55
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI “Pedagogika” fakulteti “San’at” kafedrasi TASVIRIY SAN’AT TARIXI FANIDAN Mavzu: “Samarqand va Hirot nafis tasviriy san’at maktabi” Bajardi: 2“A” guruh talabasi – Sobirov Firdavs Ilmiy rahbar: “San’at” kafedrasi o’qituvchisi – Avliyoqulova N. 1

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewUsta rassom va nozik dil soxibi Behzod san’atini XV asr oxiri XVI asr boshlarida yashagan Hirot solnomachisi Zayniddin Vosifiy yodnomalaridan

  • Upload
    lylien

  • View
    378

  • Download
    10

Embed Size (px)

Citation preview

Page 1: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewUsta rassom va nozik dil soxibi Behzod san’atini XV asr oxiri XVI asr boshlarida yashagan Hirot solnomachisi Zayniddin Vosifiy yodnomalaridan

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI

“Pedagogika” fakulteti

“San’at” kafedrasi

TASVIRIY SAN’AT TARIXI FANIDAN

Mavzu: “Samarqand va Hirot nafis tasviriy san’at maktabi”

Bajardi: 2“A” guruh talabasi – Sobirov Firdavs

Ilmiy rahbar: “San’at” kafedrasi o’qituvchisi – Avliyoqulova N.

Kafedra mudiri: p.f.n dotsent - Madrimov B.X.

Buxoro-2014 yil

1

Page 2: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewUsta rassom va nozik dil soxibi Behzod san’atini XV asr oxiri XVI asr boshlarida yashagan Hirot solnomachisi Zayniddin Vosifiy yodnomalaridan

Mavzu: “Samarqand va Hirot nafis tasviriy san’at maktabi.”

Reja

I. Kirish

II. Asosiy qism

2.1.Temuriylar davri Samarqand va Hirot miniatyura maktabi

2.2. O’zbekiston xalq amaliy san’ati

2.3. Samarqandda ustoz-shogird ananasi

2.4. Samarqand va Hirotda Kamoliddin Behzod hayoti va faoliyati

Xulosa

Ilovalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

2

Page 3: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewUsta rassom va nozik dil soxibi Behzod san’atini XV asr oxiri XVI asr boshlarida yashagan Hirot solnomachisi Zayniddin Vosifiy yodnomalaridan

KIRISH

O’zbekiston tasviriy dastgoh san’ati juda qisqa vaqtda rivojlanib, katta

yutuqlarga erishdi. O’zbekiston san’ati zafarli yo’lni bosib o’tdi. Respublikamiz

rassomlari ko’pgina ko’rgazmalarda faol ishtirok etib, san’atimiz ta’sirchanligining

ortib borayotganini namoyish etdilar. Bizning rassomlarimiz ko’pgina janrlarda

ijod qilib kelmoqdalar, manzara, natyurmort, portret va boshqa. Natyurmortda

bozorlarimizning to’lib toshgan noz-ne’matlarini, manzara janrida esa,

o’lkamizning go’zalligini va bepoyonligini, oddiy tabiat ko’rinishidagi go’zallikni

to’laqonli ifodalashga harakat qilmoqlar. Shu bilan birga qadimdan qolgan butun

dunyoga taniqli ajib me’morchilikning nodir yodgorliklarini o’z asarlarida

ko’rsatdilar. Portret janrida esa Vatanimizning ilg’or kishilarini, mehnatkash

xalqni, shoir, rassom, musiqachilarni tasvirladilar. Bizning O’zbekiston Vatanimiz

ajoyib iste’dodli rassom va haykaltaroshlarni etkazib berdi. Bular ichida Iskandar

Ikromov, Chingiz Ahmarov, Malik Nabiev, Mannon Saidov, Damir Ro’ziboev,

Ilhom Jabborov, Javlon Umarbekov, Bahodir Jalolov, Alisher Mirzaev, Akmal

Ikromjonov, Ne’mat O’akimov, Osimxon Vosixonov, Temur Sa’dullaev, o’ofur

Abdurahmonovlar alohida mavqega ega. O’zbekiston xalq rassomi Alisher

Mirzaev rangtasvir ustasi xalqimiz an’analariga, boy va sermazmun o’tmish

tasviriy san’at merosiga hurmat bilan qaraydi. Rassom o’z xalqiga xos psixologik

kechinmalarni chuqur tahlil qila oladi. Rassom ona-tabiat bag’rida o’zbekona

an’analarni, to’ylarni, beg’ubor o’zbek bolalarini, lobar qizlarni, mushtipar onalar

kabi obrazlarni aks ettira olishga muvaffaq bo’ldi. Jumladan, “Toshkent - tinchlik

va do’stlik shahri” triptixi, “Bola xonada”, “Intizorlik”, “Yosh oila haqida qo’shiq”

kabi o’nlab asarlar moybo’yoqda yaratilgan. Umuman rassom tabiat va jamiyatda

bo’layotgan o’zgarishlarni e’tiborsiz qoldirmaydi. Rassom rangtasvirlarga shunday

jon bag’ishlaydiki, undagi go’zallik sirlari odamlarni ezgulikka etaklaydi. Rassom

asarlari bugungi kunda xalqimiz hurmatini qozonish bilan birga, ko’pgina xorijiy

davlatlarda ham ma’lum va mashhurdir.

3

Page 4: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewUsta rassom va nozik dil soxibi Behzod san’atini XV asr oxiri XVI asr boshlarida yashagan Hirot solnomachisi Zayniddin Vosifiy yodnomalaridan

Bahodir Jalolov ham O’zbekiston xalq rassomi bo’lib, zamonaviy rangtasvir

san’ati rivojiga katta hissa qo’shib kelayotgan iste’dodli rassomlardan biridir.

B.Jalolov tasviriy san’at borasidagi tahsilni davom ettirib, keyinchalik

Ch.Ahmarov, R.Choriev, E.P.Melnikov, B.D.Korolyovlardan tasviriy san’at

sirlarini o’rgandi. Shu sababli ham u yaratgan portretlarda yuksak mahorat aniq

ko’zga tashlanib turadi. Uning ijodidagi tuyg’ular uyg’unligi tomoshabinni o’ziga

mahliyo etib qo’yadi. U portret san’atida ko’p yutuqlarga erishdi. Uning to’laqonli

asarlarida o’zbek xalqining sevimli farzandlari siymosi o’z ifodasini topgan. U bir

katta seriya portretlarni yaratadi, bular ichida akademiklar, rassom va boshqa

taniqli odamlar obrazlari bor. B.Jalolov ijodida olam sirlari o’zgacha talqin etiladi.

Bunga, “Gul va Rayhon afsonasi”, “Nido”, “Baxt qushi”, “Abadiy va navqiron

Hindiston”, “XXI asr Madonnasi” kabi ko’plab asarlarini misol qilib keltirish

mumkin.

4

Page 5: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewUsta rassom va nozik dil soxibi Behzod san’atini XV asr oxiri XVI asr boshlarida yashagan Hirot solnomachisi Zayniddin Vosifiy yodnomalaridan

II. Asosiy qismMustaqil O’zbekiston tarixiga bag’ishlangan O’zbekiston xalqlari tarixiy

muzeyi devoriga ishlangan monumental ko’rinishdagi surat jiddiy va mazmunli

tarixiy dalillar orqali salobatli tasvirlanishi bilan har qanday tomoshabin e’tiborini

o’ziga jalb qila oladi. Polotnoni kuzatgan tomoshabin boy tarix sahifalariga ega

bo’lgan o’zbek xalqining buyuk va qudratli ekanligiga yana bir bor ishonch hosil

qiladi. B.Jalolov ijodi shu jihati bilan qadrlidir.

Haykaltaroshlik san’atining o’lkamiz hududidagi zamonaviy jihatlarini

ijodkor Damir Ro’ziboev faoliyatida yaqqol qurish mumkin. Dastlab rangtasvir va

grafika san’ati bilan shug’ullangan D.Ro’ziboev haykataroshlik olamiga asoan 60

yillarda kirib keldi. San’atkor ijodida shakl va hajmlarning o’ziga xosligini

harakatlarni tabiiylik bilan tasvirlanishi, u tanlagan mavzularning rang-barang va

keng qamrovligidan ham yaqqol sezish mumkin. Uning bir qancha haykallarida

xalqimizning madaniy hayoti va ziyolilar qiyofasini aks ettirgan asarlariga duch

kelamiz. Shu bilan birga u portret janrida ham ijod qiladi. San’atshunos olim

R.Toqtash obrazi, rassom V.Savistkiy va Saida portretlarida zamondoshlarimiz

obrazlari to’laqonli o’z ifodasini topgan. D.Ro’ziboev haykaltaroshlik san’atida

katta bir maktabni o’tab kelayotir. Uning izlanishlari rang-barang uslublarga boy.

Buni biz san’atkor ijodida rangli haykaltaroshlik san’atining yuzaga kelganligi

orqali guvohi bo’lishimiz mumkin. Ro’ziboev haykallaridagi shakl va hajmlarga

bo’yoq berish bilan ularning sehrli olamini yanada mo’’jizali qila oladi. San’atkor

bu bilan qoniqmasdan haykalda aks ettirilayotgan voqeani rangin sirlarini

matolarda yanada to’ldiradi. Yana bir muhim tomoni D.Ro’ziboevning izlanishlari

kelajak muammolarini talqin qilishga qaratilgan. San’atkor ko’tarinki ruh bilan

musiqa, rangtasvir asarlarini o’rganib, o’z haykallarida mujassamlashga intiladi.

O’aykaltaroshning ajoyib fazilatlaridan yana biri uning asarlarida hissiy

mazmundorlik boyib borayotganligidadir. Ana shunday mazmundorlik orqali u

inson ma’naviyatini tobora to’laroq qamrab ifodalashga harakat qiladi. O’zbekiston

tasviriy san’ati tarixi - jahon tasviriy san’ati tarixining ajralmas qismidir.

5

Page 6: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewUsta rassom va nozik dil soxibi Behzod san’atini XV asr oxiri XVI asr boshlarida yashagan Hirot solnomachisi Zayniddin Vosifiy yodnomalaridan

O’zbekiston san’ati boy merosga ega. O’ozirgi zamonda esa bizning rassomlarimiz

va haykaltaroshlar butun dunyoga taniqli bo’lib qolgan. Dekorativ-amaliy

san’atimiz esa qadim zamonlardan odamlarni zavqlantirib kelgan. Ustalarimiz ijodi

nafaqatgina mustaqil O’zbekistonda, balki boshqa mamlakatlarda ham o’z obro’-

e’tiboriga ega.

6

Page 7: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewUsta rassom va nozik dil soxibi Behzod san’atini XV asr oxiri XVI asr boshlarida yashagan Hirot solnomachisi Zayniddin Vosifiy yodnomalaridan

2.1.Temuriylar davri Samarqand va Hirot miniatyura maktabi

Temuriylar davrida Samarqand miniatyura maktabi faoliyatini yirik

san’atshunos va tarixchilardan A. Pugachenkova, L.I. Rempel, T. Maxmudov, N.

Norqulov, I. Nizomiddinov, O. Usmonov va boshqalar o’z ishlarida ochib

berganlar. O. Usmonov Samarqand miniatyura maktabi mavjudligini belgilovchi

asarlar ro’yxatini keltirgan. (O.Usmonov, Kamoliddin Behzod va uning naqqoshlik

maktabi, T, «Fan», 1977)

Yirik san’atshunos olim T. Maxmudov yuqoridagi fikrlarga ko’shilgan holda

«Kamoliddin Behzod tomonidan yaratilgan nafis tasviriy san’at maktabi (uni

Afgonistonlik san’atshunos olimlar «Hirot maktabi» ham deb ataydilar) XIV- XV

asrlarda Movarounnaxrda vujudga kelgan Samarqand nafis tasviriy san’at

maktabining tadrijiy davomi bo’lib, u bilan o’zaro mustaxkam aloqada va bir -

biriga ta’sir qilib rivojlangan» degan fikrni olga suradi. («Behzod maktabi haqida

muloxazalar», «Guliston» №1 1996).

«Samarqand, - deb yozgan edi Afgonistonlik professor Abdulxay Xabibiy,

hamisha osiyodagi ilm, madaniyat va san’atning ulkan va ajoyib markazi bo’lib

kelgan. Samarqand, Hindiston, Eron, Hirot, Arab mamlakatlari shaxarlari bilan bir

qatorda Hirot, Balx, Kandaxor, Jo’zjon, Taxor kabi shaxarlari bilan ham doimiy va

iqtisodiy aloqalarda bo’lgan. Hirotlik Behzod yoqqan san’at va nafosat

mash’alasining so’nmas nurlari Isfaxon, Tabriz, Istambul, Buxoro va

Samarqandgacha borib yetdi. Adabiyot va san’at soxasidagi mustaxkam

alokalarimiz xalqlarimizni shu darjada bir-birlariga yaqinlashtirib, XIV - XV

asrlar davomida yaratilgan bir ajoyib mushtarak madaniyatning ikkala muqaddas

beshigi hisoblanadi». (O. Usmonov).

XV asr boshlaridan boshlab sharq miniatyurasi rivojida yangi bosqich

boshlanadi. Buning asosiy sababi markazlashtirilgan Temuriylar imperiyasi

davlatlari tizimidir. 1365 yilda Movarounnaxrda hukmronlik qilgan Temur O’rta

Osiyodan mo’gullarni haydab chiqaradi. Xorazm va Boltiq bo’yi mamlakatlarini

bosib oldi. So’ngra Eron, Iroq, Suriya, Turkiya, Hindiston safariga tayyorgarlik

ko’rila boshlandi. XVI asr boshlarida Temur O’rtayer dengizidan Hindistongacha 7

Page 8: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewUsta rassom va nozik dil soxibi Behzod san’atini XV asr oxiri XVI asr boshlarida yashagan Hirot solnomachisi Zayniddin Vosifiy yodnomalaridan

bo’lgan xududda katta davlatni barpo etdi. Sharq va Garbiy YYevropa

mamlakatlari bilan aloqalar o’rnatildi. Bular haqidagi ma’lumotlarni

Samarqanddagi ispan elchisi Klavixo de Gonsales yodnomalarida ko’rish mumkin.

U Samarqandni «Yer sharining nur sochuvchi nuqtasi», - deb ta’riflaydi. Xalqaro

savdo – sotiq keng avj oladi, poytaxt fan, madaniyat va san’at markaziga aylanadi.

Movarounnaxrga ko’zga ko’ringan olimlar va adabiyotchilar, me’mor va

xunarmandlar, rassomlar va hattotlar olib kelindi. Natijada yaqin sharq va osiyo

xalqlari badiiy madaniyatlari qo’shilib, san’atda yangi usulga poydevor qo’yildi.

Temurning o’limidan so’ng ham Samarqand uning naberasi Ulugbek raxbarligida

fan va madaniyat markazi bo’lib qoldi. Hirot madaniyati ham shu qatorda bo’lib,

mamlakatni Temurning o’gli Shoxrux Mirzo boshqargan. XIV asr oxiri XV asr

boshlarida Samarqandda Temur saroyida yirik miniatyurachi musavvirlar ijod

qilgan. Jumladan, tarixiy manbalarda asoslanishicha, Samarqand badiiy

ustaxonalari boshligi bo’lgan Bogdodlik usta Abdulxay Shuxrat qozongan. O’rta

Osiyo rassomlari biografiyasi Muhammad Do’stning ma’lumotiga asosan

o’shandan beri «Uning uslubi bo’yicha, biror boshqa kishi yozolmas edi – deb

yozib qo’ygan edi. Do’st Muhammad, - xech bir musavvir Abdulxay uslubini

chetlab o’tolmadi, barchasi shu uslubda chizishga intildi. Bu davrda ijod qilgan

Shayx Muhammad Taliliy, Pir Axmad Bogi Shamoliy, Muhammad Ibn

Maxmudshox Al Xayyom ham Abdulxayning shogirdlari hisoblanadi».

Temurning naberasi Mirzo Ulugbek (1409-1449) davrida miniatyura san’ati

yuksak rivojlangan. Uning nomi nafaqat xukmron podshox, balki yirik olim va fan,

san’atning xomiysi sifatida ham mashxurdir. Uning xukmronlik davrida shaxar

qurilishi, arxitekturasi, badiiy xunarmandchilik, adabiyot va san’atning gullashi

bilan xarakterlidir. Ulugbekning eng asosiy qiziqishi astronomiya soxasi bo’lib, u

tomondan taniqli olimlar jalb qilinib, xech kayerda u bilan tenglasha olmaydigan

mashxur observatoriya qurilgan. Ulugbek miniatyuranavis musavvirlarning ham

ijodini qo’llab-quvvatlagan. Xatto bu vaktda Samarqandda musavvirlar ko’chasi

«Kui-Naqqoshon» bo’lgan.

8

Page 9: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewUsta rassom va nozik dil soxibi Behzod san’atini XV asr oxiri XVI asr boshlarida yashagan Hirot solnomachisi Zayniddin Vosifiy yodnomalaridan

XV asrning ikkinchi yarmiga kelib O’rta Osiyo miniatyurasi san’atida bir

muncha pasayish seziladi. Buning sababi mamlakatda diniy mavkening galabasi,

uning vakili Xuja Axrorning kelishi bilan izoxlanadi. Insonparvar hokim Mirzo

Ulugbek davrida poytaxtda to’plangan eng yirik olimlar, ustalar ta’kib ostiga

olinadi. So’ngra ular sekin-astalik bilan Hirotga, Sulton Husayn Boyqaro va uning

vaziri Alisher Navoiy qaramogiga o’tadilar.

Amir Temur davrida o’ziga xos miniatyura belgilarini Turkiyadagi Tupkopi

Saroy va Berlin kutubxonalarida saqlanayotgan «Stambul albomi»dagi kuchirma

va xomaki miniatyura nusxalari shundan dalolat beradi, deb yozadi O’zFA

akademigi A. Pugachenkova. Bunda XIV- XV asrga oid bu xomaki nusxalar o’ta

noziklik bilan aloxida shaxslarni, daraxtlar, gullar, naqshlar va kichik

kompozitsiyalardan iborat bo’lib, bular ustalarning yuksak maxoratidan darak

beradi. Lekin, shuni ham ta’kidlash kerakki, - deb ta’kidlaydi Olima, - Sheroz va

Hirot miniatyura maktablari alomatlaridan Samarqand maktabi xozircha o’rta

osiyoliklarga xos bo’lgan etnik alomatlar asosida aniqlandi.

Xulosa qilib tarixchilar va san’atshunoslar fikrlariga tayanib shuni aytishimiz

mumkinki, XV asr Temuriylar davrida Samarqand, Hirot, Buxoro singari O’rta

osiyo shaxarlarida ilm-fan va san’at yuqori darajada rivojlangan va bu davr Alisher

Navoiy va Behzod nomi bilan chambarchas boglikdir.

Qushlarni chizish.

9

Page 10: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewUsta rassom va nozik dil soxibi Behzod san’atini XV asr oxiri XVI asr boshlarida yashagan Hirot solnomachisi Zayniddin Vosifiy yodnomalaridan

Miniatyurada portret (Bobur).

10

Page 11: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewUsta rassom va nozik dil soxibi Behzod san’atini XV asr oxiri XVI asr boshlarida yashagan Hirot solnomachisi Zayniddin Vosifiy yodnomalaridan

Temuriylar davri Hirot miniatyura maktabi

Hirot miniatyura markazi tarixiy-etnografik va san’atshunoslik (majmui)

nuqtai nazaridan to’liqrok o’rganilgani bois, bu nafis san’at adabiyotning, tarixiy

xujjatlar, tasviriy va amaliy san’atda me’morchilikda gullab yashnagan davri

sifatida ko’zga tashlangan. Bu manbalar G. Pugachenkova, L. Rempel, L.

Dolinskaya, O. Galerkina, M. Ashrafiy va boshqalarning asarlarida chuqur

yoritilgan.

Hirot rangtasvir maktabi o’zining jugrofiy ahamiyati doirasidan XV-XVI

asrlardan bir davlat xududidan chetga chiqa boshladi. Hirot badiiy markazining

boy madaniy merosi bilan Eron, Afgoniston, O’rta Osiyo, Ozarbayjon va

Xindistonning musulmon xalqlari ham faxrlanadilar.

Janubiy Eron katta shaxri, shoirlar Sa’diy va Xofiz vatani bo’lmish, Sherozda

ishlab chiqilgan usullar Hirot miniatyurasining rivojlanishiga katta ijobiy ta’sir

ko’rsatdi. Bunda manzarani aniq ishlash, yuqori gorizont usuli, ranglar boyligi va

kompozitsiyaning murakkab ko’rilganligi bu usullarning asosiy xarakterli

xususiyatlari xisoblanadi.

«Navoiy, Jomiy va Bexzod davridagi Hirotni – XV asrning ikkinchi yarmi

Hirot madaniy yuksalishi va gullab yashnashi sarchashmalarini – Shoxrux Mirzo

Hirotidan kidirish kerak», - deb yozgan edi rus sharqshunos olimi M.M.

Dyakonov. Shoxrux Mirzoning o’gli Sulton Ibroxim ham moxir xunarmandlarga

o’z tajribalari asosida jahon tasviriy san’at namunalari xisoblangan kitoblar

tuzdirdi.

Shoxruxdan so’ng, o’gli Boysunkur (1414-1433) davrida qo’lyozmalarni

tayyorlash ustaxonalarida ko’plab quli gul ustalar ishlagan. Tarixchilarning

yozishlaricha 40 dan ortiq hattotlar Tabrizdan olib kelingan. Axmad Naqqosh va

Ali musavvir, mashxur muqovasoz Kavamiddin Tabriziy va usta hattot Jafar

Tabriziylar ishlagan.

Agar biz musavvirlar va hattotlar haqida gapiradigan bo’lsak, ajoyib hattot va

san’at xomiysi Boysunkur Mirzo (1397 y) nomini xurmat bilan tilga olishimiz

kerak. Boysunkur Mirzo vazirlik davrida badiiy ijod, madaniy-ilmiy ishlar bilan 11

Page 12: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewUsta rassom va nozik dil soxibi Behzod san’atini XV asr oxiri XVI asr boshlarida yashagan Hirot solnomachisi Zayniddin Vosifiy yodnomalaridan

ham shugullangan. Davlatshox Samarqandiy uning mana shu faoliyatini ta’riflab:

«Shaxzoda Boysunkur xunarparvar va xunarmandlikka jahonda mashxur bo’ldi.

She’riyat va xattotlik uning zamonida rivoj topadi. Xunarmand va fozillar uning

ovozini eshitib, tevarak-atrofdan xizmatga keladilar. Xushxat kitoblardan qirq kishi

uning kutubxonasida kitobat qilish bilan mashgul edilar. Boysunkur Mirzo

xunarmandlarni e’zozlar, shoirlarni do’st tutar edi», deydi.

Tarix manbalarida ko’rsatilishicha, Boysunkur kutubxonasida kitob ko’chirish

bilan birga, kitoblarga zar bilan lavxalar chizish, go’zal naqsh va suratlar solish,

o’tmish mutaffakkirlarining ijodi va tarjimai xoliga doir faktlarni to’plab o’rganish,

noyob kitoblarning nusxasini ko’paytirish, ayrim ijodkorlarning mukammal

kulliyotini yaratish kabi ilmiy-ijodiy ishlari ham keng yo’lga qo’yilgan edi. Alisher

Navoiy Boysunkur faoliyatini quyidagicha ta’riflaydi: «Boysunkur Mirzo xushta’b

va saxiy va ayyosh va xunarparvar podsho edi».

Ko’plab san’atkor, hattot va musavvirlar ham Boysunkur Mirzoning

marhamatidan chetda qolmaganlar.

1448 yilda Ulugbek kitobxonasi Hirotdan Samarqandga kuchiradi. Shu bilan

Hirotda ancha vaqt miniatyura soxasida juda katta siljishlar ro’y bermaydi. Lekin

XV asrning 70-80 yillarida bir qator yaxshi bajarilgan ishlar ko’zga tashlanadi.

Bunga misol qilib «Kalila va Dimna»ga bajarilgan miniatyuralarni, (B.V.

Robinson Kalila va Dimna) Abduraxmon Jomiyning «Silsilat az-zaxab» asariga va

boshqa bir qator ishlarni misol qilib keltirish mumkin.

XV asrning oxirgi choragida Hirotda katta o’zgarishlar ro’y beradi.

Temuriylar davlati bo’lgan bu yurtda boshqa soxalardagi kabi madaniy yo’nalishda

ham katta ijobiy o’zgarishlar ro’y berdi. Bunda ma’rifatparvar shox Xusayn

Boyqaro va uning do’sti shoir Alisher Navoiylar ta’siri katta bo’ldi.

XV asrning oxirgi choragida Hirotga Temuriylar davlatining barcha

joylaridan yetuk musavvirlar kelib ijod qilishadi. Mashxur hattot Sulton Ali

Mashxadiy va mashxur musavvir Kamoliddin Bezod, uning shogirdi va do’sti

Qosim Ali nomlari tarix saxifalariga zarxal xarflar bilan yozib qo’yilgan.

12

Page 13: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewUsta rassom va nozik dil soxibi Behzod san’atini XV asr oxiri XVI asr boshlarida yashagan Hirot solnomachisi Zayniddin Vosifiy yodnomalaridan

XIV – XV asrlarda Hirot madaniyat markazlaridan biri bilan bu davlatlarning

xalqlari madaniy vorisi bo’lib xisoblanadi. Temuriylar sulolasi xukmronlik qilgan

davrda Hirot Samarqanddan keyin ikkinchi Temuriylar davlati poytaxti bo’lib

xisoblanadi. Hirotning ma’rifatli vorislari «Yer yo’zini lol qoldirgan» Mirzo

Shoxrux o’gli Sulton Xusayn Boyqaro tan olinadi.

Hirot XV asrning yarmiga kelib sharq madaniyati markaziga aylandi. Bu

yyerda fan, adabiyot, san’at rivojlandi, ajoyib san’at koshonalari qurildi.

Ulug mo’gullar imperiyasining asoschisi Sulton Bobir Hirotni quyidagicha

tariflaydi: - «…bu yerda yashagan xar bir odam san’at va fanni egallashga intilar

va uni takomillashtirar edi».

Hirot miniatyurasi o’zining eng gullagan davrini Temuriy «askar shoir» deb

atalgan ma’rifatli Sulton Xusayn davrida kechirdi. Ammo rangtasvir san’atiing

rivojida eng avvalo Sultonning yaqin o’rtogi, ulug vazir – o’zbek adabiyotining

asoschisi, shoir va olim Alisher Navoiyning hissasi benixoyat ulkandir. Uning

oldiga musulmon sharqning turli burchaklaridan taniqli olimlar va shoirlar,

yozuvchilar va rassomlar, hattotlar va musiqachilar tashrif buyurishadi. «Olimlar

bogida» adabiy kechalar, baxslar, uchrashuvlar uyushtiriladi, rassomlarning yangi

asarlari muxokama qilinadi.

XV asrning ikkinchi yarmi Hirot miniatyura maktabi uchun rangtasvir

san’atida uygonish davri bo’ldi. Usta rassom – miniatyurachilar, hattotlar, naqsh

san’ati ustalari o’zlarining beboxo asarlari bilan bu markazning dunyo miqyosida

shuxratini ta’minladilar. To’plangan boy tasviriy vositalar va usullar bu san’at

turining boshqa mamlakatlardagi rivojiga va keyingi davr sharq, rangtasviri

yuksalishiga ajoyib ta’sir ko’rsatadi. Bu maktab an’analarining nusxalari o’sha

davrdagi Gruziya, Armaniston miniatyuralarida ham seziladi. Alisher Navoiy

huzuriga yoshlik chogida Hirotlik rassom bo’lajak sharq «Rafaeli» - Kamoliddin

Behzod ham keladi. Ma’lumki, o’rta asrlar buyuk rang tasvirchisi Kamoliddin

Behzod miniatyura rang tasvirida erkin iz qoldirgan. Uning nomi tiriklik

chogidayok (1455-1535) Xurosondan tashkarida ham keng tanilgan edi. Uning

ko’plab shogirdlari va davomchilari bo’lib, uning asarlarini xush ko’rib, unga 13

Page 14: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewUsta rassom va nozik dil soxibi Behzod san’atini XV asr oxiri XVI asr boshlarida yashagan Hirot solnomachisi Zayniddin Vosifiy yodnomalaridan

taqlid ham qildilar. Behzod ijodi Tabriz (Eron, Ozarbayjonni), Buxoro va

Samarqand, Mugullar Xindistonni (Dexli va Agra rangtasvir maktablari) va boshqa

miniatyura maktablarining keyingi rivojiga salmoqli katta ta’sir ko’rsatdi. Xususan

Behzodning roli miniatyurada portret san’atining shakllanishiga beqiyosdir. Uning

portretlaridagi odamlar individual uxshashlikka ega. Usta rassom va nozik dil

soxibi Behzod san’atini XV asr oxiri XVI asr boshlarida yashagan Hirot

solnomachisi Zayniddin Vosifiy yodnomalaridan ham bilib olishimiz mumkin. U

shunday deb yozgandi: - «Doimo, shox (Sulton Xusayn) gam-tashvishdan va

notinchlikdan ranjigan vaqtda, Behzod portret yoki biror bir tasvirni chizar edi.

Genial musavvir Kamoliddin Behzod monumental tasvirlarning butunlay

kitob saxifalariga ko’chgan davrning ulug vakilidir. Behzod ijodi u kamolot

cho’qqisiga erishgan paytlar Hirotning bogi Safididagi Tarabxona xushk

devorlariga jangovar tasvirlar ishlagani haqida ma’lumotlar saqlanib qolgan.

Keyinchalik, asosan kitob miniatyuralari keng ko’zga tashlanadi.

Alisher Navoiyning zamondoshi tarixnavis Zayniddin Vosifiy «Badoiy ul

vaqoe» asarida qiziq bir xodisani yozib qoldirgan. Mashxur musavvir yangi suratni

amir Alisher majlisiga keltirgan. «Suvratda tasvirlanishicha – davom etadi

Vosimiy, - orasta boglar, turli-tuman daraxtlar. Xushsuvrat qushlar, har taraf

arikchalar… ochilgan zangori gul to’plari va uning orasidan Mir (Alisher)ning

yoqimli xush suvrati. U xassaga tayangan… yonida soqchi uchun zar to’la

dabaklar. Xazrati Mir ul suvratni mushoxada va mulohaza qildi: ul nafis saxifa –

boglar ichra latif shodlik gullar, xayoliy xovuzlar atrofi go’zal daraxtlar bilan

bezatilgan».

Behzod ishlagan miniatyura tasvirini ko’pchilik tomosha qilib, uning badiiy

jihatdan o’sha davr estetik talablariga juda monand ekanligi odatdagixol deb qabul

etadilar. Tasvirlarning qanchalik tabiiy va jonli ekanligi haqida xazil-mutoiba bor

ekan, odam va qushlarning tasviri islom dinida kat’iyan man’ etilganligi

yigindagilarning xayoliga ham kelmagan. Alisher Navoiy homiyligi ostida o’sha

davr miniatyura san’atining ravnaq topgani ham bejiz emas.

14

Page 15: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewUsta rassom va nozik dil soxibi Behzod san’atini XV asr oxiri XVI asr boshlarida yashagan Hirot solnomachisi Zayniddin Vosifiy yodnomalaridan

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, miniatyura tarixi olimlar fikrlariga ko’ra,

«Hirot maktabi», Xitoy, Sheroz, Bogdod va Samarqandlik musavvirlar, hattot va

naqqoshlarning bevosita ta’sirida shakllangan. O. Usmonov ta’kidlashicha,

«Kamoliddin Behzod XV asrning ikkinchi yarmida, bir tomondan Samarqanddagi,

ikkinchi tomondan, Sheroz va Bogdoddagi (XIV asr oxiri va XV asr boshi) nafis

tasviriy maktablarining boy, o’zlariga xos, rang-barang an’analari ta’sirida XV

asrning ikkinchi yarmida Hirotda paydo bo’lgan nafis tasviriy san’at maktabida ilm

oldi va voyaga yetdi.

Olimlar muloqoti. Xamsa. Nizomiy 891/1491 y.

Sheroz maktabi kompozitsiyasi.

15

Page 16: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewUsta rassom va nozik dil soxibi Behzod san’atini XV asr oxiri XVI asr boshlarida yashagan Hirot solnomachisi Zayniddin Vosifiy yodnomalaridan

2.2. O’zbekiston xalq amaliy san’ati

O’zbek xalqining ko’p asrlik tarixida xalq amaliy bezaksan’ati madaniy

merosimizning asosiy qismini tashkil etadi. O’zbek diyorida vujudga kelib, gullab

yashnagan amaliy san’at turlari bemisil va betakrorligi bilan dunyoga mash hur. Bu

taraqqiyot bosqichi haqida fikr yuritar ekanmiz, o’zbek amaliy bezak san’atining

kelib chiqishi insoniyatning ilk davri, ya’ni ibtidoiy jamoa davriga borib

taqalishining guvo hi bo’lamiz.

O’lkamiz zaminidagi arxeologik qazishlar natijasida topilgan

yodgorliklarning guvo hlik berishicha, insonning jismga badiiy ishlov berish

usulida buyum yaratish faoliyati tosh asridayoq boshlanib, asrlar osha

hozirgacha davom etib kelmoqda.

Bizgacha ibtidoiy jamoa tuzumida ashyoviy dalillar -me hnat va ov

qurollari, uy-anjom va bezak buyumlari, odamlar yashagan manzil qoldiqlari

etib kelgan. Tuproq ostida qolib ketgan tarixiy yodgorliklar odam va

hayvonlar jasadining qoldiqlari, Qor va erto’la devorlariga chizilgan surat va

bo’rtma tasvirlar ibtidoiy jamoa davri tarixini o’rganishning mu him manbai

hisoblanadi.

Paleolit davrida amaliy-dekorativ san’at namunalari ham keng tarqala

boshladi. Buyumlarni naqsh bilan bezashga, turli taqinchoqlarga, tumorlarga

e htiyoj paydo bo’lganligi arxeologlar tomonidan topilgan ashyoviy

buyumlarda namoyon bo’lmoqda. Odamlarning o’troq holga o’tishlari,

tabiat qonun-qoidalarini kuzatish simmetriya, ritm, shakl tuyg’ularini

o’sishiga sabab bo’ldi. Bir xil elementlarning tekis qaytarilishi yoki oralab

kelishi asosida vujudga keladigan o’ziga xos naqqoshlik san’atini maydonga

keltirdi. Naqqoshlik yangi tosh (neolit) asrida keng yoyildi, dekorativ-amaliy

san’atning taraqqiy etishga ta’sir ko’rsatdi va yordam berdi. Kulolchilik va

boshqa buyumlarni naqsh bilan bezash keng tus oldi. Parallel, spiralsimon

va to’lqinsimon chiziqlar, aylanalar shu davrdagi ko’pgina naqshlarning

asosini tashkil etadi. 16

Page 17: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewUsta rassom va nozik dil soxibi Behzod san’atini XV asr oxiri XVI asr boshlarida yashagan Hirot solnomachisi Zayniddin Vosifiy yodnomalaridan

Geometrik naqshlar asta-sekin sxematik odam, hayvonlar va

o’simliklar dunyosidan olingan shakllar bilan boyitilib, mazmunan kengayib

bordi. Uning elementlari koinot kuchlarining ramziy belgilarini aks ettira

bordi. Masalan, rozetka-quyosh ramzi, to’lqinsimon chiziq- harakat, suv

ramzi va hokazo.

Naqqoshlik san’ati endilikda dekorativ funkstiyani bajaribgina qolmay,

balki shu bilan birga, kishilarning g’oyaviy va falsafiy tushunchalarni ham

ifodalay boshladi.

Bronza asrida o’rta Osiyoda kulolchilik yanada rivojlandi. Kulolchilik

dastgo hlarining yuzaga kelishi esa, yaratilgan buyumlarning yanada nafis va

go’zal bo’lishini ta’minladi. Chustdan topilgan qizil fonga qora bo’yoqlar

bilan rasm va naqshlar ishlagan sopol buyumlar diqqatga sazovordir.

Temir asrida ham dekoartiv-amaliy san’at etakchi o’rinni egallaydi.

Bezash ishlarida geometrik naqshlardan tashqari, syujetli kompozistiyalardan

foydalanish alohida rivojlangan.

O’rta Osiyoning qadimgi davri san’ati va madaniyatini o’rganishda er

ostidan, qabrlardan topilgan turli dekorativ amaliy san’at namunalari, jang,

ov va me hnat qurollari ham mu him rol o’ynaydi. Sopol buyumlar, bronza,

oltin, kumushdan ishlangan, kishilar e htiyoji uchun ishlatiladigan buyumlar

yuzasi naqshlar bilan bezatilgan, bo’rtma tasvir va haykallar bilan

pardozlangan. Ayrim buyumlar yuzasiga esa hayotiy voqealar aksi

tushirilgan. Ana shu daliliy materiallar o’tmish san’ati va madaniyati,

kishilarning estetik, badiiy qarashlarini bilishga xizmat qiladi.

Uzbekiston hududida arxeologik qazilmalardan Xorazm, So’g’d,

Baqtriya va boshqa viloyatlarda naqqoshlik san’atining rivojlanganligi

ma’lum. Surxondaryo viloyatidagi Fayoztepa (I-IIasr), Dalvarzintepa (I-

asr) budda ibodatxonalari qazilmalaridan topilgan rasm, naqsh qoldiqlari

buning yaqqol dalilidir.

17

Page 18: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewUsta rassom va nozik dil soxibi Behzod san’atini XV asr oxiri XVI asr boshlarida yashagan Hirot solnomachisi Zayniddin Vosifiy yodnomalaridan

Eramizdan avvalgi IV-VI asrlarda o’rta Osiyodagi badiiy hayot va

madaniyatni tushunishda Amudaryoning yuqori oqimi tomonidan topilgan

"Amudaryo boyligi" (Oks boyligi) mu him o’rinni egallaydi. Hozirgi kunda

Londondagi Britaniya muzeyida saqlanayotgan bu yodgorliklar ichida

oltindan yasalgan haykallar, turli ko’za, bilaguzuk, uzuk, mu hr, tangalar,

oltindan yasalgan arava va qurollar diqqatga sazovordir.

Buyuk sarkarda Iskandar Zulqarnay (Aleksandr Makedonskiy)

eramizdan avvalgi IV asrlarda Axmoniylar davlatini tor-mor etib, o’rta

Osiyo erlarining ko’pgina qismini o’ziga qaratib oldi. Faqat

Xorazm,Farg’ona va Sirdaryo bo’yidagi ko’chmanchi qabilalargina o’z

mustaqilligini saqlab qoldi.

Amaliy san’atga bu qadar chuqur falsafiy yondoshish natijasida

shartlilik, stilizastiya - ramziylikka asoslangan badiiy bezak asarlari yaratish

kuchaygan. Ushbu tarixiy omil o’zbek milliy bezak san’atining gurkirab

rivojlanishiga turtki bo’lgan va hozirda ja honga mash hur me’morchilik

yodgorliklarimiz ulardagi ganchkorlik, koshinkorlik, naqqoshlik, xattotlik,

toshtaroshlik va boshqa turdagi san’atlarning ajoyib darajada uyg’unligidan

va mujassamligidan dalolatdir. Xalq amaliy bezak san’ati kishilarning

ma’naviy olamini boyitadi, badiiy didini shakllantiradi, ru hiyatini

tarbiyalaydi.

Shuning uchun ham o’zbek xalq amaliy san’ati kishilarni badiiy-

ahloqiy, umuminsoniy tarbiyalab, ularning ilmiy dunyoqarashlarini

shakllantirishda, hamda madaniy darajasini oshirishda eng zarur

manbalardan biri hisoblanadi.

Yaqin o’tmishda o’zbek amaliy bezak san’atining eng rivojlangan

naqqoshlik, ganchkorlik, tosh va suyak o’ymakorligi, kandakorlik,

pichoqchilik, bo’yrachilik, zargarlik, kashtachilik, zardo’zlik, gilamdo’zlik,

kigizchilik, savatchilik kabi turlarining o’ziga xos bajarish texnologiyalari,

18

Page 19: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewUsta rassom va nozik dil soxibi Behzod san’atini XV asr oxiri XVI asr boshlarida yashagan Hirot solnomachisi Zayniddin Vosifiy yodnomalaridan

haqiqiy milliy nomlari, ularga xos atamalar, bu san’atlarga xos maktablar,

uslublar hamda shu so halarda nom qozongan ustalarning xizmatlari butun

ja honga dong’i ketgan.

O’rta Ociyo naqqoshlik san’ati qadimdan dunyoga mashhur. o’tmishda

ota-bobolarimiz qurgan muhtasham binolar hozirgi kungacha maftunkor

jilvasini yo’qotmagan. Yuksak did bilan ishlangan naqshlar hozirgacha bizni

hayratga solib kelmoqda.

Naqsh- arabcha tasvir, gul degan ma’noni bildirib, u qush, hayvonot,

o’simlik dunyosi, geometrik va boshqa turli shakllarning ma’lum tartibda

takrorlanishidan hosil qilingan bezakdir.

Islom talablariga buysunish oqibatida jonivorlar, parrandalar va

odamlarni tasvirlash yo’qolib borib naqqoshlik rivoj topdi. Arab yozuvi

o’zlashtirildi. Natijada naqshlar bilan unvonli yozuv (epigrafika) uslubi

paydo bo’ldi. Arab yozuvi naqshlar bilan birga chizildi. Arab yozuvi ham

bezak, ham duo-afsunlar vazifasini bajardi.

Naqqoshlik xalq-amaliy bezak san’atning bir turi sifatida qadimdan

o’zbek madaniyatining mu him bo’lagi hisoblanadi. Ko’p asrlar mobaynida

uning badiiy an’analari vujudga keldi va rivojlandi. Naqshlarda san’atning

boshqa hamma turlaridan farqli ravishda avlodlarning chambarchas

bog’liqligini, milliy an’analarning davomiyligini ko’rish mumkin.

Naqqoshlik an’analari san’atning ana shu turini o’rganish metodlari sifatida

ham bobodan otaga, otadan o’g’ilga o’tib kelgan. Ana shu davomiylik tufayli

naqqoshlik san’ati hozirgacha saqlanib kelmoqda. Naqshning eng yaxshi

namunalari boy ijodiy fantaziya orqali birlashtirilgan shakllarning maqsadga

muvofiqligi va go’zalligi bilan farqlanadi. Bunda xalq ustalarining atrof mu

hitga qarashlaridagi tafovut aks etadi. Naqshdagi chizgilar o’yini musiqadagi

o hang singari, qo’shiq va ertak kabi “xalq hayotiy tajribasining katta

umumlashmasidan” tarkib topgandir.

19

Page 20: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewUsta rassom va nozik dil soxibi Behzod san’atini XV asr oxiri XVI asr boshlarida yashagan Hirot solnomachisi Zayniddin Vosifiy yodnomalaridan

Badiiy naqqoshlik ranglarning uyg’unligida va o’ziga xos

kompozistiyalarda go’zallik yaratish san’atidir. Naqqosh usta o’z ishida

ranglarning tabiiy jilosidan va uyg’unligidan, bejirim shakldan, material

fakturasidan mo hirlik bilan foydalanib yorqin ifodalikka erishadi.

O’zbekistonning an’anaviy me’morchiligida naqqoshlik asosan

shiftlarni, jimjimador araqilarni, saroy ustunlarini, masjidlar, maktablar,

boylarning uylari, yog’ochdan yasalgan buyumlarni bezashda qo’llangan.

Nozik o’simliksimon-geometrik naqshdagi o’zaro singib ketgan

novdalar, shoxlar va hashamatli tasvirlangan gullarning ritmik harakati,

o’zbek ustalarining ishlaridagi islimi va girix naqshlarining klassik motivlari

shiftlarning shakliga moslangan. Naqsh ko’proq intererlarni va yopiq ayvon,

peshayvonlarni bezashga xizmat qiladi.

Uhozirgi paytda naqshdan me’morchilikda, uy ji hozlari, sovg’alar,

mayda yog’och o’yinchoqlar, musiqa asboblari va turmushda kerakli

buyumlarni bezashda foydalaniladi.

Badiiy naqqoshlik san’ati hozirgi kunda keng tus olmoqda. Matbuot,

radio, televidenie, kino orqali kishilar ana shu san’at namunalari va uning

xalq ustalari bilan tanishmoqdalar. Bu san’atkorlar orasida O.Qosimjonov,

E.Raufov, A.Boltaev, S.Norqo’ziev, A.Azimov, A.Isaev, B.Abdullaev,

T.To’xta ho’jaev, J.Xakimov, Z.Bositxonov, M.To’raev, T.A hmedov,

K.Karimov, A.Il homov va boshqalar bor. Xalq ustalarimizning, ulardan

ta’lim olgan shogirdlarning ishlarini Toshkentdagi amaliy san’at muzeyida,

ko’rgazma zallarida, badiiy salonlarda, shuningdek, turar-joy va jamoat

binolarida, masalan, Toshkent Davlat stirki, Alisher Navoiy nomidagi opera

va balet teatri, Milliy akademik drama teatri, Temuriylar tarixi muzeyi, Oliy

Majlis va Sha har Hokimiyati binolari, metro stanstiyalari, me hmonxonalar,

kabi ma’muriy va maishiy inshootlarda ko’rish mumkin. Hozirgi vaqtda

maktablarda va maktabdan tashqari muassasalarda to’garaklar tarmoQini

20

Page 21: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewUsta rassom va nozik dil soxibi Behzod san’atini XV asr oxiri XVI asr boshlarida yashagan Hirot solnomachisi Zayniddin Vosifiy yodnomalaridan

iloji boricha kengaytirish vazifasi qo’yilmoqda. Xalq naqqoshlik san’atini

o’rganish o’quvchilarda badiiy didni, me hnatsevarlikni rivojlantirishga va

qator foydali bilim hamda malakalarni tarkib toptirishga xizmat qiladi.

Ularning ijodiy qobiliyatlarini aniqlash va o’stirishga yordam beradi.

BADIIY BEZAK TURLARI

Mis choydish, oftoba, qumg’on va boshqalarga zarb bilan bezak beriladi.

Idishlarning orqa va old tomonlari o’ziga xos bezaladi. Masalan, zarb qilingan

naqshlarni chetidan hoshiya bilan o’ralmaydi, ko’rkam naqsh motivlari bilan

bezaladi, juda murakkab nafis naqshlar bilan to’ldirib ishlanadi. Mis laganlarga

zarb qilinadigan naqsh kompozistiyalari o’ziga xos turlarga ega. Gardish, turunj,

mehrob, sitora, ishkalak naqshlari ishlanadi.

Mehrob — mehrob tasvirini beruvchi naqsh. Ya’ni markazdan aylana

atroflab bir necha mehroblar tutashib hosil qilgan naqsh. Mehrobning turi juda

xilmaxil. Masalan, mehrobi bargi bed, mehrobi duraftor, mehrobi duraftor islimi,

mehrobi muhja, mehrobi madohil, va boshqalar. Sitora — mis idishlarni butun

sirtini yulduzsimon naqsh qoplab olgan kompozistiya.

Gardish — naqshlar doiralardan tashkil topgan ritmik joylashgan

kompozistiya. Markazida joylashgan doirani chetlari keng va qisqa yo’llar bilan

o’raladi.

Gurunj — tuxumsimon, ovalsimon jimjimador har xil bezakli naqsh.

Mis zarb qilingan badiiy naqshlarni geometrik, me’moriy, o’simliksimon,

jonivorsimon yozuvli naqshlar va maishiy buyumlar tasviri juda ko’p ishlatilgan.

Kandakorlikda asosan islimiy naqshlar juda ko’p ishlatiladi. hoshiyalar va har xil

yo’llar eng oddiy o’simliksimon naqshlar bilan to’ldiriladi. Bu naqshni «nim

islimi» deb yuritiladi. U birbiriga chirmashib ketgan murakkab o’simliksimon

naqsh bo’lib, bir tomonlama ulanib ketgan bo’ladi. Nim islimi hoshiyao’rnida

ishlatilib, buyumning nomiga qarab o’zgarib boradi. Shuning uchun uning turli

xillari bor. Masalan, nim islimi bargak, nim islimi madoxil va hokazo.

O’simliksimon naqshlar shakli va mazmuniga ko’ra lola, bodom, qalampir, buta va

shunga o’xshash nomlar bilan yuritiladi.21

Page 22: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewUsta rassom va nozik dil soxibi Behzod san’atini XV asr oxiri XVI asr boshlarida yashagan Hirot solnomachisi Zayniddin Vosifiy yodnomalaridan

Metall buyumlarga qadimdan jonivorlar va odam shaklini tasvirlash keng

tarqalgan edi. Masalan, chashmi bulbul, qo’chqorak, pushti baliq, qirma, zuluk,

kapalak, ilon izi va boshqalar bilan ataladigan bo’ldi.

Chashmi bulbul — mis idishlarga bulbulning ko’ziga o’xshash zarb qilingan

naqsh. Uni bulbul ko’zlari deb ham yuritiladi;

Ko’chkorak — qo’chqor shoxiga o’xshash naqsh;

Pushti balik — baliq tangachasimon naqsh turi. Uni baliq tangachalar deb

yuritiladi; Kirmak — chirmoq, marg’ilonda «kirkira» deb yuritiladi. Kirmak

chirmovuqsimon naqsh turi; ilon izi — to’lqinsimon o’simliksimon naqsh.

Toshkentdagi boshqa viloyatlarda «islimi» naqsh deb yuritiladi.

Geometrik naqshlar kandakorlik bezaklarida juda kam ishlatilgan.

Geometrik naqshlar ikkinchi darajali naqsh rolini o’ynagan.

Ustalar asrlar davomida misga naqsh o’yar ekanlar, har bir naqshlarini

o’ziga xos nomlar bilan yuritilishini ko’ramiz. har bir naqshga nom qo’yilishi

o’zo’zidan bo’lmagan albatta, bu nomlarni har bir naqshning mazmuniga, shakliga,

biror narsaga o’xshatib, taqqoslab, murakkab soddaligiga qarab, naqshning turiga

qarab boshqa mamlakat yoki shaharning nomiga va boshqa sababyaarga asoslanib

har bir naqshga nom qo’yganmr. Masalan, «mashhadi», «arabi», «isfaxoni» va

boshqa so’zlar naqshlarning nomiga qo’shib aytiladi. Buning sababi ustalar o’z

ishlarida Mashxad, Arabiston, Isfaxon (Eron) ustalarining tayyor naqsh

nusxalaridan foydalanganliklari uchun shunday nomlar bilan yuritganlar.

Ko’pincha, bunday naqshlardan ijodiy foydalanib, o’zimizning stilimizga moslab

naqsh elementlar qo’shganlar. Naqshlar agar aylana shaklida bo’lsa, bunday

naqshni «naqshi girdob», uchburchak shaklida bo’lsa «uchburchak naqsh», agar

ikki chiziq orasida bir novda pechakka o’xshab o’sib kurtak, g’uncha va novdacha

chiqarib bir yoki ikki tomonga o’ssa bunday naqshni «pechak islimi» yoki «raftor

naqsh» deb yuritiladi. Mis idishlariga eng oddiy naqsh bu chiziladigan to’g’ri

chiziqdir. Bu chiziq bir naqshni ikkinchisidan ajratib turish uchun xizmat qiladi.

Shuning uchun naqsh kompozistiya chizishda avval shu to’g’ri chiziqlar chizib

olinadi. Bu chiziqlarni yakka, ikki hattoki uch qavat qilib chizish ham mumkin. Bir 22

Page 23: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewUsta rassom va nozik dil soxibi Behzod san’atini XV asr oxiri XVI asr boshlarida yashagan Hirot solnomachisi Zayniddin Vosifiy yodnomalaridan

chiziqni yakka xat, ikki chiziqni qo’sh xat deb yuritiladi. Kompozistiyada

turlituman chiziq holda belbog’lar bo’ladi, bularning hammasini «zanjir» deb

yuritiladi. Zanjir egri chiziq, nuqtali chiziq hamda to’lqinli chiziqlarga bo’linadi.

Mis o’ymakorligida ba’zi naqshlar qadimdan ishlatilib kelinadi, bunday

naqshlardan biri «tugma naqshdir» yoki «tugmacha» deb yuritiladi. Bu naqsh mis

idishlarga zarb qilingan tugmachaga o’xshagan naqsh bo’lib, Toshkent

kandakorligida ishlatiladi. Tugma naqshning o’rtasida ko’pincha nuqtasi bo’ladi.

KANDAKORLIKDA ISHLATILADIGAN PO’LAT QALAMLAR VA ULARDA

BAJARILADIGAN O’YMA TURLARI

Ma’lumki, xalqimiz asrlar davomida o’zi shug’ullanib kelgan milliy

hunarmandchilik turlarini san’at darajasiga ko’tara olgan va bizgacha boy

madaniy meros tarzida etib kelgan. Zero ularni avaylab asrash, yanada sayqallash,

davr taqazosi bilan unut bo’layotgan san’at turlarini qayta tiklash, takomillashtirish

va kelgusi avlodga etkazib berish bugungi kun mutaxassislarining kelajak oldidagi

burchidir. Mana shu burch mas’uliyati har bir hunar turining sir – asrorlarini ham

amaliy, ham nazariy jihatdan juda chuqur, mukammal va keng qamrovda

o’rganishni hamda tahlil qilishni taqazo etadi. Biz tanlagan milliy kandakorlik

san’ati ham qadimiy hunar turlaridan biri bo’lib, uning tarixi va amaliy jihatlarini

o’rganish bo’yicha ko’plab san’atshunos olimlar va mutaxassislar

shug’ullanganlar. Jumladan, T. Abdullaev, S. Bulatov, A.Sergeev, A. Hakimov,

G.Pugachenko, L.Rempel, D.Faxriddinova, D.Halimova, S.Muhsinovlarning

kandakorlik san’atiga oid ilmiy, amaliy ishlari e’tiborga loyiqdir. Mazkur

izlanishlarda kandakorlik san’ati tarixi, o’zbek kandakorligi maktablari va ularning

namoyandalari, kandakorlik san’ati aks etgan badiiy buyumlar, naqsh namunalari

haqida ko’plab qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Biroq, ta’kidlash joizki, e’tirof

etilgan adabiyotlarda kandakorlik asboblari, ulardan foydalanish usullari va o’yma

turlari haqida etarlicha ma’lumot berilmagan. Bizningcha, kandakorlik san’atini

egallashga kirishgan yoshlarga o’yish turlari va zarur asboblardan foydalanish

usullari haqida kerakli ma’lumotlarni berish ular duch kelishi mumkin bo’lgan

muammolarning oldini olishga yordam beradi. Shu maqsadda ushbu maqolamizda 23

Page 24: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewUsta rassom va nozik dil soxibi Behzod san’atini XV asr oxiri XVI asr boshlarida yashagan Hirot solnomachisi Zayniddin Vosifiy yodnomalaridan

kandakorlik asboblaridan foydalanishning ba’zi usullari hamda o’yma turlari

haqida mufassal ma’lumot berishga harakat qildik.

Kandakorlik – forscha “kandakori” so’zidan

olingan bo’lib, “kanda” – o’yish, “kori” – ishlari,

ya’ni mis buyumlarni naqsh bezaklar bilan o’yib

bezatish degan ma’noni anglatadi. Mis buyumni

o’yib bezashda maxsus po’lat qalam va

bolg’achadan foydalaniladi. O’yish ishlari (1-

rasmda) po’lat qalamning ustki qismidan

bolg’achada zarb berish bilan amalga oshiriladi.

Po’lat qalamning o’yuvchi qismi o’tkir uchli ( 2

a – rasm ) va yassi uchli (2b– rasm) ko’rinishida

bo’ladi. O’tkir uchli po’lat qalam - mis

buyum yuzasiga turli xil tasvir yoki naqsh

chiziqlarini o’yishda ishlatiladi. Shuningdek, naqshning zamini hamda naqsh

elementlarini ham o’yma pardozlashda shu po’lat qalamdan foydalaniladi.

Naqshning konturini o’yish jarayoni 3 a –rasmda, naqshning zaminini o’yish

jarayoni esa 3 b –rasmda ko’rsatilgan. Bu po’lat qalamning o’yuvchi qismi o’tkir

uchli ko’rinishga ega bo’lib, mis buyumni o’yganda o’zidan ingichka chiziq iz

qoldiradi. O’tkir uchli po’lat qalamda o’yilgan naqsh chiziqlarining eni odatda 1–

1,5 mmni tashkil etsa, ayrim hollarda uning o’lchami 2 mmgacha etishi mumkin.

4–rasmda o’tkir uchli po’lat qalam bilan mis buyumga o’yilgan o’ymaning yon

tomondan ko’rinishi hamda o’yma enining o’lchami tasvirlangan. Mazkur po’lat

qalamni kandakorlik sohasiga oid adabiyotlarda “chekuv qalam”, ba’zan “ naqsh

qalam ” deb ham yuritiladi.

Hozirgi kunda, badiiy bezatilgan kandakorlik buyumini diqqat bilan

kuzatsak o’yilgan naqsh bezaklarning chuqurligi turlicha ekanligini ko’ramiz.

O’ymaning turli chuqurlikda bo’lishi, kandakor ustaning didiga, ish uslubiga qarab

sayoz, o’rtacha, chuqur va juda chuqur o’yib bezatilishi mumkin.

Ta’kidlaganimizdek, o’ymaning chuqur yoki sayoz bo’lishi buyum metalining 24

Page 25: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewUsta rassom va nozik dil soxibi Behzod san’atini XV asr oxiri XVI asr boshlarida yashagan Hirot solnomachisi Zayniddin Vosifiy yodnomalaridan

yupqa yoki qalinligiga ham bog’liq. Masalan, buyumning metali yupqa bo’lsa,

sayozroq va aksincha, buyumning metali qalin bo’lsa, o’ymaning chuqurligi ham

chuqurroq o’yiladi. Sayoz chuqurlikda o’yilgan o’ymaning chuqurligi 0,2-0,3

mmni, o’rtacha chuqurlikda o’yilgan o’ymaning chuqurligi 0,5–0,8 mmni va

chuqur o’yilgan o’ymaning chuqurligi esa 1-1,5 mmni tashkil etadi. Odatda

o’ymalar bir marta o’yiladi. Biroq juda chuqur o’yilgan o’yma turi bundan

mustasno. Juda chuqur o’yilgan o’ymaning chuqurligi 1,5–2,5 mmga teng bo’lib,

bunday chuqurlikdagi o’yilgan bezaklarni bir necha marta o’yish natijasida hosil

qilinadi. Mis buyumlarini juda chuqur o’yib bezatish kandakorlik san’atining yangi

o’yma usullaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda buxorolik kandakor ustalar bu

usuldan keng foydalanishmoqda. Juda chuqur o’yib bezatilgan buyumlarning

ko’rinishi oddiy o’ymakorlik ishlaridan ajralib turadi. Buning sababi shundaki,

naqshning zamin qismi qanchalik chuqur bo’lsa, o’yma naqshlardagi soya –

yorug’lik ham shunchalik kuchli bo’ladi. Natijada, bezatilgan badiiy buyumning

ko’rinishiga alohida joziba

bag’ishlaydi.

Yassi uchli po’lat qalam -

naqshning zaminini o’yish hamda

naqsh elementlarini o’yma

pardozlashda ishlatiladi. Bu po’lat

qalamning o’yuvchi uchi yassi (2b–

rasmda ko’rsatilgan) ko’rinishga ega

bo’lib, mis buyumni o’yganda o’zidan

keng enli iz qoldiradi. O’yish jarayoni

5-rasmda ko’rsatilgan. Yassi uchli

po’lat qalamda o’yilgan o’ymaning eni

3–5 mmni, o’ymaning chuqurligi 0,3-

0,8 mmni tashkil etadi. 6–rasmda o’tkir uchli po’lat qalam bilan mis buyumga

o’yilgan o’ymaning yon tomondan ko’rinishi hamda o’yma enining o’lchami

tasvirlangan. Yassi uchli po’lat qalamni kandakorlik sohasiga oid adabiyotlarda 25

Page 26: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewUsta rassom va nozik dil soxibi Behzod san’atini XV asr oxiri XVI asr boshlarida yashagan Hirot solnomachisi Zayniddin Vosifiy yodnomalaridan

“ko’z o’yar qalam”deb yuritilsa, buxorolik kandakor ustalar forscha “pam qalam”

ya’ni, “yassi qalam” deb ataydilar.

Xulosa qilib aytish mumkinki, kandakorlik asboblari va o’yma turlari

haqidagi ma’lumotlarning to’ldirilishi, o’quvchi yoshlarning kasb egallashidagi

mahoratini oshirishga samarali xizmat qiladi degan umiddamiz.

2.3.Samarqandda ustoz-shogird ananasi26

Page 27: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewUsta rassom va nozik dil soxibi Behzod san’atini XV asr oxiri XVI asr boshlarida yashagan Hirot solnomachisi Zayniddin Vosifiy yodnomalaridan

Nizomiy “Hamsa”sida musavvir Moniy haqida quyidagicha bir rivoyatni

keltirgan.

... Musavvir homiysi mashhur Moniy Samarqand shahridagi o’z

shogirdlarining ijodi bilan tanishmoqchi bo’lib, safarga chiqibdi. Samarqandlik

musavvirlar o’z ustozlarining yangi ijodiy tuhfalar bilan sharaflamoqqa ahd

qilishibdi.

Moniy shahar darvozasidan kirar ekan, bemisl qurilgan manzaradan hayratga

kelib, o’z ko’zlariga ishonmabdi. Qarshisida afsonaviy go’zal shahar namoyon

bo’lgandi. Mana, yam-yashil daraxtlar salqinida orombaxsh joy, hovu’z suvlari

mavjlanadi. Ariqlarda suv sharqillab oqmoqda.

So’lim gulzorlar. Zilol suvdan ichging keladi. Ajab! Bu tasvirning sehri ekan.

Hatto kimdir suv olmoqchi bo’lib ko’zani sindiribdi. Tasvir ta’siriga qoyil qolgan

mehmonlar o’z kasbdoshlari san’atiga tahsin o’qishibdi. Shu payt Moniy qo’liga

mo’yqalam olib hovo’z yaqiniga barvasta itning rasmini chizib qo’yibdi. Tasvir

shunchalik tabiiy chiqibdiki, itni ko’rgan kishi uni joni bor deb, beixtiyor o’zini

chetga tortar ekan. Shundan keyin Moniy negadir chuqur uyga cho’mibdi, uning

shogirdlari mahorat cho’qqisini tamom egallashgan ekan, endi Ustoz ularga nimani

o’rgatishi mumkin? Shunday yangi ijodiy ifq topish kerakki, unga intilgan sari

go’zallik olami va badiiy imkoniyatlar kengayib borsin. Nihoyat, Moniy

shogirdlariga shanday vazifa topshiribdi. Tabiatni aniq tasvirlash bu san’atning

nihoyasi emas, agar kimki rasmdagi har bir chiziqqa jon bagishlab olsagina, u

san’at tilsimini egallagan bo’ladi. Bu juda ogir va mashaqqatli vazifa ekan. Ana

shu vaqtdan boshlab naqqoshlik san’ati rivojlanib, naqqoshlar chiziqlar tilsimini

ochishga bel boglashibdi. Necha - necha avlodlar ana shu izlanish yo’lida ter to’ka

boshlabdilar. Natijada naqqoshlik san’ati asosini qalam chiziqlar simfoniyasidan

iborat naqshin bezaklar egallab olibdi. Usta musavvir san’atini naqqoshlikka

almashtiribdi.

Abdurahmon Jomiyning shogirdi va uni qadrlovchi Movarounnahr hokimi

Mirzo Ulugbek jahon tarixiga birinchi bobda ta’kidlaganidek, astronom - olim, 27

Page 28: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewUsta rassom va nozik dil soxibi Behzod san’atini XV asr oxiri XVI asr boshlarida yashagan Hirot solnomachisi Zayniddin Vosifiy yodnomalaridan

barcha go’zalliklar va fan homiysi sifatida kirgan. M. Tohirov o’zining “Mirzo

Ulugbekning pedagogik qarashlari kitobida (Toshkent, 1984 y) yozishicha “...

tengi yo’q Hattot Sulton Ali mashhadiy Hirot va Samarqand rangtasvir san’atining

asoschisidir. Kamoliddin Behzod va kitob bezagining mohir ustasi Maudan Yari

esa nodir badiiy qo’lyozmalar ustida ishlagan yuzlab rassomlarning murabbiysi

hisoblanadilar”. Bu ma’lumotlar shundan dalolat beradiki, mahalliy rassomlarni

tayyorlashda Hirot, Mashhad va boshqa rangtasvir markazlaridan taniqli ustalar

taklif qilingan. Ulugbekni ulug olim va ma’rifatparvar hokim sifatida o’qitish va

tarbiyalash ishiga o’zining munosib hissasini qo’shganligini ta’kidlash joiz. Uning

davrida maktablar tashkil etilgan. Bular uchta oliy maktab madrasa bo’lib,

Buxoroda (1415). Gijduvonda (1433) va Samarqandda (1420) edi. Tohirotning

yozishicha Ulugbekning zamondoshi, tarixchi Vosifiy ma’lumoti bo’yicha, 1420

yil kuzida Samarqanddagi madrasaning ochilish marosimi bo’lib, bunda

pedagoglar, olimlar, talabalar va saroy an’yonlari ishtirokida yigilish (majlis)

o’tkaziladi. Ulugbekka qadar, g deb qayd qiladi muallif, maktablarda, tevarak atrof

o’rganiladigan: madrasalarda tirik jonzodlarni chizishga yo’l qo’yilmagan, garchi

kitoblarda rasmlar mavjud bo’lsa hamki, o’sha yerda bilvosita ma’lumotlarga

ko’ra, rasm chizishning ma’lum bir qoidalari bo’lib, o’quv fani sifatida ruxsat

berilgan. Toxirovning «Ko’gazmali qurollar” hiqidagi eslatmasi. O’sha manbaa.

XVIII asrning oxiri XIX asrning yarmida Xorazmda Munis Xorazmiy

taxallusi ostida mashhur bo’lgan iste’dodli shoir, tarixchi, tarjimon va Hattot

Shermuhammad Avazbey o’gli Munis yashab ijod etgan.

Ma’rifatparvar shoirning yaratgan “Savodi ta’lim” risolasi hattotlik san’atidan

saboq beruvchi asar bo’lib o’z davri uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan. “savodi

ta’lim” risolasi ikki qismdan tashkil topib, birinchi qismida yozuvning nazariy

tomoni, ikkinchi qismida esa amaliy ishlar mezoni yoritilgan. Muallif risolaning

birinchi nazariy qismida yozuv quroli qalam, yozuvning ahamiyati, yozuvni

o’rgatgan ustozi haqida yozadi.

28

Page 29: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewUsta rassom va nozik dil soxibi Behzod san’atini XV asr oxiri XVI asr boshlarida yashagan Hirot solnomachisi Zayniddin Vosifiy yodnomalaridan

Amaliy qismda yozish asboblaridan to’gri foydalanish hamda

husnixatmashqini bajarish yo’lgyo’riqlari o’rgatilgan. Shu bilan bir qatorda shoir

risolani yozishdan maqsadini shunday ifodalaydi.

Ta’lim ishin aylar erdim oson,

Lekin ko’ngil ichra erdi bu kom.

Qo’l raqami ulumi arqon,

Andin talab bo’lsa maxzo’z.

Munisning «Xat haqida”, “Qalam”, “Yozuvlar haqidagi” baytlari, ayniqsa

e’tiborga loyiqdir. U “Husni xat ta’limini bergan Ustoz haqida”gi she’rida

quyidagilarni yozadi:

Xatidan uslub xujasta ta’lim,

Taslim fani xatiga taslim.

Sharmanda xati sabz xatlar,

Xol ofati xattida nuqatlar.

Ta’lim berur na bir raqamdin

Xat yozmoq ishi etti qalamdin.

Bu she’rida shoir dastlab o’ziga savod o’rgatgan, husnixat malakalarini

shakllantirgan ustozini uluglaydi.

Madaniyat va san’at masalalari O’rta asrlardan keyingi davrlarda yashagan

sharqning ma’rifatli kishilarining ham diqqat e’tiboridan bo’lib, ular

dunyoqarashida, ijodida oldingi o’rinlarni egallaydi. Masalan, XIX asrning

Markaziy Osiyoda taniqli olimi, insonparvari «Yangi metodlar» maktablari

goyasining davomchisi Abdulla Avloniy o’zining “Turkiy Guliston yohud axloq”

deb nomlangan asarida garmoniyaga katta o’rin ajratadi. O’zak sifatida tabiat

qonunlari sterjeni, dunyoni mukammal tashkil qiluvchi “garmoniyasiz tasvvur

qilish mumkin emas” deb yozadi.

Estetik tarbiya va badiiy ta’lim muammolari, ularga ilmiy yondashish

masalalari haqida ma’lum darajada o’rta asrlarda sharq olimlari… Yusuf xos Xojib

(21i. yaqin), Burxoniddin Zarnudji (1150-?), Jaloliddin Devoniy (1427-1502 y.).

Muhammad Rizo Erniyoz o’gli Ogahiy, Byerdaq, XIX asrning oxiri XX asrning 29

Page 30: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewUsta rassom va nozik dil soxibi Behzod san’atini XV asr oxiri XVI asr boshlarida yashagan Hirot solnomachisi Zayniddin Vosifiy yodnomalaridan

boshlarida yashab ijod etgan Zavqiy, Furqat, Siddiqiy, Shukuriy, Hamza. Sadriddin

Ayniy va boshqa ko’pgina taniqli fan va madaniyat namoyondalari tomonidan

aytib o’tilgan.

30

Page 31: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewUsta rassom va nozik dil soxibi Behzod san’atini XV asr oxiri XVI asr boshlarida yashagan Hirot solnomachisi Zayniddin Vosifiy yodnomalaridan

2.4.Samarqand va Hirotda Kamoliddin Behzod hayoti va faoliyati

Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati tarixida Temuriylar davrida alohida

ajralib turadi. Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan buyuk zotlardan tarixchi

Xondamir, Sharafiddin Ali Yazdiy, Ibn Arabshoh, Davlatshoh Samarqandiy,

olimlar: Ulugbek, Ali Qushchi, shoirlar: Abdurahmon Jomiy, Alishnr navoiy,

musavvirlar: Qosim Ali, Mirak Naqqosh, Mahmud Mo’zahhib, Hattotlar: Sulton

Ali Mashhadiy va juda ko’p atoqli zotlarni sanab o’tishimiz mumkin. Shu davrda

yashab ijod etgan to hozirgi davrgacha nomi nafaqat Markaziy Osiyo, balki, Jahon

miqyosida tan olingan ijodkorlardan biri Kamoliddin Behzod bo’lib hisoblanadi.

Sharq xalqlarining rangtasvir san’ati hisoblanmish miniatyura san’atining

rivojlanishi bevosita Behzod nomi bilan chambarchas bogliqdir.

Behzod nomi tiriklik chogidayoq (1455-1535) Xurosondan tashqari ham keng

tanilgan edi; uning ko’plab shogirdlari va davomchilari bo’lib, uning asarlaridan

o’rgandilar, xush ko’rib bunga taqlid ham qildilar. Behzod ijodi Hirot, Tabriz,

Buxoro va Samarqand, Hindiston (Dehli va Agra rangtasvir) maktablari va boshqa

miniatyura maktablarining keyingi rivojiga katta ta’sir kursatdi.

Yuqorida nomlari keltirilgan miniatyura maktablari rivojida Behzodning

to’tgan o’rni va u yaratgan maktab haqida biz oldingi boblarda fikr yuritdik. Ushbu

bobda Behzod hayoti va faoliyati, uning asarlarining kiskacha taxlillari hamda

musavvir hayoti va ijodi bilan boglik bo’lgan voqealar tasviri keltiriladi.

O’z davri va undan keyingi avlod musavvirlari yo’lini porloq yulduz misol

yoritgan Movarounnaxr va Xurosonda yashagan, Sharq uygonish davri vakili

Kamoliddin Behzod 1433 yilda Hirotda kambagal xunarmand oilasida dunyoga

kelgan. Ota-onasidan yoshligidan judo bo’lgan. Behzod iste’dodini payqagan

sulton Xusayn Boyqaro kutubxonasining kitobdori, musavvir Amir Ruhillo (Mirak

Naqqosh) unga tutingan ota bo’ladi va uni voyaga yetkazadi. Bo’lajak musavvir

Mirak Naqqosh qo’lida, uning Hirotdagi Nigoristonida miniatyura va naqqoshlik

sirlarini o’rganadi.

Tarixchi va san’atshunoslar fikrlariga ko’ra Behzod 1470 yildan o’z ijodiy

faoliyatini boshlagan.31

Page 32: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewUsta rassom va nozik dil soxibi Behzod san’atini XV asr oxiri XVI asr boshlarida yashagan Hirot solnomachisi Zayniddin Vosifiy yodnomalaridan

Behzod musavvirlik sir-asrorlarini Buxorolik musavvir “Umdat al musavvir”

deb olgan ustod Jahongir va o’rta Osiyo musavvirlik maktabining asoschisi ustod

Gunchning ishlarini davom ettirgan naqqosh Pir Ahmad Tabriziydan o’rgangan.

Behzodning buyuk musavvir bo’lib tanilishida Sulton Husayn Boyqaro va

buyuk Alisher Navoiy hissasi kattadir.

Biz Behzod ijodi va faoliyatini o’rganar ekanmiz uch davrga diqqatimizni

qaratamiz. Birinchisi Behzod tugilgan va yashagan yurt Hirot Temuriylar davri,

ikkinchisi Shayboniylar sulolasi hukmronligi davri Hirot va Buxoro, uchinchisi

Savafiylar sulolasi hukmronlik qilgan – Hirot va Tabriz shaharlaridir. Musavvir

Husayn Boyqaro, Shayboniyxon, Shoh Ismoil Savafiy va Shoh Taxmasb

Savafiylar hukmronligi ostida yashab ijod etdi.

Kamoliddin Behzod mashhur musavvir bo’lib tanilgach, sulton Husayn

Boyqaro unga saroydan joy ajratadi va 1487 yil shaxsiy farmoni bilan uni

Hirotdagi saltanat kutubxonasiga boshliq etib tayinlaydi. Bunday yuksak

martabaga erishgan Behzod ustaxolnasini ingliz san’atshunos olimi F. Martin

quyidagicha ta’riflaydi: “Sharq quyoshi Behzod uchun qurilgan shinam hujrani

nurga garq yetdi. Bu yerda naqqosh pastakkina kursi ustida engashib ishlardi.

Kursining tortma xonachalarida shoh asarlar yaratish uchun zarur bo’lgan barcha

narsa muhayyo. To’gri, Behzod Yevropalik musavvirlarnikidek keng va qulay

ustaxona (studiya)ga ega bo’lmagan. Uning ish joyi oddiygina bir hujra bo’lib, oq

marmar devorlari mohir Sharq Hattotlari tomonidan Qur’on kalimalari bilan

mo’zayyan etilgan. Hujrada bo’yra to’shalgan. Burchakda gilam ustida bir nechta

yostiq . bu mehmon yoki muxlislar uchun qo’yilgan edi. Hujra orqasi bog, sokin

suvli hovo’z, undan nariroq gulzor va daraxtzor. Hujra atrofida atirgullar

chamandek ochilib yotardi... shu muhitda Behzod o’tirib, nozik mo’yqalami bilan

rasm chizirdi. Nozik mo’yqalamni undan ilgari ham, keyin ham hech bir musavvir

Behzodchalik ishlatishga muvaffaq bo’la olmagan” (N.Norqulov, I.Nizomiddinov

miniatyura tarixidan lavhalar T, 1970).

Behzodning mavqei miniatyura san’atining portret janri shakllanishida

beqiyosdir. Uning portretlaridagi odamlar individual o’xshashlikka ega. Usta 32

Page 33: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewUsta rassom va nozik dil soxibi Behzod san’atini XV asr oxiri XVI asr boshlarida yashagan Hirot solnomachisi Zayniddin Vosifiy yodnomalaridan

rassom va nozik did sohibi Behzod faoliyatini XV asrning oxiri XVI asr

boshlarida yashagan Hirot solnomachisi Zayniddin Vosifiy yodnomalaridan ham

bilib olishimiz mumkin. U shunday deb yozgandi: - «Doimo shoh (Sulton Husayn)

gam tashvishdan va notinchlikdan ranjigan vaqtda, Behzod portretlarni yoki biror

bir Behzod chizgan suratlarni tomosha qilar edi. Husayn Boyqaro portreti bizning

davrgacha yetib kelgan (O’zS.E. T.2 205 b).

Tasvirda shoh cho’kka tushib, kim bilandir suhbatlashayotgandek

tasvirlangan. XV asr oxiriga kelib Hirotda Temuriylar saltanati yemirilishi

boshlanadi. 1501 yilda Alisher Navoiy, 1506 yilda Sulton Husayn Boyqaro vafot

etadi. 1507 yilda Hirot Shayboniyxon qo’liga o’tadi. Ko’pgina san’at ahli Hirotdan

chiqib ketadi. Behzod san’atiga shaydo bo’lgan Shayboniyxon unga qulay

sharoitlar yaratib beradi. Shayboniyxon o’z vaqtida Buxoroda tahsil olgan bo’lib,

ilmli, adabiyot va san’at homiysi sifatida ham tanilgan. Behzod Shayboniyxonni

Hirotda bo’lgan paytda oddiy, lekin bejirim kiyimda tasvirlangan. U chordona

qurgan holda qora bolishga suyangan holda o’tiribdi. Oldida yozuv ashyolari

siyohdon, qamaldon va kitob. Portretda salobatli, baquvvat gavdali, o’z qadrini

biladigan kishi sifatida tasvirlangan. Portret to’q qirmizi, qora, zangori, oltin sariq

kabi ranglardan foydalangan holda chizilgan. Qora va qirmizi ranglar xususida

adib Primqul Qodirov bir muncha boshqacharoq fikr yuritganlar.

1510 yilda Shayboniyxon Mavr yonidagi jangda yengiladi va Hirot Savafiylar

sulolasi vakili Shox Ismoil Savafiy o’tadi. 1512 yil saltanat poytaxti sifatida

Tabrizga ko’chiriladi. Iste’dod sohiblari qatori Musavvir Behzod ham Tabrizga

olib ketiladi. Endilikda Hirot poytaxt sifatida o’z mavqeini yo’qotadi. Hirot

musavvirlari uslubi endilikda Tabrizda namoyon bo’la boshlaydi. Shoh Ismoil

Savafiy Behzodga ijod qilishi uchun barcha shart sharoitlarini yaratib beradi.

Behzod bu sulola davrida ham uluglanadi va maxsus farmon chiqarilib Tabrizdagi

saltanat kutubxonasiga boshliq etib tayinlanadi.

Shoh Ismoil 1522 yili Behzodni Tabrizda shoh kutubxonasiga boshliq etib

tayinlar ekan, quyidagi so’zlarni insho etadi: “Asr nodirasi musavvirlar peshvozi,

muzahhiblar yetakchisi Ustod Kamoliddin Behzodkim, uning chehra ochuvchi 33

Page 34: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewUsta rassom va nozik dil soxibi Behzod san’atini XV asr oxiri XVI asr boshlarida yashagan Hirot solnomachisi Zayniddin Vosifiy yodnomalaridan

mo’yqalamidan Moniy joni xijil bo’ladi, suratga oro beruvchi qalamidan lavhalari

hijolat chekdi, shunga binoan unga shu narsa taalluqli va lozim topilsinkim,

payvasta qalamni ijrosi vojib farmonga bosh cheqirib, halifa nishonli shodshoh

ostonasining mulozamati markaziga uning qadamini pargarmisol mustahkam

qo’yib, xisravona lutf va shohonamarhamat bajo keltirib hukm etamizki, oliyhazrat

kitobxonasi ahli, kitob, naqqosh, muzahhib, jadvalkash, xalqor, zarkub, panohidagi

mamlakatning mazkur hunarlarga mansub bo’lgan boshqa jamoati uning ixtiyorida

bo’lsinlar. Pok dilli amirlar, monandi yo’q vazirlar, olampanoh dargohdagi noiblar,

sulton xizmatidagi muboshirlar, umuman, devor ishlari mutassadilari, shoh

kitobxonasi aholisi va mazkur ustod zimmasiga mustavfiy va kalontarlik ishini

topshirilgan deb hismoblab, kitobxona ishlarini ado etishni uning zimmasiga

yuklatilsin.

Bu davrda musavvir ismoil I portretini ham chizganligi ma’lum. 1524 yilda

Shoh Ismoil Savafiy vafot etadi. Davlat tepasiga uning o’gli shahzoda Taxmasb

keladi. Musavvir unga vusavvirlik sirlarini o’rgatadi. Shunga qaramasdan u

Behzodni o’zining shogirdi va jiyani Muzaffaralidan past qo’yadi. Muzaffaraliga

“naqqoshlar shohi” unvonni beradi (O’z. S.E. T2 2204 b).

Kamsitilgan Behzod yana Hirotga qaytadi. Kamoliddin Behzodning ishlagan

suratlarni sanogiga yetish qiyin. Shu sababli biz musavvir ijodi va merosini

o’rgangan tarixchi va san’atshunoslar (jumladan O.Usmonov, N.Norqulov,

T.Mahmudov va boshqalar fikriga ko’ra eng mashhur deb hisoblangan ishlari

nomlarini keltiramiz.

1. Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”siga ishlangan miniatyura. Ushbu

miniatyuralarda tarixiy voqealar, jang, ov manzaralari saroyidagi qabul

marosimlari, qurilishlar tasvirlanadi. Musavvir jangchilar jasorati va mehnat

jarayonini tabiiy ishonarli qilib tasvirlagan. Miniatyuralarda kompozitsiya

yuqoridan ko’ringandek tasvirlanishi ko’p hurmatli kishilar va manzaralarni

tasvirlab berish imkonini yaratgan. Ushbu turkumdagi ishlarga Xiva qal’asini zabt

qilish, “Jang”, “Samarqand masjidini qurish” kiradi. Ranglar yorqin, zarhal

bo’yoqlar ko’p ishlatilgan.34

Page 35: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewUsta rassom va nozik dil soxibi Behzod san’atini XV asr oxiri XVI asr boshlarida yashagan Hirot solnomachisi Zayniddin Vosifiy yodnomalaridan

2. Amir Xisrav Dehlaviy va Nizomiy Ganjaviyning “Xamsa” lariga ishlangan

miniatyuralar. Ushbu miniatyuralar 1492-1500 yillar orasida ishlangan.

Nizomiyning “Layli va Majnun”, Dehlaviyning “Majnun va Layli” siga ishlangan

miniatyuralar Behzodning bu davrda yuksak mahorat cho’qqisini egallaganligidan

darak beradi.

3. Portret tasvirlari. Behzod murakkab portret sohasida ham qator tasvirlarini

yaratgan. Jumladan, Husayn Boyqaro, Shayboniyxon, Shoh Taxmasb,

Abdurahmon Jamiy va boshqalarning tasvirlarini misol qilib keltirishimiz mumkin.

4. Sa’diy “Guliston” va “Bo’ston” asarlariga ishlangan miniatyuralar.

5. Jomiyning “Salomon va Iqbol” asariga ishlangan rasmlar.

6. “Tuyalar jangi” surati 1525 yilda yaratilgan bo’lib, chuqur falsafiy ma’nogo

ega bo’lgan asardir.

Kamoliddin Behzod ishlari Franstiyaning Luvr muzeyida, Berlindagi milliy

kutubxona, AQShning Boston Metropolitenida, Qohira muzeyida, Britaniya

muzeylarida, Sankt-Peterburgdagi Saltikov-Shchedrin kutubxonasida, Erondagi

Guliston saroyida, Turkiyaning To’pkoti Saroy kutubxonasida, Qoxiradagi “Islom

san’ati” muzeyida, Mashhuddagi Ostonai Quddus majmuasida, ko’pgina shaxsiy

kolleustionerlar qo’lida saqlanmoqda.

Shu bilan bir qatorda shuni ta’kidlash joizki, sharqqa xos kamtarlik tufayli

musavvir, hattotlar o’z ishlariga imzro qo’ymaganlar. Shu sababli ko’pgina

minatyuralar san’atshunos olimlarning ushbu san’at tadqiqotchilarining zaxmatli

mehnatlari tufayli aniqlanib o’z muallifini topmoqda. Musavvir 1537 yilda Hirotda

vafot yetdi.

Hunarni asrabon ketgumdir oxir,

Olib tuproqqamu ketgumdir oxir Kamoliddin Behzod jahon san’ati tarixida yorqin iz qoldirgan buyuk shaxsdir.

Biz Behzod haqidagi fikrlarni turli davrlarda yashagan mashhur shaxslar so’zlarida

kuzatamiz. Hattot Do’st Muhammad “Kamoliddin Behzod zamondosh mo’yqalam

35

Page 36: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewUsta rassom va nozik dil soxibi Behzod san’atini XV asr oxiri XVI asr boshlarida yashagan Hirot solnomachisi Zayniddin Vosifiy yodnomalaridan

sohiblari orasida eng yaxshi musavvir va hattotlar boshligi, o’z san’atining

cho’qqisiga erishgan uluglardan edi» deb ta’riflangan edi.

“Hattotlar va musavvirlar to’grisidagi risola”da Qozi Ahmad “Qisqa bir vaqt

orasida Behzod shu darajada mohir musavvir bo’lib yetishdiki, rangtasvir paydo

bo’lgandan buyon bu sohada san’at ahli orasida unga teng keladigani yo’q edi”,

uning ko’mir bilan chizgan tasviri mahorat jihatdan Moniy tasviridan ham afzal.

Agar buni Moniy bilganida undan shubhasiz, andoza olardi» deb uluglaydi.

Tarixchi Xondamir “Xabib-us-siyar” asarida “Kamoliddin Behzod ajoyib va

garoyib suratlarni zohir qiluvchi, hunar yodgorliklarini bunyod etuvchi, Moniy

surat chizuvchi, mo’yqalamli, olam musavvirlari asarlarini (ajoyib suratlari bilan)

yo’qqa chiqaruvchi va misli yo’q 9 nozik hunarlarga mohir) barmoqlari bilan barii

odam xunarmandlari tasvirlarini mavh qiluvchidir… deya yuksak baho beradi.

Buyuk musavvir Kamoliddin Behzodning monumental tasvir sohasidagi ishlari

butunlay kitob sahifalariga ko’chgan davrning ulug vakilidir. Behzod ijodiy

kamolot cho’qqisiga erishgan paytlar Hirotning bogi Safididagi Tarabxona ko’shki

devorlariga jangovor tasvirlar ishlangani haqida ma’lumotlar saqlanib qolgan.

Keyinchalik, asosan, kitob miniatyuralari keng taraqqiy topdi.

Alisher Navoiyning zamondoshi tarixnavis Zayniddin Vasifiy «Badoiy ul

vaqoe” asarida qiziq bir hodisani yozib qoldirgan. Mashhur musavvir yangi suratni

Amir Alisher majlisiga keltirgan. «suvratda tasvirlanishicha - davom etadi Vosifiy,

- orasta boglar, turli-tuman daraxtlar... xushsuvrat qushlar, xar tarafda ariqchalar…

Ochilgan zangori gul tuplari va uning orasida Mir (Alisher)ning yoqimli xush

suvrati. U hasoga tayangan... yonida soqchi uchun zar to’la tabaqlar. Hazrati Mir ul

suvratni mushohada va mulohaza qildi: ul nafis sahifa-boglar ichra latif va shodlik

gullar, xayoliy hovo’zlar atrofi go’zal va ho’zur bagishlovchi daraxtlar bilan

bezatilgan…” (N.Norqulov, Kamoliddin Behzod. T, 1964).

“Behzod ishlagan miniatyura tasvirini ko’pchilik tomosha qilib, uning badiiy

jihatdan o’sha davr estetik talablarga juda monand ekanligi odatdagi holdek qabul

etadilar. Tasvirlarning qanchalik tabiiy va jonli ekanligi haqida hazil – mutoyiba

borar ekan, odam va qushlarning tasviri islom dinida qat’iyan mann etilgani 36

Page 37: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewUsta rassom va nozik dil soxibi Behzod san’atini XV asr oxiri XVI asr boshlarida yashagan Hirot solnomachisi Zayniddin Vosifiy yodnomalaridan

yigindagilarning xayoliga ham kelmagan. Demak, Alisher Navoiy homiyligi ostida

o’sha davr miniatyura san’atining ravnaq topgani ham bejiz emas» - deb yozadi

P.Zohidov.

Fransiyalik san’atshunos olim I.Shchukin Alisher Navoiyning Kamoliddin

Behzod talantining shakllanishi va voyaga etishgandagi ta’sirini quyidagicha

izohlaydi: «Behzod - musavvir Mirak Naqqosh rahbarligida shakllangan bo’lsa-da,

ijodining yuksak bosqichiga ko’tarilishi, davlat arbobi, mesenat shoir Alisher

Navoiy rahbarligida bo’ldi. Xuddi ana shu zotning homiyligi, rahbarligi, yo’l-

yo’riq ko’rsatishi natijasida... ustod Behzod va Shoh Muzaffarlar rassomchilikda

shuhrat qozondilar».

Afgonistonlik professor Abdulhay Habibiy “Hirotlik Behzod yoqqan san’at va

nafosat mash’alasining so’nmas nurlari Isfaxon, Tabriz, Istambul, Buxoro va

Samarqandgacha borib yetdi» - deya Behzodni uluglaydi.

A.N. Boldirev «Alisher Navoiy” kitobida Vosifiyning bir hikoyatini keltiradi:

«Alisher Navoiy qoshidagi bir majlisga musavvir Behzod endigina tugatgan bir

miniatyurani olib keladi. Unda shoir gullagan bog ichida tasvirlanadi. Navoiy bu

suvratni yigilganlarga ko’rsatib fikr so’raganda, shunday olqishlarni eshitadi.

Suhbatdoshlaridan biri bu suvratni ko’rib, undagi gullardan birini o’zib o’z

sallasiga qistirib olmoqchi bo’lganligini, ikkinchisi – shu gullarga qo’l uzatsa

daraxt shoxidagi qushlarni uchirib yuboraman deya xayolga borganini, eshik

oldida o’tirgan uchinchisi esa bu holatda Navoiyning qoshlari chimirilgandek

bo’lganligini, to’rtinchisi esa, Navoiy qo’lidagi hasoni olib gulni uzmoqchi bo’lgan

kishini urishga hozir ekanligini bayon etadilar.

1910 yilda Myunxenda musulmon san’ati ko’rgazmasi ochilgan. Bu

ko’rgazmada Hirot miniatyurasi maktabining asosiy vakili, Marten aytgandek,

sharq Rafaeli - Kamoliddin Behzodning 10 dan ortiq asarlari namoyish qilindi.

Ko’rgazmadagi bebaho kartinalardan biri, shubhasiz, Behzodning 1507 yilda

chizgan O’rta Osiyodagi o’zbek davlatining boshligi Shayboniyxon portreti edi.

(hozirgi kunda bu portret AKShda, kolleksionerlar qo’lida). Myunxen

ko’rgazmasida hamma Behzodning buyukligiga tan berishdi. Hayratga tushgan 37

Page 38: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewUsta rassom va nozik dil soxibi Behzod san’atini XV asr oxiri XVI asr boshlarida yashagan Hirot solnomachisi Zayniddin Vosifiy yodnomalaridan

Renuar jilvakor, ravshan ranglar oqimiga, tomdan tarasha tushgandek, toza qora

rang qo’shilib, qogozdagi tekislikning o’ziga xos qurilishi boshqarib turilganligini

ko’rib, o’z ko’zlariga ishonmadi.

Matiss esa Behzod asarlarini ko’rgandan so’ng, asarlariga yana ham

“Sharqona” tus berdi. Uning 1910 yillarda. Ya’ni 11- Myunxen ko’rgazmasidan

so’ng yaratgan “Qizil baliqlar” (1911), “Kazbaga kirish yo’li” (1912), “Derazadan

ko’rinish”, “Tanjer” (1912), “Rassom ustaxonasi” (1911), “Ayvonda turgan Zoro

portreti” (1911) va nihoyat “Marokash ayoli” (1912) asarlarga e’tibor qiling.

Ularga qarasang, rassomning Yevropa dastgohli rangtasvirining klassik

prinsiplaridan uzoqlashganini ko’rasiz. Bulargacha ularning Sharq gilami ustidagi

“Haykalcha va guldon” (1908), “Mevalar va bronza” (1910) va boshqa yaratilgan

asarlarida ranglar silliqligi, serjilva, quyuq bo’yoqlarning berilishi ham bejiz emas

(Mikael Abdullaev, Behzod va Matiss “O’zbekistoni san’ati”: 1980 №8).

38

Page 39: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewUsta rassom va nozik dil soxibi Behzod san’atini XV asr oxiri XVI asr boshlarida yashagan Hirot solnomachisi Zayniddin Vosifiy yodnomalaridan

Xulosa Hozir amaliy san`atga, umuman ommaviy ko`rgazmali axborat vositalariga yosh

avlodni xoyaviy, ma`rifiy va estetik tarbiyalashning muhim omillari sifatida

qaralmoqda. Ayni paytda bularning sifatiga qo`yilayotgan talablar ham ortib

borayotir. Bu talablar amaliy ma’naviyatga bevosita daxldor kishilarni mazkur

ishlarning ta`sirchanligini oshiradigan yangi vositalarni, yangi kompozitsion

echimlarni topishga dav`at etmoqda. Ana shu boradagi izlanishlar hozircha ma`lum

bo`lgan va badiiy bezash ishlarida muvaffaqiyatli qo`llanayotgan nazariy asoslarni

takomillashtirishda, yangi vositalardan oqilona foydalanishda o`z aksini topmoqda.

Amaliy san`atning tarixiy kelib chiqishi insoniyatning bolalik davriga borib taqaladi.

Bashariyat ulg’ayib borgan sari amaliy san`at ham yuksala bordi. Yashash uchun

kurash mavjud ekan, yaxshi yashash uchun ehtiyoj kuchayib borish jarayonida qo`l

mehnatidan aqliy mehnat ajralib chiqa boshladi.

Usta Shirin murakkab gumbaz sistemalarini qurish san`atini to`la egallagan; u

O`zbekiston arxitektura yodgorliklarini qayta tiklash ishida faol qatnashgan. Ustaning

nazariy fikrlari qali to`la o`rganilmagan bo`lsa-da, u chizgan arxitektura

chizmalarning o`zi ham ko`pgina ma`lumotlar bera oladi. Usta o`nlab qobiliyatli

shogirdlarni etishtirdi. qozirgi kunda ustaning san`atini Ibrohim Shermuqammedov,

Aminjon Salomov, Rabijon qurbonov, narzulla Murodov, Toyir Jalilov, Ismat

Ne`matov, qaybulla ne`matov kabi shogirdlari davom ettirmoqdalar. Usta ijodi qar

tomonlama yoritilgan taqdirdagina uning binokorlik nazariy va amaliy fikrlari

oydinlashadi.

Nafis ganch o`ymakorligi usta ijodida birinchi o`rinda turadi. Usta Shirinning o`zi

ham o`ymakorlikni binokor usta san`atining yuqori cho`qqisi, deb hisoblar edi.

Men bu makaviy bitiruv ishimda Usta Shirinning dekorativ ornament yasash va

o`yish san`atini qisqacha bayon etdim.

Ustaning uy-joy binolarini loyiqalash va qurishdagi ishlarini hali alohida

tekshirish va uzoq o`rganishni talab etadi. Usta Shirinning ish uslubi, nozik

kompozitsiyalari, uning bizgacha qoldirgan ajoyib va betakror san`at asarlari haqida

39

Page 40: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewUsta rassom va nozik dil soxibi Behzod san’atini XV asr oxiri XVI asr boshlarida yashagan Hirot solnomachisi Zayniddin Vosifiy yodnomalaridan

qancha gapirilsa, shuncha oz. Bu asarlarni o`rganish uchun va kelajak avlodga

o`rgatish, ularni shu kasbga qiziqtirish uchun men o`z vaqtimni, mehnatimni va

kuchimni ayamayman. Men qam usta Shirin kabi butun iste`drdimni asosan

o`ymakorlikka baqishlamoqchiman.

So`ngida men Usta Shirinning quyidagi o`z niyat va istaklarini takrorlab kelajak

avlod va yoshlarga takrorlamoqchiman: "Ganchkorlar san`ati tezroq kamol topib, qar

bir uyga kirib kelsa deyman. Naqshin gullar qalbga quvonch, orom bag’ishlaydi.

Bunday shinam uyda miskinlik va jaholatga o`rin yo`q. Shinam uyda yashagan har

bir kishining o`z uyi, Vatani, xalqiga bo`lgan mehri ham kuchli bo`ladi.

40

Page 41: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewUsta rassom va nozik dil soxibi Behzod san’atini XV asr oxiri XVI asr boshlarida yashagan Hirot solnomachisi Zayniddin Vosifiy yodnomalaridan

41

Page 42: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewUsta rassom va nozik dil soxibi Behzod san’atini XV asr oxiri XVI asr boshlarida yashagan Hirot solnomachisi Zayniddin Vosifiy yodnomalaridan

Ganchkorlik usulida bezalgan zal.

42

Page 43: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewUsta rassom va nozik dil soxibi Behzod san’atini XV asr oxiri XVI asr boshlarida yashagan Hirot solnomachisi Zayniddin Vosifiy yodnomalaridan

Kamoliddin Behzod. Shayboniyxon portreti, 1507.

43

Page 44: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewUsta rassom va nozik dil soxibi Behzod san’atini XV asr oxiri XVI asr boshlarida yashagan Hirot solnomachisi Zayniddin Vosifiy yodnomalaridan

Navoiy buyuk shoirlar o’rtasida. Saddi Iskandariy. 1485 y.

1 Hasan Dehlaviy 3 Abdurahmon Jomiy 5 Xusrav Dehlaviy 2 Alisher Navoiy 4 Nizomiy Ganjaviy 6 Shayx Sa’diy 7 Abulqosim Firdavsiy 8 Sanoiy 9 Anvariy 10 Xoqoniy

Hazrati Imom majmuasi.

44

Page 45: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewUsta rassom va nozik dil soxibi Behzod san’atini XV asr oxiri XVI asr boshlarida yashagan Hirot solnomachisi Zayniddin Vosifiy yodnomalaridan

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T.: O‘zbekiston, 1992.

2. Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atni yanada rivojlantirishning

davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida. O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining 1997-yil 31- mart farmoni “Xalq so‘zi” gazetasi. -T.

1997-yil 1-aprel.

3. Karimov. I. A.“Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” T.,

“Ma’naviyat” 2008.

4. Karimov I. «Ma’naviyat falsafa va hayot». -T., «Fan».2001.

5. O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim to‘g‘risidagi Qonuni -Toshkent, 1992.

6. O‘zbekistonda umumiy o‘rta ta’lim markazi kontsepsiyasi.- Toshkent: Xalq

ta’limi, 1992.-1-son.

7. Abduqodirov A. Obidalar jilvasi. -Toshkent: O‘zbekiston,

8. Avedova N.A. Toshkent o‘ymakorligi. - Toshkent: O‘z dav. Badiiy adabiyot

nashr, 1961.

9. Azimov I. Farg‘ona vodiysining arxitektura yodgorilklari.-Toshkent:

O‘zbekiston, 1986.

10. Azimov I. O‘zbekiston naqshu-nigorlari. -Toshkent: Adabiyot va san’at nashri,

1987.

11. Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo.-Toshkent, 1992-yil.

12. Asotirlar va rivoyatlar. -Toshkent: Yozuvchi, 1993-yil. 15. Anuxtin O.K.

Badiiy naqsh maktabi. -Toshkent: O‘qituvchi, 1969.

13. Avloniy A. Turkiy guliston yohud axloq. -T.: O‘zbekiston, 1992.

14. Amanullayev A.A. Oliy o‘quv yurtlarida talabalarni ganch o‘ymakorligi

to‘garak ishlarini boshqarishga tayyorlashning ilmiy metodik asoslari. (Badiiy

grafika fakultetlari misolida). Ped. fan. nomzodi ilmiy darajasini olish uchun

yozilgan dissertatsiya. -T.: TDPU, 2001.45

Page 46: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewUsta rassom va nozik dil soxibi Behzod san’atini XV asr oxiri XVI asr boshlarida yashagan Hirot solnomachisi Zayniddin Vosifiy yodnomalaridan

15. Amir Temur o‘gitlari: (to‘plam) tuzuvchilar B.Ahmedov, A.Aminov-T.:

Navro‘z, 1992.

Internet saytlari.1. www.google.uz 2. www.gov.uz 3.Ziyonet.uz 4.www.uza.uz

Mundarija

Mavzu: “Samarqand va Hirot nafis tasviriy san’at maktabi.”

I. Kirish.............................................................................................3-4

II. Asosiy qism ................................................................................5-6

2.1.Temuriylar davri Samarqand va

Hirot miniatyura maktabi...............................................................7-15

2.2. O’zbekiston xalq amaliy san’ati..............................................16-26

2.3. Samarqandda ustoz-shogird ananasi......................................27-30

2.4. Samarqand va Hirotda

Kamoliddin Behzod hayoti va faoliyati.........................................31-38

Xulosa.............................................................................................39-40

Ilovalar..............................................................................................41

46