75
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI SUG‘URTA FAKULTETI “SUG‘URTA ISHIKAFEDRASI MAHKAMOVA DILDORA MIRVAXIDOVNA TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI RISKLAR VA ULARNING SUG‘URTALASH MEXANIZMLARINI TASHKIL ETISH ASOSLARI 5231201 “Sug’urta ishi” baqalaviriat ta’lim yo’nalishi BITIRUV MALAKAVIY ISHI “HIMOYAGA RUXSAT ETILDI” “HIMOYAGA RUXSAT ETILDI” Fakultеt dеkani v.v.b “Sug’urta ishi” kafеdrasi mudiri __________i.f.n., О.Yuldoshev __________i.f.n., I.Abduraxmonov ___________2017 y. “____”_______2017 y. Bitiruvchi: 5231201 “Sug’urta ishi” bakalavriat ta’lim yo’nalishi 4-kurs talabasi __________ Mahkamova Dildora Mirvaxidovna Ilmiy rahbar: __________ T.Saidov Toshkent 2017

TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

  • Upload
    others

  • View
    24

  • Download
    0

Embed Size (px)

Citation preview

Page 1: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS

TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

SUG‘URTA FAKULTETI

“SUG‘URTA ISHI” KAFEDRASI

MAHKAMOVA DILDORA MIRVAXIDOVNA

TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA

OSHIRISHDAGI RISKLAR VA ULARNING SUG‘URTALASH

MEXANIZMLARINI TASHKIL ETISH ASOSLARI

5231201 – “Sug’urta ishi” baqalaviriat ta’lim yo’nalishi

BITIRUV MALAKAVIY ISHI

“HIMOYAGA RUXSAT ETILDI” “HIMOYAGA RUXSAT ETILDI”

Fakultеt dеkani v.v.b

“Sug’urta ishi” kafеdrasi mudiri

__________i.f.n., О.Yuldoshev __________i.f.n., I.Abduraxmonov

“____”_______2017 y. “____”_______2017 y.

Bitiruvchi: 5231201 – “Sug’urta ishi” bakalavriat

ta’lim yo’nalishi 4-kurs talabasi

__________ Mahkamova Dildora Mirvaxidovna

Ilmiy rahbar: __________ T.Saidov

Toshkent – 2017

Page 2: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

2

MUNDARIJA

KIRISH….........................................................................................

....

3

1-bob TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA

OSHIRISHDAGI RISKLAR VA ULARNI

SUG‘URTALASHNING ZARURLIGI..............................

8

1.1 Mamlakat iqtisodiyotida tashqi iqtisodiy faoliyatning tutgan o‘rni

va ahamiyati..................................................................

8

1.2 Tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining mulkiy manfaatlarini

sug‘urtalashning zarurligi va asosiy shartlari......................

16

1-bob bo‘yicha xulosa........................................... 24

2-bob O‘ZBEKISTONDA TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI

AMALGA OSHIRISHDAGI RISKLARNI

SUG‘URTALASHNING ZAMONAVIY HOLATI VA UNING

TAHLILI...........................................................................................

26

2.1 O‘zbekistonda tashqi savdo operatsiyalarini sug‘urtalash turlari va

ularga umumiy tavsifnoma...........................................

26

2.2 «O‘zbekinvest» EIMSKning tashqi iqtisodiy faoliyat sug‘urtasi

bo‘yicha faoliyatining tahlili...................................................

34

2-bob bo‘yicha xulosa.................................................................... 50

3-bob O‘ZBEKISTONDA TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI

AMALGA OSHRISHDAGI RISKLARNI SUG‘URTALASH

MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

YO‘NALISHLARI..............

52

3.1 Rivojlangan chet davlatlarda tashqi iqtisodiy faoliyatni

sug‘urtalashni tashkil etilishi......................................................

52

3.2 O‘zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining mulkiy

manfaatlarini sug‘urtalash yo‘nalishlarini kengaytirish

yo‘llari............

59

3-bob bo‘yicha xulosa........................................................... 70

XULOSA VA TAKLIFLAR................................................. 71

ADABIYOTLAR RO‘YXATI............................................... 76

Page 3: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

3

KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. Milliy iqtisodiyotimizning eksport salohiyati jadal

rivojlanib, tobora raqobatga bardoshli bo‘lib bormoqda. Eksport korxonalar

faoliyatining eng muhim yo‘nalishiga, butun iqtisodiyotimizning rivojlanish

natijalarini baholash mezoniga aylandi. Bugungi kunda deyarli ko‘pgina tarmoq va

korxonalarimiz tashqi iqtisodiy faoliyatga to‘liq jalb etilgan bo‘lib, tashqi bozorlarni

faollik bilan o‘zlashtirmoqda. Bu haqda Prezident Sh.Mirziyoev 2017 yilning 15

yanvar kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

2016 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2017 yilda

iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga

bag‘ishlangan majlisidagi ma’ruzasida quyidagilarni ta’kidlab o‘tgan edi:

“2016-yilda Toshkent shahri va xorijda o‘tkazilgan xalqaro sanoat

yarmarkalarida jami 7,7 milliard dollarlik mahsulotni eksport qilish bo‘yicha

tuzilgan shartnomalarni amalga oshirish zarur.

Rossiya, Qozog‘iston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida,

shuningdek, boshqa davlatlarda mahsulot sotishning yangi bozorlarini izlash

bo‘yicha boshlangan ishlarni yanada faol davom ettirish kerak. Lekin Bolgariya

bilan bu borada yaqindan hamkorlik qilish bo‘yicha berilgan topshiriq, afsuski,

natijasiz qoldi.

«O‘ztadbirkoreksport» va «O‘zsanoateksport» aksiyadorlik jamiyatlari,

shuningdek, Milliy bank huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi yo‘nalishi bo‘yicha

kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksporti bilan bog‘liq. Bu

borada kamida 1 milliard 500 million dollarlik eksportni ta’minlash kerak”1.

O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining asosi bo‘lgan

eksport hajmining ana shunday o‘sishi biz uchun an’anaviy resurslar bo‘lmish

paxta tolasi, qimmatbaho metallar va turli xom-ashyo etkazib berish hisobiga emas,

balki asosan avtomobillar, neft-kimyo va metall mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar,

1 Mirziyoyev Sh.M. “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir

rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak”. //Xalq sо‘zi, 2017 yil 15 yanvar.

Page 4: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

4

ip-kalava va gazlama, trikotaj buyumlar, sim-kabel mahsulotlari, qurilish

materiallari va boshqa shu kabi ko‘plab eksport tovarlari hajmi va turlarini

ko‘paytirish evaziga ta’minlanmoqda. Buni eksport hajmida tayyor mahsulotlar

va xizmatlarning ulushi oshgani, paxta tolasining ulushi esa sezilarli darajada

kamaygani ham yaqqol tasdiqlaydi.

O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat hajmini oshirishga

ta’sir etuvchi omillar turlicha bo‘lib, ulardan biri sug‘urtadir. Eksport qiluvchi

korxonalar o‘z mahsulot va xizmatlarini tashqi bozorlarda sotish jarayonida

ko‘pgina risklarga duchor bo‘ladilar. Mazkur risklar siyosiy va tijorat

xarakterida bo‘lib, ularning sodir bo‘lishi oqibatida eksporterlar jiddiy talofat

ko‘rishi mumkin. Sug‘urta ana shu ko‘rilgan zararlarni o‘rnini qoplash yo‘li

bilan o‘z tovar va xizmatlarini eksport qiluvchi korxonalarning moliyaviy

barqarorligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Eksport risklarini sug‘urta qilish

bo‘yicha milliy sug‘urta kompaniyalarimiz, xususan, “O‘zbekinvest” eksport-

import milliy sug‘urta kompaniyasi tomonidan muayyan ishlar amalga

oshirilmoqda. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, milliy eksport qiluvchi

korxonalarning mulkiy manfaatlarini himoya qilish bugungi kun talablariga

javob bermaydi. Shuningdek, eksport qiluvchi korxonalarning sug‘urta

kompaniyalariga bo‘lgan ishonchini ham ijobiy deb bo‘lmaydi.

Yuqoridagilar biz tanlagan bitiruv malakaviy ishi mavzusi katta nazariy

va amaliy hamda shu bilan bir qatorda dolzarb ahamiyatga ega ekanligidan

dalolat beradi.

Tadqiqot predmeti. Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining mulkiy

manfaatlarini sug‘urtalash sohasida vujudga keladigan munosabatlarni o‘rganish

mazkur tadqiqot ishining predmeti hisoblanadi.

Tadqiqot ob’ekti. Ishning ob’ektini esa mamlakat sug‘urta

kompaniyalarining, avvalo, “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta

kompaniyasining tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining mulkiy

manfaatlarini sug‘urtalash bilan bog‘liq faoliyati tashkil etadi.

Page 5: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

5

Maqsadi va vazifalari. Mamlakatimizning tashqi iqtisodiy faoliyatini

rivojlantirishda sug‘urtaning o‘rni va bu boradagi muammolarni aniqlash hamda

tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining mulkiy manfaatlarini sug‘urtalash

bo‘yicha takliflar ishlab chiqish mazkur tadqiqot ishining asosiy maqsadi

hisoblanadi.

Tadqiqot ishi maqsadiga muvofiq quyidagi vazifalar hal etilishi

mo‘ljallangan:

mamlakat iqtisodiyotida tashqi iqtisodiy faoliyatning tutgan o‘rni va

ahamiyatini yoritish;

tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining mulkiy manfaatlarini

sug‘urtalashning ob’ektiv zarurligini asoslash;

hozirgi kunda O‘zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining

mulkiy manfaatlarini sug‘urtalash turlariga tavsif berish;

“O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasining tashqi

iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining mulkiy manfaatlarini sug‘urtalash bo‘yicha

faoliyatini tahlil etish;

rivojlangan chet davlatlarda tashqi iqtisodiy faoliyat sug‘urtasini tashkil

etilishini o‘rganish;

O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining

mulkiy manfaatlarini sug‘urtalash yo‘nalishlarini kengaytirish bo‘yicha takliflar

ishlab chiqish.

Mavzuning nazariy-amaliy ahamiyati. Tashqi iqtisodiy faoliyatni

sug‘urtalash bo‘yicha amalga oshirilgan izlanishlar sug‘urta ishi fanining

nazariy asoslarini yanada boyitishga xizmat qilish bilan bir qatorda oliy ta’lim

muassasalari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida sug‘urta ishi

fani bilan bog‘liq mutaxassislik fanlarini o‘qitishda keng qo‘llanilishi mumkin.

Ishni yozish natijasida olingan ilmiy yangiliklarning amaliyotga tatbiq etilishi

mamlakatimizda tashqi iqtisodiy faoliyat sug‘urtasini ravnaq topishida muhim

omil bo‘ladi.

Page 6: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

6

Bitiruv malakaviy ishi tarkibining qisqacha tavsifi. Tadqiqot ishi

kirish, uchta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.

Tadqiqotning kirish qismida tanlangan mavzuning dolzarbligi etarli darajada

asoslangan hamda tadqiqot ishi oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalar o‘z

ifodasini topgan. Tadqiqot ishining birinchi bobida O‘zbekiston iqtisodiyotini

rivojlanishida tashqi iqtisodiy faoliyatning tutgan o‘rni va ahamiyati

ko‘rsatilgan. Shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat rivojlanishini sug‘urta yo‘li

bilan rag‘batlantirish masalalari yoritilgan. O‘zbekistonda tashqi iqtisodiy

faoliyatni sug‘urtaviy himoyasini ta’minlashning hozirgi holati magistrlik

dissertatsiya ishining ikkinchi bobida keltirilgan. Bu bobda statistik

ma’lumotlarga tayanilgan holda tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish

yuzasidan muhim xulosalar chiqarilgan. Tadqiqot ishining uchinchi bobida

O‘zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni sug‘urtalashning istiqbollariga

atroflicha to‘xtalib o‘tilgan.

Tadqiqot ishining umumiy hajmi 75 betdan iborat, 8 ta jadval va 9 ta

rasm keltirilgan.

Page 7: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

7

1-BOB. TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI

RISKLAR VA ULARNI SUG‘URTALASHNING ZARURLIGI

1.1. Mamlakat iqtisodiyotida tashqi iqtisodiy faoliyatning tutgan o‘rni va

ahamiyati

Tashqi iqtisodiy faoliyat deganda - O‘zbekiston Respublikasi yuridik va

jismoniy shaxslarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari,

shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro foydali iqtisodiy aloqalarni

o‘rnatish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyati tushuniladi. O‘zbekiston

Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar, shuningdek, O‘zbekiston

Respublikasining hududida doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan va yakka

tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatga olingan jismoniy shaxslar tashqi iqtisodiy

faoliyat bilan shug‘ullanishga haqlidir. O‘zbekiston Respublikasining davlat

organlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, tashqi

iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishlari mumkin.

Tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

1. Tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining erkinligi va iqtisodiy

mustaqilligi;

2. Tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining tengligi;

3. Savdo-iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirishda kamsitishlarga yo‘l

qo‘yilmasligi;

4. Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdan o‘zaro manfaatdorlik;

5. Tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining huquqlari va qonuniy

manfaatlari davlat tomonidan himoya qilinishi.

Ma’lumki, tashqi iqtisodiy faoliyatning asosini eksport va import tashkil

etadi. Shu sababli, mazkur bo‘limda eksportning iqtisodiy rivojlanishdagi roliga

atroflicha to‘xtalib o‘tamiz.

Eksport atamasi inglizcha “export”, lotincha “exporto” so‘zlaridan kelib

chiqqan bo‘lib, “olib chiqaman”, “chetga chiqaraman” degan ma’nolarni

anglatadi. Eksport deganda aslida tovarlar, xizmatlar, investitsiya, qimmatli

Page 8: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

8

qog‘ozlar, texnologiyalarni tashqi bozorga chiqarish tushuniladi. Tovarlarni bir

mamlakat orqali olib o‘tish (tranzit) va bir mamlakatdan olib kelingan tovarlarni

boshqa mamlakatlarga sotish uchun chiqarish (reeksport) ham eksportga kiradi.

Mamlakatning o‘zida ishlab chiqarilgan moddiy boyliklar eksport tarkibi

milliy iqtisodiyotning o‘ziga xos xususiyatlari, uning xalqaro mehnat

taqsimotidagi o‘rni bilan bog‘liq. Sanoati rivojlangan mamlakatlarga sanoat

mahsulotlari, ayniqsa, mashinasozlik mahsulotlari va texnologiyalar eksport

qilish xos bo‘lsa, qoloq, agrar iqtisodiyotga ega bo‘lgan mamlakatlar eksportida

xom ashyo va oziq-ovqat asosiy rol o‘ynaydi. Yakka ziroatchilik xo‘jaliklari

hukmron bo‘lgan mamlakatlar eksportida ko‘pi bilan ikkita tovar turi asosiy

o‘rinni egallaydi.

Yuklarni tashish, vositachilik operatsiyalari, turizm, ilmiy-texnika

aloqalaridan va boshqa xizmatlarni sotishdan olinadigan daromadlar ko‘rinmas

eksportni tashkil etadi va iqtisodiyoti rivojlangan ko‘pgina mamlakatlarda uning

ahamiyati ortib bormoqda. Har qanday davlat uchun eksport import va chet

ellarda boshqa xarajatlarni to‘lash uchun zarur bo‘lgan chet el valyutasining

asosiy manbai. Davlatning tashqi iqtisodiy siyosatida eksportni kengaytirish

muhim masala hisoblanadi va davlat eksport uchun mo‘ljallangan ishlab

chiqarishni qo‘llab-quvvatlashning turli shakllarini keng qo‘llaydi (soliq

imtiyozlari va boshqa moliyaviy ko‘maklar; eksportni davlat tomonidan

kreditlash).

Eksportni cheklash aksariyat hollarda muayyan mamlakatlar bilan olib

boriladigan savdoga embargo joriy etish yuli bilan siyosiy maqsadlarda amalga

oshiriladi. Ayrim tovarlar eksporti ba’zan iqtisodiy yoki ekologik sabablarga

ko‘ra cheklanadi (mazkur tovarning mamlakat iqtisodiyoti uchun muhimligi,

yo‘qolib borayotgan hayvonlar yoki o‘simliklar turlarini, milliy madaniy-badiiy

boyliklarni asrash va boshqalar). O‘zbekistan Respublikasining bojxona

kodeksiga muvofiq, tovarlar eksporti bojxona rejimida, bojxona to‘lovlari

to‘langanidan keyin, iqtisodiy siyosat tadbirlariga rioya etilgan va qonunchilikda

nazarda tutilgan boshqa talablar bajarilgan hollarda O‘zbekiston

Page 9: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

9

Respublikasining bojxona hududidan chetga chiqariladi. Ko‘pgina

mamlakatlarda eksport tovarlari qo‘shilgan qiymat solig‘idan va shunga

o‘xshash soliqlardan ozod qilinadi

Jahon savdo tashkiloti doirasida savdo qilishning yangi tartibi tashqi

savdoni boshqarish bo‘yicha ba’zi choralarni qo‘llash imkoniyatini cheklab

qo‘ydi. Shunga qaramasdan, agar turli «ruxsat berilgan» subsidiyalardan,

«to‘lov balansi» haqidagi xalqaro savdo qonunlarining savdo bilan bevosita

bog‘liq bo‘lmagan bandlaridan oqilona foydalanilsa va xalqaro savdo qoidalarini

ijodiy talqin qilinsa, manevr qilish uchun sezilarli imkoniyatlar tug‘iladi.

Yaponiya, Janubiy Koreya, Tayvan singari mamlakatlar o‘z bozorlarini himoya

qilish uchun juda baland tariflar va qatiy kvotalar o‘rnatmadilar. Ammo, ko‘plab

«norasmiy» choralar qo‘llandi. Bu mamlakatlarda davlat chet elliklar uchun

murakkab bo‘lgan savdo tizimini ko‘plab cheklovchi qoidalar, andozalar, sifat

tavsiyalari va hokazolar joriy etdi. Xorijiy raqobatchilarning mamlakat

ichkarisidagi bozorlarga kira olmasliklarini ta’minlash uchun «g‘amxo‘rlik»

qildi. Bu mamlakatlarda ko‘pchilik kompaniyalar davlatdan yoki davlat

yordamida imtiyozli kredit oldilar, kreditlar berishda «norasmiy» tarzda firmalar

chet el tovarlarini imkon boricha sotib olmasliklari ko‘zda tutildi. Bu

mamlakatlar importni qiyinlashtirish uchun banklar bilan turli kelishuvlar,

ruxsatnomalar va shunga o‘xshash boshqa «norasmiy» cheklovlardan

foydalandilar. Aholi o‘rtasida ham, jumladan, ommaviy axborot vositalari

yordamida chet elda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotib olmaslik to‘g‘risida

keng targ‘ibot ishlari olib borildi.

Shunday qilib, hozirgi zamon nazariyalari va jahon tajribasi davlatning

iqtisodiy rivojlanish va eksportga yo‘naltirilganlikni ta’minlashda ko‘p

funksiyalari va muhim rol o‘ynashini ta’kidlaydi.

O‘zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirishda hozirgi zamon

iqtisodiy nazariyasi va eksportga yo‘naltirilgan taraqqiyotni tartibga solishda

jahon tajribasidan keng foydalanish lozim.

Page 10: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

10

Mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekiston xalqaro iqtisodiy

munosabatlarda ishtirok etish tajribasining etarli bo‘lmaganligi va ushbu sohada

tajribaga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislarning etishmasligi namoyon

bo‘ldi. Hatto, iqtisodiyotning o‘zi ham xalqaro bozor talablariga va raqobat

muhiti shart-sharoitlariga moslashmaganligi sezilar edi. Shu bilan bir qatorda,

mamlakatimiz jahon bozorlarining asosiy qonuniyatlari va xalqaro iqtisodiy

munosabatlarga integratsiyalashuvi shartlari haqida nihoyatda chegaralangan

bilimlarga ega edi.

Mustaqillik yillari respublikamizda tashqi iqtisodiy faoliyatni

rivojlantirishga katta ahamiyat berildi. Eksportga ixtisoslashgan korxonalarni

qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar ko‘rildi. Xususan,

mahalliylashtirish dasturi asosida o‘z mahsulotlarini chetga eksport qiluvchi

korxonalarga soliqdan imtiyozlar berildi. Buning natijasi o‘laroq, respublikaning

tashqi savdo aylanmasi 2015 yilda 25537,1 mln. AQSH dollarini tashkil qildi

(2014 yilga nisbatan 115,0 foiz), shu jumladan MDH mamlakatlari bo‘yicha

11110,1 mln.AQSH dollarini tashkil qildi. Bunga quyidagi jadval

ma’lumotlarini ko‘rib, guvoh bo‘lish mumkin (1-jadvalga qarang).

1-jadval

O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasining asosiy

ko‘rsatkichlar2

(mln.AQSH dollari)

2013 yil 2014 yil 2015 yil

1. Tashqi savdo aylanmasi 21209,6 21842,4 25537,1

shu jumladan:

MDH mamlakatlari

Boshqa xorij mamlakatlari

8006,2

13203,4

9424,5

12417,9

11110,1

14427,0

2. Eksport 11771,3 13044,5 15027,2

shu jumladan:

MDH mamlakatlariga

Boshqa xorij mamlakatlari

3921,3

7850,0

5898,7

7145,8

6720,1

8307,1

3. Import 9438,3 8797,9 10509,9

shu jumladan:

MDH mamlakatlariga

Boshqa xorij mamlakatlari

4084,9

5353,4

3525,8

5272,1

4390,0

6119,9

2 О‘zbekistonning statistik axborotnomasi.-T.: Davlat statistika qо‘mitasi.-2016y.

Page 11: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

11

Jadval ma’lumotlari tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, 2015 yilda O‘zbekiston

tashqi savdo aylanmasining 58,8 foizi eksportga, qolgan qismi importga to‘g‘ri

kelgan. Ya’ni, importga nisbatan eksport hajmi ko‘p bo‘lgan. Agar 2013-2014

yillarda O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasi tarkibini tahlil

qiladigan bo‘lsak, shu yillari ham jami savdo aylanmasida eksportning salmog‘i

yuqori bo‘lganligini ko‘ramiz.

Masalan, 2013 yilda jami savdo aylanmasi miqdori 21209,6 mln. AQSh

dollarini tashkil etgan holda eksport 11771,3 mln. AQSh dollarini yoki bu

umumiy miqdorning 55,5 foizini tashkil etgan. 2010 yilda esa jami tashqi savdo

aylanmasi miqdori 21842,4 mln. AQSh dollarini tashkil etgan holda eksport

13044,5 mln. AQSh dollarini yoki bu umumiy miqdorning 59,8 foizini tashkil

etgan.

Xulosa qilib aytganda, so‘ngi 3 yil ichida O‘zbekiston tashqi savdo

aylanmasida eksportning salmog‘i importga nisbatan yuqori bo‘lgan. Bu

respublikamizga katta miqdorda valyuta mablag‘larini kirib kelishiga sharoit

yaratadi.

Shunday qilib, O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan so‘ng

bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurishga, dunyoning turli mamlakatlari

bilan hamkorlikni rivojlantirish, avvalo, tashqi savdoni takomillashtirish orqali

jahon bozor tizimiga integratsiyalashish tomon yo‘l tutdi. Bugungi kunda

eksportni rivojlantirish bu makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga, ishlab

chikarishni rivojlantirishga, investitsion faoliyatni rag‘batlantirishga

yo‘naltirilgan davlatning umumiy iqtisodiy siyosatining ajralmas bir qismidir.

Eksportni kengaytirish — respublikaga erkin muomaladagi valyutaning kirib

kelishini kuchaytirish hamda milliy valyutani barqarorligini ta’minlaydi.

Page 12: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

12

1.2. Tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining mulkiy manfaatlarini

sug‘urtalashning zarurligi va asosiy shartlari

Milliy eksporterlarning faoliyatida yuzaga keladigan asosiy risklardan biri

eksport shartnomalari bilan bog‘liqdir. Zero, eksport shartnomalari bo‘yicha

olingan majburiyatlarni o‘z vaqtida ijro etilishi muhim o‘rin tutadi. Eksport

shartnomalarini sug‘urtalashga quyidagilarni keltirib o‘tish mumkin:

to‘lovni kechiktirish shartlarida amalga oshirilayotgan hamda birinchi

darajali banklarning to‘lov majburiyatlari bilan ta’minlanmagan eksport

kontraktlari siyosiy va tijorat tavakkalchiliklardan sug‘urta qilish ilovaga

muvofiq tartibga binoan amalga oshiriladi.

to‘lov kechiktirilishni nazarda tutuvchi eksport kontraktlar bo‘yicha

siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sug‘urta qoplamasi O‘zbekiston

Respublikasi rezidentlari bo‘lgan eksport qiluvchilar va tijorat banklariga

sug‘urta tashkilotlari tomonidai beriladi.

eksport yuk tashishlarini sug‘urta qilish O‘zbekiston Respublikasining

amaldagi qonun hujjatlariga va «INKOTERMS» xalqaro qoidalariga muvofiq

sug‘urta qilish huquqiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining yuridik

shaxslari tomonidan amalga oshiriladi.

Eksport kontraktlarini sug‘urta qilish, shuningdek sarmoya, tovarlar va

xizmatlar xalqaro bozorlarida davlatning va milliy eksport qiluvchilarning

manfaatlarini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan himoya qilish maqsadida

eksport kontraktlari bo‘yicha tijorat banklarining kreditlariga sug‘urta qoplamasi

berishni nazarda tutadi. Sug‘urta qoplamasi O‘zbekiston Respublikasi

rezidentlari bo‘lgan eksport qiluvchilarga (keyingi o‘rinlarda «eksport qiluvchi»

deb ataladi) va O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan tijorat banklariga

faqat kelib chiqqan mamlakati O‘zbekiston bo‘lgan mahsulotlarni eksport qilish

(lizing ham shu jumlaga kiradi) bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha beriladi.

Eksport kontraktlari eksport sug‘urtasining xalqaro normalariga muvofiq

sug‘urta tashkilotlari tomonidai sug‘urta qilinadi. Tijorat tashkilotlari

Page 13: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

13

hisoblangan va sug‘urta qilish huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar sug‘urta

tashkilotlari sifatida e’tirof etiladi.

Investitsion loyihalarni moliyalashtirish jarayonida yuzaga keladigan

risklarni quyidagicha guruhlash mumkin:

Siyosiy tavakkalchiliklar - xorijiy hamkor mamlakatida u tomonidan

qabul qilingan kontrakt majburiyatlari bajarilishiga to‘liq yoki qisman to‘sqinlik

qiluvchi siyosiy va makroiqtisodiy vaziyat noqulay o‘zgarishi bilan bog‘liq

tavakkalchiliklar, ular eksport kontraktlari bajarilishi va investitsiya loyihalari

amalga oshirilishi bilan bog‘liq tavakkalchiliklarga bo‘linadi.

Eksport kontraktlari bajarilishi bilan bog‘liq siyosiy tavakkalchiliklarga

quyidagilar kiradi;

import yoki eksportga embargo joriy qilish;

xorijiy hamkor mamlakatidagi e’lon qilingan yoki e’lon qilinmagan

urushlar, fuqarolar g‘alayonlari, inqiloblar, terroristik harakatlar, sabotaj;

xorijiy hamkor mamlakati hukumatining tuzilgan kontrakt shartlari

umuman yoki uning qismlari bajarilishiga to‘sqinlik qiluvchi hatti-harakatlari,

shu jumladan O‘zbekistonga nisbatan kamsituvchi tusdagi yangi qonun hujjatlari

joriy etilishi;

xorijiy hamkor mamlakatida konvertatsiya qilinadigan valyuta

etishmasligi tufayli transfert kechiktirilishi, O‘zbekiston bilan xorijiy hamkor

mamlakati o‘rtasidagi to‘lovlarni cheklab qo‘yuvchi xorijiy hamkor

mamlakatining O‘zbekistonga tashqi arziga xizmat ko‘rsatishga moratoriy e’lon

qilinishi.

Investitsiya loyihalari amalga oshirilishi bilan bog‘liq siyosiy

tavakkalchiliklarga quyidagilap kiradi:

mulkning ekspropriatsiya qilinishi, shuningdek xorijiy hamkor

mamlakatida qabul qilingan mulk yoki ulardan olinadigan daromad ustidan

nazorat qilish yo‘qolishiga olib keladigan har qanday onun hujjatlari yoki

ma’muriy choralar, xorijiy hamkor mamlakati hukumati tomonidan o‘z

Page 14: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

14

hududida iqtisodiy faoliyatni tartibga solish maqsadida joriy etiladigan umumiy

qo‘llaniladigan kamsitmaydigan tusdagi choralardan tashqari;

xorijiy hamkor mamlakatidagi e’lon qilingan yoki e’lon qilinmagan

urushlar, fuqarolar g‘alayonlari, inqiloblar, terroristik harakatlar, sabotaj.

Tijorat risklari. Bu - xorijiy hamkorning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli bilan

bevosita bog‘liq bo‘lgan hamda uning isbot qilingan to‘lovga qodir emasligi

yoki bankrotligi bilan va kontrakt bo‘yicha uning tomonidan qabul qilingan

moliyaviy majburiyatlar bajarilishi mumkin emasligi bilan ifodalanadi.

Siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan cyg‘ypta qilish.

Bank kreditlarini jalb qilmasdan to‘lovni to‘liq (yoki qisman) kechiktirish

shartlarida amalga oshiriladigai eksport kontrakt bo‘yicha sug‘urta qoplamasi

olish uchun eksport qiluvchi sug‘urta tashkilotiga:

ariza - so‘rovnoma;

eksport kontraktining asl nusxasini va nusxasini;

eksport kontraktini qo‘llab-quvvatlash uchun xorijiy xaridorning kafili

tomonidan sug‘urta tashkiloti yoki eksport qiluvchi foydasiga berilgan qarshi

kafolat (aksilkafolat)ni;

eksport kontrakti qiymatining kamida 15 foizi miqdorida avans to‘lovi

olinganligi to‘g‘risida bankning (eksport qiluvchining vakolatli bankining)

ma’lumotnomasi nusxasini taqdim etadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan

hollar bundan mustasno.

Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan kontraktlar ko‘rib chiqish

uchun qabul qilinadi. Berilgan sug‘urta qoplamasi cyg‘ypta tashkiloti tomonidan

tasdiqlangan standart polis ko‘rinishida rasmiylashtiriladi. Sug‘urta haqini

to‘lash shartlari sug‘urtalanuvchi bilan sug‘urta tashkiloti o‘rtasida tuziladigan

yakka tartibdagi bitimda qayd etiladi. Sug‘urta tashkilotining cyg‘yrta polisi

bo‘yicha majburiyatlari sug‘urta haqi uning joriy schyotiga tushgan kundan

boshlab kuchga kiradi. Sug‘urta tovoni to‘lash to‘g‘risidagi qapop e’tirozni

o‘rganish hamda sug‘urta voqeasini va uning sababini hamda etkazilgan zarar

Page 15: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

15

miqdorini tasdiqlovchi belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan xulosa asosida

qabul qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan tijorat banklari va (yoki)

eksport qiluvchilar tomonidan eksportga kredit berishning xalqaro amaliyotiga

muvofiq shartlarda va muddatlarga beriladigan kreditlar sug‘urta bilan

ta’minlanadi, xususan:

xorijiy hamkor (xaridor) tomonidan kontrakt qiymatining kamida 15

foizi miqdoridagi avans to‘lovi to‘langanida, basharti kredit bir yildan ortiq

davrga berilsa;

kreditdan foydalanishning 5 yilgacha (imtiyozli davr chiqarib tashlangan

holda bo‘lgan, tovarlariing ayrim turlari bo‘yicha 12 yilgacha bo‘lgan eng ko‘p

muddatiga rioya qilinganda;

eksport kontrakti bajarilgandan keyin kredit bo‘yicha asosiy qarz

kreditning to‘lanmagan summasiga qo‘shilgan foizlar bilan bir vaqtda to‘langan

holda kamida har olti oyda izchil teng to‘lovlarda qaytarilganda. Eksport va

kredit talablariga yon bosish faqat cyg‘urta tashkiloti bilan yozma kelishuvga

ko‘ra qonun hujjatglarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.

Kompensatsiya yoki qarshi bitishuv tuzilgan taqdirda eksport va import

kontraktlari mutlaqo bir-biridan ajratilishi va bir-biriga bog‘liq bo‘lmasligi

kerak. Tijorot banklarining eksport qiluvchilarga to‘lovni kechiktirish bilan

bog‘liq bo‘lmagan kontraktlap uchun beriladigan kreditlari sug‘urta qilinmaydi.

Tijorat banklarining eksport kontraktlari bo‘yicha kreditlari mahsulot

etkazib beruvchining krediti va xaridorga beriladigan kredit sifatida berilishi

mumkin. Mahsulot etkazib beruvchining krediti - kredit eksport qiluvchi

tomonidan etkazib berilgan texnologiya, tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar

uchun to‘lovni kechiktirish ko‘rinishida xaridorga beriladi. Eksport qiluvchi

sug‘urtalanuvchi, eksport qiluvchi va (yoki) O‘zbekiston Respublikasining

vakolatli tijorat banki benefitsiar (naf ko‘ruvchi) bo‘ladi.

«Mahsulot etkazib beruvchining krediti» turi 6o‘yicha sug‘urta qoplamasi

berish quyidagi izchillikda amalga oshiriladi:

Page 16: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

16

eksport qiluvchi bilan xorijiy xaridor o‘rtasida eksport kontrakti

shartlarining kelishilishi;

vakolatli tijorat bankiga va sug‘urta tashkilotiga ariza va zarur hujjatlar

turkumini taqdim etish;

arizaning vakolatli tijorat bankida va sug‘urta tashkiloti tomonidan

ko‘rib chiqilishi, loyihani mablag‘ bilan ta’minlash maqsadga muvofiqligi va

sug‘urta qoplamasi berish (yoki rad etish) imkoniyati to‘g‘risidagi xulosa

asosida qaror qabul qilish;

eksport qiluvchi tomonidan xorijiy xaridor bilan mahsulot etkazib berish

yuzasidan kontrakt tuzilishi;

xorijiy xaridor tomonidan sug‘urta tashkilotiga yoki eksport qiluvchiga

import qiluvchi mamlakati xukumati yoki xorijiy bank nomidan aksilkafolat

berilishi;

vakolatli tijorat banki bilan eksport qiluvchi o‘rtasida kredit shartnomasi

tuzilishi va mablag‘ bilan ta’minlash boshlanishi;

eksport qiluvchi tomonidai xorijiy hamkorning majburiyatlari bajarilishi

bo‘yicha talablar huquqining sug‘urta tashkilotiga berilishi, sug‘urta haqi

to‘lanishi, sug‘urta tashkilotidan sug‘urta polisi olinishi;

kredit bir yildan ortiq muddatga berilgan taqdirda xorijiy xaridor

tomonidan kontrakt qiymatining kamida 15 foizi miqdorida avans to‘lanishi;

tuzilgan kontrakt shartlariga muvofiq eksport qiluvchi tomonidan xorijiy

xaridorga mahsulot etkazib berilishi.

qarz majburiyatlarining O‘zbekistonning vakolatli tijorat bankida

hisobga olinishi;

eksport kontrakti bo‘yicha etkazib berilgan mahsulot uchun xorijiy

xaridor tomonidan eksport qiluvchiga haq to‘lanishi;

eksport qiluvchi tomonidan kreditning vakolatli tijorat bankiga

qaytarilishi.

Sug‘urta voqeasi yuz bergan taqdirda:

Page 17: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

17

a) eksport qiluvchi yoki vakolatli tijorat banki sug‘urta voqeasi yuz

berganligi to‘g‘risida sug‘urta tashkilotini xabardor qiladi;

b) eksport qiluvchi yoki vakolatli tijorat banki sug‘urta tashkilotiga

zararlar bo‘yicha regress huquqiga ko‘ra talabnoma beradi;

v) sug‘urta tashkiloti e’tirozni o‘rganib chiqadi va sug‘urta tovoni to‘lash

yoki uni berishni rad etish haqida asoslangan qaror qabul qiladi;

g) xaridorning kafili yoki xorijiy xaridor kontrakt bo‘yicha arzni sug‘urta

tashkiloti foydasiga to‘laydi.

«Xaridorga beriladigan kredit» - kredit amaldagi qonun hujjatlariga

muvofiq O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan tijorat banki tomonidan,

kreditni keyinchalik xorijiy xaridorga qayta moliyalash uchun xorijiy xaridor

bankiga yoxud eksport kontrakti haqini to‘lash uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy

xaridorga beriladi. O‘zbekiston Respublikasi rezidenti - vakolatli tijorat banki

sug‘urtalanuvchi bo‘ladi. Sug‘urta qoplamasi berish quyidagi izchillikda amalga

oshiriladi: eksport qiluvchi bilan xorijiy xaridor o‘rtasida mahsulot etkazib

berishga eksport kontrakti shartlarining kelishilishi; vakolatli tijorat banki bilan

xorijiy xaridor yoki xorijiy xaridor banki o‘rtasida kredit bitimi loyihasining

kelishilishi; eksport kontraktiga sug‘urta qoplamasi olish uchun vakolatli tijorat

banki nomidan sug‘urta tashkilotiga ariza berilishi; arizaning sug‘urta

tashkilotida ko‘rib chiqilishi va sug‘urta qoplamasini ma’qullash (rad etish)

to‘g‘risidagi xulosa asosida qaror qabul qilish; O‘zbekistonlik eksport qiluvchi

bilan xorijiy xaridor o‘rtasida eksport kontrakti imzolanishi; O‘zbekiston

Respublikasi rezidenti bo‘lgan vakolatli tijorat banki bilan xorijiy xaridor banki

yoki xorijiy xaridor o‘rtasida kredit bitimi imzolanishi; sug‘urta tashkilotiga

xorijiy xaridor hukumatining yoki xorijiy bankning kafolati taqdim etilishi;

vakolatli tijorat banki bilan sug‘urta tashkiloti o‘rtasida sug‘urta shartnomasi

tuzilishi; vakolatli tijorat banki tomonidan sug‘urta mukofotining to‘lanishi,

sug‘urta tashkiloti tomonidan eksport krediti qoplamasining berilishi; eksport

kontrakti shartlariga muvofiq eksport qiluvchiga xorijiy xaridor tomonidan 15

foiz avans to‘lovining to‘lanishi; vakolatli tijorat banki tomonidan mablag‘ bilan

Page 18: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

18

ta’minlash boshlanishi; eksport kontrakti shartlariga muvofiq eksport qiluvchi

tomonidan mahsulot etkazib berilishi; xorijiy xaridor (bank) tomonidan vakolatli

tijorat bankiga kreditning to‘lanishi;

Sug‘urta voqeasi yuz bergan taqdirda:

a) vakolatli tijorat banki tomonidan sug‘urta tashkilotining sug‘urta

voqeasi yuz berganligi to‘g‘risida xabardor qilinishi;

b) vakolatli tijorat banki sug‘urta tashkilotiga zararlar bo‘yicha regress

huquqiga ko‘ra talabnoma beradi;

v) sug‘urta tashkiloti tomonidan e’tirozning o‘rganib chiqilishi va

sug‘urta tovoni to‘lash yoki uni berishni rad etish to‘g‘risida asoslangan qaror

qabul qilinishini;

g) xaridor kafili yoki xorijiy xaridor tomonidan sug‘urta tashkilotiga

qarzlarning to‘lanishi.

Risklarni qoplash sug‘urta tashkiloti tomonidan so‘mlarda yoki har

qanday erkin almashtiriladigan valyutada amalga oshiriladi. Sug‘urta to‘lovi

tuzilgan sug‘urta shartnomasiga binoan so‘mlarda yoki erkin almashtiriladigan

valyutada to‘lanishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari xorijiy

valyutadagi sug‘urta to‘lovlarini sug‘urta tashkilotlari tomonidan xorijiy

banklarda ochilgan joriy schyotlarga to‘lashlari mumkin. Sug‘urta to‘lovini

to‘lash xarajatlari eksport kontraktining qiymatiga kiritiladi. Zarar etkazilgan

taqdirda tovon sug‘urta tashkiloti tomonidan sug‘urta to‘lovi to‘langan

valyutada amalga oshiriladi.

Sug‘urta to‘lovi milliy valyutada to‘langanda tovon sug‘urta

shartnomasida ko‘rsatilgan xorijiy valyutaning to‘lov kunidagi rasmiy kurs

bo‘yicha to‘lanadi.

Sug‘urta qoplamasi bo‘yicha sug‘urta tovoni:

a) urush, inqiloblar yoki fuqarolarning g‘alayonlari bo‘lgan hollarda

asosiy sarmoyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ziyon etkazilgani isbotlanganda yoki xorijiy

hamkor 10 oy majburan bekor turgan taqdirda;

Page 19: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

19

b) mulk ekspropriatsiya qilingan taqdirda hodisa yuz bergan sanadan 10

oydan keyin;

v) ma’murlar tomonidan pul o‘tkazishga cheklashlar joriy etilganda b oy

mobaynida valyutani repatriatsiya qilishning imkoniyati bo‘lmagan taqdirda;

g) kontrakt munosabatlariga xorijiy hamkor ma’murlari aralashgan

taqdirda ma’murlar aralashuvi yuridik tan olingan sanadan boshlab 3 oy

o‘tgandan keyin;

d) O‘zbekistonlik investorlarga nisbatan kamsituvchi tycra ega bo‘lgan

yangi qonun-qoidalar joriy etilgan taqdirda joriy etilgan yangi qonun-

qoidalarning kamsituvchi tusdaligi xalqaro e’tirof etilgan sanadan boshlab 3

oydan keyin;

e) xorijiy xaridordan va xorijiy xaridor bankidan belgilangan to‘lov

kunidan boshlab 3 oy o‘ggandan keyin kutilayotgan to‘lovlar olinmagan

taqdirda;

j) xorijiy xaridor va (yoki) xorijiy xaridor banki bankrotlikka uchragan

taqdirda ularning bankrotligi e’tirof etilganligining isboti taqdim etilgandan

keyin 30 kun mobaynida to‘lanadi.

Sug‘urta shartnomalarida sug‘urta tovoni to‘lashning boshqa muddatlari

belgilanishi mumkin.

Xulosa qilib ta’kidlaganda, investitsion loyihalarni moliyalashtirishda

yuzaga keladigan risklarni sug‘urta qilishni takomillashtirish yo‘llaridan biri

eksport kontraktlari bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va banklarning

majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarilishi hisoblanadi. Bunda siyosiy risklardan

sug‘urta qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

1-bob bo‘yicha xulosa

O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar bilan tashqi iqtisodiy,

savdo, madaniy va ilmiy aloqalari yildan-yilgan ravnaq topib bormoqda. Buni

mamlakatimizning yaqin va uzoq xorij davlatlari bilan amalga oshirilgan tashqi

savdo aylanmasidagi ijobiy o‘zgarishlardan ham bilib olish mumkin. Sug‘urta

xalqaro iqtisodiy aloqalarni samarali yo‘lga qo‘yishda, eksport-import

Page 20: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

20

operatsiyalarini amalga oshirish chog‘ida yuzaga keladigan turli xavf-

xatarlardan ishonchli himoyalaydigan vosita sifatida ko‘proq namoyon

bo‘lmoqda. Hozirgi kunda tashqi iqtisodiy faoliyatning turli jabhalari, masalan

savdo yuklarini sug‘urta polisisiz bir joydan ikkinchi joyga etkazish amri mahol.

Shu sababli, bugungi kunda tashqi iqtisodiy faoliyatni sug‘urtaviy himoyasini

ta’minlashga katta e’tibor qaratilmoqda.

Xulosa qilib ta’kidlaganda, investitsion loyihalarni moliyalashtirishda

yuzaga keladigan risklarni sug‘urta qilishni takomillashtirish yo‘llaridan biri

eksport kontraktlari bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va banklarning

majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarilishi hisoblanadi. Bunda siyosiy risklardan

sug‘urta qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

Page 21: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

21

2-BOB. O‘ZBEKISTONDA TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI

AMALGA OSHIRISHDAGI RISKLARNI SUG‘URTALASHNING

ZAMONAVIY HOLATI VA UNING TAHLILI

2.1. O‘zbekistonda tashqi savdo operatsiyalarini sug‘urtalash turlari va

ularga umumiy tavsifnoma

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston dunyodagi ko‘pgina mamlakatlar bilan

hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi va jahon iqtisodiy integratsiyasiga borgan sari

faol jalb qilinmoqda, rivojlangan davlatlar bilan o‘zining xo‘jalik aloqalarini

kengaytirmoqda, o‘zaro foydali savdo-iqtisodiy kelishuvlar tuzmoqda.

Bunday kelishuvlar natijasida 1936 yilda xalqaro savdo palatasi

«International Chamber of Commerce - ICC» tovar etkazib berishning tijorat

shartlarini sharhlash xalqaro qoidalarining majmui belgilangan hujjatni ishlab

chiqdi. Ushbu shartlar INKOTERMS - 1936 degan nom bilan shuhrat qozondi.

1990 yilda ana shu qoidalariga, ularni shakllangan xalqaro savdo amaliyotiga

muvofiqlashtirish maqsadida o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritildi.

INKOTERMS - 1990 xalqaro savdo palatasi (Baynalminal xalqapo savdo

tijorat shartlari) ishlab chiqilgan hujjat bo‘lib, unda tovar etkazib berish tijorat

shartlarining sharxlangan xalqaro qoidalari majmui belgilab berilgan.

Tovar etkazib berish shartlarini INKOTERMS – 2000 ga binoan aks

ettirish O‘zbekiston Respublikasida tuziladigan kontraktlarga qo‘yiladigan

asosiy talablardan biridir. Quyida INKOTERMS -2000 bo‘yicha tovar etkazib

berishning tijorat shartlari berilgan (3-jadvalga qarang).

INKOTERMS-2011 xalqaro savdo qoidalarining tahlili shuni ko‘rsatadiki,

xalqaro savdo yo‘nalishida aksariyat yuklarni jo‘natishda qo‘llaniladigan usullar

CIF va STRdan iborat.

Page 22: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

22

2-jadval

INKOTERMS-2011 tovar etkazib berish bo‘yicha

tijorat shartlari3

INKOTERMS-2011

bo‘yicha tovar etkazib

berish -bazis

Shartli belgisi Riskning sotuvchidan

xaridorga o‘tishi

Xarajatlarning

sotuvchidan

xaridorga o‘tishi

Franko-zavod EXM

Tovar sotuvchi

omboridan xaridor

ixtiyoriga o‘tgan

davridan boshlab

Xaridor tovarni o‘z

ixtiyoriga o‘tkazgan

daqiqadan boshlab

barcha xarajatlarni

o‘z zimmasiga oladi

Frankoyuk tashuvchi

(belgilangan joy) FCA

Tovarning yuk tashuvchi

ixtiyoriga yoki xaridor

tomonidan ko‘rsatilgan

shaxsga o‘tgan

daqiqadan

Tovarni belgilangan

joyga etkazish

uchun yuk tashuvchi

tomonidai qilingan

barcha xarajatlar

sotuvchi tomonidan

to‘lanadi

Kema borti yonidan

erkin belgilangan yuk

jo‘natish porti

FAS

Ko‘rsatilgan kemada

kema borti bo‘yicha

tovarlarni joylashganligi,

yuk jo‘natish porti

Tovarlarni kema

borti bo‘yicha

joylashtirish bilan

bog‘liq barcha

xarajatlarni xaridor

o‘z zimmasiga oladi

Franko-borti

(kelishilgan yuklab

jo‘natish porti)

FOB

Kemadagi yuklarni

tushirish portni kesib

o‘tganda

Kema yuklarini

tushirish portni

kesib o‘tish bilan

bog‘liq barcha

xarajatlarni

sotuvchi o‘z

zimmasiga oladi

Bu usullar bilan tovarlarni eksport-import qilishda sotuvchi ijobiy

kelishuvlar asosida tovarni sug‘urta kompaniyalari orqali sug‘urtalashga majbur.

GIF va CIP sharti bo‘yicha sotuvchi yuk sug‘urtasini albatta, ta’minlashi shart.

Xaridor esa tashish jarayonini tovarning yo‘qolishi va shikastlanishi bilan

3 Jadval muallif tomonidan tayyorlandi.

Page 23: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

23

bog‘liq xavf uchun mas’uldir. Sotuvchi sug‘urta shartnomasini tuzadi va

sug‘urta mukofotini to‘laydi.

Xaridorning CIP etkazib berish shartiga ko‘ra sotuvchi eksport uchun

tovarni bojxonada holi qilishni ta’minlashi kerak. CIP etkazib berish sharti

bo‘yicha transportning hap kanday turidan foydalanilishi mumkin.

Xalqaro savdo tijorat yo‘nalishda qabul qilingan qoidalar barcha

yo‘nalishlar bo‘yicha sug‘urta shartnomalarini tuzishni taqozo etadi. Sug‘urta

hodisalari ro‘y berishi natijasida yuzaga keladigan xarajatlarni eng kam shkalaga

keltirish uchun turli yo‘nalishlar bo‘yicha shartnomalar olib boriladi. Bunga

quyidagi misollarni keltirishimiz mumkin. London sug‘urta institutining

yuklarni sug‘urtalash tamoyiliga ko‘ra (yuklar halokati bundan mustasno)

xalqaro yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan sug‘urta kompaniyalari sug‘urta

javobgarligini o‘z zimmasiga oladi.

Xalqaro yo‘nalishlarda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sug‘urtalashni

O‘zbekistan Respublikasida «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta

kompaniyasi amalga oshiradi. «O‘zbekinvest» kompaniyasi 1997 yil fevraldan

boshlab O‘zbekiston Respublikasi hukumatining qaroriga binoan eksport

kreditlarini sug‘urtalash bo‘yicha davlat agentligi vazifalarini bajarishga

kirishdi.

Tashqi iqtisodiy faoliyatni sug‘urtalash kompaniya faoliyatining asosiy

yo‘nalishlaridan biri hisoblanib, xorijiy bozorlarda milliy eksportchilarning

siyosiy va tijorat risklaridan sug‘urtaviy himoyalashni nazarda tutadi. Ma’lumki,

kafolat bilan yoki akkreditiv bilan mahsulotni etkazib berishga nisbatan muqobil

shakl sifatida eksport shartnomalarini sug‘urtalash polisining mavjudligi

eksportchilarga xorijiy xaridorning to‘lov shartlarini bajarishga ishonch va pulni

keyinchalik to‘lab berish sharti bilan mahsulotni tushirish imkoniyatini beradi.

Xalqaro va ichki yuklarni tashishda yuklarning sug‘urtasi ko‘p oldi-sotdi

shartlari sug‘urtalovchi yoki sug‘urtalanuvchining sug‘urta shartnomasi

tarkibida bo‘ladi. Shartnomada asosan, sug‘urta shartnomasini tuzishda

majburiyatni qaysi tomon olishi, sotuvchi yoki xaridor va tashuvchining sug‘urta

Page 24: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

24

javobgarligi qanday miqdorda bo‘lishi ham ko‘rsatiladi. Sug‘urta amaliyotida

yuklarning sug‘urta shartnomalari quyidagilarga asosan amalga oshiriladi:

- barcha risklar uchun javobgarlik. Barcha turdagi zararlarning sug‘urta

himoyasini anglatadi;

- xususiy avariyalar uchun javobgarlikda yukning avariyada ko‘rgan

zarari to‘la yoki qisman qoplanadi;

- yuk uchun javobgarlikda yuklarning to‘la yoki qisman avariyasi %

hisoblanmay, yukni olib ketayotgan transport vositasi avariyaga uchragandagina

to‘lanadigan summa nazarda tutiladi.

Barcha zararlarning sug‘urtaviy qoplanishi sug‘urta ta’riflari asosida

amalga oshiriladi. Sug‘urta tariflarini ishlab chiqishdan asosiy maqsad

sug‘urtalanuvchiga tug‘ri keladigan ehtimoldagi zararning summasini aniqlash

ko‘zda tutiladi.

Yuklarni sug‘urtalashning o‘ziga xos tomonlaridan biri shundan iboratki,

bunda faqat yuklarning zarar ko‘rgan miqdori qoplanadi. Bunday sugurtalash

faqat transport vositalarida qo‘llaniladi.

Shuning uchun barcha kema xodimlari sug‘urta hodisasi sodir

bo‘lishining oldini olish choralarini mukammal ravishda qullashga harakat

qiladi. Masalan, kema a’zolari kemani yong‘indan saqlab qolish maqsadida

yuklarning bir qismini tashlab yuborishi yoki uni suv bilan uchirishi mumkin.

Umumiy avariyadan hosil bo‘lgan zarar va xarajatlar tovar va kema egasi

o‘rtasida uning umumiy qiymatiga ko‘ra teng taqsimlanadi va zarar hisoblab

chiqiladi. Ayrim holatlarda ko‘rilgan zararlar tuliq yoki qisman avariyaga

sababchi bo‘lgan tomondan qoplanishi mumkin. Bunday javobgarlik Dengiz

savdo kodeksi talablari asosida amalga oshiriladi. Shuning uchun ham tovarlarni

qaysi transport vositalarida tashilishidan qat’iy nazar sotuvchi va xaridor

tovarlarni eksport-import qilish maqsadida tuzilgan shartnomalarda imkon qadar

kam zararlanishni ko‘zda tutishlari lozim bo‘ladi. Sotuvchi va xaridorning u

yoki bu sug‘urta variantini qabul qilishda birgalikda ish ko‘rishlari muhimdir.

Har ikki tomon CIF yoki CIP shartlari bo‘yicha tovarlarni tashishda, mustaqil

Page 25: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

25

risk qiymatini inobatga olgan holda amalga oshirishlari mumkin. Tovarlarni CIF

yoki CIP shartlari bo‘yicha ayirboshlashda sotuvchi uchun alohida tovarlarning

sug‘urtalanishi ko‘zda tutilmagan. CHunki, ayrim tovarlarni (koks, metall,

chuyan, neft kabilar) jo‘natish jarayonida hech qanday zarar ko‘rmasliklari

mumkin. Qimmatbaho mashina uskunalari va asboblarni jo‘natishda buning

aksini kuzatish mumkin. SHuning uchun ham tomonlar shartnomalarni imzolash

paytida, o‘zlariga qulay bo‘lgan sug‘urta variantini tanlashlari kerak bo‘ladi.

Tomonlarning kelishuviga binoan, ayrim turdagi sug‘urta riski ham

sug‘urtalanishi mumkin. Masalan, ba’zi shartnomalarda harbiy holatdan, omma

qo‘zg‘olonidan va boshqa risklardan sug‘urta qilish nazarda tutiladi. Ikki

tomonlama tuzilgan shartnoma shartlarining bajarilishini tuliq amalga oshirishda

sug‘urta kompaniyalarini tanlash muhim ahamiyatga egadir.

Xorijda va O‘zbekistan Respublikasida hozirgi kunda juda ko‘p sug‘urta

kompaniyalari faoliyat ko‘rsatadi, ammo eksport yuklarni sug‘urtalashni hamma

kompaniyalar ham amalga oshiravermaydi. O‘zbekistonda xalqaro savdo

yuklarini sug‘urtalashni «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta

kompaniyasi amalga oshirmoqda. Bu kompaniyaning xalqaro bozor yo‘nalishida

faoliyat ko‘rsatayotganiga 23 yil bo‘ldi. To‘planayotgan boy tajriba

«O‘zbekinvest» EIMSK dunyoning barcha nuqtalarida faoliyat olib borishi

uchun keng imkoniyatlar ochib berayotgan bo‘lsa, O‘zbekistonda «Sug‘urta

faoliyati tug‘risida»gi qonunning qabul qilinishi esa kompaniyani har

tomonlama rivojlantirish uchun xuquqiy asos yaratib berdi.

O‘zbekiston sug‘urta bozori bir necha yildan beri barqaror o‘sish sur’atiga

ega bo‘lib kelmoqda, bu esa o‘z navbatida uning mamlakat iqtisodiyotidagi

rolini oshirib bormoqda. Ma’lumki, mamlakat moliya sektorining, shu jumladan,

sug‘urta sohasining rivoji mamlakatning umumiqtisodiy ahvoli bilan

chambarchas bog‘langan. Sug‘urta sohasi mamlakat iqtisodiyotining rivoji bilan

uzviy bog‘liqligi sababli, ushbu soha mamlakatdagi umumiqtisodiy

o‘zgarishlarga juda tez ta’sirchan hisoblanadi.

Page 26: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

26

4 www.mf.uz

3-jadval SUG'URTA BOZORINING 2016 yil yakunlari bo'yicha

sug'urta kompaniyalari kesimidagi ma'lumot4 (mln. so'm)

T/r Sug'urta tashkiloti nomlanishi Sug'urta

mukofotlari O'zgarishi %da

Sug'urta

to'lovlari

O'zgarishi

%da

1 "O'zagrosug'urta" AJ 142 642,7 130,3 29 415,3 118,7

2 "O'zbekinvest" EIMSK 103 904,0 130,1 15 007,9 124,6

3 "Kafolat sug'urta kompaniyasi" AJ 75 288,1 130,4 17 417,5 144,0

4 "Alskom" AJ SK 38 858,2 120,7 4 687,5 143,6

5 "Alfa Invest" MChJ ST 38 609,2 143,0 4 657,4 116,7

6 "Gross Insurance" MChJ 36 865,7 339,4 1 813,6 351,3

7 "O’zbekinvest Hayot" MChJ 35 974,5 164,5 20 335,9 139,4

8 "Asia Inshurans" MChJ SK 32 456,9 114,9 5 090,3 97,0

9 "Kapital Sug’urta" AJ 26 400,1 97,9 5 800,7 120,7

10 "Temiryo'l Life" MChJ QK 21 193,7 103,2 1 254,3 149,1

11 "Ingo-Uzbekistan" SAJ 18 706,9 127,7 1 426,1 60,3

12 "New Life Insurance" MChJ 16 256,4 206,5 11 113,3 224,8

13 "Euroasia Insurance" MChJ QK SK 15 549,4 162,8 636,1 181,8

14 "Xalq Sug’urta" MChJ SK 13 025,6 129,0 2 197,4 100,9

15 "Universal-Sug'urta" AJ 12 054,0 128,1 1 213,4 85,1

16 "Hamkor Sug’urta" MChJ 8 436,6 125,1 678,5 209,6

17 "IShONCh" BSK MChJ 7 359,4 109,4 1 674,1 109,7

18 "Kafil sug'urta" MChJ 7 352,4 133,8 88,6 35,9

19 "Mega Invest Insurance" MChJ SK 7 206,1 120,6 432,3 236,5

20 "Alfa Life" ShXJ ST 6 879,2 193,3 3 246,7 137,9

21 "Asko-Vostok" MChJ 6 154,0 235,9 220,1 235,9

22 "Garant Insurance Group" MChJ 5 470,7 150,3 247,6 191,0

23 "Global Insurance Group" MChJ ST 5 369,7 107,5 99,7 382,5

24 "Sug'urta O'z" MChJ SK 4 700,6 136,3 177,1 243,0

25 "DD-General Insurance" MChJ 3 673,2 110,7 715,1 86,4

26 "Unipolis" MChJ 2 207,2 78,4 810,3 133,2

Jami: 692 594,4 134,3 130 456,8 130,7

Page 27: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

27

O‘zbekistonning hozirgi zamon iqtisodiyotida sug‘urta tizimi strategik

ahamiyat kasb etmokda, buning boisi sug‘urta tizimining davlat siyosati

darajasiga kutarilganligi, sug‘urta bozorining davlat boshqaruvi idoralari

(organlari) tomonidan mamlakatning bozor infratuzilmasining ajralmas

qismlaridan biri sifatida ko‘rib chiqilayotganligidadir.

Respublikamiz mustaqillikni qo‘lga kiritishi bilan sug‘urta sohasida ham

katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. O‘zbekiston sug‘urta bozori Markaziy Osiyoda eng

tezkor sur’atlar bilan rivojlanayotgan bozorlardan biri hisoblanadi. Bozor bir

necha yildan beri barqaror o‘sish sur’atiga ega bo‘lib kelmoqda, bu esa o‘z

navbatida uning mamlakat iqtisodiyotidagi rolini oshirib bormoqda. Ma’lumki,

mamlakat moliya sektorining, shu jumladan, sug‘urta sohasining rivoji

mamlakatning umumiqtisodiy ahvoli bilan chambarchas bog‘langan.

Sug‘urta sohasi mamlakat iqtisodiyotining rivoji bilan uzviy bog‘liqligi

sababli, ushbu soha mamlakatdagi umumiqtisodiy o‘zgarishlarga juda tez

ta’sirchan hisoblanadi.

1-rasm. 2016 yilda sug`urta bozorida yetakchi sug`urta tashkilotlarining

sug`urta mukofotlari bo`yicha ulushi5

5 www.mf.uz

Page 28: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

28

2016 yil yakunida O‘zbekistonda jami 26 nafar sug‘urta tashkiloti faoliyat

yuritib ular tomonidan to‘plangan umumiy sug‘urta mukofotlari 692 594,4 mln.

so‘mni tashkil etdi. Jami yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari takibida etakchi o‘rinni

“O‘zagrosug‘urta” AJ, “O‘zbekinvest” EIMSK, “Kafolat” AJ, “ALSKOM” SK

AJ, “Alfa invest” SK lari egalladi (2.1.1 – chizmaga qarang).

2-rasm. Sug`urta bozorida sug`urta mukofotlari tarkibi6

Demak, 2015-yilda sugu`rta bozoridagi umumiy sug`urta

mukofotlarining 328987.2 mln so`mlik ulushi ixtiyoriy sug`urta tarmog`iga

to`g`ri kelsa, 2016-yilda ushbu ko`rsatkich 485008.0 mln so`mga yetgan.

Majburiy sug`urta tarmog`ida 2015-yil yakuni bo`yicha sug`urta

mukofotlarining 186710.1 mln so`mli ulushi, 2016-yil yakuniga kelib esa

207586.5 mln so`mlik ulushni tashkil etgan. Bundan ko`rinib turibdiki sug`urta

bozorida 2016-yil yakunlari bo`yicha ixtiyoriy sug`urtaning ulushi nisbatan

ancha yuqori.

Ixtiyoriy sug`urta tarmog`i bo`yicha sug`urta mukofotlari 2016-yil I

chorakda 105551.6 mln so`mni tashkil qilgan bulsa, 2017-yil I chorakda

143479.8 mln so`mga yetdi.

6 www.mf.uz

Page 29: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

29

Majburiy sug`urta tarmog`i bo`yicha sug`urta mukofotlari 2016-yil I

chorakda 56373.4 mln so`mni tashkil qilgan bulsa, 2017-yil I chorakda 64494.6

mln so`mga yetdi.

3-rasm. 2016 yilda sug`urta bozorida yetakchi sug`urta tashkilotlarining

sug`urta to`lovlari bo`yicha ulushi7

2016 yil yakunida O‘zbekistonda jami sug‘urta tashkilotlari tomonidan

to‘lab berilgan umumiy sug‘urta qoplamalari miqdori 130 456,8 mln. so‘mni

tashkil etdi. Jami to‘lab berilgan sug‘urta qoplamalari takibida etakchi o‘rinni

“O‘zagrosug‘urta” AJ, “O‘zbekinvest Hayot” SK, “Kafolat” AJ, “O‘zbekinvest”

EIMSK, “New Life insurance” sug‘urta kompaniyalari egalladi (2.1.3 –

chizmaga qarang).

7 www.mf.uz

Page 30: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

30

4-rasm. Sug`urta bozorida sug`urta to`lovlari tarkibi8

Demak, 2015-yilda sugu`rta bozoridagi umumiy sug`urta to`lovlarining

56255.7 mln so`mlik ulushi ixtiyoriy sug`urta tarmog`iga to`g`ri kelsa, 2016-

yilda ushbu ko`rsatkich 97372.6 mln so`mga yetgan. Majburiy sug`urta

tarmog`ida 2015-yil yakuni bo`yicha sug`urta to’lovlarining 43774.8 mln so`mli

ulushi, 2016-yil yakuniga kelib esa 33084.2 mln so`mlik ulushni tashkil etgan.

Bundan ko`rinib turibdiki sug`urta bozorida 2016-yil yakunlari bo`yicha

ixtiyoriy sug`urtaning ulushi nisbatan ancha yuqori.

Ixtiyoriy sug`urta tarmog`i sug`urta to`lovlari bo`yicha 2016-yil I

chorakda 21065.2 mln so`mni tashkil qilgan bulsa, 2017-yil I chorakda 59965.6

mln so`mga yetdi.

Majburiy sug`urta tarmog`i sug`urta to`lovlari bo`yicha 2016-yil I

chorakda 14422.2 mln so`mni tashkil qilgan bulsa, 2017-yil I chorakda 15270.5

mln so`mga yetdi.

So‘nggi yillarda milliy sug‘urta bozorining rivojlanishi asosan yalpi

sug‘urta mukofoti hajmi ancha oshishi bilan tavsiflanadi.

8 www.mf.uz

Page 31: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

31

5-rasm. Sug`urta mukofotlarining YaIMdagi ulushi (%) da9

O‘zbekistonda sug‘urta mukofotlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi

2010-2016 yillarda barqaror saqlanib, o‘rtacha 0,29 foizni tashkil etdi. Sug‘urta

bozori rivojlangan mamlakatlarda esa, bu ko‘rsatkich 6-10 foizni tashkil etadi.

Bugungi kunda «O‘zbekinvest» kompaniyasi xalkaro amaliyotda

qo‘llaniladigan sug‘urta xizmatlarning deyarli barcha turlarini amalga oshirib

kelayotgan O‘zbekiston sug‘urta bozoridagi eng yirik kompaniyalardan biri

hisoblanib, sezilarli moliyaviy zahiralariga, mamlakat ichkarisida hamda xorijda

filiallar va shu’ba korxonalarning rivojlangan tarmog‘iga, etakchi xorijiy

sug‘urta va qayta sug‘urtalash kompaniyalari bilan aloqalarga ega ko‘p tarmoqli

universal sug‘urta kompleksini tashkil etmoqda.

2.2. «O‘zbekinvest» EIMSKning tashqi iqtisodiy faoliyat sug‘urtasi

bo‘yicha faoliyatining tahlili

Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan bosqichma-bosqich iqtisodiy islohotlar

va olib borilayotgan ijtimoiy siyosat Vatanimiz mustaqillikka erishganidan

9 www.mf.uz

Page 32: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

32

keyin o‘tgan 25 yil ichida demokratik fuqarolik jamiyatini va xuquqiy davlat

asosini yaratishga imkoniyat berdi hamda sug‘urta biznesini olib borishning

xalqaro andozalariga mos keladigan, xilma xil sug‘urta xizmatlarini taqdim eta

oladigan sug‘urta bozorini shakllantirishga imkoniyat yaratdi.

O‘zbekistonda moliyaviy tizimni shakllanib borishi va xalqaro amaliyotda

foydalaniladigan moliyaviy zarardan ishonchli himoya qilishni rivojlantirishda

qo‘yilgan o‘ziga hos qadamlardan biri 1994 yilda «O‘zbekinvest» milliy

sug‘urta kompaniyasini tashkil etilishidir.

Tashqi iqtisodiy faoliyat rivojlanishini rag‘batlantirish, O‘zbekistonlik

eksportchilarni sug‘urta himoyasiga olish va mahalliy mahsulotlarni xalqaro

texnologiyalar, tovarlar va xizmatlar bozoriga kompleks marketing uslublari

vositasida kirib borishini ta’minlashi maqsadida, kompaniya O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining 1997 yil 18 fevraldagi Farmoni va O‘zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 28 fevraldagi Qarori bilan

«O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi etib qayta tashkil

etilgan.

Kompaniyaning ustav fondi 60 mln.AQSH dollari miqdorida belgilangan

bo‘lib, ta’sischilar tomonidan: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 50

mln. AQSH dollari va Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki 10 mln. AQSH

dollari kiritilgan.

«O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi oldiga

respublika xukumati tomonidan qo‘yilgan asosiy vazifa - xorijiy investorlar va

milliy eksport qiluvchilarni investitsiya hamda tadbirkorlik faoliyati jarayonida

yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan, qaltisliklardan ishochli sug‘urta kafolatlari

bilan ta’minlashni hal etish quyidagilarni nazarda tutadi:

• xorijiy hamkorlar tomonidan shartnoma majburiyatlarini bajarishga

to‘sqinlik qiluvchi siyosiy va tijorat risklaridan chet eldagi milliy eksport

qiluvchilarni iqtisodiy manfaatlarini kompleks sug‘urta himoyasi bilan

ta’minlash;

Page 33: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

33

• eksport kreditlarining xalqaro tamoyillarga binoan texnologiya, tovar va

xizmatlarni eksportini moliyalashtirish uchun kreditlar ajratadigan O‘zbekiston

Respublikasining rezident tijorat banklariga sug‘urta himoyalarini taqdim etish;

• texnologiya, tovar va xizmatlar xalqaro bozorining rivojlanish

istiqbollarini va holatini kompleks marketing tahlilini tashkil etish, milliy ishlab

chiqaruvchilarning eksport imkoniyatlarini o‘rganish va texnologiya tovar

hamda xizmatlarni xalqaro bozorlarda taqdim etish strategiyasini ishlab chiqish;

• O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga kapital qo‘yilmalarni amalga

oshirayotgan xorijiy investorlarning mulkiy va shaxsiy manfaatlarini kompleks

sug‘urta himoyasi bilan ta’minlash.

«O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi qayta tashkil

etilganidan boshlab xalqaro bozorda faolroq qatnashish maqsadida 1997 yil

Bern Ittifoqining Praga Klubiga a’zolikka kirdi.

Praga klubi Bern Itttifoqi doirasidagi tuzilma bo‘lib, uning asosiy vazifasi

yangi va o‘sib borayotgan kredit agentliklari tomonidan eksport krediti va

investitsiyalarga sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatilishida ko‘maklashish hisoblanadi.

Praga Klubining a’zolari ma’lum darajagacha rivojlangandan so‘ng Bern

Ittifoqiga a’zo bo‘ladilar. Bunday maqsadga erishish uchun «O‘zbekinvest»

eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi tomonidan keng miqyosdagi chora-

tadbirlar amalga oshirilmoqda, jumladan Bern Ittifoqi a’zolarining xar yilda

bo‘lib o‘tadigan uchrashuvida faol qatnashib keladi va bu uchrashuvlar

jarayonida boshqa a’zolar bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida turli xil

shartnomalarni imzolamoqda.

Hozirgi kunda mamlakat sug‘urta bozorida o‘zining tegishli obro‘siga va

mavqeiga ega bo‘lgan «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta

kompaniyasi o‘tgan davrlarda shakllanish va rivojlanish bosqichlarini o‘tdi

hamda ayni paytda u bozor sharoitida ishlash bo‘yicha ko‘p yillik tajribaga ega,

barqaror moliyaviy potensialni yaratish va rivojlantirish xamda ishchanlik

faoliyatini kengaytirish borasidagi to‘plangan ulkan bilim va ko‘nikmalarga

ega. Shu bilan birga kompaniya faoliyatini rivojlantirish uchun ulkan salohiyat

Page 34: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

34

mavjud. Bu salohiyat uning xizmatlar turini, sifatini va hajmini oshirishdagi

imkoniyatlaridadir.

Bunday imkoniyatlar nimalarga asoslanishi ilmiy tahlil etilsa quyidagilar

ayon bo‘ladi:

Fundamentallik. Ma’lumki O‘zbekistonda bozor islohotlarini amalga

oshirishdagi muhim yutuqlaridaa biri sug‘urtada bozor munosabatlarini

shakllantirish, davlat sug‘urtasining monopoliyasiga barham berish va sug‘urta

sektorini mavqeini ko‘tarish bo‘ldi. Bu davlat boshqaruv organlari tomonidan

sug‘urtani mamlakat bozor infrastrukturasining asosiy qismlaridan biri deb

biluvchi faol siyosatining mahsulidir.

Sug‘urta bozorining rivojlanib borishi mamlakat iqtisodiyotidagi ijobiy

o‘zgarishlar, valyuta siyosatini erkinlashuvi va tashqi iqtisodiy aloqalarni

rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan qonunchilik-me’yoriy asoslarni

takomillashtirish bilan chambarchas bog‘liq.

Mustaqil mamlakatimizda sug‘urta bozorining shakllanishida o‘ziga

hoslik bor. Yirik milliy kompaniya bo‘lgan «O‘zbekinvest» eksport-import

milliy sug‘urta kompaniyasining xamda davlat kapitali ishtirokidagi boshqa

ihtisoslashgan kompaniyalarning tashkil etilishi mamlakatda sug‘urta biznesi

rivojlanishi uchun mustahkam poydevor yaratdi va O‘zbekistonni xalqaro

moliyaviy xamjamiyatiga kirib borishi uchun qulay sharoitlar yaratdi. SHu

sababli sug‘urta bozorining etakchilaridan biri bo‘lgan «O‘zbekinvest» eksport-

import milliy sug‘urta kompaniyasi mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishidagi

erishilgan yutuqlarga tayangan holda o‘zining biznes faoliyatini yanada

rivojlantirish uchun mustahkam asosga ega.

Maqsadga intiluvchanlik. Tashkil qilinishining asosiy maqsadiga amal

qilgan holda, «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi

mijozlarga jahon andozalariga mos keluvchi xizmatlar ko‘rsatadigan, etakchi

o‘zbek sug‘urtalovchilaridan biri bo‘lib, mahalliy sug‘urta bozorida yangi

bo‘lgan mahsulotlarni yaratish va joriy qilishda ma’lum muvaffaqiyatlarga

Page 35: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

35

erishdi. Eng asosiysi, kompaniya o‘zining faoliyati davomida keng xalq

ommasi, hamkorlari va mijozlarining ishonchini qozondi.

Umumiy sug’urta bozorida o’z faoliyatini olib boradi va sug’urta faoliyati

klassifikatoriga ko’ra mavjud 17 turdagi sug’urtaning barchasi bilan

shug‘ullanadi.

“O‘zbekinvest” EIMSK kompaniyasining ustav vazifalari quyidagilar

hisoblanadi:

• milliy eksport qiluvchilarning iqtisodiy manfaatlarini chet ellarda xorijiy

sheriklar tomonidan qabul qilingan kontrakt majburiyatlarining bajarilishiga

to’sqinlik qiluvchi siyosiy, tijorat va tadbirkorlik tavakkalchiliklaridan

sug’urtaviy himoya qilishni ta'minlash;

• texnologiyalar, tovarlar va xizmatlar eksportini mablag’ bilan ta'minlash

uchun kreditlar ajratuvchi O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo’lgan tijorat

banklariga eksport kreditlarini sug’urta qilishning xalqaro printsiplariga muvofiq

sug’urta kafolatlari berish;

• milliy ishlab chiqaruvchilarning eksport imkoniyatlarini tahlil qilish

hamda texnologiyalar, tovarlar va xizmatlarning xalqaro bozorlarga kirib borish

strategiyasini ishlab chiqish;

• O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga sarmoya sarflayotgan xorijiy va

mamlakatimiz investorlarining mulkiy va shaxsiy manfaatlarini kompleks

sug’urtaviy himoya qilishni ta'minlash;

• xalqaro, chet el, mamlakatimizning davlat va xususiy sug’urta

tashkilotlari bilan bevosita hamkorlikni rivojlantirish, birgalikdagi sug’urtaviy

faoliyatni va qayta sug’urta qilish operatsiyalarini amalga oshirish.

“O‘zbekinvest” EIMSK kompaniyasining ustunliklari va rivojlanish

istiqbollari ustav vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

• “O‘zbekinvest” sug’urta bozoridagi yetakchi kompaniya bo’lib, so’ngi

yillar mobaynida yig’ilgan sug’urta mukofotlari bo’yicha sug’urtachilar

reytingida mustahkam yuqori qatorlarni egallab kelmoqda.

Page 36: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

36

• 2016 yilda sertifikatlash bo’yicha xalqaro organ SGS (Shveytsariya)

tomonidan “O‘zbekinvest” kompaniyasi O‘zbekistondagi korxonalar orasida

birinchi bo’lib ISO 9001:2015 yangi standarti bo’yicha qayta sertifikatlandi.

• 2015 yilda «Moody's Investors Service Ltd.» xalqaro reyting agentligi

(Buyuk Britaniya) «O’zbekinvest» kompaniyasining xalqaro moliyaviy

barqarorlik reytingini «barqaror» progonozi bilan B1 dan Ba3 ga ko’tardi.

Shunday qilib, «O’zbekinvest» kompaniyasi O’zbekiston Respublikasi moliya

bozorida eng yuqori xalqaro reytingga ega bo’ldi.

Reyting agentligi tahlilchilarining fikricha, sug’urta mukofotlarini yig’ish,

o’z faoliyatini diversifikatsiyalash bo’yicha barqaror o’sish ko’rsatkichlari,

shuningdek, sug’urta portfeli kapitalizatsiyasining yuqori darajasi, milliy

sug’urta bozoridagi kuchli o’rni, kompaniya ulushida davlatning ishtiroki va shu

kabi boshqa omillar «O’zbekinvest» kompaniyasining xalqaro reytingi oshishiga

ta'sir etgan.

Ta'kidlash kerakki, bunday nufuzli xalqaro reytingning qo’lga kiritilishi

Kompaniyaning ochiqligi va qayta sug’urtalash bo’yicha xalqaro bozordagi

faoliyatini kengaytirishga intilishidan dalolat beradi.

Joriy yilining sentyabr oyida «O’zbekinvest» va «Moody's» vakillari

ishtirokida uchrashuv tashkil etilgan bo’lib, unda ikki tomonlama hamkorlik,

xususan, Kompaniyaning investitsiya siyosati, yaqin istiqbolda reyting o’rnini

yaxshilash, shuningdek, O’zbekiston sug’urta bozorining bugungi holati va

rivojlanish istiqbollari, Kompaniyaning Bern Ittifoqi Praga klubidagi ishtiroki

hamda qayta sug’urtalash bo’yicha xorijiy tashkilotlar bilan hamkorligi kabi

masalalar muhokama etilgan edi. Ushbu uchrashuv natijasida «Moody's»

xalqaro reyting agentligi «O’zbekinvest» kompaniyasining xalqaro moliyaviy

barqarorlik reytingini «barqaror» progonozi bilan B1 dan Ba3 ga ko’tardi.

Respublika iqtisodiy dasturlarining eng muhim ustuvor yo’nalishlarini

amalga oshirish yuzasidan hukumatimiz tomonidan Kompaniyaga yuklatilgan

vazifalar bajarilishi ta'minlash bo’yicha olib borayotgan faoliyati tufayli bugungi

Page 37: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

37

kunda «O’zbekinvest» kompaniyasi O’zbekiston Respublikasi moliya bozorida

eng yuqori xalqaro reytingga ega bo’ldi.

• Kompaniyaga “Eng yaxshi moliyaviy ishonchlilik” (uzA++) reytingi va

uni tasdiqlovchi maxsus sertifikat berilgan bo’lib, bu O‘zbekiston sug’urta

kompaniyalari ichida eng yuqori ko’rsatkichdir.

• “O‘zbekinvest”da yuqori malakali mutaxassislar jamoasi ishlaydi, ushbu

jamoa o’z mijozlariga quyidagilarni kafolatlaydi:

- sug’urta himoyasining narxi va sifati mutanosib uyg‘unligi;

- majburiyatlarga qat’iy rioya etish va harakatlarning tezkorligi;

- har bir mijozning talab va istaklariga alohida yondashuv;

- zamonaviy sug’urta texnologiyalari va turli xildagi sug’urta dasturlari;

- xalqaro sifat standartlari bo’yicha xizmat ko’rsatish va moslashuvchan

tarif stavkalari.

Kelajakda rivojlanish strategiyasi - korporativ va xususiy sug’urta bozorida

o’z mavqeini mustahkamlash, eksport-import sug’urtasini jadallashtirish,

sug’urtada innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish, mijozlar bilan aloqa

o’rnatishga alohida yondashish, bunda sug’urtaga oid masalalarni hal etishda har

bir sug‘urtalovchiga yuqori darajada e’tibor berish. Vazirlar Mahkamasining

2016-yil 15-yanvardagi majlisida Birinchi Prezidentimiz tomonidan 2016-yil

uchun belgilab berilgan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlari,

Oliy Majlis palatalarining 2016-yil 8-sentyabr va 14- dekabrda bo'lib o'tgan

qo'shma majlislari Qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul

qilinganining 24 yilligi munosabati bilan 7-dekabrda bo'lib o'tgan marosimda

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ma'ruzalaridan kelib chiqib, Kompaniyada tegishli

ishlar amalga oshirildi.

Page 38: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

38

6-rasm. “O`zbekinvest” EIMSK ning investitsiya loyihalari dinamikasi10

Hisobot davrida respublikaning 2016 yildagi Investitsiya dasturiga

kiritilgan 88 ta loyihaga umumiy qiymati 17,5 trln. so'm sug'urta himoyasi

taqdim etildi. Ushbu yo'nalish bo'yicha o'tgan yilning shu davri bilan

taqqoslaganda o'sish ko'rsatgichi 108,5 foizni tashkil etmoqda.

7-rasm. “O`zbekinvest” EIMSK ning sug`urta majburiyatlari dinamikasi11

10

www.uzbekinvest.uz 11

www.uzbekinvest.uz

Page 39: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

39

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati, ishlab

chiqarishni rivojlantirish, korxonalarning eksport salohiyatini oshirishga katta

e'tibor qaratilib kelinmoqda. Ta'kidlash joizki, yurtimizda ishlab chiqarilgan

mahsulotlarning jahon bozoriga chiqishida sug'urta xizmati o'ziga xos muhim

ahamiyat kasb etadi. Xususan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari

shaxsiy va mulkiy manfaatlarini sug'urta himoyasi bilan ta'minlash yo'nalishda

o'tgan yil davomida olingan sug'urta majburiyatlari hajmi 2,2 trln. so'mni (o'sish

173,1%ni), yig'ilgan sug'urta mukofotlari hajmi esa 5,8 mlrd. so'mni (o'sish

140,2%ni) tashkil etdi.

8-rasm. “O`zbekinvest” EIMSK ning sug`urta mukofotlari dinamikasi12

«Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta

qilish to'g'risida»gi, «Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta

qilish to'g'risida»gi va “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy

sug'urta qilish to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunlari ijrosi yuzasidan

olib borilayotgan ishlar «O'zbekinvest» kompaniyasining asosiy yo'nalishlaridan

biri hisoblanadi. Hisobot davrida transport vositalari egalarining fuqarolik

javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha yig'ilgan sug'urta mukofotlari

12

www.uzbekinvest.uz

Page 40: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

40

hajmi 5,4 mlrd. so'mni (o'sish 150%ni), to'langan sug'urta qoplamalari hajmi

507,7 mln. so'mni tashkil etdi.

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtasi bo'yicha

yig'ilgan sug'urta mukofotlari hajmi 5,9 mlrd. so'mni (o'sish 148%ni), to'langan

sug'urta qoplamalari 4,5 mlrd. so'mni tashkil etdi.

Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha

yig'ilgan sug'urta mukofotlari hajmi 386,9 mln. so'mni (o'sish 146%ni),

to'langan sug'urta qoplamalari 24,8 mln. so'mni tashkil etdi.

2016-yil yakunlari bo'yicha Kompaniya tomonidan jami yig'ilgan sug'urta

mukofotlari 104 mlrd. so'mni (o'sish 130%ni), olingan sug'urta majburiyatlari

58,5 trln. so'mni (o'sish 110%ni), aholi, korxona, kichik biznes va xususiy

tadbirkorlik sub'ektlariga to'lab berilgan sug'urta qoplamalari 15 mlrd. so'mni

(o'sish 135%ni) tashkil etdi. Shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar bilan jami

207 mingdan ortiq sug'urta shartnomlari imzolangan.

Kompaniya tomonidan yangi sug'urta mahsulotlarini ishlab chiqish va

mavjud sug'urta mahsulotlarini takomillashtirish ustida doimiy ish olib borilgan.

Hisobot davrida 12 ta yangi sug'urta mahsuloti ishlab chiqildi, mijozlar talab va

ehtiyojidan kelib chiqqan holda namunaviy sug'urta shartnomalarining 56 tasiga

o'zgartirishlar (indossament) kiritildi va 204 ta shartnoma modernizasiya qilindi.

Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavot,

kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini

takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarori ijrosini ta'minlash

yuzasidan eksportchilar, tadbirkorlik sub'ektlari, xususan meva va sabzavot

mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga sug'urta himoyasini taqdim etish

maqsadida 4 ta yangi: «Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab

chiqaruvchilarning tadbirkorlik qaltisliklarini sug'urtalash», «Meva-sabzavot,

qishloq xo'jaligi mahsulotlarini tashishni sug'urtalash», «Muzlatgich kamerada

saqlanayotgan mol-mulkni sug'urtalash», «Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini

eksport qiluvchilar uchun eksport shartnomasi sug'urtalash» sug'urta mahsuloti

ishlab chiqildi.

Page 41: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

41

«O'zbekinvest» kompaniyasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

sub'ektlari hamda aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida yangi sug'urta

bo'linmalarini ochish va respublika hududlarida faoliyat geografiyasini

kengaytirish borasida doimiy ish olib bormoqda. 2016-yil davomida 10 ta yangi

sug'urta bo'limlari ochilib, hududiy bo'linmalarining umumiy soni 160 taga etdi,

shulardan 14 tasi hududiy filiallar va 146 tasi sug'urta bo'limlaridir.

9-rasm. “O`zbekinvest” EIMSK ning sug`urta to`lovlari dinamikasi13

“SAIPRO” axborot-reyting agentligi 2016-yil yakunlariga ko'ra

«O'zbekinvest» eksport-import milliy sug'urta kompaniyasining «uzA++» (Eng

yuqori moliyaviy ko'rsatkich) reytingini tasdiqladi.

Agentlikning ta'kidlashicha, kompaniyaning 2016-yildagi faoliyati

yakunlari bo'yicha ko'rsatkichlari yuqori darajada saqlab qolingan. Kompaniya

tomonidan yig'ilgan sug'urta mukofotlari hajmi 30,4 foizga o'sgan. Sug'urta

mukofotlari hajmining o'sishi esa kompaniya sug'urta majburiyatlari hajmining

o'sishiga ham ta'sir etib, 19,9 foizni tashkil etgan. Umuman, sug'urta portfelining

13

www.uzbekinvest.uz

Page 42: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

42

son ko'rsatkichlari yaxshilangan, diversifikatsiyalash darajasi avvalgidek yuqori

darajada saqlanib qolgan.

2016-yilda to'lab berilgan sug'urta badallari hajmi 24,6 foizga o'sib,

yig'ilgan sug'urta mukofotlarining o'sish darajasidan past. Buning natijasida

sug'urta mukofotlarining zarar ko'rish darajasi 0,7 foizga pasaygan va 14,4

foizni tashkil etgan. Ta'kidlash lozimki, ushbu ko'rsatkich ancha past hisoblanadi

va kompaniya sug'urta portfeli barqarorligini baholashga salbiy ta'sir etmaydi.

Kompaniya qayta sug'urta qilish bozorida ham faol ishtirok etmoqda. Qayta

sug'urta qilish faoliyati sug'urta portfelining son va sifat ko'rsatkichlariga ijobiy

ta'sir etmoqda va qayta sug'urta qilish faoliyatini yuqori darajada kompleks

baholanishi saqlanib turishini ta'minlamoqda.

Kompaniya filiallari va joylardagi bo'linmalari mamlakatning barcha

hududlarini qamrab olganligi, uning sug'urta bozorida yetakchilikni saqlab

turishini ta'minlamoqda. 2016-yil yakunlariga ko'ra, barcha hududiy bo'linmalar

bo'yicha sug'urta mukofotlarining o'sishi kuzatilgan. Hududiy filiallar va

sug'urta bo'limlarining muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgani kompaniya ishchan

faoliyatining kompleks bahosiga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda.

2016-yilda kompaniya aktivlari 12,9 foizga o'sgan. Ta'kidlash joizki,

kompaniya aktivlar va shaxsiy mablag'larning hajmi bo'yicha bozorda yetakchi

hisoblanadi. Hisobot davrida shaxsiy mablag'lar va sug'urta zaxiralarining

ko'payishi aktivlarning o'sish manbai hisoblangan. Aktivlar tarkibida

investitsiyalar jalb etishni ko'paytirish orqali o'sish amalga oshirilgan. Umuman,

kompaniya aktivlari dinamikasi ijobiy baholanmoqda va kapital adekvatligi

yaxshi holatda saqlanmoqda. Aktivlar likvidligi darajasi ham yuqori

baholanmoqda.

Kompaniyaning asosiy sug'urta faoliyatidan keyin investitsiya faoliyati

ikkinchi asosiy yo'nalish hisoblanadi. 2016-yilda investitsiyalar hajmi 13,8

foizga ko'paygan va 311,2 mlrd. so'mga yetgan.

Kompaniyaning barqaror moliyaviy holati, sug'urta bozorini boshqarishni

tartibga soladigan to'lash qobiliyati bo'yicha yetarli zaxiraga egaligi,

Page 43: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

43

shuningdek, bozordagi yetakchilik o'rni kompaniyaning baholash reytingi

saqlanishini ta'minlovchi muhim omil hisoblanadi.

2017-yilning I choragi yakunlari bo'yicha «O'zbekinvest» eksport-import

milliy sug'urta kompaniyasi tomonidan jami yig'ilgan sug'urta mukofotlari 22,6

mlrd. so'mni, olingan sug'urta majburiyatlari 17,5 trln. so'mni, aholi, korxona,

kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga to'lab berilgan sug'urta

qoplamalari esa 3,8 mlrd. so'mni tashkil etdi.

Shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar bilan jami 43 mingdan ortiq

sug'urta shartnomlari imzolandi.

Hisobot davrida ko'rsatilayotgan sug'urta xizmatlari sifatini oshirish,

hududiy filiallar va bo'limlar ishini faollashtirish, kadrlar salohiyatini oshirish,

mahalliy va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, mijozlar talab va ehtiyojlarini

puxta o'rganishga qaratilgan sa'y-harakatlar natijasida bir qator ijobiy natijalarga

erishildi.

Agar raqamlarga murojaat qilsak, hisobot davrida respublikaning 2017-

yildagi Investitsiya dasturiga kiritilgan 38 ta loyihaga umumiy qiymati 8,8 trln.

so'm sug'urta himoyasi taqdim etildi.

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati, ishlab

chiqarishni rivojlantirish, korxonalarning eksport salohiyatini oshirishga katta

e'tibor qaratilib kelinmoqda.

Ta'kidlash joizki, yurtimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jahon

bozoriga chiqishida sug'urta xizmati o'ziga xos muhim ahamiyat kasb etadi.

Xususan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari shaxsiy va mulkiy

manfaatlarini sug'urta himoyasi bilan ta'minlash yo'nalishda joriy yilning I

choragi davomida olingan sug'urta majburiyatlari hajmi 792,9 mlrd. so'mni

(o'sish 233%ni), yig'ilgan sug'urta mukofotlari hajmi esa 1,36 mlrd. so'mni

(o'sish 151%ni) tashkil etdi.

Page 44: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

44

4-jadval

“O`zbekinvest” EIMSK ning eksport sug’urtasi bo’yicha faoliyat natijalari

(mlrd.so’m)14

Ko’rsatkichlar 2015 yil 2016 yil 2017 yil I

chorak

2016 yilda 2015

yilga nisbatan

o’sishi (%)

Eksportyorlarning

eksport sug’urta

shartnomalari

qiymati

420.8

500.8

174

119

Shu jumladan:

Kichik biznes va

xususiy tadbirkorlik

sub'ektlarining

eksport

shartnomalari

219.6

263.5

117.9

120

2016 yida kompaniya tomonidan mahalliy eksportchilar mulkiy

manfaatlarini kompleks sug'urta himoyasi bilan ta'minlash bo'yicha umumiy

qiymati 500,8 mlrd. so'm (o'sish 119%) bo'lgan hajmda sug'urta shartnomalari

tuzildi.

Shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining eksport

shartnomalarini sug'urtalash bo'yicha qabul qilingan majburiyatlar 263,5 mlrd.

so'mni (o'sish 120%) tashkil etdi.

2017 yil I choragida Kompaniya tomonidan mahalliy eksportchilarni

mulkiy manfaatlarini sug'urta himoyasi bilan ta'minlash bo'yicha 174 mlrd. so'm

hajmidagi sug'urta majburiyatlari olindi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

sub'ektlarining eksport shartnomalarini sug'urtalash bo'yicha qabul qilingan

majburiyatlar 117,9 mlrd. so'mni tashkil etdi.

«O'zbekinvest» kompaniyasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

sub'ektlari hamda aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida yangi sug'urta

bo'linmalarini ochish va respublika hududlarida faoliyat geografiyasini

kengaytirish borasida doimiy ish olib bormoqda. 2017-yilning I choragi

14

www.uzbekinvest.uz

Page 45: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

45

davomida 1 ta yangi sug'urta bo'limi ochilib, hududiy bo'linmalarining umumiy

soni 161 taga etdi, shulardan 14 tasi hududiy filiallar va 147 tasi sug'urta

bo'limlaridir.

Hozir shuni mamnuniyat bilan aytish mumkinki, «O‘zbekinvest» eksport-

import milliy sug‘urta kompaniyasi sug‘urta bozoridagi ma’lum raqobat

afzalliklari butun respublika bo‘yicha distribyuterlik tizimiga egaligi, kerakli

axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatlari mavjudligi, savdo markasining

potensial sug‘urtalanuvchilar ichida tanilganligi xamda moliyaviy barqaror va

ishonchli kompaniya sifatidagi obro‘si borligidadir.

Ma’lumki, kaltisliklarni qayta sug‘urtalash, amalga oshirilayotgan

sug‘urta operatsiyalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashning asosiy

tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. «O‘zbekinvest» eksport-import milliy

sug‘urta kompaniyasi tomonidan mahalliy qayta sug‘urtalash bozorini

rivojlantirish borasida va xalqaro sug‘urtalash va qayta sug‘urtalash bozorini

faol o‘zlashtirish bo‘yicha ilk qadamlar qo‘yilgan. Bu kompaniyaga Evropa

Ittifoqi, AQSh, MDH, Boltiqbo‘yi, Yaponiya, Janubiy Koreya va boshqa

davlatlarning sug‘urta va qayta sug‘urtalash kompaniyalari, eksport-kredit

agentliklari bilan bevosita hamkorlik o‘rnatishga imkoniyat yaratdi.

Moliyaviy barqarorlik va mijozlar manfaatini himoya qilishning maksimal

ishonchliligiga erishishga sug‘urta qoplamasi taqdim etish muddatlarini

optimallashtirish, ularning ehtiyojlarini qondirish va manfaatlarini samarali

boshqarish yordam bermoqda. Bunday optimal ob’ektiv yondashish natijasida

kompaniya o‘zining uzoq yillik faoliyati davomida hamkorlari himoyasining

ishonchli kafolati imijini saqlab kelmoqda.

Kompaniyaning investitsiya faoliyati sug‘urta zahiralarini joylashtirish

masalasini inflyasiya darajasiga nisbatan yuqoriroq bo‘lgan daromadlilikka

erishib, yuqori likvidlikni xamda tizimli va narx qaltisliklarini taqsimlashni

ko‘zda tutadi. Albatta bunday yondashuv o‘zining samarasini beradi.

Xozirgi kunda «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta

kompaniyasi bozordagi eng yirik sug‘urtalovchi bo‘lib, katta imkoniyatlarga

Page 46: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

46

ega. Kompaniya davlat organlari tomonidan tashkil qilinadigan ishchi guruxlar

tarkibida qonuniy va me’yoriy xujjatlarni ishlab chiqishda faol ishtirok etadi.

Xalqaro tashkilotlar bilan xamkorlik qilish ko‘p yo‘nalishli va o‘zaro

tanilganlik asosida olib borilishi o‘zini samarasini beradi. Qayta sug‘urtalash

operatsiyalarini rivojlantirish, sug‘urta ishini tashkil etish tajribasini o‘rganish,

xodimlarni o‘qitish tizimi asosini yaratib borib, kompaniya tashkil etilgan

davrlardan beri, turli mamlakatlardagi moliyaviy tashkilotlar bilan ikki

tomonlama bitimlar tuzilgan. Bu esa kompaniyaning chet elliklar uchun

O‘zbekiston bozoridagi ishonchli va istiqbolli xamkori sifatida tan olinganligini

isbotidir.

Shu sababli, sug‘urta mahsuloti xayot davrining barcha bosqichlarida

mijozlar bilan muloqotda bo‘lgan mutaxassis-xodimlar yuqori mahoratli

bo‘lishligi taqozo qilinadi. Kompaniyada kadrlarni tayyorlash, o‘qitish, o‘rgatish

bo‘yicha samarali tizim yo‘lga qo‘yilgan. Buning natijasida kompaniyaning

uzluksiz rivojlanishiga erishiladi. Kompaniya oldiga davlat tomonidan qo‘yilgan

vazifalarni bajarishda kompaniyaning yosh jamoasining g‘ayrati, shijoati va

yuksak kasbiy mahorati asosiy kafolatlardan biridir.

Yuqoridagilarni umumlashtirib aytish mumkinki sug‘urta biznesini ilmiy

tashkil etish: tashkilotning o‘ziga xosligi va tutgan o‘rnini aniqlab olish;

biznesni yuritiщda yangilikni doimo kiritib borish; raqobatdagi o‘z afzalliklarini

doimo izlash, topish va foydalanish; xar bir mijozning talablariga qarab ish

ko‘rish, bozor munosabatlari rivojlanib borayotganda o‘z samarasini berishini

isbotlaydi.

Kompaniyaning kreditlar va investitsiyalar sug‘urtachilari Bern

Ittifoqining Parij klubiga a’zoligi doirasida SMECA (Serbiya va CHernogoriya)

va ECGA (Ummon) bilan hamkorlik haqida bitim, EGFI (Eron) bilan fakultativ

qayta sug‘urtalash haqida bitim hamda Islom investitsiyalarni va eksport

kreditlarini sug‘urtalash korporatsiyasi (ICIEC) bilan o‘zaro anglashuv

Memorandumi imzolandi. Ushbu bitimlar bo‘yicha mamlakatimiz korxona va

tadbirkorlari bilan savdo-sotiqni amalga oshirayotgan muqobil sheriklarga doir

Page 47: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

47

axborot hamda o‘zaro tajriba almashish ta’minlanmoqda. SHunday qilib, biz

milliy eksportchilarimizga ularning chet eldagi sheriklari, sheriklarning

moliyaviy ahvoli haqida axborot berish yo‘li bilan yaqindan yordam

berayapmiz, ularning tijorat va siyosat bilan bog‘liq xatarlarini baholayapmiz.

Biz eksport xatarlarini sug‘urtalashga yoki qayta sug‘urtalashga qabul qilish

bilan tadbirkorimizning ishonchli ekanligini tasdiqlayapmiz. Turgan gapki,

“O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi u yoki bu

kompaniyalar haqidagi biror bir moliyaviy ma’lumotni oshkor qilmaydi, lekin

uning u yoki bu bitimni sug‘urtalashga rozilik berishi yoki sug‘urtalashni rad

etishining o‘ziyoq mijozga ma’lum bir belgi bo‘ladi va biz unga boshqa

sxemalardan foydalanishni tavsiya etishimiz mumkin.

Kompaniya bundan buyon ham jushqin rivojlanish, milliy eksportchilarni

hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sektorini qo‘llab-quvvatlash, chet el

investitsiyalarini jalb etishga yordam berish, ularni ishonchli sug‘urta himoyasi

bilan ta’minlash, sug‘urtada innovatsiya texnologiyalarini joriy etish

strategiyasiga amal qiladi. Kompaniya mijozlar bilan o‘z munosabatlarini

individual asosda tashkil etish, har bir sug‘urta qildiruvchiga maksimum e’tibor

bilan qarash, ularga har tomonlama puxta anderraytingni, sug‘urta portfelining

mutanosibligini va diversifikatsiyasini taklif qilishni mo‘ljallamoqda.

2-bob bo‘yicha xulosa

Xalqaro miqyosda eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish

ishlarini tartibga solish maqsadida Butun jahon savdo tashkiloti tomonidan

eksport-import kontraktlari shartlarini belgilab beruvchi INKOTERMS qoidalari

ishlab chiqilgan bo‘lib, u hozirgi kunda ancha tamokomillashgan. Mazkur

qoidalarga muvofiq, har bir tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ekti eksport-import

operatsiyalarini amalga oshirishda sug‘urta himoyasini ta’minlashi lozim.

Mamlakatimizda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini sug‘urta

himoyasiga olish ishlari bilan qator sug‘urta kompaniyalari shug‘ullansada, ular

Page 48: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

48

ichida “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi alohida

o‘ringa ega. Hozirgi kunda mazkur kompaniya tashqi iqtisodiy faoliyat

ishtirokchilariga o‘ndan ziyod sug‘urta xizmatlarini taklif etmoqda.

Xozirgi kunda «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta

kompaniyasi bozordagi eng yirik sug‘urtalovchi bo‘lib, katta imkoniyatlarga

ega. Kompaniya davlat organlari tomonidan tashkil qilinadigan ishchi guruxlar

tarkibida qonuniy va me’yoriy xujjatlarni ishlab chiqishda faol ishtirok etadi.

Xalqaro tashkilotlar bilan xamkorlik qilish ko‘p yo‘nalishli va o‘zaro

tanilganlik asosida olib borilishi o‘zini samarasini beradi. Qayta sug‘urtalash

operatsiyalarini rivojlantirish, sug‘urta ishini tashkil etish tajribasini o‘rganish,

xodimlarni o‘qitish tizimi asosini yaratib borib, kompaniya tashkil etilgan

davrlardan beri, turli mamlakatlardagi moliyaviy tashkilotlar bilan ikki

tomonlama bitimlar tuzilgan. Bu esa kompaniyaning chet elliklar uchun

O‘zbekiston bozoridagi ishonchli va istiqbolli xamkori sifatida tan olinganligini

isbotidir.

Kompaniya bundan buyon ham jushqin rivojlanish, milliy eksportchilarni

hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sektorini qo‘llab-quvvatlash, chet el

investitsiyalarini jalb etishga yordam berish, ularni ishonchli sug‘urta himoyasi

bilan ta’minlash, sug‘urtada innovatsiya texnologiyalarini joriy etish

strategiyasiga amal qiladi. Kompaniya mijozlar bilan o‘z munosabatlarini

individual asosda tashkil etish, har bir sug‘urta qildiruvchiga maksimum e’tibor

bilan qarash, ularga har tomonlama puxta anderraytingni, sug‘urta portfelining

mutanosibligini va diversifikatsiyasini taklif qilishni mo‘ljallamoqda.

Page 49: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

49

3-BOB. O‘ZBEKISTONDA TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI

AMALGA OSHRISHDAGI RISKLARNI SUG‘URTALASH

MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI

3.1. Rivojlangan chet davlatlarda tashqi iqtisodiy faoliyatni sug‘urtalashni

tashkil etilishi

Ma’lumki, savdo munosabatlarini hududiy o‘zaro yaqin joylashgan

mamlakatlar o‘rtasida takomillashtirish maqsadida yuklarni etkazib berishda,

avtomobil transportidan foydalanish - jahon mamlakatlari iqtisodiy

munosabatlarida xarakterli hol. Avtotransport sug‘urtasida transport

vositalarining mexanizmlari va boshq qismlari sug‘urta ob’ekti sifatida ishtirok

etadi. Ushbu sug‘urtada sug‘urtalanuvchi o‘z mulki yoki ijaraga olgan transport

vositasini sug‘urta qilishi nazarda tutiladi. Bunda sug‘urtalanuvchi mulkiy

manfaatlar nuqtai nazaridan transport vositasini sugurta qiladi. Transport

vositalarini sug‘urtalash amaliyotida turli usullar qo‘llaniladi. Har bir usulda

sug‘urtalovchining majburiyati o‘ziga xos ko‘rinishda bo‘ladi. Variantlar bir-

biridan sug‘urta shartnomalari va risk hajmi bilan farq qiladi. Sug‘urta

shartnomasida ko‘zda tutilgan turlariga ko‘ra ko‘rilgan zararlar, yo‘qotishlar

qisman yoki to‘la qoplanadi.

Shartnomada ko‘rilgan zararni tuliq qoplash ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin,

ammo hodisa texnik holatlar (shinalar ishdan chiqsa yoki ishlab chiqaruvchi

zavod transportni texnik nosozlik bilan chiqarganligi aniqlansa) bilan bog‘lik.

bo‘lsa, u holda ko‘rilgan zararlar to‘liq qoplanmaydi. Sug‘urta shartnomalarida

tabiiy ofat, yong‘in, portlash, yo‘l transporta hodisasi sodir bo‘lganida, yuk

utirlansa, detallari olib ketilgan hollarda ko‘rilgan zarar qisman qoplanishi

mumkin.

Avtomobil va boshqa transport vositalari, ularning haqiqiy bahosi

bo‘yicha sug‘urtalanadi. Avtotransport sug‘urtasi bo‘yicha shartnomalar bir

necha guruhga bo‘linadi:

Page 50: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

50

- avtotransport vositalarining alohida sug‘urtasi dunyo mamlakatlari

o‘rtasida keng tarqalgan bo‘lib, «Kasko sug‘urtasi» deya ataladi. Undan

tashqari, transport vositalarida tashiladigan barcha yuklarni transport

vositalarisiz sug‘urta kilishning Kargo sug‘urtasi ham mavjud;

- ba’zi hollarda bir vaqtning o‘zida ikki xil sug‘urta turlaridan foydalanish

mumkin. Unda transport vositasi, yuk va haydovchi birgalikda sug‘urta qilinadi;

- transport vositalari egalarining uchinchi shaxs tomonidan keltirilgan zarar

uchun fuqarolik javobgarligi sug‘urtasi.

Ba’zan avariya sababchisi bo‘lgan shaxsni aniqlash imkoniyati

bo‘lmaganda yoki avariya ataylab sodir etilganida va shu bilan birga sug‘urta

shartnomasi muddati tugagan bo‘lsa, u holda jabrlanuvchini himoyalash uchun

Germaniyada maxsus fond tashkil etilgan. Bu fond hisobidan sug‘urta qoplamasi

beriladi.

Transport vositalarini sug‘urtalashdagi muhim ko‘rsatkichlardan biri

dvigatel quvvatiga ko‘ra belgilangan tarif stavkalaridir. Barcha sug‘urta

kompaniyalari sug‘urta tarifini belgilashda bir necha sabablarni hisobga oladilar.

Masalan, texnik holati, silindr hajmi, yuk ko‘tarish darajasi, o‘rindiqlar soni.

Xalqaro savdo munosabatlari rivojida avtotransport vositalarining o‘rni beqiyos.

Bu esa bugungi kunda avtotransport sug‘urta tizimini xalqaro talablar darajasiga

olib chiqishni taqozo etadi.

Avtotransport vositalarini xalqaro miqyosda sug‘urtalash tizimi joriy

etilgan bo‘lib, bu «Yashil karta» tizimi deb nomlanadi. «Yashil karta» tizimi

1953 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kirgan. Bugungi kunda «YAshil karta»

tizimiga dunyoning quyidagi 47 nafar davlati a’zo bo‘lib, yaqin kunlarda

Qozog‘iston Respublikasining ham ushbu tizimga a’zo bo‘lishi rejalashtirilgan.

Page 51: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

51

5-jadval

t/r «Yashil karta» tizimiga a’zo davlatlar15

1 Avstriya 25 Lyuksemburg

2 Albaniya 26 Malta

3 Andora 27 Moldova

4 Belgiya 28 Norvegiya

5 Bolgariya 29 Niderlandiya

6 Bosniya va Gersegovina 30 Portugaliya

7 Shveysariya 31 Polsha

8 Kipr 32 Rumыniya

9 Chexiya 33 Shvetsiya

10 Germaniya 34 Slovakiya

11 Gretsiya 35 Serbiya

12 Daniya 36 Sloveniya

13 Ispaniya 37 Turkiya

14 Estoniya 38 Makedoniya

15 Fransiya 39 Belarus

16 Finlyandiya 40 Ukraina

17 Buyuk Britaniya 41 Marokko

18 Vengriya 42 Isroil

19 Xorvatiya 43 Eron

20 Italiya 44 Tunis

21 Irlandiya 45 Rossiya

22 Islandiya 46 Chernogoriya

23 Latviya 47 Ozerbayjon

24 Litva 48 Qozog‘iston

15

Internet ma’lumotlari asosida tayyorlandi

Page 52: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

52

6-jadval

2016 yilda Rossiyada “Yashil karta” tizmi bo‘yicha faoliyat yuritgan

sug‘urta tashkilotlarining sug‘urta mukofotlari16

Jadval malumotlaridan ko‘rinib turibdiki Rossiya “Yashil karta” tizimiga

2009 yilda a’zo bo‘lishiga qaramasdan yuqorida keltirigan sug‘urta tashkilotlari

qisqa muddat ichida sug’urta bozorida mazkur tizim bo‘yicha o‘z mavqeiga

hamda mijozlariga ega.

O‘zbekistonda Buyuk Ipak yo‘lining qayta tiklanishi o‘z navbatida

O‘zbekistonning boshqa xorijiy davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarini

rivojlantirmoqda. «Yashil karta» tizimida faoliyat olib borish uchun talab

etiladigan asosiy shartlardan biri «majburiy avtofuqarolik javobgarligini

sug‘urtalash» bo‘yicha qonunning qabul qilinishi, «Yashil karta» tizimida

ishtirok etishni istagan davlatlarning har birida Milliy byuro tashkil etilishi va

bunga barcha chetga chiqadigan avtoulovli fuqarolar a’zo bo‘lishlari kerak

bo‘ladi.

16

Internet ma’lumotlari asosida tayyorlandi

t/r Sug‘urta tashkilotlari nomi Yig‘ilgan

mukofotlar,

ming.rub.

Bozordagi ulushi

1 ЭРГО Русь 774 089 25.56 %

2 Росгосстрах 423 915 14.00 %

3 ВСК 384 052 12.68 %

4 Альфа Страхование 371 869 12.28 %

5 РЕСО-Гарантия 325 838 10.76 %

6 Согласие 310 494 10.25 %

7 Двадцать первый век 194 697 6.43 %

8 ЖАСО Sug‘urta jamiyati 8 929 0.30 %

Page 53: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

53

O‘z vaqtida sotsialistik davlatlarda majburiy avtofuqarolik javobgarligini

sug‘urtalash amalga oshirilgan va u «Ko‘k karta» nomi bilan faoliyat olib

borgan. Uning faoliyati ham «Yashil karta» faoliyatiga o‘xshashdi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida harakatlanayotgan avtotransport

vositalari egalarining uchinchi shaxs oldidagi fukarolik javobgarligini

sug‘urtalash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqilmokda.

Bunga respublikamizga kirib kelayotgan xorijiy avtotransport vositalari

uchun qo‘shimcha raviщda 2000 yil 12 yanvarda 11-sonli O‘zbekiston

Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qabul qilingan qarori misol bo‘la oladi.

Qarorda avtotransport vositalari egalarining uchinchi shaxs oldidagi fuqarolik

javobgarligini sug‘urtalash joriy etildi. Bunda fuqarolarning javobgarligi hamda

sug‘urta mukofotlari mikdori dvigatel quvvatiga hamda yoqayotgan yonilg‘i

turlariga qarab belgilanishi ko‘zda tutildi. Shunga ko‘ra avtotransport vositalari

turlariga qarab Qozog‘iston va Turkmaniston Respublikalari uchun quyidagi

sug‘urta stavkalari joriy etildi:

Har ikki holatda ham bu ishni bojxona organi xodimlari amalga oshiradi

va sug‘urta kompaniyalari bilan shartnomada kelishilgan tartibda sug‘urta

mukofotini kompaniyaning hisob varag‘iga o‘tkazadi.

Turkmaniston Respublikasi avtotransport vositalari uchun yoqilg‘i turlari

bo‘yicha qo‘shimcha yig‘amlar joriy etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 18 fevraldagi

59-sonli qarori bilan «O‘zbekiston hududiga kirib kelayotgan har bir

avtotransport vositalari xaydovchilarining uchinchi shaxs oldidagi fuqarolik

javobgarligi bo‘yicha sug‘urta to‘lov stavkasi» qabul qilindi. Bunda sug‘urta

stavkasi to‘lovlari quyidagicha belgilangan: (7-jadval)

Page 54: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

54

7-jadval

Xorijiy haydovchilarning avtofuqarolik javobgarligini sug‘urtalash

bo‘yicha tarif stavkalari17

t/r Transport turlari Sug‘urta javobgarligi hajmiga qarab

sug‘urtaviy stavka to‘lovlari (foizda)

1000 AQSh dollari

(Qozog‘iston)

3000 AQSh dollari

(Turkmaniston)

1 Yuk avtomashinalari 1,0 2,0

2 Avtobuslar 0,8 2,0

3 Yengil avtomashinalar 0,5 1,5

4 Traktor, kombayn, boshqa

o‘zi yurar va mashina

mexanizmlar

0,4 1,0

5 Mototransport 0,2 0,7

7.1-jadval (davomi)

Xorijiy haydovchilarning avtofuqarolik javobgarligini sug‘urtalash

bo‘yicha tarif stavkalari

Transport turlari

Sug‘urta javobgarligi mikdoriga qarab

sug‘urta stavka to‘lovi (foizda)

3000 AQSh dollari (Qirg‘iziston va Tojikiston

Respublikalari uchun

1 Yuk avtomashinalari 2,5

2 Avtobuslar 2,0

3 Mikroavtobuslar 1,8

4 Engil avtomashinalar 1,5

5 Traktor, kombayn,

uziyurar mashina va

mexanizmlar

1,0

6 Mototransport 0,7

Xorijiy avtotarsport vositalari egalarining uchinchi shaxslar oldidagi

fuqarolik javobgarligini sug‘urtalash bo‘yicha tarif stavkalari.

17

Jadval muallif tomonidan tayyorlandi.

Page 55: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

55

Qozogiston Respublikasi avtotransport vositalari uchun cyg‘ypta summasi

miqdori:

- mulkka etkazilgan zarar uchun 400 AQSh dollari;

-o‘lim bipan bog‘liq holatlar uchun 600 AQSh dollarini tashkil etadi.

Turkmaniston Respublikasi avtotransport vositalari uchun sug‘urta

summasining miqdori:

- mulkka etkazilgan zarar uchun 1000 AQSh dollari;

- ulim bilan bog‘liq holatlar uchun 2000 AQSh dollarini tashkil etadi.

Qirgiziston va Tojikiston Respublikalari avtotransport vositalari uchun

sug‘urta summalarining mikdori:

- mulkka etkazilgan zarar uchun sugurta qoplamasi 1000 AQSh dollari;

- o‘lim bilan bog‘liq hodisalar uchun sug‘urta qoplamasi 2000 AQSh dollari

hisobida belgilangan.

«Yashil karta» shartnomasida ishtirok etayotgan davlatlarda avtotransport

vositalarining sug‘urta javobgarligi sug‘urta polisida qayd etilganidek

ehtimoldagi hodisa uchun javobgarlik teng olib borilishi ko‘zda tutilgan. «Yashil

karta»ning asosiy elementi «Milliy byuro» hisoblanadi. Bu byuro orqali barcha

transport harakatlari nazorat qilib turiladi. Sug‘urta hodisalari ro‘y berganda

«Milliy byuro» sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlikda muayyan milorda

sug‘urta qoplamalari berilishini tashkil etadi. Milliy byuro, o‘z navbatida,

xalqaro byuroga birlashgan bo‘lib, ularning karorgohi Londonda joylashgan.

Dengizlar orqali yuk tashish hajmi kengayib borayotganligi sababli

kemalarni turli sugurta hodisalaridan sug‘urtalash muhim rol uynamoqda. SHu

sababli, bunday sug‘urtada sug‘urta javobgarligining quyidagi turlari inobatga

olingan: barcha keltirilgan zarar, shu jumladan, yo‘lovchilar va kema ekipaji

a’zolarining hayoti, salomatligiga keltirilgan zarar hamda boshqa shaxslarning

mulklari bo‘yicha sug‘urta javobgarligi. Dengiz sug‘urtasi kemalar, yuklar va

fraxt sug‘urtasi, kema ekipajlarining uchinchi shaxs oldidagi javobgarlik

sug‘urtasi shaklida amalga oshiriladi. «Fraxt» uchinchi shaxs oldidagi

javobgarlik ma’nosini anglatadi.

Page 56: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

56

Evropa mamlakatlarida dengiz sug‘urtasi bo‘yicha o‘ziga xos qoidalar

mavjud. Dengiz transporti (kema)ni sug‘urtalashda bir necha sug‘urta

kompaniyalari bir vaqtning o‘zida qatnashishlari mumkin. Bunda asosan

etakchilik qilayotgan sug‘urta kompaniyasi bilan kelishib olinadi. Boshqa

sug‘urta kompaniyalari esa etakchi kompaniya rahbarligida faoliyat yuritadi.

Kema egalarining manfaatlarini himoya qilish maqsadida hamkorlikda

sug‘urtalashni amalga oshiruvchi klublar tashkil etilgan. Sug‘urta hodisasi

natijasida ko‘rilgan zarar sug‘urtalovchi bilan sug‘urtalanuvchi o‘rtasida

imzolangan shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Bunday klublar kupgina iqtisodiy rivojlangan davlatlarda faoliyat

ko‘rsatmoqda. O‘zaro sug‘urtalash kompaniyasi 1720 yilda Londonda tashkil

etilgan. Unga ko‘ra, sodir etilgan zararlarni «O‘zaro sug‘urtalash» kompaniyasi

kafolatlaydi. Hozirda dunyoning 70 ga yaqin davlatlarida kema egalarining

o‘zaro sug‘urtani amalga oshiruvchi klublari faoliyat ko‘rsatmokda, Mazkur

shoxobchalar qarorgohlari Buyuk Britaniya, AQSh, Saveysariya, Norvegiya,

Yaponiya kabi davlatlarda joylashgan.

Eng yirik o‘zaro sug‘urta kompaniyalaridan biri «Bermud assotsia-

siya»sidir. Bu tashkilotning faoliyati baynalmilal ko‘rinishda. Tashkilot kema

egalari millatidan, kemalarining hajmidan qat’i nazar shartnoma tuzadi.

«Bermud assotsiatsiyasi» yo‘nalishi bo‘yicha «Ingosstrax» ASK faoliyat olib

boradi. Bu tashkilotlarning sug‘urta fondi kema egalarining o‘tkazgan sug‘urta

mukofotlari hisobidan tashkil etiladi. Jamg‘arma hisobidan kema, yuk bo‘yicha

sodir bo‘ladigan sug‘urta hodisasi qoplanadi. Sug‘urta tashkilotlarining

moliyaviy asoslari sug‘urta badallari hisobidan shakllanadi. To‘lanadigan

mukofotlar kemalarning hajmiga, ortilgan yuklarning miqdoriga (tonna),

masofasiga, sug‘urta javobgarligi miqdoriga hamda milliy qoidalar talabiga

bog‘liq holda amalga oshiriladi.

Sug‘urta risklarida yuqorida ko‘rib o‘tilgan omillardan tashqari, atrof

muhitni ifloslantirishning oldini olish bo‘yicha ham sug‘urta javobgarligi

amalga oshiriladi. Buning asosiy sababi shundaki, hozirda neft mahsulotlarining

Page 57: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

57

katta qismi dengiz suv yo‘llari orqali tashilmoqda. Ba’zan neft mahsulotlari

okean va dengizga olib ketish hollari sodir bo‘lmokda. Shu sabab, bunday

holatlarning oldini olish maqsadida fuqarolik javobgarligi bo‘yicha xalqaro

konvensiya (1969 yil Bryussel) qabul qilingan bo‘lib, u 1975 yildan tuliq kuchga

kirgan. Bu konvensiya talabiga ko‘ra 2 ming tonnadan ortiq neft mahsuloti

bo‘lgan har bir kemaga tegishli sertifikat hamda sug‘urta javobgarligi polney

berilishi nazarda tutilgan. Bunday sertifikatga ega bulmagan kemalar, neft va

neft mahsulotlarini konvensiyaga a’zo davlatlar hududidan olib o‘tish hududiga

ega emaslar.

Dunyo miqyosida neft va neft mahsulotlarini tashishga bo‘lgan talabning

ortib borayotganligi bois tankerga ega bo‘lgan tashkilotlar o‘zaro xalqaro

kelishuvlarga asoslanib faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Bunday tashkilotlar maqsadi -

suv sathining neft va neft mahsulotlari bilan ifloslanishining oldini olishdir.

Shartnoma shartlariga asosan kema egasi barcha keltirgan zararni doplati

kerak. Bugungi kunda xalqaro yo‘nalishda xizmat ko‘rsatayotgan tankerlarni

sug‘urtalovchi xalqaro sug‘urta assotsiatsiyasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

3.2. O‘zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining mulkiy

manfaatlarini sug‘urtalash yo‘nalishlarini kengaytirish yo‘llari

Sug‘urta iqtisodiyotda bo‘layotgan barcha jarayonlar va o‘zgarishlarni

o‘zida aks ettiradi. Shu sababli davlat tomonidan tashkil etilgan sug‘urta

kompaniyasi o‘zining faoliyat strategiyasini belgilab olishda mamlakat

iqtisodiyotidagi ustuvor yo‘nalishlarni hisobga olishi lozim bo‘ladi.

Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 15-yanvardagi majlisida

Birinchi Prezidentimiz tomonidan 2016-yil uchun belgilab berilgan iqtisodiy

dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlari, Oliy Majlis palatalarining 2016-yil

8-sentyabr va 14- dekabrda bo'lib o'tgan qo'shma majlislari Qarorlari,

O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 24 yilligi

munosabati bilan 7-dekabrda bo'lib o'tgan marosimda Prezidentimiz

Page 58: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

58

Sh.Mirziyoyev ma'ruzalaridan kelib chiqib, Kompaniyada tegishli ishlar amalga

oshirildi.

1. Xizmatlar hajmini yuqori sur’atlarda o‘sishini ta’minlab, oldingi yil

darajasiga nisbatan yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishiga erishish.

Faoliyatining bunday yuqori ko‘rsatkichlariga erishish uchun

kompaniyaning marketing strategiyasi ehtimol tutilgan sug‘urtalanuvchilarning

ustuvor segmentlarida sug‘urta xizmatlarini taklif etish borasida kuchlarni bir

maqsadga safarbar qilish va ichki resurslarni jamlashga asoslanadi.

Bunday marketing strategiyasining belgilab olingan maqsadlari

quyidagicha amalga oshiriladi :

kompaniyaning raqobatbardoshlik borasidagi ustunliklarini

rivojlantirish (sug‘urta xizmatlarining sifatini oshirish, barqaror moliyaviy

negizni barqarorlashtirish, innovatsion yondashuv, xizmatlarda qo‘shimcha

servis);

mijozlar bazasining muayyan segmentlari uchun sug‘urta

xizmatlarining ko‘lamini kompleks paketlarni taqsimlash hisobiga kengaytirish;

agentlik tarmog‘ini kengaytirish (aktiv va passiv sotish yo‘llarini

rivojlantirish, ommaviy sug‘urta turlarini taqdim etishda xarajatlarni

kamaytirish);

reklama-axborot faoliyatini amalga oshirish (savdo belgisini tanilishini

ta’minlash, tovar reklamasini kengaytirish, ommaviy axborot vositalari orqali

ehtimoldagi mijozlarda ijobiy jamoat fikrini shakllantirish);

mijozlarning sadoqatini oshirish siyosati (sug‘urtalanuvchilarga xizmat

ko‘rsatish sifatini yaxshilash, sug‘urta portfelida doimiy sug‘urtalanuvchilarning

ulushini barqaror bo‘lishini ta’minlash);

sug‘urta bozori holatini doimo tahlil qilib borish, raqobatchilar

faoliyatini muntazam o‘rganish, sug‘urta xizmatlarini boshqarish va sotishni

o‘zaro muvofiqlashtirish.

Kompaniya ehtimoldagi mijozlar ustuvor segmentlari sifatida tashqi

iqtisodiy faoliyat sub’ektlarini, shu jumladan respublikadagi xorijiy

Page 59: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

59

kompaniyalar vakolatxonalarini, xususiy biznes sub’ektlari va jismoniy

shaxslarni tanlagan.

2. Eksport-import sug‘urtasini yanada rivojlantirish, eksport shartnomalari

bo‘yicha xizmatlar hajmini keskin o‘stirish.

Eksport-import sug‘urtasini avj oldirish strategiyasi tashqi iqtisodiy

faoliyatni bosqichma-bosqich erkinlashtirish, O‘zbekiston Respublikasi rezidenti

bo‘lgan tijorat banklari tomonidan eksportni moliyalashtirishni faollashtirish,

huquqiy sohani shakllantirish, O‘zbekistonga xorijiy investitsiyalarni jalb

qilishga ko‘maklashuvchi makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, tayyor

holatdagi, shu jumladan yuqori texnologik va ilm talab qiluvchi milliy

mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish an’analariga tayangan

holda amalga oshirishni talab qiladi.

Mo‘ljallangan ko‘rsatkichlarga erishish kuyidagi ikki yo‘nalishda ishni

olib borishni taqazo qiladi:

1. Tegishli vazirliklar, idoralar va bevosita eksportchilar bilan eksport

shartnomalarini sug‘urtalashning moliyaviy afzalliklarini tushuntirish siyosatini

olib borish (eksportchilarning mavjud segmentlari bilan ishlash):

milliy eksportchilarga tijorat takliflarini yuborish va joylarda

uchrashuvlar o‘tkazish;

vazirliklar va idoralar tarkibiga kiruvchi O‘zbekiston Respublikasi tashqi

savdo kompaniyalari bilan faol ish olib borish;

ushbu sug‘urta turi bo‘yicha tarif va anderrayting siyosatini

erkinlashtirish;

eksport shartnomalarini sug‘urtalash xizmatlari ko‘lamini eksportchilar

o‘rtasida iste’molchilik qiziqishlarini tahlil qilish va xalqaro eksport-kredit

agentliklarining tajribasini o‘rganish yo‘li bilan kengaytirish;

eksport sug‘urtasi bo‘yicha kompaniya xizmatlari haqida

eksportchilarning xabardorligini oshirishga yo‘naltirilgan reklama tadbirlarini

o‘tkazish;

Page 60: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

60

bojxona idoralari, tijorat banklari va Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va

investitsiyalar vazirligi xodimlarini jalb qilgan holda respublika viloyatlarida

tushuntirish seminarlarini tashkil etish.

2. Respublikaga xorijiy investitsiyalar jalb qilinishiga, tashqi iqtisodiy

faoliyat rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratuvchi huquqiy sohani

shakllantirishga, korxonalarning eksport imkoniyatining o‘sishiga va

respublikaning valyuta resurslaridan tejamkorlik bilan va oqilona foydalanishga

ko‘maklashish (tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari ehtimoldagi segmentini

shaklantirish bo‘yicha ishlash):

respublikada eksport sug‘urtasini rivojlantirishning huquqiy asosini

takomillashtirish takliflarini ishlab chiqish;

eksport-import operatsiyalarini o‘tkazishning amaliy va qonuniy jihatlari

haqida kichik va xususiy biznes vakillarining xabardorligini oshirishga

ko‘maklashish;

investitsiya loyihalariga ularni amalga oshirilishining barcha

bosqichlarida umumiy qaltisliklardan kompleks sug‘urta himoyasini taqdim

etish;

sug‘urta himoyasining ishonchliligini ta’minlash uchun xorijiy

investitsiyalarni qayta sug‘urtalashning samarali tizimini tashkil etish maqsadida

etakchi xorijiy sug‘urta tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish;

demokratik va bozor islohotlari amalga oshirilayotganligi munosabati

bilan mamlakatda yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlar haqida ehtimoldagi

investorlarni, xalqaro moliyaviy tashkilotlarni, eksport-kredit agentliklarini va

kompaniya hamkorlarini doimiy ravishda xabardor qilishni uyushtirish.

3. Tashqi bozorlarda xizmatlar ko‘rsatish va xizmatlar eksportini o‘sishini

ta’minlash.

Xalqaro aloqalar va tashqi qayta sug‘urta rivojining asosiy ko‘rsatkichi

bo‘lib kiruvchi va chiquvchi qayta sug‘urtalashdagi sug‘urta mukofotlari

nisbatining oshishi va tashqi bozorda xizmatlar eksporti hajmining o‘sishi

hisoblanadi.

Page 61: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

61

Tashqi bozorlarda kompaniya xizmatlar ko‘rsatishi va xalqaro faoliyatni

rivojlantirish, xalqaro sug‘urta bozori ishtirokchilariga o‘z xizmatlarini faolroq

taqdim etish va binobarin, qaltisliklar portfelini muvozanatlash, kiruvchi tashqi

qayta sug‘urtalashni rivojlantirish, tajriba almashish va tegishli mavqeni

egallash hamda xalqaro moliyaviy hamjamiyatga kirib borish maqsadida

bozorning professional ishtirokchilari bilan tajriba va tezkor axborot almashish

imkoniyatini beradi.

Shu munosabat bilan kompaniya birinchi bosqichda yirik korporativ

mijozlarni to‘la qamrab olishga intiladi, bu esa kompaniyaning xalqaro qayta

sug‘urtalash bozori ishtirokchilariga qaltisliklarni o‘zaro almashish bo‘yicha

taklifini oshirish imkonini beradi.

Kompaniya amaldagi xalqaro hamkorlari – sug‘urta va qayta sug‘urta

brokerlari bilan ishlashda kompaniya qaltisliklarini joylashtirayotganliklari

evaziga qayta sug‘urtalashga qaltisliklarni qabul qilish maqsadida agressiv

siyosat olib boradi.

Tashqi qayta sug‘urtalashni rivojlantirish yo‘llaridan biri xalqaro

aloqalarni kengaytirish, xalqaro sug‘urta bozoridagi obro‘ini va hamkorlar

ishonchini oshirishdir. Ushbu yo‘nalishni amalga oshirish uchun xalqaro ekspert

agentliklaridan birining ijobiy bahosini olish zarur bo‘ladi. Bu Evroosiyo

iqtisodiy hamjamiyatiga a’zo mamlakatlar bilan qaltisliklarni qayta

sug‘urtalashni almashinishda kompaniya ishtirokini kengaytirish hamda tashqi

iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari faol sug‘urta va qayta sug‘urtalash himoyasini

taqdim etish imkoniyatini beradi. Kompaniya Shanxay hamkorlik tashkiloti,

Evroosiyo iqtisodiy hamjamiyati, Hindiston va Janubi-sharqiy Osiyo

mamlakatlari kompaniyalari bilan O‘zbekistonning ushbu mamlakatlar bilan

eksport-import operatsiyalari o‘sib borayotganligini hisobga olgan holda qayta

sug‘urtalash operatsiyalarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratish lozim

bo‘ladi.

4. Filiallarning sug‘urta faoliyatini rivojlantirish.

Page 62: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

62

Kompaniyaning sug‘urta xizmatlarini rivojlantirish borasida hududiy

filiallarning faoliyatini rivojlantirish muhim o‘rin tutadi.

Kompaniya uchun korporativ mijozlar soni ko‘payishini ta’minlovchi

kichik va xususiy biznes vakillariga sug‘urta himoyasini taqdim etishni

chuqurlashtirish va kengaytirish zarur. Ushbu maqsadda Kompaniya

tadbirkorlarning shaxsiy ehtiyojlariga moslashuvchan yondashuvni hisobga

olgan holda bozorning mazkur segmentida sug‘urta faoliyatini jadallashtirishni,

sug‘urta shartnomalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatishda xizmatlar servisi yuqori

sifatli bo‘lishini ta’minlashni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari Kompaniya

ixtisoslashgan sho‘‘ba korxonalari orqali kichik va xususiy biznes uchun

marketing va assistans xizmatlarini kengaytirgan holda imtiyozli kompleks

sug‘urta dasturlarini joriy qilmoqda;

- eksportchilar, kichik va xususiy tadbirkorlik vakillarining kredit

resurslariga erishishlarini engillashtirish hamda O‘zbekiston banklari orqali

kredit resurslarini taqdim etayotgan xorijiy moliyaviy tashkilotlar manfaatlarini

qo‘shimcha himoya qilish mexanizmlarini yaratish uchun milliy tijorat

banklarining kredit portfellarini sug‘urtalashni rivojlantirish maqsadida bank

qaltisliklarini sug‘urtalash va banklar bilan hamkorlikni kengaytirish;

- kompaniyaning mijozlar bazasini sezilarli darajada kengaytirishga

imkon beruvchi agentlik tarmog‘i orqali jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish

sifatini yaxshilash yo‘li bilan majburiy va ixtiyoriy sug‘urta turlari bo‘yicha

jismoniy shaxslar sektorida kompaniya ulushini oshirish.

Kompaniyaning faoliyati o‘z mijozlarining ehtiyojlari va talablarini tez va

moslashuvchan tarzda aniqlashga va qoniqtirishga qaratilgan. Kompaniyaning

ushbu sohadagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari xizmatlar darajasini mijozlar

talablari va ehtiyojlariga mos darajaga etkazish, operatsion marketing

funksiyalarini kuchaytirish, kamchiliklarini, talab darajasida sotilmaslik

sabablarini aniqlash maqsadida amaldagi xizmatlarning monitoringini o‘tkazish,

talab bo‘lmagan sug‘urta xizmatlarini almashtirishdir. Kompaniya turli

iste’molchilar guruhlariga e’tibor qaratgan holda sug‘urta xizmatlarini amaldagi

Page 63: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

63

va zamonaviylashtirilgan sotish yo‘llarining monitoringi va tahlilini hisobga

olib, sug‘urta xizmatlarini sotish yo‘llarini izlash va kengaytirish yuzasidan

strategik choralar ko‘radi. Shuningdek har bir mijozning shaxsiy ehtiyojlariga

javob beradigan xizmatlar paketini tezkor taqdim etish va boshqarish maqsadida

VIP, korporativ va sadoqatli toifalarga bo‘lgan holda sug‘urtalanuvchilar

bo‘yicha avtomatlashgan ma’lumotlar bazasini yaratish ko‘zda tutilmoqda.

Shu bilan birga kompaniya filiallarining raqobatdagi ustunliklari

borasidagi muammolariga, moddiy-texnika va axborot bazasini yaxshilash,

xodimlarni o‘qitish va lavozimga ko‘tarish, sotuvchi bo‘linmalarning

motivatsiyasi masalalariga alohida e’tibor qaratishni mo‘ljallagan.

5. Agentlik tarmog‘ini kengaytirish va sug‘urta agentliklarini, shu

jumladan qishloq joylarida ochgan holda, agentlar sonini 20% ga o‘sishini

ta’minlash.

Kompaniyaning strategik maqsadlaridan biri hududiy tuman va tarmoqlar

bo‘yicha sug‘urtalanuvchilarning sug‘urta xizmatlarini erkin va tezkor olish

talablariga javob beradigan agentlik tarmog‘ini shakllantirishdir. Ushbu

yo‘nalishdagi ish quyidagicha qurilmoqda:

o sotishni optimallashtirish, tarmoqni tashkil etish, agentlarning

rivojlanishiga investitsiyalar, rag‘batlantirish tizimi, sotishni nazorat qilish va

natijalarni doimiy tarzda tahlil qilishning tashkiliy masalalarini nazarda tutuvchi

agentlik tarmog‘ini rivojlantirish va sotishni rag‘batlantirish dasturini ishlab

chiqish;

reklama, uslubiy materiallar, sotish yo‘llariga oid maslahatlarni va

iste’molchilar ehtiyojlarini o‘rganishga qaratilgan marketing tahlilini o‘z ichiga

oluvchi agentlar va sotuvchilarning axborot ko‘magini yaratish;

o agentlarni uzluksiz o‘qitish va ularning kasb ko‘nikmalarini

takomillashtirish tizimini shakllantirish.

Ayni paytda respublika hududida tibbiy, texnik va yuridik assistans

bo‘yicha sifatli xizmatlar ko‘rsatishni kengaytirishni nazarda tutuvchi sug‘urta

bozorining infratuzilmasi rivojlanmoqda.

Page 64: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

64

6. Sug‘urta sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va

malakasini oshirishda ko‘maklashish.

Kompaniyaning kadrlar siyosatini takomillashtirish quyidagi tadbirlarni

nazarda tutadi:

- eksport sug‘urtasi uchun mas’ul bo‘lgan kadrlar malakasi darajasini

oshirish;

- Kompaniya xodimlarining kasb ko‘nikmalarini kuchaytirish maqsadida

xodimlarning sug‘urta ishini yuritish, anderrayting va hisob siyosati, axborot

texnologiyalari, mijoz bilan muomala qilganda psixologiya va boshqa masalalar

bo‘yicha malakasini doimiy va muntazam ravishda oshirib borish;

- sug‘urta agentlarining malakasini oshirish ishini kuchaytirish, xususan

sug‘urta xizmatlari sotuvchilarini tayyorlashning yagona tizimini ishlab chiqish.

- “O‘zbekinvest” EIMSKning mamlakat sug‘urta bozorida tutgan o‘rnini

aniqlash va tahlil etish;

- “O‘zbekinvest” EIMSKning istiqboldagi rivojlanish strategiyasi

bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

- «O‘zbekinvest» EIMSKning faoliyati ilmiy jihatdan tahlil qilindi,

mamlakat sug‘urta bozoridagi o‘rni ko‘rsatib berildi va istiqboldagi rivojlanish

strategiyasi ishlab chiqildi.

7. «O‘zbekinvest» oldiga respublika xukumati tomonidan qo‘yilgan

asosiy vazifa - xorijiy investorlar va milliy eksport qiluvchilarni investitsiya

hamda tadbirkorlik faoliyati jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan,

qaltisliklardan ishochli sug‘urta kafolatlari bilan ta’minlashni hal etish

quyidagilarni nazarda tutadi:

• xorijiy hamkorlar tomonidan shartnoma majburiyatlarini bajarishga

to‘sqinlik qiluvchi siyosiy va tijorat risklaridan chet eldagi milliy

eksportyorlarni iqtisodiy manfaatlarini kompleks sug‘urta himoyasi bilan

ta’minlash;

Page 65: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

65

• eksport kreditlarining xalqaro tamoyillarga binoan texnologiya, tovar va

xizmatlarni eksportini moliyalashtirish uchun kreditlar ajratadigan O‘zbekiston

Respublikasining rezident tijorat banklariga sug‘urta himoyalarini taqdim etish;

• texnologiya, tovar va xizmatlar xalqaro bozorining rivojlanish

istiqbollarini va xolatini kompleks marketing taxlilini tashkil etish, milliy ishlab

chiqaruvchilarning eksport imkoniyatlarini o‘rganish va texnologiya tovar

hamda xizmatlarni xalqaro bozorlarda taqdim etish strategiyasini ishlab chiqish;

• O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga kapital qo‘yilmalarni amalga

oshirayotgan xorijiy investorlarning mulkiy va shaxsiy manfaatlarini kompleks

sug‘urta himoyasi bilan ta’minlash.

3-bob bo‘yicha xulosa

Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda uning ishtirokchilariga

sug‘urta kompaniyalari tomonidan quyidagi sug‘urta xizmatlari ko‘rsatiladi.

Eksport-import yuklarini INKOTERMS qoidalari bo‘yicha sug‘urtaviy

himoyasini ta’minlash;

Xorijiy investorlarning O‘zbekiston Respublikasi xududida mulkiy

manfaatlarini sug‘urta qilish;

Milliy eksportchilarning xalqaro bozorlardagi mulkiy manfaatlarini

sug‘urtalash;

Xalqaro yo‘nalishdagi havo, temir yo‘l va avtotransport vositalarini

xalqaro qoidalar asosida sug‘urtalash va boshqalar.

Bitiruv malakaviy ishining mazkur bobida tashqi iqtisodiy faoliyat

sub’ektlarini sug‘urtaviy himoyasini ta’minlashga qaratilgan takliflar ishlab

chiqilgan.

Page 66: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

66

XULOSA VA TAKLIFLAR

Tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining mulkiy manfaatlarini

himoyalashda sug‘urta katta ahamiyatga ega ekanligiga biz ushbu magistrlik

dissertatsiyasini yozish natijasida amin bo‘ldik. Shu bilan bir qatorda quyidagi

asosiy xulosalarni va takliflarni shakllantirdik.

O‘zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirishda hozirgi zamon

iqtisodiy nazariyasi va eksportga yo‘naltirilgan taraqqiyotni tartibga solishda

jahon tajribasidan keng foydalanish lozim.

Mustaqillik yillari respublikamizda eksportni rivojlantirishga katta

ahamiyat berildi. Eksportga ixtisoslashgan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash

bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar ko‘rildi. Xususan, mahalliylashtirish dasturi

asosida o‘z mahsulotlarini chetga eksport qiluvchi korxonalarga soliqdan

imtiyozlar berildi.

Eksport kontraktlarini sug‘urta qilish, shuningdek sarmoya, tovarlar va

xizmatlar xalqaro bozorlarida davlatning va milliy eksport qiluvchilarning

manfaatlarini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan himoya qilish maqsadida

eksport kontraktlari bo‘yicha tijorat banklarining kreditlariga sug‘urta qoplamasi

berishni nazarda tutadi.

Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdagi risklarning

sug‘urtalash mexanizmlarini takomillashtirish maqsad va vazifalaridan

kelib chiqqan holda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining mulkiy

manfaatlarini sug‘urta himoyasiga olishda quyidagilarga e’tiborni qaratish

maqsadga muvofiq.

Ko‘rsatilayotgan sug‘ypta xizmatlarining ham butunlay, ham ayrim turlari

bo‘yicha sifatini oshirish va ko‘lamini kengaytirish yo‘li bilan kichik biznes va

xususiy tadbirkorlikning rivojlanishiga har tomonlama yordam berish.

Eksport-importni sug‘urtalash hajmlarini oshirish yo‘li bilan milliy

eksportimizning rivojlanishiga, milliy eksportchilar orasida reklama,

tushuntirish (seminarlar, o‘quv kurslari) va maslahat berish ishlarini keng

amalga oshirishga, vazirliklar va idoralar bilan, qo‘shma korxona va tashqi

Page 67: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

67

savdo kompaniyalari bilan yaqindan hamkorlik qilishga har tomonlama

ko‘maklashish.

Chet ellik investorlarning manfaatlarini va ular amalga oshirayotgan

investitsiya loyihalarini cyg‘ypta himoyasi bilan ta’minlash vositasida chet el

investitsiyalarini jalb etishga har tomonlama yordam berish.

Tashqi iqtisodiy faoliyat sug‘urtasi turlaridan biri bo‘lgan chet elga chiquvchi

fuqarolarni sug’urtalashda respublikamizdan chiqib ketayotgan valyutalarni ushlab

qolish maqsadida maxalliy sug’urta kompaniyalarning chet elda qo’shma sug’urta

tashkiloti yoki vakolatxonalarini tashkil qilish hamda chet elga chiquvchi

fuqarolarni sug’urtalashni amalga oshiruvchi sug’urta kompaniyalari dunyoga

mashhur bo’lgan, yuqori reyting ko’rsatkichlariga ega va rivojlangan sug’urta

tashkilotlari bilan hamkorlikni yanada oshirishni yo’lga qo’yish.

Jismoniy shaxslarni sug‘urtalashni rivojlantirish hamda hayotni

sug‘urtalash, baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash, tibbiy sug‘urta, mol-mulkni,

javobgarlikni sug‘urtalashni rivojlantirish, respublikaning barcha

mintaqalaridagi mahalliy boshqaruv organlari (mahallalar) bilan yaqindan

hamkorlik qilish, ijobiy ijtimoiy fikrni shakllantirish hamda sug‘urta institutiga

ishonchni oshirish maqsadida keng reklama-tushuntirish ishini olib borish yo‘li

bilan aholini ijtimoiy himoyalash vositalarini ta’minlash va takomillashtirishga

har tomonlama yordam berish.

Yirik risklarni qayta taqsimlash hamda chet el sug‘urta va qayta sug‘urta

kompaniyalari bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish orqali

kompaniyaning xatarlarni diversifikatsiyalash strategiyasi doirasida amalga

oshirilayotgan sug‘urta operatsiyalarining moliyaviy barqarorligini yanada tuliq

ta’minlash.

Respublika mintaqalarida sug‘urtani yanada rivojlantirish va

takomillashtirish, kompaniya xodimlarining malakasi va professional darajasini

oshirish.

Page 68: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

68

Tegishli vazirliklar, idoralar va bevosita eksportchilar bilan eksport

shartnomalarini sug‘urtalashning moliyaviy afzalliklarini tushuntirish siyosatini

olib borish (eksportchilarning mavjud segmentlari bilan ishlash):

milliy eksportchilarga tijorat takliflarini yuborish va joylarda

uchrashuvlar o‘tkazish;

vazirliklar va idoralar tarkibiga kiruvchi O‘zbekiston Respublikasi tashqi

savdo kompaniyalari bilan faol ish olib borish;

ushbu sug‘urta turi bo‘yicha tarif va anderrayting siyosatini

erkinlashtirish;

eksport shartnomalarini sug‘urtalash xizmatlari ko‘lamini eksportchilar

o‘rtasida iste’molchilik qiziqishlarini tahlil qilish va xalqaro eksport-kredit

agentliklarining tajribasini o‘rganish yo‘li bilan kengaytirish;

eksport sug‘urtasi bo‘yicha kompaniya xizmatlari haqida

eksportchilarning xabardorligini oshirishga yo‘naltirilgan reklama tadbirlarini

o‘tkazish;

bojxona idoralari, tijorat banklari va Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va

investitsiyalar vazirligi xodimlarini jalb qilgan holda respublika viloyatlarida

tushuntirish seminarlarini tashkil etish.

Respublikaga xorijiy investitsiyalar jalb qilinishiga, tashqi iqtisodiy

faoliyat rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratuvchi huquqiy sohani

shakllantirishga, korxonalarning eksport imkoniyatining o‘sishiga va

respublikaning valyuta resurslaridan tejamkorlik bilan va oqilona foydalanishga

ko‘maklashish (tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari ehtimoldagi segmentini

shaklantirish bo‘yicha ishlash):

respublikada eksport sug‘urtasini rivojlantirishning huquqiy asosini

takomillashtirish;

eksport-import operatsiyalarini o‘tkazishning amaliy va qonuniy jihatlari

haqida kichik va xususiy biznes vakillarining xabardorligini oshirishga

ko‘maklashish;

Page 69: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

69

investitsiya loyihalariga ularni amalga oshirilishining barcha

bosqichlarida umumiy qaltisliklardan kompleks sug‘urta himoyasini taqdim

etish;

sug‘urta himoyasining ishonchliligini ta’minlash uchun xorijiy

investitsiyalarni qayta sug‘urtalashning samarali tizimini tashkil etish maqsadida

etakchi xorijiy sug‘urta tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish;

demokratik va bozor islohotlari amalga oshirilayotganligi munosabati

bilan mamlakatda yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlar haqida ehtimoldagi

investorlarni, xalqaro moliyaviy tashkilotlarni, eksport-kredit agentliklarini va

kompaniya hamkorlarini doimiy ravishda xabardor qilishni uyushtirish.

Tashqi bozorlarda xizmatlar ko‘rsatish va xizmatlar eksportini o‘sishini

ta’minlash.

Xalqaro aloqalar va tashqi qayta sug‘urta rivojining asosiy ko‘rsatkichi

bo‘lib kiruvchi va chiquvchi qayta sug‘urtalashdagi sug‘urta mukofotlari

nisbatining oshishi va tashqi bozorda xizmatlar eksporti hajmining o‘sishi

hisoblanadi.

Tashqi bozorlarda kompaniya xizmatlar ko‘rsatishi va xalqaro faoliyatni

rivojlantirish, xalqaro sug‘urta bozori ishtirokchilariga o‘z xizmatlarini faolroq

taqdim etish va binobarin, qaltisliklar portfelini muvozanatlash, kiruvchi tashqi

qayta sug‘urtalashni rivojlantirish, tajriba almashish va tegishli mavqeni

egallash hamda xalqaro moliyaviy hamjamiyatga kirib borish maqsadida

bozorning professional ishtirokchilari bilan tajriba va tezkor axborot almashish

imkoniyatini beradi.

Tashqi qayta sug‘urtalashni rivojlantirish yo‘llaridan biri xalqaro

aloqalarni kengaytirish, xalqaro sug‘urta bozoridagi obro‘ini va hamkorlar

ishonchini oshirishdir. Ushbu yo‘nalishni amalga oshirish uchun xalqaro ekspert

agentliklaridan birining ijobiy bahosini olish zarur bo‘ladi. Bu Evroosiyo

iqtisodiy hamjamiyatiga a’zo mamlakatlar bilan qaltisliklarni qayta

sug‘urtalashni almashinishda kompaniya ishtirokini kengaytirish hamda tashqi

iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari faol sug‘urta va qayta sug‘urtalash himoyasini

Page 70: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

70

taqdim etish imkoniyatini beradi. Milliy sug‘urtalovchilar SHanxay hamkorlik

tashkiloti, Evroosiyo iqtisodiy hamjamiyati, Hindiston va Janubi-sharqiy Osiyo

mamlakatlari kompaniyalari bilan O‘zbekistonning ushbu mamlakatlar bilan

eksport-import operatsiyalari o‘sib borayotganligini hisobga olgan holda qayta

sug‘urtalash operatsiyalarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratishi lozim

bo‘ladi.

Page 71: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

71

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

I. Me’yoriy-huquqiy hujjatlar

1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.-T.:O’zbekiston,1994 y.

2. O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi-T.: O’zbekiston

Respublikasi Adliya vazirligi, 1996 y.

3. O’zbekiston Respublikasining Qonuni «Sug’urta faoliyati to’g’risida».

T.: 2002 y., 5 aprel. «Xalq so’zi» gazetasi, 2002 yil 28 may.

4. O’zbekiston Respublikasining Qonuni «Investitsiya faoliyati

to‘g‘risida».-T.: 1998 y., 24 dekabr.

5. O’zbekiston Respublikasining Qonuni «Chet el investitsiyalari to‘g‘risida». –

T.:1998 y., 30 aprel.

5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziririning 2008 yil 22 apreldagi 41-

son buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Sug‘urtalovchilar va qayta

sug‘urtalovchilarning to‘lov qobiliyati to‘g‘risida»gi Nizom.

6. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Sug’urta faoliyatini

davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 286-sonli Qarori.

1998 yil 8 iyul.O’zbekiston Respublikasi moliyaviy qonunlari,4-ilova,-T.: 2000.

7. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O’zbekinvest»

eksport-import milliy sug’urta kompaniyasini tashkil etish to’g’risida»gi 113-

sonli Qarori. 1997 yil 28 fevral. O’zbekiston Respublikasi Hukumatining

Qarorlar to’plami,1997, 2-son.

8. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 27

noyabrdagi 413-sonli «Sug’urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-

tadbirlari to’g’risida»gi Qarori

9. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 10 apreldagi

“Sug’urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-

tadbirlari to’g’risida”gi 618-sonli Qarori.“Bank axborotnomasi” 2007 yil 6 iyun.

10. O’zbekiston Respublikasining “Transport vositalari egalarining

fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida”gi Qonuni.–Xalq

so’zi, 2008 yil 21 aprel.

Page 72: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

72

11. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 21 maydagi “Sug’urta

xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-

tadbirlar to’g’risida erkinlashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari

to’g’risida”gi Qarori. Xalq so’zi, 2008 yil 22 may.

12. O’zbekiston Respublikasining “Ish beruvchilarning fuqorolik

javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida”gi Qonuni. – Xalq so’zi, 2009

yil 17 aprel.

13. O’zbekiston Respublikasining “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini

majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi Qonuni. 2015 yil 26 may

II. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari va ma’ruzalari

14. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz

farovonligini yanada yuksaltirishdir. T.: O’zbekiston, 2010.- 67 b.

15. Karimov I. A. Prezidentning 2011-2015 yillarda respublika moliya-bank

tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro

reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risidagi qarori.

//Xalq so’zi, 2010 yil 26 noyabr PQ-1438-sonli

16. Mirziyoyev Sh.M. “Tanqidiy tahlil, qatiy tartib-intizom va shaxsiy

javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bо‘lishi kerak” 2017

yil 15 yanvar.

III. Darslik va o’quv adabiyotlari

17. Rene Doff “Risk Management for Insurers, Third Edition”, Risk

Books, 2015.

18. Jack Kinder Jr. Garry Kinder “Secrets of Successful Insurance Sales”,

Napoleon Hill Foundation, UK, 2012.

19. Robert H., II Jerry, Douglas S. Richmond “Understanding Insurance

Law”, LexisNexis; 5 edition, UK, 2012.

20. Shennaev X.M. Sug’urta agentlari uchun qo’llanma. T. infoCOM.UZ

MChJ.-2010 y.

Page 73: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

73

21. Yo’ldoshev M, Tursunov Y. O’zbekiston Respublikasi sug’urta huquqi.

Darslik - Toshkent, “Moliya”.-2012.

22. Shennaev X.M., Kenjaev I.G‘. Chet mamlakatlar sug‘urtasi, O‘quv

qo‘llanma, - Toshkent «YAngi nashr»,-2012

23. Shennaev X.M. O’zbekiston sug’urta bozori, O’quv qo’llanma, -

Toshkent, “Iqtisod-Moliya”,-2013.

24. Shennaev X.M., Ochilov I.K., Shirinov S.E., Kenjaev I.G‘. Sug‘urta

ishi, O‘quv qo‘llanma,-Toshkent «Iqtisod-Moliya»,-2014.

25. Shennaev X.M., Xaliqulova G.T., Abduraxmonov I.X. Tashqi iqtisodiy

faoliyat sug‘urtasi,Darslik,-Toshkent-2014.

26. Под.ред. В.В.Шахова, Ю.Т.Ахвледиани. Страхование 3-е издание.

Учебник для студентов вузов.-М.:Юнити, 2014 г.

27. Просветов Г.И. Страхование: задачи и решения. -М.: Алфа-пресс,

2014 г.

28. Андреев Ю.И. Имушчественное страхование. Учебное пособие -

М.: Ос-89, 2013 г.

29. Хейдема Джеймс М. Увлеченний агент: практическое пособие для

страхових агентов. -М.: Волтерс-Клувер, 2012 г.

30. Ю.Т.Ахвледиани. Страхование внешнеекономической деятелности.

Учебное пособие для вузов.- М.: Юнити, 2014г.

31. Малкова О.В. Страхование в системе международних

экономических отношений. Учебное пособие для экономических

спетсиалностей. - М.: Феникс, 2014г.

32. Кузнетсова И.А. Страхование жизни и имушчества граждан.

Практическое пособие. - М.: Дашков и К., 2013 г.

33. Дюжиков Э.Ф., Сплетухов Ю.А. Страхование. Учебное пособие. -

М.: Инфра-М., 2009г.

34. Ивасенко А.Г. Страхование. Учебное пособие. - М.: КноРус, 2009г.

35. Самаров Э.К. Страховая математика: практический курс. Учебное

пособие. - М.: Алфа, 2009 г.

Page 74: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

74

36. Веселовский М.Я. Страховой сервис. Учебное пособие для

студентов вузов - М.: Алфа, 2011 г.

37. Шихов А.К. Страховое право (пер.). 6-е издание. Учебное пособие

для студентов вузов - М.: Юриспрудентсия, 2014 г.

38. Пименва э.Н. Страховое право.Учебное пособие.- М.:Форум,2013 г.

39. Игошин Н.А. Страховое право. Учебное пособие.-М.:Юнити.2014 г.

40. Ермасов С.В. Страхование. Учебник. 3–е издание, перераб. и доп -

М.: Юрайт, 2010г.

41. Бачоров В.В. «Инвестиции» изд. «Питер» 2012 г.

42. Худяков А.И. Теория страхования, М.: Статус, 2010 г.

43. Никулина Н.Н.Страховой менеджмент.Учебное пособие. ЮНИТИ,

2011.

IV. Davriy nashrlar (gazeta va jurnallar)

44. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida soliqlarning

rag‘batlantiruvchanlik rolini yanada oshirish yo‘llari. Respublika ilmiy-amaliy

konferentsiyasi materiallari to’plami. Toshkent-2016.

45. O’zbekiston milliy sug’urta bozorining rivojlanish tendensiyalari,

muammolari va echimlari. Oliy o’quv yurtlariaro ilmiy-amaliy konfrensiya

materiallari to’plami. Toshkent-2015 yil.

46. O’zbekistonda moliyaviy sektorning rolini oshirish va unda ilg’or

xorij tajribasidan foydalanish. Xalqaro ilmiy-amaliy konfrensiya materiallari

to’plami. Toshkent-2015 yil.

47. «O’zbekinvest» EIMSKning 2016 yil yillik hisoboti.

48. Biznes-vestnik vostoka №44 2016 yil 16 mart.

V.Internet saytlari

49. http://www.mf.uz ( O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining

rasmiy sayti).

50. http://www.UzReport.uz: (O’zbekiston Respublikasi axborotlar

rasmiy sayti).

Page 75: TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI …el.tfi.uz › images › Mahkamova_D_BMI_a4c1a.pdf · Rossiya, Qozogµiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek,

75

51. http://www.uzbekinvest.uz – (O’zbekinvest EIMSKning rasmiy sayti).

52. http://www.lex.uz - (Milliy qonunchilik rasmiy bazasi).