Upload
others
View
72
Download
0
Embed Size (px)
Citation preview
AXBOROT TIZIMLARI
FAN DASTURI
Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar
Ta‟lim sohasi: 110000 – Pedagogika
Ta‟lim yo„nalishi: 5110700 – Informatika o„qitish metodikasi
2
A.A.Abduqodirov - «Informatika o„qitish metodikasi» kafedrasi professori,
pedagogika fanlari doktori
R.Y.Mexmonov – “Informatika o„qitish metodikasi” kafedrasi o„qituvchisi
Taqrizchilar:
Axatov A.R. – SamDU Amaliy matematika va informatika fakulteti
dekani, texnika fanlari doktori, professor
Yuldаshеvа U.T. – TTЕSI qоshidаgi аkаdеmik litsеy dirеktоri, texnika
fanlari nomzodi
3
I. O„quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o„rni
Bugungi axborotlashgan jamiyatning har bir a‟zosining axborotga bо„lgan
ehtiyoji, uning rivojlanishi, aniqligi, tezligi, sifati va boshqa hususiyatlariga bо„lgan
talabi ortib bormoqda. Ushbu talab va ehtiyojdan kelib chiqib, axborot
texnologiyalari, ularni qо„llash va foydalanish tizimlari kun sayin rivojlanib, hayotga
tadbiq qilib kelinmoqda. О„zbekiston Respublikasidagi ta‟lim sohasida olib
borilayotgan islohotlar, axborot tizimlari va texnologiyalarining rivojlanishi yо„lidagi
joriy etilayotgan yangiliklar bizning ushba “Axborot tizimlari” fanining mazmunini
yangilashga ham turki bо„lmoqda. Mazkur fanni zamonaviy axborot va pedagogik
texnorlogiyalar asosida о„qitish uning bugnungi kun bilan bilan hamnafas kadrlarni
chiqarishning muhim omilidir. Ushbu fanning rivojlanishi – barcha fan va
sohalarning rivojlanishiga, ularninig bog„liq ravishda ishlashiga, axborotga
qо„yiladigan talablarni yetarlicha bajarilishiga turtki bо„ladi. Fanning о„rni barcha
sohadagi axborot tizimlarining ishlash prinsiplarida ijobiy о„zgarishlar va natijalarda
namoyon bо„ladi.
“Axborot tizimlari” fanidan olingan bilim, ko„nikma va malakalar
umumta‟lim maktablari, akademik lisey va kasb-hunar kollejlaridagi kasbiy
faoliyatida asosiy o„rin tutib, yoshlarga bilim berishda va mutaxassis tayyorlashda
muhim ahamiyat kasb etadi. Bu fanni o„zlashtirishi bo„lajak fan o„qituvchisining
umumta‟lim maktablari, akademik litsey va kasb–hunar kollejlarida “Informatika”
yo„nalishidagi fanlarni o„qitish uchun yetarlicha bilimlarga ega bo„lgan kadr sifatida
ishlashiga imkon yaratib beradi.
“Axborot tizimlari” fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 3
va 4-kursda o„qitilishi maqsadga muvofiq. “Axborot tizimlari” fani “Informatika
o„qitish metodikasi” ta‟lim yo„nalishida o„qitiladi. Mazkur fan Informatika,
Dasturlash tillari, kompyuter tarmoqlari, Kompyuter grafikasi, Ma‟lumotlar bazasi,
Kompyuter ta‟minoti kabi fanlarning nazariy va uslubiy asosini tashkil qilib, o„z
rivojida aniq va tabiiy fanlar uchun zamin bo„lib xizmat qiladi.
II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi
“Axborot tizimlari” fanini o„qitishdan maqsad - bo„lajak informatika
o„qituvchisining kasbiy sohasida egallashi lozim bo„lgan bilimlar va amalda qo„llash
uchun ko„nikma va makalalarni shaklantirish va rivojlantirishdan iborat. Unda har bir
kasb egasining faoliyati kerak bo„lgan tayanch nazariy va amaliy ma‟lumotlarni o„z
ichiga oladi.
“Axborot tizimlari” fanining vazifasi:
- tizim, tizim va muhit munosabatlari, tizim tarkibiga kiruvchi elementlar,
tizimlarning faoliyatini va rivojlanishini xarakterlovchi asosiy tushunchalar hakida
bilimlar berish;
- axborot tizimlari, axborot tizimlaridagi uchraydigan tushunchalar va ularning
ishlatilishi haqidagi tasavurlarini kengaytirish;
- texnologiya tushunchasi, axborot texnologiyalari va ularning turlari, ta‟minoti,
vositalari haqidagi bilimlarni rivojlantirish;
- ta‟limda axborot va kommunikasiya texnologiyalari va ularning qullanilishi
haqidagi dunyoqarashirin shakllantirish;
4
- axborot-kommunikasiya texnologiyalari vositalaridan ta‟lim jarayonida
foydalanishning istiqbolli yo„nalishlari va kelajagi xaqidagi bilimlarni o„rgatishdan
iborat.
Fan bo„yicha talabalarning bilim, ko„nikma va malakalariga quyidagi talablar
qo„yiladi. Talaba:
- tizim va uning turlari, tizim tarkibiga kiruvchi elementlar, tizimlarning
maqsadi, tuzilmalar turi va shakllari, tizimlarning faoliyatini va rivojlanishini
xarakterlovchi asosiy tushunchalar, tizimlarning tasnifi, tizimlarni faoliyat kо„rsatish
va rivojlanish qonuniyatlari, tizimlarning hayot sikli, tizimli tahlil metodlari va
modellari, fan va texnikada tizimli yondoshuv, axborot tizimlarining tuzilmasi va
turlari, axborotlarni izlash va tanlash tamoyillari, ma‟lumotlarning axborotli
modellari, axborot texnologiyalari va ularning turlari, ta‟minoti, vositalari, dasturiy
vositalari, ma‟lumotlar bazasi va banki, ekspert tizimlar, multimedia, tarmoq va
Internet texnologiyalari distansion (masofaviy) ta‟lim texnologiyasiga doir bilimga;
- tizim va uning turli ta‟riflarini, tizim va muhit munosabatlarini, tuzilmalar,
tuzilmalar turi va shakllarini, sodda va murakkab, ochiq va yopiq, statik va dinamik,
yaxshi tashkillashgan, yomon tashkillashgan va о„z-о„zini tashkillashtiruvchi
(rivojlanuvchi), tizimlarni faoliyat kо„rsatish va rivojlanish qonuniyatlari, aqliy
hujum, ekspertli baholash, modellashtirish, fan va texnikada tizimli yondoshuvni,
axborot tizimlari va ularda ma‟lumotlarni tasvirlash va tashkil etish, faktografik,
relyatsion, iyerarxik, tarmoqli, axborotli modelni yaratish bosqichlarini, axborot
texnologiyalarining dasturiy vositalarini, axborot texnologiyalarining turlari va ularda
ishlash ko‘nikmasiga;
-axborot tizimlaridan foydalanish, axborot tizimlaridan dasturiy vositalari bilan
ishlay olish, turli axborot texnologiyalarini (multimedia, tarmoq, internet, masofaviy
ta‟lim texnologiyalarida ishlash va ularni tashkil eta olish malakasiga ega bо‘lishi
lozim.
III. Asosiy nazariy qism (ma‘ruza mashg‘ulotlari)
1-MODUL. TIZIMLARNING UMUMIY TA’RIFI
1-mavzu. Tizim tushunchasi va uning turli ta’riflari
Tizim tushunchasi va uning turli ta‟riflari, tizim va muhit munosabatlari, tizim
tarkibiga kiruvchi elementlar, aloqa va teskari aloqa, tuzilmalar, tuzilmalar turi va
shakllari, tizimlarning faoliyatini va rivojlanishini xarakterlovchi asosiy
tushunchalar: holati, o„zini tutishi, muvozanatliligi, turg„unligi, rivojlanishi
2-mavzu. Tizimlarning tasnifi
Tizimlarning tasnifi: sodda va murakkab, ochiq va yopiq, yaxshi tashkillashgan,
yomon tashkillashgan va o„z-o„zini tashkillashtiruvchi(rivojlanuvchi).
3-mavzu. Tizimlarning faoliyat ko‘rsatish va rivojlanish qonuniyatlari
Tizimlarni faoliyat ko„rsatish va rivojlanish qonuniyatlari: yaxlitlik,
integrativlik, kommunikativlik, ierarxlilik, tarixiylik, o„z-o„zini
5
tashkillashtiruvchanlik, tizimli tahlil, tizimli tahlil metodlari va modellari: aqliy
hujum, ekspertli baholash, modellashtirish va boshqalar, fan va texnikada tizimli
yondoshuv.
4-mavzu. Axborot tizimlari
Axborot tizimlari, axborot tizimlarining tuzilmasi va turlari, axborot tizimlar va
kompyuterlar.
5-mavzu. Axborot tizimlarida ma’lumotlarni tasvirlash.
Axborot tizimlarida ma‟lumotlarni tasvirlash va tashkil etish, axborotlarni izlash
va tanlash tamoyillari,
6-mavzu. Ma’lumotlarning axborotli modellari
Ma‟lumotlarning axborotli modellari: faktografik, relyasion, ierarxik, tarmoqli;
axborotli modelni yaratish bosqichlari, ma‟lumotlar modelining turlari, predmet
sohasining konseptual modeli.
2- MODUL. Axborot texnologiyalari
7-mavzu. Axborot texnologiyalari va ularning turlari
Texnologiya tushunchasi, axborot texnologiyalari va ularning turlari, axborot
texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari, axborot texnologiyalarining ta‟minoti,
8-mavzu. Zamonaviy axborot texnologiya vositalari
Zamonaviy axborot texnologiya vositalari, matnni qayta ishlash texnologiyasi
va uning dasturiy vositalari, grafik axborotlar bilan ishlash texnologiyasi va uning
dasturiy vositalari, sonli axborotlar bilan ishlash texnologiyasi va uning dasturiy
vositalari, ma‟lumotlar bazasi va banki haqida ma‟lumotlar, ekspert sistemalari
haqida ma‟lumotlar,
9-mavzu. Multimedia texnologiyalari, tarmoq texnologiyalari Multimedia texnologiyalari, tarmoq texnologiyalari, Internet texnologiyasi va
uning xizmatlari, distansion (masofaviy) ta‟lim texnologiyasi.
10-mavzu. Axborot texnologiyalari evolyusiyasi.
Axborot texnologiyalari evolyusiyasi – axborot texnologiyalari taraqiy
etishining asosiy bosqichlari, Axborotlarni taqdim etish tizimlarining rivojlanishi,
kommunikasiya tizimining rivojlanishi, avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari
evolyusiyasi, axborot texnologiyalarining rivojlanish tendensiyasi.
11-mavzu. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari – tashkilotni boshqarishning
avtomatlashtirilgan axborot tizimi, avtomatlashtirilgan axborot tizimining konseptual
modeli, axborot tizimining funksional modeli, axborot muxiti, axborot tizimining
namunaviy tarkibi,
6
12-mavzu. Avtomatlashtirilgan axbort tizimining tuzilmasi va ta’minoti.
Avtomatlashtirilgan axbort tizimining tuzilmasi va ta‟minoti,
avtomatlashtirilgan axborot tizimining hayotiy sikli.
13-mavzu. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlaring tasnifi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlaring tasnifi – darajasiga ko„ra
avtomatlashtirish, boshqaruv jarayoni ko„rinishiga ko„ra qo„llanish sohalari bo„yicha
avtomatlashtirish yo„llari, integrasiyalashuviga ko„ra axborot tizimining sinflari, sinf
darajasiga ko„ra axborot tizimlari. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari evolyusiyasi-
axborot tizimlaridan foydalanishga nisbatan yondoshuvning o„zgarishi, qaror qabul
qilishni qullab quvvatlash tizim va uning evolyusiyasi, aviakompaniya tizimi,
geografik tizim, qaror qabul qilishga yordamlashuvchi tizim darajalari, ekspert tizimi.
14-mavzu. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari samaradorligi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari samaradorligi - avtomatlashtirilmagan va
avtomatlashtirilgan tizimning afzalliklari va ularning farqlari, avtomatlashtirilgan
axborot tizimini tadbiq etishning samarali yo„llari. Avtomatlashtirilgan axborot
tizimini yaratish va rivojlantirishning zamonaviy tendensiyasi va omillari.
3-MODUL. Ta’limda axborot va kommunikasiya texnologiyalari
15-mavzu. Axborot-kommunikasiya texnologiyalari
Axborot-kommunikasiya texnologiyalari haqida tushuncha, axborot-
kommunikasiya texnologiyalari vositalari va ularni ta‟lim jarayonida qo„llash
imkoniyatlari, shaxsning ta‟lim, tarbiyasi va rivojlanishida zamonaviy axborot
texnologiyalari va pedagogik dasturiy vositalari.
16-mavzu. Axborot-kommunikasiya texnologiyalari vositalarini yaratish
Axborot-kommunikasiya texnologiyalari vositalarini yaratish va o„quv-tarbiya
jarayonida qo„llashning didaktik asoslari, o„quv maqsadli elektron vositalarni yaratish
va foydalanishdagi pedagogik-ergonomik talablar va ularni sifatini baholash.
17-mavzu. O‘quv-tarbiya jarayonining axborot-metodik ta’minotini
O„quv-tarbiya jarayonining axborot-metodik ta‟minotini va o„quv muassasasi
tashkiliy- boshqaruv tizimini avtomatlashtirish va uning istiqbollari, elektron o„quv
materiallar bazasining tuzilmasi va tarkibi, ta‟limiy Internet resurslar va ulardan
o„quv jarayonida foydalanish, elektron o„quv-metodik materiallar majmuasi, uning
tuzilmasi va tarkibi.
18-mavzu. Axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan ta‟limiy maqsadlarda
foydalanish.
Axborot-kommunikasiya texnologiyalari vositalaridan ta‟limiy maqsadlarda
samarali va xavfsiz foydalanishning pedagogik-ergonomik shart sharoitlari,
informatika va axborot texnologiyalari xonasiga qo„yiladigan talablar va unda ish
7
jarayonini tashkil etishning metodik jihatlari, axborot-kommunikasiya texnologiyalari
vositalaridan ta‟lim jarayonida foydalanishning istiqbolli yo„nalishlari va kelajagi.
IV. Amaliy mashgʻulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar Amaliy mashg‛ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
1. Axborot tizimlarida ma‟lumotlarni tasvirlash va tashkil etish, axborotlarni
izlash
2. Ma‟lumotlarning axborotli modellari
3. Zamonaviy axborot texnologiya vositalari bilan tashishi
4. Grafik axborotlar bilan ishlovchi dasturiy vositalari bilan ishlash
5. Sonli axborotlar bilan ishlash texnologiyasi va uning dasturiy vositalari bilan
ishlash
6. Ma‟lumotlar bazasi va banki haqida ma‟lumotlar
7. Multimedia texnologiyalari bilan ishlash
8. Internet texnologiyasi va uning xizmatlari, distansion (masofaviy) ta‟lim
texnologiyasi bilan ishlash
9. Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari bilan tanishuv
10. Avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish
11. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlar evolyusiyasi
12. Ekspert tizimi.
13. Avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish va rivojlantirishning zamonaviy
tendensiyasi va omillari
14. Shaxsning ta„lim, tarbiyasi va rivojlanishida zamonaviy axborot
texnologiyalari va pedagogik dasturiy vositalari
15. Axborot – kommunikasiya texnologiyalari vositalarini yaratish va o„quv-
tarbiya jarayonida qo„llashning didaktik asoslari
16. O„quv maqsadli elektron vositalarni yaratish va foydalanishdagi pedagogik-
ergonomik talablar va ularni sifatini baholash
17. Ta„limiy Internet resurslar va ulardan o„quv jarayonida foydalanish
18. Elektron o„quv-metodik materiallar majmuasi, uning tuzilmasi va tarkibi
Amaliy mashgʻulotlar multimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada har
bir akadem guruhga alohida oʻtiladi. Amaliy mashg„ulotlarni tashkil etish bo„yicha
kafedra professor-o„qituvchilari tomonidan ko„rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Shuningdek, darslik va o„quv qo„llanmalar, ma‟lumotnomalar, pedagogik
ensiklopediyalar, lugʻatlar, ma‟ruza matnlari, tarqatma materiallar asosida talabalar
bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, mavzular
bo„yicha ko„rgazmali qurollar tayyorlash va boshqalar tavsiya etiladi. Mashgʻulotlar
interfaol metodlar yordamida oʻtiladi. Unda «Aqliy hujum», «BBB», «Venn
diagrammasi», «T-chizma», «Insert», «FSMU», «Klaster», «Bumerang», «Qanday?»,
«Nima uchun?», «Insert», «SWOT» tahlil, «Yelpigʻich» kabi metodlar qoʻllaniladi.
Koʻrgazmali materiallar va axborotlar multimedia vositalari yordamida uzatiladi.
V. Laboratoriya mashgʻulotlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Laboratoriya mashg‛ulotlari uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
8
- axborot tizimlarida ma‟lumotlarni tasvirlash va tashkil etish, axborotlarni
izlash, ma‟lumotlarning axborotli modellari: faktografik, relyasion, ierarxik, tarmoqli;
axborotli modelni yaratish bosqichlari
1. Axborot tizimlarida ma‟lumotlarni tasvirlash va tashkil etish, axborotlarni
izlash
2. Ma‟lumotlarning axborotli modellari: faktografik, relyasion, ierarxik, tarmoqli;
axborotli modelni yaratish bosqichlari
3. Ma‟lumotlarning axborotli modellari: faktografik, relyasion, ierarxik, tarmoqli;
axborotli modelni yaratish bosqichlari
4. Zamonaviy axborot texnologiya vositalari bilan tashishi
5. Matnni qayta ishlash texnologiyasi va uning dasturiy vositalari bilan ishlash
6. Grafik axborotlar bilan ishlovchi dasturiy vositalari bilan ishlash
7. Grafik axborotlar bilan ishlovchi dasturiy vositalari bilan ishlash
8. Sonli axborotlar bilan ishlash texnologiyasi va uning dasturiy vositalari bilan
ishlash
9. Ma‟lumotlar bazasi va banki haqida ma‟lumotlar
10. Multimedia texnologiyalari bilan ishlash
11. Internet texnologiyasi va uning xizmatlari
12. Internetda distantsion ta‟lim texnologiyasi bilan ishlash
13. Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari bilan tanishuv
14. Avtomatlashtirilgan axbort tizimining tuzilmasi va ta‟minoti
15. Avtomatlashtirilgan axborot tizimining hayotiy sikli
16. Ekspert tizimlar bilan ishlash
17. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini o„rganish
18. Avtomatlashtirilgan axborot tizimini loyihalash
19. Avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish
20. Avtomatlashtirilgan axborot tizimini sinovdan o„tkazish
21. Axborot – kommunikasiya texnologiyalari vositalarini yaratish
22. O„quv-tarbiya jarayonida Axborot – kommunikasiya texnologiyalarini
qo„llash
23. O„quv maqsadli elektron vositalarni yaratish
24. Internet resurslar va ulardan o„quv jarayonida foydalanish
Laboratoriya mashg„ulotlarida talabalar ma‟ruzada egallagan bilimlarini
bevosita amaliyotda kompyuter texnologiyasi yordamida tadbiq qilishga olib keladi
va amaliy masalalarning kompyuterda tasvirlanish usullar bilan tanishadilar va
xulosalar chiqaradilar. Laboratoriya mashgʻulotlar multimedia qurilmalari bilan
jihozlangan auditoriyada har bir akadem guruhga alohida oʻtiladi. Mashgʻulotlarda
axborot (taqdimot, multimedia texnologiyalari) va ta‟limning zamonaviy
texnologiyalari hamda interfaol metodlar qoʻllanilib, koʻrgazmali materiallar va
axborotlar multimedia qurilmalari yordamida uzatiladi. Mustaqil o„zlashtiriladigan
mavzular bo„yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlanadi va uni taqdimoti
tashkil qilinadi.
9
VI. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Talaba mustaqil ta‟limni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini
hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
ma‟ruzalar qismini mustaqil o„zlashtirish;
elektron darsliklar va o„quv ko„llanmalar, avtomatlashtirilgan o„rgatuvchi va
nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash;
maxsus adabiyotlar bo„yicha fanlar bo„limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
yangi axborot-kommunikasiya texnologiyalarni o„rganish;
talabaning o„quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog„liq bo„lgan fanlar
bo„limlari va mavzularni chuqur o„rganish;
faol va muammoli o„qitish uslubidan foydalaniladigan o„quv mashg„ulotlari;
masofaviy ta‟lim.
Tavsiya etilayotgan mustaqil ta‟lim mavzulari:
1. Tashkilotlarda axborot tizimlariga kirish
2. Ma‟lumot, axborot va bilim
3. Global iqtisodiyotda axborot tizimlari
4. Kompyuter tizimlari turlari
5. Kompyuter tizimlari: turli texnologiyalar bilan intergratsiyasi
6. Dasturiy ta‟minot tizimi
7. Ma‟lumotlar bazasi tizimi
8. Telekommunikatsiyalar, Internet, Intranet, Extranet
9. Dinamik tizimlar haqida tushuncha
10. Statik tizimlar haqida tushuncha
11. Ochiq tizimlar haqida tushuncha
12. Yopiq tizimlar haqida tushuncha
13. Murakkab tizimlar haqida tushuncha
14. Sodda tizimlar haqida tushuncha
15. Axborot tizimlarida Internetning fuktsiyalari
16. Axborot tizimlarida Intranet, Extranet
17. Elektron va mobil tijorat tizimlari
18. Axborot va qaror qabul qilish tizimlari
19. Axborot tizimlarini boshqarish
20. Bilimlarni boshqarish va ixtisoslashgan axborot tizimlari
21. Ekspert tizimlaridan foydalanish
22. Multimedia va real voqelik
23. Ixtisoslashgan tizimlar
24. Rivojlantirish tizimlari
25. Tekshirish tizimlari
26. Tizimli tahlil
27. Amalga oshirish tizimlari
28. Boshqarish va ta‟minlash tizimlari
29. Kuzatish tizimlari
10
30. Axborot tizimlari va biznes muhit
31. Kompyuter sarfi va hatolari
32. Axborot tizimlarida kompyuter jinoyati
33. Axborot tizimining tarmoqli modeli
34. Axborotli modelni yaratish bosqichlari
35. Ma‟lumotlar modelining turlari
36. Predmet sohasining konseptual modeli
37. Shaxsning ta„lim va tarbiyasida zamonaviy axborot texnologiyalari
38. Shaxsning ta„lim, tarbiyasi va rivojlanishida pedagogik dasturiy
vositalari
39. Yomon tashkillashgan tizimlar
40. Ekspert tizimlari haqida ma‟lumotlar
41. Axborot tizimlaridan foydalanishga nisbatan yondoshuvning oʻzgarishi,
42. Qaror qabul qilishni qo„llab-quvvatlash tizim
43. Qaror qabul qilishni qo„llab-quvvatlash tizimining evolyusiyasi
44. Qaror qabul qilishga yordamlashuvchi tizim darajalari
45. Internet texnologiyasi va uning xizmatlari
46. Distantsion ta‟lim texnologiyasi
47. Yaxlitlik, integrativlik, kommunikativlik, ierarxlilik
48. Tarixiylik, oʻz-oʻzini tashkillashtiruvchanlik, tizimli tahlil
49. O„quv-tarbiya jarayonining axborot-metodik ta„minotini
50. O„quv muassasasi tashkiliy-boshqaruv tizimini avtomatlashtirish
51. Avtomatlashtirilgan axborot tizimini tadbiq etishning samarali yoʻllari
52. Avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish va rivojlantirishning
zamonaviy tendensiyasi va omillari
53. Avtomatlashtirilgan axborot tizimini boshqaruv jarayoni koʻrinishiga
koʻra qoʻllanish sohalari
54. Integrasiyalashuviga koʻra axborot tizimining sinflari
55. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari - tashkilotni boshqarishning
avtomatlashtirilgan axborot tizimi
56. Avtomatlashtirilgan axborot tizimining konseptual va funksional modeli
57. Avtomatlashtirilgan axbort tizimining tuzilmasi va ta‟minoti
58. Avtomatlashtirilgan axborot tizimining hayotiy sikli
59. Ta„limiy Internet resurslar va ulardan o„quv jarayonida foydalanish
Mustaqil o„zlashtiriladigan mavzular bo„yicha talabalar tomonidan
referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi.
VII. Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbalari
Asosiy adabiyotlar:
11
1. M Aripov, B.Begalov va boshqalar. Axborot texnologiyalari. O„quv qo„llanma.
T.:, “Noshir”, 2009 y.
2. С.С.Ғуломов ва бошқалар. Ахботор тизимлари ва технологиялари. Дарслик.
Тошкент, “Шарқ”, 2000 й.
3. M.T.Azimjanova, Muradova, M.Pazilova Informatika va axborot texnologiyalari.
O„quv qo„llanma. T.: “O„zbekiston faylasuflari milliy jamiyati”, 2013 y.
4. Xoshimov O. Kompyuterli va raqamli texnologiyalar. T.:, “Yangi asr avlodi”,
2009 y.
5. Под ред. Проф. Н.В.Макаровой. Информатика. Мет.пос. М.: Финансы и
статистика, 2003 г.
6. Федотова Д. CASE-технология. Москва, «Издательский дом БХВ», 2003 г.
7. Бондаренко С.В, Бондаренко М. 3DS max 7. Москва, «Издательский дом
Питер», 2006 г.
Qo‘shimcha adabiyotlar
8. Мирзиѐев Шавкат Миромонович. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон
давлатини биргаликда барпо этамиз. Ўзбекистон Республикаси Президенти
лавозимига киришиш тантанали маросимига бағишланган Олий Мажлис
палаталарининг қўшма мажлисидаги нутқ / Ш.М. Мирзиѐев. – Тошкент :
Ўзбекистон, 2016. - 56 б.
9. Мирзиѐев Шавкат Миромонович. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом
ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси
бўлиши керак. Мамлакатимизни 2016 йилда ижтимоий-иқтисодий
ривожлантиришнинг асосий якунлари ва 2017 йилга мўлжалланган иқтисодий
дастурнинг энг муҳим устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар
Маҳкамасининг кенгайтирилган мажлисидаги маъруза, 2017 йил 14 январ /
Ш.М. Мирзиѐев. – Тошкент : Ўзбекистон, 2017. – 104 б.
10. Мирзиѐев Шавкат Миромонович. Қонун устуворлиги ва инсон
манфаатларини таъминлаш – юрт тараққиѐти ва халқ фаровонлигининг гарови.
Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганининг 24 йиллигига
бағишланган тантанали маросимдаги маъруза. 2016 йил 7 декабр
/Ш.М.Мирзиѐев. – Тошкент: “Ўзбекистон”, 2017. – 48 б.
11. Мирзиѐев Шавкат Миромонович. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб
халқимиз билан бирга қурамиз. Мазкур китобдан Ўзбекистон Республикаси
Президенти Шавкат Мирзиѐевнинг 2016 йил 1 ноябрдан 24 ноябрга қадар
Қорақалпоғистон Республикаси, вилоятлар ва Тошкент шаҳри сайловчилари
вакиллари билан ўтказилган сайловолди учрашувларида сўзлаган нутқлари
ўрин олган. /Ш.М.Мирзиѐев. – Тошкент: : “Ўзбекистон”, 2017. – 488 б
12. Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони. Ўзбекистон
республикасини янада ривожлантириш бўйича ҳаракатлар стратегияси
тўғрисида. (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й., 6-
сон, 70-модда)
13. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. Т.: Ўзбекистон. 2014. -46 б.
14. Закирова Ф.М. и др. Информатика и информационные технологии. -
Ташкент: Aloqachi, 2007 г.
12
15. Шафрин Ю. Информационные технологии. – М.: Бином, 2003 г.
16. Симонов Ю.Ф. и др. Информационные технологии в экономике. – М.:
Феникс, 2003 г.
17. Михеева Е.В. Информационные технологии в профессиональной
деятельности. M.: Академия, 2004 г.
Internet saytlari
18. www. ziyonet. uz
19. www.edu.uz
20. http://kon-maksim.narod.ru/Index.html
21. http://technologies.su/informacionnye_tehnologii
22. http://www.ctc.msiu.ru/materials/Book1,2/index1.html
23. http://www.ctc.msiu.ru/materials/CS_Book/A5_book.tgz