45
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI AKADEMIYA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAYLOV TIZIMI VA SAYLOV QONUNCHILIGI TOSHKENT 2014

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAYLOV TIZIMI VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2014-muhamedov...dan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. «Xalq deputatlari viloyat, tuman va

  • Upload
    others

  • View
    44

  • Download
    0

Embed Size (px)

Citation preview

Page 1: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAYLOV TIZIMI VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2014-muhamedov...dan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. «Xalq deputatlari viloyat, tuman va

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI

AKADEMIYA

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAYLOV TIZIMI VA SAYLOV

QONUNCHILIGI

TOSHKENT 2014

Page 2: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAYLOV TIZIMI VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2014-muhamedov...dan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. «Xalq deputatlari viloyat, tuman va

Tuzuvchi-mualliflar: yuridik fanlar doktori O‘.X.Muhamedov,

falsafa fanlari doktori, professor SH. O. Mamadaliyev, yuridik fanlar nomzodi, dotsent N.T.Ismoilov, yuridik fanlar nomzodi, dotsent B.A. Saidov

O‘zbekiston Respublikasi saylov tizimi va saylov

qonunchiligi: savol-javob: Saylovchilar uchun qo‘llanma / Tuzuvchi-mualliflar: O‘.X.Muhamedov, SH. O. Mamadaliyev,N.T.Ismoilov, B.A. Saidov — T.: O‘R IIV Akademiyasi, 2014.

Qo‘llanmada O‘zbekistonda saylov tizimi va saylov

qonunchiligi tushunchasi, mazmuni, mohiyati, saylov huquqining konstitutsiyaviy asoslari va tamoyillari, mamlakatimiz qonunchiligining xalqaro huquq normalariga hamohangligi, shuningdek fuqarolarning saylov huquqlari kafolatlari hamda saylov jarayoniga oid boshqa masalalar savol-javob shaklida qisqacha bayon etilgan.

Keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

© O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2014

Page 3: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAYLOV TIZIMI VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2014-muhamedov...dan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. «Xalq deputatlari viloyat, tuman va

3

«...Hayotimizda demokratik tamoyillar chuqur ildiz otishini istar ekanmiz, demokratiyaning bosh tamoyili bo‘lmish erkin saylovlar masalasiga alohida e’tibor qaratishimiz lozim»1.

I.A.KARIMOV

Saylov deganda nimani tushunasiz?

Saylov – demokratiyaning muhim mezoni. Xalq davlat hokimiyatining manbai sifatida saylovlar orqali davlat vakillik organlarini shakllantiradi. “Saylov” tushunchasi mansabdor shaxsning yoki qandaydir organning ovoz berish yo‘li bilan muqobillik asosida tashkil etilishni anglatadi. Shu boisdan saylash uchun bir necha muqobil subyekt mavjud bo‘ladi yoki, hech bo‘lmaganda, muqobil subyektsiz saylovda say-lashdan voz kechish imkoniyati kafolatlanishi lozim.

Ma’lumki, dunyoning rivojlangan demokratik mamlakatlari davlat hokimiyati organlarini say-lash orqali shakllantiradi. Saylov usuli qadimdan davlat hokimiyati oliy organlari faoliyatining qonuniyligini ta’minlagan. 1 Каримов И.А. Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. Т. 7. – Т.: Ўзбекистон, 1999. – Б. 310.

Page 4: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAYLOV TIZIMI VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2014-muhamedov...dan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. «Xalq deputatlari viloyat, tuman va

4

Saylov huquqi nima? Saylov huquqi – fuqarolarning muhim siyosiy

huquqlaridan biridir. Yuridik fanda ushbu huquq ikki turga – obyektiv va subyektiv saylov huquq-lariga bo‘linadi.

Obyektiv saylov huquqi deganda, saylov huquqi normalari tizimi, ya’ni asosiy prinsiplar, tizimlar, tartiblar, jarayonlar va saylovni tashkil qilish kafolatlari tushuniladi.

Subyektiv saylov huquqi deyilganda esa, davlat tomonidan ma’lum bir shaxsning saylovda qatnashishini (faol bo‘lmagan saylov huquqi yoki faol saylov huquqi) ta’minlanishi tushuniladi. Saylov huquqi siyosiy huquq va erkinliklar qatoriga kirgani uchun faqat biror bir davlatga mansub fuqarolargagina beriladi. Shuning uchun, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasiga binoan, O‘zbekiston Respub-likasida saylov huquqiga faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarigina ega bo‘ladilar.

Fuqarolarning davlat ishlarini boshqarishda, davlat hokimiyati organlari va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saylov yo‘li bilan shakl-lantirishda ishtirok etish huquqi eng muhim siyosiy huquqlardan biri hisoblanadi, chunki ushbu huquq

Page 5: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAYLOV TIZIMI VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2014-muhamedov...dan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. «Xalq deputatlari viloyat, tuman va

5

orqali fuqarolar davlat va jamiyat ishlarini bosh-qarishda ishtirok etadilar.

Saylov huquqining asosiy prinsiplari konstitu-tsiyalarda, aksariyat hollarda esa saylovlar to‘g‘-risidagi qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya-sining 32-moddasida O‘zbekiston Respublika-sining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga ega ekanliklari ta’kid-langan, Konstitutsiyamizning 117-moddasi esa aynan saylov tizimiga bag‘ishlangan. Shuningdek, «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi, «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi, «Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida»gi va «Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunlar bevosita saylov huquqini tartibga soluvchi qonunlardir.

Saylov instituti bilan bog‘liq bo‘lgan faol va faol bo‘lmagan saylov huquqlari kabi tushunchalar ushbu jarayonning mohiyatini anglashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Faol saylov huquqi, ya’ni saylash huquqi har bir fuqaroning davlatni boshqarishda o‘z vakillarini

Page 6: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAYLOV TIZIMI VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2014-muhamedov...dan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. «Xalq deputatlari viloyat, tuman va

6

saylash bilan bevosita ishtirok etishini ko‘zda tutadi. Bu huquqqa qonunda belgilangan ma’lum yoshga yetgan, muomalaga layoqatli, sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlan-mayotgan mamlakat fuqarolari ega bo‘ladilar.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasi 2-bandiga binoan, O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga yetgan barcha fuqaro-lari saylash huquqiga egadirlar. Yosh chegarasi turli mamlakatlarda turlicha belgilanishi mumkin. Braziliya va Eronda fuqarolar 16 yoshdan, Indo-neziyada 17 yoshdan saylash huquqiga ega bo‘lsalar, ayrim mamlakatlarda saylash huquqini olishga bo‘lgan chegara yosh ancha yuqori qo‘yil-gan. Masalan, Malayziya, Marokash, Boliviyada fuqarolar 21 yoshga to‘lganidan keyingina say-lash huquqiga ega bo‘ladilar. Rossiyada 2002 yil 20 dekabrda qabul qilingan qonunga ko‘ra saylov kunigacha 18 yoshga to‘lgan Rossiya fuqarosi saylash huquqiga ega. Fran-siyada ham 1974 yil 5 iyuldagi qonun bilan saylash huquqiga ega bo‘lish uchun belgilangan yosh 18 yosh qilib belgilangan.

Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganlar, ozodlikdan mahrum qilish joylarida saqlanayotganlar saylash huquqidan foydalana

Page 7: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAYLOV TIZIMI VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2014-muhamedov...dan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. «Xalq deputatlari viloyat, tuman va

7

olmaydilar, ya’ni ozodlikdan mahrum qilish joylarida saqlanayotganlarning saylash huquqi vaqtincha to‘xtatiladi.

Faol bo‘lmagan saylov huquqi, ya’ni saylanish huquqiga ham ma’lum yoshga yetgan, muomalaga layoqatli fuqarolar ega bo‘ladilar. Saylanish uchun ham bir qancha talablar mavjud.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozi-miga o‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylov-gacha kamida o‘n yil O‘zbekiston hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qo-nunchilik palatasiga saylanish huquqiga saylov kuni 25 yoshga to‘lgan, kamida 5 yil O‘zbekis-tonda muqim yashayotgan fuqarolar ega.

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari deputatligiga saylov kuni 21 yoshga to‘lgan, O‘zbekiston hududida kamida 5 yil muqim yashayotgan fuqarolar saylanish huqu-qiga ega.

Saylov tizimi nima?

Saylov tizimi davlat hokimiyati organlarini (keng ma’noda) shakllantirish taqozosi bilan

Page 8: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAYLOV TIZIMI VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2014-muhamedov...dan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. «Xalq deputatlari viloyat, tuman va

8

yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlar majmui. Saylov tizimi demokratik jamiyatning eng muhim va zarur unsurlaridan biri hisob-lanadi.

Saylov tizimi quyidagi prinsiplarga asosla-nadi: Saylovning umumiylik prinsipi, bunga ko‘ra muomala layoqatiga ega barcha fuqarolar saylovda ishtirok etadi. Saylovning erkinlik prinsipi bo‘yicha saylovda qatnashish-qatnash-maslikni, agar qatnashsa qay darajada qatna-shishi mumkinligini har bir saylovchining o‘zi hal etadi. Fuqarolarning o‘z xohish-irodasini bildirish tengligi prinsipi barcha fuqarolarning saylov natijalariga ta’sir o‘tkazish borasida teng imkoniyatlarga ega ekanligini nazarda tutadi. «Saylov tizimi» tushunchasi (tor ma’noda) nomzodlar o‘rtasida saylovchilar ovozlari nati-jalaridan kelib chiqib mandatlar taqsimlanishi sifatida talqin etish ham mumkin.

Saylov tizimining asosiy ikkita – majoritar va proporsional turi mavjud. O‘zbekistonda saylov tizimining majoritar turi amal qiladi. Majoritar tizimda saylovchi nomzodga to‘g‘ri-dan-to‘g‘ri ovoz bersa, proporsional tizimda partiyaviy ro‘yxatga ovoz beradi.

Page 9: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAYLOV TIZIMI VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2014-muhamedov...dan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. «Xalq deputatlari viloyat, tuman va

9

Saylovchi kim?

Saylovchi – faol saylov huquqiga ega O‘zbe-kiston Respublikasi fuqarosi (qarang: faol saylov huquqi). Ovoz berishni o‘tkazish va saylov natijalarini aniqlash uchun faol saylov huquqiga ega fuqarolar saylovchilar ro‘yxatiga kiritiladi.

Asosiy huquq – saylovda ovoz berishda ishtirok etish huquqidan tashqari, qonunchilikda fuqaroning boshqa bir qator huquqlari belgilan-gan va ularni ro‘yobga chiqarish kafolatlari ko‘zda tutilgan. «Fuqarolar saylov huquqlari-ning kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunga muvo-fiq, har bir fuqaroga uning saylov huquqlari sud yo‘li bilan himoya etilishi, saylov komissiya-larining, davlat organlarining mansabdor shaxs-lari, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xat-ti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish imko-niyatlari kafolatlanadi.

Saylovchilarning ro‘yxatlari qanday tartibda tuziladi?

Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni o‘n sakkiz yoshga to‘ladigan, ro‘yxat tuzilayotgan vaqtda mazkur saylov uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilib kelayot-

Page 10: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAYLOV TIZIMI VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2014-muhamedov...dan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. «Xalq deputatlari viloyat, tuman va

10

gan fuqarolarning familiyalari saylovchilar ro‘yxatiga kiritiladi.

Har bir saylovchi faqat bitta saylovchilar ro‘yxatiga kiritilishi mumkin.

Saylovchilar ro‘yxati har bir saylov uchastkasi bo‘yicha uchastka saylov komissiyasi tomonidan tuziladi va uni komissiya raisi bilan kotibi imzolaydi. Uchastka saylov komissiyasi saylovchilar ro‘yxatini tuzish ishida qatnashish-ga jamoatchilik vakillarini jalb etishi mumkin.

Tumanlar va shaharlarning hokimliklari say-lovchilar hisobga olinishini ta’minlaydilar ham-da uchastka saylov komissiyalariga tegishli hu-dudda istiqomat qiluvchi saylovchilar to‘g‘risida saylovchilar ro‘yxatini tuzish uchun zarur ma’-lumotlarni beradilar.

Harbiy qismlardagi harbiy xizmatchi-saylov-chilarning, shuningdek harbiy xizmatchilar oila a’zolari va boshqa saylovchilarning, agar ular harbiy qismlar joylashgan yerda istiqomat qilsa-lar, ro‘yxatlari harbiy qismlarning komandirlari taqdim etgan ma’lumotlar asosida tuziladi. Har-biy qismlardan tashqarida istiqomat qiluvchi harbiy xizmatchilar o‘zlarining yashash joylari bo‘yicha umumiy asoslarda saylovchilar ro‘yxa-tiga kiritiladilar.

Page 11: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAYLOV TIZIMI VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2014-muhamedov...dan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. «Xalq deputatlari viloyat, tuman va

11

O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlat-lardagi vakolatxonalari huzurida, sanatoriylar va dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa sta-tsionar davolash muassasalarida, qamoqda saq-lash joylarida tuzilgan saylov uchastkalari bo‘yi-cha saylovchilarning ro‘yxatlari mazkur muassa-salar (idoralar) rahbarlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida tuziladi.

Saylovchilarning familiyalari saylovchilar ro‘yxatlarida ovoz berishni tashkil etish uchun qulay bo‘lgan tartibda ko‘rsatiladi.

Ro‘yxatda har bir saylovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va yashash joyi manzili ko‘rsatiladi.

Saylovoldi tashviqoti nima?

Saylovoldi tashviqoti — saylov kampaniyasi davrida amalga oshiriladigan va saylovchilarni deputatlikka nomzodni yoki siyosiy partiyani yoqlab ovoz berishga undashga qaratilgan fao-liyat.

Saylovoldi tashviqoti deputatlikka nomzodlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘y-xatga olingan kundan e’tiboran boshlanadi. Say-lov kuni va ovoz berish boshlanishiga bir kun

Page 12: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAYLOV TIZIMI VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2014-muhamedov...dan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. «Xalq deputatlari viloyat, tuman va

12

qolganida saylovoldi tashviqotiga yo‘l qo‘yil-maydi.

Saylovoldi tashviqotini saylovchilarga bepul yoki imtiyozli shartlarda tovarlar berish, xizmat-lar ko‘rsatish (axborot xizmatlaridan tashqari), shuningdek pul mablag‘lari to‘lash bilan qo‘shib olib borish taqiqlanadi.

Saylov hujjatlariga qaysi hujjatlar kiradi? Saylovchilar ro‘yxatlari, saylov varaqalari,

saylov bulletenlari, saylov komissiyalarining qarorlari (bayonnomalari) va boshqalar. Saylov hujjatlarini qalbakilashtirish qonun hujjatlarida tutilgan javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Saylov bulleteni nima?

Saylov bulleteni – saylovchiga saylovlarda ovoz berish uchun taqdim etiladigan va uning tomonidan shaxsan to‘ldiriladigan, say-lovchining xohish-irodasi ifodasini aniqlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan belgilangan shakldagi hujjat. Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi deputatligiga saylovlar bo‘yicha saylov bulleteni namunasi va shaklini Markaziy saylov komissiyasi belgilaydi. Namunaga muvofiq okrug saylov komissiyasi saylov bulleteni

Page 13: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAYLOV TIZIMI VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2014-muhamedov...dan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. «Xalq deputatlari viloyat, tuman va

13

matnini tasdiqlaydi, uning tayyorlanishi va uchastka saylov komissiyalariga yetkazib berili-shini ta’minlaydi.

Saylov bulleteniga deputatlikka nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi alifbo tartibida kiritilib, uning tug‘ilgan yili, egallab turgan la-vozimi (mashg‘ulotining turi) va uni deputat-likka nomzod etib ko‘rsatgan siyosiy partiya ko‘rsatiladi.

Saylov bulletenlari davlat tilida, shuningdek okrug saylov komissiyasining qaroriga binoan saylov okrugining ko‘pchilik aholisi so‘zlasha-digan tillarda nashr etiladi.

Uchastka saylov komissiyalari saylov byul-letenlarini okrug saylov komissiyalaridan say-lovga kamida uch kun qolganida oladilar. Say-lov bulletenlari berilganligi va olinganligini tegishli okrug va uchastka saylov komissiya-larining raisi yoki rais o‘rinbosari yoxud kotibi o‘z imzosi bilan tasdiqlaydilar.

Uchastka saylov komissiyasi oladigan saylov byulletenlarining soni saylov uchastkasi bo‘yi-cha saylovchilarning ro‘yxatlariga kiritilgan say-lovchilar sonidan yarim foizdan ko‘p bo‘lishi mumkin emas. Saylov bulletenining o‘ng tomo-ni yuqori burchagiga uchastka saylov komissiya-sining ikki a’zosi imzo qo‘yadi, imzolar uchast-

Page 14: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAYLOV TIZIMI VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2014-muhamedov...dan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. «Xalq deputatlari viloyat, tuman va

14

ka saylov komissiyasining muhri bilan tasdiq-lanadi. Komissiya tomonidan tasdiqlanmagan saylov bulletenlari ovozlarni sanab chiqishda hisobga olinmaydi.

Saylov kampaniyasi qachon boshlanadi?

«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi Qonunning 19-moddasiga asosan saylov kampaniyasi boshlanganligi av-valgi chaqiriq Qonunchilik palatasi deputat-larining vakolat muddati tugashidan kamida uch oy oldin Markaziy saylov komissiyasi tomoni-dan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi Qonunning 19-moddasida ham xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylov yuzasidan saylov kampaniyasi boshlanganligi deputat-larning vakolat muddati tugashidan kamida uch oy oldin Markaziy saylov komissiyasi tomoni-dan e’lon qilishi mustahkamlab qo‘yilgan.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatligiga necha yoshdan saylanish mumkin?

Qonunchilik palatasiga saylanish huquqiga saylov kuni 25 yoshga to‘lgan hamda kamida

Page 15: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAYLOV TIZIMI VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2014-muhamedov...dan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. «Xalq deputatlari viloyat, tuman va

15

besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan fuqarolar egadir.

Saylov kuni yigirma bir yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston Respubli-kasi hududida muhim yashayotgan fuqarolar xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylanishi huquqiga ega.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida nechta deputatlik o‘rni mavjud?

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi (kuyi palata) besh yil mud-datga saylanadigan 150 deputatdan iborat. Qo-nunchilik palatasining bir yuz o‘ttiz besh depu-tati hududiy bir mandatli saylov okruglari bo‘yi-cha ko‘ppartiyaviylik asosida umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi. Qonunchilik palatasining 15 deputati Ekologik harakatining konferensiyasida harakat a’zolari tomonidan saylanadi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari necha yoshdan saylash huquqiga ega bo‘ladi?

O‘zbekiston Konstitutsiyasining 117-modda-siga asosan saylov kuni 18 yoshga to‘lgan respublika fuqarolari saylash huquqiga ega.

Page 16: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAYLOV TIZIMI VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2014-muhamedov...dan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. «Xalq deputatlari viloyat, tuman va

16

Saylovchi muddatidan oldin ovoz berishi mumkinmi?

«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi qonunning 41-moddasiga asosan saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi muddati-dan oldin ovoz berish huquqiga ega. Muddatidan oldin ovoz berish saylovga 10 kun qolganida boshlanadi va saylovga bir kun qolganida tugal-lanadi. Muddatidan oldin ovoz berishni amalga oshirish uchun saylovchi saylov kunida bo‘la olmasligi sabablari (ta’til, xizmat safari, chet elga chiqish va hokazo) ko‘rsatilgan ariza asosi-da o‘z yashash joyidagi uchastka saylov komis-siyasidan saylov varaqasini oladi. Saylovchi saylov varaqasini olganligi haqida uchastka say-lov komissiyasining kamida ikki nafar a’zosi hozirligida saylovchilar ro‘yxatiga imzo qo‘yadi. Saylov varaqasi maxsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida saylovchi tomonidan to‘ldiriladi. Saylovchi qaror qabul qiladi va to‘ldirilgan saylov varaqasini yopiq konvertda uchastka saylov komissiyasida qoldi-radi. Konvertning yelimlangan joyiga uchastka saylov komissiyasi ikki nafar a’zosining imzo-

Page 17: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAYLOV TIZIMI VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2014-muhamedov...dan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. «Xalq deputatlari viloyat, tuman va

17

lari qo‘yilib, ular komissiyaning muhri va say-lovchining imzosi bilan tasdiqlanadi.

Xorijiy davlatlarda vaqtincha istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolarining say-lash huquqi qanday ta’minlanadi?

«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi Qonunning 8-moddasiga muvofiq saylov uchastkalari O‘zbekiston Res-publikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxona-lari huzurida tuzilishi mumkin. Ushbu saylov uchastkalarida saylovchilarning ovoz berishi soat 6.00dan soat 20.00 gacha amalga oshiriladi. Saylov bulleteni ovoz beruvchi tomonidan yashirin ovoz berish kabinasi yoki xonasida to‘ldiriladi. Saylov bulletenini to‘ldirish vaqtida ovoz beruvchidan boshqa shaxslarning hozir bo‘lishi taqiqlanadi. Saylov byulletenini musta-qil ravishda to‘ldirish imkoniga ega bo‘lmagan saylovchi o‘z xohishiga ko‘ra, saylov komis-siyasi tarkibiga kiradigan shaxslardan, kuzatuv-chilardan va nomzodlarning ishonchli vakillari-dan boshqa biron kishini kabina yoki xonaga taklif qilishga haqli. Saylovda saylovchi o‘zi yoqlab ovoz berayotgan deputatlikka nomzod-ning familiyasi ro‘parasida, o‘ng tomonda joy-lashgan bo‘sh kvadratga belgi qo‘yadi.

Page 18: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAYLOV TIZIMI VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2014-muhamedov...dan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. «Xalq deputatlari viloyat, tuman va

18

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar ken-gashlariga saylov o‘tkazish uchun qancha saylov okruglari tuziladi?

Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazish uchun – 135 ta;

xalq deputatlari Jo‘qorg‘i kenges, viloyat va Toshkent shahar Kengashlariga saylov o‘tkazish uchun – 60 ta;

xalq deputatlari tuman va shahar Kengash-lariga saylov o‘tkazish uchun – 30 tadan ko‘p bo‘lmagan saylov okruglari tuziladi.

Davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov o‘tkazuvchi saylov komissiyalari qanday tashkil etiladi?

Markaziy saylov komissiyasi; hududiy saylov komissiyalari; okrug saylov komissiyalari; uchastka saylov komissiyalari.

Markaziy saylov komissiyasi necha a’zodan iborat?

Markaziy saylov komissiyasi o‘n besh nafar a’zodan iborat tarkibda tuziladi. U doimiy asosda faoliyat yuritadi.

Page 19: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAYLOV TIZIMI VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2014-muhamedov...dan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. «Xalq deputatlari viloyat, tuman va

19

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qanday maqomga ega?

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Preziden-ti saylovini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Maj-lisiga saylovni, shuningdek O‘zbekiston Res-publikasi referendumini tashkil etish va o‘tka-zish uchun o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi mustaqil organ.

Markaziy saylov komissiyasi va uning a’zo-lari o‘z faoliyatini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan mustaqil holda amalga oshiradi.

Markaziy saylov komissiyasi a’zolari qaror qabul qilishda siyosiy moyillar va boshqa yot ta’sirlardan xoli bo‘lgan o‘z nuqtai nazarini bil-diradi.

Markaziy saylov komissiyasining faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday arala-shuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Markaziy saylov komissiyasi a’zolari Qora-qalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi-ning, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyasi bo‘yicha O‘z-

Page 20: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAYLOV TIZIMI VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2014-muhamedov...dan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. «Xalq deputatlari viloyat, tuman va

20

bekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonun-chilik palatasi va Senati tomonidan saylanadi.

Markaziy saylov komissiyasining Raisi ko-missiya a’zolari orasidan O‘zbekiston Respub-likasi Prezidentining taqdimnomasi bo‘yicha ko-missiya majlisida saylanadi.

Yigirma besh yoshga to‘lgan, qoida tariqa-sida, oliy ma’lumotga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini va davlat hokimiyatining vakillik organlariga saylovni, referendumni tash-kil etish va o‘tkazish borasida ish tajribasiga ega bo‘lgan, jamoatchilik o‘rtasida obro‘-e’tibor qo-zongan hamda kamida oxirgi besh yil O‘zbekis-ton Respublikasi hududida doimiy yashab turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Markaziy saylov komissiyasining a’zosi bo‘lishi mumkin.

Saylov uchastkalari tuzish tartibi va normasi qanday?

Saylov uchastkalari saylovchilarga mumkin qadar ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida tu-manlar, shaharlar va shaharlardagi tumanlarning chegaralarini inobatga olgan holda tuziladi. Say-lov uchastkalari harbiy qismlarda ham tuziladi.

Sanatoriylar, dam olish uylari, kasalxonalar va boshqa statsionar davolanish muassasalarida,

Page 21: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAYLOV TIZIMI VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2014-muhamedov...dan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. «Xalq deputatlari viloyat, tuman va

21

olis va borish qiyin bo‘lgan yerlardagi fuqarolar turgan joylarda, qamoqda saqlash joylarida say-lov uchastkalari tuzilishi mumkin. Bu saylov uchastkalari o‘zlari joylashgan yerdagi saylov okruglari tarkibiga kiradi.

Saylov uchastkalari tuman, shahar hokimlik-larining taqdimnomasiga binoan, harbiy qismlarda – harbiy qismlar yoki harbiy qo‘shilmalar koman-dirlarining taqdimnomasiga binoan tuman, shahar saylov komissiyalari tomonidan tuziladi.

Saylov uchastkalari saylovdan kamida oltmish kun oldin tuziladi. Harbiy qismlarda, olis va borish qiyin bo‘lgan yerlarda ham saylov uchast-kalari ana shu muddatda, ayrim hollarda esa - istisno tariqasida saylovga kamida besh kun qolganida tuziladi.

Saylov uchastkalari, qoida tariqasida, kamida yigirma nafar va ko‘pi bilan uch ming nafar saylovchidan iborat etib tuziladi.

O‘zbekiston ekologik harakatidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarni saylash tartibi qanday?

O‘zbekiston ekologik harakatidan Qonunchi-lik palatasining o‘n besh deputati mazkur hara-katning oliy organi (Konferensiyasi) tomonidan

Page 22: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAYLOV TIZIMI VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2014-muhamedov...dan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. «Xalq deputatlari viloyat, tuman va

22

Markaziy saylov komissiyasi belgilaydigan muddatlarda saylanadi.

O‘zbekiston ekologik harakatidan Qonunchi-lik palatasi deputatligiga nomzodlar ko‘rsatish va ularni saylash tartibi Markaziy saylov komis-siyasi tomonidan belgilanadi.

O‘zbekiston ekologik harakatidan Qonunchi-lik palatasiga deputatlar sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish ochiq hamda oshkora amalga oshiriladi.

Qanday hollarda O‘zbekiston ekologik ha-rakatidan Qonunchilik palatasi deputatlari-ning takroriy saylovi o‘tkaziladi?

O‘zbekiston ekologik harakatidan Qonunchi-lik palatasi deputatligiga deputatlar saylovi o‘t-magan yoki haqiqiy emas deb topilgan hollarda O‘zbekiston ekologik harakatidan deputatlarning takroriy saylovi o‘tkaziladi.

O‘zbekiston ekologik harakatidan Qonunchi-lik palatasi deputatlarining takroriy saylovini o‘tkazish tartibi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputat-lari saylovi natijalarini e’lon qilish tartibi qanday?

Markaziy saylov komissiyasi saylov yakun-lari to‘g‘risidagi axborotni va Qonunchilik

Page 23: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAYLOV TIZIMI VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2014-muhamedov...dan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. «Xalq deputatlari viloyat, tuman va

23

palatasiga saylangan deputatlarning ro‘yxatini deputatlarning familiyasi, ismi, otasining ismini, tug‘ilgan yili, partiyaga mansubligi, egallab turgan lavozimi (mashg‘ulotining turi), ish va yashash joyi, saylov okrugining tartib raqami va nomini ko‘rsatgan holda o‘n kundan kechik-tirmay matbuotda e’lon qiladi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlarni ro‘yxatga olish tartibi qanday?

Markaziy saylov komissiyasi okrug saylov komissiyalaridan olingan bayonnomalar, O‘zbe-kiston ekologik harakati oliy organining tegishli qarori asosida Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlarni ro‘yxatga oladi va bu haqda deputatlarni xabardor etadi.

Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan shaxslar Markaziy saylov komissiyasiga Qonunchilik palatasi deputatining maqomiga to‘g‘ri kelmaydigan vazifalarni o‘z zimmasidan soqit qilganligi to‘g‘risida yozma ravishda ma’lum qilishi shart.

Deputat etib saylangan shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston ekologik harakatidan saylangan shaxs-lar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘y-

Page 24: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAYLOV TIZIMI VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2014-muhamedov...dan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. «Xalq deputatlari viloyat, tuman va

24

xatga olingan paytdan e’tiboran Qonunchilik pala-tasi deputati maqomiga ega bo‘ladi.

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengash-lariga saylov hududiy bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha ko‘p partiyalilik asosida besh yil muddatga o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatini shakllantirish tartibi qanday?

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati (yuqori palata) hududiy vakillik palatasi bo‘lib, Senat a’zolaridan (senatorlardan) tarkib topadi.

Senat a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda – olti kishidan saylanadi. Senatga saylov Qoraqal-pog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyat-lar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma majlis-larida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi.

Senatning o‘n olti nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan O‘zbekis-ton Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.

Senatning vakolat muddati – besh yil.

Page 25: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAYLOV TIZIMI VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2014-muhamedov...dan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. «Xalq deputatlari viloyat, tuman va

25

Senatga saylov qachon o‘tkaziladi?

Senatga saylov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari saylanganidan keyin bir oydan kechiktirmay o‘tkaziladi.

Senat a’zoligiga saylanadigan nomzodlarga qanday talablar qo‘yilgan?

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Ken-gesining, viloyat, tuman, shahar davlat hokimiyati vakillik organining saylov kuni yigirma besh yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan deputati Senat a’zoligiga saylanish uchun nomzod bo‘lishi mumkin.

Qanday hollarda Senat a’zolarining takroriy saylovi o‘tkaziladi?

Senat a’zolarining takroriy saylovi quyidagi hollarda o‘tkaziladi:

a) agar saylov haqiqiy emas deb topilgan bo‘lsa; b) agar takroriy ovoz berish natijasida belgilan-

gan miqdorda Senat a’zolari saylanmagan bo‘lsa. Ushbu modda birinchi qismining «b» bandida

nazarda tutilgan hollarda takroriy saylov saylanmay qolgan miqdordagi Senat a’zoligi uchun o‘tkaziladi.

Page 26: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAYLOV TIZIMI VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2014-muhamedov...dan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. «Xalq deputatlari viloyat, tuman va

26

Senat a’zolarining takroriy saylovi Senatga o‘tkazilgan asosiy saylovdan keyin ko‘pi bilan o‘n besh kunlik muddat ichida o‘tkaziladi.

Saylanmay qolgan miqdordagi Senat a’zoligiga nomzodlar ko‘rsatish va takroriy saylov o‘tkazish ushbu Qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Senatni shakllantirish yakunlarini e’lon qilish tartibi qanday?

Markaziy saylov komissiyasi Senatni shakllantirish yakunlari to‘g‘risidagi axborotni va Senat a’zolarining ro‘yxatini ularning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, egallab turgan lavozimi (mashg‘ulotining turi), ish va yashash joyini ko‘rsatgan holda o‘n kundan kechiktirmay matbuotda e’lon qiladi.

Siyosiy partiyaning vakolatli vakili kim?

Deputatlikka nomzod ko‘rsatgan siyosiy partiya saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etish uchun Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda vakolatli vakil tayinlashi mumkin. Vakolatli vakil nomzod ko‘rsat-gan siyosiy partiya a’zolari orasidan bo‘ladi.

Page 27: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAYLOV TIZIMI VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2014-muhamedov...dan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. «Xalq deputatlari viloyat, tuman va

27

Qaysi subyektlar nomzod ko‘rsatish huquqiga ega?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga, O‘z-bekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatami, xalq deputatlari viloyat kengashlariga siyosiy partiyalar, xalq deputatlari tuman, shahar kengashlariga siyosiy partiyalar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari nomzod ko‘rsatish huquqiga ega.

O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan saylovlarda xotin-qizlarga qanday e’tibor qaratilgan?

Faol saylov huquqi nuqtai nazaridan ular o‘zga jins vakillari bilan teng ko‘riladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Ken-gashlari deputatligiga ko‘rsatilayotgan nomzodlar-ning umumiy sonining kamida 30%ini xotin-qizlar tashkil etishi belgilangan

Ishonchli vakil kim?

Ishonchli vakil nomzod deputat etib saylanishi uchun tashviqot yuritadi, nomzod manfaatini davlat, jamoat birlashmalari organlari, saylovchilar bilan o‘zaro munosabatda himoya qiladi

Page 28: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAYLOV TIZIMI VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2014-muhamedov...dan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. «Xalq deputatlari viloyat, tuman va

28

Kuzatuvchi kim?

Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni yatkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek saylov kuni ovoz berish xonalarida va ovozlarni sanab chiqishda nomzod ko‘rsatgan siyosiy partiyalardan bittadan kuzatuvchi, ommaviy axborot vositalari vakillari, boshqa dav latlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlar-dan kuzatuvchilar qatnashish huquqiga ega. Kuza-tuvchiga belgilangan namunadagi mandatni Marka-ziy saylov komissiyasi manfaatdor tashkilotdan ariza olingandan keyin 5 kun ichida okrug saylov komissiyasi orqali yetkazadi.

Senatni shakllantirish yakunlarini e’lon qilish tartibi qanday?

Markaziy saylov komissiyasi Senatni shakllantirish yakunlari to‘g‘risidagi axborotni va Senat a’zolarining ro‘yxatini ularning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, egallab turgan lavozimi (mashg‘ulotining turi), ish va yashash joyini ko‘rsatgan holda o‘n kundan kechiktirmay matbuotda e’lon qiladi.

2014 yil 21 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovda necha nafar fuqarolar ishtirok etadi?

2014 yil 21 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovda mamlakatimizda ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan 20 mln. 800 ming nafar fuqarolar ishtirok etadi.

Page 29: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAYLOV TIZIMI VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2014-muhamedov...dan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. «Xalq deputatlari viloyat, tuman va

29

Fuqarolar saylovchilar ro‘yxati bilan qachon va kim tomonidan tanishtiriladi?

Saylovchilarning ro‘yxatlari saylovga o‘n besh kun qolganida, O‘zbekiston Respublikasining xori-jiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida, sanato-riylar va dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin bo‘lgan yerlarda, qamoqda saqlash joylarida tuzilgan saylov uchastkalarida esa saylovga yetti kun qolganida hamma tanishib chiqishi uchun taq-dim qilinadi.

Saylov kuni ovoz berish qayerda va qaysi vaqtda o‘tkaziladi?

Ovoz berish saylov kuni soat 6 dan soat 20 gacha o‘tkaziladi.

Saylov uchastkalarida ovozlarni sanab chiqishga qaysi saylov komissiyasi vakolatli?

Uchastka saylov komissiyalari ovozlarni sanab chiqishga vakolatli.

Saylovoldi tashviqoti qanday vositalar orqali amalga oshiriladi?

Saylovoldi tashviqoti: ommaviy axborot vositalari, shuningdek televideniye, umumiy foydalanishdagi axborot-telekommunikatsiya tarmoqlari (shu jumla-dan Internet jahon axborot tarmog‘i) orqali; bosma,

Page 30: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAYLOV TIZIMI VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2014-muhamedov...dan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. «Xalq deputatlari viloyat, tuman va

30

ko‘rgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materi-allarini (plakatlar, varaqalar va boshqa materiallarni) chiqarish hamda tarqatish orqali; saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.

Deputatlikka nomzodlarga saylovoldi tashvi-qotini ommaviy axborot vositalarida amalga oshi-rish uchun qanday imkoniyatlar yaratilgan?

Saylovoldi tashviqoti olib borilayotganda davlat ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda depu-tatlikka nomzodlarga, siyosiy partiyalarga hajmiga ko‘ra bir xil bo‘lgan efir vaqti va nashr maydonini bepul berish yo‘li bilan teng sharoitlar ta’minlanadi.

Siyosiy partiyalarning kuzatuvchisi qanday vakolatlarga ega?

okrug va uchastka saylov komissiyalarining maj-lislarida hozir bo‘lish;

muddatidan oldin ovoz berishda hozir bo‘lish; ovozlarni sanab chiqish va uchastka saylov

komissiyasining bayonnomalarini tuzishda hozir bo‘lish;

saylov natijalari to‘g‘risidagi hujjatlarning nusxa-larini so‘rab olish.

Siyosiy partiyalarning vakolatli vakili kim?

Saylov qonunchiligiga muvofiq, ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etish uchun siyosiy partiyalar tomonidan tayinlangan vakil shaxs.

Page 31: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAYLOV TIZIMI VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2014-muhamedov...dan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. «Xalq deputatlari viloyat, tuman va

31

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovida deputatlikka nomzodlarning ishonchli vakillari qancha bo‘ladi va ular qanday faoliyat ko‘r-satadi?

Deputatlikka nomzod 10 nafarga qadar ishonchli vakilga ega bo‘lishi mumkin. Ishonchli vakillar say-lovoldi tashviqotini olib borishga ko‘maklashadi. Saylovchilarni nomzodning tarjimai holi va say-lovoldi dasturi bilan tanishtiradi.

Deputatlikka nomzodlarning ishonchli vakil-lari saylov uchastkasida ovoz berish natijalarini hisoblashda ishtirok etadimi?

Deputatlikka nomzodlarning ishonchli vakillari-ga bunday vakolat berilmagan.

Qamoqda saqlanayotgan fuqarolar saylov-chilar ro‘yxatiga kiritiladimi?

Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni 18 yoshga to‘ladigan, ro‘yxat tuzilayotgan vaqtda qamoqda saqlash joylarida bo‘lgan fuqarolarning familiyalari saylovchilar ro‘yxatiga kiritiladi.

Ichki ishlar idoralari xodimlari saylanish hu-quqiga egami?

Ichki ishlar idoralari xodimlari nafaqat saylash, balki saylanish huquqga ham egadirlar. Ular depu-tatlik mandatini qo‘lga kiritsalar, vakolat muddatida

Page 32: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAYLOV TIZIMI VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2014-muhamedov...dan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. «Xalq deputatlari viloyat, tuman va

32

ichki ishlar idoralari tizimidagi faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turishadi.

Kimlar saylash huquqga ega emas? Xorijiy fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan hamda

sud tomonidan huquqiy layoqatga ega emas deb topilgan shaxslar.

Saylov jarayonining asosiy subyektlari kim-lar?

Saylov komissiyalari, siyosiy partiyalar va say-lovchilar.

IIV Akademiyasi tinglovchi va kursantlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga qaysi saylov okrugi orqali o‘z nomzodlarini say-lashadi?

IIV Akademiyasi tinglovchi va kursantlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodni 125-sonli Darhon saylov okrugi orqali saylashadi.

IIV Akademiyasi tinglovchi va kursantlari xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi de-putatligiga nomzodni qaysi saylov okrugi orqali saylashadi?

IIV Akademiyasi tinglovchi va kursantlari xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatligiga nomzodni 14-Intizor saylov okrugi orqali sayla-shadi.

Page 33: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAYLOV TIZIMI VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2014-muhamedov...dan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. «Xalq deputatlari viloyat, tuman va

33

IIV Akademiyasida qanday saylov uchastkasi tashkil etilgan?

IIV Akademiyasida tegishli okrug saylov komis-siyasi tomonidan 155-saylov uchastkasi tashkil etil-gan.

Akademiya professor-o‘qituvchilari qayerda ovoz berishadi?

Ular doimiy yoki vaqtincha turar joylarida tashkil etilgan saylov uchastkalarida saylovchilar ro‘yxatiga kiritiladilar va shu yerda ovoz beradilar.

Saylov komissiyalari a’zolari siyosiy partiyaga a’zo yoki deputatlikka nomzod bo‘lishlari mum-kinmi?

Yo‘q.

Siyosiy partiyalar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nechtagacha nomzod ko‘r-satishga haqli?

Ko‘pi bilan 135 ta.

Siyosiy partiyalar tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga ko‘rsatiladigan nom-zodlarning necha foizini ayollar tashkil etishi lozim?

30%.

Page 34: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAYLOV TIZIMI VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2014-muhamedov...dan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. «Xalq deputatlari viloyat, tuman va

34

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan xalqaro kuzatuvchi kim?

Xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar tomo-nidan saylov jarayonin kuzatish uchun yuborilgan vakolatli shaxs.

Xalqaro kuzatuvchi qanday vakolatga ega?

Xalqaro kuzatuvchi okrug va uchastka saylov komissiyalari majlislarida, saylov uchastkasida hozir bo‘lish, saylov qutilarining muhrlanishini, fuqarolarga saylov bulletenlarining berilishini kuzatish, ovozlarni sanab chiqishda va uchastka saylov komissiyasining bayonnomasini tuzishda hozir bo‘lish, saylov natijalari to‘g‘risidagi hujjat-larning nusxasini so‘rab olish.

Saylov qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik nazarda tutilganmi?

Fuqarolarning saylash va saylanish, saylovoldi tashviqoti olib borish huquqlarini amalga oshirish-lariga zo‘ravonlik, aldash, tahdid qilish yoki boshqa yo‘l bilan qarshilik ko‘rsatuvchi shaxslar, shuning-dek soxta saylov hujjatlari tuzgan, ovozlarni atayin noto‘g‘ri sanab chiqqan, ovoz berish yashirinligini buzgan yoki boshqacha tarzda buzilishiga yo‘l qo‘y-gan saylov komissiyalarining a’zolari, boshqa man-sabdor shaxslar, siyosiy partiyalarning vakillari qo-

Page 35: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAYLOV TIZIMI VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2014-muhamedov...dan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. «Xalq deputatlari viloyat, tuman va

35

nunga muvofiq javobgar bo‘ladilar. Deputatlikka nomzod to‘g‘risida soxta ma’lumotlarni e’lon qilgan yoki o‘zgacha tarzda tarqatgan shaxslar ham javob-garlikka tortiladilar.

Page 36: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAYLOV TIZIMI VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2014-muhamedov...dan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. «Xalq deputatlari viloyat, tuman va

36

ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining qarori

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga

saylov bo‘yicha saylov kampaniyasi boshlanishini e’lon qilish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining

117-moddasi ikkinchi qismi va «Davlat hokimiyati vakillik organlariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining navbatdagi saylovi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konsti-tutsiyaviy qonunining 1-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonun-chilik palatasiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov dekabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida — 2014 yil 21 dekabrda o‘tkazi-lishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonun-chilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovni saylov qonun-chiligiga, umum e’tirof etilgan xalqaro normalar

Page 37: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAYLOV TIZIMI VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2014-muhamedov...dan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. «Xalq deputatlari viloyat, tuman va

37

va standartlarga to‘la muvofiq holda o‘tkazilishini ta’minlash, shuningdek, siyosiy partiyalar, fuqaro-larga davlat hokimiyati vakillik organlarini shakllantirishda ishtirok etish konstitusiyaviy huquqini amalga oshirishda zarur tashkiliy-huqu-qiy shart-sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekis-ton Respublikasi Konstitusiyasining 117-modda-siga, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasiga, «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni-ning 19-moddasiga va «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-modda-siga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

QAROR QILADI:

1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov bo‘yicha saylov kampaniyasi 2014 yil 15 sentabrdan boshlanishi e’lon qilinsin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovini

Page 38: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAYLOV TIZIMI VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2014-muhamedov...dan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. «Xalq deputatlari viloyat, tuman va

38

o‘tkazuvchi har bir saylov okrugiga to‘g‘ri keladigan saylovchilar normasi o‘rtacha 154 ming saylovchi hisobidan belgilansin.

3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokim-liklari 2014 yil 27 sentabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonun-chilik palatasiga deputatlar saylovini o‘tkazuv-chi saylov okruglari tuzish bo‘yicha taqdim-nomalar kiritsin.

4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovini o‘tkazuvchi 135 ta saylov okrugi tuzilsin, ular-ning chegaralari hamda saylovchilar soni ko‘rsa-tilgan ro‘yxati 2014 yil 7 oktabrga qadar mat-buotda e’lon qilinsin.

5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari 2014 yil 2 oktabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov ko-missiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Maj-lisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarining a’zoligiga nomzodlar tavsiya etsin.

6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi ok-

Page 39: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAYLOV TIZIMI VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2014-muhamedov...dan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. «Xalq deputatlari viloyat, tuman va

39

rug saylov komissiyalarining shaxsiy tarkibi 2014 yil 12 oktabrga qadar tasdiqlansin.

7. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respub-likasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari: 2014 yil 22 oktabrga qadar saylov uchastkalarini;

2014 yil 11 noyabrga qadar uchastka saylov komissiyalarini tuzadilar.

8. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respub-likasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi tegishli okrug saylov komissiya-lariga:

tuman, shahar hokimliklari 2014 yil 12 oktabr-ga qadar saylov uchastkalarini tuzish bo‘yicha taqdimnomalar kiritadi; xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari 2014 yil 1 noyabrga qadar uchastka saylov komissiyalarining a’zoligiga nomzodlar tavsiya etadi.

9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qonunda belgilangan tartib va mud-datda O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalarini tuzish uchun O‘zbekiston Res-publikasi Markaziy saylov komissiyasiga taq-dimnoma kiritsin.

10. Qonunda belgilangan tartibda tuziladigan saylov uchastkalari va uchastka saylov komis-

Page 40: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAYLOV TIZIMI VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2014-muhamedov...dan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. «Xalq deputatlari viloyat, tuman va

40

siyalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi saylovi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari saylovi uchun yagona hisoblansin.

11. Belgilansinki, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq:

ciyosiy partiyalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylovda ishtirok etish uchun tegishli hujjatlarni O‘zbekis-ton Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga 2014 yil 12 oktabrga qadar taqdim etishlari lozim;

siyosiy partiyalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ko‘rsatish 2014 yil 17 oktabrda boshlanadi va 2014 yil 6 noyabrda tugaydi;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qo-nunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarni ro‘yxatga olish uchun siyosiy partiyalardan hujjatlar qabul qilish 2014 yil 9 noyabrda to‘xtatiladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Maj-lisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod-larni ro‘yxatga olish 2014 yil 16 noyabrda tugaydi;

Page 41: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAYLOV TIZIMI VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2014-muhamedov...dan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. «Xalq deputatlari viloyat, tuman va

41

manfaatdor tashkilotlar o‘z kuzatuvchilari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Maj-lisi Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalariga 2014 yil 6 dekabr-ga qadar ma’lum qilishlari lozim.

12. Uchastka saylov komissiyalari: saylovchilar ro‘yxatlarini hamma tanishib

chiqishi uchun 2014 yil 6 dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlat-lardagi vakolatxonalari huzurida, sanatoriylar va dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin bo‘lgan yerlarda, qamoqda saqlash joylarida tuzilgan saylov uchastkalarida esa 2014 yil 14 dekabrga qadar taqdim qilishi;

saylovchilar ro‘yxati bilan tanishish joyi hamda vaqti to‘g‘risida saylovchilar o‘z vaqtida xabardor qilinishini ta’minlashi;

2014 yil 11 dekabrga qadar saylovchilarni ovoz berish vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor etishi;

2014 yil 11 dekabrdan 19 dekabrga qadar muddatidan oldin ovoz berishni o‘tkazishi ma’-lumot uchun qabul qilinsin.

13. Qayd etilsinki, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi O‘zbekiston

Page 42: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAYLOV TIZIMI VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2014-muhamedov...dan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. «Xalq deputatlari viloyat, tuman va

42

Respublikasi Qonunining 27 va 38-moddalariga muvofiq:

saylovoldi tashviqoti deputatlikka nomzodlar ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran boshlanadi va 2014 yil 19 dekabrda tugaydi. Saylov kuni va ovoz berish boshlanishiga bir kun qolganida saylovoldi tashviqotiga yo‘l qo‘yilmaydi;

ovoz berish 2014 yil 21 dekabrda soat 6 dan soat 20 gacha o‘tkaziladi.

14. Belgilab qo‘yilsinki, «O‘zbekiston Res-publikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 42 va 43-moddalariga muvofiq:

uchastka saylov komissiyalari 2014 yil 21 dekabrda ovoz berish tugagach, ovoz berish yakunlarini chiqarishga kirishadi, komissiya majlisida ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha bayonnoma tuzadi va uni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonun-chilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyasiga taqdim etadi. Saylov qonunchiligi talablariga muvofiq bayonnoma uchastka saylov komissiyasining raisi yoki rais o‘rinbosari tomonidan o‘qib eshittiriladi hamda mazkur ba-yonnomaning ko‘chirma nusxasi uchastka saylov komissiyasi binosida hamma tanishib chiqishi

Page 43: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAYLOV TIZIMI VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2014-muhamedov...dan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. «Xalq deputatlari viloyat, tuman va

43

uchun 48 soatdan kam bo‘lmagan muddatga osib qo‘yiladi;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qo-nunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari uchastka saylov komissiya-lari tomonidan taqdim etilgan bayonnomalar asosida saylov okrugi bo‘yicha saylov natijalar-ini aniqlaydi va Markaziy saylov komissiyasiga 2014 yil 25 dekabrga qadar belgilangan tartibda bayonnoma taqdim etadi.

15. Saylov yakunlari to‘g‘risidagi axborot hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylangan depu-tatlarning ro‘yxati 2014 yil 31 dekabrga qadar matbuotda e’lon qilinsin.

16. Agar saylov okrugi bo‘yicha deputatlikka ikki nafardan ortiq nomzod qo‘yilgan bo‘lsa-yu, ulardan birontasi ham saylanmasa, okrug saylov komissiyasi okrugda 2015 yil 4 yanvarga qadar takroriy ovoz berishni o‘tkazish haqida qaror qabul qiladi.

17. «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 471-moddasiga muvofiq O‘zbekis-ton ekologik harakatidan O‘zbekiston Respubli-kasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputat-

Page 44: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAYLOV TIZIMI VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2014-muhamedov...dan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. «Xalq deputatlari viloyat, tuman va

44

lari saylovi bo‘yicha O‘zbekiston ekologik hara-katining Konferensiyasi belgilangan tartibda 2014 yil 21 dekabrda o‘tkazilsin.

18. Belgilab qo‘yilsinki, saylovga tayyor-garlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Mar-kaziy saylov komissiyasi, tuziladigan saylov ko-missiyalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, saylov to‘g‘risidagi qonun-larga, 2014 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar Dasturiga qat’iy muvofiq ravishda amalga oshiriladi.

19. Mazkur qaror ommaviy axborot vosita-larida e’lon qilinsin. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi M. ABDUSALOMOV

Toshkent shahri, 2014 yil 11 sentabr

Page 45: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAYLOV TIZIMI VA ...akadmvd.uz/wp-content/uploads/2014-muhamedov...dan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. «Xalq deputatlari viloyat, tuman va

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAYLOV TIZIMI VA SAYLOV

QONUNCHILIGI

Saylovchilar uchun qo‘llanma

Texnik muharrir D. R. Djalilov

Bosishga ruxsat etildi 15.11. 2014. Nashriyot hisob tabag‘i 2,0. Adadi 1,5. Buyurtma

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi

100197, Toshkent sh., Intizor ko‘ch., 68