329
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI AKADEMIYA DASTLABKI TERGOV FAOLIYATI PSIXOLOGIYASI O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidan Vazirlik oliy ta’lim muassasalari uchun darslik sifatida ruxsat etilgan O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi boshlig‘i, general-mayor Sh.T. Ikramovning umumiy tahririda TOSHKENT – 2015

DASTLABKI TERGOV FAOLIYATI PSIXOLOGIYASI - akadmvd.uzakadmvd.uz/wp-content/uploads/2015-sirliyev-terg-psxl-lot.pdf · boshqaruv psixologiyasi, pedagogik psixologiya, zoopsixologiya,

  • Upload
    others

  • View
    416

  • Download
    4

Embed Size (px)

Citation preview

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI

A K A D E M I Y A

DASTLABKI TERGOV FAOLIYATI PSIXOLOGIYASI

O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidan Vazirlik oliy ta’lim muassasalari uchun

darslik sifatida ruxsat etilgan

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi boshlig‘i, general-mayor Sh.T. Ikramovning umumiy tahririda

TOSHKENT – 2015

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Tahririyat-noshirlik hay’atida ma’qullangan

T a q r i z c h i l a r :

psixologiya fanlari nomzodi, falsafa fanlari doktori, professor R. S. Samarov;

psixologiya fanlari nomzodi, dotsent A. I. Rasulov;

O‘zbekiston Respublikasi IIV TBB boshqarma boshlig‘i Y. A. Abdulxaqov

D 24 Dastlabki tergov faoliyati psixologiyasi: Darslik / B.N. Sirliyev, I.A. Sottiyev va boshq.; Sh.T. Ikramovning umumiy tahririda. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2015. – 329 b.

Darslikda dastlabki tergov faoliyati, tergovchi shaxsi va muloqot jarayonining

psixologik tavsifi, profayling xizmati mazmun-mohiyati, olomon va terrorizm psixologiyasi, jinoyatchi shaxs va jinoiy guruhlar psixologiyasi, alohida tergov harakatlarini o‘tkazishning psixologik xususiyatlari, jumladan turli toifadagi shaxslar bilan psixologik aloqa va ishonchli munosabat o‘rnatish, ularga qonun doirasida psixologik ta’sir ko‘rsatish, protsess ishtirokchilarining turli xulq-atvor shakllari va ruhiy-emotsional holatlari: imo-ishora, mimika, yuz ifodasi, harakatlanishi, muomalasini psixologik jihatdan tushunishga oid nazariy va amaliy bilimlar bayon etilgan.

Ushbu darslik tinglovchi va talabalar, tadqiqotchi-izlanuvchilar hamda professor-o‘qituvchilarga, shuningdek, amaliyot xodimlariga mo‘ljallangan.

BBK 88.4ya73

© O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2015

3

SO‘Z BOSHI

Bugungi kunda mamlakatimizning tinchligi, osoyishtaligini ta’min-lash, jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish, jamiyatda adolat hamda qonun ustuvorligiga erishish ichki ishlar idoralari xodimlari, qolaversa, har bir fuqaroning muqaddas burchidir.

Mamlakatimizning ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan islohotlar Vatan himoyasi, yurt tinchligi hamda davlat kelajagi uchun jon-kuyar, olijanob, o‘z xizmat burchini sidqidildan bajaradigan fidoyi, vijdon-li xodimlarni tarbiyalab yetishtirish vazifasini qo‘ymoqda. Chunki bugungi murakkab sharoitda ichki ishlar idoralari xodimlarining xalq oldidagi nufuzini ko‘tarish, ularga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash bevosita ana shu islohotlar samarasiga bog‘liq.

Shu ma’noda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning ichki ishlar organlari xodimlarining kasb mas’uliyatiga oid quyidagi fikr-lari diqqatga sazovordir: «Bu sohada xizmat qiladigan odamlar o‘zining professional kasb va fuqarolik burchini, o‘z vazifasini qanchalik halol va sidqidildan ijro etishi mubolag‘asiz butun hokimiyatning obro‘si, kishilari-mizning adolatga ishonchi qay darajada bo‘lishini belgilaydi»1. Shu bois ichki ishlar organlari xodimlari xizmat vazifalarini bajarishda o‘zlariga berilgan vakolatlarni suiiste’mol qilmasliklari, aksincha, har bir huquq va vakolat ortida xalq hamda davlat oldidagi burch, mas’uliyat turishini to‘liq anglab yetishlari zarur.

Ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatining samaradorligini ta’min-lovchi omillar, shuningdek, ushbu faoliyatning psixologik jihatlari va o‘zi-ga xos xususiyatlarini o‘rganish, tahlil qilish, shu orqali bu faoliyatni tako-millashtirishning psixologik mexanizmlarini ishlab chiqish va tatbiq qilish davr talabidir.

Har qanday inson kundalik hayotida odamlar bilan uchrashib, mulo-qotga kirishadi va bu muloqotlar jarayonida har ikki tomon o‘zining ruhiy olamini namoyon qiladi. Ana shu ruhiy holatlarning barchasi inson psixi-kasini tashkil qiladi.

1 Каримов И. А. Ўзбек халқи ҳеч қачон, ҳеч кимга қарам бўлмайди. Т. 13. – Т., 2005. – Б.189.

4

Ichki ishlar organlari tizimida tergov faoliyati o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Chunki dastlabki tergov harakatlarini olib borish, voqea sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish, tintuv va boshqa tergov harakatlari doimiy ravishda jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, aybdor va boshqa turli toifadagi odamlar bilan uchrashish, ular bilan muloqotga kirishish zaru-ratini keltirib chiqaradi va tergovchidan chuqur psixologik bilimlarni talab qiladi. Bu esa xodimlardan psixologiya fanini, shuningdek, ichki ishlar idoralari faoliyatida yuz beradigan psixik hodisalar (ruhiy holatlar va jarayonlar, psixologik xususiyatlar)ni yaxshi bilish, ularga qarshi doimo tayyor turishni taqozo etadi.

Ushbu darslik aynan shu maqsadni ko‘zda tutgan bo‘lib, Davlat ta’lim standartlari hamda dastlabki tergov faoliyati psixologiyasi fanining o‘quv dasturi asosida tayyorlandi va ushbu fanning ayrim mavzularini chuqurroq o‘rganishni nazarda tutadi. Uni tayyorlashda E.G‘.G‘oziyev, X.Ruxiyeva, R.Z.Gaynutdinov, S.V.Asyamov, B.M.Umarov, U.D.Qodirov, A.V.Dulov, N.E.Muxammadiyev, R.S.Samarov, A.I.Rasulov, A.R.Ratinov, V.V.Romanov, N. Selivanov, M.I.Yenikeyev, V.L.Vasilyev, V.G.Glazirin, A.M.Chufarovskiy, G.P.Shixansev, R.Ronin kabi respublika va chet ellik psixolog olimlarning ilmiy izlanishlaridan foydalanildi.

Ushbu darslikni tayyorlashda quyidagi mualliflar: 1-bob – psixologiya fanlari nomzodi, dotsent B.N.Sirliyev, yuridik fanlar nomzodi, dotsent B.N.Rashidov va S.G‘.Razzoqov; 2-bob – psixologiya fanlari nomzodi, dotsent B.N.Sirliyev, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent I.X.Arifxod-jayeva va B.Y.Yesimbetova; 3-bob – psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Y.Y.Agzamova va yuridik fanlar nomzodi, dotsent D.M. Mirazov; 4-bob – psixologiya fanlari nomzodi, dotsent B.N.Sirliyev, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent R.X.Dushanov va yuridik fanlar nomzodi, dotsent B.B.Murodov; 5-bob – psixologiya fanlari nomzodi, dotsent B.N.Sirliyev va U.T.Turg‘unov; 6-bob – psixologiya fanlari nomzodi, dotsent B.N.Sirliyev va yuridik fanlar nomzodi Sh.A.Kulmatov; 7-bob – psixolo-giya fanlari nomzodi, dotsent B.N.Sirliyev, yuridik fanlar nomzodi M.M.Qalandarov, Y.A.Farfiyev va D.A.Kamolov; 8-bob – psixologiya fanlari nomzodi, dotsent B.N.Sirliyev, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent R.X.Dushanov va M.R.Cho‘tbayev; 9-bob – psixologiya fanlari nomzodi, dotsent B.N.Sirliyev, N.E.Dusanov va S.M.Nizamov; 10-bob – psixologiya fanlari nomzodi, dotsent B.N.Sirliyev va A.A.Sultonov; 11-

5

bob – psixologiya fanlari nomzodi, dotsent B.N.Sirliyev, yuridik fanlar nomzodi, dotsent B.N.Rashidov, yuridik fanlar nomzodi B.A.Rajabov va A.T.Imomnazarov; 12 va 13-boblar – psixologiya fanlari nomzodi, dotsent B.N.Sirliyev, N.E.Dusanov va O.D.Allanazarov; 14-bob – psixologiya fanlari nomzodi, dotsent B.N.Sirliyev, yuridik fanlar nomzodi, dotsent I.A. Sottiyev va Y.A.Farfiyev ishtirokida hammualliflikda tayyorlangan.

Shuni ta’kidlash joizki, darslik ushbu yo‘nalishda davlat tilida yaratilgan dastlabki ish bo‘lganligi bois, unda ayrim kamchiliklar, juz’iy xatolar bo‘lishi tabiiy. Mualliflar ushbu darslik yuzasidan bildirilgan barcha fikr-mulohazalar hamda takliflarni minnatdorlik bilan qabul qiladilar va kelgusida albatta inobatga oladilar.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi boshlig‘i,

general-mayor Sh. T. Ikramov

6

I BOB. DASTLABKI TERGOV FAOLIYATI VA TERGOVCHI SHAXSIGA PSIXOLOGIK TAVSIF

1-§. Dastlabki tergovning psixologik tavsifi

Dastlabki tergov mazmun-mohiyatiga ko‘ra jarayonni ifodalovchi tushuncha bo‘lib, o‘tmishda ro‘y bergan hodisani, uning elementlarini u haqida ma’lumotga ega manbalardan o‘rganish orqali qonunni qo‘llash, isbotlash va bu orqali haqiqatni aniqlash, adolat o‘rnatishga qaratilgan fikriy, amaliy, muomala va ijodiy faoliyatdir.

Huquqiy mohiyatiga ko‘ra dastlabki tergov jinoyat-protsessual ish yurituvning alohida bosqichi bo‘lib, qo‘zg‘atilgan jinoyat ishiga oid haqiqatni aniqlash va odil sudlovni ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan, dalillarni to‘plash, tekshirish, baholash va ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, kelgusida bu kabi jinoyatlar sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyat natijasida yetkazilgan zararning qoplanishini ta’minlash choralarini ko‘rish faoliyati hisoblanadi.

Dastlabki tergovning psixologik ta’rifi quyidagicha: dastlabki tergov qonunni qo‘llash maqsadida tergovchining (surishtiruvchining) sodir etil-gan jinoyat tafsilotlarini oydinlashtirishga qaratilgan muloqotga kirishish, kuzatish, eshitish, tashkil etish, eslash, idrok etish, xayolan tiklash, tafak-kur qilish, tusmol qilish, xulosaga kelish va qaror qilish jarayonlaridan iborat aqliy faoliyatidir.

Ushbu ta’rifdan dastlabki tergov aqliy faoliyat ekanligi, ya’ni shaxs, inson psixikasida kechadigan jarayonlardan iboratligi anglanib turibdi. Dastlabki tergovda psixologik bilimlardan foydalanishga zarurat tug‘iladi. Bunday bilimlarning qo‘llanilish ko‘lami va mazmuniga qarab, faoliyat samaradorligi shunchalik ijobiy bo‘ladi.

Jinoyat ishlarini yuritishda tergovchidan nafaqat keng siyosiy dunyo-qarash, huquqiy madaniyat, maxsus bilimlar va hayotiy tajribaga ega bo‘lish talab qilinadi, balki hal etish uchun amaliy psixologik ko‘nik-malarni talab etadigan ko‘plab masalalar paydo bo‘ladi. Jinoyat ishlarida ishtirok etishga jalb qilingan shaxslar, ya’ni jabrlanuvchi, gumon qilinuv-chi, ayblanuvchi va guvohlar turli xarakter va temperament egalari bo‘lishlari, har xil kayfiyatda – tushkun, siqilgan, asabiylashgan, alam-zada, pushaymon va chorasiz ahvolda tergovchiga duch kelishlari mumkin. Bunday ishtirokchilarning o‘zaro munosabatlarini anglash uchun psixik jarayonlarning mexanizm va qonuniyatlarini bilish kerak. Bunday talablar huquqshunoslik fanida shaxsning individual o‘ziga xos jihatlarini o‘rga-

7

nish zaruriyatini paydo qildi va psixologiyaning alohida yo‘nalishlari shakllanishiga turtki bo‘ldi. Jumladan, huquqshunoslarning ijtimoiy hayot-ning turli sohalarida insonlar bilan ish olib borishlari va shu faoliyatlarida psixologik bilimlardan foydalanishlari samaradorlikka erishishning muhim omili ekanligi yuridik psixologiyaning alohida fan sifatida shakllanishiga asos bo‘ldi. Fanda psixologiyaning ijtimoiy psixologiya, tibbiy psixologiya, boshqaruv psixologiyasi, pedagogik psixologiya, zoopsixologiya, harbiy psixologiya, muhandislik psixologiyasi, savdo psixologiyasi, yosh davrlari psixologiyasi, sport psixologiyasi kabi ko‘plab yo‘nalishlari mavjud.

Yuridik psixologiya ko‘pgina sohalarni o‘z ichiga qamrab oluvchi amaliy fan hisoblanib, bir tomondan, psixologiya, ikkinchi tomondan, umumiy huquqshunoslik fanlarini qamrab oladi. Bu fan ijtimoiy-gumanitar fanlarning integrallashuvi jarayonlarining mahsuli sifatida XVIII asrdan boshlab paydo bo‘la boshlagan. Yuridik psixologiya bir qator vazifalarni: huquq va huquqni muhofaza qilish faoliyatida alohida shaxs, guruh va jamoalarga ta’sir qilishning psixologik qonuniyatlarini o‘rganish; shuning-dek, qonunchilikni mustahkamlash, huquqni muhofaza qilish ishlarining samaradorligini oshirish, jinoyatga yarasha jazo tayinlash, jinoyat ko‘cha-siga kirganlarni to‘g‘ri yo‘lga solish borasidagi ilmiy tavsiyalarni ishlab chiqish kabi vazifalarni hal qiladi.

Yuridik psixologiya o‘zining muayyan yo‘nalishlariga ega: huquqiy psixologiya, sudlov psixologiyasi, kriminal psixologiya, penitensiar psixo-logiya, yuridik mehnat psixologiyasi va psixolog yordamidan foydalanish kabilar. Yuridik psixologiyaning birmuncha taraqqiy etgan yo‘nalishlariga yuridik mehnat psixologiyasi, kriminal psixologiya, penitensiar psixolo-giya va sudlov psixologiyasini kiritish mumkin.

Yuridik mehnat psixologiyasi huquqshunos kadrlarning jamiyat hayo-tining turli sohalarida muayyan kasb egasi sifatidagi faoliyatiga oid psixologik xususiyatlarini o‘rgansa, kriminal psixologiya jinoyat hodisasi, uni sodir etgan shaxsni psixologik jihatdan o‘rganadi, penitensiar psixolo-giya esa, ushlanganlar, qamoqqa olinganlar va ozodlikdan mahrum qilin-gan shaxslarda kechadigan psixologik jarayonlar va ularga ta’sir etishning psixologik xususiyatlarini o‘rganadi. Huquqiy psixologiya esa qabul qilinayotgan qonunlarning insonlarga ta’siri, qonunlarga amal qilish, huquqiy madaniyatning psixologik xususiyatlarini o‘rganadi.

Sudlov psixologiyasi tergov va sud jarayonlarining psixologik asoslari, xususiyatlarini o‘rganadi hamda jinoyatchilikka qarshi kurash samara-dorligini ta’minlashga ko‘mak beruvchi tavsiyalar ishlab chiqadi. Jinoiy sudlovning psixologik asoslarini har tomonlama o‘rganish natijasida ishlab

8

chiqilgan psixologik tavsiyalar ko‘pgina hollarda muvaffaqiyatsizlikka uchrashning oldini olishga xizmat qiladi, tergovchi va sudyalar mehnatini osonlashtiradi, malaka va tajriba borasidagi bo‘shliqlarni sezilarli darajada to‘ldiradi. Shu bois psixologik bilimlar yosh huquqshunos uchun ham, tajribali tergovchi uchun ham birdek zarur. Bugun hayotning o‘zi tergov va sud xodimlarini muayyan huquqiy masalalarning yechimini topishda psixologik bilimlardan foydalanishga yoki sud-tergov amaliyotini tahlil qilish orqali ayrim psixologik tavsiyalarni ishlab chiqishga majbur qilmoq-da. Jinoyat huquqi fanida javobgarlik asoslarini ayb haqida so‘z yuritmas-dan to‘g‘ri hal etish mumkin emas, ya’ni subyektning o‘z qilmishiga va uning oqibatlariga nisbatan psixik munosabatini o‘rganish muayyan dara-jada psixologik masala hisoblanadi. Shuningdek, jinoyat-protsessual huquq fanida ham, xususan dalillar nazariyasida ko‘pgina masalalar psixologik bilimlar yordamida hal etiladi. Kriminalistika fanining taktika va metodika bo‘limlari psixologik bilimlarga asoslanadi.

Dastlabki tergovda asosan jinoyat huquqi, jinoyat-protsessual huquqi va kriminalistika fanlariga oid bilimlarni qo‘llash talab etiladi. Shunga ko‘ra dastlabki tergovda yuridik psixologiyaning sudlov psixologiyasi to‘lig‘icha, yuridik mehnat psixologiyasi qisman va zaruratga ko‘ra peni-tensiar psixologiya, sud-psixologik ekspertiza yo‘nalishlariga oid bilimlar-dan foydalaniladi.

Sudlov psixologiyasi mazmuniga ko‘ra tergov va sud faoliyatining psixologiyasi, tergovchi va sudya kasbining psixologik tavsifi, tergovchi va sudyalarning psixologik-kasbiy sifatlari, jinoyat-protsessual fikriy fao-liyat, tusmol qilish va tergovni modellashtirishning psixologiyasi, intu-itsiya va ichki ishonch, tergov faoliyati va sud jarayoni taktikasi, alohida tergov harakatlari taktikasining psixologiyasini qamrab oladi. Ushbu bilimlardan tergovchi kunlik faoliyatida, har bir jinoyat ishini tergov qilishda foydalanadi.

Dastlabki tergovda yuridik mehnat psixologiyasining tergovchilik kasbi, uning mehnatini tashkil etishning psixologik asoslari haqidagi bo‘li-miga oid bilimlardan foydalaniladi.

Penitensiar psixologiyaga oid bilimlardan esa ushlangan va qamoqqa olingan gumon qilinuvchi, ayblanuvchilar bilan bog‘liq protsessual hara-katlarni o‘tkazishda foydalaniladi.

Sud-psixologik ekspertiza yo‘nalishidagi bilimlardan esa, ruhiy ta’sir va bosim o‘tkazish bilan bog‘liq holatlarni aniqlash talab etiladigan jinoyatlar, masalan, jinsiy erkinlikka qarshi, tovlamachilik, bosqinchilik, terrorizm va diniy ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlarga oid ishlarda tegishli ekspertiza tayinlash jarayonida foydalaniladi.

9

Sudlov psixologiyasi jinoiy sud ish yurituvida ishtirok etish bilan bog‘liq psixik hodisalarni, ish yurituvi jarayonidagi va turli jinoyat-protsessual funksiyalarni bajarishda namoyon bo‘ladigan inson psixika-sining qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir. Sudlov psixologiyasini ikkiga ajratish mumkin, ya’ni tergov faoliyati psixologiyasi va sud jarayoni psixologiyasi.

Dastlabki tergov faoliyati psixologiyasining predmeti jinoyatlarni tergov qilishda tergov ishtirokchilarining o‘ziga xos psixologik jihatlarini o‘rganishdan iborat.

Dastlabki tergov faoliyati psixologiyasi sudgacha bo‘lgan bosqichlar-da jinoyat protsessi ishtirokchilari bilan bog‘liq psixik hodisalar, faoliyatni amalga oshirishda uchraydigan inson psixikasining qonuniyatlari, ya’ni dastlabki tergovni tashkil etish, tergov harakatlarini o‘tkazishning psixolo-gik xususiyatlari, ushbu jarayonlarda uchraydigan nizoli vaziyatlar, tusmol qilish, hodisani xayolan tiklash (rekonstruksiya), modellashtirish, intu-itsiya va ichki ishonchni psixologik jihatdan o‘rganadi. Dastlabki tergov faoliyati psixologiyasi jinoyatlarni tergov qilish jarayonida zarur psixo-logik bilimlardan foydalana olish ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi. Tergov faoliyatining psixologik tuzilishi haqidagi tasavvurlarni hamda ter-gov jarayonida psixologik bilimlardan foydalana olish malakalarini rivoj-lantiradi, fuqarolar bilan aloqa o‘rnata olish qobiliyatini takomillashtiradi.

Sud jarayoni psixologiyasi esa sud muhokamasidagi psixik hodisalar va sud jarayonida qatnashish davomida yuzaga keladigan inson psixikasi-ning qonuniyatlarini, ya’ni sud harakatlarini o‘tkazish, himoyachi va ayb-lovni amalga oshiruvchi (prokuror)ning nutqi, hukmning mazmuniga oid ichki ishonchni shakllantirishning psixologik xususiyatlarini o‘rganadi.

Umuman olganda, sudlov psixologiyasi jinoyat protsessining vazifa-larini yanada muvaffaqiyatli hal etish maqsadida jinoyat protsessi ishtirok-chilari psixik faoliyatining yo‘nalishlari, shakllanishi, yo‘llari va vosita-larini tadqiq qiladi, ushbu psixik qonuniyatlarni o‘rganadi. Qayd etilganlar sudlov psixologiyasi fanining predmeti hisoblanadi. Sudlov psixologiyasi fanining maqsadi sud-tergov organlari uchun kadrlarni tanlash va tayyor-lash, tergov va sud xodimlarini tarbiyalash hamda ularga ta’lim berish, ularda kasbiy mohirlik, zarur shaxsiy sifatlar shakllanishiga ko‘makla-shish, ular faoliyatidagi salbiy holatlarni bartaraf etishdan iborat.

Sudlov psixologiyasining vazifalari quyidagilardan iborat: – jinoyat-protsessual faoliyat samaradorligiga va vazifalarning muvaf-

faqiyatli ijro etilishiga ko‘maklashish; – tergovchi va sudyalar xizmat faoliyatini tashkil etishning nisbatan

maqsadga muvofiq yo‘llari va usullarini ishlab chiqishga ko‘maklashish;

10

– jinoyat ishlarini yuritishda vujudga keladigan muammolarning psi-xologik sabablarini aniqlash, bartaraf etish va huquqiy yechimlarini topishga ko‘maklashish;

– tergov va sud xodimlarini jinoyat-protsessual faoliyatga jalb qilin-gan fuqarolarga nisbatan tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishning psixologik vosita-lari bilan qurollantirish;

– tergov va sud xodimlari uchun faoliyatning psixologik xususiyatlari bilan bog‘liq samarali va ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish.

Umumiy psixologiya fani insonning ruhiy faoliyati qonuniyatlarini o‘rgansa, ushbu fanning alohida yo‘nalishlari ijtimoiy hayotning u yoki bu sohasida qatnashuvchi inson (shaxs) psixikasining qonuniyatlarini o‘rgana-di. Huquq bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar sohasida odam-lar hayotining psixik o‘ziga xos jihatlari bo‘ladi, ya’ni psixik qonuniyatlar o‘ziga xos faollik va birikmalarni namoyon qiladi. Ushbu o‘ziga xoslik huquqbuzarliklarni keltirib chiqaruvchi, tuzalish va qayta tarbiyalash asosida yotadigan psixik qonuniyatlar, jinoyat-protsessual faoliyatning psi-xologik asoslari, jinoyatlarning oldini olishda foydalaniladigan psixik qonuniyatlarda ko‘zga aniq tashlanadi. Psixik hodisalarning bunday o‘ziga xosligi huquqiy psixologiya yoki keng ma’nodagi sudlov psixologiyasi umumiy tushunchasini to‘ldiradi.

Jinoyatlarni o‘rganish, ularni tergov qilish va oldini olishda, sudlov va axloq tuzatish faoliyatida amaliy psixologiyaga oid masalalarni hal qilish, shuningdek, kriminalistika va kriminologiyada jinoyatlarni tergov qilish va oldini olishning psixologik muammolarini yoritish fan taraqqiyotining tabiiy natijalari hisoblanadi. Psixologiya o‘zining asosiga ko‘ra tabiiy, aniq, ammo ayrim elementlariga ko‘ra ijtimoiy fan hisoblanadi. Sudlov psixologiyasi fani ham psixik hodisalarni tadqiq etish va ilmiy asoslash metodlariga ko‘ra mustaqil qism sifatida umumiy psixologiyaga, o‘rgana-digan muammolar doirasi va amaliy yo‘naltirilganligiga ko‘ra huquqiy fanlar, xususan, kriminalistika va jinoyat protsessi bilan uzviy bog‘liq. Jinoyat protsessi, kriminalistika va sudlov psixologiyasi o‘zaro bog‘liq va bir-biriga muayyan darajada «singib ketgan» fanlar hisoblanadi. Tergov taktikasida bu bog‘liqlik nisbatan kengroq namoyon bo‘ladi. Ta’bir joiz bo‘lsa, jinoyat protsessi va kriminalistika asosan «nima qilmoq kerak», «buni qanday bajarish kerak»ligiga aniqlik kiritsa, sudlov psixologiyasi «nima uchun buni qilmoq kerak», «nima uchun buni shunday bajarish kerak»ligini izohlab beradi. Sudlov psixologiyasi jinoyat protsessiga ko‘mak beradi. Jumladan, amaldagi jinoyat-protsessual qonunchilikda ham psixologik qonuniyatlar normalarda aks etgan. Masalan, shaxslarni guvoh

11

sifatida so‘roq qilishda ularning jabrlanuvchi va gumon qilinuvchilar bilan tanish yoki tanish emasligi va boshqa o‘zaro munosabatlari haqida savol berilib, bunga oydinlik kiritish zarurligi Jinoyat-protsessual kodeksning 119-moddasida belgilangan. Buning sababi beriladigan ko‘rsatmalar ishonchliligini baholashda shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni hisobga olish zarurligiga bog‘liq. Shuningdek, isbotlash bilan bog‘liq murakkab muammolarni hal etishda dalillarga baho berish, ichki ishonchni shakllantirishning psixologik mexanizmini ochib berish, isbotlash va butunlay sud ish yurituvini psixologiya nuqtai nazaridan maqbul ketma-ketligini tavsiya etish orqali jinoyat-protsessual nazariyaga yanada chuqur-roq kirib boradi. Bu esa sudlov psixologiyasi yuridik va psixologiya fan-larining chegarasi, o‘zaro tutash nuqtasi ekanligini bildiradi.

Sudlov psixologiyasi fan sifatida psixologiya va yuridik fanlar tutash-gan ilmlarni o‘rgansa, uni o‘rganishdan maqsad huquqni qo‘llovchi sub-yektlar o‘z faoliyatida uchraydigan psixik hodisalarga to‘g‘ri baho berish-lari va bu orqali qonunni to‘g‘ri va samarali tatbiq etishlariga erishish hisoblanadi. Fanni o‘rganish pedagogik faoliyatligini hisobga olib, peda-gogik faoliyat amaliyot uchun yo‘naltirilganligidan kelib chiqib, fanning vazifalarini ikki yo‘nalishga ajratish maqsadga muvofiq.

Pedagogik maqsadga ko‘ra, sudlov psixologiyasining asosiy vazifasi huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun yuqori bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega kadrlarni tayyorlashga ko‘maklashish hisoblanadi. Amaliy faoliyat nuqtai nazaridan esa, egallangan nazariy bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni samarali tatbiq etishga ko‘maklashishdan iborat.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, tergov faoliyatining psixologik asos-larini o‘rganish avvalo tergov idoralari uchun kuchli bilim, ko‘nikma va malakalarga ega kadrlarni tayyorlashga yo‘naltiriladi. Shu bois tergov faoliyati uchun mutaxassislarni tayyorlashda tergov ishi va tergovchi faoliyatining quyidagi psixologik xususiyatlarini hisobga olish maqbuldir:

1. Faoliyatning huquqiy jihatdan tartibga solinganligi. Tergovchilar-ning faoliyati huquqiy normalar (qonun hujjatlari, IIV normativ hujjatlari va shu kabilar) bilan qat’iy tartibga solingan. Ushbu tergov idoralari xodimlarining faoliyati normativ hujjatlar, yo‘riqnomalar bilan belgilab berilganini taqozo etadi va mehnatni samarali tashkil etishga imkon yara-tadi. Tergovchi faoliyatining qonun normalari bilan qat’iy belgilanganligi uning xatti-harakatlarini tartibga soladi. Xodimning o‘z xizmat vazifalarini bajarmasligi yoki bajarishdan bosh tortishi uning u yoki bu qonun norma-larini buzishi hisoblanadi va bu O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi-ning tegishli moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.

12

Bularning hammasi oxir-oqibatda xodimga o‘z qarorlari va harakatlari uchun javobgarlik mas’uliyatini yuklaydi.

2. Tergovchilarning hokimiyat vakolatiga egaligi. Yuritilayotgan ish manfaati yo‘lida tergovchilarga zarur hollarda odamlarning shaxsiy hayotiga aralashish, ko‘pincha atrofdagilardan yashirishga harakat qilina-digan holatlarni aniqlash, fuqarolarning turar joylariga kirish, kerak bo‘lsa, ayrim fuqarolarning erkinligini cheklash va hatto, undan mahrum qilish huquqi berilgan. Bunday hokimiyat vakolati berilgan xodimning psixolo-gik holati, avvalo yuksak darajadagi mas’uliyat talabidan kelib chiqadi. Uning o‘z vakolatlarini qo‘llashi esa harakatlarining zarurligi va oqilonali-gini, qonuniy asosga egaligini aniqlash imkonini beradigan bir qator masalalarni hal qilishni taqozo etadi. Ko‘pincha bu hol qonunda belgilan-gan moddalardan birini tanlash zarurati bilan bog‘liq bo‘ladi, shu bois bu xodimdan juda katta hissiy zo‘riqishni talab etadi. Berilgan vakolatdan oqilona va qonuniy foydalana olish tergov organlari xodimlariga qo‘yiladi-gan juda muhim kasbiy talablardan biridir. Hokimiyat vakolatidan foydala-nishning qonunga va maqsadga muvofiqligi ko‘p hollarda xodimning shaxsiy sifatlariga bog‘liq.

3. Tergov faoliyatiga manfaatdor shaxslarning doimiy ravishda qar-shilik ko‘rsatishi va to‘sqinlik qilishi. Bu xodimning jinoyatlarni ochish, tergov qilish va ularning oldini olishga qaratilgan faoliyatiga ba’zan juda keskin shakllarda kechadigan kurashlar tusini beradi. Xodimning yo‘liga atayin qo‘yiladigan to‘siqlarni yengish, xavfli vaziyatlarni bartaraf etish zarurati unda turli hissiy va ruhiy zo‘riqishlarni keltirib chiqaradi. Bu esa, o‘z navbatida, xodimdan doimiy asabiy zo‘riqishni va zo‘r aqliy faoliyatni talab etadi. Natijada xodim doimiy ravishda murakkab aqliy faoliyatni amalga oshirish, o‘z maqsadlarini yashirish, haqiqiy ijtimoiy vazifalarini niqoblashga majbur bo‘ladi.

4. Keng doiradagi muhit bilan muomala qila olish qobiliyati – kom-munikativlikning talab etilishi. Bu ko‘ptomonlama va alohida xususiyatga ega bo‘lgan qobiliyatdir. Tergovchi o‘z faoliyati davomida turli yoshdagi, kasbdagi va turli huquqiy maqomga ega bo‘lgan shaxslar bilan muomala qiladi. Bu esa xodimdan shaxs psixologiyasini, xususan muomalaning psi-xologik asoslarini bilishni talab etadi. Xodimning kommunikativligi turli xil tadbirlarni to‘g‘ri tashkil qilishda nihoyatda zarur. Kommunikativlik-ning alohida jihati, zaruratga ko‘ra xodimdan boshqa qiyofaga kirishni talab etadi. Ushbu zarurat uning o‘z faoliyati sohasiga kiradigan barcha shaxslar bilan psixologik aloqaga kirishishi muhimligidan kelib chiqadi.

5. Vaqt tanqisligi va bajarish zarur bo‘lgan ish hajmining ko‘pligi. Tezkorlik va saranjomlik jinoyatlarni ochish va tergov qilishning asosiy

13

prinsiplaridir. Vaqt tanqisligi esa jinoyat ishini tergov qilish, fuqarolarning arizalarini ko‘rib chiqishda jinoiy-protsessual qonun hujjatlariga rioya etish zarurligida seziladi. Xodim shu tufayli doimo asabiy zo‘riqishda bo‘ladi. Asabiy zo‘riqish faoliyatning yuqori ekstremalligi, nizoli vaziyat-lar sharoitida harakat qilish, turli stress omillar ta’siri, me’yorlanmagan ish vaqti, faoliyatdagi salbiy his-hayajonlar mavjudligi tufayli sarflanadigan katta jismoniy va ruhiy urinishlar bilan bog‘liq. Chunki xodim kasbiy faoliyatida ko‘plab murakkab sharoitlarga duch keladi.

6. Bilish, konstruktiv va tashkilotchilik faoliyatidan iboratligi. Tergov-chilarning amaldagi faoliyatida ushbu tarkibiy qobiliyatlarning har biri alohida uchramaydi, ularning hammasi uzviy birlikda namoyon bo‘ladi.

Bilish faoliyatining ahamiyati tergovchi uchun nihoyatda muhim. Bilish faoliyati amalga oshmasa, jinoyatchilikka qarshi kurashishning samarasi bo‘lmaydi. Bilish faoliyatisiz umuman faoliyatni ham, yuqorida ko‘rsatilgan uning tarkibiy qobiliyatlarini ham amalda ko‘rsatib bo‘lmaydi. Bilish qobiliyatini ishga solish natijasida tergovchida tergov harakatlarini maqsadga muvofiq tarzda amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Jinoyatchilikka qarshi kurash vazifalarini bajarish uchun tergovchi bilish jarayonlari davomida o‘tmishdagi, hozirgi vaqtdagi va kelgusidagi voqea-larga taalluqli faktlar, holatlar, aloqalarni aniqlaydi. Masalan, sodir etilgan jinoyatlarni ochishga qaratilgan vazifalarni amalga oshirishda, tezkor qiziqish uyg‘otuvchi shaxslarni aniqlashga doir ma’lumotlarni to‘plashda, ushbu ma’lumotlarni tahlil qilishda, umumlashtirishda va ularning kelgusidagi g‘ayriqonuniy harakatlarini avvaldan ilg‘ay bilishda bilish jarayonlariga asoslanadi.

Faoliyatning konstruktivligi deganda, jinoyatlarni ochish, tergov qilish, ularning oldini olish, jinoyat natijasida yetkazilgan zararni qoplash-ni ta’minlash kabi harakatlarni rejalashtirishga qaratilgan tafakkur faoliyati tushuniladi. Ya’ni, konstruktiv faoliyatda bilish faoliyatining bosqichlari rejalashtiriladi, bunda tergovchiga noma’lum bo‘lgan voqelikni qanday ketma-ketlikda tekshirish kerakligi haqidagi savolga javob topiladi. Bosh-qacha aytganda, xodimning izlanishi va konstruktiv faoliyati yagona fikr-lash jarayonining turli bosqichlarini ifodalovchi omildir.

Tashkilotchilik faoliyati tergovchining o‘z kasbiy faoliyati jarayonida turli vazifalarni amalga oshirish uchun maqbul sharoitlarni ta’minlovchi bosh omildir. Uning mazmuni jinoyatlarni ochish, tergov qilish, ularning oldini olish jarayonlarini boshqarishda namoyon bo‘ladi. Uni rahbarlikda, hisob va nazoratda, ushbu jarayon ishtirokchilari o‘rtasida hamkorlikni uyushtirishda kuzatish mumkin. Mazkur faoliyat xodimlarning o‘z xizmat vazifalarini bajarishlarida, axborot berish va almashishlarida hamda

14

qiziqish uyg‘otgan shaxslarning harakatlarini avvaldan ilg‘ay bilishda katta ahamiyatga ega.

Tergov faoliyatining asosiy psixologik xususiyatlari va tarkibiy ele-mentlarini tahlil qilish ushbu faoliyat naqadar murakkab va serqirraligini ko‘rsatadi. Kasbiy faoliyat xodimga turli, ko‘plab talablarni qo‘yadi, ular-dan eng muhimlari – tergovchida kasbiy muhim xislatlarning rivojlangan-lik darajasi bo‘lib, ularga xodim shaxsiga xos xislatlarning kasbiy-psixolo-gik yo‘nalganligi; xodimning psixologik tayyorgarligi; rivojlangan irodaviy xislatlar – o‘zini tuta bilish, jasurlik, mardlik, oqilona tavakkal-chilikka qodirlik; yaxshi rivojlangan kommunikativ xislatlar; turli toifada-gi shaxslar bilan tezda aloqaga kirisha olish, ishonchli munosabatlar o‘rna-ta bilish va sir saqlay bilish; xizmatning turli vazifalarini bajarishda odam-larga psixologik ta’sir ko‘rsata olish; rolga, boshqa qiyofaga kira olish; rivojlangan, kasbiy jihatdan muhim bilish xislatlari – kuzatuvchanlik va diqqatlilik, kuchli xotira, ijodiy tasavvur; rivojlangan mantiqiy tafakkur, murakkab aqliy ishga qodirlik, zehn, rivojlangan intuitsiya; ziyraklik, murakkab vaziyatdan chiqib keta olish.

Ushbu xislatlarni insonda shakllantirish va rivojlantirish davomli va murakkab jarayon, ammo ular tergovchiga kasbiy jihatdan shakllanishi uchun zarur va shartdir.

Ushbu xislatlarning tergovchida bo‘lmasligi yoki yetarli rivojlan-maganligi uning o‘z funksional vazifalarini to‘g‘ri, o‘z vaqtida va aniq bajarishida to‘sqinlik qiladi, shaxsning o‘z kasbiga moslasha olmasligi va kasbiy buzilishiga sabab bo‘ladi.

Tergovchi faoliyatini tashkil etishning zaruriy shartlaridan biri – yuqori darajadagi psixologik tayyorgarlikka ega bo‘lishdir. Bu avvalo, muayyan ishni bajarish (jinoyat ishini tergov qilishda) va albatta kerakli natijalarni qo‘lga kiritish zarur bo‘lgan sharoitda (ayblov xulosasi yoki boshqa yakuniy qaror qabul qilishda) ulardan e’tiborlilik, qat’iyatlilik, bar-doshlilik, qunt bilan ishlay olishlik, kuchli xotira, tanqidiy yondasha olish, irodalilik, xayrixohlilik, zukkolik, xushmuomalalik, kirishimlilik, tartibli-lik, odoblilik, ziyolilik, zakovatlilik, tahlil qila bilishlik, qonun talablariga tayanib tergovni tashkil qilish va amalga oshira olish kabi qobiliyatlarni talab etishidir.

Jinoyat ishlarini tergov qilishda tergovchining faoliyati bir necha bos-qichlarda amalga oshiriladi, ya’ni tayyorgarlik ko‘rish, asosiy va yakun-lovchi bosqich. Faqat shunda ketma-ketlik va tizimli yondashuv asosida muayyan izchillik va mantiqiy tarzda ish holatlarining asosliligini va haqiqatni aniqlash mumkin. Tergovchi bajaradigan ish va unda yuzaga

15

keladigan psixologik muammolar doimo ko‘zga tashlanib turmaydi. Ko‘zdan kechirish bayonnomasida, qoidaga ko‘ra, uning natijalari va qisman ushbu tergov harakati jarayoni qayd qilinadi. So‘roq qilish bayonnomasida so‘roq qilinuvchi bergan ko‘rsatmalar va tushuntirishlargina yoziladi, so‘roq qiluvchi va so‘roq qilinuvchi o‘rtasidagi psixologik muloqot, suhbat va protsessual munosabatlar jarayoni esa, umuman qayd etilmaydi. Faoliyatning ko‘rinmas, ya’ni ichki psixologik jihatlari ish materiallaridan «tashqarida qoladi», ya’ni ish hujjatlarida protsessual harakatlarning psixologik xususiyatlari deyarli yoritilmaydi. Natijada tergovchining dalillarni to‘plash borasidagi ter to‘kib, chuqur o‘ylab, mavhum bo‘lgan va muloqot asosida qiynalib bajargan ishi hamda bunga ko‘maklashgan psixologik xususiyatlar «ko‘zga tashlanmaydi», o‘zgalar (begona shaxslar) uchun bexosdan yuz bergan, go‘yoki tushunarsiz hodisadek tuyulganicha qolaveradi.

Tergovchining xizmat faoliyatini tahlil qilish ushbu faoliyatning doim murakkab, tergovga oid sababiy va psixologik shaxsiy aloqalar yig‘indisi bilan bog‘liqligi bois, mazmunan qiyin jarayondir. Shu bilan birga, ulardan ayrimlari tasodifiy, ayrimlari esa yonma-yon tarzda, zaruriy va tabiiydek namoyon bo‘ladi. Tergovchining jinoyatlarni tergov qilish vaqtidagi hara-katlari tarzi chuqurroq kuzatilganda, u aniq bir psixologik vaziyat uchun turli qarorlar va harakatlarni amalga oshirishning bir necha variantlarini o‘ylagani va qat’iy belgilab qo‘yganini anglash mumkin. Bu quyidagi obyektiv omillar bilan bog‘liq: ma’lumotlarni o‘z vaqtida olish va daliliy bazaning mavjudligi, kasbiy bilimlar va tajribaga egalik, ular namoyon bo‘ladigan vaziyatlar. Aynan ushbu omillar tergovchining idroki, ongi, xotirasi, fikrlashi, harakatlari, nutqi, sezgi organlari orqali psixikasida, qarashlari, munosabatlari, psixologik xususiyatlari, temperamenti va psixik holatlarida aks etadi hamda jinoyat ishi materiallari ustida ishlashda mos tarzdagi xulq-atvorini belgilab beradi. Shu bilan birga, yashash sharoitlari va xarakteri xususiyatlari, zakovati va umuminsoniy qarashlari bilan bog‘liq subyektiv omillar tergovchining xizmatni olib borishdagi faolligiga kuchli ta’sir o‘tkazadi, tashqi ta’sirlarni ajrata olish xususiyatini yuzaga chiqaradi. Shuningdek, obyektiv va subyektiv omillarning ko‘pligi zarur psixik jarayonlar natijasi sifatida ishga oid haqiqatlarni aniqlashga xizmat qiluvchi barcha ma’lumotlarni bir vaqtning o‘zida tahlil (analiz va sintez) qilishni qiyinlashtiradi. Tergovchi amalga oshiradigan faoliyat sxemalashtirilgan, tizimlashtirilgan va mantiqiy rivojlanadigan, ya’ni tergov qilinayotgan holat-larga oid taxmin va tusmollardan faktlar va tasdiqlargacha, dalillarni to‘plash va asoslangan xulosalarga kelishgacha bo‘lgan harakatlarning izchil jarayonidan iborat bo‘lishi kerak.

16

Dastlabki tergovni amalga oshirish tartibini belgilovchi amaldagi qonunchilik tergovchilarga ishda samarali natijalarga erishish va qabul qilinadigan qarorlarning to‘g‘ri bo‘lishini ta’minlashga imkon beradi. Ter-gov davomida tergovchilar ishga aloqador ma’lumotlarni ko‘pincha nopro-tsessual yo‘llar bilan aniqlaydilar. Ammo ushbu ma’lumotlarga jinoyat ishida qaror qabul qilish uchun asoslanib bo‘lmasa-da, ular tergov jara-yonida muhim ahamiyat kasb etadi, ya’ni tergov yo‘nalishini to‘g‘ri belgi-lashga va harakatlarning samarali bo‘lishiga ko‘maklashadi. Dalillarni to‘plash va tekshirishda tergovchi mavjud dalilning, harakatning qanchalik ahamiyat kasb etishini avvaldan bilmaydi. Shu bois, ushbu dalillarni olish-da ularga baho berish tergov yo‘nalishiga oydinlik kiritish maqsadida amalga oshiriladi. Tergovchi jinoyatga aloqador shaxsni ishda gumon qili-nuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish va unga majburlov choralari qo‘llashdan avval albatta jinoyat sodir bo‘lganligini aniqlashi shart, shu-ningdek, shaxsni fosh etadigan va uni oqlaydigan dalillarni to‘plashi kerak. Bunda faoliyat ayblash mazmunida emas, balki haqiqatni aniqlashga yo‘naltirilishi, ish holatlarini to‘liq, har tomonlama va xolisona o‘rgangani, tegishli qaror qabul qilishga qaratilishi zarur. Ayb e’lon qilish esa, ilgari qilingan tusmol tekshirilganligi va o‘z tasdig‘ini topganligini, aynan shu shaxs tomonidan ushbu jinoyat sodir etilganligini ko‘rsatuvchi yetarlicha dalillar to‘planganligini bildiradi. Tergovchi ishni sudga yuborish haqidagi yoki yurituvni tamomlashga qaratilgan boshqacha qarorga kelgach, bajar-gan ishining natijalaridan psixologik qoniqish hosil qiladi, shuningdek, zimmasidagi kelgusi sud (tergov) jarayonlari davom etishi tufayli yuqori darajadagi mas’uliyat hissi bilan bog‘liq psixologik bosimni his qiladi.

Yuqoridagilarga asoslanib, jinoyatlarni tergov qilish faoliyati bajarila-yotganda, boshqa vazifalarning ham yuklanishi va bu tergovchining asosiy funksiyasi hisoblangan dastlabki tergovni psixologik va jismoniy jihatdan qoniqarli amalga oshirishiga imkon bermasligini ta’kidlash o‘rinlidir.

Dastlabki tergov faoliyatining quyidagi psixologik xususiyatlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:

1) tergov faoliyati tergovchidan umumiy va sudlov psixologiyasiga oid bilimlarni talab qiladi;

2) tergov faoliyati izlanuvchanlik va ijodkorlikni talab qiladi; 3) tergov faoliyati davlat nomidan rasmiy tarzda, huquqiy mazmunda

amalga oshiriladi va muayyan nizolarni hal etishga qaratiladi; 4) tergov faoliyati tashkilotchilikni talab qiladi; 5) tergov faoliyati har bir jinoyat ishining xususiyatidan kelib chiqqan

holda o‘ziga xos bo‘ladi;

17

6) tergov faoliyati mustaqillikni va mas’uliyatni talab qiladi; 7) tergov faoliyati tizimli ravishda tashkil etilishi zarur; 8) tergov faoliyatining samaradorligi tergovni amalga oshirish sharoit-

lari va holatlariga bog‘liq; 9) tergov faoliyati jamoa bilan ishlashni va uni boshqara olishni talab

etadi; 10) tergov faoliyati doimiy ravishda kechadigan psixologik qiyinchi-

liklar va kurashlardan iborat; 11) tergov faoliyati psixologik to‘siqlarni his etish va ularni yengishni

talab etadi; 12) tergov faoliyati hokimiyat vakolati doirasida amalga oshiriladi; 13) tergov faoliyatini amalga oshirishda doimiy ravishda vaqt tanqis-

ligi seziladi; 14) tergov faoliyati ishga oid ma’lumotlarni sir saqlashni va ish holat-

lari haqida gapirmaslikni talab etadi; 15) tergov faoliyati ijobiy psixologik muhitni shakllantirishga ta’sir

etishni talab etadi. Tergovchi davlat xizmatida ekanligi, huquqiy ma’lumotga va hoki-

miyat vakolatlariga egaligi, xizmat va tergov sirlarini saqlashga majburli-gini to‘liq his qilishi, faoliyati yakka va jamoaviy, vaqt tanqisligida, psi-xologik bosim ostida, muayyan qarama-qarshiliklar sharoitlarida amalga oshirilishiga qaramasdan, uning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-huquqiy aha-miyatini to‘g‘ri anglashi hamda ijobiy baholashi zarur. Shuningdek, ter-govchi quyidagi shaxsiy psixologik va kasbiy sifatlarga ega bo‘lishi kerak:

1)muayyan qobiliyatlar (mehnatsevarlik, to‘g‘riso‘zlik, mas’uliyatli-lik, hurmatga sazovorlik, shuningdek, kuchli bilim, kasbiy tayyorgarlik va aqliy rivojlanganlik kabi maxsus qobiliyatlar)ga egalik;

2) chuqur huquqiy bilimlarga egalik va yuksak huquqiy madaniyatlilik; 3) ma’naviy-axloqiy fazilatlarga egalik; 4) irodalilik; 5) tanqidiy yondasha bilishlik (xolislikka xizmat qiladi); 6) e’tiborlilik; 7) tartiblilik; 8) intizomlilik; 9) bardoshlilik; 10) emotsional barqarorlik; 11) tashabbuskorlik; 12) qat’iyatlilik (prinsipiallik); 13) xolislik, beg‘arazlik; 14) tirishqoqlik;

18

15) jur’atlilik, dadillik. Shuningdek, tergovchilarda o‘ta shubhalanuvchanlik, yuzakilik xusu-

siyatlari bo‘lmasligi, kasbiy buzilishlarning oldini olish talab etiladi. Ter-govchining kasbiy sifatlari, psixologik xususiyatlari haqida so‘z yuritilgan-da, tergov faoliyatining kasbgrammasi (professiogrammasi)ga to‘xtalish maqsadga muvofiq. Kasbgramma muayyan kasb bilan bog‘liq faoliyatni samarali amalga oshirish uchun talab etiladigan, o‘zaro bog‘liq shaxsiy psixologik sifatlarning namoyon bo‘lishini ifodalaydi. Ushbu shaxsiy psi-xologik sifatlar bir vaqtda kasb sohasining muhim jihatlarini va fao-liyatning iyerarxik tuzilishini aks ettiradi.

Tergov idoralari faoliyatining samaradorligini oshirishda xodim shax-siy fazilatlarining ushbu kasb talablariga javob berishi muhimdir. Ushbu faoliyatning asosiy jihatlarini, shuningdek, unda ko‘zga tashlanadigan insoniy sifatlarni keng qamrovli (kompleks) aks ettiruvchi tergovchi kasb-grammasini yaratish tergov faoliyatini psixologik tahlil qilishning asosiy talablaridan biridir.

Tergovchi kasbgrammasida psixologik qonuniyatlar va mexanizmlar o‘z aksini ko‘proq topadi. Sababi, tergovchi tergov harakatlarining tashki-lotchisi sifatida mas’uliyatli qarorlarni qabul qiladi, ularning bajarilishini nazorat qiladi va shu tariqa, ko‘plab shaxslarning faoliyatini muvofiqlash-tiruvchi vazifani bajaradi. Amaliy faoliyat undan hamisha diqqat-e’tibor, aniqlik va sarishtalikni talab etadi.

Tergov faoliyatining kasbgrammasi faoliyatning muayyan siklini ham-da ushbu sikldagi faoliyatning muayyan bosqichida muvaffaqiyatga erishi-shni ta’minlaydigan shaxsiy sifatlar, bilim, malaka va uquvni aks ettiradi. Bunday kasbgrammaning asosida faoliyatning qidiruv bosqichi o‘rin egal-laydi. Qidiruv faoliyati tergovning dastlabki bosqichlarida muhim aha-miyatga ega bo‘ladi va mazmunan muayyan hududda kriminalistik aha-miyatli ma’lumotlarni ajrata bilishda ifodalanadi. Bunday ma’lumotlar jinoyat hodisasini qonun talablari darajasida aniq va ishonchli tarzda tiklash imkonini beradi.

Kasbgrammadagi keyingi mezon (talab) kommunikativ faoliyat bo‘lib, boshqa insonlar bilan muloqot qilish orqali ma’lumot to‘plash jarayonida, ko‘pincha, so‘roq qilish bilan bog‘liq tergov harakatlarida namoyon bo‘la-di. Tergovchi faoliyatida kommunikativlik, ya’ni muomalaga kirishuv-chanlik asosiy o‘rin tutadi, chunki tergovchining o‘ta murakkab vaziyatlar-da muloqot olib borishi sababli, unda muloqotga va rolga kira olish qobi-liyatining yaxshi shakllanganligi muhim ahamiyat kasb etadi.

Keyingi mezon (talab) tasdiqlash-qayd etish faoliyati bo‘lib, qidiruv va muloqotlar natijasida olingan (aniqlangan) ma’lumotlarni protsessual

19

shaklda rasmiylashtirishda ifodalanadi. Tergovchining dastlabki tergovni olib borishida tasdiqlash-qayd etish faoliyatining ahamiyati katta. Chunki ish uchun izlab topilgan ma’lumotlarni yozma bayon etish ularni dalil sifatida tan olishning asosiy shartidir. Tergovchi jinoyat hodisasiga oid dastlabki ma’lumotlarni ko‘zdan kechirish, tintuv, so‘roq qilish va hujjat-larni tahlil qilish jarayonlarida to‘playdi. To‘plangan ma’lumotlar tahlil qilinib, saralanib olingandan so‘ng, tergovchi qonunda belgilangan tartibda bayonnomalar tuzadi va qarorlar qabul qiladi.

Navbatdagi mezon tergovchidan tashkilotchi bo‘lishni talab etadi. Bunda tergovchi qabul qiladigan qarorlar ijrosini ta’minlashda ko‘pgina shaxslar faoliyatini tashkillashtira bilishi zarur bo‘ladi.

Keyingi mezon rekonstruktiv (qayta tiklash) faoliyat hisoblanadi. Bu faoliyat hodisani xayolan tiklash orqali muayyan farazni ilgari surish, tus-mol tuzish imkonini beradi. Tergovchining rekonstruktiv faoliyati ma’lu-motlarni tahlil qilish va qarorlarni qabul qilishda ko‘zga tashlanadi. Ter-govchi, ayni chog‘da, juda ko‘p fanlar, jumladan jinoyat-protsessual huquq, jinoyat huquqi, kriminalistika va psixologiyaga oid bilimlarni egallagan bo‘lishi zarur.

Muhim ahamiyat kasb etadigan yana bir mezon – ijtimoiy jihat bo‘lib, u butun faoliyat davomida insoniy fazilatlarni namoyon etishni talab qiladi.

Tergovchi kasbgrammasi tuzilishi quyidagi qismlardan iborat: 1. Qidiruv – kuzatuvchanlik, qiziquvchanlik, e’tiborlilik, diqqatlilik,

diqqatning kengligi va barqarorligi. 2. Kommunikativ – kirishimlilik, emotsional barqarorlik, ziyraklik,

hushyorlik, insonlarni eshita bilishlik, suhbatlasha bilishlik (insonlar bilan gaplasha olishlik).

3. Tasdiqlash-qayd etish – saranjom-sarishtalik, aniqlik, puxtalik, savodlilik, yozma nutqning rivojlanganligi.

4. Tashkilotchilik – uyushqoqlik, irodalilik, shaylik, qat’iyatlilik, matonatlilik, tirishqoqlik.

5. Rekonstruktiv – xotira, tasavvur, fikrlash, idrok, umumiy va maxsus qobiliyatlar, intuitsiyaning kuchliligi.

6. Ijtimoiylik – ikki xil: 1) umumiy, ya’ni vatanparvarlik, insonpar-varlik, halollik, prinsipiallik; 2) maxsus, ya’ni haqiqat uchun kurashish, adolat tantanasi uchun intilish (adolatparvarlik), kasbiy mag‘rurlik, kasb etikasi talablariga amal qilish sifatlariga ega bo‘lish.

Tergovchilik shaxsni murakkab va serqirra bo‘lishga majbur qiladi. Uning muayyan ijtimoiy vazifani bajarishi ko‘pincha emotsional-hissiy tazyiqlarni yengishga, ba’zan turli-tuman salbiy hissiyotlar – hayiqish,

20

achinish, qo‘rquv, nafrat, g‘azab ta’sirini hamda muayyan jismoniy, psixo-logik va irodaviy zo‘riqishni his etishga majburlaydi. Bunday emotsional holatlar ta’sirida vujudga keladigan ruhiy bosim, asabiylashishni bartaraf etish uchun ijobiy taassurotlar zarur bo‘ladi. Masalan, o‘z mehnatidan qoniqish, jamiyat va insonlarga foydasi tegayotganligini anglash, g‘ururla-nish hissi shular jumlasidan.

2-§. Tergov harakatlarining psixologik tavsifi

Dastlabki tergov faoliyati jinoyat ishida haqiqatni aniqlash maqsadida dalillar bilan ishlash jarayonini qamrab olgan bo‘lib, uch xil mazmundagi harakatlardan tashkil topgan. Muhimligiga ko‘ra birinchi tizimni tergov harakatlari tashkil etsa, keyingi o‘rinda dalillarga baho berish jarayoni va natijasi hisoblangan ishga oid muayyan xulosalarga kelish va qaror qabul qilish faoliyati turadi. Uchinchi tizimni tergov harakatlarini o‘tkazish va aniqlangan ma’lumotlardan foydalanish imkonini yaratish maqsadiga xiz-mat qiladigan boshqa protsessual harakatlar (majburlov choralari, ishtirok-chilarning huquq va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan harakatlar) tash-kil etadi. Ushbu tizimda samaradorlik omili sifatida psixologik bilimlarni talab etadiganlari tergov harakatlari hisoblanadi. Dastlabki tergov fao-liyatining psixologik asoslari haqida gap ketganda, tergov harakatlarining psixologik tavsifiga alohida to‘xtalish to‘g‘ri bo‘ladi.

Tergov harakatlari deganda jinoyat ishini huquqiy jihatdan to‘g‘ri hal qilish maqsadida ish uchun ahamiyatli bo‘lgan dalillarni aniqlash, to‘plash, tekshirish uchun o‘tkaziladigan protsessual harakatlar tushuniladi.

Psixologik nuqtai nazardan sodir bo‘lgan jinoyat (hodisa) haqidagi to‘liq haqiqatni aniqlash maqsadida jinoyat tafsilotlariga oid ma’lumotlar beruvchi ashyolarni, izlarni qidirib topish, shunday ma’lumotlarga ega shaxslardan muloqotlar yordamida ko‘rsatmalarni olish, olingan ma’lu-motlarni tahlil qilish, ushbu jarayonlarda yuzaga keladigan barcha psixolo-gik to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan harakatlar tergov harakatlari deyiladi. Ushbu ta’rif kengroq sharhlansa, tergov harakatlari jarayonida psi-xologik bilimlarning o‘rni va ahamiyati naqadar chuqurligi ma’lum bo‘ladi.

Jinoyat ishi uchun ahamiyatli bo‘lgan ma’lumotga ega ashyolar va izlarni qidirish uchun avvalo jinoyat haqidagi xabarda yoki xabarni tekshirish natijasida ma’lum bo‘lgan hodisa tafsilotlarini tahlil qilib, aynan qaysi ashyolar va izlar qidiruv obyektlari bo‘lishi zarurligi haqida to‘g‘ri to‘xtamga kelish, shunday ashyolar va izlar aynan qayerlarda bo‘lishi mumkinligiga ham oydinlik kiritish talab etiladi. Bu jarayonlar xabar yoki materiallarda aks etgan ma’lumotlarni qabul qilish, tahlil qilish, shuning-

21

dek, qidiruvni tashkil etish va amalga oshirish uchun qonunda belgilangan tartibda harakatlanish maqsadida tergovchi (surishtiruvchi) tasavvurida aks etadigan psixik hodisalardir. Daliliy ahamiyatga ega ma’lumotlarni biladi-gan shaxslardan ushbu ma’lumotlarni olishda ham, avvalo, bu shaxslar kimligi, ularning tergovga munosabatlari, psixologik xususiyatlari, ular biladigan ma’lumotlar hajmi, ular bilan muloqotga kirishish uchun zarur shart-sharoitlar, muloqot davomida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan psi-xologik to‘siqlar va ularni bartaraf etish yo‘llari, bevosita muloqotlarni amalga oshirish va olingan ma’lumotlarni (shaxslarning o‘zlarini tutishlari, jinoyat hodisasi haqida bergan ko‘rsatmalari) tahlil qilish, ayrim xulosa-larga kelish borasida (tergovchining tasavvurida) psixik hodisalar ro‘y beradi. Shuningdek, har bir jinoyat hodisasi takrorlanmas va o‘ziga xos tarzda ro‘y berishi, ishda qatnashadigan shaxslar ham doimiy ravishda o‘zgarishi, xususan bir shaxs dastlabki suhbatda boshqacha, keyingi muloqot jarayonida o‘zgacha kayfiyatda va munosabatda bo‘lishi hisobga olinsa, tergovchidan tegishli tergov harakatini o‘tkazish paytida vujudga keladigan psixologik muhitdan samarali foydalanish uchun zarur psixolo-gik bilimlarni bilish va amalda qo‘llash talab etiladi. Bunda tergovchining ruhiy holati turli sharoitlarda turlicha bo‘lishi inobatga olinsa, psixologik bilimlarning tergov harakatlarini o‘tkazishdagi ahamiyati juda muhim va beqiyosligi yaqqol seziladi.

Ashyolar va izlarni qidirish jarayonida nafaqat tergovchida kechayotgan psixik jarayonlar, balki ushbu harakatlarda qatnashayotgan boshqa shaxs-larning o‘zlarini tutishlari va ularga to‘g‘ri baho berish, shuningdek, ularga ruhiy ta’sir o‘tkazish ham samaradorlik asosi bo‘lib xizmat qiladi. Muloqot qilishni talab etadigan tergov harakatlarida esa suhbatdosh bilan birga boshqa ishtirokchilarning o‘zlarini tutishlarini kuzatish, ularni tergovchi istagandek munosabat bildirishlariga, keyinchalik ham tergovchining talabi asosida o‘zlarini tutishda davom etishiga erishish juda muhim hisoblanadi. Buning uchun psixologik bilimlarni chuqur bilish va qo‘llay olish ko‘nikmasiga ega bo‘lish bilan bir qatorda, ushbu bilimlardan o‘z o‘rnida to‘g‘ri foydalanish, harakatlarning alohida qismlarini to‘g‘ri ketma-ketlikda va tartibda bajara bilish ham talab etiladi. Kriminalistikada bunday jarayonlar taktika deb nomlangan. Taktika aslida harbiy tushuncha bo‘lib, maqsadga erishish uchun yuzaga kelgan vaziyatni hisobga olib, albatta samarali natijaga erishishni ta’minlaydigan mavjud kuch va vositalardan foydalanishning eng maqbul usullari va qoidalari qo‘llanilishini anglatadi.

Tergov harakatlarini o‘tkazish taktikasi ko‘proq psixologik mazmun kasb etadi. Ammo, huquqiy nuqtai nazardan tergov harakatlarini o‘tkazish

22

taktikasi deganda jinoyat ishi uchun ahamiyatli bo‘lgan ma’lumotlarni to‘liq va sifatli olish (tekshirish) maqsadida, muayyan tergov harakatlarini o‘tkazish bilan bog‘liq qoidalarga amal qilib, mavjud kuch va vositalardan unumli foydalanish usullarini qo‘llash, olingan natijalardan samarali foy-dalanish uchun zarur sharoit yaratish tushuniladi. Psixologik nuqtai nazar-dan esa tergov harakatlarini o‘tkazish taktikasi deganda, tergov harakat-larini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish, bevosita uni o‘tkazishda mavjud vaziyatni va imkoniyatlarni to‘g‘ri baholash, ushbu imkoniyatlardan unum-li foydalanish uchun vaziyatning maqsadga muvofiq yo‘nalishda rivojlani-shini ta’minlaydigan, qonunga zid bo‘lmagan usullardan samarali foydala-nishga qaratilgan psixologik jarayonlar tushuniladi.

Tergov harakatlarini o‘tkazish taktikasi tergov faoliyati bilan bir vaqtda vujudga kelgan, ammo davr o‘tishi bilan mazmunan va shaklan rivojlanib, takomillashgan. Taktikaning takomillashuvi albatta psixologik bilimlarning taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan. Aniqroq ifodalangan-da, amaliy psixologiyaning taraqqiyoti taktikaga jiddiy ta’sir etgan. Ter-govchilik kasbining yetuklik darajasiga bevosita ko‘p yillik tajribalar aso-sida erishilgani ham tergov faoliyatida amaliy psixologiyaning o‘rni be-qiyosligini bildiradi. Tergov harakatlarini o‘tkazish taktikasiga oid bilimlar rivoji ushbu harakatlarda psixologik bilimlardan yanada kengroq foydala-nishni taqozo etadi. Shuningdek, har qaysi tergov harakatiga alohida to‘x-talganda, ularning psixologik xususiyatlarini ham chuqurroq tahlil qilish ushbu maqsadga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan va bevosita dalillarni aniqlash, to‘plash va tekshirish uchun o‘tkaziladigan tergov harakatlariga quyidagilar kiradi:

1. Ko‘zdan kechirish. 2. Ekspertiza. 3. So‘roq qilish. 4. Yuzlashtirish. 5. Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish. 6. Tanib olish uchun ko‘rsatish. 7. Guvohlantirish. 8. Eksperiment. 9. Tintuv. 10. Olib qo‘yish. 11. Narsa va hujjatlarni taqdim qilish. 12. Telefon va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan

so‘zlashuvlarni eshitib turish. 13. Pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash.

23

Ekspertiza tekshiruvi uchun namunalar olish va murdani eksgumasiya qilish boshqa tergov harakatlarini o‘tkazishga sharoit yaratadi.

Tergov harakatlarining huquqiy mazmuni umumiy maqsadga ko‘ra bir xil bo‘lsa, shakli, obyekti, o‘tkazish tartibi va xususiyatlariga ko‘ra farq qiladi. Ko‘zdan kechirish – ko‘rish va ko‘rikdan o‘tkazish; ekspertiza – max-sus tadqiqot o‘tkazish; so‘roq qilish – suhbat va savol-javob; yuzlashtirish – ikki kishi bilan qayta so‘roq o‘tkazish; ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish – hodisa sodir bo‘lgan joyda qayta so‘roq o‘tkazish; tanib olish uchun ko‘rsatish – ta’riflangan obyektni ko‘rsatib qayta so‘roq qilish; guvohlantirish – shaxs badanini ko‘zdan kechirish; eksperiment – ko‘rsatmalarni tajriba harakatlarini o‘tkazish orqali tekshirish; tintuv – obyektni qidirib topish va olish; olib qo‘yish – obyektni turgan joyidan olish; taqdim qilish – ixtiyoriy topshirish; telefon so‘zlashuvlarini eshitib turish – so‘zlashuvlarni yozib olish va eshitish; pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash – jo‘natmalarni ushlab turish va ko‘zdan kechirish; namunalar olish – obyektning izidan va tarkibidan namuna olish; eksgumatsiya – murdani qabrdan qazib chiqarishdir. Tergov harakatlarining huquqiy mazmuni nisbatan yaqin bo‘lsa-da, psixologik mazmuni bir-biridan ancha farq qiladi.

Psixologik jihatdan ko‘zdan kechirish – obyektni sinchkovlik bilan kuzatib, undan ish uchun ahamiyatli bo‘lgan izlar va ma’lumotlarni qidi-rish, topish va olish jarayonida fikrlash, idrok qilish, tasavvur qilish, xulo-salash, tahlil qilish kabi psixik hodisalardan iborat harakatlar yig‘indisidir. Ekspertiza deganda esa, maxsus tadqiqot o‘tkazish orqali obyektda mav-jud ish uchun ahamiyatli ma’lumotlarni o‘rganish, tahlil qilish va tahlil natijalarini yozma ifodalash bilan kechadigan psixik jarayonlardan iborat harakatlar tushuniladi. So‘roq qilish – ish uchun ahamiyatli ma’lumotlarga ega shaxsdan ushbu ma’lumotlarni muloqotlar qilish orqali olish va tahlil qilish jarayonida ro‘y beradigan psixik hodisalardan iborat harakat hisobla-nadi. Yuzlashtirish esa, ish uchun ahamiyatga ega, lekin mazmunan qara-ma-qarshi ko‘rsatmalar bergan shaxslar bilan bir vaqtda muloqotlar qilish, mavjud to‘sqinliklarni bartaraf etib, qarama-qarshilikning sabablarini aniq-lash bilan kechadigan psixik jarayonlardan iborat harakatlardir. Ko‘rsatuv-larni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish deganda, shaxs bilan hodisa sodir bo‘lgan joyda qayta muloqot o‘tkazish, kuzatish orqali u bergan ma’lumotlarni va mavjud tusmollarni tekshirishga qaratilgan psixik jara-yonlardan iborat harakatlar tushuniladi. Tanib olish uchun ko‘rsatish deganda esa, ma’lumotlarning aynan qaysi obyekt haqida ekanligini aniq-lash uchun shaxs bilan qayta muloqot o‘tkazish, olingan ma’lumotlarni tahlil qilishda ifodalanadigan psixik jarayonlardan iborat harakatlar tushu-

24

niladi. Guvohlantirish – shaxs badanini ko‘rikdan o‘tkazishda ro‘y bera-digan psixik jarayonlardan iborat harakatlar hisoblanadi. Tintuv va olib qo‘yish – ish uchun ahamiyatli bo‘lgan obyektni joyidan olishda tintilayot-gan yoki olib qo‘yish o‘tkazilayotgan shaxslar bilan munosabatga kiri-shish, ularga ta’sir o‘tkazish bilan bog‘liq psixologik jarayonlardir. Ekspe-riment olingan ma’lumotlarda aks etgan hodisa yoki uning elementini amalda bajarish, tajriba harakatlarini o‘tkazishda kuzatish va tahlil qilish-dan iborat psixik jarayonlarni qamrab oluvchi harakatlardir. Taqdim qilish deganda, berilayotgan obyektni olish, uni ko‘rikdan o‘tkazish, mazmunan o‘rganish (o‘qib ko‘rish) va tahlil qilishda ro‘y beradigan psixik jarayon-lardan iborat harakatlar tushuniladi. Telefon so‘zlashuvlarini eshitib turish deganda, so‘zlashuv qurilmalari orqali amalga oshirilayotgan suhbatni bilvosita eshitib, ma’lumotlar olish va ularni tahlil qilish bilan kechadigan psixik jarayonlarni aks ettirgan harakatlar tushuniladi. Pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash deganda, jo‘natmalarning ushlanishi, ko‘rikdan o‘tkazilishi, mazmunan o‘rganilishida anglash, idrok etish, fikrlash va tahlil qilish bilan bog‘liq psixik jarayonlar tushuniladi. Namunalar olish deganda, muayyan obyektning xususiyatlarini aks ettiruvchi izidan, tarkibidan namuna olishda fikrlash, yuzaga keladigan psixologik to‘siqlarni bartaraf etish bilan kechadigan psixik jarayonlar tushuniladi. Murdani eks-gumatsiya qilish deganda esa, ish uchun ahamiyatli ma’lumotlarni to‘plash va tekshirish uchun sharoit yaratish maqsadida qabrdan murdani qazib chiqarishni tashkil etish, uni amalga oshirish jarayonlarida vujudga keladi-gan to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan psixik jarayonlar tushuniladi.

Tergov harakatlariga xos xususiyatlardan, ya’ni uni o‘tkazishda maq-sadga erishishga xizmat qiladigan psixologik jarayonlar mazmunidan kelib chiqib, tergov harakatlarining psixologik xususiyatlarini uch guruhga ajra-tib o‘rganish mumkin:

1) tergovchining o‘zida kechadigan psixik jarayonlargagina aloqador tergov harakatlari;

2) tergovchining o‘zida kechadigan va uning boshqa shaxslarga psixo-logik ta’sir o‘tkazishi jarayonlaridan iborat tergov harakatlari;

3) tergovchining o‘zida kechadigan, uning boshqa shaxslarga ta’sir etib, ushbu shaxslarning tergovchi istagan harakatlarni bajarishlariga eri-shishga qaratilgan psixik jarayonlardan iborat tergov harakatlari.

Birinchi guruhga: ko‘zdan kechirish; ekspertiza; narsa va hujjatlarni taqdim qilish; telefon va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib borila-digan so‘zlashuvlarni eshitib turish; pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash kabi tergov harakatlari kiradi.

25

Ikkinchi guruhga: guvohlantirish; eksperiment; tintuv; olib qo‘yish; ekspertiza tekshiruvi uchun namunalar olish; murdani eksgumatsiya qilish kabi tergov harakatlari kiradi.

Uchinchi guruhga: so‘roq qilish; yuzlashtirish; ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish; tanib olish uchun ko‘rsatish kabi tergov harakatlari kiradi.

Tergov harakatlarini bunday tasniflash ushbu harakatlarning psixologik xususiyatlarini chuqurroq o‘rganishga imkon beradi. Albatta, yuqorida keltirilgan tasnif shartli hisoblansa-da, uni bemalol asosli deyish mumkin. Chunki ko‘zdan kechirish jarayonida tergovchi (boshqa ishtirokchilar ham) faqat o‘zida kechayotgan psixik hodisalarni (o‘zgarishlarni) boshqarish orqali, ya’ni boshqa shaxslardagi psixologik holatlar, hodisalardan qat’i nazar, ko‘zdan kechirishning maqsadiga erisha oladi. Ko‘zdan kechirish jarayonida tergovchiga yordam berayotgan mutaxassis yoki surishtiruv-chilardan ham o‘zlarini ruhiy jihatdan boshqarishlari talab etiladi va ulardan o‘zaro psixologik ta’sir o‘tkazish talab etilmaydi. Guvohlantirish, tintuv yoki olib qo‘yish harakatlarini o‘tkazishda tergovchining o‘zida kechayotgan psixik jarayonlar bir vaqtda guvohlantirish, tintuv va olib qo‘yish o‘tkazila-yotgan shaxslarga ta’sir o‘tkazish, ularning qarshilik ko‘rsatmasliklariga erishish bilan kechadigan psixologik to‘siqlarni bartaraf etishni talab etadi. So‘roq qilishda esa tergovchi o‘zida kechayotgan ruhiy jarayonlarni boshqa-rishi, so‘roq qilinayotgan shaxsga ta’sir o‘tkazishi hamda ushbu shaxs xulq-atvori va o‘zini tutishi kelgusida ham tergovchi xohlagan yo‘nalishda kechi-shi uchun uni ham boshqarishi talab etiladi. Shu o‘rinda, ta’sir etishni bos-qichlarga ajratgan holda, shaxs dastlab nojo‘ya harakatlar sodir etmasligi, o‘zini tiyib turishi uchun ta’sir o‘tkazilishi va keyingi bosqichda shaxsning xulq-atvorini boshqarishda ifodalanadigan ta’sir etish jarayonlari o‘ziga xos ekanligini ta’kidlash zarur. Jumladan, ikkinchi guruh tergov harakatlarida ta’sir o‘tkazishning dastlabki bosqichi ro‘y bersa, uchinchi guruh tergov harakatlarini o‘tkazishda ham dastlabki, ham keyingi (boshqarish uchun) ta’sir o‘tkazish bosqichlarini qo‘llash zarur.

Har bir tergov harakatining psixologik xususiyatlari, unda ishtirok etadigan subyektlarning o‘ziga xosligi muayyan tergov harakatini o‘tka-zishda eng maqbul usul va vositalardan foydalanishni, ya’ni taktik bilimlar qo‘llanilishini talab etadi. Tergov harakatlarini o‘tkazish taktikasi samara-dorlikka erishish garovi hisoblanadi. Dastlabki tergovda, umuman tergov faoliyatida taktika quyidagilardan iborat:

1. Tergovni rejalashtirish va boshqa sohaviy xizmatlar bilan hamkorlik. 2. Tergov harakatlarini o‘tkazishning taktik usullari. 3. Protsessual-taktik harakatlarning majmui (kombinatsiyalar) va opera-

tsiyalar.

26

4. Jamoatchilik yordamidan foydalanish. 5. Maxsus bilimlardan foydalanish. Tergov faoliyati taktikasining barcha yo‘nalishlarida ham psixologik

bilimlar katta ahamiyat kasb etadi. Ammo ahamiyatiga ko‘ra alohida tergov harakatlarini o‘tkazish taktikasi asosiylardan hisoblanadi. Tergov harakat-larini o‘tkazish taktikasi to‘lig‘icha psixologik bilimlar asosida tarkib top-gan. Buning sababi har bir tergov harakatini o‘tkazishda jarayonning kechishi va natijalarning qo‘lga kiritilishiga turli psixologik omillar ta’sir qilishi bilan bog‘liq. Shunga ko‘ra, tergov harakatlari qonunda aks etgan qoidalarni qo‘llab, ularga amal qilib, psixologik bilimlarga tayangan holda o‘tkazilsagina samarali natijalarga erishish mumkin.

Tergov harakatlarini o‘tkazish jarayoni va uning natijalariga quyidagi psixologik omillar ta’sir ko‘rsatadi:

– tergovchining ruhiy holati va muayyan tergov harakatini o‘tkazishga psixologik tayyorgarligi;

– tergov harakatida ishtirok etish uchun jalb qilingan boshqa shaxslar-ning ruhiy holatlari;

– tergov harakatini o‘tkazishda ishtirokchilar o‘rtasidagi psixologik vaziyat, ularning umumiy kayfiyati;

– ko‘rsatmalar olish yoki ko‘rsatmalarni tekshirish bilan bog‘liq ter-gov harakatlarida ko‘rsatma berayotgan shaxsning ruhiy tayyorligi, jara-yonga va uning ishtirokchilariga bo‘lgan munosabati;

– tegishli tergov harakatlarida tergovchi va ko‘rsatma berayotgan shaxs o‘rtasida psixologik aloqa o‘rnatilganligi, muloqot mavjudligi, shaxsda tergovchiga nisbatan ishonchning mavjudligi yoki yo‘qligi;

– tergov harakatlarini o‘tkazishda yuzaga keladigan turli sharoitlarda tergovchining vaziyatni boshqara olishi.

Tergovchining ruhiy holati va psixologik tayyorligi deganda tergov-chining diqqati aynan bir tergov harakatini o‘tkazishga qaratilganligi, uni rejalashtirganligi, shaxsiy va ishi bilan bog‘liq muammolarining yo‘qligi yoki xayoli band emasligi, kayfiyati, tetiklik holatlari nazarda tutiladi.

Boshqa shaxslarning ruhiy holatlari ham turlicha bo‘lishi mumkin, shaxslarning kayfiyatlari, o‘y-xayollari, tergovchiga va jarayonga munosa-batlarida namoyon bo‘luvchi ushbu omil muayyan shaxs ishtirokining xususiyatiga ko‘ra mos tarzda bo‘lishi zarur. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar yoki boshqa davlat organlari vakili sifatida qatnashayotgan va tergovchiga yordam berayotgan shaxslarning ruhiy holatlari tergovchinikiga yaqin bo‘lishi maqsadga muvofiq. Shaxs o‘z manfaatlarini himoya qilayot-gan, ayblovdan himoyalanayotgan yoki shunday shaxs tomonida turgan bo‘lsa, uning tergovga munosabatini aniqlab olish maqsadga muvofiq.

27

Ishtirokchilar o‘rtasidagi psixologik vaziyat, ularning umumiy kay-fiyati deganda tergov harakatlarini o‘tkazish jarayonida ishtirokchilarning o‘zaro oshkora yoki pinhon muloqotlari, xursand yoki g‘amgin holatlari, jiddiy yoki yuzaki, rasmiy, kuchli ruhiy bosim ostida yoki yengil va xush-kayfiyatdaligi nazarda tutiladi. Har bir tergov harakati uchun unga mos vaziyat yaratish talab etiladi.

Ko‘rsatma bergan shaxslar, ya’ni jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuv-chi yoki ayblanuvchilarning ruhiy tayyorligi va munosabati deganda ushbu shaxslarning ko‘rsatma berishga, ko‘rsatmalari tekshirilishiga tayyorligi, roziligi yoki noroziligi, ixtiyoriy yoki o‘zini majburlab harakatlanayotgan-ligi, shuningdek, tergovga yon bosayotganligi yoki qarshilik ko‘rsatish holatlari nazarda tutiladi. Ushbu shaxslarning tergov harakatlarini o‘tka-zishga tayyor emasligi yoki qarshilik ko‘rsatishlari holatlarida vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartirish, ya’ni shaxsni tayyorlash, uni qarshilik ko‘rsa-tish befoydaligiga ishontirish talab etiladi.

Psixologik aloqa o‘rnatilganligi deganda so‘roq qilinishi zarur bo‘lgan shaxsning ishonchiga kirish, unda tergovchiga nisbatan iliq taassurot uyg‘otish nazarda tutiladi. Buning uchun shaxsga unga ma’qul keladigan munosabat bildirish, unga ham ishonch bildirish kerak bo‘ladi.

Vaziyatni boshqara olish deganda to‘satdan paydo bo‘ladigan, kutilma-gan hodisalarga avvaldan tayyorlanib, yuzaga keladigan vaziyatni kerakli yo‘nalishga burish, o‘zini yo‘qotib qo‘ymaslik, tezkor harakatlanish, tezda to‘g‘ri qaror qabul qilish tushuniladi. To‘satdan ro‘y beradigan hodisalarga, masalan, tintuvda qidirilayotgan shaxsning to‘satdan hujum qilishi, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchilarning qochishga urinishlari, tergov harakatining asosiy ishtirokchisi hushini yo‘qotishi, ishtirokchilarning o‘zaro janjallashib ketishlari, tergovchiga tahdid qilishlar, noqonuniy va g‘arazli takliflar bildi-rilishi va shu kabilarni kiritish mumkin.

Har qanday vaziyatda ham muayyan tergov harakatini o‘tkazishga puxta tayyorgarlik ko‘rilishi maqsadga muvofiq. Tayyorgarlik jarayonida mavjud vaziyatga mos taktik usullar belgilab olinishi samaradorlik garovi-dir. Taktik usullar deganda muayyan tergov harakatini o‘tkazishda vujudga kelgan vaziyatdan kelib chiqib, samarali natijani qo‘lga kiritish maqsadida qo‘llaniladigan harakatlarning maqbul ketma-ketligi, tartibi, namoyon etish xususiyatlari yig‘indisi tushuniladi.

Tergov harakatlarini o‘tkazishda foydalaniladigan taktik usullar har bir tergov harakati uchun alohida va turli tumandir. Umuman olganda, taktik usullar to‘rt guruhga bo‘linadi:

1. Psixologik taktik usullar.

28

2. Mantiqiy taktik usullar. 3. Tashkiliy-taktik usullar. 4. Kompleks taktik usullar. Ko‘zdan kechirishda qo‘llaniladigan taktik usullar ko‘proq tashkiliy

va mantiqiy mohiyatga ega bo‘ladi. Ko‘pincha hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish jarayonida ishtirokchilarga vazifalarni to‘g‘ri taqsimlash va ularning faoliyatini tashkil etish usullari, kelib tushgan xabar mazmuni-ga ko‘ra ko‘zdan kechirishni mantiqiy asoslarda amalga oshirish usullari qo‘llaniladi.

Ekspertiza tergov harakatida ham tashkiliy va mantiqiy usullardan foydalanish maqsadga muvofiq, ya’ni ekspertni, ekspertiza muassasasini belgilashda tashkiliy, savollar qo‘yishda esa mantiqiy usullardan foydala-nish kerak.

Narsa va hujjatlarni taqdim qilish, telefon so‘zlashuvlarini eshitib turish, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash tergov harakatlarida ham tashkiliy-taktik usullardan foydalaniladi. Tashkiliy va mantiqiy usullardan foydalanib o‘tkaziladigan tergov harakatlari jarayonida jiddiy psixologik to‘siqlar uchramasligi bois, psixologik taktik usullardan foydalanishga kuchli zarurat tug‘ilmaydi.

Boshqa shaxslarga psixologik ta’sir o‘tkazishni talab etadigan tergov harakatlarida kriminalistik taktik usullarning barchasidan vaziyatga ko‘ra foydalanishga zarurat bo‘ladi.

Guvohlantirish o‘tkazishda qat’iyatni namoyish etish, ishontirish, maj-buriylik talabini anglatish usullaridan foydalanish mumkin. Tintuv va olib qo‘yishda ham qat’iyatni ko‘rsatish, aniq talab qo‘yish, ishontirish, majbu-riylik talabini anglatish usullaridan foydalanish zarur. Eksperimentda tash-kiliy-taktik va mantiqiy-taktik usullardan ko‘proq foydalaniladi. Namuna-lar olishda ham guvohlantirishdagi kabi usullardan foydalanish mumkin. Murdani eksgumatsiya qilishda ishontirish, yaxshi taassurot qoldirish, qat’iyatni ko‘rsatish usullaridan foydalanish zarur.

Psixologik usullardan eng ko‘p foydalanishni talab etadigan tergov harakatlari so‘roq qilish, yuzlashtirish, ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish, tanib olish uchun ko‘rsatish kabilardir. Ushbu tergov harakatlari jarayonlarida shaxsda tergovchi hamma narsani biladiganday taassurot uyg‘otish, shaxsning fikrlarini ma’qullash, berayotgan ko‘rsatma-lari muhim ahamiyat kasb etishi haqida taassurot uyg‘otish, kutish, ishontirish, ishonch bildirish, rag‘batlantirish, hamdardlik bildirish, to‘sat-dan savol berish va boshqa usullardan foydalanish mumkin.

29

Tergov harakatlarini o‘tkazishda taktik usullardan muayyan tergov vaziyatidan kelib chiqib foydalaniladi. Tergov vaziyati ma’lum psixologik shart-sharoitlar ta’sirida kechadi. Ushbu psixologik shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda, tergov harakatlarini o‘tkazishda mos taktik usullar qo‘llaniladi. Tergov harakatlarini o‘tkazishning taktik usullarini tanlashga ta’sir etadigan psixologik shart-sharoitlarga: tergovchining tayyorgarligi, ruhiy holati, tergov harakatlariga jalb qilingan shaxslarning ruhiy holatlari, jinoyatning ochilganligi yoki ochilmaganligi, jinoyatchilik va jinoyatchi-likka qarshi kurashning holati, jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi organlar va mansabdor shaxslar o‘rtasidagi hamkorlik, jinoiy-huquqiy siyosat mazmuni kabilarni kiritish mumkin.

So‘roq qilish va u bilan bog‘liq tergov harakatlarini o‘tkazishda yuza-ga kelgan psixologik muammolarni hal etishda ularning sababini aniqlash va bartaraf etish maqsadga muvofiq. Masalan, uyida sodir etilgan o‘g‘rilik jinoyatlarida ko‘pincha jabrlanuvchi shaxsni so‘roq qilayotganda, shaxs avval juda asabiy holatda, qaysarlik bilan muloqotni boshlaydi. Bu vaziyat-da shaxsdagi asabiylik va o‘jarlikning sababi yo‘qolgan mulkiga joni achi-shishi, uning qaytarilishiga va tergovchiga nisbatan ishonchsizlik hisob-lanadi. Bunday holatlarda asabiylikning biroz pasayishini kutish (taxminan 10–15 daqiqa), shundan so‘ng, shaxsda tergovchiga nisbatan ishonch uyg‘otishga qaratilgan choralarni ko‘rish va ishonch paydo bo‘lganidan keyingina ko‘rsatmalar olish maqsadga muvofiq.

Tergov harakatlarini o‘tkazishda tergovchidagi quyidagi xususiyatlar muhim o‘rin egallaydi: hissiyotlarini yashirin saqlay bilish; so‘roq qilinayot-gan shaxsning psixologik holatini tushunish; shaxsga to‘liq gapirishi uchun imkon yaratish va uni eshita bilish.

Turli soha vakillarini tergov qilish jarayonida tergovchi kerakli, zarur ma’lumotlarni oladi, lekin bu ma’lumotlar hamma vaqt ham aniq va rav-shan bo‘lavermaydi. Shuning uchun ham ma’lumotlarni turli voqea-hodi-salar bilan taqqoslash, iloji boricha yonidagi tajribali xodimlardan masla-hat so‘rash ham kerak bo‘ladi.

3-§. Tergov vaziyatining psixologik tahlili

Dastlabki tergov faoliyati o‘ziga xos xususiyatlarni kasb etishi, har bir jinoyat ishi bo‘yicha turlicha kechishi tabiiy. Bunga tergovchi va boshqa ishtirokchilarning shaxsiy psixologik xususiyatlari va ular o‘rtasidagi munosabatlar bilan birga, jinoyat ishida yuzaga kelgan muayyan vaziyatlar va obyektiv holatlar ham jiddiy ta’sir etadi. Dastlabki tergovda bu jarayon tergov vaziyatlari, deb nomlanadi. Tergov vaziyati biror jinoyat sodir

30

etilganidan so‘ng (yoki sodir etilayotganda), u haqdagi xabar asosida tekshiruv-tergov jarayonlari natijasida oydinlashadi. Umuman olganda, vaziyat ijtimoiy jarayonlarning muayyan bosqichdagi holatini ifodalovchi tushuncha bo‘lib, o‘sha jarayon ishtirokchisidan kelgusida harakatlarning yo‘nalishlarini ko‘rsatgan holda oldinga intilishni, faoliyatni davom ettirishni talab etadi. Jumladan, tergov vaziyati tergovchidan jinoyatni ochish va jinoyat sodir etgan shaxsni javobgarlikka tortish yoki jinoyat ishini mazmunan hal qilish choralarini ko‘rish, jinoyat sodir etgan shaxs-dan esa aybiga iqror bo‘lish yoki javobgarlikdan qutulib qolishning ilojini topishni talab etadi. Jabrlanuvchi va guvohlardan esa, tergovchiga yordam berish yoki aksincha yo‘l tutishni talab etadi.

Tergov vaziyati deganda, sodir etilgan jinoyat, uni tergov qilish holati-ning mazmuni, tarkibiy elementlari va xususiyatlari, ya’ni jinoyat ishini mazmunan hal qilish uchun ahamiyatli bo‘lgan holatlar, jinoyat protsessi ishtirokchilari, ushbu elementlar o‘rtasidagi bog‘liqliklar va munosabatlar, amalga oshirilgan harakatlarning ro‘y bergan va ro‘y berishi mumkin bo‘lgan oqibatlari haqidagi harakatdagi ma’lumotlar tizimi tushuniladi. Tergov vaziyatini o‘rganishda hodisa va jarayonlarning muayyan bosqichdagi shartli turg‘un holati baholanadi. Bunda, albatta, vaziyatning kelgusida qanday rivojlanishini ham hisobga olish shart. Buning uchun esa tergov tusmollarini ilgari surish talab etiladi. Tergov tusmollari tergov vaziyatidan kelib chiqib ishlab chiqiladi. Tergov vaziyati ikki xil bo‘lishi mumkin:

1) tipik tergov vaziyatlari; 2) notipik tergov vaziyatlari. Tipik tergov vaziyatlari ham o‘z navbatida uch xil bo‘lishi mumkin.

Notipik tergov vaziyatlari esa jinoyat hodisasi va uning sodir etilish xusu-siyatlariga ko‘ra turlicha va juda kam uchraydigan yoki ilgari uchramagan vaziyatlardan iborat bo‘ladi.

Tergov vaziyatlariga to‘g‘ri baho berishda sodir bo‘lgan jinoyatning ko‘rinishlarini xayolan tasavvur qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Jinoyatni xayolan tasavvur etish psixologik jihatdan tergovchida tusmol tuzish va uni tekshirish rejasini ishlab chiqishga imkon yaratishi zarur. Tusmolni tekshirish tergov rejasida belgilangan jinoyatni ochish va isbot qilishga yo‘naltirilgan, mantiqiy ketma-ketlikda kechadigan protsessual harakatlarni o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.

Jinoyat hodisasini tasavvur qilish, tergov tusmollarini ilgari surish, jinoyat ishini tergov qilish rejasini ishlab chiqishda jinoyatning, uning alohida epizodlari sodir etilishida, ungacha va undan keyingi holatini xayolan qayta tiklash muhim hisoblanadi. Jinoyat hodisasi va uning holat-larini xayolan qayta tiklash ikki yo‘nalishda amalga oshirilishi kerak:

31

1) jinoyatni va uning sodir etilishiga imkon bergan obyektiv shart-sharoitlarni xayolan qayta tiklash;

2) jinoyat sodir etganning jinoiy niyati va qasdi shakllanishi, rivojlani-shi hamda sodir etgan qilmishiga munosabati ifodalangan shaxsiy xusu-siyatlarini xayolan qayta tiklash.

Birinchi holatda maqsad – jinoyat obyekti va obyektiv tomoni haqi-dagi to‘liqroq ma’lumotlar olish va haqiqatni aniqlashga qaratiladi. Ikkin-chi holatda jinoyatning subyekti va subyektiv tomoni, shuningdek, shaxs-ning jinoiy niyati va jinoiy xulq-atvorida namoyon bo‘ladigan jinoyatning aniq sabablari haqida to‘liq ma’lumotlarni olishga qaratiladi.

Jinoyat hodisasi va uning tarkibiy elementlari bilan bog‘liq holatlarni xayolan qayta tiklash tekshiruv-tergov jarayonida aniqlanadigan ma’lu-motlarni anglash, tahlil qilish orqali amalga oshadi. Bo‘lib o‘tgan jinoyat hodisasi holatlarini xayolan qayta tiklash mazmunan jinoyat hodisasining modelini yaratishda aks etadi, qisqa ta’riflaganda, ushbu jarayonlar modellashtirish, deb nomlanadi.

Modellashtirish1 deganda o‘rganilayotgan boshqa narsa yoki hodisa haqida fikr yuritishga asos bo‘lib xizmat qiladigan bilimlarni (ma’lumot-larni) olish maqsadida muayyan jarayon yoki hodisalarni xayolan yoki moddiy imitatsiya qilish, modelini tuzish tushuniladi.

Tergov faoliyatida modellashtirish deganda esa, jinoyat obyekti, ob-yektiv tomoni, subyekti va subyektiv tomoni haqidagi haqiqatlarni aniqlash maqsadida jinoyat sodir bo‘lgan joydagi jinoyat sodir bo‘lguncha, jinoyat sodir bo‘lishi jarayonidagi va ulardan keyingi holatlarni qayta tiklash, modelini (fr.modele < lot. modulus – o‘lchov, me’yor2) yaratish tushuniladi.

Tergovga qadar tekshiruv o‘tkazishda hodisa sodir bo‘lgan joyning chizmasi tuziladi, bu jarayon jinoyat sodir etilgandan keyingi holatni modellashtirishga, eksperiment o‘tkazishda tiklanadigan sharoit (model) bevosita jinoyat sodir etilish vaqtidagi holatni modellashtirishga mos keladi. Hodisa sodir bo‘lgan joyning chizmasi xayolan modellashtirish bo‘lsa, eksperiment o‘tkazishdagi sharoitni qayta tiklash – moddiy model-lashtirishdir.

Jinoyatlarni tergov qilish jarayonida jinoyat hodisalari bilan bog‘liq turli modellardan foydalanish mumkin. Tergov faoliyatida ko‘p uchraydi-gan modellarni haqiqiy holatlarni aks ettirishiga ko‘ra, ikkiga: 1) moddiy yoki jismoniy; 2) aqliy yoki faraziy modellarga ajratish mumkin. Model-lashtirish tergov manfaatlaridan kelib chiqib, o‘zgarmas holatlar yoki hara-

1 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Ж.II. – Т., 2006. – Б. 606. 2 O‘sha joyda.

32

katdagi jarayonlarga nisbatan ham yaratiladi. Masalan, izlar, hujjatlarning nusxalarini olish o‘zgarmas holatni modellashtirishga tegishli, eksperiment jarayonida yaratiladigan model esa harakat jarayonini ifodalaydi hamda mos ravishda moddiy yoki jismoniy model shakllarida bo‘ladi. Har qanday moddiy yoki jismoniy modellarning yaratilishi fikrlash, aqliy jarayonlardan «o‘tadi». Aqliy modellarni yaratishda fikrlash jarayoni ikki tabiiy xususiyat-da kechadi. Birinchidan, yorqin yoki aksincha tasavvurlarni, ikkinchidan, tasavvurlarning ma’no-mazmunini ifodalovchi tushunchalar, mushohada-lar, fikrlar. Aqliy yoki faraziy modellashtirish ham o‘z navbatida informa-tsion va konseptual modellarga ajratiladi. Informatsion model ham ikki xil – ehtimoliy va ishonchli bo‘ladi.

Informatsion model his etish orqali, nutqda ifodalangan ma’lumotlarni olish va ongimizda paydo bo‘ladigan turli o‘zaro bog‘liq tasavvurlar, tushunchalarni tahlil qilish natijasida yaratiladi.

Informatsion modelning o‘ziga xos vazifalari ma’lumotlar to‘plash, tartibga keltirish, qayta ishlash va qo‘shimcha ma’lumotlar yig‘ishga asos bo‘lib xizmat qilishi orqali boshqa modellardan farq qiladi. Shuningdek, bilish (tushunish) vositasi hisoblanadi hamda uning natijasi va maqsadini aks ettiradi. Ehtimoliy modellar vosita bo‘lsa, ishonchli modellar bilish-ning maqsadini ifodalaydi.

Informatsion model tergov davomida to‘planadigan ma’lumotlar aso-sida takomillashib boraveradi. Tergovchi fikrlash, o‘ylash jarayonida yan-gi ma’lumotlarga asoslanib xayoliy eksperimentlar o‘tkazadi, xayolida modelni yaratadi, harakatga keltirib tasavvur qiladi, ijodiy yondashadi, bilim va amaliy tajribaga tayanib, mavjud kamchiliklarni va yetishmayot-gan qismlarni aniqlaydi hamda haqiqiy voqelikda jinoyatning qanday yuz bergani, undan qoladigan izlar haqida yangicha xulosalarga keladi.

Informatsion modelning yana bir xususiyati shundaki, ushbu modellar hamisha ham ongli boshqarilmaydi, ya’ni tergovchi uni o‘ylayotganini qis-man anglamaydi. Boshqa vazifaga bog‘liq o‘y-xayollar bilan band bo‘l-ganda, protsessual harakatlarni o‘tkazayotganda ham, tergovchining iroda-siga bog‘liq bo‘lmagan holda informatsion model o‘z vazifasini bajarishda davom etaveradi. Psixologlarning e’tirof etishicha, buning sababi aqliy model inson asab tizimining qo‘zg‘atish markazida ustunlik xususiyatiga ega bo‘ladi hamda ong qabul qiladigan har qanday ta’sirni o‘ziga jalb etadi. Mos tarzda informatsion model ma’lumotlarni jalb qiladi, idrok etadi va ularni mustahkamlagan holda, yangi bog‘liqliklarni topadi, aniqlaydi hamda fikriy vazifalarni hal etadi.

Tusmol aqliy informatsion-mantiqiy modelning turi sifatida jinoyat ishlarini tergov qilishda katta ahamiyatga ega.

33

Tusmol deganda huquqiy nuqtai nazardan sodir etilgan hodisa mazmu-ni, sabablari, shart-sharoitlari, oqibatlari, sodir bo‘lish mexanizmi, uni sodir etgan shaxs, ushbu shaxsning sodir etgan qilmishiga va uning oqibatlariga nisbatan munosabatlari haqidagi o‘zaro mantiqiy bog‘langan hamda muay-yan asoslarga ega faraz yoki taxmin tushuniladi. Tusmol tekshirilayotgan hodisa (jinoyat) haqidagi ma’lumotlarning tahliliga tayanib ishlab chiqil-gan, mavjud ishonchli ma’lumotlar va farazlarni umumlashtirish asosida hodisa va uning barcha elementlari haqidagi taxmindir.

Psixologik mazmunga ko‘ra tusmol – tekshirish davomida aniqlangan hodisa tafsilotlari haqidagi ma’lumotlarni alohida va umumiy tahlil qilib, aniq bilimlar bilan farazlarni birlashtirib, intuitsiyaga tayanib shakllantiril-gan o‘sha hodisaning boshlanishi, sodir bo‘lishi va oqibatlari yuzaga keli-shi jarayonlari haqidagi tasavvurlar yoki taxminiy mulohazalardir.

Tergov tusmollari mazmunini ham aynan yuqorida bayon etilgan ta’riflarga mos tarzda ifodalash mumkin. Bunda tergovchining jinoyat haqi-dagi tasavvurlari va taxminlari qo‘shimcha sifatida kiritilgani yetarli bo‘ladi.

Tergov tusmolining ahamiyati shundaki, dastlab ishlab chiqilgan tus-molda tergov davomida aniqlangan ma’lumotlar keyinchalik topilgan yangi ma’lumotlar va qidirilayotgan ma’lumotlar bilan bog‘liq bo‘ladi, ya’ni tus-molda aks etgan, lekin qo‘lga kiritilmagan ma’lumotlar, ularni topish choralari haqida muayyan yo‘nalishlar mavjud bo‘ladi.

Tusmol ham ishonchli, ham ehtimoliy model bo‘lishi mumkin. Tusmol ehtimoliy model sifatida mantiqiy fikrlash bilan obyektiv voqelik o‘rtasidagi oraliq bo‘g‘in bo‘lib xizmat qiladi. Bunda, tusmol, dastlab mavjud voqelik-ning tahlili asosida tafakkurda tergov qilinayotgan hodisaning mexanizmi, sababi, ishtirokchilari va boshqa holatlari haqidagi ehtimoliy mulohazalar, tasavvurlarni shakllantiradi. So‘ngra, ushbu mulohazalar va taxminiy tasav-vurlardan ishdagi oydinlik kiritishni yoki izlashni talab etadigan, yetish-mayotgan ma’lumotlar, aniqlanmagan holatlar (faktlar), topilmagan izlarni hamda ushbu masalalarni yechish yo‘nalishlarini ko‘rsatib, taxminiy muloha-zalardan amaliy natijalarga erishishga xizmat qiladi.

Tergov tusmollari jinoyat ishlarini tergov qilishda quyidagilarning bajarilishini ta’minlaydi:

1. Mavjud ma’lumotlarni tizimlashtirish. 2. Yetishmayotgan ma’lumotlarni aniqlashtirish. 3. Ish uchun ahamiyatli va ishonchli ma’lumotlarni saralash. Tergov tusmollarini tuzishda, avvalo, tekshirilayotgan yoki tergov qili-

nayotgan jinoyat hodisasi haqida to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘lish, so‘ngra mavjud ma’lumotlarni har tomonlama tahlil qilib, ishonchli va haqiqatga

34

yaqinlarini ajratib olish zarur. Tusmol tafakkurda aqliy model sifatida jinoyat hodisasi haqida olingan dastlabki ma’lumotlarni (xabar asosida) tahlil qilishdayoq shakllana boshlaydi. Tergovga qadar tekshiruv natijasida jinoyat haqidagi xabar mazmuni tasdiqlanish darajasidan, olingan yangi ma’lumotlar mazmunidan kelib chiqqan holda, tergov tusmollari takomillashadi.

Tergov tusmollari nafaqat tafakkurda, balki aqliy faoliyat mahsuli sifatida yozma tarzda ifoda etilishi uning yanada mukammal bo‘lishiga va undan unumliroq foydalanishga imkon beradi.

Jinoyat ishlarini tergov qilishda aniqlanadigan ma’lumotlar va ushbu ma’lumotlar tahliliga tayanib qilinadigan taxminlar turlicha bo‘lgani bois, mos ravishda muayyan hodisaga oid bir necha tergov tusmollarini tuzish kerak bo‘ladi. Tergov tusmollari jinoyat hodisasining xususiyatlaridan kelib chiqib, jinoyatning oshkora yoki nooshkora sodir etilganligi, jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan shaxs aniqlanganligi, ushbu shaxsni tergovga olib kelish mumkinligi yoki uning qayerdaligi noma’lumligiga mos tarzda ishlab chiqiladi.

Tusmol tafakkur mahsuli sifatida kompleks psixik jarayonlar bilan bog‘liq. Tusmol tuzish jarayonlari hodisa haqidagi dastlabki ma’lumotlarni qabul qilgandan boshlanadi. Psixik jarayon sifatida ma’lumotlar tahlil qilinadi va hodisa haqidagi tasavvurlar, taxminlar avvalo alohida epizodlar, hodisaning kichik elementlarini ifodalaydi. Jinoyat hodisasining alohida elementlari haqidagi taxminiy yoki ishonchli mulohazalar va tasavvurlar o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqlikni aniqlash, uning natijasida jinoyatning sodir etilish mexanizmi va boshqa elementlari haqida umumiy bir butun tasavvur va mulohazalarni shakllantirish keyingi psixologik jarayonlardir. Tusmol-ning psixologik xususiyati uni tekshirish bilan bog‘liq psixik jarayonlarda ham ifodasini topadi. Tusmolni tekshirishda olingan yangi ma’lumotlarni taqqoslash jarayonida tusmol ehtimoliy modeldan ishonchli modelga ayla-nadi, ya’ni mukammallashib boradi. Tusmolni tuzish va tekshirish jarayon-larida idrok, xotira, fikrlash, tahlil qilish, tasavvur qilish, xulosa qilish, ishonch hosil qilish, baholash, qaror qilish kabi psixik jarayonlar yuz beradi. Shuningdek, ishonchli tusmolni ishlab chiqishga tergovchining kuchli bilimi, mantiqiy fikrlash qobiliyati, keng dunyoqarashga egaligi bilan birgalikda boshqa shaxslarda kechadigan psixik jarayonlar ham kuchli ta’sir o‘tkazadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, tergov tusmollarini tuzishga quyidagi psixologik xususiyatlar ta’sir etishini ajratib ko‘rsatish mumkin:

– tusmol tuzayotgan shaxs (tergovchi)ning psixologik xususiyatlari – xarakteri, temperamenti, irodasi, mantiqiy fikrlay olishi, insoniy fazilatlari-ning namoyon bo‘lishi;

35

– tergovchining kuchli bilim va keng dunyoqarashga egaligi, hayotiy va kasbiy tajribasi bilan bog‘liq xususiyatlari;

– tergovchining jinoyat hodisasini tekshirayotgan paytdagi ruhiy-jismo-niy holatlari: kayfiyati, sog‘ligi, tetikligi kabilar bilan bog‘liq xususiyatlar;

– tergovchining intuitsiyasi, ichki hissiyoti, ko‘ngil orqali sezish qobi-liyati bilan bog‘liq xususiyatlari;

– tergovga yordam berayotgan shaxslarning shaxsiy-irodaviy, aqliy va boshqa psixologik xususiyatlari, fazilatlari, tergovchi bilan o‘zaro munosa-batlari bilan bog‘liq xususiyatlari;

– tergovga qarshilik ko‘rsatayotgan shaxslarning shaxsiy-irodaviy, aq-liy va boshqa psixologik xususiyatlari, fazilatlari, tergovchi bilan o‘zaro munosabatlari bilan bog‘liq xususiyatlari.

Shu bilan birga tergov tusmollarini tuzishga tergov jarayonida yuzaga kelgan moddiy shart-sharoitlar, hodisa sodir bo‘lgan joy, vaqt, maxsus tex-nik vositalar ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Shu o‘rinda intuitsiya haqida to‘x-talib o‘tish maqsadga muvofiq. Intuitsiya – (lot. intuition < intueri – sin-chiklab, diqqat bilan qaramoq) haqiqatni tajriba va asoslarsiz bevosita ang-lash, tushunish, payqashdir1.

Psixologik jihatdan intuitsiya deganda muayyan masalaning yechimini tezlikda va bevosita topish, shuningdek, vazifani anglamagan holda ko‘p yillik kasbiy tajriba va yuksak kasbiy madaniyatga asoslanib, ijodiy hal etish tushuniladi. Intuitsiyani tezkor yechim, deb aytish ham mumkin. Intuitsiya – g‘ayriixtiyoriy his etish jarayoni, o‘zaro birikkan, uzluksiz bos-qichlardan iborat bilish jarayoni bo‘lib, shiddat bilan kechadi. Mantiq nuqtai nazaridan intuitsiya shiddatli kechishini inobatga olmaganda, oddiy fikrlash, hisobini olish, xulosa chiqarish, mulohaza yuritishdan farq qilmaydi. Intu-itsiya mantiqan tezda hisobini olish bo‘lsa, psixologik jihatdan o‘ziga xos ishonchli jarayondir. Intuitsiya bir vaqtda butun bir harakatlar, shakl va vaziyatlarni tasavvurda ko‘rish imkonini beradi. Intuitsiya faraz va tusmol-larni yaratadi. Shunga ko‘ra muayyan darajada protsessual ahamiyat kasb etadi va dastlabki tergovni samarali amalga oshirishga yordam beradi. Intu-itsiya – taxminiy yechim, asosini keltirib bo‘lmaydigan to‘xtam sifatida pro-tsessual qaror qabul qilishda asos bo‘la olmaydi. Chunki qarorlar ishonchli, maqbul va tegishli dalillarga asoslanib chiqarilishi shart. Isbotlash jarayonida intuitsiya asosidagi bilimlarni mantiqan to‘g‘ri va amalda asoslangan ishonchli bilimlarga aylantirish zarur. Shu o‘rinda qayd etish joizki, haqiqatni aniqlash, dalillarni to‘plash, tergov qilishning samarali usullarini tanlash uchun kasbiy intuitsiya zarur bo‘ladi.

1 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Ж.II. – Т., 2006. – Б.219.

36

Tergov tusmollari jinoyatni samarali va sifatli tergov qilishga xizmat qiladi. Bu tusmollarni tekshirish jarayonida namoyon bo‘ladi. Tergov tus-mollarini tuzish va tekshirish tergovni rejalashtirishda aks etadi. Jinoyat ishini tergov qilish rejasida mantiqiy ketma-ketlikda tusmol va uni tekshi-rishga qaratilgan chora-tadbirlar, ularni bajarish muddatlari va ijrochilari ko‘rsatiladi.

Tergovni rejalashtirish va tusmollarni tekshirishni tashkil etishda ayrim jihatlarni hisobga olish, ya’ni tusmolni tekshirishga jalb etiladigan kuch va vositalar, ularning holatlari, tergovchi ishlayotgan jamoa, organ faoliyati-ning xususiyatlari, o‘sha vaqtdagi umumiy vaziyat va psixologik jihatlar hisobga olingandagina tergovni rejalashtirish va tusmollarni tekshirish nati-jalari samarali bo‘ladi.

Tergov tusmollarini tekshirishning psixologik xususiyatlariga quyidagi-larni kiritish mumkin:

1. Tekshiruvni tashkil etish bilan bog‘liq xususiyatlar (tergovni to‘g‘ri rejalashtirish, ishtirokchilarni to‘g‘ri tanlash, tayyorgarlik ko‘rish kabilar).

2. Muayyan tadbirlarni (tergov harakatlari) o‘tkazishda mavjud bo‘ladi-gan psixologik xususiyatlar.

3. Jinoyatni tergov qilishga jalb qilingan shaxslar o‘rtasidagi hamkorlik va o‘zaro munosabatlar.

4. Tekshiruv jarayonida aniqlangan va qo‘lga kiritilgan ma’lumotlarni baholash va tegishli qaror qabul qilishning psixologik xususiyatlari.

5. Tuzilgan barcha tusmollardan bitta ishonchlisini aniqlash va boshqa tusmollarni rad etish.

6. Ishonchli tusmolni to‘liq asoslantirish va yetarli bo‘ladigan dalillar bilan isbotlash.

7. Isbotlangan tusmolni jinoyat ishini mazmunan hal qilish yoki dast-labki tergovni tamomlashga asos bo‘ladigan protsessual hujjatda (qaror, ayblov xulosasi) asoslantirilgan holda aks ettirish.

Qayd etilganidek, tergov vaziyati tergovchini muayyan harakatlarni bajarishga undaydi. Jinoyat ishini tergov qilishda tergovchi tergov vaziyati-ni tahlil qilishi va unga to‘g‘ri baho berishi tergov yo‘nalishini to‘g‘ri belgi-lashga ko‘maklashadi. Tergov vaziyatini tahlil qilish deganda tergov vaziyati haqidagi ma’lumotlarni o‘rganish, mazmunan tushunish, qilmish haqiqatan sodir bo‘lganligi va qaysi jinoyat ekanligini aniqlash, tergov tusmollarini tuzish, ushbu tusmollarni tekshirish mazmuni va yo‘nalishlarini belgilash, muayyan protsessual qaror qabul qilishga qaratilgan xulosa va to‘xtamlarga kelish jarayoni tushuniladi. Tergov vaziyati doimiy tahlilni talab etadi, ya’ni har kuni yoki muayyan protsessual harakatlarni boshlash-dan yoki qaror qabul qilishdan avval, tahlil amalga oshirilishi shart.

37

Tergov vaziyatini tahlil qilish shaxs huquq va erkinliklari bilan bog‘liq-ligi bois, tergov jarayonida xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik, ishni noto‘g‘ri yo‘-nalishda davom ettirmaslik, eng muhimi – haqiqatni aniqlash va jinoyat protsessining vazifalarini aniq belgilash zarur.

Tergov vaziyatini tahlil qilish tergov jarayonida to‘plangan yangi dalil-lar va ma’lumotlar asosida ham amalga oshiriladi. Tahlil natijasida qabul qilinadigan qaror har tomonlama asosli va to‘g‘ri bo‘ladi. Tahlil fikriy, mulohaza yuritish jarayoni bo‘lib, uning natijasi muayyan xulosalarga kelish va tegishli qaror qabul qilishda ko‘rinadi. Masalan, tergovga qadar tekshiruv natijalari o‘rganilib, mavjud tergov vaziyati tahlil qilinadi va asoslar yetarli bo‘lsa, jinoyat ishini qo‘zg‘atish yoki qo‘zg‘atishni rad etish, asoslar yetarli bo‘lmaganda, yetishmagan dalillarni qidirish va topishga qaratilgan qarorlar qabul qilinadi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandan so‘ng esa, kechiktirib bo‘lmas yoki dastlabki tergov harakatlarini o‘tkazish haqida qaror qilinadi va hokazo.

Tergov vaziyatini tahlil qilish asosida tegishli qaror qabul qilishning ham o‘ziga xos xususiyatlari, xususan, psixologik jihatlari mavjud. Tergov vaziyatini tahlil qilish va tahlil asosida qaror qabul qilish tergovchining tafakkurida kechadigan jarayon hisoblanadi. Ammo tahlil va qaror qabul qilish bir necha tergovchilar, tergov organining rahbari, prokuror, sudyalar bilan maslahatlashgan holda ham amalga oshirilishi mumkin. Tergov vaziyati va qaror qabul qilishda eng muhim jihatlardan biri – ichki ishonch-ga tayanishdir.

Ichki ishonch dalillarni baholash metodi, usuli yoki tamoyili sifatida ham, dalillarni baholash mezoni sifatida ham, shuningdek, baholash natijasi sifatida ham e’tirof etiladi. Amaldagi qonunchilik, sud-tergov amaliyotining tahlili dalillarni ichki ishonch asosida baholash deganda avvaldan dalil kuchi va ahamiyati haqida belgilangan qoidalarning yo‘qligi sharoitida ishni yuritayotgan organning istisnoli vakolati hamda bunday baholash dalilning haqqoniyligi haqidagi barcha shubhalarni bartaraf etuvchi qat’iy xulosa va qarorlar bilan yakunlanadigan tartib sifatida anglash zarurligini ko‘rsatadi.

Ichki ishonch tafakkur, hissiyot va iroda mahsuli sifatida shunchaki fikr yoki to‘g‘ri nuqtai nazar emas, balki inson xulq-atvorini boshqaruvchi va yo‘naltiruvchi, emotsional tusdagi, ba’zida ehtirosli g‘oya, ichki kuchdir. Tergovchining ichki ishonchi esa bilim, ushbu bilimlarning haqqoniyligiga ishonch va amaliy harakat qilishga undovchi irodaviy rag‘batdir. Jinoyat-protsessual kodeksda belgilangan dalillarni ichki ishonch asosida baholash qoidasi majburiy shart sifatida aniqlangan bilim, qabul qilingan qaror va bajarilgan harakatlarning to‘g‘riligiga tergovchining ishonchi komilligi, turli shubhalarining yo‘qligini tavsiflaydigan psixik holatini nazarda tutadi.

38

Tergov vaziyatini tahlil qilish va qaror qabul qilishning quyidagi psixologik xususiyatlari mavjud:

– tahlil ish bo‘yicha aniqlangan barcha ma’lumotlarga asosan amalga oshirilishi zarur;

– tahlil va qaror qabul qilishga tergovchi ruhan va jismonan tayyor bo‘lishi shart;

– tahlil qilishda intuitsiyaga asoslanish mumkin va zarur, lekin qaror qabul qilishda faqat ishonchli dalillarga asoslanish kerak;

– tahlil qilish va qaror qabul qilishda ichki ishonchga tayanish zarur; – tahlil asosida chiqarilgan xulosalar qabul qilinadigan qarorda aks eti-

shi zarur; – tahlil natijasida kelingan oxirgi xulosa avvalgi tahlil natijalarini inkor

etsa, qabul qilinayotgan yangi qaror bilan avvalgi qaror bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi shart;

– tahlil asosida qabul qilingan qaror kutilgan huquqiy va psixologik oqibatlarni keltirib chiqaradi.

Barcha ma’lumotlarga asoslanish deganda jinoyat ishiga oid har qanday ma’lumotlar, ya’ni tezkor va tergov harakatlari natijasida to‘plangan ma’lumotlar nazarda tutiladi. Tergovchining ruhan va jismonan tayyorligi esa asablari va sog‘ligi holati barqaror, ruhan va jismonan tetik, har qanday ehtiroslardan xoli kayfiyatda bo‘lishidir. Intuitsiyaga ishni rejalashtirish, tergov tusmollarini tuzish va tergov yo‘nalishlarini belgilashda asoslanish maqsadga muvofiq, lekin protsessual qarorlarni isbotlanmagan va tekshiril-magan ma’lumotlar asosida qabul qilish mumkin emas, qarorlar tekshiril-gan, maqbul va ishonchli deb baholangan dalillarga asosan chiqarilishi kerak. Xuddi shuningdek, tahlil qilish va qaror qabul qilishda ichki ishonch-ga tayanish tergov yo‘nalishi va tusmollarni tuzishda, ishni mazmunan hal qilishda dalillarni baholashning mezoni sifatida katta ahamiyatga ega. Tahlil asosida chiqarilgan xulosalar shunchaki emas, balki mantiqiy bog‘langan va mavjud dalillar bilan asoslantirilgan va qabul qilinadigan qarorlarda aks ettirilishi kerak. Tahlil deyarli har kuni amalga oshiriladi, shu bois, oxirgi xulosa avvalgi tahlil natijalarini inkor etganda, qabul qilinayotgan yangi qaror bilan o‘zgartirish yoki bekor qilish asoslari batafsil ko‘rsatilib, dast-labki qarorlarni bekor qilish yoki o‘zgartirish talab etiladi. Chuqur tahlil asosida qabul qilingan qarorga nisbatan e’tirozga o‘rin qolmaydi, chunki asosli tahlil adolatli va haqqoniy qaror qabul qilishga xizmat qiladi.

4-§. Tergovchi shaxsining psixologik tuzilishi

Tergovchi – O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (1994-y.)da nazarda tutilgan vakolatlar doirasida surishtiruv organlari

39

o‘tkazadigan tergov harakatlaridan tashqari, jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergovni amalga oshirishi shart bo‘lgan mansabdor shaxs.

Tergovchiga jinoyat ishini qo‘zg‘atish yoki uni o‘z yurituviga qabul qilib olish, tergovning borishini mustaqil ravishda yo‘naltirish, surishtiruv organlariga ijro uchun tezkor qidiruv tadbirlari hamda ayrim tergov harakat-lari (ushlab turish, olib kelish, qamoqqa olish va boshq.)ni o‘tkazish to‘g‘risida yozma topshiriq berish vakolati berilgan.

Tergovchining faoliyati har tomonlama, to‘liq va xolisona tergov qilish orqali ish bo‘yicha haqiqatni tiklashga qaratilgan bo‘lib, uni faqat tergovchi to‘g‘ri qo‘llashi lozim bo‘lgan jinoyat-protsessual qonunchilik normalarini yaxshi bilgandagina amalga oshirish mumkin. Qonun ikki: bevosita va bilvosita dalillar turini belgilab qo‘ygan.

Jinoyatlarni tergov qilish bir xil baholanadigan va jinoyatning to‘liq tafsilotlarini qayta tiklashga yordam beradigan dalillarni to‘plashdan iborat. Tergovchi jinoyat ishi bo‘yicha turli tergov harakatlarini o‘tkazar ekan, doim vaziyat ta’sirida bo‘lgan har bir odam o‘zi ko‘rgan hodisalarni turlicha idrok qilishini hisobga olishi lozim. Bu yerda tergovchining evristik, ya’ni bilish qobiliyati katta o‘rin tutadi. Buning uchun tergovchi yo‘naltirilgan ijodiy tasavvurga ega bo‘lishi hamda o‘zining tafakkur qilish qobiliyatini rivojlantirishi lozim. Tergovchining bilish qobiliyati tergov qilinishi zarur bo‘lgan hodisa to‘g‘risida ishonchli ma’lumotni olish uchun u qilgan xulosaning tekshirilishida namoyon bo‘ladi.

Tergovchi tomonidan dalillarni olishning eng keng tarqalgan usuli – identifikatsiya hisoblanadi. Bu usulning daliliy ahamiyati shundan iboratki, uning natijasida aybni hamda javobgarlikni individuallashtirish huquqiy prinsipi amalga oshiriladi. Tergovchi identifikatsiya orqali muayyan shaxs-ning jinoyatga aloqadorligining rad etib bo‘lmaydigan dalili hisoblanadigan obyektlarni aniqlab oladi. Bu tergovchi tergov jarayonida muayyan obyekt-ning aniq belgilarini bilib olishi lozim, demakdir.

Tergovchilarining bilish faoliyati boshqa kasb kishilarnikiga nisbatan chuqurligi, keng qamrovliligi, tezkorligi, aniq maqsadga qaratilganligi, mantiqiyligi, maxsusligi bilan farq qiladi. Quyida bularning barchasiga batafsil to‘xtalamiz.

Diqqat va uning tergovchilar faoliyatidagi o‘rni. Diqqat shaxs faoliyatning barcha turlari, eng avvalo, mehnat va o‘quv faoliyati samara-dorligining muhim va zarur shartidir. Bilish jarayonlari kechishining eng muhim xususiyati uning tanlanganligi, yo‘naltirilganligidan iboratdir. Tevarak-atrofdagi ko‘plab ta’sirlar orasidan shaxs hamisha nimanidir idrok etadi, nimanidir faraz qiladi, nima haqida fikr yuritadi, o‘ylaydi. Ongning

40

bu xossasi diqqat kabi xususiyat bilan o‘zaro bog‘liq. Tergovchining kasbiy faoliyatida bilish jarayonlarining ahamiyati beqiyosdir.

Diqqat individning hissiy, aqliy yoki harakatlantiruvchi faolligi darajasining oshirilishini taqozo etadigan tarzda ongning yo‘naltirilganligi va bir obyektga qaratilganligidir.

E’tiborni ma’lum obyektga qaratish uchun irodaviy kuch-g‘ayrat sarflash zarurati yuzaga kelganda, binobarin, qiyinchiliklar paydo bo‘lgani-da, bilishga oid qiziqish susayganida, shuningdek, to‘siqlar mavjud bo‘lgan kezlarda diqqat aniq-ravshan namoyon bo‘ladi.

Hosil bo‘lish xususiyati va amal qilish usullariga ko‘ra diqqatning uch-ta asosiy turi mavjud: a) ixtiyorsiz diqqat; b) ixtiyoriy diqqat; d) ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat.

Ixtiyorsiz diqqat shaxsning niyatlari va maqsadlaridan mustasno tarzda hosil bo‘ladi va qo‘llab-quvvatlanadi. Ixtiyorsiz diqqatning paydo bo‘lishi jismoniy, psixofiziologik va psixik omillar bilan bog‘liq. Individning ehtiyojlariga mos keladigan, uning uchun ahamiyatga ega bo‘lgan qo‘zg‘a-tuvchilar ixtiyorsiz diqqatni qo‘zg‘aydi. Ixtiyorsiz diqqatda bevosita qizi-qishning roli benihoya kattadir. Nimaiki qiziqarli, maroqli, hissiyotga boy, zavqli bo‘lsa, diqqatni uzoq vaqt mobaynida to‘planib turishiga majbur qiladi. Ixtiyorsiz diqqat shaxsning umumiy yo‘nalganligiga ham bog‘liqdir.

Ixtiyoriy diqqat ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solinadigan e’tibordir. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqat zamirida hosil bo‘ladi. Ixtiyoriy diqqat, agar shaxs o‘z oldiga ma’lum bir vazifa qo‘ygan va harakat dasturini ongli tarzda ishlab chiqqan bo‘lsa, yuz beradi.

Ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatda shaxsda diqqatning ixtiyoriy to‘planganligidagi kabi, faqat uning mazmuni va jarayonining qiziqarli hamda ahamiyatli bo‘lishi natijasida qiziqib, kirishib ketish xususiyatida namoyon bo‘ladi. Diqqatning jamlanishi, jalb qilinishi ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqatda unumli va sermahsul hisoblanadi. Ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat bosqichiga o‘tish uchun ish jarayonini faollashtirish talab etiladi. Ish jarayonini xotira qonuniyatlarini yaxshi bilgan holda, uning yordamidan foydalanib amalga oshirish talab etiladi. Bular mantiqan tushunish va qiziqish uyg‘otish qonuniyatlari hisob-lanadi1.

Kasbiy diqqat yaxshi shakllangan ixtiyoriy diqqatning anglanganligi va keragicha boshqarish imkoniyatining mavjudligi bilan ajralib turuvchi, nima, qachon, qayerda, kimga va nimaga diqqatni qaratish kerakligini belgi-

1 Военная психология / Под ред. А. Г. Малакова. – М., 1999. – С. 82.

41

lab beruvchi jarayon hisoblanadi. Kasbiy diqqatning yaxshi rivojlanganligi uning maqsadli va mohirona yo‘naltirilganligi bilan belgilanadi. Diqqatni bir joyga jamlash va uni to‘g‘ri yo‘naltirishda quyidagi omillarni hisobga olish zarur:

– ish jarayoniga mos sharoitni yaratish, ya’ni ish joyini saranjomlash, yorug‘likka qulay joylashtirish;

– muayyan vazifani bajarish uchun psixologik tayyorgarlik ko‘rish; – aqliy tayyorgarlik, zarur adabiyotlardan foydalanish, tajriba orttirish,

aqliy faoliyat yuritish uchun qulay vaqtlarni hisobga olish (tonggi soat 500 dan 1100 gacha, kunduzgi soat 1600 dan kechki 2000–2400 gacha aqliy faoliyat unumdorligi yuqoriligini kuzatish mumkin).

Tergovchining kasbiy faoliyatida diqqatning asosiy xususiyatlari (taqsimlanishi, tarqoqligi, barqarorligi, tez o‘rin almashishi) ham o‘ziga xos ahamiyat kasb etishini, ya’ni sodir bo‘lgan voqea-hodisalarning zarur tomonlarini o‘rganish va aniqlik kiritishda, jinoyatchi shaxsning psixik holatini kuzatishda qo‘l kelishini anglab yetish muhimdir. Masalan, diqqatning hajmi 7–12 ta obyektni to‘liq qamraydi, barqarorligi 10–12 daqiqa to‘liq saqlanadi, bir soniya ichida diqqatni 3–4 marotaba ko‘chi-rish mumkin. Shunday ekan, tergovchilar o‘z xizmat faoliyatida kasbiy diq-qatni jamlash uchun quyidagi usullardan foydalanishlari zarur:

– obyektni kuzatish jarayonida jinoyatchining o‘ziga xos xususiyatlari-ni inobatga olish va jinoyatchi o‘rnida o‘zini tasavvur qilishi;

– obyektni kuzatish jarayonida diqqatni to‘g‘ri taqsimlash va tez ko‘chira bilish ko‘nikmasini shakllantirish usullaridan foydalanishi;

– davomli mashq qilish yordamida diqqat markazida 2–7 tadan, 8–15 tagacha bo‘lgan obyektni ushlab turishi;

– diqqatni bir obyektdan ikkinchisiga ko‘chirishda har bir soniyadan unumli foydalanishi;

– diqqat chegarasining torayishini hisobga olishi, ya’ni axborot qanchalik muhim bo‘lmasin, bir obyektga bog‘lanib qolmasligi;

– umumiy kuzatuv obyektida, sharoitni o‘rganish maqsadida, diqqatni teng taqsimlab, obyektni qismlarga bo‘lib kuzatishi.

Diqqatni kuchaytirish usullari: – javobgarlik hissini sezish, faoliyat samaradorligini belgilovchi aha-

miyatli jihatlarni hisobga olish; – muayyan xatti-harakatlarni amalga oshirishda irodaviy kuchga taya-

nish; – obyektni «diqqat bilan kuzat», «yaxshilab qara», «yana bir bor tek-

shir» kabi diqqatni kuchaytiruvchi buyruqlarni berish;

42

– kuzatish jarayoniga salbiy hissiyotlarni aralashtirmaslik; – kuzatuvchanlik faoliyatini susaytiruvchi omillarni inobatga olmaslik. Diqqatni jamlash prinsiplari: – muayyan holatga diqqatni yo‘naltirish; – ahamiyatsiz ma’lumotlarni miyada saqlamaslik; – keraksiz fikrlarga chalg‘imaslik. Diqqat jarayoni, o‘z navbatida, kuzatuvchanlik faoliyati bilan uyg‘un

shakllanadi. Kuzatish tergovchilarning kasbiy faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. U jinoiy faoliyatni fosh etishda, jinoyatchilarning aloqalarini, shaxsiy xislatlarini o‘rganishda, tergov jarayoniga tegishli ma’lumotlarni to‘plashda namoyon bo‘ladi.

Kuzatish deganda, ma’lum bir maqsadli rejani amalga oshirish uchun narsa va hodisani ongda ataylab idrok etish tushuniladi.

Kasbiy kuzatish esa tergovchining tergov harakatlarini amalga oshi-rishida muhim voqea va hodisalarni maqsadga muvofiq tarzda idrok etish jarayonidir.

Kasbiy kuzatuvchanlik xodimning shaxsiy tabiiy xususiyati emas, balki shakllantirilgan xususiyatiga aylanib, faoliyatning barcha turlarida kuzatuv-chanligining oliy darajaga chiqqanida namoyon bo‘ladi1.

Kasbiy kuzatishda ko‘z tushgan barcha narsa idrok etilmaydi, balki eng muhim, zarur, xizmat faoliyati uchun ahamiyatga molik obyekt (narsa, predmet)largina idrok etiladi. Bu, odatda, kuzatish asosini tashkil qiluvchi maqsadlar, vazifalar, rejalar bilan bog‘liq bo‘ladi.

Kasbiy kuzatuvchanlik samaradorligi esa, albatta, psixologik mexa-nizmlar, qonuniyatlar va omillar bilan belgilanadi. Ya’ni, ular namoyon bo‘lish xususiyatlariga ko‘ra obyektiv, sharoitga xos va subyektiv guruh-larga bo‘linadi.

Kasbiy kuzatish jarayonini amalga oshirishda subyektiv omillarga muhim vazifa yuklatiladi.

Obyektiv va sharoitga xos omillar kuzatilayotgan shaxs, obyekt va ular o‘rtasidagi mavjud sharoit xususiyatlarini belgilaydi.

Subyektivlik jinoiy guruh a’zolarining qilmishlarini yashirish niyatida amalga oshirgan niqobli (yashirin) harakatlari, ya’ni jinoyat sodir etilgan joyda iz qoldirmasliklari, dalil-isbotlarni topishni qiyinlashtirishlari, dast-labki surishtiruv ishlarini olib borishda anglashilmovchiliklarga sharoit yaratishlarida namoyon bo‘ladi.

1 Асямов С. В., Пулатов Ю. С. Ички ишлар идоралари ходимларининг кас-

бий-психологик тренинги. –Т., 2002. –Б.39.

43

Shu nuqtai nazardan kasbiy kuzatuvchanlikni shakllantirishda xodim-dan kasbiy diqqat, idrok xususiyatlari va operativ xotira jarayonlarini rivojlantirish talab etiladi.

Tergovchi tergov amaliyotida shaxsga nisbatan kuzatuvlar olib borish-da quyidagi psixologik omillarni hisobga olishi kerak:

– o‘zi kuzatayotgan gumonlanuvchi shaxsning xulq-atvoriga xos bo‘l-gan xususiyatlar (masalan, uning jinoiy faoliyatiga xos xususiyatlari, yo‘na-lishi, jinoiy tajribasi, nima va kimlarga qiziqishi, moyilligi va boshq.)ni;

– zarur bo‘lganda maxsus texnik vositalar va xotira kuchi yordamida kuzatilayotgan obyektning xatti-harakatlarini to‘liq va uzoq muddat esda saqlashi, zarurat bo‘lsa, aniq qayd etishi;

– qayd etilgan faktlarni kuzatilayotgan obyekt to‘g‘risida olingan avval ma’lumotlar bilan qiyoslashi va xulosalar chiqarishi.

Tergovchi kasbiy kuzatuvchanlikni rivojlantirishda quyidagilarni e’ti-borga olishi zarur:

– kuzatuvdan avval o‘rganilayotgan shaxs, narsa yoki hodisa haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lish;

– vazifani aniq maqsad (xayolan bo‘lsa-da) asosida belgilab olish va kuzatuv rejasi hamda tartibini tuzish;

– kuzatilayotgan obyektda nafaqat topilishi kutilgan narsani, balki uning teskarisini ham izlash;

– kuzatish predmetini qismlarga bo‘lib o‘rganish bilan birga, butun jarayonni kuzatishni esdan chiqarmaslik;

– bir martalik kuzatishga ishonmaslik, obyektni turli nuqtai nazar va turli vaziyatlarda tekshirish;

– kuzatish davomida har bir elementga nisbatan «nega?», «nima uchun?» kabi savollar qo‘yish asnosida yondashish, o‘z fikr va xulosalari asosida natijani taxmin qilish;

– kuzatuv obyektlarini solishtirish, ularni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish va ulardagi o‘xshash hamda farq qiluvchi jihatlarni topish;

– kuzatish natijalarini ushbu predmet haqida ma’lum bo‘lgan ma’lu-motlar bilan qiyoslash;

– kuzatish natijalarini aniq ifodalash va tegishli tarzda qayd etish; – kuzatishga turli mutaxassislarni jalb etish, kuzatish natijalarini

solishtirish va hamkasblari bilan muhokama qilish; – kuzatuvchi o‘zi ham kuzatish obyekti bo‘lishi mumkinligini doim

esda tutish1.

1 Ратинов А. Р. Судебная психология для следователей. – М., 1967. – С. 90.

44

Kasbiy kuzatuvchanlikni rivojlantirishning muhim omili tegishli psixologik qonuniyatlarga asoslanuvchi kasbiy kuzatish texnikasini egallash sanaladi.

Sezgi va uning tergov faoliyatidagi o‘rni. Sezgi oddiy psixik jarayon bo‘lib, u moddiy olamdagi narsa va hodisalar ayrim xususiyatlarining aksi-dan, shuningdek, moddiy qo‘zg‘atuvchilar tegishli retseptorlarga bevosita ta’sir etganda, organizmda hosil bo‘ladigan ichki holatlardan tarkib topadi. Materiya inson sezgi irodalariga ta’sir etib, sezgi hosil qiladi. Sezgi a’zolari axborotni qabul qilib oladi, saralaydi, jamlaydi va miyaga yetkazib beradi.

Sezgi a’zolari tashqi olamning kishi ongiga kirib keluvchi yo‘llaridir. Sezgilar mohiyatiga ko‘ra obyektiv olamning subyektiv qiyofalari hisobla-nadi. Lekin sezgilarning hosil bo‘lishi uchun organizmning moddiy qo‘z-g‘atuvchi tegishli ta’siriga berilishi kifoya qilmaydi, balki organizmning o‘zi ham qandaydir vazifa bajarishi kerak bo‘ladi.

Kishining hayoti va faoliyatida sezgilarning roli juda katta. Chunki, ular shaxsning olam va o‘zi to‘g‘risidagi bilimlarining manbai hisoblanadi. Inson tevarak-atrofida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida hamisha axborot olib turishi kerak.

Tergov amaliyotida ham sezgining o‘rni beqiyosdir. Kasbiy sezgirlik his qilish jarayonlarini mashq qildirish orqali rivojlantiriladi. Bu xususiyat faoliyat davomida shakllanib boradi.

Idrok va uning ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatidagi o‘rni. Idrok sezgiga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayonligi sababli unda barcha ruhiy holatlar, hodisalar, xususiyatlar, xossalar va inson ongi-ning yaxlit mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar, ko‘nikmalar bir davr-ning o‘zida namoyon bo‘ladi, aks ettirishda ishtirok etadi.

Narsa yoki hodisalarning sezgi a’zolariga bevosita ta’siri jarayonida kishi ongida uning aks etishi idrok deb ataladi.

Idrok etish jarayonida alohida holdagi sezgilarning tartibga solinishi hamda narsa va voqea-hodisalarning yaxlit obrazlarga birlashuvi yuz beradi.

Qo‘zg‘atuvchining alohida xususiyatlari aks etadigan sezgilardan farqli o‘laroq, idrok predmetlarni uning hamma xususiyatlari bilan birgalikda aks ettiradi. Bunda idrok alohida sezgilar yig‘indisi tarzida emas, balki hissiy bilishga xos xususiyatlarning sifat jihatidan yuqori bosqichi deb tasavvur qilinadi.

Tergov amaliyotida idrok faoliyat uchun ahamiyati muhim hodisa, holat, obyektlardan predmetli ravishda keraklilarini ajratib olib, yaxlit holda ongda aks ettirish, oddiy shaxs ko‘ra olmaydigan holatlarda predmetlarni tez va oson ilg‘ash jarayonidir. Yaxshi rivojlanmagan kasbiy idrok xodimda illyuzion (noto‘g‘ri) idrokni shakllantiradi.

45

Shu nuqtai nazardan idrok tergovchining kasbiy faoliyatida muayyan, o‘ziga xos xususiyatlarni namoyon etadi. Ya’ni, tergovchi aniq ma’lumot olish maqsadida guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini kuzatayotganda, o‘rganilayotgan obyekt to‘g‘risidagi turli ko‘rinish va maz-mundagi tasavvur va tushunchalarni yaxlit holatda idrok qiladi. Tergovchi voqelikni to‘g‘ri idrok etishi uchun uning prinsiplariga rioya qilishi zarur.

Idrok qilish prinsiplari quyidagilar: – miyada bilish zarur bo‘lgan holat yuzasidan aniq aqliy zanjir tuzish; – sezgi a’zolarining imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish; – o‘rganilayotgan obyektga nisbatan qiziqish uyg‘otish. Xodim idrok qilish prinsiplari asosida turli nuqtai nazarlarni, maso-

fadan, vaziyatdan, holatning yoritilish darajasi, sharoitdan kelib chiqib, obyektdan olgan taassurotlarini tahlil qiladi.

Xotira va uning ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatidagi o‘rni. Odam ko‘rgan, his qilgan va eshitgan ma’lumotlarining juda oz miqdori-nigina eslab qoladi. Individ psixikasining eng muhim xususiyati shundan iboratki, u tashqi taassurotlardan o‘zining keyingi xatti-harakatlarida doimo foydalanadi. Individual tajriba orta borishi hisobiga xulq-atvor sekin-asta murakkablashadi. Agar tashqi dunyoning miya qobig‘ida hosil bo‘ladigan obrazlari beiz yo‘qolib ketaversa, tajribaning shakllanishi mutlaqo mumkin bo‘lmay qolar edi. Bu obrazlar bir-biri bilan turli xil aloqalar bog‘lagan holda mustahkamlanib, saqlanib qoladi hamda hayot va faoliyat talablariga muvofiq tarzda yana yangidan namoyon bo‘ladi.

Individning o‘z tajribasini esda olib qolishi, esda saqlashi va keyin-chalik uni yana esga tushirishi xotira deyiladi.

Xotirada esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish kabi asosiy jarayonlar alohida ajratib ko‘rsatiladi. Bu jarayonlarning har biri alohida mustaqil psixik xususiyat hisoblanmaydi. Ular faoliyat davomida shakllanadi va o‘sha faoliyat bilan belgilanadi.

Xotira mexanizmlarini o‘rganishning psixologik darajasi xronologik jihatdan boshqalaridan ustunroq bo‘lib, bu haqda fanda turli yo‘nalishlar va nazariyalarning ilgari surilganligi ma’lum. Bu nazariyalarni ular xotira jarayonlari shakllantirilishida subyektning faolligi qanday rol o‘ynashiga va bunday faollikning mohiyatiga qanday yondashuviga bog‘lab, tasniflash va baholash mumkin.

Xotiraning esda olib qolish va qayta esga tushirish jarayonlari sodir bo‘ladigan faoliyatning xususiyatlariga bog‘liqligi xotiraning har xil turlari-ni ajratish uchun umumiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Bunda xotiraning turlari uchta asosiy mezonga muvofiq bo‘linadi:

46

1) faoliyatda ko‘proq sezilib turadigan psixik faollikning xususiyatiga qarab, xotira harakat, his-hayajon, obrazli va so‘z-mantiqli turlarga bo‘linadi;

2) xotira faoliyatning maqsadi, xususiyatiga ko‘ra ixtiyorsiz va ixtiyo-riy turlarga bo‘linadi;

3) materialni qancha vaqt esda olib qolish va esda saqlash muddatiga ko‘ra (uning faoliyatdagi roli va tutgan o‘rniga bog‘liq ravishda) xotira qisqa muddatli, uzoq muddatli va operativ turlarga bo‘linadi.

Shu o‘rinda xotirani mustahkamlashning quyidagi sakkizta qonunini eslab qolish tavsiya etiladi:

Anglanganlik qonuni. Oddiy, lekin murakkab qonun, ya’ni berilgan material qanchalik chuqur anglansa, u xotirada shunchalik mustahkam muhrlanadi.

Qiziqish qonuni. Anatol Frans: «Bilimlarni yaxshi hazm qilish uchun uni ishtaha bilan yutish kerak», – deganda, albatta, materialga jonli qiziqish bilan munosabatda bo‘lish va uni yaxshi ko‘rish kerakligini nazarda tutgan.

Ilgarigi bilimlar qonuni. Ma’lum mavzu yuzasidan bilimlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, yangisini esda saqlab qolish shunchalik oson bo‘ladi. Masalan, ilgari o‘qigan biror kitobni qaytadan o‘qib, uni yangidan o‘qiyotganday his qilinsa, ilgarigi tajribani his qilish mumkin. Demak, eski bilimlar tajribaga aylanganda, yangilariga zamin bo‘la oladi.

Eslab qolishga tayyorgarlik qonuni. Biror materialni eslab qolishdan avval, bo‘lg‘usi aqliy ishga qanday hozirlik ko‘rilgan bo‘lsa, shunga mos tarzda eslab qolinadi. Agar materialni mutaxassis bo‘lish uchun juda kerak deb, muhimligi anglansa, u xotirada muqim saqlanadi.

Assotsiatsiyalar qonuni. Bu qonun haqida eramizdan avval Arastu ham yozgan. Qonunning mohiyati shundaki, bir vaqtda shakllangan tasavvurlar xotirada ham yonma-yon bo‘ladi. Masalan, muayyan xona o‘sha yerda ro‘y bergan hodisani ham eslatadi.

Ketma-ketlik qonuni. Harflarni alifbodagi tartibida yoddan aytish oson, uni teskarisiga aytish qiyin bo‘lganidek, xotirada ham ma’lumotlarni ma’lum tartibda joylashtirish va kerak bo‘lganda, tartib bilan birin-ketin tiklash maqsadga muvofiqdir.

Kuchli taassurotlar qonuni. Eslab qolinadigan voqea-hodisa to‘g‘risi-dagi birinchi taassurot qanchalik kuchli bo‘lsa, unga aloqador obraz ham shunchalik yorqin bo‘ladi va shaxs uchun ahamiyatli ma’lumotlar oqimida eslanayotgan material ham yaxshi esiga tushadi.

Tormozlanish qonuni. Har qanday yangi ma’lumot o‘zidan avvalgi ma’lumotni tormozlaydi. Avvalgi ma’lumotning o‘chib ketmasligi uchun,

47

yangini esda saqlashdan avval, uni mustahkamlash choralarini ko‘rish zarur1.

Tergovchi faoliyatida «kasbiy xotira – xodimning ilgari idrok etib amalga oshirgan, boshidan kechirgan, tergov faoliyatiga aloqador va uni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni eslab qolish, esda saqlash va keyinchalik yana xotirada qayta tiklash xususiyat-larini ifodalovchi xislat»dir2.

Tergovchi faoliyatini tashkil etishda xotiraning muvaffaqiyatga erishtiruvchi asosiy jarayonlarini bilish talab etiladi. Xotirada axborotni eslab qolish, keyin esga tushirish jarayoni subyekt faoliyatida katta aha-miyat kasb etadi. Bu axborotdan qanday maqsadda foydalanishga bog‘liq.

Faoliyatning maqsadi bilan bevosita bog‘liq material ko‘proq esda qoladi, u hatto astoydil esda saqlash jarayonidan ham kuchli bo‘ladi.

Shuni ta’kidlash joizki, esda saqlash jarayoniga his-tuyg‘ularning ham ta’siri kuchli bo‘ladi. Kuchli hissiyot ta’sirida axborot esda yaxshi saq-lanadi.

Voqea-hodisalar his-tuyg‘ularni qo‘zg‘atsa (ya’ni kechirilgan hissiyot-larning qayta-qayta qo‘zg‘alishi natijasida), fikr yuritish qobiliyati yoki aqliy faoliyat yanada faollashadi.

«Shaxs ongida qabul qilingan yoki qabul qilinmagan axborotlar ko‘pin-cha ahamiyatga ega bo‘lmay qolganda, turli muddat ichida yoddan ko‘ta-rilishi kuzatilgan. Bu holat axborotning shaxs faoliyatidagi ahamiyati bilan emas, balki hayoti yoki faoliyatida vujudga kelgan yangi sharoitlar, o‘zga-rishlar bilan bog‘liq bo‘lib, uning birlamchi ahamiyatini susaytirib yuborishi mumkin»3.

Tergov jarayonida guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi yoki aybla-nuvchi ayni vaziyatda ularga qaysi bir holat ahamiyatli bo‘lsa (ijobiy yoki salbiy ta’sir), o‘sha holatni eslashi mumkin. Xodim guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchiga xos alohida xususiyatlarni hisobga olishi, shaxsning ko‘tarinki (optimistik) yoki tushkun (pessimistik) kayfi-yatiga qarab, bir xil vaziyatni shaxslar turlicha talqinda (yaxshi va yomon taassurotlar asosida) eslab qolishi mumkinligini inobatga olishi zarur. Sodir etilgan jinoyat tafsilotlarini guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi turlicha talqin qilishi, eslab qolishi va yodga olishi kuzatilgan.

Xotiraning idrok qilinishi ongda saqlanish muddatiga qarab qisqa va uzoq muddatli, shuningdek,ularning ishlash mexanizmi ham turlicha bo‘la-

1 Каримова В.М., Акрамова Ф.А. Психология. – Т., 2000. – Б.75–76. 2 Столяренко А. М. Психологическая подготовка сотрудников ОВД. – М.,

1997. – С.20. 3 Зинченко П.И. Непроизвольное запоминание. – СПБ., 2000. – С. 26.

48

di. Har qanday voqea-hodisa, avvalo, birlamchi qisqa muddatli xotira bloki-ga tushadi. Qo‘llanish ahamiyatiga qarab, uzoq muddatli xotira blokiga o‘tishi mumkin.

Aks etish reverbatsiyaning davomiyligi (30–50 daqiqa) miyaning asab katakchalarida turg‘un o‘zgarishlarni qo‘zg‘atadi. Bu jarayon uzoq muddatli xotira mexanizmi hisoblanadi1.

Eslash va eslashga harakat qilish bir-biridan ajralgan jarayonlar emas. Bir tomondan, eslashga harakat qilish dastlabki ma’lumotlarni tiklash bo‘lsa, ikkinchi tomondan, natijadir. Eslashga harakat qilish fikrlarni erkin hikoya, bayon qilish natijasida vujudga keladi. Shuni unutmaslik kerakki, guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini fikridan zarurat-siz chalg‘itmaslik, savol berib gaplarini bo‘lmaslik, hikoyasini uzmaslik zarur. Miyaning muhrlangan latent qobig‘ini faollashtirish uchun so‘roqni erkin bayondan boshlash lozim2.

Esdan chiqarish – eslash va esda olib qolish jarayonining aksi bo‘lib, normal fiziologik hodisa hisoblanadi. Agar xotiradagi barcha ma’lumotlar inson ongiga tezlikda qalqib chiqsa, samarali tafakkur bo‘lmaydi.

Inson faqat iroda kuchi yordamida aynan kerakli manbalarni esida tiklaydi. «Fikrlar harakati – uzoq muddatli xotira blokidan tezkor xotira blo-kiga o‘tishni ta’minlovchi ip»3, – deydi A.N. Luk. Bu jarayon unchalik oson kechmaydi. Me’yorida faoliyat yuritadigan miya individning butun hayotiy tajribasini saqlab qoladi. Uning murakkab jihati ma’lumotlarni erkin eslash mumkin emasligidadir. Xotiraning faqat ma’lum sharoitga aloqador qismi-gina zarurat tug‘ilganida tiklanishi, ya’ni yodga tushishi mumkin. Inson xotirasida doimiy ishlatilmaydigan, eslab yangilanmaydigan axborot tez yoddan chiqadi. Gohida «doimiy harakatdagi» axborot ham, agar ayni vaqt-da muhim deb hisoblanmasa, esdan chiqishi mumkin.

Xodimning kasbiy xotirasini maqsadli rivojlantirish quyidagi yo‘nalish-lardagi mashqlarni bajarishni taqozo etadi:

– odamlarning yuzlari, tashqi qiyofalari, belgilari va xatti-harakatlari-dagi o‘ziga xosliklarni eslab qolish va tanish;

– xizmat vazifalarini bajarishda doim yuzaga keladigan muammolarni hal etish xususiyatlarini ifodalovchi fikrlardagi axborotni eslab qolish va xotirada saqlash;

– qidiruvda bo‘lgan avtomashinalarning raqamlari va belgilarini eslab qolish va tanish;

1 Лук А.Н. Память и кибернетика. – М., 1999. – С. 11. 2 Васильев В. Л. Юридическая психология. – СПБ., 2005. – С. 75. 3 Лук А. Н. Память и кибернетика. – М., 1999. – С. 80.

49

– o‘g‘irlangan buyumlar va ularning belgilarini eslab qolish va tanish; – joy chizmalari, harakatlanish yo‘nalishlarini eslab qolish va xotirada

saqlash. Xodimning kasbga oid muhim ma’lumotlarni eslab qolishi, esda

saqlashi, esga tushirishida bir qator psixologik usullardan foydalanishi kasbiy xotirani rivojlantirishga yordam beradi.

Ma’lumotni esda saqlash prinsiplari quyidagilar: 1) maqsadni to‘g‘ri tanlash; 2) axborotni saqlash uchun (hissiy, obrazli, eshitish, ko‘rish orqali) turli

bog‘liqliklarni o‘rnatish. Ma’lumotni yodlash prinsiplari quyidagilar: – ma’lumot idrok qilinganidan so‘ng, 20 soniya mobaynida takrorlash; – ma’lumotni takrorlash, takrorlashni har ikki soatda amalga oshirish; – mavjud imkoniyat chegarasidan ortiqcha ishlashga harakat qilish; – ma’lumotni mantiqiy butunlikda takrorlash. Kasbga oid muhim ma’lumotni eslab qolish samaradorligini oshirish

usullari quyidagilar: 1. Eslab qolish haqida o‘ziga buyruq berish. Xodim har safar kasbga

oid muhim axborotga duch kelganida, o‘ziga: «Buni eslab qolish kerak!», deb aytishi zarur.

2. Yodlash. Katta hajmdagi, eslab qolish qiyin bo‘lgan ma’lumotni odam «ichida» yoki fikran takrorlashi, uning xotirada aniq saqlanib qolishiga erishishi kerak.

3. Anglash. Har qanday ma’lumot, agar u anglangan bo‘lsa, esda yaxshi saqlanib qoladi. Eslab qolinadigan ma’lumotdagi mantiqiy bog‘liqlikni aniqlashga «Nima uchun?» degan savolni qo‘yish yordam beradi.

4. Qonuniyatlarni izlash. Bu usul raqamli ma’lumotlarni, masalan, avtomashina va telefon raqamlarini eslab qolishni osonlashtiradi. Ushbu usul eslab qolinadigan ma’lumotda muayyan qonuniyat – ma’noli, raqamli yoki boshqa qonuniyatlarni topishga asoslanadi.

5. Analogiya, o‘xshashliklardan foydalanish. Yangi ma’lumotni ma’lum ma’lumot bilan qiyoslash doimo uni eslab qolishni osonlashtiradi. Obyekt nimaga o‘xshashini aniqlash kerak.

6. Obrazli tasavvur. So‘z bilan ifodalangan ma’lumotni tasavvur qilish orqali eslab qolish ancha oson.

7. Xayolan gapirish. Qidirilayotgan shaxsning surati, agar xodim uni eslab qolayotganda fikran, ichki nutqida «gapirsa», yuz tuzilishidagi ayrim belgilarni ta’kidlasa, xotirada mustahkamroq va aniqroq saqlanib qoladi.

8. Modellashtirish. Mantiqiy aloqalar yordamida betartib faktlar yagona tizimga birlashtiriladi. Ana shu tizim eslab qolish uchun model

50

bo‘lib xizmat qiladi. Taxminni ilgari surish yordamida sodir bo‘lgan voqea qayta tiklansa, modellashtirilsa, kerakli ma’lumotni yaxshi eslab qolishga yordam beradi.

9. Oqibatlarini tasavvur qilish orqali xotirani faollashtirish. Zarur ma’lumot xotirada saqlab qolinmasa (yoki aksincha, saqlab qolinsa), oqibati qanday bo‘lishini tasavvur qilish ham yaxshi samara beradi.

10. Tartibga keltirish. Ilgari esda saqlab qolingan ma’lumotni ayni vaqtda esda olib qolish zarur bo‘lgan ma’lumot bilan bog‘lash ularning xotirada ishonchliroq saqlanib qolishiga imkon beradi.

11. Unutish orqali eslab qolish. Biror voqea-hodisani unutishni istasak, ana shu obyektga diqqatimizni jamlaymiz va natijada uni esda olib qolamiz. Yoqtirgan odamingizni xayolan dushmanim, deb tasavvur qilishga urinib ko‘ring... Tasavvur qildingizmi? Endi esa, uni yodingizdan chiqarib tash-lashga harakat qiling. Siz u to‘g‘rida o‘ylamaslikka qanchalik ko‘p harakat qilsangiz, u sizni shunchalik kuchliroq ta’qib etadi.

12. Vaziyatni jismonan tiklash. Go‘yoki «o‘sha joyning o‘zida bo‘lib qolish» va u yerdagi obyektlarni, deylik, kerakli tartibda joylashtirish lozim. Ko‘rish tasavvurlarga tayanish zarur jarayonlarni eslashni osonlashtiradi.

13. Vaziyatni xayolan esga tushirish. O‘sha sharoitda jismonan hozir bo‘lish, ahvolni jismonan esga tushirishning har doim ham imkoni bo‘lmaydi. Ammo butun vaziyatni uning qismlari bo‘yicha tasavvur qilish, esga tushirish orqali ma’lumotni eslash ham mumkin.

1. Vaziyatlarni saralab tanlash. U kim? Eslolmaysiz... Shunda u kishini qayerda ko‘rgan bo‘lishingiz mumkinligini tasavvur qiling: ishxonada, uyingiz hovlisida, transportda va hokazo. Vaziyatlarni saralash chog‘ida sizni qiziqtirayotgan shaxs haqidagi ma’lumotlar ham topilib qoladi.

15. Voqealar ketma-ketligini xayolan esga tushirish (uzilgan zanjirni tiklash). Xotirada voqealarning butun ketma-ketligini tiklash «zanjirdagi yo‘qolgan halqani» topishga yordam beradi. Qidirilayotgan ma’lumot saq-lanishi zarur bo‘lgan ma’lumotlarning xayoliy zanjiridagi barcha halqalarni ketma-ket tekshirib chiqing. Zanjirda uzilish topganingizda, undan «sakrab» o‘ting, ilgariroq o‘ting, so‘ngra orqaga qayting. Agar halqa tiklanmasa, xotirangizni uzoq vaqt zo‘riqtirmang – buning yordam berishi gumon.

16. Tanani bo‘sh qo‘yish. Relaksatsiya – tanani bo‘shashtirish amalda barchaga yordam beradi. Agar tez, aytaylik, uch daqiqaga tanangizni bo‘shashtiring va hech narsa to‘g‘risida o‘ylamaslikka harakat qiling, zarur fikr miyaga tez va oson keladi1.

1 Асямов С. В., Пулатов Ю. С. Ички ишлар идоралари ходимларининг кас-бий-психологик тренинги. – Т., 2002. – Б.32.

51

Xotira turlari ichida kasbiy xotira eng samarali hisoblanadi, chunki u insonning qiziqishlari bilan bog‘liq bo‘lib, muddatli mashq va iste’dod (musiqachi, matematik), diqqat xususiyatlariga bevosita aloqador. Ayrim shaxslarda obrazli xotira (insonning tuzilishi, predmetlar, ovoz, rang) rivoj-langan bo‘ladi, boshqalarda so‘z, raqamlar (so‘z, fikr, sonlar) bilan bog‘liq xotira ustuvorlik qiladi. Inson barcha taassurotlarni eslab qola olmaydi. Axborotni ham turli ma’no va shaklda saqlash mumkin.

Yana alohida obrazli ko‘rish xotirasi (eydetizm) ham mavjud bo‘lib inson ko‘rgan narsalarini (tezkor xotirada) ko‘rish maydonidan chetda, hatto mayda tafsilotlari bilan uzoq saqlay oladi. Xotiraning ma’lum turi rivojla-nishida shaxs xususiyatlarining bevosita ahamiyati katta.

Faylasuf, huquqshunos, yozuvchilarda mantiqiy xotira kuchli bo‘ladi. Xoreograf, sportchilarda harakat xotirasi, musiqachilarda eshitish xotirasi, degustatorlarda ta’m bilish, mazani farqlash xotirasi, kimyogarlarda hid xotirasi, ko‘rlarda sezish xotirasi rivojlangan bo‘ladi. Masalan, hisobchilar-da son va sanalarni, kadrlar masalasi bilan shug‘ullanuvchilarda ism-sharif-larni, rassomlarda ranglarni ajratib farqlash, ilg‘ash xotiralari yaxshi rivoj-langan bo‘ladi.

Guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi ko‘rsatma-larini baholashda ular xotirasining rivojlanganlik darajasini o‘rganish zarur. Xotira butun umr davomida rivojlanib, takomillashib boradi. Unga asab tizimi, tarbiya va o‘qish, o‘rganish jarayonlari ta’sir qiladi1.

Xotira qonuniyatlaridan samarali foydalanish uchun eslab qolish va esga tushirish jarayonlarida tabiiy assotsiatsiyalardan foydalanish, shuning-dek, xotiraning ishini yengillashtiruvchi sun’iy assosiativ aloqalar o‘rna-tishni o‘rganish foyda beradi.

Xotirani rivojlantirish qonuniyatlari2

T/r Nomlanishi Tavsifi 1. Assotsiatsiya qonuni

(Aristotel) Notanish narsani eslab qolish uchun uni birorta tanish narsa bilan bog‘lash zarur.

2. Mustahkamlash qonuni (A. R. Luriya)

10 daqiqa insonga biror narsani xotirasida mustahkamlash uchun yetarli hisoblanadi.

3. Esdan chiqarish qonuni (G. Ebbingauz)

Har qanday material yodlanganidan so‘ng, bir-ikki soat ichida uning 40 %i xotirada qoladi. Keyinroq esdan chiqish tezligi kamayadi, olti kecha-kunduzda axborotning 20 % i saqlanib qoladi.

1 Васильев В.Л. Юридическая психология. – М., 2005. – С.77. 2 Мальцева О.А., Ратова И. В. Профессиональная психологическая подго-

товка сотрудников ОВД. – М., 1998. – С. 29.

52

4. B. V. Zeyngarnik qonuni Mashg‘ulotni eng qiziq joyida tugallash. Yodlanayotgan materialni eng qiziq joyida to‘xtatish qayta yodlash jarayonigacha materialning to‘liq saqlanib qolishini ta’minlaydi.

5. Yosh qonuniyati Xotira 18–25 yoshgacha yaxshilanib boradi, 45 yoshda bir xillik saqlanib qoladi, 45 yoshdan o‘tgach, sustlasha boradi.

6. «Boshidan oxirigacha» qonuni Yodlanayotgan materialning boshi va oxiridagi axborot, o‘rtasidagiga nisbatan yaxshi saqlanadi.

Ko‘pgina mnemotexnik tizimlar yuqoridagi jadvalda qayd etilgan qonuniyatlarning amal qilishiga asoslanadi. Eslab qolishning quyidagi asosiy usullari mavjud: mantiqiy, mazmunli, mexanik va mnemotexnik.

Mantiqiy eslab qolish – eslab qolishning asosiy usuli. Ushbu usuldan qanchalik samarali foydalanish aqliy imkoniyatlarga, ma’noli va mantiqiy aloqalar o‘rnatishga bog‘liq. Mantiqiy eslab qolishga asos bo‘ladigan ma’noli aloqalar tasodifiy yuzaga keladigan aloqalarga qaraganda ancha mustahkam. Mantiqiy eslab qolishda muhim usullardan biri, avvalo, manbani guruhlarga ajratish, ya’ni ma’nosi bo‘yicha guruhlashtirishdir.

Mexanik usul – ma’nosini tushunmay, quruq yodlanadigan usul. Uning asosini esda olib qolinadigan ma’lumotlarni oddiy takrorlash, ma’nosini anglamasdan turib, ko‘p martalab idrok etish tashkil etadi. Mexanik xotira yuqori turdagi xotiralarning eng oddiy asosidir, usiz ma’lumotlarni eslab qolib bo‘lmaydi.

Mnemotexnika eng qiziqarli va mashq qilib rivojlantirsa bo‘ladigan usul. U asosan ma’nosiz axborotni bilvosita eslab qolishga xizmat qiladi. Uning yordamida ma’noli axborotni eslab qolishning ratsional usulini ancha kuchaytirish va ma’nosiz materialni mexanik eslab qolish samaradorligini benihoya oshirish mumkin1.

Kasbiy xotirani rivojlantirishning asosiy qonuniyatlarini yodda tutish zarur.

Axborot inson hayoti va faoliyati uchun qanchalik muhim bo‘lsa, shun-chalik mustahkam esda qoladi va oson yodga tushadi. Shu bois, qandaydir axborotni yod olayotganda, uning doimo kasbiy faoliyatda maqsadga eri-shish uchun muhimligini ta’kidlab turish zarur.

Ta’kidlaganimizdek, axborot inson faoliyatiga qanchalik aloqador bo‘l-sa, shunchalik mustahkam yodlanadi (eslab qolinadi). Xotirani rivojlantirish uchun biror bilimni, qonuniyatni oddiygina yodlash emas, balki uni amaliy faoliyatda iloji boricha kengroq qo‘llash ma’quldir.

1 Асямов С.В., Пулатов Ю.С. Ички ишлар идоралари ходимларининг кас-бий-психологик тренинги. – Т., 2002. – Б.30.

53

Axborot qanchalik chuqur anglansa, u xotirada shunchalik yaxshi saq-lanib qoladi. Ushbu qonuniyatdan foydalanish eslab qolish jarayonini fikr-lash jarayoniga eng ko‘p darajada yaqinlashtirishdir. Anglab, eslab qolish obyektlarning eng muhim jihatlari va munosabatlarini ifodalovchi mantiqiy aloqalarga asoslanadi.

Qiziqish uyg‘otuvchi yoki manfaat keltiruvchi axborot oson eslab qolinadi. O‘zlashtirayotgan narsani qiziqtirayotgan, manfaat keltiradigan narsalar bilan bog‘lash – muvaffaqiyatli eslab qolishning asosiy shartlari-dandir. Muvaffaqiyatli eslab qolishda muayyan axborotni idrok etishga tay-yorgarlik va yaxshi eslab qolish maqsadini qo‘yish katta ahamiyatga ega. Bular eslab qolish jarayoniga katta ta’sir ko‘rsatishi bilan birga, uning natijalarini avvaldan ko‘rish imkonini berib, xotirada tiklashni oson-lashtiradi.

Bir vaqtning o‘zida hosil bo‘ladigan tasavvurlar eslash jarayonida bir-birini yodga tushiradi. Xotiraning ushbu qonuniyatidan foydalanish uchun eslab qolish va esga tushirish jarayonida tabiiy assosiatsiyalardan foydala-nish, aniqrog‘i, ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida xotiraning ishini yengillashtiruvchi sun’iy assosiativ aloqalar o‘rnatishni o‘rganish zarurdir.

Xotirani shakllantirish usullari quyidagilar: – bilishga bo‘lgan qiziqishlar doirasini, xotirada saqlash maqsadlarini

shakllantirish; – mantiqiy eslash usullarini o‘rganish; – javobgarlik hissini kuchaytirish: bilim olishga, o‘rganishga, qunt

qilishga, o‘zini tarbiyalashga e’tibor berish; – o‘tilgan mashg‘ulotlardagi materiallarni tizimli ravishda qayta tak-

rorlash, xotirani mustahkamlovchi mashqlarni bajarish. Shu ma’noda ichki ishlar idoralari faoliyatida kasbiy xotira – tezkor,

uzoq muddatli, so‘z mantiqli, raqam, son, ism, familiya, qiyofalarni tez tanib eslab qolish, qayta tiklash (keyinchalik farqlay olish)da namoyon bo‘ladi1.

Tafakkur va uning ichki ishlar idoralari xodimlar faoliyatidagi o‘rni. Tafakkur – atrof-muhitdagi voqealikni nutq yordamida bevosita, umumlashgan holda aks ettiruvchi psixik jarayon, ijtimoiy sababiy bog‘-lanishlarni anglashga, yangilik yaratish va bashorat qilishga yo‘naltirilgan aqliy faoliyatdir2. Insonning bilish faoliyati voqealikni, narsa-hodisalarni anglash, sezish va idrok qilishdan boshlanadi, so‘ngra asta-sekin tafakkurga, fikr yuritishni aqliy yo‘l bilan aks ettirishga o‘tadi.

1 Арифходжаева И. Х. Ички ишлар идоралари ходимлари психологияси. – Т., 2008. – Б.134.

2 Ғозиев Э. Тафаккур психологияси. – Т., 1990. – Б.15.

54

Inson tafakkur jarayonida hissiy bilish qobig‘idan «tashqari chiqib», sezgi va idroklarda bevosita aniqlash imkoniyati mumkin bo‘lmagan murak-kab holatlarni anglay boshlaydi. Insonning bilish faoliyatida sezgi, idrok, tasavvur obrazlari bilan tafakkurda uzluksiz bir-birlarini boyitib turadi.

Tafakkurning boshqa psixik jarayonlardan ajralib, rivojlanishi mutlaqo mumkin emas. Shuning uchun shaxsda tafakkur rivojlanishi bilan birga, nutq faoliyati ham o‘sadi. Bu shaxsda o‘z fikrini to‘g‘ri, aniq ifodalash malakasini tarkib toptiradi, nutqining tuzilishini takomillashtiradi va lug‘at boyligini oshiradi.

Tergovchi faoliyatida tafakkur kasbiy muammolarni hal etishga alo-qador holat va hodisalarning mohiyatini tez anglash, turli-tuman axborotlar ichidan zarurini ajratib olish, ulardagi farq va tafovutlarni oson aniqlash, ko‘pchilik ilg‘ay olmaydigan mayda narsalarni ko‘rish bilan ularni turli harakat, shakllarda obrazlashtirish, jonlantirishda namoyon bo‘ladi.

Tergovchi oldida turgan vazifalarni hal etishda kasbiy tafakkurni rivoj-lashtirish ahamiyati katta. Idrok va tasavvurda aks etadigan narsa tafakkurda taqqoslanadi, tahlil qilinadi, umumlashtiriladi va xulosalanadi.

Tergovchi fikrlash ko‘magida muammoni samarali hal qilish uchun «to‘xtovsiz ishlaydi», bunda ijodiy jarayon – tafakkur ishga tushadi. Bu bos-qichda yangi ma’lumotlar izlanadi, zarur materiallarni yig‘ish, ishga daxldor shaxslarni so‘roq qilish amalga oshiriladi. Keyin barcha ma’lumotlar umumlashtiriladi, tahlil qilinadi va ular asosida turli taxminlar ilgari suriladi.

Tergovchining tafakkur faoliyatiga «o‘ta xavfli sharoitda ongning yuqori darajada samarali ishlash qobiliyati»1, deb ta’rif berish mumkin.

Umumiy psixologiya nazariyasi asoschilari talqinicha, tafakkur voqe-likning umumlashtirilgan, bevosita, to‘liq va eng aniq ifodasi hisoblanadi.

Tafakkur, xususiyatiga ko‘ra, shaxs faoliyatida vujudga kelgan muam-mo va masalalarni hal qilishga yordam beradi. Muammoning yechimini topish bilan bir qatorda, muammoli vaziyatga aloqador narsa va hodisalar-ning noaniq xususiyatlari, ayni vaziyatdagi munosabatlariga ham aniqlik kiritadi. Tafakkur yuritishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – muayyan vaziyat-dagi turli munosabatlar, holatlar yuzasidan avval alohida, so‘ngra umum-lashtirib olingan manbalarni o‘zaro solishtirish orqali masalaga oydinlik kiritish usullarini ongda shakllantirishdir2.

Kasbiy tafakkur nafaqat harakatga keltirish zarur bo‘lgan aqliy im-koniyat, balki inson omilini faollashtirish qurolidir3. Shu nuqtai nazardan,

1 Теплов Б. М. Проблемы индивидуальных различий. – М., 1998. – С. 328. 2 Рубинштейн С.Л. О мышлении и путях его исследования. – М., 1999. – С. 14. 3 Столяренко А.М. Психологическая подготовка сотрудников ОВД. – М.,

1997. – С 21.

55

ichki ishlar idoralari xodimlarining kasbiy tafakkuri deganda, o‘z xizmat vazifalarini bajarishlarida muhim ahamiyatli voqea, hodisa va holatlardagi umumiylikni ko‘ra olish, tekshirish va farqlash, taqqoslash, asoslash va taxminiy xulosalar chiqarish jarayoni tushuniladi.

Kasbiy rivojlangan tafakkur xodimning muhim xislati bo‘lib, predmet-lar va ularning xatti-harakatlaridagi muhim jihatlarni bilish, ular o‘rtasidagi qonuniyatli aloqalarni topish qobiliyatida namoyon bo‘ladi. Xodimning tafakkuri – murakkab, tezkor xizmat vazifalarini bajarish, amaliy muammo-larni hal etishning yangi yo‘llarini topish qobiliyatidir.

Kasbiy tafakkurni faollashtirishning asosiy usullari quyidagilar1: Kasbiy vazifani tushunish. Dastlab umumiy vazifani bir necha oddiy

vazifalarga bo‘lish zarur. Ishning barcha tafsilotlari, ikir-chikirlariga e’tibor berish, hech narsani nazardan qochirmaslik, vazifani bajarishning bir necha variantlarini o‘ylab olib, harakat qilish kerak.

Masalaning yechimini topish. Avvalo, izlanishning dastlabki nuqtasi belgilab olinadi, bunda izlash chegaralari aniqlanadi va tartibga solinadi. Izlash yo‘nalishlari tanlanadi, uyg‘unlashtiriladi va qayta ko‘rib chiqiladi.

Tekshirilayotgan hodisaning manzarasini fikran shakllantirish. Xodim-dan miyada umumiy manzara va undagi elementlarning obrazli ishlovini yaratish, shu asosda tekshirilayotgan hodisaning qolipi (sxemasi)ni shakl-lantirish talab etiladi (bu tezkor yoki taxminlar (tusmollar) holida amalga oshirilishi mumkin). Hodisaning elementlari o‘rtasidagi aloqalarni o‘rganib chiqish va ishlash, ularni bir butun ko‘rinishga birlashtirish hamda asosiy bo‘g‘inni topish zarur.

Tafakkurni yo‘naltirish tadqiq etilayotgan vaziyatda to‘g‘ri ruhiy yo‘nalish olish (masalan, gumon qilinuvchining xatti-harakatlari motivlarini tushunishga harakat qilish), shuningdek, psixologik tahlil o‘tkazish va uning asosida vaziyatning bundan keyingi rivojini bashorat qilishdan iborat. Ba’zi murakkab vaziyatlarda refleksiya usulidan, ya’ni raqib nuqtai nazaridan mulohaza qilishdan foydalaniladi.

Tafakkur jarayonida nazoratni kuchaytirish. Xodim o‘zini nazorat qilishning gap bilan ifodalangan formulalaridan («Men buni qanday qilib bajara oldim?», «Nima uchun men bunday xulosaga keldim?» va h.k.) foy-dalanib, tekshirib turishi zarur. O‘z xulosalari va baholarida subyektivlikka yo‘l qo‘ymaslikka, shaxsiy moyillik yoki xusumatni yo‘qotishga harakat qilishi kerak.

1 Асямов С.В., Пулатов Ю.С. Ички ишлар идоралари ходимларининг касбий-

психологик тренинги. – Т., 2002. – Б.44.

56

Tafakkurni shakllantirish usullari quyidagilar: 1) mustaqil fikr yuritish, javobgarlik hissini anglash kabi shaxsiy xusu-

siyatlarni rivojlantirish; 2) kasbga oid masalalarni hal qilishda talab etiladigan bilim, ko‘nikma

va tajribani egallashga harakat qilish; 3) bir-biriga qarama-qarshi fikrlar chigalini yechish, qiyin, mavhum

vaziyatlarda yechim topish mashqlarini mukammallashtirish; 4) mantiqiy fikrlash, tafakkur operatsiyalari mohiyatini anglash,

masalani yechishning g‘ayritabiiy usullari bilan tanishish; 5) aqliy imkoniyatlarni takomillashtirish. Xayol va uning ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatidagi o‘rni.

Xayol yoki fantaziya tafakkur kabi yuksak bilish jarayonlariga kirib, har bir kishida o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Mehnatning tayyor natijasini xayolga keltirmay turib, ishga kirishib bo‘lmaydi. Fantaziya yordamida kutilayotgan natijani tasavvur qilish inson mehnatining hayvonlar instinktiv faoliyatidan tub farqidir. Istalgan mehnat jarayoni zarur tarzda xayol yordamidan foydalanadi. Xayol badiiy, ixtirochilik, ilmiy, musiqaviy va, umuman, ijodiy faoliyatning zarur elementi sifatida namoyon bo‘ladi.

Xayol – inson ijodiy faoliyatining zarur elementi bo‘lib, mehnatning natijasi va oraliq mahsulotlarida o‘z ifodasini topadi, shuningdek, muam-moli vaziyat, noaniq holatlarda xulq-atvorning namoyon bo‘lishini ta’min-laydi. Shu bilan birga, xayol faol faoliyatni yo‘naltiruvchi emas, balki uning o‘rnini almashtiruvchi timsollar hosil qilish vositasi sifatida yuzaga keladi.

Xayol tafakkurga chambarchas bog‘liq. Xayol ham tafakkur singari kelajakni avvaldan ko‘rishga imkon beradi. Tafakkur singari xayol ham shaxslarning ehtiyojlariga asoslanadi. Ehtiyojlarni qondirishning real jara-yonidan ilgari ularning xayoliy jarayoni sodir bo‘ladi, ya’ni bu ehtiyojlar qondirilishi mumkin bo‘lgan vaziyatni jonli, yorqin tasavvur qilinishidir.

Xayol faolligiga ko‘ra tavsiflanadi. Ba’zida xayol faoliyatning o‘rnida, uning sun’iy aralashmasi sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Shunday holatda odam hal qilib bo‘lmaydigandek ko‘rinadigan muammolar, turmush-ning og‘ir sharoitlari, o‘z xatolarining ta’qibi va shu kabilardan qochish uchun real tasavvurlardan uzoq fantastik olamga vaqtincha kirib ketadi.

Fantaziya real hayotda mavjud bo‘lmaydigan obrazlarni yaratadi, ko‘pincha amalga oshmaydigan va oshirib bo‘lmaydigan ish-harakat dastur-larini belgilaydi. Xayolning bunday turi passiv xayol deyiladi. Kishi passiv xayolni avvaldan o‘ylab, yuzaga keltirishi mumkin. Ataylab yuzaga keltiril-gan, iroda bilan bog‘liq bo‘lmagan, lekin hayotda reallashtirishga qaratilgan xayolning turi shirin xayol deb ataladi. Qandaydir quvonchli, yoqimli, qiziqarli voqea-hodisalar haqida shirin xayol surish barcha shaxslarga xos.

57

Shirin xayollarda fantaziya bilan ehtiyoj o‘rtasidagi aloqa kuchsiz namoyon bo‘ladi. Ammo insonning xayoliy jarayonlarida shirin xayol ko‘proq kech-sa, bu shaxsning passivligidan dalolat beruvchi nuqson hisoblanadi. Agar kishi passiv xayolga ega bo‘lib, kelajakda yaxshi hayot kechirish uchun kurashmasa, uning hozirgi hayoti esa qiyin, ko‘ngilsiz bo‘lsa, bunday holda u o‘zining ehtiyojlari to‘la qondiriladigan, istagan narsasini qo‘lga kirita oladigan, biror mansabni egallashni umid qiladigan soxta hayotni ko‘p xayol qiladi.

Agar passiv xayolni avvaldan o‘ylab va o‘ylamasdan qilingan turlarga ajratish mumkin bo‘lsa, aktiv xayolni ijodiy va qayta tiklovchi xayol tur-lariga bo‘lish mumkin bo‘ladi. O‘z asosida tasviriga muvofiq keladigan obrazlar tizimini yaratuvchi xayol qayta tiklovchi xayol deb ataladi.

Tergovchining jinoyatlarni tergov qilish jarayonida hissiy-irodaviy sifatlarning o‘rni. Tergovchi kasb faoliyatida turli voqea-hodisalarga nisba-tan muayyan munosabatlarini bildirib, u yoki bu tarzda hissiyotlarini namo-yon etadi. Xodim psixologiyasida sodir bo‘ladigan bunday ruhiy jarayonlar voqelikda sodir etilgan hodisalar ta’siri natijasidir. Bu esa, o‘z navbatida, xodimga xos individual psixologik xususiyatlarni bildiradi va u haqida birlamchi tasavvurlarni hosil qilishga yordam beradi.

Jahon psixologiyasi fanida «hissiyot» va «emotsiya» atamalari bir ma’noda qo‘llaniladi. Lekin bu holatlarni aynan bir xil deb tushunish noto‘g‘ridir. Tashqi alomatlari yaqqol namoyon bo‘luvchi his-tuyg‘ular, ichki kechinmalardan iborat psixik jarayonning aniq turini emotsiya deb atash maqsadga muvofiqdir. Masalan, ranglarning o‘zgarishi, yuzlardagi tabassum, lablarning titrashi, ko‘zlarning yarqirashi, kulgu, yig‘i, g‘amgin-lik, ikkilanish, sarosima kabilar emotsiyaning ifodalaridir. Lekin vatanpar-varlik, javobgarlik, mas’uliyat, iymon, mehr-oqibat, sevgi-muhabbat singari yuksak xislatlarni emotsiya sirasiga kiritish g‘ayritabiiy hisoblanadi. Ular-ning eng muhim farqi shuki, biri (hissiyot) ijtimoiy, ikkinchisi (emotsiya) individual, xususiy ahamiyat kasb etadi.

Shu ma’noda hissiyot shaxs hayotiy faoliyatining muhim jihati bo‘lib, insondagi emotsional holatlarning rang-barangligi, ko‘p qirraligini bildiradi. Hissiy ton (tus) (yunoncha «tonos» – zo‘riqish, urg‘u berish), emotsiyalar (lotincha «emovere» – qo‘zg‘atish, hayajonlash), affektlar (lotincha «affec-tus» – ruhiy hayajon, shijoat, ehtiros), stress (inglizcha «stress» – zo‘riqish), frustratsiya (frustratsion – rejalarning barbod bo‘lishi, maqsadga erisha olmaslik) va kayfiyat kabi tushunchalar shaxsning hayot faoliyatiga xosdir.

Kishi idrok etishi, xotirlashi, xayol surishi va fikrlashi jarayonlarida faqat voqelikni bilib qolmay, balki hayotdagi u yoki bu hodisalarga salbiy

58

yoki ijobiy munosabat bildiradi, kishida ularga nisbatan u yoki bu tarzda hissiyotlar paydo bo‘ladi.

Hissiyot – kishining hayotida yuz berayotgan voqealarga yoki nima bilan mashg‘ulligiga nisbatan o‘ziga turli tarzda bildiradigan ichki munosabati.

Ehtiyojlarning qondirilishi yoki qondirilmasligi kishida turli xil ungagina xos kechinmalar: emotsiya, affekt (hissiy bo‘hronlar), kayfiyat, kuchli hayajonlanish (stress) holatlarini va his-tuyg‘ularni hosil qiladi.

Hissiyot aksariyat hollarda ruhiy jarayonning o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida faqat emotsional tarzda vujudga keladi. Shu holatda hissiyot shun-chaki emas, balki bilishga intilayotgan va egallayotgan shaxsda ma’lum munosabatni namoyon qiluvchi narsalar, hodisalar va harakatlarning alohida xossasi, xususiyati ma’nolarida tushunilishi zarur. Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, ko‘rish, eshitish, hidlash, kinestetik (harakat) sezgi ham-da idrokka taalluqli hissiyotlarning ahamiyati juda muhim. Masalan, xona-lar, ish joyi, transport vositalarining ranglari taassurotlaridan hosil bo‘lgan yoqimli yoki yoqimsiz hissiyotlar mehnat samaradorligiga, xizmatchilar-ning kayfiyatlariga sezilarli ta’sir o‘tkazadi. Xotirjamlik, yoqimli musiqa, shaxslararo iliq munosabatlar, xushmuomala, ahillik muvaffaqiyatlar kafolati, ijtimoiy taraqqiyot omili hisoblanadi.

Emotsiya. Emotsional jarayonlar, holatlar yoki hissiy kechinmalarning o‘ziga xos turi. Emotsiya u yoki bu hissiyotning inson tomonidan bevosita kechirilishi (kechishi) jarayonidir. Masalan, shaxsning musiqani sevishi emotsiyani vujudga keltirmaydi. Buning uchun musiqani tinglash, ijrochi mahoratidan hayajonlanish yoki ijro yoqmasa, g‘azabli hissiy kechinmaning hosil bo‘lishi ijobiy yoxud salbiy emotsiya deyiladi. Qo‘rqinch, dahshat hissiy kechinma sifatida obyektlarga shaxsning munosabatini aks ettirib, turlicha tarzda namoyon bo‘lishi mumkin: odam dahshatdan qochadi, qo‘rquvdan serrayib qoladi, o‘zini boshqara olmay har tomonga uradi, hatto, xavf-xatarga ham o‘zini tashlashi mumkin.

Ba’zi holatlarda emotsiya ta’sirchanligi bilan ajralib turadi. U xatti-harakatga, fikr-mulohaza bildirishga turtki beruvchi kuch bo‘lib, shaxs shijoatini kuchaytirib yuboradi va bu holat stenik hislar deb ataladi. Boshqa bir holatda emotsiya (astenik deb ataladigan emotsiya) faollikning sustligi yoki loqaydlik bilan ajralib turadi, his-tuyg‘ularning boshdan kechirilishi kishini bo‘shashtirib yuboradi.

His-tuyg‘ular hissiyot (emotsiya), kayfiyat, kuchli hayajonlanish tarzida kechirilishi chog‘ida ma’lum darajada seziladigan tashqi alomatlarga ham ega bo‘ladi. Masalan, yuzning ifodali (mimika), qo‘l va gavdaning

59

ma’noli harakatlari, ovoz ohangining o‘zgarishi, ko‘z qorachiqlarining kengayishi yoki torayishi kabilar shular jumlasidan. Bunday ifodali harakatlar ba’zan shaxsga bo‘ysunmagan tarzda yuz bersa, boshqa holatda ongning nazorati ostida sodir bo‘ladi1.

Affekt (hissiy portlash) – kishini tez chulg‘ab oladigan va shiddat bilan o‘tadigan jarayon. U ongning ancha o‘zgarganligi, xatti-harakatlarni nazorat qilishning buzilganligidan hosil bo‘ladi, odamning o‘zini o‘zi idrok qila olmasligi, shuningdek, shaxsning hayoti va faoliyati o‘zgarib qolganligi bilan ajralib turadi. Affekt holatida birdaniga katta ruhiy kuch sarf qilinishi sababli ham, u qisqa muddatli bo‘ladi. Agar oddiy hissiyot faqat ruhiy hayajonlanishni ifoda etsa, affekt «bo‘rondir».

Hissiy portlash ro‘y berganda kishi o‘z harakatlarini nazorat qila olmay qoladi, qilayotgan ishining oqibatini o‘ylamaydi va aql-hushini yo‘qotib qo‘yadi. Tormozlanish miya qobig‘ini egallab, kishining tajribasi, uning madaniy va ma’naviy asoslarda mustahkamlangan muvaqqat bog‘la-nishlarining tarkib topgan tizimini ishlatmay qo‘yadi. Masalan, jinoyatchilik olamida kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam o‘ldirish (JKning 98-moddasi) yoki kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish (JKning 106-moddasi) affektiv holatlarning oqibatlaridir. Hissiy «portlashdan» keyin holdan toyish, majolsizlik, barcha narsalarga befarqlik, harakatsizlik, ba’zan esa mudroq bosish holatlari kuzatiladi.

Kayfiyat. Shaxsning xatti-harakatlariga va ayrim ruhiy jarayonlariga muayyan vaqt davomida «tus» berib turuvchi emotsional holat kayfiyat deb ataladi. Shaxsning hayoti va faoliyati davomida shodlik, hazilkashlik, umid-sizlik, jur’atsizlik, zerikish, qayg‘urish singarilar uning ruhiy holatlarining umumiy tizimini tashkil qiladi. Ushbu vaziyatlar ba’zi emotsional taas-surotlarning hosil bo‘lishiga qulay zamin hozirlaydi, boshqasi uchun esa qiyinchilik tug‘diradi. Inson xafa, ma’yus hissiy holat ta’sirida bo‘lsa, teng-doshlarining hazillari, keksalarning pand-nasihatlari, maslahatlariga quvnoq kayfiyat chog‘dagiga nisbatan, boshqacharoq munosabat bildiradi. Shu bois ishlab chiqarish va xalq ta’limi tizimi jamoalarida, rasmiy doiralardan ishchanlik, o‘zaro yordam, hamkorlik, hamdardlik, iliq ruhiy muhit yaratish, samimiy muomalani shakllantirish ham jismoniy, ham aqliy mehnat sama-radorligini oshirishning kafolatidir.

Stress – psixologik ta’rifiga ko‘ra, affektiv holatga yaqin turadigan, lekin davomiyligiga ko‘ra kayfiyatga yaqin bo‘lgan his-tuyg‘ular boshdan

1 Ғозиев Э. Умумий психология. –Т., 2002. – Б.188–190.

60

kechirilishining alohida turi bo‘lib, kuchli hayajonlanish (stress) holati (inglizcha «stress»– tazyiq ko‘rsatish, zo‘riqish)dan yoxud hissiy zo‘riqish-dan iboratdir. Hissiy zo‘riqish xavf-xatar tug‘ilgan, kishi xafa bo‘lgan, uyalgan, tahlika ostida qolgan va shunga o‘xshash vaziyatlarda ro‘y beradi. Psixologiya faniga «stress» tushunchasini olib kirgan kanadalik fiziolog G. Selye bo‘ladi. Uning talqinicha, «stress – inson organizmiga qo‘yilgan ortiqcha talabdir»1.

Stress holatida shaxsning xatti-harakatlari keskin tarzda o‘zgaradi, qo‘zg‘alishning umumiy reaksiyasi paydo bo‘ladi, harakatlari tartibsiz amalga oshadi. Stressning kuchayishi esa teskari reaksiyaga olib keladi, natijada shaxsda sustlik, zaiflik, faoliyatsizlik ustuvorlik qila boshlaydi. Stress holatida fiziologik o‘zgarishlar tashqi tomondan deyarli ko‘zga tash-lanmasligi mumkin, biroq muammoni yechishdagi qiyinchilik, diqqatni taqsimlashdagi sarosimalikni stressning tashqi ifodasi deb taxmin qilish mumkin. Shaxs stress holatida telefon raqamini adashtiradi, vaqtni chama-lashda yanglishadi, ong faoliyati yengil buziladi, idrok ko‘lami torayadi va boshqa holatlar kuzatiladi.

Frustratsiya kishi maqsadga erishish yo‘lida bartaraf etib bo‘lmaydi, deb hisoblangan yoki shunday deb idrok etiladigan to‘sqinliklarga, g‘ovlar-ga duch kelgan hollarda yuz beradi. Frustratsiyaning yuz berishi shaxsning xulq-atvorida va o‘zini anglashida turli o‘zgarishlarga olib keladi. Frustra-tsiya holati shaxs o‘zini yo‘qotib qo‘yganida, ya’ni jabrlanuvchi jinoyat-chiga qarshilik ko‘rsata olmaganida, jinoyatchi ko‘zlagan maqsadiga erisha olmaganida, kutilmaganda turli to‘siqqa duch kelganida namoyon bo‘ladi2.

Iroda kishining oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishida qiyinchiliklar-ni yengishga qaratilgan faoliyati, xulq-atvorini ongli ravishda tashkil qilishi va o‘z-o‘zini boshqarishidir. Iroda shaxs faolligining alohida shakli, uning xulq-atvorini tashkil etishning u tomonidan qo‘yilgan maqsad bilan belgila-nadigan alohida turidir. Shu ma’noda iroda to‘siqlarni yengishga qaratilgan aqliy, maqsadga yo‘naltirilgan psixik faollik bo‘lib, maqsadga intilishda sodir bo‘ladi va instinktlar manbaida shakllanadi3.

Irodaviy faoliyatda shaxs o‘zini o‘zi boshqaradi, o‘zini «qo‘lga oladi», o‘zini nazorat qiladi.

Iroda tabiat qonunlarini egallab oladigan va shu tariqa uni o‘z ehtiyoj-lariga ko‘ra o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘ladigan kishining mehnat

1 Селье Г. Стресс и дистресс. – М., 1999. – С. 25. 2 Левитов Н. Д. Фрустрация – один из видов психических состояний //

Вопросы психологии. – 2000. – № 6. – С. 120. 3 Васильев В.Л. Юридическая психология. – М., 2005. – С. 68.

61

faoliyatida paydo bo‘ladi. Iroda o‘zaro bog‘liq ikki vazifaning bajarilishini ta’minlaydi. Birinchisi – undovchi, ikkinchisi – taqiqlovchi vazifalar. Un-dovchi vazifasi kishining faolligini ta’minlaydi. Taqiqlovchi vazifasi faollikning yoqimsiz ko‘rinishlarini jilovlashda namoyon bo‘ladi.

Kishining harakatga undovchi mayllari ma’lum bir tartibga solingan tizimni – oziq-ovqatga, kiyim-kechakka, issiq va sovuqdan himoyalanish ehtiyojidan tortib, to ma’naviy, estetik va intellektual his-tuyg‘ularni boshi-dan kechirishgacha, yuksak niyatlarga yetaklovchi motivlar iyerarxiyasini tashkil etadi.

Irodaning undovchi va taqiqlovchi funksiyalari yaxlit holda shaxsning maqsadga erishishidagi qiyinchiliklarni bartaraf etishini ta’minlaydi.

Shaxslar qilgan ishlari uchun mas’uliyatni kimgadir yuklashga moyil bo‘lishiga qarab, sezilarli ravishda farqlanadilar. Kishining o‘z faoliyati natijalari uchun mas’uliyatni tashqi kuchlar va sharoitlarga yuklashi yoki aksincha, ularni shaxsiy kuch-g‘ayratlari va qobiliyatlariga bog‘lashini ifo-dalaydigan sifatlar nazoratni lokallashtirish (psixologik adabiyotlarda «nazorat lokusi» degan atama qo‘llaniladi, lotinchada «lotus» – «o‘rnashgan joy», fransuzcha «conlrole» – «tekshirish» degan ma’nolarni anglatadi) deyiladi. O‘z xulq-atvori va ishlari sabablarini tashqi omillar (taqdir, holat-lar, tasodiflar va boshqalar)dan deb bilishga moyil shaxslar mavjud. Shuna-qa paytda nazoratning tashqi (eksternal) lokallashtirilishi to‘g‘risida fikr yuritiladi.

Tergovchida irodaviy fazilatlarni shakllantirish faoliyat samaradorligini ta’minlovchi psixologik omillardan sanaladi. Tergovchi o‘z kasbiy vazifa-larini benuqson bajarishini qiyinlashtiruvchi, ba’zan xizmat faoliyatida maqsadga erishishda turli to‘siqlarga duch bo‘ladilar. Bunday vaziyatlarda u ushbu qiyinchiliklar va to‘siqlarni yengishga undovchi irodaviy fazilatlarini namoyon qilishi muhimdir. Irodaviy ko‘nikmalarni rivojlantirishga yo‘nalti-rilgan mashg‘ulotlar jarayoniga qo‘yilgan vazifani bajarishga qarshilik qiluvchi muayyan elementlar, to‘siqlarni kiritish katta yordam beradi.

Irodani mustaqil tarbiyalash usullari quyidagi shartlar bajarilishini talab qiladi:

1) irodani tarbiyalashni nisbatan arzimas qiyinchiliklarni bartaraf etish-dan boshlash;

2) qiyinchiliklarni va to‘siqlarni bartaraf etish ma’lum maqsadga eri-shish maqsadida amalga oshirilishini tushunish;

3) qabul qilingan qarorning bajarilishi zarurligi; 4) maqsadga erishish bosqichlarini ko‘ra olish. Irodani tarbiyalashni arzimas qiyinchiliklarni bartaraf etishni odat

qilishdan boshlash kerak. Dastlab unchalik og‘ir bo‘lmagan qiyinchiliklarni,

62

vaqt o‘tishi bilan og‘irroq qiyinchiliklarni muntazam ravishda yenga borib, kishi o‘zining irodasini mashq qildiradi va chiniqtiradi.

Tergovchining kasbiy faoliyatida hissiy-irodaviy holatlarning o‘rni beqiyosdir. Chunki xodimning murakkab vaziyatlarda qulay ruhiy holatni saqlash qobiliyati faoliyat samaradorligini ta’minlovchi omillardan biri sanaladi.

Xodimning hissiy-irodaviy turg‘unligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi: – ekstremal vaziyatlarda harakat samaradorligini pasaytiruvchi, ada-

shishlarni tug‘diruvchi psixologik reaksiyalarning yo‘qligi; – murakkab psixologik sharoitlarda kasbiy vazifalarni bexato bajarish; – kasbiy ziyraklikni saqlash, tavakkal, xavf-xatar, kutilmagan vaziyat-

larga nisbatan oqilona ehtiyotkorlik bilan yondashish. Shu nuqtai nazardan xodim faoliyatining samaradorligi ko‘p jihatdan

o‘z xatti-harakatlarini boshqara olishi, his-tuyg‘ularini nazorat qila olishiga bog‘liq. Shuningdek, ichki ishlar idoralari xodimining o‘zini irodaviy bosh-qara olishlari, murakkab vaziyatlarda tezkor, oqilona qarorlar qabul qilishi kasbiy qobiliyati bilan belgilanadi. Ya’ni xodim o‘zini irodaviy boshqarish orqali salbiy hissiyotlarini yo‘q qilishi, o‘zida ishonch hissini uyg‘otishi, diqqatini bir joyga jamlashi va butun kuchini qo‘yilgan vazifani bajarishga safarbar etishi uchun zarur asosiy sifatlardan sanaladi.

Xodimning psixologik holati va xatti-harakatlarini boshqara olmasligi irodasining sustligi, ijtimoiy-psixologik sharoitlarga moslashish qobiliyati-ning pastligidan dalolat beradi va bu aksariyat hollarda salbiy oqibatlarga olib kelishi barchaga ma’lum. Shu bois xodimning hissiy-irodaviy o‘zini o‘zi boshqarish yo‘llari va usullarini o‘zlashtirishlari bugungi dolzarb vazi-falardan biridir. Xizmat faoliyatida kuchli irodaga ega bo‘lgan, o‘z hissiyot-larini boshqara oladigan, jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kura-shishda jismoniy va aqliy imkoniyatlaridan oqilona foydalana oladigan xodim ko‘proq muvaffaqiyatlarga erishadi.

Shu ma’noda hissiy-irodaviy boshqarishning asosiy maqsadi –xodim-ning o‘z ichki imkoniyatlaridan yuqori darajada foydalanishiga, ijodiy salohiyatining ochilishiga, kasbiy xislatlari va qobiliyatlari namoyon bo‘li-shiga yordamlashuvchi alohida psixologik xususiyatlarni shakllantirishdan iborat.

Jinoyatlarni tergov qilish jarayonida tergovchining individual-psixo-logik xususiyatlarining o‘rni. Psixologiya fanining ijtimoiy-tarixiy taraqqi-yoti davomida shaxsning o‘ziga xos sifatlari, ya’ni temperamenti, xarakteri va qobiliyatiga oid bildirilgan fikr-mulohazalar, uning moddiy asosi to‘g‘risidagi talqinlar xilma-xil bo‘lib, shaxsning psixologik xususiyatlarini o‘ziga xos tarzda tushuntirishga xizmat qilib kelgan.

63

Temperament – lotincha «temperamentum» so‘zidan olingan bo‘lib, «aralashma» degan ma’noni anglatadi. Temperament to‘g‘risidagi dastlabki ta’limotni yunon olimi Gippokrat (eramizdan avvalgi 460–356-yillarda yashagan) yaratgan bo‘lib, uning tipologiyasi hozirgi davrgacha qo‘llanib kelinmoqda.

Psixikaning individual jihatdan o‘ziga xos, tabiiy shartlashgan dinamik ko‘rinishlari majmui kishining temperamenti deyiladi.

Gippokratning to‘rt xil moddalar (suyuqliklar) aralashmasi, ya’ni «temperament» tushunchasi va uning tipologiyasi (sangvinik, xolerik, fleg-matik, melanxolik) ramziy ma’noda hozirgi zamon psixologiyasida ham qo‘llanib kelinmoqda. Organizmda suyuqliklarning aralashuvi (u qonning ko‘pligi bilan xarakterlanadi) sangvinik temperament (lotincha «sangvis» – «qon» so‘zidan olingan); limfa ko‘p bo‘lganda, flegmatik temperament (yunoncha «flegma» – shilimshiq parda degani); sariq o‘tning ko‘payganli-gini xolerik temperament (yunoncha «xola» – «o‘t» so‘zidan olingan); qora o‘t ko‘p bo‘lganda melanxolik temperament (yunoncha «melayna xole» – «qora o‘t») deb ataladi.

Kishining temperamenti qanaqaligi haqidagi tasavvur odatda o‘sha shaxsga xos ayrim psixologik xususiyatlar asosida vujudga keladi.

Psixik faollikka ega bo‘lgan, atrofda bo‘layotgan hodisalarga tez munosabat bildiruvchi, taassurotlarini tez-tez o‘zgartirishga intiluvchi, ko‘ngilsizliklarni nisbatan yengil o‘tkazib yuboruvchi, jonli, harakatchan bo‘lgan kishi sangvinik deyiladi.

Yuragi keng, barqaror intilish va kayfiyatga, doimiy va chuqur his-tuyg‘ularga ega, harakatlari va nutqi bir maromida bo‘lgan, ruhiy holatini tashqi tomonda ifoda etadigan kishi flegmatik deb ataladi.

Juda g‘ayratli, ishga ehtiros bilan berilish qobiliyatiga ega bo‘lgan, tez, qizg‘in emotsional «portlash» va kayfiyatning keskin o‘zgarishlariga moyil, ildam harakatlar qiladigan kishi xolerik deb ataladi.

Ta’sirchan, chuqur kechinmali, gap ko‘tara olmaydigan, atrofdagi voqealarga unchalik e’tibor bermaydigan, o‘zini nazorat qila oladigan va sekin ovoz chiqaradigan kishilar melanxoliklar deb ataladi.

Temperament turlarining tasnifi (I.P. Pavlov ta’limotiga ko‘ra): 1) kuchli, ehtirosli, behalovat – xolerik; 2) kuchli, bosiq, epchil – sangvinik; 3) kuchli, bosiq, sust – flegmatik; 4) kuchsiz – melanxolik.

64

Temperament turlarining tizimli tavsifi1 Ichki

xususiyati Xolerik Sangvinik Flegmatik Melanxolik

xulqi beqaror barqaror o‘ta barqaror juda beqaror

hissiyoti kuchli, qisqa muddatli

yuzaki, qisqa muddatli kuchsiz chuqur va uzoq

muddatli

kayfiyati turg‘un emas, yaxshi

turg‘un, ko‘tarinki ruhda

turg‘un, doimo xursand va qayg‘usiz

turg‘un emas, pessimistik

ruhda

nutqi baland, keskin, bir xil emas

baland, jonli, bir xil sur’atda

ohista, bir ohangda juda sekin

sabri sust boshqariladi juda kuchli besabr moslashish qobiliyati oson juda oson sekinlik bilan juda qiyin

muomalasi yuqori o‘rtacha past juda past

o‘zini tutishi tajovuzkor do‘stona bosiq qiyinchilikdan qochadi

tanqidga munosabati asabiy bosiq befarq qabul qilmaydi

faoliyatga munosabati

qiziqqon, berilib ishlaydi

jonli, ko‘p gapirib ishlaydi

betinim ishlaydi

vaziyatga qarab turlicha, reaktiv

yangilikka munosabati ijobiy befarq salbiy manfaatli

xavfga munosabati jangovar,

tavakkaliga

yaxshi tayyor-garlikdan so‘ng,

tavakkalsiz

sovuqqon, o‘zidan

chiqishi qiyin

xavotirli, o‘zini yo‘qotib qo‘yadi

maqsadga intilish

kuchli, bor imkoniyatini ishga soladi

tez yetishish, to‘siqlarni aylanib

o‘tish

qat’iyat bilan, shoshmasdan

to‘siqlardan qochish orqali tez yoki sust

imkoniyatni baholashi juda ortiqcha birmuncha real baho hisoblay olmaydi

ta’sirga berilishi past biroz mavjud kuchsiz juda kuchli

Xarakter – shaxsning faoliyat va muomalada tarkib topadigan va namoyon bo‘ladigan barqaror individual xususiyati bo‘lib, individ uchun tipik xulq-atvor usullarini yuzaga keltiradi.

Shaxs ba’zida o‘z xarakteridan afsuslanadi, lekin boshqacha harakatni amalga oshirishning uddasidan chiqa olmaydi. Chet el psixologlarining ta’kidlashicha, ayrim insonlar faoliyatida muvaffaqiyatsizlikka uchrashdan xavfsirab, o‘z yutuqlarini qadrlaydilar va yuqori baholaydilar. Muvaf-faqiyatsizlik ular uchun fojia emas, shuning uchun «tavakkalchilik»ka qo‘l urishda davom etaveradilar. Boshqa toifadagi odamlar muvaffaqiyatsizlik-

1 Щекин Г. В. Визуалная психодиагностика и её методы. – К., 1991.

65

dan cho‘chiydilar, o‘ta ehtiyotkor bo‘ladilar, qiyinchilikdan qo‘rqib, yengil ishga qo‘l urishni lozim topadilar. Fanda shaxsning munosabatlarini aks ettiruvchi xarakterni quyidagi to‘rt tizimga ajratish qabul qilingan:

1. Jamoaga (guruhga) va ba’zi insonlarga nisbatan munosabatni ifoda-lovchi xususiyatlar: yaxshilik, mehribonlik, talabchanlik, takabburlik va boshqalar.

2. Mehnatga nisbatan munosabatni mujassamlashtiruvchi xususiyatlar: mehnatsevarlik, dangasalik, vijdonlilik, mas’uliyatlilik, mas’uliyatsizlik kabilar.

3. Narsalarga nisbatan munosabatni aks ettiruvchi xususiyatlar: ozoda-lik, ifloslik, ayash, ayamaslik va hokazo.

4. Shaxsning o‘ziga nisbatan munosabatini ifodalovchi xislatlar: hamiyatlilik, shuhratparastlik, mag‘rurlik, takabburlik, dimog‘dorlik, kam-tarinlik, samimiylik va boshqalar.

Xarakter va kishining tashqi ko‘rinishi. Psixologiya fani tarixida inson bosh suyagining shakliga, yuz tuzilishiga, qaddi-qomatiga (tana tuzilishi va hokazolarga), ya’ni ayrim tashqi alomatlariga qarab uning xarakterini belgilash nazariyalari mavjud bo‘lgan. Arastu va Aflotun kishi xarakterini tashqi ko‘rinishiga qarab aniqlashni ilk bor taklif qilganlardan. Ularning xarakterni o‘rganish nazariyasi asosi qanchalik sodda bo‘lsa, shunchalik g‘aroyib farazdir. Masalan, kishining tashqi ko‘rinishida qandaydir hayvon bilan o‘xshashlik belgisini topish tavsiya qilingan, so‘ngra esa uning xarak-teri ana shu hayvonning xarakteri bilan aynan bir xil deb qaralgan. Arastu-ning fikricha, buqaniki singari yo‘g‘on burun ishyoqmaslikni bildiradi1.

Qobiliyat – shaxs faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirishning sharti bo‘lib, zarur bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashda, kamol topishda yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo‘ladigan individual-psixologik xususiyatdir.

Qobiliyat individual-psixologik xususiyat bo‘lib, bir odamning boshqa bir odamdan farq qiladigan belgilari sifatida ta’riflanadi.

Qobiliyat umumiy va maxsus turga bo‘linadi. Shaxsning umumiy qobiliyati yoki umumiy fazilati muayyan psixolo-

gik ko‘rinishlarga ega bo‘lib, psixologlar ularning tadqiqi borasida tinmay izlanmoqdalar. Shaxsning aniq faoliyat sharoitida qobiliyat sifatida namo-yon bo‘ladigan umumiy fazilatlari jumlasiga uning uch tipdan bittasiga mansubligini ko‘rsatadigan individual-psixologik fazilat kiradi.

Iste’dod, uning tuzilishi va paydo bo‘lishi. Qobiliyat taraqqiyotining yuksak bosqichi iste’dod deb ataladi. Psixologik adabiyotlarda unga turlicha

1 Умумий психология / А.В. Петровский таҳрири остида. –Т., 1992. – Б.467.

66

ta’riflar berilsa-da, uning asosiy belgilari alohida ta’kidlab o‘tiladi. Chunon-chi, shaxsga murakkab mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli, mustaqil va origi-nal tarzda bajarish imkonini beradigan qobiliyatlar majmui iste’dod deyiladi.

Tergovchi faoliyatida qobiliyat asosiy o‘rinni egallaydi. Chunki har qaysi xodimning mehnatga loyiq yoki loyiq emasligi ham uning qobiliyatini aniqlashdan boshlanadi. Tergovchining individual-psixologik xususiyatlari, ya’ni temperamenti, xarakteri, maxsus va umumiy qobiliyatlari tergov harakatlarini amalga oshirishida juda muhim hisoblanadi.

5-§. Tergovchi shaxsining kasbiy buzilishi va uning namoyon bo‘lish shakllari

Kasbiy buzilish deb qanday holatga aytiladi va u tergovchi faoliyatida qanday namoyon bo‘ladi, degan savol shu soha xodimini psixologik o‘rga-nishda muhim sanaladi.

Tergovchining kasbiy buzilishi deb, uning qonun hujjatlari, nizom va buyruqlarda belgilab qo‘yilgan axloqiy normalar, professional burch va vazifalarni bajarishda o‘zining shaxsiy manfaatlarini jamiyat, davlat, xalq manfaatlaridan ustun qo‘yib suiiste’mol qilishlari, pora olish, kalondimog‘-lik, tamagirlik, qo‘pollik qilish, jinoyatni hisobdan yashirish kabi qonunga xilof xatti-harakatlarining majmuiga aytiladi.

Tergovchining kasbiy buzilishini, uning kelib chiqish sabablarini tuga-tish yo‘llarini tadqiq etish dolzarb masala hisoblanadi. Chunki tergovchi dav-lat hokimiyatining vakili sifatida ish ko‘rar ekan, uning xatti-harakatlari odamlarning diqqat-e’tiborida turadi. Bir tergovchining qilgan xatosi, qo‘-polligi yoki pora olishi ichki ishlar idoralarida halol ishlayotgan boshqa xodimlarning obro‘siga putur yetkazishi mumkin. Shuning uchun ham kas-biy buzilishning oldini olish, unga yo‘l qo‘ymaslik bugunning eng dolzarb vazifalaridandir.

Kasbiy buzilishning turlari va shakllari. Tergovchi kasbiy buzi-lishining ikki turi mavjud: birinchisi yosh xodimning tajribasizligi, qonun va buyruqlarni bilmasligi, qiyin sharoitlarda o‘zini yo‘qotib qo‘yishi tufayli hosil bo‘ladigan kasbiy buzilish; ikkinchisi ichki ishlar idoralarida ko‘p yillar ishlab, tajriba orttirgan xodimning qonunlardagi kamchiliklarni ang-lab, hamma narsani tushungan holda, boylik orttirish maqsadida, ongli ravishda axloqiy yomonlikka yo‘l qo‘yishi oqibatida yuzaga keladigan kasbiy buzilish.

Tergovchi tergov harakatlarini amalga oshirar ekan, bir tomondan, davlat hokimiyatining vakili sifatida ishtirokchilarga o‘z ta’sirini o‘tkazsa, ikkinchi tomondan esa, uning o‘zi ham o‘shalarning ta’siri ostida bo‘ladi.

67

Xuddi shu vaqtda kasbiy buzilish holati yuz berishi mumkin. Chunki ter-govchining davlat hokimiyatining vakili sifatida protsess ishtirokchilariga nisbatan o‘ziga berilgan vakolatlar chegarasidan chiqib ketishi, lavozimini suiiste’mol qilishi, shuningdek, o‘zgalarning ta’siri ostida bo‘lgan xodim ularning bergan va’dalari, poralari va boshqa xizmatlariga ishonib, xizmat burchiga xiyonat qilishi mumkin. Ikkala hol ham kasbiy buzilishga olib keladi.

Tergovchining kasbiy tanazzulga uchrashiga atrofini o‘rab turgan jinoyatchilar dunyosining ta’siri ham sabab bo‘ladi. Odam o‘ldirish, bos-qinchilik, o‘g‘rilik, ig‘vo, tuhmat, urush-janjallar tergovchining ma’naviy-ruhiy holatiga salbiy ta’sir qilib, oxir-oqibatda uning xulq-atvorida o‘zga-rish sodir bo‘lishiga, uning kasbiy jihatdan buzilishiga olib kelishi mumkin. Undagi bunday buzilish ochiq yoki yopiq tarzda namoyon bo‘ladi.

Xizmat jamoalarida boshliq va bo‘ysunuvchilar, kattalar bilan kichiklar o‘rtasidagi ma’naviy-axloqiy muhitning qoniqarli emasligi ham kasbiy tanazzulga olib keladigan sharoitlardan hisoblanadi. Ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar xushomadgo‘ylik, mansabparastlik, shaxsiyatparastlik asosi-da qurilgan bo‘lsa, bu albatta kasbiy buzilishni keltirib chiqaradi. Demak, kasbiy madaniyatining darajasi pastligi tufayli, ko‘pgina xodimlar shunday tanazzulga yuz tutadilar.

Shunday qilib, tergovchining axloqiy ongida, xatti-harakatlarida yuza-ga kelgan buzilishlar quyidagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi:

– toshbag‘irlik, odamlarga yuzaki munosabatda bo‘lish, g‘amxo‘rlik va rahm- shafqatning yo‘qligi;

– subutsizlik; – g‘irromlik, tamagirlik, vijdonsizlik, shaxsga befarqlik, kasbiga sovuq-

qonlik bilan qarash; – axloq prinsiplari (insonparvarlik, jamoatchilik, vatanparvarlik) va

normalarini (burch, vijdon, mas’uliyat, sha’n va qadr-qimmat) ongli, bila turib atayin buzish;

– kasbiy bilimlarining past darajada ekanligi; – odamlarga muntazam shubha bilan qarash, o‘ch olish payida bo‘lish,

zahrini sochish; – o‘ziga berilgan vakolatlardan mutlaqo noto‘g‘ri foydalanish, ularni

suiiste’mol qilish va h.k. Tergov amaliyotida kasbiy buzilishni keltirib chiqaruvchi sabablar

va shart-sharoitlar. Tergov amaliyotida kasbiy buzilishning obyektiv va subyektiv sabablari bor.

Tergov amaliyotida kasbiy buzilishning obyektiv sabablari quyidagi-lardan iborat:

68

– professional faoliyatning xususiyatlari, ya’ni qiyin va xavfli sharoit-larda, favqulodda holatlar va ekstremal vaziyatlarda o‘z hayotini xavfga qo‘yib, o‘limga tik borib, jismoniy va ruhiy zo‘riqib ishlashlar, ma’naviy va ruhiy jihatdan o‘z qobiliyatini tiklab olish uchun vaqtning yetishmasligi;

– jinoyatchilar dunyosi bilan muntazam ravishda aloqada bo‘lish, ularning salbiy ta’sirini sezish va oqibatda ularga qo‘shilib ketish hollari-ning mavjudligi;

– ishni tashkil qilishda xato va kamchiliklar; – birga ishlayotgan ba’zi xodimlarning o‘z xizmat vakolatlarini sui-

iste’mol qilishlari, ishga sovuqqonlik bilan yondashishlari, odamlarga nis-batan befarqlik, yuzaki munosabatda bo‘lishlarining yangi ishga kelgan yoki vijdonli, mehnatkash va intizomli xodimga salbiy ta’siri;

– rahbar xodimlar va bevosita boshliqlar tomonidan nazorat ishlarining muntazam ravishda tashkil qilinmaganligi yoki to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilma-ganligi;

– oilaviy munosabatlardagi va turmush sharoitidagi qiyinchiliklar; – kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va tarbiyalashda yo‘l qo‘yilgan

kamchiliklar va xatolar; – xodimlarni tarbiyalash ishlarini amalga oshirishda hisob-kitobdan

adashishlar, ya’ni yuzaki yondashuvlarga yo‘l qo‘yishlar. Tergov amaliyotida kasbiy buzilishni keltirib chiqaruvchi subyektiv

sabablar quyidagilardan iborat: 1) xodimlarning kasbga oid bilimlarining nihoyatda pastligi va o‘z kasb

mahoratini oshirishga urinmasliklari, o‘z ishiga tanqidiy nazarning yo‘qligi, to‘plagan arzimas tajribasiga haddan tashqari ishonish va h.k.;

2) xizmat vazifasini bajarishga ma’naviy-ruhiy jihatdan tayyor emaslik, o‘zini yo‘qotib qo‘yish, o‘z xatti-harakatlarini nazorat qila olmaslik, bo‘shanglik, spirtli ichimliklar ichishga ruju qo‘yganlik va h.k.;

3) xizmat jamoasidagi axloqiy, ma’naviy-ruhiy muhitning yomonligi, shaxs va jamoa o‘rtasidagi manfaatlar hamda maqsadlarning mushtarak emasligi;

4) xodimlar axloqiy, xizmat va irodaviy tayyorgarligining yetarli dara-jada emasligi;

5) xizmat jamoasining manfaatlarini mansabparastlik, guruhbozlik manfaatlaridan ajrata olmaslik;

6) ish vaqtini to‘g‘ri tashkil qila olmaslik, jismoniy va ruhiy zo‘riqish-lardan xalos bo‘lish usullarini bilmaslik, ishdagi va oiladagi tashvishlardan o‘zini xoli qilolmaslik va h.k.

Tergovchining subyektiv kamchiligi boshqa xodimlarga, qolaversa, fuqarolarga o‘z ta’sirini o‘tkazishi, ularning ongini zaharlashidir. Bu to‘g‘-

69

rida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov: «Militsiya o‘z burchini bajarmasa, bojxona xodimlari poraxo‘r bo‘lsa, prokuror zaif, o‘yinchi bo‘lsa, hokimlarning qulog‘i kar, ko‘zi ko‘r bo‘lsa, oddiy fuqaro kimga boradi? Uni kim himoya qiladi? Uning g‘amini, tashvishini kim chekadi? Qani adolat, qani haqiqat? Shu ishni bajarmasa yelkasiga pogon taqqanlar nega kerak?

Oddiy odamlar, xalq ana shu voqealarni, qing‘irliklarni ko‘radi-da, unda hammasi quruq gap, adolat yo‘q, bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham degan fikr tug‘iladi. Eng yomoni shunda»1, – deb ta’kidlagan.

Kasbiy buzilishlarni keltirib chiqaruvchi omillar. Tergov ama-liyotida kasbiy buzilishga olib keluvchi obyektiv va subyektiv sabablardan tashqari, bir qancha omillar ham mavjud. Bu omillar quyidagilardan iborat:

Yuridik omillar: – jinoyat-protsessual qonunlarning nomukammalligi; – ishni tezkor boshqarishdagi noaniqliklar; – xodimlarni boshliqlarning noto‘g‘ri buyruqlaridan himoya qiluvchi

yuridik kafolatning yo‘qligi. Iqtisodiy omillar: – aniq iqtisodiy rag‘batlantirishning yo‘qligi; – ish haqini to‘lashdagi asossiz tenglashtirishlar; – maxsus unvonlar darajasining samarali emasligi; – ish vaqtida daromadni oshirish imkonining yo‘qligi; – texnika bilan yetarli darajada ta’minlanmaganlik; – moddiy-texnika bazasining yo‘qligi yoki eskirganligi. Tashkiliy omillar: – kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishdagi kamchiliklar; – rahbarlar tomonidan nazoratning yo‘qligi; – ichki ishlar faoliyatining o‘ziga xosligi; – ishni taqdirlash mezonlarining takomillashmaganligi, hisob-kitob

ishlarining yaxshi tashkil qilinmaganligi; – xodimlarning malakasini oshirishga e’tibor berilmasligi; – rahbarlarning ishga uning mohiyatini tushunmasdan asossiz ravishda

aralashishlari. Intellektual omillar: – xodimlar bilimining yetishmasligi; – huquqiy, axloqiy, siyosiy va umumiy kasbiy madaniyatning shakllan-

maganligi yoki yetarli rivojlanmaganligi; – qo‘l ostidagilarni va o‘z-o‘zlarini tarbiyalashdagi kamchiliklar.

1 Каримов И.А. Биздан озод ва обод Ватан қолсин.Т. 2. – Т., 1996. – Б.66–67.

70

Ijtimoiy-ma’naviy-ruhiy omillar: – rahbarlarning qo‘polligi va o‘zini boshqara olmasligi; – ijtimoiy guruhbozlik, milliy biqiqlik; – o‘ziga haddan tashqari ishonish; – haddan tashqari takabburlik va mansabparastlik; – o‘zini o‘zi nazorat qilishning past darajada ekanligi. Tergov amaliyotida kasbiy buzilishlarning tuzilishini kuzatsak, uning

ochiq, ya’ni ko‘zga yaqqol tashlanib turadigan va yopiq, ya’ni ko‘zga tash-lanmaydigan turlari ham mavjudligini ko‘ramiz.

1. Kasbiy buzilishning ko‘zga ochiq tashlanadigan turlari quyidagilar: – jinoyatchilarga, huquqbuzarlik va tartibbuzarlikda ayblanib vaqtincha

ushlangan fuqarolarga nisbatan rahmsizlik qilish, g‘ayriinsoniy munosa-batda bo‘lish, ya’ni qo‘l ko‘tarish, haqorat qilish, mansabini suiiste’mol qilish, xizmat axloqi prinsip va normalarini qo‘pol tarzda buzish;

– haddan tashqari shubhalanish, ayblashga moyillik, o‘zini o‘zi tanqid qilmaslik;

– jinoyatchilar bilan ishlashda qonun yo‘li bilan ruxsat etilmagan usul va vositalarni qo‘llash, ya’ni «vosita maqsadni oqlaydi» qabilida ish tutish;

– spirtli ichimliklar va narkotik moddalarni iste’mol qilish; – nutq madaniyatining yetishmasligi, qo‘pollik, jinoyatchilar dunyosi

jargonlaridan bo‘lar-bo‘lmasga foydalanish, ularni qo‘llashda suiiste’mol-chiliklarga yo‘l qo‘yish;

– tashqi ko‘rinishning xunukligi, kiyim-boshning iflosligi, soch-soqol-ning o‘sganligi, aft-angorning ifloslashib, sovuq tus olganligi va h.k.

2. Kasbiy buzilishlarning yopiq, ko‘zga tashlanmaydigan turlari quyi-dagilar:

– ish jarayonida xizmat mavqeidan o‘zining g‘arazli maqsadlarini amalga oshirishda foydalanish;

– turmushdagi axloqiy nopoklik; – axloqiy-ma’naviy jihatdan qashshoqlanish; – xizmat manfaatlarini noto‘g‘ri tushunish, ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l

qo‘yish; – jinoyatni hisobdan yashirish, poraxo‘rlik; – jinoyatchilar bilan til biriktirish, ularga qo‘shilib ketish. Kasbiy buzilishlarning yuqoridagi kabi ko‘rinishlarini, omillarini,

obyektiv va subyektiv sabablarini to‘liq hisobga olib, jinoyatchilikning oldi-ni olish va uni tugatish chora-tadbirlarini ko‘rish zarur.

Tergov amaliyotida kasbiy buzilishlarning oldini olish va ularni bartaraf etishning chora-tadbirlari.

71

Tergovchilar tergov harakatlarini amalga oshirar ekanlar, ular tomoni-dan ba’zan fuqarolarning huquq va erkinliklariga taalluqli qonunchilikni buzish holatlari ham uchrab turadi.

Tergovchilarning qonunbuzarligi ayrim qonun va huquqiy normalarga rioya qilmaslik natijasida qasddan yoki ehtiyotsizlik oqibatida tergov ishti-rokchilarining manfaatlariga zarar yetkazishida ifodalanadi.

Tergov ishtirokchilari tomonidan tergovchining salbiy xatti-harakatlari doim ham tanqid qilinavermaydi yoki tergov ishtirokchilari adolat o‘rnata olmasligiga ishonchi ortgan sari bunday holatga qo‘l siltaydilar, oqibatda hech qanday jazoga tortilmay qolgan tergovchi tomonidan qo‘pollik, tan jarohatlari yetkazish, haqorat, tamagirlik yoki poraxo‘rlik, xizmat vakolatini suiiste’mol qilish kabi qonun buzilishlar davom etaveradi.

Fuqarolik huquqlari poymol bo‘layotgan vaqtda ham odamlar zo‘ravon xodimlarga bas kelishga hadlari sig‘maydi va xodim javobgarlikdan osongi-na qutulib ketadi.

Xush, tergovchilarning kasbiy buzilishlariga qanday omillar sabab bo‘lmoqda?

Masalan, Rossiyada bu muammoni bir qator ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish natijasida psixolog olim A.V.Budanov 3 ta asosiy omillar guruhiga bo‘lib o‘rgandi, ya’ni:

– xizmat sohasining o‘ziga xosligi (spetsifikasi); – shaxsiy fazilatlar omili; – ijtimoiy-psixologik omillar1. S. Medvedevning fikricha, xodimning soha yo‘nalishi uning huquq-

buzarlikka moyilligiga ta’sir qiluvchi asosiy omildir. Xususan, uning tad-qiqoti natijasida eng kuchli ta’sir darajasi jinoyat qidiruv xodimlarida, o‘rtacha ta’sir darajasi patrul-post xizmati va tergov xodimlarida, past ta’sir darajasi esa pasport va shaxsiy tarkib bilan ishlash sohalarida aniqlangan.

Bu tadqiqotni o‘tkazgan Rossiya psixologlari xodimlarning kasbiy buzilishlarini ularning ish tajribasi bilan solishtirganlarida quyidagi natija-larni taqdim qilganlar:

1) 5 yilgacha ishlagan xodimlarda kasbiy tanazzul arzimas bo‘lib, bu toifa xodimlar xizmat sirini endi tushunib borayotganligi bois, kasbiy buzilish past darajada;

2) 6–10 yil ishlayotganlarda o‘rtacha darajada;

1 Буданов А.В. Работа с сотрудниками органов внутренних дел по профи-лактике профессиональной деформации: Практическое пособие для руководящих работников УВД, ОВД, служб по работе с личным составом, подразделений морально-психологического обеспечения деятельности ОВД. – М, 1992.

72

3) 11–15 yil ishlayotganlarda kasbiy buzilish darajasi juda yuqori; 4) 15 yildan ortiq ishlayotganlarda esa axloqiy-kasbiy buzilishlar

bo‘lishi aniq. Biroq, har qanday statistik ma’lumotlarning nisbiyligini inobatga olish

lozim. Shu bilan birga, bu axloqiy-kasbiy buzilgan xodimning har biri pora oladi yoki tamagirlik qiladi degani emas. Shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmatidagi ko‘p yillik kuzatishlardan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki, ko‘p ishlagan xodimlarda xizmat vazifalarini bajarishga nisbatan beparvolik, loqaydlik, sansalorlik (masalan, fuqarolarning arizalarini ko‘rishda) kabi illatlarning paydo bo‘lishi va rivojlanish holatlari ko‘plab uchraydi. Bularning sababi esa xodimning asosan surunkali ruhiy va jismo-niy jihatdan zo‘riqishdir.

Axloqiy-kasbiy buzilishning xavfli tomoni shundaki, uning eng past darajasi ham tergovchilarning shaxsiy-kasbiy sifatlariga jiddiy zarar yetka-zadi.

Psixologik nuqtai nazardan bu muammoga tergovchining shaxsiy xusu-siyatidan kelib chiqib yondashish qabul qilingan.

Xodimlarning kasbiy buzilishida ularning shaxsiy xususiyatlari ta’sirini rus psixologi A. V. Budanov quyidagicha tahlil qiladi1:

1) xodimning intellekti ta’siri (ya’ni, mustaqil fikrlash va mustaqil qaror qabul qilishi tormozlanadi, mustaqil tarzda o‘z ustida ishlashi va kasb mahoratini oshirishda layoqatsiz bo‘lib qoladi, ekstremal yoki kutilmagan vaziyatda qaror qabul qila olmaydi);

2) shaxsiy salbiy sifatlar ta’siri (ochko‘zlik, qo‘pollik, tajovuzkorlik, faqat o‘z manfaatlarini ko‘zlash, bilimsizlik, to‘porilik, o‘z shaxsiga yuqori baho berish) kabi.

Bu xususiyatlar xizmat ta’sirida (vakolat doirasining kengligi, xizmat kiyimidan havolanish, hammaning diqqat-markazida bo‘lish) xodimga yanada o‘ziga yuqori baho berishiga sababchi bo‘lib qolishi mumkin.

Tergovchilar faoliyatining samarasini belgilovchi shaxsiy xususiyatlarini aniqlash uchun, avvalo, ushbu faoliyatning psixologik jihatlarini tahlil qilish, o‘ziga xos tomonlarini aniqlash, shu orqali bu faoliyatni takomillashtirish chora-tadbirlari tizimini ishlab chiqish va yo‘lga qo‘yish talab qilinadi.

Tergovchilardan yuksak madaniyatli, o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lish, murakkab sharoitlarda davlat manfaatlari, fuqarolarning huquq va

1 Буданов А.В. Работа с сотрудниками органов внутренних дел по профи-

лактике профессиональной деформации: Практическое пособие для руководящих работников УВД, ОВД, служб по работе с личным составом, подразделений морально-психологического обеспечения деятельности ОВД. – М, 1992.

73

erkinliklarini himoya qila olish, aholining har xil toifalari bilan ishlay olish, jinoyatchilikka qarshi kurashda zarur bo‘lgan ko‘nikmalarga ega bo‘lish talab etiladi.

Kasbiy tanazzul avvalo, shaxsning o‘zida, keyinchalik esa uning harakatlari orqali kasb faoliyati va atrof-muhitidagi munosabatlarda ifoda bo‘lishni boshlaydi. Bu holat tergovchilar jamoasida ham yuz berishi mumkin. Masalan, spirtli ichimliklarga ruju qo‘yish holati shu bo‘lim yoki bo‘linmada xizmat intizomining sustligiga dalil bo‘la oladi.

Kasbiy tanazzulning xavfli tomoni shundaki, u «latent», ya’ni yashirin tarzda kechadi. Tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, ko‘pgina holatlarda xodimning mast tarzda xizmatga chiqishini, avvalo, rahbarlarning o‘zlari (o‘zlariga gap tegmasligi uchun) yashiradilar. Intizomiy jazoga tortilmagan xodim esa mas’uliyat hissini sezmay, osongina qutulib ketadi. Bu hol atrofdagilarga o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi.

Bu o‘rinda tergovchilar bilan olib borilishi kerak bo‘lgan psixologik faoliyat haqida to‘xtalib o‘tmoqchimiz. Zero, yuqorida ko‘rsatib o‘tilga-nidek, aksariyat huquqbuzarliklar xodim psixologiyasidagi o‘zgarishlar, og‘ishlar natijasi deb oladigan bo‘lsak, ularga moyillikni aniqlash va psixo-logik profilaktika qilishni tergov idoralaridagi psixologik faoliyat orqali amalga oshirish mumkin.

Yuqorida aytib o‘tilgan holatlar bugungi kunning muhim muammosiga aylanganligini inobatga olgan holda respublika ichki ishlar idoralari tizimlarida muhim bir yangilik, ya’ni IIVning 2010-yil 7-sentabrdagi 44-son-li buyrug‘i bilan joylardagi ichki ishlar bo‘limlarga «axloqiy psixologik ta’minlash guruhlari inspektori (katta inspektor) shtat birliklari kiritildi».

Ularning xizmat vazifalariga quyidagilar kiritildi: – shaxsiy tarkibni bir yilda bir marotaba majburiy psixologik diagnos-

tikadan o‘tkazish hamda jamoadagi ruhiy muhitni o‘rganish, xodimlarning individual xususiyatlari, psixologik holatlari, asab turg‘unligi darajalari, qobiliyati, xizmatga yaroqliligi, shaxsiy tarkibning xizmatdan qoniqganligi va xodimlar o‘rtasidagi munosabatlarni aniqlash va hokazo;

– xodimlar o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni buzish, o‘z joni-ga qasd qilish (suitsid) holatlari, xizmat faoliyati davomida yuzaga keladi-gan turli qiyinchiliklar va yo‘l qo‘yiladigan intizom buzilish sabablarini o‘rganib, ularning oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish yuzasidan rahbariyatga takliflar kiritish;

– uzoq xizmat safaridan qaytgan xodimlarni xizmatga ko‘nikma hosil qilishlariga ko‘maklashish;

– ishga yangi qabul qilingan xodimlar bilan psixologik usullarni qo‘llab suhbat o‘tkazish va boshqalar.

74

Bu yangilik ichki ishlar idoralari xodimlarining kasbiy buzilishi, uning kelib chiqish sabablarini tugatish yo‘llaridagi muhim qadamdir. Chunki ichki ishlar idoralari xodimlari davlat hokimiyatining vakili sifatida ish ko‘rar ekanlar, ularning har bir xatti-harakati odamlarning diqqat-e’tiborida turadi. Bir xodimning qilgan xatosi, qo‘polligi yoki pora olishi butun tizim-ni xalq oldida abgor qilishi, boshqa halol ishlayotgan xodimlarning obro‘si-ga putur yetkazishi mumkin. Shuning uchun kasbiy buzilishning oldini olish, unga yo‘l qo‘ymaslik bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.

Tergovchi faoliyatida kasbiy buzilishlarning oldini olishda asosan quyidagi yo‘nalishlardagi chora-tadbirlarni qo‘llash tavsiya etiladi.

1. Professional faoliyatni tashkil etish sohasida: – har bir tergovchini tanlash va ishga tayinlashda qiziqishlarini inobat-

ga olish; – tergovchilarga aniq vazifalar, topshiriqlar berish, ularning bajarilishi

uchun barcha chora-tadbirlarni ko‘rish; – tergovchilarga tergov ishtirokchilari bilan muomala qilish mada-

niyatini, psixologik aloqa o‘rnatish mahoratini o‘rgatish; – xizmat vazifasini bajarishda ishga ijodiy yondashuvchi, chigal

masalalarning yechimini tezlikda topuvchi, muammolarni hal qilishda ilm-fan yutuqlaridan unumli foydalanuvchi tergovchilarni taqdirlash, izzat-hurmatini joyiga qo‘yish;

– tergovchilarni o‘z ishini o‘zi tahlil qilishga, o‘zini o‘zi nazorat qilishga o‘rgatish;

– tergovchilarning bo‘sh vaqtlaridan samarali foydalanishlari uchun, oilasining tinchligi, hayotining sermazmun bo‘lishi uchun g‘amxo‘rlik qilish;

– o‘zgalarga ruhiy ta’sir o‘tkazish usullarini amalda qo‘llashni o‘rga-tish, tergovchini nizoli vaziyatlarda ishlashga ruhiy jihatdan tayyorlash ishlarini amalga oshirish;

– jismonan chiniqtirish va chidamliligini oshirish. 2. Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish sohasida:

– tergovchilarda ilmiy dunyoqarashni, axloqiy-huquqiy e’tiqodni, g‘oyaviy-siyosiy madaniyat va irodaviy xislatlarni, qisqacha aytganda, milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish;

– ularni tanqid va o‘zini o‘zi tanqid ruhida tarbiyalash; – iroda va xarakter kuchini chiniqtirish; – jinoyatchilar dunyosining ta’siriga qarshi tura olish qobiliyatini hosil

qilish;

75

– xizmatda va turmushda shaxsiy namuna orqali ta’sir ko‘rsatish; – tarbiyalash jarayonida o‘rgatish va majburlash, rag‘batlantirish va

jazolash usul va vositalaridan unumli foydalanish; – jamoada sog‘lom ruhiy muhitni vujudga keltirish; – tergovchilarning yashash sharoitlarini, dam olishini yaxshilash

borasida g‘amxo‘rlik qilish; – tarbiyaning barcha turlarini, usul va vositalarini, prinsiplarini birga

qo‘shib olib borish, ayniqsa, huquqiy va axloqiy tarbiyaning uzviy birligiga asosiy e’tiborni qaratish;

– xalqimizning asrlar osha yashab kelgan an’analari, urf-odatlari va tili bilan bog‘liq qadriyatlardan tarbiya jarayonida milliy g‘ururni o‘stirish va milliy ongni shakllantirishda unumli foydalanish.

Tergovchilarning axloqiy-ruhiy muhitini shakllantirish sohasida: – yangi xizmatga kelgan va yosh tergovchilarning ishga ko‘nikishlarini

tezlashtirish uchun zarur sharoitlarni yaratib berish; – tergovchilar to‘g‘risida muntazam ravishda ijtimoiy-ruhiy ma’nodagi

ma’lumotlarni to‘plab borish, ya’ni ular to‘g‘risidagi mish-mishlar, gap-so‘zlardan ogoh bo‘lib turish;

– xodim va jamoa, boshliq va qo‘l ostidagi xodim o‘rtasida o‘zaro ishonch va do‘stona munosabatga asoslangan munosabatlarni o‘rnatish;

– jamoa oldida yaqin kunlar ichida va kelgusida qilinadigan ishlar to‘g‘risida axborot berib turish, bu to‘g‘rida fikr almashish;

– jamoatchilik fikriga quloq solish va undan unumli foydalanish; – xizmat ko‘rsatgan xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish

ishlarini ochiq va oshkora tarzda hal etish; – kasbiy faoliyat davomida vujudga kelgan ijobiy an’analarni o‘rga-

nish va mustahkamlash; – bo‘linmadagi tergovchilarning ruhiy holatini, qobiliyatini inobatga

olgan holda tergov materiallarini berish va h.k. Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, tergovchilar faoliyatida kasbiy

buzilishlarning oldini olish asosan ikki yo‘nalishda, ya’ni umumiy chora-tadbirlar va bevosita chora-tadbirlarni qo‘llash asosida olib boriladi.

Umumiy chora-tadbirlarga jamiyatdagi ziddiyatlarni tadrijiy yo‘l bilan hal qilgan holda, huquqni himoya qiluvchi barcha idoralarda qonunga itoatkorlikni, hayotning barcha jabhalarida qonunlarning ustunligini ta’min-lash kabilar kiradi. Bevosita chora-tadbirlarga aynan xodimga qaratilgan chora-tadbirlar xosdir.

Shunday ekan, qonunga bo‘ysunish yuksak huquqiy onglilik, jamiyat va davlat manfaatlarini chuqur tushunib yetish, ijtimoiy burch, ya’ni o‘z qilmishlari uchun davlat oldida javobgarlik tuyg‘usi bilan uzviydir. Qonunlarga itoatkor har bir fuqaro qonunlarning talablari jamiyatning

76

yuksak manfaatlarini ifoda etishini, huquqiy qonunlarga rioya qilish faqat xalq manfaatlariga emas, balki uning o‘z manfaatlariga ham xizmat qilishini yaxshi tushunadi. Mazkur ma’noda qonunlarga itoat qilishni xalq birligi va kuch-qudratining manbai deb atash mumkin.

Savol va topshiriqlar

1. Dastlabki tergovning psixologik ta’rifi qanday? 2. Yuridik psixologiya nimani o‘rganadi? 3. Yuridik psixologiyaning yo‘nalishlarini sanab bering. 4. Sudlov psixologiyasining mohiyati va predmetini tushuntiring. 5. Dastlabki tergov faoliyati qanday psixologik xususiyatlarga ega? 6. Tergovchi qanday psixologik va kasbiy sifatlarga ega bo‘lishi shart? 7. Tergovchi kasbgrammasi tuzilishi va talablari qanday? 8. Tergov harakatlarining psixologik mazmuni qanday? 9. Tergov harakatlari taktikasining psixologik mazmuni qanday? 10. Tergov harakatlarining psixologik tasniflanishi qanday? 11. Tergov harakatlarini o‘tkazish jarayonlari va uning natijalariga ta’sir

qiladigan psixologik omillar qanday? 12. «Tergov vaziyati» tushunchasi va uning ahamiyati qanday? 13. Tergov jarayonida modellashtirish va uning ahamiyati qanday? 14. «Tergov tusmollari» tushunchasi va ahamiyati qanday? 15. Tergov vaziyatiga baho berish va qaror qabul qilishning psixologik

xususiyatlarini tushuntiring. 16. Tergovchilarning bilish faoliyatiga psixologik tavsif bering. 17. Tergovchining jinoyatlarni tergov qilish jarayonida hissiy-irodaviy sifat-

larning o‘rnini sharhlab bering. 18. Tergovchida irodaviy fazilatlarni shakllantirish mumkinmi? 19. Tergovchining jinoyatlarni tergov qilish jarayonida individual-

psixologik xususiyatlarining ahamiyatini tushuntiring. 20. Kasbiy buzilish deb nimaga aytiladi va u tergovchi faoliyatida qanday

namoyon bo‘ladi? 21. Kasbiy buzilishning turlarini izohlang. 22. Tergov amaliyotida kasbiy buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablar va

shart-sharoitlarni tushuntirib bering. 23. Kasbiy buzilishlarni keltirib chiqaruvchi omillarni sanang va izoh bering. 24. Tergov amaliyotida kasbiy buzilishlarning oldini olish va ularni bartaraf

etish chora-tadbirlari deganda nimalarni tushunasiz? 25. Tergovchining kasbiy faoliyatida qonunbuzarlikning oldini olishning

tashkiliy-psixologik usullari deganda nimalarni tushunasiz?

77

II BOB. TERGOV IDORALARI FAOLIYATIDA PROFAYLING XIZMATIDAN FOYDALANISH VA INSON XATTI-HARAKATINI

PSIXOLOGIK BAHOLASH

1-§. «Profayling» tushunchasi. Profayling texnologiyasi xususiyatlari va asosiy bosqichlari

So‘nggi vaqtlarda aholi ko‘p to‘planadigan jamoat joylarida, qo‘riqlanadigan muhim obyektlarda, ayniqsa, havo transportida, profayl metodidan foydalanish keng tarqaldi.

Profayling metodi fuqarolar bilan suhbatlashish, ularning ruhiy holat-larini kuzatish deb ta’riflanadigan bo‘lsa, bu ikkita bir-birini to‘ldiruvchi, ya’ni ruhiy kuzatish va so‘rov (suhbat) metodlaridan tashkil topgan va shaxs psixodiagnostikasining turi hisoblanadi. Bu usuldan ichki ishlar organlari faoliyatining ko‘plab yo‘nalishlarida, shuningdek, aholi ko‘p to‘planadigan jamoat joylarida, qo‘riqlanadigan o‘ta muhim obyektlarda, jamoat transportining amaldagi barcha turlarida xavfsizlikni ta’minlashda foydalanishning ahamiyati katta.

Profayling (inglizcha «profile»– profil) yoki profayl metodi shaxslarni psixologik baholash, kuzatish, ularning xulqidagi o‘zgarishlarni tashqi qiyofasi va xatti-harakatlari asosida tahlil qilish kabi bir necha psixologik usullarni qo‘llab avvaldan bashorat qilish imkonini beradigan shaxs profilini yaratish usulidir.

Hozirgi kunda shaxslarning profillarini yaratish usulidan zo‘ravonlik-lar, ko‘p takrorlanadigan qotillik jinoyatlarini ochishda keng foydalaniladi.

Profayl metodi asoschilari psixolog olimlar P. Ekman, V. Frizen, M. Sukerman va B. De Paulo hisoblanadilar.

Y. Spiritsa tomonidan 2012-yilda Yolg‘onni tadqiq qilish bo‘yicha xalqaro akademiyada kriminal profayling usuli taqdim etildi. Uning fikri-cha: kriminal profayling jinoyatchi deb taxmin qilinayotgan shaxs xusu-siyatlarini tashxislovchi kompleks usullar yordamida uning psixologik profilini yaratish tushuniladi.

Inson tiplarini o‘rganishning yana bir nazariyasiga to‘xtalsak. Bu konsti-tutsional nazariya bo‘lib, uning asoschisi nemis psixiatri Ernst Krechmer (1888–1964-y.). U 1921-yilda bu nazariyani ilgari surgan. U temperament tiplarini asosan morfologik konstitutsiyasiga qarab, aniqlashga e’tibor qaratgan. Insonning tana tuzilishiga qarab, uning psixologik xususiyatlari, temperamenti va xarakterini aniqlash mumkin, deb hisoblagan. E.Krechmer-ning asosiy tadqiqotlari shu muammoni yoritishga qaratilgan, u insonlarni tana tuzilishiga qarab, uch turga ajratgan va ularga ta’riflar bergan.

78

U o‘z o‘rnida E.Krechmer tomonidan taklif etilgan shaxs gavda tuzilishlarining tavsifiga ahamiyat berish zarur deb hisoblaydi va tajriba-larda kuzatilgan quyidagi fikrlarini bildiradi.

Astenik (yunoncha «asthenes» – zaif degan ma’noni anglatadi) turga mansub inson o‘rta bo‘yli, oriq, jussasi kichikroq bo‘ladi. Shuning uchun ko‘pgina hollarda uning bo‘yi past bo‘lib ko‘rinadi. Tana va yuz terisi nozik, yelkasi tor, qo‘llari va bilaklari ingichka, ko‘krak qafasi tor hamda mushaklari yaxshi rivojlangan. Astenikning yuzi odatda cho‘ziq va burni katta bo‘ladi. Unga emotsional zaiflik, doimo o‘zini o‘zi tahlil qilish, xatti-harakatlarini o‘rganish kabi xislatlar xos, bunday inson yolg‘izlikka moyil bo‘ladi.

Atletik (yunoncha «athletes» – kurashchi degan ma’noni anglatadi) turiga mansub insonning suyak va mushaklari yaxshi rivojlangan, o‘rtacha yuqori yoki baland bo‘yli, yelkasi va ko‘krak qafasi keng, u boshini tik tutib yuradi. Tana tuzilishi pastga qarab qisqarib (torayib) ketgan, boshi ko‘pin-cha cho‘ziq, tuxumsimon tuzilishda bo‘ladi. Irodasi kuchli, qat’iyatli, o‘z fikrida qaysarlik bilan turib olish kabi xislatlar unga xos.

Piknik (yunoncha «pyknos» – yirik degan ma’noni anglatadi) turiga mansub insonning boshi, ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘i yaxshi rivojlan-gan, semirishga moyil, tayanch harakat a’zolari yaxshi rivojlanmagan. U juda emotsional bo‘lib, hayotdagi turli vaziyatlarga haddan ziyod bo‘yoq beradi, jazavaga tushishga moyil. Hayotdan doimo zavqlanib yashashga harakat qiladi.

Astenik tipdagi shaxslar o‘g‘rilik, firibgarlik, tovlamachilikka moyil bo‘ladilar.

Atletik tipdagi shaxslar zo‘ravonlik harakatlariga moyil bo‘ladilar. Piknik tipdagi shaxslar muttahamlik va qalloblikka moyil bo‘ladilar. Aralash tipdagi shaxslar esa jamiyat qonun-qoidalariga zid

harakatlarni sodir etishga moyil bo‘ladilar. Profayling yo‘nalishida faoliyat olib boradigan mutaxassislar profayler-

lar deb ataladi. Ular tuzadigan hujjatlarning yuridik qiymati yuqori hisobla-nadi, chunki unda jinoyatchining shaxsi, xulqi, shuningdek, jabrlanuvchi-ning shaxsi va xulqiga oid ma’lumotlar sodir etilgan jinoiy harakat nuqtai nazarida tahlil qilinadi.

Inson xulqi va uning xatti-harakatlarini avvaldan bashorat qilish uchun alohida qobiliyatga ega bo‘lish yoki ko‘plab kitoblarni o‘qish shart emas, buning uchun insonlarga, ularning xatti-harakatlarini o‘rganishga qiziqish bo‘lsa bo‘ldi.

Dastlabki tergov jarayonida profayl usulidan foydalanishdan asosiy maqsad bu jamiyatga zid qarashlari mavjud, jinoiy harakatlarni sodir

79

etishga moyil shaxslarni tezkorlik bilan tanish ko‘nikmasini shakllanti-rishdir. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi bilim va malakalarni egallash vazifasi turadi:

vizual (ko‘rish va kuzatish asosida) psixologik tashxis yordamida shaxslarni baholash texnologiyasini;

jinoiy harakatlarni sodir etishga moyil shaxslarning ta’siriga tushib qolishning oldini olish tajribasini;

qaltis, kutilmagan vaziyatlarda hissiy xususiyatlarini boshqarish; qaltis, kutilmagan vaziyat sharoitida shaxsiy tarkibni boshqarish va

nazorat qilish; olomonga ruhiy ta’sir o‘tkazish borasidagi tajribalarini takomillash-

tirish; jamiyatga zid qarashlari mavjud hamda jinoiy harakatlarga moyil

shaxslarni og‘zaki (so‘zda ifodalangan) qiyofasi (portreti) va xulqidagi alohida belgilari asosida tanish;

terrorchi va ekstremistik tashkilotlar, ularning tashkilotchilari haqida ma’lumotlar, to‘liq bilimlarni egallash;

maxsus elektron texnik moslamalar (akustik va vizual kuzatish mos-lamalari) yordamida jamoat joylarida yoki ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan joylardagi shaxslarning xatti-harakatlarini o‘rganish;

jamoat joylarida, ommaviy tadbirlar tashkil etiladigan obyektlarda kuzatish (zaxira yoki yordamchi kuchlar, faol qarshilik ko‘rsatish guruhi va h.k.) uchun qulay joyni tanlash;

jamiyatga zid hamda jinoiy harakatlarga moyil shaxslarning xatti-harakatlarini nazorat qilish;

xizmat vazifalarini amalga oshirish jarayonida tezkor ahamiyatga ega ma’lumotlarni olish va ulardan samarali foydalanish borasida malaka va tajribalarni shakllantirish.

Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirishda tergov faoliyati xodimlari quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur:

etnopsixologiya; klinik psixologiya; jamiyat uchun xavfli, jinoiy harakatlarga moyil shaxslarga xos ruhiy

omillar; tergov faoliyatida ahamiyatli kasbiy muloqot asoslari; shaxslarning ruhiy xususiyatlari bilan uning tashqi namoyon bo‘luv-

chi (imo-ishora, jest, tana harakatlari, nutq (verbal va noverbal vositalari) jihatlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘ra olish;

80

fuqarolar va gumon qilinayotgan, ayblanuvchi tariqasida ishga jalb qilinayotgan shaxslar bilan muloqotni to‘g‘ri shakllantirish;

portlovchi moslamalarni topish va ularni aniqlash borasida xizmat itlari va texnik vositalardan samarali foydalanish;

kuch va imkoniyatlarini to‘g‘ri taqsimlash maqsadida, hissiy zo‘ri-qishlarni yengish va ularni boshqarish usullarini egallash;

fuqarolar bilan psixologik aloqa o‘rnatish, ularni vizual baholash va ruhiy ta’sir o‘tkazish, kutilmagan xavf va qaltis vaziyatlarda o‘z xatti-hara-katlarini nazorat qilish.

Yuqoridagi fikrlardan anglanib turibdiki, dastlabki tergov faoliyatida profayling metodining asosiy maqsadi gumon qilinayotgan, ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan shaxslarning xatti-harakatlarida mavjud nomuvofiq-likning paydo bo‘lishi sabablarini aniq belgilashdir. Bunga shaxsning muay-yan obyektda qonunga zid xatti-harakatni sodir etishga tayyorgarlik ko‘rishi yoki uni amalga oshirishga aloqadorligi ham sabab bo‘lishi mumkin. Har qanday vaziyatda ham yuqorida qayd etilgan holatlar shubhali shaxsni ko‘zdan kechirish va hujjatlarni tekshirish jarayonini puxtaroq o‘tkazilishi uchun asos bo‘ladi.

Profayling quyidagi xususiyatlarga ega: 1. Profayling tarkibiga xavf tug‘dirish ehtimoli bo‘lgan shaxslar xatti-

harakatlarini kuzatish, ularga savollar berish, ekspress psixodiagnostika qilish, ularning xatti-harakatlaridagi normadan og‘ishlarni qayd etish hamda ularni o‘rganishga qaratilgan boshqa harakatlar kiritiladi.

2. Profaylingning mantiqiy sxemasida g‘ayriqonuniy aralashish hara-katlarini tayyorlash chog‘ida xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan shaxslarning harakatlari modelini tuzish; bunday harakatlarni tayyorlash belgilarini aniqlash; xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan tiplar (profillar) – bunday hara-katlarning ehtimol tutilgan ijrochilari tasnifini yaratish; kuzatuv hududidagi har bir shaxsning maqomini rejalashtirilayotgan g‘ayriqonuniy aralashuv harakatiga aloqadorligi ehtimolligi nuqtai nazaridan aniqlash; har bir shaxsni muayyan tipga (yoki profilga) kiritish, ya’ni profillash.

3. Profaylingni amalga oshirish uchun vizual psixodiagnostika, diag-nostik ekspress-suhbat, neyrolingvistik dasturlash metodlari, tergov faoliya-tida ko‘p yillik tajribali, yuqori darajadagi tayyorgarlikka ega mutaxassislar jalb etiladi.

Profayling texnologiyasi asosiy besh bosqichdan iborat: 1) jinoyat va avval shunga o‘xshash qilmishlar sodir yetgan jinoyatchi

tiplar (psixologik-psixiatrik tipologiya)ning psixologik mazmundagi holati tahlili;

81

2) jinoyat tergov qilish joyining mukammal tahlili; 3) jabrlanuvchilarning mashg‘ulot va qiziqishlarini atroflicha o‘rganish; 4) jinoyatning tergoviga jalb qilingan barcha shaxslarning ehtimolli

motivatsion omillarini shakllantirish; 5) jinoyatchini tasvirlash (fe’l-atvorini ko‘rsatishi, tashqi psixologik

mohiyati asosida).

2-§. Dastlabki tergovda profayling texnologiyasini qo‘llash tartibi. Dastlabki tergovda profayling yoki yolg‘onni qurolsiz aniqlash

deteksiyasi

«Profayling» (profillash) termini dastlab noma’lum shaxsning izlov psixologik portreti (profili)ni jinoyat sodir etilgan joyda qoldirilgan izlari bo‘yicha tuzish borasida qo‘llanilgan.

1888-yilda psixologik portret tuzishga dastlab uringanlardan biri britaniyalik jarroh Tomas Bond (chavaqlovchi Jek shaxsiga nisbatan qo‘lla-gan) hisoblanadi. G‘arbda shaxsni profillash 1985-yilda Federal qidiruv byurosi (FBR)da P. Bruks va R. Ryossler rahbarligida zo‘rlik ishlatilgan seriyali jinoyatlarni fosh etishga ko‘maklashish maqsadida ishlab chiqilib, zo‘ravon jinoyatchilarni ushlashning VICAP (ingl.) dasturi doirasida qo‘llanilgan. Avstriya, Germaniyada bunday dastur VICLAS deb ataladi. Aslida, u hodisa joyida qoldirilgan izlar haqidagi barcha ma’lumotlar kiritil-gan bazadir. Ushbu dasturning asosiy maqsadi tergovga ko‘maklashish bo‘lib, xulq-atvorga oid ko‘rsatkichlar aks etgan psixologik portret tuzishda namoyon bo‘ladi. Unda juda muhim holat – jinoyatchining shaxsiy xislatlari emas, balki kutilayotgan xulqi ko‘rsatiladi. Yevropalik mutaxassislar fikri-cha, quyida keltirilgan jadval yomon portretning yaxshisidan farqini aniq ko‘rsatadi:

T/r Yomon portret Yaxshi portret 1 Jinoyatchi nimani o‘ylayapti Jinoyatchilar soni 2 Shahvoniy fantaziyalarining tipi Jinsi 3 Ustun ona Yoshi 4 Disfunksional bolalik Geografiya, joy bilan tanishish 5 Shahvoniy og‘ishlar yoki disfunksiya Politsiya yozuvlari (ilgari sodir etilgan

jinoyatlari haqidagi ma’lumotlar) 6. Shaxsiga xos jihatlar Jinoiy tarixi (nechta va qaysi turdagi

jinoyatlarni sodir etgan) Ishi (bandligi)

Ushbu jadvalda yaxshi psixologik portretda tergovga yordam beradigan va real faktlar bilan tasdiqlanishi mumkin bo‘lgan axborot ko‘rinib turadi.

82

Ya’ni kriminal psixolog jinoyatga oid kelib tushayotgan barcha ma’lumot-lar, holatlar va faktlardan foydalanish huquqiga ega bo‘lib, ana shu yaxlit axborotga asoslanib psixologik portret tuzadi. Bu portretda jinoyatchilar-ning taxminiy soni, jinoyatchilar sonini ko‘rsatuvchi omillar, jinoyatchi (yoki jinoyatchilar)ning jinsi, yoshidan dalolat beruvchi ma’lumotlar, joy bilan tanishligi, mehnat yoki kasbiy ko‘nikmalari, o‘xshash jinoyatlar va shaxsning taxminiy tipi haqidagi ma’lumotlar aks etgan bo‘ladi, taxmin qilinayotgan gumon qilinuvchilar doirasi va ularning jinoiy faoliyati tarixi ana shundan kelib chiqadi va h.k.

Psixologik profil jinoyatchini izlash uslubi sifatida 80-yillarda Teodor Robert Bandi seriyali qotilliklarni o‘rganishi munosabati bilan AQSH Federal qidiruv byurosi Milliy akademiyasi (Kuantiko, Virdjiniya shtatida) bixevioristik bo‘lim (FBI Behavioral Sciences Unit, BSU) tashkil etdi va jinoyatchining psixologik portretini tuzish metodidan foydalandi («psixo-profil uslubi»), ya’ni jinoiy faoliyat tahlili asosida avvaldan jinoyatchining shaxsiy tahlilini qilib, psixologik xususiyatlari haqida taxminlar tuzdi. Ch.Lombrozo davridan boshlab, ilm oddiy jinoyatchini tasvirlash borasidagi urinishlarni rad qilgan. Notanish jinoyatchining psixoprofilini tuzish asos-chilaridan biri – FBR agentlariga kriminologik psixologiyadan ma’ruzalar o‘quvchi, FBR maxsus agenti Jon Duglas 1979-yildan boshlab «Shaxsiy jinoiy profillashtirish» dasturini boshqargan. Aynan J.Duglasning muvaf-faqiyatli dasturidan psixoprofillashtirish uslubi sifatida FBRning bir qancha maxsus agentlari (R.Rasslera, R.Xeyzelvuda) rasmiy foydalana boshladilar va 1984-yilda psixologik fe’l-atvor markazi (bixevioristik bo‘lim) va yagona milliy ma’lumotlar bazasi – VICAP tashkil etildi.

O‘rganilgan jinoyatchining psixologik portreti birinchi marotaba 1957-yil D. Brassel tarafidan Meteski «telba bombachi» jinoiy ishi bo‘yicha tuzilgan. Bu 1971-yili ishlab chiqilgan AQSH Federal qidiruv byurosi Mil-liy akademiyasi (Kuantiko, Virdjiniya shtatida) psixologik tahlil bo‘limi ilmiy-izlanish dasturi doirasida profil tuzishning detalli jarayonidan, jino-yatlarni tergov qilishda yangi uslubdan foydalanishga asos bo‘ldi. Bu izla-nishning federal dasturi 1978-yili tasdiqlangan. 1984-yilda AQSH Kon-gressi profillashtirish metodikasidan foydalanib, tajovuzkorlik bilan sodir etiladigan jinoyatlarni tahlil qilish bo‘yicha milliy markaz tuzish haqida qaror qabul qilgan.

Rossiyada bunga birinchi marotaba urinish 33 ta qotillik sodir etgan Mixasevich, 53 ta qotillik qilgan Chikatilo jinoiy ishlarini o‘rganib chi-qishda qilingan. 1997-yilda Rossiya IIV Akademiyasida psixologik portret tuzish metodikasi ishlab chiqilgan. Notanish jinoyatchining psixologik portreti (profil) – kriminologik hodisa sifatida jinoyat subyektini aniqlashga

83

qaratilgan bilish uslublari va natijalari, holatlar va izlar majmuida ko‘rinuv-chi jinoyatni ochishda, jinoyatchi shaxs haqida aniq axborot yetishmovchili-gida va tergov qilishda foydalaniladi. Shu o‘rinda jinoyat belgilari va jinoyatchi bilan aloqa o‘rnatishda quyidagi turli metodik yondashuvlardan foydalaniladi: kriminalistik va psixologik (L.G.Vidonov – «tipik tusmol-lar», G.A.Gustov – «dasturiy-maqsad uslublari» va boshqalar); psixiatrik (A.O.Buxanovskiy – «prospektivli portret» va boshqalar); kriminologik (YU.M.Antonyan – «qidiruv profillari», A.I.Skripnikov – «jinoyatchi profili» va boshqalar).

Jinoyat ishining tahliliga tayanib, notanish jinoyatchining psixologik profilini tuzish besh bosqichdan iborat:

1) jinoyat va avval shunga o‘xshash qilmishlar sodir etgan jinoyatchilar tiplari (psixologik-psixiatrik tipologiya)ning psixologik holatlari tahlili;

2) jinoyatni tergov qilish joyining mukammal tahlili; 3) qurbon va jabrlanuvchilarning mashg‘ulot hamda qiziqishlarini

atroflicha o‘rganish; 4) jinoyatning tergoviga jalb qilingan barcha shaxslarning ehtimolli

motivatsiya omillarini shakllantirish; 5) jinoyatchini tasvirlash (fe’l-atvori ko‘rsatishi, tashqi psixologik

mohiyati asosida). Notanish jinoyatchining psixologik profilini tuzish jinoyat ishining

tahliliga ko‘ra besh bo‘limdan iborat: 1) jinoyatchining belgilari isbotlanishi asosli obyektiv holatlar va sodir

etilgan jinoyat izlaridan kelib chiqqan; 2) «malakalashgan», sodir etilgan jinoyat motivlari va jinoyatchi shaxs-

ning tipi bilan belgilanadi («uyushgan» – «uyushmagan» yoki «bo‘g‘uvchi» – «qiruvchi» h.k);

3) qidiruvga yaroqli jinoyat belgilari haqida axborotlarni umumlashti-ruvchi va optimallashtiruvchi qidiruv psixologik portreti;

4) aniqlangan gumon qilinuvchilarga taqqoslash uchun yaraydigan jinoyatchining tayanch psixologik va ijtimoiy belgilariga oid taxminni avvaldan aytish;

5) viktimlik xususiyatlari, vaqtinchalik va masofaviy parametrlar va ko‘rsatilgan holda qilmishni o‘sha shaxs tomonidan qilinganini qamrovchi ehtimolli ko‘rsatishi.

Keyinroq ko‘p davlatlarda shu andoza ommalasha borib, psixologik profil tuzish uslublari Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniyada ham yaratildi, jinoyatchining xulq-atvorini o‘rganish maxsus bo‘limi Skotlend Yarda, ya’ni Buyuk Britaniyaning politsiyasida mavjud. Psixologik portret

84

tuzish metodikasi psixoanaliz va bixevioristika tamoyillariga asoslangan va ko‘rsatilgan ma’lumotlar (jinoyat sodir qilish uslubi, izlarning qolish yo‘sinlari, jinoyat qurboni haqidagi ma’lumotlar) asosida malakali psixolog (profiler) jinoyat sodir qilgan shaxsning psixologik ahamiyatga ega xususiyatlaridan kelib chiqib, ya’ni ehtimoliy yoshi, jinsi, bo‘yi, irqi, oilaviy sharoiti, ishdagi mavqei, rivojlanish darajasi va jinsiy yetukligi, kelgusida jinoyat sodir etish ehtimolini hisobga olgan holda uning taxminiy tasvirini tuzadi, o‘tgan kriminologik o‘rni, jabrlanuvchi bilan munosabati va boshqa axborotlarni ko‘rsatuvchi tasvirlaydi. Dastlab psixoprofil tuzish metodika-sidan seriyali qotilliklar, boshqa jinoyatlar bilan kurashish vositasi sifatida, keyinroq boshqa jinoyatlarga qarshi kurashish uslubi sifatida foydalana boshlandi. Notanish jinoyatchining psixologik portreti har bir jinoyat bo‘yicha yaratilmaydi, odatda u shov-shuvga sabab bo‘lgan, o‘ta shafqatsiz va ommaviy jinoyat ishlari, ko‘p epizodli qotillik, terrorizm, millatchilik va diniy ixtilofdan kelib chiqqan jinoyatlarga tuziladi. Psixoprofil tuzish metodidan bir qancha jinoyat ishlarini ochishda, jumladan T. Bandi, D. Karpenter, J. Daffi, J. Damer, G. Shipman va «Vashingtonlik mergan» kabi seriyali qotillik jinoyatlarida foydalanildi.

Psixoprofil tuzish metodikasi bir nechta bo‘lib, ular o‘zaro farqlanadi. Dastlabki tergov jarayonida tergovchi va ekspert-kriminalistlar tomonidan psixoprofil tuzishning ikkita texnikasi mavjud:

1. Induktiv kriminalistik profil – bu individ holatini ko‘rsatuvchi harakatlanish uslubi va hissiy reaksiyalarini shakllantiruvchi xulq-atvor belgilarining majmui.

Induktiv kriminalistik profil tizimining 3 manbai mavjud: 1) belgili jinoyatlarni rasmiy va norasmiy o‘rganish; 2) amaliy tajriba va 3) ommaviy axborot vositalaridagi ma’lumotlar.

Induktiv kriminalistik profildan foydalanish juda oddiy bo‘lib, sud-tibbiy sohaga oid maxsus bilim va tajriba talab qilmaydi, unda umumlash-gan profil yetarli bo‘lib, tez tuzish mumkin. Lekin ushbu metodning kam-chiliklari ham mavjud: muayyan fuqarolarning chegaralangan qismiga, to‘g‘ridan-to‘g‘ri alohida jinoiy ishga qaratilmagan; alohida shaxsning psixologik portretini tuzishga xizmat qilmaydi; aybsiz shaxsni javobgarlik-ka tortishga olib kelishi mumkin bo‘lgan noaniqliklarga ega. Induktiv kri-minalistik profilni tuzishda quyidagi xususiyatlar inobatga olinadi: avval jinoyat qilgan shaxslar, hozirgi jinoyatchilar mavjud bo‘lgan ma’naviy muhitda bo‘ladi, chunki u o‘sha muhitda bo‘ladi va o‘xshash motivasiyaga ega; tanilgan jinoyatchilarning kichik guruhlari shunday jinoyatlar sodir qiluvchi belgisiz jinoyatchilardek o‘xshash tavsiflarga ega, belgisiz jinoyat-

85

larga oid axborotni tahlil qilishda qo‘llanilishi mumkin, xulq-atvor va motivlar vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmaydi, ya’ni ular statik hisoblanadi.

2. Deduktiv kriminalistik profil – bu dalillarni (ya’ni ashyoviy dalillar, hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish bayonnomasi va rasm-lari, sud-tibbiyot ekspertizasi natijalari) va jinoyatdan jabrlangan shaxslarni aniqlash, jinoyatchi xulq-atvorining jinoyat joyidagi maxsus modeli, hodisa sodir bo‘lgan joyni tahlil qilish yordamida uning psixologik, demografik xossalari, motivi va hissiy ahvolini tiklashga imkon berishini hisobga oladigan interpretatsiya jarayonidir. Boshqa o‘xshash analog jinoyatchilar va jinoyatlar haqida axborotlar hisobga olinmaydi. Deduktiv metodikaning afzalliklari ko‘p. Uning foydalanilishi jinoyatni ochishda favqulodda aha-miyatga ega modus operandi (harakatlanish uslubi) va jinoyatchi husnixati-ni o‘rnatishga imkon beradi.

Deduktiv metodning ham kamchiliklari mavjud. Kamchiliklardan biri unga vaqtning ko‘p sarf qilinishi. Shuningdek, bir qancha ilm sohalaridan foydalanish zaruriyati (hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishda kri-minalistika, sud tibbiyotidan maxsus tayyorgarlik va ko‘nikmalarga ega mutaxassis jalb qilinishi lozim)dir. Bundan tashqari, jinoyatchining husni-xati mukammal o‘rganilmaguniga qadar aynan shu shaxs jinoyat sodir etgan deb ko‘rsatib bo‘lmaydi. Deduktiv kriminalistik profil tuzishning asosiy tamoyillari quyidagilar: har bir jinoyat motivatsiyalari va shaxsning xulqiy xususiyatlari ajratilib, alohida o‘rganilishi kerak; hech bir jinoyatchi moti-vatsiyasiz harakat qilmaydi, har bir jinoyatchini boshqalardan ajratib turuvchi shaxsiy motivatsiyasi bor; har bir odamning xulq-atvori yakka va biologik, ijtimoiy omillar ta’sirida shakllanadi; jinoyatchi bir yoki bir qan-cha jinoyat sodir etganida bir nechta motivga ega bo‘ladi. Hozirgi kunda ko‘p olimlar psixologik portret tuzish metodikasini to‘liq ilmiy deb izohla-maydilar, chunki unda tizimlilik mavjud emas. Haqiqatan jinoyat sodir etgan shaxsning umumiy tavsifi mavjud ilmiy asoslangan statistik qonuni-yatlar tizimidan kelib chiqib ishlab chiqiladi, lekin psixologik portret detal-lashtirilishi portret tuzuvchining tajribasi, bilimi va shaxsning sog‘lom fikriga asoslangan bo‘ladi.

Dastlabki tergov jarayonida psixologik portret (profilni) tuzish – bu bilish emas, balki ko‘proq san’atdir. Yuz bergan omadli hodisalarni hisobga oluvchi psixologik portret tuzish amaliyoti mutaxassis to‘plagan fikrlaridan ijodiy foydalanib notanish jinoyatchining haqiqatga yaqin ehtimoliy profili-ni tuzadi. Masalan, jinoyatchining oilaviy ahvoli jinoyat izlarida ifodalan-gan (oilali odam harakatlari hamdard, achinish kabi empirik xususiyatlarga ega) bo‘ladi, shuning uchun shafqatsiz jinoyat sodir qilgan shaxs o‘z qilmi-shining shafqatsizligini his qiladi, shuning uchun jabrlanuvchining ko‘ziga

86

tik boqishdan o‘zini olib qochadi, jinoyatchining bilim darajasini funksional bo‘lmagan jarohatlarning soniga qarab aniqlash mumkin.

Yana notanish jinoyatchining psixologik profilini tuzishda barcha axborotlar majmui baholanishi muhim, chunki har qaysi jinoyat izlari shaxsning har xil xossalaridan guvohlik beradi. Psixoprofilni barcha psixo-loglar ham tuzavermaydilar, buni faqat yaxshi nazariy va amaliy tajribaga ega mutaxassis uddalashi mumkin.

Xorijiy olimlar tomonidan nashr etilgan yuridik adabiyotlarda ekspert-psixologning maxsus bilimlari kasbiy psixologik va huquqiy bilimlar bilan uyg‘unlashgan bo‘lishi kerak degan fikrlar bor. Notanish jinoyatchining psixologik portreti tergovchiga «harakat uchun qo‘llanma» emas, balki diagnostik xarakterga ega. Profiler huquqiy bilimlar, xususan kriminalistik maxsus bilimlar va kriminal psixologik ko‘nikmalarga ega bo‘lishi zarur.

Notanish jinoyatchining psixologik profilini tuzish besh bo‘limdan iborat:

1) jinoyatchining belgilari isbotlangan asosli obyektiv holatlar va sodir etilgan jinoyat izlaridan kelib chiqqan;

2) «malakalashgan», sodir etilgan jinoyat motivlari va jinoyatchi shaxs-ning tipi bilan belgilanadi («uyushgan» – «uyushmagan» yoki «bug‘uvchi» – «qiruvchi» va h.k);

3) jinoyatning qidiruvga yaroqli belgilari haqida axborotlarni umulash-tiruvchi va optimallashtiruvchi qidiruv psixologik portret;

4) aniqlangan gumon qilinuvchilarga taqqoslash uchun yaraydigan jinoyatchining tayanch psixologik va ijtimoiy belgilariga oid taxminni avvaldan aytish;

5) viktimologik xususiyatlari, vaqtinchalik va masofaviy parametrlar va ko‘rsatilgan holda qilmishni o‘sha shaxs tomonidan qilinganini qamrovchi ehtimolli ko‘rsatishi.

Dastlabki tergov jarayonida jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuv-chini so‘roq qilish jarayonida ularning berayotgan ko‘rsatmalaridan aniq-lanishi lozim bo‘lgan holatlar, ya’ni yolg‘on gapirayotgan shaxs birovlar ko‘proq diqqat bilan kuzatadilar deb hisoblaydigan ma’lumotlarnigina yashiradi va soxtalashtiradi.

Ushbu qoidalardan so‘roq qilish jarayonida yolg‘on ko‘rsatmalar berishga harakat qilayotgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchilar so‘zlarni tan-lashga ko‘proq urinishlari haqidagi xulosa kelib chiqadi. Buning sabablari bir qancha:

insonning aynan so‘zda (verbal) ifodalangan axborotni idrok etishga ichki moyilligi;

87

nutqni avvaldan tayyorlab qo‘yish mumkinligi; aks aloqaning mavjudligi (gapirayotgan shaxs bayon etishning

muvofiq keluvchi yo‘lini tanlab, o‘zini eshitadi); so‘zlar uchun javob berishga to‘g‘ri keladi, chunki ularni takrorlash

oson va ulardan batamom voz kechish qiyin. Insonning yuziga ham so‘zlaridan kam bo‘lmagan e’tibor qaratiladi.

Ta’kidlash joizki, yuz qiyofasi ovoz bilan birgalikda eshituvchiga so‘zlayotgan shaxsning o‘z so‘zlari keltirib chiqaradigan hissiyotlari haqida axborot berishi, shu bois insonning yuzi ham aldashi mumkin. Ammo yuz mimikasini nazorat qilish qiyinroq. Inson yuzi miyaning hissiyotlar uchun javob beruvchi sohalari bilan bevosita bog‘liq, so‘zlar esa unday emas. Nimani gapirayotganimizni bilishimiz oson, ammo yuzimiz nimani ifoda-layotganini bilishimiz ancha qiyin. So‘zlar va yuzga ajratiladigan e’tibor tufayli plastika va ovozga e’tibor qaratish imkoni qolmaydi. Shunga qara-may, suhbatdoshi yolg‘on gapirayotganligi haqida gumon qilayotgan inson uning ovozi va tanasiga ko‘proq e’tibor berishi to‘g‘ri bo‘ladi. Ovoz ham yuz singari, hissiyotlar uchun javobgar miya sohasi bilan bog‘liq.

Inson tanasi axborot chiqaradigan va boshqa aldash belgilarini ifoda-laydigan yaxshi manbadir. Tana harakatini nazorat qilish unchalik qiyin bo‘lmasa-da, ko‘pchilik bunga e’tibor bermaydi, ya’ni zarurati yo‘q, deb hisoblaydi.

Yolg‘onni aniqlash oson emas. Muammo – axborotning mo‘lligida. Axborot manbalari ham juda ko‘p. Bular: so‘zlar, to‘xtamlar, ovoz jarangi (sadosi), yuz ifodasi, boshning harakatlari, imo-ishoralar, gavda holati, nafas olish, ter bosish, yuzdagi qizillik yoki rangparlik va h.k. Ana shu man-balarning hammasi axborotni galma-gal va birgalikda berishi mumkin.

Hatto yolg‘onga tayyorgarlik ko‘rib, o‘z xatti-harakatlarini nazorat qilayotgan, kuzatib turgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, hattoki ayrim holatlarda tergovchini chalg‘itishga harakat qilayotgan jabrlanuvchi ham o‘zini fosh etishi mumkin bo‘lgan barcha detallarni (barmoq uchlaridan tortib, bosh tepasigacha) nazorat qila olmaydi. Istagan taqdirda ham, bu qo‘lidan kelmaydi.

Bundan tashqari, tayyorgarlik ko‘rgan mutaxassisda, agar aldayotgan shaxs hissiy qo‘zg‘alishda, ruhiy zo‘riqish holatida bo‘lib, aldash borasida katta tajribaga ega bo‘lmasa, tug‘ma yolg‘onchi bo‘lmasa, uning yolg‘onini aniqlash oson bo‘ladi.

So‘roq tergov jarayonida yolg‘on ko‘rsatma berib, aldayotgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchida fosh bo‘lishdan qo‘rqish bilan bog‘liq emotsional stress holati vujudga keladi. Bunday alomatlar quyidagi holatlarda namoyon bo‘ladi:

88

– ter tomchilarining, ayniqsa, yuqori lab ustida yoki peshanada paydo bo‘lishi;

– og‘iz qurishi, chanqash; – lablar qurishi, natijada vaqti-vaqti bilan lablarni yalash; – og‘ir nafas olish, bunda nafas noxush hidli bo‘lishi; – ovozli nafas chiqarish, chuqur nafas olish; – yuz rangining o‘zgarishi (qizarishi, oqarishi yoki dog‘lar bilan

qoplanishi); – yuz mushaklari (qovoq, og‘iz burchagi, qoshlar chekkasi)ning

uchishi; – yuzda vertikal ajinlarning paydo bo‘lishi; – og‘iz qiyshayishi, lablar taranglashuvi, lablarni tishlay boshlash; – badanda titroq paydo bo‘lishi; - ovozda titroq sezilishi; – ko‘z pirpirashining kuchayishi; – qo‘llarning «g‘oz terisi» belgilari bilan qoplanishi; – esnash boshlanishi; – yurak zarbining tezlashuvi, natijada tomirlarda qon oqishi (pulsa-

tsiya)ning kuchayishi, bo‘yin, peshona, chakka, uyqu arteriyasi tomirlarida qon pulsatsiyasining sezilarli bo‘lib qolishi;

– duduqlanish boshlanishi; – asabiy ravishda vaqt-vaqti bilan yo‘talib turish; – ovoz tembri va ohangi ustidan nazoratning yo‘qolishi; – tez-tez va (yoki) kuchli tarzda yutinish yuz berishi, bunda kekirdak

olmasining keskin harakatlanishi. Nutqni avvaldan tayyorlab qo‘yish mumkin. Ammo kimnidir aldashga

uringan shaxs asosan beparvoligi (beg‘amligi) tufayli nutqiy xatolarga yo‘l qo‘yadi. Ko‘pchilik ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘yib, aytgan gaplari bilan o‘zini fosh qiladi. Zigmund Freyd bunday holatni tildagi yanglishuv, deb ta’rifla-gan. «Yanglishuv, – deb yozgan edi u, – o‘ziga xos «aytishni istamagan, ammo o‘zingni fosh etib qo‘yadigan narsani ifodalash ... quroli»ga aylana-di». Agar so‘zlayotgan odam bila turib yolg‘on gapirayotgan bo‘lsa, uning ma’yusligi ongli bo‘ladi. U istamagan holda gapirib qo‘ygach, o‘zining tushkun holatini tushunishi ham, bunga e’tibor bermasligi ham mumkin. Yanglishib aytilgan gaplar ichidan yolg‘onni aniqlashda ehtiyot bo‘lish zarur, deb hisoblaydi P. Ekman. Chunki ana shu yanglishuvlarning barchasi ham yolg‘ondan dalolat beravermaydi. Yanglishuv yolg‘onni fosh qilayot-gani yoki qilmayotganini odatda kontekstdan kelib chiqib, aniqlash mum-kin. Shu o‘rinda, boshqa bir keng tarqalgan xatoning oldini olish, ya’ni

89

yanglishib gapirmaydigan har bir kishini haqiqatgo‘y deb hisoblamaslik zarur. Ko‘pgina kishilar yolg‘on gapirayotganlarida, yanglishuvga yo‘l qo‘ymaydilar. Hozir fanda yolg‘onning yanglishuv tufayli fosh bo‘lishi, qaysilaridir esa bunday bo‘lmasligini izohlovchi hech qanday tadqiqot amalga oshirilmagan (hattoki taxminlar ham e’lon qilinmagan).

Yolg‘on psixologiyasiga oid ayrim tadqiqotlarga ko‘ra, ba’zilar yolg‘on gapirayotganlarida, dangal javob bermaydilar, gapni «aylantiradilar» yoki keragidan ortiq ma’lumot beradilar. Boshqa tadqiqotlar buning aksini ko‘rsatadi: aksariyat odamlar savolga javob berishdan bo‘yin tovlab, aniq javob berishdan qochish uchun haddan tashqari ayyorlik qiladilar. Bunday holatda yolg‘onlarni sezmaslik ham mumkin. Aynan shu joyda gaplari javobdan qochish yoki gapni butunlay aylantirish bo‘lgan haqiqatgo‘y insonni noto‘g‘ri baholash xavfi (individual xususiyatlar xatosi) mavjuddir. Ba’zilar doimo ana shunday so‘zlaydilar, ularning so‘zlash uslubi shunaqa. Ammo bu yolg‘onchilik alomati emas, balki ularning oddiy gapirish uslubi-dir. Masalaning murakkabligi shundaki, ko‘pincha birovning aldayotganini aniq ko‘rsatib turgan har qanday ko‘rinish boshqa odamlar uchun kundalik xulqining tarkibiy qismi bo‘lishi mumkin. Suhbatni amalga oshirayotgan shaxs har doim, ayniqsa, gumon qilinayotgan shaxs bilan tanish bo‘lmasa, uning tipik xulqini bilmasa, «Brokau qopqoni» deb ataluvchi qopqonga tushib qolishi mumkin.

To‘xtalish (pauza) va tutilishlar haddan tashqari uzoq yoki qisqa bo‘li-shi mumkin. So‘zlar avvalidagi tutilishlar (duduqlanishlar), ayniqsa, bu holat savolga javob berayotganda kelib chiqsa, har doim shubha uyg‘otadi. Nutq jarayonidagi qisqa to‘xtalishlar ham haddan tashqari ko‘p uchrasa, shubhali tuyuladi. Nutqdagi xatolar, masalan, «hm», «xo‘sh» va «e-e» singari kirish so‘zlar; «men», «men», «men» ... nazarda tutyapman» singari takrorlar; «Menga j-juda yoqdi» singari ortiqcha bo‘g‘inlar ham yolg‘on alomatlari bo‘lishi mumkin. Nutqdagi to‘xtalish va tutilishlarning sabablari quyidagilar:

yolg‘onchining o‘z harakatlari yo‘nalishini, muayyan masalani yaxshilab o‘ylamagani;

fosh bo‘lishdan qattiq qo‘rqqani. Bundan tashqari, odam o‘zining yolg‘oni haqiqatdan qanchalik uzoq-

ligini bilsa, qo‘lga tushishdan yanada ko‘proq qo‘rqa boshlaydi, natijada to‘xtalish va nutqdagi xatolar ko‘payib boradi.

Axborotni berish-uzatish texnikasi (yo‘llari) bilan bog‘liq yolg‘on belgilariga alohida e’tibor qaratish lozim:

savollarga haddan tashqari tez berilayotgan javoblar o‘ylashga maj-bur qilishi lozim;

90

berilayotgan axborotga haqiqiy munosabatni niqoblash yoki buzib ko‘rsatgan holda qandaydir boshqa jihatlarini nutqiy vositalar – intonatsiya, pauzalar va boshqalar yordamida namoyishkorona ta’kidlash (ajratib ko‘rsatish).

Oxirgi belgi yolg‘on gapiruvchilar boshqa birovni chalg‘itish uchun atayin qo‘llaydigan usullar guruhiga kiradi va boshqa ma’lumotlar bilan qiyoslaganda yolg‘on ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Kundalik amaliyotda bu aynan usul ekanligiga ishonch hosil qilinganida, bunday ishontirishga urinishni «oshirib yuborish» deyiladi.

Suhbatdoshingiz o‘zining samimiy gapirayotganiga, to‘g‘ri so‘zligiga ishontirishga qattiq harakat qilayotgani, uning so‘zlariga ishonmayotga-ningizni sezganida, faqat haqiqatni gapirayotganligini qayta-qayta ta’kid-lashi yolg‘on gapirayotganidan dalolat berishi mumkin. Masalan:

– Sog‘lig‘im bilan qasam ichaman ... – Chin so‘zim, bilmayman ... – Qo‘limni kesib tashlashingiz mumkin ... – Bu ham ... dek to‘g‘ri gap ... – Chin so‘zim, aynan shunday bo‘lgan edi ... – kabilar yolg‘ondan

dalolat beruvchi eng ko‘p tarqalgan va gapdagi aniq alomatlardir. Ba’zi mavzu va masalalarni muhokama qilishdan qochish (agar ular

inson uchun qandaydir noxush holatlarga taalluqli bo‘lmasa): – Esimda yo‘q ... – Bunday deganim yo‘q ... – Buni muhokama qilmoqchi emasman ... – Bunda hech bir aloqadorlik ko‘rmayapman ... – Bu savolingizga javob berolmayman ... Suhbatdoshini asossiz mensimay, uning jig‘iga tegib yoki unga dush-

manlarcha ohangda gapirish, atayin qo‘pollik qilish ig‘vodan dalolat beradi: – Gap nimadaligini tushunmayapman ... – Siz bilan gaplashishni umuman istamayman ... – Savollaringizga javob berishga majbur emasman ... Bu shaxs bilan avvalgi munosabatlaringiz yaqinlikka olib kelmaganida

ishonchingizni qozonish, rahmingizni keltirishga urinish quyidagicha: – Men ham sizga o‘xshagan odamman ... – Muammolarim ham xuddi siznikiga o‘xshaydi ... – Oilam, bolalarim bor ... Berilgan aniq-dangal savollarga qisqa rad javobi yoki beparvolik bilan

mujmal javoblar olish, oddiy takrorlanuvchi javoblar yoki oddiy rad etishni takrorlash, «ha» yoki «yo‘q» so‘zlarini qo‘llamaslikka urinish quyidagicha:

91

– Buni o‘zingiz aytgansiz-ku! – Ishonch bilan aytolmayman ... – Meni hurmat qilasizmi? – Siz, shubhasiz, jiddiy odamsiz ... – Bu haqda hech narsa bilmayman ... Tajribadan ma’lumki, samimiy inson o‘ziga nisbatan shubhaga bori-

layotganini sezganida, ko‘proq gapirishga va samimiyligini isbotlashga harakat qiladi. Ayni vaqtda berilgan to‘g‘ri savollarga qaytarilgan beparvo, mujmal javoblar normal xatti-harakat qoidalariga mos kelmaydi. Bunday javoblar suhbat jarayonida yolg‘on gapirish borgan sari qiyinlashib borishi bilan bog‘liq, ya’ni:

so‘zlarda qat’iyatsizlik paydo bo‘lishi; to‘xtovsiz gaplashish yoki ko‘plab savollar berib, suhbatdoshini

chalg‘itish; savollarga javob berishni istamaslik yoki javob berolmaslik; savollarga javob berishdan avval uzoq vaqt jim qolish, savollarga

haddan tashqari imillab yoki chalkash javob berish; savolga savol bilan javob berish; berilayotgan savollarni ovoz chiqarib takrorlash yoki tushunarliroq

qilib berishni so‘rash; savolning mohiyatini ishga aloqasi bo‘lmagan keraksiz ma’lumotlar

bilan niqoblash. Quyidagi tafsilotlarni e’tiborga olish yolg‘on ishoralarni aniqlashga

xizmat qiladi:

Beayb shaxs

– sizga shubha, ishonchsizlik bildirishi mumkin, ayni vaqtda ish bo‘yicha tafsilotlarni aniqlashtirishga qarshilik qilmaydi; – ko‘p hollarda to‘liq, batafsil, hatto ishga bevosita aloqasi yo‘q ma’lumotlarni beradi, ko‘p gapiradi; – doimo o‘z izohlari bilan gapingizni bo‘lishga harakat qiladi; – o‘zini nimadadir ayblashlari yoki undan shubhalanishlaridan avval, jadal himoyalanishni boshlaydi.

Aybdor shaxs

– batafsil izohlardan qochadi, ko‘p gapirmaydi; – savollarga javob berishda o‘zini tutib turadi; – muhokama qilinayotgan masala bo‘yicha faktlar, tafsilotlarni aniqlashda suhbatdoshiga qarshilik ko‘rsatadi; – hech bir sababsiz izoh berishdan bosh tortishi mumkin; – izohlaridagi mayda tafsilotlargacha aniqligini ta’kidlaydi; – u yoki bu holatlarni aniqlashda yordam berish istagini bildiradi.

Suhbatdoshning xatti-harakatidagi quyidagi xususiyatlar uning yolg‘on gapirayotganidan dalolat berishi mumkin:

92

– inson xulqining vaziyatga mos kelmasligi; – do‘stlikni oshirib namoyish qilish, vaziyat taqozo etmasa ham iljaya-

verish; – so‘ramagan yordamingizni berish; – arzimas sabablarga ko‘ra qahr-g‘azabini ochiq ko‘rsatish; – o‘zini yomon his qilayotganidan shikoyat qilish, tibbiy yordam

so‘rash – bu hol haqiqatan ham umumiy ahvoli yomonlashganidan dalolat berishi yoki e’tiborni chalg‘itish usuli, suhbatni tugatishga bahona bo‘lishi ham mumkin.

Ovoz nutq to‘lqinlarining fiziologik ko‘rsatkichlarini o‘lchash asosida insonning hissiy holatidan dalolat beradigan, nihoyatda ma’lumotga boy manbadir. Nutqdagi fiziologik ko‘rsatkichlarga quyidagilar kiradi: nafas olish harakatlarining tavsifi, qon oqimi bilan bog‘liq bo‘lgan ovozdagi pulsatsiya; ovozdagi asosiy ohang o‘zgarishlari; ovoz apparati mushaklari-ning tebranishi. Biroq ovozdagi o‘zgarishlarga qarab aynan yolg‘onning alomatlarini aniqlash mumkin, deb qat’iy ta’kidlashning iloji yo‘q. Ko‘pin-cha stress ta’sirida salbiy hislar yuzaga kelganligining belgilarini ko‘ramiz. Shu bois ovoz (ko‘rsatkichlari)dagi o‘zgarishlarni boshqa qo‘shimcha alomatlarni hisobga olgan holda talqin etish kerak.

Ovoz (ko‘rsatkichlari)dagi o‘zgarishlarning sabablari: – hissiyotlarning nazorat qilib bo‘lmaydigan tarzda qo‘qqisdan yuzaga

kelishi; – fosh bo‘lishdan qo‘rqish; – bosh suyagining tuzilishidagi anatomik xususiyatlar. Inson bosh suyagining akustikasi hamda idrok etishning boshqa

xususiyatlari tufayli, o‘z nutqini amaldagidan boshqacharoq eshitadi. Aldashga urinadigan odamlar o‘z xulqini, jumladan ovozining sadosini

nazorat qilishga harakat qiladilar, ammo shu paytda buni qay darajada uddalaganliklarini aniq bila olmaydilar, chunki o‘z ovozining sadosini to‘liq nazorat qilish ancha qiyin ish. Hayajon, jumladan fosh bo‘lishdan qo‘rqish tufayli paydo bo‘ladigan hayajonga eng ko‘p xos yolg‘on axborot berish vaqtida ovoz va nutqdagi quyidagi belgilar farqlanadi:

ovozda titroq paydo bo‘lishi; vaqti-vaqti bilan ovozni «tozalash»; yo‘talib qo‘yish; og‘iz qurishi, yutinish va lablarni yalash ehtiyoji tufayli gap o‘rtasi-

da jumlalar uzilishi; nutq ohangi (intonatsiya)dagi ixtiyorsiz o‘zgarishlar; nutq sur’atidagi o‘zgarish (masalan, jumlalarni o‘ylab ko‘rish

zarurligi tufayli uning pasayishi);

93

ovoz tembrining o‘zgarishi. Ovozda hissiyotlar sezilishining eng ko‘p o‘rganilgan belgisi ohang

kuchayishidir. Ranjigan odamlarda ovoz sur’ati ko‘tarilib boradi. G‘azab-langan yoki qo‘rqqanda buni yanada aniq sezish mumkin. G‘am-anduh yoki qayg‘u-hasrat vaqtida ovoz pardasining pasayishini tasdiqlovchi tadqiqotlar mavjud. Hayajon, xafagarchilik, nafrat va jirkanish vaqtida ovoz pardasi-ning balandligi o‘zgarish-o‘zgarmasligi aniqlanmagan. Ovoz pardasining ko‘tarilishi yolg‘ondan dalolat beradigan ishonchli belgi emas, u qo‘rquv yoki g‘azab va hayajon belgisidir. Ammo ovoz va undagi o‘zgarishlarga qarab, aldashdan rohatlanish bor yoki yo‘qligini aniqlash mumkin yoki mumkin emasligi ham noma’lum.

Ovozdagi hissiy o‘zgarishlarni yashirish oson emas. Agar asosan yol-g‘on gapirish paytidagi hissiyotlar haqida gapiriladigan bo‘lsa, axborotning oshkor bo‘lish ehtimolligi ancha katta. Agar yolg‘on gapirishdan maqsad qo‘rquv yoki g‘azabni yashirish bo‘lsa, ovoz balandroq pardada va qattiq-roq chiqadi, nutq esa, ehtimol, tezlashadi.

Biroq ovozdagi har qanday hissiyot ifodasini aldash alomati deb talqin etmaslik lozim. Haqiqatgo‘y inson birovlar unga ishonmasligidan xavfsirab, xuddi fosh bo‘lishdan qo‘rqayotgan yolg‘onchi singari ovozini ko‘tarishi mumkin. Muammo shundaki, nafaqat yolg‘onchilar, balki mutlaqo aybsiz odamlar ham ba’zan hissiy qo‘zg‘alish sezishlari mumkin.

Xuddi shuningdek, bir maromdagi ovoz bilan gapirayotgan shaxs o‘zini nazorat qilayotgandek tuyulishi mumkin, bu esa, o‘z navbatida, u nimanidir yashirishi mumkinligi haqida taxmin qilishga imkon beradi. So‘zlash ohangidagi sovuqqonlikni talqin etishda xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun aslida bu shaxsga shu tariqa so‘zlash xos yoki xos emasligini bilish zarur. Vazmin ovoz har doim ham haqqoniylikdan dalolat bermaydi, ayrimlar o‘z hissiyotlarini hech qachon, loaqal ovozida ham sezdirmaydilar. Hatto, hissiyotga beriluvchan shaxslar ham muayyan hollarda o‘z hissiyotlarini sezdirmasdan aldashlari mumkin. Shu bois, vazmin ovoz ham ayni vaqtning o‘zida aldash va haqqoniylikning ojiz belgisi hisoblanishi mumkin.

3-§. Vizual psixodiagnostika va uning profayling texnologiyasidagi roli. Verbal va noverbal belgilarga ko‘ra yolg‘onni aniqlash

Dastlabki tergov jarayonida profayl metodidan shaxslarning muayyan axborotni jinoiy maqsadda atayin buzishi, ya’ni verbal (so‘zdagi), ham noverbal (tana xatti-harakatlaridagi) xabarlarning vaziyat va holatga qan-chalik muvofiqligini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Ushbu malaka (mahorat) nafaqat kuzatuvchanlik va diqqatni mashq qildirishni balki ruhiy

94

kuzatish borasida barqaror ko‘nikmalarni hosil qilishni, balki kinestetika (tana tili haqidagi fan)ning asosiy qonunlarini tushunishni, suhbat olib borish san’atini egallashni, belgilangan obyekt hududida dastlabki ko‘rik yoki hujjatlarni tekshirish davomida shaxslarning xulqini samarali baho-lashga imkon beradigan bir qator usullarni egallashni nazarda tutadi.

Ruhiy axborot olish usullaridan biri ruhiy tashxis (diagnostika) – bu shaxs holatini o‘rganish bo‘lib, uni vizuallashtirish – ko‘rish orqali muayyan obrazni shakllantirishdir.

Vizual psixodiagnostika – insonni kuzatish, ko‘rib idrok etish asosida uning ruhiy holatini aniqlash. Boshqacha aytganda, ruhiy axborotni qandaydir test yoki instrumental usullardan foydalanmay turib o‘rganish. Kuzatuv usuli yordamida ruhiy axborotni idrok etish, to‘plash, uning xususiyatlarini bilish va anglash mumkin.

Kuzatuv – avvalo muayyan tarzda tashkil qilingan idrok jarayoni bo‘lib, u kuzatuvchi oldida turgan vazifa hamda o‘rganilayotgan hodisaning mohiyati bilan bog‘liq. Ya’ni kuzatuv maqsadga qaratilgan faoliyat hisoblanadi.

Inson idroki juda muhim bir xususiyatga ega, ya’ni inson tez almashuv-chi ta’sirlarni hissiy tuyg‘ularning ketma-ketligi sifatida emas, balki umum-lashma obraz sifatida qabul qiladi va bu unda inson haqida tasavvur hosil qiladi.

Tasavvur «bitta» bo‘lishiga qaramay, amalda bir-biriga qo‘shilgan va bir butun birlashgan son-sanoqsiz juz’iy tasavvurlardan tashkil topgan bo‘ladi. Shunday qilib, shaxs kuzatilganda ketma-ketlikda uning gavda tuzi-lishi, holati, mimikasi, ishoralari va xatti-harakatlaridagi ma’nolar seziladi, ushbu jarayon «bir muddatlik» idrokdir, chunki u juda tez o‘tib ketadi. Biror inson gapira boshlaganida, u haqidagi obrazga, ya’ni o‘zganing «bitta» tasavvuriga yana ovoz ohangi, nutq maromi, tovush kuchi, ehtimoliy dialekt tusi va ko‘plab boshqa jihatlari qo‘shilib boradi.

Yuqorida aytib o‘tilganidek, muomala jarayonida axborot uzatilishi: – verbal vositalar (faqat so‘zlar) evaziga – 7 % anglaniladi; – tovush vositalari (ovoz ohangi, tembri va barcha nutqsiz tovushlar)

evaziga – 38 % tushuniladi; – noverbal vositalar (mimika, imo-ishoralar, pantomimika) evaziga –

55 % qabul qilinadi. Ushbu asosda insonlar o‘rtasidagi muloqotning bir vaqtda amalga

oshadigan ikki darajasi farqlanadi: – mazmun darajasi, u so‘zlarda ifodalangan (verbal) axborotni, ya’ni

gapiruvchi aytishni istagan ma’lumotlarni uzatadi;

95

– munosabatlar darajasi, u axborotni (noverbal) o‘xshatish orqali, ya’ni bunda so‘zlovchining o‘zi aytayotgan so‘zlarga yoki eshituvchiga munosabati sifatida ifodalanadi.

Albatta, bunday nutqsiz xabarlarni tushunishga har kim ham qodir emas, chunki bunda ichki yo‘nalganlik xususiyatdan kelib chiqib, e’tibor aytilayotgan so‘zlarga qaratiladi. Bunday usuldan barcha «mohir» yol-g‘onchilar samarali foydalanadilar, bu borada ular nafaqat o‘z xatti-harakat-lari yo‘nalishini, balki boshqa maqsaddagi nutqlarini ham puxta shakl-lantiradilar. Ko‘pchilik munosabatlar darajasidagi axborotlarni aynan o‘sha darajada idrok etish, tana harakatlarining ma’nolarini tushunish, o‘rganish imkoniyatidan foydalanmaydilar. Shunday qilib, eng ko‘p ma’lumot bera oladigan aksariyat axborotlar odatda e’tibordan chetda qoladi. Ba’zan esa ayrim noverbal signallar ongsiz, ichki sezgi (intuitsiya) yordamida seziladi.

Intuitiv idrok qimmatli, lekin har doim ham ishonchli bo‘lmaydi va asosiysi, uning natijalaridan biror ongli harakatni amalga oshirishda foyda-lanish qiyin. Ong so‘zda tasvirlashni (verballashtirishni) talab etadi. Binoba-rin, kuzatuvchi avvalo ongli idrokni – noverbal signallarni so‘zda ifoda-lashni (ya’ni hissiyotlarni so‘zda ifodalashni) mashq qilishi zarur.

Bundan tashqari, kuzatuvchanlik, diqqat va xotirani mashq qildirish natijasida tana harakatlarini tushunish ongsiz darajaga (ammo endi butunlay boshqa sifatda) o‘tadi. Bunda har qanday insonni bilishning to‘rt darajasi namoyon bo‘ladi:

anglamay bilmaslik (inson nimanidir bilmasligini anglamaydi); anglab bilmaslik (inson qaysidir sohada bilim olishi zarurligini

tushunadi); anglab bilish (inson kerakli sohasida bilimlarni egallagan); anglamay bilish (bilimlar qo‘llanilgan va muayyan bir sohada ishlash

uchun barqaror ko‘nikmaga aylangan). Ko‘z harakatlari va yuz mimikasiga qarab, yolg‘on alomatlarini

aniqlash. Inson o‘z yuzini ovoziga qaraganda yaxshiroq nazorat qila oladi. Faqat yuzga qarab xulosa chiqarish qiyin, chunki yuzda yolg‘onni aniqlash uchun tahlil qilishni talab etuvchi ko‘rsatkichlar haddan tashqari ko‘p. Xilma-xil mimika, ko‘z harakatlari, nigoh yo‘nalishi, odam yuzining mulo-qot davomida surilishi, asosiysi – inson turli holatlarining «tashqaridan» turlicha ko‘rinishi ko‘pincha uning haqqoniylik darajasi haqidagi noto‘g‘ri xulosalarga olib keladi. Boshqa tomondan, aynan yuz ifodasini tahlil qilish natijasida ko‘pincha yolg‘onni sezish mumkin bo‘ladi.

Ma’lumki, ko‘zlar nafaqat «dunyoga qaragan deraza», balki «qalb oynasi» hamdir, ya’ni ularda insonda kechayotgan ruhiy jarayonlarni

96

ko‘rish mumkin. Ruhiy jarayonlar tafakkur va inson qalbida yuz berayotgan barcha o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Hayotda hamma narsa tebranib turgani-dek, ko‘z qorachig‘i ham doimo harakatda bo‘ladi. Neyrolingvistik dastur-lashtirish (NLD) sohasidagi tadqiqotlarga ko‘ra, aynan qorachiqlar haraka-tiga qarab nafaqat fikriy jarayonning borishini, balki muloqotda samimiylik yoki nosamimiylik borligini ham aniqlash mumkin.

Bu yerda gap o‘ziga xos ko‘z harakatlari haqida boradi. Ko‘z qora-chig‘idagi axborotlarni shakllantirish vaqtida beixtiyor tushib qoladigan muayyan zonalar (to‘qqiztadan ikkitasi) mavjud bo‘lib, ular ba’zi vaziyat-larda nosamimiylikning turi hisoblanadi. Ko‘pincha ko‘z harakatlarini kuza-tish emas, balki ko‘z qorachiqlarining axborot mazmuniga ega jihatlarini (birgalikda kuzatiladigan hissiyotlar, tana va yuz mimikasidagi harakat-larning) mos kelish-kelmasligi tahlil qilish samarali hisoblanadi. Masalan, qandaydir obrazlar haqida gap ketganida, ko‘z qorachig‘i vizual emas, balki audial zonada bo‘ladi.

Yuqorida ko‘z harakatlari suhbatdosh tafakkur yo‘lining ko‘rsatkichi ekanligi aytilgan edi. Ko‘zlar nafaqat ichki ruhiy jarayonlarni aks ettiradi, balki teskari aloqani ham vujudga keltiradi: ong ostidan qandaydir xotira-larni chiqarib olish yoki atayin istalayotgan ichki hissiyotni yaratish uchun ko‘pincha ko‘zlarni muayyan holga keltirishning o‘zi yetarli bo‘ladi.

So‘zlashayotgan yoki xayol surayotgan odamlarni kuzatganda, ularning ko‘z soqqalari doimo oldinga-orqaga, yuqoriga va pastga harakatlana-yotganini, tasodifan narsa va odamlarga tikilayotgani, shuningdek, ko‘pin-cha ichki tajribaga «qaratilayotganligini» sezish mumkin. Boshqacha ayt-ganda, yolg‘on belgilarni namoyon qilish jarayonida odatda tashqi vizual ta’sirlar e’tibordan qolib ketadi. Ko‘zlarning yuqoriga va o‘ngga qarati-lishi – ko‘z bilan yaratish – individ tomonidan hosil qilinadigan vizual obraz yoki manzara xolos. Ya’ni, avvalgi vizual qo‘shimchaga yangi qism yoki shakl ketma-ketlikda qayta guruhlashtiriladi yoki undan ajratib olinishi talab etiladi.

Yuqoriga va chapga qarash – ko‘z bilan eslash. Bu o‘tmish hodisalar, shuningdek, ilgari his qilingan boshqa vizual ta’sirlarning saqlanayotgan vizual obrazlari yoki manzaralarini ifodalashdir.

To‘g‘riga va o‘ngga qarash – nutqiy faktlarni xotirada tasavvur qilish, inson ilgari hech qachon eshitmagan tovushlarini tasavvur qilishi. Bu suhbat jarayonini shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, bunday holatda odam bundan keyin aytmoqchi bo‘lgan gaplarini «so‘zlarga ko‘chiradi».

To‘g‘riga va chapga qarash – nutqiy faktlarni eslash. Bunda «alifbo harflari», reklama harflari, tovushlar, telefon raqamlari, shuningdek, sheva

97

va so‘kinish so‘zlarini ma’nodoshlari bilan solishtirish tushuniladi. Ko‘pin-cha qisqa, ohangdor yoki bir maromdagi so‘zlar ko‘p takrorlanishi tufayli ilgari idrok etilgan nutqiy obrazlarni eslashda ko‘z soqqalari ko‘p harakat-lantirishi kuzatiladi.

Axborotdan foydalanishdan avval, shaxs ushbu harakatdan qanday vaziyatda «foydalanganligini» bilib olish muhim.

Pastga va o‘ngga qarash – bunda inson hosil qilinishi kerak bo‘lgan hissiyotlardan hamda mavjud hissiy xotiralardan foydalanishi mumkin. Tushkun holatdagi insonda ko‘p kuzatiladigan holatni bunga misol qilish mumkin: boshi egik, qo‘llari shalviragan, gavdasi butunlay bukilgan, bun-day shaxs tom ma’noda o‘z hissiyotlariga sho‘ng‘ib ketgan. Ayrim individ-lar uchun pastga va chapga qarash aynan shu ma’noni anglatishi mumkin.

Pastga va chapga qarash – ichki nutq, odatda «chuqur fikrlash» bilan bog‘liq jarayon bo‘lib, ichki so‘z va nutqiy jarayon bilan birga kechadi (o‘zimiz bilmagan holda ba’zan turli tovush va xitoblarimizning tashqariga «chiqib ketishi», ko‘pincha bunga javoban: «Iltimos, o‘zingizcha g‘o‘ng‘il-lashni bas qiling», – degan javobni eshitamiz. Shaxs o‘zini xotirjam seza-yotgan paytlarda u kompleks, ratsional va mantiqiy tafakkurning tahliliy quroli hisoblanadi. Ushbu holat ayrimlarda pastga va o‘ngga qarashda ifodalanishi mumkin.

Bir nuqtaga qaramaydigan nigoh – vaziyatni ko‘z oldida gavdalan-tirish (vizuallashtirish)dir.

Yumuq ko‘zlar – ta’m va hidni ilg‘ashga bo‘lgan urinishni anglatadi. Garchi odamlar muayyan ta’m yoki hidni eslab qolish maqsadida ko‘pincha ko‘zlarini yumsalar ham, qovoqlari ostida ko‘z soqqalarining harakati kuzatiladi. Bu harakat yuqorida tasvirlangan holatlarning biriga mos kelib, ko‘zlar ochiq holatdagidek talqin etilishi mumkin.

Xodim shaxsning ko‘zlariga qarab uning ichki kechinmalarini aniqlashi mumkin. Ayni vaqtda inson so‘zlashayotganida suhbatdoshining ko‘ziga qarashi yoki qaramasligi muhim emas, balki qachon qarab, qachon nigohi-ni olib qochgani muhim.

Shaxslarning nigohlarini o‘rganish texnikasiga kelsak, muhim bir qoidani nazarda tutish zarur, ya’ni shaxslarda namoyon bo‘ladigan xatti-harakatlarni bilish yetarli emas, ular bilan ishlay olishni o‘rganish kerak.

Inson nigohini deyarli mashq qildirib bo‘lmaydi, shu bois u shaxsning hissiy-ruhiy holatini aniq aks ettiradi. Odam so‘zlayotganda ko‘p holatlar (xafagarchilik, iztirob, g‘azab yoki shodlik)ni yashirishi mum-kin, ammo qarashlarida buni yashirish uchun juda katta irodaga ega yoxud maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘lishi kerak.

98

Umuman olganda, suhbatdoshining yuziga qarab yolg‘onni aniqlash uchun ko‘pincha quyidagi jihatlarga e’tibor qaratiladi:

Nigohlar to‘qnashuvining davomiyligi. Ma’lumki, me’yordagi muno-sabatlarda, ya’ni odamlar bir-birlariga rost gapirayotganlarida, odatda mulo-qot vaqtining 2/3 qismi davomida ko‘zlar to‘qnashib turadi. Agar inson samimiy bo‘lmasa yoki nimanidir yashirayotgan bo‘lsa, uning ko‘zlari suh-batdoshiniki bilan muloqot davrining 1/3 qismidan kam vaqtda to‘qnashadi. Ta’kidlash muhimki, o‘ziga ishonmaydigan odamlar ko‘zga tik qarashdan qochadilar.

Nigohlarning qochishi. Bunda asosiy belgi shuki, yolg‘on so‘zlashga o‘rganmagan yoki boshqa sabablarga ko‘ra xavotirda bo‘lgan odam yolg‘on gapirayotganida, suhbatdoshining nigohlariga qiyinchilik bilan dosh beradi hamda nigohini (ko‘zlarini) olib qochishga harakat qiladi.

Suhbatdosh ko‘zlarining biroz qisilishi (torayishi) – ushbu holat shaxsning ishonarli munosabatlar o‘rnatishni, «qalbini ochishni» istamayot-ganidan, bezovtaligidan dalolat beradi.

Yengil tabassum (bunda ko‘zning pastki qovoqlari ko‘tarilmaydi) – ko‘pincha yolg‘on gapirish jarayonida ko‘rinadi, ammo muloqotning o‘ziga xos uslubi bo‘lishi ham mumkin. Soxta tabassum ichki zo‘riqishni yashirish imkonini beradi, shuning uchun ham doim deyarli tabiiy ko‘rinmaydi.

Davomiy tabassum (lablar yuqori va pastki tishlardan biroz orqaga tortilgan, bunda uzun chiziq hosil bo‘ladi, tabassumning o‘zi esa «chuqur» tuyulmaydi) – bu shaxs tashqi ko‘rinishidagi yoqimtoylik yoki rasmiy xush-muomalalikni ko‘rsatadi, ammo muloqot jarayonidagi samimiylik va yor-dam berishga tayyorlikni anglatmaydi.

Yuz mushaklarining mikro zo‘riqishi. Yolg‘on xabar berilayotga-nida, inson yuzida go‘yoki «soya yuguradi». Videosuratga olish bunda yuz ifodasida soniyaning ulushi mobaynida davom etadigan qisqa muddatli zo‘riqishni qayd etish imkonini beradi. Amerikalik tadqiqotchi R. Bennet-ning fikricha, bu ixtiyorsiz reaksiya – yolg‘onning juda ishonchli ko‘rsatki-chi hisoblanadi.

Sinovchan qarash. Odam yolg‘on gapirayotganida diqqatini sherigi-ning yuziga qaratadi, bu bilan uni aldashga urinish qanchalik muvaffaqiyatli chiqqanligini baholashga urinadi. Nosamimiylik belgilari haqida so‘z yuritganda, yolg‘on gapirish paytida suhbatdoshni nazorat qilish kerakligini unutmaslik zarur.

Inson nazoratda ushlanadigan qo‘rquv, jumladan fosh bo‘lishdan qo‘rqish paytida, qoshlari biroz ko‘tarilgan – go‘yoki to‘g‘ri chiziqqa tortilgan bo‘ladi. Agar qo‘rquv kuchliroq bo‘lsa, bu belgiga qo‘shimcha

99

boshqa alomatlar ko‘rinadi: peshonada yotiq ajinlar paydo bo‘ladi; ko‘zlar kengaygan, buning ustiga yuqori qovoq biroz ko‘tarilgan, pastkisi esa taranglashgan bo‘ladi; og‘iz biroz ochilgan, burchaklari esa orqaga surilgan, buning natijasida lablar taranglashgan va to‘g‘rilangan bo‘ladi. Ushbu taranglik va lablardagi to‘g‘rilanganlik qanchalik kuchli bo‘lsa, qo‘rquv shunchalik kuchli bo‘ladi. Biroq peshona tirishmagan holda bir yoki ikkala qosh sal-pal seziladigan darajada ko‘tarilishi ham mumkin. Peshona-dagi gorizontal ajinlar odatda kuchli e’tiborni bildiradi. Buning turli sabablari bo‘lishi mumkin: dahshat, qo‘rquv yoki oddiygina tushunmaslik, hayrat, sarosima va kutmaganlik. Bu albatta, vaziyatga bog‘liq. Peshona-dagi tik chiziqlar odatda kimdir yoki nimadir tufayli kelib chiqqan umumiy diqqat eng yuqori nuqtasiga yetganligini ko‘rsatadi.

Diqqatning bir nuqtaga qaratilganligi muqaddam bandlik, biror holat yoki vaziyatga berilganlik (jalb etilish)ni anglatadi.

Xo‘sh, inson o‘zining til bilan bog‘liq bo‘lmagan signallarini qay darajada manipulatsiya qilishi (o‘zgartirishi), his-tuyg‘ularini qanday qilib sezdirmay yashirishi mumkin? Bu savollarga taxminan quyidagicha javob berish mumkin. Albatta, har kim o‘z tana harakatlariga kuchli ta’sir ko‘rsa-tishni o‘rganib olishi mumkin. Biroq yuz mushaklarini va ko‘zlar ifodasini deyarli boshqarib bo‘lmaydi. Kimdir o‘z qo‘llarini nazorat qilishni o‘rganib olib, chetdan qaraganda mutlaqo xotirjam ko‘rinishi mumkin (masalan, u qo‘l barmoqlarini qovushtirib, bu bilan ulardagi asabiy titroqni bostirishi mumkin). Shunga qaramay, ichki bezovtalik mavjud bo‘lsa, u baribir uning yuzida ko‘rinadi.

Xo‘sh, nima uchun yuz mushaklarini boshqarish bunchalik qiyin? Chunki yuz mushaklari miyaning hissiyotlarni nazorat qiluvchi sohalari bilan bevosita bog‘liq. Shuningdek, yuz mushaklarini ishonch bilan bosh-qarish uchun yetarli darajada tajriba to‘plash zarur.

4-§. Muloqot jarayonining psixologik tavsifi va jinoyatlarni tergov

qilishda psixologik aloqa o‘rnatish usullari Tergovchilar faoliyatida «muomala» tushunchasi va uning psixo-

logik o‘ziga xosligi. Tergovchilar tergov harakatlarini amalga oshirishda jinoyat protsessi ishtirokchilari bilan muloqotga kirishadilar. Ular faoliyati-ning samaradorligi odamlar bilan muloqotga kirishish, psixologik aloqa o‘rnatish qobiliyatlariga bog‘liq. Kommunikativ xususiyatlar tergovchilar kasb mahoratining muhim tarkibiy qismidir.

Muloqot ijtimoiy psixologik hodisa bo‘lib, odamlar o‘rtasida birgalik-dagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog‘lanishlar rivojlanishining

100

ko‘pqirrali jarayonidir. Shaxslar o‘zaro munosabatga kirishar ekan, aloqa-ning eng muhim vositalaridan biri – tildan foydalanadilar. Muloqotning yana bir muhim jihati shuki, munosabatga kirishuvchilar muomala jarayo-nida faqat so‘zlar emas, balki xatti-harakatlar bilan ham axborot ayirbosh-laydilar. Muloqot jarayoni shaxslarning qiziqishlari, dunyoqarashlari, muo-mala madaniyatlariga ham bog‘liq bo‘ladi, chunki shaxslardagi o‘zaro muloqot tabiiy ehtiyojdir.

Shaxslarning muloqot yordamida aloqa qilish metodikasi ketma-ket bo‘lgan olti bosqichdan iborat:

I bosqich – o‘zaro bir-birini tushunish; II bosqich – umumiy yoki mos keladigan qiziqishlarni topish; III bosqich – muloqot uchun taklif etiladigan sifat va qabul qilinadigan

prinsiplar; IV bosqich – muloqot uchun xavfli bo‘lgan sifatlarni aniqlash; V bosqich – individual ta’sir etish va suhbatdoshga moslashish; VI bosqich – umumiy qoidalarni yaratish va o‘zaro harakat qilish. Bosqichlar ketma-ketligiga rioya qilish to‘g‘ri ta’sirni tashkil qilishda

muhim ahamiyatga egadir. Bosqichlar aloqa qilish jarayonida amalga oshirilayotgan faoliyatning

ketma-ketligini kuzatish dasturi sifatida namoyon bo‘lishi, o‘zaro ta’sir yo‘llarini nazorat etishi mumkin1.

Kasbiy muomala tergovchining faoliyatida muhim o‘rin egallaydi. Shu-ning uchun ham muomalaning har qanday turi faoliyat jarayonida ishtirok etadi. Xodim muomala qonuniyatlariga suyanib, shaxslar bilan munosa-batga kirishadi. Muloqot jarayonida xodimning barcha kasbiy sifatlari (xotira, diqqat, idrok, sezgi, tafakkur, xayol) ishtirok etadi. Bu xodimning mantiqiy fikrlashiga, voqeani o‘tmishdagi vaziyat bilan bog‘lashga, o‘zaro solishtirish va qiyoslash, obyekt va sharoitni mukammal tarzda idrok etishi-ga yordam beradi.

Muloqotda nutq muhim rol o‘ynaydi, uning ravonligi, so‘zlarning yaxshi va o‘z o‘rnida to‘g‘ri qo‘llanilishi muloqotning samarasini ta’min-laydi. Nutq eshittirilishi yo ovoz chiqarmasdan aytilishi, yozib qo‘yilishi yoki kar-soqov kishilar uchun biror-bir mohiyatga ega imo-ishoralar bilan almashtirilishi mumkin. Muloqotda tergovchi va tergov ishtirokchilari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yuzaga keladi. Tergovchining nutqi uning tashqi ko‘rinishi, kiyinishi, mimikasi, ovozi tez yoki sekin, salmoqlab yoki vazmin gapirishiga bog‘liq bo‘ladi.

1 Филонов Л.Б. Тренинги делового общения сотрудников органов внутренних

дел с различными категориями граждан. – М., 1992. – С. 5–6.

101

Tergovchining muloqoti aniq ijtimoiy munosabatlar orqali belgilanadi. U ijtimoiy axloq va huquqiy normalar asosida tartibga solinadi. Tergovchi muloqotining vazifalari turlicha, shu bois muloqotning quyidagi psixologik vazifalarini ajratib ko‘rsatish mumkin:

– informatsion; – regulyativ; – xabar; – nazorat; – tarbiya. Informatsion vazifasi surishtiruvchilardan ma’lumotlar olish, undan

tergov jarayoni ishtirokchilariga ta’sir o‘tkazish, tergov harakatlari jarayoni-da olingan ma’lumotlarni baholashda foydalanishdan iborat.

Regulyativ vazifasi tergov harakatlarini amalga oshirishda tergov jara-yoni ishtirokchilari bilan to‘g‘ri munosabatni tashkil qilish va tartibga solishdan iborat.

Xabar vazifasi tergovchi tergov jarayoni ishtirokchilari bilan muno-sabat o‘rnatish asosida muhim ahamiyatga ega jinoyat ishiga oid voqealar, hodisalar haqidagi ma’lumotlarni qabul qilishida ifodalanadi.

Nazorat vazifasi tergovchining tergov harakatlarini amalga oshirishda tergov jarayoni ishtirokchilari bilan psixologik aloqa o‘rnatib, ishga oid ma’lumotlarni olishda huquqiy me’yorlar asosida faoliyatni nazorat qilishi-da aks etadi.

Tergovchining tergov harakatlarini amalga oshirishda muloqot yorda-mida tergov harakati ishtirokchilariga tarbiyaviy ta’sir o‘tkazish jarayonida tarbiyalash vazifasi o‘z ifodasini topadi va bu nihoyatda muhim omil hisoblanadi.

Muomala vositasi va kommunikativ ta’sir etish usullari. Tergov-chilar tergov harakatlarini amalga oshirish jarayonida muloqot yordamida o‘z xizmat burchini bajaradi va ushbu muloqot qonun asosida tartibga solinadi. Tergovchi faoliyatida nafaqat til, yuqorida ta’kidlanganidek, imo-ishora, eng asosiysi, muloqot davomida shaxsning yuzidagi o‘zgarishlar ham muhim hisoblanadi.

Tergovchilarning muloqotiga quyidagilar xos: 1) bevosita kasbiy vazifani bajarishga yo‘naltirilganligi; 2) huquqiy jihatdan tartibga solinganligi; 3) maxsus obyektning mavjudligi; 4) psixologik to‘siqlarning mavjudligi; 5) jinoyatchilarning jargonlari va tatuirovkalar mazmunini bilish va h.k. Har qanday muloqot doimo obyekt bilan subyektning bir-biriga mosla-

shish jarayonini qamrab oladi.

102

Har qanday axborot faqat belgilar, aniqrog‘i, belgilar tizimi orqali beriladi. Kommunikativ jarayonda foydalaniladigan bir qancha belgilar tizimi mavjud bo‘lib, ularga mos tarzda muloqot jarayonida foydalanila-digan vositalarni tasniflash mumkin. Nutqli (belgilar tizimi sifatida nutqdan foydalaniladi) va nutqsiz (turli nutqsiz belgilar tizimidan foydalaniladi) muloqot vositalari farqlanadi.

Nutqiy muloqot vositasi. Eng universal aloqa vositasi inson nutqidir. Chunki nutq yordamida axborot berishda xabar mazmuni kam yo‘qotiladi. Nutq – verbal aloqa, ya’ni til yordamida muloqot qilish jarayonidir. Nutq-ning yozma va og‘zaki turlari mavjud. Og‘zaki nutq dialogik va mono-logik nutqlarga bo‘linadi. Dialog – biror masalani birgalikda muhokama qilayotgan va hal etayotgan suhbatdoshlarning so‘zlashuvi. Monologda esa bir odam uni tinglayotgan boshqa odam yoki odamlarga axborot beradi.

Tergovchilar faoliyatida muloqotning nutqiy vositalaridan foydalanish juda muhim o‘rin tutadi. Xodim xizmat faoliyatining samaradorligi ko‘p jihatdan bevosita muloqot jarayonida yoki turli xil hujjatlarni tuzishda o‘z fikrlarini to‘g‘ri ifodalashi, ularni to‘g‘ri bayon etishiga bog‘liq. Nutq muloqotning ommabop vositasi bo‘lsa-da, u faqat faoliyat tizimiga aloqador sharoitdagina ahamiyatga ega bo‘ladi, faoliyatga daxldorlik esa muloqotning boshqa – nutqsiz vositalarini qo‘llash bilan to‘ldiriladi.

Ushbu vositalarning birinchi guruhiga imo-ishora va mimika kiradi. Mimika – yuzning muloqot paytidagi dinamik ifodasi. Imo-ishora – jamiyatda ishlab chiqilgan va ruhiy holatni ifodalaydigan harakat. Ularga qarab insonning biror-bir voqeaga, shaxsga, narsaga munosabati haqida xulosa qilinadi. Imo-ishora odamning istaklari, uning ahvolidan darak berishi mumkin.

Muloqotning nutqsiz vositasiga kiruvchi boshqa guruhini vokallashti-rish tizimi, ya’ni ovoz sifati, uning diapazoni, tonalligi va boshqalar tashkil etadi. Ushbu qo‘shimchalarning hammasi axborotning ahamiyatini oshira-di va o‘ziga xos nutqqa «qo‘shimcha» vazifani bajaradi.

Nutqsiz vositalarning uchinchi guruhiga kommunikativ jarayonni tashkil qilish makoni va zamoni kiradi. Ular ham maxsus belgilar tizimi bo‘lib, kommunikativ tizimning tarkibiy qismlaridir. So‘nggi vaqtlarda psixologik tadqiqotlarda muloqotga kirishuvchi shaxslar o‘rtasidagi oraliq-ning kommunikativ ahamiyatiga va muloqot samaradorligining ishtirok-chilar joylashuviga bog‘liqligi masalalariga e’tibor qaratilmoqda. Mulo-qotga kirishuvchilar o‘rtasidagi masofalarning to‘rt turi farqlanadi: intim (0–0,5 m), shaxsiy (0,5–1,5 m), ijtimoiy (1,5–3 m), ommaviy (3 metrdan ziyod).

103

Xodim masofani o‘zgartirib, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, guvoh-larga qo‘shimcha ta’sir ko‘rsatishga erishishi mumkin, chunki bu bilan sheriklar o‘rtasidagi munosabatlar xususiyati o‘zgaradi1.

Muloqotning psixologik vositalari:

verbal (nutq orqali) noverbal (nutqsiz) – og‘zaki nutq; – imo-ishora; – yozma nutq. – mimika; – pantomimika.

Verbal muloqotning asosiy vositasi inson nutqi bo‘lib, u aloqaning universal vositasi hisoblanadi. Zero, nutq yordamida axborotning mazmuni deyarli to‘liq uzatiladi. Verbal muloqot orqali shaxs o‘zining fikr-mulo-hazalarini bemalol bayon eta oladi.

Nutq, o‘z navbatida, boshqa noverbal muloqot vositalari bilan ham birga olib boriladi. Bunday nutqsiz vositalarga, birinchi navbatda, imo-ishora va mimika kiradi.

Muloqotga kirishayotgan shaxs ba’zan o‘z aybini yoki maqsadini yashiradi, ma’lum bir vaqtdan keyin uning yolg‘oni fosh bo‘lishi mumkin. Tergovchilar faoliyatida muloqot ikki yoki bir necha (ko‘p) kishilik bo‘li-shi mumkin. Muloqot maqsadidan kelib chiqib har xil tugashi, ya’ni keskin, agressiv holatda yoki muloqotni qayta davom ettirish yoxud butun-lay muloqotga qaytmaslik ham mumkin.

Muloqot, shuningdek, individlarning bir-birlariga kommunikativ ta’si-rining muayyan usullaridan ham tashkil topadi. Ta’sir etish usullarining quyidagi turlari farqlanadi:

Yuqimlilik – ta’sir ko‘rsatishning kishilar ommasini muayyan tarzda, ayniqsa, ommaviy tartibsizliklar, diniy vasvasalar, ommaviy psixozlar ko‘rinishida integratsiya qiluvchi maxsus usuli.

Umumiy tarzda yuqimlilikni individning ongsiz, ixtiyorsiz ravishda muayyan ruhiy holatlarga tushishga moyilligi sifatida ta’riflash mumkin. U muayyan hissiy holatning birovga yuqtirilishi, o‘tkazilishida namoyon bo‘ladi.

Ishontirish – isbotsiz tasdiqlanadigan yoki inkor etiladigan xabarlarni tanqidiy qarashsiz qabul qilishga qaratilgan kommunikativ ta’sir ko‘rsatish usuli. Ushbu psixologik hodisa haqidagi bilimlar rivojining hozirgi bos-qichida «ishontirish mantiqiy isbotlashsiz shakllangan ishonchga tayanadi va individdan individga, jamoadan shaxsga beriladi yoki aksincha, aniqroq aytganda, avtomatik tarqaladi», degan qoidaga asoslaniladi. Inson ishonti-

1 Асямов С.В., Пулатов Ю.С. Ички ишлар идоралари ходимларининг касбий-психологик тренинги. – Т., 2002. – Б.76.

104

rish ta’siriga ixtiyorsiz tushib, o‘zi anglamagan holda harakat qila bosh-laydi. Tergovchilar ta’sir etishning ushbu usulidan juda ehtiyot bo‘lib foydalanishlari kerak, ba’zan (masalan, tergov harakatlarini o‘tkazish chog‘ida) undan foydalanish qonunan taqiqlanadi.

Ishontirish tergovchilarning fuqarolarga ko‘rsatadigan asosiy ta’sir usuli bo‘lishi kerak. Undan foydalanishning muvaffaqiyati quyidagilarga bog‘liq:

– ta’sir ko‘rsatuvchi shaxsning shaxsiy ishonchi; – uning tayyorgarligi va bilimi; – xabar berilayotgan faktlar, hodisalar, harakatlarning to‘g‘riligi,

aniqligi va ishonchliligi; – foydalanilayotgan faktlarning xarakterli, tipik bo‘lishi; – odamlarni o‘ziga nisbatan moyil qilish, ularning ishonchini

qozonish; – ta’sir ko‘rsatuvchi shaxsning talabchanligi, uning vazminligi va

odobi. E’tiqod mavjud qarashlar, mayllar, nuqtai nazarlar, munosabat va

baholarni o‘zgartirish maqsadida u yoki bu qoida, qarash, qilmishning to‘g‘riligini yoki ularga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini muloqot, tushuntirish va isbotlash yordamida odamlarning ongi, his-tuyg‘ulari va irodasiga ta’sir ko‘rsatish bo‘lib, kommunikativ ta’sir ko‘rsatishning eng universal usuli-dir. E’tiqod mexanizmi inson aqliy faoliyatini jadallashtirishga, uning maqsadga erishish yo‘llari va vositalarini ongli ravishda tanlashiga asos-langan. Kimnidir nimagadir ishontirish – ishontirilayotgan shaxsning man-tiqiy mulohazalar va xulosa chiqarishlar natijasida muayyan nuqtai nazar-ga qo‘shiladigan, uni himoya qilishga yoki unga muvofiq harakat qilishga tayyor bo‘ladigan holatiga erishishdir.

Taqlid qilish ongli yoki ongsiz ravishda namunadan nusxa olishdir. U guruh, jamoani tashkil etuvchi odamlarning xatti-harakatiga xos bir xil usullarni ishlab chiqish imkonini beradi.

Muloqot jarayonida psixologik-pedagogik ta’sir etishning quyidagi prinsiplariga amal qilinishi zarur:

1) ta’sir etish shaxsning aniq o‘ziga xos sifatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak;

2) psixologik ta’sir etish uchun inson psixikasining umumiy qonu-niyatlarini va rivojlanish darajasini bilish kerak;

3) ta’sir etish jarayoni, uning elementlari, oqibatlarini avvaldan reja-lashtirish va bashorat qila olish;

4) shaxsning ijobiy ta’sirlanishi rag‘batlantirilib borilishi kerak; 5) ta’sir etish inson huquqlarini poymol etmasligi kerak;

105

6) shaxsga ta’sir etish rejalashtirilganida barcha xatti-harakatlari tizimi aniqlanishi va hisobga olinishi kerak;

7) ta’sir etish jarayonida tashqi ta’sir etuvchi omillarni hisobga olish zarur;

8) ta’sir etish shaxsning hissiy holatini hisobga olib, amalga oshiriladi; 9) ta’sir etish jarayonida shaxsning psixologik faolligini ta’minlash

zarur. Muloqot jarayonida ishtirokchilar bir-birlarini o‘zaro tushunishlari

kerak. Bunda muloqotga kirishgan ishtirokchining uni qanday qabul qila-yotgani katta ahamiyatga ega. Shaxslararo idrok etish qonuniyatlari, nati-jalarini inobatga olish tergovchilar faoliyatida, ayniqsa, shohidlar, guvoh-lar, jabrlanuvchilarning ko‘rsatmalarini, shuningdek, o‘z idroklarini baho-lash chog‘ida ahamiyatlidir.

Shaxslararo idrok effektlaridan biri – boshqa shaxs haqidagi umumiy tasavvurning uning shaxsiga xos xislatlarni idrok etish va baholash ta’si-rida namoyon bo‘ladigan «oreol effekti»dir. Agar umumiy tasavvur yaxshi bo‘lsa, uning ijobiy xislatlari ortiqcha baholanadi, salbiy xislatlari esa sezilmaydi yoki aksincha. Ushbu effekt ta’sirida, masalan, tergovchi «retsidiv» jinoyatchining tuzalish tomon dastlabki urinishlarini ko‘radi va tabiiyki, uni bu borada qo‘llab-quvvatlaydi.

«Izchillik effekti» ma’lumotlar ziddiyatli bo‘lgan taqdirda, inson qiyofasi va u to‘g‘risidagi tasavvurni shakllantirishga dastlabki kelib tush-gan ma’lumotlar eng ko‘p ta’sir ko‘rsatadi. Agar bu tanish odamga daxldor bo‘lsa, aksincha, ya’ni eng oxirgilari ko‘p ta’sir ko‘rsatadi.

«Stereotiplashtirish effekti» idrok etilayotgan kishiga muayyan ijtimoiy guruhga xos xislatlar ham xos deb baholashda namoyon bo‘ladi. Har birimizda muayyan ijtimoiy stereotiplar – o‘qituvchi, harbiy xodim, jinoyatchi kabi guruhlarning stereotiplari mavjud. Muayyan guruh vakiliga duch kelinganda, ushbu guruh kishilariga xos muayyan xislatlar unga ham xos, deb avvaldan qabul qilamiz. Ko‘pincha, bunday stereotipdan xalos bo‘lish juda qiyin bo‘ladi.

Ijtimoiy idrok etish effektlari ijtimoiy mayl (ustanovka) bilan cham-barchas bog‘liq bo‘lib, uning paydo bo‘lish sababchisidir. Ijtimoiy mayl insonning boshqa insonni idrok etishga ichidan tayyor bo‘lishi deb ta’rif-lanishi zarur. Notanish inson haqidagi taassurotning shakllanishida mayl-ning ahamiyati ayniqsa katta. Fanda A. A. Bodalevning ijtimoiy maylning ahamiyatiga bag‘ishlangan tadqiqotlari yaxshi ma’lum.

Tadqiqotlardan birida ikki guruh odamlarga aynan bir kishining surati ko‘rsatilgan. Ammo suratni ko‘rsatishdan avval birinchi guruhga suratdagi

106

kishining ashaddiy jinoyatchi, ikkinchi guruhga esa qahramon ekanligi aytilgan. Shundan so‘ng, har qaysi guruhga fotosuratdagi shaxsni so‘z bilan tavsiflab berish taklif etilgan. Birinchi guruh uni quyidagicha tavsif-lagan: chuqur ko‘zlari yashirin yovuzligidan, bo‘rtib chiqqan engagi jino-yatda «oxirigacha borishga» qaror qilganligidan darak beradi va h.k. Ikkin-chi guruh tomonidan aynan o‘sha chuqur joylashgan ko‘zlar tafakkurning teranligidan, turtib chiqqan engak esa qiyinchiliklarni yengishdagi iroda kuchidan darak beradi, deb baholangan.

Tergovchi o‘z faoliyatida shaxslararo idrok etish xususiyatlarini inobatga olishi, ijtimoiy idrok effektlarining salbiy ta’sirini yo‘q qilishga, o‘zida va tergov qilinayotgan hodisaga daxldor shaxslarda ijtimoiy mayl-ning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligi juda muhim. Masalan, tergovchi tanib oluvchini tanib olishga tayyorlash chog‘ida: «Hozir sizni tunagan jinoyatchini tanib olishingiz kerak», kabi gapni aytmasligi lozim. Bunday gaplar jinoyatchini idrok etishga mayllik yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi, agar tanib olinayotgan shaxsning qiyofasi «jinoyatchi» stereotipiga mos kelmasa, bu tanib olish natijalarining noto‘g‘ri chiqishiga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda: «Hozir sizga ko‘rsatiladigan shaxslar orasida pul solingan hamyoningizni tortib olgan odamni tanib olishingiz kerak», – degan umumiy gaplarni aytish kerak. Bu maylning salbiy ta’siri imko-niyatini kamaytiradi1.

Tergovchining nutq madaniyati. Tergovchi muloqotining muvaffa-qiyatli bo‘lishida shakllangan shaxsiy-kasbiy sifatlar, ya’ni nutq mada-niyatining ahamiyati juda katta. Jumladan, tergovchining nutq madaniyati yaxshi shakllangan bo‘lsa (xushmuomalalilik, kamtarlik, insonparvarlik, to‘g‘riso‘zlik, vijdonlilik kabilar), tergov ishtirokchilari bilan olib borila-digan tergov harakatlari samarali bo‘ladi. Chunki tergovchi bilan tergov ishtirokchilari bir-birlarini to‘g‘ri tushunishlari, muloqot muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun ular samimiy bo‘lishlari lozim.

Barcha xalq, millat vakillari o‘z tili va nutq madaniyatiga egadirlar. Bunda til fikrlarni og‘zaki yoki yozma tarzda ifodalash usuli va muomala vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Til fikrni ifodalaydi, nutq uni yuzaga chiqa-radi. Tergov amaliyotida tergovchi o‘z fikrini so‘zlar yordamida tergov ishtirokchilariga bildirishi uning nutq madaniyati deyiladi.

Tergovchining nutq madaniyati deb, uning o‘z fikrlarini tergov ishtirokchilariga til vositalari orqali to‘g‘ri, aniq va ta’sirchan qilib yetkaza olishiga aytiladi. Nutqning yozma va og‘zaki turlari mavjud. Yozma nutq

1 Асямов С. В., Пулатов Ю. С. Ички ишлар идоралари ходимларининг кас-бий-психологик тренинги. – Т., 2002. – Б.75–80.

107

ilmiy, rasmiy, publitsistik va badiiy uslublarda, og‘zaki nutq esa, adabiy va so‘zlashuv uslublari orqali ifodalanadi.

Yozma nutqning tergovchi faoliyatida tutgan o‘rni. Yozma nutq tergovchi faoliyatining tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Oddiy bildir-gi yozishdan, murakkab jinoiy ishlarning tergovini amalga oshirishni yoz-ma nutqsiz bajarib bo‘lmaydi.

Ilmiy uslub. Ilmiy uslub deb, jamiyat taraqqiyoti talablaridan kelib chiqqan holda fikrlarni tilning barcha morfologik va sintaktik qoidalari asosida, ilmiy hujjat shaklida, ilmiy-texnikaviy, ilmiy-ommaviy, o‘quv-ilmiy, publitsistik tarzda ifoda etishga aytiladi.

Ilmiy uslub quyidagi xususiyatlariga ko‘ra yozma nutqning boshqa turlaridan farq qiladi:

1) bayon qilinayotgan axborotning obyektivligi, aniqligi; 2) bayon qilinayotgan fikrning qisqa va lo‘ndaligi; 3) mantiqiy izchillikning kuchliligi; 4) ma’lumotlarga boyligi; 5) adabiy til qoidalariga qat’iy rioya etilishi, shevachilikning yo‘qligi; 6) fikrni bayon etishda ko‘rgazmali qurollar, ya’ni har xil chizma,

ramz va jadvallarning ishlatilishi. Ilmiy uslub asosan maqola, ilmiy ma’ruza, ilmiy axborot, risola kabi

asarlarda qo‘llaniladi. Rasmiy uslub. Bu uslub tergov amaliyotida keng qo‘llaniladigan yoz-

ma nutq turlariga kiradi. Barcha qonunlarning matnlari, farmonlar, buyruq va qo‘llanmalar, yo‘riqnomalar, ijozatnomalar, bildirgilar, bayonnomalar, tushuntirish xatlari, dalolatnomalar, shartnomalar, sudlardagi chiqishlar, xullas, tergov amaliyotida yuritiladigan barcha hujjatlar rasmiy uslubda yoziladi.

Rasmiy uslub qoidalari quyidagilardan iborat: 1) so‘z tartibi grammatika qoidalariga to‘liq asoslangan bo‘lishi kerak; 2) fikr sodda, aniq va qisqa ifodalanishi kerak; 3) fikr kasbga doir terminlar asosida bayon qilinishi zarur; 4) jargonlar, og‘zaki so‘zlashuv uslubiga xos so‘zlar qo‘llanmasligi kerak; 5) eskirgan so‘zlar va iboralarni iloji boricha qo‘llamaslik yoki o‘rni-

ga qarab qo‘llash lozim. Rasmiy uslubda yozilgan hujjatlar tergovchilar, qolaversa, respublika

ichki ishlar idoralari xodimlarining madaniyatlilik darajasini, professional jihatdan savodliligini, zamon va xalq bilan hamnafasligini ifodalovchi ko‘rsatkichdir.

Yuqorida qayd etilganidek, og‘zaki nutq – so‘zlashuv va adabiy uslublarda ifodalanadi.

108

So‘zlashuv uslubi deb, kishilarning kundalik hayotda sheva va lahjalarda muloqot qilish usuliga aytiladi. So‘zlashuv uslubida nutq mada-niyatining qoida va normalari qat’iy qo‘llanilmaydi.

Adabiy uslub deb, adabiy til normalariga qat’iy amal qilishga asoslan-gan uslubga aytiladi. Tergov amaliyotida til qoidalariga to‘liq rioya etilishi kerak.

Og‘zaki nutq yozma nutqqa nisbatan keng qamrovli bo‘lib, quyidagi xususiyatlarga ega: 1) og‘zaki nutqda shevaning ta’siri kuchli bo‘ladi; 2) og‘zaki nutqda yozma nutqdagi kabi o‘ylab gapirish imkoni kam bo‘ladi; 3) og‘zaki nutqning o‘ziga xos grammatik tuzilishi, qurilish tartibi mavjud; 4) og‘zaki nutqda talaffuz, ohang, imo-ishora vositalari muhim rol o‘ynaydi; 5) og‘zaki nutqning yuzaga chiqishi so‘zlovchining kayfiya-tiga, nutq so‘zlanayotgan vaziyatga bog‘liq, so‘zlovchi nutq a’zolarining normal ishlashi va sog‘lomligiga bog‘liq; 6) og‘zaki nutq normalarining barcha xususiyatlarini payqash, yozib olish, o‘rgatish va o‘rganish ancha qiyinchilik bilan kechadi; 7) og‘zaki nutq bir butun hodisa (matn) sifatida cheksiz va son-sanoqsiz shaxsiy (individual) faoliyat bo‘lib, uning ko‘p-gina qirralari turli sharoitlarda o‘zicha kechadi va payqamagan holda beiz yo‘qolib ketadi; 8) kishi so‘zlaganda, o‘z nutqiga yozgandagi kabi yetarli e’tibor beravermaydi1.

Tergovchining nutq odobi qoidalari. Tergovchilarning nutqi og‘zaki yoki yozma bo‘lishidan qat’i nazar, quyidagi qoidalarga mos kelishi kerak:

birinchidan, nutq mazmunli bo‘lishi va tergovchi fikr yuritayotgan mavzuni har tomonlama chuqur bilishidan darak berib turishi;

ikkinchidan, adabiy va grammatik jihatdan to‘g‘ri, har qanday shevaga xos so‘zlardan xoli bo‘lishi;

uchinchidan, aniq, ravshan, qisqa va tushunarli ifodalanishi; to‘rtinchidan, mantiqiy izchil, sof, keraksiz so‘z va iboralardan xoli

bo‘lishi; beshinchidan, ifodali, ta’sirchan va yorqin bo‘lishi; oltinchidan, aniq, sodda, go‘zal bo‘lgani holda nutq mavzuiga mos

tushishi; yettinchidan, tergov ishtirokchilarining ruhiy-ma’naviy holatini, yoshini,

kasbi-korini, jinsini hamda mavjud vaziyatni o‘zida qamrab olishi kerak. Tergovchining nutq madaniyatini o‘stirish vositalariga quyidagilar

kiradi: – badiiy asarlarni muntazam ravishda o‘qib borish va ular yuzasidan

fikr yuritish;

1 Қўнғуров Р., Бегматов Э., Тожиев Ё. Нутқ маданияти ва услубияти асос-лари. – Т., 1992. – Б.33–34.

109

– o‘zbek tili grammatikasining qoidalarini puxta o‘rganish; – har xil lug‘atlar bilan muntazam ravishda ishlash; – gazeta va jurnallarni, ayniqsa, ularda e’lon qilingan hikoyalar,

maqollar, latifalarni o‘qib borish; – hikmatlar, pandnomalar, latifalarni qunt bilan o‘qib chiqish; – xizmatdoshlar oldida og‘zaki nutq so‘zlash, har xil axborotlar berib

turish; – badiiy asarlarni o‘qish va boshqalar. Tergovchi tergov ishtirokchilari bilan tergov harakatlarini amalga

oshirishda quyidagi nutq odobi talablarini unutmasligi kerak: 1. Tergovchi tergov ishtirokchilari bilan tergov harakatlarini amalga

oshirishda shirinsuxan, muloyim va ezgu niyatli bo‘lishi zarur. 2. So‘zlaganda imo-ishoralarni kamroq qilish, ayniqsa, qo‘lni ko‘tarib

do‘q-po‘pisa qilish, qo‘lidagi buyumlarni otib gapirmaslik kerak. Suhbat nihoyatda samimiy, odamoxunlik bilan tugatilishi lozim.

3. Tergov ishtirokchilarining ko‘rsatmalarini, garchand ularning maz-muni eshituvchiga ma’lum yoki yoqmayotgan bo‘lsa ham, diqqat va chidam bilan eshitish kerak.

4. So‘zlashish chog‘ida o‘zi, oilasi, shaxsiy g‘am-tashvishlari haqida so‘zlamaslik, oila sirlarini saqlash kerak.

5. So‘zni qadrlash, tilni tiyish, sergap va vaysaqi bo‘lmaslik, har xil haqoratomuz so‘zlarni aytmaslik lozim.

6.G‘iybatdan, tuhmatdan, mish-mishlardan o‘zini tiyish, bo‘shog‘izlik qilmasdan, suhbat sirini saqlay bilish kerak.

7. Xodim, egallab turgan lavozimidan qat’i nazar, jamoasida va fuqa-rolar bilan bo‘ladigan muloqotlarda nutqi, hatti-harakatlari, xulqi va fe’l-atvorini nazorat qilib borishi, faqatgina o‘z gapini ma’qullashga urinmay, boshqalarning gaplariga ham quloq solishga odatlanishi kerak.

Tergovchining jinoyatlarni ochish, tergov qilish va ularning oldini olishga qaratilgan faoliyatiga tergov ishtirokchilarining qarama-qarshi munosabatda bo‘lishlari ba’zan juda keskin kechadigan kurash tusini beradi. Xodimning yo‘liga atayin qo‘yiladigan to‘siqlarni yengish, xavfli vaziyatlarni bartaraf etish zarurati unda turli hissiy va ruhiy zo‘riqishlarni keltirib chiqaradi. Bu esa, o‘z navbatida, xodimdan doimiy asabiy zo‘ri-qish va aqliy tafakkurni talab etadi. Natijada xodim doimiy ravishda murakkab aqliy faoliyatni amalga oshirishga, o‘z maqsadlarini yashirishga, haqiqiy ijtimoiy vazifalarini niqoblashga majbur bo‘ladi.

Tergov amaliyotida muloqotning quyidagi qonuniyatlari va mexa-nizmlariga e’tibor berishi zarur:

110

– tergov ishtirokchisiga fikrni sodda, aniq va qisqa ifodalash, uning fikrlarini diqqat bilan tahlil qilish;

– tergov ishtirokchilari bilan muloqot davrida xushmuomalalik bilan suhbat olib borish;

– tergov ishtirokchilari berayotgan ko‘rsatuvlarni tinglash mexanizmi-ni ishlab chiqish;

– tergov ishtirokchilari berayotgan ma’lumotga qiziqish bilan muno-sabat bildirish. Agar xodimga berilayotgan ma’lumot tushunarsiz bo‘lsa, u holda aytilgan fikrlarni va ba’zi jumlalarni takrorlashni xushmuomalalik bilan so‘rash;

– suhbat mazmuniga salbiy ta’sir etuvchi omillarga e’tibor qaratmaslik (telefon qo‘ng‘iroqlari, begonalarning yo‘lakda yurishlari va boshqalar);

– suhbatdoshning mimika, jestlari va ixtiyorsiz reaksiyalariga e’tibor berish, suhbatdosh fikrlarini tugatgan bo‘lsa olingan ma’lumotlarni umum-lashtirish, tahlil qilish, aniq dalillarni oydinlashtirish, zarur bo‘lgan vaqtda dalillar bilan hujumga o‘tish;

– xodimga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri bu uning eshitish qobi-liyatini shakllantirish.

Amaliyotda kuzatilishicha, ayrim tajribasiz tergovchilar tergov ishti-rokchilari bilan muloqotga kirishishlarida ba’zi qiyinchiliklarga duch kela-dilar. Ularda tajriba birdaniga paydo bo‘lmaydi, balki asta-sekinlik bilan to‘planadi. Chunonchi, tergovchi har kuni turli toifadagi fuqarolar bilan qandaydir huquqbuzarlik, jamiyat manfaatlariga qarshi harakatlar, maishiy turmush sohadagi nizoli holatlar yuzasidan suhbatlashishi tufayli odatda fe’l-atvorida salbiy kayfiyat kuzatiladi va bu muloqot jarayonini amalga oshirishga to‘sqinlik qiladi.

Tergov amaliyotini muloqotsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shu sababli fuqarolar bilan bo‘ladigan muloqot jarayonida kasbiy mahoratga ega bo‘lish talab etiladi. Chunonchi:

– psixologik chidamlilik, bardoshlilikni ishlab chiqishi; – salbiy hissiyotlarni bartaraf etish va oldini olishga o‘rganish; – ruhiy zo‘riqishni bartaraf etish; – muloqotning psixologik-pedagogik madaniyatini shakllantirish. Amaliyotdan ma’lumki, tergovchining tergov ishtirokchilari bilan

bo‘ladigan muloqotlarining ayrimlarida qandaydir sir va yolg‘on yotadi. Jinoyatchi jinoiy xatti-harakatlarga tayyorgarlik ko‘rar ekan, atrofida-gilarni o‘ziga og‘dirish va ishonchini qozonishda asl jinoiy maqsadini yashirishga urinadi.

Gumonlanuvchi yoki ayblanuvchi sifatida qo‘lga olingan shaxs jinoiy javobgarlikdan qochish yoki o‘zining g‘ayrihuquqiy harakatlari darajasini

111

pasaytirish maqsadida turli yolg‘onlarni qo‘llab surishtiruv va tergov organlarini chalg‘itishga harakat qiladi. U real faktlarni noto‘g‘ri talqin qilishni boshlaydi. Shuningdek, turli kuchli motivatsiya asosida jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilari ham yolg‘on gapirishlari mumkin (masalan, guvoh va jabrlanuvchilar).

Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, jinoyat ishi bo‘yicha so‘roq qilinuv-chilarning ko‘rsatuvlari quyidagicha ifodalanadi:

– indamaslik, mavhumlik, holat yuzasidan shaxsiy va boshqa ishtirok-chilarning harakatlaridagi ba’zi jihatlarning keltirilmasligi;

– holat yuzasidan detal va elementlarga o‘ylab topilgan qo‘shimchalar; – jinoiy ishning vaqti, joyi, oqibatlarini izohlab berishda alohida

lavhalarning joylari almashib, aralashib ketishi; – o‘ylab topilgan holat va detallarning alohida jihatlari o‘zgarib

ketishi. Tergovchining psixologik bilimlardan unumli foydalanishi shaxs xulq-

atvoridagi nosamimiy va yashirin holatlarni aniqlashda, shuningdek, jinoyat ishini ochishda muvafaqqiyatli samara beradi.

Kasbiy muloqot – xodimning muayyan qobiliyatlarini rivojlantirishni talab etuvchi anchagina murakkab jarayon, lekin u xohishi va tegishli kommunikativ tayyorgarligi bo‘lganda oson boshqariladigan bo‘lib, bu xodim faoliyatining samaradorligiga ijobiy ta’sir etadi.

Savol va topshiriqlar

1. Profayling yoki profayl metodi tergovchi faoliyatida qanday ahamiyatga

ega? 2. Profayling yoki profayl metodining qanday turlari mavjud? 3. Kriminal profaylingni tushuntirib bering. 4. Ichki ishlar organlari faoliyatida profayl usulidan foydalanishni o‘rga-

nishdan asosiy maqsad nima? 5. Profayl metodidan foydalanishda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan xato-

larni tushuntirib bering. 6. Tergov ishtirokchilarini vizual o‘rganishda yolg‘onni aniqlash mumkinmi? 7. Yolg‘onni fosh etuvchi ruhiy sabablar va aldash vaqtida kechadigan his-

siy holatlarga izoh bering. 8. Verbal va noverbal axborotning mazmuni qanday, ular asosida yolg‘on-

ni aniqlash mumkinmi? 9. Kasbiy muomala tergovchi faoliyatida qanday ahamiyatga ega? 10. Tergovchining nutq madaniyati deganda nimani tushunasiz? 11. Yozma va og‘zaki nutqning tergov amaliyotida tutgan o‘rnini tushunti-

rib bering.

112

III BOB. GUMON QILINUVCHI VA AYBLANUVCHI BILAN TERGOV HARAKATLARINI O‘TKAZISHNING PSIXOLOGIK

XUSUSIYATLARI

1-§. Gumon qilinuvchi va ayblanuvchi shaxsining psixologik tavsifi

Ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatining samaradorligini belgilov-chi omillar, ushbu faoliyatning psixologik jihatlarini tahlil qilish, o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish, shular asosida bu faoliyatni takomillashti-rishning psixologik mexanizmlarini ishlab chiqish va yo‘lga qo‘yish davr talabidir.

Ichki ishlar organlari tizimida tergov faoliyati o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Chunki dastlabki tergov harakatlarini olib borish, voqea sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish, tintuv va boshqa tergov harakatlari doimiy ravishda jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, aybdor va boshqa turli toifadagi shaxslar bilan uchrashish, ular bilan muloqotga kirishish zaru-ratini keltirib chiqaradi va tergovchidan chuqur psixologik bilimlarni talab qiladi. Bu esa xodimlardan kasbiy psixologiya fanini, shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatida yuz beradigan psixik hodisalar (ruhiy holatlar va jarayonlar, psixologik xususiyatlar)ni yaxshi bilish, ularga qarshi doimo tayyor turishni talab etadi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari tufayli jinoyat protsessi ishtirokchilari, ularning huquq va erkinliklari doimiy ravishda takomillashib bormoqda. Masalan, dastlabki tergovda sud nazora-tining joriy qilinishi, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi tartibida shikoyat qilish huquqiga ega ishtirokchilarning huquqlari kengaytirilishi, yarashuv instituti ta’sis etilishi va xususiy ayblovning kengaytirilishi bilan jabrla-nuvchining huquqlari kengaytirilishi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchiga imtiyozlar yaratilganligi buning dalilidir.

Dastlabki tergovni sifatli amalga oshirishda tergovchining jinoyat protsessi ishtirokchilari, ayniqsa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlari alohida ahamiyatga ega. Jinoyat ishi bo‘yicha gumon qilinuvchi va ayblanuvchining shaxsi bevosita inson omili bilan bog‘liqligi sababli, jinoyat ishlarini tergov qilishda ular bilan ham huquqiy, ham ijtimoiy-psixologik munosabatlarga kirishish zaruriyati yuzaga keladi. Agarda, o‘zaro munosabatlar faqat jinoyat-protsessual qo-nunda nazarda tutilgan rasmiy huquqiy mazmunda, ishtirokchining huqu-qiy maqomidan kelib chiqib tashkil etilsa, u holda jinoyat-protsessual qonunning maqsad va vazifalariga erishish samaradorligini ta’minlash uchun yetarli bo‘lmasligi mumkin. Vaholanki, jinoyat hodisasining nafaqat

113

ijtimoiy xavfli qilmishligini, balki uning shaxs ruhiyatidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liqligini yodda tutish zarur. O‘zaro munosabatlarni zo‘rlik ishla-tib, qo‘rqitib yoki boshqa g‘ayrioddiy usul va vositalar yordamida o‘rna-tish, birinchidan, jinoyat-protsessual qonun talablariga zid bo‘lsa, ikkinchi-dan, o‘zaro munosabatlarning yanada murakkablashishiga, pirovardida ter-gov sifatining pasayishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli tergov idora-lari xodimlari tomonidan jinoyatchi shaxs psixologiyasi va uning tasnifla-nishiga oid bilimlarni egallash va dastlabki tergovni olib borishda ulardan foydalanish o‘zaro munosabatlarda ijobiy muloqot muhitini shakllantirish-da muhim ahamiyatga ega.

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi shaxsining psixologik xususiyat-lari. Gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi hali jinoyatchi emas. Shu bois jinoyatni ushbu shaxs sodir etganmi, degan savolga javob izlayotganda uning psixologiyasini aniq tushunish zarur. Aybdor javobgarlikdan bo‘yin tovlab, jinoyatda ishtirokini yashirishga intilib, atrofdagilardan jinoyat bilan bog‘liq kechinmalarini yashirishga harakat qiladi. U o‘z xotiralarini tashqi ko‘rinishlardan asraydi va bu bilan ularga doimo jonli tus beradi, kechinmalarini yashirar ekan, ularni yanada keskinlashtiradi. Oxir-oqibatda o‘z hissiyotlari va fikrlarini yashirishga urinishlar uning ruhiyati-da kuchli buzilishlarni hosil qiladi.

Gumon qilinuvchi va ayblanuvchining protsessual holatlari huquqiy jihatdan jiddiy farqlarga ega bo‘lsa-da, psixologik jihatdan bu farqlar unchalik muhim hisoblanmaydi. Jumladan, gumon qilinuvchining holati tez-tez o‘zgarib turadi, goh o‘ziga nisbatan ishonch paydo bo‘lishi, faol qarshilik ko‘rsatishga intilish, tergovchining imkoniyatlarini yetarli baho-lamaslik, o‘ziga ortiqcha ishonish, gohida aksincha, g‘amginlik, depressiv holat, parishonlik, irodasizlik kuzatiladi.

Ayblanuvchi gumon qilinuvchidan farqli ravishda ko‘pincha ishning holati, tergovda mavjud dalillarning mazmuni haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘ladi. Biroq dastlabki tergovda gumon qilinuvchida ham, ayblanuv-chida ham ko‘pgina o‘xshash psixologik holatlar, maqsadlar va motiva-tsiyalar kuzatiladi, binobarin, bular ularning xatti-harakatlarida ko‘rinadi.

Umuman, dastlabki tergov davomida jinoyatchi shaxs psixologiyasini o‘rganish yana quyidagilar bilan ahamiyatlidir:

– jinoiy-huquqiy va jinoyat-protsessual jihatdan to‘g‘ri qarorlar qabul qilishda (jinoiy qilmishni malakalash va ehtiyot chorasini tanlash);

– gumon qilinuvchi va ayblanuvchi bilan bog‘liq muammoli tergov vaziyatlarini hal etish uchun taktik jihatdan eng maqbul qarorlarni tanlash va taktik kombinatsiyalarni ishlab chiqishda;

114

– jinoyat ishi bo‘yicha ahamiyatli ayrim holatlar, ya’ni isbotlash jarayoni sifatini ta’minlash, jinoiy qilmishning motivi, shuningdek, gumon qilinuvchi va ayblanuvchi, jabrlanuvchining shaxsini tavsiflashda;

– jinoyat sodir etish sabablarini o‘rganish va uning oldini olish chora-larini ko‘rishda (jinoiy tajovuzning yuzaga kelish sabablari, ularni sodir etgan ishtirokchilar, ularning jinoyat sodir etishdagi o‘rni va boshq.)

– jinoyat sodir etgan va qayta tarbiyalashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan tarbiyaviy ta’sir choralari yo‘nalishini tanlashda.

«Jinoyatchi shaxs» tushunchasi mazmuni kengligi sababli, uni o‘rga-nishga kriminologik, jinoiy-huquqiy va psixologik jihatlardan yondashuv talab etiladi. Shu jumladan, psixologik nuqtai nazardan jinoyatchi shaxsi o‘zida jinoyatchining asosiy intellektual-ma’naviy xislatlari, ruhiy va jismoniy holatlarini mujassamlashtiradi.

Jinoyatchi shaxsining tuzilishi aniq mezonlar asosida shakllangan, muayyan belgilariga ko‘ra farqlanib turadigan ikki qismga bo‘lib o‘rgani-ladi: ular jinoyatchi shaxsining ijtimoiy-demografik va ijtimoiy-psixologik tuzilishi.

Jinoyatchi shaxsining ijtimoiy-demografik tuzilishi quyidagilar: shaxsning jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli, ma’lumoti, kasbiy qobiliyati, mash-g‘ulot turi, ijtimoiy kelib chiqishi, moddiy ahvoli, sudlanganlik holati (jinoyatchilik bilan boshqa munosabatlari) hamda jinoyatchi shaxsini tav-siflovchi asosiy belgilardan biri bo‘lgan uning dunyoqarashi, muayyan vazifaviy majburiyatlarga egaligi kabi belgilardan iborat.

Jinoyatchi shaxsining ijtimoiy-demografik tuzilishiga oid belgilar muayyan shaxsda ijtimoiy xavfli xulq-atvorning yuzaga kelishi va rivoj-lanishiga sababchi bo‘lgan omillar, psixologik jihatlarni o‘rganish im-konini beradi.

Jinoyatchi shaxsining ijtimoiy-psixologik tuzilishi to‘rtta asosiy tarkibiy elementdan iborat:

1) yo‘nalganligi bo‘yicha tuzilishi – shaxsning sabr-bardoshi, huquqiy ong darajasini ifodalaydigan ijtimoiy bilimlari (dunyoqarashi, ijtimoiy qadriyatlarga munosabati, ijtimoiy moslashuvchanligi va jinoyatga undov-chi motivi va boshq.);

2) jinoiy mahorati (tajribasi) bo‘yicha tuzilish, – muayyan harakat-larni amalga oshirishda namoyon bo‘ladigan bilim va ko‘nikmalari, odat-lari va boshqa sifatlari;

3) psixologik sifatlarini namoyon etadigan tuzilishi – shaxsni bilish, his etish jarayoni, ruhiyati, irodaviy-hissiy holatlari;

4) temperamenti va boshqa biologik jihatlari, irsiy mansubligi – shaxsning xarakteri va boshqa qobiliyatlarining shakllanishida ahamiyatli bo‘lgan ijtimoiy omillar.

115

Yuqoridagilarga asoslanib hamda jinoyatchi va qonunga itoatkor ijobiy xulq-atvorli shaxslarni ijtimoiy-psixologik jihatdan taqqoslab, jinoyatchi shaxsiga quyidagicha ta’rif berish mumkin: jinoyatchi – bu ijtimoiy jihat-dan xavfli, kuchli qo‘zg‘aluvchan fe’l-atvorli, ruhiyatini tajovuzkorlik va ishonchsizlik qamrab olgan, umuminsoniy qadriyatlar hamda ijtimoiy foy-dali munosabatlardan uzoqlashgan shaxs. Shu bilan birga ijtimoiy muno-sabatlarda o‘ta ta’sirchanligi sababli, o‘zaro munosabatlarni zo‘ravonlik va turli mojarolarni keltirib chiqarish orqali o‘rnatishga intilish ham jinoyatchi shaxsiga xos belgi hisoblanadi. Boisi, u huquq va axloq normalarini yetarlicha o‘zlashtirmaganligi, jamiyat va uning qadriyatlari, kichik ijtimoiy guruhlar (oila, mahalla, mehnat jamoalari va boshq.)dan uzoqlashganligi sababli, ijtimoiy munosabatlarga kirishish va moslashishda muammolarga duch keladi. Bunday vaziyatda g‘ayriqonuniy, ibtidoiy xulq-atvorga tayanib harakatlanishi oqibatida, jinoyat qonuni bilan muhofaza qilinadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazadi hamda jinoyat hodisasi sodir etadi.

Ijtimoiy moslashuv jarayoni nafaqat ijobiy-ijtimoiy munosabatlar, balki jinoyatchilik olami va uning o‘ziga xos qonuniyatlari uchun ham xosdir. Chunonchi, psixologik o‘rganish natijalariga ko‘ra, jinoyatchi shaxsi o‘ziga xos integrativ (o‘zlashtirish, umumlashtirish) sifatlari yoxud ijtimoiy moslashuvchanlik darajasiga ko‘ra, shartli ravishda ikki katta guruhga, ikki asosiy turga bo‘linadi: ular ijtimoiy-moslashuvchan va ijti-moiy moslashuvchanligi sust jinoyatchilar shaxsi.

Shaxsning ijtimoiy-moslashuvchanligiga quyidagi omillar ta’sir etadi: – irodaviy-hissiy, ruhiy-asabiy bardoshliligi; – aqliy-ma’naviy shakllanganligi darajasi; – muvaffaqiyatlarga erishishga yo‘naltirilgan, ko‘ngilsizliklardan

uzoqlashish istagi, bilim saviyasi, umuminsoniy qadriyatlarga munosabati va dunyoqarashi asoslarini o‘zida mujassamlashtirgan maqsadlari doirasi.

Ijtimoiy-moslashuvchan guruhga mansub jinoyatchi shaxslarda yuqo-ridagi ijtimoiy-psixologik sifatlar yuqori darajada bo‘ladi. Shu bilan birga, ulardagi ushbu sifatlar, jinoiy maqsadlarga qaratilgan chuqur tafakkur va jinoiy malaka bilan yanada boyib, shaxsning butun diqqat-e’tiborini aniq maqsadlar sari yo‘naltiradi. Jinoyat sodir etish va uning izlarini yashirish-ning yangi usullarini o‘zlashtirib, jinoiy tajribasining yanada oshishiga yordam beradi. Tajribasi asosida shakllangan, voqealar rivojini oldindan ko‘ra olish qobiliyatiga tayanib, jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari mansabdor shaxslarining muayyan vaziyatlarga nisbatan kelgusidagi harakatlarini avvaldan anglagan holda, shunga monand tarzda harakatlana oladi. Bunday toifadagi shaxslarning xotirasi kuchli, tasavvuri

116

va e’tibori yaxshi rivojlangan, zehni o‘tkirligi sababli, ularning dunyo-qarashi faqat jinoyatchilik olami bilan cheklanmasdan, aksincha, keng qamrovli bo‘ladi. Jamoat joylarida atrofidagilarning e’tiborini o‘ziga qaratishni istamaydi, ko‘pchilik orasida o‘zini munosib tarzda tutishga urinadi. Bu esa ularning fosh etilishini qiyinlashtiradi. Ular orasidan jinoyatchilik olamining «yuksak martabali vakillari», ashaddiy va o‘ta xavfli jinoyatchilar, professionallar, liderlar, jinoiy uyushmalar va bosqin-chi to‘dalarning rahbarlari yetishib chiqishi mumkin.

Ijtimoiy moslashuvchanligi sust bo‘lgan jinoyatchi shaxslarda esa, irodaviy-hissiy bardoshliligi, ruhiy zarbalarga qarshiligi sust bo‘lishi bilan birga, shaxsiyatida irodasizlik, asabiylik, ruhiy g‘ayritabiiylik va beqaror-lik yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. Buning oqibatida, bu toifadagi shaxs-larda asab-ruhiy tizimining barqarorligi buzilgan, chuqur idrok qilish qobi-liyati yaxshi shakllanmagan, voqealar rivojini oldindan ko‘ra olish qobi-liyati ham yetarlicha rivojlanmagan bo‘ladi. Xulq-atvorida ham shartli ravishda bir qator yo‘qotishlar mavjudligi sababli, o‘z vaqtini o‘tkinchi narsalarga sarflaydi, asosiy vaqtini ko‘ngilochar maskanlarda, spirtli ichimliklar yoki giyohvandlik vositalarini iste’mol qilish bilan o‘tkazishga urinadi. Ushbu qiziqishlari va qadriyatlarga munosabati uning ma’naviyati va dunyoqarashi yaxshi shakllanmaganligini ko‘rsatadi. O‘z xulq-atvori va harakatlarini jilovlay olmaganligi, ularni aniq maqsadlar sari yo‘naltira olmaganligi bois, tajovuzkorlik va vahshiylikka moyilligi ortadi. Shu sababli bu toifa jinoyatchi shaxslar doimiy qat’iy nazorat ostida boshqa-rilishga ehtiyoj sezadilar. Jinoyat olamining professionallari va liderlari esa mazkur toifa jinoyatchilarning ushbu xususiyatlari evaziga ulardan bajaruvchi sifatida foydalanadilar.

Jinoyat ishlarini tergov qilish davomida, muayyan tergov vaziyatlari uchun eng samarali taktik-psixologik kombinatsiyalarni ishlab chiqish hamda jinoyat sabablarini aniqlashda jinoyatchi shaxslar toifalari va turlarini o‘rganish muhim hisoblanadi. Jinoyatchi shaxslar sodir etgan jinoyatlarining o‘ziga xos belgilari, huquqiy ongi, jinoiy harakatga undovchi motivatsiyasi va shaxsiyatiga oid psixologik xususiyatlariga ko‘ra turlicha bo‘lishi mumkin.

Ushbu mezonlarga ko‘ra jinoyatchi shaxsining quyidagi tiplarini ajra-tish mumkin:

– tasodifiy jinoyatchilar turi – ijtimoiy jihatdan ijobiy xulq-atvorga ega, biroq kutilmagan hayotiy vaziyatlar, ijtimoiy shart-sharoitlarning qur-boni bo‘lgan holda birinchi marotaba jinoyat sodir etgan shaxs tipi. Bunda jinoyatchi yo‘l qo‘ygan xatti-harakati yoki harakatsizligi uchun o‘zini o‘zi

117

qoralashi, ichki ziddiyat holatida ham bo‘lishi mumkin (O‘zbekiston Res-publikasi JKning 98, 102, 111, 266-moddalarida nazarda tutilgan va bosh-qa shu kabi ehtiyotsizlik oqibatida sodir etiladigan jinoyatlarni sodir etgan shaxslar bunga misol bo‘lishi mumkin);

– muayyan vaziyatlarga ko‘ra shakllangan jinoyatchi shaxs turi – ularda ijobiy sifatlar salbiysiga nisbatan ko‘proq bo‘lsa-da, jinoiy harakat-larni noqulay sharoitda yuzaga kelgan vasvasa yoxud muayyan kriminogen vaziyat ta’sirida, o‘zi uchun ahamiyatli bo‘lgan natijaga hech qanday sal-biy oqibatlarsiz erishish mumkin, deb hisoblagan holatda sodir etishi mumkin (O‘zbekiston Respublikasi JKning 99, 100, 101, 108, 266-modda-larida nazarda tutilgan va boshqa shu kabi jinoyatlarni sodir etgan shaxslar bunga misol bo‘lishi mumkin);

– ikkilanuvchan (beqaror) jinoyatchi shaxs turi – unga avval ham turli huquqbuzarliklar va axloqsiz xatti-harakatlarni sodir etib, uning ijti-moiy xavflilik xususiyatlarini anglagan bo‘lsa-da, xulq-atvorida buzg‘un-chi jinoiy ong bilan qonunga itoatkor ong o‘rtasida kurash davom etayot-gan vaziyatda jinoyat sodir etgan shaxslar kiradi (Bunda subyektiv tomon-dan asosan egri qasd orqali sodir etiladigan, O‘zbekiston Respublikasi JKning 103, 110, 116, 117-moddalarida nazarda tutilgan va boshqa shu kabi jinoyatlarni sodir etgan shaxslar misol bo‘lishi mumkin);

– yovuz, ashaddiy va o‘ta xavfli jinoyatchi shaxs turi – hayoti va faoliyatining mazmuni barqaror jinoiy maqsadga yo‘naltirilgan jinoyatchi shaxs tipi (O‘zbekiston Respublikasi JKning 34-moddasi). Jinoiy qilmish-larni sodir etish o‘z-o‘zidan uning uchun ehtiyojga aylanadi. Bu – profes-sional jinoyatchi tipi. Bunday jinoiy shaxs doimo jinoiy tajovuz obyektini izlash holatida bo‘ladi. Ushbu tur vakillari jinoiy xatti-harakat usullari puxta ishlab chiqilganligi, sovuq qurol va boshqa zarur vositalar bilan qurollanganligi bois, ijtimoiy jihatdan eng xavfli hisoblanadilar.

– impulsiv (g‘ayriixtiyoriy) jinoyatchilar tipi – ayrim hayotiy vaziyatlar ular uchun noqonuniy xatti-harakatga undovchi hisoblanadi. Bunday tipdagilar asabiy-ruhiy zo‘riqish kuchaygan sharoitda tezda «o‘zi-dan ketadi», darhol tajovuz, g‘azab, rashk, vaziyat bilan bog‘liq nafrat holatiga kiradilar. Bunday jinoiy tiplar, ayniqsa, alkogol va narkotik vosi-talardan mast hollarda o‘zlarini namoyon etadilar. Ularning ijtimoiy xavfli xulqiga xos jihat ularda g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarning shakllanganligi, ya’ni o‘zini o‘zi nazorat qilish darajasining pastligidir.

Jinoiy tajovuz obyektiga ko‘ra, ijtimoiy xavfli harakatlarni sodir etuv-chi shaxslar uch asosiy guruh: g‘arazli niyatlarda, zo‘ravonlik bilan, g‘arazli va zo‘ravonlik bilan jinoyat sodir etuvchilar sifatida tasniflanadi:

118

1) g‘arazli niyatlarda jinoyat sodir etishga moyil shaxslar. Ushbu toifaga g‘arazgo‘ylik va boshqa past niyatlarda o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq barcha jinoyatlarni sodir etuvchilarni kiritish mumkin. Ushbu turdagi jinoyatlarni sodir etuvchi shaxslarning psixolo-giyasiga xos bo‘lgan umumiy xususiyat – bu g‘arazli mayllarning barqaror shakllanganligidir. Umuman g‘araz jilovlanishi qiyin bo‘lgan insoniy nuq-sonlardan biri sifatida shaxsning barqaror salbiy yo‘nalganligini hosil qiluvchi omil. Shu sababli, g‘arazli jinoyatlarning sabablarini shaxsning g‘arazli maqsadlarini shakllantirgan omillardan qidirish tavsiya etiladi.

Tergov amaliyotida ushbu guruhning eng ko‘p uchraydigan vakillari – o‘g‘rilardir. O‘g‘rilar psixologiyasidagi ijtimoiy moslashuvchanlikning sustligi (dezadaptatsiyasi) odatda oilasi, mutaxassisligi, doimiy ishi va turar joyining yo‘qligi, turli xil ruhiy anomaliyalari bilan chuqurlashadi. Ularning jinoiy xulqi ko‘proq g‘ayriijtimoiy turmush tarzi bilan bog‘liqdir.

O‘g‘ri – qonundan vaqtincha chekingan inson emas, balki insofsiz, odatda g‘ayriijtimoiy kichik guruhlarda huquqiy va axloqiy me’yorlarga zid tarzda, ijtimoiy nazoratdan tashqari sharoitda shakllangan barqaror salbiy xislatlar tizimiga ega, irodasi bo‘sh shaxs. U psixologik xususiyat-lariga ko‘ra zo‘ravon jinoyatchilarga yaqin turadi;

2) zo‘ravonlik bilan jinoyat sodir etishga moyil shaxslar. Zo‘ravonlik jinoyatlarini ko‘pchilik hollarda madaniy bilim darajasi past shaxslar sodir etadilar. Zo‘ravon jinoyatchi shaxs ( jinoyatni jismoniy kuch ishlatish yo‘li bilan sodir etishga moyil) odatda tarbiyaning asosiy sohalari – oila, ta’lim muassasalari, ishlab chiqarish jamoasidagi kamchilik va nuqsonlarni aks ettiruvchi salbiy-ijtimoiy xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ushbu shaxs psixologiyasida egotsentrizm (xudbinlik), ijtimoiy munosabatlarga kiri-shishda barqaror nizolashuv va muammoli vaziyatlarda o‘zini oqlashga bo‘lgan intilish kuchli bo‘ladi.

Umuman, ashaddiy zo‘ravonlik jinoyatlarini sodir etuvchi shaxslar quyidagi ijtimoiy psixologik xususiyatlarga ega bo‘ladilar:

– atrofdagi shaxslarni doimo o‘ziga dushman sifatida qabul qilish; – eng kichik shaxsiy muvaffaqiyatsizliklardan haddan tashqari ta’sir-

lanish, ularni ijtimoiy jihatdan mos (adekvat) baholashga qobiliyatsizlik; – jamiyat va uning umuminsoniy qadriyatlaridan begonalashganlik

(autiklik); – hissiy jihatdan nihoyatda beqarorlik, yuqori darajadagi jizzakilik,

qasoskorlik, ruhiy g‘ayritabiiylik, kayfiyatning tez o‘zgarishi; – xudbinlik darajasining nihoyatda yuqoriligi va o‘zini ko‘rsatishga

bo‘lgan moyillik; – shaxsiga xos hissiy nuqsonlarni doimo yashirishga intilish va hokazo;

119

3) g‘arazli va zo‘ravonlik bilan jinoyat sodir etishga moyil shaxslar har ikki guruhga xos ijtimoiy-psixologik xususiyatlarni o‘zida mujassam-lashtirgan bo‘ladi.

2-§. Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini so‘roq qilishning psixologik xususiyatlari

Eng muhim tergov harakatlaridan biri so‘roq qilish bo‘lib, jinoyatlar-ning tez va to‘liq ochilishi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi-lar aybining isbotlanishi unga bog‘liqdir. Jinoyat protsessi va kriminalistik nuqtai nazaridan, so‘roq qilish – so‘roq qilinuvchilardan tergov qilinayot-gan jinoyatga oid ma’lumotlarni olishdir.

Psixologik nuqtai nazardan so‘roq qilish tergovchining bevosita kuza-tilmayotgan voqea, fakt va holatlarni ushbu faktlar haqida guvohlik beruv-chi shaxslar nutqini idrok etish orqali bilish vositalaridan biri hisoblanadi.

Yuridik psixologiyada so‘roq qilish deganda nima tushuniladi? So‘roq qilish – so‘roq qilinayotgan shaxsdan tergovni qiziqtirayotgan

hodisa va faktlar (holatlar) haqida to‘liq va to‘g‘ri axborot olish maqsadida tergovchining so‘roq qilinayotgan shaxs bilan bo‘ladigan muloqoti bo‘lib, bunda qonun doirasida so‘roq qilinuvchining fikrlashi, hissiy va irodaviy sohasiga ta’sir ko‘rsatiladi.

Shunday qilib, psixologik nuqtai nazaridan, so‘roq qilish tergov hara-katini so‘roq qilinuvchi shaxs bilan muloqot qilish va unga ta’sir ko‘rsatish jarayoni deb ta’riflash mumkin.

So‘roq qilish jarayonida shaxslararo muloqotning psixologik qonu-niyatlari o‘ziga xos jihatlarga ega:

– so‘roq qilish jinoyat-protsessual qonun normalari bilan tartibga solingan bo‘lib, ushbu normalarga muvofiq tergovchiga muloqotni boshqa-rish vakolati beriladi;

– tergovchi bilan so‘roq qilinuvchi o‘rtasida majburlov muloqoti vazi-yati yuzaga kelib, so‘roq qilinuvchining ruhiy holatiga ta’sir etadi;

– tergovchining so‘roq qilinuvchi bilan muloqoti natijalari so‘roq qilish bayonnomasida ifodalanishi, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanishi kerak.

So‘roq qilish dastlab axborot almashuvida tengsizlikni taqozo etadi. Tergovchining so‘roq qilishi doimo nihoyatda cheklangan bo‘ladi. So‘roq qilishning hajmi, miqdori, sifati hamda tergovchi tomonidan axborotni berish ketma-ketligi qat’iy tartibga solinganligi uni samarali o‘tkazishning asosiy shartidir.

Ushbu tergov harakati boshqa tergov harakatlaridan bir qator muhim psixologik jihatlari bilan ajralib turadi. Bunda ham ijobiy, ham salbiy jihatlar mavjud.

120

Ijobiy jihatlar quyidagilarda ko‘rinadi: – so‘roq qilish boshqa tergov harakatlarini o‘tkazishdan osonroq; – uning o‘tkazilish samaradorligi ko‘p jihatdan tergovchining kasbiy

mahorati va ishga doir mavjud dalillarning hajmiga bog‘liq; sodir etilgan jinoyatga oid aniqlanishi zarur bo‘lgan biror-bir holat

qolib ketgan bo‘lsa, so‘roqni qayta o‘tkazish yoki kechiktirish mumkin. So‘roq qilishning salbiy jihatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi: – muloqot jarayonida psixologik to‘siqlarga duch kelinishi; – firibgarlik va shu kabi boshqa jinoyat turlari bo‘yicha so‘roq qilish

natijalari guvohlar ko‘rsatuvlarining ishonchliligiga bog‘liqligi; – ayrim holatlarda so‘roqni o‘tkazishdagi texnik qiyinchiliklar. Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini so‘roq qilish guvohni so‘roq

qilishdan farq qiladi. Bu farqlar psixologik aloqa o‘rnatish jarayonida ko‘zga tashlanadi.

Sodir etgan jinoyati uchun qattiq afsusda bo‘lgan shaxs so‘roq boshla-nishidan ancha avval vijdon azobini, uyat hissini, qilmishidan afsus-nado-matni his qiladi. Bunday ayblanuvchi tergovchi qiyofasida o‘ziga ham-dard, yuz bergan voqeani xolisona bilib olishni istayotgan insonni ko‘radi. Unda tergovchiga nisbatan ishonch paydo bo‘ladi. O‘z aybini chin dildan tan olishi, to‘g‘ri ko‘rsatuvlar berishi aybini yengillashtiruvchi holat bo‘li-shi haqida tergovchi bergan izohlarni tushunadi. Ayblanuvchining bunday pozitsiyasi, shubhasiz, tergovchi va so‘roq qilinuvchi o‘rtasida aloqa o‘rnatilishiga asos bo‘ladi.

Ayblanuvchi bilan aloqa o‘rnatishda tergovchining emotsional holati, kayfiyati va so‘roq qilish ohangi muhim rol o‘ynaydi. «Ko‘zgu» mexanizmi bo‘yicha, so‘roq qilinayotgan shaxs tergovchining emotsional holatiga mos tarzda «rag‘bat» oladi. Shu bois tergovchining xotirjamligi, gaplarining bir tekis ohangi, hissiy vazminligi so‘roq qilinayotgan shaxsdagi hayajonni bartaraf etadi, tergovchining ishning barcha jihatlarini xolisona tekshirib chiqishga intilishi esa, so‘roq qilinayotgan shaxsda unga nisbatan ishonch uyg‘otadi.

Bila turib yolg‘on ko‘rsatuvlar berishga qasd qilgan, buning ustiga il-gari sudlangan ayblanuvchi bilan aloqa o‘rnatish qiyinroq kechishi mum-kin. Ba’zan bunday nizoli vaziyatda aloqa o‘rnatishning iloji bo‘lmaydi. So‘roq qilish o‘zaro kurash xususiyatiga ega bo‘ladi. Bunday sharoitda tergovchining psixologik vazifasi ayblanuvchiga raqibiga nisbatan hurmat ko‘rsatish kerakligini, tergovni aldash umidsizlik hissi ekanligini singdi-rishdan iborat bo‘ladi. Bu esa aloqa o‘rnatish va ayblanuvchini to‘g‘ri ko‘rsatuvlar berishga undash yo‘lida tashlangan birinchi qadamdir.

121

O‘zini batamom aybdor deb hisoblovchi ayblanuvchini so‘roq qilish odatda nizosiz kechadi, birovning aybini o‘ziga olish yoki ishtirokchi-lardan birini tergovdan yashirish yoxud aybini kamaytirib ko‘rsatishga urinishlargina bundan mustasno. Biroq so‘roq qilish avvalida nizosiz bosh-langan vaziyat tergovchining so‘roq qilinayotgan shaxsga qo‘pol va beta-kalluf munosabati, ziyrak emasligi, so‘roq qilinayotgan shaxsning insoniy taqdiriga e’tiborsizligi, uni tushuna olmasligi va buni oshkora istamasligi tufayli keskinlashishi mumkin.

Fuqaro ayol U. tuman IIB navbatchilik qismiga kelib, bir necha daqiqa avval birga yashovchi eri V.ni o‘ldirganligini aytgan. O‘tkazilgan tekshi-ruv natijasida V. haqiqatan ham U. xonimning uyida yurak sohasiga pichoq urib o‘ldirilgani aniqlangan.

Tergovchi K. voqea joyini ko‘zdan kechirgandan so‘ng, uni xizmat xonasiga boshlagan. U. xonimni so‘roq qilishni: «Xo‘sh, uni qanday o‘ldirganligingizni aytib bering-chi», – degan gaplar bilan boshlagan. Bun-ga javoban U. xonim tergovchini uyat so‘zlar bilan haqoratlagan va ko‘rsatuv berishdan qat’iyan bosh tortgan.

Yosh tergovchi K. o‘z xatosini darhol tushungan, yuz bergan voqea haqida prokurorga xabar bergan va ishni boshqa tergovchiga olib berishni so‘ragan. Boshqa tergovchining U. xonim bilan aloqa o‘rnatish uchun uzoq vaqt sarflashiga to‘g‘ri kelgan, shundan so‘ng gumon qilinuvchi o‘zi sodir etgan qotillikning holatlari, motivlari haqida batafsil axborot bergan.

Ko‘p hollarda tergovchilar tergovning dastlabki bosqichida ayblanuv-chi har qanday ko‘rsatuv berishdan bosh tortgan hollarga duch keladilar. Bunday vaziyatlarda tergovchi ayblanuvchiga taktik ta’sir ko‘rsatishiga to‘g‘ri keladi. Bu ta’sir quyidagi usullar bilan amalga oshiriladi:

– ayblanuvchini u egallagan pozitsiyaning noto‘g‘riligiga ishontirish; – ayblanuvchiga boshqa tergov ishtirokchilari ko‘rsatuv berganligi

faktidan foydalanish; – ishtirokchilar manfaatlari o‘rtasidagi ziddiyatlardan foydalanish. Gumon qilinuvchini so‘roq qilish taktikasi ayblanuvchini so‘roq qilish

taktikasiga o‘xshab ketadi, shuningdek, ayrim o‘ziga xos xususiyatlarga ham ega. Bu xususiyatlar shundan iboratki, tergovchida gumon qilinuvchi-ning shaxsi haqidagi ma’lumotlar cheklangan bo‘ladi. Bundan tashqari, gumon qilinuvchi so‘roq qilinayotganda ayblanuvchi so‘roq qilinayotgan-dagi kabi ishonchli dalillar bo‘lmaydi. Shu bilan birga, afzalligi ham bor. Bu kutilmaganlik omili bo‘lib, u so‘roq qilinayotgan shaxsga himoyalanish yo‘lini o‘ylashi, tergov uning aybdorligini ko‘rsatuvchi bir qancha dalil-larga ega ekanligini o‘ylab ko‘rishiga imkon bermaydi.

122

So‘roq qilinayotgan shaxsning yolg‘onini fosh qilish chog‘ida so‘roq qilishning psixologik xususiyatlari. Yolg‘on ko‘rsatuvlarni nafaqat gumon qilinuvchilar, balki guvohlar ham beradilar. So‘roq qilinayotgan shaxs yol-g‘on ko‘rsatuvlarni o‘z manfaatlari uchun ham, o‘ziga ziyon keltirib ham berishi mumkin (masalan, birovning aybini o‘ziga olayotganida).

Guvohning yolg‘on ko‘rsatuvlar berishida quyidagi motivlar mavjud bo‘ladi:

– gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, ularning qarindosh va tanishlari qasos olishlaridan qo‘rqish;

– ishga jalb etilgan boshqa shaxslar bilan munosabatlari buzilishidan xavotirlanish;

– qarindoshlik, oila va do‘stlik munosabatlari tufayli yoxud g‘araz maqsadlarda gumon qilinuvchi (ayblanuvchi)ning aybini yashirish yoki yumshatishni istash, shuningdek, qasos, rashk kabilar tufayli mazkur shaxslarning aybini og‘irlashtirishdek qarama-qarshi niyatning mavjudligi;

– keyinchalik guvoh, tanib oluvchi yoki tergov harakatining ishtirok-chisi sifatida qatnashishni, sudga chaqirtirilishni istamaslik;

– o‘zining nojo‘ya, axloqqa zid xatti-harakatlari va shu kabilarni yashi-rishga urinish.

Jabrlanuvchining yolg‘on ko‘rsatuvlar berish motivlari yuqorida keltirilganlarga o‘xshab ketadi, ularga faqat quyidagi motivlarni qo‘shish mumkin:

– yo‘qolgan boyliklarning manbalarini yashirish uchun jabrlanuvchiga jinoyat tufayli yetkazilgan zararni kamaytirib ko‘rsatish istagi;

– ham qasos, ham g‘araz va boshqa maqsadlar (rashk, g‘azab va h.k.) tufayli jinoyat natijasida yetkazilgan zararni bo‘rttirib ko‘rsatishga intilish.

Gumon qilinuvchi va ayblanuvchilarning yolg‘on ko‘rsatuvlar berish motivlari juda xilma-xildir. Tergov amaliyotida quyidagilari eng ko‘p uchraydi:

– sodir etilgan qilmish uchun javobgarlikdan qochish yoki o‘z aybini kamaytirib ko‘rsatishni istash yoxud sodir etilmagan ayb uchun jazo olishni, uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat uchun esa, haqiqiy yoki soxta jazo olishni istash;

– do‘stlik, oila a’zosi ekanligi yoki qarindoshlik aloqalari tufayli g‘araz maqsadlarda ishtirokchilar aybini yashirish yoki yengillashtirishga intilish;

– qasos olish maqsadida yoki kelajakda o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun ishtirokchilarni ayblashga, shuningdek, ruhiy holatidagi kasallik yoxud maqtanish kabilar sababli o‘zini ayblash (aybni bo‘yniga olish);

123

– yaqin odamining jirkanch, jumladan jinoiy xulqini yashirish uchun aybni o‘ziga olishga urinish.

Bila turib yolg‘on ko‘rsatuv beruvchi shaxs tergovga qarshilik ko‘rsa-tadi. Tergovchi bilan kurashishga kirishadi. Buning natijasida nizoli vaziyat yuzaga keladi.

So‘roq qilinayotgan shaxs yolg‘on ko‘rsatuvlar berganligini fosh qilish uchun tergovchi faktik usullardan foydalanishi zarur.

Guvohning yolg‘onini fosh qilishda quyidagi usullardan foydalanish mumkin:

– uning qarashlari noto‘g‘riligi, fuqarolarga qarshi qaratilganiga ishon-tirish;

– yolg‘on ko‘rsatuvlar berishning huquqiy oqibatlarini tushuntirish; – jabrlanuvchilar, gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilardan bo‘lgan

so‘roq qilinuvchining yaqinlari uchun yolg‘on ko‘rsatuvlar berishining zararli oqibatlarini tushuntirish;

– so‘roq qilinayotgan shaxsning ijobiy xususiyatlariga (o‘z qadr-qim-matini his qilishi, oriyati, jasurligi, olijanobligi, qat’iyatliligi kabilarga) ta’sir ko‘rsatish.

Tergov taktikasi gumon qilinuvchi va ayblanuvchining yolg‘on ko‘rsa-tuvlar berayotganini fosh qilish, shuningdek, haqiqiy ko‘rsatuvlar olish maqsadida ularga qonuniy psixologik ta’sir ko‘rsatishning bir qancha usul-lariga ega. Ularning asosiylarini ko‘rib chiqamiz.

1. Ishontirish. Bu usulda tergovchi so‘roq qilinayotgan shaxsning oqilona fikrlashga undaydi, unga aybidan tonish va yolg‘onining g‘arazli oqibatlarini, o‘z aybini tan olish va sodir etgan jinoyatini, shuningdek, ochilmagan o‘tmishdagi jinoyatlarini tergov qilishda faol ko‘makla-shishining ijobiy oqibatlarini tushuntirib, uni chin dildan afsuslanib, aybini bo‘yniga olishga undash.

2. So‘roq qilinayotgan shaxsning ijobiy xislatlaridan foydalanish. Ter-govchining suhbatdoshining ijobiy xislatlariga e’tibor qaratishi ko‘p hol-larda foyda keltiradi. Har bir inson o‘zini hurmat qiladi. Shu bois so‘roq qilinayotganning haqiqatgo‘yligi, halolligi, uning o‘tmishdagi xizmatlari, jamoa va do‘stlari orasidagi obro‘si, shaxsiy va ijtimoiy mavqeiga «taya-nib», uni ochiq, haqgo‘y bo‘lishga ishontirish mumkin.

3. Yolg‘onga chek qo‘yish. Bu usul gumon qilinuvchi yoki ayblanuv-chiga yolg‘onini «kengaytirish» imkonini berish zaruriyati bo‘lmagan, ter-govchida so‘roq qilish vaqtida aniqlanayotgan holatlarga doir ishonchli ma’lumotlar mavjud bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi (darhol rad etiladi, mav-jud dadillarni taqdim etish yoki boshqa vositalar bilan ta’sir ko‘rsatish orqali yolg‘onga darhol, ish boshidayoq chek qo‘yiladi. So‘roq qilinayot-

124

gan shaxs faktlar bilan fosh etilgach, tergovchini aldash umidini yo‘qotadi va rost gapirishga o‘tadi.

4. Kutish. Bu usul yolg‘on ko‘rsatuvlar berish yoki ko‘rsatuv berish-dan bosh tortish bilan aybini tan olish, qilmishidan afsuslanish o‘rtasida arosatda qolgan va qalbida motivlar kurashi yuz berayotgan shaxslarga qo‘llaniladi. Bunday motivlar kurashi so‘nmaydi va tergovchi so‘roq jara-yonida mahorat bilan amalda ta’sir ko‘rsatganida ancha kuchli namoyon bo‘lishi mumkin. Tergovchi so‘roq qilinayotgan shaxs ikkilanayotganini inobatga olib, uning ongiga ijobiy motivlar g‘alabasini ta’minlaydigan ma’lumotlarni atayin «kiritadi», so‘ngra so‘roq vaqtida tanaffus qilib, so‘roq qilinayotgan shaxsning o‘zi yolg‘on ko‘rsatuvlar berishga undayot-gan motivlaridan voz kechishini kutadi.

5. Afsonaga yo‘l qo‘yish. Ko‘p hollarda tergovchi gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi yolg‘on ko‘rsatuvlar berayotganini (afsona to‘qiyot-ganini) bilib yoxud sezib, afsonasini oxirigacha bayon etishiga imkon beradi. U bundan iloji boricha ko‘proq tafsilotlar, aniq ma’lumotlar olish va hikoyani so‘roq qilish bayonnomasida aniqroq va batafsilroq qayd etish maqsadida, so‘roq qilinayotgan shaxs bilan o‘ziga xos «o‘yinga kirishadi». Tergovchi so‘roq qilinayotgan shaxsga xayoliga kelgan barcha to‘qima-larni aytish imkonini bergan holda, afsonani rad etuvchi va fosh qiluvchi salmoqli dalillarni keltiradi. G‘aflatda qolib, yangi yolg‘on o‘ylab topishga tayyor bo‘lmagan so‘roq qilinuvchi rost ko‘rsatuvlar berishi mumkin.

6. Kutilmaganlik. Bu usulda tergovchi so‘roq qilinayotgan shaxs uchun kutilmagan so‘roq qilishni tugatganidan so‘ng, u yoki bu tergov harakatini o‘tkazishga qaror qiladi, ayni vaqtda tergovchining jinoyat ishining u yoki bu holatlaridan bexabarligiga ishongan so‘roq qilinayotgan shaxs bu harakatni bajarish mumkin, deb hisoblaydi. Masalan, tergovchi yolg‘on ko‘rsatuv berayotgan ayblanuvchiga u allaqachon o‘lib ketgan deb hisoblagan shaxs bilan yuzlashtirishni mo‘ljallayotganini aytadi.

So‘roq paytida kutilmaganlik omilidan foydalanish turlaridan biri – kutilmaganda dalillar taqdim etishdek keng tarqalgan fosh etish usulidir. Bu usulning samaradorligi gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi shaxsning mazkur dalillar tergovchida mavjud bo‘lishi mumkinligiga ishonish-ishon-masligiga bog‘liqdir. A. V. Dulov ayblanuvchiga (gumon qilinuvchiga) kuchli psixologik ta’sir ko‘rsatadigan bunday usulni «emotsional ekspe-riment» deb atagan. U shunday deb yozgan: «Bu harakat shuning uchun ham eksperiment hisoblanadiki, bunda tergovchi so‘roq qilinayotgan shaxsning emotsional holati keskin o‘zgaradigan va muayyan fiziologik reaksiyalarga olib keladigan sharoitni atayin yaratadi. Eksperiment shu-

125

ning uchun ham emotsional deb ataladiki, uning maqsadi emotsional holatdagi o‘zgarishlarni aniqlash, so‘ngra so‘roq paytida aniqlangan ana shu o‘zgarishlarni tahlil qilish va qo‘llashdir. Ayblanuvchi jinoyat hodisasi tufayli qanchalik ko‘p tashvishlansa, bu voqea xotirasida qolsa, ayniqsa tergovchi bunday ma’lumotlarga egaligini bilmasa, mazkur ma’lumotlar qo‘yilgan ayblovdan himoyalanish yo‘lini butunlay buzib tashlasa, fosh bo‘lishdan qo‘rqqani tufayli, ushbu voqeani eslatuvchi axborot unga shuncha ko‘p hissiy ta’sir ko‘rsatadi».

7. Izchillik. Bu usul tabiatan avvalgisiga qarama-qarshidir. Ba’zan dalillarni ketma-ket (isbotlash kuchi oshib boradigan tartibda) va mun-tazam, ya’ni ayblanuvchi alohida dalilning ham, butun dalillar majmuining ham «kuchini his qilishi uchun» har bir dalilga batafsil to‘xtalib, taqdim etish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Umuman olganda, tergov taktikasida dalillarni taqdim etishning bir qator usullari mavjud:

– turli dalillarni u yoki bu ketma-ketlikda, alohida-alohida taqdim etish; – mavjud barcha dalillarni bir vaqtda keltirish; – dastlab bilvosita, so‘ngra bevosita dalillarni taqdim etish; – dalillarni kutilmaganda (qo‘qqisdan) taqdim etish (bu haqida

yuqorida so‘z yuritilgan edi); – dalillarni salmog‘i oshib boradigan tartibda taqdim etish; – dalillar mavjudligi haqida ayblanuvchiga avvaldan xabar berib,

ularning kelib chiqish manbalarini ko‘rsatib (yo ko‘rsatmay) sanab o‘tish orqali dalillar majmuini taqdim etish;

– dalillarni go‘yoki ish orasida, tasodifan taqdim etish; – ayblanuvchiga dalillarni o‘zi o‘rganib chiqishi va ishonchlilik

darajasini baholashi uchun imkon berish; – dalilning ayrim belgilariga e’tiborni qaratish; – dalillarni taqdim etish jarayonini ushbu dalilning kelib chiqish

mexanizmini, topilish holatlarini tushuntirish bilan birga olib borish; – dalillarni ushbu manbada mavjud yashirin axborotni aniqlash va uni

oydinlashtirish bo‘yicha texnik-kriminalistik imkoniyatlarni namoyish etgan holda taqdim etish.

8. Zo‘riqishni olib tashlash. Ko‘p hollarda ayblanuvchi suhbatdan bo‘yin tovlamaydi, chunki o‘zini bemalol his qila olmagani, haddan tashqari zo‘riqqani bois, suhbatlasha olmaydi ham. Tergovchi so‘roq qilinayotgan shaxsga muayyan tarzda, ba’zan faqat ovoz ohangi, ayrim iboralar bilan ta’sir etib, ushbu zo‘riqishni olib tashlashga harakat qiladi. Zo‘riqishni muvaffaqiyatli olib tashlash ko‘p hollarda oshkora tan olishga olib keladi. Zo‘riqish olib tashlanganidan so‘ng paydo bo‘lgan yengillik

126

so‘roq qilinayotgan shaxsda suhbat jarayonida «ko‘ngilni bo‘shatish», «dildan gaplashib olish»ga intilishni paydo qiladi.

9. Ayblanuvchi shaxsidagi «ojiz jihatlar»dan foydalanish. Shaxsning «ojiz jihati» deganda undagi foydalanish orqali so‘roq vaqtida to‘g‘ri, haqqoniy ko‘rsatuvlar olish mumkin bo‘ladigan mavjud xususiyatlar tushuniladi. So‘roq qilinayotgan shaxsning «ojiz jihati» melanxolik kechinmalarga moyilligi, jizzakiligi, manmanligi kabilar bo‘lishi mumkin. Masalan, ayblanuvchi jahli chiqqan va g‘azablanganida odatda aytmay-digan ma’lumotlarni aytib yuboradi (masalan, sheriklarini sotadi). Ayni vaqtda tergov etikasi so‘roq qilinayotgan shaxsning tuban jihatlari (baxil-ligi, tamagirligi kabilar)dan foydalanishni man etadi.

10. Inersiya. Bu usulning o‘ziga xos mohiyati shundaki, tergovchi ayblanuvchi bilan suhbatlashish jarayonida mavzuni sezdirmasdan umu-miy, ishga aloqasiz gaplardan ishning mohiyatiga oid suhbatga burib yubo-radi. Bunda ayblanuvchi ishga aloqasiz masalalar xususida gapira turib, o‘zidan o‘zi (inersiya bo‘yicha) aslida aytmoqchi bo‘lmagan ma’lumotlar-ni gapirib yuboradi. Kattaroq natijaga erishish uchun suhbatda bir mavzu-dan boshqasiga tez-tez ko‘chib turish kerak.

11. E’tiborni chalg‘itish. Ayblanuvchi tergovchi uchun nimalar muhim va nimalar ikkinchi darajali ekanligini aniqlash maqsadida so‘roqning borishini doimo ziyraklik va sinchkovlik bilan kuzatib turadi. Shu bois so‘roq qilinayotgan shaxs o‘z e’tiborini, uning fikricha, asosiy bo‘lgan bir masalaga qaratishga harakat qiladi. «Ushbu holatni inobatga olgan holda, – deb ta’kidlaydilar L.B.Felonov va V.I.Davidov, – tergovchilar so‘roq qilinayotgan shaxsning diqqatini birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘l-magan narsalarga qaratadilar va bu bilan uning e’tiborini muhimroq narsalar bilan chalg‘itadilar. Bular so‘roq qilinayotgan shaxs tergovchi batafsilroq axborot olishni istagan holatlarga e’tiborsizroq munosabatda bo‘lib, kamroq ehtiyotkorlik qilishiga erishish niyatida bajariladi».

12. Tergovchining voqeadan yaxshi xabardorligi to‘g‘risida taassurot hosil qilish. Bu usulning mohiyati shundaki, tergovchi bunda so‘roq qilina-yotgan shaxsni aldamagan holda, ayni vaqtda uni o‘zining xabardorligiga ishontiradi. Bunga, birinchidan, o‘zini muayyan tarzda tutish mahorati bilan, ikkinchidan, ishonchli axborot yordamida erishishi mumkin. Ayni vaqtda ayblanuvchi bu ma’lumotlar (tarjimai holidagi ayrim tafsilotlar, ishdagi faktlar va boshqa ma’lumotlar) nimalardan iboratligini bilmaydi. Natijada so‘roq qilinayotgan shaxsda tergovchi ishning hammasini emas, balki ayrim tafsilotlarini biladi degan tushuncha hosil bo‘ladi. Bu natijada ayblanuvchini tonishdan to‘xtashga majbur qiladi.

127

13. «To‘liqsizlik» yaratish. Bu usul yetarli dalillar bo‘lmagan sharoit-da, tergovchi bir qator ishonchli faktlarga suyanib, mulohaza yuritganda qo‘llaniladi. U ayblanuvchiga ishdagi «to‘lmagan» joylarnigina ko‘rsatadi. Ayni vaqtda, u asosan hodisaning yetarlicha aniq va to‘liq manzarasini chizib, so‘roq qilinayotgan shaxs bilan birgalikda ayrim faktlarning man-tig‘ini kuzatib boradi va unga tushunarsiz joylarni to‘ldirishni taklif qiladi. Tergovchi ko‘rsatgan ushbu to‘ldirilmagan joylar, noaniqliklar so‘roq qilinuvchida xavotir hamda mantiqsizlikdan qutulish, barcha aytilganlarni mantiqqa moslashtirish tabiiy ehtiyojini yuzaga keltiradi.

14. Tezlashtirilgan so‘roq. Bu usul shundan iboratki, tergovchi faol pozitsiyadan foydalanib, tashabbusni qo‘liga oladi va savol yoki muloha-zalar yordamida avvaldan tayyorlangan yo‘llar bilan raqib fikridan ilgari-lab ketadi. Savol berish sur’ati yuqori bo‘lganida so‘roq qilinayotgan shaxs bu sur’atni qabul qilgach, puxta o‘ylab olish va javob qaytarishni «cho‘zish» imkoniga ega bo‘lmaydi.

Gumon qilinuvchi va ayblanuvchilarni so‘roq qilish chog‘ida ularning protsessual holati guvohlarning protsessual holatidan jiddiy farq qilishini inobatga olish shart.

Shuni yodda tutish lozimki, jinoyat sodir etgan shaxsning psixolo-giyasiga mudofaa dominantasi, ya’ni asabiy zo‘riqish o‘chog‘ining hukm-ronligi xos bo‘lib, vaziyatni idrok etish va baholash, jinoyatchining xatti-harakatlarini boshqarish ana shu orqali kechadi.

Aybdor qilmishi uchun javobgarlikdan bo‘yin tovlashga va o‘zining jinoyatdagi ishtirokini yashirishga urinib, yuz bergan hodisa bilan bog‘liq kechinmalarini ham atrofidagilardan pinhon tutishga harakat qiladi.

Himoya va mudofaa dominantasi juda ko‘p hollarda ayblanuvchini fosh bo‘lishdan qutulishiga yordam beradigan harakatlarni sodir etishga undaydi.

Jinoyatchi himoya dominantasida: – soxta alibi va inssenirovkalar yaratadi; – yolg‘on dalillar keltiradi; – tergovni noto‘g‘ri yo‘lga burib yuborishga urinadi; – yolg‘on va tuhmat, mish-mishlar tarqatadi; – yolg‘on arizalar beradi; – guvohlarni yolg‘on ko‘rsatuvlar berishga undaydi (ko‘ndiradi). Boshqacha aytganda, jinoyatchi tergovchi va atrofdagilarni o‘zining

aybsizligi va jinoyatga aloqasi yo‘qligiga ishontirishga har tomonlama urinadi.

Tergov jarayonida jinoyatchida ichki zo‘riqish bo‘lishi muqarrar. Bu zo‘riqish o‘zi tushib qolgan holatning o‘ta muhimligini anglashi tufayli kuchayadi, chunki bunda har bir xato, ehtiyotsiz tashlangan qadam, o‘ylan-

128

may aytilgan so‘z uning uchun ko‘ngilsiz oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bunday doimiy zo‘riqish jinoyatchining to‘g‘ri bo‘lgan harakatni amalga oshirishiga to‘sqinlik qiladi. Jinoyatchilar yangidan-yangi xatolarga yo‘l qo‘ya boshlaydilar va bu xatolar ko‘pincha ularning fosh bo‘lishiga sharoit yaratadi.

So‘roq qilish vaqtida, rad etib bo‘lmas dalillarning taqdim etilishi bevosita jinoyatchining ruhiy holatini keskin o‘zgartiradi va unda tajovuz-korlik, g‘azabnoklik, stress hamda tushkunlik (frustratsiya) holatlari kuza-tiladi.

Biroq shuni yodda tutish lozimki, himoya dominantasi va u bilan bog‘liq xatti-harakat xususiyatlari aybsiz shaxsga ham xos bo‘lishi mumkin. Buning natijasida u adolatsiz ayblovdan himoyalanishga harakat qiladi. Bundan tashqari, ayblanuvchining xatti-harakati jinoyat ishini ter-gov qilish bilan bog‘liq aniq vaziyatlardan kelib chiqqan holda o‘zgarishi mumkin.

Tergovning murakkab vaziyatida jinoyatchida motivlar kurashi yuz beradi. Buni u chuqur ichki nizo sifatida his qiladi. Natijada u muayyan qaror asosida va ma’lum bir harakatlar sodir etib (u yoki bu ko‘rsatuvlar berish orqali) bunday ichki nizodan chiqishga harakat qiladi. So‘roq qili-nayotgan shaxs qabul qilgan u yoki bu qaror uning ikki xil motivdan birini bila turib ustun tutganligi natijasi bo‘lar ekan, shu bois tergovchi uni to‘g‘ri ko‘rsatuvlar berishga undovchi motivlarini mustahkamlashi lozim. So‘roq qilish taktikasining psixologik mohiyati ham ana shundadir.

Gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi so‘roq vaqtida quyidagi tuyg‘u-larni his etishi mumkin:

– jinoyat sodir etgan shaxs fosh bo‘lish va jazolanishdan qo‘rqadi, ruhan eziladi, natijada u bilan psixologik aloqa o‘rnatish qiyinlashadi;

– u ruhiy bosim ostida, uyalish holatida bo‘lishi, o‘z xatti-harakati boshqalarga ma’lum bo‘lishidan qo‘rqishi mumkin (bu kuchli motiv bo‘lib, undan foydalanish kerak);

– bunday shaxs o‘zi erishgan ijtimoiy, xizmatga oid va moddiy mavqeni yo‘qotishdan qo‘rqadi;

– ozodlikdan mahrum bo‘lishdan cho‘chiydi (ayniqsa, birinchi marta jinoyat sodir etganda);

– yaqinlaridan ajralishdan xavotirlanadi; – ba’zan jabrlanuvchilarga rahm-shafqat hissi yuzaga kelishi mumkin

(bunday hissiyotni mustahkamlash zarur); – bundaylar jinoyatdagi ishtirokchilarga har xil munosabatda bo‘ladilar; – ularga xavotirlanish, noaniqlik holati, yuzaga kelgan vaziyatni

avvaldan ko‘rish va boshqarishning iloji yo‘qligi xosdir;

129

– o‘z aybini tushungan va to‘g‘ri ko‘rsatuvlar bergan ayblanuvchi yengillik sezadi;

– noodatiylik, kurash, tavakkalchilik hissi paydo bo‘lishi mumkin; – ayrim xodimlarga adovat bilan munosabatda bo‘ladilar. Tergovchi ayblanuvchining yolg‘on gapirishi va tonishi mumkinligiga

qarshi chora ko‘rishi kerak. Biroq buning uchun qandaydir sun’iy to‘siqlar yaratish emas, balki uning ko‘rsatuvlarini sinchiklab tekshirish zarur. Birinchi navbatda, ayblanuvchini haqiqatni yashirish yoki aytmaslikka undashi mumkin bo‘lgan motivlar aniqlab olinishi kerak.

Yolg‘on ko‘rsatuvlar berish motivlari: – jazolanishdan qo‘rqish; – o‘zi va yaqinlari uchun oqibatlardan qochish istagi; – fosh bo‘lish, jamoada qoralanishdan qo‘rqish va o‘z xatti-harakat-

larining axloqqa va qonunga zidligini anglashdan uyalish; – tekshirilayotgan voqeaning ayblanuvchi hayotidagi intim jihatlar

bilan bog‘liqligi; – jinoyatdagi ishtirokchilar va bunga aloqador shaxslarni yashirishga

urinish; – manfaatdor shaxslarning qasos olishlaridan qo‘rqish; – jinoyatning fosh bo‘lmasligiga ishonish; – muayyan g‘ayriijtimoiy qarashlar bilan bog‘liq holda tergov organ-

lari bilan hamkorlik qilishni istamaslik. Ayrim hollarda tonish va yolg‘on ko‘rsatuvlar berish ayblanuvchining

ruhiy holati buzilganligi oqibatida patologik xususiyatga ega bo‘lishini unutmaslik lozim.

So‘roq qilinayotgan shaxs birovning aybini o‘z bo‘yniga olgan yoki boshqalarni ayblagan holatlarda yolg‘on ko‘rsatuvlar berish motivlari murakkabroq bo‘lib, ularni aniqlash qiyinroq kechadi.

Birovning aybini o‘z bo‘yniga olishning tipik motivlari quyidagicha: – haqiqiy aybdorni jazodan olib qolishga intilish; – qandaydir sharmanda qiluvchi ma’lumotlar fosh bo‘lishidan

qo‘rqish; – manfaatdor shaxslardan qandaydir moddiy foyda olish istagi; – og‘irroq jinoyati uchun javobgarlikdan qochishga urinish; – tergovni cho‘zish va chalg‘itishga urinish; – tergovchidan o‘zaro kelishuvga ko‘ra yordam olishga harakat qilish; – cho‘zilib ketgan tergovni tezlashtirishga urinish; – o‘zining aybsizligi haqida yanglish fikrlash. Yuqorida keltirilgan motivlarning aksariyati birovni ayblashga undovchi

sabablar ham bo‘ladi. Holbuki, qasos olish, baxillik (ko‘ra olmaslik), javob-

130

garlikni «bo‘lishga» yoki boshqa birovga yuklashga, haqiqiy jinoyatchilarni yashirishga urinish hollari ham uchrab turadi.

Yuqorida ko‘rib chiqilgan salbiy motivlarning yuzaga kelishiga subyektiv va obyektiv omillar shart-sharoit yaratadi.

Subyektiv omillarga quyidagilar kiradi: shaxsning salbiy yo‘nalishga egaligi; axloq va madaniyat darajasining pastligi; tuban hissiyotlari; xud-binlik, g‘arazgo‘ylik, irodasizlik singari xarakteriga xos xususiyatlar; hu-quqiy bilimsizlik; qo‘rquv hissi va hokazo. Bu omillar xotirani pasaytiradi, butun psixikaga va aqliy faoliyatga bosim o‘tkazadi, irodani susaytiradi, vaziyatni to‘g‘ri baholashga to‘sqinlik qiladi, ishonuvchanlikni oshiradi.

Yolg‘on ko‘rsatuvlar yuzaga kelishiga ko‘maklashuvchi obyektiv omillarga quyidagilarni kiritish lozim: manfaatdor shaxslarning ayblanuv-chiga ta’sir ko‘rsatishi; protsessual normalar buzilganida, qonunda bel-gilangan tergov tartibidan chekinganda yuzaga keladigan noqulay protse-ssual vaziyat yoxud hatto bunday tartibni arzimas darajada buzish ham so‘roq qilinuvchilarda noto‘g‘ri tasavvur yuzaga keltirishi mumkin.

Aybni o‘ziga olish yoki birovga yuklashning psixologik xavfini kamaytirish uchun so‘roq qilinayotgan shaxs o‘z huquqlarini, tergovchi-ning vakolatlarini bilishi, qonunga qat’iy amal qilinishiga ishonishi, ayni vaqtda yolg‘on ko‘rsatuvlar berishning barcha salbiy oqibatlarini aniq tasavvur qilishi lozim.

Tergovchi so‘roq qilinayotgan shaxs hissiyotlarining xarakteri va maz-muniga ta’sir ko‘rsatish (ijobiylarini uyg‘otib, salbiylarini zararsizlantirish) bilangina cheklanmasdan, balki ularning kuchayishini boshqarishi kerak. Masalan, ruhiy qo‘zg‘alish so‘roq qilinayotgan shaxsdagi psixik jarayon-larni izdan chiqarsa, to‘g‘ri xatti-harakatga tahdid solsa, so‘roq qilish paytida muhitni yengillashtirish, zo‘riqishni olib tashlash, so‘roq qilinayot-gan shaxsni chalg‘itish, so‘roq qilishni xotirjam tarzda davom ettirish kerak bo‘ladi. Agar so‘roq qilinayotgan shaxs xotirjam, o‘ziga ishongan, hech kim bilan gaplashmaydigan bo‘lsa, u holda uning holatini psixologik chaqmoq yoki portlash orqali hissiyotliroq darajaga o‘zgartish maqsadga muvofiq. Ammo bunga psixologik zo‘ravonlik yordamida emas, balki so‘roq qilinuv-chi shaxsning ichki dunyosiga kirib borish, uning hayotidagi hissiy muhim voqealarga oid xotiralarni uyg‘otish orqali erishish kerak.

Amaliyotning ko‘rsatishicha, so‘roq qilinayotgan shaxsning hissiyot-lariga murojaat etish, ko‘pincha so‘roq qilinayotgan shaxs hatto so‘roq paytida salmoqli dalillardan foydalanish ijobiy natija bermagan hollarda ham to‘g‘ri ko‘rsatuvlar bera boshlashiga olib keladi.

Tergovchi gumon qilinuvchi va ayblanuvchilarni so‘roq qilayotganida yolg‘on ko‘rsatuvlarni (jumladan, insonning mimikasi ixtiyorsiz reaksiya-

131

lar, imo-ishoralari, ovozi kabilarga qarab) aniqlashni o‘rganishi juda muhim. Masalan, muloqot psixologiyasi sohasidagi mutaxassislar inson al-dayotganida uning nutqida ko‘zga tashlanadigan bir guruh noverbal signal-lar (jumladan, quyidagi imo-ishoralar: og‘izni kaft bilan to‘sish, burun uchini ishqalash, kaft bilan peshanani shappatilash, boshning ensa (orqa) qismini ishqalab, ayni vaqtda nigohni tashqariga qaratish) mavjudligini aniqlaganlar. Qolaversa, yana shu narsa aniqlanganki, inson yolg‘on gapi-rayotganida o‘z suhbatdoshiga butun suhbat vaqtining uchdan bir qismidan kamroq qaraydi. Aksincha, agar suhbatdoshingiz so‘zlashuv jarayonida ko‘zingizga vaqtning uchdan ikki qismidan ko‘proq qaraydigan bo‘lsa, demak u samimiy bo‘ladi. Yolg‘on boshqa reaksiyalar (masalan, yuz teri-sining qizarishi, peshana va qo‘l terlashi kabilar) bilan ham kechishi mum-kin. Shu sababli tergovchi so‘roq qilish jarayonida so‘roq qilinayotgan shaxs xulqining tashqi ko‘rinishlarini diqqat bilan kuzatishi va ularning noverbal signallarini tushunishni o‘rganib olishi kerak.

Xulosa qilib aytganda, so‘roq qilish – bu boshqa tergov harakatlari, ya’ni yuzlashtirish, ko‘rsatuvlarni hodisa joyida tekshirish, obyektlarni tanib olish uchun ko‘rsatish, eksperiment kabi bir qator tergov harakatlari bilan uzviy bog‘liq tergov harakatidir. So‘roq natijalari ba’zi hollarda ush-bu tergov harakatlarining vazifalarini belgilab beradi. Mazkur harakatlar-ning natijalari esa takroran so‘roq o‘tkazish zaruratini keltirib chiqarishi mumkin.

Savol va topshiriqlar

1. Jinoyat ishida ishtirok etishga jalb qilingan shaxslarning psixologik xususiyatlari nimalarda namoyon bo‘ladi?

2. Jinoyat ishida ishtirok etishga jalb qilingan shaxslarning psixologik xususiyatlarini o‘rganishning ahamiyati qanday?

3. Gumon qilinuvchining jinoyat protsessi ishtirokchisi sifatidagi psixolo-gik xususiyatlari nimalardan iborat?

4. Ayblanuvchining jinoyat protsessi ishtirokchisi sifatidagi psixologik xususiyatlarini tushuntiring.

5. Dastlabki tergov davomida tergovchi gumon qilinuvchi va ayblanuvchining qanday psixologik xususiyatlariga e’tibor qaratishi kerak?

6. Jinoyat ishi bo‘yicha himoyachi ishtirokining psixologik xususiyatlari to‘g‘risida so‘zlab bering.

7. Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini so‘roq qilishda qanday psixologik usullar qo‘llaniladi?

132

IV BOB. JABRLANUVCHI BILAN TERGOV HARAKATLARINI O‘TKAZISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

1-§. Jabrlanuvchi shaxsiga psixologik tavsif

Jabrlanuvchi psixologiyasi uning shaxsi shakllanishining omillarini, jinoyat sodir etguniga qadar, jinoyat sodir etilayotgan vaqtda va jinoyat sodir etilganidan keyingi xatti-harakatini o‘rganadi, shuningdek jabrlanuv-chini so‘roq qilish hamda odamlarda jinoiy tajovuzdan yetarli himoya bo‘la oladigan axloqiy-irodaviy xislatlarni tarbiyalashga doir amaliy tav-siyalar ishlab chiqadi. Jabrlanuvchi psixologiyasi jinoyat huquqi, krimino-logiya, ijtimoiy psixologiya va shaxs psixologiyasiga oid bilimlar bilan bog‘liq holda o‘rganiladi.

Jabrlanuvchi xatti-harakatining jinoyat kelib chiqishidagi roli qanchalik katta bo‘lsa, jinoyatchi shaxsining g‘ayriijtimoiy yo‘nalishi (oriyentatsiya-si) shunchalik kamroq bo‘ladi. Shaxsga qarshi jinoyatlarda bunday bog‘-liqlik yorqinroq namoyon bo‘ladi, chunki jinoyatni sodir etishning psixo-logik mexanizmida jinoyatchi hissiyotlari (emotsiyalari) muhim ahamiyat kasb etadi. Bu hissiyotlar ba’zan affekt darajasigacha o‘sadi, chunki jabrla-nuvchining ta’sirini u shaxsiy qadr-qimmati o‘lchovi orqali idrok etadi.

Jabrlanuvchi shaxsini psixologik jihatdan tahlil qilishda, shuni nazarda tutish lozimki, shaxsga qarshi jinoyatlarning deyarli 80 foizini jabrlanuv-chi bilan qarindoshlik, ishqiy va boshqa yaqin munosabatlarda bo‘lgan shaxslar sodir etadilar, jinoyat esa ushbu munosabatlar natijasida yuzaga kelgan nizoning oxirgi bosqichi bo‘ladi.

Shunday qilib, jabrlanuvchi va jinoyatchi shaxsini chuqur psixologik tadqiq etish nizoli vaziyat sabablarini aniqlashga hamda ularni bartaraf etish yo‘llarini belgilashga, ya’ni yakka tartibdagi (individual) profi-laktikani amalga oshirishga imkon beradi.

Jinoyat-protsessual qonunchilikda jabrlanuvchi deganda jinoyat tufayli ma’naviy, jismoniy yoki mulkiy zarar yetkazilgan shaxs tushunila-di. Agar gap shaxsga qarshi jinoyat, ya’ni odam o‘ldirish, badanga shikast yetkazish, nomusga tegish, o‘g‘rilik, talonchilik, bosqinchilik, avtotrans-port hodisasi yoki bezorilik haqida boradigan bo‘lsa, bu dastlabki tergov hamda ishni sudga qadar ko‘rib chiqishning markaziy figuralaridan biridir. Jinoyat ikki shaxs, ya’ni tergov bosqichida biri ayblanuvchi, boshqasi esa jabrlanuvchi deb topiladigan ikki shaxsning o‘zaro munosabatlari doirasi-da sodir etiladi. Asosiy diqqat, tabiiyki, ulardan birinchisiga qaratiladi, chunki bunda uning aybi, javobgarligi aniqlanadi, taqdiri hal etiladi. Bular-ning bari ayblanuvchining shaxsini, jinoyat bilan kechgan aniq vaziyatlar

133

batafsil o‘rganilganidagina amalga oshirilishi mumkin. Biroq ushbu aniq vaziyatlar, jinoyat sabablari va bunga imkon bergan shart-sharoitlar, agar jabrlanuvchining shaxsi e’tiborga olinmaydigan bo‘lsa, to‘liq ochilishi mumkin emas. Juda ko‘p hollarda ayblanuvchining jinoiy xatti-harakatlari jabrlanuvchining noqonuniy, ehtiyotsiz yoki oddiygina yengil harakatlari tufayli yuzaga keladi. Uning jinoyat tarkibi obyektiv belgilariga kiruvchi xatti-harakati ayblanuvchining aybiga ta’sir etishi, ba’zan esa uni butunlay istisno etishi (zaruriy mudofaa bo‘lishi) mumkin.

Ma’lum vaqt nazariya va amaliyotda jabrlanuvchi shaxsning rolini yetarlicha baholamaslik hollari kuzatilgan, chunki jabrlanuvchi bir tomon-lama shaxsiy manfaatlar sohibi sifatida qaralgan. Ayni vaqtda jabrlanuvchi shaxsiga har qanday ishda turli hajmdagi ijtimoiy manfaatlar xosdir. Jinoiy niyatlar (rejalar)ning amalga oshirilishi jabrlanuvchi shaxsining tuzilishiga hamda uning shaxsi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan va uning funksiya-si hisoblanadigan xatti-harakatiga bog‘liqdir. Jabrlanuvchi jinoiy tajovuz-dan faol himoyalanib, jinoiy faoliyatga to‘sqinlik qilib, nafaqat o‘zining, balki jamiyatning ham manfaatlarini himoya qiladi.

Jabrlanuvchining shaxsini hamda dastlabki tergov va sud bosqichidagi faoliyatini psixologik jihatdan tadqiq etish juda dolzarbdir, chunki bu qator masalalarning yechilishiga imkon yaratadi.

Jabrlanuvchi shaxsini tadqiq etish metodikasini shartli ravishda ikki toifaga bo‘lish mumkin:

– «statik soha», ya’ni bunga shaxsning jinsi, yoshi, millati, xizmat mavqei kabilar kiradi. Ushbu belgilarning ba’zilarini qonunning bevosita talabi bo‘yicha aniqlash zarur, buning ustiga ularning ayrimlari (jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlarda – shaxsning yoshi, qarshilik ko‘rsatishda – xizmat mavqei va sh.k.) jinoyatning kvalifikatsiyasiga bevosita ta’sir etishi mumkin;

– «dinamik soha», ya’ni jabrlanuvchining bevosita jinoyat hodisasidan avvalgi davrda hamda bevosita jinoyat hodisasi davridagi xatti-harakati, ushbu xatti-harakatning jinoyatchi xatti-harakati bilan bog‘liqligi (masa-lan, faol himoya sababli hujumning jadalligi, jabrlanuvchidan qochish va sh.k.).

Jabrlanuvchining shaxsini, xatti-harakatini, ayniqsa uning yo‘l- transport va xavfsizlik texnikasi sohasidagi jinoyatlar sodir etilishidan avvalgi bos-qichdagi holatlarini tadqiq etish istiqbollidir. Masalan, jabrlanuvchi shaxsi-ning bevosita ushbu jinoyatlar sodir etilishidan avvalgi xislatlari va holat-larini ifodalovchi omillarga mastlik, tajribasizlik, haddan tashqari o‘ziga ishonish, qattiq charchash, intizomsizlik, o‘zini yomon sezish, yurak kasal-

134

liklari, nevrozlar va reaktiv holatlar shaklidagi ruhiy buzilishlar, shuning-dek, temperamentiga xos individual xususiyatlar (asab tizimining ojizligi, avariya holatlarida sekinlashgan reaksiya kabilar) kiradi. Shuningdek, ushbu turdagi jinoyatlar bo‘yicha jabrlanuvchilarning yosh va jinsiy xusu-siyatlarini ham ta’kidlash lozim: jabrlanuvchi erkaklar odatda jabrlanuvchi ayollarga qaraganda ikki baravar ko‘p, jabrlanuvchilarning 40% ga yaqini bolalar va 18 yoshga to‘lmagan o‘smirlardir.

Jabrlanuvchining jinoyat sodir etish paytidagi xatti-harakati, insonning har qanday xatti-harakati singari omillarning quyidagi ikki toifasiga bog‘liq:

– jinoiy hujum yoki boshqa hollarda tashqi muhitning ta’siri; – tashqi jinoiy ta’sirga nisbatan turlicha munosabatni ta’minlaydigan

shaxsdagi individual xususiyatlar (hushdan ketish holatidan tortib o‘zini himoya qilish yoki jinoyatchiga faol hujum qilishgacha).

Shaxsning ushbu xususiyatlariga asosan quyidagi toifalar xosdir: jabrla-nuvchining oliy asab faoliyati tipi (kuchli, faol, harakatchan shaxs boshqa teng sharoitlarda ustunroq bo‘ladi); uning xarakteriga xos jihatlar (avvalo irodaviy xislatlari, xususan g‘alabaga ishonchi va qarshilik ko‘rsatishga inti-lishi, shuningdek o‘zini yaxshi ko‘rishi, mag‘rurligi, uyatchanligi va h.k.). Jinsiy munosabat bilan bog‘liq jinoyatlar, yo‘l-transport hodisalari va xavf-sizlik texnikasi qoidalarini buzishga oid jinoyatlar bo‘yicha jabrlanuvchining xatti-harakatida hayotiy tajriba katta ahamiyatga ega (masalan, xavfsizlik texnikasi qoidalarining buzilishiga oid jinoyat sodir etilganida jabrlanuvchi-ning maxsus va kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi). Jabrlanuvchining ilgari va hozirgi kasbi (mutaxassisligi)ga oid maxsus ko‘nikmalarni ifodalovchi xislatlarni e’tiborga olish zarur. Jabrlanuvchining xatti-harakatiga uning huquqiy ongi jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, qonunni va o‘z huquqlarini bilish jinoiy hujumni qaytarishda qo‘shimcha imkoniyat beradi, jinoiy tajovuzga to‘sqinlik qiladigan harakatlarni sodir etishda o‘zining haqligiga ishonch yaratadi. Ijtimoiy manfaatlar nuqtai nazaridan jabrlanuvchining jinoiy tajovuzlarga qarshilik ko‘rsatish va chek qo‘yishga qaratilgan hamda ushbu vaziyatlar uchun qonunda belgilangan doiradan chiqmaydigan (ma-salan, zaruriy mudofaa instituti va h.k.) faol, maqsadga yo‘naltirilgan xatti-harakati eng maqbul hisoblanadi.

Jabrlanuvchi harakatining axloqiy jihatdan salbiy mazmun kasb etishi, ularga nisbatan jinoyatlar sodir etilish ehtimolini oshiradi. Xatti-harakat aynan kriminologning jabrlanuvchiga qiziqishi boshlanadigan nuqta hisob-lanadi. Bu qiziqish jinoiy xatti-harakatining mexanizmini aniqlash jihati-dan ham, jinoyatdan avvalgi muayyan hayotiy vaziyatda, jumladan nizoli vaziyatdagi harakat doirasida bo‘ladigan salbiy faoliyatni zararsizlantirish jihatidan ham bo‘lishi mumkin.

135

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, jinoyatni yaxlit jinoiy xatti-harakat darajasida o‘rganishda jabrlanuvchining xatti-harakatining jinoyat hodisasiga mos kelganligi va kriminogenlik tavsifiga egaligi jihatdan qiziqish uyg‘otadi. Bunday xususiyat jabrlanuvchining jamiyat tomonidan salbiy baholanadigan va jinoyat bilan sababiy bog‘liq xatti-harakatida ko‘zga tashlanadi.

«Jinoyat qurboni» tushunchasi «jabrlanuvchi»ga qaraganda kengroq tushuncha. Qonunda belgilangan tartibda jabrlanuvchi deb topilgan-topil-maganidan qat’i nazar, g‘ayriqonuniy qilmishdan ma’naviy, jismoniy yoki mulkiy zarar ko‘rgan har qanday inson jinoyat qurbonidir. Boshqacha ayt-ganda, «qurbon» – viktimologik tushuncha, «jabrlanuvchi» esa jinoyat-protsessual tushunchadir. Bu tushunchalar o‘zaro mos kelmasligi ham mumkin.

So‘nggi yillarda kriminologiyaga oid tadqiqotlarda jinoyatni ochish va tergov qilishda jinoyat qurbonining roliga ko‘proq e’tibor qaratila boshladi. Viktimologiya kriminologiyaning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida jabr-lanuvchi shaxsini, uning aloqalarini, jinoyatchi bilan o‘zaro munosabat-larini, jinoyatchiga ayb qilib qo‘yilayotgan vaziyatda jinoyat qurbonining xatti-harakatiga xos xususiyatlarni o‘rganadi. Viktimologik tadqiqotlarda jinoyatning kelib chiqishida jinoyat qurbonining roliga, uning jinoyatchi bilan aloqalari va munosabatlariga alohida o‘rin beriladi.

Millatlararo nizolar zamirida yuzaga kelgan jinoiy vaziyatlarni (om-maviy tartibsizliklarni) psixologik tahlil qilish ham katta qiziqish uyg‘ota-di. Ushbu nizolar ishtirokchilarini psixologik tahlil qilish ularning roli, tuzilishi hamda bezorilik qilayotgan, bo‘ysunmayotgan olomonning dina-mikasini va viktim shart-sharoitli shaxslarni aniqlashga imkon beradi.

Iqtisodiy jinoyatlardan jabrlangan shaxsning psixologik xusu-siyatlari. Iqtisodiyotning jadal rivojlanishiga iqtisodiyot sohasida sodir etiladigan jinoyatlar, huquqiy tartibsizlik jiddiy to‘siq hisoblanadi. Afsus-ki, bu omil asosan obyektiv xususiyatga ega. Biroq fuqarolar o‘zlarini hu-quqiy jihatdan himoya qilishlari uchun subyektiv omillar ham ko‘zga tash-lanadi. Tartibsizlik davlatning jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi kuchli siyosat olib bormasligida emas, balki fuqarolarning ko‘pincha tamoman davlatga suyanib, huquqiy muloqotdan o‘zlarini olib qochishlari, turli organlarning vakillari bilan yuksak darajadagi huquqiy muzokaralar olib borishdan bo‘yin tovlashlari tufayli ham yuzaga keladi.

Hozirgi vaqtda jamiyat iqtisodiy rivojlanishidagi jiddiy muammo kichik va o‘rta biznes sohasidagi tadbirkorlik faoliyatining xavfsizligini ta’minlashdir. Bu sohadagi tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, yosh tadbirkor-

136

lar butun xususiy ishbilarmonlik dunyosini «ta’sir doiralariga» bo‘lib olgan jinoiy tashkilotlarning tovlamachiligiga uchramoqdalar. Deyarli bar-cha xususiy tadbirkorlar u yoki bu darajada bog‘liq bo‘lgan xufiyona iqtisodiyot mavjud bo‘lishi uchun shart-sharoit yaratadilar. Ushbu iqtiso-diy tuzilmalar vakillari bilan o‘tkazilgan so‘rovlar va intervyularda ular bildirgan fikrlarga ko‘ra, tadbirkorlar, davlat va jamiyatni aldashga hamda xufiya iqtisodiyot sohasida bir qator harakatlar sodir etishga «majbur bo‘ladigan» qator tipik vaziyatlarni aniqlashga imkon bermoqda. Mazkur vaziyatlarga haqiqiy daromadlarni yashirishni kiritish mumkin. Chunki ushbu daromadlar deklaratsiya bilan to‘liq ma’lum qilinadigan va bu holda umumiy daromadning yarmidan ko‘pini to‘lash zarur bo‘ladigan bunday sharoitda raqobatli kurashda yashab qolib bo‘lmaydi. So‘ngra tadbirkorlar, masalan, ish haqi bo‘yicha xarajatlarini yashirishga va ularni ishlab chiqa-rish xarajatlari sifatida ko‘rsatish orqali o‘z xarajatlarining moddalarini o‘zgartirishga majbur bo‘layotganliklarini aytmoqdalar. Ular buni ancha osonlik bilan bajaradilar, chunki firma xodimlari, o‘z navbatida soliq bosi-midan qo‘rqib, daromad solig‘i olinmaydigan mablag‘larni olishni afzal ko‘radilar.

Mazkur holatlar, shuningdek, o‘z korxonasini himoyalash tizimiga ega bo‘lish zarurati shunday shart-sharoitlarni yaratadiki, buning natijasida tadbirkor jinoiy tuzilmalarga tobe bo‘lib qoladi. Ular esa ushbu tadbirkor-ning xufiya iqtisodiy sohasidagi harakatlaridan yetarlicha ishonchli ma’lu-motlarga ega bo‘lib, o‘z navbatida, ana shu xufiya iqtisodiy sohadan olin-gan «daromadning» bir qismini talab qiladilar.

Sodir etilgan ko‘plab iste’molchilarni aldash, uddalay olinmagan bitimlar, uzilgan ishbilarmonlik aloqalari bir qator psixologik sabablar bilan bog‘liqdir. Ular orasida shaxs faolligining past darajadaligi, bir xil fikrlash odati, yetarlicha bilimga ega emaslik hamda uni oshirishni ista-maslik kabi sabablar ham bor. Masalan, tavakkalchilikka moyil inson, agar tahlil qilish qobiliyati, odamlar psixologiyasini tushunish, hissiy barqa-rorlik va vazminlik singari xislatlari rivojlanmagan bo‘lsa, muvaffaqiyatga erishishidan ko‘ra ko‘proq vaziyat qurboniga aylanadi. Ammo agar shaxs-da bunday xislatlar mavjud bo‘lsa, tavakkallikka moyillik unga bozor mu-nosabatlari sharoitida o‘z o‘rnini topishida yordam beradi. Insonning re-gidligi (o‘zgarishlardan qo‘rqishi) uning raqobatbardoshligi yo‘lida yotgan to‘siqqa aylanishi mumkin.

Huquqiy jihatdan himoyalanmaganlik, jinoyatchilar olamining betartib-ligi, ijroiya va qonunchilik hokimiyatlari harakatlarining nomuvofiqligi, ishlab chiqarish sur’ati hamda aholi turmush darajasining pasayishi kabi boshqa noqulay omillar ba’zan o‘zgarishlarga yaxshi moslasha olmaydigan,

137

an’anaviy turmush tarzi asoslariga suyanishga o‘rganib qolgan shaxsning, avvalo ko‘plab faxriylarning butunlay mo‘ljal yo‘qotishiga olib keladi.

Turli bahonalar bilan tovlamachilik qilish – bu o‘zgalar uy-joyini egallab olishning eng ko‘p tarqalgan usulidir. Xususiylashtirilgan turarjoy bozorlarida asosan xavf guruhini nogironlar, qariyalar, yetimlar, ruhiy kasallar tashkil etmoqda.

Jinoyat qurbonlarining asosiy xususiyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin: 1) uy-joylar bahosidan yaxshi xabardor bo‘lmaslik; 2) kam ta’min-langanlik, pulga ehtiyoj; 3) alkogol, narkotiklar kabilarga tobelik; 4) yoshlar, keksaygan fuqarolar, ayollar jinoyat qurboni bo‘ladilar.

Ushbu jinoiy guruhlar tashkilotchilari (faol ishtirokchilari)ning asosiy qismi tashqaridan qaraganda ziyoli ko‘rinib, odamlar bilan muloqot qilishga usta bo‘ladilar.

Jinoyatchilar fuqarolarning uy-joylarini qonunga xilof ravishda olib qo‘yishda foydalanadigan asosiy usullar quyidagilardir:

– fuqarolarning huquqiy savodsizligidan foydalanib, ularning uy-joyini almashtirib berish bahonasi bilan butun mulkni tasarruf qilish huquqi uchun umumiy ishonchnoma olish. Shundan so‘ng uy-joy sotilib, uni sotuvchilar yashirinadilar;

– uy-joy egalariga ruhiy va jismoniy ta’sir ko‘rsatiladi; – uy-joyni almashtirib berish bahonasi bilan haqiqatan uy-joy almash-

tiriladi, ammo yashash sharoiti yomonroq bo‘lgan uy-joyga almashtiriladi, bunda bosh ishonchnoma olinib, uy-joy bahosi o‘rtasidagi farq o‘zlashti-riladi va qochib yashirinadi, uy-joy egalari o‘ylab topilgan manzilga ro‘y-xatga qo‘yiladi;

– tashkilotlarning muhr va blanklari soxtalashtirilib, uy-joy sotiladi va puli olinib yashiriniladi;

– uy-joy egalari vafot etganlaridan so‘ng ularning hujjatlaridan foyda-langan holda o‘tib ketgan sana bilan uy-joy o‘ylab topilgan shaxs nomiga rasmiylashtiriladi. Bunda pasport soxtalashtiriladi, so‘ngra kvartira sotilib, qochib yashiriniladi.

Jinoyat sodir etish paytida jabrlanuvchilar o‘zlariga nisbatan qo‘llanil-gan ta’sir usullariga turlicha munosabatda bo‘ladilar. Jinoyatchilar firib-garlikdan ustomonlik bilan foydalanganliklari uchun hatto jabrlanuvchilar o‘zlariga nisbatan sodir etilgan harakatlarning jinoiy xususiyatini angla-maydilar, chunki jinoyatchilar o‘z jinoiy rejalarini juda puxta niqoblagan bo‘ladilar.

Bevosita jismoniy va ruhiy ta’sir ko‘rsatilgan hollarda esa jinoyat qurboni o‘ziga nisbatan amalga oshirilgan harakatlarning tabiatini va jinoyatchilarning maqsadlarini yaxshi tushungan bo‘ladilar. Ammo, tahdid

138

solayotgan vaziyatdan chiqish yo‘lini topmay, jabrlanuvchilar darhol emas, balki uzoq vaqtdan keyin ichki ishlar organlariga murojaat etadilar, bu bilan jinoyatchilarning o‘zlariga nisbatan jinoiy faoliyatini davom ettirish-lariga imkon beradilar.

Shu bois jinoyat qurbonlarining 61 foizi qotillik paytida mast holda bo‘lganlar, ularning yarmidan ortig‘i esa bevosita jinoyat sodir etilishidan avval spirtli ichimlikni jinoyatchilar bilan birgalikda iste’mol qilganlar.

Jabrlanuvchilarning o‘ntasidan bittasi ishlamagan, 6 foizi tekinxo‘rlar-cha turmush kechirganlar, 38 foiz hollarda jabrlanuvchilarning jinoyat sodir etilishidan avvalgi xulqi axloqqa yoki qonunga zid bo‘lgan, jumla-dan, ig‘vogarona harakat bo‘lgan. Jabrlanuvchilar shaxsining bunday xu-susiyatlari va ularning xatti-harakatlari o‘zlariga nisbatan og‘ir g‘ayriqonu-niy harakat sodir etilish xavfi oshishiga imkon berishi mumkin bo‘lgan.

Jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlardan jabrlanganlarning psixolo-gik tavsifi. Nomusga tegish jinoyatidan jabrlanganlarning shaxsini dast-labki tergov bosqichida psixologik o‘rganish quyidagi jihatlari tufayli muhim ahamiyatga ega:

– jabrlangan shaxs va nomusga teguvchi (gumon qilinuvchi)ning shaxsini, ularning motivatsiyasi hamda delikt (nojo‘ya) harakatidan avval-gi munosabatlarini o‘rganish jinoyatni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish imko-nini beradi hamda bu toifadagi ishlar bo‘yicha tergov va sud xatolarining oldini olishga ko‘maklashadi;

– jabrlangan ayol shaxsini psixologik tahlil qilish bevosita tergovchiga u bilan psixologik aloqa o‘rnatish hamda mazkur jinoyatning ishqiy tafsi-lotlari haqida to‘liq va xolisona ma’lumotlar olish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar beradi;

– jabrlangan ayolning qadr-qimmati va shaxsiga xos xususiyatlarini psixologik-pedagogik tahlil qilish mazkur jinoyatning kelib chiqishini chuqur tekshirishga hamda shu asosda bu toifadagi ishlar bo‘yicha profilaktik tadbirlar majmuini ishlab chiqishga imkon beradi.

Jinoyatdan avvalgi o‘zaro munosabatlarning jinoyatga o‘sib o‘tishida jinoyatchining vaziyatni qanday ko‘rayotgani hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ayol o‘z ixtiyori bilan kirishadigan va obyektiv ravishda erkakda shahvo-niy ehtiyojni qo‘zg‘aydigan o‘zaro «shahvoniy o‘yin» erkak tomonidan jinsiy yaqinlikka taklif sifatida baholanadi, bu hol uning istagi taxmin qilinayotgan mahbubasining istagi bilan mos kelishidan dalolat beradi deb baholanadi. Bu o‘rinda jabrlanuvchi ayol xulqi nomusga tegish jinoyati kelib chiqishining sabablaridan biri bo‘lgani aniq.

Jabrlanuvchi ayolning jinoyatdan avvalgi xatti-harakatlari jinoyat sodir etilishi uchun zarur sharoit yaratuvchi ig‘vo hisoblanadi. Subyekt jabrlanuv-

139

chi ayolning qarshiligi yuzaki emas, balki haqiqiyligini anglagan paytdan boshlab jinoiy tus oladi. Nomusga tegish jinoyatini sodir etishning psixologik mexanizmi ana shunday.

Jinoyatchi shaxsi bilan uning jinoyatgacha bo‘lgan salbiy xulqi o‘rta-sidagi aloqadorlik va bog‘liqlikni hamda ular rivojlanishining psixologik mexanizmi dinamikasini muayyan darajada tadqiqot natijasida aniqlangan qotillik, badanga shikast yetkazish hamda sodir etilishi jabrlanuvchilarning xatti-harakatlarini keltirib chiqargan nomusga tegish jinoyatlaridan jabrlanganlarning bir qismi ba’zi axloqiy-psixologik jihatlarining namoyon bo‘lishida kuzatish mumkin.

Tajovuzkorlik, yaqinlariga nisbatan zo‘ravonlik, ular bilan chiqisha olmaslik, alkogol iste’mol qilishga moyillik, jinsiy buzuqlik, jumladan, vaziyat oqlamagan holdagi ishonuvchanlik bilan kechadigan vaqtni quv-noq o‘tkazishga moyillik oqibatida tanishlar tanlashda ajratmaslik singari xislatlar jabrlanuvchilar axloqiy-psixologik qiyofasining tuzilishida o‘zi-ning barqarorligi va ahamiyati jihatidan ustun bo‘lgan. Ushbu xislatlarning aksariyati turlicha jinoyatlar sodir etilishiga olib keladi.

K.K.Platonovning shaxsning dinamik funksional tuzilishi haqidagi konsepsiyasiga tayangan holda maxsus ishlab chiqilgan metodik apparat yordamida jabrlangan ayol shaxsining uning ustidan nomusga tegish hara-katlari sodir etilishga moyillik beruvchi eng ko‘p ma’lumot beradigan xis-latlarini tizimlashtirish natijasida jabrlanuvchi ayol shaxsi iyerarxik tuzi-lishining eng muhim o‘zaro ta’sirlarini, uning bazal va dasturlashtiruvchi tarkibiy qismlarga ajratish mumkin. Bular: shaxsning yo‘nalganligi; uning hayotiy tajribasi va mo‘ljallari; shaxs ruhiy jarayonlari va xislatlarining rivoj-lanish xususiyatlari; bioruhiy yoki individual-tipologik xarakteristikalari.

Jabrlanganlarda vaziyatga yuqori darajada hissiy jalb etilganlik, yetar-licha realist bo‘lmaslik ko‘proq kuzatiladi. Jabrlanganlarda frustratsion holatlarga irodaviy barqarorlikning yetishmasligi ekstremal vaziyatda bar-qaror axloqiy stereotiplar shakllanishini sekinlashtiradi.

Shaxs xatti-harakatlarining muhim regulatori uning o‘zini o‘zi baho-lashining rivojlanganlik darajasidir. Mamlakatimiz va xorij psixologlarining tadqiqotlarida ta’kidlanishicha, o‘smirlik davrida o‘zini nafaqat obro‘li kattalarning talablari orqali, balki o‘z talablari orqali ham baholash qobi-liyati shakllanadi. O‘zini baholashdagi asosiy mezonni o‘smirning boshqa odamlar bilan o‘zaro shaxsiy munosabatlaridagi axloqiy-psixologik jihatlar tashkil eta boradi. Pedagoglar bergan tavsifnomalarida bolalarning tortin-choqligi, o‘z nuqtai nazarini himoya qila olmasligi, tashabbus ko‘rsatmas-ligi ta’kidlanadi. Bir qiz o‘zini omadsiz, aqlsiz, hayotga moslashmagan deb tavsiflaydi.

140

O‘ziga katta baho beradigan qizlarda o‘ziga nisbatan notanqidiy munosabat, kuchi yetmaydigan vazifalarni zimmasiga olish, tavakkalchi-likka moyillik kuzatiladi. Tergov jarayonida ularda afsuslanish, omadsizlik uchun javobgarlikni boshqalarga (zo‘ravonlarga), vaziyatga yuklashga intilish yorqin namoyon bo‘lgan.

Nizo vaziyatida tashqaridagilarni ayblovchi reaksiyalar, nizoni hal qilishning oqilona usullarini mustaqil topishga intilish ustunlik qiladi. Ekspertlarning ish holatlari haqidagi savollariga bu ayol uning nomusiga tekkan erkakka qarshi tura olishiga umid qilganligi, bunday vaziyatga bir necha marta tushgan bo‘lsa-da, doimo oxiri o‘zi kutgandek bo‘lganligini ta’kidlaydi.

Tahlil jarayonida biz jabrlanganlarning shaxsi murakkab tuzilishga egaligini hisobga olganmiz. Ularning shaxsi uch tarkibiy qismdan iborat: a) o‘ziga nisbatan emotsional munosabat; b) shaxsning ayrim xislatlarini anglash va o‘zini baholash; d) hayotiy faoliyat maqsadlari va ushbu maqsad-larga erishish uchun zarur vositalarni anglash.

O‘ziga nisbatan hissiy munosabat shakllanishiga o‘smirlarning o‘z shaxsiy xususiyatlarini va xatti-harakat shakllarini o‘zlari uchun ideal hisoblaydigan muayyan normalar bilan qiyoslash jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Tahlillarning ko‘rsatishicha, ayrim jabrlangan qizlarda o‘ziga xos o‘zini baholovchi xavotir, ya’ni nisbatan neytral vaziyatlarni o‘zini baholashiga, o‘zi haqidagi tasavvurlarga tahdid mavjud bo‘lgan vaziyat sifatida idrok etish hamda buning natijasida kuchli hayajon, qo‘rquv kuzatilgan.

Jinoyat qurbonini psixologik tadqiq etish jarayonida uning qadriyatlar tizimi, ya’ni yetuk shaxsning individual o‘ziga xosligini tahlil qilish muhim hisoblanadi. Qadriyatlar shaxsning yo‘nalganligini, pozitsiyasini belgilab beradi. Tahlillarning ko‘rsatishicha, jabrlanganlarda o‘zini noadekvat holda baholaganda qadriyatlar tizimi beqaror bo‘ladi. Tahlillarning ko‘rsatishicha, 32 nafar jabrlanganning 14 nafarigina nizoli vaziyatda o‘zini tutish usulini tanlashda huquq normalariga tayanishga tayyor ekanliklarini bildirdilar, qolganlari esa kundalik axloq qoidalarini afzal bildilar. Ayrim qizlarda afzal bilingan jihatlar ijtimoiy noadekvat xususiyatga ega bo‘lgan. Olingan ma’lumotlar axloqiy prinsiplarning beqarorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlarga mos keldi.

Ekspertiza jarayonida jinoyat qurbonining viktim xulqiga sharoit yarat-gan uning motivlari sohasida yashiringan undovchi kuchlarni tahlil qilish zarurati yuzaga keladi. Jabrlanuvchi ayol shaxsining motivatsion sohasini, ehtiyojlarini uning individual psixologik xususiyatlari bilan o‘zaro bog‘liq-likda sinchiklab tahlil qilish uning xatti-harakatidagi haqiqiy motivlarni aniqlashga yordam beradi.

141

2-§. Jabrlanuvchini so‘roq qilishning psixologik xususiyatlari

Jabrlanuvchining ko‘rsatuvlari guvohlarning ko‘rsatuvlaridan protses-sual tabiati bilan ham farq qiladi: ular nafaqat dalillar manbai, balki o‘z manfaatlarini himoya qilish vositasi hamdir. Jabrlanuvchining haqiqatni aniqlashga munosabati turlicha bo‘lishi mumkin. Ayrim hollarda u haqi-qatning ochilishidan manfaatdor bo‘ladi, boshqa hollarda ish bo‘yicha haqiqatning aniqlanishi yoki aniqlanmasligiga befarq, yana boshqa hollar-da jinoyatning ochilishi va fosh bo‘lishiga to‘sqinlik qilishdan hamda asli-da mavjud bo‘lmagan holatlarni isbotlashdan manfaatdor bo‘ladi (bu ham haqiqatni ochishga to‘sqinlik qilish shaklidir). Jabrlanuvchi jinoyatning ochilishi va haqiqiy aybdorning fosh bo‘lishidan manfaatdor bo‘lgan hol-larda uning manfaatlari haqiqatni aniqlash vazifasiga batamom muvofiq keladi. Ushbu tipga bevosita xizmat yoki ijtimoiy burchini bajarishi oqiba-tida jabrlanuvchi bo‘lib qolgan tashabbuskor odamlar kiradi: ularning ter-gov vaqtidagi xatti-harakati, ijtimoiy ustanovkasi ham ijobiy xususiyatga ega. Ba’zi sabablarga ko‘ra jinoyatchiga qarshilik ko‘rsatmagan, ammo o‘zini tergovda vijdonan va faol tutayotgan passiv, ayrim notanqidiy va neytral jabrlanuvchilarni ham ana shu tipga kiritish mumkin. Jabrlanuvchi ko‘rsatuvlarining o‘ziga xos jihatlarini ularni tekshirish va baholash chog‘ida inobatga olish lozim. Jabrlanuvchi albatta so‘roq qilinishi kerak, chunki ko‘rsatuv berish uning protsess ishtirokchisi sifatida qonunda kafolatlangan huquqidir.

Jabrlanuvchiga uning huquqlarini tushuntirish hamda so‘roq chog‘ida nafaqat o‘ziga ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarni berish imkoniyatini ta’min-lash, balki unda yuzaga kelgan taxminlarni bayon etish, jinoyat ishining u yoki bu materiallari yuzasidan izohlar berish hamda tegishli dalillar keltirish imkonini ham ta’minlash lozim.

Jabrlanuvchidan boshqa ma’lumotlar bilan bir qatorda quyidagi ma’-lumotlarni ham so‘rash kerak:

– jinoiy qilmishning holatlari va muhim belgilari (jinoyat vaqti, joyi kabilar);

– jinoyatda ishtirok etgan shaxslar, ularning har birining roli; – jinoyat tufayli yetkazilgan zararning xususiyati va miqdori; – uning ayblanuvchi bilan o‘zaro munosabatlari kabilar. Jinoyat-protsessual jihat jabrlanuvchining tergov va sudda ko‘rib chi-

qish jarayonidagi ahvolini (mavqeini), huquq va majburiyatlarini belgilay-di. Qonun jabrlanuvchiga so‘roq qilinishidan avval uning huquq va majbu-riyatlari tushuntirilishini talab qiladi.

142

Jabrlanuvchining ko‘rsatuvlari muhim protsessual hujjat bo‘lib, jabrla-nuvchining shaxsiga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda, uni daliliy ahamiyati nuqtai nazaridan baholash lozim.

Jinoyatni tergov qilish jarayonida juda muhim omillardan biri jabrla-nuvchining huquqiy ongi hisoblanadi. Shu bois jabrlanuvchi ko‘rsatuvlari-ning ishonchliligi va aniqligi uning huquqbuzarliklarga qanchalik murosa-siz munosabatda bo‘lishiga, odil sudlovga qanchalik yordam berishni ista-shiga bog‘liq.

Jinoyat ishi holatlarini aniqlashning asosiy, ba’zan esa yagona manbai jabrlanuvchining ko‘rsatuvlaridir. Shu bois tergovchi jabrlanuvchining psi-xik holati va individual xususiyatlarini inobatga olgan holda u bilan ruhiy aloqa o‘rnatishi va shu tariqa ko‘rsatuvlarning to‘liq va aniqligini ta’min-lashi juda muhim. Bu asosan so‘roq qilish, yuzlashtirish, tanib olish singari tergov harakatlariga taalluqlidir. Jinoyat sodir etish paytida jabrlanuvchi-ning fiziologik holati kriminalistik texnika (izlarni tahlil qilish) yordamida aniqlanishi mumkin. Jabrlanuvchining psixologik xislatlari, asab jarayon-larining kuchi, harakatchanligi, oliy nerv faoliyatining tipi, temperamentini o‘rganish uning u yoki bu harakatlarni bajarish imkoniyatini aniqlashga, umuman esa voqeaning to‘g‘ri manzarasini yaratishga yordam beradi. Ushbu xislatlarni jabrlanuvchi bilan aloqa o‘rnatish chog‘ida, tergov harakatlarini tashkil qilishda inobatga olish zarur.

Ijtimoiy-psixologik jihat ayblanuvchining jabrlanuvchi bilan o‘zaro munosabatlarini ularning nizosi va boshqa odamlarga munosabati nuqtai nazaridan qamrab olishi mumkin. Voqeani to‘g‘ri tiklash uchun nizoli vaziyatni tahlil qilish, unda rollarni taqsimlash muhim.

Jabrlanuvchining ko‘rsatuvlari bosqichma-bosqich shakllanadi. Ushbu jarayonda uchta bosqich ajratiladi, ya’ni: idrok etish, eslab qolish va xotirada tiklash. Ularning har birida tergovchi uchun zarur ma’lumot tushib qolishi yoki buzilishi mumkin. Xato va kamchiliklarni iloji boricha kamaytirish uchun buni hisobga olish zarur.

Idrok – bilishning hissiy bosqichi, insonning narsa va hodisalarni barcha xususiyatlari bilan birga aks ettirishi. Idrok etganda sezgilar asosida yaxlit obraz eng ko‘p darajada adekvat sharoitlarda yaratiladi. Subyektiv nuqtai nazardan, idrokning avvaldan rejalashtirilganligi, sezgi a’zolarining ta’sirchanlik darajasi, jabrlanuvchining tajribasi va bilimi, jinoyat paytidagi holati (masalan, alkogol yoki narkotik moddadan mastlik holati) muhimdir. Tafakkur idrokni boshqarishi mumkin, ammo jabrlanuvchining ko‘rsatuvlariga turli xil xom xayollarning kirib qolishi va idrokdagi kamchiliklarni to‘ldirishi kabi salbiy jihatlar ham uning ta’siri bilan bog‘liq.

143

Nihoyat, jabrlanuvchining hissiy holati ham idrok jarayonida alohida o‘ringa ega. Jinoyat tufayli jabrlanuvchida yuzaga kelgan hissiy reaksiya muqarrar ravishda uning e’tiborini jinoiy harakatlarga tortadi, ammo o‘tkir kechinmalar uning ongini toraytiradi hamda in’ikosining to‘liqligi va aniqligini pasaytiradi. Stress vaziyatning oqibatlari keyinchalik tergov jarayonida ham o‘zini ko‘rsatishi mumkin. U eslab qolish, idrok etilgan narsani xotirada saqlab qolishga ham katta ta’sir ko‘rsatadi.

Ko‘rsatuvlar shakllanishining ikkinchi bosqichiga tasavvurlar hosil bo‘lishi va saqlanib qolishi xosdir. Tasavvurlar – ilgari idrok etilgan va asosiy to‘siq bo‘lmish vaqt tufayli muayyan darajada buzilgan obrazlar majmui. Jabrlanuvchi odatda jinoyat holatlarini mustahkamroq eslab qoladi, ularni guvohga qaraganda yorqinroq idrok etadi, chunki yuz bergan voqea bevosita uning manfaatlariga daxldordir. Ko‘rsatuvlarning to‘liqligi va aniqligi ko‘p jihatdan jinoyat sodir etilgan paytdan keyin o‘tgan vaqtga bog‘liq, shu bois jabrlanuvchilarni ular aytib berishi lozim bo‘lgan voqeadan keyin iloji boricha tezroq so‘roq qilish tavsiya etiladi. Ammo ba’zan stress vaziyati oqibatlari biroz susayishi uchun so‘roqni kechiktirish foydali bo‘ladi. Jabrlanuvchi xotirasining turi ham ahamiyatga ega bo‘lib, u obrazli, mantiqiy va hissiy bo‘lishi mumkin. Tergovchi jabrlanuvchini voqeaning to‘liqroq manzarasini yaratishga rag‘batlantirib, bu omilni hisobga olishi lozim, bunda bir holda voqeadan keyin darhol yuzaga kelgan fikrlarni, boshqa holda esa voqea bilan bog‘liq kechinmalar, hissiyotlarni eslash tavsiya etilishi kerak.

Jabrlanuvchilar ko‘rsatuv berayotganlarida o‘zlari idrok etgan va xotirasida qolgan holatlarni tiklaydilar. Ammo bu voqea vaziyatidan oddiygina nusxa ko‘chirish emas, balki tafakkur, hissiyotlar faol ishtirok etadigan, manfaatlarning yo‘nalganligi namoyon bo‘ladigan murakkab ruhiy jarayon. Bir tomondan, bu idrokning samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, boshqa tomondan esa adashishlar va xatolar manbaiga aylani-shi mumkin. Xotirada tiklash jarayonida jabrlanuvchining o‘z ko‘rsatuv-larining ahamiyatini anglashi, ishga va unda ishtirok etayotgan shaxslarga munosabati, so‘roq vaziyatining o‘zi kabi xususiyatlar namoyon bo‘lishi mumkin. Bu bosqich ham ayrim taktik usullarni qo‘llashni talab etadi. Masalan, jabrlanuvchi ishga aloqador hamma narsani erkin hikoya shak-lida bayon etishi maqsadga muvofiq: tergovchi savollar bilan uning gapini bo‘lmasligi lozim.

Atayin yoki bexosdan amalga oshirilgan ishontirish jabrlanuvchining ko‘rsatuvlariga ta’sir etuvchi omil bo‘lishi mumkin. Ko‘p jihatdan bu voyaga yetmagan jabrlanuvchilarga xos, ammo kattalarni ham ishontirish mumkin.

144

Jabrlanuvchilar guvohlarga qaraganda ko‘proq ishonuvchan bo‘ladilar, ayniqsa ishontirilayotgan ma’lumotlar ularning manfaatlariga mos kelsa.

Endi ayrim xulosalarni chiqarishimiz mumkin. Jabrlanuvchining shaxsi odil sudlov organlari ishida katta rol o‘ynaydi. U turli xil, ammo shunga qaramay o‘zaro bog‘liq bo‘lgan nuqtai nazarlardan ko‘rib chiqilishi mumkin. Shunday qilib, jabrlanuvchi shaxsini o‘rganish kompleks muam-moga aylanmoqda.

Ushbu muammoning muhim jihatlardan biri – jabrlanuvchidan ishonchli ko‘rsatuvlar olish maqsadida uni dastlabki tergovda o‘rganish.

Jabrlanuvchining ko‘rsatuvlari ko‘plab subyektiv va obyektiv omillarga bog‘liq. Jabrlanuvchining ko‘rsatuvlari shakllanishi jarayonining psixologik qonuniyatlarini va xususiyatlarini bilish, jabrlanuvchining motivatsiyasini o‘rganish tergovchiga ishonchli ma’lumotlar olish uchun kerakli taktik usullarni tanlashida yordam beradi. Jabrlanuvchi haqidagi ma’lumotlardan nafaqat so‘roq jarayonida, balki boshqa tergov harakatlarini o‘tkazishda ham foydalaniladi.

Savol va topshiriqlar

1. Jabrlanuvchi psixologiyasining o‘ziga xos tomonlarini ko‘rsating. 2. Jinoiy niyatlar (rejalar)ning amalga oshirilishi nima bilan bog‘liq? 3. Jabrlanuvchi shaxsini tadqiq etish metodikasini izohlang. 4. Jabrlanuvchining jinoyat sodir etish paytidagi xatti-harakatiga psixologik

izoh bering. 5. Iqtisodiy jinoyatlardan jabrlangan shaxsning psixologik xususiyatlarini

aytib bering. 6. Jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlardan jabrlanganlarning psixologik

xususiyatlarini aytib bering. 7. Jabrlanuvchining ko‘rsatuvlarini psixologik tahlil qiling. 8. Jabrlanuvchidan boshqa ma’lumotlar bilan bir qatorda yana qanday

ma’lumotlarni so‘rash kerak? 9. Jabrlanuvchining ko‘rsatuvlariga ta’sir qiluvchi qanday subyektiv va

obyektiv omillar mavjud?

145

V BOB. GUVOH BILAN TERGOV HARAKATLARINI O‘TKAZISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

1-§. Jinoyat protsessi ishtirokchisi sifatida guvoh shaxsining psixologik tavsifi

Tergov amaliyotida psixologik bilimlar va ularni amalda qo‘llash muhim ahamiyatga ega. Zero, psixologiyaning ijtimoiy hayotdagi aha-miyatini oshirishda, inson taqdirini hal qilishga xolisona, haqqoniy yonda-shishda tergov psixologiyasini bilish, uning ilmiyligi, ishonchliligi muhim o‘rin tutadi.

Shu bilan birga, tergov jarayonida tergov ishtirokchilarining (aybla-nuvchi, jabrlanuvchi va guvohlik beruvchi) individual-psixologik xusu-siyatlarini va emotsional-irodaviy holatlarini tadqiq qilish va uni o‘rganish ham tergovchi uchun ahamiyatlidir.

Chunki tergovchi dastlabki tergov boshlanishida zarur ma’lumotlarga ega bo‘lmasa, u muayyan darajada noto‘g‘ri qarorlar qabul qilishi mum-kin. Ish mobaynida tergovchining tafakkuri faqat o‘z faoliyatini aks ettirib va yo‘naltiribgina qolmay, ishning barcha ishtirokchilari va ishga daxldor shaxslarning aqliy (intellektual) darajasi, ruhiy holatlarini hisobga olishi, uni qiyoslashi, muvofiqlashtirib borishi lozim. U nafaqat o‘zi, balki o‘zgalar uchun ham fikr yuritishi, qaror va xatti-harakatlarni avvaldan ko‘ra olishi, ularni yo‘naltirib turishi hamda ana shu barcha omillardan kelib chiqib, o‘z xulq-atvorini idora etishi zarur. Ushbu jarayonda manfaatlari turli-tuman, bir-biriga mos kelmaydigan, ba’zan butunlay qarama-qarshi bo‘lgan shaxslar: tergovchi va ayblanuvchi, so‘roq qiluvchi va so‘roq berayotgan hamda boshqalar to‘qnash keladilar.

Dastlabki tergov jarayonida turli manfaatlararo ziddiyatlar hamda ularning to‘qnashuvi bevosita tergov taktikasiga ehtiyoj tug‘diradi. U psixologik nuqtai nazardan ma’lum darajada tergovchi va ishda ishtirok etayotganlar aql-idrok, iroda, xarakter, axloqiy tamoyillarining o‘zaro kurashi tarzida namoyon bo‘ladi.

Jamlanayotgan ma’lumotlarning mantiqiy tahlilida xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun tergovchi mantiqiy tafakkur qonuniyatlarini yaxshi bilishi va ularga rioya qilishi, ma’lumotlarga ma’lum faktlar asosida yon-dashishi, u yoki bu xulosani chiqarishda dalil-isbotlarning to‘laqonliligini doimo nazorat qilib borishi muhim ahamiyat kasb etadi. Muayyan xulo-saga kelishda xayolan jinoyat sodir etilish jarayonida o‘zini ayblanuvchi o‘rniga qo‘yib ko‘rish, ayblanuvchining moddiy va ma’naviy manfaatdor-ligi nuqtai nazaridan fikr yuritishi tergov uchun qimmatli natijalarni berishi mumkin.

146

Tergov faoliyatiga bevosita jinoyat ishining muvaffaqiyatli tergov qilinishidan manfaatdor bo‘lmagan shaxslar qarshilik ko‘rsatishi tabiiy. Shu ma’noda, tergovchi jinoyatni tergov qilish hamda ochishda aybdorlar-ning uyushgan holda qarshilik ko‘rsatishini va bu ushbu faoliyatni jiddiy qiyinlashtirishi mumkinligini inobatga olishi lozim.

Bundan avvalo, jinoyatchining o‘zi eng ko‘p darajada manfaatdor bo‘ladi va, odatda, butun kuchini sarflab, tergovchiga qattiq qarshilik ko‘r-satadi. Bu borada u turli nayranglarni ishlatadi: shantaj, aldash, tuhmat qilish, qalbakilashtirish, guvohlarni sotib olish kabi u qo‘llaydigan vosita-lar amalda hech cheklanmagan. Tergovchi esa faqat qonuniy hamda axloqiy jihatdan nuqsonsiz vositalardangina foydalanishga haqlidir.

Tergovchi va manfaatdor shaxslar o‘rtasidagi tengsizlik manfaatdor shaxslar qaysi holatlarni yashirish ma’qulligini bilishlari bilan ham bog‘-liq. Ayni vaqtda tergovchi ish yuzasidan aynan nima aniqlanishi kerak va mumkinligi xususida nihoyatda kam tasavvurga ega bo‘ladi. Tergovni o‘t-kazayotgan shaxs jinoyatni ochish uchun uning izidan borar ekan, doimo «voqealar ortida» bo‘ladi. Jinoyatchi esa doimo vaqt va tashabbusda muqarrar ustunlikka ega bo‘lib, tergovchini nihoyatda qiyin vaziyatda harakat qilishga majbur etadi.

Bularning barchasi tergovga psixologik kurash tusini beradi, ushbu kurash ba’zan nihoyatda keskin shakllarga kiradi. Xavfli vaziyatlarni yen-gish, tergovchining yo‘lida atayin yaratiladigan to‘siqlarni bartaraf etish zarurati, unda turli emotsional reaksiyalarni yuzaga keltiradi, bu esa undan doimiy hissiy-irodaviy zo‘riqishni va kuchli aqliy faoliyatni talab etadi.

Dastlabki tergov faoliyatini olib borishda tergovchining quyidagi xususiyatlari ahamiyatlidir:

1) o‘z hissiyotini boshqara bilish; 2) tergov davomida gumon qilinayotgan shaxsning ruhiy-emotsional

holatini tushunish; 3) shaxsning to‘liq gapirishi uchun sharoit yaratib berish va uni eshita

bilish. Tergovchi turli soha kishilarini tergov qilish jarayonida ulardan

tegishli zarur ma’lumotlarni oladi, lekin bu ma’lumotlar hamma vaqt ham aniq va ravshan bo‘lavermaydi. Shu bois ma’lumotlarni turli voqea-hodi-salar bilan taqqoslash, umumlashtirish, tajribali xodimlardan maslahat so‘rash lozim, chunki bu bevosita ishning muvaffaqiyatli yakun topishiga olib keladi.

Guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi va tergovchi o‘rtasida doimo psixologik to‘siq mavjud, tergovchining vazifasi shu to‘siqni yo‘q qilishdir.

147

Tergovda tergovchi liderlikni o‘z qo‘liga oladi, bundan ko‘zlangan maqsad so‘roq qilinayotgan odamni ezish emas, balki unda psixik faollikni yuzaga keltirish va shu orqali shaxsning qandayligini aniqlashdir.

Amaldagi JPKning 65-moddasiga binoan jinoyat ishi bo‘yicha aniqlani-shi lozim biror holatni bilishi mumkin bo‘lgan har qanday shaxs guvoh sifati-da ko‘rsatuv berish uchun chaqirilishi mumkin. Guvoh isbotlovchi axborot-ning manbai sifatida tergov qilinayotgan hodisaning holatlaridan tashkil topadi va shuning uchun uning jinoyat protsessining ishtirokchisi sifatidagi o‘rnini hech kim bosa olmaydi. Uning almashinmasligi guvohning majbu-riyatlarini protsess boshqa ishtirokchilarining majburiyatlari bilan bog‘lashga yo‘l qo‘ymaydi.

Guvoh so‘roq yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa o‘z ona tilida ko‘rsatuvlar berish va bu holda tarjimon xizmatidan foydalanish yoki uni rad etish; ko‘rsatuvlarini o‘z qo‘li bilan yozib berish; so‘roq bayonnomasi bilan tanishish, unga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish; ko‘rsatuvlar berishda yozma belgilar va hujjatlardan foydalanish; o‘z manfaatlarini himoyalash va sud ajrimi ustidan shikoyatlar keltirish huquqiga egadir.

Guvoh sudning chaqiruviga binoan hozir bo‘lishi; ish bo‘yicha o‘ziga ma’lum hamma narsa haqida haqqoniy so‘zlab berishi; berilgan savollarga javob qaytarishi; ish bo‘yicha o‘ziga ma’lum bo‘lgan holatlarni so‘roq qiluvchining ruxsatisiz oshkor etmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.

Guvoh uzrsiz sababga ko‘ra kelmagan taqdirda majburiy ravishda olib kelinishi mumkin, ko‘rsatuv berishdan bosh tortganlik, shuningdek bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berganlik uchun qonunda belgilangan tarzda javob-gar bo‘ladi (JPK 66-m.).

Fuqaro chaqirilgan vaqtdan boshlab guvohlik maqomini oladi va shu bilan unga muayyan majburiyatlar yuklanadi. Aynan shu paytdan boshlab huquq va majburiyatlar, shuningdek, mas’uliyat, shu bilan birga jinoiy javobgarlik vujudga keladi1. Guvoh surishtiruv, tergov, prokuratura organ-lari va sudning talablariga binoan so‘roq qilish belgilangan joyga vaqtida, soat va kunida yetib borishi va o‘ziga ma’lum bo‘lgan ish to‘g‘risida to‘g‘ri ko‘rsatuv berishga majbur2. Ayrim olimlar guvohga ta’rif berishda uning tergov qilinayotgan jinoyat ishiga aloqadorligiga katta e’tibor bera-dilar, guvohlarga nisbatan «jinoyat sodir etilishiga aloqasi bo‘lmagan shaxs»3, «sodir etilgan ushbu jinoyat uchun javobgar bo‘lmaydigan, javobgarlikka tortilmaydigan shaxs», degan iboralar qo‘llaniladi.

1Жиноят процесси. Умумий қисм. – Т., 2002. – Б. 137. 2 Смыслов В.И. Свидитель в уголовном процессе. –М., 2003. – С.168. 3 Рахунов Р.Д. Свидетельские показания в уголовном процессе. – М., 2005. – С.36.

148

Yuqorida keltirilgan ta’rifdan tergov organlari yoki sudda biror shaxsning jinoyatga yoki sodir etilgan ushbu jinoyat uchun javobgarlikka tortilishi haqida ma’lumot bo‘lsa, u holda shaxs guvoh sifatida emas, balki gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi sifatida so‘roq qilinishi lozim degan ma’noni keltirib chiqaradi.

Guvoh ish holatlariga o‘zi shohid bo‘lganligi uchun uning ko‘rsatuv-larini o‘zgartirish mumkin emas. Guvohning ko‘rsatuvlarini o‘zgartirib bo‘lmaslik qoidasi bizdagi sudlov ishlarini yuritishning demokratlashganli-gini, shuningdek jinoyat ishining o‘z vaqtida obyektiv baholanishini ta’-minlaydi. Shu bilan bir qatorda jinoyat ishi bo‘yicha guvoh ko‘rsatuvi har qanday ichki va tashqi ta’sirlardan holi bo‘lishi lozim.

Guvohlik ko‘rsatuvlarining xususiyatlarini o‘rganishda, avvalo, guvohlarni almashtirib bo‘lmasligiga e’tibor qaratish lozim.

Guvohni almashtirib bo‘lmasligi guvohlik ko‘rsatuvlari tabiatini tasvirlashda asosiy o‘rin egallaydi. Ekspert, xolis kasalligi yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra almashtirilishi mumkin, lekin guvohni ish uchun ahamiyatli holatlarni bilmaydigan boshqa bir guvoh bilan almashtirib bo‘lmaydi. Ushbu guvohga ish uchun ahamiyatli holat boshqa shaxs orqali ma’lum bo‘lmasa, bunday guvoh ham almashtirib bo‘lmaydigan guvoh hisoblanadi. Bunday holatda tergovchi yoki sud uning ko‘rsatuvlarini boshqa dalillar bilan solishtirib ko‘rishi mumkin, biroq xabar qilingan ma’lumotning to‘g‘riligini tekshirish, tergov va sud uchun ahamiyatli bo‘lgan holatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilgan shaxs tomonidan bu ma’lumotlar olingan holdagina samaraliroq bo‘ladi.

O‘sha holatlar faqat ushbu guvoh emas, balki boshqa shaxslar tomoni-dan qabul qilingan bo‘lsa, bunday hollarda ham guvoh almashtirilishi mumkin emas. Agar ish holatlari bo‘yicha bir necha shaxs ko‘rsatuv ber-gan bo‘lsa, u holda sud yoki dastlabki tergov organlarida ularni sinchkov-lik bilan har tomonlama tekshirishga imkon beradi.

Agar guvoh sud va dastlabki tergov uchun tushunarli va takrorlangan bir xil ko‘rsatuvni bergan bo‘lsa, sud va tergovchi so‘roq qilinmagan bosh-qa guvohlarni rad etishi mumkin.

Tergov va sud organlari guvohdan biror fakt bo‘yicha ma’lumot olish-ni rejalashtiradi. Demak, guvoh tergov qilinadigan fakt bo‘yicha o‘zida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni tergov va sud organlariga berishi lozim, shuningdek u guvohlik ko‘rsatuvining tabiatini xarakterlovchi o‘ziga xos xususiyat hisoblanadi.

Guvoh o‘z ko‘rsatuvlarida doimo ish uchun ahamiyatli bo‘lgan faktni ifodalashi lozim. O‘zi kuzatgan holatlar bo‘yicha guvohlik ko‘rsatuvi

149

beg‘araz, faktga nisbatan obyektiv xususiyatlar bilan tavsiflanishi lozim. Guvoh ish uchun ahamiyatli faktni hay darajada to‘la va izchillik bilan yoritib bersa, ko‘rsatuvlarning qadri shunchalik yuqori bo‘ladi.

Odatda guvoh ko‘rgan, bilgan, eshitgan, boshqa a’zolari bilan his qil-gan narsalarni o‘z ongi orqali qayta ishlaydi. Ko‘p hollarda guvohlik ko‘r-satuvi faktlar to‘g‘risida fikr yuritish yoki uni baholashdan iborat bo‘ladi. Chunki guvoh fakt to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni qabul qiladi va ularni o‘z xususiyatlariga qarab ifodalaydi. Guvohning qabul qilingan holatlar bo‘yicha fikr yuritishi hodisani ifodalashning mantiqiy shakli hisoblanadi.

Guvohni so‘roq qilish jinoyat ishi bo‘yicha aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlar yuzasidan o‘tkaziladigan tergov harakati hisoblanadi1.

Guvohni so‘roq qilishning samaradorligi dalillarni to‘plash vositasi sifatida ko‘pgina faktorlarga, ya’ni so‘roq qilishning protsessual tartibi, uni o‘tkazish uchun sharoit yaratuvchi taktik usullarni ishlab chiqish va qo‘llash-ga bog‘liq. Guvohni so‘roq qilishning taktik usullari ish bo‘yicha ma’lu-motlarga ega bo‘lgan shaxslar doirasini aniqlashdan; so‘roq qilish pred-metidan; guvohni so‘roq qilish vaqti, joyi, ketma-ketligidan; ularni chaqirish usulidan; guvohning shaxsini o‘rganishdan; so‘roq qilishda guvohga ko‘rsatiladigan materiallar va dalillarni tanlashdan; maxsus ko‘rsatuvlar talab etiladigan savollarni oydinlashtirish va maxsus terminlarni bilishdan iborat. Tushunarsiz, aniq maqsadsiz so‘roq qilish kam samarali bo‘lib, hech qanday manfaat bermaydi va guvohning takroriy chaqirtirilishiga sabab bo‘ladi. Bu esa jinoyat ishini tergov qilishning qiyinlashishi va muddatlarining cho‘zi-lishiga olib kelib, guvoh tariqasida chaqirilgan fuqaroga qo‘shimcha va behuda qiyinchiliklarni tug‘dirishi mumkin.

Guvohga beriladigan savollar psixologik jihatdan quyidagi to‘rt turga bo‘linishi mumkin: to‘ldiruvchi, aniqlashtiruvchi, eslatuvchi va nazorat savollari.

To‘ldiruvchi savollar – yetarli bo‘lmagan ko‘rsatuvlarni to‘ldirish yoki yangi ma’lumot olish maqsadini ko‘zlaydi. Ular guvoh ish holatlari to‘g‘risida erkin so‘zlab berishda o‘ziga ma’lum holatlarga e’tibor berma-gan yoki eslamagan, tergovchini qiziqtiradigan faktlar to‘g‘risida gapirma-gan hollarda beriladi.

Aniqlashtiruvchi savollar – guvohdan olingan ma’lumotlarni aniq-lashtirish yoki umumiy shaklda ifoda etilgan ko‘rsatuvlarni oydinlashtirish maqsadida beriladi.

1 Доказывание в уголовном процессе: традиции и современность / Под ред. В.А. Власихина. – М., 2000. – С.28.

150

Eslatuvchi savollar – guvohga xotirasidan ko‘tarilgan faktlarni yodga solish maqsadida beriladi. Misol uchun, guvoh ayblanuvchining qachon uchratganligini bilmasa, unga kun bo‘yi nima bilan mashg‘ul bo‘lganligi to‘g‘risida savol berilishi mumkin. Ko‘p hollarda eslattiruvchi savollar jinoyat hodisasiga o‘xshash holatlardan avval yoki u bilan birga yoki ketma-ket sodir etilgan holatlarga tegishli bo‘ladi.

Nazorat savollari – guvoh tomonidan xabar qilingan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirish uchun beriladi. Bu yerda asosiy fikr ma’lumotning o‘zini tekshirish, ma’lumot qaysi manbadan olinganligi, ish holati qanday sharoit va holatda qabul qilinganligi, ma’lumotlarni qaysi guvohning ko‘rsatuvlari tasdiqlashi mumkinligi to‘g‘risida borishi mumkin.

Guvohning protsessual holati uning jinoyat protsessiga qanday maqsadda jalb etilishiga qarab belgilanadi. Bunday maqsad guvohdan ish uchun ahamiyatli bo‘lgan ma’lumotlar – dalillar, ish holatlarini bevosita yoki bilvosita qabul qilganligidan qat’i nazar, ularni olishga qaratiladi.

Agar shaxs ish bo‘yicha guvoh sifatida chaqirilgan, biroq unda tergovchini ish bo‘yicha qiziqtirgan ma’lumotlar bo‘lmagan hollarda ham shaxs faktik jihatdan guvoh bo‘lmasa-da, biroq yuridik jihatdan guvoh maqomini olib, uning huquq va majburiyatidan foydalanadi.

2-§. Guvohni so‘roq qilishning psixologik xususiyatlari

Eng muhim tergov harakatlaridan biri so‘roq qilish bo‘lib, jinoyatlarning tez va to‘liq ochilishi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchilar aybining isbotlanishi bevosita unga bog‘liqdir. Jinoyat protsessi va kriminalistik nuqtai nazaridan, so‘roq qilish – so‘roq qilinuvchilardan tergov qilinayotgan jinoyatga oid ma’lumotlarni olishdir.

Psixologik nuqtai nazardan so‘roq qilish tergovchining bevosita kuzatilmayotgan voqea, fakt va holatlarni, ushbu faktlar haqida guvohlik beruvchi shaxslar nutqini idrok etish orqali bilish vositalaridan biri hisoblanadi.

Xo‘sh, yuridik psixologiyada so‘roq qilish deganda nima tushuniladi? So‘roq qilish – so‘roq qilinayotgan shaxsdan tergovni qiziqtirayotgan

hodisa va faktlar (holatlar) haqida to‘liq va to‘g‘ri axborot olish maqsadida tergovchining so‘roq qilinayotgan shaxs bilan bo‘ladigan muloqoti bo‘lib, bunda qonun doirasida so‘roq qilinuvchining fikrlashi, hissiy va irodaviy sohasiga ta’sir ko‘rsatiladi.

Shunday qilib, psixologik nuqtai nazaridan, so‘roq qilish tergov hara-katini so‘roq qilinuvchi shaxs bilan muloqot qilish va unga ta’sir ko‘rsatish jarayoni sifatida ta’riflash mumkin.

151

So‘roq qilish jarayonida shaxslararo muloqotga kirishning psixologik qonuniyatlari quyidagi o‘ziga xos jihatlarga ega:

– so‘roq qilish jinoyat-protsessual qonun normalari bilan tartibga solingan bo‘lib, ushbu normalarga muvofiq tergovchiga muloqotni bosh-qarish vakolati beriladi;

– tergovchi bilan so‘roq qilinuvchi o‘rtasida majburlov muloqoti vaziyati yuzaga kelib, so‘roq qilinuvchining ruhiy holatiga ta’sir etadi;

– tergovchining so‘roq qilinuvchi bilan muloqoti natijalari so‘roq qilish bayonnomasida ifodalanishi, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanishi kerak.

So‘roq qilish dastlab axborot almashuvida tengsizlikni taqozo etadi. Tergovchining so‘roq qilishi nihoyatda cheklangan bo‘ladi. So‘roq qilish-ning hajmi, miqdori, sifati hamda tergovchi tomonidan axborotni berish ketma-ketligi qat’iy tartibga solinganligi uni samarali o‘tkazishning asosiy shartidir.

Ushbu tergov harakati boshqa tergov harakatlaridan bir qator muhim psixologik jihatlari bilan ajralib turadi. Bunda ham ijobiy, ham salbiy jihatlar mavjud.

Ijobiy jihatlar quyidagicha: – so‘roq qilish boshqa tergov harakatlarini o‘tkazishdan osonroq; – uning o‘tkazilish samaradorligi ko‘p jihatdan tergovchining kasbiy

mahorati va ishga doir mavjud dalillarning hajmiga bog‘liq; – sodir etilgan jinoyatga oid aniqlanishi zarur bo‘lgan biror-bir holat

qolib ketgan bo‘lsa, so‘roqni qayta o‘tkazish yoki kechiktirish mumkin. Salbiy jihatlar quyidagicha: – muloqot jarayonida psixologik to‘siqlarga duch kelinishi; – firibgarlik va shu kabi boshqa jinoyat turlari bo‘yicha so‘roq qilish

natijalari guvohlar ko‘rsatuvlarining ishonchliligiga bog‘liqligi; – ayrim holatlarda so‘roqni o‘tkazishdagi texnik qiyinchiliklar. Boshqa tergov harakatlari kabi so‘roq qilish ham o‘z psixologik maz-

muniga ega. Guvohlar va jabrlanuvchilarni so‘roq qilishga tayyorlashning psixologik

jihatlari quyidagi asosiy qismlardan iborat: 1) ish materiallari va aniqlashtirilishi lozim bo‘lgan masalalar doira-

sini tahlil qilish; 2) so‘roq qilinayotganning shaxsini o‘rganish; 3) so‘roq qilishni muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun zarur sharoitlarni

ta’minlash; 4) tergovchining o‘zini tutishi. Guvohni so‘roq qilish bir qarashda oson tuyulsa-da, biroq jiddiy

tayyorgarlik ko‘rishni talab qiladi. So‘roq qilishning asosini tergovchi

152

tomonidan ishlab chiqilgan reja tashkil qiladi. Unda aniqlashtirilishi talab etiladigan masalalar doirasi, ularning mazmuni va ketma-ketligi belgilana-di. So‘roq qilishni boshlashdan avval ish materiallarini o‘rganish, guvohni so‘roq qilish vaqtida aniqlanishi lozim bo‘lgan masalalar bilan bog‘liq dalillarni tahlil qilish zarur. Agar tergovchi so‘roq qilishga yaxshi tayyor-lanmagan bo‘lsa, so‘roq bir yoqlama o‘tkazilib, aniqlanishi lozim bo‘lgan ko‘p holatlar ochiq qolib ketishi mumkin. Tergovchining so‘roq qilishga tayyor emasligini so‘roq qilinuvchi shaxs sezadi, bu esa uning (so‘roq qili-nuvchining) o‘zini erkin tutishiga, berayotgan ko‘rsatuvlarini mavhum-lashtirilishiga olib keladi, bu esa so‘roq qilish natijalariga salbiy ta’sir etadi. Yolg‘on ko‘rsatuv berayotgani aniq bo‘lgan guvohlar esa, tergovchi yaxshi tayyorgarlik ko‘rmaganini bilgan zahoti, o‘zining yolg‘onini yanada bo‘rttirishga harakat qiladi.

So‘roq qilish boshlanishidan avval guvohlar shaxsini o‘rgana boshlash zarur. Bunga ularning tarjimai holi, kasbi, ma’lumoti, ish sharoitlari, tur-mush tarzi, dunyoqarashi, rivojlanganlik darajasi, qiziqishlari, eng muhim shaxsiy psixologik xislatlari, jinoyat hodisasini idrok etish sharoitlari, jinoiy qilmish va jinoyatchiga munosabati haqidagi ma’lumotlar kiradi.

Tergovchi so‘roq qilishdan avval bevosita muloqot jarayonida o‘z kuzatuvi orqali guvoh, uning madaniyat darajasi, nutqi, mimikasi, imo-ishoralaridagi xususiyatlar, ko‘zga tashlanadigan psixofiziologik reaksiya-lari va holati (o‘zini yo‘qotishi, hayajonlanishi, qo‘rqishi, xotirjamligi, befarqligi, adovati va h.k.), tergovchiga yordam berish istagi yoki, aksin-cha, ahamiyatsiz ma’lumotlar bilan cheklanishga intilishi haqida axborot oladi. Guvohning shaxsi haqidagi ma’lumotlar tergovchiga psixologik alo-qa o‘rnatishida hamda so‘roq qilishning eng oqilona taktikasini tanlashida katta yordam beradi.

Guvohlarni chaqirtirish vaqti va usuli, shuningdek tergov harakatini o‘tkazish sharoiti va joyi psixologik ahamiyatga ega. Umumiy qoidaga ko‘ra, guvohlar imkon qadar tezroq so‘roq qilinishlari kerak. Ammo bu yerda ham istisnolar mavjud. Agar jabrlanuvchi, ba’zan esa guvohlar ham sodir etilgan jinoyat natijasida ruhiy hayajon, zo‘riqish, o‘zini yo‘qotish holatida bo‘lsalar, so‘roq qilishni keyinga qoldirish lozim bo‘ladi.

Bezorilik, bosqinchilik, nomusga tegish haqidagi ishlarni tergov qilishda, kechiktirib bo‘lmas so‘roq qilish chog‘ida jinoyatchini qidirish va tutish uchun zarur ma’lumotlar olinganidan so‘ng, jabrlanuvchilar va guvohlar qaytadan batafsil so‘roq qilinishi maqsadga muvofiqdir.

Psixologik nuqtai nazardan, guvohni chaqirish vaqtini belgilashda ish manfaatlarini chaqirilayotganlarning imkoniyat va manfaatlari bilan uy-

153

g‘unlashtirishga harakat qilish lozim. Chaqirtirish so‘roq qilinayotganlarga qiyinchilik tug‘dirmasligi va noxush holatlar keltirib chiqarmasligi lozim, chunki bu ularning tergovchi bilan munosabatlarini murakkablashtirishi mumkin. Masalan, chaqirilayotgan shaxsni o‘z vaqtini rejalashtira olmay-digan tarzda chaqirtirmaslik, qabulxonada izoh kutishga majbur qilmaslik, so‘roq qilishni boshqa vaqtga ko‘chirish kabilar bo‘lmasligi lozim. Guvoh-ni ishdan tashqari vaqtda, o‘quvchilarni esa darsdan avval yoki keyin so‘roq qilgan ma’qul.

So‘roq qilish vaqtida tergovchi faoliyatining psixologik mazmuni: – so‘roq qilinayotgan shaxsga xos psixologik xususiyatlarni, ya’ni

uning motivlari, manfaatlari (qiziqishlari), temperamenti va xarakteriga xos xususiyatlarni o‘rganish;

– so‘roq qilinayotgan shaxsning ruhiy holatidagi stress, affektiv, frus-tratsion (tushkunlik) va boshqa o‘zgarishlar;

– so‘roq qilinayotgan shaxs bilan psixologik aloqa o‘rnatish va ishonchli munosabatlarni rivojlantirish;

– so‘roq qilinayotgan shaxsga qonuniy psixologik ta’sir ko‘rsatish; – tergov qilinayotgan ishga doir axborotni olish uchun taktik-psixolo-

gik usullardan foydalanish. So‘roq qilish mustaqil va murakkab faoliyat turi bo‘lib, ayrim harakat-

lar majmuidan iborat. Psixologiyaga oid adabiyotlarda so‘roq qilishning quyidagi asosiy

bosqichlari qayd etilgan: 1) so‘roq qilishga psixologik tayyorgarlik ko‘rish; 2) so‘roq qilishni amalga oshirish; 3) psixologik ta’sir ko‘rsatish usullarini qo‘llash; 4) so‘roq qilish natijalarini qayd etish; 5) so‘roq qilish natijalarini tahlil qilish va baholash. So‘roq qilishga psixologik tayyorgarlik ko‘rish. Psixologik jihatdan

tayyor bo‘lish har qanday faoliyat samaradorligi uchun majburiy shartdir. Xo‘sh, tergovchining harakatlariga qarab uning so‘roq qilishga psixo-

logik tayyorgarlik darajasini qanday aniqlash mumkin? Agar so‘roq qat’iyatsiz, muayyan tizimsiz, noizchil o‘tkazilayotgan

bo‘lsa, bu tergovchining so‘roq qilishga tayyor emasligidan dalolat beradi. Tergovchining gumon qilinuvchi, guvoh kabilarni so‘roq qilishga

psixologik tayyorgarligi qanday mazmunga ega? Psixologik tayyorgarlik quyidagilarni taqozo etadi: – so‘roq qilinayotgan shaxsdan axborot olishga bo‘lgan ehtiyojni

anglash;

154

– so‘roq qilishdan ko‘zlangan maqsadni belgilash; – so‘roq qilish o‘tadigan shart-sharoitlarni avvaldan ko‘rish, bunday

vaziyatlarda o‘zining avvalgi tajribasidan foydalanish; – eng ko‘p darajada to‘g‘ri keladigan taktik usullarni aniqlash va

so‘roq qilishning fikriy rejasini ishlab chiqish. Tergovchi so‘roqni nimadan boshlash kerakligini, qanday savollar

berishni, so‘roq qilinayotgan shaxsga ta’sir ko‘rsatish uchun qaysi psixolo-gik usullarni qo‘llashni bilishi lozim. Tergovchi so‘roq qilish chog‘ida o‘zini muayyan xatti-harakatga tayyorlaydi va bunda so‘roq qilinayotgan shaxs tomonidan ko‘rsatiladigan qarshilikni inobatga oladi. Tashqaridan qaraganda so‘roq qilishga psixologik tayyorlik ishonchli va qat’iy harakat-lar, ishontiradigan nutqlar va shu kabilarda namoyon bo‘ladi. Buni so‘roq qilinayotgan shaxs albatta sezadi. Bundan tashqari, so‘roq qilish samara-dorligiga quyidagi bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi:

– so‘roq qilish vaqti va joyini tanlash; – begona ta’sirlar; – tergovchi xonasidagi vaziyat (sharoit); – magnitofon yozuvining qo‘llanishi; – tergovchining so‘roq vaqtidagi xatti-harakati. So‘roqni amalga oshirish bosqichi. So‘roq o‘tkazilayotganida uning

ishtirokchilarining psixologiyasini so‘roq qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar toifasidan kelib chiqib inobatga olish zarur. Tergovchi tegishli shaxsga kim sifatida so‘roq qilinishini, protsessual huquqlarini e’lon qiladi va masalaning mohiyati bo‘yicha ko‘rsatuvlar berishni taklif etadi. So‘roq qilinuvchi erkin tarzda ko‘rsatuvlar beradi. Tergovchi ushbu ma’lumotlarni tahlil qiladi hamda ma’lumotlarning baholanishidan kelib chiqib, psixolo-gik ta’sir ko‘rsatish usullarini tanlaydi. Psixologik ta’sir ko‘rsatish orqali nafaqat gumon qilinuvchiga ayrim fakt va hodisalarni xotirasida tiklashiga yordam beriladi, balki to‘g‘ri ko‘rsatuvlar berish haqidagi qarorga kelish chog‘ida uning ikkilanishlariga barham beriladi.

So‘roqni muvaffaqiyatli o‘tkazishning zaruriy sharti so‘roq qilinuvchi shaxs bilan psixologik aloqa o‘rnatishdir. Bunday aloqa o‘rnatish zarurati bir qancha holatlar bilan bog‘liq.

Psixologik aloqa o‘rnatishdan ko‘zlanadigan maqsadlar: – kutilayotgan muloqot jarayonida subyektning psixik (ruhiy) faoliya-

tini jadallashtirish; – muloqotda qo‘rquv va xavotirlarni olib tashlash; – psixologik moslashuv (adaptatsiya) jarayonini osonlashtirish. Shu jihatdan qaraganda, psixologik aloqa o‘rnatishning quyidagi aso-

siy bosqichlari qiziqish uyg‘otadi:

155

– muloqot hamda psixologik aloqa o‘rnatish jarayonini bashorat qilish; – aloqa o‘rnatilishini osonlashtiradigan tashqi sharoitlarni yaratish; – ilk taassurotda tashqi kommunikativ xislatlarni ko‘rsatish; – subyektning ruhiy holatini, boshlangan muloqotga munosabatini

o‘rganish; – muloqot jarayonida xalal berayotgan to‘siqlarni bartaraf etishga

qaratilgan harakatlar; – mo‘ljallanayotgan muloqot vaqtida qiziqish uyg‘otish. Psixologik ta’sir ko‘rsatish usullarini qo‘llash bosqichi. So‘roq qilish

jarayonida so‘roq qilinuvchiga ta’sir ko‘rsatishning bir qator psixologik usullari qo‘llaniladi. Ularni tergovchi va so‘roq qilinuvchi o‘rtasida yuzaga keladigan vaziyatga ko‘ra quyidagicha tasniflash mumkin:

– so‘roq qilishning nizosiz vaziyatlarida qo‘llaniladigan usullar; – nizoli vaziyatlarda qo‘llaniladigan usullar. So‘roq qilish usullarining birinchi guruhiga quyidagilar kiradi: bog‘-

langanlik; o‘xshashlik; qarama-qarshilik; ajralish; prafraza; ko‘rgazmalilik. Bog‘langanlik. Bunda voqealar o‘xshashlik yaratish prinsipi bo‘yicha

xotirlanadi (eslab qolinadi). So‘roq qilinayotgan shaxs xotirasida narsa va hodisalar obrazlari o‘rtasidagi bog‘liqlik asosida idrok etilgan tartibda hosil qilinadi. Tergovchini qiziqtirayotgan narsaning obrazini tiklashda yordamlashish uchun so‘roq qilinayotgan shaxsga voqea joyidagi sharoit ko‘rsatilishi mumkin. Bu hol unga voqeani eslashida yordam beradi.

O‘xshashlik usuli ish uchun ahamiyatli, ammo unutilgan tasavvur, fikr va hissiyotlarni ishga aloqasi bo‘lmagan, lekin o‘xshab ketadigan obyekt yoki tushunchalarni taqdim etish orqali so‘roq qilinuvchining xotirasida tiklash uchun qo‘llaniladi. Masalan, so‘roq qilinayotgan shaxsga fotosurat-ni ko‘rsatib, nafaqat shaxs haqida, balki uning harakatlari haqida ham tasavvur hosil qilish mumkin.

Qarama-qarshilik usulining mohiyati shundaki, bunda qarama-qarshi obyektlar (qora-oq, katta-kichik va h.k.) qiyoslanadi. Masalan, agar hodisa qishda yuz bergan bo‘lsa, unga yozgi davrni eslatib, unutilgan vaqtni xoti-rasida tiklashiga ko‘maklashish mumkin.

Ajralish usuli idrok etish chog‘ida hosil bo‘lgan aloqalarni ajratish hamda ayrim belgi va xususiyatlarni (xossalarni) aniqlashga asoslanadi.

Prafraza (biror asar mundarijasini, ma’nosini boshqa so‘zlar bilan aytib berish). So‘roq qilinayotgan shaxs ma’lumotlarni o‘zi o‘zlashtirmagan yoki boshqa odamlar tomonidan aytib berilgan kategoriya va ifodalarda keltirishi mumkin. Ularni tekshirish uchun tergovchining iltimosiga ko‘ra so‘roq qilinayotgan shaxs bu ma’lumotlarni boshqa so‘zlar bilan takrorlaydi, ya’ni boshqacha qilib aytib beradi.

156

Ko‘rgazmalilik usuli so‘roq qilinayotgan shaxs narsaning xususiyat va belgilarini so‘zda ifodalashga qiynalayotganida qo‘llaniladi. Ushbu hollar-da unga ranglar shkalasi, suratlar, modellar taqdim etiladi. So‘roq qilina-yotgan shaxsga u so‘z bilan ifodalashga qiynalayotgan narsani qog‘ozda tasvirlashni taklif etish mumkin.

Nizoli vaziyatlarda qo‘llaniladigan usullar quyidagicha: zo‘riqishni olib tashlash; zo‘riqish hosil qilish; so‘roq qilinayotganning shaxsiga xos fazilatlardan (ijobiy xislatlardan) foydalanish; shaxsning ojiz tomonlaridan foydalanish; yolg‘onga chek qo‘yish; kutish; afsonaga yo‘l qo‘yish; cha-qiriq (da’vat); qo‘qqisdan savollar berish; izchillik; diqqatni chalg‘itish; nutq sur’atini jadallashtirish; nutq sur’atini pasaytirish; tergovchining xabardorligi haqida tasavvur hosil qilish; takroriylik.

Zo‘riqishni olib tashlash. Ko‘pincha so‘roq vaqtda so‘roq qilinuvchi kuchli hayajonga tushadi. Buning natijasida u ma’lumotlarni izchil va ma’noli bayon eta olmaydi. Shu bois zo‘riqishni olib tashlash uchun unga vaziyatga moslashish, xotirjam tinchlanishi uchun vaqt berish, so‘ngra so‘roq qilishga o‘tish zarur. Bunga so‘roq qilinuvchi shaxsga xayrixoh munosabat, u tanlagan yo‘lning noto‘g‘riligiga, reja va hisob-kitoblarining norealligiga ishontirish kabilar orqali erishiladi.

Zo‘riqish hosil qilish. Bunday holatga tergovchi so‘roq qilinayotgan shaxsning emotsional sohasiga ta’sir ko‘rsatish, u tanlagan yo‘lning to‘g‘riligiga ishonchini so‘ndirish orqali erishadi. Agar so‘roq qilinayotgan shaxsda ortiqcha hissiy qo‘zg‘aluvchanlik va impulsiv xatti-harakatlar bo‘lsa, bu usul jiddiy natijalar beradi.

So‘roq qilinayotganning shaxsiga xos fazilatlardan (ijobiy xislatlar-dan) foydalanish. Ko‘p hollarda shaxsning fazilatlariga murojaat etish jinoyatlarni tekshirishda, ayniqsa yolg‘on ko‘rsatuvlar berayotgan shaxs-larga nisbatan qo‘llanilganida foyda beradi. Shu bois so‘roq qilinayotgan shaxsning halolligini eslatib, o‘tmishdagi xizmatlari, jamoadagi obro‘sini ta’kidlab, uni so‘roq vaqtida ochiq bo‘lish va haqgo‘ylikka ko‘ndirish mumkin.

Shaxsning ojiz tomonlaridan foydalanish. Shaxs ruhiyatining o‘ziga xos jihatlari (jizzakiligi, kechinmalarga moyilligi kabilar)ni hisobga olib, so‘roq paytida to‘g‘ri ko‘rsatuvlar berishiga erishish mumkin. G‘azab paytida so‘roq qilinayotgan shaxs odatda aytmaydigan fikrlarini aytishi mumkin.

Yolg‘onga chek qo‘yish usuli so‘roq qilinayotgan shaxs «yolg‘onni rivojlantirishiga» imkon berish zarurati bo‘lmaganida qo‘llaniladi. Bu usulni tergovchi ish holatlari bo‘yicha ishonchli ma’lumotlarga ega bo‘lganida

157

qo‘llagan ma’qul. Bunda yolg‘on ko‘rsatuvlar darhol rad etiladi. Mavjud dalillarni taqdim etish orqali yolg‘on bartaraf etiladi.

Kutish. Ish natijasidan manfaatdor guvoh, gumon qilinuvchi, aybla-nuvchining ongida motivlar kurashi yuz beradi. Motivlarning ayrimlari yolg‘on, boshqalari esa haqqoniy ko‘rsatuvlar berishga undaydi.

Tergovchi so‘roq qilinayotgan shaxsdagi ikkilanishlarni inobatga olib, uning ongida foydali motivlar g‘alabasini ta’minlovchi asoslarni atayin «yaratadi» hamda so‘roq qilish vaqtida, so‘roq qilinuvchining o‘zi yolg‘on ko‘rsatuvlaridan voz kechishini kutib, tanaffus beradi.

Afsonaga yo‘l qo‘yish. Tergovchi so‘roq qilinayotgan shaxs yolg‘on ko‘rsatuvlar berayotganini bila turib, ularni bayon etishi va ichidagini aytib olishiga imkon beradi. Bunda so‘roq qilinayotgan shaxs o‘zining avvalgi fikrlariga zid kelishi aniq bo‘ladi. Tergovchi o‘zini uning ko‘rsatuvlariga ishonayotgandek tutadi, uni diqqat bilan eshitadi va aytganlarining ham-masini bayonnomada qayd etib, so‘ngra afsonani barbod etadi.

Chaqiriq (da’vat). Bu usul so‘roq qilinayotgan shaxs mantiqan izchil fikr yuritishni istamagan paytda qo‘llaniladi. U duelga rozi bo‘lishi uchun tergovchi atayin diqqatini so‘roq qilinayotgan shaxs rad eta oladigan, yax-shi isbotlanmagan holatlarga qaratadi. Shu tariqa so‘roq qilinayotgan shaxs fikrlashga undaladi va shu paytda tergovchi unga dalillar bilan tasdiqlan-gan faktlarni xabar qiladi. So‘roq qilinayotgan shaxs ushbu faktlarni ham avvalgilaridek rad etishga harakat qiladi, ammo ular obyektiv bo‘lgani uchun bu qo‘lidan kelmaydi. Bu hol unda o‘zini yo‘qotish, frustratsiya (tushkunlik) holatini yuzaga keltirishi mumkin. Shunda u aslida bo‘lgan voqeani aytib berishga majbur bo‘ladi.

Qo‘qqisdan savollar berish. So‘roq qilinayotgan shaxs yolg‘on ko‘r-satuvlar berayotganida unga u mavjudligini bilmagan savol qo‘qqisdan beriladi yoki dalil taqdim etiladi. Bu hol avvaldan tayyorlab qo‘yilgan yolg‘on javoblar tizimini buzib yuboradi va so‘roq qilinayotgan shaxsda stress holatini keltirib chiqaradi. U qo‘qqisdan olingan ma’lumotni bungacha o‘zi o‘ylab topgan ma’lumotlar bilan bog‘lashga qiynaladi, keyin navbatdagi yolg‘on javobni darrov ifodalay olmaydi.

Izchillik. Bu usul qo‘qqisdan qo‘llaniladigan usulga qarama-qarshi bo‘lib, yolg‘on guvohlik berayotgan so‘roq qilinuvchida ruhiy zo‘riqishni asta-sekin kuchaytirish uchun qo‘llaniladi. Buning uchun tergovchi dalil-larni ketma-ket taqdim etadi va har birining ahamiyatini batafsil tushun-tiradi. Tergovchi so‘roq qilinayotgan shaxs to‘plangan dalillarning kuchini sezishiga imkon berib, yolg‘on gapirishga urinishi befoyda ekanligini ko‘rsatadi.

158

Diqqatni chalg‘itish. Ushbu holatda tergovchi so‘roq qilinayotgan shaxsning hushyorligini so‘ndirish uchun diqqatini asosiy masalaga qaratmaydi, balki uni boshqa masalalarga fikrini tortadi.

Nutq sur’atini jadallashtirish. Ko‘p hollarda so‘roq qilinuvchi shaxs so‘roq paytida imillaydi, vaqtni cho‘zadi, tergovchi biladigan holatlarga mos kelishi uchun javoblarini o‘ylab olish va tayyorlashga harakat qiladi. Shunday vaziyatda tergovchi so‘roq qilinayotgan shaxs gaplariga jadal sur’at bag‘ishlab, uning fikrlaridan oldinda yurib, fikrlashi va nayrang ishlatishiga imkon bermay, tashabbusni o‘z qo‘liga oladi.

Nutq sur’atini pasaytirish. So‘roq qilinuvchi shaxs so‘roq paytida juda tez gapiradi, fikrlarda chalkashliklar, tizimlilik yo‘qolganda nutq sur’atini pasaytirish kerak bo‘ladi.

Tergovchining xabardorligi haqida tasavvur hosil qilish. Ushbu holda tergovchi so‘roq qilinayotgan shaxsga muayyan fakt yoki ma’lumotlarni atayin aytib beradi. Natijada so‘roq qilinayotgan shaxs tergovchi ko‘p nar-sadan xabardorligi haqida xulosaga keladi va to‘g‘ri ko‘rsatuvlar bera boshlaydi.

Takroriylik. Bu usul so‘roq qilinayotgan shaxs navbatdagi so‘roq paytida avval bergan ko‘rsatuvlarini aniq takrorlay olmasligiga qaratiladi.

So‘roq natijalarini qayd etish bosqichi. Tergovchi so‘roq qilinayotgan shaxsdan ko‘rsatuvlar olib hamda qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun hamma ishlar bajarilganiga ishonch hosil qilib, so‘roq natijalarini bayon-nomada qayd etishga kirishadi. Bu yerda olingan axborot so‘roq predmeti-ga qay darajada mos kelishi hamda ushbu ma’lumotlarni qanday ketma-ketlikda qayd etish borasida fikriy masala hal qilinadi.

So‘roq natijalarini tahlil qilish va baholash bosqichi. So‘roq natija-larini so‘roq tugaganidan so‘ng darhol o‘rganish va baholash tavsiya etila-di. Ko‘rsatuvlarni tahlil qilish jarayonida so‘roq qilinayotgan shaxsning undan so‘ralgan hodisa va faktlarga munosabati aniqlanadi. Tergovchi ularning haqqoniyligini baholaydi, ularni mavjud dalillar bilan solishtiradi. Tahlil davomida so‘roq qilinayotgan shaxsning xatti-harakat motivlariga ta’sir etadigan obyektiv va subyektiv omillariga e’tibor berish zarur.

So‘roq o‘tkazishga tayyorgarlikning muhim elementi – uning rejasini tuzish. Reja kengaytirilgan yoki qisqa, yozma yoki fikriy bo‘lishi mumkin. Rejada tergov taktikasida to‘ldiruvchi, aniqlashtiruvchi, eslatuvchi, nazorat qiluvchi, fosh etuvchi kabi turlarga bo‘linadigan savollar ro‘yxati bo‘lishi lozim.

To‘ldiruvchi savollar olingan ko‘rsatuvlarni to‘ldirish, ularda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida beriladi. Bu savollar ko‘rsatuvlarni batafsillashtirishga qaratilishi mumkin.

159

Aniqlashtiruvchi savollar ham ko‘rsatuvlarni batafsillashtirish maqsa-dida berilishi mumkin, ammo ko‘pincha olingan ma’lumotlarni aniqlashti-rish uchun beriladi.

Eslatuvchi savollar so‘roq qilinuvchining xotirasini jonlantirish hamda tergovchini qiziqtirayotgan faktlarni eslashida yordam beradigan u yoki bu assotsiatsiyalarni yuzaga keltirishga qaratiladi. So‘roq qilinayotgan shaxs unutilgan voqea holatlarini eslashida yordamlashish uchun unga odatda bir nechta eslatuvchi savollar beriladi. Bunda R.S. Belkin ta’kidlaganidek, «eslatuvchi savollarni yordamchi (esga soluvchi) savollar bilan, ya’ni «O‘sha oqshomda Yo‘ldoshevning egnida metall tugmachali kulrang plash bo‘lgan-mi?» singari ifodalanishida so‘rayotgan shaxs eshitishni istayotgan javob mavjud bo‘ladigan savollar bilan chalkashtirmaslik lozim. Yordamchi savol-lar so‘roq qilinuvchiga ishontiruvchi ta’sir ko‘rsatgani, uni tergovchi undan eshitishni istagan javobga yo‘naltirgani va shu bois tergov paytida haqiqatni aniqlashga xalal berishi mumkin bo‘lgani bois ularni berish qonunda taqiqlangan».

Nazorat savollari olingan ma’lumotlarni tekshirish maqsadida beriladi.

Fosh etuvchi savollar so‘roq qilinayotgan shaxsning tergovchi uchun aniq bo‘lgan yolg‘onini fosh etishga qaratiladi. Odatda ushbu savollar so‘roq qilinayotgan shaxsga uning ko‘rsatuvlarini rad etuvchi ishonchli dalillarni taqdim etish bilan kechadi.

So‘roq qilishning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan uni o‘tkazish vaqtining to‘g‘ri tanlanishi hamda so‘roq qilinayotgan shaxsni chaqirtirishni to‘g‘ri tashkil qilish bilan bog‘liq. Amaliyotga ko‘ra, shaxsni, ayniqsa gumon qilinuvchi va ayblanuvchini muddatidan avval, shuningdek kech so‘roq qilish ham keyingi tergovga salbiy ta’sir etishi mumkin. So‘roq qilish vaqtini tanlashda subyektiv va obyektiv omilni hisobga olish zarur.

Subyektiv omillarga tergovchi va so‘roq qilinuvchining so‘roq qilish-ga tayyorlik holati kiradi. Murakkab so‘roq qilishdan avval tergovchi tayyor bo‘lishi, ya’ni mavjud ish materiallarini erkin qo‘llashi, so‘roq qili-nuvchining ruhiyatini (psixikasini) muvaffaqiyatli nazorat qilishi hamda ushbu shaxsdan eng to‘g‘ri va to‘liq ko‘rsatuvlar olish maqsadida bu psixi-kani qonun doirasida boshqarishini ta’minlaydigan hissiy-irodaviy holatda bo‘lishi lozim. Tergovchi so‘roq qilish vaqtida o‘z ruhiy holatini ham muvaffaqiyatli boshqarishi kerak.

Tergovchining so‘roq qilishga tayyorligini belgilovchi obyektiv omil-larga quyidagilar kiradi: uning ish materiallarini har tomonlama o‘rgan-ganligi; so‘roq vaqtida tekshirilishi lozim bo‘lgan tusmollar ishlab chiqil-

160

ganligi; so‘roq qilishning batafsil rejasi tuzilganligi; so‘roq qilinuvchining shaxsi o‘rganilganligi.

Murakkab so‘roqqa (avvalo gumon qilinuvchi va ayblanuvchini so‘roq qilishga) tayyorgarlik chog‘idagi majburiy shart – so‘roq qilinuvchi bilan aloqa o‘rnatishning psixologik usullarini ishlab chiqishdan iborat. Chunki ko‘p hollarda aynan psixologik aloqaning yo‘qligi umuman jinoyatning ochilishi yo‘lidagi to‘siqqa aylanadi.

So‘roqni qayerda (tergov qilinayotgan yoki so‘roq qilinuvchi bo‘lgan joyda) o‘tkazish masalasining yechimi aniq vaziyatga bog‘liq bo‘ladi.

Erkin hikoya qilish vaqtida yoki u tugaganidan so‘ng, agar tergovchi so‘roq qilinayotgan shaxs tergovni qiziqtirayotgan holatlardan ancha chetga chiqayotganligini ko‘rsa, to‘ldiruvchi, aniqlashtiruvchi, tekshiruv-chi, savollar berishi mumkin. Tergovchi bunda savollarning qo‘yilish shaklini, o‘z so‘zlash ohangi (intonatsiyasi)ni diqqat bilan kuzatishi, o‘z mimikasi va imo-ishoralarini nazorat qilishi lozim, chunki ular ishonti-ruvchi ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tergovchi jabrlanuvchi va guvohning yolg‘on ko‘rsatuvlar berganligini bilganda bevosita ularni o‘z qarashlarini (pozitsiyasini) o‘zgartirishga ishontirishi lozim.

Jinoyatlarni tergov qilish chog‘ida juda ko‘p hollarda guvohlar yoki jabrlanuvchilarni so‘roq qilish, ular idrok etgan hodisa yuz bergan aniq vaqtni bilish zarurati yuzaga keladi. Jumladan, bu hol jinoyat sodir etilgan payt, gumon qilinayotgan shaxsning muayyan joyda bo‘lgan vaqti, ish uchun muhim boshqa holatlarni aniqlashga imkon beradi. Juda tez yuz bergan va qisqa payt idrok etilgan jinoiy hodisalarni tergov qilish vaqtida iloji boricha ko‘proq guvohlarni aniqlash, ularning ko‘rsatuvlarini ish bo‘yicha to‘plangan boshqa dalillar bilan batafsil solishtirishga harakat qilish zarur. Tergovchi so‘roq qilinayotgan shaxsning hodisa vaqtini esla-shiga ko‘maklashish maqsadida xronometraj usulini qo‘llashi mumkin. Hisob nuqtasi sifatida jabrlanuvchi, guvohning xotirasida bo‘lgan, sodir etilgan vaqti ma’lum bo‘lgan biror voqea tanlanadi. So‘ngra tergovchi so‘roq qilinayotgan shaxsga o‘sha kuni yana nima ishlar qilganligi, hara-katlarining ketma-ketligi va davomiyligini eslashni taklif etadi hamda bu bilan o‘zini qiziqtirayotgan savollarni aniqlashtiradi.

Tergovchi so‘roq qilishning yakuniy qismida so‘roq natijasida olingan axborotni turli usullarda (qo‘lyozma, mashinka, kompyuter yozuvi, magni-tofon yozuvi orqali) qayd etadi hamda so‘roq qilinayotgan shaxsga bayon-noma tarzida taqdim etadi. So‘roq qilinayotgan shaxs esa bayonnomada yozilganlarning to‘g‘riligini tasdiqlab, uni imzolaydi.

Tergovchi va so‘roq qilinuvchi o‘rtasidagi so‘roq vaqtida axborot almashuvi yuz beradi, bunda ikki jihat ajratiladi: 1) so‘roq qilinuvchi va

161

so‘roq qiluvchi o‘rtasida og‘zaki axborot almashish; 2) so‘roq qilinuvchi-ning ahvoli haqida axborot olish va hatto uning xatti-harakatlari (imo-isho-ralari, mimikasi, teri qoplamining rangi kabilar)ni kuzatish orqali uning fikrlarini yo‘naltirish.

So‘roq jarayonida so‘roq qilinuvchining holatini aniqlash uchun u doi-miy ravishda yaxshilab kuzatilishi ta’minlanmog‘i kerak. So‘roq qilinuv-chining psixologik holati uning tashqi ko‘rinishi, xulqi, unga berilayotgan axborotga munosabati (reaksiyasi) bo‘yicha, nutqi (gapirish sur’ati, so‘z-lardagi bog‘liqlik, takrorlash va uzilishlarga egalik kabilar)ni tahlil qilish asosida aniqlanadi. Masalan, kutilmagan jestlar, ixtiyorsiz o‘zgarishlar (reaksiyalar), tovush tezligi va maromining o‘zgarishi yoki xaxolab kulish, tez yoki yuzaki nafas olish va har doim boshqalarning gapini bo‘lish kabilar ruhiy zo‘riqish belgilari sifatida baholanadi.

So‘roq qilinayotgan shaxsning fazilatlariga suyanish – bu aloqaga kirishning muhim usuli. Ko‘p hollarda tergovchi so‘roq qilinayotgan shaxs-ning tarjimai holi, tavsifnomasidagi ijobiy jihatlarni, fuqarolik maslagi, axloq-odobi kabilarning ayrim ko‘rinishlarini atayin ta’kidlab o‘tadi. Anketa ma’lumotlarini o‘rganayotganida tergovchi so‘roq qilinayotgan shaxs uchun u yoki bu darajada muhim holatlar bilan batafsilroq qiziqishi mumkin. So‘roq qilinayotgan shaxsning kasbi, qiziqishlari, asosiy shaxsiy manfaatlari, jamoatchilik faoliyati, armiyada (Qurolli Kuchlarda) xizmat qilganligi kabilar muloqot uchun katta imkoniyatlar beradi. Bunda odob bilan muomala qilish, o‘z fikrini zo‘rlab o‘tkazmaslik, begonalashuv, odamovilik yuzaga kelishining oldini olish nihoyatda muhim hisoblanadi.

Tergovchi so‘roq qilinayotgan shaxsga uning uchun hissiy jihatdan muhim mavzuni taklif etar ekan, uning qadriyatlar yo‘nalishini, hissiy jihatdan barqarorligi yoki beqarorligini tahlil qiladi, uning yuzidagi o‘zgarishlar «niqobini», xulqidagi adaptatsiya (moslashuv) usullarini bilib oladi. Bunda odobsizlik bilan bog‘liq haddan tashqari erkin xulq-atvorni ham, tortinchoqlik, uyatchanlik, qo‘rquv, ezilganlik kabi holatlarni ham rag‘batlantirmaslik lozim. Ruhiy zo‘riqish holati muloqotni cheklaydi hamda ortiqcha konformlik, ishonuvchanlik holatini yuzaga keltirishi mumkin.

So‘roq qilinayotgan shaxsni avvaldan baholashda uning tashqi ko‘rinishi, kiyinishi, soch tarashi, o‘zini tutishi, shuningdek jinoyatchilar olamiga mansubligini ko‘rsatuvchi ayrim belgilar – chapani jargonlar, jinoyatchilar belgilari ifodalangan tatuirovkalarning mavjudligi muayyan ahamiyatga egadir. Ayrim hollarda bu suhbat boshlash uchun (ammo tanqidiy baholarsiz) sabab bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

162

Sudlanganlik haqidagi ma’lumotlarni aniqlashda ushbu holatlarga haddan tashqari e’tibor qaratmaslik, tafsilotlarini aniqlashtirmaslik lozim. Bu hol psixologik aloqa o‘rnatishni yo‘lga qo‘yishda salbiy ta’sir etishi mumkin.

Tergovchining vazifalaridan biri so‘roqni maqbullashtirishga to‘sqinlik qilayotgan psixologik to‘siqlarni aniqlash va olib tashlashdir. So‘roq qilinuvchining quruq maqtanishi, surbetligi, ishni chalkashtirish va javobgarlikdan qochishga urinishi, qarshilik ko‘rsatishga moyilligi, huquqiy savodsizligi, salbiy oqibatlaridan xavfsirashi, manfaatdor shaxslarning qasos olishidan qo‘rqishi, shaxsiy hayotning intim tomonlarini yashirishni istashi kabilar ana shunday to‘siqlar bo‘lishi mumkin. Ushbu to‘siqlarni avvaldan ko‘ra bilish, so‘roq qilinayotgan shaxsning o‘z xavotirlari asossiz ekanligi-ga, o‘zini haqqoniy tutishi, odil sudlovga ko‘maklashishi maqsadga muvo-fiqligiga ishonishi kommunikativ faoliyatning eng murakkab sharoitlaridan biridir.

Eng muhim psixologik qoidani «ko‘z-ko‘zga tushib», ya’ni begona shaxslarsiz so‘roq qilish tashkil etadi. Odatda guvohlar, jabrlanganlarni so‘roq qilish tergovchining xizmat kabinetida bo‘lib o‘tadi. Bu yerda kabinetdagi mebel va jihozlar ahamiyatlidir. Ko‘pincha ishonchli va jiddiy xizmat oddiy, ishga oid va qat’iy uslubga bog‘liq bo‘ladi. Butun so‘roq qilish davomida tergovchi jabrlanuvchi guvohning diqqatini hech narsa chalg‘itmasligi, tergovchiga telefon qo‘ng‘iroqlari, kabinetga kirayotgan xodimlar bilan suhbatlar xalal bermasligi muhim. So‘roq qilish – bu tergovchining so‘roq qilinayotgan shaxs bilan davomli, mazmunli, bevosi-ta muloqotidir. Bu suhbat (dialog) bo‘lib, bunda haqiqat izlanadi va aniqlanadi. So‘roq chog‘ida ikki xil dunyoqarash, ikki iroda, ikki kurash taktikasi, turli manfaatlar to‘qnashadi. So‘roq vaqtida ko‘p hollarda so‘roq qilinuvchi va ko‘plab boshqa odamlarning taqdiri hal qilinadi. Bu kurashda tergovchiga psixologik bilimlar va so‘roq qilish taktikasi sohasidagi max-sus ilmiy bilimlar hamda suhbat olib borishning kasbiy ko‘nikmalarida namoyon bo‘luvchi mahorat yordam beradi. Shu bois so‘roq natijasi ko‘p jihatdan so‘roq ishtirokchilarining shaxsiy, hal qiluvchi darajada esa ter-govchining kasbiy jihatdan zarur psixologik xislatlariga bog‘liq bo‘ladi. Prinsipial, adolatli, halol, xayrixoh tergovchi so‘roq qilinayotgan shaxsga hurmat, to‘g‘ri ko‘rsatuvlar berish, tergovga yordamlashish istagini yuzaga keltiradi.

So‘roq qilish samaradorligini tergovchining matonat, dadillik, hissiy barqarorlik, hayotiy tajriba, kasbiy bilim, tergovni mantiqan to‘g‘ri olib borish qobiliyati singari boshqa ijtimoiy xislatlari ham ta’minlaydi. So‘roq qilinayotgan shaxsga zarur individual-psixologik yondashuvni topa olish –

163

tergovchining asosiy vazifalaridan biri. Bu yondashuv so‘roq qilinayotgan shaxsning yoshi, jinsi, ma’lumoti, kasbi, hayotiy tajribasi, madaniyatlilik darajasi, qiziqishlari (manfaatlari), qarashlari, so‘roq qilish paytida his qilayotgan ruhiy holati kabilarni hisobga olishni nazarda tutadi.

Tergovchining tashqi kommunikativ xislatlariga uning tashqi ko‘ri-nishi, jismoniy jihatlari, o‘zini tutishi, kiyinish uslubi kabilar kiradi. Ter-govchining batartibligi, saranjom-sarishtaligi, oddiyligi, xushmuomalaligi, kiyimining sipoligi, ishga oid uslubi, xayrixohligi – bularning hammasi so‘roq qilinuvchilar tomonidan ishonch, muloqotga tayyorlik paydo bo‘lishiga imkon beradi.

So‘roqqa kelgan guvohning ruhiy holatini ham hisobga olish zarur, chunki ko‘pchilik odamlar uchun tergovchining huzuriga chaqirtirilishning o‘zi hayajon va sarosima keltirib chiqaruvchi noodatiy voqea hisoblanadi. So‘roq qilishning lozim darajadagi psixologik vaziyatini o‘rnatish yo‘lida-gi to‘siqlardan biri guvohning ayrim psixologik xislatlari, jumladan ishonchsizlik, mahdudlik, haddan tashqari uyatchanlik, muloqotdan qochishdir.

Guvohlarning ko‘rsatuvlari ish uchun ahamiyatli bo‘lgan faktlar haqidagi ularning xabarlari (axboroti)dir. Shu sababli, guvohlik ko‘rsatuv-lari psixologiyasida ushbu axborotning guvoh uni olgan manbalardan axborotni tergov qilayotgan shaxsga berish va protsessual qonunda belgi-langan shaklda mustahkamlashgacha boradigan o‘tish yo‘llari ko‘rib chiqiladi.

Guvohlik ko‘rsatuvlarining shakllanish jarayoni va ushbu axborotning o‘tish yo‘lini quyidagi asosiy bosqichlarga ajratish mumkin:

– guvoh sifatida chaqirilishi va so‘roq qilinishi mumkin bo‘lgan shaxsning ish uchun muhim faktlarni idrok etishi va eslab qolishi;

– idrok etilgan va eslab qolingan faktlarning bunday shaxsning xotira-sida saqlanib qolishi;

– so‘roq vaqtida esda saqlab qolingan faktlarning yana qayta esga tushirilishi;

– so‘roq natijalarini protsessual rasmiylashtirish. Guvohning tekshirilayotgan hodisa (voqea) haqidagi ma’lumotlarni

olishining dastlabki vositasi voqelikdagi narsa va hodisalarining ayrim xususiyatlari va tomonlarini aks ettiruvchi sezgilardir.

Shuni nazarda tutish lozimki, real dunyo hodisalarini sezish qobiliyati individualdir (u ayrimlarda yuqoriroq, boshqalarda pastroq, yana boshqalarda patologik xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin). Ayrim sezgi a’zolarining kuchi ko‘p jihatdan mashq natijasida oshishi mumkin. Hatto ayni bir odamda ayrim ta’sirlarni sezish qobiliyati (ta’sirchanlik) uning jismoniy va ruhiy holatiga ko‘ra turlicha bo‘lishi mumkin. Ko‘rsatuvlarni tekshirish vaqtida,

164

ayniqsa, guvohning tasvirlanayotgan hodisani ko‘rish, eshitish yoki yana boshqacha tarzda sezish qobiliyati tergovchida shubha uyg‘otgan hollarda bularning barchasini inobatga olish juda muhimdir.

Idrokning barqarorligi va anglanilganligi guvohning o‘tmish tajribasi, bilimi, ehtiyojlari, manfaatlari, eng asosiysi, idrok qilayotgan shaxs o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalar ta’sir etadi, chunki idrokning tanlash qobiliyati ana shu bilan bog‘liqdir.

Olinayotgan axborotning barqarorligi va anglanilganligi diqqatning hajmi va xarakteri, idrokning hissiy bo‘yoqlari, idrok etuvchi shaxs fao-liyatining mazmuni, ustanovkalariga bog‘liqdir.

Guvoh u yoki bu hodisani idrok etayotganida, turli mantiqiy usullar-dan foydalangan holda uni anglaydi va talqin etadi. Biroq ko‘p hollarda idrok etish vaqtida axborotning buzilishi va xatolarga yo‘l qo‘yilishiga to‘qnashishga to‘g‘ri keladi. Bunday xatolarga sezish va idrok etish chog‘idagi optik eshitishga oid va boshqa buzilishlar, o‘lchamlar, maso-falarni noto‘g‘ri baholash kabilar kiradi.

Qo‘rquv (ayniqsa, idrok etish obyektining o‘zi tahdid qiluvchi xarakterga ega bo‘lgan holda) idrokning anglanilganligiga juda halokatli ta’sir etadi. Odatda, odamlar boshlaridan kechirgan xavfni bo‘rttirishga moyil bo‘ladilar. Qattiq hayajonlanish ham idrokning barqarorligi va ang-lanilganligini pasaytiradi. Idrok noto‘g‘ri tushuncha yoki yoqtirishlar oqibatida ham buzilishi mumkin.

Ba’zan guvoh, yuz bergan voqeaning mantiqan yaxlit manzarasini hosil qilishga intilib (agar uning bir qismi idrok etilmagan bo‘lsa), mavjud yetishmovchiliklarni avvalgi tajribasidan olingan ma’lumotlar bilan to‘ldirishga harakat qiladi hamda ularni tabiiy deb baholaydi, ya’ni vaziyatni anglashda yetishmovchiliklarni asossiz fikrlar bilan to‘ldiradi. Bo‘lg‘usi guvoh u yoki bu hodisani idrok etar ekan (ba’zan o‘zi ham sezmagan holda), uni turli mantiqiy usullardan foydalanib talqin etadi va bilib oladi.

Guvohlarning u yoki bu fakt, hodisa yoki holatlarni idrok etishlariga obyektiv va subyektiv omillar katta ta’sir ko‘rsatadi.

Guvohlar va jabrlanuvchilarning ko‘rsatuvlari shakllanishiga ta’sir etuvchi obyektiv omillarga quyidagilar kiradi:

– kuzatuv obyektigacha bo‘lgan masofa; – guvohning tergovni qiziqtirayotgan hodisa yoki faktni idrok etgan vaqti; – ob-havo sharoiti (tuman, quyosh, yomg‘ir, qor va sh.k.); – kuzatilayotgan obyektning yoritilish sharoitlari; – idrok etilayotgan obyektning ta’sir etuvchi kuchi (tormozlarning

keskin g‘ichirlashi, bog‘da yongan nur manbaidan chiqayotgan yorug‘lik-ning yorqinligi va hokazo);

165

– olingan axborotning hajmi (poyezd halokati, ommaviy tartibsizlik-lar va sh.k.).

Yuqorida keltirilgan idrok etishning obyektiv sharoitlari ayrim hollar-da ijobiy, boshqalarida salbiy rol o‘ynashi mumkin.

Guvohlar idrokining yaxlitligi, barqarorligi va anglanilganligiga qator subyektiv omillar ham muhim ta’sir ko‘rsatadi. Ya’ni: sezgi a’zolarining holati; emotsional holat; mastlik; diqqatning yo‘nalganligi; kasbiy ko‘nik-malar.

Sezgi a’zolarining holatiga birinchi navbatda ularning jismoniy ko‘rsatkichlari – so‘roq qilinayotgan shaxs sezgi a’zolarining normal yoki kasal, tetik yoki charchoq holati va boshqalar kiradi. Ko‘rlik, karlik yoki ularning qisman ko‘rinishi, bir ko‘zning yo‘qligi, daltonizm elementlari omil yoki hodisani idrok etish imkoniyatini ancha pasaytiradi. Avtomobil yo‘llaridagi hodisalarni tergov qilishda charchoq holatini hisobga olish ayniqsa muhim.

Emotsional holat. G‘am-g‘ussa, dard-alam, g‘azab kabi holatlarda inson atrof voqelikka deyarli e’tibor bermasligi mumkin. Chunki uning sezgi a’zolari bu paytda ancha tormozlangan bo‘ladi.

Shuningdek, kuchli qo‘rquv, asabiy hayajon, to‘lqinlanish yoki iztirob ham hodisani obyektiv va to‘liq idrok etish qobiliyatini keskin pasaytiradi. Chunki bosqinchilik, talonchilik, nomusga tegish vaqtlarida jabrlanuvchi qattiq qo‘rqqanidan o‘ziga nisbatan xavfni bo‘rttirishga moyil bo‘ladi. Bu esa uning ko‘rsatuvlari xolisligiga ta’sir qiladi.

Mastlik holati guvohning vaziyat, hodisa yoki faktni baholashini ancha buzadi.

Diqqatning yo‘nalganligi voqea yoki harakatni idrok etish paytida diqqatning adekvat (to‘g‘ri) yo‘nalganligi so‘roq qilinuvchining ko‘rsatuv-lari to‘liqligiga ijobiy ta’sir etadi. Agar insonning diqqati hech narsa bilan chalg‘imasa, u hodisa tafsilotlarini to‘liqroq va yaxshiroq idrok etadi va qayd etadi. Diqqatning yo‘nalganligi shaxsiy yoki kasbiy manfaatdorlik (qiziqish) bilan kechsa, hodisa tafsilotlarini idrok etishda katta natija beradi. Va aksincha, so‘roq qilinayotgan shaxs yuz berayotgan hodisaga e’tibor qaratmagan, unga qiziqmagan, befarqlik namoyon etgan bo‘lsa, u ushbu hodisani to‘liq va aniq idrok etmaydi.

Kasbiy ko‘nikmalar avtotransport haydovchisi avtomobilning markasi va tezligini o‘z-o‘zidan aniqlashiga, motor shovqini bo‘yicha esa uning ayrim nosozliklarini aniqlay olishiga yordam beradi. Tikuvchi yoki tayyor ko‘ylak sotuvchisi o‘z ko‘rsatuvlarida ko‘ylak yoki kostumdagi boshqa guvohlar sezmaydigan mayda tafsilotlarni tasvirlab berishlari mumkin. Agar hodisa insonning kasbiga aloqador bo‘lsa, u obyektni to‘liqroq idrok etadi yoki hodisani to‘liqroq baholaydi.

166

Idrok etilgan obraz tasavvur qilinayotganda muayyan darajada o‘zga-radi. Bu quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

– materialni tanlash; – asosiy narsani ajratish va umumlashtirish; – fantaziya elementlari va o‘tmish tajribani kiritish; – qabul qilingan axborotning bir qismi yo‘qolishi. Tasavvurning shakllanishiga guvohning yuz berayotgan voqealarning

u yoki bu tomonlariga qiziqishi, vaziyatni tushunishi, diqqatning hajmi va yo‘nalishi ta’sir etadi. Eslab qolish ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo‘lishi mumkin. Ixtiyoriy eslab qolishda guvoh yuz berayotgan voqeaning ahamiyatini tushungan holda, idrok etilayotgan hodisani xotirasida saqlab qolishga harakat qiladi. Odatda, bunday guvohlarning ko‘rsatmalari to‘liq va aniq bo‘ladi. Ixtiyorsiz eslab qolishda guvoh u yoki bu faktlarni beixtiyor, ya’ni muayyan maqsadsiz eslab qoladi. Xotira jarayonlari, ayniqsa, ixtiyorsiz eslab qolishga hissiyotlar kuchli ta’sir etadi. Nafaqat aqlga, balki qalbga ham ta’sir etuvchi narsalar inson fikrini boshdan o‘tkazilgan kechinma-larga doimiy ravishda qaytishga majbur qiladi, bu bilan xotiralarning mustahkamlanishiga sharoit yaratadi. Biroq, ko‘p hollarda jadal boshdan kechiriladigan voqealar idrokka salbiy ta’sir ko‘rsatib, ularning guvoh xotirasida saqlanib qolishiga to‘sqinlik qiladi. Amaliyotda shunday holat-lar ma’lumki, jabrlanuvchilar qattiq qo‘rqqanliklari oqibatida o‘zlari bilan nima yuz berayotganini eslab qola olmaganlar.

Kuchli aqliy ish, qiziqarli voqea va yangi idroklarning ko‘pligi ta’siri-da xotiralar xiralashishi va umuman o‘chishi mumkin. Shu bois guvohlarni so‘roq qilishni kechiktirmaslik maqsadga muvofiq bo‘ladi: ko‘rsatuvlarni ular aks ettirgan faktlardan ajratuvchi vaqt qancha uzoq bo‘lsa, xatoga yo‘l qo‘yish ehtimolligi shunchalik katta bo‘ladi. Xotiraning vaqtincha pasa-yishi, shuningdek, psixologik, hatto jismoniy omillar bilan bog‘liqdir. Axbo-rotning xotirada saqlanish davomiyligi individual va yosh xususiyatlariga, ko‘rish, eshitishga oid, raqamli va qandaydir boshqa materialni ko‘proq xotirada saqlab qolish kabilarga, bular esa ko‘p jihatdan insonning qizi-qishlari va kasbiy faoliyatiga bog‘liqdir.

Guvoh ko‘rsatuv berishdan avval, albatta, o‘tmishga qaytadi va bunda ish qanday bo‘lganligini iloji boricha aniq eslashga urinadi, ko‘p hollarda bu haqda tanishlari va yaqinlariga aytib beradi. Guvoh fikrining bunday ishlashi ularni hukmlar yoki xulosalar chiqarishga olib keladi. Ular bu hukm yoki xulosalarni guvohning o‘zi bevosita idrok etgan axborot deb hisoblaydilar. Aslida esa bunday axborot ko‘pincha to‘qima bo‘lib chiqadi.

Shuni yodda tutish lozimki, guvoh idrok etayotganida uning butun diq-qati yuz berayotgan voqeaning mazmuniga qaratiladi, hissiy asosi esa orqa-ga suriladi. Shu bois guvoh idrok etilgan narsani xotirasida tiklayotganida

167

faqat voqeaning ahamiyatini eslaydi, dastlabki ma’lumotlar esa xotirasining tubida qoladi. Ana shuning uchun ham guvoh so‘roq paytida xotirasidagi hamma narsani aytib bermaydi. U tergovchi uning oldiga qo‘ygan masalani yoritish uchun o‘z xulosasini aytsa va idrok etgan voqea mazmuni haqida so‘zlab bersa, shuning o‘zi yetarli deb o‘ylaydi. Axborotning kattagina qismini muhim emas deb hisoblagani uchun taqdim etmaydi.

Shu bois har doim guvohni tekshirilayotgan hodisaga taalluqli bo‘lishi yoki ko‘rsatuvlarni tekshirish va baholash uchun ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan hamma narsani to‘liq aytib berishga undash zarur.

Ko‘p hollarda guvoh so‘roq qilinayotgani sababli his etayotgan emo-tsiyalari uning xotirasiga salbiy ta’sir qiladi va boshqa holatda hech bir qiyinchiliksiz eslashi mumkin bo‘lgan faktlarni xotirasiga keltirishiga xalal beradi. Shunday ekan, guvoh so‘roq paytida hayajonlanmasligi uchun te-gishli sharoit yaratish kerak. Agar tergovchida guvohning hayajonlanishi qandaydir muhim narsani eslashiga xalal berdi deb hisoblash uchun asos paydo bo‘lsa, ma’lum bir vaqtdan keyin uni takroran so‘roq qilishi lozim bo‘ladi.

So‘roqni bayonnomalashtirish ko‘p jihatdan boshqa tergov harakat-larini qayd etishdan farq qiladi. Ushbu tergov harakatlaridagi (ko‘zdan kechirish, tintuv o‘tkazish va h.k.) bayonnomalar nafaqat oxirgi natijani, balki butun tergov harakatining borishini ham aks ettiradi. So‘roq qilish bayonnomasida so‘roq qilinayotgan shaxs va so‘roq qilayotgan tergovchi o‘zaro ta’sirining butun jarayoni emas, balki ko‘pincha guvohning yakuniy tushuntirishlari qayd etiladi. Tergovchi so‘roq qilish bayonnomasi bilan tanishgach, yozuvdagi o‘zi xato deb hisoblagan qismni olib tashlashni, shuningdek bayonnomaga o‘zi ma’qul deb hisoblagan har qanday o‘zgar-tirish yoki qo‘shimchalar kiritishni talab qilishga haqlidir.

Odatda, bayonnomada ko‘rsatuvlar yo og‘zaki so‘roq tugaganidan so‘ng yoziladi, ba’zan so‘roq qilish bilan bir vaqtda, yoxud so‘roqning ayrim bosqichlari bo‘yicha yoziladi.

Birinchi usulning yaxshi tomoni shundaki, so‘roq uzluksiz boradi. Tergovchi so‘roq qilinayotgan shaxs bilan suhbatdan chalg‘imaydi, ammo bu usul a’lo darajadagi xotira va katta tajribani talab qilgani bois, qan-daydir muhim narsani unutish, ayrim muhim tafsilotlarni yo‘qotish xavfi mavjud.

O‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, so‘roq qilish bayonnomalarining 94 foizi faqat so‘roq yakunini aks ettiradi-yu, tergovchi va so‘roq qilinuv-chi shaxs o‘rtasida axborot almashuvining borishini ifodalamaydi. Bayon-nomalarning 99 foizida so‘roq qilinayotganlar nutqining xususiyati saqla-nib qolmaydi.

168

Og‘zaki bayon bilan bab-baravar qayd etib borish yozuvlarning to‘liqligi va aniqligini oshiradi. Ushbu holda bayonnoma yaxshiroq chiqa-di, so‘roqning o‘zi esa uncha yaxshi bo‘lmaydi, chunki tergovchi bilan so‘roq qilinuvchi o‘rtasidagi aloqa buziladi.

Bosqichlar, ayrim etaplar yoki epizodlar bo‘yicha qayd etish yuqoridagi ikkala usulning yutuqlaridan foydalanishga imkon beradi. Ammo unda ham bir qator kamchiliklar mavjud: guvohning javoblari «silliqlanadi» va erkin hikoya shaklida bayon etiladi, ammo bu haqiqatga mos kelmaydi.

Ana shuning uchun ham so‘roq qilish vaqtida stenografiya va ovoz yozish singari qayd etish metodlaridan foydalanish zarur. Ovoz yozish so‘roq qilinayotgan shaxs ko‘rsatuvlarining mazmuni, sur’ati, xarakteri, ketma-ketligi, intonatsiyasi kabilardagi o‘ziga xosligini to‘liq aks ettirish imkonini beradi.

Guvohni so‘roq qilish psixologiyasi. Tergovchi so‘roq qilishdan avval guvoh bilan suhbatlashishi lozim. Chunki guvohning qarashlari, qiziqishlari, kayfiyati, individual-psixologik xususiyatlarini inobatga oladigan suhbat bevosita ruhiy zo‘riqishni olib tashlash, ishonchsizlikni yo‘qotish, haqqoniy ko‘rsatuvlar berishga yordam beradi.

Tajribali tergovchi so‘roq paytida so‘roq qilinuvchining shaxsiga qonun doirasida maqsadli ta’sir ko‘rsatib, insonning ichki olami, qalbiga yo‘l topadigan yagona katalizatorni tanlay oladi. Ushbu jarayonning asosiy xususiyatlaridan biri uning dinamikasidagi qonuniylik, izchil bosqichlarning aniqlanishi, har bir bosqichning xususiyatini belgilaydigan psixologik omillarning ochib berilishidir.

Birinchi, tashqi tomon so‘roqning kirish qismi bo‘lib, buning davo-mida tergovchi so‘roq qilinayotgan shaxsdan familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, oilaviy ahvoli kabilar haqidagi anketa ma’lumotlarini oladi. Uning ichki mazmunini ikkala suhbatdoshning bir-birlariga nisbatan keyingi xatti-harakati yo‘lini belgilab olishlari tashkil etadi.

So‘roqning ikkinchi bosqichi – psixologik aloqa o‘rnatish bo‘lib, bunda so‘roq qilinayotgan shaxs tergovchi bilan muloqot qilishga, haqqo-niy ko‘rsatuvlar berishga tayyor bo‘ladi. Bu bosqichda suhbatning sur’ati, maromi, keskinlik darajasi singari umumiy parametrlari, suhbatdosh-larning asosiy holatlari hamda bir-birlarini o‘zlarining haq ekanliklariga ishontirishlarida qo‘llaydigan asosiy dalillari aniqlanadi.

Psixologik aloqa o‘rnatish usullari juda ko‘p va turlichadir. Ularning tanlanishi yuzaga kelgan tergov vaziyati, so‘roq qilinuvchi shaxs va ter-govchining shaxsiga xos xususiyatlari, ularning psixologik holatiga bog‘liq bo‘ladi. Psixologik aloqa jabrlanuvchilar, guvohlarning ijtimoiy-psixolo-gik xislatlariga ta’sir ko‘rsatish orqali o‘rnatilishi mumkin. Ba’zan tergov-

169

chi jabrlanuvchilar, guvohlarda umumiy moyilliklar, qiziqishlarni topishga intilish orqali o‘ziga nisbatan ishonch, qiziqish hosil qildirib, psixologik aloqa o‘rnatilishiga erishadi.

Tergovchi guvohga nima sababdan so‘roqqa chaqirtirganliklarini tushuntirib, ularning erkin muloqot qilishlarini ta’minlashi lozim. Bu esa so‘roq qilinayotgan shaxsga diqqatini jamlash, ish holatlarini eslash, tergov-chiga esa yordamchi (eslatuvchi) savollar berilishi, ishontiruvchi ta’sir ko‘rsatilishining oldini olishga imkon beradi. Guvohlarning ko‘rsatuvlariga hurmat va ishonch bilan munosabatda bo‘lish tergovchi uchun majburiy bo‘l-mog‘i lozim. Tergovchi qo‘pollik, birovning ustidan kulish, aniq ko‘rinib turgan ishonchsizlik, e’tiborsizlik, shoshqaloqlik kabilarga yo‘l qo‘yishi mumkin emas.

So‘roq qilishning turlari orasida eng ko‘p tarqalgani guvohlar va jabrlanuvchilarni so‘roq qilishdir. Ish uchun ahamiyatli holatlarni idrok eta oladigan va ular haqida ko‘rsatuvlar bera oladigan har qanday shaxs guvoh bo‘lishi mumkin. Himoyachi vazifasini bajarayotgani bois o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan ayblanuvchining himoyachisi esa ish holatlari yuzasidan so‘roq qilinishi mumkin emas.

Jinoyat hodisasini yoki ish uchun ahamiyatli boshqa holatlarni bevo-sita idrok etgan inson ham, boshqa odamlarning so‘zlari yoki hujjatlaridan, shuningdek o‘zga manbalardan bu haqda xabar topganlar ham guvoh bo‘lishlari mumkin.

Jinoyat tufayli ma’naviy, jismoniy yoki mulkiy zarar ko‘rgan shaxs jabrlanuvchi hisoblanadi. U ham, xuddi guvoh singari, isbotlanishi lozim bo‘lgan har qanday holat, shuningdek ayblanuvchi bilan o‘zaro munosa-batlari yuzasidan so‘roq qilinishi mumkin.

Guvohlarni so‘roq qilish to‘rt bosqichga bo‘linadi: so‘roq qilinayot-gan shaxs bilan psixologik aloqa o‘rnatish; so‘roq qilinayotgan shaxsning erkin hikoya qilishi; unga aniqlashtiruvchi savollar berilishi; uni bayonno-ma hamda ko‘rsatuvlarning magnit yozuvi bilan tanishtirish.

Tergovchi so‘roq qilinayotgan shaxs bilan aloqa o‘rnatganidan keyin unga ish yuzasidan o‘ziga ma’lum bo‘lgan hamma narsalarni aytib berish-ni taklif qiladi. So‘roq qilishning bu bosqichi so‘roq qilinayotgan shaxs-ning erkin hikoya qilishi deb ataladi. Bu jarayonda u o‘ziga ma’lum fakt-larni o‘zi tanlagan yoki tergovchi tavsiya qilgan ketma-ketlikda bayon etadi.

Ish uchun ahamiyatli holatlarning ketma-ket bayon etilishini buzmas-lik uchun tergovchi so‘roq qilinayotgan shaxsning hikoyasini savol yoki luqmalar bilan bo‘lishi tavsiya etilmaydi.

Ko‘rsatuvlar bayon etilganidan keyin tergovchi turli savollar yorda-mida aniqliklar kiritadi, kamchiliklarni to‘ldiradi, erkin hikoya paytida

170

keltirilmagan yangi faktlarni aniqlaydi. Agar olingan ko‘rsatuvlar, tergov-chining fikricha, yolg‘on bo‘lsa, u: 1) so‘roq qilinayotgan shaxs bilmasdan yanglishgan taqdirda xatosini tuzatishida ko‘maklashishi; 2) atayin yol-g‘on ko‘rsatuv berganida uning yolg‘onini fosh etishi va to‘g‘ri ko‘rsatuv-lar berishiga majbur qilishi kerak.

Tergov amaliyotining ko‘rsatishicha, ko‘p hollarda so‘roq qilinayot-gan shaxslar tergovni qiziqtirayotgan voqeaning ayrim tafsilotlarini unuta-dilar. Unutish – bu tabiiy jarayon, shu bois tergovchini so‘roq qilinayotgan shaxs qaysidir faktlarni unutgani emas, balki ko‘proq allaqachonlar yuz bergan voqeaning tafsilotlarini haddan tashqari oson keltirayotgani shub-halantirishi lozim. Chunki bu yodlab olingan ko‘rsatuvlar berilayotganidan dalolat berishi mumkin.

Voqea holatlarini jabrlanuvchi yaxshiroq eslab qoladi, chunki jabr-langan shaxs uni hissiy darajada idrok etadi va boshidan kechiradi, ammo bu shaxsning ham eslab qolishida ayrim muammolar bo‘lishi mumkin.

Guvohning xotirasini tiklash maqsadida (bu usullarni u yoki bu holat-ni eslashga astoydil harakat qilayotgan gumon qiluvchi va ayblanuvchini so‘roq qilishda ham qo‘llash mumkin) quyidagi taktik usullar qo‘llaniladi:

1) so‘roq qilishda assotsiativ bog‘lanishlardan foydalanish. Ya’ni: – assotsiativ bog‘lanishlar bo‘yicha. Guvoh, jabrlanuvchi, gumon qili-

nuvchi, ayblanuvchining xotirasida ko‘rsatuvlar shakllanishi jarayonida narsa va hodisalarning obrazlari o‘rtasida bir vaqtda yoki ketma-ket tar-tibda idrok etilgan bog‘lanishlar prinsipi bo‘yicha assotsiatsiyalar hosil bo‘ladi. So‘roq qilinayotgan shaxsga qiziqtirilayotgan faktni eslashida yordam berish uchun, tergovchi unga so‘roq predmetlari bilan makon yoki vaqt aloqasida bo‘lgan narsa yoki hodisalarni eslatib o‘tadi. Ushbu maq-sadda so‘roq qilinayotgan shaxs hodisa joyiga olib borilishi mumkin, bu yerda uning xotirasida yuz bergan voqea tafsilotlari «tiklanadi»;

– o‘xshashligi bo‘yicha. Unda avvalgi usulda bo‘lgani kabi bevosita ishga aloqador bo‘lmagan narsa, so‘z, ibora kabilarni so‘roq qilinayotgan shaxsga taqdim etish xuddi shunday vazifani bajaradi. Tergovchi ko‘rsat-gan ta’sir (masalan, inson fotosurati) so‘roq qilinayotgan shaxsning xotira-sida fotosuratda tasvirlangan shaxsga o‘xshash biror odamning qiyofasini esiga solishi mumkin;

– qarama-qarshilik bo‘yicha. Bu usul so‘roq qilinuvchining xotirasi-dagi qarama-qarshi, zid obyektlarga oid tasavvurlardan iborat vaqtinchalik aloqalardan foydalanishga asoslangan. Masalan, tergovni qiziqtirayotgan hodisa yozda yuz bergan. Agar so‘roq qilinayotgan shaxs bu voqea qachon bo‘lganligini aytishga qiynalayotgan bo‘lsa, unga qishni eslatib, xotirasida unutilgan vaqtni tiklashda ko‘maklashish mumkin;

171

– ko‘rgazmalilik yordamida. Bu usul so‘roq qilinayotgan shaxs narsa yoki hodisaning u yoki bu belgilarini so‘zda ifodalashga qiynalgan taq-dirda qo‘llaniladi. Ana shunda unga tergovni qiziqtirayotgan holatlar bilan bog‘liq u yoki bu narsalar ko‘rsatiladi. Bu kabi narsalar eslash uchun o‘ziga xos rag‘bat bo‘lishi mumkin: ularning ko‘rinishi so‘roq qilinayotgan shaxs-ning xotirasida u bilan bog‘liq bo‘lgan hamda qiziqtirayotgan obyektni eslashga olib keladigan assotsiatsiyalarni keltirib chiqaradi;

2) cheklangan doiradagi holatlar bo‘yicha takroriy so‘roq qilish. So‘roq qilinayotgan shaxs ko‘rsatuvlarni takroran berayotganida birinchi so‘roq paytida unutgan faktlar, holatlarni eslashi mumkin. Bu hol g‘ira-shira eslash (reminissensiya) psixologik mexanizmi bilan izohlanadi. Bun-da idrok etish kechiktirilganida yangi ma’noli aloqalarning xotirada kuchayishi sifatida tushuniladi. Assotsiativ bog‘lanishlarni tiklash misol-laridan guvoh to‘g‘ri gapiryapman deb o‘ylab, yanglishgani oqibatida no-to‘g‘ri ko‘rsatuvlar berayotgan hollarda foydalanish mumkin.

Savol va topshiriqlar

1. Jinoyat ishida ishtirok etishga jalb qilingan guvohning psixologik xusu-

siyatlari qanday? 2. Guvohning psixologik xususiyatlarini o‘rganishning ahamiyati nima-

larda namoyon bo‘ladi? 3. Dastlabki tergov davomida guvohning qanday psixologik xususiyat-

lariga e’tibor qaratish kerak? 5. Guvohni so‘roq qilishning psixologik xususiyatlari to‘g‘risida so‘zlab

bering. 6. Guvohni so‘roq qilishda qo‘llaniladigan psixologik usullarni ayting.

172

VI BOB. KO‘ZDAN KECHIRISH VA GUVOHLANTIRISHDA PSIXOLOGIK BILIMLARDAN FOYDALANISH

1-§. Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishda psixologik bilimlardan foydalanishning ahamiyati

Ko‘zdan kechirish tergov harakatining maqsadi – jinoyat izlari, ashyoviy dalillarni topish, hodisa sodir bo‘lgan vaziyatni va ish uchun ahamiyatli bo‘lgan boshqa holatlarni aniqlashtirishdan iborat.

Ko‘zdan kechirish tergov harakati obyektiga ko‘ra, quyidagi turlarga bo‘linadi:

1) hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish; 2) murdani ko‘zdan kechirish; 3) hayvonlarni ko‘zdan kechirish; 4) tevarak-atrof va binolarni ko‘zdan kechirish; 5) narsa va hujjatlarni ko‘zdan kechirish. Ko‘p holatlarda hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish tergov

harakati tarkibida murda, narsa va hujjatlar ham ko‘zdan kechirilishi mumkin. Masalan, qasddan odam o‘ldirish jinoyatida hodisa sodir bo‘lgan joydagi murdani mutaxassis yordamida ko‘zdan kechirish yoki hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishda ish uchun ahamiyatli bo‘lgan narsa va hujjatlarni ham bir yo‘la ko‘zdan kechirish kabilar.

Hayvonlarni ko‘zdan kechirish asosan gumon qilingan shaxsning uyi va boshqa joylari tintuv qilinishi natijasida yoki gumon qilingan shaxsning avtomashinasi ko‘zdan kechirilganda yoxud shaxslar tomonidan taqdim etilganda amalga oshirilishi mumkin.

Tevarak-atrof va binolarni ko‘zdan kechirish hodisa sodir bo‘lgan joy bo‘lmasa-da, lekin tevarak-atrof va binolardan ish uchun ahamiyatli holatlarni aniqlashtirish, dalillarni topish uchun o‘tkaziladi.

Ko‘zdan kechirish tergov harakati turlari ichida hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish tergov harakati o‘ziga xos xususiyatga ega. Hodisa sodir etilgan joyda ko‘p hollarda ashyoviy dalil sifatida jinoyatchining izlari qoladi. Ushbu izlarni va boshqa ashyoviy dalillarni qidirib topish va ularni protsessual qonun asosida ishga qo‘shish muhim ahamiyatga egadir. Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishda to‘plangan ashyoviy dalillar tergovchiga jinoyatni ochish va boshqa tergov harakatlarini olib borish imkoniyatini beradi. Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish tergov harakati o‘tkazilishining to‘g‘ri tashkil etilishi tergov tusmollarini tuzish va ularni tekshirishda lozim bo‘lgan holatlarni aniqlashga imkon beradi. Voqea joyini ko‘zdan kechirishda tergovchidan bu sohada mahorat

173

bilan o‘z vaqtida tezkor-qidiruv harakatlarini o‘zaro hamkorlikda amalga oshirilishini talab etadi.

Ko‘p hollarda jinoyatning ochilishi yoki ochilmasligi aynan hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish tergov harakatining qanday o‘tkazilganli-giga ham bog‘liq. Tergovchi hodisa joyini ko‘zdan kechirishni kechiktir-masdan, o‘z vaqtida amalga oshirishi kerak, shuningdek, jinoiy hodisa sodir etilganligi to‘g‘risida xabar olgan zahoti hodisa joyiga yetib borishi lozim. Hodisa joyini ko‘zdan kechirishga chiqishni kechiktirish, jinoiy hodisani sodir etilgan holat va vaziyatning o‘zgarib ketishiga olib kelishi mumkin. Ba’zi jinoyatlar bo‘yicha hodisa joyidagi holat uzoq muddatga saqlanib qolmaydi. Bundan tashqari, hodisa joyiga chiqishni kechiktirish jinoiy ishdan manfaatdor bo‘lgan shaxslar tomonidan ashyoviy dalillarning yo‘qotilishiga yoki voqea holatining o‘zgartirilib yuborilishiga olib kelishi, ob-havo yomg‘ir, qor va boshqalar ta’sirida ba’zi izlar yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Hodisa joyini ko‘zdan kechirish natijasida topilgan va aniqlangan faktlar ish bo‘yicha dalil hisoblanishi mumkin. Tergovchining asosiy vazifasi ushbu faktlardan jinoyatni o‘z vaqtida ochishda foydalanishdan iborat. Ko‘zdan kechirishning o‘z vaqtida va to‘liq o‘tkazilishi hodisa joyi holatini to‘liq tekshirish va birorta ham ashyoviy dalilning nazardan chetda qoldirmaslikni ta’minlaydi.

Demak, voqea joyini o‘z vaqtida, har tomonlama, to‘liq va sinchkov-lik bilan ko‘zdan kechirmasa, voqea joyidagi har bir detallarga e’tibor bermay shunchaki yuzaki o‘tkazsa, jinoyatning ochilishi qiyinlashadi, jinoyat bo‘yicha tuzgan tergov tusmollari samarasiz yakun topadi, natijada boshi berk ko‘chaga kirib qolish xavfini keltirib chiqaradi. Shuning uchun tergovchi hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish tergov harakatini samarali o‘tkazib, tergov tusmollarini to‘g‘ri tuzish, natijada ijobiy ko‘rsat-kichlarga erishish uchun psixologik bilimlardan foydalanishi talab etiladi. Tergovchi har qanday tergov harakatini o‘tkazishga har tomonlama tayyor-garlik ko‘rishi kerak, shu jumladan hodisa sodir bo‘lgan joyini ko‘zdan kechirish tergov harakatiga ham. Tergovchi voqea joyini ko‘zdan kechirish tergov harakatini faqat qonun doirasida o‘tkazilishi bilan chegaralanmas-dan, balki psixologik tomondan ham tayyorgarlik ko‘rishi kerak. Chunki tergovchi tergov-tezkor guruhi rahbari sifatida ushbu tergov harakatini o‘tkazishga psixologik jihatdan tayyor bo‘lmasa, tergov-tezkor guruh a’zo-lari bilan psixologik muloqotni yetarli darajada o‘rnata olmaydi hamda ularning o‘zaro hamkorligini yaxshi yo‘lga qo‘ya olmaydi.

Voqea joyini ko‘zdan kechirish tergov harakatini o‘tkazmoqchi bo‘l-gan tergovchi, avvalo, ushbu tergov harakatini samarali o‘tkazishi uchun

174

psixologik jihatdan tayyor bo‘lishi, ya’ni qonun doirasida o‘tkazish bilan bir qatorda voqea joyida o‘zini tuta olishi, fikrini bir joyga jamlay olishi, har tomonlama fikrlashi, qat’iyatlilik, guruh a’zolariga vazifalarni to‘liq va aniq belgilab bera olishi, vaziyatga har tomonlama baho bera olish qobi-liyatiga ega bo‘lishi, tergov-tezkor guruhida xizmat intizomini saqlashi, guruhida hamkorlik muhitini ta’minlay olishi kabi xislatlarga ega bo‘lish kerak.

Tergovchi jinoyatni ochishi uchun hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish tergov harakatini sifatli va samarali o‘tkazishi hamda tergov tus-mollarini to‘g‘ri tuzishida quyidagi psixologik bilimlardan foydalanishi zarur:

– hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishga psixologik jihatdan tayyorgarlik ko‘rish;

– hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishga chiquvchi har bir tergov-tezkor guruh a’zosining individual-psixologik xususiyatlaridan kelib chiqib, psixologik muloqotga kirishish;

– hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish jarayonida kuzatuv-chanlikni kuchaytirish;

– hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish natijasida intuitiv hisni shakllantirish;

– hodisa sodir bo‘lgan joy holatidan kelib chiqqan holda voqea mode-lining yaratuvchanlik xususiyatlarini shakllantirish;

– hodisa sodir bo‘lgan joyda qoldirilgan izlardan kelib chiqqan holda yosh davriga xos psixologik xususiyatlarni o‘rganish;

– hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishda jinoyatchi shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini o‘rganish.

Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishga psixologik jihatdan tayyorgarlik ko‘rish. Tergovchi jinoyat haqida xabar yoki ariza mazmuni-dan kelib chiqib, hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishning o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda tayyorgarlik ko‘rishi, hodisa joyiga tergov-tezkor guruhi to‘liqligini ta’minlagan holda kerakli mutaxassislarni jalb etish masalasiga e’tiborni qaratish, tergov-tezkor guruhi a’zolariga aniq vazifalar qo‘yishni avvaldan belgilab olish, guruhda hamkorlikni ta’minlash muhitini yaratish, guruh intizomini ta’minlash, guruh rahbari sifatida liderlik xususiyatlarini yo‘qotmaslik, har qanday vaziyatda o‘zini tuta olish va muammoli vaziyatda tezkor qaror qabul qila olish kabi holatlarga tayyor turish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.

Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishga chiquvchi har bir tergov-tezkor guruh a’zosining individual-psixologik xususiyatlaridan kelib

175

chiqib, psixologik muloqotga kirishish. Tergovchi hodisa sodir etilgan joyga tergov-tezkor guruhi har bir a’zosining individual-psixologik xususiyatlariga ko‘ra psixologik muloqotga kirishish xislatlariga ega bo‘lishi kerak, aks holda guruhda hamkorlik muhiti yaratilmaydi, natijada tergovchi tomonidan berilgan topshiriqlar samarasiz bajarilishi mumkin. Shuning uchun tergovchi psixologik muloqotga kirishish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.

Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish jarayonida kuzatuv-chanlikni kuchaytirish. Tergovchi hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish jarayonida kuzatuvchanlikni kuchaytirishi, ya’ni voqea joyidagi har bir narsani e’tibordan chetda qoldirmasdan sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirishi (sharoit, holat, jabrlanuvchi va u yerdagi shaxslarning o‘zini tutishi, ashyoviy dalillar, dalillarning qayerdaligi, ashyoviy dalillarning miqdori, o‘lchami va h.k. ) kerak.

Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish natijasida intuitiv hissni shakllantirish. Tergovchi hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishdan avval jinoyat haqidagi xabar mazmuniga ko‘ra intuitiv hissini ishga solishi, hodisa sodir bo‘lgan joyga chiqqanda esa voqea joyidagi holatdan kelib chiqib, ushbu hisni yanada kuchaytirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.

Hodisa sodir bo‘lgan joy holatidan kelib chiqqan holda voqea modeli-ning yaratuvchanlik xususiyatlarini shakllantirish. Tergovchi hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish natijasida voqea modelini ishlab chiqishi kerak bo‘ladi, ya’ni xayolida voqea obrazini yaratishi va buning uchun tergovchi sezgi, idrok, xayol, xotira, tafakkur kabi xislatlarni ishga solish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim.

Hodisa sodir bo‘lgan joyda qoldirilgan izlardan kelib chiqqan holda yosh davriga xos psixologik xususiyatlarni o‘rganish. Tergovchi hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish natijasida qoldirilgan izlardan kelib chiqqan holda qaysi yoshdagi shaxs jinoyatni sodir etgan bo‘lishi mumkin-ligini taxmin qilish va psixologik portretini yarata olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.

Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishda jinoyatchi shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini o‘rganish. Tergovchi hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish natijasida qoldirilgan izlar va voqea joyidagi narsalarni joylashgan holatidan kelib chiqib, ushbu jinoyatni qaysi temperamentdagi shaxs (xolerik, sangvinik, flegmatik, melanxolik) sodir qilishi mumkinligini taxmin qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.

Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish tergov harakati tarkibida murda, narsa va hujjatlar ko‘zdan kechirilishi, hayvonlarni, tevarak-atrof va binolarni ko‘zdan kechirishda xizmat faoliyatining o‘ziga xos va muhim psixologik xususiyatlariga javob beradi va uni amalga oshirishning

176

zarur shart-sharoitlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. U to‘rt guruhga kiruvchi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:

tergovchining kasbiy psixologik mo‘ljallari va his-tuyg‘ulari (ko‘zdan kechirish tergov harakatining psixologik jihatlarini va shu asosda jinoyat-chilarning psixologik portretini yaratishi);

tergovchining kasbiy harakatlar va taktikaning samaradorligiga oid psixologik jihatlar bo‘yicha tayyorgarligi. Ushbu tayyorgarlik kasbiy hara-katlar samaradorligining psixologik sharoitlarini tushunishda va ularni yarata olishda; kasbiy (nutqiy va nutqsiz) harakatlarni amalga oshirishning psixologik vositalaridan mahorat bilan foydalanish, ko‘zdan kechirish tergov harakatining samaraliroq hal etilishini ta’minlovchi psixologik usul-larning butun kompleksini mohirlik bilan qo‘llay olishda namoyon bo‘ladi;

tergovchining rivojlangan kasbiy kuzatuvchanligi va xotirasi (kasbiy kuzatish samaradorligini oshirish uchun psixologik asoslangan usul va qoi-dalarni qo‘llash mahoratini o‘z ichiga oladi) rivojlangan kasbiy kuzatuv-chanlik, tasavvur va sezgi organlarining mashq orqali rivojlanganligi, hal etilishi kerak bo‘lgan vazifalar uchun muhim ma’lumotlarni tez, to‘liq va aniq esda olib qolish, xotirada yaxshi saqlash va to‘g‘ri bayon etish bo‘yicha mashq qilganlik, ya’ni operativ xotiraning rivojlanganligi;

psixologik barqarorlik (tergovchining ko‘zdan kechirish tergov hara-katining psixologik jihatdan murakkab, hissiy jihatdan tarang, muammoli vaziyatlarda xotirjam va ishonch bilan harakat qilish qobiliyatida namoyon bo‘ladi).

Psixologik tayyorgarlik tergovchining kasb mahoratini keskin oshira-di. Tergovchilarning ko‘zdan kechirish tergov harakatiga psixologik jihat-dan tayyorgarligiga quyidagilarni kiritish mumkin:

ko‘zdan kechirish tergov harakatiga psixologik jihatdan tayyor bo‘lish xislatini shakllantirish;

ko‘zdan kechirish tergov harakatining turli jihatlariga psixologik yo‘nalganlikni rivojlantirish;

kasbiy jihatdan muhim bilish xislatlarini shakllantirish va rivojlan-tirish;

ko‘zdan kechirish tergov harakatini amalga oshirishda shaxsning yoshga oid va individual-psixologik xususiyatlari asosida psixologik por-tret yarata olish malaka va ko‘nikmalarini takomillashtirish hamda rivoj-lantirish;

ko‘zdan kechirish tergov harakatini amalga oshirishda tergovchining intuitsiya bilan bog‘liq psixologik bilimlarini shakllantirish;

ko‘zdan kechirish tergov harakatini amalga oshirishda, ya’ni muam-moli vaziyatlarda o‘zini tuta olish, psixologik barqarorlikni shakllantirish;

177

tergovchining ijobiy hissiy-irodaviy xislatlarini rivojlantirish; irodaviy faollikni va irodaviy harakatlar ko‘nikmalarini shakllan-

tirish; ko‘zdan kechirish tergov harakatini amalga oshirishda vujudga

keladigan ruhiy zo‘riqishlarga o‘zini avvaldan tayyorlash. Ko‘zdan kechirish tergov harakatiga psixologik jihatdan tayyor bo‘lish

xislatini shakllantirish psixologik tayyorgarlikdagi eng muhim jihatdir. Bu o‘rinda asosiysi tergovchilarning kasbiy yo‘nalganligi, ularda ko‘zdan kechirish tergov harakatiga nisbatan barqaror kasbiy qiziqish, shuningdek, ularda haqiqat, adolat va qonuniylik hissini shakllantirishni taqozo etadi.

Ko‘zdan kechirish tergov harakatining turli jihatlariga psixologik yo‘nalganlikni rivojlantirish – bu tergovchilarning ko‘zdan kechirish tergov harakatini amalga oshirishlarida inson omili bilan bog‘liq psixologik xususiyatlarni bilishlari va hisobga olishlarini taqozo etadi.

Kasbiy jihatdan muhim bilish xislatlarini shakllantirish va rivojlanti-rish bevosita tergovchilar bilish faoliyatining samaradorligini ta’minlaydi. Bularga kasbiy ziyraklik, idrok, kuzatuvchanlik, xotira, tafakkur va tasavvur kiritiladi. Ushbu xislatlarni rivojlantirishga qaratilgan maxsus mashqlar tergovchilarning kasbiy jihatdan muhim ma’lumotlarni eslab qolish, esda saqlash va qayta esga tushirish samaradorligini oshirish qoida-larini, mantiqiy fikrlash va ijodiy tasavvurni rivojlantirishning asosiy usul-lari va ularga doir bilimlarni egallashlarini taqozo etadi.

Ko‘zdan kechirish tergov harakatini amalga oshirishda shaxsning yoshga oid va individual-psixologik xususiyatlari asosida psixologik portret yarata olish malaka va ko‘nikmalarini takomillashtirish hamda rivojlantirish bevosita tergovchi ko‘zdan kechirish tergov harakatini amal-ga oshirishda shaxsning yoshga oid va individual-psixologik xususiyatlari asosida jinoyatchilarning psixologik portretini yarata olish qobiliyatiga bog‘liq. Bu esa, o‘z navbatida, ko‘zdan kechirish tergov harakatining samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi.

Ko‘zdan kechirish tergov harakatini amalga oshirishda tergovchining intuitsiya bilan bog‘liq psixologik bilimlarini shakllantirish ko‘zdan kechi-rish tergov harakatini amalga oshirishda, ya’ni hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish, murdani ko‘zdan kechirish, hayvonlarni ko‘zdan kechirish, tevarak-atrof va binolarni ko‘zdan kechirish, narsa va hujjatlarni ko‘zdan kechirishlarida tergovchining intuitsiya bilan bog‘liq psixologik bilimlari voqea va holatlar yuzasidan to‘g‘ri tusmol qo‘yishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.

Ko‘zdan kechirish tergov harakatini amalga oshirishda, ya’ni muam-moli vaziyatlarda o‘zini tuta olish, psixologik barqarorlikni shakllantirish.

178

Tergovchilar ko‘zdan kechirish tergov harakatini amalga oshirishda ularning kasbiy harakatlarini bajarish sifatiga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan ko‘plab noqulay psixologik holatlar ta’siriga duch keladilar. Psixologik barqarorlik xodimlarning salbiy holatlar ta’siriga tushmaslik qobiliyatida namoyon bo‘ladigan psixologik tayyorgarlikning muhim ko‘rsatkichlaridan biri sifa-tida qaraladi. Bu o‘rinda ko‘zdan kechirish tergov harakatini amalga oshirishda mazkur qiyinchiliklarni avvaldan ko‘rish qobiliyatini shakllanti-rish muhim. Tergovchilarda psixologik barqarorlikni shakllantirish muam-moli vaziyatlarda o‘zini yo‘qotmaslikka yordam beradi.

Tergovchining ijobiy hissiy-irodaviy xislatlarini rivojlantirish bevosita ko‘zdan kechirish tergov harakatini amalga oshirishda tergovchilarning psixologik barqarorligini va og‘ir vaziyatlarda o‘zini tuta olish, shuning-dek, ularda mas’uliyat, muvaffaqiyatsizlikka chidash, tavakkalga moyillik va barqarorlik, o‘zini boshqara olish, sobitlik kabi muayyan hissiy-iroda-viy xislatlarni shakllantirishni taqozo etadi. Tergovchilar o‘z xatti-harakatlarini va his-tuyg‘ularini nazorat qilishi va boshqarishlari kerak.

Irodaviy faollikni va irodaviy harakatlar ko‘nikmalarini shakllanti-rish. Tergovchilar ko‘zdan kechirish tergov harakatini amalga oshirish-larida ishni sifatli bajarishni qiyinlashtiradigan, ba’zan esa qo‘yilgan maq-sadga erishishga to‘sqinlik qiladigan turli murakkab holatlarga duch kela-dilar. Bunday vaziyatlarda ular irodaviy faollikni namoyish etadilar.

Ko‘zdan kechirish tergov harakatini amalga oshirishda vujudga keladigan ruhiy zo‘riqishlarga o‘zini avvaldan tayyorlash. Tergovchilar ko‘zdan kechirish tergov harakatini amalga oshirishlarida o‘ziga xos xususiyatlardan biri shundaki, ta’sir etuvchi omillar ko‘pincha stress holatini keltirib chiqaradi, asab tizimiga haddan tashqari katta og‘irlik tushadi. Bu, o‘z navbatida, ular amalga oshiradigan faoliyatning samara-dorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois tergovchilar ushbu jarayonlar kechishi-ning asosiy qonuniyatlari hamda qisqa vaqt ichida ish qobiliyatini tiklash-ga va ortiqcha asabiy zo‘riqishni bartaraf etishga yordam beradigan usul-larni (chunonchi, psixologik boshqaruv mashqlarini bajarish usullari) bilishlari zarur.

Murdani ko‘zdan kechirishda tergovchi ekspert oldiga to‘g‘ri va aniq savollarni qo‘yish talab etiladi. Chunki savollarga berilgan javobdan kelib chiqqan holda tergov tusmollari tuziladi. Shuningdek, tergovchining o‘zi ham murda tanasiga o‘tkir jismni chuqur yoki yuzaki yoxud ko‘p qisqa masofaga tez va ko‘p marotaba sanchilganligiga qarab, qotil affektiv holatda bo‘lgan yoki bo‘lmaganligini aniqlashi, bir marotaba murdaning yurak qismiga urilishiga qarab professional jinoyatchi sodir qilgan deb tusmol qilishi, ya’ni jinoyatchi shaxsning individual-psixologik xususiyat-

179

larini aniqlash mumkin. Masalan: ko‘lning qirg‘oq qismida yoshi taxmi-nan 25-30lar atrofidagi noma’lum shaxs murdasi topilgan. Murda tanasi-ning ko‘krak sohasiga 17 marotaba uchqur jism bilan sanchilganligi, mar-humning gavda tuzilishi esa sportchilarga xos baquvvat bo‘lganligi, bo‘yi 187 sm.ni tashkil qilganligi ma’lum bo‘lgan, shunda marhumdan ham baquvvatroq shaxs tomonidan unga yaqin bo‘lgan tanishi qotillik jinoyati sodir qilganligi haqida dastlabki tusmol ilgari surilgan. Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida jinoyatni sodir qilgan shaxs ushlangan. Ma’lum bo‘lishicha qotil marhumga umuman notanish bo‘lgan hamda u marhum-ga nisbatan ancha kuchsizroq bo‘lgan (nimjonroq, ozg‘in, bo‘yi 162 sm.ni tashkil qilgan), ko‘lda yonma yon baliq tutib o‘tirgan vaqtda o‘zaro kelishmagan holda janjal chiqqan va qotil kuchli affekt holatida yonida olib yuradigan pichoq bilan kutilmaganda marhumning ko‘krak qismiga 17 marotaba sanchib tashlagan.

Har qanday qasddan odam o‘ldirish jinoyatida agarda qotil ushlansa unga nisbatan sud psixologik-psixiatrik kompleks tarzda ekspertiza tayin-lanadi va ekspertlarga birinchi navbatda qotilni patologik yoki fiziologik affektda bo‘lgan yoki bo‘lmaganligini aniqlash vazifasi qo‘yiladi.

Shaxsning patologik affekt holatda bo‘lishi deganda shaxs ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish vaqtida aqli noraso holatda bo‘lganligi, ya’ni surunkali ruhiy kasalligi, ruhiy holati vaqtincha buzilganligi, aqli zaifligi yoki boshqa tarzdagi ruhiy kasalligi sababli o‘z harakatlarining ahamiya-tini anglay olmagan yoki harakatlarini boshqara olmaganligi tushunilsa, shaxsning fiziologik affekt holatda bo‘lishi esa jabrlanuvchi tomonidan qilingan g‘ayriqonuniy zo‘rlik yoki og‘ir haqorat yoxud boshqa g‘ayriqo-nuniy harakatlari tufayli to‘satdan yuz bergan kuchli ruhiy hayajonlanish natijasida sodir etiladi.

Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish tergov harakati tarkibida narsa va hujjatlar ham ko‘zdan kechirilishi mumkin yoki shaxslar tomoni-dan taqdim etilishi mumkin. Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish tergov harakati tarkibida narsa va hujjatlar ham ko‘zdan kechirilsa, narsa-larning joylashgan joyiga va hujjatning mazmuniga qarab, jinoyatchining yosh davriga xos hamda individual-psixologik xususiyatlarni aniqlash va shundan kelib chiqib jinoyatchining psixologik portretini yaratish mumkin. Masalan: jinsiga oid erkak yoki ayol kishi qilganligini, yoshiga oid katta yoshdagilar yoki voyaga yetmaganlar tomonidan sodir qilinganligi, qaysi temperamentdagi shaxs (xolerik, sangvinik, flegmatik, melanxolik) sodir qilishi mumkinligini taxmin qilish mumkin va shu asosida tusmollar tuziladi.

180

Xulosa qilib aytganda, tergovchi voqea joyini ko‘zdan kechirish tergov harakatini qonun doirasida o‘tkazish bilan bir qatorda psixologik bilimlardan ham foydalanishi talab etiladi. Tergovchi psixologik bilim-larga tayangan holda hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishga psixologik jihatdan tayyorgarlik ko‘radi, hodisa joyni ko‘zdan kechirishga chiquvchi tergov-tezkor guruhi har bir a’zosining individual-psixologik xususiyatlaridan kelib chiqib, psixologik muloqotga kirishadi, hodisa joyida kuzatuvchanlikni oshiradi, intuitiv hisni ishga soladi, voqea modelini yaratadi, hodisa joyida qoldirilgan izlar va voqea joyidagi narsalarni joy-lashgan holatidan kelib chiqib, ushbu jinoyatni qaysi temperamentdagi shaxs (xolerik, sangvinik, flegmatik, melanxolik) sodir qilishi mumkinli-gini taxmin qilish orqali aniqlaydi, natijada sodir etilgan jinoyatni o‘z vaqtida ochishga erishadi.

2-§. Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish psixologiyasi

Voqea joyini ko‘zdan kechirish tergov harakatlarining asosiy shartlaridan biri aynan shu paytda olinadigan taassurotlar, ma’lumotlarning o‘rnini boshqa tergov harakatlari yordamida to‘ldirib bo‘lmasligidir. Jinoyatchining qo‘l va oyoq izlari, foydalanilgan quroli haqidagi ma’lu-motlar bunga misol bo‘la oladi. Voqea joyidagi taassurotlar tergovchilarga tafsilotlarni to‘g‘ri tasavvur qilish imkonini beradi.

Voqea joyini ko‘zdan kechirish harakati zudlik bilan o‘tkazilishi shart. Ushbu harakatni kechiktirish yoki ortga surish shart-sharoitning o‘zgarishi, izlar va daliliy ashyolarning g‘oyib bo‘lishi, hodisani ko‘rgan va guvohlar-ning muhim holatlarini unutib qo‘yishlariga olib kelish ehtimolini tug‘di-radi. Agar tergovchi voqea joyini bevosita ko‘zdan kechirib, daliliy ashyolarni topib, natijasini bayonnomaga qayd etsa, tezkor xodim tergov-chi ruxsati bilan jinoyatni ochishga qaratilgan tezkor-qidiruv ishlari bilan shug‘ullanadi, mutaxassis yoki ekspert-kriminalist tergovchiga izlarni topish, aks ettirish va nusxa ko‘chirishda yordam beradi.

Bu tadbirlar ko‘zdan kechirish bilan bir paytning o‘zida o‘tkazilishi, keyinroq asliga to‘g‘riligini tekshirib ko‘rish imkoni saqlanishi lozim.

Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishda foydalaniladigan psixologik bilimlar:

1. Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishga psixologik jihatdan tayyorgarlik ko‘rish. Ko‘zdan kechirish tergov harakatining o‘ziga xosli-gini uning kechiktirib bo‘lmas xususiyatga egaligi tashkil etadi. Aksariyat boshqa tergov harakatlaridan farqli ravishda hodisa joyini ko‘zdan kechi-rish zudlik bilan o‘tkazilishi kerak. Har qanday kechikish vaziyatning

181

o‘zgarishiga, iz va dalillar yo‘qolishiga, voqea shohidlari va guvohlari ish uchun muhim holatlarni unutishiga olib kelishi mumkin. Bunday sharoitda tergovchida ko‘zdan kechirishga, uning taktikasini o‘ylab ko‘rishga, mas-lahat olishiga yetarli vaqti bo‘lmaydi. U juda tez harakat qilish kerak, aks holda yo‘l qo‘ygan xatosini tuzatish qiyin kechadi, bu dalillar o‘rnini to‘ldirib bo‘lmas darajada yo‘qolishiga olib kelishi mumkin. Bularning bari tergovchida yuqori darajadagi mas’uliyat hissini yuzaga keltiradi, yosh, yetarli tajribaga ega bo‘lmagan xodimlarda esa ko‘pincha «xato qilishdan qo‘rqish» deb atash mumkin bo‘lgan o‘ziga xos holat yuzaga keladi. Bu ortiqcha hayajonlanish, o‘zini yo‘qotish, shoshma-shosharlik, oqi-lona faollikning, maqsadga muvofiqlikning pasayishida namoyon bo‘ladi, aniq fikriy faoliyat yurita olmaslikka, ko‘zdan kechirish ishtirokchilarining harakatlarini to‘g‘ri boshqarishda qobiliyatsizlikka olib keladi. Ayni vaqtda shu narsa yaxshi ma’lumki, malakali tergovchilar xuddi shunday murakkab vaziyatda nafaqat tez, balki maqsadga yo‘naltirilgan tarzda, butun diqqat-e’tiborini jamlagan holda harakat qiladilar. Ularning kuzatuvchanligi, fikriy faoliyati kuchayadi, ular ko‘zdan kechirishning borishiga mohirlik bilan rahbarlik qiladilar. Umuman olganda, bunday tergovchilarda barcha ma’naviy va jismoniy kuchlar safarbar etiladi1.

Hodisa joyini ko‘zdan kechirish tergovchi oshkora, boshqa odamlar hozirligida harakat qiladigan kam sonli tergov harakatlari qatoriga kiradi. Muayyan ruhiy tayyorgarlikni, jumladan fikrni jamlay olish, og‘ir-vazmin bo‘lish, diqqatni jamlash va zarur bo‘lganida boshqa narsaga ko‘chira olish, ayni vaqtda voqea joyini ko‘zdan kechirish ishtirokchilarining hara-katlariga rahbarlik qilish, zarur intizomni, hamkorlik muhitini saqlash mahoratini talab qiladi.

Demak hodisa joyiga chiqish uchun tayyorgarlik ko‘rish chog‘ida tergovchining bo‘lg‘usi faoliyatga ruhiy jihatdan tayyorlanish zarurati yuzaga keladi. U voqeaning xususiyatiga qarab o‘z harakatlarining umu-miy tartibini modellashtiradi, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan to‘siqlarni bartaraf etish yo‘nalishlarini shakllantiradi.

2. Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishga chiquvchi tergov-tezkor guruhining har bir a’zosining individual-psixologik xususiyat-laridan kelib chiqib, psixologik muloqotga kirishish. Voqea joyini ko‘zdan kechirish ishtirokchilarining qarashlari psixologik jihatdan mos kelishi ham alohida ahamiyatga ega. Tergovchi hokimiyat vakolatiga ega bo‘lsa-da, shaxslararo munosabatlarning psixologik jihatlarini ham e’tibordan

1 Глазырин Ф. В. Психология следственных действий. – Волгоград, 1993. – С. 7.

182

chetda qoldirmasligi kerak. Uning ko‘zdan kechirish ishtirokchilari bilan ish yuzasidan xushmuomalalik bilan munosabatda bo‘lishi bir guruh shaxslar ishtirok etadigan voqea joyini ko‘zdan kechirishni muvaffaqiyatli o‘tkazishning muhim shartidir. Puxta ishlangan dastlabki ruhiy, tashkiliy va texnikaviy tayyorgarlik hodisa joyini ko‘zdan kechirish muvaffaqiyatli o‘tishini ta’minlaydi. Hodisa joyini ko‘zdan kechirish boshlanishidan avval tergovchi tashkiliy ishlarni (tezkor guruhni tanlab olish, ilmiy-texnikaviy vositalarni tayyorlash va tekshirish, mutaxassislarni taklif etish, voqea joyini qo‘riqlash kabilarni) amalga oshirishi kerak. Tezkor guruh a’zolarining o‘z vazifalarini yaxshi bilishi, bir-birlari bilan aniq hamkorlik qilishi katta ahamiyatga ega. Tezkor guruhni tashkil qilishda ishtirokchi-larining kasbiy mahorati va hayotiy tajribasini uyg‘unlashtirishning, o‘zaro psixologik mos kelishining (birga ishlashga, o‘zaro yordam berishga, har qanday vaziyatda og‘ir bo‘lishga, o‘zini tutish, xayrixohlik, o‘zaro hur-matni saqlab qolishga tayyorlik, yuzaga kelgan nizolarni tez bartaraf eta olishning) maqsadga muvofiqligini yodda tutish zarur.

3. Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish jarayonida kuzatuv-chanlikni kuchaytirishda. Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish tergov harakatining muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazilishi ko‘p hollarda ter-govchining voqea joyidagi holatlarni ko‘zdan kechirishni rejali, sinchkov-lik bilan har tomonlama kuzatishiga bog‘liq. Ushbu kuzatuvning tergovchi-da shakllanishi dastlab hodisa sodir etilgan joyga chiqishdan avval jinoyat haqida xabarni olgandan keyin, xabarning xususiyatidan kelib chiqqan holda voqea joyida qaysi holatlarga e’tiborni qaratishni xayolida belgilab oladi. Ya’ni dastlabki jinoyat haqida xabar (xabarning xususiyatidan kelib chiqqan holda), tergovchiga hodisa sodir bo‘lgan joyning detallari atroflicha kuzatish orqali ko‘zdan kechirish imkonini beradi va kelgusi tergov tusmollarini tuzish yo‘nalishini belgilab beradi.

Tergovchi hodisa holati bo‘yicha umumiy tasavvurga ega bo‘lishi uchun avvalo kelib tushgan xabarning mazmunidan kelib chiqib, hodisa joyiga birinchi kelgan xodimdan (patrul-post xizmati xodimi, profilaktika inspektori), shohidlardan, guvohlardan, jabrlanuvchilardan va boshqa shaxslardan (jinoyatni birinchi bo‘lib aniqlagan shaxslar bo‘lishi mumkin) olgan ma’lumotlarni tahlil qilishi kerak. Tergovchining ushbu hodisa holati bo‘yicha umumiy tasavvurga ega bo‘lishi hodisa joyini ko‘zdan kechirish chegarasini belgilab olishga, asosiy e’tibor beriladigan holatlarni va ularning bir-biri bilan bog‘liqlik tomonlarini aniqlashga hamda ko‘zdan kechirishning ketma ketligini belgilab olish imkonini beradi.

Ko‘p hollarda tergovchilar hodisa sodir bo‘lgan joyning asosan tekis qismlarini (yerning ustki qatlami ya’ni asfalt yo‘lda qoldirilgan jinoyat

183

izlari, uy polida qoldirilgan jinoyat quroli) ko‘zdan kechirish bilan chegaralanib, hodisa sodir bo‘lgan joyning yon atrofi, tepasi (ochiq joy-ning yon atrofi, binoning tepasi, yon devorlari)ni e’tibordan chetda qol-dirib ketadi. Vaholanki, hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish jarayonida ish uchun ahamiyatli bo‘lgan izlarni qidirib topishdagi kuzatuv-chanlik nafaqat tekis maydonlarda, balki yon atrof va tepalik joylarga ham qaratilishi zarur.

4. Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish natijasida intuitiv hisga tayanish. Ko‘zdan kechirish mobaynida sharoitning qiyinligi, ma’lu-motlarning yetarli emasligi yoki tanqisligi masalalarni fikran hal etishga to‘g‘ri keladi. Tergovchi bunday vaziyatda qo‘lga kiritilgan faktlar, ayrim tafsilotlarga tayanadi, o‘z bilimlari, kasbiy va hayotiy tajribasidan ko‘pincha hissiy (intuitiv) ehtimollar va taxminlar darajasida foydalanadi. Ayniqsa, guvohlarsiz sodir etilgan qotillik jinoyatlarini ochishda tergovchining ijodiy tasavvuri va sezgirligi muhim ahamiyat kasb etadi.

Tergovchining sezish qobiliyati – ma’lumotlar qariyb yo‘q bo‘lgan bir vaziyatda vazifani tez va bevosita hal etishga oid tajriba hamda bilimlar-dan orttirilgan aql-idrok qobiliyatidir. Turli tusmollarni tekshirib ko‘rish jarayonida dastlabki faraz asossiz bo‘lib chiqishi mumkin. Bu psixologik nuqtai nazardan ikki xil oqibatni keltirib chiqaradi. Avvalo yetishmayot-gan ma’lumotlarni qidirishga kirishiladi. Shunday holatlar ham bo‘ladiki, yangi ma’lumotlar topilmaydi, ayni chog‘da masalaning yechimi mavjud faktlar ichida yashiringan, deb o‘ylashga asos bo‘ladi. Bunday holatlarda ilgari yaratilgan tafsilotlar tizimini alohida qismlarga ajratish hamda ular-ning har birini ilgari e’tiborga olinmagan aloqadorlikda qaytadan musho-hada qilib ko‘rish zarur. Ikkinchidan, ana shu holatda obyektni yangi aloqadorlik zanjirida ko‘rib chiqish, uning yangi belgilarini ochishda tafakkurning hissasi ko‘zga tashlanadi. Yangicha aloqadorlikda o‘sha predmetlarning o‘zi yangi mazmun kasb etadi. Bu tahlil asosida yangi tafsilotlar tizimi paydo bo‘ladi, shuningdek boshqa taxminlar tug‘iladi.

5. Hodisa sodir bo‘lgan joyning holatidan kelib chiqqan holda voqea modelini yaratuvchanlik xususiyatlari. Hodisa joyidagi holatni idrok etish tergovchiga hodisaning manzarasini tasavvur qilish imkonini beradi, tusmol-larni ilgari surish, boshqa tergov harakatlarini o‘tkazish uchun zarur empirik baza yaratadi. Albatta, hech qanday hujjat tahlili, bayonnomalar, chizmalar, fotosuratlar bevosita ko‘rishning o‘rnini bosa olmaydi, ana shuning uchun ham tergovchiga sodir etilgan, lekin ochilmagan jinoyatlar berilganda, daliliy izlar yo‘qolgan va holat, vaziyatlar butunlay o‘zgarib ketgan bo‘lsa ham voqea joyida bo‘lish va tanishish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

184

Juda ko‘p hollarda voqea joyini ko‘zdan kechirish tergovning boshlan-g‘ich bosqichiga xos bo‘lgan noaniq tergov vaziyati sharoitida o‘tkaziladi. Bunda nima yuz bergani, ya’ni jinoyat, baxtsiz hodisa, uyushtirilgan voqea, agar jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, u qanday jinoyat, uni kim va nima uchun sodir etishi mumkinligi aniqlanadi.

Hodisa sodir bo‘lgan joyda baribir jinoyat izlari qoladi, ushbu jinoyat izlarning o‘ziga xos tomonlarini aniqlash tergovchida kriminalistik bilim-lar bilan bir qatorda psixologik bilimlarni egallashni talab etadi. Hodisa sodir bo‘lgan joyni muvaffaqiyatli ko‘zdan kechirish voqea joyidan topil-gan jinoyat izlariga bog‘liq, ya’ni bu izlar bir-biri bilan mantiqan bog‘liq bo‘ladi. Tergovchi ayni shu vaqtda kriminalistik bilimlar bilan bir qatorda psixologik bilimlardan foydalanishi juda qo‘l keladi, ya’ni qoldirilgan iz-larning hosil bo‘lish qonuniyatlarini, ushbu izlarning ko‘proq qaysi jinoyat turiga, qanday tipdagi shaxs tomonidan sodir etilishi mumkinligini biladi hamda jinoyat izlaridan kelib chiqib, xayoliy jinoyat hodisasining modeli va jinoyatchining psixologik portretini ishlab chiqadi. Tergovchi jinoyat hodisasining modelidan foydalanayotganda nafaqat voqea joyidan olingan jinoyat izlariga balki ulardan kelib chiqqan holda boshqa maqsadli va xayolda uylab topilgan voqealikka mos kelishini mantiqan qiyoslaydi.

Hodisa sodir bo‘lgan joyni muvaffaqiyatli ko‘zdan kechirishga erishish tergovchining kasbiy bilimiga va ko‘p yillar davomida orttirgan shaxsiy-kasbiy tajribasiga ham bog‘liq bo‘ladi. Ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan tergovchi voqea sodir bo‘lgan joyda tez yo‘nalishlarini belgilay oladi va voqea modelini yaratib, uni bir necha tekshiradi ya’ni voqea holatiga taqqoslab ko‘radi, masalani yechimini topishga harakat qiladi.

6. Hodisa sodir bo‘lgan joyda qoldirilgan izlardan kelib chiqqan holda yosh davriga xos psixologik xususiyatlarni o‘rganish. Hodisa joyini ko‘zdan kechirish nafaqat jinoyat hodisalari haqida, balki shaxsning ko‘plab (jismoniy, biologik, ijtimoiy, psixologik) xususiyatlari to‘g‘risida ham ma’lumotlar olishga imkon beradi. Jinoyat insonning maqsadga qaratilgan ongli faoliyati turlaridan biri sifatida huquqbuzar shaxsning ko‘pgina xususiyatlarini aks ettiradi. Shu bois jinoyat sodir etilganida dalillar muqarrar ravishda yuzaga keladi, ularning yuzaga kelish jarayonining o‘zi esa qonuniy xususiyatga ega.

Tergovchi hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish natijasida jinoyatchi shaxs haqida ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. Jinoyatchi shaxsning alohida jismoniy va boshqa o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilarda o‘z ifodasini topadi:

– jinoyat qurollari va ularni qo‘llash xususiyatlari natijasida qoldirilgan izlar;

185

– jinoyat hodisasini ifodalovchi boshqa obyektlar yig‘indisi; – jinoyatchiga tegishli bo‘lgan narsalar. Jinoyatchi shaxsning o‘ziga xos bo‘lgan belgilari va xususiyatlari

haqidagi ma’lumotlar o‘z tasdig‘ini topishi yoki boshqa holatlarda ehtimol ham bo‘lib qolishi mumkin. Masalan: o‘g‘irlik jinoyatini sodir etish uchun jinoyatchi shaxs uncha katta bo‘lmagan ochiq devor orasidan kirgan, yoki oynaning fortochkasi, uyning tepasidan kirganligi voyaga yetmagan jinoyat-chi shaxs tomonidan sodir etilgan deyishga ehtimollik bor, lekin aniq emas. Ayol yoki erkaklar kiyimini o‘g‘irlanishi qaysi jinsdagi shaxsning jinoyatni sodir etganligini bilish mumkin. Jinoyatning turiga qarab masalan talonchi-lik, bosqinchilik, nomusga tegish jinoyatlarini ko‘pincha erkak kishi tomoni-dan sodir etilganligini bilish mumkin. Yosh yangi tug‘ilgan chaqaloqning o‘ldirilishi yoki firibgarlik jinoyatlari ko‘p hollarda ayol kishi tomonidan sodir etiladi. Seyfni buzilishi faqat jismonan baquvvat bo‘lgan, tegishli tex-nik ko‘nikmalarga ega bo‘lgan erkak kishi tomonidan buzilgan deb aytish mumkin. Voqea joyida qoldirilgan ayollar shpilkasi, zakolkasi, pomadali sigaretalarning qoldig‘i shuni tasdiqlaydiki, jinoiy guruhda ayol kishi ham bor bo‘lganligini. Voqea joyida qoldirilgan sigareta trubkasi, katta dast-ro‘mol, mundshtuk erkak kishiga tegishli ekanligini bilishimiz mumkin.

Shuningdek, katta yoshdagi o‘g‘rilar qimmatbaho narsalarni o‘g‘ir-lashsa, voyaga yetmaganlar esa o‘zlariga qiziqarli bo‘lgan narsalarni o‘g‘irlaydilar va voqea joyida o‘zlarining harakatlari natijasida qoldirilgan izlardan ham ko‘rish mumkin.

7. Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish natijasida jinoyatchi shaxsning individual-psixologik xususiyatlarni o‘rganish. Tergovchi hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish natijasida qoldirilgan izlar va voqea joyidagi narsalarni joylashgan holatidan kelib chiqib, ushbu jinoyatni qaysi temperamentdagi shaxs (xolerik, sangvinik, flegmatik, melanxolik) sodir qilishi mumkinligini taxmin qilish mumkin. Jinoyatning qay yo‘sinda sodir etilgani, jinoyatchining qay jinsga mansubligini ham voqea joyini ko‘zdan kechirish paytida tusmollab bilish mumkin. Voqea joyida jinoyatchining yoshi, jinoyatchilarning kasb-kori, kasbiy malakasi, bilim va ko‘nikmalari aynan aks etadi (masalan, chilangar seyfni buzishga, elektromontyor ogohlantiruvchi signalizatsiyani o‘chirib qo‘yishga usta bo‘ladi).

Hodisa joyini ko‘zdan kechirish jarayonida o‘tkaziladigan psixologik tahlil sodir etilgan jinoyat motivi xususida xulosa chiqarish imkonini tug‘diradi. Jinoyat xarakter chizgilari (ochko‘zlik, shafqatsizlik), irodaviy xususiyatlar (janggarilik, qo‘rqoqlik)ni aks ettirishi mumkin. Voqea joyi-dagi tafsilotlar ba’zan subyekt tomonidan jinoyat sodir etilayotgan payt-

186

dagi uning ayrim psixologik, xususan hissiy (emotsional) holatini ham namoyon etadi.

Shuningdek, voqea joyini ko‘zdan kechirishda tergovchining faoliyati bir qator operatsiyalardan tashkil topadi hamda bilish, izlash, tashkil qilish va ishonch hosil qilish elementlarida amalga oshadi. Ularni qisqacha tavsiflab o‘tamiz.

Faoliyatning bilish elementi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: – vaziyatni, faktlar va hodisalarni idrok etish; – ular o‘rtasidagi sababiy aloqani aniqlash; – taxminlar, tusmollarni ilgari surish. Faoliyatning qidirish elementi – bu jinoyatchining harakatlari tufayli

kelib chiqqan o‘zgarishlarni izlash va topish; izlar, ashyoviy dalillarni olish. Tergovchi faoliyatining tashkiliy elementi ko‘zdan kechirish vaqtida

tezkor guruhga rahbarlik qilish harakatlarini (voqea joyining qo‘riqlani-shini tashkil qilish, jabrlanuvchiga ko‘maklashish, vazifalarni ko‘zdan kechirish ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash kabilarni) o‘z ichiga oladi.

Tergovchi faoliyatining dalillash elementi bevosita o‘z ichiga ko‘zdan kechirish davomida topilgan izlar, ashyoviy dalillarni, aniqlangan faktlarni qayd etish, tasdiqlash va mustahkamlashni oladi.

Rus olimi V. L. Vasilyevning yozishicha, voqea joyini muvaffaqiyatli ko‘zdan kechirish uchun quyidagi uchta vazifani aynan bayon etilgan ketma-ketlikda bajarish tavsiya etiladi:

birinchi vazifa – tergov qilinayotgan hodisaga aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan hamma ma’lumotlarni to‘plash. Bu bosqichda faqat bir tusmolga to‘g‘ri keladigan ma’lumotlarni to‘plash bilan cheklanmaslik kerak;

ikkinchi vazifa – to‘plangan axborotni tahlil qilish va shu asosda yuz bergan voqeani izohlaydigan tusmollarni yaratishga urinib ko‘rish;

uchinchi vazifa – ilgari surilgan har bir tusmolni voqea joyidagi barcha holatlar bilan qiyoslashdan iborat. Bunday qiyoslash davomida barcha ziddiyatlar xolisona ta’kidlab o‘tilish lozim.

Agar ikkinchi vazifani bajarishda loaqal bitta, yetarlicha asoslangan tusmolni ilgari surish imkoni bo‘lmasa, tergovchi shoshilganligini tan olishi va birinchi vazifani (axborot to‘plash vazifasini) bajarishga qaytishi lozim. Ilgari surilgan har bir tusmolni tekshirish chog‘ida ziddiyatlar aniqlansa, yana birinchi vazifani bajarishga qaytish, so‘ngra esa ikkinchi vazifaga o‘tish zarur1.

1 Васильев В. Л. Юридическая психология. – М., 2001. – С. 352–353.

187

3-§. Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishda intuitsiyaga asoslanish

Tergovchi hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishda o‘z hissiy qobiliyatlariga, ya’ni intuitsiyasiga ham asoslanishi kerak. Ma’lumki, bili-shning ikki metodi mavjud:

– hissiy bilish; – mantiqiy fikrlash orqali bilish. Mantiqiy fikrlash orqali bilish metodi ko‘pincha haqiqiy voqelikni

tegishli dalillarga asoslanib, mantiqiy fikrlagan holda ko‘z oldiga keltiradi. Hissiy bilish metodida haqiqiy voqelikni tegishli dalillarga va manti-

qiy fikrlarga asoslanmay, balki hissiy sezgi qobiliyatlariga asoslangan holda haqiqiy voqelikni anglaydi, fahmlaydi va tasavvur qiladi.

Tergovchining hissiy bilish qobiliyati yillar davomida hayotiy va amaliy faoliyatida orttirgan tajribasi hamda tegishli sohada yig‘ilgan bilimlar asosida shakllanib boradi. A. R. Ratinovning ta’kidlashicha, tergov intuitsiyasi bu mavjud masalalarni tez va bevosita hal qilish uchun ijodiy yondashuv vazifalari orqali tajriba va intellektual bilimlarni bilishga asoslanadi. Tergovchi hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishda o‘z hissiy qobiliyatlarini ishga solishda voqea holatidan kelib chiqib, jinoiy voqea-hodisasini xayolan qayta tiklaydi, jinoyatchining yoshi, jinsi, qiziqishlari, bilim va ko‘nikmalari va kasbiy o‘quvlarini inobatga oladi. Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish mobaynida ma’lumotlarning kamligi yoki tanqisligi sharoitida murakkab masalalarni fikran hal etishga to‘g‘ri keladi. Tergovchi bunday vaziyatda qo‘lga kiritilgan faktlar, ayrim tafsilotlarga tayanadi, o‘z bilimlari, kasbiy (professional) va hayotiy tajribasidan ko‘pin-cha hissiy (intuitiv) ehtimollik va taxminlar darajasida foydalanadi. Ayniqsa, guvohlarsiz sodir etilgan qotillik jinoyatlarini ochishda tergovchining ijodiy tasavvuri va sezish qobiliyati muhim o‘rin egallaydi.

Tergovchining sezish qobiliyati – bu ma’lumotlar deyarli yo‘q bo‘lgan vaziyatda vazifani tez va bevosita hal etishga oid tajriba hamda bilimlardan orttirilgan aql-idrok qobiliyatidir. Turli tusmollar (versiya)ning tekshirib ko‘rilishi jarayonida dastlabki faraz puch bo‘lib chiqishi mumkin. Bu psixologik nuqtai nazardan ikkita oqibatni keltirib chiqaradi. Birinchidan, yetishmayotgan ma’lumotlarni qidirishga kirishiladi. Shunday holatlar ham bo‘ladiki, yangi ma’lumotlar topilmaydi, ayni chog‘da masalaning yechimi mavjud faktlar ichida yashiringan deb o‘ylashlariga asos bo‘ladi. Bunday holatlarda ilgari yaratilgan tafsilotlar tizimini alohida qismlarga ajratish hamda ularning har birini ilgari e’tiborga olinmagan aloqadorlikda qaytadan mushohada qilib ko‘rish zarur. Ikkinchidan, ana shu holatda obyektni yangi

188

aloqadorlik zanjirida ko‘rib chiqish, uning yangi belgilarini ochishda tafakkurning asosiy hissasi ko‘zga tashlanadi. Yangicha aloqadorlikda o‘sha predmetlarning o‘zi yangi mazmun kasb etadi. Bu tahlil asosida yangi tafsilotlar tizimi paydo bo‘ladi, shuningdek, boshqa taxminlar tug‘iladi.

Hodisa sodir bo‘lgan joyda voqea holati sahnalashtirilgan (inssenirovka) ham bo‘lishi mumin. Bunday holatda tergovchi albatta birinchi navbatda voqea holatini kuzatuvchanlik xususiyatlariga e’tiborni qaratgan holda intuitsiyasini ishga solish kerak. Tergovchi kuzatuvchanlik xususiyatlarini dastlab hodisa sodir etilgan joyga chiqishdan avval jinoyat haqida xabarni olgandan keyin, xabarning xususiyatidan kelib chiqqan holda voqea joyida qaysi holatlarga e’tiborni qaratish kerakligini xayolida belgilab oladi. Dastlabki jinoyat haqidagi xabar (xabarning xususiyatidan kelib chiqqan holda) tergovchiga hodisa sodir bo‘lgan joyni detali tarzda atroflicha kuzatish orqali ko‘zdan kechirish imkonini berishi bilan birga dastlabki ichki his (intuitsiya)ning paydo bo‘lishiga va kelgusi tergov tusmollarini to‘g‘ri tuzish yo‘nalishini belgilab beradi. Tergovchi hodisa holati bo‘yicha umumiy tasavvurga ega bo‘lishi uchun avvalo kelib tushgan xabarning mazmunidan kelib chiqib, voqea joyiga birinchi kelgan xodimdan (patrul-post xizmati, profilaktika inspektori), shohidlardan, guvohlardan, jabrlanuvchilardan va boshqa shaxslardan (jinoyatni birinchi bo‘lib aniqlagan shaxslar bo‘lishi mumkin) olgan ma’lumotlarni tahlil qilishi kerak. Tergovchining ushbu hodisa holati bo‘yicha umumiy tasavvurga ega bo‘lishi hodisa joyini ko‘zdan kechirish chegarasini belgilab olishga, asosiy e’tibor beriladigan holatlarni va ularning bir-biri bilan bog‘liqlik tomonlarini aniqlashga hamda ko‘zdan kechirishning ketma-ketligini belgilab olish imkonini berishi bilan birga ko‘p yillar davomida orttirgan amaliy tajribasi va bilimi tufayli ichki hislari ishga tushadi. Ko‘p hollarda tergovchilar tomonidan hodisa sodir bo‘lgan joyning asosan tekis qismlarini (yerning ustki qatlami, ya’ni asfalt yo‘lda qoldirilgan jinoyat izlari, uyda bo‘lsa polda qoldirilgan jinoyat quroli) ko‘zdan kechirish bilan chegaralanib, hodisa sodir bo‘lgan joyning yon atrofi, tepasi (ochiq joyning yon atrofi, binoning tepasi, yon devorlari) e’tibordan chetda qoldirib ketiladi. Vaholanki hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish jarayonida ish uchun ahamiyatli izlarni qidirib topish nafaqat tekis bo‘lgan joylarda, balki yon atrof va tepalik joylardan ham qidirish zarur.

1. Tergovchida ichki hislari orqali sodir etilgan jinoyat hodisasi ko‘z oldida gavdalanadi, xotirasi ishga tushadi, ya’ni avval sodir etilgan jinoyatlarning turlariga qiyoslay boshlaydi, ushbu jinoyatlarning o‘xshash va farqli tomonlariga e’tiborni qaratib, aynan o‘xshash sodir etilgan jinoyatlarning xususiyatlariga diqqatini qaratadi, ya’ni aynan shunga o‘xshash jinoyat sahnalashtirilgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatuvchi

189

elementlar yoki bir nechta jinoyatlarda bir xil jinoyat usullarini (pocherki-ni) qoldirilishi, yoxud jinoyatchi shaxsning psixologik xususiyatlari jinsi, yoshi, kasbiy fazilatlarini ifodalovchi belgilar bo‘lishi mumkin. Tergovchi hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishi natijasida o‘z intuitsiyasiga asoslanganlik holati bo‘yicha tergov amaliyotidan quyidagi misollarni keltirish o‘rinli:

2. Tergovchini chalg‘itish uchun jinoyatchi shaxs boshqa motivlar asosida kechqurun uyida sodir etgan qotillik jinoyatini go‘yoki noma’lum shaxslar bosqinchilik yo‘li bilan qimmatbaho tilla taqinchoqlarini olish maqsadida marhumaning o‘ldirilganligini sahnalashtirishi, ya’ni bunda yotoqxonadagi javon ichidan (ayol yotadigan tomondagi) faqat marhuma-ga tegishli tilla taqinchoqlarning o‘g‘irlanishi, turmush o‘rtog‘iga tegishli tilla zanjiri, soati va chet el valutasidagi pullarga teginmaganligi (eri yotadigan tomondagi javon), shu bilan birga uyga va yotoqxonaga kirish eshiklariga hech qanday zarar yetkazilmaganligi, shuningdek, marhuma-ning turmush o‘rtog‘i o‘zini boshqacha tutganligi, o‘ldirganlardan o‘ch olish hisining yo‘qligi, o‘zini tutishi xuddi bir umr aybdor bo‘lib, javobgarlikka tortilishidan qo‘rqayotganligini tergovchi his qilgan va ushbu holat o‘z tasdig‘ini topgan.

3. Boshqa g‘arazli maqsadlarda ayolni o‘ldirib go‘yoki noma’lum jinoyatchi (manyak) uning nomusiga tegish maqsadida o‘ldirganligini va ovloq joyga tashlab ketganligini, ya’ni hodisa sodir etilgan joyda ayolning kiyimlari bir chekkada taxminan besh metrlar uzoqlikda o‘tlar ichida yirtilmagan xolda topilganligi, yo‘lning qatnov qismiga yaqin bo‘lganligi, avtomobil shinalarining izlari qolganligi tergovchida shubha uyg‘otgan va tergovchi o‘z hislariga tayangan holda nomusga tegish jinoyati sahnalash-tirilganligi o‘z tasdig‘ini topgan.

Temir yo‘l relsida parchalanib ketgan va bo‘laklarga bo‘linib ketgan murda topilishi, unda go‘yoki marhum spirtli ichimlik ta’sirida bexosdan temir yo‘l qatnoviga chiqib baxtsiz hodisa sodir etilganligi bunda tergov-chiga shifokorlar tezroq ko‘mish kerakligini, temir yo‘l rahbariyati ham qatnov jadvalining buzilayotganligi tufayli shu fikrni bildirishib, baxtsiz hodisa ekanligi ko‘rinib turganligini ta’kidlab o‘tishgan, shuningdek ush-bu temir yo‘lning qatnov qismiga faqat botqoqlik orqali kelish mumkinligi, lekin marhumning oyoq kiyimida botqoqlikdan qolgan loy izlari yo‘qligi, lekin boshqa oyoq izlarning borligi ham shubha uyg‘otadi, tergovchi o‘zi-ning intuitsiyasiga asoslangan holda qotillik sodir etilgan bo‘lishi mum-kinligi unga tinchlik bermaydi va jasad bo‘laklarini tompon bilan qonni shimirib olayotgan vaqtida jasadning ko‘krak qafasining ichki chuqur to‘qimalari boshqacha tarzda titilib ketganligiga e’tiborini qaratadi va

190

shifokorga ko‘zdan kechirtiradi, natijada shifokor ushbu to‘qimalarning parchalanishi o‘tkir tig‘li jism (pichoq) zarbidan hosil bo‘lganligini bildiradi. Ma’lum bo‘lishicha, marhum bilan birga ishlaydigan hamkasbi u bilan chiqisha olmasligi, qachondir baribir o‘ldirishini ta’kidlaganligi, shuningdek, qishloq aholi punktidan temir yo‘lning qatnov qismiga kesib o‘tuvchi botqoqlik yo‘li orqali faqat u o‘tishini maqtanib aytganligi surish-tiruvchilar tomonidan aniqlangan, uyida tintuv o‘tkazilganda uyning tom qismida jinoyat quroli, ya’ni marhumga tiqib o‘ldirgan pichoq topilgan.

Tergovchi hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishda o‘z hissiy qobiliyatlariga, ya’ni intuitsiyasiga asoslanishi, intuitsiya esa bo‘lib o‘tgan voqea holatini sezishi, natijada voqea holatining ko‘z oldida aniq gavda-lanishiga, bu esa tergov tusmolini to‘g‘ri tuzishga hamda jinoyatning o‘z vaqtida ochilishiga sabab bo‘ladi.

4-§. Guvohlantirishda psixologik bilimlardan foydalanish

Guvohlantirish deganda, shaxsning badanidagi alohida belgilar, dog‘lar, tan jarohatlari, jismoniy rivojlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, mastlik holati yoki jinoyat ishi uchun ahamiyatli boshqa xususiyatlarni aniqlash uchun o‘tkaziladigan, sud ekspertizasini talab etmaydigan, ba’zan kechiktirib bo‘lmaydigan majburiy tergov harakatini tushunish mumkin.

Guvohlantiriladigan shaxslar doirasiga gumon qilinuvchi, ayblanuv-chi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi, shuningdek, ko‘rsatuvlari to‘g‘riligini tekshirish maqsadida guvoh ham kirishi mumkin.

Guvohlantirish odamning badanidagi ish uchun ahamiyatga molik xususiyat yoki alomatlarni (jinoyat izlari, jarohatlari, jabrlanuvchi eslab qolgan jinoyatchi tanasidagi belgilar va h.k.), alohida belgilarni (tashqi omillar ta’sirida inson tanasidagi anatomik o‘zgarishlar), uning jismoniy rivojlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (shaxsning yoshiga mos ravish-da jismonan rivojlanganligi), dog‘larni, tirnalgan, shilingan, qontalash joylarni topish zarurati tug‘ilganda o‘tkaziladi.

Tergovchi guvohlantirish jarayonida psixologik bilimlardan foydalani-shi uchun guvohlantiriladigan obyektni, guvohlantirishga sabab bo‘layot-gan badanidagi izlarni, ushbu izlarning hosil bo‘lish holatlari haqidagi bilimlarga, ya’ni sud tibbiy va psixologik bilimlardan ham xabardor bo‘lishi talab etiladi. Chunki ushbu bilimlar asosida guvohlantiriladigan shaxsning individual-psixologik xususiyatlari aniqlanadi.

Jinoyat ishi uchun ahamiyatga molik xususiyat yoki alomatlar deganda, guvohlantiriluvchi shaxsning kasbi yoki odatlariga ishora qiluv-chi xususiyat va belgilar (masalan, biror-bir ishni bajarish natijasida vujud-ga keladigan qo‘ldagi qadoqlar, qo‘l va tirnoqlarning alohida tusi, teriga

191

turli changlar yoki boshqa ishlab chiqarishdan chiqadigan kirlarning kirib qolganligi, nafas olish xususiyatlari, biror ishni bajarish odatlari va shu kabilar) tushuniladi.

Guvohlantirishni o‘tkazish jarayonida alohida belgilar bilan bir qator-da umumiy jismoniy belgilar va mazkur shaxsning muayyan irq, millat, xalqqa mansubligidan dalolat beruvchi belgilar aniqlanishi mumkin. Bu belgilarni aniqlash ko‘z bilan qarab idrok etish orqali amalga oshirilishi mumkin bo‘lib, bilishning boshqa shakllaridan, tekshirishning boshqa metodlari yoki usullaridan foydalanish talab etilmaydi.

Shaxsning jismoniy rivojlanganligi uning gavdasining tuzilishi, katta yoki kichikligi, badanidagi a’zolarning normal yoki boshqacha hajmga egaligi, qo‘l yoki oyoq mushaklarining baquvvatligi yoki kuchsizligi, jinsiy a’zolarning (erkaklarda jinsiy olati, ayollarda sut bezlari) juda katta yoki kichikligi va shunga o‘xshash holatlar tushuniladi.

Ekspertiza o‘tkazishni talab qilmaydigan usullarni qo‘llash yo‘li bilan shaxsning mastlik va boshqa fiziologik holatini aniqlash zarurati tug‘ilgan hollarda ham guvohlantirish o‘tkazish mumkin. Fiziologik mastlik holatida obyektiv borliq va atrofni noto‘g‘ri idrok qilish holati bo‘lmaydi, faqat patologik mastlikka to‘g‘ridan-to‘g‘ri zid bo‘lgan ruhiy faoliyatning vaq-tincha buzilishi sodir bo‘ladi. Fiziologik mastlikda mastlik darajasidan qat’i nazar, ruhiyatida ba’zi buzilishlar paydo bo‘lsa ham, biroq ular jinoyat sodir etish vaqtida, yuqorida aytilganidek, sodir qilinayotgan hara-katlarni tushunish va boshqarish qobiliyatining yo‘qolishiga olib kelmaydi. Bila turib ko‘p miqdorda alkogolli ichimlik ichish natijasida yuzaga kela-digan qisqa muddatli ruhiy buzilishlarni ifodalaydigan fiziologik mastlik holatini patologik mastlik holatidan ajrata bilish, shu bilan birga, qisqa muddatli ruhiy buzilishdan butunlay farq qiladigan og‘ir darajali fiziologik mastlikni patologik mastlikdan ajrata bilish lozim.

Psixiatriyada patologik mastlik holati – o‘tkir, qisqa muddatda o‘tadigan ruhiy buzilishlar guruhiga kiradi. U alkogolni nafaqat ko‘p, balki kam iste’mol qilganda ham kelib chiqadi. Bu holat uchun ongning to‘sat-dan o‘zgarishi xos hisoblanadi. Patologik mastlikning klinik suratida, qoi-daga ko‘ra, ongning g‘ira-shiralik belgilari va gallyutsinatsiya holatida alahsirash, his-hayajonlar birlashadi, natijada atrofni noto‘g‘ri idrok qilishi kelib chiqadi.

Shilinishlar, tirnalishlar, qontalash joylar asosan o‘tmas qurollar (asbob, buyumlar) ta’siridan hosil bo‘ladi. Shilinishlar deganda, teri yuqo-ri qatlami (epidermis) yoki shilliq pardalar epiteliysining buzilishi tushuni-ladi. Uchli yoki g‘adir-budur sirtli narsa teri, badan yuzasi, bo‘yi, lab sirg‘alishi natijasida yuzaga kelgan chiziqsimon shilinishlar tirnalishlar

192

deb nomlanadi. Yaqinda yuzaga kelgan tirnalish pushti yoki och qizil rangli bo‘ladi; oradan ma’lum (bir necha soatdan bir ikki kungacha) vaqt o‘tgach, tirnalgan joy qotgan qon va yiringli ajralmalardan zich g‘adir-budur po‘st bilan qoplanadi, keyinchalik u qurib, to‘kilib ketadi.

Qontalash joy yoki gematoma urilgan, siqilgan yoki lat yeganda, kichik qon tomirlar yorilishi natijasida qon quyilishi hisobiga yuzaga kela-digan teri ostidagi jarohatdir1. Qontalash joy rangi u qachon hosil bo‘lgani haqida taxminiy bo‘lsa ham xulosa chiqarish imkonini beradi. Yaqinda hosil bo‘lgan qontalash joy to‘q qizil rangda bo‘ladi, u bir-ikki kun ichida avval ko‘kimtir-qizg‘ish, so‘ngra binafsha rang va nihoyat, ko‘k yoki kulrang-ko‘k tus oladi. Bu rang uch-olti kun saqlanadi. Qontalash joy hosil bo‘lgandan keyin sakkiz-o‘n beshinchi kunlari u sarg‘ish tus oladi, so‘ngra qontalash joy yo‘qolib ketadi.

Shaxsni guvohlantirish jarayonida tan jarohatlaridan tashqari begona moddalar ham aniqlanishi mumkin. Ular mazkur shaxs jinoyat predmetlari bo‘lishi mumkin bo‘lgan sochiluvchan narsalarga teginganidan va hodisa sodir bo‘lgan joyda bo‘lganligidan dalolat berishi mumkin.

Shaxsning boshqa fiziologik holatini guvohlantirish deganda, uning giyohvand yoki psixotrop modda ta’sirida ekanligi yoxud ruhiy va o‘zini o‘zi idora eta olish qobiliyatining boshqacha tarzda o‘zgarishi natijasida shaxsning fiziologik holatida ro‘y bergan o‘zgarishlarni aniqlash tushuniladi.

Demak, tergovchi guvohlantirish jarayonida psixologik bilimlardan foydalanishi uchun guvohlantiriladigan obyektni, guvohlantirishga sabab bo‘layotgan badanidagi izlarni, ushbu izlarning hosil bo‘lish holatlari haqidagi bilimlarga, ya’ni sud tibbiy va psixologik bilimlardan ham xabardor bo‘lishi, guvohlantiriladigan shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini e’tiborga olgan holda u bilan psixologik aloqa o‘rnatish va muloqotga kirishish, intuitiv his qila bilish va voqea-hodisani tasavvurida shakllantirish orqali tergov tusmollarini tuzishga yordam beradi.

Tergovchi, avvalo, har qanday guvohlantiriladigan shaxs bilan psixo-logik aloqa o‘rnata olish kerak. Buning uchun tergovchi tergov harakatini o‘tkazish uchun tayyorgarlik ko‘rishi, unda shaxsning individual-psixo-logik xususiyatlarni o‘rganishi, ya’ni guvohlantiriladigan shaxs to‘g‘risida tegishli ma’lumotlarni (kim sifatida ishda ishtirok etayotganligi, nima deb ko‘rsatuv berganligi va qanday pozitsiyani egallaganligi, muqaddam sud-langan yoki sudlanmaganligi, yoshi, oilaviy ahvoli, kasbiga oid mashg‘ulot turi, jamoadagi o‘rni, bilimi, dunyoqarashi va h.k.) to‘plashi talab etiladi.

1 Суд тиббиёти ва психиатрияси / З.А.Ғиёсов, Ж.И.Ботаев, Ч.Ш.Саидов. 1-

жилд. – Т., 2006. – Б.32.

193

Tergovchi guvohlantiriladigan shaxs to‘g‘risida to‘plangan ma’lumotlar-dan kelib chiqib, u bilan samarali psixologik aloqa o‘rnatishning quyidagi usullarini belgilaydi: guvohlantiriladigan shaxsning individual-psixologik xususiyatlaridan kelib chiqib, ushbu shaxs guvohlantirishdan bosh tortishi yoki bosh tortmasligi ham mumkin, aynan bosh tortishning oldini olish uchun tergovchi guvohlantiriladigan shaxsning ishonchiga kirishi, bosh tortishning qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi, ya’ni ixtiyoriy majburiy tarzda guvohlantirilishining o‘zi salbiy holat ekanligi, asosiysi aybdorlar-ning javobgarlik masalasini hal qilishda juda muhimligini, bu bilan boshqa shaxslar jabr ko‘rmasligi uchun ayblanuvchi tomonidan sodir etiladigan boshqa jinoyatlarning oldi olinishi mumkinligini sekin tushuntirishi yoki unga o‘z ta’sirini o‘tkaza oladigan yaqin qarindoshi orqali tushuntirish, agar ayblanuvchi bo‘lsa unga ham bosh tortishning qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi, o‘zini tergovda ijobiy tarzda tutishi, tergovga ko‘maklashuvi kelgusida sud tomonidan jazo tayinlashda biroz bo‘lsa-da yengillashtirilishi kabi holatlarni tushuntirishi kerak, shundan so‘ng tergovchi psixologik ta’sir o‘tkazib, shaxsni guvohlantirish samarali yakunlanishi mumkin.

Savol va topshiriqlar

1. Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishda psixologik bilimlarning

ahamiyatini tushuntirib bering. 2. Ko‘rsatmalarni hodisa joyida tekshirishdan maqsad nima? 3. Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishga psixologik jihatdan

tayyorgarlik ko‘rish deganda nimani tushunasiz? 4. Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish jarayonida kuzatuvchan-

likning ahamiyatini tushuntiring. 5. Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish natijasida intuitiv hisga

tayanish deganda nimani tushunasiz? 6. Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish kimlar tomonidan amalga

oshiriladi? 7. Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish jarayonida individual-

psixologik xususiyatlarning ahamiyatini tushuntiring. 8. Guvohlantirishni o‘tkazish jarayonida alohida belgilar bilan bir qatorda

umumiy jismoniy belgilarga izoh bering. 9. Guvohlantirishni o‘tkazish jarayonida shaxsning patologik va fiziologik

mastlik holatini izohlang. 10. Guvohlantirishni o‘tkazish jarayonida protsess ishtirokchisi bilan

psixologik aloqa o‘rnatish deganda nimani tushunasiz?

194

VII BOB. SO‘ROQ QILISH VA YUZLASHTIRISH TERGOV HARAKATLARINI O‘TKAZISHDA PSIXOLOGIK

BILIMLARDAN FOYDALANISH

1-§. So‘roq qilish tergov harakatiga psixologik tavsif

O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual qonunchiligiga asosan dastlabki tergov davomida tergovchi (surishtiruvchi) tomonidan ijtimoiy xavfli qilmishning yuz bergan-bermaganligini, shu qilmishni sodir etgan shaxsning aybli-aybsizligini va ishni to‘g‘ri hal qilish uchun haqiqiy ma’lumotlar, ya’ni dalillar to‘plash maqsadida, boshqa tergov harakatlari qatorida so‘roq tergov harakatini ham o‘tkazadi.

So‘roq jinoyat ishi bo‘yicha dalillarni to‘plashning eng keng qo‘llaniladigan usuli bo‘lsa-da, lekin bir vaqtning o‘zida eng og‘ir tergov harakatlaridan biri hisoblanadi. Chunki so‘roqni o‘tkazishda tergovchidan umumiy, psixologik va kasbiy madaniyatining yuqoriligi, inson psixo-logiyasini chuqur bilishi, so‘roqning taktik usullarini qo‘llashda psixologik bilimlardan mohirona foydalana olishi talab qilinadi.

So‘roqning asosiy psixologik vazifasi ishonchli ko‘rsatuvlar olish va yolg‘onni fosh etish maqsadida psixologik ta’sir etishning qonuniy usullaridan foydalanish hisoblanadi.

So‘roq qilish – bu tergovchining so‘roq qilinayotgan shaxs bilan davomli, mazmunli, bevosita muloqotidir. Bu suhbat (dialog) bo‘lib, bunda faqat haqiqat izlanadi. So‘roq chog‘ida ikki xil dunyoqarash, ikki iroda, ikki kurash taktikasi, turli manfaatlar to‘qnashadi. So‘roq natijasiga ko‘ra so‘roq qilinuvchi yoki boshqa shaxslarning taqdiri, ya’ni aybli yoki aybsizligi hal qilinadi.

So‘roqning samaradorligini tergovchining matonat, dadillik, hissiy barqarorlik, hayotiy tajriba, kasbiy bilim, tergov harakatini mantiqan to‘g‘-ri olib borish qobiliyati singari boshqa ijtimoiy xislatlari ham ta’minlaydi.

So‘roq qilinayotgan shaxsga zarur individual-psixologik yondashuvni topa olish tergovchining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu yonda-shuv so‘roq qilinayotgan shaxsning yoshi, jinsi, ma’lumoti, kasbi, hayotiy tajribasi, madaniyatlilik darajasi, qiziqishlari (manfaatlari), qarashlari, so‘roq qilish paytida his qilayotgan ruhiy holati kabilarni hisobga olishni nazarda tutadi.

Tergovchining prinsipialligi, adolatliligi, halolligi, so‘roq qilinuvchi-larning ichki kechinmalariga xayrixohlik bildirishi so‘roq qilinayotgan shaxslarda tergovchiga nisbatan hurmat qilish, to‘g‘ri ko‘rsatuvlar berish va tergovga yordamlashish istagini uyg‘otadi.

195

Tergovchining tashqi kommunikativ xislatlariga uning tashqi ko‘rini-shi, jismoniy jihatlari, o‘zini tutishi, kiyinish uslubi kabilar kiradi. Tergov-chining batartibligi, kiyimining sipoligi, ozodaligi, oddiyligi, xushmuoma-laligi, kirishimliligi, e’tiborliligi, ishga oid uslubi, xayrixohligi – bularning hammasi so‘roq qilinuvchilar tomonidan ishonch, muloqotga tayyorlik hissining paydo bo‘lishiga imkon beradi.

Tergovchilar kasbiy faoliyatining o‘ziga xos jihatlaridan biri tergov ishtirokchilari bilan tergov harakatlarini olib borishida muomala madaniyati muhim o‘rin tutadi. Tergovchi o‘z faoliyati davomida turli yoshdagi, kasb-dagi va turli huquqiy maqomga ega bo‘lgan shaxslar bilan muomala qilishi-ga to‘g‘ri keladi. Bu esa xodimdan shaxs psixologiyasini, xususan muoma-laning psixologik mexanizmlari va qonuniyatlarini bilishni talab etadi.

Tergovchilar tomonidan so‘roqqa kelgan shaxsning ruhiy holatini ham hisobga olish zarur, chunki ko‘pchilik odamlar uchun tergovchining huzuriga chaqirtirilishning o‘zi hayajon, vahima va sarosimalarni keltirib chiqaruvchi noodatiy voqea hisoblanadi. So‘roq qilishning lozim darajada-gi psixologik vaziyatini o‘rnatish yo‘lidagi to‘siqlardan biri so‘roq qilinuv-chining ayrim psixologik xislatlari, jumladan ishonchsizlik, haddan tash-qari uyatchanlik va muloqotdan qochishdir.

Tergovchi tomonidan so‘roqqa chaqirilgan shaxsni asossiz uzoq vaqt kuttirib qo‘yishi, behurmatlik, manmanlik va qo‘pollik qilishi, tashqi ko‘ri-nishining betartibligi, so‘roq qilinayotgan joyda ishga aloqasi bo‘lgan yoki aloqasi bo‘lmagan boshqa shaxslarning ishtirok etishi, so‘roqqa chaqirish vaqtini to‘g‘ri tanlanmasligi, haqoratli so‘zlarni ishlatishi va boshqa holat-lar ham so‘roqqa kelgan shaxsda tergovchiga nisbatan nafrat uyg‘otadi va so‘roqdan ijobiy natijalarga erishishga to‘siq bo‘lishi mumkin.

So‘roq qilish tergovchining so‘roq qilinayotgan shaxslar bilan bevo-sita muloqoti bo‘lganligi sababli, avvalo muloqot jarayoniga psixologik tavsif va psixologik aloqa o‘rnatishning usullariga to‘xtalib o‘tish maq-sadga muvofiqdir.

Tergovchilar so‘roq tergov harakatini amalga oshirishda jinoyat jarayoni ishtirokchilari bilan muloqotga kirishadilar. Ular faoliyatining samaradorligi odamlar bilan muloqotga kirishish, psixologik aloqa o‘rnatish qobiliyatlariga bog‘liq. Kommunikativ xususiyatlar tergovchilar kasb mahoratining muhim tarkibiy qismidir.

Muloqot ijtimoiy psixologik hodisa bo‘lib, odamlar o‘rtasida birgalik-dagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan aloqalar rivojlanishining ko‘p qirrali jarayonidir. Shaxslar o‘zaro munosabatga kirishar ekan, aloqaning eng muhim vositalaridan biri sifatida tilga murojaat qiladilar. Muloqotning

196

yana bir muhim tomoni shundaki, munosabatga kirishuvchilar muomala jarayonida faqat so‘zlar bilan, ya’ni «verbal» emas, balki xatti-harakatlar bilan, ya’ni «noverbal» ham axborot ayirboshlashadilar. Muloqot jarayoni shaxslarning qiziqishlari, dunyoqarashi, muomala madaniyatiga ham bog‘liq bo‘ladi, chunki shaxslardagi o‘zaro muloqot bu tabiiy ehtiyojdir.

Kasbiy muomala har bir tergovchining faoliyatida muhim o‘rin egal-laydi. Shuning uchun ham muomalaning har bir turi faoliyat jarayonida ishtirok etadi. Xodim muomala qonuniyatlariga suyangan holda shaxslar bilan munosabatga kirishadi. Muloqot jarayonida xodimning barcha kasbiy sifatlari (xotira, diqqat, idrok, sezgi, tafakkur, xayol) ishtirok etadi. Bu jarayonlar xodimni mantiqiy fikrlashga, voqeani o‘tmishdagi vaziyat bilan bog‘lashga, o‘zaro solishtirish va qiyoslash, obyekt va sharoitni mukam-mal tarzda idrok etishga yordam beradi.

Muloqot psixologik jihatdan bir-birlari bilan bog‘liq odamlar o‘rtasida u yoki bu vositalar orqali maqsadga muvofiq, bevosita yoki bilvosita aloqani o‘rnatish va saqlab turish jarayonidir1.

Tergovchilar faoliyatida muloqotning quyidagi turlari mavjud: 1) bevosita; 2) bilvosita; 3) rolli; 4) mazmunli; 5) rasmiy; 6) norasmiy. Bevosita muloqot – bu so‘roq jarayonidagi kabi «yuzma-yuz» suhbat

bo‘lib, uning har bir ishtirokchisi idrok qiladi, aloqa qiladi va hamma mavjud vositalarni keng qo‘llaydi.

Bilvosita muloqot ham aloqa vositasi bo‘lib, unda shaxslar, aloqa vositalari va mexanizmlar ishtirok etadi (masalan: telegraf, telefon, inter-net orqali gaplashish).

Muloqotning ba’zi turlari ijtimoiy rollar orqali amalga oshirilib, rolli muloqot deyiladi. Bunday holatda odamlar muayyan ijtimoiy rollarni bajaruvi kishilar tarzida muloqotga kirishadilar. Masalan, tergovchi va jinoyat jarayonining boshqa ishtirokchilari o‘rtasidagi muloqot rollidir.

Individning boshqa shaxsga o‘z holati, kayfiyati, xohishini mimika, harakat, imo-ishora orqali bildirishi mazmunli muloqot deb ataladi.

Rasmiy muloqot yuridik kuchga ega bo‘lib, shaxs, davlat va jamiyat manfaatini ko‘zlagan hamda tegishli hujjatlarda qayd etiladigan muloqot turidir. Tergovchilarning tergov harakatlari, aynan so‘roq jarayonidagi muloqoti ham rasmiy muloqot hisoblanadi.

Shaxslararo o‘zaro muloqot jarayonida o‘zini qiziqtirgan u yoki bu ma’lumotga ega bo‘lishi norasmiy muloqot hisoblanadi.

1Асямов С. В., Пулатов Ю. С. Ички ишлар идоралари ходимларининг касбий-

психологик тренинги. – Т., 2002. – Б.47.

197

So‘roq jarayonida psixologik aloqa o‘rnatish usullari. Psixologik aloqa o‘rnatish deganda, tergovchilar tomonidan tergov

harakatlari jarayonida, shu jumladan so‘roq qilishda muloqot turlarini keng qo‘llagan holda notanish shaxslar bilan tez muomalaga kirishishi, eshitishi, sezilarli ta’sir ko‘rsatishi natijasida belgilangan maqsadga, ya’ni haqiqatni aniqlashga erishishi tushuniladi.

Tergovchilar jinoyat jarayoni ishtirokchilari bilan muloqot qilishi uchun chuqur bilim va quyidagi ijtimoiy-psixologik fazilatlarga ega bo‘li-shi kerak:

– notanish shaxslar bilan tezda muloqotga kirishish va ularga ma’qul bo‘lish;

– boshqa shaxslarning gapini eshita olish qobiliyatiga ega bo‘lish; – tergov harakati ishtirokchilariga psixologik ta’sir ko‘rsata bilish; – muloqot jarayonida psixologik to‘siqlarni bartaraf etishga erishish

va boshq. Tergov idoralari xodimlarining faoliyatida muloqot jarayonida quyi-

dagi psixologik to‘siqlar vujudga kelishi mumkin: 1) maqsadli (motivatsion) to‘siqlar; 2) aqliy (intellektual) to‘siqlar; 3) hissiy-irodaviy (emotsional) to‘siqlar; 4) tarbiyaviy jarayondagi to‘siqlar. Maqsadli (motivatsion) to‘siqlar shaxsning muloqotga kirishishdan bosh

tortishi, muomalani to‘g‘ri, aniq ko‘rinishda olib borilishini xohlamasli-gida namoyon bo‘ladi.

Aqliy (intellektual) to‘siqlar shaxsning xodimga nisbatan bilim doira-sining kengligi, mantiqiy fikrlashining chuqurligi va huquqiy savodxonligi yuqori bo‘lgan taqdirda vujudga keladi.

Hissiy-irodaviy (emotsional) to‘siqlar muloqotga kirishuvchilarning psixologik va emotsional-irodaviy holatlaridan kelib chiqadi (tajovuzkor-lik, qo‘rquv, asabiylashish, xo‘rlanish va boshq.).

Tarbiyaviy jarayonlardagi to‘siqlarga tergov idoralari xodimlari tarbiyasi «qiyin» o‘smirlar, nosog‘lom oilalar va muqaddam sudlangan shaxslar bilan tergov harakatlari olib borayotgan vaqtda uchraydi.

Psixologik aloqa o‘rnatishning quyidagi bosqichlari mavjud: 1) bo‘lajak muloqotni bashorat qilish; 2) aloqani yengillashtiruvchi tashqi omillarni yaratish; 3) tashqi kommunikativ sifatlarning namoyon bo‘lishi; 4) umumiy va betaraf qiziqish doiralarini aniqlash; 5) muomaladagi og‘ishlarni bartaraf etish; 6) individual ta’sir ko‘rsatish.

198

Psixologik aloqa o‘rnatish samarali bo‘lishi uchun bo‘lajak muloqotni bashorat qilish, ya’ni muloqotning qanday kechishi mumkinligini avval-dan taxmin qilib, muloqot rejasini tuzish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun muloqotga kirishuvchi shaxsning psixologik sifatlari (jizzakilik, tajovuzkorlik, qo‘rqoqlik, yashirin xarakter, gumonsirash va boshq.) haqida zarur ma’lumotlarga ega bo‘lish kerak.

Aloqani yengillashtiruvchi tashqi omillarni yaratishda so‘roq vaqti, joyi va boshqa ijtimoiy vaziyatlarga alohida ahamiyat berish zarur. So‘roq qilinuvchiga hech nima xalaqit bermasligi va uni chalg‘itmasligi kerak. Tergov amaliyotida «kirilmasin so‘roq ketmoqda»-degan yozuv bilan yoki boshqa usullar bilan so‘roq qilinayotgan xonaga boshqa shaxslarning kiri-shini cheklashga harakat qilinadi.

Tashqi kommunikativ sifatlarning namoyon bo‘lishi esa tergovchining nutq madaniyati, mimikasi, tashqi ko‘rinishi psixologik aloqa o‘rnatishda ijobiy natija beradi. So‘roq qilinuvchida ham shunga qarab ijobiy emo-tsional holatlar yuzaga keladi, bu esa aloqa o‘rnatishda zarur omillardan hisoblanadi.

Umumiy va betaraf qiziqish doiralarini aniqlash maqsadida so‘roq-ning boshlang‘ich bosqichida shaxs bilan umumiy til topishish muhimdir. Bu vazifani hal etishda umumiy, shu bilan birga, betaraf qiziqishlar doirasi (masalan, tangalar, markalarni yig‘ish, sport, sayohat, hayvonlar va boshqa qiziqishlar)ni aniqlashga yordam beradi. Umumiy va betaraf qiziqishlar-ning mavjudligi psixologik muhitni yengillashtiradi va mavqeni tenglash-tiradi. Bu o‘z-o‘zidan muloqotda so‘roq qilinuvchini yaqinlashtiradi.

Muomaladagi og‘ishlarni bartaraf etish – psixologik aloqa o‘rnatish-ning majburiy shartidir. Shaxslar bilan psixologik aloqa o‘rnatish davrida muomaladagi og‘ishlarni bartaraf etishga diqqatni ko‘proq qaratish kerak, chunki bu og‘ishlar (masalan, bo‘lajak emotsional zo‘riqish, muloqotning shakllanishiga ta’sir etuvchi salbiy omillar, so‘roq mobaynida begona shaxslarning aralashuvi va boshq.) muomalaga salbiy ta’sir etadi.

Tergovchi psixologik aloqa o‘rnatishda so‘roq qilinuvchiga indivi-dual ta’sir ko‘rsatishi lozim. Bu ta’sirning maqsadi suhbatdoshidan ishonchli ma’lumotlarni olish, shu bilan birga, kelajakda ishonchli aloqa o‘rnatishdir.

Jinoyat-protsessual qonunchiligida so‘roq qilish joyi, so‘roq uchun chaqiruv va so‘roq davom etish vaqti bo‘yicha aniq qoidalar belgilab qo‘yilgan. Lekin aynan shu qoidalarni psixologik yondashgan holda amal-ga oshirish tergov harakatining ijobiy o‘tkazilishiga imkon beradi.

199

So‘roq tergovchining xizmat xonasida yoki so‘roq qilinuvchi qayerda bo‘lsa, o‘sha joyda, ya’ni tergov hibsxonasida, kasalxonada, yashash joyi yoki boshqa joylarda o‘tkazilishi mumkin.

Tergovchi tomonidan qariyalarni, voyaga yetmaganlarni, sog‘lig‘i tufayli tergov idorasiga kelib-ketishga qiynaladigan shaxslarni yashash joyiga borib, ularga hurmat-izzat bildirgan holda so‘roq qilishi ijobiy muloqot vaziyatini yuzaga keltiradi. Tergov amaliyotida ba’zan voyaga yetmagan (jabrlanuvchi, guvoh) so‘roq qilinuvchilar ichki hayajon va qo‘r-quv ta’siridan tergov idorasida ko‘rsatuv berishdan, muloqotga kirishish-dan bosh tortadilar. Lekin voyaga yetmagan so‘roq qilinuvchining psixolo-gik holatiga to‘g‘ri baho bergan tergovchi tomonidan ushbu tergov harakati uning yashash joyida tashkil etilganida ijobiy natijalarga erishil-gan holatlar uchrab turadi.

So‘roq qilishga chaqiruvda ham tergovchi tomonidan bu chaqiruv qo‘shnilar, ishlash yoki o‘qish joyidagi boshqa shaxslar orasida shov-shuvga sabab bo‘lib, kelajakda so‘roqqa chaqirilgan shaxsning psixologik holatiga ta’sir etadigan oqibatlar keltirib chiqishining oldi olinishi lozim.

Psixologik nuqtai nazardan, so‘roqqa chaqirish vaqtini belgilashda ish manfaatlarini chaqirilayotganlarning imkoniyat va manfaatlari bilan uy-g‘unlashtirishga harakat qilish lozim. Chaqirtirish so‘roq qilinayotganlarga qiyinchilik tug‘dirmasligi va noxush kechinmalar keltirib chiqarmasligi lozim, chunki bu ularning tergovchi bilan munosabatlarini qiyinlashtirishi mumkin.

Chaqirilgan shaxsni qabulxonada uzoq kutishga majbur qilish, so‘roq qilishni boshqa vaqtga ko‘chirish kabi holatlar bo‘lmasligi lozim. Chaqi-rishda imkoniyati boricha chaqiriluvchining ish yoki o‘qishdan bo‘sh vaqti tanlansa, ortiqcha asabiylashish vaziyati paydo bo‘lmaydi.

So‘roq vaqtida video-audiomagnitofon yozuvining qo‘llanishi masala-sini tergovchi har bir so‘roq qilinuvchining psixologik holatidan kelib chiqib hal qilishi lozim. Ba’zan bunday texnika vositalarining psixologik ta’siri so‘roq qilinuvchini o‘zini o‘zi nazorat qilish holatidan chiqarib, haqiqatni gapirishini keltirib chiqarsa, boshqa holatlarda, misol uchun jin-siy jinoyatlarning jabrlanuvchilari yoki voyaga yetmagan so‘roq qilinuv-chilarga aksincha hayajon, uyalish, qo‘rquv hissini uyg‘otib, ko‘rsatma berishdan bosh tortishlariga yoki jinoyat tafsilotlarini to‘liq gapirmaslik holatiga olib kelishi mumkin.

So‘roq qilishni quyidagi asosiy psixologik bosqichlarga ajratish mumkin:

1) so‘roq qilishga psixologik tayyorgarlik ko‘rish;

200

2) so‘roq qilishni amalga oshirish; 3) muammoli vaziyatlarda psixologik ta’sir ko‘rsatish usullarini

qo‘llash; 4) so‘roq qilish natijalarini qayd etish; 5) so‘roq qilish natijalarini tahlil qilish va baholash. So‘roq qilishga psixologik tayyorgarlik ko‘rishda tergovchilar subyek-

tiv va obyektiv omillarni hisobga olishlari zarur. Subyektiv omillarga tergovchi va so‘roq qilinuvchining so‘roq qilish-

ga psixologik tayyorlik holati kiradi. So‘roq qilishga tergovchi tayyor bo‘lishi, ya’ni mavjud ish materiallarini erkin qo‘llashi, so‘roq qilinuvchi-ning ruhiyatini (psixikasini) muvaffaqiyatli nazorat qilishi hamda ushbu shaxsdan eng to‘g‘ri va to‘liq ko‘rsatuvlar olish maqsadida bu psixikani qonun doirasida boshqarishini ta’minlaydigan hissiy-irodaviy holatda bo‘lishi lozim. Tergovchi so‘roq qilish vaqtida o‘z ruhiy holatini ham muvaffaqiyatli boshqarishi kerak.

Tergovchining so‘roq qilishga tayyorligini belgilovchi obyektiv omillarga quyidagilar, ya’ni uning ish materiallarini har tomonlama chuqur o‘rganganligi, so‘roq vaqtida tekshirilishi lozim bo‘lgan tusmollar ishlab chiqilganligi, so‘roq qilishning batafsil rejasi tuzilganligi, so‘roq qili-nuvchining shaxsi o‘rganilganligi, so‘roq qilish joyi va qo‘llanilishi lozim bo‘lgan texnik vositalar (video-audio yozuv asboblar)ning tayyorligi kiradi.

Tayyorgarlik bosqichida tergovchi tomonidan: – jinoyat ishida to‘plangan ashyoviy va hujjatli dalillarni, tergovga

qadar tekshiruv yoki dastlabki tergov davomida so‘roq qilinishi lozim bo‘lgan shaxsning va boshqa ishtirokchilar(jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi, ekspert, mutaxassislar)ning ko‘rsatmalari tahliliy o‘rganib chiqilishi;

– so‘roq qilinishi lozim bo‘lgan shaxsning psixologik jihatlarini o‘rga-nish maqsadida uning yashash, ishlash yoki o‘qish joyidan haqqoniy tav-sifnomalar olish, surishtiruv organlari maxsus hisobidan tekshirish, voyaga yetmaganlar komissiyasi hisobidan tekshirish, muqaddam sudlangan bo‘lsa, tergov va sudda o‘zini qanday tutganini aniqlash uchun sud hukmidan nus-xa olish, yaqin kishilarini so‘roq qilish yoki suhbatlashish;

– to‘plangan ma’lumotlarning tahlili natijalariga ko‘ra so‘roq qili-nuvchining psixologik portretini tasavvur qilish va bo‘lajak so‘roqda uning psixologik holati qanday bo‘lishini bashorat qilgan holda so‘roq rejasini ishlab chiqishi zarur.

So‘roq rejasini tuzish tayyorgarlikning muhim elementi hisoblanadi. Reja kengaytirilgan yoki qisqa, yozma yoki fikriy bo‘lishi mumkin. Rejada

201

aynan kimni, qachon, qayerda, qanday sharoitda, kimning ishtirokida (himoyachi, qonuniy vakil, tarjimon yoki boshqa mutaxassislar) so‘roq qilinishi, tergov tusmollari, aniqlanishi lozim bo‘lgan savollar ro‘yxati, foydalaniladigan texnik vositalar ko‘rsatilishi lozim.

So‘roqni amalga oshirish bosqichida tergovchi tomonidan so‘roqni muvaffaqiyatli o‘tkazishning zaruriy sharti so‘roq qilinuvchi shaxs bilan psixologik aloqa o‘rnatishdir. Bunday aloqa o‘rnatish zarurati bir qancha holatlar bilan bog‘liq. Tergovchi tomonidan doimo aloqani yengillash-tiruvchi tashqi omillar yaratilishi zarur.

Tergovchi tomonidan so‘roqqa chaqirilgan shaxsni hurmat bilan kutib olishi, o‘zini tanishtirishdagi kamtarligi, o‘tirishga taklif etishi, xonaning batartibligi, tergovchining tashqi ko‘rinishi ko‘p insonlarda tergovchiga nisbatan hurmat va ishonch hissini uyg‘otadi. So‘roq qilinuvchi tergovchi-dan 1 yoki 1,5 metrdan oshmagan masofada o‘tirsa, albatta shaxsiy xavf-sizlik choralarini unutmagan holda, undagi hissiy (emotsional) o‘zgarish-larni (qo‘l-yuz mushak tolalarining titrashi, terlashi, nafas olishidagi va ovozidagi o‘zgarishlarni) nazorat qilib turish imkoni ko‘proq bo‘ladi.

So‘roq qilinuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini tekshirishda ham turlicha psixologik ta’sir ko‘rsatish mumkin. Hujjatdagi rasmdagi shaxsga o‘xshamaysiz, juda qarib ketibsiz demasdan, balki uning tashqi ko‘rinishiga ozgina maqtov bildirilsa ijobiy muloqotga kirishish maqsadi-ga erishishga imkoniyat kengayadi.

Tergovchi tomonidan so‘roq qilinuvchining rasmiy demografik ma’lu-motlarini(tug‘ilgan vaqti va joyi, millati, fuqaroligi, ma’lumoti, kasbi, ish yoki o‘qish joyi, oilaviy ahvoli, oila a’zolari, muqaddam sudlanganligi va boshqa) aniqlash jarayonda umumiy va betaraf qiziqishlarini (sport, sevimli komanda, markalar, hayvonlar va boshqa) ham aniqlashga harakat qilishi lozim. Masalan, so‘roq qilinuvchining sevimli futbol komandasiga tergovchining ham «ishqibozligi» so‘roq qilinuvchida o‘zaro tenglik, yaqinlik hissini uyg‘otishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual qonunchiligida so‘roq-ning quyidagi, ya’ni jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi va ayblanuv-chi, voyaga yetmagan shaxsni so‘roq qilish kabi turlari mavjud. Qonunchi-likda bu ishtirokchilarning har birining o‘ziga xos huquqlari va majbu-riyatlari hamda ularni so‘roq qilishning alohida tartiblari belgilangan.

Tergovchi tomonidan so‘roq qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar toifasi-dan kelib chiqib ular bilan psixologik aloqa o‘rnatish usullarini rejalashti-rishi zarur. Tergovchi tegishli shaxsga kim sifatida so‘roq qilinishini, pro-tsessual huquq va majburiyatlarini tanishtiradi, jabrlanuvchi va guvohlarni

202

bila turib yolg‘on ko‘rsatuvlar berganlik yoki ko‘rsatuv berishdan bosh tortganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanganligini ogohlantiradi. Lekin bu ogohlantirish har bir so‘roq qilinuvchining psixologik holatini, uning yolg‘on yoki rostgo‘y ko‘rsatuvlar berishga tayyorgarligini inobatga olgan holda amalga oshirish zarur. Masalan, jinoyatdan jismoniy, moddiy va ma’naviy zarar ko‘rgan jabrlanuvchiga, yoki o‘z fuqarolik burchini sidqi-dildan bajarib, hayoti va sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yib jinoyatchini ushlashda ishtirok etgan guvohni agarda tergovchi yolg‘on ko‘rsatma ber-sangiz jinoiy javobgarlikka tortilasiz, – deb qo‘rqitish ohangida emas, balki ularga hamdardlik, xayrixohlik va hurmat bildirgan holda, ularning yolg‘on ko‘rsatuvlar bermasliklariga ishonishini, ogohlantirish esa faqat-gina rasmiyatchilik ekanligini tushuntirsa, so‘roq qilinuvchilarning yanada rostgo‘y ko‘rsatuvlar berishlariga erishish mumkin.

Jinoyat jarayonida gumon qilinuvchi va ayblanuvchilarning yaqin qarindoshlarini guvoh yoki jabrlanuvchi sifatida faqat o‘z roziliklari bilangina so‘roq qilinishi mumkin. Malakali tergovchi bu toifadagi shaxs-larning huquqlarini tushuntirish davomida, ularning ko‘rsatuvlari qarin-doshlarining aybdorligini og‘irlashtirish maqsadida emas, balki haqiqatni aniqlash va holatga xolisona baho berish uchunligini ma’lum qilib, to‘g‘ri psixologik ta’sir eta olsa ijobiy natijalarga erishish mumkin.

Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini so‘roq qilishda psixologik aloqa o‘rnatish jarayoni guvoh va jabrlanuvchini so‘roq qilishdan tubdan farq qiladi. Bu farqlar gumon qilinuvchi va ayblanuvchi o‘zining aybsizligini isbotlab berishi shart emasligi, o‘ziga nisbatan qo‘yilgan gumon yoki ayblov xususida ko‘rsatuvlar berishi yoki umuman ko‘rsatuv berishdan bosh tortishi mumkinligi, jinoyat qonunchiligida gumon qilinuvchi va ayblanuvchilar bila turib yolg‘on ko‘rsatuv bergani uchun javobgarlik belgilanmagani kabi huquqlarida ko‘zga tashlanadi.

Sodir etgan jinoyati uchun qattiq afsusda bo‘lgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi vijdon azobini, uyat hissini, qilmishidan afsus-nadomatni his qiladi. Bunday gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tergovchida o‘ziga nisbatan hamdard, yuz bergan voqeani xolisona aniqlashni istayotgan insonni ko‘rib, unda tergovchiga nisbatan ishonch paydo bo‘ladi hamda o‘z aybini chin dildan pushaymon bo‘lish va to‘g‘ri ko‘rsatuvlar berish o‘zining aybini yengillashtiruvchi holat bo‘lishi mumkinligi haqida tergov-chi bergan izohlarni to‘g‘ri tushunadi. Ayblanuvchining bunday pozitsiya-si, shubhasiz, tergovchi va so‘roq qilinuvchi o‘rtasida psixologik aloqa o‘rnatilishi uchun muammolar bo‘lmaydi. Tergov amaliyotida to‘g‘ri ko‘r-satuv berib, o‘zini uzoq muddat qiynayotgan hissiy azoblardan qutulgan

203

shaxslar, tergovchiga «xaloskor» sifatida munosabatda bo‘lgan holatlari uchraydi.

Lekin jinoyatchilik «olami»ning «qonundagi o‘g‘ri» (vor v zakone), «obro‘dor» (avtoritet), o‘ta xavfli retsidivist va boshqa ashaddiy jinoyat-chilar tergovchi bilan muloqotga kirishishni, hamkorlik qilishni va umu-man yozma yoki og‘zaki ko‘rsatuvlar berishni o‘zlariga «uyat ish» deb hisoblashadi. Bu toifadagi shaxslarni so‘roq qilish uchun tergovchidan mukammal psixologik tayyorgarlikka ega bo‘lishi talab qilinadi.

Gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi bilan psixologik aloqa o‘rnatish-da tergovchining emotsional holati, uning kayfiyati va so‘roq qilish ohangi muhim rol o‘ynaydi. «Ko‘zgu» mexanizmi bo‘yicha, so‘roq qilinayotgan shaxs tergovchining emotsional holatiga mos tarzda «quvvat» oladi. Shu bois tergovchining xotirjam, bir tekis ohangi, hissiy vazminligi so‘roq qilinayotgan shaxsdagi hayajonni bartaraf etadi, tergovchining ishning hamma tomonlarini xolisona tekshirib chiqishga intilishi esa so‘roq qilinayotgan shaxsda unga nisbatan ishonch uyg‘otadi.

Bila turib yolg‘on ko‘rsatuvlar berishga ahd qilgan, ilgari sudlangan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi bilan aloqa o‘rnatish qiyinroq kechishi mumkin. Ba’zan bunday nizoli vaziyatda aloqa o‘rnatishning iloji bo‘l-maydi. So‘roq qilish o‘zaro kurash xususiyatiga ega bo‘ladi. Bunday sharoitda tergovchining psixologik vazifasi gumon qilinuvchi yoki aybla-nuvchiga tergovni aldash foydasiz ekanligini, uning ko‘rsatuvlari faqatgina haqiqatni aniqlash va xolisona baholash uchun zarurligi hissini singdi-rishdan iborat bo‘ladi.

O‘zini to‘liq aybdor deb hisoblovchi gumon qilinuvchi yoki ayblanuv-chini so‘roq qilish odatda nizosiz kechadi. Biroq tergovchi bunday vaziyat-larda so‘roq qilinuvchi birovning aybini o‘ziga olishi yoki ishtirokchilarini tergovdan yashirishi yoxud aybini kamaytirib ko‘rsatishga urinishi mumkinligi haqidagi tusmollarni tekshirishi zarur.

Biroq so‘roq qilish nizosiz boshlangan vaziyat tergovchining so‘roq qilinayotgan shaxsga qo‘pol va betakalluf munosabati, ziyrak emasligi, so‘roq qilinayotgan shaxsning insoniy taqdiriga e’tiborsizligi, uni tushuna olmasligi yoki buni oshkora istamasligi tufayli keskinlashishi mumkin.

Dastlabki tergov davomida voyaga yetmagan shaxslarni so‘roq qilish-da psixologik aloqa o‘rnatish jarayonining ham o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. O‘n olti yoshga to‘lmagan guvoh yoki jabrlanuvchini so‘roq qilish qonuniy vakili yoki katta yoshdagi yaqin qarindoshi, pedagog yoki muta-xassis-psixolog ishtirokida amalga oshiriladi. O‘n olti yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan jabrlanuvchi va guvohlar ko‘rsatuv berishdan bosh

204

tortganlik va bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berganlik uchun jinoiy javobgar-lik to‘g‘risida ogohlantirilmaydilar. Biroq tergovchi ularning protsessual huquqi va majburiyatlarini tushuntirish chog‘ida haqqoniy ko‘rsatuv berish va bu bilan jinoyat ishi bo‘yicha haqiqatni aniqlashga ko‘maklashish ma’naviy burch ekanligini eslatib, «qahramonlikka» undab, ijobiy psixolo-gik ta’sir ko‘rsatishi natijasida ular haqiqatni gapirishi mumkin.

Voyaga yetmaganlar aqlining unchalik tez sezuvchan emasligi, ular-ning taktik kurashda tajribasizligi tergov jarayonida ular bilan munosa-batga kirishishni osonlashtiradi. Voyaga yetmaganlar hayoti va faoliyati-ning tartibi katta odamlarnikidan farqi bo‘lganligi sababli, bir qator hollarda voqealarning sodir etilish vaqti va davomiyligini, makondagi joy-lashishini belgilashda adashishlari sababli ham noto‘g‘ri ko‘rsatuvlar berishlari holatlari uchraydi. Voyaga yetmaganlar qasddan yolg‘on ko‘rsa-tuvlar berayotganlarida esa ziddiyat va nomuvofiqliklarga, «afsonaning» yetarlicha puxta o‘ylanmaganligiga ko‘proq yo‘l qo‘yadilar.

Voyaga yetmagan shaxs bilan psixologik aloqa o‘rnatish uchun uning hayoti, tarbiyalanish xususiyatlari, ijtimoiy aloqalari bilan tanishish lozim. Tergovchi voyaga yetmagan shaxsning fe’li (xarakteri) haqidagi ma’lumot-larni uning ota-onasi, o‘qituvchi-tarbiyachilari, profilaktika inspektorlari bilan bo‘ladigan suhbatlarda ham olishi mumkin.

Voyaga yetmaganlar hayot va tarbiyalanish sharoitlari bilan tanishgan-da tergovchi voyaga yetmagan shaxsning ota-onasi bor yoki yo‘qligini (agar ulardan biri yoki ikkovi bo‘lmasa, buning sababini, voyaga yetmaganni kim tarbiyalayotganligini) aniqlaydi. Ota-onalarining oiladagi o‘zaro munosa-batlari, kasb-kori, ish joyi, madaniyatlilik darajasi, axloqiy xislatlari, bola-larga munosabati, tarbiyalash usullari, o‘smirning yaqin maishiy munosa-batda bo‘lgan odamlari, uning maktab yoki ishdagi xulqiga oid masalalar batafsil aniqlashtiriladi. Agar tuman voyaga yetmaganlar komissiyasi hiso-bida turgan bo‘lsa, tergovchi uning noto‘g‘ri xulqi bo‘yicha qanday choralar ko‘rilgani, ular nima uchun natija bermaganligi, jinoyat sabablari va sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlaydi.

Tergovchilar tomonidan so‘roqda ishtirok etayotgan himoyachi, qonu-niy vakil, pedagog, psixolog yoki boshqa mutaxassislarning tergov jarayo-niga salbiy ta’sir etishlarining oldini olish maqsadida, ularning protsessual qonunchilikda belgilangan huquq va majburiyatlarini tushuntirish chog‘ida, agarda bu qoidalardan chetlashsalar tegishli (intizomiy, ma’muriy, jinoiy) ta’sir choralari qo‘llanilishi mumkinligini ogohlantirib, psixologik ta’sir ko‘rsatish choralarini ko‘rishlari zarur.

Tergovchi tomonidan so‘roqning kirish qismida, yuqorida ko‘rsatilgan, so‘roq qilinuvchining shaxsiga oid ma’lumotlarni aniqlash, huquq va

205

majburiyatlarini tushuntirish jarayonida so‘roq qilinayotgan shaxs bilan psixologik aloqa o‘rnatganidan keyin, unga ish yuzasidan o‘ziga ma’lum bo‘lgan narsalarni so‘zlab berishni taklif qiladi. So‘roq qilishning bu bosqichi so‘roq qilinayotgan shaxsning erkin so‘zlab berishi deb ataladi. Bu jarayonda u o‘ziga ma’lum faktlarni, o‘zi tanlagan yoki tergovchi tavsiya qilgan ketma-ketlikda bayon etadi.

Ish uchun ahamiyatli holatlarning ketma-ket bayon etilishini buzmaslik uchun tergovchi so‘roq qilinayotgan shaxsning hikoyasini savol yoki luqmalar bilan bo‘lishi tavsiya etilmaydi.

Ko‘rsatuvlar bayon etilganidan keyin tergovchi turli savollar yorda-mida aniqliklar kiritadi, kamchiliklarni to‘ldiradi, erkin hikoya paytida keltirilmagan yangi faktlarni aniqlaydi. Agar olingan ko‘rsatuvlar, tergov-chining fikricha, yolg‘on bo‘lsa, u:

1) so‘roq qilinayotgan shaxs bilmasdan yanglishgan taqdirda xatosini tuzatishida ko‘maklashishi;

2) atayin yolg‘on ko‘rsatuv berganida – uning yolg‘onini fosh etishi va to‘g‘ri ko‘rsatuvlar berishiga erishishi kerak.

Tergov amaliyotining ko‘rsatishicha, ko‘p hollarda so‘roq qilinayot-gan shaxslar tergovchini qiziqtirayotgan voqeaning ayrim tafsilotlarini unutadilar. Unutish – tabiiy jarayon, shu bois tergovchini so‘roq qilina-yotgan shaxs qaysidir faktlarni unutgani emas, balki ko‘proq uzoq muddat avval yuz bergan voqeaning tafsilotlarini juda oson so‘zlayotgani shubha-lantirishi lozim. Chunki bu yodlab olingan yolg‘on ko‘rsatuvlar berilayot-ganidan dalolat berishi mumkin.

Voqea holatlarini jabrlanuvchi yaxshiroq eslab qoladi, chunki jabr-langan shaxs uni hissiy darajada idrok etadi va boshidan kechiradi, ammo bu shaxsning ham eslab qolishida ayrim muammolar bo‘lishi mumkin.

Jabrlanuvchilar doimo haqiqatni gapirishadi degan xulosada to‘xtab qolish ham noto‘g‘ri. Chunki tergov amaliyotida jabrlanuvchi qasddan jinoyat haqida yolg‘on xabar berib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilishiga erishgan holatlari ham uchraydi. Bunga misol qilib, Toshkent shahri Uchtepa tumani IIB Tergov bo‘limida tergov qilingan jinoyat ishini keltirish mum-kin. Fuqaro «A» Isroil davlatiga doimiy yashashga ko‘chib ketishga qarshilik qilayotgan norasmiy nikohda yashayotgan turmush o‘rtog‘i «B»ni jinoiy javobgarlikka torttirish maqsadida, uyida o‘g‘irlik jinoyatini sahnalashtirib, tuman IIBga murojaat qilgan. Hodisa joyiga kelgan ter-gov-tezkor guruhi tomonidan buzilgan eshik, xonadondagi buyumlarning sochilib yotgani, jabrlanuvchining va uning opasi «S»ning o‘g‘irlik haqidagi «ishonchli» ko‘rsatuvlariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

206

Gumon qilinuvchi «B»ni qayerdaligi noma’lum bo‘lgani sababli unga nisbatan rasmiy qidiruv e’lon qilingan. Qidiruvdan ushlangan «B» so‘roq qilinganida u «A»ning xonadonidan o‘g‘irlik sodir etmaganini, aynan o‘g‘irlik sodir etilgan vaqtda boshqa joyda bo‘lganini tasdiqlovchi vaj(alibi)larini keltirgan. Malakali tergovchi tomonidan jabrlanuvchi «A» va uning opasi «S»lar bilan o‘tkazilgan keyingi tergov harakatlari (qo‘shimcha so‘roq, yuzlashtirish va b.)da ularga to‘g‘ri psixologik ta’sir o‘tkaza olgani natijasida, ulardan haqiqatan ham o‘g‘rilik haqida yolg‘on xabar berishgani va yolg‘on ko‘rsatuvlar berishgani haqida iqrorlik ko‘rsatuvlari olinishiga, jinoyat ishining «B»ga nisbatan qismi reabili-tatsiya asoslariga ko‘ra tugatilib, opa-singil «A» va «S»larni yolg‘on xabar va yolg‘on guvohlik berishgani uchun Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy javobgarlikka tortilishiga erishilgan.

Psixologik ta’sir ko‘rsatish usullarini qo‘llash bosqichi. Ushbu bosqichda tergovchi tomonidan so‘roq qilinuvchi ish holatlari to‘g‘risida erkin so‘zlab berganidan so‘ng, ko‘rsatuvlarning to‘laligi, yolg‘on yoki rostligiga fikran baho bergan holda, kutilayotgan natijaga erishish maqsa-dida psixologik ta’sir ko‘rsatishning bir qator qonuniy usullari qo‘llaniladi.

Erkin so‘zlab berish tugaganidan so‘ng, agar tergovchi so‘roq qilina-yotgan shaxs tergovni qiziqtirayotgan holatlardan ancha chetga chiqayot-ganligini ko‘rsa, to‘ldiruvchi, aniqlashtiruvchi, tekshiruvchi, savollar beri-shi mumkin. Tergovchi bunda savollarning qo‘yilish shaklini, o‘zining so‘zlash ohangi(intonatsiyasi)ni diqqat bilan kuzatishi, o‘z mimikasi va imo-ishoralarini nazorat qilishi va ishontiruvchi ta’sir ko‘rsatishi lozim. Yolg‘on ko‘rsatuvlar berilishining motivlarini aniqlagan tergovchi so‘roq qilinuvchiga o‘z ko‘rsatuvlarini o‘zgartirishi kerakligiga ishontirishga harakat qilishi lozim.

Tergovchi va so‘roq qilinuvchi o‘rtasida yuzaga kelgan nizoli, ya’ni haqiqatni aniqlashga to‘siqlar mavjud bo‘lgan vaziyatlarda quyidagi psixo-logik usullarni qo‘llash mumkin:

– zo‘riqishni olib tashlash; – zo‘riqish hosil qilish; – so‘roq qilinayotganning shaxsiga xos fazilatlardan (ijobiy xislatlar-

dan) foydalanish; – shaxsning ojiz tomonlaridan foydalanish; – yolg‘onga chek qo‘yish; – kutish; – afsonaga yo‘l qo‘yish; – chaqiriq (da’vat);

207

– qo‘qqisdan savollar berish; – izchillik; – diqqatni chalg‘itish; – nutq sur’atini jadallashtirish; – nutq sur’atini pasaytirish; – tergovchining xabardorligi haqida tasavvur hosil qilish; – takroriylik. Zo‘riqishni olib tashlash. Ko‘pincha so‘roq vaqtida so‘roq qilinuvchi

kuchli hayajonga tushadi. Buning natijasida u ma’lumotlarni izchil va ma’noli bayon eta olmaydi. Bunday holatga noodatiy vaziyat, xavotir hissi, ortiqcha bir narsa aytib qo‘yishdan qo‘rqish kabilar bog‘liq bo‘lishi mum-kin. Zo‘riqishni olib tashlash uchun unga vaziyatga moslashib olishi, tinchlanishi uchun vaqt berish, so‘ngra so‘roqni davom ettirish mumkin. Bunga so‘roq qilinuvchi shaxsga xayrixoh munosabat, u tanlagan yo‘lning noto‘g‘riligiga, reja va hisob-kitoblarining norealligiga ishontirish kabilar orqali erishiladi.

Zo‘riqish hosil qilish. Bunday holatni tergovchi so‘roq qilinayotgan shaxsning emotsional sohasiga ta’sir ko‘rsatish, u tanlagan yo‘lning to‘g‘riligiga ishonchini so‘ndirish orqali yaratadi. Agar so‘roq qilinayotgan shaxs ortiqcha hissiy qo‘zg‘aluvchan va impulsiv bo‘lsa, bu usul jiddiy natijalar beradi.

So‘roq qilinayotganning shaxsiga xos fazilatlardan (ijobiy xislatlar-dan) foydalanish ko‘p hollarda jinoyatlarni tergov qilishda shaxsning, ayniqsa yolg‘on ko‘rsatuvlar berayotgan shaxsning fazilatlariga murojaat etish foyda beradi. Shu bois so‘roq qilinayotgan shaxsning halolligini eslatib, o‘tmishdagi xizmatlari, jamoadagi obro‘sini ta’kidlab, uni so‘roq vaqtida ochiq bo‘lish va haqgo‘ylikka ko‘ndirish mumkin.

Shaxsning ojiz tomonlaridan foydalanish shaxs ruhiyatining o‘ziga xos jihatlari (jizzakiligi, kechinmalarga moyilligi kabilar)ni hisobga olib, so‘roq paytida to‘g‘ri ko‘rsatuvlar berishiga erishish mumkin. G‘azab paytida so‘roq qilinayotgan shaxs odatda aytmaydigan fikrlarini aytishi mumkin.

Yolg‘onga chek qo‘yish usuli so‘roq qilinayotgan shaxs «yolg‘onni rivojlantirishiga» imkon berish zarurati bo‘lmaganida qo‘llaniladi. Bu usulni tergovchi ish holatlari bo‘yicha ishonchli ma’lumotlarga ega bo‘l-ganida qo‘llagan ma’qul. Bunda yolg‘on ko‘rsatuvlar darhol rad etiladi. Mavjud dalillarni taqdim etish orqali yolg‘on bartaraf etiladi.

Kutish usulida ish natijasidan manfaatdor guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchining ongida motivlar kurashi yuz beradi. Motivlar-

208

ning ayrimlari yolg‘on, boshqalari esa haqqoniy ko‘rsatuvlar berishga undaydi. Tergovchi so‘roq qilinayotgan shaxsdagi ikkilanishlarni inobatga olib, uning ongida foydali motivlar g‘alabasini ta’minlovchi asoslarni atayin «yaratadi» hamda so‘roq qilish vaqtida, so‘roq qilinuvchining o‘zi yolg‘on ko‘rsatuvlaridan voz kechishini kutib, tanaffus beradi.

Afsonaga yo‘l qo‘yish usulida tergovchi so‘roq qilinayotgan shaxs yolg‘on ko‘rsatuvlar berayotganini bila turib, ularni bayon etishi va ichidagini aytib olishiga imkon beradi. Bunda so‘roq qilinayotgan shaxs o‘zining avvalgi fikrlariga zid ko‘rsatuvlar berayotgani aniq bo‘ladi. Tergovchi o‘zini uning ko‘rsatuvlariga ishonayotgandek tutadi, uni diqqat bilan eshitadi va aytganlarining hammasini bayonnomada qayd etib, so‘ngra afsonaning yolg‘onligini fosh etuvchi dalillarni taqdim etadi.

Chaqiriq (da’vat) usuli so‘roq qilinayotgan shaxs mantiqan izchil fikr yuritishni istamagan paytda qo‘llaniladi. U «fikriy duel», ya’ni tortishuvga rozi bo‘lishi uchun tergovchi atayin diqqatini so‘roq qilinayotgan shaxs rad eta oladigan, yaxshi isbotlanmagan holatlarga qaratadi. Shu tariqa so‘roq qilinayotgan shaxs fikrlashga undaladi va shu paytda tergovchi unga dalillar bilan tasdiqlangan faktlarni xabar qiladi. So‘roq qilinayotgan shaxs ushbu faktlarni ham avvalgilaridek rad etishga harakat qiladi, ammo ular obyektiv bo‘lgani uchun inkor eta olmaydi. Bu hol unda o‘zini yo‘qotish va tushkunlik holatini yuzaga keltirishi mumkin. Shunda u haqiqatni aytib berishga majbur bo‘lishi mumkin.

Qo‘qqisdan savollar berish so‘roq qilinayotgan shaxs yolg‘on ko‘rsa-tuvlar berayotganida unga u kutmagan savol qo‘qqisdan beriladi yoki dalil taqdim etiladi. Bu hol avvaldan tayyorlab qo‘yilgan yolg‘on javoblar tizimini buzib yuboradi va so‘roq qilinayotgan shaxsda stress holatini keltirib chiqaradi. U qo‘qqisdan olingan ma’lumotni bungacha o‘zi o‘ylab topgan ma’lumotlar bilan bog‘lashga qiynaladi, keyin navbatdagi yolg‘on javobni darrov ifodalay olmaydi.

Izchillik usuli qo‘qqisdan qo‘llaniladigan usulga qarama-qarshi bo‘lib, yolg‘on ko‘rsatuv berayotgan so‘roq qilinuvchida ruhiy zo‘riqishni asta-sekin kuchaytirish uchun zarur paytda qo‘llaniladi. Buning uchun tergov-chi dalillarni ketma-ket o‘sib boruvchi tartibda taqdim etadi va har birining ahamiyatini batafsil tushuntiradi. Tergovchi so‘roq qilinayotgan shaxs to‘plangan dalillarning kuchini sezishiga imkon berib, yolg‘on gapirishga urinishi befoyda ekanligini singdiradi.

Diqqatni chalg‘itish usuli holda tergovchi so‘roq qilinayotgan shaxs-ning hushyorligini so‘ndirish uchun diqqatini asosiy masalaga qaratmaydi, balki to so‘roq qilinuvchi o‘ziga ruhan belgilagan yolg‘onidan chalg‘i-gunicha, uni boshqa masalalarga fikrini tortadi.

209

Nutq sur’atini jadallashtirish ko‘p hollarda so‘roq qilinuvchi shaxs so‘roq paytida imillaydi, vaqtni cho‘zadi, tergovchi biladigan holatlarga mos kelishi uchun javoblarini o‘ylab olish va tayyorlashga harakat qiladi. Shunday vaziyatda tergovchi so‘roq qilinayotgan shaxs gaplariga jadal sur’at bag‘ishlab, uning fikrlaridan oldinda yurib, fikrlashi va nayrang ishlatishiga imkon bermay, tashabbusni o‘z qo‘liga oladi.

Nutq sur’atini pasaytirish. So‘roq qilinuvchi shaxs so‘roq paytida avvaldan yodlab olgan yolg‘onlarini juda tez gapiradi. Shu uning fikrlarida chalkashliklarni yuzaga keltirish va tizimlilikni yo‘qotish maqsadida nutq sur’atini pasaytirish kerak bo‘ladi.

Tergovchining xabardorligi haqida tasavvur hosil qilish ushbu holda tergovchi so‘roq qilinayotgan shaxsga muayyan fakt yoki ma’lumotlarni atayin aytib beradi. Natijada so‘roq qilinayotgan shaxs tergovchi ko‘p narsadan xabardorligi haqida xulosaga keladi va to‘g‘ri ko‘rsatuvlar bera boshlaydi.

Takroriylik usuli bevosita so‘roq qilinayotgan shaxs navbatdagi so‘roq paytida avval bergan ko‘rsatuvlarini aniq takrorlay olmasligiga qaratiladi.

So‘roq davomida tergovchi tomonidan so‘roq qilinuvchiga psixologik ta’sir ko‘rsatish maqsadida ko‘rsatuvlarni to‘ldiruvchi, aniqlashtiruvchi, eslatuvchi, nazorat qiluvchi, yolg‘onni fosh etuvchi savollar berilishi mumkin.

Jinoyat-protsessual qonunchiligida so‘roq tergov harakatini o‘tkazish jarayonida yuqoridagi savollar turlaridan foydalanishda kutilayotgan javobga bevosita yoki bilvosita yo‘naltirish mazmunidagi, ya’ni ishora qiluvchi savollarni berish taqiqlanganligini tergovchilar yoddan chiqar-masliklari zarur.

Ko‘rsatuvlarning yolg‘onligini baholash (diagnostika) va fosh etish dastlabki tergovning asosiy muammolaridan biridir. Yolg‘onni psixodiag-nostika qilishning umumiy va qat’iy uslublari mavjud emas. So‘roq qili-nuvchidagi psixosomatik reaksiyalar – tananing ma’lum qismlaridagi titrashlar, nafas olish tezligidagi o‘zgarishlar, og‘iz bo‘shlig‘ining qurishi, qon tomirlarining torayishi yoki kengayishi natijasida yuz terisining qizarishi yoki oqarishi, ko‘z qarashlarining tez-tez o‘zgarishi ham yolg‘on-ni aniq ko‘rsatuvchi ishonchli belgilar emas. Ovozdagi o‘zgarishlar – pauza, intonatsiya, ishlatiladigan so‘zlarning alohida belgilari orqali ham yolg‘onni aniqlashning to‘liq imkonini bermaydi. Shaxslardagi yolg‘onni aniqlash uchun barcha uchun bir xil qoidalar mavjud emas.

Lekin psixologiya fanida (darslikning 2-bobiga qarang) shaxsning ko‘rsatuvlaridagi yolg‘onni baholash va fosh etishning profayling metodi bo‘yicha umumiy tavsiyalari ishlab chiqilgan. Bu metoddan dastlabki

210

tergov jarayonida so‘roq qilinayotgan shaxslar bilan verbal (so‘zdagi) va noverbal (tana xatti-harakatlaridagi) muloqot qilish jarayonida, ularni diqqat bilan vizual kuzatish orqali, ular berayotgan axborotning vaziyat va holatga qanchalik muvofiqligini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Ushbu jarayonda ko‘rsatuvlarning haqiqatligiga shubha uyg‘ongan taqdirda tergovchilar tomonidan, har bir shaxsning holatiga individual baho bergan holda, yuqorida mavzumizda ko‘rsatilgan psixologik ta’sir etish usullari-dan foydalanishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi.

So‘roq natijalarini qayd etish bosqichida tergovchi so‘roq qilinayot-gan shaxsdan qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun tegishli ko‘rsatuvlar olgach, so‘roq natijalarini bayonnomada qayd etishga kirishadi. Bu yerda olingan ma’lumotlar jinoyat ishida to‘plangan dalillarga qay darajada mos kelishi hamda ushbu ma’lumotlarni qanday ketma-ketlikda qayd etish borasida fikriy masala hal qilinadi.

Tergovchining yozuvi, ya’ni yozma nutqi uning faoliyatining tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Protsessual hujjatlarni rasmiylashtirishda tergovchining yozma nutqining mukammal bo‘lishi talab etiladi. Tergov amaliyotida yozma nutqning rasmiy uslubi keng qo‘llaniladi. Barcha qonunlarning matnlari, bildirgilar, qarorlar, bayonnomalar, tushuntirish xatlari, dalolatnomalar, xullas, tergov amaliyotida olib boriladigan va yuritiladigan barcha hujjatlar rasmiy uslubda yoziladi.

Rasmiy uslub qoidalari quyidagilardan iborat: 1) so‘z tartibi grammatika qoidalariga to‘liq asoslangan bo‘lishi kerak; 2) fikr sodda, aniq va qisqa ifodalanishi kerak; 3) fikr kasbga doir terminlar asosida bayon qilinishi zarur; 4) jargonlar, og‘zaki so‘zlashuv uslubiga xos so‘zlar ishlatilmasligi

kerak; 5) eskirgan so‘zlar va iboralarni iloji boricha ishlatmaslik yoki o‘rniga

qarab ishlatish lozim. Rasmiy uslubda yozilgan hujjatlar tergovchilarning madaniyatlilik

darajasini, kasbiy (professional) jihatdan yetukligini ifodalovchi ko‘rsatkich hisoblanadi.

Tergovchi tomonidan so‘roq jarayonida so‘roq qilinuvchining ko‘rsa-tuvlarini bir vaqtning o‘zida ham eshitishi, ham bayonnomaga rasmiylashti-rishi, ya’ni kompyuter yoki boshqa yozuv texnikalaridan foydalangan holda, so‘zma-so‘z ko‘rsatuv matnini tuzishi tavsiya etilmaydi. Agarda tergovchi so‘roq qilinuvchidagi psixologik holatlarni kuzatmasdan, undan eshitgan so‘zlarni yozish bilan mashg‘ul bo‘lib qolsa, so‘roq qilinuvchida go‘yoki tergovchi uning ko‘rsatuvlarini befarq qabul qilayotgandek tuyuladi va fikrini kengaytirish, haqiqatni to‘liq so‘zlab berishiga psixologik ta’sir

211

etishi mumkin. So‘roq qilinuvchiga jinoyat tafsilotining oxirigacha yoki ayrim bosqichlarigacha ko‘rsatuvlarini erkin so‘zlashga imkoniyat berib, aynan shu qismini bayonnomaga tushirib, so‘ngra keyingi savollarga o‘tilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda so‘roq qilinuvchining fikri chalg‘ib ketishining oldini olish mumkin. Ammo bu usul tergovchidan a’lo dara-jadagi xotira va katta tajribani talab qiladi.

Tergovchi tomonidan so‘roq bayonnomasi rasmiylashtirilib, uni tani-shish uchun so‘roq qilingan shaxsga taqdim etiladi. Jinoyat-protsessual qonunchilikda so‘roq qilingan shaxs bayonnomaga o‘zi ma’qul deb hisob-lagan har qanday o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritishni talab qilishga haqlidir. Agarda rozi bo‘lsa, bayonnoma uni so‘zidan to‘g‘ri yozilganligi, bayonnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalari yo‘qligini yozib, imzolaydi. So‘roq qilingan shaxs bayonnomani o‘qish jarayonida, agarda u qasddan yoki xotirasi sustligi natijasida biron xatoliklarga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, albatta uning psixologik holatida o‘zgarishlar paydo bo‘lishi mumkin. Ziyrak va sezgir tergovchi bu o‘zgarishlarni anglab, darhol unga lozim darajada psixologik ta’sir eta olsa, so‘roqning aynan shu bosqichida ham so‘roq qilinuvchining haqiqatni gapirishiga erishishi mumkin.

So‘roq natijalarini tahlil qilish va baholash bosqichi. So‘roq tugaga-nidan so‘ng uning natijalarini tahlil va baholash tavsiya etiladi. Tergovchi ko‘rsatuvlarni tahlil qilish jarayonida ularning haqqoniyligini baholaydi, jinoyat ishida mavjud bo‘lgan dalillar bilan solishtiradi. Olingan ko‘rsatuv-lar va ishdagi boshqa dalillar o‘rtasida tafovut yuzaga kelgan holatlarda, masalan, so‘roq qilingan ikki shaxs ko‘rsatuvlari o‘rtasida jiddiy qarama-qarshiliklar bo‘lganda, bu qarama-qarshiliklarni bartaraf etish, haqiqatni aniqlash maqsadida yuzlashtirish yoki boshqa tergov harakatlari o‘tkazish rejasini ishlab chiqadi. So‘roq qilingan shaxsning keyingi tergov harakat-larida haqiqatni gapirishiga ta’sir etadigan obyektiv va subyektiv psixolo-gik omillarga e’tibor berishi lozim bo‘ladi.

2-§. Yuzlashtirish tergov harakatiga psixologik tavsif

Yuzlashtirish O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual qonunchi-ligida ko‘zda tutilgan so‘roq tergov harakatining barcha qoidalariga va xususiy qoidalariga asosan o‘tkazilsa-da, lekin nafaqat protsessual-taktik, balki psixologik munosabatlarda ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega.

Yuzlashtirish tergov harakati ilgari so‘roq qilingan ikki shaxs ko‘rsa-tuvlari o‘rtasida jiddiy qarama-qarshiliklar bo‘lganda, bu qarama-qarshi-liklarning sababini aniqlash va ularni bartaraf etish uchun o‘tkaziladi. Yuzlashtirish ko‘rsatuvlarida qarama-qarshilik bo‘lgan ikki tomon, jumla-

212

dan jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchilar bir vaqtda, bir joyda va «yuzma-yuz» o‘tirgan holda so‘roq qilinadi.

Psixologiya nuqtai nazaridan qaralganida so‘roqda ikki shaxs, ya’ni tergovchi va so‘roq qilinuvchining o‘rtasidagi psixologik muloqot bo‘lsa, yuzlashtirishda esa tergovchi va avval so‘roq qilingan ikki jinoyat jarayoni ishtirokchilari o‘rtasidagi uch taraflama muloqotdir.

So‘roq qilingan ikki shaxsning ko‘rsatuvlaridagi qarama-qarshiliklar aybdorlikka oid shubhalarni yuzaga keltirgan holatlarda, basharti ularni bartaraf etishning boshqa imkoniyatlari bo‘lmasa, yuzlashtirish o‘tkazish majburiy hisoblanadi. Ba’zan tergovchilar yolg‘on ko‘rsatuv berayotgan tomon ikkinchi rost so‘zlayotgan tomonga ham ta’sir o‘tkazib, ikkisi ham yolg‘on ko‘rsatuv bera boshlashidan hadiksirab, yuzlashtirishni o‘tkaz-maydi. Natijada sud muhokamasiga qadar turli ta’sirlar ostida rostgo‘y ishtirokchi ham ko‘rsatuvlarini o‘zgartirishi, bu holat sud tomonidan ayblov hukmi chiqarishiga to‘sqin bo‘lishi va jinoyat ishi qo‘shimcha tergov harakatlari o‘tkazish uchun tergov idorasiga qaytarilishiga olib kelishi mumkin.

Yuzlashtirish tergov harakati jinoyat-protsessual qonunchilikdagi so‘roq o‘tkazishni tartibga soluvchi qoidalarga va xususiy qoidalariga asosan o‘tkaziladi hamda eng og‘ir tergov harakatlaridan biri hisoblanadi. Chunki yuzlashtirish o‘tkazishda tergovchidan so‘roqni o‘tkazishga nisbatan ikki hissa ko‘proq umumiy, psixologik va kasbiy madaniyatining yuqoriligi, shaxs psixologiyasini chuqur bilishi, yuzlashtirishning taktik usullarini qo‘llashda psixologik bilimlardan mohirona foydalana olishi talab qilinadi.

Yuzlashtirishning asosiy psixologik vazifasi ishonchli ko‘rsatuvlar olish va yolg‘onni fosh etish maqsadida, xuddi so‘roqdagi kabi, psixologik ta’sir etishning qonuniy usullaridan foydalanish hisoblanadi.

Yuzlashtirish tergov harakati – bu tergovchining so‘roq qilinayotgan ikki shaxs bilan haqiqatni aniqlash maqsadida davomli, mazmunli, bevosita muloqotidir. Yuzlashtirish chog‘ida ko‘rsatmalari o‘rtasida qarama-qar-shilik bo‘lgan ikki shaxsning manfaatlari to‘qnashadi, yuzlashtirish boshida taraflar o‘rtasida nizoli munosabat va yuqori hissiy zo‘riqish bo‘ladi.

Obyektiv jihatdan nizoli munosabat ishtirokchilarning (ko‘p holatlarda ulardan birining) qasddan haqiqatga mos kelmaydigan ko‘rsatuvlar bera-yotgan holatlarda yuzaga keladi. Subyektiv jihatdan shunday munosabatni aytish mumkinki, unda nizoli munosabat boshqa shaxsning to‘g‘ri deb tanlagan yo‘nalishini(pozitsiyasini) noto‘g‘ri tushunishida, bu shaxsning munosabatini tasdiqlovchi dalillarni hatto qabul qilishida ifodalanadi.

Yuzlashtirishni o‘tkazish taktikasiga ko‘rsatuvlardagi jiddiy ziddiyat-larning kelib chiqish sababi hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi.

213

Ko‘rsatuvlardagi ziddiyatlarning kelib chiqish sabablari quyidagilar-dan iborat:

1) bir yoki ikkala so‘roq qilinganlarning o‘zi bilmay yanglishish holati. Bunga misol qilib shaxsdagi xususiy turli psixik holatlar, voqealarni idrok etish, eslab qolish va qayta tasvirlab berishda yo‘l qo‘yilgan xatolar, ko‘rish qobiliyatining sustligi va boshqa yanglishuvlarni ko‘rsatish;

2) bir yoki ikkala so‘roq qilinganlarning bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berganligi holati. Masalan, jabrlanuvchi yoki guvohning qo‘rquv, moddiy manfaatdorlik evaziga yoki boshqa tazyiqlar ostida, uyat hissidan yoxud yaqin kishilarini himoya qilish maqsadida, ayblanuvchi tomonning javob-garlikdan qochish, jinoiy sheriklarini yashirish niyatida va boshqa sabab-larni ko‘rsatish.

Yuzlashtirishning samaradorligini tergovchining matonat, dadillik, ziyraklik, hissiy barqarorlik, hayotiy tajriba, kasbiy bilim, tergov haraka-tini mantiqan to‘g‘ri olib borish qobiliyati singari boshqa ijtimoiy xislatlari ham ta’minlaydi.

Yuzlashtirilayotgan shaxsning har biriga zarur individual-psixologik yondashuvni topa olish – bu tergovchining asosiy vazifalaridan biridir. Bu yondashuv yuzlashtirilayotgan shaxsning yoshi, jinsi, ma’lumoti, kasbi, hayotiy tajribasi, madaniyatlilik darajasi, qiziqishlari (manfaatlari), qarash-lari, yuzlashtirish paytida his qilayotgan ruhiy holati kabilarni hisobga olishni nazarda tutadi.

Tergovchining prinsipialligi, adolatliligi, halolligi, yuzlashtiriluvchi-larning ichki kechinmalariga xayrixohlik bildirishi so‘roq qilinayotgan shaxslarda tergovchiga nisbatan hurmat qilish, to‘g‘ri ko‘rsatuvlar berish va tergovga yordamlashish istagini uyg‘otadi.

Tergovchining tashqi kommunikativ xislatlariga uning tashqi ko‘rini-shi, jismoniy jihatlari, o‘zini tutishi, kiyinish uslubi kabilar kiradi. Tergov-chining batartibligi, kiyimining sipoligi, ozodaligi, oddiyligi, xushmuoma-laligi, kirishimliligi, e’tiborliligi, ishga oid uslubi, xayrixohligi kabilarning barchasi so‘roq qilinuvchilarda ishonch, muloqotga tayyorlik hissining paydo bo‘lishiga imkon beradi.

Yuzlashtirish tergov harakatining maqsadi yuzlashtirilayotgan ikki tergov ishtirokchilari birining ko‘rsatmasi haqiqatligi ikkinchisiniki esa yolg‘onligi fosh etilishi masalasini hal qilishdir. Buning uchun esa yolg‘on ko‘rsatuv berayotgan shaxsga psixologik ta’sir ko‘rsatish zaruriyati yuzaga keladi. Yuzlashtirishdagi to‘g‘ri ko‘rsatuv berayotgan ishtirokchini ikkin-chi tomonga ta’sir etish vositasi sifatida qo‘llanilishi yuzlashtirishning ajralmas sharti hisoblanadi. Agarda tergovchi vaziyatni nazorat qila olma-

214

sa, yolg‘on ko‘rsatuv berayotgan tomon qo‘rqitish yoki tahdid qilishni qo‘llab, ikkinchi tomonni ham yolg‘on gapirishga majbur qilishi mumkin.

Yuzlashtirishda tergovchining roli juda og‘ir va asosiy hisoblanadi. Bir tomondan tergovchi ikki yuzlashtirilayotganlarning ko‘rsatuvlarini xolisona bayonnomaga aks ettirishga majbur bo‘lsa, ikkinchi tomondan u jinoyat ishiga zid ko‘rsatuvlarning g‘alaba qozonishiga befarq bo‘la olmaydi.

Tergovchi yuzlashtirishga shunday tayyorgarlik ko‘rishi va o‘tkazishi lozimki, buning natijasida haqiqatning yolg‘on ustidan g‘alaba qozonishi-ga erishishi lozim.

Yuzlashtirish jarayonida psixologik aloqa o‘rnatish usul-lari. Psixologik aloqa o‘rnatish deganda tergovchilar tomonidan tergov harakatlari jarayonida, shu jumladan yuzlashtirishda muloqot turlarini keng qo‘llagan holda notanish shaxslar bilan tez muomalaga kirishishi, eshitishi, sezilarli ta’sir ko‘rsatishi natijasida belgilangan maqsadga, ya’ni haqiqatni aniqlashga erishishi tushuniladi.

Tergovchilar jinoyat jarayoni ishtirokchilari bilan muloqot qilishi uchun chuqur bilim va quyidagi ijtimoiy-psixologik fazilatlarga ega bo‘lishi kerak:

– notanish shaxslar bilan tezda muloqotga kirishish va ularga ma’qul bo‘lish;

– boshqa shaxslarning gapini eshita olish qobiliyatiga ega bo‘lish; – tergov harakati ishtirokchilariga psixologik ta’sir ko‘rsata bilish; – muloqot jarayonida psixologik to‘siqlarni bartaraf etishga erishish

va boshq. Yuzlashtirishni quyidagi asosiy psixologik bosqichlarga ajratish

mumkin: 1) yuzlashtirishga psixologik tayyorgarlik ko‘rish; 2) yuzlashtirishni amalga oshirish; 3) muammoli vaziyatlarda psixologik ta’sir ko‘rsatish usullarini qo‘llash; 4) yuzlashtirish natijalarini qayd etish; 5) yuzlashtirish natijalarini tahlil qilish va baholash. Yuzlashtirishga psixologik tayyorgarlik ko‘rishda tergovchilar sub-

yektiv va obyektiv omillarni hisobga olishlari zarur. Subyektiv omillarga tergovchi va yuzlashtiriluvchilarning tergov hara-

katiga psixologik tayyorlik holati kiradi. Yuzlashtirishga tergovchi tayyor bo‘lishi, ya’ni mavjud ish materiallarini erkin qo‘llashi, so‘roq qilinuvchi-ning ruhiyatini (psixikasini) muvaffaqiyatli nazorat qilishi hamda ushbu shaxsdan eng to‘g‘ri va to‘liq ko‘rsatuvlar olish maqsadida bu psixikani qonun doirasida boshqarishini ta’minlaydigan hissiy-irodaviy holatda

215

bo‘lishi lozim. Tergovchi yuzlashtirish vaqtida o‘z ruhiy holatini ham muvaffaqiyatli boshqarishi kerak.

Tergovchining yuzlashtirishga tayyorligini belgilovchi obyektiv omillarga quyidagilar, ya’ni: uning ish materiallarini har tomonlama chuqur o‘rganganligi; yuzlashtirish vaqtida tekshirilishi lozim bo‘lgan tusmollar ishlab chiqilganligi; yuzlashtirish qilishning batafsil rejasi tuzilganligi; yuzlashtiriluvchilarning shaxsi o‘rganilganligi; yuzlashtirish o‘tkazish joyi va qo‘llanilishi lozim bo‘lgan texnik vositalar (video-audio yozuv asboblar)ning tayyorligi kiradi.

Tayyorgarlik bosqichida tergovchi tomonidan quyidagilar amalga oshiriladi:

– jinoyat ishida to‘plangan ashyoviy va hujjatli dalillarni, tergovga qadar tekshiruv yoki dastlabki tergov davomida yuzlashtirishi lozim bo‘l-gan shaxslarning va boshqa ishtirokchilarning avval bergan ko‘rsatuvlarini tahliliy o‘rganib chiqishi;

– yuzlashtirilishi lozim bo‘lgan shaxslarning psixologik jihatlarini o‘rganish maqsadida ularning yashash, ishlash yoki o‘qish joyidan haqqo-niy tavsifnomalar olish, surishtiruv organlari maxsus hisobidan tekshirish, voyaga yetmaganlar komissiyasi hisobidan tekshirish, muqaddam sudlan-gan bo‘lsa, tergov va sudda o‘zini qanday tutganini aniqlash uchun sud hukmidan nusxa olish, yaqin kishilarini so‘roq qilish yoki suhbatlashish;

– to‘plangan ma’lumotlarning tahlili natijalariga ko‘ra yuzlashtiriluvchi-larning psixologik portretini tasavvur qilish va bo‘lajak tergov harakatida ularning psixologik holati qanday bo‘lishini bashorat qilgan holda yuz-lashtirish rejasini ishlab chiqish.

Yuzlashtirish rejasini tuzish tayyorgarlikning muhim elementi hisob-lanadi. Reja kengaytirilgan yoki qisqa, yozma yoki fikriy bo‘lishi mumkin. Rejada aynan kimlarni, qachon, qayerda, qanday sharoitda, kimlarning ishtirokida(himoyachi, qonuniy vakil, tarjimon yoki boshqa mutaxassislar) yuzlashtirilishi, tergov tusmollari, aniqlanishi lozim bo‘lgan savollar ro‘y-xati, foydalaniladigan texnik vositalar ko‘rsatilishi lozim.

Tergovchi tomonidan ishtirokchilarning «to‘g‘riso‘z» yoki «yolg‘on-chi» deb baholanishi, ularning biriga ko‘proq ikkinchisiga kamroq ishonch bildirishi, albatta jinoyat ishida to‘plangan dalillarga, ishtirokchilarning psixologik xususiyatlarini o‘rganishi natijasiga, kasbiy malakasi va ichki ishonchiga tayangan holda amalga oshiriladi.

Tergovchi yuzlashtirishga nafaqat o‘zi, balki uning fikricha haqiqatni gapirayotgan ishtirokchini ham yuzlashtirishdagi unga manfaatlari qarshi bo‘lgan tomon bilan bo‘lajak «uchrashuv»ga ruhan tayyorlashi, unga nisbatan har qanday tazyiq va boshqa noqonuniy ta’sirlarning oldi olini-

216

shiga va’da berishi zarur. Ayblanuvchi tomonni esa yuzlashtirish davomi-dagi har qanday noqonuniy harakatiga chek qo‘yilishi tushuntirilishi lozim. Lekin tergovchi hech qachon taraflarning biriga xayrixohligini sez-dirmasligi, ikki tomonni ham diqqat bilan eshitishi, ularning ikkisini ham psixologik holatidagi o‘zgarishlarni kuzatib borishi, ikki tomonning vajlari to‘g‘riligini keyingi boshqa tergov harakatlarida ham tekshirishi lozim. Chunki tergovchining o‘zi ham ishtirokchilarning birining yolg‘on ko‘rsa-tuvlariga ishonib harakat qilayotgan bo‘lishi mumkin. Yuzlashtirish jara-yonida tomonlardan birida tergovchining xolisona harakat qilayotganiga shubha tug‘ilsa, uning ruhiyatida kuchli o‘zgarishlar paydo bo‘lib, umu-man ko‘rsatuv berishdan bosh tortishiga va tergov harakatidan kutilgan natijaga erishish imkoniyatining yo‘qotilishiga olib kelishi mumkin.

Tergov amaliyoti tahlili shuni ko‘rsatadiki, tergovchi tomonidan, uning fikricha yolg‘on ko‘rsatuv berayotgan ishtirokchiga avvaldan qachon va kim bilan yuzlashtirish o‘tkazilishini ma’lum qilmagan holda, «kutilmaganlik effekti»dan foydalanib yuzlashtirish o‘tkazishi, unga ko‘proq psixologik ta’sir etishi mumkin. Misol uchun og‘ir jinoyat sodir etib, jabrlanuvchidan boshqa guvoh yo‘qligiga ishongan holda qilmishini inkor etib turgan aybla-nuvchining to‘satdan qo‘shimcha guvoh bilan yuzlashtirilishi, ayblanuvchini «taslim» bo‘lishiga va iqrorlik ko‘rsatuvlari bera boshlashiga olib kelishi mumkin.

Yuzlashtirishni amalga oshirish bosqichi. Tergovchi tomonidan yuz-lashtirishni muvaffaqiyatli o‘tkazishning zaruriy sharti yuzlashtiriluvchi shaxslar bilan psixologik aloqa o‘rnatishdir. Bunday aloqa o‘rnatish zaru-rati bir qancha holatlar bilan bog‘liq. Tergovchi tomonidan doimo aloqani yengillashtiruvchi tashqi omillar yaratilishi zarur.

Tergovchi tomonidan yuzlashtirishga chaqirilgan shaxslarni hurmat bilan kutib olishi, o‘zini tanishtirishdagi kamtarligi, o‘tirishga taklif etishi, xonaning batartibligi, tergovchining tashqi ko‘rinishi ko‘p insonlarda tergovchiga nisbatan ham hurmat va ishonch hissini uyg‘otadi.

Tergovchi tomonidan yuzlashtiriluvchilar xonada shunday joylashtiri-lishi lozimki, albatta tergovchi o‘zining shaxsiy xavfsizlik choralarini ko‘rib, shuningdek tomonlarning bir-biriga jismoniy yoki ruhiy ta’sir yet-kazishini avvali olgan holda, muntazam ravishda ulardagi hissiy (emo-tsional) o‘zgarishlarni (qo‘l-yuz mushak tolalarining titrashi, terlashi, nafas olishidagi va ovozidagi o‘zgarishlarni) nazorat qilib tura olish imkoni bo‘lishi zarur.

Tergovchi tomonidan yuzlashtirilishi lozim bo‘lgan shaxslarning huquqiy maqomidan, avvalgi bergan ko‘rsatuvlarining qaysi biriniki haqi-

217

qatga yaqinligidan kelib chiqqan holda, ular bilan psixologik aloqa o‘rnatish usullarini rejalashtirishi zarur.

Tergovchi yuzlashtirish o‘tkazilishini e’lon qilib, tegishli shaxsga kim sifatida so‘roq qilinishini, protsessual huquq va majburiyatlarini tanishti-radi, jabrlanuvchi va guvohlarni bila turib yolg‘on ko‘rsatuvlar berganlik yoki ko‘rsatuv berishdan bosh tortganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilan-ganligini ogohlantiradi. Lekin bu ogohlantirish har bir so‘roq qilinuvchi-ning psixologik holatini, uning yolg‘on yoki rostgo‘y ko‘rsatuvlar berishga tayyorgarligini inobatga olgan holda amalga oshirish zarur.

Jinoyat-protsessual qonunchiligida yuzlashtirish tergov harakatining quyidagi umumiy qoidalari belgilangan:

– yuzlashtirib so‘roq qilish oldidan tergovchi har bir so‘roq qilinuv-chidan navbat bilan ularning o‘zaro tanishligi yoki tanish emasligini, o‘zaro munosabatlari qanday ekanligini so‘raydi va javoblarini tinglaydi;

– shundan so‘ng har bir so‘roq qilinuvchiga navbat bilan qarama-qarshilik kelib chiqqan holatlar to‘g‘risida savollarga javob berish taklif qilinadi;

– basharti qarama-qarshilik bir necha masalaga yoki bir nechta holatga taalluqli bo‘lsa, yuzlashtirishda har ikki so‘roq qilinuvchi bir masala yoki bir holat bo‘yicha ko‘rsatuv bergach, ularga keyingi masala yoki keyingi holat to‘g‘risidagi savollar berilishi mumkin;

– yuzlashtirish chog‘ida so‘roq qilinayotgan shaxs tergovchining rux-sati bilan boshqa so‘roq qilinuvchiga savol berishi mumkin;

– tergovchi ish uchun jiddiy ahamiyati bo‘lmagan yoki yuzlashtirishda aniqlashtirilayotgan qarama-qarshilikka taalluqli bo‘lmagan savollarni chetlatishga haqlidir.

Tergovchi yuqorida ko‘rsatilgan qoidalarga asoslanib, lekin ishtirok-chilarning pozitsiyasini, psixologik holatini hisobga olgan holda, aynan kimga birinchi navbatda savol berishi va javobini eshitishini avvaldan reja-lashtirishi lozim. Aynan haqiqatni gapirayotgan ishtirokchining yuzlashti-rishdagi psixologik ta’sir etish vositasi sifatida foydalanib, unga birinchi javob berishga imkon berish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Haqiqatni gapi-rayotgan ishtirokchi qarshisida o‘tirgan shaxsni aynan jinoyat sodir etgan shaxs sifatida tanishligini bildirishi, ko‘p holatlarda ikkinchi tomonga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. So‘ngra tergovchi ikkinchi tomondan ham o‘zaro tanishligi yoki tanish emasligini, o‘zaro munosabatlari qandayligi haqida javobini eshitadi.

Shundan so‘ng tergovchi yana «rostgo‘y» ishtirokchiga qarama-qarshilik kelib chiqqan holatlar to‘g‘risida savollarga javob berishni taklif qiladi. Tergovchi bu ishtirokchining ko‘rsatuvlari ikkinchi tomonga qan-

218

day psixologik ta’sir etishini kuzatib turadi. So‘ngra ikkinchi tomonga eshitgan ko‘rsatuvlarini tasdiqlashi yoki tasdiqlamasligi va o‘rtadagi qara-ma-qarshiliklar haqida savol beradi.

Psixologik ta’sir ko‘rsatish usullarini qo‘llash bosqichida tergovchi tomonidan yuzlashtiriluvchi ikki tomonlar ish holatlari to‘g‘risida erkin so‘zlab berganidan so‘ng, ko‘rsatuvlarning to‘laligi, yolg‘on yoki chinli-giga fikran baho bergan holda, kutilayotgan natijaga erishish maqsadida psixologik ta’sir ko‘rsatishning bir qator qonuniy usullari qo‘llaniladi.

Yuzlashtiriluvchilar tomonidan erkin so‘zlab berish tugaganidan so‘ng, agar tergovchi yuzlashtirilayotgan shaxslar tergovni qiziqtirayotgan holatlardan chetga chiqayotganligini ko‘rsa, to‘ldiruvchi, aniqlashtiruvchi, tekshiruvchi savollar berishi mumkin. Tergovchi bunda savollarning qo‘yilish shaklini, o‘zining so‘zlash ohangi (intonatsiyasi)ni diqqat bilan kuzatishi, o‘z mimikasi va imo-ishoralarini nazorat qilishi lozim, chunki ularga ishontiruvchi ta’sir ko‘rsatishi lozim. Yolg‘on ko‘rsatuvlar berilishi-ning motivlarini aniqlagan tergovchi yuzlashtiriluvchiga o‘z ko‘rsatuv-larini o‘zgartirishi kerakligiga ishontirishga harakat qilishi lozim.

Tergovchi va yuzlashtiriluvchilar o‘rtasida yuzaga kelgan nizoli, ya’ni haqiqatni aniqlashga to‘siqlar mavjud bo‘lgan vaziyatlarda quyidagi psixo-logik usullarni qo‘llash mumkin:

– zo‘riqishni olib tashlash; – zo‘riqish hosil qilish; – so‘roq qilinayotganning shaxsiga xos fazilatlardan (ijobiy xislatlar-

dan) foydalanish; – shaxsning ojiz tomonlaridan foydalanish; – yolg‘onga chek qo‘yish; – kutish; – afsonaga yo‘l qo‘yish; – chaqiriq (da’vat); – qo‘qqisdan savollar berish; – izchillik; – diqqatni chalg‘itish; – nutq sur’atini jadallashtirish; – nutq sur’atini pasaytirish; – tergovchining xabardorligi haqida tasavvur hosil qilish; – takroriylik. Bu psixologik usullarning ta’rifi va ularni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar

mavzumizning birinchi paragrafida batafsil bayon qilingan. Ta’kidlash joizki, yuzlashtirishning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri,

bu to‘g‘ri ko‘rsatuv berayotgan ishtirokchini ikkinchi tomonga ta’sir etish

219

vositasi sifatida qo‘llanilishi, ya’ni unga ikkinchi tomonga savollar berish orqali qonuniy psixologik ta’sir etish imkoniyatini berish hisoblanadi.

Yuzlashtirishga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan «rostgo‘y» ishtirokchiga nafaqat bo‘lib o‘tgan holat haqida ko‘rsatuv berish bilan cheklanib qol-masdan, balki «yolg‘onchi» ishtirokchini haqiqatni gapirishga da’vat qili-shi, uyaltirishi, inkor etishi foydasizligini tushuntirishi orqali psixologik ta’sir ko‘rsatishiga imkon berish lozim. Malakali tergovchi ushbu psixo-logik ta’sirni ikkinchi yuzlashtiriluvchi tomonidan to‘liq «hazm» qilishiga, ya’ni ichki ruhiy kechinmalari o‘tkazish uchun ozroq vaqt berib, keyin javob so‘ralganida, ko‘p holatlarda «yolg‘onchi» ishtirokchining ko‘rsa-tuvlarida keskin o‘zgarishlar kuzatiladi.

Yuzlashtirishda ikkala tomonning ko‘rsatuvlarini eshitib bo‘lgach, so‘roq qilinayotgan shaxslar tergovchining ruxsati bilan boshqa so‘roq qilinuvchiga savol berishi mumkin. Lekin bu savollarni tergovchi ziyraklik bilan nazorat qilib turishi, agarda savollar ish uchun ahamiyati bo‘lmagan yoki yuzlashtirishda aniqlashtirilayotgan qarama-qarshilikka taalluqli bo‘l-magan, «rostgo‘y» ishtirokchiga noqonuniy psixologik ta’sir o‘tkazish maqsadida berilgan savollarni chetlatishga haqlidir. Agarda ayblanuvchi tomonidan haqiqatni gapirayotgan jabrlanuvchiga oilasi haqida yoki far-zandlarining salomatligi haqida savol bera boshlasa, buni taz’yiq o‘tkazish maqsadida berilgan savol deb hisoblab, tergovchi bu savolni chetlatishi kerak.

Yuzlashtirishda ko‘rsatuvlarning yolg‘onligini baholash (diagnos-tika) va fosh etish dastlabki tergovning markaziy muammolaridan biridir. Yolg‘onni psixodiagnostika qilishning umumiy va qat’iy uslublari mavjud emas. Yuzlashtiriluvchidagi psixosomatik reaksiyalar – tananing ma’lum qismlaridagi titrashlar, nafas olish tezligidagi o‘zgarishlar, og‘iz bo‘shli-g‘ining qurishi, qon tomirlarining torayishi yoki kengayishi natijasida yuz terisining qizarishi yoki oqarishi, ko‘z qarashlarining tez-tez o‘zgarishi ham yolg‘onni aniq ko‘rsatuvchi ishonchli belgilar emas. Ovozdagi o‘zga-rishlar – pauza, intonatsiya, ishlatiladigan so‘zlarning alohida belgilari orqali ham yolg‘onni aniqlashning to‘liq imkonini bermaydi. Shaxslardagi yolg‘onni aniqlashda uchun barcha uchun bir xil qoidalar mavjud emas.

Lekin psixologiya fanida (ushbu darslikning 2-bobiga qarang) shaxs-ning ko‘rsatuvlaridagi yolg‘onni baholash va fosh etishning profayling metodi bo‘yicha umumiy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Bu metoddan dast-labki tergov jarayonida yuzlashtirilayotgan shaxslar bilan verbal (so‘zdagi) va noverbal (tana xatti-harakatlaridagi) muloqot qilish jarayonida, ularni diqqat bilan vizual kuzatish orqali, ular berayotgan axborotni vaziyat va holatga qanchalik muvofiqligini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Ushbu

220

jarayonda ko‘rsatuvlarning haqiqatligiga shubha uyg‘ongan taqdirda tergovchilar tomonidan, har bir shaxsning holatiga individual baho bergan holda, yuqorida mavzumizda ko‘rsatilgan psixologik ta’sir etish usullari-dan foydalanishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Yuzlashtirish natijalarini qayd etish bosqichi. Tergovchi yuzlashtiri-layotgan shaxslardan qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun tegishli ko‘r-satuvlar olgach, yuzlashtirish natijalarini bayonnomada qayd etishga kirishadi. Bu yerda olingan ma’lumotlar jinoyat ishida to‘plangan dalil-larga qay darajada mos kelishi hamda ushbu ma’lumotlarni qanday ketma-ketlikda qayd etish borasida fikriy masala hal qilinadi.

Tergovchining yozuvi, ya’ni yozma nutqi uning faoliyatining tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Protsessual hujjatlarni rasmiylashtirishda tergovchining yozma nutqining mukammal bo‘lishi talab etiladi. Tergov amaliyotida yozma nutqning rasmiy uslubi keng qo‘llaniladi.

Tergovchi tomonidan yuzlashtirish jarayonida tomonlarning ko‘rsatuv-larini bir vaqtning o‘zida ham eshitishi, ham bayonnomaga rasmiylashtirishi, ya’ni kompyuter yoki boshqa yozuv texnikalaridan foydalangan holda, so‘zma-so‘z ko‘rsatuv matnini tuzishi tavsiya etilmaydi. Agarda tergovchi yuzlashtiriluvchilardagi psixologik holatlarni kuzatmasdan, ulardan eshitgan so‘zlarni yozish bilan mashg‘ul bo‘lib qolsa, ko‘zlangan maqsadga erishish imkoniyati kamayishi mumkin.

Yuzlashtiriluvchilarda go‘yoki tergovchi ularning ko‘rsatuvlarini befarq qabul qilayotgandek tuyuladi va fikrlarini kengaytirish, haqiqatni to‘liq so‘zlab berishiga psixologik ta’sir etishi mumkin. Tergov amaliyo-tida bunday «befarqlik»dan «yolg‘onchi» ishtirokchi ikkinchi tomonga turli psixologik muloqot usullaridan, ya’ni verbal (so‘zdagi) va noverbal (tana xatti-harakatlaridagi) muloqot qilish orqali noqonuniy psixologik ta’sir etish uchun foydalangan holatlari uchrab turadi.

Yuzlashtiriluvchilardan birini jinoyat tafsilotining oxirigacha yoki ayrim bosqichlarigacha ko‘rsatuvlarini erkin so‘zlashga imkoniyat berib, aynan shu qismini bayonnomaga tushirib, so‘ngra keyingi savollarga yoki keyingi ishtirokchiga o‘tilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda yuzlashti-riluvchining fikri chalkashib ketishining oldi olinishi mumkin. Ammo bu usul tergovchidan a’lo darajadagi xotira va katta tajribani talab qiladi.

Tergovchi tomonidan yuzlashtirish bayonnomasi rasmiylashtirilib, uni tanishish uchun ishtirokchilarga taqdim etiladi. Jinoyat-protsessual qonun-chiligida yuzlashtirilgan shaxslar bayonnomaga o‘zlari ma’qul deb hisob-lagan har qanday o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritishni talab qilishga haqlidir. Agarda rozi bo‘lsa, bayonnoma uning so‘zidan to‘g‘ri yozilgan-ligi, bayonnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalari yo‘qligini yozib, imzo-

221

laydi. Yuzlashtirilgan shaxslar bayonnomani o‘qish jarayonida, agarda ular qasddan yoki xotirasi sustligi natijasida biron xatoliklarga yo‘l qo‘yishgan bo‘lsa, albatta uning psixologik holatida o‘zgarishlar paydo bo‘lishi mum-kin. Ziyrak va sezgir tergovchi bu o‘zgarishlarni anglab, darhol unga lozim darajada psixologik ta’sir eta olsa, yuzlashtirishning aynan shu bosqichida ham yuzlashtiriluvchining haqiqatni gapirishiga erishishi mumkin.

Yuzlashtirish natijalarini tahlil qilish va baholash bosqichida yuzlash-tirish tugaganidan so‘ng uning natijalarini tahlil va baholash tavsiya etiladi. Tergovchi ko‘rsatuvlarni tahlil qilish jarayonida ularning haqqoniyligini baholaydi, jinoyat ishida mavjud bo‘lgan dalillar bilan solishtiradi. Olin-gan ko‘rsatuvlar va ishdagi boshqa dalillar o‘rtasida tafovut yuzaga kelgan holatlarda, masalan, yuzlashtirilgan ikki shaxs ko‘rsatuvlari o‘rtasida jid-diy qarama-qarshiliklar sabablari aniqlanmay va bartaraf etilmay qolgan taqdirda, bu qarama-qarshiliklarni bartaraf etish, haqiqatni aniqlash maqsa-dida boshqa tergov harakatlari o‘tkazish rejasini ishlab chiqadi. Yuzlash-tirilgan shaxslarning keyingi tergov harakatlarida haqiqatni gapirishiga ta’sir etadigan obyektiv va subyektiv psixologik omillarga e’tibor berishi lozim bo‘ladi.

Savol va topshiriqlar

1. So‘roq qilish tergov harakati deganda nimani tushunasiz? 2. So‘roq qilish vaqtida tergovchi faoliyatining psixologik mazmunini

tushuntirib bering. 3. So‘roq qilish bosqichlarini sanang va izohlang. 4. So‘roq qilishga psixologik tayyorgarlik ko‘rish deganda nimani tushunasiz? 5. So‘roq qilish samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarni sanab bering. 6. So‘roqni amalga oshirish bosqichlarini aytib bering. 7. So‘roq qilish tergov harakati psixologik aloqa o‘rnatishdan ko‘zlanadi-

gan maqsadi nimalardan iborat? 8. Psixologik ta’sir ko‘rsatish usullarini qo‘llash bosqichlarini izohlang. 9. Nizoli vaziyatlarda qo‘llaniladigan qanday usullar mavjud? 10. Guvohlar va jabrlanuvchilarning ko‘rsatuvlari shakllanishiga ta’sir

etuvchi obyektiv va subyektiv omillarni ko‘rsating. 11. Gumon qilinuvchi va ayblanuvchilarning yolg‘on ko‘rsatuvlar berish

motivlarini ayting. 12. Voyaga yetmagan shaxs bilan psixologik aloqa o‘rnatishda nimalarga

e’tibor qaratish zarur? 13. Yuzlashtirish jarayonidagi ta’sirning samaradorligi qanday elementlar

bilan bog‘liq?

222

VIII BOB. TINTUV VA OLIB QO‘YISH TERGOV HARAKATIGA PSIXOLOGIK TAVSIF

1-§. Tintuv tergov harakati psixologiyasi

Surishtiruvchi va tergovchi biror turarjoy, xizmat, ishlab chiqarish binosida yoki o‘zga joyda yoxud biror shaxsda ish uchun ahamiyatli narsa yoki hujjatlar bor deb o‘ylash uchun yetarli ma’lumotga ega bo‘lgan taqdirda tintuv o‘tkazishga haqlidir.

Tintuv qidirilayotgan shaxsni, shuningdek murdani topish uchun ham o‘tkazilishi mumkin (JPK 158-modda).

Jinoyat ishi bo‘yicha ahamiyatga ega bo‘lgan jinoyat quroli, jinoiy yo‘l bilan topilgan predmetlar va hujjatlar, qimmatbaho narsalar biron shaxsda yoki biron joyda saqlanishi ma’lum bo‘lsa yoki bu to‘g‘rida biron gumon paydo bo‘lsa;

1) tintuv harakatini o‘tkazish uchun asos bo‘la oladi. 2) tintuv asosan ish bo‘yicha daliliy ahamiyatga ega bo‘lgan predmet-

larni, hujjatlarni aniqlash (topish) va olish; qidiruvda bo‘lgan shaxslarni topib, ularni ushlab olish yoki shu shaxslarning qayerda yashirinib yurishini ko‘rsatuvchi materiallarni aniqlab topish va olish; ahamiyatli bo‘lgan moddiy mablag‘larni (pullar, qimmatbaho narsalar, aksiyalar, qimmatbaho metallar va toshlarni) aniqlab, topish va olish; kelajakda musodarani ta’minlovchi yoki jinoyatdan ko‘rilgan zararni qoplovchi mulkni topish va uni xatlab qo‘yish maqsadida o‘tkaziladi.

Tintuv o‘tkazish uchun qidiriladigan obyektning aniq saqlanayotgan joyini bilish talab qilinmaydi va bu holat uni olib qo‘yishdan ajratadi.

Tintuv o‘tkazish hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishdan farqli o‘laroq, tergovchining izlov faoliyati tintuv vaqtida ko‘pincha qidiri-layotgan narsalar topilishidan manfaatdor bo‘lmagan shaxslar bilan bevosita muloqot sharoitida, o‘zlarining protsessual maqomiga ko‘ra tergovchining harakatlari samaradorligini, individual psixologik, kasbiy xislatlarini va uning shaxsiga xos boshqa jihatlarni baholash uchun bevo-sita imkoniyatga ega bo‘lgan shaxslarning ochiqchasiga ruhiy qarshilik ko‘rsatishi sharoitida amalga oshiriladi1.

Tintuv psixologik jihatdan murakkab va o‘ziga xos tergov harakati hisoblanadi. Uning asosiy elementlaridan birini tintuv qilinayotgan shaxsga nisbatan majburlov choralarining qo‘llanishi tashkil qiladi. Tintuv vaqtida tergovchi va unda ishtirok etayotgan boshqa mansabdor shaxslar jinoyatni

1 Романов В. В. Юридическая психология. – М., 1998. – С. 358.

223

tergov qilish chog‘ida biror turarjoy, xizmat, ishlab chiqarish binosida yoki o‘zga joyda yoxud biror shaxsda ish uchun ahamiyatli bo‘lgan narsa yoki hujjatlar bor deb o‘ylash uchun yetarli ma’lumotga ega bo‘lganlarida tintuv o‘tkazadilar. Shuningdek, tintuv qidirilayotgan shaxsni yoki murdani topish uchun ham o‘tkazilishi mumkin.

Tintuv yashirilgan (ko‘pincha bila turib ongli ravishda yashirilgan) obyektlarni qidirib topish bo‘lib, ko‘zdan kechirishdan farqli ravishda tergovchi yoki surishtiruvchiga ushbu harakat oldiga qo‘yilgan maqsad-ning ma’lumligi, shu bilan birga, qidirilayotgan obyekt qayerda ekanligini aniqlash yo‘llarining nihoyatda noaniqligi bilan ajralib turadi.

Tintuv – shaxslarni, predmetlarni, xonalarni ongli ravishda yashirilgan obyektlarni topishda faol va maqsadga yo‘naltirilgan holda idrok etilgan, keyinchalik to‘plangan ma’lumotlarni analiz va sintez qilishdan iborat bo‘lgan tergov harakati.

Tintuv o‘tkazish tergovchi yoki surishtiruvchidan turli psixologik sifatlar, professional bilim, qobiliyat va malakani talab qiladi. U tintuv uchun ko‘maklashadigan omil, vaziyatlardan foydalana bilishi shart. Muayyan maqsadni ko‘zlaydigan kuzatuv hamda tintuv o‘tkazilayotgan joyda holatni to‘g‘ri tahlil qilish, qidirilayotgan shaxs yoki qidirilayotgan narsa yoki hujjatni yashirgan shaxs psixologiyasidan boxabar bo‘lish, tintuv qilinayotgan shaxs xulq-atvorini kuzatish muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu nuqtai nazardan tintuv ko‘p bosqichli faoliyat bo‘lib, unda ishtirok etayotgan xodimlar harakatlarini muvofiqlashtirib olish, umuman har tomonlama tayyorgarlik va ishlarni rejalashtirishni talab etadi. Shuning uchun tintuv qilinajak obyektning hamda tintuv tartibining loyihasini tuzib olish, unda har bir ishtirokchining vazifalarini belgilab qo‘yish, xolislarni ta’minlashni avvaldan o‘ylash kerak.

Tintuv o‘tkazishda tashkiliy ishlar odatda tergovchi zimmasiga yuklanadi. U o‘z harakatlari va boshqa ishtirokchilarning harakatlari aniq-ligi, bir-birini to‘ldirishi, uzluksizligi va samaradorligini ta’minlashi lozim. Jumladan, tergovchi tintuv vaqtini tayinlaydi, tergov harakati ishtirok-chilarini jamlaydi, zarur texnik vositalarni tayyorlaydi, zarurat tug‘ilganda mutaxassislarni jalb etadi, tintuv qilinajak joy egalarining shaxslarini o‘rganishni uyushtiradi, tintuvning eng maqbul taktikasini belgilaydi.

Tintuv paytida ma’lumot olishning asosiy usullaridan biri kuzatish va uning natijalarini darhol tahlil qilish hisoblanadi. Ayniqsa, tintuv qilinayot-gan shaxs xulq-atvori juda ko‘p narsalarni oydinlashtirish mumkin. Bun-day kuzatishdan imkoni boricha to‘laroq va haqqoniyroq natijaga erishish uchun bevosita tintuv vaziyatida tintuv qilinayotgan shaxs xulq-atvorining psixologik qonuniyatlaridan har tomonlama boxabar bo‘lish zarur.

224

Tintuv o‘tkazish uchun turli soha mutaxassislarini ham jalb etish kerak, ular har bir narsaning mohiyatini, qo‘llanish sohasini, undagi nuqsonlarni, o‘ziga xos alomatlarini ilg‘ab olishga qodirdirlar.

Tintuv o‘tkazish uchun xonalarni xonadon egasi foydalanadigan chiroq nuridan ortiqroq darajada yoritish, tevarak-atrofni yaxshiroq idrok qilish sharoitini yaratish maqsadga muvofiqdir. Bu tintuv qilinayotgan shaxs oddiy yorug‘likda ko‘rmay, payqamay qolgan, yo‘qotishga ulgurma-gan belgi va izlarni topib olish imkonini yaratadi.

Aksariyat hollarda tintuv qaltis vaziyatlarda, asabiy taranglik, murak-kab psixologik muhit, nafrat, qahr-g‘azab kuchaygan vaqtlarda o‘tadi. Tintuv jarayonida mojaroli vaziyat tug‘iladigan bo‘lsa, ta’sir ko‘rsatish metodlaridan biri – buyruqqa buysundirish ham qo‘llanishi mumkin. Bu o‘sha zahoti tintuv qilinayotganning xulqi, organizmning asab-gumoral regulatsiya jarayoni o‘zgarishiga olib keladi.

Tergovchining ikkinchi muhim vazifasi – tintuv jarayonida tintuv o‘tkazilayotgan joy egasi bilan muloqot (kontakt) o‘rnatishdan iborat. Tintuv paytida tintuv qilinayotgan shaxsni imkoni boricha suhbatga tortish, u yoki bu predmetlarning zarurati haqida savollar berish ham muhim ahamiyatga ega. Uning so‘zlari ichki holatini, tergovchining ayrim harakatlariga yoki so‘z borayotgan narsaga munosabatini sezdirib qo‘yadi. So‘z ohangi, gapirish uslubi kishining haqiqiy kechinmalari, munosabati to‘g‘risida nisbatan ko‘proq ma’lumotlarni berishi mumkin.

Tintuv tergov harakati amalga oshirilayotgan joy egasida namoyon bo‘ladigan turli xatti-harakatlar:

tintuv ishtirokchilari diqqatini ayrim joy yoki predmetlardan chal-g‘itish, tintuvga xalaqit berish va uni to‘xtatishga urinish;

ba’zi narsalarni olib qo‘yish yoki ularga kishilarni yaqinlashtirmas-likka intilish;

tintuvning besamaraligi, ayrim obyektlarning hech qanday ahamiyati yo‘qligiga ishontirish kabilarda namoyon bo‘lib, unga nisbatan sezgirlik bilan munosabatda bo‘lishni taqozo etadi.

Tergovchi tintuv mobaynida axloqiy-etik me’yorlar doirasidan chetga chiqmasligi, boshdan oxirigacha xushmuomalalik bilan ish ko‘rishi, qo‘pollik, haqorat, qo‘rqitishga yo‘l qo‘ymasligi zarur. Tergovchi uyi tintuv qilinayotgan shaxsga nisbatan nafrat, g‘azab, jirkanish hislarini yashira olishi, o‘zini tuta bilishi, ayniqsa, xatti-harakatlari bilan oilaning boshqa a’zolari izzat-nafsiga tegmasligi darkor. Tintuv paytida hujjatlarni, tintuv qilinayotgan shaxsning shaxsiy hayotiga oid guvohnomalarni, yozishmalar, suratlar, kundaliklarni ko‘zdan kechirayotganda tergovchilik odobiga rioya qilish talab qilinadi.

225

Psixologik xarakterga ega muammolar tintuv boshidanoq paydo bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ayblanuvchi yoki gumon qilinuvchining uyiga kirishda shunday usulni qo‘llash kerakki, qarshilik ko‘rsatish, jinoyat qurollarini, qimmatbaho buyumlarni, muhim daliliy ashyolarni yashirish yoki yo‘q qilishga imkon qolmasin.

Tintuv o‘tkazilayotganda ayblanayotgan shaxsning ma’lumoti, mada-niyati, kasbi, bilimi, aql-idroki, qobiliyatini e’tiborga olish muhimdir, bu daliliy ashyolarni yashirish joyi va usulini chamalab olishda katta yordam beradi. Shuni ta’kidlash kerakki, o‘qotar qurol yoki portlovchi moddalarni izlab topish maqsadida o‘tkaziladigan tintuvda tintuv o‘tkazayotgan kishi-lar hamda shu yerdagi boshqa odamlarning xavfsizligini ta’minlash eng asosiy shartlardan biridir, shuning uchun tergov harakati boshlanishi bilan shaxsiy tintuv o‘tkazilmog‘i talab qilinadi. Ayblanuvchi va uning oila a’zolarini ish uchun muhim ahamiyat kasb etishi mumkin bo‘lgan narsa va hujjatlarni topish maqsadida boshdan-oyoq tintib ko‘rishni esa tintuv jarayonining oxirida o‘tkazgan ma’qul.

Tintuv mobaynida ayblanuvchini fosh etadigan predmetlarning topili-shi uni og‘ir psixologik ahvolga solib qo‘yadi, ko‘pgina psixologik jara-yonlarni izdan chiqarib, sodir etilgan jinoyatga daxlsizligini tasdiqlashga urinishdan iborat irodaviy harakatlarini sustlashtiradi. Ana shuni hisobga olgan holda tintuv payti topilmagan ma’lumotlarni yangi holatlar bilan mustahkamlab olish maqsadida tintuvdan keyin darhol so‘roq va yuzlash-tirishni o‘tkazish yaxshi samara beradi.

Tintuv joyida qat’iy intizom o‘rnatilishi, asosiy ishdan diqqatni chal-g‘ituvchi ortiqcha gap-so‘zlarga yo‘l qo‘ymaslik, bekordan-bekorga xona-ma-xona yurish taqiqlanishi zarur.

Tintuv hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishdan yana shunisi bilan farq qiladiki, uning obyekt geografiyasi juda ham kengdir. Tintuv o‘tkazishda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining harakati, e’tibori jinoyatchining ataylab yashirgan narsalarini topishga qaratiladi. Tintuv o‘tkazishdan avval tintuv o‘tkazuvchining bunga to‘liq asosi bo‘lishi kerak.

Tintuv tergov harakatining psixologik o‘ziga xosligi quyidagicha: 1) tintuvning majburlash xarakteriga egaligi; 2) tintuvda ziddiyatli holatlarning yuzaga kelishi; 3) tintuvda aniq stress holatlarining mavjudligi; 4) tintuvda muammoli holatlarning mavjudligi. Tintuv o‘tkazish dastlabki tergovning kechiktirib bo‘lmaydigan hara-

katlaridan biri bo‘lib, u jinoyatni ochishda jinoyat izlarini topish va ular-

226

ning yo‘q bo‘lib ketishining oldini olishga qaratilgan harakatdir. Har qan-day tintuv harakatlari o‘tkazilishida qonun tergovchi uchun asos bo‘ladi.

Tintuv olib borish yashiruvchi va qidiruvchi shaxslar psixologiyasi-dagi qarama-qarshiliklar kurashidan iborat. Tintuv psixologik jihatdan og‘ir va o‘ziga xos tergov harakatlaridan biri hisoblanadi.

Yashirilgan narsani topish uchun tergovchi ikki turdagi faoliyatni amalga oshirishi lozim:

– muayyan obyekt qayerda ekanligini topishdan iborat quyilgan vazi-fani fikran hal qilish, buning uchun yashirgan shaxsning fikriy jarayonlari va harakatlarining ehtimol tutilgan ketma-ketligini ochib berish;

– tergovchining yashirilgan narsani izlab topish borasida harakat qilishi.

Tintuv qilinayotgan shaxsning boyliklar yoki jinoyat qurollarini yashirish borasidagi harakatlarining fikriy modelini tuzish tintuvga tayyor-garlik ko‘rishning majburiy elementi hisoblanadi. Buning uchun refleksiya usulidan foydalanish, ya’ni tergovchi o‘zini tintuv qilinayotgan shaxsning o‘rniga qo‘yib ko‘rishi (kasbi, ma’lumoti, xarakteri va odatlarini, qiziqish-lari va boshqalarni inobatga olishi) lozim.

Tergovchi tintuv o‘tkazilayotgan shaxsning obyektni yashirish usuli va joyi haqidagi masalani hal qilish chog‘ida uning fikrlash yo‘llarini bilishi juda muhim. Odatda, har qanday inson obyektni yashirish haqidagi masalani mavjud amaliy imkoniyatlar, obyektning xususiyatlari, kasb-kori, kasbiy bilimlari va nihoyat, o‘zining aniq ruhiy holatlarini inobatga olgan holda hal qiladi. Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqadiki, tintuv o‘tkaziladigan insonning shaxsini, hayotining barcha shart-sharoitlarini avvaldan o‘rganish nihoyatda muhimdir. To‘plangan ma’lumotlar ko‘p jihatdan refleksiv tafakkur – yashirilgan obyektlarni izlash usullarini aniqlash imkoniyatlarini oshiradi.

Tintuv surishtiruvchi yoki tergovchining asoslantirilgan qaroriga binoan, prokurorning sanksiyasi bilan o‘tkaziladi. Qarorga tintuv nima sababdan va qayerda o‘tkazilishi, shuningdek, qimmatbaho narsa va hujjatlar topilishi lozimligi ko‘rsatiladi. Qarorda (u tintilayotgan shaxsga ko‘rsatilgani bois) oshkor etilishi tergovning borishiga xalal berishi mumkin bo‘lgan ma’lu-motlar bo‘lmasligi kerak. Kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda tintuv proku-rorning sanksiyasisiz o‘tkazilishi mumkin, lekin bunday holda keyinchalik shu o‘tkazilgan tintuv haqida yigirma to‘rt soat ichida prokurorga xabar qilinadi. Kechiktirib bo‘lmaydigan holatlar surishtiruvchi yoki tergovchining prokurorga yuboradigan xabarnomasida asoslantirilishi lozim.

Tintuvga, bir tomondan, tergovchi va tintuvning boshqa ishtirokchi-lari, boshqa tomondan esa tintilayotgan shaxs maqsadlarining qarama-qar-

227

shiligi xosdir. Tintuvning majburlash xususiyatiga egaligi hamda unda ishtirok etayotgan shaxslar maqsadlarining qarama-qarshiligi deyarli doimo nizoli vaziyatlarni keltirib chiqaradi.

Tintuv, tergov harakati sifatida, yorqin ifodalangan izlov xususiyatiga ega. Demak, ichki ishlar organlari xodimlari ayblanuvchi tomonidan yashi-rilgan jinoyat qurollari, narsa va boyliklarni topishlari zarur. Tergovchi tintuv o‘tkazayotganida odatda uni o‘tkazishning shart-sharoitlari, olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan obyektlar, ularning qayerda ekanligi haqida juda cheklangan ma’lumotlarga ega bo‘ladi. Ushbu omillar tergovchining yashirilgan narsalar qayerda ekanligi haqida axborot olishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Tintuv o‘tkazish tergovchidan psixologik sifatlari, kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarini namoyon etishini talab etadi. U tintuvning muvaffaqiya-tiga yordam beradigan omillardan foydalanishi kerak. Ularga quyidagilar kiradi:

– tintuv o‘tkazishga psixologik tayyorgarlik ko‘rish; – tintuv o‘tkazilayotgan joydagi vaziyatni maqsadli kuzatish va to‘g‘ri

tahlil qilish; – tintilayotgan shaxsning xatti-harakatini kuzatish va hokazo. Tintuvning ijobiy yoki salbiy natijasi ko‘pgina holatlarda ushbu tergov

harakatiga lozim darajada tayyorgarlik ko‘rilishiga bog‘liq. Tintuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rish bevosita ushbu harakatning o‘z vaqtida boshlanishi, rejali o‘tkazilishi, ishtirokchilarda muvaffaqiyatga bo‘lgan ishonchni ta’min-laydi. Yomon tayyorgarlik ko‘rish tasodifiy, tartibsiz izlovlarga, tintuv o‘tka-zayotgan shaxslar harakatining nomuvofiqligiga va oxir oqibatda muvaf-faqiyatga ishonchsizlik hissi paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Tergovchi tintuvga tayyorgarlik ko‘rayotganida quyidagi savollarga javob topishi tavsiya etiladi:

1) nimani izlash kerak, qidirilayotgan narsa qanday ko‘rinishga ega (shakli, rangi, hidi va h.k.);

2) qidirilayotgan obyekt nima; obyektning maydoni, relyefi, tuzilishi, xonalari, eshiklari va derazalarining soni hamda joylashuvi, mebel va uning joylashuvi va hokazo;

3) obyektda tintuv o‘tkazilayotgan paytda tintilayotgan shaxsdan boshqa yana kim bo‘lishi mumkin;

4) obyektning sun’iy va tabiiy yoritilishi qanday; 5) obyektda telefon va boshqa aloqa vositalari (ratsiya, qo‘ng‘iroq,

selektor va sh.k.) bormi; 6) qidirilayotgan narsalar qayerda bo‘lishi mumkin; 7) kim tintuv o‘tkazadi; 8) qanday texnik vositalar va materiallarni olish kerak;

228

9) tintuvni qachon o‘tkazgan ma’qul; 10) tintuv qancha davom etishi mumkin; 11) tintilayotgan obyekt chizmasi va unda tintuv o‘tkazish tartibini,

har bir mansabdor shaxs uchun vazifalarni aniq taqsimlagan holda tuzish; 12) xolislarni tanlash masalasini avvaldan o‘ylab ko‘rish; 13) tergov bo‘linmasi bilan aloqa usullarini (telefon, radio, selektor)

nazarda tutish kerak. Tergovchi yuqorida keltirilgan savollarga tintuv o‘tkazilguncha

qanchalik batafsil javob bersa, tintuv o‘tkazish paytida kutilmagan holatlar shunchalik kam va uning muvaffaqiyatli o‘tishi uchun imkoniyat shun-chalik ko‘p bo‘ladi.

Kuzatuv tintuv o‘tkazilayotgan obyektlardan tashqari, hayvonlar va qushlarning xatti-harakatini ham qamrab olishi mumkin. Ular ko‘pincha yashiringan inson yoki yashirilgan ashyolar qayerda ekanligidan xabar beradi. Ma’lumki, uy hayvonlarining ko‘pchiligi murdani sezib bezovtala-nib qoladi, itlar ularning hududida begona odam bo‘lganida asabiylasha-dilar va hokazo.

Muayyan ish bilan band bo‘lgan insonning ko‘pgina xato va kam-chiliklari tashqaridan ko‘proq sezilishini nazarda tutish lozim. O‘zini o‘zi nazorat qilish ruhiy harakat sifatida boshqa shaxsning faoliyatini nazorat qilishga qaraganda qiyinroq vazifa ekanligi bilan bog‘liq. Shu bois tintuv o‘tkazilayotganida qidirayotgan shaxsning kamchiliklarini qayd etadigan va ularni birovga sezdirmay, masalan, qidirayotgan shaxsga yaqinlashib, sezdirmasdan, ilgaridan kelishilgan usulda bildiradigan, qo‘shimcha tek-shirish kerak bo‘lgan narsaga e’tiborini qaratadigan (qutini sug‘uradigan, eshigini ochadigan va h.k.) tashqi kuzatuvchiga ega bo‘lgan ma’qul.

Tintuv samarasi tergovchida maqsadga qaratilgan harakat va barqaror diqqat bo‘lishini taqozo etadi. Diqqat deganda, psixologiyada ongning shaxs uchun ahamiyatga ega bo‘lgan muayyan obyektga qaratilganligi tushuniladi. Tintuv vaqtida diqqat ixtiyoriy, irodaviy xususiyatga ega bo‘ladi, tergovchi undan ko‘zlangan maqsadga erishish uchun foydalan-gani bois, diqqatini saqlab qolish va boshqa ta’sir manbalariga chalg‘i-maslik uchun jamlashga muayyan darajada harakat qiladi.

Diqqatni barqaror holda uzoq vaqt saqlashning ma’lum qiyinchiliklari mavjud. Izlash ishlarining o‘ziga xos xususiyati, chalg‘ituvchi omillarning mavjudligi asta-sekin charchoq yig‘ilishiga, jumladan diqqat chalg‘ishiga olib keladi. Shu bois tintuv uzoq cho‘zilgan va qiyin kechgan hollarda muayyan vaqt oralig‘ida qisqa muddatli tanaffuslar qilgan ma’qul. Biroq tintuv jarayonida chalg‘imaslik, belgilangan aniq rejaga rioya etish muhim. Tintuv ishtirokchilari vaqti-vaqti bilan izlov ishining xususiyatini o‘zgartirib

229

turishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi (masalan, tergovchi ayblanuvchining shaxsiy yozuvlarini ko‘zdan kechirgandan keyin mebel narsalari orasida mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan yashirin joylarni izlashga o‘tishi va h.k.).

Tintuv o‘tkazuvchi shaxslar jinoyatchilar maxfiy va turli buyumlar saqlanadigan joylar tayyorlashda ba’zan bir qator psixologik omillarni inobatga olishlarini nazarda tutishlari kerak. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin:

1) charchash va avtomatizm omillari paydo bo‘lishini hisobga olish. Masalan, qidirilayotgan hujjatni ko‘pincha kitob javonining o‘rtasida tur-gan kitob ichiga qo‘yadilar. Bunda kitoblar javonning u yoki bu chekka-sidan boshlab ko‘zdan kechirilishi, javon o‘rtasiga borganda esa muayyan avtomatizm, charchoq paydo bo‘lishi, tergovchi kitobning har bir betini varaqlamasligiga umid qilinadi;

2) hazar qilishni nazarda tutish (yashirilayotgan narsalar go‘ng ichiga ko‘miladi, hojatxonaga tushiriladi va h.k.);

3) tergovchining odobi va boshqa olijanobliklariga umid qilinadi (obyektlar og‘ir bemor shaxsning krovatiga, go‘dak krovatiga, yaqin qarin-doshlarining qabriga yashiriladi va h.k.);

4) narsani yashirishda atayin beparvolikka yo‘l qo‘yiladi (yuzada qol-diriladi);

5) boshqa maxfiy joylar yasash orqali e’tibor chalg‘itiladi. Bunda birinchi bo‘m-bo‘sh maxfiy joy topilganida qolgan xuddi shunday maxfiy joylar ko‘zdan kechirilmasligiga umid qilinadi;

6) qidirilayotgan obyektni olib qayta yashirish uchun e’tiborni chal-g‘itish maqsadida tintuv vaqtida nizo keltirib chiqarishga umid qilinadi.

Sanab o‘tilganlarni sinchiklab tahlil qilish tergovchiga tintuv o‘tkazish vazifalarining birinchi qismini – tintilayotgan shaxsning harakatlarini fikran bilib olish masalasini muvaffaqiyatli hal qilishga olib keladi.

Tintuv o‘tkazish uchun har bir buyumning mohiyatini, vazifasini yax-shiroq biladigan, buyumning vazifasidan og‘ishlarni sezadigan, uning xususiyatlarini aniqlay oladigan mutaxassislarni jalb qilish zarur. Masalan, adabiyotlarda tintuvda ishtirok etish uchun duradgor, quruvchi va san-texnik taklif etilganligi bois maxfiy joy topilgan tintuv misoli keltiriladi. Tergovchining obyektlarni idrok etishi ushbu obyektlarning mutaxassislar tomonidan idrok etilishi bilan to‘ldirilgan. Ular u yoki bu ta’mirlash qancha vaqt ilgari va qaysi maqsadda o‘tkazilganligini aniqlashga yordam berganlar, obyektlarning qismlari aslida qanday nisbatda bo‘lganligini aniqlaganlar va hokazo.

Tintuv o‘tkazishda vaziyatni idrok qilish uchun tintuv o‘tkazilayotgan kvartirada shaxs odatda foydalanadigan yoritishga qaraganda yaxshiroq

230

sharoit yaratadigan yoritish moslamasi o‘rnatilgani ma’qul. Bu hol odat-dagi yoritishdan tintilayotgan shaxs obyektni yashirayotganida ko‘rmagan belgi va izlarni aniqlashga imkon beradi.

Tergovchining tintuv o‘tkazishdagi faoliyati quyidagi psixologik tuzi-lishdan iborat:

1) kerakli axborotlarni yig‘ish; 2) yashiruvchining xayoliy modelini tuzish; 3) oldiga qo‘yilgan qidiruv tusmollarini idrok qilish. Tintuv o‘tkazishda turli obyektlar axborot manbai bo‘lib xizmat qilishi

mumkin. Masalan: – tintuv o‘tkazilayotgan xona; – alohida buyumlarning joylashishi; – tintuv o‘tkazilayotgan shaxsning xulqi; – qush va hayvonlarning o‘zini tutishi. Tintuv o‘tkazilayotgan xonadagi vaziyat gumon qilinuvchi shaxsning

qanday xususiyatlarga ega ekanligini o‘zida aks ettiradi. Masalan, uning ijtimoiy mavqe, madaniyat darajasi, didi, ehtiyojlari, qarashlari, qiziqishlari, moyilligi, xarakterning belgilari va hokazo.

Tintuv qilinayotgan xonadagi predmetlarning joylashishi ham axborot manbai bo‘lishi mumkin. Biz hayotda tipik holatlar to‘g‘risidagi alohida stereotiplarni qoidaga ko‘ra qo‘llaymiz. Masalan, rassomlar, olimlar, sportchilar, musiqashunoslar, shahar va qishloqda yashovchilar xonadoni-dagi predmetlar soni, ularning joylashuvi, muayyan predmetlarning mav-judligi bilan o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi. Shuning uchun ham tintuv o‘tkazilayotgan xonadonda uning egasi moddiy holatiga yoki yashash tarziga, qiziqishlariga to‘g‘ri kelmaydigan predmetlarning topilishi tergov-chining diqqat va e’tiborini o‘ziga tortishi albatta tabiiydir.

Yashirilgan joy to‘g‘risida eng zo‘r manba tintuv o‘tkazilayotgan joy egasining tintuv o‘tkazilayotgan vaqtdagi xulq-atvori va reaksiyasi hisob-lanadi. Tintuv o‘tkazilayotgan joy egasining ruhiy holati qidirilayotgan obyekt qayerda joylashganligini aniqlashda indikator bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Shuni unutmaslik kerakki, tintuv juda kuchli xavotirga yoki asabiylashishga olib keluvchi kuch hisoblanadi, shaxsda kuchli emotsional holatni yuzaga keltiradi, natijada uning reaksiyasi va xulq-atvori ham to‘liq o‘zgaradi. Ma’lumki, inson reaksiyasi ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlarga bo‘linadi. Ixtiyorsiz reaksiya boshqarilmaydi va quyidagilarda namoyon bo‘ladi: yuzning oqarib ketishi, qizarishi, qo‘lning qaltirashi, tez-tez nafas olish, terlab ketish, ovozining o‘zgarishi, harakat yo‘nalishining buzilishi, duduqlanishi va boshqalar. Ushbu qayd etilgan belgilarning tintuv o‘tka-

231

zilayotgan shaxsda kuzatilishi tergovchining qidirilayotgan obyektga yaqinlashayotganini bildiradi.

Tergov amaliyotida shunday holatlar kuzatilganki, qush va uy hayvon-larning harakatlari murakkab va chigal jinoyatlarni ochishda katta yordam bergan.

Jinoyatchilar ko‘pchilik holatlarda tintuv o‘tkazilishini avvaldan biladilar va shuning uchun ham jinoyat qurolini, predmetlarni, jinoiy yo‘l bilan topilgan qimmatbaho narsalarni ishonchli joylarga yashirishga hara-kat qiladilar. Tergovchi qidirilayotgan buyumni topish uchun yashiruvchi shaxsning psixologiyasiga kirishi lozim. Yashiruvchi shaxs psixologiya-sining mohiyati tintuv o‘tkazayotgan shaxs yashirilgan buyumlarga yetib bormasligi va uni topib olmasligi uchun barcha zarur sharoitni yaratishdan iborat bo‘lib, uchta o‘zaro bog‘liq vazifalarni hal qilishga, ya’ni maqsadga erishishga sharoit tug‘diradi.

Yashiruvchining predmet va obyektlarni yashirishda hal qiladigan vazifalari:

– yashirish joyini tanlash; – yashirish joyini niqoblash; – tintuv va uni kuzatuv jarayonidagi xatti-harakati va xulqi yo‘nali-

shini tanlash. Ko‘p hollarda yashirish joyini tanlash jinoyatchining yashash sharoiti

(masalan, uydagi xonalar, ularning soni, dala hovlisi, transportlar soni va boshq.) bilan chegaralanadi. Bundan kelib chiqadiki, bunday sharoitning ko‘pligi jinoyatdan qo‘lga kiritilgan buyumni yashirish joyini tanlash imkonini yaratadi. Bundan tashqari, yashirish joyini tanlashga alohida subyektiv omillar ham ta’sir qiladi.

Yashirish joyini tanlashga ta’sir qiluvchi subyektiv omillar: – jinsi va yoshi; – professional bilimi va qobiliyati; – qiziqishi va mashg‘uloti; – yashirilayotgan obyektga nisbatan shaxsning munosabati; – harakatli belgilari; – madaniy va intellektual darajasi. Erkaklardagi maxsus qiziqishlar, ya’ni bilimi, qobiliyati, texnik bilim-

lari elektr asbob-anjomlar orasiga, ayollarda esa ko‘pchilik hollarda kun-dalik ehtiyoj predmetlari orasida, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari va tuzlangan meva-sabzavotlar ichida saqlashiga olib keladi.

Kriminalistik va psixo-yuridik kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, yashi-rish joyini va usulini aniqlashga kasbiy bilim va qobiliyat katta ta’sir qila-

232

di. Bizga ma’lumki, kasb shaxsning ko‘p tomonlarini, masalan, uning qizi-qishlari, yo‘nalishlari, qarashlari, bilimlari, eslash qobiliyati, kuzatuvchan-ligi va boshqa tomonlarini belgilab beradi. Shunday holat mavjudki, qidiri-layotgan narsa yoki hujjat yashirilgan joy qo‘g‘irchoq qush (chuchelo) bo‘lib chiqqan, bunga sabab yashiruvchi shaxs ovchilik bilan shug‘ullan-gan, lekin o‘zi santexnik bo‘lib ishlagan.

Yashirilayotgan obyektga nisbatan shaxsning munosabati, ya’ni jinoyatchi yashirilgan obyekt va qimmatbaho narsalarga hech qachon befarq bo‘lmaydi. Chunki yashirilgan predmet qanchalik katta miqdordagi qiymatni tashkil etsa, jinoyatchi shunchalik o‘ziga yaqin joyga yashiradi. Ya’ni, xohlagan vaqtda uni ko‘rib turishiga imkoniyati bo‘lishi kerak yoki uning aksi, agar bu buyum jinoyat quroli bo‘lsa, jinoyatchi undan shuncha-lik tezroq qutulishga, ya’ni uni hech qachon ko‘rmaslikka harakat qiladi.

Shuningdek, xasis va birovga ishonmaydigan inson, shu vaqtning o‘zida qimmatbaho narsalarni o‘ziga yaqinroq joyga yashirishga harakat qiladi, ya’ni uning daxlsizligini tekshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Qo‘r-qoq va xayolparast shaxs esa bunday predmetlarni yiroqroqqa yashirishga harakat qiladi.

Jinoyatchining madaniy va intellektual darajasi o‘ta muhim hisoblanib yuqorida qayd etilganlarning har biri bilan bevosita bog‘liq. Ularning madaniy va intellektual darajasining yuqoriligi tintuv o‘tkazilishini qiyin-lashtiradi. U jins bilan bog‘liq bo‘libgina qolmay, balki kasb bilan ham o‘zaro bog‘liqdir.

Shaxsning qidiriladigan narsa yoki hujjatlarni yashirish joylarini tayyorlashda hisobga oladigan psixologik omillari:

– tergovchining charchash vaqti; – tergovchining shaxs sifatida iflos predmetlardan nari yurishi; – tergovchining tajribasizligi va e’tiborsizligi; Yuqorida ta’kidlaganimizdek, tergovchining charchog‘i uning diqqati-

ga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tintuv uzoq cho‘zilgan va katta jismoniy zo‘ri-qish bilan kechgan taqdirda dam olish uchun tanaffuslar qilish zarur. Shuni nazarda tutish kerakki, jinoyatchilar ko‘p hollarda aynan tergovchining charchashiga umid qilib ish ko‘radilar.

Tintuv yakunida tergovchi tintuv o‘tkazilgani to‘g‘risida JPKda nazar-da tutilgan talablarga rioya qilgan holda bayonnoma tuzadi. Bayonnomada narsa va hujjatlarning aynan qayerda va qanday sharoitda topilganligi, ixti-yoriy ravishda berilganligi yoki majburiy ravishda olinganligi ko‘rsatilishi lozim. Barcha olingan narsa va hujjatlar bayonnomada birma-bir qayd qili-nib, ularning miqdori, o‘lchovi, og‘irligi, har qaysisining o‘ziga xos belgi-

233

lari ko‘rsatilishi, zarurat bo‘lganda o‘ralishi va muhrlanishi lozim. Tintuv vaqtida izlanayotgan narsa va hujjatlarni yo‘q qilishga yoki yashirishga urinish hollari sodir bo‘lgan taqdirda, bu holatga tergovchi tomonidan ko‘rilgan choralar ham ko‘rsatilib bayonnomada aks ettirilishi lozim.

Tintuv to‘g‘risidagi qaror va bayonnomaning nusxasi tintilgan shaxsga yoki uning voyaga yetgan oila a’zolariga, ular bo‘lmagan taqdirda esa, tegishli hokimlik yoxud fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi vakiliga topshirilib, tilxat olinadi. Zarur hollarda mazkur shaxslarga olib qo‘yilayot-gan hujjatlarning nusxalari beriladi.

2-§. Olib qo‘yish tergov harakati psixologiyasi

Olib qo‘yish alohida tergov harakati sifatida tintuv tergov harakati bilan o‘xshash jihatlari mavjud. Olib qo‘yish – mustaqil tergov harakati bo‘lib, jinoyat ishi uchun ahamiyatli ashyo va hujjatlarning aynan kimda va qayerda ekanligi ma’lum holatidagina surishtiruvchi, tergovchi va sud tomonidan o‘tkazilishi mumkin. Olib qo‘yish tergov harakatini amalga oshirish tintuv tergov harakati kabi jinoyat-protsessual qonunchilik bilan tartibga solingan. Shu sababli tintuv va olib qo‘yish tergov harakatlarining psixologik tavsifida ko‘plab umumiy jihatlari mavjud. Biroq olib qo‘yi-shning protsessual xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘ziga xos psixologik jihatlari ham mavjud.

Tintuv tergov harakatidan farqli ravishda olib qo‘yish tergov harakati jismoniy yoki yuridik shaxsdan jinoyat ishi uchun ahamiyatli bo‘lgan muayyan narsa va hujjatlarni olib qo‘yishga zarurat paydo bo‘lgan hollarda, basharti ularning aynan kimda va qayerda ekanligi ma’lum bo‘lib, ularni qidirishning hojati bo‘lmasa, o‘tkaziladi.

Olib qo‘yish binolarda, shuningdek ochiq joylarda, ya’ni hovli, bog‘ va shunga o‘xshash joylarda ham o‘tkazilishi mumkin. Aksariyat hollarda olib qo‘yish korxona, muassasa va tashkilotlarda ashyo va hujjatlarni olish uchun o‘tkaziladi.

Olib qo‘yish tergov harakatini o‘tkazishning faktik asosi jinoyat ishi uchun ahamiyatli bo‘lgan ashyo va hujjatlarning aniq saqlanish joyi va ushbu ashyo va hujjatlar aynan qaysi shaxsda saqlayotganligi haqida protsessual manbalardan olingan ma’lumotlarning mavjudligi hisoblanadi.

Shu bilan birga, olib qo‘yishni amalga oshirish uchun qo‘shimcha faktik asoslar sifatida quyidagilarni keltirib o‘tish mumkin:

– muayyan shaxsning egaligida (shu muassasa, boshqa joyda, uning o‘zida yoki yonida) bo‘lgan jinoyat ishi uchun ahamiyatli muayyan narsa yoki hujjatni topish;

234

– muayyan predmet yoki hujjatning yo‘qotilishi yoki yashirish xavfi borligi;

– ularni dastlabki tergov organlari tomonidan qidirish zaruratining yo‘qligidir.

Mazkur tergov harakatini o‘tkazishning formal asosi esa tegishli man-sabdor shaxsning olib qo‘yish to‘g‘risidagi asoslantirilgan qarori hisobla-nadi. Olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarorda bu harakatlar qayerda va kimni-kida o‘tkazilishi zarurligi, qaysi narsa yoki hujjatlarning olib qo‘yilishi lozimligi, olib qo‘yiladigan narsa va hujjatlarning o‘ziga xos belgilari ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarorning nusxasi olib qo‘yish o‘tkaziladigan shaxsga yoki uning voyaga yetgan oila a’zo-lariga, ular bo‘lmagan taqdirda esa, tegishli hokimlik yoxud fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi vakiliga topshirilib, tilxat olinishi lozim. Shu sababli qarorda ishning borishiga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni kiritmaslik tavsiya etiladi.

Davlat sirlariga taalluqli ma’lumotlar mavjud bo‘lgan materiallarni va pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash va olib qo‘yishdan tashqari olib qo‘yishni amalga oshirishga prokuror ruxsati (sanksiyasi) talab etilmaydi.

Olib qo‘yish o‘tkazish jarayonida xolislar, zarurat bo‘lgan taqdirda mutaxassis va tarjimon hamda bu harakatlar uyida o‘tkazilayotgan shaxs-ning o‘zi yoki hech bo‘lmaganda uning voyaga yetgan oila a’zolaridan birining ishtirok etishi ta’minlanishi lozim. Basharti ularning ishtirok etishini ta’minlashga imkon bo‘lmasa, tegishli hokimlik yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining vakili taklif qilinadi. Korxonalar, muas-sasalar, tashkilotlar, harbiy qismlar joylashgan binolarda olib qo‘yish yoki tintuv ularning vakillari ishtirokida o‘tkaziladi.

Xatlangan pochta-telegraf jo‘natmalarini ko‘zdan kechirish va olib qo‘yish jarayonida ishtirok etuvchi xolislarni jalb qilishga alohida e’tibor qaratish lozim. Pochta-telegraf jo‘natmalarini ko‘zdan kechirish va olib qo‘yish jarayonida yozishmalar sir saqlanishini kafolatlash maqsadida pochta-telegraf muassasasida ishlovchi xodimlarni xolis sifatida taklif qilish tavsiya etiladi. Aksariyat hollarda olib qo‘yish jarayonida olingan hujjatlarni malakali saralash zaruriyati vujudga keladi. Shu sababli ter-govchi mazkur jarayonga malakali mutaxassisni jalb qilishi va unga huquq va majburiyatlarini tushuntirishi lozim.

Jinoyat-protsessual qonunning tergov va sud muhokamasi jarayonida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va boshqalarning shaxsiy hayotiga doir aniqlangan ma’lumotlarni oshkor qilmaslik chora-tadbirlarini ko‘rilishi shartligi talabini bajarish maqsadida, olib qo‘yish jarayonida shunday ma’lumotlar aniqlangan hollarda mazkur tergov harakati

235

olib borilayotganda ishtirok etadigan shaxslar doirasi cheklanadi, ishtirokchi-lar esa ularni oshkor qilganlik uchun javobgarlik to‘g‘risida ogohlantiriladi.

Psixologik jihatdan olib qo‘yish tintuvga nisbatan kamroq qidiruv tavsifiga ega tergov harakati hisoblanadi. Olib qo‘yish jarayonida odatda qidiruv harakatlarini amalga oshirish zarurati vujudga kelmaydi. Olib qo‘yish jarayoniga to‘sqinlik qilish holatlari vujudga kelgan taqdirda olib qo‘yish majburiy ravishda amalga oshiriladi. Basharti narsa va hujjatlar olib qo‘yish-ni amalga oshirish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan joydan topilmasa yoki har xil bahonalar bilan narsa va hujjatlar tergovchiga topshirilmasa yoxud atayin yashirilayotgan bo‘lsa, u holda jinoyat-protsessual qonun talablari asosida tintuv o‘tkaziladi.

Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, olib qo‘yish tergov harakatining psixologik tavsifidan biri bo‘lgan muammoli jihati tintuv tergov harakatidan farq qiladi. Tintuv tergov harakatida muammoli jihatni qidirib topilishi lozim bo‘lgan obyektlar tashkil qiladi. Chunki odatda, tintuv jarayonida va ular topilgan joyda tergovchida obyekt haqida to‘liq ma’lumotlar mavjud bo‘lmaydi.

Olib qo‘yish tergov harakatida esa muammoli jihatni olib qo‘yishni amalga oshirishdan avval olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan narsa va hujjatni avvaldan aniqlashtirib olish tashkil qiladi. Tergovchi ko‘plab tanishib chiqa-yotgan yoki ko‘zdan kechirayotgan narsa va hujjatlar orasidan aynan qaysi biri izlangan narsa va hujjat ekanligi haqida aniq xulosaga kelishi lozim.

Pochta-telegraf jo‘natmalari haqida so‘z borganda esa, tergovchi faqatgina pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash va ko‘zdan kechirish bilan cheklanish yoki ularni olib qo‘yish masalasini ham hal etishi lozim.

Olib qo‘yishni amalga oshirishda nizoli holatlarning yuzaga kelishi mumkinligi ham uning psixologik xususiyatlaridan biri hisoblanadi.

Tergovchi olib qo‘yish chog‘ida qaror bilan tanishtirganidan so‘ng olinishi lozim bo‘lgan narsa va hujjatlarni ixtiyoriy ravishda berishni taklif qilganida, olinishi lozim bo‘lgan obyekt ixtiyoriy ravishda berilsa uni oladi va shu bilan mazkur tergov harakati yakunlanadi.

Biroq taklif rad etilgan taqdirda olib qo‘yish majburiy ravishda amalga oshiriladi. Bunday vaziyatlarda tergovchi olib qo‘yilishi zarur narsa va hujjat mavjud bo‘lgan shaxs bilan yuzaga keladigan nizoli holatlarning oldini olishga harakat qilishi lozim. Vaziyatni yumshatgan holda tergov harakatini davom ettirish va tergov harakati oldiga qo‘ygan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan choralarni ko‘rishi kerak.

Tergovchi psixologik ta’sir etishning usullari bo‘lgan ishontirish va e’tiqod uyg‘otishni to‘g‘ri qo‘llashi uchun olib qo‘yish tergov harakati jarayonida olinishi zarur bo‘lgan obyektni ixtiyoriy ravishda berishga

236

shaxsning salbiy munosabatining manbasini aniqlashi lozim. Ba’zan obyekt-ni ixtiyoriy ravishda taqdim qilishdan bosh tortish shaxsning taqdim qilinishi lozim bo‘lgan narsa va hujjatga nisbatan «aybli» munosabatidan darak ber-maydi. Balki u o‘zining shaxsiy hayot sirlarining oshkor etilishini yoxud qarindoshi, tanishi, qo‘shnisi yoki hamkasbiga ozor yetkazib qo‘yishni xoh-lamayotgan bo‘lishi ham mumkin. Bunday vaziyatlarda shaxsning salbiy munosabatini bartaraf etish uchun tergовчи xolis, mutaxassis va tergov harakatida ishtirok etayotgan boshqa shaxslarni shaxsiy hayot yoki tergov sirlarini oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida ogohlantirish jarayoniga shaxsning alohida e’tiborini qaratishi lozim. Shu bilan birga, tergovchi olib qo‘yishni majburiy tarzda o‘tkazishga ham haqli ekanligini, shaxsning olib qo‘yishda narsalarni ixtiyoriy topshirish-dan bosh tortishda ifodalangan xatti-harakati qonunga xilof ekanligini tushuntirish kerak. Shuningdek, shaxsga tergovchining olib qo‘yish o‘tka-zish vaqtida yopiq binolarni yoki buyumlar saqlanadigan joyni uning egasi o‘z ixtiyori bilan ochib berishdan bosh tortgan hollarda tergovchining o‘zi ularni ochishiga huquq beruvchi qonunda nazarda tutilgan qoidani eslatgan holda shaxsning buyumlariga zarar yetishi mumkinligi haqida ogohlantirib o‘tishi lozim.

Ta’kidlash joizki, shaxs tergov harakatini soat 22.00dan keyin o‘tka-zish mumkin emasligi qoidasini nazarda tutgan holda olib qo‘yish jarayoni ataylab cho‘zayotganligi tergovchi ma’lum bo‘lib qolgan hollarda, tergov-chi qonunning kechiktirib bo‘lmas hollarda tergov harakatlarini o‘tkazish mumkinligi qoidasiga asoslangan holda olib qo‘yish tergov harakatini davom ettirishi va oxiriga yetkazishi lozim.

Olib qo‘yish tergov harakatining asosiy psixologik faktori sifatida gumon qilinuvchi va ayblanuvchiga psixologik ta’sir o‘tkazish hisoblana-di. Chunki ular o‘zlarini fosh qiluvchi materiallar tergovchining tasarrufiga o‘tishi haqida xabardor bo‘lib qoladilar. Bir qator vaziyatlarda tergovchi tomonidan jinoyatchini fosh qiluvchi materiallarning olinishi dastlabki tergovning asosiy hal qiluvchi jihatiga aylanishi mumkin. Shunday ekan, bunday vaziyatlarda tintuv va olib qo‘yish jarayonida jinoyatchida reflek-siv fikrlash jarayoni ro‘y beradi va u o‘zining keyingi harakatlari yoki xulq-atvori yo‘nalishini ishlab chiqadi.

Tergovchi ham bunday vaziyatda holatni avvaldan seza bilishi va o‘zi-ning kelgusi protsessual xatti-harakatlari hamda shaxs bilan muomalaga kirishish taktikasini tegishli yo‘nalishda o‘zgartirishi talab etiladi.

Tergovchi olib qo‘yish o‘tkazilgani to‘g‘risida JPKning moddalarida nazarda tutilgan talablarga rioya qilgan holda bayonnoma tuzadi. Bayon-nomada narsa va hujjatlarning aynan qayerda va qanday sharoitda olingan-

237

ligi, ixtiyoriy ravishda berilganligi yoki majburiy ravishda olinganligi ko‘rsatilishi lozim. Barcha olingan narsa va hujjatlar bayonnomada birma-bir qayd qilinib, ularning miqdori, o‘lchovi, og‘irligi, har qaysisining o‘zi-ga xos belgilari ko‘rsatilishi, zarurat bo‘lgan taqdirda o‘ralishi va muhr-lanishi lozim.

Olib qo‘yish vaqtida izlanayotgan narsa va hujjatlarni yo‘q qilishga yoki yashirishga urinish hollari sodir bo‘lgan taqdirda, bu holatga tergov-chi tomonidan ko‘rilgan choralar ham ko‘rsatilib bayonnomada aks ettirilishi lozim.

Olib qo‘yish to‘g‘risidagi qaror va bayonnomaning nusxasi olib qo‘yish o‘tkazilgan shaxsga yoki uning voyaga yetgan oila a’zolariga, ular bo‘lmagan taqdirda esa, tegishli hokimlik yoxud fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi vakiliga topshirilib, tilxat olinadi. Zarur hollarda mazkur shaxslarga olib qo‘yilayotgan hujjatlarning nusxalari beriladi.

Pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlashda esa ushlangan jo‘natmalar ko‘zdan kechirilganda bayonnoma tuzilib, unda qaysi pochta-telegraf jo‘natmalari ko‘zdan kechirilganligi, nimalar olinganligi va nimalar ega-lariga yuborilishi, nimalar esa vaqtincha ushlab qolinishi kerakligi, qaysi jo‘natmalardan nusxalar olinganligi ko‘rsatilishi lozim.

Savol va topshiriqlar

1. Tintuv qilinayotgan shaxsga nisbatan nima sababdan majburlov chora

sifatida tintuv tergov harakati o‘tkaziladi? 2. Tintuv tergov harakatiga ta’rif bering. 3. Tintuv tergov harakati amalga oshirilayotgan joy egasida namoyon

bo‘ladigan turli xatti-harakatlarni ko‘rsating. 4. Tintuv tergov harakatining psixologik o‘ziga xosligi deganda nima

tushuniladi? 5. Yashirilgan narsani topish uchun tergovchi qanday faoliyatni amalga

oshirishi lozim? 6. Tergovchi tintuvga tayyorgarlik ko‘rayotganida qanday savollarga javob

topishi tavsiya etiladi? 7. Tergovchining tintuv tergov harakatini o‘tkazish faoliyati qanday psixo-

logik tuzilishlardan iborat? 8. Tintuv tergov harakatini o‘tkazishda qanday obyektlar axborot manbai

bo‘lib xizmat qilishi mumkin? 9. Yashirish joyini tanlashga ta’sir qiluvchi subyektiv omillar deganda

nima tushuniladi? 10. Olib qo‘yish tergov harakatiga ta’rif bering. 11. Olib qo‘yishni amalga oshirish uchun qanday qo‘shimcha faktik asos-

lardan foydalaniladi?

238

IX BOB. EKSPERIMENT VA KO‘RSATUVLARNI HODISA SODIR BO‘LGAN JOYDA TEKSHIRISH TERGOV

HARAKATLARIGA PSIXOLOGIK TAVSIF

1-§. Eksperiment tergov harakatini o‘tkazishning psixologik xususiyatlari

Eksperiment, tanib olish uchun ko‘rsatish va ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish mustaqil tergov harakatlari sifatida O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (1994-y.) bilan tartibga solinadi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 153-moddasi (Eksperiment o‘tkazish uchun asoslar)ga muvofiq, surishtiruvchi, tergovchi va sud guvohlar, jabrlanuvchilar, gumon qilinuvchilar, ayblanuv-chilar, sudlanuvchilarning ko‘rsatuvlarini, boshqa dalillarni, shuningdek ish yuzasidan qilingan tusmol, tekshirilayotgan hodisaga oid muayyan harakatlar, sharoit va holatlarni tiklash hamda zaruriy tajribalar o‘tkazish orqali tekshirishga haqlidir.

Ma’lumki, eksperiment biror hodisani idrok qilish, muayyan harakat-larni bajarish, biror hodisaning sodir bo‘lish imkoniyatini tekshirish, shuningdek hodisaning yuz berish va izlarning qolish yo‘sinlarini aniqlash uchun o‘tkaziladi.

Eksperiment – huquqbuzarlikning boshlanishi, uning sodir etilishi yoki hatto idrok qilinishi imkoniyati tekshirilganda sharoit, xatti-harakat va u yoki bu voqeaning boshqa holatlarini qayta tiklash orqali jinoyat ishi uchun aha-miyatga ega bo‘lgan ma’lumotlarni tekshirish va aniqlashtirish maqsadida o‘tkaziladigan tergov harakatidir. Mohiyatiga ko‘ra, bu tajribada tergov qilinayotgan voqeaning tekshirilayotgan qilmish va shaxsga imkon boricha yaqinlashtirilgan holatini sun’iy qayta tiklashdir; u o‘zlarining u yoki bu sifat va xususiyatlarini namoyon qilishi lozim bo‘ladigan eksperimentda foydalanilayotgan moddiy obyektlarga ham, sharoitlarga ham daxldordir.

Yuqorida ko‘rib chiqilganlarning aksariyati tergov eksperimenti sirasi-ga ham kiradi. Bunda eng murakkabi ishtirokchilarni tanlash hisoblanadi. Odatda, eksperimentni o‘tkazishga juda ko‘p shaxslar jalb qilinadi. Eks-perimentda tergovchi va xolislardan tashqari, ayblanuvchi (gumon qilinuv-chi), jabrlanuvchi, guvoh, turli sohalarning ekspertlari, shuningdek tergov-chining yordamchilari hamda u yoki bu tajriba harakatlarini amaliy baja-rishga yordam beruvchi texnik xodimlar ishtirok etishi mumkin.

Idrok qilish ustida o‘tkaziladigan eksperimentda psixologik jihat ay-niqsa muhimdir, chunki voqelik hissiy obrazining shakllantirilishi va hara-kat qilishi jarayoni sifatida idrok qilish funksional, operativ hamda moti-

239

vatsion kabi turli hosilalarning murakkab birikuvidir. Idrok qilish ustida o‘tkaziladigan eksperimentlarning natijalari ko‘rsatuvlari tekshirilayotgan shaxsning umumiy subyektiv xususiyatlari (imkoniyatlari)ga ham, uning organizmining eksperiment o‘tkazish paytidagi psixofiziologik holatiga ham bog‘liq bo‘ladi.

Insonning his qilishi qisman tug‘ma individual xususiyatlar, qisman esa hayoti, ishlab chiqarish va boshqa faoliyati jarayonida egallangan bo‘ladi. Buning ustiga, bu yerda psixofiziologik me’yorning buzilishi (nor-madan chetga chiqish) ba’zan juda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi (masa-lan, ko‘mir qazib olishga ixtisoslashgan konchilar qora rangning yetmish-dan ortiq nozik turlarini ajratadilar). Rang ajratish to‘qimachilarda, po‘lat quyuvchilarda va boshqa mutaxassislarda hayratlanarli darajaga yetadi.

Ma’lumki, 18 % ga yaqin erkaklar rangni his qilish nuqsonidan aziyat chekadilar; ularning aksariyati o‘zlarining bu xususiyatidan shubha ham qilmaydilar. So‘roq qilish paytida ular ranglarni ajratishda mutlaqo chin yurakdan adashishlari mumkin. Tergov eksperimentini o‘tkazish jarayoni-da esa ularning ziddiyatli ko‘rsatuvlari sababini ancha tez aniqlash va shu yo‘l bilan jinoyat ishiga aniqlik kiritish mumkin.

Tergov amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, gumon qilinuvchilar, ayblanuv-chilar, jabrlanuvchilar uchun joy (makon)ni idrok qilishni va joyni tasav-vur qilishni eksperiment orqali tekshirish ancha murakkabdir. Bu turdagi eksperimentlarning murakkabligiga, ko‘pincha, ularning psixofiziologik holati emas, balki bir qator shaxslarda joy (makon)ni idrok qilishning tug‘ma yoki irsiy yuzaga kelgan tabiati sabab bo‘ladi.

Joy (makon) munosabatlarini idrok qilishning psixofiziologik mexaniz-mi inson organizmining tashqi va ichki muhitidagi turli analizatorlarning o‘zaro harakati hosil qiladigan tizimdan iborat. Joy belgilarining obyektiv xususiyatiga qarab (ko‘lami, tomonlari, katta-kichikligi, shakli, joylashuvi va h.k.), ularni idrok qilishda har birining faoliyati doimo boshqasining faoliyatiga nisbiy bo‘lgan (nisbat berib aniqlanadigan) turli analizatorlar ishtirok etadi. Joy belgilari va munosabatlarini idrok qilishda ko‘rish, eshitish, hid bilish hamda boshqa sezgi organlari ham ishtirok etadi.

Makonni (ko‘rish, eshitish, hid bilish, his qilish va boshqalar orqali) idrok qilishning muhim xususiyati – bir nomdagi juft retseptorlarning bir-galikdagi harakati jarayonida vujudga keladigan qo‘shaloq (binar) taassu-rotdir. Ma’lumki, obyektlarni makonda idrok qilish, masalan, odamning ikki ko‘zi ishtirok etganidan bir ko‘z bilan ko‘rgani ancha farqlanadi. Bu nafaqat ko‘rish qobiliyatiga, balki barcha boshqa juft retseptorlar faoliyati-ga ham daxldordir.

240

Makonda eshitish orqali mo‘ljal olishni o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, u ham har ikkala eshitish organlarining muayyan tarzda birgalikdagi harakati bilan bog‘liqdir. Psixofiziologlar tomonidan hid bilish va uning makonda farqlanib turuvchi funksiyalarini o‘rganishda ham xuddi shunday holat aniqlangan. Binar taassurotlar, shuningdek kinesteziya, tayanch-harakat apparatlari, his qilish organlari, taktil sezuvchanlik va tananing boshqa qismlarida ham aniqlangan.

Shuningdek, nafaqat makonni, balki zamonni idrok qilish ham tizimli ekanligini nazarda tutish lozim. Xuddi makon kabi, u ham turli analiza-torlar jamuljami bilan birgalikda idrok qilinadi. Aynan shu tergovchining zimmasiga ayblanuvchining makon va zamon haqidagi tasavvurlarini baholashda, shuningdek uning ko‘rsatuvlarini eksperiment orqali tekshi-rishda nafaqat ko‘rish yoki eshitish qobiliyatini, balki barcha sezgi organ-larining holatini hisobga olishni yuklaydi.

Tergov harakatlarini o‘tkazish ayblanuvchini uning natijasida jinoyat sodir etilgan paytdagi o‘sha harakatlar, sharoit hamda u orqali jinoyat sodir etilgan vositalar (asboblar, moslamalar va boshq.)ni qayta tiklash zaruratiga ichki ishonch hosil qilishi mumkin bo‘lgan psixologik jihatdan puxta tayyorlashni talab etadi.

Tajriba harakatlarini o‘tkazishdan avval o‘rganilayotgan hodisa sharoitlari tekshirilayotgan ko‘rsatuv yoki tusmollarga to‘la muvofiq holda tiklangan bo‘lishi lozim. Buning uchun gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvohlarning har biriga alohida-alohida o‘zi qatnashgan yoki shohid bo‘lgan hodisaning sharoit va holatlarini tiklash taklif qilinishi mumkin. Shundan keyin surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tegishli tajriba harakatlarini o‘tkazadi, shu maqsadda o‘lchash, fotosuratga tushirish, kinotasvirga olish, ovoz yozish, videoyozuv, reja, sxema va chiz-malar tuzish, eksperimental qoliplar va izlarning nusxalarini tayyorlash mumkin.

Eksperiment o‘tkazish sharoiti tiklanayotgan harakat yoki hodisalar yuz bergan sharoitga iloji boricha o‘xshash bo‘lishi lozim. Tajribalar imkon boricha bir necha marta o‘tkaziladi. Tajribalarning sharoitlari o‘zgartirilishi mumkin.

Tergov eksperimentini o‘tkazish paytida tergovchi, birinchi navbatda, ayblanuvchi bilan lozim darajadagi psixologik aloqani o‘rnatishi lozim (agar u bu paytga qadar o‘rnatilmagan bo‘lsa). Tergov eksperimentini o‘tkazishning qat’iy o‘zgarmas sharti – ayblanuvchining o‘zi sodir etgan jinoyatga sidqidildan iqror bo‘lishi hisoblanib, bu uning tergov harakatiga ichki tayyorgarligidan dalolat beradi.

241

Agar ayblanuvchining katta mahoratni talab qiladigan (masalan, qalbaki pul tayyorlash, murakkab qulfli qurilmalarni ochish va boshq.) harakatlarni namoyish etishi lozim bo‘lsa, unda tergovchiga ayblanuvchini, tabiiyki, bunda unga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish haqida unutmasdan, bir-muncha «qizdirish», shuhratparastligini kuchaytirish taqiqlanmaydi.

Yuqorida ta’kidlanganidek, tergov eksperimentiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida nafaqat unda ishtirok etuvchilarni tavsiflovchi umumiy jismoniy va psixik ma’lumotlar, balki ularning tajriba o‘tkazish paytidagi psixosomatik holatini ham hisobga olish zarur. Kasallik, vahima, qo‘rqish, xavotirlanish va hatto oddiygina charchoq ham bo‘lib o‘tayotgan jarayon-larni idrok qilishni sezilarli darajada kamaytirishi mumkin. Ma’lumki, masalan, kuchli tumov chog‘ida hidni sezish juda kamayadi; katta-kichik-likni, o‘lchamni, shakl va rangni idrok qilish shakllanishining sur’ati va izchilligi insonning yoshiga bog‘liqligi aniqlangan.

Odatda, eksperiment paytida tergovchini qiziqtirayotgan jinoiy qil-mish muhitidagi moddiy olamning predmetlari qo‘llaniladi. Bu tekshiri-layotgan voqeaning faktik rivojlanishi natijalarini eksperiment orqali olish-ni eng yuqori darajada ta’minlaydi. Biroq ba’zan buni amalga oshirib bo‘lmaydi: ish uchun muhim bo‘lgan ayrim predmetlar kuchli shikastlan-gan yoxud jinoyat jarayonida butunlay yo‘q qilingan, boshqalari vaqt o‘tishi bilan o‘zining dastlabki sifat va xususiyatlarini o‘zgartirgan bo‘ladi, yana bir esa yetarli miqdorda bo‘lmaydi. Bunday holatlarda tergovchi eks-perimentni tashkil qilishda haqiqiy predmetlarni ularning modellari bilan almashtirishga majbur bo‘ladi.

Shuni ta’kidlash joizki (psixologik jihatdan bu juda muhim), eksperi-mental tadqiqotda foydalanish uchun yaroqli model deganda, tergovni qiziqtirayotgan obyektni aks ettirarkan, uning o‘rnini obyekt haqida yangi ma’lumotlar beradigan darajada bosadigan moddiy tizimni tushunish lozim. Model ushbu sharoitlarda asl nusxaning analogi (o‘xshashi) sifatida maydonga chiqadi. U asl (haqiqiy) nusxa o‘rnida foydalaniladigan mutlaqo yaroqli vosita bo‘lishi uchun barcha muhim belgilari va xususiyatlari bilan unga o‘xshash bo‘lishi lozim. Shuning uchun ham ta’kidlash mumkinki, eksperiment o‘tkazishda modellashtirish obyektni uning modeli orqali bavosita o‘rganishdan iboratdir.

Tergov eksperimentini tashkil etishda tekshirilayotgan voqea (hodisa, fakt) bo‘lib o‘tgan sharoitni tajribada qayta tiklash ancha murakkabdir. Bu tergovni qiziqtirayotgan qilmishning borishiga o‘z vaqtida ta’sir ko‘rsat-gan hamda eksperimentda xuddi shunday namoyon qilishi lozim bo‘lgan joy, vaqt va boshqa holatlarga daxldordir. Jinoyat ishlarini tergov qilish

242

amaliyotini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, ayblanuvchilar, guvohlar, jabr-lanuvchilar ko‘pincha o‘z ko‘rsatuvlarida bo‘lib o‘tayotgan voqealarni ko‘rishga xalaqit bergan, masalan, qorong‘ilik yoki, aksincha, juda yorqin yoritilganlikni bahona qiladilar. Bunga quloq solmaslik mumkin emas.

Bunday ko‘rsatuvlarni eksperiment orqali tekshirishda jinoyat sodir etilgan paytda bo‘lgan o‘sha yoritilganlik sharoiti albatta qayta tiklangan bo‘lishi, tekshirilayotgan shaxsning qorong‘ilashtirilgan (yoki kuchli yoritil-gan) joyda bo‘lish muddatini va boshqalarni hisobga olish lozim. Yoritil-ganlikning birdan o‘zgarishi bilan bog‘liq voqealarni o‘rganganda, fiziolo-gik moslashuv hodisasiga e’tibor qaratish, uning xususiyatlari va qonuniyat-larini hisobga olish lozim (masalan, agar yoritilganlik darajasi o‘rtacha, taxminan 10 lyuks bo‘lsa, moslashuv amaliy jihatdan 20 daqiqadan so‘ng nihoyasiga yetadi, agar undan ko‘p bo‘lsa, taxminan bir soatdan keyin nihoyasiga yetadi; qorong‘i xonadan yorug‘likka chiqqanda ko‘zlarning moslashishi tez yuz beradi va 3–5 daqiqa o‘tishi bilan odam odatda normal ko‘ra boshlaydi, biroq dastlabki daqiqalarda moslashuv qiyin kechadi).

Kuchli yorug‘lik manbalari (masalan, ro‘paradan kelayotgan avtotrans-port faralari yorug‘ligi)ning odamga o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatishi. Shuni nazarda tutish lozimki, bunday kuchli yorug‘lik manbaining ta’siri birmuncha vaqt nafaqat ko‘rish idrokini qiyinlashtiradi, balki harakat reak-siyasini ham buzadi, ayrim operatsiyalarni bajarishda davomiylik hamda to‘xtab olishlar miqdorini oshiradi. Ayrim predmetlarni ko‘rish orqali idrok qilish bir qator holatlarda umumiy yoritilganlikdan ham ko‘ra, kuzatilayotgan predmet hamda kuzatuvchi joylashgan joyning to‘satdan yoritilishiga bog‘-liqligi juda xarakterlidir. Masalan, odam agar tashqari qorong‘i bo‘lsa, kam yoritilgan xonadagi barcha predmetlarni deraza oynasi orqali yaxshi ko‘rishi mumkin, ochiq quyoshli kunda o‘sha deraza oynasi orqali hech nimani ko‘ra olmaydi. Oxirgi holatda xonani ko‘rish uchun oynaga juda yaqin kelishi, ko‘zini unga taqab qarashi va yon tomondan tushayotgan yorug‘likni qo‘li bilan to‘sib turishi kerak. Amaliyotning ko‘rsatishicha, bu holat ba’zan ayblanuvchilar, shuningdek soxta guvohlik beruvchilar tomonidan hisobga olinmaydi. Shuning uchun tergov eksperimentini o‘tkazish paytida ularning ko‘rsatuvlari noto‘g‘ri ekanligi osongina o‘z isbotini topadi.

Shunday qilib, tergov amaliyotida hodisa sodir bo‘lgan joyda ko‘rsa-tuvni qayta tiklash hamda tergov eksperimentini o‘tkazish paytida tergov-chining ham, ayblanuvchi, guvohlar va boshqa shaxslarning ham psixo-logik xususiyatlari katta ahamiyat kasb etadi. Mazkur protsessual harakat paytida psixologik muammolarni hal etish ko‘pincha haqiqatni tiklashga yordam beradi.

243

2-§. Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish tergov harakatini o‘tkazishda psixologik bilimlardan foydalanish

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 132-moddasi (Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish uchun asoslar)ga muvofiq, surishtiruvchi, tergovchi, sud gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, guvohlar hamda jabrlanuvchilarning ko‘rsatuvlarini tekshiri-layotgan hodisa sodir bo‘lgan joyda holatlarni qayta tiklash yo‘li bilan tekshirib ko‘rishga haqlidir.

Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirishdan maqsad: ko‘r-satuvlari tekshirilayotgan shaxsga ma’lum, surishtiruvchi, tergovchi va sudga esa noma’lum bo‘lgan narsalar, hujjatlar, izlar va belgilarni topish; shaxsning tergov yoki sud muhokamasi davomida topilgan narsalar, hujjat-lar, izlar qayerda bo‘lganligini ko‘rsatib berishi; bir necha shaxsning ayni bir hodisa to‘g‘risida bergan ko‘rsatuvlaridagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlash uchun ishda ahamiyatli bo‘lgan joy yoki yo‘nalishni shaxs ko‘rsatib berishi; holatlarni qayta tiklash va hodisa sodir bo‘lgan joydagi sharoit bilan qiyoslash orqali ko‘rsatuvlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini aniqlashdan iborat.

Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish jinoyat ishi uchun ahamiyatga ega bo‘lgan yangi holatlarni aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. U quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: ko‘rsatuv bergan shaxs tekshirila-yotgan hodisaning sharoit va holatini joyida tiklaydi; ish uchun ahamiyatli bo‘lgan narsalarni, hujjatlarni, izlarni qidirib topadi va ko‘rsatadi; ayrim harakatlarni namoyish qiladi; tekshirilayotgan hodisada u yoki bu narsa-ning qanday ahamiyati bo‘lganligini ko‘rsatadi; hodisa sodir bo‘lgan joyda sharoitning o‘zgarganligiga e’tiborni qaratadi; o‘zining avvalgi ko‘rsatuv-larini aniqlashtiradi va ularga oydinlik kiritadi. Bu harakatlar vaqtida chet-dan aralashishga, gap o‘rgatishga va ishora qiluvchi savollar berishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirishda bir qator tergov harakatlari mavjud. Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish o‘zining psixologik tavsifiga ko‘ra, o‘zida so‘roq qilish hamda hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish tergov harakatlarining psixologik o‘ziga xosliklarini biriktirib, ularga yaqin turadi.

Ayblanuvchining (yoki boshqa shohidning) jinoyat sodir etilgan joydagi uning voqealari to‘g‘risida takroran gapirib berishi, tabiiyki, hech qanday qo‘shimcha daliliy kuchga ega emas. Lekin bo‘lib o‘tgan holat yuzasidan voqea sodir bo‘lgan joyda gapirib berilsa ancha ishonchliroqdir.

244

Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirishning asosiy maqsadi – ko‘rsatuvlari qayta tiklanishi lozim bo‘lgan shaxsni so‘roq qilishdan so‘ng olingan ma’lumotlarga qo‘shimcha axborotlarni olishdir. Shu bilan birga, assotsiativ aloqalar vujudga kelishi natijasida so‘roq qili-nayotgan shaxsning kriminal vaziyat holatlari hamda uning ayrim tafsilot-lari to‘g‘risidagi xotirasi yaxshilanadi. Hodisa sodir bo‘lgan joyda so‘roq qilish paytida jinoyat jarayoni subyekti faqat xotirasida qolganlarni gapirib bergan narsa va predmetlar muhitida bo‘larkan, u tergovchi xonasida aytishni unutgan faktlarni eslashi mumkin.

Tergovchi ko‘rsatuvlarni tekshirish jarayonida so‘roq qilish paytidagi-ga nisbatan juda ko‘p ma’lumotlarni olishi mumkin. Tergovchi ko‘rsatuv-larning qayta tiklanishi jarayonida belgi-so‘z darajasidagi ma’lumotlarni idrok qilishdan aniq obrazlar darajasidagi ma’lumotlarni idrok qilishga o‘tadi. Chunki u nafaqat eshitadi, balki ko‘radi va qiyoslaydi. Bu unga tekshirilayotgan qilmish yoki voqeani chuqur hamda har tomonlama idrok qilish va tushunish imkonini beradi.

Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish jarayonida ter-govchi ko‘pincha o‘z oldiga o‘zi yoki ayblanuvchi tomonidan ilgari suril-gan u yoki bu versiyaning ishonchliligini tekshirish vazifasini qo‘yadi. Bunday tekshirish jarayonida tergovchi uning tasavvuri yaratgan xayoliy modellarni tahlil qilishdan haqiqiy vaziyat yoki uning elementlarini qayta tiklash, tahlil qilish hamda tekshirish darajasiga o‘tadi.

Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish, qoida tariqasida, faqat so‘roq qilinayotgan shaxsning roziligi bilan o‘tkazilishi sababli, ter-govchi ushbu murakkab tergov harakati davomida muvaffaqiyatli aloqa o‘rnatish va uni oxirigacha saqlab turish maqsadida, sezilarli kommunika-tiv xususiyatlarini namoyon qilishi hamda boshqa usullar bilan aniqlash qiyin yoki imkonsiz bo‘lgan ish bo‘yicha to‘plangan dalillardagi qarama-qarshiliklarni aniqlashi lozim.

Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish faqat agar ko‘rsa-tuvlari tekshirilayotgan shaxs o‘zi sodir etgan (yoki o‘ziga olgan) u yoki bu qilmish haqida gapirib berishga, zarurat tug‘ilganda, ularni namoyish qilib berishga, talab qilingan izoh va tushuntirishlarni berishga va shu kabilarga rozilik bergan hollardagina amalga oshirish mumkin.

Ko‘pincha ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirishni o‘t-kazish uchun quyidagilar asos bo‘lishi kuzatiladi:

– hodisa sodir bo‘lgan joyning o‘zini aniqlash; – yo‘nalishlarni aniqlash; – tergov uchun ahamiyatga ega bo‘lgan predmetlarning joylashishini

aniqlash;

245

– tergovga ma’lum bo‘lmagan shaxslarni aniqlash; – ayblanuvchi, jabrlanuvchi yoki guvohlarning ko‘rsatuvlarini joydagi

yoki xonadagi obyektiv sharoit bilan qiyoslash jarayonida aniqlanishi mum-kin bo‘lgan hodisaning ayrim epizodlari va tafsilotlarini aniqlashtirish;

– jinoiy qilmishning sodir etilishiga yordam bergan holatlarni aniqlab olish;

– ko‘rsatuvlari tekshirilayotgan shaxslarning hodisa sodir bo‘lgan joy, ayrim obyektlar yoki yo‘nalishlardan xabardorligi to‘g‘risidagi faktlarni tasdiqlash.

Bu yerda turli variantlar bo‘lishi mumkin. Masalan, ko‘rsatuvlari tek-shirilayotgan shaxs o‘g‘irlangan boyliklar qayerga yashirilganini, jinoyat quroli tashlab yuborilgan joy qayerda ekanligi, o‘z harakatlarining izlari joylashuvini ko‘rsatadi.

Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda muvaffaqiyatli qayta tiklash tergovchidan muayyan tashkilotchilik qobiliyatini talab etadi.

Hodisa sodir bo‘lgan joyda ko‘rsatuv berishga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida psixologik jihatga ega bo‘lgan bir qator tashkiliy ishlarni hisobga olish lozim. Birinchi navbatda, ko‘rsatuvlarni tekshirish vaqtini to‘g‘ri tanlash kerak (huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtga yaqin). Aybla-nuvchi to‘g‘ri ko‘rsatuv berganidan so‘ng uni hodisa sodir bo‘lgan joyga olib chiqishga tayyorlash lozim (agar bunga zarurat bo‘lsa). Shuni unut-maslik kerakki, bir necha kun, ayniqsa, bir necha hafta mobaynida sust-kashlikka yo‘l qo‘yish ayblanuvchi bilan psixologik aloqaning yo‘qolishi-ga va hatto uning o‘z nuqtai nazarini o‘zgartirishiga olib kelishi mumkin. Ko‘pincha bu kamerada u bilan birga bo‘lgan shaxslarning salbiy ta’siri ostida yuz beradi.

Bundan tashqari, tergovchi tergov harakatining markaziy figurasi – ko‘rsatuvlari tekshirilayotgan shaxsning psixologiyasini yaxshi o‘rganishi kerak. Bu zarur psixologik aloqani yo‘lga qo‘yishga yordam beradi, kerak-siz nizolarga yo‘l qo‘ymaslik hamda tekshirish jarayonida ko‘plab zarur dalillarni olish imkonini beradi.

Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish o‘tkazish vaqti-da, bir tomondan, ayblanuvchi (agar zarur bo‘lsa, unda gumon qilinuvchi, jabrlanuvchi va guvohlar), boshqa tomondan, tergovchi o‘rtasida lozim darajadagi psixologik aloqa muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

Ayniqsa, bu tergovchi bilan tekshirishdagi ishtiroki uning holatini yomonlashtirishga emas, balki ishning barcha holatlari eng yuqori darajada aniqlanishiga qaratilgan gumon qilinuvchining o‘zaro munosabatlariga tegishlidir. Bu jinoyat ishini adolatli hal etish imkonini beradi. Ayblanuv-

246

chi yoki gumon qilinuvchi bilan gaplashganda tekshirish kimdir (masalan, jinoyat ishtirokchisi) unga nisbatan qo‘yayotgan soxta aybni bekor qilishga imkon berishini ta’kidlash lozim.

Tergovchi ba’zan ko‘rsatuvlari tekshirilishi lozim bo‘lgan shaxs nuq-tai nazariga atrofidagilar (masalan, kameradoshlar, ishtirokchilar, ishning natijasidan manfaatdor bo‘lgan boshqa shaxslar) ko‘rsatadigan salbiy ta’sirlar to‘g‘risida ham yodda tutishi lozim. Shunday odamlar borki, ter-govchi bilan yolg‘iz qolganda sodir etilgan jinoyat yoki qilmish to‘g‘risida sidqidildan so‘zlab beradi, shu bilan birgalikda, bir guruh shaxslar ishtiro-kida bular haqida gapirib berishda katta psixologik qiyinchilikni his qili-shadi. Shuning uchun so‘roq qilinadigan shaxs bilan quyidagi muayyan ishlarni avvaldan amalga oshirish kerak: ushbu protsessual harakatning maqsad va vazifalarini, ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshi-rish tartibini tushuntirish, unda kimlar ishtirok etishini, ular qanday vazi-falarni bajarishini aytib berish.

Tergovning ko‘rsatuvlarni tekshirishni o‘tkazish jarayonidagi vazifalar-dan biri ayblanuvchi (gumon qilinuvchi, jabrlanuvchi, guvohlar) tomonidan to‘g‘ri ko‘rsatuv berilishini hamda ko‘rsatuv berishni rad qilishning oldini olishni rag‘batlantirishdan iborat, shuning uchun ham ko‘rsatuvlari tekshirilayotgan shaxsni fosh etish elementi mavjud bo‘lmasligi yoxud eng past darajaga tushirilishi lozim. Ayblanuvchi bilan mayda, unchalik muhim bo‘lmagan, keyinchalik, navbatdagi so‘roq qilishlarda hal qilish mumkin bo‘lgan tafsilotlar bo‘yicha ziddiyatga borish maqsadga muvofiq emas.

Bevosita ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish jara-yonida tergovchi bir vaqtning o‘zida kishilarning katta guruhi (o‘z yordam-chilari, mutaxassislar, konvoylar, xolislar)ga rahbarlik qilishi, katta miqdordagi ma’lumotlarni idrok qilishi, o‘ziga olishi, ularni tahlil qilishi, tergov harakatlarining borishini yo‘naltirishi, shuningdek to‘plangan ma’-lumotlarni yetarli darajada to‘liq qayd qilishi lozim. U chalg‘ituvchi holat-lar (masalan, begona shaxslarning, ushbu harakatlar uchun keraksiz appa-raturalar va shu kabilarning mavjud bo‘lishi)ni eng past darajagacha qis-qartirishi zarur.

Psixologik jihatdan bir qator muammolar ko‘rib chiqilayotgan tergov harakatining boshqa ishtirokchilarini ham e’tiborga olishni taqozo etadi. Ularni avvaldan tanlash zarur. Ular tekshirishda ishtirok etish uzoq vaqtni talab etishini va undan foydalanishni bilishlari lozim. Yo‘qsa, ko‘rsatuv-larni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish jarayonida jabrlanuvchi (guvoh) poyezdga kechikayotganligi, farzandini bolalar bog‘chasidan olishga ulgurmasligi va shu kabilarni aytganda, ortiqcha asabiylashish yuzaga keli-

247

shi mumkin. Bularning barchasi, tabiiyki, tergovchining ishini murakkab-lashtiradi.

So‘ngra tergovchi o‘zining har bir yordamchisi hamda ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirishning boshqa ishtirokchilari bilan ayb-lanuvchi (gumon qilinuvchi, jabrlanuvchi, guvohlar) kelgunga qadar uch-rashishi hamda gaplashib olishi va amalga oshiriladigan tergov harakati-ning mohiyatini batafsil tushuntirib berishi, har biriga majburiyatlarining hajmi hamda bajaradigan vazifalarini belgilab berishi, ko‘rsatuvlari tekshi-riladigan odamning shaxsini tavsiflab berishi foydadan xoli bo‘lmaydi.

Basharti so‘z gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi haqida borar ekan, ko‘rsatuvlarni tekshirish ishtirokchilari jirkanish, nafratlanish, qahr-g‘azab, rahm-shafqat, ko‘ngilchanlik qilish va shu kabi his-tuyg‘ularni namoyon etishiga yo‘l qo‘ymasligi to‘g‘risida ogohlantirilgan bo‘lishi lozim, chunki ehtiyotsizlik bilan aytilgan bitta so‘z darhol tergovchiga bo‘lgan ishonch muhitini buzishi hamda tergov harakatini davom ettirishga imkon bermas-ligi mumkin.

Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish davrida jinoyat voqeasidan keyin ko‘p vaqt o‘tgan paytlarda tergov xodimlarida muayyan psixologik qiyinchiliklar yuzaga keladi. Bunday hollarda landshaft yoki sharoitning o‘zgarganini hisobga olish zarur. Shoshmasdan asta-sekinlik bilan so‘roq qilinayotgan shaxsda assotsiativ aloqalarni jonlantirishga, un-ga tekshirish natijalarini to‘g‘ri baholash imkonini beradigan u yoki bu holat, tafsilotlar va boshqa detallarni eslashga yordam beradigan barcha choralarni ko‘rish juda muhimdir.

Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish o‘tkazilgandan so‘ng tergov harakatining natijalari jamlanadi, tahlil qilinadi hamda dastlabki tergovning keyingi yo‘nalishlari belgilab olinadi.

Savol va topshiriqlar

1. Eksperiment tergov harakatini o‘tkazishning psixologik xususiyatlarini

izohlang. 2. Tergov eksperimentini o‘tkazish paytida tergovchi nimalarga e’tibor

qaratishi lozim? 3. Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirishning asosiy maqsadi

nimadan iborat? 4. Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish o‘tkazish vaqtida

psixologik aloqa va uning muhim jihatlarini izohlab bering. 5. Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish o‘tkazilgandan

so‘ng qanday yo‘nalishlar belgilab olinadi?

248

X BOB. TANIB OLISH UCHUN KO‘RSATISH TERGOV HARAKATINING PSIXOLOGIK TAVSIFI

1-§. Tanib olish uchun ko‘rsatishning psixologik xususiyatlari

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 125-moddasi (14-bob. Tanib olish uchun ko‘rsatish)ga muvofiq, tanib olish uchun ko‘rsatish guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sud-lanuvchining biror shaxs yoki narsa to‘g‘risidagi ko‘rsatuvlarini tekshirib ko‘rish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

1) bu ko‘rsatuv muayyan bir shaxs yoki muayyan bir narsaga oid ekanligini aniqlash zarur bo‘lganda;

2) surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga ma’lum bo‘lgan ko‘plab shaxs yoki narsalar orasidan ko‘rsatuvda tasvirlab berilgan shaxs yoki narsani topish zarur bo‘lganda.

Tanib olish uchun ko‘rsatish tergov harakati asosan shaxsga qarshi jinoyatlar, hamda mulkiy xususiyatga ega jinoyatlarni tergov qilishda nisbatan ko‘proq amalga oshiriladi. U ayblanuvchi (jabrlanuvchi, guvoh) shaxs, murda yoki predmet to‘g‘risida bergan ko‘rsatuvni aniqlash zarurati tug‘ilganda o‘tkaziladi. Tanib oluvchilar tanib olish uchun ko‘rsatilgan shaxs, murda yoki predmetni ko‘rgan holat, shuningdek ularni tanib olish mumkin bo‘lgan belgilari va xususiyatlari to‘g‘risida avvaldan so‘roq qilinadi.

Jinoyatlarni tergov qilish davomida tanib olish uchun ko‘rsatish tergov harakatini o‘tkazish taktikasi o‘z mohiyatiga ko‘ra ko‘proq psixologik mazmun kasb etadi. Chunki, psixologik jihatdan tergov harakatlarini o‘tkazish taktikasi deganda tergov harakatlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish, bevosita uni o‘tkazishda mavjud vaziyatni va imkoniyatlarni to‘g‘ri baholash hamda ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanish uchun vaziyatni maqsadga muvofiq yo‘nalishda rivojlanishini ta’minlaydigan, qonunga zid bo‘lmagan usullardan samarali foydalanishga qaratilgan psixologik jarayonlar tushuniladi. Tanib olish uchun ko‘rsatish deganda esa ma’lumotlarning aynan qaysi obyekt haqida ekanligini aniqlash uchun shaxs bilan qayta muloqot o‘tkazish, olingan ma’lumotlarni tahlil qilishda ifodalanadigan psixik jarayonlardan iborat harakatlar tushuniladi.

Psixologik nuqtai nazardan bilish xususiyatiga ega bo‘lgan hamda o‘zida tanib olish bilan birgalikda, ko‘zdan kechirish, so‘roq qilish va hatto qaysidir darajada eksperiment kabi tergov harakatlarini ham o‘z ichiga oladi. Bunday kompleks xususiyatiga qaramasdan, tanib olishda o‘zaro bog‘liqlikdagi perseptiv (idrok etish) va mnemik (xotirada saqlash,

249

xotirlash uchun sharoitni yuzaga keltirish usullar majmui) jarayonlardan iborat insonning psixik faoliyati muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Shu sababli, tanib olishni amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rayotgan tergovchi, eng avvalo, tashqi omillar ta’sirini inobatga olishi bilan birga, shuningdek ushbu tergov harakati davomida tanib oluvchi shaxs tomoni-dan u yoki bu obyektning bir yoqlama idrok qilinishiga olib kelishi mum-kin bo‘lgan boshqacha holatda, ya’ni avvaldan tashkillashtirilgan holda o‘tkazilishiga yo‘l quymasligi lozim.

Umumiy psixologiyada tanib olish deganda obraz tariqasida xotirada saqlanib qolgan, ilgari ma’lum bo‘lgan obyektga yoki hatto bir turdagi u yoki bu obyektlarning butun bir turkumi (toifasi)ga yo‘naltirilgan qiziqish uyg‘otadigan obyektga daxldor jarayon tushuniladi. Bu jarayon o‘z xusu-siyatiga ko‘ra, sinfiy (toifaviy yoki kategorial) tanib olishga xos bo‘lib, uning yordamida ko‘rsatilgan obyekt bilan unga o‘xshash bo‘lgan obyekt-larning muayyan turkumi o‘rtasidagi o‘xshashliklar (yoki tafovutlar) aniqlanadi.

Dastlabki tergov amaliyotida o‘ziga ko‘rsatilgan boshqa bir turdagi obyektlar guruhi orasidan tanib oluvchining xotirasiga muhrlangan obraz orqali qiziqtirayotgan obyektni identifikatsiya qilish (o‘xshatish yoki aynanlashtirish) deb nomlangan birinchi ko‘rinishi kengroq uchraydi. Shu ma’noda, obrazni xotirada saqlash obyektni idrok etishda ishtirok etgan perseptiv (tashqi sezgi) organlar (ko‘rish, eshitish va boshq.)ning imko-niyatlari bilan bog‘liq bo‘lsa, ayrim obrazlar, masalan, insonning ovozi faqat bitta analizator, ya’ni eshitish organi orqali shakllangan bo‘lishi mumkin.

Shu asosda, tanib oluvchi shaxs ongida saqlanib qolgan obrazni tergov uchun ahamiyatli bo‘lgan obyekt bilan xayolan qiyoslash jarayonida, xotira izlari va ko‘rsatilgan obyektdan kelayotgan perseptiv signallar o‘rta-sida o‘zaro hamkorlik yuzaga keladi. Bundan tashqari, ular o‘zaro qo‘shi-lib ketgan va isbotlash jarayoni uchun ahamiyatli aniq bir odam yoki biror-bir predmetning bir (bir o‘lchamdagi) omili tariqasida ongda namoyon bo‘ladi.

Bunday hollarda tanib oluvchi tanib olishga imkon beruvchi belgilar-mo‘ljallarni qayd qilish izchilligini sezish holatida bo‘lmagan vaqtlarda obyektni bir daqiqalik tanib olish yuzaga keladi. Bu quyidagi ma’lumot-larni tasdiqlaydi. Masalan, inson qiyofasini tanib olishni boshlashning o‘rtacha vaqti taxminan 0,05–0,8 sekund atrofida bo‘ladi, shaxsni fotosu-ratiga qarab tanib olishning boshlanishi esa 0,03 sekundga tengdir. Mohi-yatiga ko‘ra, bunday bir daqiqalik tanib olish psixologiyada simultan bilib

250

olish yoki tanib olish deyiladi. Demak, tanib olishning bu turida tanib oluvchi tergovchi tomonidan tanib olish uchun ko‘rsatilgan shaxs yoki narsani bir qarashda tanib oladi.

O‘zining psixologik xususiyatiga ko‘ra, tanib olishning suksessiv ko‘rinishi ham farqlanadi. Bunda tanib oluvchi ko‘rsatilgan obyektning o‘xshashligi to‘g‘risida qaror qabul qilishdan avval o‘ziga ko‘rsatilgan obyektlar ega bo‘lgan belgilar bilan ularni qiyoslab, o‘z xotirasidagi tanib olishga yordam beradigan belgilar-mo‘ljallarni (ba’zan ularni tayanch belgilar deb atashadi) xayolan o‘ziga xos birma-bir eslashni yakunlaydi. Ya’ni, ushbu holatda insonning perseptiv faoliyati natijasida shakllangan ma’lumotlar jamlanmasidan ajratiladigan tafakkur jarayoni muhim aha-miyat kasb etadi. Yuqoridagi jarayonlar ayniqsa, tanib oluvchining ko‘z-larining harakatlari, lablari va burunlari shaklining o‘zgarishida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ayrim harakatlar – kuzatib turuvchi, silliq, yengil hara-katdan iborat; boshqasi sakkadik – alohida tayanch nuqtalarida qisqa vaqt ichida qayd qilinadigan, zo‘rg‘a seziladigan beqaror nigohlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. O‘tkazilgan psixologik tajribalardan ham ko‘zlarning harakati tanitish xususiyatiga ega ko‘rish vazifalarini muvaffaqiyatli hal etilganligi tasdiqlovchi zaruriy shart ekanligi aniqlangan.

Tergov amaliyotining ko‘rsatishicha, agar simultan tanib olish sekund-ning yuzdan bir ulushiga ega bo‘lsa, suksessiv tanib olishda ancha ko‘p vaqt sarf qilinadi. Hatto tashqi tomondan tanib oluvchining xatti-harakat-larini, uning ko‘z qorachiqlari mikroharakatini kuzatib ham simultan tanib olishni suksessiv tanib olishdan farqlash mumkin. Simultan tanib olishda ko‘z qorachiqlarining mikroharakati deyarli sezilmaydi, suksessiv tanib olishda nigohlar kuzatishi uzoq vaqt davom etishi mumkin.

Dastlabki tergov davomida tanib olish natijalarini to‘g‘ri baholashda tanib olish uchun ko‘rsatiladigan obyektlarning miqdori katta ahamiyat kasb etadi. Tanib olish uchun ko‘rsatish tergov harakatini o‘rtacha murak-kablikdagi sharoitida inson vizual tarzda (ko‘rish orqali) uchtagacha obyektni tanib olishi mumkin deb hisoblanadi. Tergov amaliyoti davomida mazkur psixologik tavsiyalarga qaramasdan vaqtdan yutish maqsadida, shaxsni tanib olish uchun ko‘rsatish tergov harakatida guvohlar, jabrlanuv-chilarga tanib olish uchun bir guruh shaxslarni, predmetlar ko‘rsatiladigan hollar ham uchrab turadi. Bu esa tergov harakatining sifatiga salbiy ta’sir etishi bilan birga, muvafaqqiyatsizlikka ham sabab bo‘lishi mumkin.

Tanib olish uchun ko‘rsatish muvafaqqiyatli kechgan taqdirda, ko‘rsa-tilgan obyektni ongda mavjud bo‘lgan obraz bilan xayolan solishtirgandan so‘ng ko‘rsatilgan tergov uchun ahamiyatli narsa va xotirada saqlanib

251

qolgan obrazning bir-biriga mos kelishi (mos kelmasligi) ko‘rinishidagi perseptiv natijaga erishiladi, ya’ni tanib olinayotgan obyektni identifika-tsiya qilish (aynan bir xil ekanligini aniqlash) yuz beradi. Agar uning aksi kuzatilsa, bu holda tanib oluvchi o‘ziga ko‘rsatilgan obyektlardan biri bilan u avval ko‘rgan obyekt o‘rtasida qisman o‘xshashlik borligi yoxud o‘ziga ko‘rsatilgan obyektlar orasida u avval idrok qilgan obyektning mavjud emasligini bayon etadi.

2-§. Tanib olish tergov harakatida ishtirok etuvchi shaxslarning psixologik tavsifi

Tanib olish uchun ko‘rsatish tergov harakati o‘zining psixologik xusu-siyatlariga ko‘ra, tergovchining o‘zida kechadigan, uning boshqa shaxslar-ga ta’sir etishi va ushbu shaxslarning tergovchi istagan harakatlarni baja-rishiga erishish bilan bog‘liq ruhiy jarayonlardan iborat tergov harakatlari turkumiga kirganligi sababli, mazkur tergov harakatini amalga oshirish jarayonida unda ishtirok etuvchi shaxslar psixologiyasini o‘rganish eng maqbul taktik usullarni tanlashda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Umuman olganda, tergov harakatlarini o‘tkazishning taktik usullarini tanlashga ta’sir etadigan psixologik shart-sharoitlarga – tergovchining tayyorgarligi, ruhiy holati, tergov harakatlariga jalb qilingan shaxslarning ruhiy holati, jinoyatning ochilganligi yoki ochilmaganligi, jinoyatchilik va jinoyatchilikka qarshi kurash holati, jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi organlar va mansabdor shaxslar o‘rtasidagi hamkorlik, jinoiy-huquqiy siyosat mazmuni kabilarni kiritish mumkin.

Bevosita tanib olish tergov harakatini o‘tkazish taktikasi ko‘proq tanib oluvchining psixologik holatiga asoslanadi, sababi uning ruhiy holati, yuz bergan jinoiy hodisaga nisbatan ruhiy munosabati, protsessual mavqei muhim ahamiyatga ega. Shu sababli tanib oluvchini tanib olish lozim bo‘lgan shaxs yoki narsaning belgilari, alomatlari, xususiyatlari to‘g‘risida avvaldan so‘roq qilish jarayonida uning psixologik portreti shakllantiriladi, u bilan ruhiy muloqot muhiti shakllantiriladi va aynan tanib olish obyek-tiga doir ko‘rsatmalarini bayon qilayotgan vaqtdagi yuz mimikasi, jestlari va tashqi tana harakatlarini kuzatib borish tavsiya etiladi. Agarda unda tanib olish zaruriyati bo‘lgan shaxs yoki narsaga nisbatan qo‘rquv, hadik yoki o‘ziga nisbatan ishonchsizlik bo‘ladigan bo‘lsa ular tashqi psixologik kuzatuv nuqtalarida namoyon bo‘ladi. Bu vaziyatda ayniqsa, shaxsni tanib olish uchun ko‘rsatishda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida uning fotosu-ratidan foydalanish, tanib oluvchi uchun yaqqol ko‘rinadigan, tanib olinuv-chi uchun ko‘rinmaydigan sharoitda (maxsus shisha to‘siqli xonada) ter-gov harakatini o‘tkazish tavsiya etiladi.

252

Shuningdek, tanib olinuvchiga tanib olish uchun ko‘rsatiladigan shaxslar guruhi orasida istagan joyni egallash taklif qilinganida, tanib olish uchun ko‘rsatilayotgan shaxslardan tanib oluvchiga ular ko‘rsatilgan vaqt-da, nigohlarini imkon darajasida bir nuqtaga qaratib turishiga erishilib, tanib oluvchiga nisbatan har-xil imo-ishoralar va tahdidli qarashlar orqali ruhiy ta’sir o‘tkazishlarning oldini olish choralari ko‘riladi. Shu bilan birgalikda tanib olish uchun ko‘rsatilgan shaxslarning ko‘z qorachig‘ining harakatlarida beqarorlashuv, terisi rangida qizarish (hayajon va uyalish oqibatida), oqarish (qo‘rquv va hadiksirash oqibatida) kabi o‘zgarishlar, tanasining noodatiy harakatlari va boshqa ta’sirlanishlar kuzatilsa, demak tanib olish tergov harakati maqsadiga erishish arafasida degan xulosaga kelish mumkin. Odatda, bu kabi o‘zgarishlar professional jinoyatchilarda yaqqol kuzatilmasa-da, biroq diqqat bilan kuzatilganda boshqacha ko‘ri-nishda bo‘lsa-da, oshkor bo‘lishi mumkin.

Jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi joy, bino, binodagi alohida xona yoki boshqa ko‘chmas obyekt nomini aytib va tasvirlab bersa-da, biroq uning joylashgan o‘rnini aniq aytib bera olmasa, biror aniq joydan obyektga borish yo‘lini ko‘rsatishga istak bildir-sa, unga shu obyektni ko‘rsatishiga imkon beriladi. Shuningdek, tergovchi xolislar ishtirokida tanib oluvchi bilan birgalikda u aytgan joyga keladilar. Tanib olish uchun ko‘rsatish ishtirokchilari shu joydan boshlab tanib oluv-chining ko‘rsatuvi bo‘yicha yura boshlaydilar. Sinchkovlik tergovchiga xos xususiyat ekanligini inobatga olgan holda, tanib oluvchining ko‘rsa-tuviga ko‘ra harakatlanganda uning qadam tashlash maromi, tanib olish obyektiga nisbatan ruhiy munosabati kuzatib boriladi. Shu bilan birga, tanib oluvchiga tanib olish uchun ko‘rsatishning boshqa ishtirokchilari yoki begona shaxslar tomonidan har xil imo-ishoralar yoki nigoh va qarashlari yordamida yo‘nalish aytib qo‘yilishining oldini olish choralari ko‘rilishi lozim.

Agarda tanib olish jarayonining kechishi yoki uning natijalariga nisba-tan shubha uyg‘onsa yoki tanib olish jarayonini yanada mustahkamlash zarurati bo‘lsa, tanib olish uchun ko‘rsatish takroran o‘tkazilishi mumkin.

Tanib oluvchi ko‘rsatilgan shaxslardan yoki narsalardan birini ko‘rsat-sa, unga ko‘rsatilgan boshqa shaxslar yoki narsalar orasidan bu shaxsni yoki narsani qaysi belgilari yoki xususiyatlariga ko‘ra taniganligini tushun-tirib berish yoxud tanib oluvchi tanib olish uchun unga ko‘rsatilgan shaxs-lar yoki narsalarni ilgari ko‘rmaganligini aytsa, unga qidirilayotgan shaxs yoki qidirilayotgan narsa ulardan nimasi bilan farq qilishini tushuntirib berish taklif qilinganida so‘roq qilish tergov harakatiga oid psixologik bilimlarga asoslanish tavsiya etiladi.

253

Jinoyat-protsessual nuqtai nazardan qonun chiqaruvchi tanib olishni o‘tkazish vaqtini cheklamagan; tanib oluvchi shaxs obyektiv xulosa qilishi uchun qancha vaqt kerak bo‘lsa, shuncha vaqt sarflab, o‘ziga ko‘rsatilgan obyekt yoki fuqaroni idrok qilishi, tahlil qilishi va xulosaga kelishi mum-kin. Ushbu muddatning cheklanmaganligini tanib oluvchi, guvoh (jabrla-nuvchi) yoki boshqa shaxsga tanib olishni o‘tkazish boshlangunga qadar aytish foydalidir.

Tanib olishni o‘tkazish paytida uning barcha ishtirokchilarini tez sur’atda harakat qilishga majburlamaslik kerak. Chunki tanib oluvchi noto‘g‘ri (illyuzion) idrok qiladi va xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin. Shuni yodda tutish lozimki, bunday faoliyatning sur’ati va maromi odatda asab jarayonlarining kuchi va harakatchanligiga bog‘liqdir. Masalan, agar jabr-lanuvchi ojiz, tormozlanadigan turga oid (melanxolik) bo‘lsa, tanib olishni albatta asta-sekinlik bilan bir maromda amalga oshirish lozim.

Tanib olish uchun ko‘rsatiladigan shaxs iloji boricha tashqi jihatdan unga o‘xshash shaxs bilan birgalikda ko‘rsatiladi. Ularning soni uch nafardan kam bo‘lmasligi kerak. Bu fotosurat bo‘yicha yoki predmetlarni tanib olishga ham taalluqlidir (keyingisida bir turdagi narsalar bo‘lishi lozim). Ushbu qoida murdalarga daxldor emas.

Bundan tashqari, ularning orasida har bir odamning ko‘ziga tez tashlanadigan farqli jihatlar bo‘lmasligi lozim. Masalan: ular tanib olish uchun ko‘rsatilgan shaxslardan birining sochi taqir qilib oldirilgan; yoki yuzida ikki kunlik kalta soqolning bo‘lishi; tuflisining bog‘ichi bo‘lmasligi; g‘ijimlangan kiyimda bo‘lishi; shimida kamarning yo‘qligi va boshq.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tafsilotlar ko‘p tergov vaziyatlarida vaqtin-chalik tergov hibsxonasida saqlangan tanib oluvchiga xos bo‘lib, u bo‘lib o‘tgan voqeani noto‘g‘ri idrok qilishga olib kelishi va tanib olishni o‘tka-zishda xatoga yo‘l qo‘yilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Shartli ravishda tanitadigan jarayonni insonning psixik faoliyati nuq-tai nazaridan quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:

– tanib olish subyekti bo‘ladigan obyektni idrok qilish. Aslida tanib olish uchun ko‘rsatishdan avval keladigan ushbu bosqich psixologik nuqtai nazardan juda muhim bo‘lgan obyektni idrok etish, idrok etilayotgan obyektning muhim (relevant) alomatlarining guvoh (jabrlanuvchi va boshq.) boshqalar tomonidan o‘zlashtirilishi, bilib olinishi jarayoni, bosh-qacha qilib aytganda, obyektni perseptiv o‘rganish jarayoni va shu asosda uning obrazini shakllantirish jarayonidan iboratdir.

Idrok qilinayotgan obyektning belgilari deganda tanib olish maqsa-dida foydalaniladigan xususiyatni yetarli darajada idrok qilish tushuniladi. Obyekt belgisining har biri alohida yoxud verbal darajada batafsil bayon

254

qilinmaydigan, bir butun sifatida idrok qilinadigan bir yoki bir necha tanib olishga imkon beradigan omillardan iborat bo‘lishi mumkin. Masalan, tanib olish uchun ko‘rsatishda shaxsning tanib olishda yordam beradigan aniq belgisini ko‘rsatishga qiynalayotgan guvoh, shunga qaramasdan, muayyan etnik turdagi shaxs uchun xos bo‘lgan tashqi ko‘rinishi bo‘yicha uni tanib olishi mumkinligini ta’kidlaydi. Uning alomatlarini batafsil bayon qilmasdan, obrazni bunday bilib olish qidirilayotgan shaxsni guvoh tanib ololmaydi degani emas (predmetlarni tanib olish uchun ko‘rsatishda ham xuddi shunday bo‘lishi mumkin). Shu bilan birga, shuni ham nazarda tutish lozimki, idrok qilinayotgan obyektning perseptiv obrazini bilib olishga obyektiv va subyektiv omillar ta’sir ko‘rsatadi.

Tergovchiga obyektning belgilari sirasiga kiruvchi masalalarni aniq-lashtirishdan tashqari, obyektning idrok qilinishiga, guvohning intellektual, mnemik qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi obyektiv va subyektiv omillarni diqqat bilan baholashni tavsiya qilish mumkin.

So‘roq qilish jarayonida guvoh bilan muloqot paytida unda bo‘lib o‘tadigan tergov harakatiga qiziqishni, ish bo‘yicha haqiqatni tiklashda dastlabki tergov organlariga yordam berish istagini uyg‘otish muhimdir;

– ko‘rsatilgan obyektlarni tanib oluvchi shaxsning ongiga muhrlangan obraz bilan solishtirish (qiyoslash). Bunday qiyoslash ulardan birini tan-lash (bilib olish, tanib olish) bilan yakunlanadi. Turli obyektlarni tanib olish uchun ko‘rsatishning protsessual tartibi, shartlari qonunda ko‘rsatil-gan (O‘zbekiston Respublikasi JPK 127–129-m.).

Jinoyatlarni tergov qilishda istalgan obyekt (ayniqsa, odamlar)ni tanib olish uchun ko‘rsatish vaziyati psixologik jihatdan ancha murakkab hisob-lanadi, chunki tanib oluvchiga ko‘plab turli tashqi omillar ta’sir ko‘rsatadi.

Bundan tashqari, ushbu tergov harakatining barcha ishtirokchilari, birinchi navbatda, tanib oluvchining o‘zi tanib olishning natijalari turli jinoiy-huquqiy, ma’naviy-ruhiy oqibatlarga olib kelishi va bu unga alohida mas’uliyat yuklashi, orttirilgan psixik bosim holatini keltirib chiqarishini tushunishadi.

Tergov vaziyatini tahlil qilish dastlabki tergov faoliyatining shaxs huquq va erkinliklari bilan bog‘liqligi bois tergov jarayonida xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik, noto‘g‘ri yo‘nalishda ishni davom ettirmaslik, eng muhi-mi haqiqatni aniqlash va jinoyat protsessining vazifalarini ro‘yobga chiqa-rish uchun zarur.

Tanib olish natijalarining tergovchi tomonidan baholash bosqichi tanib olish jarayonining mantiqiy tugallanishi hisoblanadi. Ushbu jarayon-ning natijasi tergovchi uchun ravshan bo‘lishi va shu tufayli uni baho-

255

lashning aniq mezonlari belgilanmaganligi sababli, tanib olish jarayoniga daxldor barcha dalillar majmui yordamida baholanadi hamda isbotlash jarayonida foydalaniladi. Ya’ni, ular tergovchining ichki ishonchi asosida ish bo‘yicha boshqa dalillar bilan birgalikda baholanadi. Tanib olish natijalarini tasdiqlovchi boshqa dalillarning mavjud bo‘lmasligi, bundan tashqari, ushbu ma’lumotlarda ziddiyatlarning mavjudligi olingan natija-larning nisbatan ishonchliligiga shubha uyg‘onishiga jiddiy asos bo‘lib hisoblanadi.

Shunday qilib, tanib olish – bu natijalari asosan tanib oluvchi shaxs tomonidan tanib olinuvchi obyekt (predmet, fuqaro va boshq.)ni psixo-logik jihatdan to‘g‘ri idrok qilinishiga bog‘liq bo‘lgan samarali tergov harakatidir. Bunda asosiy vazifani tergovchi bajaradi. Ushbu bajariladigan ishlarni yuksak psixologik darajada o‘tkazish muvaffaqiyatga, eng muhi-mi, jinoyat ishi bo‘yicha haqiqatni aniqlashga olib keladi.

Savol va topshiriqlar

1. Tanib olish uchun ko‘rsatish tergov harakatiga psixologik tavsif bering. 2. Tanib olish tergov harakati qanday holatlarda o‘tkaziladi va nimalarga

e’tibor qaratiladi? 3. Tanib olish natijalarini to‘g‘ri baholash uchun ko‘rsatiladigan obyektlar-

ning miqdori qanday ahamiyat kasb etadi?

256

XI BOB. MURDANI EKSGUMATSIYA QILISH, EKSPERTIZA TEKSHIRUVI UCHUN NAMUNALAR OLISH, NARSA VA

HUJJATLARNI TAQDIM QILISH TERGOV HARAKATLARIGA PSIXOLOGIK TAVSIF

1-§. Murdani eksgumatsiya qilishning psixologik tavsifi

Tergov harakatlari tizimida murdani eksgumatsiya qilish o‘ziga xos o‘rinni egallaydi. Murdani eksgumatsiya qilish boshqa tergov harakatlari, ya’ni murdani ko‘zdan kechirish, murdani tanib olish uchun ko‘rsatish, murdani tekshirish (ekspertiza) va murdadan namunalar olishni o‘tkazish uchun zarur sharoit yaratish maqsadida amalga oshiriladi.

Huquqiy jihatdan murdani eksgumatsiya qilish deganda ko‘zdan kechirish, tanib olish, ekspertiza o‘tkazish yoki namunalar olish uchun qabrdan murdani chiqarib olish, tegishli tergov harakatini o‘tkazish va murdani qayta dafn etish jarayoni tushuniladi.

Psixologik jihatdan esa murdani eksgumatsiya qilish deganda qabrga dafn etilgan murdadagi ahamiyatga ega ma’lumotlarni aniqlash, olish va tekshirish maqsadida murdani qazib olish, uni ko‘zdan kechirish, tanib olish uchun ko‘rsatish, ekspertiza o‘tkazish va namunalar olishni tashkil etish, amalga oshirishda vujudga keladigan psixologik to‘siqlar va muammolarni bartaraf etish bilan bog‘liq psixik jarayonlar, fikrlash, ruhan moslashish, kuzatish, muloqot qilish, ta’sir o‘tkazish, tahlil qilish faoliyati tushuniladi.

Boshqa tergov harakatlari singari murdani eksgumatsiya qilishning ham o‘ziga xos psixologik xususiyatlari mavjud. Eksgumatsiya o‘tkazishda eks-gumatsiyani o‘tkazayotgan tergovchi (surishtiruvchi)ning o‘zida kechadigan va ushbu tergov harakatining boshqa ishtirokchilariga psixologik ta’sir o‘tka-zish bilan bog‘liq psixik jarayonlar yuz beradi. Eksgumatsiya o‘tkazishda tergovchining o‘zida kechadigan psixik jarayonlarga tergovchining tergov harakatini o‘tkazishga ruhiy tayyorligi, jiddiy va vazmin kayfiyatda bo‘lish, tergov harakati jarayoni va natijalarini turlicha sharoitlarda avvaldan tasavvur qilish, yuz berishi mumkin bo‘lgan muammoli va psixologik vaziyatlarda qaror qabul qilish va harakatlanishga shay bo‘lish, kuzatish, fikrlash, taqqoslash, tahlil qilish bilan bog‘liq xususiyatlarni kiritish mumkin.

Tergovchining murdani eksgumatsiya qilishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslar bilan muloqotga kirishishi va psixologik ta’sir o‘tkazishida ularning kayfiyati, munosabatini bilishi hamda kimlarga qay darajada ta’sir o‘tkazish zaruratini aniqlash, ushbu shaxslarga bevosita yoki bilvosita ta’sir o‘tkazishi, psixologik ta’sirning natijalariga ko‘ra yana ta’sir o‘tkazish yoki ushbu shaxslar faoliyatini boshqarish (ulardan foydalanish, topshiriq berish yoki

257

ulardan ma’lumotlar olish) faoliyatiga oid psixologik jarayonlar bilan bog‘liq xususiyatlarga ega.

Murdani eksgumatsiya qilishda uchraydigan psixik xususiyatlarni alohida holatlar misolida tahlil qilinganda yanada chuqurroq bilish va kengroq tasavvur etish mumkin bo‘ladi.

Tergovchining ruhiy tayyorgarligi deganda qabriston, qabr, qabrning ochilishi va undan murdaning chiqarib olinishi, murdaning holati, murdani tekshirish jarayonlaridagi manzaralardan kelib chiqadigan muhitga, ruhiy bosimga bardosh bera olish, tayyorlik, kuchli ta’sirlanmaslik, o‘zini bosiq, munosib tuta bilish kabilarni tushunish mumkin.

Tergovchi (surishtiruvchi) eksgumatsiya jarayonida ruhiy tayyorlik talabiga javob berishi uchun o‘lim, o‘limning oqibatlari, o‘limdan so‘ng inson tanasida bo‘ladigan o‘zgarishlar, dafn bilan bog‘liq marosimlar, qabr va qabriston, qabrning tuzilishi, qabrdagi murdaning holati, murdaning ko‘rinishi (tashqi va ichki a’zolari) va hidi haqida yetarlicha bilim va tasavvurlarga ega bo‘lishi kerak.

Tergovchining jiddiy va vazmin kayfiyatda bo‘lishi deganda o‘zini bosiq, og‘ir tutish, keraksiz va ortiqcha gapirmaslik, qat’iyat bilan harakat qilish, tergov harakati jarayonida aniq va rasmiy gapirish, kulmaslik, hazil-lashmaslik, e’tiborlilik va diqqatni bir joyga to‘plash holatini tushunish mumkin.

Tergovchi jiddiy va vazmin kayfiyatda bo‘lishi uchun mayitning yaqin qarindoshlari kayfiyati, ularning tergovga, tergovchiga (ya’ni o‘ziga), ayblanuvchiga bo‘lgan munosabati haqida bilishi, eksgumatsiya jarayonida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar (qarindoshlarning faol qarshiligi), ularni hal etish yo‘llari haqida tasavvur etishi, qabristondagi vaziyatni his etishi va unutmasligi, o‘zini nazorat qilishi, jarayonni diqqat bilan kuzatishi zarur.

Eksgumatsiya jarayoni va natijalarini avvaldan tasavvur qilish deganda harakat qachon boshlanishi va qancha davom etishi, necha kishi va kimlar qatnashishi, ishtirokchilar qanday harakatlarni bajarishi, ularning o‘zaro munosabatlari, kayfiyati, tergovchiga (boshqa mas’ul subyektlarga) qo‘yadigan talablari mazmuni, talablarni ifoda etishi, ochiladigan qabr, uning holati, lahad (tobut)dagi murdaning holati, eksgumatsiyada bajari-ladigan tergov harakatlari jarayoni, uni rasmiylashtirish, mustahkamlash, eksgumatsiyani yakunlash, o‘tkazishda kerak bo‘ladigan vositalar, shu-ningdek eksgumatsiya jarayonidagi tashkiliy harakatlarda muammo va to‘siqlar uchraganda, uni bartaraf etgan holda, muammo va to‘siqlarni bartaraf etish iloji bo‘lmagan holda, ya’ni bir necha holatda (bir kun avval) tasavvur qilish tushuniladi.

258

Avvaldan tasavvur qila olish uchun eksgumatsiya o‘tkaziladigan qabriston va qabr, murda ko‘milgan sana, eksgumatsiya ishtirokchilarining kimligi, ularning vazifalari, eksgumatsiyani o‘tkazish vaqti haqida aniq ma’lumotga ega bo‘lish, shuningdek keng dunyoqarash, boy xayoliy tasavvur, diniy marosimlar, shaxsning psixologik tavsifi haqida yetarlicha bilimlarga ega bo‘lish talab etiladi.

Muammoli psixologik vaziyatlarda qaror qabul qilish va harakatla-nishga shay bo‘lish deganda muammoli vaziyatlar (qarindoshlarning noro-ziligi va faol qarshilik ko‘rsatishi, harakat ishtirokchilari vazifani bajarish-dan bosh tortishi (xolislar yoki guvohlarning), qabrda murda topilmasligi, qabr yonida zaharli yoki xavfli yovvoyi jonzotlar uchrashi)ni va ushbu muammoni bartaraf etish yo‘lini bilishi, muammo yuz berganda tezkorlik bilan to‘g‘ri qaror qabul qilish va qaror ijrosini ta’minlashga ruhan va jismonan tayyor holat tushuniladi.

Turli vaziyatlarga doimo shay bo‘lish uchun avvalo amaliy tajriba, ko‘nikma va malaka talab etiladi. Shu bilan birga tergovchi tashkilotchilik, psixologik aloqa o‘rnata olish, muloqot qila olish, ta’sir o‘tkaza olish, boshqara olish qobiliyatlariga ishonishi, shuningdek keng dunyoqarash, zarur bilimlarga ega bo‘lishi zarur.

Kuzatish deganda eksgumatsiya jarayonida kechayotgan barcha vazi-yatlarga nazar solish, nigoh orqali e’tibor qaratish tushuniladi. Jarayonning kechishini kuzatish bilan bir vaqtda ishtirokchilarning o‘zini tutishiga, jarayonning unga qanchalik ta’sir etayotganligiga ham e’tibor qaratish kerak. Kuzatuv samarali bo‘lishi uchun aynan kimlarni, qaysi joylarni, shuningdek ushbu obyektlarni qaysi vaqt diqqat bilan kuzatish kerakligini bilish zarur.

Fikrlash, taqqoslash, tahlil qilish deganda eksgumatsiya jarayonidagi vaziyatlar, aniqlangan holatlar va ma’lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash, mazmunini tushunish, avval olingan ma’lumotlar bilan taqqoslagan holda unga baho berish, yangicha xulosalarga kelish yoki mavjud xulosalarni mustahkamlash bilan bog‘liq tergovchi ongidagi psixik jarayonlar tushuniladi.

Mantiqiy fikrlash, to‘g‘ri taqqoslay olish, tahlil qila olish va asosli xulosalarga kelish uchun tergovchi kuchli mantiqiy-psixologik, huquqiy-tabiiy bilimlar bilan birga tug‘ma tabiiy iqtidorga ega bo‘lishi ham zarur.

Boshqa shaxslarga ta’sir o‘tkazish bir muncha murakkab psixologik jarayonlardan iborat bo‘lib, tergovchidan faollikni va yetakchi bo‘lishni talab etadi.

Muloqotga kirishish yoki psixologik aloqa o‘rnatish deganda eksgu-matsiyani tashkil etish va o‘tkazishda ushbu harakatning boshqa ishtirok-

259

chilari bilan tergovchi o‘rtasidagi iliq munosabatni shakllantirish, ya’ni tergovchi va harakat ishtirokchisi o‘rtasidagi o‘zaro qiziqtirish va ishonch uyg‘otishga qaratilgan psixologik jarayonlar tushuniladi. Psixologik aloqa o‘rnatish va muloqot qilish o‘zaro qiziqish va ishonchni shakllantirish hamda uni saqlab qolishni ham qamrab oladi.

Turli vaziyatlarda psixologik aloqa o‘rnatish va muloqotga kirishib ketish uchun tergovchi kuchli psixologik, profayling haqida yetarlicha bilimlarga, aktyorlik qobiliyatiga ega bo‘lishi, turli kasb va fan doirasida umumiy bilimlar va so‘nggi yangiliklar haqida xabardor bo‘lishi talab etiladi. Shuningdek, hayotiy tajriba, amaliy bilim va ko‘nikmalar mavjud-ligi juda yaxshi samara beruvchi omil hisoblanadi.

Boshqalarning kayfiyati va o‘ziga nisbatan munosabati qandayligini bilish deganda eksgumatsiyada qatnashadigan har bir shaxsning kayfiyatini, tergov harakatini o‘tkazishga xayrixohligi yoki noroziligini, agar noroziligi bo‘lsa, uning darajasini aniqlash maqsadida ularni kuzatish, ular bilan mulo-qotga kirishish, boshqa manbalar orqali ular haqida ma’lumot to‘plash, ma’lumotlarni tahlil qilishdan iborat psixik jarayonlar tushuniladi.

Ishtirokchilarning kayfiyati va munosabatini eksgumatsiya boshlan-gunga qadar bilib olish maqsadga muvofiq. Buning uchun esa tergovchi eksgumatsiya ishtirokchilari haqida avvaldan batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishi, ularning ishdan manfaatdorligi darajasini bilishi, kuzatuvchanlik qobiliyatiga, profayling haqida bilimlarga ega bo‘lishi talab etiladi.

Psixologik ta’sir o‘tkazish deganda muloqot jarayonida shaxs ruhiya-tiga uning kayfiyatini maqsadga muvofiq yo‘nalishga o‘zgartirish, muay-yan xulq-atvorda bo‘lishiga erishish uchun so‘zlashish, jestlar, harakatlar, predmetlar va yashirin vositalar orqali ta’sir qilish tushuniladi. Psixologik ta’sir o‘tkazish zarur bo‘lgan eksgumatsiya ishtirokchisini ushbu tergov harakatini o‘tkazishga tayyorgarlik jarayonida aniqlash zarur. Ta’sir dara-jasini esa ishtirokchining kayfiyati, eksgumatsiyaga munosabati va faolli-gidan kelib chiqib belgilash maqsadga muvofiq.

Eksgumatsiya o‘tkazishda psixologik ta’sir o‘tkazish zarur bo‘ladigan shaxslarni aniqlash va ta’sir darajasini to‘g‘ri belgilash uchun tergovchi mayitning barcha yaqinlari, yashash joyidagi mahalladoshlari haqida, ular-ning umumiy dunyoqarashi va tergovga munosabati haqidagi, shuningdek zarur psixologik bilimlarga ega bo‘lishi talab etiladi.

Samarali psixologik ta’sir o‘tkazish va uning natijalarini to‘g‘ri baholay olish uchun tergovchi eksgumatsiya bilan bog‘liq vaziyat haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishi, o‘zining mas’uliyat bilan yondashayot-ganini ko‘rsata olishi, muloqotga kirisha olishi, aktyorlik qobiliyatiga ega

260

bo‘lishi, nutq so‘zlay olishi, urg‘u berib va ohang bilan gapira olishi, ma’noli va kuchli nigohga ega bo‘lishi, o‘zgarishlarni tezda ilg‘ay olishi va tahlil qila olishi, shuningdek kuchli bilimga va amaliy tajribaga ega bo‘lishi zarur.

Shaxs faoliyatini boshqarish deganda psixologik ta’sir o‘tkazishning murakkab shakli sifatida shaxsning munosib xulq-atvorda bo‘lishi bilan birga uning talab etilgan vazifalarni ado etishda faol harakatlanishiga erishish bilan bog‘liq psixik jarayonlar tushuniladi.

Eksgumatsiya o‘tkazishda shaxslarning faoliyatini boshqarishga ko‘p ham zarurat tug‘ilmasligi mumkin. Ammo jiddiy muammolar vujudga kel-ganda yoki murakkab psixologik to‘siqlar uchragan hollarda ishtirokchilar faoliyatini samarali boshqarish talab etiladi. Bunda, avvalo, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida psixologik ta’sir o‘tkazishga e’tibor qaratish joiz.

Sud-tergov amaliyotida turli vaziyatlarda eksgumatsiya o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Muammoli vaziyatlar bilan bog‘liq holatlarda eksgumatsiya o‘tkazish psixologik bilimlardan unumli foydalanishni taqozo etadi.

Eksgumatsiya o‘tkazishda uchraydigan muammoli vaziyatlar bilan bog‘liq holatlarga quyidagilarni kiritish mumkin:

1) eksgumatsiyani tashkil etish bilan bog‘liq muammoli holatlar; 2) eksgumatsiya o‘tkazishga faol qarshilik ko‘rsatish bilan bog‘liq

muammoli holatlar; 3) kutilmagan hodisalar bilan bog‘liq muammoli holatlar. Eksgumatsiya, yuqorida ta’kidlanganidek, boshqa tergov harakatlarini

o‘tkazishga shart-sharoit yaratish maqsadida o‘tkaziladi. Shu bois uni o‘tkazishda ko‘proq tashkiliy tavsifdagi muammolar uchraydi. Tashkiliy masalalarning ijobiy hal etilishi esa tergov harakatini o‘tkazadigan tergov-chining amaliy tajribasi va bilimlariga bog‘liq. Tashkiliy masalalar eksgu-matsiyaga tayyorgarlik jarayonida hal etilishi maqsadga muvofiq. Tashkiliy muammolar, jumladan, zaruriy ishtirokchilarni jalb qilish, kerakli vositalar-ni shaylash, vaqtini belgilash, protsessual-qonun talablarini bajarish, pro-kurordan ruxsat olish, sog‘liqni saqlash organlari bilan kelishish, harakat-ning faol ishtirokchilariga vazifalarini, huquq va majburiyatlarini tushun-tirish kabilarni amalga oshirishda turli tushunmovchiliklar, ziddiyatlar, noaniqliklar vujudga kelishida namoyon bo‘ladi. Bunday hollarda tergovchi avvaldan ruhan tayyor holatda ushbu muammolarni hal etishi kerak, buning uchun ortiqcha asabiylashmasdan tushunmovchilik yoki tashkiliy muammo-ning kelib chiqish sababini aniqlab olish zarur. Sababni aniqlashda psixolo-gik muloqotga kirisha olish va ta’sir o‘tkaza olish muhim ahamiyatga ega. Tashkiliy muammoning sababi bartaraf etilishi muammoning hal etilishini

261

ta’minlaydi. Masalan, prokuror ruxsatini olishda dastlab prokuror eksguma-tsiya o‘tkazish zarur emas deb tergov harakatini o‘tkazishga rozi bo‘lmaga-nida, prokurorning ushbu munosabati qanchalik asosliligini bilish, shuning-dek norozilik sababini aniqlash uchun avvalo uning nima o‘y-xayollar bilan bandligiga, ishning holatlaridan qanchalik xabardor ekanligiga, u o‘zining noroziligini asoslashiga e’tibor qaratish zarur. Eksgumatsiya o‘tkazishga prokuror ruxsat bermasligining tergovchi bilan bog‘liq sabablari ham bo‘li-shi mumkin, ya’ni tergovchi eksgumatsiya o‘tkazish zaruratini yetarlicha asoslab bera olmagan yoki tushuntira olmaganda. Ba’zida yoshga ko‘ra kichik tergovchilar prokuror bilan munosabatga kirishishda ruhiy bosim (hayajon)ni his etadilar, shu bois tergov harakatini o‘tkazish zaruratini yetarlicha asoslab bera olmaydilar yoki vaziyatni tushuntira olmay qiynala-dilar. Bunday vaziyatlarda tajribali tergovchilarning yordamidan foydala-nish maqsadga muvofiq, shuningdek prokurorga murojaat etish vaqti to‘g‘ri tanlanishi kerak, masalan, prokuror xushkayfiyatda, asablari joyida bo‘lgan-da, ko‘pincha kunning birinchi yarmida murojaat qilish maqsadga muvofiq. Prokuror bilan muloqot qilishda qat’iyatlilik, aniq va tushunarli so‘zlash, jur’atlilik talab etiladi.

Eksgumatsiya o‘tkazishga prokuror ruxsatini olishga erishishda muammoli vaziyat yuzaga kelmasligi uchun prokuror kimligi va xarakteri haqida, qabuliga kirishdan avval kayfiyati qandayligini bilish zarur, kayfi-yati tushkun yoki asabiy bo‘lmagandagina qabuliga kirib murojaat qilish maqsadga muvofiq. Agar prokuror xushkayfiyatda bo‘lsa, qabuliga kirgan-dan keyin hol-ahvol so‘rab, uni kuzatgan holda suhbatlashish, o‘zini tanishtirish va kelish maqsadini qisqa, lekin asoslantirib tushuntirish zarur. Agarda prokurorning kayfiyati biroz yomon bo‘lsa, prokuror qabuliga kir-gach, hol-ahvol so‘rab uni kuzatgan holda kayfiyati yomonligining sababini aniqlashga harakat qilish kerak, o‘zi so‘rasagina kelish sababini aytib, uni qisqacha asoslantirish maqsadga muvofiq. Prokuror o‘ta asabiy va juda yomon kayfiyatda bo‘ladigan bo‘lsa, uning qabuliga kirishni biroz kechiktirish maqsadga muvofiq.

Eksgumatsiya jarayonida yuzaga keladigan tashkiliy masalalar ko‘proq faol harakatlar bilan hal etiladi va kuchli psixologik bilimlarni talab etmaydi. Eksgumatsiya ishtirokchilariga vazifalarni yetkazish, huquq va majburiyatlarini tushuntirish boshqa tergov harakatlaridagi singari aniqlik va qat’iyatlilik bilan amalga oshirilishi kerak.

Eksgumatsiya o‘tkazishga faol qarshilik ko‘rsatish bilan bog‘liq muammoli holatlar jiddiy vaziyatni yuzaga keltiradi va tergovchidan kuch-li amaliy tajriba, chuqur bilim, ayniqsa psixologik va notiqlik bilimlariga ega bo‘lish hamda ularni qo‘llay olishni talab etadi.

262

Eksgumatsiya o‘tkazishga faol qarshilik ko‘rsatilgan holatlarda eks-gumatsiya o‘tkazilmasdan jinoyat ishi hal etilishi ham uchrab turadi.

Eksgumatsiya o‘tkazishga faol qarshilik ko‘rsatish deganda mayitning yaqin qarindoshlari tomonidan qabr ochilmasligi uchun tergov harakati ishtirokchilariga tahdid qilinishi, jismoniy kuch ishlatishgacha va tan jarohati yetkazishga olib keladigan harakatlar sodir etilishi tushuniladi.

Sud-tergov amaliyotida ushbu muammo ikki yo‘sinda hal etilishi kuzatiladi. Ba’zan faol qarshilik ko‘rsatayotgan yaqin qarindoshlarga bil-dirmasdan (tungi paytda) eksgumatsiya o‘tkaziladi. Ayrim holatlarda esa, qarshilik sababi bartaraf etilib, yaqin qarindoshlar roziligiga erishilgach, eksgumatsiya o‘tkaziladi.

Ba’zida jinoyat ishidan manfaatdor subyektlar tomonidan faol qarshi-lik ko‘rsatish hollari uchrab turadi.

Mavjud qarshilik ko‘rsatish holatini bartaraf etish uchun qarshilik ko‘rsatayotgan shaxslarning kimligini va qarshilik ko‘rsatilishining asl sababini aniqlash zarur. Qarshilik sababi ikki xil bo‘lishi mumkin, ya’ni yaqin qarindoshlarning vafot etganning ruhini bezovta qilmaslik bilan bog‘liq qat’iy qarashlari yoki jinoyat ishi natijalaridan manfaatdorlik, jinoyatga aloqadorlik holatlari bilan bog‘liq sabab bo‘lishi mumkin. Shuningdek, faol qarshilik ko‘pchilik tomonidan amalga oshirilganda jiddiy muammo tug‘diradi. Har qanday vaziyatda ko‘pchilikning harakati yoki jamoaning umumiy kayfiyati, munosabati o‘sha jamoadagi yuqori obro‘ga ega yetakchi shaxs tomonidan boshqariladi. Shuning uchun qarshilikning asl sababi aniqlangandan so‘ng, ushbu yetakchi shaxs yoki bir necha shaxsga psixologik ta’sir o‘tkazish kerak bo‘ladi. To‘satdan jamoaviy faol qarshilikka duch kelinganda ham avvalo tergov harakatini to‘xtatgan holda ular bilan muzokaraga kirishish, ularning talablariga dastlab rozilik bildirish, ular orasidagi ko‘pchiligi hurmat qiladiganini aniqlab, u bilan muloqotga kirishish, ular qo‘yayotgan talab va qarshilik ko‘rsatilishi sababini muhokama qilish, sodir etayotgan harakatlari qonunga zid ekanligi va javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirgandan so‘ng, o‘sha kun bo‘lmasa boshqa kun albatta eksgumatsiya o‘tkazishini ishonch bilan tushuntirishi, ayni payt qarshilik ko‘rsatgan shaxslar esa albatta javobgar-likka tortilishlarini bosiqlik, qat’iylik, vazminlik, mas’uliyatli inson sifatida aniq ifodalash zarur. Agarda faol qarshilik ko‘rsatish holati qarshi kay-fiyatni shakllantirayotgan shaxsning jinoyatga aloqadorligi yoki uning nati-jalaridan manfaatdorligi bilan bog‘liq bo‘lsa, tergov harakatini biroz kechiktirish zarur. Bunda ushbu shaxsning jinoyatga aloqadorligini tekshir-gan holda, uning vaqtinchalik yaqin qarindoshlar bilan uchrashmasligi va qabristonga kelmasligini ta’minlash choralarini ko‘rish maqsadga muvofiq.

263

Eksgumatsiya o‘tkazishda kutilmagan hodisalar bilan bog‘liq muam-moli holatlarda tergovchi tezkorlik bilan vaziyatni tahlil qilishi, to‘g‘ri baholashi, tergov harakati ishtirokchilarini ushbu vaziyat avvaldan kutil-ganligi, bu haqda avvaldan bilganligi va kelgusi harakatlar maqsadga muvofiq yo‘nalishda davom ettirilishiga ishontirishi talab etiladi. Bunda avvalo tergovchi o‘zini yo‘qotib qo‘ymasligi, vazminlik bilan harakatlani-shi, ishonch va dadillik bilan nutq qila olishi kerak. Shuningdek, kutilma-gan vaziyat tergov harakati ishtirokchilaridan qaysi biriga kuchli yoki yomon ta’sir etganligini aniqlash zarur bo‘ladi hamda ushbu ishtirokchilar-ga ruhiy va amaliy yordam berish choralarini ko‘rish maqsadga muvofiq.

Umuman eksgumatsiya har doim kutilmagan vaziyatlar yuz berishi ehtimoli yuqori bo‘lgan tergov harakati hisoblanadi. Shuning uchun ter-govchi har doim eksgumatsiya o‘tkazishda kutilmagan vaziyatlarga ruhan va har tomonlama tayyor, sergak va hushyor bo‘lishi zarur.

2-§. Ekspertiza tekshiruvi uchun namunalar olishning psixologik tavsifi

Ekspertiza tekshiruvi uchun namunalar olish tergov harakati ham eksgumatsiya singari boshqa tergov harakatlarini o‘tkazish uchun sharoit yaratishga xizmat qiladi, ya’ni ekspertiza uchun.

Ekspertiza tekshiruvi uchun namunalar olish deganda huquqiy jihat-dan keyinchalik ekspertiza tayinlash va tekshirish obyekti sifatida ekspert-ga taqdim etish maqsadida tirik insonning, murdaning, hayvonning, o‘sim-likning, buyumning, materialning yoki moddaning xususiyatlarini aks ettiruvchi namunalar olish tushuniladi.

Tirik odamdan: biologik – qon, soch, so‘lak, inson organizmidan ajralib chiqadigan moddalar; psixofizik – dastxat; anatomik – teri naqshi-ning chiziqlari, tish qoliplari; ovoz xususiyatlari va kasb malakasini aks ettiruvchi namunalar olinadi. Murdadan ham biologik va anatomik namu-nalar olinadi.

Hayvonning terisi, juni, tuyoq izlari, axlatidan namunalar olinadi. O‘simlik, buyum, material va moddalardan namuna sifatida ularning tadqiqot uchun zarur miqdordagi qismi (ikki, uch dona, bir necha gramm) olinadi.

Namunalar olish ekspertiza tadqiqoti uchun zarur bo‘lganda va quyi-dagi ikki holatda amalga oshiriladi: birinchisi, namunaning o‘zini chuqur tadqiq etish; ikkinchisi avval tadqiq etilgan predmet bilan taqqoslash, ya’ni aynanlashtirish maqsadida. Masalan, ommaviy zaharlanish bilan bog‘liq jinoyatlarga oid ishlarda mahsulotlarning namunalari chuqur tadqiq qilish, o‘g‘irlik bilan bog‘liq jinoyat ishlarida shaxslarning barmoq izlari hodisa

264

sodir bo‘lgan joydan topilgan barmoq izlari bilan solishtirish maqsadida olinadi. Tergov amaliyotida ko‘pincha shaxslardan tegishli namunalar olish alohida tergov harakati sifatida o‘tkaziladi, boshqa turdagi namunalar olish esa boshqa tergov harakatlari jarayonida amalga oshiriladi.

Mantiqan olganda namunalar olish natijasi ekspertiza o‘tkazish uchun zarur sharoit yaratishga xizmat qiladi. Alohida tergov harakati sifatida namunalar olishni tugallangan harakat deb bo‘lmaydi. Chunki olingan namunalar ish uchun ahamiyatli ekanligi ekspertiza xulosasida aniqlanadi. Shuning uchun namunalar olish harakatini mustaqil tergov harakati sifatida e’tirof etmaydigan olimlarning fikrlari o‘rinli ko‘rinadi.

Shaxsga nisbatan o‘tkazilayotgan ekspertiza, shaxsdan ekspertiza tekshiruvi uchun namunalar olish jarayonida qo‘llaniladigan usullar og‘riq bermaydigan hamda hayot va sog‘liq uchun xavfsiz bo‘lishi talab etiladi. Ushbu talabga rioya etilgan holda ekspertiza ham, namunalar olish ham majburiy tarzda o‘tkazilishi mumkin. Agarda ekspertiza tekshiruvi va namunalar olish jarayonida kuchli og‘riq beruvchi usullardan foydalanish zarur bo‘lsa, shaxsning roziligi olingandan so‘ng ushbu harakatlar o‘tkazi-ladi. Shaxs 16 yoshga to‘lmagan yoki aqli noraso bo‘lsa, uning qonuniy vakili, vasiysi yoki homiylarining roziligi bilan amalga oshiriladi.

Ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish deganda psixologik jihatdan shaxsdan biologik, psixofizik, anatomik, ovoz xususiyatlari va kasb malakasi yoki iqtidorini aks ettiruvchi namunalar, ish uchun ahami-yatli ma’lumotlarni olishda psixologik muloqotga kirishish, ta’sir o‘tkazish orqali shaxsning roziligini olish yoki irodani namoyon qilish, fikrlashda yuzaga keladigan psixologik to‘siqlarni bartaraf etish, tahlil qilish bilan bog‘liq psixik jarayonlar tushuniladi. Shaxsdan ekspert tekshiruvi uchun namunalar olishda ham tergovchining o‘zida kechadigan va boshqa shaxsga psixologik ta’sir o‘tkazish bilan bog‘liq psixik jarayonlar yuz beradi. Ter-govchining o‘zida kechadigan psixik jarayonlarga ruhiy holati, kayfiyati, shaxsning qarshilik ko‘rsatishi yoki norozi munosabatiga shay bo‘lish, kuzatish, fikrlash, tahlil qilish kabilarni kiritish mumkin.

Shaxsga psixologik ta’sir o‘tkazish psixologik aloqa o‘rnatish, mulo-qot qilish, shaxsning ruhiy holati va kayfiyatini bilish, shaxsda norozilik bo‘lsa uning sababini aniqlash va bartaraf etish uchun ta’sir o‘tkazish kabi psixik jarayonlardan tashkil topadi. Ushbu psixik jarayonlarni chuqurroq tahlil qilish ularning mohiyatini teranroq anglashga ko‘maklashadi.

Namunalar olishni amalga oshirayotgan tergovchining ruhiy holati deganda, o‘zini munosib tuta bilish, zarur bo‘lsa jiddiy va vazmin yoki quvnoq va xushchaqchaq bo‘la olish, tashqi ta’sirlarga bardosh berish,

265

o‘zini boshqara olish kabilarni tushunish mumkin, umuman olganda bar-qaror ruhiy holatda bo‘lish talab etiladi.

Barqaror ruhiy holatda bo‘lish uchun yaxshi hordiq chiqarish, boshqa muammolardan holi bo‘lish yoki ularga chalg‘imaslik talab etiladi.

Kayfiyat ham ko‘pincha ruhiy holat bilan bog‘liq ravishda tushkun yoki ko‘tarinki bo‘lishi, shuningdek jiddiy bo‘lishi ham mumkin. Kayfiyat deganda, kishidagi xursandlik, xafalik yoki o‘rtacha holatlar tushuniladi. Namunalar olishda shaxsning xususiyatidan kelib chiqib, o‘rtacha yoki ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lish maqsadga muvofiq.

Kayfiyat vaqt, vaziyat va boshqa sharoit ta’sirida o‘zgarib turishini inobatga olgan holda tergovchi yaxshi kayfiyatda bo‘lgan vaqt namunalar olishni o‘tkazish tavsiya etiladi.

Shaxsning qarshilik ko‘rsatishi yoki norozi munosabatiga shay bo‘lish deganda, bunday holatlar yuz berishi mumkinligini hisobga olgan holda qarshilik ko‘rsatish yoki norozilikning sababini aniqlash va bartaraf etishga tayyor bo‘lishini tushunish mumkin.

Namunalar olish jarayonida noqulay vaziyatlarga shay bo‘lish uchun ushbu tergov harakatini o‘tkazishga yaxshi tayyorgarlik ko‘rish, shaxsni o‘rganish maqsadga muvofiq.

Kuzatish, fikrlash va tahlil qilish namunalar olish jarayonini boshqa-rish va samarali amalga oshirishga, shuningdek qo‘lga kiritilgan natija-larga to‘g‘ri baho berishga xizmat qiladi. Natijalar deganda nafaqat namuna, balki shaxsning o‘zini tutishi va tergov harakati o‘tkazilgandan keyingi munosabatini ham nazarda tutish zarur.

Psixologik aloqa o‘rnatish deganda, shaxs bilan tanishish jarayonini tushunish lozim. Har bir tergov harakatida boshqa shaxslar faol ishtirok etishi talab etilganda ular bilan muvaffaqiyatli tanishib olish yoki ochiq yuz bilan yoxud yaxshi taassurot uyg‘otib tanishish maqsad muvofiq.

Psixologik aloqa o‘rnatish uchun esa shaxsni yaxshilab o‘rganish, uning qiziqishlari, yoqtiradigan narsalarini bilish, tanishishdagi dastlabki murojaat samimiy, mantiqiy va asosli bo‘lishi talab etiladi. Ya’ni dastlabki murojaat samarali muloqot poydevori bo‘lishi, shaxsda ijobiy taassurot qoldirishi kerak. Psixologik aloqa o‘rnatishda ishonch bildirish va xolis niyatni shakllantirishga e’tibor qaratish juda muhim.

Muloqot qilish o‘zaro ishonch asosida ijobiy munosabatni shakllanti-radi va hech qanday to‘siqsiz namunalar olishni yakuniga yetkazishga, shuningdek kelgusidagi harakatlarni o‘tkazish uchun ham ijobiy sharoit yaratadi. Muloqot shaxsdagi ijobiy munosabat doimiy yoki uzoq davom etishini ta’minlaydi.

266

Muloqot qila olish va ijobiy munosabatni saqlab turish uchun keng dunyoqarash, kuchli bilim, chiroyli nutq, so‘nggi yangiliklar va dunyodagi o‘zgarishlardan xabardorlik talab qiladi.

Shaxsning ruhiy holatini va kayfiyatini bilish namunalar olishda noqulay vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olishga va samarali natijalarni qo‘lga kiritishga xizmat qiladi. Buning uchun shaxsni kuzatish, psixologik aloqa o‘rnatish va muloqot qilish talab etiladi.

Namunalar olishda eng ko‘p psixologik bilimlardan foydalanishni talab qiladigan holat shaxs qarshilik ko‘rsatayotganda yoki norozi kay-fiyatda bo‘lganda unga ta’sir o‘tkazish hisoblanadi. Bunday holatlarda qat’iylik, ishontirish, ishonch bildirish, ta’sirli nutq qila olish talab etiladi.

Namunalar olish tergov harakatini o‘tkazishda shaxs qarshilik ko‘rsa-tishi va norozilik bildirishi muammoli holat sifatida tergovchidan psixolo-gik bilimlardan foydalanishni talab etadi. Qarshilik ko‘rsatish namuna berishdan faol bosh tortishda namoyon bo‘ladi. Qonunga ko‘ra ushbu holatlarda majburiy tarzda namuna olish mumkin bo‘lsa-da, ushbu muam-moni ijobiy hal etgan holda shaxs roziligi asosida namuna olinishi maqsad-ga muvofiq. Namuna berishdan bosh tortish holati yuz berganda, shaxs-ning xususiyatidan kelib chiqqan holda bosh tortish sababini aniqlash kerak. Bunda muloqotga kirishish orqali sababini aniqlash va uni bartaraf etish mumkin. Bosh tortish sababi qo‘rquv yoki ishonchsizlik va jinoyatga daxldorlik bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bosh tortish sababi aniqlangach, shaxsga psixologik ta’sir o‘tkazish kerak bo‘ladi. Psixologik ta’sir o‘tka-zishda shaxs huquqlari buzilmasligi, ta’sir uning psixikasi, xarakteri va boshqa xususiyatlaridan kelib chiqqan holda avvaldan rejalashtirilgan hol-da amalga oshirilishi kerak. Ta’sir ijobiy qabul qilinganda albatta shaxs rag‘batlantirilishi kerak. Shuningdek, ta’sir o‘tkazishda tashqi omillarni hisobga olish, shaxs kayfiyatini o‘zgartirishga e’tibor qaratish kerak.

3-§. Narsa va hujjatlarni taqdim qilishning psixologik tavsifi

Narsa va hujjatlarni taqdim qilish deganda ish uchun ahamiyatga molik yoki ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsa va hujjatlarni ishga qo‘shib qo‘yish maqsadida, uning egasi tashabbusi bilan yoki ishni yuritayotgan surishtiruvchi, tergovchi yoki sudning talabiga ko‘ra taqdim etilishi tushuniladi.

Taqdim etish harakati quyidagi ikki xususiyatga ko‘ra turlarga ajratiladi: 1) taqdim etiladigan obyektga ko‘ra ikkiga: narsalarni taqdim etish;

hujjatlarni taqdim etish; 2) tashabbus subyektiga ko‘ra ham ikkiga: narsa va hujjat egasining

tashabbusiga ko‘ra taqdim etish; surishtiruvchi, tergovchi yoki sudning talabiga ko‘ra taqdim etish kabilarga.

267

Taqdim etish harakati ham dalillarni to‘plashga, ham kelgusi tergov harakatlarini o‘tkazish uchun sharoit yaratishga xizmat qiladi. Narsa egasining tashabbusiga ko‘ra taqdim etish harakati dalillarni to‘plashga xizmat qiladi.

Narsa va hujjatlarni taqdim etish jinoyat ishi bo‘yicha haqiqatni aniqlash va odil sudlovni amalga oshirishda jamoatchilikning faol ishtiro-kini ifodalash bilan birga isbotlash jarayonlarining samaradorligini ta’min-lashga xizmat qiladi. Chunki ushbu harakat jarayonida jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi organlar kuchlari bilan jamoatchilikning bir maqsad sari intilishi ko‘zga tashlanadi.

Jinoyat ishi bo‘yicha, shuningdek, tergovga qadar tekshiruv davomida (JPK 329-moddasi) surishtiruvchi, tergovchi korxona, muassasa, tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslardan, fuqarolardan hujjatlar va yozma tushuntirish berishni talab qilishga haqli. Shu bilan birga korxona, muassasa, tashkilot rahbarlaridan o‘z vakolatlari doirasida hujjatli taftish yoki xizmat tekshiruvi o‘tkazib taftish yoki tekshiruv dalolatnomasini taqdim etishlarini ham talab etishlari mumkin.

Psixologik jihatdan taqdim qilish deganda ish uchun ahamiyatli hujjatni (ma’lumotni) talab qilish orqali yoki ixtiyoriy berilgan obyektni olish, ko‘rikdan o‘tkazish, mazmunan o‘rganish (hujjatni) va tahlil qilish bilan bog‘liq psixik jarayonlar tushuniladi.

Taqdim qilish tergovchining talabi asosida amalga oshirilganda psixo-logik bilimlardan unumli foydalanishga zarurat paydo bo‘ladi. Jumladan, hujjatlar, tushuntirish va ma’lumotlar ko‘pincha yuridik shaxslar, korxona, muassasa va tashkilotlardan talab qilinadi. Jismoniy shaxslardan talab qilib olinadigan yozma tushuntirishlar (tushuntirish xatlari) olishning psixologik xususiyatlari so‘roq qilish tergov harakatining xususiyatlari bilan deyarli bir xil, aynan so‘roq qilishgacha bo‘lgan jarayonlarda shaxslardan tushun-tirish xati olish natijalari so‘roq qilishning muvaffaqiyatli kechishini yoki jinoyat ishining samarali tergov qilinishini ta’minlashga xizmat qiladi. Shaxslardan tushuntirish xati olishni hisobga olmaganda taqdim qilish harakati asosan tergovchining o‘zida kechadigan psixik jarayonlardan tashkil topadi.

Taqdim qilishda yuz beradigan psixik jarayonlarga kuzatish, diqqat, fikrlash, tahlil qilish, ba’zida psixologik aloqaga kirish va qisman ta’sir o‘tkazish uchun muloqot hamda o‘zini munosib tutish kabi xususiyatlarni kiritish mumkin. Bunda muloqotning ko‘proq tergovchining o‘zida kecha-digan tayyorgarlik jarayonlarigagina ahamiyatli va taalluqlidir.

Kuzatish narsa va hujjatlarni taqdim etayotgan shaxsning o‘zini tutishi, gapirishi, javob qaytarishi va harakatlari yuz qiyofasiga e’tibor

268

berishni qamrab oladi. Kuzatish davomida e’tibor diqqatni talab etadi. Kuzatilgan holatlar, taqdim etish jarayonidagi harakatlarni amalga oshi-rishda mantiqiy fikrlash orqali tahlil qilinadi va baholanishi zarur. Taqdim qilish tergovchining talabiga ko‘ra o‘tkazilayotganda ko‘proq psixologik bilimlardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Nisbatan murakkabroq psixologik vaziyat tergovchining talabiga ko‘ra narsa va predmetlarni taqdim qilishda yuzaga kelishi mumkin. Bunda shaxslar bilan psixologik aloqa o‘rnatish taqdim etishda tashkiliy muammolar yuzaga kelishining avvali oladi. Shu-ningdek, shaxslarda ishonchsizlik mavjud bo‘lganda uni bartaraf etish (zarur bo‘lmasa-da) maqsadga muvofiq. Buning uchun shaxs bilan mulo-qotga kirishish kerak bo‘ladi. Taqdim qilish tergov harakatini o‘tkazishda psixologik aloqa o‘rnatish va muloqotga kirishishga tayyor bo‘lish kerak. Ko‘pincha rasmiy muomala qilish orqali kutilgan natijaga erishilsa-da, psi-xologik aloqa o‘rnatish va muloqot qilishga shay bo‘lish samaradorlikka erishishning kafolati sifatida ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, psi-xologik aloqa o‘rnatish va muloqotga kirishish kelgusida boshqa vaziyatlar uchun ijobiy sharoit tug‘dirishiga xizmat qilishini unutmaslik zarur.

Tergov harakati sifatida telefon so‘zlashuvlarini eshitib turish asoslarni aniqlash, o‘tkazishga shart-sharoit yaratish va tashkiliy masalalarni hal etishda psixologik bilimlardan foydalanishga ba’zida zarurat tug‘iladi. Jum-ladan, guvoh va jabrlanuvchilarning telefon so‘zlashuvlarini eshitish uchun ularning roziligini olishda so‘roq qilish jarayonidagi, prokuror roziligini olishda tashkiliy va o‘zaro munosabatlarga oid psixik jarayonlar yuz beradi.

Savol va topshiriqlar

1. Murdani eksgumatsiya qilishning psixologik xususiyatlariga ta’rif bering. 2. Murdani eksgumatsiya qilishda kechadigan psixik jarayonlarga nimalar

tegishli? 3. Murdani eksgumatsiya qilishda qanday psixologik muammolar

uchraydi? 4. Ekspert tekshiruvi uchun namunalar olishning psixologik mazmunini

tushuntiring. 5. Ekspert tekshiruvi uchun namunalar olishda kechadigan psixik jarayon-

larni sanab bering. 6. Ekspert tekshiruvi uchun namunalar olishda qanday psixologik bilimlar

zarur? 7. Narsa va hujjatlarni taqdim etishning psixologik mazmunini ayting. 8. Narsa va hujjatlarni taqdim etishda psixologik bilimlardan foydalanish-

ning ahamiyatini tushuntiring.

269

XII BOB. «SUD-PSIXOLOGIK EKSPERTIZASI» TUSHUNCHASI VA MOHIYATI

1-§. «Sud-psixologik ekspertizasi» tushunchasi va uning tergov jarayonida tutgan o‘rni

Tergov amaliyotida sud-psixologik ekspertizasini amalga oshirish muhim o‘rin egallaydi. Chunki ish shaxsning hodisa sodir bo‘lgan vaqtda-gi ruhiyati, unda psixik jarayonlarning qay tarzda kechganligi, shuningdek ko‘rsatma berish jarayoni uchun ahamiyatli bo‘lgan psixologik jihatlariga baho berishda aynan psixologik bilimga ega mutaxassislar yordamiga zarurat tug‘iladi.

Ekspertiza – mustaqil tergov harakati bo‘lib, u ekspert xulosasini olish-ga yo‘naltirilgan va qat’iy qonun bilan tartibga solingan jarayondir. Eksper-tiza jinoyatni tergov qilish davrida yoki sud muhokamasi jarayonida fan-texnika, san’at va kasb-hunar sohalarida maxsus bilimni tatbiq etishga ehtiyoj vujudga kelgandagina o‘tkaziladi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha dastlabki tergov o‘tkazish davomida shunday masalalar uchraydiki, ularni to‘g‘ri va to‘liq hal etish maxsus psixologik bilimlarni tatbiq etishni, ya’ni sud-psixologik ekspertizasi o‘tkazishni taqozo qiladi.

Umuman olganda, tergov jarayonida jinoyat protsessi ishtirokchilari-ning individual-psixologik xususiyatlari va emotsional-irodaviy holatlarini tadqiq qilish va o‘rganishga nisbatan qiziqishlar qadim-qadimdan mavjud bo‘lgan. Tarixdan ma’lumki, ayblanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlarning psixologik xususiyatlari oddiy va o‘ziga xos, sodda psixologik tekshiruvlar orqali sinab ko‘rilgan. Jumladan, Qadimgi Xitoyda shaxsning qilmishni sodir etganlikda aybdor yoki aybsiz ekanligini tekshirib ko‘rish uchun un-ga nisbatan ayblov matnini o‘qish vaqtida og‘ziga quruq guruch solib qo‘yishgan. Ayblov o‘qib tugatilgach, uning og‘zidan guruch olinib qaral-gan. Agarda guruch nam holatda bo‘lsa shaxsning aybi yo‘q deb, agarda quruq holatda bo‘lsa shaxs aybdor deb hisoblangan. Ushbu tekshiruv usuli insonda kechadigan psixologik jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lib, inson kuchli hayajonlanganda (aybi oshkor bo‘lishidan yoki boshqa sababdan qattiq qo‘rqsa) og‘iz bo‘shlig‘ida so‘lak bezlari o‘z ishini to‘xtatib, so‘lak ajralish faoliyati vaqtinchalik buziladi.

Afrikaliklarda ham qadimgi davrda shaxsning jinoyat sodir etishda aybi bor yoki yo‘qligini aniqlash maqsadida insondagi psixofiziologik o‘z-garishlarni kuzatishgan. Jumladan, gumonlanuvchining qilmishni sodir etganlikda aybdorlik masalasini hal etish paytida undan nog‘ora chalishi

270

so‘ralgan. Kuzatuvchilar nog‘oraning ritmi va ohangini kuzatib turishgan. Agarda ritm yoki ohang o‘zgarsa, uni chalayotgan odam aybdor deb topilgan.

Sud amaliyoti tarixidan shu narsa ma’lumki, Napoleon ilk marta 1810-yilda Jinoyat kodeksiga odamlarning o‘z xatti-harakatini boshqara olish yoki boshqara olmaslik qobiliyatini aniqlash tushunchasini kiritgan.

XXI asrning ikkinchi yarmiga kelib, bir qator mamlakatlarning Jinoyat-protsessual kodekslariga ayblanuvchining o‘z xatti-harakatlariga javob bera olish yoki javob bera olmasligini aniqlashga doir tibbiy tushun-chalar ham kiritila boshlandi.

1864-yilda Rossiyaning jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov nizomiga psixiatrik ekspertiza o‘tkazish zarurligi to‘g‘risidagi qoidalar qo‘shilgan edi va uning tarkibida psixologik ekspertiza o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

XXI asrning oxiri XX asrning boshlarida nemis olimlari Shtern, Marbe, Gross, italiyalik Ferri, Gorrofalo singari tadqiqotchilar tomonidan sud-psixologik ekspertiza o‘tkazishni nazariy asoslash yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borildi. Bu ilmiy izlanishlar sud-psixologik ekspertizasi o‘tkazishning mazmun-mohiyatiga aniqlik kiritib, uning takomillashuviga sabab bo‘ldi.

Eksperimental psixologiyaning rivojlanishi, uning yutuqlari sud ama-liyotiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazib bordi va undan foydalanila boshlandi. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha laboratoriyalar tashkil etilib, ularda jinoyatchi shaxs xulqidagi o‘zgarishlar, fiziologik affekt holati va shu kabilar o‘rganila boshlandi.

1922-yilda Rossiyada birinchi marta Jinoyat-protsessual kodeksi qabul qilindi va unda «ekspertlar sudda jinoyat ishini ko‘rish jarayonida fan, san’at yoki boshqa soha bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar olinish zarur bo‘lgan hollarda chaqiriladi» degan modda kiritildi.

XX asrning boshlarida sobiq Ittifoqning Moskva, Saratov, Boku, Kiyev va boshqa bir qator shaharlarida jinoyatchining shaxsini, individual-psixologik xususiyatlarini o‘rganish hamda sud-psixologik ekspertizasini o‘tkazish maqsadida markazlar ochildi. Keyinchalik bu markazlar o‘rniga ilmiy sud-ekspertiza institutlari tashkil etildi. Bu institutlarda kriminalistik, biologik, psixologik, fizik, kimyoviy va boshqa sohalar bo‘yicha eksper-tizalar o‘tkazila boshlandi.

1950-yillarning oxiri 1960-yillarning boshlariga kelib huquqda yuri-dik psixologiyani qayta tiklash va alohida sud-psixologik ekspertizasi bo‘limini tashkil qilish zarurligi masalasi ko‘rildi. XX asr 60-yillarining ikkinchi yarmiga kelib, jinoyat ishlari bo‘yicha sud-psixologik ekspertiza-larini o‘tkazish yuzasidan dastlabki aniq harakatlar amalga oshirildi.

271

Sud-psixologik ekspertizasining asosiy vazifasi dastlabki tergovda ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarga oydinlik kiritish maqsadida guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi va ayblanuvchining o‘ziga xos psi-xik faoliyatining muhim jihatlarini maxsus psixologik bilimlar asosida olishdan iboratdir.

Maxsus psixologik tekshirishlar yo‘li bilan aniqlanadigan insonning barcha psixologik xususiyatlari sud-psixologik ekspertizasining predmetini tashkil qiladi.

Ekspert tomonidan psixologik tekshiruvlarning obyekti–inson psixi-kasidir.

Shuni ta’kidlash kerakki, sud-psixologik ekspertizasi zaruratga ko‘ra faqat ruhiy jihatdan sog‘lom kishilarga nisbatan o‘tkazilishi mumkin. Ya’ni sud-psixologik ekspertizasiga yuborilayotgan ayblanuvchi, jabrla-nuvchi, guvohlarning ruhiy sog‘lig‘i (salomatligi) huquqni muhofaza qilish organlarining vakillarida savol tug‘dirmagan yoki sud-psixiatrik ekspertizasining xulosasi bilan ruhiy sog‘lom ekanligi tasdiqlangan holatlarda o‘tkaziladi.

Sud-psixologik ekspertizasini tayinlash to‘g‘risida tergovchi tomoni-dan asoslantirilgan qaror chiqariladi. Ushbu turdagi ekspertiza tekshiruv-lari faqat oliy ma’lumotli hamda ekspertiza tadqiqotlarini olib borish bora-sida qo‘shimcha tayyorgarlikdan o‘tgan psixolog tomonidan o‘tkazilishi lozim.

Sud-psixologik ekspertizasining quyidagi turlari mavjud: 1) o‘tkazish joyi bo‘yicha: ambulator, statsionar va tergov yoki sud

harakatlari o‘tkazilayotgan joyda; 2) ekspertiza tekshiruvidan o‘tkazilayotgan shaxsning protsessual

maqomiga ko‘ra: gumon qilinuvchi (ayblanuvchi), jabrlanuvchi, guvoh va boshqa shaxslarni ekspertizadan o‘tkazish;

3) protsessual jihatiga ko‘ra: dastlabki, qo‘shimcha, qayta, komission va kompleks ekspertiza.

Shunday qilib, sud-psixologik ekspertizasi o‘zining tekshirish pred-meti va obyektiga ega bo‘lib, ekspert tekshiruvlarining mustaqil turini o‘zida aks ettiradi va shuning uchun ham boshqa hech qanday ekspertiza bilan almashtirilishi mumkin emas.

Sud-psixologik ekspertizasini o‘tkazish bosqichlari. Sud- psixolo-gik ekspertizasini o‘tkazish uchun surishtiruvchi, tergovchi va prokuror-ning qarori yoki sudning ajrimi asos bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur qaror yoki ajrimda ekspertiza tekshiruvini o‘tkazish vazifasi yuklatilayotgan muassasaning nomi va kimga topshirilganligi ko‘rsatiladi. Kompleks psi-xologik-psixiatrik ekspertizasini o‘tkazish bir necha muassasalarga topshi-

272

rilgan holatlarda uni tashkillashtirish vazifasi qaysi muassasaga yuklatil-ganligi ko‘rsatilib o‘tilishi lozim.

Sud-psixologik ekspertizasi quyidagi uch bosqichda amalga oshiriladi: 1) tayyorlov; 2) tekshiruv; 3) xulosa chiqarish.

Sud-psixologik ekspertizasini o‘tkazish tayyorlov bosqichi bilan boshlanib, unda ekspertlar jinoyat ishidagi tegishli hujjatlar bilan tanishib chiqib, hal qilish uchun qo‘yilgan savollarni muhokama qiladilar. Shunga asosan, tekshiruv o‘tkazishning umumiy rejasini tuzib, bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarni va ularni o‘tkazishda qo‘llaniladigan alohida uslublar-ni, shuningdek bu borada har bir ekspert tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan harakatlarni aniqlashtiradilar. Tayyorlov bosqichi umumiy tekshiruv dasturini tuzish bilan yakunlanadi.

Tekshiruv bosqichi quyidagi ikki qismdan iborat: dastlabki va asosiy qismlar.

Ular bir-biridan ekspert psixologlar tomonidan bajariladigan vazifa-larning xususiyatiga ko‘ra farq qiladi.

Tekshiruv bosqichining dastlabki qismida tekshiriluvchining psixik munosabati malakasi, uning aqli rasoligiga oid masalalar, shuningdek ekspertiza tayinlash qarorida hal etish uchun qo‘yilgan savollar va umumiy bo‘lgan shaxsning individual-psixologik xususiyatlari o‘rganiladi.

Tekshiruv bosqichining asosiy qismida esa sud-psixologik eksper-tizasining oraliq xulosalari ishlab chiqiladi, ya’ni shaxsdagi aniqlanishi zarur bo‘lgan psixik jarayonlarning har biri bo‘yicha alohida-alohida xulo-sa qilinadi. So‘ngra ushbu xulosalar umumlashtiriladi. Bu esa asosiy tek-shiruv maqsadining mazmunidir.

Xulosa qilish – sud-psixologik ekspertizasi o‘tkazishning so‘nggi bosqichi hisoblanadi. Ushbu bosqichning asosiy vazifasi ekspert xulosasini tuzishdan iborat bo‘ladi.

Sud-psixologik ekspertizasi xulosasi kirish, tadqiqot va yakunlovchi qismlardan tashkil topadi. Ekspert xulosasining kirish qismida tadqiqot o‘tkazayotgan muassasaning nomi; ekspertning familiyasi, ismi va sharifi, ma’lumoti, ixtisosligi; ushbu ixtisoslik bo‘yicha staji, ilmiy darajasi va ilmiy unvoni, egallab turgan lavozimi; ekspertiza o‘tkazilgan joy va vaqt; ekspertiza tekshiruvini o‘tkazish asosi (tergovchining qarori); bila turib yolg‘on xulosa berganlik va xulosa berishdan bosh tortganlik to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238 va 240-moddalari bo‘yicha jinoiy javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirilganligi, ekspertlar oldi-ga hal etish uchun qo‘yilgan savollarning mazmuni hamda tekshiruv uchun taqdim etilgan hujjatlar va daliliy ashyolar qayd etiladi.

273

Tadqiqot qismida ekspertlar tomonidan hal etish uchun qo‘yilgan savollarga javob berish yo‘lida qilingan barcha harakatlar va qo‘llanilgan metodlar, ulardan kelib chiqadigan xulosalar sanab o‘tiladi. Tekshiruv qis-mining xulosasi xususiy sintez va umumiy sintez qismlaridan iborat bo‘ladi. Xususiy sintez qismida tekshirilgan obyektlarning belgilari va sifatlari qayd etiladi. Ekspert psixolog va ekspert psixiatr foydalangan usul va meto-dikalar yordamida olingan ma’lumotlarning manbalari ifoda qilinadi. Umu-miy sintez qismida esa olingan ma’lumotlar bo‘yicha xulosa chiqariladi.

Ekspert xulosasining yakunlovchi qismida tadqiqot qismida qayd etilgan xulosalarga tayanib, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan hal etish uchun qo‘yilgan savollarga javoblar yoziladi. Shu-ningdek, ushbu qismda qo‘yilgan savolga javob berish imkoniyatining yo‘qligi yoki ushbu savolni hal etish ekspertning vakolat doirasiga kir-masligi haqida javoblar keltirilishi mumkin.

Odatda, sud-psixologik ekspertizasidan o‘tadigan ma’lumotlar ikki xil usulda to‘planadi:

1) jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan shaxslar tomonidan tergov harakatlarini o‘tkazish jarayonida bevosita ishtirok etish orqali zarur ma’lumotlarni to‘plash;

2) jinoyat ishi hujjatlarini va tekshirilayotgan shaxs ruhiy holatining xususiyatlarini muayyan uslublar yordamida tekshirish orqali ma’lumot-larni olish.

Ekspertiza tekshiruvining daliliy ahamiyati yuqorida ko‘rsatilgan ikki usul bilan olingan ma’lumotlardan kelib chiqqan holda umumlashtiriladi.

Sud-psixologik ekspertizasining ilmiy asoslangan xulosalari shaxsning g‘ayriqonuniy harakatlari jarayonidagi psixologik va psixiatrik tekshiruvi-ning natijasiga suyangan holda olinishi mumkin. Sud-psixologik eksperti-zasini hal qilishga guvoh, jabrlanuvchi, ayblanuvchi ko‘rsatmalari, tibbiyot hujjatlari, o‘quv ishlab chiqarish tavsifnomalari, ilgari o‘tkazilgan eksper-tiza aktlari, tergov harakatlarining bayonnomalari va holatga oid xat, kun-dalik, rasmlar muhim ma’lumot manbalari bo‘lib xizmat qiladi.

2-§. Sud-psixologik ekspertizasi tayinlash asoslari va tartibi

Jinoyat ishlari yuzasidan psixologik bilimlardan foydalangan holda muayyan tekshiruvlarni o‘tkazish va shu orqali muayyan holatga oydinlik kiritish zarurati tug‘ilgan holatlarda sud-psixologik ekspertizasi tayinlanadi.

Jinoyat ishidagi ma’lum bir holat bo‘yicha maxsus psixologik bilim-lardan foydalanish zaruriyatini aniqlash va ekspertiza tayinlash to‘g‘risida

274

aniq to‘xtamga kelinishi sud-psixologik ekspertizasi tayinlashning birinchi asosiy sharti hisoblanadi.

Quyidagi holatlarni aniqlash zarurati sud-psixologik ekspertizasi tayinlashga asos bo‘ladi:

1) ruhiy kasallik bilan bog‘liq bo‘lmagan, psixik rivojlanishda orqada qolish alomatlariga ega bo‘lmagan voyaga yetmagan ayblanuvchi o‘z harakatlarining mohiyatini butunlay anglay olishi va shu harakatlarini qay darajada boshqara olish imkoniyatini aniqlash;

2) yosh xususiyatlarning psixik rivojlanish holati va individual-psi-xologik xususiyatlarga ko‘ra psixik sog‘lom guvoh va jabrlanuvchilarning ish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni to‘g‘ri tahlil etish va ular haqida oqilona ko‘rsatma berish qobiliyatini aniqlash;

3) jinoyat sodir bo‘lgan vaqtda shaxsda affekt va inson ongiga va harakatiga katta ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lgan nopatologik emotsional holatlarning borligi yoki yo‘qligini aniqlash;

4) nomusga tegish jinoyatlari bo‘yicha ruhiy sog‘lom jabrlanuvchini o‘ziga nisbatan sodir qilinayotgan harakatlarning xususiyati va mohiyatini tushunish qobiliyatini aniqlash;

5) insonda ma’lum sharoitda psixik holatlarning (parishonxotirlik, dovdirash, oriyentirovkani yo‘qotish) paydo bo‘lish imkoniyati va ularning qay darajada kechishini aniqlash;

6) shaxsning xulq-atvoriga katta ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lgan individual-psixologik xususiyatlarning diagnostikasi;

7) insonning xulq-atvorini mustahkamlashga yo‘naltiruvchi motivlarni belgilash va shaxsiy harakat motivatsiyasini aniqlash;

8) o‘lgan odamda o‘limidan avvalgi davrda o‘zini o‘zi o‘ldirish uchun qulay sharoit yaratib beruvchi ruhiy holat va bu holatni keltirib chiqaruvchi sabablarning borligi yoki yo‘qligini aniqlash.

Shuningdek, psixologik ekspertizaning turli soha mutaxassislari ishti-rokida kompleks o‘tkaziladigan turlari mavjud bo‘lib, ularni tayinlash uchun psixologik bilimlar bilan bir qatorda boshqa sohaga oid bilimlardan bir vaqtda tekshiruvlarni amalga oshirish zaruratining yuzaga kelishi asos bo‘ladi.

Sud-psixologik ekspertizasini tayinlash surishtiruvchi, tergovchi va prokuror tomonidan qaror chiqarish, sud tomonidan esa ajrim chiqarish orqali amalga oshiriladi.

Ekspertiza tayinlash qarori quyidagi uch qismdan iborat: 1) kirish qismi; 2) tavsif-asoslantirish qismi; 3) xulosa qismi.

275

Qarorning kirish qismida uning nomlanishi, qaror chiqarilayotgan vaqt va joy, ekspertiza tayinlayotgan subyektning lavozimi, unvoni, familiyasi va ismi-sharifi, qaysi jinoyat ishi yoki tergovga qadar tekshiruv hujjatlari bo‘yicha ekspertiza tayinlanayotganligi (jinoyat ishi raqami) ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Agarda ekspertiza surishtiruv organi tomoni-dan tayinlangan bo‘lsa, kirish qismida qarorni tasdiqlovchi surishtiruv organi boshlig‘i to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettirilishi lozim.

Qarorning tavsif-asoslantirish qismida ishdagi aniqlangan holatlar-ning umumiy tavsifi, sud-psixologik ekspertiza tayinlash to‘g‘risida to‘x-tamga kelinganlik sabablari va asoslari, ekspertiza o‘tkazishning maqsadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining eksper-tiza tayinlashni tartibga soluvchi tegishli moddalari qayd etilishi lozim.

Sud-psixologik ekspertizasi tayinlash qarorining tavsif-asoslantirish qismida ekspertiza tayinlash zarurati to‘liq asoslantirilgan bo‘lishi shart. Bu jarayonda jinoyat ishidagi boshqa hujjatlarga havola etuvchi ma’lu-motlardan foydalanish mumkin. Masalan, voyaga yetmagan guvohning so‘roq qilish davrida bergan ko‘rsatmalarini to‘g‘ri idrok etish, esda saq-lash va to‘g‘ri ifoda eta olish qobiliyatini aniqlash maqsadida tayinlana-digan sud-psixologik ekspertizasi qarorida shaxsning so‘roq davomida bergan ko‘rsatuvlarini qayd etish shart emas. Ushbu ko‘rsatuvlar aks etti-rilgan bayonnomani qarorga ilova qilib berilishining o‘zi kifoya.

Qarorning xulosa qismida sud-psixologik ekspertizasi tayinlash haqi-dagi yakuniy to‘xtam, uni o‘tkazish topshirilayotgan ekspertiza muassasa-sining nomi, ekspertlar oldiga hal etish uchun qo‘yilgan savollarning maz-muni, shaxsni ekspertiza muassasasiga olib borilishini tashkillashtirishga oid tadbirlar, ekspertiza muassasasiga tekshiruv uchun taqdim etilayotgan qo‘shimcha narsalar va hujjatlar ko‘rsatib o‘tilishi lozim. Qarorning ushbu qismida ekspertiza tadqiqotlari aynan qaysi ekspert tomonidan o‘tkazi-lishini belgilab berish ham mumkin. Agar qarorda aniq belgilanmagan bo‘lsa, ekspertiza tekshiruvining qaysi ekspert tomonidan o‘tkazilishi muassasa rahbari tomonidan hal etiladi.

Shuningdek, sud-psixologik ekspertizasi tayinlash qarorining xulosa qismida tergovchi ekspertiza tekshiruvini o‘tkazuvchi ekspertni xulosa berishdan bosh tortganlik va bila turib yolg‘on xulosa berganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238, 240-moddalari bo‘yicha jinoiy javobgarlik belgilanganligi to‘g‘risida ogohlantirishi lozim.

Sud-psixologik ekspertizasi faqat davlat sud-ekspertiza muassasalari-ning mutaxassislari tomonidan o‘tkaziladi. Alohida hollarda boshqa korxona, muassasa va tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan o‘tkazi-

276

lishi mumkin. Yuzaga kelgan alohida holat ekspertiza tayinlash qarorida asoslantirilishi lozim.

Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning ekspert etib tayin-langan shaxsni chaqirishi va uning ekspertiza o‘tkazishi to‘g‘risidagi talabi ushbu shaxs ishlayotgan korxona, muassasa yoki tashkilot rahbari uchun majburiydir (JPK 174-m.).

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 22-bobida ekspertizaning qo‘shimcha, qayta, komissiyaviy va kompleks o‘tkaziladi-gan turlarini tayinlash asoslari, ularni o‘tkazish tartibiga oid qoidalar belgilangan.

Qo‘shimcha ekspertiza ekspert xulosasidagi bo‘shliqlarning o‘rnini to‘ldirish uchun tayinlanadi va shu yoki boshqa ekspert tomonidan o‘tka-ziladi. Ekspert xulosasi asoslantirilmaganda yoki uning to‘g‘riligiga shubha tug‘ilganda yoxud unga asos qilib olingan dalillar ishonchli emas deb topilganda yoki ekspertizani o‘tkazishning protsessual qoidalari jiddiy buzilganda qayta ekspertiza tayinlanadi.

Qayta ekspertiza tayinlanganda ekspert oldiga ilgari qo‘llanilgan ekspert tekshiruvi usullarining ilmiy asoslanganligi to‘g‘risidagi masala qo‘yilishi mumkin. Qayta ekspertizani tayinlash to‘g‘risidagi qarorda yoki ajrimda qayta ekspertizani tayinlagan organning (shaxsning) birinchi (avvalgi) ekspertiza xulosasiga qo‘shilmaganligi sabablari ko‘rsatilishi lozim. Qayta ekspertizani o‘tkazish boshqa ekspertga (ekspertlar komis-siyasiga) topshiriladi. Birinchi (avvalgi) ekspertizani o‘tkazgan ekspert (ekspertlar komissiyasi) qayta ekspertizani o‘tkazishda hozir bo‘lishi va tushuntirishlar berishi mumkin, lekin u ekspert tekshiruvini o‘tkazish va xulosa tuzishda ishtirok etmaydi.

Ekspertiza bir xil yoki turli xil ixtisoslikdagi bir necha ekspert tomoni-dan o‘tkazilishi mumkin. Ekspertizaning ekspertlar komissiyasi tomonidan o‘tkazilishi ekspertizani tayinlagan organ (shaxs) yoki mazkur eksperti-zaning o‘tkazilishini tashkil etuvchi davlat sud-ekspertiza muassasasi yoxud boshqa korxona, muassasa, tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi.

Ekspertizani o‘tkazish topshirilgan ekspertlar komissiyasi tarkibidagi har bir ekspert ekspert tekshiruvlarini mustaqil va alohida olib boradi, shaxsan o‘zi va komissiyaning boshqa a’zolari tomonidan olingan natija-larni baholaydi hamda qo‘yilgan savollar yuzasidan o‘z maxsus bilimlari doirasida fikrlarini shakllantiradi. Ekspertlar umumiy fikrga kelganidan so‘ng birgalikdagi xulosani yoki xulosa berishning iloji yo‘qligi to‘g‘-risidagi hujjatni tuzadi va imzolaydi.

Ekspertlar o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, ular-ning har biri kelishmovchiliklar kelib chiqqan barcha yoki ayrim masala-lar bo‘yicha alohida xulosa beradi.

277

Kompleks ekspertiza ish uchun ahamiyatga molik holatlarni turli ilm sohalaridan foydalangan holda bir necha ekspert tekshiruvini o‘tkazish yo‘li bilangina aniqlash mumkin bo‘lgan hollarda tayinlanadi. Kompleks ekspertizani o‘tkazishda ekspertlarning har biri o‘z vakolati doirasida ekspert tekshiruvlarini olib boradi. Kompleks ekspertizaning xulosasida ekspertlarning har biri qaysi ekspert tekshiruvlarini va qancha hajmda olib borganligi, qaysi holatlarni shaxsan o‘zi aniqlaganligi hamda qanday fikr-larga kelganligi ko‘rsatiladi. Ekspertlarning har biri xulosaning ushbu eks-pert tekshiruvlari bayon etilgan qismini imzolaydi va ular uchun javobgar bo‘ladi.

Agar kompleks ekspertizani o‘tkazish davlat sud-ekspertiza muassa-sasiga topshirilgan bo‘lsa, unda ushbu ekspertizani tashkil qilish uning rahbari zimmasiga yuklatiladi.

Amaliyotning ko‘rsatishicha, sud-psixologik ekspertizasining kom-pleks tarzda o‘tkaziladigan turlari quyidagilardan iborat:

1) kompleks sud psixologik-psixiatrik ekspertizasi; 2) kompleks sud psixologik-seksologik ekspertizasi; 3) kompleks sud psixologik-avtotexnik ekspertizasi; 4) kompleks sud psixologik-xatshunoslik ekspertizasi; 5) kompleks sud psixologik-vokalografik (fonetik) ekspertizasi; 6) kompleks sud psixolingvistik ekspertizasi; 7) kompleks sud psixologik-san’atshunoslik ekspertizasi; 8) kompleks sud psixologik-pedagogik ekspertizasi; 9) kompleks sud tibbiy-psixologik ekspertizasi va boshq. Kompleks sud psixologik-psixiatrik ekspertizasi quyidagi maqsadlarda

tayinlanadi: – ruhiy kasallik yoki ruhiy buzilish belgilariga ega bo‘lgan shaxsda

jinoiy qilmishni sodir etish vaqtidagi yuzaga kelgan affektning turini aniqlash;

– gumon qilinuvchi (ayblanuvchi)da jinoyat sodir etilganga qadar nev-rozlar bor-yo‘qligi, ularning shaxs harakatiga ta’sir qilgan yoki qilmagan-ligini aniqlash;

– ruhiy rivojlanishda orqada qolgan voyaga yetmagan shaxsning bilish faoliyatidagi buzilishlarni aniqlash;

– shaxsning psixik rivojlanishidagi kamchiliklar va orqada qolishlarni aniqlash;

– shaxsda uning ruhiy holatiga salbiy ta’sir qiluvchi oliy nerv tizimi funksiyasining buzilishini aniqlash;

– aqli zaiflik va boshqa shunga o‘xshash ruhiy kasallik belgilari mavjud bo‘lgan guvoh va jabrlanuvchilarning ruhiy holatini aniqlash.

278

Kompleks sud psixologik-seksologik ekspertizasi nomusga tegish, jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish, 16 yoshga to‘lma-gan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish jinoyatlarini tergov qilishda tayinlanadi va uning maqsadi jabrlanuvchining shaxsiga oid muhim savollarni aniq-lashga qaratiladi.

Kompleks sud psixologik-avtotexnik ekspertizasi transport harakati va ulardan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bo‘yicha haydovchi yo‘l holatini anglashining psixologik jihatlarini o‘rganish orqali muhandis-lik-texnikaviy masalalarni kompleks tarzda yechish maqsadida tayinlanadi. Sud psixologik-avtotexnik ekspertizasida psixolog va muhandis-avtomexa-nik ekspertlarning asosiy vazifasi transport vositasining texnik sozligi bilan haydovchining shaxsiga oid xususiyatlari va yo‘l-transport hodisasi vaqtidagi uning ruhiy holati o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishni aniqlash. Ushbu ekspertizani o‘tkazishda psixolog ekspertning vazifasi yuzaga kel-gan to‘qnashuv vaziyatida haydovchining yo‘l-transport hodisasi jarayoni-dagi psixofiziologik holati va individual-psixologik xususiyatlaridan kelib chiqib, holatni qabul qilish va tahlil qilish imkoniyatlarini aniqlashdan, shuningdek yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgunga qadar yo‘lda yuzaga kelgan holatni qabul qilish, shu holat bilan bog‘liq hodisalarning shaxs ongida aks etish darajasidan kelib chiqib, shu vaziyatda qaror qabul qilish bo‘yicha haydovchining psixofiziologik imkoniyatlari to‘g‘risida xulosa berishdan iborat bo‘ladi.

Ushbu turdagi kompleks ekspertizani o‘tkazishda transport vositasining sozligi va uni boshqarish xususiyatlariga tegishli barcha savollarni hal etish avtomexanik ekspert vakolatiga tegishli bo‘ladi.

Kompleks sud psixologik-xatshunoslik ekspertizasi yozma hujjatlar orqali uning muallifini aqliy faoliyatini o‘rganish maqsadida o‘tkaziladi. Ushbu ekspertizani o‘tkazish davrida psixolog yozuvning va matn mazmu-nining tahlilidan kelib chiqib quyidagi savolga javob beradi: Shaxsning ushbu hujjatni tayyorlash vaqtidagi ruhiy holati qanday bo‘lgan (qo‘rquv, darg‘azablik, xafa bo‘lish, hasad qilish, rashk qilish va shu kabilar)?

Mazkur turdagi kompleks ekspertiza davomida ekspert-kriminalist e’tiborini faqat yozuvga qaratib, ushbu hujjat haqiqatan ham ishda gumon qilinayotgan shaxs tomonidan bajarilgan yoki bajarilmaganligi to‘g‘risi-dagi savolga javob beradi.

Kompleks sud psixologik-vokalografik (fonetik) ekspertizasi ish yuza-sidan taqdim etilgan audio va videoyozuvlar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazish zarurati yuzaga kelgan hollarda quyidagi holatlarni aniqlash maqsadida tayinlanadi:

– audio yoki videoyozuv tayyorlanishining texnik jihatlari, montaj qilinganligi yoki boshqacha usullar bilan qayta ishlanganligini aniqlash;

279

– audio yoki videoyozuvdan kelib chiqib, shaxsning ruhiy holati qan-day bo‘lganligini aniqlash.

Kompleks sud psixolingvistik ekspertizasi tadqiq etilayotgan yozma hujjat (shu jumladan, bosma hujjat)ning haqiqiy muallifini, yozuvchining pozitsiyasini, uning emotsional holatini, shaxsiga doir va boshqa o‘ziga xos xususiyatlarni aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Ushbu ekspertizani o‘tka-zishda adabiyotshunos mutaxassis hujjatning mazmuniga e’tibor qaratib, unda ilgari surilgan g‘oyaning mazmun-mohiyati bo‘yicha qo‘yilgan savol-larga javob beradi. Bu savollar muayyan yozma hujjatda tuhmat, haqorat qilish mazmunidagi so‘zlar borligini; milliy, irqiy, etnik va diniy adovatni qo‘zg‘atuvchi g‘oyalar va boshqa shu kabilar bor-yo‘qligini aniqlashga qaratilgan bo‘ladi.

Mazkur kompleks ekspertiza davomida psixolog shaxsning hujjatni tayyorlayotgan vaqtdagi ruhiy holati qanday bo‘lganligi to‘g‘risidagi savollarga javob beradi. Shuningdek, shaxsning aqliy va ruhiy rivojlan-ganlik darajasi shunday mazmundagi hujjatni tayyorlash imkonini berishi to‘g‘risidagi masalani hal etish vazifasi ham psixolog tomonidan bajariladi.

Bunday ekspertizani xatshunoslik yoki hujjatlarning texnik-krimina-listik ekspertizasidan keyin o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Kompleks sud psixologik-san’atshunoslik ekspertizasi O‘zbekiston Res-publikasi Jinoyat kodeksining 130 (Pornografik mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish) va 1301- (Zo‘ravon-likni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish) moddalarida nazarda tutil-gan jinoyatlar bo‘yicha tayinlanadi. Ushbu turdagi ekspertizaning asosiy maqsadi foto yoki videoyozuvda ifodalangan yoxud boshqacha usulda chop etilgan asarning pornografik hamda zo‘ravonlikni yoki shafqatsiz-likni targ‘ib qiluvchi mahsulot ekanligini aniqlashdan iborat bo‘ladi.

Kompleks sud psixologik-pedagogik ekspertizasi bolaning ta’lim va tarbiyalanish qonuniyatlarini, psixofiziologik orqada qolish alomatlarini, aqliy rivojlanishidagi nuqsonlar va psixik rivojlanishini yaxshilash imko-niyatlarini, shuningdek ota-onaning (yoki ulardan birining) bolaga ta’lim-tarbiya berishga layoqatli ekanligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.

Kompleks sud tibbiy-psixologik ekspertizasi shaxsdagi jismoniy kasal-likning ruhiy oqibatlarini, shuningdek shaxsdagi aqliy rivojlanishdagi or-qada qolish va boshqa psixik nuqsonlarning paydo bo‘lishi uning ilgari boshidan o‘tkazgan kasalliklari bilan bog‘liqligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.

280

3-§. Sud-psixologik ekspertizasi oldiga qo‘yiladigan savollar va ekspert xulosasini baholash

Sud-psixologik ekspertizasini tayinlashda ekspert-psixologlar oldiga hal etish uchun qo‘yiladigan savollarning mazmuni ushbu turdagi eksperti-zaning qaysi turi o‘tkazilishi va uni tayinlashga sabab bo‘ladigan holatlar bilan bog‘liq bo‘ladi.

Ekspertlar oldiga qo‘yiladigan savollarning to‘g‘ri tanlanishi ekspert xulosasining aniq va ish uchun ahamiyatli bo‘lishiga zamin yaratadi. Ekspertning vakolat doirasiga kirmaydigan savollarni qarorga kiritmaslik lozim. Shuningdek, mazmuniga ko‘ra aniq qo‘yilmagan savollar ekspert-larni ashyoviy dalillar asosida javob berish imkoniyatini yo‘qqa chiqaradi.

Sud-psixologik ekspertiza asab-ruhiy kechinmani boshidan o‘tkaz-gan va ruhiy kasallik alomatlariga ega bo‘lgan jinoyat protsessi ishtirok-chisining individual-psixologik xususiyatlari va bu xususiyatlarning ter-govchini qiziqtirayotgan davrdagi uning xulqiga ta’sirini aniqlash maq-sadida o‘tkazish uchun tayinlangan holatlarda ekspertlar oldiga qo‘yidagi savollar qo‘yilishi mumkin:

1. Shaxsning asosiy individual-psixologik xususiyatlari nimalardan iborat (mijozi, xarakteri, intellekti, emotsional irodaviy jihatlari)?

Bu o‘rinda shaxsning aynan qaysi xususiyatlari tergovchini qiziqtir-sa, savolda ushbu xususiyat aniq ifodalanishi ham mumkin.

2. Tergovda tekshirilayotgan jinoiy hodisa jarayonida shaxsning individual-psixologik xususiyatlari namoyon bo‘lishi qanday xususiyatga ega bo‘lgan?

Ushbu savolni to‘g‘ri ifodalash uchun tergov qilinayotgan hodisa-ning aynan qaysi qismi va shaxsning qaysi ruhiy jarayoni nazarda tutila-yotgani belgilab o‘tilishi kerak.

3. Ekspertizadan o‘tkazilayotgan kishi haddan ortiq ishonuvchanmi (yoki shaxsning tergov uchun ahamiyatli bo‘lgan qandaydir boshqa xusu-siyatlariga, masalan, qat’iyatlilik, ta’sirchanlik, emotsional beqarorlik va shu kabi xususiyatlarga egami)?

4. Shaxsning ma’lum bir individual-psixologik xususiyatlari uning xulqiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinmi?

5. Shaxs qayd etilgan jinoyatni sodir qilishiga asos bo‘ladigan indivi-dual-psixologik o‘ziga xos xususiyatlarga egami?

Mazkur savol undan avvalgi savollarning mantiqiy davomi bo‘lib, agarda shaxsda ma’lum bir individual-psixologik xususiyat mavjud bo‘lsa va shu xususiyat tergovchini qiziqtirayotgan holatlarda namoyon bo‘lsa-gina shaxsning xulqiga ta’siri muhokama qilinadi.

281

Ushbu turdagi ekspertiza tekshiruvini o‘tkazish jarayonida tergov-chining ekspertlar bilan samarali hamkorlik tashkil etishi talab qilinadi. Chunki, shaxsning individual-psixologik xususiyatlari, ma’lum bir sha-roitlarda amalga oshiradigan aniq bir harakatida namoyon bo‘ladi. Eks-pertlar jinoyat ishi holatlarini atroflicha o‘rganib chiqib, tushunib olmas-dan turib, o‘z bilimlarini keraklicha qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘la ol-maydilar. Shularni inobatga olib, tergovchi ish holatlarini ekspertga tushuntirib berishi, zarur bo‘lsa jinoyat ishining tegishli hujjatlarini tek-shiruv davomida foydalanish uchun taqdim qilishi lozim.

Sud-psixologik ekspertizasi shaxsda jinoyat sodir bo‘lgan vaqtda kuchli ruhiy hayajonlanish (affekt) hamda inson ongiga va harakatiga katta ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lgan nopatologik emotsional holatlarni paydo bo‘lish imkoniyati va ularning qay darajada kechishini aniqlash maqsadida o‘tkazilayotgan bo‘lsa, ekspertlar oldiga hal etish uchun qo‘yiladigan savollar quyidagicha bo‘lishi maqsadga muvofiq:

1. Gumon qilinuvchi jinoyat sodir etish vaqtida uning xulqiga katta ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lgan fiziologik affekt ta’sirida bo‘lganmi?

2. Gumon qilinuvchi jinoyat sodir etish vaqtida ongiga va harakatiga katta ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lgan nopatologik emotsional holatlar ta’sirida bo‘lganmi?

3. Agar ongiga va harakatiga katta ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lgan nopatologik emotsional holatlar ta’sirida bo‘lgan bo‘lsa, ular aynan qaysilar?

4. Gumon qilinuvchida jinoyat sodir etish vaqtida affekt yoki ongiga va harakatiga katta ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lgan nopato-logik emotsional holat aynan qaysi harakat yoki holat natijasida yuzaga kelgan?

5. Gumon qilinuvchida jinoyat sodir etish vaqtida affekt yoki ongiga va harakatiga katta ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lgan nopato-logik emotsional holat qancha vaqt davom etgan?

Tergovchi his-hayajonli holatni jinoyat subyektining o‘z xatti-harakatlari ahamiyatini tushuna bilishi va ularni boshqara olish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin, degan faraz paydo bo‘lganida, sud psixologik-psixiatrik ekspertizasini tayinlash zarurati tug‘iladi. Ushbu turdagi kompleks ekspertizani o‘tkazishda ham ekspertlar oldiga yuqorida qayd etilgan savollar qo‘yiladi.

Ayblanuvchi, guvoh, jabrlanuvchilarning ish holatlari va vaziyatini to‘g‘ri qabul qilish va ular to‘g‘risida haqqoniy ko‘rsatmalar bera olish qobiliyatini aniqlash uchun sud-psixologik ekspertizasi tayinlanishi

282

mumkin. Sud-psixologik ekspertizasining ushbu turini tayinlash uchun idrok qilishga va ma’lum hodisalarni fikrlashga to‘sqinlikni yuzaga kelti-ruvchi tashqi sharoitlarning mavjudligi asos bo‘lib xizmat qiladi. Bularga: idrok qilishning murakkab sharoiti; kuzatilayotgan hodisaning tez o‘tib ketishi; axborotlar hajmining nihoyatda ko‘pligi va inson ongiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar kiradi.

Sud-psixologik ekspertizasining ushbu turi bo‘yicha qarorda quyidagi savollarni ko‘rsatish lozim:

1. Shaxs tashqi muhitda sodir bo‘layotgan hodisa va jarayonlarni to‘g‘ri idrok etish va ifodalash qobiliyatiga egami?

2. Ekspertiza o‘tkazilayotgan shaxs jinoyat ishi uchun ahamiyatli bo‘lgan holatlarni to‘g‘ri idrok eta olganmi?

3. Ekspertiza o‘tkazilayotgan shaxs holat yuzasidan o‘ziga ma’lum bo‘lgan holatlarni to‘g‘ri ifoda eta olganmi?

Nomusga tegish jinoyati natijasida jabrlanuvchilar, shuningdek yosh bolalar va voyaga yetmaganlardagi ruhiy buzilishlarni aniqlash hamda aybdor harakatining ahamiyati va xarakterini to‘g‘ri tushunish va qarshilik ko‘rsata olish qobiliyatini aniqlash zaruratining yuzaga kelishi sud-psixo-logik ekspertizasi tayinlash uchun asos bo‘ladi. Shuningdek, sud-psixolo-gik ekspertizasini tayinlash uchun qayd etilgan holatlardan tashqari nomusga tegish jarayonida jabrlanuvchi tomonidan qarshilik ko‘rsatil-maganligi yoki uning sust harakati, sodir etilgan voqeaga befarqligi kabi holatlar ham asos bo‘lib hisoblanadi.

Ushbu holatlarga oydinlik kiritish uchun ekspertiza tayinlash qarorida qo‘yiladigan savollar quyidagicha bo‘lishi lozim:

1. Jabrlanuvchining aqliy rivojlanganlik darajasiga ko‘ra, o‘ziga nisbatan sodir etilgan harakatlarning mohiyatini anglay olganmi?

2. Jabrlanuvchining voqea sodir etilgan sharoitdagi ruhiy holati ayb-lanuvchi xatti-harakatlarining ahamiyatini tushunish imkonini berganmi?

3. Jabrlanuvchiga nisbatan shunday qilmishning sodir etilishi jara-yonida uning ruhiy holati qarshilik ko‘rsatish imkoniyatini berganmi?

4. Jabrlanuvchida o‘ziga nisbatan shunday harakatlar sodir etilayotgan sharoitda qarshilik ko‘rsatishiga to‘sqinlik qiluvchi ruhiy holat mavjud bo‘lganmi?

5. Agarda mavjud bo‘lsa, u qanday ruhiy holat va uning kechishi qan-day bo‘lgan?

Sud-psixologik ekspertizasining yana bir turi – bu o‘z joniga suiqasd qilgan shaxslarni aniqlash uchun ularning ruhiy holatini turli-tuman metodlar hamda metodikalar yordamida tekshirishdir.

283

O‘limdan keyingi psixologik ekspertizani o‘tkazish zaruratini yuzaga keltiradigan shart-sharoitlar turli-tuman bo‘lishiga qaramasdan, uning obyekti har doim halok bo‘lgan shaxs hisoblanadi. Ushbu turdagi eksper-tizani o‘tkazishda ekspertlar quyidagi vazifalarni hal qilishlari lozim:

– vafot etgan shaxsning individual psixologik o‘ziga xos xususiyat-larini tadqiq etish;

– vafot etgan shaxsning o‘limidan avvalgi davrdagi psixik holatini tadqiq etish;

– uning o‘zini o‘zi o‘ldirishga moyilligi bo‘lganligi yoki bo‘lmagan-ligi haqidagi masalani hal qilish;

– vafot etgan shaxsda uning o‘zini o‘zi o‘ldirishiga olib kelgan psixik holatning sabablari va rivojlanish shart-sharoitlarini o‘rganish.

Sud-psixologik ekspertizasining mazkur turi bo‘yicha ekspert-psixo-loglarga hal etish uchun qo‘yiladigan savollar quyidagi tarzda bayon qili-nishi mumkin:

1. Vafot etgan shaxsning individual psixologik o‘ziga xos xususiyat-lari qanday va ular uning o‘limi holatida qay tarzda yuzaga kelgan?

2. Vafot etgan shaxsda o‘limidan avvalgi davrda o‘zini o‘zi o‘ldi-rishga olib keladigan psixik holat yuz berganmi va agar shunday bo‘lsa, bu holat nimada ifodalanadi hamda bunday holatga nima sabab bo‘lgan?

3. Shaxsning o‘limidan avvalgi ruhiy holati uning o‘zini o‘zi o‘ldi-rishiga sabab bo‘lishi mumkinmi?

Sud-psixologik ekspertizasini voyaga yetmagan gumon qilinuvchi (ayblanuvchi), jabrlanuvchi va guvohlarga nisbatan o‘tkazilishi alohida xususiyatlarga ega bo‘lib, bu narsa ularning yoshi va psixik rivojlani-shidagi o‘ziga xos tomonlar bilan bog‘liqdir.

Tergov amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, odatda voyaga yetmagan shaxs-lar bilan bog‘liq tergov harakatlarini o‘tkazishda ularning o‘zi va yaqin qarindoshlari mavjud ruhiy kasallik yoki buzilishlarni yashirishga hara-kat qilib, aksincha o‘zlarini sog‘lom qilib ko‘rsatishga harakat qilishadi. Shuning uchun bu holatga oydinlik kiritish uchun boshqa manbalarga murojaat qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu manbalar qatoriga quyi-dagilarni kiritish mumkin:

– qo‘shnilari, pedagog va davolovchi shifokorni so‘roq qilish; – ruhiy kasalliklar dispanseridan bu haqdagi ma’lumotlarni olish

(ro‘yxatda turish-turmasligi haqidagi ma’lumotnoma, yotib davolangan bo‘lsa kasallik tarixi va boshqalar).

Voyaga yetmagan shaxsning ruhiy holatidagi o‘zgarishlar bo‘yicha biron ma’lumotlar aniqlansa yoki u bilan muloqot jarayonida ruhiy kasal ekanligiga shubha uyg‘otuvchi holatlar namoyon bo‘lsa, bu holatda

284

tergovchi sud-psixiatrik ekspertiza tayinlashi lozim. Agarda voyaga yetma-gan guvoh yoki jabrlanuvchi o‘z ko‘rsatuvida ma’lum qilgan holatlar va jarayonlarni to‘g‘ri idrok eta olishi, shuningdek voyaga yetmagan aybla-nuvchining o‘z harakatlari mohiyatini tushunishi va boshqara olishini tek-shirish uchun sud-psixologik ekspertizasi tayinlanadi.

Agarda sud-psixologik ekspertizasi voyaga yetmagan guvoh yoki jabrlanuvchining ko‘rsatuvida ma’lum qilgan holatlar va jarayonlarni to‘g‘ri idrok eta olishi (qabul qila olishi) va ifodalay olishini tekshirish uchun o‘tkazilayotgan bo‘lsa, u holda psixolog-ekspert oldiga quyidagi savollar qo‘yilishi mumkin:

1. Voyaga yetmagan guvoh yoki jabrlanuvchi yoshiga oid psixologik xususiyatlari, aqliy rivojlanganligi va individual-psixologik xususiyatlariga ko‘ra, so‘roq davomida bergan ma’lumotlarni to‘g‘ri idrok eta olganmi?

2. Voyaga yetmagan guvoh yoki jabrlanuvchi yoshiga oid psixologik xususiyatlari, xotirasi, kuzatuvchanligi va diqqatining individual xususi-yatga ko‘ra, so‘roq davomida holatni eslab to‘g‘ri ifodalab bera oladimi?

3. Voyaga yetmagan guvoh yoki jabrlanuvchining holat haqida bergan ko‘rsatuvlari uning xayoliy farazlari emasmi?

4. Voyaga yetmagan shaxsda yuqori darajadagi ishonuvchanlik belgi-lari bormi?

Shuningdek, voyaga yetmagan ayblanuvchining o‘z harakatlari mohi-yatini tushunishi va boshqara olishini aniqlash uchun sud-psixologik eks-pertizasini o‘tkazishda ekspertlar oldiga hal etish uchun quyidagi savol-larni qo‘yish lozim:

1. Voyaga yetmagan shaxsning psixik rivojlanishida orqada qolish belgilari bormi, agarda bor bo‘lsa, u nimalarda o‘z aksini topadi;

2. Voyaga yetmagan shaxsning aqliy va psixik rivojlanganlik darajasi uning yoshiga mos keladimi?

3. Voyaga yetmagan shaxs o‘z harakatlarining mohiyati va oqibatlarini to‘g‘ri anglay oladimi?

4. Voyaga yetmagan shaxsning aqliy rivojlanishida orqada qolish belgilari bormi, agarda bor bo‘lsa, u nimalarda namoyon bo‘ladi?

5. Agarda aqliy rivojlanishida orqada qolish belgilari bor bo‘lsa, uning shakli va darajasi qanday?

6. Voyaga yetmagan shaxsda mazkur jinoyatni sodir etishga imkon beradigan individual-psixologik xususiyatlar bormi?

7. Voyaga yetmagan shaxs o‘z harakatlarini qay darajada boshqara oladi? Tergovchi sud-psixologik ekspertiza xulosasini olganidan keyin uni

o‘rganib chiqib, jinoyat ishi bo‘yicha to‘plangan boshqa dalillar majmuiga

285

asoslanib baho berishi lozim. Ekspert xulosasiga baho berishda asosiy e’ti-borni uning ilmiy asoslanganligi va ekspertiza o‘tkazish uchun belgilangan barcha protsessual qoidalarga rioya etilganligiga qaratish lozim.

Ekspertning xulosasi surishtiruvchi, tergovchi yoki sud uchun muqar-rar daliliy kuchga ega emas. Agar tergovchi xulosaga qo‘shilmasa, buni qarorda asoslab berishi lozim. Shuningdek, holat bo‘yicha qo‘shimcha yoki qayta ekspertiza yoxud komission tartibda ekspertiza tayinlashi mumkin.

Jinoyat ishi bo‘yicha bir necha ekspertiza o‘tkazilgan va ekspertlar bir xil fikrga kelmagan bo‘lsalar, tergovchi ba’zi ekspertlarning xulosalariga qo‘shilish va boshqa ekspertlarning xulosalariga qo‘shilmaslik to‘g‘risidagi o‘z fikrini qarorda asoslab berishi lozim.

Savol va topshiriqlar

1. Tergov amaliyotida psixologik bilimlardan foydalanish qanday vujudga

keldi? 2. Sud-psixologik ekspertizasi deganda nimani tushunasiz? 3. Sud-psixologik ekspertizasining turlarini sanab bering. 4. Sud-psixologik ekspertizasini o‘tkazishning qanday bosqichlari mavjud? 5. Sud-psixologik ekspertizasi o‘tkazishning tekshiruv bosqichiga izoh

bering. 6. Sud-psixologik ekspertizasidan o‘tadigan ma’lumotlar qanday usullarda

to‘planadi? 7. Qanday holatlar sud-psixologik ekspertizasini tayinlashga asos bo‘ladi? 8. Sud-psixologik ekspertizasining kompleks tarzda o‘tkaziladigan turlarini

ayting. 9. Sud psixologik-psixiatrik ekspertizasi qanday maqsadlarda tayinlanadi? 10. Sud-psixologik ekspertiza o‘tkazish uchun tayinlangan ekspertlar oldi-

ga qanday savollar qo‘yilishi mumkin?

286

XIII BOB. VOYAGA YETMAGANLAR TOMONIDAN SODIR ETILGAN JINOYATLARNI TERGOV QILISHDA PSIXOLOGIK

BILIMLARDAN FOYDALANISH

1-§. Voyaga yetmagan shaxslarga psixologik tavsif

Voyaga yetmaganlar jinoyatlarini tergov qilish usullari, ular bilan muloqot o‘rnatish va tergov harakatlarini o‘tkazishning psixologik jihatlari katta yoshdagi shaxslarning jinoyatlari bo‘yicha dastlabki tergov olib borishdan tubdan farq qiladi, chunki voyaga yetmaganlarni tergov qilish ularning yoshi, aqliy va ruhiy rivojlanganlik xususiyatlarini inobatga olish-ga asoslanadi. Voyaga yetmagan shaxslarning jinoyatlarini tergov qilishning psixologik jihatlari ushbu toifadagi shaxslarning ijtimoiy-ruhiy holatlari bilan bog‘liq bo‘lib, ham obyektiv, ham subyektiv xususiyatga ega.

Uning obyektiv tomonini bu yoshdagi shaxslarning organizmida bo‘lib o‘tayotgan psixofiziologik jarayonlar tashkil qiladi, subyektiv jihati esa muayyan shaxsning shakllanishiga xos xususiyatlarni o‘z ichiga oladi. Obyektiv va subyektiv omillar voyaga yetmaganlarning ijtimoiy va huqu-qiy ongiga, qonun va tirikchilik talablariga, xulq-atvoriga, o‘zga shaxs-larga bo‘lgan munosabatiga va boshqa jihatlariga ta’sir ko‘rsatadi.

Jinoyat ishlar bo‘yicha dastlabki tergov olib borishda voyaga yetma-ganlar bilan bog‘liq holatlar turlicha bo‘lib, protsess ishtirokchisi sifatida gumon qilinuvchi (ayblanuvchi), jabrlanuvchi yoki guvoh maqomida bo‘li-shi mumkin. Shundan kelib chiqib, voyaga yetmagan shaxs bilan muloqot o‘rnatish hamda unga nisbatan psixologik ta’sir ko‘rsatish usuli belgilab olinadi va amalga oshiriladi.

Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarga munosa-bat Jinoyat kodeksining 17-moddasida aks etgan. Unga ko‘ra, jinoyat sodir etgunga qadar 16 yoshga to‘lgan, aqli raso jismoniy shaxslar javobgarlikka tortiladilar. Shuningdek, jinoyat sodir etgunga qadar 13 yoshga to‘lgan shaxslar faqat javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirganliklari uchun, 14 yoshga to‘lgan shaxslar esa ayrim turdagi ijtimo-iy xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka torti-lishi belgilab qo‘yilgan. Jinoiy javobgarlik yoshini belgilashda voyaga yet-maganlarning turli yosh davrlaridagi psixologik rivojlanganlik darajasi, ijtimoiy-huquqiy ongi va o‘zi sodir etgan ijtimoiy xavfli qilmishiga nisba-tan subyektiv munosabat shakllanishining xususiyatlari inobatga olingan.

Voyaga yetmagan shaxslarga psixologik tavsif berishda ularning turli yosh davrlaridagi o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilish talab qilinadi. Psi-xologiyaga oid adabiyotlarda voyaga yetmagan shaxslarning turli yoshdagi psixologik jarayonlari «Yosh davrlari psixologiyasi» deb nomlangan

287

bo‘limlarda tahlil qilib kelingan. Unda insonda turli psixik jarayonlar – sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol va hokazolar rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari, uning faoliyati (o‘yin, o‘qish, mehnat kabilar), shuning-dek inson shaxsining tarkib topishi hamda inson psixikasining rivojlanish davrlarini aniqlash, shu sohadagi ma’lumotlarni to‘plash ilmiy jihatdan tadqiq qilinadi. Bola tug‘ilganidan voyaga yetguniga qadar har tomonlama rivojlanishi, jamiyatning teng huquqli a’zosi bo‘lgunicha ulg‘ayishi va shaxs sifatida tarkib topishi muammolarini, bularning psixologik mexa-nizmlarini aniqlash va sharhlash yosh davrlari psixologiyasi sohasining predmetini tashkil etadi.

Voyaga yetmagan shaxslar psixologik tavsifini bilish ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida beqiyos o‘rin egallaydi. Ichki ishlar idora-lari xodimlarining tergov bo‘linmalarida xizmat olib borayotgan xodimlar jinoyatlarni tergov qilishda turli yoshdagi shaxslar bilan muloqot qilish-lariga to‘g‘ri keladi. Ular bilan muloqotda yoshidan, turmush va tarbiya-lanish sharoitlaridan kelib chiqib turlicha yondashuv amalga oshirilishi lozim. Voyaga yetmagan shaxslar bilan muloqotga kirishish va psixologik ta’sir ko‘rsatishda ularning psixologiya fanida kuzatish va tahlillar natijasida aniqlangan tiplarini hisobga olinishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Barcha voyaga yetmagan shaxslar, ya’ni o‘smirlar va o‘spirinlar uchun xos bo‘lgan xarakter o‘zgarishining tiplari psixologiyada quyidagicha bayon qilingan:

1) xarakter o‘zgarishining murosasozlik tipi. Uning asosiy xususiyati o‘smirning o‘zi bevosita odatlangan atrofdagilarning talabi bilan kelisha olishidir. Bunday o‘smirlar atrofdagi hodisalarga shaxsiy munosabatini yo‘qotgandek bo‘ladi. Ularning mulohazasi, bahosi o‘z doiralarida qabul qilingan qoidalar bilan jiddiy cheklangan bo‘ladi va ular shu qoidalarga ko‘r-ko‘rona bo‘ysunadilar. Har qanday holatda ko‘pchilikdan farqlanmay, oldinga ham ketmay va orqada ham qolmay bir me’yorda yuradilar. Ular hayotning muayyan uslubiga o‘rganadilar va yangilikni qiyinchilik bilan qabul qiladilar. O‘z tengdoshlari guruhiga juda ham bog‘lanib qoladilar va undagi kechadigan hayot tarzi, xatti-harakatlarning tashqi shaklini ham hech qanday tanqidsiz ma’qullaydilar. Ularning fikr-mulohazalarida va xatti-harakatlarida tashabbuskorlik, qat’iyatlilik, dadillik va originallik ko‘rinmaydi;

2) xarakter o‘zgarishining gipertim tipi. Bunday tipdagilar serharakat, sho‘x, boshqa bolalarga buyruq berishni yaxshi ko‘radigan bo‘ladilar. Ular notanish bolalar va kattalar bilan tezda til topishib ketaveradilar. Bunday o‘smirlar tengqurlari orasida ko‘zga ko‘rinib qoladilar va ko‘pincha guruh-dagi norasmiy peshqadamga aylanadilar. Ularda erkinlikka intilish yaqqol

288

ko‘rinadi, har ishda mustaqillik, tashabbuskorlik kuchli bo‘ladi, mayda-chuyda mehribonchiliklarni yoqtirmaslik va ba’zi hollarda tajovuzkorlik kuzatiladi. Mazkur o‘smirlar ziddiyatli vaziyatlarda faol qarshilik ko‘rsa-tadilar, hech qanday sustkashlikka toqat qilmaydilar, har qanday yangilikka qiziqadilar, begona kishilar bilan osongina aloqaga kirishib ketadilar, sergap bo‘ladilar, maqtanishni, vaqtichog‘likni yaxshi ko‘radilar;

3) xarakter o‘zgarishining emotsional-labil tipi. Ushbu tip kayfiyatning beqarorligida, arzimagan sabab bilan ham o‘zgarishida ko‘rinadi. Kayfiyat-ning o‘zgarib turishi o‘smirning atrofdagilar bilan munosabatiga ham tegishli ravishda ta’sir etadi. Ular muloqotda ancha hushyorlik qiladilar. Ular odatda qattiq tovushga, yorqin nurga sezgir bo‘ladilar, ko‘pchilik orasida toliqadilar va shuning uchun yolg‘izlikka intiladilar. Ular taniydigan kishilar doirasi cheklangan bo‘ladi, o‘zlarini himoya qila olmaydilar, uyat-chan, tortinchoq, o‘zini baholashi past bo‘ladilar. Ular odatdagi turmush tarzi buzilishidan hayajonlanadilar, bir xil narsalarga odatlanadilar. Bunday o‘smirlar gap ko‘tara olmaydilar;

4) balog‘atga yetmaganlarda xarakterning isterik xislatlari ham uchraydi. Bular xilma-xil bo‘lib, xudbinlik, manmanlik, tannozlik, yaxshi ko‘rinishga intilish, kuchli taassurot qoldirish va hokazolardan iboratdir. Bu xislatlar kattalardagi kabi yaqqol bo‘lmasa-da, yetarli darajada ko‘rinadi. Ular o‘zlariga obyektiv baho bera olmaydilar. Qizlarning pardoz-andozni erta boshlashi, g‘ayrioddiy xatti-harakatlari, kiyinishi va hokazolar o‘z shaxsiga kishilar e’tiborini jalb qilishga urinishdir. Ular raqobatlashishga o‘chroq bo‘ladilar.

Isterik xarakterli o‘smirlar odatda, notanish tengdoshlari orasida tez va aniq munosabatga kirishadilar hamda psixologik muhitga osongina qo‘shi-ladilar, o‘zlariga ishongan tengdoshlariga peshqadamlik orqali boshchilik qilishga intiladilar. Ularning sun’iy mantiqiy fikrlari va xatti-harakatlaridagi tuturiqsizlik hamda ziddiyatlar, shuningdek, mulohazalarining yo‘nalishi va mazmuni kayfiyatlariga bog‘liq bo‘lib, asosan guruhda kelishmovchilik-larga olib keladi. Bunday o‘smirlar yolg‘onchilikka va uydirmalar to‘qishga moyil bo‘ladilar, o‘z uydirmalaridagi qiyofalarga osongina kiradilar va o‘zlari yaratgan mazmunning barcha ziddiyatlarini his etadilar. O‘z mavqe-laridan qanoatlanmagan hollarda ko‘proq uydirmaga beriladilarki, bu ham hayotdagi muvaffaqiyatsizlikda o‘ziga xos himoyalanish javobidir. Ular manmanlik maqsadida nimanidir to‘plashi, shu orqali boshqalarni ajablan-tirishga urinishi mumkin. Xarakterida isterik xislatlar mavjud o‘smirlar kayfiyatga salbiy ta’sir etuvchi vaziyatlarda ko‘pincha asabiy va hatto, ruhiy kasallikka chalinish darajasigacha yomon holatga tushadilar;

289

5) balog‘atga yetmaganlar orasida xarakteri o‘zgarib turadigan o‘smir-lar ham uchraydi. Bunday o‘zgarishlar tashqi ta’sirlarga munosabatda namoyon bo‘ladi. Ular o‘qishni, ishlashni yaxshi ko‘rmaydilar va buni o‘z-lari ham ochiq-oydin aytadilar. Bu xildagi o‘smirlar o‘yin-kulgini, qimor o‘yinlarini yoqtiradilar, bekorchi gap sotishga, spirtli ichimliklarni ichishga moyil bo‘ladilar, kelajak rejasini tuzmaydilar, kunni bir amallab o‘tkazib yuraveradilar. Tengqurlari guruhida yo‘l boshlovchilar qo‘li ostida bo‘lib, ko‘pincha mastlik hollarida sodir etiladigan ko‘ngilsiz harakatlarning va huquq buzishlarning ishtirokchisiga aylanadilar;

6) hayotda garchi oz bo‘lsa-da, qo‘rqoq, badgumon o‘smirlar ham uchraydi. Ular odatda yaxshi o‘qiydi, intizomli bo‘ladi va o‘qituvchilarni tashvishlantirmaydi, lekin o‘zicha qiynaladi. O‘z kuchiga, ayniqsa jismoniy imkoniyatlariga ishonmaslik ularni ezadi va o‘zlarini to‘la-to‘kis ko‘rsa-tishlariga monelik qiladi. O‘z xatti-harakatlaridan va topshiriqlarni to‘g‘ri bajarganidan ham shubhalanaverish ularning tinkasini quritadi. Ular hamma masalalarni mantiqan, to‘g‘ri hal qiladilar, lekin amalga oshirishda ikkilana-dilar. Ular doimo fikrlashga moyil bo‘ladilar, mavhum masalalarni hal qilishni yaxshi ko‘radilar. Tevarak-atrofni yaqqol idrok etmaydilar, hamma narsaning sabab-natija munosabatlarini qidiradilar. Ana shunday o‘smirlar juda sezgir va serzarda bo‘lsalar ham, atrofdagi hodisalarni idrok etishda ularda yorqinlik va hissiyot kuchi yetishmaydi;

7) o‘smirlar orasida zehni pastroq, kaltafahmroqlari ham uchrab turadi. Ular fikrlash jarayonidagi sustkashligi, faoliyatsizligi bilan farqlanib, bir mavzudan ikkinchi mavzuga darrov o‘ta olmaydilar. Lekin ular ish qobili-yatining yaxshiligi, sinchkovligi, betartibligi bilan ajralib turadilar. Bunday o‘smirlar xatti-harakatda sustkash, hissiy bo‘shanglikka va shu bilan birga ba’zan tutaqishga moyil bo‘ladilar. Bir xil turmush tarziga, muayyan vaziyatga, ma’lum kishilarga o‘rganadilar va har qanday o‘zgarishdan qanoatlanmaydilar;

8) balog‘atga yetmaganlar orasida odamoviligi, ishonchsizligi va sovuqqonligi bilan ajralib turadigan o‘smirlar ham bo‘ladi. Ular o‘z teng-doshlari bilan darrov aloqa bog‘lab ketolmaydilar, boshqalardan ajralib qolishdan o‘zlari qiynaladilar. Ular tashqi ko‘rinishdan soddaligi, beparvo-ligi va o‘z hissiyotlarini namoyon etmasligi bilan ajralib turadi.

Jinoyat ishi bo‘yicha voyaga yetmagan shaxslar ishtirok etgan holat-larda ularning yuqorida qayd etilgan tiplaridan kelib chiqib, tegishli taktik va psixologik usul, uslublarni qo‘llash zarur.

Dastlabki tergovda asosan yosh davrlarining o‘smirlik va o‘spirinlik davridagi voyaga yetmagan shaxslar bilan tergov harakatlari va boshqa protsessual harakatlarni amalga oshirishga to‘g‘ri keladi.

290

O‘smirlik yoshining psixologik xususiyatlari alohida namoyon bo‘lgan-da ular «O‘smirlik kompleksi» va uning kechishi bilan bog‘liq tarzdagi xulq-atvor buzilishi – «Pubertat inqiroz» degan nom oladi. Adabiyotlar tahlilining ko‘rsatishicha, mazkur holat ikkiga – «Inqiroz» va «Stabil» (muqim)ga ajratiladi. Inqiroz holati o‘tkinchi xususiyatga ega bo‘lib, ularni 1 yosh, 3 yosh, 7 yosh va 13 yoshda ko‘rish mumkin. O‘smirlik yoshidagi inqirozning keskin o‘tish davri 11–16 yosh bo‘lib, uning ikki fazasi mavjud va ular negativ (13–14 yosh) va pozitiv (15–16 yosh) deb ataladi. Umuman, o‘smir shaxsida juda qisqa vaqt oralig‘ida shiddatli, hattoki ba’zan fojiali tarzdagi o‘zgarishlar seziladi. Inqiroz eski va yangi ijtimoiy-psixologik o‘zgarishlarning to‘qnashuvi bo‘lib, yaxlit holda qaraganda pozitiv qayta qurilishlar xarakterini belgilab beradi. Kichik maktab yoshidagi bola kattalarning ko‘rsatmalari yoki o‘zining tasodifiy, beixtiyor orzu-istaklari bilan harakat qilsa, o‘smir o‘z faoliyatini muayyan prinsip, e’tiqod va shaxsiy nuqtai nazar asosida tashkil qila boshlaydi.

O‘smir inqiroz doirasiga kirishi bilan uning rivojlanishida psixologik siljishning ayrim o‘ziga xos keskin ko‘rinishlari: inqiroz boshlanishi va tugashining noaniqligi; tarbiyasida qiyinchilik; rivojlanishning negativ xususiyat kasb etishi kabilarda namoyon bo‘ladi. O‘smir shaxsining tarkib topishida axloq, o‘ziga xos ong alohida ahamiyat kasb etadi. O‘smir shaxsini tarkib toptirishda uning atrof-muhitga, ijtimoiy hodisalarga, kishilarga munosabatini hisobga olish lozim. Chunki o‘smirda muayyan narsalarga munosabat shakllangan bo‘ladi.

Psixologlar o‘tkazgan tadqiqotlardan ko‘rinadiki, o‘smirlarning ko‘p-chiligi qat’iyatlilik, kamtarlik, mag‘rurlik, samimiylik, mehribonlik, dilkashlik, adolatlilik kabi ma’naviy-axloqiy tushunchalarni to‘g‘ri anglay-dilar. Ularning turmush tajribasida, fan asoslarini egallashlari natijasida bar-qaror e’tiqod va ilmiy dunyoqarash tarkib topadi, shular zamirida axloqiy ideallar yuzaga kela boshlaydi. O‘smirlarning ideallari negizida orzu, maqsad va ularni ro‘yobga chiqarish rejalari namoyon bo‘la boshlaydi. Muayyan kasbga mayl va qiziqish tug‘iladi. Orzu-istaklar rang-barangligi bilan bir-biridan keskin ajralib turadi.

O‘smirlik yoshida psixologik jihatdan eng muhim xislat – voyaga yetish yoki kattalik hissining paydo bo‘lishi alohida ahamiyatga ega. Katta-lik hissi ijtimoiy-axloqiy sohada, aqliy faoliyatda, qiziqishda, munosabatda, ko‘ngil ochish jarayonida xulq-atvorning tashqi shakllarida o‘z ifodasini topadi. O‘smir o‘z kuchi va quvvatining oshishi, irodaviy chidamliligi ortayotganini va bilim saviyasi kengayayotganligini anglay boshlaydi. Bularning barchasi unda kattalik hissini rivojlantiradi.

291

Shu o‘rinda katta yoshdagi shaxslarning jinoyat sodir etish «tajribasi» yoshlar o‘rtasida yoyilishini ham e’tirof etish maqsadga muvofiqdir. Ya’ni voyaga yetmaganlar sodir etadigan jinoyatlarning katta yoshdagilar tomoni-dan sodir etiladigan jinoyatlarga nisbatan ta’sir doirasi jinoiy tajovuz yo‘na-lishining turlariga ko‘ra o‘zgarib turish xususiyatiga ega. Masalan, voyaga yetmaganlar qasddan sodir etadigan umumiy turdagi jinoyatlar yoshlar va katta yoshdagi jinoyatchi shaxslar qasddan sodir etadigan jinoyatlar bilan yaqin bo‘lib, kuch ishlatish yo‘li bilan sodir etiladigan jinoyatlardan farqli ravishda kuchli bog‘lanishga ega. Aksincha, voyaga yetmaganlar tomoni-dan kuch ishlatish bilan sodir etiladigan jinoyatlar katta yoshdagilar tomonidan sodir etiladigan shu turdagi jinoyatlar bilan sust bog‘lanishda bo‘ladi. Buning sababi kuch ishlatish bilan bog‘liq jinoyatlarning sodir bo‘lishi turmushning turli yo‘nalishlarida ro‘y berishi mumkin. Shu nuqtai nazardan ichki ishlar idoralari xodimlari jinoyatchilikning oldini olishda va unga qarshi kurashishda shaxslarning yosh davrlarini, ularning psixologik xususiyatlarini hisobga olishi muhim ahamiyatga ega.

O‘smirlik yoshi – nihoyatda sezuvchan, ruhiy tomondan tez shikastla-nuvchi, qarama-qarshi fikrlarga ega bo‘luvchi davr deb qaraladi. O‘smirlik yoshida jinsiy ulg‘ayish jarayoni o‘z yakunini topadi va bolalar ilk bor ishlab chiqarish mehnatiga qadam qo‘yadilar. Bunday holat yoshlarni jamiyatga bo‘lgan ijtimoiylashuvining oxirgi bosqichiga olib keladi. Ular huquqiy va axloqiy normalarni o‘zlashtirib oladilar va qonun oldida javob berishga tayyor bo‘ladilar.

Ushbu inqiroz vaqtlarida o‘smirning dunyoqarashi, o‘zgalarga bo‘lgan munosabati, ichki kechinmalari va hissiyotlari o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Buning o‘ziga xos sabablari quyidagilar:

– organizm va jinsiy ulg‘ayganligi bir tekisda rivojlanmaydi. Yurak va qon bosimidagi nomutanosiblik o‘smirni tez-tez bezovta, behalovat holatiga tushirib qo‘yadi;

– yurak-tomir tizimining bir tekisda emasligi, bosh og‘rishlar, gallyutsi-natsiya va his-tuyg‘ularga berilishi, tez qo‘zg‘alish kabi nosog‘lom holat-larga olib keladi va ko‘plab nizoli vaziyatlarni keltirib chiqaradi.

Muloqotga bo‘lgan ehtiyoj, hayotda o‘z o‘rnini topish va mustaqil bo‘lishga intilishi faqat yaxshi sharoitlarda, ijtimoiy foydali faoliyat turlari-da yuzaga keladi. Bunday sharoitlar yo‘q bo‘lsa o‘smir o‘z mustaqilligi va nimalarga qodir ekanligini isbotlash uchun norasmiy o‘smirlar guruhiga a’zo bo‘ladi, ko‘cha-kuyda o‘z ehtiyojlarini qondiradi. Bunday joylarda uning xatti-harakatlari noijtimoiy xulqqa aylanib ichish, chekish, yomon so‘zlash, bezorilik qilishga qiziqadi.

292

O‘smirlik davrida tarbiyasi «qiyin» o‘smirlar tomonidan sodir etiladigan har qanday xatti-harakat aktlari: aksilijtimoiy xulq-atvor, peda-gogik qarovsizlik, moslasha olmaydigan xulq, axloqsiz xulq, deviant xulq, autodestruktiv (o‘zini o‘zi fosh qilish) xulq va hokazolar o‘tish davrining o‘ziga xos odat tusiga kirib qolgan tartib shakli sifatida tan olinadi. Tarbi-yasi «qiyin» o‘smirlarning o‘zligini anglashda «Men» timsoli alohida o‘rin tutadi. Tarbiyasi «qiyin»likning vujudga kelishi va uning kechishini subyekt tomonidan anglanishi ular bilan olib boriladigan psixoprofilaktik, psixo-diagnostik, psixokorreksion ishlarning samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsa-tadi. Jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan subyektlarning barchasi tar-biyasi «qiyin» o‘smirlar xulq-atvorining ijtimoiy me’yorlarga moslashuvi yoki moslasha olmaslik strategiyasi o‘smir shaxsining himoyaviy-mos-lashuv mexanizmini aks ettirishini hisobga olishlari zarur.

Qonunni buzishi yoki qoidaga xilof ish qilishi darajasiga qarab tarbiya-si «qiyin» o‘smirlar jinoiy qonunbuzar va oddiy qoidabuzar (tartibbuzar) guruhlarga ajratiladi.

Dastlabki tergov davomida tarbiyasi «qiyin» o‘smirlar bilan alohida-alohida suhbat o‘tkazish ularning ruhiy kechinmalari bilan tanishishning eng samarali usulidir. O‘tkazilgan suhbatlar o‘smirning psixik dunyosiga shunday nozik ta’sir qilish kerakki, natijada unda vijdon azobi, o‘ng‘ay-sizlik tuyg‘usi vujudga kelsin. O‘smir shaxsiyatiga tegadigan muomalada bo‘lish man etiladi. Suhbat davomida iliq psixologik muhit, do‘stona munosabat bo‘lmog‘i shart.

Yuqorida sanab o‘tilgan voyaga yetmagan shaxslarning umumiy psixo-logik tiplaridan tashqari, tarbiyasi «qiyin» o‘smirlarning tiplari bir nechta shartli guruhlarga ajratiladi.

Tarbiyasi «qiyin» o‘smirlarning birinchi guruhi orsizlar yoki subutsiz-lar deyiladi. Ular bila turib qonun-qoidalarni buzadilar, noma’qul ishlarni qiladilar. Ular o‘zlarining gunohkor ekanliklarini tan olmaydilar. Bunday bolalar betga chopar, o‘jar tabiatli, rahm-shafqatsiz, «zo‘ravon» bo‘ladilar.

Ikkinchi guruhga mansub tarbiyasi «qiyin» o‘smirlar yaxshi va yomonni tushunadilar, biroq mustaqil e’tiqodga, barqaror his-tuyg‘uga ega emaslik-lari sababli «orqa»da turib qoidani buzadilar. Ular jamoa oldida katta va’da beradilar, biroq, ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng, bergan va’dasini butunlay unutadilar.

Uchinchi guruhga mansub tarbiyasi «qiyin» o‘smirlar shaxsiyatparast-lik tufayli qonunbuzarlik, tartibbuzarlik yo‘liga kirib qoladilar. Ular qil-mishlari uchun afsus-nadomat chekadilar, ruhan eziladilar. Ulardagi axloq-qa zid xatti-harakatlar achinish hissi tarzida namoyon bo‘ladi.

293

Injiq tabiatli o‘smirlar to‘rtinchi guruhga mansub bo‘lib, sinfda, teng-qurlari orasida o‘z o‘rnini topa olmaganidan qayg‘uradilar. Shu bois gina-xon, arazchi bo‘ladilar.

Shu ma’noda o‘smir tomonidan sodir etilgan jinoiy harakat uning xulqiga emas, balki vujudga kelgan vaziyatga ko‘ra sodir etilganda o‘smir shaxsining ijobiy sifatlari va jinoyatchilikning sodir etilishiga sabab bo‘luvchi omillar to‘g‘risidagi ma’lumotlar berilmaydi. Shuning uchun ham vujudga kelgan vaziyatlarga bog‘liq bo‘lgan jinoyatlarning oldini olishda o‘smir shaxsining xususiyatlarini, uning ijobiy va salbiy sifatlari hamda xarakterini hisobga olgan holda ish tutish maqsadga muvofiqdir.

O‘spirinlik davrining psixologik xususiyatlari. Ilk o‘spirinlik davriga 15–18 yoshlar oralig‘i kiradi. Bu davrda shaxs jismonan baquvvat va mustaqil mehnat qila oladigan bo‘ladi. Ilk o‘spirinlik davrida shaxs ijtimoiy hayotda, maktab jamoasida, tengqurlari bilan munosabatlarda egallagan mutlaqo yangicha mavqei, o‘qish va turmush sharoitidagi o‘zgarishlar ta’sirida tarkib topa boshlaydi. Mazkur davrning yana bir xususiyati – meh-nat va ta’lim faoliyatining bir xil ahamiyat kasb etishidir. Mavjud shart-sharoitlar ta’siri ostida o‘spirinning o‘ziga xos axloqiy va aqliy rivoj-lanishini ko‘rish mumkin. Shuningdek, bu davrda o‘spirinlarda o‘zligini anglash yaqqol namoyon bo‘ladi. O‘spirinning barcha jabhada mustaqil faoliyat yurita olmasligi uning psixikasidagi jiddiy kamchiliklardan biridir.

O‘spirinlarning muhim xislatlari ularda yuksak darajadagi do‘stlik, o‘rtoqlik, ulfatchilik, muhabbatning vujudga kelishidir. O‘rtoqlik munosabat-larining yuksak cho‘qqisi do‘stlik hissida namoyon bo‘ladi. Do‘stlik hissi o‘rtog‘iga mehribonlikda, u bilan uchrashish va suhbatlashish, o‘z fikr va hissiyotlari bilan o‘rtoqlashishda ko‘rinadi.

O‘spirinlik davrida yigit bilan qiz o‘rtasida muhabbat tuyg‘usi vujudga kela boshlaydi. Muhabbatning quvonchli lahzalari, iztirobli kechinmalari ikkala yoshning ruhiyatini egallaydi va tobora chuqurlashib boradi. O‘spirin-larda sezgirlik, kuzatuvchanlik takomillashib boradi. O‘spirinlar topshiriq-larni bajarishda ularning ma’nosi hamda mohiyatini to‘la anglab ish tutadilar, eslab qolish, esda saqlash, esga tushirish jarayonlarining samarali usullaridan unumli foydalanadilar. Bu jarayonlarni muvaffaqiyatli amalga oshishini ta’minlovchi diqqatning sifati va miqdori o‘zgaradi. Diqqatni ko‘chirish va taqsimlash sezilarli rivojlanadi, boshqalarning nuqtai nazariga e’tibor berish, ularning nutqini tinglash, yozib olish, mulohaza yuritish mahorati oshadi va aqliy qobiliyat takomillashadi. O‘spirinlarning tafakkuri tobora faol, mustaqil va ijodiy xususiyatga ega bo‘lib boradi, lekin ularning fikr yuritishida birmuncha obyektiv va subyektiv kamchiliklar uchraydi.

Dastlabki tergov davomida voyaga yetmaganlar ishtirokida tergov harakatlarini olib borishda ularning xulq-atvoriga alohida e’tibor qaratish

294

lozim. Bunda, ayniqsa, xulq-atvordagi og‘ish, ya’ni deviant xulq-atvorning mavjudligini puxta tekshirish talab qilinadi. Deviant (og‘ish) xulq mos ijtimoiy sharoitlarda maxsus ommaviylikka saqlanib qolish va tarqalish xususiyatiga ega bo‘lgan ijtimoiy normalarning buzilishidir.

Ommaviy hodisa sifatida ko‘rib chiqiladigan deviantlik jamiyatda yuz beradigan iqtisodiy, ijtimoiy siyosiy, ruhiy jarayonlar bilan o‘zaro chambar-chas bog‘liqdir. Ba’zi hollarda jamiyatdagi voqea-hodisalar deviant xulq-atvorni u yoki bu turining paydo bo‘lishi, kengayishi yoki yo‘qolib ketishiga sababchi bo‘lib qolishi mumkin. Ba’zan bu o‘zaro bog‘liqliklar shu darajada mustahkam bo‘ladiki, jamiyat hayotidagi o‘zgarishlar deviant xulq-atvor sababimi yo oqibatmi yoki uning tarkibiy qismi ekanligini aniq aytib bo‘l-maydi. Har holda ularni jamiyat hayotining ijobiy chekinishlar bilan to‘g‘ri-dan-to‘g‘ri aloqada bo‘ladigan qismi sifatida ko‘rib chiqish mumkin.

Deviant xulq-atvor mexanizmlari deganda, qonun-qoidalarga teskari qat’iyat, motiv va maqsadlarni paydo qiluvchi, moslashuvchi hamda amalga oshiruvchi ichki va tashqi omillarning o‘zaro harakati tushuniladi. Xulq-atvor turlari ko‘p, bu o‘rinda, metodik nuqtai nazardan, ikkita asosiy yonda-shuv mavjud:

1) deviant xulq-atvorning aniq turlari: jinoyatchilik, qonunbuzarlik, ichkilikbozlik, o‘z-o‘zini o‘ldirish, giyohvandlik va hokazolar mexanizm-larini tasniflash va alohida o‘rganish. Bunda ushbu hodisalarni amalga oshirgan har bir guruh shaxslarning xulq-atvor xususiyatlarini chuqur o‘rga-nish mumkin, biroq ularni birlashtirib turuvchi umumiylikni aniqlab bo‘lmaydi;

2) deviant xulq-atvorning barcha turlarida uchraydigan umumiy mexa-nizmlarni, xulq-atvor mexanizmlari xususiyatlari bilan shaxs xususiyatlari aloqasini, sharoitlarni aniqlash.

Ijtimoiy normalar, odatda, eng ko‘p tarqalgan holatlarga asoslanadi. Bu holatda qonun hech qanday qarshiliksiz amalda bo‘ladi. Biroq, kam uchray-digan holatlarning paydo bo‘lishi bir qancha qiyinchiliklarni keltirib chiqa-radi. Masalan, kattalarga hurmat tushunchasi boshqa norma yoki ushbu holatda harakatlanayotgan subyektning aniq manfaatlari bilan ziddiyatga kelmasa, hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi. Bundan ma’lum bo‘ladiki, hayot sharoitlari ba’zi hollarda subyekt oldiga qo‘yadigan ma’naviy va ruhiy muammo har qanday holatda ham o‘z individual qiziqishlari, man-faatlari va intilishlariga qarshi chiqib, me’yorga yoki qonun qoidaga bo‘y-sunish kerakmi yoki bajarish, degan savolga javob topishdan iborat.

Deviant xulq-atvorning ommaviy va individual darajalari orasida faqat to‘g‘ri aloqalar emas, balki teskari aloqalar ham mavjud. Psixologik va

295

kriminologik adabiyotlarda o‘z-o‘zini psixologik himoya qilishning eng ko‘p tarqalgan quyidagi usullari ko‘rsatib o‘tilgan:

1) javobgarlikka tortilish sabablarini inkor etish; 2) keltirilgan zararni inkor etish; 3) ayblovchilarni ayblash; 4) «yanada muhimroq» sharoitlarga asoslanish. Shuningdek, jinoyatchi shaxs o‘zining huquqiy ongi darajasi va jinoyat

sodir etishga tayyorligi mezonlari bo‘yicha ham tasniflanadi. Ushbu mezon bo‘yicha quyidagi jinoiy tiplarni ajratish mumkin:

1) jinoiy qilmishlarni majburan sodir etuvchi, eng zarur ehtiyojlarni qonuniy yo‘llar bilan qondirib bo‘lmaydigan hayotiy vaziyatlar, ijtimoiy shart-sharoitlar qurboni bo‘lgan shaxs tipi. Bunda jinoyatchi o‘zini maj-buran yo‘l qo‘ygan xatti-harakati uchun qoralashi, ichki ziddiyat holatida bo‘lishi mumkin;

2) jinoyatni yuzaga kelgan vaziyatdagi vasvasa ta’sirida, uning uchun qimmatli bo‘lgan natijaga, uning fikricha, hech qanday salbiy oqibatlarsiz erishish mumkin bo‘lgan holatda jinoyat sodir etadigan shaxs tipi. Huquqiy ong darajasi, noijtimoiy xulq bu yerda birinchi holdagiga qaraganda ancha past;

3) jinoiy qilmish sodir etishni doimo qonunga itoatkor xulqqa qaragan-da afzalroq biladigan shaxs tipi. Bu jinoiy ta’sir yuqqan shaxs tipi;

4) hayot va faoliyatning barqaror jinoiy obrazi shakllangan jinoyatchi shaxs tipi. Jinoiy qilmishlarni sodir etish o‘z-o‘zidan uning uchun ehtiyojga aylanadi. Bu – professional jinoyatchi tipi. Bunday jinoiy shaxs doimo jinoiy tajovuz predmetini izlash holatida bo‘ladi. Uning jinoiy xatti-harakat usullari ishlab chiqilgan, zarur qurol va vositalari doimo yonida bo‘ladi. Bu jinoyatchilarning ijtimoiy jihatdan eng xavfli tipi;

5) impulsiv (g‘ayriixtiyoriy) jinoyatchilar tipi. Ayrim hayotiy vaziyatlar ular uchun birdaniga, to‘satdan noqonuniy xatti-harakatga undovchi hisobla-nadi. Bunday tipdagilar asabiy-ruhiy zo‘riqish kuchaygan sharoitda tezda «o‘zidan ketadi», darhol tajovuz, g‘azab, rashk, vaziyat bilan bog‘liq nafrat holatiga kiradilar.

Bunday jinoiy tiplar, ayniqsa, alkogol spirtli ichimliklar va narkotik vositalar iste’mol qilishlari oqibatida fiziologik mastlik holatida o‘zlarini namoyon etadilar. Ularning ijtimoiy xavfli xulqiga xos narsa ularda g‘ayri-ijtimoiy xatti-harakat ko‘rinishlarining shakllanganligi, ya’ni o‘zini o‘zi nazorat qilish darajasining pastligidir.

Xulosa qilib aytganda, jinoyat ishlari yuzasidan tergovga qadar tekshi-ruv va dastlabki tergov davrida voyaga yetmaganlar bilan bog‘liq harakat-larni amalga oshirishda psixologik bilimlarga ega bo‘lish muhim masala

296

hisoblanib, ushbu bilimlarni puxta egallash va to‘g‘ri qo‘llay olish ko‘nik-malarining shakllanganligi ko‘zlangan maqsadlarni amalga oshirishni yana-da yengillashtiradi.

2-§. Voyaga yetmagan shaxslarni so‘roq qilishning psixologik jihatlari

Jinoyat ishlari bo‘yicha dastlabki tergov olib borishda voyaga yetma-gan shaxslar bilan eng ko‘p o‘tkaziladigan tergov harakatlaridan biri so‘roq qilish bo‘lib, ushbu tergov harakatida psixologik bilimlardan foyda-lanish tergov qilinayotgan jinoyatga oid yetarli ma’lumotlarni to‘plashga xizmat qiladi. Psixologik nuqtai nazardan so‘roq qilish tergovchining bevosita kuzatilmayotgan voqea, fakt va holatlarni ushbu faktlar haqida guvohlik beruvchi shaxslar nutqini idrok etish orqali bilish vositalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.

Voyaga yetmagan shaxslarni so‘roq qilish deganda, ulardan tergovni qiziqtirayotgan hodisa va faktlar to‘g‘risida to‘liq va xolisona axborot olish maqsadida tergovchining voyaga yetmagan shaxs bilan muayyan talablarga rioya qilgan holda amalga oshiriladigan muloqotini tushunish lozim.

Voyaga yetmaganlarni so‘roq qilish jarayonining quyidagi o‘ziga xos xususiyatlari bor:

1) tergov jarayoni Jinoyat-protsessual kodeksida alohida bob bilan tar-tibga solinganligi;

2) tergovchi va voyaga yetmagan so‘roq qilinuvchi shaxs o‘rtasida majburiy muloqot yuzaga kelishi va bu shaxsning psixologik holatiga ta’sir qilishi;

3) voyaga yetmagan shaxsning o‘ziga xos psixologik xususiyatlari mavjudligi va ularning o‘zgaruvchanligi.

Voyaga yetmaganlar psixikasining yosh xususiyatlarini tadqiq etishda ijtimoiy psixologik yondashuv zarur. Shaxs psixologiyasida turli sur’atda o‘zgaradigan turli darajadagi komponentlarning barqarorligi ma’lum bo‘ladi. Shuning uchun tergovchi voyaga yetmagan gumon qilinuvchilar shaxsini o‘rganishda uning rivojlanish tarixi, tarbiyasini nazarda tutishi lozim.

Voyaga yetmaganlar psixikasining eng umumiy jihatlari – hayotiy tajriba, bilim va tasavvurlarining cheklanganligi, moslashish, o‘ziga xos bo‘lgan xulqi va axloqi, hayotiy tajribasining yetarli shakllanmaganligidir.

Voyaga yetmaganlarda hissiy tasavvurlarning shakllanishi ko‘rgaz-mali-hissiy yo‘nalishga egaligi (hodisalarning mavjud bo‘lmagan belgilari bo‘yicha) katta umumlashmalar qilishga moyilligi bilan ajralib turadi.

Voyaga yetmaganlar idroki va uzoq muddatli xotirasining hajmi katta odamlarnikiga qaraganda kamroqdir. Ular obyektlarning makonga xos

297

sifatlarini, ya’ni kattaligi, davomiyligi, konfiguratsiyasi, rang-tuslarini un-chalik aniq aks ettirmaydilar; vaqt davrlarining davomiyligini aniqlashda kattalarga qaraganda ko‘proq xatoga yo‘l qo‘yadilar, voqealarning ketma-ketligini chalkashtiradilar.

Voyaga yetmagan shaxslar bilan so‘roq davomida psixologik aloqa o‘rnatishda hamjihatlik va hamkorlik, ijobiy yaqinlashuv bo‘lajak mulo-qotning samarali bo‘lishiga zamin yaratadi. O‘rnatiluvchi aloqaga tergov-chining hodisaga bir tomonlama yondashuvi, ayblash holatlari, e’tibor-sizligi, vaziyatni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi belgilarga e’tibor bermasligi salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Demak, tergov jarayonida tergovchi ishga mos aloqa o‘rnatish uchun so‘roq qilinuvchini kommuni-kativ aloqa o‘rnatishga qiziqtiruvchi holatlarni o‘rganishi zarur. Psixologik aloqa o‘rnatishga ijobiy ta’sir etuvchi omil tergovchi nutqining aniqligi, mantiqiyligi, ishonarliligi va yetarlicha yoritilishidir.

Yuridik adabiyotlarda so‘roq quyidagi bosqichlarga bo‘linadi: – ishning holatini o‘rganish va tahlil qilish; – so‘roqqa psixologik tayyorgarlik ko‘rish; – so‘roq qilish; – so‘roqdan keyingi xulosalar; – so‘roq natijalarini tahlil qilish va baholash. Yuqorida qayd etilgan so‘roq qilishning bosqichlari barcha turdagi

so‘roqlar uchun tegishli bo‘lib, voyaga yetmaganlarni so‘roq qilishda ular-ning psixologik rivojlanganlik darajasi inobatga olinishi talab etiladi. Odatda, voyaga yetmaganlarni so‘roq qilishda ular tomonidan holatni aniq tasvirlab bermaslik, haqiqiy holatga mos bo‘lmagan ko‘rsatuvlar berish, ko‘rsatuv berishda biryoqlamalik qilish va shu kabi salbiy holatlar uchrab turadi.

Tergovchi voyaga yetmaganlarni so‘roq qilishda yuzaga kelgan nizoli, ya’ni haqiqatni aniqlashga to‘siqlar mavjud bo‘lgan vaziyatlarda quyidagi psixologik usullarni qo‘llash mumkin:

– zo‘riqishni olib tashlash; – zo‘riqish hosil qilish; – so‘roq qilinayotganning shaxsiga xos fazilatlardan (ijobiy xislatlar-

dan) foydalanish; – shaxsning ojiz tomonlaridan foydalanish; – yolg‘onga chek qo‘yish; – kutish; – afsonaga yo‘l qo‘yish; – chaqiriq (da’vat); – qo‘qqisdan savollar berish;

298

– izchillik; – diqqatni chalg‘itish; – nutq sur’atini jadallashtirish; – nutq sur’atini pasaytirish; – tergovchining xabardorligi haqida tasavvur hosil qilish; – takroriylik. Psixologlar tomonidan o‘tkazilgan eksperimental tadqiqotlarda aniqla-

nishicha, 5-7 yoshdagi bolalar diqqati 15 daqiqadan ko‘p bo‘lmaydi, 7-10 yoshdagilarniki 20 daqiqa, 10-12 yoshdagilarniki 25 daqiqa, 12 yoshdan kattalarniki 30 daqiqa bo‘ladi.

Voyaga yetmaganlarning noaniq ko‘rsatuvlari ularning o‘zlarini katta-lardek tutishi, o‘zining idealidagi shaxslarga o‘xshab gapirishga intilishlari bilan bog‘liq. Shu bilan birga, voyaga yetmaganlar psixikasi (ruhiyati) ish bo‘yicha haqiqatni aniqlash uchun muhim bo‘lgan kuchli yo‘naltiruvchi-tekshiruvchi faoliyat, voqeaning ayrim tafsilotlariga kuchli diqqat qaratish-lari, diqqatning xayoliy jarayonlarga ko‘proq qaratilganligi, bevositalik, samimiylik, ayrim katta odamlarga nisbatan haqqoniylik singari xislatlarga egadir.

O‘smirlar aqliy taraqqiyotining unchalik darajada rivojlanmaganligi (refleksiv) va tajribasizligi tergov jarayonida ular bilan munosabatga kiri-shishni osonlashtiradi. Voyaga yetmaganlar hayoti va faoliyatining tartibi katta odamlarnikidan barqarorroq bo‘lganligi sababli, bir qator hollarda voqealarning sodir etilish vaqti va davomiyligini, makondagi lokaliza-tsiyasini aniqlash uchun «tayanch nuqta»ni aniqlashga imkon beradi. Voyaga yetmaganlar yolg‘on ko‘rsatuvlar berayotganlarida ziddiyat va no-muvofiqliklarga, «afsonaning» yetarlicha puxta o‘ylanmaganligiga ko‘proq yo‘l qo‘yadilar.

Voyaga yetmaganlarni so‘roq qilish vaqtida tergovchi faoliyatining psixologik mazmuni:

– so‘roq qilinayotgan shaxsga xos psixologik xususiyatlarni, ya’ni uning motivlari, manfaatlari (qiziqishlari), temperamenti va xarakteriga xos xususiyatlarni o‘rganish va h.k.;

– so‘roq qilinayotgan shaxsning ruhiy holatidagi stress, affektiv, frustratsion (tushkunlik) va boshqa o‘zgarishlar;

– so‘roq qilinayotgan shaxs bilan psixologik aloqa o‘rnatish va ishonchli munosabatlarni rivojlantirish;

– so‘roq qilinayotgan shaxsga qonuniy psixologik ta’sir ko‘rsatish; – tergov qilinayotgan ishga doir axborotni olish uchun taktik-psixolo-

gik usullardan foydalanish. Psixologik tayyorgarlik quyidagilarni taqozo etadi:

299

– so‘roq qilinayotgan shaxsdan axborot olishga bo‘lgan ehtiyojni anglash; – so‘roq qilishdan ko‘zlangan maqsadni belgilash; – so‘roq qilish o‘tadigan shart-sharoitlarni avvaldan ko‘rish, bunday

vaziyatlarda o‘zining avvalgi tajribasidan foydalanish; – eng ko‘p darajada to‘g‘ri keladigan taktik usullarni aniqlash va

so‘roq qilishning fikriy rejasini ishlab chiqish. So‘roq qilish samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar: – so‘roq qilish vaqti va joyini tanlash; – begona ta’sirlar; – tergovchining kabinetidagi vaziyat (sharoit); – magnitofon yozuvining qo‘llanishi; – tergovchining so‘roq vaqtidagi xatti-harakati. Voyaga yetmagan shaxs bilan psixologik aloqa o‘rnatish uchun uning

hayoti, tarbiyalanish xususiyatlari, ijtimoiy aloqalari bilan avvaldan tani-shish lozim. Tergovchi voyaga yetmagan shaxsning fe’li (xarakteri) haqi-dagi ma’lumotlarni uning ota-onasi, IIBning voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish yo‘nalishi bo‘yicha inspektor-lari, profilaktika inspektorlari bilan bo‘ladigan suhbatlardan olishi mumkin.

Voyaga yetmaganlar turmush va tarbiyalanish sharoitlari bilan tanish-ganda tergovchi voyaga yetmagan shaxsning ota-onasi bor yoki yo‘qligini (agar ulardan biri yoki ikkovi bo‘lmasa, buning sababini, voyaga yetma-ganni kim tarbiyalayotganligini) aniqlaydi. Ota-onalarining oiladagi o‘zaro munosabatlari, kasb-kori, ish joyi, madaniyatlilik darajasi, axloqiy xislat-lari, bolalarga munosabati, tarbiyalash usullari; o‘smirning yaqin maishiy munosabatda bo‘lgan odamlari, uning maktab yoki ishdagi xulqiga oid masalalar batafsil aniqlashtiriladi. Agar o‘smir IIBning Voyaga yetma-ganlar orasida huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘linmalarida hisobda tur-gan bo‘lsa, tergovchi uning noto‘g‘ri xulqi bo‘yicha qanday choralar ko‘rilgani, ular nima uchun natija bermaganligi, jinoyat sabablari va sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlaydi.

Psixologik nuqtai nazardan voyaga yetmagan shaxsni tergovga chaqir-tirish vaqtini belgilashda ish manfaatlarini chaqirtirilayotgan shaxslarning imkoniyatlari va manfaatlari bilan uyg‘unlashtirishga harakat qilish kerak. Ya’ni ularning so‘roqqa chaqirilishi imkon qadar o‘quv faoliyatiga ta’sir etmasligi maqsadga muvofiq. Chaqiruv so‘roq qilinayotganlarga ortiqcha qiyinchilik va noxush kechinmalar tug‘dirmasligi so‘roq davomida kerakli natijalar qo‘lga kiritilishiga sabab bo‘ladi.

Voyaga yetmagan shaxsni tergovga chaqirtirish uchun telefondan foy-dalangan ma’qul. Telefon qo‘ng‘irog‘i nafaqat psixologik aloqa o‘rnatish-

300

ga yordam beradi, balki so‘roqda chaqiriladigan odamlarga xos bo‘lgan va kerakli faktlarni eslashga to‘sqinlik qiladigan ortiqcha hayajonni yo‘q qilishga imkon beradi.

Voyaga yetmaganni so‘roq qilishga chaqirtirishni kechiktirib bo‘lmay-di, uning kattalar va «dono» tengdoshlari bilan maslahatlashishiga imkon bermaslik zarur. Ayblanuvchi (gumon qilinuvchi)ni tergov olib borilayot-gan muassasa xonasida so‘roq qilish maqsadga muvofiq. Tegishli talab-chanlik va rasmiylik voyaga yetmaganlar uchun tergov hodisaning muhim-ligi va ahamiyatini ta’kidlashi lozim. Batafsillashtiruvchi, tekshiruvchi savollar qisqaligi va nihoyatda tushunarliligi bilan ajralib turishi kerak.

Psixologik jihatdan voyaga yetmagan shaxsni so‘roq qilish joyi haqidagi masalani ham hal qilish muhim. Ushbu masala qonunda ishtirok-chilar tergov o‘tkazilayotgan joyda so‘roq qilinadi deb belgilangan bo‘lsa-da, voyaga yetmaganlarni so‘roq qilishga boshqacharoq yondashish lozim. Agar, masalan, guvohlar, jabrlanuvchilar jinoyat hodisasining ish uchun muhim bo‘lgan holatlarini unutgan, ularning mexanizmi, ketma-ketligi, ayrim tafsilotlarini eslay olmasalar, ularni voqea joyida so‘roq qilish sama-rali bo‘lishi mumkin. Uyida, militsiya tayanch punktida so‘roq qilish ham psixologik jihatdan o‘zini oqlaydi. Bunda tezkor-taktik mulohazalarga ko‘ra jabrlanuvchi, guvohni chaqirtirish faktini oshkor etmaslik nazarda tutiladi.

So‘roqning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan u o‘tkazilayotgan joydagi sharoitga bog‘liq.

So‘roq davomida tergovchining xizmat xonasidagi sharoit muhim ahamiyatga ega. Oddiylik, ishga oid va qat’iy uslub ko‘pincha ishonchli va jiddiy suhbatga sharoit yaratadi. Butun so‘roq davomida tergovchi, jabrla-nuvchi, guvohning diqqatini hech narsa chalg‘itmasligi, tergovchiga telefon qo‘ng‘iroqlari, xonaga kiruvchi xodimlar xalal bermasligi muhim.

Voyaga yetmagan ayblanuvchini so‘roq qilish ish holatlarining butun hajmi bo‘yicha amalga oshirilishi va bir soatdan uzoq cho‘zilmasligi tav-siya etiladi. Qonunda voyaga yetmagan shaxsning ishida himoyachi va qonuniy vakilning ishtirok etishi majburiy ekanligi nazar tutilgan. Shu-ningdek, pedagog va psixologlar ishtirok etishi mumkinligi ham mustah-kamlab qo‘yilgan. Pedagog savollarning ketma-ketligi va qo‘yilish shakli-ni aniqlash, voyaga yetmagan shaxs bilan psixologik aloqa o‘rnatish uchun maslahatlar beradi. Biroq ko‘rsatuvlarni tergovchi baholaydi.

Voyaga yetmagan shaxsni so‘roq qilishda ishtirok etish uchun chaqi-rilgan barcha shaxslar bilan tergovchi avvaldan suhbatlashishi shart. Ter-govchi ularga so‘roq o‘tkazish qoidalari (javobini ko‘rsatuvchi savollar

301

berish, tortishish, taqdim etilgan dalillarni baholashga yo‘l qo‘yilmasligi kabilar) haqida yo‘l-yo‘riq beradi.

So‘roq davomida voyaga yetmaganlarning muayyan aqliy rivojlanish darajasini hisobga olmoq zarur. Rivojlanish individual xarakterga ega bo‘lib, o‘smirning psixik o‘sish darajasi hayot tarziga bog‘liq bo‘ladi va uning yoshiga mos kelmasligi mumkin. Shunday hollar ham bo‘ladiki, 14-15 yoshli o‘smir 10-12 yoshli o‘smir darajasida rivojlangan bo‘lib, u o‘z xatti-harakatlariga va ularni boshqarishga javob bera olmaydigan darajada bo‘ladi. Psixofiziologik rivojlanishning to‘xtab qolishi, uning voyaga yetma-ganlarning yoshiga mos kelmasligi infantilizm deyiladi. Turli ijtimoiy sharoitlarda shaxs rivojlanishining yosh chegaralari ma’lum darajada o‘zgarishi mumkin.

Tergovchida voyaga yetmagan shaxsning ish uchun muhim holatlarni to‘g‘ri idrok etish va ular haqida ko‘rsatuvlar berish, o‘z harakatlarining ahamiyatini anglash qobiliyatiga, shuningdek uning psixik rivojlanishda orqada qolganligi borasida shubha tug‘ilsa, sud-psixologik ekspertiza tayinlashi lozim.

Voyaga yetmaganlar shaxsini individual-psixologik jihatdan o‘rganish uchun uning hissiy-irodaviy, aqliy va axloqiy sifatlarini aniqlash lozim. So‘roq qilish jarayonida ularning yosh-psixologik xususiyatlari aniq namo-yon bo‘ladi va bergan ko‘rsatuvlarining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi.

Shuningdek, so‘roq davomida voyaga yetmagan so‘roq qilinuvchining temperamenti, xarakter xususiyatlari u bilan aloqa o‘rnatishda alohida aha-miyatga egadir. Bu holat so‘roq qilishning taktik usullarini tegishli ravishda o‘zgartirishga imkoniyat yaratadi. Masalan, sangvinik, flegmatik tempera-mentdagi voyaga yetmagan gumon qilinuvchilarni so‘roq qilayotgan tergov-chining qat’iy ohangi ularga intizomiy ta’sir ko‘rsatishi, o‘zini tutib olishiga, ko‘rsatuv berayotganda fikrini jamlab olishiga yordam berishi mumkin.

Xolerik va yuqori darajadagi hissiy bog‘lanish xos bo‘lgan melanxolik temperamentdagi gumon qilinuvchilarga qat’iy ohang yomon ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bunday ta’sir natijasida ularning psixikasida tormoz-lanish yuz berib, natijada zarur narsalarni eslash imkoniyatiga ishonchi yo‘qoladi (ya’ni, to‘liq ko‘rsatuv bera olmaydilar yoki umuman o‘jarlik qilib jim bo‘lib qoladilar).

Voyaga yetmaganlar tomonidan beriladigan ko‘rsatuvlarni uch guruhga bo‘lish mumkin:

– to‘g‘ri va ishonchli ko‘rsatuvlar; – yolg‘on ko‘rsatuvlar; – adashishi tufayli ishonchli bo‘lmagan ko‘rsatuvlar.

302

Birinchi tur doirasidagi ko‘rsatuvlarni quyidagilarga bo‘lish mumkin: a) ko‘rsatilgan shaxsdan qilinayotgan gumonni tasdiqlovchi to‘g‘ri va

ishonchli ko‘rsatuvlar; b) gumonni rad qiluvchi to‘g‘ri va ishonchli ko‘rsatuvlar. Ikkinchi guruhni mazkur yolg‘on ko‘rsatuvlarni kim berayotganligiga

bog‘liq holda quyidagicha bo‘lish mumkin: a) ayb qo‘yish; b) o‘z-o‘ziga ayb qo‘yish; d) ayb qo‘ymasdan sodir etilgan jinoyat faktini inkor etish. Ko‘rsatuvlarning shakllanishi uchun idrok etilgan narsani esda saqlab

qolish va qayta tiklash ham katta ahamiyatga ega. Chunki berilayotgan ma’lumotlarning to‘liqligi, aniqligi va ishonchliligiga nafaqat illyuzion (noto‘g‘ri idrok qilish), balki dastlabki ma’lumotning qayta shakllanishiga olib keladigan tafakkur faoliyatining qusuri ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Esda saqlab qolish idrok qilingan paytdan boshlab o‘tgan vaqtning, ta’sir-ning kuchi, voyaga yetmaganlarning aqliy rivojlanish darajasi, ularning ko‘nikmalari, odatlarini bilish, ehtiyojlari va qiziqishlariga bog‘liq bo‘ladi.

Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, voyaga yetmaganlarni so‘roq qilish boshqa tergov harakatlari bilan uzviy bo‘lgan tergov harakatidir. Ushbu tergov harakatini o‘tkazishda voyaga yetmagan shaxs bilan mustahkam psixologik aloqa o‘rnatilishi jinoyat ishi bo‘yicha o‘tkaziladigan boshqa tergov harakatlarining samarali o‘tkazilishiga sabab bo‘ladi.

3-§. Voyaga yetmaganlar bilan o‘tkaziladigan protsessual va tergov harakatlarida psixologik bilimlardan foydalanish

Voyaga yetmaganlar jinoyatlarini tergov qilishda psixologik bilimlar-dan foydalanishda har bir tergov harakatining xususiyatlariga alohida e’ti-bor qaratilishi lozim. Jumladan, yuzlashtirish tergov harakatini o‘tkazishda shaxs ko‘rsatmalaridagi ziddiyatlar tufayli jinoyat protsessining boshqa ishtirokchisi bilan yuzma-yuz o‘tirishi; ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish tergov harakatida esa jinoyat sodir etilgan joyga qayta borilishi hamda bu jarayonlarning voyaga yetmagan shaxsga salbiy psixo-logik ta’sirini inobatga olib, taktik va psixologik jihatdan puxta tayyorgarlik ko‘rish talab qilinadi.

Tergov harakatlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishda o‘smirlik davri-dagi markaziy nerv sistemasidagi tormozlanish va qo‘zg‘alish jarayonidagi sustliklar, tanqidlarga nisbatan irodaviy fazilatlar, turli tashqi omillarga nisbatan noodatiy ta’sirlar, hayotda bo‘layotgan hodisalarga juda katta qizi-qishning paydo bo‘lishi va ularda shaxsan qatnashish orqali o‘zining imko-

303

niyatlari va kuchini baholab olishga intilishlarni e’tibordan chetda qoldir-maslik kerak. Bularning barchasi unda hissiyotlar yuqoriligi, o‘ziga xoslik, egotsentrizm, egoizm kabilarning paydo bo‘lishi bilan izohlanadi.

Voyaga yetmaganlar ishtirokida eng ko‘p o‘tkaziladigan va jiddiy psi-xologik tayyorgarlik ko‘rishni talab qiladigan tergov harakatlari – yuzlash-tirish va ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish harakatlaridir.

Voyaga yetmaganlar ishtirokida yuzlashtirish tergov harakatini o‘tkazish. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, so‘roq qilingan shaxslarning ko‘rsatmalarida jiddiy qarama-qarshi-liklar yuzaga kelgan hollarda yuzlashtirish tergov harakati o‘tkaziladi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, voyaga yetmaganlar ishtirokida o‘t-kaziladigan yuzlashtirish tergov harakati ziddiyatlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Shu sababli ushbu turdagi tergov harakatini o‘tkazishda psixologik bilimlar-dan foydalanish zarurati tug‘iladi. Yuzlashtirish harakati voyaga yetmagan-ning yoshi hamda psixologik rivojlanishini inobatga olgan holda o‘tkazilishi zarur. Aks holda ushbu harakatlar o‘zining kutilgan natijasini bermasligi mumkin.

Yuzlashtirish tergov harakatini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bosqi-chida tergovchi voyaga yetmagan shaxsning xarakteridagi aksentuasiyalar va individual xislatlari bo‘yicha quyidagi holatlarni o‘rganishga alohida e’tibor qaratishi lozim:

– voyaga yetmaganning aqliy rivojlanganlik darajasini; – irodaviy xislatlarini; – sodir etilgan qilmishga nisbatan munosabati (haqqoniy yoki tanqidiy

shakldagi munosabati)ni; – sodir etilgan jinoyatga, undagi ishtirokchilarga, jabrlanuvchi, guvoh-

larga nisbatan bo‘lgan munosabatini va h.k. Voyaga yetmagan shaxsning ushbu psixologik xislatlarini bilish yuz-

lashtirish tergov harakatini o‘tkazish taktikasini belgilashga yordam berishi mumkin.

Tergovchining voyaga yetmagan shaxsning psixologik xususiyatlarini o‘rganish natijasida shakllangan tusmollari qanday bo‘lishidan qat’i nazar, yuzlashtirish tergov harakatini o‘tkazishdan avval voyaga yetmaganni so‘roq qilish orqali uning ushbu tergov harakatiga munosabatini va o‘tka-zish tartibini tushuntirishi kerak. Bu jarayonda shuni inobatga olish kerakki, voyaga yetmaganning jinoyat ishidagi boshqa ishtirokchilar bilan yuzma-yuz so‘roq qilinishi, unda «keyinchalik shu ishi uchun o‘ch oladi» yoki «tengdoshlari orasida obro‘yi tushib ketadi» degan qo‘rquv qamrab olib, avval bergan ko‘rsatmalarini tan olmasligi, hattoki bergan ko‘rsatmalaridan

304

voz kechishi yoki yuzlashtirish tergov harakatida ishtirok etishdan bosh tortishi mumkin.

Bunday holatning oldini olish maqsadida voyaga yetmagan shaxsni yuzlashtirish tergov harakati o‘tkazilishidan avval psixologik jihatdan tay-yorlash zarurati tug‘iladi. Tergovchi yuzlashtirish tergov harakatiga tayyor-garlik ko‘rish jarayonida psixolog yordamiga zarurat bor-yo‘qligini hal qilmog‘i lozim. Agar yuzlashtirish vaqtidagi qo‘rquv natijasida yuqorida qayd etilgan nomaqbul tergov vaziyati yuzaga kelishi mumkin degan xulosaga kelinsa, yuzlashtirishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida psixolog ishtirokini ta’minlash shart. Psixolog ishtirokida voyaga yetmagan shaxsni yuzlashtirish tergov harakatida ishtirok etish uchun tayyorlash jarayonida undagi qo‘rquvni bartaraf qilgan holda jinoyat ishi yuzasidan haqiqatni aniqlashga yordam berish fuqarolik burchi ekanligini, shuningdek protsess ishtirokchilarining xavfsizligi kafolatlanishini tushun-tirish kerak.

Tergovchi yuzlashtirish tergov harakatini o‘tkazish davomida voyaga yetmaganga nisbatan tahdidli so‘zlar aytilishi yoki qandaydir boshqa hara-katlar va qarashlar orqali ta’sir ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymasligi, yuzlash-tirish davomida vizual va psixologik nazoratni ushlab turishi kerak. Kim sababchi bo‘lishidan qat’i nazar ikki o‘rtada nizoli holat kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymasligi, shuningdek bunday nizoli holat yuzaga kelgan taqdirda darhol to‘xtatishi kerak.

Shuningdek, yuzlashtirish tergov harakati davomida qo‘llaniladigan taktik usullarni belgilashda voyaga yetmaganlarning o‘ziga xos xususiyat-larini inobatga olish zarur. Masalan, tergovchi yuzlashtirish ishtirokchilari-ga ziddiyatli holat bo‘yicha so‘z berishda dastlab voyaga yetmagan shaxsga navbat berishi maqsadga muvofiq. Chunki katta yoshdagi protsess ishti-rokchisi ko‘rsatuv berish jarayonida unga ruhiy ta’sir ko‘rsatishi yoki turli usullarda tahdid qilishi mumkin.

Ma’lumki, tergovchi voyaga yetmaganlarning yuzlashtirishdan avval bergan to‘g‘ri ko‘rsatuvlarini o‘zgartirgan yoki umuman voz kechgan hollarda qo‘shimcha so‘roq qilish orqali buning sabablarini aniqlashi lozim. Shu kabi vaziyatlarda tergovchi voyaga yetmaganlarning avvalgi bergan ishonchli ma’lumot va ko‘rsatmalaridan voz kechishi yoki ularni o‘zgar-tirish sababini aniqlashi lozim. Lekin yuzlashtirishni aynan shu shaxsga nisbatan ikkinchi marotaba o‘tkazilishi dalillarning ishonchlilik darajasini shubha ostida qoldiradi. Shu sababli, avvalo, bunday holat yuzaga kelishi-ning oldini olish, shu bilan birga voyaga yetmaganning bergan ko‘rsatma-larini tasdiqlovchi boshqa ma’lumotlarni to‘plash va ulardan psixologik ta’sir ko‘rsatishda unumli foydalanish lozim.

305

Voyaga yetmagan shaxsning ko‘rsatuvlarini hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish. Ushbu tergov harakati jinoyat ishi uchun ahamiyatli bo‘lgan yangi holatlarni aniqlash maqsadida holatni qayta tiklash yo‘li bilan o‘tkaziladi. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, jabrlanuvchi yoki guvoh tomo-nidan so‘roq davomida berilgan ko‘rsatmalar ko‘rib chiqilayotgan hodisaga bog‘liq holda hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirilishi mumkin.

Ko‘rsatuvlarni tekshirish voyaga yetmagan shaxs tomonidan hodisa sodir bo‘lgan joyga borish yo‘nalishini ko‘rsatgan joydan boshlanadi. Hodisa sodir bo‘lgan joyga yetib borilganidan keyin unga hodisa bo‘lgan paytda qanday harakatlanganligini ko‘rsatishiga imkon beriladi. U o‘z hara-katlarini bayon qilib, ko‘rsatib berganidan keyin aniqlashtiruvchi savollar berilishi mumkin.

Ushbu tergov harakatini o‘tkazish jiddiy taktik va psixologik tayyor-garlik ko‘rishni talab etadi.

Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish tergov harakatini quyidagi xollarda o‘tkazish zarur:

– voyaga yetmagan shaxs so‘roq davomida tergovni qiziqtirayotgan obyekt (magazin, uy, do‘kon, og‘ilxona, transport vositasi va boshqalar) haqidagi ma’lumotlarni yoki joylashgan joyini aniq ayta olmagan bo‘lsa;

– tergov yo‘nalishini to‘g‘ri belgilash, ya’ni jinoyat sodir etishdan avval, sodir etish paytida va sodir etilgandan keyingi boshqa ishtirokchilar-ning tergovni qiziqtirayotgan binolardagi joylashgan joyi va harakatlani-shining o‘ziga xos xususiyatlari, jinoyat sodir etilishi mexanizmi to‘g‘risida aniq tasavvur qilish uchun voyaga yetmagan shaxsni hodisa sodir bo‘lgan joydagi ko‘rsatmalari zarur bo‘lsa;

– hodisa sodir bo‘lgan joyda faqat voyaga yetmagan shaxsning ishtiro-kida ish uchun ahamiyatli holatlarni aniqlash va o‘rganish mumkin bo‘lsa.

Shuni qayd etish joizki, tergov harakati o‘tkazish vaqtida hodisa sodir bo‘lgan joydagi holat o‘zgargan bo‘lsa, bu holat voyaga yetmagan shaxs ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va tergov harakatidan ko‘zlangan natijaga erishishga to‘sqinlik qilishi mumkin. Shu sababli tergov harakatiga tayyor-garlik ko‘rish vaqtida hodisa sodir bo‘lgan joydagi dastlabki holat buzilgan bo‘lsa, uni tiklash choralarini ko‘rish muhim ahamiyatga ega.

Voyaga yetmagan shaxsning ko‘rsatuvlarini hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish samarali bo‘lishi uchun mukammal tayyorgarlik ko‘rish kerak. Buning uchun quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:

– tergov harakatini o‘tkazish vaqtini aniqlash; – zarur bo‘lgan hollarda tergov harakatiga pedagog va psixologlarni

jalb etish;

306

– ko‘rsatuvlarni tekshirish jarayonida voyaga yetmagan shaxsga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan shaxslar bo‘lmasligini ta’minlash;

– hodisa sodir bo‘lgan joydagi holat jinoyat sodir etilgan vaqtdagi holatdan jiddiy farq qilmasligini ta’minlash.

Voyaga yetmaganning ko‘rsatuvlarini hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirishni kunduzi o‘tkazish maqsadga muvofiq. Lekin istisno tariqasida dastlabki jinoyat sodir etish holatini tiklashda ob-havo, yorug‘lik turi katta ahamiyat kasb etsa kechki vaqtlarda ham o‘tkazilishi mumkin.

Ko‘rsatuvlarni tekshirish maksimal darajada dastlabki holatga yaqin bo‘lgan sharoitda o‘tkazilishi lozim. Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirishda tergovchi, xolislar va boshqa ishtirokchilarni tanlash umu-miy qoidalar asosida amalga oshiriladi. Lekin ko‘rsatuvlari tekshirilayotgan voyaga yetmaganning yoshi va o‘ziga xosligini hisobga olib, xolislar sifatida pedagoglarni yoki katta yoshdagi odamlarni jalb etish maqsadga muvofiqdir.

Shunday qilib, dastlabki tergov jarayonini tashkil etish va tergov hara-katlarini o‘tkazishda voyaga yetmaganlarning psixologik xususiyatlarini hisobga olish, ularga salbiy psixologik ta’sir o‘tkazilishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish zarur. Tergovchining har bir voyaga yetmaganlar guruhi-ning psixologik xususiyatlarini mukammal bilishi, shuningdek, ularning xarakteri va individual xislatlari sohasida yetarli bilimlarga ega bo‘lishi ushbu toifadagi ishtirokchilar bilan protsessual harakatlarni optimal daraja-da o‘tkazish imkoniyatlarini beradi.

Savol va topshiriqlar

1. Jinoyat ishida ishtirok etishga jalb qilingan voyaga yetmagan shaxslar-

ning psixologik xususiyatlari nimalarda namoyon bo‘ladi? 2. Jinoyat ishida ishtirok etishga jalb qilingan voyaga yetmagan shaxslar-

ning psixologik xususiyatlarini o‘rganishning ahamiyatini ayting. 3. Jabrlanuvchi sifatida jalb etilgan voyaga yetmagan shaxsning jinoyat pro-

tsessi ishtirokchisi sifatidagi psixologik xususiyatlarini tushuntiring. 4. Dastlabki tergov davomida tergovchi gumon qilinuvchi va ayblanuvchi

sifatida jalb etilgan voyaga yetmagan shaxsning qanday psixologik xususiyatlari-ga e’tibor qaratishi kerak?

5. Jinoyat ishi bo‘yicha fuqaroviy da’vogar va fuqaroviy javobgar sifatida jalb etilgan voyaga yetmagan shaxsning psixologik xususiyatlari to‘g‘risida so‘z-lab bering.

6. Jinoyat ishi bo‘yicha himoyachi va qonuniy vakil ishtirokining psixologik xususiyatlarini tushuntiring.

7. Guvoh sifatida jalb etilgan voyaga yetmagan shaxsning psixologik xusu-siyatlari qanday?

307

XIV BOB. TERRORIZM VA DINIY EKSTREMIZM BILAN BOG‘LIQ JINOYATLARNI TERGOV QILISHDA PSIXOLOGIK

BILIMLARDAN FOYDALANISH

1-§.Terrorizm va diniy ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etishga olib keluvchi psixologik omillar

Bugunga kelib terrorizm va diniy ekstremizm umumbashariy xavfga aylandi. Uni jinoiy xatti-harakatning muayyan ko‘rinishi sifatida yuridik jihatdan tasniflash zaruratidan tashqari, tarixiy ildizlarini, yuzaga kelishining ijtimoiy-psixologik sabab va oqibatlarini o‘rganish, nihoyat, siyosiy jihatdan tahlil qilish ehtiyoji tug‘ilmoqda.

Terrorizm, diniy ekstremizm va fundamentalizmning Markaziy Osiyo mintaqasida, xususan mamlakatimiz taraqqiyotiga xavf tug‘dirayotganligini hech kim inkor etmaydi.

Xo‘sh, ekstremizm va terrorizmning o‘zi nima? Uning mazmun-mohi-yati, maqsadi qanday?

«Ekstremizm» so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, «keskin fikr»ni angla-tadi. Bu atamaning siyosat bilan bog‘liq jihatlari shundaki, norasmiy ekstremistik tashkilot rahbarlari siyosiy masalalar yuzasidan «keskin, qat’iy choralar ko‘rish yo‘li bilan», ya’ni kuch ishlatish, zo‘rlik bilan davlatning rasmiy hokimiyatni konstitutsiyaga xilof ravishda o‘zgartirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yganligidadir.

Ularning norasmiy deyilishiga sabab, O‘zbekiston Respublikasi Konsti-tutsiyasi, «Siyosiy partiyalar», «Nodavlat notijorat tashkilotlar» hamda «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi amaldagi qonun talab-lariga ko‘ra rasman faoliyat yuritish uchun Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tmaganligidadir.

Diniy ekstremizm keng ma’noni anglatadi. Ekstremistlar barcha din-larda, masalan, buddizm, xristianlik, islomdagi norasmiy oqimlarda uchrab turadi. Diniy ekstremizm keskin choralarni qo‘llashga, ba’zan zo‘ravonlik harakatlarini sodir etishga moyilligi bilan ajralib turadi. Bunda muayyan shaxs, boshqa dinga mansub ijtimoiy guruh yoki shu dinning o‘z vakillari tomonidan rad etilayotgan mazhabga mansub vakillar ham ta’sir ko‘rsatish obyekti sifatida tanlab olinishi mumkin. Jamiyatda qabul qilingan qonun-qoidalarga mos kelmaydigan va ularga zid bo‘lgan g‘oyalar «ekstremistik» hisoblanadi.

Diniy ekstremizm – diniy firqalar yoki ayrim dindorlar tomonidan jamiyatda qabul qilingan qonun-qoidalarga mos kelmaydigan faoliyat olib borish, ularga zid bo‘lgan g‘oyalarni targ‘ib qilishni anglatadi. Ekstremistik g‘oya va harakatlar barcha dinlar doirasida kuzatiladi.

308

«Terrorizm» lotincha so‘z bo‘lib, «dahshat» degan ma’noni anglatadi. Terrorizm va xalqaro terrorizm uyushgan jinoiy guruh sifatida hududiy va millatlararo muammolarni yuzaga keltiradi. Bugungi kunga kelib siyosiy ekstremistlar, kriminal ishga qo‘l urgan biznesmenlar va jinoiy jazoni o‘tab qaytgan ba’zi bir shaxslar jamiyatga, aniqrog‘i odamlar taqdiriga katta xavf tug‘dirmoqdalar.

«Fundamentalizm» o‘ta tor diniy atama hisoblanadi. Bu atama aslida xristian dini bilan bog‘liqdir. Uning birinchi bor rasmiy qo‘llanishi 1908-yil AQSHning Kaliforniya shtati protestantlari tomonidan ishlatilgan. Islom fundamentalizmi sof islom asosiga qaytish, islomni asl holida qo‘llash zarur va faqat ana shu yo‘l bilan islom dinini bid’atdan «tozalashga» erishish mumkin degan noto‘g‘ri qarashlarni targ‘ib qiladi.

Aqidaparastlik (aqida arabcha – ishonch) muayyan sharoitda, biron-bir g‘oya yoki tamoyilga qat’iy ishonch va uni mutlaqlashtirish asosida shakllangan qoida va tartiblarni, boshqa sharoit, holat, vaziyatni hisobga olmagan holda, ko‘r-ko‘rona qo‘llashni va urinishni anglatadi.

Hozirgi vaqtda terrorchi shaxs va terrorchilik xatti-harakatlarini yuzaga keltiruvchi psixologik mexanizmlar to‘liq o‘rganilmagan, shuning uchun terrorizmga qarshi kurashish va uning oldini olishda psixologik bilimlar muhim o‘rin egallaydi.

Zamonaviy terrorizmning psixologik o‘ziga xos belgilari: 1) terror – psixologik ta’sir etish vositasi; 2) terrorchilik aktlari oldindan puxta rejalashtiriladi va vahshiyona

amalga oshiriladi; 3) terror umuminsoniy qonuniyatlarni inkor etadi; 4) o‘z qarashlarini ochiq-oydin oshkor etadi; 5) terrorchilik zamonaviy ommaviy axborot vositalari bilan qurollan-

gan. Terror psixologik ta’sir etish vositalaridan biridir. Uning o‘ziga xos

jihatlaridan biri insonlar ongida qo‘rquv hissini paydo qilish, jamiyatda murakkab vaziyatlarni yuzaga keltirishdan iborat. Odamlar ongida qo‘rquv hissini paydo qilish uning asosiy mohiyati sanaladi. Ularning asosiy obyekti kim terror qurboni bo‘lgani emas, balki kimning tirik qolganidir. Terrorchi-likning asosiy maqsadi odam o‘ldirish emas, tirik qolgan shaxslarni ruhan sindirishdir. Shu nuqtai nazardan terrorchilik faqat moddiy va siyosiy zarar yetkazadi.

Terrorchilik aktini sodir etish bu oddiy ish bo‘lmay, u yashirincha, puxta va mukammal ravishda amalga oshiriladi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun oylab, yillab tayyorgarlik ko‘riladi.

309

Terror umuminsoniy qonuniyatlarni inkor etadi, insonlarning huquq va erkinliklarini tan olmaydi. Terrorchilar o‘z xatti-harakatlarini ochiq oydin oshkor qiladilar. Terrorchilik jamiyatga nooshkora e’lon qilingan udum, uning asosida qadrsizlangan inson hayoti mavjuddir.

Hozirgi kunga kelib terrorchilik zamonaviy ommaviy axborot vositalari bilan to‘liq qurollangan. Ba’zi holatlarda ommaviy axborot vositalari orqali ular insonlar ongiga kuchli psixologik ta’sir ko‘rsatadilar.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining ma’lumotiga ko‘ra respublikada faoliyat ko‘rsatgan g‘ayriqonuniy diniy (islomiy) tashkilotlar va oqimlar quyidagilardan iborat:

– «Hizbut-tahrir al-islomiy» 1953-yilda Isroilda Taqiyyuddin Nabhoniy (1909–1979) tomonidan asos solingan;

– «Vahhobiylik» uning tizimida tashkil etilgan «O‘zbekiston (Turkis-ton) Islom harakati», «salafiylik», «jihodchilar» diniy-siyosiy oqimlari;

– «Nurchilar» diniy jamoasi; – «Akromiylar», «Hizbut-tahrir»dan ajrab chiqqan ekstremistik va ter-

rorchi ruhdagi radikal oqim; – «Hizbun-nusra», «Hizbut-tahrir»dan ajrab chiqqan diniy radikal

jamoat bo‘lib, harakat rahbarlari hibsga olingach faoliyati to‘xtagan; – «E’dod», «Vahhobiylik» ko‘rinishidagi diniy radikal jamoat; – «Adolat» 1989-yilda Namangan viloyatida tashkil etilgan diniy reak-

sion tashkilot; – «Tavba» 1991–1995-yillarda 50-300 kishilik a’zolari bilan asosan

Farg‘ona vodiysida faoliyati aniqlangan; – «Odamiylik va insonparvarlik» 1990-yilda Qo‘qon shahrida tashkil

etilgan ekstremistik ruhdagi tuzilma; – «Islom birodarlari» 1989-yilda Tojik muxolifati rahbari Sayyid

Abdullo Nuriy tomonidan tuzilgan diniy-siyosiy ko‘rinishdagi tuzilma; – «Musulmon birodarlar» («Ixvonul-muslimiyn») 1928-yilda Misrda

Hasan al-Banno tomonidan tashkil etilgan; – «O‘zbekiston mujohidlar uyushmasi», tashkiloti haqida aniq ma’lu-

motlar qisqa bo‘lsa-da, lekin daliliy ashyo sifatida olingan adabiyotlarda o‘zbek, arab va ingliz tilida shu tashkilot nomi tez-tez qayd etilishi inobatga olinib, bunday tashkilot borligini inkor etib bo‘lmaydi;

– «Tablig‘», diniy uyushmasiga Pokistonda asos solingan. «Turkiston islom harakati» (dastlab «O‘zbekiston islom harakati» nomi ostida o‘z faoliyatini olib borgan) 1996-yilda tashkil etilgan.

Terrorizm va diniy ekstremizm faoliyatida katta auditoriyalarga, keng ommaga ta’sir o‘tkazish muhim o‘rin egallaydi. Shu bilan birga, zamonaviy

310

terrorizm va ekstremizmda ijtimoiy xavfli bo‘lgan quyidagi sifatlar aniq namoyon bo‘ladi:

– insonlarning ommaviy qurbon bo‘lishi, moddiy zarar keltirishi, uning oshkorona hamda vahshiyona tus olishi;

– terrorizm va ekstremizm tizimining chetdan moddiy-texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlashning yuqori darajasi;

– yollanma shaxslardan faol foydalanishi; – yangi terrorchilik ko‘rinishlarining paydo bo‘lishi (muhim sanalgan

davlat va jamiyatdagi kompyuter boshqaruv tizimini blakirovka qilish); – ijtimoiy tashkilotlar qaramog‘i ostida harakat qilishi, ya’ni janggari-

larni tayyorlash uchun o‘quv markazlari va lagerlar, qurol-yarog‘ va oziq-ov-qat uchun omborxonalar tashkil etish, terrorchilik aktlarini sodir etish uchun firma, bank va fond tashkilotlari xizmatidan foydalanish va boshqalar.

Bundan ko‘rinib turibdiki, terrorizm va diniy ekstremizm faoliyati va u amalga oshirishi mumkin bo‘lgan qilmishlar jamiyat uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.

Yuqoridagilarni hisobga olgan holda shunday xulosaga kelish mumkin-ki, terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash kompleks tarzda amalga oshirilishi (terrorchi guruhlar va a’zolarining yo‘nalganlik darajasini aniq-lash, terrorchilarning xalqaro aloqalarini buzish, sodir etilishi mumkin bo‘l-gan terrorchilik aktlariga tayyorgarlik haqidagi ma’lumotga o‘z vaqtida ega bo‘lish, aybdorlarni ushlash va ularni huquqni muhofaza qilish organlari ixtiyoriga topshirish) lozim. Terrorchilik aktlarini sodir etuvchining shaxsi, sodir etilish vaqti va joyining noma’lumligida asosiy diqqat-e’tiborni akt sodir etilishi mumkin obyektlarga va ular tomonidan foydalanish mumkin bo‘lgan vositalarga qaratish kerak.

Shaxsni terrorizm va diniy ekstremizm jinoyatini sodir etishiga olib keluvchi asosiy omillar. Insonni terrorchilik va diniy ekstremizm faoliyati bilan shug‘ullanishga va shunday tashkilotlarga a’zo bo‘lishga qanday motivlar undaydi? Bu savolga javobni uning psixologiyasidan qidirish lozim. Aslida terrorizmni vujudga keltiruvchi ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va boshqa ko‘plab sabablar mavjud bo‘lib, bularning barchasi shaxsni va mavjud shaxsiy omillarni, psixologik mexanizmlarni, shaxsning qadriyat-larini izdan chiqaradi, oxir-oqibat uni terrorchilar safiga olib kiradi.

Ma’lumki, shaxs birdaniga terrorchiga aylanib qolmaydi. Jinoyatga qo‘l urishidan avval uning hayotida salbiy o‘zgarishlar bo‘lib o‘tadi va shu o‘zga-rishlar natijasida u terrorchiga aylanadi. Shaxsning hayotidagi salbiy o‘z-garishlarga quyidagi omillarni kiritish mumkin:

1) shaxs o‘zining mustaqil sog‘lom fikriga, mafkurasiga, g‘oyasiga va ma’naviyatiga ega emasligi. Bunday ma’naviy qashshoq shaxslar terrorchi

311

guruhlar ta’siriga tezda tushib qoladi va ularni qo‘lida qo‘g‘irchoqqa aylanadi. Ushbu guruhdagi shaxslarni asosan yoshlar, tashkil qiladi, chunki, ular hayotda hali o‘rnini topishga ulgurmagan, qiziqqon, yangi g‘oya va fikrlarni tahlil qilmasdan uning ta’siri ostiga oson tushib qoladilar. Jumla-dan, an’anaviy Islom dinini o‘rganishni maqsad qilib olgan o‘spirin bola, din haqidagi tasavvurga ega bo‘lmasdan turib, birinchi saboqni, o‘zining asl basharasini yashirib, din bilimdoni qilib ko‘rsatgan, aslida radikal-ekstre-mistik ruhdagi shaxsdan saboq olsa, albatta uni ekstremistik ruhdagi ta’siriga tushib qolishi turgan gap.

Buning oldini olish uchun an’anaviy Islomni radikal yo‘nalishlardan farqlashni yoshlarga chuqur o‘rgatib borish lozim. Shu bilan birga, beva ayollar yoki oilasi buzilgan ayollar ham ruhiy tushkunlikka tushib qoladilar, boshi berk ko‘chaga kirib qolgan kabi o‘zini jamiyatdagi ikkinchi toifa inson deb biladilar;

2) shaxs ruhiyatida nuqsonlarning mavjudligi. Agar shaxsning psixi-kasi buzilgan, agressivlik darajasi yuqori, ongida faqat o‘zining ustunligini ko‘rsatish o‘rnashib qolgan, atrofdagilarni hamda ularning fikrlarini mensi-maydigan darajada bo‘lsa, bunday shaxsni terrorchiga aylantirish jinoiy guruhlarga qiyinchilik tug‘dirmaydi. Bunday toifadagi shaxslarni ekstre-mistik guruhlar tezda shahidga aylantirib undan qutuladilar. Chunki ruhiy-agressiv shaxslar ularning o‘ziga ham xavf tug‘diradi;

3) shaxs hayotida uchragan g‘am-tashvishlar. Shuni alohida ta’kidlash joizki, barcha g‘am-tashvishlar shaxsni terrorchi bo‘lishiga olib kelmaydi. Alohida, terrorchi guruhlar harakati orqali o‘z g‘am-tashvishlariga yechim topishi mumkin deb o‘ylaydigan holatlar sabab bo‘lishi mumkin. Jumladan, yaqin qarindoshlarining jinoiy javobgarlikka tortilishi shaxsda davlat organ-lariga nisbatan adovat hissini paydo qilishi mumkin, ayniqsa terrorizm yoki ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa, bu tuyg‘u kuchli bo‘lishi mumkin. Shuningdek, shaxsning yaqin qarindoshlari vafot etsa, uni tarbiyalovchi yoki moddiy ta’minlovchi shaxs-lar qolmagan taqdirda, terroristik guruhlar, shaxsga moddiy yordam ko‘rsa-ta borib, uning asta-sekinlik bilan ongini buzg‘unchi g‘oyalarga to‘ldirib boradi va natijada shaxs terrorchiga aylanadi;

4) shaxs atrofidagi ekstremistik ruhdagi muhit. Fanatik ruhdagi oilada ta’lim-tarbiya topgan farzandlar ham kelajakda terrorchi bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘ladi. Bundan tashqari, terroristik tashkilot a’zolari bilan shaxs-ning tanish-bilishchilik aloqalari ham uning jinoyatchi sifatida shakllani-shiga turtki bo‘ladi;

5) jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan «xavfli guruh»ga mansub shaxs-lar. Xavfli guruhga mansub shaxslar – giyohvandlik kasaliga chalinganlar,

312

jamiyatdan norozi shaxslar, o‘zlarini ikkinchi darajali deb hisoblaydigan alamzada shaxslar terrorchi bo‘lishi ehtimoli yuqori sanaladi. Bular jinoiy guruhga kelib o‘zlarining «hurmatli» shaxsga aylanganini his qilishadi va undan voz kechishi juda qiyin bo‘ladi. Shu sababli, ular guruhning jinoiy rejalarini bajarishda oddiy qo‘g‘irchoqqa aylanadi hamda o‘zlarining hayot faoliyatini portlatish bilan yakunlaydi.

2-§. Fanatizm va terrorchi shaxs psixologiyasi

Fanat va terrorchi shaxsning zamonaviy sifatlari o‘ziga xos xususiyatga ega. Bu odatda diniy fanatlar, zamonaviy sivilizatsiya va madaniyatga bo‘l-gan munosabat, boshqa e’tiqodlarga va boshqacha fikrlovchilarga g‘arazlik bilan qarashda namoyon bo‘ladi. Terrorchilik aktini sodir etishga chog‘lan-gan shaxs ma’lumki, o‘zini o‘zi qurbon qilishga tayyor bo‘ladi. Bunday insonlarning shaxsiga ta’sir etish juda ham qiyindir. Qolaversa, ularni qayta tarbiyalash juda qiyin kechadi.

Yuqorida keltirilgan tavsiflar terrorchi shaxsining qandaydir umum-lashgan psixologik xususiyatlari hisoblanadi. Shu o‘rinda shaxsning guruh-ga kirishida bir qator siyosiy-mafkuraviy motivlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin ular ko‘proq chuqur shaxsiy motivlarni takomillashtirish shakli hisoblanadi.

Terroristik va diniy-ekstremistik ruhdagi tashkilot, boshqa har qanday jinoiy tashkilot singari, murakkab iyerarxik tuzilishga ega va uning turli pog‘onalarida turli xil odamlar joylashadilar hamda ularga individual xusu-siyatlar xosdir. Lekin terrorchilik faoliyati, boshqa har qanday faoliyat singari, ana shu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi insonlarda ma’lum bir tipik xulq-atvor va shaxsning o‘ziga xosliklari ishlab chiqilishiga olib keladi. Binobarin, terrorchi tashkilotga qo‘shilishning o‘zi ham shaxsdan muayyan u yoki bu iyerarxik pog‘onaga mansub xususiyatlarning mavjud bo‘lishini avvaldan taqozo qiladi.

Terrorizm va diniy ekstremizm muammosining turli xil psixologik tad-qiqotlarini umumlashtirgan holda, terrorchilar shaxsiyatining quyidagi tasnifini keltirish mumkin:

1) tashkilotchilar – bevosita tashkilotchilar, mafkuraviy fanatlar, ter-roristik va ekstremistik shaxslar orasida nomi chiqqan xalqaro qidiruvdagi shaxslar;

2) ta’minlovchilar – yollovchilar, teraktlarni tayyorlovchilar, pedagog-murabbiylar;

3) bajaruvchilar – tajovuzkor, fanatik, zombilashtirilgan, qasoskor, avantyurist shaxslar.

313

Birinchi kategoriyaga a’zo bo‘lganlarni genetik terrorchilar yoki inson-lar deyish mumkin, ular yoshlik davridan terrorchilik faoliyati bilan shu-g‘ullanishga moyil bo‘lgan shaxslardir. Hozirgi zamon tibbiyoti nuqtai nazaridan olib qarasak, genetik terrorchilar miya tuzilishining mavjud tug‘ma yoki erta yoshligidagi og‘ishlari natijasida hokimiyatni qo‘lga olish, boshqarish kabi illatlarga mubtalo bo‘ladilar. Ularda siyosiy yoki ijtimoiy ko‘rinishdagi hokimiyatga pog‘onama-pog‘ona erishish emas, balki umum-insoniy qadriyatlarga zid bo‘lgan vahshiyona xatti-harakatlarni amalga oshi-rish orqali erishish ustun turadi.

Mafkuraviy fanatlar terrorchilarning juda xavfli tipi hisoblanadi, shax-siy e’tiqodlari (diniy, mafkuraviy, siyosiy) va xatti-harakatlariga, shuning-dek o‘z dunyoqarashlari, o‘zining gunohsizligi hamda insonlarning taqdirini boshqarish mumkinligiga ishonadilar. Ushbu toifadagilar notiqligi, yetarli darajada yuqori aqliy darajasi va boshqa odamlarga samarali psixologik ta’sir eta olish qobiliyati mavjudligi bilan ajralib turadilar.

Bevosita tashkilotchilar – ma’lum ma’noda barqaror va sovuqqon tip. Aniq teraktlar, avvaldan o‘ylangan va rejalashtirilgan terrorchilik aktlari g‘oyaviy ta’minlanganlik va emotsional qat’iyatlilik bilan amalga oshiriladi. Lider ushbu faoliyatdan tashqarida bo‘lishni ma’qul ko‘radi.

Terroristik va ekstremistik shaxslar orasida nomi chiqqan xalqaro qidiruvdagi shaxslar – ochiqchasiga jangovar boshqaruvchi, maqtanchoq va o‘zini yaxshi ko‘ruvchi «dovyurak-jangchi». Barcha narsalar va hammaga nafrat ko‘zi bilan qarab lazzatlanadi. O‘z-o‘zini buyukligiga va g‘oyasining to‘g‘riligiga ishontirish ularga xos xislat. O‘z atrofida odamlarni to‘plash va ularni terrorizm va diniy ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etishga undash xususiyati kuchli bo‘ladi.

Ikkinchi kategoriyaga terrorizm va diniy ekstremizm jinoyatlariga turli yo‘llar bilan shaxslarni dalolat qiluvchi, shaxslarni jinoyat sodir etishga o‘rgatuvchi va shu maqsadlarda noqonuniy yo‘llar yordamida mablag‘ yig‘ish bilan shug‘ullanuvchi shaxslar kiradi.

Yollovchi – bu boshqalarni terrorchi tashkilotlarga jalb qiluvchi shaxs. Yuqori va tez psixologik aloqa o‘rnatishga moyil, psixotexnologik ko‘nik-malarga ega, ishontirib (gipnoz) ta’sir qilishi bilan ajralib turadi, ularning vazifasi ta’sirga tez beriluvchi odamlarni aniqlash va topib, psixologik ta’sir o‘tkazib jinoyat sodir etishga jalb etishdan iborat.

Teraktlarni tayyorlovchilar asosan sobiq maxsus xizmat xodimlari hamda terrorizm va diniy ekstremizm jinoyatlarini sodir etish usullaridan xabardor, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan shaxslardir. Ularning asosiy vazifasi terrorizm va diniy ekstremizm jinoyatlarini sodir etishga tayyor

314

bo‘lgan shaxslarga portlatish, o‘zini o‘zi portlatish va boshqa terroristik aktlarni sodir etish usullarini o‘rgatishdan iborat.

Pedagog-murabbiylar teraktlarni tayyorlovchilar bilan bir jabhada faoliyat ko‘rsatadilar. Bu shaxslar terrorchilik faoliyatining barcha mutaxas-sisligi bo‘yicha yo‘riqchi (instruktor)lik faoliyati bilan shug‘ullanadilar. Pedagog-murabbiy terrorchilarning professional tayyor-garligiga baho beradi, ulardan jinoyat sodir etishda foydalanishga tavsiya beradi.

Psixologlar yoki g‘oyaviy targ‘ibotchilar ham terrorchi tashkilotlarning a’zolar bo‘lib, ularning asosiy vazifasi teraktlarni sodir etishga shaxslarni ruhiy tayyorlashdan iborat. Ular shahidlikni eng yuksak unvon, unga ham-ma ham erishmasligini, bu «baxt»ga faqat tayyorgarlik ko‘rganlar erishi-shini ta’kidlab, shaxslarni jinoyatga ruhan tayyorlaydilar. Shahidlik baxt bo‘lsa, unda nega o‘zlaring shahidlikka bormaysizlar? degan savol berilsa ularning asl qiyofasi namoyon bo‘ladi.

Uchinchi kategoriyadagi shaxslar terroristik yoki diniy-ekstremistik tashkilotning eng quyi pog‘onalarida turadilar va ularning asosiy vazifasi bevosita teraktlarni amalga oshirish hisoblanadi. Bular portlovchi mosla-mani hodisa joyiga olib boruvchi, masofada turib portlovchi moslamani harakatga keltiruvchi, o‘limdan qaytmaydigan yo‘l ko‘rsatuvchilar, o‘zini «qurbon» yoki «shahid» qiluvchi ayol va erkaklardir.

Tajovuzkor tip toifasidagi odamlar zo‘rlashga, o‘ldirishga, hamma narsani buzishga va hammani qo‘rqitishga xos tajovuzkor ehtirosga ega. Terror – emotsional qoniqishning asosiy usuli. Ushbu toifadagilar «qotib qolgan» (otmarozka), umuman ma’naviyatsiz, vahshiy, rag‘batlantirish uchun ishlovchi, kimni so‘yish va kimni otish ularga baribir.

Fanatik tip terrorchilarning eng xavfli tiplaridan biridir, ular teraktlarni sodir etishga borishda o‘z o‘limiga avvaldan va ongli tayyorlanadilar.

Zombilashtirilgan toifadagilar o‘z joniga qasd qilish vazifalarini ideal tarzda bajaruvchilardir. Dasturlashtirilgan avtomat sifatida va ta’sirga berilish oqibatida harakat qiladi. Vazifani bajarishda tez fikrlaydi va qo‘r-quvni his qilmaydi.

Qasoskor tipning asosiy motivi o‘zi uchun, yaqinlari yoki do‘stlari hamda yagona e’tiqoddoshlari uchun qasos olish hisoblanadi. Ushbu toifa-dagilar ichida ko‘proq o‘spirinlar va ayollar uchraydi.

Avantyurist tip – qattiq siyosiy e’tiqod va barqaror siyosiy yo‘nalishga ega bo‘lmagan odam. Ushbu toifadagi odamning boshqalardan farqi – yakka holda harakat qiladi.

Uchinchi kategoriyaga kiruvchi «bajaruvchilarni» o‘z joniga qasd qiluvchi terrorchilar toifasiga kiritish mumkin. Ushbu toifadagi odamlarda

315

o‘lish va o‘ldirishga xohish yuqori bo‘ladi, o‘zini juda kuchsiz his qiladi. Ushbu e’tiqodning ichki motivlaridan biri o‘z kuchi bilan zaiflikdan qutilishdir. Bunday odamlarda tobelik ekstremal kechinma hisoblanadi.

O‘z joniga qasd qiluvchi terrorchilarning maqsadlari – odamlar ko‘p joylarda, shaharning markaziy tumanlarida o‘zlariga katta e’tibor qaratishni nazarda tutadi. Agar aholidan to‘sib qo‘yilsa, u ko‘proq huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini yo‘q qilishga harakat qiladi. Ular muzokara olib borishda bir maqsadni ko‘zlaydi – yon-atrofiga imkoni boricha ko‘proq odamlarni yig‘ish, ya’ni o‘z jonini qimmatroqqa sotishga harakat qiladi.

Terrorizm keyingi paytlarda turli ko‘rinishda namoyon bo‘lmoqda. Agar ilgari muayyan maqsadlarga erishish yo‘lida uning odamlarni garovga olish, aholi o‘rtasida vahima uyg‘otish, u yoki bu davlat obyektlarini portla-tish, davlat arbobiga suiqasd qilish va hokazo ko‘rinishlari kuzatilgan bo‘l-sa, bugun o‘z g‘arazli maqsadi yo‘lida to‘g‘ridan-to‘g‘ri inson resurslaridan foydalanish hollari ham ommalashib bormoqda. Terrorizmning bu ko‘rinishi «qurbonlik» yoki «shahidlik» terrorizmi deb ataladi.

Odatda, «shahidlik»ni qaror qilgan shaxslar o‘z jonini qurbon qilishni taklif qilmaydilar. Ularni «ma’naviy murabbiyi» yoki sardori tanlab oladi. Shundan so‘ng esa uzoq muddatga rejalashtirilgan psixologik tayyorgarlik jarayonlari boshlanadi. «Qurbonlik» yoki «shahidlik»ka mubtalo bo‘lgan terrorchilarni zararsizlantirish juda mushkul, chunki u o‘limga tayyor.

Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, terrorchi har soniyada hayot bilan vidolashishga tayyor emas. U doimiy ravishda barmog‘ini harakatga kelti-ruvchi tugmada tutib turishi mumkin emas. Terrorchi o‘z joniga qasd etishi uchun kamida yarim daqiqa vaqt kerak bo‘lishi hisoblab chiqilgan. Mana shu yarim daqiqa hal qiluvchi vazifani bajaradi.

Terrorchi shaxsning sifatlari: 1) tajovuzkor va shafqatsiz (qattiq qo‘l) xulq-atvorga egalik; 2) o‘zini oqlash. Siyosiy mafkuraviy motivlar odatda shaxsning yashi-

rin ehtiyojlarini qondirish sifatida namoyon bo‘ladi; 3) agressivlik xususiyati, ya’ni voqelikka to‘g‘ri baho bera olmaslik,

aybni tashqi omillardan qidirish va o‘zining muvaffaqiyatsizligini vaziyatga yuklashga moyillik;

4) terrorchi tashkilotlarga, uning vazifa va ideallariga ko‘r-ko‘rona sodiqlik;

5) yetarli darajada aqliy rivojlanmaganlik, bilim darajasining pastligi; 6) odatda nosog‘lom oilalardan chiqqanligi, ijtimoiy patologik rivojla-

nishga ega bo‘lmaganligi. Jamiyatda o‘z o‘rnini topa olmagan odamlar, ish o‘rnini yo‘qotgan yoki unga ega bo‘lmaganlar, yaqin kishilarini yo‘qotgan-

316

lar, jismoniy imkoniyati chegaralangan shaxslar, og‘ir psixotravmalarni boshidan kechirganlar, terrorchilik yoki diniy an’analarga rioya qiladigan-larning qarindoshlari, farzandlari yoki nevaralari bo‘lishi mumkin;

7) doimo o‘z «men»ligini himoya qilish, o‘z fikrini tasdiqlashga intilish, boshqa insonlarning istak va hissiyotlariga e’tibor bermaslik va fanatizm;

8) shoshqaloqlik, o‘zgaruvchanlik va ikkilanishlar va hokazo. Ichki ishlar idoralari xodimlari profilaktik chora-tadbirlarni olib bora-

yotganda zamonaviy terrorizm va diniy ekstremizmning asosiy g‘oyalari va mafkurasini, mavqeini obro‘sizlantirishga qaratilgan harakatlarni tashkil etishlari kerak. Profilaktik faoliyat davomida shaxsning birdaniga terrorchi bo‘lib qolmasligi holatini hisobga olish lozim. Terrorchilik faoliyatga shaxslarni jalb qilish uzoq muddatli jarayondir. Odatda bu hol o‘ziga xos psixologik tuzilishga ega bo‘lib, alohida guruhlar faoliyati bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun ham ushbu guruhlarni aniqlash va faoliyatining oldini olish juda muhimdir.

Profilaktika faoliyati terrorchi guruh va tashkilotlarning shakllanishi va amal qilishining ijtimoiy-psixologik mexanizmlarini hisobga olishni taqozo etadi. Bu guruhlarning psixologik tarkibi, bajarayotgan vazifalarining taq-simlanishi, guruhlararo o‘zaro munosabatlarining xususiyatlarini bilish juda muhimdir. Bunday uyushgan jinoiy guruhlarni bo‘lib tashlash (ajratish) uchun ishlab chiqilgan quyidagi taktik psixologik metodlarni qo‘llash muhimdir:

– guruh liderlarini ajratish metodi; – guruh liderlarini obro‘sizlantirish metodi; – guruhni ichidan «buzish» metodi (portlash); – guruhning ichki munosabatlarida ziddiyatlarni keltirib chiqarish

metodi; – «zaif bo‘g‘indan» foydalanish metodi va boshqalar.

3-§. Terrorizm va diniy ekstremizm jinoyatlarini tergov qilishda diniy bilimlarning psixologik ahamiyati

Terrorizm va diniy ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish jarayonida tergovchining kasbiy psixologik xususiyatlari uning tergov hara-katlarini o‘tkazishga ijtimoiy-huquqiy, madaniy-ma’naviy va ruhiy-psixolo-gik tayyorgarlik darajasi bilan birga diniy bilimlariga ham bog‘liq. Jumla-dan, u an’anaviy (to‘g‘ri yo‘ldagi) diniy ta’limot bilan ekstremistik ruhdagi diniy ta’limotlar farqini aniq bilishi lozim.

Tergovchining hokimiyat vakolatlariga egaligi boshqa protsess ishtirok-chilari bilan muloqot qilishda katta psixologik omil hisoblanadi. Shu sababli

317

gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va boshqa protsess ishtirokchilari ongida tergovchining «qoralovchi» mansabdor shaxs sifatida gavdalanishi tabiiydir. Aslida tergovchi haqiqatni ro‘yobga chiqaradigan, ishni obyektiv, har tomon-lama, keng o‘rganib qonun doirasida xulosa chiqarish vazifasi yuklatilgan xodimdir. Shu sababli u terrorizm va diniy ekstremizm jinoyatlari bo‘yicha gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarga ularni rahnamolarini asl maqsadi hokimiyatni egallash ekanligini, ular terrorizm va diniy ekstremizm jinoyatiga jalb qilingan oddiy shaxslardan (bajaruvchilardan) qo‘g‘irchoq sifatida foydalanayotganliklarini tushuntirishi lozim. O‘zining aldanganini bilgan shaxslar tergov harakatlari jarayonida to‘g‘ri ko‘rsatma bera boshlaydi.

Terrorizm bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishda gumon qilinuvchi bilan muloqot chog‘ida agar uning aybi bo‘lmasa jinoiy javobgarlikka tortilmasligi, ishning obyektiv holatlarini tergovchini chalg‘itmasdan to‘g‘ri bayon qilishi bevosita unga yengillik yaratishi mumkinligini uning ongiga singdira olsa, ishni obyektiv tergov qilishga, boshqa ishtirokchilarni aniqlash va ishni belgilangan muddatda sudga oshirishga erishadi.

Terrorizm bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishda tergovchi doimo psixologik jihatdan muloqotga kirishishi og‘ir bo‘lgan shaxslar – gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi bilan tergov harakatlarini olib boradi. Tergov jarayonida psixologik jihatdan aniq bir holat bo‘yicha turli variantdagi qarorlar qabul qilishni avvaldan rejalashtirish zarur. Qaror qabul qilish esa obyektiv va subyektiv omillar natijasiga ko‘ra amalga oshiriladi. Obyektiv omillarga tergovchining jinoyat ishi holati bo‘yicha aniq ma’lumotni va daliliy ashyolarni olganligi, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi bilan tergov harakatlarini o‘tkazishda muloqot qilishga erishilgani, tergov harakatlarini o‘tkazish uchun yetarli sharoit yaratilgani va boshqalar kiradi. Subyektiv omillarga esa tergovchining diniy (ayniqsa, ekstremistik ruhdagi oqimlarning g‘oyalari haqidagi) bilim darajasi, fikrlash doirasi, tajribasi, xotirasi, muloqotga kirishish qobiliyati, so‘zlashi, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi his-hayajonlari, tuyg‘usini to‘g‘ri anglashi, uning ongida samimiylikni shakllantirish qobiliyati kabilar kiradi.

Tergovchi tomonidan o‘tkaziladigan tergov harakatlari o‘z mazmuniga ko‘ra tizimli, mantiqiy ketma-ketlikda rivojlanadigan, taxmin va tusmollar-dan kelib chiqib dalil va isbotlarni to‘plash orqali jinoiy qilmishni tasdiqlay-digan ko‘rinish olishi kerak. Shuning uchun birinchi galda tergovchi o‘zining diniy bilimlaridan foydalanib, shaxsning aldanganligini, terroristik tashkilot-larni dinga oid g‘oyalari noto‘g‘ri ekanligini, ularning aybini fosh etuvchi diniy manbalardan (Qur’oni Karim, hadis) foydalanib oshkoralik muloqotini o‘rnatishi lozim.

318

Tergovchi terrorizm va diniy ekstremizm bilan bog‘liq ishlarni tergov qilish jarayonida doimo turli xarakterdagi odamlar bilan ishlaydi, jumladan, agressiv, beparvo, mas’uliyatsiz, qo‘rqoq yoki bularning aksi. Jinoyatlarni tergov qilish jarayonida turli psixikaga ega bo‘lgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi bilan ishlashidan qat’i nazar, tergovchi olingan xulosalarga xolisona, adolatli, obyektiv baho berishi lozim hamda asabiylashish, dalil va isbotlarni topish boshi berk ko‘chaga kirganda sarosimaga tushmasdan qonunda ko‘rsatilgan tegishli qarorlarni qabul qilishi lozim.

Terrorizm va diniy ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishda asabiylashish ko‘proq uchrashi mumkin, bu – jabrlanuvchilarning ko‘pligi, ko‘p miqdorda zarar yetkazilganligi, gumon qilinuvchining davlat idoralariga salbiy munosabati va boshqalar. Har qanday holatda tergovchi qonun doirasida jinoyat ishini tergov qilishi va hissiyotlar ta’siriga tushib qolmasligi lozim. Aksincha diniy bilimlarga suyanib, begunoh odamlarni o‘ldirish dinda qoralanishini gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchiga tushuntirishi lozim.

Terrorizm bilan bog‘liq jinoyat ishlarida tergov harakatlarini samarali tashkil qilish, kutilgan natijaga erishishini ta’minlashda tergovchining shax-siga bog‘liq ruhiy-psixologik sifatlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bular tergovchining – aqliy, irodaviy va muloqotga kirishuvchanlik (kommuni-kativ) sifatlaridir.

Tergovchining aqliy tafakkuri terrorizm jinoyatini sodir etgan shaxsdan yuqori bo‘lishi lozim. Ya’ni: birinchidan, huquqiy bilimlari – qonunchilikni mukammal bilishi, tergov jarayonida o‘tkaziladigan harakatlarini qonun talablariga ko‘ra ketma-ketlikda o‘tkazishi, to‘g‘ri qaror qabul qilishi; ikkinchidan, terrorizm, ekstremizm, separatizm, aqidaparastlik, fanatizm kabi jinoiy guruh va tashkilotchilarining asl maqsadi nima ekanligi, shu-ningdek, diniy bilimi, an’anaviy Islom ta’limoti, Qur’oni Karim, hadis va boshqa manbalardan xabardor bo‘lishi; uchinchidan, dunyoqarashi keng bo‘lishi, jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy vaziyat, ulardagi o‘zga-rishlar haqida chuqur bilimga ega bo‘lishi lozim.

Bundan tashqari, tergovchining vaziyatni to‘g‘ri baholab tezkor qaror qabul qilish qobiliyati ham terrorizm bilan bog‘liq jinoyatlarni tezroq ochish va aybdorlarni fosh etish imkoniyatini kengaytiradi. Bu borada tergovchi terrorizm va diniy ekstremizm bilan bog‘liq ishdagi (tergov harakatlarini o‘tkazish chog‘ida) o‘ta nozik jihatlarni kuzatishi, har bir ekstremistik guruhlar, ularning tuzilishi, tarkibi, g‘oyalari va boshqa jihatlarini mukam-mal bilishi, undagi mayda, ikir-chikirlariga e’tibor berishi, fikrini jamlay olishi, vaziyatga to‘g‘ri baho berishi va boshqa kasbiy ko‘nikmalari unga terrorizm va diniy ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatni tergov qilishda qo‘l keladi.

319

4-§. Terrorizm va diniy ekstremizm jinoyatlarini tergov qilishdagi psixologik holat

Tergovchi vaziyatni to‘g‘ri baholash bilan bir qatorda, tegishli hara-katlarni tezkorlik bilan sodir etishi shart. Ichki hissiyot (intuitsiya) terrorizm va diniy ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishda tergovchining shaxsiy psixologik jihatlaridan biri sanaladi. Ichki hissiyot tergovchining qaror qabul qilishga undovchi ichki tuyg‘u bo‘lib, terrorchi yoki terroristik aktning jabrlanuvchisi, guvohi bilan o‘tkazilayotgan tergov harakatlarida ko‘proq kuzatiladi. Jumladan, tergovchi muloqotda bo‘lgan shaxsning to‘g‘-ri gapirayotganligi yoki buning aksini ko‘nglida tasdiqlab turadi. Demak, tergovchi so‘roq vaqtida uning savollariga javob berayotgan shaxsning rost (yolg‘on) gapirayotganligini ichki hissiyoti (ko‘ngli) bilan sezib turadi, amaliyotda bu sezgining deyarli 95 % holatda to‘g‘ri chiqqanligi ichki hissiyotni jinoyat ishlarini tergov qilish jarayonida zarur psixologik omil ekanligini ko‘rsatmoqda.

Ayrim holatlarda tergovchi ichki hissiyotini tekshirish imkoniyatiga ega, masalan, o‘ziga ayon bo‘lgan holatni bilmaganga olib uning yuzasidan savollar berib, javob to‘g‘ri berilgan yoki asl holatga oid ma’lumotlar yashi-rilayotganini tekshirishi mumkin. Lekin, kam bo‘lsa ham ichki hissiyot noto‘g‘ri chiqishini inobatga olib, ichki hissiyotga suyanib, ishni faqat uni isbotlash borasida olib borish ham noto‘g‘ri hisoblanadi. Ichki hissiyot (intuitsiya) ashyoviy dalillar va boshqa isbotlovchi holatlar bilan tasdiq-langan taqdirdagina to‘g‘ri sanaladi.

Terrorizm va diniy ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlarni samarali ter-gov qilishda tergovchining ruhiy holati katta ahamiyat kasb etadi. Tergov-chining, shuningdek jinoyat ishi bo‘yicha u muloqotga kirishadigan shaxs-larning ruhiy holati bir qator omillarga bog‘liq bo‘ladi.

Tergovchining ruhiy holati uning ijtimoiy boshqaruvchilik maqo-miga, shaxsiy-kasbiy tajribasiga, jinoyat ishi bo‘yicha ma’lumotlarga egali-giga, vaziyatni boshqarish va uning barqarorligiga, qat’iy qaror qabul qilish va harakat qilishiga, maqsadga erishishga ishonchiga, diniy bilimlariga hamda uning ruhiy-muloqotda faolligiga bog‘liq. Tergov harakatlarida ishti-rok etayotgan boshqa shaxslarning (jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi, ekspert, tarjimon, himoyachi) o‘tkazilayotgan tergov harakatiga bo‘lgan salbiy munosabati, o‘zaro kelishmovchiliklari va boshqa shu kabi harakatlar ham tergovchini asabiylashishga, ruhiy zo‘riqishga olib kelishi tabiiy. Tergovchi ruhiy zo‘riqish holatida bo‘lsa tergov harakatlarini o‘tkazish

320

tavsiya etilmaydi, shuningdek tergovchining ruhiy holatining me’yorda bo‘lishini ta’minlovchi usullardan (ruhiy tetiklantirish xonasi) foydalanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Ayblanuvchi va gumon qilinuvchilarning ham ruhiy holati tergovchi-ning ish faoliyatiga ta’sir etishi aniq. Terrorizm va diniy ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlarda ayblanuvchi va gumon qilinuvchilarning ko‘pchiligi ongi zaharlangan, o‘zining mustaqil fikr-mulohazasiga ega bo‘lmagan, fanatik g‘oyalarga ishonadigan shaxslardir. Ular davlat idoralariga, ayniqsa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga nafrat ko‘zi bilan qaraydilar. Ular quyidagicha harakat qiladilar: agar ayblari to‘la tasdig‘ini topmagan bo‘lsa, jinoiy javobgarlikdan qutulib qolish uchun intiladilar; ayblari dalil va isbotlar bilan tasdiqlangan bo‘lsa, tergovchi bilan muloqot qilishda uni asabiylashishga olib keluvchi harakatlarni sodir etadilar hamda u bilan muloqotga kirishishda bepisandlik qiladilar; tergovchining va umuman davlat rahbarlarining harakatlari xato ekanligini isbotlashga harakat qiladilar.

Terrorizm, diniy ekstremizm, separatizm kabi jinoyatlarni sodir etgan ayblanuvchi yoki gumon qilinuvchilarga xos bo‘lgan psixologik xususiyat-larni tergov harakatlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonida tergovchi inobatga olishi zarur. Ular o‘zlarining shafqatsizligi, agressivligi, fanatik g‘oyalarga berilganligi, o‘ta xudbinligi, boshqacha fikrlovchilarni mensimasligi, davlat hokimiyati organlari xodimlariga dushmanlik ruhida munosabatda bo‘lishi, ba’zilari (terroristik guruh ta’siriga tushib qolganlari) o‘limdan ham qo‘rqmasligi, o‘z harakatlarini to‘g‘ri hisoblashi, ularning g‘oyasini qoralovchilarga faqat o‘lim tilashi va boshqa shunga o‘xshash salbiy psixologik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Tergovchi tergov harakat-larini o‘tkazishni rejalashtirayotgan vaqtda ushbu holatlarni inobatga olishi lozim, jumladan, ular tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan hujumlar, o‘zini o‘ldirishga harakatlar, protsessning boshqa ishtirokchilariga jismoniy zarar yetkazishga harakat qilishi va boshqalarga tergovchi doim tayyor turishi, bunday salbiy harakatlarga yo‘l qo‘ymasligi lozim.

Jabrlanuvchi va guvohlarning ruhiy holati ham tergovni olib borishga ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, terrorchi shaxslar ularga do‘q-po‘pisa qilgan bo‘lsa, ular o‘zlari hamda oila a’zolarining xavfsizligini o‘ylab tushkunlikka tushadi, tergovda noto‘g‘ri ko‘rsatma beradi, sodir etilgan jinoyat holatlarini batafsil aytmaydi, o‘zlarini himoyasiz qolgan kabi sezadi, agar tergov organ-lari bilan hamkorlik qilsa terrorchi shaxslar undan o‘ch olishiga aniq ishonadi va bu haqda hech kimga gapirmaydi. Albatta, bunday vaziyatda guvoh yoki jabrlanuvchi bilan muloqot o‘rnatish tergovchiga ancha qiyinchilik

321

tug‘diradi, natijada uning o‘zi ham asabiylashishi, ruhiy zo‘riqishga uchrashi tabiiy hol. Vaziyatdan chiqish uchun tergovchi guvoh yoki jabrlanuvchini birinchi galda tinchlantirishi, keyin esa uni qiynayotgan muammoni bartaraf etishi va shundan so‘ng tergov harakatlarini o‘tkazishi lozim.

Terrorizm va diniy ekstremizm jinoyatining guruhlar tomonidan sodir etilishini inobatga olib, tergovchi har bir protsess ishtirokchilarining ko‘rsa-tuvlarini chuqur tahlil qilib borishi lozim. Masalan, guvohlarda o‘z fikrlari-dan, avvalgi ko‘rsatmalaridan qaytish, ayblanuvchini oqlashga qaratilgan ko‘rsatmalarga o‘tish hollari yuz bersa, guruhning qo‘lga olinmagan ishti-rokchilari tomonidan unga tazyiq bo‘layotganligini aniqlash lozim. Tazyiq-lar guvohni pora evaziga og‘dirish, qo‘rqitish, yaqin qarindoshlarini o‘rtaga solib ta’sir etish va boshqalar bo‘lishi mumkin.

Terrorizm va diniy ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlarni ochishda asosiy ma’lumotlarni tergovchi guvohlardan olishini inobatga olsak, guvohni psixikasidagi har bir o‘zgarishga (xavotirlanish, qo‘rquv, hadiksi-rash yoki buning aksi bo‘lgan hayotdan o‘ta mamnunlik, katta narsalarni xarid qilishni boshlash va boshqalar) jiddiy e’tibor qaratishi lozim. Guvoh-ning psixikasidagi o‘zgarishlarning kelib chiqish sababini aniqlash hamda uni bartaraf etish ishda oldinga siljish, sodir etilgan jinoiy voqeani to‘g‘ri talqin qilish, adolatli qaror qabul qilishga olib keladi.

Tergovchi barcha holatlarda guvoh yoki jabrlanuvchi bilan o‘zaro hurmat, majburiyatni bajarish, qonunchilikka rioya qilish ruhida munosabat o‘rnatishi lozim. Shuningdek, tergovchi tergovni samarali olib borish uchun hech qachon ularning shaxsiyatiga tegadigan harakatlarni yoki so‘zlarni aytmasligi, qolaversa jinoyat ishini tezda, obyektiv tergov qilib sudga chiqarish nafaqat tergovchining, balki guvoh yoki jabrlanuvchining ham muvaffaqiyati ekanligini tushuntirishi kerak.

Tergovchidan tergov harakatlarini o‘tkazishdan avval tergov ishtirok-chilarining shaxsi, temperamenti, hayot tarzi, ma’lumoti, atrofidagi shaxs-lar, qiziqishi, intilishlari, shuningdek u tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan salbiy harakatlarni chuqur o‘rganib, tergov o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishi talab qilinadi.

5-§. Terrorizm va diniy ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishda ruhiy ta’sir o‘tkazish usullaridan foydalanish

Faol muloqot vaziyatini yuzaga keltirish tergov harakatlarining muvaf-faqiyatini ta’minlovchi usullardan biri hisoblanadi.

Tergov jarayonining barcha bosqichlarida, ayniqsa guvoh, jabrlanuv-chilar bilan o‘tkaziladigan tergov harakatlarida o‘ta rasmiy, faqat qonunga

322

suyangan boshqa qadriyatlarni tan olmaydigan davlat xodimi sifatida namoyon bo‘lmasligi lozim. Tergovchi o‘zining keng dunyoqarashga egali-gini, jabrlanuvchi yoki guvohlarning hayot tarziga befarq emasligini, ularni qiynayotgan muammolarni (ishga aloqasi bo‘lmasa ham, yordam berish imkoniyati bo‘lmasa ham) oxirigacha eshitishi, ularni o‘ziga yaqin kishi kabi munosabat bildirishi psixologik jihatdan tergovni samarali tashkil etishni birinchi bosqichi hisoblanadi. Keyingi bosqichlarda ishga aloqasi bo‘lmagan muammolardan ishga aloqador holatlarga o‘tishni «silliq» tashkil etishi lozim.

Faol muloqotni o‘rnatishga salbiy ta’sir etuvchi omillarga muloqot o‘rnatilayotgan shaxsda davlat organlariga nisbatan salbiy munosabatning mavjudligi, odil sudlovga ishonchsizlik, avvalgi qilmishlari uchun jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘taganlik, g‘azablanish holati, agressivlik, muloqotga kirishni istamaslik, hayotdan umidsizlik, jamiyatdan yoki atrofi-dagi odamlardan norozilik, ketma-ket kelgan omadsizlik, g‘am-tashvishlar, xo‘rlanganlik, o‘zini boshqalardan ustun qo‘yish, mensimaslik, yengil-maslik va boshqa shunga o‘xshash psixologik holatlarni kiritish mumkin.

Tergovchi ushbu holatlarni nazardan chetda qoldirmasligi kerak. Tergov harakatlaridan avval faol muloqotga salbiy ta’sir etuvchi bunday holatlarni bartaraf etishi yoki tergov harakati vaqtida bularni eslatmaslik yoki guvohni esidan chiqarishga harakat qilishi lozim.

Guvoh yoki jabrlanuvchi tergovchiga kelishdan avval qanday javob berishni rejalashtirib keladi, albatta tergovchi uning ongidagi rejasini bar-bod qilib o‘z rejasi asosida tergov harakatlarini olib borishni tashkil qilishi kerak.

Umumiy mavzudan kerakli mavzuga o‘tish usuli. Tergovchi guvoh yoki jabrlanuvchilar bilan muloqotni ijobiy fakt (ma’lumotlar) bilan boshlashi hamda ijobiy holatni kengroq sharhlashi, yutuqlarni bayon etishi tergov harakatlarini samarali olib borishga katta ta’sir etadi. Shu bilan birga, shaxs-ning yutuqlarini maqtash, uni jamiyatdagi boshqa shaxslardan ajratib turuv-chi xislatlarini eslatish va boshqa shu kabi holatlardan muloqotni boshlashi kerak. Tergovchi o‘zini faqat shaxslarni ayblab sudga olib chiquvchi xodim emas, balki o‘zgalarga yordam beruvchi, ayniqsa turli diniy-ekstremistik oqimlar ta’siri doirasiga tushgan shaxslarga yordam beruvchi xodim sifatida namoyon etishi lozim.

Terrorizm va diniy ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish-da, aksariyat hollarda gumon qilinuvchi hamda ayblanuvchi tergovchi bilan muloqotni inkor etuvchi yoki tergovni boshi berk ko‘chaga olib boruvchi shaxslar hisoblanadi, ayniqsa ular jazoni ijro etish muassasalarida muddatni

323

o‘tagan bo‘lsa tergovchiga psixologik ta’sir o‘tkazishga urinishadi. Shuning uchun bu toifadagi shaxslar bilan muloqot tergovchidan katta kasbiy-psixo-logik tajriba, diniy bilim hamda tergov harakatlarining samarali usullaridan foydalanishni talab qiladi. Gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchining qarshili-gini yengishi uchun aslo, qonunga zid usullardan foydalanish mumkin emas.

Faktlar oldida ojiz qoldirish usuli asosan gumon qilinuvchi va ayblanuvchiga nisbatan qo‘llaniladi. Bunda tergovchi o‘zini ish holati bo‘yicha aniqlashi lozim bo‘lgan barcha holatlarni (bilmagan taqdirda ham) biladigan qilib ko‘rsatishi, faqat ulardan buni tasdiqlab savollarga to‘g‘ri javob berishi lozimligini ongiga singdiradi. Dastlab tergovchiga ayon bo‘l-gan terroristik akt yoki ekstremistlarning qilmishi va boshqa holatlari yuza-sidan savol beradi, gumon qilinuvchi haqiqiy holatni yashirganda, tergovchi unga qarshi dalil-isbotlarga ega bo‘lgan to‘g‘ri vaziyatni hamda yolg‘on ko‘rsatuv berganligini tushuntiradi, shular qatorida tergovga yordam berib chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lishi, unga yengillik keltirishini uqtiradi. Bu vaziyatda gumon qilinuvchi ongida bevosita «jinoyat sodir etish holatlari bo‘yicha tergovchida barcha ma’lumotlar mavjud ekan, o‘zimni qiynab nima qildim, barchasini to‘g‘ri aytsam o‘zimga yaxshi bo‘lar ekan» degan fikr paydo bo‘ladi. Shunda gumon qilinuvchi o‘zini boshi berk ko‘chaga kirib qolgan kabi his qiladi va to‘g‘ri ko‘rsatuv beradi.

Kutilmagan savol usuli. Terrorizm va diniy ekstremizm jinoyati bo‘yi-cha gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tergov harakatlari jarayonida, jum-ladan, so‘roq qilish paytida, ularni ishga oid ayrim holatlarga to‘xtal-maslikka harakat qilishadi. Shunda tergovchi vaziyatdan unumli foydalanib, aynan shu vaziyat haqida savol berishi, nimaga u haqda ma’lumot berma-ganini va boshqa kutilmagan savollarni berishi, ularni esankirab qolishiga olib keladi. Esankirab yoki shoshilib qolgan gumon qilinuvchi o‘zi bilma-gan holda yashirayotgan ma’lumotini oshkor qilib qo‘yishi aniq.

Tergovchi so‘roq yoki boshqa tergov harakatlariga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida bir necha kutilmagan savollar tizimini, ularning ketma-ketligini belgilab oladi. Ushbu usulni qo‘llashda to‘satdan, bir mavzudan ikkinchisi-ga tez o‘tib savol berish hamda gumon qilinuvchini o‘ylab ko‘rish, savolni tahlil qilishga imkon bermasligi lozim.

Dalil-isbotlarni ketma-ket oshkor etish usuli. Gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchining tergovga qarshilik ko‘rsatish (noto‘g‘ri ko‘rsatuv berish, aldashi yoki ko‘rsatuv berishdan bosh tortishi) rejasini barbod qilish maqsa-dida tergovchi o‘ziga ayon bo‘lgan dalil-isbotlarni ketma-ket oshkor etishi mumkin. Bunda u barcha terrorizm va diniy ekstremizm jinoyati bilan bog‘liq dalillarni oshkor qilishi talab etilmaydi, balki gumon qilinuvchi

324

to‘g‘ri ko‘rsatuv bera boshlaganidan so‘ng qolgan dalil-isbotlarni oshkor qilmasligi, uni boshqa vaziyatda foydalanish uchun olib qo‘yishi mumkin.

Tergov jarayonida barcha dalil isbotlarni oshkor qilish, ularga qarshi bo‘lgan, inkor etuvchi dalillarni soxtalashtirib to‘plash, guvohlarni ogohlan-tirish va boshqa tergovga to‘sqinlik qiluvchi holatlarga olib kelishi mumkin. Shu sababli keragidan ortiq ma’lumotlarni oshkor etish tavsiya etilmaydi, ayniqsa gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasi qo‘llanilmagan bo‘lsa.

Voqea-hodisalarni mantiqqa to‘g‘ri kelmasligini isbotlash usuli. Tergovchi bu usulni qo‘llash uchun mantiq qonun-qoidalarini chuqur bilishi lozim. Terrorizm yoki diniy ekstremizm jinoyat bo‘yicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, guvoh va jabrlanuvchi bayon etayotgan har bir holat va vaziyatni tasavvur qilish, tahlil qilish, ketma-ketligining to‘g‘riligini tekshi-rishi hamda aniqlash uchun qo‘shimcha savollar berishi lozim. Mantiq qoidalarini chuqur tahlil etish tergovchining psixologik ta’sir etish imko-niyatlarini oshiradi. Masalan, kechqurun ovqat suzishdan avval go‘sht olib kelishga do‘konga chiqqanligi mantiqan to‘g‘ri emas, chunki ovqat pishgan, go‘sht ovqat pishirish jarayonida solinadi, pishgan ovqatga esa solinmaydi.

Bayon etilgan holatlar bo‘yicha dalil isbotlar keltirishni talab qilish usuli. Barcha jinoyatlarda bo‘lgani kabi terrorizm va diniy ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlarda ham gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchilar albatta o‘zini oqlash uchun ko‘rsatuv beradi. Lekin hamma vaqt ham to‘g‘ri bo‘lmaydi, shu sababli har bir holat bo‘yicha dalil-isbot yoki guvohlarni aniqlash lozim bo‘ladi. So‘roq qilinayotgan shaxsning o‘zini oqlash bo‘yi-cha keltirgan dalil-isbotlari o‘z tasdig‘ini topmaganda boshqa psixologik ta’sir choralarini qo‘llab, jumladan «qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lish aybni yengillashtirilishi» tushuntirilib, ishga oid haqiqiy holatni aniqlash mumkin.

Agar gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lishga rozi bo‘lsa, tergovchining qo‘llagan usullari samara berganligidan dalolatdir.

Terrorizm, ekstremizm va separatizm bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish jarayonida qo‘llaniladigan psixologik usullarning qonuniy bo‘lishi uchun quyidagi talablarga rioya etilishi lozim:

1) psixologik usullar shaxsni sha’niga, qadr-qimmatiga zarar yetkaz-masligi;

2) shaxsning erkin fikrlash, ko‘rsatma berish, dalil-isbotlarni keltirish imkoniyatini cheklamasligi;

3) shaxsga sun’iy ayblovlar e’lon qilishni, qilmishni majburan dalil-isbotlarsiz yoki aybsiz tan olishga majburlamasligi;

325

4) boshqa shaxsni ayblab yolg‘on ko‘rsatma berishga majburlamasligi kabilar.

Shunday qilib, yuqorida keltirilgan psixologik ta’sir etish usullari qonuniy bo‘lib, jinoyat ishi bo‘yicha faqat obyektiv vaziyatni to‘g‘ri aniq-lashga yo‘naltirilgan. Ushbu usullar qo‘llanilganda tergov harakatlarida qatnashayotgan shaxslar (gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, guvoh va jabrla-nuvchi)ning o‘z fikrini bayon etish taqiqlanmaydi, ularda to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri javob variantlarini tanlash imkoniyati mavjud bo‘ladi, tergovchi-ning vazifasi esa to‘g‘ri javob variantini bayon etishga undash va yolg‘on ko‘rsatmadan to‘g‘risiga o‘tishga imkon (yordam) beradi.

Savol va topshiriqlar

1. Zamonaviy terrorizmning psixologik o‘ziga xos belgilari nimalardan

iborat? 2. Shaxsning terrorchi bo‘lishiga olib keluvchi asosiy omillarni sanab o‘ting. 3. Terrorchi shaxsining psixologik jihatlari deganda nimani tushunasiz? 4. Terrorizm va diniy ekstremizm jinoyatlarini sodir etuvchi shaxslar tiplari-

ni sanab o‘ting. 5. Terrorizm jinoyatlarini tergov qilayotgan tergovchining kasbiy-psixologik

tayyorgarligiga nimalar kiradi? 6. Tergovchi va jinoyat protsessining boshqa qatnashuvchilari ruhiy holati-

ning ishni tergov qilishdagi ahamiyati nimadan iborat? 7. Terrorizm jinoyatlarini tergov qilishda ruhiy ta’sir o‘tkazish usullari de-

ganda nimani tushunasiz? 8. Ruhiy ta’sir etish usullarining qonuniylik shartlarini ayting.

326

MUNDARIJA

SO‘Z BOSHI ....................................................................................................... 3

I BOB. DASTLABKI TERGOV FAOLIYATI VA TERGOVCHI

SHAXSIGA PSIXOLOGIK TAVSIF 1-§. Dastlabki tergovning psixologik tavsifi ....................................................... 6 2-§. Tergov harakatlarining psixologik tavsifi .................................................. 20 3-§. Tergov vaziyatining psixologik tahlili ....................................................... 29 4-§. Tergovchi shaxsining psixologik tuzilishi ................................................. 38 5-§. Tergovchi shaxsining kasbiy buzilishi va uning namoyon bo‘lish shakllari ............................................................................................................. 66

II BOB. TERGOV IDORALARI FAOLIYATIDA PROFAYLING

XIZMATIDAN FOYDALANISH VA INSON XATTI-HARAKATINI PSIXOLOGIK BAHOLASH

1-§. «Profayling» tushunchasi. Profayling texnologiyasi xususiyatlari va asosiy bosqichlari .............................................................................................. 77 2-§. Dastlabki tergovda profayling texnologiyasini qo‘llash tartibi. Dastlabki tergovda profayling yoki yolg‘onni qurolsiz aniqlash deteksiyasi ................... 81 3-§. Vizual psixodiagnostika va uning profayling texnologiyasidagi roli. Verbal va noverbal belgilarga ko‘ra yolg‘onni aniqlash ................................... 93 4-§. Muloqot jarayonining psixologik tavsifi va jinoyatlarni tergov qilishda psixologik aloqa o‘rnatish usullari .................................................................... 99

III BOB. GUMON QILINUVCHI VA AYBLANUVCHI BILAN

TERGOV HARAKATLARINI O‘TKAZISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

1-§. Gumon qilinuvchi va ayblanuvchi shaxsining psixologik tavsifi............ 112 2-§. Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini so‘roq qilishning psixologik xususiyatlari ..................................................................................................... 119

IV BOB. JABRLANUVCHI BILAN TERGOV HARAKATLARINI

O‘TKAZISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI 1-§. Jabrlanuvchi shaxsiga psixologik tavsif .................................................. 132 2-§. Jabrlanuvchini so‘roq qilishning psixologik xususiyatlari ...................... 141

V BOB. GUVOH BILAN TERGOV HARAKATLARINI O‘TKAZISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

1-§. Jinoyat protsessi ishtirokchisi sifatida guvoh shaxsining psixologik tavsifi ............................................................................................................... 145 2-§. Guvohni so‘roq qilishning psixologik xususiyatlari ................................ 150

327

VI BOB. KO‘ZDAN KECHIRISH VA GUVOHLANTIRISHDA PSIXOLOGIK BILIMLARDAN FOYDALANISH

1-§. Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishda psixologik bilimlardan foydalanishning ahamiyati .............................................................................. 172 2-§. Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish psixologiyasi .................. 180 3-§. Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishda intuitsiyaga asoslanish 187 4-§. Guvohlantirishda psixologik bilimlardan foydalanish ............................ 190

VII BOB. SO‘ROQ QILISH VA YUZLASHTIRISH TERGOV

HARAKATLARINI O‘TKAZISHDA PSIXOLOGIK BILIMLARDAN FOYDALANISH

1-§. So‘roq qilish tergov harakatiga psixologik tavsif .................................... 194 2-§. Yuzlashtirish tergov harakatiga psixologik tavsif ................................... 211

VIII BOB. TINTUV VA OLIB QO‘YISH TERGOV HARAKATIGA

PSIXOLOGIK TAVSIF 1-§. Tintuv tergov harakati psixologiyasi ....................................................... 222 2-§. Olib qo‘yish tergov harakati psixologiyasi .............................................. 233

IX BOB. EKSPERIMENT VA KO‘RSATUVLARNI HODISA SODIR

BO‘LGAN JOYDA TEKSHIRISH TERGOV HARAKATLARIGA PSIXOLOGIK TAVSIF

1-§. Eksperiment tergov harakatini o‘tkazishning psixologik xususiyatlari .. 238 2-§. Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish tergov harakatini o‘tkazishda psixologik bilimlardan foydalanish ............................................. 243

X BOB. TANIB OLISH UCHUN KO‘RSATISH TERGOV

HARAKATINING PSIXOLOGIK TAVSIFI 1-§. Tanib olish uchun ko‘rsatishning psixologik xususiyatlari ..................... 248 2-§. Tanib olish tergov harakatida ishtirok etuvchi shaxslarning psixologik tavsifi ............................................................................................................... 251

XI BOB. MURDANI EKSGUMATSIYA QILISH, EKSPERTIZA

TEKSHIRUVI UCHUN NAMUNALAR OLISH, NARSA VA HUJJATLARNI TAQDIM QILISH TERGOV HARAKATLARIGA

PSIXOLOGIK TAVSIF 1-§. Murdani eksgumatsiya qilishning psixologik tavsifi ............................... 256 2-§. Ekspertiza tekshiruvi uchun namunalar olishning psixologik tavsifi ...... 263 3-§. Narsa va hujjatlarni taqdim qilishning psixologik tavsifi ........................ 266

XII BOB. «SUD-PSIXOLOGIK EKSPERTIZASI» TUSHUNCHASI

VA MOHIYATI 1-§. «Sud-psixologik ekspertizasi» tushunchasi va uning tergov jarayonida tutgan o‘rni ...................................................................................................... 269

328

2-§. Sud-psixologik ekspertizasi tayinlash asoslari va tartibi ........................ 273 3-§. Sud-psixologik ekspertizasi oldiga qo‘yiladigan savollar va ekspert xulosasini baholash .......................................................................................... 280

XIII BOB. VOYAGA YETMAGANLAR TOMONIDAN SODIR

ETILGAN JINOYATLARNI TERGOV QILISHDA PSIXOLOGIK BILIMLARDAN FOYDALANISH

1-§. Voyaga yetmagan shaxslarga psixologik tavsif ....................................... 286 2-§. Voyaga yetmagan shaxslarni so‘roq qilishning psixologik jihatlari ...... 296 3-§. Voyaga yetmaganlar bilan o‘tkaziladigan protsessual va tergov harakatlarida psixologik bilimlardan foydalanish ........................................... 302

XIV BOB. TERRORIZM VA DINIY EKSTREMIZM BILAN

BOG‘LIQ JINOYATLARNI TERGOV QILISHDA PSIXOLOGIK BILIMLARDAN FOYDALANISH

1-§.Terrorizm va diniy ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etishga olib keluvchi psixologik omillar ..................................................................... 307 2-§. Fanatizm va terrorchi shaxs psixologiyasi ............................................... 312 3-§. Terrorizm va diniy ekstremizm jinoyatlarini tergov qilishda diniy bilimlarning psixologik ahamiyati .................................................................. 316 4-§. Terrorizm va diniy ekstremizm jinoyatlarini tergov qilishdagi psixologik holat ............................................................................................... 319 5-§. Terrorizm va diniy ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishda ruhiy ta’sir o‘tkazish usullaridan foydalanish ................................... 321

DASTLABKI TERGOV FAOLIYATI

PSIXOLOGIYASI

Darslik

Muharrirlar: M.S. Rahmonova, B.Q. Ergashev Texnik muharrir D. R. Djalilov

Bosishga ruxsat etildi 25.05.2015. Nashriyot hisob tabag‘i 22,5. Buyurtma Adadi 50 nusxa.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 100197, Toshkent sh., Intizor ko‘chasi, 68.