128
O. HASANBOYEVA, X. JABBOROVA, Z. NODIROVA TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASI Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma To‘ldirilgan qayta nashri O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI Cholpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2016

TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

  • Upload
    others

  • View
    404

  • Download
    7

Embed Size (px)

Citation preview

Page 1: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

O. HASANBOYEVA, X. JABBOROVA,Z. NODIROVA

TABIAT BILANTANISHTIRISHMETODIKASI

Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma

To‘ldirilgan qayta nashri

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUSTA’LIM VAZIRLIGI

O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI

Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyiToshkent — 2016

Page 2: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

2

«Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari, maktabgacha yoshdagi bolalarnitabiat bilan tanishtirishning mazmuni, vazifalari, bolalarnibog‘chada tabiat bilan tanishtirish dasturini amalga oshirish shakl-lari, uslublari haqida bilim beradi.

«Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasipedagogik kollej talabalari va maktabgacha ta’lim muassasalar-ining tarbiyachilari uchun mo‘ljallangan.

Hasanboyeva O.U. va boshq, 2016 Cho‘lpon nomidagi NMIU, 2014 Cho‘lpon nomidagi NMIU, 2016

Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limio‘quv metodik birlashmalar faoliyatini

muvofiqlashtiruvchi Kengash nashrga tavsiya etgan

ISBN 978-9943-05-870-5

Taqrizchilar:

N. Nishonova – pedagogika fanlari nomzodi,D. Karimova – Toshkent pedagogika kolleji o‘qituvchi-metodisti,

M. Tojiyeva – Toshkent pedagogika kolleji oliy toifali o‘qituvchisi.

UO‘K 372.8:502.2(075)KBK 20.1ya722 H 31

Hasanboyeva O.U.Tabiat bilan tanishtirish metodikasi [matn]: kasb-hunar

kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma/O. Hasanboyeva va boshq.;O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi. – To‘ldirilgan qaytanashri. – T.: Cho‘lpon nomidagi NMIU, 2016. – 128 b.I. Jabborova X., II. Nodirova Z.ISBN 978-9943-05-870-5

H 31

UO‘K 372.8:502.2(075)ÊBK 20.1ya722

Page 3: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

3

KIRISH

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ngo‘z milliy qadriyatlarini tiklash yo‘lida jamiyat hayotininghar bir jabhasida sobitqadamlik bilan ish olib bormoqda.

Bolalarni har tomonlama tarbiyalashning asosi ulardailmiy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat. Bu vazifaniamalga oshirishda tabiatshunoslikning roli katta.

Bolalarni tabiat bilan tanishtirishni bog‘cha yoshidanboshlamoq kerak.

Shunga ko‘ra bolalar bog‘chalarida murg‘ak qalblargata’lim-tarbiya berayotgan tarbiyachilarning oldilarida engmuhim vazifalaridan biri ham bolalarning tabiat go‘zallik-larini ko‘ra bilishi, uni sevishi, tabiatda yuz beradigan voqea-hodisalar haqida to‘g‘ri tushunchaga ega bo‘lishi, qolaversatabiat yaratgan boyliklardan oqilona foydalanish ruhidatarbiyalashdan iborat bo‘lmog‘i lozim.

O‘quv qo‘llanmada Respublika Xalq ta’limi vazirligitomonidan joriy etilgan bolalar bog‘chalarini tabiat bilantanishtirish dasturi, O‘zbekistonning o‘ziga xos etnik xusu-siyatlari, geografik iqlimi, tabiiy xususiyatlari o‘rin olganhamda amaliyotda erishilgan yutuqlar asosida ta’lim-tarbiyahaqida nazariy g‘oyalar berilgan.

Qo‘llanma maktabgacha yoshdagi bolalarning har bir yoshbosqichiga xos psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olganholda ilk yoshdagi kichik guruhdan to maktabgacha tay-yorlov guruhi uchun mo‘ljallangan bilim va ko‘nikmalarhajmini o‘z ichiga oladi.

Bo‘lajak bog‘cha tarbiyachilari uchun eng muhimi, ta’-lim-tarbiya tizimini tushunib olish, tabiat bilan tanishtirish-ning shakl, metod va uslublarini, shu bilan birga, bolalarningbilim-faoliyatlariga rahbarlik qilishni o‘rganib olishdir.

Page 4: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

4

I BOB TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASI

FANINING MAQSAD VA VAZIFASI

1. Maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilada bolalarnitabiat bilan tanishtirishning maqsadi

Fanning asosiy maqsadi bolalarni tabiat bilan tanishtirishorqali jonli va jonsiz obyektlar haqida to‘liq ma’lumot berish,maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilada bolalarni tabiatbilan tanishtirish maqsadida o‘tkaziladigan metod va shakl-larni o‘rganish, «Bolajon» tayanch dasturining tayanchyo‘llarini bilib olishga yordam berish.

Fanning vazifasi maktabgacha tarbiya yoshida bolalarnitabiat bilan tanishtirish jarayonida ularga ta’lim-tarbiya be-rish vazifalarini amalga oshirish, bolalarda tabiat hodisa-lari, o‘simlik, hayvon hamda insonga bo‘lgan muhabbathaqidagi tushuncha va tasavvurlarni kengaytirish, oddiyko‘nikmalarini hosil qilish, so‘z boyligini oshirish va yangitushunchalarni hosil qilishdan iborat.

Bolalarni tarbiyalashda tabiatning ahamiyati. Bu bolaningo‘sib tug‘ilgan joyi haqidagi boshlang‘ich bilimlarni bilishi,Yer haqidagi asosiy bilimlarni kengaytirish va Yerga bo‘lganmunosabatning aqliy, axloqiy, estetik, jismoniy tomondanrivojlantirishdan iborat.

Tabiat — bitmas-tuganmas xazinadir. O‘simliklar dun-yosi, hayvonot olami yosh qalbning to‘g‘ri o‘sib shakl-lanishida, tabiatda bo‘ladigan voqea-hodisalarning sir-asrorini o‘rganib voyaga yetishida katta manba bo‘lib xizmatqiladi.

Tabiatdagi narsalar ikki qismdan: jonsiz va jonli tabiatdaniboratdir. Jonsiz tabiatga Yer, Quyosh, yulduzlar, suv, havo,toshlar, tuproq, jonli tabiatga esa o‘simliklar, hayvonlar,mikroorganizmlar, odamlar kiradi. Jonsiz tabiat deyilishigasabab ular oziqlanmaydi, o‘smaydi, ko‘paymaydi, rivoj-lanmaydi. Masalan, toshni olsak, unga suv ham, havo hamkerak emas.

Page 5: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

5

Jonli tabiatga kiruvchilar esa oziqlanadilar, nafas oladilar,o‘sadilar va ko‘payadilar. Jonli tabiat vakillari o‘simlik, havo,suv, yorug‘lik, issiqlik va ozuqa bo‘lmasa yashay olmaydi.

Jonli tabiatdagi barcha mavjudotlardan eng qudratlisiinsondir. Inson fikrlaydi, mehnat qiladi, turli kashfiyotlarixtiro qiladi. Tabiat insonni ma’naviy boyitishning bitmas-tuganmas manbayidir.

Tabiat bilan inson o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlashdaekologik ta’lim-tarbiyaning roli nihoyatda katta. Ta’lim tizi-mining barcha bosqichlarida amalga oshiriladigan uzluksizekologik ta’lim va tarbiya insonning tabiatiga, qolaversa,o‘ziga nisbatan yangi munosabatlarning shakllanishini taqozoetadi. Bu o‘z navbatida barkamol insonning shakllanishidapoydevor bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Tabiatga nisbatanmuhabbat uyg‘otish ona Vatanga, uning tabiat yodgorliklari,tarixiy obidalari, xalqimizning an’analariga hurmat ruhidatarbiyalashga, yuksak ma’naviyatli shaxsning shakllanishigaolib keladi.

Biosfera yerda hayot paydo bo‘lgandan boshlab, uzoqtarixiy davrlar davomida rivojlanib kelmoqda. Yerning tirikorganizmlar va biogen cho‘kindi tog‘ jinslari tarqalganqismini rus olimi akademik V.I. Vernadskiy biosfera (yunon-cha — «bios» — hayot, «sfera» — shar) deb nomlagan. Bios-fera sayyoramizning «hayot qobig‘i» hisoblanib, tirik orga-nizmlarning o‘zaro chambarchas aloqa, munosabatlaridaniborat murakkab ekosistemalar majmuyini tashkil etadi.

V.I. Vernadskiy tushunchasiga ko‘ra, hozirgi vaqtda bios-feraning tarkibiga faqatgina yerning qobig‘ida tarqalgan tirikorganizmlar kirib qolmay, balki qadimgi davrlarda orga-nizmlar ishtirokida hosil bo‘lgan litosfera qismi ham kiradi.Shuning uchun ham biosfera neobiosfera va paleobiosfera kabitarkibiy qismlarga ajratiladi.

Biosfera murakkab harakatdagi tizim ekan, unda modda-lar almashinuvi natijasida energiyaning qabul qilinishi, to‘p-lanishi va o‘tkazilishi kabi jarayonlar boradi. Biosfera funk-sional nuqtayi nazardan bir necha qatlamlardan tashkiltopgan.

Biosfera yer sharidagi eng yirik ekotizim bo‘lib, u quyidarajalardagi kichik tizimlarga bo‘linib ketadi. Bular quruqlik

Page 6: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

6

va suv havzalari, okeanlar, metosferaning yuqori qatlami,atmosferaning quyi qatlamlari, bundan tashqari quruqlikdaevolyutsion-tarixiy tizimlar sifatida biogeografik tabiiy min-taqalar, biomlar, landshaft zonalar, ayrim landshaftlar vahokazolarga ajraladi.

Biosferaga katta doiradagi biotik moddalarning ayla-nishi xarakterlidir. Biosferaning umumiy vazni 3 1024 bo‘l-ganda, tirik modda 1,8–2,5 1018g (quruq vazni)ga tengbo‘ladi.

Biosfera tushunchasi fanga 1875-yilda avstraliyalik zoologE. Zyuss tomonidan kiritilgan. Biosfera haqidagi ta’limotesa akademik V.I. Vernadskiy tomonidan yaratilgan. Sayyo-ramizdagi barcha tirik organizmlar yig‘indisini V.I. Ver-nadskiy «tirik modda» deb atadi. «Tirik modda»ning engmuhim xususiyatlari uning umumiy vazni, kimyoviy tarkibiva energiyasi hisoblanadi. Biosferaning ikkinchi tarkibiyqismi «o‘lik modda» bo‘lib, V.I. Vernadskiyning aytishibo‘yicha tirik organizmlar qatnashadigan biosferadagi mod-dalar yig‘indisidan hosil bo‘ladi. Biosferada «oraliq mod-dalar» ham mavjud bo‘lib, ular o‘lik va tirik moddalarningbirgalikdagi faoliyatidan hosil bo‘ladi.

Ekologiya. Bugungi kunda ekologiya fani tushunchasi harbir kishining ongiga singib bormoqda. Deyarli har kunigazeta sahifalarida, radio va oynayijahon ko‘rsatuvlarida ho-zirgi sharoitdagi ekologik muammolar hamda ularni haletish borasida olib borilayotgan sa’y-harakatlar haqidama’lumotlar beriladi.

Ekologiya tushunchasi yunoncha so‘z bo‘lib, «eko» —uy, makon va «logos» — fan degan ma’nolarni bildiradi.Tabiiy uyimizni o‘rganish deganda, albatta, undagi barchatirik organizmlar va jarayonlarni o‘rganish, ya’ni ushbu uyniyoki maskanni hayot uchun yaroqli holda saqlash kabimasalalar tushunilishi kerak.

Ekologiya fani ham biologiya, geografiya fanlari singarimustaqil fan hisoblanadi.

U tirik organizmlarning yashash sharoiti va ularning o‘ziyashab turgan muhit bilan o‘zaro murakkab munosabatlarihamda shu asosda vujudga keladigan qonuniyatlarni o‘r-ganadi.

Page 7: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

7

Ekologiya tushunchasi fanga birinchi bo‘lib 1866-yildanemis biologi E. Gekkel tomonidan kiritilgan.

Populyatsiyalar, turlar, biotsenozlar, biogeotsenozlar vabiosfera kabi tushunchalar ekologiya fanining manbayi hi-soblanadi. Shuning uchun umumiy ekologiya to‘rt bo‘lim-ga bo‘lib o‘rganiladi: autekologiya, populyatsiyalar ekologiyasi,sinekologiya va biosfera.

1. Autekologiya («autos» — yunoncha so‘z bo‘lib, «o‘zi»degan ma’noni bildiradi) ayrim turlarning ular yashab turganmuhit bilan o‘zaro munosabati, ularning qanday muhitgako‘proq va uzviy moslashganligini o‘rganadi.

2. Populyatsiyalar ekologiyasi («papulason» — fransuzchaso‘z bo‘lib, «aholi» degan ma’noni bildiradi) populyatsiyalartuzilmasi va dinamikasini, ma’lum sharoitda turli organizm-lar sonining o‘zgarish (biomassa dinamikasi) sabablarinitekshiradi.

3. Sinekologiya («sin» — yunoncha so‘z bo‘lib, uning ma’-nosi «birlikda» demakdir) biogeotsenozlarning tuzilishi vaxossalarini, ayrim o‘simlik va hayvon turlarining o‘zaro alo-qasini hamda ularning tashqi muhit bilan munosabatinio‘rganadi.

4. Ekotizimlarni tadqiq qilishning rivojlanishi biosferahaqidagi ta’limotni vujudga keltiradi.

Bugungi kunga kelib ekologiya fani aniq biologik fanlartizimidan chiqib, atrof-muhitga zamonaviy fan va texnikataraqqiyotining ta’siri natijasida o‘ta kengayib ketdi. Fanga«inson ekologiyasi» degan atama ham kirib keldi.

Insonning tashqi muhitga munosabati boshqa tirik orga-nizmlarnikidan tubdan farq qiladi.

1921-yilda amerikalik olimlar Y. Berjes Park tomonidan«Inson ekologiyasi» degan yangi fan kiritildi. Dastlab insonekologiyasiga tabiiy soha bo‘limi sifatida qaralib, keyinchalikuning ijtimoiy, texnik, me’moriy-iqtisodiy va huquqiytomonlari ham o‘rganildi. Inson ekologiyasi insonning atrof-muhitga va aksincha, atrof-muhitning insonga ta’sirini o‘rga-nadi.

Inson ekologiyasini o‘rganish natijasida ijtimoiy ekolo-giya vujudga keladi. Unga birinchi bo‘lib Roderik R.Mak-Innes ta’rif bergan.

Page 8: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

8

Ijtimoiy ekologiya ijtimoiy fanlardan biri hisoblanib,uning maqsadi inson bilan atrof-muhit o‘rtasidagi xususiybog‘lanishlarni o‘rganishdan iborat.

Shunday qilib, ekologiya bugungi kunda tabiiy va ijtimoiyfanlar jumlasiga kirib, o‘rganilayotgan obyekt yoki tizimningatrof-muhit bilan munosabatini keng miqyosda tadqiq etadi.Biosfera va inson ekologiyasi fanining obyekti bo‘lib, birhujayrali sodda tuzilishdagi bakteriyalar, zamburug‘lar,o‘simlik va hayvonlar hamda ularning jamoalari xizmatqiladi.

Ekologiya fani tabiat bilan tirik organizmlarning uzviybog‘lanishini ifoda etar ekan, u shubhasiz tabiatni muhofazaqilishning ilmiy asosini tashkil etadi.

2. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishdaularning dunyoqarashlarini shakllantirish va

bunda tarbiyachi hamda oila tarbiyachisiningvazifalari

Insonning tabiatdagi o‘rni va bolalarning dunyoqarashlarinishakllantirish. Insonning kelib chiqishi moddiy va ma’naviytalablarga binoan jonli va jonsiz tabiat bilan uzviy bog‘liqdir.Insonning biosferada tutgan o‘rni ikki tomonlama bo‘ladi.Ya’ni bu biologik obyekt bo‘lib, muhitning fizik omillarigaqaramdir, chunki bizni o‘rab turgan atrof-muhit borliqdannafas oladi, oziqlanadi va modda almashinishi natijasidatabiatning bizga bo‘lgan foydasini ko‘radi. Insonlarjonzotlardan ajralgan o‘ziga xos xususiyatlari bilan har doimajralib turadilar.

Ular o‘z faoliyatlari bilan tabiatga ta’sir etib, ya’nimadaniy muhit yaratadilar va uni mehnatlari hamda ma’-naviy tajribalari asosida avloddan avlodga o‘tkazib bo-radilar.

Inson o‘simlik va hayvonlarni parvarish qilishi natijasidaularning yangi zod, navlarini yaratadi, ko‘paytiradi.

Maktabgacha yoshdagi bolalar tabiat bilan bog‘chagakelayotganda va bog‘chadan ketayotganda to‘qnash keladilar.Bunda bolalar ko‘chada ko‘rgan, eshitgan narsalari haqidabog‘chaga kelganlarida hammaga aytib beradigan bo‘ladilar.

Page 9: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

9

Bu esa bolalarga ziyraklikka hamda ko‘chada hushyor bo‘libyurish kerakligini o‘rgatadi.

Maktabgacha tarbiya yoshidagi va oiladagi bolalarni ta-biat bilan tanishtirishda tarbiyachining va oila tarbiyachi-sining oldiga juda katta vazifalar qoyiladi. Tarbiyachi vaoila tarbiyachisi bolalarga bilim berishda o‘zining bilim doi-rasini kengaytirishi va har bir sohadan xabardor bo‘lishikerakdir. Tabiatda bo‘layotgan voqea va hodisalarni bolalargatushunarli, aniq, ravon, yoshiga mos holda yetkazish kerakva bu har bir tarbiyachi hamda oila tarbiyachisidan talabetiladi.

Eng asosiysi, tarbiyachi hamda oila tarbiyachisi bola-larga o‘zining yashab turgan joyining shart-sharoitlari,undagi bo‘layotgan o‘zgarishlar, u yerdagi o‘simliklar,hayvonlar va ularni qayerda uchratishmiz mumkinligi haqidabilim hamda tushunchalar berib borishi kerak. Shungaasoslangan holda tarbiyachilar o‘simliklarni o‘stirish, hay-vonlarni parvarishlash hamda ular bilan ehtiyotkorlikmunosabatida bo‘lish malakalarini tarbiyalab boradilar.

Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda tarbiyachi va oilatarbiyachisining vazifalari. Kelajak avlodni barkamol insonqilib tarbiyalash shu kunning dolzarb masalalaridan biribo‘lib qolmoqda. Bu borada bolalarni tabiat bilan tanishtirishmuhim ro‘l o‘ynaydi. Tarbiyachi bolalarni tabiat bilantanishtirishda Davlat tomonidan chiqarilgan «Tayanch das-tur»lariga tayangan holda, bolalarga beriladigan bilimlarningyosh xususiyatlarini hisobga olib rejalashtirishi zarur.Dasturlarda tarbiyachi har bir faslda olib boriladigan tabiathaqidagi bilimlarini to‘g‘ri rejalashtirishi, guruhda tabiatburchagini, yer maydonchalarini tashkil eta olish, undagio‘simliklarni o‘stirish, hayvonlarni boqish, parvarishlayolish mahoratlari talab etiladi.

Tarbiyachi va oila tarbiyachisi o‘simliklarni, hayvonlarnito‘g‘ri parvarishlashi va o‘zi bolalarga buni o‘rgata oli-shi talab etiladi. Tarbiyachi va oila tarbiyachisining talab-chanligi hamda kerakli bilimlarga ega bo‘lishi bolalardaqiziquvchanliklarini hamda mehnat ko‘nikmalarini rivoj-lantiradi. Bolalarning bilimlarini oshirish, qiziquvchan-liklarini o‘stirish natijasida tarbiyachining o‘z sohasiga bo‘l-

Page 10: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

10

gan qiziqishi yanada ortadi va tabiatda bo‘layotgan voqea-hodisalardan yanada ko‘proq bilimga ega bo‘lishga harakatqildiradi.

Tarbiyachi bolalarga asosiy bilimlarni mashg‘ulotlardachuqurroq berishi, ko‘paytirishi, rivojlantirishi kerakbo‘ladi.

Bolalar qiziquvchan bo‘lganliklari sababli mashg‘ulotvaqtida ham turli savollar beraveradilar, mana shu savollargatarbiyachi javob berishi uchun dunyodagi voqea-hodisalardanham õabardor bo‘lib turishi kerak bo‘ladi.

Tarbiyachi va oila tarbiyachisining oldiga qo‘yilgan talab-lar. Tabiat bilan tanishtirish mashg‘ulotlarini o‘tkazishda sayrva ekskursiyalarni tashkil etishda tarbiyachi hamda oilatarbiyachisining oldiga quyidagi talablar qo‘yiladi:

1. Tabiat haqida to‘liq tushunchaga ega bo‘lish.2. O‘simliklar, hayvonlar, hasharotlar, qushlar, baliqlar

haqida umumiy ma’lumotga ega bo‘lish.3. O‘simlik, hayvonlar, hasharotlar, qushlar va baliqlarni

parvarish qilish, oziqlantira olishni bilish.4. Bolalar yoshiga mos jonzotlarni tanlay bilish.5. Jonzotlar bilan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish

va bolalarga to‘g‘ri o‘rgata olish.

3. Sharq mutafakkirlarining tabiatshunoslik fanihaqidagi ta’limotlari

O‘rta Osiyo xalqlari, jumladan o‘zbek xalqi qadimdanekologik madaniyat merosiga ega.

Eng mo‘tabar, qadimgi qo‘lyozmamiz «Avesto» xal-qimizning bebaho mulki sanaladi. Bu nodir kitob bundano‘ttiz asr muqaddam shu zaminda yashagan ajdodlarimizningbiz avlodlarga qoldirgan ma’naviy tarixiy merosidir. «Aves-to», ayni zamonda, bu qadim o‘lkada buyuk davlat, yuksakma’naviyat va madaniyat bo‘lganligidan guvohlik beruvchitarixiy hujjatdir.

«Avesto» tabiat, jamiyat va inson o‘rtasidagi munosabat-larni ma’naviy, ruhiy va axloqiy mezonlar orqali uyg‘un-lashtiruvchi, kishini qurshab olgan olamni o‘rganishga chor-laguvchi falsafadir.

Page 11: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

11

«Avesto»da noyob dorivor giyohlar haqida qimmatlima’lumotlar mavjud. Bundan tashqari, uy-joy, atrof-muhit,tabiatni muhofaza qilish, uni asrash to‘g‘risida tavsiyalarberilgan.

«Avesto»da yer, suv, xona, inson tana a’zolari, kiyim-kechaklarni toza tutish haqida yozilgan. Atrof-muhit, ko‘cha-larni, butazorlar-u o‘tloqlarni, yerni iflos qilgan kishilar jazo-langanlar.

Shuningdek, muhit tozaligini saqlash va kasalliklarningoldini olish maqsadida iflos joylarni tosh, tuproq, qum bilanko‘mib tashlash buyurilgan.

Asarda kasallik tarqatuvchi hasharotlarni yo‘qotish, shu-ningdek, uy hayvonlarini to‘g‘ri parvarish qilish yo‘llari hamko‘rsatilgan.

O‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda yashab ijod etgan olimlardanMuhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, AbuRayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino va boshqalar tabiatshu-noslik fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlar. Ularhali ekologiya fani dunyoga kelmagan davrda tabiat vaundagi muvozanat, o‘simlik va hayvonot dunyosi, tabiatnie’zozlash haqida qimmatli fikrlar aytganlar.

Buyuk alloma Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy(783–850) risolalaridan birida bunday deb yozadi:

«Bilingki, daryoning ko‘zlari yoshlansa, uning boshigag‘am, kulfat tushgan bo‘ladi. Odamlar, daryodan mehrin-gizni darig‘ tutmanglar!» Daryoning «yoshli ko‘zlari»deganda Muhammad Muso al-Xorazmiy nimalarni ko‘zdatutgan ekan? Ehtimol, u daryo suvining ortiqcha isrofbo‘lishini nazarda tutgandir? Vaholanki, buyuk bobomiz,eng avvalo, daryo bilan odamlarning «bir-birlarinitushunishlari», o‘zaro mehr-muhabbat qo‘yishlarini nazardatutgan.

847-yilda Muhammad al-Xorazmiy «Kitob surat ul-arz»nomli asarini yozdi. Unda dunyo okeanlari, quruqlikdagiqit’alar, qutblar, ekvatorlar, cho‘llar, tog‘lar, daryo va dengiz-lar, ko‘llar va o‘rmonlar, ulardagi o‘simlik, hayvonot dunyosi,shuningdek, Yerning asosiy boyliklari hamda boshqa tabiiyresurslar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Ushbu risolada ma-tematika, geologiya, astronomiya, etnografiya, tibbiyot,

Page 12: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

12

shuningdek dunyo xalqlarining tabiiy ko‘nikmalari va tarixiy-huquqiy bilimlari umumlashtirilgan.

Abu Nasr Forobiy. O‘rta Osiyo xalqlari ijtimoiy-falsafiyfikrlarining eng yirik va mashhur vakillaridan biri Abu NasrForobiyning (873–950) ilmiy-falsafiy merosi nihoyatda boy.Uning asarlari hozirgacha to‘liq aniqlanmagan. Nemis olimiM.K. Brokkelmanning ro‘yxatida Forobiyning turli sohalargaoid 180 ta asarining nomi keltirilgan.

Forobiy tabiatshunoslikning turli tarmoqlari bilanshug‘ullangan bo‘lib, uning «Kitob al-hajm va al-miqdor»,«Kitob al-mabodi al-insonia» («Insoniyatning boshlanishihaqida kitob»). «Kitob al-a’zo al-hayvon» («Hayvona’zolari to‘g‘risida kitob») nomli asarlari bunga dalil bo‘laoladi.

Tabiatshunoslikka oid «Odam a’zolarining tuzilishi»,«Hayvon a’zolari va ularning vazifalari haqida» kabiasarlarida odam va hayvonlardagi ayrim a’zolarning tuzi-lishi, xususiyatlari va vazifalari haqida ham to‘xtab o‘til-gan.

Odam a’zolarining tuzilishi va vazifalari haqida so‘zyuritilganda o‘zgarishlar, ya’ni kasalliklar, birinchi navbatda,ovqatlanish tartibining buzilishi oqibatida kelib chiqadi, debtushuntiriladi.

Forobiy tabiiy va inson qo‘li bilan yaratiladigan sun’iynarsalarni ajratgan. Shuningdek, u tabiiy narsalar tabiattomonidan yaratilganligini va bunda inson omiliningta’siri katta ekanligini, tabiiy va sun’iy tanlash hamdatabiatga ko‘rsatiladigan boshqa ta’sirlarni atroflicha ba-holagan.

Abu Rayhon Beruniy (973–1048) koinotdagi hodisalarnitaraqqiyot qonunlari, narsa va hodisalarning o‘zaro ta’siribilan tushuntirishga urinadi. Olim yerdagi ba’zi hodisalarniquyoshning ta’siri orqali izohlaydi. Beruniyning fikricha,yerdagi o‘simlik va hayvonot olamining yashashi uchun zarurimkoniyatlar cheklangan.

Lekin o‘simlik va hayvonlar doimo ko‘payishga intiladiva shu maqsadda kurashadi. Beruniyning tabiatshunos sifatidaquyidagicha fikrlari hanuzgacha o‘z dolzarbligini yo‘qot-magan:

Page 13: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

13

«Ekin va nasl qoldirish bilan dunyo to‘lib boraveradi.Garchi dunyo cheklangan bo‘lsa-da, kunlar o‘tishi bilan buikki o‘sish natijasida ko‘payish cheklanmaydi. Agar o‘sim-liklardan yoki jonivorlardan biror xilining o‘sishiga sharoitbo‘lmay, o‘sishdan to‘xtasa ham, boshqalarida bu ahvolbo‘lmaydi.

Ular birdaniga paydo bo‘lib, birdaniga yo‘qolib ketmaydi.Bordi-yu yer yuzini bir xil daraxt yoki bir xil hayvon butunlayqoplab olsa, bu holda hayvonning ko‘payishiga ham,daraxtning o‘sishiga ham o‘rin qolmaydi. Shu sababdandehqonlar ekinlarni o‘toq qilib, keraksizini yulib tash-laydilar».

Beruniy asarlarida o‘simlik va hayvonlarning biologik xu-susiyatlari, ularning tarqalishi va xo‘jalikdagi ahamiyatihaqida ma’lumotlar topish mumkin.

Beruniy «Saydana» degan asarida 1116 xil dori-dar-monlarni tavsiflagan. Ularning 750 tasi turli o‘simliklardan,101 tasi hayvonlardan, 107 tasi esa minerallardan olinadi.Beruniyning «Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar» va«Hindiston» asarlarida o‘simlik va hayvonlarning tuzilishihamda ularning tashqi muhit bilan o‘zaro aloqasi haqidaham qiziqarli ma’lumotlar keltirilgan. Beruniy o‘zining ta-biiy-ilmiy kuzatishlari, tajribalari asosida tabiatdagi hodisalarma’lum tabiiy qonuniyatlar asosida boshqariladi, ularnitashqaridan ta’sir etuvchi har qanday kuch o‘zgartirishqobiliyatiga ega emas, degan xulosaga keladi.

Abu Ali ibn Sino (980–1037) yirik qomusiy olim sifatidatanilgan. Uning 450 ta asari mavjud bo‘lib, bizgacha240 tasi yetib kelgan. Ibn Sino asarlari orasida «Tib qo-nunlari» shox asari tibbiyot ilmining qomusi bo‘lib, o‘rtaasr tibbiyot ilmi tarqalishining oliy cho‘qqisi bo‘lib hisob-lanadi.

Ibn Sinoning falsafiy va tibbiy ilmiy qarashlari uningjahonga mashhur «Kitob-ash-shifo», ya’ni «Davolash ki-tobi» asarida bayon etilgan. Bu asarda materiya, fazo,vaqt, shakl, harakat, borliq kabi falsafiy tushunchalar,shuningdek, matematika, kimyo, botanika, ekologiya,geologiya, astronomiya, psixologiya kabi fanlar haqidafikrlar bayon etilgan.

Page 14: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

14

Ibn Sinoning tog‘larning vujudga kelishi, yer yuziningdavrlar o‘tishi bilan o‘zgarib borishi, zilzilaning bo‘lishi kabiturli tabiiy jarayonlar haqidagi fikrlari geologiya ilminingrivojlanishiga katta hissa qo‘shdi.

Zahiriddin Muhammad Bobur (1483–1530). Bobur nafaqatshoir, balki podsho, ovchi, tarixchi, bog‘bon va tabiatshunosbo‘lgan. «Boburnoma» asarida Bobur o‘zi ko‘rgan-kechir-ganlari, yurgan joylari tabiati, boyligi, urf-odati, hayvonoti,o‘simliklarini tasvirlagan. Asarda yer, suv, havoga tegishlixalq so‘zlari ko‘plab uchraydi.

Bobur o‘z asarida joyning geografik o‘rni, qaysi iqlimgamansubligi, o‘simliklari, hayvonlari haqida bayon etgan vaO‘rta Osiyoda qadim vaqtlardan buyon qovun, bug‘doy,o‘rik, nok va mevalarning bir necha navlari borligi haqidata’kidlagan.

Asarda Bobur borgan joylarining tabiati va o‘ziga xosxususiyatlarini Andijon bilan taqqoslagan hamda O‘rtaOsiyo, Afg‘oniston, Xuroson va Hindistondagi hayvonotdunyosi haqida batafsil bayon etib bergan.

4. Tabiat bilan tanishtirishning pedagogasoschilari

Chexiyalik mashhur pedagog Y.A. Komenskiy bashariyattarixidan demokratik pedagogikaning asoschisi sifatida o‘rinolgan.

U o‘zining ongli hayotini va amaliy pedagogik faoliya-tini, yaratgan ilmiy asarlarini bolalarni o‘qitish va tarbiya-lashdek oliyjanob ishga bag‘ishlagan.

Uning fikricha, inson tabiatning eng go‘zal mavjudoti-dir. Inson tabiatga ergashib, hamma narsani bilib olishimumkin. O‘zining «Buyuk didaktika», «Tillar hamma fanlar-ning ochiq eshigi», «Fizika», «Falakiyot», «Onalar maktabi»,«Tinchlik farishtasi» kabi asarlarida o‘zining muhim peda-gogik g‘oyalarini ifodalagan.

Y.A. Komenskiy maktablarning 4 turini yilning 4 fasligao‘xshatgan:

«Onalar maktabi» xushbo‘y o‘simliklar, g‘uncha vagullarga burkangan ajoyib bahorni eslatadi.

Page 15: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

15

«Ona tili» maktabi yozga va ayrim erta pishgan mevalargao‘xshaydi.

«Gimnaziya»da dalalar, bog‘ va terakzorlardagi mo‘l ho-silni yig‘ib, uni «aql xazinasi»ga joylayotgan kuz faslinieslatadi.

Va nihoyat, «Akademiya» yig‘ilgan hosilni umr bo‘yisarflashni mo‘ljallab taqsimlayotgan kishiga o‘xshatiladi.

Y.A. Komenskiy «Onalar maktabi»da 18 ta fandan ma’-lumot olishni tavsiya etgan. Uning fikricha, olti yasharbola:

— suv, yer, havo, olov, yomg‘ir, qor, muz, tosh, temir,daraxt, o‘t, qush, baliq kabilarni;

— yorug‘lik va qorong‘ulikning farqini, osmon, quyosh,oy, yulduzlar haqidagi bilimlarni, ularning har kuni chiqishiva botishi haqidagi tasavvurlarni;

— o‘zi yashayotgan joyning xususiyatiga muvofiq tog‘,vodiy, dala, daryo, qishloq, shahar nima ekanligini bilishikerak.

Y.A. Komenskiy hamma narsani tabiatga bog‘lab tu-shuntirgan. U o‘quvchilar diqqatini jalb etish uchun kitob-larning nomini qiziqarli nomlab, mazmunini to‘liq ifodalabbergan. Uning aytishicha, bu sohada mavjud narsalardaneng chiroylisi bog‘ning turli manzaralaridan namunaolishdir.

Masalan, nega endi 1-sinf uchun bitilgan kitobni «Gu-nafsha jo‘yagi», 2-sinf kitobini — «Atirgul tupi», 3-sinfkitobini — «Istirohat bog‘i» va hokazo deb nomlash mumkinemas?

Y.A. Komenskiy bolalarni tarbiyalashda tabiatning aha-miyatini o‘zining boshqa asarlarida ham ochib bergan.

I.G. Pestalossi 1746-yilda shveytsariyalik shifokor oilasidatug‘ilgan. U o‘z zamonasining mashhur pedagogi bo‘lgan.Uning fikrlari haligacha pedagogika sohasida qo‘llanib keli-nadi. U «Gertruda o‘z bolalarini qanday qilib o‘qitadi»,«Kuzatish alifbosi», «Son to‘g‘risida ko‘rsatmali ta’lim», «Oq-qush qo‘shig‘i» kabi asarlarni yaratdi. I.G. Pestalossiningfikricha, bolaga berilayotgan tarbiya tabiat bilan uyg‘unbo‘lishi kerak. U Y.A. Komenskiy, Jan Jak Russolarningushbu g‘oyasiga amal qildi:

Page 16: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

16

«Insoniy kuchlarning o‘sishi uchun tabiat qilayotganharakatga yordam berilmasa, bu harakatlar odamlarni hay-voniy-hissiy xususiyatlardan sekinlik bilan qutqaradi. To‘g‘ritarbiya esa ularni, ya’ni barcha insoniy kuchlarni o‘stirish-ga yordam beradi».

I.G. Pestalossi dunyo pedagogika fanining taraqqiyotigakatta hissa qo‘shib, o‘z asarlari bilan o‘ziga haykal yaratganolimdir.

Rus milliy pedagogikasining asoschisi K.D. Ushinskiy1824-yili Rossiyaning Tula shahrida tug‘ilgan. U «Bolalardunyosi», «Ona tili», «Muallimlar uchun qo‘llanma» asar-larini yozgan.

K.D.Ushinskiy boshlang‘ich maktabdagi ta’lim maz-munini asoslab berish bilan birga undagi qonun-qoida,tartib, metod va vositalarini ham ishlab chiqib, didaktikafaniga katta hissa qo‘shdi.

Bu esa ajoyib yangilik sifatida muhim ahamiyat kasbetdi. U, eng avvalo, o‘qitishni bolalar mehnati bilanbog‘lashni tavsiya qildi.

K.D. Ushinskiy chet el maktablarida olib borilayotganta’lim-tarbiyani o‘rganib, o‘zining «Pedagogik adabiyotningfoydasi», «Boshlang‘ich ta’lim metodikasi» hamda «Onaso‘zi» asarlarini yozdi.

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tabiat bilan ta-nishtirish masalalari bilan juda ko‘p pedagog-olimlar shu-g‘ullanganlar.

S.A. Veretenikova «Bolalarni tabiat bilan tanishtirish me-todikasi» kitobida, har bir yosh guruhidagi bolalarni yilfasllariga qarab tabiat bilan tanishtirish metodini asoslabbergan.

P.G. Samorukova tahriri ostidagi «Maktabgacha tarbiyayoshidagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish» o‘quv qo‘l-lanmasida tabiat bilan tanishtirish metodlari, vositalariva usullari, ish shakllari, bolalar bog‘chasi hovlisidagitabiat burchagini tashkil etish masalalari keng yoritilibberilgan.

M.M. Markovskaya «Bolalar bog‘chasida tabiat bur-chagi» kitobida, tabiat burchagini tashkil etishning shart-sharoitlari, undagi xona o‘simliklari, hayvonlar, tabiat

Page 17: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

17

burchagidagi mavsumiy ishlar, bolalarni tabiat bur-chagidagi hayvonlar bilan tanishtirish yo‘llarini ko‘rsatibbergan.

A.G. Grigoryans, U.B. G‘ofurovalarning «Bolalar bog‘-chasida ekologik tarbiya» nomli qo‘llanmalarida ekologiktarbiya berish metodlari, yo‘llarini misollar orqali yoritib,bolalarda oddiy izlanuvchanlik faoliyatini tarbiyalashningyo‘llari haqida qimmatli maslahatlar berganlar.

5. MTMda va oilada bolalarni tabiat bilantanishtirishda «Bolajon» tayanch dasturining mohiyati

va vazifalari

Ushbu dastur bolalarga ta’lim-tarbiya berish vazifalariniuning mazmunini shakllantirish uslublarini va pedagogikafani taraqqiyoti ustuvor yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi.

Dastur maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasidaquyidagi talablarga asoslanib tuzilgan bo‘lib, unda bolaningrivojlanishi, ruhiyati, ta’lim-tarbiyasidagi davrlarga monando‘zgarishlar, muommolar haqida hikoya qiladi.

Ushbu dastur nafaqat tarbiyachi uchun, balki oila vaota-onalar uchun ham eng yaqin maslahatchi bo‘lib hisob-lanadi.

Dastur mazmun-mohiyati bilan bolalarning psixologikkamol topish tamoyillaridan kelib chiqib, ularning atrof-olamdagi voqea-hodisalar, narsalarga munosabati hamdaturli sohalar bilan aloqa qilishlarini nazarda tutadi.

Dasturning mazmuni quyidagi tamoyillarga tayanadi:• maktabgacha ta’limning davlat va jamiyat talablariga

mosligi;• bolalar shaxsiga yo‘naltirilganligi;• bolalarni sog‘lomlashtirishga qaratilganligi;• maktabgacha ta’limda o‘yin faoliyatining yetakchiligi;• maktabgacha ta’limning insonparvarligi;• maktabgacha ta’lim ijtimoiy ta’lim bilan mosligi;• maktabgacha ta’limning oila va boshlang‘ich ta’lim

bilan uzviyligi.Ushbu me’yoriy hujjatlar «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun,

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» hamda «Sog‘lom avlod

2 – Hasanboyeva O.U., va boshq.

Page 18: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

18

uchun» dasturlarini amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan.Hujjatlar maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga jismoniy,ijtimoiy, hissiy, nutq, o‘qish va savodga tayyorgarligi hamdabilish jarayoni, atrof-olam to‘g‘risidagi bilimlarga egabo‘lishlariga, ularni anglab, maktabga tayyorlanishlari uchunasosiy qo‘llanma hisoblanadi.

Hozirgi vaqtda bizni o‘rab turgan tabiat insonning ungabo‘lgan turli-tuman munosabatlaridan kelib chiqadi. Ko‘pyillik tajribalar shuni ko‘rsatadiki, tabiat haqidagi bilim-larning o‘zlashtirilmaganligi, insonning tabiatga e’tiborsizligioqibatida davlatimiz moddiy zarar ko‘rgan. Bolalarni tabiatbilan tanishtirishda dasturning eng asosiy vazifalaridan biriularni tabiatni sevish, e’zozlash va avaylab asrashga o‘rga-tishdan iborat.

Dastur vazifalariga jismoniy, aqliy hamda ijtimoiy, hissiyjihatdan kamol toptirish va ularning sog‘lig‘ini muhofazaqilish, bolalarning erkin fikrlash ijodiy qobiliyatlarini ri-vojlantirish, ahloqiy va ma’naviy jihatdan barkamol, shu-ningdek, kelajakda mustaqil va ongli komil insonlar etibvoyaga yetkazish uchun shart-sharoitlarni yaratishdan ibo-ratdir.

Shundan kelib chiqqan holda bolalarda atrof-muhitnimuhofaza qilish va muomala madaniyatini shakllantirishtushunchalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

• tabiatni muhofaza qilish, amaliyotga tatbiq qilishnio‘rganish;

• tabiatga shikast yetkazmaslik;• atrof-muhitni muhofaza qilishda tashabbuskorlikni

o‘rganish.«Bolajon» tayanch dasturining maqsadi. «Maktabgacha

bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari»ning ba-jarilishiga erishishdan, ya’ni maktabga jismonan sog‘lom,aqlan va ma’nan yetuk, jamiyatning turli a’zolari bilanmuloqotda bo‘la oladigan, borliqni aniq idrok etadigan,hayotga ijtimoiy jihatdan moslashuvchi, umummilliy qad-riyatlarimizni qadrlaydigan, shuningdek, mustaqil va ongliyashaydigan bolani tarbiyalashdan iboratdir.

MTMda dasturni amalga oshirishda har bir bolada quyi-dagi sifatlarni rivojlantirishni maqsad qilib qo‘yish lozim:

Page 19: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

19

– ijodkorlik, tasavvur, zukkolik;– mustaqil fikrlash layoqatiga ega bo‘lish;– muommolarni aniqlash va ularni hal etish yo‘llarini

topish;– jamiyat, mamlakatlar, atrof-muhit muommolariga be-

farq qaramaslik.Dasturga qarab mavzular asosida mashg‘ulotlarni reja-

lashtirishda tarbiyachi har bir yosh guruh bolalarining yoshinihisobga olishi kerak.

Bunda beriladigan mashg‘ulotlar oddiydan murakkabgaqarab yo‘naltirilgan bo‘lishi shart.

Ilk yosh «Atrof-olamni o‘rganish va anglash» bo‘limidabolalarni kattalar bilan salomlashish, kattalarning salomigajavob berish, minnatdorchilik bildirish, rasmlarni tomoshaqilish, obrazga qarab harakatni ifoda eta olish, (ayiqcha,quyoncha) yaqin o‘yinchog‘i nomini aytish va ko‘rsatish,o‘zining tashqi ko‘rinishi, kiyimi hamda chiroyli o‘yin-chog‘idan mamnun bo‘lishni o‘rganish ko‘rsatilgan.

Ilk yoshda «Atrof-olam to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lishva uni anglash» bo‘limida bolalarga beriladigan bilimlarmurakkablashib borib, «Ona Vatan va atrof-olam», «Kattalarmehnati», «Buyumlar», «Ustki kiyimlar», «Bola o‘z tanasiqismlarini o‘rganishi», «Bolalarni tabiat bilan tanishtirish»laryoritilgan.

Kichik guruh «Atrof-olam to‘g‘risidagi bilimlarga egabo‘lish va uni anglash» bo‘limida «Ona Vatan va atrof-olam»,«Buyuk siymolar va bayramlar», «Kattalar mehnati»,«Buyumlar», «Ustki kiyimlar», «Bola o‘z tanasining qism-larini o‘rganishi», «Jonli va jonsiz tabiat to‘g‘risida tasavvurgaega bo‘lish» hamda o‘tilganlarning o‘quv yilining oxiridaumumlashtirilib mustahkamlanishi ko‘rsatilgan.

O‘rta guruh «Atrof-olam to‘g‘risidagi bilimlarga egabo‘lish va uni anglash» bo‘limida «Ona Vatan va atrof-olam»,«Buyuk siymolar va bayramlar», «Kattalar mehnati», «Tran-sport vositalari», «Buyumlar haqida», «Ustki kiyimlar», «Bolao‘z tanasining qismlarini o‘rganishi», «Jonli va jonsiz tabiatto‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish» hamda o‘quv yiliningoxirida o‘tilganlarning umumlashtirilib mustahkamlanishiko‘rsatilgan.

Page 20: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

20

Katta guruh «Atrof-olam to‘g‘risidagi bilimlarga egabo‘lish va uni anglash» bo‘limida «Ona Vatan va atrof-olam»,«Buyuk siymolar», «An’anaviy bayramlar», «Mashhur sarkar-dalar», «Xalq amaliy san’ati», «Kattalar mehnati», «Transportva aloqa vositalari», «Buyumlar», «Ustki kiyimlar», «Bolao‘z tanasining qismlarini o‘rganishi», «Jonli va jonsiz tabiatto‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish» hamda o‘quv yiliningoxirida o‘tilganlarning umumlashtirilib mustahkamlanishiko‘rsatilgan.

Tayyorlov guruh «Atrof-olam to‘g‘risidagi bilimlarga egabo‘lish va uni anglash» bo‘limida «Ona Vatan va atrof-olam»,«Buyuk siymolar», «An’anaviy bayramlar», «Mashhur sar-kardalar», «Xalq amaliy san’ati», «Kattalar mehnati», «Tran-sport va aloqa vositalari», «Buyumlar haqida», «Ustkikiyimlar», «Bola o‘z tanasining qismlarini o‘rganishi», «Jonliva jonsiz tabiat to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish» hamdao‘quv yilining oxirida o‘tilganlarning umumlashtirilib mus-tahkamlanishi ko‘rsatilgan.

klIhsoyhurug

nalibtaibaT nalibtaibaT nalibtaibaT nalibtaibaT nalibtaibaThsirithsinat

adatfaH adatfaH adatfaH adatfaH adatfaHadyo1 adyo1 adyo1 adyo1 adyo1 mirayl mirayl mirayl mirayl mirayl

killiymirayll mirayll mirayll mirayll mirayllkilliy

imaJ imaJ imaJ imaJ imaJ

5,0 2 8 01 81

malo-fortAnalib

hsirithsinat5,0 2 8 01 81

kihciKhurug

nalibtaibaThsirithsinat

5,0 2 8 01 81

malo-fortAnalib

hsirithsinat1 4 61 02 63

atr‘Ohurug

nalibtaibaThsirithsinat

5,0 2 8 01 81

Guruhlar bo‘yicha «Atrof-olam va tabiat bilantanishtirish» mashg‘ulotlari jadvali

atr‘Ohurug

malo-fortAnalib

hsirithsinat1 4 61 02 63

Page 21: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

21

6. Tabiat bilan tanishtirishda tarbiyachining o‘rni

Kelajak avlodni barkamol kishilar qilib tarbiyalash shukunning dolzarb masalalaridan biridir. Bu borada bolalarnitabiat bilan tanishtirish muhim rol o‘ynaydi. Shunga ko‘ramaktabgacha ta’lim muassasalarida ishlayotgan tarbiyachilaroldida bolalarda tabiat go‘zalliklarini ko‘ra bilish, uni sevish,tabiatda yuz berayotgan voqea, hodisalar haqida to‘g‘ri tu-shunchalar hosil qilish, ularga ekologik ta’lim-tarbiya berish-dek muhim vazifa turadi. Tarbiyachi, eng avvalo, o‘zitabiatni sevuvchi, jonli va jonsiz tabiat haqida aniq bilimlargaega bo‘lmog‘i lozim.

Tarbiyachi bolalarni tabiat bilan tanishtirish uchun «Bo-lajon» tayanch dasturida berilgan tabiatga oid bilimlar bilantanishib chiqqan va har bir yosh guruh uchun berilishi lozimbo‘lgan bilim, ko‘nikma, malakalar haqida to‘liq ma’lumotgaega bo‘lishi zarur.

Tarbiyachi har bir faslda olib boradigan tabiat haqidagibilimlarini to‘g‘ri rejalashtirishi, yer maydonchasidagi o‘sim-liklar, tirik burchakdagi xona o‘simliklari, akvariumda,terrariumda yashovchilarni parvarish qilish ko‘nikmalarini,qafasdagi qushlar va mayda sutemizuvchilar bilan tanish-tirishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishi zarur. Tarbiyachi bolalarniyuqoridagilar bilan tanishtirar ekan, ularning dunyoqarashinishakllantirib, jonli va jonsiz tabiatning xususiyatlarinio‘rganib, ular haqida dastlabki tushunchalar beradi.

attaKhurug

nalibtaibaThsirithsinat

5,0 2 8 01 81

malo-fortAnalib

hsirithsinat2 8 23 04 27

-yaTvîlroyihurug

nalibtaibaThsirithsinat

5,0 2 8 01 81

malo-fortAnalib

hsirithsinat2 8 23 04 27

imaJ 423

Page 22: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

22

7. Bolalar bog‘chasida va oilada yer maydonchasiningta’lim-tarbiyaviy ahamiyati

Bolalar bog‘chasidagi yer maydonchasi – bu bolalaruchun o‘yin, sayr, mashg‘ulot o‘tkazish mumkin bo‘lganjoy bo‘lib hisoblanadi. Kuzda, qishda va bahorda bolalarko‘p vaqtlarini yer maydonchasida o‘tkazadigan, yozda kunmobaynida vaqtlarini o‘sha yerda o‘kazishlari mumkinbo‘ladi.

Yer maydonchasida bolalarning sezgi organlari rivojlanibboradi, bolalar o‘z ko‘zlari bilan tabiatdagi o‘zgarishlarniko‘rib, kuzatib, tahlil qilib boradilar.

Yer maydonchasida ishlash orqali gulzorda, bog‘da, po-lizda bolalar jamoa bo‘lib ishlashga hamda ba’zi mehnatqilish qobiliyatlarini o‘stirib boradilar. O‘z mehnatlari orqalimehnatga bo‘lgan mehr-muhabbatlari ortib boradi va berilganvazifani bajarish majburiyatini his qilishga o‘rganadilar. Yermaydonchasida bolalar yil fasllaridagi o‘zgarishlarni o‘zko‘zlari bilan ko‘rib, o‘rganib, kuzatib boradilar hamda uzoqva qisqa muddatli kuzatishlar tashkil etadilar. Natijadao‘simlik va hayvonlardagi o‘zgarishlarni ko‘radilar. Ularningdunyoqarashi kengayadi, dunyoviy bilimlari oshib boradi,tabiatni asrashga va undan oqilona foydalanishga o‘rgatibboriladi.

Yer maydonchasi – bu o‘yinlar, sayrlar, mashg‘ulotlaro‘tkaziladigan va mehnat tashkil etiladigan joy bo‘lib hisob-lanadi. O‘yinlar orqali bolalarni tabiat haqidagi bilimlarimustahkamlanadi.

Yer maydonchasiga manzarali o‘simliklarni tanlashdaMTM joylashgan yerining geografik sharoiti va o‘simliklar-ning biologik xususiyatlari hisobga olinishi kerak.

Sayr vaqtida tabiat hodisalaridagi mavsumiy o‘zgarish-larni kuzatadilar. Bu kuzatishlar uzoq va qisqa muddatlibo‘lishi mumkin. Kuzatishlar natijasida bolalar uzoq va qisqamuddatli kuzatishlarni bir-biridan farqlaydigan, solishtira-digan bo‘ladilar.

Mashg‘ulotlar orqali bolalarda fikrlash, o‘ylash hamdao‘simlik va hayvonlar haqidagi tushunchalar ortib boradi.Kuzatishlar davomida bolalar ongida shunday tushuncha

Page 23: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

23

hosil qilish kerakki, qancha mehnat sarf qilinsa, shunchako‘p hosil olish mumkin. Yer maydonchasini shunday tashkilqilish kerakki, bolalarning kuzatishlari va parvarish qilishlarioson bo‘lsin. Shuning uchun turli yosh guruh bolalarimaydonchalari oldida gulzorlar, mevali va manzarali da-raxtlar, sabzavot ekinlari ekilishi kerak, o‘tzor bo‘lsa yanaham yaxshi bo‘ladi.

Yer maydonchasini to‘g‘ri tashkil etish tarbiyachidanyuksak mahorat talab qiladi. Har bir guruh bolalari bir-biridan jonli devor bilan ajratib qo‘yiladi. Bu yer may-donchasini bezaydi, shamoldan, changdan va tashqaridankeladigan shovqindan bolalarni asraydi. Bularga shox devor-lar (izgored) yaxshi natija beradi. Daraxt va izgoredlarnio‘stirib yetishtirish uchun bir necha yil kerak bo‘ladi. Bubolalarni uzoq muddatli kuzatishga o‘rgatib boradi.

Yer maydonchasini chiroyli qilib bezatish uchun o‘sim-liklarni to‘g‘ri tanlash, manzarali o‘simliklardan o‘tqazishva undan estetik zavq olishni o‘rgatish kerak bo‘ladi. Mevalidaraxtlardan zarar keltirmaydiganlari o‘stirib yetishtiriladi.Bularga olma, nok, olcha, olxo‘ri daraxtlari misol bo‘ladi.Yer maydonchasining atrofi past, chiroyli o‘simliklar bilano‘raladi. Bularga navro‘zgul, kapalakgul, yer tuti, past bo‘yliastra kiradi. Ular yer maydonchasini bezatib turadi vashamoldan, changdan, shovqindan asraydi.

Yer maydonchasida daraxt va butalarni o‘stirish uchunbir necha yil kerak bo‘ladi. Ular bolalarga estetik zavq, soya-salqin berib turadi.

Ayrim hollarda daraxtlar binoga keragidan ortiq soyasolib, zax qilsa yoki kasallikka chalinsagina olib tashlanadi.

Ekinzorlarga shunday joy tanlash kerakki, u shimol to-mondan o‘ralgan bo‘lishi kerak bo‘ladi. Yer maydonchasiyo‘lkasining kengligi 1–2 metr bo‘lishi kerak, bu o‘sim-liklarni bosib ketishdan saqlaydi. Gullar uchun ariq-chalarning orasi 50–60 sm bo‘lishi kerak. Yer maydon-chasida mehnat qilish uchun lopatkachalar temiriningqalinligi 1–2 mm, chelakcha yoki chilopchinlar, cho‘n-qirroq va ichki, ustki tomonlari kraska bilan bo‘yalgan,axlatlarni tashishga esa kichkinagina doskacha yoki chelak-cha bo‘lishi kerak.

Page 24: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

24

Barcha ishlar qilib bo‘linganidan so‘ng mehnat qurollariniyaxshilab yuvib, quritib, joyiga osib qo‘yish zarur.

MTM va oilada bolalarning boshlang‘ich mehnat ma-lakalarini hosil qilish tarbiyachi va ota-onalar zimmasigayuklatiladi. Bunday malakalarni yer maydonchasidagi vatabiat burchagidagi mehnat vaqtida amalga oshirish mumkin.Yer maydonchasida tashkil etilgan mehnat katta ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga egadir.

Bolalarning yoshiga mos tashkil etilgan jismoniy mehnatbolalar organizmining umumiy rivojlanishiga foydali ta’sirqiladi. Yer maydonchasida o‘simliklarni o‘stirish uchunyerni tayyorlash bog‘cha xizmatchilariga va ota-onalar zim-masiga yuklatiladi, ular sabzavot ekinlari va gulzor qilishuchun yerni chopib egat olib beradilar. Bolalar esa may-donchani tozalashda va o‘simliklarni ekib o‘stirish ishlaridaishtirok etadilar.

Maydonchani tozalash vaqtida kichik guruh bolalarimayda toshlarni, to‘kilgan barglarni terib, chelakka tash-laydilar, tarbiyachi yordamida piyoz o‘tkazadilar, yirikurug‘larni ekadilar, suv quyadilar hamda hosilni yig‘ibolishda ishtirok etadilar.

O‘rta, katta, tayyorlov guruhlarda bolalar ancha faolqatnashishlari mumkin. Ular xaskashlar bilan axlatlarnihamda to‘kilgan barglarni sidiradilar va chelaklarga solishdatarbiyachiga yordam beradilar.

Bolalar tarbiyachi yordamida no‘xat, loviya, lavlagi,bodring va boshqa o‘simliklarning yirik urug‘larini ekadilar.Gulpushta va egatlarni sug‘oradilar, yerni yumshatadilar,pishib yetilgan sabzavotlarni yig‘ishtirishda ishtirok etadilar.

«Bolajon» tayanch dasturi asosida har bir yosh guruhdabolalarni o‘simliklar dunyosi bilan tanishtiriladi.

Kichik guruhda sabzavot (sabzi, piyoz, karam, pomidor,bodring) va mevalar (olma, uzum, o‘rik, olcha va gilos)nomi, ta’mi, rangi va shaklini bilishga, ularni o‘zaro farq-lashga o‘rgatiladi.

O‘rta guruhda sabzavotlar (baqlajon, karam, sholg‘om,turp, piyoz) va mevalar (anor, anjir, behi, uzum, o‘rik) bilantanishtirish davom ettiriladi. Bolalarni sabzavot va meva-larning nomlari, rangi, shakli, ta’mi, ovqatga ishlatilishining

Page 25: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

25

(xomligicha, pishirilgan, tuzlangan va quritilgan holda)xarakterli belgilari, sabzavotlar, polizda va daraxtda o‘sadiganmevalar bilan tanishtiriladi. Bolalarga sabzavotlar har yiliekilishini, mevalar esa ko‘p yillik o‘simlik hisoblanishi haqidaqisqacha tushuncha beriladi.

Katta guruhda sabzavot va mevalar haqidagi umum-lashtirilgan tasavvurlar quyidagi belgilarga qarab shakl-

1-rasm. 1 – lavlagi; 2 – bodring; 3 – sholg‘om; 4 – sabzi;5 – karam; 6 – pomidor; 7 – sarimsoqpiyoz; 8 – kartoshka;

9 – rediska; 10 – selderey; 11 – xaskash; 12 – chilopchin; 13 – belkurak.

1

23

4

5

6

7

8 9

10

11

12

13

Page 26: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

26

2-rasm.1 – xo‘roz; 2 – g‘oz; 3 – o‘rdak; 4 – quyon;

5 – mushuk; 6 – it.

lantiriladi: sabzavot va mevalar ovqatda ishlatiladi, ular max-sus yetishtiriladi: sabzavotlar poliz (dala)da o‘sadi, mevalaresa bog‘da yetishtiriladi.

Maktabga tayyorlov guruhida sabzavotlarning (8–9 xili),mevalarning (5 xili) va sitrus o‘simliklarining (3–4 xili) shakli,rangi, hajmi, ta’mi, oziq-ovqat sifatida qo‘llanilishi,belgilarga qarab qiyoslanishi va ularni xarakterlay olishko‘nikmasi shakllantiriladi, umumlashtirilgan (sabzavotlar,mevalar, gullar) so‘zlarni qo‘llashga o‘rgatiladi.

Yer maydonchasida va oilada boqish mumkin bo‘lganhayvonlar va parrandalar bolalarning yoshiga mos, ulargaozor bermaydigan va mehnat talab qilmaydigan jonivorlartanlanadi. Shahar sharoitida jonivorlarning bolalari boqiladi.Bog‘cha sharoitida jonivorlar iloji bo‘lsa kattalar bilanbirgalikda boqiladi. Qishloq sharoitida jonivorlarni ularningbolalari bilan birgalikda boqish mumkin.

Yer maydonchasida quyidagi jonivorlarni boqish mumkin –toychoq, buzoqcha, qo‘zichoq, uloqcha, kuchukcha,mushukcha, quyoncha, bo‘taloq. Parrandalardan esa jo‘ja,o‘rdakcha, g‘ozcha, kurkacha kabilarni boqish mumkin.

Kichik guruhda – kuchukcha, quyoncha, mushukcha,jo‘ja, o‘rdakcha, g‘ozcha, kurkacha.

1 23

45 6

Page 27: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

27

O‘rta guruhda kichik guruhga qo‘shimcha qilib tovuq,xo‘roz, qo‘y, sigir bilan tanishtiriladi.

Katta guruhda kichik guruhlarga qo‘shimcha qilib, g‘oz,o‘rdak, ot, sigir, buzoq bilan tanishtiriladi.

Tayyorlov guruhida yuqoridagilarga qo‘shimcha qilib,kurka, echki, tuya bilan tanishtiriladi.

Nazorat savollari1. Bolalarning dunyoqarashlarini shakllantirishda tarbiyachining va oila

tarbiyachisining oldiga qanday talablar qo‘yilgan?2. Dasturning maqsadi va vazifasi bir-biridan qanday farqlanadi?3. MTMda va oilada yer maydonchasining ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati haqida

tushuncha bering.4. MTMda yer maydonchasini tashkil etishdan asosiy maqsad nima?5. «Bolajon» dasturi asosida guruhlar bo‘yicha bolalarni qaysi o‘simliklar bilan

tanishtiriladi?6. Yer maydonchasida qanday hayvonlarni boqish mumkin?

Page 28: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

28

II BOBBOLALARNI TABIAT BILAN TANISHTIRISH

METODLARI

1. Tabiat bilan tanishtirish metodlari haqidatushuncha

Pedagogikada metod — pedagog va ta’lim oluvchining(bolaning) ma’lum ta’lim-tarbiyaviy natijasi: bilimlarniegallash, malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish, qobiliyatlarnio‘stirish, axloqiy sifatlar, xulq odatlarni shakllantirishga eri-shish uchun yo‘llangan hamkorlikdagi faoliyati usulidir.Bolalar bog‘chasida bolalarni tabiat bilan tanishtirish ja-rayonida turli metodlardan foydalaniladi. Tabiat bilantanishtirish metodlari uchta asosiy guruhga bo‘linadi:

ko‘rgazmali metod — kuzatish, rasmlarni ko‘rish, diafilm,kinofilm, ekskursiyalar;

amaliy metod — o‘yin metodi, mehnat, oddiy tajribalar;og‘zaki metod — tarbiyachining hikoyasi, badiiy asarlarni

o‘qish, suhbat.Metodlarni tanlashda tarbiyachi bolalarning yosh xusu-

siyatlari, psixologiyasi, bilimlari, dastur talablari, o‘z o‘lkasiiqlimining tabiati, pedagogik tamoyillarga moslashadi. Yuqo-ridagi metodlar bir-biri bilan uzviy bog‘liq va bir-birinito‘ldiradi.

2. Tabiat bilan tanishtirishningko‘rgazmali metodi

Kuzatish metodi. Turli yosh guruhlarda bolalarni tabiatbilan tanishtirishda tarbiyachi ko‘rgazmali metod — kuza-tishdan keng foydalanadi. Kuzatish — tabiat jismlari vahodisalarning tabiiy sharoitlarda maqsadga yo‘nalgan va bevositashu hodisalarning borishiga aralashmagan holda sezgilar bilan qa-bul qilib olishdir. Kuzatish murakkab bilish faoliyati bo‘lib,bunda idrok, tafakkur va nutq ishtirok etib, barqaror diqqattalab etiladi.

Page 29: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

29

Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda doimiy kuzatishlarolib borish ularning mantiqiy fikr yuritishi va nutqini o‘sti-rishda g‘oyat katta ahamiyatga egadir. Bu haqdaK.D. Ushinskiy shunday deydi: «Haqiqiy insoniy, aqliy nutqto‘g‘ri mantiqiy fikr yuritishdan iboratdir, to‘g‘ri mantiqiyfikr yuritish esa, biz ko‘rsatgandek, boshqa biror narsadanemas, haqiqiy va aniq kuzatishlardan kelib chiqadi».

Bolalarni tabiatdagi narsa va hodisalar bilan ma’lum birtartibda tanishtirib borilsa, ularda diqqat va kuzatuvchanlik,tabiatga qiziqish, undagi hodisalarni bilishga intilishkuchayib boradi.

Kuzata bilish — juda muhim xususiyat bo‘lib, bundabolada to‘g‘ri yoza bilish, og‘zaki nutq malakalari rivojlanadi.

Bolalarni hodisa va narsalarni maqsadga muvofiq holdao‘zlashtira olishga va ularning eng muhimlarini ajrata olishgao‘rgatish zarur. Tarbiyachi kuzatish ishlarini olib borishdanarsa va hodisalar o‘rtasidagi aloqa va sabablarning bog‘-lanishlarini ilg‘ab olishni bolalarga o‘rgatishi kerak. Shundayqilib maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning tafakkurlaritabiat haqidagi aniq bilimlarni to‘plash orqali o‘sadi. Ku-zatishlar diqqatni jalb qilish yo‘li bilangina olib borilishimumkin. Kuzatish, ya’ni narsa va hodisalarga diqqatni maq-sadga muvofiq holda jalb qilishga o‘rgatish bilan biz ulardaixtiyoriy diqqatni ham o‘stiramiz.

Noto‘g‘ri tushunchalarni tuzatish yangi tushunchalar ho-sil qilishga nisbatan ancha qiyinroqdir. Shuning uchunbolalar maktabgacha ta’lim yoshidayoq, his qilish tajribalarigaasoslangan holda, tabiat haqida to‘g‘ri tushunchalarga egabo‘lishlari juda muhimdir.

Bolalarda tabiatga qiziqishni tarbiyalash zarur, chunki usog‘lom bo‘lmagan faoliyatlarda ham vujudga kelishi mum-kin. Masalan, bolalar qo‘ng‘iz va kapalaklarni tutib olib,nima qilar ekan deb, ularning qanot va oyoqlarini uzib tash-laydilar. Yoki hayvonlarni, qushlarni qiynab, natijasi nimabo‘lar ekan, deb qiziqadilar. Ularga tabiatning o‘zaro bog‘liq-ligini, ya’ni uning «oltin zanjir» ekanligini tushuntirish zarur.Bu orqali bolalarga ekologik ta’lim-tarbiya berib boriladi.

«Tabiat bilan yaqin munosabatda bo‘lish, kuzatuvchanlikbilan birgalikda bilishga ham qiziqishni o‘rgatadi. Buning

Page 30: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

30

asosida taxminiy va tekshiruvchanlik refleksi yotadi va uningnihoyatda taraqqiy etishi insonning xarakterli xususiyatidir»,deb hisoblaydi I.P. Pavlov. Maktabgacha ta’lim yoshidagibolalarning kattalarga «Bu nima?», «Nima uchun?», «Qandayqilib?» kabi cheksiz savollari bunga misol bo‘la oladi. Buo‘rinda tarbiyachi savollarga javob topishda bolalarning o‘zla-rini jalb qilishga harakat qilishi zarur.

Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning turli yoshguruhlarida tarbiyachi kuzatishlarni tashkil etar ekan, uningturli xillaridan foydalanadi.

Kuzatishlar davomiyligi va xarakteri bo‘yicha qisqamuddatli va uzoq muddatli bo‘lishi mumkin.

O‘simlik va hayvonlarning o‘sishi hamda rivojlanishi, ta-biatdagi mavsumiy o‘zgarishlar haqidagi bilimlarning jam-g‘arilishi uchun kuzatishning ancha murakkabroq turi —uzoq muddatli kuzatishlardan foydalaniladi. Bunda bolalarningobyektning kuzatilayotgan holatini ilgarigisi bilan qiyoslash-lariga to‘g‘ri keladi.

Kuzatish narsalarning ayrim belgilariga qarab holatlarinianiqlash (masalan, gulning bargiga qarab uni sug‘orish, akva-riumdagi suvning holatiga qarab suvni almashtirish, yokiqordagi izga qarab qaysi qushning izi ekanligi, mevalarningpishgan yoki xomligini rangiga qarab ajratish) maqsadidaham tashkil etiladi. Kuzatishning bu turi bolalarda tabiathodisalarini analiz qilish, ayrim ma’lumotlarni qiyoslash,soddaroq xulosalar chiqarish ko‘nikmalarining hosil bo‘li-shiga yordam beradi. Solishtirma va uzoq muddatli kuza-tishlar mazmuniga ko‘ra murakkab bo‘lganligi sababli, mak-tabgacha ta’lim, o‘rta, katta hamda maktabga tayyorlov gu-ruhlarida foydalaniladi. Bu kuzatuvlar davomida bolalardaanaliz qilish, qiyoslash, xulosalar chiqarish jarayoni tako-millashadi.

Kuzatishlar mazmuniga va tarbiyachining o‘z oldigaqo‘ygan maqsadiga ko‘ra o‘simlik va hayvonlar, ob-havohamda kattalarning tabiatdagi mehnati bilan ekskursiya,sayrlarda, shuningdek tabiat burchagidagi mashg‘ulotlardatashkil etiladi.

Qisqa muddatli kuzatish jarayonida bolalar narsalarningshakli, rangi, katta-kichikligi, tuzilishi, fazoviy joylashuvi,

Page 31: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

31

sathining xarakterini farqlashni, hayvonlar bilan tanishgandaesa harakat xarakteri, ularning chiqaradigan tovushlarinio‘rganadilar. Bu kuzatish turiga masalan, qor yoki yomg‘iryog‘ishi, kamalakning hosil bo‘lishi kabi holatlar kiradi.

Barcha hollarda kuzatish bolalarning yuksak aqliy fao-liyatini rivojlantirishi, ularni fikrlashga, berilgan savollargajavob topishga undashi, shuningdek, ulardagi qiziqishlarnirivojlantirishi va tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘-lishni tarbiyalashi lozim.

Tarbiyachining kuzatishga tayyorlanishi. Kuzatishni tashkiletishda obyekt tanlash katta ahamiyatga ega. Tanlanganobyekt yaxshi holatda bo‘lishi kerak, ya’ni o‘simlik so‘li-magan, navlari o‘ralmagan, hayvon qo‘lga o‘rgatilgan, sog‘-lom, bolalardan cho‘chimaydigan bo‘lishi zarur. Kuzatishtabiat burchagida bo‘lsa, obyekt yaxshi yoritilgan bo‘lishi,unga yaqinlashish qulay bo‘lishi uchun yorug‘lik yontomondan tushib turishi lozim. Bolalar hayvonlarning haraka-tini kuzata turib, ovqat berishlari, silashlari, ular bilan o‘y-nashlari mumkin. Bunda hayvonlar o‘zlarini erkin tutish-lari, bemalol harakat qilishlari zarur. Buning uchun bolalartabiat burchagida qulay joylashib o‘tirishlari maqsadgamuvofiqdir.

Kuzatishni boshqarish. Tarbiyachi kuzatishni birinchimarotaba o‘tkazayotgan bo‘lsa, dastlab bolalarda hosil bo‘lganqiziqishlarini qondirish hamda kuzatilayotgan narsa haqidabirinchi taassurot hosil qilish uchun ularni kamida 1–2daqiqa tomosha qildirib turadi. Kuzatishni boshqarishjarayonida tarbiyachi xilma-xil usullardan — bolalarningyoshlariga mos savol va topshiriqlar, narsani ushlab ko‘rish,qiyoslash, o‘yin harakatlaridan foydalanadi.

Tarbiyachi kuzatishni tashkil qila turib, kerakli ma’lu-motlarni aytishi, kuzatiladigan obyektning muhim xusu-siyatlarini ajratishi zarur.

Bolalarda kuzatishga nisbatan qiziqish uyg‘otish, kuzati-layotgan narsalarni estetik idrok etish uchun tarbiyachi she’r-lardan, topishmoqlardan, katta yosh guruhlarda esa badiiyasarlarni o‘qishdan foydalanadi.

Hayvonlarni kuzatishda tarbiyachi izchillikka rioya etib,bolalarning diqqatini «Nima qilyapti?» «Qanday yuryapti?»

Page 32: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

32

«Nima yeyapti?» «Qanday yeyapti?» «Tanasi nima bilanqoplangan?» «Oyoqlari qanday — uzunmi yo qisqami?»«Ko‘zlari qanday (shakli, rangi)?» kabi savollar yordamidahayvonlarning xatti-harakatiga qaratadi.

O‘simliklarni kuzatish ularning eng yorqin, ko‘zga tash-lanadigan belgilarini belgilash va ajratib ko‘rsatishdanboshlanadi. Bu o‘simlikning guli yoki uning yorqin rangdorbarglari, ba’zan poyasi (masalan, kaktus) bo‘lishi mumkin.Ana shundan so‘ng o‘simlik tashqi tuzilishining asosiy xu-susiyatlari — kattaligi, shakli, poyasi (yoki tanasi), barglari,gullari va shu kabilar tartib bilan ko‘rib chiqiladi. Bundayizchillik maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning diqqatihali yetarlicha barqaror emasligi, ko‘p jihatdan beix-tiyoriyligi tufayli zarurdir. Biroq mashg‘ulot oxirida kuzatishjarayonida paydo bo‘lgan tasavvurlar natijasini umum-lashtirish lozim. Tarbiyachi topshiriq berishning turli usul-laridan foydalanib, «Gapirib ber-chi, qayerdan bilding?Nimasi bilan farq qiladi?» kabi savol va topshiriqlar bilanbolalarning kuzatish orqali nutqlarining o‘sishiga yordamberadi.

Barcha hollarda, tarbiyachi kuzatishni tashkil etar ekan,uning aniq bir vazifadan ikkinchisiga, faktlardan aloqalarga,tasavvurlar to‘plashdan ularni qiyoslashga, so‘ngra xulosalarchiqarishga o‘tishda izchillikka rioya qilishi lozim. Shundabolalarda mantiqiy tafakkur o‘sadi. Har bir kuzatishda bola-larni tabiat bilan tanishtirishning kichik, aniq vazifasini haletish lozim. Shuning uchun kuzatishlarning har biri ilga-rigisi bilan bog‘lanib o‘tkazilishi zarur.

Tarbiyachi uzoq muddatli kuzatishni tashkil etishda unioldindan bir qator epizodik kuzatishlar — «bo‘laklarga»taqsimlaydi. Bunday kuzatish o‘simliklar rivojlanishidagio‘zgarishlar aniq ko‘rinadigan vaqtda o‘tkaziladi. Tarbiyachibolalarga o‘simlikni tomosha qilib, belgilarini qayd qilishni(birinchi barglarning chiqishini, o‘simtaning urug‘ qobig‘iniyorib chiqayotganini kuzatishni) tavsiya etadi. Yakuniy ku-zatishda bolalar kuzatilayotgan o‘simlik rivojlanishiningbutun tasvirini tiklashi lozim. Buni kuzatishlar kundalikdaftari, turlicha rasmlar, gerbariylar, katta yosh guruhlardaesa chizmali jadvallar asosida tashkil etish mumkin.

Page 33: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

33

Tarqatma materiallardan foydalanib kuzatish. Bu ku-zatishlar o‘rta yosh guruhlardan boshlab o‘tkaziladi. Bundaykuzatishni tashkil etish birgina obyektni kuzatishdan ko‘raancha murakkabroqdir. Bu o‘rinda tarbiyachi o‘z diqqat-e’tiborini taqsimlay bilishi, bolalardagi harakatni uyushtiraolishi talab qilinadi, bolalar esa tarbiyachining barcha ko‘r-satmalariga aniq rioya qilishlari, bir-birlarini tinglashlari,boshqalarning kuzatishlarini o‘zlarining kuzatishlari bilantaqqoslashlari kerak bo‘ladi. Kuzatishning bu usuli kattarivojlantiruvchi ahamiyatga egadir. Bolalar turli xil tadqi-qotchilik harakatlaridan foydalanib, o‘quv ko‘nikmalarinitakomillashtirish imkoniga ega bo‘ladilar. Bu esa o‘z nav-batida ularda aniqroq tasavvurlarning shakllanishiga yor-dam beradi.

Tarqatma material sifatida o‘simliklar hamda ularningbargi, mevasi, urug‘i, shoxchalari, shuningdek, sabzavot vamevalardan keng foydalaniladi.

Kuzatishda qatnashgan har bir bolaning va tarbiyachiningqo‘lida tarqatma material bo‘lib, kuzatish davomida tarbiya-chi bolalarga savollar berib, narsalarni tekshirishni tashkiletadi. So‘ngra olingan tasavvurlarni qiyoslab, bolalarni xulosachiqarishga o‘rgatadi. Kuzatish jarayonida tarbiyachi barchabolalarning yuqori faolligini ta’minlaydi.

Kichik yosh guruh (3–4 yosh). Bu yosh guruhlardadastlabki kuzatishlar bolalarning ozchiligi bilan o‘tkaziladi.Tarbiyachining asosiy vazifasi bolada kuzatishning soddamalakalarini shakllantirish, ya’ni diqqatni kuzatilayotgan nar-saga to‘plash, qo‘yilgan savollarga javob berish, aniq belgi-larni ajratib ko‘rsatish, kichkintoylarni alohida harakatlan-tiruvchi narsalar bilan jalb qilishdir. Shuning uchun bolalardastlab jonivorlarni kuzatishlari maqsadga muvofiqdir. Ular-ning namoyon bo‘lishi — harakati, oziqlanishi, chiqaradigantovushlari kichkina bolalarda beixtiyor qiziqish uyg‘otadi.Shuning uchun tarbiyachi kuzatish jarayonida jonivorlarniharakat qildirishi, masalan, ularni oziqlantirib, bolalarningdiqqatlarini jalb qilishi zarur. Bunda ozuqa ma’lum biroraliqda qo‘yilib, bolalarning e’tiborini jonivorning ozuqaniqo‘llari bilan ushlab, qisirlatib yeyishiga qaratiladi vabolalarni hayvon harakatlarini so‘z bilan ifodalashga o‘rga-

3 – Hasanboyeva O.U., va boshq.

Page 34: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

34

tiladi. Keyingi kuzatishlarda tarbiyachi jonivorning u yokibu harakati yuzasidan savollar berib, shu orqali bolalarnima’lum so‘zlardan va savollardan foydalanishga undaydi.

Shunday qilib, bolalar savollar asosida yotgan aniqvazifani aniqlashni sekin-asta o‘rganadilar.

Kichik yosh guruhda bolalar bilan o‘tkaziladigan kuza-tishlar qisqa muddatli bo‘lib, tarbiyachi bolalar diqqatinijalb qilish maqsadida ularning ba’zilariga suvdonga suvquyish, hayvonlarga ozuqa berish, baliqlarni oziqlantirishkabi topshiriqlarni beradi. «Qush Nodira uchun qo‘shiqaytyapti», «Baliq Madina tomonga suzyapti» kabi so‘zlardanfoydalanadi.

Kuzatish oxirida she’r o‘qish, qo‘shiq aytish mumkin.Kichkintoylardan kuzatilayotgan narsa haqida gapirib be-rishni talab qilish noo‘rindir. Ob-havoni yoki jonsiz tabiat-ning boshqa obyektlarini kuzatish, o‘simliklarni ko‘rishjarayonida tarbiyachi bu kuzatishlarni o‘yin, mehnat bilanbog‘laydi (xona gullarini tomosha qilish jarayonida uningbarglarini artishadi, qum o‘ynayotganlarida uning sochiluv-chanligini bilib olishadi). Bu yosh guruhda oddiy tadqiqot(tekshirishlar) harakatlaridan ko‘proq foydalanish maqsadgamuvofiqdir: kaftni oftobga tutib, issiqlikni sezish, gulnihidlash va hokazo.

O‘rta yosh guruh (4–5 yosh). Bu yosh guruhdagi bolalarqiziquvchan bo‘ladilar, ko‘p savollar beradilar, narsalarnisifatlari va xususiyatlari, atrof-muhit tabiati va ijtimoiy hayothodisalari bilan qiziqib tanishadilar. Bu yoshdagi bolalarningdiqqati ancha barqaror bo‘lib qoladi. Ular endi kuza-tilayotgan hodisalardagi oddiy aloqalarni tushuna oladilar.Bolalarning ana shu sifatlari asosida o‘rta guruh tarbiyachisitabiat bilan tanishtirishning yangi vazifalarini hal qiladi:bolalarni predmetlardagi xarakterli xususiyatlarini ko‘rabilishga, ularni qiyoslash va guruhlashga, ba’zi hodisalaro‘rtasidagi oddiy aloqalarni aniqlashga o‘rgatadi, dastlabkielementar umumlashtirishni shakllantiradi.

Kuzatishdan ko‘pincha tanish jism va hodisalar haqidagitasavvurlarni kengaytirish, yangi obyektlar bilan tanish-tirishda foydalaniladi. Shu bilan birga tarbiyachi bolalar bilanbirgalikda o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi, tabiat hayo-

Page 35: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

35

tidagi yorqin mavsumiy o‘zgarishlar yuzasidan uzoq mud-datli kuzatishlarni ham tashkil qiladi. Dastlab bu kuzatishlaryakka obyektlar (masalan, kuzda daraxtlardan birining barg-lari turli rangda bo‘lishi, tabiat burchagida ekilgan loviyaningo‘sishi va hokazo) yuzasidan o‘tkaziladi, so‘ngra esa uzoqmuddatli kuzatish obyektlari yuzasidan (masalan, bahorgibog‘ yoki daraxtzor, daraxtlarning barg yozishi, gullarningochilishi, ob-havo, qushlarni kuzatish) bo‘lishi mumkin.

Tabiatdagi o‘zgarishlarni kuzatish davomida o‘rta guruhbolalari kuzatilayotgan jismlarning xarakterli belgilarini:hajmi, rangi, shakli, sathining miqdorini ko‘rsatishni o‘rga-nadilar. Natijada bolalardagi kuzatish asosida shakllanadigantasavvurlari ancha konkretlashib boradi. Tarbiyachi bolalargasavol va topshiriqlarni ketma-ket berar ekan, shu asnodao‘zi tavsiya etayotgan rejaga rioya qilishga odatlantiradi.Kuzatishning maqsadi ko‘pincha mehnat yoki tasviriyfaoliyat bilan bog‘liq bo‘ladi. Misol uchun, boqqa sayohattashkil etiladi va u yerda daraxtlar gullaganini ko‘rish, ularbilan tanishish ishlari amalga oshiriladi.

Ba’zan kuzatishlarda topishmoqlardan foydalanish yaxshisamara beradi. Bolalar topishmoqlarning javobini predmetnikuzatish jarayonida topadilar.

O‘rta guruh bolalari kuzatish uchun zarur bo‘lgan mu-hitni o‘zlari yarata oladilar (masalan, ozuqa tayyorlash,jonivor uchun joy tayyorlash kabi). Bu esa bolalarningkuzatishga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi.

Xuddi kichik guruhdagidek kuzatish jarayonida xilma-xil tadqiqot (tekshirish) harakatlari, o‘yin usullari, mehnattopshiriqlaridan foydalaniladi. Bu harakatlardan ba’zilariizlanish xarakterida bo‘lishi mumkin. Masalan, jonivorningnima yeyishini bilish uchun unga turli ozuqa berib ko‘riladi.

O‘rta guruh bolalari bilan olib boriladigan kuzatishlardatarbiyachi taqqoslashdan foydalanishi muhimdir. Bundatarbiyachi predmetning belgilarini ajratib, ikki predmetniqiyoslaydi (ulardan biri bolalarga oldindan tanish). Bolalarko‘ribgina qolmasdan, kerak bo‘lganda ushlab, hidlab hamko‘rishi yaxshi natijalarga olib keladi.

O‘rta guruhda kuzatishning natijasi hikoya — tasvirlashbo‘lishi mumkin. Tarbiyachi bolalarga hikoyaning qisqacha

Page 36: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

36

rejasini tavsiya etib, ularni ikki-uchta savol yordamidagapirib berishga undaydi.

Bolalarning mustaqil kuzatishlari o‘rta guruhda paydobo‘ladi. Bunda ularni rag‘batlantirish, kuzatilayotgan hodisanitushunishlarida yordam berish, ba’zan u yoki bu usulniqo‘llashda maslahat berish, boshqa bolalarni ham kuzatishgajalb qilish, o‘z kuzatish natijalarini o‘rtoqlariga gapiribberishga undash lozim.

Katta guruh. Bu guruh bilan olib boriladigan kuzatishlarjarayonida bolalar obyektlarning xarakterli va muhim belgilaribilan tanishadilar, o‘simlik hamda hayvonlarning o‘sishi varivojlanishi, tabiatdagi mavsumiy o‘zgarishlar ustida uzoqmuddatli kuzatishlar olib boradilar.

Tarbiyachi kuzatishni tashkil qila turib, bolalarni ma’lumusullardan foydalanishga, rejaga rioya qilishga, mustaqilravishda murakkab bo‘lmagan xulosalar chiqarishga o‘rga-tishda davom etadi. Bunda kuzatilayotgan jism va hodisa-larda u yoki bu faoliyat uchun ahamiyatli yoki butun birobyektlar guruhining umumiy belgilari ajratib ko‘rsatiladi,jismlarning tevarak-atrof bilan aloqasi va munosabatianiqlanadi.

O‘simlik va hayvonlarning o‘sishi hamda rivojlanishi,mavsumiy o‘zgarishlar ustida olib borilgan kuzatishlardabolalarning davr (fazo), bosqich yoki holatlarni ko‘ra bilishxususiyatlari shakllantiriladi. Masalan, ular o‘sayotgan no‘xatnovdalari, poyasi, barglari, gajaklar, g‘unchalar, gul va meva(qo‘zoq)larning paydo bo‘lishini sinchkovlik bilan kuza-tadilar.

Bolalarni jism va hodisalarni ko‘ra olish, eshitish va qabulqilib olishga o‘rgatish tarbiyachining eng muhim vazifa-laridan biridir. Bolalar ko‘pincha ikkita tanish jismgaqaraydilar-u, ularni bir-biridan ajrata olmaydilar. Shuninguchun tarbiyachi kuzatishni tashkil qilar ekan, aniqobyektlarni topishi, ularni ta’riflashi, savollarga javob berish-ga oid muayyan vazifalar qo‘yishi kerak.

Kuzatishlarda qo‘llaniladigan qiyoslash usullari borgansari xilma-xillashadi: kuzatilayotgan obyekt rasmda tasvir-langani yoki tasavvurdagisi bilan qiyoslanadi. Faqat ayrimjismlargina emas, balki tabiat hodisalari ham (masalan,

Page 37: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

37

bog‘ning bahor va qishdagi ko‘rinishi) qiyoslanadi. Jismlarnitaqqoslashda tarbiyachi bolalarning diqqatini bir nechaumumiy bo‘lgan belgilarga, ayniqsa ularning muhim to-monlarini aks ettirgan belgilariga qaratadi.

Masalan, bolalar turli hasharotlarni kuzatar ekanlar, ular-ning oltitadan oyoqchasi borligini bilib oladilar. Tarbiyachikuzatilayotgan jism va hodisalarni qiyoslash uchun vazifatopshirar ekan, bolalarning mustaqil ishlashga qiynalibqolgan hollaridagina yordam berishga harakat qiladi.

Xuddi o‘rta guruhdagidek kuzatish natijalari haqidagiog‘zaki hisobot iloji boricha mustaqil bo‘lishi lozim. Kuzatishnatijalarini bolalar rasmlarda, yasagan buyumlarida aksettirishlari mumkin.

Maktabgacha tayyorlov guruhi. Bu guruhdagi kuza-tishlarga rahbarlik qilishning o‘ziga xos xususiyatlari bola-larga ko‘proq mustaqilliklarini namoyon qilish uchun sharoityaratishdan iboratdir. Uzoq muddatli kuzatishlar uchuntopshiriqlarning bir qismi bolalarga oldindan beriladi. Tar-biyachi bularni bolalarga ba’zi-ba’zida eslatib turadi. Qisqamuddatli kuzatishlarda tarbiyachi savol-topshiriqlardan foy-dalanadi.

Masalan, «Yangi keltirilgan qush bizda oldin yashaganqushdan nimasi bilan farq qiladi?» «Bog‘chamizdagi daraxtva butalarning barglari bir xilda sarg‘ayganmi?» va shukabilar. Ko‘pincha savollar faqatgina bolalar ba’zi bir murak-kabliklarga uchraganlaridagina beriladi. Tadqiqotchilik hara-katlaridan ham yuqoridagi holatda foydalaniladi.

Tayyorlov guruhi bolalari o‘z kuzatishlarida oddiy mos-lamalar, ba’zan esa asboblar — termometr, flyuger, lupa,reyka (qorning qalinligini o‘lchash uchun va shu kabi)lardanfoydalanishlari mumkin.

3. Amaliy uslub va uning turlari

O‘yin. Tabiatning oddiy hodisa va tasavvurlarini keng-aytirish maqsadida o‘tkaziladigan kuzatishlar bilan birqatorda xilma-xil o‘yinlardan keng foydalaniladi. Bu o‘yin-larda bolalar sezuvchanlik tajribasini orttiradilar, egallaganbilimlarini ijodiy o‘zlashtiradilar. Bolalarni tabiat bilan

Page 38: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

38

tanishtirishda didaktik, harakatli va ijodiy o‘yinlardanfoydalaniladi.

Didaktik o‘yinlar. Didaktik o‘yinlarda bolalar o‘zlaridatabiatdagi narsa va hodisalar, hayvonlar va o‘simliklar haqidamavjud bo‘lgan bilimlarni aniqlaydilar, mustahkamlaydilar,kengaytiradilar. Ko‘pgina o‘yinlar bolalarni umumlashtirishhamda turkumlashga o‘rgatadi.

Didaktik o‘yinlar xotira, diqqat, kuzatuvchanlikning o‘si-shiga yordam beradi, yangi sharoitlarda bolalarni mavjudbilimlardan foydalanishga o‘rgatadi, turli aqliy jarayonlarnifaollashtiradi, lug‘atni boyitadi, bolalarda birgalikda o‘ynashko‘nikmasini tarbiyalashga yordam beradi. Bolalarni tabiatbilan tanishtirishda predmetli, stol-bosma va og‘zaki didaktiko‘yinlardan foydalaniladi.

Predmetli o‘yinlar — barglar, urug‘lar, gullar, mevalar,sabzavotlar bilan o‘ynaladigan «Ajoyib qopcha», «Mevalarva ildizlar», «Bu butoqda kimning bolakaylari» va shu kabio‘yinlardir. Bu o‘yinlar yordamida bolalar faol muloqotdabo‘ladigan predmetlarning xususiyat hamda belgilari haqida-gi tasavvurlari aniqlanib, boyitiladi. Predmetli o‘yinlar, ayniq-sa, kichik va o‘rta yosh guruhlarda keng qo‘llaniladi. Buo‘yinlar bolalarga tabiat jismlarining o‘zidan foydalanish,ularni qiyoslash hamda ularda sodir bo‘ladigan ayrim tashqibelgilaridagi o‘zgarishlarni qayd qilish imkonini beradi.Predmetli o‘yinlar barcha yoshdagi guruhlarning biroz mu-rakkablashtirilgan bilimlarini kengaytirish, tafakkurlarinikuchaytirish hamda harakatlarini rivojlantirishni o‘z ichigaoladi.

Stol-bosma o‘yinlari — «Yilning to‘rt fasli», «Kichkin-toylar», «Mevalar», «O‘simliklar», «Barglarni terib ol», «Juftrasmlar» va shu kabilardir. Bu o‘yinlar bolalarning o‘simliklar,hayvonlar, jonsiz tabiat hodisalari haqidagi bilimlarinio‘zlashtirish, aytilayotgan so‘zga qarab predmetni tasvirlashko‘nikmasini shakllantirishga yordam beradi. O‘yin so‘z bilanbirgalikda olib boriladi, so‘z yo rasm idrok etilishidan oldinkeladi yoki o‘yin bilan uyg‘unlashib ketadi. Bunday o‘yinlarozchilik bolalar bilan o‘tkaziladi.

Og‘zaki o‘yinlar («U nima uchun uchadi, yuguradi,sakraydi», «Suvda, havoda, yerda», «Kerak-kerak emas» va

Page 39: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

39

shu kabilar) hech qanday jihoz talab qilinmasligi tufayli judamaqbuldir. Ular u yoki bu predmetlarning vazifalari hamdaharakatlari haqidagi bilimlarni mustahkamlash, umum-lashtirish va bir tizimga solish maqsadida o‘ynaladi. Buo‘yinlar diqqatni, zehnni, qabul qilish tezligini, ravon nutqnirivojlantiradi.

Tabiatga oid o‘yinlarni o‘rganish barcha didaktik o‘yinlaruchun umumiy bo‘lgan qoidalar bo‘yicha amalga oshiriladi.Kichik yosh guruhlarda dastlabki bosqichlarda tarbiyachio‘yinni bolalar bilan birga o‘ynaydi, o‘yin davomida u birqoidani aytib, uni shu zahotiyoq tadbiq qiladi. Takroriyo‘yinda esa qo‘shimcha qoidalarni aytadi. Ikkinchi bos-qichda tarbiyachi o‘yinda faol qatnashmaydi, chetdan rah-barlik qilib, o‘yinni boshqarib turadi. Uchinchi bosqichdabolalar mustaqil o‘ynaydilar.

O‘rta yosh guruhdan boshlab o‘yinga o‘rgatish usuli o‘z-garadi. Avval tarbiyachi o‘yinning mazmunini aytib, oldindan1–2 ta muhim qoidani ajratib ko‘rsatadi. O‘yin davomidau bu qoidalarni yana bir bor ta’kidlaydi. O‘yin harakatlariniko‘rsatadi, qo‘shimcha qoidalarni beradi. Keyingi bosqichdabolalar mustaqil o‘ynaydilar. Tarbiyachi o‘yinni kuzatib tura-di, xatolarni to‘g‘rilaydi, nizolarni bartaraf qiladi. O‘yingaqiziqish susaygan vaqtda tarbiyachi o‘yinning boshqaturlarini taklif qiladi.

O‘yin mashqlari va o‘yin-mashg‘ulotlar. Aytib o‘tilgano‘yinlardan tashqari bolalar bilan bo‘ladigan ish jarayonidako‘pincha o‘yin mashqlaridan («Bargiga qarab daraxtni top»,«Ta’midan bilib ol», «Xuddi shunga o‘xshash gulni top»,«Sariq bargni olib kel» va boshqalar) foydalaniladi. O‘yinmashqlari narsa va hodisalarning sifati hamda xususiyatigako‘ra farqlashga o‘rgatadi, kuzatuvchanlikni o‘stiradi.

Bu o‘yinlar butun guruh bolalari bilan yoki ularning birqismi bilan o‘tkaziladi. O‘yin mashqlari kichik va o‘rtaguruhlarda alohida ahamiyatga egadir.

Didaktik o‘yin-mashg‘ulotlar «Ajoyib qopcha», «Gulmagazini» kabi o‘yinlarni o‘z ichiga oladi. Ular ma’lummazmunga ega bo‘lib, o‘yin-mashg‘ulotlarga qiziqarlilik kiri-tadi. Bunda o‘qitish o‘yin qoidalari, harakatlari orqali bevo-sita olib boriladi. O‘yin-mashg‘ulotlardan kichik va o‘rta

Page 40: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

40

guruhlarda foydalaniladi, katta guruhlarda esa ular mash-g‘ulotning bir qismini tashkil etadi.

Harakatli o‘yinlar. Tabiatshunoslik xarakteridagi harakatlio‘yinlar hayvonlarning xatti-harakati, ularning hayot tarzigataqlid qilish bilan bog‘liq bo‘lib, ba’zilarida jonsiz tabiathodisalarini aks ettiradi. Bu «Ona tovuq va jo‘jalar», «Mushukva sichqonlar», «Quyosh va yomg‘ir» va shu kabi o‘yinlardir.

Ijodiy o‘yinlar. O‘yinda bolalar mashg‘ulot, ekskursiya,kundalik hayot jarayonida olingan taassurotlarni aks etti-radilar (parrandachilik fabrikasi, issiqxona va shu kabilardagiishlar), ular haqidagi bilimlarni egallaydilar, bunda ulardamehnatga ijodiy munosabat shakllanib, kattalarning tabiat-dagi mehnatlarining ahamiyatini anglab oladilar.

Ijodiy o‘yinlarning mustaqillik xarakteri tarbiyachigabolalarni yangi bilim, malaka va ko‘nikmalardan o‘rgatishmetodi sifatida foydalanish imkonini bermaydi. Biroq bundatarbiyachi bolalar qaysi bilimlarni yetarlicha egallaganlar-u,qaysilarini yana kengaytirish lozimligini bilib olish uchunijodiy o‘yinlarni diqqat bilan kuzatib borishi lozim. Tarbiya-chi tabiatshunoslik mazmunidagi ijodiy syujetli, rollio‘yinlarni boyitib, ekskursiyalar, sayrlar vaqtida bolalarnikattalarning mehnati haqidagi bilimlarini kengaytiradi,diafilmlar ko‘rsatadi, kitoblar o‘qib beradi.

O‘yinni rivojlantirishda qishloq mehnatkashlari — sutsog‘uvchi, bog‘bonlar haqidagi hikoyalar bolalarga alohidata’sir ko‘rsatadi, shu bilan birga ularda kattalar mehnatiganisbatan qiziqish uyg‘otib, o‘yin mazmunini boyitadi. Ta-biatshunoslik mazmunidagi ijodiy o‘yinlarni avj oldirishuchun sharoit yaratish, ya’ni zarur o‘yinchoqlar — qishloqxo‘jalik mashinalari, hayvonlar va shu kabilar bilan ta’minlashdarkor.

Ijodiy o‘yin turlaridan biri – tabiiy materiallar: qum,qor, loy, mayda toshchalar, so‘ta va shu kabilar bilano‘ynaladigan o‘yinlardir. Materiallar yordamida bolalar ijodqilar ekan, ularning xususiyatlari va sifatlarini bilib oladilar.Har bir yosh guruhda yilning fasliga mos tabiiy materialbilan o‘ynash uchun sharoit yaratiladi.

Bular qum maydonchalari hamda qum stollari, qum vaqor bilan o‘ynash uchun shakl to‘plamlari, odamlar va hay-

Page 41: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

41

vonlarning rezinkadan yasalgan figuralari, uy, daraxtlarningfanerdan yasalgan siluetlari, butalar, shoxchalar, chakamug,metall karkaslar bo‘lib, bular yordamida figuralar yasaladi.Tarbiyachi bolalarga o‘yin uchun tabiiy materiallarni tan-lashda va ulardan foydalanishda yordam beradi hamdafoydalanish usullarini ko‘rsatadi.

4. Tabiatda bolalar mehnati

Bolalarning tabiatdagi mehnati katta tarbiyaviy aha-miyatga ega. Mehnat qilish jarayonida bolalarda tabiatgabo‘lgan munosabatlar shakllanadi. Tabiatdagi mehnat bola-larda berilgan topshiriqqa mas’uliyat bilan yondoshishni tar-biyalaydi. Biroq buning uchun bolalar zarur mehnat mala-kalarini egallab olgan bo‘lishlari, o‘z mehnatlarining aha-miyatini tushunishlari lozim. Tabiatdagi mehnat maktab-gacha yoshdagi bolalarning sensor tarbiyasi uchun qulaysharoitlar yaratadi. Tarbiyachi bolalarni mehnat orqali maq-sad va natijalarga erishish, narsalarning sensor belgilarininazarda tutishga o‘rgatadi. Masalan, o‘simlikning suvgamuhtojligini aniqlash uchun uning holatini — barg vapoyasining elastikligi, pishiqligi yoki uning so‘lg‘inligi, yum-shoqligini, tuproqda esa — uning namligi, zichligi va shukabi belgilarni hisobga olish lozim.

Mehnat jarayonida bolalar o‘simliklar holatining yorug‘-likka, namlikka, issiqlikka, yaxshi tuproqqa bo‘lgan ehtiyoj-larining qondirilishiga bog‘liq ekanligini anglab oladilar. Bo-lalar muhitning o‘zgarishi qonuniy tarzda o‘simliklar holatiniham o‘zgartirishini bilib oladilar. Bu munosabatlarni o‘zlash-tirishlari ularning mehnatga bo‘lgan munosabatiga ham ta’siretadi — mehnat ongli va maqsadga yo‘naltirilgan bo‘libboradi. Bolalarda mehnatga qiziqish, mehnatsevarlik shakl-lanadi.

Tabiatdagi mehnat kuzatuvchanlikni o‘stirish usullaridanbiridir. Agar kuzatish mehnat bilan bog‘langan bo‘lsa,samaraliroq bo‘ladi. Tabiatdagi mehnat jarayonida tarbiyaviyvazifalardan tashqari ta’limiy vazifalar ham hal qilinadi.Bolalar mehnat orqali, o‘simliklarning xususiyatlari va sifat-lari, ularning tuzilishi, ehtiyojlari, rivojlanishining asosiy

Page 42: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

42

bosqichlari, o‘stirish usullari, o‘simliklar hayotidagi mavsu-miy o‘zgarishlar haqida, hayvonlar, ularning tashqi ko‘ri-nishi, ehtiyojlari, harakat qilishlari, hayot tarzlari va ularningmavsumiy o‘zgarishlari haqida tasavvurga ega bo‘ladilar. Shujumladan, hayvonlarni tabiat burchagida parvarish qilishnio‘rganadilar va shu orqali mehnat malakalarini egallaydilar.

Tabiat bilan tanishtirishda bolalar mehnatini tashkil etish.Bolalarning tabiatdagi mehnati yakka topshiriq shaklida vajamoa mehnati tarzida tashkil etiladi.

Yakka topshiriq bolalar bog‘chasidagi barcha yosh guruh-larda qo‘llaniladi. Bular tarbiyachiga bolaning xatti-hara-katini puxtaroq boshqarish: yordam ko‘rsatish, qo‘shimchatushuntirish, maslahat berish, topshiriqning bajarilishini na-zorat qilish, bolaning faoliyatini boshqarish imkonini be-radi. Bularning barchasi malaka hamda ko‘nikmalarninganiq va mustahkam shakllanishiga, shuningdek, topshirilganish uchun mas’uliyat his etish, g‘ayrat bilan mehnat qilishodatining tarbiyalanishiga yordam beradi.

Jamoa mehnati bir vaqtning o‘zida guruhning barchabolalarida mehnat malakalari va ko‘nikmalarini tarbiyalashgaimkon yaratadi. Mehnatning bu shakli jamoadagi muno-sabatlarning tarkib topishi uchun zarurdir. Bunda mehnat-ning umumiy maqsadini tushunish, kelishib olish, o‘zharakatlarini muvofiqlashtirish, ishni hamkorlikda rejalash-tirish, o‘rtoqlarga yordam berish, ularning mehnatini ba-holash kabi muhim ko‘nikmalar shakllanadi.

Bolalar mehnatini tashkil etish shakllaridan biri navbat-chilikdir. Tabiat burchagida navbatchilik qilishni bolalar kattaguruhda boshlaydilar. Mehnatning bu shakli mehnat mala-kalarini takomillashtirish, uning ijtimoiy sabablarini shakl-lantirish imkonini yaratadi.

Bolalar mehnatiga rahbarlik qilish. Kichik guruhlar. Bundabolalar tarbiyachining tabiat burchagi va hovlidagi hayvonlarhamda o‘simliklarni parvarish qilishga yo‘llangan mehnatidaishtirok etadilar. Ular 1–2 ta individual topshiriqlar oladilar(qushlar uchun tayyor ozuqani olish va donxo‘rakka solish,o‘simliklarni oldindan hozirlab qo‘yilgan suv bilan sug‘orishva shu kabilar). Bu qisqa muddatli mehnatga tarbiyachi asta-sekin barcha bolalarni jalb qiladi.

Page 43: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

43

O‘rta guruh. Besh yoshli bolalarni mehnat jarayonidauyushtirishning shakllari kichik guruhdagi bilan bir xildir.Bunda individual topshiriqlar katta o‘rin egallasa ham, biroqular uzoq muddatli xarakterni kasb etadi. Bolalar ayni birtopshiriqning o‘zini 2–3 kun davomida bajaradilar. Natijadao‘rta guruhda mehnat jarayoni murakkablashib boradi.

Katta guruhlar. Maktabgacha katta yoshdagi bolalardafaqat mehnatni tushunish ko‘nikmasigina emas, balki meh-nat topshirig‘ini, uning natijasini ko‘rsatishni, topshi-riqlarning ketma-ketligini, kerakli anjomlarni tanlashni, mus-taqil mehnat qila bilishni (tarbiyachining yordamida) hamtarkib toptirish lozim. O‘simliklar va hayvonlarni parvarishqilish bo‘yicha individial topshiriqlar uzoq muddatli ishgaaylanadi.

Katta guruhdagi bolalarda tabiat burchagida navbatchilikqilish joriy qilinadi. Navbatchilikni tashkil etar ekan, tar-biyachi mashg‘ulot o‘tkazib, unda bolalarni navbatchilikningmajburiyatlari bilan tanishtiradi, tabiat burchagida yashovchijonivorlarni parvarish qilish usullarini eslatadi, yangilari bilantanishtiradi. Bir vaqtda 2–3 bola navbatchilik qiladi.

Navbatchilikka yaxshi ishlaydigan bolalar bilan birgamalakalari yetarlicha shakllanmagan bolalar tanlanadi. Nav-batchilik bolalarda javobgarlik hissini, ishbilarmonlikni tar-biyalaydi.

5. Tabiat bilan tanishtirishning og‘zaki uslubi.Suhbat

Didaktik vazifalardan kelib chiqqan holda suhbat ikkiturga — oldindan o‘tkaziladigan suhbatlar va yakuniy suhbatlargabo‘linadi. Oldindan o‘tkaziladigan suhbatlarni tarbiyachikuzatishlar, ekskursiyalardan oldin qo‘llaydi. Bunday suhbat-ning maqsadi — bo‘lajak kuzatishlar bilan mavjud bilimlaro‘rtasida aloqa o‘rnatishdir.

Yakuniy suhbat o‘rganilgan faktlarni tizimlashtirish, mus-tahkamlash va aniqlashga yo‘llanadi. Bu suhbatlar mazmunanturli darajada bo‘lishi mumkin: ba’zi kuzatiladigan obyekt-larning tor doirasini (masalan, issiq o‘lkalarga uchib ketuvchiqushlar haqida, yovvoyi hayvonlarning o‘rmonda qishlashi

Page 44: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

44

va shu kabilar), boshqalari hodisalarning keng doirasini (ma-salan, mavsumlar haqida suhbatlar) qamrab olishi mumkin.

Suhbat — bu bolalar bilan o‘tkazilgan mashg‘ulotningyakunidir. Uning samaraliligi bolalarning tayyorgarliklarigabog‘liqdir. Shuning uchun tarbiyachi bolalarni kuzatishlar,mehnat faoliyati, o‘yinlar, tabiat haqidagi hikoyalar orqalisuhbatga tayyorlashi lozim. Bolalarda nima haqida konkrettasavvur bo‘lsa, faqat shu mavzu yuzasidan suhbat o‘tkazishmaqsadga muvofiqdir.

Tarbiyachi suhbatning didaktik maqsadini aniq tasavvurqilishi, ya’ni uning mazmunini aniqlashi, umumlashtirishihamda muhim tomonlarini ajratib, suhbat yakunida aniqbir xulosa chiqara olishi lozim.

Suhbat hodisa, faktlarni analiz qilishdan, ularning xusu-siyatlari, belgilari o‘rtasidagi muhim aloqa hamda muno-sabatlarni ta’kidlashdan boshlanadi. Bunday analiz savollarorqali umumlashtirishga o‘tishni ta’minlaydi, tarqoq faktlarnibir tizimga soladi. Masalan: «Qaysi qushlar birinchi bo‘libuchib keladi? Qora qarg‘ani qanday tanib oldik? Biz ularniqayerda ko‘rganmiz? Qora qarg‘alar dalada nima qilayotganedi? Qora qarg‘alar nima yeydi?». So‘ng keyingi savolberiladi: «Nima uchun qora qarg‘alar boshqa qushlardanoldin uchib keladi?» (chug‘urchuq, qaldirg‘och va shu kabiboshqa qushlar haqida ham shunday savollar beriladi).

Suhbatning ikkinchi qismida «Nima uchun hammaqushlar bir vaqtda uchib kelmaydi?» kabi umumlashtiruvchisavolni berish mumkin. Ular mazmunan aniq, to‘g‘ri, qisqabo‘lishi kerak. Har bir savolda bitta fikr bo‘lishi shart. Qisqa«ha» yoki «yo‘q» javoblarini talab qiluvchi savollarni beribbo‘lmaydi. Bunday savollar tafakkurning o‘sishini,munosabatlarning aniqlanishini ta’minlamaydi. Tarbiyachisuhbat davomida bolalarning xulosa, umumlashtirishlarinio‘zlari mustaqil chiqarishlariga g‘amxo‘rlik qiladi.

Suhbatda xilma-xil ko‘rgazmali materiallardan hamfoydalanish zarur. Bular tabiat jismlari, ob-havo kalendarlari,gerbariylar, illyustratsiyalardir. Bundan tashqari topishmoq-lar, she’rlar, qushlar ovozining yozuvlari foydalidir. Bu bo-lalarda muhokama qilinayotgan hikoyaga nisbatan emotsio-nal munosabat uyg‘otadi.

Page 45: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

45

Suhbat bolalarni tabiat bilan tanishtirish uslubi sifatida,o‘rta va maktabgacha katta yoshda qo‘llaniladi. O‘rta gu-ruhda suhbat, asosan, hodisalarni eslatishga, katta va mak-tabga tayyorlov guruhlarida esa mavjud bilimlarni umum-lashtirish va sistemaga solishga yo‘naltiriladi.

«Bolajon» dasturi asosida guruhlar bo‘yicha suhbatga oidmashg‘ulotlarni tashkil etish

Mashg‘ulot mavzulari

AMALIY ISH

Tabiatga, tabiat muzeyiga, xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasiga, meteriologikstansiyalarga ekskursiya uyushtirish. Ob-havoni kuzatish, bolalarning qishloq xo‘jaligiijtimoiy mehnatini tashkil etish.

Nazorat savollari1. Òabiat bilan tarishtirish metodlari necha guruhga bo‘linadi va ular qanday

guruhlar?2. Kuzatish uslubining mohiyati nimada?3. Òabiat bilan tanishtirishda tabiiy jismlarning ahamiyati qanday?4. Kuzatish necha turli bo‘ladi? Ular haqida gapirib bering.5. Kuzatishda tarqatma materiallardan foydalanishning ahamiyati qanday?6. Amaliy uslub va uning turlari haqida gapirib bering.7. Òabiatda bolalar mehnatining ahamiyati qanday?

8. Òabiat bilan tanishtirishning og‘zaki uslubi haqida gapirib bering.

atr‘Ohurug

rbaked tabhusaditsuita’rus»ralniy‘oighsiQ«

attaKhurug

rbatkoralhsuqihcvutekbihcuagralakl‘oqissiadhsiQ

tabhusadiqah

rbayon tabhusadisuzvam»?iz‘oaminqilaB«

rbaked tabhusadiqahralhsuqihcvuloqbalhsiQ

larvef tabhusadiqahitoyahralnovyahiyovvoyadhsiQ

yam tabhusadiqahilsafrohaB

-royyaTvol

ihurug

rbatnes tabhusadiqahilsafzuK

rbayon tabhusadiqahzuK

ravnay tabhusadiqahhsiQ

larvef tabhusyinukayahciy‘obisuzvam»hsiQ«

tram tabhusadiqahrohaB

Page 46: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

46

III BOBBOLALARNI TABIAT BILAN

TANISHTIRISHNING SHAKLLARI

1. Tabiat bilan tanishtirish shakllari

Maktabgacha ta’lim muassasalarida tabiat bilan tanish-tirish xilma-xil shakllarda: mashg‘ulotlarda, ekskursiyalarda,sayrda, tabiat burchagidagi va yer maydonchasidagi meh-natlarda amalga oshiriladi. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishmashg‘ulotlari bilimlarni bolalarning imkoniyati hamdatabiatning xususiyatlarini nazarda tutgan holda shakllantirishimkonini beradi. Tarbiyachi rahbarligida o‘tadigan mash-g‘ulotlarda bolalarda dastur talablariga muvofiq elementarbilimlar shakllanadi, asosiy bilish jarayonlari va bolalarningqobiliyatlari ma’lum bir tartibda rivojlantiriladi. Kundalikhayotda kuzatish, o‘yin, mehnat vaqtida bolalarning shaxsiybilimlari yig‘ilib boradi. Mashg‘ulotlar ularga aniqlash vatizimlashtirish imkonini beradi. Bolalarni mashg‘ulotlardao‘qitish turli metodlarda amalga oshiriladi. Metod mashg‘u-lot turi, uning asosiy maqsadiga ko‘ra tanlanadi.

Mashg‘ulotlarning ba’zi turlarida boshlang‘ich bilimlarshakllantiriladi. Shu maqsadda tarbiyachi kuzatish, rasmlarniko‘rish, badiiy asarlarni o‘qish, hikoya, diafilm va kino-filmlarni ko‘rsatishdan foydalanadi. Boshqa mashg‘ulotlardaesa bilimlar kengaytiriladi va chuqurlashtiriladi.

Aytib o‘tilgan metodlardan tashqari bu mashg‘ulotlardabolalarning tabiatdagi mehnatidan ham foydalaniladi.Uchinchi turdagi mashg‘ulotlarning asosiy vazifasi — bilim-larni umumlashtirish hamda bir tizimga solishdir. Shuninguchun suhbatlar, didaktik o‘yinlar, umumlashtiruvchi ku-zatishlardan foydalaniladi. Bolalar egallagan bilimlarinimehnat va o‘yinlarda amalda qo‘llaydilar.

Mashg‘ulotlar kichik va o‘rta yosh guruhlarda bir oyda2 martadan, katta guruhlarda esa haftada 1 martadano‘tkaziladi. Mashg‘ulotda olingan bilimlarni mustahkamlashmaqsadida o‘rta guruhdan boshlab, ekskursiyalar va boshqa

Page 47: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

47

guruhlarda maqsadli sayrlar tashkil etiladi. Mashg‘ulot 5qismdan iborat:

1. Mashg‘ulotning nomi.2. Mashg‘ulotning maqsadi.3. Mashg‘ulotga tayyorgarlik.4. Mashg‘ulotning borishi.5. Mashg‘ulotni yakunlash.Maqsadli sayr 5 qismdan iborat: tabiatni kuzatish, kattalar

mehnatini kuzatish, mehnat qilish, qoidali harakatli o‘yinlar,tinch o‘yinlar.

Mashg‘ulotga tayyorlanish. Mashg‘ulotning samaraliligitarbiyachining tayyorgarlik darajasiga bog‘liqdir. Tarbiya-chi mashg‘ulot mavzusini va ahamiyatini belgilab, mavzubo‘yicha tabiatshunoslik bilimlarini to‘ldirishi, so‘ng mash-g‘ulot vazifalarini dastur asosida ishlab chiqishi lozim. Bundatarbiyachi «Bolajon» dasturi vazifalariga, bolaning qobiliyatdarajasiga hamda tevarak-atrofdagi tabiiy muhitga tayanadi.Mazkur mashg‘ulot mazmunini tanlashda uning ish tizi-midagi o‘rni (mashg‘ulotda boshlang‘ich bilimlarni shakl-lantirish jarayoni sodir bo‘lyaptimi yoki ular boyitilib birtizimga solinyaptimi, bilimlarni qo‘llash mashq qilinyap-timi va shu kabilar)ni aniqlash lozim. Bu o‘rinda tarbiyachidarsning maqsadi va mazmuniga qarab turli metodlarniqo‘llaydi. Tarbiyachi qanaqa metod va uslublar tanlamasin,ulardan kompleks, bir-birini to‘ldirgan holda foydalanishi,bu asosiy maqsad — o‘rganilayotgan tabiat jismlari va hodi-salarning bolalar tomonidan qabul qilib olinishini yaxshi-lashga hamda tabiat haqidagi tushunchalarning to‘g‘ri shakl-lanishiga xizmat qilishi kerak. Mashg‘ulotda hal etiladigantarbiyaviy vazifalar tabiatga ijobiy, ehtiyotkorona, estetikmunosabatlarni shakllantirishga yo‘llanadi.

Mashg‘ulotga tayyorlanish hamda uni o‘tkazishda uningtuzilishini to‘g‘ri aniqlash muhimdir. Metodni tanlashta’limiy vazifalar xarakteri, tabiiy obyektning xususiyatlarihamda bolalarning yoshiga bog‘liqdir. Masalan, yovvoyihayvonlar haqidagi bilimni shakllantirishning yaxshisi dia-film, kinofilmlar ko‘rsatish orqali, tabiat burchagidagi hay-vonlar va o‘simliklar bilan tanishishni esa ularni bevositakuzatish orqali amalga oshirgan ma’qul. Kichik yoshdagi

Page 48: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

48

bolalar mashg‘ulotlarida kuzatish, o‘yin metodlaridan foyda-laniladi. Og‘zaki metoddan, asosan, maktabgacha katta yosh-dagi bolalar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda foyda-laniladi. Tanlangan metod dastur vazifasining to‘liq bajarili-shini va bolalarning faol aqliy faoliyatini ta’minlashi lozim.

Mashg‘ulotlarda qo‘llaniladigan o‘qitish metodlariningxilma-xilligi tarbiyachidan puxta sharoit yaratishni talabqiladi: hayvonlar, xonaki o‘simliklar, rasmlarni ko‘rish uchunbolalar yarimdoira qilib o‘tqaziladi. Bu bolalarning mash-g‘ulotda faol ishtirok etishlariga imkon beradi. Agar mash-g‘ulotda tarqatma materiallardan foydalanilsa, ya’ni har birbolaning qo‘lida kuzatish obyekti bo‘lsa, bolalarning o‘zstollari atrofida o‘tirganlari ma’qul. Ba’zan guruh xonasidamehnat malakalarini tarbiyalashga bag‘ishlangan mashg‘u-lotlar o‘tkaziladi. Bunday holatda bolalarni to‘rtburchak shak-lida joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Shunda bolalar tar-biyachi ko‘rsatadigan ish usullarini yaxshiroq ko‘rishga egabo‘ladilar.

Tarbiyachi mashg‘ulot o‘tkazishdan oldin bir qanchako‘rgazmali qurollar, ya’ni jonli va jonsiz tabiat jismlari (ger-bariylar, yil fasllari, tabiat manzaralari tasvirlangan kalen-darlar, toshlar, foydali hasharotlar, o‘simliklar va ularningqismlari, mayda hayvon va boshqalar)ni tayyorlab qo‘yadi.Chunki ko‘rgazmali qurol bolalarga o‘rganilayotgan narsanibir necha sezgi a’zolari bilan qabul qilib olish imkoniyatiniberadi, ya’ni ular narsani ko‘ribgina qolmasdan, uning xu-susiyatini (masalan, tirnab ko‘rish, bolg‘acha bilan uribko‘rish orqali narsaning mo‘rtligini, egish bilan qayish-qoqligini, egiluvchanligini va hokazo) sinaydilar.

Mashg‘ulot, asosan, quyidagi tartibda olib boriladi:— ish maqsadini e’lon qilish;— topshiriqni tushuntirish;— ko‘rgazmali qurollar ustida ishlash;— kuzatish;— o‘tkazilgan ish natijalarini tushuntirish — suhbat;— xulosa chiqarish;— rasmlar chizish.Mashg‘ulot so‘ngida tarbiyachi bolalarning malaka va

ko‘nikmalarini, ularning mashg‘ulotga munosabatlarini, qi-

Page 49: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

49

ziqishlarini pedagogik jihatdan baholaydi. Baholarning dif-ferensiyalashuvi bolalarning yoshiga bog‘liq bo‘ladi.

2. Ekskursiya

Ma’lumki, tabiat bilan tanishtirish jarayonida tarbiyachixilma-xil: og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy metodlarni qo‘l-laydi. U o‘simlik va hayvonlarni, ularning yashash sharoitla-rini namoyish qiladi. Bu narsalarni oddiy mashg‘ulotlardako‘rsatib bo‘lmaydi. Shuning uchun tabiat bilan tanishtirishmetodikasida mashg‘ulotlarni to‘ldiruvchi maxsus shakllarqo‘llaniladi.

Ekskursiya bolalarni tabiat bilan tanishtiruvchi mash-g‘ulotlar turidan biridir. U tabiat bilan tanishtirish metod-larining ko‘rgazmali metodiga kiradi. Ekskursiya vaqtidabola tabiat hodisalarining mavsumiy o‘zgarishlarini tabiiysharoitda kuzatishi, tabiatning insonning hayot va talablarigamuvofiq o‘zgarayotganini hamda atrofimizdagi jonli va jonsiztabiatda yuz berayotgan hodisa va jarayonlar to‘g‘risidabilimlar to‘plashga imkon beradi. Ekskursiya mashg‘ulotla-rining afzalligi yana shundaki, unda bolalar o‘simlik vahayvonlarni ular yashaydigan muhitda ko‘rish hamda ta-biatda mavjud bo‘lgan o‘zaro aloqalar haqida dastlabkidunyoqarash, tasavvurlarini, olamni materialistik tushunishnishakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Tarbiyachi rahbarligida o‘rmon, dala, daryo va ko‘lqirg‘oqlariga uyushtirilgan ekskursiya bolalarning diqqatinijalb qiladi, tabiat burchagida olib boriladigan keyingi kuza-tishlarga xilma-xil material to‘plashga sharoit yaratadi.Ekskursiyalarda bolalarda kuzatuvchanlik, tabiatni o‘rganish-ga qiziqish o‘sadi. Ular narsalarni sinchiklab kuzatish vauning xarakterli xususiyatlarini qayd qilishga odatlanadilar.

Tabiatning go‘zalligi bolalarda estetik hissiyotlarningo‘sishiga yordam beradi. Shu asosda ona tabiatga muhabbat,unga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish shakllanadi.

Ekskursiyalar mazmuniga ko‘ra shartli tarzda ikki turgabo‘linadi: tabiatga uyushtiriladigan ekskursiya — bog‘, o‘rmon,daryo, o‘tloq, shuningdek, hayvonot bog‘i, botanika bog‘iga(bular turli mavsumda o‘tkaziladi) ekskursiyalar hamda qishloq

4 – Hasanboyeva O.U., va boshq.

Page 50: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

50

xo‘jaligi ekskursiyasi — dala, parrandachilik fabrikasi, bog‘,ekinzor va shu kabilarga kattalarning mehnati bilan tanishishmaqsadida uyushtiriladigan ekskursiyalar. Ekskursiya mash-g‘ulot turi sifatida o‘rta, katta hamda tayyorlov guruhlaridao‘tkaziladi. Har bir ekskursiya uchun barcha bolalar egal-lashlari shart bo‘lgan dastur mazmuni belgilanadi.

Ekskursiya 5 qismdan iborat:1. Ekskursiyaning nomi.2. Ekskursiyaning maqsadi.3. Ekskursiyaga tayyorgarlik.4. Ekskursiyaning borishi.5. Ekskursiyani yakunlash.Tarbiyachining ekskursiyaga tayyorlanishi. Tarbiyachi

ekskursiyani rejalashtirar ekan, ekskursiya mavzusi hamdamaqsadini aniq belgilaydi, ekskursiya o‘rnini, unga bori-ladigan qulay (bolalarni charchatmaydigan, ular diqqatiniasosiy maqsaddan chalg‘itmaydigan) yo‘lni belgilaydi.Ekskursiya o‘rnini tanlashda bolalarning jismoniy imko-niyatlarini (piyoda yuriladigan ekskursiyalar kichkintoylaruchun faqat yaqin masofalargagina uyushtirilishi mumkin),shuningdek mavsumni, yo‘lning xususiyatlarini, ob-havoholatini hisobga olish zarur.

Ekskursiya uyushtiriladigan joy tarbiyachiga qanchaliktanish bo‘lmasin, u bir-ikki kun oldin o‘sha joyni ko‘ribchiqishi lozim. Bo‘lajak ekskursiya joyida bo‘lgan tarbiyachimarshrutni aniqlaydi, kerakli obyektlarni topib, bolalarkuzatishlarni mustaqil olib borishlari hamda dam olishlarimumkin bo‘lgan joyni belgilaydi.

Ekskursiyani o‘tkazishdan oldin tarbiyachi uni o‘tkazishusullarini atroflicha o‘ylab ko‘radi va ekskursiya qiziqarlio‘tishi uchun oldindan she’r, topishmoq, maqollarni tanlab,ulardan foydalanadi.

Bolalarni ekskursiyaga tayyorlash. Ekskursiyadan birnecha kun oldin bolalarda mashg‘ulotga qiziqish uyg‘otish,tasavvurlarni jonlantirish maqsadida tarbiyachi ular bilankichik suhbat o‘tkazadi, ya’ni ekskursiya vazifalarini qo‘yadi,topshiriq va vazifalarni taqsimlaydi, ekskursiyadagi xulq-atvor qoidalari bilan tanishtiradi, shuningdek anjom-aslahava jihozlarni tayyorlaydi.

Page 51: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

51

Tabiatshunoslik ekskursiyasi. Tabiatshunoslik ekskursiyasi ki-rish suhbati, kollektiv bo‘lib kuzatish, bolalarning individualmustaqil kuzatishlari, tabiatga oid materiallarni to‘plash,bolalarning dam olish vaqtida to‘plagan materiallar bilano‘ynashi va yakuniy qismlarni o‘z ichiga oladi. Bolalarniekskursiya o‘tkaziladigan joyga olib kelgandan so‘ng tarbiya-chi qisqa suhbatda ekskursiyaning maqsadi va vazifalarinieslatadi. Shundan so‘ng ular tabiatdagi narsa va hodisalarnikuzatishga o‘tadilar.

Ekskursiyaning asosiy qismi — jamoaviy kuzatishlar. Bun-da mashg‘ulotning asosiy qismi hal qilinadi. Tarbiyachibolalarga narsa va hodisalarning xarakterli xususiyatlarinianglab olishlariga yordam beradi. Bunga turli usullar (savolva topshiriqlar, she’rlar, tadqiqotchilik harakatlari, o‘yinusullari)ni qo‘llash orqali erishiladi. Tarbiyachi kuzatishlarnio‘z hikoyasi hamda tushuntirishlari bilan to‘ldiradi.

Kuzatishda asosiy e’tibor jism va hodisalarni yaxshilabko‘rishga, ularni qiyoslashga, tabiat hodisalari o‘rtasidagialoqalarni aniqlashga yordam beradigan savol va topshi-riqlarga qaratiladi.

Kuzatish jarayonida hikoya, she’r va topishmoqlarni qo‘l-lash foydalidir. Ekskursiya jarayonida tarbiyachi bolalarningbilish faoliyatiga rahbarlik qiladi. Bunda og‘zaki (hikoya,suhbat, tushuntirish), ko‘rgazmali va amaliy metodlardanfoydalaniladi.

Ekskursiyaning asosiy qismi tugagach, bolalarning indi-vidual mustaqil kuzatishlarga qiziqishlarini qondirish vatabiatshunoslikka oid materiallarni to‘plash uchun imko-niyat berish zarur. Biroq material to‘plash uchun topshiriqberishda, to‘plangan material miqdorini qat’iy cheklashlozim, bu bolalar e’tiborini faqat ma’lum o‘simlik va hay-vonlarga qaratish va bundan tashqari tabiatga ehtiyotkoronamunosabatda bo‘lishni tarbiyalash uchun ham kerakdir.

Bolalar mustaqil ishlayotgan vaqtda, tarbiyachi hamyordam berib turishi lozim. Ba’zan o‘simlikni qanday kavlabolishni, quruq novdani qanday qirqishni va shu kabilarniko‘rsatib turishi kerak. Dam olish vaqtida to‘plangan ma-teriallar saralanadi, jildlarga, savatchalarga joylanadi, ba’zi-laridan o‘yin va mashqlarda foydalaniladi.

Page 52: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

52

Qishloq xo‘jalik ekskursiyasi. Qishloq xo‘jalik ekskursiyalarixilma-xildir: dala (yer haydash, ekish, hosil to‘plash), o‘tloq(mol boqish, hashak o‘rish) bog‘, ekinzor, mevazor, ferma,botanika bog‘i, issiqxona, parrandachilik fermasi va shu kabiekskursiyalardir. Ekskursiya insonning tabiatga ta’sirini, ya’nio‘simliklarni o‘stirishni va hayvonlarni boqishni ko‘rgazmalitarzda ko‘rsatish imkonini beradi. Bu yerda bolalar asosiymehnat jarayonlarining bir nechtasi bilan tanishadilar.

Ekskursiyalarning o‘ziga xosligi shundaki, bola insonfaoliyatini ham, u ta’sir etayotgan tabiatni ham kuzatishimumkin. Qishloq xo‘jalik obyektiga uyushtiriladigan ekskur-siya suhbat bilan boshlanadi. Qishloq xo‘jalik ekskursiyalarigatayyorlanishda tarbiyachi kuzatish obyekti bilan oldin o‘zitanishadi, ekskursiya o‘tkazish uchun ruxsat oladi, ekskursiyavaqti, bolalarning mehnatda qatnashishlari haqida kelishiboladi va bolalarning ma’lum ishda band bo‘lgan kattalarbilan bo‘ladigan suhbatining mazmunini belgilaydi. Ekskur-siya yakunida mazkur obyekt ishi haqidagi taassurotlarumumlashtiriladi.

Ekskursiyadan keyingi ish. Ekskursiyada olingan bilimlarmashg‘ulotlarda, o‘yinlarda, tabiat burchagida o‘tkaziladigankuzatishlarda kengaytiriladi va mustahkamlanadi. Ekskursiyayakunida to‘plangan materiallarni tabiat burchagiga joylash-tirish (masalan, o‘simliklarni vazalarga, gultuvaklarga solish,jonivorlarni akvarium, terrarium, sadaklarga joylashtirish),o‘simlik va hayvonlarni kuzatuv ostiga olish zarur. Eks-kursiyadan 2–3 kun o‘tgach, tarqatma material, rasm solish,loy va plastilindan narsalar yasaladi, tabiiy materiallardanfoydalanib didaktik o‘yinlar, mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Badiiyadabiyotlar o‘qiladi, bolalarning ekskursiyadan olgan taas-surotlari haqidagi hikoyalari tinglanadi. Mashg‘ulot yakunidaumumlashtiruvchi suhbat o‘tkaziladi.

Tabiatshunoslik ekskursiyalari ma’lum tizimga muvofiqo‘tkaziladi. Ularni tabiatda bo‘ladigan mavsumiy o‘zga-rishlarga qarab ayni bir obyektning o‘ziga yilning turlifasllarida uyushtirish maqsadga muvofiqdir. Masalan, bahormavsumida maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilanvazifalarni asta-sekin murakkablashtirgan holda istirohatbog‘iga 3 marta ekskursiya uyushtirish lozim.

Page 53: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

53

Bu ekskursiyadan maqsad — bolalarni bahorgi o‘zga-rishlar bilan tanishtirish, ularni ko‘rish hamda tabiatda sodirbo‘layotgan o‘zgarishlarning sababini tushunish ko‘nik-malarini o‘stirishdir. Qishloq xo‘jaligi ekskursiyalarini kattalarmehnatining ayrim turlari bilan tanishtirish maqsadidaepizodik tarzda o‘tkazish lozim. Ekskursiyani uyushtirishguruhdagi mashg‘ulotni uyushtirishga qaraganda qiyinroqdir,shuning uchun uning muvaffaqiyatli o‘tishi tarbiyachi vabolalarning puxta tayyorlanishlariga bog‘liq bo‘ladi.

3. Katta guruhda boqqa maqsadliekskursiya

Bu sayr oltin kuzda, bog‘ning mevali va manzaralidaraxtlar o‘sadigan, ochiq, quyoshli kuz belgilari sezilibturadigan kunda o‘tkaziladi.

Ekskursiyadan maqsad. Bolalarni kuzning xarakterlibelgilari bilan tanishtirish. Bolalarga mevali va manzaralidaraxtlar to‘g‘risida tushuncha berish. Bolalarga mevali vamanzarali daraxtlarning nomini aytish, mevali daraxtlarnimanzarali daraxtdan farq qilishga o‘rgatish, hasharotlar vaqushlar hayoti haqidagi bilimlarini aniqlash, bolalargakuzning belgilarini bildiruvchi so‘zlardan foydalanishnio‘rgatish, kuzatishlarga qiziqishlarini orttirish, tabiat go‘zalli-gidan zavqlanish qobiliyatlarini tarbiyalash.

Ekskursiyaga tayyorgarlik. Bolalarga bugun ular kuzdabog‘ qanday bo‘lgani, u yerda qanday daraxtlar o‘sishini,daraxtlarning mevalari va barglarini terishlari aytiladi. Barg,urug‘larni solish uchun qog‘oz xaltachalar tayyorlab qo‘yiladi.

Ekskursiyaning borishi. Boqqa kirish bilan tarbiyachiA. Bartoning quyidagi she’rini o‘qiydi:

Barg to‘kilib, to‘kilib,Tushar g‘amgin, shitirlab,Yerni bezab qoplagan,Sariq, yashil, qizil rang.

Bolalar diqqati mevali va manzarali daraxtlarning kuzfaslida go‘zal bezanganligiga jalb qilinib, ularni zavqlanishgao‘rgatiladi. Tarbiyachi bolalarga o‘zlariga tanish mevali

Page 54: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

54

daraxtlar — olma, nok, behi, olcha, gilos, olxo‘ri, anjir,o‘rik va manzarali daraxtlar — chinor, archa, terak, tolnitopishni taklif etadi. Bolalar barglarni teradilar, ularnisinchiklab ko‘radilar, uning rangi, shakli, katta-kichikliginiaytadilar. So‘ngra hammalari nok daraxti yoniga keladilar.Tarbiyachi bolalarga nok daraxtining o‘ziga xos belgilaribilan tanishtiradi. Bolalar olma barglarini topib, uni shaftolibargi bilan solishtiradilar, ularning shakli va ranginianiqlaydilar.

Tarbiyachi bolalardan bog‘da yana qanday mevali vamanzarali daraxtlar borligini so‘raydi. Bolalarga bog‘dagitovushlarga diqqat bilan quloq solishlarini taklif etadi. «Nimaeshitilyapti?», «Qushlar sayrayaptimi?» degan savollar bilanularga murojaat qiladi. Uchib o‘tayotgan qushlarning nomiaytiladi. Shu bilan birga barglar tagida yashirinib olganqo‘ng‘izlarni, kapalaklarni axtarish mumkin.

Ekskursiya oxirida bog‘ go‘zalligidan yana bir zavqlanib,kuz haqidagi quyidagi she’rdan parcha o‘qish mumkin.

KUZ

Kirib keldi oltin kuz,Gullar jilosi so‘ndi.Yap-yalang‘och butalar,G‘amgin boqadi endi.

Bolalarning o‘simliklar to‘g‘risidagi tasavvurini didaktiko‘yinlar orqali mustahkamlash mumkin.

AMALIY ISH

O‘quvchilar tomonidan mashg‘ulotlar rejasini tuzish va analiz qilish. Bolalarbog‘chasidagi maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirishning metodva shakllarini tahlil qilish. Ushbu mashg‘ulotlarni kuzatish va ularni mustaqiltashkil etish. Tabiat obyektlarini kuzatish va mehnat mashg‘ulotlarini tashkil qilish.

Nazorat savollari1. Bolalarni tabiat bilan tanishtirish qanday shakllarda olib boriladi?2. Mashg‘ulotga tayyorlanishda nimalarga ahamiyat berish kerak?3. Mashg‘ulotlar qanday tartibda olib boriladi?4. Ekskursiya necha turga bo‘linadi?5. Ekskursiyada to‘planadigan materiallardan qaysi mashg‘ulotlarda foydalanish

mumkin?6. Ekskursiyaning muvaffaqiyatli o‘tishi nimalarga bog‘liq?

Page 55: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

55

1. Bolalar bog‘chasida tabiat burchagi

Bolalar bog‘chasida bolalarni tabiat bilan tanishtirish ubilan doimo bevosita munosabatda bo‘lishni talab qiladi.Buni ta’minlovchi shartlardan biri bolalar bog‘chasida jonlitabiat burchagiga ega bo‘lishdir. Bolalarni tabiat bilan uzviy,davomli va sistemali tarzda tanishtirish ularda jonli tabiatburchagida yashovchilar haqida chuqur va puxta bilimlarni,mehnat, malaka hamda ko‘nikmalarni hosil qilish, kuza-tuvchanlikni o‘stirish uchun sharoit yaratadi. Ana shu malakava ko‘nikmalar asosida tabiatga ehtiyotkorona munosabatham, unga qiziqish ham tarbiyalanadi.

Tabiat burchagi bolalarning diqqatini burchakda yashov-chi bir necha hayvonlarga, ularning o‘ziga xos belgilarigaqaratish va shu bilan bolalarning chuqur, mustahkam bilimgaega bo‘lishlariga imkon yaratadi. Tabiatda bolalar uchra-tadigan hayvon va o‘simliklarning xilma-xilligi ular hayoti-dagi umumiy, ahamiyatli hamda qonuniy tomonlarni ajratibko‘rsatishni qiyinlashtiradi. Cheklangan miqdordagi maxsustanlangan obyektlar bilan tabiat burchagida tanishtirish mu-rakkab hamda muhim vazifani hal etish imkoniyatini beradi.Tabiat burchagida yashovchilarning fazoviy yaqinligi hamahamiyatlidir.

Tabiat burchagida quyidagilar bo‘lishi kerak:– gullar, qushlar, baliqlar, hayvonlar, ob-havo kalendari,

navbatchilik burchagi, mehnat anjomlari.Masalan, bolalar akvariumdagi baliqlarni yaxshilab ko‘-

rish, ularni uzoq muddat davomida kuzatish imkoniyatigaega bo‘ladilar.

Jonli tabiat burchagi uchun o‘simlik va hayvonlarni tan-lashda bir qator talablarni nazarda tutish lozim. Ular quyida-gilardir:

1) o‘simlik yoki hayvon u yoki bu ekologik guruhga xosbo‘lishi lozim. Bunda bolalarni o‘simlik va hayvonlarning

IV BOBBOLALARNI TABIAT BILAN TANISHTIRISHNING

SHART-SHAROITLARI

Page 56: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

56

katta guruhi uchun xarakterli bo‘lgan asosiy, o‘ziga xos bel-gilari, yashash sharoitlari bilan tanishtirish imkoni yaratiladi;

2) tabiat burchagida yashovchilarni parvarish qilish, qili-nadigan mehnatning sifati, xarakteri, unga sarflanadigankuch va vaqtiga ko‘ra maktabgacha yoshdagi bolalarningyoshiga mos (tarbiyachining ishtiroki va rahbarligi ostida)bo‘lishi lozim. Shuning uchun «beor» o‘simliklar va ovqatnitanlamaydigan hayvonlar tanlanadi;

3) tabiat burchagidagi hayvon va o‘simliklar tashqiko‘rinishidan yorqin, jozibador, maktabgacha ta’lim yoshi-dagi bolalarning hali unchalik barqaror bo‘lmagan diqqatinio‘ziga jalb qila oladigan bo‘lishi kerak;

4) tabiat burchagida bu turdagi o‘simlik va hayvonlarningbir necha xili mavjud bo‘lishi lozim. Chunki bolalar kuzatishobyektida faqat umumiy belgilarnigina emas, balki o‘zigaxos xususiyatli belgilarni ham ko‘ra olishlari kerak. Bu bola-larning tirik organizmlarning xilma-xilligi hamda takror-lanmasligini bilib olishlariga yordam beradi;

5) tabiat burchagida o‘simlik va hayvonlar tamomanxavfsiz bo‘lishi, bolalarning sog‘liqlariga hech qanday zararyetkazmasligi lozim;

6) o‘simlik va hayvonlarning bolalar muassasasi binosidagihayot faoliyati, o‘sishi va rivojlanishida binoning doimiyharoratini, karbonat angidrit gazining konsentratsiyasini, qu-ruqligini, shovqin-suronning mavjudligini hisobga olish lozim.

Hayvon va o‘simliklarni tabiat burchagiga joylashtirishda,birinchi navbatda, ularning biologik xususiyatlari hamda eh-tiyojlariga e’tibor berish lozim. Masalan, ba’zi xona o‘sim-liklari (chiroqgul, kaktus va boshqalar) quyosh nurining ko‘p-roq bo‘lishini talab qiladi, shuning uchun ularni eng yorug‘joyga qo‘yish lozim, ba’zilari esa (masalan, uzambarg gu-nafshasi) tik tushib turuvchi quyosh nuriga bardosh beraolmaydi. Shu bilan birga jonli tabiat burchagi ko‘zni quvon-tirishi, bezashi lozim. Bunda, obyektlarni shunday joylash-tirish kerakki, bolalar ularning yoniga bemalol kela olishlari,kuzata olishlari va unda mehnat qila olishlari mumkin bo‘lsin.

Tabiat burchagida yashovchilarni doimiy va vaqtinchayashovchilarga ajratish mumkin. Doimiy yashovchilarga xonagullari, qafasdagi qushlar, akvariumdagi baliqlar, katta gu-

Page 57: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

57

ruhlarda esa hayvonlar kiradi. Vaqtincha yashovchilargaqisqa muddatga olib kiriladigan mahalliy o‘lka o‘simligi,hayvonlar, dastlabki bahorgi gullar, kuzda qiyg‘os gullaydigangulxonadagi dekorativ o‘simliklar, xonadagi manzaralio‘simliklar, hasharotlar va shu kabilar kiradi.

2. Turli guruhlarda tabiat burchagini tashkil etish

Kichik yosh guruhining tabiat burchagi (1-rasm). Kichikguruh tabiat burchagi uchun o‘simlik va hayvonlarnitanlashda, eng avvalo, bolalarning narsalarni idrok etishxususiyatlari, shuningdek, ta’limiy masalalar nazarda tutiladi.Kichkintoylar 2—3 xil o‘simlikni bilib olishlari va ularningasosiy qismlarini (bargi, poyasi, guli) farqlay olib, nomlariniaytishlari lozim.

Ikkinchi kichik guruhdagi bolalar o‘simliklarni parvarishqilishga jalb qilinadilar: ular o‘simliklarga suv quyadilar(suvni kattalar tayyorlab beradi, qancha quyish lozimliginiham ular ko‘rsatishadi), nam latta bilan o‘simliklarningbarglarini artadilar. Hayvonlarni kuzatar ekanlar, bolalarhayvonlarning tashqi aniq belgilariga: gavda qismlari,harakatlanish xarakteri, chiqaradigan ovozlari va hokazolargako‘ra tanib olishni, tanasining asosiy qismlarini farqlashnio‘rganib oladilar. Tarbiyachi bolalarni kuzatishga, savolnianglashga, diqqatni kuzatilayotgan narsaga qaratib, unchamurakkab bo‘lmagan harakatlaridan foydalanishga, kuzatishjarayonida berilgan savollarga javob qaytarishga o‘rgatadi.

Kichik yosh guruhning tabiat burchagiga asosiy qismlari(poyasi, bargi) aniq ifodalangan va yorqin, qiyg‘os hamdauzoq gullaydigan o‘simliklar joylashtiriladi. Masalan: xina,azaliya, fuksiya, xitoy atirguli va hokazolar. Aytib o‘tilganturlardan yil davomida kuzatish uchun 3–4 xil o‘simlik tan-lanadi. Ularning ba’zilari 2 nusxada bo‘lishi lozim. Bularichidan bolalar bir xil o‘simliklarni topib, ajratib ko‘rsatishnio‘rganadilar.

Ilk yoshdagilarning ikkinchi guruh tabiat burchagigaakvarium joylashtiriladi. Akvariumga kichkintoylarning idroketish xususiyatlaridan kelib chiqib, chiroyli rangdagi, yilningko‘p qismida faol yashaydigan, ozuqani shoshib-pishib

Page 58: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

58

yeydigan baliqlarni tanlash lozim (masalan, oddiy tilla baliq,tilla yoki kumush rangdagi tovonbaliqlar). Kichik yosh gu-ruhlarning tabiat burchagida qushlarni ham saqlash mum-kin. Qushning patlari chiroyli, o‘zi xushchaqchaq bo‘lishi,ovqat tanlamasligi, qafasda ham sayrashi maqsadga muvo-fiqdir. Kanareyka xuddi shunday qushlardandir. Biroq imkonbo‘lsa, sa’va, snegirni saqlash lozim. Kichik yosh guruh tabiatburchagida sutemizuvchilarni saqlash mumkin emas.

YORONGUL

FIKUSTOVONBALIQ

ORTIQDUMKANAREYKA

TOSHBAQAQUYON

GUPPI

Kichik yoshguruh tabiat

burchagi

O‘rta yosh guruh tabiat burchagi (2-rasm). O‘rta yoshguruhdagi bolalarda narsalarning xususiyat va sifatlarini(shaklining xilma-xilligi, rangi, kattaligi, sathining xarakteriva shu kabilar) ko‘ra olish malakasi hosil qilinadi. Bolalarsolishtirib ko‘rishning murakkabroq usullarini egallaydilar,narsalarning farqi va o‘xshashligini aniqlashni, ularni u yokibu belgilariga ko‘ra umumlashtirishni o‘rganadilar. O‘simlikva hayvonlar haqidagi bilimlar murakkablashadi. Bolalaro‘simliklarning xususiyatlarini aniq farqlashni boshlaydilar,ularning hayotlari uchun zarur bo‘lgan sharoitlari bilantanishadilar. Shu bilan bolalar ko‘rganda taniydigan hamda

1-rasm. Kichik yosh guruh tabiat burchagiga tanlanadigano‘simlik va hayvonlar.

Page 59: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

59

nomlarini biladigan o‘simliklar soni ortib boradi. Besh yoshgaqadam qo‘ygan bola hayvonlar bilan tanishar ekan, ularningtashqi ko‘rinishi, tuzilishi, harakat qilishi, ovqatlanishiningo‘ziga xosligini va dastlabki bog‘liqlik — harakat qilish xarak-teri oyoqlarining tuzilishiga bog‘liq ekanligini bilib oladi.

Jonli tabiat burchagida yashovchilarni parvarish qilishjarayonida bolalar unchalik murakkab bo‘lmagan ko‘nik-malarni egallaydilar: bular — o‘simlikni toza saqlash, unito‘g‘ri sug‘orish, suvdon va oxur (donxo‘rak)larni yuvish,ozuqa berish kabi. Bu yoshdagi bolalar o‘simlik va hayvon-larni kuzatar ekanlar, ularning o‘sishi va rivojlanishidagio‘zgarishlarni qayd qiladilar, o‘z kuzatishlarini to‘g‘ri gapiribberishni o‘rganadilar. O‘rta yosh guruhdagi bolalarning jonlitabiat haqidagi dunyoqarashlarini kengaytirish maqsadidatabiat burchagining aholisini to‘ldirib, boyitib turish talabqilinadi. Xona o‘simliklari turli shakl va hajmdagi barglargaega bo‘lishi lozim, chunki bolalar o‘simliklarni ozoda saq-lashning o‘zlari uchun yangi bo‘lgan usullarini egallaydilar,egilgan barglarni mo‘yqalam bilan artadilar, gullarga suv

O‘rta yoshguruh tabiat

burchagi

YORONGUL FIKUS TOVONBALIQ

TOSHBAQAQUYON GUPPI

KANAREYKA

BALZAMIN

NEON

ORTIQDUM

GURAMI

2-rasm. O‘rta yosh guruh tabiat burchagiga tanlanadigano‘simlik va hayvonlar.

Page 60: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

60

purkaydilar. Bunda bolalar parvarish qilish usulini barglarningxarakteriga: kattaligi, miqdori, sathining xarakteri, pishiq-ligiga ko‘ra aniqlashni o‘rganadilar. O‘rta yosh guruh jonlitabiat burchagida doimiy yashovchilar sifatida sutemizuv-chilarni ham saqlash mumkin. Bu yoshdagi bolalar ularniparvarish qilishning oddiy malakalarini bemalol egallayoladilar. Xatti-harakatiga ko‘ra qiziqarli bo‘lgan dengiz cho‘ch-qasi va siriya og‘maxonlarini joylashtirish maqsadga muvo-fiqdir. Ularni parvarish qilish qiyin emas, ular vaqt va mu-hitga oson shakllanadigan jonivorlardir.

Katta yosh guruh tabiat burchagi (3-rasm). Katta yoshguruhda narsalarni kuzatish, solishtirib ko‘rish, ularni turlibelgilariga ko‘ra umumlashtirish ko‘nikmalarini shakllantirishdavom ettiriladi. Kuzatishlarning asosiy mazmuni o‘simlikva hayvonlarning o‘sishi hamda rivojlanishini, ularning mav-sumlarda o‘zgarishlarini aniqlashdan iborat bo‘ladi. Bolalaro‘simlik o‘sishi uchun yorug‘lik, nam, issiqlik, tuproqdanoziqlanishini, turli o‘simlik turli miqdordagi yorug‘lik vanamlik talab qilishini bilishlari kerak. Bolalarni o‘simliklar,

3-rasm. Katta yosh guruh tabiat burchagiga tanlanadigan

o‘simlik va hayvonlar.

Katta yoshguruh tabiat

burchagi

FIKUS

TRADESKANSIYA

KALANXOEXLOROFITUM

QILICHDUM

GURAMI

KOMETASKALYARIYA

AYRILMASLAR

KANAREYKA

«TARAM-TARAM»

TO‘TIQUSHI

SANSEVYERA DENGIZCHO‘CHQASI

SURIYAOG‘MAXONI

Page 61: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

61

ularning tashqi tuzilishining xususiyatlari, faqat barglariginaemas, balki poya va gullarining ham xilma-xilligi bilan ta-nishtirish davom ettiriladi. O‘simliklarni parvarish qilish usuliasosida barg va poyalarning xarakteriga ko‘ra aniqlash,o‘simlikni ozoda saqlash ko‘nikmasi mustahkamlanadi.O‘simliklarni o‘rganishda ularni ko‘paytirishning ba’zi usul-lari, jumladan, poyasini «qalamcha» qilib ko‘paytirish haqi-dagi bilimlar ham kiritiladi. Bularning barchasi jonli tabiatburchagini yangi o‘simliklar — xilma-xil poyali, chirmasha-digan, yoyilib o‘sadigan yoki tik poyali, piyozli, kartoshkapiyozli va shu kabilar bilan to‘ldirib borishni talab qiladi.

Tradeskansiyaning 2–3 xil turi, xona uzumi, plyush,chirmashuvchi fikus, aloe, zigokaktus, epifillum, siklamen, primula,amarilis, klavniya kabilar shular qatoriga kiradi. Bu o‘sim-liklarning shakli va barglari, poyasi, gullari xarakteriga ko‘raxilma-xil bo‘lib, quyosh nuri va suvga ehtiyojlari ham tur-lichadir.

Katta guruh bolalarining jonli tabiat burchagi uchunhayvonlarni tanlashda asosiy vazifa hayvonlarning yashashmuhit sharoitlariga moslashish xususiyatlari haqidagi bosh-lang‘ich bilimlarni shakllantirishni ta’minlashdir. Akvariumdaissiqsevar, tirik tutiladigan va ikra tashlaydigan baliqlarguruhi — mechenosets, skalyariy, guppi va shu kabilarni saqlashmaqsadga muvofiqdir. Katta guruh tabiat burchagida toshba-qaning istalgan turini saqlagan yaxshi. Odatda, bu jonivorqishda qisqa muddatli uyquga ketadi. Agar toshbaqa tabiatburchagida bir necha yildan beri yashayotgan bo‘lsa, uuxlamasligi mumkin, biroq u bu davrda lanj bo‘lib qoladi,ozuqani istar-istamas yeydi. Bunday holatning sababinihamda uning yashashi uchun mos sharoitni faqat maktab-gacha ta’lim yoshidagi katta bolalar tushunishlari va yara-tishlari mumkin. Sutemizuvchilarni tanlash ham juda xilma-xildir. Bu guruh burchagida «dengiz cho‘chqasi»dan tashqaritiðratikan, olmaxon ham bo‘lishi kerak.

Og‘maxon tabiat burchagida yashovchi boshqa sutemi-zuvchilarga nisbatan mavsumlarda o‘z hayot tarzini ko‘proqo‘zgartiradi. Bu o‘zgarishlar hayvonlarning tabiatdagi hayotsharoitlariga bog‘liqligini maktabgacha ta’lim yoshidagi kattabolalar bilishlari kerak.

Page 62: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

62

Maktabgacha tayyorlov guruhi tabiat burchagi (4-rasm).Tayyorlov guruhida bolalarni tabiat bilan tanishtirishningasosiy vazifasi ularda tabiat olamidagi muhim bog‘liqliklar— o‘simliklarning kompleks sharoitlarga (namlik, issiqlik,yorug‘lik va shu kabilar), hayvonlarning tashqi tuzilishi vahayot tarzi, yashash muhitiga bog‘liqligi haqida elementarbilimlarni shakllantirishdir. Bolalar turli mavsumlarda o‘sim-lik va hayvonlar hayotida sodir bo‘layotgan doimiy takror-lanuvchi o‘zgarishlar, ularning o‘sish va rivojlanishiningasosiy davrlari bilan tanishadilar.

O‘simliklar dunyosi haqidagi bilimlar mazmuniga ularniko‘paytirishning ba’zi usullari haqidagi bilimlar kiritiladi.Bolalar narsalarning muhim, umumiy belgilarini ularningo‘zgaruvchanligiga ko‘ra bilishlari kerak. Shunga ko‘rao‘simlik va hayvonlarni tanlashda faqatgina tuzilishlariningxilma-xilligiga emas, balki muhitning ma’lum sharoitlargamoslashganligiga ham e’tibor beriladi.

Bolalar o‘simliklarni sug‘orish (suvning miqdori va su-g‘orishning takrorlanishi) o‘simlikning tabiatdagi yashashmuhitiga (tropik botqoqliklar va soy, changalzorlar, quruqcho‘l va dashtlar), shuningdek, yil fasllariga bog‘liqliginianglab olishlari uchun jonli tabiat burchagiga, yilning10 oyi davomida juda nam tuproqda o‘sadigan papirusni,suvni kam talab qiladigan va onda-sonda sug‘oriladigankaktusni (1–2 turini), namga ehtiyoji katta bo‘lgan primula,tradeskansiyani hamda o‘rtacha sug‘orishni talab qiladiganuzambarg gunafshasini qo‘yish zarur.

Qishda ko‘pgina subtropik o‘simliklar sug‘orishni unchako‘p talab qilmaydi. Tabiat burchagidagi o‘simliklarningo‘sishi va rivojlanishini tabiiy sharoitdagi o‘sish sharoitlaribilan aloqasi haqida boshqa o‘simliklar ham, ayniqsa liliyava amarillis oilasiga taalluqli bo‘lgan — amarillis, kliviya,krinum, dratsena, gemantus va shu kabilar dalolat beradi.Mazkur o‘simliklar uchun qishning birinchi davri — tinchlikdavri bo‘lib, bu vaqtda sug‘orish deyarli to‘xtatiladi.

Xona o‘simliklarini ko‘paytirish usullari xilma-xildir:yorongul, begoniya-reks, sansevyera va boshqalar novdalaridan,aspidistra, asparagus va shu kabilar butoqchalaridan ko‘pay-tiriladi.

Page 63: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

63

4-ra

sm.

Mak

tabg

acha

tayy

orlo

v gu

ruhi

tab

iat

burc

hagi

gata

nlan

adig

an o

‘sim

likva

hay

vonl

ar.

Mak

tabg

acha

tayy

orlo

vgu

ruhi

tab

iat

burc

hagi

GU

RAM

I

TO

SHBAQ

A

NEON

KALAN

XO

E

KOM

ETA

QU

YON

BRIO

FIL

LU

M

TIP

RATIK

AN

YO

RO

NG

UL

KRIN

UM

FIK

US

ALO

E

SAN

SEVYERA

XLO

RO

FIT

UM

TRAD

ESK

AN

SIYA

QIL

ICH

DU

M

TO

VO

NBALIQ

SKALYARIY

ORTIQ

DU

M

AYRIL

MASL

AR

«TARAM

-TA

RAM

»TO

‘TIQ

USH

I

SUR

IYA O

G‘M

AXO

NI

KAN

AREYK

A

DEN

GIZ

CH

O‘C

HQ

ASI

Page 64: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

64

«Tirik tug‘iluvchi» o‘simliklardan — toshyorar, xlorofitum,briofillum bolalarda katta qiziqish uyg‘otadi.

Akvariumdagi baliqlar ham (ularning 2–3 turi bo‘lishikerak) mahalliy suv havzalaridagi issiqsevar baliqlardir. Buguruhlarning har biri, garchi unchalik murakkab bo‘lmasa-da, boqishda alohida sharoit talab qiladi.

Maktabgacha tayyorlov guruhining tabiat burchagida tut-qunlikda bola ochadigan qushlarni, yozda esa maydonchadatovuq, o‘rdaklarni (mahalliy sharoitga ko‘ra) boqish maq-sadga muvofiqdir. Sutemizuvchilardan tabiat burchagidaistalgan jonivor, ayniqsa hayot tarzi mavsumga muvofiqo‘zgaradiganlarini (tiðratikan, olmaxon), bog‘cha hovlilaridaesa katta bolalar quyonlarni parvarishlab boqishlari mumkin.

3. Tabiat burchagida o‘simlik va hayvonlarni saqlash

Tabiat burchagidagi xona o‘simliklarini saqlash ularnisug‘orish, purkash, yuvish, tuprog‘ini yumshatish, almash-tirish, bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish, oziqlantirish,kesish, ko‘paytirish, zararkunandalarga qarshi kurashishdaniboratdir.

Suv quyish. O‘simlikka xona haroratidagi suv quyiladi.Vodoprovod suvi tarkibidagi xlorni yo‘qotish uchun uni ochiqidishda ushlab turiladi.

O‘simlik rivojlanayotgan va gullayotgan vaqtda unga xonaharoratidan 2°C ortiq bo‘lgan suv quyiladi. Agar gultuvaktagida suv yig‘ilib qolgan bo‘lsa va ikki soat davomida tuvakteshigi orqali shimilib ketmasa, u to‘kib tashlanadi.

Purkash. Purkash ko‘pgina o‘simliklarni parvarish qilish-ning muhim qismi hisoblanadi. Chunki u o‘simlikning suvbilan me’yorida ta’minlanishiga yordam beradi. Purkagandao‘simlik qishda ham xuddi yozdagidek ko‘m-ko‘k bo‘libturadi. Iliq suv bilan purkab turilganda o‘simlik novdalariva barglari tezroq o‘sadi, kurtak chiqaradi.

Yuvish. O‘simlikni changdan tozalash uchun iliq suv bilanmuntazam yuvib turish lozim. O‘simlik dush tagiga yokitog‘oraga qo‘yib yuviladi, bunda tuvakdagi tuproq yuvilibketmasligi uchun uning usti kleyonka bilan yopib qo‘yiladi.Tikanli kaktuslarni yuvishdan oldin changlari yumshoq

Page 65: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

65

cho‘tka bilan tozalanadi. Egilgan bargli o‘simliklarni yuvishmumkin emas, ularni changi mayin mo‘yqalam bilan toza-lanadi. Gultuvaklar yiliga 3–4 marta sovunlab, qaynoq suvbilan qattiq cho‘tka yordamida yuviladi.

Yumshatish. Yumshatish — bu suvsiz sug‘orishdir. U suvquyilgan kunning ertasiga amalga oshiriladi. O‘simlik ildiz-lariga zarar yetkazmaslik uchun tuvak chetlaridagi tuproqko‘pi bilan 1–1,5 sm chuqurlikda yumshatiladi.

Ko‘chirib o‘tqazish va ko‘chat qilish. Ko‘chirib o‘tqazish —tuvak torlik qilib qolganda o‘simlik ildizini yopishib turgantuproq bilan birgalikda boshqa tuvakka o‘tqazishdir. Tuvaktagiga yangi tuproq solinib, o‘rtasiga ko‘chat o‘tqaziladi.Bunda qolgan tuproq bo‘sh joyga solinadi. Ko‘chat qilishdaesa o‘simlik ildiziga yopishib turgan uyum biroz tozalanadiva eski tuproqning bir qismi olib tashlanadi. Yangi tuvakeskisidan 3–4 sm kattaroq bo‘lishi kerak. Ko‘chat qilishnibahorda, o‘simlik o‘sishni boshlamasdan oldin amalga oshi-rish maqsadga muvofiqdir.

O‘g‘itlash. O‘simliklarning me’yorida oziqlanishlari uchunularni o‘g‘itlab borish zarur. Buning uchun bolalar bog‘chasisharoitida mineral o‘g‘itlardan foydalangan ma’qul. O‘simlikko‘chat qilib o‘tqazilgandan so‘ng o‘sa boshlagach yoki ildizolgach o‘g‘itlanadi. O‘g‘itlashdan bir necha soat oldin o‘sim-likni yaxshilab sug‘orish lozim.

Kesish. O‘simlikning chiroyli ko‘rinishi va sershox bo‘lishiuchun uning o‘sishini muntazam boshqarib turish lozim.Buta hosil qilish maqsadida, yon shoxchalar o‘sishi uchunasosiy shoxning uchi qirqiladi, yon shoxchalar 10–15 sm gayetganda ularning ham uchi qirqiladi. Kesishda o‘tkirpichoqdan foydalanilib, kurtak tepasidan qirqiladi va kesilganjoyga maydalangan ko‘mir sepiladi. Yorongul, fuksiya, rozanva shu kabilar kesiladi.

Ko‘paytirish. Xona o‘simliklarini poya va barg qalam-chalari, bachkilari, piyozi, butani bo‘lish, parvarish qilishva shu kabilar orqali ko‘paytirish mumkin.

Qalamchalar yordamida ko‘paytirish. Qalamchalar poya vabargdan bo‘lishi mumkin. O‘simliklarning ko‘pchiligi (rades-katsiya, begoniya, fikus, aukuba, xina, pelargoniya) poyaqalamchalaridan ko‘payadi, bunda o‘sib turgan novdadan

5 – Hasanboyeva O.U., va boshq.

Page 66: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

66

2–3 bo‘g‘imli novda qirqib olinadi. Pastki kesik shundaybo‘g‘imning tagida bo‘ladi. Qalamcha suvga solib qo‘yiladiyoki tuvakka ekiladi, bunda pastki kesik qumga ko‘milibturishi kerak. Ekilgan qalamchalar usti oyna bilan yopilib,ularga kuniga 2 marta pulverizator yordamida suv purkabturiladi. Begoniya-reks, sansevyera, uzambarg gunafshasibarg qalamchalaridan ko‘payadi. Begoniya-reksning bargi(pastki tomoni) tomirlari tarqalgan joydan lezviya bilankesiladi va nam qumga o‘tqaziladi. Kesilgan joylar qumbilan siqib qo‘yiladi.

Piyozdan ko‘paytirish. Amarallis, krinum, gemantus,zefirantes piyozdan ko‘payadi. Piyoz boshida kurtaklar paydobo‘lib, ulardan piyozchalar o‘sib chiqadi.

Ko‘chat qilinishda ular eski piyozboshdan ehtiyotkorlikbilan ajratilib, tuvakka ekiladi va xuddi piyozbosh singariparvarish qilinadi.

Bachkilardan ko‘paytirish. Yer ustidan deyarli to‘liq shakl-langan yosh o‘simliklar shaklidagi bachkilarni hosil qiluvchio‘simliklar (toshyorar xlorofitum) juda oson ko‘payadi. Bubachkilar asosiy o‘simliklardan qirqib olinib, kichik tuvak-larga o‘tqaziladi.

Ildizpoyadan ko‘paytirish. Bu usuldan o‘simliklarni ko‘chatqilib ekishda foydalaniladi. Ildizpoyadagi tuproq silkitibtushiriladi va uni o‘tkir pichoq bilan har bir bo‘lakda, judabo‘lmaganda 1–2 kurtak yoki nihol va ildiz qoladigan qilibqismlarga ajratiladi. Aspidistra, sansevyera, siðerus ildiz-poyadan ko‘payadi.

4. Terrariumda yashovchilarni boqish

Terrarium turlari. Toshbaqa, kaltakesak, baqa, qurbaqalargamo‘ljallangan terrariumlarning tagiga 5–6 sm qalinlikdatuproq va qum solinib, ko‘proq qismiga chim o‘tqaziladi.1–2 ta yassi tosh solib qo‘yilsa yaxshi bo‘ladi. Terrariumdagi«suv havzasi» o‘rnini tog‘orachadagi suv bajaradi. Agar terra-riumda qurbaqa yoki toshbaqa saqlansa, gultuvak par-chalaridan uy (yashirinish joylari) yasash lozim. Qishda o‘t-o‘lanlardan uzun, ingichka bargli xona o‘simliklari, suli, salatbarglari qo‘yiladi.

Page 67: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

67

Tirik tug‘iluvchi kaltakesaklar, baqa, qurbaqalarga mo‘l-jallangan terrarium toshbaqalar terrariumiga o‘xshash bo‘la-di: uning tagiga qum solinadi, usti esa o‘rmon yo‘sini bilanqoplanadi va 1–2 ta tosh, po‘stloqli yo‘g‘on shox solibqo‘yilsa yaxshi bo‘ladi. Baqalar uchun tuvak parchalaridanyashirinadigan joy qilinadi. Yo‘sin orasiga kichikroq suvhavzasi joylanadi. Qishda aspidistra, plyush, paporotniko‘simliklarini qo‘yish maqsadga muvofiqdir. Terrariumgaqarash unchalik murakkab emas. Suv vaqti-vaqtida almash-tirilib, suv idish muntazam yuvilib turiladi. Bir yilda 2–3marta terrariumni, undagi tuproq-qum ustini, devorlarinitozalab turish kerak. Terrariumdagi o‘simliklar xona o‘sim-liklaridek parvarish qilinadi. Terrariumda yashovchilar pastharoratda harakatchanligini yo‘qotadi va ovqat yemayqo‘yadi. Bunday hollarda terrariumni elektr chiroqlari bilanisitish lozim. Jonivorlarni 25—30°C haroratda nimrang mar-gansovka eritmasida, boshini suvga tiqmay, 20–30 soniyacho‘miltirish maqsadga muvofiqdir. Agar jonli tabiat burcha-gida qurbaqa, baqalarning yashashi uchun normal sharoityaratishning iloji bo‘lmasa, hayotini saqlab qolish maqsadidakuzda ularni qo‘yib yuborish kerak. Sudralib yuruvchilarhamda suvda va quruqlikda yashovchilar terrariumda saqla-nadi. Tayyor terrariumlardan tashqari turli idishlardan, eskiakvariumlardan ham foydalanish mumkin. Ularning ustidandoka yoki mayda metall to‘r qoplash kifoyadir. Terrariumlarhayvonlarning biologik xususiyatlariga moslab tayyorlanadi.

Quruqlikda yashovchi toshbaqa. Toshbaqa salat, qoqio‘tbarglari, sabzi, sholg‘om, xom kartoshka bo‘laklari bilanboqiladi. U tarvuz po‘sti, pomidor, ba’zi mevalarni va nonniyaxshi ko‘rib yeydi. Goh-gohida qiyma go‘sht berish kerak.Bu toshbaqa ozuqani quyoshda yaxshi yeydi. Ozuqa yozdahar kuni, qishda 1–2 kun oralatib beriladi. Ozuqa suvlibo‘lsa, toshbaqa suv ichmaydi.

Botqoq toshbaqasi go‘sht, mayda baliq, chuvalchang, suvshilliq qurti bilan oziqlanadi va ozuqani faqat suvda yeydi.

Baqa va qurbaqa tirik ozuqa: hasharotlar, chuvalchanglar,mollyuskalar hamda xom go‘sht bilan boqiladi. Bundago‘shtni tayoqcha uchiga ilib, qurbaqaning ko‘zi oldidaqirmirlatib turish kerak.

Page 68: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

68

5. Akvariumdagi baliqlar bilan tanishishning taxminiymashg‘ulot ishlanmasi

Kichik guruh

Mashg‘ulot nomi: «Baliqlar bilan tanishtirish».Mashg‘ulotning maqsadi: bolalarni baliqlar bilan tanish-

tirishni davom ettirish va bunda baliqlarning tashqi ko‘ri-nishidagi tafovut hamda o‘xshashliklar va ularning eng xarak-terli belgilarini qayd qilish. Tarbiyachi taklif etgan rejabo‘yicha tasvirlashga o‘rgatish. Bolalarning baliqlar haqidagibilimlarini mustahkamlash, ularning yangi turlari bilantanishtirish va ularning nega shunday nom bilan atalishinitushuntirib berish. Bolalarda baliqlarga bo‘lgan qiziqishlariniqo‘llab-quvvatlash.

Mashg‘ulotga tayyorgarlik. Akvarium uchun stol,baliqchalarning 3–4 xil turlaridan namuna, baliqlarniko‘rsatish uchun tutqich va ularning ozuqalari tayyorlabqo‘yiladi.

Mashg‘ulotning borishi. Tarbiyachi bolalarni akvariumturgan stolning oldiga olib boradi. Bu stolning ustida, ak-variumdan tashqari, iliq suv solingan tog‘ora, daraxt po‘st-log‘i, baliq tutish uchun to‘rxalta tayyorlab qo‘yilgan bo‘ladi.Tarbiyachi quyidagi so‘zlar bilan bolalarga murojaat qiladi:«Bolalar, qaranglar, qanday chiroyli baliq suzib yuribdi. Menhozir baliqchani mana bu to‘rxalta bilan tutib, tog‘oradagisuvga solaman, biz sizlar bilan baliqchaning suvda suzishinitomosha qilamiz». Tarbiyachi baliqchani tutib, tog‘oradagisuvga soladi:

– Mana baliqcha suzyapti. Baliqcha Gulchehra tomongasuzib ketdi, endi Bohodirning oldiga bordi, Îrifning oldigabordi. Baliqcha nima qilyapti?

– Baliqcha suzyapti.– Baliqcha nimaning oldiga suzib bordi? U dumi bilan

nima qilyapti? Baliqcha suzganda dumini nima qilishiniqo‘lingiz bilan ko‘rsating-chi? Endi baliqchani akvariumgasolib, unga ovqat beramiz. Qaranglar, baliqchaning og‘zibor. Mana, u ovqatni og‘zi bilan tutib olyapti. Baliqchaovqatni yedi. Yana suzyapti. Yana ovqat izlayapti. Ana, uovqati tomon suzib keldi. U qanday chiroyli. Qanday tez

Page 69: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

69

suzyapti. Endi bolalar, o‘ynashga chiqamiz. Baliqchani esaertaga yana ovqatlantiramiz.

Kuzatishning borishi. Akvarium ustidagi parda olinib,baliq ko‘rsatiladi. Bolalar biroz muddat uni ovoz chiqarmaykuzatadilar. Tarbiyachi: «Qarang bolalar, men sizlarga nimaolib keldim?», – deb so‘raydi. Kichkintoylar javob berishadi,tarbiyachi javobning to‘g‘riligini tasdiqlaydi. So‘ngra: «Bunima?», «Nimani ko‘ryapmiz?» kabi savollarni berib, birnecha bolalarga javob berishlarini taklif etadi. Tarbiyachibolalardan baliqlar nima uchun yoqqanligini so‘raydi vasavol-javoblar orqali bolalarning bilimlarini tekshirib oladi.Shundan so‘ng baliqning rangi, katta-kichikligi va u nimalaryordamida suzishi haqidagi bilimlarini aniqlaydi. Tarbiyachibaliqning akvariumda yashashini, unga suv quyilishiniaytadi. Shundan so‘ng bolalarning diqqati baliqni ovqatlan-tirish kerakligiga qarataladi. Tarbiyachi ozuqani ko‘rsatadi.Baliqchaga ozuqani qanday berish kerakligini tushuntiradiva 1–2 ta boladan bu ishni bajarishni iltimos qiladi. Bolalare’tiborini ovqatlantirish vaqtida baliq o‘zini qandaytutayotganligiga jalb qiladi.

Mashg‘ulotni yakunlash. Mashg‘ulot «Baliqcha» qo‘shig‘ibilan yakunlanadi.

6. Tabiat burchagida o‘stiriladigan gullar bilantanishishning taxminiy mashg‘ulot ishlanmasi

O‘rta guruh

Mashg‘ulotning nomi: «Xona o‘simliklari bilan tanish-tirish».

Mashg‘ulotning maqsadi: bolalarga o‘simliklarni tasvir-lashni o‘rgatishda davom etish va bunda o‘simliklar o‘rta-sidagi tafovutlar hamda o‘xshashlik va tashqi ko‘rinishidagieng xarakterli belgilarini qayd qilib berish. Bolalarningo‘simliklar haqidagi bilimlarini mustahkamlash. Bolalarniyangi o‘simlik – xinagul bilan tanishtirish.

O‘simlikning nega shunday nom bilan atalishinitushuntirib berish. Bolalarning xona o‘simliklariga vaularni kuzatib borishlariga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash.

Page 70: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

70

Mashg‘ulotga tayyorlanish. O‘rganish uchun o‘simliklartanlash, ba’zilarini stolga va deraza oldiga qo‘yish.Mashg‘ulotning boshida xinagul olib qo‘yilgan bo‘ladi.

Mashg‘ulotning borishi. Bolalar o‘z o‘rinlarida o‘tiradilar.Tarbiyachi ulardan quyidagi savollarga javob berishniso‘raydi: «Mening stolimda turgan narsalar nima? Bu xonao‘simliklarining nomlari qanaqa? Ularning shakli, rangiqanday? Bu o‘simliklarning gullari bormi? Gullari qandayva qancha?». So‘ngra fikusni ko‘rsatadi va uni ko‘zdankechirib chiqishni iltimos qiladi, uning kattaligi qandayliginibolalardan so‘rab ko‘radi. Bolalar: «Katta, daraxtga o‘x-shaydi» deb javob berishadi. Bolalar tarbiyachining savol-lariga javob berishar ekan, bu o‘simlikning poyasi to‘g‘ri,baland o‘sgan, barglari kalta, shakli tuxumsimon, rangi to‘qyashil, deb aytishadi.

Tarbiyachi o‘simlik bargini ushlab ko‘rishni taklif etib:«Bargi to‘g‘risida yana nimalar deyish mumkin?», debso‘raydi. «To‘g‘ri, bargi silliq, yaltiroq», deya paypaslab ko‘-rishni taklif etadi.

Shundan keyin o‘simlikni yana qanday ta’riflashmumkin, deb yakun chiqariladi.

Tarbiyachi bir-biridan farq qiladigan boshqa o‘simliklarto‘g‘risida ham so‘zlab berishni, ularning katta-kichikligini,barglarining shakli va rangi hamda boshqa belgilarini bir-biriga solishtirib ko‘rishni taklif etadi.

Keyin xinagul ko‘zdan kechirib chiqiladi. Tarbiyachibolalarga murojaat qilib, mana bunday deydi: «Bolalar, manabu yangi o‘simlikka qarang. Buning nomi xinagul. Ko‘ryap-sizmi, uning mayda-mayda qizil gullari bor, shu gullargaqarab, uni xinagul deyishadi». Uni diqqat bilan ko‘ribchiqishni taklif etadi va boshqa o‘simliklar haqida qandayso‘zlab berishgan bo‘lishsa, bu o‘simlik to‘g‘risida ham xuddishunday so‘zlab berishlarini so‘raydi. (Bolalar xinagulniko‘zdan kechirib chiqib, uni tasvirlab berishadi. «Xinagulsizga yoqdimi? Uni guruhimizda olib qolamiz. Qayergaqo‘ysak ekan uni? To‘g‘ri, xinagul yorug‘lik ko‘p bo‘lib,oftob tushib turadigan joyda yaxshi o‘sadi. Endi xinagulbilan boshqa bir o‘simlik – «Qirq og‘ayni»ni bir-birigasolishtirib ko‘raylik. Ular bir-biriga o‘xshaydimi? Nimasi

Page 71: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

71

bilan farq qiladi? Ularning kattaligi qanaqa? Barglari qanaqa»Savollarni berar ekan, tarbiyachi bolalarni har bir o‘simlikkaumumiy ta’rif berishga undaydi, uni boshqa o‘simliklar bilansolishtirib ko‘rish esa har bir o‘simlik uchun xos bo‘lganbelgilarni aniqlab olishga yordam beradi.

Mashg‘ulot oxirida didaktik o‘yin o‘tkaziladi. Tarbiyachimana bunday deydi: «Hozir siz bilan o‘yin o‘ynaymiz.Bittangiz boshlovchi bo‘lasiz, u orqasini o‘girib turadi, bizbo‘lsak, qanday bo‘lmasin, biror-bir o‘simlikni yashiribqo‘yamiz. U qanday o‘simlikni yashirib qo‘yganligimiznitopishi kerak (o‘yin 3–4 marta takrorlanadi va har safar yangiboshlovchi tayinlanadi). Endi boshqacha o‘yin o‘ynaymiz,boshlovchi qaramay turgan vaqtda biz stoldagi o‘simliklarjoyini o‘zgartirib qo‘yamiz, boshlovchi esa nima o‘zgaribqolganini topishi kerak» (o‘yin 3–4 marta takrorlanadi).

Mashg‘ulot oxirida tarbiyachi bolalarning bilimlarigabaho beradi, bolalar o‘simliklarni o‘z joyiga olib qo‘yishadi.

7. Tabiat burchagidagi qushlar bilan tanishishningtaxminiy mashg‘ulot ishlanmasi

Katta guruh

Mashg‘ulotning nomi: «Taram-taram» to‘tiqushini ku-zatish.

Mashgulotning maqsadi: bolalarning tabiat burchagidayashaydigan qushlar haqidagi bilimlarini aniqlashtirish vakengaytirish. Burchakdagi «Taram-taram» to‘tiqushinibolalarga tanishtirish: tashqi ko‘rinishi va odatlarining o‘zi-ga xosligi, tumshug‘i to‘g‘ri bo‘lib, ichki tomonining bosh-qacha rangdaligi, dumi uzun, osilib turishi, oyoqdagi ikkitabarmog‘i oldinga, bittasi orqaga qarab turishi, patlari ola-bula bo‘lib, naqshi to‘lqinga o‘xshash hamda uning qandayuchishi ko‘rsatiladi. Bolalarni «Taram-taram» to‘tiqushchaniboshqa qushlar bilan solishtirib ko‘rishga, farq qiluvchi vao‘xshash tomonlarini qayd qilib o‘tishga o‘rgatib boriladi.Bolalarni qushlar fe’l-atvori to‘grisidagi bilimlar bilantanishtiriladi. Qushlarni ehtiyot qilish va ularning yaxshiholatda bo‘lishi to‘g‘risida qayg‘urish istagi tarbiyalanadi.

Page 72: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

72

Tabiat burchagida yashab turgan qushlarga parvarish yuza-sidan navbatchilar bajaradigan ishlar tushuntiriladi.

Mashg‘ulotga tayyorgarlik. Navbatchilar stullarni doiraqilib o‘rtaga qo‘yib, bankalarga don, qutichaga ungan suli,qirilgan sabzi, qirg‘ich, tog‘oracha va qushcha uchun ovqattayyorlab qo‘yishadi.

Mashg‘ulotning borishi. Tarbiyachi qushchali qafasnistolga qo‘yadi. Bolalarga murojaat qilib, mana bundaydeydi: «Bu qushcha biz bilan birga yashayotganiga anchabo‘ldi. Uni yaxshilab ko‘zdan kechirib chiqing, chunkikeyin uning rasmini chizasiz. Unga diqqat bilan qarang-da, bu qushchaning boshi qanday, ko‘zlari, tumshug‘iqanaqaligini (shakli, katta-kichikligi, rangi), tumshug‘itagida nimasi borligini aytib bering. Hamma qushlarningtumshug‘i ham bizning «Taram-taram» to‘tiqushimizningtumshug‘iga o‘xshash bo‘ladimi? (Hamma qushlarningtumshug‘i har xil bo‘ladi). Qushchaning tanasi nima bilanqoplangan? Patlari bir xil kattalikdami? (Qanotlaridagi vadumidagi patlari orqasi bilan qornidagi patlariga qaragandauzunroq bo‘ladi.) Patlarining rangi qanday? Siz qush ras-mini chizishingiz uchun sizga qanaqa rangdagi qalamlarkerak bo‘ladi? (Sariq, yashil, jigarrang va boshqa rangdagiqalamlar.) Bu qushning orqasidagi patlari qanday naqshhosil qiladi, nima uchun bu qushchani «Taram-taram»to‘tiqushi deb atashadi? Uning oyoqlarining kattaligi qanday?Barmoqlari qanaqa? «Taram-taram» to‘tiqushi qafasda o‘ziniqanday tutadi? (Uning qiliqlari: narsalarga chiqib olishi,uchishi, qafas polida yurishi, tayoqchadan-tayoqchaga uchibo‘tishi, tumshug‘ini tozalashi kuzatiladi va hokazo.) Uniboshqa qushlarga solishtirib ko‘ring.

Hozir «Taram-taram» to‘tiqushi sayramay turibdi, lekinmashg‘ulotdan keyin uning qanday ovozlar chiqarib say-rashini eshitib ko‘ring. Keling, «Taram-taram» to‘tiqushigaovqat beramiz. «Taram-taram» to‘tiqushi olmani qandayyeyishi bolalar bilan birga kuzatiladi.) U ovqatni xuddiko‘chada don topgan qushlarga o‘xshab yeydimi? «Taram-taram» to‘tiqushi nimani yaxshi ko‘radi? (Meva, sabzavot,ko‘kat va boshqalar.) Olmani «Taram-taram» to‘tiqushigaqanday qilib berish kerak? Bu qushchani qanday parvarish

Page 73: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

73

qilib borish kerak? (Qafasni tozalash, suvdon, teganaginiyuvish, chilobchindan suv quyish.) Malika, bu qushchagaqanchadan don berib turish kerak, ko‘rsat-chi? (Bir choy-qoshiq.) To‘g‘ri».

Mashg‘ulot oxirida tarbiyachi bolalarga «Taram-taram»to‘tiqushchaning rasmini chizishni takilif etadi va bolalarningchiroyli qilib chizilgan ishlarini izohlab, mashg‘ulotni yakun-laydi.

8. Tabiat burchagida boqiladigan jonivorlarni kuzatishbo‘yicha taxminiy mashg‘ulot ishlanmasi

Tayyorlov guruhi

Mashg‘ulot nomi: «Dengiz cho‘chqachasini kuzatish».Mashg‘ulotning maqsadi: bolalarni yangi hayvon «Dengiz

cho‘chqachasi» bilan tanishtirish. Tashqi ko‘rinishiningmuhim belgilarini bilib olish. Bu hayvonning qiliqlarinikuzatib borish va parvarish qilish istagini tarbiyalashda da-vom etish hamda uning nima uchun shunday nom bilanatalishini tushuntirib berish. Bolalarning nutqida ola-bula,qil, mayda qadamlab yurish, kemiruvchi so‘zlardan foydala-nishni faollashtirish.

Mashg‘ulotga tayyorgarlik. Dengiz cho‘chqachasi uchunterrarium, unga suli maysasi yoki salat, sabzavotlar tayyorlabqo‘yiladi. Hayvonga ertalab ovqat berilmaydi.

Stollarni surib, ustiga silliqmas kleyonka yoziladi, stullardoira shaklida qo‘yib chiqiladi.

Mashg‘ulotning borishi. Tarbiyachi «Men hozir birhavyonni olib kelaman, uni qo‘rqitib yubormaslik uchunsiz tinch o‘tiring», deb tayinlaydi. So‘ngra cho‘chqachaniolib kelib, uni stolga qo‘yib yuboradi. Bu hayvonni bilasizmi,deb bolalardan so‘raydi, keyin uni ko‘zdan kechirib chiqishnitaklif etadi. Dengiz cho‘chqachasining tashqi ko‘rinishito‘g‘risida so‘zlab berishni bir-ikkita boladan iltimos qiladi.Bolalarning bu hayvonni to‘la-to‘kis tasvirlab berishlarigaerishmoq kerak, agar ular qiynaladigan bo‘lsa, mana bundayqoshimcha savollar bilan ularga yordam berish lozim:«Cho‘chqacha tumshug‘ining shakli qanday? U nimagao‘xshaydi? (Ko‘zmunchoqlarga.) Quloqlarining shakli

Page 74: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

74

qanday?» va hokazo. So‘ngra tarbiyachi bolalarga qo‘shim-cha savollar berib, dengiz cho‘chqachasini ularga tanish bo‘l-gan boshqa hayvonlarga solishtirib ko‘rishga olib keladi vaquyidagi savollarni beradi: «Yana qanday hayvonlarningko‘zlari xuddi shunday qora, yaltiroq bo‘lib, chaqchayibturadi? (Og‘maxon, olmaxonning ko‘zlari.) Yana qaysihayvonlarning tumshug‘i shunaqa serharakat va oval shakldabo‘ladi? Yana qaysi hayvonlarning quloqlari xuddi shundayyarimdoira shaklida bo‘ladi? (Og‘maxonning quloqlari.)Cho‘chqachaning bo‘yni qanaqaligiga e’tibor bering. (Bo‘yniyo‘g‘on, bu hayvon orqasiga qaray olmaydi.) Cho‘ch-qachaning tanasi qanaqa shaklda, oyoqlarining uzunligiqanday? Cho‘chqachaning butun tanasi nima bilanqoplangan? Junining rangi qanaqa? Bu rangni qanday rangdesa bo‘ladi? (Ola-bula, xol-xol.) Cho‘chqachani boshidandumiga tomon asta silab ko‘ring. Juni qanday ekan,yumshoqmi yoki dag‘almi? (Silliq, qattiq.) Cho‘chqachaqanday qilib yuradi? (Mayda qadam tashlab, tez yuguradi,yugurayotganida tanasi cho‘ziladi.) Men bu hayvonto‘g‘risida sizga so‘zlab beraman. U bizga olisdan, dengizortidagi yerlardan keltirilgan, shunga ko‘ra uni avval den-gizorti cho‘chqachasi deb ataydigan bo‘lishgan. Yovvoyicho‘chqachalar dengizdan uzoq issiq mamlakatlarda,dashtlarda yashagan, o‘t-o‘lan va shox-shabbalar bilanovqatlangan. Ular juda beozor hayvon bo‘lib hisoblanadi.

Mashgulotni yakunlash. Bolalarni hayvonlarni sevish,ularni asrab-avaylash bo‘yicha bilimlari savol-javoblar orqalitekshiriladi va mashg‘ulotda yaxshi qatnashgan bolalarrag‘batlantiriladi.

9. Qushlar uchun donxo‘rak va inlar

Bolalar bog‘chasi hovlisidagi qushlarni butun yil davo-mida kuzatish mumkin. Qushlarni jalb qilish usullaridan biriularni qishda boqishdir. Kuz fasli yaqinlashgan sari chum-chuq, qarg‘a, katta chittak, sa’va singari qushlar odamlaryashaydigan joylar yaqiniga uchib kela boshlaydi. Xuddimana shu vaqtlarda hovlida donxo‘rak va uyalarni o‘rnataboshlash kerak. Eng oddiy donxo‘rak — don tokchasidir

Page 75: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

75

(hajmi 50½60 sm, chetlari biroz ko‘tarilgan taxta). Uni da-raxtga, deraza, yog‘ochga osib qo‘yish mumkin. Qushlarniderazadan boqishda ularni xonada ko‘rib turish imkoniniberadigan donxo‘raklar qulaydir. Qushlar bu vaqtda o‘zlariyaxshi ko‘rinib tursalar-da, kuzatilayotganliklarini sez-maydilar. Bunday donxo‘rakni bir litrlik shisha bankadanqilish mumkin. Yonboshlatib ayvon panjarasiga bog‘labqo‘yilgan bunday shisha banka deraza donxo‘ragi o‘rnidaqo‘llaniladi.

Qushlar ozig‘i xilma-xildir. Bu yovvoyi holda o‘suvchio‘simliklar — qayin, otquloq urug‘i va mevalaridir. Qovoq,tarvuz, pista urug‘lari ham qushlar uchun yaxshi ozuqadir.Bu ozuqalarni katta chittak sevib yeydi. Chittaklarni qish-dagi sevimli ozuqalari tuzlangan yog‘dir. Qushlar oq nonushoqlarini ham yaxshi ko‘rib yeydilar.

Sun’iy inlar. Hovlida sun’iy inlarni ommaviy osish chittak,chug‘urchuq, hasharotxo‘r kabi qushlarni jalb qilishda yaxshinatijalar beradi. Chittak va chug‘urchuq uchun inlarko‘pincha taxtadan tayyorlanadi. Inning o‘lchami uch ko‘r-satkich bilan: tubining maydoni, chuqurligi (tagidan tuynu-gigacha bo‘lgan oraliq) va tuynugining o‘lchamiga ko‘raaniqlanadi.

Chug‘urchuqlar inining eng qulay o‘lchami —14½14 sm, hasharotxo‘rlarga — 9½9 sm, chittaklargaesa — 12½12 sm dir. Chittak va chuqurchuqlarga in yasashdataxtaning qalinligi 1,5 sm yoki yaxshisi 0,5 sm bo‘lganima’qul. Inni fanerdan yasash yaramaydi. Yaxshi inlarquyidagi talablarga javob berishi kerak: in mustahkamqoqilishi, teshiklar qoldirmasligi, tayyorlash usuli sodda.Taxtalarning faqat tashqi tomonini ranglash lozim, chunkiichki tomoni ranglansa, qushning silliq devordan chiqishiqiyin bo‘ladi. Tuynuk in tomiga yaqin bo‘lishi zarur.Bu oraliq taxminan tuynuk diametriga teng. Inning tuynugidumaloq, tomi esa olinadigan qilinadi. Qushlar inga yaxshijoylashishlari uchun ularni to‘g‘ri osish muhimdir. Inlaryoz va kuz faslida osiladi. Qushlar uchun inlar juda zarur,chunki qishlovchi qushlar sovuq tunda shu yerda jon saq-laydilar. In tuynugining yo‘nalishi turli qushlar uchunturlichadir.

Page 76: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

76

10. MTMda va oilada bolalarni xonaki va yovvoyihayvonlar bilan tanishtirish

Bolalarni hayvonlar bilan tanishtirishda avvalomborularning kelib chiqishlari haqidagi ma’lumotlardan boshlashma’qul. Bunda bolalarda hayvonlar, ularning yashash tarzlarihaqida tasavvur, umimiy tushunchalar hosil bo‘ladi.

Fan-texnika taraqqiy etgan sari kishilarning hayvonotolamiga ta’siri yanada ortib bormoqda. Yerning, o‘rmon-larning o‘rganilishi, shaharlarning paydo bo‘lishi, atmos-fera havosining o‘zgarishi bilan yer yuzasi landshaftlario‘zgarib bormoqda. Bular o‘z navbatida hayvonlarningyashash sharoitini o‘zgartirmoqda. Ayrim hayvonlarningyashash sharoiti o‘zgarib, madaniy landshaftlarga moslashibyashashda davom etmoqda. Masalan: uy sichqoni, dalasichqoni, kulrang kalamush va hokazo. Ayrim turlarimoslashmay qirilib ketmoqda. Masalan: dala sug‘uri, cho‘lo‘rdagi. Insonlar hayvonlarga ham ijobiy, ham salbiy ta’sirko‘rsatadi. Sayyoramizda o‘tgan va hozirgi vaqtlardahayvonot olamida bo‘layotgan o‘zgarishlarga asosiy sababquyidagilar:

– hayvonlarning ko‘plab ovlanishi;– hayvonlar yashaydigan muhit sharoitining o‘zgarishi,

yerlarning o‘zlashtirilishi;– ekologik sharoitdagi hayvonlarning boshqa sharoitdagi

joyga olib borilishi.Tarbiyachi bolalarga uy va yovvoyi hayvonlar haqida ma’-

lumot berayotganda ularning o‘sishi, oziqlanishi, ko‘payishihamda bizga keltiradigan foydasi haqida ma’lumot beradi.Uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlar orasidagi farqlar haqidaham tushuncha berib o‘tishi kerak. Tarbiyachi bolalarganima sababdan hayvonlar uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlardeb atalishi haqida ham gapirib beradi.

Uy hayvonlariga quyon, echki, sigir, ot, eshak, buqa,buzoq, kuchuk, mushuk kiradi.

Yovvoyi hayvonlarga ayiq, bo‘ri, tulki, yo‘lbars, bug‘u,sher, fil, maymun, timsoh, karkidon, jirafa, ilon va hokazolarkiradi.

Uy hayvonlari deb, bizga foyda keltiradigan va bizningxo‘jalikda yashab, ko‘payadigan hayvonlarga aytiladi. Odam-

Page 77: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

77

zod bu hayvonlar haqida qayg‘uradi va ularning yashashiuchun qulay sharoit yaratadi.

Yovvoyi hayvonlar deb, mustaqil yashaydigan, o‘zi ozuqatopib yeydigan va odamlardan biron-bir yordam kutmay-digan hayvonlarga aytiladi. Ular o‘z hayotlari uchun o‘zlarikurashadilar. Tarbiyachi har bir hayvon bilan tanishti-rayotganda ularning bizga keltiradigan foydasi va zararihaqida ma’lumot berishi kerak. Uy hayvonlari bizga hamfoyda keltiradi, ham mahsulot beradi.

Foyda keltiradiganlari kuchuk va mushuk: kuchuk bizninguyimizni qo‘riqlaydi, begonalarni kiritmaydi, mushuk esasichqon va kalamushlarni yeb, uyni tozalaydi. Mahsulotberadigan uy hayvonlari sigir, qo‘y, ot, echki. Bular hamsut, ham go‘sht beradilar. Yovvoyi hayvonlar juda kengtarqalgan bo‘lib, ularning tabiatdagi o‘rni juda kattadir.Yovvoyi hayvonlarni o‘rmonlarda, dashtlarda, cho‘llardahamda hayvonot bog‘larida uchratish mumkin. Yovvoyihayvonlarning tabiatda ba’zi turlari sanitariya vazifasini

5-rasm. Uy hayvonlari:1 – echki; 2 – qo‘y; 3 – sigir; 4 – ot; 5 – tuya.

1

4

2 3

5

Page 78: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

78

7-rasm. Toq tuyoqli sutemizuvchilar: 1 – qulun; 2 – Prjevalskiy oti;3 – yovvoyi eshak; 4 – hind karkidoni.

1 2

3 4

bajaradi. Sanitariya vazifasini bajaradigan bu hayvonlaro‘laksaxo‘r hayvonlar bo‘lib, ular o‘zidan kichgina nozikhamda podadan qolgan hayvonlarni tutib yeydi. Yovvoyihayvonlar ikkiga bo‘linadi;

– o‘txo‘r hayvonlar: tog‘ echkisi, zebra, ohu, qo‘y,ho‘kiz, maymun, karkidon, jirafa;

– yirtqich hayvonlar: go‘shtxo‘r hayvonlar – bo‘ri, tulki,chiyabo‘ri, qoplon, sirtlon, sher, yovvoyi cho‘chqa, yo‘lbars.

Nazorat savollari1. MTMda va oilada bolalarni qanday hayvonlar bilan tanishtirishimiz mumkin?2. Uy hayvonlari deb qaysi hayvonlarga aytiladi?3. Yovvoyi hayvonlar uy hayvonlaridan qanday farqlanadi?4. Mahsuloti bilan foyda keltiruvchi uy hayvonlarini sanab bering.5. Xizmati bilan foyda keltiruvchi uy hayvonlaridan sanab bering.6. Yovvoyi hayvonlar necha turga bo‘linadi?7. Yirtqich hayvonlarga qaysi hayvonlar kiradi?8. O‘txo‘r hayvonlarga qanday hayvonlar kiradi?

Page 79: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

79

1. Kuz fasliga tavsifnoma

Ob-havodagi o‘zgarishlar. Kuzda harorat asta-sekinpasayib boradi, buning natijasida o‘simlik va hayvonotdunyosi hayotida o‘zgarish hamda susayish ro‘y beradi(o‘simlik barglari sarg‘ayadi, to‘kiladi, ba’zi qushlar uchibketib, boshqalari uchib keladi va hokazo).

Sentyabr kuz faslining birinchi oyidir, biroq O‘zbekis-tonda sentyabr oyida ham yoz faslidagidek issiq bo‘ladi.Sentyabr oyida havo issiq bo‘lib, kechalari harorat +7darajagacha tushib ketadi. Kunduz kunlari esa +20+25darajagacha ko‘tariladi.

Oktyabr odatdagidek kuz oyi hisoblanadi. Bu oydao‘lkamiz quyoshli, issiq va quruq bo‘ladi, kunning birinchiyarmida harorat +7+10 daraja bo‘ladi, kunduz kunlari+15+23 darajaga, ba’zi hollarda esa +27 darajagacha ko‘-tariladi. Ana shunday juda issiq vaqtlarda o‘simliklar, ayniqsagunafsha, dastagul va boshqalar 2 marta gullaydi.

Hayvonlar dunyosida ham bahorgi hodisalarning takror-lanishini ko‘rish mumkin: g‘urraklar g‘urullay boshlaydi,to‘rg‘aylar sayraydi, qurbaqalar qurullaydi, ba’zi bir hasha-rotlarda esa kuzgi urchish boshlanadi.

Oktyabr oyining ikkinchi yarmida harorat, odatda,pasayadi, ertalab +3+5 daraja bo‘lib, kunduz kunlari esa+16+20 darajagacha ko‘tariladi. Uzoq yillik tajriba shuniko‘rsatadiki, o‘simliklarning katta qismini va ayniqsa, qishloqxo‘jalik o‘simliklaridan paxta, kartoshka, pomidor, bodringva boshqalarni sovuq uradigan ayozlar o‘lkamizda taxminan12—18-oktyabrlarda boshlanadi.

Sovuq tushishi — bu haroratning qisqa vaqtli pasayishibo‘lib, yer qatlamlari va yer yuzasining ustki qatlamlari noldarajadan pastroq bo‘ladi. Ana shunday dastlabki ayozlarkuz faslining boshlanganidan dalolat beradi. Shimoliy keng-likdan sovuq shamol esa boshlashi bilan sovuqlar boshlanadi.

V BOBBOLALARNI YIL FASLLARI BILAN

TANISHTIRISH

Page 80: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

80

Sovuq darajasi joyning relyefiga va tuproqning issiqligigabog‘liq bo‘ladi.

Odatda, sovuq tushganining dastlabki kuni kunduzi, ba’zihollarda esa tunda havoning bulutli bo‘lishi kutiladi. Agarkechasi osmon bulutsiz bo‘lsa, yer ustki qatlamlariningparlanishi natijasida yerning yuza qatlami muzlaydi. Bun-day sovish yer qatlamlariga tegib, havoning haroratini yana-da ko‘proq pasaytiradi. Sovuqning dastlabki to‘lqinlari o‘ziqoplagan barcha hududni ozgina muzlatadi, u faqatginapast joylarga tarqaladi va bir-ikki kun davom etadi. Agarhavo to‘lqinining harorati nol darajadan past bo‘lsaginamuzlash barcha hududga yoyilishi mumkin. Shunda tuproqva o‘simliklarning ustki qatlamlariga ertalabki shudringtushadi.

Ba’zi vaqtlarda oktyabr oyida kuchli va sovuq shamollaresadi, aralash yomg‘irlar yog‘ib o‘tadi. Bunday paytlardatarbiyachi bolalarning diqqat-e’tiborini daraxtlarning kattashoxlari va ingichka novdalarning tebranishiga jalb etadi.

Noyabr qishga o‘tish oyi hisoblanadi. Odatda, noyabroyida o‘lkamizda ob-havo qulay bo‘lmaydi: goh yomg‘ir,goh qor yog‘adi, kun goho iliq, goho sovuq bo‘lib turadi.

O‘simliklar hayotidagi o‘zgarishlar. O‘zbekistonda, asosan,paxta yetishtiriladi. Bu vaqtda g‘o‘za barglari bir tekisdayetila boshlaydi (g‘o‘za chanoqlari pishib, asta-sekin ochilaboshlaydi va momiqdek oq paxta paydo bo‘ladi).

Bog‘larda kechki olmalar, kechki uzumlar, yong‘oqpishib yetiladi, shuningdek, O‘zbekiston uchun xos bo‘lganbehi, anor pishadi, yovvoyi do‘lana, olcha va na’matakhamda bolalarning eng sevimli mevalaridan biri — jiydapishadi. Gulxonalarda gultojixo‘rozlar, xrizantemalar gullay-di, floks va boshqa gullar esa so‘liy boshlaydi.

Kuzning tushishi, avvalo, mevasiz daraxtlarga ta’sirqiladi. Birinchi galda bu daraxtlarning barglari sarg‘ayaboshlaydi. Bunday o‘zgarishlarni bolalar butun kuz davomidakuzatib boradilar. Ushbu davrda ma’lum turdagi o‘simlik-larning hammasi birdaniga o‘zgarmaydi, albatta. Bu vaqtdaularning bir qismi «kuz libosi»ni kiya boshlasa, boshqa birqismi esa, o‘zining yozgi holatini to‘la qoplaydi (barglariko‘m-ko‘k bo‘ladi). O‘simliklarning yoshi ham ma’lum

Page 81: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

81

darajada ta’sir qiladi, qari daraxtlarda yosh daraxtlarganisbatan ilgariroq o‘zgarish ko‘zga tashlanadi.

Barglarning rang o‘zgarishlari xlorofillning parchalanishibilan bog‘liq bo‘ladi. Xlorofill donalarining yordami bilandaraxt barglari butun yoz davomida karbonat kraxmaloladilar.

Yoz davomida xlorofill ko‘proq hosil bo‘ladi va kamroqparchalanadi. Kuzda haroratning pasayishi bilan xlorofillninghosil bo‘lishi kamayadi. Aksincha, quyosh nurlarining ta’siriostida xlorofillning parchalanishi kuchayadi. Shuning uchunxlorofillning umumiy miqdori kamayib boradi.

Xlorofill murakkab modda bo‘lib, bir necha (rang be-ruvchi) pigmentlardan: ikkita ko‘k va ikkita sariq pigmentdaniboratdir. Xlorofillning parchalanishi vaqtida (ko‘k va sariqpigmentlar) sariq rangdagi yana yangi moddalar paydobo‘ladi. Ana shu moddalar kuzda barglarni sariq ranggabo‘yaydi. Barglardagi hosil bo‘lgan pigmentlar oradan bir-muncha vaqt o‘tgach parchalanadi va barglar qo‘ng‘ir tusgakiradi. Barglarning qo‘ng‘ir rangga kirishi ularning xazonbo‘lishidan dalolat beradi.

Bundan tashqari barglarning sariq tuslari qizg‘ish tusga,qizg‘ish tusdan to‘q binafsha tusga o‘tadi. Bolalar bog‘cha-larining tarbiyachilari esa tabiatda bo‘layotgan bunday o‘z-garishlarga bolalarning e’tiborini jalb qiladilar. Bu rangantotsian deb ataluvchi alohida pigmentga bog‘liq bo‘ladi.

Har turli qizg‘ish barglarning tusi barglardagi nordon vaishqor moddalarning mavjudligiga bog‘liq bo‘ladi.

Kuchli yorug‘ va past harorat bo‘lgandagina barglardaantotsian hosil bo‘ladi. Barglarda shakar moddalariningmavjudligi antotsian hosil bo‘lishining muhim shartlaridanbiridir. Ma’lumki, kuzda harorat pasayishi bilan shakarkraxmalga aylanadi.

Barglarning kuzdagi rang o‘zgarishi bilan tiniq ranglizarang ilgariroq o‘zgara boshlaydi (ular och sariq rang hosilqiladilar) va majnuntolning barglari to‘q sariq, oqish tusgakiradi.

Uzum, o‘rik, nok va keyinroq esa qayrag‘och, shaftoliva boshqa daraxtlarning barglari sarg‘ayib, qizg‘ish tusgakiradi.

6 – Hasanboyeva O.U., va boshq.

Page 82: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

82

Oktyabr oyida, odatda, quruq ob-havo sharoitida barglarrangining o‘zgarishi tezlashadi va ular o‘ziga xos go‘zallikkasb etadi: barglar yana ham ravshanroq tus oladi. Tarbiyachibolalarning diqqat-e’tiborini daraxtlarning go‘zalligiga jalbqiladi. Bolalar barglardan guldastalar yasaydilar va ular bilantabiat burchaklari, shkaflar, jovonlarni bezatadilar.

Barglarning rangi o‘zgara borishi bilan asta-sekin xazonbo‘la boshlaydi va o‘simliklarning qishga tayyorlanishigazamin hozirlaydi, chunki bunday tayyorgarlik o‘simliklarhayoti bilan bog‘liqdir. Oktyabr oyida barglar to‘kila bosh-laydi. Avvalo zarang daraxtining barglari to‘kiladi, keyin-chalik esa, akatsiya, qayrag‘och, gledichiya, eman, yong‘oq,oqterak va chinorlarning barglari to‘kila boshlaydi.

Zarang daraxtining siyraklashgan barglari orasidan juft-juft bo‘lib o‘suvchi bir pallali meva boshlari ko‘rinib turadi.«Pallalar» orasida jigarrang, yumaloq urug‘lari bo‘ladi. Kuzdato‘kilgan urug‘dan yana daraxt o‘sib chiqaveradi. Zarangdaraxtining urug‘lari juda ko‘p bo‘ladi, uzoq payt yaxshisaqlanadi (buzilmaydi), shuning uchun bu daraxtning unib-o‘sishini kuzatish va shunday daraxtlarni ekib o‘stirishgabolalarni jalb qilish oson. Shu maqsadda kuz faslida zarang,shumtol va boshqa daraxt navlarining urug‘larini yig‘ishtavsiya etiladi.

Xazonrezgilik o‘simlik hayotida katta ahamiyatga egadir.Agar barglar to‘kilmaganida, eski barglar daraxt tanasidaginamlikni parlatib yuborar, natijada daraxtlar qurib qolganbo‘lar edi, shuning uchun ham barglarning to‘kilishi o‘sim-liklarni qurib qolishdan saqlaydi. Bundan tashqari, barglarto‘kilmasa, qishda qorni tutib qolib, novdalarga zarar yetka-zar edi. Barglarning to‘kilishi bilan o‘simliklarning hayotkechirishlari uchun zararli bo‘lgan shavel kislotasi yo‘qoladi.Bu nuqtayi nazardan qaraganda o‘simliklar barginingto‘kilishi ularning yashashi uchun tug‘ilgan yangi shart-sharoit hisoblanadi. Barglarning to‘kila borishi turlidaraxtlarda turlicha: eman daraxtining barglari bir nechakundayoq to‘kilib bo‘ladi, teraklarda esa uzoqroq saqlanadi.Jumladan, terak sovuq tushguncha ko‘karib turadi, sovuqtushgach esa barcha barglari tezda to‘kiladi. Bolalarbarglarning to‘kilishi ustida bir necha marta kuzatish olib

Page 83: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

83

2-rasm. Qorayaloqlar.

1-rasm. Go‘ngqarg‘a.

borishlari natijasida kuz fasliga xos xazonrezgilik haqidato‘g‘ri tasavvurga ega bo‘ladilar. Noyabr oyida daraxt vabutalarning barglari ko‘proq sarg‘ayib, qo‘ng‘ir tusga kiradi,keyinchalik asta-sekin to‘kilib, tamom bo‘ladi. Eman, chinorva boshqa daraxtlarning barglari ayrim hollarda qattiq sovuqtushgunga qadar ham ko‘m-ko‘k bo‘lib turadi.

Qushlar va hasharotlar hayotidagio‘zgarishlar. Sentyabr-oktyabr oylaridao‘lkamizga go‘ngqarg‘alar (4-ilova,1-rasm) uchib kelishadi.

Biz ularni bolalar bog‘chasi bog‘-larida ham ko‘ramiz. Ular bizgatog‘lardan tushib uchib kelishadi (buqushlar bahor va yoz fasllarida tog‘-larda yashaydilar). Go‘ngqarg‘alarkunduz kunlari dalalarga uchib keti-shadi va hosili yig‘ib olingan ekin maydonlaridan don vaturli begona o‘tlarning urug‘larini terib yeydilar. Qarg‘a turliqoldiqlarni yeydi. Toshkentning chekka joylarida sentyabroyining ikkinchi yarmida qizilto‘shlar (o‘rmon sayroqi qushi)paydo bo‘ladi. Ba’zan ular Toshkent bog‘larida aprel oyiningoxirigacha bo‘lishadi. Odatda, ular to‘da-to‘da bo‘lishib,O‘zbekistonning havzalarida ko‘chib yuradi. Sentyabr oyidaqorayaloqlar (2-rasm), chittaklar (3-rasm, a) va issiq mam-

Page 84: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

84

3-rasm. a) chittak; b) zag‘cha; d) qaldirg‘och; e) bulbul.

a) b) d) e)

lakatlarga uchib ketayotgan tilla rangli qushlarni ko‘rishmumkin. Tog‘ o‘rmonlaridan vodiylarga tushib kelgan zag‘-chalarning (3-rasm, b) katta to‘dasini ham ko‘rish mumkinbo‘ladi.

Zarg‘aldoq, qaldirg‘och, bulbul (3-rasm d, e), chivinxo‘rqushlar, moyqutlar, jiblajibon, ko‘kqarg‘a va boshqa shu kabiqushlar janubdan issiq mamlakatlarga uchib ketadilar.

Qushlar uchib ketishga odatlanib qolganliklari, shu-ningdek, hasharotlarning (kapalak, ninachi, qo‘ng‘izlarning)sekin-asta yo‘qola borishi tufayli uchib ketishadi. Chunkibu hasharotlar ana shu qushlar uchun ozuqa bo‘lib xizmatqiladi.

Sentyabr oyida laylaklar, g‘ozlar, o‘rdaklar va turnalaro‘z inlariga yig‘iladilar va uchib ketishga tayyorlanadilar.

Tovuqlar tullay boshlaydi. Ularning deyarli barcha patlarito‘kilib, yangidan chiqadi. Shu bilan birga, ular qishkisovuqlarga tayyorlana boshlaydilar. Uy hayvonlari va yovvoyihayvonlarda ham qish sharoitiga monand keladigan tuklaro‘sa boshlaydi.

Sentyabr oyida asalarilar ham qishga tayyorlana bosh-laydilar. Ular o‘zlarining asal zaxiralarini uyalarining birtomoniga olib o‘tadilar, o‘z uyalarini isitadilar, keraksizteshik va yoriqlarni bekitadilar, o‘z uyalaridan o‘rgimchak-larni haydab chiqaradilar, chunki o‘rgimchaklar qish vaqtidaasalarilar uchun ortiqcha yuk bo‘lib, asal zaxiralarini yebqo‘yishlari mumkin. O‘rgimchaklarning asalariniki kabinishlari va jag‘lari bo‘lmaydi, shuning uchun ular o‘zlarinihimoya qila olmaydilar, uyalarni tashlab chiqib ketib ochlik-dan o‘lib qoladilar. Asalarilar boshqa hasharotlar singari uzoquxlamaydilar. Dastlabki sovuqlar tushishi bilanoq turnalar

Page 85: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

85

va g‘ozlar janub tomonga gala-galabo‘lib uchib ketishadi. Qushlar to‘da-sining tuzilishi — uchib ketuvchi qush-larning xarakterli belgilaridandir. Tur-nalar, odatda, o‘tkir burchak hosilqilib, g‘ozlar esa uzun qiyshiq qator,ba’zida esa burchak hosil qilibuchadilar. Yovvoyi qushlar va kak-kulargina (4-rasm) alohida-alohidauchib ketadilar. Qushlarning uchibketishini bolalarni sayrga olib chiq-qanda kuzatish mumkin. Oktyabroyining oxirlarida shahar va vodiylardasa’valar paydo bo‘ladi va ular martoyining oxirlarigacha shu yerlardaqoladi. Ular qariqiz, otquloq urug‘-larini yeb kun kechiradilar. Sa’valaro‘zlarining chiroyli patlari va ajoyibovozlari bilan bolalarni o‘zlariga jalb qiladilar. Bolalarsa’valarni tabiat burchaklarida parvarish qilishni o‘rgana-dilar: toza suv, so‘k, arpa, pista donlarini maydalab be-radilar. Shuningdek, kuz faslida zarang va shumtol daraxt-larining urug‘laridan tayyorlangan ozuqalarni beradilar.Sa’valar qirilgan sabzini va bolalar qo‘li bilan tabiatburchagida o‘stirilgan ko‘k sulini zo‘r ishtaha bilan yeydilar.Kechalari dalalardan shaharlarga go‘ngqarg‘a, zag‘cha(5-rasm) va qarg‘alar to‘da-to‘da bo‘lib uchib keladi.

Haroratning pasayishi bilan hasharotlar ham asta-sekinyo‘qola boradi. Ularning ba’zilari o‘ladi, boshqalari esa(sassiq qo‘ng‘iz) daraxtlarning, (chivinlar, pashshalar) imo-ratlarning kavaklariga kirib yashirinadilar. Ko‘pgina chivinlarxazon bo‘lgan barglar ostiga yashirinadilar. Ba’zi hasharotlarqish uchun tuxumlarini saqlab qo‘yadilar (o‘simlik biti,kapalak), boshqalar esa lichinka holatida yerda qishlaydilar(tillaqo‘ng‘izlar). Bolalar ochiq havoga dam olgani chiq-qanlarida to‘kilgan barglar tagida yotgan hasharotlarni topiboladilar.

Oltin kuz davomida uchib yurayotgan o‘rgimchak uyasiko‘zga tashlanadi. Uning kumushsimon uzun to‘qimasida

4-rasm. Kakku.

5-rasm. Zag‘cha.

Page 86: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

86

kichkina o‘rgimchak uyachalari, shuningdek, ko‘chmanchiqo‘ng‘izlar bo‘ladi. Noyabr oyida shaharda ko‘plab go‘ng-qarg‘alar, olaqarg‘alar, zag‘chalar uchib yuradi. Shahargadala chumchuqlari uchib keladilar. Ular don izlab to‘da-to‘da bo‘lib uchib yuradilar. Shuningdek, shaharga tog‘lardanoqbosh sa’valar, shahar chetlaridan esa so‘fito‘rg‘aylar uchibkeladilar. Bog‘larda ko‘pgina qorayaloqlar va chittaklarpaydo bo‘ladi. Ular, asosan, tog‘lardan uchib keladi. Ko‘kchumchuqlarning o‘tkir ovozlari ham eshitilib turadi.

Hayvonlar hayotidagi o‘zgarishlar. Kuz faslida qurba-qalarning vaqirlashi kamroq eshitila boradi. Bunga bolalare’tiborini jalb qilish lozim.

Yosh tiðratikanlar mustaqil hayot kechira boshlaydilar.Bolalar tabiat burchagida ularni boqadilar va parvarishqiladilar. Shu paytlarda tog‘ etaklari va cho‘lli rayonlardaqum quyonlarini tez-tez uchratish mumkin. Kichikroq ko‘ri-nishdagi, unchalik katta bo‘lmagan bu quyon o‘ziga xosrangga egadir. U sariq kurakli va oq rangli bo‘ladi. Uningdumi uzun, dumining uchida popukchasi bo‘lib, boshi esacho‘zinchoq bo‘ladi. Qum quyoni qumlar orasida, saksovulo‘rmonlarida va daryolarning qirg‘oqlaridagi to‘qaylardayashaydi. Kuz faslida, o‘tlar quriganda shahar atrofidagirayonlarda quyonlar yosh daraxtlarning qobiqlarini, cho‘llirayonlarda esa cherkes kandim, yulg‘un va shu kabi yovvoyio‘simliklarning qobiqlarini kemirib tashlaydilar. Sudraluvchihayvonlar (kaltakesaklar, ilonlar, toshbaqalar) dong qotibuxlash davriga kiradilar. Sovuq tushishi bilan qurbaqalarhovuz tagidan balchiqlar ichiga kirib ketadilar, cho‘l qurba-qalari esa uy atrofidagi kavaklarga kirib, uyquga ketadilar.

Tiðratikanlar sovuq tushguncha o‘zlarining qishki joylari-ga ketishadi. Ular qishda to‘rt oydan ortiq uxlaydilar. Buvaqt ichida qimirlamaydilar va hech qanday ovqat hamyemaydilar. Ular ana shu uyqu jarayonida o‘zlarining gavdaog‘irliklarining uchdan bir qismini yo‘qotadilar. Ba’zi vaqt-larda bolalar bog‘chalarida tiðratikanni qish vaqtida hamolib qoladilar. Ularni qutilarga solib, bahorgacha salqin yerdasaqlaydilar. Bolalar tiðratikanning uyg‘onishini alohidaqiziqish bilan kuzatadilar. Ko‘rshapalaklar sovuq tushishibilan tashlandiq uylarning shiðlariga kelib, osilib olgan holda

Page 87: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

87

yashaydilar. Ular yoz mobaynida to‘plagan ozuqa zaxira-larini qishda juda kam sarflaydilar. Agar ko‘rshapalak qishdaissiqroq joylarda yashasa, tez-tez uyg‘onib turadi.

Qishloq xo‘jalik ishlari. Sentyabr oyida O‘zbekistonningbarcha hududlarida, shu jumladan, Toshkent viloyatida hamasosiy xo‘jalik ishlaridan biri — paxta yig‘im-terimi bosh-lanadi. Har bir chanoqda 3—5 pallacha bo‘lib, har birpallachada esa paxta tolalari bilan o‘rab olingan 8—9 tadanchigit bo‘ladi. Paxta tolasi paxtaning eng qimmatbaho qismihisoblanadi. Paxta tolasidan gazmollar va boshqa ko‘pginatexnik mahsulotlar, chigitidan esa moy, kunjara va boshqanarsalar tayyorlanadi. Sentyabr oyida mevali bog‘larda olma,behi teriladi, uzum uziladi. Bu ishlarda bolalar ham qo‘llari-dan kelgancha ishtirok etishlari mumkin.

Tarbiyachilar bu paytda bahorda bog‘cha hovlisiga o‘tka-zilgan uy o‘ismliklarini tabiat burchaklariga ko‘chirib o‘tqa-zadilar. Gulzorlarda qo‘qongul, xushbo‘y no‘xat, ajdarog‘iz(gullari katta-katta bog‘ o‘simligi), nastursiya, petuniy,sambittol, floks va tirnoqgul kabi o‘simliklar urug‘ini terishnidavom ettiradilar, bunda bolalar ham qatnashadilar.

Oktyabr oyida dalalarda ommaviy ravishda paxta yig‘im-terimi davom etadi. Paxta chanoqlari tungi sovuq vakunduzgi issiqning keskin ta’siri natijasida ochila boshlaydi.

Dalalar va polizlarda karam, pomidor, lavlagi, baqlajon,kartoshka singari sabzavotlar yig‘ib-terib olinadi. Bu kabimanzarani qishloq joylarda tez-tez uchratib turish mumkin.

Bog‘larda mevali daraxtlarni qish sharoitiga tayyorlay-dilar. Yerga o‘simliklar o‘sishdan to‘xtagan vaqtda o‘g‘itsolinadi. So‘ngra daraxt atroflari chopib qo‘yiladi, qatororalari haydaladi. Daraxtning ildiziga yaqinroq yerlari yuza-roq haydaladi, chunki daraxt ildizlari yerning ustki qatlamigayaqinroq turadi. Daraxt ildizlaridan uzoqlashgan yer chuqur-roq haydalishi kerak. Bunda daraxt turlarining o‘ziga xosxususiyatlari hisobga olinishi lozim. Jumladan, nok va olmadaraxtlarining ildizlari olcha va olxo‘rilarga nisbatan kattachuqurlikda joylashgan, shuning uchun ham shu daraxtlaratrofidagi yerlarni chuqurroq haydash talab qilinadi. Yernikuzgi shudgorlash vaqtida tuproqni haddan tashqari mayda-lab yubormay, balki uni yirik qilib ag‘darish va shu holicha

Page 88: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

88

qishga qoldirish kerak, bunday qilinganda tuproq strukturasiyaxshilanib, uni saqlab qolishga imkoniyat tug‘iladi. Bundantashqari yerni yirik-yirik qilib ag‘darish foydali, chunki unamni va qorni yaxshi saqlaydi. Bu esa o‘simlikning yaxshirivojlanishi uchun juda muhimdir. Odatda, qish faslidatuproqning ustki qatlamida zararli hasharotlar yashirinibqoladilar. Yerni haydash va namlash natijasida ular o‘ladilar,demak ular kelgusi yil hosili uchun zarar keltira olmaydilar.

Barglarning to‘kilishi bilan barcha zararli hasharotlar hamyerga tushadilar va to‘kilgan barglar orasiga joylashiboladilar. Shuning uchun barcha axlatlarni to‘plash va yoqishyoki ko‘mib tashlash kerak. Bu yerda ularning hammasichirib o‘g‘itga aylanadi. Zararli hasharotlar, ularning bolalari,lichinka va tuxumlari daraxt po‘stloqlarining yoriqlari orasi-da ham bo‘ladi. Ularni eski, chirigan ildizlari bilan birgayo‘qotish, yoriqlarini esa suvash kerak. Daraxt tanalariniyangi go‘ng yoki loy qo‘shilgan ohak bilan oqlash kerak(daraxt ildizlari kuyib ketib, zarar yetkazmasligi uchun) yokidust DDT (geksaxloral) ning bo‘r bilan aralashmasini daraxt-larga surish kerak. Ana shu vaqtda daraxt po‘stlog‘idanshiralar olib tashlanadi.

Oktyabr oyida daraxt va novdalarni butash boshlanadi.Bu ish shoxlarning uzunasiga qarab o‘sishini to‘xtatadi vayosh novdalarning rivojlanishiga yordam beradi. Bundayholda o‘simlik qishni osonlik bilan o‘tkazadi. Daraxt tanasi-dagi o‘sishga qarshilik qilgan ortiqcha, eski, chirigan shoxlariham qirqib tashlanadi. Shu yo‘l bilan daraxtlarning kelgusiyil rivojlanishi uchun yaxshi sharoit yaratib berishga harakatqilinadi. Oktyabr oyining oxirida daraxtlar va butalarni(1- va 2-ilova) bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish, toklarniqish mavsumiga tayyorlash boshlanadi. Bunda toklar kesilibko‘miladi. Toshkent viloyati sharoitida ba’zi paytlarda toklar-ni ko‘mmasdan ham qishlatish mumkin, ayrim hollar, ya’nito‘satdan sovuq tushishidan saqlash uchun toklarni ko‘mishmaqsadga muvofiqdir. Shu maqsadda gullar, anorlar vaboshqa o‘simliklar ham xashak va somon bilan o‘raladi yokiqish davri uchun yerga ko‘miladi. Xmel, pechak, chirma-shuvchi gullar singari o‘simliklar yig‘ib olinadi yoki o‘rabqo‘yiladi. Gulzorlardan kanna ildizlari, gladiolus ildizi, kar-

Page 89: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

89

toshkagul va boshqa shu kabi sovuqqa chidamli ko‘p yilliko‘simliklar tuganaklari kavlab olinadi. Kartoshkagul tuga-naklari oftobda biroz quritilib, so‘ng salqin joyda saqlanadi.Gladiolus ildizlari yaxshilab tuproqdan tozalanadi va dokaxaltachaga solib quruq, salqin yerga osib qo‘yiladi. Oktyabr-ning ikkinchi yarmida kapalakgul (bo‘tako‘z), dastargulurug‘lari sepiladi, bular erta bahorda gulzorlarni bezaydi.

Bolalar dala va bog‘larda kattalar qilayotgan ishlarnikuzatib boradilar va urug‘ sepish, qirqilgan shoxchalarniyig‘ish, yerni ko‘p yillik o‘t-ildizlaridan tozalash va ularniquritish singari ishlarda o‘zlari bevosita qatnashadilar.

Noyabr oyida dalalarda g‘o‘zaning ochilmagan ko‘saklariham terila boshlanadi. G‘o‘zapoya yulib olinadi, ekin may-donlariga o‘g‘it solinib, shudgor qilinadi. Bundan tashqarimana shu vaqtda kelgusi yil hosiliga zamin hozirlash maq-sadida yoppasiga sug‘orish o‘tkaziladi. Ekin maydonlarihaydalgandan keyin ham sug‘orish o‘tkazish mumkin. Bog‘,maktab oldi maydonlarida, agar harorat 5 darajadan pastbo‘lmasa, daraxt ko‘chatlarini o‘tqazish mumkin.

Noyabr oyida daraxtlarni butash, mevali daraxtlar hamdaboshqa daraxtlarda bo‘ladigan zararkunandalarga qarshikurash ishlari davom ettiriladi. Gulxonalar xazonlardan toza-lanadi, qizitilgan go‘ng yoki sharbat va superfosfat solinadi.Shuningdek, tuproqni kuzgi shudgor qilib qo‘yiladi.

Nazorat savollari1. Kuz faslida ob-havoda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi?2. O‘simliklar hayotidagi o‘zgarishlarni gapirib bering.3. Qushlar va hasharotlar kuzda nima qiladi?4. Kuzda hayvonlar hayotidagi o‘zgarishlarni gapirib bering.5. Kuzgi qishloq xo‘jalik ishlari qanday olib boriladi?

2. Qish fasliga tavsifnoma

Kalendar bo‘yicha qish birinchi dekabrdan boshlanadi.Aslini olib qaraganda, qish ba’zi hollarda ilgariroq boshlanishiham mumkin, chunki xalq maqolida aytilganidek: «Yil yilgato‘g‘ri kelmaydi».

Ob-havodagi o‘zgarishlar. Yerning ustki qatlamini qorqoplashi va suvlarning muzlashi qishning boshlanishidan

Page 90: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

90

darakdir. O‘zbekistonda qish o‘ziga xos xususiyatga ega. Qorqatlamlari mumtoz bo‘lmay, tez eriydi va qishda bir nechamartagina yog‘adi. Odatda, qor dekabr oyining boshlaridayog‘adi. Qishning ikkinchi yarmida — yanvar oyida, fevraloyining boshlarida ko‘proq qor yog‘adi, mart oyida hambiroz yog‘ishi mumkin.

Dekabr oyida sovuq tushib, tez-tez shamol esib turadi.Dekabr oyida barvaqt qor yog‘ishi Toshkent sharoiti uchunxos bo‘lgani bilan, bunday hol kamdan-kam bo‘ladi. Hattodekabr oyida shunday kunlar bo‘ladiki, bunda harorat+20+25 darajagacha ko‘tariladi. Masalan, 1955-yilningdekabr oyida mahalliy vaqt bilan soat 6 dan 12 daqiqao‘tganda bahordagi singari momaqaldiroq, chaqmoq bo‘lib,do‘l aralash yomg‘ir yog‘gan.

Yanvar oyida, odatda, qor yog‘adi, lekin tez erib ketadi.O‘rtacha harorat butun oy davomida +4—6°C atrofidabo‘ladi, biroq ba’zan janubi-sharqdan iliq shamol «garmsel»esishi natijasida haroratning keskin ko‘tarilishini payqashmumkin. Kunduz kunlari harorat +17+20 darajagacha isiydi.Vaqtincha iliq va quyoshli havo bo‘ladi. Shunday vaqtlardadaraxtlar va butalar kurtak chiqarib qoladi. Keyinchalikyengil ayoz ta’siri ostida asta-sekin yana havo sovib qoladi.

Fevral oyida quyosh yuqoriroq ko‘tariladi, kun anchauzayadi. Fevralning birinchi o‘n kunida, odatda, kun iliq,quruq bo‘ladi, harorat +17+19 darajagacha ko‘tariladi.Ikkinchi o‘n kunlikda unchalik qattiq sovuq bo‘lmay, kuchliqor yog‘ib o‘tadi. Ba’zi vaqtlarda uchinchi o‘n kunlikdaham qattiq sovuq tushib, qor quruq yog‘adi. Daraxtlarningshoxlari oqarib, qattiqqina qor qatlami hosil bo‘ladi. Qushlarovqat topib yeyishga qiynaladilar.

O‘simliklar hayotidagi o‘zgarishlar. Qishda daraxtlar«yalang‘och» holda bo‘ladilar va nisbiy osoyishtalik holatidayashaydilar. O‘simlikning yer ustidagi qismlari o‘sishdanto‘xtab, qishki osoyishtalikka o‘tadi, ildizlarning yer ostidagihayot faoliyatlari esa davom etadi. Daraxt nisbiy osoyishtalikvaqtlarida ozuqa zaxiralarini to‘playdi, (kraxmal, shakar vayog‘) to‘qimalarining nafas olishi pasayadi. Qish davridadaraxtlarning barcha shoxlari va po‘stlog‘i, shuningdek,kurtak, tanasidagi yoriqlar va barglar o‘z namini yo‘qotib

Page 91: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

91

boradi. Daraxtlar namligining katta miqdorda yo‘qolishigaqishki shamollar ham sabab bo‘ladi. Qishki shamollar ta’siridao‘simliklarning novdalari va hatto butun o‘simlik ham halokbo‘lishi mumkin. Shuning uchun hosil olingach, kech kuzdabog‘larni asta-sekin qoplatib sug‘oriladi. Qishda daraxt-larning halok bo‘lmasliklari va ko‘proq nam saqlashlariuchun ular atrofiga qorlarni to‘dalab qo‘yadilar.

Ikki yilik va ko‘p yillik o‘t o‘simliklarning yer yuzasidagiqismi qurib, ildizpoya, piyozbosh va tuganaklari qoladi, bularo‘simlikning yangidan o‘sib chiqishi uchun ozuqa moddalarzaxirasini to‘playdi. Ildizlar yer tagida, qor tagida sovuqdansaqlanib turadi. Qishda sovuq qattiqroq bo‘lib, yer qatlamiqattiq muzlasa, o‘simliklarning ildizlari ham nobud bo‘ladi.

Ba’zi yillarda dekabr oyida ham o‘simliklar kurtakchiqaradi: bo‘tako‘z, margaritkalar ochiladi.

Fevral oyida sovuq bo‘lsa, o‘simliklar hayotida hechqanday o‘zgarish bo‘lmaydi. Bunda agar havo iliq bo‘lsa,yashil o‘tlar ko‘rina boshlaydi. Iliq qish vaqtida, fevraloyining o‘rtalarida gunafshalarning kurtagi bo‘rtadi, ku-mushdek teraklar kuchalalay boshlaydi, zarang daraxtiningbo‘rtib chiqqan kurtaklarida nozikkina gul barglari ko‘rinaboshlaydi. Maysa o‘tlar chiqa boshlaydi, gunafsha, qoqio‘t,bodom, oq qaldirmoqlar gullaydi.

Qushlar va hasharotlar hayotidagi o‘zgarishlar. Qishvaqtida o‘simliklarning uyquga ketishi munosabati bilan budavrda bolalarning diqqat-e’tiborini qushlar hayotiga vaholatiga jalb etish mumkin. Dekabr oyida shahar vaqishloqlarda, aholi yashaydigan punktlarda chumchuqlar,qarg‘alar, zag‘chalar va boshqa qishlaydigan parrandalaryig‘iladi. Ular o‘ralar, axlatxonalar, shuningdek, serqatnovyo‘llarda ozuqa qidiradilar. Ovqatlanib bo‘lishgach, bog‘ vaxiyobonlarga uchib ketadilar. Daraxtlarning shoxlarida damoladilar. So‘ng, yana hovlima-hovli uchib keladilar. Qorong‘itushishi bilanoq to‘da-to‘da bo‘lib uchib ketib, balanddaraxtlarning shoxlariga qo‘nib tunaydilar.

Dekabr oyida shahar atroflaridan ko‘kraklari oq-qorarangli katta chittaklar uchib keladilar va Toshkent bog‘ vaxiyobonlarini to‘ldirib yuboradilar. Ular daraxtlarning ka-vaklari va shoxlarida qishlagan hasharotlarni topib yeydilar.

Page 92: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

92

Ular hasharotlarning yuz minglarchatuxumlarini ham tozalaydilar. Ba’zivaqtlarda zyabliklar ham uchraydi.Quyoshli kunlarda qushlar ko‘proqharakatchan, quvnoq bo‘lishadi,bunga bolalarning diqqatini jalb etishkerak.

Shahar atrofidagi joylarda buvaqtda ko‘pgina so‘fito‘rg‘aylarniuchratish mumkin, ular dalalardagiyovvoyi o‘tlarning urug‘larini teribyeydilar. Shuningdek, bu vaqtdabog‘lar va odamlar yashaydigan yer-larga yaqin kelib yashovchi zag‘iz-g‘onlarni ham uchratamiz.

Dekabr oyida qorayaloq va chit-taklarning sayrashi eshitiladi. Bog‘-larda qizilquyruqlar (6-rasm) paydobo‘ladi. Kam-kam uchrasa-da, har

o‘n yilda bir marta sovuq qish vaqtida snegirlar (7-rasm)paydo bo‘lishadi. Ular sekin-sekin hushtak chalib uchadilar.Bunda ota qushgina emas, balki ona qush ham sayraydi(ba’zi qushlarda esa ona qushlar sira sayramaydi). Doimiyqishlovchi qushlar bilan birgalikda ahyon-ahyonda jarqanot-larni uchratish mumkin. Bu qushlar tog‘ qoyalaridanshaharga tushib kelishadi va xoliroq yerdagi g‘isht devorlibinolarga joylashadilar.

Qor yoqqan vaqtda bu qushlar och qolishadi va hattoochlikdan o‘la boshlaydilar. Ular birovning ovqat berishigamuhtoj bo‘lib qoladilar. Shuning uchun bolalar bog‘chalarihovlilarida qushlarni oziqlantirish maqsadida har turli inlaryasab qo‘yish kerak. Bunday manzara bolalar bilan birgalikdaqushlarning harakatlarini kuzatish imkoniyatini beradi.Qushlarni cho‘chitib yubormaslik maqsadida inlar uchuntinch yerlarni tanlaydilar. Ularni daraxtlarga, uylarningdevorlariga osib qo‘yadilar, deraza tokchalariga o‘rnatadilar.Donxo‘rak yoki inlarda doimo ozuqa bo‘lishi kerak. Qushlarbunday ozuqalarga ko‘nikadilar va har kuni ma’lum soatlardauchib keladilar. Bolalar qushchalar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik

6-rasm. Qizilquyruq.

7-rasm. Snegir.

Page 93: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

93

qiladilar, deyarli har kuni ularga ozuqa berib turadilar.Kuzatish vaqtida har turli qushlarning o‘zlarini qanday tu-tayotganlarini, shuningdek, qaysi bir ozuqani manzurko‘rishlarini payqab olish mumkin. Hatto hasharotni za-harlovchi chittaklar ham qish faslida urug‘liklar bilan oziq-lanadilar. Yog‘ ularning asosiy ovqati bo‘lib hisoblanadi.

Qushlar gavjum bo‘lishib, oziq-ovqat qidirishni davomettiradilar. Kunduz kunlari to‘da-to‘da qarg‘alar, ko‘kqarg‘a-lar va go‘ngqarg‘alarning uchib yurishlarini ko‘rish mum-kin, shuningdek ko‘pgina sa’avalar va g‘urraklar ham uchibyurishadi. Bog‘larda qorayaloqning qattiq qichqirishi ahyon-ahyonda eshitilib tursa-da, lekin uning sayrashi endi eshitil-maydi. Ko‘pincha qorayaloqlar ariqlarning bo‘ylarinikavlayotganliklarini, shuningdek, bog‘lardagi na’mataklar-ning donini topib cho‘qiyotganligini ko‘rish mumkin.

Ba’zan Toshkentning Salar va Qorasuv bo‘ylarida jib-lajibonlarni uchratish mumkin. Ular bahorda uchib kelib,bu yerda qishlash uchun qolishadi.

Yanvar oyining boshlarida g‘urraklarning g‘urullashieshitila boshlaydi. Yanvar oyining o‘rtalarida esa g‘urrak-larning akatsiya daraxtlarining chiviqlaridan mayda tayoq-chalar va quruq qobiqlardan uyalar qurishga kirishganliklarinibolalar bilan birgalikda kuzatish mumkin.

Fevral oyida qushlar oziqlantirishga muhtoj bo‘ladilar.Fevralning oxirida qushlar galasi qo‘shaloq-qo‘shaloq bo‘libajraladi. Keyinchalik ular uya qurish uchun shahardan chet-dagi joylarga uchib ketadilar. Chittaklar bahor oldi qo‘shiq-larini «kuylaydilar».

Fevral oyida g‘urraklar tuxum ochib, 15 kun tuxumbosadilar. Tuxumdan chiqqan yosh g‘urraklar o‘z uyasidao‘n kun qoladi. G‘urrak bir yilda besh marta tuxum qo‘yadi.G‘urraklar kaptarlar singari biologik tomondan juda qiziqbo‘ladilar. Ular sutemizuvchilar singari qushchalarni boqishuchun o‘zlaridan ozuqa moddasi ishlab chiqaradilar: bu ichkibezlardan ajralib chiqadi. Ona qush og‘zini ochadi, qush-chalar esa ozuqani cho‘qib oladilar. Fevral oyining oxirlaridashaharlardan jiblajibonlar uchib kelishadi.

Kechki payt shaharga yana ko‘pgina zag‘chalar vako‘kqarg‘alar uchib kelishadi. Tunash uchun baland da-

Page 94: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

94

raxtlarning shoxlariga qo‘nayotganlarida ularning shovqinlariva qichqiriqlari eshitiladi. Biroq ular asta-sekin sovuq o‘lka-larga uchib keta boshlaydilar. Bulutli kunlarda qorong‘i tushaboshlashi bilan mayda ko‘rshapalaklarni ko‘rish mumkin.Bular barcha ko‘rshapalaklar ichida eng kichigi hisoblanadi.Ularning qish faslida g‘orlarda qishlovchi ko‘pgina boshqako‘rshapalaklardan farqi shundaki, ular yil bo‘yi binolarningyoriqlarida yashaydi va haroratning ko‘tarilishi bilan birinchibo‘lib uyg‘onadi. Qorong‘i tushishi bilanoq ovoz chiqar-masdan ucha boshlaydi hamda chivin, pashsha va boshqajonivorlarni tutib yeydi. Yerda qishlagan tut kapalaklari fevraloyida kapalak qurtlari chiqaradi.

Hayvonlar hayotidagi o‘zgarishlar. Dekabr oyida ko‘pginayovvoyi hayvonlar qishlash uchun o‘z uyalariga kirib oladilar.Toshkent viloyatining shahardan chetdagi ba’zi bir tuman-laridagina shu vaqtda oziq-ovqat qidirib, o‘z uyalaridanchiqqan hayvonlarni (karagan tulki, qo‘shoyoqlarni) uchra-tish mumkin. Dekabr oyida oziq-ovqat topish maqsadidatog‘lardan sahro bo‘rilari tushib keladilar va ko‘pgina mol-larga hujum qiladilar, itlarni g‘ajib, ba’zi vaqtlarda qishloqchetidagi poliz, hovlilarga kirishga urinadilar. Sahro bo‘rilariunchalik katta bo‘lmay, juni kalta, dag‘al tusda bo‘ladi. Uningrangi atrof-muhitga qarab o‘zgarib turishi mumkin.

Yanvar, fevral oylarida tabiat burchagi sharoitida ba’zantoshbaqalar uyg‘ona boshlaydilar. Shu vaqt ularga ovqatberish zarur. Bolalar esa toshbaqalarni zo‘r qiziqish bilanboqadilar. Toshbaqa karam barglarini, qirilgan sabzi, ko‘ksuli, sutda ivitilgan non, grechixa va suli bo‘tqalarini zo‘rishtaha bilan yeydi.

Qish faslida Sirdaryo vohasidagi cho‘llarda uchraydiganmahalliy karagan tulkilar junining tusi o‘zgaradi. Odatda,uning juni och kulrang bo‘lib, sahro va cho‘llardagi loylarningtusiga mos keladi. Qish faslida esa uning beli, bo‘yni vayelkasi zang tusini beruvchi och sariq tusga kiradi. Dumininguchi va qorni oqaradi. Karagan tulki, asosan, cho‘ldagi yum-ronqoziq va qumsichqonlar singari kemiruvchilar bilan oziq-lanadi. Ba’zan tovuqlarga ham hujum qilib qoladi. U qishloqxo‘jaligi zararkunandalari bo‘lgan kemiruvchilarni yeb tuga-tishi va yaxshi mo‘yna berishi bilan bizga foyda keltiradi.

Page 95: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

95

Fevral oyida yovvoyi hayvonlar hamda uy hayvonlaridabahorgi tullash boshlanadi. Tulkilar, qo‘shoyoqlar, bo‘rilar,quyonlar, qumsichqonlar va boshqa hayvonlar po‘st tashlay-dilar. Ularning yungi tushib, terilari ko‘rimsiz bo‘lib qoladi.Uy parrandalari, ayniqsa tovuqlarda katta jonlanish boshla-nib, ular tuxum qilishga kirishadilar.

Qishloq xo‘jalik ishlari. Dekabr oyida paxta dalalarida«oq oltin»ning oxirgi qoldiqlari yig‘ishtirib olinadi, g‘o‘za-poyalar yig‘ib olinib, yerga o‘g‘it solib, shudgor qilinadi.Ba’zi joylarda zarur bo‘lgan hollarda yaxob suvi berilib,yerning sho‘ri yuviladi. Bog‘larda daraxtlarni butash, atrof-larini yumshatish va qator oralarini haydash, shuningdek,zararkunandalarga qarshi kurash ishlari davom ettiriladi.

Yanvar oyida parniklarda ertangi sabzavotlar – rediska,pomidor, bodring, karam va boshqa o‘simliklar ko‘chatlariniyetishtirish boshlanadi. Yetishtirilgan ko‘chatlar parnik yokiissiqxonalarga o‘tqaziladi. Bundan keyin bevosita dalalargaekiladigan ko‘chatlar tayyorlanadi.

Issiqxona va parniklarda fevral oyida ertangi pomidor,bulg‘or qalampiri, baqlajon va boshqa sabzavot o‘sim-liklarining ko‘chatlarini yetishtirish uchun sabzavot urug‘lariekish davom etadi. Fevral oyida parniklarda ba’zi bir gulko‘chatlarini yetishtirish uchun: chinnigul, qo‘qongul, sam-bittol, petuniya (gullari katta-katta bog‘ o‘simligi), xushbo‘ytamaki, siniya (qizil gulli xona o‘simligi), ajdarog‘iz (yirikgulli o‘simlik) va boshqa gullarning urug‘lari ekiladi. Parnikva issiqxonalarda ertangi rediska, bodring, ertangi karamva boshqa sabzavotlar o‘stiriladi. Iliq kunlar bo‘lganda bolalarbog‘chasi hovlisida rediska urug‘i sepiladi. Bunda bolalarham qatnashadilar.

Ana shu vaqtda ko‘chalar, istirohat bog‘larini obodon-lashtirish ishlari boshlanadi, har turli daraxtlar: eman, chinor,qayrag‘och, kashtan (qora qayinlar oilasiga mansub daraxtva shu daraxting yong‘og‘i), shumtol daraxtining barchaturlari, teraklarning barcha turlari, oq akatsiya, zarang, gle-dichiya, aylant, qora tol va boshqa daraxt ko‘chatlari ekiladi.

Ko‘chalarni ko‘kalamzorlashtirishda shu narsani esda tu-tish kerakki, hatto tez o‘sadigan daraxt ko‘chatlari hamkamida 5—6 yil o‘tgandan keyin chiroyli manzara beradi,

Page 96: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

96

sekin o‘sadigan daraxt ko‘chatlari esa oradan 10—12 yilo‘tgandan keyingina dekorativ manzara kasb etadi. Gul-laydigan va dekorativ butalar ikkinchi yili va hatto o‘tqazilganbirinchi yiliyoq ko‘kalamzor ko‘rinishini beradi. Mana shu-ning uchun ham birinchi yili zarang, shumtol singari tezo‘sadigan daraxtlar va ko‘chatlarni o‘tqazish, keyingi yillardaesa, shar tusidagi va piramida sifat qayrag‘och, shuning-dek, sekin o‘sadigan eman, kashtan singari daraxtlarningko‘chatlarini o‘tqazish tavsiya qilinadi.

Fevral oyida legistrum (jonli devor), buldonej, nastarin,shumtol (oq xushbo‘y gulli daraxt), jasmin (xo‘shbo‘y oqgulli o‘simlik) daraxtlarining qalamchalari o‘tqazila bosh-laydi. Agar bolalar bog‘chalari hovlilarida tut daraxtlari bo‘lsa,bu holda daraxt taglarida qishlagan tut zararkunandalarigaqarshi kurash olib boriladi. Fevral oyida g‘umbaklardanchiqqan to‘q kulrangdagi ona qurtlar barglarga tirmashibchiqib, daraxt tanasidagi yoriq joylarga tuxum qo‘yadilar.Kapalak qurti tut daraxtining po‘stlog‘i va barglarini yeydi.Tut daraxtlarining ommaviy ravishda ko‘karishiga zararyetkazuvchi hasharotlarni yo‘qotish uchun har bir daraxtga3—4 litrdan 5%li geksaxloran sepiladi.

Agar havo issiq kelsa, fevral oyida ham ekin ekishgakirishish mumkin. Bunda donli ekinlar va yer ishlari uchunjuda qimmatli bo‘lgan o‘t o‘simligi — bedani ekish mumkin.Beda ko‘p yillik dukkakli o‘simlikdir. Yaxshi parvarish qilin-ganda uni yiliga 4—5 marta o‘rib olish mumkin. U mollargato‘yimli ozuqa sifatida beriladi. Bundan tashqari, bedaekilgan tuproqning tuzilishi o‘zgaradi va yerning hosildorligiortadi.

Nazorat savollari

1. O‘zbekistonda qish faslida qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi?2. O‘simliklar hayotidagi o‘zgarishlarni gapirib bering.3. Qishda o‘lkamizga qanday qushlar uchib keladi?4. Qushlar qishda nima bilan oziqlanadi?5. Qishda o‘lkamizda yashaydigan hayvonlar hayotidagi o‘zgarishlarni gapirib

bering.6. Òabiat burchagida yashovchi toshbaqalar qishda qanday oziqlanadi?7. Qishda dalalarda qanday ishlar olib boriladi?8. Qanday daraxt ko‘chatlari ekila boshlaydi?9. Fevral oyida qanday gulli daraxt qalamchalari o‘tkaziladi?

Page 97: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

97

3. Bahor fasliga tavsifnoma

Bahor mavsumi kalendar hisobi bo‘yicha birinchimartdan boshlanadi. Lekin bahorning kelishi har yildaturlicha bo‘ladi.

Yurtimizda bahor erta, odatda, fevral oyidayoq boshla-nadi. Biroq mart oyining oxirgi o‘n kunligida ko‘pinchaqor yog‘ib, ertasigayoq erib ketadi. Bahor kunlariningboshlanishi bilan daraxt kurtaklari bo‘rtadi, mevali daraxtlargullay boshlaydi. Shundan keyin bo‘lgan qattiq sovuqlar esakurtak va gullarni urib ketadi. Natijada o‘rik, shaftoli vaboshqa mevali daraxtlar hosil bermaydi.

Ob-havodagi o‘zgarishlar. Mart oyida qattiq yog‘in-garchilik bo‘ladi. Harorat +25+29 darajagacha ko‘tariladi.Lekin sovuqlar ham bo‘lib turadi.

Martning oxirlarida ba’zan momaqaldiroq bo‘ladi.Aprel oyida harorat ko‘tariladi. Oyning boshida kunning

o‘rtacha harorati +12+13, ba’zan +18+19 darajaga ko‘ta-riladi. 1955-yili kunduzgi harorat hatto +35 darajaga hamyetgan edi. Aprel oyining ikkinchi yarmi haroratning ko‘ta-rilishi, ayrim hollarda esa haroratning birmuncha pasayishibilan xarakterlanadi. Aprel oyida yog‘ingarchilik ko‘p bo‘la-di. Ba’zi yillarda sovuq tushib qolishi hollari ham bo‘ladi,ayrim hollarda qor ham yog‘adi. Bahorda yoqqan katta-katta qorni xalqimiz «laylak qor» deydi, chunki shu qorbilan laylak ham keladi. May oyida esa issiq kunlarboshlanadi, kunlik o‘rtacha harorat +10+25 daraja atrofidabo‘ladi. Biroq oyning boshlarida ob-havo beqaror bo‘lib,tez-tez o‘zgarib turadi. Ba’zan g‘o‘za va boshqa o‘simliklargazarar keltiruvchi do‘l yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lib turadi.

O‘simliklar hayotidagi o‘zgarishlar. Mart oyida dalalar«ko‘klam libosini kiyadi». Boychechak, chuchmoma, sovrin-jon, gunafshalar ochila boshlaydi. Yovvoyi ildizli o‘simlik-lar, lolalarning ko‘pgina turlari, giatsintlar, har turli nartsislarbarg chiqara boshlaydi.

Toshkentning tepalik va yonbag‘irlari ertangi gulsapsar,lola, nilufar singari gullar bilan qoplanadi. Bu gullar ko‘pyil yashasa ham, yog‘ingarchilikdan keyingina gullaydi.Yozda ularning tanalari quriydi, yer ostida esa ildizlari

7 – Hasanboyeva O.U., va boshq.

Page 98: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

98

saqlanib qoladi. Ochiq va baland joylarda oq qaldirmoq,boychechak, itgunafsha, qoqio‘t, kapalakgul, gunafsha,bo‘tako‘z singari bir yillik o‘simliklar ham gullaydi.

Daraxtlar shira chiqara boshlaydi. Qor erishi bilan daraxtildizlari yerdagi namlikni o‘ziga tortadi. O‘simlik to‘qimalarisuvga to‘ladi, suv olish bilan birga ozuqa moddasi bo‘lganuglevodni ham oladi. Uglevod barg to‘qimalari orqali ildizgaborib, kunlar isiy boshlashi bilan ildizdan kurtakka qarabyo‘naladi. Kurtak bo‘rtadi va ochiladi. Ozuqaning shundayharakati orqali o‘simlik «uyg‘onadi». Suvning ildizdan da-raxtga ta’siri shox-shabba orqali bo‘ladi, yozda suv shoxlarorqali ildizga boradi va parlanadi.

Mart oyida qo‘ziqorinlar paydo bo‘ladi. Ular O‘zbekistonsharoitida uch haftagina o‘sadilar, biroq seryomg‘ir bahordaqo‘ziqorinlar aprel-may oylarida ham o‘sishni davom etti-radi. Mart oyida ko‘lmak suvlarda lempa, elodeya (8-rasm,a), qo‘ytikan (8-rasm, b), perolistnik (8-rasm, d) va boshqasuv o‘simliklari o‘sadi.

Aprel oyida deyarli barcha daraxtlar barg chiqaradi.Eman va shumtol singari daraxtlar hamma daraxtlardankeyin ko‘karadi.

Yog‘ochli daraxtlar gullay boshlaydi, yong‘oq, eman, tolsingari daraxtlar gulto‘da chiqara boshlaydilar, zarangdaraxtining gullari kulrang va ko‘k-sariq tusda bo‘ladi, shum-tol daraxtida esa mayda gul kosalari ichida o‘tiradi,akatsiyada — cho‘p shaklidagi oq, xushbo‘y gullar ochiladi,gledichiya daraxtida, ko‘rimsiz, mayda sariq gulchalar paydobo‘ladi. Aprel oyida nastarin, jasmin, buldonej singari butao‘simliklari gullaydi. Daraxtlarning uyg‘onishi ob-havoningisishiga bog‘liq bo‘ladi.

8-rasm.

a) b) d)

Page 99: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

99

Martning oxiri va aprel oyining birinchi yarmida danaklio‘simliklardan birinchi bo‘lib: shaftoli, olcha, tog‘olcha,olxo‘ri gullaydi. Keyinchalik aprel oyining yarmida meva-sining ichida urug‘i bo‘lgan daraxtlardan: olma, nok, behigullaydi. Bahorda harorat bir me’yorda ko‘tarilganda danaklidaraxtlar bilan urug‘ daraxtlarning gullashi deyarli oldinma-ketin, ayrim hollarda esa, bir vaqtning o‘zida gullaydi.

O‘rik, shaftoli singari daraxtlar avval gullab, keyin bargchiqaradi. Olcha, tog‘olcha, olma, nok, olxo‘ri, behi singaridaraxtlar esa avval barg chiqarib, keyin gullaydi. Ob-havosharoitining qulay kelishi daraxtlarning ko‘plab gullashigaimkon beradi va hosildorlikni oshiradi.

Bolalar bilan gullarning har turli rangi va tuzilishi bilantanishtirish maqsadida mevali boqqa ekskursiyalar o‘tka-ziladi. Bolalar o‘rik, shaftoli, olcha daraxtlarining gullarinihajmiga, barglarining rangiga qarab tezda ajrata olib, eslaridasaqlab qolish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ana shu vaqtdasahrolarda lolaqizg‘aldoq va lolalar chamandek ochiladi.

Aprel oyining oxirida va ko‘pincha may oyining bosh-larida jiyda daraxti kumushsimon barglar bilan qoplanadi.U kuchli xushbo‘y hid taratuvchi sariq gullar chiqaradi.

May oyida buldonej, uzum, jiyda gullaydi, olcha, gilos,qulupnay pishadi. Suv havzalarida mayda suv o‘simlik-larining ko‘payishi davom etadi va suv yashil yoki sariqtusga kiradi.

Qushlar va hasharotlar hayotidagi o‘zgarishlar. Mart oyidaqushlar uchib kela boshlaydi. Qushlarda ko‘payish davriboshlanishi sababli ularda uyalariga qaytib kelish zaruratitug‘iladi. Agar qushlarda ko‘payish ikkinchi yilda bo‘lmay,uchinchi yilda sodir bo‘lsa (masalan: kakkuga o‘xshash) uvaqtda ular ikkinchi yili ham o‘sha yerda qishlab qoladilar.

Qushlar, odatda, oziq-ovqat paydo bo‘lishi bilan, hasha-rotxo‘r qushlar esa keyinroq uchib keladilar. Ularning uchibkelishi hasharotlarning ko‘payishi davriga to‘g‘ri keladi. Suvdasuzuvchi qushlar suv havzalarida hayot qaynaganda uchibkeladilar. Mart oyida biz bolalar bilan birgalikda turnalar,g‘ozlar va o‘rdaklarning to‘da-to‘da bo‘lib uchib kelayot-ganligini kuzatamiz. Fevralning oxiri, martning boshlaridajiblajibonlar uchib keladilar. Ular bahorning darakchilaridan

Page 100: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

100

hisoblanadilar. Qaldirg‘ochlar, jarqaldirg‘ochlar, popishak,chug‘urchuqlar uchib kelib, bo‘g‘otlarga, daraxt kavaklarigauya quradilar.

Chug‘urchuqlar qurilgan tayyor uyalarga zo‘r ishtiyoqbilan joylashadilar. Shuning uchun bog‘cha hovlisida bolalarbilan birgalikda erta bahorda daraxtlarga donxo‘rak va inlarosib qo‘yish kerak.

Qushlar qo‘sha-qo‘sha bo‘lib urchiy boshlaydilar. Ba’zibir qushlar butun bir umrga juftlashadilar. Agar ular qishdaba’zan ajralishsa, bahorda yana o‘sha eski inlarida uch-rashadilar. Qarg‘alar esa o‘z juftlaridan hatto qish faslidaham ajralmaydilar. Zag‘chalar o‘z juftlari bilan har yilio‘zlarining eski inlariga joylashadilar. Qushlar eski inlarigaqaytib kelganlaridan keyin, uni «tuzatadilar». Ular tumshuq-larida pat va xashaklarni tishlab inlariga olib keladilar. Ba’zanular daraxt shoxlarida shovqin-suron qilib shox talashadilar.Bu vaqtda qushlarning sayrashlari, hushtaklari va qiyqirish-lari, ajoyib parvozlari kishini o‘ziga jalb qiladi.

In qurish vaqtida ota qushlar patlarining to‘kilishi judayaqqol ko‘zga tashlanadi. Ona qushlarniki u qadar yaqqolko‘zga tashlanmaydi. Bolalar bilan ekskursiyaga chiqqandaularning e’tiborini bu narsaga qaratish zarur.

Mart oyida g‘urraklarning g‘urullashi yanada ko‘proqeshitila boshlaydi. Chittaklarning ovozi yana ham o‘tkirroq,sa’valarning ovozi esa ahyon-ahyondagina eshitiladi.

Zag‘cha, qarg‘a singari ko‘chib yuruvchi qushlar esa asta-sekin uchib keta boshlaydilar.

Mart oyida ko‘pgina hasharotlar (yaltiroq qurt (9-rasm),qarsildoq qo‘ng‘iz va boshqalar) paydo bo‘ladi. Ular o‘sim-liklarning asosiy ildizlarini kemirib, ularga katta zarar yetka-zadilar. Buning natijasida ko‘pgina o‘simliklar nobud bo‘ladi.Ayniqsa bu kabi hasharotlar tut daraxtlarining ildizlarigazarar yetkazadilar. Mart oyining boshlarida, ba’zan esa fevraloyining oxirlarida iliq kunlar boshlanishi bilanoq arilar o‘zuyalaridan uchib chiqadilar.

Asalarilar katta-katta oila bo‘lib yashaydilar. Har bir oiladabitta ona urug‘i bo‘lib, u besh yilgacha yashaydi. Bahorgiiliq kunlarning boshlanishi va gullarning ochila boshlashibilan ona ari tuxum qo‘ya boshlaydi. Bundan avvalo

Page 101: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

101

9-rasm. Yaltiroq qurt.

lichinkalar, keyinchalik esa qo‘g‘irchoqlar paydo bo‘ladi vanihoyat katta asalarilar yetishadi.

Bolalar bilan mevali bog‘larga ekskursiyaga chiqilgandaasalarilarning o‘rik, shaftoli va boshqa o‘simlik gullariningbiridan ikkinchisiga qo‘nib yurganligini kuzatish mumkin.Bolalar asalarilarning g‘uvillashini eshitadilar. Bolalar bog‘-chasi gulzorlarida ham asalarilarni kuzatish mumkin.

Hovuzlar tagidan suzgich qo‘ng‘izlar (10-rasm), suvsevarqo‘ng‘izlar suv yuziga chiqadilar.

Suzgich qo‘ng‘izlar chuchuk suvlarda yashovchi umurt-qasiz hayvonlarning eng yirik va kuchli vakillaridan biridir.Uning tanasi yashil-qora tusda va tanasi atrofida sariqhoshiyasi bor. Hovuzlarga ekskursiya vaqtida tarbiyachi suv-dagi qo‘ng‘izlarni o‘simliklarga ilashtirib olib, bolalargaqo‘ng‘izni ehtiyotlik bilan olish kerakligi, bo‘lmasa qo‘lnitishlab olishi haqida uqtiradi.

Suvsevar qo‘ng‘iz ham yirik suv qo‘ng‘izlari qatorigakiradi. Uning rangi qora yoki qo‘ng‘ir bo‘ladi. U o‘simliklarbilan ovqatlanadi. Tabiat burchagida qo‘ng‘izlarni baliqlardanbo‘lak akvariumda saqlash kerak, chunki qo‘ng‘iz yovvoyihasharotdir. Suzuvchi qo‘ng‘iz qo‘yiladigan akvarium kengva baland bo‘lishi kerak. Qo‘ng‘iz unda bemalol suzib yuraoladi. Bunda akvarium doka bilan bekitiladi. Suzgichqo‘ng‘izlar, odatda, kechasi ovqat izlab chiqadilar.

Katta guruh bolalari bilan suzgich qo‘ng‘iz hamda baliqlarustida kuzatishlar olib borish mumkin. Bolalar baliq ham,

Page 102: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

102

10-rasm. Suzgich qo‘ng‘iz.

suzgich qo‘ng‘iz ham suvda yashab, ammo ucha olishi hammumkinligi haqida tasavvurga ega bo‘ladilar. Bunda baliqtanasi tangachalar bilan qoplanganligiga, qo‘ng‘izlarda esaqanot borligiga bolalarning diqqatlarini jalb qilish zarur.Baliq suzgich qanotlari yordamida, qo‘ng‘iz esa orqa oyoq-lari yordamida suzadi. Qo‘ng‘izning old oyoqlari orqa oyoq-lariga qaraganda uzunroq bo‘ladi. U xom go‘sht va chu-valchang yeydi.

Aprel oyida uya quruvchi qushlarning uchib kelishi anchakamayadi. Zarg‘aldoq, bulbul, moyqut, ko‘rshapalak, laylak,ko‘k qarg‘a, chivinxo‘r, shuningdek, o‘zining kelganligidanxabar beruvchi kakkular ham uchib keladilar. Aprel oyidaturg‘un qushlarda ham katta jonlanish boshlanadi. Ularningxatti-harakatlari ham o‘zgaradi. Jumladan, chumchuqlaruchishdan to‘xtaydilar. Ular juft-juft bo‘lib, ota chumchuqyangi chiqqan patlarini yozib, ona chumchuq oldida sakrabyuradi. Chumchuqlar uylarning bo‘g‘otlarida, shuningdek,katta qushlar tashlab ketgan bo‘sh joylarga uya soladilar.

Aprel oyida ko‘kqarg‘a, go‘ngqarg‘a, sa’valarning uchibketishi tugaydi. Shaharda endi so‘fito‘rg‘aylarni uchratibbo‘lmaydi.

Uy parrandalari: tovuqlar, o‘rdaklar, g‘ozlar tuxum bosa-dilar. Bu tuxumlardan quyuq patli, ko‘zlari mo‘ltirab turgan,chopishga va ovqat cho‘qishga qobiliyatli bo‘lgan qushbolalari — jo‘jalar chiqadilar.

Page 103: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

103

Aprel oyida turli qo‘ng‘izlar: tillaqo‘ng‘iz (ko‘k rangliqo‘ng‘izcha), tutxo‘r qo‘ng‘iz (havorang va yonlarida sar-g‘ish dog‘lari bo‘lgan kichkina qo‘ng‘izcha), meva qo‘ng‘iz(yashil belgili, qanot ostlarida uchta oltinsimon chuqurchasibo‘lgan qo‘ng‘iz)lar paydo bo‘ladi.

May oyida qizil zag‘chalar uchib kela boshlaydi. Kak-kularning sayrashlari eshitiladi, qizilishton, laylak, popishak,ko‘kqarg‘a, qaldirg‘ochlar tuxum qo‘ya boshlaydilar. Kakkuo‘z uyasiga tuxum qo‘ymay, balki boshqa qushlarninguyasiga (uning tuxumlari 20 tagacha bo‘ladi) qo‘yadi. Kakkuuyaga tuxum qo‘yganida uya egasining bitta tuxumini olibtashlab, o‘zining tuxumini qo‘yadi. Shunday qilib, uyadagituxumlarning soni o‘zgarmay qolaveradi. Shu bilan kakku-ning nasllar haqidagi g‘amxo‘rligi tamom bo‘ladi.

Kakkular boshqa qushlarga nisbatan bir sutka ilgari tu-xumlarni ochib chiqadilar, tuxumni uyadan chiqarib tashlabo‘zlari qoladilar. Ular uyadagi boshqa qushchalarga mutlaqoo‘xshamaydi, biroq qushlar o‘z bolalari singari ularni hammuhabbat bilan parvarish qilaveradilar.

May oyining o‘rtalarida qushchalarning tuxumdan chi-qishi boshlanadi. Yosh chumchuqlar, zag‘chalarning bolalarichiyillaydilar, jarqaldirg‘ochlar ovoz chiqarib uchib yuradilar.Bolalar ularning ovoziga quloq soladilar va qushchalarniko‘rsatishni iltimos qiladilar.

May oyida har xil rangdagi kapalaklar: limon o‘simligikapalagi, qichitqi o‘t kapalaklari va boshqalar paydo bo‘ladi.Ekin maydonlarida sassiq qo‘ng‘iz (katta hajmdagi qo‘ng‘iz),go‘rkov qo‘ng‘iz, xonqizi paydo bo‘ladi.

Hayvonlar hayotidagi o‘zgarishlar. Mart oyida qurbaqalar,cho‘l baqalari va quruqlikda yashovchi hayvonlar o‘z «kon-sertlarini» boshlaydilar. Qurbaqalar suv havzalari va an-horlarda, ariq va hovuzlarning bo‘ylarida, cho‘l baqalari esadevorlarning kavaklarida, ariqlardagi ko‘priklar ostida, bog‘-larda, ekinzorlarda va dalalarda yashaydilar.

Toshkent viloyatida to‘q yashil va quyuq qo‘ng‘ir ko‘lqurbaqalari suzib yuradi. Ba’zan uning qovurg‘a kuragidako‘ndalang oq chizig‘i bo‘lib, tanasi silliq bo‘ladi.

Cho‘l baqasi yashil kulrangli, terisi g‘adir-budir, biroznamxush bo‘lib, oq-qizil so‘galli bo‘ladi. U dushmanning

Page 104: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

104

hujumidan himoya qiluvchi suyuqlikka egadir. Qurbaqasingari cho‘l baqasining ham terisi tarang bo‘lib, dumi,bo‘yni bo‘lmaydi. Tanasi kallasidan keskin ajralmagan,ko‘zlari katta va serharakat, go‘yo shishgandek bo‘ladi. Bun-day xususiyat tungi hayvonlar uchun xarakterlidir. Ko‘ziningbunday joylashishi kallasini ortiqcha harakatlantirmay yon-atroflarini bemalol ko‘rishiga imkoniyat beradi.

Qurbaqa suzgan vaqtida ko‘zini zararlantirmaslik uchunko‘z qorachig‘ini ko‘z kosasi ichiga tortib oladi. Qurbaqadaog‘iz kengligi juda katta. Tili ikkilangan, old uch tomoniyopishgan bo‘lib, hasharotlarni ovlash uchun xizmat qiladi.Qurbaqa tilini chiqarib, qanotli hasharotlarni ham uribtushiradi, ushlangan hasharot tilning yopishqoq qismigauzatiladi, og‘ziga tortiladi va butunicha yutiladi.

Qurbaqa va cho‘l baqalarining quyruqlari yaxshi rivoj-langan bo‘lib, orqa oyoqlari oldingi oyoqlariga nisbatanuzunroq, suzuvchi pardalar bilan ta’minlangandir. Bularquruqlikka chiqqan vaqtlarida uch buklangan shakldagibukilish quyruqlarini to‘g‘rilaydilar va yerga tayangan holdanafas oladilar. Uning oldingi oyoqlari tayanch vazifasinibajaradi. Bu oyoqlar qurbaqa sakrashga tayyorlanayotganidauning tanasini ko‘tarib turadi va uning yerga qaytib tu-shayotganida tayanish xizmatini o‘taydi.

Qurbaqa ajoyib suzadi. Suzish vaqtida uning oldingioyoqlari ishlamaydi. U ko‘pincha qirg‘oqqa chiqib olib, qu-yoshda isinadi. U suvda yashovchi jonivorlar bilan: suzuvchio‘rgimchak bolasi, suvsevar qo‘ng‘iz, ninachi tuxumlari,shuningdek, suv o‘simliklari bilan oziqlanadi.

Cho‘l baqalari uchmaydigan hasharotlarni zo‘r ishtiyoqbilan ovlaydilar, shuningdek, pashsha, chivin tuxumlarini,qo‘ng‘iz tuxumlarini, o‘simliklarning ildizini kemiradiganqurtlarni, karam barglarini, pomidor barglarini, kemiruvchiva g‘o‘za chanoqlarini zararlovchi qurtlarni, yomg‘ir chuval-changlarini yeydilar.

Ular qishloq xo‘jaligi uchun ko‘pgina zarar keltiruvchihar turli hasharotlarning katta qismini qirib tashlab, yaxshifoyda keltiradilar. Bolalarni qurbaqa va cho‘l baqalarinisaqlash hamda asrashga o‘rgatish kerak. Tarbiyachi qurbaqava cho‘l baqasi to‘g‘risidagi bu kabi ma’lumotlardan bolalar

Page 105: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

105

bilan kuzatish va suhbatlar o‘tkazish vaqtida keng foyda-lanadi.

Ko‘lmak suvlarda gulxayrilar, dafniyalarning yoki bosh-qacha aytganda «suv burgalari»ning to‘dasi paydo bo‘ladi.Suvda qizil va sariq «nuqta»lar ko‘rinadi — bu ana shu suvburgalaridir. Dafniyalar suv yuzasida suzib yuradilar, qoron-g‘i tushishi bilan suv tagiga tushib ketadilar.

Dafniyalar bilan birgalikda baliqlarning sevimli ozig‘isikloplar paydo bo‘ladi. Bular akvariumlarda saqlanuvchikichik baliqlar uchun ham sevimli ozuqadir. Ko‘lmak suvlarostidan shilliqqurt, suzgich qo‘ng‘izlar, suvsevar qo‘ng‘izlarko‘tarilib, suv yuziga chiqadi.

Mart oyida baliqlar urug‘ (ikra) yig‘ishga va urchishgakirishadilar. Toshbaqalar, kaltakesaklar, ilonlar singari sudra-lib yuruvchilar ham uyg‘onadilar. O‘zbekistonda cho‘l baqasi(toshbaqa) ko‘p uchraydi.

Toshbaqaning rangi kosasining rangi bilan bir xilda: sar-g‘ish yoxud qo‘ng‘ir tusda bo‘ladi, barmoqlari orasida pardabor. Dumi qisqagina bo‘lib, uchi o‘tkir, ota toshbaqa onatoshbaqaga nisbatan kichikroq bo‘lib, dumi uzunroq bo‘ladi.

Toshbaqalar suvga muhtoj bo‘lmaydilar, chunki ularuchun yeydigan o‘simliklaridagi suvlarning o‘zi ham yetar-lidir. Tunlari o‘z uyalariga kirib ketadilar, ular o‘z uyalarininovdalarning tagiga, shuningdek, o‘nqir-cho‘nqir yerlardankavlaydilar. Toshbaqalar erta saharda yoki kech kirishioldidan o‘tlaydilar. Toshbaqalar yalpiz, ko‘k o‘t va boshqao‘simliklar bilan oziqlanadilar.

Toshbaqalar terrariumlarga joylashtiriladi va bolalar ularniparvarish qiladilar — o‘t olib kelib boqadilar. Toshbaqaningharakat qilishi bolalarni juda qiziqtiradi.

Toshbaqalar mart – aprel oylarida ko‘payadi. Ulartuxumlarini qum orasini yorib, u yerga ko‘madilar. Yoshona toshbaqalar, odatda, ikkitadan, qarilari esa uch-beshtadan tuxum qo‘yadilar. Toshbaqaning tuxumi tovuqtuxumiga o‘xshash bo‘lib, hajmi kichikroq bo‘ladi.

Toshbaqalar mavsum davomida ikki-uch marta tuxumqo‘yadilar. Tuxum qo‘yish iyun oyidagina tugaydi. Yoshtoshbaqalar tuxumdan yuz kunda ochib chiqadilar. Bupaytlarda ilonga o‘xshagan, oyoqsiz sariq qorinli kaltake-

Page 106: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

106

saklar ham uyg‘onadilar. Bu kaltakesak ko‘zini yumishimumkin, ilonning ko‘zi esa, doimo ochiq turadi. Sariqqorinli kaltakesak qo‘ng‘ir yoki qizg‘ish tusda bo‘ladi. Yoshkaltakesaklar esa och kulrang bo‘ladilar. Kaltakesaklar ko‘-pincha daryo vodiylarida, qirlarda, qalin o‘tlar o‘sadiganjoylarda, shuningdek, bog‘larda, sug‘oriladigan joylarda hamuchraydi. U suvga ishtiyoq bilan borib, u yerda uzoq vaqtqolishi ham mumkin. Sariq qorinli kaltakesaklar kemiruv-chilarning uyasida, shuningdek, toshlar tagida va butazorlarorasida yashirinadilar. Toshkentning qurg‘oq yerlarida, ariq-larning bo‘ylarida, bog‘larda och qo‘ng‘ir sahroyi kaltakesak(sariq ilonlar) ko‘zga tashlanadi.

Bolalar bilan sayrga chiqqanda asfalt yo‘ldan tez chopibketayotgan ilonquyruqlarni uchratish mumkin. Ular pashsha,qo‘ng‘iz, kapalakqurt, kana va o‘rgimchaklarni yeydilar.

Bolalar sariq qorinli kaltakesaklar singari ilonquyruqlarniham tabiat burchagidagi terrariumlarda kuzatishlari mumkin.Ular zararsiz (tishlamaydilar), kishiga beixtiyor o‘rganadilar.Qo‘ng‘izchalar shilliq qurtlar, yomg‘ir chuvalchanglari,suvaraklar bilan oziqlanadilar. Bolalar kaltakesaklarning hara-katlarini, ovqatlanishlarini kuzatadilar. Suvaraklarni tashlashbilan kaltakesaklar ularni shu ondayoq tutib oladilar va yutibyuboradilar, shuningdek, xom, qotirilgan go‘shtlarni yeydilar.

Kaltakesaklar qishloq xo‘jaligi uchun ham foydalidir,ular qishloq xo‘jaligi zararkunandalarining katta qismini qiribtashlaydilar. Mart oyining oxirida devor yoriqlaridan kich-kina, kulrang kaltakesaklar chiqadi. Ular kunbo‘yi kavak-larida yotib, quyoshli kunlarda chiqib isinadilar.

Bahor quyoshi ko‘lmak suvlarni ilitishi bilanoq cho‘l-baqalari va qurbaqalar suvda urug‘ (ikra) ajratishga kirisha-dilar. Toshkent atroflarida ikra ajratish davri 50 kungachacho‘ziladi.

Qurbaqa urug‘lari ko‘lmak suvlarning tubida tevarak-atrofi yaltiroq holda, qora yumaloq toshga o‘xshash narsa-larga yopishgan bo‘ladi. Cho‘lbaqalarining ikrasi iðsimonbo‘lib, suvosti o‘simliklariga yopishgan bo‘ladi. Ikra qorarangda bo‘lgani uchun bahorning iliq nurlari unga ko‘proqta’sir qiladi. Oradan bir necha kun o‘tgach, ikradan kattaqurbaqalarga sira o‘xshamaydigan itbaliqlar chiqadi.

Page 107: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

107

Qurbaqachalar tanasining quyi qismida ikkita so‘rg‘ichbo‘lib, ular bu so‘rg‘ichlar yordamida suv o‘simliklarigayopishadilar. Qurbaqachalarning uzun dumchalari yumshoqsuzgichlar bilan qoplangan bo‘lib, u baliqning suzgich dumigao‘xshash harakat qiladi. Keyinroq itbaliqlarning quyrug‘i,avvalo, orqa quyrug‘i, so‘ngra oldingi quyrug‘i rivojlanaboshlaydi.

Shu bilan birga dumi qisqara borib, tanasining shaklio‘zgaradi va itbaliq asta-sekin dumli qurbaqaga aylanadi.Bu qurbaqa suvda yoki suvning atrofida har qanday xavfdanyashirinib turadi. Keyinchalik uning dumi batamom yo‘qo-ladi. Shuningdek, cho‘l baqalari va qurbaqachalar yer yuzihayotiga moslashib ketadilar.

Bolalar bog‘chasining jonli burchagiga ko‘lmak suvlardanbaqalarning ikralarini olib kelish va ularning o‘sishini bolalarbilan birgalikda kuzatib borish mumkin. Buning uchun akva-riumdagi harorat 20—25°C bo‘lishi kerak. Tarbiyachi kun-dalik kuzatish ishlarini olib borarkan, (itbaliqlar) qurbaqa-chalarning qaysi kuni shakllanganligini qayd qiladi. Bolalarbu kabi hodisalarni zo‘r qiziqish bilan kuzatadilar.

Aprel oyida, havo yaxshi isiganida tiðratikanlar uyqudanuyg‘onadilar.

Toshkent atrofida va Toshkent viloyatida «quloqli tiðrati-kan»lar uchraydi. Bu tiðratikan Yevropa tiðratikanidan ki-chikroq bo‘lib, ignalari ham kaltaroqdir. Uning quloqlarikatta (boshining yarmidan ham uzunroqdir), shuning uchunham u quloqli tiðratikan deb ataladi. Tiðratikanlar havza-larda, tog‘li o‘lkalarda va bog‘larda yashaydi.

Ular qorong‘i tushganidan tonggacha dalalar, bog‘lar,soyabon daraxtlar tagida daydib yuradilar va hasharotlar,kaltakesaklar, ilonlar va sichqonlarni, chigirtkalar, cho‘lsichqonlarini, goho-goho o‘simliklarni (yer ostidan makka-jo‘xori, bug‘doy donlarini) topib yeydilar. Tiðratikanlar su-zishni biladilar, Yevropa tiðratikaniga nisbatan kamroq o‘ra-ladilar. Ular ko‘p vaqt terrariumlarda yashaydilar. Tiðra-tikanlar beixtiyor tezda ko‘nikadilar. Bolalar ularni qo‘llarigaolishlari mumkin. Ular hatto bolalar chaqirsalar hamboradilar. Bolalar terrariumga barglar solishganda, tiðratikanbu barglarga yumalab, ularni o‘z ignalariga sanchib olib yura-

Page 108: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

108

veradi. Uning bu harakatlari bolalarda katta qiziqishuyg‘otadi.

Tiðratikanlar berilgan narsalarni tanlamay yeyaveradilar.Bolalar ba’zan o‘zlaridan qolgan ovqatlarni ham berishlarimumkin. Tiðratikanlar sichqonlarni, suvaraklarni qirib tash-laydilar. Shuning uchun ham ko‘pincha odamlar mushuko‘rniga tiðratikan saqlaydilar.

Aprel oyida ko‘pgina yovvoyi hayvonlar, jumladan, aprel-ning o‘rtalarida cho‘l bo‘risi bolalaydi, uning bolalari ko‘rholda tug‘ilib, oradan 12—13 kun o‘tgach, ko‘zlari ochi-ladi. Bo‘ri bolalari 5—6 hafta onasining sutini emadi.

Bo‘rilar urchish davrida ko‘proq o‘z uyalaridan boshqajoylarga ketmaydilar.

Tuya cho‘l va sahroda yashaydigan ajoyib hayvonlardanbiridir. Sahrodagi tuya shimolda yashaydigan bug‘u singarimehnat qiluvchi hayvonlardan hisoblanadi. Bizda tuya uyhayvonlaridek bo‘lib, kishilarga ko‘chib yurishda, og‘ir yuk-larni tashishda va xo‘jalikda ham katta foyda keltiradi. Onatuya oqsil moddalarga boy bo‘lgan va moyli quyuq sutberadi.

Tuyadan jun va par olinadi. Jundan dag‘al kiyimlar,ko‘rpalar, qop va arqonlar tayyorlanadi. Pardan bosh kiyim-lar, shuningdek, qimmatbaho movutlar ishlab chiqariladi.Tuyaning go‘shti ovqatga ham ishlatiladi.

Qishloq xo‘jalik ishlari. Mart oyida dalalarda don ekinlariva beda ekish davom etadi. Kartoshka va ertangi karamekiladi, rediska, petrushka va ukrop sepiladi.

Mart oyida ko‘chatlar o‘tqazish va daraxtlarni bir yerdanikkinchi yerga ko‘chirish ishlari davom ettiriladi. Daraxtko‘chatlarini o‘tqazish ishlarini tuproqning yumshashidanboshlab kurtaklarning bo‘rta boshlaganiga qadar davomettirish mumkin. Daraxt ko‘chatlarini o‘tqazish uchun joyva har bir daraxtning yaxshi o‘sishi uchun ma’lum ozuqamaydoni tanlanadi.

Daraxtlarni bir-biriga juda ham yaqin o‘tqazib bo‘lmaydi,chunki ildizlar o‘sib yetilib, bir-biriga xalaqit beradi (daraxt-larning ildizlari tevarak-atrofga keng quloch yozadilar, ay-niqsa eski bog‘larda ularning ildizlari bir-birlari bilanchatishib ketgan). Mevali bog‘larda daraxtlarning turli xil-

Page 109: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

109

larini ekish tavsiya qilinadi. Har bir tur mevadan bir nechanav: urug‘lilaridan 2—3 nav, danaklilaridan 3—4 nav ekiladi.

Olma va nok daraxtlarini bir-biridan 6—10 m masofadao‘tqaziladi, olcha va olxo‘ri daraxtlarini bir-biriga yaqinroq,ya’ni 3—4 metr oralig‘ida joylashtirish mumkin.

Daraxtlar qatorlab yoki shaxmat usulida ekiladi. Daraxtlarko‘chatzorlarda qanday o‘tqazilgan bo‘lsa, ana shunday chu-qurlikda o‘tqazilishi lozim.

Odatda, daraxtlarni o‘tqazish vaqtida shu narsa tavsiyaqilinadiki, daraxtning ildiz bo‘yni tuproqning yuqori qatla-miga nisbatan birmuncha yuqoriroq bo‘lishi kerak, chunkituproq keyinchalik cho‘kkan vaqtida daraxtning ildiz bo‘ynibilan barobar bo‘lib qoladi.

Daraxtning ildiz bo‘ynini besh santimetrdan oshiqroqchuqurlikda ekilsa, keyinchalik havoning yetarli miqdordakirmasligi natijasida daraxtlar yomon rivojlanadi. Chuquro‘tqazilgan daraxt sekin o‘sadi, sovuqqa chidamsiz bo‘lib,har xil kasalliklarga, bog‘ zararkunandalarining hujumigachidash bera olmaydi. Daraxt ildizining normal o‘sishi uchunyetarli miqdorda issiqlik, havo va namlik bo‘lishi kerak.

Mevali daraxtlar chuqur o‘tqazilsa yaxshi hosil bermay-di yoki mutlaqo hosildan to‘xtab, barvaqt quvrab qoladi.Daraxt ko‘chatining sayoz ekilishi ildizlarining qurib qolishi-ga va o‘simlikning nobud bo‘lishiga olib keladi.

Daraxt ekish uchun o‘yilgan chuqurlik radiusi va chu-qurligi bo‘yicha ildizining rivojlanish darajasiga bog‘liqbo‘ladi (radiusi 50—75 sm, chuqurligi 60 sm), chuqur qazishvaqtida yerning ustki qatlami bir tomonga, ostki qatlamiesa ikkinchi tomonga tashlanadi. Chuqur tayyor bo‘lgach,yerning yuza qatlami ko‘proq ozuqalarga ega bo‘lganligiuchun o‘g‘it bilan aralashtirib chuqurning tagiga solinadi,shuningdek tepacha qilinadi, bunda daraxt shunday qo‘yila-diki, ana shu tepachaning atroflari bo‘ylab erkin ravishdajoylashadi (11-rasm).

Daraxt ko‘chatlarini o‘tqazishdan oldin qazilgan harchuqurga 3—4 chelakdan suv quyiladi. Daraxt o‘tqazilgach,uning uchi va novdalari qirqiladi, chunki daraxt ko‘chatiningtaraqqiy qilgan uchi (tojisi) hali tuproqda yaxshi o‘rnash-magan ildizlardan ko‘ra suvni ko‘proq bug‘lantirib yuboradi.

Page 110: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

110

Fevral – mart oylarida daraxt va butalarning atroflario‘yib qo‘yiladi. Keyin esa o‘sishga yaroqsiz — kasal vazararlangan daraxtlar kesib tashlanadi. Mart oyida anor,atirgul kabi (ko‘mib qo‘yilgan) gullarning usti ochiladi.

O‘zbekistonda tut daraxti ayniqsa ko‘p tarqalgan. Tutdaraxt shaklida ham, buta shaklida ham o‘sadi. Tutdaraxtidan pilla qurtlari uchun ozuqa sifatida foydalaniladi.Shuningdek, tut daraxti meva ham qiladi. Erta bahordabevaqt bo‘lgan sovuqlar tut daraxtini zararlantiradi, bu bilaniðak qurtini ozuqadan mahrum qiladi.

Taxminan mart oyining ikkinchi o‘n kunligida toklarniochish boshlanadi. Tok kurtak chiqarguncha ochilishi zarur.Aks holda, bo‘rtgan kurtaklar va yosh sho‘ralar zararlanadi.Ko‘p yillar mobaynida olib borilgan kuzatish ishlari shuniko‘rsatdiki, tok sho‘ralarining ochilishi Toshkent havzasisharoitida bir necha hafta atrofida yildan-yilga o‘zgaribturadi — mart oyining uchinchi o‘n kunligi va aprel oyiningbirinchi yarmi. Bunday ahvol ko‘pincha ob-havo xususiyat-lariga bog‘liq bo‘ladi. Yaxshi bo‘rtgan «ko‘zchalar» harorat-ning 3—4 daraja pastga ketishi natijasida zararlanishi

11-rasm. Daraxtni to‘g‘ri o‘tqazish.

Page 111: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

111

mumkin. Ochila boshlagan kurtaklar bir-ikki daraja sovuq-dayoq osonlikcha zararlanadi. Yosh va nozik sho‘ralar uchunbir daraja sovuq ham xavflidir.

Bog‘cha hovlisida bolalar katta kishilarning ishlarini kuza-tadilar, katta yoshli bolalar esa, daraxt ko‘chatlarini o‘tqa-zishda ishtirok etadilar: ular ko‘chatlarni tashib kelishdako‘maklashadilar, ko‘chatlarni o‘tqazishda ushlab turadilar,tuproqni o‘raga tashlaydilar, yosh ko‘chatlarni sug‘oradilar.Bolalar zambil va zambil g‘altaklarda tok taglaridagi go‘ngva axlatlarni olib chiqarib tashlaydilar.

Aprel oyida dalalarda chigit ekish boshlanadi. Chigitningyaxshi unib chiqishi uchun tuproq yetarli miqdorda nambo‘lishi va kunlik o‘rtacha harorat 10 darajadan kam bo‘l-masligi kerak. Bunday harorat, odatda, Toshkent viloyatidaaprelning birinchi o‘n kunligida bo‘ladi, janubiy viloyatlardabirmuncha oldinroq boshlanadi.

Harorat qanchalik ko‘tarilsa, chigit shunchalik tez o‘saboshlaydi va bir tekisda ko‘karib chiqadi. Chigitni yaxshiunib chiqishi uchun chuqurlarga solib namlaydilar. G‘o‘zaniparvarish qilish vaqtida mashina bilan ikki tomonlama uzu-nasiga va ko‘ndalangiga ishlov berish maqsadida chigitniseyalkalar yordamida kvadrat-uyalab ekiladi. Shunday usulbilan ekilganda, qo‘l mehnati kam sarflanadi, hosil esako‘proq olinadi.

Chigit yaxshi tayyorlangan va nam yerga 4—5 smchuqurlikda ekiladi. Chigit unib chiqqandan keyin darholunga ishlov beriladi. Ekin maydonini doimo haydalgan vayovvoyi o‘tlardan tozalangan holda tutishga harakat qilinadi.G‘o‘za qator oralariga ikki tomonlama ishlov berishdamashinalar yaxshi yordam beradilar. O‘simlik ildiziga yaqinbo‘lgan joydagi o‘tlarni yo‘qotish va yaganalash ishlaridaginaqo‘l mehnatidan foydalaniladi. Shuningdek, dalalarga mak-kajo‘xori, oq jo‘xori va kungaboqar ekiladi.

Istirohat bog‘lari, ko‘chalar, bog‘cha hovlilarida «jonlidevorlar» (ko‘m-ko‘k kichik daraxtlar) ekiladi.

Bog‘larda qishloq xo‘jalik zararkunandalariga va hasha-rotlarga qarshi kurash olib boriladi (3-ilovaga qaralsin). Apreloyining o‘rtalarida qashqargul, xina, nastursiya, petuniya(gullari katta-katta bog‘ o‘simligi), jasmin, xushbo‘y no‘xat

Page 112: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

112

va boshqa bog‘ gullarining urug‘lari sepiladi hamda ko‘-chatlari o‘tqaziladi. Katta gullarning ko‘chatlari (qo‘qon-gul, petunya va boshqa gullarning) 15—20 sm oralig‘idao‘tqaziladi. Shu bilan birga gulning uzun novdalari chilpiladi,ya’ni bo‘ynining uzunligi uchdan birga qisqartiriladi, bugulning yon shoxchalarining yaxshi o‘sishiga imkon beradi.Yangi o‘tqazilgan gul ko‘chatini albatta mayda katakli leykayordamida sug‘orish tavsiya qilinadi. Yosh o‘simliklarningo‘sishiga xalaqit qilmasligi uchun yovvoyi o‘tlar tezda yulibtashlanadi. Yer sug‘orilgandan keyin ozgina qurigach, yov-voyi o‘tlarni olib tashlash osonlashadi.

Gul urug‘lari sepilishdan oldin, +12+20 daraja haroratdaundiriladi. So‘ng esa sepiladi. Kanna, lunasvet kabi gullar-ning urug‘lari qattiq bo‘lgani uchun, bir uchi pichoq bilanbiroz qirqib qo‘yiladi. Ba’zan ana shunday o‘simliklarningurug‘i qaynoq suvga solib ivitiladi, keyinchalik esa sovuqsuv solib aralashtiriladi, bunda urug‘lar yoriladi.

Floks, delfinnum, pion singari ko‘p yillik gullarningurug‘lari ekishdan oldin sovutilmasa, o‘smaydi.

Aprel oyining dastlabki kunlarida yerto‘lalardan kar-toshkagul gulining kartoshkasi olinib, ko‘zdan kechirib chi-qiladi. Qurib qolganlari namlanadi va yorug‘roq joygaqo‘yib, vaqti-vaqti bilan suv sepib turiladi. Unib chiqaboshlaganlari ajratilib, yonveridan unib chiqqan shox-shabbalar bilan birga alohida joyga o‘tqaziladi. Bundayishlarni amalga oshirishda bolalar ham jalb qilinadilar.

Gullayotgan o‘simliklar (nastarin, buldonej) gullagach,yangi shoxlarni yaxshi rivojlantirish uchun gulkosalari qirqibtashlanadi.

Ekin maydonlarida pomidor va boshqa sabzavotlarniekish ishlari davom ettiriladi. Tarvuz, qovun, qovoq singaripoliz ekinlari ekiladi. Dala ekinlarini parvarish qilish,g‘o‘zaga ishlov berish, bedani o‘rib olish, texnika ekinlariva boshqa o‘simliklarni sug‘orish davom etadi.

Profilaktika maqsadida toklar (uzum) maydalangan oltin-gugurt bilan changlatiladi. Shuningdek, toklarga tushuvchi,O‘zbekistonda keng tarqalgan kasalliklardan — oidiumgaqarshi kurash olib borish maqsadida ham bu tadbir qo‘lla-niladi. O‘simlik shoxlarining yaxshi ko‘karishi, ko‘p suv berib

Page 113: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

113

turilishi bu kasallikka qarshi kura-shishning qulay shartlaridan biridir.Oidium tokning barcha ko‘k qism-larida: gullari, barglari va shoxlaridabo‘ladi.

Mevasi ustida ko‘plab kulrangnuqtalar paydo bo‘ladi, to‘qima-larning normal o‘sishi natijasidayoriqlar paydo bo‘ladi va mevaurug‘i (12-rasm) ko‘rinib qoladi.Ob-havo nam bo‘lganida, yorilganmevalar chiriy boshlaydi, quruq ob-havo sharoitida esa qurib qoladi.Ortiqcha shoxlarni, barglarni kesibtashlash, novdalarni chekanka qilishoidiumga qarshi kurashning muhimvositalaridan biridir.

Bu kabi tadbiriy chora agrotexnika sharoitlarini yaxshi-lashdan tashqari shoxlarning zichlashib qolishidan asraydiva ularning orasidan shamol bemalol o‘tadi. Bunda tekinxo‘rqo‘ziqorinning yashashiga hech qanday sharoit qoldirmaydi.Toklar (uzum)ni maydalangan oltingugurt bilan har 20kunda muntazam changlab turish kerak.

Tokzorni ana shunday parvarish qilish natijasida bolalarbog‘chasi uzumdan mo‘l hosil olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.Bularga bolalarning e’tiborini jalb qilish zarur.

Mevali bog‘larda qishloq xo‘jalik zararkunandalarigaqarshi kurash olib boriladi (3-ilovaga qaralsin).

Nazorat savollari1. Bahor faslida o‘lkamiz ob-havosida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?2. O‘lkamizda bahor ko‘pincha qaysi oydan boshlanadi?3. Bahorda ob-havo harorati qanday o‘zgarib turadi?4. Bahorda o‘simliklar hayotida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?5. Erta bahorda qanday gullar ochila boshlaydi?6. Daraxtlarda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?7. Bahorda qanday daraxtlar va qanday buta o‘simliklari ochila boshlaydi?8. Erta bahorda qanday qushlar uchib kela boshlaydi?9. Mart oyida qanday hasharotlar paydo bo‘ladi?10. Aprel oyida qanday qushlar uchib keladi?11. May oyida-chi?

12-rasm. Tok (uzum)ningoidium bilankasallanishi.

8 – Hasanboyeva O.U., va boshq.

Page 114: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

114

Yaxshi ob-havo sharoiti bo‘lganini ko‘rsatuvchi ko‘pgina belgilar bor. Jumladan,ertalabki tongning zarrin nurlari quyoshning bulutlar orasidan chiqmasligi. Òumantushadi va tezda tarqaladi, pashshalar barvaqt uyg‘onishadi, tong endi yorishishibilanoq asalarilar, qaldirg‘ochlar uyalaridan uchib chiqadilar va havoda baland parvozqiladilar, chivinlar qo‘ng‘izlar g‘o‘ng‘illab uchib yuradilar. Quyosh bulutlar orasigayashirinmaydi, balki, botish oldidan to‘q qizil yoki oltin rangga kiradi, charaqlaboy chiqadi, yulduzlar moviy rangda charaqlaydilar.

4. Yoz fasliga tavsifnoma

Birinchi iyun kalendar hisobi bo‘yicha yozning birinchikuni hisoblanadi. 22-iyun yoz faslida quyoshning eng uzoqnuqtadan o‘tgan kuni bo‘lib, bunda eng uzun kun va engqisqa tun bo‘ladi.

O‘zbekistonda haqiqiy yoz may oyidan boshlanadi. Yozfasli O‘zbekistonda birmuncha cho‘ziladi.

Bahorda boshlangan bu jarayon o‘simliklardagi meva vaurug‘larning pishib yetilishi bilan tugallanadi.

Ob-havodagi o‘zgarishlar. Iyun oyida ob-havo yaxshibo‘ladi. Kunlik o‘rtacha harorat +20+30 daraja atrofidabo‘ladi. Ko‘pincha yoz oylarida havo ochiq bo‘lib turadi1.

Iyun oyida kamdan-kam yomg‘ir yog‘adi. Shunda hamoyning birinchi o‘n kunligida, ko‘pincha momaqaldiroqaralash yomg‘ir yog‘adi. Ba’zan esa hatto do‘l yog‘adi.

Iyul oyida harorat ko‘tarilib, +30°+40° o‘rtasida bo‘ladi.Ahyon-ahyon yomg‘ir yog‘adi.

Ayniqsa, oyning ikkinchi yarmida o‘rtacha harorat pa-sayadi va +20°+25° darajaga tushadi. Havoda bulut bo‘l-maydi. Ba’zan avgust oxirlarida ozgina yomg‘ir yog‘adi.

12. May oyida qushlar hayotida nimalar sodir bo‘ladi?13. May oyida qanday hasharotlar paydo bo‘ladi?14. Bahorda hayvonlar hayotidagi o‘zgarishlar haqida gapirib bering.15. Erta bahorda o‘lkamiz suv havzalarida qanday hayvonlar va

hasharotlarni uchratish mumkin?16. Qurbaqa va cho‘l baqasining tashqi ko‘rinishini va yashash tarzini

tariflab bering.17. Bahorda o‘lkamizda yana qanday hayvonlar paydo bo‘ladi?18. Bahorda qishloq xo‘jaligida qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi?19. Erta bahorda dalalarda nimalar ekiladi?20. Mevali daraxt ko‘chatlari qay tarzda ekiladi?

Page 115: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

115

O‘simliklar hayotidagi o‘zgarishlar. Bog‘larda o‘rik, olcha,erta pishar olma va noklar pishib yetiladi. 3—4 yil ilgario‘tqazilgan mevali daraxtlar: shaftoli, olcha hosil bera bosh-laydi, olma daraxti esa 4—7 yildan keyin hosil bera boshlaydi.Ko‘pgina mevali daraxtlar yil sayin emas, balki yil ora hosilberadi. Bu hosil berishning davriyligi deb ataladi.

Iyun oyida gladiolus, ajdarog‘iz, chinnigul, kartoshkagul,kanna, xushbo‘y tamaki, delfiniullar, siniya (qizil gullidekorativ o‘simlik), moychechak, floks, petuniy, tizimgul,semizo‘tlar va boshqa bog‘ gullari gullay boshlaydi, chir-mashuvchi gullar, chirmovuqlar to‘q qizil rangda gullaydi.

Iyunning uchinchi o‘n kunligida g‘o‘za gullay boshlaydi.Iyul oyida bog‘larda olma, shaftoli, olcha, nok pishib

yetiladi. Polizlarda pomidor, baqlajon, bulg‘or qalampiri sin-gari sabzavotlar pishadi.

Qovun, tarvuz kabi poliz ekinlari ham yetiladi. Gul-zorlarda qo‘qongul, tizimgul, nastursiya, za’fargul, kartosh-kagul va boshqa gullar ochiladi. G‘o‘zalar yoppasiga gullaydiva ko‘sak tuga boshlaydi. Makkajo‘xorilar dumbul bo‘ladi.

Qushlar va hasharotlar hayotidagi o‘zgarishlar. Qush-larning ovozi jaranglaydi. Ayniqsa, bulbul ko‘p sayraydi.

Sayroqi qushlarning tuxumlaridan madorsiz jish bolalar— qushchalar chiqadilar. Ularni onalari boqadilar. Bu paytdauyasidan tushib ketgan qaldirg‘och va chumchuq bolalarinitez-tez ko‘rish mumkin. Ularni uyalariga solib qo‘yish kerak.Qush bolalarini tabiat burchaklariga olib kelib bo‘lmaydi.Ular juda serovqat bo‘ladilar.

Qo‘ng‘izlar, pashshalar, asalarilar tez-tez guldan-gulgaqo‘nib turadilar. Ular gullardan nektar va chang yig‘adilar.

Kapalaklar ham gullarga qo‘nadilar. Barglarning quyiqismlarida hasharotlarning ignalari izini ko‘rish mumkin,ular barglarning sharbatidan so‘rib oladilar.

Salqin tunlarda gullarda mayda hasharotlarni uchratishmumkin. Ular tunda gullar ichida isinadilar. Ba’zi vaqtdaesa, gullar ichiga tuxum qo‘yadilar. Jumladan, chinnigul-larning gulkosalarida tungi kapalaklarning tuxumlari topilgan.

Suzgich ona qo‘ng‘iz ham o‘simliklarga tuxum qo‘yadi.U ikki oy mobaynida mingtacha tuxum qo‘yadi. Keyinchaliktuxumdan lichinkalar chiqadi. Suzgich qo‘ng‘izning lichin-

Page 116: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

116

kalari ikki-uch oy yashaydi, ana shu davr mobaynida ikkimarta tullaydi. Yozning o‘rtalarida lichinkalar qo‘g‘ir-choqlarga aylanadi. Suzuvchi qo‘ng‘izlarning barcha qo‘n-g‘izlardagi singari qo‘g‘irchog‘i bo‘ladi. Lekin qo‘ng‘izlichinkasi suvdan chiqib, quruqlikda qo‘g‘irchoqqa aylanadi.

Ana shu vaqtda suv qo‘ng‘iz oqayotgan suvdagi barglargatuxum qo‘yadi. U o‘rgimchak iplariga o‘ralgan holda ham-masi bo‘lib 50—60 ta tuxum qo‘yadi. Oradan ikki-uch haftao‘tgach, tuxumlardan lichinkalar yorib chiqadilar. Suvsevarqo‘ng‘izning lichinkasi semiz va beo‘xshov bo‘ladi. U yomonsuzadi. Oradan ikki oy o‘tgach, qirg‘oqqa sudralib chiqadi,o‘ziga «beshik» yasaydi, ikki haftadan keyin esa, qo‘ng‘izgaaylanadi. U quvvatga kirib olgach, «beshigi»ni qoldirib ketadiva suvda suza boshlaydi. Suv qo‘ng‘izini bahorda yoki yozoxirida tutib olish va tabiat burchagida tekshiruv olib borishmumkin. Ular o‘t bosib ketgan hovuzlarda juda ko‘p bo‘ladi.Iyul oyida qushlar tullay boshlaydi. Ayniqsa, g‘ozlar vao‘rdaklarda tullash qizg‘in tus oladi. Ularning barcha yo‘g‘onqanotidagi katta patlar to‘kilib, uchish qobiliyatini yo‘qotadi.Iyul oyining oxirlarida qushlarning sayrashlari kamaya bosh-laydi. Qush bolalari esa mustaqil hayot kechira boshlaydi.Bu vaqtda ko‘pgina kapalak va chigirtkalar paydo bo‘ladi.Chigirtkalar himoya ranglari (ko‘k ranglari) bilan deyarliko‘zga tashlanmaydilar. Ularni ko‘pincha ko‘k o‘t, shox-shabba va daraxtlarning ustida ko‘rish mumkin. Ular orqaoyoqlarining yordami bilan katta-katta sakrashlari, shuning-dek, o‘zlarining pirillashlari bilan bolalarning diqqatini jalbetadilar. Ularning ikki juft qanoti va uzun mo‘ylovi bo‘ladi.Òoshkentda kechki paytlarda uylarning devorlarida kalta-kesaklarni uchratish mumkin. Ular qushlarning sayrashlarikabi chirillab, o‘z yoniga kapalak, chivin va mayda chivin-larning uchib kelishlarini poylab yotadilar. Avgust oyidako‘kqarg‘a, jarqaldirg‘och, ko‘rkunaklar singari ba’zi birqushlar uchib keta boshlaydi. Laylaklar Òoshkentdan sentyabroyida, butun O‘rta Osiyodan esa oktyabr oylarida uchibketadilar.

Avgust oyida hali kapalak, ninachi va qo‘ng‘izlar bo‘ladi.Hayvonlar hayotidagi o‘zgarishlar. Iyun oyida suv havza-

laridagi itbaliqlar yosh qurbaqacha va cho‘l baqalariga ayla-

Page 117: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

117

nadilar. Qurbaqalar suv havzalarining o‘zida yashayveradilar,cho‘l baqalari esa qirg‘oqqa chiqadilar, ekin maydonlari vabog‘larga joylashadilar.

May — iyun oylarining oxirlarida sahro kaltakesaklari(3—6 tadan) tuxum qo‘ya boshlaydilar. Iyun oyining oxiridasariq kaltakesak 8—10 tagacha tuxum qo‘yadi.

Yovvoyi hayvonlarning ham bolalari, jumladan, bo‘ribolalari ulg‘aya boshlaydi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek,bo‘ri bolalari 5—6 hafta ona suti bilan ovqatlanadi. Oltinchihaftadan boshlab asta-sekin go‘sht yeyishga o‘rganadi. Bo‘ribolalari katta hayvonlar singari ko‘p suv ichadigan bo‘ladilar.Shunday voqealar ham uchraganki, buloq suvining quribqolishi natijasida ko‘pgina bo‘ri bolalari nobud bo‘lgan.Yozning ikkinchi yarmida bo‘rilar mol va yovvoyi tuyoqlilar:jayronlar, arxar (yovvoyi qo‘y)larga tez-tez hujum qilibturadilar.

Iyun oyida tuyalar ham tug‘adi. Yosh bo‘taloq, odatda,nimjon bo‘ladi. Mahalliy aholi uni o‘z o‘tovlarida saqlaydi,kigizlarga o‘rab, quyoshdan panalaydi. Bo‘taloq biroz o‘sgan-dan keyin, uni soya-salqin yerga bog‘lab, juda ehtiyot qilibboqadilar. Faqat tunlari uni bo‘shatib, onasining yonidaqoldiradilar. Ona tuyalar o‘z bolalariga juda g‘amxo‘r vamehribon bo‘ladilar, hatto bolalarini emizish uchun ataylabyaylovlardan kelib turadilar.

Iyun — iyul oylarida ona echkemar qoyalarning yoriq-lariga 1—2 tadan bir necha marta tuxum qo‘yadi. Iyuloyining oxirida yosh kaltakesaklar tuxumdan chiqadilar,shuningdek, sahro yosh ilonquyruqlari ham paydo bo‘ladi.Yaylovlarda dumbali va qorako‘l qo‘ylarni boqish davometadi. Dumbali qo‘ylarda moy to‘planadi.

Avgust oyida yosh toshbaqalar paydo bo‘ladi. Ular ko‘ri-nishidan juda kichkina bo‘lib, bo‘ylari 3057 mm ga yetadi.Òoshbaqalar juda sekin o‘sadilar. Òuxumdan chiqqach, ularqum orasiga kirib ketib, u yerda kelgusi bahorgachauxlaydilar.

Avgust oyida tiðratikanlar 5—7 tadan bola tug‘adilar. Ulartug‘ilganda ko‘zlari ko‘r, tanasi mayda-chuyda qisqaninachalar bilan qoplangan bo‘ladi. Òiðratikanchalarulg‘ayishi bilan ularning ninachalari o‘sa boradi, qattiq-

Page 118: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

118

lashadi va to‘q qo‘ng‘ir tus oladi. Òiðratikanlar ko‘pginayovvoyi qushlar va hayvonlar (ukkilar, tulkilar) uchun yemishbo‘ladilar.

Yozda sahrolarda qo‘shoyoqlarni ko‘rish mumkin. Ular,odatda, qorong‘i tushishi bilangina uyalaridan chiqadilar.Ba’zan kunduzlari ular qum oralariga kirib oladilar. Qo‘-shoyoqlar har turli ovqatlar: sahro lolalarining ildizlari,g‘ozyoyi, g‘allasimon o‘t urug‘lari bilan ovqatlanadilar. Shu-ningdek, ular qo‘ng‘iz, qurt, chumoli va kaltakesaklarnibajonidil yeydilar. Ular, agar yon-atroflarida polizlar bo‘l-sa, tarvuz, qovoq, qovunlarni yorib, urug‘larini yeydilar. Ba’-zan bodringlarni, karam, no‘xat va sabzi barglarni yeydilar.

Qo‘shoyoqlarning ko‘pgina dushmanlari bor: tulki, bo‘ri,it, bo‘g‘ma ilon, boyqushlar shunday hayvonlar jumlasidan-dir. Xavf tug‘ilib qolgan taqdirda u ilon izi qoldirib sakraydiva birorta teshikka yashirinishga harakat qiladi. Yoz o‘rta-larida qo‘shoyoq 3—6 ta bola tug‘adi, bolalari uzoq vaqtga-cha onasining yonida bo‘ladi.

Avgust oyining oxirida bo‘ri bolalari o‘sib yetiladi. Ularko‘pincha qorong‘i tushgach va tun paytlarida uy hayvon-larini ovlaydilar. Ba’zi hollarda uy hayvonlariga kunduzkunlari ham hujum qiladilar, lekin aholi yashaydiganpunktlardan olisda bo‘lgan joylardagina shunday qilishlarimumkin. Cho‘l bo‘risi chorvachilikka zarar keltiradi.

Qishloq xo‘jalik ishlari. Iyun oyida kunning jaziramasiva havoning quruq bo‘lishi ko‘pincha bir yillik o‘simliklarninggullash davrini qisqartiradi. Biroq o‘z vaqtida sug‘orib turilsava oziqlantirilsa, gullash davri birmuncha uzayadi. Shuninguchun gullarni (ertalab va kechki soatlarda) har kuni sug‘oribturish kerak.

Iyun oyida va undan keyinroq bog‘larda olma daraxtlarinizararlantiradigan qurt kapalaklar paydo bo‘ladi. Olmaningichi kapalak qurti uchun ishonchli uy, zaxiradagi ozuqamanbayi bo‘lib ham hisoblanadi.

Qurtlagan olma yerga to‘kiladi, uning ichida qurtchalaro‘rmalab chiqadi. Daraxt tanasi orqali o‘rmalab chiqib, yangipishgan olmani topib, uning po‘stlog‘ini kemirib, ichigajoylashadi va o‘sha yerda yashay boshlaydi. Shuning uchunto‘kilgan olmalarni tezda terib olish kerak, aks holda qurt

Page 119: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

119

yana daraxt ustiga o‘rmalab chiqib, yangi olmalarni zararlayboshlaydi.

Iyun oyining oxiri va iyul oyining boshlarida kapalak-larning ikkinchi avlodi paydo bo‘ladi, ular uzum urug‘laribilan ovqatlanadilar.

Chiqqan qurt mevalarning ustida ochiq holda, mevaningbir yerini chuqurcha qilib olib yashayveradi. Keyinchalikmevaning yumshoq joyini yeb o‘sha joyda yashaydi. Yoshqurtlar bir mevadan ikkinchisiga tez-tez o‘tib turadilar vao‘z uychalari atrofini yupqa iplar bilan o‘raydilar. Qattiqzararlangan mevalar to‘kiladi. Uzumlarning xomtok qilinishiana shu zararkunandalarni yo‘qotish imkonini beradi.

Iyun oyidan oktyabr oyigacha tut qurtlarini qiribtashlashga kirishish kerak. Buning uchun tut daraxtlariningtevarak-atroflarini qazib, yumshatish lozim. Iyun oyidabog‘larda ertangi olma, shaftoli, olcha, gilos va o‘riklarniyig‘ish ishlari boshlanadi. Polizlarda ertangi pomidor,garmdori va baqlajonlarni yig‘ishtirish boshlanadi. Bolalarbunday ishlarda qatnashadilar.

Yozda havo issiq bo‘lgan taqdirda kechki payt daraxt-larga, ko‘kat devorlarga suv sepiladi. Shuningdek, daraxttanalari yonlaridan o‘sib chiqqan mayda shox-shabbalarqirqib tashlanadi, ko‘kat devorlar kesib, tekislanadi. Bog‘larva polizlarda hosilni yig‘ib-terib olish ishlari boshlanadi.

Avgust oyi sabzavot va mevalarning g‘arq pishgan oyidir.Bu oyda, uzum, shaftoli, olxo‘ri, olma va boshqa mevalarko‘plab pishib yetiladi. Polizlarda esa qovun-tarvuzlar mo‘l-ko‘l bo‘lib yetiladi, dalalarda pomidor, baqlajon va bulg‘orqalampiri pishadi. Avgust oyida paxta terimi va boshqayig‘im-terim ishlari boshlanadi.

Dalalarda g‘o‘zalar, bedalar, kechki makkajo‘xori va qishuchun tayyorlanadigan kartoshka hamda boshqa sabzavot-larni parvarish qilish ishlari davom etadi.

Avgust oyida gulzorlarda gullarning urug‘larini yig‘ishishlari boshlanadi. Bu ishda bolalar ham qatnashadilar.Yaxshi rivojlangan, sog‘lom o‘simliklarning urug‘lari yig‘ibolinadi. Urug‘lik uchun hamisha dastlab ochilgan gullarningurug‘lari olib qo‘yiladi. Ularni kesib qo‘ymaslik maqsadidailgariroq birorta aniq lenta bilan ajratib belgilab qo‘yiladi.

Page 120: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

120

Bunday gullarni yorliqlar bilan ham belgilab qo‘yadilar. Buyorliqlarga o‘simlikning nomi, navi, rangi yozib qo‘yiladi.

O‘simlik to‘la pishib yetilgandan keyingina, uning urug‘iyig‘ib olinadi. Dekorativ o‘simliklarning sarg‘aya boshlashiyoki qo‘ng‘ir tusga kirishi mevasining pishganligidan dalolatberadi. Gullarning yaxshi urug‘laridan bebahra bo‘lmaslikuchun ularning pishib yetilishini diqqat bilan kuzatib borishkerak, chunki ular pishib yetilgach, yerga to‘kilishi va shamolbilan uchib ketishi mumkin.

Ayniqsa kapalakgul, xina, xushbo‘y no‘xat, kartoshkagul,gladiolus, floks singari gullarni kuzatib borish kerak. Ushbuo‘simliklarning yetilgan urug‘lari har tomonga sochilib ketadi.Ko‘pgina gullarning urug‘lari uchuvchan bo‘ladi. Gullarningurug‘lari quyoshli kunlarda, tonggi shudring qurigachginayig‘ishtirib olinadi. Agar yig‘ilgan urug‘lar nam bo‘lsa, ularniquritish kerak.

Ko‘k mevalar va urug‘lar turlari va navlariga qarabdokadan tikilgan xaltachalarga solinadi. Urug‘lar solinganxaltachalar ustiga urug‘ning navi, yig‘ib olingan yili ko‘rsatil-gan yorliqlar yopishtirilgan bo‘ladi. Xaltachalar ichiga urug‘-larni zichlab joylashtirish yaramaydi, chunki havo haroratiko‘tarilgan taqdirda urug‘lar buzilishi va namligini yo‘qotishimumkin.

Urug‘lar solingan xaltachalar kanop bilan bog‘lanadi vaquruq, shamol yaxshi kiradigan binoga osib qo‘yiladi.

Avgust va sentyabr oylarida vaqti-vaqti bilan o‘simliklarsug‘orib turiladi. Ko‘pincha bunday ishlarga katta yoshdagibolalar ham jalb qilinadi. Qishloq xo‘jalik zararkunandalarigava ko‘k o‘simliklarning kasalliklariga qarshi kurash ishlariolib boriladi (3-ilova).

Nazorat savollari1. Yoz faslida o‘lkamiz ob-havosida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?2. Yozda qanday mevalar pishib yetiladi?3. Yozda qanday o‘simliklar gullaydi?4. Qushlar hayotida yozda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi?5. Yozda hasharotlarning hayot tarzini gapirib bering.6. Yoz oylarida qanday hayvonlar tuxum qo‘yib, bola ochadi?7. Òuya bolasi qanday qilib boqiladi?8. Yozda daraxtlar qanday parvarish qilinadi?9. Yozda qishloq xo‘jaligida bajariladigan ishlar haqida gapirib bering.

Page 121: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

121

O‘zbekistonda «Bioekosan» va «Ekosan»jamg‘armalari faoliyati

«Bioekosan» O‘zbekiston Xalg‘ ta’limi vazirligining178-son buyrug‘iga asosan 1995-yil 28-avgustda ekologiyava tabiatshunoslik markazining qoshida tashkil etilgan. Uningmaqsadi respublika miqyosida ekologik ta’lim va tarbiyabo‘yicha dasturlar, metodik qo‘llanmalar, tavsiyalar yaratish-dan va o‘quvchi yoshlar hamda kattalar uchun turli xilmavzularda anjumanlar tashkil etish va o‘tkazishdan iborat.

Oliy ta’lim Respublika Tabiatni muhofaza qilish davlatqo‘mitasi birlashgan kengashida tasdiqlangan uzluksizekologik ta’lim konsepsiyasi ishlab chiqildi.

Ekologiyadan davlat ta’limi standarti yaratildi. Ekologi-yadan dasturlar to‘plami, bir qancha metodik qo‘llanmalartayyorlandi, shuningdek, ekologiyadan test savollari ishlabchiqildi.

1993, 1997-yillarda respublikada uzluksiz ekologik ta’limmuammolari va ularning yechishga bag‘ishlangan anjumanlaro‘tkazildi.

1993-yildan boshlab «Tabiat kecha, bugun va ertaga»degan shior ostida o‘quvchilar anjumani o‘tkazib kelin-moqda.

«EKOSAN» ekologiya va salomatlik xalqaro jamg‘armasi1992-yili Ta’sischilar konferensiyasida tashkil qilingan bo‘lib,u notijorat, nodavlat (nohukumat) tashkilot hisoblanadi.

Jamg‘arma faoliyatidagi konsepsual asoslar:— ekologiya va salomatlik, fan, madaniyat, tibbiyotga

ishlab chiqarish faoliyatining asosiy mezoni sifatida qarash;— O‘rta Osiyoda mintaqaviy biosferaning yaxlitligi

tamoyili asosida iqtisodiy-ekologik tizimni shakllantirish;— ekologiya va salomatlik muammolari xalqaro hamkor-

likning bosh ustuvor yo‘nalishidir. Muhim ekologikmuammolarni har taraflama o‘rganish, ilmiy konsepsiya

Page 122: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

122

ishlab chiqish va ularni o‘rganishning ustuvor yo‘nalishlarinianiqlash maqsadida davlat va nodavlat idoralari, xalqarotashkilotlar, olimlar hamda mutaxassislarning kuchlarinibirlashtirishga ko‘maklashish;

— O‘rta Osiyoda ilmiy asoslangan ekologik siyosatningshakllanishida ishtirok etish;

— ekologik yo‘nalishdagi jamoatchilik fikrlarini tashkilqilishda faol ishtirok etish;.

—ekologik tafakkur va madaniyatni tarbiyalash.Faoliyat yo‘nalishlari: atrof-muhitni muhofaza qilish

masalalari, sog‘lom turmush tarzi, ekologiya, sanitariya-gigiyena bilimlari va kasallikning oldini olishni targ‘ib qilish;

— ekologik ta’lim-tarbiya va aholini atrof-muhit holatihaqida xabardor qilish;

— ekologik halokat mintaqasida yashovchi aholiga tibbiymaslahatlar berish, davolash, kasallikning oldini olishborasida insonparvarlik yordamlari ko‘rsatish;

— ekologiya va aholi salomatligini saqlashning dolzarbmuammolari bo‘yicha xalqaro anjumanlar, uchrashuvlar,seminarlar, simpoziumlar o‘tkazish;

— ekologik inqirozga uchragan mintaqalardagi ijti-moiy-ekologik holatni o‘rganish va uni yaxshilash bo‘yichahamkorlik choralarini ko‘rish maqsadida xalqaro missiyatashkil qilish;

— gumanitar hamkorlik masalalari bo‘yicha xalqarotashkilotlar, moliya institutlari, xorijiy kompaniyalar bilanaloqa o‘rnatish.

— tabiatni muhofaza qilish faoliyati va biznesni ekolo-giyalashtirishda boshqarishning iqtisodiy uslubini joriy etish;

— ekoturizmni rivojlantirish.Amalga oshirilayotgan loyiha va dasturlar: «Ekologiya

va salomatlik kunlari» (aholining keng qatlami ishtirokidako‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish, atrof-muhitnimuhofaza qilish, sanitariya-gigiyena va targ‘ibot-tashviqotgaoid tadbirlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish bora-sidagi tadbirlar majmuyi);

— «Ekosan» salomatlik poyezdi (ekologik nosoz minta-qada yashovchi aholiga tibbiy davolash va insonparvarlikyordamlarini ko‘rsatish);

Page 123: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

123

«Ekolot» (ijtimoiy-ekologik loyihalarni amalga oshirishva insonparvarlik yordamlari ko‘rsatish ishlariga qo‘shimchamoliyaviy mablag‘lar jalb qilish maqsadida ekologik lotore-yalar chiqarish);

— «Kasallikning oldini olish va salomatlik» (kasallikhaqida ogohlantirish, idoralararo va tarmoqlarga tegishliloyihalarni ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish orqalisog‘lom turmush tarzini o‘rgatish va targ‘ib qilish);

— «Polisept», «Gematogen», «Filtrlar», «Mikrel» (inson-parvarlik yordam doirasida aholini va ijtimoiy obyektlarnidezinfeksiyalash vositasi, ichimlik suvini tozalovchi va uningsifatini yaxshilovchi moslamalar, davolash, oziqlantiruvchipreparatlar) bilan ta’minlash;

— TEO «EKOSAN» (Talabalar Ekologiya Otryadlari— talaba yoshlarni aholi yashash joylarida, mahallalarda,korxona va tashkilot hududlarida sanitariya-gigiyena vakommunal foydalanish borasida tartibbuzarliklarni aniq-lash va u yerda tartib o‘rnatish ishlariga ommaviy holdajalb etish);

— «Mash’al-EKOSAN» (ekologiya muammolari bo‘yichailmiy-nazariy radiodasturlar sikli);

— «Intermed», «Xalq tabobati markazi» (aholi orasidaxalq tabobati asoslarini tushuntirish va amalga oshirish);

— «EKOSAN» dorixonalari va dorixona do‘konlari (dori-darmon preparatlari va ekologik toza qishloq xo‘jalikmahsulotlari savdosini amalga oshirish);

— «SES-EKOSAN» (korxonalar, idoralar hamda savdoobyektlarining sanitar holati va tabiatni muhofaza qilishqonunchiligiga rioya qilinishi yuzasidan hukumat sanitariyaepidemiologiya xizmatining jamoatchilik bilan hamkorlikdaginazoratini o‘tkazish).

«Qizil kitob» haqida tushuncha

Vatanimizda yer va yer usti boyliklari, suv, o‘rmonlar,o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish to‘g‘risidajuda ko‘p muhim davlat qarorlari qabul qilingan. Anashunday muhim hujjatlardan biri O‘zbekiston «Qizil kitobi»hisoblanadi.

Page 124: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

124

«Qizil kitob» ayrim viloyatlar, mamlakatlar yoki butundunyo bo‘yicha kelajakda xavf ostida turgan o‘simlik vahayvonlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lgan rasmiy hujjatdir.1948-yili BMTning YUNESKO tashabbusi bilan tabiatni vatabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi tuzildi.Ushbu tashkilot tomonidan maxsus komissiya tuzilib, ungayer yuzida yo‘qolib borayotgan noyob o‘simlik va hayvonturlarini aniqlash hamda ularni saqlash, tiklash dasturiniishlab chiqish topshirildi.

1948—1954-yillarda komissiya yo‘qolish xavfi ostidagihayvonlar ro‘yxatini tuzib chiqdi. Buning uchun maxsusmezonlar ishlab chiqilib u yoki bu turni ro‘yxatga olishdaushbu mezonlar asos bo‘ldi va tabiiy resurslarni muhofazaqilish xalqaro ittifoqi tomonidan ma’qullanib, muhofazagaolish uchun o‘simlik va hayvon turlarini ayrim turkumlargaajratgan holda «Qizil kitob» yaratishga asos bo‘ldi.1966-yili stol ustida foydalaniladigan yilnoma sifatida ranglibirinchi xalqaro «Qizil kitob» nashr qilindi.

1978—1979-yillarda O‘zbekiston Respublikasi hukuma-tining davlat qarorlari asosida va Fanlar Akademiyasiningilmiy kengashi tomonidan O‘zbekiston «Qizil kitobi» ta’sisetildi. 1983-yili nashr qilingan «Qizil kitob»ning birinchitomida 22 turdagi sutemizuvchilar, 33 ta tur qushlar, 5 tatur sudralib yuruvchilar, 5 ta tur baliqlar bor.

«Qizil kitob» da hayvonlar soni va uning o‘zgarish sabab-lari, ayrim turlarining ahvoli hamda ularning ko‘payishiga,muhofaza g‘ilish bo‘yicha belgilangan hamda mo‘ljallangantadbirlarga alohida e’tibor berilgan. Shuningdek, biotexniktadbirlar – qo‘riqlanadigan zonalar va qo‘riqxonalar barpoetish, brakonyerlarga qarshi kurashish, kishilarning ekologikbilimini oshirish taklif etilgan. Respublikamiz «Qizil kitobi»nihar 5 yilda yangilab turish ko‘zda tutilgan. «Qizil kitob»dagihayvonot dunyosining nazorati O‘zbekiston Fanlar akade-miyasi zoologiya va parazitologiya instituti zimmasigayuklatilgan. Hozirgi kunda O‘zbekiston «Qizil kitobi»gakiritilgan ayrim turdagi sutemizuvchilar, qushlar, sudralibyuruvchilar va baliqlar alohida nazoratga olingan. Olimlarularni chuqurroq o‘rganishlari natijasida «Qizil kitob»ningikkinchi nashriga «qoshiq burun» va «qorabosh qulog‘i»ni

Page 125: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

125

kiritish tavsiya etilgan. O‘zbekiston «Qizil kitobi»da faqatumurtqali hayvonlar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Qaytachop etilgan «Qizil kitob»ga umurtqasiz jonivor vakillari hamkiritilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

O‘zbekiston «Qizil kitobi»ning ikkinchi tomiga davlatmuhofazasiga olingan 163 turdagi yovvoyi o‘simliklarkiritilgan va muhofaza qilish xalqaro uyushmasi tomonidanishlab chiqilgan klassifikatsiyaga binoan 4 ta turkumgabo‘lingan:

1. Yo‘qolgan turlar.2. Noyob (ma’lum kichik maydonlarda o‘ziga xos

sharoitlarda saqlanib qolgan, tez yo‘qolib ketishi mumkinbo‘lgan va jiddiy nazoratni talab etuvchi turlar).

3. Yo‘qolib borayotgan turlar.4. Kamayib borayotgan turlar.«Qizil kitob»ning yangi nashrida muhofazaga olingan

o‘simliklarning 300 ga yaqin turlari, ularning qaysi oilagamansubligi, qisqacha ta’rifi, tarqalishi haqida ma’lumotlarkeltirilgan, sxematik kartada o‘sish joyi ifodalangan. Tabiiysharoitda ko‘payish yo‘llari va nihoyat, muhofaza qilishchora-tadbirlari haqida ma’lumotlar bayon etilgan. Shundayqilib, «Qizil kitob»ning mohiyati shundaki, tabobat vahayvonot olamining noyob, yo‘qolib ketish xavfi ostidaturgan turlar haqida ma’lumot beruvchi hujjatdir. Uningmaqsadi jamoatchilik va davlat ijroiya muassasalariningtegishli muammolarini yechish va turlar genofondini saqlabqolishga ko‘maklashishdan iborat. «Qizil kitob» Vatani-mizning o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilishborasidagi eng muhim xayrli ishlaridan biri bo‘lib hisoblanadi.

Page 126: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

126

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. I.A. Karimov. «Ona yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat

qilish eng oliy saodatdir». – T.: «O‘zbekiston» NMIU. 2015.

2. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari.Toshkent. 2008.

2. Ê. Nizomova. «6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlash va maktabgamoslashuvini o‘rganish». Metodik qo‘llanma. Toshkent. 2006.

3. D. Sharipovà va boshqalar. «Agar bolam sog‘lom bo‘lsin desangiz»(Ota-onalarga maktabgacha yoshdagi bolalarning gigiyenik tarbiyasi haqida).Metodik qo‘llanma. Òoshkent. 2006.

4. M. G‘aybullayeva. «Bir yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan bolalar tarbiyasi»– Toshkent. 2006.

5. «Maktabgacha ta’lim muassasalarida ekologik ta’lim-tarbiya» bo‘yichatuzilgan namunaviy dastur va o‘quv qo‘llanma. Tuzuvchi: N.Ravshanova. Ilm-ziyo nashriyoti. Òoshkent. 2006.

6. Í. Ðåìååâ, Ç. Ðàõèìîâà. «Âåëèêèå ìûñëèòåëè è äåÿòåëè êóëüòóðûÖåíòðàëüíîé Àçèè». Metodik qo‘llanma. Toshkent. 2008.

7. «Maktabgacha ta’lim tizimiga doir huquqiy-me’yoriy hujjatlar to‘plami»,2009.

8. G.Q. Jalolovà. «Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash».Metodik tavsiyalar. Òîshkent, 2004.

10. «Bolajon» tayanch dasturi. Toshkent, 2010.11. P. Yusupova. «Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ekologik tarbiya

bårish». – T.: «O‘qituvchi» NMIU. Qo‘llanma. 1995.12. A.S. Markovskaya. «Bolalar bog‘chasida tabiat burchagi» – T.: O‘qituvchi.

Qo‘llanma. 1991 .13. O. Hasanboyeva. H.Jabborova. Z.Nodirova. Tabiat bilan tanishtirish

metodikasi. – T.: Cho‘lpon NMIU. Qo‘llanma. 2006.14. Sh.M. Kamolxo‘jayev. «Tabiatshunoslik asoslari». – T.: «Moliya». Qo‘llanma.

2002.15. H.S. Yoldoshev. SH.M. Avazov. «Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

asoslari». – T.: «Mehnat» nashriyoti. Qo‘llanma. 2003 .16. I. Xolliyev. A. Ikromov. «Ekologiya» – T.: «Mehnat». Qo‘llanma. 2001.17. «Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim». – T.: 2012.

Page 127: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

127

MUNDARIJA

Kirish...............................................................................................................3

I bob. TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIFANINING MAQSAD VA VAZIFASI

1. Maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilada bolalarni tabiat bilantanishtirishning maqsadi................................................................................4

2. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda ularning dunyoqarashlarinishakllantirish va tarbiyachi hamda oila tarbiyachisining vazifalari...............8

3. Sharq mutafakkirlarining tabiatshunoslik fanihaqidagi ta’limotlari....................................................................................10

4. Tabiat bilan tanishtirishning pedagog asoschilari.........................................145. MTMda va oilada bolalarni tabiat bilan tanishtirishda dasturning «Bolajon» tayanch dasturining mohiyati va vazifalari..............................176. Tabiat bilan tanishtirishda tarbiyachining o‘rni...........................................217. Bolalar bog‘chasida va oilada yer maydonchasining

ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati........................................................................22

II bob. BOLALARNI TABIAT BILANTANISHTIRISHNING METODLARI

1. Tabiat bilan tanishtirish metodlari haqida tushuncha.................................282. Tabiat bilan tanishtirishning ko‘rgazmali metodi.......................................283. Amaliy uslub va uning turlari.....................................................................374. Tabiatda bolalar mehnati............................................................................415. Tabiat bilan tanishtirishning og‘zaki uslubi. Suhbat...................................43

III bob. BOLALARNI TABIAT BILAN TANISHTIRISHNINGSHAKLLARI

1. Tabiat bilan tanishtirish shakllari................................................................462. Ekskursiya..................................................................................................493. Katta guruhda boqqa maqsadli ekskursiya.................................................53

IV bob. BOLALARNI TABIAT BILAN TANISHTIRISHNINGSHART-SHAROITLARI

1. Bolalar bog‘chasida tabiat burchagi..............................................................552. Turli guruhlarda tabiat burchagini tashkil etish...........................................573. Tabiat burchagida o‘simlik va hayvonlarni saqlash.......................................644. Terrariumda yashovchilarni boqish..............................................................665. Akvariumdagi baliq bilan tanishtiruvchi taxminiy mashg‘ulot ishlanmasi. Kichik guruh..........................................................................686. Tabiat burchagida o‘stiriladigan gullarga taxminiy mashg‘ulot ishlanmasi. O‘rta guruh.............................................................................697. Qushchani kuzatish bo‘yicha taxminiy mashg‘ulot ishlanmasi. Katta guruh.................................................................................................71

Page 128: TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASIziyonet.uz/uploads/books/719417/589414279783e.pdf · 2 «Tabiat bilan tanishtirish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fan-ning maqsad va vazifalari,

128

Muharrir Umida RajabovaBadiiy muharrir Jahongir BadalovTexnik muharrir Yelena Tolochko

Musahhih Umida RajabovaKompyuterda teruvchi Gulchehra Azizova

Oysha Hasanboyeva,Xidoyat Jabborova,Zumrad Nodirova

TABIAT BILAN TANISHTIRISHMETODIKASI

Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma

To‘ldirilgan qayta nashri

Litsenziya raqami ¹ 163. 09.11.2009. Bosishga 2016-yil 16-avgustda ruxsatetildi. Bichimi 60×901/16. Ofset qog‘ozi. Tayms TAD garniturasi. Shartlibosma tabog‘i 8,0. Nashr tabog‘i 9,2. Shartnoma ¹ 122–2016. Àdadi 545nusxada. Buyurtma ¹ 180.

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining Cho‘lpon nomidaginashriyot-matbaa ijodiy uyi tezkor matbaa bo‘limida chop etildi. 100129,Toshkent, Navoiy ko‘chasi, 30.Telefon: (371) 244-10-45. Faks: (371) 244-58-55.

8. Tabiat burchagida boqiladigan jonivorni kuzatish bo‘yicha taxminiy mashg‘ulot ishlanmasi. Tayyorlov guruhi...................................................739. Qushlar uchun donxo‘rak va inlar..............................................................7410. MTM da oilada bolalarni xonaki va yovvoyi hayvonlar bilan

tanishtirish....................................................................................................75

V bob. BOLALARNI YIL FASLLARI BILANTANISHTIRISH

1. Kuz fasliga tavsifnoma..................................................................................792. Qish fasliga tavsifnoma................................................................................893. Bahor fasliga tavsifnoma..............................................................................974. Yoz fasliga tavsifnoma ..............................................................................114O‘zbekistonda «Bioekosan» va «Ekosan» jamg‘armalari faoliyati..................121«Qizil kitob» haqida tushuncha.......................................................................123