Upload
others
View
40
Download
0
Embed Size (px)
Citation preview
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIM VAZIRLIGI
Aj iniyaz nomidagi Nukus davlat pedagogika insti tut i
Tabiyatshunosl ik va geografiya fakul tet i
BOTANIKA kafedrasi
3b-bosqich talabasi
Qalimbetov Esen «Biologiyani o`qitishda innovatsion texnologiya» fani buyicha
Kurs ishi
Mavzu: «Umumiy genetikani uqitishda o’qitishning interfaol usullaridan
foydalanishni ahamiyati»
Botanika kafedrasining
mudiri : b.f.n., dotsent M.T.Baltabaev
Ilmiy raxbar: b.f.n., dotsent A.B.Ajiev
Talaba: E.Qalimbetov
NUKUS-2014
- 2 -
REJA: KIRISH
ASOSIY QISM
1 BOB. Pedogogik texnologiyalarining o`rganish materiallari va qisqacha
tadqiqot tarixi
1.1 O`rganish materiallari
1.2 Pedogogik texnologiyalarining qisqacha tadqiqot tarixi
2 BOB. Analiz va umumiy qism
2.1. O`qitish, ishchanlikni o`zini-o`zi boshqarib faollashtiruvchi jarayon
2.2. O`quvchilarning o`qishga bo`lgan faolligini oshirishning didaktik asoslari
2.3. Biologiya darslarida bilishga bo`lgan ishchanlikni faollashtirishni analiz qilish
2.4 Ko`rgazmali metodlar
2.4 “Odam genetikasini o’rganish usullari” darslarini o’qitishda aktivlashtiruvchi
topshiriklarni foydalanish
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIOTLAR
- 3 -
KIRISH
Mustaqil Respublikamiz o`zining rivojlanish yo`lidagi birinchi baland
ma`naviyatimizni tiklash milliy ta`lim tarbiya sistemasini etishtirishda ularni
zamon talabiga mos jahon standarti darajasiga chiqarishda katta ahamiyat berib
kelmoqda. Ta`lim haqida qonun va «kadrlar tayyorlashning milliy dasturi»
bo`yicha Oliy o`quv yurtlari oldiga yuqori malakali mutaxassislar bakalavr va
magistrlar tayyorlashdek murakkab va ma`suliyatli vazifalar qo`yilgan.
Shunga muvofiq ta`lim muassasalarida o`qitiladigan barcha o`quv
fanlarini ilg`or pedagogik va axborot texnologiyalari bilan ta`minlashni ko`zda
tutadi. Shu sababli barcha o`quv fanlari kabi biologiyani o`qitishda ham
pedagogik texnologiyalardan foydalanish zamon talabi sanaladi.
Bugungi kuni ta`lim tizimida qo`llanilayotgan an`anaviy ta`limning
mazmuni o`zgaradi va yangi ta`lim-tarbiya jarayoni tashkil etildi. Bu jarayon
pedagogik munosabatlarning demokratiyalashtirishga o`quvchilarning bilish
faoliyatining ta`lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga, o`quv
materialini didaktik jihatdan takomillashtirishga, hamda ishlashga va xalq
pedagogikasi maydonlaridan foydalanishga harakatlangan.
Biologiyani o`qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish,
o`quvchilarning ongiga milliy istiqlol g`oyalarini singdirish, vatanga sadoqat,
umuminsoniy qadriyatlariga hurmat ruhida tarbiyalash imkonini beradi.
Ta`lim sohasi bo`yicha davlat siyosatidagi tubdan o`zgarishlar o`qituvchi
faoliyatini yangiladi. O`quvchilarda erkin fikrlash, insonparvarlik tuyg`ularini
mustahkamladi.
Bugun O’zbekiston demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik
jamiyati qurish yo’lidan izchil borayotganligi uchun kadrlar tayyorlash tizimi
tubdan isloh qilindi, davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta’lim
ustuvorligi qaror topdi. O’quv-tarbiyaviy jarayonni ilg’or pedagogik
- 4 -
texnologiyalar bilan ta’minlash zarurati ham Kadrlar tayyorlash milliy
dasturini ro’yobga chiqarish shartlaridan biridir. Shu sabab biz bu pedagogik
fenomenning paydo bo’lishi va rivojlanish jarayonini o’rganishga tarixiy
yondashmoqdamiz. Respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov Oliy Majlisning XIV-sessiyasida
“Yangi darsliklarni, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini o’z
vaqtida ishlab chiqish va joriy etishni ta’minlashni nazorat ostiga olish
zarurligi” ni alohida ta’kidladilar. Bugun olimlar va o’qituvchilar ilg’or
pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqishga astoydil kirishishlari shart va ular
bu ishga mas’uldirlar. Bu sohaga yaqin xorijiy davlatlarda ham e’tibor
kuchaytirilmoqda.
Muhimi shundaki, Prezidentimiz I.Karimov tomonidan Milliy dasturni
ro’yobga chiqarish bosqichida (2001-2005 yillar) “O’quv-tarbiyaviy jarayonni
ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash” muhim vazifalardan biri
sifatida belgilandi.
Respublikamizdagi oliy (o’rta maxsus, kasb-hunar, maktab) ta’limi
tizimida faoliyat ko’rsatayotgan professor-o’qituvchilarni malaka oshirish
kurslarida ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalari bo’yicha yangi bilimlar
tizimi bilan qurollantirishni uzluksiz tashkil etish davr talabidir. Bugun
pedagogik texnologiya alohida fan sifatida pedagogika oliy va o’rta maxsus
o’quv yurtlarining o’quv rejasiga ham kiritildi.
Hozirgi zamon sharoitida, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda,
o’qitishning hozirgi zamon tizimlari va yangi pedagogik texnologiyalari
asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Yangi pedagogik
texnologiyalarni xislati shundaki, unda qo’yilgan maqsadlarga erishish
kafolatini beruvchi o’quv jarayoni rejalashtiriladi va amalga oshiriladi.
Darhaqiqat, mashg’ulotlarning muvaffaqiyatli o’tishining 80 % ta’lim
jarayonini to’g’ri loyihalashtirish, tashkil etish va uni amalga oshirishga
bog’liqdir.
- 5 -
Har qanday faoliyat maqsadi – kelajak faoliyat natijasining xayoldagi
qiyofasidir. Zamonaviy o’qitish texnologiyasi maqsadlarga izchil mo’ljal
olishning asosi bo’lib, tezda ushbu borada qaytib keladigan aloqa manbai
hisoblanadi. Bunda o’quv maqsadlari imkoni boricha aniqlashtiriladi.
Zamonaviy pedagogik texnologiya o’zining pedagogika va boshqa fan
yutuqlari bilan bog’liq xususiy nazariyasiga ega; u birinchi galda o’quv-
tarbiyaviy jarayonni ilmiy asosda qurishga yo’naltirilgan; o’qitishning
axborotli vositalaridan, didaktik materiallardan, faol metodlardan keng
foydalanishga asoslangan o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi
faoliyatiga zamin yaratadi.
Kelajakda ta’lim taraqqiyotining haqqoniy dvigateli sifatida o’qituvchi
faoliyatini yangilashga, ta’lim-tarbiya jarayonini maqbul (optimal) qurishga,
o’quvchi yoshlarda hur fikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga sodiqlik,
insonparvarlik tuyg’ularini shakllantirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Mavzuning dolzarbligi: bugungi kunda O’zbekiston respublikasi
umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlaridagi darslarda
o’quvchilarning bilish xususiyatlarini aktivlashtirish eng muhim masalalardan
biri hisoblanadi. Biologiya fanini o’qitishda o’quvchilarning bilish
xususiyatlarini aktivlashtirish uchun qanday usullar metod va
texnologiyalardan foydalanish yaxshi samara berishi mumkin. Shuning uchun
referat ishini shu mavzuga yo’naltirdik.
Kurs ishida bilish xususiyatlarining bosqichlari, faktorlari va ularga oid
ishlanmalar berilgan. Bilish xususiyatlarini aktivlashtirishning pedagogik va
information texnologiyalari foydalanilgan. O’qitishning didaktik va zamonaviy
pedagogik texnologiyalaridan foydalanilgan.
Ushbu kurs ishimda Pedagogika instituti kutubxonasidagi mavjud
kitoblar, J.Tolipova va A.G’ofurovning “Biologiyani o’qitish metodikasi”
(2007), J.Tolipovaning “Biologiyani o’qitishda pedagogik texnologiyalar”
(2011) J.Tolipovaning va boshqalar “Botanikani o’qitish metodikasi”. 5-sinf,
- 6 -
J.Tolipovaning va boshqalar “Botanikani o’qitish metodikasi”. 6-sinf ,
internet materiallari: “Ziyonet.uz”, ”yandeks.ru”, ”Google.ru/uz.”,
”solmin.rq.gov.uz.” saytlaridan foydalandim.
1 BOB. PEDOGOGIK TEXNOLOGIYALARINING O`RGANISH
MATERIALLARI VA QISQACHA TADQIQOT TARIXI
1.1 O`rganish materiallari
Biologiyani o`rganishda va o`qituvchining o`rganilayotgan materialini izlash
mazmunli sifatli o`zlashtirish ta`lim texnologiyasiga bog`liq. Shuning uchun
pedagogik texnologiya nazariyasidan uning mohiyati, shakllanishi, taraqqiyoti,
tarixi, afzalliklari, ta`lim jarayonining istiqbolini ta`minlashdagi o`rni va roli
o`rganiladi. Biologiyani o`qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanishda
asosiy materiallar J.O.Tolipova 1992., A.T.G`afurov va boshqa 1992.,
J.K.Yo`ldoshev 1994., G.K.Selevko 1918., A.Yu.Burtseva 2001.,
Ch.Yu.Kurochkina 1999., T.S.Sodikov , A.e.Abilkasimova 2000., J.O.Tolipova,
A.T.G`afurov 2002; M.N.Azizxojaeva 2003; J.O.Tolipova 2004 (1-qism);
U.T.Toipov va boshqa 2005; A.T.G`afurov va boshqa 2005 va boshqalarning ilmiy
ishlaridan metodik qo`llanmalaridan olindi. Olingan nazariy ma`lumotlar
biologiyani o`qitish amaliyotiga tadbiq etish uchun biologiya fanlaridagi ayrim
mavzudagi darslarda foydalanishda va darslarning natijaliligi aniqlandi.
1.2 Pedogogik texnologiyalarining qisqacha tadqiqot tarixi
Prezidentimiz I.A.Karimovning «Respublika uchun ilmiy kadrlar tayyorlashni
kengaytirish to`g`risida»gi (1990 yil fevral`) nutqida «Yoshlarni zamonaviy fan-
texnikaning umuman ilm-fanning yutuqlaridan bahramand qilmasdan turib, ularga
yuqori malakali ixtisos egalari bo`lib etishishiga sharoit tug`dirmay turib, biz
- 7 -
respublikamiz xalq xo`jaligini, sanoat ishlab chiqarish sohalarini tubdan o`zgartira
olmaymiz...», degan edi.
Ta`lim sohasida o`zgarishlar yuz berdi. O`qituvchi faoliyati yangilandi,
o`quvchilarda bilimga qiziquvchilik, vatanni sevish insonparvarlik tuyg`ulari
shakllana boshladi. Shu asosda vataniga, xalqiga millatiga fidokor, mustaqil
fikrlaydigan, biron bir masalani ongli ravishda, ma`suliyat bilan hal qiladigan
izlanuvchi, yangilikka intiluvchi shaxslarni tarbiyalaydigan yangi ta`lim
texnologiyalari bilan qurollardan kadrlar etishtirila boshladi. Texnologiya
tushunchasi texnikaviy taraqqiyot bilan bog`liq holda fanga 1972 yilda kirib keldi
va yunoncha ikki so`zdan texnos (technt)-san`at, xunar va logos (logos)- fan,
ta`limot so`zlaridan tashkil topib hunar fani ma`nosini anglatadi. Lekin bu ifoda
zamonaviy texnologik jarayonni to`liq tasvirlab bera olmasdi.
Texnologik jarayon bu mehnat qurollari bilan mehnat ob`ektlariga bosqichma
bosqich ta`sir etish natijasida mahsulot yaratish borasidagi ishining faoliyatidir.
Pedagogik texnologiya-bu o`qituvchining o`qitish vositalari yordamida talabalarga,
o`quvchilarga muayyan sharoitda ta`sir ko`rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida
ulardan oldin belgilangan lichnost` sifatlarini (dargohlarda) intensiv shakllantirish
jarayonidir: texnologik yondoshuv ishlab chiqarishdan olingan bo`lib, unda
minglab texnologik jarayonlar loyhalashtirilgan uldar ishlab chiqarishda kerakli
natijalarga erishishning tarmog`i hisodlanadi. Bu texnologiyalarni qo`llash vaqtida
hudud va ularning ijrochisi o`zgarsa ham, kerakli mahsulot chiqaveradi. Ta`lim
tarbiya jarayonida ham shunga erishish uchun pedagogik texnologiya ishlab
chiqildi.
Jahon pedagogik tafakkurida ta`lim-tarbiyaga bunday yondashuv yangi emas.
XVIII –asardayoq «Buyuk didaktikaning muallifi Yan-Amos Kamenskiy ta`lim
jarayonini «...Unda har bir usul va narsalar vaqt jihatidan shunday joylashtirilishi
kerak ediki», ... butun pedagogik jarayon yaxshi sozlangan soat kabi bexato yurishi
kerak», bo`lgan shaklga shaklga solmoqchi bo`lgandi. Buyuk pedagog Kamanskiy
- 8 -
etmagan orzularga XXI-asr pedagoglari etib, bu ijtimoiy hodisa pedagogik
texnologiya nomini olib, dunyo o`qituvchi va pedagoglariga xizmat qilmoqda.
Bu ish AQSh olimlari R.Slavin, B.Blum, D.Kratvol., N.Granlund, Dj.Kerolla,
Dj.Blok, L.Anderson, Izrailli-Sh.Sharon, Rossiyadan V.P.Belpal`go va boshqalar
tomonidan amalga oshdi.
Bizning Respublikamizda asosan biologiyani o`qitishda ta`lim
texnologiyalaridan foydalanish to`g`risida ishlarni A.T./ofurov, J.O.Tolipova,
T.Nazarova, D.Matros, V.Zaitsev. G.K.Selevko, e.S.Polat, Kavtaradze,
Ch.Yu.Kurochkina M.e.Shurkova, A.B.Abdikasimova, S.S.Fayzullaev,
I.T.Azimov, B.Axmadalieva, e.Bel`skaya va boshqalarning mehnatlarida ko`rish
mumkin.
Yangi pedagogik texnologiyalar o`z mohiyatiga ko`ra pedagogika fani va
amaliyoti yutuqlarining sintezini, ilgari tajribaning an`anaviy elementlari bilan
jamiyat taraqqiyoti, jamiyatni insonparvarlashtirish va demokratiyalashtirish
natijalari yig`indisini ifodalaydi. Uning manbalari va tarkibiy elementlari:
1. Ijtimoiy o`zgarishlar va yangi pedagogik tafakkur;
2. Pedagogika, pisixika, ijtimoiy fanlar;
3. Ilg`or pedagogik tajriba;
4. Vatanimizning va xorijiy mamlakatlarning ta`lim-tarbiya sohalaridagi
ilgarigi va zamonaviy tajribalari;
5. Turli xalqlarning tarixiy rivojlanishi davomida shakllangan va ular
tomonidan amal qilib kelinayotgan xalq pedagogikasi (Etnopedagogikasi,
qaraqalpoq etnopedagogikasi) an`analari.
Maktablarning hozirgi nazariyasida va amaliyotida o`quv-tardiya jarayonini
amalga oshirish va olib borishning ko`plab variantlari bor. Ko`p texnologiyalar o`z
maqsadlari, mazmuni, qo`llanadigan metodlari va vositalari bo`yicha o`xshash,
ularni shu umumiy belgilariga ko`ra tasnif qilish mumkin.
1. Qo`llanish darajasiga ko`ra;
- 9 -
2. Falsafiy asosi bo`yicha;
3. Asosiy rivojlantiruvchi omili bo`yicha;
4. O`zlashtirish kontseptsiyasi bo`yicha;
5. Shaxsiy belgi-sifatlariga ko`ra yo`nalganligi bo`yicha;
6. Mazmun xususiyatlari bo`yicha;
7. Boshqaruv turi bo`yicha;
8. Qo`llaniladigan metodlari bo`yicha
9. Bolaga yondashuv bo`yicha;
10. Ta`lim oluvchilar toifalari bo`yicha.
Yuqoridagi tasnif asosida misol sifatida hozirgi an`anaviy maktab ta`limini
quyidagi tasniflash mumkin.
1.1. Umumpedagogik
1.1 Majburlash pedagogikasi (Umumiy majburiy ta`lim);
3.1. Sotsiogen, ya`ni asosiy e`tibor jamiyatning faol a`zolari bo`lgan
barkamol insonlarni, shaxsni tarbiyalashga qaratilgan holda;
4.1. Assotsiativ reflektor bo`lib suggestiya (namuna, misol, o`rnak, ibrat,
ko`rsatishlar) ga tayangan holda;
5.1. Axborotni, ya`ni bilim, malaka, ko`nikmalarni shakllantirish va
mustahkamlashga yo`naltirilgan;
6.1. Dunyoviy texnologik, umumta`lim mazmunida bo`lib, ta`lim tarbiya
jarayonini tashkil qilish va olib borishda didaktikaga markaziy o`rin beriladi;
7.1. An`anaviy-mumtoz (klassik) bo`lib unga ta`limning texnik vositalari
qo`shilgan;
8.1. Tushuntirish illyustratsiyalash;
9.1. Avtoritar;
10.1. Ommaviy, individual.
Shu bilan bir vaqtda jamiyatning rivojlanishi alohida mamlakatlarda va
umuman jahonda insonparvar falsafiy asosdagi yangi pedogogik va axborot
- 10 -
texnologiyalari yaratildi. Bular ham yuqorida aytilgan belgilarga ko`ra tasnif
qilinadi. Didaktik o`yin, muoomoli ta`lim modeli ta`lim hamkorliklarida o`qitish
an`anaviy ta`lim, dasturlashtirilgan ta`lim guruhli texnologiyalar va axborot
texnologiyalari.
Pedagogik texnologiya bir qancha asoslarga ega: Ijtimoiy, falsafiy,
metodologik, didaktik, pedagogik, psixologik, fiziologik, gigienik, mafkuraviy,
huquqiy me`yoriy iqtisodiy, tarixiy, nazariy, amaliy va boshqada asoslar. Masalan:
pedagogik asosi zamonaviy pedagogika fanining ilmiy xulosalaridan kelib chiqadi.
Bunda pedagogik texnologiyaning umumiy tarkibi tuzilishi, mazmuni shakli
usullari, vositalari pedagogik jarayonning tashkil qilinishi, olib borilishi,
diagnostikasi, manitoringi, o`quv-mavzu rejalarining ilmiy jihatdan to`g`ri bo`lishi
ta`minlanadi.
O`quvchilarni o`qishini yaxshilash borasidagi savollar zamonaviy pedagogic
bilim va amalyotining asosiy muammolaridan biridir. O`qishdagi faollikini
oshirish ma`lum ahamiyatga ega, shu jumladan o`qitish va rivojlantirish ishchanlik
xususiyatiga va o`qitish sifatiga ishchanlik o`qitishning natijasiga, rivojlanish va
tarbiyasiga bog`liq.
Yuqori natijalar bilan masalarni yechish va o`qitish sifatini oshirish
jarayonini oshirish asosiy muammo xisoblanadi. Uning asosiy qiymati,
harakatchanlikni namoyon qilish, o`quv materialini yo`nalishli o`zlashtirishgina
emas, balki o`quvchining bilishga bo`lgan harakatchanlik munosabatini
shakllantirish. Bilim berish xarakteridagi harakatchanlik doim subyekt faolligiga
bog`liq. Bilim, tayyor holda qabul qilinganda uning hayotga tadbiq qilishdava aniq
masalalarni yechishda qiyinchilik tug`diradi. O`qilganlardan ochiq holda nazariy
bilimlarni amalyotda bajarolmaslik asosiy kamchiliklardan biri xisoblanadi.
Uzoq vaqtlardan beri didaktikaning asosiy muammolaridan biri:
o`quvchilarni darsda qanday faollashtirish mumkin? Bu borada tub burilish qilgan
M.N. Koshinaning izlanishlari bo`ldi. 1950-yillarning o`rtalarida shu paytdagi
- 11 -
o`qitish tizimini tanqid qilib chiqdi. Bunda o`tkir savol o`quvchilarning darslarda
nofaol bo`lishlari edi. 300 soatlik xronometraj pochtasini kuzata turib M.N. Koshin
o`quvchilarning faqatgina 10% vaqti mustaqil ishga ajratilganligini aniqladi, bu
ham darslikni o`qish bilan bog`liq va bir nechta oddiy mashqlani bajarish edi.
Bunga qo`shimcha tazda hayron qoldiradiga fakt aniqlandi: o`quvchilar qanchalik
katta bo`lsa shunchalik kam mustaqil ish bajarishgan. Bu savol bugungi kunda ham
o`z qiymatini yo`qotmagan.
O`qitish jarayonining foydaliligini oshirish ilmiy fikrlarni amaldagi
sharoitlarini teksirish va o`quvchilarning faolligini oshiruvchi vositalarni toppish
muammoni hal qilishi mumkin.
Mejatestatsion davrdan beri men “biologiya darslarida o`quvchilarning
bilishga bo`lgan harakatchanligini oshirish” mavzusida ilmiy ish olib boryapman.
Men tomondan qo`yilgan maqsad va vazifalar:
1. Metodik adabiyotlarni o`rganish.
2. “Biologiya” kursida o`qitishni faollashtirish yo`llarini toppish.
3. O`qitish jarayonini yaxshilaydigan metod va shakllarini o`rganish
4. Bilim va ko`nikmalarini tekshirish va baholashning sistemasini yaratish.
Analitik xisobotning maqsadi:
Mejatestatsion davr mobaynidagi ishlarimning natijalarini ko`rsatish.
Anlitik xisobotning asosiy vazifalari:
1. Mening bilim olishni faollashtirish borasidagi ishlarimni o`quvchilarda
ko`rsatish.
2. Chorak davomida qilingan ishlarning natijalarini ko`rsatish.
3. Yaxshi natijalarga erishish sharoitlarini ko`rsatish.
4. Chorak davomida paydo bo`lgan muammolarni ko`rsatish.
5. Keyingi chorakda bularni bartaraf qilish.
6. Keyingi chorakdagi ishlarning rejasini ko`rsatish.
7. O`z faoliyatimga analiz berish
- 12 -
2 BOB. ANALIZ VA UMUMIY QISM
2.1. O`qitish, ishchanlikni o`zini-o`zi boshqarib faollashtiruvchi jarayon
Zamonaviy psixologiya aniqlagan psixikaning asosiy funksiyalari – odam
ishchanlik jarayonlarini boshqarish funksiyasining har qanday harakatning asosida
yotadi.
Rossiya filosofi M.S. Kogan besh blokga ajratadi:
1. Mativatsiya shakllantirish – subyek ichki mativatsiyaga ega bo`lishi shart.
2. Aniq yo`nalishi maqsadga muvofiq reja tuzish, programmalar tuzish,
harakat texnalogiyalarini ishlab chiqish kerak.
3. Psixika subyektni o`ziga qarata oladigan darajada bo`lishi kerak. Kerak
bo`landa o`zgartira oladigan bo`lishi uchun.
4. Baholash blogi qilinganlar natijasi, shunga muvofiq teskari muloqot
yuzaga keladi.
O`qish jarayonining o`zo`zini boshqarish strukturaviy bloklarining asosi:
1. Motivatsion (Asoslash) komponent (talab, qiziquv, asoslar).
O`quvchilarni faol o`qitilish jarayoniga qo`shilishini ta`minlaydi va bilim
olish bara etaplarida ush bufaollkini saqlab turadi.
2. Orientatsion (yunaltirish) komponenti – o`quvchining o`quv-bilish
maqsadni qabul etishi, rejalashtirish va oldindan bilish (prognozirovanie).
3. Tarkibiy-operatsion.
Bilimlarning boshlovchi sistemalaridan (tasavvur, fakt, tushuncha, qonun,
qoidalar) va o`qitish uslublaridan turadi. (ma`lumotlarni olish va qayta ishlash
anjom-vositalari va bu bilimlarni amalda qo`llash).
4. Baxolangan-irodali komponent o`z ichiga diqqat va irodani oladi.
5. Baxolovchi komponent – ischanlik natijalarini bajariliyatgan ish bilan
solishtirish orqali qiliniyatgan xarakat teskari ma`lumotlar olish.
- 13 -
Jarayon davomida bu komponentning bo`lishi boshqa komponentlar o`tasida
o`zaro jarayunning o`zini o`zi boshqarishini ta`minlaydi.
Bilishga bo`lga intiluvchanlik o`zaro ichki bog`langan harakatlar,
strukturasini belgilaydigan logic ketma-ketlikdan iborat.
Bilishga bo`lgan harakat tiplari (Shimova T.I 1982y.)
Yangi tushunchani bilish kerak ekanligini uqtirishga bo`lgan harakat:
A) ma`lum nazariy bilimlarni o`zini bilish kamlik qiladigan jarayonlarni
yangi fakt, hodisalar, jarayonlar tushuntiruvchi dastlabki amaliy harakat ( jatvallar,
sxemalar, tajribalar, misollar) tuzib chiqiladi.
B) o`rganilayotgan savolning amaliy va nazariy qimmatini tushintirishga
bo`lgan harakatlar.
V) analiz va fakt, hodisalani birga qo`yishga bo`lgan harakatlar.
G) o`quvchilarning yodida qolishi uchun, gipoteza va o`quvchilarning
nazariy bilimlarini oldinga surish.
1. Keyingi nazariy qatnashiqlarni bazasini yaratish bo`yicha xarakatlar.
A) belgili faktlarning aktualizatsiyasi.
V) yangi faktlar yig`ish.
2. Bor yig`ilgan materiallarni umumlashtirish bo`yich xarakatlar.
A) solishtirish asosida umumiylashtirish (faktlarni birga va qarama-qarshi
qo`ygan holda).
B) avvalgi umumiylashtirishga asoslangan yangicha umumiylashtirish
(ikkinchi v ax.k. tizimdagi umumiylashtirish). Bu qatordagi umumiylashtirishlar
dars, mavzu natijasidagi umumiylashtirishga olib keladi. Umumiylashtirish
kursning asosiy mavqeini o`ziga olish kerak.
3. Konkret xaqiqat bilan ko`pto`rlilikni taqqoslash bo`yicha xarakatlar.
A) konkret ichida umumiylik kurinishlarining yangi hodisalarni.
B) tashqi ko`rinishida qarama-qarshi bo`lgan fakt va jarayonlarni
tushuntirishda umumiylikni qo`llash.
V) o`zgarttirilgan sharoitlarda umumiylashtirishni qo`llash.
- 14 -
- 15 -
2.2. O`quvchilarning o`qishga bo`lgan faolligini oshirishning didaktik
asoslari
O`qitishda faollashtirish prinsipini muvaffaqiyatli amalgam oshirishda
asosiy o`rinni ijodiy mavzudagi mustaqil ishlar oladi. Xilma-xilligi: mashqlarni
programmalashtirish, testlar
O`quvchilarning intiluvchanligini oshirish harakatchanlikni kuchaytirish
bilan emas, maxsus intelektual vositalar yordamida o`qituvchining teskorligi,
o`quvchilarning o`z hoxish-irodasi va jismoniy kuchlari aniq maqsadga ya`ni
o`qishga va tarbiyalanishga qaratilishi kerak.
Bilishga bo`lgan intiluvchanlikning fiziologik asosi hozirgi holat bilan
oldingi holatning mos kelmasligi xisoblanadi. O`quvchini aktiv bilishga bo`lgan
intiluvchanligini oshirish bosqichida yo`naltirilgan tekshiriash refleksi, tashqi
muhitdagi o`zgarishlarning o`rganizmga noodatiy tasirini o`rganish asosiy o`rinda
turadi. Tadqiqotchilik refleksi miya katta yarimsharlarini faol halatga keltiradi.
Tadqiqotchilik refleksini uyg`otish – bilish faoliyatining ajralmas sharti.
Bilishga bo`lgan faollikning bosqichlari (Shalamova T.I 1982y)
Birinchi bosqich – aktivlikni uyg`otish.
O`quvchining intiluvchanligi, tushunishi, eslab qolishi va bor bilimini aytib
berishi, uni amalda qo`llash usulini bilishi bilan xarakterlanadi. Bu bosqich
o`quvchining iroda kuchining doimiy emasligi, o`uvchida chuqur o`rganishga
qiziqishning yo`qligi, savollarning yetishmasligi (“nega?”) bilan ajralib turadi.
Ikkinchi bosqich – interpretatsion faollik.
Hodisalar va jarayonlar o`rtasidagi bog`liqliklarni o`rganishga intilish,
o`zgargan sharoitda bilimlarni amalda qo`llash ko`nikmalariga ega bo`lishi bilan
xarakterlanadi.
O`ziga xos ko`rsatkichlari: boshlagan ishni oxirigacha yetkazishga intilishi,
qiyinchilik tug`ilganda mashqni bajarishdan voz kechmaslik va boshqa yo`lini
qidirishga bo`lgan iroda mexnatining chidamligi.
- 16 -
Uchinch bosqich - ijodiy.
Qiziqish va intilish bilan faqatgina chuqur kirib boorish emas, shu maqsadga
yangi usul o`ylab topish bilan xarakterlanadi.
O`ziga xos xususiyatlari – o`quvchining yuqori iroda sifatlari, maqsadga
erishishdagi tirishqoqligi va doimiy bilim olishga bo`lgan qiziqishi. Faollikning bu
bosqichini hayajon, xilma-xil darajadagi tushunchalar shu bilan bir qatorda,
o`quvchi nima biladi, nima uning shaxsiy tajribasida uchragan va yangi ma`lumot,
yangi hodisa ta`minlaydi.
Faollik, ishchanlikning sifati kabi ajralmas qismi xisoblanadi va o`qitishning
xohlagan prinsipi ko`rsatkichi bo`ladi.
O`qityishni hayot bilan bog`lash o`quvchilarni o`qitishning tarkibiy qismi
xisoblanadi, o`quv bilan hayot orasidagi boshliqni to`ldirish mumkin, bu faqatgina
o`quvchilarning faol o`qitish holatidagina bo`lishi mumkin. Ilmiylik prinsipi
o`quvchilarning faol ishchanlik asosini tashkil qiladi. Shu bilan birga
o`rganilayotgan hodisaning asosiga o`quvchilarning ishchanligi bilan chuqur kirib
boorish kerak.
O`zlashtirilgan bilimning mustahkamligi faqatgina o`quvchilarning faol
o`qitish jarayonida bo`lishi mumkin. Ko`zga tashlanish prinsipi, asosan yakka aniq
va abstrak, bilimni o`z ixtiyori bilan o`zlashtirish, o`quvchilarning faol fikrlashida
ko`rinadi, asosan aniqlikdan abstraklikka o`tish bosqichida va aksincha
abstraktlikdan aniqlikka o`tishda ko`rish mumkin.
Kollektiv o`qitish sharoitida individual yondoshish prinsipida har bir
o`quvchini jarayonga qo`shishni taklif qiladi. Shu bilan birga faollik darajasi
o`quvchilarning haqiqiy oquv darajasiga bog`liq.
Shu tariqa o`qitishdagi faollik prinsipi sistemadagi barcha prinsiplar bilan
dialektik bog`lanishda bo`ladi.
O`quvchilarning o`itishdagi faolligi vositalariga quyidagilar kiradi: o`quv
materiali, shakli, metodi va o`qitish uslublari.
- 17 -
O`quvchining vazifasiga bilishga bo`lgan ishchanligini umumiy oshirishgina
emas, balki yo`naltirilgan bilimini rivojlantirish va usullarini o`rganishdagi
faolligini oshirish hamkiradi.
Muammo – bu doim bilmasligini bilish, qoniqtiradigan ma`lumotning talab
qilingan darajada yetishmasligi.
Mustaqil ishga xos belgilar:
- mustaqil ish maqsadining bo`lishi,
- aniq topshiriqning bo`lishi,
- mutaqil ish natijasini aniq belgilash,
- mustaqil ish natijalarini tekshirish shakllarini aniqlash,
- topshiriq olgan har bir o`quvchining bajarishi shartligi.
Mustaqil ish tarkibiga kiradigan asosiy talablar:
1. topshiriqning ma`nosi o`qitishning didaktik maqsadlariga va tarbiyaga
qatiy to`g`ri kelishi kerak;
2. topshiriqning tarkibi va metodik aparati mustaqil o`rganishning hamma
bosqichlarini o`z ichiga olishi kerak;
3. har bir o`quvchining mustaqil ishini mukammal bajarishi uchun ishlarda
variativ mashqlarning hamma xili ishlatishi kerak.
O`qituvchining vazifasi – faqatgina o`rgatish emas, balki o`rganish
jarayonini boshqarish, tarbiyalash va o`quvchining rivojlanishiga yordam berishi
kerak.
O`quvchining vazifasi – o`zida qimmatli xulq atvorni shkllantirgan holda
o`qish va o`z-o`zini tarbiyalash orqali rivojlanish. N.A. Menchinskaya
o`quvchilarning faollik darajasiga qarab o`qish jarayonini boshqarishning ikki
shaklini farqlagan. Ulardan birinchisi o`quvchilarni qattiq reglament asosida
o`qitish. Bunga algaritm asosida o`qitish kiradi.
Boshqarishning boshqa shakli – qidirilayotgan topshiriqni bajarishga
yo`naltirish emas, balki ular oldiga muammoli topshiriq qo`yish bo`lib xisoblanadi.
- 18 -
Muammoli o`qitish o`quvchilarning fikrlashini faollashtiribgina qolmay
qidirilayotgan topshiriqni qidirish mobaynida shu fanga qiziqish ham uyg`onadi.
- 19 -
2.3. Biologiya darslarida bilishga bo`lgan ishchanlikni faollashtirishni analiz
qilish
O`quvchilarning faollik darajasi, o`qituvchining maxoratini pedagogic
bilimining darajasini bildiradi. O`quvchilarning bilimini maksimum darajada
ko`targan, ularda tirishib o`qishga undashlarni o`qitishning aktiv medotlari deb
atash mumkin.
Maktab tajribasida va an`anaviy metodik adabiyotlarda kelib chiqishiga
qarab uslublarni quyidagicha bo`lish qabul qilingan: og`zaki (hikoya, ma`ruza,
suhbat, o`qish) ko`rgazmali (tabiatni ko`rsatish, ekranli va boshqa ko`rgazmali
qurollar bilan, tajribalar) va amaliy ( labaratorya va boshqa amaliy mashg`ulotlar).
Ularning har biri faolroq va nofaol yoki passiv bo`lishi mumkin.
Biologiya darslarida men aktiv uslublarni qo`llayman, darsning didaktik
maqsadlarini va o`quvchilarning yosh xususiyatlarini e`tiborga olgan holda.
Og`zaki uslublar.
1. Diskussiya usulini o`ylashni talab qiladigan savollarda qo`llayman,
darslarimda o`quvchilar o`z fikrini erkin aytishiga va boshqalarning fikrini
tinglashiga erishaman. ( mashq №1 da)
2. O`quvchi bilan mustaqil ish uslubi. Katta sinflarda yangi ma`lumotning
logik tarkibini aniqlash uchun o`qituvchi aytganlarining rejasini tuzishni yoki yoki
qisqa mazmunini: ozgina yozuvda – ko`p ma`lumot larni topshiraman.
Tahlil qilish davomida to`g`irlaymiz, aniqlaymiz, to`ldiramiz, ortiqchalarini
olib tashlaymiz. Bu qisqa yozuvni qo`llash orqali o`quvchilar osonlik bilan uy
vazifalarini bajarishi mumkin. Mavzuning qisqa mazmunini yozib olishni,
aytilganlarning rejasini tuzishni, darslikni tahlil qilishini, unda asosiy mazminni
topishni, ma`lumotnomalar bilan ishlashni, ilmiy-ommabob kitoplarni qo`llashni
bilish, o`quvchilarga nazariy va tasavvuriy fikrlarni tahlil qilish va o`zaro
taqqoslash orqali to`liq tasavvur uyg`otadi.
- 20 -
Adabiyotlardan olingan bilimni mustahkamlash uchun o`quvchilarga
kuchliroq topshiriqlar beraman.
Masalan, 7-sinfda «sudralib yuruvchilar» mavzusiga.
Toshiriq beraman: sudralib yuruvchilar haqida ma`lumot yozishni;
(hayvonlarni o`zlari tanlashadi). O`quvchilar shu hayvonning xususiyatlarini, hayot
tarzini, tashqi muhit bilan aloqasini aytib berishlari kerak.
Ma`lumotlar A4 farmatdagi qog`ozga yoziladi tashqi qismiga shu
hayvonning rasmi chiziladi.
O`quvchi sinfda o`zi yozgan ma`lumotni o`qishga emas qayta aytishga
harakat qilishi kerak. Buning uchun oldin tezis tuziladi, katta sinflar uchun javob
berish rejasi tuziladi.
O`quvchilar bilan bunday ishlash ularni tahlil qilishga, taqqoslashga
o`rgatadi. Shu bilan bir qatorda og`zaki nutqi rivojlanadi. Shu tufayli o`quvchilar
o`z fikrini aytishga uyalmaydigan bo`ladi.
3. Didaktik materiallar bilan mustaqil ishlash uslubi.
Mustaqil ishni quyidagicha tashkillashtiraman: sinfga aniq topshiriq
beraman. Har bir o`quvchiga aniq tushuntiraman.
Bu yerda o`z talablari bor:
1) matnni ko`rib o`zlashtiriladi (o`qilganda aniq tushunilmaydi, ma`lumotlar
tez sedan chiqadi, o`quvchilar tez-tez qayta so`rashga majbur bo`lishadi)
2) topshiriq matnini yozishga juda oz vaqt sarflash kerak.
Bunga yozma qo`llanmalar va mashqlar to`plami yaxshi yordam beradi.
Afsuski, «Odam va uning salomatligi» fanidan yozma qo`llanmalar yaqinda
paydo bo`lgan. Ularni o`z ishlarimda shu yildan qo`llashni boshladim. (o`tgan yili
menda 9-sinflar yo`q edi). Shuni aytish kerakki, o`tgan yili faqat bitta sinf yozma
qo`llanma oldi, men birinchi mavzu bo`yicha ularni taqqoslash imkoniyatiga
egaman. «Tajriba o`tkazilayotgan» sinfda sezilarli darajada fanga qiziqish
uyg`ondi.
- 21 -
Afsuski, men ham boshqa o`qituvchilar kabi o`zim tayyorlagan tarqatma
materiallardan foydalanishga majburman.
Ularni shartli ravishda uch tipga ajratiladi: (G.M. Murtazin, 1989 y.):
1. Mustaqil ish uchun didaktik materiallar o`qituvchining oldindan
tushintirib berishi shart bo`lmagan.
1) Darslikdagi matn asosida jadval yoki reja tuzish topshirig`i berilgan
kartochka.
2) So`z orqali berilgan javoblarga rasm yoki sxema tuzish topshirig`I
berilgan kartochka.
3) Kuzatish uchun namuna tarzida berilgan qo`llanmalar asosida kuzatishlar
olib boorish topshirig`I berilgan kartochka.
2. O`quvchilarning bilim va ko`nikmalarini mustahkamlash uchun mustaqil
ishlarga didaktik materiallar.
1) Fikrlash uchun savoli bo`lgan kartochka.
2) Hisoblash topshirig`i bo`lgan kartochka.
3) Rasmni to`ldirish topshirig`i bo`lgan kartochka.
3. Bilim va ko`nikmalarini tekshirish uchun mustaqil ishga didaktik
materiallar.
1) Yozuvsiz rasm bo`lgan karochka.
Bir necha xil variantda ishlataman. Butun sinf uchun – 2-4 variant. Bu
individual topshiriq kabi bo`ladi. Takrorlash va mustahkamlash uchun o`tkazish
mumkin.
2) Test topshiriqlari.
Ularni individual tarzda va butun sinf uchun qo`llayman so`ngi vaqtlarda
test topshiriqlardan foydalanaman, lekin ularning ham o`z kamchiliklari bor.
Ba`zida o`quvchilar javobni taxminan berishadi. Bularni oldina olish maqsadida
har xil test shakllari ustida ishlayapman.
4) Muammoli holatlar metodi.
- 22 -
Darslarda o`quvchilarga muammoli yondoshuvni ishlataman. Bu metodning
asosi darslarda muammoli vaziyatlarni yaratishdir. O`quvchilar muammoli faktlar
va hodisalarni tushuntirish ko`nikmasiga yoki harakatiga egaemas, ular bu
muammoni hal qilish uchun o`z gipotezalarini olg`a surishadi. Bu metod
o`quvchilarda analizni, sintezni, taqqoslashni, bog`lashni, sabab-natija aloqalari
kabi aqliy faoliyatini shkllantirishga yordam beradi.
Bu metod quyidagilarni o`z ishiga oladi:
1) muammoli savolni olg`a surish,
2) olimlarning ma`lumoti asosida muammoli vaziyat o`ylab toppish,
3) shu bitta savol doirasida qarama-qarshi muammoli savol o`ylab toppish,
4) ko`rsatish yoki u haqda ma`lumot berish – muammoli vaziyat yaratish
uchun asos: fikrlashga undaydgan topshiriqlarni yechish. Bunda o`qituvchining
vazifasi, muammoli hodisa yaratish va o`quvchilarning harakatini boshqarib turish.
5) Xisob-kitob ishlash va logik topshiriqlarni mustaqil ishlash metodi.
Hamma o`quvchilar o`zlari mustaqil ravishda xisob-kitob ishlarini va logik
(aniqlashni, fikrlashni va ma`lum xulosaga kelishni talab qiladigan) topshiriqlarni
mustaqil ishlaydilar.
Topshiriqlarni 6-sinfdan qo`llashni boshlaydi. Katta sinflarda esa yanada
ijodiy xususiyatga ega bo`lganlari qo`llaniladi. Lekin kuchli o`quvchilarga har bir
parallel topshiriqlarda qiyinroq, ijodiy xususiyatlilarini aralashtirib boraman.
O`xshashlarini esa – kuchsiziga. Har bir o`quvchi o`z bilimi va imkoniyatiga
yarasha topshiriq oladi. Shu bilan o`quvchilarning qiziqishi pasaymaydi.
2.4 Ko`rgazmali metodlar
1. O`zi qidiradigan (qisman-qidiruv). Bu metodni qo`llayotganda men sinfni
boshqarinb turaman. O`quvchilarning ishini shunday tashkillashtiramanki
topshiriqning bir qismini o`zlari qidirib topishadi. Buning uchun men yangi
materialning tajribasini ko`rsataman; faqatgina maqsadni aytaman. O`quvchilar esa
kuzatishlar, maxs munozaralar bilan topshiriqni bajarishadi
- 23 -
2. Tayanch signal uslubi. Tayanch konspektni sxemalar ko`rinishida
ishlataman. Ular V.F. Shtalov bo`yicha bo`lishi kerak. Shuningdek rasmlar,
jadvallar, sxemaalar ko`rinishida.
Amaliy uslublar.
1. Qisman-qidiruv laboratoryaviy uslub.
O`quvchilar muammoli savolni yechishadi va mustaqil bajarish orqali va
o`quvchilar tajribasini muxokama qilish orqali yangi bilimlarni o`zlashtirishadi.
Labaratorya ishigacha o`quvchilarga faqatgina maqsad ma`lum, lekin kutilmagan
natijalar emas.
O`z ishlarimda yaratmalar (bayonat)dan ham foydalanaman: hikoya va
ma`ruza ko`rinishida. Ma`ruza tayyorlash jarayonida ketma-ketlikka e`tabor
beraman, aniq faktlarni tanlab olaman, aniq taqqoslashlarni olaman, taniqli
olimlarning fikrlariniolaman. Darslarda o`quvchilarning bilim olish faolligini
boshqarish usullarini ishlataman:
1) Bu bosqichda faollashtiruvchi ishchanlik qabul qilish va tekshiruv
materialiga qiziqish tuvdiradigan:
a) yangilik priyomi – o`quv materiali tarkibiga qiziqarli ma`lumotlar, faktlar,
tarixiy ma`lumotlar qo`shish;
b) semantizatsiya priyomi – asosida so`zning ma`no qimmatini ochishyotadi;
v) dinamik priyomi – hodisalar dinamikasi va jarayonlar rivojlanishini
o`rganish:
g) baholilik priyomi – kerakligiga qarab o`rganish, ya`ni biologic, xalq
xo`jaligidagi va estetik ahamiyatini:
2) O`rganilayotgan materialni o`zlashtirish bosqichida o`quvchilarning
faolligini oshorish usullari.
a) evristik usul – qiyin savol beriladi va yengil savollar bilan javobga boradi.
b) evristik uslub – bahsli savollarni muxokama qilish, bu o`quvchilarda o`z
fikrini isbotlab va asoslab berish qobilyatini rivojlantiradi.
- 24 -
v) izlanuvchanlik usuli – o`quvchilar o`tkazolgan kuzatishlar, tajribalar,
adabiyotlar analizlari, biluvchi mashqlani yechish asosida xulosa shakllanishi
kerak.
3) Olingan bilimlarni aytish jarayonida o`quvchilarning bilim olish faolligini
oshirish usullari.
a) tabiilik usuli – topshiriqlarni bajarish jarayonida tabiiy abyekt, gerbariy,
kalleksiya, ho`l preparatlardan foydalanish.
b) sxemalangan usul – organizmlar ko`rib shiqiladi, ular orasidagi o`zaro
bog`lanishni ko`rib chiqish kerak.
v) simvolli usul.
Darslarda 6-7-sinflar uchun o`quvchilarning bilim olish faolligini oshirish
maqsadida zakladkalar, rebuslar, krossvordlarda foydalanaman. 6-7-sinflarda
biologiyani o`rgatish jarayonida o`yinlar o`tkazaman, asosan dars oxirida. Bu
yoshda bolalar o`yinni juda yoqtirishadi va o`yin ularninf faolligini oshirishga
yordam beradi.
Katta sinflarda guruhli usuldan foydalanaman. Bunda sinfni 3-4 guhga
bo`laman. Har bir guruh o`z topshirig`ini oladi va bajaradi. Asosan bu usulni 10-
11-sinflarda «Ekologiya» mavzusini o`rganayotganda qo`llayman.
Bolalarga (guruhga) ekologik topshiriqlari bo`lgan kartochka-topshiriqlar
tarqatiladi va ular o`zaro kelishib topshiriqni bajarishlari kerak.
Mavzuni o`rganish oxirida seminar mashg`ulotini o`tkazaman. Lekin bu usul
katta sinflarda foydali, tavsiya qilingan adabiyotlarni qanchalik o`rganganligini
o`quvchilarni yaxshitayyorgarligini, baxslarda qatnashishini yaxshilaydi.
Kichik sinflarda (6-8) bog`lovchi darslarni o`yin shaklida o`tkazaman.
O`zimning birinchi bog`lovchi dars o`yinimni musobaqa ko`rinishida 6-
sanfda «Barg», «Poya» va «Gul» mavzusida o`tkazganman. Sinfni to`rt qismga
bo`lganman: 3 kamanda va muxlislar.
- 25 -
Komandalar uchun uchta stol tayyorladim, muxlislar uchun sinfxona oxirida.
Mikroskop bilan ishlashni topshiriq qilib qo`ydim. Muxlislar uchun esa ayrim
topshiriqlar tayyorladim.
O`z ishlarimda o`quvchilarni baholashda baholashni har xil shakllarini
ishlatdim. Xulosaga keldimki, yuqori faollikni saqlab qolish uchun kerak bo`ladi:
1) betaraf hakamva kompetent (o`qituvchi yoki boshqa sinfda chaqirilgan
o`quvchilar)
2) kamandalarga bo`lishda o`quvchilarning bilim darajasiga e`tabor berish
kerak, aks holda bilimi past o`quvchiga qiyin savolni yechish qiziq bo`lmay qoladi,
bilimi kuchli o`quvchiga esa oddiy savolning javobini topish.
3) o`quvchilarni individual har birini va kamanda bo`yicha baholash kerak.
4) «Muxlislarni yo`qotish». Agar sinfda o`quvchilar ko`p bo`lsa 3
kamandaga emas 4 yoki 5 komanda ajratish kerak.
5) bog`lovchi darslarda uyga vazifa qilib ijodiy topshiriqlar beraman. Bunda
darslarda faol o`quvchilarning panasida qolib ketadigan asosan indamas bolalar
o`zini ko`rsatishlari mumkin.
Bilim olish ishchanligini oshirish uchun sinfdan tashqari mashg`ulotlar
o`tkazaman.
6-sinf uchun o`yin o`tkazdim: «Xona o`simliklari mamlakatiga sayohat»deb
nomlangan. Bunda bolalar gulchi va har xil davlatlar yashovchilari bo`lishadi.
«Sayohat» xarita bo`yicha yo`naltirildi va har xil o`simliklar rasmlari.
Maqsad: tashqi muhit bilan o`zaro bog`liqligini o`rsatish, har xil sharoitga
o`simliklarning moslashishlarini o`rganish, bilim olishga bo`lga faolligini oshirish
uchun maxsus uy vazifalarini berish.
- 26 -
2.5 “ODAM GENETIKASINI O’RGANISH USULLARI” DARSLARI NI
O’QITISHDA AKTIVLAShTIRUVChI TOPShIRIKLARNI FOYDALA NISh
Dars mavzusi: "Odam genetikasini o’rganish usullari"
Darsning maqsadi:
a) ta'Iimiy: o’quvchilarga odam genetikasi, odam irsiyatini o’rganish
usullari haqida nazariy ma'lumot berish.
b) tarbiyaviy: o’quvchilarga genlarning, odam genetikasining o’rganish
usullari haqidq tushuncha hosil qilish va ahloqiy tarbiya berish.
d) rivojlantiruvchi: o’quvchilarda odam genetikasi insoniyat uchun
amaliy jihatdan g’oyat katta ahamiyatga ega ekanligini o’rgatish' darslik ustida
mustaqil ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish. Odam genomining tuzilishi,
dominant va resessiv belgilarning nasldan-naslga o’tishini nazariy maMumot
berish. Dars turi: Aralash. Dars turi: Noao’anaviy. Dars o’tish uslublari:
Suhbat guruhda ishlash.
Dars jihozlari: Mavzu bo’yicha masaialar, savollar, plakatlar, slayd,
tarqat borish ma materiallar. Darsning borishi: I .o’qituvchining kirish nutqi:
o’tilgan mavzuni takrorlash va uyga vazifani bajarib kelganlarni baholash.
Sinlhi 2 guruhga ajratib 1-guruhga fenotipik, 2-guruhga genotipik
o’zgaruvchanlikga bo’linadi. Ular shu mavzuga doir malumotlar keltirishi kerek
bo’ladi. Belgilangan vaqt ichida eng ko’p ma'lumot keltirgan guruh g’olib deb
baholanadkqo’shimcha sifatida esa shu mavzuga doir masalalar doskada
ishlanadi g’olib guruh rag’batlantiriladi.
- 27 -
Yangi mavzu bayoni. Mavzu:
Odam irsiyati va irsiy o’zgarivchanligining qonuniyatlarini odam
genetikasi xaqidagi fan – antropogenetika o’rganadi.
Odamzot Home sapiens turiga kirib u organik olamning tarkibiy qismi va
uzoq davom etgan evolyutsiy jarayonining moxsulidir
"Odam genetikasini o’rganish usullari" Odam genetikasi insoniyat uchun
amaliy jihatdan g’oyat katta ahamiyatga ega bo’lgani uchun so’ngi yillarda unga
qiziqish ayniqsa ortdi. Hozirgi vaqtda odamda 40000ga yaqin normal va patologik
belgilarning nasldan-naslga o’tib borishi bir qadar o’rganib chiqilgan.
Antropogenetikaning o’rganish obekti bolgan damlar umrining anchagina
uzunligi tufayli genetik olim o’zining ongli hayoti davrida odamning bir necha
avlodlarini bevosita kuzatib tekshirish imkoniyatiga ega emas.
Odam genetikasini o`rganishda , uning tabiat va jamiyatda tutgan o’rnini
hisobga olgan holda umumiy genetikanining an’naviy vaeng yangi zamonaviy
metodlardan foydalaniladi.
Odam genetikasi sohasida hozirgacha olingan anchagina boy ma’lumotlar
quyidagi metodlarning qo’llanilishi samarasidir.Irsiy omillarga bog’liq kasalliklar
borligi aniqlangan.Ana shukasalliklarni to’g’ri aniqlash, ularga yo’l qo’ymaslik
davolash muhimdir.Odamni genetik yo’l bilan tekshirish usullari ishlab
chiqilgandan keyin ana shu muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritish mumkin bo`ldi.
Irsiy omillarga bog’liq kasalliklar borligi aniqlangan. Ana shu kasalliklarni
to’g’ri aniqlash, ularga yo’l qo’ymaslik va davolash muhimdir. Odam irsiyatini
o’rganish anchagina qiyinchiliklar tug’diradi.Ma'lumki eksperimental genetika
usullarini odamga tadbiq etib bo’lmaydi.
Dominant Retsetsiv
Jingalak soch to`g`ri soch
Sochning erta to`kilishi normal
- 28 -
Malla bo`lmagan soch Malla soch
Qo`y ko`z Ko`k yoki kulrang ko`z
sepkillar Sebkilarninhg bo`lmasligi
Qadsiz diabet normal sog`
Normal eshtish Tug`ma karlik
Odam sekinlik bilan rivojlanib ancha kech balog’atga yetadi. Bir oilaning
farzandlari soni nisbatan kam bo’ladi. Bunday hollar odam irsiyatini o’rganishga
quyidagi asosiy: geneologik, populyatsion, ontogenetik, usullardan foydalaniladi.
Egizaklar usuli belgilarning egizaklarda rivojlanib borishini o’rganishdan
iborat. Ma'lumki odamda egizaklar 2xil bo’Iadi.
Biokimyoviy usul odamda uchraydigan juda ko’p patologik holatlar,
moddalar almashinuvining odatdagicha borishids xar xil o’zgarishlar yuzaga
kelishiga bog’liq bo’ladi,buni tegishli biokimyoviy usullar bilan aniqlash mumkin.
Bu usul yordamida qandli diabet kasalligining sabablari o’rganiladi. Yangi
mavzunu mustahkamlash.
Shu mavzuga doir testlar to’pJamidan foydalanib, o’quvchiJarning
o’zlashtirish ko’rsatldchi aniqlanadi. Mustaqil ish berish. Mavzu oxiridagi
savollarga javob yozib kelish.
Uyga vazifa berish. 58-§.Odam genetikasini o’rganish uchun mavzusini
o’qib, mavzu oxiridagi savollarga javob yozib kelish.
- 29 -
X U L O S A
Birinchi yo`nalish bo’yicha:
1) “O`qish ishchanligini indviduallashtirish” mavzusi bo`yicha metodik
adabiyotlarni o`rganish.
2) Shaxsning individual qobilyatlarini o`rganish metodikasini o`rganish.
3) 7-sinflar uchun individual topshiriqlar tuzish.
Ikkinchi yo`nalish bo’yicha:
1) “Atrofimizdagi olam” kursini o`rganish bo`yicha ishlarni davom ettirish.
2) 6-sinflar uchun dars rejasini ishlab chiqish.
3) Kursning material bazasini yaratish bo`yicha ishlarni boshlash.
4) 6-sinflar uchun ekskursiya uyushtirish.
5) Didaktik material tanlash.
Ishlarni davom ettirish:
1) O`quvchilar bilan referat ximoya qilish bo`yicha.
2) 9-sinflar uchun imtihon biletlarini tuzish.
3) Ekologik yo`nalishda sinfdan tashqari tadbir o`tkazish.
4) O`quvchilarni alimpiadallarga tayyoarlash.
5) O`quvchilar bilan biolotgiya haftaligida faolqatnashish.
Yaqin besh yillik uchun mening ishimning maqsadi:
- bilim olish faolligini oshirish va indviduallashtirish;
- biologic va ekologik bilim darajasini ko`tarish;
- tabiatga javobgarlik hissini uyg`otish.
- 30 -
ADABIYOTLAR RO`YXATI
1. Karimov I.A. Yuksak malakali kadrlar – taraqqiyot manbai. T. 1996y.
2. Karimov I.A. Barkamol avlod – Uzbekiston taraqqiyotining poydevori. T.
1997y
3. Farberman B.L. Ilg`or pedagogik texnologiyalar. T. Fan. 2000y
4. ToshDavTI – II. Yangi pedagogik texnologiyalar. T. 2002y
5. N.N. Azizxo`jaeva. Pedagogik texnologiya va pedagogik maxorat. T. 2003y.
6. J.G. Yuldoshev, S.A. Usmonov. Pedagogik texnologiya asoslari. T. O`qituvchi.
2004y.
7. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. Karshi. 2000y.
8. Ta`lim samaradorligini oshirish yullari. Oliy va urta-maxsus, kasb-xunar
ta`limini rivojlantirish instituti. T. 2002y
9. Mamedov K. va b. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik maxorat. T. 2003y.
10. Okon V. Vvedenie v obshuyu didaktiku. M. 1990.
11. Slastenin V.A. i dr. Pedagogika: Innovatsionnaya deyatel`nost`. M. 1997.
12. Saidaxmedov N. va b. Yangi pedagogik texnologiya moxiyati va zamonaviy oyixasi. T.
1999.
- 31 -
MUNDARIJA KIRISH……………………………………………………………………………...
ASOSIY QISM……………………………………………………………………...
1 BOB. Pedogogik texnologiyalarining o`rganish materiallari va qisqacha
tadqiqot tarixi………………………………………………………………………
1.1 O`rganish materiallari…………………………………………………………
1.2 Pedogogik texnologiyalarining qisqacha tadqiqot tarixi…………………….
2 BOB. Analiz va umumiy qism…………………………………………………...
2.1. O`qitish, ishchanlikni o`zini-o`zi boshqarib faollashtiruvchi jarayon……...
2.2. O`quvchilarning o`qishga bo`lgan faolligini oshirishning didaktik asoslari.
2.3. Biologiya darslarida bilishga bo`lgan ishchanlikni faollashtirishni analiz
qilish…………………………………………………………………………………
2.4 Ko`rgazmali metodlar………………………………………………………….
2.4 “Odam genetikasini o’rganish usullari” darslarini o’qitishda
aktivlashtiruvchi topshiriklarni foydalanish………………… …………………..
XULOSA....................................................................................................................
FOYDALANILGAN ADABIOTLAR........................... ..........................................