yuritish” deb nomlanib,

unda hakamlik sudining hal qiluv qarori yuzasidan nizolashish, hakamlik

sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizaning shakli va

mazmuni, mazkur arizani ko‘rib chiqish tartibi, hakamlik sudining hal

qiluv qarorini bekor qilish asoslari hamda fuqarolik ishlari bo‘yicha

sudning hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ish

bo‘yicha ajrim chiqarishga doir qoidalar o‘z ifodasini topdi.

Hakamlik sudining hal qiluv qaroridan norozi bo‘lgan hakamlik

muhokamasi tarafi ushbu hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza

bilan hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan joydagi sudga

murojaat qiladi. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish

to‘g‘risida ariza berilganligi nizo bo‘yicha ish yuritish sud tomonidan

tugallanguniga qadar hakamlik sudi hal qiluv qarorining ijrosi bo‘yicha ish

yuritishni to‘xtatib turadi.

Hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza bilan

vakolatli sudga murojaat qilish jarayonida quyidagi talablarga rioya qilish

lozim:

Birinchidan, mazkur ish murojaat qilinayotgan sudga taalluqli

bo‘lishi lozim. Bizga ma’lumki, taalluqlilik deganda ishlarni ko‘rish va hal

qilish vazifasi qonun bilan muayyan davlat organi yoki jamoat tashkiloti

zimmasiga yuklatilganligi tushuniladi. Hakamlik sudi hal qiluv qarorini

bekor qilish to‘g‘risidagi ariza bilan vakolatli sudga murojaat qilinadi.

Qonun vakolatli sud deganda O‘zbekiston Respublikasining Xo‘jalik

protsessual kodeksida yoki O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik

protsessual kodeksida belgilangan sudlovga tegishlilikka muvofiq xo‘jalik

Page 84: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

84

84

HAKAMLIK MUHOKAMASI

sudi yoki fuqarolik ishlari bo‘yicha sudni nazarda tutadi. Biroq hakamlik

sudi hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza bilan bir vaqtning

o‘zida ham xo‘jalik sudiga, ham fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat

qilinmaydi. Bu o‘rinda hakamlik sudi tomonidan hal etilgan masalaning

mohiyati, unda ishtirok etuvchi taraflarning tarkibiga qarab, mazkur

ishning xo‘jalik sudiga yoki fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga taalluqli

ekanligi aniqlashtiriladi. Agar taraflardan loaqal biri fuqaro bo‘lgan ishlar

FPKning 31-moddasi talablaridan kelib chiqib, fuqarolik ishlari bo‘yicha

sudga taalluqli bo‘ladi. Agar ish iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar,

yuridik shaxs tuzmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan

va yakka tartibdagi tadbirkor maqomini qonunda belgilangan tarzda olgan

fuqarolar o‘rtasidagi fuqaroviy, ma’muriy va boshqa huquqiy

munosabatlardan kelib chiqadigan bo‘lsa, u holda xo‘jalik sudiga murojaat

qilinadi.

Ikkinchidan, ariza uchun belgilangan tartibda va miqdorda davlat

boji to‘langan bo‘lishi lozim. Soliq kodeksining 326-moddasiga ko‘ra,

davlat boji yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va

(yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor

shaxslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun olinadigan majburiy

to‘lovdir. Mazkur Kodeksning 328-moddasiga muvofiq, fuqarolik ishlari

bo‘yicha sudlarga hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini bekor qilish

to‘g‘risidagi hamda hakamlik sudining qarorlarini majburiy ijro etish

uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizalardan davlat boji undiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 3

noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat boji stavkalari”gi

muvofiq, hakamlik sudi qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro

varaqasini berish to‘g‘risidagi arizalardan, shuningdek hakamlik sudi

qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi arizalardan eng kam oylik ish

haqining 2 baravari miqdorida davlat boji undiriladi.

Soliq kodeksining 328-moddasida hakamlik sudining qarorlarini

majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizalardan,

xo‘jalik sudining hakamlik sudi qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi,

shuningdek hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish

uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi va ijro varaqasini berishni rad

etish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha ajrimlari ustidan berilgan apellyatsiya va

kassatsiya shikoyatlaridan davlat boji undirilishi belgilangan. O‘zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 3 noyabrdagi 533-son

qarori bilan tasdiqlangan “Davlat boji stavkalari”ga muvofiq, hakamlik

sudi qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish

Page 85: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

85

85

HAKAMLIK MUHOKAMASI

to‘g‘risidagi arizalardan, shuningdek hakamlik sudi qarorlarini bekor qilish

to‘g‘risidagi arizalardan eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida

davlat boji undiriladi.

Uchinchidan, hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish

to‘g‘risidagi arizaning shakli va mazmuniga oid protsessual qonunda

belgilangan talablarga rioya qilinishi kerak. Shuni ta’kidlash kerakki,

hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizaga

qo‘yilgan talablar protsessual qonun hujjatlarida o‘z ifodasini topgan.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining

3099-moddasi hamda Xo‘jalik protsessual kodeksining 1552-moddasiga

ko‘ra, ushbu arizalar yozma shaklda beriladi va hal qiluv qarori yuzasidan

nizolashayotgan hakamlik muhokamasi tarafi yoki uning vakili tomonidan

imzolanadi.

Arizada quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi talab etiladi:

1) ariza berilayotgan sudning (xo‘jalik sudining) nomi;

2) nizolashilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi,

joylashgan eri;

3) hakamlik muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), joylashgan

eri (pochta manzili) yoki yashash joyi, shuningdek agar ariza vakil tomonidan berilayotgan

bo‘lsa, vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi;

4) hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan sana;

5) mazkur hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat etgan hakamlik

muhokamasi tarafi hakamlik sudining nizolashilayotgan hal qiluv qarorini olgan sana;

6) hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi talab va mazkur qaror

qanday asoslar bo‘yicha nizolashilayotganligi.

Mazkur arizalar fuqarolik ishlari yuzasidan taqdim etiladigan

arizalarning mazmuni (FPKning 149-moddasi, XPKning 112-moddasi)

dan o‘zga xos jihatlari bilan farqlanishini, ta’bir joiz bo‘lsa, birmuncha

takomillashtirilganligini ham ta’kidlab o‘tish kerak. Xususan, hakamlik

sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizada telefonlar,

fakslar raqamlari, elektron pochta manzillari va boshqa ma’lumotlar

ko‘rsatilishi mumkinligi, unga ilova qilinadigan hujjatlarning aniq ro‘yxati

berilishi kabi qoidalar shular jumlasidandir (3095-modda).

Darhaqiqat, protsessual qonun hujjatlarida hakamlik sudining hal

qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizaga ilova qilinadigan

hujjatlarning ro‘yxati ham nazarda tutilgan. Bu esa o‘z navbatida hakamlik

sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza bilan vakolatli

sudlarga murojaat qilayotgan tadbirkorlik sub’ektlari uchun bir qator

qulayliklar yaratadi. Xususan, sudga murojaat qilishdan avval ushbu

Page 86: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

86

86

HAKAMLIK MUHOKAMASI

arizalarga qanday hujjatlar ilova qilinishi haqida to‘liq ma’lumotga ega

bo‘ladilar va bu arizalarni o‘z vaqtida qabul qilinishi va shaxs huquqlarini

samarali himoya qilinishini ta’minlaydi.

Shunday qilib, hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizaga

quyidagilar ilova qilinadi:

1) hakamlik sudi hal qiluv qarorining tasdiqlangan nusxasi. Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi

hakamlik sudining hal qiluv qarori nusxasi mazkur hakamlik sudining raisi tomonidan

tasdiqlanadi, muvaqqat hakamlik sudi hal qiluv qarorining nusxasidagi hakamlik sudyasining

imzosi notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi kerak;

2) hakamlik bitimining tegishli tarzda tasdiqlangan nusxasi;

3) hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi talabni asoslash uchun

taqdim etiladigan hujjatlar;

4) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar

(FPKning 3095-moddasi).

Mazkur talablar XPKning 1552-moddasida ham o‘z aksini topgan

bo‘lib, ushbu talablardan tashqari xo‘jalik sudiga taqdim etilayotgan da’vo

arizalariga hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi

ariza nusxasi va unga ilova qilingan hujjatlar hakamlik muhokamasining

boshqa tarafiga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat ham ilova qilinishi

lozim.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga taqdim etilayotgan ariza

javobgarlar soniga mutanosib miqdordagi nusxalari bilan sudga beriladi.

Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi

ariza hakamlik muhokamasi tarafining vakili tomonidan berilgan bo‘lsa,

arizaga ishonchnoma yoki vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi boshqa

hujjat ilova qilinishi lozim.

Hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizaga

nisbatan qo‘yilgan talablarga rioya qilmaslik oqibatlari.

Vakolatli sudga murojaat qilayotgan tadbirkorlik sub’ektlari hakamlik

sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizaga nisbatan

qo‘yilgan talablarga rioya qilishlari shart. Aks holda ular tomonidan

taqdim etilgan arizalar quyidagi huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarishi

mumkin:

- vakolatli sud tomonidan qabul qilinishi rad etiladi;

- vakolatli sud tomonidan ariza harakatsiz qoldiriladi;

- vakolatli sud tomonidan arizachiga qaytariladi.

Yuqoridagi oqibatlar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish

to‘g‘risidagi ariza bilan qaysi vakolatli sudga (fuqarolik ishlari bo‘yicha

sud yoki xo‘jalik sudiga) murojaat qilishga qarab, turlicha bo‘ladi.

Masalan, hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi

Page 87: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

87

87

HAKAMLIK MUHOKAMASI

ariza bilan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga murojaat qilish jarayonida

ariza muomalaga layoqatsiz shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa yoki

manfaatdor shaxs nomidan arizani ish yuritish vakolatiga ega bo‘lmagan

shaxs bergan bo‘lsa, sud arizani qabul qilishni rad etadi. Biroq, sudyaning

ushbu asoslar bo‘yicha arizani qabul qilishni rad etishi, basharti yo‘l

qo‘yilgan xatolar bartaraf etilsa, shu ish bo‘yicha sudga ikkinchi marta

ariza bilan murojaat etishga to‘sqinlik qilmaydi (FPKning 152-moddasi).

Basharti, hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish

to‘g‘risidagi ariza bilan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga murojaat qilish

jarayonida arizaga qo‘ilgan talablarga rioya qilinmasa, sud ushbu arizani

FPKning 154-moddasiga ko‘ra, arizani harakatsiz qoldirish to‘g‘risida

ajrim chiqarib, bundan da’vogarni xabardor qiladi va kamchiliklarni

tuzatish uchun unga muhlat beradi. Agar da’vogar belgilangan muddatda

sudyaning ko‘rsatmalariga muvofiq arizaga nisbatan qo‘yilgan talablarni

bajarsa, ariza sudga dastlab taqdim etilgan kuni berilgan hisoblanadi. Aks

holda, ariza berilmagan hisoblanib, da’vogarga qaytariladi va bu haqda

ajrim chiqariladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2012 yil

15 iyundagi “Xo‘jalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv

qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy

ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda

qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 238-sonli

qarorida ham hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish

to‘g‘risidagi arizaning shakli va mazmuni XPK 115-2-moddasi talablariga

mos kelishi va unga ushbu moddada nazarda tutilgan hujjatlar shuningdek

pochta xarajatlari to`lahganligini tasdiqlovchi hujjat ham ilova qilinishi

lozimligi, aks holda xo‘jalik sudi XPKning 118-moddasiga ko‘ra,

hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza

qaytarilishi ko`rsatilgan .

Hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining xo‘jalik sudiga

taalluqli nizoga doir hal qiluv qarori ustidan nizolashish uchun belgilangan

o‘ttiz kunlik muddatni o‘tkazib yuborgudek bo‘lsa yoki ushbu ariza bilan

hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan joydagi xo‘jalik sudiga

murojaat qilmagan bo‘lsa, xo‘jalik sudi ushbu arizani XPKning 118-

moddasiga muvofiq arizachiga qaytarish haqida ajrim qabul qiladi.

Xususan, xo‘jalik sudi XPKning 118-moddasiga ko‘ra, hakamlik sudining

hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza va unga ilova qilingan

hujjatlarni quyidagi hollarda arizachiga qaytaradi:

Page 88: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

88

88

HAKAMLIK MUHOKAMASI

1) arizani yozishda XPKning 112-moddasida belgilangan shakli va

mazmuniga rioya qilinmagan bo‘lsa;

2) ariza imzolanmagan yoki uni imzolash huquqiga ega bo‘lmagan

shaxs yoxud mansab mavqei ko‘rsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan

bo‘lsa;

3) ish mazkur xo‘jalik sudi sudloviga tegishli bo‘lmasa;

4) ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga arizaning nusxalari

yuborilganini tasdiqlovchi dalillar taqdim etilmagan bo‘lsa;

5) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji to‘langanligini va

boshqa sud xarajatlari qoplanganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim

etilmagan bo‘lsa, davlat boji to‘lashni kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash

mumkinligi qonunda nazarda tutilgan hollarda bu haqda iltimosnoma

berilmagan yoxud iltimosnoma rad etilgan bo‘lsa;

6) shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda

tutilgan hollarda da’vogar javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish

(talabnoma yuborish) tartibiga rioya etilganini tasdiqlovchi hujjatlarni

taqdim etmagan bo‘lsa;

7) bitta arizada bir yoki bir necha javobgarga o‘zaro bog‘lanmagan bir

necha talab birlashtirilgan bo‘lsa;

8) qonun hujjatlariga yoki shartnomaga muvofiq qarz bank yoxud

boshqa kredit muassasasi orqali olinishi lozim bo‘lganida javobgardan

qarzni olish uchun bankka yoki boshqa kredit muassasasiga murojaat

qilinganligi haqida dalillar taqdim etilmagan bo‘lsa;

9) agar arizani ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risida ajrim

chiqarilgunga qadar uni qaytarib olish to‘g‘risida da’vogardan ariza

tushgan bo‘lsa.

Sudya hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi

arizasini qaytarish to‘g‘risida u olingan kundan boshlab besh kundan

kechiktirmay ajrim chiqaradi. Arizani qaytarish to‘g‘risidagi ajrim ustidan

shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin. Ajrim bekor qilingan taqdirda

ariza xo‘jalik sudiga dastlabki murojaat qilingan kuni berilgan deb

hisoblanadi.

Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi

arizaning qaytarilishi yo‘l qo‘yilgan xatolar bartaraf etilgandan keyin

ikkinchi marta xo‘jalik sudiga umumiy tartibda da’vo arizasi bilan

murojaat etishga to‘sqinlik qilmaydi.

Page 89: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

89

89

HAKAMLIK MUHOKAMASI

Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi

arizani ko‘rish tartibi. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksva

Xo‘jalik protsessual kodeksida hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor

qilish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish tartibi belgilangan (FPKning

3096-modda, XPKning 1553-modda). Mazkur ariza vakolatli sudning

sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi. Boshqa toifadagi

fuqarolik va xo‘jalik ishlarida bo‘lgani kabi hakamlik sudining hal qiluv

qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ishlar ham sudda ko‘rish uchun

tayyorlanadi, mazkur ishga oid ish materiallarini hakamlik sudidan

dalillarni talab qilib olish uchun nazarda tutilgan qoidalar asosida talab

qilib olish mumkin. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish

to‘g‘risidagi ariza sud majlisida ko‘rib chiqiladi. Sud majlisining vaqti va

joyi to‘g‘risida hakamlik muhokamasi taraflari albatta xabardor qilinadi.

Biroq sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan

mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik

qilmaydi.

Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizalar

FPKning 131-moddasida nazarda tutilgan muddatlarda ko‘rib chiqiladi.

Unga ko‘ra, ushbu toifadagi ishlar sudda ko‘rishga tayyorlab bo‘lingan

kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay ko‘rilishi lozim.

Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi

arizalarni xo‘jalik sudlarida ko‘rish muddati XPKning 125-moddasida

nazarda tutilgan. Unga ko‘ra, ishni sudda ko‘rishga tayyorlash to‘g‘risidagi

ajrim chiqarilgan kundan boshlab ish bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatda

ko‘rilishi va hal qiluv qarori qabul qilinishi kerak. Alohida hollarda ishni

ko‘rish muddati xo‘jalik sudining raisi tomonidan bir oydan oshmagan

muddatga uzaytirilishi mumkin.

Ta’kidlash joizki, hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish

to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish tartibi boshqa fuqarolik yoki xo‘jalik

ishlarini ko‘rib chiqishning umumiy qoidalaridan farqlanadi. Xususan, sud

hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizani sud

majlisida ko‘rib chiqayotganda hakamlik sudi aniqlagan holatlarni

tekshirishga yoxud hakamlik sudining hal qiluv qarorini mazmunan qayta

ko‘rib chiqishga haqli bo‘lmaydi. Shuningdek, hakamlik sudlarining hal

qiluv qarorlarini bekor qilishga faqat “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi

Qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgandagina yo‘l qo‘yiladi.

Unga ko‘ra, hakamlik sudining hal qiluv qarori, agar hakamlik sudining

hal qiluv qarorini bekor qilishni so‘rab ariza bergan hakamlik muhokamasi

Page 90: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

90

90

HAKAMLIK MUHOKAMASI

tarafi quyidagi holatlarni isbotlovchi dalillarni taqdim etsa, vakolatli sud

tomonidan bekor qilinishi kerak:

- hakamlik bitimining qonunlarda nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha

haqiqiy emasligini;

- hakamlik sudi hal qiluv qarorining hakamlik bitimida nazarda

tutilmagan yoki uning shartlariga to‘g‘ri kelmaydigan nizo bo‘yicha

chiqarilganligini yoxud unda hakamlik bitimi doirasidan chetga chiquvchi

masalalar bo‘yicha xulosalar mavjudligini. Agar hakamlik sudining

hakamlik bitimi bilan qamrab olinadigan masalalar bo‘yicha xulosalarini

bunday bitim bilan qamrab olinmaydigan masalalar bo‘yicha xulosalaridan

ajratib olish mumkin bo‘lsa, hakamlik sudi hal qiluv qarorining faqat

hakamlik bitimi bilan qamrab olinmaydigan masalalar bo‘yicha xulosalari

bo‘lgan qismi bekor qilinishi mumkin;

- hakamlik sudining hal qiluv qarori “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi

Qonunning 10-moddasi birinchi va uchinchi qismlari talablari buzilgan

holda chiqarilganligini;

hakamlik sudi tarkibi yoki hakamlik muhokamasi “Hakamlik sudlari

to‘g‘risida”gi Qonunning 14, 15, 16 va 25-moddalari qoidalariga muvofiq

emasligini;

hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi

taraflarining qaysi biriga qarshi qabul qilingan bo‘lsa, o‘sha taraf hakamlik

sudyalarini saylash (tayinlash) to‘g‘risida yoki hakamlik sudining majlisi

bo‘ladigan vaqt va joy haqida tegishli tarzda xabardor qilinmaganligini

hamda shu sababli u hakamlik sudiga o‘z tushuntirishlarini taqdim

etolmaganligini.

Agar hakamlik sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan nizo qonunlarga

muvofiq hakamlik muhokamasining predmeti bo‘lmasa, hakamlik

sudining hal qiluv qarori vakolatli sud tomonidan bekor qilinishi kerak.

Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun

ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizaga nisbatan qo‘yilgan talablar.

Hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza kabi

hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro

varaqasi berish to‘g‘risidagi arizaga nisbatan ham bir qator talablar

qo‘yiladi. O‘z navbatida, vakolatli sudga murojaat qiladigan tadbirkorlar

mazkur talablarga rioya qilishlari lozim. Mazkur talablar quyidagilardan

iborat:

Birinchidan, Qonun hujjatlarini ijro etish jarayonida taraflar undi-

ruvchi va qarzdor hisoblanishini, shu bilan birga ijro etish jarayonida bir

qancha undiruvchi va qarzdorlar qatnashishi mumkin. Boshqa tarafga

Page 91: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

91

91

HAKAMLIK MUHOKAMASI

nisbatan ularning har biri ijro ishini yuritishda mustaqil holda ishtirok etadi

yoki ijro etish harakatlarida qatnashuvchilardan biriga ishtirok etishni

topshirishi mumkin. Bundan kelib chiqqan holda, boshqa shaxslar

hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etishga ijro varaqasini berish

to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilishga haqli emas, shu jumladan,

hakamlik sudi ham o‘zi tomonidan qabul qilingan hal qiluv qarorini

majburiy ijro etishga tashabbus ko‘rsatuvchi sub’ekt sifatida ishtirok eta

olmaydi. Bundan tashqari, shuni ta’kidlash kerakki, garchi hakamlik sudi

hal qiluv qarori yuzasidan nizolashish huquqiga hakamlik

muhokamasining har ikki tarafi ega bo‘lsa ham, hakamlik sudi hal qiluv

qarorini majburiy ijro etish uchun ariza berish huquqiga faqatgina hal qiluv

qarori uning foydasiga hal bo‘lgan hakamlik muhokamasi tarafi ega

bo‘ladi.

Ikkinchidan, hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish

uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza qarzdor yashaydigan joydagi

yoki joylashgan erdagi yoxud, agar qarzdor yashaydigan joy yoki

joylashgan er noma’lum bo‘lsa, uning mol-mulki turgan joydagi sudga

berilishi talab qilinadi.

Uchinchidan, ariza uchun belgilangan tartibda va miqdorda davlat

boji to‘langan bo‘lishi lozim. Soliq kodeksining 328-moddasiga muvofiq,

fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga hakamlik sudining qarorlarini majburiy

ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizalardan davlat boji

undiriladi. Hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza

kabi hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro

varaqasi berish to‘g‘risidagi arizalardan ham eng kam oylik ish haqining 2

baravari miqdorida davlat boji undiriladi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlardan farqli ravishda hakamlik sudining

qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi

arizalardan tashqari, xo‘jalik sudlarida hakamlik sudining hal qiluv

qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi va

ijro varaqasini berishni rad etish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha ajrimlari

ustidan berilgan apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlaridan davlat boji

undirilishi belgilangan (Soliq kodeksining 328-moddasi). O‘zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 3 noyabrdagi 533-son

qarori bilan tasdiqlangan “Davlat boji stavkalari”ga muvofiq, hakamlik

sudi qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish

to‘g‘risidagi arizalardan, shuningdek hakamlik sudi qarorlarini bekor qilish

to‘g‘risidagi arizalardan eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida

davlat boji undiriladi.

Page 92: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

92

92

HAKAMLIK MUHOKAMASI

To‘rtinchidan, hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro

etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizaning shakli va

mazmuniga oid protsessual qonunda belgilangan talablarga rioya qilinishi

kerak. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 30910-

moddasi hamda Xo‘jalik protsessual kodeksining 1557-moddasiga ko‘ra,

ushbu arizalar yozma shaklda beriladi va va hal qiluv qarori hakamlik

muhokamasi taraflaridan qaysi birining foydasiga qabul qilingan bo‘lsa,

o‘sha taraf yoki uning vakili tomonidan imzolanishi kerak.

Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish

to‘g‘risidagi arizada quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:

1) ariza berilayotgan sudning nomi;

2) hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi, joylashgan eri;

3) hakamlik muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), joylashgan

eri (pochta manzili) yoki yashash joyi, shuningdek agar ariza vakil tomonidan berilayotgan

bo‘lsa, vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi;

4) hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan sana;

5) ariza bilan murojaat etgan hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining hal qiluv

qarorini olgan sana;

6) hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish

to‘g‘risidagi talab.

Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro

varaqasi berish to‘g‘risidagi arizada telefonlar, fakslar raqamlari, elektron

pochta manzillari va boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilishi mumkin.

Protsessual qonun hujjatlari talablariga ko‘ra, hakamlik sudining hal

qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi

arizaga ilova qilinadigan hujjatlarning ro‘yxati taqdim etiladi. Bu esa

ushbu mazmundagi ariza bilan vakolatli sudlarga murojaat qilayotgan

tadbirkorlik sub’ektlari uchun qulayliklar yaratadi. Xususan, sudga

murojaat qilishdan avval ushbu arizalarga qanday hujjatlar ilova qilinishi

haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘ladilar va bu arizalarni o‘z vaqtida qabul

qilinishi va shaxs huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan

manfaatlarining samarali himoya qilinishini ta’minlaydi.

Shunday qilib, hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi

berish to‘g‘risidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

1) hakamlik sudi hal qiluv qarorining tasdiqlangan nusxasi. Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi

hakamlik sudining hal qiluv qarori nusxasi mazkur hakamlik sudining raisi tomonidan

tasdiqlanadi, muvaqqat hakamlik sudi hal qiluv qarorining nusxasidagi hakamlik sudyasining

imzosi notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi kerak;

2) hakamlik bitimining tegishli tarzda tasdiklangan nusxasi;

3) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar.

Page 93: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

93

93

HAKAMLIK MUHOKAMASI

Binobarin, hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish

uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizaga nisbatan belgilangan

mazkur talablar XPKning 1557-moddasida ham o‘z aksini topgan. Unga

ko‘ra, yuqorida qayd etilgan talablardan tashqari xo‘jalik sudiga taqdim

etilayotgan arizalarga hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro

etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza nusxasi hakamlik

muhokamasining boshqa tarafiga topshirilganligi haqidagi xabarnoma yoki

uning yuborilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjat ham ilova qilinishi

lozim.

Beshinchidan, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga taqdim etilayotgan

ariza qarzdorlar soniga mutanosib miqdordagi nusxalari bilan sudga

berilishidir. Fuqarolik protsessual qonun bilan bu kabi talabning

belgilanishi ikkinchi taraf bo‘lmish – qarzdorning huquqlarini ham himoya

qilishni nazarda tutadi. Zero, qarzdor vakolatli sudga hakamlik sudining

hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish

to‘g‘risidagi ariza berilganligi haqidagi ma’lumotga ega bo‘lishga haqli.

Mazkur qoida fuqarolik protsessida taraflarning tortishuvi va teng

huquqliligini amalga oshirishga xizmat qiladi.

Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun

ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza hakamlik muhokamasi tarafining

vakili tomonidan berilgan bo‘lsa, arizaga ishonchnoma yoki vakilning

vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinishi lozim.

Oltinchidan, hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish

uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilayotgan

tadbirkorlik sub’ektlari yana bir talabga rioya qilishlari lozim bo‘ladi.

Ya’ni, hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro

varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza hakamlik sudi hal qiluv qarorini

ixtiyoriy ijro etish muddati tugagan kundan e’tiboran olti oydan

kechiktirmay berilishi talab etiladi. Mazkur muddat sud tomonidan uzrli

deb topilgan sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan taqdirda, o‘tkazib

yuborilgan muddat tiklanishi mumkin.

Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun

ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rish tartibi.

O‘zbekiston Respublikasining “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi

Qonuning 52-moddasida ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib

chiqishning tartibi nazarda tutilgan bo‘lib, unga ko‘ra, ijro varaqasi berish

to‘g‘risidagi arizani vakolatli sud sudyasi yakka tartibda, O‘zbekiston

Respublikasining Xo‘jalik protsessual kodeksida yoki O‘zbekiston

Page 94: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

94

94

HAKAMLIK MUHOKAMASI

Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan tartibda

ko‘rib chiqilishi belgilangan. O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasining

Fuqarolik protsessual kodeksi va Xo‘jalik protsessual kodeksida hakamlik

sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish

to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish tartibi nazarda tutilgan (FPKning 30911-

modda, XPKning 1558-modda). Mazkur ariza vakolatli sudning sudyasi

tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi. hakamlik sudi hal qiluv qarorini

majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risida ariza vakolatli

sudga kelib tushgan kundan e’tiboran bir oydan oshmaydigan muhlatda

sudya tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi (FPKning 131-moddasi va

XPKning 125-moddasi).

O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2013 yil

24 maydagi "Chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini tan olish va ijroga

qaratish hamda chet davlat sudining topshirig‘ini ijro etish to‘g‘risidagi

ishlarning xo‘jalik sudlari tomonidan ko‘rilishida qonun hujjatlarini

qo‘llashning ayrim masalalari haqida"gi 248-sonli qarorida

ko`rsatilishicha, xo’jalik sudlari chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini

tan olish va ijroga qaratish hamda chet davlat sudining topshirig’ini ijro

etish to’g’risidagi ishlarni ko’rishda Nyu-York shahrida 1958 yil

10 iyunda imzolangan "Chet el mamlakatlari hakamlik qarorini e’tirof

etish va ijro etish to’g’risida"gi Konvensiya, Kiyev shahrida 1992 yil 20

martda imzolangan "Xo’jalik faoliyatini amalga oshirish bilan bog’liq

nizolarni hal etish tartibi to’g’risida"gi Bitim, Minsk shahrida 1993 yil 22

yanvarda imzolangan "Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo’yicha huquqiy

yordam va huquqiy munosabatlar to’g’risida"gi Konvensiya, Gaaga

shahrida 1954 yil 1 martda imzolangan "Fuqarolik protsessi masalalariga

doir Konvensiya", O’zbekiston Respublikasining huquqiy yordam

ko’rsatish to’g’risidagi xalqaro shartnomalari, O’zbekiston

Respublikasining Xo’jalik protsessual kodeksi va boshqa qonun

hujjatlarini qo’llashlari lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2013-yil

24- maydagi "Chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini tan olish va ijroga

qaratish hamda chet davlat sudining topshirig‘ini ijro etish to‘g‘risidagi

ishlarning xo‘jalik sudlari tomonidan ko‘rilishida qonun hujjatlarini

qo‘llashning ayrim masalalari haqida"gi 248-sonli qarorining 6-bandida

belgilanishicha, chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini tan olish va ijroga

qaratish to’g’risidagi iltimosnomani ko’rib chiqish hamda chet davlat

sudining topshirig’ini ijro etish bilan bog’liq ishlar, agar O’zbekiston

Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha tartib belgilangan

Page 95: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

95

95

HAKAMLIK MUHOKAMASI

bo’lmasa, XPK qoidalari bo’yicha ko’rib chiqiladi. Chet davlat sudi yoki

hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratish to’g’risidagi iltimosnomani

ko’rib chiqishda ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud muhokamasining vaqti

va joyi to’g’risida XPK 124-moddasida belgilangan tartibda xabardor

qilinadilar.

Chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratish

to’g’risidagi iltimosnoma yozma shaklda beriladi va undiruvchi yoki uning

vakili tomonidan imzolangan bo’lishi kerak.

Iltimosnomada quyidagilar ko’rsatilishi shart:

1) iltimosnoma berilayotgan xo’jalik sudining nomi;

2) chet davlat sudining nomi va joylashgan joyi yoki arbitrajning nomi

va tarkibi, uning joylashgan joyi;

3) undiruvchining nomi, uning joylashgan joyi yoki turar joyi;

4) qarzdorning nomi, uning joylashgan joyi yoki turar joyi;

5) undiruvchi tan olish va ijroga qaratishni iltimos qilayotgan chet

davlat sudi yoki hakamlikning qarori haqidagi ma’lumotlar;

6) undiruvchining talabi;

7) ilova qilinayotgan hujjatlar ro’yxati.

Chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratish

to’g’risidagi iltimosnomada undiruvchi yoki uning vakilining telefon, faks

raqamlari, elektron manzili ko’rsatilishi mumkin.

Iltimosnoma va unga ilova qilingan hujjatlar xalqaro shartnomalarda

ko’rsatilgan tilda bayon etilishi kerak.

Chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratish

to’g’risidagi iltimosnoma, shuningdek chet davlat sudining topshirig’i sud

tomonidan XPKning 16-bobida belgilangan tartibda ish yuritishga qabul

qilinadi.

Xo’jalik sudi chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini mazmunan qayta

ko’rishga, o’zgartirishga yoki bekor qilishga haqli emas.

Agar chet davlat sudi yoki hakamlikning qarori qisman ijro etilgan

bo’lsa, sud bunday holda chet davlat sudi yoki hakamlik qarorining ijro

etilmagan qismiga ijro varaqasi beradi.

Chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratish

to’g’risidagi iltimosnomani ko’rib chiqish uchun davlat boji undirilmaydi,

biroq XPKda belgilangan boshqa sud xarajatlari to’lanishi (undirilishi)

lozim.

Chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratish

to’g’risidagi ishlar qarzdor joylashgan yerdagi yoki yashaydigan joydagi

yoxud, agar qarzdor joylashgan yer yoki yashaydigan joy noma’lum

Page 96: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

96

96

HAKAMLIK MUHOKAMASI

bo’lganda, uning mol-mulki joylashgan joydagi xo’jalik sudi tomonidan

ko’riladi.

Sudlar chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini tan olish va ijroga

qaratish to’g’risidagi iltimosnoma XPK 88-moddasining 6-bandida

belgilangan asoslar bo’yicha ko’rmasdan qoldirilishi mumkin emasligini

inobatga olishlari lozim.

Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro

varaqasi berish to‘g‘risidagi ishlar ham boshqa toifadagi ishlar kabi sudda

ko‘rish uchun tayyorlanadi. Ishni sudda ko‘rishga tayyorlash jarayonida

vakolatli sud sudyasi ijro varaqasi talab qilinayotgan ish bo‘yicha

faqatgina ijro varaqasini berish uchun asos bo‘lgan ajrim chiqarish

masalasini hal etish uchun zarur bo‘lgan materiallarini doimiy faoliyat

ko‘rsatuvchi hakamlik sudidan talab qilishga haqli bo‘ladi. Lekin nizo

mohiyatiga, isbotga va ish vaziyatini huquqiy baholashga tegishli bo‘lgan

ish materiallarini talab qilish huquqiga ega emas. Boshqacha qilib

aytganda, sud ishni sud majlisida ko‘rib chiqayotganda hakamlik sudining

hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish

uchun tegishli asoslar mavjudligi yoki mavjud emasligini bayon qilingan

talablar va e’tirozlarni asoslash uchun sudga taqdim etilgan dalillarni

tekshirish yo‘li bilan aniqlaydi. Sud ishni sud majlisida ko‘rib

chiqayotganda hakamlik sudi aniqlagan holatlarni tekshirishga yoxud

hakamlik sudining hal qiluv qarorini mazmunan qayta ko‘rib chiqishga

haqli emas.

Sud jarayoni ishtirokchilaridan birining hakamlik muhokamasi

materiallarini talab qilish iltimosnomasi ham vakolatli sud tomonidan

yuqorida ko‘rsatilgan tegishli materiallarni talab qilish uchun etarli asos

sifatida qaralishi ham mumkin, chunki qonun tomonidan belgilangan

tartibda hakamlik sudi materiallarini tekshirish hakamlik muhokamasi

ishtirokchilarining o‘zaro kelishuvisiz davlat sudi tomonidan amalga

oshirilishi mumkin.

Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro

varaqasi berish to‘g‘risidagi ishlar ham sud majlisida ko‘rib chiqiladi. Sud

majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida hakamlik muhokamasi taraflari albatta

xabardor qilinadi. Biroq sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda

xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni ko‘rib chiqish

uchun to‘sqinlik qilmaydi.

Arizaning ko‘rib chiqilishi vakolatli sudga taqdim qilingan va ijro

varaqasini berish to‘g‘risidagi arizada bayon qilingan talabni tasdiqlovchi

hujjatlarni tekshirish yo‘li bilan amalga oshiriladi, lekin nizo mohiyatiga,

Page 97: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

97

97

HAKAMLIK MUHOKAMASI

isbotga va ish vaziyatini huquqiy baholashga tegishli bo‘lgan ish

materiallarini talab qilish huquqiga ega emas.

Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi

ariza Fuqarolik protsessual kodeksining 3094-moddasi ikkinchi qismida

hamda Xo‘jalik protsessual kodeksining 1551-moddasi ikkinchi qismida

ko‘rsatilgan xo‘jalik sudining ish yurituvida bo‘lsa, mazkur hal qiluv

qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza

ko‘rib chiqilayotgan xo‘jalik sudi hakamlik sudining hal qiluv qarorini

majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib

chiqishni qarzdorning iltimosnomasiga binoan keyinga qoldirishi mumkin.

Vakolatli sudlar hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro

etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish natijalari

bo‘yicha Fuqarolik protsessual kodeksi va Xo‘jalik protsessual kodeksida

hal qiluv qarori qabul qilish uchun nazarda tutilgan qoidalarga binoan

ajrim chiqaradi.

Vakolatli sudning hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish

uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi yoki hakamlik sudining hal qiluv

qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish

to‘g‘risidagi ajrimida quyidagilar ham bo‘lishi kerak:

1) hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi;

2) hakamlik muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi,

otasining ismi);

3) hakamlik sudining hal qiluv qarori to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

4) hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro

varaqasini berish yoki ijro varaqasi berishni rad etish uchun ko‘rsatma.

Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro

varaqasi berish rad etilganligi hakamlik muhokamasi taraflarining, agar

hakamlik sudiga murojaat etish imkoniyati yo‘qolmagan bo‘lsa, hakamlik

bitimiga muvofiq hakamlik sudiga yangitdan murojaat etishiga yoki

Fuqarolik protsessual kodeksi va Xo‘jalik protsessual kodeksida nazarda

tutilgan qoidalarga binoan sudga murojaat etishiga to‘sqinlik qilmaydi.

Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun

ijro varaqasi berish hakamlik bitimining haqiqiy emasligi oqibatida yoki

hal qiluv qarori hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning

shartlariga to‘g‘ri kelmaydigan nizo bo‘yicha chiqarilganligi yoxud unda

hakamlik bitimida qamrab olinmagan masalalar bo‘yicha to‘xtamlar

mavjudligi yoinki nizo hakamlik muhokamasining predmeti bo‘lishi

mumkin emasligi oqibatida sud tomonidan to‘liq yoki qisman rad etilgan

bo‘lsa, hakamlik muhokamasi taraflari bunday nizoni hal qilish uchun

Page 98: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

98

98

HAKAMLIK MUHOKAMASI

Fuqarolik protsessual kodeksi va Xo‘jalik protsessual kodeksida nazarda

tutilgan qoidalarga binoan sudga murojaat etishlari mumkin.

Sudning hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun

ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ajrimi darhol ijro etilishi kerak.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlardan farqli ravishda xo‘jalik

sudlarining hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro

varaqasi berish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan Xo‘jalik protsessual kodeksida

belgilangan tartibda shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin

(XPKning 15510-moddasi).

Yuqorida belgilanganidek, vakolatli sudlarning ijro varaqasini berish

to‘g‘risidagi ajrimi e’lon qilinishi bilan darhol ijro etilishi kerak. Mazkur

sudning ajrimi O‘zbekiston Respublikasining 2001 yil 29 avgustdagi “Sud

hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunida

nazarda tutilgan umumiy qoidalar asosida ijro etiladi. Mazkur Qonunning

5-moddasiga ko‘ra, hakamlik sudining qarorlari ijro etilishi lozim bo‘lgan

hujjatlar tarkibiga kiritilgan bo‘lsa-da, vakolatli sudlardan farqli ravishda

hakamlik sudlari o‘zlarining qabul qilgan qarorlari yuzasidan ijro varaqasi

bera olmaydilar. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasining “Sud

hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi

Qonunining 7-moddasida hakamlik sudining qarorlarini majburiy ijro etish

yuzasidan sudlar beradigan ijro varaqalari ijro hujjati sifatida e’tirof

etilgan.

Mazkur Qonunning 8-moddasida ijro hujjatlarining mazmuni bayon etilgan bo‘lib, unga

ko‘ra, ijro hujjatida quyidagilar ko‘rsatilishi talab etiladi:

1) ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organning nomi;

2) ijro hujjatining qaysi ish bo‘yicha berilganligi va uning tartib raqami;

3) ijro etilishi shart bo‘lgan sud hujjati yoki boshqa organ hujjati qabul qilingan sana;

4) undiruvchi va qarzdorning nomi, ularning manzillari; jismoniy shaxslar uchun -

qarzdorning tug‘ilgan sanasi va joyi, ish joyi;

5) sud hujjati yoki boshqa organ hujjatining qaror qismi;

6) sud hujjati yoki boshqa organ hujjati kuchga kirgan sana;

7) ijro hujjati berilgan sana va uni ijroga topshirish muddati.

Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjati sudya tomonidan imzolanadi va sudning gerbli

muhri bilan tasdiqlanadi.

Har bir hal qiluv qarori bo‘yicha bitta ijro varaqasi beriladi. Biroq,

agar ijro turli joylarda yoki bir necha undiruvchining foydasiga amalga

oshiriladigan bo‘lsa, sud undiruvchilarning iltimosiga binoan ijro joyini

yoki hal qiluv qarori ijrosining har bir ijro varaqasiga tegishli qismini aniq

ko‘rsatgan holda bir necha ijro varaqasi beradi. Ijro varaqasi undiruvchiga

Page 99: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

99

99

HAKAMLIK MUHOKAMASI

berilishi yoki uning iltimosiga ko‘ra ijro qilish uchun bevosita sud

tomonidan yuborilishi ham mumkin.

Shu o‘rinda tadbirkorlar ijro varaqasini ijroga topshirish muddatiga

ham alohida e’tibor berishlari talab etiladi. Chunki Qonun ijro varaqalarini

ijroga topshirish uchun aniq muddatlarni nazarda tutadi. Xususan,

O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar

hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 27-moddasiga ko‘ra,

hakamlik sudining qarorlarini majburiy ijro etish to‘g‘risidagi sud

hujjatlari asosida beriladigan ijro varaqalari - olti oy mobaynida ijroga

topshirilishi mumkin. Ijro hujjatlarini ijroga topshirish muddatlari, agar

qonunda boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, ular berilgan kunning

ertasidan boshlab hisoblanadi.

Ijro hujjatini ijroga topshirish muddati:

1) ijro hujjati ijroga topshirilganda;

2) ijro hujjati qarzdor tomonidan qisman ijro etilganda uziladi.

Ijro hujjatini ijroga topshirish muddati uzilgandan so‘ng muddatning

o‘tish davri yangidan boshlanadi. Muddat uzilgunga qadar o‘tgan vaqt

yangi muddat hisobiga kiritilmaydi.

Ijro hujjati uni to‘liq yoki qisman ijro etishning imkoniyati yo‘qligi

sababli undiruvchiga qaytarilgan taqdirda, uni ijroga topshirish muddati

uzilgandan keyin ijro hujjati undiruvchiga qaytarilgan kundan boshlab

hisoblanadi. Ijroga topshirish muddati o‘tkazib yuborilgan ijro hujjatini

sud ijrochisi ish yuritish uchun qabul qilmasdan, bu haqda tegishli qaror

chiqaradi. Ijro varaqasi yoki sud buyrug‘ini ijroga topshirish muddatini

o‘tkazib yuborgan undiruvchi tegishli hujjatni qabul qilgan sudga yoki bu

hujjat ijro etiladigan joydagi sudga o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash

to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilishga haqlidir. Boshqa ijro hujjatlari

bo‘yicha o‘tkazib yuborilgan muddatlar tiklanmaydi.

Sud ijrochisi ijro hujjatini sud yoki boshqa organdan yoxud

undiruvchidan (agar ijro hujjatini ijroga topshirish muddati o‘tmagan va

mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa

organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 8-moddasida

nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lsa) ijro uchun qabul qilib olishi va

ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atishi shart.

Sud ijrochisi ijro hujjatini olgan kundan e’tiboran uch kundan

kechiktirmay ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror chiqaradi.

Ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror nusxasi u chiqarilgan

kunning ertasidan kechiktirmay undiruvchiga, qarzdorga, shuningdek

hujjati ijro etilishi lozim bo‘lgan sud yoki boshqa organga yuboriladi.

Page 100: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

100

100

HAKAMLIK MUHOKAMASI

Sud ijrochisi undiruvchining arizasiga binoan yoki o‘z tashabbusi

bilan mulkiy undiruv bo‘yicha ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida

qaror chiqarish bilan bir vaqtda qarzdorning mol-mulkini ro‘yxatga olib,

ularni xatlashga haqli bo‘lib, bu haqda mazkur qarorda ko‘rsatib o‘tadi.

Ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat

qilish yoki protest bildirish mumkin.

NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:

1. Hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizaga

nisbatan qo‘yilgan talablarga rioya qilmaslik qanday oqibatlarni

keltirib chiqaradi?

2. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro

varaqasi berishni rad etish asoslariga qanday o‘zgartirish va

qo‘shimchalar kiritish lozim?

3. Sudlar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda

hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro

varaqasini berish to‘g‘risidagi arizalar bo‘yicha davlat bojini to‘lash

tartibi va miqdorini tushuntiring?

4. Hakamlik sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan nizo Qonunga muvofiq

hakamlik sudi muhokamasi predmeti bo‘la olmasligi oqibatlarini

tushuntiring?

5. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro

varaqasini berish to‘g‘risidagi ariza sudlovga tegishlilik qoidalari

buzilgan holda berilganda vakolatli sudning harakatlarini tahlil eting?

6. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini ijro qilinmagan taqdirda

majburiy ijro etishdagi murakkabliklar nimalardan iborat?

KAZUSLAR

1-kazus

Tarbirkor A va K o‘rtasida shartnoma shartlari yuzasidan nizo kelib

chiqdi. Shartnoma shartlarida nizoni hakamlik sudinig muhokamasiga

topshirish to‘g‘risida kelishuv mavjud. Hakamlik sudida hal qiluv qarori

qabul qilindi. Javobgar hakamlik muhokamasida qatnasha olmaganligini

shu sababli o‘zining da’vogarning da’vo talablariga qarshi dalillari va

tushuntirishlarini taqdim eta olmaganligini bildirib, vakolatli sudga

Page 101: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

101

101

HAKAMLIK MUHOKAMASI

hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish bo‘yicha ariza bilan

murojaat qildi.

Savol:

1. Vaziyatga huquqiy baho bering.

2. Hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini bekor qilishiga asos

bo‘luvchi holatlarni tushuntiring?

3. Mazkur holatda vakolatli sudning harakatlarini tushuntiring?

2-kazus

Hakamlik sudining qabul qilingan hal qiluv qarorida ixtiyoriy ijro

qilish muddati ko‘rsatilmagan bo‘lib, javobgar taraf ixtiyoriy ijro

etmagandan so‘ng undiruvchi hakamlik sudining hal qiluv qarorii majburiy

ijrosini ta’miklash maqsadida vakolatli sudga ari za bilan murojaat qildi.

Vakolatli sud hakamlik sudining hal qiluv qarori qarzdor tomonidan olti oy

muddat ichida ijro qilinishi mumkinligini ko‘rsatib. Arizani

qanoatlantirishni rad qildi.

Savol:

1. Vaziyatga huquqiy baho bering.

2. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini ijro qilish tartibini

tushuntiring?

3. Hal qiluv qarorini majburiy ijro qilish tartibi qanday?

3-kazus

Hakamlik sudining qabul qilingan hal qiluv qarorining qaror qismida

undirilishi belgilangan summadani bitta raqamning ortiqcha

ko‘rsatilganligi natijasida hatolik kelib chiqdi. Manfaatdor tarafning arizasi

bilan mazkur xato tuztilib yozuvdagi hatoliklarni tuzatish to‘g‘risida

hakamlik sudining qo‘shimcha hal qiluv qarori chiqarildi.

Savol:

1. Vaziyatga huquqiy baho bering.

2. Hakamlik sudining qo‘shimcha hal qiluv qarori asoslimi?

3. Bunday xolatlarda hakamlik sudi qanday hujjat chiqarishi

lozim?

4-kazus

Hakamlik sudining qabul qilingan hal qiluv qarorining qaror qismida

hatolik mavjudligi aniqlanib, da’vogar taraf mazkur xatoni tuzatib

Page 102: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

102

102

HAKAMLIK MUHOKAMASI

berilishini so‘rab hakamlik sudiga murojaat qilgan. Hakamlik sudi raisi

tomonidan shakllantirilgan sudyalar hayatida mazkur arizani ko‘rib chiqib

qanoatlantirib hal qiluv qaroridagi yozuvdagi xatoliklarni to‘g‘rilash

bo‘yicha ajrim chiqardi.

Savol:

1. Vaziyatga huquqiy baho bering.

2. Hakamlik sudining harakatlari qonuniymi?

3. Yozuvdagi hatoliklarni tuzatishni so‘rab kimlar ariza bilan

murojaat qilishi mumkin

Page 103: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

103

103

HAKAMLIK MUHOKAMASI

8-BOB. NIZOLARNI HAL QILISHNING MUQOBIL USULI

SIFATIDA MEDIATSIYA VA UNING HAKAMLIK

MUHOKAMASIDAN FARQLI JIHATLARI

1.1. Nizolarni hal qilishning muqobil usullari tushunchasi va

turlari

Fuqarolik-huquqiy munosabatlar ishtirokchilari o‘rtasida nizolarni

vujudga kelishi tabiyidir. Albatta ular o‘z nizolarini hal etish uchun

odatdagi yo‘lni tanlashlari, ya’ni sudga murojaat qilishlari mumkin.

Muqobil tarzda ular o‘z nizolarini sudgacha, hozirda nizolarni muqobil hal

etishning (NMH) usullaridan bo‘lgan va chet davlatlarda samarali

ishlatilayotgan yarashtiruv taomillari – mediatsiya, hakamlik muhokamasi,

xalqaro tijorat arbitraji orqali hal etishlari mumkin.

Nizolarni muqobil hal etish deganda davlatning odil sudlov tizimidan

tashqarida nizolarni hal etishning uslub va usullari tushiniladi. NMH

usullarining yagona tasnifi mavjud emas, quyida ularning ba’zi turlari

keltiriladi.

Mediatsiya

Holis baholash

Talabnoma tartibi

Med-arb

Mustaqil ekspert xulosasi

Arbitraj

Yarashtiruv

Muzokara

NМH

Page 104: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

104

104

HAKAMLIK MUHOKAMASI

NMH usullari har bir jamiyatning tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy hamda

siyosiy omillari ta’sirida rivojlangan. Nizolarni uchinchi shaxs (xolis)ga

havola qilgan holda hal etish dunyodagi ko‘p jamiyatlarning qadim

tarixiga borib taqaladi.

Ko‘p NMH usullariga xos xususiyatlar – bu taraflarning nizoni hal

etish uchun boshqa uchinchi shaxsni tanlay olish imkoniyati, taomillarning

egiluvchanligi (moslashuvchanlik), ya’ni nizolashuvchi taraflar u yoki bu

taomilni tanlashi, o‘zgartirishi bir so‘z bilan aytganda o‘zlariga moslab

olish imkoniyati mavjudligi. NMH taomillarini norasmiy tusda o‘tishi,

nizoni hal etuvchi shaxs taraflarga choy yoki kofe taklif etgan holda

taomilga norasmiy tus berishi va nizolashuvchi taraflar o‘rtasida hamkorlik

ruxini uyg‘otishi mumkin. Ba’zida NMH taomili vaqtida bir tarafning

boshqasidan kechirim so‘rashi natijasida nizo tezda hal etilib ketishi

mumkin. Bu jarayonda nizoni hal etish uchun tanlangan shaxsning

maxorati katta ahamiyatga ega.

NMHning ba’zi turlari va ularning o‘zaro munosabati haqida

to‘xtalib o‘tamiz.

Muzokara – bu nizolashuvchi taraflarning nizoni uchinchi shaxsga

murojaat qilmasdan o‘zlari hal etishlari. Shu bilan birga muzokaralardan

boshqa NMH usullari ishlatilayotganda foydalanish mumkin. Misol uchun,

mediatsiya davomida mediator taraflarni bir-birlari bilan muzokara

o‘tkazishlari uchun sharoit yaratib berishi mumkin.

Yarashtiruv – bu taraflarni xolisga murojaat qilgan holda nizoni hal

etish taomilidir. Bunda xolis taraflarga maslahat va nizoni echimi bo‘yicha

takliflar berishi mumkin.

Mediatsiya – bu taraflarni xolisga murojaat qilgan holda nizoni hal

etishdir. Biroq ushbu taomilda xolis taraflarga maslahat berishi, nizo

bo‘yicha qaror qabul qilish huquqi ega emas. U faqat taraflarni nizoni

o‘zlari hal etishi uchun yo‘naltiradi. Ushbu ko‘rinishdagi mediatsiya chet

el adabiyotlarida e’tirof etiladigan mediatsiyaning mohiyatini tashkil etadi.

Arbitraj – xalqaro atama, ichki (hakamlik muhokamasi) va xalqaro

arbitrajni anglatadi, muvaqqat (ad hoc) va doimiy arbitraj turlari mavjud.

Ushbu taomilda ham nizolashuvchi taraflar nizoni hal etish uchun o‘zlari

tanlagan xolis/arbitr(lar)ga murojaat qilishadi. Biroq, yuqoridagi NMH

usullaridan farqli o‘laroq arbitraj yakunida arbitr(lar) nizo bo‘yicha taraflar

uchun yakuniy va majburiy hisoblangan qaror qabul qilish huquqiga

egadir. Shu sababli arbitraj boshqa NMHlarga qaraganda rasmiyroq taomil

hisoblanadi.

Page 105: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

105

105

HAKAMLIK MUHOKAMASI

MUZOKARA

MEDIATSIYA

YARASHTIRUV

ARBITRAJ

SUD

NORASMIY JARAYON

RASMIY JARAYON

NMH usullarini qo‘llash orqali nizolarni hal etish samarali bo‘lishi

uchun nizolashuvchi taraflarda nizoni hal etishga moyillik bo‘lishi, ya’ni

ularda nizoni hal etish uchun xohish-istak bo‘lishi kerak. Aks holda NMH

samara bermaydi. Agar xar bir taraf men haqman deb qat’y pozitsiya

egallab olgan bo‘lsa, ular yaxshisi vaqtlarini befoydaga ketkazmay sudga

murojaat qilganlari afzal.

NMHning yana bir xususiyatlaridan biri nizoni hal etish uchun jalb

etilgan xolis(lar)ning malakasiga oid bo‘lib, xalqaro tajribaga asosan xolis

yuridik ma’lumotga ega bo‘lishi shart emas, u psixolog, injener, iqtisodchi

va boshqa kasb egalari, ya’ni nizoni hal etish uchun yetarli malakaga ega

bo‘lsalar bo‘ldi.

Ko‘p NMH usullarining tabiati shundan iboratki, ular egiluvchan va

moslashuvchan bo‘lganligi sababli ularni qat’iy huquqiy tartibga solish

maqsadga muvofiq emas. Xolis nizoni tabiatidan, taraflarning psixologik

holatidan kelib chiqib hal etishini oldindan belgilab qo‘yish mantiqan

noto‘g‘ri bo‘lishi shak-shubxasiz.

O‘zbekiston Respublikasining huquq tizimida fuqarolik-huquqiy

nizolarni hal etish uchun NMH qo‘llash nizolashuvchi taraflarning –

fuqarolarning, tadbirkorlik sub’ektlarining vaqtini tejash va sud

xarajatlarini qisqartirishga imkon beradi. Ularda vujudga kelgan nizolarni

tez va arzon, o‘zlariga qulay joy va vaqtda o‘zaro foydali shartlar asosida

konfidensial tarzda sudgacha hal etish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bunda

tomonlar o‘rtasidagi ishchanlik munosabatlarini saqlab qolish ehtimoli

yuqori bo‘ladi.

NMH usullaridan birini qo‘llashda tomonlar uchun advokat yollash,

davlat bojini to‘lash va sud jarayoni bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash shart

emas. Shu tarzda fuqarolar va tadbirkorlar uchun vujudga kelgan nizoni

Page 106: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

106

106

HAKAMLIK MUHOKAMASI

tezda hal etib, asosiy faoliyatlarini davom ettirish imkoniyati paydo

bo‘ladi.

NMHni tadbiq etish fuqaro va tadbirkorlar uchun odil sudlovdan

keng foydalanish huquqini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi

Prezidenti I. A. Karimov ta’kidlaganidek, odil sudlovdan foydalanish

huquqini ta’minlashda fuqarolarning da’vo arizalari yoki shikoyatlarini

qabul qilish hamda ularni ko‘rib chiqish borasidagi dastlabki jarayonlarni

yanada soddalashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Milliy huquq tizimida NMHdan foydalanish nizolarni ko‘rib

chiqishning dastlabki jarayonlarini ana shunday soddalashuviga olib

keladi. Shu bilan birga NMH usullaridan foydalanish sudlardagi muayyan

ish hajmini kamayishiga olib keladi.

2. Mediatsiyaning asosiy prinsiplari

Mediatsiyaning asosini quyidagi tamoyillar tashkil etadi: betaraflik,

ixtiyoriylik va konfidensiallik.

Mediatorning betarafligi, xolisligi taraflarga o‘z holatlarini ochiq

bayon etish, jarayonga ishonchni his qilish va o‘zaro hamkorlik ruhida

ishlash imkoniyatini beradi. Mediatordan aybdor va haqli shaxsni aniqlash

talab qilinmaydi. U mediatsiyaning butun jarayoni mobaynida betarafligi

va xolisligini saqlab qolishi lozim. Mediator taraflarga, nizoni o‘zaro

maqbul hal etilishiga erishishlari uchun ko‘maklashishi kerak.

Ixtiyoriylik taraflarning mediatsiyada ixtiyoriy ishtirok etishlari

bilan birga, jarayondan yakuniy kelishuv imzolanguniga qadar istalgan

paytda chiqish imkoniyatining mavjudligini, mediatsiya mobaynida yuz

berayotgan har bir harakat taraflarning o‘zaro kelishuvi bilan amalga

oshirilishini anglatadi. Bunda mediator hech qanday huquqiy masalahatlar

bermaydi va kelishuv shartlarini tavsiya qilmaydi. Mediatsiyada har bir

taraf o‘z nomidan gapiradi va o‘z qarorini qabul qiladi. Binobarin, qabul

qilingan qaror va uning bajarilishi uchun javobgarlik taraflarning

zimmasiga yuklanadi.

Mediatsiyani qo‘llashning turli xil usullari quyidagi jadvalda

keltirilgan:

Page 107: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

107

107

HAKAMLIK MUHOKAMASI

YO‘NALTIRUVChI TARAFLAR

XOHIShGA ASOSLANGAN

YO‘NALTIRISh ►

Yo‘naltiruvchi taraflarni

mediatsiyaga yo‘naltirishi mumkin

IXTIYORIY IShTIROK

Taraflar yo‘naltirish uchun

rozilik berishlari kerak

MAJBURIY IShTIROK

Taraflarning roziligi talab

etilmaydi

MAJBURIY TARTIBDA

KO‘RIB ChIQISh ►

Yo‘naltiruvchi taraflarni

mediatsiyaga yo‘naltirish

masalasini ko‘rib chiqishi lozim

IXTIYORIY IShTIROK

Taraflar yo‘naltirish uchun

rozilik berishlari kerak

MAJBURIY IShTIROK

Taraflarning roziligi talab

etilmaydi

MAJBURIY YO‘NALTIRISh►

Yo‘naltiruvchi taraflarni

mediatsiyaga yo‘naltirishi lozim

IXTIYORIY IShTIROK

Taraflar yo‘naltirish uchun

rozilik berishlari kerak

MAJBURIY IShTIROK

Taraflarning roziligi talab

etilmaydi

Jamoatchilik uchun ochiq bo‘lgan sud muhokamasidan farqli o‘laroq,

mediatsiya konfidensial jarayon hisoblanadi.

Konfidensiallik taraflar va mediatorning jarayon paytidagi holatlarni

oshkor etmaslik haqidagi o‘zaro kelishuvida ifodalanadi. Jarayon

davomidagi yozuvlar keyinchalik yo‘q qilib tashlanadi va mediator sudda

ushbu ish bo‘yicha guvoh sifatida qatnasha olmaydi.

3. Mediatsiya turlari. Mediatsiya modellari. Mediatsiya qaysi shaklda amalga oshirilishiga qarab u yoki bu

modelga mansub bo‘ladi. 1990 yillarning o‘rtalarigacha mediatsiya asosan

bir turdagi jarayon sifatida ko‘rilgan va mediatsiya amaliyotidagi

tafovutlar uslubiy xilma-xillik sifatida baholangan. Biroq bugungi kunda

mediatsiyaning uch xil modeli mavjudligi e’tirof etilgan: baholovchi

Page 108: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

108

108

HAKAMLIK MUHOKAMASI

(evaluative), ko‘maklashuvchi (facilitative) va qayta o‘zgartiruvchi

(transformative).

Baholovchi mediatsiyada mediatorning harakatlari baho berish, taklif

kiritish, shuningdek yo‘nalish berish orqali taraflarga ularning ishidagi

kuchli va kuchsiz tomonlarini tushunishlarida yordam berishga qaratilgan.

Aksincha ko‘maklashuvchi mediatsiyada mediator taraflar

o‘rtasidagi muomalani oydinlashtirishga va yaxshilashga hamda ularga

echimni topishda yordam berishga harakat qiladi. Mediatsiyaning bu turida

mediator nizoning huquqiy holatiga baho bermaydi, uning harakatlari

asosan taraflarning ehtiyojlari va bu ehtiyojlar manfaatlarga asoslangan

bitimda qanday qondirilishiga qaratilgan.

Mediatsiyaning qayta o‘zgartiruvchi turida mediatorlar muammoni

hal qilish va kelishuvga erishishga harakat qilmaydilar. Qayta

o‘zgartiruvchi mediatsiya taraflarning bir-birga munosabati va o‘z

holatlarini qanday tushinishlari bo‘yicha o‘zgarishlar yuz berganda amalga

oshgan hisoblanadi. Qayta o‘zgartiruvchi mediatsiyaning maqsadi vakolat

va e’tirofga imkoniyat yaratish – o‘z yo‘lini o‘zi belgilash va

hozirjavoblikni rag‘batlantirish orqali insonlarga o‘z nizolarini hal etish

yuzasidan nazoratni o‘zlariga berishdan iborat.

Samarali natijaga erishish uchun mediatorlar mediatsiya jarayonini

o‘tkazishda quyidagi ketma-ketlikka amal qilishadi: 1) kirish; 2)

taraflarning kirish so‘zi; 3) kun tartibini shakllantirish; 4) muqobil

qarorlarni ishlab chiqish; 5) qarorlarni baholash va tanlash; 6) kelishuvga

erishish.

Mediatsiya jarayonida mediator quyidagi vazifalarni bajaradi: nizoni

baholovchi; faol eshituvchi; jarayonni xolis tashkil etuvchisi; muqobil

takliflar generatori; takliflarni realligi va bajarilishi mumkinligini

sinovchisi; taraflarning yakuniy kelishuvni ishlab chiqishlarida

ko‘maklashuvchi; taraflarni sheriklik muzokaralari jarayoniga o‘rgatuvchi.

Mediatsiyani o‘tkazish jarayonida mediator muzokaralar olib borishning

turli usullaridan, masalan, aqliy hujum, refreyming va boshqalardan

foydalanadi.

Mediatsiya nizolarni muqobil hal qilish usullari tizimida alohida

o‘rin tutadi. Mediatsiya nizolarni muqobil hal qilishning boshqa usullariga

nisbatan bir qator afzalliklarga egaki, bu holatlar ko‘plab nizolashuvchi

taraflar uchun mediatsiyaning qulayligini ta’minlaydi.

Mediatsiyada taraflar nafaqat jarayonning o‘zini balki uning

natijasini ham boshqaradilar va egalik qiladilar, taraflarning roziligisiz

hech narsa hal qilinmaydi.

Page 109: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

109

109

HAKAMLIK MUHOKAMASI

4. Mediatsiyani tashkil etish va uning huquqiy asoslari

Mediatsiya deb atalmasa ham, unga o‘xshash yarashtiruv taomillari

amalda mahalla qo‘mitalari tomonidan mahalla a’zolari o‘rtasida vujudga

keladigan turli nizolarni (qo‘shnilar o‘rtasidagi, oilaviy nizolarni) hal

etishda qo‘llanib kelinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov to‘g‘ri

ta’kidlaganidek, bizning xalqimizda or-nomus, andisha, hayo va ibo degan

tushunchalar nihoyatda kuchli. Bu esa ko‘pincha uydagi mojaroni hal

qilish uchun ariza yozib, sudga chopishga yo‘l bermaydi. Oilaviy

kelishmovchiliklarni nari borsa mahalla doirasida, ko‘pni ko‘rgan

keksalar, faollar yordamida hech kimga ovoza qilmay, ortiqcha

rasmiyatchilikka yo‘l qo‘ymay hal etish – bu ota-bobolarimiz amal qilib

kelgan azaliy odat.

Mediatsiyani fuqarolik jamiyatining elementi sifatida ko‘rish

mumkin. Fuqarolik jamiyatida davlat organlarining ayrim vakolatlari

“kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari” tamoyili asosida nodavlat va jamoat

institutlariga o‘tkaziladi. Shu tarzda O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik

jamiyati rivojlanayotganligini e’tiborga olgan holda jamiyat o‘z nizolarini

o‘zining imkoniyatlari bilan davlat odil sudlov tizimiga murojaat etmasdan

hal etish g‘oyasi mantiqan to‘g‘ri va maqsadga muvofiqdir. Shu ma’noda

mediatsiya ijtimoiy yukdan xalos etuvchi sifatida xizmat qiladi.

Fuqarolar tomonidan mediatsiyaga o‘xshash yarashtiruv taomillarini

qo‘llash yuqori huquqiy madaniyatli a’zolari bo‘lgan etuk jamiyat

shakllanganligidan dalolat beradi. Shu bilan birga mediatsiya har bir

fuqaroning huquqiy ongi va ishchanlik odobini yuksaltirishga katta hissa

qo‘shadi. U nizoli holatlarda shaxs o‘zini qanday tutishni, muzokaralar

o‘tkazish orqali nizolarni o‘zaro qanday hal etishni, vujudga kelgan nizoga

o‘zaro maqbul echimga qanday erishishni va umuman nizolarni kelajakda

vujudga kelishini kanday bartaraf etishni o‘rgatadi. Shunday qilib

mediatsiya jamiyatda tarbiyalash vazifasini bajaradi.

Hozirgi kunda mediatsiya xalqaro tijorat nizolarini hal etishda keng

qo‘llanmoqda. Bu sohada xalqaro miqiyosda yarashtiruv taomillarini

tartibga soluvchi normalarni birxillashtirish olib borilmoqda. Bunga BMT

Bosh Assambleyasining Rezolyusiyasi (2002 y. № A/57/562) bilan qabul

qilingan Xalqaro savdo huquqi bo‘yicha Komissiyasining (YUNSITRAL)

Xalqaro tijorat kelishuv taomili to‘g‘risidagi Namunaviy qonuni dalolat

Page 110: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

110

110

HAKAMLIK MUHOKAMASI

beradi. Xalqaro tijorat nizolarni hal etishning samarali usuli sifatida

mediatsiyaga tez-tez murojaat qilib kelinmoqda.

Mediatsiya jamiyat a’zolari o‘rtasidagi nizolarni tartibga solish usuli

sifatida qadimdan beri mavjud. Ushbu yarashtirish jarayoni qadimgi

Yunonistonda qo‘llanilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud. Mediatsiya

xalqaro munosabatlarda nizolarni tinch hal qilish vositasi sifatida samarali

qo‘llanib kelingan va “xayrli xizmatlar taklifi” nomi bilan ma’lum.

Mediatsiya zamonaviy ko‘rinishida 1960 yillarda AQShda paydo

bo‘lib, keyinchalik Avstraliya va Angliyada, 1980 yillarning oxiri – 1990

yillarning boshlarida esa kontinental huquq tizimiga mansub davlatlar –

Fransiya, Belgiya, Niderlandiya, Germaniya, Avstriya, Italiya,

Shveysariyada rivojlandi.

AQShda mediatsiya va NMHning boshqa usullarini rivojlanishi va

keng tarqalishi Paund konferensiyasi (1976 y.) bilan bog‘liq bo‘lib, unda

ishtirokchilar asosan ikkita masalani muhokama qilishdi: nizolarni suddan

tashqari hal qilish va sud ish yuritishi uchun tez va arzon taomillar. Ushbu

konferensiyada professor Frenk Sander birinchi marotaba AQShda sud

tizimiga nisbatan jamoatchilik noroziligini kamaytirish uslubi sifatida ko‘p

eshikli sud (multi-door courthouse) konsepsiyasini bayon qildi.

Ushbu konsepsiyaga muvofiq, sud nizolashayotgan tomonlarga

ularning nizolarini hal qilishning rasmiy sud ish yurituvidan farq qiluvchi

turli yo‘llarini taklif qilishi mumkin edi. Bunda sudlar qoshidagi nizolarni

muqobil hal qilish bo‘yicha mutaxassislar nizo bilan tanishib chiqadi va

uni hal qilishning maqbul usulini belgilaydi. Bunday usullar jumlasiga

dastlabki betaraf baholash, mediatsiya, arbitraj, mini (kichik)-sud,

prisyajniylarning soddalashtirilgan sudi va boshqalar kiradi.

Mediatsiyaga ko‘plab ta’rif va izohlar berilgan. Mediatsiya inglizcha

“mediation” so‘zidan olingan bo‘lib, vositachilik deb tarjima qilinadi. Bu

atama lotincha medius o‘zagidan olingan bo‘lib, ikki xil qarash yoki ikki

tomon o‘rtasini egallash, o‘rtadagi yo‘lni tavsiya etish, betaraf, xolis

bo‘lish degan ma’nolarni bildiradi.

Ilmiy adabiyotlar va xorijiy davlatlar qonunchiligini tahlil qilib,

mediatsiya tushunchasini quyidagicha ta’riflash mumkin: mediatsiya – bu

taraflar o‘rtasidagi nizoni xolis mediator yordamida hal etish usuli bo‘lib,

unda qaror qabul qilish huquqiga ega bo‘lmagan mediator taraflarga o‘zaro

maqbul bitimga erishishga ko‘maklashadi.

5. Mediatorga murojaat qilish shartlari, asoslari va tartibi.

Mediatsiya protsedurasini o‘tkazish tartibi.

Page 111: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

111

111

HAKAMLIK MUHOKAMASI

Mediatsiya institutining qo‘llanilish sohasi quyidagicha:

1. O‘zaro korporativlar hamda ichki korporativ nizolar;

2. Bank va sug‘urta sohasidagi nizolar;

3. Amalga oshirilishi ko‘p taraflarining manfaatlariga tegishli

loyihalarni kuzatish;

4. Oilaviy nizolar;

5. Ishdagi nizolar;

6. Mualliflik huquqi va intellektual mulk bilan bog‘liq nizolar;

7. Ta’limdagi mediatsiya;

8. Madaniyatlar o‘rtasidagi nizolar va boshqalar.

“Kelishuv tartibi” – vositachilikning barcha turlarini, odatda nizolarni

muqobil hal qilishning o‘zaro harakatiga tegishli Muzokara, Mediatsiya,

en: Collaborative law (nizolarni vositachilik orqali hal qilish) va Hakamlik

sudi qamrab oluvchi “soyabonli” atama.

Mediatsiya va vositachilikning boshqa turlari o‘rtasidagi jiddiy farq

shundan iboratki, vositachilar ko‘pincha, nizo predmeti hisoblangan bilim

sohasi bo‘yicha ekspert bilimiga ega bo‘ladi. Ayrim turdagi nizolarda

vositachi huquqiy ma’lumotini taqdim etishga majbur. Bu taraflarga nizo

predmetini tartibga soluvchi normativ doiraga muvofiq har qanday

kelishuvni imzolash imkonini beradi, shuning uchun kelishuv tartibi o‘zida

tavsiyaviy jihatni o‘zida aks ettirishi mumkin.

Mediatsiya tartibida esa, vositachi-mediator tavsiyaviy vazifaga ega

emas. Buning o‘rniga, mediator taraflarga nizoni umumiy tushunishni

ishlab chiqish va nizoni hal qilish yo‘nalishida harakat qiladi.

Mediatsiyaning turli xil yondashuv (uslub)lari mavjud: baholovchi,

tezlashtiruvchi va o‘zgartiruvchi. Baholovchi yondashuv sudga murojaat

qilganda har bir tarafning kuchli va kuchsiz dalillarini baxolashni nazarda

tutadi, holbuki tezlashtiruvchi va o‘zgartiruvchi yondashuvlar buni nazarda

tutmaydi.

Vositachilik ham, mediatsiya ham nizoli masalalarni bildirish hamda

nizo ishtirokchilari uchun maqbul keladigan kelishuv variantlarini ishlab

chiqishga xizmat qiladi. Ushbu barcha tartiblar ancha yumshoq

yondashuvlarni nazarda tutadi, va qabul qilingan qarorlar taraflarning

roziligiga asoslanishi lozim. Bu anchagina huquqiy dalillar va isbotlar

hisobiga ishtirokchi foydasiga odatda hal qiladigan an’anaviy sud

jarayoniga qarama qarshi holatlardir.

Mediatorning o‘rni maslahatchi yoki konsultantning o‘rnidan

farqlanadi.

Page 112: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

112

112

HAKAMLIK MUHOKAMASI

Quyida keltirilgan mediatorlar va konsultantlarning ishlari o‘rtasidagi muhim farqni yo‘qqa

chiqarmaydi, biroq ko‘rsatadi:

Mediator taraflar o‘rtasida nizo to‘g‘risida muayyan aniq masalalarni hal qilishning aniq

kelishuviga erishishiga asoslanadi. Maslahatchi esa, ko‘proq nizo taraflarining o‘z hulq atvorini

anglab etishiga yo‘nalgan bo‘ladi.

Mediator insoniy tuyg‘ulardan haqida bilsada, ularni hisobga olmaydi. Maslahatchi esa

asosan, odamlar o‘zlarining tajribasiga muvofiq his etadilar deb xavotirlanadi.

Mediatorning fikri o‘tgan voqealarni tahlil qilishga emas, balki odamlar o‘z kelajagini

qanday ko‘rishadi degan holatga yo‘nalgan bo‘ladi. Maslahatchi o‘tgan voqealarni tadqiq etish,

o‘rganish, sodir bo‘lgan hodisalarni batafsil namoyon etish va iddaolarning hamda shaxs hulqining

qonuniyligini muhim deb hisoblashi mumkin.

Mediator jarayonlarni nazorat qiladi, biroq ishtirokchilarga yoki natijaga ochiqdan-

ochiq ta’sir ko‘rsatishga harakat qilmaydi. Maslahatchi esa, ko‘pincha qarorlar qabul qilishda yoki

masalalarning ayrim qismlarini ko‘rib chiqishda taraflarga ta’sir ko‘rsatadi.

Mediator, qoida bo‘yicha, taraflar o‘rtasida yuzma yuz muzokaralarni tashkil etadi va

bunda shaxsan o‘zi ishtirok etadi. Maslahatchiga ikki tomonni bir vaqtning o‘zida ko‘rishi shart

emas.

Mediator doimo xolis bo‘lishi shart. Maslahatchi esa, agar zarurat bo‘lsa, ancha faol

yordam berishi mumkin.

Mediatsiya har ikki tomonga muzokaralar o‘tkazishga tayyor bo‘lib turishni taqozo

etadi. Konsultantlar hattoki ikkinchi taraf tayyor bo‘lmasa ham yoki xohlamasa ham, taraflardan

biri bilan ham ishlashi mumkin.

Mediatsiya – odatda, bir yoki bir necha bosqichlar bilan

chegaralangan tizimlashgan jarayon hisoblanadi. Maslahat berish esa,

ancha uzoq vaqtni oladi, bu mijozning ehtiyoji va uning jarayondagi

muvaffaqiyatiga bog‘liq bo‘ladi.

Shuni qayd etish lozimki, tadbirkorlik faoliyati sohasida nizolarni

muqobil (nosudlov) hal qilish usullarining rivojlanishi O‘zbekiston

Respublikasining integarsiya, globallashuv jarayonlariga yanada kengroq

kirishining asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun bugungi

kunga kelib, ishbilarmon jamiyatga vujudga kelgan nizolarni ishbilar-

monlik aloqalarini uzmay hal qilishning tez, qulay, kamxarj, samarali

nizolarni muqobil hal qilishning usullari va shakllarini faol qo‘llash lozim

deb hisoblaymiz, chunki bu uzoq va qimmat bo‘lgan davlat sudining sud

tartibiga qaraganda O‘zbekiston tadbirkorlari uchun ancha foydali

hisoblanadi.

Jahon amaliyotida mediatsiya, yarashtiruv, hakamlik, vositachilik va

boshqalar kabi nizolarni hal qilishning muqobil usullarining roli oshib

bormoqda va shu bilan birga, kontragentlar o‘rtasida vujudga kelgan

kelishmovchiliklarni tinch hal qilish ishbilarmonlikni yuritishning standarti

sifatida belgilovchi tadbirkorlik faoliyati sohasida ko‘pincha qo‘llanilishi

tendensiyasi oshib bormoqda.

Page 113: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

113

113

HAKAMLIK MUHOKAMASI

Nizolarni hal qilishning muqobil usullari ayniqsa, anglo-sakson huquq

tiimida rivojlangan. Shunday qilib, 1000 ta Amerika korporatsiyalarida

so‘rov o‘tkazilishi natijasi shuni ko‘rsatadiki, ulardan 88% oxirgi uch yilda

mediatsiyadan foydalanishgan, 79% hakamlik tartibiga murojaat qilishgan,

81% mediatsiyani sud tartibiga qaraganda, ancha maqbul shakl sifatida

qabul qilishgan, 59% mediatsiya institutini nizo ishtirokchilari o‘rtasidagi

hamkorlik aloqalarini saqlab qolishga yordam berganligini qayd etishgan.

Evropa hamjamiyati doirasida oxirgi o‘n yillikda shuningdek, ijtimoiy

munosabat ishtirokchilarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy

manfaatlarini himoya qilishni ta’minlovchi imkoniyatlardan biri sifatida

nizolarni hal qilishning muqobil usullariga murojaat qilish tendensiyasi

kuzatilmoqda. Xususan, 2002 yilda Evropa komissiyasi tomonidan

fuqarolik va tijorat huquqida nizolarni hal qilishning muqobil usullari

masalalari bo‘yicha Yashil kito ishlab chiqildi. Huquqiy nizolarni hal

qilishning nosudlov tartibining mashhurligi, bizning fikrimizcha, bir

tomondan, nizolarni sud tartibida hal qilining takomillashtirilmaganligi

(sudlar-ning ortiqcha zo‘riqishi, odil sudlov faoliyatining uzoqqa

cho‘zilishi, sud xarajatlarining ortishi, sud organlariga ishonchning

yo‘qolishi) bo‘lsa, boshqa tomondan, ishni ko‘rib bo‘lgach,

ishbilarmonlik, shaxsiy munosabatlarning saqlanib qolishidir, chunki ishni

nosudlov tartib doirasida ko‘rib chiqish natijasida tarflarning yarashuvi

yuz beradi, nizo ishtirokchilarining ikkalasi uchun maqbul bo‘lgan, qoida

bo‘yicha, keyinchalik majburiy ijro etilishga zarurat bo‘lmaydigan

kelishuvga erishiladi.

Rossiya Federatsiyasining amaldagi Fuqarolik protsessual va Arbitraj

protsessual kodekslari sudlarga taraflarni yarashtirish vazifasini yuklaydi.

Rossiya Federatsiyasi FPKning 148-moddasi hamda APKning 133-

moddasiga muvofiq, taraflarni yarashtirish ishni sud muhokamasiga

tayyorlashning vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari,

xo‘jalik sudlarida odil sudlovni amalga oshirishning vazifalaridan biri

sifatida Rossiya Federatsiyasi APKning 2-moddasi ishbilarmonlik

munosabatlaridagi hamkorlikni o‘rnatish va rivojlantirishga

ko‘maklashish, ish muomalasi etikasi hamda odatlarining shakllanishini

e’lon qilgan. Rossiya Federatsiyasi APK 15-bobi birinchi marta

qonunchilik doirasida xo‘jalik protsessi ishtirokchilariga nafaqat kelishuv

bitimini imzolashni belgiladi, balki nizolarni boshqa yarashtiruv

taomillaridan foydalangan holda, agar bu federal qonunlarga zid kelmasa,

nizolarni hal qilishni belgilab berdi (RF APKning 138-moddasi).

Page 114: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

114

114

HAKAMLIK MUHOKAMASI

Xorijiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, AQShda fuqarolik protsessi Federal

qoidalariga muvofiq, sudyalarga taraflar o‘rtasidagi nizoni sudgacha

bo‘lgan majlislarda hal qilishga ko‘maklashish tavsiya etilgan. Bir xil

sudlarda kelishuvga ish to‘laligicha ko‘rib chiqishga tayyorlanggandan

so‘ng amalga oshiriladi, boshqalarida esa, nizolarni hal qilish protsessni

tashkil etish harakatlarida hal qilinadi. Ayrim sudlar oldindan nizolarni hal

qilish bo‘yicha haftaliklarni rejalashtirishadi. Ushbu vaqt davomida

barcha yoki aksariyat sudyalar o‘z ishlarini keyinga qoldirishadi va

advokatlar yordamida taraflar o‘rtasida kelishuvga erishish uchun qattiq

shug‘ullanishadi. Amerika fuqarolik protsessida nizolarni hal qilishning

ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lgan variantlarni ishlab chiqishga

ko‘maklashuvchi sudyalar tomonidan ham, shuningdek sudga qadar

bo‘lgan majlislarni o‘tkazish uchun sudya tomonidan tayinlangan

mutaxassislar yoki magistratlar ham bo‘lishi mumkin. Mutaxassis bo‘lib

bir tomondan sudya vakolatidagi ishlarni boshqarishni ta’minlash, boshqa

tomondan nizolarni hal qilishgan ko‘maklashuvchi sud yordamchilari

hisoblanadi. Odatda, mutaxassis sifatida taraflar kelishuviga ko‘ra

tanlangan shaxslar tayinlanadi, tayinlash ishni ko‘radigan sudyaning qarori

asosida rasmiylashtiriladi. Sudya qarorda, shuningdek mutaxassis nizolarni

sudga qadar hal qilish uchun zarur bo‘lgan harakatlarni amalga oshirish

bo‘yicha rejasini taqdim etishi lozim bo‘lgan muddatni ko‘rsatadi.

Xitoy Xalq Respublikasi fuqarolik protsessida xalq sudlari fuqarolik

sudlarini ko‘rib chiqish vaqtida taraflarni yarashtirishni amalga

oshirishadi. XXR FPKning 87-moddasiga muvofiq, xalq sudlari

yarashtiruvni amalga oshira turib, hamkorlik qilish maqsadida tegishli

tashkilotlar hamda xususiy shaxslarni taklif qilishlari mumkin. Yarashtiruv

natijasida kelishuvga erishilgan taqdirda XXR xalq sudlari da’vo talablari,

ish bo‘yicha faktlar hamda yarashtiruv natijalari ko‘rsatilgan yarashtiruv

kelishuvini tuzadi. U sudya, sud majlisi kotibi tomnidan imzolanadi, muhr

bilan tasdiqlanib, tomonlarga taqdim etiladi (XXR FPK 89-m.). Agar

kelishuv nikohni bekor qilish to‘g‘risidagi, aliment to‘lash to‘g‘risidagi

ishlar bo‘yicha, darhol ijro etiladigan ishlar bo‘yicha va yarashtiruv

kelishuvi tuzish zaruriyati bo‘lmagan boshqa ishlarda, XXR xalq sudi

yarashtiruv kelishuvini tuzmaydi, taraflarning roziligi esa bunday holatda,

taraflar tomonidan imzolangandan yoki sudyalar yoki sud majlisi kotibi

tomonidan muhr bilan tasdiqlangandan boshlab darhol kuchga kiradigan

bayonnoma rasmiylashtiriladi (XXR FPK 90-m.). Agar yarashtiruv

natijasida kelishuvga erishilmasa yoki taraflardan biri unga yarashtiruv

Page 115: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

115

115

HAKAMLIK MUHOKAMASI

kelishuvi taqdim etilgunga qadar o‘z qarorini o‘zgartirsa, XXR xalq sudi

ishni o‘z vaqtida hal qilishi lozim.

Evropa hududidagi mamlakatlarining ko‘pchilik fuqarolik protsessual

kodekslari ham yarashtiruv tartibi yordamida majburiy nizolarni sudga

qadar hal qilishni nazarda tutadi. Belgiya va Fransiyada sud taraflarga

kelishmovchilikni nizolarni hal qilishning muqobil mexanizmlari

yordamida hal qilishni taklif qilishi shart, biroq bunda nizo

ishtirokchilarining ikki tomonlama kelishuvi tamoyiliga rioya etish zarur.

Ispaniya va Italiyada sudya tarflarni yarashtiruv tartibiga murojaat qilishga

ko‘ndirishga barcha choralarni qo‘llashga majbur. Angliya va Uelsda agar

nizo ishtirokchilari mediatsiyadan voz kechgan taqdirda sud ularga

nisbatan moliyaviy jazolar qo‘llash huquqiga ega. Germaniyada taraflar

kelishmovchilikni nizolarni muqobil hal qilish doirasida urinib

ko‘rmasalar odil sud faoliyati boshlanmagan. Gretsiyada birinchi

instansiyaning sudosti sudlarida ishlarni ko‘rish, agar taraflar ishni

kelishuv yo‘li bilan hal qilishga urinib ko‘rish choralarini amalga

oshirmagan bo‘lsalar yo‘l qo‘yilmagan.

2004-yil 1-mayda Avstriyaning “Fuqarolik ishlari bo‘yicha

vositachilik to‘g‘risida”gi federal qonuni qabul qilinib, unda vositachilik

taraflarning ixtiyoriyligiga asoslangan faoliyat turi sifatida belgilangan.

Unga ko‘ra, maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan vositachi (mediator) o‘zaro

aloqalarning e’tirof etilgan usullari yordamida taraflar bilan nizoni hal

etish maqsadida muntazam ravishda ish olib boradi. Mazkur qonunda

vositachilik bo‘yicha Qo‘mita a’zolari ichidan saylanadigan vositachilik

masalalari bo‘yicha Maslahat kengashini tashkil etish tartibi;

vositachilarning ro‘yxatini yuritish taomillari; vositachilarni ushbu

ro‘yxatga kiritish shartlari; ularni tayinlash shartlari va tartibi, ushbu

ro‘yxatdan ularni chiqarish shartlari; ro‘yxatga olingan vositachilarning

huquq va majburiyatlari, shuningdek, fuqarolik ishlari bo‘yicha

vositachilik natijasida protsessual muddatlarni to‘xtatish tartibiga oid

masalalar o‘z ifodasini topgan.

Darhaqiqat, mediatsiya majburiy kuchga ega bo‘lmagan, taraflarning

ixtiyoriyligiga asoslangan, konfidensial jarayon bo‘lib, bu nizolashayotgan

taraflarning o‘z ixtiyorlariga ko‘ra tanlab olgan, betaraf uchinchi

shaxsning vositachiligida, shartnomaviy-huquqiy munosabatlardan kelib

chiqqan nizoni o‘zaro murosa - yarashuv yo‘li bilan huquqiy asosda hal

etish jarayonidir. Betaraf uchinchi shaxs - mediator aslida sudya ham,

arbitr ham emas va vujudga kelgan nizo yuzasidan hech qanday mustaqil

Page 116: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

116

116

HAKAMLIK MUHOKAMASI

qaror ham qabul qilmaydi. Hakamlik sudidan u aynan shu jihati bilan farq

qiladi.

Taraflar kelishuv taomillarini faol qo‘llashlari uchun huquqiy

rag‘batlantiruvchi, qiziqtiruvchi omillarni ishlab chiqish lozim, xususan,

agar taraflar kelishuvga erishgan bo‘lsalar sud xarajatlarini to‘lash

bo‘yicha imtiyozlar taqdim etish lozim.

6. Mediatsiya jarayonining xorijiy mamlakatlarda qo‘llanish

amaliyoti

Bugungi kunda mediatsiya ko‘plab xorijiy mamlakatlarning huquqiy

tizimida qo‘llaniladi va tegishli sud amaliyoti ham shakllangan. Ular

qatoriga AQSh, Angliya va Uels, Fransiya, Germaniya, Avstriya kiradi.

Shuningdek, MDH davlatlarida bu institutning rivojlantirish bo‘yicha

ishlar olib borilmoqda.

AQShda mediatsiya rivojlanishning muayyan bosqichlarini bosib

o‘tgan. AQShda mediatsiyani huquqiy tartibga solish amaliyotining tahlili

quyidagi omillar bilan murakkablashdi. Har bir shtatda mediatsiyani

huquqiy tartibga solish va qo‘llashning o‘z amaliyoti paydo bo‘lgan,

mediatsiyani tartibga soluvchi yagona federal qonun mavjud emas, hamda

mediatsiyani qo‘llash bo‘yicha havolalar shtatlarning 2500 dan ortiq qonun

hujjatlarida belgilangan. Shu bilan birga, sud amaliyotida mediatsiyani

qo‘llash bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishda uzviylik mavjud emas. Masalan,

sudlarda tomonlarni mediatsiya jarayonida “insofli ishtirok etishlariga”

nisbatan yagona yondashuv yo‘q. Biroq, ushbu holatlarga qaramasdan

mediatsiya AQSh huquq tizimida samarali foydalanilmoqda va sud tizimi

tomonidan qo‘llab quvvatlanmoqda.

Angliya va Uelsda mediatsiyaning rivojlanishi va kengayishiga Lord

Vulfning “Odil sudlovga yo‘l” nomli hisoboti (1996 y.) turtki bergan

fuqarolik odil sudlov islohoti (1990 yillar) bilan bog‘liq. 1998 yilda qabul

qilingan Fuqarolik protsessi qoidalari (FPQ) sudlarning mediatsiyani

qo‘llashlari uchun huquqiy asosni yaratdi. FPQga muvofiq, sudlarga

ishlarni taraflarning hamkorlik qilishlarini rag‘batlantirish orqali va

nizolarni hal qilishda muqobil usullardan foydalangan holda faol

boshqarish majburiyati yuklandi (1.4 (2)-bandi). Qoidalar taraflarga

NMHni qo‘llashga urinib ko‘rish uchun sud protsessining boshlang‘ich

bosqichida ish yuritishni to‘xtatishni talab qilish imkoniyatini beradi

(26.4(1)-bandi). NMHdan foydalanishni rag‘batlantirish maqsadida sudlar

FPQda belgilangan qoidaga (44.3(5)-bandi) asosan sud xarajatlarini xatto

Page 117: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

117

117

HAKAMLIK MUHOKAMASI

ishni g‘olib chiqqan tarafga yuklash huquqiga ham ega, agar u ikkinchi

tarafning sud muhokamasi boshlanishidan oldin yoki davomida NMHni

qo‘llash bo‘yicha taklifini asossiz rad etgan bo‘lsa.

Mediatsiya Evropa miqiyosida ham rivojlanmoqda va tarqalmoqda.

Fransiyada fuqarolik, tijorat va mehnat ishlari bo‘yicha mediatsiyani

qo‘llashning huquqiy asosi bo‘lib 1995-yil 8-fevraldagi 95-125-sonli

Qonun hisoblanadi. Ushbu qonunning 21-moddasiga ko‘ra, “sudya

taraflarning roziligini olgandan so‘ng, protsessning istalgan bosqichida,

taraflar o‘rtasida kelishuvga erishish maqsadida mediatsiya o‘tkazish

uchun uchinchi shaxsni tayinlashi mumkin”. Fransiyada mediatsiya 1980

yillarning o‘rtalarida joriy qilingan va institutsional hamda professional

darajada o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. Oilaviy ishlar bo‘yicha mediatsiya

Fransiyada mediatsiyaning asosiy qismini tashkil etadi. Mediatsiya nikohni

bekor qilish, vasiylik tayinlash va mulkni bo‘lishda qo‘llaniladi.

Germaniya Parlamenti ixtiyoriy va sud tomonidan tayinlanadigan

NMHni o‘rnatish uchun huquqiy doirani belgilovchi bir qator qonunlarni

qabul qildi. 2000-yil 1-yanvardan amalga kiritilgan fuqarolik protsessual

kodeksiga Kirish qonunning 15a-bandi Germaniyaning barcha erlarida

muayyan turdagi fuqarolik ishlari bo‘yicha sud tomonidan tayinlanadigan

NMHni joriy qilish imkoniyatini beradi. 2002-yil 1-yanvarda Fuqarolik

protsessual kodeksining 278 V 2-bandiga kiritilgan o‘zgartirishlar sudlar

tomonidan taraflarning roziligiga ko‘ra ularni NMHga yuborish imkonini

beradi. Ushbu norma ixtiyoriy mediatsiyani o‘tkazish uchun huquqiy

asoslarni yaratadi. Qonunchilikda mediatsiyani qo‘llash bo‘yicha havolalar

mavjud bo‘lsa-da, Germaniyada hozircha mediatsiya to‘g‘risida maxsus

qonun mavjud emas. Mediatsiyadan foydalanishni tartibga soluvchi

normalar jinoyat huquqida, oila qonunchiligida va bankrotlik to‘g‘risidagi

qonunda uchraydi.

Avstriya Evropa davlatlari orasida birinchilardan mediatsiya

to‘g‘risidagi maxsus qonunni qabul qilgan davlat bo‘lib, unda mediatsiya

nafaqat kasb sifatida e’tirof etiladi, balki fuqarolik ishlari bo‘yicha

mediatorlarni tayyorlash va malakasi bo‘yicha aniq mezonlarni o‘z ichiga

olgan. Mediatsiya oilaviy, tijorat, ekologik nizolarini hal qilishda,

shuningdek jinoyat huquqida (“jabrlanuvchi-huquqbuzar” mediatsiyasi)

muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Sharq mamlakatlarida, xususan Xitoy va Yaponiyada mediatsiyaning

o‘ziga xos ko‘rinishi mavjud bo‘lib, u uzoq yillar davomida turli ijtimoiy

nizolarni hal qilishda qo‘llanib keladi.

Page 118: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

118

118

HAKAMLIK MUHOKAMASI

MDHda, asosan Rossiya Federatsiyasi, Ukraina va Qozog‘istonda

mediatsiyani rivojlantirish bo‘yicha muayyan ishlar olib borilmoqda.

NMHga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot ishlari, konferensiyalar, seminar-

treninglar o‘tkazilmoqda, maxsus saytlar mavjud, savdo-sanoat palatalari

huzurida jamoatchilik asosida nizolarni muqobil hal qilish markazlari

tashkil etilmoqda.

Rossiya Federatsiyasida 2005-yildan beri faoliyat ko‘rsatib

kelayotgan “Mediatsiya va huquq ilmiy metodik markaz” tashkil etilgan,

“Mediatsiya va huquq” maxsus jurnali chop etib kelinmoqda. Bu sohadagi

qonun ijodkorligi natijasida 2010-yil 27-iyulda “Vositachi ishtirokida

nizolarni muqobil hal etish taomili (mediatsiya taomili) to‘g‘risida”gi

Federal qonuni qabul qilindi.

Bugungi kunda xalqaro nizolarni arbitraj tartibida hal qiluvchi

ko‘pgina sudlar va markazlar mediatsiya asosida ish ko‘rishga harakat

qilmoqdalar. Ularda mediatsiya jarayonini o‘tkazishning o‘ziga xos

qoidalari mavjud. Unga ko‘ra, murojaat qiluvchilarga dastlab mediatsiya

o‘tkazish taklif qilinadi, agar mediatsiya samara bermasa, nizo o‘z-o‘zidan

arbitraj tartibida ko‘riladi. Bunday markazlar jumlasiga Xalqaro savdo

palatasi, London xalqaro arbitraj sudi, Butunjahon intellektual mulk

tashkilotining arbitraj va mediatsiya Markazi, Investitsiya nizolarini hal

qilish bo‘yicha Xalqaro markaz, Amerika arbitraj assotsiatsiyasini kiritish

mumkin.

Elektron tijoratning jadal sur’atlar bilan o‘sib borishi masofadan turib

o‘zaro harakatlar sonini oshib borishiga olib keldi. Bu esa bir biridan uzoq

masofada joylashgan taraflar o‘rtasidagi nizolarning vujudga kelishiga

sabab bo‘lmoqda. Nizolarni onlayn tartibida hal qilish - nizolarni

taraflarning bevosita ishtirokisiz masofadan turib hal qilish imkoniyati

mavjudligi sababli afzalliklarga ega. Nizolarni onlayn tartibida hal qilish

(NOH) – bu nizolarni axborot texnologiyalaridan foydalanib, odatda

Internet orqali masofadan turib hal qilish hisoblanadi. Onlayn atamasi

elektron vositalar, xususan Internet orqali aloqa qilishni anglatadi. NOHni

e-mail, onlayn-platformalar, onlayn-chatlar, videokonferensiyalar orqali

amalga oshirish mumkin. Melburn Universitetining Nizolarni hal qilish

bo‘yicha xalqaro markazi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar bo‘yicha 2004

yilning iyulida 115 ta NOH provayderlari hisobga olingan bo‘lib, ular 1,5

million nizolarni hal qilishgan. Ushbu provayderlar uchun NOHning eng

keng tarqalgan turi mediatsiya va arbitraj bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasida ham nizolarni Internet orqali hal qilishda

mediatsiyani qo‘llash uchun etarlicha axborot-texnologik imkoniyatlar

Page 119: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

119

119

HAKAMLIK MUHOKAMASI

mavjud. Bu hol ushbu sohani tartibga soluvchi qonun hujjatlari tomonidan

ham mustaxkamlangan.

Mediatsiya O‘zbekiston hududida ham nizolarni hal qilishda u yoki

bu shaklda ilgaridan qo‘llanib kelingan. Masalan, nizolashayotgan

taraflarni maslahat so‘rab oqsoqollarga murojaat qilishi. O‘zbekistonda

mediatsiyaga o‘xshash yarashtiruv jarayonlari bugungi kunda turli

nizolarni hal qilishda qo‘llanib kelinmoqda. Nizolashayotgan taraflarni

(qo‘shnilar o‘rtasidagi nizolar, oilaviy nizolar) yarashtirish bo‘yicha

mahalla qo‘mitalarining faoliyatini mediatsiyaning ko‘rinishi sifatida

baholash mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi tomonlarga nizolarni

sudgacha hal qilish usullarini qo‘llash imkonini beradi. Fuqarolik va

xo‘jalik sud ishlarida taraflar istalgan vaqtda va istalgan instansiyada

kelishuv bitimini tuzib sud protsessini tugatishlari mumkin. Kelishuv

bitimiga erishish uchun esa taraflar mediatsiyaga murojaat etishlari

mumkin. Bunda mediatsiya taraflarning yarashuvi va ularning kelishuv

bitimiga erishishlari uchun huquqiy mexanizmni yaratuvchi mustaqil

huquqiy institut sifatida namoyon bo‘ladi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha mediatsiya mulk huquqi va boshqa

ashyoviy huquqlarni, intellektual faoliyat natijalariga bo‘lgan huquqlarni

amalga oshirish yuzasidan, shartnoma va shartnomadan tashqari

majburiyatlarni, shuningdek boshqa mulkiy hamda u bilan bog‘liq shaxsiy

nomulkiy munosabatlardan kelib chiqadigan ko‘p nizolarni hal etishda

qo‘llanilishi mumkin. Xususan shartnomalar, oldi-sotdi shartnomasining

barcha turlari, mulk ijarasi, pudrat, yuk tashish, sug‘urta, zarar etkazishdan

kelib chiqadigan majburiyatlar, intellektual mulk, vorislik huquqi, chet el

elementi bo‘lgan fuqarolik-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan

nizolar.

Oilaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar mediatsiyaning

predmeti bo‘lishi mumkin. Mediatsiya nikoh shartnomasi, voyaga etmagan

bolalarni ta’minlash bo‘yicha aliment munosabatlaridan kelib chiqadigan

nizolar va nikohdan ajratishda qo‘llanishi mumkin. O‘zbekiston

Respublikasi Oila kodeksi 40-moddasining 2-qismiga asosan nikohni sud

tartibida ajratishda, sud ishning ko‘rilishini keyinga qoldirib, er-xotinga

yarashish uchun olti oygacha muhlat tayinlashga haqli. O‘zbekiston

Respublikasida mediatsiyani qo‘llash qonuniy belgilangan taqdirda er-

xotinlar yarashuvga mediatsiya jarayonini o‘tkazish orqali erishishlari

mumkin.

Page 120: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

120

120

HAKAMLIK MUHOKAMASI

Aliment munosabatlarida mediatsiya aliment to‘lashi shart bo‘lgan

shaxs bilan aliment oluvchi o‘rtasida tuziladigan aliment to‘lash

to‘g‘risidagi kelishuvga erishishga yordamlashuvchi vosita sifatida xizmat

qilishi mumkin. Shu bilan birga voyaga etmagan bolalarga aliment to‘lash

to‘g‘risidagi kelishuvga binoan to‘lanadigan alimentning miqdori aliment

sud tartibida undirilganda bolalar olishi mumkin bo‘lgan miqdordan kam

bo‘lmasligi kerak.

Mediatsiya mehnat munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolarni,

xususan mehnat shartnomasidan, shuningdek jamoalarga doir mehnat

nizolarini hal etishda qo‘llanishi mumkin. Mehnat shartnomasidagi taraflar

o‘z nizolarini sudga murojaat qilishdan oldin mediatsiyani qo‘llash orqali

hal etishlarini kelishib olishlari mumkin. Bunday kelishuv xodim va ish

beruvchiga birday foydali. Kelib chiqadigan nizo jamoatchilikka

tarqalmaydi – bu ishchanlik obro‘si haqida o‘ylaydigan ish beruvchiga

foydali, xodim esa o‘z vaqti va pulini sud instansiyalaridan o‘tishga

sarflamaydi. Xodim va ish beruvchi kelishmovchiliklarni o‘zaro hal etib va

kelishuv bitimiga erishib, mehnat munosabatlarini davom ettirishadi deb

aytishga asoslar bor.

Mediatsiya aynan taraflari uzoq davom etadigan munosabatlarda

bo‘lgan nizolarni hal etish uchun mo‘ljallangan, mediatsiya jarayonida

mediator yordamida erishilgan qarorlar esa taraflarning manfaatlariga

asoslangan va kelajakdagi hamkorlikka yo‘naltirilgan.

Bir qarashda mehnat nizolari bo‘yicha komissiyalar mediator

vazifasini bajarishi mumkindek ko‘rinadi. O‘zbekiston Respublikasi

Mehnat kodeksining 262-moddasiga asosan, mehnat nizolari komissiyalari

ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa

vakillik organi tomonidan tenglik asosida tuziladi. Komissiyaga kasaba

uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organidan

ajratilgan a’zolar tegishli organning qarori bilan, ish beruvchining vakili

esa, uning buyrug‘i bilan tasdiqlanadilar. Biroq bunda mediatsiya

jarayoniga mos kelmaydigan muayyan bir holat mavjud. Komissiya

a’zolari oldindan tasdiqlanadi, bu xodim va ish beruvchida komissiya

a’zolarining nomzodlarini tanlash huquqi yo‘qligidan dalolat beradi. Bu

holat mediatsiya jarayonining talablariga javob bermaydi.

Uy-joy munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolarga kelsak, ular

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 140-moddasiga asosan sud

tartibida hal etiladi. Uy-joy nizolaridagi taraflar O‘zbekiston

Respublikasining fuqarolik protsessual qonunchiligida belgilanganidek,

sud muhokamasini kelishuv bitimi tuzish orqali tugatishlari mumkin.

Page 121: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

121

121

HAKAMLIK MUHOKAMASI

Bunda kelishuv bitimiga erishish uchun taraflar mediatsiya jarayonidan

foydalanishlari mumkin.

Shu bilan birga mediatsiya nizolarni hal etishning universal usuli

emasligini ta’kidlash kerak. Yuqorida aytib o‘tilganidek, u alohida turdagi

fuqarolik ishlarini hal etishda qo‘llanishi mumkin emas. Shunday qilib,

qonunchilikda imperativ tarzda tartibga solinadigan masalalar bo‘yicha

mediatsiyaning qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Mediatsiya tomonlar nizoni samarali hal etishlari va kelishuv

bitimiga erishishlari uchun qulay huquqiy mexanizm yaratadi. O‘zbekiston

Respublikasining huquqiy tizimiga ushbu institutning tadbiq etilishi

fuqarolar va tadbirkorlarga sud tizimiga murojaat etmasdan kelib chiqqan

nizoni soddalashtirilgan tartibda hal etish imkoniyatini beradi va

sudlardagi muayyan ish hajmining kamayishiga olib keladi.

NAZORAT UCHUN SAVOLLAR

1. Mediatsiyaning boshqa nizolarni muqobil hal etish usullaridan farqli

jihatlari nimadan iborat?

2. Mediatsiya bilan hakamlik sudlari o‘rtasidagi farqlarni tushuntiring?

3. Nizolarni muqobil hal etish usullariga xos bo‘lgan xususiyatlar

haqida nima deya olasiz?

4. Mediatsiyani xorijiy mamlakatlarda qo‘llanish amaliyoti haqida

qanday fikrdasiz?

KAZUSLAR

1-kazus

Axmadjon qishda Beshchinor mahallasida joylashgan hovlini sotib

oldi. Bahorda u allergiya kasaliga uchradi va kasalxonada davolanib

chiqdi. Biroq kasallik to‘liq o‘tib ketmadi. Doktorlar uning kasalligini

ba’zi bir daraxtlar qo‘zg‘atgan bo‘lishi mumkinligi haqida aytishdi.

Shunda Axmadjon o‘zining ko‘cha eshigi oldida o‘sib turgan katta

chinorni kestirib tashladi.

Biroq Axmadjonning qo‘shnisi bo‘lgan Raxmatjonning hovlisida

ham ko‘p yillik katta chinor bor edi, uning shoxlari xatto o‘rta devordan

ham o‘tib Axmadjonning hovlisi hududiga soya tashlab turar edi.

Page 122: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

122

122

HAKAMLIK MUHOKAMASI

Axmadjon qo‘shnisiga kirib ushbu chinor sog‘ligiga yomon ta’sir

ko‘rsatayotgani, uning soyasi tushganligi uchun ogorodida narsa

ko‘karmayotganligi va uyiga etarlicha yorug‘lik tushmayotganligini aytib,

chinorini kesib tashlashni iltimos qildi.

Qo‘shnisi Raxmatjon esa ushbu chinor uning bobosi tomonidan

ekilganligi va u uchun esdalik hisoblanishini aytib, tag-tugudan

kesmasligini, faqat Axmadjonning uyiga o‘tib ketgan shoxini kesishini

ma’lum qildi. Bu taklif Axmadjonni qoniqtirmadi va u tegishli joyga

murojaat etib, baribir chinorni tagidan kestirib tashlashini aytdi. Shu orqali

qo‘shnilar murosaga kela olmay bir-birlari bilan urishib qolishdi.

Savol:

1. Vaziyatga huquqiy baho bering?

2. Aytingchi, yuqoridagi nizoni NMH usullarini qo‘llab hal etish

mumkinmi yoki u sud tomonidan ko‘rib chiqilishi kerakmi?

Fikringizni qonun hujjatlari bilan asoslantiring?

2-kazus

Olimjon oilaviy biznes qilish uchun hovlisida eshik va rom yasashni

yo‘lga qo‘ydi va undan yaxshigina foyda ko‘rmoqda. Biroq uning

qo‘shnisi Parpi xola ertalabdan kechgacha taqir-tuqur shovqini kelmoqda

deb shikoyat qilib, Olimjon o‘z faoliyatini boshqa joyda yuritishi

kerakligini aytdi.

Bunga javoban Olimjon Parpi xoladan ozgina vaqt berishini va etarli

mablag‘ to‘plab olgandan so‘ng faoliyatini boshqa joyga ko‘chirishini

ma’lum qildi.

Parpi xola Olimjon oldin ham shunday va’dalar berganligini aytib,

tez kunlarda bu joyda o‘z faoliyatini to‘xtatishini talab qildi.

Savol:

1. Vaziyatga huquqiy baho bering?

2. Xolis sifatida ushbu nizoni qanday hal etgan bo‘lar edingiz?

3-kazus

“Yulduz” XK va “Binokor” MChJ o‘rtasida maxsulot etkazib berish

bilan bog‘liq nizo yuzaga keldi.

“Yulduz” XK mazkur nizoni ko‘rib chiqilishi bo‘yicha mediatorga

murojaat qildi. Mediator tomonidan nizoni ko‘rib chiqish bo‘yicha majlis

tayinlandi. Javobgar “Binokor” MChJning sudda qatnashgan vakili

mazkur nizoni ko‘rib chiqish bo‘yicha mediatorga emas balki hakamlik

Page 123: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

123

123

HAKAMLIK MUHOKAMASI

sudiga murojaat qilinishini sudga ma’lum qildi. Da’vogar vakili mazkur

nizoning hakamlik sudida ko‘rib chiqilishiga qarshiligini bildirdi.

Savol:

1. Vaziyatga huquqiy baho bering.

2. Mediator mazkur holatda nizoni qanday tartibda ko‘rib chiqadi?

4-kazus

Toshkent shahar Hamza tumani hokimligining binosini kapital

tamirlash bilan shug‘ullanayotgan pudratchi tashkilot bilan shartnoma

shartlari asosida nizo yuzaga keldi. Taraflar mazkur nizoni ko‘rib chiqib

hal qilish uchun qisqa muddat va kam harajat ketishini hisobga olib

hakamlik sudiga murojaat qilishdi. Hakamlik sudi da’vo arizasini qabul

qilishni rad qildi.

Savol:

1. Vaziyatga huquqiy baho bering.

2. Hakamlik suding harakatlari qonuniymi? Fikringizni asoslantiring?

Page 124: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

124

124

HAKAMLIK MUHOKAMASI

Page 125: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

125

125

HAKAMLIK MUHOKAMASI

Foydalanishga tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati:

Rahbariy adabiyotlar

1. Karimov I.A. Biz tanlagan yo‘l-demokratik taraqqiyot va ma’rifiy

dunyo bilan hamkorlik yo‘li. T.11 –Toshkent: O‘zbekiston, 2003.

2. Karimov I.A. Tinchlik va xavfsizligimiz o‘z kuch-qudratimizga,

hamjihatligimiz va qat’iy irodamizga bog‘liq. T. 12. – Toshkent:

O‘zbekiston, 2004.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2010 yil 12

noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik

palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda

demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini

rivojlantirish konsepsiyasi” to‘g‘risidagi ma’ruzasi / Xalq so‘zi, 2010

yil 13 noyabr, №220 (5151).

Normativ-huquqiy hujjatlar:

1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Toshkent:

O‘zbekiston. 2014.

2. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. Rasmiy nashr.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. – Toshkent: Adolat, 2014.

3. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi. Rasmiy

nashr. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. – Toshkent: Adolat,

2014.

4. O‘zbekiston Respublikasining Xo‘jalik protsessual kodeksi. Rasmiy

nashr. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. – Toshkent: Adolat,

2014.

5. O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar

hujjatlarni ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuni. (o‘zgartish va

qo‘shimchalari bilan) // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis

Axborotnomasi 2001. 9-10-son, 169-modda.

6. O‘zbekiston Respublikasining “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi

Qonuni // “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami”, 2006

yil, 42-son, 416-modda.

7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 10 martdagi PQ-24-

sonli “Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh

qilish hamda modernizatsiyalash maqsad va vazifalarini amalga

oshirish Dasturi to‘g‘risida”gi Qarori.

8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 14 iyundagi PF-

Page 126: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

126

126

HAKAMLIK MUHOKAMASI

3619-sonli “Tadbirkorlik sub’ektlarini huquqiy himoya qilish tizimini

yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni.

9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 22.12.1995 y. 184-I-son

"1958 yil 10 iyunda imzolangan Chet el mamlakatlari hakamlik

qarorlarini e’tirof etish va ijro etish to‘g‘risidagi Nyu-York

Konvensiyasiga qo‘shilish haqida"gi Qarori.

10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 30

oktabrdagi 235-son qarori bilan tasdiqlangan “Hakamlik sudlari

hisobini yuritish tartibi to‘g‘risida Nizom”.

11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2012 yil

2 avgustdagi “Sud tizimi xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni

tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni / Xalq so‘zi,

2012 yil 3 avgust, № 152 (5572).

12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2012 yil

29 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi

Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan

va moliyaviy ta’minlash departamenti faoliyatini yanada

takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–1900-son qarori //

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013 y., 2-son,

16-modda.

13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2013 yil

4 oktabrdagi “Tuman va shahar umumiy yurisdiksiya sudlari

faoliyatini takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–4570-sonli qarori // O‘zbekiston

Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013 y., 42 (594)-son, 556-

modda.

Maxsus adabiyotlar:

1. Shoraxmetov Sh.Sh. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik

protsessual kodeksiga sharhlar. – Toshkent: TDYuI, 2010.

2. Sh.Ro‘zinazarov, M.Mamasiddiqov, Sh.Masadikov. Hakamlik

muhokamasi haqida nimalarni bilish kerak? Amaliy qo‘llanma.

infoCOM.uz MChJ nashriyoti. Toshkent, 2010.

3. Третейские суды в Узбекистане: анализ и тенденции

развития. Научно-практическое пособие. / Отв. ред. Асьянов Ш.М. –

Т.: Шарк, 2004. – 608 с.

4. O‘zbekiston Respublikasining "Hakamlik sudlari to‘g‘risida"gi

Qonuniga sharh.

Page 127: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

127

127

HAKAMLIK MUHOKAMASI

5. Ибратова Ф. Хозяйственное процессуальное право.

Учебник. –Ташкент: ТДЮИ. 2011.-705с.

6. Burxonxodjaeva X.V. Xo‘jalik protsessual huquqi. O‘quv-

uslubiy kompleks.-Toshkent: TDYuI.2011.-176 b.

7. Иноятова С.Ф. Процессуальные механизмы отмены и

выдачи исполнительных листов на принудительное исполнение

решений третейских судов. Монография. –Тошкент: De-Haus-Print,

2011.

8. Ш.М.Масадиков. Проблемы правового регулирования

медиации. Монография. – Ташкент: ТГЮУ, 2014. – 150 с.

9. Sh.M.Masadikov. O‘zbekistonda nizolarni muqobil hal etish

usullarini rivojlantirish istiqbollari. H-A. Rahmonqulov va boshq.

Iqtisodiyotni erkinlashtirishni huquqiy ta’minlash muammolari. –

Toshkent: TDYuU, 2015. 441- 480.

10. Ш.М.Масадиков. Медиация-альтернативный способ

разрешения гражданско-правовых споров. Учебное пособие. –

Ташкент: ТДЮИ, 2010. – 100 с.

11. Ш.М.Масадиков. Практика использования медиации как

альтернативной формы разрешения споров в зарубежных странах.

Обзор законодательства Узбекистана. – Ташкент, 2005. – № 1-2. С. 90-

95.

12. Ш.М.Масадиков. Преимущества медиации как досудебного

способа разрешения споров // Материалы международной научно-

практической конференции «Актуальные проблемы и тенденции

развития гражданского законодательства». Опубликовано Ташкент:

ТГЮИ, 2005.С. 507-519.

13. Ш.М.Масадиков. Некоторые теоретические аспекты

применения медиации. //Вестник Высшего хозяйственного суда

Республики Узбекистан. – Ташкент, 2006. – № 1. С. 69-75.

14. Ш.М.Масадиков. Медиация – досудебный способ

разрешения споров// Кафедральные чтения молодых ученных

«Частное право: актуальные проблемы гражданского права». –

Ташкент: ТГЮИ, 2006.С. 22-27.Ш.М.Масадиков. Перспективы

применения медиации (посредничества) как досудебного способа

разрешения споров в правовой системе Республики Узбекистан// IV-

конференция молодых специалистов, получивших образование за

рубежом. – Ташкент: Фонд «Истеъдод», 2006. Т. XVI. С. 142-152.

Page 128: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

128

128

HAKAMLIK MUHOKAMASI

15. Ш.М.Масадиков. Сущность и способы разрешения споров

в режиме он-лайн//Обзор законодательства Узбекистана. – Ташкент,

2006. – № 4.С. 71-73.

16. Ш.М.Масадиков. Медиация как способ альтернативного

разрешения гражданско-правовых споров: опыт Франции. //Тошкент

давлат юридик институти Ахборотномаси. – Тошкент, 2007. – № 2.С.

76-79.

17. Ш.М.Масадиков. Медиация в США // Х.Р. Рахманку-

ловские чтения молодых ученых «Актуальные проблемы частного

права». – Ташкент: ТГЮИ, 2007.С.119-123.

18. Ш.М.Масадиков. Медиация по семейным делам во

Франции// Материалы научно-практической конференции «Оила

қонунчилигини такомиллаштириш муаммолари». – Ташкент: ТГЮИ,

2008.С. 113-117.

19. Ш.М.Масадиков. Разрешение международных

коммерческих споров посредством медиации//Материалы научно-

практической конференции «Гражданскому процессуальному кодексу

Республики Узбекистан 10 лет: прошлое, настоящее и будущее». –

Ташкент: ТГЮИ, 2008.С. 172-180.

20. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2012

yil 15 iyundagi “Xo‘jalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv

qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy

ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda qonun

hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 238-sonli qarori.

21. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2013

yil 24 maydagi "Chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini tan olish va ijroga

qaratish hamda chet davlat sudining topshirig‘ini ijro etish to‘g‘risidagi

ishlarning xo‘jalik sudlari tomonidan ko‘rilishida qonun hujjatlarini

qo‘llashning ayrim masalalari haqida"gi 248-sonli qarori.

22. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi

Hakamlik sudiga hakamlik sudyalarini qabul qilish to‘g‘risida Nizom

(O‘zR SSP Ijroiya qo‘mitasining 07.01.2008 y. 55-son Qarori bilan

tasdiqlangan).

23. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi

Hakamlik sudi to‘g‘risida Nizom (O‘zR SSP Ijroiya qo‘mitasining

08.10.2007 y. 43-son Qarori bilan tasdiqlangan).

24. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi

Hakamlik sudida taraflarning hakamlik yig‘imi, xarajatlari va chiqimlari

Page 129: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

129

129

HAKAMLIK MUHOKAMASI

to‘g‘risida Nizom (O‘zR SSP Ijroiya qo‘mitasining 08.10.2007 y. 43-son

Qarori bilan tasdiqlangan).

25. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi

hakamlik sudining Reglamenti (O‘zR SSP Ijroiya qo‘mitasining

08.10.2007 y. 43-son Qarori bilan tasdiqlangan).

Xorijiy adabiyotlar:

1. Леннуар Н.Н. Альтернативное разрешение споров: переговоры

и медиация: Учеб.-метод. пособие. - СПб.: Изд-во Санкт-

Петербургского института права имени Принца П.Г.

Ольденбургского, 2004. – 100 с.

2. Медиация в нотариальной практике (Альтернативные способы

разрешения конфликтов)/ Петер Фар [и др.]; отв. редакторы и; [пер. с

нем. С. Трушников]. – М.: Волтерс Клувер, 2005. – 388 с.

3. Шамликашвили Ц. Медиация как метод внесудебного

разрешения споров. – М.: «Межрегиональный центр управленческого

и политического консультирования», 2006. – 86 с.

4. Давыденко Д.Л. Мировое соглашение как средство

внесудебного урегулирования частноправовых споров: Автореф.

дис… канд. юрид. наук – М., 2004.

5. Кузбагаров А.Н. Примирение сторон по конфликтам

частноправового характера: Автореф. дис… докт. юрид. наук –

Санкт-Петербург, 2006.

6. Лазарев С.В. Мировое соглашение в гражданском

судопроизводстве: Автореф. дис… канд. юрид. наук – Екатеринбург,

2006.

7. Носырева Е. Альтернативное разрешение гражданско-

правовых споров в США: Автореф. дис… докт. юрид. наук –

Воронеж, 2001.

8. Alexander N. (ed.), Global Trends in Mediation. – Netherlands:

Kluwer Law International, 2006. – 480 p.

9. Alexander N. ‘What’s Law Got to do with it? Mapping Modern

Mediation Movements in Civil and Common Law Jurisdictions’ (2001) 13

Bond Law Review. <www.bond.edu.au/study-

areas/law/publications/BLR/vol13-2/index _vol13_2.html>.

10. Allen T. ‘Dealing with some legal questions about mediation’

2005).

Page 130: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

130

130

HAKAMLIK MUHOKAMASI

www.cedr.co.uk/index.php?location=/library/articles/legal_questions_abou

t_mediation .htm>.

11. Carroll E. and Mackie K. International Mediation – the Art of

Business Diplomacy. – Netherlands: Kluwer Law Internationa. – 2000. –

191 p.

12. Deason E. ‘The Quest for Uniformity in Mediation Confidentiality:

Foolish Consistency or Crucial Predictability?’ Illinois Public Law and

Legal Theory Research Papers. Nov. 2001. <http://papers.ssrn.com/

abstract=289402>. 13. Goldberg, S. B. (2003) Dispute Resolution: Negotiation, Mediation

and Other Processes, New York: Aspen Publishers.

14. Hornle J. ‘Disputes Solved in Cyberspace and the Rule of Law’

Journal of Information, Law & Technology.

<www.2.warwick.ac.uk/fac/soc/law/elj/ jilt/>.

15. Katsh E., Rifkin J. and Gaitenby A. ‘E-Commerce, E-Disputes,

and E-Dispute Resolution: In the Shadow of “eBay Law” Ohio State

Journal on Dispute Resolution. Vol. 15:3. – 2000. – pp. 705-734.

16. Katsh, M. E. (2001) Online Dispute Resolution: Resolving

Conflicts in Cyberspace, San Francisco: Jossey-Bass.

17. Kovach K. ‘The Evolution of Mediation in the United States: Issues

Ripe for Regulation May Shape the Future of Practice’ in Alexander N.

(ed.), Global Trends in Mediation. – Netherlands: Kluwer Law

International BV, 2006. – p. 390.

18. Kovach K. Mediation: Principles and Practice. – Minneapolis:

Thomson West, 2004. – p. 225.

19. Lukito К. ‘Religious ADR: Mediation in Islamic Family Law

Tradition’ Al-Jami‘ah, Vol. 44, No. 2. – 2006. – pp. 325-346.

20. Miryana Nesic, ‘Mediation – on the Rise in the United Kingdom?’

Bond Law Review Vol. 13.2. (2001).

<http://www.bond.edu.au/law/blr/vol13-2/Nesic.doc>.

21. Roebuck D. ‘Best to Reconcile’: Mediation and Arbitration in the

Ancient Greek World’ Arbitration (2002) 66. – pp. 275-87.

22. Tyler C. ‘115 and Counting: The State of ODR 2004’, in:

Proceedings of the third annual forum on online dispute resolution. (2004).

<http://www.odr.info/ unforum2004/ConleyTyler.htm.>.

23. Типовой закон ЮНСИТРАЛ о международной коммерческой

согласительной процедуре и Руководство по принятию и применению

2002 г. ООН, Нью-Йорк, 2004 г.

Page 131: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI ...files.tsul.uz/student/6.pdfqarorini qabul qilish bilan tugaydigan jarayon. Arbitraj – nizo bo‘yicha yakuniy va majburiy tusga ega

131

131

HAKAMLIK MUHOKAMASI

Elektron ta’lim resurslari:

1. http://www.lex.uz

2. http://www.oecd-library.org

3. http://www.jstore.org

4. http://www.legislature.ru

5. http: // www.norma.uz

6. http://www.law.uk.edu

7. http: // www.ziyonet.uz

8. http: // www.bookstore.uz

9. http: // www.pravo.uz