43
1 OZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XOJALIGI VAZIRLIGI SAMARQAND QIShLOQ XOJALIGI INSTITUTI MANAVIYaT-MARIFAT BOLIMI GUMANITAR FANLARKAFEDRASI AXBOROT SOATI MATERIALLARI8 Haftaning muhim ijtimoiy-siyosiy voqyealari (2017 yil 2 8 fevral) Elektron variantga mos holda qabul qilib oldim: Agronomiya __________ __________ _____ Veterinariya __________ __________ _____ Zoot. va Korak. _________ __________ _____ Q/X.da menejment ________ __________ _____ Agroinjineriya__________ __________ _____ Imzo: F.I.Sh. Soat 08.02.2017 SAMARQAND 2017 ALIShER NAVOIYNING HAYoT VA IJOD YOLI Alisher Navoiy buyuk ozbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi. Asl ismi Nizomiddin Mir Alisher bolib, 1441 yilning 9 fevralida

O QISHLOQ VA SUV XO SAMARQAND QIShLOQ XO …samqxi.uz/attachments/article/872/AXBOROT SOATI-9 (1).pdf1 o¶zbekiston respublikasi qishloq va suv xo¶jaligi vazirligi samarqand qishloq

Embed Size (px)

Citation preview

1

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

QISHLOQ VA SUV XO’JALIGI VAZIRLIGI

SAMARQAND QIShLOQ XO’JALIGI INSTITUTI

MA’NAVIYaT-MA’RIFAT BO’LIMI

“GUMANITAR FANLAR” KAFEDRASI

“AXBOROT SOATI

MATERIALLARI”

№ 8

Haftaning muhim ijtimoiy-siyosiy voqyealari

(2017 yil 2 – 8 fevral)

Elektron variantga mos holda qabul qilib oldim:

Agronomiya __________ __________ _____

Veterinariya __________ __________ _____

Zoot. va Korak. _________ __________ _____

Q/X.da menejment ________ __________ _____

Agroinjineriya__________ __________ _____

Imzo: F.I.Sh. Soat

08.02.2017

SAMARQAND – 2017 ALIShER NAVOIYNING HAYoT VA IJOD YO’LI

Alisher Navoiy — buyuk o’zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi.

Asl ismi Nizomiddin Mir Alisher bo’lib, 1441 yilning 9 fevralida

2

Hirotda tavallud topganlar, 1501 yilning 3 yanvarida vafot

etganlar. Alisher Navoiyning ota tomondan bobosi Amir Temurning

Umar Shayx ismli o’g’li bilan ko’kaldosh (emikdosh) bo’lib, keyinchalik

Umar Shayx va Shohruxning xizmatida bo’lgan. Otasi G’iyosiddin

Bahodir esa Abulqosim Boburning yaqinlaridan bo’lib, mamlakatni idora

etishda ishtirok etgan.

Onasi (ismi noma’lum) Qobul amirzodalaridan Shayx Abusaid

Changning qizi. Alisher Navoiyning bolaligi Shohrux hukmronligining

so’nggi yillariga to’g’ri kelgan. U temuriyzodalar, xususan bo’lajak

podshoh Husayn Boyqaro bilan birga tarbiyalangan. 4 yoshida maktabga

borib, tez savod chiqarib, turkiy va forsiy tildagi she’rlarni o’qib, yod ola

boshlagan. O’zbek tili bilan bir qatorda forsiy tilni ham mukammal

egallagan. 1447 yil 12 martda mamlakat podshohi Shohrux vafot etgach,

taxtga da’vogarlar orasida o’zaro kurash boshlanadi. Urish-janjallar ko’p

kishilarni Xurosondan turli tomonga ko’chib ketishga majbur etdi.

Alisher Navoiylar oilasi o’z tinchligini ko’zlab, Iroqqa ko’chishdi (1449).

Taf shahrida Alisher mashhur «Zafarnoma» tarixiy asari muallifi,

shoir Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashadi. Bu uchrashuv bolada

yorqin taassurot qoldiradi. G’iyosiddin Bahodir oilasi Hirotga, qariyb ikki

yil muddat o’tgach, qaytadi. Abulqosim Bobur G’iyosiddin Bahodirni

Sabzavor shahriga hokim qilib tayinladi. Alisher Navoiy Hirotda qolib

o’qishni davom ettirdi. Alisher Navoiy she’riyatga g’oyat qiziqdi, Sharq

adabiyotini qunt bilan o’rgandi. Oila muhiti bolaligidayoq unda

adabiyotga zo’r havas tug’dirgan edi. Tog’alari Mirsaid — Qobuliy,

Muhammad Ali — G’aribiy yetuk shoir edilar. Alisher Navoiylar uyida

shoirlar tez-tez to’planishib, mushoira qilishar, adabiyot va san’at haqida

suhbatlashar edilar. Alisher Navoiy 10—12 yoshlaridan she’r yoza

boshlagan. Tarixchi Xondamirning yozishicha, yosh Alisher Navoiyning

iste’dodidan mamnun bo’lgan mavlono Lutfiy, uning:

Orazin yopqoch, ko’zumdan sochilur har lahza yosh,

Bo’ylakim, paydo bo’lur yulduz, nihon bo’lg’ach quyosh matla’li

g’azalini tinglab: «Agar muyassar bo’lsa edi, o’zimning o’n-o’n ikki

ming forsiy va turkiy baytimni shu g’azalga almashtirardim…» degan.

Alisher Navoiy 15 yoshida shoir sifatida keng tanilgan. She’rlarini

turkiy (Navoiy taxallusi bilan) va forsiy (Foniy taxallusi bilan) tillarida

yozgan.

Alisher Navoiy 13—14 yoshlarida otasi hayotdan ko’z yumadi.

Uni Abulqosim Bobur o’z tarbiyasiga oladi, katta badiiy iste’dodi uchun

g’oyat e’zozlaydi. 1456 yil oktyabrda mamlakat poytaxti Hirotdan

Mashhadga ko’chiriladi. Abulqosim yosh Alisherni ham, o’z xizmatida

bo’lgan Husayn Boyqaroni ham Mashhadga olib ketadi.

3

1457 yilning bahorida to’satdan Abulqosim Bobur ham vafot etdi.

Alisher Navoiy uchun bu, otasi vafotidan keyingi, ikkinchi og’ir judolik

bo’ldi. U Mashhad madrasalaridan birida o’qishini davom ettiradi. Do’sti

Husayn Boyqaro esa Marv va Chorjo’y tomonlarga omad qidirib ketadi.

Xurosonni temuriylarning yana bir vakili, Movarounnahr hukmdori

Sulton Abu Said egalladi va poytaxtini Samarqanddan Hirotga ko’chiradi.

Husayn Boyqaroning taxtni egallash yo’lidagi birinchi raqibi — Abu Said

edi. Alisher Navoiy oilasining xohish-rag’bati Husayn tomonda bo’lib, bu

avvalo ularning oilaviy yaqinliklari bilan izohlanardi. Bundan yangi

hukmdor ham yaxshi xabardor edi. O’rtadagi bu vaziyat Alisher Navoiy

hayotini murakkablashtirgan.

Alisher Navoiy Mashhadda oddiy bir mullavachcha sifatida

yashadi. Shoirning bu davrdagi ijodida o’z yurtini sog’inib yozgan

g’azallari talaygina. Orada, xususan, yoz fasllarida Hirotga borib-kelib

ham turgan. 1463 yilda esa u uzil-kesil Hirotga qaytdi. Biroq bu yerda

ahvol o’zgargan, shahar xarobaga aylangan edi. Xuroson poytaxtida

Sulton Abu Said o’z tartibini o’rnatgan, muhim vazifalarga u bilan

Movarounnahrdan kelgan kishilar tayinlangan, Alisher Navoiyga yaqin

kishilar quvg’in qilingan, Husayn Boyqaro bilan birga ketgan tog’alari —

Mirsaid va Muhammad Ali urushda halok bo’lgan, yashash uchun biron

joy topish muammo edi.

Alisher Navoiyning o’sha kunlardagi ahvoli uning keyinchalik

ustozi Sayyid Hasan Ardasherga Samarqanddan yozgan maktubidagi

she’riy satrlarda nihoyatda ta’sirli va haqqoniy ifodalab berilgan. Bu

vaqtda mamlakatda taniqli shoir bo’lib qolgan Alisher Navoiyni Abu Said

ta’qib qilib, Hirotdan chiqarib yuboradi. Shoir Samarqandga ketishga

majbur bo’ladi. Alisher Navoiy Samarqandda 1465 yildan 1469 yilning

bahorigacha yashadi. Fazlulloh Abu Lays madrasasida o’qib, turli

fanlarga oid bilimlarini yanada chuqurlashtirdi. Samarqandning ko’zga

ko’ringan shoirlari — Shayxim Suhayliy, Mirzobek, Mavlono Xovariy,

Mir Qarshiy, Harimi Qalandar, muammogo’y Uloyi Shoshiy, olim

Mavlono Muhammad Olim va boshqa bilan hamsuhbat bo’ldi va

do’stlashdi.

Samarqand shahri hokimi Ahmad Hojibek asli hirotlik bo’lib,

Vafoiy taxallusi bilan she’rlar yozardi. U Alisher Navoiyga alohida

hurmat va e’tibor bilan qaradi. Uning yordamida Alisher Navoiy davlat

ishlari bilan ham shug’ullana boshladi. U davlat ishlarini boshqarishda

dastlabki tajribani shu yerda orttirdi va bu unga keyinchalik asqotdi.

Alisher Navoiyning Samarqanddagi siyosiy va davlat faoliyati yuqori

baholanib, unga «Chig’atoy amiri» unvoni berilgan.

1469 yil boshlarida Sulton Abu Said Qorabog’da o’z askarlari

tomonidan o’ldiriladi. Ko’pdan buyon shunday vaziyatni kutib yurgan

4

Husayn Boyqaro zudlik bilan kelib, Hirot taxtini egallaydi. Alisher

Navoiy ham Hirotga yetib keladi. 1469 yil 14 aprel kuni, Ramazon hayiti

munosabati bilan uyushtirilgan qabul marosimida Alisher Navoiy

o’zining Husayn Boyqaroga yangi yozgan «Hiloliya» qasidasini taqdim

etadi. Podshoh Alisher Navoiyni muhrdorlik mansabiga tayinlaydi.

Alisher Navoiy Husayn Boyqaroning eng xavfli siyosiy raqibi —

Yodgor Muhammad Mirzoni tunda qo’lga olishda shaxsiy jasorat

ko’rsatadi. Yangi hukumatning ortiqcha soliqlaridan norozi bo’lib,

qo’zg’olon ko’targan xalq ommasini tinchitishda adolat va mardonavorlik

bilan ish tutadi. Shu voqyealardan so’ng ma’lum vaqt o’tgach, Husayn

Boyqaro hukumatidagi muxrdorlik vazifasiga Alisher Navoiyning roziligi

bilan uning samarqandlik do’sti, shoir Shayxim Suhayliy tayinlanadi.

Alisher Navoiyning maqsadi saroyda maslahatchi bo’lib qolish,

ko’proq ijodiy ish bilan shug’ullanish edi. Biroq Husayn Boyqaro 1472

yilning fevral oyida uni o’z saroyining bosh vaziri qilib tayinlaydi va

unga «Amiri kabir» unvonini beradi. Alisher Navoiy yangi lavozimda

avvalo butun kuchini mamlakatda tinchlik va osoyishtalik o’rnatishga

qaratdi. Vaqf ishlarini tartibga solishga kirishdi. Shaharlarda savdo-

sotiqni, hunarmandchilikni rivojlantirishga katta ahamiyat beradi. Alisher

Navoiy sa’yi harakati bilan qishloqlarda dehqonchilik madaniyati o’sib

boradi. Shaharlar, xususan Hirot kun sayin obod bo’la boshlaydi.

Buyuk insonparvar Alisher Navoiy o’rta asrdagi Uyg’onish

davrining boshqa ulug’ zotlari singari butun hayoti bilan haqiqiy inson

qanday bo’lishi lozimligini ko’rsatdi. U o’z davridagi nohaqlikka,

adolatsizlikka qarshi kurashdi, amaldorlarning o’z vazifalarini suiiste’mol

qilishlarini va ta’magirliklarini fosh etdi, ojiz, muhtoj kishilarni o’z

himoyasiga oldi. Sulton Husayn Boyqaro podshohlik qilgan, Alisher

Navoiy hukumatda bosh vazir vazifasini egallaganlarida hyech bir

mamlakatga qarshi bosqinchilik urushi olib borilmadi.

Bosh vazir Alisher Navoiy madaniyat va san’atning chinakam

homiysi sifatida taniladi. Uning faoliyatida ijtimoiy-siyosiy masalalarni

to’g’ri hal etishga intilish, jamiyatdagi barcha ijtimoiy qatlamlarga,

barcha qavmlarga bir xil munosabatda bo’lish, hyech qaysi birini

kamsitmaslik, hammaning manfaatiga barobar xizmat qiladigan jamoat

binolarini qurishga alohida e’tibor berish oldingi o’ringa chiqa boshladi.

Xondamirning qayd qilishicha, 80-yillar davomida Alisher Navoiy

o’z mablag’lari hisobidan Hirotda va mamlakatning boshqa shaharlarida

bir necha madrasa, 40 ta rabot, 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9

ko’prik, 20 ga yaqin hovuz qurgan yoki ta’mirlattirgan. Ular orasida

Hirotdagi «Ixlosiya», «Nizomiya» madrasalari, «Xalosiya» xonaqohi,

«Shifoiya» tibgohi, Qur’on tilovat qiluvchilarga mo’ljallangan «Dorul-

5

huffoz» binosi, Marvdagi «Xusraviya» madrasasi, Mashhaddagi «Dorul-

huffoz» xayriya binosi va boshqa noyob me’moriy yodgorliklari bor.

Bu davrda Hirotda adabiy hayot jo’sh urgan. Alisher Navoiy

atrofida Shayxim Suhayliy, Xoja Osafiy, Binoiy kabi o’nlab shoirlar,

Hasan Noiy, Xoja Abdullo Marvoriy, Qulmuhammad Udiy, Shohquli

G’ijjakiy kabi o’nlab sozandalar, Mirxond, Xondamir kabi tarixchilar,

Sultonali Mashhadiy, Abdujamil Kotib, Xoja Hofiz Muhammad,

Sultonali Koiniy, Muhammad Xandon, Mavlono Hijroniy kabi mashhur

kotiblar, Behzod kabi musavvirlar qizg’in ijodiy mehnat bilan band

edilar. Hirotda, umuman Xuroson mulkida ma’naviy hayotning baquvvat

ustunlaridan Abdurahmon Jomiy bilan Alisher Navoiy o’rtasidagi ijodiy

hamkorlik — ustoz-shogirdlik ko’p masalalarda hamfikrlilikka olib keldi.

Alisher Navoiyning o’zbek tilidagi dastlabki yirik asarlaridan «Hiloliya»

qasidasi Sulton Husayn Boyqaroga bag’ishlangan bo’lsa, forsiy tildagi

birinchi yirik asari «Tuhfat ul-afkor» (1476) qasidasi Jomiyga

bag’ishlangan edi.

1470-yillarning oxirlarida Alisher Navoiy o’zining o’zbek tilida

yozgan she’rlaridan iborat ilk devoni — «Badoye’ ul-bidoya» («Badiiylik

ibtidosi»)ni tuzdi. Mazkur devonda 777 g’azal, 85 ruboiy, 52 muammo,

46 qit’a, 53 fard, 10 tuyuq, 10 lug’z, 3 mustazod, 5 muxammas, 3

tarje’band, 2 musaddas bo’lib, bunday mukammal devonni tuzish

Navoiygacha kamdan-kam o’zbek shoiriga nasib bo’lgan. Alisher Navoiy

«Badoye’ ul-bidoya» tuzilgandan keyingi davrda yozilgan o’zbekcha

she’rlari asosida 1480 yillarning oxirida «Navodir un-nihoya» («Behad

nodirliklar») devonini tuzdi. 1481 — 82 yillarda Alisher Navoiy «Chixl

hadis» («Qirq hadis» yoki «Arbain») asarini yozadi. Bunda Rasululloh

sollallohu alayhi vasallamning qirq hadisi to’rtlik bilan she’riy ifodalab

berilgan.

Alisher Navoiyda mansub adabiy hayotda she’riy janrlardan g’azal,

qasida, ayniqsa muammo yozishga qiziqish kuchli edi. Alisher Navoiy

forsiy devoniga 373 muammo kiritgan. Shunday adabiy mayllar tufayli

1485 yil muammo yozish qoidalari haqida maxsus «Mufradot» asarini

yaratdi.

Alisher Navoiyda o’zbek tilida «Xamsa» — besh doston yaratish

maqsadi yoshligidan bo’lgan. Bu maqsadini 1483—85 yillarda amalga

oshirdi. Asar o’zbek adabiyoti shuhratini olamga yoyib, jahon

adabiyotining durdonalaridan biriga aylandi.

«Xamsa»dan keyin Navoiy yana bir qancha asarlar yaratdi. 1485

yil o’zining mashhur «Nazm ul-javohir» asarini yozdi, bunda birinchi

xalifalardan bo’lmish Hazrat Alining 266 ta hikmatli gapi ruboyi tarona

(to’rt misrasi ham qofiyalangan) shaklida bayon etilgan. 1494 yilda turkiy

tildagi maktublarini to’plab «Munshaot» («Maktublar») majmuasini

6

tuzdi. 1495 yil Jomiyning «Nafahot ul-uns» asarini «Nasoyim ul-

muhabbat» («Muhabbat shabadalari») nomi bilan tarjima qilib, uni qayta

ishlab, turkiy mashoyixlar haqidagi yangi ma’lumotlar bilan boyitdi. Shu

boisdan «Nasoyim ul-muhabbat»ga Alisher Navoiyning mustaqil asari

sifatida qarash mumkin.

Alisher Navoiy 1491—92 yillardan boshlab turkiy tilda yozilgan

hamma she’rlaridan yangi, yig’ma devon tuzishga kirishdi va bu ish

1498—99 yilda nihoyasiga yetdi. Devonning umumiy nomi «Xazoyin ul-

maoniy» («Ma’nolar xazinasi») bo’lib, 4 qismdan iborat bo’lganligi

uchun «Chor devon» deb ham atalgan. Devon shoirning butun hayoti

davomida yozilgan she’rlarini qamrab olgan, ularda Alisher Navoiyning

barcha davrlaridagi kayfiyati, dunyoqarashi, orzu-umidlari ifodalab

berilgan.

Taxminan shu yillarda Alisher Navoiy forsiy she’rlaridan tashkil

topgan «Devoni Foniy» («Foniy devoni»)ni, forsiy tildagi 2 qasidalar

majmualarini tuzib, forsiy she’riyat taraqqiyotiga ham o’zining munosib

hissasini qo’shdi. Xurosonda forsiyzabon xalqlar ko’pchillikni tashkil

etganligi inobatga olinsa, Alisher Navoiyning bu tilda ham samarali ijod

qilgani mamlakat ma’naviy ehtiyojini yaxshi his etganligini bildiradi.

Alisher Navoiyning she’riy dahosi XV asr oxirlariga kelib yana

jo’sh urdi. U 2 yil mobaynida 2 ta yirik asar — «Lison ut-tayr» («Qushlar

tili») dostonini va «Muhokamat ul-lug’atayn» («Ikki til muhokamasi»)

nomli ilmiy asarini yaratdi. Alisher Navoiyning so’nggi buyuk

asarlaridan yana biri nasriy pandnoma yo’sinida yozilgan «Mahbubul-

qulub» («Qalblar sevgani»)dir. U Sharq adabiyoti tarixida Shayx

Sa’diyning «Guliston», Kaykovusning «Qobusnoma», Nizomiy Aruzi

Samarqandiyning «Chor maqola» kabi asarlari qatorida turadi. Bu asarida

Alisher Navoiy o’zining hayot yo’lini, boshidan kechirgan turmush

mashaqqatlarini yorqin tasvirlab bergan.

1500 yilning dekabrda Husayn Boyqaro isyon ko’targan o’g’li —

Muhammad Husayn bilan sulh tuzib, Hirotga qaytar ekan, Alisher

Navoiyni ham uni kutib olishi lozimligiga ishorat qiladi. Orada 2—3

kunlik yo’l bor edi. Alisher Navoiy o’zining so’nggi she’rini Poyob

rabotida yozgan va undan nusxa ko’chirtirib, kelayotgan Husayn

Boyqaroga yuborgan. Uchinchi kuni Alisher Navoiy hukmdor istiqboliga

yaqinlashayotganida o’zini yomon his etgan, u bilan ko’rishayotganda

hushidan ketib, qaytib o’ziga kelmagan va hayotdan ko’z yumgan.

http://muslimaat.uz/alisher-navoiyning-hayot-va-ijod-yo-li/

NAVOIY LIRIKASI. Alisher Navoiy ulug’ lirk shoirdir. U Saddiy,Xofiz, Xisrav

Dexlaviy va Abduraxmon Jomiy kabi mashxur sharq lirk

shoirlarining,Xorazimiy,Sayfi Saroiy,Atoiy, Sakkokiy va Lutfiy kabi

7

o’zbek dunyoviy adabiyoti namoyondalarining eng yaxshi adabiy

tradsiyalarini davom ettirdi va rivojlantirdi,xalq poetik ijodiyotining

g’oyaviy-badiiy boyliklaridan unumli foydalandi.Badiiy adabiyotning

xayotga,jamiyat extiyojlariga xizmat qilish uchun kurashgan Navoiy

lirik poeziyaning tematikasi, g’oyaviy motivlari va obrzlari

sistemasini boyitdi, takomillashtirdi.

Navoiy juda katta va boy lirik xazina yaratib qoldirdi. Bu

lirik xazinaning asosiy 45 ming misraga yaqin o’zbek tilidagi

sherlarini o’z ichiga olgan ,,Xazoyinul maoniy’’ va 12 ming

misradan ziyod fors-tojik tilidagi sherlarni o’z ichiga olgan

,,Devonni Foniy’’, fors-tojik tildagi 6 falsafiy qasidadan iborat.

http://muloqot.uz/blogs/77656/41548/alisher-navoiy-

hayoti-va-ijodi

ALIShER NAVOIY G’AZAL MULKINING SULTONI

Agar bu ulug’ zotni avliyo desak,

u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak,

mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak,

shoirlarning sultonidir.

Islom KARIMOV

Bugun biz Mustaqillikning haqiqiy mohiyatini, uning jamiyat

taraqqiyotida tutgan katta o’rni hamda xalqimiz turmushidagi beqiyos

ahamiyatini buyuk mutafakkirimiz Alisher Navoiyning xayoti hamda

bunyodkorona faoliyati orqali yanada teranroq anglamoqdamiz.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov aytganidek: “Insoniy

ishq-muhabbatni, mehru-vafo, iffat, sharmu hayo va nazokatni yonib

kuylagan Navoiyning go’zal satrlarini o’qiganda buyuk va oliyjanob qalb

sadolarini sezib turamiz. Bu yurak tug’yonlari, mana oradan besh yarim

asr o’tsa hamki, millionlab odamlarni hayajonga solib kelmoqda”. Buyuk

bobokalonimiz Alisher Navoiyning ibratli hayoti va faoliyatiga, xususan

uning shaxsiyatiga qiziqish har doim – u hali barhayot yillarida ham,

keyingi asrlar davomida ham juda katta bo’lgan. Buyuk arbob va shoir,

mutafakkir Navoiyga ilmiy-amaliy qiziqish hanuzgacha so’nmagan va

hyech qachon so’nmagay. Navoiy bobomizning bugungi va kelajak

avlodga ibratli bo’lgulik xislatlarini poyoni yo’q. Shu boisdan ham, nazm

shaydolarini hanuzgacha cheksiz xayratga solib, ular yodlab hamda

kuylab kelayotgan, sohir g’azallaridan biri shunday boshlanadi:

Husnin ortar yuzda zulfin anbarafshon aylagach,

Sham’ ravshanroq bo’lur torin parishon aylagach...

sham’ shunday ham yonib, yorug’lik taratadi, lekin piligi tolalarini

yozib yuborsa, uning yonishi doirasi kengayib, yorug’ligi kuchayadi va

kengroq sathni yoritadi. Shunga o’xshab, mahbubaning sochi shunday

8

ham husniga husn qo’shadi, shunday ham undan muattar hid taraladi,

lekin uni yozib yuborsa, ham hidi gurkirab ketadi, ham chiroyini yanada

ochadi va oshiqlari safi yanada ko’payadi, deb yoziladi Alisher

Navoiyning “Chor devon”idan o’rin olgan 2600ta g’azallaridan birida.

Mana shu g’azallar bor ekan butun jahon ahli Navoiy asarlarini

o’rganishdan tolmaydilar. Buyuk shoir yaratgan asarlari, yaratgan

mo’jizalari xanuzgacha barchani lol qoldirib kelmoqda. Insonning barcha

ichki kechinmalarini his tuyg’ularini bunday ifodolovchi shoirlar jahon

adabiyotida kam uchraydi. Shu o’rinda Prezidentimizning xaqli so’zlarini

eslasak: “Inson qalbining quvonch qayg’usini, yezgulik va hayot

mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida

kamdan kam topiladi”. Albatta, buyuk shoirimiz Alisher Navoiyning

o’lmas asarlarini o’qir ekanmiz yurtga muhabbat, sadoqat tuyg’ulari

yuragimizda qayta va qayta jo’sh uradi. Navoiy asarlarining har bir

misrasi bir olam ma’no-mazmunga ega bo’lib barchaga ibrat hisoblanadi.

Shuning uchun, balki barcha uning yaratgan durdona asarlarini miriqib

mutolaa qilar, yod oladurlar:

Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulru kelmadi,

Ko’zlarimg’a kecha tong otquncha uyqu kelmadi...

yuqoridagi bu misralar so’zimning yaqqol isboti bo’lib xizmat

qiladi.

...Nizomiddin Mir Alisher Navoiy 1441 yil 9 fevralda Hirot

shahrida tavallud topgan. Hirot shahri 15 asr birinchi yarimida

Sohibqiron Amir Temur asos solgan ulug’ saltanatning ikkinchi poytaxti,

Temurning kenja o’g’li Shoxrux Mirzoning qo’l ostidagi obod obod

manzillardan biri edi. Bo’lg’usi shoir tug’ilgan xonadon Temuriylar

saroyiga azaldan yaqin va yurtda muayyan sohibi edi. Uning bolaligi

Shoxrux hukmdorligining so’ngi yillariga to’g’ri kelgan. U xususan

bo’lajak podshox Xusayn Boyqaro bilan o’sib, ta’lim oladi. 1447 yilda

mamlakat podshohi Shoxrux vafot etgach taxtga davogarlar o’rtasida

o’zaro ziddiyat va urushlar boshlanib ketadi. Alisher Navoiyning oilasi

tinchligini saqlash maqsadida, Iroqqa ko’chishadi. Navoiy 10-12

yoshlaridan she’r yoza boshlagan. Tarixchi Xondamirning yozishicha,

yosh Alisher Navoiyning iste’dodidan mamnun bo’lgan mavlono Lutfiy,

uning:

Orazin yopg’och, ko’zimdan sochilur har lahza yosh,

Bo’ylakim paydo bo’lur yulduz, nihon bo’lgach quyosh...

Ma’talli g’azalini tinglab: “Agar muyassar bo’lsa edi, o’zimning

o’n – o’n ming forsiy va turkiy baytimni shu g’azalga almashardim...”

degan. 15 yoshidan boshlab Navoiy shoir sifatida keng tanilgan.

Navoiy 60- yillarining ikkinchi yarimida Samarqandda yashaydi,

bu go’zal shahar ham o’z go’zalligi bilan Navoiy maftun etadi, shoir uni

9

“firdavsmonand” deb ataydi va unga bag’ishlab ko’plab asarlar yaratadi.

Aynan o’sha paytlarda u shoir sifatida katta shuxrat topa boshlaydi.

Alisher Navoiy Samarqandda 1465-1469 yillargacha yashaydi va

Fazlullox Abu Lays madrasasida bilimlarini yanada charqlab boradi.

1469 yilda Xusayn Boyqaro taxtga o’tirgandan so’ng Samarqandga xat

yo’llab Navoiyni o’z oldiga chaqirib oladi. Shu paytdan boshlab Xusayn

Boyqaro uni davlat ishlariga jalb eta boshlaydi. Alisher Navoiy 1469-

1472 yillarda muhrdor bo’ladi. 1472 yilda esa uni vazir lavozimiga

tayinlaydi va “Amiri Karib” unvonini beradi. 1487-1488 yillarida

Astrobodga xokimlik qildi. U donishmandligi, tadbirkorligi tufayli

ko’plab g’alayonu qon to’kilishlarni oldini oldi, urushlarni yarashga

aylantirdi. Xusayn Boyqaro davlat boshqaruvida Navoiyning aql-

zakovati, maslahatlariga tayanib ish tutardi. Alisher Navoiyning

qarshiligiga qaramasdan, uni yuqori martabalarga tayinlaydi. Navoyi

“amiri kabir”, “amirul maqarrab” unvonlariga musharraf bo’ldi. Uning

vazrlik chog’larida Hirotda obodonlik avj olgan, madaniyat gullab,

yashnagan davr bo’ldi. Ulug’ amir o’zi bosh bo’lib, suvsiz yerlarga suv

chiqardi, eski ariqlarni tozallatdirdi, yangi kanallar qazdiradi. Eski

binolarni ta’minlatib, yangilarini qurdiradi, ko’pdan ko’p madrasalar

soldiradi. Hirot bu davrda nixoyat ko’rkamlashadi. Talabalar uchun

“Ixlosiya” madrasasi, bemorlar uchun “Shifoiya” shifoxonasi, masjidlar

qurdirdi. Hirotda “Nizomiya”, Marvda “Xusraviya” madrasalari barpo

etildi. Ulug’ amirning kutubxonasida 70dan ortiq noyob asarlar saqlanar

edi. Navoiy madrasa va shifoxonalar qurdiribgina qolmay, ularni

jihozlab, vaqf yerlarni ajratib, tabib va ulamolar bilan ta’minlagan.

Binolar qurilishini o’zi kuzatgan, ustalar va quruvchilar ishlaridan

bevosita xabardor bo’lib turgan. Shoir sifatida saroyda suhbatlar olib

borar, ilm, sana’t va she’riyat axlini o’ziga chorlar edi. Yosh iste’dodlarni

tarbiyalash va ularga yetarli shart va sharoitlar yaratib berish tarafdori

edi. Xondamir, Bexzod va o’nlab iste’dod sohiblari shular jumlasidandir.

Navoiy o’z vaqtida 52 rabot, 20 hovuz, 16 ko’prik, 17 masjid, 9

xammom, 9 ko’prik, 20 yaqin hovuzlarni o’z hisobidan barpo ettirdi.

Navoiy Xusayn Boyqaroni ham doimo insofli, adolatli, shavqatli va

xalqni to’la idora eta olishga undar edi. Zamondoshlari uni “NIzomiddin

Mir Alisher”deb atashar edi. “Nizomiddin” – din, diyonat nizomi degani

bo’lib, donishmand mansab egalariga beriladigan sifat edi, “mir” esa –

amir degani edi. 1490 yillariga kelib mamlakatda ijtimoiy-siyosiy tanglik

kuchaya boshladi. Xusayn Boyqaro va Astrabodda xokimlik qilayotgan

Badiuzzamon o’rtasida ziddiyat paydo bo’ladi. Saroydagi fitna natijasida

Badiuzzamon o’g’li, Xusayn Boyqaroning sevimli nabirasi, Navoiyning

ixlos qo’ygan shogirdi Mo’min Mirzo fojiyali o’ldiriladi. Bularning

10

hammasi Navoiyga salbiy ta’sir ko’rsatadi. U saroydan chiqib oddiy xalq

ichida yashay boshlaydi.

Saroyni tark etgandan so’ng Navoiy ummoniga shung’ib ketadi.

Mana shu davr ichida uning dengizdan olingan “marvarid” qiyoslanuvchi

asarlari paydo bo’ladi. 2 yil moboynida 2 yirik asar – “Lison ut-tayr”

dostoni va “Mahokamat ul lug’atayin” asarlari yaratiladi. Dostondagi

bosh g’oya imon, e’tiqod va manaviyat masalasidur. Uning asosiy

maqsadi oddiy insonlarga insoniylikning ilohiy mohiyatini tushuntirish,

ularni og’ir sinovlardan o’tkazib komil inson darajasiga yetkazish edi.

Shoir ijodining yuksak cho’qqisi, mavzusi Jomiy tomonidan taklif etilgan

“Xamsa” asradir. Navoiyning yana bir buyuk asarlaridan biri bu “Fusuli

arbaa” hisoblanadi, bu to’rt qissadan iborat doston bo’lib unga “Baxor”,

“Saraton”, “Xazon”, “Day”lar kiradi. Bu qissada yilning to’rt fasli –

baxor, yoz, kuz, qish tasvirlangan va turttalovi ham Xusayn Boyqaroni

podshox va shaxs, yaxshi inson va do’st sifatida tasvirlagan.

Navoiy tomonidan yaratilgan har bir asar “dunyo kutubxonasining”

o’lmas xazinasi hisoblanadi. U tomonidan yaratilgan asarni, nafaqat

asarni va balki bir misrani o’rganishga butun umr yetmaydigandek go’yo.

Alisher navoiyning asarlarida millat taqdiri, birligi, yel-yurt

qayg’usi, yurtni obodonlashtirish, ilm, sana’t, adabiyotni rivojlantirish,

Vatanga muhabbat, mehnatga sadoqat g’oyalari bilan yo’g’rilgan. Buyuk

bobomiz o’z asarlarida ilm o’rganishga intilishni inson kamolotini

ta’minlash uchun xizmat qiluvchi eng zarur fazilatlardan biri deya

ta’kidlagan. Ilmli insonni, xalqni nodonlikdan qutqaruvchi omil sifatida

tariflagan. Asarlarida ilgari surilgan g’oya va mazmun yordamida

insonlarni yuksak ma’naviyatli va yetuk shaxs bo’lishga undagan.

Mamlakatimiz Prezidenti ta’kidlaganidek: “Inson olam gultoji deb

ulug’lagan xazrat Navoiyning butun hayoti, butun ijodi zamirida ezgulik,

adolat, nafosat kabi yuksak tuyg’ular dunyoni obod va munavvar qiladi,

bashariyatni ma’naviy halokatdan qutqarad, degan qat’iy ishonch

mujassam”deb bejiz ta’kitlamaganlar. Haqiqatdan ham Alisher Navoiy

o’zbek mumtoz adabiyotining asoschisidir, shoir qoldirgan ma’naviy

meros – uning nodir asarlari mangulikka dahldordir!

http://namyom.uz/fikrlar/1153-alisher-navoiy-azal-mulkining-

sultoni.html

«BU NEChA ISh BO’LSA MUYaSSAR SANGA...»

Alisher Navoiy o’z asarlarida ijtimoiy-siyosiy qarashlarini

ifoda etarkan, avvalambor, xalq g’ami bilan yashashni, davlatchilik

asoslari adolat poydevori ila mustahkamlanishini aytib o’tadi.

Ayniqsa, davlat qurilishida xizmatchilarning fidoyiligi, sadoqati,

yurtparvarligi, xalq holidan xabardorligi kabi muhim jihatlarga

11

alohida e’tibor qaratadi. Binobarin, davlatimiz rahbari jamiyatimiz

va mamlakatimiz rivojida xalq bilan muloqot va inson manfaatlari

masalasi ustuvor ahamiyat kasb -etishini, odamlarni rozi qilish,

qo’llab-quvvatlash, hayotda o’z o’rnini topishi uchun keng yo’l ochib

berish zarurligini ta’kidlayotganida ham Navoiyning buyuk g’oyalari

aks etib turibdi, desak, ayni haqiqat.

Davlat xizmati Navoiy ta’biricha, kishidan alohida xislat va

fazilatlarni talab etadi. Shu bois davlat ishlarini bajarish oson emasligini,

o’ziga yarasha mashaqqati borligini alohida ko’rsatib o’tadi:

Gul ko’rinur, yonida yuz xori bor,

Bor esa bir aysh ming ozori bor...

Qalbingda xalqqa xizmat qilish orzu irodasi yetarli bo’lmasa, deb

mushohadalarini davom ettiradi u, bu vazifadan chetda turgan afzal.

Bu bilan Navoiy davlat xizmatida o’zini anglagan, halol, millat

farzandi bo’lgan sobit e’tiqodli kishilargina ishlay olishini ta’kidlamoqda.

Shoirlar sultoni talqiniga ko’ra, davlat xizmatini ado etishda to’rt muhim

omilga e’tibor berish lozim.

Birinchidan, niyat pok bo’lishi, xizmatga sidqidil bilan yondashish

kerak, ikkinchidan, xizmat vaqtini aniq bilish, xizmatni ado qilib,

charchoq izhor etish emas, yana xizmat qilishga sog’inib talpinish joiz.

Uchinchidan, har xil gaplarni aytib yurmaslik, gap tashimaslik, u-bu

kimsaga “ko’z solmaslik”, biror ayb uchun dakki eshitgan paytingda ham

odob saqlashing zarur. To’rtinchidan, oshiqcha “toshiqlik”, ya’ni

qiziqqonlik ham davlat xizmatida zarar keltiradi. Agar mana shu

jihatlarga ahamiyat berib, davlat xizmatini bajarsang, yulduzing balqib,

obro’ orttirasan:

Bu necha ish bo’lsa muyassar sanga,

Davlat ila yorug’ay axtar sanga.

Yolg’on — ko’plab illatlarning onasi. Navoiy chin so’zni aytib

bo’lmaydigan “necha zarurat ichra qolg’on chog’i”ngda ham tag’in

yolg’on aytmagin — “dema yolg’on dog’i”, deya da’vat etadi.

Yolg’on so’z aytishga ko’pincha manfaat, nafs majbur qiladi. Inson

nafsini jilovlay olmas ekan, tama uni yolg’on va fosiqlikka undayveradi.

Navoiy, ayniqsa, davlat xizmatida bo’lgan inson tamadan uzoq bo’lishi

lozim, deb hisoblaydi. Mansab bilan siylangan inson nafsining

xarxashasini bartaraf etolgan, davralarning to’rini emas, poygagini

ko’zlab, -nafsini o’sha poygakda turishga o’rgatishi darkor. Agar

nafsidan g’olib kelolmas ekan, bu ishni qo’ysin. Navoiy bu fikrlarni o’z

faoliyati misolida ramziy holda Boyqaro devonida muhrdorlikka

tayinlangan kezlari bilan bog’lab bayon qiladi. Devondagi muhrdor

nafsini poygakda saqlolmasa qo’lidagi muhrini sindirgani afzaldir, deydi:

Chun shikasti nafs hosil o’lmadi,

12

Mundin o’ldi muhrni sindurmog’im.

Insoniy munosabatlarda xushomad va tavoze ko’p uchraydi.

Ammo bu ehtiromlar ham o’z o’rnida, me’yorida yaxshi. “Ahli davlat”,

ayniqsa, xushomad va tavozeni o’zidan uzoqlashtirgani ma’qul. Chunki

ko’pincha ularga tavoze qilayotgan odam samimiy emas, manfaat ilinjida

shunga intiladi. Kishi xushomad va tavozedan uzoq bo’lish xislatini

o’zlashtirsagina komillikka erishadi, deydi ulug’ Navoiy:

Tavozo’ yaxshi, ammo yaxshiroqdur,

Agar dab’ etsa ani ahli davlat.

Navoiy fikriga ko’ra, jamiyatda badavlat kishilar qo’li ochiq,

saxovatli bo’lsalargina obro’ topadilar. Agar baxil bo’lib, xasislik qilsalar

elning hurmatidan mosuvodirlar. Dono odam olam mohiyatini to’g’ri

anglaydi. U, eng avvalo, molu davlat dunyoda muvaqqat ekanini his

etadi. Shu oddiy haqiqatni tushunmay sarvatga berilish uning donolikdan

yiroqligini tezda oshkor qilib qo’yadi. Umuman, oltinu kumushga qo’l

cho’zaverish kishining qo’linigina emas, ko’nglini ham qoraytirib

qo’yishi hyech gap emas.

Ko’b oltun, kumush sori

qo’l so’nmog’il,

Ki, tutsang kafting

qaro rang etar...

Alisher Navoiy so’z va amal birligini komil insonning fazilati, deb

qabul qilgan, o’zi ham shunga muvofiq tarzda hayot kechirgan saxiy zot

edi. Xondamir o’zining “Makorim ul-axloq” asarida Navoiy el-ulus

uchun o’z mablag’idan ko’plab rabotlar, masjidlar, “Ixlosiya”,

“Shifoiya”, “Nizomiya”, “Xusraviya” kabi madrasalarni, hovuzlar,

ko’priklar, hammomlar va boshqa inshootlarni barpo etganini, “Navoiy

sarvatmand inson bo’lsa-da, xayrli ishlarni ko’p qilganidan “moli nisobga

yetishga ulgurmasdi”, deb yozadi.

Ko’rinib turibdiki, Alisher Navoiy nafaqat ijodkor sifatida, balki

Vatan ravnaqi, xalq farovonligining jonkuyari, qalbi quyoshdek saxovatli

inson sifatida ham ibrat namunasidir. Chunonchi, uning jamiyat va raiyat

o’rtasidagi munosabatlar tizimi xususidagi mushohadalari bugun ham o’z

qadr-qimmati va ahamiyatini yo’qotgani yo’q.

http://xs.uz/index.php/homepage/madaniyat/item/9436-bu-necha-

ish-b-lsa-muyassar-sanga

13

XAFTA XABARLARI

O’ZBEKISTON KELGUSI 5 YILDA: O’ZBEKISTONNI

YaNADA RIVOJLANTIRISh BO’YIChA HARAKATLAR

STRATEGIYaSI

7 fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat

Mirziyoyevning «O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish

bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida»gi farmoni imzolandi.

«Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan

keng ko’lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni

mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz

chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson

huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy

bag’rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo’ldi,

xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning

bunyodkorlik salohiyatini ro’yobga chiqarish uchun zarur shart-

sharoitlar yaratdi.

Iqtisodiyotda ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan

boshqaruv tizimidan mutlaqo voz kechilib, bozor islohotlari

bosqichma-bosqich amalga oshirilgani va pul-kredit siyosati puxta

o’ylab olib borilgani makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning

yuqori sur’atlar bilan o’sishini, inflyasiyani prognoz

ko’rsatkichlari darajasida saqlab qolishni ta’minladi hamda kichik

biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini

rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar

yaratilishiga xizmat qildi.

Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o’tgan taraqqiyot yo’lining

chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori kon’yunkturasi keskin

o’zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib

borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan

rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda

tamoyillarni ishlab chiqish va ro’yobga chiqarishni taqozo

etmoqda.

Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish,

davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun

shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizasiya qilish

hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo’yicha

ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish maqsadida:

1. Aholi va tadbirkorlarni o’ylantirayotgan dolzarb

masalalarni har tomonlama o’rganish, amaldagi qonunchilik,

huquqni qo’llash amaliyoti va ilg’or xorijiy tajribani tahlil qilish,

shuningdek keng jamoatchilik muhokamasi natijasida ishlab

chiqilgan hamda quyidagilarni nazarda tutadigan 2017-2021

14

yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta

ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi (keyingi

o’rinlarda – Harakatlar strategiyasi) 1-ilovaga muvofiq

tasdiqlansin:

davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga

yo’naltirilgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va

mamlakatni modernizasiya qilishda parlamentning hamda siyosiy

partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi

tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy

asoslarini rivojlantirish, “Elektron hukumat” tizimini

takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish,

jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish,

fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari

rolini kuchaytirish;

qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada

isloh qilishga yo’naltirilgan sud hokimiyatining chinakam

mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini

ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, ma’muriy,

jinoyat, fuqarolik va xo’jalik qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi

kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samarasini

oshirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini to’laqonli joriy etish,

yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash;

iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga

yo’naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va

yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy

iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo’jaligini

modernizasiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat

ishtirokini kamaytirish bo’yicha institusional va tarkibiy

islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish

va uning ustuvor mavqyeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va

xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirish, hududlar, tuman va

shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy

taraqqiy ettirish, investisiyaviy muhitni yaxshilash orqali

mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy

sarmoyalarni faol jalb etish;

ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilgan aholi bandligi

va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoya va

sog’lig’ini saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning

ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo etish,

yo’l-transport, muhandislik-kommunikasiya va ijtimoiy

infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizasiya qilish

bo’yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat,

15

ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish,

yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish;

xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni

ta’minlash, chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy ruhdagi

tashqi siyosat yuritishga yo’naltirilgan davlatimiz mustaqilligi va

suverenitetini mustahkamlash, O’zbekistonning yon-atrofida

xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo’shnichilik muhitini

shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash.

2. Quyidagilar:

2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini

rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar

strategiyasini amalga oshirish bo’yicha Milliy komissiya 2-ilovaga

muvofiq;

Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan O’zbekiston

Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini amalga

oshirish bo’yicha komissiyalar 3–7-ilovalarga muvofiq tuzilsin.

3. Belgilab qo’yilsinki:

Harakatlar strategiyasini o’z vaqtida va samarali amalga

oshirish barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda

ularning mansabdor shaxslari faoliyatining birlamchi vazifasi va

bosh ustuvor yo’nalishi hisoblanadi;

Harakatlar strategiyasi besh bosqichda, yurtimizda yillarga

beriladigan nomlardan kelib chiqib, har bir yil bo’yicha davlat

dasturlari qabul qilinishini nazarda tutgan holda amalga oshiriladi.

4. 2017 yil O’zbekiston Respublikasida “Xalq bilan muloqot

va inson manfaatlari yili”deb e’lon qilingani ma’lumot uchun

qabul qilinsin.

2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini

rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar

strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da

amalga oshirishga oid Davlat dasturi (keyingi o’rinlarda – Davlat

dasturi) 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

5. Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan O’zbekiston

Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini amalga

oshirish bo’yicha komissiyalar zimmasiga Davlat dasturiga

kiritilgan tadbirlar to’liq, o’z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil

etish va nazorat qilish, shuningdek Harakatlar strategiyasini 2018-

2021 yillarda amalga oshirish bo’yicha tegishli yillik davlat

dasturlari loyihalarini tayyorlash vazifasi yuklansin.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Harakatlar

strategiyasida nazarda tutilgan O’zbekiston Respublikasini

rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini amalga oshirish bo’yicha

16

komissiyalar bilan birgalikda davlat va xo’jalik boshqaruvi

organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat

tashkilotlarining Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni

amalga oshirish bo’yicha faoliyati muvofiqlashtirib borilishini,

shuningdek uning joylarda ijro etilishi ustidan tizimli nazoratni

ta’minlasin.

Belgilab qo’yilsinki, Davlat dasturi bajarilishining borishi

to’g’risidagi umumlashtirilgan axborot Harakatlar strategiyasida

nazarda tutilgan O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning

ustuvor yo’nalishlarini amalga oshirish bo’yicha komissiyalar

tomonidan har chorakda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti

devoniga taqdim etib boriladi.

6. Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga

oshirish uchun mas’ul davlat organlari va tashkilotlar

quyidagilarga alohida e’tibor qaratsin:

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash

tizimini tubdan takomillashtirish, aholi bilan ochiq muloqotni

yo’lga qo’yishning yangi, samarali mexanizm va usullarini joriy

etish, mansabdor shaxslarning aholi oldida hisobot berishi tizimini

amalda tatbiq etish, shu asosda xalqning davlat hokimiyatiga

bo’lgan ishonchini mustahkamlashga;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib

chiqishda byurokratik to’siq va g’ovlar yaratilishiga, aholi bilan

muloqot jarayonini kampaniyabozlikka aylanishiga yo’l

qo’ymaslikka;

Davlat dasturi doirasida o’tkazilayotgan tadbirlarning

ochiqligi, ularda fuqarolar, barcha darajadagi davlat hokimiyati

vakillik organlari deputatlari, nodavlat notijorat tashkilotlari,

fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, nuroniylar, xotin-

qizlar, yoshlar, ijodiy va ilmiy muassasalar vakillarining keng

ishtirok etishiga.

7. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat

dasturida nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar

loyihalarining sifatli va o’z vaqtida ishlab chiqilishi, kelishilishi

va kiritilishi ustidan monitoring qilish hamda uning natijalari

to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni va Vazirlar

Mahkamasiga har chorakda axborot berib borishni ta’minlasin.

8. O’zbekiston Milliy axborot agentligi, O’zbekiston Milliy

teleradiokompaniyasi, O’zbekiston Matbuot va axborot agentligi

ommaviy axborot vositalarini jalb etgan holda, shuningdek

O’zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va

axborot agentliklarini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat

17

fondi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi,

O’zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assosiasiyasi

bilan hamkorlikda:

mazkur Farmonning maqsad va vazifalarini ommaviy axborot

vositalarida, shu jumladan Internet tarmog’ida keng sharhlab

borilishini, uning demokratik islohotlarni chuqurlashtirishga,

kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishga, shuningdek inson

huquq va erkinliklarini himoya qilishni ta’minlash, aholi

farovonligini oshirish, fuqarolarning hayotiy muammo va

ehtiyojlarini hal etish, jamiyatda qonun ustuvorligi, qonuniylik va

adolat, mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalik, millatlararo va

fuqarolararo totuvlikni qaror toptirish maqsadida davlat

organlarining aholi bilan ochiq, to’g’ridan-to’g’ri muloqotini

kuchaytirishga yo’naltirilganini jamoatchilikka tushuntirilishini;

Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan chora-

tadbirlarning borishi va natijalari to’g’risidagi xolis, to’liq

ma’lumot aholiga tezlik bilan yetkazilishini ta’minlasin.

9. O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan O’zbekiston

Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini amalga

oshirish bo’yicha komissiyalarga rivojlangan xorijiy

mamlakatlarning ijtimoiy-siyosiy va sosial-iqtisodiy taraqqiyot

tajribasini, zarur bo’lganda, xalqaro, xorijiy hukumat va

nohukumat tashkilotlari vakillarini jalb qilgan holda, o’rganishda

ko’maklashsin.

10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O’zbekiston

Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O’zbekiston

Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchilari zimmasiga

yuklansin.

O’zbekiston televidiniyesining “Axborot” informasion dasturi.

O’zAA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha

Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoniga

ShARH

Mustaqillik yillarida mamlakatda huquqiy demokratik davlat, kuchli

fuqarolik jamiyati qurishga, erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk

ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishga, xalq osoyishta va

farovon hayot kechirishi uchun shart-sharoitlar yaratishga, xalqaro

18

maydonda O‘zbekistonning munosib o‘rin egallashiga qaratilgan

kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Bosib o‘tilgan yo‘l va orttirilgan tajribani xolisona baholashdan,

mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlarni tahlil qilishdan hamda zamon

talablaridan kelib chiqqan holda, oldimizda demokratik islohotlarni

yanada chuqurlashtirish va mamlakat taraqqiyotini jadallashtirishning

muhim ustuvorliklarini hamda aniq marralarini belgilash vazifasi turgan

edi.

Mazkur vazifani amalga oshirish yo‘lida aholining keng qatlamlari,

jamoatchilik va ishbilarmon doiralar vakillari, davlat organlarining

rahbarlari va mutaxassislari bilan amaliy suhbat hamda muhokamalar olib

borildi, shuningdek amaldagi qonun hujjatlari, milliy va xalqaro

tashkilotlarning axborot-tahliliy materiallari, ma’ruzalari, tavsiyalari va

sharhlari o‘rganildi, rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi tahlil

qilindi.

Kelib tushgan takliflarni jamlash, chuqur o‘rganish hamda

umumlashtirish asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar

strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi ishlab chiqilib, u bilan:

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning

beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi (keyingi

o‘rinlarda – Harakatlar strategiyasi);

Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari

yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi (keyingi o‘rinlarda – Davlat

dasturi) tasdiqlandi.

Loyihalarni tayyorlash davomida aholining keng qatlamlari orasida

qizg‘in muhokamalar olib borildi. Loyihalar muhokama uchun turli

axborot maydonlariga joylashtirildi, ularning natijasida ko‘plab taklif va

mulohazalar kelib tushdi. Fuqarolar siyosiy-huquqiy borada yuksak

faollik ko‘rsatib, olib borilayotgan islohotlarga alohida qiziqish va

daxldorlikni namoyon qildilar.

Xususan, loyihalarning “Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi”

portalida yo‘lga qo‘yilgan jamoatchilik muhokamasi natijalari bo‘yicha 1

310 ta taklif va mulohaza kelib tushib, ular asosida Davlat dasturining 41

ta bandi qayta ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga, 2017-yil 23-27-yanvar kunlari Toshkent shahrida

media-haftalik va xalqaro davra suhbati tashkil etilib, ularda 1 300 dan

ortiq mutaxassis va ekspert, jamoatchilikning, ommaviy axborot

vositalarining, diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlarning, shuningdek

O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan yirik xorijiy investorlarning vakillari

ishtirok etishdi.

19

Harakatlar strategiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev tomonidan saylovoldi jarayoni, jamoatchilik,

ishbilarmon doiralar vakillari hamda davlat organlari bilan uchrashuvlar

chog‘ida bildirilgan mamlakatni ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy,

madaniy-gumanitar rivojlantirishning konseptual masalalari kiritildi.

Harakatlar strategiyasining maqsadi olib borilayotgan islohotlar

samaradorligini tubdan oshirishdan, davlat va jamiyatning har tomonlama

va jadal rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan,

mamlakatni modernizatsiyalash va hayotning barcha sohalarini

erkinlashtirishdan iboratdir.

Xususan, mamlakatni rivojlantirishning quyidagi 5 ta ustuvor

yo‘nalishi belgilangan:

1. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish;

2. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada

isloh qilish;

3. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish;

4. Ijtimoiy sohani rivojlantirish;

5. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni

ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi

siyosat yuritish.

Mazkur yo‘nalishlarning har biri mamlakatdagi islohotlarni va

yangilanishlarni yanada chuqurlashtirishga oid aniq bo‘limlardan iborat.

Harakatlar strategiyasini besh bosqichda amalga oshirish nazarda

tutilmoqda, bunda yillarga beriladigan nomlarga muvofiq har yili uni

amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi tasdiqlanadi.

Davlat dasturining “Davlat va jamiyat qurilishini

takomillashtirish” deb nomlangan birinchi yo‘nalishini amalga oshirishda

davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini kuchaytirish, qonun

ijodkorligi faoliyatining sifatini tubdan yaxshilash, davlatning hayotida

siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish nazarda tutilgan.

Davlat boshqaruvini takomillashtirish, eng avvalo davlat xizmatini

isloh qilish, iqtisodiyotda davlat boshqaruvini kamaytirish, davlat va

xususiy sektorlarning o‘zaro foydali hamkorligining zamonaviy

shakllarini, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish bo‘yicha chora-

tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Xalq bilan samarali muloqotni ta’minlash Davlat dasturining eng

muhim va dolzarb vazifalaridan biri bo‘ldi. Shu munosabat bilan

jamoatchilik nazoratini takomillashtirish, nodavlat notijorat

tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish,

shuningdek mahallaning jamiyat hayotidagi rolini kuchaytirish nazarda

tutilmoqda.

20

Davlat dasturining ikkinchi yo‘nalishi qonun ustuvorligini va

sudning chinakam mustaqilligini ta’minlash chora-tadbirlarini nazarda

tutadi. Jumladan, qarorlar qabul qilishda sudlar mustaqilligini ta’minlashi

kerak bo‘lgan Oliy sud kengashini tuzish, professional sudyalar korpusini

shakllantirish, sudyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya

qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Ma’muriy sudlarni, xo‘jalik sudlari tizimida mintaqaviy apellatsiya

sudlarini tuzish, sudya yordamchisi lavozimini ta’sis etish orqali sudlarni

kelgusida ixtisoslashtirish va ularning devonini mustahkamlash nazarda

tutilmoqda.

Sansalorlikka va ishlarning ko‘rib chiqilishi sudlar tomonidan

asossiz cho‘zib yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida protsessual

qonun hujjatlarini takomillashtirish, quyi instansiya sudlarining

kamchiliklarini mustaqil bartaraf etish va uzil-kesil qaror qabul qilish

yuzasidan yuqori sud instansiyalarining vakolatlarini kengaytirish

rejalashtirilmoqda.

Ushbu yo‘nalish doirasida barcha huquqni muhofaza qilish va

nazorat organlari, davlat hamda xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy

davlat hokimiyati organlari rahbarlarining xalq bilan bevosita muloqotini

yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlarini ro‘yobga chiqarish, aholi ularga erkin

murojaat eta olishini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning

huquqlari hamda erkinliklari buzilganligi to‘g‘risidagi murojaatlarning,

xabarlarning o‘z vaqtida olinishini ta’minlash nazarda tutilmoqda.

Huquqbuzarliklarning oldini olish tizimiga, jinoyatchilikka qarshi

kurashish va jamoat tartibini saqlash bo‘yicha ichki ishlar organlarining

faoliyatini tubdan takomillashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Shuningdek ushbu yo‘nalish 2018-2021-yillarda jinoyat va jinoyat-

protsessual qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish konsepsiyasini

ishlab chiqishni, sud, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari

xodimlarini o‘qitish, tanlash va joy-joyiga qo‘yish tizimini

takomillashtirishni, murojaatlarni muntazam tahlil qilishni hamda vaqti-

vaqti bilan uning natijalarini e’lon qilib borishni, advokaturani

rivojlantirishni, notariat tizimini va FHDYo organlarini isloh qilishni ham

o‘z ichiga oladi.

“Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish” deb

nomlangan uchinchi yo‘nalishda ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni ro‘yobga

chiqarish uchun milliy valyuta va narxlarning barqarorligini ta’minlash,

valyutani tartibga solishning zamonaviy bozor mexanizmlarini

bosqichma-bosqich joriy etish, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini

kengaytirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, eksportga

mo‘ljallangan mahsulot va materiallar ishlab chiqarish uchun zamonaviy

texnologiyalarni joriy etish, transport-logistika infratuzilmasini,

21

tadbirkorlikni rivojlantirish hamda xorijiy investorlar uchun

investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, soliq ma’murchiligini yaxshilash,

bank faoliyatini tartibga solishning zamonaviy prinsiplari va

mexanizmlarini joriy etish, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini

rivojlantirish, shuningdek turizm industriyasini jadal rivojlantirish

nazarda tutilmoqda.

Shuningdek ushbu yo‘nalish xususiy mulkni, moliya bozorini

himoya qilish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalash, zargarlik sohasini

rivojlantirish, ayrim milliy korxonalarning aksiyalarini (IPO) nufuzli

xorijiy fond birjalariga dastlabki tarzda joylashtirishga tayyorgarlik

ko‘rish chora-tadbirlarini ham o‘z ichiga oladi.

2017-2021-yillarda umumiy qiymati 40 milliard AQSh dollari

miqdoridagi 649 ta investitsiya loyihasini nazarda tutuvchi tarmoq

dasturlarini ro‘yobga chiqarish rejalashtirilmoqda. Natijada keyingi 5-

yilda sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 1,5 baravar, uning yalpi ichki

mahsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36 foizgacha, qayta ishlash tarmog‘i

ulushi 80 foizdan 85 foizgacha oshadi.

“Ijtimoiy sohani rivojlantirish” deb nomlangan to‘rtinchi

yo‘nalish aholi bandligini oshirish, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va

ularning salomatligini saqlash, yo‘l-transport, muhandislik-

kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va

modernizatsiyalash, aholini elektr energiya, gaz bilan ta’minlashni

yaxshilash, aholining muhtoj qatlamlariga ko‘rsatiladigan ijtimoiy

yordam sifatini oshirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi

maqomini oshirish, sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish, maktabgacha

ta’lim muassasalarining qulayligini ta’minlash, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta

maxsus va oliy ta’lim sifatini yaxshilash hamda ularni rivojlantirish

chora-tadbirlarini amalga oshirishni nazarda tutadi.

Xususan, hududlarni har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha qariyb

25 mingta investitsiya loyihasini ro‘yobga chiqarish hisobiga 256,4 ming

ish o‘rni tashkil etish orqali aholini ish bilan ta’minlash dasturlarini to‘liq

ijro etish nazarda tutilgan. Ishsizlik darajasi eng yuqori bo‘lgan

mintaqalarda 46,8 ming yangi ish o‘rni tashkil etish, tadbirkorlik

faoliyatini boshlash uchun ta’lim muassasalarining 10 ming nafar

bitiruvchisiga kreditlar ajratish rejalashtirilmoqda.

Katta yoshli avlodni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy nafaqalar berish

tartibini takomillashtirish, sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish chora-

tadbirlari kiritilgan. Jumladan, 78 ta tuman tibbiyot birlashmasini, 7 ta

shahar va 2 ta viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini qayta qurish, tez

tibbiy yordam xizmatini 1200 ta maxsus avtotransport bilan ta’minlash

rejalashtirilmoqda.

22

Qishloq joylarda 15 mingta arzon uy-joy, 415 kilometrlik suv

ta’minoti quvurlari, 316 kilometrlik gaz ta’minoti quvurlari va 291

kilometrlik ichki yo‘llar qurish rejalashtirilgan. Aholiga transport

xizmatlari ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida 86 ta yangi avtobus

yo‘nalishini joriy etish va 537 ta zamonaviy avtobus xarid qilish nazarda

tutilmoqda.

“Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni

ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi

siyosat yuritish” deb nomlangan beshinchi yo‘nalish doirasida

respublikaning konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy

yaxlitligini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarish,

kiberxavfsizlik sohasida axborot, normativ-huquqiy asoslar tizimini

takomillashtirish, aholini favqulodda vaziyatlardan xabardor qilish

tizimini tashkil etish va rivojlantirish, Orol fojiasining oqibatlarini

yumshatish, shuningdek Millatlararo munosabatlar sohasidagi siyosatning

ustuvor yo‘nalishlari konsepsiyasini hamda Diniy sohadagi davlat

siyosati konsepsiyasini ishlab chiqish nazarda tutilmoqda.

Shu bilan birga, xorijiy hamkorlar bilan siyosiy-diplomatik

sohadagi hamkorlikni rivojlantirishga doir “Yo‘l xaritalari”ni ishlab

chiqish, O‘zbekistonning xorijiy hamkorlar bilan 2017-yilga

mo‘ljallangan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik va moliyaviy-

texnik hamkorligini tubdan rivojlantirish va kengaytirish

rejalashtirilmoqda.

Davlat dasturining yuqorida qayd etilgan barcha chora-tadbirlarini

amalga oshirishga 37,7 trillion so‘m va 8,3 milliard AQSh dollari

yo‘naltiriladi.

Kelgusi besh yilda mamlakatni rivojlantirishning strategik va

ustuvor yo‘nalishlarini belgilash maqsadida Farmon asosida, O‘zbekiston

Respublikasi Prezidenti boshchiligida Harakatlar strategiyasini amalga

oshirish bo‘yicha Milliy komissiya tuzilmoqda.

Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlar to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli

bajarilishini nazorat qilish Harakatlar strategiyasi beshta yo‘nalishining

har biri bo‘yicha tuzilgan komissiyalar zimmasiga yuklatilgan.

Ushbu komissiyalar zimmasiga nafaqat yuqorida qayd etilgan

vazifalarni amalga oshirish, balki 2018-2021-yillarga mo‘ljallangan

Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tegishli yillik davlat

dasturlari loyihalarini tayyorlash ham yuklatilmoqda.

Harakatlar strategiyasining amalga oshirilishi O‘zbekiston

Respublikasining mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash,

rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat,

kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, qonun ustuvorligini, xavfsizlik va

23

huquq-tartibotni, davlat chegaralarining daxlsizligini, jamiyatda

millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash yo‘lidagi

shaxdam harakatlariga yangi kuch bag‘ishlaydi.

http://jahonnews.uz/uz/politika/279/30890/

TIBBIYoT SOHASINI ZAMON TALABI DARAJASIDA

TAKOMILLAShTIRISh INSON MANFAATLARINI

TA’MINLAShGA XIZMAT QILADI

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 5 yanvar kuni

sog’liqni saqlash sohasi mutaxassislari bilan uchrashib, ushbu

tizimni takomillashtirish, muammo va kamchiliklarni bartaraf etish

bo’yicha ko’rsatmalar bergan edi. Xalqimiz salomatligi, ayniqsa,

yosh avlod kelajagiga daxldor bu soha Prezidentning doimiy

e’tiborida bo’lishini alohida ta’kidlagandi.

Davlatimiz rahbari mamlakatimiz hududlariga safari chog’ida

qishloq vrachlik punktlari va klinikalarda bo’lib, shifokor va bemorlar

bilan muloqot qilmoqda. Bu Prezidentimizning mazkur sohaga —

xalqimiz salomatligiga doimiy e’tiboridan dalolat beradi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev

raisligida 7 fevral kuni 5 yanvardagi majlisda belgilangan vazifalar ijrosi,

sog’liqni saqlash tizimidagi muammolar va sohaning rivojlanish

istiqbollariga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Majlisda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, oliy tibbiyot o’quv

yurtlari rektorlari, respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari

direktorlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi Raisi,

viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shaharlar hokimlari, sog’liqni

saqlash muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari sog’liqni saqlash tizimidagi muammolarni

chuqur tahlil qilib, ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan

ishlar samaradorligi, rahbarlar mas’uliyati va shaxsiy javobgarligi

xususida atroflicha to’xtaldi.

Prezidentimiz ta’kidlaganidek, ko’rilayotgan chora-tadbirlarga

qaramay, joylarda tibbiyot sohasidagi vaziyatni o’zgartirish ishlari talab

darajasida olib borilmayapti. Buni aholidan Xalq qabulxonalari va

Prezidentning Virtual qabulxonasiga kelib tushayotgan ko’plab ariza va

shikoyatlar tasdiqlab turibdi.

Birlamchi tibbiyot muassasalari, ayniqsa, qishloq vrachlik

punktlari, oilaviy poliklinikalar, patronaj xizmati, tez tibbiy yordam

tizimining faoliyati hamon qoniqarsiz ahvolda qolmoqda. Shifoxonalar va

24

aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash,

jumladan, ijtimoiy dorixonalar tashkil etish bo’yicha berilgan topshiriqlar

ijrosi talab darajasida emasligi qayd etildi.

Tibbiyot muassasalarini malakali kadrlar bilan ta’minlash,

respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining faoliyatini

takomillashtirish bo’yicha sezilarli ishlar ko’zga tashlanmayapti.

Sog’liqni saqlash tizimining xususiy sektorini rivojlantirish ishlariga

yetarlicha e’tibor berilmayapti.

Tibbiy xizmat inson manfaatlarini ta’minlashning muhim

omillaridan biridir. Tibbiyot xodimlari uyma-uy yurib, kasalliklarni

profilaktika qilishi, sohadagi o’zgarishlarni odamlar sezishi kerak.

Buning uchun shifokorlarning madaniyatini, ma’naviyatini, mas’uliyatini

oshirish, ishga va bemorlarga munosabatini o’zgartirish zarur, dedi

davlatimiz rahbari.

Qishloq vrachlik punktlari joylashuvini qayta ko’rib chiqish,

samarasiz ishlayotgan punktlarni optimallashtirish, ularga sarflanayotgan

mablag’larni talab yuqori bo’lgan QVPlarni moddiy-texnik jihatdan

mustahkamlash, maqsadga muvofiqlarini poliklinikalarga aylantirish,

malakali shifokorlarni rag’batlantirishga yo’naltirish zarurligi ta’kidlandi.

Qishloq vrachlik punktlari tunu kun ishlashi, vrach u yerda yashashi

uchun zarur sharoitlar yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.

O’tgan yillarda aholini tibbiy xizmat bilan qamrab olish bo’yicha

ulkan ishlar amalga oshirildi. Joylarda qishloq vrachlik punktlari bunyod

etildi, zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlandi. Lekin odamlar

quruq binoga bormaydi, mutaxassisga boradi. Shu bois qishloq vrachlik

punktlari va poliklinikalarda eng yaxshi mutaxassislar ishlashi kerak.

Ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, respublika va viloyat

shifoxonalaridagi malakali vrachlar jadval asosida qishloq vrachlik

punktlari va oilaviy poliklinikalarda qabullar o’tkazishi lozim, dedi

Prezidentimiz. Shunda xalqimiz tibbiy xizmatdan rozi bo’ladi.

Sog’liqni saqlash vazirligi va uning hududiy tuzilmalari faoliyatini

yanada takomillashtirish, ixtisoslashtirilgan markazlarning tuman tibbiyot

birlashmalari, bu birlashmalarning qishloq vrachlik punktlari va -

poliklinikalar bilan hamkorligini mustahkamlash haqida so’z yuritildi.

Tibbiy xizmatning qaysi turlari bepul amalga oshirilishi va qaysilariga

pul to’lanishini aniq belgilash, har bir muassasada ko’rinarli joyga yozib

qo’yish zarurligi qayd etildi.

Davlatimiz rahbarining 2016 yil 31 oktyabrda qabul qilingan

«Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni

yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to’g’risida»gi qaroriga muvofiq,

bu mahsulotlarning narxi ancha arzonlashdi. O’zbekiston Respublikasi

Bosh prokuraturasi huzuridagi -departament, tegishli vazirlik va

25

hokimliklar vakillari ishtirokida dori-darmon vositalarining belgilangan

narxlarda sotilishi nazorat qilib borilmoqda.

Prezidentimiz dori-darmon vositalari noqonuniy ravishda baland

narxda sotilishiga yo’l qo’ymaslik, xalq manfaatlarini ta’minlash

maqsadida Bosh prokuratura huzuridagi departamentda “Ishonch

telefonlari” tashkil etish bo’yicha ko’rsatma berdi. Bu telefon raqamlari

har bir dorixonaga osib qo’yiladi, televideniye orqali ko’rsatiladi.

Yig’ilishda O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari,

sog’liqni saqlash vaziri A. Ikromov, vazirning birinchi o’rinbosari A.

Hojiboyev, vazir o’rinbosari E. Bositxonova, O’zbekiston

Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi departament boshlig’i Z.

Do’sanov, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi Raisi

M. Yerniyazov, Toshkent shahri, Andijon, Surxondaryo,

Samarqand, Xorazm, Toshkent, Farg’ona, Buxoro, Jizzax viloyatlari

hamda Bekobod, Oltiariq, Vobkent tumanlari hokimlarining axborotlari

tinglandi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tibbiy

xizmat samaradorligini yanada oshirish, bu borada belgilangan ustuvor

yo’nalish va vazifalarni bekamu ko’st bajarish bo’yicha mutasaddilarga

alohida topshiriq va ko’rsatmalar berdi. Tanqidiy tahlil ruhida o’tgan

yig’ilish tibbiyot sohasini yanada takomillashtirish, tibbiy xizmat sifati va

samaradorligini zamon talablari darajasiga ko’tarish ishlari tizimli

ravishda olib borilishi va qat’iy nazoratda ekanligini ko’rsatdi.

O’zA. http://xs.uz/index.php/homepage/rasmij/item/9442-tibbijot-so-

asini-zamon-talabi-darazhasida-takomillashtirish-inson-manfaatlarini-ta-

minlashga-khizmat-iladi

“XAZOYIN UL-MAONIY” RUS TILIGA, “NAVOIY”

ROMANI INGLIZ TILIGA TARJIMA QILINDI

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Alisher Navoiyning

“Xazoyin ul-maoniy” asarining rus tiliga, Oybekning “Navoiy”

romanining ingliz tiliga tarjima qilinib, nashrdan chiqarilgan kitoblari

taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari Iqbol Mirzo,

O‘zbekiston xalq shoirlari Omon Matjon, Usmon Azim va boshqalar

buyuk bobokalonimizning boy ma’naviy merosini, ibratli hayot yo‘li va

faoliyatini chuqur o‘rganish, uni yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etishga

alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Mamlakatimizda Navoiy ijodi, boy merosiga e’tibor tobora

yuksalib borayotir. Ulug‘ shoirning ijod namunalarini jahon xalqlari

26

tillariga tarjima qilishga qiziqish kuchayib borayotgani, ayniqsa,

ahamiyatlidir.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va “Ijod” jamoat fondi

tomonidan buyuk mutafakkirning “Xazoyin ul-maoniy” asarini jahonning

o‘n to‘rt tilida nashr etish loyihasi ishlab chiqilgan. Ushbu loyiha

doirasida “Xazoyin ul-maoniy” ilk bor rus tilida “Sokroviщnitsa mыsli”

deb nomlangan to‘plam holida nashr etildi. Ushbu to‘plam filologiya

fanlari nomzodi K.Panchenko tomonidan tuzildi.

Atoqli adib Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybekning “Navoiy”

romanida Alisher Navoiy hayoti va ijod yo‘li, o‘sha davrdagi ijtimoiy

hayot va murakkab siyosiy voqealar o‘ziga xos usulda aks ettirilgan.

Mazkur asar kitobxonlar orasida katta qiziqish va alohida e’tiborga

sazovor bo‘lgan. Uyushma tomonidan ushbu asarni boshqa xorijiy tillarga

tarjima qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

“Navoiy” romani I.To‘xtasinov va O.Mo‘minov tomonidan ingliz

tiliga tarjima qilingan.

– Alisher Navoiy ijodiga jahon miqyosida qiziqish tobora kuchayib

borayotir, – deydi shoir Rustam Musurmon. – Bugungi kunda shoir

g‘azallari ingliz, fransuz, nemis va boshqa tillarga tarjima qilinmoqda.

Zero, Navoiy asarlaridagi teran falsafa, betakror tashbehlar va she’riy

san’atning rang-barangligi butun insoniyatni ezgulikka, go‘zallikka

chorlaydi. Bu ulkan ma’naviy boylikni jahon bo‘ylab keng yoyish, dunyo

xalqlarini Navoiyning ijod namunalari bilan bahramand etishda tarjima

san’atining o‘rni katta.

Tadbirda Alisher Navoiy asarlarining yosh avlod tarbiyasi,

ma’naviyatini yuksaltirishdagi o‘rni va ahamiyati haqida atroflicha so‘z

yuritildi. Navoiy g‘azallari, ruboiylari va shoir ijodiga bag‘ishlab

yozilgan muxammaslar o‘qildi.

http://jahonnews.uz/uz/kultura/296/30895/

1-FEVRALDAN 1-MARTGACHA YOSHLAR ORASIDA

GIYOHVAND VOSITALARNING TARQATILISHIGA QARSHI

KURASH OYLIGI O‘TKAZILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan har yili

yoshlar o‘rtasida narkotik vositalarning tarqatilishiga qarshi kurash oyligi

o‘tkazib kelinayotgani o‘z samarasini berayotir. Joriy yilda ham 1-

fevraldan 1-martgacha yurtimizda «Yoshlar orasida giyohvand

vositalarning tarqatilishiga qarshi kurash oyligi», deb e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot

markazidan ma’lum qilishlaricha, oylik davomida mamlakatimizdagi

barcha ta’lim dargohlari, yoshlar faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va

tashkilotlarda ichki ishlar xodimlari tomonidan giyohvandlikning oldini

27

olishga qaratilgan profilaktika chora-tadbirlari amalga oshirilayotir.

Ma’ruza, seminar, anjumanlar va ko‘rgazmali vositalar yordamida “zahri

qotil”ning qanday ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkinligi keng

tushuntirilmoqda.

Ana shunday profilaktika tadbirlaridan biri poytaxtimizdagi

Yashnobod politexnika kasb-hunar kollejida bo‘lib o‘tdi.

Yashnobod politexnika kasb-hunar kolleji direktori Z.G‘aniyev va

boshqalar mamlakatimizda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini

qaror toptirish borasida samarali ishlar amalga oshirilayotganini

ta’kidladi.

– O‘quv muassasamizda “Biz – giyohvandlikka qarshimiz!” mavzuida

o‘tkazilgan tadbir katta taassurot qoldirdi, – deydi kollej o‘quvchisi

Sarvar Abduxalilov. – Giyohvand kishining turli jinoyatlarga qo‘l urishi

hayotiy misollar asosida tushuntirildi. Biz bu illatning naqadar xavfli

ekanligini yana bir bor chuqur anglab yetdik.

Tadbir davomida ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan

tayyorlangan “Giyohvandlik – umr zavoli” videofilmi, “O‘z yo‘lingni

tanla”, “Buyuk yurtning barkamol avlodlari”, “Sog‘ tanda – sog‘lom aql”

kabi sog‘lom turmush tarzining ahamiyati va giyohvandlikning salbiy

oqibatlari aks ettirilgan ko‘rgazmali vositalar namoyish etildi.

http://jahonnews.uz/uz/nauka_i_zdravookhranenie/478/30900/

O‘ZBEK OLIMI ISSIQXONADA UCH KILOGRAMMLIK

LIMON YETISHTIRDI

O‘zbekistonlik birinchi kosmonavt Vladimir Jonibekov koinotda

barcha ekipaj a’zolari vaznsizlik holatiga o‘tish jarayonini osonlik

bilan yengib o‘tishida shifobaxsh Toshkent limonlari foyda berganini

ta’kidlagani, shisha idishchada «uchayotgan» limon novdasi va

parchalari namoyish qilingan videolavha o‘z davrida ko‘plab

yurtdoshlarimizning hayratiga sazovor bo‘lgandi.

Fazogirlar uzoq koinot safaridan qaytgach, limonni qalamcha

usulida fazoviy sharoitda o‘stirish mumkinligini isbotlash borasida

izlanishlar olib borayotgan o‘zbek olimi, yurtimizda sitrus mevalar

yetishtirish asoschisi Zayniddin Faxriddinov ildiz otib, bo‘yi ancha

cho‘zilgan limon qalamchasini qo‘liga olganida ko‘zlariga quvonch

yoshlari kelgan...

– O‘zbekistonda limon yetishtirishning iloji yo‘q, degan fikrlarni

1967-yilda otam yaratgan limonning «Toshkent» navi chippakka

chiqardi, – deydi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Polimerlar

kimyosi va fizikasi ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Muhammadaziz

Faxriddinov. – Uning vazni 450 gramm bo‘lib, tarkibida limon kislotasi

to‘rt foizdan oshgan. Fazo sharoitida sinovdan o‘tgan ham aynan ana shu

28

limon navi edi. Oradan uch yil o‘tib, limonning chatishtirilgan

«Yubileyniy» gibridi yaratildi. Buni qarangki, undan yiliga to‘rt marta

hosil olish mumkin. Qalin po‘sti tarkibida kislota miqdori 12 foiz bo‘lib,

efir moyiga boyligi bilan oddiy limondan uch baravar ko‘p yuqori

ko‘rsatkichga ega.

Hozirgi kunga kelib, o‘zbek seleksioner olimi yaratgan limonning

o‘nga yaqin turi, apelsinning «O‘zbekiston», mandarinning «Toshkent»

navlari nafaqat mamlakatimizda, balki xorijiy davlatlarda ham

yetishtirilmoqda. Masalan, Ufada 2 gektar maydonda F-1 «Toshkent» va

F-2 «Yubileyniy» navlaridan barpo etilgan limonzorlardan mo‘l hosil

olinmoqda. Ko‘chatlari ko‘paytirilib, aholiga yetkazib berilmoqda.

Sitrus mevalarning po‘stida yurak-qon tomir tizimi kasalliklarining

oldini oluvchi va davolovchi shifobaxsh moddalar mavjud. Ularda

yuqumli jarohat va yaralarni davolashda qo‘llaniladigan fitonsidlar,

biologik faol moddalar, shuningdek, inson qon tomirini mustahkamlovchi

gesperindin ko‘p uchraydi. Yaponiyada sitrus mevalari sharbatining inson

organizmiga ta’sirini o‘rganuvchi markazda limon sharbati odam

organizmidagi rak hujayrasini o‘simtaga aylantiradigan zaharli

moddalarni bartaraf etib, og‘ir xastalikning oldini olishi aniqlangan.

Limon sharbati qovoq sharbati bilan ichilsa, qandli diabet kasalligini

yengillatishi ham kuzatilmoqda.

«Bizdagidek serquyosh o‘lka yetti iqlimda bo‘lmasa-yu, limonni

qachongacha plyonka ostida o‘stiramiz», deya kuyungan seleksioner olim

limonni sovuqqa chidamli o‘ttizdan ortiq meva ko‘chatlariga, hatto

g‘o‘za, qora murch kabi o‘simliklarga ham payvandlab, chatishtirib

sinovdan o‘tkazdi. Ammo...

Olimning sovuqqa chidamli, ertapishar limon yetishtirish

borasidagi orzusini o‘g‘li Muhammadaziz amalga oshirdi. Yaqinda

olimning issiqxonasida bo‘lib, g‘aroyib tajribani kuzatdik. Limonlar naq

kosadek keladi. Mevalarining rangi va shakli deyarli bir xil. Hajmi

taxminan uch kilogramm keladi.

– Markazimiz ilmiy jamoasi yaratgan "o‘zxitan" preparati bu

borada qo‘l keldi, – deydi M.Faxriddinov. – Yashil qalamchalardan

ko‘chat tayyorlashda unga shu modda bilan ishlov berildi. Ko‘chatda

tashqi ta’sirlarga, turli kasalliklarga qarshi immunitet paydo bo‘ldi. Ildiz

chiqishi uchun avvallari 60 kun talab etilgan bo‘lsa, endi u teng baravarga

qisqardi. Mazkur ko‘chatlar ikki yil issiqxona sharoitida yetilgach, ochiq

maydonda ekildi. Uch yil ehtiyotlab parvarish qilinsa, ko‘chatning

quvvati oshgani sayin uning tashqi ta’sirga chidamliligi oshib boradi.

Ayni vaqtda mazkur ko‘chatlar 10 darajagacha bo‘lgan sovuqqa dosh

bermoqda.

29

Mustaqilligimizning ilk yillarida Shveytsariyaga O‘zbekistonda

yaratilgan va yetishtirilgan limon tonnalab eksport qilingani haqidagi

so‘zlarga kimdir ishonsa, kimdir ishonmaydi... Yillar o‘tib, yurtimizda

sitrus mevalarni ko‘paytirish hamda qayta ishlash borasidagi ulkan

yutuqlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz Shavkat

Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga

oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan

tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida Xorazm viloyatiga tashrifi

chog‘ida Xiva va Bog‘ot tumanlaridagi xonadonlarda bo‘lib limon,

yong‘oq, anor, bodring kabi serdaromad ekinlar ekish zarurligini qayd

etishi ana shu e’tiborning yorqin isbotidir.

– O‘zbekiston tuprog‘i unumdor, – deydi Muhammadaziz aka. –

Har bir qarich yerdan ham unumli foydalanib, yaxshi hosil olish mumkin.

Hozir Qashqadaryo, Sirdaryo, Xorazm, Navoiy, Jizzax, Buxoro

viloyatlaridagi fermer va shaxsiy tomorqa egalariga limon ko‘chatlari

yetkazib berayotirmiz. Ayniqsa, Toshkent viloyatida «Toshkent»

mahalliy naviga talab yuqori. Qibray tumanining Chingeldi qishlog‘ida

limonning har tupidan 200 kilogramm hosil olinmoqda. Mulkdorlar har

yili xorijga katta miqdorda limon eksport qilmoqda.

Limonlar qayta ishlash sanoati uchun qulay va vitaminlarga boy.

Dunyoda sitrus ekinlarining o‘ttizdan ziyod turi bo‘lsa-da, ularning

taxminan o‘ndan ortig‘i sanoat ahamiyatiga ega. Endilikda dunyoning

rivojlangan mamlakatlarida sitrus mevalari qayta ishlash sanoatining

asosiy xomashyosiga aylandi. Uning mevalaridan sifatli konservalangan

sharbatlar, murabbo, qiyom, marmelad va salqin hamda shifobaxsh

ichimliklar tayyorlash uchun qo‘shimchalar ishlab chiqarilmoqda.

Olimlarning e’tirof etishicha, boshqa meva va sabzavotlardan farqli

ravishda sitrus mevalar tarkibidagi S vitamini hatto yuqori haroratlarda

konservalanganda ham o‘zining sifatini deyarli yo‘qotmaydi.

Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan «Nuriddin agro»

mas’uliyati cheklangan jamiyati sitrus o‘simliklarni ko‘paytirish va qayta

ishlashga ixtisoslashgan. Bu yerda barpo etilgan besh gektardagi

ko‘chatzorda limonning sanoatbop navlaridan ko‘chatlar yetishtirilib,

aholiga va fermerlarga yetkazilmoqda, fermer va bog‘bonlarga ilmiy

maslahatlar berilmoqda. Yosh ko‘chatlar nazorat qilinib, ilg‘or tajribalar

o‘rgatilmoqda.

– Kuni kecha Sirdaryo viloyatiga 100 ming dona limon ko‘chati

yetkazib berish borasida shartnoma tuzdik, – deydi Toshkent davlat agrar

universitetining mevachilik va uzumchilik kafedrasi dotsenti, «Nuriddin

agro» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Nuriddin Faxriddinov. –

Ilmiy ishimning mavzusi sitrus mevalarni yetishtirish va ko‘paytirishga

qaratilgan. Hozir O‘zbekiston sharoitida limonni intensiv usulda

30

yetishtirishni takomillashtirish borasidagi tadqiqotlarimiz davom

etmoqda.

Mutaxassislarning ma’lum qilishlaricha, uy sharoitida limon,

xususan, «Toshkent» navi tuvakda yetishtirish uchun juda qulay. Uning

ildizlari oziqlanish maydoni kichik bo‘lib, besh yilgacha kichik tuvakda

o‘sib, yiliga 120-150 dona hosil berishi mumkin. Bu nav kasalliklarga

chidamli, nam va yorug‘likni yoqtiradi. Shu bois barglarini doim namlab,

suv purkab turish kerak.

– Limon ko‘chatini turgan joyidan qimirlatib, aylantiravermaslik

kerak, – deydi N.Faxriddinov. – Ular havo haroratining keskin

o‘zgarishiga bardosh bera olmaydi. Yorug‘likni yoqtirsa-da, quyosh

nurining to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Pech,

issiqlik batareyalari bor xonalarga ularning namligini orttirish uchun

idishlarga suv solib qo‘ygan ma’qul. Agarda ularga noto‘g‘ri

munosabatda bo‘linsa, qishda gullaydi-yu, meva tugmaydi. Meva olish

uchun limon gulini sun’iy ravishda changlantirish kerak. Ular xona va

hovlilarga ko‘rk beribgina qolmasdan, havoni tozalovchi muhim vosita

hamdir. Nafis gullari asabni tinchlantirish, ko‘ngil aynishining oldini

olish bilan birga inson kayfiyatini ko‘taradi.

...Yillar o‘tib, bir paytlar o‘zbek limonzorlarini ko‘rib hayratlangan

kosmonavt V.Grechkoning ham quyidagi tilaklari ijobat bo‘lar: «Limon –

hayot ne’mati. Ular bolalarga, bemorlarga, uzoq muddat kosmosda

bo‘lgan kosmanavtlarga juda kerak. Ishonchim komilki, bu qutlug‘

zaminda yetishtirilgan limonlar kosmosda ham hosil berajak...»

http://jahonnews.uz/uz/ekonomika/285/30892/

O’ZBEKISTON DUNYO NIGOHIDA

O’ZBEKISTON NEMIS SAYYOHI NIGOHIDA

O’zbek xalqining boy tarixiy-madaniy merosi, ko’p asrlik an'ana

va urf-odatlari, O’zbekistonning tarixiy shaharlaridagi nodir me'moriy

obidalar hamisha chet ellik sayyohlarni o’ziga jalb etib kelgan.

Ularning aksariyati mamlakatimizni o’z vatandoshlariga tanishtirish

maqsadida maqolalar yozib, o’z taassurotlari bilan o’rtoqlashadilar. Yaqinda Germaniyaning turizm yangiliklariga

ixtisoslashgan www.reiseberichte-blog.com axborot portalida nemis

sayyohi Peter Kyunning “O’zbekiston Buyuk Ipak yo’lida” sarlavhali

maqolasi e'lon qilindi. Unda muallif yurtimizga sayohati haqida hikoya

qiladi.

“Ushbu safarga menda eng avvalo, O’zbekistonning boy tarixi,

o’ziga xos urf-odatlari hamda Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva

shaharlaridagi betakror diqqatga sazovor joylari haqidagi hikoyalar orqali

31

qiziqish paydo bo’lgandi, - deb yozadi P.Kyun. - Mamlakat poytaxti

Toshkent o’tmish va kelajak uyg’unlashgan shahar bo’lib, uning tarixi

2200 yildan ko’proqqa borib taqaladi. Bu davr ichida u Choch, Shosh,

Binkat kabi nomlar bilan yuritilgan va ko’plab shonli voqyealarni

boshidan o’tkazgan”.

P.Kyun shuningdek, shahar bo’ylab sayohat davomida tarixiy va

zamonaviy binolarni ko’rish maroqli ekanligi haqida yozadi. “Toshkentda

albatta Abulqosim shayx madrasasiga, hazrati Imom majmuasiga,

Ko’kalosh madrasasi, Alisher Navoiy nomidagi teatrga, Temuriylar

muzeyi, xalq amaliy san'ati muzeyiga borish, Mustaqillik maydonida

aylanish, teleminorada shaharni tomosha qilish, metropolitenga tushish

kerak, - deydi hayajon bilan nemis sayyohi. - O’zbekistonning poytaxti

juda chiroyli, manzarali va mevali daraxtlarga boy, o’ziga xos sharqona

ranglarga ega obod shahardir”.

Samarqand haqida hikoya qilar ekan, P.Kyun uning tarixi olis

asrlarga borib tutashadigan dunyodagi eng qadimiy shaharlardan biri

ekani haqida yozadi. “O’zbekistonning boy tarixiy-merosi bilan

tanishmoqchi bo’lgan kishilar aynan shu shahar bo’ylab sayohat qilishlari

mumkin”.

Maqola davomida P.Kyun Buxoro haqida to’xtalib, uni “Ming bir

kecha” ertagidagi shahar, Buyuk Ipak yo’lining durdonasi, deb ataydi.

“Buxoroda siz ikki cheti devorlari naqshinkor va arab alifbosida kalomlar

bitilgan baland imoratlardan iborat bo’lgan tor ko’chalar orqali o’rta

asrlar Sharqiga tushib qolasiz, - deya hikoya qiladi u. - Shahardagi savdo

gumbazi qurilgan paytidagidek saqlanib qolgan va u yerda hozir ham

hunarmandlar sayyohlarga tilladan ishlangan buyumlar va taqinchoqlarni,

ipak matolar va ziravorlarni taklif qilishadi”.

Muallif me'moriy durdonalar soni bo’yicha Buxoro birinchilikni

mamlakatning boshqa shaharlariga bermasligi haqida to’xtaladi. “Bu

yerda ko’plab masjidlar, maqbara va madrasalar saqlanib qolgan. Ushbu

g’aroyib shaharning ilonizi ko’chalari odamga o’tmishni esga soladi.

Buxoroning asosiy timsoli qachonlardir karvonlar va ziyoratchilar uchun

mayoq vazifasini o’tagan Minorai Kalon hisoblanadi”.

“O’zbekistonning navbatdagi turizm markazi Xiva bo’lib, bu

shahar ham tarixiy me'moriy diqqatga sazovor maskanlarga juda boy, -

deya davom etadi P.Kyun. - Mustahkam devor bilan o’ralgan, o’rta

asrlarda bunyod etilgan mahobatli obidalar qad ko’targan Ichan qal'a

majmui haqli ravishda YUNESKOning Butunjahon madaniy merosi

ro’yxatiga kirgan nodir ob'yektdir”.

Maqola yakunida muallif mamlakatimizga safari boshidan

oxirigacha yuqori darajada tashkil etilganini aytadi. “O’zbekistonga

32

sayohat menda unutilmas taassurot qoldirdi va men barchaga ushbu

ajoyib o’lkaga borishni tavsiya etaman”, deya xulosa qiladi P.Kyun.

“Jahon” AA, Berlin

http://jahonnews.uz/uz/turizm/299/30882/

O’ZBEKISTON - SHARQNING DURDONASI

Ozarboyjonda ingliz tilida nashr qilinadigan “Azeri Observer”

jurnalida ana shu sarlavha ostida mamlakatimizning madaniy va

tarixiy diqqatga sazovor maskanlariga bag’ishlangan maqola chop

etildi. Unda ko’p sonli va qadimiy yodgorliklar hamda go’zal tabiati bilan

O’zbekiston butun dunyoni o’ziga maftun etishi aytiladi. “Mamlakat

necha asrlar davomida savdogarlar, geograflar, elchilar hamda sayyohlar

yurgan Buyuk Ipak yo’li kesishgan chorrahada joylashgan”, deyiladi

maqolada.

Nashrda shuningdek, qachonlardir mazkur serne'mat zaminda

yashagan olimlar, mutafakkirlar va shoirlarning ijodi va ilmiy merosi

dunyo tamaddunining bebaho xazinalari hisoblanishi qayd etiladi. “Abu

Ali ibn Sino, Muhammad Xorazmiy, Imom Buxoriy, Hakim Termiziy,

Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy, Husayn Boyqaro - bu o’zbek xalqi

ajdodlarining qisqagina ro’yxati, xalos”.

Maqolada O’zbekistonning dunyoga mashhur Samarqand, Buxoro,

Xiva va Shahrisabz kabi shaharlari me'morchilik, hunarmandlik va

amaliy san'at rivojlangan, taniqli ilmiy markazlar va maktablar asos

solingan maskanlar hisoblanishi ta'kidlanadi.

Shu o’rinda hunarmandlik sirlari bebaho xazina kabi avloddan

avlodga o’tib kelishi aytiladi. “Bugun O’zbekistonda madaniy

qadriyatlarni saqlashga katta e'tibor qaratiladi, - deb yozadi Ozarboyjon

jurnali. - Qadimiy va an'anaviy san'atni qayta tiklash qadrlanadi, ularni

yanada rivojlantirish qo’llab-quvvatlanadi. O’zbek kulolchiligi,

misgarlik, yog’och o’ymakorligi, zardo’zlik, gilamdo’zlik, charmga tasvir

solish va zargarlik mahsulotlarini mamlakatdan tashqarida ham juda

yaxshi bilishadi”.

O’zbekistonning nomoddiy merosiga batafsil to’xtalar ekan, nashr

ularning o’ta noyob ekanini alohida ta'kidlaydi. “Masalan, Surxondaryo

viloyatining Boysun tumaniga xalqiga xos folklor qo’shiqlari, Navro’z

bayrami, palov milliy taomi bilan bog’liq madaniy an'analar xalqaro

hamjamiyatning muhofazasida bo’lgan ob'yektlar sifatida

YUNESKOning Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro’yxatiga

kiritilgan”.

33

“O’zbekiston - haqiqatan ham o’ziga xos milliy madaniyatga ega

bo’lgan g’aroyib o’lka, bunda tarixiy merosni avaylab asragan holda

zamonaviy iqtisodiyot, ilg’or ilm-fan va san'at rivojlangan davlat barpo

etilmoqda, - deya xulosa qiladi “Azeri Observer”. - Tarix, an'anaviy

madaniyat, noyob tabiiy go’zallik ixlosmandlari va mehmondo’st xalqni

ko’rmoqchi bo’lganlar uchun O’zbekiston ayni mamlakatdir”.

“Jahon” AA, Boku

http://jahonnews.uz/uz/kultura/296/30859/

«O’ZBEK SPORT USTALARI O’Z XALQINI JAHON

BIRINCHILIGI MUSOBAQALARIDA NAMOYON ETMOQDA»

Mustaqil O’zbekiston Respublikasi tarixidan ma'lumki,

mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov 1999-yil 1-may

kuni poytaxtimizda kurash bo’yicha birinchi jahon chempionatining

tantanali ochilish marosimida quyidagi fikrlarini bayon etgan edi:

“Men ishonaman: dunyoga mashhur pahlavonlarning bebaho

xizmatlari tufayli xalqimiz ma'naviy turmush tarzining ajralmas

qismiga aylangan kurash bugundan e'tiboran yangi hayotini boshlaydi,

yanada yuksaladi, jahon uzra keng tarqalib, turli millatlarga mansub

millionlab kishilarning sevimli mashg’ulotiga aylanadi”. Britaniya Kurash assotsiatsiyasi bosh kotibi Pol Soyer bildirgan

fikr va mulohazalar o’shanda mamlakatimiz Birinchi Prezidenti haq

gapni aytganini yana bir karra tasdiqlaydi.

- Men xorijiy ommaviy axborot vositalarini, jumladan, O’zbekiston

matbuotini diqqat bilan kuzatib boraman, - dedi u «Jahon» axborot

agentligi uchun intervyu berar ekan. - Shu kunlarda o’zbeklar diyorida

Birinchi Prezident hurmat va ehtirom bilan yodga olinmoqda.

Mustaqil rivojlanishning Islom Karimov rahbarligida o’tgan

yillarida respublika jahon maydonida o’zining munosib o’rnini egallagan

kuchli va zamonaviy davlatga aylandi.

Sport sohasi vakili sifatida O’zbekistonda sportning rivojlanishi

haqida to’xtalishni istar edim. Chunki sport ham O’zbekistonning xalqaro

obro’-e'tiborini yuksaltirishga salmoqli hissa qo’shdi. Bugungi kunlarda

o’zbek sport ustalari o’z xalqini jahon birinchiligi musobaqalarida

munosib darajada namoyon etmoqda.

90-yillarning boshida respublika rahbari uch bosqichli «Umid

nihollari», «Barkamol avlod» va «Universiada» musobaqalaridan tortib to

yuqori malakali sportchi va murabbiylarni tayyorlashgacha bo’lgan

tashabbuslarni ilgari surgani holda mamlakatda sport infratuzilmasini har

tomonlama rivojlantirish yo’lini tutdi. Yaqinda Rioda bo’lib o’tgan

34

Olimpiya o’yinlari O’zbekistonning sayyoramizdagi yetakchi sport

mamlakatlaridan biri sifatidagi maqomini yana bir bor tasdiqladi.

Bundan tashqari, Islom Karimov umumbashariy miqyosda sportni

rivojlantirishga ham o’z hissasini qo’shdi. Masalan, millionlab o’zbeklar

shug’ullanib kelgan sportning milliy turi - o’zbek kurashi yangi xalqaro

sport turi sifatida dunyo miqyosida taqdim etildi. Bu jarayonning bevosita

ishtirokchisi bo’lganim uchun muvaffaqiyat osonlik bilan qo’lga

kiritilmaganini qayd etishni istardim. Kurash shunchaki sport

tashabbusigina emas, balki o’zbek xalqi madaniyati, qadriyatlari va milliy

o’ziga xosligi mushtarakligi hamdir.

1998-yili Xalqaro kurash assotsiatsiyasi tashkil etilib, 1999-yilda

Toshkent shahrida kurash bo’yicha birinchi xalqaro musobaqa bo’lib

o’tganini yaxshi eslaymiz. O’shanda Britaniyadan taniqli polvon va

dzyudo ustasi, bir necha Olimpiya o’yinlarining qatnashchisi Tim Tomas

ishtirok etgan edi. Ko’p o’tmay Buyuk Britaniyada Kurash

assotsiatsiyasini tashkil etish va mamlakatimizda xalqaro turnir o’tkazish

tashabbusi ilgari surildi. Bu tarixiy voqyea 2000-yili Bredford shahrida

bo’lib o’tdi. Keyingi yillar davomida esa Xalqaro kurash assotsiatsiyasi

bilan birgalikda Britaniyada 9 marotaba musobaqa o’tkazganimizni

ma'lum qilish menga katta mamnuniyat bag’ishlaydi.

O’zbekiston Birinchi Prezidentiga hurmat-ehtirom va Britaniyada

sportning bu turini rivojlantirishga bebaho hissa qo’shganiga

minnatdorligimiz ramzi sifatida 2017-yilda yana turnir o’tkazamiz. Axir

bu xalqaro musobaqa minglab britaniyaliklarga - yosh bolalardan tortib to

tajribali sport ustalarigacha noyob madaniy voqyeada ishtirok etish

imkoniyatini yaratdi. Kurash Islom Karimov tomonidan har tomonlama

qo’llab-quvvatlangani tufayli ko’plab britaniyaliklar buyuk o’zbek

xalqining boy madaniyati va san'atidan tom ma'noda bahramand

bo’ldilar.

«Jahon» AA http://jahonnews.uz/uz/aktualno/305/30881/

XORIJ XABARLARI QISQA SATRLARDA

SALBIY TA’SIR KO’RSATDI

AQShning “Ford” avtomobilsozlik kompaniyasi “Breksit”

(Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqish jarayoni) tufayli

2016 yilda 600 million AQSh dollari yo’qotdi. Bu haqda

kompaniyaning Yevropadagi rahbari Jim Farli ma’lum qildi.

“Ko’hna qit’a”dagi o’zgarishlar avtoulovlar savdosiga sezilarli

salbiy ta’sir ko’rsatgan. “Ford”ning ziyon ko’rishiga olib kelgan eng

asosiy omil esa funt sterlingning qadrsizlangani bo’ldi, deb

hisoblanmoqda. Chunki Buyuk Britaniyada uning dvigatellar -ishlab

35

chiqaradigan ikkita zavodi faoliyat yuritadi. Qolaversa, kompaniya

mazkur davlatga Yevropaning boshqa mamlakatlarida yig’ilgan

mashinalarini eksport qiladi. Valyuta qiymatining pasayishi, tabiiyki,

daromad cho’g’ining kamayishiga sabab bo’lgan.

UZOQ DAVOM ETGAN PARVOZ “Qatar Airways” aviakompaniyasining “Boing-777” yo’lovchi

samolyoti Dohadan Yangi Zelandiyaning Oklend shahrigacha bo’lgan

masofani to’xtovsiz 16 soatu 23 daqiqada bosib o’tdi va bu tarixdagi eng

uzoq parvoz sifatida qayd etildi.

Manbada aytilishicha, samolyot belgilangan vaqtdan 15 daqiqa

ertaroq qo’ngan. 19 nafar ekipaj a’zosi bo’lgan havo laynerida uchish

paytida yo’lovchilarga 1,1 ming chashka qahva va choy, 2 mingta salqin

ichimlik hamda 1036 porsiya taom tortiq qilingan. Yangi Zelandiyadan

ortga qaytish vaqti shamol qarshiligi tufayli qisman cho’zilishi, ya’ni 17

soat 30 daqiqani tashkil etishi bildirildi.

TASODIFIY TOPILMA Xitoylik arxeologlar bundan qariyb 3 ming yil muqaddam

yashagan timsoh qoldiqlarini topishdi.

Mutaxassislar buni, Shensi provinsiyasining Sian shahridagi yer

osti g’orida olib borilayotgan qazish ishlari chog’ida tasodifan

aniqlashgan. Ekspedisiya rahbari Yue Lyanszyanning ta’kidlashicha,

ushbu hududda bunday sudralib yuruvchilar o’arbiy Chjou sulolasi

davrida mavjud bo’lgan. Endi ushbu topilma yordamida bir necha ming

yil avvalgi timsohlar haqida muhim ma’lumotlar to’plash mumkin.

HAYDOVChI QOChIB KETDI Gondurasda mudhish yo’l-transport hodisasi ro’y berdi.

“Assoshieyted press” axborot agentligi xabariga ko’ra, poytaxt

Tegusigalpa shahri yaqinidagi yo’lda avtobus va sisternali avtomobil

to’qnashib ketgan. Oqibatda 16 kishi halok bo’lgan, 34 nafar odam

jarohatlangan. Dastlabki taxminlarga qaraganda, falokat yuk mashinasi

haydovchisining boshqaruvni yo’qotgani sababli kelib chiqqan.

Hodisadan so’ng u qochib ketgan.

YaNA BEShTA JOYDA ANIQLANDI Chexiya veterinariya xizmati mutaxassislari mamlakat hududida

parranda grippining yana beshta o’chog’ini topishdi.

Shunday qilib, bunday manzillar soni yigirmataga yetdi. Kasallik

tarqalib ketishining oldini olish maqsadida fermalarda 40 mingta

parrandani yo’q qilishga to’g’ri keldi. Buning uchun hukumat fermerlarga

tovon puli to’layapti.

http://xs.uz/index.php/homepage/khorizhda/item/9440-salbij-ta-

sir-k-rsatdi

TOYOTA 15.1 MLRD.DOLLAR SOF FOYDANI PROGNOZ

36

QILMOQDA

Yaponiyaning Toyota avtokonserni bu yil o'tgan yilgdagidan ko'ra

yuqoriroq natijalarga erishishini bildirdi. Ushbu kompaniya, joriy

moliyaviy yil natijalariga ko'ra 15,1 mlrd. dollar sof daromadni prognoz

qilmoqda.

O'tgan yili u sotuvlar bo'yicha birinchi o'rinni Fol'ksvagen

kompaniyasiga boy bergandi. Kompaniya Suzuki avto ishlab

chiqaruvchisi bilan hamkorlikni ham yo'lga qo'ymoqda, bu esa

kompaniya faoliyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatishi kutimloqda.

http://news.uzreport.uz/news_1_u_147920.html

XITOY AHOLISI 2020 YILGA BORIB 1.42 MILLIARD

KISHINI TASHKIL QILISHI MUMKIN

2015 yilning ohirida Xitoy aholisi 1,37 mlrd kishidan iborat edi.

Sog'liqni saqlash va rejali farzand ko'rish Milliy qo'mitasi tarqatgan

habarga ko'ra, 2020 yilga borib bu raqam 1,42 mlrd kishiga netishi

mumkin, bunda yillik tabiiy ko'payish 6 promille atrofida bo'ladi.

Shuningdek komissiya farzand ko'rgan ayollarni yanada ko'proq

qo'llab-quvvatlashga, hususan ularni yana qayta ishga olishga

chaqirmoqda.

Aholining tez sur'atlarda keksayib borayotganligi 2013 yilda

hukumatni “bir oilaga – bir bola” siyosatini qayta ko'rib chiqishga majbur

qildi. Yangi qoidalarga binoan endilikda er va hotin o'z ota-onasining

yolg'iz farzandi bo'lgan oilalarda ikkita farzand ko'rishga ruhsat ehtiladi.

http://news.uzreport.uz/news_1_u_147919.html

YAPONIYADAGI MUTOLAA OTELI O'Z

IHLOSMANDLARINI XURSAND QILMOQDA

Yaponiya turmushning barcha jabhalariga innovasion yondoshuvi

bilan dunyoga dong taratgan. Bu safar ular jamoatchilikni yangi

mehmonhona bilan hayron qoldirishdi, bu erga keluvchilarga esa kitob

mutolaasidan bahra olish taklif etilmoqda.

Mazkur o'hshashi yo'q otel' har bir kitobsevarga ma'qul kelishi

shubhasiz. Book and Bed Hotel deb nom olgan kapsula-

mehmonhonasining devorlari, soyabonlari hamda aksariyat bezaklari

g'ayrioddiy usulda, ya'ni turli adabiyotlar bilan bezatilgan. Bu 3 ming

200ga yaqin har hil tildagi tomli kitoblardir.

Mehmonhonada alohida holl ham mavjud bo'lib, mutolaa

ihlosmandlari bu erga yig'ilib, u yoki bu kitob haqida fikr almashishlari

yoki kitobni birgalikda o'qishlari ham mumkin.

Kapsula-mehmonhonada biz o'rgangan honalar umuman yo'q,

faqatgina uhlash joylari bor. Ular kitob javoniga, yon atrofdagi kichik

krovatlar esa - polkalarga o'hshaydi.

37

Bundan bir yarim yil avval ochilgan mehmonhonada 60 ga yaqin

joy hamda yolg'izlikda mutolaa qilishni hohlovchilar uchun mahsus

shinam burchaklar bor. Har bir joy matras va o'qish uchun chiroq bilan

jihozlangan.

Mutolaa-otelida bir kechani o'tkazish haqi qariyb 40 dollarga teng.

http://news.uzreport.uz/news_1_u_147873.html

VILOYATIMIZ XABARLARI

VILOYaT KENGAShINING SESSIYaSI

4 fevral kuni xalq deputatlari viloyat Kengashining o’ttiz

ikkinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.

Sessiyani xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati

B.Sharofov boshqardi.

36-Payariq saylov okrugidan viloyat Kengashi deputati

B.Xo’jayorov sessiya kotibi etib saylandi.

Deputatlar sessiya kun tartibi va reglamentini tasdiqladilar. Kun tartibidagi masala – xalq deputatlari Samarqand viloyati

Kengashida bo’shab qolgan o’ringa 2017 yilning 29 yanvar kuni

o’tkazilgan saylov natijalari to’g’risida viloyat saylov komissiyasi raisi

A.Umarov axborot berdi.

Ta’kidlandiki, xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov

o’tkazuvchi 55-Beshyog’och saylov okrugi bo’yicha o’tkazilgan saylovda

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-

demokratik partiyasi viloyat kengashi tomonidan ko’rsatilgan nomzod,

Samarqand viloyati hokimi Oqbo’tayev Himmat Qo’chqorovich eng ko’p

saylovchilar ovozini olib, deputatlikka saylandi.

Viloyat saylov komissiyasining bu haqdagi qarori deputatlar

tomonidan tasdiqlandi.

Sessiyada tashkiliy masalalar ko’rildi.

Xalq deputatlari viloyati Kengashiga O’zbekiston xalq demokratik

partiyasidan saylangan deputatlar guruhining murojaati inobatga olinib,

41-Arabxona saylov okrugidan saylangan deputat Baxtiyor Shukurov

mazkur partiya deputatlik guruhi rahbari etib saylanganligi e’tirof etildi.

Akmal Shermatov viloyat hokimligi huquqni muhofaza qiluvchi

organlar faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari,

Munis Voseyev viloyat hokimligi axborot-tahlil guruhi rahbari etib

tasdiqlandilar.

Sessiyada muhokama etilgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul

qilindi.

***

38

Shu kuni viloyat hokimligi katta majlislar zalida xalq

deputatlari Samarqand viloyati, tuman va shaharlar

Kengashlarining qo’shma majlisi o’tkazildi. Unda xalq deputatlari mahalliy Kengashlar deputatlari, Markaziy

saylov komissiyasi a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari

ishtirok etdi.

Qo’shma majlisni O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov

komissiyasi a’zosi T.Shirinov ochib berdi.

Majlisda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zoligiga

bo’sh bo’lgan o’ringa viloyatdan vakil saylash to’g’risidagi masala ko’rib

chiqildi.

Qo’shma majlisda ishchi rayosati, oqsoqollar kengashi, sanoq

komissiyasi saylandi.

Oqsoqollar kengashi Oliy Majlis Senati a’zoligiga nomzod tavsiya

etdi. Deputatlar nomzod haqida o’z munosabatlarini bildirdilar.

Yashirin ovoz berish yo’li bilan xalq deputatlari Samarqand

viloyati Kengashi deputati, viloyat hokimi Oqbo’tayev Himmat

Qo’chqorovich O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi etib

saylandi.

http://zarnews.uz/siyosat/6368-viloyat-kengashining-

sessiyasi.html

MUROJAATLAR HAL ETILSA, DEPUTATGA IShONCh

ORTADI

Avval xabar berganimizdek, Oliy Majlis Senati a’zolari va

Qonunchilik palatasi deputatlari Ishtixon tumanida davlat organlari

tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, sog’liqni saqlash, ta’lim

tizimidagi ahvol va xalqni qiynayotgan muammolarni o’rganmoqda "Adolat" sosial-demokratik partiyasidan Oliy Majlis Qonunchilik

palatasi deputati Shuhrat Polvonovning Xalqobod mahalla fuqarolar

yig’ini aholisi bilan muloqoti dolzarb ijtimoiy muammolarning tegishli

soha vakillari ishtirokida o’z yechimini topib, amaliy choralar

belgilanganligi bilan ahamiyatli bo’ldi.

Mahalla aholisi xonadonlariga tashrif buyurgan deputatga o’zlarini

qiynayotgan muammolarni ro’y-rost bildirdi. Jumladan, ushbu mahallada

yashovchi Do’smamat Hasanov va uning rafiqasi Mahbuba Hasanova o’n

nafar farzandlari borligi, lekin ularning hammasini ham ishga

joylashtirishning imkoni bo’lmayotganligini aytishdi. D.Hasanov

farzandlarini ish bilan ta’minlash maqsadida oilaviy tadbirkorlikni yo’lga

qo’yish uchun katta mablag’ evaziga tegirmon qurganligini, biroq elektr

energiyasi ta’minotidagi doimiy uzilishlar sababli ishni boshlay

olmayotganligini deputatga ma’lum qildi.

39

Mahallaning yana bir fuqarosi Yorqul To’rayev plastik

kartochkalardan foydalanish uchun savdo va xizmat ko’rsatish

shoxobchalarida terminallar yetishmasligi, kundalik xarajatlarda

qiyinchilikka duch kelayotganligini aytdi. Deputat murojaat egasiga bu

muammoni tegishli boshqaruv, bank va nazorat idoralari ishtirokida shu

yerning o’zida hal etilishini bildirdi.

Shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Alisher

Mahmatmurodovning tumandagi Beshbola mahallasi aholisi bilan

muloqoti jarayonida hududdagi 24-umumta’lim maktabida isitish tizimi

ishdan chiqqanligi, ingliz tili fani o’qituvchisi yetishmasligi, parta va

stullar ham kamligi ma’lum bo’ldi.

Fuqaro Sanjar Mamadiyorov bu mahallada qishloq vrachlik punkti

yo’qligi, aholi 8 kilometr masofadagi QVPga qatnashga majbur

bo’layotganligini, telefon aloqasi va elektr energiyasi ta’minotidagi

muammolarni aytib o’tdi.

Deputatlar tomonidan xonadonlardagi aholi turmush tarzini

o’rganish davom etmoqda. Tuman hokimligi, mahalliy Kengashlar

deputatlari, davlat organlari, huquq-tartibot idoralari, jamoat tashkilotlari

vakillari har bir fuqaroning murojaatini qonuniy hal etish, muammolarni

bartaraf etish choralarini ko’rmoqda.

Zohir TO’RAQULOV.

Tumandagi Chimqo’rg’on, Bo’ston, Yangikent va Chaqar

mahallalarida aholi bilan suhbatlashdik. Muloqotlar jarayonida

ularni o’ylantirayotgan dolzarb masalalar, hal qilinishi lozim bo’lgan

muammolar va murojaatlar tinglandi. Fuqarolarning mamlakatimiz

ravnaqi, xalq farovonligini yanada oshirish bilan bog’liq fikr va

takliflarini eshitdik, joylarda yuzaga kelayotgan muammolarga

yechim izlayapmiz.

Masalan, Chaqar qishlog’ida yashovchi I guruh nogironi

K.Toshtemirova moddiy yordamga muhtoj ekanligini bildirdi. Ushbu

murojaat Chaqar mahalla fuqarolar yig’ini raisi bilan muhokama qilindi

va o’rnatilgan tartibda moddiy yordam ko’rsatish tavsiya etildi.

Zarband qishloq fuqarolar yig’inidagi umumta’lim maktablarida

isitish tizimi, gaz va ichimlik suvi ta’minotida muammolar borligi

kuzatildi. Ushbu muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq takliflar

berildi. Tuman hokimligi va xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik

ta’minlash va tashkil etish bo’limi tomonidan kamchiliklarni bartaraf

etish choralari belgilandi.

Aholi bilan muloqot mavjud muammolarni tahlil etish va ularga

yechim topishda yaxshi samara bermoqda. Shuningdek, ular tomonidan

40

bildirilayotgan takliflar kelgusida yangi qonunlar ishlab chiqilayotganda

e’tiborga olinadi.

Albatta, murojaatlarning o’z vaqtida ijobiy va qonuniy tarzda hal

etilishi xalqning nafaqat o’zi saylagan deputatga, qolaversa, mahalliy

vakillik organlariga bo’lgan ishonchi ortishida muhim omil bo’lib xizmat

qiladi.

http://zarnews.uz/siyosat/6370-murozhaatlar-al-etilsa-

deputatga-ishonch-ortadi.html

MA’NAVIY MA’RIFIY MASKANLAR NAVOIY

TAVALLUDIGA QANDAY TAYYoRGARLIK

KO’RILMOQDA?

Viloyat musiqa va drama teatrida 9 fevral kuni teatr

ijodkorlari tomonidan sahnalashtirilgan yangi – "Samarqand

sayqali" spektakl premyerasi rejalashtirilgan. O’zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo qalamiga mansub mazkur

asarda Alisher Navoiyning 1465-1469 yillarda Samarqandda yashagan

davri bilan bog’liq voqyealar aks etgan. Spektaklda Navoiy rolini

iste’dodli aktyor Farid Rasulov talqin etmoqda.

***

"Samarqand kitob olami" ma’naviy-ma’rifiy majmuasida Navoiy

asarlari hamda alloma ijodini o’rganish natijasida yaratilgan kitoblardan

iborat burchak tashkil qilingan.

Ayni paytda mazkur majmuada buyuk mutafakkirning eng sara

asarlari, shuningdek, u haqidagi kitoblar sotuvi yo’lga qo’yilgan.

Oybekning "Navoiy" romani eng ko’p sotilayotgan kitoblar ro’yxatidan

joy olgan.

***

Samarqand davlat universiteti ilmiy-amaliy muzeyi

laboratoriyasida sana arafasida rasmlar ko’rgazmasi tashkil etiladi.

Unda universitet kasbiy ta’lim yo’nalishi talabalarining Navoiy

hayoti va ijodi bilan bog’liq suratlari namoyish etiladi.

***

Viloyat axborot kutubxona markazining sakkizta bo’limi

aksariyatida Navoiy ijodidan namunalar bo’yicha burchaklar tashkil

qilingan.

Kitobxonlar Navoiy hamda uning ijodini o’rganishga

bag’ishlangan 500 ga yaqin kitoblardan foydalanish imkoniyatiga ega.

Kutubxona ilmiy-uslubiy bo’limi mudiri Mahbuba Kulovaning

aytishicha, viloyatdagi 360 ta axborot-resurs markaziga Alisher Navoiy,

Bobur hayoti, ijodi, faoliyati bo’yicha film tasviri tushirilgan multimedia

41

vositalari tarqatilgan. Joylarda navoiyxonlik, boburxonlik kechalarida

ulardan unumli foydalanilyapti.

***

O’tgan yili Oybekning "Navoiy" romani olimlar I.To’xtasinov

hamda O.Mo’minovlar tomonidan ingliz tiliga tarjima qilingandi.

Samarqand davlat chet tillar instituti axborot-resurs markazida ushbu

kitob taqdimotiga bag’ishlangan anjuman bo’lib o’tdi.

Mazkur asar Navoiy siymosini jahon kitobxonlariga tanitish

yo’lida tashlangan dadil qadam ekanligi ta’kidlandi.

http://zarnews.uz/madaniyat/6375-manaviy-marifiy-maskanlar-

navoiy-tavalludiga-anday-tayergarlik-krilmoda.html

PREZIDENT KITOBI O’RGANILMOQDA

Samarqand oliy harbiy avtomobil qo’mondonlik muhandislik bilim

yurtida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning

"Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir

rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak" nomli kitobi

taqdimotiga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi.

Bilim yurti ofiser va harbiy xizmatchilari ishtirok etgan tadbirda

Samarqand davlat universiteti dosenti T.Bakayev, O’zbekiston

Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo’limi raisi F.Toshev kitobning

ahamiyati haqida so’z yuritdilar.

– Kitobda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish

bo’yicha 2017 yilga mo’ljallangan ustuvor yo’nalishlar, jahon bozorida

raqobat kuchayib borayotgan hozirgi murakkab vaziyatda iqtisodiyotga

xorijiy investisiyalar, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bilan bog’liq

muhim vazifalar batafsil ko’rsatib berilgan, - deydi T.Bakayev. - Shu

jihatdan ushbu kitob har bir rahbar va mutasaddilarni o’z faoliyatiga

tanqidiy baho berib, kelgusida fidoyilik bilan ishlashga undaydi.

http://zarnews.uz/talim/6372-prezident-kitobi-rganilmoda.html

SPORT XABARLARI

O‘ZBEKISTONLIK BOKSCHILAR XALQARO TURNIRDA

SAKKIZTA MEDALNI QO‘LGA KIRITDI

Qirg‘izistonda boks bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda

bokschilarimiz Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, sakkizta

medalni qo‘lga kiritdi.

91 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar bahsida mamlakatimiz sharafini

himoya qilgan Sardor Yormuhamedov dastlab qirg‘izistonlik Jaksilik

Kuzaliyev, yarim finalda xitoylik Chen Yunfa, finalda mezbonlarning

yana bir vakili Sergey Parenkoni yengib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Vazni 75 kilogrammlik charm qo‘lqop ustalari o‘rtasidagi

bellashuvlarda qatnashgan Kozimbek Mardonov qozog‘istonlik Temirlan

42

Raimqulov, xitoylik Molla Tuoxetikiong, qirg‘izistonlik Azamat Kanibek

va Ilyos Akmataliyevni mag‘lubiyatga uchratdi va terma jamoamiz

hisobiga navbatdagi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.

Turnirda Rustamjon Ismoilov kumush, Nodir Mirzahmedov,

Ulug‘bek Komilov, Aliyor Noraliyev, Odil Arslonov, Hasanxon Barotov

bronza medali bilan taqdirlandi.

http://jahonnews.uz/uz/sport/297/30899/

O‘ZBEKISTONLIK TENNISCHILAR DEVIS

KUBOGINING NAVBATDAGI BOSQICHIGA CHIQDI

Tennis bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi “Devis kubogi”ning

Osiyo-Okeaniya mintaqasi birinchi guruhi dastlabki bosqich bahsida

Janubiy Koreya terma jamoasini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘yinlarida dastlabki kungi

bahsdan so‘ng umumiy hisob 1:1 bo‘lib turgan edi. Ikkinchi kuni esa

terma jamoa a’zolari juftlik bahslarida o‘zaro kuch sinashdi. Unda Denis

Istomin va Sanjar Fayziyev Xyong Chung va Yong Kiyu Limga qarshi

kortga chiqdi. Murosasiz kechgan bellashuvda tennischilarimiz besh set

yakuniga ko‘ra g‘alabaga erishdi.

Uchrashuvning so‘nggi bahsi mamlakatimizning birinchi raqamli

tennischisi Denis Istomin va mezbon tennischisi Sun Vu Kvon o‘rtasida

o‘tdi. Bahsning dastlabki daqiqalaridan hujumkor o‘yin namoyish etgan

Janubiy koreyalik tennischi birinchi setda 6:3 hisobida g‘alabaga erishgan

bo‘lsa, joriy mavsumni muvaffaqiyatli o‘tkazayotgan Denis Istomin

keyingi setlarni 7:6, 6:2, 7:6 hisobida o‘z foydasiga hal qildi va terma

jamoamizning 3:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.

"Devis kubogining" Osiyo-Okeaniya mintaqasi birinchi guruhining

ikkinchi bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi 7-9-aprel kunlari safarda

Hindiston terma jamoasi bilan raqobatlashadi.

http://jahonnews.uz/uz/sport/297/30863/

SamQXI Axborot xizmati

Materiallar SamQXI Axborot guruhi tomonidan tayyorlandi.

Unda quyidagi OAV xabarlaridan foydalanildi:

1. «Xalq so’zi» gazetasi 2017 yil 2-8 fevral sonlari.

2. «Ma’rifat» gazetasi 2017 yil 2-8 fevral sonlari.

3. «Turkiston» gazetasi 2017 yil 2-8 fevral sonlari.

4. «Milliy tiklanish» gazetasi 2017 yil 2-8 fevral sonlari.

5. «Mohiyat» gazetasi 2017 yil 2-8 fevral sonlari.

6. O’zbekiston televidiniyesining “Axborot”, “Davr” dasturlari.

43

7. “Zarafshon” gazetasi 2017 yil 2-8 fevral sonlari.

8.www.parlament.gov.uz 13. www.uzreport.com

9. www.gov.uz 14. www.jahonnewc.uz