Upload
others
View
29
Download
0
Embed Size (px)
Citation preview
2014 yil
son
8 dekabr – O‘zbekiston
Respublikasining
Konstitutsiyasi
qabul qilingan kun
8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun
Q.Qosimov
Jurnal miharriri
Konstititsiya baxtimiz qomusi
Ezgulik gullagan bo'stonim o'zing,
Asosiy qonunim, qomusim mening,
Rohatim, sevinchim, nomusim mening.
Adolat ziyosi taralar sendan,
Saodat qo'rg'oni yaralar sendan,
Elga najot bo'lmish choralar sendan,
Asosiy qonunim, qomusim mening,
Shavkatim, shuhratim, nomusim mening.
(E.Sindorov)
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 12-
chaqiriq II sessiyasida, 1992 yil 8-dekabrda qabul qilingan bo`lib, Konstitutsiya 6 ta bo`lim,26 ta
bob,128 ta moddadan iborat
Qonun oldida yalpi tenglik prinsipi ijtimoiy mavqeyi, egallagan mansabi va hokazalardan qat’I
nazar davlatning barcha fuqarolariga tatbiq etiladi. Biron-bir fuqaro Konstitutsiya bilan belgilangan
burchlardan bo`yin tovlamasligi yoki ozod etilmasligi shart. Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish
davlat fuqarolarining eng asosiy burchidir. O`zbekiston xalqlarining tarixiy yodgorliklari, madaniy va
ma’naviy merosi butun xalqning milliy boyligidir. Bu milliy boylik asrlar davomida yaratildi va har
birimiz ajdodlarimizning tarixiy va madaniy merosini saqlab qolishimiz lozim.
Huquqiy madaniyat insonning qonunlarni bilish va ular asosida yashash yo'lida orttirgan bilim va
tasavvurlari, hayotiy tajriba va ko'nikmalari majmui, umumiy huquqiy saviyasidir.
“Huquqiy madaniyat” tushunchasi «huquqiy ma'rifat» va «huquqiy savodxonlik» kabi
tushunchalar bilan uzviy bog'liq. Huquqiy ma'rifat nafaqat qonunlarni, balki ularni amalga oshirish
bilan bog'liq qonuniy hujjatlarni bilishni ham talab etadi. Huquqiy savodxonlik va ma'rifat asosida
huquqiy ong shakllanadi. Huquqiy ongi shakllangan inson, qonuniylik bilan qonunsizlikning farqini
yaxshi biladi, hayotda ham ko'p adashmaydi.
Qodirova Zarifa
5 b sinf o`quvchisi
The Constitution of the Republic of Uzbekistan
The new constitution of the Republic of Uzbekistan was adopted on December 8, 1992.
Article 1 of the constitution says that Uzbekistan is a sovereign democratic republic. The constitution sets the
task of creating a democratic rule of law. All citizens of the Republic of Uzbekistan, regardless of their nationality,
constitute the people of Uzbekistan.
All citizens living in the Republic, men and women of all nations and nationalities, have equal rights in the
political, economic and cultural spheres.
The right to work together and the right to choose one's trade or profession is guaranteed to all citizens by
article 37.
All citizens have the right to rest. The right is guaranteed in practice by the system of sanatoriums, boarding
houses, holiday homes and clubs where people may spend their free time.
Article 39 guarantees pensions for people who are ill or unable to work. A very important right is the right to
education, which is guaranteed to all citizens by article 41 of the constitution of the Republic of Uzbekistan. The state
guarantees free secondary education. Students of technical schools, institutes and universities receive scholarships.
While guaranteeing these rights to all citizens, the constitution at the same time imposes serious duties on
them, such as the duty to work, to keep labour discipline and to defend their country.
According to the results of the referendum, which was held on January 27, 2002 and in accordance with the
law of the Republic of Uzbekistan from April 24, 2003 passed on the bases of the referendum, the amendments
were introduced to chapters XVIII, XIX, XX and XXIII.
The alterations have also been made to articles 76-88 which concern to the role of the Oliy Majlis,
its importance, the status and the power of Houses of Parliament.
Mirzaxolov Islombek
9 d sinf o`quvchisi
Huquqshunos bo`lmoqchiman
Kasbning eng yaxshisi kishining , o`z qo`li bilan bajarilgan ishi va halol savodidir. Har qanday
inson hayotining mazmunli va samarali o'tishida u tanlagan kasb yoki biror-bir hunar muhim o'rin tutadi.
Chunki qobiliyatiga mos bo'lgan biror-bir kasbni egallagan va shu qiziqishlar orqasidan izlanishlar olib
brogan insonlar, albatta, hayotda o'z o'rinlarini topa oladilar.
Bunday natijaga erishish uchun ta'limning ilk bosqichlaridayoq mustahkam bilim olish talab etiladi. Bu esa
o'z o'rnida zimmamizga bir qancha vazifalarni yuklaydi. Hademay biz uchun qadrdon bo`lgan
maktabimizni bitirib, har birimiz o`zimiz tanlagan akademik-litseylar va kasb-hunar kollejlariga
hujjatlarimizni topshirib, o`n ikki yillik majburiy ta’limni davom ettiramiz. Va kelajakda o`zimiz sevgan
kasb egasi bo`lamiz.
Darhaqiqat,bu dunyoda kasblar juda xilma-xil. Kasblar orqali hamma o`zining yo`lini topib oladi va
jamiyatda o`z o`rniga ega bo`ladi. Biz mustaqillik sharofati bilan, juda katta imkoniyatlar yurtida ta’lim
olamiz. Bugun yurtimizda faoliyat yuritayotgan kasb-hunar kollejlari, akademik-litseylar jahon
andozalariga javob beradigan darajada ta’mirlangan. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida ta’lim
beriladi. Biz bitiruvchilar esa yaratilgan shunday imkoniyatlardan unumli foydalanib olishimiz kerak.
Men darsillkdan tashqari ham kitoblarni o’qib chiqib, munosib farzand bo’lishga o’zimga so’z
beraman. Chunki, men buyuk allomalarni dunyoga keltirgan zaminda yashamoqdaman. Bu zamin faqat va
faqat ziyolilarni dunyoga keltiradi. Men kelajakda huquqshunos bo`lmoqchiman. Huquqiy davlat va
jamiyat qurishda o`z bilimim va mahoratimni ayamayman.O`zbekiston dovrug`ini dunyoga tanitaman.
Ustozlarim mehnatini albbatta oqlayman.
10 - dekabr O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun
Jamilaxon Sharipova
Milliy g`oya fani o`qituvchisi
O`zbek nomin dunyo bo`ylab, ulug`lagan Madhiyam
Dunyodagi hamma narsaning ma’no-mazmuni o`zida mujassam etadigan timsoli bor. Jumladan,
Vatanning ham timsollari ko`p. Vatanning timsollari rasmiy va norasmiy bo`lishi mumkin.
Mamlakatimizning davlat ramzlari – bayrog`imiz, gerbimiz va madhiyamiz, shuningdek, respublika
Prezidenti, parlamenti, hukumati, Konstitutsiyasi, davlat tili, poytaxt kabi davlatchilik belgilari ham
rasmiy timsollar hisoblanadi. Chunki ularning har biri Vatanning eng muhim xususiyati – ozodligi va
mustaqilligi, davlat suverenitetini ifoda etadi. Rasmiy timsollar Vatanning mustaqil davlatchilik
an’analari bilan bog`liq. Mustaqil bo`lmagan, ya’ni o`z davlatiga ega bo`lmagan xalqning rasmiy
timsollari ham bo`lmaydi.
Vatan timsollari xalqni birlashtirib, uni yagona maqsad sari safarbar etib yashashga, har qanday
sharoitda ham o`z yurti manfaatlari uchun kurashishga da’vat etadi.
O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi 1992-yil 10-dekabr kuni O`zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida tasdiqlangan.
Davlat madhiyasi O`zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzi bo`lib, davlat
madhiyasiga zo`r ehtirom bilan qarash O`zbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi har bir
fuqaroning vatanparvarlik burchidir. Madhiya musiqa va she’r vositasida ifodalanadi hamda davlat
organlari tomonidan o`tkaziladigan tantanali marosimlar boshqa tadbirlar vaqtida ijro etiladi. Madhiya
maxsus qonun bilan tasdiqlanadi.
Madhiya- “madh” (maqtov) so`zidan kelib chiqqan. Madhiya-gimn o`z mustaqilligiga ega
bo`lgan, rivojlangan har bir mamlakatning alomati-ramzidir.
Madhiya tarixi qadim zamonlarga borib taqaladi.
O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi so`zini O`zbekiston xalq shoiri, O`zbekiston
Qahramoni Abdulla Oripov, musiqasini O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan madaniyat
xodimi bastakor Mutal (Mutavakkil) Burhonov yozgan.
Zebuniso Tursunova
9 b sinf o`quvchisi
Faxr va iftixor tuyg`usi
2014 yil 28-noyabr kuni 5-sonli Davlat ixtisoslashtirilgan umumiy o’rta ta’lim maktab-
internatida “Ta’lim samaradorligini oshirishda innovatsion texnologiyalar” mavzusida viloyat ilmiy-
amaliy seminari o`tkazildi. Unda Namangan viloyat xalq ta’lim boshqarmasi vakillari, “Chortoq
haqiqati” gazetasi xodimlari hamda Namangan viloyat Davlat ixtisoslashtirilgan umumiy o’rta ta’lim
ta’lim maktablari matematika, kimyo, biologiya o’qituvchilaridan 50 nafari ishtirok etdilar.
Seminarda turli mavzularda ma’ruzalar, ochiq namunali darslar tashkil etildi.
Tashrif buyurgan mehmonlarda biologiya fani o`qituvchisi G’. Po’latovning 9-sinflarda “O’simlik
hujayrasining o’ziga xos tuzilishi”, kimyo fani o`qituvchisi M.To’xtasinovaning 8 sinflarda “Davriy
qonun va uning ahamiyati”, matematika o`qituvchisi Q. Qosimovning 9-sinflarda “O’tkir burchakning
sinusi, kosinusi, tangensi va kotangensi”, matematika o`qituvchisi B.Umrzoqovning 7-sinflarda
“Uchburchak elementlari” mavzularidagi darslari katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa ta’limga AKT va
elektron vositalarning qo`llanilishi mutaxassislar e’tiborini tortdi. Q.Qosimovning “UEM – Uy
elektron maktab” loyihasi seminar qatnashchilari va mutaxassislarni taxsiniga sazovor bo`ldi.
Oliy toifali ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi Sh.Usmonova senariysi asosida “Sog’lom va
ma’naviy yetuk yoshlar Vatanimiz kelajagi” deb nomlangan adabiy-badiiy kompozitsiyasi mehmonlar
olqishiga sazovor bo`ldi. Men shu maskanning o`quvchisi bo`lganimdan fahrlanaman!
O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiyaxonimning 100 yilligi oldidan
Abdullayeva Sarvinoz
9 a sinf o`quvchisi
Vafo va sadoqat timsoli
Salqin sahaharlarda, bodom gulida,
Binafsha labida yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda qirlarda bahor.
Zulfiyaxonim nafaqat o`z she’rlari , balki butun hayoti bilan o`zbek
ayolining ma’naviy qiyofasini namoyon etgan atoqli shoiramizdir.
Uning jahon minbarlaridan yangragan she’rlari Sharq ayolining
aqlu zakosi, fazlu kamolining yorqin ifodasi sifatida millionlab
she’riyat muxlislariga odamiylik, muhabbat va sadoqatdan saboq
bergan. Lekin bu murakkab hayot qalbi o`z xalqi va Vataniga mehr-
muhabbat bilan to`lib-toshgan, dunyodan ezgulik va go`zallik izlab
yashagan bu ayolni hamma vaqt ham ayagani yo`q. Aslida, bu
dunyoda ayriliq va hijron azobi barchaning ham boshida bor. Ammo
g`am-anduh va hasratlarni matonat bilan yengib, tog`dek bardoshi
bilan vafo va sadoqat ramziga aylangan Zulfiya opa singari ayollar
har qanday yuksak hurmat va ehtiromga munosibdir.
(Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch”).
O`zbek xalqining atoqli va ardoqli qizi, O‘zbekiston xalq shoiri, xalqaro «Nilufar», Javoharlal
Neru nomidagi hamda Davlat mukofotlari sohibasi, vafo va sadoqat timsoli, o`zbek adabiyotida chuqur
iz qoldirgan, she’riyat gulshanida yangi bog` yaratgan shoira Zulfiyaxonim 1915 - yil 1-martda
Toshkentda tug`ilgan
Avval boshlang‘ich maktabda, so‘ng xotin-qizlar bilim yurtida tahsil olgan. 1935-1938-yillarda
O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Til va adabiyot instituti aspiranturasida o‘qigan. Shundan keyin
turli nashriyotlarda ishlagan. 1953-yildan 1980-yilgacha, qariyb o‘ttiz yilga yaqin respublikamizda
keng tarqalgan «Saodat» nomli xotin-qizlar jurnalida bosh muharrir bo‘lgan.
Zulfiyaning dastlabki she’rlari «Hayot varaqlari» nomi bilan 1932-yilda bosilib chiqqan.
Shundan so‘ng shoiraning «She’rlar» va «Qizlar qo‘shig‘i» (1938), «Uni Farhod der edilar» (1943),
«Hijron kunlarida» (1944), «Dalada bir kun» (1948), «Tong qo‘shig‘i» (1953), «Yuragimga yaqin
kishilar» (1958), «Kuylarim sizga» (1965), «O‘ylar», «Shalola» kabi o‘nlab she’riy to‘plamiari chop
etildi. U atoqli o‘zbek shoiri Hamid Olimjon bilan oila qurib, ular shirin hayot kechirayotgan pallada
1944-yili mashina avariyasi tufayli turmush o‘rtog‘idan ayriladi. Shundan so‘ng umr bo‘yi o‘z
muhabbatiga sodiq qolib, Hamid Olimjonning ishlarini davom ettiradi. Uning «Semurg‘», «Zaynab va
Omon» dostonlari asosida pyesa va opera librettolarini yaratadi. O‘zi ham «Quyoshli qalam»,
«Mushoira», «Xotira siniqlari» kabi poemalar yozadi. Rus, ukrain, ozarboyjon, hind shoiralarining
she’rlarini o‘zbek tiliga tarjima qiladi.
Zulfiya keng tanilgan jamoat arbobi edi. U Osiyo, Afrika va Yevropaning o‘nlab davlatlarida
bo‘lib, xalqaro xotin-qizlar hamda adabiyot namoyandalarining harakatlarida faol ishtirok etar edi.
Uning she’rlari ingliz, nemis, rus, bolgar, xitoy, hind, yapon, arab, fors, vyetnam kabi juda ko‘p xorijiy
tillarga tarjima qilingan edi. Shoira 82 yoshida vafot etgan.
Bugun Zulfiyaxonim izdoshlari ko`paygandan ko`payib bormoqda. Ilohim, Zulfiyaxonim
ruhlari shod bo`lsin, joylari jannatda bo`lsin va doim shogirdlarining ishlarida ruhlari madadkor
bo`lsin. Hech qachon o`zbek qiz-u, ayollarini sadoqat va vafo tark etmasin.
2015 – yilda yurtimizda Zulfiyaxonimning 100 yillik tavalludi nishonlanadi.
1992 yil 16-dekabr – O`zbekiston FIFA ga a’zo bo`lgan kun
Shohruhmirzo Qosimov
7 b sinf o`quvchisi
FIFA – FUTBOL ICHIDA, FUTBOL ATROFIDA
Futbol o`yini 17 asrda Angliyada paydo bulgan Futbol inglizcha oyoq to`pi ya’ni oyoqda o`yin ma’nosini anglatadi Futbolning dastlabki nomi «KALCHIO» deb atalgan Futbol maydonining bo`ylamasi 100-110 m gacha
Futbol maydonining eni 65-75 m gacha Doirasining diametri 9 m Jarima maydoni 16 metr Erkin to`p tepish maydoni 5 metr Futbol o`yinida xakamlar 4 nafar (ba’zida 6 nafar) 1 inspektor xakam 2 maydon xakami 3-4 chiziq yon xakamlar Angliya primyer ligasida xozirgi kunda darvoza orti xakamlari qo`yilayotgan Futbol o`yini 2 taymdan iborat Xar bir taym 45 daqiqa (min) Tanffus 15 daqiqa (min) PLAY OFF tur musobaqalarida qo`shimcha 15 daqiali 2 ta taym o`ynaladi PLAY OFFva final musobaqalari penalti lar seriyasi bilan xam yakunlanadi O`zbekiston Respublikasida UFF O`zbekiston Futbol Federatsiyasi musobaqalarni boshqaradi Osiyo futbol Konfederatsiyasi OFK Osiyo futbol federatsiyalari musobaqalarini boshqaradi Yevropa futbol musobaqalari UEFA tomonidan boshqariladi Jaxon futbol musobaqalari FIFA tomonidan boshqariladi . Musobaqalar O`zbekistonda mavsum o`yinlari 2 davradan iborat (har yili ) Osiyo chempionati 4 yilda bir marta Yevropa chempionati 4 yilda bir marta Jahon chempionati 4 yilda bir marta Olimpiada o`yinlari 4 yilda bir marta
Xamraboyev Dilmurod
9 b sinf o`quvchisi
Aeromobil 3.0- Uchar Avtomobil
29-oktabr kuni Pioneers Festival nomli yangi
texnologiyalar ko‘rgazmasida AeroMobil 3.0 — uchar
avtomobilining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
AeroMobilning rasmiy saytida yozilgan ma’lumotlarga
ko‘ra, u bir necha soniya ichida avtomobildan samolyot
ko‘rinishiga o‘ta oladi.
Uning havoga ko‘tarilishi uchun tezligi soatiga 130
kilometrni tashkil etishi kerak. Uchayotganda kamida
60 km/soat, eng tez esa 200 km/soat tezlik bilan
harakatlana oladi. Shuningdek, uning yerdagi eng katta
tezligi 160 km/soatni tashkil etadi.
AeroMobil 3.0’da ikki kishilik o‘rin mavjud bo‘lib,
uning uzunligi 6 metrni, kengligi esa yerda yurganda 2,24 metr, uchganda 8,32 metrni tashkil etadi. Uchar
avtomobil korpusi metaldan ishlangan va murakkab tarkibli karbon bilan qoplangan. Bunday qoplama yengil,
ammo mustahkamligi uchun zamonaviy samolyotlarda ishlatiladi. Ushbu avtomobil odatiy benzinda
harakatlanadi va yerda yurgan payti 100 kilometrga 8 litr, havoda uchgan payti esa 15 litr yonilg‘i sarflaydi. U
istalgan bir necha yuz metrli o‘tloq yoki tosh yotqizilgan yuzada qo‘na oladi. Shuningdek, unda avtopilot
boshqaruvi va parashyutdan sakrash yo‘li ham mavjud.
Bayazov Sadafbek
9 b sinf o`quvchisi
Abu Ali Ibn Sino (Avicenna)
(980-1037)
Abu Ali Ibn Sino is the pride of Central Asia and one of the greatest scientists. Besides
medicine he was occupied with mathematics, logic and philosophy. He was born in Bukhara in the village of
Afshana in 980 and got his education in Bukhara. Because of his perfect memory and quick wits he
obtained a lot of knowledge very quickly. He had already learnt the Koran by heart when he was 10. Later,
when he was 17, he had been already known as a great doctor. He devoted his whole life to gain new
knowledge, to cure people, to find the reasons for many diseases, to write works on medicine and to bring this
knowledge to upcoming generation. Ibn Sino travelled to many cities as a visitor and died from serious
disease on June 18, 1037 in the city of Isfakhon. The number of works that Ibn Sino had written exceeds 450,
but only 160 out of them reached our hands. One of his main books is "Konun at-Tib". The work consists of 5
big parts containing the reason of disease, hygiene, medication and a lot of other information related to
medicine. Yet his other books like "Shifo kitobi", "Insof kitobi", "Hojat kitobi", "Donishnoma", "Arab
tili kitobi", "Metafizika", had played the main role in the development of many sciences.
Abu Ali Ibn Sino is well-known in Europe by the name of "Avicenna". The naturalist Karl Linney named a
type of plant " Avicenna" in honour of him. To sum up we can say that Abu Ali Ibn Sino was an encyclopaedic
scholar whose contribution to world civilization was incomparable.
Abdurahmonova Shoira
7 a sinf o`quvchisi
TARKIBNING DOIMIYLIK QONUNI
Har qanday modda ikki xil tarkibga ega bo`ladi. Birinchisi-sifat tarkibi, ya’ni moddaning molekulasi
qanday elementlardan tarkib topganligini ko`rsatuvchi tushuncha. Ikkinchisi - miqdor tarkibi, ya’ni modda
molekulasi tarkibiga kirgan elementlarning miqdorlari qanchadan ekanligini ko`rsatuvchi tushuncha.
Masalan: suv molekulasi (H2O) ning sifat tarkibi uning vodorod va kislorod elementlaridan iboratligi
bo`lsa, suv molekulasining 11,11% vodorod, 88,89% kisloroddan iboratligi uning miqdoriy tarkibi bo`ladi.
Yuqoridagilarga e’tibor bersak, moddaning tarkibi uning asosiy xarakteristikasi xisoblanar ekan. SHu
sababli ximiyaning asosiy qonunlari qatorida modda tarkibining doimiylik qonuni ham turadi. Bu qonunga
Dalton, Prust, Lavuaze lar asos solishgan bulib, u quyidagicha ta’riflanadi: Har qanday ximiyaviy toza modda
qaerda bo`lishidan va qanday usulda olinishidan qat’iy nazar bir xil sifat va miqdor tarkibiga ega bo`ladi. Bu
qonunning ma’nosini quyidagi misol bilan tushuntiramiz. Osh tuzi - NaCl ni turli usullar bilan xosil qilish
mumkin:
2Na + Cl2 2NaCl
NaOH + HCl NaCl + H2O
BaCl2 + Na2SO4 2NaCl + BaSO4
Bu tenglamalardan ko`rinib turibdiki, barcha reaksiyada maxsulot (yoki ulardan biri) sifatida tarkibida 1
atom Na va 1 atom Cl saqlangan murakkab modda natriy xlor xosil bo`layapti.
Lekin, shunday moddalar ham borki, ularni xosil qilishda reaksiya sharoiti (P, T, V, C) ozgina
o`zgarishi bilan xosil bo`ladigan moddaning tarkibi o`zgarib ketadi, ya’ni ular tarkibning doimiylik qonuniga
buysunmaydi. Bunday moddalar qatoriga og`ir metallarning oksidlari TixOu ; ZrxOu ; sulfidlari: MexOu ;
ko`pchilik oksidlarning aralashmasi - shishalar misol bo`ladi. Bunday maxsulotlar qatoriga aksariyat oziq-ovqat,
yengil sanoat va neftni qayta ishlash sanoati maxsulotlari xam kiradi. Shu sababli, moddalar tarkibining
doimiylik qonuni texnologlarni maxsulot ishlab chiqarish jarayonida texnologik parametrlarga to`lik rioya
qilishga o`rgatadi.
Ibrohimova Maftuna
8 a sinf o`quvchisi
Har bir inson qaysidir rangni hush ko`radi. Yoqtirgan rangingizga qarab fe’l atvoringizdagi yaxshi yoki
yomon jihatlarni bilib olishingiz mumkin.
Oq rang. Bu rang barcha ranglarni sintezi bo`lganligi uchun ideal rang xisoblanadi. Bu rang xech kimni
o`zidan itarmaydi, u bir vaqtning o`zida ham yorug`lik, ham sovuq muzlik hissini ifodalashi mumkin.
Qora rang. Bu rangni sevuvchilar har doim nimadandir havotirlanib yuradigan, uncha buncha narsaga
qoniqavermaydigan fe’l atvor egalridir. Qora rangdagi kiyimlarni kiyishni yaxshi ko`radigan qizlar esa
o`zlariga ishonadigan va ko`pincha depressiyaga moyil bo`ladilar.
Kulrang. Bu rang yaxshi fikrlaydigan va shu bilan birga bir ish boshlashdan oldin, ko`p o`ylaydigan
insonga xosdir.
Qizil rang. Bu rang o`z kuchiga ishonuvchan, irodali, hech narsadan qo`rqmaydigan, egalik qilishga
intiladigan, shu bilan birga jizzaki fe’l atvor insonlarga xosdir.
Jigarrang. Bu va shunga yaqin ranglarni sevuvchilar barcha narsaga o`z kuchlari va mehnatlari bilan
erishadilar.
SSaarriiqq rraanngg.. OOrraassttaalliikk,, mmaaddaanniiyyaattlliilliikk,, iinnssoonnllaarr bbiillaann mmuuoommaallaaddaa oo`̀zziinnii eerrkkiinn xxiiss eettaaddiiggaann iinnssoonnllaanniinngg
ffee’’ll aattvvoorrllaarriiddaa ddaarraakk bbeerraaddii.. BBuu rraannggnnii yyooqqttiirraaddiiggaannllaarr kkoo`̀pp nnaarrssaallaarrggaa qqiizziiqqaaddiillaarr.. OOddaammllaarr bbiillaann tteezz ttiill ttooppiisshhaa
oollaaddiillaarr.. UUllaarr sshhaarrooiittggaa tteezz kkoo`̀nniikkuuvvcchhaann bboo`̀lliisshhaaddii..
Pushti rang. Bu rangni yoqtiradiganlar hayotga, kelajakka ishonadilar. Barchaga g`amho`rlik qilishga
intilishadi. Ularning ko`ngillari nozik bo`lib, arzimagan narsaga ham siqilishlari ham mumkin.
Ko`k rang. Bu rangni ma’naviy yuksaklikka, go`zallikka intiladigan, hayotni yaxshi ko`radiga, yangi
sharoitga sekin ko`nikadigan, tez ranjiydigan fe’l atvorga xosdir.
Yashil rang. Bu rangni yoqtiradiganlar buyruq ohangidagi gaplashishlarini hamda shu bilan birga
ularning ishlariga aralashishni yomon ko`radilar.
Bu mulohazalar aslida nisbiy bo`lib, har bir inson o`zga bir olam.
Ma’rufjanova D
8 b sinf o`quvchisi
ЦВЕТНАЯ ВИКТОРИНА
Какого цвета кровь у скорпионов?
Этого крупнейшего млекопитающего планеты одни считают синим, другие почему-то голубым. Кто
это?
Где обитает синий ара, считающийся «королём попугаев»?
Крокодилу полагается быть зелёным. Однако в Парагвае встречаются кайманы именно такого
редкого для рептилий цвета. Какого?
Какой мост в Санкт-Петербурге самый широкий, почти 100 метров в ширину?
Шарик какого цвета Винни-Пух выбрал для полёта за мёдом?
Эрик Торвалдсон открыл в 982 году новый остров, крупнейший в мире. 80% его территории занято
ледниками. Как он назвал его, чтобы сделать более привлекательным для соотечественников?
Наши зелёные друзья - это... ?
Какого цвета был домик у Карлсона?
Какой цвет кожи у мультипликационного героя Шрека?
Какого цвета карточку показывает судья провинившемуся игроку в ходе футбольного матча?
Какого цвета майка у лидера велогонки?
В какое море впадает Жёлтая река?
Какой цвет в радуге расположен между оранжевым и зелёным?
Какого цвета спелые плоды айвы?
Слова «алый» и «красный» - это синонимы или омонимы?
Какого цвета стрелка компаса, указывающая на юг?
Какого цвета полотнище Олимпийского флага?
Hamidov Jahongir
9 s sinf o`quvchisi
Mashhurlar hayotidan qiziqarli ma’lumotlar
Napoleon aylurofobiya — mushuklardan qo‘rqish dardiga duchor bo‘lgan.
Eynshteyn jon berayotganida uning so‘nggi so‘zlari ham o‘zi bilan birga ketgan — yonida o‘tirgan ayol
nemischaga tushunmagan.
Shekspir va Servantes bir kunda vafot etishgan — 1616 yilning 23 aprelida.
Ingliz yozuvchisi Virjiniya Vulf aksar kitoblarini tikka turgan holda yozgan.
Sara Bernar 13 yoshli Juletta rolini 70 yoshida o‘ynagan.
Uolt Disney bolaligida bir boyqushni qiynab o‘ldirgan. Shundan so‘ng u jonvorlarni multfilmlarda
«tiriltirish»ga kirishgan.
Bir kuni Betxoven «sayoqligi uchun» qamoqqa olingan.
Oyga qadam qo‘ygan astronavtlardan biri Bazz Oldrinning onasining qizlik familiyasi Mun — inglizcha
Oy ma’nosini bildiradi.
Yuliy Sezar sochlari to‘kila boshlaganini yashirish uchun dafna gulchambari taqib yurgan.
Jorj Vashington tomorqasida marixuana yetishtirgan.
Telefon kashfiyotchisi Aleksandr Bell onasi va xotiniga biron marta ham qo‘ng‘iroq qilmagan — ular
gung bo‘lishgan.
Dadaboyev Baxtiyor
8 a sinf o`quvchisi
''Qiziqarli ma'lumotlar''
FANLAR
Ippologiya-otlarni o'rganuvchi fan
Meteorologiya-Yer atmosferasi va undagi o'zgarishlarni o'rganuvchi fan
Glyatsiologiya-muzliklarni o'rganuvchi fan
Ixtiologiya-baliqlarni o'rganuvchi fan
Ornitologiya-qushlarni o'rganuvchi fan
Argologiya-suv o'tlarini o'rganuvchi fan
Teriologiya-sut emizuvchilarni o'rganuvhi fan
DUNYONING 7 MO'JIZASI:
1 MISR EHROMLARI
2 BOBILDAGI SEMIRAMIDA BOG'LARI
3 GELIOS HAYKALI
4 GALIKARNASDAGI MAVZOLEY
5 OLIMPDAGI ZEVS HAYKALI
6 ARTEMIDA IBOPDATXONASI
7 A.MAKEDONSKIY MAYOG'I
''OILANING 7 XAZINA'' SI BILAN TANISHING
:
1. SIGIR
2. ASALARI
3. IPAK
4. OBJUVOZ
5. TEGIRMON
6. O'RMON
7. TOVUQ
Karimova Muxtasar
9 d sinf o`quvchisi
The English Language
English is spoken practically all over the world. It is spoken as the mother tongue in Great
Britain, the United States of America, Canada, Australia and New Zealand. A lot of people speak
English in China, Japan, India, Africa and other countries. It is one of 6 official languages of the
United Nations. It is studied as a foreign language in many schools.
England's history helps to understand the present condition of English. Many English words
were borrowed from the language of Angles and Saxons. Hundreds of French words came into English.
These French words didn't crowd out corresponding Anglo-Saxon words. There exist "act" and "deed",
"beautiful" and "pretty", "form" and "shape".
Many new words were brought by traders and travelers. These words came from all parts of the
world: "umbrella" — from Italian, "skates" — from Dutch, "tea" — from Chinese, "cigar" - from
Spanish.
Some words came into English directly from Latin, which was the language of the church and
the universities in the Middle Ages.
Some of the English words of today are derivatives. One way of creating new words is to put
together two or more older English words. For example, the words "railway", "football", "newspaper"
are made in this way.
Many of the new English words — especially new scientific ones — have been made from
Latin and Greek words instead of English ones. "Telephone" for instance, was made from Greek
words "far" and "talk".
Sharipov Maqsadjon
9 d sinf o`quvchisi
Qiziqarli masalalar
1. Salim amaki 90 kunlik ta’tilini qishloqda o’tkazdi. Bunda u quyidagi qoidalarga qat’iy amal qildi:
xar ikkinchi kun (kun ora) cho’milishga, har uchinchi kun do’kondan mahsulotlar sotib olishga
bordi, har beshinchi kun esa bog’da ishladi. Birinchi kun Salim amaki hammasi bilan birdaniga
shug’ullandi va juda charchadi. Ta’til davomida nechta kun
a) “ yoqimli ” (bu kun u faqat cho’miladi);
b) “ zerikarli ” (hech qanday ish qilmaydigan kun.);
c) og’ir ( uchta ishni qilishi kerak bo’lgan kunlar) bo’ladi?
2. Ona stolga pechenielarni qo’yib, o’g’illariga maktabdan qaytgach pechenielarni teng bo’lib
olishlarini tayinladi. Birinchi bo’lib maktabdan Anvar qaytdi. U pechenielarni uchdan birini olib
ketdi. Keyin Sarvar qaytdi, u stolda turgan pechenielarning uchdan birini olib ketdi. Oxirgi bo’lib
Sardor qaytdi va qolgan pecheniyelarning uchdan birini oldi. Agar Sardor 4 ta pecheniye olgan
bo’lsa, stol ustida dastlab nechta pecheniye bo’lgan?
3.Dehqon sotish uchun bozorga karam olib chiqdi. Birinchi xaridorga barcha karamlarning yarmini va
yana yarimta qaram sotdi. Ikkinchisiga esa qolgan karamlarning yarmini va yana yarimta karam
sotdi va hokazo. Oxirgi – oltinchi haridorga ham qolgan karamlarning yarmini va yana yarimta
karam sotdi. Shundan so’ng uning karamlari tugadi. Dehqon bozorga nechta karam olib chiqqan?
Sotiboldiyev Alijon Do`stboyev Farruxbek Olimjanova Mohinur
5”b” sinf o`quvchisi 7”b”sinf o`quvchisi 5”a”sinf o`quvchisi
Buvijionim Kapalak Onajonim
Bizga mehribonlar doim, Guldan gulga qo`nasan, Oq yuvib oq taragan,
Boshimizni silaylar. Dovonlardan oshasan. Boshlarimdan silagan,
Qo`llari ochiq hamish Nega buncha shoshasan Faqat bizni o`ylagan,
Ezgu niyat tilaylar Ayta qol eykapalak Onajonim onajon.
….65da yoshlari Seni tutib olaman, Charchashni hech bilmagan,
Oq-qoradir sochlari, O`z bog`imga solaman. Kecha kunduz tinmagan,
Mazali ovqatlari. Suyib qarab qolaman Faqat bizni o`ylagan,
Buvijonim jona-jonim. Kapalakjon kapalak. Onajonim onajon.
Shirin-shakar so`zlari Bog`imga xush kelibsan O`zi yemay yedirgan,
Mehribonlar o`zlari. Guldan-gulga yelasan O`zi ichmay ichirgan ,
Kulib turar yuzlari Meni ham do`st deb bilibsan O`zi kiymay kiydirgan,
Buvijonim jona-jonim. Uchaqol -ey kapalak. Onajonim onajon.
Axrorova Tursunoy 9 ”b”sinf o`quvchisi
Bahor sog`inchi
Mana qish ham keldi oppoq qor bilan,
Atrofda sukunat, jimjitlik tanho.
Qish ham tarovatli g`ozaldir ammo,
Bahorni sog`inib yashayman goho.
Bahorga oshufta bo`lsam na qilay,
Bahor yomg`iridek oqqim keladi.
Bahorni eng yaqin do`stim deb bilay,
Armonlarim shamol bo`lib yeladi.
Bahor shamoliga qo`shilib ketay,
Mayli olib ketsin uzoq-uzoqqa.
Qalbim bahor faslin suysa men netay,
Axir ketolmayman qalbdan yiroqqa.
Bahorni kutyapman intizor bo`lib,
Go`yo dardlar qishda muzlab qoladi.
Aytsam qalbda armon ketadi – ku
to`lib,
Tezroq kela qolsang nima bo`ladi?!
Kutyapman intizor bo`lib har so`zing.
Iltimos, alamlar yuttirma boshqa,
Tezroq kelaqolgin, bahorim, o`zing,
Yo`lingga zor qilib kutdirma boshqa.
Ahmadjanova Muhtasar
9”d”sinf o`quvchisi
Konstitutsiya Baxtimiz Qomusi
Bizni elga tanitgan,
Burchimizni o`rgatgan.
Huquqimiz yod etgan,
U bizni qomusimiz.
Unda birinchi bo`lim,
Muqaddima atalar.
Aniqroq aytsak agar,
Asosiy prinsplar.
Ikkinchi bo`lim esa,
Fuqarolar to`g`risida.
Haq-huquqni belgilar,
Insonlar orasida.
Uchinchi bo`lim esa,
Jamiyat va shaxs uchun.
Muammolar bo`lmaydi,
Ular go`yo bir butun.
To`rtinchi bo`lim arbob,
Davlat tuzilishidir.
Bor yo`g`i ikkita bob,
Xududiy birlashishdir.
Beshinchi bo`limdachi,
To`qqizta boblar bordir.
Davlat xokimiyatining
Tashkil etilishidir.
Oltinchi b`olim esa,
O`zgartirish haqida
Yangilik qilish mumkin.
Bizning Konstitutsiyada!
Ergashev Diyorbek
5 b sinf o`quvchisi
Qorbobo
Yangi yil kechasida
Qorbobo chanasida
Uyimizga keladi,
Bizni xursand qiladi.
Qorboboni kutar hamma,
Kundan boshlab tungacha.
Sovg`alarni ulashar
Bizni xursand qiladi.
Abdullayeva Sojida
7 b sinf o`quvchisi
Ona mehri
Men dunyoga keldim-u,
Sizni ko`rdim onajon.
Turardingiz menga qarab,
Orzu umidlar bilan.
Men go`yo tushungandek,
Sizga qarab jilmaydim.
Meni mahkam quchoqlab,
Zurriyodim deb erkalab.
Men esa asta sekin,
Yurishni ham boshladim.
Birinchi bo`lib tildan,
Ona degan so`z chiqdi.
O`ynab – kuldim, o`tdi davrim,
Yetti yoshga to`libman.
Onam esa o`ylardi,
Yaxshi maktab izlardi.
Ahiri topdi izlab,
Yetakladi qo`limdan.
Birinchi sinfga u
Men o`qidim u yerda.
Bilim izlab bir dunyo,
Onam xursand bo`lardi.
Dono qizim meni deb,
Mana to`rt yil o`tibdi.
Jilmayib onam derdi,
Yur men bilan qizim deb.
To`xta qizim mana-bu
Sening yangi dargohing.
U yerda bilim oldim,
Juda yaxshi mustahkam.
Oradan uc yil o`tdi,
Men yettinchi sinfman.
Rahmat sizga onajon
Baxtimizga bol`ing omon.
Siz doimo sog` bo`ling,
Mening mehribon onam.
Do`stlar sizga maslahat,
Onalarni e’zozlang.
Sovuq kunda taxt bo`lib,
Issiq kunda soyabon.
Jo`raxonov Orifjon
7 b sinf o`quvchisi
Qish
Laylak qor yo`g`di qishda,
Maza qilib o`ynadik.
Quvonchlar sig`may ichga,
O`ynab sira to`ymadik.
Yayradik, ko`p quvnadik.
Chanalarda o`ynadik.
Qorbobo, qorqiz yasab,
Shodliklar-la quvnadik.
Daraxtlar oppoq libos,
Kiyib oldi egniga.
Xayvonlar-u, daraxtlar,
Ketdi endi uyquga.
Xech ham yechmas bolalar,
Qo`lidan qo`lqopini.
Tushmas sira ustidan,
Palto, sharf va qalpog`i.
Yurib bo`lmas ko`chada,
Yiqilamiz garchida,
Extiyot bo`lmoq darkor,
Sovuq qishlar faslida.
Mashinalar to`xtaydi,
Muz va qorlar ustida.
Xamidullayev Sanjarbek
5 b sinf o`quvchisi
Bobojon
Bobojonim mehribonim,
Yuzlarga kiring jonajonim.
Siz aytsangiz nabiram,
O`g`lon bo`ladi deysiz.
Vataniga sodiq bo`lar
Ko`rganlar hayron qolar.
Yurtiga jon kuydirar,
Askar bo`ladi deysiz.
O`zbegimning baxtiga
Doim sog` omon bo`lgin,
Elni qo`riqlaydigan,
Xarbiy bo`ladi deysiz.
Ahmadjonov Doniyorbek
5 b sinf o`quvchisi
Otajonim Avaylaysiz siz bizni
Boshingizga ko`targan.
Qayg`uni ham yengasiz,
Otajonim, otajon.
Ko`nglimizni olasiz,
Bizni katta qilasiz,
Boshimizni silaysiz
Otajonim, otajon.
Hoshimov Omadbek
7 b sinf o`quvchisi
Bobojonim
Tabassumlar hamrohi,
Ertaklar so`zlar gohi.
Umringiz gard ko`rmasin,
Suyanchig`im - bog`bonim.
Baxtimga yuzga kiring,
Kamolim tongin ko`ring.
Dastyoringiz bo`laman,
Mening shohim, sultonim.
Duogo`y bobojonim.
Abdurahmonova Shoxsanam
7 a sinf o`quvchisi
Saroyimning qiziman
Osmonlarda uchaman,
Yulduzlarni quchaman.
To`marisning o`ziman,
Saroyimning qiziman.
Intilganga tole yor,
Degan dono maqol bor.
Egallab ilmu-fanni
Mo`jiza yarataman.
Ona yurtim dovrug`in,
Olamga tarataman.
Xasanov Abdulhay
5 a sinf o`quvchisi
Oppoq qish
Qishning momiq parlari,
Yerlarga orom berar.
Daraxtlardagi oq qor,
Bo`yalganday yaltirar.
Hamma bola ko`chada,
Qiy-chuvlashib o`ynashar.
Chanada-yu, chag`ida
Maza qilib yayrashar.
Irmoqlar ham oq durdan,
Munchoqchalar taqishgan.
Qishning zavqin jo`shitib,
Qorbobolar yasashgan.
Diyorimiz o`ralar,
Oppoq kumush choyshabga.
Qish hayrli keladi,
Bizning O`zbekistonda.
Abduhalilova Malika
7 b sinf o`quvchisi
Muallim
Qo`llarga qalam tutgan
Kelishimizni kutgan.
Xafa qilsak unutgan,
Rahmat sizga muallim.
Qalblarga nur tashlagan,
To`g`ri yo`lga boshlagan.
Qancha ardoqlasang kam,
Rahmat sizga muallim.
Madrahimova Mahliyo
7 b sinf o`quvchisi
Детские считалочки
Будем в прятки мы играть
Раз два—три—четыре—пять,
Будем—в прятки—мы—играть.
Небо—звёзды—луг—цветы
Ты—пойди-ка—пово—ди!
Аты-баты
Аты—баты—шли—солдаты,
Aты—бaты—на—базар.
Аты—баты—что—купили?
Аты—баты—само—вар.
Аты—баты—сколько—стоит?
Аты—баты—три—рубля
Aты—бaты—он—какой?
Аты—баты—золо—той.
Дoктop
Доктop—едет—на—быке
С бала—лаеч—кой—в руке.
Ахи, ахи, ахи, ох
Ахи—ахи—ахи—ох,
Маша—се—яла—горох,
У—родился—он—густой,
Мы—помчимся—ты—постой!
Muxtasarxon Erkinova
9 D sinf o`quvchisi
Mohir pazanda
BAYRAM DASTURXONI UCHIN
“JELELI TORT”
Masalliqlar:
Biskvitga: -6 ta tuxum
-2 st shakar
-2 st saryog' (tuzli saryog' ishlatilsa tuz solinmaydi, tuzsiz saryog' bo'lsa 1
chimdim tuz solinadi)
-2 choy-q baking powder
-2.5 st un
Kremi:
-4 ta tuxum
-0.5 st shakar kukuni
-1 osh-q un(to'la emas)
-1 paket jele(1/4 st suvda eritib olinadi)
-1/4 st sut
-tort ustiga sepish uchun yeryong'oq maydalangani va shakar upasi
Christmas DinnerChristmas Dinner
Tayyorlash:
Avval kremni tayyorlaymiz. Shakar upasi bilan tuxum sarig'ini yaxshilab aralashtirib, past olovda
qaynab turgan sutga solib yaxshilab aralashtirib turiladi. Un solib quyuq qaymoq holiga kelguncha
aralashtirib turiladi. Suvda eritilgan jeleni solib, past olovda quyilguncha yaxshilab aralashtirib turiladi.
Ko'pirtirilgan tuxum oqini solib, aralashtiramiz.
Tuxum oqi sarig'idan ajratilib, oqini yaxshilab ko'pirtiriladi. Shakar solib, yaxshilab ko'pirtiriladi.
Sarig'ini solib, aralashtiramiz. Keyin saryogni ham solib aralashtiriladi.
Un solib aralashtirib, biskvit xamiridan sal quyuqroq bo'ladi.
Xamirni to'rtga bo'lib, har birini yog'langan listda 'convention oven'da 250Cda 10 minutda pishirib
olinadi. Sirop uchun 0.5 st sut bilan 1/4 shakar bilan aralashtirib olamiz, uni pishgan biskvitning ustiga
suramiz.
Sirop surilgan har bir biskvitning ustiga jeleli kremni surib, taxlab chiqamiz. Eng ustki qavatiga
yeryong'oq maydalangani bilan shakar upasini aralaashtirib, sepamiz. Tortimiz tayyor.
Y O Q I M L I I S H T A H A !
Gulsaraxon Saidmamatova
Mehnat ta’limi o`qituvchisi
Rus yozuvchisi A. P. Chexov: «Insonda hamma narsa go`zal bo`lmog'i lozim: yuzi
ham, kiyimi ham, qalbi ham, fikri ham», — degan edi.
Insonning tashqi qiyofasi uning umumiy madaniyati va saviyasidan dalolat beradi.
Odamlar orasida go`zal va zamonaviy bo`lish istagi yoshlikning asosiy intilishidir. Lekin tashqi
qiyofa go`zalligi uchun intilish yagona maqsad bo`lmasligi lozim. Shu bilan birga, insonning
did bilan kiyinishi ham san'atdir.
Moda — ijtimoiy hodisa. U faqatgina kiyimda namoyon bo`lmaydi. Moda har doim
kimgadir, nimagadir taqlid qilish ehtiyojidir. Moda bo`lgani uchun shu rangni tanlash,
hamma kiygani uchun shu kostyumni kiyish, moda bo l̀gani uchun uyni shunday mebellar bilan
jihozlash, moda bo l̀gani uchun shunday so`zlashish kishilar orasida urf bo`lgan. Ammo
madaniyatli kishilarning o`z madaniy saviyalaridan kelib chiqib modaga munosabat
bildirishlari ham tarbiya ko`rsatkichidir. Quyida biz galstuk (bo`yinbog`) bog l̀ashing bir necha
usullarini e’tiboringizga havola qilamiz:
1 2 3 4 5
6 a sinf o`quvchisi M.Mamadjonova 5 b sinf o`quvchisi A.Mavlonov
6 b sinf o`quvchisi H.Abdurahmonov 5 b sinf o`quvchisi G.Olimjonova
6 b sinf o`quvchisi U.Xolmirzayev 5 a sinf o`quvchisi I. Tohirjonova 5 b sinf o`quvchisi O.Abdulboqiyeva
6 b sinf o`quvchisi Sh.Umarov Xolmamatova Nilufar
9 d sinf o`quvchisi Sh.Mamatvaliyeva 7 b sinf o`quvchisi S.Abdullayeva
Find the wordsFind the words
• chcandleryut
•• aytreejnmkaytreejnmk
• kholidaynmpo
•• yhstockinglaeyyhstockinglaey
•• urcardykurcardyk
•• nasleighydenasleighyde
Fill in the missing vowelsFill in the missing vowels
1. s l _ _ g h 2. s t _ c k _ n g
3. c _ n d l _4. D _ c _ m b _ r
5. С _ r r _l l
UMID jurnali barcha - barchani yangi
2015 - yil bilan tabriklaydi. Baxt,
omad, yangidan-yangi zafarlar tilaydi.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo
bo`lishini tilab o`tayotgan yilda
jurnalimiz bilan birga bo`lgan aziz
insonlarga tashakkur bildiradi!
Yangi yilda ko`rishguncha!!!
Bosh muharrir Q.Q.Qosimov
Loyiha koordinatorlari H.Yunusov, M.Tursunov, Sh.Usmonova
Dizaynerlar A.A.Jo`raboyev, SH.Qosimov
Asosiy hamkorimiz: “Ziyo FOTO” studiyasi
2015 yil kalendari